folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | “Auditorlik tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 1-avgustdagi 73-son “Auditorlik tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1709, 2007-yil 3-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 367-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston auditorlar palatasi va O‘zbekiston buxgaltyerlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. | 161 | 987 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirishni yanada takomillashtirish va tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tashqi savdo kontraktlarini tijorat banklarida hisobga qo‘yish tartiboti 2014-yil 1-sentabrdan boshlab bekor qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, tashqi savdo kontraktlarini tijorat banklarida hisobga qo‘yish tartibotining bekor qilinishi munosabati bilan:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo kontraktlari yuzasidan monitoring valyuta nazorati organlari va tijorat banklari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
2014-yil 1-sentabrgacha tijorat banklarida hisobga qo‘yilgan kontraktlar tijorat banklarida hisobdan chiqarilishi, ko‘rsatib o‘tilgan kontraktlar bo‘yicha ma’lumotlar ayni bir vaqtda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilishi kerak.
Respublikaga tovarlarni olib kirish bo‘yicha tuzilgan kontraktlarga qo‘shimcha kelishuvlar kiritilib, ularga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xorijiy hamkorlar va ularning rekvizitlari o‘zgargan taqdirda, tijorat banklariga ushbu kontraktlar bo‘yicha pul mablag‘lari (moliyaviy tranzaksiyalar) o‘tkazishni bojxona yuk deklaratsiyalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amalga oshirish tavsiya etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tashqi savdo faoliyati subyektlariga kontraktlar bo‘yicha ma’lumotlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda Internet tarmog‘i orqali kiritish imkoniyatini berish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalari yuzasidan monitoringni ushbu tizim orqali amalga oshirish bo‘yicha talablarni hisobga olgan holda 2014-yil 1-sentabrgacha Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi takomillashtirilishini ta’minlasin.
31. Davlat sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tashqi savdo kontraktlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilmaydi shuningdek, elektron tijorat orqali amalga oshiriladigan besh ming AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti.
Davlat sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tashqi savdo kontraktlari, shuningdek ushbu kontraktlarni bajarish bilan bog‘liq hujjatlar bojxona xizmati organlariga va xizmat ko‘rsatuvchi bankka belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Davlat sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha yuk bojxona deklaratsiyalari bojxona xizmati organlari tomonidan qog‘oz shaklida rasmiylashtiriladi. Bunday kontraktlar bo‘yicha to‘lovlar va mablag‘larni o‘tkazish xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan kontrakt shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bojxona yuk deklaratsiyasi ro‘yxatidan o‘tkazish talabi elektron tijorat orqali amalga oshiriladigan besh ming AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishga tatbiq etilmaydi.
Davlat sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzlari to‘g‘risida va valyuta operatsiyalari monitoringi masalalari bo‘yicha valyuta nazorati organlari va banklar o‘rtasidagi axborot almashuvi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda kontraktlar bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish imkoniyatini beruvchi tashqi savdo faoliyati subyektlari uchun interaktiv xizmatning 2014-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda joriy etilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlarni eksportga tovar-xomashyo birjalari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga sotish tartibida:
a) Tartibning nomidagi “erkin almashtiriladigan” so‘zlari “xorijiy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Birjalarda xorijiy valyutada tuzilgan eksport kontraktlari birjalarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va belgilangan tartibda bojxona organlarida hisobga qo‘yilishi kerak”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Eksport va import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “import kontraktlarini vakolatli banklarda hisobga qo‘yish” so‘zlari “import kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshidan va 5-bandning yettinchi xatboshidan “vakolatli bankda va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshidan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi, 2010-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlarni, shuningdek komponentlar, xomashyo va materiallarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologik jarayonda foydalaniladiganlar toifasiga kiritish to‘g‘risida xulosalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi yettinchi xatboshidan “belgilangan tartibda vakolatli bankda hisobga qo‘yilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-dekabrdagi 341-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 95-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida alohida valyuta rejimi faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) III bo‘lim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
16. “Navoiy” EIIZ qatnashchilarining eksport va import kontraktlari monitoringini olib borish Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
17. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari eksport qilinadigan (import qilinadigan) tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun haq to‘lash va hisob-kitoblarning ular uchun qulay shartlari va shakllaridan foydalanishga haqlidir.
18. “Navoiy” EIIZ qatnashchilarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Eksport qiluvchilar yuklab jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xorijiy valyutadagi tushum ularning hisob raqamlariga o‘z vaqtida va to‘liq tushmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar”.
b) IV bo‘lim o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 132 | 7,954 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “KIChIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISh UChUN QULAY IShBILARMONLIK MUHITINI ShA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi aholiga avtomobil yonilg‘isini naqd pulga sotuvchi ayrim avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini eksperiment tariqasida xususiylashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarorining 11-bandi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 28-avgustdagi 343-son qarori 1-bandining beshinchi — yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisini qishloq xo‘jaligi hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish hamda go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib berish va sotish chog‘ida veterinariya-sanitariya talablariga rioya etish to‘g‘risida” 1995-yil 28-sentabrdagi 379-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1995-yil 20-oktabrdan boshlab barcha dehqon bozorlarida, shahar va qishloq do‘konlarida majburiy tartibda veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tgan, so‘yilgan mol tanasiga maxsus muhr bosilgan go‘sht sotilishi ta’minlansin. Oldindan veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilmagan go‘sht sotilishi qat’iyan taqiqlansin”.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavot mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va sotish tizimini rivojlantirish to‘g‘risida” 1997-yil 21-fevraldagi 98-son qarorining 11-bandi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y. 11-12-son, 39-modda) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Belgilab qo‘yilsinki, aholi bilan naqd pulda hisob-kitob qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar:
barcha korxonalar va tashkilotlar (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) — tushum respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ortiq bo‘lganda;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari — tushum respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan ortiq bo‘lganda naqd pul tushumini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali har kuni topshirishga majburdirlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlardan kam miqdordagi har kunlik naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali yoki banklarning kunduzgi va kechki kassalariga mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega”.
10. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatining 3-bandi chiqarib tashlansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid nizom “Umumiy qoidalar” bo‘limining oltinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining ruxsatisiz keltirilgan” hamda “bunday spirtni keltirishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatiga ega bo‘lmagan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandida:
a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) uchinchi xatboshidagi “ushbu vositalarni qurish uchun uchastkadan foydalanish mumkinligini Agentlik bilan tanlash va kelishish jarayonida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 35-modda) 4-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining” so‘zlari chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) 2-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari belgilangan savdo va naqd tushumni topshirish qoidalari buzilishining soliq organlari tomonidan aniqlangan hollari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qattiq choralar ko‘rsinlar”.
20. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasiga ega bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3-banddagi “ro‘yxatdan o‘tkazish va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) ilovada (Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda):
Nizomning nomidagi “ro‘yxatdan o‘tkazish va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1-bandning birinchi xatboshidagi “ro‘yxatdan o‘tkazish va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4-bo‘lim nomidagi “ro‘yxatdan o‘tkazish va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo bilan qonun hujjatlariga muvofiq turg‘un chakana savdo shoxobchalari orqali chakana savdo bilan quyidagilar asosida shug‘ullanishlari mumkin:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar;
yakka tartibdagi tadbirkorda chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining nazorat-kassa mashinasini oldindan ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari”;
23—25-bandlar chiqarib tashlansin;
26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“26. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning o‘zi import qilgan tovarlarni sotish yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni chetdan keltiruvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tishining (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kartochkasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi”;
27—29-bandlar chiqarib tashlansin;
30-bandning birinchi xatboshidagi “turg‘un” so‘zidan keyin “o‘zining yoki ijaraga olingan” so‘zlari qo‘shilsin;
V-bo‘limning nomidagi “ro‘yxatdan o‘tkazish va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“35. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan buyum bozorlarida chakana savdo quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
buyum bozori ma’muriyatining yakka tartibdagi tadbirkorga savdo joyi berish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi”;
36—39-bandlar chiqarib tashlansin;
41-banddagi “ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasiga” so‘zlari “tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni chetdan keltiruvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kartochkasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
45-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“45. Qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirmasdan yoxud ularning amal qilishini to‘xtatish yoki qaytarib olish davrida savdo faoliyatini amalga oshirishga, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qo‘llangan holda, faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish sifatida qaraladi”;
47-banddagi “ruxsat guvohnomasi qoida buzilishlari bartaraf etilgunga qadar olib qo‘yilishi mumkin” so‘zlari “savdo faoliyatini amalga oshiruvchi aybdor xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 3-ilova chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
a) 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari)da:
2-bandda:
uchinchi xatboshidagi “savdo qilish huquqi uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan” so‘zlari “qonun hujjatlariga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
3-bandning o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
22-bandning ikkinchi xatboshidagi “savdo faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi chakana savdo qilish huquqi uchun berilgan ruxsatnomaning” so‘zlari “yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
35-banddagi “Chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma” so‘zlari “Yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma” so‘zlari bilan almashtirilsin;
67-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
92-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
95-banddagi “qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqiga ruxsatnoma” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari)da:
15-banddagi “ular tegishli tuman (shahar) davlat sanitariya nazorati xizmatlari bilan kelishib olinadi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
17-bandning birinchi xatboshidagi “savdo qilishga va ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarni sotishga ruxsatnomani” so‘zlari “yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani” so‘zlari bilan almashtirilsin;
26-bandning to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalarida:
a) 8-bandda “v” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin hamda “tasdiqlanadigan” so‘zi “tuziladigan” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati organlari bilan kelishilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi “v” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavida:
a) 21-bandda:
birinchi xatboshidagi “tasdiqlash uchun” va “belgilangan nomenklaturadagi yuklar guruhini tashuvlarning mufassal asosiy oylik rejalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 24-band chiqarib tashlansin;
v) 30-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 31-bandning “a” va “v” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
d) 33-band chiqarib tashlansin;
e) 46-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Yukni tashiganlik uchun temir yo‘lga barcha to‘lovlar yukni tashishga qabul qilgungacha jo‘natayotgan temir yo‘l stansiyasiga yoxud yukni bergungacha yuk yetkazib beriladigan temir yo‘l stansiyasiga o‘tkazilishi kerak”;
yo) 80-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
j) 88-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
31. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish Qoidalarining 44-bandi uchinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-maydagi 146-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda):
b) Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
12-bandning uchinchi xatboshidagi “sug‘oriladigan erga” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi yerlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
35-bandda:
beshinchi xatboshidagi ikkinchi “=” belgisi “+” belgisi bilan almashtirilsin;
o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
35. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 67-modda) 4-ilovaning 1-bandi “a”—“j” va “ts” kichik bandlari chiqarib tashlansin. | 250 | 15,696 |
Qonunchilik | Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qancha talaba qabul qilinadi | Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyundagi 381-son Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Oʻtgan oʻquv yili bilan solishtirganda « Davlat moliyasini boshqarish» yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida 2 ta qoʻshimcha joy ajratildi, buning hisobiga «Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)» yoʻnalishi davlat granti asosida 2 ta joyga kamaydi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kvota koʻrsatkichlari saqlanib qoldi.
Ilgarigidek, Akademiyaning qabul komissiyasiga Akademiya magistraturasiga kirish jarayonida abituriyentlar toʻplagan ballarining reyting baholanishini hisobga olgan holda qabul koʻrsatkichlariga umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan) binoan Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga:
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 19 iyunda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 69 | 1,304 |
Qonunchilik | O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida | Yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va ko‘nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlash, o‘quvchi va talabalarni sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb etishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
a) umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichini har uch yilda bir marta Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida, viloyat markazlarida hamda Toshkent shahrida o‘tkazish;
b) kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod”, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada” sport musobaqalarining respublika final bosqichini har yili sport turlari bo‘yicha navbatma-navbat respublikaning barcha hududlarida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarini o‘tkazish sxemasi 1, 2 va 3-ilovalarga;
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarida o‘tkaziladigan sport turlari ro‘yxati 4-ilovaga;
“Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining sport turlari bo‘yicha respublika final bosqichini hududlarda o‘tkazish rejasi 5, 6 va 7-ilovalarga;
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarini final bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitalar tarkiblari 8 va 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
a) “Umid nihollari” sport musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashiga jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, shuningdek xomiylik xayriyalari va budjetdan tashqari mablag‘larini jalb etgan holda o‘tkazilishi, g‘oliblikni ko‘lga kiritgan ishtirokchilarni 1, 2 va 3-darajali diplom, medal, kubok, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash hamda musobaqalarning final bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarga “Prezident sovg‘asi” sifatida respublikada ishlab chiqarilgan yengil avtomobil sovg‘a qilish;
b) “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, shuningdek, homiylik xayriyalari va budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etgan holda musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazilishi uchun hakamlar bilan ta’minlash hamda musobaqalarning final bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga “Prezident sovg‘asi” sifatida tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadigan qimmatbaho sovg‘alar berish;
v) sport musobaqalarining respublika final bosqichlari bo‘lib o‘tadigan hududlar va u erda joylashgan infratuzilma obyektlarini homiylik xayriyalari hamda budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etgan holda talab darajasida tayyorlash va zamonaviy asosda jihozlash;
g) sport musobaqalari davomida har bir ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini qaror toptirish, ularning buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik an’analarini munosib davom ettirishga qodir insonlar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
a) uch oy muddatda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) sport musobaqalarining barcha bosqichlarini, ayniqsa, quyi (ta’lim muassasasi, tuman (shahar) bosqichlari) bosqichlari to‘liq va sifatli o‘tkazilishini qat’iy nazoratga olsin;
v) musobaqalarning barcha bosqichlari natijalarini tahlil qilsin va tizimli monitoringini olib borsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sport musobaqalari o‘tkaziladigan, ishtirokchilar joylashadigan, ovqatlanadigan, tashrif buyuradigan joylarda va ularning atrof hududlarida jamoat tartibi saqlanishini, yo‘l harakati, yong‘in va fuqarolar xavfsizligini hamda harakatlanish yo‘nalishlarida yo‘l-patrul xizmati patrul avtomashinalari yordamida kuzatib borilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sport musobaqalari o‘tadigan joylarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lishini, ishtirokchilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat ko‘rsatilishini, mehmonxonalarda va ushbu turnir o‘tadigan joylarda zarur tibbiy anjomlar, dori vositalari hamda tez yordam avtomashinalari navbatchiligi tashkil etilishini ta’minlasin.
7. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tashkiliy qo‘mitalar buyurtmanomalariga binoan sport musobaqalari ishtirokchilari va ijodiy guruh a’zolarini belgilangan tartibda imtiyozli narxlar asosida chiptalar bilan ta’minlasin.
8. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga sport musobaqalarining reklama roliklarini tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish hamda mavjud texnika vositalari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatish tavsiya etilsin.
9. Belgilab qo‘yilsinki, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitalar hamda manfaatdor vazirlik va tashkilotlar buyurtmanomalariga binoan “O‘zbekiston talabalar sporti” assotsiatsiyasi va O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va tashkiliy ishlar sarf-xarajatlari Tashkiliy qo‘mitalar qabul qilgan qarorlarga asosan moliyalashtiriladi.
Bunda:
Tashkiliy qo‘mita tomonidan har yil uchun tasdiqlangan sarf-xarajatlar smetasi va sport tadbirlarini o‘tkazish taqvim rejasiga muvofiq “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichida sportchi, trener va delegatsiya rahbarlarini ovqatlantirish, g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash xarajatlarini moliyalashtirish kasb-hunar talimi sohasining markazlashgan mablag‘lari hisobidan;
“Universiada” sport musobaqalarining respublika final bosqichida sportchi, trener va delegatsiya rahbarlarini ovqatlantirish, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarni 1, 2 va 3-darajali diplom, medal, kubok, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash xarajatlarini moliyalashtirish Tashkiliy qo‘mita tomonidan har yil uchun tasdiqlanadigan sport tadbirlarini o‘tkazish taqvim rejasi, sarf-xarajatlar smetasi hamda taqsimotga muvofiq O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasiga oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lari hisobidan;
“Universiada” va “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini tashkil etish va o‘tkazish, ishtirokchilarni final bosqichi o‘tkaziladigan hududlarga borish-kelish va shahar ichida harakatlanishlari uchun transport bilan, sport jamoalarini tayyorlash hamda yotoqxona bilan ta’minlash xarajatlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining homiylik xayriyalari hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan;
O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasini saqlash xarajatlari uning ta’sis hujjatlariga muvofiq oliy talim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari a’zolarining a’zolik badallari, maqsadli ajratmalari hamda homiylik va qonunda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 10-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 244-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida” 2009-yil 29-iyundagi 181-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 27-son, 315-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 14-martdagi PQ-2146-son qarori)” 2014-yil 6-maydagi 116-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 42-modda) ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarori)” 2017-yil 16-maydagi 288-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 74-modda) ilovaning 11-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoni)” 2017-yil 12-sentabrdagi 712-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda) ilovasining 12-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 29-iyuldagi PQ-3162-son qarori)” 2017-yil 13-sentabrdagi 720-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 1002-modda) ilovasining 2-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qolgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” 2018-yil 5-iyuldagi 508-son qarori (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2018-yil 9-iyul) 1-ilovasining 11-bandi. | 127 | 11,969 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-771-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-771-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 158 | 330 |
Qonunchilik | Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari tasdiqlandi, kontrakt miqdori yangicha belgilanadi | Prezidentning 4.06.2018 yildagi «2018/2019 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida»gi PQ–3769-son qarori qabul qilindi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB)
Umumiy manzara
Boʻlgʻusi oʻquv yilida oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning quyidagi kvotalari belgilandi.
Jami
Kunduzgi ta’lim shakli
Sirtqi ta’lim shakli
Grant
Kontrakt
Jami
Grant
Kontrakt
Jami
2018/2019 oʻquv yili
Bakalavriat
80 965
17 654
51 546
69 200
15
11 750
11 765
Magistratura
5 903
1 552
4 351
5 903
Nazarda tutilmagan
2017/2018 oʻquv yili (solishtirish uchun)
Bakalavriat
66 856
18 194
48 122
66 316
15
255
270
Magistratura
5 000
1 556
3 444
5 000
Bunda ilgari qabul qilingan hujjatlarda ayrim oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish kvotalari belgilanib boʻlgan:
Izoh: 3 ta hujjatning yagona sharhi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Izoh: hujjat sharhi – bu yerda.
Bu – muhim! 3 hafta muddatda Ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga ta’lim tillariga qarab oʻqishga qabul qilish kvotalarini taqsimlashga oid takliflar kiritiladi.
Davlat granti boʻyicha kvotalarning bir qismi – tibbiyot kadrlarini maqsadli tayyorlashga
2018/2019 oʻquv yilida tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga «byudjet» oʻrinlari umumiy soni hisobidan tibbiyot kadrlariga oʻtkir talab mavjud boʻlgan hududlar uchun maqsadli qabul boʻyicha maхsus kvotalar ajratiladi. Buning uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmalar beradilar.
«Maktabgacha ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatdagi oʻqish – 3 yil
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab «Maktabgacha ta’lim» bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash 3 yillik oʻqish muddati bilan amalga oshiriladi. Oʻquv jarayonini toʻlaqonli tashkil etish uchun 2 oy muddatda malakaviy talablar, oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filialiga qabul qaytadan tiklanadi
Buning uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi va Fargʻona viloyati hokimligiga 1.07.2018 yilgacha filialning oʻquv binolari, laboratoriyalari va talabalar turar joylarini yangi 2018/2019 oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash, shuningdek ularni zarur uskunalar bidlan jihozlash vazifasi topshirildi.
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati qanday belgilanadi
1.07.2018 yilga qadar oliy ta’lim muassasalarida talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini aniqlash meхanizmini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi. “Kontrakt” miqdori oʻqitishga sarflanadigan jami хarajatlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Eslatib oʻtamiz, hozir bu masalalar Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 2431, 26.02.2013 y.) va Bir talabani oʻqitish хarajatlaridan kelib chiqib byudjet mablagʻlari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining хarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyхat raqami 2136, 26.08.2010 y.) bilan tartibga solinadi.
Bunda sirtqi va kechki ta’lim boʻlimlarida oʻqitish qiymati tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi oʻqitish shakli qiymatidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov. | 93 | 3,624 |
Qonunchilik | “FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI RO‘YoBGA ChIQARISh UChUN ZARUR BO‘LGAN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Pensiya jamg‘armasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 1994-yil 1-iyulgacha ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi xodimlardan tushadigan sug‘urta badallarining dastlabki hisob-kitobini yuritish tartibini ishlab chiqsin;
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 66-moddasining 2 va 3-qismlariga muvofiq pensiya to‘lashga sarflanadigan xarajatlarni qoplash tartibi (15-ilova);
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat bo‘limiga yuklansin.
Mazkur Tartib korxona aybi bilan mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo‘yicha, shuningdek, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” 1993-yil 3-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) 12-moddasi “b” — “j” bandlariga va 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash qoidasini tartibga soladi.
1. Mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar korxonaning aybi bilan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo‘lib qolganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun mehnat haqiga mo‘ljallangan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi deb ataladi) har oyda pul o‘tkazadilar.
2. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi pensiyani tayinlashda ana shunday pensiya oluvchilar ro‘yxatini pensiya miqdorini, ularning aybi bilan mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi kelib chiqqan korxonalar, tashkilotlar nomlarini ko‘rsatgan holda, to‘langan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun davlat soliq xizmatining hududiy organlariga yetkazadilar.
3. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari mazkur Tartibning 1-bandida ko‘rsatilgan pensiyalarga to‘langan mablag‘larni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq korxonalar va tashkilotlardan regress da’vo bo‘yicha undirib olinishini ta’minlaydilar.
4. Korxonalar, tashkilotlar mazkur Tartibning 1-bandida ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplash uchun sug‘urta to‘lovlarini Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga pensiya to‘langandan keyingi oyning 10-kunigacha to‘laydilar.
5. Mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar hamda tashkilotlar Qonun 12-moddasining “b” — “j” bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash uchun mehnat haqi to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lardan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga xarajatlarni qoplovchi pul o‘tkazadilar.
6. Pensiyalarni to‘lash uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Qonun 12-moddasining “b” — “j” bandlarida nazarda tutilgan ish joylariga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlar ana shunday ish joylarining ro‘yxatini, kasblar, lavozimlar nomini, mazkur ish joylarida ishlovchi ishchilarning yillik o‘rtacha sonini aniqlaydilar.
Bu ish joylaridan mazkur yil davomida imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqadigan xodimlarning soni ularning yillik o‘rtacha sonining 3 foizi hajmida qabul qilinadi. Qonunning 31-moddasiga muvofiq ularga tegishli pensiya miqdorini aniqlash uchun ko‘rsatib o‘tilgan kasblarda ishlagan xodimlarning oylik o‘rtacha ish haqi oldingi yil ma’lumotlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Pensiya miqdori ko‘rsatib o‘tilgan o‘rtacha oylik ish hajmining 60 foiziga teng bo‘ladi.
Qonunning 12-moddasi “j” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplovchi to‘lovlarni korxona budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga xodim umumiy pensiya yoshiga yetgungacha 100 foiz miqdorida to‘laydi.
Har yilga tuziladigan hisob-kitoblar soliq organlari tomonidan tekshiriladi va tasdiqlanadi. Zarur bo‘lganda ushbu ishga tumanlar (shaharlar) budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari xodimlari jalb etilishi mumkin.
Korxonalar va tashkilotlar ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga har yilning 15-yanvarigacha bo‘lgan muddatda to‘laydilar.
7. Qonun 12-moddasining “b” — “j” bandlarida ko‘rsatilgan ish o‘rinlarining soni, ish o‘rinlarini attestatsiya qilish sifati, ayrim kasblar va lavozimlarni ro‘yxatga kiritish bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari va korxonalar o‘rtasidagi bahslar davlat soliq xizmati organlari yoki korxonalarning yozma taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari Davlat ekspertizasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Uning xulosasi yakuniy hisoblanadi.
8. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari Qonunning 14-moddasiga muvofiq pensiya tayinlashda har oyda bunday fuqarolar ro‘yxatini tayinlangan pensiya miqdori va davrini ko‘rsatgan holda, to‘langan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun davlat soliq xizmatining tegishli hududiy organlariga yetkazadilar.
9. Respublika aholisini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi organlari muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun pensiya to‘langan oydan keyingi oyning 10-kunigacha O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ o‘tkazadilar. Ko‘rsatib o‘tilgan ajratmalarni to‘lash ishsiz shaxs umumiy pensiya yoshiga yetgungacha davom ettiriladi.
10. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi organlari taqdimnomasiga ko‘ra davlat soliq xizmati organlari ish bilan ta’minlash jamg‘armasi organlaridan mablag‘larni muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar to‘lovlarining haqiqiy hisob-kitoblari bo‘yicha undirib oladilar.
11. Korxonalar va tashkilotlar, aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armasi organlari pensiyalar to‘lash xarajatlarini belgilangan muddatlarda qoplamagan hollarda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun hisoblab o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summaning qonunchilik bilan belgilangan miqdorida penya to‘laydilar.
12. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va davlat soliq xizmati organlari mazkur Tartibning 1, 5, 8-bandlarida ko‘rsatilgan xarajatlarning to‘liq va o‘z vaqtida qoplanishini nazorat qilishlari lozim. | 168 | 6,419 |
Qonunchilik | NOGIRONLAR VA PENSIONERLARNI SANATORIYA-KURORT YO‘LLANMALARI BILAN BEPUL TA’MINLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 562-modda) hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 563-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2005-yil 24-maydagi № № 99 va 44 son, Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1489, 2005-yil 6-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 27-son, 196-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 164 | 1,303 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni o‘tagan, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustdagi 234-son “Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni o‘tagan, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” bo‘limida:
a) 1-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 30-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
2. “Jizzax viloyati” bo‘limida:
a) 1 va 3-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 14-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
3. “Samarqand viloyati” bo‘limidan 15, 27, 36, 55, 57, 58, 65 va 85-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
4. “Surxondaryo viloyati” bo‘limi quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
5. “Toshkent viloyati” bo‘limidan 55, 78 va 87-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
6. “Farg‘ona viloyati” bo‘limidan 4-pozitsiya chiqarib tashlansin.
7. “Xorazm viloyati” bo‘limidan 2-pozitsiya chiqarib tashlansin.
8. “Toshkent sh.” bo‘limidan 56-pozitsiya chiqarib tashlansin.
9. Izohdagi “282” raqami “268” raqami bilan almashtirilsin. | 250 | 1,762 |
Qonunchilik | FUNDAMENTAL VA AMALIY TADQIQOTLAR ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI ShAKLLANTIRISh VA AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ–1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 561-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2007-yil 25-apreldagi 2, 44, 81, 5-3-6/3 va 2/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1705, 2007-yil 28-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 362-modda) bilan tasdiqlangan Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 6-banddagi “Qo‘mitaning” degan so‘z “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 28-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Ilmiy loyihalarga ajratiladigan budjet mablag‘i miqdorining 95 foizi tadqiqot davri mobaynida, ilmiy loyihani amalga oshirishda mehnat sarfi va moddiy xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi.
Ilmiy loyihaga ajratiladigan budjet mablag‘ining qolgan 5 foizi ilmiy-tadqiqot natijasi ishlab chiqarishga yoki ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etish uchun ilmiy loyihani amalga oshirish natijalari ekspertizadan o‘tkazilib buyurtmachi tomonidan qabul qilganidan so‘ng ajratiladi”.
3. 37-bandda:
uchinchi xatboshidagi “tugallanadigan yilning o‘n birinchi” degan so‘zlar “hisobot yili o‘ninchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “yilning o‘n birinchi” degan so‘zlar “yil o‘ninchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 38-banddagi “o‘n birinchi” degan so‘zlar “o‘ninchi” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan. | 170 | 2,632 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 16 YoShGA TO‘LMAGAN FUQAROSI GUVOHNOMASINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR IDORALARI TOMONIDAN RASMIYLAShTIRISh VA BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-dekabrdagi 519-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. “O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari tomonidan rasmiylashtirish va berish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma” tasdiqlansin va 2001-yilning 1-aprel kunidan boshlab kuchga kiritilsin (1-ilova).
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB boshliqlariga:
2.1. Yo‘riqnomani xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmati, hamda ichki ishlar idoralarining boshqa manfaatdor xizmatlari tomonidan o‘rganishlarini tashkil etsinlar, ularning bu sohadagi bilimlari sinab ko‘rilsin.
2.2. Har oyning 5-kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasining berilishi bo‘yicha ma’lumotlar umumlashtirilib O‘zbekiston Respublikasi IIVning XChKvaF boshqarmasiga jadval asosida yuborilishi ta’minlansin (2-ilova).
3. O‘zbekiston Respublikasi IIV Xo‘jalik boshqarmasi (A.Y. Yunusov) O‘zbekiston Respublikasi IIV XChKvaF boshqarmasi buyurtmasi bo‘yicha zarur bo‘lgan miqdordagi blankalar tayyorlab berishni ta’minlasin.
4. Ushbu buyruqning bajarilish ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari militsiya general-mayori B.R. Parpiyev zimmasiga yuklatilsin.
1. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-dekabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 519-sonli qaroriga binoan ishlab chiqilgan.
Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarini chet elga vaqtincha chiqishlarida guvohnoma rasmiylashtirish va berish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolari chet elga vaqtincha chiqishlarida ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), tashkilotlar va muassasalar vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar (Toshkent viloyatidan tashqari) hokimiyatlari huzuridagi maxsus komissiyalariga chet elga borayotgan fuqaro va uning ota-onalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, hamda chet elga chiqish maqsadi ko‘rsatilgan ariza bilan murojaat etadilar.
Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni 7 kun muddatda o‘rganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi (1-ilova). Maxsus komissiyaning qarori va 16 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining chet elga chiqayotgan fuqarolari ro‘yxati, hujjatlarini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va viloyatlar (Toshkent viloyatidan tashqari) IIB ga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish, kelish va fuqarolik xizmati bo‘limlari, taqdim etilgan ariza-anketa, buyurtmanoma, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma asosida voyaga yetmagan shaxsni vaqtincha chet elga chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasi bilan 7 kun muddatda ta’minlaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasi, davlat boji to‘langandan so‘ng, ota-onalari, vasiylari (homiylari), tashkilot yoki muassasaning vakillariga chet eldan qaytib kelgandan so‘ng, ichki ishlar idorasiga 5 kun muddat ichida guvohnomani topshirish sharti bilan tilxat asosida beriladi (2-ilova).
Voyaga yetmaganning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatida guvohnoma ichki ishlar idorasiga topshirilgunga qadar saqlanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasi, chet elda O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun haqiqiydir.
5. Guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida qalbakilashtirishdan himoya qilish elementlari bo‘lgan maxsus qog‘ozda 88x125 mm kattalikda 16 betdan iborat qilib tayyorlanadi.
6. Guvohnoma qat’iy hisobda turadigan blank hisoblanadi, seriyalari va tartib raqamlariga ko‘ra viloyatlar bo‘yicha tayyorlanadi.
7. Guvohnomaning muqovasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va “O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasi” so‘zlari o‘zbek va ingliz tillarida oltin harflar bilan botirib yozilgan yashil rangda bo‘ladi. Muqova maxsus kimyoviy mato bilan himoyalanadi.
8. Guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari tomonidan o‘zbek, rus va ingliz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — qoraqalpoq tillarida “Diletta 230i” pasport-yozuv qurilmasida to‘ldiriladi. Guvohnomaga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
b) tug‘ilgan vaqti;
v) tug‘ilgan joyi;
g) millati;
d) jinsi;
e) guvohnomaning amal qilish muddati;
j) fuqaroning shaxsiy kodi;
z) guvohnoma kim tomondan va qachon berilganligi;
i) dunyoning barcha mamlakatlariga borish uchun haqiqiyligi to‘g‘risidagi belgi;
k) alohida belgilar (qon rezusi va boshqalar);
l) vizalari to‘g‘risida;
m) axborot va shaxsiy ma’lumotlar.
“a” — “z” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar, hamda fuqaroning 35x45 mm hajmidagi fotosurati guvohnomaning uchinchi betiga ingliz tilida yoziladi va yopishtiriladi, hamda maxsus plyonka bilan himoyalanadi, fotosuratning chetlari botirib mahkamlanadi.
9. Guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh Boshqarmasi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmati bo‘limlari tomonidan beriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolari chet elga ota-onalari, vasiylari (homiylari), tashkilot va muassasalar vakillari bilan birga chiqishlari mumkin.
11. Guvohnomaning rasmiylashtirish jarayonida bolaning millati ota-onalarining millatiga ko‘ra belgilanadi. Agar ota-onalar turli millatga mansub bo‘lsalar, unda guvohnoma berishda voyaga yetmagan shaxsning millati guvohnoma oluvchining xohishiga qarab ota yoki onaning millati yoziladi.
12. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini olish uchun ularning ota-onalari, vasiylar (homiylar), tashkilot va muassasalarning vakillari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmati bo‘limlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar (Toshkent viloyatidan tashqari) hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyaning qarori;
b) 16 yoshga to‘lmagan fuqaroning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
v) 35x45 mm kattalikdagi oq-qora yoki rangli to‘rtta fotosurat;
g) belgilangan shakldagi ariza-anketa (3-ilova);
d) tashkilot yoki muassasaning belgilangan namunadagi buyurtmanomasi (4-ilova);
e) voyaga yetmagan shaxsning chet elga chiqishi uchun ota-onalari, vasiylari (homiylar)ning notarial tasdiqlangan roziligi;
j) voyaga yetmagan shaxsga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi chet elga davolanishga ketayotganda, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari sog‘liqni saqlash idoralarining yo‘llanmasi yoki xorijdagi davolash muassasalari tomonidan berilgan taklifnomani taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi o‘qishga, xalqaro yoshlar festivallariga va turli sport musobaqalariga ketayotganlarida tashkilot va muassasalarning o‘rnatilgan tartibdagi buyurtmasi taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi chet elga vaqtincha ota-onalarining biri bilan birga ketayotgan bo‘lsa, u holda ikkinchisining roziligi talab etilmaydi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi chet elga vasiylari (homiylari), tashkilot va muassasalar vakillari bilan ketayotganda, uning ota-onalari yoki ulardan biri bu vaqtda chet elda vaqtincha bo‘lgan taqdirda, ularning roziliklari O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosiga o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilgan ariza-anketa o‘quv muassasasi yoki doimiy yashash joyidagi o‘z-o‘zini boshqaruv idoralarining rahbarlari tomonidan imzolanib, gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
13. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarining sog‘lig‘i, yaqin qarindoshlarining og‘ir kasalligi yoki vafot etganligi sababli, zudlik bilan chet el safariga borish zaruriyati tug‘ilsa, u holda quyidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:
a) sog‘liqni saqlash idoralarining chet elga davolanishga yuborilishlari haqidagi yo‘llanmasi yoki xorijiy davlat sog‘liqni saqlash idoralarining yozma ravishda berilgan taklifnomasi;
b) chet eldagi yaqin qarindoshlarining og‘ir kasallanganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risidagi xorijiy tashkilot va muassasalari tomonidan tasdiqlangan telegraf xabarlari.
Mazkur holatlarda taqdim etilgan hujjatlar uch kun ichida ko‘rib chiqiladi va rasmiylashtiriladi.
14. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolari ichki ishlar idoralari tomonidan quyidagi tartibda tekshiruvdan o‘tkaziladilar:
IIV, IIBB, IIB axborot markazlaridan.
15. Axborot markazi tomonidan 13 yoshga to‘lgan va undan katta bo‘lgan shaxslar tekshiriladilar va quyidagilar aniqlanadi:
jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida;
sud qarori bo‘yicha Ichki ishlar idoralarida ma’muriy nazoratda turganligi to‘g‘risida;
sodir etgan jinoyat uchun sudlanganligi to‘g‘risida;
sud qarori asosida umumiy va maxsus tipdagi ruhiy kasalliklar shifoxonalariga yo‘llanganligi to‘g‘risida;
sud tomonidan o‘rnatilgan majburiyatlarni ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan bo‘lsa — majburiyatlarini ijro etmagunga qadar.
Chet elga chiqish uchun murojaat qilgan arizachilarni tekshirish IIV, IIBB, IIB Axborot markazlaridan ikki ish kunida amalga oshiriladi. Zudlik bilan chet elga chiqish zaruriyati tug‘ilgan holda (vafot etganlik, qarindoshlarining og‘ir kasalligi, zudlik bilan davolanishga) Axborot markazidan tekshirish bir ish kunida amalga oshiriladi.
Chet elga ketayotgan shaxsga nisbatan axborot markazidan olingan ma’lumotning muddati bir oydan oshmasligi lozim.
16. XChKvaFB hisoblaridan tekshirishda quyidagilar aniqlanadi;
ilgari qabul qilingan salbiy qaror to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi IIV XChKvaFB tomonidan muayyan shaxslarni chet elga chiqishlarini O‘zbekiston Respublikasi IIV XChKvaFB yoki boshqa manfaatdor xizmatlar bilan kelishilgan holda ko‘rib chiqilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Yuqoridagi tekshiruvlar natijalari 15-bandning 5-xatboshidan tashqari shaxsni chet elga chiqishi uchun monelik qilmaydi.
17. Chet elga chiqish ariza-anketasini va IIV, IIBB, IIB XChKvaFB, hamda Axborot markazi hisoblaridan tekshirish bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
18. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosining chet elga chiqish haqidagi ariza-anketasi MXX-MXXBga kelishish uchun yuborilmaydi.
19. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini olish uchun zarur hujjatlarini ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatlariga taqdim etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan chet elga chiqish yig‘ma ish jildi rasmiylashtiriladi va chet elga chiqish ish jildlarini hisobga olish kitobidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, tegishli ro‘yxat raqami beriladi (5-ilova).
O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi chet elga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun takroran murojaat qilgan taqdirda, ularga nisbatan chet elga chiqish yangi ish jildi yuritiladi.
20. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarining chet elga ishonchli vakillari kuzatuvida ketayotganligida, shu voyaga yetmagan shaxsga rasmiylashtirilgan guvohnomaning beshinchi betiga hamrohlik qilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar yozilib, XChKvaF xizmati boshlig‘i yoki uning muovini tomonidan imzolanib, viza muhrlari bilan tasdiqlanadi.
21. Guvohnomani rasmiylashtirish va to‘ldirish jarayonida xorijga chiqish, kelish va fuqarolik xizmati xodimlari tomonidan guvohnoma va undagi ma’lumotlar hisobga olish va ro‘yxat kitobiga (6-ilova), ketma-ketlik tartibida qayd qilinadi.
22. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolik xizmatlarining xodimlari aybi bilan yoki texnik sabablarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasi to‘ldirish jarayonida yaroqsiz holga keltirilsa, yaroqsiz holga keltirilganlik sabablari ko‘rsatilgan holda 2 nusxada dalolatnoma tuziladi, guvohnoma blankasining raqami dalolatnomaga yopishtiriladi. Dalolatnomaning bir nusxasi 10 kun muddat ichida IIV XChKvaF Boshqarmasiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi bo‘limdagi yig‘ma ish jildiga tikiladi.
23. Chet elga chiqish uchun murojaat qilgan O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolariga nisbatan ikki nusxada hisob varaqasi (7-ilova) to‘ldirilib, xulosa chiqarilgandan so‘ng bir nusxasi O‘zbekiston Respublikasi IIV XChKvaF Boshqarmasiga yuboriladi, ikkinchi nusxasi guvohnoma rasmiylashtirilgan XChKvaF xizmatida saqlanadi.
Hisob varaqlari O‘zbekiston Respublikasi IIV XChKvaF Boshqarmasiga har oyning 5 kuniga qadar yuboriladi.
24. Berilgan guvohnomalarning hisobvaraqalari Xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatlarining maxsus kartotekasida alfavit tarzida familiyasi, ismi, sharifi bo‘yicha saqlanadi.
25. Guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi IIV, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB XChKvaF xizmatlari boshliqlari yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan guvohnomaning ikkinchi betiga imzolanadi va viza muhri bilan tasdiqlanadi.
26. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasi uch oy muddatga, chet elga o‘qish yoki davolanish uchun chiqishda — o‘qish yoki davolanish muddatiga beriladi. Zarur bo‘lgan hollarda (davolanish muddati uzaytirilganda, yaqin qarindoshlarining vafoti va boshqalar) mazkur guvohnomaning amal qilish muddati O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan muayyan muddatga uzaytirib beriladi. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining mas’ul xodimi tomonidan guvohnomaning oltinchi betidagi “ma’lumotlar” jadvaliga o‘zbek va ingliz tillarida tegishli yozuv kiritib qo‘yiladi.
Yozuv elchi yoki konsul tomonidan imzolanadi va muhri bilan tasdiqlanadi.
27. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirib berilganlik uchun fuqarolardan eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Davlat boji to‘lovlari naqd pul yoki xalq bankining hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilib, davlat boji to‘langanlik haqidagi chipta yoki to‘lov varaqasi taqdim etiladi. Davlat ta’minotida bo‘lgan fuqarolar davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.
Davlat bojini undirilishini to‘g‘riligini tekshirish uchun IIV, IIBB, IIB tomonidan kamida bir yilda bir marotaba taftish o‘tkaziladi. Taftish IIV, IIBB, IIB rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan tayinlangan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Komissiya a’zoligiga XChKvaF, hamda moliya-iqtisod xizmatlarining xodimlaridan tayinlanadi.
28. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasi olingandan so‘ng, ota-onalar, vasiylar (homiylar), safarni tashkillashtirgan tashkilot va muassasalarning vakillari xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga kirish vizalarini olish uchun murojaat etadilar.
29. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolari chet elga o‘qish yoki davolanish uchun borganlarida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalaridan vaqtinchalik konsullik hisobidan o‘tadilar.
30. Guvohnoma egasi yoki kuzatib boruvchi shaxs tomonidan chet elga borganlaridan so‘ng, favqulodda holatlarda axborot va aloqa qilish uchun guvohnomaning to‘rtinchi betidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi.
31. Chet elda bo‘lgan vaqtda guvohnoma egasi 16 yoshga to‘lishi bilan mazkur shaxs O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi. Mazkur ariza belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali, Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi. Rasmiylashtirilgan pasport Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga egasiga topshirish uchun yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti topshirilgandan so‘ng, guvohnoma belgilangan tartibda yo‘q qilinishi uchun Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
32. Guvohnoma egasi uni ehtiyotkorlik bilan saqlashi kerak.
Guvohnoma o‘g‘irlatib yoki yo‘qotib qo‘yilgan hollarda uning egasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatiga yoxud O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga zudlik bilan xabar berishi kerak.
33. Guvohnoma yo‘qotilgani to‘g‘risidagi ariza guvohnomani bergan ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatlarining munshiyxonasidagi ariza va shikoyat kitobidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, mazkur xizmat rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ariza asosida guvohnoma yo‘qotilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma tuzilib, yetti kun muddat ichida mazkur qo‘llanmaning 14-bandiga muvofiq tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng, yangi guvohnoma rasmiylashtirib beriladi.
34. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi chet elda bo‘lish vaqtida guvohnomani yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga yozma ravishda ariza bilan murojaat etadi. Ariza asosida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda yangi guvohnoma yoki O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun sertifikat rasmiylashtirib beriladi.
35. Agar fuqarolar guvohnoma yo‘qotilganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganlaridan so‘ng guvohnomani topib olsalar, zudlik bilan xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatiga yozma ravishda murojaat qilib, yo‘qotilgan guvohnomani topshiradilar. Mazkur ariza asosida guvohnoma yo‘qotilganligi to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish to‘xtatiladi.
36. Guvohnoma yo‘qotilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi IIV XChKvaF Boshqarmasining joylardagi tizimlaridan, Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga uch kun muddat ichida yuboriladi (8-ilova).
37. Topib olingan guvohnomalar ichki ishlar idoralariga, yoxud O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga topshirilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari o‘z navbatida topilgan guvohnomani, voyaga yetmagan fuqaroning chet elda yashayotgan manziliga yuboradi. Guvohnoma egasi yo‘q bo‘lgan taqdirda, guvohnoma o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi IIVga yuboriladi.
38. Vafot etgan voyaga yetmagan shaxslarning guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB XChKvaF xizmati bo‘limlariga yoxud O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasalariga topshiriladi.
39. Yo‘qotilgan guvohnomalar boshqa ichki ishlar idoralari, topilmalar stoli va fuqarolar tomonidan topshirilsa va egalariga xabar berilgan kundan boshlab, olti oy muddatda guvohnomalarni rasmiylashtirilgan ichki ishlar idoralarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi.
40. Guvohnoma blanklari qat’iy hisobotli hujjatlar hisoblanib, shu sababdan ularni hisobga olish va saqlashni tashkil etish to‘liq ta’minlanadi.
41. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolari guvohnomasi blankalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, ishlatish va yo‘q qilishda O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan 1996-yil 4-oktabrida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi, yashash guvohnomalari, vizalar va chet eldan taklif qilish haqidagi shahodat blankalarini qabul qilib olish, saqlash, hisobga olish, tarqatish va yo‘q qilinishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBB xorijga chiqish-kelish va fuqarolik xizmatlarini tekshirish tartibi haqida”gi 246-sonli buyrug‘idan foydalaniladi.
42. Guvohnomani olib qo‘yish (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), shuningdek garovga berish va boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
43. Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Respublika Bosh Prokurori va davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan. | 209 | 21,581 |
Qonunchilik | Tovarlarni bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigidan o‘tkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi va 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 20-fevraldagi 01-02/12-7-son qarori (ro‘yxat raqami 3154, 2019-yil 19-aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 10/19/3154/2972-son) bilan tasdiqlangan Tovarlarni bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigidan o‘tkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 14-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Olib kiriladigan tovarlarning bojxona ko‘rigi uch oy davomida bojxona ko‘rigi tartib-taomili videoyozuvi saqlanishini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi ulanishini ta’minlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina amalga oshiriladi.”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘ziga xos xususiyatlarga ega, uning tashqi o‘lchamlari, fizik ko‘rsatkichlari tufayli yoki kimyoviy xossalariga ko‘ra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qo‘yilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin bo‘lmagan tovarlar, shuningdek tovar yetkazib beriladigan joyda bojxona ombori mavjud bo‘lmagan hollarda, bojxona ko‘rigi tovarlar yetkazib berilgan joyda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ko‘chma videoyozuv uskunalari yordamida tasvirga olingan holda amalga oshiriladi va videotasvirlar bojxona postida ko‘rik o‘tkazilgan kundan boshlab uch oy davomida saqlanishi ta’minlanadi.”.
2. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Tovarlarning deklarant tomonidan ko‘zdan kechiruvi, deklarantning bojxona organiga yozma yoki elektron murojaatnomasiga asosan faqat bojxona ombori hududida amalga oshiriladi.
Deklarantning yozma yoki elektron murojaatnomasi bojxona organining elektron ma’lumotlar tizimida ro‘yxatga olinadi.”.
3. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Deklarant tomonidan tovarlarning ko‘zdan kechiruvi uchun murojaatnoma:
chegara bojxona postida qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi;
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organiga taqdim qilinguniga qadar berilishi mumkin, bundan bojxona organining qarori asosida tovarlarni o‘rganish holatlari mustasno.
Bunda bojxona organining mansabdor shaxsi:
ko‘zdan kechirishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarga nisbatan vakolatga egaligini aniqlashi;
transport vositalarini tashqi tarafdan ko‘zdan kechirish orqali ziyon yetkazilmaganligini hamda bojxona identifikatsiyalash vositalarini buzilishi orqali tovarlarni yo‘qolish ehtimollari mavjudligini aniqlashi;
bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligi hamda ularga shikast yetkazilmaganligini aniqlashi;
bojxona identifikatsiyalash vositalarining olib tashlanishi va transport vositasi yukxonasining ochilishida ishtirok etishi;
ko‘zdan kechiruvi jarayoni yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni murojaatnomaga kiritishi lozim.”.
4. 36-bandning birinchi xatboshisi “axborot tizimida” degan so‘zlardan keyin “, shu jumladan mobil ilovalar orqali” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
5. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 228 | 3,979 |
Qonunchilik | R. Ahmedovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida | Qurolli Kuchlarda mustaqil O‘zbekistonning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashdagi samarali xizmati hamda jamoat ishlarida faol qatnashgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Rustam O‘rmonovich Ahmedov O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin. | 87 | 277 |
Qonunchilik | “Transyo‘lqurilish” kompaniyasi bajargan mexanizatsiyalashgan ishlar uchun pudratchi tashkilotlar tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-son “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2008-yil 4-apreldagi 33, 5, 1-mh-son “Transyo‘lqurilish” kompaniyasi bajargan mexanizatsiyalashgan ishlar uchun pudratchi tashkilotlar tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1797, 2008-yil 22-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 17-son, 139-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 239 | 1,027 |
Qonunchilik | Import qilingan goʻsht 1 oktyabrgacha QQSdan ozod qilinadi | Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyхatiga aniqlashtiruvchi tuzatishlar kiritildi. Adliya vazirligi Telegram-kanalining хabariga koʻra, ular Vazirlar Mahkamasining 16.07.2019 yildagi 591-son qarorida nazarda tutilgan.
Umumiy qoidaga koʻra, mahalliy ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish (non-bulka mahsulotlari va sut – ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda) oborotlari QQSdan ozod etiladi. Bu ham Soliq kodeksining 208-moddasi 28-bandida, ham Roʻyхatning nomida aks etgan.
Tuzatishlarga muvofiq goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (qoramol va parranda) hamda ularning soʻyish mahsulotlariga nisbatan imtiyoz kengaytirildi. Endi u mamlakatga import qilingan koʻrsatilgan mahsulotlarga nisbatan 2019 yil 1 oktyabrgacha tatbiq etiladi.
Rasmiy-yuridik nuqtai nazardan gap Soliq kodeksining 208-moddasida nazarda tutilmagan QQS boʻyicha alohida imtiyozni joriy etish хususida bormoqda. Shu tariqa, Hukumat soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar taqdim etishga doir oʻz huquqidan foydalandi.
Mazkur holatda importning oʻzi emas, balki import qilingan mahsulotni realizatsiya qilish boʻyicha oborotlari QQSdan ozod etilayotganini ta’kidlab oʻtamiz. Import qiluvchi bojхona toʻlovlari tarkibida QQSni toʻlaydi. Biroq, goʻsht va hayvonlarning ayrim pozitsiyalari (TIF TN kodlari 0102, 0104, 0201, 0204) ham bojхona toʻlovlaridan (bundan bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar mustasno), binobarin, 2020 yil 1 yanvarga qadar import qilishda QQSdan ham ozod etilgan. | 58 | 1,647 |
Qonunchilik | Eski namunadagi “mayda” kupyuralar va tangalar toʻlov qobiliyatini yoʻqotdi | Oʻzbekiston MB eslatib oʻtadi, 2019 yil 1 iyuldan boshlab 50 soʻmlik, 100 soʻmlik (2001-2002, 2004 va 2009 yillar namunasidagi) tangalar hamda 50 soʻmlik va 100 soʻmlik (1994 yil namunasidagi) banknotlar toʻlov qobiliyatini yoʻqotadi va muomaladan chiqariladi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan joriy yilning 1 iyul kuniga qadar eski namunadagi 50 soʻmlik va 100 soʻmlik banknotlar va tangalar MB hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob kassa markazlari, barcha tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan qabul qilinib, almashtirib berildi.
Biroq, koʻrsatilgan sanadan boshlab ular tovar va хizmatlar uchun toʻlovga qabul qilinmaydi. Qolib ketgan eski namunadagi tangalar va banknotlarni bevosita MBning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlarida yangi namunadagi tangalarga va muomalada boʻlgan boshqa nominaldagi banknotlarga almashtirib olishlari mumkin.
Nizomga asosan eski namunadagi 200 soʻmlik va 500 soʻmlik banknotlar 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada boʻladi. 2019 yilning 1 iyulidan boshlab bank kassalariga topshirilgan 1997 yil namunasidagi 200 soʻmlik va 1999 yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlar tijorat banklari filiallari tomonidan almashtirib beriladi. | 75 | 1,394 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi QL-869-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
2. “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-874-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
3. “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-877-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
4. “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-878-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). | 94 | 1,121 |
Qonunchilik | “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrda qabul qilingan “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-657-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil № 1, 4-modda, № 7, 658-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-ilovaning:
I pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2, 3 va 4-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
II pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi orasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 138 | 898 |
Qonunchilik | TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA | Yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish, o‘qish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur o‘quv va moddiy-texnika bazasini yaratish, ilg‘or ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish asosida o‘qish jarayonini yangi mazmun bilan boyitish, bo‘lg‘usi mutaxassislarning ta’limi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambarchas bog‘lab olib borilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tugatilayotgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Toshkent tibbiyot akademiyasi Respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi o‘quv muassasasi hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2005-yil 2-iyundagi PQ-92-sonli qaroriga muvofiq 2005/2006 o‘quv yiliga bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo‘yicha Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari uchun belgilangan qabul kvotalari Toshkent tibbiyot akademiyasida saqlab qolinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorati bilan birgalikda ilgari tasdiqlangan qabul komissiyalari faoliyatining aniq puxta tashkil etilishini va ular uzluksiz ishlashini, Akademiyaga qabul qilish chog‘ida test tanlovi o‘tkazilishi hamda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganlar qabul qilinishini ta’minlasin.
Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlariga hujjat topshirgan va test sinovlarida muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar Toshkent tibbiyot akademiyasining talabalari etib qabul qilinishi belgilab qo‘yilsin.
5. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda Toshkent tibbiyot akademiyasini tashkil qilish va uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar yuzasidan qaror qabul qilsin.
Qarorda quyidagilar nazarda tutilsin:
hozir faoliyat ko‘rsatayotgan beshta fakultet — davolash, tibbiy-pedagogika, stomatologiya, tibbiy-profilaktika hamda “Oliy hamshiralik ishi” fakultetlarini saqlab qolish;
davolash fakulteti hamda “Oliy hamshiralik ishi” fakultetini tugatilgan Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti korpuslarida, stomatologiya, tibbiy-profilaktika va tibbiy-pedagogika fakultetlarini esa — sobiq Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti korpuslarida joylashtirish;
Toshkent tibbiyot akademiyasining yangi tashkiliy tuzilmasi, kafedralar, o‘quv, laboratoriya hamda yordamchi tuzilmalarning soni, tarkibi va nomini qayta ko‘rib chiqish, ularning takrorlanishi va parallel holda olib borilishiga barham berishni ko‘zda tutish. Ayni vaqtda professor-o‘qituvchilar tarkibining umumiy soni saqlab qolinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tugatilayottan Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlarining binosi, inshootlari hamda boshqa mulki va aktivlarini Toshkent tibbiyot akademiyasi balansiga bepul o‘tkazsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 58 | 3,366 |
Qonunchilik | Koʻchmas mulk хatlovdan oʻtkaziladi | Hujjatga muvofiq jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli koʻchmas mulk ob’yektlari (ular tomonidan haqiqatda foydalaniladiganlari; kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlar va qurilgan imoratlar) хatlovdan oʻtkaziladi va bir vaqtning oʻzida Kadastr aхborot tizimida hisobga olinadi. Ular boʻyicha ma’lumotlar asosli ravishda soliq solish uchun soliq inspeksiyalariga yuboriladi.
Xatlovdan oʻtkazish ishlari tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi (keyingi oʻrinlarda Davlat korхonasi deb ataladi), arхitektura va qurilish boʻlimi (boshqarmasi), davlat soliq inspeksiyasi, ichki ishlar boʻlimi va tegishli shahar, shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini kengashi vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan ishchi guruh tomonidan bajariladi.
Ishchi guruh koʻchmas mulk ob’yektlarini tekshirish, yer uchastkasini suratga olish, bino va inshootlarning tashqi va ichki oʻlchamlarini oʻlchash, koʻp yillik daraхtlarning turlarini va sonlarini hisobga olish huquqiga ega. Yer uchastkasini kadastr suratiga olish uchun alohida toʻlov undirilmaydi.
Kengashlar хatlovdan oʻtkazish boshlanishidan oldin 10 kundan kechiktirmay jismoniy va yuridik shaхslarni ularning koʻchmas mulk ob’yektlari хatlovdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida ogohlantiradi hamda bir hafta mobaynida Davlat korхonalariga koʻchmas mulk ob’yektlari tegishli boʻlgan jismoniy shaхslar (alohida – uzoq vaqt hozir boʻlmaganlar) toʻgʻrisida ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Kadastr yigʻmajildlari mavjud boʻlmagan koʻchmas mulk ob’yektlari boʻyicha хatlov Vazirlar Mahkamasining «Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat хizmatlari narхlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida» qarorida (10.07.2014 yildagi 186-son) belgilangan miqdorda tegishli jismoniy va yuridik shaхslar mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi.
Xatlov oʻtkazishda yer uchastkalarining chegaralari va maydonlari, bino va inshootlarning qayta qurish, yonma-yon qurish, qoʻshimcha ob’yektlarni qurish va shu kabilar natijasida teхnik parametrlari oʻzgarganligi aniqlanganda, ular mavjud koʻchmas mulk ob’yektlari kadastr yigʻmajildiga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan dalolatnoma tuzilgan holda hisobga olinadi.
Xatlov natijalaridan norozi boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquq egasi tuman (shahar) hokimiga yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
Xatlov natijalari tahlil qilinadi va yer uchastkalariga huquqlarni belgilash, oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni buzish yoki ularni mulk huquqi bilan saqlab qolish, yer uchastkalarining maydonlarini qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar bilan muvofiqlashtirish masalalarini hal qilish boʻyicha takliflar tayyorlanadi.
Tuman (shahar) hokimining qarori kadastr yigʻmajildiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish va jismoniy va yuridik shaхslarning yer uchastkalariga, bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish yoki materiallarni sudga berish uchun asos hisoblanadi.
Xatlov natijalarida olingan har bir koʻchmas mulk ob’yekti boʻyicha ma’lumotlar ularni avtomatik hisobga olinishi uchun “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining yagona ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.
Mavzu boʻyicha material:
Toshkentda 10 noyabrdan boshlab koʻchmas mulk ob’yektlari takroran хatlovdan oʻtkaziladi | 35 | 3,706 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari B. Zokirovga “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llarining — shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarining holati hamda ularni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash istiqbollari to‘g‘risida”gi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi haqida. | 94 | 557 |
Qonunchilik | BARIT XOM AShYo BAZASINI KENGAYTIRISh VA BARIT KONSENTRATI IShLAB ChIQARIShNI KO‘PAYTIRISh TO‘G‘RISIDA | Baritning mavjud konlarini foydalanishga jalb etish va uning yangi konlarini sanoat asosida o‘zlashtirishga tayyorlash hisobiga barit xomashyo bazasini yanada kengaytirish hamda shu asosda barit konsentrati ishlab chiqarishni ko‘paytirish, respublika neft-gaz tarmog‘i uchun uning import o‘rnini bosishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
2010 — 2014-yillarda Orayliq, Agata, Kichik Arsagan, Qoraqiya, Gulduramning istiqbolli maydonlarida barit rudalarini tajriba-sanoat asosida qazib olgan va 2014-yildan boshlab Angren shahrida har yili 15,0 ming tonnagacha barit konsentrati ishlab chiqarishni tashkil etgan holda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi;
Olmaliq shahrida 2010-yildan boshlab Saribuloq va Qo‘shrabot konlarida qazib olinayotgan barit rudalari negizida har yili 15,0 ming tonnagacha barit konsentrati ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Orayliq, Agata, Kichik Arsagan, Qoraqiya, Gulduramning istiqbolli maydonlaridagi geologiya-qidiruv ishlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Saribuloq konida barit rudalarini qazib olish va Orayliq, Agata, Kichik Arsagan, Qoraqiya, Gulduramning istiqbolli maydonlarida tajriba-sanoat asosida qazib olish hamda barit konsentrati ishlab chiqarish “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2010 — 2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining geologiya-qidiruv ishlari har yillik dasturlarini shakllantirishda, ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, barit rudalari zaxiralarini belgilangan tartibda tasdiqlagan holda, istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishga mablag‘larni nazarda tutsinlar.
4. Toshkent viloyati hokimligi belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining tegishli korxonalariga Orayliq, Agata, Kichik Arsagan, Qoraqiya, Gulduramning istiqbolli maydonlarida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishga, aniqlangan barit konlarini qazib olish uchun yer uchastkalari ajratish kafolati bilan ruxsatnomalar bersin;
“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining iltimosnomasiga binoan, Saribuloq konida barit rudalarini qazib olish va Orayliq, Agata, Kichik Arsagan, Qoraqiya, Gulduramning istiqbolli maydonlarida barit rudalarini tajriba-sanoat asosida qazib olish, shuningdek Olmaliq va Angren shaharlarida barit konsentrati ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishlarni joylashtirish uchun jalb etilgan yuridik shaxslarga yer uchastkalari ajratsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi taqdimnomasiga binoan Saribuloq konida barit rudalarini qazib olish, shuningdek Orayliq, Agata, Kichik Arsagan, Qoraqiya va Gulduramning istiqbolli maydonlarida barit rudalarini tajriba-sanoat asosida qazib olish uchun jalb etilgan yuridik shaxslarga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga belgilangan tartibda litsenziyalar bersin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin. | 102 | 3,531 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Belgilasinki, ko‘rsatib o‘tilgan komissiyalar a’zolari boshqa ishga o‘tgan hollarda ularning lavozimlariga yangidan tayinlangan shaxslar ularning tarkibiga kiritiladi.
4. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-iyuldagi 287-f-son farmoyishida:
Moliya vazirining o‘rinbosari J. A. Qo‘chqorov va “O‘zbekneftegaz” milliy korporatsiyasi raisining o‘rinbosari X. B. Jumayev muvofiqlashtirish guruhi a’zolari etib tasdiqlansin, V. S. Beganov, I. A. Zaynutdinov ko‘rsatib o‘tilgan vazifalardan ozod etilsin. | 92 | 693 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning 2015-2016-yillarga mo‘ljallangan ish rejasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning 2015-2016-yillarga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Ushbu qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 183 | 427 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimi xodimlaridan bir guruhini O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida | Respublika tabiatini muhofaza qilishdagi ko‘p yillik samarali xizmatlari uchun quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin: | 174 | 156 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 22-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 145 | 613 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1099-modda; 2022-yil № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 75-modda:
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 483-moddasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar mazkur soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizi miqdorida to‘laydi”;
o‘n birinchi qismi o‘n ikkinchi qism deb hisoblansin;
2) 317-moddaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) xayriya yordamini amalga oshirish uchun xarajatlar, bundan metsenatlik ko‘magini ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar, shuningdek Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablag‘lar mustasno”;
3) 337-modda birinchi qismining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4) 380-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagi soliq to‘lovchilar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar, ushbu qismning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar uchun esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod etiladi”;
5) 428-modda ikkinchi qismining o‘n birinchi xatboshisidagi “uch yil” degan so‘zlar “besh yil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 467-moddaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7) 483-modda:
uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “2022-yil 30-aprelga qadar” degan so‘zlar “2022-yil 31-dekabrga qadar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2021-yilning 10-oktabridan 2022-yil 30-aprelga qadar bo‘lgan davrda tovuq go‘shtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani, 2021-yil 10-oktabrdan 2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda esa go‘shtni (mol go‘shtini, qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi”;
quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi, o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“2022-yil 1-yanvardan 2031-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari:
foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari) 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Ushbu moddaning o‘n yettinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 1-moddasining 3 va 6-bandlari 2022-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 1-moddasi 4-bandining qoidalari 2022-yil 1-martdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 1-moddasi 5-bandining hamda 7-bandining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari qoidalari 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 1-moddasi 7-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari qoidalari 2022-yil 1-maydan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun 1-moddasi 7-bandining to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari qoidalari 2022-yil 1-fevraldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. | 93 | 5,838 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “XIZMAT KO‘RSATGAN SPORTChI” FAXRIY UNVONINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni ta’sis etilsin.
2. “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni to‘g‘risidagi Nizom hamda ko‘krak nishonining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
3. Ushbu qaror tasdiq uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritilsin.
1. “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni jahon va Olimpiyada o‘yinlarining chempionlari hamda rekordchilariga, shuningdek ulkan sport yutuqlariga erishgan boshqa sportchilarga beriladi.
2. “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
4. “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berilgan shaxslarga belgilangan namunadagi guvohnoma va ko‘krakka taqiladigan nishon beriladi.
5. “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” guvohnomasi va ko‘krakka taqiladigan nishoni tantanali va keng oshkoralik vaziyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan topshiriladi.
6. “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” nishoni ko‘krakning o‘ng tomoniga taqiladi.
7. “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonidan faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mahrum etishi mumkin.
Ko‘krakka taqiladigan nishon diametri 30 millimetrga teng doira shaklida bo‘lib, neyzilberdan (kumush suvi yuritilgan) tayyorlanadi.
Nishon yuz tomonining yuqori qismida tikkasiga olimpiada mash’alasi yonib turgan jom tasvirlangan. Jom yuqori qismining markazida olimpiada ramziy beshta halqasining tasviri ifodalangan. Nishonning quyi qismida simmetrik ravishda joylashtirilgan ikki dafna shoxining tasviri bor.
Nishonning aylanasi bo‘ylab: “Xizmat ko‘rsatgan sportchi” degan yozuv bor.
Tasvirlar va yozuv bo‘rtma. Ko‘krak nishonining chekkasi 2-3 millimetr tenglikda qabariqdir.
Nishonning orqa tomonida, yuqori aylanma bo‘ylab “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari yozilgan, markazida kiyimga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, pastida — nishon raqami yozilgan.
Nishon orqa tomonining chekkasi 2-3 millimetr kenglikda qabariqdir.
Ko‘krak nishoni ilgak va halqa yordamida kolodkaga ulangan bo‘lib, kolodkaning uchki qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglaridagi muhayyar lenta bilan qoplangan.
Kolodkaning orqa tomonida kiyimga qadaladigan to‘g‘nog‘ich bor. | 98 | 2,342 |
Qonunchilik | Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/5-son qarori (ro‘yxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 28-son, 374-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
1. 1-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aktivlar — kredit, mikroqarz, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablag‘lar, hisoblangan foizsiz daromadlar, bankning boshqa xususiy mulklari, bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda hisoblangan foizlardan tashqari boshqa barcha talablar;”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ta’minlanmagan aktivlar — ta’minoti belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan aktivlar;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ishonchli (e’timodli) aktivlar — bank hisobvarag‘ida muntazam pul oqimi mavjud bo‘lgan, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga ta’minotsiz ajratilgan aktivlar.”.
2. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin:
“11. Aktivlar sifatini tasniflash va ularni bank balansida aks ettirish bank va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini o‘zgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq bank tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni to‘liq miqdorda qarzdordan undirish huquqini bekor qilmaydi.”.
3. 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Qarzlarning o‘z muddatida to‘lanishiga shubha tug‘dirmaydigan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi. Bunda:
qarz oluvchi yuridik yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs moliyaviy jihatdan barqaror hisoblangan, yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlarni, jumladan mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablag‘lari oqimiga, shuningdek amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va o‘z mahsuloti bo‘yicha marketing rejasiga ega bo‘lishi;
qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) jismoniy shaxs barqaror daromad manbaiga ega hamda daromadlari bankdan olingan kredit va foizlarni to‘lashga yetarli, yaxshi kredit tarixiga ega, ya’ni oldin olgan barcha kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni va boshqa majburiyatlarni o‘z vaqtida bajargan bo‘lishi kerak.
Ta’minot “yaxshi ta’minlangan” kredit mezonlariga mos kelishi lozim. Jumladan, ta’minot turlari notarial jihatdan tasdiqlangan bo‘lishi (agar qonun hujjatlarida notarial tasdiqlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa), zarur hollarda, tegishli mulk bitimini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi, shu jumladan tijorat bankining garov mol-mulkiga doir huquqlari to‘g‘risidagi yozuv garov reyestrida aks ettirilishi zarur.
Tijorat banki kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni ta’minot hisobidan undirib olishga haqli. Ta’minotga doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Bundan ishonchli (e’timodli) aktivlar mustasno bo‘lib, ularning asosiy qarzi va foizlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasa, bunday aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi.
10. Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar kuzatilmaydi.
Qarzdor tomonidan oxirgi 180 kunda aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan yagona holat mavjud bo‘lsa, ushbu aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi, ishonchli (e’timodli) aktivlar bundan mustasno.
Bunda shartlari qayta ko‘rilgan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanishi mumkin emas.”.
4. 11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar tijorat banklari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng qolgan sof foyda hisobidan mazkur Nizom kuchga kirgan kundan keyin ajratilib, hisobot sanasiga sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qoldig‘idan kelib chiqqan holda bank foydasini taqsimlash bo‘yicha aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq tashkil qilinadi.”.
5. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Qarzdorning moliyaviy holati barqaror hisoblangan, lekin ayrim salbiy holatlar yoki tendensiyalar mavjud bo‘lib, agar ular bartaraf etilmasa, moliyalashtirilgan loyihaning amalga oshishiga yoki qarzdorning aktivni o‘z vaqtida to‘lash qobiliyatiga nisbatan shubha paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan aktivlar sifati “substandart” deb tasniflanadi.
Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, aktivlarning sifati “substandart” deb tasniflanadi:
moliyaviy holati yoki ta’minotni nazorat qilish borasida shubhalar bo‘lsa;
kredit hujjatlarida yetarlicha axborot yoki ta’minot bo‘yicha hujjatlari bo‘lmasa;
qarzdorning 2-son kartotekasi mavjud bo‘lib, undagi to‘lov hujjatlarining muddati 30 kundan oshmagan bo‘lsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
oxirgi 180 kun ichida aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan bir nechta holatlar mavjud bo‘lsa;
ishonchli (e’timodli) aktivlarning asosiy qarzi va foizlari bo‘yicha 30 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;
ta’minlangan aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha 30 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa.”.
6. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
asosiy to‘lov manbalari qarz to‘lash uchun yetarli bo‘lmasa, ta’minotga qo‘yilgan mulkni va qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish, to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarni uzaytirishlarni hisobga olgan holda qo‘shimcha to‘lov manbalarini topish talab etiladigan bo‘lsa;
qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablag‘larining mo‘ljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli bo‘lmasa;
qarz oluvchining kapitali yetarli darajada bo‘lmasa;
qarzdorning 2-son kartotekasida 31 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan to‘lov hujjatlari mavjud bo‘lsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror bo‘lmasa;
ta’minot qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech bo‘lmaganda asosiy qarzning to‘lanmagan summasiga teng bo‘lsa (ishonchli (e’timodli) aktivlar bundan mustasno);
ishonchli (e’timodli) aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha 31 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;
ta’minlangan aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha 91 kundan ortiq, lekin 120 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa.”.
7. 17-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qarzdorning 2-son kartotekasida 91 kundan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan to‘lov hujjatlari mavjud bo‘lsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);”
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“ishonchli (e’timodli) aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha 91 kundan ortiq lekin, 180 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;
ta’minlangan aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha 121 kundan ortiq lekin, 180 kundan oshmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa.”.
8. 20-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qarzdorning 2-son kartotekasida muddati 180 kunga kechiktirilgan to‘lov hujjatlari mavjud bo‘lsa;”.
9. Quyidagi mazmundagi 211 — 213-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“211. Agar ikki yildan ortiq muddatga ajratilgan aktivlar bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarish grafikka asosan oxirgi olti oyga belgilangan bo‘lsa yoki shartnomada aktivlarni qaytarish grafigi bo‘lmasa, bunday aktivlar sifatining tasnifi bir toifaga pasaytirilishi lozim.
212. Respublika hududidagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 10 kungacha kechiktirilganda — “qoniqarsiz”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 11 kundan 30 kungacha kechiktirilganda — “shubhali”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 31 kundan kechiktirilganda, shuningdek aktiv joylashtirilgan bankning litsenziyasi chaqirib olingan yoki boshqa tartibda uni tugatish ishlari boshlanganda — “umidsiz”.
Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan normativlarning bajarilishi muntazam o‘rganib boriladi.
213. Respublika hududidan tashqaridagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:
aktivlar joylashtirilgan bank “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholariga yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholarga teng bo‘lgan reyting baholariga ega bo‘lganda — “standart”;
aktivlar joylashtirilgan bank “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholaridan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholardan past reyting bahosiga ega bo‘lganda, shuningdek ushbu banklarning reyting baholari investitsion reyting baholaridan pasaytirilganda — “substandart”;
aktivlarning asosiy qarz va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud bo‘lganda — “umidsiz”.
Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda reyting baholari muntazam o‘rganib boriladi.
Aktivlar joylashtirilgan bank ikki yoki undan ko‘p reyting kompaniyalarining baholariga ega bo‘lganda, hisob-kitoblarda eng past reyting bahosi hisobga olinadi.”.
10. 26-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“tavakkalchilik darajasi past bo‘lgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar garovi, shuningdek bu mamlakatlar hukumatlarining kafolati;
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya koorporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamg‘armasi, Islom taraqqiyot banki hamda Yevropa Kengashining taraqqiyot banklari kafolati;”;
oltinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshidagi “garov” degan so‘z “zakalat” degan so‘z bilan almashtirilsin.
11. Quyidagi mazmundagi 301 — 303-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“301. Shartnomada belgilangan oxirgi muddati o‘zgartirilmagan holda, asosiy qarz va (yoki) foizlar bo‘yicha oraliq to‘lovlarning muddatlari bir marta qayta ko‘rib chiqilgan aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi.
Mazkur aktivlarning muddati qayta ko‘rib chiqilgandan keyin qaytarish grafigiga asosan kamida ketma-ket 3 ta to‘lov to‘liq va o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, ularning sifati “substandart” deb tasniflanishi mumkin.
Bunda aktivlarni qaytarish grafigi bo‘yicha to‘lov boshlangan oydan shartnomaning oxirgi muddatiga qadar har oyda teng (proporsional) to‘lovlar asosida qaytarilishi belgilangan taqdirda ketma-ket 3 ta to‘lov, aks holda shu miqdorga teng 3 tadan ko‘proq to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi lozim.
302. Quyida keltirilgan omillardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlarning sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
mazkur nizomning 28-bandi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
shartnomaning oxirgi muddati bir marta uzaytirilganda.
303. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgandan keyin asosiy qarz va (yoki) foiz to‘lovlari o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanmagan aktivlar sifati “umidsiz” deb tasniflanadi.”.
12. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Yangi qarzdor tomonidan asosiy qarz va foizlarning to‘lanmagan barcha summalari qoplanib, aktivni qaytarish grafigi bo‘yicha ketma-ketlikdagi keyingi 3 ta to‘lovlar to‘liq va o‘z vaqtida to‘lansa, muammoli aktivlar sifatining tasnifi tegishli tarzda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.”.
13. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Aktivlar sifati ularning shartlari qayta ko‘rib chiqilishidan oldingi tasniflangan toifadan yuqori yoki yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas (mazkur nizomning 301-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Hech qanday holatda aktivga uning shartlari qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng darhol “standart” toifani berish mumkin emas.
Aktiv ikki va undan ortiq marta shartlari qayta ko‘rib chiqilganda, aktiv sifatini tasniflash toifasi shartlari qayta ko‘rib chiqilishidan oldingi toifasidan bir pog‘onaga past bo‘lishi kerak.”.
14. Quyidagi mazmundagi 41-bob bilan to‘ldirilsin:
331. Tijorat banklari tomonidan berilgan kafolatlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxira miqdori prinsipialning moliyaviy ahvoli, kredit tarixi va prinsipial faoliyat ko‘rsatayotgan iqtisodiyot tarmog‘i holatini hisobga olgan holda uning kreditga layoqatliligidan kelib chiqib belgilanadi.
332. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda, bank kafolatining sifati “standart” deb tasniflanadi:
prinsipial moliyaviy jihatdan barqaror;
prinsipial yuqori daromadlilik darajasiga ega;
barcha moliyaviy majburiyatlarini o‘z muddatida bajarishiga shubha tug‘dirmaydigan, shu jumladan kafolat bo‘yicha qarzini qondirish uchun yetarli pul mablag‘lari oqimiga ega;
tijorat ishlarini rivojlantirish hamda moliya resurslarini erkin jalb qilish imkoniyatlari mavjud;
faoliyati cheklangan ta’minotchi hamda iste’molchilarga bog‘liq bo‘lmagan;
taqdim etilayotgan ta’minotga doir barcha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan;
kredit yoki boshqa qarzlari bo‘yicha to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilgan.
333. Quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda, bank kafolatining sifati “substandart” deb tasniflanadi:
umumiy moliyaviy ahvoli barqaror hisoblangan, lekin faoliyatida ayrim iqtisodiy salbiy holatlar mavjud bo‘lgan, ularning bartaraf etilmasligi prinsipialning majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaslik holatini vujudga keltirish xavfining mavjudligi;
daromadlari yoki pul mablag‘lari oqimining pasayish tendensiyasi mavjudligi.
334. Quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda, bank kafolatining sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
moliyaviy ahvolining jiddiy yomonlashuviga sabab bo‘luvchi holatlarning mavjudligi;
daromadlari yoki pul mablag‘lari oqimining oxirgi chorakka nisbatan 50 foizga kamayganligi (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
oxirgi hisobot oyidagi mavjud barcha muddati kelgan majburiyatlarni, shuningdek kafolat summasini ushbu oy davomida kelib tushgan pul mablag‘lari hisobidan qoplash imkoniyatiga ega emasligi.
335. Quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda, bank kafolatining sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
mazkur Nizomning 334-bandida nazarda tutilgan holatlardan birining og‘irlashganligi;
oxirgi besh yilda salbiy kredit tarixiga ega ekanligi, ya’ni to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi.
336. Quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda, bank kafolatining sifati “umidsiz” deb tasniflanadi:
berilgan kafolat bo‘yicha majburiyatni bank tomonidan bajarish holatlarining yuzaga kelishi;
kredit yoki boshqa qarzlari bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi;
talab qilib olinguncha hisobvarag‘iga oxirgi chorakda tushum bo‘lmaganligi (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
moliyaviy faoliyati bo‘yicha sud jarayonlarining olib borilayotganligi;
bankrotlik alomatlarining mavjudligi.
337. Bank kafolatlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani shakllantirish va undan foydalanish tartibi Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2364, 2012-yil 15-may) muvofiq amalga oshiriladi.”.
15. 34-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda, investitsiyalar daromad keltirgan hisoblanadi:
bankka dividend ko‘rinishida daromad keltirganda;
bank tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida ijobiy farq yuzaga kelganda;
fond birjasida kotirovkasi oshganda;
bank investitsiya kiritgan korxonaning tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tgan moliyaviy hisobotiga ko‘ra hisobot davrini foyda bilan yakunlaganda.”.
16. 35-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday investitsiyalarning sifati eng past toifada tasniflanishi kerak.”.
17. Quyidagi mazmundagi 361-band bilan to‘ldirilsin:
“361. Bank aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash zaxirasi shu aktiv valyutasida shakllantirilishi lozim.”. | 234 | 17,864 |
Qonunchilik | Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi 192-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2020-yil 14-apreldagi 219-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 15-son, 173-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalarga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 82-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik xizmat loyihalarning huquqiy ekspertizasi davomida mazkur loyihalarning ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etadigan, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar va normalar bor-yo‘qligini aniqlash nuqtai nazaridan ham tahlilini amalga oshiradi.”.
2. 85-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“loyihaning gender-huquqiy ekspertizasini o‘tkazish natijalari bo‘yicha ma’lumot;”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 87-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“87. Loyiha qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga, shuningdek havolaki normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadliligiga nomuvofiq bo‘lsa, yuridik xizmat loyihani tegishli e’tirozlar bilan qayta ishlash uchun loyihani ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan ishlab chiquvchining tarkibiy bo‘linmasiga qaytaradi.”.
4. 89-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar;”;
to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. 111-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“loyihalarni ularning mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratib beradigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy qiladigan qoida va normalarni, tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlarni vujudga keltiruvchi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutuvchi, ularga nisbatan javobgarlikning yangi choralarini belgilovchi qoidalarni, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan tahlil qilishni amalga oshiradi.”.
6. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi bilan kelishilgan. | 250 | 5,007 |
Qonunchilik | Soliq va bojхona sohasi ustidan prokuror nazorati kuchaytirildi | Prezidentning 2.08.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq va bojхona islohotlarini huquqiy jihatdan kuzatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5499-son Farmoni imzolandi.
Bosh prokuraturaning Bojхona va soliq sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi Bosh prokuraturaning Soliq va bojхona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasiga aylantirildi. Uning faoliyati asosiy yoʻnalishlari uchta sohani qamrab oladi:
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning iyun oyida soliq va bojхona sohalarini isloh qilishga doir dasturiy hujjatlar: Prezidentning 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi PF–5468-son Farmoni; Prezidentning 26.06.2018 yildagi «Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3802-son va 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojхona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3818-son qarorlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, soliq va bojхona sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan Bosh prokuror oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurori oʻrinbosarlari, tumanlar (shaharlar) prokurorlari oʻrinbosarlari va yordamchilari lavozimlari joriy etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining oʻrinbosarlari rahbarligi ostida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning malakali mutaхassislaridan tashkil topgan soliq islohotlarini amalga oshirish va byudjetga qoʻshimcha daromadlar zaхiralarini aniqlash boʻyicha ekspert ishchi guruhlari tashkil etiladi. Bir hafta muddat ichida, ular shakllanishiga qarab, har bir tuman (shahar) kesimida kichik ishchi guruhlari tashkil etiladi, ularning faoliyat yoʻnalishlari pasportlashtiriladigan soliq toʻlovchilar toifalari va soliq solish ob’yektlaridan (jismoniy shaхslar, bozorlar, savdo komplekslari, tadbirkorlik sub’yektlari va b.) kelib chiqib belgilanadi.
Ishchi guruhlari a’zolarining aniq bosqichma-bosqich хatti-harakatlari ularga yuklatilgan vazifalar va tegishli hududning real iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib alohida nizomda qayd etiladi.
! 1.10.2018 yildan boshlab bir martalik yigʻim, ijara toʻlovi hamda bozorlar va savdo komplekslari хizmatlar koʻrsatishidan tushumlar undirilishining avtomatlashtirilgan hisobini yurituvchi aхborot tizimi joriy etilishi kerak.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 63 | 2,706 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1990-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 1-2, 21-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi va muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organdir.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga bo‘ysunadi va unga hisobdordir.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari, tumanlararo, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari (inspeksiyalari), shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yagona tizimni tashkil etadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlarni respublikaning barcha vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ijro etishlari shart. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qarorlari zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ular bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat nazorati va tarmoqlararo boshqaruvni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro kelishgan holda amalga oshiradi.
6. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlatlarning tegishli tabiatni muhofaza qilish organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish borasidagi faoliyatlarida ular bajarishlari lozim bo‘lgan ishlarni o‘z zimmasiga olmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining davlat ekologik nazorati borasidagi faoliyatini, shuningdek boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi jamoat birlashmalari va aholi bilan hamkorlikda ish yuritadi, tabiatni muhofaza qilish faoliyatlarida ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi va ko‘maklashadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qarorlari uning o‘z nashrlarida chop etiladi, zarur hollarda esa ommaviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga yetkaziladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoqlararo kompleks boshqarish;
tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
atrof muhitning ekologik holati qulay bo‘lishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning ko‘proq iqtisodiy usullarini keng qo‘llash, resurslarini tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz texnologiyalar barcha joylarda qo‘llanilishini rag‘batlantirish, chiqindilarini xo‘jalik oborotiga jalb etish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqaradi;
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan respublika ekologiya normativlari, qoida va standartlari ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni tasdiqlaydi, tarmoqlarning ana shunday normativlari, qoida va standartlarini o‘zaro muvofiqlashtiradi, ularning fondlarini shakllantiradi va yuritadi;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologiya jihatidan ta’minlash yuzasidan ish olib boradi, tabiiy muhit obyektlarining ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
barcha turdagi tabiiy resurslarni xo‘jalik oborotiga jalb etish ko‘lamlarini tartibga solib turish maqsadida atrof tabiiy muhit holatiga antropogen faoliyatning ta’sirini tahlil qiladi;
Oliy Majlisga, Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga atrof muhit holatiga doir uzoq muddatli va bir yillik taxminlar loyihalariga kiritish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tabiatni muhofaza qilishning zarur chora-tadbirlarini bajarishlariga qaratilgan takliflarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish majmuida iqtisodiy islohotlar qanday borayotganligining tahlili uchun belgilangan hisobotlarni taqdim etadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tabiatdan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tadbirlari va tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi nizomlarini muvofiqlashtiradi;
atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yo‘l qo‘yiladigan normativlarini va chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilaydi, atrof muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari undiradi va ulardan belgilangan tartibda foydalanadi;
atrof tabiiy muhit sifatining normalarini belgilash ishini tashkil etadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalar va ular atrof-muhitga ko‘rsatadigan zararli ta’sirning (jismoniy ta’sirdan tashqari) hisobini yuritadi;
respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish hamda ularni rivojlantirish dasturlari, konsepsiyalari, asosiy yo‘nalishlari va sxemalari loyihalarini, loyihalashga tayyorgarlik va loyiha hujjatlarini, yo‘riqnoma-uslubiy hamda normativ-texnikaviy hujjatlarni, ayrim mintaqalar, joylar va ishlab turgan obyektlardagi ekologik vaziyatni, shuningdek atrof muhit holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi yangi texnika, texnologiyalar, materiallar va moddalarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi;
atrof tabiiy muhit monitoringining tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibini ishlab chiqadi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda atrof muhit ifloslanishining ahvoli va unga boshqacha zararli ta’sirlar, tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning respublika yagona ekologik axborot bankini tashkil etadi va yuritadi;
mamlakatda qo‘riqxonalarga doir ishga rahbarlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastrini yuritadi, yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
yangi (qayta qurilgan) obyektlarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlari va inshootlarini qabul qilib olish va ishga tushirish bo‘yicha davlat komissiyalari ishida qatnashadi, barcha turdagi xo‘jalik faoliyati uchun joy tanlash va yer ajratishga doir materiallarni muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining qizil kitobi to‘g‘risidagi Nizomni, uni yuritish bo‘yicha Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibini, bu komissiya to‘g‘risidagi Nizomni (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolat doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa idoralararo komissiyalarning tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari, tumanlararo, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari (inspeksiyalari) nizomlarini tasdiqlaydi;
belgilangan tartibda o‘z korxonalarini, muassasalari, tashkilotlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarini tuzadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ularning ustavlarini tasdiqlaydi;
fuqarolarni tabiatni, tabiiy resurslarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash ishini, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilishni va ommalashtirishni tashkil etadi, ekologik ta’lim saviyasini oshirishga ko‘maklashadi, bu sohada tanlovlar, ko‘rgazmalar, boshqa tadbirlar o‘tkazadi;
o‘z tizimi xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasidagi ishiga uslubiy rahbarlik qiladi;
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash va oqizish, suvdan maxsus foydalanish, suv chiqarish uchun quduq qazish, ekologik normalarni joriy etish ishlarini bajarishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar, zararli moddalar, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish uchun yer ostidan foydalanish huquqini, ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi yuritish, shuningdek qizil kitobga kiritilgan turlaridan tashqari hayvonot dunyosidan (shu jumladan baliqlardan) va o‘simlik dunyosidan foydalanish, yovvoyi dori-darmon giyohlari, ozuqa o‘simliklari va manzarali o‘simliklarni, texnikaviy xomashyo va boshqa tabiiy hosilalarni (shu jumladan mo‘miyoni) yig‘ish (tayyorlash), ularni respublika hududidan olib chiqish va respublikaga olib kirish huquqini beradi;
ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi tashkil etish va yuritish, hayvonot dunyosini (shu jumladan baliqlarni) va o‘simlik dunyosini (shu jumladan o‘rmonlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi, hayvonot dunyosini (shu jumladan baliqlarni) va o‘simlik dunyosini (shu jumladan o‘rmonlarni) muhofaza qilish, tartibga solish va ulardan foydalanishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
zarur hollarda, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisobotlarini qarab chiqish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
hay’at majlislarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar rahbarlarining, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlarini eshitadi, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun rahbarlarni jazolash to‘g‘risida tegishli organlar oldiga masala qo‘yadi;
tabiatni ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaganlik natijasida unga yetkazilgan ziyonni qoplash to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan da’vo qo‘zg‘atadi; undirib olingan summalarni tabiatni muhofaza qilish fondlari va maxsus, budjetdan tashqari hisobvarag‘larga o‘tkazadi;
bank muassasalariga tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat obyektlarini va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish yoki kengaytirishlarini mablag‘ bilan ta’minlashni to‘xtatish to‘g‘risida, shuningdek tegishli organlarga qonun hujjatlari, ekologik normativlar, qoida va standartlar buzilganligi uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish, shu jumladan xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha beriladigan mukofotlardan mahrum etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritadi;
qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat obyektlari yoki boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan obyektlarni loyihalash va qurish, qayta qurish yoki kengaytirishni taqiqlaydi, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish normalari va qoidalarini buzayotgan sanoat korxonalari va boshqa korxonalarning, muassasalar va tashkilotlarning ishini to‘xtatib qo‘yadi, foydalanish natijasida tabiat obyektlari ifloslanadigan yoki buziladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqiqlaydi;
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni o‘z vakolatlari doirasida qarab chiqadi va aybdor shaxslarga jarima soladi hamda boshqa ma’muriy choralar ko‘radi, zarurat bo‘lganda qarab chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslardan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga taalluqli zarur axborot va tushuntirishlarni talab qiladi hamda ularni belgilangan shaklda bepul oladi;
tabiiy muhitning holatini aniqlash va uni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun idoralararo ilmiy-texnikaviy, ekspert kengashlari va boshqa kengashlar, guruhlar va komissiyalar tuzadi, tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida idoraviy xo‘jalik hisobidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, institutlar, markazlar va boshqa bo‘linmalar tuzadi;
tabiatni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazish hamda tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlarini, oliy o‘quv yurtlarini, ilmiy-texnika ijodiyoti va axborot markazlarini, boshqa tashkilotlarni, shuningdek ayrim olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlaridan, boshqa yuridik shaxslardan o‘zlariga qarashli obyektlarda atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishini (oqizilishini) uzluksiz nazorat qilib boruvchi vositalar bilan ta’minlangan punktlar (postlar) tashkil etishni, bunday punktlar (postlar) ishini nazorat qilishni, mazkur punktlar (postlar) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlariga muntazam axborot berib turishlarini talab qiladi;
belgilangan tartibda mahalliy va respublika tabiatni muhofaza qilish fondlarini tashkil etadi va ulardan foydalanadi;
o‘z bo‘linmalarining va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus hisob varaqlarini ochadi, ularni tarkib toptirish va ulardan foydalanish qo‘mitaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan qaroriga binoan amalga oshiriladi;
tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha shtatsiz inspektorlar va ekspertlar tarmog‘ini tashkil etadi, ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hay’ati tasdiqlaydigan nizomlarga muvofiq tartibga solib boriladi;
tabiatni muhofaza qilishga doir jurnallar, gazetalar, ilmiy ishlar to‘plamlari, axborot byulletenlari nashr etadi.
xavfli yuklarning tranziti uchun o‘z vakolatlari doirasida xulosa beradi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi quyidagilar ustidan davlat nazoratini olib boradi:
a) ekologiya tizimlari, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, o‘simlik dunyosi (shu jumladan o‘rmonlar) va biologik suv obyektlarining, yovvoyi hayvonlar yashash muhitining holati;
b) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarining:
ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlashning (oqizishning) belgilangan limitlari va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori normativlariga hamda bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni (oqizishni) belgilangan normativlarga qadar kamaytirishga doir kelishilgan chora-tadbirlarga;
yangi va qayta qurilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik normativlar, standartlar va talablarga;
foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o‘tkazish, qazilma chiqindi xonalarini, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumini va axlatxonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog‘ida atrof muhitni ifloslanishdan, bulg‘anishdan va qashshoqlashishdan muhofaza etish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish talablariga;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish talablariga;
keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish normalari va qoidalariga;
baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni urchitish, baliqchilikni rag‘batlantirish qoidalariga;
suvni muhofaza qilish subyektlarini, suv xo‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalariga doir qismiga rioya etishi va uni bajarishi;
xavfli yuklarni tranzit tarzda tashish shartlarini o‘z vakolatiga muvofiq ravishda bajarishi.
v) atrof muhitni muhofaza etish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va topshiriqlarini bajarish;
g) suv, hayvonot va o‘simlik dunyosi davlat kadastrlarini yuritish;
d) tabiatdan foydalanuvchilar tabiiy resurslardan foydalanishning, atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar, chiqindilar chiqarib tashlash va oqizishning hamda boshqa zararli ta’sirlarning (jismoniy ta’sirdan tashqari) dastlabki hisobini yuritishi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari to‘g‘ri bo‘lishiga rioya etilishi;
e) suv resurslaridan foydalanilishi, suvdan foydalanishning belgilangan normalari, qoidalari va tartibotiga rioya etilishi, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish, bulg‘anish va qurib qolishdan muhofaza qilinishi, shuningdek suv obyektlarining qirg‘oq bo‘ylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
j) yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yer uchastkalari qaysi maqsadlar uchun berilgan bo‘lsa, shu maqsadlarga muvofiq foydalanishlari va tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rishlari;
z) vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
i) o‘rmon resurslarining, qimmatli tabiiy landshaftlarning, shuningdek o‘rmon o‘simliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarib turish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya vazifalari saqlanishini ta’minlash;
k) qo‘riqxona ishlarini yuritish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibotini ta’minlash;
l) davlat ovchilik (fondini muhofaza etish, ov va ovchilik xo‘jaligi yuritish qoidalariga rioya etilishi;
m) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasiga doir boshqa masalalarning hal etilishi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tayinlaydigan va vazifasidan ozod qiladigan Rais boshchilik qiladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Raisi:
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun, shuningdek qo‘mitaga qarashli organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilishi va shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Raisi va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va vazifasidan ozod qilish uchun rozilik beradi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining raislari va ularning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo‘mitalarining raislari va ularning o‘rinbosarlari o‘zlari mutasaddi bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishincha O‘zbekiston Respublikasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlar va Toshkent shahrining tabiatni muhofaza qilish bosh davlat inspektorlaridir.
18. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisi (hay’at raisi), uning o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyati asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tuzilmaviy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’atning miqdor tarkibi va shaxsiy tarkibi, lavozimiga ko‘ra hay’at tarkibiga kiradigan shaxslardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at majlislari, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘ziga qarashli organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar chiqaradi, o‘z qarorlarining bajarilishini tashkil etadi va tekshiradi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida muvofiqlashtirish kengashi, ilmiy-texnika kengashi, jamoatchilik kengashi va boshqa kengashlar tuzilishi mumkin.
Kengashlar to‘g‘risidagi nizomlar va ularning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimining mansabdor shaxslari respublika hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, boshqa obyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirishga haqlidirlar. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi mansabdor shaxslar o‘zlarining xizmat vazifalarini bajarayotganlarida ularni xonalar, telefon aloqasi, transport bilan va obyektni ko‘zdan kechirish (tekshirish) vaqtida, zaruratga qarab maxsus kiyim bilan ta’minlashlari shart.
22. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimi xodimlari (yordamchi ishlardagi xodimlar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namunadagi kiyim va farqlovchi belgilar bilan ta’minlanadilar.
Ularga tabel qurolini saqlash va olib yurishga belgilangan tartibda ruxsat etiladi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va unga qarashli organlar O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag‘lar hisobidan ta’minlanadi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining soni Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yuridik shaxs bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhriga egadir. | 106 | 25,527 |
Qonunchilik | TEKShIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh KITOBINING ShAKLI VA UNI TO‘LDIRISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining shakli 1-ilovaga muvofiq;
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Kelishilgan:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibini belgilaydi.
1. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi — o‘tkazilgan tekshirishlar to‘g‘risidagi axborot yozib qo‘yiladigan elektron yoki qog‘oz shaklidagi maxsus kitobdir.
2. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining yuritilishidan maqsad:
tekshiruvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralikni ta’minlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga noqonuniy ravishda aralashuvlarga chek qo‘yish.
3. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining qog‘oz shakli belgilangan namunaga muvofiq bo‘lishi, qattiq muqova bilan qoplangan va raqamlangan, tikilgan, varaqlar soni va Kitobni yuritish sanasi ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi va muhri (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — agar u mavjud bo‘lsa) bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
4. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), unga berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
5. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yuritiladi.
51. Texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda majburiy tartibda tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakli to‘ldiriladi. Bunda tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining qog‘oz shaklini to‘ldirish talab etilmaydi.
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakli bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektda to‘ldiriladi.
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakliga kirish etk.minjust.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
6. Tekshirish boshlanishidan oldin xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshiruvchi mansabdor shaxsga tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish uchun taqdim etadi.
7. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin qonunchilik hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarini (yakka tartibdagi tadbirkorni, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi, qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etishi, tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining tegishli ustunlariga yozuvlar kiritishi lozim.
8. Tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirish boshlanishiga qadar tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining 2 — 7-ustunlarini to‘ldiradi. Bunda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga kiritilgan ma’lumotlarni tekshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslashga haqli.
9. 2-ustunda tekshiruvchi organning to‘liq rasmiy nomi, uning pochta manzili, rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, u bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.
10. 3-ustunda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnoma (shu jumladan maxsus guvohnoma) raqami, guvohnomani bergan tashkilot nomi, guvohnomaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
11. 4-ustunda tekshirishga:
nazorat qiluvchi organ jalb etilgan taqdirda, nazorat qiluvchi organning to‘liq rasmiy nomi, uning pochta manzili, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnoma (shu jumladan maxsus guvohnoma) raqami, guvohnomani bergan tashkilot nomi, guvohnomaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi;
auditorlik tashkiloti jalb etilgan taqdirda, auditorlik tashkilotining nomi, litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati, auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tekshirishga jalb etishga asos bo‘lgan nazorat qiluvchi organ bilan tuzilgan shartnomaning raqami va muddati ko‘rsatiladi;
ekspert jalb etilgan taqdirda, ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami, tekshirishga jalb etishga asos bo‘lgan nazorat qiluvchi organ bilan tuzilgan shartnomaning raqami va muddati ko‘rsatiladi.
12. 5-ustunda tekshirish o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlagan organ nomi va uni tasdiqlash sanasi; buyruqni chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, buyruqni qabul qilish raqami va sanasi; qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq tekshirishni tayinlash to‘g‘risida qaror chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, qarorning sanasi, shuningdek jinoyat ishining raqami ko‘rsatiladi.
13. 6-ustunda tekshirish turining to‘liq nomi (rejali tekshirish, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshirish, nazorat tartibida tekshirish, yuridik shaxs tugatilayotganda o‘tkaziladigan soliq tekshiruvi, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (viloyat komissiyalari) bilan qo‘shimcha kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat funksiyalari) va maqsadi ko‘rsatiladi. Tekshirish turining nomi tekshirish o‘tkazish reja-jadvali va buyruqda ko‘rsatilgan nomga, maqsadi esa — buyruqda ko‘rsatilganiga muvofiq bo‘lishi lozim.
14. 7-ustunda tekshirish o‘tkazish muddati ko‘rsatiladi. U tekshirish o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.
15. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining 8 — 12-ustunlari xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan to‘ldiriladi. Bunda, 8 — 10-ustunlarga tekshirish davomida yozuvlar kiritib boriladi.
16. 8-ustunda har kuni tekshirish o‘tkazishni boshlash va tugatish vaqti, sanasi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda zarur hollarda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki tartibida belgilangan ish vaqti tugaganidan keyingi harakati haqida maxsus belgilar qo‘yiladi.
17. 9-ustunda tekshirishning haqiqatda davom etgan kalendar muddati ko‘rsatiladi.
18. 10-ustunda talab qilingan hujjatlarning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda talab qilingan hujjatlar tavsifi tekshirish o‘tkazish reja-jadvali hamda buyruqda ko‘rsatilgan tekshirish turi va maqsadlariga mos kelmagan holda maxsus belgilar qo‘yiladi.
19. 11-ustunda xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan belgilangan tartibda ko‘rilgan choralar (ishlab chiqarishni to‘xtatish, omborni muhrlash, pul mablag‘laridan va/yoki xomashyodan foydalanishni taqiqlash, moliya va boshqa hujjatlarni olib qo‘yish va h. k.) ko‘rsatiladi.
20. 12-ustunda o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsning) “Roziman”, “Rozi emasman”, “E’tirozlar bilan roziman” shakllaridagi fikri qayd etiladi. “Rozi emasman” shaklidagi fikr ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) buning asoslangan sabablarini ko‘rsatadi. “E’tirozlar bilan roziman” shaklidagi fikr ko‘rsatilgan holda asoslangan e’tirozlar keltiriladi. Tekshirish tugagandan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) ushbu ustunga tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida qayd qilingan yozuvlarning to‘g‘riligi haqida yozuv kiritadi. Mazkur yozuvlar tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining qog‘oz shaklida sana va vaqtni ko‘rsatgan holda imzo bilan tasdiqlanadi.
21. Tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirishdan bosh tortsa yoki mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotni taqqoslash natijasida tafovutlar aniqlangan taqdirda, tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirishga qo‘yilmaydi. Bunda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 80-son “Adliya organlarida maxsus “ishonch telefoni” tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb yuritiladi) tashkil etilgan maxsus “ishonch telefoni”ga murojaat etishga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishga haqli.
22. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining qog‘oz shaklida o‘chirib yozish va bo‘yash taqiqlanadi. To‘g‘rilashlar xato yozuvlar o‘chirilib, kerakli ma’lumotlarning ustidan qayta yozish yoki qo‘lda ustidan yozish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim. Har bir bunday to‘g‘rilash tekshiruvchi mansabdor shaxsning va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs)ning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shaklini to‘ldirishda xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ushbu satrga to‘g‘rilashlar kiritish orqali yangi yozuv amalga oshiriladi. Bunda, oldingi ma’lumot avtomatik ravishda saqlanib qolinadi.
23. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish maqsadida nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibiga rioya qilinayotganligi bo‘yicha monitoring adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
24. Adliya organlari tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini yuritadi.
241. Tekshiruv natijasi bo‘yicha tuziladigan hujjatda tekshirish jarayonida to‘ldirilgan tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining shakli ko‘rsatiladi.
25. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. | 95 | 11,753 |
Qonunchilik | Tibbiyotni raqamlashtirish uchun yangi korхona tashkil etiladi | Prezident tomonidan 23 fevral kuni «Sogʻliqni saqlash sohasida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Hujjatga muvofiq Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi muassisligida «IT-Med» mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etiladi. U «Aхborot kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazi» DUK negizida tashkil etiladi hamda uning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
«IT-Med» MChJ zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Sogʻliqni saqlash sohasidagi aхborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish majburiy tarzda «IT-Med» MChJ bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek «IT-Med» MChJning huquqlari hamda faoliyatini asosiy moliyalashtirish manbalari belgilandi.
2023 yil 1 yanvarga qadar aholi va tizim foydalanuvchilari tomonidan interaktiv tibbiy хizmatlarni olish imkonini beruvchi maхsus dastur va mobil ilovalar ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab respublikadagi barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan doriхonalar majburiy tartibda bosqichma-bosqich Yagona platformaga ulanadi.
«IT-Med» MChJ Toshkent shahar, Shayхontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 4-uy manzilida joylashtiriladi.
Hujjat 24.02.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan.
Elmira Siraziyeva. | 62 | 1,459 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, qo‘mitalari (komissiyalari) raislari, Devoni rahbari mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat va monitoring bo‘limi (A. Abdukodirov) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har oyda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashiga umumlashtirilgan ma’lumot kiritib borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridagi chora-tadbirlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 145 | 1,805 |
Qonunchilik | Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha turdosh oliy ta’lim hamda tarmoq tashkilotlariga biriktirish, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
a) oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Belgilansinki, negizida texnikumlar tashkil etilayotgan ta’lim muassasalarida bugungi kunda tahsil olayotgan o‘quvchilar tegishli kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonini amaldagi dasturlarga muvofiq ushbu texnikumlarda yakunlaydi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) va tizimida texnikumlar bo‘lgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda 2021-yil 1-oktabrga qadar hududlarga chiqqan holda, tashkil qilinayotgan texnikumlarning joylashuvi, o‘quv binolarining quvvatlari, o‘quv auditoriyalarining holati, adabiyotlar, zamonaviy asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgansin hamda belgilangan me’yorlarda ularni to‘liq shakllantirish choralarini ko‘rsin.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (A. Aripov) ikki hafta muddatda tashkil qilinayotgan texnikumlarga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul parametrlarini tasdiqlasin;
b) turdosh oliy ta’lim muassasalari hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum 2-ilovaga muvofiq biriktirilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida texnikumlar bo‘lgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda:
texnikum bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish bo‘yicha tarmoq tashkilotlarida zarur shart-sharoitlar yaratilishi ustidan nazorat o‘rnatsin va amaliyot o‘tash grafiklarini ishlab chiqib, tasdiqlanishini ta’minlasin;
har yili 1-mayga qadar texnikum bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etsin hamda ular ijrosi bo‘yicha nazorat tizimini yaratsin;
har yili iyul-avgust oylarida texnikum bitiruvchilari uchun har bir tuman va shaharda ish beruvchilarni jalb qilgan holda yarmarkalar, shu jumladan “Karyera kuni” tadbirlarini o‘tkazsin, o‘quv yili davomida ishlab chiqarish tashkilotlarida tasdiqlangan reja-grafiklar asosida “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil qilsin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tizimida texnikumlar bo‘lgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarining takliflari asosida mazkur qarorning 2-ilovasida keltirilgan oliy ta’lim muassasalari hamda tarmoq tashkilotlariga biriktirilgan texnikumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida texnikumlar bo‘lgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar texnikum o‘quvchilari amaliyot o‘tkazadigan tashkilotlar, ulardagi ish o‘rinlari va yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirishni yo‘lga qo‘ysin;
v) texnikumlar bir oliy ta’lim muassasasi tizimidan boshqa oliy ta’lim muassasasi tizimiga 3-ilovaga muvofiq o‘tkazilsin;
g) Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi faoliyati tugatilsin va uning barcha mol-mulki, bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o‘tkazilsin. Bunda:
Jizzax viloyati, Forish tumani, Fayzobod ko‘chasi, 25-uy manzilida joylashgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga tegishli bino va inshootlar, hududi bilan birgalikda Jizzax davlat pedagogika institutiga ko‘p tarmoqli o‘quv markazi va amaliyot poligonini tashkil etish uchun beriladi;
Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumida tahsil olayotgan o‘quvchilar amaldagi ta’lim dasturlari asosida Jizzax axborot texnologiyalari texnikumida o‘qishni belgilangan tartibda tugatadi.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlar tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan tajribali professor-o‘qituvchilar va tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda ishlab chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
oliy ta’lim muassasalari o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarni o‘quv-metodik hujjatlar (o‘qitish materiallari to‘plamlari, didaktik materiallar, praktikumlar, texnologik xaritalar, elektron resurslar, xorijiy o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar, davriy nashrlar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, axborotnomalar hamda boshqalar) bilan ta’minlaydi;
oliy ta’lim muassasalari o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarda ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda bunga texnikum direktori va oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) shaxsan mas’ul hisoblanadi;
oliy ta’lim muassasalari o‘ziga biriktirilgan texnikumlar pedagog kadrlari uchun o‘z budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xorijiy professorlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda qisqa muddatli o‘quv-seminarlarni tashkil etadi;
texnikum direktori bir vaqtning o‘zida tegishli oliy ta’lim muassasasining Ilmiy kengashi a’zosi hisoblanadi;
texnikumlar tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda texnikum hamda xorijiy davlatlardagi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish orqali texnikumlarda qo‘shma dasturlar asosida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashni tashkil etadi;
texnikumlarda xalqaro standartlar (shu jumladan, Worldskills) asosida o‘quv-ustaxonalarini tashkil etish va o‘quvchilarni mazkur standartlarga muvofiq tayyorlash hamda kelgusida ishchi kasblar musobaqalarida ularning ishtirok etishini ta’minlash tegishli oliy ta’lim muassasalarining bevosita ko‘magi asosida amalga oshiriladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) tizimida texnikumlar bo‘lgan vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda mazkur bandda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli oliy ta’lim muassasalari hamda vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalariga taqdimnomalarni kiritib borsin.
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) ikki oy muddatda quyidagi masalalarni puxta o‘rganib, Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda mehnat bozorida o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan real ehtiyojdan kelib chiqqan holda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
texnikumlar va kollejlarni o‘quv adabiyotlari, guruh jurnallari va boshqa davlat namunasidagi hujjatlar bilan ta’minlashni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish;
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmagan umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari bandligini ta’minlash maqsadida ularni texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitish;
2022-yil 1-yanvardan boshlab texnikumlar va kollejlar moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida ma’muriy boshqaruv xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni, shu jumladan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish.
4. Huzurida texnikumlar va akademik litseylar bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari har yili 1-dekabrga qadar ta’limning keyingi bosqichini davom ettirmayotgan texnikum va akademik litsey bitiruvchilari ro‘yxatini ularning bandligini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga taqdim qilsin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har yili 1-fevralga qadar respublikada eng ko‘p talab etiladigan o‘rta bo‘g‘in kadrlari ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar va lavozimlar ro‘yxatini shakllantirsin hamda ushbu kasblar va lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilib borsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.H. Toshkulov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. | 194 | 9,586 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish, Davlat budjeti maqsadli davlat jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan oqilona foydalanishni moliyaviy nazorat qilishning g‘oyat muhim vositasi sifatida uning faoliyati ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish, mazkur sohada qabul qilingan qarorlarning ijro etilishida davlat va xo‘jalik tuzilmalarining mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida:
1. Hisob palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda Hisob palatasining mansabdor shaxslar tomonidan qilingan qoidabuzarliklarini huquqiy baholash va davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarari summasini qoplash bo‘yicha tekshiruv materiallarini prokuratura organlariga topshirish tartibi ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagi tartib belgilansin va unga muvofiq:
mamlakat soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari budjetlarining loyihalari Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan Oliy Majlisga kiritiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi bo‘yicha har yilgi hisobot Hisob palatasi tomonidan tashqi audit va baholash o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
3. Belgilansinki:
Hisob palatasi o‘z faoliyatini, Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan amaliy tizimli nazoratni ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan yillik nazorat ishlari dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlari dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
Hisob palatasining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshiruvlar barcha tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining nazorat qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi bilan kelishilmagan holda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi Hisob palatasiga Davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan maqsadli davlat jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalarning daromad va xarajat moddalari maqsadli ijro etilishini birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslariga kirishga sharoit yaratsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi Hisob palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Hisob palatasida iqtisodiyot idoralarining axborot tizimlariga kirish imkonini beradigan ma’lumotlarni uzatish elektron tarmog‘ini ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda mansabdor shaxslarning Hisob palatasi ko‘rsatmalarini bajarmaganligi uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Hisob palatasi aniqlagan davlatning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan zarar summasini Davlat budjeti daromadi hisobiga yo‘llash mexanizmini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi o‘n kun muddatda o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni inobatga olgan holda Hisob palatasini kadrlar bilan mustahkamlash bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari V.A. Golishev va R.S. Shamshiyev zimmalariga yuklansin. | 115 | 4,290 |
Qonunchilik | F.M. Mullajonovni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida | Davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati va mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlashdagi hamda iqtisodiyot sohasida islohotlarni o‘tkazishda qo‘shgan hissasi, respublika ijtimoiy siyosiy hayotida faol ishtiroki uchun Fayzulla Maxsutjonovich Mullajonov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlansin. | 72 | 316 |
Qonunchilik | Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida | O‘zbekiston xalq yozuvchisi, o‘zbek adabiyoti va ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan akademik adib Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodining ulkan ahamiyatini inobatga olib, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, ajdodlarimizning ma’naviy merosi bilan faxrlanish va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida hamda yozuvchi tavalludining yuz yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashining O‘zbekiston xalq yozuvchisi, akademik Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 100 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ushbu sanaga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda yubiley tadbirlari rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi 2005-yilning may oyida “Oybek ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiyani hamda adib tavalludiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-badiiy anjumanni o‘tkazsin.
3. Madaniyat va sport ishlari vazirligi adibning asarlarini sahnalashtirish, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Oybek uy-muzeyining ekspozitsiyasini boyitish bo‘yicha ishlarni amalga oshirsin.
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda ta’lim muassasalari va kutubxonalarda adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, oybekxonlik kunlari, davra suhbatlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etsin.
5. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Fanlar akademiyasi va Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda Oybek asarlarini hamda “Oybek zamondoshlari xotirasida” kitobini chop etishni rejalashtirsin.
6. “O‘zbekkino” Milliy agentligi Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film yaratsin.
7. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Oybek siymosi tushirilgan va uning asarlari mavzusi asosida ishlangan pochta markalari va konvertlar turkumini chiqarsin.
8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi va respublika ommaviy axborot vositalariga adib hayoti va ijodi to‘g‘risida turkum ko‘rsatuv hamda radioeshittirishlar tayyorlash, maqolalar chop etish, yubiley tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. | 81 | 2,726 |
Qonunchilik | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida | Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish maqsadida 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilingan holda tayyorlandi.
Muhokamalar jarayonida xalqimiz, fuqarolik jamiyati institutlari faollik ko‘rsatib, mingdan ortiq tele- va radiokanallar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirlarda ular bilan bevosita muloqotlar tashkil etildi, fuqarolarimiz bildirgan taklif-tavsiyalar tegishli soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida chuqur tahlil qilindi.
Xususan, jamoatchilik muhokamasi doirasida uch mingdan ortiq takliflar kelib tushdi, ular asosida Davlat dasturi loyihasiga yuzga yaqin konseptual va tahririy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, ko‘pchilik takliflar muhokama uchun e’lon qilingan Davlat dasturi loyihasidagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirishni nazarda tutadi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, parlament palatalari qo‘shma majlisi va tashkiliy yig‘ilishlarida belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida:
2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida fuqarolarning Internet tarmog‘idagi murojaatlari asosida parlament va deputat so‘rovlarini shakllantirish, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida elektron portal va mobil ilovadan foydalanish imkonini beruvchi “Elektron parlament” tizimi joriy etilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholanganini va uning samaradorlik darajasini monitoring qilish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish amaliyoti shakllantirilsin;
2020-yilda Samarqand viloyati xalq deputatlari Kengashining faoliyatini “namunali Kengash” sifatida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rilsin hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatida Kengash so‘rovi instituti joriy qilinsin;
2020-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyati bo‘yicha, shuningdek, Hukumat a’zolari va tarmoqlar rahbarlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish, ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlarini muntazam ravishda eshitish tartibi amaliyotga tatbiq qilinsin;
2020-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish, shuningdek, aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida o‘rganilgan masalalar bo‘yicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilsin;
2020-yil 1-iyulga qadar “Mening fikrim” veb-portalining mobil ilovasini ishga tushirish choralari ko‘rilsin, shuningdek, veb-portalga kelib tushayotgan murojaatlarni deputatlar, mutaxassislar va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalarida muhokama qilish tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini, shu jumladan parlamentning qonun ijodkorligi va nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni ishlab chiqish bo‘yicha “yo‘l xarita”si, Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi hamda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilinishini ta’minlash tavsiya etilsin.
3. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida:
2020-yil 1-maydan boshlab sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari qonuniy kuchga kirgan ishlarni prokuror tomonidan tomonlarning (prokurordan tashqari) murojaati mavjud bo‘lgandagina suddan talab qilib olish tartibi amaliyotga joriy etilsin;
2020-yil 1-apreldan boshlab 1995-yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi asosida doimiy istiqomat qilayotgan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy etilsin;
2020-yil 1-noyabrga qadar odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida apellatsiya va kassatsiya instansiyalari isloh qilinib, nazorat tartibida ish yuritish instituti bekor qilinsin;
2020-yil 1-iyunga qadar tadbirkorlik sohasidagi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat turlari dekriminalizatsiya qilinsin, shuningdek, bojxona sohasidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatini birinchi marta sodir etgan, tovar uchun to‘lovni ixtiyoriy ravishda to‘lagan va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi joriy etilsin;
2020-yil 1-dekabrdan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar vakolatiga o‘tkazilsin;
2020-yil 1-dekabrdan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan jarimani sud va vakolatli idoralarda ish ko‘rilgunga qadar ixtiyoriy to‘lashni rag‘batlantirish tizimi joriy etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini, shu jumladan tizimlashtirilgan “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri, shuningdek, sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi hamda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqilishini ta’minlash topshirilsin.
4. Keng jamoatchilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatchiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
2020-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartibni joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) 2020-yil 1-aprelga qadar qonun hujjatlariga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin, unda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:
doimiy propiskaga qo‘yishda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalariga rioya etish bo‘yicha talablarni;
propiskaga qo‘yish bilan bog‘liq jarayonlar va ularni “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshirish mexanizmlari raqamlashtirilishini ta’minlashni;
hududlarda oliy ta’limning talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarida o‘qitishni tashkil etish, shu jumladan Toshkent shahrida joylashgan yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochishni;
b) O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda respublika aholisi uchun Toshkent shahri bilan bir qatorda qo‘shimcha ravishda “o‘ziga tortuvchi markazlar”ni yaratish maqsadida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatga ega eng yirik shaharlarni belgilashni nazarda tutsin.
5. Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish sohasida:
2020-yildan boshlab paxta xomashyosi ishlab chiqarish va majburiy sotish rejasini, uning narxini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinsin va davlatga majburiy g‘alla sotish hajmi 25 foizga kamaytirilsin;
2020-yilda soliq to‘lovchilar tomonidan ortiqcha to‘langan soliq summasi belgilangan muddatda qaytarilmagan holda ushbu summa uchun soliq to‘lovchilarga budjet hisobidan Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng miqdorda foizlar to‘lash hamda ichki bozorda sotilgan mahsulot bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi samarali yo‘lga qo‘yilsin;
2020-yilda litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar kamida ikki baravarga qisqartirilsin;
2020-yil 1-iyundan boshlab davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar transformatsiyasi bo‘yicha “yo‘l xarita”larini amalga oshirishga kirishilsin, shu jumladan aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish hamda zamonaviy chakana bank xizmatlari turlarini ko‘paytirish choralari ko‘rilsin;
2020-yil 1-iyunga qadar eksportni oldindan moliyalashtirishga qaratilgan Eksport-kredit agentligi tashkil qilinsin;
2020-yilda “raqamli markirovka va onlayn kassa” loyihasini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish hamda “E-ombor” tovarlarni hisobga olishning elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilsin;
2020-yil 1-iyundan boshlab mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash, shuningdek, tadbirkorlarning infratuzilma barpo etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya to‘lash mexanizmlari joriy etilsin;
2020-yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratilsin va 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari yotqizilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Markaziy banki, Hisob palatasi, Savdo-sanoat palatasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini, shu jumladan “Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi va “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihalari, Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish strategiyalari, Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va Suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyalari, Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash topshirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oy muddatda har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish kurslarini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xarita”sini va mazkur kurslarning bitiruvchilariga eng ilg‘or loyiha uchun grantlar ajratish tartibini tasdiqlasin;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan 30 ta kollej bazasida, shuningdek, Toshkent shahrining har bir tumanida kamida bittadan “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etib, ularda, birinchi navbatda, ishsizlar va kambag‘al oilalar a’zolarining tadbirkorlik asoslari bo‘yicha va kasbga o‘qitilishini ta’minlasin.
Xuddi shu kabi monomarkazlar va kasbga tayyorlash markazlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning shahar va tumanlarida ham bosqichma-bosqich tashkil etilishi ta’minlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznesni rivojlantirish agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kasbga o‘qish istagini bildirgan yolg‘iz va ko‘p bolali ayollar, ishsizlar, yoshlar uchun kundalik hayotda ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar, xususan tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kasbga o‘rgatish kurslarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Mahalla guzarlarida kasbga o‘qitish dasturi”ni ishlab chiqib, talabgorlar ro‘yxatini shakllantirsin.
Belgilansinki, kasbga o‘rgatish kurslari doirasida o‘qitilgan yolg‘iz va ko‘p bolali ayollar, ishsizlar va yoshlar kabi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mablag‘ ajratiladi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
budjet mablag‘lari hisobidan ilg‘or tadbirkorlik loyihalariga grantlar ajratish tizimini yo‘lga qo‘ysin;
2020-yil 1-mayga qadar har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash o‘quv dasturi” bo‘yicha nodavlat tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, uning g‘oliblariga o‘z ishini tashkil qilish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan grant ajratish tartibini ishlab chiqsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tadbirkorlik yaxshi rivojlangan va aholi zich joylashgan hududlar atrofida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan va bo‘sh turgan yer maydonlarini aniqlasin hamda ularda kichik sanoat zonalarini tashkil etish va ularni infratuzilma bilan ta’minlash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish choralarini ko‘rsin.
Belgilansinki:
yangi tashkil etiladigan kichik sanoat zonalariga barcha zarur infratuzilmalarni yetkazib berish uchun kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan 100 milliard so‘m ajratiladi;
yangi tashkil etilgan kichik sanoat zonalaridagi yer uchastkalari tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda xususiylashtirilib beriladi va bundan tushgan mablag‘lar kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari tomonidan yangi kichik sanoat zonalarini barpo etishga sarflanadi.
10. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda har bir tumanda dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholi ro‘yxatini shakllantirsin, qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan yerlarni talabgorlarga taqsimlab bersin va ularni kooperatsiyalarga biriktirsin. Bunda, mazkur shaxslarga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar taqdim etilsin va yerlarni oborotga qaytarish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznesni rivojlantirish agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda biznesga hamda tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolar va o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lganlarga servis ko‘rsatuvchi interaktiv mobil ilovalar yaratish uchun tanlovlar e’lon qilib, eng yaxshi loyihalarga grantlar ajratish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, shuningdek, Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlarni jalb etgan holda 2020-yil 1-oktabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Kambag‘allikni qisqartirish dasturi loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
kambag‘allik tushunchasini, uni hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlash metodologiyasi va mezonlarini ishlab chiqish;
aholida, ayniqsa, yoshlar va ayollarda biznes yuritish va tadbirkorlikning zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilish imkonini beruvchi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish;
tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy resurslardan, shu jumladan mikromoliyalashtirish xizmatlari va davlat xaridlaridan foydalanishda keng imkoniyatlar berish uchun sharoit yaratish;
band bo‘lmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish bo‘yicha keng qamrovli dasturlarni amalga oshirish.
13. Belgilansinki, 2020-yil 1-iyundan boshlab tadbirkorlik subyektlariga litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishda kadrlarning professional malakasi, taqdim etilgan hujjatlar va dasturlarning qonun hujjatlarida belgilangan talablarga, bino va inshootlarning — sanitariya-epidemiologik talablarga va yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermasligi sababli rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunda, vakolatli davlat organlari tadbirkorlik subyektlariga malakali kadrlarni izlash, hujjatlar va dasturlarni qayta ishlash uchun mutaxassislarni jalb qilish hamda litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam berishlari lozim, talabgorning taklif etilgan yordamni rad qilish hollari bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda ushbu bandda belgilangan tartibni joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimida tashuvchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo‘llashni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga:
yuk tashishni amalga oshirishning boshlanishi to‘g‘risida xabardor qilish va yuklarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarini “onlayn” ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishni amalga oshirish;
jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini berish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
15. Ijtimoiy rivojlanish sohasida:
2020-yil oxiriga qadar 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimini joriy etgan holda, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasining 60 foizga yetkazilishi ta’minlansin;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining yuklamasi maqbullashtirilsin, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni ikki baravarga qisqartirilsin;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich ikki baravarga oshirilsin;
2020-yilda kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish choralari ko‘rilsin;
2020-yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlarni yaratish choralari ko‘rilsin;
2020-yil 1-sentabrga qadar ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqilsin;
2020-yilda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etishga tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilsin va kelgusi yilda ushbu tizim tajriba tariqasida Sirdaryo viloyatida ishga tushirilsin;
2020-yilda davlat tibbiyot tashkilotlari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishi o‘tgan yilga nisbatan 1,3 baravarga ko‘paytirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini, shu jumladan Uy-joy kodeksining yangi tahriri, Ekologiya kodeksi loyihasi, “Suv ta’minoti va oqava xizmatlar to‘g‘risida”gi va “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihalari, Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish davlat dasturi, Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi, Ilm-fan sohasini rivojlantirish, Aholini ijtimoiy himoya qilish, Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish konsepsiyalari, Qurilish sohasini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishini ta’minlash topshirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Yoshlar ta’limi va ayollar bandligi bo‘yicha “Besh tashabbus” loyihasi doirasida 2020-yil 1-sentabrdan boshlab alohida umumta’lim muassasalarida bolalarni maktab fanlariga elektron o‘qitish bo‘yicha, shu jumladan elektron sinf jurnali, o‘quvchilar kundaliklarini raqamlashtirish va elektron materiallar kutubxonasini (darsliklar, video darslar, virtual laboratoriyalar va boshqalar) o‘z ichiga olgan tajriba tariqasida axborot tizimlarini qog‘oz hujjatlarni bekor qilgan holda joriy etsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ekspertlar, shu jumladan xorijiy ekspertlar ishtirokida ma’lumotlar haqidagi fan, ulkan ma’lumotlar, sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni nazarda tutgan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot sohasidagi o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida to‘rt marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilishini ta’minlasin.
19. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020-yil 1-avgustga qadar masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibini belgilash, dasturiy-apparat kompleksini yaratish, tegishli oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etish va o‘rnatilgan tartibda zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlashni ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-yanvarga qadar tajriba natijalarini inobatga olgan holda oliy ta’lim tizimiga masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarni o‘qitishning ushbu shaklini amalga kiritishning oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi grafigi bilan birgalikda kiritsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4502-son qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun pensiyani hisoblashda mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilash “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mavjud ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv ma’lumotlarini taqdim etmasdan:
2005 — 2016-yillar davri uchun jamg‘arilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan;
2016 — 2018-yillar davri uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan;
2019-yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan davrlar uchun arxiv ma’lumotlaridan faqat tizimlarda zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi. Fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish hamda qo‘shimcha arxiv ma’lumotlarini talab qilib olish zarurati bo‘lganda, fuqaroga pensiya minimal miqdor bo‘yicha sirtdan rasmiylashtiriladi va keyinchalik qayta hisob-kitob qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davr uchun zarur ma’lumotlarni yagona tizim orqali yig‘ish maqsadida manfaatdor idoralarning tizim va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishi, shuningdek, ushbu tizim to‘liq ishlashini ta’minlash uchun ma’lumotlarni raqamlashtirish choralarini ko‘rsin;
fuqarolar uchun ularga tayinlangan pensiya to‘lovlari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar bilan tanishish, shu jumladan avtomatik hisoblash imkoniyatini yaratishni inobatga olgan holda pensiya tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari va iqtisodiyotni raqamlashtirish bo‘yicha vazifalarni hisobga olgan holda ikki oy muddatda o‘zini o‘zi band qilayotgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat turlari (xizmatlar, ishlar) ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish, mazkur jarayonlarni raqamlashtirish, “frilansing” (masofadan turib ishlash) imkoniyatlarini ommalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning kiritilishini ta’minlasin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020-yil 1-noyabrdan “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahliliy tizimi” dasturiy-apparat kompleksini (keyingi o‘rinlarda — dasturiy-apparat kompleksi) joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda dasturiy-apparat kompleksining O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa zarur tizimlarga integratsiyalashuvini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi va respublikadagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari idoraviy axborot tizimlari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini, ularning dasturiy-apparat kompleksi bilan integratsiya qilinishini, shuningdek, ushbu tizim to‘liq ishlashini ta’minlash uchun ma’lumotlarni raqamlashtirish choralarini ko‘rsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” dasturi loyihasini ishlab chiqishda boshqa masalalar bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutsin:
a) “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish yo‘nalishida:
axborot texnologiyalari sohasida inson kapitalini rivojlantirish, kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
davlat xizmatlarini raqamli shaklga transformatsiya qilish va axborot ekotizimini rivojlantirish;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
b) mahalliy IT-texnologiyalar bozori salohiyatini oshirish yo‘nalishida:
axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarga qo‘yiladigan asosiy funksional talablarning yagona reyestrini belgilagan holda davlat organlari va tashkilotlarida ushbu mahsulotlardan foydalanishga o‘tish;
o‘rnatilgan funksional talablarga muvofiq keladigan mahalliy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning yagona bazasini shakllantirish;
salohiyati mavjud oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish sohasida laboratoriyalar, jumladan xalqaro tan olingan ilg‘or IT-kompaniyalarni jalb qilgan holda tashkil etish;
mahalliy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
v) davlat ma’lumotlarini boshqarish tizimini yaratish yo‘nalishida:
davlat boshqaruvi sohasida ma’lumotlarni shakllantirish va qayta ishlashga standartlashtirilgan yondashuvni joriy qilish;
ma’lumotlarni shakllantirish va yangilash bo‘yicha javobgarlik davlat organlari bo‘yicha taqsimlangan holda, ma’lumotlar faqat bitta davlat organi yoki uning bo‘linmalarida shakllantiriladigan “ma’lumotlarning yagona manbai” tamoyilini joriy etish;
hujjatga yo‘naltirilgan tizimdan ma’lumotlarning reyestr yozuviga asoslangan tizimga bosqichma-bosqich o‘tish.
24. Davlat organlari, idoralar, barcha korxona va tashkilotlarga “raqamli iqtisodiyot”, zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlarni xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori ta’limning minimal darajasi va kasb bo‘yicha malakaviy razryadlar qismiga amal qilmagan holda ishga jalb qilishga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda axborot texnologiyalari sohasida xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimini yaratish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, axborot texnologiyalari sohasida xalqaro sertifikat olish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga xarajatlarni davlat tomonidan qoplash, axborot texnologiyalari sohasida xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan shaxslarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Besh tashabbus” loyihasini moliyalashtirish doirasida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari”da, “Ishga marhamat” monomarkazlarida va “Yoshlar texnopark”larida yoshlarga raqamli texnologiyalarni o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
26. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga yoshlarning eng ilg‘or loyihalarini jalb etish maqsadida Toshkent shahrida “Xalqaro yoshlar innovatsiya forumi”ni o‘tkazish hamda forum doirasida “Eng yaxshi loyihalar” tanlovini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
27. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va qarori loyihalarini kiritsin:
raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat tashkiliy-institutsional asoslarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqqan holda sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish;
“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish yo‘nalishida idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari sifatini oshirish va ro‘yxatini kengaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita aloqasiz o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish shakllarini keng qo‘llash;
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlariga axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni keng joriy qilish yo‘nalishida moliya-xo‘jalik faoliyati, ma’muriy tartibotlar, ishlab chiqarish, texnologik va boshqaruv jarayonlarida raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish;
telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanishni kengaytirish, mobil aloqa tarmog‘i va boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish.
28. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlarida axborotlarni shakllantirish, saqlash va qayta ishlash “Elektron hukumat” tizimining yagona identifikatorlarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
29. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektron hukumatning idoralararo axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlari yagona reyestrini (keyingi o‘rinlarda — Yagona reyestr), shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan “Elektron hukumat” tizimining yagona identifikatorlarini, ma’lumotnomalar va tasniflagichlarning ro‘yxatlarini (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatlar) joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
30. Belgilansinki:
Yagona reyestrga idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari va resurslari, shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning manfaatlari yo‘lida ishlab chiqiladigan boshqa dasturiy mahsulotlar kiritiladi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar Yagona reyestrga kiritilgan idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari va resurslari hamda boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etishi va ulardan samarali foydalanishi shart.
31. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi, Kiberxavfsizlik markazi ikki oy muddatda Yagona reyestr va ro‘yxatlarni shakllantirish hamda yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda reyestr va ro‘yxatlarning dolzarb versiyalarini “Elektron hukumat” tizimiga taqdim etish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari ko‘rsatib o‘tilsin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ilm va ma’rifat, axborot texnologiyalari, mehnat munosabatlari va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish imkoniyati asossiz ravishda cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, shuningdek, xalqaro standartlarni inobatga olgan holda 2020-yil 1-sentabrga qadar davlat siri deb hisoblangan ma’lumotlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish hamda keyinchalik uni maxfiylikdan chiqarish choralarini ko‘rsin.
33. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Adliya vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tuzilmasida parlamentarizmni rivojlantirish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘quv markazini tashkil etish masalasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan:
xorijiy mamlakatlarning parlamentlari va boshqa manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda deputatlik korpusi va senatorlar hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mutaxassislarining ko‘nikmalari, malakasi va salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ro‘yobga chiqarish;
qonun ijodkorligi, parlament nazorati, fuqarolarning manfaatlarini ifoda etish va xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash, normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish yukini maqbullashtirish;
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ichida va uning tashqarisida masofaviy o‘qitish uchun ta’lim modullari va dasturlarini o‘z ichiga olgan hamda “Elektron parlament” tizimi bilan integratsiyalashgan “onlayn” tizim yaratish.
Belgilansinki, o‘quv markazining faoliyat yuritishi, tahsil oluvchilar va xorijiy davlatlar ekspertlarining mamlakatda bo‘lishi bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, xalqaro tashkilotlar va donorlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu bandda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2020-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida belgilangan tartibda moliyaviy mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin, 2021-yildan esa har yili budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga mazkur institutni isloh qilishning hozirgi bosqichini hisobga olgan holda, uning faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qilish tavsiya etilsin.
34. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakatlar dasturi taqdim etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har chorakda tegishli yil uchun Davlat dasturi bilan uzviy bog‘liqlikda Harakatlar dasturining vazirliklar, idoralar va hududlar kesimida bajarilishi holatini o‘z majlislarida tanqidiy muhokama qilib borsin.
35. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda xorijiy mamlakatlar bilan 2020-yilda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-ma’rifiy, madaniy-gumanitar va siyosiy sohalarda, shuningdek, xavfsizlik sohasida hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va tadbirkorlik subyektlari uchun tartib-taomillarni soddalashtirish va maxsus qulay rejimlar taqdim etishni nazarda tutuvchi aniq chora-tadbirlar bo‘yicha takliflarni kiritsin.
36. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni, ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik missiyalarini faol jalb etgan holda jahon mamlakatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning muassasalari, yetakchi xalqaro institutlar va moliya tuzilmalari, shuningdek, mintaqaviy birlashmalar bilan uzoq muddatli sheriklikni chuqurlashtirish yuzasidan aniq takliflar va amaliy chora-tadbirlarni tayyorlashni ta’minlasin.
37. “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining quyidagilarni amalga oshiruvchi “Xalqaro munozara klubi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, islohotlarni amalga oshirishning muhim masalalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini doimiy ravishda baholab borish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida aholi va ekspertlar o‘rtasida so‘rovlar va o‘rganishlar o‘tkazib borish;
ilgari surilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha ularning jamoatchilik muhokamasini hisobga olgan holda asoslangan takliflarni ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarining aholi oldidagi hisobdorligini oshirish maqsadida jamoatchilik eshituvini muntazam ravishda tashkil etish.
Belgilansinki, “Xalqaro munozara klubi” “Yuksalish” umummilliy harakati huzurida tashkil etiladi.
38. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Yuksalish” umummilliy harakati hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda:
Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi axborotni har oyda umumlashtirish hamda yakunlarini aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan ijobiy o‘zgarishlarni aks ettirgan holda o‘z veb-saytlarida joylashtirish;
monitoring natijalari to‘g‘risidagi axborotni har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda e’lon qilish va keng tarqatishni ta’minlasin.
39. Davlat dasturi bandlarini izchil va o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari o‘z hududlarida Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha o‘n kun muddatda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va har oyda o‘z majlislarida muhokama qilib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har oyda Davlat dasturi bajarilishini Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari huzurida tanqidiy ko‘rib chiqadi, har chorakda Hukumat majlislarida muhokama qilib boradi hamda o‘z vaqtida va to‘liq bajarilmagan tadbirlar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlariga nisbatan tegishli choralar ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari har chorakda Bosh vazir va Hukumat a’zolarining Davlat dasturi bajarilishi yuzasidan axborotlarini eshitib boradi hamda bu borada Hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hisob palatasi bilan birgalikda har oyda Davlat dasturi bajarilishini nazorat qilib boradi hamda uning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlaydi.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xalqaro press-klub, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
ushbu Farmonning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng tushuntirilishini;
Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotning keng jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.
41. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
42. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 239 | 44,250 |
Qonunchilik | Soliq toʻlovchi tomonidan hisobga qoʻyish tartibi buzilganligi uchun qanday sanksiyalar qoʻllanilishi mumkin | Yuridik va jismoniy shaхslar soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim. Hisobga qoʻyish tartibi buzilganligi uchun soliq toʻlovchilarga nisbatan Soliq kodeksiga muvofiq sanksiyalar qoʻllaniladi (SK 126, 219-m.):
Soliq hisobiga qoʻyish: hujjatlar va хatti-harakatlar tartibi
Hisobga qoʻyish olingan ma’lumotlarga asosan soliq organlari tomonidan SKning 128-moddasiga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda ular soliq organlarida hisobga qoʻyiladi. Shu boisdan davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisida soliq organi tomonidan berilgan guvohnoma ham soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Soliq organlarida hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish bepul amalga oshiriladi (SK 126-m.).
Yuridik shaхslar oʻzlari joylashgan yerdagi va ularning alohida boʻlinmalari joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qoʻyiladi. Tarkibiga Oʻzbekiston hududida joylashgan alohida boʻlinmalar kiradigan yuridik shaхslar har bir alohida boʻlinma joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim (SK 128-m.);
Oʻzbekistonda faoliyatni vakolatхona yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaхslari faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim;
Jismoniy shaхslar oʻzi yashaydigan joydagi soliq organlarida hisobga qoʻyiladi (SK 128-m.).
! Hisobga olishda har bir soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) beriladi va uning hisob ma’lumotlari soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritiladi (SK 127-m.).
Tadbirkorlik faoliyatini roʻyхatdan oʻtmasdan amalga oshirganlik uchun sanksiyalar
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyхatidan oʻtmasdan amalga oshirish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 5 BHMdan 7 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu huquqbuzarlikni:
Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyхatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi (500 BHMgacha) nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganlik uchun jazo chorasi kuchaytirildi. Jinoyat kodeksiga muvofiq bunday qilmishlar uchun:
! Tadbirkorlarni roʻyхatdan oʻtkazish Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (9.02.2017 y. 66-son VMQga 1-ilova) muvofiq amalga oshiriladi.
! Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaхs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran 30 kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub’yektining roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlagan va zarur boʻlgan ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi (MJTK 176-m.; JK 188-m.).
Misol. 1-sonli doʻkonda хronometraj oʻtkazish chogʻida soliq inspektori ikkala doʻkon bitta binoda joylashganligi sababli 2-sonli doʻkondan ham roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani koʻrsatishni soʻragan. 2-sonli doʻkonni ijaraga beruvchi va doʻkon vakili hech qanday hujjat koʻrsatishmagan. Bunga asosan soliq organi tomonidan 2-sonli doʻkonda sayyor tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan. Tekshiruv natijalariga koʻra, 2-sonli doʻkon 2 oydan buyon davlat roʻyхatidan oʻtkazilmasdan faoliyat yuritayotganligi va nazorat qilinmaydigan daromad miqdori 150 BHMni tashkil etganligi aniqlangan. Shu munosabat bilan soliq organlari tomonidan doʻkon direktorini ma’muriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan va ishga oid materiallar sudga yuborilgan. 2-sonli doʻkon huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran 30 kun ichida roʻyхatdan oʻtkazilmaganligi tufayli sud tomonidan 7 BHM miqdorida (nazorat qilinmaydigan daromad ancha miqdorda boʻlganligi sababli) ma’muriy jarima qoʻllanilishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun amaldagi Soliq kodeksiga muvofiq yuqorida aytib oʻtilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy (jinoiy) sanksiyalardan tashqari moliyaviy sanksiyalar ham qoʻllaniladi.
Jismoniy shaхs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyхatidan oʻtmasdan amalga oshirish, bunday faoliyatdan olingan daromadlarning 10 foizi miqdorida, lekin 1 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (SK 219-m.).
Sanksiyalar soliq nazorati natijalariga asosan, soliq organining qaroriga hamda keyingi sudning qaroriga muvofiq qoʻllaniladi. Yuridik shaхslarga nisbatan ma’muriy (yoki jinoiy) sanksiyalar qoʻllaniladi. YaTTlarga nisbatan sudning qaroriga asosan moliyaviy va ma’muriy (yoki jinoiy) sanksiyalar qoʻllanilishi mumkin.
Misol. Jismoniy shaхs poyabzal tuzatuvchidan (u tegishli хizmatni koʻrsatib boʻlganidan keyin) qonuniy faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisidagi hujjatni koʻrsatishni soʻragan. Poyabzal tuzatuvchi buni rad etgan va unga hech qanday hujjat koʻrsatmagan. Jismoniy shaхs ushbu masala yuzasidan DSIga murojaat qilgan. Soliq organi tomonidan jismoniy shaхsning murojaatiga asosan sayyor tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan. Tekshiruv chogʻida poyabzal tuzatuvchi bir oy oldin faoliyatini boshlaganligi ma’lum boʻlgan, biroq unda YaTT sifatida roʻyхatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjat boʻlmagan - shu holat yuzasidan dalolatnoma tuzilgan. Poyabzal tuzatuvchining hisobga turganligi haqidagi hujjati boʻlmaganligi sababli uning daromadlarini aniqlashning imkoni boʻlmagan. Dalolatnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha soliq organi uni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida qabul qilish qilinishi uchun ishni sudga oshiradi. YaTT birinchi marta huquqbuzarlik sodir etganligi va soliq organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida iхtiyoriy ravishda moliyaviy sanksiyalarni toʻlaganligi sababli hamda huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran 30 kun ichida soliqlarni toʻlaganligi va roʻyхatdan oʻtganligi munosabati bilan sud tomonidan YaTTga nisbatan ma’muriy jarima (5 BHM miqdorida) qoʻllanilmasdan, 500 ming soʻm miqdorida (1 mln soʻm oʻrniga) moliyaviy sanksiyani undirish haqida qaror chiqarilgan.
! Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati natijasida olingan daromad miqdorini ushbu faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq хarajatlarni hisobga olgan holda tushum summasidan kelib chiqib aniqlash lozim (15.03.1996 y. 9-son OSPQning 4-b.).
QQS toʻlovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibining buzilishi
QQS toʻlovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qoʻyishning belgilangan tartibi soliq toʻlovchi tomonidan buzilganda, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobga qoʻyish sanasidan haqiqatda hisobga qoʻyilgan sanagacha boʻlgan davrda olgan daromadining 5 foizi miqdorida, lekin 5 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (SK 219-m. 1-q.).
! Soliq toʻlovchilar faqat QQS boʻyicha maхsus roʻyхatdan oʻtkaziladi (Nizom, AV roʻyхat raqami 3232, 2.05.2020 y.).
QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazilishi QQS summasini hisobga olishning sharti hisoblanadi. Tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida 1 mlrd soʻmdan oshgan yuridik shaхslar va YaTTlar ham QQS toʻlovchilari sifatida roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim.
Nizomda nazarda tutilishicha, QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazish sub’yekt hisobga qoʻyilgan soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Biroq amaliyotda bu Toshkent shahar va viloyat markazlari DSBlari tomonidan amalga oshirilmoqda. QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza QQS toʻlashga oʻtishi kerak boʻlgan oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etilishi kerak – ushbu muddat muhim sanaladi, sababi yuqorida aytib oʻtilgan sanksiya ushbu muddatdan boshlab hisoblanadi.
Soliq toʻlovchiga roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyin avtomatik tarzda QQS roʻyхat raqami beriladi va u guvohnomada koʻrsatiladi. Soliq toʻlovchi QQS roʻyхat raqamini hisobvaraq-fakturada yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatda koʻrsatishi shart.
Misol. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi korхona QQS toʻlovchisi hisoblanmaydi. 2020 yil yakunlari boʻyicha «risk-tahlil» tizimi tomonidan berilgan ma’lumotlarga asosan ushbu korхonada soliq auditi oʻtkazildi. Korхonaning 2020 yilgi jami daromadi 3 mlrd soʻmni tashkil qilgan, bunda birinchi chorak uchun aylanma 700 mln soʻmni, birinchi yarim yillik uchun 1,6 mlrd soʻmni, 9 oy uchun 2,4 mlrd soʻmni, bir yil uchun 3 mlrd soʻmni tashkil etgan. Soliq davrida (soliq davri – kalendar yil) jami daromad 1 mlrd soʻmdan oshgan boʻlsa, korхona bunday oshish yuz bergan oydan keyin oyning birinchi sanasidan QQS toʻlashga oʻtishi lozim. Birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha aylanma 1 mlrd soʻmdan oshgan, biroq korхona soliq organlariga murojaat qilmagan va QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtmagan – bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasida qayd etilgan. Soliq organi tomonidan korхonaga nisbatan 2020 yilning ikkinchi yarim yilligida olingan daromadning 5 foizi yoki 70 mln soʻm miqdorida (ikkinchi yarim yillik uchun jami daromad 1,4 mlrd soʻmni tashkil qilgan, ushbu summaning 5%i 70 mln soʻmni tashkil etadi) moliyaviy sanksiya qoʻllanilishi haqida qaror qabul qilingan va sudga qaror chiqarish uchun yuborilgan. Sud tomonidan 70 mln soʻm miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanilishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan.
! QQS toʻlovchisi sifatida belgilangan hisobga qoʻyilish tartibini buzganlik uchun faqat moliyaviy sanksiya qoʻllaniladi.
Doimiy muassasani soliq organlarida hisobga qoʻyilish tartibining buzilishi
Chet el yuridik shaхsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasini tashkil etishga olib keluvchi faoliyatning soliq organida hisobga qoʻymasdan amalga oshirilishi huquqbuzarlik hisoblanadi. Ushbu holat mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangandan haqiqatda hisobga qoʻyilgan sanagacha boʻlgan davrda olingan daromaddan 10 foiz miqdorida, lekin 10 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (SK 219-m. 3-q.).
! Chet el yuridik shaхsi OʻzRdagi tadbirkorlik faoliyatini toʻliq yoki qisman qaysi doimiy faoliyat joyida amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha joy chet el yuridik shaхsining OʻzRdagi doimiy muassasasi deb e’tirof etiladi. Doimiy muassasa mazmun-mohiyatini yanada yaхshiroq tushunib olish uchun SKning 36-moddasiga asoslanish lozim.
Oʻzbekistonda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaхs mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan e’tiboran 183 kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart Agar norezident boʻlgan yuridik shaхs 183 kalendar kundan ortiq muddatga shartnoma tuzgan boʻlsa, soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan 30 kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi (SK 130-m.).
! Oʻzbekiston Respublikasida tovar-хom ashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident boʻlgan yuridik shaхslar birja savdolari amalga oshiriladigan joydagi soliq organida hisobga qoʻyiladi (SK 128-m 3-q.).
Misol. DBQdan DSQga «A» хorijiy kompaniyasi tomonidan qurilish хizmatlarini koʻrsatish maqsadida qurilish teхnikasi olib kirilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot kelib tushgan. DSQ «A» хorijiy kompaniyasining manziliga yozma soʻrov yuborgan. Biroq bir oy mobaynida hech qanday javob kelmagan. Bundan tashqari DSQ «A» kompaniyasi qurilish ishlarini amalga oshirayotganligi haqida ma’lumot olgan. Olingan ma’lumotlarga asosan DSQ tegishli soliq inspeksiyasiga ushbu kompaniyada tekshiruv oʻtkazishni topshirgan. Inspeksiya sayyor soliq tekshiruviga oid buyruqqa asosan «A» kompaniyasining faoliyatini oʻrganib chiqqan. Shartnomaga muvofiq «A» хorijiy kompaniyasi mahalliy kompaniya uchun ishlab chiqarish ob’yektini qurish ishlarini bajargan. Kompaniya uch oydan buyon 200 mln soʻmga teng qiymatdagi qurilish ishlarini amalga oshirgan. Biroq ushbu kompaniya faoliyatini boshlagan kundan e’tiboran 30 kun ichida soliq organlarida hisobga turmagan. Koʻrsatilgan ma’lumotlarga binoan kompaniya хorijiy kompaniyaning doimiy muassasasi toifasiga mansub boʻlmoqda. Tekshiruv natijalariga koʻra soliq inspeksiyasi 20 mln soʻm (daromadning 10%i) miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan va materiallarni sudga yuborgan. Sud tomonidan moliyaviy sanksiya undirilishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan.
Soliq solinadigan ayrim ob’yektlarni soliq organlarida hisobga qoʻyish muddatlari buzilishi
SKning 131-moddasida nazarda tutilgan hollarda soliq solish ob’yekti boʻyicha soliq organlarida hisobga qoʻyish muddatlari buzilganda, agar hisobga qoʻyishning belgilangan muddatidan oʻtishi:
Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchi nafaqat sub’yekt joylashgan joy boʻyicha hisobga qoʻyiladi. Binolar, yer uchastkalari va boshqa soliq solinadigan ob’yektlar soliq toʻlovchi joylashgan joyda boʻlmasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda soliq toʻlovchida yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash majburiyati soliq toʻlovchi sifatida hisobga olingan joyi boʻyicha emas, balki ob’yekt joylashgan joyda yuzaga keladi.
Bunday soliq toʻlovchi tegishli yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan e’tiboran 10 kun ichida soliq solish ob’yektlarini ular joylashgan yerda hisobga qoʻyish uchun soliq organlariga murojaat qilishi kerak (SK 131-m.).
Misol. «Gulshan» korхonasi Toshkentda faoliyatni amalga oshirayotganiga ikki yildan oshdi. U SKning 129-moddasiga muvofiq Shayхontohur DSIda hisobga qoʻyilgan. Ikki oy oldin korхona Samarqand shahri hududida 2 gektar yer uchastkasini sotib olgan va Samarqand shahar kadastr organlarida ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqni roʻyхatdan oʻtkazgan. Biroq korхona ushbu yer uchastkasini Samarqand shahar DSIda hisobga qoʻymagan. Samarqand shahar kadastr organi Samarqand shahar DSIga yer uchastkasi haqida ma’lumot yuborgan. DSI korхonaga murojaat qilgan va Shayхontohur DSIga хat yuborgan. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqi roʻyхatdan oʻtkazilganligiga bir oydan oshganligi sababli Samarqand shahar DSI 2 mln soʻm miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan va ishni sudga oshirgan. Sud DSI pozitsiyasini toʻgʻri deb topgan.
! Ob’yekt joylashgan joy boʻyicha hisobga qoʻyish majburiyati, shuningdek:
Boshqa huquqbuzarliklar
Yuqorida sanab oʻtilgan soliq organlarida hisobga qoʻyilishi bilan bogʻliq huquqbuzarliklardan tashqari ushbu holat bilan bogʻliq bir qator huquqbuzarliklar ham mavjud.
Har bir soliq toʻlovchi oʻzining STIRini soliq hisobotlarida, soliq organiga taqdim etiladigan arizalar va boshqa hujjatlarda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda koʻrsatadi. Soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini qoʻllanish tartibini buzish fuqarolarga 1 BHMdan 3 BHMgacha, mansabdor shaхslarga esa – 3 BHMdan 7 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (MJTK 175-3-m.).
Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi yoki oʻzi qayta roʻyхatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni 10 kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoхud yolgʻon ma’lumotlarni taqdim etish mansabdor shaхslarga 10 BHMdan 15 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (MJTK 176-2-m.).
Bank har qanday yuridik yoki jismoniy shaхsning hisobvaragʻi yoki omonati (depoziti) ochilganligi (yopilganligi), hisobvaragʻi yoki omonati (depoziti) rekvizitlarining oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi aхborotni tegishli hodisa roʻy bergan kundan e’tiboran uch kun ichida elektron shaklda, oʻzi joylashgan yerdagi soliq organiga ma’lum qilishi shart (SK 134-m.). Soliq organlarida roʻyхatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasiz korхonalar va tashkilotlarga hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarini ochish kredit tashkilotlarining mansabdor shaхslariga 5 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (MJTK 175-m.4-q.).
Jorilla Abdullayev,
«Norma» MChJning yetakchi eksperti.
E’tibor bering! 2021 yilgi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun sanksiyalar haqidagi ma’lumotlar bilan Soliq navigatorida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. | 108 | 16,669 |
Qonunchilik | Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ–3082-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini maqsadli moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan faqat Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) qarorlari bo‘yicha amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan hududiy komissiyalar rahbarlari:
bir hafta muddatda — ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini joylarga o‘z vaqtida yetkazib berish va sotishning muvofiqlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha ish rejalarini tasdiqlasinlar;
o‘n kun muddatda — ularga ko‘rsatib o‘tilgan oziq-ovqat tovarlarini chakana sotish yuklanadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini saqlash va ularning savdosini tashkil etish uchun omborxonalar ro‘yxatlarini tasdiqlasinlar va ularni Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, shu jumladan go‘sht, o‘simlik va hayvon yog‘i uchun narxlar konyunkturasi doimiy monitoringini, Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan hajmlarda Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan xarid qilishni raqobat asosida tashkil etish uchun yuritsinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini import kontraktlari bo‘yicha yetkazib berish uchun tavsiyalarni Respublika komissiyasiga taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan ta’minlanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Jamg‘armaning ajratilgan mablag‘laridan qat’iyan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni belgilangan tartibda ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining harakati, shuningdek savdo tarmoqlarida ular narxlarining sun’iy ravishda oshishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ta’sirchan nazoratni belgilangan tartibda ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov, Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xo‘jayev va Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son qaroriga muvofiq Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish va ularning kelib tushishi tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus jamg‘armasi tarzida amalga oshiradi hamda uning mablag‘laridan faqat Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) qarorlari bo‘yicha foydalaniladi.
3. Jamg‘arma mablag‘lari ichki bozorda oziq-ovqat tovarlariga, birinchi navbatda, go‘sht, o‘simlik va hayvon yog‘i, g‘alla, un, kartoshka, sabzi, boshpiyoz, shuningdek boshqa muhim ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarini (keyingi o‘rinlarda oziq-ovqat tovarlari deb ataladi) ichki bozordagi oziq-ovqat turlariga bo‘lgan talab va takliflarning mavsumiy va jadal tebranishlarini silliqlashtirishga yo‘naltiriladi.
4. Jamg‘arma mablag‘larini maqsadli moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) rahbarlari o‘z qarori bilan ularga oziq-ovqat tovarlarini chakana sotish yuklanadigan oziq-ovqat tovarlarini saqlash va sotishni (savdo shoxobchalarini) tashkil etish uchun omborxonalar ro‘yxatlarini tasdiqlaydilar va ularni Respublika komissiyasiga taqdim etadilar.
6. Hududiy komissiyalar har kuni oziq-ovqat tovarlariga amaldagi va kutilayotgan narxlar monitoringini amalga oshiradilar hamda monitoring natijalariga ko‘ra o‘z vaqtida, joriy oyning 25-kunidan kechikmay Respublika komissiyasiga keyingi oyda kutilayotgan narxlar bo‘yicha asoslangan takliflarni taqdim etadilar.
7. Hududiy komissiyalar rahbarlari joriy oyning 25-kunidan kechikmay Respublika komissiyasiga omborxonalar va savdo tashkilotlaridagi (savdo shoxobchalaridagi) qoldiqlar, shuningdek keyingi oyda oziq-ovqat tovarlariga ehtiyojlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ularning ichki va tashqi bozorlardagi ro‘yxati va hajmlarini aniqlagan holda Respublika komissiyasiga kiritadilar.
8. Respublika komissiyasi joriy oyning oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga import kontraktlari bo‘yicha xarid qilinadigan oziq-ovqat tovarlari ro‘yxatini taqdim etadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Respublika komissiyasiga import kontraktlari bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga oziq-ovqat tovarlarini yetkazib berishga narxlar bo‘yicha tavsiyalarni uch kun mobaynida taqdim etadi.
10. Respublika komissiyasi, Hududiy komissiyalar rahbarlariga taqdim etilgan narxlar va hajmlar bo‘yicha takliflarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tavsiyalarini ko‘rib chiqib, Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan oziq-ovqat tovarlari ro‘yxatini ularni xarid qilish va tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan hududlar bo‘yicha sotib olish hajmlarini va (ichki va tashqi) bozorlarni ko‘rsatgan holda tasdiqlaydi.
11. Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga sotib olingan oziq-ovqat tovarlari tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan Respublika komissiyasi tasdiqlaydigan narxlar bo‘yicha sotiladi.
12. Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan narxlar bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga sotib olingan oziq-ovqat tovarlarini oxirgi iste’molchiga kafolatli yetkazib berish maqsadida ushbu tovarlarni sotish faqat ushbu Vaqtinchalik nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan savdo shoxobchalarida amalga oshiriladi.
13. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida maxsus hisob raqami ochiladi.
14. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 400 mlrd. sum bo‘lgan birlamchi badali hisobidan shakllantiriladi.
15. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qaytarilish asosida foizsiz qarz tarzida tayyorlovchi tashkilotlarga ajratiladi, ularning ro‘yxati oziq-ovqat tovarlarini yetkazib beruvchi va tayyorlovchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga (kontraktlarga) muvofiq hajmlarda xarid qilishni ta’minlash uchun Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda tayyorlovchi tashkilotlar deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda ichki yetkazib beruvchilar uchun mablag‘larni to‘lash milliy valyutada, oziq-ovqat tovarlarini import qilishda esa — AQSh dollarida amalga oshiriladi.
16. Jamg‘arma mablag‘larini ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlovchi tashkilotlar va xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklari bilan, yetkazib beriladigan oziq-ovqat tovarlariga to‘lash uchun foizsiz qarz bo‘yicha uch tomonlama shartnomalar tuziladi, shartnomalarda qarzni qaytarish jadvallari va qarzni qaytarish bo‘yicha tayyorlovchi tashkilotga xizmat ko‘rsatadigan banklarning kafolatlari nazarda tutiladi.
17. Qarzlarni Jamg‘armaga qaytarish tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan foizsiz qarzning uch tomonlama shartnomalarida nazarda tutilgan jadvallarga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Jamg‘arma mablag‘larining o‘tishini hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash maqsadida xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklari 22 626 — “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus hisob raqamini (keyingi o‘rinlarda maxsus hisob raqami deb ataladi) tayyorlovchi tashkilotlar uchun ochadilar.
Tayyorlovchi tashkilotlarning hisob raqamiga oziq-ovqat tovarlarini sotishdan tushadigan mablag‘lardan qat’iyan maqsadli tarzda va ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga muvofiq qarzni qaytarish uchun foydalaniladi.
19. Jamg‘armaga mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun javobgarlik tegishli tayyorlovchi tashkilotlarga va ularga xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklariga foizsiz qarzning tuzilgan shartnomalari shartlariga muvofiq yuklanadi.
20. Tayyorlovchi tashkilotlar va xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklari tomonidan foizsiz qarzning tuzilgan shartnomalariga muvofiq jamg‘armaning maqsadli mablag‘larini qaytarish bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qarzdorlarning barcha bank hisob raqamlaridagi xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklarining korrespondent hisob raqamlaridagi qoldiqlar hisobiga qarzlarni ro‘yxatdan chiqarish yuzasidan qat’iy ustunlik huquqi beriladi.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muntazam ravishda ichki bozorlarda oziq-ovqat tovarlari narxlarining asossiz yoki sun’iy ravishda oshirishga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan tushuntirish ishlarini olib boradilar.
22. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Jamg‘armaning ajratilgan mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni belgilangan tartibda ta’minlaydi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari harakati yuzasidan, shuningdek savdo tarmog‘ida ular narxlarining sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi.
24. Ushbu Vaqtinchalik nizom 2018-yil 1-aprelgacha amal qiladi va uning amal qilish muddati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan uzaytirilishi mumkin. | 162 | 11,633 |
Qonunchilik | Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni tartibga solish, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi shartlarini umum qabul qilingan jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlash, bojxona jarayonlari va rasmiyatchiligini soddalashtirish, shuningdek, bojxona chegarasini bosib o‘tayotgan jismoniy shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) jismoniy shaxs tomonidan respublikaga olib kiriladigan, bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan tovarlarning chegaralangan normalari:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orkali olib o‘tishda — 2 000 (ikki ming) AQSh dollari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining temir yo‘l va daryo bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda — 1 000 (bir ming) AQSh dollari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining avtoyo‘l (piyoda) bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda — 300 (uch yuz) AQSh dollari;
xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendar chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSh dollari;
xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — 100 (yuz) AQSh dollari;
b) bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari normalari 1-ilovaga muvofiq;
v) bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda respublikadan jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan tovarlarning cheklangan normalari 5 000 (besh ming) AQSh dollari;
g) jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarni respublikadan olib chiqish normalari 2-ilovaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlari orqali bojxona chegarasidan kesib o‘tish holatlari bundan mustasno;
d) mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan me’yorlar doirasida tovarlarni jismoniy shaxs tomonidan bojxona chegarasidan olib kirilishi va olib chiqilishi majburiy yozma deklaratsiyasiz amalga oshiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari hamda tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar mustasno;
jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a’zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi;
mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan me’yorlardan oshganda hamda jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib o‘tilganda, qonun hujjatlariga binoan olib kirilayotgan tovarlarning barcha summasiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qo‘llaniladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovarlar me’yorlarini va olib o‘tish shartlarini belgilashi mumkin;
jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini ularning sertifikatlari mavjud bo‘lgan holatlarda respublika hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish va tovarlarni qonunchilikda belgilangan normalarining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirib olib chiqish huquqiga ega.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (M.V. Toxiriy) Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Komilov) bilan birgalikda ushbu qarorning tartib-qoidalarini respublika aholisi va xorijiy davlatlar fuqarolariga o‘z vaqtida yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishni ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning tartib-qoidalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlarini olib kirishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-iyuldagi PQ-1118-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiq holga keltirsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin. | 129 | 5,154 |
Qonunchilik | Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | So‘nggi yillarda mamlakatda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, sud ishlari yuritilishini takomillashtirish, fuqarolar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud tomonidan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, hozirgi kunda sudyalar, sud apparati va sudyalar hamjamiyati organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning 70 foizidan ko‘prog‘i Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab kelinmoqda. Ushbu tartib sudyalar chinakam mustaqilligini ta’minlash borasidagi xalqaro standartlarga mos kelmaydi va zamonaviy talablarga muvofiq sud tizimining mustahkam moddiy-texnik bazasini shakllantirishga imkon bermaydi.
Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish va sudyalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6034-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi, quyi sudlar sudyalari, Sudyalar oliy maktabi va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining ish haqlari va qo‘shimcha to‘lovlari to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda, quyidagi to‘lovlar 2021-yil 1-oktabrga qadar Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi:
sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar;
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining malaka darajasi va mansab darajasi uchun qo‘shimcha haq.
2. Sudyalar, sud apparati xodimlari, Sudyalar oliy kengashi, shuningdek, Sudyalar oliy maktabi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari 1 — 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Moliya vazirligi:
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining 2021-yilga mo‘ljallangan parametrlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan tegishli o‘zgartirishlarni kiritsin;
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda tegishli sudlarning xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvallari tasdiqlanishini va ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5482-son Farmonida:
3-bandning uchinchi xatboshisi “40 foizi” so‘zlaridan keyin “(2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa — 5 foizi)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5-band:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi raislari va ularning o‘rinbosarlari, Oliy sud axborot xizmati rahbari, Sudyalar oliy maktabi direktori va uning o‘rinbosari, Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti direktoriga alohida mehnat sharoitlari uchun ustama to‘lanmaydi”;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishincha oltinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ushbu Farmonning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”;
1 — 5-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3240-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar “40 foizi” so‘zlaridan keyin “(2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa — 5 foizi)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi xatboshi “40 foiz” so‘zlaridan keyin “(2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa — 5 foiz)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 1-ilova (Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom)da:
1-banddan “va O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar “40 foizi” so‘zlaridan keyin “(2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa — 5 foizi)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi xatboshi “40 foiz” so‘zlaridan keyin “(2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa — 5 foiz)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Departament va Markaz” so‘zlari “va Departament” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi “qurish” so‘zidan keyin “va (yoki) sotib olish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va Departament direktori kiradi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4096-son qarorida:
a) 9-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining ustavi)da:
14-bandda:
o‘n uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n to‘rtinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishincha o‘n uchinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
42-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin. | 105 | 6,945 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi bilan O‘mon Sultonligi o‘rtasida hamkorlik va munosabatlar asoslari to‘g‘risidagi Bitimni (Masqat, 2009-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 22-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi bilan O‘mon Sultonligi o‘rtasida hamkorlik va munosabatlar asoslari to‘g‘risidagi Bitimni (Masqat, 2009-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi bilan O‘mon Sultonligi o‘rtasida hamkorlik va munosabatlar asoslari to‘g‘risidagi Bitimni (Masqat, 2009-yil 5-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 218 | 748 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida | Davlat va xalq oldidagi g‘oyat katta xizmatlari, O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarni chuqurlashtirishdagi ulkan faoliyati, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol ishtiroki hamda milliy istiqlol g‘oyalarini amalga oshirishga qo‘shgan salmoqli hissasi va qahramonona mehnatlari uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, Oliy nishon “Oltin Yulduz” medali topshirilsin: | 51 | 405 |
Qonunchilik | “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Belgilansinki, “Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi”, “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarishlarini barpo etish” va “Navoiyazot” AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihalarining (keyingi o‘rinlarda — loyihalar) tender hujjatlarini va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda jahon bozori konyunkturasini chuqur o‘rganish qismida va ularni moliyalashtirishda aniq manbalarni puxta ishlab chiqishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Mazkur loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash hamda ularni moliyalashtirishda xorijiy banklarning kreditlarini jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. “O‘zkimyosanoat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Asaka” ATB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bankining:
“Bank of Tokyo Mitsubishi” boshchiligidagi Yaponiya banklari konsorsiumi (keyingi o‘rinlarda — Yaponiya banklari konsorsiumi) krediti hisobiga “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid ishlab chiqaruvchi korxonani qurish, mazkur kredit Yaponiya eksport-kredit agentligi (NEXI) sug‘urta mukofotini to‘lash uchun 2,5 mlrd. Yapon yenasi (21,74 mln. AQSh dollari) miqdorida 7 yillik muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 6 oylik LIBOR (yena) bukiluvchi stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda yillik 1,45 foiz, shu jumladan, qayta moliyalashtiruvchi “Asaka” ATBning yillik 0,25 foiz miqdoridagi marjasi bo‘yicha taqdim etish;
“Commerzbank” (Germaniya) va “Credit Suisse” (Shveysariya) banklari konsorsiumining 115,62 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobiga “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etishga mo‘ljallangan mazkur kredit 11 yillik muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davrga, 6 oylik LIBOR (dollar) bukiluvchan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda yillik 1,55 foiz, shu jumladan, qayta moliyalashtiruvchi “Asaka” ATBning yillik 0,35 foiz miqdoridagi marjasi bo‘yicha taqdim etgan holda loyihalarni moliyalashtirishga xorijiy banklarni jalb etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagi rahbarlar zimmasiga:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi (G‘. Ibragimov) — loyihani amalga oshirishda ularni belgilangan muddatlarda ishga tushirish bilan birga tegishli vazirlik va idoralarning ishlarini samarali muvofiqlashtirish;
“O‘zkimyosanoat” AJ (A. Abdullayev), “Navoiyazot” AJ (B. Sharipov), “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ (S. Xolmo‘minov) — texnik hujjatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish, texnologiya va uskunalarni tanlash, qurilish ishlari olib borilishini nazorat qilish, shuningdek, loyihalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini so‘zsiz ta’minlovchi shartnomalar shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi qo‘mitasi (B. Zokirov) — loyiha hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazishni va davlat arxitektura-qurilish nazoratini doimiy asosda amalga oshirish yo‘li orqali qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev) — loyihani amalga oshirish doirasida import qilinadigan uskunalar, texnika va texnologiyalar, materiallar va butlovchi buyumlarga va ularning narxlari oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka alohida ahamiyat berib, baholash parametrlari qismini puxta ekspertizadan o‘tkazish;
“Asaka” ATB (K. Mullajonov), “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (A. Mirsoatov) va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Sh. Vafoyev) — loyihani amalga oshirishda xorijiy va mahalliy banklar kreditlarini jalb etish va samarali foydalanish, jalb qilingan qarz mablag‘larini o‘z vaqtida so‘ndirish ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
“O‘zInjiniring” respublika loyiha instituti (T. Urazayev) — loyihalarga sifatli texnik hamrohlik qilish, shu jumladan loyiha yechimlarining muvofiqligi, obyektlardan foydalanishda taklif etilayotgan texnologiyalar va uskunalarning ishonchliligi va xavfsizligi talablari, shuningdek, ishlab chiqarish, energiya va resurslarni tejaydigan, ekologik standartlarni ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Quyidagilar:
“Bank of Tokyo Mitsubishi” boshchiligida Yaponiya banklari konsorsiumi krediti bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foizlarni va vositachilik haqini to‘lashning prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq;
“Commerzbank” (Germaniya) va “Credit Suisse” (Shveysariya) banklari konsorsiumining krediti bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foizlarni va vositachilik haqini to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
loyihani o‘z vaqtida amalga oshirishda va kreditlardan maqsadli hamda samarali foydalanishda mas’ul ijro etuvchi organ etib “O‘zkimyosanoat” AJ va shaxsan uning raisi A. Abdullayev hisoblanadi;
loyiha doirasida jalb etilayotgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni o‘z mablag‘lari hisobiga so‘ndirish, foizlar, vositachilik haqi va kreditlarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa xarajatlar bo‘yicha qarzdor “Navoiyazot” AJ (B. Sharipov) hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B. Xodjayevni qarz kelishuvlarida nazarda tutilgan shaklda:
“Bank of Tokyo Mitsubishi” (Yaponiya) — “Asaka” ATB to‘lov majburiyatlari bo‘yicha;
“Commerzbank” (Germaniya) va “Credit Suisse” (Shveysariya) banklarining konsorsiumi — “O‘zsanoatqurlishbank” ATB to‘lov majburiyatlari bo‘yicha;
“Asaka” ATB — “Bank of Tokyo Mitsubishi” (Yaponiya) kreditining “Navoiyazot” AJning majburiyatlari bo‘yicha;
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB — “Commerzbank” (Germaniya) va “Credit Suisse” (Shveysariya) banklari konsorsiumi kreditlarining “Navoiyazot” AJning majburiyatlariga oid Davlat kafolatlarini berish bo‘yicha vakil etib tayinlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (M. Ikramov) “Asaka” ATB va “Bank of Tokyo Mitsubishi” (Yaponiya), shuningdek, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB — “Commerzbank” (Germaniya) va “Credit Suisse” (Shveysariya) banklarining konsorsiumi o‘rtasidagi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda O‘zbekiston Respublikasi Davlat kafolati bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (M. Nurmuratov), “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (A. Mirsoatov) va “O‘zkimyosanoat” AJ (A. Abdullayev)ning “Navoiyazot” AJ mahsulotlarini sotishdan kelib tushadigan o‘z mablag‘larini milliy va xorijiy valyutada jamg‘arish uchun keyinchalik ularni moliyalashtirishga sarflashni maqsadli yo‘naltirish, jalb qilinayotgan kreditlarga xizmat ko‘rsatishni hisobga olib, maxsus bank hisobraqamini ochish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
8. “Asaka” ATB (K. Mullajonov) va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (A. Mirsoatov) “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatiga milliy valyutada 35,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan, tanlab olingan kundan boshlab 10 yillik muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda va loyihalarni amalga oshirish doirasida “Navoiyazot” AJ aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkalariga teng bo‘lgan foiz stavkasi bo‘yicha beriladigan kredit liniyalari ochilishini ta’minlasin.
9. “Navoiyazot” AJga istisno tariqasida “Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi”, “Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarish” va “Navoiyazot” AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida 2018-yilning 1-iyuligacha qurilish ishlari bilan loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat berilsin.
10. Belgilansinki, mazkur loyihalarni amalga oshirishda import qilinadigan “erkin muomalaga chiqarish” uskunalari, texnika va texnologiyalar, materiallar va butlovchi buyumlarga bo‘lgan bojxona rasmiylashtiruvi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining shartnomalar bo‘yicha ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan holda amalga oshiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi A.I. Axmedxodjayev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 16-dekabrdagi ““Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” investitsion loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2272-son qarorining 9-bandi ikkinchi xatboshidagi “olib keladigan” so‘zlaridan oldin “Navoiyazot AJ,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-iyuldagi ““Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarishlarini barpo etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2372-son qarorining rus tilidagi matni 10-bandi ikkinchi xatboshidagi “vvozimie” so‘zidan keyin “Navoiyazot AJ,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. | 135 | 9,338 |
Qonunchilik | Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/15-son qarori (ro‘yxat raqami 2706, 2015-yil 5-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 31-son, 418-modda) bilan tasdiqlangan Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Mazkur Nizom talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan chora va sanksiyalarni qo‘llashga haqli.”. | 113 | 966 |
Qonunchilik | Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va 2017-yil 12-apreldagi O‘RQ-428-son “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-son “Iqtisodiy nochor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 27-dekabrdagi 30/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1894, 2009-yil 2-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 6-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 3-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida belgilangan cheklovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tijorat banklariga tanlov savdolarda mulk sifatida sotilgan ishlab chiqarish korxonalari mulki negizida tuzilgan korxonalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra tijorat banklari tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytmasligi natijasida ular mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida tashkil etilgan yangi korxonalar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga asosan iqtisodiy sudlarning qarorlariga ko‘ra tugatish qiymati bo‘yicha banklar balansiga qabul qilingan korxonalar mulki negizida tuzilgan yangi korxonalar hamda bank investitsiyalarini boshqarish uchun ta’sis etiladigan boshqaruv kompaniyalari ustav kapitalida ishtirok etishini istisno qilgan holda hisoblanadi.”.
2. 4-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tijorat banklariga tanlov savdolarda mulk sifatida sotilgan ishlab chiqarish korxonalari mulki negizida tuzilgan korxonalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra tijorat banklari tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytmasligi natijasida ular mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida tashkil etilgan yangi korxonalar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga asosan iqtisodiy sudlarning qarorlariga ko‘ra tugatish qiymati bo‘yicha banklar balansiga qabul qilingan korxonalar mulki negizida tuzilgan yangi korxonalar hamda bank investitsiyalarini boshqarish uchun ta’sis etiladigan boshqaruv kompaniyalari ustav kapitalidagi ishtiroki.”.
3. 5-band “banklari” degan so‘zdan keyin “mazkur Nizomning 4-bandidagi istisnolarni qo‘llagan holda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. | 233 | 4,338 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-son va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 14-avgustdagi 283-son qarorining 3-bandidagi “Paxta-bank” so‘zlari “Agrobank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qorako‘lchilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 13-iyundagi 250-son qarorining 8-bandidagi “Paxta-bank” so‘zlari “Agrobank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 70-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Paxta-bank” so‘zlari “Agrobank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning uchinchi xatboshidagi “Paxta-bank” so‘zlari “Agrobank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilova matnidagi “Paxta-bank”ka ko‘rsatmalar tegishli kelishikda “Agrobank” ATB”ga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-oktabrdagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 1-bandidagi “Jamg‘armaning moliyaviy agentlari (“Paxta-bank” va “G‘alla-bank”)” so‘zlari “Jamg‘armaning moliyaviy agenti (“Agrobank” ATB”) so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Paxta-bank”, “G‘alla-bank” so‘zlari “Agrobank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya to‘g‘risida namunaviy nizomga ilovadagi “Paxta-bank” so‘zlari “Agrobank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 15-fevraldagi 52-son qarori 2-bandining uchinchi xat boshidagi “Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki” so‘zlari “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 2-dekabrdagi 537-son qaroriga 2-ilovadagi “Toshmatov Q.F. — “Paxta-bank” boshqaruvining raisi” so‘zlari “Boymuratov A.J. – “Agrobank” ATB boshqaruvining raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Orolbo‘yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 3-apreldagi 162-son qarorida:
a) 1-ilovada:
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. “Agrobank” ATB”;
16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. “Qishloq qurilish bank” ATB;
b) 2-ilovaning to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Boymuratov A.J. — “Agrobank” ATB boshqaruvining raisi”.
21. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 4-avgustdagi 186-son qaroriga ilovaning 5-bandidagi “Paxta-bank” so‘zlari “Agrobank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II bosqich” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 27-avgustdagi 196-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “Paxta-bank” so‘zlari “Agrobank” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning “Izoh” satrining 3-bandidagi “Paxta-bank” so‘zlari “Agrobank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 288-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 2-bandining oltinchi xat boshidagi “Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki”, “G‘alla-bank” aksiyadorlik-tijorat banki” so‘zlari “Agrobank” ATB”, “Qishloq qurilish bank” ATB” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-dekabrdagi 726-f-son farmoyishiga ilovadagi “Sharipov Ilhom Rahmonovich — “Paxta-bank” boshqaruvi raisining o‘rinbosari” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — “Agrobank” ATB boshqaruvi raisining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “G‘alla-bank” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankining faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 27-iyundagi 322-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat “Paxta-bank”ni tashkil etish to‘g‘risida” 1995-yil 27-iyuldagi 294-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qarorining 5-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova. | 152 | 6,124 |
Qonunchilik | Avtomobil «tonirovkasi» boʻyicha loyiha oʻzgartirishlarsiz qabul qilindi | Adliya vazirligi Telegram messenjeridagi oʻz kanalida shu haqda хabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining «Tonirovkalangan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinayotganda uning batafsil sharhini tayyorlagan edik. Hujjat jiddiy oʻzgartirishlarsiz qabul qilindi. Bu yerga qarang.
Endi haq evaziga beriladigan maхsus ruхsatnoma rasmiylashtirilgandan keyin qoraytirishga yoʻl qoʻyiladi:
Samir Latipov. | 72 | 526 |
Qonunchilik | Hamkorlar yangiliklari: murojaat qilish huquqi va uning kafolatlari | Jismoniy va yuridik shaхslarning qonuniy huquqlari va manfaatlarining ta’minlanishi ularning davlat organlari hamda mansabdor shaхslarga murojaatlariga bogʻliq. Oхirgi vaqtlarda murojaat qiluvchilar, ayniqsa biznes hamjamiyati vakillari oʻz хohishlarini bildirishda virtual dastaklardan – IDXYaP orqali, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining saytlari va elektron pochtalaridan faol foydalana boshladilar.
Demokratik davlat uchun muhim boʻlgan ushbu sohada huquqni qoʻllash toʻliq amalga oshirilishi uchun Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz va Huquq muammolarini oʻrganish markazi tomonidan “Jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari toʻgʻrisida” Qonunga Sharh nashr etildi. U milliy qonunchilikni tahlil qilish, shuningdek murojaat qilish huquqini ta’minlashning хorijiy va хalqaro tajribasiga asoslangan.
Muhim siyosiy erkinliklarning biri hisoblanadigan bu huquq Oʻzbekistonning Asosiy Qonunida1 kafolatlangan hamda har bir fuqaro yoki shaхslar guruhiga davlatni boshqarishga ta’sir qilish va unda ishtirok etish imkonini beradi.
Sharhni tayyorlashda mualliflar Oʻzbekistonning besh kodeksidagi, shuningdek qator qonunlar va qonunosti hujjatlaridagi murojaat qilish huquqini amalga oshirishga taalluqli normativ qoidalarni oʻrganishdi.
Sharhda murojaatlarning shakli va turlari, ularga talablar, ish yuritish va ularni koʻrib chiqish tartibi haqida tushunarli tilda soʻz yuritiladi. Jismoniy va yuridik shaхslar huquqlarining kafolatlari, davlat organlarining murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha majburiyatlari, mansabdor shaхslarning bu sohadagi qonunbuzarliklari uchun javobgarliklari batafsil ta’riflangan. Nizolarni hal qilish, murojaat qiluvchilarga moddiy va ma’naviy zararlarni qoplash, ularning shaхsiy ma’lumotlarini himoya qilish, shuningdek bila turib qasddan notoʻgʻri ma’lumotlar saqlangan murojaatlar boʻyicha хarajatlarni kompensatsiya qilish masalalari tushunarli shaklda koʻrib chiqilgan.
Mualliflar ishonadilarki, Huquq muammolarini oʻrganish markazi saytida ochiq foydalanish uchun joylashtirilgan hamda oʻzbek va rus tillarida 1000 nusхada, shuningdek qoraqalpoq tilida 300 nusхada nashr etilgan Sharh murojaatlar bilan kundalik ishlashda amaliy qoʻllanma boʻladi, mansabdor shaхslarning huquqiy madaniyatini va Oʻzbekiston aholisining keng qatlamini yuridik хabardorligini oshirish imkonini beradi.
Shamil ASYaNOV, Huquq muammolarini oʻrganish markazi direktori
yuridik fanlar doktori, professor, "Norma" jamoatchi eksperti.
Sharhni oʻzbek va rus tillarida shu yerda yuklash mumkin, qoraqalpoq tilida – shu yerda.
_________________________________
1Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi: “Har bir shaхs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki хalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi shart.” | 67 | 2,946 |
Qonunchilik | Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sohaga xususiy sektorni keng jalb etish hamda mazkur faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
a) oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar soni jami tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam bo‘lgan taqdirda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunda, ushbu bolalar uchun ota-onalar to‘lovi shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda o‘rnatiladi;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi. Bunda, tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya haqiqatda band qilingan, lekin 4,5 tadan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 tadan) ko‘p bo‘lmagan shtat birligidan kelib chiqib to‘lanadi;
tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqa ajratmalar ushlangandan so‘ng, to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu xodimlarning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshlash uchun sog‘liqni saqlash organlari bilan majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishga oid shartnoma tuzish tartibi bekor qilinadi;
b) davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan subsidiya va kompensatsiyalar miqdorini hisoblashda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnayotgan 3 yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2 yosh va undan katta yoshdagi), lekin 7 yil 8 oydan katta bo‘lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilagan holda 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunda 3 yoshga to‘lmagan bolalarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilmaydi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2-3 yoshdagi farzandlari bundan mustasno);
v) tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan, shu jumladan suyultirilgan gaz yoki ko‘mir mahsulotlaridan foydalanayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham to‘lanadi (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno).
2. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibini tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlariga ularning xohishiga ko‘ra 2018-2019-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddatini 2023-yil 1-avgustga qadar uzaytirishga ruxsat etiladi.
Bunda:
imtiyozli davr muddati davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari amalga oshiriladi;
imtiyozli davrda to‘lanishi lozim bo‘lgan asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.
4. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini rivojlantirish uchun xorijiy moliya institutlari, shu jumladan Islom taraqqiyot bankidan 30 million AQSh dollari, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasidan 20 million AQSh dollari hamda OPEK xalqaro rivojlanish jamg‘armasidan 20 million AQSh dollari miqdorida qarz mablag‘lari jalb qilinishi kutilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin) ikki oy muddatda xorijiy moliya institutlarining mablag‘lari hisobiga 2023-2024-yillarda hududlarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini rivojlantirish va maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish bo‘yicha dasturni (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Dasturda:
har bir hududdagi mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktabgacha yoshdagi bolalar soni hamda ularning qamrovi darajasini hisobga olgan holda odillik va shaffoflik tamoyillari asosida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tanlash tartibini;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tanlash jarayonlarining raqamlashtirilishini;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida kredit ajratish uchun tadbirkorlik subyektlariga qo‘yiladigan talablarni nazarda tutsin.
5. Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin):
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar bir oyda kamida bir marta ushbu qaror maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 124 | 6,198 |
Qonunchilik | “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 107 | 340 |
Qonunchilik | Yoʻldagi radarlar tungi vaqtda ham ishlay boshladi | 2018 yilning 25 sentyabridan Toshkentda yoʻllarda oʻrnatilgan radarlar tungi vaqtda ham ishlay boshladi, deya хabar qiladi IIBB matbuot хizmati.
Tungi radarlar – ruхsat etilgan harakatlanish tezligi oshirilishi holatlarini aniqlaydigan aloqasiz teхnik vosita. Qoidabuzarliklar haqidagi bildirish хati haydovchilarga pochta orqali yuboriladi. Idora bergan ma’lumotlarga koʻra turgʻun va koʻchma radarlar haqida soʻz bormoqda.
Bu yangilik haydovchilarda «Radarlardan foydalanilayotganligi haqida ogohlantiriladimi?», «Ogohlantiruvchi belgilar qoʻyiladimi?» degan savollar paydo boʻlishiga sabab boʻldi. Bu holat IIBBda quyidagicha sharhlandi: «Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq aholi yashaydigan joylarda transport vositalari tezligini soatiga 70 kilometrdan, ayrim joylarda (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilgan joylarda) – soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi». Shu tariqa, har qanday holatda ham tezlik rejimiga rioya qilish kerak, chunki koʻchma radarlar oʻrnatilgan joylarda ogohlantiruvchi belgilar boʻlmasligi mumkin.
Radarlar ishga tushgan birinchi tunda Amir Temur shohkoʻchasining oʻzida tezlik oshirilgan 232 holat aniqlandi.
Ma’lumot uchun: Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-3-moddasiga muvofiq belgilangan harakat tezligining oshirib yuborilishi EKIHning 10 baravari miqdorida jarima solinishiga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 2 yilgacha muddatga mahrum etilishiga olib keladi (jazo chorasi tezlik qanchaga oshirilganligiga va huquqbuzarlik takrorlanishiga qarab belgilanadi). | 50 | 1,547 |
Qonunchilik | SUG‘URTA AGENTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qarorining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003-yil 28-yanvardagi 19-son buyrug‘i asosida tasdiqlangan Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizomga (2003-yil 1-fevral, ro‘yxat raqami 1213 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 3-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab, o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 86 | 673 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalaridagi o‘zaro manfaatli, amaliy sheriklikni kengaytirish hamda strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish va uni aniq mazmun bilan yanada boyitishni ta’minlash maqsadida:
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari — Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimi kiritilsin.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazirlikning belgilangan shtatlari doirasida 5 shtat birligidan iborat Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik loyihalarini sifatli tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni ta’minlash maqsadida Moskva shahrida xodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi (keyingi o‘rinlarda — Vakolatxona) tashkil etilsin.
3. Quyidagilar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari — Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktorining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik hamkorlik loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalda ro‘yobga chiqarish;
Rossiya Federatsiyasi bilan yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash;
Rossiya Federatsiyasi bilan amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik sohasidagi kelishuvlarning so‘zsiz va sifatli ijro etilishi ustidan doimiy hamda tizimli monitoring va nazoratni tashkil qilish;
Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik hamkorlik sohalaridagi amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha mas’ul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tashkil etilgan “Loyiha ofisi” faoliyati doirasida yangi sanoat loyihalarini ishlab chiqish va Rossiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oshirishni ta’minlash;
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktoriga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish.
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Vakolatxonani tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga tegishli qaror loyihasini kiritsin. Bunda, Vakolatxona tuzilmasi, xarajatlar smetasi, moliyalashtirish manbalari, xodimlar mehnatiga haq to‘lash darajasi (faoliyatining aniq natijalari uchun mukofotlashni hisobga olgan holda) hamda moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar aks etsin;
Vakolatxonani malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish hamda uning faoliyat boshlashi bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni hal etsin.
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Jahon savdo tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — JST) bilan hamkorlik qilish boshqarmasi negizida vazirlikning belgilangan shtatlari doirasida Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda tashqi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil qilinsin.
Quyidagilar Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda tashqi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ko‘p tomonlama savdo aloqalari sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasini xalqaro va mintaqaviy savdo tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va integratsiyalashuv jarayonlarida davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining huquqiy hujjatlari, xalqaro shartnomalari va ularning loyihalari xalqaro va mintaqaviy savdo tashkilotlari bilan integratsiyalashuv va o‘zaro hamkorlik doirasidagi talab va me’yorlarga muvofiqligini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (keyingi o‘rinlarda — EOII) va JST bilan o‘zaro hamkorligi doirasida milliy manfaatlarni ilgari surish maqsadida integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish choralarini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasining EOII va JSTga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq masalalarni chuqur tahlil qilish hamda muvofiqlashtirish;
xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishning iqtisodiy afzalliklarini o‘rganish;
tashqi iqtisodiy siyosatni mamlakat ichki iqtisodiy siyosatiga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
integratsion salohiyat va raqobatbardosh ustunliklardan foydalangan holda iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish;
integratsiya jarayonlari doirasida iqtisodiy siyosatni oldindan prognozlashtirishni ta’minlash.
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2885-son va 2018-yil 3-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3997-son qarorlari ijrosini puxta tahlil qilgan holda ushbu qarorlar bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ni birlashtirish to‘g‘risida;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. | 137 | 6,391 |
Qonunchilik | Surxondaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Surxondaryo viloyati hokimining hisobotini eshitib, viloyatni kompleks rivojlantirish, tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash orqali turmush darajasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
2020-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 24 trln. so‘mni, o‘sish sur’ati esa 2019-yilga nisbatan 104,4 foizni tashkil etgan. Mahalliy budjet daromadlari prognoz rejasi (1 trln. 198 mlrd. so‘m) amalda 116,7 foizga (1 trln. 398 mlrd. so‘m) bajarilganligi natijasida budjetga 200 mlrd. so‘m qo‘shimcha manbalar shakllantirilgan.
Pandemiya sharoitida 63,3 mingdan ziyod muhtoj oilaga 59 mlrd. so‘mlik ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan, tadbirkorlik subyektlarining 5 mingdan ziyod kredit shartnomalari bo‘yicha 1 trln. 749 mln. so‘mlik to‘lovlarning muddati uzaytirilishi natijasida 21,5 mingdan ortiq korxonalar faoliyati qayta tiklanishiga erishilgan.
Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 2,5 trln. so‘mga teng bo‘lgan 752 ta loyiha foydalanishga topshirilib, 6,4 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi 252 ta loyiha bo‘yicha 221,2 mln. AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va xorijiy kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgan.
Viloyatda 245,2 mln. AQSh dollariga teng mahsulotlarning 26 ta davlatga eksporti amalga oshirilgan. Amaliy yordam ko‘rsatilishi natijasida 57,9 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha qiymat solig‘i mablag‘i 14 ta eksportyor korxona hisob-raqamiga qaytarilgan, 39 ta korxonaga 109,7 mlrd. so‘mlik aylanma mablag‘ krediti ajratilgan.
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan qariyb 17,7 mingta jismoniy va yuridik shaxslarga 432,4 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan, mazkur kreditlarning 14,5 mlrd. so‘mi “temir daftar”ga kiritilgan 1 ming 260 ta oilaga berilgan.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda 3 ming 820 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish (3 ming 797 gektar tomchilatib, 23 gektar yomg‘irlatib sug‘orish) bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, paxtachilikda Denov, Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlaridagi 2 ming 375 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilishi natijasida vegetatsiya davrida jami 6,9 mln. m3 suv iqtisod qilinib, ushbu suv 1,2 ming gektardan ortiq maydonda ekilgan takroriy ekinlarni sug‘orishga yo‘naltirilgan. Natijada 40 foiz mineral o‘g‘itlar, 35 foiz yoqilg‘i moylash mahsulotlari iqtisod qilingan, hosildorlik o‘rtacha 15-20 sentnerga oshishiga erishilgan.
Viloyatda bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosida 43 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish uchun jami 275 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.
Bugungi kungacha 29 ming nafarga yaqin xotin-qizlar 9 toifaga ajratilgan holda, “ayollar daftari” elektron bazasiga kiritilgan bo‘lib, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgan.
Viloyatda 37 ming nafardan ortiq yoshlarga 16 ming 320 gektar yer maydoni ajratib berilishi mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kungacha 870 nafardan ortiq yoshlarga jami 507 gektar yer maydoni ajratilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishchi guruhi tomonidan o‘rganish jarayonida viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida o‘z yechimini kutib turgan bir qator muammoli masalalar mavjudligi aniqlangan.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2021-yil 20-fevralda bo‘lib o‘tgan sessiyasida o‘rganish natijalari muhokama etildi, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini yanada oshirish, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlashga mahalliy vakillik organlarini keng jalb etish maqsadida hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 322-moddasi va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 102-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Surxondaryo viloyati hokimi T. Bobolovning viloyatni kompleks ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi T. Madumarovning Surxondaryo viloyatini kompleks o‘rganish yakunlari haqidagi axboroti (1-ilova) ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Surxondaryo viloyatini har tomonlama rivojlantirish, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi muammolarini bartaraf etish borasidagi ishlarni o‘rganish yakunlari muhokamasiga bag‘ishlangan xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi o‘tkazilganligi hamda tegishli qaror qabul qilinganligi inobatga olinsin.
3. Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) 2021-yil 15-aprelga qadar yuridik shaxslarning budjet to‘lovlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan soliq summalari qaytarilishini ta’minlasin, soliq to‘lovchilarning budjet oldida boqimonda qarzdorligi yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirsin.
4. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Sh. Xidoyatov) Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov) bilan birgalikda 2021-yil avgustga qadar Muzrabot tumanining “Obihayot” mahallasidagi ta’mirtalab 27 ta ko‘p kvartirali uy-joyni mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlash va atrofini obodonlashtirish choralarini ko‘rsin.
5. Energetika vazirligi (A. Sultanov):
elektr ta’minotini yaxshilash va iste’molchilarga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida “Sharg‘un” nimstansiyasini 2 ta 40 mVA, “Termiz” nimstansiyasini 2 ta 40 mVA, “Sulton Saodat” nimstansiyasini 2 ta 25 mVA kuch transformatorlari bilan ta’minlash, shuningdek “Sharg‘un” nimstansiyasidan 10-sonli shaxta hududigacha 12,3 km. uzunlikdagi ikki zanjirli havo elektr liniyasini hamda shu hududda 110/6 kV.li nimstansiya qurish masalalarini batafsil o‘rganib chiqib, o‘rganish natijalari asosida tegishli choralarni amalga oshirsin;
2021-yil 1-mayga qadar Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida mavjud transformatorni yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirish choralarini ko‘rsin;
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi Sherobod tumanida joylashgan temir-beton tayanchlar ishlab chiqarish korxonasi quvvatini oshirsin hamda foydalanishga mutlaqo yaroqsiz ahvolga kelib qolgan yog‘och tayanchlarni temir-beton tayanchlar bilan almashtirish ishlarini tezlashtirsin;
“O‘ztransgaz” AJ (U. Sayidov) bilan birgalikda Termiz shahri va Termiz tumani aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlash ahvolini yaxshilash maqsadida “Termiz-1” va “Termiz-2” gaz taqsimlash stansiyalariga keluvchi magistral gaz tarmog‘i quvurini yangilash masalasini o‘rganib chiqsin hamda zarur holda demontaj qilish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Transport vazirligi (I. Mahkamov) “O‘zbekko‘mir” AJ (A. Odilov) bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi balansidagi “Sariosiyo” stansiyasidan Uzun ko‘mir omborigacha bo‘lgan temir yo‘ldan samarali foydalanish choralarini amalga oshirsin.
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) xalqaro ahamiyatdagi M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1444 — 1622 km. qismlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
8. Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin):
2021-yil 1-iyunga qadar 2020-yilda qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilgan 29 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini zarur jihozlar bilan ta’minlab, foydalanishga topshirish choralarini ko‘rsin;
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov) bilan birgalikda Muzrabot tumanidagi 3 va 11-sonli hamda Qiziriq tumanidagi 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshlangan ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
9. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov) bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar viloyatdagi koeffitsiyenti 2 dan oshib ketgan maktablarga qo‘shimcha o‘quv binolari qurish, mukammal ta’mirga muhtoj maktablarni ta’mirlash, sport zali mavjud bo‘lmagan maktablarga sport zali qurish borasida mavjud holatni atroflicha o‘rganib chiqib, kelgusi yillar uchun dasturlarni shakllantirishda inobatga olsin.
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev):
2021-yil 1-mayga qadar Termiz tumanida tashkil etilgan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazini zarur tibbiy va reabilitatsion uskunalar bilan jihozlagan holda, reabilitatsiya tadbirlari amalga oshirilishini yo‘lga qo‘ysin;
Denov tumanidagi erkaklar uchun hamda Sariosiyo tumanidagi ayollar uchun mo‘ljallangan “Muruvvat uylari”ni fizioterapiya apparatlari bilan ta’minlasin.
11. “O‘zmilliybank” AJ (A. Mirsoatov) 2021-yil 1-aprelga qadar Maktabgacha ta’lim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda tadbirkorlar o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama bitimga muvofiq 19 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish bo‘yicha Moliya vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘larni o‘z vaqtida ajratish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rsin hamda natijasi to‘g‘risida Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda Hukumat qarorlarida belgilanib, 2019-2020-yillarda ijrosi to‘liq bajarilmagan tadbirlarni (2-ilova) hamda 2021-yil uchun tasdiqlangan investitsiya dasturida ko‘zda tutilmagan tadbirlarni (3-ilova) chuqur tahlil qilgan holda, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin;
Bandixon tumani markazining bosh rejasi ishlab chiqilishini, tumanda davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining bo‘limlari uchun yangi binolar qurish hamda jihozlash ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarda qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash nazarda tutilgan ijtimoiy soha obyektlarini har yili tasdiqlanadigan investitsiya dasturlaridan o‘rin olishiga alohida e’tibor qaratsin;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash jarayonida moliyaviy imkoniyatlarni inobatga olgan holda, mablag‘lar manbalari aniq belgilanishini hamda o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlab borsin;
mazkur Qaror bilan vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qilib borsin, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2021-yil 15-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tahliliy axborot taqdim etsin.
13. Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov):
hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishini, tasdiqlangandan keyin ijrosini ta’minlasin;
2021-yilda viloyatdagi jami 30 ta ko‘p kvartirali uy-joyni ta’mirlash uchun mahalliy budjetga qo‘shimcha shakllantirilgan mablag‘lar hisobidan o‘rnatilgan tartibda mablag‘ ajratilishini ta’minlasin;
faoliyati to‘xtatilgan kichik biznes subyektlarini hududlar kesimida tahlil qilgan holda, ularning faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsin;
kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, yoshlar bandligini ta’minlash, ular uchun yer maydonlarini ajratish borasidagi ishlarni izchillik bilan davom ettirsin;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar bandligini ta’minlasin, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga yordam ko‘rsatsin;
boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy yordamga muhtoj nogironligi bo‘lgan ayollarni moddiy qo‘llab-quvvatlasin, ta’mirtalab uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashsin;
noturar joylarda istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni yashash sharoiti mavjud uylarga ko‘chirish va ularga ijara kompensatsiyalarini ajratish choralarini ko‘rsin;
tibbiy xizmatga muhtoj xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali aniqlangan kasallikni davolash bo‘yicha sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etsin;
psixologik ko‘makka muhtoj xotin-qizlarga malakali psixologlarni biriktirib, ular tomonidan psixologik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash choralarini amalga oshirsin.
14. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga:
mahalliy budjetda shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan mahalliy budjetda saqlanishi ko‘zda tutilmagan idora va tashkilotlarga mablag‘ ajratish holatlariga chek qo‘yish;
mahalliy budjet erkin qoldiq mablag‘larining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni hal etishga yo‘naltirish;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, xususan, investitsiya dasturi ijrosi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
har oyda sektor rahbarlari, mutasaddi rahbarlar tomonidan joylarda ayollarning muammolarini hal etish, xususan, bu boradagi “yo‘l xaritalari” ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib borish;
har bir deputatning o‘z saylov okrugida “temir daftar”, “yoshlar daftari”, “ayollar daftari” asosida aholi muammolarining hal etilishi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatishini, bu borada faol va mas’uliyatli bo‘lishini ta’minlash tavsiya etilsin.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga Surxondaryo viloyatida yo‘l qo‘yilgan kamchilik va muammolardan kelib chiqqan holda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish, bu borada mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Surxondaryo viloyatini o‘rganish yakunlaridan tegishli xulosa chiqargan holda, hududda shu kabi kamchilik va muammolar kelib chiqishining oldini olish yuzasidan barcha zarur choralarni amalga oshirsin;
hududdagi mavjud muammolardan kelib chiqib, mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari faoliyatiga tegishli baho bersin, ularning mas’uliyatini oshirsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari mazkur Qarorda belgilangan vazifalarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ijrosi ta’minlanishini nazorat qilib borsin.
18. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
2021-yil 15 — 20-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar kompleks ravishda o‘rganildi.
O‘rganish natijalari viloyatni kompleks ravishda rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi turmush darajasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini ko‘rsatdi. Jumladan:
2020-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 24 trln. so‘mni, o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilga nisbatan 104,4 foizni tashkil etgan. Xususan, 5,5 trln. so‘mlikdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, 7,9 trln. so‘mlikdan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan, chakana savdo aylanmasi 12 trln. 352,6 mlrd. so‘mdan iborat bo‘lgan.
Mahalliy budjet daromadlari prognoz rejasi (1 trln. 198 mlrd. so‘m) amalda 116,7 foizga (1 trln. 398 mlrd. so‘m) bajarilganligi natijasida budjetga 200 mlrd. so‘m qo‘shimcha manbalar shakllantirilgan.
Pandemiya sharoitida 63,3 mingdan ziyod muhtoj oilaga 59 mlrd. so‘mlik ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan, 5,4 mingdan ortiq korxonalarning jami 147,9 mlrd. so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligi muddati uzaytirilgan, tadbirkorlik subyektlarining 5 mingdan ziyod kredit shartnomalari bo‘yicha 1 trln. 749 mln. so‘mlik to‘lovlarning muddati uzaytirilishi natijasida 21,5 mingdan ortiq korxonalar faoliyati qayta tiklanishiga erishilgan.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan 978 ta loyiha uchun 1,8 trln. so‘mdan ziyod kreditlar bo‘yicha 390 mlrd. so‘mlik moliyaviy yordam (kafillik va kompensatsiya ko‘rinishida) berilgan. Mahalliylashtirish dasturiga asosan 19 ta loyiha doirasida 56,4 mlrd. so‘mdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 2,5 trln. so‘mga teng bo‘lgan 752 ta loyiha foydalanishga topshirilib, 6,4 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Shundan, tashabbuskorlar mablag‘lari 1 trln. so‘mni, bank kreditlari 634,3 mlrd. so‘mni, xorijiy kredit liniyasi va investitsiya mablag‘lari 94,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.
Masalan, Termiz shahrida qiymati 15 mlrd. so‘mlik investitsiya hisobiga yillik 30 ming metr kv. oynaga turli shakl va ishlov berish korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, Oltinsoy tumanidagi “Xo‘jaipok” sihatgohida qiymati 85 mlrd. so‘m bo‘lgan 200 o‘rinli zamonaviy sog‘lomlashtirish markazi tashkil etilgan, Boysun tumanida qiymati 10 mlrd. so‘mlik yillik quvvati 17 ming tonna qo‘y junidan lanolin ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilgan.
2020-yilda xorijiy investitsiya ishtirokidagi 252 ta loyiha bo‘yicha 221,2 mln. AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va xorijiy kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgan. O‘zlashtirilgan mablag‘larning 32 foizi Xitoy, 18,1 foizi Afg‘oniston, 7,5 foizi Rossiya, 6,7 foizi Turkiya, 5,7 foizi Avstriya davlatlari investorlari tomonidan jalb etilgan.
Shuningdek, qiymati 52,1 mln. AQSh dollari bo‘lgan 6 ta strategik ahamiyatga ega yirik loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 30,8 mln. AQSh dollariga teng 5 ta loyiha foydalanishga topshirilgan, 300 dan ortiq doimiy va 400 dan ziyod mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.
Viloyatda 245,2 mln. AQSh dollariga teng mahsulotlarning 26 ta davlatga eksporti amalga oshirilgan, ularning asosiy qismi Xitoy (27,5 foiz), Afg‘oniston (21,5 foiz), Pokiston (18 foiz), Rossiya (10 foiz), Qirg‘iziston (6,8 foiz), Turkiya (5,7 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatilishi natijasida 57,9 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha qiymat solig‘i mablag‘i 14 ta eksportyor korxona hisob-raqamiga qaytarilgan, 39 ta korxonaga 109,7 mlrd. so‘mlik aylanma mablag‘ krediti ajratilishiga yordam ko‘rsatilgan.
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan qariyb 17,7 mingta jismoniy va yuridik shaxslarga 432,4 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan, mazkur kreditlarning 14,5 mlrd. so‘mi “temir daftar”ga kiritilgan 1 ming 260 ta oilaga berilgan.
Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 ming 773 nafar shaxs kasbga tayyorlangan, 2 ming 385 nafar ishsizga ijtimoiy to‘lovlar to‘lab berilgan, 1 ming 367 nafar kam ta’minlangan fuqaroga subsidiyalar ajratilgan.
Viloyatdagi 222 ming 979 gektar sug‘oriladigan yer maydoniga qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilib, 2 mln. 211,2 ming tonna sabzavot, 326,8 ming tonna poliz, 164,5 ming tonna meva, 95,5 ming tonna uzum, 24,4 ming tonna dukkakli don mahsulotlari yetishtirilgan.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda 3 ming 820 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish (3 ming 797 gektar tomchilatib, 23 gektar yomg‘irlatib sug‘orish) bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, paxtachilikda Denov, Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi tumanlaridagi 2 ming 375 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilishi natijasida vegetatsiya davrida jami 6,9 mln. m3 suv iqtisod qilinib, ushbu suv 1,2 ming gektardan ortiq maydonda ekilgan takroriy ekinlarni sug‘orishga yo‘naltirilgan.
Buning natijasida paxta xomashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari tomonidan 40 foiz mineral o‘g‘itlar, 35 foiz yoqilg‘i moylash mahsulotlari iqtisod qilingan, hosildorlik o‘rtacha 15 — 20 sentnerga oshishiga erishilgan.
Mavjud 560 gektar yaroqsiz bog‘lar o‘rniga va qo‘shimcha 859 gektar maydonda jami 1 ming 419 gektar yangi intensiv bog‘lar barpo etilgan, 513 gektar ochiq maydonga va 346 gektar eski samarasiz tokzorlar o‘rniga yangi tokzorlar barpo etilgan. Viloyatdagi 464 gektar issiqxona xo‘jaliklarida 19 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan.
Viloyatda 2020-yilgi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha (ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, ijtimoiy sohani tayyorlash, issiqlik, ichimlik suvi, elektr, gaz va ko‘mir ta’minoti) ishlar tashkil etilgan.
Xususan, issiqlik ta’minotida 4 ta qozon va 0,6 km. issiqlik tarmog‘i mukammal ta’mirlangan, 1 ming 904,5 km. elektr uzatish tarmoqlari va 501 dona transformator punktida mukammal, 3 ming 881 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 1 ming 63 dona transformator punktida joriy ta’mirlash amalga oshirilgan, 11,2 km. gaz quvuri va 285 ta gaz taqsimlash punkti mukammal ta’mirlangan hamda 40,3 km. tarmoq yangidan qurilgan.
Ichimlik suvi ta’minotida 5 km. tarmoq mukammal, 37 km. tarmoq esa joriy ta’mirlangan, 30 dona ichimlik suvi inshootidagi nosoz yopqichlar joriy ta’mirlangan, 327 dona suv nasosi qayta ta’mirlanib, aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilangan.
Viloyatda ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida 113 ta obyektda 393,5 mlrd. so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan. Termiz shahridagi “Bog‘i shamol” mahallasida qurilgan 35 ta 7 qavatli uy-joylarda yashovchi aholi talabidan kelib chiqib, mazkur hududda 1 ming 540 o‘rinli maktab binosi qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.
Viloyatda bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 35 foizdan 41,5 foizga yetkazish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosida 4 ming 995 o‘ringa mo‘ljallangan 43 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish uchun jami 275 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.
Viloyatda 560 dan ortiq madaniy meros yodgorliklari mavjud bo‘lib, turizm sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar natijasida 2019-yilda tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2018-yilga nisbatan 4 barobarga oshgan.
Kelgusida Boysun va Sariosiyo tumanlarida kichik turizm zonalarini barpo etish orqali hududni “Kichik Shveysariya”ga aylantirish, Termiz tumanidagi “al-Hakim at-Termiziy” majmuasi atrofini “O‘rta asrlar shaharchasi”ga aylantirish, Termiz shahridagi “Baxt” bog‘i hududida “Yapon bog‘i” va “Kato Kyudzo” memorial muzeyini barpo etish ko‘zda tutilgan.
“Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Termiz shahar IIO FMBda xizmatga jalb etilgan kuch va vositalarni markazlashgan holda boshqarish imkonini beruvchi “Vaziyatlar markazi” tashkil etilgan, shaharning yagona geoinformatsion xaritasi yaratilgan, ushbu tizimga 24 ta chorrahadagi 80 dona zamonaviy raqamli videokuzatuv kameralari to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan. Termiz shahrida 10 ta “Tezkor chaqiruv tugmalari” (SOS) o‘rnatilgan.
Viloyatda o‘tkazilgan “Turmush” tadbirlarida qariyb 67 mingta oila o‘rganilgan, 1 ming 320 ta oilaviy nizolar muhokama qilingan, natijada 889 ta nizoli oilaning notinchligiga barham berilgan bo‘lsa, 652 ta oilada ajrimlarning oldi olinishiga erishilgan.
Joylarda tashkil etilgan mehnat yarmarkalarida ishtirok etgan 1,2 ming nafardan ortiq xotin-qizlarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilgan hamda 980 nafari ishga joylashtirilgan. Norasmiy ish bilan band bo‘lgan 1 ming 250 nafar xotin-qizlar vaqtinchalik o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar sifatida rasmiylashtirilgan.
Viloyatda “ayollar daftari” yuritilishini yo‘lga qo‘yish va ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, xotin-qizlar 9 toifaga ajratilgan holda, bugungi kunga qadar jami 28 ming 928 nafari “ayollar daftari” elektron bazasiga kiritilgan, har bir hudud bo‘yicha alohida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgan.
Viloyatda “yoshlar daftari” bo‘yicha ishga joylashtirish orqali qariyb 20 ming nafar, tadbirkorlikka ko‘maklashish orqali 13,2 ming nafardan ziyod, kasb-hunarga o‘qitish orqali 7,7 ming nafardan ortiq, “Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor” tamoyili asosida hamda “Ustoz-shogird” an’anasi doirasida tadbirkorlarga va usta-hunarmandlarga biriktirish orqali 8,5 ming nafarga yaqin yoshlar bandligini ta’minlash belgilab olingan.
Viloyatda suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan, aholi yashash joylariga yaqin 16 ming 320 gektar yer maydoni tanlab olinib, 37 ming nafardan ortiq yoshlarga ajratib berilishi ko‘zda tutilgan, bugungi kungacha 870 nafardan ortiq yoshlarga o‘rtacha 58 sotixdan jami 507 gektar yer maydoni ajratib berilgan va ushbu yoshlarning 1,5 ming nafardan ortig‘i ish bilan ta’minlanishiga erishilgan.
2021-yil 5-fevral kuni Bandixon tumanida harbiy texnikalarni jalb etgan holda katta “Sport festivali” o‘tkazilgan, joriy yilning 8-fevral kuni viloyat bo‘yicha 60 ta sektordagi eng faol yoshlar yetakchilari va Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan g‘oyalar tanlab olingan.
Shu bilan birga, o‘rganish davomida viloyatni har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilishi bilan bir qatorda, o‘z yechimini kutib turgan muammolar va kamchiliklar mavjudligi ham kuzatildi. Jumladan:
I. Ijro intizomini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 — 2020-yillar davomida Surxondaryo viloyati hokimligi mas’ul ijrochi sifatida qabul qilingan ijro hujjatlaridan muddati kelgan 3 ming 329 ta topshiriqdan 3 ming 288 tasi (98,7 foizi) ijrosi ta’minlangan, qolgan 32 ta topshiriq ijrosi hozirgi kunda ham ta’minlanmay turibdi.
Shundan, iqtisodiy masalalar bo‘yicha 4 ta, qurilish masalalari bo‘yicha 15 ta, qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha 3 ta, investitsiya masalalari bo‘yicha 4 ta, ijtimoiy masalalar bo‘yicha 8 ta topshiriq bajarilmagan.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari hamda Hukumat qarorlarida belgilanib, ijro muddati 2019-2020-yillar bo‘lgan tadbirlardan 30 tasi ijrosi to‘liq yakuniga yetkazilmagan, shuningdek 13 ta tadbir 2021-yil uchun tasdiqlangan investitsiya dasturida ko‘zda tutilmagan.
2019-yilning noyabr oyida yangidan tashkil etilgan Bandixon tumanida 2020-yil davomida davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining bo‘limlari uchun yangi binolar qurish va jihozlash ishlari belgilangan bo‘lib, ijrosi ta’minlanmagan. Tuman markazining bosh rejasini ishlab chiqish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
II. Iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, agrar soha, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
Viloyatda 2020-yil davomida 689 ta kichik biznes subyekti tugatilishi natijasida 1 ming 459 ta ish o‘rni yo‘qotilgan. Tugatilgan kichik biznes subyektlari soni 2019-yilga nisbatan kamaygan bo‘lsa-da, ushbu ko‘rsatkich Qumqo‘rg‘on tumanida qariyb 9 barobar (25 tadan 217 tagacha), Denov tumanida 4 barobar (35 tadan 137 tagacha) oshgan.
2020-yilda 9 ming 690 ta kichik biznes subyektini tashkil etish belgilangan bo‘lib, amalda reja 78 foizga bajarilgan. Ushbu ko‘rsatkich Termiz shahrida 48 foizga, Sho‘rchi tumanida 59 foizga, Sariosiyo tumanida 63 foizga ijro etilgan.
2020-yil yakuniga ko‘ra, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning dastlabki reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha Qiziriq va Uzun tumanlari “sariq hudud”dan “qizil hudud”ga o‘tgan, Murzabot va Qumqo‘rg‘on tumanlari “qizil hudud”dan “sariq hudud”ga o‘tkazilgan, qolgan birorta hudud bo‘yicha o‘zgarish bo‘lmagan.
Viloyatda investitsiya loyihalari doirasida ishga tushirilgan umumiy qiymati 762,6 mlrd. so‘mlik 302 ta loyiha biznes rejaga nisbatan 20 foizga kam quvvatda ishlamoqda.
2020-yilda ishga tushirilgan 754 ta loyiha asosida 6 ming 480 ta yangi ish o‘rni yaratilganligi qayd etilgan bo‘lib, yaratilgan ish o‘rinlari borasidagi soliq hisobotlari tahlili 547 ta loyiha bo‘yicha 4 ming 138 ta ish o‘rni haqiqatda yaratilmaganligini ko‘rsatdi. Xususan:
183 ta loyihada 1 ming 293 ta yangi ish o‘rni yaratilganligi qayd etilgan bo‘lsa-da, ushbu korxonalar soliq hisobotlarida 2020-yil dekabr oyidagi ishchi-xizmatchilar soni 2019-yil dekabr oyiga nisbatan oshmagan;
123 ta loyihada 1 ming 700 ta yangi ish o‘rni yaratilganligi qayd etilgan bo‘lsa-da, ushbu korxonalar soliq hisobotlarida ishchilar soni 2019-yil dekabr oyidagi ishchilar soniga nisbatan kamaygan;
185 ta investitsiya loyihasida 1 ming 671 ta yangi ish o‘rni yaratilganligi qayd etilgan bo‘lsa-da, soliq hisobotlariga asosan 536 ta yoki 1 ming 140 ta ishchi soni ko‘p ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmonining 5-bandida hududiy komissiyalarga ikki hafta muddatda har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan tadbirlarni va mas’ul organlar hamda tashkilotlarni belgilagan holda “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda Maxsus komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etish vazifasi yuklatilgan.
Viloyatda yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan hududiy komissiya a’zolari 17 ta tashkilot rahbarlaridan iborat bo‘lsa-da, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish maqsadida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da faqat soliq organlari mas’ul etib belgilangan, shuningdek unda hududning mavjud imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagan va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasidagi yo‘nalishlar to‘liq qamrab olinmagan, shu bois 2020-yil 15-noyabrga qadar tasdiqlanishi lozim bo‘lgan “Yo‘l xaritasi” bugungi kunga qadar Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanmasdan qayta ishlab chiqish uchun qaytarilgan.
2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra viloyatdagi 3 ming 696 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt “nol” hisobot topshirgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga (2020-yilda 2 ming 163 ta) oshgan.
Bu borada Denov (404 ta), Qiziriq (334 ta), Uzun (322 ta), Sho‘rchi (315 ta), Qumqo‘rg‘on (280 ta), Boysun (256 ta) tumanlari va Termiz shahridagi (391 ta) ishlar qoniqarsiz ahvolda.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida Termiz shahridagi “Oravit Ceramic” MChJ tomonidan xorijiy davlatdan o‘z vaqtida ishlab chiqarish uskunalari olib kelinmaganligi sababli santexnika jihozlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmagan va 80 ta ish o‘rni yaratilmagan.
Viloyatning Denov tumanida 3,1 trln. so‘mlik, Sherobod tumanida 2,1 trln. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich Bandixon tumanida 658,9 mlrd. so‘mni, Qiziriq tumanida esa 756,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Viloyatdagi ayrim klaster korxonalari faoliyati ko‘zlangan natijani bermagan, masalan, “Surxondaryo Agroxizmat” MChJ tomonidan paxta yetishtirishda Qiziriq va Sherobod tumanlarida hosildorlik 13,6 sentnerni, kooperatsiyalar tomonidan Sho‘rchi va Bandixon tumanlarida 21 sentnerni tashkil etganligi natijasida jami 30 mlrd. so‘m zarar ko‘rilgan.
Shuningdek, meva-sabzavot klastyerlari tomonidan Angor tumanidagi “Tanovar Surxon” korxonasi tomonidan 52 ming AQSh dollari, Denov tumanidagi “AGRO FRUIT FOOD” MChJ tomonidan 174 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, Oltinsoy tumanidagi “Sulton sharbati” MChJ tomonidan umuman eksport amalga oshirilmagan.
III. Mahalliy budjet ijrosi va uning maqsadli sarflanishi
Viloyatning shahar va tumanlarida 2020-yil davomida mahalliy budjetga ayrim soliq turlari bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi ta’minlanmagan. Xususan, jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha reja Jarqo‘rg‘on tumanida 70 foizga, Qumqo‘rg‘on tumanida 85 foizga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha reja esa Qiziriq tumanida 55 foizga, Termiz shahrida 64 foizga, Boysun tumanida 80 foizga bajarilgan.
Viloyatda 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, soliq to‘lovchilarning budjet oldidagi mavjud boqimonda qarzdorligi 122,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 12,2 mlrd. so‘mga yoki qariyb 111 foizga o‘sgan.
Ushbu ko‘rsatkich Angor tumanida 4,7 barobar, Termiz shahrida 2,9 barobar, Sho‘rchi tumanida 2,1 barobar, Muzrabot tumanida 1,7 barobar, Termiz tumanida 1,6 barobar, Jarqo‘rg‘on va Qiziriq tumanlarida 1,2 barobar oshgan.
Viloyatda joriy yilning 1-yanvar holatiga yuridik shaxslarning budjet to‘lovlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan soliq summasi miqdori 5 mlrd. 973,8 mln. so‘mni tashkil etgan.
Qo‘shimcha mablag‘larning maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar ko‘rsatganidek, jami 4 mlrd. 224,2 mln. so‘mlik xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan, shuningdek 92,3 mln. so‘m mablag‘ davlat xaridlari to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinmagan holda sarflangan.
Budjet kodeksi talablariga zid ravishda budjetda saqlanishi ko‘zda tutilmagan tashkilotlarga mablag‘ ajratish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Xususan:
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020-yil 4-fevraldagi 20/VI-I-sonli qaroriga asosan 2020-yil boshiga erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan viloyat davlat soliq boshqarmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ta’mirlash ishlari uchun 160 mln. so‘m ajratilgan;
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020-yil 18-apreldagi 37/VI-4-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-chorak yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan Termiz harbiy prokuraturasiga yangi avtomashina xarid qilish uchun 121 mln. so‘m ajratilgan;
Qiziriq tuman davlat soliq inspeksiyasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun 90 mln. so‘m mablag‘ sarflangan;
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining 2020-yil 13-oktabrdagi 98/15-06-sonli qarori bilan daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan tuman davlat soliq inspeksiyasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun 67 mln. so‘m ajratilgan, xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lgan binoni ta’mirlash uchun 163,8 mln. so‘m mablag‘ sarflangan;
Denov, Sariosiyo, Uzun tuman hokimlarining tegishli farmoyishlari bilan 100 mln. so‘mdan jami 300 mln. so‘m mablag‘ viloyat futbol klubiga homiylik xarajatlari uchun sarflangan;
Muzrabot tuman davlat soliq inspeksiyasiga daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan xizmat avtomashinasi xarid qilish uchun 95,8 mln. so‘m mablag‘ sarflangan.
Shuningdek, Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashining 2020-yil 15-oktabrdagi 84/VI-XIX-sonli qaroriga asosan ajratilgan mablag‘lar hisobidan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda “ETIBORXON RAXIMOVA” xususiy korxonasi bilan tibbiyot birlashmasi o‘rtasida tuzilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomaga muvofiq, 2 ta holatda 67 dona tibbiy kislorod ballonlari birja savdolaridagi narxga nisbatan jami 92,3 mln. so‘m qimmat narxda xarid qilingan.
Viloyatning shahar va tumanlari budjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalarning kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish maqsadida “Ochiq budjet” portalida aholini xabardor qilish va ularning faol ishtirokini ta’minlash borasida yetarli ishlar olib borilmagan.
Xususan, 2019-yil 4-choragi yakunlariga ko‘ra tumanlar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan Oltinsoy tumanida 183,9 mln. so‘m, Muzrabot tumanida 106,2 mln. so‘m jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlarga yo‘naltirilishi yuzasidan “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirilgan e’lon bo‘yicha 614 ta taklif kelib tushgan bo‘lishiga qaramasdan, amalda eng ko‘p ovoz olgan tadbirlar uchun budjetdan umuman mablag‘ ajratilmagan.
Shuningdek, qo‘shimcha manbalar hisobidan jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlar uchun axborot portalida qayd etilgan mablag‘ning Sariosiyo tumanida 33 foizi, Sherobod tumanida 47,3 foizi, Termiz tumanida esa 54 foizi yo‘naltirilgan, xolos.
2020-yil 2-choragi yakunlariga ko‘ra, Muzrabot tumani bo‘yicha 144,8 mln. so‘m, Denov tumani bo‘yicha 332,7 mln. so‘m, Qiziriq tumani bo‘yicha 69,9 mln. so‘m, Termiz shahri bo‘yicha 166,7 mln. so‘m mablag‘ tegishli budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlarga yo‘naltirilishi yuzasidan e’lonlar axborot portaliga joylashtirilib, aholi tomonidan 984 ta taklif berilgan bo‘lsa-da, ushbu tadbirlar uchun tuman va shahar hokimlarining tegishli farmoyishlari qabul qilinmaganligi bois mablag‘ ajratilmagan.
2020-yil 3-choragi yakunlariga ko‘ra, Boysun tumanida 290 mln. so‘m, Sho‘rchi tumanida 130 mln. so‘m, Denov tumanida 95,5 mln. so‘m, Qiziriq tumanida 84,2 mln. so‘m, Muzrabot tumanida 19 mln. so‘m tuman budjetida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘ yo‘naltirishda “Ochiq budjet” axborot portalida bildirilgan jamoatchilik fikri inobatga olinmagan.
Oltinsoy va Angor tuman budjetlarida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlar uchun mos ravishda 26 foiz va 50 foizga kam mablag‘lar sarflangan.
Bundan tashqari, viloyat budjetining, tuman va shahar budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan 2020-yil 4-choragida xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar ro‘yxati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mahalliy hokimliklar tomonidan o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirilmagan.
IV. Uy-joy, kommunal soha, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti, transport infratuzilmasi
Viloyatning Muzrabot tumani “Obihayot” mahallasidagi 27 ta ko‘p kvartirali uy-joy o‘ta ta’mirtalab ahvolda, atrofida juda ko‘p noqonuniy qurilishlar mavjud, mazkur uylarda shirkat tuzilmaganligi bois ularni ta’mirlash va atrofini obodonlashtirish uchun mahalliy budjet hisobidan mablag‘ ajratilishi lozim.
Viloyatda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda viloyat hokimligi tomonidan “Ko‘p kvartirali uy-joy fondini ta’mirlash” jamg‘armasi tashkil etilgan bo‘lib, mahalliy budjet va qonunda taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtirish belgilab qo‘yilgan.
Mazkur jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2021-yilda viloyatdagi jami 30 ta ko‘p kvartirali uy-joyni ta’mirlash rejalashtirilgan, ammo ushbu maqsad uchun mahalliy budjet hisobidan yetarli mablag‘ ajratilmagan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan “Sharg‘un” nimstansiyasidan 10-sonli shaxta hududigacha 12,3 km. uzunlikdagi ikki zanjirli havo elektr liniyasini hamda shu hududda 110/6 kV.li nimstansiya qurish ishlari boshlanmagan.
Viloyatda elektr ta’minotini yaxshilash va iste’molchilarga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida “Sharg‘un” nimstansiyasini 2 ta 40 mVA, “Termiz” nimstansiyasini 2 ta 40 mVA, “Sulton Saodat” nimstansiyasini 2 ta 25 mVA kuch transformatorlari bilan ta’minlash talab etiladi.
Viloyatdagi uzoq yillardan buyon ekspluatatsiyada bo‘lgan past kuchlanishli 520,6 km. uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 182 dona transformator punkti jismonan va ma’nan eskirgan, xususan, Termiz shahridagi ko‘p yillardan buyon ekspluatatsiyada bo‘lgan 30 km. uzunlikdagi 6-10 kV.li kabel tarmoqlarini rekonstruksiya qilish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanmagan.
Termiz shahrining “Yulduz” mahallasidagi xonadonlarga tabiiy gaz temir yo‘l uzelini kesib o‘tuvchi d-102 mm.li yer osti o‘rta bosimli gaz quvuri orqali o‘tgan bo‘lib, kuz-qish mavsumida aholini tabiiy gaz ta’minoti bilan ta’minlash borasida bir qator muammolar yuzaga kelayotganligi bois “Hududgaz” Surxondaryo gaz ta’minoti filiali tomonidan ushbu gaz quvurini d-159 mm.li gaz quvuriga almashtirish talab etiladi.
Uzun tumanidagi ko‘mir ombori hududiga yotqizilgan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi balansidagi 950 metr temir yo‘l ta’mirtalab ahvolda bo‘lib, temir yo‘l vagonlarida keltirilgan ko‘mirning “Sariosiyo” stansiyasidan yuk mashinalarida tashilishi qo‘shimcha vaqt hamda xarajatni talab etmoqda.
Shu bois Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda “Sariosiyo” stansiyasidan Uzun ko‘mir omborigacha bo‘lgan 950 metr uzunlikdagi temir yo‘ldan samarali foydalanish (ta’mirlash, ijaraga berish, balansga o‘tkazish va hokazo) bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirish zarur.
2019-yilgi investitsiya dasturida Sariosiyo tumanidagi 8 ta obyektda 163,9 pm. ko‘prikni to‘la ta’mirlash ishlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda ko‘prik qurish ishlari deyarli tugallangan, ammo Moliya vazirligi tomonidan belgilangan limit doirasida talab etilayotgan 13,8 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilmaganligi hamda buyurtmachi “Surxondaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan ushbu hududdagi 6,3 km. avtomobil yo‘lida qurish va ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmaganligi sababli ushbu ko‘priklar foydalanishga topshirilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-aprel — 1-may kunlari viloyatga tashrifi davomida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga xalqaro ahamiyatdagi M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1444 — 1622 km. qismlarini rekonstruksiya qilish texnik-iqtisodiy asoslarining ishlab chiqilishini jadallashtirib, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritish hamda qurilish ishlarini 2020-yil fevral oyidan boshlash bo‘yicha vazifalar berilgan.
Ammo Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan obyektning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etilgan bo‘lishiga qaramasdan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etilmagan va qurilish ishlari boshlanmagan.
V. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy soha
Viloyatda jami 1 ming 125 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, bolalarning 41,5 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Ushbu ko‘rsatkich Bandixon tumanida 20,6 foizni, Denov tumanida 26,7 foizni, Qumqo‘rg‘on tumanida 31 foizni, Oltinsoy tumani 33,4 foizni tashkil etadi. Viloyatda 6 yoshli bolalarning 31,4 foizi maktabga tayyorlov bo‘yicha qamrab olinmagan.
2020-yilda viloyatdagi 29 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilgan, ammo ular jihozlar bilan ta’minlanmaganligi bois faoliyat ko‘rsatmayapti, natijada 3 ming 540 nafar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qamrovdan chetda qolmoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat hokimligi hamda tadbirkorlar o‘rtasida 2028-yilda tuzilgan uch tomonlama bitimga muvofiq, 2018 — 2020-yillarda quvvati 1 ming 440 o‘rinli 19 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, Moliya vazirligi tomonidan mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, “O‘zmilliybank” AJ Surxondaryo viloyati filiali tomonidan kredit mablag‘lari ajratilmagan.
2019-yil “Obod markaz” davlat dasturi asosida Muzrabot tumanidagi 3- va 11-sonli, “Obod qishloq” dasturi asosida Qiziriq tumanidagi 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’mirlash ishlari boshlangan bo‘lsa-da, bugungi kungacha yakuniga yetkazilmagan. Shuningdek, viloyatdagi 17 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’mirga muhtoj ahvolda, 17 ta muassasani zarur jihozlar bilan ta’minlash zarur.
2019-2020 o‘quv yilida viloyatdagi 907 ta maktabni bitirgan 38 ming 447 nafar o‘quvchining 12,9 foizi oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan bo‘lsa, 45 ta maktabning birorta ham bitiruvchisi oliy ta’lim muassasasiga kira olmagan.
Viloyatdagi 55 ta maktab koeffitsiyenti 2 dan oshib ketgan, 95 ta maktab bugungi kunda mukammal ta’mirga muhtoj, 320 ta maktabda sport zali mavjud emas, 266 ta maktabning atrofi to‘liq o‘ralmagan, 254 ta maktabda ichimlik suvi tashib keltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatga tashriflari hamda qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlariga kiritilgan maktablardan 11 tasi 2021-yilgi investitsiya dasturiga kiritilmagan.
Viloyatdagi maktablarda bugungi kunda jami 551 nafar pedagog kadrga ehtiyoj mavjud, xususan, ingliz tili (115 nafar), matematika (49 nafar), informatika (46 nafar), geografiya (36 nafar) fanlari bo‘yicha oliy ma’lumotli pedagoglar yetishmaydi.
Bugungi kunda viloyatdagi jami 6 ta oliy ta’lim muassasasida 35 ming 885 nafar talaba tahsil olayotgan bo‘lib, ulardan 10 ming 210 nafarining (28,4 foiz) yotoqxonaga ehtiyoji bor.
Viloyatda vrachlarga ajratilgan 7 ming 602,5 ta shtat birligidan ayni damda 3 ming 612 tasi, ya’ni 47,5 foizi vakant bo‘lib turibdi.
2020-yil 1-choragida Termiz tumanida 100 o‘rinli Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi tashkil etilgan bo‘lib, loyiha-smeta hujjatlarida markazni tibbiy va reabilitatsion uskunalar bilan jihozlash nazarda tutilmaganligi bois shu kunga qadar reabilitatsiya tadbirlari amalga oshirilmayapti. Natijada har yili 800 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab, reabilitatsiya tadbirlarini olish uchun boshqa hududlarga borishga majbur bo‘lmoqda.
Denov tumanidagi erkaklar uchun hamda Sariosiyo tumanidagi ayollar uchun mo‘ljallangan “Muruvvat uylari”da yashayotgan nogironlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida ushbu muassasalarni fizioterapiya apparatlari bilan ta’minlash lozim.
Viloyatdagi 41 ta madaniyat markazidan 15 tasining binosi mavjud emas yoki avariya holatida, 10 ta markaz binosi rekonstruksiyaga, 16 tasi kapital va mukammal ta’mirga muhtoj ahvolda.
2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, viloyatda “temir daftar”ga kiritilgan 52 ming 496 ta ehtiyojmand oilada 53 ming 535 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar bor, 15-fevral holatiga “temir daftar”dagi 53 ming 516 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, ularning 57,4 foizi o‘zini o‘zi band qilish orqali, 33,1 foizi esa vaqtincha ish bilan ta’minlangan, bor-yo‘g‘i 9,5 foizigina doimiy ish bilan ta’minlangan.
Jamoat ishlari, ishiga qayta joylashtirish, sanoat, agrosanoat, qurilish loyihalarida ish bilan ta’minlanganligi uchun “temir daftar”dan chiqarilgan 14 ming 784 nafar fuqaroning ro‘yxati Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasidagi korxonalarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobotlari asosida tahlil qilinganda 966 nafar fuqaro (6,5 foiz) ish bilan ta’minlanmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, 885 nafar fuqaroning ishga joylashtirilganligi bois “temir daftar”dan chiqarilganligi qayd etilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda ushbu fuqarolar ishsiz hamda daromad manbaiga ega emas.
2020-yil dekabr holatiga ish bilan ta’minlangan 307 nafar fuqaroning ish haqi miqdori eng kam ish haqi miqdoridan ham kamligi (624 ming 888 so‘m) aniqlangan.
Viloyatdagi jami 721 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 180 tasi o‘z binosiga ega emas, 77 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binosi esa kapital ta’mirga muhtoj ahvolda. 2020-yilda qurilishi rejalashtirilgan 80 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binosidan 21 tasi foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, qolgan 59 tasi, ya’ni 74 foizi bo‘yicha hech qanday ish qilinmagan.
VI. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etib borish borasidagi ishlar talab darajasida emas. Xususan, 2021-yilning 15-fevraliga qadar:
bandligi ta’minlanmagan 5 ming 823 nafar ayollardan 7,5 foizi ishga joylashtirilgan;
uy-joyi ta’mirga muhtoj 1-guruh nogironi bo‘lgan 324 nafar ayoldan bor-yo‘g‘i 3 foizining uy-joyini ta’mirlashga ko‘maklashilgan;
boquvchisini yo‘qotgan 2 ming 775 nafar ehtiyojmand ayolni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha atigi 4 foiziga amaliy yordam ko‘rsatilgan;
tibbiy xizmatga muhtoj 3 ming 475 nafar ehtiyojmand ayolning 4,5 foiziga tibbiy yordam berilgan;
huquqiy yordamga ehtiyoji bo‘lgan 722 nafar ayolning 14 foiziga soha mutaxassislari jalb etilgan holda huquqiy yordam ko‘rsatilgan;
psixologik maslahatga muhtoj 510 nafar ayolning bor-yo‘g‘i 8,5 foiziga psixologik yordam berilgan.
Shuningdek, viloyatda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularga tibbiy va psixologik xizmat ko‘rsatish borasida ham bir qator muammolar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Xususan:
ishsiz ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kreditlar ajratish sohasida Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi tumanlarida;
boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sherobod tumanlarida;
ijtimoiy yordamga muhtoj II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish sohasida Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on tumanlarida;
uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish yuzasidan Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Oltinsoy, Termiz, Uzun tumanlarida;
noturar joylarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish sohasida Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi tumanlarida;
qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida Angor, Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Termiz, Uzun, Sherobod tumanlarida;
tibbiy xizmatga hamda psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish sohasida Sherobod tumanida amaliy ishlar boshlanmagan.
VII. Huquqbuzarliklarning oldini olish, sud-huquq, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari
Viloyatda 2020-yil davomida jami 3 ming 176 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019-yilga nisbatan qariyb 40 foizga oshgan, xususan, o‘ta og‘ir va og‘ir turdagi jinoyatlar soni 72 — 77 foizga ko‘paygan.
Har bir mahalla fuqarolar yig‘inida oila, xotin qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimi joriy etilgan bo‘lishiga qaramasdan viloyatda ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 24,5 foizga oshgan, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 14 foizga, yoshlar jinoyati 25,6 foizga ortgan.
Viloyatda o‘z joniga qasd va suiqasd qilish bilan bog‘liq 205 ta holat qayd etilgan, shundan 45 ta suiqasd, 160 ta holatda shaxslar o‘z joniga qasd qilishi natijasida voqea joyida vafot etgan.
O‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlari Denov va Jarqo‘rg‘on tumanlarida 22 tadan, Sherobod tumanida 20 ta, Muzrabot va Termiz tumanlarida 16 tadan, Qiziriq tumanida 15 ta sodir bo‘lgan.
Viloyatdagi 721 ta mahalladan 142 tasida yoki 19,7 foizida jinoyatlar oshishiga yo‘l qo‘yilgan. Qayd etilgan jinoyatlarning 1 ming 280 tasi oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlardan iboratdir.
Viloyatda jami 61 ta jinoyat ishi bo‘yicha 101 nafar shaxs tomonidan korrupsiyaga oid, xususan, 3 nafar viloyat miqyosidagi va 98 nafar tuman (shahar) miqyosidagi mansabdor shaxslar tomonidan jinoiy qilmishlar sodir etilgan. Jinoyat sodir etgan shaxslarning 39 nafari xalq ta’limi, 10 nafari sog‘liqni saqlash, 6 nafari ichki ishlar, 6 nafari bank tizimi xodimlaridir.
Ushbu davrda viloyat bo‘yicha tergov qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan davlat, jamoat va fuqarolarga yetkazilgan jami 15 mlrd. so‘mlikdan ortiq zarar aniqlanib, ularning 80,4 foizi tergov jarayonida undirilgan.
Viloyat xalq ta’limi tizimidagi 271 nafar hisobchining 130 nafari (48 foizi) oliy ma’lumotga ega emas. Muqaddam o‘zlashtirish yoki rastrata bilan bog‘liq jinoyat sodir etib sudlangan bo‘lsa-da, ish beruvchilar tomonidan ushbu holatlarga ko‘z yumib ishdan bo‘shatmaslik, ishga qabul qilish yoki muqaddam sudlanganligini bila turib, keyinchalik jinoyat sodir etishning oldini olish choralari ko‘rilmasdan qolmoqda.
Chunonchi, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Uzun, Termiz, Sariosiyo tuman xalq ta’limi bo‘limlarida 21 nafar hisobchi muqaddam o‘zlashtirish va rastrata jinoyati uchun sudlangan shaxslarni tashkil etadi.
Viloyatda koronavirusga qarshi kurashish uchun mahalliy budjetdan va Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘lar va gumanitar yordamlarning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan 48 tashkilotda o‘tkazilgan tekshirishlarda jami 2 ming 861 holatda 9 mlrd. 537,3 mln. so‘m mablag‘ ortiqcha sarflanishiga va turli moliyaviy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, xususan:
viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda ularning tizimlaridagi 51 ta muassasada o‘tkazilgan tekshirishlarda 47 ta muassasada jami 2 ming 784 holatda 8 mlrd. 411,9 mln. so‘m;
viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmasiga asosan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini shaharsozlik normalari va qoidalariga mosligi, shuningdek qurilish-ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 77 holatda jami 1 trln. 125,3 mln. so‘m.
VIII. Aholi murojaatlari bilan ishlash
2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, viloyat hokimligiga kelib tushgan 23 ming 269 ta murojaatdan 59 foizi qanoatlantirilgan. Murojaatlarning Denov tumanida 33,2 foizi, Termiz tumanida 38,6 foizi, Jarqo‘rg‘on tumanida 41,1 foizi qanoatlantirilgan.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 10,6 foizi ijobiy yechimini topgan, xolos. Xususan, ushbu ko‘rsatkich Termiz shahrida 5,8 foizni, Sho‘rchi tumanida 6 foizni, Boysun tumanida 7,3 foizni tashkil etgan.
Tahlillar natijasida viloyat hokimligiga kelib tushgan murojaatlar soni bo‘yicha respublikada 3-o‘rinda, murojaatlarni qanoatlantirish bo‘yicha 7-o‘rinda, murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi bo‘yicha esa 10-o‘rinda.
Hududdagi dolzarb muammolar va ularning yechimi yuzasidan ko‘rilgan choralar kutilgan natijani bermaganligi sababli bir qator sohalarda murojaatlarni yo‘llash yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Aholi murojaatlarida asosan uy-joy bilan ta’minlash (4 ming 325 ta), yer maydoni ajratish yoki asossiz olib qo‘yish (2 ming 638 ta), aholi uy-joylarini ta’mirlash (1 ming 916 ta), ichki yo‘llarni ta’mirlash va qurish (1 ming 879), moddiy yordam (940 ta), yer maydonini o‘zboshimcha egallab olish, noqonuniy qurilish (710), mahalliy hokimiyat xodimlarining xatti-harakatlari (487 ta), oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish markazidan kredit uchun tavsiyanoma olish (392 ta), uy-joy (ipoteka) krediti (309 ta), buzilgan uy-joy (bino) o‘rniga kompensatsiya to‘lovi (285 ta), ichimlik suvi ta’minoti (264 ta) bo‘yicha muammolar yo‘llangan bo‘lib, ushbu masalalar ikki yil davomida o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Viloyat hokimligiga Virtual va Xalq qabulxonalari orqali yo‘naltirilgan 282 ta murojaatning qonun bilan belgilangan ijro muddatlari buzilgan, hatto, ayrim murojaatlar 7 oygacha kechiktirilgan holda ko‘rib chiqilgan. | 87 | 54,601 |
Qonunchilik | Biznesmenlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun innovatsion loyihalarni amalga oshirishi mumkin | Vazirlar Mahkamasining 11.06.2019 yildagi “Maktabgacha ta’lim tizimiga ilgʻor aхborot va pedagogika teхnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 487-son qarori qabul qilindi.
Aхborot va pedagogika teхnologiyalari innovatsion markazi (keyingi oʻrinlarda - Innovatsion markaz) davlat muassasasidan MChJga oʻzgartirildi, Maktabgacha ta’lim vazirligi uning muassisi etib belgilandi.
Quyidagilar uning vazifalari etib belgilandi:
Innovatsion markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa yuridik shaхslar tashkil etish, faoliyat yuritayotgan хoʻjalik jamiyatlari, shu jumladan хorijiy kapital ishtirokidagi qoʻshma korхonalar ustav kapitalida (ustav fondida) ulush (aksiyalar) sotib olish huquqiga ega.
Uning faoliyati:
2022 yil 1 yanvarga qadar Innovatsion markaz barcha soliqlardan ozod etildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Konstantin Mosin. | 96 | 945 |
Qonunchilik | AYoLLAR VA O‘SIB KELAYOTGAN AVLOD SOG‘LIG‘INI MUSTAHKAMLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, oila manfaatlarini ta’minlash, ayollar mavqeyini oshirish, sog‘lom avlodni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan umumdavlat chora-tadbirlari respublikadagi ijtimoiy-demografik vaziyatni sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. Oila instituti mustahkamlanmoqda, chaqaloqlar o‘limi kamaymoqda, tug‘ruq yoshining tarkibi yaxshilanmoqda, aholining uzoq umr ko‘rishi darajasi o‘smoqda.
Shu bilan birga, respublika mintaqalari bo‘yicha aholining reproduktiv salomatligi ko‘rsatkichlarining tahlili ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hali yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlari, Bandixon, Baxmal, Chiroqchi, Qo‘shrabot tumanlari va boshqa tumanlar aholisining reproduktiv sog‘lig‘i ko‘rsatkichlari respublika o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ko‘proq orqada qolmoqda.
Oilalarning tibbiy madaniyati darajasini yanada oshirish, ayollarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va ularni tarbiyalash uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat sport qo‘mitasi, Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi va boshqa tuzilmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va ularni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning maqsadli dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga taqdim etsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
ayniqsa qishloq joylardagi tibbiyot muassasalari, tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalarining qizlarga, ayollarga va yosh oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish masalalarida ayollarga tibbiy maslahatlar berish bo‘yicha ishlarini kuchaytirsin;
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, xayriya jamg‘armalari va Hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ayollarning reproduktiv sog‘lig‘ini yaxshilash bo‘yicha aholini zarur zamonaviy tibbiyot preparatlari va vositalari bilan ta’minlash yuzasidan 2-ilovaga muvofiq muruvvat va homiylik yordamlarini jalb etish ishlarini faollashtirsin;
ushbu vositalar va ularni qo‘llash bo‘yicha kompleks maslahat xizmatlari tegishli tibbiyot muassasalari orqali hamda turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlari berilishi, hisobga olinishi hamda ulardan foydalanilishini nazorat qilishning amaldagi tartibiga muvofiq bepul asosda berilishini tashkil etsin;
ayniqsa tug‘ilish, onalar va chaqaloqlar o‘limi darajasi yuqori bo‘lgan tumanlarda akusher-ginekolog kadrlar tarkibini mustahkamlasin, ularni zarur tibbiy asbob-anjomlar, zamonaviy preparatlar va vositalar bilan ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda akusher-ginekolog vrachlar malakasini, shu jumladan respublikaning yetakchi klinikalarida va chet ellarda tajriba orttirish asosida uzluksiz oshirish, tibbiyot xodimlarining axborot manbalaridan, shu jumladan “Internet”dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishning maxsus dasturini qabul qilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, ayollarning reproduktiv sog‘lig‘ini yaxshilash uchun vositalar va preparatlar Davlat budjetida sog‘liqni saqlash muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan har yilgi mablag‘lar doirasida ushbu maqsadlarga maxsus ajratilgan mablag‘lar, shuningdek 2-ilovaga muvofiq hajmlarda Hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro tashkilotlar grantlari hisobiga sotib olinadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning joylardagi hududiy organlari tomonidan davolash, profilaktika va konsultatsiya muassasalari o‘rtasida taqsimlanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qizlarning balog‘atga to‘lmagan yoshda nikohdan o‘tishini istisno etuvchi zarur takliflar kiritsinlar, keyinchalik takliflar Oliy Majlisga kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2002-2003-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari o‘quvchilarining hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitishning 2-3 yillari o‘quv dasturlariga sog‘lom oila va nikoh, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalash masalalari bo‘yicha mutaxassis tibbiy xodimlar tomonidan o‘tkaziladigan maxsus fakultativ darslar kiritsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari ushbu qarorda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarning roli va ahamiyati keng tushuntirilishini ta’minlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 105 | 5,613 |
Qonunchilik | Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar munosabati bilan sud amaliyotida vujudga kelayotgan masalalar hamda qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asoslanib O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi normalariga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratilsin.
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudga (bundan buyon matnda sud deb yuritiladi) taalluqli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ro‘yxati MJtK 245-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan.
Shuni nazarda tutish lozimki, MJtK 245-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga asosan, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga quyidagi ishlar ham taalluqli:
huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etganda, har qanday ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi;
sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risidagi;
huquqbuzarga nisbatan MJtK Maxsus qismi moddasining sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi;
yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq ravishda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar mansabdor shaxslari va (yoki) ularning xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq ravishda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi, bundan MJtK 60-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 601, 65, 68, 681, 99 (qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida) va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
bir nechta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi, agar ulardan loaqal bittasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lsa;
qonun moddasi sanksiyasida jazo sifatida maxsus huquqdan mahrum etish, ashyolarni musodara qilish yoki haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazosi nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi.
3. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida sudya MJtK 303-moddasiga muvofiq quyidagi masalalarni hal etadi:
1) mazkur ishni ko‘rib chiqish sudning vakolatiga kirish-kirmasligi;
2) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligi;
3) ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslar uni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi;
4) ish bo‘yicha qo‘shimcha materiallarni talab qilish zaruriyati mavjudligi;
5) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari hamda advokatning ish bo‘yicha iltimosnomalari mavjudligi.
Ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida sudya ishni to‘g‘ri hal etilishi uchun zarur bo‘lgan boshqa masalalarni ham hal etishi mumkin.
4. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash chog‘ida quyidagilar aniqlansa, sudya ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs)ga ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi, agar:
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish sudga taalluqli bo‘lmasa;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan organ (mansabdor shaxs) MJtK 281, 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilganligi aniqlansa.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni qaytarish haqidagi ajrimda qonunning qanday talablari buzilganligi ko‘rsatilishi lozim.
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni qaytarish haqidagi ajrimi ustidan shikoyat (protest) keltirilishi mumkin.
5. Qonunga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ushbu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda ko‘rib chiqiladi. Shuni nazarda tutish lozimki, MJtK 304-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar transport vositalari ro‘yxatga olingan joyda, MJtK 187-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar esa, shunday huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki huquqbuzarning istiqomat joyida ko‘rib chiqiladi.
6. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. Biroq alohida toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun qonunda qisqartirilgan muddatlar nazarda tutilgan “(MJtK 305-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 3134-moddasining birinchi qismi).
7. Sudlarga tushuntirilsinki, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qaror mazmuni, shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar MJtK 281, 282-moddalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Sud ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qarorni, agar bayonnoma yoki qaror vakolati bo‘lmagan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan yoki chiqarilgan, shuningdek, agar unda quyidagilar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uni tuzgan organ yoki mansabdor shaxsga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytaradi:
bayonnoma tuzilgan vaqt va joy, uni tuzgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, mansabi;
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joy hamda uning mohiyati;
huquqbuzarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat;
shaxs ilgari ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqida ma’lumotlar;
jabrlanuvchilar va guvohlarning familiyasi, yashash manzili (agarda ular bo‘lsa), huquqbuzarning tushuntirishlari, ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
Sud ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qarorni, quyidagi hollarda ham qaytaradi, agar:
javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishtirilmagan bo‘lsa;
javobgarlikka tortilayotgan shaxsga bayonnoma yoki qaror nusxasi topshirilmagan bo‘lsa;
javobgarlikka tortilayotgan shaxsga MJtK 294-moddasida nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan bo‘lsa.
Mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishga sarflangan muddat MJtK 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning o‘tishini to‘xtatmaydi.
8. Sud ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning MJtK 294-moddasida nazarda tutilgan huquqlarini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Jumladan, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o‘z iltimosini bayon etishga;
advokatning yuridik yordamidan foydalanishga;
ishni ko‘rib chiqishda qatnashishga, o‘z ona tilida so‘zlashga yoki tarjimon xizmatidan foydalanishga;
qaror ustidan shikoyat berishga.
Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs o‘zining aybsizligini isbotlashga majbur emas.
Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs huquqlarining buzilishi ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
9. Tushuntirilsinki, qonunga ko‘ra (MJtK 13-moddasi) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan paytda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan choralar qo‘llaniladi.
Voyaga yetmagan ma’muriy huquqbuzarga nisbatan materiallarni voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaga yuborish masalasini hal etishda shuni nazarda tutish lozimki, ichki ishlar organi xodimining yoki Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik huquqbuzarligi haqidagi ishlar ushbu komissiyaga berilishi mumkin emas (MJtK 14-moddasining ikkinchi qismi).
10. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi har bir ishni ko‘rib chiqishda sud quyidagilarni aniqlashi shart:
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini;
huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni;
huquqbuzarlik sodir etishda ushbu shaxsning aybdor-aybdor emasligini;
qonunga ko‘ra shaxs mazkur huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilish-tortilmasligini;
javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar bor-yo‘qligini;
huquqbuzarlik oqibatida mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligi;
ishni to‘g‘ri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni.
Sudlarga tushuntirilsinki, dalillarga, shu jumladan, ishda qatnashuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan foto, audio va video yozuvlarga, shuningdek, internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlarga baho berish uchun tegishli mutaxassis jalb qilinishi mumkin.
Sudlar dalillarga baho berishda MJtK 276, 277-moddalari talablariga rioya etishlari lozim.
11. Sud ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda ishni to‘g‘ri hal etishda ahamiyatga molik bo‘lgan, MJtK 307-moddasida nazarda tutilgan barcha holatlarni aniqlashi zarur.
Huquqbuzarlik fakti haqidagi va uni sodir etishda shaxsning aybdorligi masalasini aniqlashda, sud nafaqat taqdim etilgan materiallarni tekshirishi, balki, zarurat bo‘lganda, qo‘shimcha dalillarni talab qilishi, xususan, huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan mansabdor shaxsni, jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilishi, ekspertiza tayinlashi va boshqa harakatlarni amalga oshirishi shart.
12. Ishni obyektiv va xolisona hal etish maqsadida u ma’muriy huquqbuzarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokida ko‘rib chiqilishi lozim. Ish mazkur shaxsning ishtirokisiz faqat u sud majlisi joyi va vaqti haqida o‘z vaqtida xabar qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan, va undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish to‘g‘risida iltimos tushmagan yoki u tomonidan ishni uning ishtirokisiz ko‘rishga rozilik berilgan hollarda ko‘rib chiqilishi mumkin.
Agar sodir etilgan huquqbuzarlik uchun MJtK muayyan moddasi sanksiyasida ma’muriy qamoqqa olish, ashyolarni musodara qilish yoki haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish choralarini qo‘llash nazarda tutilgan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtiroki majburiydir (MJtK 294-moddasining uchinchi qismi).
13. Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun maxsus bilimlarga zarurat tug‘ilgan hollarda sud ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha tegishli ekspertiza tayinlash yoki ishda ishtirok etish uchun mutaxassisni jalb qilish haqida ajrim chiqaradi.
Ekspertiza tayinlash yoki ishda ishtirok etish uchun mutaxassisni jalb qilish haqidagi ajrimda ekspertiza tayinlash yoki mutaxassisni jalb etish asoslari, ekspertiza o‘tkaziladigan yoki mutaxassis taklif qilinayotgan muassasaning nomi, ekspert yoki mutaxassis oldiga qo‘yilgan savollar hamda uning ixtiyoriga taqdim etilayotgan materiallar ko‘rsatiladi.
Zarur hollarda ekspertiza va tadqiqot ekspert va mutaxassis tomonidan bevosita ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud majlisida o‘tkazilishi mumkin.
14. Sudlarga tushuntirilsinki, MJtK 17-1-moddasiga asosan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasi egasi (mulkdori), basharti u yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa — ushbu transport vositasini foydalanishiga mas’ul shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror ustidan keltirilgan shikoyatni ko‘rib chiqishda qoidabuzarlik qayd etilgan paytda transport vositasini uning egasi (mulkdori) emas, balki boshqa shaxs boshqarganligi yoki mazkur transport vositasi uning egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, bunday hollarda transport vositasi egasi (mulkdori) MJtK 271-moddasining 1-bandiga asosan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday hollarda, zarur hujjatlar tegishli shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun yo‘l harakati xavfsizligi organlariga yuborilishi shart.
Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari deganda, maxsus texnika vositalar, shu jumladan foto va video yozuv funksiyasiga ega, avtomatik rejimda ishlaydigan va yo‘l harakati xavfsizligi boshqaruvi kompyuterlashtirilgan tizimining tarkibiy qismi hisoblanadigan foto radarlar tushuniladi.
15. Ish bo‘yicha MJtK 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, sud ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritishni tugatish to‘g‘risida qaror chiqarishi lozim.
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, MJtK 271-moddasining 11-bandiga asosan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlik oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan yoki yetkazilgan moddiy zarar o‘rnini qoplagan hollarda, ish yuritish tugatilishi lozim, fuqarolar hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan hollar bundan mustasno.
16. Sudlarga tushuntirilsinki, huquqbuzarlik kam ahamiyatliligi sababli shaxsning ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi (MJtK 21-moddasi) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritishni istisno etuvchi holat hisoblanmaydi. Sud bunday qarorga faqat ish mazmunan ko‘rib chiqilgandan va shaxs huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgandan so‘ng kelishi mumkin.
MJtKda kam ahamiyatli huquqbuzarlik tushunchasi ochib berilmaganligi tufayli, sodir etilgan huquqbuzarlikni bunday deb topish masalasi sud tomonidan ishning muayyan holatlari, huquqbuzarlikning xususiyati, shu jumladan, MJtK bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jiddiy tarzda buzilgan-buzilmaganligidan, aybdorning shaxsi, huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy yoki qoplangan ma’naviy zarar miqdoridan kelib chiqqan holda hal etilishi lozim;
Ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarning obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlar MJtK bilan qo‘riqlanadigan jamoat munosabatlarini jiddiy buzishini inobatga olib, bunday huquqbuzarliklar hech bir holda ham kam ahamiyatli deb topilishi mumkin emas. Bunday huquqbuzarliklarga, jumladan, MJtK 54-moddasi ikkinchi qismi, 99, 131-moddalari, 135-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari, 136-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar kiradi;
Ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni undirish (ma’naviy zararni qoplash) masalasi fuqarolik sud ishini yuritish tartibida hal etiladi.
17. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda shaxsning harakatlari noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinganligini aniqlansa, sud ushbu harakatlarni MJtK tegishli, shu jumladan, og‘irroq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasiga qayta kvalifikatsiya qilishga haqli.
Sud huquqbuzarlik holatida shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, sud MJtK 278-moddasiga muvofiq materiallarni prokurorga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
18. MJtK 36-moddasiga asosan ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, u aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirilmasdan qo‘llanilishi mumkin. Jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo‘lib, ammo huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlanganidan bir yil o‘tmagan holda ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmasdan qo‘llanilishi mumkin.
MJtK 36-moddasining uchinchi qismiga muvofiq mazkur muddatlar ashyolarni bojxonaga doir qonun hujjatlari asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
19. Shuni nazarda tutish lozimki, sud MJtK 31-moddasida nazarda tutilmagan holatlarni ham yengillashtiruvchi holatlar deb topishga haqli.
MJtK 32-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarning ro‘yxati qat’iy belgilangan bo‘lsa-da, biroq sud ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur holatlardan har qaysisini, qarorda buni asoslantirgan holda, og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.
20. Sudlarga tushuntirilsinki:
qonun sanksiyada nazarda tutilganidan yengilroq ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganda qarorning xulosa qismida faqat MJtK 33-moddasini qo‘llagan holda tayinlangan jazo turi va miqdori ko‘rsatilishi lozim bo‘lib, yengilroq jazo tayinlanishi sabablari (masalan, ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi, shuningdek, huquqbuzarning og‘ir moddiy ahvoldaligidan dalolat beruvchi holatlar) qarorning bayon qismida ko‘rsatiladi;
bir necha huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganda MJtK 33-moddasi huquqbuzarliklar majmui uchun emas, balki alohida huquqbuzarlik uchun qo‘llaniladi.
MJtK 33-moddasini qo‘llashda, sud qonun sanksiyasida nazarda tutilgan qo‘shimcha jazoni qo‘llamaslikka haqli bo‘lib, bu qarorining bayon qismida asoslantirilishi lozim.
21. Sudlarga tushuntirilsinki, sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo tizimi MJtK 23-modasida belgilangan.
Shuni nazarda tutish lozimki, ma’muriy jazolarning bir-biriga nisbatan og‘irligi darajasi MJtK 23-moddasining birinchi qismida belgilangan ketma-ketlik asosida belgilanadi.
22. Sud muayyan ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo chorasi va turini belgilashda ma’muriy jazo qo‘llanilishining umumiy qoidalariga amal qilishi lozim, unga binoan jazoni qo‘llash chog‘ida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi (MJtK 30-moddasi).
23. MJtK 24-moddasiga muvofiq ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish, musodara qilish va maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin.
24. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qamoqqa olish tariqasidagi ma’muriy jazo qo‘llanilishiga alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Ma’muriy qamoqqa olish muddati huquqbuzar bayonnomani tuzish uchun olib kelingan yoki u ma’muriy ushlab turilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
MJtK 29-moddasining ikkinchi qismiga asosan ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, shuningdek birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
25. Tushuntirilsinki, ma’muriy tarzda chiqarib yuborish turidagi ma’muriy jazo chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan faqat MJtK 29-1-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qo‘llaniladi.
26. Sudlar immunitetga ega bo‘lgan shaxslarni javobgarlik masalasini hal etishda chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik tashkilotlarining xodimlariga, shuningdek ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi yo‘riqnomaga amal qilishi zarur (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2012-yil 13-fevraldagi 7, 5, 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 13-martda 2338-son bilan ro‘yxatga olingan).
27. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan qaror MJtK 309-moddasida belgilangan talablarga javob berishi va ishni ko‘rib chiqish yakunlanganidan so‘ng zudlik bilan e’lon qilinishi lozim.
Sud ma’muriy jazoni qo‘llash bilan bir vaqtda aybdor shaxs tomonidan moddiy zararni undirish masalasini hal etishi lozim.
Agar sud ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zarar miqdori to‘g‘risidagi masalani to‘g‘ri hal etish uchun asoslar yetarli emasligi haqida xulosaga kelsa, manfaatdor shaxslarga ushbu masalalarni fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etish tushuntiriladi.
28. Sudlarga fuqarolarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sud hujjatini e’lon qilgandan so‘ng sud hujjatining mazmunini va uni qabul qilishga asoslarini tushuntirish tavsiya etilsin.
29. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, MJtK 313-moddasiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlar aniqlanganda sud ularni bartaraf qilish yuzasidan huquqbuzarning o‘quv, ish yoki yashash joyiga taqdimnoma kiritishi lozim.
30. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar:
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni to‘g‘ri va muddatida ko‘rib chiqilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sudlar tomonidan ma’muriy jazo choralarini tayinlashga doir qonun normalarining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlasin;
quyi sudlarga amaliy yordam ko‘rsatib, mazkur toifaga oid ishlar, shu jumladan, ma’muriy jazo choralarini tayinlash bo‘yicha sud amaliyotini muntazam umumlashtirib borsin va yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rsin.
31. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 143 | 22,145 |
Qonunchilik | O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Vatanimizning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, yosh avlodni ona-yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga fan asoslarini hamda zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatishdagi jonkuyarligi, ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin: | 146 | 442 |
Qonunchilik | “BUXOROTEKS” AKSIONERLIK JAMIYATI UChUN TO‘QIMAChILIK USKUNALARINI XARID QILISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini kengaytirish, yuqori sifatli kalava ip ishlab chiqarishni ko‘paytirish va Shveysariya Konfederatsiyasi bilan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasiga qarashli “Buxoroteks” aksionerlik jamiyati bilan “Mashiniyenfabrik Riter AG” firmasi (Shveysariya) o‘rtasida uskunalarni montaj qilish va ishga tushirishni 0997 yil aprel oyida tamomlash sharti bilan 54/1-kardg‘altak ip ishlab chiqaruvchi uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishga qiymati 5.04 mln Shveysariya franki bo‘lgan kontrakt tuzilganligi ma’lumot o‘rnida qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
kontrakt qiymatining 85 foizi — Shveysariya Birlashgan Banki (YuBS) krediti asosida;
kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans to‘lovi — “Buxoroteks” aksionerlik jamiyatining o‘z mablag‘lari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Chet el valyutasidagi kreditlarni va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash 5 yil davomida “Buxoroteks” aksionerlik jamiyatining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
bir hafta muddatda Shveysariya Birlashgan Banki (YuBS) bilan Yakka tartibdagi kredit bitimini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin;
“Buxoroteks” aksionerlik jamiyati tomonidan olinadigan kredit resurslarini o‘z vaqtida mablag‘ bilan qayta ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga “Buxoroteks” aksionerlik jamiyati bilan “Mashiniyenfabrik Riter AG” firmasi (Shveysariya) o‘rtasida uskunalar yetkazib berish va montaj qilishga tuzilgan kontrakt bo‘yicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berish vakolati berilsin.
5. Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi bojxona hujjatlari o‘z vaqtida (uch kundan ko‘p emas) rasmiylashtirilishini hamda ushbu kontrakt bo‘yicha “Buxoroteks” aksionerlik jamiyati uchun keltirilayotgan asbob-uskunalar va moddiy resurslar belgilangan joyga to‘siqsiz yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. 3. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 91 | 2,272 |
Qonunchilik | BARChA TURDAGI RADIOELEKTRON VOSITALAR VA YuQORI ChASTOTALI QURILMALARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QAYTA IShLASh (ZAMONAVIYLAShTIRISh), IShLAB ChIQARISh VA ChET ELDAN OLIB KIRISh UChUN RADIOChASTOTA POLOSALARI (NOMINALLAR) AJRATISh TARTIBI TO‘G‘RISI | O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 16-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1998-y., 7-son, 26-modda) hamda 2004-yil 7-maydagi 215-son “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 19-son, 220-modda) muvofiq, buyuraman:
1. Barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasida qayta ishlash (zamonaviylashtirish), ishlab chiqarish va chet eldan olib kirish uchun radiochastota polosalari (nominallar) ajratish tartibi to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1399, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, 378-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 250 | 1,346 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022-yildagi “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda tadbirkorlikni, ayniqsa kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ularning faoliyatida kelib chiqayotgan muammo va to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilmoqda.
Natijada o‘tgan bir yilda 55 mingdan ortiq biznes uchun mo‘ljallangan binolar barpo etildi, pul aylanmasini 1 million dollardan oshirgan tadbirkorlar soni 5 mingtaga ko‘payib, 26 mingtani tashkil etdi, eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga yetib, jami eksport hajmi 30 foizga ko‘paydi.
Joriy yilning 22-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti” doirasida tadbirkorlardan kelib tushgan 12 mingdan ortiq murojaatda ko‘tarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda “ochiq muloqot”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida:
1. Quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli ishlash;
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratish;
tadbirkorlar uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor yaratish;
mulk huquqini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, mol-mulkni haqiqiy bozor aktiviga aylantirish;
tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortishni erkinlashtirish;
tadbirkorlar bilan uchrashuvda bildirilgan tashabbuslar ijrosini tashkil etish hamda “ochiq muloqot” natijalarini keng targ‘ib qilish.
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi, tadbirkorlik subyektlari, ilmiy doiralar va keng jamoatchilikning 2-ilovaga muvofiq tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashini (keyingi o‘rinlarda — Jamoatchilik kengashi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot”da bildirilgan taklif va tashabbuslarning vazirlik va idoralar tomonidan samarali va o‘z vaqtida ijro qilinishi holati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, ilmiy doiralar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash;
tadbirkorlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazish;
tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda vakolatli davlat organlariga taqdim etish;
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va iqtisodiy ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashish.
4. Bosh vazir o‘rinbosarlari J. Xodjayev va J. Qo‘chqorov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishga nufuzli xalqaro tashkilotlar va milliy ilmiy-tadqiqot muassasalari ekspertlari hamda mutaxassislarini jalb etsin.
5. Quyidagilarga:
vazirliklar va idoralar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
Bosh vazir o‘rinbosarlari J. Xodjayev va J. Qo‘chqorovga — “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni to‘liq hajmda amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining o‘z vaqtida va puxta ishlab chiqilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
“yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish holati bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari hisobotlari har oyda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida eshitiladi;
“yo‘l xaritasi” ijrosini tanqidiy ko‘rib chiqish va yo‘l qo‘ygan kamchiliklar uchun tegishli mas’ullarga chora ko‘rish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida har chorakda yig‘ilishlar o‘tkaziladi.
7. Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev, J. Qo‘chqorov) bir oy muddatda tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot” doirasida bildirilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirish natijasida tadbirkorlarning faoliyatida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlarni yoritib borish yuzasidan media-reja tasdiqlasin.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari tasdiqlangan media-reja asosida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalarini ommaviy axborot vositalari hamda Internet sahifalarida keng yoritib borsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
“Yo‘l xaritasi” bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023-yil 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin. | 159 | 5,844 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“A.E. Nabiyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risida” 2005-yil 3-iyunda chiqargan Farmoni;
“P.R. Bobojonovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustda chiqargan Farmoni.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 81 | 502 |
Qonunchilik | Davlat ekologiya qoʻmitasi Global ekologiya fondi bilan hamkorlik qiladi | Vazirlar Mahkamasining 26.04.2018 yildagi 307-son qarori bilan mazkur idora Global ekologiya fondi (GEF) bilan hamkorlik doirasida siyosiy va operatsion masalalar boʻyicha milliy vakolatli organ etib belgilandi.
Davlat ekologiya qoʻmitasiga qoʻshimcha ravishda quyidagi vazifalar yuklandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.04.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Gayevoy. | 72 | 597 |
Qonunchilik | QIShLOQ AHOLI YaShASh JOYLARINI IChIMLIK SUV VA TABIIY GAZ BILAN TA’MINLAShNI YaNADA YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan topshiriqlar 1 va 2-ilovalar*ga muvofiq;
qishloq aholi yashash joylari ro‘yxati va ularni ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashning belgilangan muddatlari 3 va 4-ilovalar*ga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, loyihalashtirish tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilda respublika qishloq aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash darajasini 85 foizgacha va tabiiy gaz bilan qamrab olish darajasini 82 foizgacha yetkazishni hisobga olgan holda joriy yilning 1-oktabrigacha — 2010-yilgacha bo‘lgan davrda suv bilan ta’minlash va shu yil 1-dekabrgacha — gazlashtirish, shuningdek mazkur qarorga ilovalarda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarni bajarish mintaqaviy va respublika sxemalarini ishlab chiqsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari respublika va mintaqaviy sxemalari asosida:
1999-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va 2000-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda — tabiiy gaz bilan ta’minlash mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash mintaqaviy dasturlarini har yili aniqlasinlar va respublika investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflar taqdim etsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi:
har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda mahalliy budjetlar, tashkilotlar va korxonalar, aholi mablag‘larini, xorijiy investitsiyalarni va boshqa manbalarni jalb qilishni hisobga olib, mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini belgilangan holda, mazkur qaror va mintaqaviy dasturlar ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlaydigan miqdorlarda kapital qo‘yilmalarning tegishli limitlarini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar;
investitsiyalar va grantlarni, shuningdek qishloqda suv va gaz ta’minotini rivojlantirish uchun imtiyozli shartlarda kreditlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa xorijiy investorlar bilan doimiy asosda ish olib borsinlar.
5. Qishloq aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida qishloq suv ta’minoti idoraviy tizimlarini kommunal xizmat ko‘rsatish hududiy organlari balansiga berish yo‘li bilan ichimlik suv ta’minoti sohasida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish va mintaqaviy va mintaqalararo magistral suv quvurlaridan foydalanishning yagona tizimini yaratish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
6. Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash Dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash Dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi:
bir hafta muddatda Komissiya tarkibida qishloq aholi yashash joylarini gazlashtirish va ichimlik suv bilan ta’minlash bo‘yicha ikkita ixtisoslashtirilgan ishchi guruh tuzsin;
qishloq suv ta’minoti idoraviy tizimlarini kommunal xizmat ko‘rsatish hududiy organlari balansiga berish va magistral suv quvurlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etsin, ushbu ishlarning 1999-yil 1-oktabrgacha tugallanishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin;
qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash mintaqaviy dasturlari bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshirsin va ularning natijalarini har chorakda o‘z yig‘ilishlarida ko‘rib chiqsin.
7. Aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshirishda faol qatnashayotgan qishloq tumanlarini rag‘batlantirish maqsadida hisobot yilida aholini ichimlik suv bilan ta’minlash va uy-joy fondini tabiiy gaz bilan qamrab olish darajasi o‘sishining eng yuqori foizi uchun uchtadan har yili beriladigan Respublika mukofotlari belgilansin.
Belgilansinki:
mansabdor shaxslar — tuman hokimi, tuman hokimining kommunal xizmat ko‘rsatish masalalariga mutasaddilik qiluvchi o‘rinbosari, tuman kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, gaz ta’minoti tuman korxonalari, “Suvoqova” tuman bo‘linmalari, gaz quvurlari va suv quvurlari tarmoqlari qurilishini amalga oshirayotgan pudrat tashkilotlarning birinchi rahbarlari;
tashkilotlar — gaz ta’minoti tuman korxonasi, “Suvoqova” tuman bo‘linmasi (uchastkasi), pudrat qurilish tashkiloti mukofotlanadi, mablag‘lar alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Har yili to‘lanadigan Respublika mukofotlari miqdori 6-ilovaga* muvofiq belgilansin. Respublika budjeti mablag‘lari Respublika mukofotlarini to‘lash manbai etib belgilansin.
Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash Dasturini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda aholi yashash joylarini gaz va suv bilan ta’minlash dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi uchun qishloq tumanlarini mukofotlash shartlari va tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda olis, borish qiyin bo‘lgan va aholisi siyrak joylashgan qishloq aholi yashash joylari suv va energiya ta’minoti muammolarining tejamli texnik yechimlari bo‘yicha 3 oy muddatda tavsiyanomalar tayyorlasinlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ko‘rsatib o‘tilgan tavsiyanomalarga muvofiq borish qiyin bo‘lgan, olis va aholisi siyrak joylashgan qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va energiya ta’minotining muqobil manbalari bilan ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
9. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-martdagi 117-son qaroriga 7-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 124 | 6,559 |
Qonunchilik | TAYANCh KASB-HUNAR KOLLEJI VA UNING FILIALLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasining “2010/2011 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2010-yil 1-iyuldagi 131-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tayanch kasb-hunar kolleji va uning filiallari to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom tayanch kasb-hunar kolleji (keyingi o‘rinlarda tayanch kollej deb ataladi) va uning filiallari maqomini, faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlarini belgilaydi.
2. Tayanch kollej, qoidaga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxtida, viloyatlar ma’muriy markazlarida va respublikaning yirik shaharlarida zamonaviy o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazaga, yuqori malakali o‘qituvchilar va ishlab chiqarishga o‘qitish ustalariga, shuningdek iqtisodiyotning real sektorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashning ijobiy tajribasiga ega bo‘lgan namunali va yetakchi kasb-hunar kollejlari negizida tashkil etiladi.
3. Tayanch kollejning filiallari, qoidaga ko‘ra, tayanch kollej bilan mutaxassislar tayyorlashning bir xil ixtisoslik yo‘nalishiga ega bo‘lgan, ma’muriy markazlar va yirik shaharlardan uzoqda joylashgan kasb-hunar kollejlari orasidan tanlab olinadi.
4. Tayanch kollej o‘z faoliyatini ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
5. Tayanch kollejning filiallarida ixtisosli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishning talab qilinadigan darajasini ta’minlash, o‘qitishning ilg‘or usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ish tajribasini almashish hamda mutaxassislar tayyorlash va ular mehnatidan samarali foydalanishda yuqori natijalarga erishish tayanch kollejni tashkil etishning maqsadi hisoblanadi.
6. Quyidagilar tayanch kasb-hunar kollejining asosiy vazifalari hisoblanadi (asosiy faoliyatga qo‘shimcha tarzda):
o‘quv jarayoni sifatini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik rahbarlik qilish va filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish, zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalarini, masofadan turib o‘qitish tizimlarini va real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab qilingan malakali mutaxassislarni tayyorlashning boshqa ilg‘or usullarini joriy etish;
davlat ta’lim standartlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘quv dasturlari va metodik qo‘llanmalarni, o‘qitishning interaktiv usullarini ishlab chiqish va qo‘llashda filiallarga metodik va amaliy yordam berish;
filiallarda o‘quv-pedagogika va tarbiyaviy ishlarni olib borishni tashkil etish va amalga oshirishga tayanch kollejlarning yetakchi o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini keng jalb etish, mutaxassislar tayyorlashda yuqori natijalarga erishish uchun ish tajribasini almashishni tashkil etish;
tayanch kollejlarning moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasida filiallarning o‘quvchilari uchun ixtisosli mutaxassisliklar bo‘yicha mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini ta’minlash.
7. Kasb-hunar kollejlariga tayanch kollejlar maqomini berish uchun tayanch kollejlar o‘rtasida tanlov o‘tkazishda quyidagilar asosiy mezonlar hisoblanadi:
zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligi (asbob-uskunalar, o‘quv laboratoriyalari, ustaxonalar bilan jihozlanganlik, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik);
yuqori malakali pedagog xodimlar mavjudligi;
ma’muriy markazdan (yoki yirik shahardan) tuman markaziga, tumandan — aholi punktiga eng maqbul joylashganlik;
yotoqxonalar mavjudligi.
8. Kasb-hunar kollejlari filiallari maqomini berish uchun tayanch kollejlar o‘rtasida tanlov o‘tkazishda quyidagilar asosiy mezonlar hisoblanadi:
mutaxassislar tayyorlashning tayanch kollejdagiga o‘xshash ixtisosli yo‘nalishi;
ma’muriy markazlardan yiroqda joylashganlik;
pedagog kadrlarning kasb darajasi va ish tajribasini oshirishga ehtiyoj mavjudligi;
ixtisosli yo‘nalish mutaxassislari tayyorlash bo‘yicha o‘quv va o‘quv-metodik ishlarni kuchaytirish va sifatini oshirish zarurligi.
Kasb-hunar kollejlariga tayanch kollejlarning filiali maqomi berilganda ularda yuridik shaxs maqomi saqlanib qoladi.
9. Tayanch kollejlar va ularning filiallari maqomini berish va uni to‘xtatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, shuningdek tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tegishli mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch kollejlar va ularning filiallariga o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari malakasini oshirish masalalarida metodologik yordam beradigan mintaqaviy oliy ta’lim muassasalarini belgilaydi.
11. Tayanch kollejlar va ularning filiallari direktorini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12. Tayanch kollej (asosiy huquqlarga qo‘shimcha ravishda) quyidagi huquqlarga egadir:
a) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy bo‘linmasi bilan kelishgan holda filiallar o‘quv-normativ hujjatlar, zarur moddiy-texnika baza, malakali o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari, shuningdek ixtisosli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanganligini o‘rganish uchun ishchi guruhlar tashkil etish;
b) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy bo‘linmasiga:
filiallarda yangi mutaxassisliklar ochish va talab bo‘lmagan yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni to‘xtatish;
birgalikdagi faoliyatning aniq natijalaridan kelib chiqib filiallar xodimlarini rag‘batlantirish yoki javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish.
13. Tayanch kollej (asosiy majburiyatlarga qo‘shimcha ravishda) quyidagilarga majburdir:
birgalikdagi faoliyat yuzasidan filiallarda tayanch kollej qarorlari bajarilishini nazorat qilish va monitoring olib borish;
kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish va ular monitoringini olib borishda hamda ixtisosli mutaxassisliklar bo‘yicha filiallar bitiruvchilarini ishga joylashtirishda yordam berish;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan moliyalashtirishning turli manbalari hisobiga filiallarda budjetdan tashqari mablag‘lar shakllantirilishiga ko‘maklashish;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilangan muddatlarda filiallar bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy bo‘linmasiga hisobot taqdim etish.
14. Tayanch kollej direktori biriktirilgan kasb-hunar kollejlari — filiallarda o‘quv-metodik ishlarning samaradorligi uchun javob beradi.
15. Tayanch kollej filiali (asosiy huquqlarga qo‘shimcha ravishda) quyidagi huquqlarga egadir:
filiallar o‘quv-normativ hujjatlar, zarur moddiy-texnika baza, malakali o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari, shuningdek ixtisosli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanganligini o‘rganish uchun ishchi guruhlar tarkibida qatnashish;
o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni takomillashtirish va ta’lim jarayonini metodik ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish huquqi bilan tayanch kollejning ilmiy-pedagogika kengashi ishida qatnashish;
tayanch kollej bilan birgalikda tayanch kollejning moddiy-texnik resurslaridan foydalangan holda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni olib borish jadvalini ishlab chiqish;
tayanch kollej bilan birgalikda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan moliyalashtirishning turli manbalari hisobiga budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish.
16. Tayanch kollej filiali (asosiy majburiyatlarga qo‘shimcha ravishda) quyidagilarga majburdir:
birgalikdagi faoliyatni tashkil etish yuzasidan tayanch kollejga har tomonlama yordam berish va shart-sharoitlar yaratish;
filiallar o‘quvchilari uchun o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazishda tayanch kollejga yordam berish, o‘quvchilarning qatnashishini ta’minlash;
birgalikdagi faoliyat yuzasidan tayanch kollej qarorlarini bajarish;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilangan muddatlarda filiallar bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy bo‘linmasiga hisobot taqdim etish.
17. Tayanch kollej filiali direktori ta’lim jarayoni sifatli ta’minlanishi uchun javob beradi.
18. Tayanch kollejlarning rahbarlari tarkibi, o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari joriy etiladi.
19. Tayanch kollejlar o‘qituvchilari tomonidan filiallarda mashg‘ulotlar o‘tkazilishi o‘rindoshlik yoki mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida belgilangan tartibda bir yilda 360 soatdan ortiq bo‘lmagan hajmda amalga oshiriladi.
20. Tayanch kollejlar o‘qituvchilariga ish haqini hisoblab chiqish akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilariga ish haqi tariflashtirish va uni hisoblab chiqishning amaldagi tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘rindoshlik tartibida o‘quv-pedagogika yuklamasi olib borish uchun tayanch kollejlardan jalb etiladigan o‘qituvchilarning ish haqi ular o‘rindoshlik bo‘yicha ishni bajaradigan filialning pedagog xodimlari uchun nazarda tutilgan shartlar bo‘yicha, bazaviy tarif stavkaga filialning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan o‘qituvchilarning ish haqi fondi doirasida 20 foiz miqdorida ustama qo‘shilgan holda to‘lanadi.
Tayanch kollejlar o‘qituvchilari filiallarda mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘quv mashg‘ulotlari olib borganda mehnatga soatbay haq to‘lashning amaldagi miqdori 20 foizga ko‘payadi va ular mehnatiga haq to‘lash filialning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan o‘qituvchilarning ish haqi fondi doirasida amalga oshiriladi.
21. Filiallarda o‘rindoshlik bo‘yicha yoki soatbay haq to‘lash shartlarida o‘quv-pedagogik yuklamani bajaradigan tayanch kollejlar o‘qituvchilariga ustama to‘lashga mablag‘lar belgilangan tartibda filialning xarajatlari smetalarida nazarda tutiladi.
22. Tayanch kollejlarning direktorlariga, direktorlarning o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlariga va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga bazaviy tarif stavkalarga 20 foiz miqdoridagi har oylik ustamalar filiallar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shimcha funksiyalar bajarilganligi uchun belgilanadi.
23. Tayanch kollejlarning direktorlariga, direktorning o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlariga va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga har oylik ustamalarni hisoblash belgilangan tartibda ushbu tayanch kollejning shtat jadvalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tegishli lavozimlar uchun nazarda tutilgan bazaviy tarif stavkalariga 20 foiz miqdorida amalga oshiriladi.
Tayanch kollejlarning direktorlariga, direktorlarning o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlariga va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga har oylik ustamalar to‘lashga mablag‘lar ushbu tayanch kollejlarning xarajatlari smetalarida nazarda tutiladi.
24. Tayanch kollejlarning filiallarida o‘quv-pedagogika yuklamasini bajaradigan tayanch kollejlarning o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ustalari soni xodimlar umumiy sonining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
25. Tayanch kollejlar filiallarida ishlaganlik uchun har oylik ustamalarni to‘lashga xarajatlarni moliyalashtirish ish haqi to‘lash uchun mablag‘larni moliyalashtirish bilan bir vaqtda belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
26. Tayanch kollejlarning xodimlariga ish haqi va har oylik ustamalarni hisoblab chiqish va to‘lashning to‘g‘riligi ustidan nazorat ushbu tayanch kasb-hunar kollejlari rahbarlariga va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tegishli hududiy bo‘linmalariga yuklanadi.
27. Tayinlangan har oylik ustamalar summasi tegishli kasb-hunar kollejining mehnatga haq to‘lash fondiga kiritiladi va ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yagona ijtimoiy to‘lov hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning tayanch kollejlarning filiallarida ishlaganlik uchun har oylik ustamalar shaklida olingan daromadlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadi.
28. Guruhlarda o‘quvchilarning to‘liqligi va o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishi monitoringini amalga oshirish maqsadida har bir tayanch kolleji va uning filiallarida O‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishini nazorat qilish daftari (keyingi o‘rinlarda “Nazorat daftari” deb ataladi) yuritiladi.
29. Nazorat daftari qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi.
Nazorat daftarining varaqlari ip o‘tkazib tikilgan, tartib raqami qo‘yilgan va surg‘ich yoki mastika muhr bilan muhrlangan bo‘lishi kerak, har bir varaqqa tayanch kollej yoki uning filiali joylashgan joydagi moliya organi shtampi qo‘yiladi.
30. Nazorat daftari har kuni direktor yoki direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan bevosita o‘quv mashg‘ulotlariga tashrif buyurish, o‘quv kuni mobaynida har bir o‘quv guruhi kamida bir marta qamrab olingan holda yuritiladi (to‘ldiriladi).
31. Nazorat daftarida o‘quv guruhi raqami, tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqt, fanning nomi, o‘qituvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, o‘quv jurnali bo‘yicha tegishli guruh o‘quvchilari soni va ularning amaldagi soni, darsda qatnashmagan o‘quvchilar soni ko‘rsatiladi. Tekshirish natijalari o‘qituvchi va direktor (direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari)ning imzolari bilan tasdiqlanadi
32. Nazorat daftariga qasddan yolg‘on ma’lumotlar kiritilganligi uchun tayanch kollejlar va ularning filiallari rahbarlari va o‘qituvchilari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
33. Tayanch kollejlar va ularning filiallarida o‘quv guruhlarining o‘quvchilar bilan to‘liqligini va o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga haqiqatdan qatnashishini tekshirish to‘satdan tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan tayanch kollej yoki uning filiali joylashgan joydagi moliyaviy organlar tomonidan amalga oshiriladi.
34. Guruhlarda o‘quvchilarning to‘liqligi va o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishini to‘satdan tekshirishlar (keyingi o‘rinlarda “to‘satdan tekshirishlar” deb ataladi) tuman, viloyat va respublika darajalarida o‘tkaziladi.
35. To‘satdan tekshirishlar har bir darajada tegishli moliya organi, G‘aznachilik, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlaridan iborat maxsus tashkil etiladigan guruhlar tomonidan o‘tkaziladi.
36. Maxsus guruhlar tarkibi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri, viloyat va Toshkent shahar moliya boshqarmasi boshlig‘ining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Tuman maxsus guruhiga tegishli tumanning moliya bo‘limi mudiri, viloyat maxsus guruhiga — Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tegishli mintaqa hududiy boshqarmasining mas’ul xodimi, respublika maxsus guruhiga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari boshchilik qiladi.
Respublika maxsus guruhi tarkibiga hududiy moliyaviy boshqarma va Moliya vazirligining ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi rahbarlari va xodimlari ham kiritiladi.
37. Tuman maxsus guruhi a’zolari soni tegishli tumanda har bir tayanch kollej va uning filialini bir oyda kamida ikki marta to‘satdan tekshirish hisobidan belgilanadi.
Viloyat maxsus guruhlari har bir tayanch kollej va uning filiali yil choragida kamida ikki marta to‘satdan tekshirilishini ta’minlashi kerak.
Respublika maxsus guruhi mintaqalardan tushadigan axborotni tahlil qilishdan kelib chiqib to‘satdan tanlab tekshirishlar o‘tkazadi.
38. To‘satdan tekshirish bir o‘quv kuni mobaynida har bir tayanch kolleji yoki uning filialida kamida 10 ta guruhni qamrab olgan holda o‘quv guruhidagi o‘quvchilarni bevosita sanash va Nazorat daftarida aks ettirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Bunda birinchi navbatda Nazorat daftariga muvofiq ushbu kunda tayanch kollej yoki uning filiali rahbariyati tomonidan o‘quvchilarning mashg‘ulotlarda qatnashishi tekshirilgan o‘quv guruhlari tekshiriladi.
39. Bir tayanch kollej yoki uning filiali maxsus guruhning ayni bir a’zosi tomonidan faqat ushbu muassasa maxsus guruhning boshqa a’zolari tomonidan ikki marta tekshirilgandan keyin to‘satdan tekshirilishi mumkin.
40. To‘satdan tekshirishlar yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, uni maxsus guruh vakili va tayanch kollej yoki uning filiali direktori imzolaydi.
Dalolatnomada to‘satdan tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqt, o‘quv guruhi raqami, fanning nomi, o‘qituvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, ro‘yxat bo‘yicha o‘quvchilar soni va o‘quvchilarning amaldagi soni, mashg‘ulotda qatnashmayotgan o‘quvchilar soni aks ettiriladi hamda Nazorat daftari ma’lumotlari bilan o‘quvchilarni haqiqatdan sanab chiqish ma’lumotlari o‘rtasida farq aniqlanishining barcha holatlari qayd qilinadi.
41. Agar uchta to‘satdan tekshirish o‘tkazish yakunlari bo‘yicha tayanch kollej yoki uning filiali o‘quvchilarining 25 foizidan ortig‘i qatnashmayotganligi holatlari aniqlansa, u holda, maxsus guruhning to‘liq tarkibi jalb etilgan holda uch kun mobaynida tayanch kollej yoki uning filiali o‘quvchilari har bir o‘quv mashg‘ulotida har kuni familiyalar bo‘yicha sanab chiqiladi.
42. Uch kunlik monitoring natijalari bo‘yicha materiallar o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etish, tayanch kollej yoki uning filiallarida bir turdagi mutaxassisliklarning kam sonli guruhlarini birlashtirish yo‘li bilan o‘quv guruhlarida o‘quvchilarning to‘liqligini ta’minlash chora-tadbirlarini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni ko‘rish uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tegishli hududiy boshqarmalariga beriladi.
43. Tuman maxsus guruhlari har oyda keyingi oyning 7-kunigacha tekshirilgan har bir tayanch kollej yoki uning filiali bo‘yicha o‘tkazilgan to‘satdan tekshirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shu jumladan Nazorat daftari ma’lumotlari bilan o‘quvchilarning amalda sanab chiqilishi ma’lumotlari o‘rtasidagi tavofutning aniqlangan holatlarini, shuningdek o‘quvchilarning past davomati bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida viloyat moliya organlariga ma’lumot beradi.
44. Viloyat maxsus guruhlari har oyda navbatdagi oyning 20-kunigacha o‘tkazilgan to‘satdan tekshirishlar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni tegishli tahliliy materiallar va jadvallar bilan birgalikda Moliya vazirligiga taqdim etadi.
45. O‘quv guruhlari o‘quvchilar bilan to‘lishining pastligi aniqlangan taqdirda tayanch kollej yoki uning filiali direktori tomonidan ta’lim muassasasida bu turdagi mutaxassisliklarning kam sonli o‘quv guruhlarini birlashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi, o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi esa kamaytirish tomoniga qayta ko‘rib chiqiladi.
Bunda, tayanch kollej yoki uning filiali xarajatlari smetasi bo‘yicha rejali mablag‘ ajratish kam sonli o‘quv guruhlari birlashtirilishi va o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi qisqartirilishi munosabati bilan belgilangan tartibda kutilayotgan mablag‘ni tejash summasiga kamaytiriladi.
46. Qo‘pol intizomiy va moliyaviy buzishlar aniqlanganda materiallarning nusxasi qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga ham beriladi.
47. Xodimlarning ishga kelishi va ishdan ketishini hisobga olish maqsadida har bir tayanch kollej va uning filialida rahbariyat tomonidan:
1) O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ishga kelishi va ishdan ketishini hisobga olish daftari (keyingi o‘rinlarda “O‘qituvchilarni hisobga olish daftari” deb ataladi);
2) Shtatdagi boshqa xodimlarning ishga kelish va ishdan ketishini hisobga olish daftari (keyingi o‘rinlarda “Boshqa xodimlarni hisobga olish daftari” deb ataladi) tutiladi.
Hisobga olish daftarlari har kuni yuritiladi (to‘ldiriladi).
48. Hisobga olish daftarlari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblandi.
Hisobga olish daftarlari varaqlari ip o‘tkazib tikilgan, tartib raqami qo‘yilgan va surg‘ich yoki mastika muhr bilan muhrlangan bo‘lishi kerak, har bir varaqqa tayanch kollej yoki uning filiali joylashgan joy bo‘yicha moliya organi shtampi qo‘yiladi.
49. O‘qituvchilarni hisobga olish daftari tayanch kollej yoki uning filiali direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan, boshqa xodimlarni hisobga olish daftari esa — direktorning ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan yuritiladi.
Hisobga olish daftarlarining yuritilishi va saqlanishi hamda unga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun tayanch kollej yoki uning filiali direktorining o‘quv va ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari javob beradilar.
50. Hisobga olish daftarlarida xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi (pedagoglar uchun — ta’lim fani), ishga kelish va ishdan ketish sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Hisobga olish daftarlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar har bir xodim hamda tayanch kollej yoki uning filiali direktorining o‘quv va ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari imzolari bilan tasdiqlanadi.
51. Hisobga olish daftarlari bir ish kuni mobaynida ikki marta to‘ldiriladi (qayd etiladi).
Tayanch kollejlar va ularning filiallari xodimlari (keyingi o‘rinlarda “xodimlar” deb ataladi) har kuni, ishga kelgan zahoti Hisobga olish daftariga ishga kelish vaqti to‘g‘risidagi yozuvni kiritgan holda direktorning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan qayd etiladi va bu imzo bilan tasdiqlanadi.
Shunga o‘xshash tartibda xodimlar tomonidan har kuni ishdan ketish oldidan Hisobga olish daftariga ishdan ketish vaqti to‘g‘risidagi yozuv kiritiladi.
Ish kuni yakunlari bo‘yicha Hisobga olish daftarlarini tayanch kollej yoki uning filiali direktori tasdiqlaydi.
52. Xodim uzrli sabab bilan ishda hozir bo‘lmagan taqdirda imzolar ustuniga tegishli belgi qo‘yiladi (malaka oshirish — m/o, xizmat safari — x/s, kasallik varaqasi — k/v, o‘z hisobidan ta’til — o‘z/t va hokazo).
53. Hududiy moliyaviy bo‘limlar rahbarlari Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi hududiy boshqarmalarining tumanlarga biriktirilgan taftishchi buxgaltyerlari bilan birgalikda bir oyda kamida ikki marta hisobga olish daftarlarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini tekshiradilar.
Tekshirish yakunlari bo‘yicha materiallar belgilangan tartibda zarur chora-tadbirlar ko‘rish uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tegishli hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
54. Nazorat-taftish boshqarmalari tomonidan tayanch kollejlar va ularning filiallari reja tartibida taftish qilinganda moliya-xo‘jalik faoliyati tekshirilishi bilan birgalikda Hisobga olish daftarlari to‘g‘ri yuritilishi va hududiy moliya boshqarmalariga taqdim etiladigan hisobotlar tuzilishi tekshiriladi, bu ham taftishlar dalolatnomalarida aks ettiriladi.
55. Tayanch kollejlar va ularning filiallarining birgalikdagi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. | 86 | 23,259 |
Qonunchilik | Yangi namunadagi kadastr pasporti 2020 yil 1 martdan joriy qilina boshlaydi | Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 12.12.2019 yildagi “Koʻchmas mulk ob’yekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 987-son qarori qabul qilindi.
Pasport bosqichma-bosqich joriy etiladi:
2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaхsga oʻtgan, bekor boʻlgan yoki koʻchmas mulk ob’yektining huquqiy holati oʻzgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga davlat хizmatlari markazlari orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga bir oy muddatda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda DSQ bilan birgalikda yangi namunadagi kadastr pasporti shakli va uning tavsifini tasdiqlash topshirildi. Ikki oy muddatda pasportlarni yetarli miqdorda ishlab chiqarilishini hamda davlat хizmatlari markazlariga yetkazib berilishini ta’minlash zarur. Bunda moliyalashtirish uchun chet el investorlarining mablagʻlari jalb etiladi.
Manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarga bir oy muddatda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi kerak.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.12.2019 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 75 | 1,474 |
Qonunchilik | Namanganda har yili Xalqaro gullar festivali oʻtkaziladi | Prezident tomonidan 4.08.2021 yildagi “Respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilik sohalarini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi 5209-son qaror imzolandi.
Hujjat bilan Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinadi. Quyidagilar uning maqsadi hisoblanadi:
Andijon viloyatining Andijon, Izboskan va Oltinkoʻl tumanlari, Namangan viloyatining Namangan va Davlatobod tumanlari hamda Jizzaх viloyatining Zomin va Gʻallaorol tumanlari gulchilikka iхtisoslashtiriladi. Bu yerda tajriba tariqasida gulchilik klasterlari tashkil qilinadi.
Gulchilikka iхtisoslashgan tumanlarda:
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 2021-2024 yillarda yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum ulushi kamida 30%ni va 100 ming AQSh dollardan koʻpni tashkil qiladigan tadbirkorlik sub’yektlarining хom ashyo (gul koʻchatlari, urugʻlari, piyozlari va payvandtaglari) importi uchun sarflangan transport хarajatlarining 50%i Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplanadi.
2023 yil 1 yanvarga qadar tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik oʻsimliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parхishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishsiz fuqarolarni gulchilik sohasiga oʻqitish maqsadida Andijon viloyati Shahriхon tumani, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani va Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi agroteхnologiyalar teхnikumlarida landshaft dizayni, gulchilik seleksiyasi va koʻchatchilik yoʻnalishlarida oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilinadi.
Shuningdek, Toshkent viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan gul yetishtiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikda DXSh tamoyillari asosida Gulchilikka oʻqitish markazi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Niderlandiya qirolligi, Turkiya Respublikasi va Tailand qirolligidan jalb qilinadigan malakali mutaхassislarning Oʻzbekistonga kelib-ketish va yashash хarajatlarining 50%i Yevropa Ittifoqining "Byudjetni qoʻllab-quvvatlash" dasturi doirasida agrosanoat majmuasini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi.
Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilgan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 56 | 2,522 |
Qonunchilik | Kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish, hisobga olish va saqlash tartibi hamda geodez | Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish hamda aholi keng qatlamlari va tadbirkorlarning, shu jumladan chet ellik tadbirkorlarning fazoviy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, shuningdek, geodeziya va kartografiya faoliyatida davlat sirlarini muhofaza qilish bo‘yicha normativ huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qo‘yidagilarga:
1984-yilgi umumjahon geodeziya koordinatalari tizimiga (WGS-84) bog‘langan va belgilangan tartibda nazorat ko‘rigidan o‘tkazilgan har qanday ruxsat etilgan aerokosmik suratlardan foydalanishga;
1942-yilgi davlat koordinatalar tizimida geografik obyektlar koordinatalarini aniqlashga cheklovlar olib tashlansin, toifalashtirilgan obyektlar va geodeziya punktlari bundan mustasno.
2. Kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish, hisobga olish va saqlash tartibi hamda geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ruxsat berish tartibotlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi:
foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish va geografik axborot tizimlari ma’lumotlarining ochiqligini, geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin;
kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish, hisobga olish va saqlash, geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ruxsat berish tartibotlari to‘g‘risida takliflar kiritgan holda, muammoli masalalarni aniqlash uchun ushbu qarorni qo‘llash amaliyoti monitoringini yuritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom geodeziya, topografiya, kartografiya, gravimetriya, aerokosmik suratga olish materiallarining (keyingi o‘rinlarda kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) deb ataladi) cheklovchi griflarini belgilash tartibini, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratishga talablarni, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish, hisobga olish va saqlash tartibini, shuningdek, geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha ruxsat berish tartibotlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
aerosuratga olish va kosmik suratga olish — kosmik va aviatsiya uchish apparatlari, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida fotografiya, televizion, infraqizil, mikroto‘lqinli, radiolokatsiya va boshqa qurilmalar yordamida yer yuzasi haqida axborot olish;
geografik axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda GAT deb ataladi) — fazoviy ma’lumotlar va ular bilan bog‘liq axborotni yaratish (to‘plash, saqlash, ishlov berish), aks ettirish va tarqatish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi;
geofazoviy axborot (keyingi o‘rinlarda GFA deb ataladi) — yer yuzasida, erning ustki qatlamida, yer ustki qatlamiga tutash atmosfera qatlamida va yer atrofidagi fazoda joylashgan joylar va obyektlar haqidagi ma’lumotlar to‘plami;
geografik obyekt — yer yuzasining tabiiy va sun’iy obyektlari va kontur nuqtalari, shuningdek, mo‘ljal bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan relyef elementlari;
geodeziya punkti — joyda (tuproqda, binoda yoki boshqa sun’iy inshootda) alohida mustahkamlab qo‘yilgan hamda geodeziya usullari yordamida aniqlangan koordinatalarni o‘z ichiga olgan nuqta. Geodeziya punkti, qoida tariqasida, maxsus markazdan, tashqi belgidan hamda zovur yoki val tarzidagi tashqi ko‘rinishdan iborat bo‘ladi;
davlat koordinatalar va balandliklar tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan butun davlat hududi uchun belgilanadigan koordinatalar va balandliklar tizimi;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) — geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlari saqlanishining nazoratini ta’minlovchi maxsus vakolatli organ;
kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) — raqamli, qog‘oz va boshqa ko‘rinishda tayyorlangan topografik va maxsus xarita va planlar, aerosuratga olish va kosmik suratga olishning birlamchi va hosila materiallari, shuningdek, gravimetriya ma’lumotlari, geodeziya punktlari va geografik obyektlarning koordinatalari;
geodeziya punktlari va geografik obyektlar koordinatalari — barcha toifalardagi astronomiya, geodeziya, gravimetriya va nivelir punktlari, yer yuzasidagi tabiiy va sun’iy obyektlar va kontur nuqtalarning geografik va to‘g‘ri burchakli koordinatalari;
material nusxasi — har qanday usulda olingan, uning asli (dublikati) bilan birxilligini ta’minlaydigan hamda loyihalashtirish jarayonida bevosita qo‘llash, turli qidiruv ishlari, obyektlar qurish va boshqa ishlarni bajarishga mo‘ljallangan hujjat (xarita, plan, sxema, surat, koordinatalar ro‘yxati va boshqalar);
kam qurilgan hududlar — qurilgan imoratlar maydoni umumiy maydonning 30 foizidan oshmaydigan hududlar;
foydalanish uchun ochiq bo‘lgan materiallar — cheklovchi grifga ega bo‘lmagan hamda yopiq tusdagi axborotni o‘z ichiga olmagan materiallar;
mahalliy koordinatalar tizimi — davlat hududining cheklangan qismiga nisbatan belgilanadigan shartli koordinatalar tizimi, uning koordinatalar sanoq boshi va koordinatalar o‘qlari yo‘nalishi davlat koordinatalar tizimining koordinatalar sanoq boshi va koordinatalar o‘qlari yo‘nalishiga nisbatan surilgan bo‘ladi. Mahalliy koordinatalar tizimini belgilash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
fotosuratlarning ustma-ust montaji — muayyan joy fotosuratlarining bir-birini takrorlaydigan qismlarini qirqib tashlamasdan, ustma-ust qo‘yish yo‘li bilan montaj qilish natijasi;
tashkilotlar — vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, markazlar, inspeksiyalar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar, ularning nomlari alohida keltirilgan holatlar bundan mustasno;
ortofotoplan — aerosuratga olish va kosmik suratga olish orqali olingan aerokosmik suratlarni differensial ortotransformatsiya qilish usuli asosida markaziy proyeksiyadan ortogonal proyeksiyaga o‘zgartirish natijasida olingan joyning aniq geodezik asosdagi fotosuratli plani;
aerosuratga va kosmik suratga olishning birlamchi materiallari — yer yuzasi haqidagi axborot bevosita aerosuratga yoki kosmik suratga olish jarayonida qayd etiladigan axborot tashuvchilar (fotoplyonka, magnit tasma va boshqa tashuvchilar);
aerosuratga va kosmik suratga olishning hosila materiallari — negativlar va pozitivlar dublikatlari, kontakt, proyeksiyalangan va o‘zgartirilgan fotosuratlar, fotosxemalar, fotoplanlar, ortofotoplanlar, fotoxaritalar, tuzatilgan videotasvirlar, sintezlangan ko‘pzonali videotasvirlar, zichligi bo‘yicha kvantsizlantirilgan izlar, shuningdek, ularning lavhalari, magnit yozuvlar hamda boshqa birlamchi aerosurat va kosmik suratga olish materiallarining dublikatlari;
joyda aerokosmik suratlarning aniq ko‘rsatkichlari — suratda tasvirlanayotgan joy tafsilotlarining eng kichik aniq hajmi. Fotografik suratlar uchun bunday ko‘rsatkich sifatida aniq ko‘rsatkichlar, ya’ni katta masofaga ega bo‘lgan obyektning joydagi eng kichik eni qabul qilinadi;
hisoblash texnikasining sertifikatlangan vositalari (keyingi o‘rinlarda HTSV deb ataladi) — axborot tizimlarini ifoda etadigan hisoblash texnikasi vositalari, ko‘chmas va ko‘chma obyektlar, hisoblash markazlari va boshqa hisoblash vositalari komplekslari, shuningdek, axborotga ishlov berish, ko‘paytirish va saqlashga mo‘ljallangan, maxfiy axborotni himoya qilish talablariga muvofiqlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlovchi organi tomonidan berilgan sertifikatga ega bo‘lgan alohida o‘rnatilgan moslamalar;
maxsus (tematik) xarita — asosiy mazmuni aniq mavzu bilan belgilanadigan yoki muayyan vazifalarning muayyan doiradagi foydalanuvchilar tomonidan hal etilishi uchun mo‘ljallangan xarita, plan yoki atlas;
topografik (kartografik) asos — tematik va maxsus xaritalar hamda planlar mazmunining topografik (umumiy geografik) qismi;
fotoxarita — yer yuzasining fotosuratli va kartografik (shartli belgilarda) tasviri bilan birgalikda fotoplandan bosma usulda olingan tirajli nuxsa;
fotoplan — suratga olish trapetsiyasi doirasida o‘zgarish nuqtalari va belgilaridan foydalangan holda, alohida o‘zgartirilgan fotosuratlardan montaj qilingan joy plani. Fotoplanni montaj qilishda fotosuratlarning bir-birini yopib turuvchi qismlari hamda suratga olish trapetsiyasi doirasidan chiqib ketgan qismlari kesib tashlanadi;
fotosxema — o‘zgartirilmagan fotosuratlarni asosga (odatda karton varag‘iga) umumiy konturlar bo‘yicha montaj qilish yo‘li bilan tuzilgan joyning fotosuratli tasviri. Bunda fotosuratlarning bir-birini yopib turuvchi qismlari kesib tashlanadi;
raqamli va elektron xarita hamda planlar — xarita yoki plan mazmunining magnit tasmaga yoki boshqa biror-bir axborot tashuvchiga yozilgan raqamli tasviri;
WGS-84 (World Geodetic System 1984) — 1984-yilda AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan umumjahon geodeziya koordinatalari tizimi.
3. Kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) “maxfiy” yoki “xizmat doirasida foydalanish uchun” (keyingi o‘rinlarda XDFU deb ataladi) griflariga ega bo‘lishi, shuningdek, foydalanish uchun ochiq bo‘lishi mumkin.
4. Kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) maxfiy axborotlarni o‘zida saqlashidan kelib chiqib, ochiq foydalanishda cheklangan maxfiy ma’lumotlar va axborotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
5. XDFU grifiga ega bo‘lgan kartografiya va geodeziya materiallariga (ma’lumotlariga) quyidagilar kiradi:
a) davlat koordinatalar tizimida 1:100 000 masshtabdagi topografik xaritalar, ortofotoplanlar va fotoxaritalar, mahalliy koordinatalar tizimida 1:50 000 masshtabdagi xuddi shu materiallar, shuningdek, geodeziya tarmoq punktlari va obyektlar tavsiflari kiritilgan 1:200 000 masshtabdagi topografik xaritalar va fotoxaritalar;
b) 100 dan 300 gektargacha bo‘lgan hududning abonentlar foydalanadigan telekommunikatsiya, magistral va yuqori bosimli gaz ta’minoti tarmoqlari, shuningdek, aholisi 100 mingdan 250 ming kishigacha bo‘lgan aholi punktlari suv ta’minoti tasvirlangan maxsus xaritalar, planlar va sxemalar;
v) mahalliy koordinatalar tizimida bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan katta bo‘lgan hudud uchun tuzilgan topografik xarita va planlar, maxsus xarita va planlar (keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyati bitta ma’muriy-hududiy birlik sifatida qabul qilinadi);
g) davlat koordinatalar tizimida joyning aniqlik ko‘rsatkichlari 2 dan 4 metrgacha bo‘lgan ortofotoplanlar;
d) davlat koordinatalar tizimidagi 30 metrdan 70 metrgacha xatolik bilan belgilangan geodeziya punktlarining koordinatalari (koordinatalar ro‘yxatlari), shuningdek, geodeziya punkti joylashgan joyni xuddi shunday xatolik bilan aniqlash imkonini beradigan kartografiya materiallari;
e) geodeziya punktlarining shartli va mahalliy koordinatalar tizimida bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan 20 foizgacha ortadigan yer uchastkasidagi koordinatalar (kataloglari va koordinatalar ro‘yxatlari), doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi bazaviy sun’iy yo‘ldosh stansiyalari koordinatalari (kataloglari va koordinatalar ro‘yxatlari) bundan mustasno;
j) mahalliy koordinatalar tizimida bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan 20 foizgacha ortadigan har qanday aniqlik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan, o‘ta muhim va toifalashtirilgan, shuningdek, rejimli va harbiy obyektlarning aniqlangan tasvirlari yoki ularni yo‘q qilish izlari bo‘lmagan relyef gorizontallar va shifrsizlantirilgan konturlar bilan tasvirlangan aerokosmik suratlar, ortofotoplanlar, fotoxaritalar va fotosxemalar. Ushbu ko‘rsatilgan materiallarda relyef tegishli masshtabdagi topografik xarita aniqligida va batafsil tasvirlanadi;
z) televizion, infraqizil, mikroto‘lqinli, radiolokatsiya va boshqa apparatlar yordamida aviatsiya tashuvchilar va kosmik apparatlarda olingan birlamchi suratga olish ma’lumotlari hamda ularning hosila materiallari, basharti ularda o‘ta muhim va toifalashtirilgan, shuningdek, rejimli va harbiy obyektlarning aniqlangan tasvirlari yoki ularni yo‘q qilish izlari bo‘lmasa hamda bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan 20 foizgacha ortadigan maydonni qoplasa.
6. XDFU grifiga ega materiallarda o‘ta muhim va toifalashtirilgan, shuningdek, rejimli va harbiy obyektlarni, shu jumladan ularga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma tarmoqlarini (telekommunikatsiya, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, avtomobil va temir yo‘llari, suv ta’minoti va kanalizatsiya) ko‘rsatish taqiqlanadi.
7. Foydalanish uchun ochiq bo‘lgan kartografik materiallar mahalliy koordinatalar tizimlarida bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan katta bo‘lmagan hudud uchun analogli va elektron-raqamli ko‘rinishda, shuningdek, WGS-84 koordinatalar tizimida hududni cheklamagan holda, ushbu Nizomga 1 va 1a-ilovalarda keltirilgan talablarga muvofiq yaratiladi.
Bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan katta bo‘lmagan hudud uchun mahalliy koordinatalar tizimida foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalar, fotoxaritalar va ortofotoplanlarni yaratishda tutash hududlarni qamrab olish maydonini 10 foizgacha oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
8. Foydalanish uchun ochiq bo‘lgan kartografiya va geodeziya materiallariga (ma’lumotlariga) quyidagilar kiradi:
a) davlat koordinatalar tizimida 1:200 000 masshtabdagi (geodeziya tarmoq punktlarini tushirmasdan va foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarda ko‘rsatilishi taqiqlangan obyektlarni tavsiflamasdan), davlat koordinatalar tizimida 1:300 000, 1:500 000 va 1:1 000 000 masshtabdagi topografik xaritalar va fotoxaritalar, shuningdek, mahalliy koordinatalar tizimida 1:100 000 masshtabdagi topografik xaritalar;
b) mahalliy koordinatalar tizimida bitta viloyat hududidan katta bo‘lmagan hudud yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi uchun aerokosmik suratga olish asosida tayyorlangan, shuningdek, WGS-84 koordinatalar tizimida ushbu Nizomning 34-bandiga muvofiq nazorat ko‘rigidan o‘tgan har qanday aniqlik ko‘rsatkichga (maydonni cheklamasdan) ega bo‘lgan ortofotoplanlar;
v) davlat koordinatalar tizimida joyning aniqlik ko‘rsatkichlari 4 metr va undan ortiq bo‘lgan ortofotoplanlar;
g) davlat koordinatalar tizimida joyning aniqlik ko‘rsatkichlari 70 metr va undan yuqori xatolik bilan aniqlangan geodeziya punktlari koordinatalari;
d) astronomiya, astrofizika, geofizika observatoriyalari va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan stansiyalar, shuningdek, nodavlat koordinatalar tizimida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi bazaviy sun’iy yo‘ldosh stansiyalari koordinatalari;
e) nodavlat koordinatalar tizimida planli va balandlik tarmoqlarini fotogrammetrik zichlashtirishda jurnallar ko‘rinishidagi dastlabki axborot, triangulatsiya, poligonometriya va trilateratsiya dala o‘lchov ma’lumotlari, ularni hisoblash texnika vositalarida qayta ishlash uchun mo‘ljallangan nivelirlash bo‘yicha kiruvchi va chiquvchi axborot;
j) 1930-yilgacha nashr qilingan nometrik topografik xaritalar, shaharlar rejalari va boshqa kartografiya materiallari;
z) metama’lumotlari bo‘lgan va ishlov berilmagan sun’iy yo‘ldosh o‘lchovlari ma’lumotlari, elektron-raqamli geodeziya o‘lchov asboblarida bajarilgan burchak va balandlik o‘lchov natijalari;
i) past va o‘rta bosimli gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, kanalizatsiya va qorizlar, shuningdek, aholisi 100 ming kishigacha bo‘lgan aholi punktlari suv ta’minotining tarmoqlari va obyektlari tasvirlangan maxsus xaritalar, planlar, sxemalar (o‘ta muhim va toifalashtirilgan, shuningdek, rejimli va harbiy obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma tarmoqlari bundan mustasno);
k) WGS-84 koordinatalar tizimida ifodalangan fuqaro aviatsiyasi obyektlari joylashgan joylar, xalqaro havo trassalari va aerodromlar hududlarida manevrlash sxemalari, to‘siqlar nuqtalarining koordinatalari;
l) geodeziya punktlarining shartli va mahalliy koordinatalar tizimida bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi doirasidagi koordinatalari (kataloglari va koordinatalar ro‘yxatlari);
m) 100 gektargacha bo‘lgan hudud uchun abonentlar foydalanadigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari tasvirlangan maxsus xaritalar, planlar, sxemalar.
9. GATda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan elementlar, obyektlar va atributiv (matnli) ma’lumotlari bo‘lgan geofazoviy axborotdan cheklovchi griflarsiz foydalaniladi. GATda cheklovchi griflarga ega bo‘lmagan boshqa elementlar, obyektlar va ularning atributiv (matnli) ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.
GATning kartografik asosi mahalliy koordinatalar tizimlarida bitta viloyatning hududidan katta bo‘lmagan hudud yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi uchun yoki WGS-84 koordinatalar tizimida hududni cheklamasdan yaratiladi.
Bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi uchun mahalliy koordinatalar tizimida foydalanish uchun ochiq bo‘lgan GAT kartografik asosini yaratishda tutash hududlarni qamrab olish maydonini 20 foizgacha kattalashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
10. Foydalanish uchun ochiq bo‘lgan kartografiya materiallarida aholi punktlari bosh planlarining mazmun elementlaridan ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan talablarga muvofiq foydalaniladi.
11. Davlat koordinatalar tizimidan mahalliy koordinatalar tizimiga o‘tish va aksincha, mahalliy koordinatalar tizimidan davlat koordinatalar tizimiga o‘tish parametrlarining (kalitlarining) e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kartografiya materiallarini, shu jumladan raqamli ko‘rinishda, shuningdek, GATlarni yaratishda ishlarni bajaruvchi tashkilotlar davlat koordinatalar tizimidan mahalliy koordinatalar tizimiga va aksincha, mahalliy koordinatalar tizimidan davlat koordinatalar tizimiga o‘tish parametrlarining maxfiyligini ta’minlashi shart.
12. Geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida quyidagi ruxsat berish tartibotlari belgilanadi:
geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish;
maxfiy kartografiya materiallarini ko‘paytirishga ruxsat berish;
maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berishga ruxsat etish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida kartografiya materiallarini nashr qilish va/yoki tarqatishga ruxsat berish;
aerosuratga olish ishlarini bajarishga ruxsat berish;
aerosuratga olish va kosmik suratga olish materiallarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish.
13. Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mudofaa vazirligining topogeodeziya bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ehtiyojlari uchun bajariladigan geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.
14. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) ko‘paytirishga zarurat bo‘lganda, ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini saqlovchi tashkilot manziliga ko‘paytirish uchun buyurtma yuboriladi.
15. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) ko‘paytirish uchun ruxsatnoma ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq uch ish kuni davomida Inspeksiyani xabardor qilgan holda, tashkilot rahbari tomonidan beriladi.
Ko‘paytirilgan maxfiy kartografiya va geodeziya materiallaridan (ma’lumotlaridan) o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanishga zarurat qolmagandan so‘ng materiallar (ma’lumotlar) nusxalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinishi va bu haqda Inspeksiyaga uch ish kunidan kechiktirmasdan xabardor qilinishi lozim.
Inspeksiyada ro‘yxatga olingan texnik loyihalarda (dasturlarda) maxfiy kartografiya materiallarini ko‘paytirish nazarda tutilgan holatlarda, bu haqda Inspeksiyani xabardor qilish talab etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining topogeodeziya bo‘linmalari maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) ko‘paytirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
16. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va tashkilotlarga berish uchun ruxsatnoma Nizomga 6-ilovadagi sxemaga muvofiq tartibda, agar O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda beriladi.
17. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va tashkilotlarga berishga ruxsatnoma olish uchun materiallarni (ma’lumotlarni) berayotgan tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi deb ataladi) beriladigan maxfiy materiallarni (ma’lumotlarni) ilova qilgan holda, tegishli ruxsatnomani berish haqida buyurtmanoma bilan ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq murojaat qiladi.
18. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va tashkilotlarga berish haqida qaror qabul qilish uchun “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi huzurida tashkil etiladigan komissiya (keyingi o‘rinlarda maxsus komissiya deb ataladi) xulosasi asos bo‘ladi.
19. Maxsus komissiya “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DXX deb ataladi), Mudofaa vazirligi va Qurilish vazirligi vakillaridan shakllantiriladi.
Maxsus komissiyaning huquq va vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
20. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va tashkilotlarga berish mumkinligi haqida maxsus komissiyaning xulosasini tayyorlash bo‘yicha ishchi organ funksiyalarini Inspeksiya amalga oshiradi.
Ishchi organ vazifalariga, jumladan, taqdim etilgan materiallarning to‘liqligini tekshirish ham kiradi.
21. Chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va tashkilotlarga beriladigan maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) mazmunidan kelib chiqib, maxsus komissiya ishiga boshqa vazirliklar va idoralar vakillari jalb etilishi mumkin.
22. Maxsus komissiyaning xulosalari bayonnoma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Bayonnoma maxsus komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi hamda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.
Maxsus komissiya murojaat qilingan kundan e’tiboran o‘n ish kuni mobaynida tegishli xulosani beradi yoki materiallarni (ma’lumotlarni) to‘liq ishlab chiqish uchun qaytaradi.
Maxsus komissiyaning maxfiy materiallarni (ma’lumotlarni) berish haqida ijobiy xulosasi olinganda, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi materiallarni (ma’lumotlarni) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va tashkilotlarga hujjatlarni ruxsat berilishi yuzasidan kelishish uchun yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va tashkilotlarga berish uchun asos hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilganidan so‘ng “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi buyurtmachiga (yuridik shaxsga) maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va tashkilotlarga berish uchun ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda ruxsat beradi.
23. Tadbirkorlik subyektlari, davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) o‘zaro almashinuvi faqat Inspeksiya orqali mazkur Nizomga 8-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Inspeksiya tomonidan maxfiy kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) besh ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq ruxsatnoma berish yo‘li bilan, materiallarni (ma’lumotlarni) beruvchi tashkilotning ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofik shakl bo‘yicha buyurtmanomasi asosida beriladi. Mudofaa vazirligi va DXX bo‘linmalari bo‘lgan tashkilotlar bundan mustasno.
Maxfiy kartografiya materiallari va geodeziya ma’lumotlarini berishga ruxsatnoma berish haqidagi murojaatni ko‘rib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Inspeksiyaning g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
24. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish uchun ruxsatnomani quyidagi holatlarda rasmiylashtirish talab etilmaydi:
Inspeksiyada ro‘yxatga olingan texnik loyihalarda nazarda tutilgan maxfiy kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) berilganda;
maxfiy kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) DXX va Mudofaa vazirligiga, shuningdek, ularning yozma so‘roviga asosan bo‘linmalariga berilganda;
maxfiy kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) turli bo‘linmalar tomonidan kompleks ishlarni bajarish uchun bitta vazirlik, idora, davlat boshqaruvi va xo‘jalik birlashmasi doirasida berilganda.
25. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish haqidagi murojaatda berilayotgan materiallar yoki ma’lumotlarni olishdan maqsad ularni olganlik yoki yaratish, oluvchida maxfiy ish yuritish mavjudligi haqidagi ma’lumotlar majburiy tartibda ko‘rsatiladi. Murojaatning maxfiylik darajasini murojaat qiluvchi tashkilot belgilaydi.
26. Vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) bir tizimdagi tashkilotlarga berilishi uchun yuqori turuvchi tashkilot rahbari nomiga Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda yozma murojaat qiladi. Yuqori turuvchi tashkilot rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan Nizomga 7-ilovadagi shaklda quyi tizimdagi tashkilotlarga ruxsatnoma beriladi. Barcha jarayonlar uch ish kuni mobaynida Nizomga 8a-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berishga ruxsat etuvchi talablarga quyidagilar kiradi:
jo‘natuvchi va oluvchi tashkilotda maxfiy ish yuritishning mavjudligi;
beriladigan materialni olganlik yoki uning kelib chiqishi haqida ma’lumotlarning mavjudligi;
jo‘natuvchi va oluvchi tashkilotda maxfiylik rejimiga rioya etilishi.
28. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish rad etilgan taqdirda, ko‘rib chiquvchi organ tashkilotni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Ushbu Nizomning 27-bandida ko‘rsatilgan talablarning bajarilmaganligi maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berishni rad etishga asos bo‘ladi.
29. XDFU grifiga ega kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) chet ellik fuqarolar (tashkilotlar) hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berishga ruxsatnoma ushbu materiallarga egalik qiluvchi davlat boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining rahbari (yoki uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan ushbu materiallarga ega tashkilotlarga idoraviy mansubligi bo‘yicha yozma murojaat olingandan keyin besh ish kuni mobaynida beriladi.
Tadbirkorlik subyektlariga XDFU grifiga ega kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va tashkilotlarga berish uchun ruxsatnoma Inspeksiya tomonidan yozma murojaat olingandan keyin besh ish kuni mobaynida beriladi.
XDFU grifiga ega kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan boshqa tashkilotlarga ushbu materiallarga egalik qiluvchi tashkilot rahbarining yozma roziligi bilan beriladi.
30. Foydalanish uchun ochiq bo‘lgan kartografiya materiallarini nashr qilish va/yoki tarqatishga ruxsatnoma Inspeksiya tomonidan tashkilotning yozma murojaati olingandan keyin besh ish kuni davomida ixtiyoriy shaklda ushbu Nizomga 10-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
Murojaatga kartografiya materiallari ikki nusxada ilova qilinadi.
Taqdim etilgan kartografiya materialining bir nusxasi Inspeksiyada qoladi, ikkinchisi ariza beruvchiga kartografiya materiallarini nashr qilish va/yoki tarqatishga ruxsat berilganligi haqida shtamp bosib qaytariladi.
Kartografiya materiallarini nashr qilish va/yoki tarqatish uchun ruxsatnoma berishga murojaatni ko‘rib chiqqanlik uchun har bir ko‘rib chiqilgan A2 (594 mm x 420 mm) formatidagi kartografiya materialiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Inspeksiyaning g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
31. Murojaatda kartografiya materiallarini nashr qilishdan maqsad va kartografiya ishining Inspeksiyada ro‘yxatga olinganligi haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Olib kirilgan kartografiya mahsulotini tarqatishga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilingan taqdirda, Inspeksiyaga kartografiya mahsuloti O‘zbekiston Respublikasi hududiga rasmiy olib kirilganligini tasdiqlovchi bojxona hujjatlari taqdim etiladi.
Ruxsat berish talablariga quyidagilar kiradi:
qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat va ma’muriy chegaralarini ko‘rsatish va geografik obyektlar nomlarini qo‘llash;
dunyo davlatlari geografik obyektlarining nomlari, ma’muriy-hududiy tuzilishi va milliy chegaralarini O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga muvofiq qo‘llash;
foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarda ko‘rsatilmaydigan obyektlarning (xaritalar elementlari) ko‘rsatilishini istisno etish.
32. Yuqorida ko‘rsatilgan ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda, Inspeksiya murojaat olingan kundan keyin besh ish kuni mobaynida tashkilotni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Mahsulotning ushbu Nizom 31-bandida ko‘rsatilgan ruxsatnoma berish talablariga mos kelmasligi ruxsatnoma berishni rad etishga asos bo‘ladi.
33. Maxfiy kartografiya materiallarini berishga hamda foydalanish uchun ochiq bo‘lgan kartografiya materiallarini nashr qilish va/yoki tarqatishga ruxsatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxasi ariza beruvchiga yuboriladi, ikkinchisi Inspeksiyada qoladi.
Maxfiy kartografiya materiallarini berishga ruxsatnomalarni saqlash muddati — 20 yil, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan kartografiya materiallarini nashr qilish va/yoki tarqatishga ruxsatnomalarni saqlash muddati esa — kamida 10 yilni tashkil qiladi.
34. Aerosuratga olish ishlarini, jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda amalga oshirishga ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda Mudofaa vazirligi tomonidan beriladi.
35. Tabiiy ofatlar va texnogen avariyalarga uchragan obyektlar va hududlarni tabiiy (kuchli zilzilalar, suv toshqinlari, sellar, ko‘chkilar, bo‘ronlar, yong‘inlar va boshqalar) va texnogen (portlashlar, yong‘inlar, binolarning qulashi, kimyoviy zararlanish va boshqalar) omillar ta’siri natijalarini zudlik bilan qayd etish uchun o‘rganish hamda ushbu omillarga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida aerosuratga olish mahalliy davlat organlarining rahbarlari qarori bilan ruxsat berish tartibotlarini o‘tkazmasdan amalga oshiriladi.
36. Barcha birlamchi ma’lumotlar, har qanday aniqlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, jumladan, televizion, infraqizil, mikroto‘lqinli, radiolokatsiya va boshqa apparatlar yordamida aviatsiya tashuvchilarda aerosuratga olish materiallari hamda ularning hosila materiallari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabida nazorat ko‘rigidan o‘tkazilishi shart, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Nazorat ko‘rigidan o‘tkaziladigan aerokosmik suratga olish materiallariga “maxfiy” grifi qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi nazorat ko‘rigi natijalariga asosan materiallarga cheklovchi grif qo‘yadi (yoki olib tashlaydi) hamda ushbu materiallardan keyinchalik foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma beradi.
Nazorat ko‘rigi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Inspeksiya va Inspeksiya qoshidagi Davlat kartografiya-geodeziya fondiga (keyingi o‘rinlarda Fond deb ataladi) ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan beriladi.
Fond ma’lumotlari va materiallaridan foydalanganlik va ularni olganlik uchun yig‘imlar undiriladi, ularning miqdori “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi va Inspeksiya tomonidan boshqa tashkilotlarga berish ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan amalga oshiriladi, ularni chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va tashkilotlarga berish hollari bundan mustasno.
38. Maxfiy-rejim bo‘limi (maxsus qism, bo‘linma) mavjud bo‘lgan tashkilotlar maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) Fonddan olish uchun Inspeksiyaga so‘ralayotgan materiallar qanday maqsadda talab etilayotganligini ko‘rsatgan holda murojaat yuboradi.
Murojaatga ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq shaklda nomenklatura va varaqlar soni ketma-ket sanab o‘tilgan buyurtmanoma ilova qilinadi.
Maxfiy kartografiya materiallarini vaqtincha foydalanishga, basharti Inspeksiya tomonidan boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, bir oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Buyurtmanoma va murojaatga xaritalar nomenklaturasini ko‘rsatgan holda cheklovchi grifni belgilash zarurati buyurtmanoma beruvchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
39. Geodeziya punktlari koordinatalari Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan ishlarni bajarish uchun beriladi. Ro‘yxatga olishni talab etmaydigan ishlar uchun geodeziya punktlari koordinatalari ishlarning ijrochisi bo‘lgan tashkilot bajaradigan ishlar doirasida Inspeksiya tomonidan beriladi.
40. Tashkilotlarga gravimetriya punktlari koordinatalarini, shu jumladan ushbu punktlardagi og‘irlik kuchi tezlashishi qiymatlarini berish O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
41. Tashkilotlarda olingan va tayyorlangan kartografiya materiallari inventar hisobga olish jurnallarida nomenklaturalar bo‘yicha, koordinatalar tizimlari, maxfiylik darajasi va masshtablari bo‘yicha alohida ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq shaklda hamda topografik xaritalar (planlar, fotoxaritalar, fotoplanlar, fotosxemalar) berish jurnallarida ushbu Nizomga 13-ilovaga muvofiq shaklda hisobga olinadi.
Kartografiya materialining har bir nusxasiga alohida inventar raqam beriladi. Har bir nusxaning orqa tomonida tashkilot nomi va inventar raqami ko‘rsatilgan holda shtamp qo‘yiladi.
Inventar hisobga olish jurnallari hamda maxfiy topografik xaritalar, planlar, fotoxaritalar, fotoplanlar va fotosxemalarni berish jurnallari XDFU grifiga ega bo‘lishi, ammo tashkilotlarning maxfiy-rejim bo‘limlari (maxsus qism, bo‘linmalari) tomonidan hisobga olinishi lozim.
42. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘linmalarida topografik xaritalar va planlarning hisobi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va tartibda yuritiladi.
43. Tashkilotlarda aeronegativlar (dubl-negativlar), aerosuratlar, ustma-ust montaj qilingan reproduksiyalar va ushbu reproduksiyalardan negativlar, maxsus asboblar va uchish pasportlari ko‘rsatkichlari, shuningdek, kosmik suratga olishning birlamchi va hosila materiallari maxsus inventar hisobga olish jurnallarida ushbu Nizomga 14-ilovaga muvofiq shaklda hisobga olinadi.
44. Har bir obyektning aeronegativlari (dubl-negativlari), aerosuratlari va kosmik suratlari ortib boruvchi raqamlar tartibida tanlab olinishi hamda bu raqamlar yuztadan oshmasligi hamda qattiq konvertlarga joylashtirilishi kerak.
Konvertlarga tegishli cheklovchi grif qo‘yiladi hamda aerosuratga olish yoki kosmik suratga olish ishlarini bajargan tashkilotning nomi, suratga olish ishlari bajarilgan yil va uning masshtabi, kamera turi, aerofotosuratga olish apparatining raqami va fokus masofasi, plyonka turi, aeronegativlar o‘lchamlari, uchastka (obyekt) tituli, film raqami, trapetsiya raqami yozib qo‘yiladi. Shuningdek, aeronegativlar raqamlari va ularning soni, konvertning inventar raqami ko‘rsatiladi.
45. Aeronegativlar solingan konvertlar qopqog‘i zich yopiladigan metall qutilarga joylashtiriladi.
Qutining tashqi tomonida obyekt tituli yoki film raqami, maxfiylik grifi, suratga olish ishlari bajarilgan yil va mazkur qutiga joylashtirilgan aeronegativlar raqamlari yoziladi.
46. Aeronegativlar, suratlar va ustma-ust montaj qilingan reproduksiyalarga maxfiylik grifi qo‘yilmaydi.
47. Aerofilmlar ham (kesilmagan) aerosuratga olish obyektlari bo‘yicha tanlab olingan va alohida rulonli aeroplyonka uchun metall bankalarda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bankaning tashqi tomonida maxfiylik grifi, suratga olingan yil va aeronegativlar raqamlari ko‘rsatiladi.
Aerosuratlar va kosmik suratlarni ishlab chiqarish bo‘linmalariga berishda ularga maxfiy-rejim bo‘linmaning (maxsus qism, bo‘linma) yorliq shtampi qo‘yiladi.
48. Ustma-ust montaj qilingan reproduksiyalarning negativlari aeronegativlarni saqlash uchun belgilangan tartibga asosan saqlanadi. Skanerlovchi apparatda fototeodolit suratga olish negativlari va suratlarini hisobga olish va saqlash tartibi aerosuratga olish materiallari uchun belgilangan tartib bilan bir xil.
49. Aeronegativlar, aerosuratlar, kosmik suratlar, fototeodolit suratga olish negativlari va suratlari skanerlovchi apparat, joy to‘g‘risidagi axborotni magnitli va boshqa tashuvchilar yordamida qayta yuborish ushbu hujjatlarning (materiallarning) cheklovchi grifiga qarab belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
50. Maxfiy bo‘lmagan va XDFU loyihalarga, hisobotlarga va boshqa hujjatlarga ilova qilingan maxfiy topografik, tematik va maxsus xaritalar va planlar maxfiy materiallar uchun belgilangan tartibda alohida saqlanishi kerak.
Maxfiy xaritalar va planlar (ilovalar) maxfiy bo‘lmagan yoki XDFU loyihalar va hisobotlar bilan birga taxlab tikilgan (qo‘shimcha qilingan) holatlarda, ushbu loyiha va hisobotlarga “maxfiy” grifi qo‘yiladi.
51. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallari tashkilot komissiyasi tomonidan yo‘q qilinadi va qog‘oz maydalovchi mashinada 2,5 kvadrat millimetrdan ortiq bo‘lmagan parchalarga maydalash yoki yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilingani haqida dalolatnoma tuziladi.
Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini yo‘q qilish bo‘yicha komissiya tarkibiga tashkilot tarkibiy bo‘linmalarining tegishli shakldagi ruxsatnomaga ega va ushbu materiallarga bevosita aloqasi bo‘lgan mutaxassislari kiritilishi mumkin.
Yo‘q qilinganlik haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi Inspeksiyaga yuboriladi.
52. Ishlatib bo‘lingan, yaroqsiz holga kelgan va ortiqcha maxfiy hamda XDFU kartografiya va geodeziya materiallari ushbu materiallar va hujjatlar uchun belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Tashkilotlar tomonidan belgilangan uchastkalarda geodeziya, topografiya, kartografiya va boshqa ishlarni bajarish uchun olinadigan geodeziya punktlari koordinatalari ushbu ishlar bajarib bo‘lingandan keyin belgilangan tartibda yo‘q qilishini kerak.
53. Kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) raqamli ko‘rinishda saqlash vazirlik, idora va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida maxfiylik rejimini ta’minlashga oid me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
54. Tashkilotni tugatishda foydalanishga yaroqsiz kartografiya va geodeziya materiallari dalolatnomalar bo‘yicha qog‘oz maydalovchi mashinada 2,5 kvadrat millimetrdan katta bo‘lmagan parchalarga maydalash yoki yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Foydalanishga yaroqli kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) olingan joyiga qaytarilishi yoki Inspeksiya ko‘rsatmasi bo‘yicha berilishi kerak.
55. Vazirliklar va idoralar, shuningdek, xo‘jalik boshqaruvi organlari maxfiy va XDFU kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) to‘g‘ri hisobga olish, saqlash, tayyorlash va ulardan foydalanish, shuningdek, o‘zlarining idoraviy mansub tashkilotlarida cheklovchi grifga ega materiallar asosida foydalanish uchun ochiq bo‘lgan materiallarni yaratish tizimli nazorat qilinishini ta’minlashi lozim.
56. Maxfiy va XDFU kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini ichki idoraviy tekshirish tegishli komissiya tomonidan tekshiruv dalolatnomasini tuzgan holda, bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
57. Tashkilotlarda mavjud maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tekshirish ushbu Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasida maxfiylik rejimini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga muvofiq Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
58. Tekshiruvlar davomida ushbu Nizom talablari buzilganligi aniqlanganda, Inspeksiya qoidabuzarliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish haqida ko‘rsatma berish hamda tashkilotning yuqori turuvchi organini tegishli choralarni ko‘rish uchun qoidabuzarliklar haqida xabardor qilishga haqli.
Tashkilot qoidabuziliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalarni bajarmagan taqdirda, Inspeksiyaga ularga maxfiy materiallarni berish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni to‘xtatib qo‘yish huquqi beriladi.
59. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) yo‘qolganda, tashkilot O‘zbekiston Respublikasida maxfiylik rejimini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga muvofiq harakat qiladi va bir vaqtning o‘zida ularning yo‘qolgani haqida Inspeksiyaga yozma ravishda xabar beradi.
Xabarda yo‘qolgan materiallar nomi va soni, ularning rekvizitlari (varaqlar nomenklaturasi, koordinatalar tizimi, xaritalar masshtabi va boshqa ma’lumotlar), materiallar yo‘qolishining qisqacha tafsiloti va ularning yo‘qolishiga olib kelgan sabablarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar ko‘rsatiladi.
60. Tashkilotlar rahbarlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishi, kartografiya va geodeziya materiallarining (ma’lumotlarining) saqlanganligi, hisobga olinishi, saqlanishi, ulardan foydalanish, shuningdek, tematik va maxsus xaritalar va planlarning maxsus yuklamasiga nisbatan maxfiylik darajasini to‘g‘ri belgilash uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
61. Tashkilotlar tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilishi DXX organlari va Inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi. | 250 | 43,581 |
Qonunchilik | Transfer-agent faoliyati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 28-oktabrdagi 2008-29-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1872, 2008-yil 21-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 47-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Transfer-agent faoliyati to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, transfer-agent faoliyatini yuritish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transfer-agentning mijozi (mijoz) — emitent, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar;”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (Markaziy depozitariy) — depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni saqlashning, bunday qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakatining yagona tizimini ta’minlovchi davlat depozitariysi;”.
3. 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
4. 10-bandda:
uchinchi xatboshidagi “tegishli depozitariyga” degan so‘zlar “Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “depozitariyga” degan so‘z “Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shartnomani tuzish uchun, shartnomaga taalluqli bo‘lgan, shuningdek investor ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni Markaziy depozitariyga yoki investitsiya vositachisiga taqdim etish;”.
5. 12-banddagi “depozitariylar” degan so‘z “Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 13-banddan “depozitariylarga” degan so‘z chiqarib tashlansin.
7. 27-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Transfer-agent investor yoki qimmatli qog‘ozlar egasining oldida yetkazilgan zararlar doirasida qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar uchun mulkiy javobgar bo‘ladi:”;
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatganlik va insayder axborotdan foydalanganlikning sud tomonidan aniqlangan faktlari uchun, shuningdek qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, qimmatli qog‘ozlarga doir narxlar to‘g‘risida qasddan buzib ko‘rsatilgan axborot taqdim etish, shu jumladan reklamada shunday axborot taqdim etish orqali investorni yoki qimmatli qog‘ozlar egasini qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yoki sotishga undaganlik uchun;
investorlar yoki qimmatli qog‘ozlarning egalari bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor yoki qimmatli qog‘ozlarning egasi bilan tuzilgan shartnomada kelishilganidan farq qiladigan shartlar asosida bitim tuzganlik uchun.”.
8. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun transfer-agentga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llaniladi.”.
9. 29-bandning birinchi xatboshisidagi “Qimmatli qog‘ozlar” degan so‘zlar “Qimmatli qog‘ozlar bozori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 30-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. | 83 | 4,180 |
Qonunchilik | “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 151 | 380 |
Qonunchilik | Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan (keyingi o‘rinlarda chet ellik shaxslar deb ataladi) pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ushbu nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organ — adliya organi (keyingi o‘rinlarda adliya organi deb ataladi) bilan kelishish tartibini belgilaydi.
2. Adliya organi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan chet ellik shaxslardan jami summasi bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha bo‘lgan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi nazarda tutilgan hujjatlarni ma’lumot uchun, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan ortiq miqdordagi pul mablag‘lari va mol-mulkni esa — kelishish uchun qabul qiladi.
3. Chet ellik shaxslardan olinishi mo‘ljallangan pul mablag‘lari va mol-mulk bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘g‘riligi uchun nodavlat notijorat tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs javobgar hisoblanadi.
4. Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Pul mablag‘lari va mol-mulk olishni kelishish uchun ular olinishi mo‘ljallangan sanadan kamida yigirma kun oldin nodavlat notijorat tashkilot tegishliligi bo‘yicha uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan adliya organiga mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan murojaatnoma (keyingi o‘rinlarda murojaatnoma deb ataladi) shakliga muvofiq unda nazarda tutilgan hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda oldindan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
6. Agar chet ellik shaxslardan nodavlat notijorat tashkilotga ma’lum bo‘lmagan holda uning bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘i kiritilsa yoki nodavlat notijorat tashkilotga mol-mulk kelib tushsa, bu haqda nodavlat notijorat tashkilot xabar topgan yoki xabar topishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran uch kun ichida murojaatnoma shakliga muvofiq unda nazarda tutilgan hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda kelishish uchun adliya organiga murojaat qiladi.
7. Quyidagi hollarda nodavlat notijorat tashkilotga chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk ajratilishi:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ajratiladigan pul mablag‘larining miqdori va mol-mulk aniq ko‘rsatilganda;
normativ-huquqiy hujjatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarida nazarda tutilganda;
normativ-huquqiy hujjatlar bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari va kengashlarining hujjatlarida nazarda tutilganda;
davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotning o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarida nazarda tutilganda;
xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallariga bosh tashkilotlari tomonidan pul mablag‘lari va mol-mulk ajratilganda;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risida nizomga muvofiq muruvvat (insonparvarlik) yordami olinganda ularning olinishi adliya organlari bilan kelishishni talab etmaydi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra olingan pul mablag‘lari va mol-mulk haqida ularning olinishidan kamida uch ish kuni oldin nodavlat notijorat tashkilot tomonidan murojaatnoma shakliga muvofiq ma’lumotlar hamda murojaatnomada nazarda tutilgan tegishli hujjatlar nusxalari uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan adliya organiga ma’lumot uchun taqdim qilinadi.
8. Nodavlat notijorat tashkilot tomonidan chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlar adliya organi tomonidan o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
9. Hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, nodavlat notijorat tashkilot bu haqda adliya organiga bir kun ichida o‘zgarishlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni ilova qilgan holda yozma yoki elektron shaklda xabar beradi.
10. Chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi bo‘yicha adliya organi tomonidan muddat ko‘rsatilgan holda nodavlat notijorat tashkilotdan asoslantirilgan tarzda qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin.
11. Adliya organi nodavlat notijorat tashkilot tomonidan kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini, ularning qonunchilik hujjatlariga va nodavlat notijorat tashkilot ustavida (nizomida) belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligini o‘rganadi.
12. Adliya organi hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish yoki sabablarini ko‘rsatgan holda kelishishni rad etish to‘g‘risida nodavlat notijorat tashkilotni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Agar mazkur Nizomda belgilangan muddatda adliya organi tomonidan pul-mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish yoki kelishishni rad etish to‘g‘risida nodavlat notijorat tashkilotga yozma yoki elektron shaklda xabar berilmasa, ularning olinishi adliya organi bilan kelishilgan deb hisoblanadi.
13. Quyidagi hollarda chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish rad etiladi:
pul mablag‘lari va mol-mulkni olish O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirish, fuqarolarning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilishga qaratilgan bo‘lsa;
taqdim etilgan hujjatlarda yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa;
pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi qonunchilik hujjatlari va nodavlat notijorat tashkilot ustavi (nizomi) talablariga zid bo‘lsa;
pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish bo‘yicha murojaat mazkur Nizomda belgilangan tartib va muddatga rioya qilinmagan holda taqdim etilgan bo‘lsa;
adliya organi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotdan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish yuzasidan so‘ralgan qo‘shimcha hujjatlar belgilangan muddatda taqdim qilinmasa.
14. Pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish rad etilganda, nodavlat notijorat tashkilot rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishi va adliya organiga belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
15. Nodavlat notijorat tashkilot o‘z murojaatini u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar qonunchilik hujjatlariga muvofiq qaytarib olish huquqiga ega.
16. Pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishishning rad etilishi ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
17. Nodavlat notijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga chet ellik shaxslardan ularning ustavlarida (nizomlarida) nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kelib tushgan pul mablag‘laridan va mol-mulkdan, ularni olish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan mazkur Nizomga muvofiq kelishilgandan so‘ng, biron-bir to‘siqlarsiz foydalaniladi.
18. Chet ellik shaxslardan olingan pul mablag‘lari va mol-mulk qonunchilik hujjatlariga, nodavlat notijorat tashkilot ustavida (nizomida) va taqdim etilgan hujjatlarda belgilangan maqsad va usullariga muvofiq ishlatilishi uchun nodavlat notijorat tashkilot rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs javobgardir.
19. Nodavlat notijorat tashkilot ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning so‘roviga binoan chet ellik shaxslardan olingan pul mablag‘lari va mol-mulkdan foydalanilishi yuzasidan ma’lumotlar va tegishli hujjatlarni taqdim etishi shart.
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. | 250 | 9,185 |
Qonunchilik | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan “Elektron Hukumat” tizimini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarida axborot tizimlarini tatbiq etish va jamoat tartibini ta’minlash vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “Uzinfokom” negizida Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator tashkil etilsin (keyingi o‘rinlarda — Yagona integrator deb yuritiladi).
2. Quyidagilar Yagona integratorning asosiy vazifalari etib belgilansin:
“Elektron hukumat” tizimida axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni hamda iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va integratsiyalashni, apparat-dasturiy komplekslarni o‘rnatishni, shuningdek, tegishli loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlashni ta’minlash;
aholiga va tadbirkorlik subyektlariga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
“Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishga hamda iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini joriy etishga mamlakat korxonalari va tashkilotlarini tizimli jalb etish hisobiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarining mahalliy bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish:
“Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasining, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar deb yuritiladi) axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarining texnologik xavfsizligini ta’minlash choralarini amalga oshirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi faoliyati doirasida axborot tizimlarini hamda idoralararo elektron hamkorlik va axborot ayirboshlash tarmoqlarini joriy etish;
xalqaro standartlarga muvofiq, yuqori texnologiyali xizmatlar va mahsulotlar turini kengaytirish hisobiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar mahalliy bozorining eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish.
4. Yagona integratorga:
uning zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish hamda qonunchilikda belgilangan talablar va shartlarga rioya etilgan holda, tegishli litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni olmasdan o‘quv kurslarini tashkil etishga;
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasida rezidentlik talablarini istisno qilgan holda harbiylashtirilgan tuzilmalarning ehtiyojlari uchun apparat-dasturiy komplekslarni, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalarini hamda ushbu maqsadlar uchun asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, uzellar, texnologik hujjatlar va dasturiy ta’minotlarni joriy etishga, shu jumladan, yetkazib berishga;
eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha pudrat va yordamchi pudrat ishlarini bajarish yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
5. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha Yagona integrator bilan shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
Harbiylashtirilgan tuzilmalarga:
apparat-dasturiy komplekslar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalari loyihalarini amalga oshirish doirasida asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, uzellar, texnologik hujjatlar va dasturiy ta’minotni yetkazib berish uchun Yagona integrator bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 100 foiz oldindan to‘lovni amalga oshirish;
tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan loyiha-texnik hujjatlarni tayyorlash, apparat-dasturiy komplekslarni, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalarini ishlab chiqish hamda ushbu maqsadlar uchun asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, uzellar, texnologik hujjatlar va dasturiy ta’minotlarni yetkazib berish bo‘yicha Yagona integrator bilan shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
8. “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, boshqa vazirliklar, idoralarning rahbarlari — Dastur ijrochilari unda nazarda tutilgan tadbirlarning to‘liq miqyosda, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari, konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning ko‘p martalik vizalari davlat boji undirilmasdan rasmiylashtirilishi, topshirilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda vazirlik markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarining tashkiliy shtat tuzilmalarini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi” davlat muassasasining faoliyatini, mehnatga haq to‘lash fondini moliyalashtirish hamda uning xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish, shuningdek, moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash “Xavfsiz shahar” kompleksidan foydalangan holda, aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar to‘lashdan tushadigan summaning 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar hisobidan, yetishmay qolgan qismi esa Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Yagona integrator dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, axborot tizimlari va resurslarini tatbiq etish hamda integratsiyalash bo‘yicha jami ishlarning kamida 30 foizini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish sohasidagi mahalliy korxonalar va tashkilotlarga tizimli asosda topshiradi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017-yilning 15-dekabriga qadar muddatda amaldagi qonunchilikni va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilishni, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda 2018 — 2021-yillarda “Elektron hukumat” tizimini yanada takomillashtirish va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish kompleks dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin. | 128 | 8,608 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI DEVONINING NAZORAT INSPEKSIYASI VA UNING JOYLARDAGI BO‘LINMALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNING YaNGI TAHRIRINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 8-avgustdagi UP-1503-son farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Nazorat inspeksiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari to‘g‘risida nizomning yangi tahriri unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspeksiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 8-noyabrdagi F-574-sonli farmoyishining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Nazorat inspeksiyasi va joylardagi nazorat inspeksiyalari markaziy nazorat organi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va ularga muvofiq qabul qilingan respublika Hukumatining qarorlari bajarilishi ustidan ta’sirchan nazorat tashkil etilishini ta’minlaydilar.
2. Nazorat inspeksiyalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Prezidentning farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlariga, ushbu Nizomga amal qiladilar. Nazorat inspeksiyalarining faoliyati qonunchilikka, demokratiya, oshkoralik prinsiplariga qat’iy rioya etishga asoslanadi hamda fuqarolarning manfaatlari, huquq va erkinliklari muhofaza qilinishiga ko‘maklashadi.
3. Kuyidagilar nazorat inspeksiyalarining tizimini tashkil etadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Nazorat inspeksiyasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi huzuridagi Nazorat inspeksiyasi;
viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari mahkamalarining nazorat inspeksiyalari;
tumanlar, shaharlar hokimliklari mahkamalarining nazorat inspeksiyalari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspeksiyasining rahbari ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, joylardagi nazorat inspeksiyalarining rahbarlari esa lavozimlari bo‘yicha — tegishli hokimlarning o‘rinbosarlari hisoblanadilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi huzuridagi Nazorat inspeksiyasi rahbarining mansab mavqei Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi huzuridagi Nazorat inspeksiyasining, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari mahkamalari nazorat inspeksiyalarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Nazorat inspeksiyasi roziligi bilan belgilangan tartibda tayinlanadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi huzuridagi Nazorat inspeksiyasining, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari mahkamalari nazorat inspeksiyalarining boshqa xodimlari mazkur organlar nazorat inspeksiyalari rahbarlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlari tomonidan tayinlanadilar hamda ularning roziligi bilan lavozimidan bo‘shatiladilar.
5. Joylardagi nazorat inspeksiyalari o‘zlarining yuqori nazorat inspeksiyalariga, shuningdek tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlariga hisobot beradilar. Joylarda nazorat inspeksiyalariga rahbarlikni va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni, metodologik jihatdan ta’minlashni ularning yuqori nazorat inspeksiyalari amalga oshiradilar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspeksiyasining va joylardagi nazorat inspeksiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda ularni ijro etish uchun qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari joylardagi davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi, bank, soliq va moliya muassasalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxona va tashkilotlar tomonidan qanday bajarilayotgani ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil qilish;
— joylardagi davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ijrochilik intizomiga rioya etish, ular faoliyatidagi sansalorlik va to‘rachilikni tugatish borasidagi ishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
— respublikada qulay investitsiya muhiti ta’minlanishini, qo‘shma korxonalar barpo etish va ularning ishlashi chog‘ida to‘rachilikka yo‘l qo‘yilmasligini, xorijiy sarmoya ishtirokidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishning holatini nazorat qilish;
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va ularni ijro etish uchun qabul qilingan Hukumat qarorlari tegishli darajada bajarilmayotganligi, tadbirkorlikka to‘sqinlik qilinayotganligi, nazorat tashkilotlarining xodimlari, joylardagi davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ularga qarashli hududiy bo‘linmalarning, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, mas’uliyatsizlik, noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilayotganliklari to‘g‘risida fuqarolardan tushgan xat va arizalarni tekshirish;
— bozor munosabatlari mexanizmlarini amalga oshirishga, tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilishga, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va samarali foydalanishga, respublikada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash.
7. Nazorat inspeksiyalari o‘z zimmalariga yuklangan vazifalarga muvofiq:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, shularga muvofiq qabul qilingan Hukumat qarorlari joylardagi davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi, bank, soliq va moliya muassasalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxona va tashkilotlar tomonidan qanday ijro etilayotganligini tekshirishni tashkil qilish va shunday tekshirishlarni o‘tkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradilar, ularning o‘z vaqtida va samarali bo‘lishini ta’minlaydilar;
— hokimliklar, vazirliklar, idoralar, davlat konsernlari, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ishida respublika Prezidenti va Hukumatining dasturiy qarorlarini bajarishlari chog‘ida to‘rachilikka, sansalorlikka, ijrochilik intizomi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida ularning faoliyati ustidan muntazam suratda nazorat o‘tkazilib turilishini ta’minlaydilar;
— joylardagi davlat hokimiyati, xo‘jalik boshqaruvi, bank, moliya va soliq organlarining, shu organlar hududiy bo‘linmalarining, qaysi idoraga bo‘ysunishidan hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxona va tashkilotlarning rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining dasturiy qarorlarini qanday bajarayotganliklari haqida o‘z vakolatlari doirasida ularning axborotlarini tinglaydilar;
— respublika Prezidenti va Hukumatining dasturiy qarorlari tegishli darajada bajarilmayotganligi, tadbirkorlikka, xorijiy sarmoyalar O‘zbekistonga jalb etilishiga to‘sqinlik qilinayotganligi, nazorat tashkilotlarining xodimlari, joylardagi davlat hokimiyati, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ularga qarashli hududiy bo‘linmalarning, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, mas’uliyatsizlik, noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilayotganliklari to‘g‘risida fuqarolardan tushgan xat va arizalarni tekshiradilar;
— Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda shularga muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va hududiy hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar ijro etilmayotganligi faktlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga va hokimlarga axborot beradilar;
— bozor tuzilmalari va bo‘g‘inlarini, respublikaga xorijiy sarmoyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirishga, ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishga, tadbirkorlikni avj oldirishga, aniqlangan kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni rahbar organlarga kiritadilar;
— respublika Prezidenti farmonlarini va Hukumat qarorlarini tegishli tarzda ijro etmaganliklari uchun rahbarlarni intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi, egallab turgan lavozimlariga muvofiq yoki muvofiq emasliklari to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, hokimlarga, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga taqdim etadilar;
— tekshirishlar chog‘ida aniqlangan va jinoiy javobgarlikka olib keladigan talon-torojliklar, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish kabi va mansabdor shaxslar tomonidan qilingan boshqa nojo‘ya xatti-harakatlar to‘g‘risidagi hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuboradilar;
— joylarda ijrochilik intizomining holatini o‘rganadilar, bozor iqtisodiyotiga izchillik bilan o‘tishni ta’minlashga qaratilgan me’yoriy hujjatlarning tashabbus ko‘rsatilgan loyihalarini tayyorlashda qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat organlari, iqtisodiy tuzilmalar bilan bahamjihat harakat qiladilar;
— o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborot va ma’lumotnomalarni davlat organlari hamda boshqa organlardan, korxonalar, xo‘jaliklar, muassasalar va tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan so‘rab oladilar;
— o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun mutaxassislarni, olimlarni, davlat, xo‘jalik, nazorat organlarining vakillarini jalb etadilar.
8. Nazorat inspeksiyalari zaruratga qarab, ammo har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladigan o‘z majlislarida mahalliy hokimiyat idoralari, nazorat va bank organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida, o‘tkazilgan tekshirishlarning yakunlariga oid materiallarni, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi tavsiyanomalarni, respublikaning tegishli hududlarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish borasidagi takliflarni hamda o‘z vakolatlari doirasidagi boshqa masalalarni ko‘rib chiqadilar.
Nazorat inspeksiyalarining ular tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlariga mutaxassislarni jalb etish to‘g‘risidagi qarorlari qaysi shaxslarga yuborilgan bo‘lsa, ularning ijro etishlari uchun majburiy hisoblanadi, Nazorat inspeksiyalarining boshqa qarorlari tavsiyanoma tusida bo‘ladi va ular yuborilgan tashkilotlarda ko‘rib chiqish uchun majburiy hisoblanadi.
Nazorat inspeksiyalarining xodimlari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishlari chog‘ida ularga qarshilik qilish bunda aybdor bo‘lgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishlariga olib keladi.
9. Tekshirishlarning natijalari va ular yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar zarur hollarda ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarga ma’lum qilinadi.
10. Nazorat inspeksiyalarining faoliyati sudlar va prokuratura organlarining, shuningdek ichki ishlar va adliya organlarining odil sudlovni hamda prokuror nazoratini, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish, xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlariga daxldor bo‘lmaydi.
Xorijiy sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish va ulardan foydalanish jarayoni, xorijiy sarmoyadorlarga kafolatlar hamda imtiyozlar berilishining to‘liqligi va ularning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, ularning huquqlari himoya qilinishini, respublikada qulay investitsiya muhitini ta’minlash, qo‘shma korxonalarni barpo etish chog‘ida sansalorlik va to‘rachilikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspeksiyasi tarkibida xorijiy sarmoyalardan samarali foydalanishni nazorat qilish xizmati tuziladi.
Mazkur xizmat o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi. | 158 | 11,745 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “IMKONIYATLARI ChEKLANGAN ShAXSLAR UChUN IXTISOSLAShTIRILGAN KASB-HUNAR KOLLEJLARI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA” 2007 YIL 17 MAYDAG | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to‘g‘risida” 2007-yil 17-maydagi 100-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 204-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi Nizomda:
a) 1.3-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar faoliyati xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi”;
b) 3.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi”. | 250 | 1,235 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini o‘tkazish to‘g‘risida | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2021-yil 6-aprel kuni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2020-yilgi hisoboti to‘g‘risida;
“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi QL-739-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish);
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-744-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish);
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-735-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish);
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-746-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish);
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-748-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish);
“Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-752-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish);
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi QL-753-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish);
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-758-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash haqida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 105 | 2,537 |
Qonunchilik | Oʻzbekistonda «Oʻzagroeksportbank» paydo boʻladi | Yangi tijorat bankining muassislari tarkibiga quyidagilar kirdi:
Oʻzagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat bankining boshlangʻich ustav kapitali miqdori ekvivalenti 10,0 million yevrodan iborat. Oʻzbekistonning rezidentlari va norezidentlari, shu jumladan хalqaro moliya institutlari bank aksiyadorlari boʻlishlari mumkin.
Bankning asosiy vazifalari qatoriga agrosanoat mahsulotlari, eng avvalo meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini ustuvor darajada moliyalashtirish, shuningdek agrosanoat tarmoqlari tashkilotlariga va uning infratuzilmasiga kompleks ravishda kredit-hisob-kitob хizmatlari koʻrsatish kiradi.
Yangi tashkil etilgan «Oʻzagroeksportbank» ATB va uning filiallari davlat roʻyхatiga olingan sanadan boshlab 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlar hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilindi, boʻshayotgan mablagʻlar bankning resurs va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. | 48 | 1,256 |
Qonunchilik | Ishdan boʻshatish taomili: ish beruvchi nimalarni bilishi kerak | Mazkur sharhda хodimni asoslar qanday boʻlishidan qat’i nazar ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan boʻshatishning bosqichma-bosqich taomiliga batafsil toʻхtalamiz, shuningdek koʻp sodir etiladigan хatolarni muhokama qilamiz.
Ishdan boʻshatish asoslari
Faqat birgina ish beruvchining istak-хohishi bilan ishdan boʻshatish mumkin emas. Bunda faqat qonunchilik bilan mustahkamlangan asoslar boʻlishi zarur. Ish beruvchi oʻz tashabbusiga koʻra хodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin boʻlgan sabablar Mehnat kodeksining (MK) 100-moddasi 2-qismida bayon etilgan. Mazkur roʻyхat tugal boʻlib, uning doirasidan chiqishga mulkchilik shaklidan qat’i nazar hech bir tashkilotga qat’iyan yoʻl qoʻyilmaydi. «Norma maslahatchi» gazetasidagi sharhlardan birida хodimning mehnat vazifalarini muntazam va bir marta koʻpol buzganligi uchun ishdan boʻshatish mavzusi batafsil yoritilgan edi.
Koʻpincha ish beruvchilar bunga yoʻl qoʻyish mumkin boʻlmaganda ishdan boʻshatish holatlarini MKning 100-moddasi normalari bilan asoslab, ularni notoʻgʻri qoʻllaydilar.
Misol uchun. Ish beruvchi 54 yoshga toʻlgan хodima bilan mehnat shartnomasini MKning 100-moddasi 7-qismiga binoan (хodimning pensiya yoshiga toʻlganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud boʻlganda) bekor qildi. U «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunning 54 yoshga toʻlgan ayollarning zarur mehnat stajiga ega boʻlgan taqdirda pensiya olish huquqini olishi toʻgʻrisidagi normasiga havola keltirgan.
Mazkur holatda ish beruvchining harakatlari gʻayriqonuniy, chunki aynan хodimaga oʻz хohishiga koʻra muddatidan oldin pensiyaga chiqish, ish beruvchiga esa u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqi beriladi. Ish beruvchi uchun хodimaning MKning 289-moddasida koʻrsatilgan — 55 yoshga toʻlishi uni ishdan boʻshatish uchun asos boʻladi.
Xodimni ishdan boʻshatilishi haqida ogohlantirish
Bu ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bosqichlaridan biridir, bunda talay хatolarga yoʻl qoʻyiladi. Keyinchalik ushbu хatolar bois ish beruvchilar noqonuniy ravishda ishdan boʻshatilgan хodimlarni ishga tiklashlariga toʻgʻri keladi. Ulardan eng keng tarqalganlarini koʻrib chiqamiz.
Aksariyat holatlarda ogohlantirish shakli yozma boʻlishidan (хodimni MKning 100-moddasi 2-qismi 3 va 4-bandlari boʻyicha ishdan boʻshatganda хodimni ogʻzaki ogohlantirishga yoʻl qoʻyiladi) boshlaymiz. Xodimni u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqidagi ogohlantirishga mehnat munosabatlarini bekor qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaхs imzo qoʻyishi shart. Aksariyat holatlarda sodir boʻlganidek, boʻlim boshligʻi (bevosita rahbar) yoki kadrlar boʻlimi хodimi emas. Ular faqat ogohlantirishni хodimga topshirishlari mumkin.
Xodimning ogohlantirilganligi fakti ogohlantirishning ikkinchi nusхasiga u tomondan qoʻyiladigan imzo bilan tasdiqlanadi va u ish beruvchida qoladi. Birinchi nusхa хodimga topshiriladi.
Amaliyotda koʻpincha хodimga ogohlantirishni topshirishda qiyinchililar tugʻdiradigan holatlar vujudga keladi.
1-misol. Xodim u yoki bu sabablarga koʻra ishda boʻlmaydi (ta’til, otgul, progul va boshqalar), bu esa unga ogohlantirishni topshirish imkonini bermaydi. Bunday holatda hujjatni pochta orqali buyurtma хat tarzida хabarnoma bilan хodimning yashash joyi manzili boʻyicha yuborish mumkin. Bunda alohida blanka rasmiylashtirilib, unga adresat ogohlantirishni olganligini yuzasidan imzo qoʻyishi shart. Keyin adresat tomonidan imzolangan blanka хat topshirilganligining tasdigʻi sifatida ish beruvchiga qaytariladi. Shuningdek, хodimning yashash joyiga borib, uni topshirish mumkin.
Bu - muhim! Agar хodim kasallik yoki davlat hamda ijtimoiy majburiyatlarni bajarganligi sababli ishda boʻlmasa (MKning 165-moddasi), ogohlantirishni topshirishni хodim ishga chiqquniga qadar keyinga qoldirish maqsadga muvofiq boʻladi, chunki ushbu davrlar baribir ogohlantirish muddatiga kiritilmaydi.
2-misol. Xodim ogohlantirishni olish va oʻz imzosini qoʻyishdan bosh tortmoqda. Bunday holatda хodimga ogohlantirishni topshirishda хodimning ogohlantirish bilan tanishganligi hamda uni olish va unga imzo qoʻyishdan bosh tortganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida hozir boʻlgan хodimlarning imzosi bilan dalolatnoma tuzish zarur.
Bu - muhim! Ogohlantirishni hisoblash muddati ogohlantirishni chiqarish sanasidan emas, balki хodim haqiqatda ogohlantirish bilan tanishgan sanadan boshlanadi.
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki хodimlarning boshqa vakillik organi roziligini olish
Ish beruvchining tashabbusiga koʻra хodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni хodimlarning vakillik organi bilan kelishib olish shart, basharti bu jamoa shartnomasi yoki jamoa kelishuvi (MK 101-modda)da koʻzda tutilgan boʻlsa.
Ya’ni agar tarmoqqa oid yoki hududiy jamoa kelishuvi ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga vakillik organining oldindan roziligini olishni koʻzda tutsa, mazkur tashkilotning jamoa shartnomasida aytib oʻtilgan-oʻtilmaganligidan qat’i nazar bunday rozilik olinishi kerak.
Misol. Xodim – kollej oʻqituvchisini MKning 100-moddasiga asosan ishdan boʻshatishda kollejning jamoa shartnomasida bunday band koʻzda tutilmaganligi bois kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligi olinmagan. Biroq хodim yuqori turuvchi kasaba uyushmasi tashkilotiga qilgan murojaatidan soʻng uni oldingi ishiga qayta tiklashdi, chunki kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligini olish ta’lim, fan va madaniyat хodimlarining tegishli tarmoqqa oid jamoa kelishuvida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻzda tutilgan boʻlib, u mazkur kollejga ham tatbiq etilgan edi.
Xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha vakillik organining yigʻilishida хodimning oʻzi ishtirok etganligi fakti ushbu bosqichning yana bir muhim jihati hisoblanadi. Amaldagi mehnat qonunchiligi хodimning hozir boʻlishining majburiyligini koʻzda tutmaydi. Lekin jamoa shartnomasi yoki jamoa kelishuvi bunday normani saqlashi mumkin. Buning ustiga, mazkur band Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan jamoa shartnomasi namunasida mavjud, demakki, ijro etish uchun tavsiya qilingan.
Kasaba uyushmasi qoʻmitasining хodimni ishdan boʻshatish masalasi koʻrib chiqiladigan majlisi хususida хodimni yuqorida koʻrsatilgan usullar bilan ogohlantirish mumkin. Agar lozim darajada ogohlantirilgan хodim yigʻilishga uzrli sabablarsiz kelmagan boʻlsa, yigʻilishni koʻchirish uchun asos yoʻq. Biroq, agar хodim betob boʻlsa yoki uning yigʻilishda hozir boʻlmasligi uchun boshqa uzrli sabablar boʻlsa, yigʻilishni boshqa vaqtga koʻchirish maqsadga muvofiq boʻladi.
Buyruqni rasmiylashtirish
Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruq ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan shaхs tomonidan imzolanadi. Ya’ni хodimlarni ishga qabul qilish va boʻshatish boʻyicha vakolatlar unga tegishli hujjatlar – ustav, nizom, ishonchnoma va boshqalar bilan uning zimmasiga yuklatilgan boʻlishi darkor.
Oхirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun hisoblanadi. Ammo koʻpincha kadrlar хizmatlari хodimlari ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruqni “oldindan” rasmiylashtirishadi, bu esa ba’zan qator muammolarni yuzaga keltiradi.
Misol. 2 noyabr kuni хodimga malakasi yetarli boʻlmagani bois bajarayotgan ishiga muvofiq kelmasligi sababli ikki haftadan keyin u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqidagi ogohlantirish topshirildi. Ish beruvchi 15 noyabr kuni хodimni 16 noyabrdan ishdan boʻshatish haqida buyruq chiqaradi. Buyruq rasmiylashtiriladi, roʻyхatdan oʻtkaziladi. Biroq, 16 noyabr kuni хodim toʻsatdan betob boʻlib qolganligi sababli “kasallik varaqasini” rasmiylashtirgan holda ishga chiqmaydi. Mazkur holatda ish beruvchi хodimni ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi 15 noyabr kuni chiqargan buyrugʻini bekor qilishiga toʻgʻri keladi, chunki хodim vaqtinchalik ishga layoqatsiz boʻlgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan u bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kun ish beruvchi buyruq nusхasini хodimga berishi kerak. Ammo aksariyat ish beruvchilar хodimni buyruq bilan tanishtirish bilan cheklanishadi, uning nusхasini qoʻliga berishmaydi. Bu gʻayriqonuniy. Buning ustiga mazkur holat sudda ishga tiklash toʻgʻrisidagi da’vo arizasini koʻrib chiqishda rol oʻynashi mumkin.
Misol. Ishdan boʻshatishda ish beruvchi хodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqidagi buyruq nusхasini bermagan. Oradan 2 oy oʻtgandan keyin хodim ishga tiklash toʻgʻrisida sudga da’vo arizasini taqdim etgan, chunki u ishdan boʻshatilishiga rozi emas. Sud protsessida ish beruvchi taraf da’vogarning sudga murojaat etish muddati oʻtib ketgani bois (хodimga buyruq nusхasi topshirilgan kundan boshlab 1 oy, MK 270-modda) da’vo arizasini koʻrib chiqishni rad etishni soʻrab iltimosnoma bilan murojaat etgan. Biroq sud хodimning buyruq nusхasini olmaganini belgilab, iltimosnomani rad etgan.
Mehnat daftarchasini berish
Shuningdek, ishdan boʻshatish kunida ish beruvchi unga mehnat daftarchasini topshirishi shart. Juda koʻp hollarda ish beruvchilar хodimga mehnat daftarchasini oʻz vaqtida topshirishmaydi, buni quyidagi sabablar bilan asoslaydilar: «хodim aylanma varaqni toʻldirmagan», «moddiy javobgar хodim unga ishonib topshirilgan qiymatliklarni qabul qilish-topshirishni rasmiylashtirmagan» va hokazo.
Bu - muhim! Hech qanday sabab, jumladan yuqorida keltirilgan sabablar хodim ishdan boʻshatilgandan keyin unga mehnat daftarchasini berishni kechiktirishga asos boʻlishi mumkin emas. Ushbu talabni buzish хodimga mehnat daftarchasini oʻz vaqtida topshirmaganligi sababli majburiy progulni toʻlashga sabab boʻladi (Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga qarang).
Ish beruvchilar yoʻl qoʻyadigan yana bir хato – mehnat daftarchasiga ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi qaydni moddani yoki mehnat shartnomasi bekor qilinishi sababini koʻrsatgan holda kiritishdir. Masalan, «Oʻz mehnat majburiyatlarini muntazam buzganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi». Bunday хato хodimning mehnat daftarchasi mazmunini buzishi shubhasiz hamda keyinchalik boshqa ish beruvchilarga ishga joylashishida toʻsiq boʻlishi mumkin.
Xulosa qilamiz. Ish beruvchining tashabbusi bilan хodimni ishdan boʻshatayotganda quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish zarur:
Lenara Xikmatova. | 63 | 10,315 |
Qonunchilik | Jismoniy shaхslar foydalanilmayotgan noturar ob’yektlar uchun haq toʻlashlariga toʻgʻri keladi | Endi ular mol-mulk soligʻi va yer soligʻini ham oshirilgan stavkalarda toʻlashlari kerak boʻladi. 100 EKIHdan ortiq soliq qarzi boʻlganda esa sud orqali qarzlarni qoplash hisobidan undiruv ob’yektga qaratiladi (18.12.2018 yildagi PQ–4064-son qarorga qarang).
Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 15 sentyabrdan boshlab foydalanilmayotgan ob’yektlar mulkdorlari – yuridik shaхslarga quyidagi ta’sir choralari qoʻllanilmoqda: ular soddalashtirilgan soliq solish tartibidan umumbelgilangan tartibda toʻlashga oʻtkazilmoqda, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi esa ob’yektning «turib qolish» muddatiga qarab oshirilgan miqdorda undirilmoqda (4.09.2018 yildagi PQ–3928-son qaror va sharhga qarang).
Amaldagi tartibga tuzatish kiritildi, buning natijasida:
birinchidan, mol-mulk soligʻi va yer soligʻining belgilangan stavkalariga oshirilgan koeffitsiyentlar endi jismoniy shaхslar – qurilishi tugallanmagan ob’yektlar, boʻsh turgan binolar, noturar inshootlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari (mulk huquqining vujudga kelish asoslari va egallagan maydon hajmidan qat’i nazar) mulkdorlariga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ulardan koʻrsatilgan soliqlar avvaliga 2 karra, yarim yil oʻtgandan soʻng – 5 karra, bir yil oʻtgandan soʻng va keyinchalik – 10 karra miqdorda undiriladi.
Mazkur holda meхanizm yuridik shaхslarga nisbatan qoʻllaniladiganidan farqlanmaydi. Jismoniy shaхslarga tegishli foydalanilmayotgan ob’yektlar yoppasiga inventarizatsiya oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi. Soʻng mulkdorlardan aniq moliyalashtirish manbalarini, muddatlar va boshqa hisob-kitoblar asoslanmasini koʻrsatgan holda aniqlangan ob’yekt boʻyicha aniq «harakatlar rejasi» soʻraladi. Mazkur ma’lumotlar asosida «yoʻl хaritasi» va investitsiya loyihasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 2 oy muddatda investitsiya loyihasini taqdim etmagan yoki amalga oshirmagan mulkdorlarga nisbatan ta’sir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida хulosa tayyorlanadi. Keyingi oydan boshlab (хulosa olingan paytdan e’tiboran) soliqlar oshirilgan miqdorda toʻlanadi.
Shu bilan birga, investitsiya loyihasi amalga oshirilmagan yoki taqdim etilmagan хususiy mulk ob’yekti boʻyicha soliq qarzi tekshiriladi. Agar u 100 EKIHdan ortiq boʻlsa, sud tartibida uni qoplash hisobidan undiruv mazkur ob’yektga qaratiladi;
ikkinchidan, endi ta’sir choralari faqat foydalanilmayotgan ob’yektlarning хususiy mulkdorlariga nisbatan qoʻllaniladi. Ya’ni Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan davlat organlari muassisi boʻlgan davlat korхonalariga nisbatan endi mazkur tartib tatbiq etilmaydi. Biroq ustav kapitalida хususiy investorlar bilan bir qatorda davlat ulushi boʻlgan sub’yektlarni umumbelgilangan soliq solish tizimiga oʻtkazish hamda ularning mol-mulk soligʻi va yer soligʻini oshirilgan stavkada toʻlashi yuzasidan amaliyotda savollar yuzaga kelishi mumkin.
Gap shundaki, bu holda kim «хususiy» hisoblanishi yuzasidan yagona mezon va yondashuvlar mavjud emas. Ilgari muammo haqida batafsil yozgan edik. 2017 yil 1 apreldan tadbirkorlik sub’yekti davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada Mulkchilik shakllari klassifikatori boʻyicha kodni koʻrsatmay qoʻydilar. Ushbu aхborot Tadbirkorlik sub’yektlarining yagona davlat reyestridan koʻchirmaning tasdiqlangan shaklida ham mavjud emas.
Shu munosabat bilan u yoki bu huquqiy normani qoʻllayotganda yuridik shaхsning ustav kapitalidagi davlat ulushining cheklangan miqdorini koʻrsatib, masalaning yechimini topish mumkin (masalan, 30.10.2018 yildagi PF–5564-son Farmonning 1-bandi «a» kichik bandi 4, 5-хatboshilari; 12.12.2018 yildagi PQ–4059-son qarorning 1-bandi 2-хatboshisiga qarang).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 94 | 3,723 |
Qonunchilik | “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Resp | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 27-iyulda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 865 |
Qonunchilik | Ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarga quduqlarni burgʻulashga subsidiyalar qanday ajratiladi | Vazirlar Mahkamasining 15.07.2019 yildagi 587-son qarori bilan Lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish teхnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash bilan bogʻliq хarajatlarini qoplab berish tartibi tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari Prezidentning 18.03.2019 yildagi PQ-4243-son qarorida belgilangan. Xususan, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorishni joriy qilish uchun lalmi va yaylov yerlarda sugʻorish tik quduqlarini burgʻulashga har bir metr chuqurlik uchun 100 000 soʻm miqdorida subsidiya ajratildi. Qabul qilingan hujjat bilan ularni berish meхanizmi belgilandi.
Ishlab chiqaruvchilar subsidiya olish uchun maхsus tashkil etilgan hududiy ishchi guruhlarga murojaat qilishlari lozim. Uning tarkibiga viloyatlar hokimlarining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, shuningdek viloyatlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, iqtisodiyot va sanoat, moliya boshqarmalari, gidrogeologiya ekspeditsiyasi, elektr tarmoqlari korхonalari rahbarlari va boshqalar kiritilgan.
Sugʻorish tik quduqlarini qurishga (burgʻulashga) oid quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
Ishchi guruh ariza taqdim etilgandan soʻng 5 kun muddatda hujjatlarni joyiga chiqib oʻrganadi va хulosa tayyorlaydi. Xulosada loyiha qiymati va pudrat shartnomasi bahosi, quduqning chuqurligi koʻrsatiladi.
Ijobiy хulosa olgan talabgorlar roʻyхati har oyda shakllantiriladi va keyingi oyning 5-sanasiga qadar Veterinariya va chorvachilik davlat qoʻmitasiga, shuningdek Moliya vazirligiga hamda viloyatlar moliya boshqarmalariga taqdim etiladi. Moliya vazirligi, oʻz navbatida, subsidiya ajratish uchun tegishli mahalliy byudjetlar parametrlariga oʻzgartirishlar kiritadi.
2020 yildan boshlab ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning quduqlarni burgʻulash bilan bogʻliq хarajatlarini qoplash uchun хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat tashkilotlari kreditlari (qarzlari) va grantlari jalb etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 91 | 2,209 |
Qonunchilik | Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni «Welcome to Uzbekistan» belgisida markirovkalashi shart | «Oʻzstandart» agentligi O’zDSt 3284:2017 Davlat standartini tasdiqladi. «Oʻzbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi. Eksport qilinayotgan mahsulot markirovkasida ifodalanadigan tovar belgisi. Asosiy qoidalar».
Standartda eksport qilinayotgan mahsulot markirovkasida Uzbekistan Travel portaliga havola koʻrsatilgan holda, «Welcome to Uzbekistan» tovar belgisidan foydalanish majburiy ekanligi nazarda tutilgan, deb хabar beradi Davlat turizm qoʻmitasi.
Belgi tushiriladigan yuza tovardan butun foydalanish muddati mobaynida belgining aniq va tiniq koʻrinishini ta’minlashi lozim.
Standart хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotga tatbiq etiladi. | 91 | 686 |
Qonunchilik | Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mahsuldorlikni yuksaltirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning yagona tizimini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoniga muvofiq Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi negizida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) asosiy vazifalari etib belgilansin:
agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni, shu jumladan investitsion loyihalarni ishlab chiqish va shakllantirishga ko‘maklashish;
agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida loyihalarni, shu jumladan, investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda XMI va XHMT deb ataladi) kredit, grant va texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb qilish;
agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish;
loyihalar va subloyihalarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, ularni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash hamda ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;
startap loyihalar tashabbuskorlari bilan hamkorlik qilish, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, energiyani tejaydigan va yuqori samarali loyihalarni amalga oshirish, agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etishga ko‘maklashish;
agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalar, shuningdek, investitsion loyihalar doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlariga hamda boshqa tashkilotlarga yordam ko‘rsatish.
3. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 19 kishidan iborat bo‘lgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Agentlik faoliyatini moliyalashtirish XMI va XHMT tomonidan investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Agentlikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining iqtisodiyot tarmoqlari, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining bo‘linmalari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor boshqaradi;
Agentlik bosh direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan kelishilgan holda Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Agentlik bosh direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmatlari sharoitlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
5. Agentlik bosh direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Agentlik tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Agentlikka yuklangan vazifalarni, shu jumladan, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini va texnik-iqtisodiy hisoblarini amalga oshirish uchun shartnoma asosida mahalliy va xorijiy mutaxassislarni, ekspertlar va olimlarni jalb etish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradovga Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi qayta tashkil etilayotganligi hamda ular negizida Agentlik tashkil qilinayotganligi haqida XMI va XHMTga xabarnomalar yuborish vakolati berilsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha tijorat banklarida depozit hisob raqamlari ochiladi, ushbu hisob raqamlaridan boshqa loyihalardagi majburiyatlarni bajarish uchun to‘lovlar amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi yangi loyihalarni shakllantirish va investitsiyalarni jalb etish uchun, shuningdek, ishtirok etayotgan moliya tashkilotlari (tijorat banklari, lizing va mikrokredit tashkilotlari) bilan loyihalar va subloyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, kredit liniyalarning samarali o‘zlashtirilishi uchun birgalikda javob berishadi.
8. Agentlik Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 1A-uy, A bloki (1 va 2-qavatlar, yerto‘lasi bilan) manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
9. Agentlik ishtirok etayotgan tijorat banklari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida subloyihalarni moliyalashtirishning soddalashtirilgan tartibini, shu jumladan, tijorat banklarining hududiy filiallari tomonidan Agentlikka subloyihalar bo‘yicha tegishli ma’lumot va hujjatlarni bevosita taqdim etish vakolatlarini kengaytirish masalasini bir oy muddatda ko‘rib chiqsin.
10. Agenlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
bir oy muddatda — Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining Nizomini;
ikki oy muddatda — qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin. | 128 | 6,908 |
Qonunchilik | Genom aхborot bazasi jinoyatlarni kamaytirishga yordam beradi | Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 11 iyun kuni oʻtkazilgan yalpi majlisida muhokama qilingan bir qator loyihalar jinoyatchilikka qarshi kurashish, bandlik agentligi mijozlarini himoya qilish va qonun ijodkorligiga qaratilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda «Genom boʻyicha davlat roʻyхatiga olish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Genom aхboroti ma’lumotlar bazasi yordamida jinoyatlarni ochish meхanizmining joriy etilishi fosh etish murakkab, oʻta ogʻir boʻlgan yoki muqaddam ochilmagan jinoyatlarni ochishga koʻmaklashadi, shuningdek bedarak yoʻqolgan shaхslarni topish va topilgan murdalarning shaхsini aniqlash imkonini beradi.
Qonun loyihasi bilan genom boʻyicha davlat roʻyхatiga olish doirasidagi vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari, genom aхborotini yigʻish, unga ishlov berish va himoya qilishning asosiy talablari, genom boʻyicha davlat roʻyхatiga olish tartibini hamda biologik material va genom aхborotini olish, qayd etish, saqlash, undan foydalanish va uni yoʻq qilib tashlash tartibi belgilanmoqda.
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, qonun loyihasi vakolatli tashabbuskor idora tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilganidan soʻng uni muhokamalarga tayyorlash hamda birinchi va keyingi oʻqishlarda parlament a’zolari oldida himoya qilish deputatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Biroq amaliyot tashabbuskor idoralarning sifatli qonun loyihalarini ishlab chiqishdagi mas’uliyatini susaytiradi. Natijada ba’zi hollarda Qonunchilik palatasiga toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilish meхanizmiga ega boʻlmagan qonun loyihalarining kirib kelishiga sabab boʻlmoqda.
Qonun loyihasi bilan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi hamda «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida»gi qonunlarning tegishli moddalariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Hujjatda uni muhokama qilishda ma’ruza bilan chiqib, hujjatni konseptual asoslash hamda deputatlar oldida himoya qilish vazifasi qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti yoki uning vakili zimmasiga yuklash taklif etilmoqda. Qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti qonun loyihasining ahamiyatini asoslab bera olmagan hollarda loyihani koʻrib chiqishni rad etish amaliyotining kengayishiga sharoit yaratiladi.
Majlisda birinchi oʻqishda «Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Aholi bandligini ta’minlash va shu orqali ularning turmush farovonligini yaхshilash maqsadida «Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilingan. 2018 yildan boshlab fuqarolarga shunday хizmatlar koʻrsatadigan bir qator agentliklar faoliyat yurita boshlagan. Koʻpchilik ishga joylashgan, ayrim fuqarolar esa chet elga ishlashga borish umidida ancha mablagʻlaridan mahrum boʻlganlar.
Litsenziyalovchi organda хususiy bandlik faoliyatini doimiy oʻrganib borish majburiyati ham, vakolati ham mavjud emasligi fuqarolarni aldash yoki ishonchini suiiste’mol qilish, fuqarolarga juda koʻp miqdorda moddiy zarar yetkazish kabi jinoyatlar sodir etilishiga olib kelmoqda. 10 ta хususiy bandlik agentliklarining rahbar va хodimlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, ular tomonidan 7 123 nafar fuqaroga 72,3 mlrd soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Qonun loyihasi bilan fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish tizimi takomillashtiriladi, Oʻzbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaхslarni ishga joylashtirish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlarni chet ellik ish beruvchi hisobidan amalga oshirish meхanizmi joriy etiladi. Shuningdek hujjat bilan mamlakatimizdan tashqarida ish qidirayotgan shaхslarga koʻrsatiladigan хizmatlar uchun toʻlovlar undirish bekor qilinadi. | 61 | 3,961 |
Qonunchilik | QL-900, QL-907 va QL-908-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-900-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 75-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-907-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-908-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 104 | 891 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi PF-4636-sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-sonli qarorida:
a) 2-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 3-bandida:
birinchi — to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi amaliyotini tizimli asosda tekshirishlar o‘tkazib, o‘rganib boradi;
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining huquqni qo‘llash amaliyotini tizimli asosda o‘rganib boradi”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “190” raqami “160” raqamiga almashtirilsin;
g) 1-ilovada:
7-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonuniylik” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
8-bandida:
8.2-kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
8.8-kichik bandida:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
10-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “shu jumladan, prokuratura organlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
o‘n to‘rtinchi — qirqinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘ttiz beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n sakkizinchi xatboshidagi “shu jumladan, jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar materiallari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
yigirma to‘rtinchi xatboshidagi “qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
11-bandining uchinchi xatboshidagi “huquqni muhofaza qiluvchi va”, “tergovga qadar tekshiruv, jinoyat ishlari materiallari va yakka tartibdagi hujjatlar bundan mustasno” so‘zlari chiqarib tashlansin;
14-bandining ikkinchi xatboshidagi “besh nafar o‘rinbosarlari” so‘zlari “to‘rt nafar o‘rinbosarlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-bandida:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
17-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini samarali nazorat qilish va monitoringni amalga oshirish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 3 — 6-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 225 | 3,944 |
Qonunchilik | 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan kiritilgan 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati:
2012-yilda hududlar va bandlik yo‘nalishlari bo‘yicha 967,5 mingta yangi ish o‘rni tashkil etish dasturi so‘zsiz bajarilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
o‘z sa’y-harakatlarini Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini, mehnat bozorining joriy hamda istiqboldagi ehtiyojlarini, nufus rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda qabul qilingan 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining ro‘yobga chiqarilishiga qaratsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
tegishli hududlarda 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturida belgilangan asosiy yo‘nalishlar va ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlasinlar;
asosiy e’tiborni ish bilan band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish yuzasidan faol chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan ishsizlikning oldini olishga, shu jumladan, ish o‘rinlari tashkil etishga, aholining kam ta’minlangan toifalarini, birinchi navbatda, ko‘p bolali ayollar, nogironlar va ishsizlarni ish bilan ta’minlashning samarali shakllarini rivojlantirishga, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishga, kasanachilikni rag‘batlantirishga, bo‘shab qolgan xodimlarni, ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklariga muvofiq ishga joylashtirishga, muntazam amal qilib turuvchi “korxona — kollej” aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri 2012-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi axborotni hamda zarur materiallarni yilning har choragida Qonunchilik palatasiga yuborsin.
5. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 89 | 2,419 |
Qonunchilik | Sud tizimi yangilanishga hozirlik koʻrmoqda | Soʻnggi vaqtlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrining mahalla fuqarolar yigʻinlarida jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning ochiq sayyor sud majlislari oʻtkazildi. Oliy sud raisi Qashqadaryo, Surхondaryo va Toshkent viloyatlarida sayyor qabul oʻtkazdi. Prezidentning ushbu viloyatlardagi Xalq qabulхonalarida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat hokimligi vakillari, viloyat jinoyat, хoʻjalik, fuqarolik sudlari raislari va sudyalari, mahallalar raislari, tadbirkorlar, keng jamoatchilik, yoshlar ishtirok etdi.
Sayyor qabullarda fuqarolar, tadbirkorlik sub’yektlarining sud amaliyoti bilan bogʻliq masalalar yuzasidan Prezidentning Virtual qabulхonasi, Xalq qabulхonalari va bevosita Oliy sudga qilingan murojaatlari tinglandi. Sayyor qabulda fuqarolarning uy-joy, mulkiy nizolar, ajrim, firibgarlik, yer ajratish, oila-nikoh kabi turli mazmundagi 150 ga yaqin murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning adolatli, qonuniy yechimini ta’minlash uchun viloyatdagi tegishli sud raislari va sudyalarga aniq topshiriqlar berildi.
Har bir shikoyat yoki nizoli holatga yechim topish, muammoni oʻz vaqtida hal qilishda davlat va jamoat tashkilotlari, хususan, mahalla idoralari, хotin-qizlar qoʻmitalarining hamkorligini yanada mustahkamlash lozimligi ta’kidlandi.
Bu borada umumiy yurisdiksiya sudlari odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida samarali faoliyat yuritmoqda.
Misol uchun, shu yilning birinchi choragida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 68 824 ta ish koʻrilib, ularning 89,2%i boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarildi, mazkur qarorlar boʻyicha esa talablarning 87,8%i qanoatlantirildi.
Yana shu davrda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 20 856 nafar shaхsga nisbatan 15 792 ta jinoyat ishi koʻrilib, shulardan 50 ta ish boʻyicha 64 nafar shaхs oqlangan.
Bundan tashkari, joriy yilning birinchi choragi davomida yarashuv institutining samarali qoʻllanilishi natijasida 3 778 nafar shaхs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
Shuningdek, jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan yetkazilgan 89 mlrd. soʻmdan ziyod moddiy zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan 1 815 nafar shaхsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan.
Yana bir koʻrsatkich: shu davr mobaynida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 118 582 nafar shaхsga nisbatan 99 890 ta ma’muriy ish koʻrib chiqildi.
Ma’ruf USMANOV | 44 | 2,541 |
Qonunchilik | «Muruntov» koni elektr energiyasi bilan ta’minlanadi | Vazirlar Mahkamasining 26.05.2020 yildagi «Muruntov» konini oʻzlashtirish» (V navbati) 1 bosqich loyihasi sanoat ob’yektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash» investitsiya loyihasi teхnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 331-son qarori qabul qilindi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida kapital qoʻyilmalarning umumiy qiymati ekvivalentda $113 755 mingni tashkil etadi, shundan $56 255 mingi – Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) mablagʻlari, $8 800 mingi – Moliya vazirligining ssudasi va $48 700 mingi – tijorat banklari kreditlari.
NKMK investitsiya loyihasining tashabbuskori va mas’ul qarz oluvchi hisoblanadi, qarzni soʻndirish va u bilan bogʻliq хarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi.
Qaror bilan tasdiqlangan loyiha TIHKning asosiy koʻrsatkichlari ilovada keltirilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.05.2020 yildan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova. | 52 | 1,005 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3064-son qaroriga muvofiq, shuningdek hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining ulushini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga 3-ilovaning “Banklar” bo‘limiga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda) quyidagi mazmundagi 1687-pozitsiya qo‘shilsin:
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorining bajarilishi haqida” 2016-yil 5-avgustdagi 252-son qaroriga 2-ilovadagi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 32-son, 388-modda) 34-pozitsiya chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarori)” 2017-yil 6-fevraldagi 59-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y.. 6-son, 78-modda) ilova 2-bandining “v” kichik bandi chiqarib tashlansin. | 249 | 2,050 |
Qonunchilik | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qarori (ro‘yxat raqami 3058, 2018-yil 20-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/3058/1784-son) bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 15-bandda:
uchinchi xatboshi “sinf jurnali” degan so‘zlardan keyin “(bosma yoki elektron)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
2. 16 va 17-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. | 199 | 1,265 |
Qonunchilik | BUXGALTERIYA HISOBIDA IJARA OPERATSIYALARINI AKS ETTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 12-maydagi 74-sonli “Buxgalteriya hisobida lizing operatsiyalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1373, 2004-yil 22-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 25-son, 291-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi va “Lizing to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (bundan keyingi o‘rinlarda korxona deb yuritiladi) (budjet tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) tatbiq etiladi.
2. Mazkur Nizom quyidagi obyektlar va operatsiyalarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
a) tabiat resurslari, shu jumladan neft, tabiiy gaz va boshqa qayta tiklanmaydigan resurslarni qidirish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijara kelishuvlariga;
b) intellektual mulk obyektlari bo‘yicha litsenziya kelishuvlariga.
3. Mazkur Nizom maqsadlarida moliyaviy ijara o‘z ichiga lizingni ham qamrab oladi.
4. Moliyaviy ijara obyektlarini keyinchalik moliyaviy ijaraga berish maqsadlarida xarid qilish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara obyektlari ularni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini qo‘shgan holda (agar ular qoplanmasa) kirim qilinganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” yoki 6120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar” yoki turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoxud boshqa tegishli schyotlar;
b) moliyaviy ijara obyektlarini xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti, 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanadigan va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara obyektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanmaydigan va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara obyektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
d) moliyaviy ijara obyektini xarid qilish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatgan mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar oldidagi qarzlarning to‘lanishi (qoplanishi):
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
5. Agar moliyaviy ijara shartnomasining sharti bo‘yicha moliyaviy ijara obyekti sotuvchi tomonidan ijaraga beruvchini (lizingga beruvchini) chetlab bevosita ijaraga oluvchiga (lizingga oluvchiga) yetkazib berilsa, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida moliyaviy ijara obyektining kirimi va chiqimi to‘g‘risidagi yozuvlar moliyaviy ijara obyektining harakatini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
6. Agar moliyaviy ijara shartnomasining sharti bo‘yicha ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara obyekti sotib olingan bo‘lsa, lekin ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) ma’lum sabablarga ko‘ra uni qabul qilishdan bosh tortsa, mazkur moliyaviy ijara obyekti undan foydalangunga yoki chiqib ketgunga qadar kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0800) hisobga olinadi.
7. Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara obyektining joriy qiymatidan past bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
8. Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara obyektining joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida moliyaviy ijara obyektining joriy qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
9. Moliyaviy ijara obyektlari berilganda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan moliyaviy ijara obyektining boshlang‘ich (agar berilayotgan obyekt oldin foydalanilmagan bo‘lsa) yoki qoldiq (agar obyekt berilgunga qadar foydalanishda bo‘lgan bo‘lsa) qiymati o‘rtasidagi farq 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida hisobga olinadigan moliyaviy ijara obyektlarining qayta baholash natijalarini, ya’ni ushbu moliyaviy ijara obyekti bahosining oldingi o‘sishi summasining, ijara obyekti bahosining oldingi pasayishi summasidan ortgan summasini hisobga olgan holda tuzatishlar qilingandan so‘ng, kechiktirilgan daromad (xarajat) sifatida aks ettiriladi va ijara (lizing) to‘lovining hisoblanishiga qarab bir maromda (oyma-oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlariga (boshqa operatsion xarajatlariga) olib boriladi.
10. Moliyaviy ijara obyektlarining ijaraga oluvchiga (lizingga oluvchiga) berilishi, agar berilayotgan obyekt oldin foydalanilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara obyektlari moliyaviy ijaraga berilganda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymatiga:
debet 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
b) moliyaviy ijara obyektlarining balans qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
v) moliyaviy ijara obyektining qayta baholash natijalari (qoldiq) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarini berish natijasida kechiktirilgan daromadlar paydo bo‘lganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
d) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarini berish natijasida kechiktirilgan xarajatlar paydo bo‘lganda:
debet 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
11. Moliyaviy ijara obyektlarining ijaraga oluvchiga berilishi, agar berilayotgan obyekt oldin foydalanishda bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni asosiy vositalar tarkibida bo‘lgan holatda, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) asosiy vositalar moliyaviy ijaraga berilganda, ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymatiga:
debet 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
b) asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
v) asosiy vositalarning jamlangan eskirishi hisobdan chiqarilganda:
debet asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
g) ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijara obyektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
d) asosiy vositalarning ushbu obyektini qayta baholash natijalari (qoldig‘i) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
e) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni berish natijasida kechiktirilgan daromadlar paydo bo‘lganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
j) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni berish natijasida kechiktirilgan xarajatlar paydo bo‘lganda:
debet 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
12. Moliyaviy ijara obyektlarining moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan daromadlar va kechiktirilgan xarajatlarning hisobdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan daromadlarning joriy qismining hisobot davri davomida bir maromda moliyaviy natijalarga o‘tkazib borilishi:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismining hisobot davri davomida bir maromda moliyaviy natijalarga o‘tkazib borilishi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti.
13. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalar joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) hisoblangan daromadi summasini (ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti.
14. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalar joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) hisoblangan daromadi summasini (ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4830 “Olinadigan foizlar”schyoti;
kredit 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”schyoti.
15. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) ijara (lizing) to‘lovlarining kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan uzoq muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati etib kelmagan ijara (lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati etib kelganda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashishga) olib borilganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”.
16. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) ijara (lizing) to‘lovlarining kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan uzoq muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati etib kelmagan ijara (lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati etib kelganda, ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti.
17. Moliyaviy ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara obyektining qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara obyektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
b) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
g) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini yaxshilash bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
18. Ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara obyektini muddatidan oldin qaytarishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara to‘xtatilgan sanadagi moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara obyektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti — uzoq muddatli qismi;
b) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan kechiktirilgan daromadlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazish:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti — joriy qismi;
debet 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti — uzoq muddatli qismi;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan kechiktirilgan xarajatlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazish:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti — joriy qismi;
kredit 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti — uzoq muddatli qismi;
d) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
e) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini yaxshilash bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
19. Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara obyektining joriy qiymatidan past bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
20. Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara obyektining joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida moliyaviy ijara obyektining joriy qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
21. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olib kelingan moliyaviy ijara obyektlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara obyektlarini ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida tan olinadigan qiymati bo‘yicha kirim qilish:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara” schyoti;
b) moliyaviy ijara obyektlarini belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
v) moliyaviy ijara obyektlarini boshlang‘ich qiymat bo‘yicha foydalanishga topshirish (ularning asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilishi):
debet 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800).
22. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va boshqa schyotlar — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab);
kredit 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti;
b) Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni ishchi holatda saqlab turish (joriy, o‘rtacha yoki kapital ta’mirlash va boshqalar) bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va boshqa schyotlar — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar.
23. Moliyaviy ijara bo‘yicha foizlarni hisoblash va ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) ijara (lizing) to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara” schyoti;
kredit 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
b) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga:
debet 9610 “Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar” schyoti;
kredit 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
v) ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) ijara (lizing) to‘lovlarining joriy qismi to‘langanda:
debet 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati etib kelmagan ijara (lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) bo‘nak to‘langanda:
debet 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
d) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati etib kelganda, ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) oldin to‘langan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti.
24. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash (obodonlashtirish, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va boshqalar) xarajatlari summasi moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qiymatini ko‘paytiruvchi kapital qo‘yilmalar sifatida buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kapital qo‘yilmalar amalga oshirilganda:
debet 0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
b) kapital qo‘yilmalar asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilganda:
debet 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti;
kredit 0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar” schyoti;
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha eskirish hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va boshqa schyotlar — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab);
kredit 0212 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti.
25. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning obodonlashtirilishini qayta baholash buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning baholari o‘sishi summasiga:
debet 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar obyektlari boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining o‘sishi summasiga;
debet 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining o‘sishi summasiga;
kredit 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirishi bahosining o‘sishi summasiga;
kredit 0212 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirishi bahosining o‘sishi summasiga;
kredit 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati bahosining o‘sishi va jamlangan eskirishlar bahosining o‘sishi summalari o‘rtasidagi farq summasiga;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning baholari pasayishi summasiga:
debet 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirishi bahosining pasayishi summasiga;
debet 0212 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirishi bahosining pasayishi summasiga;
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti — ilgari qayta baholash natijasida moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar obyektlarining va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning baholari o‘sishi summasiga yoki ushbu obyektlarning ilgarigi baholari o‘sishi summasining ilgarigi baholari pasayishi summasidan oshgan qismi doirasidagi summaga;
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar obyektlarining va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning baholari pasayishi summasining ushbu obyektlarni ilgari qayta baholash natijasida baholari o‘sishi summasidan oshgan qismiga yoki ushbu obyektlarning ilgarigi baholari o‘sishi summasining ilgarigi baholari pasayishi summasidan oshgan summasiga (ya’ni ushbu obyektlar bo‘yicha bahosining pasayishi summasining 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida hisobga olingan qoldiq summasidan ortgan qismiga);
kredit 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar obyektlari boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining pasayishi summasiga;
kredit 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining pasayishi summasiga.
26. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) mulkiga o‘tishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning o‘z asosiy vositalari tarkibiga o‘tkazilishi, agarda ushbu obyektlar bo‘yicha amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari qiymati mavjud bo‘lsa, ularni ham qo‘shgan holda:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100 — asosiy vositalarning turlari bo‘yicha);
kredit 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
kredit 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning obodonlashtirishini o‘z asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilganda, ular bo‘yicha jamg‘arilgan eskirish summalarini o‘tkazish (ko‘chirish):
debet 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirishi summasiga;
debet 0212 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirishi summasiga;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200 - asosiy vositalarning turlari bo‘yicha);
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldig‘ini to‘lash summasiga:
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti — joriy qismi;
debet 7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara” schyoti — uzoq muddatli qismi;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
27. Ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish obyektlari qaytarilganda, buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
a) boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
kredit 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
b) jamlangan eskirish summasiga:
debet 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirish summasiga;
debet 0212 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirish summasiga;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish qiymatining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplanadigan summasiga:
debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan mazkur asosiy vositalar obyektlarini va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish obyektlarini qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
d) ijara (lizing) to‘lovlari jadvali (tartibi) bo‘yicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldig‘i summasiga:
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
debet 7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara” schyoti — uzoq muddatli qismi (moliyaviy ijara shartnomasi muddati tugagunga qadar qaytarilish amalga oshirilgan hollarda qo‘llaniladi);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
e) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
j) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarish natijasida olingan foyda summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
z) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarish natijasida ko‘rilgan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
i) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun ijaraga beruvchidan (lizingga beruvchidan) pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti.
28. Mulkni keyinchalik qayta moliyaviy ijaraga olish (lizingga olish) sharti bilan sotish hollarida, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) mulkini sotish operatsiyalari oldi-sotdi sifatida qaraladi va sotuvchining buxgalteriya hisobida O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga (ro‘yxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyinchalik moliyaviy ijara hisobi ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan mazkur Nizomda o‘rnatilgan tartibda yuritiladi.
29. Operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar ijarachida balansdan tashqari schyot hisoblangan 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotining debetida aks ettiriladi. Bunda, operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar ijaraga beruvchida xuddi oldingi kabi asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
30. Operativ ijara bilan bog‘liq operatsiyalar ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
b) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda joriy davrga tegishli bo‘lgan va ijaraga oluvchidan kelib tushadigan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti;
v) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda joriy davrga tegishli bo‘lgan va ijaraga oluvchidan kelib tushadigan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
kredit 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyoti;
g) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlarining kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
d) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara to‘lovlarining kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
e) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati etib kelmagan ijara to‘lovlari bo‘yicha bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar”schyoti;
j) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati etib kelganda, ijarachidan oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
z) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati etib kelganda, ijarachidan oldindan olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti,
kredit 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
i) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha xarajatlarning ijaraga beruvchi tomonidan qoplash uchun tan olinganda:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100),
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
k) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun ijarachiga pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
31. Operativ ijara bilan bog‘liq operatsiyalar ijarachining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijaraga beruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan va hisobot davriga tegishli (ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) ijara to‘lovlari hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va boshqa schyotlar — operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab);
kredit 6910 “To‘lanadigan operativ ijara” schyoti;
b) ijaraga beruvchiga ijara to‘lovlari to‘langanda:
debet 6910 “To‘lanadigan operativ ijara” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
v) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati etib kelmagan ijara to‘lovlari bo‘yicha ijaraga beruvchiga bo‘nak to‘langanda:
debet 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati etib kelganda, ijaraga beruvchiga oldin to‘langan bo‘naklarni qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6910 “To‘lanadigan operativ ijara” schyoti;
kredit 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti;
d) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar amalga oshirilganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
e) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarilganda, kapital qo‘yilmalar summasini hisobdan chiqarish:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
j) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar qiymatining ijaraga beruvchi tomonidan qoplanadigan summasiga:
debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
z) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning berilishi natijasida olingan foyda summasiga:
debet 9220 “ Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
i) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning berilishi natijasida ko‘rilgan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
k) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar qiymatini qoplash uchun ijaraga beruvchidan pul mablag‘lari tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4890 “Boshqa debitorlar qarzlarim schyoti.
Operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarib berilganda, balansdan tashqari schyot hisoblangan 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti kreditlanadi. | 105 | 43,873 |
Qonunchilik | TOShKENT ShAHRIDA ChIGIRTKA VA BOShQA XAVFLI ZARARKUNANDALARGA QARShI KURAShISh MAXSUS IShChI GURUHINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Toshkent shahrida chigirtka va boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining Toshkent viloyati chigirtkalarga qarshi kurashish xizmati tarkibida Toshkent shahrida chigirtka va boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini amalga oshiruvchi maxsus guruh tuzish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ushbu guruhning respublikada chigirtkalarga qarshi kurashish xizmatlari uchun ajratilgan umumiy shtatlar sonidan oshmagan holda 6 shtat birligidan iborat etib tuzilishi inobatga olinsin.
2. Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi maxsus guruhning ish faoliyatini tashkil etish uchun ilovaga muvofiq texnika vositalarini sotib olishni ta’minlasin.
Ilovada ko‘rsatilgan texnika vositalari belgilangan tartibda tender yoki tanlov o‘tkazish yo‘li bilan, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlagan holda sotib olinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida qayd etilgan maxsus guruh ta’minotini va texnika vositalari sotib olishni moliyalashtirishni Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi uchun 2005-yil budjetida nazarda tutilgan mablag‘larni qayta taqsimlash hisobiga ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin. | 128 | 1,489 |
Qonunchilik | Rahbar yo buхgalterga, yoki tekshiruvchilarga pul toʻlaydi | Direktorlar ikki turga boʻlinadi: ba’zilari oʻz buхgalteriga, ikkinchilari tekshiruvchi organlarga pul toʻlaydi. Ekspert, tajribali buхgalter Selimova Dina Mamadaliyevna bu boradagi kuzatuvlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Mehnat faoliyatim davomida turli sohalarda bosh buхgalter boʻlib ishlaganman. Ishlab chiqarish, ulgurji savdo, lizing, qurilish va ayrim turdagi хizmatlar. Buхgalterlar, direktorlar, muassislar timsolida hamkorlar va mijozlar bilan tez-tez muloqot qilishimga toʻgʻri kelgan, albatta.
Muloqot davomida menda muayyan rahbar stereotipi shakllandi. Shartli ravishda ularni ikki turga boʻlish mumkin.
Birinchi turdagi rahbar buхgalterga, ikkinchisi tekshiruvchi organlarga toʻlaydi. Toʻgʻri, yaхshi pul toʻlanadigan buхgalter ishlaganda ham tekshiruvlarda chiqim qilishga toʻgʻri keladi. Shunga qaramay, bu хarajatlarni bir-biri bilan taqqoslab boʻlmaydi.
Buхgalterning mehnatiga yarasha haq toʻlovchi rahbar ushbu mutaхassis unga nimaga kerakligini tushunadi. Yaхshi buхgalterdan pulini ayamaydi, chunki hisob yuritishda muammo boʻlmasligiga, undan joʻyali maslahat ham olishiga ishonadi. Soliqlarni maqbullashtirish uchun qaysi turdagi bitimni tuzish, kam хarajat bilan foydani qanday koʻrinishda taqsimlash kabi masalalarda bilimdon buхgalter oʻrinli maslahat beradi. Obuna yoki seminarlar haqini toʻlash vaqti kelganda bunday rahbar mablagʻini qizgʻanmaydi, bu uning uchun naf keltirishini tushunadi, bosh buхgalteri qonunchilikdagi oʻzgartirishlardan boхabar boʻlib, malakasini oshirishini хohlaydi.
Ikkinchi turdagi rahbarlarga kelsak. U buхgalterga ma’lumotlarni toʻplab, soliqlarni hisoblaydigan va toʻlaydigan oddiy hisobchi deb qaraydi. Amaldagi stavkalarni qoʻllab, oʻsha YaST yoki YaITni oʻzim ham bemalol hisoblay olaman deb oʻylaydi. Biroq tekshiruv paytida oʻziga ortiqcha bino qoʻyishi koʻpincha bir necha millionlik jarima solinishiga va «minnatdorchilik» bildirilishiga olib keladi. Bunday rahbar noхush vaziyatlarga koʻp toʻqnash keladi.
Masalan, haqning 15%ini toʻlagan mijoz tegishli hujjatlarsiz tovarni olishga keldi. Tovarni ishonchnomasiz yuklab joʻnatish mumkin emasligi haqidagi buхgalterning ogohlantirishiga qaramay, rahbar oʻz mijoziga ishonib, uni berib yubordi. Natijada hujjatlar rasmiylashtirilmadi. «Tekshirilgan» mijoz gʻoyib boʻldi. Direktor yechim topishni buyurdi. Biroq mazkur vaziyatda har qanday yechim – qonun bilan oʻynashish demak…
Boshqa holatda firmaga tovar olishni koʻzlab, toʻldirilmagan hisobvaraq-fakturaning imzolangan blankasini koʻtarib kelishdi, unda хaridor rekvizitlari va… uning imzosi bor edi. Blankaga sotuvchi rekvizitlarini qayd etib, tovarni yuklab joʻnatdilar. Buхgalterning oluvchi qani degan savoliga asosiysi – hujjatlar rasmiylashtirildi deya javob qaytardilar. Qanchadir vaqt oʻtgach, buхgalter «oluvchi»ni koʻrdi. Biroq prokuratura departamentida. 3–4 oy davomida tinmay qatnagan paytida. Qancha vaqti, asabi ketdi… Muqobil tekshiruv tovar qoldiqlarini tekshirishga asos berdi, byudjetga ham ancha miqdorda jarima kelib tushdi. Yaхshi hamki, rahbariyat «mas’uliyat»ni zimmasiga oldi. Biroq, boshqa buхgalterlar bilan suhbatda bundan ham ayanchli voqealarni eshitish mumkin. Rahbar dom-daraksiz yoʻqolsa, hamma javobgarlik buхgalterga yuklatilar ekan.
Bunday rahbar bilan ishlagan ma’qulmikin, deb oʻylab koʻrish kerak. Gap uning ishida bilimdon buхgalter qanchalik foyda keltirishini tushunmasligida emas. U qonunchilik bilan oʻynashib, nafaqat oʻzini, balki qoʻl ostidagi хodimini ham chuv tushiradi. Kam oylik evaziga ishlashga rozilik berayotganda bu bilan qonunchilikka rioya etish uchun javobgarligimiz kamayib qolmasligini bilamiz. U buхgalter qancha maosh olishiga bogʻliq emas.
Toʻgʻri, oʻz bilimiga ishongan oqil mutaхassisgina direktorni tanlashi mumkin. Shu sababli ham, aziz buхgalterlar, oʻqib-oʻrganing va mehnatingiz qiymatini oshiring. Malakangiz ustida ishlang va obroʻingizni oʻylang, ish beruvchi – sifatsiz boʻlsa ham, lekin arzon-ku, degan tanlov oldida qolmasin. Bu buхgalterlarning asabiylashishiga, salomatligini yoʻqotishiga olib kelishi mumkin. Rahbarlarga esa «baхilning bogʻi koʻkarmas» degan maqolni eslatgan boʻlar edim».
Tahririyatdan. Malaka oshirish usullari talaygina. Ulardan biri – bir.uz saytida. «Norma» ekspertlari 400 dan ortiq mavzu boʻyicha oʻquv materiallarini tayyorlaganlar. Biroq ularning barini oʻqishga hojat yoʻq. Avval mustaqil ravishda testdan oʻting, bilimingiz oqsayotgan jihatlarni bilib oling, keyin esa tegishli oʻquv materiallaridan foydalanib, oʻz ustingizda ishlang. Shu yoʻl bilan bahoingizni oshiring! Bilimdon buхgalterning doim qadri baland! | 58 | 4,606 |
Qonunchilik | 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida | Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.
Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim.
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, bank xizmati ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlarining mo‘tadil o‘sishiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini kuchaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublika yagona moliya tizimining o‘zaro to‘ldiruvchi qismi sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
2. Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq belgilansin:
bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari ulushini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
banklar majburiyatlarining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari ulushini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va obro‘ga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
xalqaro moliya institutlari ko‘magida “Ipoteka-bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, AT “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o‘zgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotishni nazarda tutish;
bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitallarida davlat ulushini saqlab qolish;
ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda ularni qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni konsolidatsiyalash.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida vazirlikning tasdiqlangan shtatlar soni doirasida Davlat ulushiga ega tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilsin hamda unga quyidagi huquqlar berilsin:
tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qilish;
tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalarida xalqaro moliya institutlari va salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish.
Belgilansinki, Loyiha ofisiga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi 2024-yildan kechiktirmay Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki dasturi (FSAP) asosida moliyaviy sektor holatini baholashni o‘tkazish choralarni ko‘rsin.
7. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning, shu jumladan kredit portfeli va bank aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashish taqiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning banklar faoliyatiga davlat organlarining ma’muriy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik qismi ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
71. Belgilansinki, Markaziy bankning faoliyat yuritishini ta’minlovchi o‘z idoraviy bo‘ysunuvidagi korxona va tashkilotlarning tegishli tuzilmaviy bo‘linmalari Markaziy bank, shuningdek, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha bosh boshqarmalari hududi va binolarida bepul joylashtiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha kengash tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish orqali uni institutsional jihatdan mustahkamlash choralarini ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4300-son qaroriga 1-ilovaning 1 — 3-pozitsiyalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, Jahon bankining mamlakat bank tizimi joriy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha asosiy xulosalari va tavsiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Strategiya bank tizimini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor sohalarini, 2020 — 2025-yillarda bank tizimini transformatsiya va isloh qilish yo‘nalishlarini, xorijiy mamlakatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi asosida va moliyaviy sohadagi jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda ehtimoliy yechimlarni izlash yo‘llarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi bugungi kunda bank xizmatlarining an’anaviy sohalari — kreditlash, depozit operatsiyalari, hisob-kitob va kassa kabi xizmatlarini ko‘rsatuvchi 31 ta tijorat bankidan (keyingi o‘rinlarda — banklar) tashkil topgan.
Mamlakatimiz mustaqilligi davrida banklar davlat ishtirokidagi korxonalarni va davlat rivojlanish dasturlarini imtiyozli foiz stavkalarida moliyalashtirishga faol jalb etgan holda muayyan maqsad va vazifalar uchun tashkil etildi. Natijada imtiyozli kreditlarning bank tizimi umumiy portfelidagi ulushi 60 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda.
Bank sektorida davlat ustun mavqega ega — 31 ta bankdan 13 tasining kapitalida davlat ishtiroki mavjud bo‘lib, ularning kapitali bank tizimi jami kapitalning 87 foizidan ko‘prog‘ini, aktivlari esa umumiy aktivlarning 85 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi.
2017-yilda boshlangan bank sektorini isloh qilishning faol bosqichi valyuta bozorini liberallashtirish, bank faoliyatidagi eskirgan cheklovlarni olib tashlash va banklarni ularga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod qilish, bank xizmatlari ommabopligini oshirishga qaratildi.
2019-yilda bank tizimida bir qator sifat o‘zgarishlari amalga oshirildi. Xususan:
bank ishining zamonaviy standart va tamoyillariga mos keluvchi yangi tahrirdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarining isloh qilinishi;
davlat dasturlarini Markaziy bankning asosiy stavkasidan kam bo‘lgan stavkalarda kreditlash amaliyotidan voz kechilishi va 2021-yildan kreditlashning bozor shartlariga o‘tilishi;
tadbirkorlikni rivojlantirish davlat maqsadli dasturlari doirasida kreditlashning 3 ta bank — AT Xalq banki, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBda jamlanishi;
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan imtiyozli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmining Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi orqali tashkil etilishi;
bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari hisobidan aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etilishi;
Jahon banki bilan hamkorlikda tijorat banklari faoliyati ustidan prudensial nazorat mexanizmlari va tartib-taomillarini ularning Bazel qo‘mitasi tamoyillariga mos kelishi nuqtai nazaridan baholashdan o‘tkazilishi.
Bank sektorida davlatning ustun mavqeyi, banklarning turli davlat dasturlari va korxonalarini moliyalashtirish uchun vositachi sifatida faol jalb qilinishi quyidagi tizimli xatarlar va muammolarga olib keldi:
Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingidagi past ko‘rsatkichlar — reytingning “Kredit olish” yo‘nalishida O‘zbekiston 67-o‘rinni egallab turibdi;
yirik tijorat banklarining tarmoqdagi zamonaviy talablarga muvofiq transformatsiya jarayonlarida ortda qolishi, korporativ boshqaruv standartlari, axborot texnologiyalari mahsulotlari, aktivlar va passivlarni boshqarish, mijozlar bilan aloqa qilish bo‘yicha zamonaviy usullarni amaliyotga joriy qilishda kechikishi;
davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sektorlar va davlat ulushiga ega korxonalarga bozor stavkalaridan past stavkalarda kreditlar beruvchi an’anaviy “rivojlantirish banklari” vazifasini qisman bajarishi. Chet el valyutasida uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishning mavjudligi daromad egri chizig‘ining pasayishiga olib kelib, bu, o‘z navbatida, davlat ishtirokidagi korxonalar uchun uzoq muddatli kreditlarning qisqa muddatli kreditlardan ko‘ra arzonroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi va ularning milliy valyutada emas, balki chet el valyutasida qarz olishini rag‘batlantiradi;
aktivlar va passivlar dollarlashuvining yuqori darajasi mavjudligi, kreditlar va depozitlarning yirik kompaniyalar va iqtisodiyotning alohida sektorlarida jamlanishi banklarni valyuta va kredit xatarlariga, shuningdek, likvidlik xavfiga duchor qiladi. 2020-yil boshida xorijiy valyutada nominallashtirilgan kreditlar jami kreditlar hajmining 48 foizini, chet el valyutasidagi depozitlar va fondlar esa jami depozitlar hajmining 44 foizini tashkil etadi. Davlat ishtirokidagi banklar tomonidan berilgan kreditlar umumiy hajmining 36 foizi 10 ta eng yirik qarz oluvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi;
banklar biznes-modellarining korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi, nobank moliya tashkilotlari, innovatsiyalar va axborot tizimlarining sust rivojlanganligi sababli moliyaviy ommaboplikning past darajadaligi. Natijada, boshqa mamlakatlarda jismoniy shaxslar va korporativ mijozlarga ajratilgan kreditlar bir me’yorda taqsimlangan bir vaqtda, mamlakatimizda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar jami kredit portfeli hajmining 19 foizini, korporativ mijozlarga ajratilgan kreditlar esa 81 foizni tashkil etmoqda;
nobank kredit tashkilotlari, shu jumladan mikromoliyalashtirish institutlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi. Buning oqibatida faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar qatlamini qamrab oladigan, ularning bosqichma-bosqich bank kreditlarini jalb qila oladigan to‘laqonli biznes darajasigacha “o‘sishiga” imkon yaratuvchi samarali mexanizmlar yaratilmagan.
Strategiyaning maqsadi zamonaviy bank tizimini shakllantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va bank xizmatlarining yangi standartlarini joriy etishga qaratilgan bank tizimida kompleks o‘zgartirishlarni amalga oshirishdan iborat.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, faqatgina bozor talablari asosida kreditlash, banklarning davlat resurslariga bo‘lgan qaramligini kamaytirish, bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
kredit portfeli sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari o‘sishining mo‘tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro miqyosda amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov savdolari asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini ko‘paytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublikaning yagona moliya tizimidagi o‘zaro to‘ldiruvchi qism sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
Bank tizimi samaradorligini oshirish tadbirkorlik subyektlari va aholining arzon va sifatli moliyaviy xizmatlarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:
1) ilg‘or xalqaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish;
2) korporativ boshqaruvning ilg‘or standartlari va tajribasini joriy etish orqali banklarda boshqaruvni takomillashtirish, bank boshqaruvi organlari hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini hamda ular tomonidan ma’lumotlarni lozim darajada oshkor etilishini ta’minlash;
3) banklar faoliyatini tijoratlashtirishni oshirish, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, shuningdek, pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini oshirish uchun subsidiyalangan kredit berishdan voz kechish;
4) tijorat banklarining jamg‘armalarni investitsiyalarga safarbar qilish hamda ularni moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan eng samarali sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni ta’minlovchi moliyaviy vositachi sifatidagi rolini oshirish;
5) strategik xorijiy investorlarni jalb qilish va moliya tizimining xalqaro moliya bozorlariga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bank faoliyatini izchil liberallashtirish va uni eng yaxshi xalqaro amaliyot bilan uyg‘unlashtirish;
6) nobank kredit tashkilotlarini, shu jumladan ushbu segmentda raqobatni rivojlantirish, prudensial tartibga solishning tegishli normalarini rivojlantirish orqali, shuningdek, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yengillashtirish hisobiga rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Bank sektorining moliyaviy barqarorligi va bardoshliligi rejalashtirilgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hamda biznes va aholining milliy bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashning asosiy sharti hisoblanadi.
Bank sektori moliyaviy barqarorligini oshirishning strategik maqsadlariga erishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:
1) kreditlashning o‘sish sur’atlari mo‘tadilligini ta’minlash va kredit portfeli sifatini yaxshilash;
2) bank sektori nazoratini takomillashtirish va banklarda tavakkalchiliklarni boshqarishning zamonaviy tizimini tatbiq etish;
3) bank tizimi va iqtisodiyotning real sektoridagi davlat ulushi mavjud korxonalarni o‘zaro muvofiq ravishda isloh qilishni ta’minlash, banklar tomonidan davlat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini transformatsiya qilishda tijorat asosida faol ishtirok etish, real sektor va moliya sektoridagi o‘zgarishlar uyg‘un tarzda kechishini ta’minlash;
4) banklarning kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga qo‘shilishi va respublika bank tizimining xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini hisobga olgan holda oshirish;
5) eng yaxshi xalqaro tajriba asosida depozitlarni himoyalash tizimini izchillik bilan rivojlantirish.
Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar doirasida quyidagilar banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi:
davlat ulushi mavjud korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, jumladan ular doirasida mazkur korxonalarni boshqarish, moliyaviy barqarorligini oshirish va xususiylashtirishning eng maqbul usullari ishlab chiqiladi;
davlat ulushi mavjud banklar aktivlari sifatining mustaqil baholashdan o‘tkazilishi va, shu jumladan harakatsiz kreditlarga amaliy ko‘maklashish orqali ularning kredit portfellari sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi;
kredit byurolari faoliyati, shu jumladan ularning ma’lumotlar bazalarini uy-joy kommunal xo‘jalik kompleksi, soliq va pensiya tizimlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalash orqali rivojlantirilishi;
bank ishini yuritish, shu jumladan korporativ boshqaruv va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish tamoyillari asosida moliya sektorining xalqaro integratsiyalashuvi;
nizolarni suddan tashqari hal qilish tartib-taomillari, bankrotlik, majburiy ijro sohalaridagi qonunchilikni va qarzdorlarning insofsiz harakatlaridan banklarni huquqiy himoya qilishning boshqa choralarini takomillashtirish.
Tijorat banklarini xususiylashtirish bank tizimini isloh qilishning muhim omili hisoblanadi.
Mazkur vazifani bajarish maqsadida quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:
1) kredit tashkilotlarini ularga xos bo‘lmagan funksiyalarni bajarishdan, shuningdek, ortiqcha yuklamalardan ozod qilish orqali ma’muriy yukni izchillik bilan bartaraf etish;
2) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
3) bank ishida yetarli darajada tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan strategik investorlarni jalb qilgan holda, qator tijorat banklarida davlat ulushini kamaytirish;
4) bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi (“loyihalar fabrikasi”)ni joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida bir qancha banklardagi davlat ulushini o‘rta muddatli istiqbolda saqlab qolish;
5) nazorat yuklarini, shu jumladan banklarning regulyator va davlat organlari bilan axborot almashinuvini takomillashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish orqali ularni taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan yuklarni kamaytirish.
Yirik banklarni xususiylashtirishda asosiy yondashuv ikki bosqichni, shu jumladan 2020-2021-yillarda institutsional o‘zgarishlarni va undan keyingi davrda davlat ulushini strategik investorlarga to‘liq sotishni nazarda tutadi.
Birinchi bosqich davomida banklarni institutsional o‘zgartirish xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni hamda banklarning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va tegishli transformatsiya strategiyasini ishlab chiqish uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilishni nazarda tutadi.
Xalqaro moliya institutlari bilan keng qamrovli hamkorlik korporativ boshqaruv, biznes-strategiya va operatsiyalarga zamonaviy yechimlarni joriy etishga asoslanadi. Bundan tashqari, ularning ishtiroki potensial strategik investorlar uchun ijobiy belgi hisoblanadi.
Davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarni korporativ transformatsiya qilish jarayoni to‘rtta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
1. Korporativ boshqaruvni takomillashtirish:
bank kuzatuv kengashlariga bank sohasida xalqaro tajribaga ega bo‘lgan mustaqil a’zolarni kiritgan holda, ularning tarkibini yangilash, tijorat banklari boshqaruv organlari o‘rtasida vakolat va majburiyatlarni aniq taqsimlash;
samarali nazorat uchun kuzatuv kengashlari huzurida maxsus qo‘mitalarni tashkil etish;
zamonaviy xalqaro tajriba asosida bank boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, ijro organlari faoliyati sifatini baholash uchun “samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari”ni belgilash amaliyotini joriy qilish;
moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o‘tish, minoritar aksiyadorlar, mijozlar va boshqa manfaatdor tomonlarga ma’lumotlarning yetarli darajada oshkor etilishini ta’minlash;
2. Bank xizmatlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish:
biznes jarayonlarni maqbullashtirish va boshqaruv sifatining xalqaro standartlarini joriy qilish;
tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali kreditlar ajratish jarayonlarini soddalashtirish;
mijozlarga keng ko‘lamli xizmatlarni (moliyaviy maslahat, investitsion banking, faktoring, loyihaviy moliyalashtirish, lizing va boshqalar) taklif etish;
3. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish:
masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan kontaktsiz to‘lovlar soni va qamrovini kengaytirish;
avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyeridan keng foydalanish;
bank ma’lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish;
bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni joriy qilish (fintex, marketpleys, raqamli bank);
4. Kadrlar salohiyatini oshirish:
kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish;
bank kadrlarini uzluksiz o‘qitish tizimini joriy qilish;
har bir xodimning faoliyati natijalarini baholash asosida mehnatga haq to‘lashning zamonaviy tizimlariga o‘tish (KPI, bonus).
Bank tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirishda Bank-moliya akademiyasi faoliyatini yangicha tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda, yetakchi xorijiy banklar va konsultantlar bilan hamkorlik qilish asosida uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uzviy aloqani ta’minlash nazarda tutiladi.
Ikkinchi bosqich — davlat ulushini xususiylashtirish banklarning transformatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng amalga oshiriladi va zarur tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan strategik investorlarga bank aksiyalarini sotishni nazarda tutadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur Strategiya doirasida quyidagi banklarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish ko‘zda tutilmoqda:
1) “Ipoteka-bank” ATIB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni Xalqaro moliya korporatsiyasining ko‘magida;
2) “Aloqabank” ATBni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining ko‘magida;
3) “Asaka” ATBni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magida;
4) “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turon bank” ATBni xalqaro moliya institutlari va konsalting tashkilotlarini jalb qilish orqali ularni qo‘shib yuborish masalasini ko‘rib chiqqan holda.
Mazkur Strategiyani amalga oshirish doirasida AT “Xalq banki” va “Asia Alliance Bank” ATBdagi davlat aksiyalari paketini xorijiy strategik investorlarga sotish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, AT Xalq bankini xususiylashtirishga tayyorlash jarayonida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini bankdan ajratib olish ko‘zda tutilmoqda.
Bank tizimini isloh qilish davrida barcha aholi qatlamlarining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida davlat ishtiroki ustuvor ravishda uchta bankda — “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o‘rinlarda – O‘zmilliybank), “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBda saqlab qolinadi.
O‘zmilliybank faoliyati ustuvor ravishda strategik korxonalar va investitsiya loyihalariga bozor shartlarida bank xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, keng qamrovli bank mahsulotlarini taqdim etishga qaratilgan tizimli ahamiyatga molik bank sifatida belgilanadi.
Bundan tashqari O‘zmilliybank xalqaro tajribani inobatga olgan holda, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) joriy etish bilan shug‘ullanadi.
“Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBning hududlardagi tarmog‘i afzalligini inobatga olgan holda, ularning faoliyati kichik va o‘rta biznesni, qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan kredit orqali qo‘llab-quvvatlashga, hududlarda, shu jumladan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qiyin bo‘lgan olis tumanlarda jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish va kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Bunda, mazkur banklarda quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
professional kuzatuv kengashlarini shakllantirish, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish;
operatsiyalar va biznes natijalarning samaradorligini kompleks monitoringi tizimini joriy qilish;
tashqi auditorlar va davlat nazorat organlari bilan o‘zaro tizimli hamkorlikni ta’minlash.
Davlat ulushi mavjud bo‘lgan ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni qayta tashkil etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish aholi va tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan segmentlar (kam daromadli jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) uchun bankning bazaviy xizmatlaridan (depozit, kredit va to‘lov xizmatlari) foydalanish imkoniyatini kengaytirishni nazarda tutadi.
Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
1) Jahon banki ko‘magi bilan moliyaviy ommaboplikni oshirishning aniq va muvofiqlashtirilgan yo‘nalishlarini belgilovchi Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
2) subsidiyalanadigan kredit dasturlarini yetarlicha xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarga yo‘naltirish hamda subsidiyalarni vaqt bo‘yicha cheklash maqsadida davlatning ishtirokini yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan segmentlarda jamlash;
3) mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida yaxlit va iqtisodiy samarador moliyaviy vositachilik va mahsulotlar tizimini, jumladan ushbu qatlamlar uchun maqsadli yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega mikrokredit tashkilotlari, lizing, faktoring va moliyaviy texnologik (fintex) kompaniyalar, elektron pul operatorlari, ixtisoslashtirilgan kredit-vositachilarini rivojlantirish.
Banklarning hududlardagi ishtiroki bazaviy bank xizmatlari to‘plamini ko‘rsatuvchi va ko‘p sonli boshqaruv xodimlarini talab qilmaydigan ixcham “bank xizmatlari ofislari” tarmog‘ini barcha hududlarda kengaytirgan holda mavjud filiallar tarmog‘ini maqbullashtirish, shuningdek, “mobil banking” xizmatlarini keng joriy qilish hisobiga ta’minlanadi.
Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
ayrim banklar kapitalida davlat ulushi mavjudligidan qat’i nazar banklar faoliyatini amalga oshirish uchun teng sharoitlar yaratish orqali bank sektorida raqobat muhitini ta’minlash;
banklarning yangi, shu jumladan “raqamli banking” tamoyillariga asoslangan biznes-modellarini joriy qilish;
bank xizmatlari ko‘rsatishning xalqaro sifat standartlarini qo‘llash;
banklarning operatsion va kapital xarajatlarini optimallashtirish;
birinchi navbatda, yuridik va jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlarini yanada oshirish, shuningdek, banklarning xalqaro kapital bozorlariga chiqishi hisobiga bank tizimiga qo‘shimcha resurslarni jalb qilish;
kichik va o‘rta biznes subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ko‘lami va sifatini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish orqali oshirish;
ipoteka bozorida aholining oshib borayotgan ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi tegishli bank va nobank mahsulotlar turini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali shahar va qishloq joylarida ipotekani kreditlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilish.
Iqtisodiy faoliyatning asosiy o‘rinlaridan birini egallar ekan, bank tizimining rivojlanish va samaradorlik darajasi ko‘rsatkichlari, qoida tariqasida, turli xalqaro reytinglarga kiritiladi va ularning asosiylaridan biri Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingi hisoblanadi.
Kreditlar ommabopligini va mazkur reytingda O‘zbekistonning mavqeyini oshirish maqsadida 2019-2020-yillarda 4 ta qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta qarori qabul qilindi. Ularga muvofiq:
kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish uchun garov mulkiga qo‘yilgan talablar xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirildi;
garov reyestriga yozuv kiritilgan sana undiruv navbatini va kreditorning boshqa kreditorlar va uchinchi shaxslarga nisbatan ustuvor huquqini aniqlash uchun asos hisoblanadi;
undiruvni mol-mulkka (mulkiy huquqqa) qaratishning yagona tartibi belgilandi;
garovni belgilash va undiruvni unga qaratish tartib-taomillari soddalashtirildi;
qarzdor va kreditorga bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzish huquqi berildi;
bir turdagi kreditorlar tushunchasi kiritildi.
Qayd etilgan choralar milliy qonunchilikni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirishga, ularni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish esa mamlakat reytingini oshirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Jahon banki reytingida mazkur Strategiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish uchun quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:
1. Kredit axboroti manbalarini kengaytirish va ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kredit reyestrida aks ettirishning yangi mexanizm va vositalarini joriy etish.
2. Qonun hujjatlariga qarz oluvchining qarzini majburiy undirish jarayonida kreditorlarning garov bilan ta’minlangan huquqlarini himoya qilishni takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.
3. Davlat personallashtirish markazi, Davlat soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi, Majburiy ijro byurosi, Adliya vazirligi, shuningdek, kommunal xizmatlar tashkilotlari, sug‘urta kompaniyalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan holda qarz oluvchilarning skoring tizimini yanada takomillashtirish.
Bank sektorining tijoratlashuvini oshirish, unga xususiy kapitalni jalb qilish va mazkur sektorni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish asnosida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatini takomillashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda Jamg‘armaning faoliyati foiz stavkalarini qoplash va kreditlar bo‘yicha kafilliklar berish orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Bank sektorini isloh qilish Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish zaruriyatini kuchaytiradi. Xususan, qarz oluvchining garovga qo‘yilgan mol-mulki bilan bir qatorda kafolatlar bo‘yicha undirishni ko‘zda tutuvchi mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha ishlar olib boriladi. Bundan tashqari, Jamg‘arma faoliyatining barqarorligini oshirish, shuningdek, kafilliklar bo‘yicha tabaqalashtirilgan komissiyalarga bosqichma-bosqich o‘tish uchun moliyaviy model ishlab chiqiladi.
Jamg‘armaning korporativ boshqaruvi uning kuzatuv kengashida mustaqil a’zolar, shu jumladan xususiy sektor va/yoki ilmiy doira mutaxassislarining ishtiroki hisobiga kuchaytiriladi.
Jamg‘armaning moliyaviy hisobotlari auditorlik tekshiruvidan o‘tadi, shaffoflik va hisobdorlikni oshirish maqsadida budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar e’lon qilinadi.
Tavakkalchiliklarni monitoring qilish va boshqarish sohasida Jamg‘armaning salohiyati kuchaytiriladi, shuningdek, banklar tomonidan kredit ajratish jarayonining maqbulligi va to‘g‘riligini baholash metodologiyasi ishlab chiqiladi.
Jamg‘armaning tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi bilan portfelni kafolatlash va unda kutilayotgan yo‘qotishlar asosida turli vositachilik to‘lovlarini undirish mahsulotlari joriy etiladi.
Jamg‘arma operatsiyalari hajmining yanada kengayishi va bank sektori barqarorligi uchun uning tizimli ahamiyati ortishini hisobga olgan holda, uning faoliyatini samarali prudensial nazorat qilish mexanizmi ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — O‘TTJ) respublika moliya tizimida muhim o‘rin egallaydi. 2019-yilda investitsiya loyihalari va dasturlari doirasida O‘TTJga banklar tomonidan qayta moliyalashtiriladigan kreditlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri berish bilan, bank tizimi orqali uning resurslarini ajratishni cheklash choralari ko‘rildi.
Shu munosabat bilan, zarur hollarda, xalqaro moliya institutlari ekspertlari va xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda O‘TTJ faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida uni yanada isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar davom ettiriladi.
Moliyaviy ommaboplikni oshirish bank sektorini isloh qilish bo‘yicha rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlovchi omil ekanligini hisobga olib, mazkur Strategiya nobank kredit tashkilotlarini (NKT) rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni shakllantirishni ham ko‘zda tutadi.
Banklarning ustun mavqeyiga qaramay, ular aholining muayyan qatlamlarini qamrab olmaydi, xususiylashtirish jarayonida va xususiylashtirishdan keyin esa ularning faoliyati yuqori daromadli yirik korxonalar va jismoniy shaxslarga yanada ko‘proq qaratilishi mumkin. Bu esa NKT faoliyatini kichik biznes va kam daromadli aholiga xizmat ko‘rsatishga qaratgan holda, ularni rivojlantirish zarurligini taqozo etadi.
Shu munosabat bilan, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda NKTning rolini oshirish uchun o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bank va boshqa vakolatli organlarning sa’y-harakatlari quyidagilarni nazarda tutadi:
NKTning barqaror rivojlanishini rag‘batlantirish uchun litsenziyalash tartib-taomillarini soddalashtirish, tavakkalchilik sohalarini mutanosib ravishda tartibga solish va tegishli infratuzilmadan foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali teng sharoitlarni yaratish yo‘li bilan tomonlarning ishtirok etish imkoniyatini yengillashtirishga qaratilgan qulay normativ-huquqiy bazani ta’minlash;
nobank moliya xizmatlariga oid mahsulot takliflari, shakl va turlarini, shu jumladan moliya texnologiyalari sohasida yangi yechimlarni kengaytirish;
tavakkalchilikka yo‘naltirilgan nazoratni qo‘llash, buxgalteriya hisobi qoidalari va talablariga rioya etilishi nuqtai nazaridan lozim darajada tartibga solish, shuningdek, kredit byurolari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash hisobiga prudensial tartibga solishning sifati va qulayligini oshirish;
moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlariga rioya etilishi, shu jumladan “mas’uliyatli kreditlash”, xizmatlar qiymati to‘g‘risida ma’lumotlarning lozim darajada oshkor etilishi, iste’molchilar shikoyatlarini ko‘rib chiqish mexanizmlarining tartibga solinishi nuqtai nazaridan NKTni tartibga solish;
NKTning bankrotlik tartib-tamoillarini kreditorlarning yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida tartibga solish.
Kreditlashning yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qolayotgan sharoitda, shuningdek, bank tizimini isloh qilish va xususiylashtirishga tayyorlashda Markaziy bankning bank tizimi regulyatori sifatidagi rolini oshirish orqali lozim darajadagi prudensial nazoratning bo‘lishi moliya tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Jahon banki bilan birgalikda banklar faoliyatini prudensial nazorat qilish mexanizmlari va tartib-taomillarining Bazel qo‘mitasi “Banklarni samarali nazorat qilishning asosiy tamoyillari”ga muvofiqligi baholandi.
Baholash natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan banklarni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshiriladi:
davlat ustunlik qilayotgan bank sektoridan xususiy investorlarning roli sezilarli bo‘lgan sektorga bir tekis o‘tishni ta’minlash, shuningdek, banklarga nisbatan xalqaro e’tirof etilgan minimal standartlar va talablarni belgilash uchun normativ va nazorat bazasini qayta ko‘rib chiqish, uni O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq nazorat siklining butun spektri bo‘yicha isloh qilish;
sektorning barqarorligi va yaxlitligini saqlab qolish uchun aniq, uzoq muddatli, real strategik tashabbuslar va hayotiy biznes rejalarga ega bo‘lgan barqaror ishtirokchilarning bozorga kirishini ta’minlash maqsadida banklarni litsenziyalash qoidalarini qayta ko‘rib chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlarni Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining tavsiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash;
tizimli ahamiyatga molik banklar uchun kapital buferlarini joriy qilish orqali kredit portfelining haddan ziyod o‘sib ketishini jilovlash;
banklarning shaffofligiga va banklar tomonidan muntazam ravishda chop etiladigan axborotlarga qo‘yilgan talablarni ishlab chiqish;
nazorat faoliyatiga jalb etilgan xodimlarning salohiyatini doimiy va tizimli ravishda oshirish;
muammolarni barvaqt, xatarlar amalda ro‘y berishidan oldin bartaraf etish maqsadida, jumladan banklarning o‘zi tomonidan oldini oluvchi choralar ko‘rilishini nazarda tutuvchi tezkor tuzatish harakatlarini (barvaqt javob qaytarish choralari) qo‘llash mexanizmini ishlab chiqish;
nazorat jarayonida va ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirishda, shuningdek, hisobotlarni shakllantirishda axborot texnologiyalarining rolini kengaytirish,
banklarning asosiy faoliyat turiga xos bo‘lmagan funksiyalarini hamda ularning bank faoliyati hisoblanmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitali)da ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish;
konsolidatsiyalashgan nazoratning normativ bazasini ishlab chiqish (shu jumladan bank guruhlarini aniqlash, guruhlarni identifikatsiyalash, konsolidatsiyalashgan hisobot, konsolidatsiyalashgan asosda prudensial koeffitsiyentlar);
kapitalning yetarliligi va likvidlik ko‘rsatkichi talablariga qat’iy rioya etilishini, shu jumladan mavjud talablarni qayta ko‘rib chiqish va ularni Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining standartlariga muvofiqlashtirish orqali ta’minlash;
korporativ boshqaruv, ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish to‘g‘risidagi nizomlarni banklar uchun korporativ boshqaruvning umume’tirof etilgan tamoyillari va boshqa ilg‘or tajribalarga muvofiqlashtirish maqsadida qayta ko‘rib chiqish;
banklarda stress-testlarning ishonchli tizimiga qo‘yiladigan batafsil talablarni ishlab chiqish, uning natijalarini banklar kapitalining yetarlilik ko‘rsatkichlarini va likvidliligini rejalashtirishda qo‘llash;
samarali nazorat olib borish uchun hisobotlarga oid keraksiz va eskirgan talablarni kamaytirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish orqali hisobot tizimini takomillashtirish;
eng yuqori tavakkalchilikka ega — yirik, tizimli ahamiyatga molik banklar, yuqori yoki yomonlashayotgan tavakkalchilik-profiliga ega va/yoki biznes faoliyati jarayonida tavakkalchiliklarni boshqarish sifati past bo‘lgan va yuqori darajadagi ichki tavakkalchiliklarga ega banklarga nisbatan nazoratga oid resurslarni ajratishni nazarda tutuvchi tavakkalchiliklarni boshqarishga asoslangan nazoratga (tavakkalchilikka yo‘naltirilgan nazorat) o‘tish;
bank faoliyati uzluksizligi va moliyaviy barqarorlik kabi jamiyat manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida banklarni tartibga solish va sanatsiyalash hamda omonatlarni sug‘urtalashga oid tegishli tizimni joriy qilish;
xalqaro amaliyotga muvofiq turli tavakkalchiliklarni (konsentratsiya va likvidlik xavfi, kredit, operatsion, valyuta tavakkalchiligi va boshqalar) boshqarish bo‘yicha qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tijorat banklarida davlat ulushi bo‘yicha aksiyador vazifasini yuklagan holda davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklarini transformatsiya qilish va ularga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish hamda quyidagi vazifalarni bajarish bo‘yicha mas’uliyat yuklatilgan:
tijorat banklarining rivojlanish strategiyasida belgilangan maqsadli vazifalar va mo‘ljallarning bajarilishini baholash va nazorat qilish, shu jumladan hukumat qarorlariga muvofiq banklarni kapitallashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini baholash;
tijorat banklarining kuzatuv kengashlarini kuchaytirish uchun xalqaro konsultantlarni maslahatchi sifatida jalb qilish, shuningdek, tijorat banklarining xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan islohotlarni amalga oshirish va xususiylashtirishga tayyorgarlik doirasidagi o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
moliyaviy samaradorlikka, investitsiya va kredit portfeli sifatiga, shuningdek, depozitlarni jalb qilish sohasidagi faolligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan ijro etuvchi (boshqaruv) organlarining samaradorligi mezonlarni ishlab chiqish va o‘rnatish.
Moliya vazirligi davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarni transformatsiya qilish yuzasidan o‘ziga taqdim etilgan vakolatlar doirasida quyidagilarni ta’minlaydi:
mazkur Strategiyaning maqsad va vazifalariga muvofiq davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarni o‘z vaqtida va sifatli transformatsiya qilish hamda ularni xususiylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish;
banklar ijro etuvchi (boshqaruv) organlari va kuzatuv kengashlari tarkibini, shu jumladan mustaqil a’zolar bilan kuchaytirish, korporativ boshqaruv standartlariga qo‘yiladigan talablarni oshirish, moliyaviy samaradorlik va tavakkalchiliklarni boshqarish sifati mezonlarini belgilash;
banklarni isloh qilish va xususiylashtirishga qadar tayyorlash jarayonlariga jalb qilish uchun xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
Quyidagilar Strategiyani amalga oshirish doirasida Moliya vazirligi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar hisoblanadi:
tegishli banklar tomonidan mazkur Strategiya qoidalariga muvofiq ravishda hamda xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikda transformatsiya rejalarini ishlab chiqilishini muvofiqlashtirib borish;
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini samarali boshqarish va foydalanishni ta’minlash;
banklarning transformatsiya jarayonini hamda bazaviy tarmoqlar va davlat ishtirokidagi korxonalarda tarkibiy o‘zgartirishlar kiritishni uzviy amalga oshirish va muvofiqlashtirish choralarini ko‘rish.
Bank sektorini isloh qilish bo‘yicha belgilangan maqsadlarga o‘z vaqtida erishilishini va qilingan sa’y-harakatlar muvaffaqiyatini baholash maqsadida mazkur Strategiya quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
1) bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
2) banklar majburiyatlarining umumiy hajmida xususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
3) 2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
4) umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari hissasini joriy 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish.
Strategiyaning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borish, umumiy muvofiqlashtirish, bank tizimini isloh qilishga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va hal etish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. | 115 | 48,569 |
Qonunchilik | Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-sonli Farmoni ijroni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 19-maydagi 162-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazir Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin. | 188 | 1,104 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.