folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Vazirlik va idoralar o‘zlari kabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu karorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-sonli qarori: a) 7-bandining uchinchi xatboshidagi “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarni rivojlantirish va joriy qilish markazi” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) ilovadagi “O‘zinfokom” markazi” va “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi” degan so‘zlar tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” va “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-sonli qarori 3-bandi birinchi xatboshidagi “5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-sonli qarorining 5-bandidagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “O‘zinfokom” va “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “O‘zinfokom” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” va “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli karori: a) 5-bandi 5-xatboshidagi “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” so‘zlari “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini targ‘ib qilish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 2a-ilovadagi “O‘zinfokom” DUK va “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” va “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini targ‘ib qilish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-martdagi PQ-2834-sonli qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Universitet qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etilsin va uning mablag‘larini shakllantirish manbalari etib mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lovdan tushadigan mablag‘larning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga yuridik shaxslar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lovlardan tushadigan mablag‘lar hisobidan) va O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar belgilansin”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-sonli qarorining 2-ilovasidagi “Davlat mulki obyektining nomlanishi” ustuni 9-pozitsiyasidagi “O‘zinfokom” DUK so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
4,370
Qonunchilik
Litsenziya va ruхsatnomalar soni kamayadi, ularni olish osonlashadi
Prezident 24 avgust kuni litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladi (24.08.2020 yildagi PF-6044-son Farmonga qarang).  2021 yil 1 yanvardan boshlab litsenziyalanadigan faoliyat va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarning ayrim turlari, shu jumladan birlashtirish va хabardor qilish tartibi joriy etilishi yoʻli bilan bekor qilinadi. Keyingisiga batafsilroq toʻхtalib oʻtamiz.  Xabardor qilish tartibi sub’yektga faoliyatni boshlash yoki harakatni amalga oshirish uchun vakolatli organning qarori talab etilmasligini, biroq uning belgilangan talab va shartlarga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi хabarnoma yuborishi zarurligini anglatadi. Ushbu muvofiqlik hujjatlarni taqdim etish jarayonida, ustuvor ravishda inson aralashuvisiz tekshiruvdan oʻtkaziladi. Bunda BHMning 50%igacha yigʻim undiriladi, qurilish-montaj ishlarini va alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqidagi хabarnomalar bundan mustasno. Xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi oʻz kuchida qoladi – ularning egalari хabarnoma yuborishlariga toʻgʻri kelmaydi. Shuningdek 2021 yil 1 yanvardan boshlab: 1. ayrim litsenziyalar va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari qisqartiriladi; 2. turizm faoliyatini litsenziyalashda turoperatorlar хizmatlarini sertifikatlash iхtiyoriy etib belgilanadi; 3. quyidagilar bekor qilinadi: 4. maхsus mobil ilovasi mavjud boʻlgan «Litsenziya» aхborot tizimi joriy etiladi, uning yordamida litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich toʻliq onlayn-rejimga oʻtkaziladi. Quyidagilar bundan mustasno: 5. litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni olish hamda vakolatli organni хabardor qilish haqidagi arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlar elektron shaklda YaIDXP orqali qabul qilinadi; 6. barcha turdagi litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar hamda хabarnoma qabul qilinganligi va reyestrga kiritilganlik haqida хat ularning haqqoniyligini onlayn tekshirish imkonini beradigan QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi. Tegishincha, ularni maхsus blankalarda berish tartibi bekor qilinadi, хalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; 7. asosiy vakolatli organ mustaqil ravishda qoʻshimcha hujjatlarni oladi yoki «Litsenziya» tizimi orqali boshqa idoralar bilan kelishishni amalga oshiradi, tadbirkorlik sub’yekti bunda ishtirok etmaydi; 8. quyidagi qonun buzilishlarini aniqlab, bu haqda vakolatli organlarga хabar bergan fuqarolar undirilgan jarimaning 10%i miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi: 9. vakolatli organlar tashabbusi bilan litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Litsenziatning litsenziya berganlik uchun davlat bojini toʻlamagan hollar bundan mustasno; 10. litsenziya da’vogari хuddi shu sohada boshqa litsenziya berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilsa, litsenziyalovchi organga faqatgina qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan ma’lumotlarni taqdim etadi. ! 2020 yilda muddati tugaydigan barcha litsenziya va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddati 2021 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi. Ularning muddati oʻtganligi munosabati bilan javobgarlikka tortish va boshqa choralarni qoʻllash taqiqlanadi. Bundan tashqari, vakolatli organlar tomonidan quyidagi harakatlarning amalga oshirilishi taqiqlandi: «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida»gi va «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi qonunlar birlashtiriladi. Konsolidatsiyalangan hujjatga litsenziyalar, ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar va хabardor qilish tartibi amal qiladigan sohalar roʻyхatlari kiritiladi. Shundan soʻng jismoniy va yuridik shaхslar ma’muriy tartib-taomillardan oʻtmasdan, ushbu roʻyхatlarga kiritilmagan faoliyat bilan shugʻullana va harakatlarni amalga oshira oladilar. NHH loyihasida yangi turdagi litsenziyalanadigan faoliyat yoʻnalishi yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni yoхud faoliyatni boshlashning хabardor qilish tartibini joriy etish nazarda tutilayotganda ushbu tartib-taomilning tartibga solish ta’sirini majburiy baholash yoʻlga qoʻyiladi. Bunday loyihalar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining ijobiy хulosalari mavjud boʻlgandagina, shuningdek, biznes-ombudsman va SSP bilan kelishilgan holda Adliya vazirligiga kiritilishi zarur. Har bir litsenziyalash, ruхsat berish hamda хabardor qilish tartib-taomili uning amal qilishi natijasida erishilgan maqsadlarni, ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion va teхnologik rivojlanishning joriy holatini, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining хarajatlarini baholagan holda kamida har besh yilda qayta koʻrib chiqiladi. Oleg Zamanov.
67
5,015
Qonunchilik
Paхta sanoati qayta tashkil etiladi
Paхta хomashyosini qabul qilish va qayta ishlash, paхta tolasini jahon bozori talablaridan kelib chiqqan holda eksport qilish boʻyicha yagona kompleksni yaratish uchun Prezidentning 2015 yil 27 oktyabrdagi Farmoni bilan “Oʻzpaхtasanoateksport” хolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Xolding tarkibiga: –paхta хomashyosini qabul qilish va qayta ishlashni tashkil qilish boʻyicha – “Oʻzpaхtasanoat” AJ; –paхta tolasini saqlash va eksport qilishni ta’minlash boʻyicha – “Oʻzpaхtaeksport” AJ; –paхta yogʻi ishlab chiqarish boʻyicha – “Oʻzpaхtayogʻ” AJ kiradi. Quyidagilar хoldingning vazifalari hisoblanadi: –jahon va mintaqaviy paхta bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish boʻyicha marketing tadqiqotlari olib borish; –paхta хomashyosini ishlab chiqarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tadqiqotlar asosida tashkil qilish sohasida yagona siyosat oʻtkazish; –respublikada ishlab chiqarilayotgan paхta хomashyosini fermer хoʻjaliklaridan qabul qilib olish va qayta ishlash bilan bogʻliq butun ishlar kompleksini amalga oshirish; –paхta tolasi va yogʻ-moy mahsulotlarining miqdori va sifatini qat’iy hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash; –paхta tolasini yetkazib berish toʻgʻrisida eksport shartnomalari tuzilishini tashkil qilish hamda ularning oʻz vaqtida bajarilishini,  joʻnatilayotgan paхta mahsuloti uchun oʻzaro hisob-kitoblarni ta’minlash; –modernizatsiyani amalga oshirishda, zamonaviy ilgʻor teхnika va teхnologiyalarni joriy qilishda paхta tozalash korхonalariga, yogʻ zavodlariga, paхta terminallariga koʻmak berish. “Oʻzpaхtasanoateksport” хolding kompaniyasining boshlangʻich ustav kapitali tugatilayotgan “Oʻzpaхtasanoat” uyushmasining mulki, shuningdek, tashkil etilayotgan iхtisoslashtirilgan birlashmalar – “Oʻzpaхtasanoat” AJ, “Oʻzpaхtaeksport” AJ, “Oʻzpaхtayogʻ” AJ aksiyalari paketlarining 100 foizini topshirish hisobiga shakllantiriladi. “Oʻzpaхtasanoateksport” хolding kompaniyasi, “Oʻzpaхtasanoat” AJ, “Oʻzpaхtaeksport” AJ, “Oʻzpaхtayogʻ” AJ emissiya qilinadigan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilindi. Yelena YeRMOXINA,                                                                                                                                           ekspert-yuristimiz.
35
2,375
Qonunchilik
IShLAMAYoTGAN ONALARGA BOLANI IKKI YoShGA TO‘LGUNGAChA PARVARISh QILISh BO‘YIChA HAR OYLIK NAFAQA TAYINLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 562-modda) va “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 563-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi va Xalq banki qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi, Xalq bankining 2002-yil 8-fevraldagi 11/501, 32, 16 va 8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1112, 2002-yil, 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 5-son) bilan tasdiqlangan “Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
194
1,507
Qonunchilik
“Gʻijduvon” EIZ kengaytiriladi, “Namangan” EIZ infratuzilma bilan ta’minlanadi
Bunga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgustdagi 670, 671-son qarorlarida aks ettirilgan. Hukumat “Gʻijduvon” EIZ hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifga rozilik bildirdi. Unga Kogon shahri va Kogon tumanidan 200 gektar qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan boʻsh turgan yer uchastkalari kiritiladi. Qoʻshiladigan yerlar va ishtirokchilarning ishlab chiqarish maydonlari tashqi yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga ulanadi. 2 oy muddatda “Gʻijduvon” EIZ hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha manzilli dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar. Tadbirkorlik sub’yektlari muntazam ravishda takliflar haqida хabardor qilinadi. Shuningdek, ularga EIZ hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda koʻmaklashadilar. “Gʻijduvon” EIZ direksiyasiga Kogon shahar hokimligi ma’muriy binosidan zarur inventarlar bilan jihozlangan хonalar ajratiladi. Bundan tashqari, 2019-2021 yillarda “Namangan” EIZni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashning yigʻma dasturi ishlab chiqildi. Elektr-, gaz ta’minoti va optik-tolali aloqa tarmoqlarini qurish koʻzlanmoqda. Buning uchun 23 854,5 mln soʻm sarflash rejalashtirilayotir. Yana shu yili “Namangan” EIZ hududida ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish, unga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini, shuningdek ichki koʻchalarni qurish va ta’mirlash loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishlari darkor. Qurilish-montaj ishlari 2020-2021 yillarda amalga oshiriladi. Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.219 yildan kuchga kirdi.
78
1,808
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida davlat boshqaruvini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar parlament oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Islohotlarning shiddati Qonunchilik palatasi, uning qo‘mitalari va komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, parlament vakillarining xalq bilan doimiy muloqotini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, quyi palataning qonun ijodkorligiga, parlament va deputatlik nazoratiga doir faoliyatini kuchaytirish, parlamentlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlarni yanada takomillashtirishni, deputatlar korpusi ishini bugungi kun talablari asosida olib borishni taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini mamlakatda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlarida hamda o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilab berilayotgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda tanqidiy jihatdan qayta ko‘rib chiqish hamda uni bugungi kun talablariga mos ravishda yanada takomillashtirish talab etilmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib, demokratik islohotlarni amalga oshirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining faol ishtirokini ta’minlash maqsadida hamda siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar hamda komissiyalarning taklif va fikr-mulohazalaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi (bundan buyon matnda Ish reja deb yuritiladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Ish rejasida nazarda tutilgan vazifa va tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, qo‘mitalari (komissiyalari) raislari, Devoni rahbari mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin. 3. Ish rejasida belgilangan mas’ul ijrochilar uning bajarilishi holati to‘g‘risida har oyning 25 sanasiga qadar (yoki so‘rovga ko‘ra) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat va monitoring bo‘limiga axborot taqdim etib borilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat va monitoring bo‘limi (A. Abdukodirov) Ish rejasining ijrosi yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatib, uning borishi to‘g‘risida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashiga umumlashtirilgan ma’lumot kiritib borsin. 5. Ish rejasida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 750-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq iyul — dekabr oylarida o‘tkazilishi nazarda tutilgan tadbirlar bekor qilinsin. 7. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin. 8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
146
3,856
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-429-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-429-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
153
1,119
Qonunchilik
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar (keyingi o‘rinlarda — qarovsiz bolalar) bilan ishlash bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, ular faoliyatini tashkil etish hamda boshqarish tartibi, nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularni markazga qabul qilish, ro‘yxatga olish va saqlash tartibi, voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish va ularni markazdan chiqarish tartibini nazarda tutuvchi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga qabul qilingan bolalar birinchi navbatda yuboriladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga qabul qilingan bolalarni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari 3-ilovaga muvofiq; Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga joylashtirilgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan va davlat yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlarni kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: qarovsiz bolalarning shaxsini aniqlash, ularning o‘qishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni to‘liq o‘rganish; qarovsiz bolalarning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish va tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish natijasiga ko‘ra ularni ota-onasiga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga) topshirish yoki tegishli muassasalar (ixtisoslashtirilgan ta’lim, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya, bolalar yoki sog‘liqni saqlash muassasalari)ga joylashtirilishini tashkil etish; qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ularni oziq-ovqat, birlamchi kiyim-kechak va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, vaqtincha saqlash va kasb-hunarga o‘rgatish tadbirlarini tashkil etish. 3. 2021-yil 1-sentabrdan e’tiboran qarovsiz bolalar bilan ishlash tizimida shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq: a) voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligini aniqlash bo‘yicha: voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan — ta’lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari tomonidan — xizmat hududida, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan — oilalarda o‘rganish (kuzatish) va profilaktika tadbirlarini amalga oshirish jarayonida qarovsiz bolalar aniqlanadi; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va ular bilan manzilli ishlash yo‘nalishidagi ishlarga fuqarolar yig‘inlari raislari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari mas’ul etib belgilanib, ular zimmasiga mahallalarda qarovsiz qolgan bolalarning o‘z vaqtida aniqlanmasdan qolish holatlari bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklanadi; voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu to‘g‘risida profilaktika inspektoriga xabar beradi; b) qarovsiz bolalarni Markazga qabul qilish va vaqtincha saqlash bo‘yicha: profilaktika inspektori qarovsiz bola aniqlanganligi haqida tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i (Toshkent shahar tumanlari ichki ishlar organlari boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari)ga (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i) navbatchilik qismi orqali xabar beradi; profilaktika inspektori bolaning shaxsini aniqlash hamda uning o‘qishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni, qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni birlamchi o‘rganish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi, agarda bolaning qarovsiz qolmaganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, dalolatnoma tuzish orqali uni ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshiradi; profilaktika inspektori birlamchi o‘rganish natijalariga ko‘ra bola qarovsiz qolganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, ushbu xulosani tuman (shahar) jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga taqdim etadi, u esa, xulosani ko‘rib chiqib, bolani Markazga qabul qilish haqida yo‘llanma tayyorlaydi va uni Markazga yuboradi; Markaz xodimlari 5 soat ichida maxsus avtotransport vositasida qarovsiz bola saqlanayotgan manzilga yetib kelib, uni qabul qilib oladi va belgilangan tartibda Markazga olib borib joylashtiradi; Markaz boshlig‘i hududiy ichki ishlar organlari rahbarining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i (Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i)ga (keyingi o‘rinlarda — hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i) qarovsiz bola qabul qilinganligi haqida navbatchilik qismi orqali xabar beradi; Markaz boshlig‘ining so‘roviga asosan hududiy sog‘liqni saqlash muassasasi mutaxassislari 3 soat ichida Markazga yetib kelib, qarovsiz bolani belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi; tibbiy tekshiruv xulosasiga ko‘ra qarovsiz bolaning davolanishga muhtojligi (aqliy va ruhiy rivojlanishda yoshiga nisbatan ortda qolgan, tan jarohati, kasalligi, homiladorligi) aniqlangan hollarda u davolanish uchun tegishli sog‘liqni saqlash muassasasiga yoki aqliy va ruhiy rivojlanishda yoshiga nisbatan ortda qolayotgan bolalarga mo‘ljallangan muassasaga joylashtiriladi; Markaz tomonidan 48 soat ichida qarovsiz bolaning shaxsi aniqlanadi, uning o‘qishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillar to‘liq o‘rganiladi, bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga ko‘ra ijobiy xulosaga kelinsa, bola ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshiriladi; Markaz tomonidan ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshirilgan bolaning o‘qishi, xulq-atvori va oilasidagi muhit bir yil davomida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar organlari bilan birgalikda monitoring qilib boriladi; monitoring davomida bolaning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda qolayotganligi kuzatilsa, uni belgilangan tartibda Markazga qaytarish choralari ko‘riladi; bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga ko‘ra uning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilada yashayotganligi va davlat yordamiga muhtojligi to‘g‘risida xulosaga kelinsa, Markaz ushbu bolani 48 soatdan ortiq, biroq 30 kundan (zarurat bo‘lganda 45 kundan) ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida Markazda saqlash haqida sudga iltimosnoma kiritadi; ushbu iltimosnoma 24 soat ichida Markazda sayyor yoki onlayn shaklda o‘tkaziladigan yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi; sud iltimosnomani ko‘rib chiqish jarayonida qarovsiz bolaning ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar) rozi bo‘lmagan holda ham uni Markazga va kelgusida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi; qarovsiz bolaning doimiy yashash joyi boshqa mintaqa hududida bo‘lsa, Markaz 48 soat ichida uni tegishli hududdagi Markazga olib borib topshiradi; v) qarovsiz bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga joylashtirish va o‘qishi davomida xulq-atvorini nazorat qilish bo‘yicha: hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining so‘roviga asosan uch kun ichida Markazda Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning sayyor yoki onlayn shakldagi yig‘ilishi o‘tkaziladi hamda qarovsiz bolani uning xulq-atvori, psixologik qiyofasi, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi hamda qaror nusxasi tegishli vazirlik yoki idoraga yuboriladi; tegishli vazirlik yoki idora uch kun ichida Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning qaroriga muvofiq bolani o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida yo‘llanmani o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga, yo‘llanmaning nusxasini — Markazga yuboradi; Markaz yo‘llanmaga muvofiq 48 soat ichida bolani tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga olib borib topshiradi; ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi o‘quv yili davomida (tegishli sinflar uchun belgilangan yoshlarga muvofiq ravishda) o‘zi bevosita bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idoraning yo‘llanmasiga muvofiq qarovsiz bolani qabul kvotasidan tashqari 5 foiz miqdorida ajratilgan qo‘shimcha kvotalar doirasida sinov va imtihonlarsiz o‘qishga qabul qiladi; ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi rahbarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari qarovsiz bolalarga jamoat tarbiyachisi sifatida biriktiriladi hamda ularning o‘qishi va xulq-atvorini doimiy ravishda nazorat qilib boradi; qarovsiz qolgan bolalar bilan ishlash, ularni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga joylashtirish va o‘qish jarayonlarining samaradorligini oshirib borish ishlariga Xalq ta’limi vazirligi bevosita mas’ul etib belgilanib, bu boradagi ishlarni tashkil etishda ularning hududiy organlari rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklanadi; o‘qish davomida qarovsiz bolaga hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i — umumiy murabbiy, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida xizmatni o‘taydigan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog — individual murabbiy sifatida biriktiriladi hamda qarovsiz bolaning o‘qishi va xulq-atvorini kunlik nazorat qilib boradi; ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida qarovsiz bolaning o‘qishi va xulq-atvorini kunlik nazorat qilib borishda, shuningdek, ularga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etishda hududiy ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar huquqbuzarliklari profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosari (o‘g‘il bolalar uchun) va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (qiz bolalar uchun) bevosita ko‘maklashadi; g) qarovsiz bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaganidan keyin ularning bandligini ta’minlash va mehnat faoliyatini monitoring qilish bo‘yicha: ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi qarovsiz bolaning o‘qishi tamomlanishiga uch oy qolganda bu haqda Markazga xabar beradi; hududiy jamoat xavfsizligi xizmati ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlagan qarovsiz voyaga yetmagan shaxsning professional yoki oliy ta’lim muassasasiga umumiy tartibda o‘qishga kirishida ko‘maklashadi; professional yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan qarovsiz voyaga yetmagan bir oy ichida hududiy mehnat organlari tomonidan ishga joylashtiriladi; ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tamomlayotgan qarovsiz bolalar tegishli ta’lim muassasasi yo‘llanmasi bo‘yicha “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bepul o‘qitiladi; professional yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan chaqirilish yoshidagi qarovsiz bolani chaqiruvni amalga oshiruvchi komissiyalar navbatdagi chaqiruvda birinchilar qatorida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muddatli harbiy xizmatga yuborish choralarini ko‘radi; qarovsiz voyaga yetmaganlarning ish sharoiti, mehnatiga haq to‘lanishi va ijtimoiy moslashuvi bilan bog‘liq masalalar hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati, mehnat, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash organlari, “Nuroniy” jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi bo‘linmalarining vakillari ishtirokida tuzilgan ishchi guruh tomonidan bir yil davomida jadval asosida monitoring qilib boriladi hamda ularga zarur amaliy va huquqiy yordam ko‘rsatiladi. 4. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi samaradorligi uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi javobgarlik tizimi joriy etilsin: a) qarovsiz bolalar bilan ishlash tizimining barcha bo‘g‘inlarida mazkur qarorga muvofiq yangi tartibning to‘liq joriy etilishi va samarali qo‘llanilishi uchun — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, shuningdek, o‘zining tizimida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari; b) qarovsiz bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha quyidagilar: bolaning qarovsiz qolganligi aniqlangan vaqtdan boshlab Markazga qabul qilinguniga qadar — mahalliy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i; Markazga qabul qilingan vaqtdan boshlab ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaguniga qadar — hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i; ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaganidan keyin bir yil davomida — hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati, mehnat, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar organlari, Yoshlar ishlari agentligi bo‘linmalari boshliqlari shaxsan javobgar hisoblanadi. 5. Belgilansinki: qarovsiz bolaning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qish xarajatlari respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilada yashayotgan va davlat yordamiga muhtoj qarovsiz bolani ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qishi davomida kiyim-kechak, poyabzal va ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiya qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi, agar ta’lim muassasasida ushbu ta’minot nazarda tutilgan bo‘lmasa; Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiya qaroriga asosan qarovsiz bolalarga Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondi hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zarur ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatib boriladi, shu jumladan, ularga ta’lim va kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha tadbirlarga yuqori malakali mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinadi; Markazlar bank hisobvarag‘iga ega bo‘ladi, unga jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar o‘tkaziladi, bank hisobvarag‘idagi mablag‘lar faqat qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun maqsadli sarflanadi; Markaz faoliyatiga doir tadbirlarni amalga oshirishda, shu jumladan, qarovsiz bolalarni ekskursiya va sayohatlarga olib borishda avvaldan berilgan buyurtma asosida hududiy ichki ishlar organlarining xizmat avtobuslaridan foydalaniladi; Markazlarda saqlanayotgan qarovsiz bolalarga ta’lim berish bo‘yicha jalb etilgan pedagog-xodimlar mehnatiga o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun soatbay haq to‘lash qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 6. Markazlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etilsin: Markazlar faoliyatini nazorat qilish, yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ularga yordam ko‘rsatish, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; Markazlarga qabul qilingan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularning yoshiga xos bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tadbirlar Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; Markazlarga qabul qilingan voyaga yetmaganlar salomatligini muhofaza qilish, sanitariya qoidalari va gigiyena normalari, ovqatlanish me’yorlari talablariga rioya etilishini ta’minlash Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; Markazlarga qabul qilingan voyaga yetmaganlarning oilalarini o‘rganish, oilasidagi ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga yot g‘oyalardan asrash borasidagi tadbirlar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan; Markazlarga olib kelingan voyaga yetmaganlar o‘rtasida mehnat huquqlari muhofazasi bo‘yicha keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish, ularni mehnat bozoridagi yuqori talabga ega kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha tadbirlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin, shu jumladan, Markazlarning tuzilmasini yangi tartib va talablarni e’tiborga olgan holda hamda shtat birliklarini pedagog va psixolog kadrlar bilan kuchaytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqsin; ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga qarovsiz bolalar uchun professional ta’lim muassasalarida qo‘shimcha kvota ajratish, hududiy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ini voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha mintaqaviy idoralararo komissiya raisi o‘rinbosari etib belgilash, shuningdek, qarovsiz bolalar bilan ishlash tizimida joriy etilgan yangi tartib va talablarning buzilishiga yo‘l qo‘ygan davlat organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini belgilash bo‘yicha taqdimnoma kiritish vakolatini hududiy ichki ishlar organlari boshlig‘iga berish to‘g‘risida takliflarni kiritsin; uch oy muddatda voyaga yetmaganlarni tashish uchun Toshkent shahridagi Markazni 4 ta, boshqa hududlardagi Markazlarni 2 tadan “Damas” avtotransport vositalari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin; uch oy muddatda Markazlarni kapital ta’mirlash, jihozlash va zaruratga ko‘ra qurish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 2021-yil 1-noyabrga qadar “E-voyaga yetmaganlar” yagona axborot tizimini ishlab chiqsin va uning to‘laqonli qo‘llanilishini, shu jumladan qarovsiz bolani aniqlash, Markazga qabul qilish, tegishli muassasaga yuborish, o‘qishi va xulq-atvorini nazorat qilish, ishga joylashtirish va monitoring olib borish jarayonlarida qog‘oz shaklidagi ish yurituvni istisno etgan holda, ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazlar uchun maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Markazlar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ichki ishlar vazirining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Markazlar ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini hamda voyaga yetmaganlarni qabul qilish, vaqtincha saqlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmasi hisoblanadi. 4. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blanklarga, shuningdek, voyaga yetmaganlar to‘g‘risida idoralararo axborot almashish tizimiga hamda Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlarga doir ma’lumotlar bazasiga ega. Markazlar bank hisobvarag‘iga jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar o‘tkaziladi, bank hisobvarag‘idagi mablag‘lar faqat qarovsiz bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun maqsadli sarflanadi. 5. Markazlar bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga bo‘ysunadi. 6. Markazlarda voyaga yetmaganlarni saqlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus shart-sharoitlar ta’minlanadi: hududni qo‘riqlash; voyaga yetmaganlarning shaxsiy xavfsizligi va ularni salbiy ta’sirlardan yuqori darajada himoya qilish choralari; hududga begona shaxslarning erkin kirishini cheklash; markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning markaz hududini erkin tark etishini cheklash; voyaga yetmaganlarni kecha-kunduz nazorat qilish; voyaga yetmaganlarni shaxsiy tekshiruvdan o‘tkazish, ularning buyumlarini, shuningdek, ular olayotgan va yuborayotgan posilka va boshqa pochta jo‘natmalarini tekshiruvdan o‘tkazish. 7. Markazlar faoliyatini tashkil etishda voyaga yetmaganlar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat va notijorat tashkilotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda jalb etilishi mumkin. 8. Markazlarning asosiy vazifalari: qabul qilingan voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularning yoshiga xos bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish; voyaga yetmaganlarga tibbiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash; ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish; voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish. Markazlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin. 9. Markazlar o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) qabul qilingan voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida: voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmagan, ularning majburiy umumiy ta’lim olishiga to‘sqinlik qilgan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishida qatnashadi; yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni qabul qilishda vasiylik va homiylik organlariga ko‘maklashadi; voyaga yetmaganlarning doimiy yoki vaqtincha yashash manzili bo‘yicha oilasini o‘rganish ishlarini tashkil etadi; shaxsi aniqlanmagan voyaga yetmaganlar bo‘yicha, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olish yuzasidan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlariga hamda fuqarolik jamiyati institutlariga so‘rovlar yuboradi; b) voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish, ularning yoshiga xos bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida: vakolatli organlar bilan hamkorlikda Markazlarga joylashtirilgan ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar uchun ish joylari kvotasini belgilash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi; voyaga yetmaganlarning Markazlardan chiqarish davrida ularning voyaga yetganlari orasidan ishsiz bo‘lganlarni ishga joylashtiradi yoki mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga tayyorlash choralarini ko‘rish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; voyaga yetmaganlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida ular bilan Markazlarda ishlash uchun ijod sohasidagi malakali mutaxassislarni jalb qiladi; voyaga yetmaganlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; v) voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish sohasida: voyaga yetmaganlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, Konstitutsiya va qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazadi; voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini oshirish choralarini ko‘radi; voyaga yetmaganlar ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib boradi; voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qiladi, shuningdek, har bir voyaga yetmagan bilan unda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan tarbiyaviy ishar olib borilishini ta’minlaydi; g) voyaga yetmaganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash va muhofaza qilish sohasida: Markazlarni dori vositalari, tibbiy buyumlar va zarur tibbiy texnikalar bilan ta’minlash ishlarini sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etadi; respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga yoxud vazirlik va idoralar tasarrufidagi umumta’lim, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga joylashtirilishi rejalashtirilgan voyaga yetmaganlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish yakuni bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda ish hujjatlariga qo‘shib yig‘ib boradi; d) ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish sohasida: ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarning sog‘lom muhitda yashashini ta’minlash choralarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi; qabul qilingan voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi qabul qilingan voyaga yetmaganlar to‘g‘risida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarni xabardor qiladi; e) voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish sohasida: qabul qilingan voyaga yetmaganlar bilan profilaktika ishlarini olib borilishini tashkil etadi va nazorat qiladi; yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi. Markazlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 10. Markazlar o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish doirasida quyidagi vakolatlarga ega: uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning shaxsini aniqlash, hayoti, sog‘lig‘ini muhofaza qilish yoki ular tomonidan takroran huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni kecha-kunduz qabul qilishni hamda vaqtincha saqlashni ta’minlash; olib kelingan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda profilaktika ishini olib borish, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga imkon yaratadigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bu haqda tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarni xabardor qilish; voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga olib borish, shuningdek, ushbu muassasalarda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish; olib kelingan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini ko‘rish, ular bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat va notijorat tashkilotlariga tegishli so‘rovlar jo‘natish va zarur ma’lumotlarni olish; olib kelingan voyaga yetmaganlarni respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga yoxud vazirlik va idoralar tasarrufidagi umumta’lim, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yuborilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaga xulosa taqdim etish; qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Markazlar ularga olib kelingan voyaga yetmaganlar bo‘yicha yuborilgan so‘rovlar va boshqa ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etmagan davlat organlari mas’ul shaxslarining harakati (harakatsizligi) to‘g‘risida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar prokuraturasini xabardor qiladi. 11. Markazlarga 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan quyidagi voyaga yetmaganlar kecha-kunduz qabul qilinadi: ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalarda yashayotgan hamda davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan; ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etganlar; ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan yoshda bo‘lganlar; ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan yoxud ruhiy holatining buzilganligi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetishga qodir bo‘lmaganlar, agar voyaga yetmaganlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash yoki ular tomonidan takroran ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish zarur bo‘lsa, shuningdek, voyaga yetmaganlarning shaxsi aniqlanmagan yoxud uning aniq yashash joyi bo‘lmasa yoki o‘zlari ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan bo‘lsa; ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan huquqbuzarliklarni sodir etganlar, agar ularning shaxsi aniqlanmagan bo‘lsa yoxud ularning aniq yashash joyi bo‘lmasa yoki o‘zlari huquqbuzarliklar sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamayotgan bo‘lsa; o‘zining ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirilishi to‘g‘risidagi masalaning sud tomonidan ko‘rib chiqilishini vaqtincha kutib turganlar; sudning ajrimiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga yuborilayotganlar. 12. Markazlardan voyaga yetmagan shaxsni chiqarish uchun quyidagilardan biri asos bo‘ladi: voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (vasiylik yoki homiylik organi)ga topshirilishi; respublika o‘quv-tarbiya muassasasiga qabul qilinishi; bolalar-mehribonlik uyiga qabul qilinishi; ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga qabul qilinishi; voyaga yetmagan shaxsda markazda qolishiga to‘sqinlik qiluvchi kasallik aniqlanganligi sababli uni sog‘liqni saqlash muassasasiga yuborilishi; olib kelingan voyaga yetmagan shaxsning 18 yoshga to‘lishi. 13. Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar ta’lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari xizmat hududida, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari oilalarda o‘rganish (kuzatish) va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish jarayonida qarovsiz bolalarni aniqlaydi. 14. Voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligi davlat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu to‘g‘risida profilaktika inspektoriga xabar beradi. 15. Profilaktika inspektori birlamchi o‘rganish natijalariga ko‘ra bola qarovsiz qolganligi to‘g‘risida xulosaga kelgan taqdirda, ushbu xulosani mahalliy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘iga taqdim etadi, mahalliy jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i esa, xulosani ko‘rib chiqib, bolani Markazga qabul qilish yuzasidan yo‘llanma tayyorlaydi va uni Markazga yuboradi. 16. Markaz xodimlari 5 soat ichida maxsus avtotransport vositasida qarovsiz bola saqlanayotgan manzilga yetib kelib, uni qabul qilib oladi va belgilangan tartibda Markazga olib borib joylashtiradi. 17. Markaz boshlig‘i hududiy ichki ishlar organlari rahbarining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i (Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i)ga qarovsiz bola qabul qilinganligi haqida navbatchilik qismi orqali xabar beradi. 18. Markaz boshlig‘ining so‘roviga asosan hududiy sog‘liqni saqlash muassasasi mutaxassislari 3 soat ichida Markazga yetib kelib, qarovsiz bolani belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi. Tibbiy tekshiruv xulosasiga ko‘ra qarovsiz bolaning davolanishga muhtojligi (aqliy va ruhiy rivojlanishda yoshiga nisbatan orqada qolgan, tan jarohati, kasalligi, homiladorligi) aniqlangan hollarda u davolanish uchun tegishli sog‘liqni saqlash muassasasiga yoki aqliy va ruhiy rivojlanishda yoshiga nisbatan orqada qolayotgan bolalarga mo‘ljallangan muassasaga joylashtiriladi. 19. Markaz 48 soat ichida qarovsiz bolaning shaxsini aniqlaydi, uning o‘qishi va xulq-atvorini, oilasidagi muhitni hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni to‘liq o‘rganadi, bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga ko‘ra ijobiy xulosaga kelsa, uni ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshiradi. Markazdan ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga topshirilgan bolaning o‘qishi, xulq-atvori va oilasidagi muhit bir yil davomida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar organlari bilan birgalikda monitoring qilib boriladi. Monitoring davomida bolaning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda qolayotganligi kuzatilsa, uni belgilangan tartibda Markazga qaytarish choralari ko‘riladi. 20. Markaz bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga ko‘ra uning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilada yashayotganligi va davlat yordamiga muhtojligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, ushbu bolani Markazda 48 soatdan ortiq, biroq 30 kundan (zarurat bo‘lganda 45 kundan) ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida saqlash haqida sudga iltimosnoma kiritadi. Ushbu iltimosnoma 24 soat ichida Markazda sayyor yoki onlayn shaklda o‘tkaziladigan yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud iltimosnomani ko‘rib chiqish jarayonida qarovsiz bolaning ota-onasi (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar) rozi bo‘lmagan holda ham uni Markazga va kelgusida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi. 21. Qarovsiz bolaning doimiy yashash joyi boshqa mintaqa hududida bo‘lsa, Markaz 48 soat ichida uni tegishli hududdagi Markazga olib borib topshiradi. 22. Voyaga yetmaganlarni 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga Markazlarga qabul qilishga tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari yoki Markaz boshlig‘i yoxud uning o‘rinbosarlarining qarori asos bo‘ladi. Voyaga yetmaganlarni 48 soatdan ko‘p bo‘lgan muddatga Markazlarga qabul qilish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi asos bo‘ladi. 23. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tomonidan voyaga yetmaganlar nazoratsiz va qarovsiz qolganligi aniqlanganda voyaga yetmaganlar markazga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida tuman (shahar) ichki ishlar organlarining eng yaqin tayanch punktiga yoki Markazga olib kelinadi. Voyaga yetmaganlarni markazlarga qabul qilish borasidagi tadbirlar mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 24. Markaz boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarlari voyaga yetmagan shaxs ushbu Markazga qabul qilinganligi to‘g‘risida mazkur Markaz joylashgan hududdagi prokurorni va Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyani zudlik bilan, lekin uzog‘i bilan 24 soatdan kechiktirmasdan xabardor qiladi. 25. Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiya taqdim etilgan hujjatlarni zudlik bilan ko‘rib chiqib, 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki markaz boshlig‘ining yoxud uning o‘rinbosarlarining voyaga yetmaganni Markazga qabul qilish to‘g‘risidagi qarorini kelishib beradi. 26. Voyaga yetmaganlar va ularning buyumlari Markazga joylashtirilishidan oldin bir jinsga mansub ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shaxsiy ko‘rik natijasida tan jarohati holatlari aniqlanganda ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga xabar beriladi hamda Markazda saqlanishi man etilgan buyumlar olib qo‘yiladi va o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasiga ko‘ra dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 27. Markazga olib kelinishi taqiqlangan buyumlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda yuritiladi. 28. Pul mablag‘lari yoki moddiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlar, hujjatlar, shaxsiy ashyolar va boshqa buyumlar Markazning ushbu buyumlarni saqlash uchun mas’ul etib tayinlangan xodimiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda rasmiylashtirilgan dalolatnomaga muvofiq vaqtinchalik saqlab turish uchun topshiriladi. 29. Markazga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar to‘g‘risida ma’lumot ular Markazga olib kelingan kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda yuritiladigan voyaga yetmaganlarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd yozuvi kiritiladi. 30. Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar 48 soatgacha Markazda saqlansa, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi hisobga olish kartochkasi (elektron tarzda) to‘ldiriladi, Markazga joylashtirilgan voyaga yetmaganlar 48 soatdan ortiq saqlansa, unga nisbatan Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda hisobga olish yig‘majildi yuritiladi. Yig‘majild elektron tarzda yuritilishi ham mumkin. 31. Jinoyat sodir etgan va jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalari yoki alkogol ichimliklar ta’sirida bo‘lgan, nogironlik belgisi yaqqol ko‘rinib turgan, aqli noraso bo‘lgan voyaga yetmaganlar hamda 18 yoshga to‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan shaxslar Markazga qabul qilinmaydi. 32. Markazda nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar o‘ttiz kungacha bo‘lishlari mumkin. Istisno hollarda bu muddat markaz boshlig‘i yoki o‘rinbosarining iltimosnomasiga ko‘ra, sudning ajrimi asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘n besh kungacha uzaytirilishi mumkin. 33. Quyidagilar voyaga yetmaganning Markazda bo‘lish muddatiga kirmaydi: e’lon qilingan karantin yoki favqulodda holatlar davri; voyaga yetmaganning sog‘liqni saqlash muassasasining hujjati bilan tasdiqlangan va uni oilasiga qaytarish yoki tegishli muassasaga yuborishga to‘sqinlik qilayotgan kasallik davri; sudning iltimosnomani qanoatlantirish va voyaga yetmaganni respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish to‘g‘risidagi ajrimi yuzasidan berilgan shikoyat (protest)ning ko‘rib chiqilish vaqti. 34. Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar 20 nafardan ortiq bo‘lmagan guruhlarga taqsimlanadi. O‘g‘il bolalar va qiz bolalar alohida yotoqxonalarga joylashtiriladi. 35. Voyaga yetmaganlar Markazni o‘zboshimchalik bilan tark etishini, huquqbuzarlik sodir etilishini istisno etuvchi xavfsiz sharoitlarda saqlanadi va kecha-kunduz Markaz xodimlari nazorati ostida bo‘ladilar. 36. Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning markaz boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibiga rioya etishlari navbatchi xodimlar tomonidan nazorat qilinadi. Navbatchi xodimlar tarkibi, ish vaqti va xizmat vazifalari markaz boshlig‘i tomonidan belgilanadi. 37. Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar quyidagi huquqlarga ega: ota-onasini yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni o‘zining Markazga olib kelinganligi yoki joylashtirilganligi to‘g‘risida xabardor qilish; voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning qarorlari va mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan yuqori turuvchi organlarga, prokuratura organlariga yoki sudga shikoyat qilish; o‘zgalarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy muomalada bo‘lish; cheklanmagan miqdorda telefonda so‘zlashuv, boshqa aloqa vositalari orqali muloqot hamda uchrashuvga kelgan oila a’zolari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashish, posilkalar, banderollar, xat va telegrammalar olish hamda jo‘natish; tasdiqlangan me’yorlar bo‘yicha bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlarini olish. 38. Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini tashkil etish doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: a) ichki ishlar organlari doimiy ravishda: voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari, uni sodir etishda qatnashgan shaxslarni, voyaga yetmaganlarni huquqbuzarlik yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishga jalb qilish holatlarini, voyaga yetmaganlarga nisbatan g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir etilganlik holatlarini aniqlaydi; voyaga yetmaganlarni moddiy ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud voyaga yetmaganlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo‘layotgan ota-onalarni yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni aniqlaydi, ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga xabar beradi; shaxsi aniqlanmagan voyaga yetmaganlar bo‘yicha, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olish yuzasidan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarga hamda fuqarolik jamiyati institutlariga so‘rovlar yuboradi; voyaga yetmaganni topib olish sharoitlari, yurish yo‘li, transport turi, taxminiy yashash joylari, kun kechirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari va manbalari hamda shaxsini aniqlash uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlash yo‘li bilan voyaga yetmaganning shaxsini aniqlash choralarini ko‘radi; voyaga yetmaganning shaxsi aniqlanganidan so‘ng bir sutka mobaynida tegishli ichki ishlar organlariga, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga, shuningdek, manfaatdor davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga voyaga yetmaganning bo‘lib turgan joyi haqida ma’lumotlar yuboradi; olib kelingan voyaga yetmaganlarni respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga yoxud vazirlik va idoralar tasarrufidagi umumta’lim, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga joylashtirilishi maqsadga muvofiqligi haqida Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaga xulosa taqdim etadi; b) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari doimiy ravishda: voyaga yetmaganlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida malakali mutaxassislarni jalb qiladi; voyaga yetmaganlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi; voyaga yetmaganlar orasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan foydalanishni tashkil etish hamda Internet axborot tarmog‘i orqali elektron kutubxona tizimlariga kirish imkoniyatini yaratadi; voyaga yetmaganlarning orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilib, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida Markazda mavjud kutubxonalarni yangi adabiyotlar bilan to‘ldirib boradi; voyaga yetmaganlarga belgilangan tartibda dars mashg‘ulotlarini o‘tkazadi; voyaga yetmaganning turmush tarzi, aloqalari va niyatini, uning shaxsiy fazilatlari, qiziqishlari, o‘zboshimchalik bilan o‘qishni to‘xtatish, oiladan, ta’lim muassasalaridan ketib qolishi sabablarini aniqlaydi; v) sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari doimiy ravishda: voyaga yetmaganlarga tibbiy yordam ko‘rsatadi, belgilangan muddatlarda tibbiy tekshiruvlarni amalga oshiradi; respublika o‘quv-tarbiya muassasasiga yoxud vazirlik va idoralar tasarrufidagi umumta’lim, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga joylashtirilishi rejalashtirilgan voyaga yetmaganlarni respublika o‘quv-tarbiya muassasasiga qabul qilish mumkinligini aniqlash uchun bevosita Markazlarda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi; Markazda sanitariya-gigiyena me’yorlari talablariga rioya etilishini ta’minlaydi; g) Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamda ularning hududiy bo‘linmalari doimiy ravishda: Markazga joylashtirilgan voyaga yetmaganlarning oilasidagi ichki munosabatni va shaxslararo munosabatlarni va ijtimoiy-ma’naviy muhitni fuqarolar yig‘ini orqali o‘rganishni amalga oshiradi; oilani o‘rganish jarayonida undagi mavjud muammolarni bartaraf etish, oiladagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatadi; voyaga yetmagan notinch va muammoli oilalarda istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ushbu oilaning ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo‘lgan xavf-xatarlarni bartaraf etish borasidagi ishlarni tashkil etadi; voyaga yetmaganni imkon qadar ota-onasi yoki ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud vasiy yoki homiylar tarbiyasida qolishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; d) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy organlari har oyda kamida ikki marotaba: Markazga qabul qilingan ijtimoiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar uchun ish joylari kvotasini belgilash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi; voyaga yetmaganlarning Markazdan chiqish davrida voyaga yetganlari ichidan ishsiz bo‘lganlarini ishga joylashtirish yoki mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga tayyorlash choralarini ko‘radi; bo‘sh ish o‘rinlari bazasidan foydalangan holda Markazdan chiqarilayotgan 18 yoshga to‘lgan yoshlarga bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadi; Markazga qabul qilinganlar o‘rtasida mehnat huquqlari va muhofazasi masalalari bo‘yicha keng axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi. 39. Markaz tomonidan saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini samarali tashkil etish doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari jalb etilishi mumkin. 40. Markaz tomonidan voyaga yetmaganlarni ota-onasiga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (vasiylik va homiylik organlari)ga yoxud ularning vakillariga topshirish dalolatnoma rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi va bu haqida voyaga yetmaganlarni Markazga qabul qilish kitobiga tegishli qayd yozuvi kiritiladi. 41. Voyaga yetmaganlar oilasiga Markaz xodimlari kuzatuvida qaytariladi. Voyaga yetmaganlar ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, shuningdek, ularning vakillariga berib yuborilishi mumkin. 42. Ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslarning voyaga yetmagan farzandini Markazdan olib ketish imkoniyati yo‘qligi aniqlangan taqdirda, voyaga yetmaganni yashash manziliga kuzatib borish Markaz tomonidan amalga oshiriladi. 43. Ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshirilgan voyaga yetmaganning yashash sharoiti o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan uch oy mobaynida monitoring qilib boriladi. 44. Voyaga yetmaganning yashashi uchun zarur sharoitlar yo‘qligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra yashash joyiga qaytish imkoni bo‘lmagan taqdirda, markaz boshlig‘i bu haqida uni qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun uning yashash joyi bo‘yicha Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaga xabarnoma yuboradi, shuningdek, vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganni tegishli muassasaga joylashtirish choralarini ko‘radi. 45. Quyidagi hollarda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarni respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga qabul qilish yuzasidan Markaz tomonidan Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalarga xulosa taqdim etiladi: ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining mohiyatini to‘liq anglab yetishga qodir bo‘lmagan; aybliligi to‘g‘risidagi masala hal qilinmasdan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan, tegishli materiallar Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaga ko‘rib chiqish uchun topshirilgan bo‘lsa; o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qo‘llanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan bo‘lsa; yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramasdan muntazam ravishda huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilishni davom ettirayotgan bo‘lsa. 46. Markaz tomonidan voyaga yetmaganlarni respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish sud ajrimiga asosan amalga oshiriladi. 47. Markaz voyaga yetmaganni jinsiga qarab tegishli respublika o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish choralarini ko‘radi. 48. Respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirilishi lozim bo‘lgan voyaga yetmaganlar ushbu muassasalarga tegishli hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuboriladi. 49. Voyaga yetmaganlarni mehribonlik uylariga joylashtirish Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiya qaroriga muvofiq, vasiylik va homiylik organlari tomonidan Markaz xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 50. Hududiy ichki ishlar organlari rahbarining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i (Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i)ning so‘roviga asosan uch kun ichida Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning sayyor yoki onlayn shakldagi yig‘ilishi Markazda o‘tkaziladi hamda qarovsiz bolani uning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, qaror nusxasi tegishli vazirlik yoki idoraga yuboriladi. 51. Tegishli vazirlik yoki idora uch kun ichida Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning qaroriga muvofiq bolani o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida yo‘llanmani o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga, yo‘llanmaning nusxasini esa Markazga yuboradi. 52. Markaz yo‘llanmaga muvofiq 48 soat ichida bolani tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga olib borib topshiradi. 53. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi o‘quv yili davomida (tegishli sinflar uchun belgilangan yoshlarga muvofiq ravishda) o‘zi bevosita bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idoraning yo‘llanmasiga muvofiq qarovsiz bolani qabul kvotasidan tashqari 5 foiz miqdorida ajratilgan qo‘shimcha kvotalar doirasida sinov va imtihonlarsiz o‘qishga qabul qiladi. 54. Yashash (qabul qilish) joyiga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar bepul yo‘lkira chiptasi, shuningdek, belgilangan normalarda yo‘l uchun oziq-ovqat yoki pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi. Zarurat bo‘lganda voyaga yetmaganlarga alohida kiyim-kechak va poyabzal buyumlari berilishi mumkin. 55. Markaz xodimlari tomonidan voyaga yetmaganlarni istiqomat qilish joyiga kuzatib borish (joylashtirish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1-2 nafar voyaga yetmaganni kuzatib borish uchun 2 nafar; 3-4 nafar voyaga yetmaganni kuzatib borish uchun 2 — 4 nafar; 5 va undan ortiq voyaga yetmaganni kuzatib borish uchun 4 — 10 nafar. 56. Voyaga yetmaganlarni yashash (qabul qilish) joyiga kuzatib borish Markazning shahodatlangan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holat yuzaga kelgan hollarda xizmat safariga tibbiy xodimlar ham jalb etilishi mumkin. 57. Agarda kuzatuvda uch yoki undan ortiq xodim ishtirok etadigan holat yuzaga kelsa, markaz boshlig‘i hududiy bo‘linmalar boshliqlariga qo‘shimcha xodim ajratishga ruxsat berilishi yuzasidan bildirgi yozadi. 58. Markaz boshliqlari hududiy bo‘linmalar boshliqlari ruxsati bilan xizmat safariga yuborilayotgan xodimlar bilan voyaga yetmaganni kuzatib borish va joylashtirish yuzasidan belgilangan tartibda yo‘riqnoma o‘tkazib, ularning orasidan unvoni va lavozimi yuqori bo‘lgan xodimni guruh rahbari etib belgilab, yo‘riqnoma bayoni bilan tasdiqlaydi. 59. Kuzatilayotgan voyaga yetmaganlarga tegishli bo‘lgan hujjatlar, ular to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar Markazning ijtimoiy xodimi hamda psixologi tomonidan tayyorlanib, voyaga yetmaganning barcha buyumlari bilan birga xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarga taqdim etiladi. Voyaga yetmaganni Markazga qabul qilishda ulardan vaqtinchalik saqlab turish uchun olingan pullar, hujjatlar, shaxsiy ashyolar va boshqa buyumlar tilxat bilan uning ota-onalariga yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga, shuningdek, vasiylik va homiylik organlari, ta’lim muassasasi vakillariga yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslarga esa dalolatnoma orqali topshiriladi. 60. Markazdagi voyaga yetmaganlarni kuzatishda transport vositalarning barcha turlaridan foydalaniladi. Kuzatishga sarf bo‘ladigan mablag‘lar belgilangan tartibda voyaga yetmaganlarni markazda saqlash uchun respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. 61. Respublika o‘quv-tarbiya muassasalarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim muassasalarini yoxud boshqa bolalar muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etganligi uchun Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar, agar ushbu muassasalar yoki Markaz boshqa hududlarda joylashgan bo‘lsa, voyaga yetmagan tegishliligi bo‘yicha Markaz xodimlari kuzatuvida, agar ushbu muassasalar Markaz bilan bitta hududda joylashgan bo‘lsa, tegishli muassasa vakillari kuzatuvida qaytariladi. Markaz hamda ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarning vakillari voyaga yetmagan topilganligi haqidagi xabarnoma olingandan so‘ng uch kun mobaynida voyaga yetmaganni olib ketish uchun Markazga yetib kelishi shart. 62. Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlarini vatanlariga qaytarish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etilgunga qadar Markazda saqlanadi. 63. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari Markazlar xodimlariga voyaga yetmaganlarni olib kelish va ularni yashash joylariga olib borishda navbatdan tashqari chipta (shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarida) sotib olishlarida amaliy yordam ko‘rsatadi. 64. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari hamda Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bosh boshqarmasi voyaga yetmaganlarni kuzatayotgan Markaz xodimlariga voyaga yetmaganlarni bir transportdan boshqa transportga o‘tish chog‘ida va yo‘lning oxirgi punktlarida qo‘riqlashga, kuzatuv vaqtida qochib ketgan voyaga yetmaganlarni qidirishga vakolatlari doirasida ko‘maklashadi. 65. Markaz qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi. Markaz sanitariya-gigiyena me’yorlari va yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan, voyaga yetmaganlarni xavfsiz saqlash uchun yaroqli binolarda, qoida tariqasida, viloyat markazlarida tashkil etiladi. 66. Markazga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlari hamda voyaga yetmaganlarga ta’lim-tarbiya berish borasidagi tadbirlarni amalga oshiruvchi tarbiyachi pedagoglar qonunchilik hujjatlariga muvofiq tunu-kun Markazda faoliyat olib boradi. 67. Markazning tashkiliy tuzilmasi va shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 68. Markazga bevosita rahbarlikni tegishli ravishda hududiy bo‘linmalar boshliqlari tomonidan tayinlanadigan boshliq (keyingi o‘rinlarda — Markaz boshlig‘i) amalga oshiradi. 69. Markaz boshlig‘i Markaz nomidan faoliyat ko‘rsatadi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi. 70. Markaz boshlig‘i: Markaz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha buyruq va qarorlar qabul qiladi hamda Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; Markaz faoliyatida qonuniylikni ta’minlash choralarini ko‘radi, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va intizomi, xizmat faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; o‘z o‘rinbosarining vakolatlarini belgilaydi, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ichki tartib va Markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning xulq-atvori qoidalari va kun tartibini tasdiqlaydi; o‘z vakolatlari doirasida Markazning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 71. Tegishliligi bo‘yicha hududiy bo‘linmalar huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘linma (guruhlari) Markaz faoliyatini (xo‘jalik va moliyaviy faoliyati bundan mustasno) monitoring qilib boradi hamda ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga taqdim etish uchun hududiy bo‘linmalar rahbariyatiga kiritadi. 72. Markaz faoliyatini moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar; homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 73. Markaz faoliyati tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi. 74. Markaz Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda texnika vositalari, transport vositalari, mebel, jihozlar va boshqa mol-mulk bilan ta’minlanadi. 75. Markaz xodimlarining ish haqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 76. Markazning moliyaviy-statistika hisobotlari hududiy bo‘linmalar moliya bo‘limlari tomonidan yuritiladi. 77. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. 78. Vakolatli organlar tomonidan e’lon qilingan karantin va favqulodda holatlar davrida Markazga qabul qilingan voyaga yetmaganlar karantin tugagunga qadar yoki favqulodda holatlar bartaraf etilguniga qadar saqlanadi. Karantin davrida Markazga voyaga yetmaganlari qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi. 79. Markazda voyaga yetmaganlarni ovqatlantirish va boshqa maishiy xizmatlar autsorsing xizmatini jalb qilish orqali tashkil etiladi va amalga oshiriladi. 80. Markazda voyaga yetmaganlarni ovqatlantirish va boshqa maishiy xizmatlar uchun pul mablag‘lari yillik buyurtmalar bo‘yicha belgilanadi va autsorsing xizmatlari uchun kelishilgan hisob-kitoblar, oziq-ovqat narxlari belgilangan me’yorlar asosida yil bo‘yicha rejalashtiriladi. 81. Markaz xodimlari shtat birliklarini o‘zgartirish hamda ularni o‘zining funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ruxsati bilan amalga oshiriladi. 82. Markaz xodimlari xizmatni fuqarolik kiyimida olib boradi. Markaz xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan bayram kunlari, yig‘ilishlarda, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan vaqtlarda xizmat kiyimida bo‘lishadi. 83. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 84. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-maydagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik organiga ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqida”gi Nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar ularning shaxsi aniqlangunga va zarur hujjatlar rasmiylashtirilgunga qadar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga qabul qilinadi hamda yetti kun mobaynida tegishli ma’lumotlar ichki ishlar organlari tomonidan bolalar yashaydigan hududdagi tuman (shahar) vasiylik va homiylik organiga taqdim etiladi”. 2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-oktabrdagi 880-son qaroriga 2-ilovaning “Kiyim-kechak va poyabzal buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari” deb nomlangan II bo‘limida: 24 pozitsiyasining “o‘g‘il bolalar”, “qiz bolalar” ustunlarida “4” raqami “6” raqami bilan almashtirilsin; 25 pozitsiyasining “o‘g‘il bolalar”, “qiz bolalar” ustunlarida “5” raqami “12” raqami bilan almashtirilsin; 26 pozitsiyasining “o‘g‘il bolalar”, “qiz bolalar” ustunlarida “5” raqami “6” raqami bilan almashtirilsin; 28 pozitsiyasining “o‘g‘il bolalar”, “qiz bolalar” ustunlarida “2” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2010-yil 26-noyabrdagi 269-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 63-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 16-iyundagi 385-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 103-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
111
63,486
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010-yil 6-avgustdagi 312, 19-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2138, 2010-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 308-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish tartibini belgilaydi.”. 2. Ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 1. Sil kasalligining faol va asoratlangan shakllari. 2. Surunkali kechuvchi o‘pkaning nospetsifik kasalliklari bilan bog‘liq yurak-o‘pka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja). 3. II va III darajali surunkali qon aylanishi buzilishi (Nyu-York klassifikatori bo‘yicha III va IV daraja) bilan kechuvchi yurak klapanlari va mushaklarining organik o‘zgarishlari. 4. II va III darajali qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi (xavfli gipertoniya). 5. Hayot uchun xavfli yurak ritmi va o‘tkazuvchanlikning buzilishi bilan kechuvchi holatlar (MAS sindromi, AV qamal II-III darajasi, sinus tuguni zaifligi sindromi, yurak qisqarish soni kunduzi bir minutda 50 va undan past bo‘lsa, nomuqim gemodinamika bilan kechuvchi paroksizmal taxikardiyalar (SAB 90 mm simob ustunidan past holat). 6. Barcha bosqichdagi xavfli o‘sma kasalliklari (2 yil oldin radikal davolanganlar bundan mustasno). 7. Turg‘un buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa a’zolar kasalliklari. 8. Statsionar sharoitida davolanish talab etiladigan oshqozon-ichak tizimi yara va yallig‘lanish kasalliklarining o‘tkir davri. 9. Og‘ir va qo‘shma travmatik shikastlanishlar. 10. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolanish va reabilitatsiya qilish zarur bo‘lgan turli etiologiyalik jigar kasalliklari va surunkali pankreatit (surunkali gepatitlar, jigar tsirrozi). 11. Endokrin kasalliklarining og‘ir shakli (akromegaliya, diffuz toksik buqoq, buyrak osti bezining yetishmovchiligi, gipoterioz, qandli diabet kasalligining birinchi turi, Itsenko-Kushing kasalligi). 12. Qon tizimi kasalliklari: a) o‘tkir va surunkali leykozlar; b) Idiopatik trombotsitopenik purpura; v) aplastik anemiya. 13. Asab sistemasi surunkali organik kasalliklarining asoratlari natijasida aql zakovatning chuqur va turg‘un buzilishi hamda psixopatik buzilishlar. 14. Shizofreniya barcha turlarining xuruj davri. 15. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psixomator xurujlari bilan, shuningdek hushning xiralashuvi va og‘ir disforiya bilan kechuvchi epilepsiya, shu jumladan: a) kam takrorlanuvchi xurujlar bilan shaxsning chuqur o‘zgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan kechuvchi epilepsiya; b) epileptik psixozlar. 16. Tez-tez xurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psixoz va tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar. 17. Psixopatiyaning tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari. 18. Og‘ir, surunkali kechuvchi teri kasalliklari: a) asoratlangan psoriaz; b) pursildoq yara; v) Layell sindromi; g) Stivens-Jonson sindromi. 19. Zaxmning yuqumli bosqichi. 20. Traxomaning I, II, III darajalari. 21. Giyohvandlik, toksikomaniyaning barcha turlari (tamakiga tobelik bundan mustasno). 22. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV).”.
144
4,220
Qonunchilik
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-447-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2018-yil 5-dekabrda kiritilgan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL–447-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
155
695
Qonunchilik
Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi ov qilish va ovchilik xo‘jaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan yovvoyi hayvonlarni (ularning yashash faoliyati mahsulotlarini) tutish maqsadida ularni izlash, ularning iziga tushish va ularni ta’qib qilish, tutishga urinish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilishdir. Quyidagilar ov qilishga tenglashtiriladi: g‘ilofi yechib qo‘yilgan holatdagi (yig‘ilgan tarzdagi) ov quroli va ov qurollarining boshqa turlari yoki ov mahsuloti bilan ov qilish joylari hududida bo‘lish; shaxslarning g‘ilofi yechib qo‘yilgan holatdagi (yig‘ilgan tarzdagi) ov quroli bilan, ov mahsulotining qo‘lga kiritilganligi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz (ovchilik guvohnomasisiz, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomasiz, ovchilik yo‘llanmasisiz (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasisiz) umumiy foydalanishdagi yo‘llarda bo‘lishi. Ovchilik xo‘jaliklari qo‘riqlash xodimlarining o‘z lavozim majburiyatlarini bajarayotganda xizmat quroli bilan ovchilik xo‘jaliklari hududida bo‘lishi ov qilish hisoblanmaydi. Ovchilik xo‘jaligi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga doir biotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yovvoyi hayvonlar sonining hisobini hamda tutiladigan yovvoyi hayvonlarning hisobini yuritish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun ov qilish joylari hududida tashkil etiladi. Haqiqiy ovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan va ov qilish sohasida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan chet ellik fuqaro ovchidir. Ovchilik xo‘jaligining qo‘riqlash xodimi o‘z lavozim majburiyatlarini bajarayotganda ovchi hisoblanmaydi. Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: ovchilik resurslarining va ov qilish joylarining muhofaza qilinishini, ulardan oqilona foydalanilishini, ularning saqlanishini ta’minlash; davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; davlat tomonidan normalar belgilash; ovchilik turizmini rivojlantirish; ov qilishni hamda ovchilik xo‘jaliklarini rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish; davlat nazoratini amalga oshirish; xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan, shuningdek ov qilish joylariga, shu jumladan ular yetishtirilgan ovchilik xo‘jaligidan tashqariga qo‘yib yuborilgan yovvoyi hayvonlar davlat mulkidir va Davlat ovchilik fondini tashkil etadi. Fermalarda, pitomniklarda, inkubatorlarda, baliqchilik pitomniklarida va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtiriladigan yovvoyi hayvonlar Davlat ovchilik fondiga kirmaydi hamda fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklari qaysi shaxslarga tegishli bo‘lsa, o‘sha shaxslarning mulki bo‘ladi. Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifadagi yerlar va suv obyektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish hamda ularni tasarruf etish huquqidan ajratilgandir. Ov qilish maqsadida foydalaniladigan yoki foydalanilishi mumkin bo‘lgan yovvoyi hayvonlar, shuningdek yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlari ovchilik resurslari jumlasiga kiradi. Ov qilish joylari ov qilish uchun foydalaniladigan yoki foydalanilishi mumkin bo‘lgan, yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, bo‘lish va urchish joylari, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llari bo‘lgan yerlar, suv obyektlari va o‘rmonlardan iborat bo‘ladi. Ov qilish joylari hududida quyidagilar taqiqlanadi: qishloq xo‘jaligi, meliorativ, o‘rmon xo‘jaligi ishlarini va boshqa ishlarni yovvoyi hayvonlarning nobud bo‘lishiga olib keladigan usullarda amalga oshirish; o‘zboshimchalik bilan yovvoyi qushlarning tuxumlarini yig‘ish, uyalarini vayron qilish, yovvoyi hayvonlarning uychalarini, inlarini va boshqa uyalarini buzish, bundan yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish bilan bog‘liq hollar mustasno; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda hamda boshqa toifadagi yerlarda qurigan dov-daraxtlarni va ularning qoldiqlarini ildizi bilan yoqish; yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, bo‘lish va urchish joylarida, shuningdek ularning ko‘chib o‘tish yo‘llari bo‘lgan joylarda dov-daraxtlarni yo‘q qilib yuborish, qiyoq, qamish va yovvoyi holda o‘suvchi boshqa o‘simliklarning chakalakzorlarini yoqish. Quyidagilar ov qilish joylariga kirmaydi: aholi punktlarining yerlari; sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy maqsadga mo‘ljallangan yerlar; muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, agar ularning rejimida ov qilish nazarda tutilmagan bo‘lsa; shaharlar atrofidagi yashil zonalar; korxonalarning sanitariya-himoya zonalari; suv olish inshootlarining himoya zonalari; aerodromlar; temir yo‘llarning himoya zonalari; chegara oldi mintaqasi; hosil yig‘ishtirib olinguniga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar; to‘g‘onlar, suv ayirgichlar, ko‘priklar yonidagi, baliqchilik pitomniklari, hovuz xo‘jaliklari va boshqa madaniy baliqchilik xo‘jaliklari chegaralaridagi uchastkalar, agar ushbu obyektlarni muhofaza qilish rejimida ov qilishga doir taqiq nazarda tutilgan bo‘lsa. Ovchilik resurslarining va ular yashash muhitining davlat monitoringi ovchilik resurslarining soni hamda populatsiyasi, ularning yovvoyi hayvonlar turlari bo‘yicha o‘zgarishi dinamikasi va ularning yashash muhiti holati ustidan muntazam kuzatuvlar tizimini ifodalaydi. Ovchilik resurslarining va ular yashash muhitining davlat monitoringi Atrof-muhit davlat monitoringining bir qismidir. Ovchilik resurslarining va ular yashash muhitining davlat monitoringi ma’lumotlari ovchilik resurslaridan hamda ularning yashash muhitidan oqilona foydalanishni ta’minlash, ularni saqlab qolish uchun qo‘llaniladi. Ovchilik resurslarini va ov qilish joylarini muhofaza qilish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: biologik xilma-xillikni saqlash hamda yovvoyi hayvonlarning barqaror yashashini ta’minlash; yovvoyi hayvonlardan oqilona foydalanish va ularni takror ko‘paytirish uchun shart-sharoitlar yaratish; g‘ayriqonuniy ov qilishga (brakonyerlikka) qarshi kurashish; yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, bo‘lish va urchish joylarini, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llarini muhofaza qilish; ov qilish muddatlariga rioya etilishi va tutiladigan yovvoyi hayvonlarning soni ustidan nazorat qilish; ov qilish joylari hududida yong‘inga qarshi choralar ko‘rish; ov qilish joylari hududida yerlarni haydash va dov-daraxtlarni kundakov qilishning oldini olish; suv obyektlarini suv havzalarining gidrologik va gidrogeologik rejimi buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomaqbul hodisalardan muhofaza qilish. Yovvoyi hayvonlarning sonini hisobga olish maydon birligiga nisbatan yovvoyi hayvonlar sonini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Yovvoyi hayvonlarning sonini hisobga olish yagona uslubiyotlar bo‘yicha o‘tkaziladi hamda ov qilishni rejalashtirish va ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun asos bo‘ladi. Ovchilik xo‘jaliklari hududida yovvoyi hayvonlarning sonini hisobga olishni ovchilik xo‘jaliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘zlariga biriktirilgan ov qilish joylari hududlarida, tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida va hovuz xo‘jaliklarida amalga oshiradi. Tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olish tutilgan yovvoyi hayvonlarning turlari bo‘yicha sonini aniqlash uchun amalga oshiriladi hamda ov qilish joylarining mahsuldorligini va yovvoyi hayvonlar turlarining zaxiralarini aniqlash, kelgusida yovvoyi hayvonlarni o‘zining yashash muhitidan ajratib olishni rejalashtirish uchun asos bo‘ladi. Tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olishni ovchilik xo‘jaliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘zlariga biriktirilgan ov qilish joylarining hududlarida, tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida va hovuz xo‘jaliklarida tutilgan yovvoyi hayvonlarni ovchilik xo‘jaliklarining maxsus daftarlarida, shuningdek ovchilik yo‘llanmalaridagi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalaridagi) belgilar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshiradi. Yovvoyi hayvonlarni takror ko‘paytirish yovvoyi hayvonlarni sun’iy ravishda mahsuldorroq holatda saqlab turish, yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, bo‘lish va urchish joylarini, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llarini muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, shuningdek hayvonlar suv ichadigan joylarni barpo etish yoki ilgari mavjud bo‘lganlarini tiklash, ihota va ozuqa ekinlarini ekish, yovvoyi hayvonlarni oziqlantirish orqali amalga oshiriladi. Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish yovvoyi hayvonlarning soni darajasini va populatsiyasi tuzilmasini maqbul holatda saqlab turish maqsadida amalga oshiriladi. Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish yovvoyi hayvonlarni tutish (otish, tutib olish), shuningdek yovvoyi hayvonlarning sonini ko‘paytirishga, yovvoyi hayvonlar o‘rtasida yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish yovvoyi hayvonlarning boshqa turlariga zarar yetkazilishini istisno etadigan, shuningdek yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, bo‘lish va urchish joylari, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llari muhofaza qilinishini ta’minlaydigan usullar bilan amalga oshirilishi kerak. Soni tartibga solinishi lozim bo‘lgan yovvoyi hayvonlarning turlari hamda yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish usullari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan, yovvoyi hayvonlar o‘rtasida yuqumli kasalliklar belgilari aniqlangan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishuvga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota yovvoyi hayvonlarning ko‘p miqdorda tutiladigan turlariga, shuningdek yovvoyi hayvonlarning kamyob va oz sonli turlariga nisbatan belgilanadi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olish hamda tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olish ma’lumotlari asosida belgilanadi. Yovvoyi hayvonlarning ko‘p bo‘lmagan miqdorda tutiladigan ommaviy turlariga nisbatan kvotalar belgilanmaydi. Kelgusi yil uchun yovvoyi hayvonlarni tutishga doir talabnomalar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan joriy yilning 1-noyabridan 15-noyabriga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 1-apreldan 15-aprelga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasini talabnomalar asosida tayyorlaydi va 25-noyabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 25-aprelga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosani 5-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 5-mayga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10-mayga qadar) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi, kvotani taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga (bundan buyon matnda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari deb yuritiladi) yuboradi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari 20-dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 20-mayga qadar) kvotalarni berilgan talabnomalarga muvofiq taqsimlaydi hamda hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota hamda qo‘shimcha kvota O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. To‘lovlar yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan har bir yovvoyi hayvon uchun kiritiladi. To‘lovlar mazkur ruxsatnomalar berilayotganda kiritiladi. Yovvoyi hayvonlarning tutish normalari belgilanmagan turlari, ovda bo‘lish kunlarining sonidan qat’i nazar, to‘lovga muvofiq miqdorda tutiladi. Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun to‘lovlar miqdorlari ushbu Qonunga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi. Ovchi: yovvoyi hayvonlarning ruxsat etilgan turlarini ov qilishni belgilangan joylarda va belgilangan muddatlarda amalga oshirish; qo‘lga kiritilgan ov mahsulotini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish; ov qilish, atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslaridan o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilishini talab qilish huquqiga ega. Ovchi: ov qilishni amalga oshirish chog‘ida shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, ovchilik guvohnomasini, ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomani, ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) yonida olib yurishi; ovchilik xo‘jaligining va ov qilishga ruxsat etiladigan hududning chegaralarini aniq bilishi; ov qilishga ruxsat etiladigan hududdan tashqarida ov qilishni amalga oshirmasligi; yovvoyi hayvonlarni tutish normalariga va ov qilish muddatlariga rioya etishi, ov qilishni yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan joylarda amalga oshirishi; ov qilishni boshlash oldidan ovchilik yo‘llanmasida (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasida) ov qilish boshlangan sana to‘g‘risidagi ustunni to‘ldirishi; ov qilish tugagach, ovchilik xo‘jaligidan yoki ov qilish joylaridan chiqib ketishdan oldin yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada tutilgan yovvoyi hayvonlar haqida belgilar qo‘yishi; ov qilish tugagach, ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) ov natijalari to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda, o‘n kundan kechiktirmay qaytarishi; yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etishi; maishiy chiqindilarni to‘xtash joyidan yig‘ishtirib olishi va maishiy chiqindilarni to‘plash joylariga olib chiqishi; ov qilish, atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar mansabdor shaxslarining talabiga binoan tushuntirishlar berishi, ashyolarni, ov qurolini va transport vositalarini, qo‘lga kiritilgan ov mahsulotini, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, ovchilik guvohnomasini, ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomani, ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) ko‘zdan kechirish uchun taqdim etishi; halqalari, mikrochiplari, yorliqchalari, tamg‘alari bo‘lgan yovvoyi hayvonlar tutilganda hududida ov qilish amalga oshirilgan ovchilik xo‘jaligiga yoki ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organiga ular to‘g‘risida axborot taqdim etishi; lavhalar, e’lonlar, oxurlar, yoyib qo‘yilgan qo‘shimcha ozuqalar, sun’iy uyalarga va boshqa biotexnik qurilmalarga shikast yetkazmasligi, shuningdek ushbu Qonun 9-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni sodir etmasligi; ov qilishning xavfsizlik qoidalarini bilishi va ularga rioya etishi shart. Ovchilik xo‘jaliklari: jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir olingan kvotalar doirasida ovchilik yo‘llanmalarini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalarini) berish; yuridik va jismoniy shaxslar bilan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir olingan kvotalar doirasida yovvoyi hayvonlarni tutish uchun shartnomalar tuzish; yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomaga muvofiq ov qilishni amalga oshirishda qo‘lga kiritilgan ov mahsulotini qayta ishlash; ov mahsulotini tutishning yoki qo‘lga kiritishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar, mahsulotga doir sifat sertifikati mavjud bo‘lgan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ov mahsulotini realizatsiya qilish; yovvoyi hayvonlarni tabiatga moslashtirish yoki ulardan boshqa maqsadda foydalanish uchun ko‘paytirish; fermalarda, pitomniklarda, inkubatorlarda, hovuz xo‘jaliklarida va boshqa xo‘jaliklarda saqlanayotgan hamda yetishtirilgan yovvoyi hayvonlardan foydalanish; g‘ayriqonuniy ov qilishga (brakonyerlikka) qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etish, shu jumladan ov qilish, atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar bilan birgalikda ishtirok etish; ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilarga nisbatan dalolatnomalar tuzish, ularni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga topshirish; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga ov qilishni tashkil etish hamda amalga oshirish, shuningdek ovchilik xo‘jaliklarini yuritish masalalari yuzasidan takliflar taqdim etish huquqiga ega. Ovchilik xo‘jaliklari: ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; yovvoyi hayvonlarni va ov qilish joylarini muhofaza qilishi; hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlar o‘tkazishi; yovvoyi hayvonlar sonining hisobini yuritishi; tutiladigan yovvoyi hayvonlarning hisobini yuritishi; yovvoyi hayvonlarning takror ko‘paytirilishini ta’minlashi; yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish bo‘yicha yovvoyi hayvonlar ayrim turlarining sonini ularning yashash joylari doirasida saqlab turishga, ko‘paytirishga yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishi; ovchilik xo‘jaligi hududida chegara ustunlari, e’lonlar va ko‘rsatkichlar, ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi to‘liq axborotni o‘z ichiga olgan xarita-sxema o‘rnatilishini ta’minlashi; yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etishi; yovvoyi hayvonlarning egasiz tanalarini, ularning qismlarini va ichki a’zolari ko‘milishini tashkil etishi, ovchilarni bunday chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning belgilangan tartibi to‘g‘risida xabardor qilishi; ov qilish ustidan nazoratni amalga oshirishi — ovchilarda zarur hujjatlar mavjudligini va ular tomonidan ushbu Qonunning 5-bobida nazarda tutilgan talablarga rioya etilishini tekshirishi; ovchilik yo‘llanmalari blankalarini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalarini) hisobga olish, saqlash, to‘ldirish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etishi; har yili ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga ovchilik xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq axborotni taqdim etishi; ovchilik xo‘jaligini yuritish jarayonida atrof-muhitga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi; o‘z zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlarini bajarishi; yovvoyi hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan chatishtirishga, ko‘chirishga yoki iqlimga moslashtirishga yo‘l qo‘ymasligi; ovchilik xo‘jaliklarida itlarning tumshuqbog‘larsiz, bog‘lovsiz yoki o‘ralgan maydonchadan tashqarida saqlanishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan itlar bilan ov qilish yoki itlarni ovga o‘rgatish mustasno; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxslarini ov qilish joylarining, yovvoyi hayvonlar hamda qayta ishlangan ov mahsuloti saqlanadigan, realizatsiya qilinadigan obyektlarning holatini o‘rganish uchun moneliksiz kiritishi shart. Ov qilish turlari jumlasiga quyidagilar kiradi: sport va havaskorlik maqsadida ov qilish; sanoat maqsadida ov qilish; o‘lja olish maqsadida ov qilish; yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda yoki sun’iy yaratilgan yashash muhitida saqlash va ko‘paytirish maqsadida ov qilish; ilmiy, tibbiy va nazorat ishlarini amalga oshirish uchun ov qilish; yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish maqsadida ov qilish. Sport va havaskorlik maqsadida ov qilish jismoniy shaxslar tomonidan ov mahsulotini shaxsiy iste’mol qilish maqsadida amalga oshiriladi. Sanoat maqsadida ov qilish ov mahsulotini tijorat maqsadida realizatsiya qilish uchun amalga oshiriladi. O‘lja olish maqsadida ov qilish muayyan belgilariga ko‘ra baholanadigan ov o‘ljalarini (mo‘ynalar, shoxlar, patlar, terilar, bosh suyaklarini, qoziqtishlarni, boshqa hayotiy organlarni) olish maqsadida amalga oshiriladi. Yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda yoki sun’iy yaratilgan yashash muhitida saqlash va ko‘paytirish maqsadida ov qilishga, basharti yovvoyi hayvonlarga yopiq makonda yashaydigan sharoitlar yaratilsa, yo‘l qo‘yiladi. Ilmiy, tibbiy va nazorat ishlarini amalga oshirish uchun ov qilish yovvoyi hayvonlarni o‘rganish hamda saqlab qolish, shuningdek ular kasallanganda, nobud bo‘lish, o‘lat xavfi bo‘lgan hollarda va boshqa sabablar tufayli yovvoyi hayvonlarga yordam ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi. Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish maqsadida ov qilish yovvoyi hayvonlarning soni darajasini va populatsiyasi tuzilmasini maqbul holatda saqlab turish, shuningdek o‘ta xavfli infeksiyalar tarqatuvchilari bo‘lgan hayvonlarga qarshi kurashish uchun amalga oshiriladi. Ov qilish: ov qurolidan; ovchi zotiga mansub itlardan, boshqa ovga o‘rgatilgan hayvonlar va qushlardan (ovchilik guvohnomasida tegishli qayd mavjud bo‘lgan taqdirda); yovvoyi hayvonlarni tirik holda tutib olish uchun to‘rlar va tuzoqlardan (yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada tegishli belgi mavjud bo‘lgan taqdirda); minoralardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Ov qilish amalga oshiriladigan ov qurollaridan foydalanilgan holdagi usullar va harakatlar majmui ov qilish usullaridir. Yovvoyi hayvonlarni tutishda ov qurollarining quyidagi turlaridan foydalanish taqiqlanadi: o‘ziotar qurollardan; kamonlar, arbaletlar va nayzalardan, bundan ov qurollaridan yovvoyi hayvonlarni immobilizatsiya qilish (qimirlamaydigan qilib qo‘yish) hamda tamg‘a qo‘yish bilan bog‘liq ilmiy, tibbiy va nazorat ishlarini amalga oshirish uchun foydalanish mustasno; sirtmoqlardan; ilgaklardan; tuyoqli yovvoyi hayvonlar uchun qopqonlardan; to‘rlardan. Yovvoyi hayvonlarni tutishda ov qilishning quyidagi usullaridan foydalanish taqiqlanadi: ov uchun chuqurlar qazib qo‘yish; portlovchi, kimyoviy moddalarni va biologik preparatlarni qo‘llash; elektr tokini qo‘llash; dov-daraxtlarni yoqish; tovushsiz otish moslamalarini qo‘llash; yovvoyi hayvonlarni jalb etish uchun ovoz chiqaruvchi apparatlarni qo‘llash; suvdan kechib o‘tish joylarida, yong‘inlardan, toshqinlardan va boshqa tabiiy ofatlardan qochayotgan yovvoyi hayvonlarni ovlash; yovvoyi hayvonlarni muzga, qalin qorga, suvga yoki ular uchun xos bo‘lmagan o‘zga yashash muhitiga haydab kiritish; sutkaning qorong‘i vaqtida yoritish anjomlari bilan (bundan to‘ng‘iz, bo‘rsiq, jayra ovlash mustasno) transport vositalarini, shu jumladan yer ustida harakatlanadigan, havoda parvoz qiladigan vositalarni va kichik o‘lchamli kemalarni qo‘llash. Ovchi o‘ziga tegishli ov qurolining tuzilishini, ushbu quroldan foydalanishda qismlarining bajaradigan vazifasini va o‘zaro ta’sirini, ishlatiladigan o‘q-dorilarning texnik hamda ballistik ko‘rsatkichlarini, shuningdek ov qurolini va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish va qo‘llash qoidalarini bilishi shart. Quyidagilar taqiqlanadi: texnik jihatdan nosoz bo‘lgan ov qurolini va uning o‘q-dorilarini, shu jumladan metalli qismida ko‘zga ko‘rinadigan zang alomatlari paydo bo‘lgan patronlarini qo‘llash; “Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq muomalada bo‘lishi cheklangan qurolni va uning o‘q-dorilarini qo‘llash; o‘qlangan ov quroli bilan transport vositasiga chiqish va undan tushish; yig‘ilgan ov qurolini transport vositalaridan, shu jumladan yer ustida harakatlanadigan, havoda parvoz qiladigan vositalardan, kichik o‘lchamli kemalardan, aravalardan, chanalardan yoki boshqa transport vositasidan stvolining og‘zini o‘ziga qaratgan holda olish; shovqinga, shitirlashga, aniq ko‘rinmayotgan nishonga qarata, tuman paytida, kuchli qor yog‘ayotganida, sutkaning qorong‘i vaqtida, quyoshga qarata va yaxshi ko‘rinmaydigan boshqa sharoitlarda, shuningdek ko‘rinish cheklangan sharoitlarda 2,5 metrdan (er yoki suv yuzasidan) pastlikda uchayotgan qushga qarata o‘q uzish; aholi punktlariga bir kilometrdan yaqin masofada, avtobus qatnaydigan avtomobil yo‘llariga uch yuz metrdan yaqin masofada o‘qlangan ov quroli bilan bo‘lish; ov qurolini, shu jumladan o‘qlanmagan ov qurolini odamga o‘qtalish, odamlarga, uy hayvonlariga, transport vositalariga qarata o‘q uzish; aholi punktlariga bir kilometrdan kam masofadan silliq stvolli ov qurolidan va ikki kilometrdan kam masofadan soyli stvolli ov qurolidan o‘q uzish; zaruratsiz o‘q uzish, tashqi tepkili qurolning tepkisini ko‘tarish yoki ichki tepkili qurolni saqlagichdan chiqarish; kichik o‘lchamli kemadan undagi eshkakchilar yoki boshqa ovchilar uzra o‘q uzish; yaralangan yovvoyi hayvonni ov qurolining qo‘ndog‘i bilan urib o‘ldirish; hosil yig‘im-terimi jarayonida qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida ov qilishni amalga oshirish; alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’siridagi yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatida ov qilishni amalga oshirish. Ov qilish mavsumi yilning yovvoyi hayvonlarni ov qilish ruxsat etilgan davridir. Ov qilish muddati yilning ma’lum davri bo‘lib, bu davr mobaynida muayyan turdagi yovvoyi hayvonlarni ovlash amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida ov qilish muddatlari ushbu Qonunga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi. Ov qilish mavsumida haftaning ikki kuni — seshanba, chorshanba — O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qushlarni ov qilish uchun yopiqdir. Bundan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida ilmiy, tibbiy va nazorat ishlarini amalga oshirish uchun qushlarni tutish hollari mustasno. Sinovdan o‘tkaziladigan har bitta itga to‘g‘ri keladigan uch bosh qushni otgan holda ovchi itlarning baliqchi qushlarga doir dala sinovlarini — 15-martdan 1-mayga qadar va bedanaga doir dala sinovlarini — 1-apreldan 15-mayga qadar o‘tkazishga ruxsat beriladi. Sinovlarni o‘tkazish joylari hamda tartibi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari bilan kelishuvga ko‘ra ovchilik xo‘jaliklari tomonidan aniqlanadi. Quyidagilar ov mahsulotidir: yovvoyi hayvonlar — quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda yashovchi, xonakilashtirilmagan umurtqasizlar, baliqlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar; yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlari — yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan asal, yog‘, go‘sht, sut, tuxum, mum, uvildiriq, zahar, safro, mo‘yna, shoxlar, patlar, terilar va boshqa mahsulotlar. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomaga muvofiq qo‘lga kiritilgan ov mahsuloti berilgan ruxsatnomaning haqi to‘langanidan keyin ovchining mulki bo‘ladi. Ov mahsulotini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Ov mahsulotining tutilganligi yoki qo‘lga kiritilganligi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz mazkur mahsulotni olib kirish, olib chiqish, tashish va jo‘natish taqiqlanadi. Ovchilik xo‘jaligi hududida muayyan vaqt oralig‘ida uyalarni buzadigan, yosh yovvoyi hayvonlarni qirib tashlaydigan, boshqa yovvoyi hayvonlarga mo‘ljallangan ozuqani eb qo‘yadigan, qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazadigan, shuningdek hayvonlar va inson uchun xavfli kasalliklarni tarqatuvchilar bo‘lgan sutemizuvchilar, qushlar yoki yovvoyi hayvonlarning boshqa turlari ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi yovvoyi hayvonlar deb e’tirof etilishi mumkin. Ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi deb e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan yovvoyi hayvonlarning turlari ovchilik xo‘jaliklarining talabnomalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi yovvoyi hayvonlarni otish (tutib olish) ovchilik xo‘jaligining yovvoyi hayvonlarni hamda ov qilish joylarini muhofaza qilish, yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajaradigan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi yovvoyi hayvonlarni otish (tutib olish) uchun zararli hamda quturgan hayvonlarni yo‘q qilish bo‘yicha brigadalardan ovchilar jalb etilishi mumkin. Ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi deb e’tirof etilgan tutib olingan yovvoyi hayvonlar hisobga olinishi lozim. Tutib olingan hayvonlar to‘g‘risidagi (turlari, soni, tutib olingan joyi va muddati bo‘yicha) axborot ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga kalendar yil tugaganidan keyin o‘n besh kun ichida taqdim etiladi. Ushbu Qonunga muvofiq ov qilish huquqiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar uchun ovni tashkil etish chet ellik fuqarolar va turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs hamda ovchilik xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomada ov qilishni amalga oshirish shartlari, ko‘rsatilgan xizmatlar va tutilgan ov mahsuloti uchun haq to‘lash miqdori belgilanadi. Quyidagi harakatlar g‘ayriqonuniy ov qilish (brakonyerlik) deb e’tirof etiladi: ov qilish joylari bo‘lmagan joylarda, shuningdek muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ov qilish, bundan muhofaza qilish va foydalanish rejimiga muvofiq hududida cheklangan tarzda ov qilishga ruxsat etilgan joylarda ov qilishni amalga oshirish hollari mustasno; ov qurollarining taqiqlangan turlaridan va ov qilishning taqiqlangan usullaridan foydalangan holda ov qilish; taqiqlangan joylarda, ov qilish taqiqlangan mavsumlarda va muddatlarda ov qilish hamda yovvoyi hayvonlarning taqiqlangan turlarini ovlash; ovchilik guvohnomasisiz, ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasiz, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomasiz hamda ovchilik yo‘llanmasisiz (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasisiz) ov qilish (bundan tabiiy suv oqimlarida, shuningdek kanallarda va kollektor-drenaj tarmoqlarida umumiy foydalanish tartibida jismoniy shaxslar tomonidan baliq tutish mustasno); yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan yovvoyi hayvonlarni tutib olish yoki otish normalarini oshirib yuborish; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlarining maxsus ruxsatnomasisiz yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlarini yig‘ish, qushlarning makonlariga borish, yovvoyi qushlarning uyalarini, yovvoyi hayvonlarning uychalarini, inlarini hamda boshqa uyalarini o‘zga joyga ko‘chirish va vayron qilish, shuningdek yovvoyi hayvonlarning urchishiga to‘sqinlik qiladigan boshqa harakatlar. G‘ayriqonuniy ov qilish (brakonyerlik) natijasida qo‘lga kiritilgan ov mahsuloti olib qo‘yilishi lozim. Bunda ovchilik resurslariga yetkazilgan zarar undiriladi. Ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ovchilik minimumi bo‘yicha sinov imtihonini topshirgan jismoniy shaxslarga ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan beriladi. Ovchilik guvohnomasida to‘langan a’zolik badallari va davlat boji haqidagi ma’lumotlar, shuningdek ov quroli hamda uning o‘q-dorilari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Ovchilik guvohnomasi tegishli davr uchun a’zolik badallari to‘langanligi haqidagi belgi mavjud bo‘lgan taqdirda haqiqiy deb topiladi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari tomonidan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq, ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov kiritilganidan keyin beriladi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi; ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomaning raqami (jismoniy shaxslar uchun); ovchilik guvohnomasining raqami (jismoniy shaxslar uchun); ov qilish turi; ov qilishga ruxsat etiladigan hudud; yovvoyi hayvon turining nomi; tutish uchun ruxsat etilgan yovvoyi hayvonlarning soni; ov qilish muddati; yovvoyi hayvonlarni tutish joyi (jismoniy shaxslar uchun); ruxsatnoma berish asosi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma uning amal qilish muddati tugagach (o‘n kun ichida), ruxsatnomani bergan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organiga tutilgan yovvoyi hayvonlar haqidagi hisobot bilan birga qaytariladi. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga ushbu Qonun qoidalariga muvofiq alohida tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olishga doir ruxsatnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi; yovvoyi hayvonlarni tutish maqsadi; ovchilik guvohnomasining raqami (jismoniy shaxslar uchun); ov qilishga ruxsat etiladigan hudud; yovvoyi hayvon turining nomi; tabiiy muhitdan ajratib olish ruxsat etiladigan yovvoyi hayvonlarning soni; ov qilish muddati; ruxsatnoma berish asosi. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olishga doir ruxsatnoma unga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organining belgisi qo‘yilganidan keyin haqiqiy bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olishga doir ruxsatnoma uning amal qilish muddati tugagach (o‘n kun ichida) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga ajratib olingan yovvoyi hayvonlar haqidagi hisobot bilan birga qaytariladi. Ovchilik yo‘llanmasi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) yovvoyi hayvonlarni tutishga doir olingan kvotalar asosida beriladi va uning egasiga mavsumiy yoki bir martalik ovni amalga oshirish huquqini taqdim etadi. Ovchilik yo‘llanmasi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi): ovchilik xo‘jaliklarining yerlarida — ovchilik xo‘jaliklarining egalari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan; davlat o‘rmon fondi uchastkalarida — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari tomonidan; o‘zlariga biriktirilgan ovchilik xo‘jaliklarining yerlarida — xususiy ovchilik xo‘jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan; o‘zlariga biriktirilgan ovchilik xo‘jaliklarining yerlarida, shuningdek boshqa ov qilish joylarining hududida, o‘zlari ushbu hududlarda yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olishni amalga oshirishi sharti bilan, — ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan beriladi. Ovchilik yo‘llanmasi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) uni olganlik uchun to‘lov kiritilganidan keyin beriladi. Ovchilik yo‘llanmasida (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasida) quyidagilar ko‘rsatiladi: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomaning raqami; ovchilik guvohnomasining raqami; raqami va berilgan sanasi; ovchilik xo‘jaligining nomi; ov qilishga ruxsat etiladigan hudud; yovvoyi hayvon turining nomi; tutish uchun ruxsat etilgan yovvoyi hayvonlarning soni; ov qilish muddati; ov qilish turi; ovchilik yo‘llanmasining (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasining) narxi. Ov qilishni amalga oshirish vaqtida ovchi ovchilik yo‘llanmasida (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasida) tutilgan yovvoyi hayvonlar to‘g‘risida belgilar qo‘yadi. Ovchilik yo‘llanmasi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) ov qilish tugaganidan keyin o‘n kun ichida ovchilik xo‘jaligiga qaytariladi. Ovchilik yo‘llanmalari (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalari) berilganligi uchun to‘lov miqdori ovchilik xo‘jaliklari tomonidan belgilanadi. Yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, muhofaza hamda takror ko‘paytirish tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini ilmiy-asoslantirilgan tarzda rejalashtirish va amalga oshirish ovchilik xo‘jaligini yuritishdir. Ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma, agar ov qilish joylari o‘rmon fondi yerlarida joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan, yoki, agar ov qilish joylari o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan yerlarda joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan imzolangan kundan e’tiboran yuzaga keladi. Ovchilik xo‘jaligini ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan yuritish texnik-iqtisodiy asosnoma hamda, agar ov qilish joylari davlat o‘rmon fondi uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan yoki, agar ov qilish joylari davlat o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan uchastkalarda joylashgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan tuzilgan ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Texnik-iqtisodiy asosnoma materiallari va ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma ovchilik xo‘jaliklarini yuritishning kompleks tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek ovchilik resurslaridan oqilona, barqaror foydalanishga, ularni muhofaza qilishga, takror ko‘paytirishga hamda biriktirilgan ov qilish joylarining hududini ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun yaroqli holatda saqlab turishga qaratilgan joriy va istiqboldagi rejalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish hamda yuritish uchun asosiy normativ-texnik hujjatlardir. Ovchilarning jamoat birlashmalariga ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi: ov qilish joylarining holati to‘g‘risidagi axborot hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va uning mintaqaviy bo‘limlari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining biolog-mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olish materiallari; hududida ovchilik xo‘jaligini tuzish rejalashtirilayotgan yer egalarining yoki yerdan foydalanuvchilarning roziligi asosida beriladi. Texnik-iqtisodiy asosnoma materiallarining formati hamda namunaviy shartnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqini berish yer egalaridan yoki yerdan foydalanuvchilardan yerlarni olib qo‘ymagan holda amalga oshiriladi. Ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi: ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda; ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaganda; ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma muddatidan ilgari bekor qilinganda. Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma uch yildan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi. Shartnoma ushbu Qonun 32-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar hamda tasarrufida ov qilish joylari bo‘lgan davlat organlari o‘rtasida tuziladi. Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: ovchilik xo‘jaligining nomi; yuridik shaxsning nomi va rekvizitlari; jismoniy shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid ma’lumotlar; shartnomaning amal qilish muddati; ovchilik xo‘jaligining joylashgan eri, chegaralari va maydoni, shu jumladan biotoplar bo‘yicha — tog‘lar, cho‘l, o‘rmon yoki suv bilan qoplanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ov qilish joylari hududida yashayotgan yovvoyi hayvonlar turlarining shartnomani tuzish sanasidagi soni haqidagi ma’lumotlar; ov qilish uchun yopiq bo‘lgan takror ko‘paytirish uchastkasining tavsifi (ovchilik xo‘jaligi umumiy maydonining kamida 10 foizi); shartnomani tuzgan shaxsning ushbu Qonunning 19-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlari; davlat organining shartnomani tuzgan shaxsga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomani berish majburiyati; taraflarning shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarligi; chegaralari, borish yo‘llari, takror ko‘paytirish uchastkasining, kordonlar hamda boshqa inshootlar va obyektlarning joylashuvi ko‘rsatilgan holda ovchilik xo‘jaligi hududining xarita-sxemasi; ovchilik xo‘jaligini yuritish chog‘ida ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun haq to‘lash miqdori; shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish asoslari. Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomaning namunaviy shakli, shuningdek ovchilik xo‘jaligini yuritish chog‘ida ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun undiriladigan haq miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish asoslari quyidagilardan iborat: taraflarning kelishuvi; ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risida o‘zi bilan shartnoma tuzilgan yuridik shaxsning tugatilganligi; ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risida o‘zi bilan shartnoma tuzilgan jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi; ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risida o‘zi bilan shartnoma tuzilgan jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining vafot etganligi, belgilangan tartibda muomala layoqati cheklanganligi, muomalaga layoqatsiz deb topilganligi; ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran ovchilik xo‘jaligining bir yildan ortiq vaqt yuritilmaganligi; ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan to‘lov muddati o‘tgach to‘lovning (ketma-ket ikki martadan ziyod) kiritilmaganligi; ovchilik xo‘jaligini yuritishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarning belgilangan muddatda ovchilik xo‘jaligi tomonidan bartaraf etilmaganligi; ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan shartlarning muntazam ravishda (bir yil davomida ikki martadan ortiq) buzilganligi; hayvonot dunyosidan belgilanmagan maqsadda foydalanilganligi; ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi o‘zboshimchalik bilan boshqa shaxsga berilganligi. Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi axborot bazasi yangilab turiladigan quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi; ov qilish taqiqlangan joylar haqidagi; yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ajratilgan kvota to‘g‘risidagi; ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi deb e’tirof etilgan yovvoyi hayvonlar haqidagi; muayyan ov qilish joylarida ov qilish uchun taqiq belgilanganligi to‘g‘risidagi; yovvoyi hayvonlarning ayrim turlariga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi haqidagi; muayyan jinsdagi va yoshdagi yovvoyi hayvonlarga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi to‘g‘risidagi. Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi axborot bazasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Yuridik hamda jismoniy shaxslar ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashi shart. Zararning o‘rni qoplanishi aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi. Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-408-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda) 2-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin: quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ov qilishni amalga oshirishning hamda ovchilik xo‘jaligini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”; ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
43
47,202
Qonunchilik
Sement importiga cheklovlar olib tashlandi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 apreldagi 247-son qaroriga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi (22.05.2020 yildagi 309-son VMQga qarang). Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 maydan 31 dekabrgacha boʻlgan davrda import boʻyicha sement mahsulotini olib kirish (TIF TN kodlari 2523210000 va 2523290000) vaqtinchalik toʻхtatilgan edi. Sababi - COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan koʻpgina qurilish ob’yektlarida ishlar toʻхtatilganligi sababli sementga boʻlgan talab keskin tushib ketganligi. Biroq 2020 yil 23 maydan boshlab yuqorida koʻrsatilgan cheklov olib tashlandi, koʻrsatilgan TIF TN kodlari boʻyicha import boʻyicha sement mahsulotini olib kirish tiklanmoqda. Qaror respublikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini tanqis qurilish materiallari bilan uzluksiz ta’minlashga qaratilgan. DBQga tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan import boʻyicha sement mahsulotini olib kirishda zarur hujjatlarni tezkor ravishda rasmiylashtirishni ta’minlash topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
42
1,079
Qonunchilik
Aхborotni notoʻgʻri oshkor qilish qanday oqibatlarga sabab boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi Plenumi tomonidan “Aksiyadorlik va boshqa хoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi aхborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni (qarorlarni) haqiqiy emas deb topishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 27.11.2015 yildagi 290-son qaror qabul qilindi. Hujjatda aхborotni oshkor qilish tushunchasi va usullari keltiriladi, shuningdek aхborotni oshkor qilish toʻgʻrisidagi talabni koʻzda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar koʻrsatilgan. Aхborotni oshkor qilish deganda, qimmatli qogʻozlar bozorida manfaatdor shaхslarning aхborotni qaysi maqsadda olishidan qat’i nazar, aхborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini ta’minlash, ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish, hisobotlar, ma’lumotlar va boshqa aхborot taqdim etish orqali oshkor qilish tushuniladi. Qarorda shaхs amaldagi qonunchilikka muvofiq turli tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaхslar хususiyatlarini hisobga olgan holda aхborotni oshkor qilishi shart boʻlgan asosiy holatlar oʻz aksini topgan. Sudlarning e’tibori shunga qaratildiki, aksiyadorlik va boshqa хoʻjalik jamiyatlari tomonidan aхborotni oshkor qilishning belgilangan tartibining buzilganligi nafaqat jamiyatning mansabdor shaхsini ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi, balki u qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda umumiy yigʻilish qarori va (yoki) jamiyat tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish kabi oqibatlarni ham keltirishi mumkin. Biroq, aхborotni oshkor qilishning belgilangan tartibining har qanday buzilishi ham koʻrsatilgan huquqiy oqibatlarni keltirmaydi, shu kabi хoʻjalik jamiyatining har qanday qarori ham koʻrsatilgan asoslarga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas. Quyidagi holatlarda aхborotni oshkor qilishning belgilangan tartibining buzilganligi sababi bilan umumiy yigʻilishning qarorlari haqiqiy emas deb topilishi mumkin: yillik moliyaviy hisobotni majburiy e’lon qilish toʻgʻrisidagi talabga rioya qilmaslik; umumiy yigʻilish oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida aksiyadorlarga, jamiyat ishtirokchilariga хabar berish tartibini buzish; yigʻilishning kun tartibiga kiritilmagan masala boʻyicha qaror qabul qilish. Qayd qilish joizki, har bir koʻrsatilgan holatda kontekstdan kelib chiqib quyidagilar haqiqiy emas deb topiladi: yillik moliyaviy hisobot tasdiqlangan qaror; aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibiga kiritilmagan, yoki mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari хabardor qilinmagan   masalalar boʻyicha qaror. Umumiy yigʻilish oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida aksiyadorlarga, jamiyat ishtirokchilariga хabar berish tartibini buzish deganda mazkur tushuntirishlarga binoan quyidagilarni tushunish lozim: aksiyadorlik jamiyati boʻyicha mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar boʻyicha 1.aksiyadorlarning umumiy  yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida yetti kundan kechiktirmay, lekin uzogʻi bilan oʻttiz kun oldin jamiyatning rasmiy veb-saytida, ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinmaganligi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuborilmaganligi;  2. jamiyat tomonidan davlat vakilining aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida yetti kun oldin yozma shaklda хabardor qilinmaganligi, agar davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etishga boʻlgan maхsus huquq joriy etilgan boʻlsa; 1.jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining roʻyхatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma хat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda хabardor qilinmaganligi; 2. хabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi koʻrsatilmaganligi; 3. jamiyat ishtirokchilarining taklifiga binoan jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining dastlabki kun tartibiga oʻzgartishlar kiritilgan boʻlsa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaхslar umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan kundan kamida oʻn kun oldin kun tartibiga kiritilgan oʻzgartishlar haqida jamiyatning barcha ishtirokchilari хabardor qilinmaganligi. Hujjat bilan belgilanishicha, quyidagilar aхborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilganligi natijasida aksiyadorlik va boshqa хoʻjalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishi mumkin: aksiyadorlik jamiyatining korporativ veb-saytida joylashtirilgan ishonchsiz aхborot1; fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga qimmatli qogʻozlari kiritilgan emitent tomonidan fond birjasining rasmiy veb-saytida oshkora etilgan ishonchsiz aхborot; affillangan shaхs tomonidan jamiyatni oʻzining jamiyat bilan affillanganligi toʻgʻrisida хabardor qilmaslik2. Shunday qilib, qabul qilingan qaror aksiyadorlik va boshqa хoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi aхborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni (qarorlarni) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda хoʻjalik sudlari tomonidan qonun hujjatlari normalarining toʻgʻri va bir хilda qoʻllanilishini ta’minlashga qaratilgan. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. 1 Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomning 3-bandiga qarang (Vazirlar Mahkamasining 2.07.2014 yildagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan). 2 Ta’rif, shuningdek affillangan shaхslari roʻyхati “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” 06.05.2014 yildagi OʻRQ-370-son Qonun yangi tahririning 85-moddasida saqlanadi.
66
5,968
Qonunchilik
Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibini soddalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash va elektr hisoblagichlarii qiyoslashdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish, muddatlarini qisqartirish va sarf-xarajatlarni optimallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2020-yil 1-martdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: elektr energiyasining barcha iste’molchilariga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi tashkilotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish huquqi beriladi; “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi tashkilotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilinganda, qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha barcha xarajatlar mazkur tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 2. Belgilab qo‘yilsinki: elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida nazarda tutilgan iste’molchilarning mazkur tizimga mos kelmaydigan elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslov muddati kelganda, ushbu priborlarni qiyoslovdan o‘tkazmasdan o‘rniga avtomatlashtirilgan tizimga mos keluvchi priborlar o‘rnatiladi; elektr energiyasini hisobga olish priborlarini iste’molchilarni murojaatiga ko‘ra Davlat xizmatlari markazlari orqali faqat elektr energiyasini hisobga olish uskunasining sozligi yoki qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari bo‘yicha munozarali savollar tug‘ilganda qiyoslashdan o‘tkaziladi. 3. “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatini “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining filialiga aylantirish, shtat jadvalini ko‘paytirish yo‘li bilan qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son qaroriga muvofiq elektr ta’minoti tizimiga ulanish tartibotlarni soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Energetika vazirligi Adliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilar nazarda tutilgan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishni tezlashtirsin: ulash bosqichlarini optimallashtirish va qurilish muddatlarini kamida yigirma besh kunga qisqartirish; tadbirkorlik subyektlarining quvvati 140kV (160kVA)gacha bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tabaqalangan muddatlarni belgilash; qurilish-montaj ishlari nihoyasiga yetkazilgandan so‘ng elektr qurilmalarini “tayyor holda” ulash bo‘yicha shartnomalarning namunaviy shakllarini tasdiqlash; o‘z vaqtida qurilish-montaj ishlarini bajarmagan tashkilotlarning majburiyat va javobgarligini belgilash. 5. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi: Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga kadar elektr ta’minoti tashkilotlarida yangi billing tizimini hamda resurslarni boshqarish, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi (ERP)ni joriy etish bo‘yicha tanlovni belgilangan tartibda o‘tkazishga doir choralarni ko‘rsin va yakunlanishini ta’minlasin; “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va Adliya vazirligi bilan birgalikda loyihalash, qurilish-montaj va elektrotexnika mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni iste’molchilar tomonidan tanlash imkoniyatini beradigan hamda narxlarni raqobat asosida shakllantiradigan onlayn platforma 2020-yil 1-oktabrga kadar ishga tushirilishini ta’minlasin. 6. Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirish hamda qurilish-montaj ishlarini tannarxini pasaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash Dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 23-noyabrdagi PQ-2661-son qarori doirasida Obod qishloq, Obod mahalla, qishloq joylarda arzon uy joylar, shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlari, Hukumat topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga amalga oshirilgan tashriflari doirasidagi topshiriqlar, fuqarolar murojaatlari asosida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini rekonstruksiya qilish, yangilarini qurish ishlari bajarilishini nazarda tutgan manzilli dastur shakllantirilib, amalga oshirish; iqtisodiy samaradorlikni baholagan holda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlari tarkibida 2020-yilda temir-beton tayanchlari, metall va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish sexlari va qurilish bo‘linmalarini tashkil etish; “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi tashkilotlarga 0,4 — 6 — 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini loyihalash va qurish ishlarini amalga oshirish huquqini berish bo‘yicha takliflari ma’kullansin. Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda past kuchlanishli tarmoqlarni yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni qabul qilish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga kadar: 35 — 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarini 2025-yillarda yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini; 0,4 — 6 — 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini 2021 — 2025-yillarda yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlarining “Qo‘shko‘pir elektrotexnika zavodi” MChJ ustav kapitalidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga tegishli 20,937 foiz hamda “Xorazm HETK” AJga tegishli 79,063 foiz ulushlarni “Energo-RES” MChJga balans (qoldiq) qiymatida sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
144
7,570
Qonunchilik
OLIY VA O‘RTA MAXSUS O‘QUV YuRTLARINI, HUNAR TEXNIKA BILIM YuRTLARINI, ILMIY-TADQIQOT TAShKILOTLARINIVA SOG‘LIQNI SAQLASh OBYEKTLARINI O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASI YuRISDIKSIYASIGA O‘TKAZISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, ittifoq tasarrufida bo‘lgan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va sog‘liqni saqlash obyektlari ular bo‘ysunib kelgan ittifoq vazirliklari va idoralari tugatilganligi hamda ularning normal ishlashini ta’minlash zarurati munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ilgari ittifoq vazirliklari va idoralari tasarrufida bo‘lgan oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va sog‘liqni saqlash obyektlari ilovaga* muvofiq respublika vazirliklari va idoralari tasarrufiga o‘tkazilsin. Qabul qilish-topshirish belgilangan tartibda amalga oshirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘tkazilayotgan o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va sog‘liqni saqlash obyektlariga mablag‘ ajratish tartibini belgilasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zimmasiga respublika vazirliklari va idoralari tasarrufiga o‘tkazilgan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga o‘quv-metodik rahbarlik qilish vazifasi yuklansin.
192
1,158
Qonunchilik
Parrandachilikni rivojlantirishga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratiladi
Prezidentning 15.06.2022 yildagi “Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-281-son qarori qabul qilindi. 2022 yil 1 iyundan boshlab parrandachilik хoʻjaliklari va parranda omuхta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga don zaхirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi. Qiymati 5 mlrd soʻmdan oshmagan kreditlar boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kredit foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun 3 yilgacha kompensatsiya hamda kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladigan kreditlarning 50%igacha, biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi. Mazkur tartib quyidagi maqsadlarda qoʻllaniladi: Parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha maqsadli davlat dasturlari boʻyicha kredit mablagʻlari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi. Bunda, asosiy galani shakllantirish, shu jumladan inkubatsion tuхum, joʻjalar (final gibrid), ona tovuqlar va ota-ona galasini хarid qilish bilan bogʻliq tadbirlar uchun kreditlar investitsiya loyihasini moliyalashtirish sifatida uzoq muddatga ajratilishi nazarda tutiladi. "Parrandasanoat" uyushmasiga a’zo boʻlgan parrandachilik хoʻjaliklariga 2022 yil 1 iyuldan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar davrda parrandachilik хoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya miqdori 12 ming soʻm etib belgilandi. 2023 yil 1 apreldan boshlab subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi faqatgina "my.vetgov.uz" saytida roʻyхatdan oʻtgan hamda belgilangan tartibdagi mezonlarga mos keluvchi parrandachilik хoʻjaliklariga beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.06.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
77
1,999
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmatining faoliyat samaradorligini oshirish hamda nazorat ostidagi shaxslar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish orqali bu boradagi faoliyatni yanada samarali tashkil etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4006-son qarorida: a) 3-bandda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalari rahbarligiga probatsiya xizmatida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari tayinlanadi”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin; b) 6-bandda: birinchi xatboshidagi “50” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari va muayyan huquqdan mahrum qilish jazolarini o‘tayotgan, shartli hukm qilingan hamda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar sonini hisobga olgan holda, Jamoat xavfsizligi departamentining asoslangan takliflari bo‘yicha probatsiya bo‘linmalari xodimlari, ishchi va xizmatchilarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish”; quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirish”; beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 34-bandi birinchi xatboshisidagi “ozodlikni cheklashga mahkum etilgan” so‘zlari “ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va shartli hukm qo‘llanilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5076-son qarorida: a) 1-ilovada: 5-pozitsiyaning “Yo‘nalish (mutaxassislik) nomi” ustunidagi “Jinoiy jazolarni ijro etish” so‘zlari “Jazoni ijro etish faoliyati” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi 51-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: b) 2-ilovada: 3-pozitsiyaning “Mutaxassislik nomi” ustunidagi “Patrul-post faoliyati” so‘zlari “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-pozitsiyaning “Mutaxassislik nomi” ustunidagi “Jazolarni ijro etish faoliyati” so‘zlari “Jazoni ijro etish faoliyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
108
2,979
Qonunchilik
Prokuratura organlari uchun yangi vazifalar belgilandi
Majlisda barcha хodimlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni toʻlaqonli va soʻzsiz ijro etish, Prezidentning topshiriq va koʻrsatmalari hamda Prokuratura organlari хodimlari kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirdagi ma’ruzalaridan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Dasturini soʻzsiz bajarish choralarini koʻrish topshirildi. Ayrim raqamlarni keltirib oʻtamiz: Qonunlar ijrosi ustidan nazorat, shuningdek barcha islohotlar, shu jumladan davlat dasturlari ijrosini tashkil etish borasidagi tadbirlar natijasida 130.133 ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilib, 111.656 nafar shaхsning buzilgan huquqlari tiklandi.  Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaхslardan jami 866,3 mlrd. soʻmlik zarar undirildi. Ayniqsa, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirildi. Bu yoʻnalishdagi qonunlar mazmun-mohiyatini bevosita ijrochilar va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 43.462 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazildi, 13.570 ta tadbirkorlik sub’yektlarining buzilgan huquqlari hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda 1.480 tasining faoliyati tiklandi. Voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini ta’minlash va ma’naviy-aхloqiy tarbiyasini kuchaytirish, ularni diniy ekstremizm gʻoyalaridan asrash maqsadida 10.954 ta huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi, erta turmush qurish holatlarining oldini olish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar olib borildi. Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning profilaktikasini samarali tashkil etish maqsadida idoralararo hamkorlik kuchaytirilib, tezkor-qidiruv, surishtiruv va tergov faoliyatini muvofiqlashtirish hamda profilaktik tadbirlarning sifatini oshirish choralari koʻrildi. Sudlarda jinoyat, fuqarolik ishlari va хoʻjalik nizolari koʻrilishida fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, shuningdek sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Aniqlangan tizimli qonunbuzilishlarni amaldagi qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qoʻllashda yagona amaliyotni shakllantirish orqali bartaraf etishga qaratilgan faoliyat kuchaytirildi. Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijalari, qonuniylik holati va huquqni qoʻllash amaliyoti tahlillari asosida ishlab chiqilgan hamda Bosh prokurorning qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oliy Majlisga kiritilgan 12 ta qonun loyihalari qabul qilindi. Hay’at majlisida  prokuratura va Departament organlari faoliyatida yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar keskin tanqid qilinib, bunga yoʻl qoʻygan viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda Departament rahbariyati va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tushuntirishlari eshitildi.  Nozima ZOHIDOVA, advokat Mavzuga oid materiallar: Prokuraturaning biznes himoyasidagi roli Tezkor-qidiruv tadbirlari – qonun doirasida Korrupsiyaga qarshi kim qanday kurashadi
55
3,069
Qonunchilik
NIKOHLANUVChI ShAXSLARNI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasini bajarish yuzasidan hamda sog‘lom oilani shakllantirish, irsiyatga bog‘liq va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2004-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan sifatli o‘tkazilishini ta’minlasin; boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, jamoat tuzilmalari bilan birgalikda nikoh tuzishgacha tibbiy ko‘rikdan o‘tish masalalari dolzarb ekanligini yoshlarning keng qatlamlariga yetkazish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etsin. 21. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ularga maslahat berish va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyatini monitoring qilib, mavjud muammolarni tahlil etish, umumlashtirish Respublika va hududiy aholi reproduktiv salomatligi markazlarining (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun Markazlar tuzilmasiga sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarining amaldagi shtatlari doirasida mutaxassis shtatlar (tibbiy-genetik, psixolog, IT-texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis) kiritilsin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Markazlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin. 3. “Mahalla” va “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalariga Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda sog‘lom oilani shakllantirish, sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash muammolari bo‘yicha oilalar, nikohlanuvchi yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish tavsiya etilsin. 31. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda FHDY organlari bilan tibbiyot muassasalari, xususan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, Markazlar o‘rtasida nikohlanuvchilarning yagona avtomatlashtirilgan elektron bazasini shakllantirsin. 4. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Teleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mohiyatini matbuotda, radio va televideniyada keng targ‘ib etilishini ta’minlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.M. G‘ulomova zimmasiga yuklansin. 1. Sog‘lom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, irsiyat bilan bog‘liq va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning maqsadi hisoblanadi. 2. Mazkur Nizomning amal qilishi nikohlanuvchi shaxslarning fuqaroligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi FHDY organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan barcha nikohlarga joriy etiladi, 50 yoshdan katta shaxslarning nikohini ro‘yxatdan o‘tkazish hollari bundan mustasno, ushbu shaxslar tibbiy ko‘rikdan faqat ularning roziligiga ko‘ra o‘tkaziladi. 3. Tibbiy ko‘rik Oila kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi va “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”, “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”, “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risida”, “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va boshqa qonunchilik bilan tartibga solinadi. 4. Nikohlanuvchi shaxslar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq hajmlarda psixik, narkologik, tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV/OITS yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. 5. Nikohlanuvchi shaxslar FHDY organlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi sog‘liqni saqlash tizimining tegishli tibbiyot muassasalariga (keyingi o‘rinlarda matnda — tibbiyot muassasalari) yuboriladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun berilgan yo‘llanmalar FHDY organlarida nikoh tuzish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida qayd etiladi. 6. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi ularning yashash joyidagi psixiatr vrachlar, narkologlar, teri-tanosil kasalliklari vrachlari, ftiziatrlar (dispanser va tuman kabinetlari) tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazish uchun asos hisoblanadigan FHDY organlari tomonidan berilgan yo‘llanma bo‘yicha bepul o‘tkaziladi (mazkur Nizomga 2-ilova). Nikohlanuvchi shaxslar doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida bepul dispanserizatsiyadan, ya’ni kardiolog, endokrinolog, revmatolog, urolog mutaxassislari jalb qilingan holda nikoh oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi hamda qo‘shimcha UTT, EKG, umumiy qon tahlili, qondagi qand miqdori aniqlanadi. Nikohlanuvchi shaxslar uchun tibbiy ko‘rik jarayonida genetik tekshiruvlarga zarurat bo‘lganda, ularning o‘zaro kelishuvi asosida ushbu tekshiruvlar pullik asosda amalga oshirilishi mumkin. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati nikohlanuvchi shaxslar tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan kundan boshlab ikki haftadan oshmasligi kerak. 7. Ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsga belgilangan shakldagi alohida tibbiyot kartasi yuritiladi, unda ko‘rikdan o‘tayotganning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar hamda tekshirish natijalari to‘liq hajmda aks ettiriladi. 8. Agar nikohlanuvchi shaxs o‘z xizmati yoki ishi turiga ko‘ra muayyan tibbiyot muassasasiga biriktirilgan bo‘lsa, u mazkur muassasada ko‘rikdan o‘tkaziladi. 9. Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslarning tibbiy ko‘rigi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot muassasalarida o‘tkaziladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan nikohlanayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zlarining vaqtincha yashash joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. 11. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi natijalari to‘g‘risida tibbiyot muassasasining xulosasi ma’lumotnomada aks ettiriladi. Ma’lumotnoma tibbiyot muassasasining muhri va rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi (mazkur Nizomga 3-ilova) hamda alohida daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, daftar belgilangan muddat mobaynida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining arxivida saqlanadi. Ma’lumotnomaning amal qilish muddati — uch oy. Tibbiyot muassasasining mas’ul xodimi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma berishda nikohlanuvchi shaxsga aniqlangan kasalliklarning nikoh tuzilgandan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini tushuntiradi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxs o‘tkazilgan tushuntirish to‘g‘risida Ma’lumotnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga imzo qo‘yadi”. 12. Psixik kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) mavjudligini tekshirish doimiy yoki vaqtinchalik yashab turgan joyidagi poliklinikaning psixiatr vrachi tomonidan amalga oshiriladi. 13. Tuman psixiatr vrachi bo‘lmagan taqdirda psixiatrik tekshirish tumanlararo yoki viloyat psixonevrologiya dispanserining psixiatr vrachlari tomonidan amalga oshiriladi. Viloyat markazlari va Toshkent shahri aholisi hududiy tegishligiga qarab viloyat va shahar psixonevrologiya dispanserlarida psixiatrik tekshirishdan o‘tadi. 14. Agar nikohlanuvchi shaxslar psixik kasalliklar bo‘yicha hisobda turmasa va unda ruhiy buzilishlar aniqlanmasa, ularga psixiatr vrachning imzosi qo‘yilgan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma tibbiyot muassasasining muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi. Agar nikohlanuvchi shaxslar psixik kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida tursa, ularga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi va vrach tuzilayotgan nikohning ehtimol tutilgan tibbiy-ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish beradi. 15. Narkologik tekshirish yashash joyidagi narkolog vrach tomonidan (narkologiya dispanserida yoki tuman narkologiya kabinetida) o‘tkaziladi. 16. Narkologik hisobda turmagan va tekshirish davrida ularda psixopatologik o‘zgarishlar aniqlanmagan nikohlanuvchi shaxslarga ma’lumotnomada tegishli xulosa ko‘rsatiladi. 17. Tibbiy ko‘rik vaqtida narkolog vrach tomonidan narkologik tashxis qo‘yilgan taqdirda yoki nikohlanuvchi hisobda tursa, ma’lumotnomada aniqlangan tashxis ko‘rsatiladi. 18. Narkologik hisobda turmagan va tekshirish davrida ularda psixofaol moddalar iste’mol qilinishidan dalolat beruvchi psixosomatik belgilar aniqlangan nikohlanuvchi shaxslar biologik suyuqliklarda psixofaol moddalarni aniqlash bo‘yicha laboratoriya tekshiruvidan o‘tadilar. 19. Zaxmga tekshirish teri-tanosil dispanserida yoki yashash joyidagi poliklinikada teri-tanosil vrachi tomonidan o‘tkaziladi, ushbu vrach tekshiruvni umumiy qabul qilingan metodika bo‘yicha amalga oshiradi. 20. Nikohlanuvchi shaxslarni zaxmga tekshirish yakunlangandan keyin tekshirilayotgan shaxsning ambulatoriya kartasida va ma’lumotnomada tegishli xulosa ko‘rsatiladi. 21. Nikohlanuvchi shaxslar silga tekshirishdan o‘tish uchun yashash joyidagi poliklinika ichki kasalliklar vrachiga murojaat qiladi. Uchastka ichki kasalliklar vrachi tomonidan ko‘krak qafasini flyuoro tekshirishga yo‘llanma beriladi. 22. Ko‘krak qafasi flyuorogrammalarida patologik o‘zgarishlar va kasallikning klinik namoyon bo‘lishi mavjud bo‘lmagan taqdirda hududiy poliklinika tekshirilayotgan shaxslarda sil kasalligi aniqlanmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi. 23. Tekshirilayotgan shaxslarda sil kasalligi va flyuorogrammalarda patologik o‘zgarishlar borligi shubha qilinganda, ularga doimiy yoki vaqtinchalik yashab turgan joyidagi sil kasalligiga qarshi dispanseriga yo‘llanma berilishi kerak. 24. Sil kasalligidan shubhalanib poliklinikadan sil kasalligiga qarshi dispanserlarga yo‘llangan shaxslar uchastka ftiziatri tomonidan tekshiriladi. Zarurat bo‘lganda ushbu shaxslar shuningdek o‘pkadan boshqa ixtisoslikdagi mutaxassislar tomonidan ham tekshirilishi kerak. Klinik tekshiruvdan, poliklinikadagi tekshirishlar ma’lumotlari, flyuorogrammalar o‘rganib chiqilgandan keyin, shuningdek zarurat bo‘lganda qo‘shimcha ravishda o‘tkaziladigan rentgenologik, bakteriologik tekshirishlar va boshqa laboratoriya tekshirishlari natijalari o‘rganib chiqilgandan so‘ng ftiziatr tomonidan tekshirilayotganda sil kasalligi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi. Ma’lumotnoma ftiziatr, bosh vrach tomonidan imzolanadi va sil kasalligiga qarshi dispanserning muhri bilan tasdiqlanadi. 25. Nikohlanuvchi shaxslar OIV/OITSga tekshirishdan o‘tish uchun yashash joyidagi yashirin tekshirish xonasiga yoki OITS markazlariga murojaat qiladilar. 26. Yashirin tekshirish xonasida testgacha bo‘lgan maslahat beriladi hamda OIV/OITS kasalligi bo‘lishi ehtimolini ko‘rsatuvchi anamnestik ma’lumotlar va klinik belgilar mavjud bo‘lgan taqdirda tekshirilayotgan shaxsning qoni tuman yoki tumanlararo OITS tashxis qo‘yish laboratoriyasiga yuboriladi. 27. Birlamchi immunoferment tekshirish ijobiy natija bergan taqdirda, mijozning qoni zardobi viloyat laboratoriyasiga yuboriladi, ijobiy natija tasdiqlangan taqdirda qon zardobi immunoblot usuli bilan uzil-kesil natija qo‘yilishi uchun respublika OITS markaziga jo‘natiladi. OIV kasalligi tashxisi laboratoriya tekshiruvi ijobiy ekanligi va klinik ma’lumotlar asosida qo‘yiladi. 28. Nikohni qayd etishda FHDY organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganliklariga va ularning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligiga ishonch hosil qilishi kerak. Nikohlanuvchi shaxslar nikoh qayd etilgunga qadar ikkinchi tomonni tibbiy tekshirish natijalaridan xabardor qilishi shart. 29. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyin nikoh tuzilishiga O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasida nazarda tutilgan to‘siq mavjud bo‘lmagan taqdirda FHDY organlari tomonidan nikohni qayd etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 30. Nikohlanuvchi shaxslarda tekshirish natijasida darhol davolash kursidan o‘tishni talab etuvchi kasalliklar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda tegishli davolash muassasalariga yo‘naltiriladi. 31. Agar nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasida ularning bittasida yoki har ikkalasida mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan kasallik, shuningdek, dispanserizatsiya natijasida boshqa kasalliklar aniqlangan taqdirda, nikohni qayd etish tomonlarning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligi tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi. 32. Tekshirilayotgan shaxs yashash joyidagi davolash-maslahat komissiyasining xulosasiga rozi bo‘lmagan taqdirda takroriy tibbiy ko‘rik viloyat va respublika muassasalarida o‘tkaziladi. 33. Nikohni qayd etuvchi shaxslar tibbiy ko‘rik natijalari to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligi uchun javob beradilar. 34. Ko‘rikni o‘tkazgan vrach qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rik natijalarining xolisligi uchun shaxsan javob beradi. 1. Ruhiy kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) yuzasidan tekshirish: anamnestik; psixopatologik; somatonevrologik; paraklinik 2. Narkologik kasalliklar yuzasidan tekshirish: klinik tekshirish; anamnestik; psixopatologik; somatonevrologik; laboratoriya tekshiruvi. 3. Zaxm yuzasidan tekshirish: genitaliy doirasida yara yoki eroziya mavjud bo‘lganda yoki terining boshqa joylarida zaxmdan shubhalanadigan toshmalar mavjud bo‘lganda material to‘plash; pretsipitatsiya mikroreaksiyasi usuli bilan zaxm yuzasidan qonni tekshirish; qonni serologik tekshirish. 4. Sil yuzasidan tekshirish: anamnez; ko‘krak qafasi organlarini tekshirish; ko‘krak qafasi organlarining rentgenoskopiyasi (yirik kadrli flyuorogramma); ko‘krak qafasi rentgenografiyasi; balg‘amni, yaraning yiringini, bakteroskopiya usuli bilan siydikni sil mikrobakteriyasiga tekshirish; 5. OIV/OITS yuzasidan tekshirish: anamnez; klinik tekshirish; birlamchi immunoferment tekshirish; immunoblot usuli bilan qonni tekshirish.
91
14,195
Qonunchilik
JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN ISTE’MOL TOVARLARINI OLIB KIRIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ichki iste’mol bozorini himoya qilishni yanada kuchaytirish va jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga iste’mol tovarlarini olib kirishni tartibga solish maqsadida: 1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2009-yilning 2-iyunidan boshlab qo‘shni davlatlardan shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga bir yo‘la olib kiriladigan import iste’mol tovarlarining boj to‘lovlari olinmaydigan umumiy qiymati 10 AQSh dollarini tashkil etadi. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kirayotgan jismoniy shaxslarga nisbatan tovarlarni boj to‘lovlarisiz olib kirish normalarining amal qilishi tatbiq etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni respublika hududiga olib kirishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi bir hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiq holga keltirsinlar. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
107
1,263
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BANKLARDA ELEKTRON AXBOROTLARNI MUHOFAZALAShNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA QO‘ShIMChALAR KIRITILIShI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘ricida”gi Qonuni 7 va 51-moddalariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini yagona vakillik hisob raqami rejimiga o‘tib ishlashi va bank telekommunikatsiya tarmog‘i muhofazasini ta’minlash munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2001-yil 23-iyunda tasdiqlangan 492-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga (2001-yil 9-iyul, ro‘yxat raqami 1047 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil 13-son) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan 10 kun o‘tgach kuchga kiritilsin. Yo‘riqnoma quyidagi tahrirdagi yangi bandlar bilan to‘ldirilsin: “11-1. Bank telekommunikatsiya tarmog‘i orqali davlat siri toifasiga kiruvchi ma’lumotlar uzatilishi qat’iyan man etiladi. 11-2. Markaziy bank farmoyishi va muvofiqlashtirilgan reja-jadvali asosida tijorat banklarida amalga oshirilayotgan tekshirishlar va o‘rganishlar vaqtida, tekshiruvchilarga qog‘oz hujjatlar bilan bir qatorda elektron ma’lumotlardan (elektron hujjatlar, elektron baza, elektron arxiv) ham bank binosidan olib chiqib ketmaslik sharti bilan foydalanishga ruxsat etiladi”.
159
1,389
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishla
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi mazmundagi 103-band qo‘shilsin: “103. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat muassasalarida fitobarlar tashkil etilganda, davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi belgilangan miqdorning 50 foiziga kamaytirilgan holda hisoblanadi. Bunda fitobarlarda vending avtomatlaridan foydalanilgan hollarda davlat mulki obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlari hisoblanmaydi”. 2. Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarorida: a) 1-ilovaning 11-bandida: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “Kamayib borayotgan tabiiy holda o‘suvchi noyob dorivor o‘simliklarni to‘plash (g‘amlash) va respublikadan tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnomalar ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi hajmida tabiiy plantatsiyalarni barpo etish sharti bilan beriladi”; to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin; 3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasiga kiradigan budjet tashkilotlari ro‘yxatining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
250
2,193
Qonunchilik
«Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi – yana muhokamada
Qayta ishlangan hujjat loyihasi QHTBT portaliga takroran joylashtirildi. Takliflarni 2019 yilning 21 iyuliga qadar berish mumkin. Eslatib oʻtamiz, bu amaldagi «Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi Qonun yangi tahrirdagi loyihasining ikkinchi muhokamasidir. Dastlab qonun loyihasining taklif etilayotgan matni 2018 yilning oхiridayoq joylashtirilgan boʻlib, uning mazmunini biz oʻshandayoq tahlil qilgan edik. Biroq u tasdiqlanmadi. Hozirgi kunda e’lon qilingan loyiha koʻp jihatdan oldingi bilan bir хil. Shu bilan birga alohida qoidalarga tuzatishlar kiritilgan. Mana ulardan ba’zilari. Birinchidan, tushunchalar qismi yanada kengaytirilgan. Masalan, «elektron savdo maydonchasi operatori» tushunchasi kiritilgan.  Bu хaridorni identifikatsiyalash, toʻlovni qabul qilish, ommaviy ofertalar va bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni saqlashni hisobga olgan holda, elektron savdo maydonchasi yordamida tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) sotish va sotib olish imkoniyatini taqdim etish boʻyicha elektron bitim tomonlariga хizmat koʻrsatuvchi yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkordir (YaTT). Boshqa sub’yektlar qatori u ham biznes-operatorlarga tegishli boʻladi hamda kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, nafaqat yuridik shaхslar, balki YaTT ham elektron savdo maydonchasi operatori boʻla oladi. Lekin biznes-operatorlar uchun soliq imtiyozlariga boʻlgan huquq haqidagi oldin berilgan taklif chiqarib tashlandi.  Ikkinchidan, qonun quyidagilarga tatbiq etilmasligi aniqlashtirildi: Uchinchidan, elektron tijorat sohasidagi vakolatli organning vazifalarini Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga (LBMA) olib berib, uning vakolatlarini bir qadar kengaytirish taklif etilayotir. Xususan, unga quyida huquqlar oʻtmoqda: Hokimiyatlarning vakolatlarini esa, aksincha, qisqartirishmoqchi. Loyihaning oldingi matnida ularga elektron tijorat sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlash va amalga oshirish huquqi berilgan edi, yangi variantda esa bu LBMA bilan kelishilgandan keyin mumkin boʻladi. Tegishli hududda davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish funksiyasini esa tamoman olib tashlashdi.     Toʻrtinchidan, «elektron tijoratda хaridorlar» tushunchasiga tuzatish kiritildi. Yangi tuzatishlarga koʻra, yuridik shaхslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, elektron tijorat orqali tovarlar (ishlar, хizmatlar) sotib olayotgan jismoniy shaхslar хaridorlar hisoblanadi. Xarid aynan qaysi maqsad va ehtiyojlar uchun amalga oshirilishi boʻyicha aniqlashtirish chiqarib tashlandi.    Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lenara Xikmatova.
65
2,662
Qonunchilik
Davlat хizmatchilari tanlov asosida ikki bosqichda ishga olinadi
< 2020 yil 1 yanvardan yangi tartib ayrim muassasalar va hududlarda tajriba tariqasida, bir yildan keyin esa barcha hududlarda amal qilishni boshlaydi (3.10.2019 yildagi PF-5843-son Farmonga qarang). Davlat хizmati ikki turga ajratildi: Davlat fuqarolik хizmatidagi islohotlar meritokratiya tamoyillari (eng munosib va qobiliyatli shaхslarni qabul qilish hamda хizmat pogʻonalari boʻyicha koʻtarish), «karyera modeli», mehnatga haq toʻlashning yagona tizimi, ijtimoiy kafolatlar, kadrlarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash tizimi tamoyillariga asoslanadi. Asosiysi – quyidagi sanalardan boshlab davlat хizmatchilari mustaqil ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi: Tanlov yakunlari boʻyicha davlat fuqarolik хizmatiga qabul qilinadigan хodimlar Prezident huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi yoki uning filiallari bilan kelishmasdan turib lavozimdan ozod qilinishi mumkin emas. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarida хodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul organdir. Agentlik oʻz faoliyatida Prezidentga bevosita boʻysunadi va unga hisob beradi. Prezidentning davlat хizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi Agentlik direktori hisoblanadi. Davlat fuqarolik хizmati masalalari boʻyicha NHH loyihalarini kelishishga kiritish, davlat organlari va tashkilotlari kadrlar boʻlinmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek har 3 yilda ularni attestatsiyadan oʻtkazish yangi Agentlik vakolatlariga kiritildi. Shuningdek endi Agentlik istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish boʻyicha respublika «Taraqqiyot» tanlovini oʻtkazadi.   Mutaхassislarni хorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha «El-yurt umidi» jamgʻarmasi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi iхtiyoriga oʻtkazildi. Agentlik huzurida Davlat хizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi, unga respublika byudjetidan 100 mlrd soʻm mablagʻ oʻtkaziladi va keyinchalik har yili byudjet mablagʻlari ajratiladi, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan tushumning 1%i miqdoridagi ajratmalar yoʻnaltiriladi. Ushbu mablagʻlar davlat fuqarolik хizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga, moddiy-teхnik bazani mustahkamlashga sarflanadi.   Davlat хizmatchilari ishlab chiqarishdan ajralgan holda har yili qisqa muddatli (30-60 soatli) malaka oshirish kurslaridan oʻtishi shart boʻladi. Ushbu davrda ularning ish joyi boʻyicha lavozimi, oʻrtacha oylik ish haqi va mehnat staji saqlanib qolinadi. Xizmatchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi kompetensiyalarga oʻrgatishga Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziyalangan nodavlat ta’lim muassasalari jalb etiladi. Bunda tegishli ta’lim хizmatlari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha хarid qilinadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.10.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
64
3,233
Qonunchilik
“Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar o‘rtasida mulkning bo‘linish chegaralari hamda muhandislik kommunikatsiyalarini saqlash uchun javobgarlik to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqni o‘z k
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2007-yil 12-fevraldagi 11-sonli “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchilar o‘rtasida mulkning bo‘linish chegaralari hamda muhandislik kommunikatsiyalarini saqlash uchun javobgarlik to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1659, 2007-yil 27-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 9-10-son, 90-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
747
Qonunchilik
JShDS kimga, qachon va qancha solinadi?
“NORMA” professional rivojlanish markazida “2017 yilda jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi (JShDS)ni hisoblash va toʻlash” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Buхgalterlar amaliyotda jismoniy shaхslarning toʻlovlari bilan bogʻliq turli vaziyatlarga duch kelishadi. Masalan, jismoniy shaхslarga daromad soligʻi solish kerakmi yoki yoʻq, solish kerak boʻlsa, qachon, qancha...  Hatto tajribali mutaхassislarni ham oʻylantirib qoʻyadigan holatlar boʻladi. Buхgalterlik oson ish emas... “NORMA” PRM rahbari Moʻmin Hurramovich ta’kidlaganidek, ideal darajadagi bosh buхgalter mehnat qonunchiligi, soliq solishdan tortib, haq toʻlash va hisob-kitoblar bilan bogʻliq jami 251 ta yoʻnalishni oʻzlashtirgan boʻlishi kerak ekan... Bosh buхgalterlar, hisob-kitob yurituvchi buхgalterlar, auditorlar va ularning yordamchilari — jami 50 kishi yigʻilgan seminar ishtirokchilarni Markazning SSP, Moliya va Iqtisodiyot universitetlari ham hamkorligidagi loyihasi bir.uz — buхgalterlarni imtihonlash resursi bilan tanishtirish bilan boshlandi. Soha mutaхassislarining malakasini oshirish va malakasini tasdiqlash maqsadini koʻzlagan loyihada buхgalteriyaning har bir yoʻnalishi boʻyicha alohida testlar ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgani, testlar va maхsus masalalardan oʻtgan mutaхassislarga guvohnomalar berilishi, tizim foydalanuvchilari uchun joriy yilning 4-5 noyabr kunlari sinov imtihonlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgani alohida ta’kidlandi. Tadbirda mehnatga haq toʻlash, jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblashda buхgalterlar tomonidan yoʻl qoʻyiladigan odatiy хatolar birma-bir koʻrib chiqildi. Seminar boshlovchisi — CIPA хalqaro sertifikati sohibi, sertifikatlangan auditor, tajribali buхgalter va oʻqituvchi Igor Aipkin soliqlarni hisoblashda birinchi navbatda soliq toʻlovchi korхona emas, jismoniy shaхs ekanini unutmaslikni, hisob-kitoblarda хatoliklarga yoʻl qoʻyish davlat yoki хodimning manfaatlariga putur yetkazib qoʻyishi mumkinligini aytib oʻtdi. Xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun misollar bilan amaliy maslahatlar berdi, JShDSni hisoblash, soliq imtiyozlarini qoʻllash (oliy ta’lim muassasalarida oʻqish, moddiy yordam, kreditlar va boshqalar borasida) boʻyicha tushgan savollarga Qonun hujjatlari toʻplamidagi moddalar va bandlarni keltirgan holda, asosli javoblar qaytardi. “Homilador ayol homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani ham asosiy ish joyidan, ham oʻrindoshlik asosida ishlayotgan korхonadan olishi mumkinmi?” Qatnashchilardan biri oʻrtaga ana shu savolni tashladi. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 1136, 2002 yil 8 may)ning 60-bandiga koʻra:  “хodim asosiy ish joyidan tashqari oʻsha yoki boshqa korхonada oʻrindoshlik asosida (shu jumladan, yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaхs sifatida) ishlasa, nafaqa barcha ish joyidagi umumiy ish haqidan hisoblab chiqariladi”.  Demak, bu savolning javobi “Ha”, faqat nafaqa puli olgan barcha ish haqi yigʻindisidan hisoblab chiqariladi. “Yuridik shaхs хodimlarining ishga qatnashi uchun mablagʻ ajratsa, u qanday holatlarda jismoniy shaхsning daromad manbai sanaladi?” Shu mavzuda berilgan navbatdagi savolga boshlovchi shunday javob qaytardi: —   Soliq kodeksining 171-moddasida yuridik shaхslar amalga oshiradigan, ammo jismoniy shaхslarning daromadiga kirmaydigan хarajatlar roʻyхati keltirib oʻtilgan. Masalan, yuridik shaхs хodimini ishga qatnashi uchun taksi хizmatiga pul oʻtkazib bersa, bu jismoniy shaхsning daromadi hisoblanmaydi. Yuridik shaхs хodimga ishga qatnashi uchun mablagʻ ajratib bersa, u holda u jismoniy shaхsning daromad manbai sanaladi. Transportda yurish uchun oylik chiptalar ham hech qanday holatda jismoniy shaхsning daromadi boʻlib sanalmaydi. “Homilador ayol homiladorlik varaqasi boʻyicha ta’tilga chiqishi kerak. Ammo u hali ishga yarashini va ishini davom ettirishini bildirdi. Bunday holatda nafaqa pulini qaysi muddatdan boshlash kerak. Tugʻruq varaqasida koʻrsatilgan kundan boshlabmi yoki u ta’tilga chiqqan kundanmi?” Ushbu savolga javoban boshlovchi  Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 1136, 2002 yil 8 may)ning 42-bandini keltirib oʻtdi: “Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun toʻlanadi”. “Bunday holatda ayol ham ta’til pulini, ham ishlagan kunlari uchun ish haqini oladi”, — deb qoʻshimcha qildi. Basseyn, sanatoriyga yoʻllanmalarga JShDS solinish-solinmasligi boʻyicha tushgan savol ham oʻz javobini topdi. Soliq kodeksining 179-moddasida jismoniy shaхslarning soliq solinmaydigan daromadlari keltirilgan boʻlib, unga koʻra, sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar nogironlarga yoki 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun qoplanganda JShDS solinmaydi. Basseyn abonementlari uchun esa har qanday holatda JShDS ushlanadi. Ish haqini toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun oʻtkazish, tekshiruvchi organlar tomonidan mahalladan ma’lumotnomaning asossiz talab etilishi va soha mutaхassislarining bugungi kunda duch kelayotgan boshqa muammolari tadbir davomida batafsil muhokama qilindi. Yigʻilganlar oʻzlarini qiziqtirgan va oldindan tayyorlab kelgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
39
5,370
Qonunchilik
“YER OSTI BOYLIKLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1995-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: qonunlarni “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish xususida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar kiritsin; Hukumat qarorlarini “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qarab chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasining 1976-yil 25-noyabrida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Yer osti boyliklari kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1976-yil, № 33, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1977-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Yer osti boyliklari kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1977-yil, № 16, 247-modda) 1995-yil 1-yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotadi deb topilsin.
92
1,180
Qonunchilik
Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida
O‘tgan davr mobaynida respublikamizda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali tizimini joriy etish, Toshkent shahrida ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorligi asosida amalga oshirilayotgan “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasining ijobiy tajribasini ommalashtirish borasida salmoqli ishlar qilindi. Shu bilan birga, Toshkent viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati alohida ahamiyat kasb etib, undagi kriminogen vaziyatning xususiyatiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda: bir-biridan ancha olisda va tarqoq holda joylashgan yettita shahar va o‘n beshta tumanni qamrab olgan viloyat ma’muriy-hududiy tuzilishining murakkabligi; bir vaqtning o‘zida hududida chegara oldi hududlar, tog‘li uchastkalar, turistik, qishloq xo‘jaligi va yirik ishlab chiqarish obyektlari mavjudligini hisobga olgan holda viloyat geografik joylashuvining o‘ziga xosligi; Toshkent shahriga barcha kirish va chiqish yo‘llarining viloyat hududidan o‘tishi, respublikaning boshqa hududlaridan, ayniqsa poytaxtdan keladigan aholining ommaviy dam olish joylari mavjudligi. Toshkent viloyatida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi bosqichiga o‘tish, shuningdek, ichki ishlar organlari kuch va vositalarini nazorat qilish va boshqarishning samarali tizimini joriy etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 20-iyundan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarish tizimini eksperiment tariqasida joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin: kuch va vositalarni aholiga bevosita yaqin hududlarda yanada samarali joylashtirish maqsadida viloyat va tuman (shahar) darajasidagi ichki ishlar organlarining tuzilmalarini yanada maqbullashtirish; viloyat tuman (shahar)larini ichki ishlar organlari kuch va vositalarining to‘rtta mintaqaviy boshqarish hududlari (keyingi o‘rinlarda — mintaqalar) bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq taqsimlash; huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida oldini olish va bartaraf etish maqsadida ichki ishlar organlari bo‘linmalarining tezkorligini oshirish va maksimal darajadagi harakatchanligini ta’minlash. 2. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Bosh boshqarma) etib qayta tashkil etilsin va uning boshlig‘iga quyidagilar uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin: viloyat ichki ishlar organlari kuch va vositalarini mintaqaviy boshqarish mexanizmlarini samarali va to‘laqonli ravishda amalga oshirish, ularni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha manzilli choralarni ko‘rish; viloyat ichki ishlar organlarining boshqa, shu jumladan poytaxt huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorligini tashkil etish; mintaqalar darajasida amaliy boshqaruv qarorlarini qabul qilish, tahliliy faoliyatni hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning samaradorligini tizimli baholashni sifatli tashkil etish. 3. Belgilansinki: mintaqalar ichki ishlar organlari faoliyatini kundalik nazorat qilish va muvofiqlashtirishni tashkil etish Bosh boshqarma boshlig‘ining vakillari (keyingi o‘rinlarda — mintaqaviy hududlar rahbarlari) tomonidan amalga oshiriladi; mintaqaviy hududlar rahbarlarining faoliyatini ta’minlash uchun shtab sifatida Bosh boshqarmaning tegishlicha mintaqaviy markazlardagi ichki ishlar organlarining binolarida bevosita joylashadigan mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari tashkil etiladi; Toshkent viloyati ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining saf bo‘linmalari kundalik xizmatni ularning hududlarida o‘tash uchun bevosita mintaqalar bo‘yicha taqsimlanadi; Toshkent viloyati tuman (shahar) ichki ishlar organlarining kinologiya bo‘linmalari ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishni hududlararo tamoyili bo‘yicha tashkil etish uchun mintaqaviy hududlar rahbarlarining bo‘ysunuviga o‘tkaziladi; tuman (shahar) ichki ishlar organlari huzurida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tajribasi asosida tumanlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish vazifalari yuklatilgan holda ichki ishlar bo‘limlari tashkil etilishi mumkin. 4. Mintaqaviy hududlar rahbarlariga: mintaqa hududi doirasida biriktirilgan tuman (shahar, sohaviy) ichki ishlar organlari (keyingi o‘rinlarda — biriktirilgan bo‘linmalar)ga yuklatilgan vazifalarning kundalik bajarilishi bo‘yicha mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish; biriktirilgan bo‘linmalarning ish samaradorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari naryadlarining kundalik joylashuvini belgilash; mintaqa hududidagi kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda va favqulodda holatlar vujudga kelganda biriktirilgan bo‘linmalarning kuch va vositalarining taqsimotini muvofiqlashtirish; biriktirilgan bo‘linmalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish bo‘yicha Bosh boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritish, mintaqa va sohaviy xizmati doirasida safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlarini lavozimdan lavozimga tayinlash; biriktirilgan bo‘linmalarning xodimlari tomonidan xizmat intizomi buzilishi holatlari bo‘yicha Bosh boshqarma boshlig‘ining topshirig‘i asosida xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish; o‘z vakolatlari doirasida biriktirilgan bo‘linmalarning xodimlarini rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash huquqi berilsin. Belgilansinki, mintaqaviy hududlar rahbarlari biriktirilgan bo‘linmalarga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun ularning bevosita rahbariyati bilan baravar shaxsan javobgar hisoblanadi. 5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: Bosh boshqarma boshlig‘i va mintaqaviy hududlar rahbarlari tomonidan joylarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi muammolar, shuningdek ushbu faoliyatning samaradorligini oshirish bo‘yicha taqdim etiladigan takliflar Toshkent viloyati hokimi tomonidan har oyda ko‘rib chiqiladi va o‘z vakolatlari hamda moliyaviy imkoniyatlari doirasida manzilli chora-tadbirlarni belgilaydi; Bosh boshqarma har chorakda mintaqalarning jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatining samaradorligini reyting tizimida baholaydi, natijalariga ko‘ra, ilg‘or mintaqalarning biriktirilgan bo‘linmalari rahbarlariga pul mukofotini berish va aksincha, past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganlaridan pul ushlab qolish choralarini ko‘radi; mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari kriminogen vaziyatning tahlili asosida har chorakda tuman (shahar)lar kesimida biriktirilgan bo‘linmalarning ish samaradorligini oshirish bo‘yicha batafsil “yo‘l xarita”larini ishlab chiqib, ularning natijalari bo‘yicha Bosh boshqarma boshlig‘iga har o‘n kunda axborot berib boradilar; 2019-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining serjantlar tarkibi lavozimlari ushbu bo‘linmalarning oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan amaldagi xodimlarining o‘rniga 2021-yil 1-dekabrgacha bosqichma-bosqich tayinlashni nazarda tutgan holda faqat oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi shaklda o‘qiyotgan shaxslar bilan jamlanadi. 6. Bosh boshqarma faoliyatiga Toshkent shahar tajribasi bo‘yicha jamoat tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlari amaliyoti tatbiq etilib, mintaqalarga biriktirilsin hamda ularga quyidagi vazifalar yuklansin: ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda kuch va vositalarning samarali hamkorligini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirishda biriktirilgan bo‘linmalarga ko‘maklashish; odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda tezkor va kriminogen vaziyatni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda bevosita kuzatish hamda vizual baholashni amalga oshirish; jamoat tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va harakatini boshqarish maqsadida, shu jumladan bevosita voqea joyiga chiqqan holda mobil shtab funksiyalarini bajarish. 7. Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning yangi tizimini joriy etish yuzasidan eksperimentni amalga oshirish bo‘yicha idoralararo komissiya 2-ilovaga muvofiq tuzilsin. Idoralararo komissiya (P.R. Bobojonov): har bir mintaqa kesimida manfaatdor vazirlik va idoralarning vakolatli mutaxassislaridan iborat ekspert guruhlarini shakllantirsin va ularning eksperimentni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xarita”larini tasdiqlasin; ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning joriy etilayotgan tizimi samaradorligining tizimli monitoringini tashkil etsin va 2019-yilning yakuni bo‘yicha shu kabi amaliyotni respublikaning boshqa viloyatlariga ham tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflarni kiritsin. 8. Boshqaruvda katta amaliy ish tajribasiga hamda sohada obro‘ va hurmatga ega bo‘lgan ichki ishlar organlarining pensionyerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining maslahatchilari lavozimi kiritilsin va ularga to‘lanayotgan pensiyasining 100 foizi miqdorida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan oylik ustama haq belgilansin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimlariga hududiy ichki ishlar organlarining o‘rnak ko‘rsatgan rahbar xodimlarini ular faoliyatini baholash natijasiga ko‘ra, mahalliy budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan har chorakda pul ta’minotining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda mukofotlash huquqi berilsin. 14. Toshkent viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining egallab turgan lavozimi bo‘yicha pul ta’minoti va ijtimoiy imtiyozlari mazkur qarorga muvofiq tashkiliy-shtatlar o‘zgarishlariga asosan ular lavozimga qayta tayinlanishi yoki pensiyaga chiqishiga qadar saqlab qolinsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyatining shaharlari va tegishli tumanlarida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyatida huquqbuzarliklarni foto- va video fiksatsiya qilish tizimi va uskunalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlari uchun tariflarini kelgusida respublikaning boshqa viloyatlariga ham tatbiq etishni nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-dekabrga qadar Bosh boshqarma faoliyatida sodir etilgan jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olishning “102” avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimi joriy etilishini, shuningdek, Toshkent shahridagi ushbu tizimning takomillashtirilishi va rekonstruksiya qilinishini ta’minlasin; b) Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda: Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarini maqsadli dasturiy ta’minot o‘rnatilgan va ichki ishlar organlari elektron axborot tizimlarining ma’lumotlar bazalariga ulangan uyali xizmat telefonlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash; biriktirilgan bo‘linmalarning to‘laqonli faoliyatini ta’minlash uchun ular faoliyatining xususiyatlarini hamda mintaqaviy markazlarda qayta joylashuvini inobatga olgan holda joylashtirish, ta’minlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish choralarini ko‘rsin; v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda profilaktika inspektoriga yuklamani kamaytirish va hududlararo harakatlanganda xarajatlarni qoplash manbalarini belgilashni inobatga olgan holda, shaxslarni protsessual harakatlarda yoki sud majlislaridagi ishtirokini ta’minlash uchun majburiy keltirish tartibi va mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘rnatilgan tartibda kiritsin; g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash sohasiga davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; d) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga: mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari uchun Toshkent shahar tajribasi bo‘yicha jamoat tartibini ta’minlash kuchlarini muvofiqlashtirish va aloqa mobil markazlari sifatida qayta jihozlashni nazarda tutgan holda 4 dona avtobus xarid qilish; 2022-yil 1-yanvarga qadar mintaqalar hududlarida to‘liq moto- va avtopatrullik qilishga o‘tish maqsadida Toshkent viloyati ichki ishlar organlari patrul-post xizmatini bosqichma-bosqich skuter va yengil transport vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent viloyati tuman (shahar)larida jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida birgalikda patrullik xizmatini o‘tashni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilasin. 18. Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yirik bozorlar va savdo komplekslarida ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xizmat ko‘rsatish borasida shartnomalar tuzish bo‘yicha choralarni ko‘rsin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: bir oy muddatda Bosh boshqarma va uning bo‘linmalarining, shu jumladan maqsadga nomuvofiq deb topilgan bir qator amaldagi ichki ishlar bo‘linmalarini qisqartirish va mavjud kriminogen vaziyatni inobatga olib zarur joylarda yangilarini tashkil etishni nazarda tutgan holda yangilangan shtat jadvalini tasdiqlasin; bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda mintaqalarning jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatining samaradorligini reyting tizimida baholash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; ikki oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining mintaqalararo, shu jumladan poytaxt ichki ishlar organlari bilan hamkorligining uyg‘unlashgan mexanizmini nazarda tutuvchi tartibni belgilasin; ikki oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari naryadlarining yagona joylashuvini mintaqalar tashkil etilayotganligini inobatga olgan holda tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin; uch oy muddatda Toshkent viloyati ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmatining avtomobil parkini kuchaytirish, shu jumladan yurtimizda ishlab chiqariladigan mototsikllar bilan ta’minlash bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rsin; 20. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi. 21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2898-son qarorining 2-bandidagi, 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3413-son qarorida: a) 3-bandining uchinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4-bandi “a” kichik bandidagi, 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. v) 2-ilovada: 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “30. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari, transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmalari (bo‘limlari), jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari boshliqlari, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari rahbarlari, brigada va batalon komandirlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan rahbarlar quyidagi huquqlarga ega: Ustavning 23-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash; Ustavning 27-bandi “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qo‘llash”; 31-bandning birinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3786-son qarorining 5-bandi birinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3919-son qarorining 4-bandidagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4075-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi, 6 va 7-bandlaridagi “Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4166-son qarorining 6-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
209
20,246
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 20-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
124
570
Qonunchilik
QURILISh MATERIALLARI SANOATI KORXONALARINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining texnologiya asbob-uskunalarini zamonaviylashtirish va xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining erkin bozorda (shu jumladan xorijiy investorlarga) sotish uchun mo‘ljallangan: “ToshQMK” aksiyadorlik jamiyatining 37005 ta yoki aksiyadorlik jamiyati ustav fondining 35,7 foizi miqdoridagi aksiyalari paketlarini Toshkent shahar hokimligi investitsiyalar bosh boshqarmasiga; “Ohangaron plastmassa qurilish materiallari” aksiyadorlik jamiyatining 25776 ta yoki ustav fondining 36,1 foizi miqdoridagi aksiyalar paketlarini “O‘zuyjoyjamg‘armabank”ka sotish hamda mablag‘larni ishlab chiqarishni renovatsiyalash va yangilashga, shuningdek xorijiy kreditlarni qaytarishga yo‘naltirish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qaroriga 2-ilovaga kiritilgan quyidagi korxonalarning chiqarilayotgan aksiyalarini sotishdan tushgan tushum to‘liq hajmda: “Kvars” aksiyadorlik jamiyatiga — arxitektura-qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi obyektni ishga tushirish uchun olingan davlat va tijorat kreditlarini qisman qaytarishga; “Kulol” aksiyadorlik jamiyatiga — texnologiya asbob-uskunalarini yangilash va zamonaviylashtirish hamda zamonaviy santexnika buyumlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun; “Santexquyma” aksiyadorlik jamiyatiga — kreditor qarzlarni qaytarish va import xomashyo xarid qilish uchun to‘liq hajmda beriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qaroriga 2-ilovadagi 120-“Ohangaron plastmassa qurilish materiallari” AJ va 124 - “ToshQMK” AJ tartib raqamlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Emitentlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar maqsadli foydalanilishi hamda asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar sotib olishga tuziladigan kontraktlarning asoslanganligi uchun javobgarlik “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi rahbarlari zimmasiga yuklanadi. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Isayev va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
128
2,518
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini munosib rag‘batlantirishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shim
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligini hamda yuqori mehnat samaradorligiga erishayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini munosib rag‘batlantirishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, talabalarga jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovada: a) III bo‘lim quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) quyidagi mazmundagi IV bo‘lim qo‘shilsin:
250
1,453
Qonunchilik
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasidan kelib chiqqan holda Respublika kengashi qaror qiladi: 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 1-iyundagi PF-5067-son “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari hamda 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Kengashning 2017-yil 14-martdagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2879, 2017-yil 6-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 19-son, 348-modda) 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 1. 15-bandning beshinchi xatboshisidagi “tayyorlanadi va” degan so‘zlar “tayyorlanib, bir ish kuni davomida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. ilovada: oltinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; sakkizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar hisoblansin; yettinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi va tumanlar (shaharlar) bosh arxitektorlari tomonidan moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, barcha qurilishlarda, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlarida ruxsat berilgan hujjatlar mavjudligi va shaharsozlik norma hamda qoida talablariga rioya etilayotganligi borasida subyektning moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazilganda;”; o‘ninchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga bo‘lgan narxlarni oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlari olib borilishi.”.
202
2,856
Qonunchilik
Qishloq хoʻjalik oʻsimliklarini himoyalash boʻyicha majburiyatlar aniq belgilanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv хoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida qishloq хoʻjalik oʻsimliklarini kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 19 mart kuni boʻlib oʻtgan tadbirda qayd etilishicha, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan samarali himoya qilmay turib, ulardan sifatli, yuqori hosil olib boʻlmaydi. Begona oʻtlar qishloq хoʻjaligi ekinlarining hosildorligini va yetishtirilgan mahsulot sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi asosiy omil hisoblanadi. Begona oʻtlar keng tarqalgan yillari hosildorlik gʻallazorlarda 10%ga, don dukkaklilarda – 13,4, gʻoʻzada – 7,5, kartoshkada – 6, sabzavot ekinlarida esa 10,8%ga pasayadi. Oʻsimlik mahsulotlarini eksport va import qilish jarayonining kengayib borishi, oʻsimlik urugʻlarining yangi navlari kirib kelishi karantin tadbirlarini yanada kuchaytirishni taqozo etadi. Shu jihatdan, «Qishloq хoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini tayyorlashda sohaga doir vakolatli organlarning vakolat va majburiyatlarini aniq belgilash, qonunni toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan normalar bilan ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Deputatlar ushbu sohada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ta’sirchan tizimi mavjud emasligi, buning natijasida mutaхassislarning kasbiy mahorati, ularning ish koʻnikmasi oshirilishi ta’minlanmayotganini alohida qayd etib oʻtdilar. Tadbir yakunida yuqorida koʻrsatilgan qonun loyihasini yanada takomillashtirish, zamonaviy huquqiy meхanizmlarni qonunchilikda aks ettirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi materiallari asosida.
82
1,834
Qonunchilik
1993 YILNING 20 IYuLIDAN BOShLAB QIShLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI VA OZIQ-OVQAT TOVARLARI AYRIM TURLARINING ShARTNOMAVIY (ERKIN) XARID VA ChAKANA NARXLARIGA O‘TISh TO‘G‘RISIDA
Iqtisodiy islohotlar yo‘lini o‘tkazishni yanada davom ettirish, respublika ichki iste’mol bozorini himoya qilish, narxlarning keskin oshib ketishini to‘xtatib turish va alohida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat tovarlari narxlarini boshqarishning yagona tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1993-yilning 20-iyulidan boshlab chorva mollari, sut, kartoshka va piyozning shartnomaviy (erkin) xarid narxlariga, shuningdek, go‘sht, qaymog‘i olinmagan sut, makaron, o‘simlik moyi, qand-shakar, choy va kir sovunning shartnomaviy (erkin) chakana narxlariga o‘tish, ular bilan respublika aholisini belgilangan miqdorda kafolatli ta’minlagan holda, amalga oshirilsin. 2. Nazarda tutilsinki, eng zarur oziq-ovqat mahsulotlariga ularni yetishtirish, tashib keltirish va sotish xarajatlarini qoplaydigan erkin narx belgilashga o‘tish, uni asosan 1994-yil 1-yanvarga qadar tugallagan holda, asta-sekin amalga oshiriladi. 3. “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv huzurida chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasini tashkil etish va sarflashning ilova qilinayotgan Vaqtinchalik tartibi tasdiqlansin, 1993-yilda uni shakllantirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin: budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuvning, savdo tapmog‘iga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar va birlashmalarning tijorat narxlari bo‘yicha sotishdan, tovarlarni qayta baholashdan, chakana narxlar darajasini boshqarishdan, tushumlarning bir qismini tavakkal jamg‘armalariga markazlashtirish daromadlari hisobiga oladigan mablag‘lari, shuningdek, xayriya jamg‘armalari, korxonalar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari. Belgilab qo‘yilsinki, yil oxirigacha foydalanilmagan budjet mablag‘lapi musodara qilinmaydi. 4. “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuvga respublika moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, aholiga belgilangan miqdorlar bo‘yicha, shuningdek, budjet tashkilotlariga va umumiy ovqatlanish korxonalarining yopiq tarmoqlariga sotiladigan eng zarur oziq-ovqat tovarlariga chakana narxlarning chegaralangan darajasini bozor konyunkturasidan, resurslar mavjudligidan, haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda narxlarni boshqarishning mavjud mablag‘lari doirasida belgilash huquqi berilsin. “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar mahalliy hokimiyat organlari va boshqarmalar bilan birgalikda hamma joyda aholi o‘rtasida, narxlarning o‘zgarishi sabablari va omillari to‘g‘risida ma’lum qilgan holda, tushuntirish ishlari olib borilsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: mazkur qarorning 1-bandida qayd etilgan tovarlar qoldig‘ini qayta baholash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni, tovarlar qoldiqlarini qayta baholashdan olingan summa chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasiga to‘liq yo‘naltirilishini nazarda tutgan holda, manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin; xo‘jaliklar, birlashmalar va korxonalar tomonidan shartnomaviy narxlarning to‘g‘ri shakllantirilishi ustidan qattiq davlat nazoratini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 257-son qarorining 2 va 3-ilovalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 259-son qarorining 1-ilovasi, non va unga oid qismidan tashqari, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq T. M. Miryoqubov, “O‘zbeksavdo” uyushmasining raisi o‘rtoq M. 3. Usmonov va O‘zbekbirlashuv raisi o‘rtoq G. G. Volkov zimmasiga yuklatilsin. Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-iyuldagi 360-son qaroriga muvofiq oziq-ovqat tovarlarining ayrim turlariga shartnomaviy (erkin) narxlarga o‘tilishi munosabati bilan ishlab chiqilgan. “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv huzuridagi chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi aholiga belgilangan miqdorlar bo‘yicha, shuningdek, budjet tashkilotlariga va maxsus iste’molchilarga sotiladigan eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari xaridorlarining manfaatlarini ko‘zlab chakana narxlarni boshqarish maqsadida tashkil etiladi. “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuvga chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari doirasida, resurslar mavjudligidan, vujudga kelayotgan harajatlardan va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari bilan birgalikda chakana narxlarning chegaralangan darajalarini davrlar bo‘yicha belgilash huquqi beriladi. Bunda aholiga belgilangan miqdorlar bo‘yicha, shuningdek, budjet tashkilotlariga va maxsus iste’molchilarga sotiladigan eng zarur tovarlarning chakana narxlari albatta O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladi. Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi 1993-yilda: 1) “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv va savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar, idoralar, birlashmalarning mablag‘laridan quyidagilar hisobiga shakllanadi; tovarlarni tijorat narxlarida va barter operatsiyalari bo‘yicha sotishdan olingan daromadlar (narxlardagi tafovutning 95 foizi); resurslarning mavjudligi va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda tovarlar chakana narxlari darajasini boshqarish natijasida narxlardagi ijobiy farqlar; tovarlarni qayta baholashdan olingan daromadlar; tavakkal jamg‘armasi mablag‘larining bir qismi (50 foizgacha); 2) budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga; 3) xayriya jamg‘armalarining, korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari hisobiga. Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasiga tushadigan mablag‘lap “O‘zbeksavdo” uyushmasining maxsus ochiladigan schyotida jamlanadi. Qayd etib o‘tilgan jamg‘armaga mablag‘larning to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv va respublika soliq idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, muayyan davrda narxlarning, eng avvalo, eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining nisbatan past darajasini saqlab turishda foydalaniladi. “O‘zbeksavdo” uyushmasi O‘zbekbirlashuv bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, har oyda, 1993-yil mobaynida, oy boshlanishidan 2 kun oldin aholiga belgilangan miqdorlar bo‘yicha sotiladigan go‘sht, qand-shakar, o‘simlik moyi va boshqa oziq-ovqat tovarlarining chakana narxlari chegaralangan miqdorlarini belgilaydi hamda ularni barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, birlashmalar va korxonalarga ma’lum qiladi, shuningdek, ularning to‘g‘pi qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
173
7,049
Qonunchilik
HAKAMLIK SUDLARI HISOBINI YURITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida muvaqqat hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibini belgilaydi. 2. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish hakamlik sudi maqomini va uning vakolatlarini rasmiy tasdiqlash usuli hisoblanadi, Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari kitobiga hakamlik sudi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma berish orqali amalga oshiriladi. Muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish muvaqqat hakamlik sudi maqomini va vakolatlarini rasmiy hisobga olish usuli hisoblanadi, Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga hakamlik sudi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va ularga hisobga olinganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborish orqali amalga oshiriladi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishda va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishda hakamlik sudini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqilmaydi, uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 3. Quyidagilar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishning maqsadi hisoblanadi: hakamlik sudlari tashkil etilganligini va ularning faoliyati tugatilganligini tasdiqlash, hakamlik sudlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish; hakamlik sudlari faoliyatini tashkil etish va tugatish, shuningdek doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiradigan hakamlik sudyalari to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish. 4. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlari hisobini yuritish tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 5. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshirish uchun to‘lovlar undirilmaydi. 6. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxs uning hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish uchun doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida hakamlik sudining joylashgan joyi bo‘yicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha adliya organiga ariza yuboradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etish to‘g‘risida qabul qilingan qarori nusxasi; yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi nizomi va ish tartibi nusxasi; hakamlik sudyalari ro‘yxati; hakamlik sudyalari pasportlarining nusxalari; hakamlik sudyalari diplomlari (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda). Hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik ma’lumoti bo‘lishi kerak; hakamlik sudyalari mehnat daftarchalari (mavjud bo‘lganda). Ikkinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan hujjatlardan nusxalar olinib, asli qaytarib beriladi. 7. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxs taqdim qilingan hujjatlarning ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 8. Taqdim qilingan hujjatlarga asosan adliya organi belgilangan tartibda hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. Hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda adliya organi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga kiritiladi. Taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish va doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish o‘n besh kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish to‘g‘risida tegishli adliya organi Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga ma’lumotlar kiritilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga hakamlik sudi hisobi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi. Hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma shakli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 9. Hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki arizachi tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud to‘liq bo‘lmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va arizachi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda arizachiga xabarnoma yuboradi. 10. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi faoliyati tugatilgan, shuningdek doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi nizomiga yoki ish tartibiga o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda yuridik shaxs o‘n ish kuni mobaynida adliya organiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi. Adliya organi barcha zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi. 11. Muvaqqat hakamlik sudlari hisobini amalga oshirish uchun muvaqqat hakamlik sudining raislik qiluvchisi (nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka ko‘rib chiqilayotganda) hakamlik muhokamasi boshlangunga qadar hakamlik sudi joylashgan joydagi adliya organiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha xabarnoma yuboradi. Xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: hakamlik bitimi nusxasi; hakamlik sudyalari ro‘yxati (nizo hay’atda ko‘rib chiqilayotganda); hakamlik sudyalari pasportlari nusxalari; hakamlik sudyalari diplomlari (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda). Hisobga olish uchun kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik ma’lumoti bo‘lishi kerak; hakamlik sudyalari mehnat daftarchalari (mavjud bo‘lganda). Beshinchi va oltinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan hujjatlardan nusxalar olinib, asli qaytarib beriladi. 12. Adliya organi taqdim qilingan hujjatlarga asosan belgilangan tartibda hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. Hakamlik sudyalari ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda adliya organi muvaqqat hakamlik sudini hisobga olishni amalga oshiradi. Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga kiritiladi. Taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish va muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish besh kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish to‘g‘risida tegishli adliya organi Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga ma’lumotlar kiritilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida arizachiga va hakamlik bitimi tomonlariga yozma xabarnoma yuboradi. 13. Hakamlik sudyalari belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud to‘liq bo‘lmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va arizachi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda arizachiga xabarnoma yuboradi. 14. Hakamlik sudi tarkibi o‘zgartirilgan taqdirda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil qilgan yuridik shaxs yoki mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslar bu to‘g‘rida adliya organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda xabarnoma yuboradi: hakamlik sudyalari pasportlari nusxalari; hakamlik sudyalari diplomlari (oliy yuridik ma’lumoti bo‘lganda). Bunda kamida bitta hakamlik sudyasining oliy yuridik ma’lumoti bo‘lishi to‘g‘risidagi talabga rioya qilinishi kerak; hakamlik sudyalari mehnat daftarchalari (mavjud bo‘lganda). Uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan hujjatlardan nusxalar olinib, asli qaytarib beriladi. 15. Adliya organi hakamlik sudyalarining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. Hakamlik sudyalari ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda adliya organi Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi. 16. Hakamlik sudyalari belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki zarur darajada rasmiylashtirilmagan yoxud to‘liq bo‘lmagan hujjatlar taqdim qilingan taqdirda adliya organi aniqlangan kamchiliklarni va arizachi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda arizachiga xabarnoma yuboradi. 17. Agar adliya organi hakamlik sudlari hisobi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan yoki hisobga olingandan keyin tegishli ravishda Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari reyestriga yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestriga kiritilgan, “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan hakamlik sudyalarini aniqlagan taqdirda u doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi tashkil etgan yuridik shaxsga yoki muvaqqat hakamlik sudi tashkil etgan hakamlik bitimi tomonlariga nomuvofiqlikni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma yuboradi. 18. Adliya organi taqdimnomasi bajarilmaganda “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi talablariga muvofiq bo‘lmagan hakamlik sudyalari Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari reyestri yoki Muvaqqat hakamlik sudlari reyestridan chiqarib tashlanadi. Bir vaqtning o‘zida adliya organi bu to‘g‘rida vakolatli sudga xabarnoma yuboradi. 19. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yoki Muvaqqat hakamlik sudi tegishli ravishda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma va muvaqqat hakamlik sudini hisobga olish to‘g‘risida xabarnoma olgandan keyin hakamlik ishini ko‘rishga kirishadilar. 20. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etish va faoliyatini tugatish, muvaqqat hakamlik sudlarini tashkil etish, shuningdek doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalari haqidagi axborot hududiy adliya organlari tomonidan davriy ravishda, lekin har chorakda kamida bir marta umumlashtirish va tizimlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi. Ushbu axborot O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tizimlashtiriladi va “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”da nashr etiladi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish, shuningdek doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari tarkibiga kiradigan hakamlik sudyalari to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy saytiga joylashtiriladi. 21. Mazkur Nizom qoidalarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
82
12,103
Qonunchilik
2012/2013 O‘QUV YILIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL TO‘G‘RISIDA
Respublika mintaqalari iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida talab yuqori bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlashni, umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aniq kasblar bo‘yicha kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga amaldagi ehtiyojni tanqidiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan, 2012/2013 o‘quv yilidan boshlab respublika mintaqalarida 1-ilovaga* muvofiq 23 ta kasb-hunar kollejini kasblar va mutaxassisliklarni kengaytirgan va unifikatsiya qilgan holda qayta ixtisoslashtirishga doir takliflari qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan real ehtiyojini hisobga olgan holda tayyorlangan 2012/2013 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini respublikaning kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylariga qabul qilishning umumiy parametrlari 2 va 2.1 — 2.13-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (A.N.Aripov), respublikaning kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylariga qabul qilishning tasdiqlangan umumiy parametrlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida ikki hafta muddatda 2012/2013 o‘quv yilida viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejiga umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini qabul qilish parametrlarini tasdiqlasin. Bunda umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini, o‘quvchilar va ular ota-onalarining tanlangan, iqtisodiyot tarmoqlarida ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga talabini, shuningdek ta’lim muassasalarida zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligini hisobga olgan holda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘qitish bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlashga alohida e’tibor berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga (A.N.Aripov), zaruriyat bo‘lganda, umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘z tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2012/2013 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilishning belgilangan umumiy parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar hamda shu yil 10-avgustgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga qamrab olish natijalari bo‘yicha yakuniy axborot taqdim etsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012/2013 o‘quv yilida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilishning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar ta’minoti uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qayta ixtisoslashtirilayotgan, yangidan foydalanishga topshirilayotgan kasb-hunar kollejlarida va kasb-hunar kollejlari filiallarida 2012/2013 o‘quv yili boshlangunga qadar sifatli o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ularni yuqori malakali o‘qituvchi kadrlar bilan to‘ldirish, ularni kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga muvofiq o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, zarur normativ-huquqiy hujjatlar, o‘quv va uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. 8. Tumanlar, shaharlar va viloyatlar hokimlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olish bo‘yicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan umumiy parametrlarning bajarilishi, shuningdek yuzaga keladigan tashkiliy-texnik masalalarni hal etish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
116
5,623
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (“FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 10 VA 11-MODDALARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA” O‘ZBEKIS
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10 va 11-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 19-maydagi O‘RQ-246-sonli Qonuniga muvofiq, shuningdek tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining 78-pozitsiyasi chiqarib tashlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 3-apreldagi 61-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 4-son, 13-modda): v) 3-ilovada: 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “joyning o‘zida, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatga aralashmasdan, litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishning holati va shart-sharoitlari bilan tanishish”; 12-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Xususiy tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish bo‘limi”.
250
1,592
Qonunchilik
VOYaGA ETMAGANLARNI QABUL QILISh-TAQSIMLASh VA ULARGA IJTIMOIY YoRDAM KO‘RSATISh TO‘G‘RISIDA TOShKENT ShAHAR XALQ TA’LIMI BOSh BOShQARMASI MAXSUS MUASSASALARINING NIZOMINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-oktabrdagi 230-son “Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 43-son, 435-modda), 2010-yil 26-noyabrdagi 268-son “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 445-modda) va 2010-yil 26-noyabrdagi 269-son “Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 446-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Voyaga etmaganlarni qabul qilish-taqsimlash va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi maxsus muassasalarining nizomi (ro‘yxat raqami 761, 1999-yil 2-iyul) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
214
1,178
Qonunchilik
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida (sport turlari bo‘yicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-iyuldagi 10-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3065, 2018-yil 5-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 36-son, 731-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat sport jamoalari o‘rtasida (sport turlari bo‘yicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,025
Qonunchilik
Yana bir BHMSning yangi tahriri taklif qilinmoqda
Moliya vazirligi 1-son Buхgalteriya hisobining milliy standarti “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat QHTBT portalida joylashtirilgan. Loyiha “Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunga, Prezidentning 24.02.2020 yildagi “Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4611-son qaroriga muvofiq, shuningdek amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni birхillashtirish va sonini qisqartirish maqsadida ishlab chiqilgan. 1-son BHMS loyihasiga yana quyidagi uchta hujjat kiritilgan: Bundan tashqari, 1-son BHMSning yangi tahririga 3-son BHMS va 16-son BHMSning ayrim qismlari kiritilgan, hisob siyosati boʻyicha, moliyaviy hisobot tuzishda хatolar boʻyicha boblar toʻliq chiqarib tashlangan. 3-bob “Umumiy jihatlar”, standart tuzilmasi, moliyaviy hisobot tuzish izchilligi MHXSga muvofiq ishlab chiqilgan. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lola Abduazimova.
49
981
Qonunchilik
Imom Termiziy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi
Markaz Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ta’sis etiladi va Surхondaryo viloyatida joylashtiriladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: :  Qaror davlat organlari va tashkilotlariga Markaz faoliyatini yuridik rasmiylashtirish va moddiy-teхnik jihatidan ta’minlash boʻyicha qator topshiriqlarni saqlaydi. Xususan, Markaz binosi va uning kutubхonasi quriladi, shuningdek tegishli infratuzilmalar barpo etiladi hamda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Markazni moliyalashtirish Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,  Imom Termiziy yodgorlik majmuasi, homiylik хayriyalari hamda хorijiy mamlakatlar va хalqaro diniy-ilmiy markazlarning mablagʻ va grantlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda yuridik shaхslarning Markazni tashkil etish va uning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari foyda soligʻidan ozod qilinadi. Samir Latipov, ekspertimiz.
59
899
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni tak
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-iyundagi PQ-3077-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Mahsulotning (transport vositalaridan tashqari) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur hujjatlar (sinov protokollari, tadqiqot dalolatnomalari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza xulosasi) berilgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim”; b) 23-bandga quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi qo‘shilsin: “Ma’lum turdagi mahsulotni sertifikatlash maqsadida sinovlar protokolini rasmiylashtirish va berish muddati ushbu turdagi mahsulotni texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan uslublarga muvofiq sinovlardan o‘tkazishning umumiy davom etish vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi”; birinchi va ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi hamda uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) 27-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlashtirish organidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak.”; g) Nizomga ilovada: Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti sxemasidagi “muvofiqlik sertifikati”, “Muddat: 10 kungacha” va “Sertifikatlashtirish tartibotining umumiy muddati 10 kundan 30 kungachani tashkil etadi” so‘zlari tegishli ravishda “muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish”, “Muddat: 3 ish kunigacha”, va “Sertifikatlashtirish tartibotining umumiy muddati ushbu turdagi mahsulotni texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan uslublarga muvofiq sinovlardan o‘tkazishning umumiy davom etish vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin. Izohlarning 6-bandidagi “15 ish kunidan” so‘zlari “3 ish kunidan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandida: a) ikkinchi xatboshidagi “eksportchining o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlar” so‘zlari “eksportchining o‘z mahsulotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “eksportchilarning o‘z mahsulotlari (yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlaridan tashqari) ustav jamg‘armasida eksportchining ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda, ushbu bandning oltinchi xatboshi bundan mustasno”.
250
3,856
Qonunchilik
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga* muvofiq; Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazishga ruxsatnoma olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq; Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yopiq turdagi bojxona omboriga joylashtirish huquqiga ruxsatnoma olish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining ro‘yxati (I ro‘yxat) 4-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan giyohvandlik vositalarining ro‘yxati (II ro‘yxat) 5-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan psixotrop moddalarning ro‘yxati (III ro‘yxat) 6-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi cheklangan prekursorlarning ro‘yxati (IV ro‘yxat) 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Idoraviy mansub tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqishga sertifikat, tranzit tarzida o‘tkazishga ruxsatnoma hamda ularni bojxona omboriga joylashtirish huquqiga ruxsatnoma olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan Narkotik moddalarini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasi qat’iy nazoratni ta’minlasin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar esa — zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish to‘g‘risida” 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 44-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda) 4-ilovaning 1-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) 2-ilovaning 1-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 21-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxatining 194-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 138-modda) ilovaning 5-bandi.
250
4,850
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
73
485
Qonunchilik
Prezident davlat stipendiyasi kvotasi belgilandi
Prezident tomonidan 9 sentyabr kuni “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjatga asosan, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Prezident davlat stipendiyasi kvotasi belgilanadi: Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida: Shuningdek, Prezident va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMning qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi. Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichi OTM tomonidan oʻtkaziladi. Tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etiladigan talabgorlar tegishli OTMning professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida aniqlanadi. Prezident yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham oʻqishni tamomlagandan soʻng davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaхassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 10.09.2021 yilda e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
48
1,319
Qonunchilik
Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Dehqon xo‘jaligi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni va realizatsiya qilishni dehqon xo‘jaligi a’zolarining shaxsiy mehnati asosida amalga oshiruvchi xo‘jalikdir. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatini bog‘dorchilik va uzumchilikka yoki sabzavot va poliz ekinlarini yoxud boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashish asosida amalga oshiradi. Dehqon xo‘jaligining faoliyati tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi va dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, yuridik shaxs tashkil etmasdan ham amalga oshirilishi mumkin. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli bo‘lgan, o‘ziga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida berilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bo‘lishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i dehqon xo‘jaligi nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan dehqon xo‘jaligining manfaatlarini yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda ifodalaydi va dehqon xo‘jaligi nomidan shartnomalar tuzadi. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki uzoq vaqt yo‘q bo‘lgan (harbiy xizmatga chaqirilish, kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olish uchun oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanish va boshqalar) taqdirda, u o‘z majburiyatlarini bajarish vakolatini ushbu xo‘jalikning a’zolaridan biriga berishga haqlidir. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘yicha dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i belgilanadi. Bunda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi meros bo‘yicha dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘iga o‘tadi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berilgan yer uchastkalariga nisbatan esa ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasiga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini to‘liq yo‘qotganda, shuningdek harbiy xizmatga chaqirilgan, kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olish uchun oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirgan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining taklifi va dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘yicha dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i belgilanishi mumkin, unga yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi o‘tadi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berilgan yer uchastkalariga nisbatan esa ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasiga dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i to‘g‘risidagi tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda dehqon xo‘jaligi a’zolari yig‘ilishining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i haqida o‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi. Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, yer uchastkasini ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i nomiga rasmiylashtiriladi, shuningdek Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. Oila boshlig‘i, uning xotini (eri), ota-onasi, farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi va nabiralari, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (farzandlari va nabiralarining eri (xotini), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, ularning eri (xotini)) dehqon xo‘jaligining a’zolari bo‘lishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaligi dehqon xo‘jaligi boshlig‘ida yer uchastkasiga bo‘lgan huquq yuzaga kelganidan va dehqon xo‘jaligi hisobga qo‘yilganidan keyin, yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi esa — dehqon xo‘jaligi boshlig‘ida yer uchastkasiga bo‘lgan huquq yuzaga kelganidan va dehqon xo‘jaligi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi. Dehqon xo‘jaligi: dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan yer uchastkalarida, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi meros bo‘yicha yoxud ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha o‘tgan shaxslarga berilgan yer uchastkalarida; zaxira yerlarning, shu jumladan qayta tiklangan va foydalanishga kiritilgan yerlarning tarkibidan ijaraga berilgan yer uchastkalarida; foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yerlari hamda boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlari tarkibidan xavfsizlik talablariga va texnik talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash sharti bilan ijaraga berilgan yer uchastkalarida; suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘yidagi yerlar tarkibidan xavfsizlik talablariga va texnik talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash sharti bilan ijaraga berilgan yer uchastkalarida; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning asosiy ekindan bo‘shagan qismini oraliq ekin ekish uchun bir mavsumga ikkilamchi ijaraga berilgan yer uchastkalarida o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yerlar o‘ttiz yil muddatga ijaraga beriladi. Dehqon xo‘jaligi dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrifi vositasida yoki O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatlarining Yagona interaktiv portali orqali hisobga qo‘yiladi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Dehqon xo‘jaligini hisobga qo‘yish uchun dehqon xo‘jaligining boshlig‘i dehqon xo‘jaligi a’zolarining tarkibi to‘g‘risidagi axborotni (qarindoshlik darajasini ko‘rsatgan holda) va dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, dehqon xo‘jaligi yuridik shaxs tashkil etgan holda tuzilgan taqdirda esa — dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berilganligini tasdiqlovchi hujjatni va ta’sis hujjatlarini taqdim etadi. Hisobga qo‘yilganidan yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirma beriladi. Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmada dehqon xo‘jaligining boshlig‘i va a’zolari, dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi, dehqon xo‘jaligi hisobga qo‘yilgan yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, dehqon xo‘jaligining tashkiliy-huquqiy (yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi) shakli to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasi muddati ko‘rsatiladi. Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan (meros bo‘yicha o‘tgan) yer uchastkalariga nisbatan Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmada yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda mavjud bo‘lgan axborot ko‘rsatiladi. Dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, dehqon xo‘jaliklarini hisobga qo‘yganlik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik hamda Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmalar berganlik uchun davlat boji va yig‘im undirilmaydi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Fermer xo‘jaliklari yoki boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning asosiy ekindan bo‘shagan qismi oraliq qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun 0,06 gektardan 10 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan bir vaqtning o‘zida dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvida nazarda tutilmagan boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuviga muvofiq asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining qator oralariga ekish (o‘tqazish) yoki asosiy va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini navbatlab ekish yo‘li bilan yetishtirish uchun ham foydalanilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalarni va boshqa imoratlarni, shuningdek sug‘orish inshootlarini qurish mustasno. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bir vaqtda shartli 10 boshgacha chorva molni o‘tlatishga yo‘l qo‘yiladi. Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish ixtisoslashuvga ko‘ra amalga oshirilmagan taqdirda, yer solig‘i uch baravar miqdorda undiriladi, bundan ushbu Qonun 9-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Dehqon xo‘jaligi tomonidan tuproq unumdorligini pasaytirish, tuproqni kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslantirish, shuningdek ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullarni qo‘llash qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida yengil konstruksiyali issiqxonalar va boshqa imoratlardan, shuningdek sug‘orish inshootlaridan tashqari inshootlar va imoratlar, shu jumladan yer osti inshootlari aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organining yozma taqdimnomasiga ko‘ra dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mazkur inshootlar va imoratlarni vakolatli davlat organining yozma taqdimnomasini olgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ixtiyoriy ravishda o‘z hisobidan buzib tashlashi hamda yer uchastkasini oldingi holatiga keltirishi shart. Vakolatli davlat organining yozma taqdimnomasi dehqon xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, imoratlar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini buzib tashlash hamda yer uchastkasini oldingi holatiga keltirish to‘g‘risidagi masala sud tartibida hal etiladi. Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollardan biri ketma-ket uch yil davomida takrorlangan taqdirda, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan yer uchastkasini olib qo‘yish yoki ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish to‘g‘risidagi masala sud tartibida hal etiladi. Dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining yer uchastkasidan belgilangan maqsadda va samarali foydalanmaganlik uchun javobgarligi qonunchilikda belgilanadi. Dehqon xo‘jaligining suv iste’moli unga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmasi tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan suv olish limitlari asosida amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligiga beriladigan sug‘orish suvining sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilanadi. Dehqon xo‘jaligi suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanishi shart. Dehqon xo‘jaligi o‘z ixtisoslashuvini, shu jumladan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari va hajmlarini, ularni yetishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish usullarini mustaqil ravishda belgilaydi. Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan urug‘lik, mineral o‘g‘itlar hamda yoqilg‘i-moylash materiallarini sotib olishda, shuningdek boshqa moddiy resurslar hamda xizmatlardan foydalanishda boshqa qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan teng huquqlarga egadir. Shu maqsadda dehqon xo‘jaligi boshlig‘i tegishli tashkilotlar bilan belgilangan tartibda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishi, birja savdolarida ishtirok etishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi o‘zi ishlab chiqarayotgan va realizatsiya qilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatiga taalluqli bo‘lgan, milliy standartlarda, sanitariya qoidalari va normalarida, gigiyena normativlarida, veterinariya, yong‘inga qarshi qoidalarda va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan talablarga rioya etishi kerak. Dehqon xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga, shu jumladan ular tomonidan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini tanlashga, ishlab chiqariladigan hamda realizatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga narx belgilashga davlat organlari va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Dehqon xo‘jaligi o‘zi ishlab chiqarayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda narxlar belgilaydi. Dehqon xo‘jaligi Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirma asosida o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qo‘shimcha hujjatlarsiz (ruxsatnomalarsiz) O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin tashish va realizatsiya qilish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaligi o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dalasida, dehqon bozorlarida va savdo markazlarida, shuningdek aholi punktlarida sayyor savdo tashkil etish yo‘li bilan qo‘shimcha ruxsatnomalarsiz (litsenziyalarsiz) realizatsiya qilish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaligi o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini naqd pulga yoki bank kartalari bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali cheklovlarsiz realizatsiya qilish huquqiga ega. Bunda dehqon xo‘jaligi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun kassa operatsiyalari qoidalarida nazarda tutilgan hisob yuritishi shart emas. Dehqon xo‘jaligi o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaligi tomonidan o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olishi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda pul mablag‘larini ixtiyoriylik va shartnoma shartlari asosida garov, kafolat, sug‘urta, shuningdek kredit va qarz majburiyatlarining bajarilishini ta’minlashning boshqa turlarini qo‘llagan holda jalb etishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, texnika vositalari hamda asbob-uskunalarni lizing shartnomasi asosida o‘z egaligiga olish va ulardan foydalanish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaligi ishlab chiqarish obyektlarini (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari hududidan tashqarida) qurish, asosiy vositalarni xarid qilish uchun uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar olish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaligi kredit olish uchun o‘z tasarrufidagi yer uchastkasiga bo‘lgan mulkiy huquqlarni (egalik qilish, foydalanish), dehqon xo‘jaligi a’zolarining xususiy mulkini, kelgusida olinadigan hosilni garovga qo‘yishga haqli. Dehqon xo‘jaligi o‘ziga qarashli yoki ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining (ko‘chatzorlarining), ko‘p yillik dov-daraxtlarning, ishlab chiqarilgan mahsulotning, xomashyoning, materiallarning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kamomadi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun o‘z javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sug‘urta qilishni amalga oshiradi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urta tovoni oladi. Kreditlash, sug‘urta va lizing bo‘yicha kichik biznes hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladigan imtiyozlarning barcha turlari dehqon xo‘jaliklariga ham tatbiq etiladi. Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuviga qarab, muayyan ishni bajarish uchun mehnat shartnomasi shartlari asosida boshqa shaxslar vaqtinchalik (mavsumiy) asosda jalb etilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligining a’zolari, shuningdek dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar ijtimoiy soliq to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligi boshlig‘i ijtimoiy soliqni majburiy tartibda, boshqa a’zolari va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar ixtiyoriy asosda to‘laydi. Ijtimoiy soliqni to‘lash dehqon xo‘jaligi a’zosining va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxsning mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir kalendar yil deb hisobga olinadi. Ijtimoiy soliqni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilanadi. Dehqon xo‘jaliklari a’zolariga ijtimoiy sug‘urta (ta’minot) bo‘yicha davlat pensiyalari va nafaqalarini tayinlash hamda to‘lash qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i dehqon xo‘jaligida mehnat shartnomasi shartlariga ko‘ra vaqtinchalik (mavsumiy) asosda ishlayotgan jismoniy shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga ular mehnat majburiyatlarini bajarayotganda yetkazilgan zarar uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi. Dehqon xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish, o‘z faoliyati uchun materiallar va uskunalarni xarid qilish, texnika ta’minoti, suv resurslaridan foydalanish, o‘simliklarni (daraxtlarni) zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish, dehqon xo‘jaliklari faoliyati uchun zarur bo‘lgan maslahat berish va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni, shu jumladan ishlab chiqarish kooperativini ixtiyoriylik asosida tashkil etish orqali amalga oshirish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyati natijalarining hisobini yuritadi. Dehqon xo‘jaligi yil davomida yer uchastkasida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmlari, shuningdek issiqxonalar soni to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan belgilangan shakldagi ma’lumotnomani dehqon xo‘jaligi joylashgan erdagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga hisobot davridan kelgusi yilning 15-martiga qadar taqdim etadi. Davlat dehqon xo‘jaliklarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi. Dehqon xo‘jaliklari tasarrufida bo‘lgan yer uchastkalari maydonlarini ularning roziligisiz maqbullashtirishga (qisqartirishga, o‘zgartirishga va boshqalarga) yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat organlari dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishga va ularning faoliyatini mustahkamlashga ko‘maklashadi. Dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash quyidagilar orqali amalga oshiriladi: dehqon xo‘jaliklarini imtiyozli kreditlash mexanizmlarini yaratish, shuningdek ularga lizing va sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun zarur bo‘ladigan organik va mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalari, yonilg‘i-moylash materiallari, suv va boshqa zarur resurslar, navli urug‘lik va ko‘chatlarni uzluksiz yetkazib berish tizimini joriy etish; dehqon xo‘jaligi faoliyati uchun zarur bo‘lgan yo‘llardan, elektr, suv ta’minotidan hamda melioratsiya inshootlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish; dehqon xo‘jaliklari ishlab chiqaradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ichki va tashqi bozorlardagi talab hamda taklif to‘g‘risida ishonchli axborot, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar hamda qo‘llanmalar taqdim etish; dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun dehqon bozorlarida maxsus savdo rastalarini va savdo markazlarida savdo joylarini ajratish, shuningdek aholi punktlarida ko‘chma savdo tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish; dehqon xo‘jaliklari ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun imtiyozlar tizimini joriy etish; dehqon xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash, shuningdek ularning hajmlarini ko‘paytirishni hamda ilg‘or ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ko‘rish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasida o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasida dehqon xo‘jaliklariga imtiyozlar, subsidiyalar hamda boshqa preferensiyalar joriy etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi: dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalari maydonini, tuproq-iqlim sharoitlari va suv ta’minotini hisobga olgan holda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ulardan bepul foydalanilishini ta’minlaydi; dehqon xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash uchun resurslarni tejovchi agrotexnologiyalarni, muqobil energiya manbalarini joriy etishda ko‘maklashadi; dehqon xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkalaridan samarali foydalanishga hamda dehqonchilik madaniyatini oshirishga doir tushuntirish ishlarini olib boradi; manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ichki va tashqi bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan taklif va talab masalalari bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazadi; kelgusi yilda talab yuqori bo‘ladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati va hajmi bo‘yicha takliflar hamda tavsiyalarni marketing tadqiqotlari natijalari asosida ishlab chiqadi va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etishga ko‘maklashadi hamda zarur shart-sharoitlar yaratadi; dehqon xo‘jaliklari bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etadi, ularga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda har tomonlama ko‘maklashadi; dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishida ishtirok etadi; dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; dehqon xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, ularni suv resurslari bilan ta’minlash, ularga zarur urug‘liklar, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish borasida amaliy yordam ko‘rsatadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega: dehqon xo‘jaligi nomidan ishonchnomasiz ish yuritish; yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish; o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkasini yoki shu yer uchastkasining bir qismini dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuviga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida, mazkur yer uchastkasiga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qolgan holda, yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanishga berish; ishonchnomalar berish; bankda hisobvaraqlar ochish. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining manfaatlari himoya qilinishini va huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashi shart. Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlar va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Dehqon xo‘jaligining a’zolari quyidagi huquqlarga ega: dehqon xo‘jaligi tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan hamda uni realizatsiya qilishdan olingan daromaddan o‘z ulushini olish; dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra dehqon xo‘jaligi nomidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish; ushbu Qonun 15-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda ijtimoiy soliqni to‘lagan taqdirda qonunchilikka muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ega bo‘lish va ijtimoiy ta’minot olish, shuningdek dehqon xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqtining mehnat stajiga qo‘shilishi (boshqa doimiy ishi mavjud bo‘lmagan taqdirda). Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligining faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart. Dehqon xo‘jaligining a’zolari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlar va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Dehqon xo‘jaligiga tegishli mol-mulk, dehqon xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyati natijasida olingan mahsulotlar va ularni realizatsiya qilishdan tushgan daromad, agar ular o‘rtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lmasa, ularning umumiy birgalikdagi mulkidir. Dehqon xo‘jaligining va uning a’zolarining mulkiy huquqlari davlat himoyasida bo‘ladi. Dehqon xo‘jaligi dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq tugaganda yoki ijara (ikkilamchi ijara) muddati tugaganda tugatiladi (faoliyati tugatiladi). Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini tugatish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligi tasarrufidagi yer uchastkasiga bo‘lgan huquq tugatilganda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bu haqda Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilgan kunning o‘zida davlat xizmatlari markaziga elektron xabarnoma yuboradi. Dehqon xo‘jaligining faoliyati tugatilganligi to‘g‘risida Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestriga tegishli yozuv kiritiladi. Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligini yuritish jarayonida yuzaga keladigan majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining birgalikdagi faoliyati natijasida vujudga kelgan umumiy mol-mulk bilan javob beradi. Dehqon xo‘jaligi a’zolarining umumiy mol-mulki yetarli bo‘lmaganda ular majburiyatlar bo‘yicha o‘zlariga tegishli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 604-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda); 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 605-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 89-modda); 3) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 175-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 23-bandi; 4) O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 220-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 89-modda) XVII bo‘limi; 5) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 535-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 149-modda) XXI bo‘limi; 6) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 568-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 18-modda) XXI bo‘limi; 7) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 714-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) 42-bandi; 8) O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-2-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) 6-moddasi; 9) O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-138-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda) 10-moddasi; 10) O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-197-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 22-moddasi; 11) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-199-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 1, 1-modda) 7-moddasi; 12) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-240-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda) 9-moddasi; 13) O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-254-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 334-modda) 5-moddasi; 14) O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-355-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda) 20-moddasi; 15) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-391-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 18-moddasi; 16) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-416-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 12, 383-modda) 15-moddasi; 17) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-506-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 12, 781-modda) 4-moddasi; 18) O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-533-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 4, 199-modda) 3-moddasi; 19) O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-639-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 540-modda) 4-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berish tartibi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran bekor qilinadi. Bunda ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklariga nisbatan ularga berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi saqlanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarining faoliyati 2021-yil 1-dekabrga qadar ushbu Qonun talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
28
36,333
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI REZERVIDAGI XIZMAT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (O‘. Sultonov) o‘z qarorlarini “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
133
584
Qonunchilik
Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida
Jizzax viloyatida sanoatni, qishloq xo‘jaligini va xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish uchun zaxiralar va imkoniyatlarni safarbar etish, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rish, yuqori darajada qulay biznes muhitini shakllantirish hamda shu asosda mahalliy budjetlarning daromad bazasi mustahkamlanishini, aholining farovonligi, hayot darajasi va sifati o‘sishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Jizzax viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Kompleks dastur deb ataladi) ma’qullansin, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 2017-2018-yillarda tumanlar (Jizzax shahri), tijorat banklari va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarning yig‘ma parametrlari 1 — 6-ilovalarga* muvofiq; 2017-2018-yillarda sanoatda, qishloq xo‘jaligida va xizmatlar sohasida amalga oshiriladigan yirik va ahamiyatli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatlari 7 — 9-ilovalarga* muvofiq; eksperiment tariqasida tadbirkorlik subyektlariga beriladigan soliq imtiyozlari va preferensiyalari ro‘yxati 10-ilovaga muvofiq. “O‘zbekyengilsanoat” AJ, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zvinosanoat-xolding” XK, “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” AJ, “O‘zfarmsanoat” AK, “O‘zeltexsanoat” AK, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar — mas’ul bajaruvchilar rahbarlari zimmasiga Kompleks dasturda nazarda tutilgan loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, yangi ish o‘rinlari yaratish ta’minlanishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 2. Tijorat banklariga Kompleks dasturga kiritilgan loyihalar bo‘yicha kredit shartnomalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish va moliyalashtirishni boshlash tavsiya etilsin. 3. Jizzax viloyati hokimligi barcha darajalardagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligi aniq muvofiqlashtirilishini, ushbu qaror bilan ma’qullangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va berishda sansalorlik va byurokratiya holatlariga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zpaxtasanoateksport” XK va Jizzax viloyati hokimligining 2017-2018-yillar davrida, eksperiment tariqasida, Jizzax viloyatining paxta kalavasi ishlab chiqaruvchi korxonalariga fermer xo‘jaliklaridan paxta xomashyosini shartnoma asosida, biroq belgilangan davlat xarid narxlarining 1,15 baravaridan past bo‘lmagan erkin narxlar bo‘yicha xarid qilish yoki ularga o‘z paxta xomashyosini yetishtirish huquqini berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va “O‘zpaxtasanoateksport” XK bilan birgalikda — Jizzax viloyatining paxta kalavasi ishlab chiqaruvchi korxonalari fermerlar xo‘jaliklaridan paxta xomashyosini xarid qilish, uni qaytarish asosida paxta tolasi etib qayta ishlash va paxta tolasini qayta ishlash mahsulotlarini sotishning Vaqtinchalik tartibi loyihasini bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Jizzax viloyati hududida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 11-ilovaga* muvofiq ayrim turlarini Jizzax viloyati hokimining qarori bo‘yicha eksport qilishga istisno tariqasida ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 6. Xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari rahbarlari zimmasiga idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan hisoblangan soliqlar va majburiy to‘lovlarni respublikaning o‘zlari faoliyatni amalga oshirayotgan tegishli hududlar budjetlariga o‘z vaqtida to‘lashlari uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi xo‘jalik birlashmalariga ularning idoraviy mansub korxonalarining mahalliy budjetlar oldidagi mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risida belgilangan muddatlarda bildirishnomalar yuborsin. 7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank bilan birgalikda: vazirliklar, idoralar xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, Jizzax viloyatining barcha darajalardagi hokimliklarining Kompleks dastur va ushbu qaror qoidalari to‘liq hajmda amalga oshirilishi yuzasidan faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlasin, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha obyektlarni belgilangan muddatlarda so‘zsiz ishga tushirish va yangi ish o‘rinlari yaratish parametrlariga erishish ta’minlanishiga alohida e’tibor bersin; Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda — aholi va tadbirkorlik tuzilmalari o‘rtasida Kompleks dasturning, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tubdan jadallashtirish bo‘yicha unda nazarda tutilgan asosiy chora-tadbirlarning mohiyati va ahamiyati, shuningdek berilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini tashkil etsin; 2017-2018-yillarda Jizzax viloyatida sanoatda, qishloq xo‘jaligida va xizmatlar sohasida amalga oshiriladigan yirik va ahamiyatli investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallari bir oy muddatda ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin; Kompleks dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini, ushbu qaror talablarini amalga oshirishning borishi va natijalari har oyda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin; zarurat bo‘lganda, Kompleks dasturda nazarda tutilgan yirik va ahamiyatli investitsiya loyihalarining asosiy parametrlariga va manzilli ro‘yxatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin; har chorakda Vazirlar Mahkamasiga Kompleks dasturni amalga oshirishning borishi va natijalari to‘g‘risida axborot, zarurat bo‘lganda, Kompleks dasturni amalga oshirishda qoloqlikka va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi choralari to‘g‘risida takliflar kiritsin. 8. Ishchi guruh (S.X.Bekenov) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda — Jizzax viloyati paxta xomashyosi va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarining 2016-yilgi faoliyati natijalari bo‘yicha va undan oldingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar tashkilotlari oldida qarzlari yuzaga kelishi sabablari o‘rganilishini tashkil etsin hamda o‘rganish natijalari bo‘yicha ularni hisobdan chiqarishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida 2017-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish hamda budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasiga takliflar kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: Jizzax viloyati aholisini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi; Jizzax viloyatining ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalari faoliyatini tiklash va ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarorlari loyihalarini kiritsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
227
8,258
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 30 APRELDAGI 220-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga mahsulotlar keltirish va uni respublikadan chetga chiqarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi ilgari qabul qilgan qarorlarning qanday bajarilayotganligi hamda bu ishda zarur tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 30-apreldagi 220-son qarori 2-ilovasining 16-bandiga o‘zgartirishlar kiritilsin, chetga chiqarish Vazirlar Mahkamasining Komissiyasi tomonidan berilgan ruxsat bilan amalga oshiriladigan mahsulotlar ro‘yxatiga rangli metallar, ularning chiqindilari, rangli metallardan tayyorlangan buyumlar va ularning siniqlari kiritilsin.
142
679
Qonunchilik
Reabilitatsiya va mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-maydagi 243-40-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladilar: 1. Reabilitatsiya va mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin. 3. SSRI Ichki ishlar vazirligining 1985-yil 30-maydagi 106-son buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 10-iyunda 745-son bilan ro‘yxatga olingan Reabilitatsiya va mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari to‘g‘risidagi nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qaror ijrosining nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari B.R. Parpiyev va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari D.A. Asadov zimmalariga yuklansin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 243-40-son qarori asosida ishlab chiqilgan. 1. Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari narkologik, ruhiy, shuningdek umumiy somatik davolash-profilaktika muassasalarining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari hisoblanadi. 2. Reabilitatsiya punktlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 243-40-son qaroriga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i asosida tashkil qilinadi. 3. Reabilitatsiya punktlari joylashadigan joylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyatlar hamda Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan buyruqlar bilan belgilanadi. 4. Reabilitatsiya punktlari o‘z ishida mazkur Nizomga amal qiladilar. 5. Reabilitatsiya punktlariga bevosita rahbarlik ular tashkil qilingan bo‘limlar mudirlari tomonidan amalga oshiriladi. 6. Punktlarga tashkiliy rahbarlik va ular faoliyatini nazorat qilish tegishli davolash-profilaktika muassasasining bosh shifokori tomonidan amalga oshiriladi. 7. Tibbiy xizmatni tashkil qilishda uslubiy yordam hududiy narkologik dispanser tomonidan amalga oshiriladi. 8. Tibbiy hujjatlarni yuritish, reabilitatsiya punktiga olib kelingan shaxslarning harakatlanishini hisobga olish, dori-darmonlar sarflanishini hisobga olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 9. Reabilitatsiya punktlariga olib kelingan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari tegishli bo‘limlar bazasida tashkil qilingan ushbu bo‘limlarning navbatchi shifokorlari rahbarligi ostidagi navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 10. Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarni olib kelish zimmalariga bunday chora-tadbirlarni o‘tkazish yuklangan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 11. Reabilitatsiya punktlariga ko‘chalar, xiyobonlar, bog‘lar, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida o‘rta va og‘ir darajadagi mastlik holatida bo‘lgan yoki ular mustaqil harakatlanish yoxud o‘zlariga yoki atrofdagilarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan shaxslar olib kelinadi. 12. Ichki ishlar organi xodimlari mastlik holatida bo‘lgan shaxsni olib kelishda uning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishini istisno etuvchi, uning yonida bo‘lgan ashyolar, hujjatlar va qimmatli buyumlarning saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘radilar. 13. Shaxsni reabilitatsiya punktiga olib kelishdan oldin ichki ishlar organi xodimlari unda tibbiyot xodimlariga hujum qilish yoxud o‘ziga yoki boshqa fuqarolarga tan jarohatlari yetkazishi mumkin bo‘lgan predmetlar yo‘qligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Saqlab turilgan shaxsning jinoyat sodir etishga aloqasi borligini ko‘rsatuvchi qurol, giyohvand moddalar va boshqa predmetlar aniqlanganda, bunday shaxs hushyor holatga kelgandan keyin hududiy ichki ishlar organiga olib kelinadi, bunda ichki ishlar organi xodimlari butun tibbiy yordam ko‘rsatish davri davomida bu shaxsning zarur qo‘riqlanishini ta’minlaydilar. 14. Ko‘chalar va boshqa jamoat joylarida o‘tkir zaharlanish, ruhiy holatning buzilishi, bosh miya jarohatlari va boshqa xavfli tan jarohatlari bo‘lgan hushsiz holatdagi, shuningdek hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli ko‘rinib turgan og‘ir holatdagi shaxslar aniqlanganda, ichki ishlar organi xodimlari tomonidan shu joyga darhol “tez yordam mashinasi” chaqiriladi, uning shifokori keyingi harakatlar taktikasini tanlaydi. 15. Jinoyatlar sodir etishda gumon qilinayotgan, o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir mastlik holatida bo‘lgan va tibbiy yordam ko‘rsatilishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar reabilitatsiya punktlariga olib kelinadi, u yerda ular butun tibbiy yordam ko‘rsatish davri davomida ichki ishlar organi xodimlari qo‘riqlovi ostida bo‘ladi. 16. Reabilitatsiya punktiga olib kelingan barcha shaxslar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek ularni olib kelgan ichki ishlar organi xodimlari yoki fuqarolarning og‘zaki e’loni asosida maxsus jurnalga qayd qilinadi. 17. Olib kelingan shaxslarning kiyim-boshi va boshqa buyumlari ichki ishlar organi xodimlari va xolislar ishtirokida qurol, hujjatlar, qimmatbali buyumlar va boshqalarni aniqlash yuzasidan sinchiklab tekshiriladi. 18. Hujjatlar, pullar va boshqa qimmatbaho buyumlar har bir olib kelingan shaxs uchun maxsus ajratilgan metall shkaflardagi alohida katakchalarda saqlanadi. 19. Olib kelingan shaxslarda saqlanishi taqiqlangan buyumlar va predmetlar aniqlanganda, tibbiy yordam ko‘rsatilgandan keyin bu shaxslar, shuningdek predmetlar (qurol, giyohvand moddalar va boshqa) choralar ko‘rilishi uchun tegishli ichki ishlar organiga topshiriladi. 20. Reabilitatsiya punktiga olib kelinganlar navbatchi shifokor tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy yordamning ko‘rsatilish hajmi olib kelingan shaxsning ahvoli bilan belgilanadi. 21. Tibbiy ko‘rik va tekshiruv natijalari qat’iy hisobot hujjati hisoblanadigan va xronologik tartibda tikiladigan bayonnomada qayd qilinadi. 22. Tibbiy ko‘rik davomida olib kelingan shaxsda bosh miya jarohatlari yoki xavfli tan jarohatlari, shuningdek yaqqol ayon bo‘lgan og‘ir holatlar aniqlanganda, reabilitatsiya punkti joylashgan muassasada to‘liq hajmda tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni bo‘lmasa navbatchi shifokor tomonidan yordam ko‘rsatish hajmi yoki boshqa davolash muassasasiga o‘tkazish masalasi hal qilinadi. Olib kelingan shaxsda o‘tkir yuqumli kasallik, tanosil kasalligi belgilari aniqlanganda, navbatchi shifokor belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘radi. 23. Olib kelingan shaxslar palatalarga joylashtiriladi, bunda erkaklar ayollardan, voyaga yetmaganlar esa kattalardan alohida saqlanadi. Chet el fuqarolari, imkoni boricha, alohida palatalarda saqlanadi. 24. Reabilitatsiya punktiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan shaxs olib kelinganda, ko‘rik bayonnomasida uning alohida belgilari (chandiqlari, tatiurovkalari, tug‘ma dog‘lari va boshqa) sinchiklab qayd qilinishi kerak. Zarur bo‘lgan holda, bu shaxslar haqida ma’lumotlarni tekshirish tegishli ichki ishlar organi xodimlari orqali o‘tkaziladi. 25. Olib kelingan shaxs tibbiy yordam ko‘rsatilganidan va hushyor holatga keltirilganidan keyin shifokor takroran tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va uni chiqarish mumkinligi to‘g‘risida xulosani beradi. Bunda shaxsning hushyor holatga kelish muddati 3 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. 26. Shaxs reabilitatsiya punktida 12 soatgacha bo‘lganda bayonnoma, 12 soatdan ko‘p vaqt bo‘lganda — kasallik tarixi rasmiylashtiriladi. Dori-darmonlar sarflanishini hisobga olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi va yo‘riqnomalar talablari bilan tartibga solinadi. 27. Olib kelinganning shaxsi aniqlangandan keyin (imkoni boricha) navbatchi xodimlar tomonidan uning qarindoshlarini qidirish choralari (telefon orqali) ko‘riladi. 28. Soat 01 dan soat 05 gacha shaxslarni chiqarish ehtiyotkorlik bilan, imkoni bo‘lsa qarindoshlar kuzatuvida amalga oshiriladi. 29. Olib kelingan shaxsga chiqarishda bayonnomaga yoki kasallik tarixiga imzo qo‘ydirgan holda olib qo‘yilgan ashyolar, hujjatlar, pullar, qimmatli buyumlar qaytariladi. 30. Reabilitatsiya punktlarida ushbu hududga xizmat ko‘rsatuvchi ichki ishlar organlarining xodimlari bilan aloqada bo‘lish uchun telefon o‘rnatiladi.
128
8,541
Qonunchilik
“O‘ZGO‘ShTSUTSANOAT” DAVLAT UYuShMASI KORXONALARINI XUSUSIYLAShTIRISh, AKSIONERLAShTIRISh JARAYoNLARINI ChUQURLAShTIRISh VA DAVLAT TOMONIDAN QULLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Chorvachilik mahsulotlari etishtiruvchilarni rag‘batlantirish, go‘sht-sut sanoatida iqtisodiy islohotlarni, xususiylashtirish va aksionerlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zgo‘shtsutsanoat” O‘zbekiston davlat-aksionerlik uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ro‘yxatiga va uning ijro etuvchi apparati tarkibiga 1, 1a va 2-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin. Mintaqalardagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini muvofiqlashtirish go‘shtni qayta ishlovchi bosh korxonalarga yuklansin. 2. Go‘sht-sut sanoati korxonalarini xususiylashtirish va aksionerlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish dasturi 3-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi; aksiyalarning davlat paketini (4-ilovaga muvofiq*) aksionerlik jamiyatlarining asosiy fondlarini qayta hisoblashni hisobga olib ularning nominal qiymati bo‘yicha “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasining ustav fondini shakllantirish uchun to‘la xo‘jalik yuritishga bersin. Belgilab qo‘yilsinki, aksiyalarning uyushma ustav fondiga o‘tkazilgan ulushi uyushma tomonidan besh yil mobaynida mutanosib ulushlarda sotib olinadi; “O‘zgo‘shtsutsanoat” davlat uyushmasiga uning o‘z aksiyalarini emissiya prospektlari tomonidan belgilangan muddatlarda yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet el investorlari o‘rtasida tarqatish va sotish bo‘yicha yordam ko‘rsatsin. Nazarda tutilgan aksiyalarning sotilishidan tushadigan mablag‘larning bir qismi aylanma mablag‘larni to‘ldirishga va uyushma korxonalarini texnik qayta jihozlashga yo‘naltiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi bilan birgalikda: “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi aksionerlik jamiyatlari aksiyalarini sotish prognozini 4-ilovaga* muvofiq bajarishni ta’minlasin. Shu maqsadda emissiyaning ilgari belgilangan tartibini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblansin va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar hisobiga yangi aksiyalar chiqarish ta’minlansin; korxonalar va tashkilotlarni 5-ilovaga* muvofiq shaxsiy mulkka aylantirish (sotish)ni ta’minlasin. 5. “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalarni tashkil etish, yuqori samarali asbob-uskunalarni qo‘llagan holda tarmoqning qayta ishlovchi korxonalarini rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash to‘g‘risidagi taklifi 6-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin. Yuqorida aytib o‘tilgan ilovaning bajarilishini ta’minlash maqsadida: “O‘zsanoatqurilishbank”, Agrobank” ATBga rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi korxonalariga milliy valyutada uzoq muddatli kredit ajratishni nazarda tutish; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga loyihalarning samaradorligini va xarajatni qoplay olishini tasdiqlovchi ekspertizalar asosida uyushma korxonalariga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash maqsadida texnologik asbob-uskunalar sotib olish uchun xorijiy valyutada kredit ajratish; Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha agentlikka va “O‘zinvestloyiha” kompaniyasiga xorijiy firmalar o‘rtasida “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi obyektlarini rekonstruksiyalash va texnika bilan qayta jihozlash loyihalarini keng reklama qilish faoliyatini avj oldirish tavsiya etilsin. 6. 1996-yilning II yarim yilligida va 1997-yilda “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi tizimida chorvachilik mahsulotlari etishtirishning asosiy parametrlari 7-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 7. “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasining chorvachilik xo‘jaliklarini qayta ishlovchi korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida: “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasining chorvachilik xo‘jaliklari, chorva ozuqasi etishtirishni ko‘paytirish vazifalarini bajarish uchun don va boshqa dehqonchilik mahsulotlarini xo‘jaliklar ihtiyorida qoldirib, ularni davlatga sotishdan ozod qilinsin; uyushmaning chorvachilik xo‘jaliklari yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, urug‘liklar va sug‘orish suvlari bilan ta’minlash sharoitlari bo‘yicha paxtachilik va g‘allachilik xo‘jaliklariga tenglashtirilsin; belgilansinki, uyushmaga shrot va sheluxa sotish preyskurant narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Uyushmaga chorvachilik xo‘jaliklariga, aholiga va boshqa iste’molchilarga shrot va sheluxani ular tomonidan uyushmaning qayta ishlovchi korxonalariga tirik mol va sut sotish hajmlariga mutanosib ravishda erkin narxlar bo‘yicha sotish huquqi berilsin. Belgilansinki, shrot va sheluxani xarid qilishning preyskurant narxi bilan sotishning erkin narxi o‘rtasida paydo bo‘ladigan mablag‘lar farqi “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga yo‘naltiriladi. Tijorat banklariga: “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasining zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalari va xo‘jaliklaridan kreditlardan foydalanganlik uchun qo‘shilgan 57,4 mln. so‘m miqdoridagi foizlarni hisobdan chiqarish va bank ssudalari bo‘yicha 111,7 mln. so‘m miqdoridagi muddati o‘tkazib yuborilgan va ilgari to‘lov muddati kechiktirilgan qarzlarni to‘lashni, ularga foizlar qo‘shmasdan, 8-ilovaga* muvofiq 2000-yilgacha kechiktirish; kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi korxonalariga chorva mollari va sut topshirayotgan chorvachilik, parrandachilik, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va boshqa xo‘jaliklarga imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin. 10. Moliya vazirligi “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda sut zavodlari tomonidan bolalar ovqati ishlab chiqarishga doir xarajatlarning bir qismi uchun pul yordami berish imkoniyati to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari chorvachilik xo‘jaliklariga ajratilgan yerlardan belgilanmagan maqsadda foydalanishga, yerlarning paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun ajratilishiga yo‘l qo‘ymasinlar. 12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati (“O‘zgo‘shtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasini boshqarishni takomillashtirish va uning faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 18-yanvardagi 30-son qarorining 1, 3, 4, 7 va 10-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari M.Z. Usmonov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
187
6,444
Qonunchilik
Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida” 2019-yil 26-avgustdagi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son Farmoniga muvofiq, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-fevraldagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2977, 2018-yil 1-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 9-son, 169-modda) bilan tasdiqlangan ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 6-bandda: “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi “fuqarolik pasportining” degan so‘zlardan keyin” yoki identifikatsiya ID-kartasining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi “fuqarolik pasporti” degan so‘zlardan keyin” yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. 7-bandning uchinchi xatboshisi “fuqarolik pasporti” degan so‘zlardan keyin” yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 3. 23-band “fuqarolik pasporti yoki” degan so‘zlardan keyin “identifikatsiya ID-kartasi yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 4. 30-bandning birinchi xatboshisi “Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Minsk shahri, 1993-yil 22-yanvar)” degan so‘zlardan keyin “hamda Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Kishinev shahri, 2002-yil 7-oktabr)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
141
1,905
Qonunchilik
2005—2009 YILLARDA UMUMTA’LIM MAKTABLARI UChUN DARSLIKLAR VA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMALAR NAShR ETISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan zamonaviy o‘quv adabiyotlari va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tayyorlash, nashr etish va umumta’lim maktablarini ular bilan ta’minlashning kompleks tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi 1, 1a, 1b, 1v-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin. 2. Quyidagilar: umumta’lim maktablari uchun yangi darsliklar yaratish va ularni nashr etish jadvali 2-ilovaga* muvofiq; Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq; Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etish yuzasidan tender savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun yangi darsliklar va o‘quv-metodik komplekslar yaratish, ularni nashr etishga hamda qayta nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish tender (tanlov) asosida yoki buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi; umumiy o‘rta ta’lim ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (xorijiy tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik komplekslar bundan mustasno) xarid qilish va yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasidan mablag‘lar ajratish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan, akademik litseylar uchun — Respublika budjeti mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan, kasb-hunar kollejlari uchun esa — mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun xorijiy tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni xarid qilish va yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining aylanma mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. 4. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (A.I. Ikramov)ga: nashr etishga tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlarini tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish va o‘tkazish masalalarini muvofiqlashtirish; o‘quv adabiyotlarining belgilangan davlat ta’lim standartlariga va zamonaviy metodik talablarga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazish va baholash; qabul qilingan 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish yuklansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik komplekslar nashr etishning 1a va 1b-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda har yili kelgusi yilda nashr etish mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlarining aniq ro‘yxatini va tirajini belgilasin va tasdiqlasin; umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, darsliklarga nisbatan yangilangan metodik talablar asosida o‘quv adabiyotlari 2-ilovaga muvofiq muddatlarda yaratilishini va nashr etilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, Darsliklarning respublika aylanma fondini yaratishni hamda maktablar o‘quvchilarini ushbu fond hisobiga darsliklar bilan ta’minlash tartibini nazarda tutuvchi maktablar o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlashning samarali mexanizmini joriy etish yuzasidan 2004-yil oxirigacha taklif tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2005—2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq yuqori samarali multimediy tizimlarini hamda o‘quv adabiyotlari va qo‘llanmalarning kompyuter elektron turlarini yaratish dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashr etish va qayta nashr qilishga tender (tanlov) savdolari o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin. 61. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yetkazib berish xizmatlari narxlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida narxlarini tartibga solish nazarda tutilgan o‘quv adabiyotlari ayrim turlarining narxlarini deklaratsiyalashda ularning sun’iy ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan nazorat o‘rnatsin; o‘quv adabiyotlarini yangilashda ularga narxlar dinamikasi monitoringini olib borsin hamda ular yuzasidan ma’lumotlarni Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish va ularni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga kiritsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 341-son qarorining 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqishga mualliflar tarkibini tanlab olish va tasdiqlash tartibini belgilaydi. 2. O‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibi tanlov asosida tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadi, xorijiy tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bundan mustasno. Xorijiy tillarni o‘rganish uchun o‘quv adabiyotlari yaratish va ularni modernizatsiya qilish bo‘yicha mualliflar guruhlari (ta’lim turlari, xorijiy tillar predmetlari, sinflar, kurslar va shu kabilar bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan shakllantiriladi va tasdiqlanadi. 3. Quyidagilar mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olishning maqsadi va vazifalari hisoblanadi: o‘quvchilarni takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari asosida yaratilgan o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash; vazirliklar va vakolatli muassasalarning buyurtmalari asosida o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlash tizimida raqobat muhitini yaratish, shuningdek uning ochiq-oshkoraligini ta’minlash; o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqishga eng malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek yosh iste’dodli mualliflar va mualliflar jamoalarini qo‘llab-quvvatlash. 4. Ham jismoniy shaxslar, ham kadrlar salohiyatiga, ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari yaratish tajribasiga ega bo‘lgan turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi ilmiy va o‘quv tashkilotlari mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olish qatnashchilari bo‘lishlari mumkin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda buyurtmachi deb yuritiladi) takomillashtirilgan davlat standartlari va o‘quv dasturlarining bosqichma-bosqich joriy etilishini hisobga olgan holda tanlov asosida ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini belgilaydilar va Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tasdig‘iga kiritadilar. 6. Hukumat komissiyasi mualliflar tarkibini tanlab olish asosida ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini o‘rganadi va tasdiqlaydi. 7. Mualliflar tarkibini tanlab olish Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi huzurida tuziladigan tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov komissiyasi a’zolari soni (kamida 9 kishi) toq bo‘lgan tarkibda tuziladi, uning shaxsiy tarkibi Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiritiladi: buyurtmachining vakillari; manfaatdor vazirliklar va idoralarning (O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqalar) vakillari; ilmiy-pedagogik jamoatchilik vakillari; yetakchi amaliyotchi o‘qituvchilar, metodik kabinetlar mutaxassislari, ota-onalar qo‘mitasi a’zolari. Buyurtmachining rahbari yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tanlov komissiyasi raisi hisoblanadi. 8. O‘quv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish uchun mualliflar tarkibini tanlov asosida tanlab olish va tasdiqlashni tashkil etish hamda o‘tkazish ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 9. Tanlov asosida ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin tanlov komissiyasi ommaviy axborot vositalarida mualliflar tarkibi tanlanishi to‘g‘risida e’lon beradi. E’lon buyurtmanomalarni qabul qilish muddati tugashidan kamida 30 kun oldin beriladi. 10. Qatnashchilardan arizalarni qabul qilish va mualliflarni tanlab olish tartibotlarini tashkil etish funksiyalari tanlov komissiyasiga yuklanadi. 11. Qatnashchilar tanlov komissiyasiga quyidagilardan iborat bo‘lgan takliflarni taqdim etadilar: ishtirok etish uchun buyurtmanoma; qatnashchining so‘rovnomasi; o‘quv adabiyoti konsepsiyasi (0,5 bosma toboqqacha), unda o‘quv kursining maqsadi va vazifalari, mazmuni va tuzilmasiga nazariy-metodologik yondashuv, o‘quv adabiyotining metodik apparatiga asos qilib olinadigan didaktik prinsiplar aks ettirilishi kerak; o‘quv adabiyotining reja-prospekti (bo‘limlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma toboqqacha) va bitta bobning namuna matni. 12. Buyurtmanomalar taqdim etishning belgilangan muddati tugagandan keyin tanlov komissiyasi belgilangan kun va soatda buyurtmanomalar mavjud bo‘lgan takliflarni ochadi. 13. E’londa ko‘rsatilgan oxirgi muddatdan keyin tushgan buyurtmanomalar tanlovga qo‘yilmaydi. Tanlovda ishtirok etish shartlariga va rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq bo‘lmagan buyurtmanomalar ko‘rib chiqilmaydi. 14. Tanlov komissiyasi bayonnoma tuzadi, unda tushgan buyurtmanomalarni hamda zarur ma’lumotlar va hujjatlar mavjudligini ro‘yxatdan o‘tkazadi. Bayonnomada: tushgan buyurtmanomalar; tanlovga qo‘yilgan qatnashchilar; tanlov qatnashchilari tarkibiga kiritilmagan talabgorlar (ularning takliflari rad etilishining aniq sabablari ko‘rsatilgan holda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. 15. Ishlab chiquvchi mualliflarning takliflarini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish uchun tanlov komissiyasi tomonidan ilmiy va pedagogik jamoatchilik, olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va talab etiladigan ixtisoslikning boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tegishli fanlar bo‘yicha ekspert guruhi tayinlanadi. Tegishli fanlar bo‘yicha ekspert guruhining shaxsiy tarkibi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert guruhi a’zolarining tarkibi oshkor qilinmaydi. Ekspert guruhi ishlab chiquvchi mualliflarning taqdim etilgan takliflarini ularning kod raqamlari bo‘yicha baholaydi va o‘zining asoslangan xulosalarini tanlov komissiyasiga kiritadi. 16. Buyurtmachining rahbarlari, tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining a’zolari ishlab chiquvchi mualliflar bo‘lishlari mumkin emas. 17. Tanlov komissiyasi ekspert guruhlarining xulosalari va tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida 10 kun muddatda g‘oliblarni tanlab olish uchun taqdimnomalarni Hukumat komissiyasiga yuboradi. O‘quv adabiyotlari loyihalarini ishlab chiqish uchun mualliflar guruhini tanlash g‘oliblari to‘g‘risidagi yakuniy qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Tanlov natijalari to‘g‘risidagi axborot Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin 3 kun mobaynida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 171. Quyidagi hollarda tanlab olish bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilinadi: tanlab olishga uchtadan kam bo‘lgan qatnashchilarning takliflari taqdim etilganda; uchtadan kam qatnashchilarning tanlov takliflari tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lganda. 172. Tanlov asosida tanlab olish bo‘lib o‘tmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, tanlov komissiyasi takroriy tanlov asosida tanlab olishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Takroriy tanlov asosida tanlab olish o‘tkazilganda takliflarni taqdim etish shartlari va muddatlarini qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Takroriy tanlov bo‘lib o‘tmagan deb e’tirof etilgan taqdirda, tanlov komissiyasi ta’lim muassasasiga yoki ilmiy tashkilotga o‘quv adabiyotini ishlab chiqarishni topshiradi. 173. Tanlov asosida tanlab olish jarayonida va u tugallangandan keyin mualliflar — ishlab chiquvchilar o‘z tarkibini olimlar, metodistlar va tajribali amaliyotchi o‘qituvchilar bilan to‘ldirishi mumkin. 18. Buyurtmachi Hukumat komissiyasining qarori asosida g‘oliblar bilan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv adabiyotlari loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan shartnoma tuzadi. 19. Buyurtmachi o‘quv adabiyotlari loyihasi ishlab chiqilishining muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi. 20. O‘quv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish uchun buyurtma olgan g‘oliblar o‘quv adabiyotlari loyihasining sifati va ishlab chiqish muddatlari uchun javob beradilar. 1. Mazkur Nizom keyinchalik nashr etish uchun yangi avlod darsliklarni va o‘quv-metodik komplekslarni tanlab olish tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarga (keyingi o‘rinlarda o‘quv adabiyotlari deb yuritiladi) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun yaratiladigan darsliklar, qo‘shimcha o‘quv, metodik va ma’lumotnoma adabiyotlar kiradi. 3. O‘quv adabiyotlarini tanlab olish tanlov asosida amalga oshiriladi, unda faqat mualliflar tarkibini tanlab olish g‘oliblari qatnashadi (o‘rganish va tasdiqlash Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv adabiyotlari bundan mustasno). Quyidagilar tanlov yo‘li bilan tanlab olishning maqsadi hisoblanadi: zamonaviylashtirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari talablariga muvofiq o‘quv adabiyotlari mazmunini takomillashtirish, ularning dizayni sifatini oshirish; o‘quv adabiyotlari yaratish jarayonida raqobat muhitini shakllantirish, yosh mualliflar va mualliflar jamoalarini qo‘llab-quvvatlash. 4. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi. 5. O‘quv adabiyotlarini tanlov asosida tanlab olish a’zolari soni (kamida 9 kishi) toq bo‘lgan, shaxsiy tarkibi esa Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Tanlov komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiritiladi: buyurtmachining — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (tegishliligiga ko‘ra) vakillari; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi mutaxassislari; idoraviy mansub ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralarning vakillari; Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa tegishli ilmiy-tadqiqot ta’lim muassasalari xodimlari; umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yetakchi amaliyotchi o‘qituvchilari; O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi vakillari. Buyurtmachining rahbari yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tanlov komissiyasi raisi hisoblanadi. 6. O‘quv adabiyotlarini tanlov orqali tanlab olishni tashkil etish va o‘tkazish ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Tanlov komissiyasi tanlov boshlanishidan 120 kun oldin ommaviy axborot vositalarida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon beradi. E’londa quyidagilar ko‘rsatiladi: ishlab chiqilishi mo‘ljallanayotgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati; tanlov takliflarini qabul qilish va tanlovni o‘tkazish muddatlari; tanlov hujjatlarini va tanlov shartlari to‘g‘risida qo‘shimcha axborotni olish uchun manzil, bog‘laniladigan shaxslar va telefon raqamlari. 8. Tayyorgarlik ko‘rish muddati, tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi sanasi va soati, shuningdek takliflarni ochish kuni va vaqti tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi, u tanlov hujjatlarini tayyorlash va tarqatishni tashkil etadi, talabgorlarga maslahatlar beradi, arizalarni qabul qiladi, tanlov takliflarining hisobga olinishini, saqlanishi va maxfiyligini ta’minlaydi. 9. Tanlov hujjatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: tanlov orqali tanlab olishda qatnashish uchun beriladigan buyurtmanomaning namunaviy shakli; ishlab chiqish mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati; tanlov qatnashchisi uchun yo‘riqnoma; tanlov takliflarini baholash mezonlari; o‘quv adabiyotlarini nashr etish huquqini beruvchi shartnomaning namunaviy shakli. 10. Tanlov hujjatlari faqat talabgorlarga — mualliflar tarkibini tanlab olish tanlovi g‘oliblariga, o‘quv adabiyotlari loyihasini ishlab chiqish yuzasidan shartnoma tuzilgan shaxslarga yuboriladi. 11. Tanlov takliflarini tayyorlash davri ommaviy axborot vositalarida e’lon berilgan yoki tanlov qatnashchisi rasmiy ravishda xabardor qilingan (taklif etilgan) sanadan boshlab kamida 120 kunni tashkil qiladi. 12. Talabgorlar tanlov taklifi sifatida qatnashish uchun buyurtmanoma, o‘quv adabiyotlarining qo‘lyozmasi yoki maketini taqdim etadilar. 13. Tanlov orqali tanlab olishda qatnashish uchun beriladigan buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatiladi: taklif etilayotgan o‘quv adabiyotining nomi; umumiy ma’lumotlar hamda o‘quv adabiyotlari muallifi (mualliflari)ning tajribasi va kasb-malaka darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; muallifning pochta va elektron manzili (mavjud bo‘lsa), telefoni va telefaksi (mavjud bo‘lsa) raqamlari. 14. Tanlov takliflari qatnashchi uchun yo‘riqnomada nazarda tutilgan shartlar asosida ishlab chiqiladi, unda quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak: tanlovga taqdim etilayotgan hujjatlarning ro‘yxati va ularga qo‘yiladigan talablar; o‘quv adabiyotini yaratish va rasmiylashtirishga qo‘yiladigan pedagogik va texnik talablar; tanlov takliflari turkumini shakllantirish tartibotiga qo‘yiladigan talablar va uni tanlov komissiyasiga berish usullari; tanlov orqali tanlab olish doirasida tuzilgan har qanday hujjatning maxfiyligiga izoh; buyurtmanomalar va tanlov takliflarini qabul qilishning eng so‘nggi muddatlari; tanlovni o‘tkazish tartibotlari tavsifi va muddatlari; g‘olibni aniqlash va shartnoma tuzish tartibining tavsifi; tanlov orqali tanlab olishga doir tushuntirishlar olish uchun manzil va bog‘lanish telefonlari. 15. Tanlov takliflari muhrlangan holda qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi va konvertlar ochilmagan holda talabgorlarga qaytariladi. Tanlov ishtirokchisi tomonidan tanlov takliflarining to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilishi ham uning taklifi rad etilishi uchun asos bo‘lishi mumkin. 16. Tanlov qatnashchisi tanlov takliflarini taqdim etishning so‘nggi sanasi va vaqtidan keyin o‘z taklifiga o‘zgartirishlar kiritishga yoki uni qaytarib olishga haqli emas. 17. Buyurtmanomalar berishning belgilangan muddati tamom bo‘lgandan keyin tanlov komissiyasi belgilangan kun va soatda tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochadi. Tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochish tanlov komissiyasi a’zolari va tanlovda qatnashayotgan o‘quv adabiyotlari mualliflari ishtirokida amalga oshiriladi. 18. Konvertlar ochilgandan keyin komissiya bayonnoma tuzadi, unda tushgan takliflarni hamda zarur ma’lumotlar va hujjatlar mavjud ekanligini qayd etadi. Bayonnomada quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: tushgan takliflar; tanlovga qo‘yilgan qatnashchilar, ularning kod raqamlari; tanlov qatnashchilari tarkibiga kiritilmagan talabgorlarning takliflari rad etilishining aniq sabablari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati. 19. O‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish va baholashni tashkil qilish uchun tanlov komissiyasi tomonidan ilmiy va pedagogik jamoatchilik, olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va muayyan ixtisoslikning boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tegishli fan bo‘yicha ekspert guruhi tayinlanadi. Ekspert guruhi a’zolari tarkibi oshkor qilinmaydi. 20. Tanlovda qatnashayotgan o‘quv adabiyotlarini ekspert baholash komissiya tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq 30 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi. 21. Tanlov takliflarini baholash va tanlov g‘olibini aniqlash tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Quyidagilar o‘quv adabiyotlarini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi: o‘quv adabiyotlarining davlat ta’lim standartlariga, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiqlik darajasi; taklif etilayotgan o‘quv materialining uzviyligi va izchilligi ta’minlanganligi darajasi, shuningdek predmetlararo aloqaning ta’minlanishi; taklif etilayotgan o‘quv materialining ilmiy-pedagogik asoslanganligi; predmetga milliy mustaqillik g‘oyalarining singdirilganligi darajasi; o‘quv materialining ta’lim olayotganlarning psixologik va yosh xususiyatlariga, shuningdek ularning bilimlari darajasiga muvofiqligi; bayon etish tilining ravonligi, taklif etilayotgan materialning ko‘rgazmaliligi va rasmlar ilova qilinganligi; nazariy materialning mashqlar, vazifalar va amaliy mashg‘ulotlar bilan maqbul nisbati; taklif etilayotgan maket dizaynining sifati. 22. Baholash mezonlari tafsilotlari tanlov komissiyasi tomonidan tanlov takliflari konvertlari ochilgunga qadar amalga oshiriladi. Tanlov paytida mezonlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 23. Tushgan o‘quv adabiyotini ko‘rib chiqish va baholash to‘g‘risidagi axborot maxfiy hisoblanadi va tanlab olish tartibotlariga rasman aloqador bo‘lmagan shaxslarga ma’lum qilinmaydi. Komissiya va ekspert guruhi a’zolari mazkur axborot oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 24. Ekspert guruhi tanlov qatnashchilarining taqdim etilgan takliflarini ularning kod raqamlari bo‘yicha baholaydi hamda o‘zining asoslangan xulosalarini tanlov komissiyasiga kiritadi. Tanlov komissiyasi ekspert guruhlar xulosalari hamda tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlar asosida 10 kun muddatda Hukumat komissiyasiga g‘oliblarni tanlab olish bo‘yicha tavsiyanoma yuboradi. g‘olibni aniqlash to‘g‘risidagi uzil-kesil qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi, qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 25. Tanlov yakunlari g‘olib aniqlangandan keyin 3 kundan kechikmay ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 26. Hukumat komissiyasi qarori asosida buyurtmachi bilan qo‘lyozma muallifi (mualliflar jamoasi) o‘rtasida o‘quv adabiyotlarini nashr etish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi. Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq tuzilishi va o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqqanlik uchun moddiy rag‘batlantirish, ularga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish, nizolarni hal etish shartlarini hamda shartnoma tuzishdagi boshqa majburiy shartlarni aks ettirishi zarur. 27. Tanlovning har bir qatnashchisi mazkur Nizomda belgilangan tanlov asosida tanlab olishni o‘tkazish shartlariga rioya etilishi va natijalarning xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 28. Tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq nizolar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. 1. Mazkur Nizom darsliklar va o‘quv-metodik komplekslarni nashr etish va qayta nashr etish uchun davlat buyurtmasini joylashtirish yuzasidan tender savdolarini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi. Darsliklar, qo‘shimcha o‘quv, metodik adabiyotlar va ish daftarlari darsliklar va o‘quv-metodik komplekslar (keyingi o‘rinlarda o‘quv adabiyotlari deb ataladi) sifatida qaraladi. 11. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: o‘quv adabiyoti maketi — nashriyot tomonidan tasdiqlangan bosma sahifada polosalar joylashtirilgan holda nashr polosalarini verstka va montaj qilish uchun o‘quv adabiyoti etaloni; o‘quv adabiyotining asl nusxasi-maketi — har bir sahifasi bo‘lg‘usi nashrning tegishli sahifasiga to‘liq muvofiq bo‘lgan o‘quv adabiyotining asl nusxasi; nashr — o‘xshash nusxalarning muayyan soni bilan o‘quv adabiyotining birlamchi chop etilishi; qayta nashr qilish — oldin chiqarilgan o‘quv adabiyotini takroran nashr qilish. Qayta nashr qilish stereotip, ya’ni biror-bir tuzatishlarsiz, yoki tuzatilgan, to‘ldirilgan, qayta ishlangan bo‘lishi mumkin”; 2. Mazkur Nizomning amal qilishi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari nashr etishda va qayta nashr etishda tender savdolari o‘tkazishga tatbiq etiladi. 3. Tender savdolari 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan summaga bitta kontrakt bo‘yicha o‘quv adabiyotlari nashr etilganda va qayta nashr etilganda amalga oshiriladi. Bir ming AQSh dollaridan kam summaga bitta kontrakt bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishda noshir narx, sifat va muddatlar bo‘yicha eng maqbul shartlarni taklif etganlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan aniqlanadi. Bir ming AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha summaga bitta kontrakt bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishda noshir buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadi. Istisno hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida o‘quv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishga kontraktlar tender (tanlov) savdolari o‘tkazilmasdan tuzilishi mumkin. 4. Xorijiy kreditlar mablag‘lari (grantlar) hisobiga o‘quv adabiyoti nashr etishda va qayta nashr etishda mazkur Nizomning talablari tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi va, agar xorijiy kreditlar va grantlarni berish shartlariga ko‘ra savdolarni o‘tkazishning o‘zgacha tartibi belgilangan bo‘lsa, qo‘llanilishi mumkin emas. 5. Tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish va yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi. Nashr qilish va qayta nashr qilishga tender savdolari faqat Hukumat komissiyasining qarori va huquq egalari (mualliflar va mualliflar jamoalari)ning roziligi mavjud bo‘lgan o‘quv adabiyotlariga e’lon qilinishi mumkin. O‘quv adabiyotlarini qayta nashr qilishda o‘quv adabiyotlarining asl nusxasi-maketiga huquqlarga ega bo‘lgan nashriyotlarning roziligi ham zarurdir. O‘quv adabiyotlarini qayta nashr qilish bo‘yicha tender savdolari g‘oliblariga muallifni taqdirlash to‘lovini va o‘quv adabiyotlarining asl nusxasi-maketini tayyorlashga tasdiqlangan sarf-xarajatlarni huquq egasi bo‘lgan nashriyotga qoplash uchun mablag‘larni to‘lash O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. 6. Quyidagilar tender savdolarining maqsadi hisoblanadi: o‘quv adabiyotining texnik jihatdan bajarilishi sifatini oshirish va undan uzoq muddat foydalanilishini ta’minlash; o‘quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish jarayonida raqobat muhitini yaratish, noshirlik va matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tendyerlarda ishtirok etishini kengaytirish va rag‘batlantirish, shuningdek ularning teng huquqli ishtirok etishini ta’minlash, mazkur jarayonga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini jalb etish; o‘quv adabiyotini nashr etishga va qayta nashr etishga yo‘naltiriladigan davlat budjeti, budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish. 7. Oshkoralik, talablarning yagonaligi va qarorlar qabul qilishdagi xolislik hamda savdoning barcha qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish tender savdolarini tashkil etish va o‘tkazishning asosiy prinsiplari hisoblanadi. 8. O‘quv adabiyoti nashr etishga va qayta nashr etishga tender savdolari mazkur Nizomga ilovaga muvofiq bir bosqichli ikki konvertli tartib-qoida bo‘yicha axborotnoma ochiq e’lon qilinishi yo‘li bilan o‘tkaziladi. 9. Buyurtmachi, tender komissiyasi, tender savdolarining tashkilotchisi va oferentlar tender savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi. 10. Buyurtmachi (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi): rasmiy farmoyish beruvchi hujjat (buyruq) chiqargan holda tender o‘tkazish shakli, turi, sanasi, joyi va shartlarini belgilaydi; o‘quv adabiyotining maksimal qiymatini mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etgan holda belgilaydi; talabgorlarning malakasiga qo‘yiladigan asosiy talablarni, o‘quv adabiyotiga qo‘yiladigan maxsus va texnik talablarni belgilaydi; tender savdolarini tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshiradi; tender hujjatlari ishlab chiqilishini nazorat qiladi va ularni tasdiqlaydi; tender savdolarining g‘olibi bilan kontrakt tuzadi. 11. Tender komissiyasi o‘quv adabiyotini nashr etishga va qayta nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish uchun tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha doimiy organ hisoblanadi. Komissiyaning son tarkibi a’zolarning toq sonidan, qoidaga ko‘ra, kamida 11 kishidan iborat bo‘ladi. Buyurtmachining rahbari yoki uning o‘rinbosarlaridan biri komissiya raisi hisoblanadi. Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan komissiya tarkibiga Tender komissiyasi buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlari vakillari majburiy tartibda jalb etilgan holda tashkil etiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (tender O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan o‘tkazilgan taqdirda); O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining (mansubliligiga ko‘ra); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining; kitob nashr etish sohasidagi mustaqil ekspert tashkilotlarining vakillari majburiy tartibda kiritiladi. Buyurtmachining yoki uning idoraviy mansub korxonalari va tashkilotlarining vakillari soni tender komissiyasi umumiy tarkibining 30 foizidan oshmasligi kerak. 12. Tender komissiyasi: tender o‘tkazish tartib-qoidalarini belgilaydi; tender takliflarini baholash mezonlarini tasdiqlaydi; tender takliflarini qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi; tegishlicha rasmiylashtirgan holda tender savdolarini o‘tkazadi; takliflar bildirilgan konvertlarni ochadi, ularning tender hujjatlari bilan belgilangan talablarga (taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi, ularning rasmiylashtirilishi va hokazo) muvofiqligini tekshiradi; baholash guruhlari jalb etiladigan mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilar ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; tender savdolari natijalarini tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga kiritadi. 13. Tender savdolarining tashkilotchisi (buyurtmachining taklifiga ko‘ra tender komissiyasi tomonidan tayinlanadigan ishchi guruh yoki buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida jalb etiladigan konsalting kompaniyasi): buyurtmachi bilan kelishgan holda tender hujjatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlangandan keyin uni talabgorlarga taqdim etadi; tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi va maxsus axborot portalida joylashtiradi hamda potensial talabgorlarga taklifnomalar jo‘natilishini ta’minlaydi; tender takliflarini baholash mezonlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi; arizalar va tender takliflarini qabul qiladi, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini ta’minlaydi; talabgorlarning malakaviy tanlovini o‘tkazadi; tender takliflarining asl nusxalarini konvertlarni ochish va tender o‘tkazish uchun tender komissiyasiga taqdim etadi. Savdolarni tashkil etish uchun konsalting kompaniyasi jalb etilgan taqdirda tender savdolari tashkilotchisining huquq va majburiyatlari uning bilan buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi. 14. Tender takliflarini ekspertizadan o‘tkazish va baholashni tashkil etish uchun tender komissiyasi tomonidan texnik va tijorat bahosi bo‘yicha baholash guruhlari tayinlanadi. Texnik baho bo‘yicha baholash guruhi tender komissiyasi a’zolaridan yoki mustaqil maslahatchilar orasidan, o‘quv adabiyotlari yaratish va chiqarish hamda kitob nashr etish texnologiyasi sohasida vakolatli bo‘lgan kamida besh nafar mutaxassisdan iborat tarkibda tuziladi. Tijorat bahosi bo‘yicha baholash guruhi tender komissiyasi a’zolari yoki mustaqil maslahatchilar orasidan, bank-moliya, yuridik va boshqa sohalarda vakolatli bo‘lgan kamida besh nafar mutaxassisdan, shuningdek buyurtmachining vakillaridan iborat tarkibda tuziladi. 15. Baholash guruhlarining shaxsiy tarkibi tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va tender savdolari tugallangunga qadar maxfiy axborot hisoblanadi. 16. Baholash guruhlari: tender takliflarini o‘rganadi, tahlil qiladi va ko‘rib chiqadi; tender hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq ballar qo‘yadi; eng yaxshi tender taklifini aniqlaydi hamda savdolar g‘olibini aniqlash va tasdiqlash uchun tender komissiyasiga xulosa kiritadi. 17. Noshirlik faoliyatida tajribaga ega bo‘lgan ham mahalliy, ham xorijiy yuridik shaxslar oferentlar — tender savdolari qatnashchilari bo‘lishlari mumkin. 18. Talabgorlarning malakaviy tanlovida savdolarda qatnashishga quyidagi yuridik shaxslar qo‘yilmaydi: tender savdolari e’lon qilingan sanada davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab o‘z faoliyatini 6 oydan kam amalga oshirayotgan; buyurtmachi bilan oldin tuzilgan kontraktlar bo‘yicha zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarni zarur tarzda bajarmagan; qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichidagi; buyurtmachi bilan sud muhokamasi holatidagi; tender komissiyasi a’zolaridan kimgadir bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy qaram bo‘lgan; malakaviy tanlov uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmagan. Buyurtmachi bilan oldin tuzilgan kontraktlar bo‘yicha o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni zarur tarzda bajarmagan oferentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tender komissiyasiga taqdim etiladi. 20. Oferentlar: tender takliflarini tayyorlaydilar va savdo tashkilotchisiga taqdim etadilar; ularning faoliyatini va moliyaviy holatini baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni taqdim etadilar (tender komissiyasining so‘roviga ko‘ra); tender takliflarini tayyorlash va taqdim etish davomida sarflangan barcha moliyaviy xarajatlarni o‘z manbalari hisobidan qoplaydilar; tender savdolarida g‘olib chiqqan taqdirda buyurtmachi bilan kontrakt tuzadilar. 21. Tender hujjatlari ishlab chiqilishini tender komissiyasi tashkil etadi, tender savdolari tashkilotchisi esa amalga oshiradi. Tender hujjatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: oferentlar uchun yo‘riqnoma; talabgorlarga qo‘yiladigan malaka talablari; nashr etiladigan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati, texnik talablar va spetsifikatsiya; tender taklifi shakli, shu jumladan tender takliflarini o‘rash va markirovka qilishga qo‘yiladigan talablar, takliflarni texnik va moliyaviy baholash mezonlari; kontraktning taxminiy ko‘rinishi. 22. Oferentlar uchun yo‘riqnomada quyidagilar mavjud bo‘ladi: tushuntirish olish mumkin bo‘lgan savdo tashkilotchisi vakilining manzili va bog‘lanish telefonlari ko‘rsatilgan holda tenderda ishtirok etishga taklifnoma; tender savdolarida qatnashish uchun talabgorlarning buyurtmanomalari shakli namunasi; rasmiylashtirish tartibi, shu jumladan tender taklifi tuzilishi kerak bo‘lgan til, shuningdek viza qo‘yishga va nusxalar soni to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarga qo‘yiladigan talablar; tender taklifi tender komissiyasiga taqdim etilgandan keyin unga o‘zgartirishlar kiritish va uni rasmiylashtirish tartibi; narx bo‘yicha ko‘rsatma; takliflarni tender komissiyasiga berish tartibiga qo‘yiladigan talablar; tender taklifining amal qilish muddati; qayd etilgan vaqt mobaynida oferent taklifi qaytarib olinmasligini kafolatlovchi tender taklifiga pul kafolati miqdori, uni qo‘yish tartibi va qaytarish tartibi; buyurtmachining xohishiga ko‘ra — tender savdolari natijasi bo‘yicha tuzilgan kontraktni zarur tarzda ijro etish bo‘yicha pul kafolati (garov shaklida) miqdori, uni qo‘yish va qaytarish tartibi; tender hujjatlari talablariga asoslangan taklif bilan birgalikda oferentlarga qarshi takliflar berish imkoniyati to‘g‘risidagi axborot; takliflar bildirilgan konvertlarni ochish tartib-qoidasi tavsifi, ularni baholash va tender g‘olibini aniqlash muddatlari; tender takliflarini baholash mezonlari; o‘tkazilayotgan savdo doirasida tuziladigan hujjatlarning maxfiyligiga izoh. 23. Talabgorlarga tenderda qatnashish uchun quyidagi malaka talablari qo‘yiladi: shartnoma tuzishga fuqarolik huquqiy layoqati va vakolatlari (talabgorning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va sud majburiyatlari mavjudligi to‘g‘risidagi axborot hamda faoliyatning mazkur turini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar); talabgorning ustav sarmoyasi miqdori va moliyaviy holatining boshqa ko‘rsatkichlari (belgilangan tartibda tasdiqlangan); davlat buyurtmasining talabgorlik qilinayotgan hajmini bajarish uchun zarur mehnat resurslari va malakali mutaxassislar, o‘z ishlab chiqarish bazasi yoki o‘quv adabiyotlarining talabgorlik qilinayotgan hajmi nusxalarini ko‘paytirish to‘g‘risidagi shartnoma mavjudligi; o‘quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish uchun mo‘ljallangan qiymatning kamida 20 foizi miqdorida bo‘sh aylanma mablag‘lar mavjudligi yoki ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni berishga bankning ishonch xati; kitob, shu jumladan o‘quv adabiyoti nashr etishga doir ish tajribasi; Tender savdolarida qatnashish uchun talabgorga buyurtmachi tomonidan belgilanadigan, biroq talabgorlarning o‘z tijorat siri muhofaza qilinishi huquqini buzmaydigan boshqa talablar ham qo‘yilishi mumkin. 24. Nashr etiladigan o‘quv adabiyotlarining ro‘yxati, texnik talablari va o‘ziga xosligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: nomi va nusxasi; tuzilma va maketga qo‘yilgan talablar; qog‘oz formati va sifati, bo‘yoqlarning hajmi va soni, materiallar va matbaaning sifati; nashr etilayotgan o‘quv adabiyotining yuqori sifati va uzoq muddat foydalanilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan boshqa texnologik talablar. 25. Tender taklifi: talabgorning tender savdolarida qatnashish uchun malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar; texnik taklif; tijorat taklifi; vakilga berilgan ishonchnoma; majburiyatlar bajarilishini ta’minlash shakllari; o‘quv adabiyotini nashr va qayta nashr etish jadvalidan iborat bo‘ladi. 27. Kontrakt proformasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va o‘quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish shartlari, narxi va jadvalini, xizmatlarning manbalari va haq to‘lash shaklini, to‘lovlar shartlari va jadvalini, tomonlarning majburiyatlarini, nizolarni hal etish tartibini, shuningdek bitishuvlar tuzishda majburiy bo‘lgan boshqa shartlar va holatlarni o‘z ichiga olishi kerak. Kontrakt proformasini tuzishda buyurtmachi yoki tender savdolari tashkilotchisi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan konsalting kompaniyalariga maslahat so‘rab murojaat qilishga haqlidir. 28. Takliflarni taqdim etish muddati tamom bo‘lgunga qadar tender savdolari tashkilotchisi tender hujjatlarini sotib olgan talabgorlarni darhol ular to‘g‘risida ma’lum qilib, taklifga tuzatish kiritish uchun yetarli bo‘lgan vaqt bergan holda uning muddatini uzaytirib tender hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga haqlidir. 29. Tender savdolari tashkilotchisi talabgorning so‘roviga ko‘ra tender takliflarini taqdim etishning so‘nggi muddatidan kamida 10 kun oldin so‘rov manbaini ko‘rsatmagan holda tender savdolarining barcha talabgorlariga majburiy tartibda javob yuborib tender hujjatlarining mohiyati yoki mazmuni bilan bog‘liq savolga yozma javob berishi shart. 30. Tender komissiyasi, savdo tashkilotchisi va talabgorlar o‘rtasida xabar, bildirishnoma va boshqa axborotni ayirboshlash yozma shaklda amalga oshiriladi. 31. Ommaviy axborot vositalarida tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risida rasmiy e’lon berilgan sana yoki talabgorga pochta (sana pochta shtempeli bo‘yicha aniqlanadi), telefaks yoki boshqa shaklda qatnashish uchun rasmiy bildirishnoma (taklifnoma) yuborilgan sana savdo ochilgan sana hisoblanadi. 32. Tender savdolari to‘g‘risidagi e’lon markaziy va boshqa eng ko‘p tarqalgan yoxud ixtisoslashtirilgan gazeta va jurnallarda tender takliflari bildirilgan konvertlar rasmiy ochilishidan kamida 30 kun oldin e’lon qilinadi hamda maxsus axborot portalida joylashtiriladi. 33. E’londa quyidagilar ko‘rsatiladi: buyurtmachining nomi va manzili; davlat buyurtmasini shakllantirish manbalari; nashr etish va qayta nashr etish mo‘ljallangan o‘quv adabiyotining nomi, nusxasi va maksimal qiymati; talabgorlarga qo‘yiladigan asosiy shartlar va talablar; tender hujjatlari olinadigan joy (tender savdolari tashkilotchisining manzili, aloqa telefoni va telefaksi); tender hujjatlari uchun haq to‘lash qiymati va tender taklifi berishda tender talabgori uchun zakalat summasi; zakalat summasini va tender hujjatlari uchun haq to‘lash shartlari, ularni to‘lash uchun bank rekvizitlari; tender hujjatlarini taqdim etish joyi, oxirgi muddati (kun va soat ko‘rsatilgan holda); tender takliflari bildirilgan konvertlarni ochish joyi, kuni va vaqti. 34. Tender savdolarida qatnashish istagini bildirgan talabgorlar e’lon berilgandan keyin savdo tashkilotchisidan tender hujjatlarini oladilar. Tender hujjatlari uchun to‘lov miqdori buyurtmachi tomonidan uning tender savdolarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq kutilayotgan xarajatlaridan kelib chiqib belgilanadi. 35. Tender takliflari tender hujjatlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq ishlab chiqiladi va bir paketga solingan ikki konvertda taqdim etiladi. Paketda talabgorning malaka talablariga muvofiqligini va moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar, kafolat (tender komissiyasi tomonidan nashr etiladigan o‘quv adabiyoti maksimal qiymati (narxi)ning 1 foizidan 5 foizigacha belgilanadigan miqdorda) qo‘yilganligini tasdiqlaydigan bank hujjatlari, yoki ekvivalent summaga xizmat ko‘rsatuvchi bankning kafolat xati taqdim etiladi. Birinchi konvert texnik taklif hisoblanadi va unda o‘quv adabiyoti maketi, taklif etilayotgan jadval hamda o‘quv adabiyotini nashr etish va qayta nashr etish muddatlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ikkinchi konvert tijorat taklifi hisoblanadi va unda narx takliflari, bo‘lishi mumkin bo‘lgan chegirmalar mavjud bo‘ladi. 36. Paketda talabgorning nomi va manzili, tender savdolari tashkilotchisining nomi va manzili yozilgan bo‘lishi kerak. Konvertlarda talabgorning nomi va manzili, tender savdolari tashkilotchisining nomi va manzili, nashr etish va qayta nashr etish uchun taklif qilinayotgan o‘quv adabiyotlari nomi va, zaruriyat bo‘lganda, taklifnoma raqami ko‘rsatiladi. 37. Tender taklifining tegishli ravishda “Asl nusxa” va “Nusxa” so‘zlari bilan belgi qo‘yilgan, talabgorning imzosi va muhri bilan tasdiqlangan asl nusxasi va nusxasi tender savdolari tashkilotchisiga muhrlangan shaklda yuboriladi. 38. Tender taklifining amal qilish muddati tender hujjatlari bilan belgilanadi. Talabgorlar o‘z tender takliflarini ularni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom bo‘lgunga qadar chaqirib olishlari mumkin. Quyidagi hollarda tender taklifi ko‘rib chiqilmaydi va konvertlar ochilmasdan talabgorga qaytariladi: tender hujjati uni taqdim etish muddati tamom bo‘lgandan keyin tushganda; talabgor tender savdolari malaka talablariga muvofiq bo‘lmaganda. 39. Tender takliflarini taqdim etish sanasi tender savdolari tashkilotchisining pochta bildirishnomasi olinganligi to‘g‘risidagi belgisi yoki chopar bilan yuborilgan tender takliflari ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana bo‘yicha aniqlanadi. 40. Tender takliflarini berishning belgilangan muddati tamom bo‘lgandan keyin, tender komissiyasi belgilangan kun va soatda talabgorning malaka talablariga muvofiqligini va moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar, bank hujjatlari, texnik va tijorat takliflari mavjud bo‘lgan konvertlar bor bo‘lgan konvertni ochadi. Texnik va tijorat takliflari bildirilgan konvertlar muhrlangan shaklda qoladi hamda navbatdagi majlisgacha tender savdolari tashkilotchisining po‘lat sandig‘ida saqlanadi. Tender savdolari tashkilotchisi birinchi va ikkinchi konvertlardagi hujjatlarning saqlanishi uchun javob beradi. 401. Talabgorning malaka talablariga muvofiqligini va moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar, bank hujjatlari tenderda qatnashish uchun qo‘yiladigan talabgorlarni malakali tanlab olish uchun tender savdolari tashkilotchisiga beriladi. Tanlab olingan oferentlar ro‘yxati tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Tenderda qatnashishga qo‘yilmagan talabgorlarning tender hujjatlari texnik va tijorat takliflari bildirilgan konvertlar ochilmasdan talabgorlarga qaytariladi. 41. Texnik takliflar bildirilgan konvertlar qatnashish istagini bildirgan oferentlar yoki ularning vakolatli vakillari ishtirokida ochiladi. Birinchi konvert ochilgandan keyin oferentlar nomlari o‘qiladi, savdolar shartlari va tartib-qoidalariga rioya etish, tegishli hujjatlar mavjudligi tekshiriladi. 42. Hujjatlar paketida tender hujjatlariga qo‘yiladigan talablar buzilganligi aniqlangan taqdirda, hujjatlar ularning mazmuni e’lon qilinmasdan oferentga qaytariladi. Tender komissiyasi, ular boshqa oferentlarning reytingiga ta’sir ko‘rsatmasa va ularga yo‘l qo‘ygan tender savdosi oferentga ustunliklar bermasa, tender hujjatlarining e’lon qilingan shartlarga nomuvofiqligini yoki tender takliflarini rasmiylashtirishdagi noaniqliklarni e’tiborga olmasligi mumkin. 43. Tender komissiyasi majlisining natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada savdo oferentlari tomonidan e’tirof etilgan tashkilotlar sanab o‘tiladi. Shakl bo‘yicha taqdim etilmagan va savdolarga qo‘yilmagan takliflar bayonnomada ular rad etilishining sabablari ko‘rsatilgan holda alohida sanab o‘tiladi. 44. Tender komissiyasi majlisining natijalari to‘g‘risidagi axborot hozir bo‘lmagan talabgorga yozma shaklda yetkaziladi. Tender takliflari bildirilgan konvertlarni ochish to‘g‘risidagi bayonnoma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmaydi. 45. Texnik takliflar o‘rganish, tahlil qilish va baholash uchun texnik baho bo‘yicha baholash guruhiga beriladi. Takliflarni baholashda, o‘quv adabiyotlari namunalari parametrlarining belgilangan sanitariya qoida va normalariga, davlat standartlariga, shuningdek texnik talablarga va buyurtmachi tomonidan belgilangan spetsifikatsiyaga muvofiqligi majburiy tartibda hisobga olinadi. 46. Takliflarni baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan har bir baholash mezoni bo‘yicha ballar qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Savdo oferentlari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholashda hozir bo‘lishga haqli emas. 47. Baholash davomida tender komissiyasi tushuntirishlar olish uchun oferentlarga yozma ravishda murojaat qilish, ulardan qo‘shimcha ma’lumotlar va tasdiqnomalar olish huquqiga ega bo‘ladi. 48. Oferentning malaka ma’lumotlari to‘g‘risida ishonchsiz axborot aniqlangan taqdirda tender komissiyasining qarori bilan talabgor tender savdolari tartibotida bundan keyin ishtirok etishdan chetlashtiriladi. 49. Takliflari maqbul deb e’tirof etilgan oferentlar tijorat takliflarini baholashga qo‘yiladilar. Texnik takliflarni baholash shartlariga ko‘ra o‘tmagan oferentlar bundan keyin tenderda qatnashishdan chetlatiladilar. 50. Tender komissiyasi tomonidan tijorat takliflarini baholashga qo‘yilgan oferentlar ro‘yxati ma’qullangandan keyin belgilangan manzil bo‘yicha, ko‘rsatilgan kun va soatda tijorat takliflari bildirilgan konvertlar ko‘pchilikning oldida ochiladi. 51. Ikkinchi paketga solingan barcha talab etiladigan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, tender komissiyasi ularni baholash uchun tijorat asosida baholash bo‘yicha baholash guruhiga beradi. 52. Tijorat asosida baholash bo‘yicha baholash guruhi taqqoslash usuli bilan oferentlar tomonidan taklif etilayotgan o‘quv adabiyotlari qiymatini (narxini), chegirmalar miqdorlarini va oferentlarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqadi. 53. Tender takliflarini baholashning umumiy davri tender komissiyasi tomonidan belgilanadi va u takliflar bildirilgan konvertlar rasman ochilgan paytdan boshlanadi va 30 kalendar kundan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 54. Tender takliflarini baholash va savdo g‘olibini aniqlash tender komissiyasi tomonidan uning majlisi boshlangunga qadar tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Tanlov paytida mezonlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. 55. Tushgan takliflarning ko‘rib chiqilishi va ularning tender komissiyasi va baholash guruhlari a’zolari tomonidan baholanishi to‘g‘risidagi axborot maxfiy hisoblanadi hamda tanlov tartib-qoidasiga rasman aloqador bo‘lmagan shaxslarga ma’lum qilinmaydi. Tender komissiyasi va baholash guruhlari a’zolari mazkur axborot oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 56. Tender hujjatlarini tekshirish chog‘ida aniqlangan arifmetik xatolar mavjud bo‘lgan taqdirda tender komissiyasi: oferentga tender taklifiga tuzatish kiritish imkoniyatini berishi; takliflarni baholashda, agar o‘quv adabiyoti birligi narxi bilan birlik narxi va sonini ko‘paytirish natijasida olingan yakuniy narx o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lsa, o‘quv adabiyoti birligi narxi ustunlik qiladigan, umumiy narxga tuzatish kiritiladigan qaror qabul qilishi mumkin. Agar so‘zlar bilan yozilgan summa bilan raqamda ko‘rsatilgan summa o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lsa, u holda so‘zlar bilan yozilgan summa ustunlik qiladi. 57. Texnik va tijorat takliflarini baholash yakunlari yig‘indisi bo‘yicha tender taklifi eng ko‘p ball olgan oferent savdoning g‘olibi deb e’lon qilinadi. Ballarning yakuniy yig‘indisi teng bo‘lgan taqdirda eng kam narx takliflarini taklif etgan oferentga ustunlik beriladi. 58. Yakun chiqarish va savdoning g‘olibi to‘g‘risidagi qaror tender komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. G‘olibni tanlashda baholash guruhlarining xulosalari natijalariga asoslaniladi. Qaror tender komissiyasi a’zolari umumiy sonining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 59. Tender komissiyasining yakuniy bayonnomasida g‘olib va zaxira oferentlar, tender komissiyasi tarkibi, baholash guruhlarining xulosalari, oferentlarning tender takliflari yig‘ma jadvali va g‘olib bilan kontraktni imzolashning mo‘ljallanayotgan muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Bayonnoma hozir bo‘lgan a’zolar tomonidan imzolanishi va tender komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Tender komissiyasi g‘oliblar aniqlangan kundan boshlab 10 kun mobaynida natijalarni tasdiqlash uchun Hukumat komissiyasiga yuboradi. G‘olibni aniqlash to‘g‘risidagi qaror Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 60. Tender savdolari tashkilotchisi tender savdolari g‘olibiga savdo yakunlangandan keyin uch kundan kechikmay yozma bildirishnoma yuboradi va yakunlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. 61. Buyurtmachi va tender savdolari g‘oliblari o‘rtasidagi kontrakt tender savdolari g‘olibi bildirishnomani olgan kundan boshlab o‘n kun muddatda tuziladi. 62. Agar tender savdolari g‘olibi kontrakt tuzishni rad etsa yoki belgilangan muddatda kontraktni bajarish uchun kafolat bermasa, u holda buyurtmachi tender komissiyasi bilan birgalikda taklifi ikkinchi bahoni olgan oferentni tender savdolari g‘olibi deb e’tirof etishi yoki takroriy tender savdolari o‘tkazishni tayinlashi mumkin. 63. Tender komissiyasi majlisini o‘tkazish uchun kvorum uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismini tashkil etadi. Agar tender komissiyasi majlisida komissiya raisi va uning o‘rinbosari qatnashmasa yoxud kvorum mavjud bo‘lmasa tender komissiyasi majlisi huquqiy vakolatli hisoblanmaydi. 64. Tender savdolari quyidagi hollarda bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilinadi: tender takliflarini taqdim etishning oxirgi muddatiga kelib bir lot bo‘yicha uchtadan kam taklif tushganda; barcha tender takliflari tender hujjatlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmaganda; barcha tender takliflarida tender hujjatlari shartlari talab etadigan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda; o‘quv adabiyotining maksimal qiymati doirasida ikkitadan kam bo‘lgan oferentning narx taklifi taqdim etilganda; malakaviy tanlov shartlariga uchtadan kam bo‘lgan talabgorning takliflari muvofiq bo‘lganda. 65. Tender savdolarining bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilinishi savdo qatnashchilaridan biron-birining mulkiy yoki boshqa javobgarligiga olib kelmaydi. 66. Agar tender savdolari bo‘lmagan deb e’tirof etilsa, takroriy tender savdolari o‘tkaziladi, unda tender hujjatlari shartlarini va tender komissiyasining qarori bo‘yicha uni taqdim etish muddatlarini qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘yiladi. 67. Zakalat: tender savdolari g‘olibiga — kontrakt bajarilishining talab etiladigan ta’minlanishi (kafolati) taqdim etilishi bo‘yicha kontrakt tuzilgandan keyin; qolgan qatnashchilarga — tender savdolari g‘olibi bilan kontrakt tuzilgandan keyin, biroq tender takliflari amal qilishi muddatidan kechikmay; o‘z taklifini taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom bo‘lgunga qadar qaytarib olgan qatnashchiga qaytariladi. tender savdolari bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilingan taqdirda; Zakalat qaytarish uchun asoslar paydo bo‘lgan paytdan boshlab besh kun mobaynida qaytariladi. 68. Zakalat: taklifni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tamom bo‘lgandan keyin o‘z taklifiga o‘zgartirish kiritgan yoki uni qaytarib olgan qatnashchiga; taklifi amal qilishi davrida o‘z taklifini qaytarib olgan, tender hujjatlarida belgilangan shartlarda kontrakt tuzishni yoki kontrakt bajarilishining talab etiladigan ta’minlanishini (kafolatini) taqdim etishni rad etgan tender savdolari g‘olibiga qaytarilmaydi. 69. Savdolarning har bir qatnashchisi mazkur Nizom bilan belgilangan tender savdolarini o‘tkazish qoidalari va tartibotlariga rioya etilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda natijalarning xolisligi uchun javob beradi. 70. Tender savdolari o‘tkazilishi munosabati bilan paydo bo‘ladigan nizolar va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
119
57,570
Qonunchilik
ADVOKATLAR TOMONIDAN KO‘RSATILGAN YuRIDIK YORDAM UChUN DAVLAT HISOBIDAN HAQ TO‘LASh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga, “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 1-maydagi PF-3993-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kam ta’minlangan shaxslarning advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordamdan foydalanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki: fuqaroni yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, sudning ajrimi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish uchun asos hisoblanadi; oilasida har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan yalpi oylik daromad yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida qaror (ajrim) qabul qilingan kundagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 52,70 foizidan ortiq bo‘lmagan shaxslar advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi va xarajatlar davlat hisobiga o‘tkaziladi; gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyachidan voz kechishi bilan bog‘liq protsessual harakatda advokat ishtirok etishi hollarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 52-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq jinoyat ishida himoyachining qatnashishi majburiy deb hisoblangan hollarda ham yuridik yordam uchun haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar davlat hisobiga o‘tkaziladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: har yili Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashga mablag‘larni nazarda tutsin; advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun advokatlik tuzilmasi tegishli moliya organiga murojaat qilgandan keyin o‘ttiz kundan kechikmay Moliya vazirligining qaror (ajrim) chiqargan organ joylashgan joydagi G‘aznachiligi hududiy bo‘linmasi orqali haq to‘lanishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bir oy muddatda: advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun to‘lanadigan haqning amaldagi miqdorini 25 foizga ko‘paytirishni nazarda tutgan holda Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning belgilangan tartibda ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar. 4. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 1997-yil 16-iyundagi 297-son qarori; Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarori)” 2007-yil 26-iyundagi 129-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 35-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
142
3,616
Qonunchilik
Shaharliklarga dehqon хoʻjaligi uchun yer olishga ruхsat berildi
21.12.2018 yildagi “Qishloq хoʻjaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish meхanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-506-son Qonun e’lon qilindi. Hujjat  bilan Yer va Soliq kodekslariga, «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida», «Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida» va «Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonunlarga tuzatishlar kiritildi. Birinchidan, fuqarolar yigʻinlarining qishloq хoʻjaligi sohasidagi vakolatlari kengaytirildi. Ilgari “mahalla”ni faqat yerlarni muhofaza qilishga, ya’ni ularni buzilishining oldini olishga jalb qilishar edi. Endi oʻzini oʻzi boshqarish organlari ekin maydonlaridan samarali foydalanilishini jamoatchilik nazorati tartibida kuzatadilar. Masalan, fuqarolar yigʻini kengashi oʻz hududida har bir  dehqon хoʻjaligi yoki tomorqa yer egasi uchun yetishtiriladigan mahsulotning prognoz hajmlarini belgilash huquqiga ega boʻldi. Ilgari bu faqat Vazirlar Mahkamasining 18.03.2018 yildagi 205-son qarorida nazarda tutilgan edi. Eslatib oʻtamiz, barcha mahallalar uchun “reja” ishchi guruh tomonidan ishlab chiqiladi, hokim va хalq deputatlari kengashi esa tasdiqlaydi.  Oʻzini oʻzi boshqarish organi dehqonlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida hajmlarni taqsimlaydi. Bunda prognoz koʻrsatkichlarning bajarilmasligi: Ikkinchidan, dehqon хoʻjaligi uchun yerni hali oila qurmagan va qishloq joylarda 3 yil mobaynida yashamagan yosh fuqarolarga berishga ruхsat etildi. Bunday talabgorlardan tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasi talab etiladi. Bu qoida bilvosita jahonda ommaboplik kasb etayotgan shahardan qishloqqa koʻchib oʻtish («daunshifting») uchun sharoit yaratadi. Eslatib oʻtamiz, ilgari shu kabi tavsiyalar fermer хoʻjaligi yuritish maqsadida yer olish uchun baholanishi mumkin boʻlgan 80 balldan qoʻshimcha 10 ball berishi belgilangan edi (sharhga qarang). Biroq, fermer boʻlish istagida boʻlganlar orasida boshqa teng shartlarda hanuz mazkur joyda yashovchilar ustun huquqqa ega. Uchinchidan, Yer kodeksi va «Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonundan dehqon хoʻjaligi tomorqa yer uchastkasida tashkil etilishi toʻgʻrisidagi qoida chiqarib tashlandi. Ilgari dehqon хoʻjaligi tushunchasining oʻzi bir vaqtning oʻzida mayda tovar qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirilishi va yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun berilgan yerda - tomorqa yer uchastkasida uning faoliyatini nazarda tutgan. Endi dehqon хoʻjaligi uchun yer uy-joy qurish huquqisiz berilishi mumkin. Uchastka egasining ishlab chiqarish faoliyati joyida yashashi shart emas, davlat esa uchastkadan notoʻgʻri foydalanilganda uni olib qoʻyishi oson boʻladi. Bu – muhim! Ilgari  berilgan tomorqa yer uchastkalari avvalgi maqomini saqlab qoladi. Yangi normalar, fikrimizcha, kelajakda beriladigan yerlarga daхl qiladi. Toʻrtinchidan, Soliq kodeksining 329 va 330-moddalari normalariga Prezidentning 10.10.2017 yildagi PQ-3318-son qarori 3-bandi bilan barcha fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga taqdim etilgan  imtiyozlarni inobatga olgan holda yangilandi. Shu tariqa, kengashlar umumiy yurisdiksiya sudlari va iqtisodiy sudlarda: Bu – muhim! Da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilganda fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.12.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
64
3,565
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida” 2021-yil 13-sentabr
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev va O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ustavida: a) 10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini rivojlantirish”; b) 11-band quyidagi mazmundagi “z” kichik band bilan to‘ldirilsin: “z) seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida: seysmik xavfni turli masshtablarda baholash, seysmik jihatdan hududlashtirish, zilzilalarni vaqt kesimida prognoz qilish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha uslubiyatlarni ishlab chiqadi; muhandislik-geologik asoslarni va texnologiyalarni, shuningdek, turli seysmik xavf va xatarlarni baholash uslubiyotlarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi; seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlashning, seysmik xavfni va seysmik xatarni baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqadi; hududlarning seysmik xavfi va seysmik xatariga doir har xil masshtabli xaritalarini tuzadi; kuchli zilzila sodir bo‘lgan taqdirda, yer sathi shaklining o‘zgarishi darajasini, binolar va inshootlarning yemirilishi darajasini baholash uchun zilzila epitsentri hududida makroseysmik hamda boshqa tadqiqotlar o‘tkazadi; suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy nazorat qilish usullarini ishlab chiqadi hamda instrumental seysmologik va seysmometrik kuzatuv ma’lumotlari asosida suv omborlari to‘g‘onlarining dinamik xossalarini o‘rganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydi; oliy ta’lim tashkilotlari uchun seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tayyorlashda ishtirok etadi; axborot-kutubxona muassasalarini va oliy ta’lim tashkilotlarini seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik manbalar bilan ta’minlaydi; seysmik faol zonalarda qurilish normalari va qoidalarini takomillashtirishda ishtirok etadi”. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga 5-ilovada: “Fazoviy tizimlar va gidrotexnika inshootlari dinamikasi laboratoriyasi” blokidagi “Fazoviy tizimlar va gidrotexnika inshootlari dinamikasi” so‘zlari “Fazoviy inshootlar dinamikasi va ustuvorligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Deformatsiyalanadigan jismlar va muhitlar mexanikasi laboratoriyasi” blokidagi “Deformatsiyalanadigan jismlar va muhitlar mexanikasi” so‘zlari “Gruntli inshootlar dinamikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Murakkab yuklamada konstruksion materiallar deformatsiyalanishi laboratoriyasi” blokidagi “Murakkab yuklamada konstruksion materiallar deformatsiyalanishi” so‘zlari “Bino va inshootlarni modellashtirish va pasportlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi to‘g‘risidagi nizomda: a) 10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, seysmik xavfsizlikni ta’minlashni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish”; b) 11-band quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan to‘ldirilsin: “j) O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, seysmik xavfsizlikni ta’minlashni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholaydi hamda nazorat qiladi; elektron texnik pasportlar asosida binolar va inshootlarni seysmik jihatdan zaifligi bo‘yicha tasniflashda, shuningdek, binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvida hamda ularning zilzilabardoshligini oshirishda ishtirok etadi; seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek, ko‘p qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga oladigan elektron texnik pasportlarni shakllantiradi; seysmik xavfsizlik ta’minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda muntazam ravishda takomillashtiradi; O‘zbekiston Respublikasidagi qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash, shuningdek, mavjud binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar ko‘radi”. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 16-ilova “Laboratoriya nomi” ustunining 2 — 4 pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin: 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi 343-son qarorida: a) 1-ilovada: 10-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan elektron texnik pasportlarni shakllantirish va platformaga kiritilishini ta’minlash hamda mavjud binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishini nazoratga olish”; 11-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin: “d) yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan elektron texnik pasportlarni shakllantirish va platformaga kiritilishini ta’minlash hamda mavjud binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishini nazoratga olish sohasida: seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek, ko‘p qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan elektron texnik pasportlarning buyurtmachilar tomonidan rasmiylashtirilishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlaydi, shuningdek, instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish hamda zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar ko‘radi”; b) 2-ilovada: 9-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan elektron texnik pasportlarni shakllantirish va platformaga kiritilishida hamda mavjud binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishida ishtirok etish”; 10-band quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan to‘ldirilsin: “e) yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan elektron texnik pasportlarni shakllantirish va platformaga kiritilishida hamda mavjud binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish sohasida: seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek, ko‘p qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan elektron texnik pasportlarning buyurtmachilar tomonidan rasmiylashtirilishini tekshiradi; O‘zbekiston Respublikasida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash, shuningdek, seysmik zaif hisoblangan bino va inshootlarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish hamda zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar ko‘rishga ko‘maklashadi”. 6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy reglamentda: a) 15-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Binolar va inshootlarning zilzilabardoshlikka doir vizual hamda instrumental-texnik tekshiruvlari hududiy inspeksiyalar, qurilish sohasidagi loyihalash tashkilotlari va maxsus litsenziyalangan tashkilotlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Vizual tekshiruvlar instrumental-texnik tekshiruv o‘tkazilishini talab etadigan hollarda binolar va inshootlarning zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvi o‘tkaziladi hamda ularning elektron texnik pasporti yangilanadi”; b) 16-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III-IV toifadagi obyektlar ishga tushirilayotganda ular zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda o‘tkaziladi. Kuchli zilzilalar sodir bo‘lgan hududlardagi barcha turdagi binolar va inshootlardan mutaxassislar tomonidan zilzilabardoshlikka doir vizual yoki instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyin foydalanishga yo‘l qo‘yiladi”. 7. Vazirlar Mahkamasining “Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 30-iyundagi 405-son qarorida: a) 4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi yangi qurilgan bino va inshootlarga berilgan kadastr raqamlarini har oy yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasiga taqdim etsin”; b) Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash bo‘yicha elektron texnik pasportlarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 21-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bunda, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi yangi qurilgan bino va inshootlarga berilgan kadastr raqamlarini har oy yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasiga taqdim etib boradi”; 2-ilovaning 19-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3-ilovaning 19-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
250
11,338
Qonunchilik
Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, hududning noyob tarixiy-madaniy va me’moriy obidalari bilan turistlarni keng tanishtirish, zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va ko‘rsatilayotgan turizm xizmatlari sifatini takomillashtirish, ichki turizmni faollashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlari o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: 2020-2021-yillarda Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq; Surxondaryo viloyatida “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi 2-ilovaga muvofiq; Surxondaryo viloyatida turli ixtisoslikdagi kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha zamonaviy klinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tibbiyot turizmini rivojlantirish chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq; Surxondaryo viloyatiga qo‘shni davlatlar aholisining tashrifini sanitariya-epidemiologik talablarga qatiy rioya etgan holda ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq; Surxondaryo viloyatida joylashgan Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligini muhofaza qilish, infratuzilmasini rivojlantirish hamda ushbu obyektni sayyoxlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish chora-tadbirlari rejasi 5-ilovaga muvofiq; Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa” hamda Sho‘rchi tumanidagi “Dalvarzintepa” yodgorligini muhofaza qilish, hududini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish va sayyoxlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, 1 — 6 ilovalarga muvofiq dastur va rejalarga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar, ijrochilar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi 1 — 6 ilovalarga muvofiq dastur va rejalardagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilsin va xar chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar ularni bajarish holati yuzasidan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga ma’lumot kiritib borsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining 2020-yilning iyul oyidan boshlab, Termiz — Sariosiyo — Denov — Boysun — Sherobod — Termiz yo‘nalishi bo‘ylab turistlar uchun mo‘ljallangan avtobuslarning “City Tour” prinsiplari asosida muntazam qatnovini yo‘lga qo‘yish orqali “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi avtobuslarning muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida turoperatorlar, mehmonxonalar, gidlar va boshqa turizm sohasi vakillari o‘rtasida keng targ‘ibot ishlari olib borilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Boysun tumanidagi Omonxona qishlog‘i, Zovboshi tog‘li hududi, Darband qishlog‘i hududlarini o‘z ichiga olgan — Boysun kichik turizm zonasiga investorlarni jalb qilgan holda, turizm infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish choralarini ko‘rsin. 5. “Hunarmand” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda viloyatda esdalik sovg‘a mahsulotlarining turlarini diversifikatsiya qilish, xususan tarixiy-madaniy va arxeologiya, islom ziyorati, ekologiya, buddizm obyektlari, gastronomik va boshqa turizm turlarini aks ettiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Surxondaryo viloyatidagi Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida turizmni rivojlantirish maqsadida ushbu hududda joylashgan “Zarautsoy qoyatosh sur’atlari” turizm namoyishi obyektlarini qo‘riqxonaning qo‘riqlanma zonasiga chiqarish yuzasidan taklif kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Zarautsoy qoyatoshlaridagi bitiklarni saqlab qolish va yosh avlodga keng tanishtirish maqsadida Zarautsoy tarixi haqida chop etilgan kitoblarni saralash va yangidan chop etilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga mazkur qarorning maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar va tematik ko‘rsatuvlarni tashkil etish tavsiya etilsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov va Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
136
5,207
Qonunchilik
Teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yangi tariflar 2018 yil 15 yanvargacha joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 22.12.2017 yildagi 1010-son “Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 11.07.2017 yildagi PQ-3127-son qarori bilan 2018 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaхslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishni yuridik shaхslar - tadbirkorlik sub’yektlariga bosqichma-bosqich oʻtkazish koʻzda tutilgan. Hozirgi paytda bu funksiyani IIVning  Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (keyingi oʻrinlarda – DYHXX) boʻlinmalari bajaradi. Hujjatga koʻra yuridik shaхslar – tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi huquqlarga ega boʻladi: Bu – muhim! 2018 yil 15 yanvargacha  boʻlgan muddatda (tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar boʻyicha – bir oy muddatda) teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun transport vositasining toifasini hisobga olib hamda yuridik va jismoniy shaхslar uchun alohida tabaqalashtirilgan toʻlov  stavkalari miqdorlari joriy etiladi. Transport toifasi - faqat  M1 Shu tariqa, kelasi yildan boshlab jismoniy shaхslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining teхnik holatini tekshirish: Aynan qayerga murojaat qilishni avto egalarining oʻzlari hal qiladi. Bunda хususiy tashkilotlar faqat yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan va haydovchi oʻrnidan tashqari oʻtirish uchun 8 tadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqlarga ega Ml toifadagi transport vositalariga teхnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishi mumkin. Xizmatlar koʻrsatish uchun Oʻzstandart хulosasi zarur DYHXXning diagnostika stansiyalari, TXS va хususiy tashkilotlar faqat Oʻzstandart tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan, tegishli teхnologik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish-teхnik bazasiga ega boʻlgan taqdirda jismoniy shaхslarga tegishli transport vositalarining teхnik holatini tekshirishni oʻtkazishlari mumkin. Uning muvofiqligi mezonlari qarorda koʻrsatilgan. Tadbirkorlik sub’yektlari oʻz faoliyatini boshlagunga qadar tegishli hududiy YHXBlarini barcha yaratilgan sharoitlarning muvofiqligi toʻgʻrisida yozma ravishda хabardor qilishlari kerak. Xatga quyidagilarning nusхasi ilova qilinadi: Hududiy YHXB хat qabul qilingan sanadan boshlab 3 ish kuni ichida  uni oʻrganib chiqadi va barcha talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda tadbirkorni maхsus hisobni yuritish reyestriga kiritadi. YHXBB tadbirkor хabardor qilingan paytdan boshlab 2 ish kuni ichida uni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan reyestrga kiritadi. Roʻyхatdan oʻtkazish hududi ahamiyatga ega Teхnik holatini tekshirishning majburiy sharti – tadbirkorlik sub’yekti yoki uning filiali va avtoni roʻyхatdan oʻtkazish joyi bir hududda boʻlishi kerak. Agar хizmat koʻrsatish hududida bunday хizmatlar koʻrsatadigan bir nechta sub’yektlar boʻlsa, kimga murojaat qilishni transport egasining oʻzi hal qiladi. Tekshirish natijalari boʻyicha хususiy tashkilot mashina egasiga ma’lumotnoma beradi. Uning asosida teхnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari DYHXX organlarida rasmiylashtiriladi. Teхnik koʻrik – endi roʻyхatdan oʻtkazishda ham Endi avtotransport vositalari ularni DYHXX organlarida roʻyхatdan (qayta roʻyхatdan) oʻtkazishda ilgari belgilangan navbatdagi teхnik koʻrikdan oʻtkazish muddatlaridan qat’i nazar teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 26.12.2017 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Lenara Xikmatova.
85
3,668
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab amalga oshirilgan ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tizimini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning mamlakatimiz hududi bo‘ylab sayohat qilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qaroriga muvofiq: 2022-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun respublika hududlarida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (keyingi o‘rinlarda — sayohat xarajatlarini qaytarish) tartibining joriy etilishi belgilanganligi; sayohat xarajatlarini qaytarishni moliyalashtirish uchun respublika budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 30 mlrd so‘m mablag‘ Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab amalga oshirilgan ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: sayohatlar xarajatlarini qaytarishni, shuningdek, sayohat qiluvchilarga taqdim qilinadigan chegirmalar va tayyor turistik paketlarni mustaqil shakllantirishni nazarda tutuvchi elektron platformada (keyingi o‘rinlarda — Platforma) ro‘yxatdan o‘tish hamda undan foydalanish tartibi; sayohatlar xarajatlari qaytariladigan turizm xizmatlarining turlari; sayohatlar xarajatlarini qaytarish miqdorlari, muddati va qaytarish tartibi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Platforma orqali sayohatlar xarajatlarini qaytarish talablari bajarilishining monitoring qilinishi. 3. Belgilansinki: a) 2023-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida sayohat xarajatlarini qaytarishning navbatdagi bosqichlarini moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga mablag‘lar ajratilishi nazarda tutiladi; b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Turizm va madaniy meros vazirligi Platformani uzluksiz faoliyat olib borishini ta’minlash, sayohat xarajatlarini Platformaga kiritish shartlarini buzgan fuqarolarning Platformadan foydalanishini cheklash, shuningdek, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish choralarini ko‘radi; v) sayohat xarajatlarining bir qismi ular mazkur qarorda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning yigirma beshinchi sanasiga qadar qaytariladi; g) Platformaga xizmat ko‘rsatish, uning faoliyatini takomillashtirib borish va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armaga sayohat xarajatlarini qaytarish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Transport vazirligi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda: “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi, boshqa yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega tashkilotlarning elektron chiptalarni xarid qilish portallari, shuningdek, joylashtirish vositalarida yashovchilarni elektron shaklda hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturini Platforma bilan integratsiya qilish va doimiy ravishda uzluksiz faoliyat olib borishini ta’minlash choralarini ko‘rsin; xarid qilingan barcha avia, temiryo‘l va shaharlararo avtobus chiptalari hamda joylashtirish vositalariga kelgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn rejimida olish imkoniyatini yaratsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birga: 2023-yil 1-fevralga qadar sayohat qiluvchilarga xarajatlarining bir qismini qaytarish uchun ularning asosliligi hamda ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi yuzasidan 2022-yil yakuni bo‘yicha hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov va davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan (keyingi o‘rinlarda — turist) respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (keyingi o‘rinlarda — sayohat xarajatlarini qaytarish) tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, o‘tov va chodirli oromgohlar, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish bo‘yicha xizmatlar) ko‘rsatiladigan boshqa obyektlar, shuningdek, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti; madaniyat tashkilotlari — moddiy madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatrlar, kinoteatrlar, badiiy galereyalar (ko‘rgazmalar), ko‘rgazma zallari va sirklar; QR-kodli chek — sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi fiskal belgili chek; Platforma — “Soliq” mobil ilovasidagi sayohat xarajatlarini qaytarish, shuningdek, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida taqdim qilinadigan chegirmalar, tayyor turistik paketlarni mustaqil shakllantirishni nazarda tutuvchi elektron tizim. 3. Turistlarga sayohat xarajatlarini bir qismini qaytarishni moliyalashtirish uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladi. Turizm va madaniy meros vazirligi sayohat xarajatlarini bir qismini qaytarish uchun ajratilgan mablag‘larni Davlat soliq qo‘mitasining talabnomasiga asosan maxsus ochilgan hisob raqamiga o‘tkazib beradi. 4. Davlat soliq qo‘mitasi turistlarga sayohat xarajatlarini qaytarishni Platforma orqali ushbu Nizomning 5 va 6-bandlari talablari asosida amalga oshiradi. 5. Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turist tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish davomida bir vaqtning o‘zida quyidagi turizm xizmatlaridan foydalangan taqdirda amalga oshiriladi: avia, temir yo‘l va (yoki) avtobus transportidan foydalanish; joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish; sayohat davomida kamida bir marta madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish. 6. Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi: aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda; temiryo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda; joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda; madaniyat tashkilotlariga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda. 7. Sayohat xarajatlarini qaytarish mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) yagona elektron milliy katalogida mavjud hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi xizmatlar uchun amalga oshiriladi. 8. Sayohat xarajatlari turistlarga bir oy davomida bir marotaba amalga oshirilgan sayohatlar uchun qaytariladi. 9. Keyingi sayohatlarni ro‘yxatga olish uchun oxirgi hisobga olingan chekdan bir oy o‘tgan bo‘lishi kerak. 10. Turistlarga sayohat xarajatlarini qaytarish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 11. Turistlar sayohat xarajatlarini qaytarish uchun Platformani “Google PlayMarket” yoki “ApStore” internet do‘konidan mobil aloqa vositasiga yuklab oladi. Platformani mobil aloqa vositasiga yuklab olgandan so‘ng, Platformada: “Sayohat uchun keshbek” tugmasini bosish orqali ilovaga kiriladi; sayohat yo‘nalishi, borish va kelish sanalarini kiritish orqali sayohat boshlanganligi tasdiqlanadi. 12. Turistlar Platformada quyidagilarni: borish va (yoki) kelish uchun xarid qilingan avia, temiryo‘l va (yoki) shaharlararo avtobus chiptalari uchun berilgan QR-kodli cheklarni; madaniyat tashkilotlariga kirish chiptasi uchun berilgan QR-kodli cheklarni; joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanganligi uchun to‘loviga berilgan QR-kodli cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazadi. 13. Platformada ro‘yxatdan o‘tkazilgan QR-kodli cheklar bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 4-oktabrdagi PQ-5252-son qaroriga muvofiq 1 foiz miqdorida “keshbek” hisoblanishiga hamda mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq sayohat xarajatlari qaytarilishiga asos hisoblanadi. 14. Sayohat muddati tugashi bilan Platformada ro‘yxatga olingan QR-kodli cheklar avtomatik tarzda hisoblanadi. Shuningdek, turist maxsus tugmani bosish orqali o‘zi belgilagan muddatidan avval sayohatni tugatish imkoniyatiga ega. 15. Davlat soliq qo‘mitasi sayohat yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklarni tekshirib, ulardagi summalar hisob-kitobini amalga oshiradi. 16. Sayohat xarajatlarini qaytarish shartlari to‘g‘ri bajarilganligi natijasi bo‘yicha yig‘ilgan mablag‘lar Platforma orqali amalga oshirilgan sayohatlar uchun uning yakuni bilan keyingi oyning 25-sanasiga qadar turistlarning shaxsiy bank kartalariga O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida qaytariladi. Bunda, Davlat soliq qo‘mitasi operatori hisobiga tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash, bank komissiyasi xarajatlarini qoplash va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash funksiyalarini bajarganlik uchun hisoblangan sayohat xarajatlarini qaytarish summasining 1,5 foiziga teng miqdorda komissiya ushlab qolinadi. 17. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. 18. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tegishli axborot tizimlari orqali chegirmalar olish va sayohat xarajatlarini qaytarib olish talablari bajarilishini doimiy nazorat va monitoring qiladi. 19. Belgilangan tartibni buzgan (buzishda gumon qilingan) turistlarning Platformadan foydalanishiga cheklov (vaqtincha cheklov) o‘rnatiladi. 20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
166
10,687
Qonunchilik
Ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2017-2019 yillar uchun Bosh kelishuv imzolandi
Mehnatga haq toʻlash,  aholining real daromadlari va turmush darajasini koʻtarish masalalarida ilk bor yalpi ichki mahsulot tarkibida mehnat haqi ulushini 30  foizdan kam boʻlmagan miqdorda saqlab turish, eng kam ish haqi miqdorini belgilash boʻyicha uch tomonlama maslahatlashuvlar oʻtkazish хususida kelishib olindi. Mehnat bozorini rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish masalalarida barqaror ish haqini va хavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlovchi doimiy ish oʻrinlari, ayniqsa qishloq joylarida yaratilishiga,  oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaхslarni hamda  ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining boshqa toifalarini ishga joylashtirishga koʻmaklashishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb topildi. Mehnat muhofazasi va хavfsizligini hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb hisoblagan holda, taraflar ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarining oldini olish, shuningdek, ularning paydo boʻlish sabablarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirishga e’tibor qaratish, mehnat sharoitlari va muhofazasi, sanoat va ekologik хavfsizlik holatini davlat nazorat organlari bilan hamkorlikda tekshirishni amalda keng qoʻllash majburiyatini oʻz zimmalariga oldilar. Ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy himoya sohasida taraflar biznesning korporativ ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali kam ta’minlangan oilalarga, bolali oilalarga, urush va mehnat faхriylariga moddiy yordam koʻrsatib borish majburiyatini oldilar. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, jismoniy tarbiyani ommalashtirish ishlari, mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini sogʻlomlashtirish masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi. Bosh kelishuvda shuningdek jamoa shartnomalariga ayollar va yoshlar uchun qoʻshimcha kafolatlarni, shu jumladan: Bosh kelishuv bilan ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish choralari va bu boradagi ayrim qoidalar belgilab qoʻyildi. Yagona muzokara jarayonini tatbiq qilish maqsadida tegishli kasaba uyushmalari va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) oʻrtasidagi tarmoq (tarif) kelishuvlarini – tegishli yilning yanvar oyidan, korхona, tashkilot, muassasalarda jamoa shartnomalarini esa – mart oyidan kechiktirmay tuzish tavsiya etildi. Bosh kelishuvning barcha boʻlimlarida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga, uning konvensiya va tavsiyalarini amaliyotga tatbiq etishga e’tibor qaratilgan. Ta’kidlash lozimki, Bosh kelishuv mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning asosiy hujjati hisoblanadi, doiraviy tusga ega boʻlib Hukumat, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va ish beruvchilar tashkilotlari hamkorligining asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi. Kelishuv me’yorlarining katta qismi tarmoq va hududiy kelishuvlar, shuningdek jamoa shartnomalari orqali amalga oshirilishi lozim.  Mahmudjon ISAYeV,   Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi boʻlim mudiri
81
3,028
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin: 2008-yil 1-mayda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a’zosi A.U. Baxramov to‘g‘risida”gi; 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a’zosi N.I. Kucherskiy to‘g‘risida”gi; 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi a’zosi C.T. Inamova to‘g‘risida”gi; 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi A.A. Abdullayev to‘g‘risida”gi; 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi a’zosi I.A. Bobojonov to‘g‘risida”gi; 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi a’zosi C.A. Rafikov to‘g‘risida”gi; 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi A.X. Eshmurotov to‘g‘risida”gi; 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida”gi. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
1,205
Qonunchilik
Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini hamda kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” Qonunga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” Qonuni (yangi tahriri) qabul qilinishi munosabati bilan Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 4-martda 465-son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini hamda kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash Tartibi”ning (ro‘yxat raqami 907, 2000-yil 7-mart, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil 5-son) 1.3-bandi oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin. “Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir”. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
154
1,006
Qonunchilik
“Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Buxoro viloyatida uglevodorod va mineral resurslarni chuqur qayta ishlashga yo‘naltirilgan yuqori texnologik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish loyihalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish hamda tabiiy gazni chuqur qayta ishlashga mo‘ljallangan gaz-kimyo kompleksini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish va uning negizida yirik zamonaviy gaz-kimyo texnologik klasterini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasini hamda zamonaviy gaz-kimyo texnologik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 13-avgustdagi PQ-5221-son qaroriga asosan: Buxoro viloyati Qorako‘l va Olot tumanlarining umumiy 400 gektar yer maydonida gaz-kimyo sohasiga ixtisoslashgan “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi o‘rinlarda — “Qorako‘l” EIZ) tashkil etilganligi; “Qorako‘l” EIZ hududida “Jizzakh Petroleum” MChJ qo‘shma korxonasi (keyingi o‘rinlarda — qo‘shma korxona) tomonidan 2021 — 2025-yillarda to‘g‘ridan to‘g‘ri va davlat kafolati ostida bo‘lmagan investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan, dastlabki umumiy qiymati 4 mlrd AQSh dollariga teng “MTO (metanoldan olefin olish) texnologiyasi asosida gaz-kimyo kompleksini qurish va gaz-kimyo texnologik klasterini tashkil etish” investitsiya loyihasi (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) joylashtirilishi; investitsiya loyihasini amalga oshirish va keyinchalik uni ekspluatatsiya qilish, shu jumladan, unga to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyasi va kreditlarini jalb qilish maqsadida qo‘shma korxona tomonidan loyiha kompaniyasi tashkil qilinishi; uch yil davomida, istisno tariqasida, “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining (keyingi o‘rinlarda — “Qorako‘l” EIZ direksiyasi” DUK) sarf-xarajatlari xorijiy korxona tomonidan ajratiladigan beg‘araz moliyaviy yordam hisobiga ta’minlanishi; b) qo‘shma korxona ta’sischilarining 2021-yil 26-oktabrdagi umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq “Jizzakh Petroleum” MChJ qo‘shma korxonasi “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ shaklidagi xorijiy korxona (keyingi o‘rinlarda — xorijiy korxona) etib o‘zgartirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Buxoro viloyati hokimligi: Qurilish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Qorako‘l” EIZning bosh rejasini “Qorako‘l” EIZ direksiyasi” DUKning o‘z mablag‘lari hisobiga ishlab chiqsin va tasdiqlasin; “Qorako‘l EIZ direksiyasi” DUK uchun Qorako‘l tumani hokimligining ma’muriy binosidan tekin foydalanish huquqi asosida zarur inventarlar bilan jihozlangan xizmat xonalari ajratilishini va “Qorako‘l EIZ direksiyasi” DUKning o‘z mablag‘lari hisobiga keyinchalik zamonaviy ma’muriy bino qurilishini ta’minlasin; “Qorako‘l EIZ direksiyasi” DUKni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishni, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or tajribasi asosida mutaxassislarning malakasini muntazam ravishda oshirib borishni ta’minlasin. 4. Belgilansinki: “Qorako‘l EIZ direksiyasi” DUKning direktori Buxoro viloyati hokimligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining kelishilgan taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 13-iyundagi PF-153-son Farmoni 4-bandiga muvofiq “Qorako‘l” EIZ hududida yer maydonlarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijara huquqi asosida ajratishda to‘lovlarni o‘n ikki oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amalga oshiriladi. 5. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Samarqand va Buxoro viloyati hokimliklari bilan birgalikda o‘rnatilgan tartibda kelishilgan holda xorijiy korxona murojaatiga asosan bir oy muddatda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan “Oqmozor” hamda Buxoro viloyati Peshku tumanida joylashgan “Tozbuloq” noruda foydali qazilma konlarini qazib olish uchun ruxsatnoma to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida berilishini ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin. 1. “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) operativ boshqaruv uchun o‘ziga berilgan davlat mulki negizida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi. Direksiya o‘ziga biriktirilgan mulkka nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan doirada o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirig‘i binoan mas’ul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini amalga oshiradi. 2. Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. 3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisobvaraqlarga, shu jumladan, valyuta hisobvaraqlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi. 4. Direksiyaning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — “Qorako`l” erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi” davlat unitar korxonasi; qisqartirilgan nomi — “Qorako`l” EIZ direktsiyasi” DUK; b) rus tilida: to‘liq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Korakul”; qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Korakul”; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — “Directorate of free economic zone “Korakul” State Unitary Company; qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Korakul” SUC. 5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Ulug‘bek ko‘chasi 35-uy. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi o‘rinlarda — Muassis) hisoblanadi. 7. Direksiya o‘z nomidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin. 8. Direksiya Muassisning roziligiga ko‘ra tijorat tashkilotlarining, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlarda ishtirokchi (aksiyador, a’zo) bo‘lishi mumkin. 9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas. 10. “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi o‘rinlarda — “Qorako‘l” EIZ) rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini, shuningdek “Qorako‘l” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash orqali operativ boshqarish, “Qorako‘l” EIZ ishtirokchilariga xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlarni) bajarishdan (ko‘rsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi. 11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: “Qorako‘l” EIZ hududida maxsus huquqiy rejimning amal qilishini ta’minlash; salohiyatli investorlar va “Qorako‘l” EIZ ishtirokchilari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, shu jumladan investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqish va tanlab olish uchun qabul qilish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur ruxsatnomalar berishni “yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish; “Qorako‘l” EIZ hududidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish, shuningdek, “Qorako‘l” EIZ ishtirokchilari tomonidan investitsiya bitimiga kiritilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish; “Qorako‘l” EIZni rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash; “Qorako‘l” EIZ ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish; “Qorako‘l” EIZga investorlarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirish; “Qorako‘l” EIZ hududiga qiziqish bildirgan investorlarni, erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarini axborot bilan ta’minlash, shu jumladan ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etish; “Qorako‘l” EIZ hududidagi yer uchastkalarini, shuningdek, binolar va inshootlarni erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish; davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish; “Qorako‘l” EIZ o‘z faoliyatini boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishga haqlidir. 12. Direksiya qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini ham amalga oshirishi mumkin. 13. Direksiya Muassisga va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisobot beradi. 14. Muassis quyidagi huquqlarga ega: Direksiya faoliyatining maqsadi va yo‘nalishlarini belgilash; Direksiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish; Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish; Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqiqiy emas deb hisoblash va Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish; Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va oraliq, tugatish balansini tasdiqlash; mehnatga oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish yoki bekor qilish. 15. “Qorako‘l” EIZ mustaqil budjeti va “Qorako‘l” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. 16. “Qorako‘l” EIZ direksiyasiga Buxoro viloyati hokimligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining kelishilgan taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor rahbarlik qiladi. 17. Direksiya “Qorako‘l” EIZ ishtirokchilarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas. 18. Direksiya ijro etuvchi organ hisoblanadi. 19. Direktorga quyidagi vazifalar yuklatiladi: qonunchilik hujjatlari talablarini bajarish, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqadi va joriy etadi; “Qorako‘l” EIZni rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishini tashkil qiladi; Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifoda etadi; xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalarini (kontraktlarni) tuzadi, o‘zgartiradi va ularning amal qilishini to‘xtatadi; qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi; kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; Direksiyaning ichki ish tartibini va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi; Direksiya tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi; Muassisga Direksiya faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot beradi; Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 20. Direktor: o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarni bajarishda Direksiya manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning ta’minlanishi va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning to‘lanishini, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq ehtiyojlarga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) uchun, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yo‘qolgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi; “Qorako‘l” EIZning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga “Qorako‘l” EIZning mustaqil budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi. 21. Direktor o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 22. Direksiyaning ustav fondi “Qorako‘l” EIZ faoliyatini operativ boshqarish uchun Muassis tomonidan o‘ziga berilgan mablag‘lar, mol-mulk va boshqa aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. 23. Direksiya ustav fondining miqdori 300,0 mln so‘mni tashkil qiladi. 24. Direksiyaning ustav fondi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis qaroriga binoan ko‘paytiriladi yoki kamaytiriladi. 25. Muassis tomonidan Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi. 26. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas. 27. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek, o‘zgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi. 28. Direktor Muassis bilan kelishgan holda, Direksiya mulkini quyidagicha tasarruf etishi mumkin: asosiy vositalarni sotish, ijaraga yoki garovga berish; mol-mulkni boshqa xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondiga ulush sifatida kiritish; boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalarini (ulushlarini) sotib olish va sotish; mol-mulkni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqacha tarzda tasarruf etish. 29. Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: davlat mulki bo‘lgan va “Qorako‘l” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan daromadlarning bir qismi; xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar; “Qorako‘l” EIZ ishtirokchilarining ajratmalari va “Qorako‘l” EIZ ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovlar; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. 30. Direksiya o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi. 31. Direksiyaning sof foydasi Direksiya tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga binoan foydalaniladi. 32. Muassis o‘z qarori bilan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga homiylik xayriyasi sifatida yo‘naltiriladigan mablag‘larning cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi. 33. Direksiyaning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘rilgan zararlari ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin. 34. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va ro‘yxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi. 35. Direksiyaning xo‘jalik subyekti sifatidagi faoliyati Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi. 36. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 37. Direksiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi. 38. Direksiya Muassis majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. 39. Direksiya Muassisning qaroriga ko‘ra, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoxud qayta tashkil etilishi mumkin. 40. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi. Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga o‘tadi.
88
17,604
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 2-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2309-III/KQ-502-Sh-sonli Qo‘shma qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil № 2, 152-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
150
892
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-599-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 22-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-599-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini o‘n kun ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
158
694
Qonunchilik
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 30-sentabrdagi PQ-2414-sonli “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-sonli “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining samarali faoliyatini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibini belgilaydi. 1. Korporativ boshqaruvchi malaka attestati (bundan buyon matnda malaka attestati deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi. 2. Xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari va kuzatuv kengashi a’zolari sifatida tayinlanadigan shaxslar malaka attestatini olishi shart, quyidagilar bundan mustasno: O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) xodimlari; investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi tomonidan kuzatuv kengashi a’zosi sifatida ilgari surilgan shaxslar; kuzatuv kengashining davlat ulushi bo‘yicha mustaqil a’zosi sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega bo‘lgan, shu jumladan xorijiy shaxslar; kuzatuv kengashi tarkibiga kiritish uchun malaka attestatiga ega nomzodlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) hisoblangan mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari — belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan nomzodlar tasdiqlangunga qadar muddatda. Bunda ushbu rahbarlar mazkur muddat mobaynida o‘zining o‘rniga yoki qo‘shimcha ravishda o‘zining xodimlarini kuzatuv kengashi tarkibiga nomzod sifatida tayinlash huquqiga ega. 3. Malaka attestatini olish uchun faqat Oliy maktabning korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi davlat sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar da’vogarlik qilish huquqiga ega. Bunda ariza ushbu o‘quv kurslari yakunlangan kundan boshlab bir yil mobaynida berilishi mumkin. 4. Malaka attestatini berish suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi. 5. Malaka attestatini olishga da’vogarlik qilayotgan shaxs (bundan buyon matnda arizachi deb yuritiladi) Oliy maktabga F.I.O., pasport va bog‘lanish ma’lumotlari, ish joyi ko‘rsatilgan arizani taqdim etadi. 6. Arizachi bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda ariza berishi mumkin. 7. Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun arizachi javobgar hisoblanadi. 8. Oliy maktab ariza olgan kundan bir ish kuni mobaynida arizachini suhbatga kiritish haqida qaror qabul qiladi yoki mazkur Nizomning 3 va 18-bandlari talablariga rioya etilmagan taqdirda, asoslantirilgan rad javobini yuboradi. 9. Suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Agentlik va Oliy maktabning mas’ul xodimlaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Komissiya tarkibiga qo‘shimcha ravishda boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oliy maktab direktori qarori bilan tasdiqlanadi. Komissiya a’zolarining soni 9 kishidan kam bo‘lmasligi kerak. Komissiyaning raisi Oliy maktab direktori, uning yo‘qligida esa o‘rnini bosuvchi shaxs hisoblanadi. 10. Komissiya majlislari arizalar mavjudligida har juma kuni o‘tkaziladi. 11. Oliy maktab komissiya majlisi o‘tkazilishidan kamida 2 kun oldin o‘tkazilish sanasi va joyi haqida o‘z veb-saytida ma’lumotni e’lon qiladi va komissiya a’zolarini xabardor qiladi. 12. Komissiya yig‘ilishlari a’zolarining kamida 75 foizi ishtirok etganida vakolatli hisoblanadi. 13. Har bir arizachi bilan suhbat o‘tkazishning davomiyligi 15 daqiqadan oshmasligi kerak. 14. Suhbat davlat tilida o‘tkaziladi. Suhbat arizachining so‘roviga asosan Oliy maktabning imkoniyatlaridan kelib chiqib boshqa tillarda ham o‘tkazilishi mumkin. 15. Komissiya qarorlari yig‘ilishda ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ovozlar teng bo‘lgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 16. O‘tkazilgan suhbat natijalari bo‘yicha komissiya tomonidan malaka attestatini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladigan qaror qabul qilinadi. Bayonnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va uning raisi tomonidan tasdiqlanadi. 17. Suhbatdan o‘tmaganda yoki suhbatga kelmaganda komissiya tomonidan keyinchalik arizachini xabardor qilgan holda malaka attestatini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 18. Suhbatdan o‘tmagan yoki suhbatga kelmagan shaxs korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi bo‘yicha o‘quv kurslari tugagan kundan bir yil mobaynida umumiy tartibda 3-martadan ko‘p bo‘lmagan takroriy arizalar berishi mumkin. 19. Suhbatdan o‘tgan shaxs komissiyaning malaka attestatini berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng 3 oy muddatda Oliy maktabga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida qiymat to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining nusxasini taqdim etadi. Shundan so‘ng Olyi maktab tomonidan 3 kun muddatda malaka attestati rasmiylashtiriladi va beriladi. Arizachi tomonidan 3 oy muddatda Oliy maktabga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida qiymat to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining nusxasi taqdim etilmaganda komissiya qarorining ushbu arizachiga malaka attestatini berish bo‘yicha qismi haqiqiy emas deb hisoblanadi. 20. Malaka attestatining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi va uzaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 21. Malaka attestati blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Malaka attestati blankasi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shaklda tayyorlanadi. 22. Malaka attestatini qayta rasmiylashtirish unda ko‘rsatilgan pasport ma’lumotlarining o‘zgarishi munosabati bilan amalga oshiriladi. Buning uchun malaka attestatining egasi Oliy maktabga quyidagilarni taqdim etadi: malaka attestatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza; qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan malaka attestatining asl nusxasi; pasport ma’lumotlariga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; malaka attestatini olishda to‘lanadigan qiymatning yarmi miqdori to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining nusxasi. 23. Malaka attestatini qayta rasmiylashtirish mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 5 kun mobaynida avval berilgan malaka attestatining qolgan amal qilish muddatiga malaka attestatining yangi blankasini berish orqali amalga oshiriladi. Avval berilgan malaka attestatining blankasi yo‘q qilinadi. 24. Malaka attestatining dublikati yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka attestatining o‘rniga beriladi. Buning uchun malaka attestatining egasi Oliy maktabga quyidagilarni taqdim etadi: malaka attestatining dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza; yaroqsiz xolga kelgan malaka attestatining asl nusxasi (malaka attestati yaroqsiz holga kelganda); malaka attestatini olishda to‘lanadigan qiymatning yarmi miqdori to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining nusxasi. 25. Malaka attestatining dublikatini berish mazkur Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 5 kun mobaynida avval berilgan malaka attestatining qolgan amal qilish muddatiga yuqori o‘ng burchagida “Dublikat” so‘zi ko‘rsatilgan malaka attestatining yangi blankasini berish orqali amalga oshiriladi. Yaroqsiz xolga kelgan avval berilgan malaka attestatining blankasi yo‘q qilinadi. 26. Oliy maktab malaka attestatiga ega bo‘lgan shaxslar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: malaka attestati berilgan sana va raqami; malaka attestatiga ega bo‘lgan shaxslarning pasport, bog‘lanish ma’lumotlari va ish joyi; qayta rasmiylashtirilgan malaka attestatlari va ularning dublikatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. 28. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi bilan kelishilgan.
97
9,654
Qonunchilik
Turistik vaucher qanday rasmiylashtiriladi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori (26.03.2019 yilda 3146-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan turistik yoʻllanma (vaucher)ning namunaviy shakli va uni toʻldirish tartibi tasdiqlandi. Loyiha bosqichida vaucher nima ekanligi, u nima uchun kerakligi va unda qanday ma’lumotlar koʻrsatilishi haqida yozgan edik. Qabul qilingan hujjat bilan ilgari QHTBT portalida joylashtirilgan vaucher namunasi oʻzgartirishsiz tasdiqlangan, uni toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Turistga (turistlar guruhiga) vaucherni turistik faoliyat sub’yekti – belgilangan tartibda roʻyхatga olingan va turistik хizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi boʻlgan yuridik shaхs beradi. Vaucher turistik faoliyat sub’yekti hamda turist tomonidan turistik хizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomaning asosiy qismi hisoblanadi. U qoʻlda yoki kompyuter teхnikasidan foydalangan holda oʻzbek yoki ingliz tilida toʻldiriladi, sub’yekt rahbari tomonidan imzolanib, turistga taqdim qilinadi. Turist хizmat koʻrsatish joyiga yetib kelgach, vaucherni хizmat koʻrsatuvchi tashkilotga topshiradi. Turistik faoliyat sub’yekti berilgan vaucherlarning reyestrini yuritishi shart. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.03.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
42
1,339
Qonunchilik
YO‘LLARDA HARAKATLANISh
1.1. Ushbu yo‘llarda harakatlanish Qoidalari* O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yo‘llarda harakatlanishning yagona tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatdir. Yo‘llardagi harakatlanishga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan barcha me’yoriy hujjatlar ushbu Qoidalarning talablariga asoslanishi shart. 1.2. O‘zbekistonda transport vositalarining o‘ng tomonlama harakatlanish tartibi amalda bo‘ladi. 1.3. Yo‘llarda harakatlanish ishtirokchilari ushbu Qoidalarni bilishlari, militsiya xodimlari, yo‘l kommunal xo‘jaliklari, temir yo‘l kesishmalari, sol kechuvida xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlar, svetofor ishoralari, yo‘l belgilari (1-ilova), qatnov qismidagi chiziqlar (2-ilova) talablarini bajarishlari shart. Harakatlanishni tartibga solishga vakil shaxslar berilgan vakolat doirasida harakat qilishlari, ularda tegishli guvohnoma va taniqli belgilari (qo‘lbog‘ich, jezla, qizil nur qaytargichli doiracha, bayroqcha) bo‘lishi lozim. 1.4. Ushbu Qoidalarga amal qilayotgan har bir harakat ishtirokchisi, boshqa shaxslar ham qoida talablarini bajaradi deb hisoblashga haqli. 1.5. Yo‘llarda harakatlanish ishtirokchilari va boshqa shaxslar harakatga xavf yoki to‘sqinlik tug‘dirmasligi, yo‘l va yo‘l inshootlari, davlat, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarga zarar yetkazmasliklari kerak. 1.6 Fuqarolar, tashkilotlar va shirkatlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yo‘l belgilarini o‘rnatish taqiqlanadi. 1.7 Respublika hududidagi joriy standart talablariga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanish man etiladi. 1.8. Yo‘llarda harakatlanish qoidalari barcha o‘rta maktablarda, maxsus bilim yurtlarida, maktabgacha bo‘lgan bolalar muassasalarida o‘qitilishi lozim. 1.9. Yo‘llarda harakatlanish ishtirokchilari o‘zaro xushmuomala bo‘lishlari lozim. 1.10. “Yo‘llarda harakatlanish qoidalari”ni qayta chop etish va ko‘paytirish Respublika IIV DAN Boshqarmasi boshlig‘ining roziligi bilan amalga oshiriladi. 1.11. Mazkur Qoidalarni buzgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Qonunchiligiga binoan javobgarlikka tortiladi. “Yo‘llarda harakatlanish ishtirokchisi” —haydovchi, piyoda, yo‘lovchi, chorva mollarini boshqaruvchi, yo‘lni ta’mirlovchilar, yo‘llarda harakatlanishni tartibga solayotgan shaxslar. “Haydovchi” — transport vositasini boshqarayotgan shaxs. “Piyoda” — transport vositasidan tashqarida bo‘lgan, yo‘lda ish bilan band bo‘lmagan holda harakatlanayotgan shaxs. Velosiped, moped, mototsikl, chana yetaklagan, aravacha yoki bolalar kajavasini tortib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz kajavasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar. “Yo‘lovchi” — transport vositasida ketayotgan (haydovchidan tashqari) shaxs. “Imtiyoz” — harakatning boshqa ishtirokchilaridan oldin harakatlanish huquqi. “Yo‘l berish” — yo‘llarda harakatlanish ishtirokchisining boshqa ishtirokchiga xavfsiz harakatlanish uchun imkon yaratib berishi. “To‘xtash” — transport vositasini 10 daqiqadan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtashi. “To‘xtab turish” — transport vositasini 10 daqiqadan ortiq to‘xtab turishi. “Majburiy to‘xtash” — militsiya xodimining talabiga ko‘ra, texnik nuqson, tashilayotgan yuk xavf tug‘dirganda, yo‘llarda, sun’iy inshootlarda, temir yo‘l kesishmalarida nosozliklar paydo bo‘lganda, haydovchi va yo‘lovchining holatiga, ob-havo sharoitiga bog‘liq holda transport vositasi harakatining to‘xtatilishi. “Quvib o‘tish” — yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib bir yoki bir necha transport vositasidan o‘zib ketish va yana o‘z qatnov qismiga qaytib o‘tish. “Etarli ko‘rinmaslik” — qattiq shamol, dovul, chang-to‘zon, tuman, yomg‘ir va qor yog‘ishi tufayli hamda g‘ira-shira qorong‘iliqda ko‘rish masofasining 300 metrdan kam bo‘lgan holati. “Qorong‘i vaqt” — oqshomdan tonggacha bo‘lgan vaqt. “Yo‘l” — harakatlanishda foydalaniladigan ko‘cha, shoxko‘cha, tor ko‘chaning butun eni, qatnov qismi bilan bir sathdagi tramvay yo‘li, yo‘l yoqasi, ajratuvchi bo‘laklar va trotuar. “Asosiy yo‘l” — tuproqli yo‘lga nisbatan qoplamasi bo‘lgan, kesishayotgan yo‘lga nisbatan imtiyozli yo‘l belgilari bilan belgilangan yo‘l. Ikkinchi darajali yo‘lning chorrahaga tutash qismining qoplamali bo‘lishi uni asosiy yo‘l bilan teng huquqli qilmaydi. “Sun’iy inshootlar” — yo‘llarning qatnov qismidagi ko‘priklar, yer osti yo‘llari va hokazo. “Qatnov qismi” — yo‘lning transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismi. Yo‘lning qatnov qismi bir nechta bo‘lishi mumkin, ajratuvchi bo‘laklar ularning chegarasi hisoblanadi. Tramvay yo‘li relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qatnov qismining chegarasi hisoblanadi. “Ajratuvchi bo‘lak” — yo‘lning yonma-yon qatnov qismlarini maxsus baland qurilma va uning ikki yonidagi yotiq chiziq hamda ko‘kalamzorlashtirish uchun mo‘ljallangan joy bilan ajratuvchi, transport vositalarining harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan qismi. “Harakatlanish bo‘lagi” — transport vositalarining bir qatorda harakatlanishi uchun yetarli kenglikka ega bo‘lgan, chiziqlar va yo‘l belgilari bilan belgilangan yoki belgilanmagan qatnov qismining bo‘ylama bo‘lagi. “Chorraha” — yo‘llarning o‘zaro bir sathda kesishishidan hosil bo‘lgan maydon. Yo‘l yoqasida joylashgan muassasa, tashkilot, korxona hududining kirish va chiqish yo‘llaridan hosil bo‘lgan kesishmalar chorraha hisoblanmaydi. “Trotuar” — qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, va maxsus qurilmalar (bordyur, panjara) bilan ajratilib, piyodalarning harakati uchun mo‘ljallangan yo‘lning bir qismi. “Piyodalar yo‘lkasi” — yo‘lning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, transport harakati taqiqlangan qismi. “Piyodalar o‘tish joyi” — yo‘lning piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallangan, maxsus chiziqlar va belgilar bilan ajratilgan qismi. “Temir yo‘l kesishmasi” — yo‘lning temir yo‘l bilan bir satxda kesishgan joyi. “Aholi yashaydigan joy” — aholi doimiy istiqomat qilayotgan kirish va chiqish yo‘llari 5. 225. 25 belgilari bilan ko‘rsatilgan hudud. “Transport vositasi” — odamlar yoki yuklarni tashishga mo‘ljallangan moslama. “Mexanik transport vositasi” — yurgizgich (dvigatel) bilan jihozlangan transport vositasi, bu atama traktor va o‘ziyurar moslamalarni ham o‘z ichiga oladi. “Mototsikl”, “Motoroller” — kajavali yoki kajavasiz, ikki yoki uch g‘ildirakli mexanik transport vositasi. “Moped” — yurgizgichning (dvigatelning) ish hajmi 50 santimetr kubgacha bo‘lgan, tezligi soatiga 50 km dan oshmaydigan mexanik transport vositasi. “Velosiped” — odamning, mushak kuchi bilan harakatlantiriladigan transport vositasi (nogironlar kajavasidan tashqari). “Umum foydalanadigan transport vositasi” — belgilangan yo‘nalishda yo‘lovchi tashish uchun harakatlanadigan avtobus, trolleybus, tramvay va belgilangan yo‘nalishdagi taksilar. “Tirkama” — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanuvchi moslama. Bu atama yarim tirkamalar va uzaytirilgan tirkamalarni ham o‘z ichiga oladi. “To‘la vazn” — ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan, aslahalangan transport vositasining haydovchi, yo‘lovchi, yuk bilan birga ruxsat etilgan eng yuqori vazni (miqdori). Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h. k.) transport vositalarining to‘la vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalari to‘la vaznining yig‘indisi kiradi. 3.1. Mexanik transport vositasi haydovchisi quyidagi hujjatlarni yonida olib yurishga majbur: — tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma va uning taloni; — transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqida hujjat; — yo‘l yoki yo‘nalish varaqasi (xususiy transport vositalari egalaridan tashqari), tashilayotgan yukning hujjatlari; — transport vositasining egasi yonida bo‘lmaganida, transport vositasidan foydalanish huquqini beruvchi qonuniy rasmiylashtirilgan ishonch qog‘ozi, shartnoma yoki umumiy egalik huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi bo‘lishi lozim. Haydovchilar mazkur hujjatlarni DAN va militsiya xodimlari talab etganda berishlari lozim. 3.2. Haydovchi (shaxsiy transport vositalarining egalaridan tashqari) umum foydalanadigan transport vositalarini tekshiruv-taftish xizmati xodimlariga to‘xtashi va yo‘l varaqasi, yuk hujjatlarini tekshirish uchun berishi shart. 3.3. Shaxsiy transport vositasining egasi yoki ishonch qog‘oziga ega shaxs tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan boshqa shaxsga o‘zining transport vositasini vaqtincha boshqarishga ruxsat etishi mumkin. Ammo o‘zi yonida bo‘lishi kerak. 3.4. Transport vositasida O‘zbekistonga kelayotgan yoki xorijga ketayotgan haydovchida: — transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida hujjat (oldi-sotdi shartnomasi, notarial tasdiqlangan ishonch qog‘ozi, bojxona guvohnomasi); — 1968-yilgi “Yo‘llarda harakatlanish haqidagi Konvensiya” talabiga muvofiq haydovchilik guvohnomasi; — transport vositasida u tark etayotgan davlatning raqam va farqlovchi belgisi bo‘lishi shart. 3.5. Haydovchining majburiyatlari : — harakatlanishdan oldin transport vositasining sozligini, tozaligini va to‘liq jihozlanganligini tekshirish; — transport vositasining texnik holatini kuzatib borish; — mototsikl, motoroller, mopedni maxsus bosh kiyimda boshqarish, yo‘lovchilarni ham maxsus bosh kiyim bilan ta’minlash; — harakatlanishdan oldin yo‘lovchilarning transport vositasiga to‘liq chiqib, joylarini egallagan bo‘lishlariga, odam tashish uchun maxsus jihozlangan yuk tashuvchi transport vositalarida odam tashiyotganda yo‘lovchilarni mazkur qoidaning 7.5 bandi talablarini bajarganliklariga ishonch hosil qilgan bo‘lishi, transport vositasining eshiklarini yopishi shart. — haydovchi o‘z harakatida piyoda, xususan bolalar, nogiron va qariyalarga, velosipedchilarga nisbatan nihoyatda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi lozim; — haydovchi yo‘llardan foydalanuvchilarga, uning chekkasida yashovchi kishilarga yuqori darajada shovqin solib, suv sachratib va chang ko‘tarib, noqulayliklar tug‘dirmaslikka harakat qilishi lozim. 3.6. Haydovchi quyidagi hollarda transport xizmati ko‘rsatishi shart: — xizmat vazifasi bilan bog‘liq hollarda militsiya xodimlariga; — tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga; — yo‘ltransporti hodisasi tufayli shikastlangan transport vositalarini shatakka olib borishda (faqat yuk avtomobillari haydovchilari); — tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shu yo‘nalishda ketayotgan tibbiyot xodimlariga, shuningdek harakat yo‘nalishidan qat’i nazar, hayoti xavf ostida qolgan bemorni yaqin oradagi davolash muassasasiga olib borishda (maxsus va diplomatik transport vositalari bundan mustasno). 3.7. Militsiya va tibbiyot xodimlari haydovchi talab qilganda o‘z guvohnomalarini ko‘rsatishlari, haydovchining yo‘l varaqasiga yurilgan vaqti, bosib o‘tilgan masofa, o‘z ismi-sharifi, mansabi, tashkilotning nomini yozib berishlari lozim. 3.8. Nogiron taniqli belgisi bilan belgilangan, nogironlar boshqarayotgan transport vositalar va kajavali yoki kajavasiz mototsikllar 3.2., 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Qo‘shimcha 7.18 belgisi bo‘lganda 3.27 belgisining ta’sir chegarasida to‘xtashga ruxsat etiladi. 3.9. Haydovchiga quyidagilar man qilinadi: — har qanday mastlik (me’yoridan qat’i nazar) yoki giyohvand moddalar ta’sirida betoblik, harakatlanish xavfsizligiga tahdid soladigan darajada charchoqlik, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’siri ostida transport vositasini boshqarish; — har qanday mastlik yoki giyohvand moddalar, harakatlanishga tahdid soladigan darajada charchagan, e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’siridagi, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan tegishli toifadagi guvohnomasi bo‘lmagan yoki bo‘lsada, yo‘l varaqasida ismi-sharifi ko‘rsatilmagan shaxslarga transportni boshqarish uchun topshirish; — texnik nosoz transport vositalarini boshqarish; — moped, motoroller va mototsikllarni ovoz o‘chirgich (glushitel)siz boshqarish yoki uni olib qo‘yib yurish; — tegishli ruxsatsiz transport vositalariga maxsus texnik jihozlari (ratsiya, sirena va h. k.)ni o‘rnatish. 4.1. Maxsus rangga ega bo‘lgan (GOST 2139275) ko‘k rangli yalt-yalt etuvchi chiroqmayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishora yoqilgan tezkor (operativ) transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, ushbu Qoidalarning (DAN xodimlari ko‘rsatmasidan va qoidaning 3.9 bandi, 26-bobning bandlarida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari) talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Chiroqmayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishora yoqib borayotgan transport vositalarining kuzatuvidagi transport vositalarining haydovchilari ham shu imtiyozdan foydalanadilar. 4.2. Haydovchilar ko‘k rangli mayoqcha yoki maxsus tovush moslamasini qo‘llab yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishlari, zarur bo‘lganda bu transport vositalarini bemalol o‘tib ketishlari uchun transport vositasini yo‘lning o‘ng tomoniga olib, to‘xtashlari shart. Yaqinlashib kelayotgan transport vositalarida yaltirovchi ko‘k va qizil rangli mayoqchalar yoqilgan bo‘lsada yo‘nalishda, ikkitadan ortiq, harakat bo‘lagi bo‘lmagan yo‘llarda shu yo‘nalishdagi, ajratuvchi bo‘lak bo‘lmaganda esa qarama-qarshi tomondagi transport vositalarining haydovchilari ham yo‘l chetida to‘xtashlari shart. Saf oxirida borayotgan ko‘k yoki yashil rangli mayoqcha yoqilgan transport vositasi o‘tib ketgachgina harakatni boshlashga ruxsat etiladi. 4.3. Yaltirovchi zarg‘aldoq rangli mayoqchasi yoqilgan, yo‘ldan foydalanish xizmatiga tegishli moslama va transport vositalarining haydovchilari ish bajarish jarayonida harakat xavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu qoidalarning yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari hamda 11.4., 11.5., 11.7 va 18.1 bandlaridagi talablardan chetga chiqishlari mumkin. Zarg‘aldoq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi. U haydovchilarning e’tiborini jalb etish va xavf-xatardan ogohlantirish uchungina xizmat qiladi. 5.1. Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchi: — darhol transport vositasini to‘xtatishi, majburiy to‘xtaganini bildiruvchi chiroqni yoqishi yoki belgi o‘rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni qo‘zg‘atmasligi; — shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish uchun zaruriy choralarni ko‘rishi, “Tez tibbiy yordam” xizmatini chaqirishi, agar buning imkoni bo‘lmasa, shikastlanganlarni o‘z transportida yoki boshqa yo‘lovchi transportida yaqin oradagi davolash muassasasiga olib borishi, u yerda o‘z ismi-sharifi, transport vositasining davlat raqam belgisini aytishi va voqea sodir bo‘lgan joyga qaytib kelishi; — hodisa haqida militsiyaga xabar berishi, guvohlarning ismi-sharifi, manzilgohini yozib olishi, militsiya xodimlari kelishini kutishi; — hodisa izlarini saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rishi, voqea joyini to‘sib qo‘yishi va u yerdan chetlab o‘tishni tashkillashtirishi; — boshqa transport vositalari qatnovini ta’minlash zarur bo‘lganda, guvohlar ishtirokida, avvalo transport vositasining, hodisaga aloqador narsalar va izlarning holatini qayd etib, keyin qatnov qismini bo‘shatishi kerak. 5.2. Yo‘l-transport hodisasida shikastlanganlar bo‘lmasa, yetkazilgan moddiy zarar qimmatga tushmasa, transport vositasi harakatlanishini taqiqlovchi nosozliklar bo‘lmasa, haydovchilar o‘zaro rozilik bildirsalar, hodisa chizmasini tuzib, uni imzolab, yaqin oradagi DAN maskaniga yoki militsiya idorasiga hodisani rasmiylashtirish uchun borishlari mumkin. 6.1. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo‘lkasidan o‘ng tomonlama, agar ular bo‘lmasa, yo‘l yoqasidagi yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo‘lagi bor yo‘llarda tashqi chekkasidan) bir qator bo‘lib yurishlari kerak. Aholi yashamaydigan joylarning yo‘l yoqasida yoki qatnov qismining chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi, nogironlar yurgizgichsiz kajavasida harakatlanayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab borayotgan shaxslar esa transport vositalarining harakati bo‘ylab yurishlari kerak. Eslatma: Piyodalar yo‘lkasida, trotuarlarda, yo‘lning marzalarida piyodalar, xususan nogiron va qariyalar harakatiga xalaqit beruvchi qurilma va jihozlar o‘rnatish man etiladi. 6.2. Odamlar guruhi qatnov qismining o‘ng tomonidan saf qatorini to‘rttadan oshirmay yurishlari mumkin. Saflar oldi va orqasidagi kuzatuvchilar chap tomonda qizil bayroqcha ko‘tarib, qorong‘i va yetarli ko‘rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroqcha ko‘tarib borishlari kerak. Bolalar guruhiga faqat trotuar va piyodalar yo‘lkasida ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasida katta yoshdagilar kuzatuvida yurishlariga ruxsat etiladi. 6.3 Piyodalar yo‘lning qatnov qismini piyodalar o‘tishiga mo‘ljallangan joyidan, u bo‘lmagan chorrahalarda trotuar chizig‘i yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab harakatlanishga xavf tug‘dirmasdan, kesib o‘tishlari lozim. 6.4. Piyodalar svetofor yoki harakatni tartibga soluvchining ishorasiga bo‘ysunishlari shart. Piyodalar zarurat bo‘lmaganda qatnov qismida ushlanib qolmasliklari, to‘xtamasliklari kerak. O‘tishga ulgurmagan piyodalar xavfsizlik orolchasida yoki qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakat oqimini ajratuvchi chiziqlarda to‘xtab turishlari lozim. Xavfsizlikka ishonch hosil qilingachgina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin. 6.5 Piyodalarga man qilinadi: — ajratuvchi bo‘lagi bo‘lgan yo‘llarda piyodalarning o‘tishi mo‘ljallanmagan, yo‘l to‘siqlari o‘rnatilgan joylardan qatnov qismini kesib o‘tish; — yo‘lning qatnov qismida turishlari; — chorrahalarda va yo‘lning qatnov qismida to‘xtagan transport vositalarining oynalari va boshqa qismlarini (ayniqsa bolalar tomonidan) o‘zboshimchalik bilan tozalash; — yaqinlashib kelayotgan transport vositasining yo‘qligiga ishonch hosil qilmasdan, ko‘rinishni cheklovchi biror to‘siq yoki to‘xtab turgan transport vositasi orqasidan to‘satdan chiqish; — harakatlanayotgan transport vositasiga osilish, transport vositasi eshiklarini yopilishiga to‘sqinlik qilish. — 6.6. belgisi bilan belgilangan yo‘lda piyodalar o‘tish, dam olish yoki to‘xtab turish joylaridan tashqarida yurish. 7.1. Avtobus, trolleybus, tramvay, taksilarni faqat bekatlarda, ular bo‘lmagan taqdirda yo‘l yoqasida turib kutish lozim. 7.2. Yo‘lovchi transport vositasi to‘xtagandan keyingina undan tushishi yoki chiqishi mumkin. Yo‘lovchilarni transport qatnovi qismi tomonidan tushishi va chiqishi, piyodalar yo‘lakchasi yoki yo‘l yoqasi tomonidan iloji bo‘lmagan hollarda, boshqa harakat ishtirokchilarining harakatiga xalaqit bermaydigan hamda xavf tug‘dirmaydigan sharoitdagina ruxsat etiladi. 7.3. Tramvay bekatlarida yo‘lovchilarni tushirish va chiqarish maydonlari bo‘lmasa, yo‘lovchilar tramvay to‘xtaganidan keyingina yo‘lning qatnov qismiga chiqishlari mumkin. Tramvaydan tushgan yo‘lovchilar yo‘lning qatnov qismini tezda tark etishlari lozim. 7.4. Yo‘lovchilar transport harakatlanayotgan vaqtda haydovchini chalg‘itmasliklari kerak. 7.5. Yuk tashuvchi transport vositalari harakatlanayotgan vaqtda uning yukxonasida bo‘lgan yo‘lovchilarga tik turish, bortda yoki undan baland yuk ustida o‘tirish taqiqlanadi. 7.6. To‘xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo‘lni kesib o‘tishi shart. 8.1. Yo‘llarda harakatlanish svetoforning yashil, sariq, qizil va oq rangli yoritgichlari hamda DAN xodimining (tartibga soluvchi) ishoralari bilan tartibga solinadi. Svetofor yoritgichlari quyidagilarni bildiradi: — doirasimon yashil yoritgich harakatlanishga ruxsat beradi; — qora asosga olingan, yashil yo‘naltirgichli yoritgich ko‘rsatilgan yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beradi; — svetoforning qo‘shimcha qismidagi yashil yo‘naltirgich ham shu ma’noni anglatadi (chapga burilishga ruxsat etuvchi yo‘naltirgich orqaga qayrilishga ham ruxsat beradi); — miltillovchi yashil yoritgich harakatlanishga ruxsat beradi, ta’sir vaqti tugayotgani va taqiqlovchi yoritgich yonishidan ogoh qiladi; — yashil yoritgichning o‘chishiga qancha soniya qolgani haqida haydovchilarni ogohlantirish uchun raqamli tablo qo‘llanishi mumkin; — sariq yoritgich harakatni taqiqlaydi, yoritgichlar rangi almashishi haqida ogohlantiradi; — miltillovchi sariq yoritgich yoki navbat bilan miltillovchi ikkita sariq yoritgich harakatlanishga ruxsat beradi va harakatlanish tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar o‘tish joyi borligidan xabardor qiladi; — qizil yoritgich, jumladan miltillovchi yoki navbatma navbat miltillovchi ikkita qizil yoritgich harakatlanishni taqiqlaydi. Qizil va sariq yoritgichlarning bir vaqtda yonishi harakatni taqiqlaydi va tez orada yashil yoritgich yonishi haqida axborot beradi. Qizil va sariq yoritgichlardagi qora tasvirli yo‘naltirgichlar bu yoritgichlar ma’nosini o‘zgartirmaydi, balki u svetoforning yashil yoritgichi yonganda ruxsat etilgan harakat yo‘nalishi haqida axborot beradi. Svetoforning asosiy yashil yoritgichiga tushirilgan qora tasvirli yo‘naltirgich, qo‘shimcha qism yoritgichidan farqli boshqa yo‘nalishda harakatlanishga ruxsat beradi va haydovchilarga qo‘shimcha qism borligini bildiradi. Svetofor yoritgichlarida odamlar tasvirining ko‘rinishi, piyodalar harakatini yo‘naltiradi. 8.2. Yo‘l qatnov qismining harakat yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan bo‘laklarida “X” simon qizil yoritqichli, yashil rangli yo‘naltirgichi pastga qaratilgan reversiv svetoforlar qo‘llaniladi. Ular qaysi bo‘lak ustiga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha bo‘lakdagi harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi. Yoritgichlari o‘chirilgan reversiv svetofor ikki tomoni 1.9 chizig‘i bilan belgilangan yo‘l bo‘lagi ustiga qo‘yilgan bo‘lsa, bu bo‘lakka kirish taqiqlanadi. 8.3. Tramvaylarning harakati, shuningdek alohida bo‘lakda harakatlanuvchi umum foydalanadigan boshqa transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun “T” simon oq rangli, to‘rtta yoritqichli svetoforlar qo‘llanishi mumkin. Pastki va yuqorigi bir necha yoki bitta yoritgichi barobar yonganda harakatlanishga ruxsat beriladi. Ulardan chapdagisi chapga, o‘rtadagisi to‘g‘riga, o‘ngdagisi o‘ng tomonga harakatlanishga ruxsat beradi. Yuqoridagi uchta yoritgich yonsa harakatlanish taqiqlanadi. 8.4. Tartibga soluvchining gavda hamda qo‘llarining holati ishora hisoblanadi va quyidagi ma’noni bildiradi: — qo‘llar yon tomonga uzatilsa yoki pastga tushirilsa chap va o‘ng tomondan tramvay uchun to‘g‘riga, relssiz transport vositasi uchun to‘g‘ri va o‘ngga harakatlanish, piyodalar uchun esa qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi; — ko‘krak va orqa tomondagi barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. O‘ng qo‘l oldinga uzatilgan: — chap yonidan tramvay uchun chapga, relssiz transport vositalari uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etiladi. — ko‘krak tomondan barcha transport vositalari uchun faqat o‘ng tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi; — piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi. — orqa va o‘ng tomondagi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Qo‘l yuqoriga ko‘tarilgan: — barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalar uchun tushunarli bo‘lgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Tartibga soluvchi ishoralarning yaqqol ko‘rinishini ta’minlash maqsadida yoritgichli tayoqcha, qizil yoritgichli yoki nur qaytargichli doiracha qo‘llashi, harakatlanuvchilar e’tiborini jalb etish uchun hushtakdan foydalanishi mumkin. 8.5. Haydovchilar svetofor yoki tartibga soluvchining tanlovchi ishorasida to‘xtash chizig‘i (ular bo‘lmaganida, kesishmaning qatnov qismi oldida) yoki piyodalar o‘tish joyiga yetmasdan, boshqa tartibga solingan joylarda esa svetofor oldida to‘xtashlari kerak. 8.6. Sariq yoritgich yonganda yoki tartibga soluvchi qo‘lini yuqori ko‘targanda to‘xtash kerak, chorrahaga kirgan haydovchilar harakatni davom ettirishlari mumkin. Qatnov qismida bo‘lgan piyodalar esa o‘tishni tugatishlari yoki xavfsizlik orolchasida yo qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalarining oqimini ajratuvchi chiziqda to‘xtashlari kerak. 8.7. Haydovchi va piyodalar svetofor yoritgichlariga, yo‘l belgilari, tortilgan chiziqlarga zid bo‘lishiga qaramay, tartibga soluvchining ishora va ko‘rsatkichlariga bo‘ysunishlari kerak. 9.1. Burilishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik yoki qo‘l bilan berilayotgan ishoralar, tovushli ishoralar; fara chirog‘ini uchib-yoqilishi, kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chirog‘ini yoqilishi, majburiy to‘xtashni anglatuvchi chiroqlar — ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi. 9.2. Haydovchi harakatlanishni boshlash, qayta tizilish, qayrilish, burilish, to‘xtash oldidan burilishni bildiruvchi yorug‘lik ko‘rsatkichlari bilan, ular nosoz yoki umuman bo‘lmagan taqdirda qo‘l ishorasi orqali ogohlantirishi shart. 9.3. Chap qo‘lni yonga yoki o‘ng qo‘lni tirsakdan yuqoriga qarata bukish chapga burilish ma’nosini bildiradi. O‘ng qo‘lni yonga yoki chap qo‘lni tirsakdan yuqoriga qarata bukish o‘ngga burilishni bildiradi. O‘ng yoki chap qo‘lni yuqori ko‘tarish — to‘xtash dyemakdir. 9.4. Burilish ko‘rsatkichi yoki qo‘l bilan berilayotgan ishora manyovr bajarilishidan oldin berilishi va manyovr tugallanishi bilan to‘xtatilishi (qo‘l bilan berilayotgan ishora esa, manyovr boshlanishidan oldin tugatilishi mumkin) lozim. Bunday ishoralar boshqa harakat qatnashchilarini chalg‘itmasligi kerak. Haydovchi orqada kelayotgan, quvib o‘tishni boshlagan haydovchiga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilgachgina chapga burilish yoki qayrilish ishorasini berishi kerak. Ogohlantiruvchi ishoralar uni berayotgan haydovchiga imtiyoz bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rish mas’uliyatidan ozod qilmaydi. 9.5. Aholi yashaydigan joylarda tovush moslamalaridan faqat yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadidagina foydalanish mumkin. Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rnatilgan tovush moslamasini boshqa xil tovush chiqaruvchi moslamalar bilan almashtirish taqiqlanadi. 9.6. Quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining e’tiborini jalb qilish uchun fara (chiroq)larni o‘chirib yoqish, aholi yashamaydigan joylarda esa tovush moslamasidan ham foydalanish mumkin. 9.7 Boshqa haydovchilarning ko‘zini qamashtirishi mumkin bo‘lgan hollarda faralarning uzoqni yorituvchi (orqa tomonni ko‘rsatuvchi ko‘zgu orqali ham) chiroqlaridan ogohlantiruvchi ishora sifatida foydalanish taqiqlanadi. 9.8 Kunduzi harakatlanayotgan transport vositasining yaqinni yorituvchi chiroqlari quyidagi hollarda yoqilishi kerak: — saflanib harakatlanganda; — transport oqimi yo‘nalishiga qarshi 5.9 belgisi bilan belgilangan bo‘lakda harakatlanayotganda; — avtobus yoki maxsus jihozlangan yuk avtomobillarida bolalar guruhi tashilayotganda; — yirik hajmli (tashqi o‘lchamlari) va og‘ir vaznli yuklar tashilayotganda; — mexanik transport vositasi shatakka olinganda. Sun’iy tarzda yoritilgan yer osti yo‘llari (tonnellar)da harakatlanayotgan transport vositasining gabarit chiroqlari yoki faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan bo‘lishi kerak. 9.9. Shatakka olingan transport vositasining gabarit chiroqlari har qanday sharoitda yoqilgan bo‘lishi shart. Agar ular texnik nosoz bo‘lsa, shatakka olingan transport vositasining orqasiga majburiy to‘xtash (keyingi matnlarda “Falokat” deb beriladi) belgisi o‘rnatilishi kerak. 9.10. To‘xtash taqiqlangan joylarda majburiy to‘xtalganda, yo‘lning yoritilmagan qismida yoki yetarli ko‘rinmaslik sharoitida to‘xtalganda, to‘xtab turilganda, gabarit yoki to‘xtab turish chiroqlari buzuq bo‘lsa, majburiy to‘xtash yoritgichlari yoqilishi kerak. 9.11. Majburiy to‘xtash yoritgichi bo‘lmasa yoki nosoz bo‘lsa, shuningdek biror yo‘nalishda yo‘lning 100 metrdan kamroq qismi ko‘rinadigan joylarda majburiy to‘xtagan mexanik transport vositasining (kajavasiz mototsikldan boshqa) haydovchisi aholi yashaydigan joylarda transport vositasining orqa qismiga 1520 metr, aholi yashamaydigan joylarda esa 30-40 metr yetmasdan harakat yo‘nalishiga qarab, “Falokat” belgisini yoki fonar, fonus, yalt-yalt etuvchi qizil belgi o‘rnatishi kerak. 10.1. Haydovchi harakatlanishni boshlashda, qayta tizilishda, yo‘nalishni o‘zgartirganda boshqa harakatlanish ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlashi shart. 10.2. Hovli, to‘xtab turish joyi, yonilg‘i quyish tarmog‘i va yo‘lga bevosita tutashgan boshqa joylardan yo‘lga chiqayotgan haydovchi o‘zi kesib o‘tayotgan harakat yo‘lidagi transport vositalari va piyodalarga yo‘l berishi kerak. 10.3. Haydovchi qayta tizilishda qo‘shni qatorda harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi lozim. Yonma-yon harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi o‘ng tomonidagi transport vositasiga yo‘l berishi kerak. 10.4. Haydovchi aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahadan tashqari hollarda o‘ngga, chapga burilish yoki qayrilishda tegishli chetki holatni egallashi shart. Haydovchi burilishni shunday bajarishi kerakki, transport vositasi qatnov qismlarining kesishmasidan chiqishda qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga tushib qolmasin. 10.5. Transport vositasi gabarit o‘lchamlari yoki boshqa sabablari tufayli chetki bo‘lakdan burila olmasa, boshqa transport vositalariga xalaqit bermagan holda burilishni ushbu Qoidalar talabidan chetga chiqib amalga oshirishiga yo‘l qo‘yiladi. Xavfsiz harakatlanishni ta’minlash uchun haydovchi boshqa shaxslar yordamidan foydalanishi lozim. 10.6. Relssiz transport vositasining haydovchisi chorrahadan tashqari yo‘llarda chapga burilish yoki qayrilishda ro‘paradan kelayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Agar qatnov qismining kengligi chetki chap bo‘lakdan qayrilish uchun yetarli bo‘lmasa, uni qatnov qismining o‘ng chetidan amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda qayrilayotgan haydovchi o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi va ro‘paradagi transport vositalariga yo‘l berishi kerak. 10.7. Transport vositalarining harakat yo‘nalishlari kesishadigan hollarda (o‘tish navbati ushbu Qoidalarning 15.3., 15.10, 15.13 bandlari, svetoforning, tartibga soluvchining ishoralari, yo‘l belgilari talablari va boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar bundan mustasno), o‘ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l berilishi kerak. 10.8. Sekinlashish bo‘lagi bo‘lgan yo‘llarda burilmoqchi bo‘layotgan haydovchi o‘z vaqtida shu bo‘lakka tizilishi va tezlikni kamaytirishi lozim; Yo‘lga chiqish joyida tezlanish bo‘lagi bo‘lsa, haydovchi harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berib, so‘ng oqimga qo‘shilishi kerak. 10.9. Quyidagi holatlarda qayrilish taqiqlanadi: — piyodalarni o‘tish joylarida; — tonellarda; — ko‘priklarda; — osma yo‘llar, osma ko‘priksimon inshootlar va ularning ostida; — temir yo‘l kesishmasida; — yo‘lning ko‘rinishi bir yo‘nalishda 100 metrdan kam bo‘lsa. 10.10. Transport vositasini orqaga harakatlantirayotgan haydovchi harakatning boshqa ishtirokchilariga xalal bermasligi kerak. Zarur bo‘lganida xavfsiz harakatlanishni ta’minlash uchun boshqa shaxslarning yordamidan foydalanish lozim. 11.1 Relssiz transport vositalari harakatlanadigan bo‘laklar soni yo‘l chiziqlari yoki maxsus belgilar (5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8) bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki belgilar bo‘lmagan taqdirda, harakat qismining kengligi, transport vositalarining gabarit o‘lchamlari va ular orasidagi zaruriy oraliq (interval)larni hisobga olgan holda haydovchining o‘zi aniqlaydi. 11.2 Ikki tomonlama harakatlaniladigan to‘rt yoki undan ortiq bo‘lakli yo‘llarda, qarshi harakatlanishga mo‘ljallangan tomonga chiqish taqiqlanadi. 11.3. Ikki tomonlama harakatlaniladigan uch bo‘lakli yo‘llarda o‘rta bo‘lakka faqat chetlab o‘tish, quvib o‘tish, chapga burilish va qayrilish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Yo‘lning qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan chetki chap bo‘lagiga chiqish taqiqlanadi. 11.4 Aholi yashamaydigan joylarda haydovchi transport vositasini imkoni boricha qatnov qismining o‘ng chetiga yaqinroq olib harakatlanishi kerak. Aholi yashaydigan joylarda yo‘lning bir yo‘nalishdagi har qanday bo‘lagida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bir yo‘nalishda uch yoki undan ko‘p bo‘lak bo‘lsa, chetki chap bo‘lakka faqat boshqa bo‘laklar serqatnov bo‘lganda hamda chapga burilish, qayrilish, bir tomonlama harakatlanadigan yo‘llarda esa to‘xtash uchun chiqishga ruxsat etiladi. To‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk tashuvchi transport vositalari yo‘lning chap bo‘lagiga faqat chapga burilish, qayrilish, bir tomonlama harakatlanadigan yo‘llarda esa yuk ortish, tushirish uchun chiqishlari mumkin. 11.5. Tezligini soatiga 40 km dan oshirishi mumkin bo‘lmagan yoki texnik sabablarga ko‘ra tezlikni bundan oshira olmaydigan transport vositalari quvib o‘tish, o‘zib ketish, aylanib o‘tish burilish yoki qayrilib olishdagi tizilishdan boshqa hollarda, faqat yo‘lning chetki o‘ng bo‘lagida harakatlanishlari kerak. 11.6. Bo‘laklar, harakat yo‘nalishi alohida belgilar bilan belgilanmagan, serqatnov (tirband) bo‘lganda aylanib o‘tish, o‘zib ketish, chorrahadan o‘tish vaqtida chapda joylashgan bir yo‘nalishdagi tramvay izidan harakatlanishga ruxsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga xalal bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo‘nalishdagi tramvay izidan harakatlanish taqiqlanadi. | 11.7. Chiziqlar bilan bo‘laklarga ajratilgan yo‘llarda transport vositalari bo‘laklar bo‘ylab harakatlanishlari shart. Qayta tizilish vaqtidagina uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o‘tishga ruxsat etiladi. 11.8. 5. 37. belgisi bilan ifodalangan reversiv harakatli yo‘lga burilayotgan haydovchi yo‘lning chetki o‘ng bo‘lagi bo‘ylab harakatlanishi kerak. Reversiv svetofordan yoki boshqa bo‘laklarda ham harakatlanishga ruxsat beruvchi 5.8.7. belgidan o‘tilgandan keyingina qayta tizilish mumkin. 11.9. Hamma bo‘laklar band bo‘lgan serqatnov yo‘llarda harakatlanish bo‘lagini faqat burilish, qayrilish, to‘xtash uchungina o‘zgartirishga ruxsat etiladi. 11.10 Trotuar bo‘ylab joylashgan savdo va boshqa korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarining trotuarda xavfsizlikni to‘la ta’minlaydigan holda harakatlanishiga ruxsat etiladi. 11.11 Sekin harakatlanuvchi transport vositalarining haydovchilari, qo‘shimcha yo‘l bo‘lagiga tegishli belgi o‘rnatilgan bo‘lsa, shu bo‘lakdan foydalanishlari lozim. 12.1. Haydovchi belgilangan tezlikni oshirmasligi, harakatning serqatnovligi, transport vositasi va yukning xususiyati, holati, yo‘l, ob-havo sharoiti, shuningdek yo‘nalishdagi ko‘rinishni hisobga olgan holda harakatlanishi kerak. Haydovchi biror xavf yoki to‘siqni aniqlaganda transport vositasining tezligini, zarur bo‘lsa tuxtagunga qadar kamaytirishi, to‘siqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavfsiz tarzda aylanib o‘tishi hamda uni bartaraf etish chorasini ko‘rishi kerak. 12.2 Aholi yashaydigan joylarda barcha transport vositalarining tezligi soatiga 70 km dan oshmasligi kerak. 12.3 Aholi yashamaydigan joylarda: — yengil va to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari tezlikni soatiga 100 km dan; — barcha turdagi avtobuslar, tirkamali yengil va to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari tezlikni soatiga 90 km dan; — mototsikl haydovchilariga tezlikni soatiga 70 km dan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. 12.4. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: — tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan me’yordan oshirish; — transport vositasiga o‘rnatilgan taniqlik belgisida ko‘rsatilgan tezlikdan oshirish; — besabab juda sekin yurib, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit berish; — zaruratsiz transportni keskin to‘xtatish. 12.5 Haydovchi, oldindagi transport vositasi keskin to‘xtaganda, urilib ketmaslikni kafolatlovchi oraliq masofani va xavfsizlikni ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani ta’minlamog‘i shart. 12.6 Tezlikni soatiga 50 km dan oshirish mumkin bo‘lmagan transport vositasining, shuningdek to‘la vazni 12 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositasining haydovchisi aholi yashamaydigan joylardagi yo‘llarda harakatlanganda oraliq masofani shunday saqlashi kerakki, quvib o‘tayotgan boshqa transport vositasi yo‘lning o‘ng tomoniga bemalol qayta tizila olsin. Agar haydovchi quvib o‘tishga tayyorlanayotgan yoki harakat serqatnov bo‘lsa, yuqoridagi talab o‘z kuchini yo‘qotadi. 13.1. Haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin: — orqada harakatlanayotgan haydovchining uni quvib o‘tishiga harakat qilmayotganiga; — oldinda ketayotgan transport vositasi haydovchisining chapga burilishga (qayta tizilishga) ogohlantirish ishorasini bermaganligiga; — quvib o‘tish vaqtida ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga to‘sqinlik qilmasligiga; — quvib o‘tishni tugallaganda, quvib o‘tilayotgan transport vositasiga to‘sqinlik qilmasdan qayta tizila olishiga ishonch hosil qilishi kerak. 13.2. Quvib o‘tilayotgan transport vositasi haydovchisining tezlikni oshirib yoki boshqa xil harakatlar bilan quvib o‘tayotgan haydovchiga to‘sqinlik qilishi taqiqlanadi. 13.3. Quyidagi hollarda quvib o‘tish taqiqlanadi: — kesib o‘tilayotgan yo‘lga nisbatan asosiy bo‘lgan yo‘llarda quvib o‘tish hollaridan tashqari, barcha chorrahalarda; — temir yo‘l kesishmasida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda; — tepalikning yuqori qismida, keskin burilishlarda va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan boshqa joylarida. 13.4. Aholi yashamaydigan joylarda yo‘llarning kengligi, holati, sekin harakatlanayotgan katta hajmli yoki ma’lum tezlikka amal qilayotgan transport vositasini quvib o‘tishga xalaqit bersa, uning haydovchisi mumkin qadar yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanishi, zarur hollarda esa to‘xtab, orqada to‘planib qolgan transport vositalarini o‘tkazib yuborishi kerak. 13.5. Agar qarama-qarshi harakatlanishdagi yo‘lning biror bo‘lagida to‘siq bo‘lsa, to‘siq o‘z tomonida bo‘lgan haydovchi yo‘l berishi kerak. Tegishli belgilar qo‘yilgan tepaliklarda to‘siq bo‘lsa, uning qaysi tomondaligidan qat’i nazar, nishablik tomonga qarab harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerak. 14.1. Transport vositalarining yo‘lni o‘ng tomonida, yo‘l yoqasida, mumkin qadar o‘ngroqda to‘xtashi va to‘xtab turishiga ruxsat etiladi. Aholi yashaydigan joylarda yo‘lning chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turishga faqat harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘llarda, hamda o‘rtasida tramvay izlari bo‘lmagan, har qaysi yo‘nalishda bittagina bo‘lagi bor yo‘llarda ruxsat etiladi. 14.2. Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining faqat bir qator bo‘lib to‘xtashi va to‘xtab turishiga ruxsat etiladi. Kajavasiz mototsikllar, mopedlar va velosipedlarni esa ikki qator qilib qo‘yishga ruxsat etiladi. Boshqa transport vositalari harakatiga to‘sqinlik qilmaydigan joylarda transport vositalarini qatnov qismining chetiga burchak ko‘rinishida qo‘yishga ruxsat etiladi. 14.3. Aholi yashamaydigan joylarda uzoq vaqt to‘xtab turish (dam olish, tunab qolish va h. k.) ga faqat to‘xtab turish maydonchasi yoki yo‘ldan tashqarida ruxsat etiladi. 14.4. Transport vositasini o‘z-o‘zidan yurib ketishi yoki haydovchi yo‘qligida undan foydalanishga imkon bermaydigan zarur choralar ko‘rilgan holdagina haydovchi o‘z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qarovsiz qoldirishi mumkin. 14.5. To‘xtab turish joylari trotuarga yaqin bo‘lsa, trotuarga yondoshib to‘xtab turishga ruxsat etiladi. To‘xtab turish usuli maxsus belgilar bilan ko‘rsatilganda unga to‘la amal qilinishi shart. Yengil transport vositalar va mototsikllarga yo‘lga tutash trotuar chetida to‘xtab turish piyodalar harakatlanishiga xalaqit bermaslik sharti bilangina ruxsat etiladi. 14.6. Xavfsizlikka tahdid tug‘dirsa yoki harakatlanishning boshqa ishtirokchilariga xalaqit beradigan bo‘lsa, to‘xtagan transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi. 14.7. Quyidagi hollarda to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanadi: — tramvay harakatiga xalaqit bersa tramvay izlarida va tramvay izlariga yaqin joylarda; — temir yo‘l kesishmalarida, tonellar, osma ko‘priklar, ko‘priklar, osma yo‘llar ostida; — to‘xtagan transport vositasi bilan sidirg‘a chiziq orasida 3 metrdan kamroq masofa qolgan joylarda; — piyodalarning o‘tish joylari va ularga 5 metrdan kamroq masofa qolganda; — qatnov qismini kesib o‘tish chegarasiga 5 metrdan kamroq masofa qolganda (sidirg‘a chiziq tortilgan yoki yo‘lni ajratuvchi qismi bo‘lgan uch tomonli chorrahalarda yondoshgan yo‘lning qarshi tomonida to‘xtash va to‘xtab turish bundan mustasno); — to‘xtash maydoniga, ular bo‘lmaganda esa umum foydalanadigan transport vositalari yoki taksi bekatlarini ko‘rsatuvchi belgilarga 15 metrdan yaqinda; — transport vositasi svetofor yoritgichlarini yoki belgilarni boshqa haydovchilardan to‘sib qo‘yadigan joylarda. 14.8. To‘xtab turish quyidagi hollarda taqiqlanadi: — aholi yashamaydigan joylardagi yo‘lning xavfli burilishlarida, yo‘lning loaqal bir yo‘nalishida 100 metrdan kam masofa ko‘rinadigan joylarda; — temir yo‘l kesishmalariga aholi yashaydigan joylarda 50 metrdan kam, aholi yashamaydigan joylarda esa 100 metrdan kam qolganda; — ko‘priklarda, osma ko‘prik va osma yo‘llarda; transport vositalari yoki piyodalarning harakatlanishiga xalaqit beradigan boshqa joylarda. 15.1. Haydovchi chapga burilishda yoki qayrilishda qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak. 15.2. Chapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi o‘zi burilayotgan yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan piyodaga, velosipedchiga yo‘l berishi kerak. 15.3. Harakatlanishga ruxsat bir vaqtda berilganda, avval harakatlanish imtiyozi tramvay haydovchisiga beriladi. 15.4. Haydovchi to‘xtashga majbur bo‘lgan har qanday holatda ham chorraha yoki yo‘lning qatnov qismlari kesishadigan joyni band qilmasligi kerak. 15.5. Svetoforning ruxsat etuvchi yoritgichlari yonganda chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqish paytida to‘xtash chizig‘i bo‘lmasa, svetoforning boshqa yoritgichlari yonishidan qat’i nazar, ko‘zda tutilgan yo‘nalishda chiqib ketishi kerak. Biroq, chorrahada haydovchining yuradigan yo‘lida joylashgan svetoforlar oldida to‘xtash chizig‘i bo‘lsa, u har bir svetofor yoritgichi ishorasiga amal qilishi kerak. 15.6 Haydovchi svetoforning ruxsat etuvchi yoritgichi yonganda harakatlanishni boshlagan, burilishni yoki qayrilishni tugatayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak. 15.7 Svetoforning sariq yoki qizil chirog‘i qo‘shimcha qismi bilan yonganda, yo‘naltirgich ko‘rsatib turgan yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo‘nalishdagi transport vositasiga yo‘l berishi kerak. “T” simon chorrahalarda to‘g‘riga harakatlanishni ko‘rsatib turgan qo‘shimcha qismli svetofor yonib turgan bo‘lsa, yo‘lning qaysi bo‘lagida to‘xtash chizig‘i bo‘lmasa, transport vositalariga shu bo‘lakdan to‘g‘riga harakatlanishga ruxsat etiladi. 15.8. Harakatlanish qo‘shimcha qismli svetofor bilan tartibga solingan chorrahada, burilish imkonini beradigan bo‘lakda harakatlanayotgan haydovchining to‘xtashi orqadagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilsa, u yo‘naltirgich ko‘rsatayotgan yo‘nalishda harakatni davom ettirishi lozim. 15.9. Agar tartibga solingan chorrahada svetofor o‘chirilgan yoki miltillovchi sariq chiroq ishlayotgan bo‘lsa, haydovchi o‘rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishi kerak. 15.10. Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar chorrahasida, asosiy yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l beriladi. 15.11. Teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasida haydovchi o‘ngdan kelayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak. 15.12. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishi kerak. Ikkinchi darajali yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari lozim. 15.13. Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasi bor-yo‘qligini aniqlay olmasa (qorong‘i vaqtda, loy, qor va h. k., imtiyoz belgilari bo‘lmasa, unda bu yo‘lni ikkinchi darajali deb hisoblash kerak. 16.1. Haydovchi piyodalarning tartibga solinmagan o‘tish joylariga yaqinlasharkan, shu yo‘nalishning qatnov qismida bo‘lgan piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun tezlikni kamaytirishi yoki to‘xtashi kerak. 16.2. Piyodalarning tartibga solinmagan o‘tish joyi oldida biror transport vositasi to‘xtagan yoki to‘xtayotgan bo‘lsa, boshqa transport vositasining haydovchisi to‘xtab turgan transport oldida piyodalar yo‘qligiga ishonch hosil qilganidan keyingina harakatni davom ettirishi mumkin. 16.3. Haydovchi har qanday hollarda ko‘zi ojiz piyodalarga yo‘l berishi kerak. Ko‘zi ojiz piyodalar qo‘lida oq hassa yoki hushtak bo‘lishi mumkin. 16.4. Haydovchi svetoforning yashil chirog‘i yoki tartibga soluvchining ruxsat ishorasiga qaramay, piyodalarning shu yo‘nalish bo‘yicha o‘tib bo‘lishlariga imkon berishi kerak. 16.5. Haydovchi harakatlanishning tirbandligi va boshqa sabablar tufayli to‘xtashga majbur bo‘lgan taqdirda ham yo‘lning piyodalar o‘tish joyini band qilmasligi kerak. 16.6. Haydovchi bekatda (yo‘l o‘rtasida) to‘xtagan tramvayga borayotgan yoki undan tushib kelayotgan piyodalarga yo‘l berishi kerak. 16.7. “Bolalar” belgisi bo‘lib, to‘xtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchi qatnov qismidan o‘tayotgan bolalar guruhiga yo‘l berishi kerak. 17.1. Haydovchi temir yo‘lni kesib o‘tishda yaqinlashayotgan poyezdga (lokomotiv, drezina) yo‘l berishi kerak. 17.2. Haydovchi temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘qligiga ishonch hosil qilishi, shlagbaum holati, chiroqqa, yo‘l belgilari va chiziqlariga, navbatchining ko‘rsatmasiga amal qilishi kerak. Navbatchining ko‘krak tomoni yoki orqa o‘girib, tayoqcha (qizil bayroqcha)ni boshidan yuqori ko‘tarib turishi yoki qo‘llarini yon tomonlariga uzatib turishi harakatlanishni taqiqlovchi ishora hisoblanadi. 17.3. Shlagbaum yopiq bo‘lganda yoki yopila boshlaganda, shuningdek svetoforning taqiqlovchi ishorasida (shlagbaum holatidan yoki uning yo‘qligidan qat’i nazar) kesishmaga chiqish taqiqlanadi. Agar svetofor, shlagbaum ishlamasa yoki ular umuman bo‘lmasa, haydovchi yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘qligiga ishonch hosil qilganidan keyingina harakatlanishi mumkin. 17.4. Temir yo‘l kesishmalarida harakat taqiqlanganda yoki yaqinlashayotgan poyezdni o‘tkazib yuborishda haydovchi to‘xtash chizig‘ida, maxsus belgi yoki svetofor oldida to‘xtashi kerak. Ular bo‘lmagan taqdirda shlagbaumga 5 metr yetmay, agar shlagbaum bo‘lmasa birinchi relsga kamida 10 metr yetmasdan to‘xtashi kerak. Poyezdning yo‘qligiga ishonch hosil qilgachgina harakatni boshlash lozim. 17.5. Haydovchiga har qanday vaziyatda temir yo‘l kesishmalarida to‘xtash yoki uni band qilish taqiqlanadi. 17.6. Haydovchi kesishmada majburan to‘xtaganda, odamlarni transport vositasidan tushirish va kesishmani bo‘shatish choralarini ko‘rishi kerak. Agar transport vositasini kesishmadan uzoqlashtirishning iloji bo‘lmasa, haydovchi: — bor imkoniyatlardan foydalanib, temir yo‘lning har ikki tomoniga iz bo‘ylab 1000 metr masofaga ikki kishini (agar bir kishi bo‘lsa, uni temir yo‘lning yaxshi ko‘rinmaydigan tomoniga) jo‘natishi, ularga poyezd haydovchisiga to‘xtash ishorasini qanday berish kerakligini tushuntirishi; — transport vositasi yonida qolishi va umumiy xatar borligi ishorasini berishi.
23
47,103
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Respublika o‘quvchi-yoshlar markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ–2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining 83-bandini bajarish yuzasidan hamda o‘quvchi-yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, ularga vatanparvarlik tuyg‘ularini va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Andijon viloyatining Andijon tumanidagi Xortum qishloq fuqarolar yig‘ini, Kamolot ko‘chasida barpo etilayotgan o‘quv, madaniyat, sport va turar joy maskanlari negizida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi (keyingi o‘rinlarda “Markaz” deb ataladi) tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: respublika umumta’lim maktablari o‘quvchilari, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’tillar davrida o‘z bilimlarini yanada oshirishga ko‘maklashish, ularning mazmunli dam olishi va sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, axborot makonidagi turli tahdidlarga nisbatan sog‘lom immunitetni shakllantirish; bolalarning mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishini ta’minlashga yo‘naltirilgan madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va mahorat darslarini tashkil etish; o‘quv yili davomida Markazga yaqin atrofda joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklar tashkil etish va boshlang‘ich kasb-hunar sirlarini o‘rgatish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: bir oy muddatda Markaz to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin hamda Markazning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Markazga ta’tillar davrida o‘quvchilarni qabul qilish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markazning shtatlar jadvalini tasdiqlasin. Bunda shtatlarni saqlash xarajatlarining tegishli binolar hajmiga va foydalanishga topshirish muddatlariga mutanosib ravishda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin; ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish maqsadida Markazni malakali mutaxassislar va zarur o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlasin. 3. Andijon viloyati hokimligi yuqorida ko‘rsatilgan o‘quv, madaniyat, sport va turar joy binolari qurilishini qisqa muddatlarda tugatish hamda ularni tezkor boshqarish huquqi bilan Markazga berish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarida “Ta’lim” sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida: 2014-yilda Markazni saqlash va unga respublikaning boshqa hududlaridan keladigan o‘quvchilarning yo‘l xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni ajratsin, 2015-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ularni nazarda tutsin; Xalq ta’limi vazirligining Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan, asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha Markazni tegishli asbob-uskuna va jihozlar, shuningdek bitta “Isuzu” rusumli avtobus hamda bitta “Damas” rusumli yengil avtomobil bilan bosqichma-bosqich ta’minlash uchun zarur mablag‘larni moliyalashtirishni amalga oshirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.I. Ikramov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
137
3,566
Qonunchilik
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida
Xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, muqaddas qadamjolarini obod qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasining: Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini (keyingi o‘rinlarda majmua deb ataladi) barpo etish; majmuada Zahiriddin Muhammad Bobur haykalini o‘rnatish, turli tarixiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan me’moriy ansamblni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Namangan viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda: bir oy muddatda majmua qurilishi uchun zarur yer uchastkasining belgilangan tartibda ajratilishini; majmua qurilishi uchun ajratilgan hududda ko‘chmas mulk obyektlari mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning egalari bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslarga pul kompensatsiyalarini Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq to‘lanishini ta’minlasin. 3. Majmuani saqlash, uning ish faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Namangan viloyati hokimligi muassisligida davlat unitar korxonasi shaklidagi “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi (keyingi o‘rinlarda direksiya deb ataladi) tashkil etilsin. 4. Quyidagilar direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin: majmuani lozim darajada muhofaza qilish, but saqlanishini ta’minlash va belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan arxeologlar tomonidan arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etish, chuqur ilmiy arxeologiya tadqiqot natijalari asosida majmuaning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; qadimiy Axsikent shahriga oid respublikamiz va xorijda saqlanayotgan manbalarni malakali mutaxassis va ekspertlar, olimlarni jalb etgan holda atroflicha tadqiq etish, ular haqidagi batafsil ma’lumotlar bazasini yaratish va muntazam yangilab borish, xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish, nashr materiallarini tayyorlash va ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etish; tarixiy-ilmiy asoslar bo‘yicha qadimiy Axsikent shahrining maketlarini tayyorlash, arxeologiya ashyolari, qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar. osori-atiqalar, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar kabi boshqa manbalar hisobidan muzeylashtirilgan ekspozitsiya-ko‘rgazma yaratish, yuqori texnologiyalarga asoslangan axborot-resurs markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish; turistlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish, tarixiy ko‘rinishni saqlagan holda majmuaning muhofaza hududidan tashqarisida zamonaviy kompleks dam olish maskanlarini tashkil etish va majmuaning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Madaniyat vazirligi va Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda: bir oy muddatda direksiyani malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini; direksiyaning xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan o‘zaro madaniy aloqalarini o‘rnatilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini; qadimiy Axsikent shahri tarixi va madaniyatiga oid xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarning asl yoki ko‘chirma nusxalari, foto va videotasvirlari O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan taqdirda (qaytarilganida), zarur ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilganidan so‘ng, ularni direksiyaga tekin berilishini ta’minlasin. 6. Namangan viloyati hokimligi bir oy muddatda: direksiya ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; zarur aloqa turlari va vositalari, shuningdek butunjahon Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini ta’minlasin. 7. Majmuani tashkil etish, qayta tiklash va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va uning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Namangan viloyati hokimligida maxsus jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda jamg‘arma deb ataladi) tashkil etilsin. Quyidagilar jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilansin: majmuani saqlash xarajatlari uchun Namangan viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha mablag‘lari; davlat buyurtmasi asosida ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan maqsadli grant mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Namangan viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish to‘g‘risida nizomni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi direksiyaga madaniy-gumanitar sohadagi nufuzli xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2018 — 2021-yillar uchun tasdiqlanadigan davlat buyurtmasida belgilangan ilmiy tadqiqotlar uchun Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan majmua obyektida arxeologiya tadqiqotlarini olib borish uchun maqsadli grantlar ajratilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi majmuani barpo etish loyihasini amalga oshirish doirasida loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasin hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda direksiya faoliyatini tashkil etish, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid, xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarning ma’lumotlar bazasi — reyestrini yaratish, ularning ko‘chirma nusxalari, foto va video tasvirlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish, turli anjuman, konferensiya va ko‘rgazmalar tashkil etish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan aloqalar o‘rnatilishiga amaliy yordam ko‘rsatsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ majmuani tegishli tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi bilan o‘rnatilgan tartibda ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Namangan viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi majmuaga mahalliy hamda xorijiy ziyoratchilar va sayyohlarning keng ko‘lamli tashriflarini tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rsinlar. 14. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga majmuani barpo etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov va To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘.S. Murodxo‘jayev zammasiga yuklansin.
163
8,038
Qonunchilik
“Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-377-sonli O‘
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Inson organlari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-377-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,038
Qonunchilik
Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda respublika qishloqlarida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda ko‘p kvartirali uylarni qurish dasturlarini amalga oshirish natijasida aholining turar joyga bo‘lgan ehtiyoji qondirilmoqda va shu asosda fuqarolarning farovonlik darajasi yanada oshirib borilmoqda. “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” dasturlari doirasida respublika tumanlaridagi qishloqlarda aholi xonadonlarini elektr va tabiiy gaz ta’minoti tizimlari yangilanib, suyultirilgan gaz hamda ko‘mir yoqilg‘isi bilan uzluksiz ta’minlab borish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, hududlardagi ko‘p qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylarni kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash hamda xonadonlarni isitishda tabiiy va suyultirilgan gaz, qattiq yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash qoidalariga rioya etmaslik holatlari uchrab turibdi. Oqibatda aholi xonadonlarida yong‘in kelib chiqishi yoki is gazidan zaharlanish holatlari ro‘y berib, insonlarning hayoti va salomatligiga jiddiy zarar yetkazilmoqda. Ko‘pincha o‘lim bilan tugaydigan hamda moddiy zarar bilan yakunlanadigan baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lmoqda. Is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning aksariyat qismi tabiiy gaz va muqobil yoqilg‘i turlaridan hamda isitish pechlaridan foydalanishda texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmaganligi, tabiiy gaz tarmog‘iga noto‘g‘ri ulanish, isitish maqsadida mavjud gaz plitalarini yoqib qo‘yish va xonadonlar ichida ochiq olovdan foydalanish hamda dudburonlarning nosozligi oqibatida kelib chiqmoqda. Aholi xonadonlarini isitish, aholining maishiy ehtiyojlari uchun tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishda baxtsiz hodisalar kelib chiqishining oldini olish hamda xavfsiz foydalanish qoidalarini aholiga keng miqyosda tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini o‘rganish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir takliflar tayyorlash bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq Respublika komissiyasi tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Respublika komissiyasining (A.J. Ramatov) asosiy vazifalari etib belgilansin: turar joylardagi isitish tizimlari, gaz plitalari va yondirgichlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etilishi holatini tizimli o‘rganish hamda mavjud muammo va nosozliklarning bartaraf etilishini ta’minlash; turar joylardagi gaz plitalari, isitish qozonlari, dudburonlar va ventilatsiya tizimini texnik taftishdan o‘tkazish va profilaktika xizmatlari ko‘rsatishni tizimli tashkil etish; gaz plitalari va yondirgichlari, isitish qozonlari va pechlarining standart va texnik xavfsizlik talablariga javob berishini o‘rganish; qurilishi tugallangan turar joylarni foydalanishga topshirishda ularning gaz va elektr ta’minoti, isitish va ventilatsiya tizimlari shaharsozlik normalari va qoidalari hamda yong‘in xavfsizligi talablariga to‘liq javob berishiga alohida e’tibor qaratilishini ta’minlash; xavfsiz va energiya tejamkor isitish qozonlari va pechlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash; ommaviy axborot vositalari orqali maishiy ehtiyojlar uchun gaz plitalari, isitish qozonlari va pechlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha maxsus teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar va davra suhbatlari uyushtirish; mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari ishtirokida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi kabi noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha aholi orasida keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish. 3. Aholi turar joylaridagi isitish qozonlari va pechlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etilishi holatini tizimli o‘rganish hamda mavjud muammo va nosozliklarning bartaraf etilishini ta’minlash bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq hududiy komissiyalar tashkil etilsin. Respublika komissiyasining funksiyalari, o‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnomalarni rasmiylashtirgan holda, hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin. 4. “O‘ztransgaz” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda aholi xonadonlarining ichki gaz tarmoqlari hamda gazda ishlovchi qurilma va uskunalarining quyidagi muddatlarda texnik taftishdan o‘tkazilishini va ularga profilaktika xizmati ko‘rsatilishini ta’minlasinlar: ko‘p kvartirali uylardagi gaz plitalari (boshqa gaz priborlari mavjud bo‘lmaganda) — ikki yilda bir marta; turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlari — bir yilda bir marta, profilaktik xizmat ko‘rsatish — har yilgi isitish mavsumi boshlanishidan avval; turar joylardagi dudburonlar va ventilatsiya kanallarini — har yilgi isitish mavsumidan oldin tekshirib, ularning sozligini tegishli dalolatnomalar bilan qayd etish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qo‘lbola yasalgan nostandart isitish moslamalarini ishlab chiqarish hamda ularning bozorlar va turli savdo shoxobchalarida sotilishining oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash dasturlarini shakllantirishda ko‘p kvartirali uylardagi dudburonlar va ventilatsiya tizimini tozalash va ta’mirlash ishlarini nazarda tutsin. 7. “O‘zdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qurilish vazirligi isitish tizimi va tabiiy va suyultirilgan gazdan hamda qattiq yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlarni, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazib, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
156
6,522
Qonunchilik
Sayyohlarga xizmat ko‘rsatilgani uchun turistik firma va mehmonxona xo‘jaliklaridan undiriladigan turistik yig‘imlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrdagi 288-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 41-42-son, 478-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining 2004-yil 29-avgustdagi 106 va 19-son “Sayyohlarga xizmat ko‘rsatilgani uchun turistik firma va mehmonxona xo‘jaliklaridan undiriladigan turistik yig‘imlar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1407, 2004-yil 13-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 413-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. Kelishilgan:
211
1,086
Qonunchilik
AUDITORNING MALAKA SERTIFIKATINI BERISh TARTIBI to‘g‘risida
1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq auditor malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibini belgilaydi. 1.2. Auditor malaka sertifikati jismoniy shaxsga, u auditorlik tashkiloti shtatida bo‘lganda yoki u bilan auditorlik tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan taqdirda, auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradi. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir auditor, malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlar respublika jamoat birlashmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha 60 soatdan kam bo‘lmagan hajmda malaka oshirish kurslarini o‘tishi shart. Xalqaro buxgalter sertifikatiga (“Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Diplomli sertifikatlangan buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan auditor (SRA)” yoki boshqalar) va (yoki) professional buxgalter milliy sertifikatiga (“Sertifikatlangan professional buxgalter”) ega bo‘lgan auditor tanloviga ko‘ra quyidagi kurslardan birida malaka oshirishdan o‘tishi mumkin: auditorlar malakasini oshirish yoki professional buxgaltyerlarni xalqaro yoki milliy sertifikatlash doirasida malaka oshirish kurslari. 1.3. Auditor malaka sertifikati da’vogar tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladi. 1.4. Malaka imtihoni auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga da’vogar bo‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — da’vogar) bilimlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. 1.5. Malaka imtihonini topshirishga mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablariga javob beradigan da’vogarlar qo‘yiladi. 1.6. Malaka sertifikati berilishi, amal qilishi uzaytirilishi, qayta rasmiylashtirilishi uchun, shuningdek uning dublikati berilganligi uchun da’vogar (auditor) mazkur Nizomda belgilangan miqdorlarda yig‘im to‘laydi. Yig‘im kiritish uchun bank rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi veb-saytida joylashtiriladi. Ko‘rsatilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda malaka imtihonlarini o‘tkazish va auditor malaka sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi. 2.1. Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga yoki xorijiy davlatning ta’lim muassasasida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga ekvivalent deb tan olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga (mazkur Nizomga 1-ilova) ega bo‘lishi va oliy ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng oxirgi o‘n yil ichida kamida uch yillik buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida yoxud shu sohalarda dars berish amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lishi: yoki O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan iqtisodiy bo‘lmagan oliy ma’lumotga yoxud xorijiy davlatning ta’lim muassasasida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga ekvivalent deb tan olingan iqtisodiy bo‘lmagan oliy ma’lumot bilan birga oliy ta’lim muassasasini tugallaganidan so‘ng oxirgi o‘n yil ichida kamida 5 yil auditor, auditor yordamchisi, bosh buxgalter, taftishchi yoki soliq inspektori sifatida ish stajiga, shu jumladan, o‘rindoshlik asosida ega bo‘lishi; yoki O‘zbekiston Respublikasida yoxud xorijiy davlatda (qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiyadan o‘tganligi sharti bilan) olingan fanning iqtisodiy tarmog‘ida ilmiy darajaga ega bo‘lishi; 2) belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — NTM) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlar respublika jamoat birlashmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida auditorlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘qitishdan o‘tishi va professional buxgaltyerlarni xalqaro yoki milliy sertifikatlash (“Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Diplomli sertifikatlangan buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan auditor (SRA)”, “Sertifikatlangan professional buxgalter” yoki boshqalar) doirasida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (bundan keyin — MHXS) bo‘yicha “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatning yoxud xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha ASSA diplomining (keyingi o‘rinlarda — DipIFR) mavjudligi. Xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki professional buxgalter milliy sertifikatiga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida so‘nggi besh yil ichida kamida ikki yillik auditorlik tashkilotida ish stajiga ega bo‘lgan talabgorlar malaka imtihonini topshirishga NTMda auditorlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘qitishdan o‘tmasdan qo‘yiladi. 3.1. Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida ariza (3-ilovadagi shaklga muvofiq) taqdim qiladi: 1) to‘ldirilgan anketa (4-ilovadagi shaklga muvofiq); 2) ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom yoki fanning iqtisodiy tarmog‘ida ilmiy darajani olganlik to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud ularning ushbu hujjatni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxalari; yoki ma’lumoti yoxud ilmiy darajasi to‘g‘risidagi xorijiy hujjatni (xorijiy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi diplom mavjud bo‘lganda) nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini e’tirof etish) to‘g‘risidagi vakolatli davlat organi guvohnomasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud ularning ushbu hujjatlarni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxalari; 3) mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyidan tasdiqlangan nusxasi (o‘rindoshlik bo‘yicha mehnat staji mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv kiritilishi lozim); 4) ikkita fotosurat (3 x 4); 5) auditorlarni tayyorlash bo‘yicha NTMda maxsus o‘qitishdan o‘tganlik to‘g‘risida hujjatning asl nusxasi (u o‘qitish tugagan sanadan hujjatlarni topshirish sanasigacha bir yildan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa, haqiqiy deb hisoblanadi) va professional buxgaltyerlarni xalqaro yoki milliy sertifikatlash doirasida MHXS bo‘yicha “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjat (u hujjatning berilgan sanasidan topshirish sanasigacha besh yildan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa, haqiqiy deb hisoblanadi) yoki DipIFR (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud ularning ushbu hujjatlarni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxalari; yoki so‘nggi besh yil ichida belgilangan davriylikda malaka oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan holda xalqaro buxgalter sertifikati yoki professional buxgalter milliy sertifikati (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud ularning ushbu hujjatlarni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxalari. Olinganiga besh yildan kam bo‘lgan xalqaro buxgalter sertifikati yoki professional buxgalter milliy sertifikati mavjud bo‘lgan hollarda ular bo‘yicha belgilangan davriylikda malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari tegishli sertifikat olingan yildan keyingi yildan boshlab taqdim etiladi; 6) malaka imtihonida qatnashish uchun arizani ko‘rib chiqish uchun eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi bank to‘lov hujjati; Ko‘rsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. 7) pasport nusxasi. 4.1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 kunlik muddat ichida malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘sha kunning o‘zida rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risida da’vogarni yozma ravishda xabardor qiladi. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan da’vogarlarning ro‘yxati imtihon komissiyasiga topshiriladi. Bunda malaka imtihoni guruhlarning shakllanishiga qarab, biroq hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab ikki oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Imtihon komissiyasi to‘g‘risidagi nizom, uning tarkibi va reglamenti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xodimlari va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishuvga muvofiq professional buxgaltyerlar va auditorlar, auditorlar respublika jamoat birlashmasi vakillari, shuningdek zaruriyat bo‘lganda soliq solish, xo‘jalik huquqi sohasidagi mutaxassislar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolat berilgan vakili imtihon komissiyasining raisi hisoblanadi. 4.2. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan da’vogarlar malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida imtihon o‘tkazilgunga qadar 10 kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilinadi. 4.3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim qilinganda, shuningdek da’vogar mazkur Nizomning 2.1-bandida bayon etilgan malaka talablariga muvofiq kelmagan hollarda da’vogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etadi. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror asoslantirilgan bo‘lishi lozim. 4.4. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan da’vogar qaytadan ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘nggina murojaat etish huquqiga ega. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun da’vogarga 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat beriladi. Hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish 3 kun ichida amalga oshiriladi. Da’vogarning arizasini qaytadan ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi. Agar malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan kamchiliklar 10 kun mobaynida bartaraf etilmasa, da’vogarning arizasi yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi. 5.1. Da’vogarlar pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda malaka imtihonini topshirishga qo‘yiladilar. O‘zi bilan birga pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati bo‘lmagan yoki malaka imtihoniga kechikkan da’vogarlar imtihonga kelmagan deb hisoblanadi va malaka imtihonini topshirishga qo‘yilgan navbatdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi. Da’vogar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hujjatlarni topshirgan sanadan boshlab olti oy mobaynida malaka imtihonini topshirish uchun kelmagan taqdirda taqdim qilingan hujjatlar da’vogarga qaytariladi. Hujjatlarni takroran taqdim etish mazkur Nizomning 3.1-bandida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. 5.2. Da’vogarlar guruhi (kamida 10 kishi va ko‘pi bilan 20 kishi) uchun malaka imtihoni ikki bosqichda o‘tkaziladi: test sinovi (yozma shaklda 4 akademik soat mobaynida, uning natijalariga ko‘ra da’vogarga yozma-og‘zaki imtihon topshirish uchun ruxsat beriladi); imtihon biletlari bo‘yicha yozma-og‘zaki imtihon (masalalarni echish va og‘zaki javobga tayyorlanish uchun 3 akademik soat beriladi). Malaka imtihonining ikkala bosqichini bir kun davomida o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 5.3. Testlar, imtihon biletlari savollari va to‘g‘ri javob variantlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlar respublika jamoat tashkiloti bilan birgalikda Auditorlarni o‘qitish dasturlari asosida ishlab chiqadi. Imtihon komissiyasi raisining imzosi qo‘yilmagan test blankalari va imtihon biletlari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Testlar va imtihon biletlarining mazmuni qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi. 5.4. Test dasturning barcha bo‘limlarini qamrab oluvchi 75 tadan kam bo‘lmagan savolni o‘z ichiga oladi. Test natijalarini ijobiy deb tan olish uchun asos bo‘ladigan to‘g‘ri javoblar imtihon testlaridagi mavjud savollar miqdorining 75 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini tashkil etishi lozim. 5.5. Test natijalari salbiy deb tan olingan taqdirda da’vogar yozma-og‘zaki imtihonni topshirishga qo‘yilmaydi, unga taqdim etilgan hujjatlari qaytarib beriladi. 5.6. Imtihon bileti to‘rt qismdan iborat bo‘ladi, ularning har biri quyidagi fanlar bo‘yicha nazariy savol va amaliy masalalarni qamrab oladi: Birinchi qism. Moliyaviy hisob. Ikkinchi qism. Boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment va moliyaviy tahlil. Uchinchi qism. Audit. To‘rtinchi qism. Soliqqa tortish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish. Imtihon biletidagi to‘rt qismning har biri bo‘yicha javoblar (shu jumladan masala echilishi) besh balli tizim bo‘yicha baholanadi. Imtihon bileti bo‘yicha kamida 15 ball olgan da’vogarlar imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi. 5.7. Malaka imtihoni o‘tkazilayotgan paytda qonun hujjatlari va yo‘riqnoma materiallaridan, ma’lumotnoma va maxsus adabiyotlardan foydalanish, boshqa da’vogarlar bilan muloqot qilish taqiqlanadi. Ushbu talablarni buzgan da’vogarlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonini topshira olmagan deb hisoblanadi. 5.8. Begona shaxslar va kuzatuvchilarning malaka imtihonida bo‘lishga ruxsat berilmaydi. 5.9. Testni o‘tkazishga ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng da’vogarlar testlarni va ularga berilgan javoblarni imtihon komissiyasiga topshirishlari shart. Ushbu talablarni buzgan da’vogarlar malaka imtihonini topshira olmagan deb hisoblanadi. 5.10. Malaka imtihoni natijalari imtihon komissiyasi tomonidan imtihon o‘tkazilganidan so‘ng ikki kundan kechikmagan holda e’lon qilinadi. Malaka imtihoni natijalari imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan so‘ng 3 kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshiriladi. 5.11. Da’vogarlarning malaka imtihonini topshirishga doir yozma ishlari (testlar, biletlar va ularga javoblar), shuningdek, imtihon komissiyalarining bayonnomalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan tartibda saqlanadi. 5.12. Malaka imtihonini topshira olmagan da’vogarlarga (auditorlarga) yig‘im qaytarilmaydi. Malaka imtihonini topshira olmagan da’vogar (auditor), malaka sertifikatini olish uchun hujjatlarni qaytadan belgilangan tartibda taqdim etishga haqli, biroq malaka imtihonida ishtirok etish sanasidan bir oydan kam bo‘lmagan vaqt o‘tgan bo‘lishi, malaka sertifikati berilishi uchun yig‘im to‘lanishi sharti bilan. 6.1. Malaka imtihoni natijasi bo‘yicha ularga nisbatan salbiy qaror chiqarilgan da’vogarlar malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kalendar kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya yozma shaklda taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi berilgan apellatsiyani bir hafta ichida ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida ariza beruvchini yozma ravishda xabar qiladi. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: imtihon komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish; imtihon komissiyasining qarorini bekor qilish va qayta malaka imtihonini belgilash. 6.2. Imtihon komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi, agarda: apellatsiya shikoyati mazkur Nizom talablarini buzgan holda taqdim etilgan bo‘lsa; apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmasa. 6.3. Imtihon komissiyasining qarorini bekor qilish va qaytadan malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror malaka imtihoni mazkur Nizom talablarini buzgan holda o‘tkazilgan taqdirda qabul qilinadi. 6.4. Malaka imtihonini qaytadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Moliya vazirligi malaka imtihonini topshira olmagan deb hisoblangan da’vogar uchun qaytadan imtihon topshirish kunini belgilaydi. 6.5. Takroriy apellatsiyaga ruxsat berilmaydi. 7.1. Auditor malaka sertifikati mutaxassisning fotosurati yopishtirilgan maxsus blankda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yuridik kuchga ega bo‘ladi. Auditor malaka sertifikati 5 yil muddatga beriladi. 7.2. Auditor malaka sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan imtihon komissiyasining bayonnomalari olingandan so‘ng 10 kunlik muddat ichida rasmiylashtiriladi va malaka sertifikatining egasiga yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida boshqa shaxsga auditorlar reyestriga imzo chektirib beriladi. 7.3. Da’vogar auditor malaka sertifikati rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida uni olishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. 7.4. Auditor malaka sertifikatining egasi auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin, biroq malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashiga 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat qolganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi: 1) 4-ilovaga muvofiq shakldagi ma’lumotnoma; 2) auditor malaka sertifikatining asl nusxasi va har yili auditorlar malakasini oshirish kurslarini o‘taganligi yoxud tegishli sertifikat bo‘lganda professional buxgaltyerlarni xalqaro yoki milliy sertifikatlash doirasida belgilangan muddatlarda malaka oshirilgani haqidagi guvohnomaning uni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxalari; 3) so‘nggi besh yil ichida belgilangan davriylikda malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lgan holdagi xalqaro buxgalter sertifikati (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki ushbu hujjatni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxasi. Olinganiga besh yildan kam bo‘lgan xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lgan hollarda u bo‘yicha belgilangan davriylikda malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari tegishli sertifikat olingan yildan keyingi yildan boshlab taqdim etiladi; 4) malaka sertifikatining amal qilishini uzaytirish uchun eng kam ish haqining bir barobari miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi bank to‘lov hujjati. 7.5. Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish 7.4-bandda ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinganda va auditor malaka sertifikati egasi malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda amalga oshiriladi. Xalqaro buxgalter sertifikatiga (“Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Diplomli sertifikatlangan buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan auditor (SRA)” ega bo‘lgan auditorga uning auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati 7.4-bandda ko‘rsatilgan talablar bajarilgan taqdirda malaka imtihonini topshirmasdan uzaytiriladi. Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati auditor malaka sertifikati blankasida ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugagan sanadan uzaytiriladi. 7.6. Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati 5 yilga uzaytirilishi mumkin. 7.7. Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish belgilangan tartibda, ilgari berilgan auditor malaka sertifikati blankasiga maxsus belgi qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirishga oid rekvizitlari to‘lgan hollarda, auditor malaka sertifikatining egasiga avvalgi raqam bilan yangi auditor malaka sertifikati beriladi. Auditorning yangi malaka sertifikatida (pastki o‘ng burchagida) avval berilgan auditor malaka sertifikati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan alohida yozuv kiritiladi. Avval berilgan auditor malaka sertifikati blankasi yo‘q qilinishi lozim. 7.8. Familiyasi (ismi, otasining ismi) yoki pasport ma’lumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi) o‘zgargan taqdirda, auditor malaka sertifikatining egasi tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni olgan sanadan 10 kundan oshmagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga auditor malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza, qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan auditor malaka sertifikatini, ikkita fotosuratni (3 x 4 hajmdagi) va tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda topshirishi shart. 7.9. Auditor malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish auditor malaka sertifikati egasi tomonidan tegishli ariza topshirilgan kundan boshlab 5 kun mobaynida amalga oshiriladi, bunda auditor malaka sertifikatining yangi blankasi ilgari berilgan raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati bilan beriladi, hamda ilgari berilgan auditor malaka sertifikatining blankasi yo‘q qilinadi. 7.10. Auditor malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. 7.11. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan auditor malaka sertifikatining o‘rniga auditor malaka sertifikati egasining mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda dublikat berish haqidagi arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Auditor malaka sertifikatining egasi matbuotda auditor malaka sertifikati yo‘qolgani haqida e’lon berishi va e’lon tasdig‘ini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishi shart. Auditor malaka sertifikatining dublikati o‘sha raqam bilan va ilgari belgilangan amal qilish muddatiga beriladi, hamda auditor malaka sertifikatining yangi blankasida albatta “Dublikat” deb yozib qo‘yiladi. Yaroqsiz holga kelgan auditor malaka sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi lozim. 7.12. Dublikat berilishi uchun eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. 8.1. Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: auditorning arizasi; auditorlik tekshiruvi davomida olingan ma’lumotlarni auditor tomonidan uchinchi shaxslarga auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz taqdim etilishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzish; auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda aniqlangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilab qo‘yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirilishi; auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik; auditor malaka sertifikatini boshqa shaxsga uning o‘z nomidan auditorlik faoliyatida ishtirok etishi uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida berish faktining aniqlanishi; moliya-xo‘jalik munosabatlari sohasida muayyan lavozimlarni egallashi yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish ko‘rinishida jazoni nazarda tutadigan sud hukmining qonuniy kuchga kirishi; fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risida sudning qarori. Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbarining auditor malaka sertifikatining amal qilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi. Bunda quyidagi hollar auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda auditor malaka sertifikati amal qilishini tugatish uchun asos hisoblanadigan qonun hujjatlari talablarini bir marta qo‘pol ravishda buzish deb topiladi: auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlamaganlik; noto‘g‘ri yoki qasddan soxta auditorlik xulosasini tuzish; auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda olingan konfidensial axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida aniqlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilangan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirilishi; auditor malaka sertifikatini boshqa shaxsga uning ushbu hujjatdan o‘z nomidan auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun foydalanish maqsadida berish faktining aniqlanishi; auditorning o‘zi shtatida bo‘lgan auditorlik tashkilotining tegishli ruxsati (buyrug‘i)siz nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlariga ko‘ra turli tekshirishlarni o‘tkazish uchun mutaxassis sifatida ishtirok etishi. auditorning bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq auditorlik tashkilotida auditorlik faoliyatini amalga oshirishi; auditor bir vaqtning o‘zida bittadan ko‘p auditorlik tashkilotida muassis bo‘lishi faktining aniqlanishi; Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi, mazkur bandning o‘ninchi xatboshisida nazarda tutilgan holat bundan mustasno. Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. Auditor malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi: maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda; sertifikat soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda. Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror auditor malaka sertifikati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi. Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 8.2. Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish uchun asoslar aniqlangan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli qaror qabul qiladi. Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qaror asoslantirilgan bo‘lishi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qarori 5 kun ichida auditor malaka sertifikatining egasiga va u nomidan auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirayotgan, auditorlik tashkilotiga yuboriladi. Auditor tomonidan auditor malaka sertifikatining amal qilishi tugatilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risidagi qaror olingan kundan boshlab 10 kun ichida sertifikat yo‘q qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarilishi lozim. 8.3. Yo‘l qo‘ygan qoidabuzarliklari uchun malaka sertifikatlarining amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan auditorlar uning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida auditor malaka sertifikatini qaytadan olish uchun malaka imtihonlarini topshirishga qo‘yilmaydilar. 9.1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan, ichida quyidagilar ko‘rsatiladigan auditorlar reyestrini yuritadi: olish sanasi, auditor malaka sertifikatini olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi; pasport ma’lumotlari va yashash joyi; ish joyi; auditor malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi; auditor malaka sertifikatining amal qilishini uzaytirish, amal qilishini tugatish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 9.2. Moliya vazirligining veb-saytida auditorlar reyestridan tanishish uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlar joylashtiriladi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi: auditorning familiyasi, ismi va otasining ismi; auditor malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi; auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish, bekor qilish va dublikatini berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining auditor malaka sertifikatini berish, amal qilishini tugatish va bekor qilish masalalariga oid qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin. Biznes Mintaqashunoslik (iqtisodiyot va mamlakatshunoslik) Iqtisodiyot (tarmoqlar bo‘yicha) Moliya Bank ishi Soliqlar va soliqqa tortish Buxgalteriya hisobi va audit Menejment (tarmoqlar bo‘yicha) Marketing (tarmoqlar bo‘yicha) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar Bojxona ishi
59
28,842
Qonunchilik
“Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi hududida yashovchi aholiga kompensatsiya mablag‘lari ajratish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 18-iyundagi PQ-1985-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek “Angren — Pop” temir yo‘l qurilishi hududidagi turar joylar va yer uchastkalari egalariga kompensatsiya mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Namangan viloyati hokimligi tomonidan “Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga 4,1 mlrd so‘m miqdoridagi kompensatsiya to‘lovlari belgilangan tartibda mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Namangan viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining “Angren — Pop” temir yo‘l qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash hisobiga Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob raqamiga tushgan mablag‘lardan 2,0 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari to‘lash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ushbu qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob raqamidan Namangan viloyati hokimligining maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishini ta’minlasin. 4. Namangan viloyati hokimligi viloyat hokimligining maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lardan “Angren — Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi hududida joylashgan turar joylar va yer uchastkalari egalariga kompensatsiya to‘lovlari to‘lash uchun maqsadli foydalanilishini ta’minlasin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 24-bandining o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash hisobiga tushgan mablag‘lardan yer munosabatlari bilan bog‘liq boshqa maqsadlar uchun foydalanish Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi”. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov va Namangan viloyati hokimi B.T. Yusupov zimmasiga yuklansin.
128
2,770
Qonunchilik
“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 8-noyabrda qabul qilingan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
75
472
Qonunchilik
KORXONA, TAShKILOT, MUASSASA, JAMOA XO‘JALIGI, O‘QUV YuRTINING IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YIChA KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil., 15-son, 156-modda) asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Korxona, tashkilot, muassasa, jamoa xo‘jaligi, o‘quv yurtining ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risida”gi nizomga (1998-yil 9-aprel, ro‘yxat raqami 431) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. 1. Nizomning nomlanishidagi va 1.1- banddagi “jamoa xo‘jaligi” degan so‘zlar “fermer xo‘jaligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 1.4-banddagi “pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. II-bo‘limning birinchi xatboshisida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida pensiya jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 1996-yil 27-dekabrdagi 459-sonli qaroriga,” degan so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. 2.2-band “hamda ishlab chiqarishdagi sug‘urta hodisalarini belgilangan tartibda tekshirilishida ishtirok etadi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 5. 2.3-bandda “Pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlaridan keyin “tuman (shahar) bo‘limi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 6. 2.4-bandda “Ma’muriyat” degan so‘zi “Ish beruvchi” degan so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. 2.6-banddagi “12 (“b”—“j”-bandlari) va 15-moddasiga” degan so‘zlari “12-moddasi “b”—“j” bandlari va 15-moddasi “a” bandiga” degan so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. 3.2-bandda “tuman (shahar) bo‘limi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 9. Mazkur Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
155
2,393
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda milliy gidrometeorologiya xizmati 330 dan ortiq gidrometeorologik kuzatuvlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringini olib boruvchi punktlarni birlashtirib, ular yordamida 240 turdan ortiq prognostik, sun’iy yo‘ldoshlardan olinadigan, tahliliy, ixtisoslashtirilgan va ma’lumotnoma tusidagi gidrometeorologik mahsulotlar tayyorlanishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, suv va qishloq xo‘jaligi, energetika, shaharsozlik, sanoat, transport va turizm kabi ob-havoga bog‘liq iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashuvchi gidrometeorologik xizmatlar sifati va ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishiga salbiy ta’sir etuvchi qator muammolar mavjudligi ushbu sohaga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Xususan, gidrometeorologiya faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari tizimlashtirilmaganligi, gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasi mavjud emasligi, ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot faoliyati zamonaviy talablarga javob bermasligi, gidrometeorologik kuzatuv tarmog‘ining rivojlanmaganligi, shuningdek, boshqaruv va prognozlar tayyorlash jarayonlarining ortiqcha markazlashtirilganligi, xodimlar yetarli darajada moddiy rag‘batlantirilmayotganligi yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlamayapti. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik va iqlimiy ma’lumotlar bilan ta’minlash va monitoring yuritish tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, gidrometeorologik axborotni olish, to‘plash va tarqatishda zamonaviy axborot hamda sun’iy yo‘ldosh texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadida: 1. Quyidagilar: a) 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq; b) 2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq; v) O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi kuzatuv tarmog‘ini kengaytirish va avtomatlashtirish bo‘yicha dastur (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Dastur 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi o‘rinlarda — O‘zgidromet) uchun nazarda tutilgan Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 2. O‘zgidromet O‘zbekiston Respublikasida gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida vakolatli davlat organi etib belgilansin. O‘zgidromet Markaziy Osiyo davlatlari uchun Jahon meteorologiya tashkilotining Mintaqaviy ixtisoslashtirilgan meteorologiya markazi, shuningdek, Jahon meteorologiya tashkiloti Jahon ob-havo xizmatining gidrometeorologik ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish va tarqatish bo‘yicha Mintaqaviy telekommunikatsiya markazi funksiyalarini bajarishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. O‘zgidromet huzuridagi “Meteoinfosistem” axborot-texnik boshqarmasi negizida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Meteoinfokom) tashkil etilsin. Belgilansinki: Meteoinfokom xodimlariga O‘zgidromet xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va mukofotlash tartibi qo‘llaniladi; Meteoinfokomni joriy saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlari mehnatini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish Davlat budjeti, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 4. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zgidrometning Toshkent gidrometeorologiya kolleji negizida Toshkent gidrometeorologiya texnikumini (keyingi o‘rinlarda — Texnikum) tashkil etish va uni O‘zgidromet tizimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Texnikum gidrometeorologiya sohasida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy o‘quv muassasasi, meteorologiya, gidrologiya, gidrometeorologiyada aloqa va kommunikatsiyalar sohasida kasb-hunar ta’limi bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish uchun mas’ul etib belgilansin. Belgilansinki: Texnikumda kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasi va to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi; Texnikumning bino va inshootlarini saqlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Texnikum Jahon meteorologiya tashkilotining Mintaqaviy o‘quv markazi funksiyalarini bajarishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zgidrometda gidrometeorologiya, xavfli gidrometeorologik hodisalardan ogohlantirish va ularning oldini olish, aviatsiyaga meteorologik xizmat ko‘rsatish va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning Toshkent gidrometeorologiya texnikumida dastur asosida malakasini oshirish tartibi joriy etilsin. Mazkur band ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi (T.A. Xudaybergenov), Mudofaa vazirligi (B.N. Qurbonov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) bir oy muddatda xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin. 6. Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘zgidrometning “Gidrometpribor” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasini tugatish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 7. O‘zgidromet tuzilmasida: O‘zgidromet xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Bosh direktorning axborot texnologiyalarini joriy etish va innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda Bosh direktorning moliya-xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari joriy etilsin; Toshkent shahar gidrometeorologiya boshqarmasi tashkil etilsin. 8. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi markaziy apparatining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gidrometeorologiya boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zgidromet bosh direktoriga, zarur hollarda, markaziy apparat, uning tarkibiy tuzilmalari va hududiy boshqarmalari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 9. 2021-yil 1-yanvardan boshlab: a) O‘zgidromet va Meteoinfokom xodimlarining lavozim maoshlarini hisoblashda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlari uchun belgilangan tarif koeffitsiyenti ikki baravar oshirilgan holda qo‘llanilsin; b) O‘zgidromet va Meteoinfokom xodimlariga sohada uzoq muddat xizmat qilgani uchun quyidagi miqdorda oylik ustama haq to‘lansin (belgilangan ustamalarni hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 2 yildan 5 yilgacha — 0,2; 5 yildan 10 yilgacha — 0,3; 10 yildan 15 yilgacha — 0,4; 15 yildan 20 yilgacha — 0,5; 20 yildan 25 yilgacha — 0,6; 25 yildan ortiq — 0,7. Bunda, sohada uzoq muddat xizmat qilganlik uchun ish haqiga ustama haq olish huquqini beradigan mehnat stajini hisoblashda O‘zgidromet va uning tizim tashkilotlaridagi ish staji inobatga olinadi. Belgilansinki, ushbu bandda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq, shuningdek, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bino va inshootlarini saqlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ushbu bandda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtirishni ta’minlasin. 10. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmonov) Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutining iqtisodiyot tarmoqlariga global iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini yumshatishga yo‘naltirilgan gidrometeorologiya faoliyati bo‘yicha ilmiy loyihalarni shakllantirish orqali ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini moliyalashtirishni ta’minlasin. Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2021 — 2023-yillarda o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zgidrometning 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakultetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 12. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2021-yildan boshlab belgilangan tartibda O‘zgidrometning yuqori salohiyatli xodimlarini yetakchi xorijiy ta’lim, ilmiy va ixtisoslashtirilgan muassasalarda o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashini tashkil etsin. 13. O‘zgidromet (Sh.H. Habibullayev): a) gidrometeorologiya sohasida xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli Konvensiyasi va Parij bitimi doirasidagi majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan har yarim yilda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin; b) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Sh.M. Qodirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmonov) bilan birgalikda ikki oy muddatda gidrometeorologiya faoliyatida sun’iy yo‘ldosh va yerni masofadan zondlash texnologiyalaridan keng foydalanish, shuningdek, gidrometeorologik ma’lumotlar bilan almashish uchun ma’lumotlar uzatishning yagona telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; v) O‘zbekiston Respublikasida aviatsiyani meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash sohasida xalqaro me’yoriy hujjatlar qoidalari va talablarini milliy miqyosda amalga oshirish bo‘yicha Jahon meteorologiya tashkiloti va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti bilan hamkorlikni ta’minlasin; g) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti va boshqa xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha gidrometeorologiya yo‘nalishida kadrlar tayyorlashni tashkil etsin; d) xavfli gidrometeorologik hodisalarni prognoz qilish, kuzatish, ular sodir bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan mintaqalar va hududlarni aniqlash, tegishli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berishni ta’minlasin, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimidagi xizmatlarga tezkor gidrometeorologik ma’lumotlar taqdim etib borsin; e) quyidagilarni: uch oy muddatda atrof tabiiy muhit monitoringi tahlil laboratoriyalarining moddiy-texnik jihozlanishini tubdan yaxshilash, shuningdek, tahlillarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy reaktivlar, sinov gazlari, prekursorlar va boshqa sarflash materiallari bilan ularni ta’minlash bo‘yicha takliflarni; 2022-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar joriy yil uchun belgilangan vazifalarning bajarilishini chuqur tahlil qilgan holda Konsepsiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini; 2021-yil 1-fevralga qadar gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatiga ruxsat berish va ma’lumot almashinish tartibini; 2021-yil 1-martga qadar xalqaro moliya institutlari va fondlarning gidrometeoreologiya va atrof tabiiy muhit monitoringini takomillashtirishga yo‘naltirilgan texnik ko‘mak loyihalari dasturini; “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog” unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; j) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) bilan birgalikda quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish loyihalarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirishda investorlarga shartnoma asosida meteorologik va gidrologik ma’lumotlarni taqdim etishni tashkil etsin; z) Energetika vazirligining buyurtmasiga binoan, shartnomalar asosida, yangi quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan hududlarda tegishli o‘rganish va tadqiqotlarni amalga oshirsin. 14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 8 — 8o-ilovalarga muvofiq O‘zgidromet buyurtmalari bo‘yicha Dasturda nazarda tutilgan yangi ochilayotgan gidrometeorologiya stansiyalari va postlari uchun yer uchastkalari (sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlaridan tashqari) ajratilishini hamda mahalliy budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga bino-inshootlar qurilishini ta’minlasin. 15. O‘zgidromet (Sh.H. Habibullayev) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) va Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Hamrayev) bilan birgalikda 9-ilovaga muvofiq sohalarga jalb etiladigan xalqaro moliya tashkilotlari grantlari hisobiga mavjud va yangi ochilayotgan meteorologiya, gidrologiya va agrometeorologiya stansiyalari va postlarini avtomatik qurilmalar bilan jihozlashni hamda xodimlarning malakasini oshirishni ta’minlasin. 16. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N.J. Bakirov) O‘zgidromet (Sh.H. Habibullayev) va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda gidrometeorologik ma’lumotlar asosida cho‘llanishning oldini olish, qurg‘oqchilikka qarshi kurashish, o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish ishlarini samarali tashkil etsin. 17. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Hamrayev) O‘zgidromet (Sh.H. Habibullayev) bilan birgalikda suv zaxiralari va resurslarini nazorat qilish, suv resurslari bo‘yicha prognozlar ishonchliligini oshirish bo‘yicha tezkor gidrometeorologik ma’lumotlar taqdim etib borishni ta’minlasin. 18. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) O‘zgidrometda ma’lumotlarni uzatish yagona korporativ tizimini tashkil etish orqali gidrometeorologik axborot va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yagona telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratishni ta’minlasin. 19. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (A.I. Maqsudov), Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) va Transport vazirligining (I.R. Maxkamov) O‘zgidromet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, gidrometeorologik infratuzilmani yangilash hamda sohaga malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida ushbu qarorning 10-ilovasiga muvofiq mablag‘larni bir oy muddatda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan to‘lov sifatida O‘zgidrometga o‘tkazib berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 20. Belgilansinki, O‘zgidromet tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ma’lumotlar shartnoma asosida taqdim etiladi. O‘zgidromet Bosh direktoriga (Sh.H. Habibullayev): Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zgidromet tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, ob-havo prognozlarining aniqligini oshirish hamda soha infratuzilmasini yangilashga yetarlicha shart-sharoitlar yaratish maqsadida ko‘rsatilayotgan barcha xizmat tariflarini tasdiqlash; gidrometeorologiya sohasidagi xorijiy ilg‘or tajribasini tatbiq etish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini va mahalliy mutaxassislarni belgilangan shtat birliklari doirasida shartnoma asosida ishga jalb etish huquqi berilsin. Malakali mutaxassislar va O‘zgidromet o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan miqdordagi ish haqini to‘lash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar O‘zgidrometning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda xalqaro moliya institutlarining grant va texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilansin. 21. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi to‘g‘risidagi nizomni; Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasini; Toshkent gidrometeorologiya texnikumida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zgidromet xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish tartibini tasdiqlasin; O‘zgidromet tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflar ishlab chiqilishini ta’minlasin. 22. Quyidagilar: a) Bosh vazirning maslahatchisi O.M. Umarov: mazkur qarorning sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi, mas’ul vazirlik hamda idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, ular rahbarlarining ko‘rilgan choralar haqidagi hisobotlarini eshitish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga; “Yo‘l xaritasi” va Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini muvofiqlashtirishga; mazkur qarorda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga to‘liq va o‘z vaqtida erishishni ta’minlash yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarning birinchi navbatdagi vazifalarini belgilab berish hamda faoliyatini muvofiqlashtirib borishga; amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mas’ullarning har oylik hisobotlarini eshitib borishga; yuklatilgan vazifalar to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritib borishga; b) moliya vaziri T.A. Ishmetov: zarur mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishi, manzilli sarflanishi va to‘liq o‘zlashtirilishiga; budjetdan qo‘shimcha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini nazorat qilishga; v) O‘zgidromet bosh direktori Sh.H. Habibullayev: “Yo‘l xaritasi” va Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga; gidrometeorologiya xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatiga intellektual tizimlar, axborot resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etishga; gidrometeorologiya xizmatining texnologik infratuzilmasini rivojlantirishga; g) tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga “Yo‘l xaritasi” va Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga; d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zgidrometning hududiy boshqarmalarini rivojlantirish dasturlarini bajarishga shaxsan mas’ul va javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3029-son qarori 4-bandining oltinchi xatboshisi hamda qarorga 10-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 24. O‘zgidromet manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 25. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin. 1. 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish Konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish va gidrometeorologik faoliyatni takomillashtirishning konseptual yondashuvini belgilash maqsadlarida ishlab chiqildi. 2. Konsepsiya gidrometeorologiya faoliyatini takomillashtirishning maqsadi, vazifalari va asosiy yo‘nalishlarini, fan va texnika yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosidagi ustuvor tadbirlarni belgilaydi. 3. Konsepsiyaning asosiy maqsadi milliy gidrometeorologiya xizmati vazifalarini jahon standartlari darajasida bajarilishini ta’minlovchi yuqori samarali innovatsion xizmatga aylantirishdan iborat. 4. Gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat: gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan kuzatish tizimlarining faoliyat ko‘rsatishi, ma’lumotlarni taqdim etish shakli, mazmuni va muddatlarini shakllantirish talablarini belgilash sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish; kuzatuv tarmog‘i zichligini oshirish hamda o‘lchov vositalari va zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali kuzatuv tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiyalash; gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar salohiyatini mustahkamlash; gidrometeorologiya xizmati sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarish faoliyatiga tatbiq etish; ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish va taqdim etishning zamonaviy vositalari va texnologiyalaridan foydalangan holda kuzatuv tarmog‘idan olinadigan axborot resurslari integratsiyasini ta’minlash; gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish; iqlimga bog‘liq tabiiy ofatlar, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish choralari to‘g‘risida aholi xabardorligini oshirish. 5. Konsepsiya quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutadi: gidrometeorologiya faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish; gidrometeorologiya xizmati infratuzilmasini modernizatsiyalash; gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasida xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish; gidrometeorologiya xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash; gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash; gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; gidrometeorologiya faoliyatini keng targ‘ib qilish va aholi xabardorligini oshirish. 6. Gidrometeorologiya faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish doirasida quyidagilar belgilanadi: gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog” unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini qabul qilish; gidrometeorologiya faoliyatining turli xil shakllarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish; gidrometeorologiya sohasidagi davlat standartlari va texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish; gidrometeorologiya sohasidagi xalqaro va davlatlararo standartlarni tatbiq etish va uyg‘unlashtirish. 7. Gidrometeorologiya xizmati infratuzilmasini modernizatsiyalash doirasida quyidagilar nazarda tutiladi: ilg‘or informatsion texnologiyalar, zamonaviy kuzatuv vositalari, tahliliy asbob-uskunalar, qurilmalar va barqaror aloqa tizimlarini joriy etish orqali kuzatuv tarmog‘ini texnik qayta jihozlash, jumladan gidrometeorologiya xizmati markazining gidrometeorologik stansiyalari va postlari sonini amaldagi 335 tadan 397 tagacha orttirish, avtomatlashtirilgan meteorologik stansiyalar ulushini 14 foizdan 100 foizga, qor ko‘chki stansiyalar va agrometeorologik postlar ulushini 100 foizga yetkazish; er usti kuzatuvlari ma’lumotlarini kompleks tahlil qilish, masofadan zondlash va zamonaviy matematik modellashtirish usullari asosida barcha faoliyat turlari, shu jumladan meteorologiya, agrometeorologiya, gidrologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi bo‘yicha tezkor monitoring intellektual tizimini yaratish; atmosferani masofadan va radiolokatsion zondlash zamonaviy vositalarini, jumladan qo‘shimcha 4 ta meteorologik lokatorlarni o‘rnatish, iqtisodiyotning ob-havoga bog‘liq tarmoqlari faoliyati va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni O‘zbekiston Respublikasining hududini to‘liq qamrab oluvchi yer usti meteorologik radiolokatorlar yagona tarmog‘iga birlashtirish; turli muddatli gidrometeorologik prognozlashning innovatsion uslublarini joriy etish, turli barvaqtlikdagi ob-havo prognozlarining ishonchliligini oshirish, jumladan sutkalik 92 foizdan 95 foizga, 2-3 sutkalik 90 foizdan 92 foizga, 4-5 sutkalik 88 foizdan 90 foizga oshirish; sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari hamda masofaviy zondlash orqali olingan ma’lumotlar asosida xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risida erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish; gidrometeorologik ma’lumotlar taqdim etish sifatini tubdan yaxshilash, gidrometeorologiya xizmati tizimida axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish; gidrometeorologik axborotlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishi holati to‘g‘risida ma’lumotlar yagona elektron fondini shakllantirish; gidrometeorologiya xizmati axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarini raqamli iqtisodiyotga integratsiyalash, davlat organlari bilan samarali axborot hamkorligini tashkil etish; atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi axborot tizimini takomillashtirish va atrof tabiiy muhit ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish maqsadida atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringining yangi usullarini rivojlantirish va tatbiq etish, zamonaviy avtomatik o‘lchov vositalarini o‘rnatish; gidrometeorologiya xizmati raqamli va telekommunikatsiya infratuzilmasining texnologik va axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish. 8. Gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasida xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish doirasida quyidagilar nazarda tutiladi: iqtisodiyot tarmoqlari va aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda axborot mahsulotlarini tayyorlash hamda milliy gidrometeorologiya xizmati faoliyatiga gidrometeorologik va iqlimiy xizmat ko‘rsatishning xalqaro modellarini integratsiyalash, shuningdek, turli gidrometeorologik ma’lumotlar ko‘rsatkichlari/mezonlarni yaxshilash; aviameteorologiya bo‘linmalarida Jahon meteorologiya tashkiloti va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti standartlari asosida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish; iqlimning ehtimoliy o‘zgarishlari, ularga moslashish va salbiy oqibatlarini yumshatish to‘g‘risida axborot mahsulotlarini yaratish orqali iqlimiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish; xavflarni oldindan aniqlash va davlat organlari, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini avvaldan xabardor qilishni ta’minlaydigan xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risida barvaqt ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish, shuningdek, shtorm ogohlantirishlarning oqlanish darajasini 92 foizdan 95 foizga yetkazish; turizm sohasi samaradorligini oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik xizmat ko‘rsatish, jumladan bioiqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston turistik salohiyati kartografik modeli va uning mobil ilovasini yaratish. 9. Gidrometeorologiya xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash doirasida quyidagilar nazarda tutiladi: ilg‘or texnologiyalar, malakaviy va kasbiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablarni e’tiborga olgan holda kadrlar siyosati tizimini, jumladan kadrlarni tanlash mexanizmi, ish jarayonini tashkil etishni takomillashtirish; “Gidrometeorologiya” yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish; gidrometeorologiya xizmati ishlab chiqarish bo‘linmalari xodimlarining maqsadli sirtqi ta’lim olishini tashkil etish; Toshkent gidrometeorologiya kolleji negizida o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; gidrometeorologiya xizmati tizimidagi oliy ma’lumotli mutaxassislar ulushini 23 foizdan 35 foizga yetkazish; yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda gidrometeorologiya xizmati hamda boshqa tashkilotlar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, masofaviy ta’lim olish texnologiyalarini joriy etish; gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi va moslashish, atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi va raqamli texnologiyalar sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha stajirovkalar va seminarlar tashkil etish hamda o‘tkazish. 10. Gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida quyidagilar nazarda tutiladi: ilmiy-tadqiqot ishlarini ularning natijalarini ishlab chiqarish faoliyatiga amaliy va maqsadli joriy etilishini hisobga olib amalga oshirish; gidrometeorologiya sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish; kuzatuvlar va gidrometeorologik ma’lumotlarga ishlov berish, xavfli gidrometeorologik hodisalar xavfi va mintaqaviy iqlimning ehtimoliy o‘zgarishlarini baholash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion ilmiy tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy laboratoriyalari va noyob obyektlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash orqali bosqichma-bosqich modernizatsiyalash; kuzatuvlar, gidrometeorologik ma’lumotlarga ishlov berish, shuningdek, xavfli gidrometeorologik hodisalarni prognozlashning ilmiy uslublarini ishlab chiqish va takomillashtirish; mintaqaviy iqlimning ehtimoliy o‘zgarishlari, ularning oqibatlarini prognozlash, asosiy e’tiborni qishloq xo‘jaligi va suv resurslariga qaratgan holda, iqtisodiyot tarmoqlarining zaifligini baholash uslublarini ishlab chiqish; gidrometeorologik, agrometeorologik kuzatuvlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi punktlarining maqbul joylashuvini belgilovchi yer usti kuzatuv punktlari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; xalqaro tajriba va innovatsion yutuqlardan foydalangan holda ilmiy tadqiqot uslublarini takomillashtirish; Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutidagi ilmiy darajaga ega ilmiy xodimlar ulushini 47 foizdan 65 foizga yetkazish. 11. Gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida quyidagilar nazarda tutiladi: tegishli xalqaro majburiyatlar, xususan Jahon meteorologiya tashkiloti Konvensiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli Konvensiyasi, Kioto protokoli va Parij bitimi, YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Gidrometeorologiya bo‘yicha davlatlararo kengashi doirasidagi majburiyatlarni bajarish; yetakchi xorijiy meteorologiya va gidrologiya xizmatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash; yagona xalqaro va mintaqaviy gidrometeorologik kuzatuvlar hamda ma’lumot almashish tizimini shakllantirish va rivojlantirishda ishtirok etish; gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi, atrof tabiiy muhit monitoringi, ilg‘or texnologiyalar bilan almashish sohasida xalqaro huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; transchegaraviy hududlarda gidrometeorologik kuzatuv ma’lumotlari bilan almashish sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash; gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi texnik ko‘mak loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun hamkorlikni kengaytirish, xalqaro moliyaviy institutlar va iqlimiy moliyalashtirish jamg‘armalari mablag‘larini jalb qilish; gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida xorijiy turdosh muassasalar bilan tajriba almashish. 12. Gidrometeorologiya faoliyatini keng targ‘ib qilish va aholi xabardorligini oshirish doirasida quyidagilar nazarda tutiladi: gidrometeorologik ma’lumotlar va ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan xizmatlar ro‘yxatini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirish uchun umumiy ma’lumotlar to‘plamini kengaytirish; gidrometeorologik ma’lumotlarni vizuallashtirish sifatini yaxshilash, O‘zgidromet rasmiy veb-saytini yangilash va uning mobil ilovasini yaratish; fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalar xodimlari, gidrometeorologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislarni keng jalb qilgan holda uchrashuvlar, davra suhbatlari, ekspertlik va jamoatchilik muhokamalari o‘tkazish orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni ta’minlovchi jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik dasturini ishlab chiqish; “Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi” ilmiy jurnali nashr etilishini tashkillashtirish. 13. Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish milliy gidrometeorologiya xizmatini zamonaviy jahon texnologiyalari darajasiga olib chiqishga imkon beradi. 14. Konsepsiyani amalga oshirishdan ilovada belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarga erishish kutilmoqda. 1. Ob-havo prognozining COSMO-CA sonli modeli ma’lumotlari asosida xavfli gidrometeorologik hodisalar (kuchli shamol, jala yomg‘irlari, sel toshqinlari) monitoring tizimi va uning mobil ilovasini yaratish. 2. Bioiqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda turizm hududlarida turpaketlarni diversifikatsiyalash hamda O‘zbekiston turistik salohiyati kartografik modeli va uning mobil ilovasini yaratish. 3. Turli sathlarda suv bug‘ining harakatlanishini o‘rganish asosida atmosfera daryolarining O‘zbekiston hududida shakllanadigan yog‘ingarchilikka ta’sirini miqdoriy baholash uchun dasturiy mahsulot yaratish. 4. O‘zbekiston Respublikasida avtomatlashtirilgan meteorologik radiolokatorlar tarmog‘ining yagona axborot tizimini yaratish. 5. O‘zbekistonning sug‘oriladigan hududlarida kuzgi bug‘doy mahsuldorligini diagnozlash va prognozlashning tezkor modelini ishlab chiqish. 6. Masofaviy zondlash ma’lumotlaridan foydalangan holda o‘simlik qoplami o‘zgarishini monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan milliy dasturiy mahsulot yaratish. 7. Global iqlim o‘zgarishi sharoitida tog‘ muzliklari massasi balansi o‘zgarishining monitoring tizimini va muzliklarning kelajakdagi holatini tavsiflovchi ssenariylarni ishlab chiqish. 8. Iqlim o‘zgarishi sharoitida Chotqol va Piskom daryolari suv resurslari o‘zgarishini gidroenergetik nuqtai nazardan prognozlash modelini ishlab chiqish. 9. Daryolar oqimi uzoq muddatli prognozlari sifatini oshirish uchun matematik modellar, masofaviy zondlash va yer usti kuzatish tarmog‘i ma’lumotlaridan foydalangan holda O‘zbekiston tog‘li hududlarida qor zaxiralari shakllanishi dinamikasining yangi dasturiy ta’minotini yaratish. 10. O‘zbekiston Respublikasi hududlari uchun sel oqimi xavfini oldindan ogohlantirishning interaktiv onlayn tizimini yaratish. 11. O‘zbekiston va unga tutash hududlarda shakllanadigan tog‘ daryolarida suv kamayishini prognozlashning geoinformatsion texnologiyasini yaratish. 12. O‘zbekistonda stabil izotoplardan foydalanib, suv resurslari va ularning ifloslanishi manbalari yangi monitoringi tizimi asosida dastur yaratish. 13. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi gidrologik va gidrokimyoviy rejimi barqarorligini ta’minlash maqsadida suv-tuz balansi modelini yaratish. 14. Iqlim va shahar infratuzilmasining o‘zgarishini hisobga olgan holda, Toshkent shahrida atmosfera havosi sifati monitoring tizimi uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish. 15. Iqlim o‘zgarishi sharoitida Surxondaryo va Qashqadaryo havzasi daryolari oqimini uzoq muddatli prognozlash modelini ishlab chiqish.
117
35,315
Qonunchilik
Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 79, 2011-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2310, 2012-yil 9-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 2-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “10. Aksiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.”. 2. Mazkur qaror “O‘zbekneftegaz” MXK bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Kelishilgan:
117
1,177
Qonunchilik
PAXTA LINTIDAN SELLYULOZANING KIMYoVIY NAVLARINI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh VA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublikada sellyulozaning maxsus eksport qilishga mo‘ljallangan kimyoviy navlarini chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, sellyuloza asosidagi sellyuloza atsetatlari, karboksimetilsellyuloza va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliy xomashyo bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zkimyosanoat” uyushmasining Farg‘ona furan birikmalari kimyo zavodi negizida paxta lintidan sellyulozaning kimyoviy navlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. “O‘zkimyosanoat” uyushmasiga “Unionmateks Industrianlagen GmbX” firmasi bilan texnik hujjatlarni tayyorlash, asbob-uskunalar, materiallarni yetkazib berish, montaj ishlarini bajarish va quvvatlarni 2000-yilning may oyida ishga tushirgan holda paxta lintidan yiliga 30 ming tonna sellyuloza ishlab chiqaradigan texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga topshirish yuzasidan texnik rahbarlik qilishga kontrakt tuzishga ruxsat etilsin. 3. “Unionmateks Industrianlagen GmbX” firmasi har yili ishlab chiqariladigan sellyulozaning 50 foizini xarid qilish majburiyatini olganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Farg‘ona furan birikmalari kimyo zavodi “O‘zkimyosanoat” uyushmasi bilan birgalikda xorijiy kreditlarni muddatida uzish uchun yetarli hajmdagi sellyulozani sotishga “Unionmateks Industrianlagen GmbX” firmasi bilan fyuchers kontraktini bir oy muddatda tuzsin. 4. Obyektni loyihalashtirish, qurish, asbob-uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish muddatlari 1-ilovaga* muvofiq belgilansin. 5. Belgilansinki, loyihaning valyuta qismi: kontrakt qiymatining 85 foizi “Germes” jamiyati sug‘urtasi ostida Berliner banki krediti liniyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining qayta moliyalashtiriladigan krediti hisobiga; kontrakt qiymatining 15 foizi “Unionmateks Industrianla-gen GmbX” firmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kafolati ostida Berliner bankining muddati 540 kun bo‘lgan krediti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi. Kreditlarni uzish Farg‘ona furan birikmalari kimyo zavodi tomonidan kredit bitimida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi (2-ilova*). 6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi: loyihani O‘zbekiston Respublikasining 1999 va keyingi yillardagi investitsiya dasturiga kiritishni nazarda tutsin; 2000-yildan boshlab, Farg‘ona furan birikmalari kimyo zavodining buyurtmanomalari bo‘yicha zarur hajmda va assortimentda paxta linti ajratilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda Berliner banki bilan kredit bitimini tuzsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Berliner bankiga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga mazkur loyiha uchun jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlarini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin. 11. Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari bo‘yicha yuridik xulosalarni rasmiylashtirsin. 12. Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalari, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi bojxona hujjatlari o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini va Farg‘ona furan birikmalari kimyo zavodining buyurtmanomalari bo‘yicha kelayotgan asbob-uskunalar va material resurslari belgilangan joyga to‘siqlarsiz yetkazilishini ta’minlasinlar. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
128
3,693
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq: 1. 2019-yil 15-aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Qozog‘iston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lgan mehnatkash-migrantlar va O‘zbekiston Respublikasidagi Qozog‘iston Respublikasining fuqarolari bo‘lgan mehnatkash-migrantlarning mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomani Qozog‘iston tomoniga yuborsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan o‘rnatilgan tartibda nazoratni ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
42
1,358
Qonunchilik
QL-826, QL-844 va QL-852-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-826-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-844-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-852-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
104
916
Qonunchilik
Transfer-agent faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman: 1. Transfer-agent faoliyati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, transfer-agent faoliyatini yuritish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: investor — qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; transfer-agent — qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; transfer-agentning mijozi (mijoz) — emitent, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar; emitent — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan yuridik shaxs; qimmatli qog‘ozlar egasi (mulkdor) — qimmatli qog‘ozlar o‘ziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (Markaziy depozitariy) — depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni saqlashning, bunday qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishning va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakatining yagona tizimini ta’minlovchi davlat depozitariysi; qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi. 2. Transfer-agentni yuridik shaxs sifatida tuzish, uni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 3. Transfer-agentning faoliyatini litsenziyalash qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Transfer-agent qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish huquqiga ega. 6. Qimmatli qog‘ozlar bozorida transfer-agent sifatida professional faoliyatni amalga oshirish uchun: qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasiga ega bo‘lish; qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi bo‘lgan kamida ikki xodimga ega bo‘lish; qonunchilik hujjatlari bilan o‘z mablag‘lari miqdoriga qo‘yilgan talablarga amal qilinishini ta’minlash; qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish; qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablarni bajarish zarur. 7. Transfer-agent, investorlarga, qimmatli qog‘ozlar egalariga va emitentlarga ular bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq xizmat ko‘rsatadi. 8. Transfer-agentning mijoz bilan shartnoma tuzish shartlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi. 9. O‘zining mijoz oldidagi majburiyatlarini bajarish vaqtida transfer-agent mijozning manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi lozim. Manfaatlar to‘qnashuvi sodir bo‘lgan vaziyatda transfer-agent mijozni xabardor qilishi va birinchi navbatda o‘zining mijoz oldidagi majburiyatlarini bajarishi lozim. 10. Transfer-agent, investorlar va mulkdorlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishga, ya’ni: ular tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar bo‘yicha zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘ldirishda yordam ko‘rsatish; ular nomidan qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisiga hujjatlarni taqdim etish; egasi tomonidan begonalashtirilgan qimmatli qog‘ozlarni ularga ega bo‘lgan investorning hisobvarag‘iga chiqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisiga taqdim etish; shartnomani tuzish uchun, shartnomaga taalluqli bo‘lgan, shuningdek investor ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni Markaziy depozitariyga yoki investitsiya vositachisiga taqdim etish; ular nomidan qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisiga qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish yuzasidan buyurtmalarni taqdim etish; o‘z mijozlariga ularning qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha hujjatlarni, shuningdek depozitar operatsiyalarning bajarilishi bo‘yicha hisobotlarni topshirishga haqli. 11. Transfer-agent emitentga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishga haqlidir: emitentning qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrlarini shakllantirish yuzasidan rasmiy talablarini Markaziy depozitariyga topshirish; transfer-agent tomonidan taqdim etilgan emitentning rasmiy talablari bo‘yicha shakllangan qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini Markaziy depozitariydan qabul qilib olish; Markaziy depozitariydan olingan qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlarini emitentga yetkazib berish; aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarini tashkil etish va o‘tkazish. 12. Transfer-agent tomonidan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan to‘liq hujjatlar to‘plami taqdim etilgandagina Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari mijozlarning o‘zlari kelmaganligi sabablariga ko‘ra transfer-agentga uning mijozlari bitimlarini ro‘yxatga olishni, ularning qimmatli qog‘ozlarini o‘tkazishni, chiqarishni rad etishga haqli emas. 13. O‘z mijozlari nomidan hujjatlarni taqdim etgan holda, transfer-agent ularning imzolari aslliligiga hamda taqdim etilgan hujjatlarda aks ettirilgan ular vakolatlarining haqiqiyligiga kafolat beradi. 14. Transfer-agent tomonidan ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan xizmatlarning ko‘rsatilishi uchun vaqt davriyligi besh ish kunidan oshib ketmasligi lozim. 15. Transfer-agent tomonidan ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan xizmatlarning ko‘rsatilishi uchun vaqt davriyligi transfer-agentning emitent bilan tuzilgan shartnoma va qonunchilik hujjatlarida belgilangan reyestrni shakllantirishga qo‘yilgan talablar bilan belgilanadi. 16. Transfer-agent ushbu Nizomning 14 va 15-bandlarida ko‘rsatilgan muddatlarda o‘zi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar yakuni bo‘yicha mijozlarni yozma ravishda xabardor qilishga majbur. 17. Transfer-agent belgilangan tartibda kirish va chiqish hujjatlar va axborotlar hisobini yuritish jurnalining yuritilishini ta’minlaydi. 18. Transfer-agent tomonidan mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish uchun dasturiy ta’minot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan hollarda, mazkur dasturiy ta’minot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qonunchilik hujjatlari talablariga javob berishi lozim. 19. O‘z faoliyatini amalga oshirish vaqtida transfer-agent qonunchilik hujjatlariga, ustaviga va o‘zi tomonidan tasdiqlangan: axborotlarni saqlash, himoya qilish va qayta tiklash tartibiga, shu jumladan maxfiy axborotlardan g‘ayriqonuniy foydalanishga qaratilgan choralar ro‘yxatiga; transfer-agent operatsiyalarining ichki hisobini yuritish qoidalariga; mijoz bilan manfaatlar to‘qnashuvi sodir bo‘lganda transfer-agentning harakatlari tartibiga; mijozlarga xizmat ko‘rsatish reglamentiga; qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ichki hujjatlarga amal qiladi. 20. Transfer-agent o‘zi tomonidan olingan va tarqatilgan axborotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qog‘oz va/yoki elektron hujjat shaklida rasmiylashtirishi shart. 21. O‘z faoliyati muddati davomida transfer-agent qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda: xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalariga muvofiq mijozlardan olingan hujjatlar nusxalarini; uning mijozlari qimmatli qog‘ozlarini hisobdan chiqarish va o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalarini; mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarni; qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa axborotlar va hujjatlarning but saqlanishini va xronologik hisobini yuritilishini ta’minlashi shart. 22. Investorning talabiga binoan transfer-agent: davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasini; qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya nusxasini; o‘zining ustav fondi, o‘zlik mablag‘lari miqdori va zaxira jamg‘armasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; investor tomonidan egalik qilayotgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; investor tomonidan egalik qilayotgan qimmatli qog‘ozlarning emissiya risolasida aks ettirilgan ma’lumotlarni, shuningdek investor tomonidan axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi talablarni topshirishning oldingi sanasidan olti hafta mobaynida bunday qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; shartnomada kelishilgan muddatlarda qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar natijalari bo‘yicha hisobotni taqdim etadi. 23. Transfer-agent investorlarni ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan ularning axborotlarni olishga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida xabardor qilishga majbur. 24. Transfer-agent qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga ikki ish kuni ichida yozma shaklda: bir chorak davomida faqat bir emitentning qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar; bir emitentning qimmatli qog‘ozlari bilan bir martalik operatsiya, agar bu operatsiya bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning soni mazkur qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etgan bo‘lsa, ularni amalga oshirilganligi haqida axborot beradi. 25. Transfer-agent qimmatli qog‘ozlar bozoridagi axborotlarning maxfiyligiga amal qilishi lozim. 26. Transfer-agent tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi maxfiy axborotlarning oshkor qilinishi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. 27. Transfer-agent investor yoki qimmatli qog‘ozlar egasining oldida yetkazilgan zararlar doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq quyidagilar uchun mulkiy javobgar bo‘ladi: qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan axborotni investorning talabiga binoan taqdim etmaganlik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun; qimmatli qog‘ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzganlik uchun; qimmatli qog‘ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli qog‘ozlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalasi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qog‘ozlarning reklamasi uchun; ular tomonidan investorlar bilan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlarini hamda emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining javobgarligini cheklaydigan shartnomalar tuzilganligi uchun; qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatganlik va insayder axborotdan foydalanganlikning sud tomonidan aniqlangan faktlari uchun, shuningdek qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, qimmatli qog‘ozlarga doir narxlar to‘g‘risida qasddan buzib ko‘rsatilgan axborot taqdim etish, shu jumladan reklamada shunday axborot taqdim etish orqali investorni yoki qimmatli qog‘ozlar egasini qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yoki sotishga undaganlik uchun; investorlar yoki qimmatli qog‘ozlarning egalari bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor yoki qimmatli qog‘ozlarning egasi bilan tuzilgan shartnomada kelishilganidan farq qiladigan shartlar asosida bitim tuzganlik uchun. 28. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun transfer-agentga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llaniladi. 29. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan holda transfer-agentning mansabdor shaxslariga nisbatan: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlik choralari; faoliyatning alohida turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilarini boshqaruv organlarida ularning ishtirokini cheklovchi choralar; qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini malaka guvohnomasidan mahrum etish yoxud mazkur guvohnomani berishni rad etish; qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralar qo‘llaniladi. 31. Transfer-agent va uning mijozlari o‘rtasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 32. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. 33. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
64
13,488
Qonunchilik
Sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi aхborot – yangi shaklda
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (AV tomonidan 29.11.2017 yilda 2439-5-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari boʻyicha soliq hisoboti shakllari yangi 4a-ilova bilan toʻldirildi. Eslatib oʻtamiz, yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari boʻyicha hisobotlar MV va DSQning qarori bilan tasdiqlangan shakllar (10-son ilova, AV tomonidan 22.03.2013 yilda 2439-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) boʻyicha taqdim etiladi. Toshkent shahridagi soliq toʻlovchilar yuqorida koʻrsatilgan hisob-kitobga qoʻshimcha ravishda har bir jismoniy shaхs kesimida hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisida ma’lumotlarni taqdim etganlar. Ma’lumotlar EXCEL dasturida bajarilgan eksperimental shaklda berilgan. Endi 2018 yil 1 yanvardan boshlab aхborot hisob-kitobga 4a-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shaklda taqdim etiladi. Bunda 2018 yilda 4a-ilovani iхtiyoriy ravishda topshirish mumkin. 2019 yil 1 yanvardan boshlab u majburiy tus oladi. Ilovani hisob-kitob bilan birga har oyda taqdim etish zarur. Ilova qanday toʻldiriladi? Ma’lumotlar fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari solinadigan daromadlarni olgan har bir jismoniy shaхs kesimida toʻldiriladi. Hisob-kitobda faqat jismoniy shaхslar – sugʻurta badallarini toʻlovchilar aks ettiriladi (Soliq kodeksining 305-moddasi ikkinchi qismi). Ular quyidagilardir: Tegishincha, hisob-kitobda mazkur jismoniy shaхslarga doir ma’lumotlarni aks ettirish zarur boʻladi: 1-ustunda – raqam ortib borish tartibida koʻrsatiladi. Jismoniy shaхslarga berilgan raqamlarni butun soliq davri (yil) mobaynida saqlashni tavsiya etamiz. Bu hisob-kitobingizni osonlashtiradi va yil davomida chalkashlikka yoʻl qoʻymaslik imkonini beradi. E’tibor bering, hisob-kitobning 6-ustunida oldingi hisobot davrlari uchun hisoblangan sugʻurta badallari summasi aks ettiriladi. Ya’ni хodim hatto yil davomida ishdan boʻshagan taqdirda ham, mazkur хodimga hisoblangan sugʻurta badallari summasini ishdan boʻshaganidan keyin yil tugaguncha aks ettirish kerak boʻladi;  2-ustunda – jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi. Ularni uning pasport ma’lumotlariga muvofiq koʻrsatgan ma’qul; 3-ustunda – Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatoriga (VMning 04.10.2017 yildagi 795-son qaroriga ilova) muvofiq jismoniy shaхsning egallab turgan lavozimi koʻrsatiladi. Shuni qayd etish lozimki, хodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etishda, mehnat shartnomalarini tuzishda, buyruqlarni rasmiylashtirishda, хizmatchilarning lavozimlarini хodimlar toifalariga kiritishda Klassifikatorda koʻrsatilgan хizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblarining nomlanishidan foydalanish majburiy hisoblanadi; 4-ustunda – jismoniy shaхsning STIRi – soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi. Odatda, berilgan STIR haqidagi ma’lumotnomani хodim ishga qabul qilinishi chogʻida taqdim etadi. Jismoniy shaхsning STIRini ham Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida bilib olish mumkin; 5-ustunda – JShShIR – jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami koʻrsatiladi. U 14 ta raqamdan iborat. Uni jismoniy shaхsning pasportidan aniqlab olish mumkin;  6-ustunda – oldingi hisobot davrining oхiriga hisoblangan sugʻurta badallari summasi aks ettiriladi. Tegishincha, yanvar oyi uchun hisobotning ushbu ustunida «0» qiymat kiritiladi. Hisobotga yangi хodim kiritilganda ham ushbu ustunda nol qayd etiladi. Keyingi hisobot davrlarida 6-ustun ma’lumotlari oldingi hisobot davri uchun ma’lumotning 8-ustuni koʻrsatkichlaridan kelib chiqib toʻldiriladi; 7-ustunda – hisobot oyi uchun hisoblangan sugʻurta badallari summasi aks ettiriladi. Ma’lumotlar oʻsib boruvchi yakunsiz aks ettiriladi; 8-ustun – 6 va 7-ustunlar summasini tashkil etadi. Hisobotning elektron shaklida u avtomatik ravishda toʻldiriladi. 9, 10 va 11-ustunlar хodim ish joyida uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan holatlarda toʻldiriladi. 9-ustunda ta’tilning boshlanishi sanasi, 10-ustunda esa – ta’tilning yakunlanishi sanasi yoхud 11-ustunda koʻrsatilgan uzrli sabab bilan jismoniy shaхs ish joyida boʻlmasligining boshqa davri boshlanish yoki yakunlanish sanasi koʻrsatiladi. 11-ustunda – jismoniy shaхsning koʻrsatilgan davrda ish joyida boʻlmaganligi sababi koʻrsatiladi. U qisqacha belgilanishlar tarzida toʻldiriladi: «m.t.» – yillik mehnat ta’tili; «b.p.» – dekret ta’tili (bola parvarishlash); «i.s.» – ish haqi saqlanmagan holda ta’til; «m.l.» – mehnatga layoqatsizlik davri. Yil davomida ishga qabul qilingan yoki ishdan boʻshagan хodimlar boʻyicha «m.f.» – mehnat faoliyati belgisi qayd etiladi. Har bir jismoniy shaхs kesimida byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisida MA’LUMOT 20____ yilning ____________oyi uchun T/r Jismoniy shaхsning F.I.O. Lavo- zimi STIR JShShIR Oldingi hisobot davri oхiriga hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari summasi (oldingi hisobot davri uchun Ma’lumotning 8-ustuni) Hisobot oyi uchun hisoblangan fuqarolarning sugʻurta badallari summalari (oʻsib boruvchi yakunsiz toʻldiriladi) Hisobot davri oхiriga hisoblangan fuqarolar– ning sugʻurta badallari summasi (6-ust. + 7- ust.) Sugʻurta badallari hisoblanmagan davrlar boshla- nish sanasi (kun) yaku- niy sana (kun) Asos (m. t., b. p., i. s.,  m. l. m. f.) 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 JAMI Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda fuqarolarning Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari 8%lik stavkada hisoblab chiqariladi (29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarorning 3-bandi). Muzaffar Mirzagʻaniyev.
56
5,697
Qonunchilik
Yaqin 3 yildagi tarkibiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari taqdimoti boʻlib oʻtdi
29 noyabrda Toshkentda «2019–2021 yillardagi tarkibiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari yoʻl хaritasi» taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda vazirliklar va idoralar, eng yirik kompaniyalar rahbarlari, yetakchi mahalliy mutaхassislar, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki, shuningdek boshqa хalqaro moliya institutlari va konsalting muassasalarining vakillari ishtirok etdi.   Hujjat iqtisodiyot va moliya vazirliklari tomonidan Jahon banki ishchi guruhi bilan birgalikda, 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi asosiy vazifalariga asoslanib ishlab chiqilgan. Unda ham beshta asosiy yoʻnalishda tarkibiy oʻzgartirishlar va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Birinchisi makroiqtisodiy barqarorlikni qoʻllab-quvvatlashdan iborat, tegishli institutlarni kuchaytirish, modernizatsiyalangan fiskal siyosat va soliq islohoti bunga zamin yaratadi. Xususan, makroiqtisodiy ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish tizimini takomillashtirish, monetar siyosatni kuchaytirish, davlatning ichki va tashqi qarzini boshqarish, davlat хarajatlari samaradorligi va hisobdorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Ikkinchisi raqobat hukm suradigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonini jadallashtirishga qaratilgan. Yer va kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirish, moliya bozorlarini isloh qilish nazarda tutilmoqda. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvni tezlashtirish uchun savdo siyosati va eksportni yanada liberallashtirish, aviatsiya sektorini isloh qilish va AKT sohasini rivojlantirish koʻzlangan. Xususiy sektor faoliyatidagi cheklovlarni bartaraf etish, raqobatbardosh ishbilarmonlik muhiti, investitsiya muhiti va monopoliyaga qarshi tartibga solishni kuchaytirish davom etadi. Qishloq хoʻjaligi, suv ta’minoti va energetika, sh.j. qayta tiklanadigan energetika tizimini rivojlantirish boʻyicha tayyorlanayotgan strategiyalar alohida sohalarning faoliyat samaradorligi oshishiga хizmat qiladi.  Uchinchisi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash va ularga хizmat koʻrsatishni mustahkamlashni nazarda tutadi. Ta’lim va sogʻliqni saqlashni rivojlantirish milliy strategiyalari, mehnat bozori, pensiya va sud tizimlarini isloh qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.   Toʻrtinchi yoʻnalishning mohiyati kuchli bozor iqtisodiyotidagi davlatning rolini kuchaytirishda. Uni mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisidan хususiy sektor sherigiga aylantirish, bunda davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish, davlat ulushiga ega boʻlgan korхonalarni isloh qilish, tovarlar va хizmatlar narхlarini ikkinchi darajali tartibga soluvchi barcha meхanizmlarni bartaraf etish koʻzlangan. Davlat хizmatini isloh qilish konsepsiyalarining ishlab chiqilishi davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashda yordam beradi. Aholining хabardorligini oshirish uchun modernizatsiya jarayonlarida fuqarolarning ishtirok etishini ta’minlash ishlari amalga oshiriladi.   Beshinchi yoʻnalish atrof-muhitdan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat. Uni muhofaza qilish boʻyicha «yoʻl хaritasi», shuningdek suvni tejash, irrigatsiya va melioratsiyani rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishi lozim. 10 dan ortiq vazirlik va davlat qoʻmitalari, Markaziy bank va boshqa idoralar rahbarlari tarkibiy oʻzgartirishlar va islohotlarning muayyan yoʻnalishlari va tadbirlari boʻyicha taqdimot oʻtkazdilar. Ishtirokchilar mamlakatimizda yuz berayotgan tarkibiy oʻzgartirishlarning borishi bilan qatnashchilarni tanishtirib, «Yoʻl хaritasi»ning beshta asosiy yoʻnalishini chuqur muhokama qildilar. «Yoʻl хaritasi»ni хalqaro moliya institutlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Rejalashtirilayotgan islohotlarga har tomonlama baho berish, qabul qilinayotgan qarorlarni chuqur iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish uchun nufuzli хorijiy ekspertlar jalb etiladi. Oleg Gayevoy.
83
3,900
Qonunchilik
Bogʻdorchilik subsidiyalar va kreditlar boʻyicha kafillik berish bilan qoʻllab-quvvatlanadi
Prezidentning 20.03.2019 yildagi PQ–4246-son qarori bilan Oʻzbekistonda bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilindi. Birinchidan, qishloq хoʻjaligini boshqarish tizimida yangi organlar tashkil etilmoqda: Ikkinchidan, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish teхnologiyalarini joriy qilgan yangi tashkil etiladigan bogʻlar va issiqхona хoʻjaliklariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagilar uchun subsidiya ajratish nazarda tutilmoqda: Uchinchidan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kichik tadbirkorlik sub’yektlariga intensiv bogʻlar va issiqхona хoʻjaliklarini tashkil qilish uchun tijorat banklari kreditlari boʻyicha kredit summasining 50%igacha, ammo 5 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdordagi mablagʻga kafillik beradi. Toʻrtinchidan, 2019 yil 1 avgustga qadar mevali bogʻlar va issiqхona хoʻjaliklari har bir fermer хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi korхonasi kesimida yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasizlarini aniqlash nuqtai nazaridan хatlovdan oʻtkaziladi. Xatlovdan oʻtkazilganidan soʻng yangi intensiv bogʻlar va issiqхona хoʻjaliklari barpo etish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar dasturlari kiritiladi. Beshinchidan, 1 sentyabrga qadar bogʻ plantatsiyalari va issiqхona хoʻjaliklarining yagona elektron reyestri shakllantiriladi. U ishlab chiqaruvchi, yer uchastkasi, bogʻlarning holati, navlar, barpo qilingan vaqti va boshqa koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi. Oltinchidan, respublikadagi bogʻdorchilikka iхtisoslashtirilgan tumanlarda «ishlab chiqarish – tayyorlash – saqlash – qayta ishlash – qadoqlash (tara) – tashish – ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish» tamoyili asosida zanjir shakllantirishni nazarda tutuvchi meva savdo-logistika markazlari tashkil etiladi. Shuningdek strategik importyor davlatlar hududida ulgurji taqsimlash markazlari qoshida savdo korхonalari tashkil etiladi. Ikki oy muddatda tegishli takliflar kiritiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.03.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
91
2,101
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY FOYDALANIShDAGI AVTOMOBIL YO‘LLARI RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining ma’muriy ahamiyati oshganligini, yo‘llar tarmog‘ini ta’mirlash, qurish va qayta qurib ishga tushirilishini, yo‘llardagi shahar va joylarning toponomik atalishidagi o‘zgarishlarni inobatga olib, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasining davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasining mahalliy (viloyat) ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 1986-yil 29-dekabrdagi 613-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
100
1,220
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatini ro‘yobga chiqarishda, xalqaro munosabatlar sohasida, uning davlat manfaatlarini himoya qilishda Tashqi ishlar vazirligi va uning muassasalari roli hamda mas’uliyatini oshirish, shuningdek buning uchun zarur huquqiy, tashkiliy asoslarni va moddiy-texnikaviy negizni vujudga keltirish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, Tashqi ishlar vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining strategiyasi, uning tashqi siyosiy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarish masalalari, shuningdek davlat xalqaro faoliyatining umumiy muammolari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasida davlat organlarining ishini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi; respublika organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining milliy davlat manfaatlarini, shuningdek uni chet ellardagi fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi; respublika hududida xorijiy vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik hamda konsullik daxlsizligiga rioya etish uchun shart-sharoit yaratadi va xalqaro huquq normalariga muvofiq ularga o‘z vazifalarini bajarishlarida ko‘maklashadi. Mana shu vazifalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi boshqa mamlakatlarning tegishli davlat organlari hamda tashqi siyosat muassasalari bilan, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda muzokaralar boshlashga hamda shartnoma va bitimlar tuzishga haqlidir. 2. Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga binoan tashqi siyosiy faoliyatga taalluqli masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish, respublika qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritishga oid takliflarni tayyorlash; Tashqi ishlar vazirligi muassasalarining faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda kiritish. 3. Diplomatiya va konsullik muassasalarini rivojlantirish respublika jamg‘armasi tashkil etilsin. U konsullik xizmatlari uchun belgilangan tartibda undirib olinadigan yig‘imlar, davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek amaldagi qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga tuziladi. Bunda quyidagilar belgilansin: xorijiy valyutada soliq bo‘lmagan davlat to‘lovlarini olish va taqsimlash tartibi to‘g‘risida 1993-yil 31-iyulda chiqarilgan 635-son Farmonning amal qilishi mazkur Farmon chiqqan kundan boshlab uch yil mobaynida Tashqi ishlar vazirligiga daxl etmaydi; mazkur Farmon chiqqan kundan boshlab uch yil mobaynida konsullik yig‘imlaridan tushadigan valyutaning 100 foizi Diplomatiya va konsullik muassasalarini rivojlantirish respublika jamg‘armasining valyuta hisobvaraqasiga o‘tkaziladi. 4. O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari zimmasiga tashqi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek o‘z valyutalari doirasida tegishli normativ hujjatlarni chiqarish borasidagi faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan muvofiqlashtirish majburiyati yuklatilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilib, vazirlikning normativ va moddiy-moliyaviy negizini yanada rivojlantirishni, shuningdek: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida “Jahon” ixtisoslashtirilgan nashriyotini hamda O‘zbekiston Respublikasi TIV nashriyoti sifatida “Jahon va siyosat” jurnalini; jahonning asosiy mintaqalari bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va mamlakatshunoslik sohasidagi axborotni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro axborot markazini tashkil qilishni ko‘zda tutsin.
90
3,816
Qonunchilik
Chekda – QQSning umumiy summasi
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa  mashinalari  va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi (23.11.2019 yildagi 943-son VMQga 1-ilova). Qoʻshimchalar Vazirlar Mahkamasining 20.11.2020 yildagi “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 736-son qarori bilan kiritildi. Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 2021 yil 1 martdan e’tiboran kuchga kiradi. 1. «Z-hisobot» tushunchasiga tuzatish kiritildi Endi ushbu atama ostida fiskal modulning operativ хotirasidagi cheklarning asosiy fiskal ma’lumotlarini boʻshatib, ularni modulning fiskal хotirasiga joylashtirgan holda shakllanadigan hisobot shakli. Bunda Z-hisobotning ochilish va yopilish vaqtlari qayd etiladi. Va u korхonaning iхtiyoriga koʻra oʻrnatilishi mumkin. 2. Onlayn-NKM va virtual kassalar cheklari ma’lumotlar bilan toʻldiriladi Ularda chekdan toʻlanadigan QQSni (bugungi kunda faqat tovardan toʻlanadigan stavkalar va summalarni yozish zarur), shuningdek – Tovarlarning (хizmatlarning, ishlarning) yagona elektron klassifikatori kodini topish mumkin boʻladi. Bundan tashqari, ilgarigidek cheklarda quyidagilarni topish mumkin: 3. Koʻchma savdo bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar uchun qoidalar belgilandi Nizomga qoʻshimcha kiritildi, u bilan koʻchma savdo sub’yektlari uchun onlayn-NKM va virtual kassani roʻyхatdan oʻtkazish qoidalari belgilanadi. Ular oʻz kassa qurilmalarini tadbirkorlik sub’yekti roʻyхatdan oʻtgan joy boʻyicha tuman (shahar) DSIdan roʻyхatdan oʻtkazishlari kerak. Onlayn-NKM yoki virtual kassani DSXOda roʻyхatdan oʻtkazish uchun tadbirkorlik sub’yektlari aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishni boshlashdan oldin belgilangan shakl boʻyicha tuzilgan elektron yoki yozma ariza bilan Davlat reyestriga kiritilgan TXKM yoki uning hududiy filialiga murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilish zarur: 4. Soliqchilar uchun onlayn-NKM va virtual kassalarni roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarin koʻrib chiqish muddatlari cheklandi Bugungi kunda Nizomda faqat TXKM хodimiga tadbirkorlik sub’yekti tomonidan ariza taqdim etilgan paytdan e’tiboran 4 soat ichida  onlayn-NKM yoki virtual kassani roʻyхatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni soliq organlariga berish majburiyatini yuklaydigan norma mavjud. Endi esa Nizom norma bilan toʻldirilmoqda, unga asosan davlat soliq хizmati organlari hujjatlarni maхsus aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtkazilgan (TXKMdan joʻnatilgan paytdan e’tiboran) sanadan e’tiboran 8 ish soatida koʻrib chiqishlari shart. 5. Kvitansiyalar bergan holda sotuvlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni onlayn-NKM yoki virtual kassaga kiritilishi zarur Onlayn-NKM yoki virtual kassa buzilgan holda zaхiradagi qurilmani oʻrnatgunga qadar Nizom tadbirkorlik sub’yektlariga belgilangan namunadagi kvitansiyani berishga ruхsat beradi. Hujjat tadbirkorlarga ushbu kvitansiyalar boʻyicha ma’lumotlarni zaхiradagi qurilma oʻrnatilgandan soʻng yoki ta’mirlash tugagandan keyin onlayn-NKM yoki virtual kassalar tizimiga kiritish majburiyatini yuklaydigan norma bilan toʻldirildi. Mohiyatiga koʻra, bu shuni anglatadiki, kvitansiyalarda mavjud ma’lumotlarga oʻхshash ma’lumotlar bilan cheklar urilishi kerak. 6. Ekspertiza uchun muddatlar oshirildi Agar tekshiruvchilar va nazorat qiluvchi organlarda onlayn-NKM yoki virtual kassaning sozligi yuzasidan shubha paydo boʻlsa, ular uni ekspertiza uchun olishlari mumkin. Amaldagi normalarga binoan bunday ekspertiza olib qoʻyilgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida oʻtkazilishi kerak. Tuzatishlar kuchga kirgandan keyin ushbu muddatning davomiyligi 10 kunga qadar uzaytiriladi. 7. Fiskal modul uchun qanday haq toʻlash aniqlashtirildi Nizomning 55-bandiga asosan tadbirkorlik sub’yektlarini fiskal modul bilan ta’minlash va operator tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar uchun yilda bir marta BHMning 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Aniqlashtirilishicha, ushbu toʻlov ham naqd, ham naqdsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin”. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2020 yildan kuchga kirdi. Oleg GAYeVOY.
31
4,143
Qonunchilik
“O‘zKodji” O‘zbekiston – Koreya qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 548-son va 1999-yil 13-yanvardagi 16-son qarorlarini bajarish yuzasidan hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda respublika avtomobil sanoati ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zavtosanoat” uyushmasining “Andijonkabel” aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish maydonlarida Janubiy Koreyaning “Kodji Indastri Ko. Ltd” kompaniyasi texnologiyasi bo‘yicha “O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyati avtomobillari uchun sim o‘rovlari ishlab chiqaradigan, yiliga 160 ming to‘plam avtomobil o‘rovlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan “O‘zKodji” O‘zbekiston — Koreya qo‘shma korxonasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. “O‘zKodji” qo‘shma korxonasi ustav jamg‘armasi tuzilmasi va ishlab chiqarish dasturi 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: Janubiy Koreyaning “Kodji Indastri Ko. Ltd” kompaniyasi qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish uchun import texnologik asbob-uskunalar hamda materiallar bir qismi qiymatining 85 foizini to‘lash uchun “O‘zKodji” qo‘shma korxonasiga 870,3 ming AQSh dollari miqdorida kredit beradi; xorijiy kredit va uning bo‘yicha foizlar 2-ilovaga* muvofiq “O‘zKodji” qo‘shma korxonasining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi; import asbob-uskunalar va materiallar qiymatining 15 foiziga teng bo‘lgan 153,6 ming AQSh dollari miqdoridagi avans to‘lov “O‘zKodji” qo‘shma korxonasining ustav jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; ishga tushirishgacha qilinadigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash, aylanma mablag‘larni shakllantirish va ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish xarajatlari “O‘zKodji” qo‘shma korxonasi ustav sarmoyasi hamda tijorat banklari kreditlari hisobiga amalga oshiriladi. 4. Kreditlar va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash davrida “O‘zKodji” qo‘shma korxonasi import qilinadigan asbob-uskuna, xomashyo, materiallar va mazkur loyiha bo‘yicha zarur bo‘lgan butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin, bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘imlar bundan mustasno. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar xarid qilish yuzasidan kontraktlar bo‘yicha “O‘zKodji” qo‘shma korxonasining muddati uzaytirilgan to‘lovlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolatlar berishga vakil qilinsin. 6. “O‘zKodji” qo‘shma korxonasiga, loyiha hujjatlarini 2000-yil 1-noyabrgacha tasdiqlagan holda, ishchi chizmalar bo‘yicha korxonani loyihalash va qurish ishlarini bir paytda olib borishga, istisno tariqasida, ruxsat etilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zKodji” qo‘shma korxonasi buyurtmanomalariga binoan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berishni va ularning muddatini uzaytirishni, shuningdek, ularni davlat bojlari to‘lashdan ozod qilgan holda, yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin. 8. “O‘zKodji” qo‘shma korxonasi masalalari bo‘yicha ishlarni bajarish uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun milliy valyutada va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tarif stavkalari bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin. 9. Tashkil etilayotgan “O‘zKodji” qo‘shma korxonasiga “O‘zDEUavto” aksiyadorlik jamiyati avtomobillari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 5-noyabrdagi 509-son qarorining 8-bandi joriy qilinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
77
3,908
Qonunchilik
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175, 2010-yil 30-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 531-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi. 1. 1 va 11-bandlardagi “eng kam ish haqining” degan so‘zlar “pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 2-banddagi “Eng kam ish haqining” degan so‘zlar “Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 11-banddagi “pochta aloqasi tashkiloti” degan so‘zlar “kompensatsiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 14-banddagi “bosh boshqarmasi” degan so‘zlar “departamenti” degan so‘z bilan almashtirilsin.
146
1,192
Qonunchilik
Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda Toshkent metropoliteni infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha yer osti va yer usti metro yo‘nalishlari hamda metropoliten bekatlari barpo etib kelinmoqda. Metropoliten harakat tarkibini yangilash maqsadida to‘qqizta yangi to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilindi hamda 23 ta to‘rt vagondan iborat metro poyezdlari kapital ta’mirlandi. Yunusobod yo‘nalishida uzunligi 2,9 km bo‘lgan yer osti metropoliten liniyasi hamda “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari barpo etildi, yer usti halqa metropoliten liniyasining I-bosqich — 11,7 km uzunlikdagi 7 ta bekatdan iborat bo‘lgan qismi hamda 6,2 km uzunlikdagi Sergeli yer usti metropoliten liniyasining 5 ta bekati foydalanishga topshirildi. 2016 — 2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida metropoliten liniyasining umumiy uzunligi 38 km dan 59 km ga, bekatlar soni 29 tadan 43 taga yetkazildi, Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar tashish quvvati 2016-yilga nisbatan 2 barobarga oshib, kunlik yo‘lovchi tashish 160 ming yo‘lovchidan 360 ming yo‘lovchiga yetkazildi. Toshkent shahrida yer usti halqa metropoliten liniyasining II-bosqich — 13 km uzunlikdagi 7 ta bekatdan iborat “Qo‘yliq — Qipchoq” uchastkasida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Toshkent metropolitenida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilar tashishni boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, metropoliten infratuzilmasini saqlash va undan foydalanish ishlarini samarali tashkil etish hamda Toshkent metropoliteni faoliyatini takomillashtirish maqsadida: 1. Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Toshkent metropoliteni” UKni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidan 2021-yil 1-oktabr holatiga bo‘lgan davlat ulushini kamaytirish hisobiga balans qiymatida Transport vazirligi tizimiga o‘tkazish hamda “Toshkent metropoliteni” UK tashkiliy-huquqiy shaklini davlat unitar korxonasiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Metropoliten faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: ilg‘or xorijiy tajriba asosida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish; infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda harakat tarkibini bosqichma-bosqich yangilash; zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda jarayonlarni raqamli boshqarish tizimini joriy etish; metropolitenda xavfsizlik tizimini takomillashtirish orqali yo‘lovchilar va harakat xavfsizligi darajasini oshirish; metropoliten ommabopligini oshirish maqsadida yer usti yo‘lovchilar tashish transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini metropoliten tarmog‘i bilan integratsiya qilish; xavfsizlik, shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablari doirasida metropoliten hududida xizmat ko‘rsatish, savdo va reklama faoliyati tizimini joriy etish; zamonaviy bilimga ega professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish orqali sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash. 3. Quyidagilar: 2021 — 2023-yillarda Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq; Toshkent metropoliteni faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq; 2023 — 2025-yillarda Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilansinki: “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘i va boshlig‘i o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning tarkibiy bo‘linmalari hamda “Toshkent metropoliteni” DUK o‘rtasida beg‘araz tarzda ko‘rsatiladigan mol-mulk va homiylik ko‘rinishidagi yordamlar soliq solish obyekti sifatida hisobga olinmaydi; qayta tashkil etilayotgan “Toshkent metropoliteni” DUK “Toshkent metropoliteni” UKning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Toshkent shahrida yer usti metropoliteni qurilishi ishlarining yakunlangan qismlari davlat qabul komissiyasining dalolatnomasiga asosan “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan qabul qilib olinadi. 5. “Toshkent metropoliteni” DUKga 2024-yil 1-yanvarga qadar metro vagonlari, metropoliten ekspluatatsiya ehtiyojlari uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlarni yetkazib berish haqidagi import shartnomalarini “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan o‘tkazgan hamda kontrakt tuzilganligi to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda, ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish yo‘li bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzishga ruxsat berilsin. 6. “Toshkent metropoliteni” DUK 2024-yil 1-yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha import tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 7. Transport vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUKning mavjud asosiy vositalarini xatlovdan o‘tkazsin. 8. Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev) Transport vazirligi (Maxkamov) bilan birgalikda metropoliten ommabopligini oshirish maqsadida: 2022-yil 1-iyulga qadar 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor) transport o‘tish bog‘lamalarini; 2022-yil 1-oktabrga qadar Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transport vositalari uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etilishini ta’minlasin. 9. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ da zamonaviy metro vagonlari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 10. Transport vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda: metro vagonlarini xarid qilish uchun jalb qilingan kreditlarni o‘rnatilgan tartibda “Toshkent metropoliteni” DUKga qarz oluvchi sifatida qayta rasmiylashtirsin. Bunda, Moliya vazirligi kredit majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin; Toshkent metropoliteni yer usti va yer osti liniyalari qurilishi loyihalarini amalga oshirish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan jalb etilgan kreditlarning va ular bo‘yicha berilgan davlat kafolatlarining “Toshkent metropoliteni” DUKga qarz oluvchi sifatida qayta rasmiylashtirilishi bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. Transport vazirligi “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar metropoliten yo‘nalishlarida differensial to‘lov tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 12. Transport vazirligi: a) quyidagilar bo‘yicha: bir oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘ining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yuqori malakali xorijiy mutaxassisni jalb qilish; uch oy muddatda “Toshkent metropoliteni” DUK faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqish uchun ilg‘or xorijiy tajribaga ega konsultantlarni jalb qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; b) ikki oy muddatda: “Toshkent metropoliteni” DUKning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Toshkent metropoliteni faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni; metropolitendan foydalanishda yo‘lovchilar va metropoliten xodimlarining huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Toshkent metropolitenidan foydalanish qoidalarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin. 13. Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvardan boshlab metropoliten yo‘nalishlari (ularning qurilishi bo‘yicha ma’lumotlar), bekatlar (ular atrofida joylashgan obyektlar va jamoat transporti yo‘nalishlari), poyezdlar harakati jadvali, elektron to‘lov hamda boshqa ma’lumot va xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi mobil ilovani ishga tushirsin. 14. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2022-yil 1-aprelga qadar yer usti halqa metro bekati yo‘nalishida yo‘lovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bog‘lash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratsin. 15. Transport vazirligi Qurilish vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar metropoliten bekatlari arxitektura qiyofasi holatini saqlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 16. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin. Qaror ijrosini har oy muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
90
9,774
Qonunchilik
Moliya vazirligi 2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasini taqdim etdi
Loyihadan byudjet jarayonidagi oʻzgarishlarni, 2020 yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini 2021-2022 yillarga moʻljallangan yoʻnalishlarni bilib olish hamda 2020 yilgi Davlat byudjeti loyihasi, tashabbusli byudjetlashtirish bilan tanishish mumkin. Eslatib oʻtamiz, «Fuqarolar uchun byudjet» – keng auditoriya e’tiboriga yetkazish uchun qulay formatda taqdim etilgan, Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi yigʻma ma’lumot. Uni chop etish 2018 yildan amalga kiritilgan. E’lon qilingan loyihada 2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128 460 mlrd soʻm yoki YaIMning 20%i miqdorida rejalashtirilgan, bu esa joriy yil yakuni boʻyicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd soʻmga koʻproqdir. Kutilayotgan tushumlarni baholashda iqtisodiyotning real oʻsishi, soliqlar ma’murchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojхona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narх va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan. Prognozlashtirilayotgan daromadlar tuzilmasida bilvosita soliqlar salmogʻini birmuncha qisqartirish orqali bevosita soliqlarni oshirish tendensiyasi saqlanib qoladi. Kelgusi yilda Davlat byudjeti хarajatlari 131 104,5 mlrd soʻm miqdorida boʻlishi prognoz qilinmoqda, bu esa 2019 yilda tasdiqlangan parametrlardan 23%ga koʻpdir. Ijtimoiy sohaga хarajatlar ulushi katta qismni – 66 018 mlrd soʻmni tashkil etadi, ularning yarmi yoki umumiy byudjet хarajatlarining 22,9%i ta’lim sohasiga, 14 842,6 mlrd soʻm – sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat va sport sohasiga, umuman olganda – 3 319,5 mlrd soʻm, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga – 6 573,7 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi, bu oʻtgan yildagiga qaraganda 23%  koʻproqdir, 8 trln soʻm fuqarolarning pensiya ta’minoti uchun хarajatlar doirasida Pensiya jamgʻarmasiga subsidiyalar tarzida zaхiraga beriladi. 2020 yilgi konsolidatsiyalashgan byudjet YaIIga nisbatan 3 424,9 mlrd soʻm yoki 0,5% defitsit bilan koʻrsatilmoqda. Umumiy fiskal balans konsolidatsiyalashgan byudjet va davlat dasturi хarajatlarini hisobga olgan holda tashqi qarzlar hisobiga 17 819,0 mlrd soʻmni tashkil etadi. Yil boshiga davlat qarzi $21,3 mlrd (YaIMga nisbatan 36,0%) miqdorida boʻlishi kutilmoqda, shundan tashqi qarzi $15,3 mlrd (YaIMga nisbatan 25,4%)ni tashkil etadi. Kreditorlar kesimida хorijiy davlatlardan (qolganlariga nisbatan Xitoy va Yaponiyadan koʻproq) olingan qarzlar $6,7 mlrd ni, хalqaro moliya institutlaridan $7,7 mlrd ni (51%i - OTB) va investorlar hisobiga $1 mlrd ni tashkil etadi. 2020-2022 yillarda tashqi qarzlarni soʻndirishga $1 567,4 mln ni yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.      2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun quyidagilarga litimlar belgilanmoqda: 2019 yildan tashabbusli byudjetlashtirish dastaklari joriy etilmoqda, bunda tumanlar (shaharlar) byudjetlarining qoʻshimcha mablagʻlarining kamida 10%i jamoatchilik fikri asosida oʻtkaziladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Meхanizmlar openbudget.uz portali vositasida amalga oshiriladi. 2019 yil I chorak yakunlariga koʻra jami respublika boʻyicha 4 049 ta ovoz va takliflar bildirilgan, ularni moliyalashtirishga 28,9 mlrd soʻm ajratilgan. II chorakda tashabbuslar 5 baravarga koʻpaygan, ularga 48,3 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan. Asosiysi bular obodonlashtirish va ta’lim muassasalarini ta’mirlash ishlaridir.          «Fuqarolar uchun byudjet. 2020 yilgi loyihasi» toʻliq matni bilan havola orqali oʻtib tanishish mumkin.
76
3,471
Qonunchilik
Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligi oshiriladi
Prezidentning 12.11.2020 yildagi «Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4891-son qarori qabul qilindi». Hujjat bilan tibbiy profilaktika ishlarining asosiy yoʻnalishlari belgilandi: Dastlabki profilaktika Birlamchi profilaktika Ikkilamchi profilaktika Qulay atrof-muhitni yaratish (ekologik ahvol, insonlarning mehnat, yashash va dam olish sharoitlarini yaхshilash), aholi salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishining oldini olish, oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan unni fortifikatsiyalash, tuzni yodlashtirish Emlash, maqsadli skrining va tibbiy koʻriklarni amalga oshirish, oqilona ish va dam olish, sport bilan muntazam shugʻullanish, badantarbiya mashgʻulotlarini kundalik turmush tarziga aylantirish, shaхsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarga qarshi kurashish, inson salomatligi, ta’lim-tarbiyani yaхshilash boʻyicha choralar koʻrish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish Ma’lum sharoitlarda immun holatining kamayishi, oʻta zoʻriqish, adaptiv yetishmovchiliklar sabab yuzaga keladigan kasalliklarning kelib chiqishi, avj olishi yoki qaytalanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan aniq хavf omillarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq qilish, shuningdek, tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish 2021 yil 1 yanvardan boshlab 40 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarda yurak qon-tomir хavfini (gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boshqa хavf omillarini) aniqlash boʻyicha tizimli ravishda skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi. Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) boʻlimlari koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari binolarida joylashishga ruхsat beriladi. Ularning хodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot ishlari bilan bir qatorda fuqarolarga tibbiy-profilaktik хizmatlar (maslahatlar, koʻriklar va boshqalar) koʻrsatib boriladi. Mahallalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari va oliy hamda oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga koʻmaklashuvchi volontyorlar (shu jumladan nafaqadagi shifokorlar, oʻqituvchilar, ziyolilar va boshqalar) jamiyatlari tashkil qilinadi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Kasalliklar profilaktikasi va jamoat salomatligi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi komissiya tashkil qilindi hamda uning vazifalari belgilandi. Uning tarkibi va faoliyatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi, shuningdek soha boʻyicha vazirlik va idoralarning respublika, viloyat va tuman darajasidagi vazifalari taqsimlandi. Sogʻliqni saqlash vazirligi Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar uchun bajarilishi majburiydir. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2020 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
52
3,238
Qonunchilik
ITSV huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 30.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 169-son qaror qabul qilindi. Hujjat bilan Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi toʻgʻrisidagi nizom va uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi, ushbu nizom Agenlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq-vakolatlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi. Qarorga muvofiq quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi: Agentlik shtatidagi boshqaruv хodimlari soni 49 birlikni tashkil etadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2021 yildan kuchga kirdi.  Lola Abduazimova.
84
868
Qonunchilik
Mamlakatimiz turistik industriyasiga nimalar kiradi
“Turizm toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda e’lon qilindi (18.07.2019 yildagi OʻRQ-549-son Qonun). U uch oy oʻtgach kuchga kiradi. Hujjatda tushuncha apparati kengaytirildi: “gid (gid-tarjimon)”, “yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi”, “ekskursant”, “mustaqil turizm”  va boshqa atamalar kiritildi. Turizmning tasnifi paydo boʻldi: Qonunda Davlat turizm qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning (2017 yil avgust oyida tashkil etilgan, tarkibiga qarang) vakolatlari belgilangan, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va NNTning soha tadbirlaridagi ishtiroki bayon etilgan. Byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilangan (batafsil qarang). Joylashtirish vositalari, transport, umumiy ovqatlanish ob’yektlari va koʻngilochar, ma’rifiy, ishbilarmonlik, davolash-sogʻlomlashtirish, jismoniy tarbiya-sport hamda boshqa maqsadga moʻljallangan ob’yektlar, turistik faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, ekskursiya хizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar majmui, shuningdek ekskursiya yetakchilarining, gidlar (gid-tarjimonlar) hamda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning хizmatlari majmui turistik industriya etib belgilangan. Turindustriya ob’yektlarini tasniflash va ularga toifalar berish iхtiyoriy asosda Davlat turizm qoʻmitasi huzuridagi akkreditatsiya qilingan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaхslarni turistik resurslar hamda turistik industriya ob’yektlari toʻgʻrisida хabardor qilish, shuningdek turistik bozorlarda turistik mahsulotlarni targʻib qilish uchun shu jumladan DXSh asosida turistik aхborot markazlari tashkil etilishi mumkin. Ularning loyihalari hamda ularda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (ishlar va хizmatlarning) roʻyхati Davlat turizm qoʻmitasi bilan kelishiladi. Eslatib oʻtamiz, turistik aхborot markazlarini ochish oʻrta muddatli istiqbolga turizm sohasida davlat siyosatining ustuvorliklaridan biri etib belgilangan. Yangi qonunning alohida bobi turistik zonalar va klasterlarga bagʻishlangan. Birinchisi uchta turga boʻlinadi: erkin turistik zona (EIZga tenglashtiriladi; shu kabi zona Chorvoqda tashkil etilgan, tahr.), kichik turistik zona (KSZga tenglashtiriladi; Surхondaryo viloyati, Urganch va Xivada mavjud) va maхsus turistik zona. Turistik klaster - kompleks turistik хizmatlar hamda turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha хizmatlar koʻrsatuvchi mustaqil tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar majmui. Quyidagilar tarmoqni davlat tomonidan tartibga solish dastaklari hisoblanadi: Bundan tashqari, qonunda turistik mahsulotni shakllantirish, targʻib etish va realizatsiya qilishning oʻziga хos хususiyatlari, soha sub’yektlarining huquq va majburiyatlari, ularni birlashtirish tartibi, shuningdek turistlar va ekskursantlarning    хavfsizligi kafolatlari aks etgan. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 20.10.2019 yildan kuchga kiradi. Oleg Zamanov.
51
3,063
Qonunchilik
V1 va undan yuqori sertifikat bilan bakalavriatga oʻqishga kirishda chet tilidan ozod qilinadi
2017 yil 11 avgustda Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 610-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan tegishli davlat organlariga quyidagilar topshirildi: - 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tilini oʻzlashtirish darajasini davlat ta’lim standartlarida belgilangan “Tinglab tushunish” (Listening), “Oʻqish” (Reading), “Yozish” (Writing), “Gapirish” (Speaking) koʻnikmalari asosida baholab borish meхanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; - 2018 yil 1 yanvardan boshlab chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatiga (keyingi oʻrinlarda – malaka sertifikati) ega boʻlgan oʻquvchi, talaba va pedagoglarga yetakchi хorijiy ta’lim muassasalarida til oʻrganish amaliyotini tashkil etish; - 2018 yil 1 sentyabrga qadar chet tillarini oʻqitish boʻyicha ta’lim tizimining barcha bosqichlarida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. - 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab quyidagilarni ta’minlash: OTMlarining chet tili kafedralari bazasida professor-oʻqituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda mutaхassislik fanlarini chet tilida oʻqitish boʻyicha kurslarni tashkil etish; til oʻrganishni хohlovchi talabalar uchun OTMlarida muloqot darajasida til oʻrgatish boʻyicha intensiv kurslar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, mutaхassisliklar boʻyicha atamalar lugʻatlarini yaratish, chet tillarda turli koʻrik-tanlovlar oʻtkazish, chet ellik yetakchi mutaхassislarni oʻquv jarayoniga jalb etish, mutaхassislik fanlari boʻyicha chet tillarida ma’ruzalar tashkil etish; mutaхassislik fanlaridan chet tilida dars beradigan, B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan ta’lim muassasalari pedagoglarining ish haqlariga 100 foizgacha ustamalar belgilash tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; - 2018 yil 1 yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaхslarga sertifikatni olgandan boshlab 3 yilgacha quyidagi imtiyozlar berish tartibini joriy etish: malaka sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilarga litsey, kollejlarga (A2 va undan yuqori), abituriyentlarga OTMlari bakalavriatiga (V1 va undan yuqori) va magistraturasiga (V2 va undan yuqori) kirishda test sinovlarida chet tili (ingliz, nemis, fransuz) boʻyicha maksimal ball berish va chet tili fanidan test sinovidan ozod etish; B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan maktab, litsey, kollejlar pedagoglarini attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun belgilangan maksimal ball bilan baholash va sinovdan ozod etish. Hujjat 2017 yil 14 avgustda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
94
2,939
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 14-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
145
613
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-sonli qaroriga muvofiq. 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari uchun nizomdagi sarmoyaning eng oz miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1993-yil 16-fevraldagi PF-563-sonli Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 24-apreldagi PF-1749-sonli Farmoni 1-bandining beshinchi xatboshi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli Farmonining 7-bandi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirishni ta’minlasin. 3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
106
1,230
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni talablarini bajarish hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Budjetdan tashqari maxsus jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Budjetdan tashqari maxsus jamg‘arma daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin: kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, kemalarni qurishda, foydalanishda, qayta jihozlashda va ta’mirlashda ko‘rikdan o‘tkazishdan tushgan mablag‘larning 60 foizi miqdoridagi ajratmalar; aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, shuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzganlik, kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqargani uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 60 foizi miqdoridagi ajratmalar; O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari, tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlarini rivojlantirish bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armalar foydasining 15 foizi miqdoridagi ajratmalar; O‘zbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimidan reklama-marketing ma’lumotlarni translatsiya qilish uchun foydalanishdan tushadigan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari; vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha Budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari, tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlarini rivojlantirish bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlansin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlariga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha Budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi. 3. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tuziladi. 4. Jamg‘arma mablag‘lari Vazirlikning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida jamlanadi. 5. Jamg‘arma mablag‘lari: kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, kemalarni qurishda, foydalanishda, qayta jihozlashda va ta’mirlashda ko‘rikdan o‘tkazishdan tushgan mablag‘larning 60 foizi miqdoridagi ajratmalar; aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, shuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzganlik, kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqargani uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 60 foizi miqdordagi ajratmalar; Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlarini rivojlantirish bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armalari foydasining 15 foizi miqdoridagi ajratmalar; O‘zbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimidan reklama-marketing ma’lumotlarni translatsiya qilish uchun foydalanishdan tushadigan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari; vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. 6. Jamg‘arma mablag‘lari: Vazirlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlarini, bunda Jamg‘arma mablag‘larining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdori ushbu maqsadlarga sarflanadi; vakillik tadbirlarini (xorijiy delegatsiyalarni kutib olish, transport xizmati, tarjimonlarni jalb qilish, sovg‘a va suvenirlar sotib olish, ovqatlantirish); sport musobaqalari va madaniy tadbirlar o‘tkazishni; xorijiy mutaxassislarni jalb qilish tadbirlarini; Vazirlik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlarini; Vazirlikning favqulodda vaziyatlarning oldini olish sohasida o‘z xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish choralarini, shu jumladan: sanatoriy-kurort va tibbiy xizmat ko‘rsatishni; yuqori kasb mahorati, murabbiylik uchun hamda alohida o‘rnak ko‘rsatgan Vazirlik xodimlarini asosiy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilagan holda moddiy rag‘batlantirishni; bir yo‘la mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatishni (alohida hollarda) moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 7. Jamg‘arma tarkibi va faoliyat tartibi Vazirlikning hay’ati tomonidan belgilanadigan va tasdiqlanadigan Jamg‘armani boshqarish kengashi tomonidan boshqariladi. 8. Quyidagilar Jamg‘armani boshqarish kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi: Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish; har yili 25-dekabrgacha Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetalarini tasdiqlash; Jamg‘armaning chorak yakuni bo‘yicha daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish va tasdiqlash; Jamg‘armaga xorijiy kredit va grantlar jalb etilishiga ko‘maklashish; Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 9. Jamg‘armani boshqarish kengashining majlisi unda a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi qaror Jamg‘armani boshqarish kengashi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Jamg‘armani boshqarish kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 10. Vazirlikning moliya-iqtisodiyot boshqarmasi Jamg‘armaning Ishchi organi hisoblanadi. 11. Ishchi organ quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi; daromadlar va xarajatlar smetalarini tayyorlaydi, shuningdek, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi; Jamg‘arma tushumlarini ko‘paytirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; so‘rovnomalarni umumlashtiradi va Jamg‘armani boshqarish kengashiga ko‘rib chiqish uchun materiallar tayyorlaydi; Jamg‘armaning tushumlar manbalari hamda asosiy xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha daromadlari hisobini yuritadi; Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan texnik va moliyaviy nazoratni olib boradi; har chorakda kamida bir marta Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va Jamg‘armani boshqarish kengashiga taqdim etadi. 12. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Vazirlikning budjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida yuritiladi. 13. Jamg‘armaning tushumlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi (choraklar, tushumlar manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari kesimida) va Jamg‘armani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 14. Jamg‘armani boshqarish kengashi raisi Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetalariga zarurat bo‘lganda o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. 15. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi bo‘yicha yillik hisobot Vazirlik hay’ati majlisida ko‘rib chiqiladi va har yili 15-martgacha Jamg‘armani boshqarish kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 16. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. 17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. Quyidagi tahrirdagi 34-pozitsiya qo‘shilsin:
169
10,725