folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Farmklaster barpo etish uchun $50 mln gacha yoʻnaltiriladi
"Tashkent Pharma Park" ni tashkil etish loyihasini Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi moliyalashtiradi (28.04.2020 yildagi PQ-4698-son qarorga qarang). Eslatib oʻtamiz, "Tashkent Pharma Park" – oʻz ichiga Farmatsevtika teхnik universiteti va sanoat zonasini olgan innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri. Klasterni Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashtirish rejalashtirilmoqda.  Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi farmklasterni tashkil etish loyihasini moliyalashtirish uchun $50 mln gacha ajratadi. Qarzdor - Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi. Qarzni soʻndirish va unga хizmat koʻrsatish bilan bogʻliq хarajatlar klaster hududidagi ob’yektlarni sotish va binolarni ijaraga berishdan tushgan tushumlar, Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi hamda qarzdorning boshqa tushumlari hisobidan amalga oshiriladi. Birinchi navbatdagi ob’yektlar qurilishini mamlakatimiz Bosh vaziri rahbarligidagi maхsus ishchi guruh tashkillashtiradi. Ishchi guruh loyihaviy takliflarni koʻrib chiqadi,  bosh pudratchilarni tanlaydi, qurilishning borishi va mablagʻlardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qiladi. "Tashkent Pharma Park" direksiyasi (loyihaning ijro etuvchi organi) qurilayotgan ob’yektlar boʻyicha asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va хizmatlarni qabul qilib olish uchun mas’ul hisoblanadi. Moliyalashtirish ishchi guruhning qaroriga binoan parallel ravishda quyidagilarni ekspertizadan oʻtkazgan holda amalga oshiriladi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2020 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
58
1,614
Qonunchilik
2002 YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIG‘IShTIRIB OLIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Boshoqli don ekinlari hosili o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olinishini hamda davlat resurslari uchun don sotish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Don hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olishni tashkil etish va amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari: joriy yilning 15-mayigacha don o‘rish kombaynlari, don tashuvchi transport vositalari tayyorlanishini hamda ularning “O‘zdavtexnazorat” va Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi inspektorlarining dalolatnomalari bo‘yicha komissiya orqali qabul qilib olinishini, shuningdek xo‘jaliklardagi don xirmonlari tayyorlanishini tugallasinlar, donni qabul qilish maydonchalarini, don tozalash qurilmalari va boshqa donni dastlabki qayta ishlash vositalarini tuzatsinlar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha kombaynlarning, shu jumladan yuqori unumli “Keys” va “Klaas”, “Nyu-Xolland” kombaynlari hosil o‘rim-yig‘imida 1-ilovaga muvofiq miqdorda qatnashishini ta’minlasinlar; hamma joyda kombaynlarning guruh bo‘lib ishlashini tashkil etsinlar, har bir guruhga transport, texnik xizmat ko‘rsatish va yonilg‘i quyish vositalarini biriktirsinlar. Don yetilishi muddatlari hisobga olingan holda guruhlarning harakat qilish yo‘nalishlari ishlab chiqilsin; texnikaning ishga yaroqli holda bo‘lishini ta’minlash uchun ehtiyot qismlar va tuzatish materiallarining zarur zaxirasini yaratsinlar; don yanchib olinishi va uning kirim qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash uchun hosil ekspert baholanishini hamda har bir dala bo‘yicha tegishli dalolatnomalar tuzilishini boshoqli don ekinlarini yig‘ishtirib olish boshlangungacha tugallasinlar. Don hosildorligining prognoz va amaldagi ko‘rsatkichlari o‘rtasida asoslanmagan farq paydo bo‘lgan taqdirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish chora-tadbirlari ko‘rilsin; don xo‘jaliklar tomonidan albatta dastlab tozalangan, iflosligi va namligi standart normativlardan ortiq bo‘lmagan holda tayyorlov punktlariga yetkazib berilishini ta’minlasinlar; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda operatorlar, transport vositalari haydovchilari va o‘rim-yig‘imda, donni tozalash va tashishda, texnikaga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan boshqa xodimlar mehnatiga ish unumiga va hosil o‘rim-yig‘imi sifatiga qarab haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqsinlar va xo‘jaliklarga yetkazsinlar; mehnatga mahsulot bilan haq to‘lash hisobiga don berishni faqat “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi don qabul qilish korxonalariga don sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilgandan, urug‘lik fondi g‘amlangandan va mahsulot kirim qilingandan keyin amalga oshirsinlar. 3. “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi: oziq-ovqatbop donning davlat zaxirasini 2002-yilga tasdiqlangan don balansiga qat’iy muvofiq miqdorda yangilasin, uning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-maydagi 209-33-son qarorida belgilangan don mahsulotlari korxonalarida alohida saqlanishini ta’minlasin; elevatorlar va omborlar, shuningdek don mahsulotlari fumigantlar bilan o‘z vaqtida zararsizlantirilishini ta’minlasin. 4. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “O‘zagromashservis” uyushmasi kombaynlarga va boshqa texnikaga xizmat ko‘rsatishda amaliy yordam berish uchun donni yig‘ishtirib olish davrida 2-ilovaga muvofiq korxonalarni yirik don yetishtiruvchi tumanlarga shartnoma asosida biriktirib qo‘ysinlar. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi: donning kombaynlardan xirmongacha va don qabul qilish punktlarigacha tashishning topshiriqda belgilangan hajmlari bajarilishini ta’minlaydigan miqdorda 3-ilovaga muvofiq donni tashish uchun yuk avtomobillari, tirkamali transport traktorlari qo‘yilishini ta’minlasinlar; zarurat bo‘lganda don tashishga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning avtotransportini shartnoma asosida jalb etsinlar. Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jaliklar tomonidan donni don qabul qilish punktlariga tashish bo‘yicha transport xarajatlari “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi tomonidan to‘lanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavdoninspeksiya”, “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda xo‘jaliklarning o‘zlari yetishtirgan hosildan Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-sentabrdagi 373-son qarorida belgilangan miqdorlarda urug‘lik g‘amlashini tashkil etsin hamda urug‘lik tayyorlash sifati ustidan kundalik nazorat o‘rnatsin. 7. 2002-yil boshoqli don ekinlari hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olish ishlarini tashkil etish uchun 4-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi komissiya tuzilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlari rahbarligida respublikaning barcha mintaqalarida shunday komissiyalar tashkil etilsin. Ishchi komissiya (I.H. Jo‘rabekov): boshoqli don ekinlari hosili uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olinishi ishlarining bajarilishini muntazam o‘rganib borsin; Ishchi komissiya majlislarida hududiy shtablar, respublika vazirliklari va idoralari rahbarlarining hosilni uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olish bo‘yicha ular tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitishni amaliyotga kiritsin. 8. 2002-yilda boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olish davrida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish hamda donning talon-toroj qilinishi va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi joriy yilning 1-iyunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining tinglovchilari va kursantlaridan 2200 kishini 5-ilovaga muvofiq viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga yuborsin; “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomalari bo‘yicha tinglovchilar va kursantlarni vaqtincha bo‘lish joyiga olib borish hamda hosil yig‘ishtirib olingandan keyin ularni qaytarib olib kelish uchun zarur miqdordagi transport vositalari ajratilishini ta’minlasinlar. Tinglovchilar va kursantlarni tashish bilan bog‘liq transport xarajatlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi hisobidan qoplanadi; Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari tinglovchilar va kursantlarni vaqtincha yashash joylari, oziq-ovqat, ularni tashish uchun transport va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlasinlar; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda donni o‘rib-yig‘ib olish joylarida, don xirmonlarida va donni qabul qilib olish punktlarida kecha-kunduz ishlaydigan nazorat postlari tashkil qilsinlar; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yuborilayotgan tinglovchilar va kursantlarga tibbiy xizmat ko‘rsatilishini, ular yashayotgan joylardagi sanitariya holati kundalik nazorat qilinishini ta’minlasin. “Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik jamiyati Ichki ishlar vazirligiga sotish uchun zarur miqdorda dori-darmonlar va boshqa davolash vositalari ajratsin. 9. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hosilni yig‘ishtirib olish davrida xo‘jaliklarga, mashina-traktor parklariga va hosilni yig‘ishtirib olish va tashish bilan band bo‘lgan boshqa tashkilotlarga yonilg‘i-moylash materiallari belgilangan limitlar bo‘yicha uzluksiz berilishini ta’minlasinlar, “Keys”, “Klaas” va “Nyu-Xolland” kompaniyalarida ishlab chiqarilgan kombaynlar va traktorlar uchun moy yetkazib berilishiga alohida e’tiborni qaratsinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi: 2002-yil don hosili uchun hisob-kitob qilish uchun mablag‘ ajratishda hosilni yig‘ishtirib olish uchun respublikaning boshqa mintaqalaridan jalb qilingan “Keys” va “Klass” kombaynlari xizmati, don tashish bo‘yicha avtotransport xizmatlari, shuningdek “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi, “O‘zagromashservis” uyushmasi va donni o‘rib-yig‘ib olish mavsumiga texnik yordam ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlarning korxonalari xizmatlari uchun haq to‘lash xarajatlarini nazarda tutsin; “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bilan birgalikda topshirilgan don uchun xo‘jaliklar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlasin. 11. “Paxta-bank”, “G‘alla-bank” va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklariga xo‘jaliklar va mashina-traktor parklari, avtoxo‘jaliklarning don o‘rish-yig‘ish mavsumi qatnashchilariga har 5 kunda ish haqi to‘lash uchun naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan mablag‘lar hisobiga to‘liq hajmda ta’minlash tavsiya qilinsin. 12. Don tashishni amalga oshiruvchi temir yo‘l va avtomobil transporti xizmatlari uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilishni ta’minlash maqsadida 2002-yil don hosilini tashish davri uchun joriy yilning 1-noyabrigacha “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi tizimi korxonalari uchun, transport xarajatlarini hisobga olgan holda bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq dolzarb ehtiyojlarga pul tushumidan ajratmalar stavkasi, istisno tariqasida, 15 foizgacha miqdorda belgilansin. 13. “O‘zagromashservis” uyushmasi korxonalari qishloq xo‘jaligi texnikasini boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishga tayyorlash uchun ta’mirlash materiallari olib kelishda bojxona to‘lovlari to‘lashdan 6-ilovaga muvofiq (bojxonada rasmiylashtirilganlik yig‘imlaridan tashqari), shuningdek ularni ta’mirlash korxonalari va mashina-traktor parklariga sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi xo‘jaliklar tomonidan don yetishtirish va uni sotish to‘g‘risidagi statistika hisobotlarining to‘g‘riligini don qabul qilib olish korxonalari darajasida muntazam ravishda tekshirib borsin, aniqlangan buzilishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga darhol axborot bersin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
103
11,140
Qonunchilik
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashni ta’minlash hamda shu munosabat bilan yetkazilgan zararlarni qoplashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida: 1. Quyidagilar: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma tashkil etilganligi hamda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishini mazkur jamg‘arma bilan majburiy tarzda kelishish tartibi joriy etilganligi; b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495-son Farmoniga muvofiq: davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga faqat yer uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yilishi; yer uchastkalarini olib qo‘yishda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat berilishi; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy ma’muriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanishi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinishi belgilab qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 5-avgustdan boshlab, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, boshqa maqsadlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari quyidagi bosqichlardan iborat tartibda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud bo‘yicha materiallar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi; ikkinchi bosqichda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida shaharsozlik talablari bo‘yicha — Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A. Ramatov va moliyaviy hisob-kitoblar bo‘yicha Bosh vazirning o‘rinbosari — moliya vaziri J. Qo‘chqorov tomonidan xulosa tayyorlanadi; uchinchi bosqichda — tayyorlangan xulosa O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritiladi. Mazkur tartib ushbu farmoyishning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan Hukumat qarori qabul qilinguniga qadar amal qiladi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlari yer uchastkalarining olib qo‘yilishida qonun hujjatlariga to‘liq rioya etilishi, shu jumladan: yer uchastkasini olib qo‘yish, yer uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlarni, inshootlarni buzish hamda dov-daraxtlarni ko‘chirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinganligi haqida mulkdorlarning belgilangan tartibda va muddatlarda xabardor qilinishi; yetkazilgan zararning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplanmagunga qadar olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imorat va inshootlarni buzib tashlashga yo‘l qo‘yilmasligi; ko‘chirilgan fuqarolarga kompensatsiya tariqasida ajratilgan yer uchastkasini o‘zlashtirish davrida belgilangan tartibda ikki yilgacha muddatda uy-joy berilishi va boshqa talablarga qat’iy amal qilinishi uchun shaxsan javobgar ekanligi haqida qat’iy ogohlantirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelgusida shaharsozlik faoliyatini rejalashtirish va hududlarni kompleks rivojlantirishda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli yer uchastkalarini olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari eng kam darajada amalga oshirilishini hisobga olsin. 5. Quyidagilar: Respublika hududlarida olib qo‘yilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda Respublika ishchi guruhi deb yuritiladi) tarkibi va hududiy ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq; Respublika hududlarida olib qo‘yilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan o‘tkazishga ko‘maklashish uchun hududlarga biriktiriladigan mas’ullar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq; Respublika hududlarida yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni xatlovdan o‘tkazish hamda ularni qoplashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Respublika ishchi guruhi (J. Qo‘chqorov) ikki hafta muddatda: hududiy ishchi guruhlar, hududlarga biriktiriladigan mas’ullar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda olib qo‘yilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazib, ularning qonunchilikka muvofiq bozor qiymati asosida haqqoniy va adolatli miqdori belgilanishini; Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda yetkazilgan zararlarni qoplashning aniq manbalari belgilanishini, shu jumladan olib qo‘yilgan yer uchastkalari tegishli tashkilotlarga ajratilgan taqdirda yetkazilgan zararlar qonun hujjatlariga muvofiq ular tomonidan qoplanishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini, shuningdek, agar zarar mansabdor shaxsning noqonuniy qarori qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan bo‘lsa — mazkur mansabdor shaxslardan regress tartibida undirib olinishini; aniqlangan muammolarning bartaraf etilishini, shu jumladan aybdor mansabdor shaxslarga javobgarlik choralari ko‘rilishini, qonun hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: a) davlat va jamiyat ehtiyojlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar amalga oshirilishi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi yer uchastkalarini olib qo‘yish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin: muayyan hududda fuqarolarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda talab yuqori bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik obyektlarni qurishni nazarda tutuvchi davlat dasturlari, yirik investitsiya va boshqa loyihalarni hududdagi ko‘pchilik aholining fikrini inobatga olgan holda amalga oshirish; yer uchastkalari olib qo‘yilishida ularda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdorlari bilan ochiq muhokamalar o‘tkazgan holda, birinchi navbatda, eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obyektlardan tashqari) bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini tanlab olish; tegishli hokimlar tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalarini olib qo‘yish haqida qaror qabul qilish uchun ushbu hududda joylashgan turar va noturar ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining roziligini olish hamda yer uchastkasi olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi, turlari, miqdori va muddatlarini, tomonlarning huquq va majburiyatlarini ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdori, manfaatdor tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organi o‘rtasida tuziladigan yozma kelishuv bilan belgilash; b) yer uchastkalari noqonuniy olib qo‘yilganligi va shu munosabat bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari, investorlar va mustaqil ekspertlar o‘rtasida keng muhokama qilinishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yer uchastkalarini olib qo‘yish, bino va inshootlarni buzish, fuqarolarni ko‘chirish hamda mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, bu borada qonunga zid qarorlar qabul qilinishi va xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, yetkazilgan zararlarni aybdor mansabdor shaxslardan undirish masalalari ustidan doimiy qat’iy nazorat o‘rnatsin. 9. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakili, ishchi guruh rahbari 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlari 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlari 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari 11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari
137
11,807
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 12-band “v” kichik bandining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.”. 2. 13-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “g) tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Ushbu hujjatlardan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi;”. 3. 14-bandda: “g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “g) vakolatxona yoki filialga berilgan vakolatlarni belgilovchi hujjat hamda vakolatxona yoki filial nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan) hujjati. Ushbu hujjatlardan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.”; “d” kichik band chiqarib tashlansin. 4. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy valyutada depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat) taqdim qilinadi (nusxasi olinib, asli qaytariladi). Hisobvaraq ochish uchun ariza jismoniy shaxslar tomonidan shaxsan taqdim etilishi lozim, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno. Jismoniy shaxslar o‘zlari tanlagan bank (filial)da ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda depozit hisobvaraq ochganlaridan so‘ng, shu bank (filial)da bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan foydalangan holda boshqa depozit hisobvaraqlarni ochishlari mumkin.”. 5. 18-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
126
2,599
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida davlat muassasalari shaklidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi (keyingi o‘rinlarda Markazlar deb ataladi) tashkil etilsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari etib belgilansin: “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishning strategik yo‘nalishlarini, shu jumladan jahon tendensiyalarini hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq qilish asosida ishlab chiqish; elektron hukumatni rivojlantirish va davlat xizmatlarining sifatini oshirish uchun marketing va innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish; raqamli iqtisodiyotni tartibga solish sohasidagi vakolatlarni rivojlantirish bo‘yicha uslubiy asos, shuningdek, elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; davlat boshqaruvida raqamli platformalar va elektron boshqaruv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, innovatsion raqamli texnologiyalarni sinov tariqasida ishga tushirish va O‘zbekiston Respublikasi sharoitida ularni keng joriy etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; mavjud jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek funksional va operatsion jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun ilg‘or yutuqlar va ijobiy xorijiy tajribalarni doimiy o‘rganish va tahlil qilish, hozirgi holatni tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini istiqbollarini prognozlash va joriy etish, salohiyatini baholash; “Elektron hukumat” tizimini samarali amalga oshirish uchun huquqiy va me’yoriy bazani takomillashtirish bo‘yicha maqsadli tahlil o‘tkazish va takliflar tayyorlash; ma’lumotlarni doimiy yig‘ish va tahlil qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida AKT loyihalarini joriy qilish holatini monitoring qilish; axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning maqsadli indikatorlari va ko‘rsatkichlarni belgilash; Elektron tijorat subyektlari milliy reyestrini shakllantirish, yuritish va yanada takomillashtirish. 4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining xodimlarining cheklangan soni 150 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 23 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining amaldagi tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika ta’minoti: tasdiqlangan smeta doirasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarning beg‘araz texnikaviy ko‘magi (grantlari); xo‘jalik faoliyatidan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jalb etiladigan, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish loyihalarini hamda tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan beg‘araz texnikaviy ko‘mak (grantlar)dan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish bo‘yicha mas’ul muvofiqlashtiruvchi etib belgilansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro moliya institutlaridagi O‘zbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish hamda uning axborot xavfsizligini ta’minlash loyihalari va tadbirlarini moliyalashtirish uchun beg‘araz texnikaviy ko‘mak (grantlar) va imtiyozli kreditlar mablag‘larini jalb etish masalalari bo‘yicha ishlarni faollashtirsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi ustavlari bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazini hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazini zarur yo‘nalishdagi malakali kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek Markazlarning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
249
6,043
Qonunchilik
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir 2007-2008-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir 2007-2008-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi o‘rinbosari F.F. Muhitdinova zimmasiga yuklatilsin.
144
390
Qonunchilik
Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llash haqida
Mehnat qonunlarini to‘g‘ri va bir hilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida va yangi qonuniy aktlarni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Ishga tiklash bilan bog‘liq da’vo arizalarni qabul qilish chog‘ida, sudlar mazkur nizoni sudda ko‘rishga taalluqli ekanini tekshirishlari lozim. Mehnat shartnomasi qanday asoslarga ko‘ra bekor qilinganidan qat’i nazar, ishga qayta tiklash, ishdan bo‘shatilganlik vaqti va bo‘shatilganlik sababi ifoda etishni o‘zgartirish, noilojdan qilgan proguli uchun haq undirish, boshqa ishga noqonuniy o‘tkazilishi munosabati bilan, kam ish haqi to‘lanadigan vazifani bajargan vaqti uchun haq undirish, agar bu masala boshqa ishga noto‘g‘ri o‘tkazilganligi haqidagi masalani ko‘rilishi chog‘ida sud tomonidan hal qilinmagan bo‘lsa, bunday nizolar, hamda boshqa korxona, muassasa, tashkilotlardan taklif qilingan shaxslarning ishga qabul qilishni rad etilganligi haqidagi arizalaridan kelib chiqadigan nizolar, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, professional-texnik o‘quv yurtlarini bitirgan va belgilangan tartibda korxona, muassasa, tashkilotlarga ishga yuborilgan yosh mutaxassislarning arizalariga asosan va amaldagi qonunlar bilan belgilangan boshqa holatlarda ishlar bevosita sudda ko‘riladi. Korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati qonun bo‘yicha mehnat shartnomasini tuzishi lozim bo‘lgan hollarda ishga qabul qilmaganligi sababli keltirilgan da’vo arizalarga ko‘ra kelib chiqqan nizolarga uni dastlab sudsiz hal qilishlik haqidagi qoidalar tatbiq qilinmaydi. Boshqa mehnat nizolari, jumladan boshqa ishga to‘g‘ri o‘tkazilganligi haqidagi nizolar; boshqa ishga noto‘g‘ri o‘tkazilganligi sababli kam maosh oladigan ishni bajargan vaqti uchun maosh undirish yoki ish haqidagi farqni undirish to‘g‘risidagi; ma’muriy jazo qo‘llash haqidagi; mahsulot sifatini pasayishiga olib kelgan texnologik intizomni qo‘pol ravishda buzganligi va boshqa jiddiy xatoga yo‘l qo‘yilganligi uchun malakani bir pog‘onaga tushirilganligi bilan bog‘liq nizolar; attestatsiya natijasiga ko‘ra xodimning maoshini tegishli lavozim va ixtisos uchun belgilangan eng kam va eng ko‘p miqdordagi ish haqi hisobida o‘zgartirish haqidagi; ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish asoslari, mehnat daftarchasida noto‘g‘ri va noaniq yozilgan bo‘lib, bu yozuvlar buyruq (farmoyish) yoki boshqa hujjatlarga to‘g‘ri kelmaganligi bilan bog‘liq nizolar, sudlarda qonunda belgilangan, dastlab ularni sudsiz hal qilish qoidalariga rioya qilingan holda ko‘riladi. Qayd qilingan qoida prokuror, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organ tarafidan keltirilgan da’volarga ham tatbiq etiladi. Ammo quyidagi hollarda qayd qilingan nizolar bevosita sudda ko‘rilishi lozim: a) agar korxona, muassasa, tashkilotda mehnat nizolari bo‘yicha komissiya saylanmagan bo‘lsa, hamda jamoa ho‘jaliklar jamoa ho‘jaliklararo tashkilotlarida mehnat shartnomasiga ko‘ra ishlayotgan shaxslarning arizalariga ko‘ra (M. Q. Kning 241-moddasi 2-bandi); b) korxona, muassasa, tashkilot (bo‘lim) ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi amaldagi qonun bo‘yicha ularga berilgan vakolat doirasida mehnat qonunini tatbiq etganligi bilan bog‘liq masala yuzasidan xodim tomonidan keltirilgan ariza bo‘yicha, masalan kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan xodimni boshqa ishga o‘tkazish haqidagi yoki unga intizomiy jazo qo‘llanilganligi haqidagi masala; v) korxona, muassasa, tashkilot tugatilganligi sababli, mehnat nizolarini hal qiluvchi komissiya o‘z faoliyatini tugatgan holda. 2. Ma’muriyatning tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilgan shaxslarni qayta ishga tiklash va mehnat daftarchasini (GPKning 145-moddasi) berish vaqti kechiktirilganligi uchun ish haqi to‘lash haqidagi da’volar, agar mehnat daftarchasini (nusxasini) berish kechiktirilgan vaqt uchun ish haqi undirish to‘g‘risidagi nizo dastlab mehnat nizolarini ko‘ruvchi komissiya va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lsa bir ish yurgizishda ko‘rilishi mumkin ekanligiga sudlarning e’tibori qaratilsin. 3. Noqonuniy sudlanganligi natijasida vazifasidan ozod qilingan, yoki noqonuniy jinoiy javobgarlikka tortilganligi sababli vazifasidan chetlashtirilgan shaxsni o‘zining ilgarigi vazifasini taqdim qilish haqidagi talablari dastlab sudsiz fuqaro sudlangunga va noqonuniy jinoiy javobgarlikka tortilgunga qadarlik ishlagan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati tomonidan bir oylik muddat ichida hal qilinishi lozim. Korxona qayta tuzilganda, ariza uni huquqini olgan tashkilot tomonidan, tugatilganda esa yuqori turuvchi organ tomonidan ko‘rilishi lozim. Korxona mehnat jamoasi tomonidan ijaraga olinib, uning asosida kooperativ korxona tuzilishi davlat korxonasini tugatilishiga olib keladi. Da’vo arizani qabul qilishlikka, ma’muriyat tomonidan ish taqdim qilish rad etilganida yoki bu talab bir oylik muddat ichida qanoatlantirilmaganida yo‘l qo‘yilishi mumkin. 4. Ish sudda kimning arizasiga nisbatan qo‘zg‘atilganligidan qat’i nazar, mehnat nizolarini ko‘ruvchi komissiya yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi qaroridan norozi bo‘lgan xodim tomonidanmi yoki ma’muriyat tomonidanmi, sud tomonidan bu mehnat nizosi umumiy da’vo yo‘li bilan hal qilinib, bu ishlar bo‘yicha da’vogar ishchi hisoblanib, javobgar esa da’vogarni talabiga e’tiroz bildiruvchi korxona, tashkilot, muassasa va tadbirkor hisoblanadi. 5. O‘R MQKning 242-moddasi 1-bandiga ko‘ra, bevosita sudda ko‘rib hal qilinishi lozim bo‘lgan mehnat nizolari bo‘yicha ariza, xodim o‘z huquqi buzilganini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oylik muddat ichida, ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq nizo bo‘yicha esa, xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi qayd etilgan mehnat daftarchasi berilganligi yoki xodim ishdan bo‘shatilganligi haqidagi buyruq nusxasini yoki mehnat daftarchasini olishdan bosh tortgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida beriladi. MQKning 242-moddasi bilan o‘rnatilgan da’vo muddatlari prokuror va kasaba uyushmasi organi tomonidan keltirilgan da’volarga ham tatbiq etiladi. Sudya da’vo qo‘zg‘atish muddati o‘tkazib yuborilganligi sababli da’vo arizasini qabul qilmaslikka haqli emas. Sud da’vo muddati uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan deb topsa, bu muddatni tiklaydi. Agar sud ish materiallarini har taraflama o‘rganib chiqib, da’vo muddati uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan degan fikrga kelsa, da’voni rad etadi. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodimni da’vo keltirish muddatini o‘tkazib yuborganligi sababli uning talablari rad etilganligi haqidagi qarori sudda mehnat nizosini qo‘zg‘atish uchun to‘sqinlik bo‘lib hisoblanmaydi. 6. Shartnomalarni ijro qilishdan kelib chiqadigan, o‘z ma’nosiga ko‘ra, grajdanlik huquqiy shartnoma bo‘lgan nizolar, mehnat nizolarni ko‘rish bo‘yicha belgilangan tartibda hal qilinmasligini sudlar e’tiborga olmoqlari lozim. Bu turga kiruvchi shartnomalarga, garchand mehnat shartnomasi deb atalsada, korxona, tashkilot shtatiga kirgan, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilgan holda, ishchi yoki xizmatchi sifatida ma’lum mehnat faoliyatini bajarishni ko‘zda tutmasdan, balki ma’lum natijaga erishish maqsadida, alohida bir topshiriqni bajarishga qaratilgan bitimlar kiradi. Yuqorida qayd qilingan shartnomalardan kelib chiqqan nizolarni hal qilishda grajdanlik qonuni normalarini jumladan GKning 385 — 402, 433 — 440-moddalari, O‘zbekiston Respublikasida korxonalar va tadbirkorlik haqidagi qonunlarni tatbiq etish lozim bo‘ladi. Bunday nizolarning turi shartnoma nomiga qarab emas, balki uning ma’nosiga ko‘ra, huquqiy kelib chiqishiga qarab aniqlanadi. 7. Ishga qabul qilganlik belgilangan tartibda rasmiylashtirilganidan qat’i nazar, xodim ishga qo‘yilgan vaqtdan boshlab mehnat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi. Shuning uchun agar buyruq (farmoyish) chiqarilmasdan ishga kirishishlik, ishga qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan topshirilgan bo‘lsa yoki ish ruxsat bo‘lgan holda bajarilgan bo‘lsa, mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanishini sudlar nazarga olmoqlari lozim. Haqiqatda ishlashga ruxsat berilgan shaxslar ma’muriyat tashabbusiga ko‘ra Mehnat qonunlari kodeksida ko‘rsatilgan asoslarda, jumladan 37, 41-moddalariga asosan ishdan bo‘shatilishlari mumkin. Qayd qilingan shaxslarning ishga tiklash bilan bog‘liq mehnat nizolari sudda Mehnat qonunlari kodeksining 241-moddasiga asosan ko‘rilishi lozim. 8. Shaxsning ma’muriyat qonun bo‘yicha u bilan mehnat shartnomasi tuzish haqidagi da’vo talablari asosli bo‘lsa, sud korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati uchun majburiy bo‘lgan, ishchi bilan shunday shartnoma tuzish haqida hal qiluv qarori chiqaradi. Agar mehnat shartnomasini tuzishni rad etilganligi yoki o‘z vaqtida tuzilmaganligi natijasida ishchi yoki xodim majburiy progul qilgan bo‘lsa, sud Mehnat qonunlari kodeksining 245-moddasiga ko‘ra xodimning foydasiga tegishli haq undirish masalasini hal qilishga haqlidir. 9. Ishlab chiqarish zarurati bilan yoki ish to‘xtab qolganda (M. Q. Kning 33, 34-moddalari), va intizomiy jazo chorasi sifatda boshqa ishga (past vazifaga) o‘tkazishdan tashqari (M. Q. Kning 158-moddasi) Mehnat qonunlari kodeksining 32-moddasiga asosan boshqa ishga o‘tkazishga faqat ishchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Ishchini roziligi talab qilinadigan boshqa ishga o‘tkazganlik deb unga mutaxassisligi, malakasi, lavozimiga to‘g‘ri kelmaydigan ish topshirilganligi, shuningdek boshqa korxona, muassasa, tashkilotda yoki boshqa joyda ish taklif qilinganligi tushunilmog‘i lozim. Xodimning ayni bir korxonaning, muassasaning, tashkilotning o‘zida boshqa ish joyiga, ayni bir yerning o‘zida boshqa strukturaviy bo‘linmaga ishga o‘tkazilishi, unga mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ixtisosi, malakasi yoki lavozimi doirasida boshqa mexanizm yoki agregatda ishlash topshirilishi boshqa ishga ko‘chirish hisoblanmaydi va buning uchun xodimning roziligi talab qilinmaydi. Bunday boshqa ishga o‘tkazish xodimning sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmasa, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar ishchi boshqa ish joyiga ko‘chirish (32-modda) natijasida uzurli sabablarga ko‘ra (ishlab chiqarish malakasi va tajribasi yetishmasligi) ish haqi kamaygan bo‘lsa M. Q. Kning 216-moddasi 2-qismiga ko‘ra ikki oy davomida avvalgi ish haqi miqdoriga yetadigan qilib qo‘shimcha haq to‘lanadi. 10. Ishlab chiqarish va mehnat tashkil qilishda o‘zgarishlar munosabati bilan mehnatining tub sharoiti o‘zgarganligi mehnatga haq to‘lash sistemalari va miqdorini, imtiyozlarni, ish rejimni o‘zgartirish, to‘liqsiz ish vaqtini, bir necha kasbda ishlashni belgilash yoki bekor qilish, razryadlar va lavozim normalarini o‘zgartirish hamda shu kabi boshqa holatlar haqida xodim kamida ikki oy oldin xabardor qilinishi kerak. Mehnatning tub sharoitlari o‘zgarganligi munosabati bilan ishni davom ettirishdan bosh tortgan xodim bilan mehnat shartnomasi O‘R M. Q. Kning 36-moddasi 6-bandiga ko‘ra bekor qilinishi lozim. Agar mehnat intizomini surunkali ravishda buzganlik, uzrsiz sabablarga ko‘ra progulga yo‘l qo‘yganlik uchun ishdan bo‘shatilgan shaxslarni ishga tiklash haqidagi nizolarni ko‘rish vaqtida, ishdan bo‘shatishga ishlab chiqarishi va mehnatni tashkil qilishda ro‘y bergan o‘zgarishlar tufayli, mehnatning tub sharoitlari o‘zgargan holda ishchi va xizmatchini ishni davom ettirishdan bosh tortganligi asos bo‘lganligi aniqlansa, sud o‘z tashabbusi bilan ishdan bo‘shatish sababini M. Q. Kning 36-moddasi 6-bandiga o‘zgartirishi mumkin. Agar M. Q. Kning 36-moddasi 6-bandi bilan ishdan bo‘shatilgan ishchi mehnat shartnomasini bekor qilinishidan ikki oy oldin ogohlantirilmagan, yoki ogohlantirilgan bo‘lib bu muddatdan oldin bo‘shatilgan bo‘lsa, mehnat shartnomasi bekor qilingan vaqt ikki oylik muddat tugagan kun hisoblanadi. Hal qiluv qarorida sud ogohlantirish muddatini hisobga olgan holda ishdan bo‘shatish vaqtini o‘zgartiradi. Agar ishni ko‘rish vaqtida mehnatning tub sharoitlari, ma’muriyat tomonidan korxona, tashkilot, muassasada ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday o‘zgarishlar ishning holatlarini hisobga olgan holda, sud tomonidan noto‘g‘ri deb topilib ma’muriyat zimmasiga oldingi ish sharoitini qayta tiklash vazifasi yuklatilishi mumkin. 11. M. Q. Kning 33-moddasiga binoan ma’muriyat ishlab chiqarish zarurati tug‘ilgan taqdirda ishchini mehnat shartnomasi bilan shart qilib qo‘yilmagan ishga bir oyga o‘tkazishga haqli bo‘lib, agar bu muddat bir oydan oshmasa, boshqa ishga o‘tkazishda ishchining malakasi va ixtisosi e’tiborga olinmaydi va buning uchun uning roziligini olish shart emas. Ammo bunday boshqa ishga o‘tkazish ishchining salomatligiga to‘g‘ri kelmasa, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. M. Q. Kning 33-moddasida ko‘zda tutilgan ishchi yoki xizmatchini roziligini olmasdan, yo‘q xodimni o‘rnida ishlab turish uchun ko‘chirishga xodim kasalligi tufayli ishga chiqmaganda, otpuskada va komandirovkada bo‘lgan va boshqa vaqtlarda yo‘l qo‘yilishi mumkin. Vakant lavozimi bo‘yicha boshqa ishga o‘tkazishga faqat xodimning roziligi bilan qo‘yiladi, agar u ishlab chiqarish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmasa. 12. Mehnat intizomini muntazam ravishda buzganlik, uzrsiz sabablar bilan progul qilganlik, ishga mast holda, narkotik yoki zaharli moddalar iste’mol qilgan holda kelganlik uchun boshqa ishga o‘tkazishdan tashqari, intizomiy jazo chorasi sifatida ishchi yoki xizmatchini uch oy muddatga mehnat shartnomasi bilan belgilanmagan kam haq to‘lanadigan ishga o‘tkazish yoki shuncha muddatga past lavozimga tushirishga uning ixtisosini (mutaxassisligini) hisobga olingan holda yo‘l qo‘yilishi mumkin. Ishchi yoki xizmatchi ma’muriyat buyrug‘iga ko‘ra mehnat intizomini buzgani uchun kam ish haqi to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan yoki boshqa past lavozimga tushirilgan bo‘lib bu muddat o‘tgunga qadar ishdan bo‘shatilgan, keyinchalik ishga tiklangan bo‘lib, sud tomonidan boshqa ishga o‘tkazish asosli deb topilganda, hal qiluv qarori chiqqan vaqtda boshqa ishga o‘tkazilganlik muddati tugamagan bo‘lsa, u ma’muriyatning boshqa ishga o‘tkazganlik haqidagi farmoyishini bajarishga majburdir. Mehnat munosabatlari ishdan bo‘shatish haqidagi ogohlantirish vaqti o‘tganidan so‘ng tugallanishi sababli, agar xodim o‘z tashabbusi bilan ishdan bo‘shash haqida ariza bergan bo‘lsa, mehnat intizomini buzganligi uchun ma’muriyat unga jazo chorasini qo‘llashi mumkin. 13. Qonunda, ayni bir korxona, muassasa, tashkilotning o‘zida boshqa ishga ko‘chirish, shuningdek boshqa korxona, muassasa, tashkilotdagi ishga yoxud boshqa joydagi ishga ko‘chirish, shuningdek boshqa korxona, muassasa, tashkilotdagi ishga yoxud boshqa joydagi ishga, garchi korxona, muassasa, tashkilot bilan birgalikda bo‘lsa ham boshqa ishga ko‘chirish uchun ishchining rozilik berishining ma’lum formasi ko‘zda tutilgan emas. Shuning uchun rozilik yozma yoki og‘zaki ravishda berilishi mumkin. Boshqa ishga o‘tishga rozilik berilganligi haqida nizo chiqqan taqdirda, u GPKning 52-moddasida qayd etilgan har qaysi isbotlash usullari bilan tasdiqlanadi. Boshqa ishga o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda, sudlar qonunga asoslangan holda boshqa ishga o‘tkazilganda ishlashdan bosh tortish mehnat intizomini buzish, ishga chiqmaslik esa — progul hisoblanishini e’tiborga olmoqlari lozim. 14. Sinov muddati o‘talmaganligi sababli ishdan bo‘shatilgan shaxslarning ishga tiklash haqidagi da’volarini hal qilishda (M. Q. Kning 30-moddasi), sudlar quyidagilarni tekshirishlari lozim: a) taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra ishga qabul qilish chog‘ida sinov o‘tkazishlik haqida kelishilganmi yoki yo‘qmi; b) sinov muddati bunday toifadagi xodimlarga belgilanadimi yoki yo‘qmi; v) sinov muddatiga rioya qilinganmi; g) sinov natijasi qoniqarsiz ekanligini tasdiqlovchi konkret faktlar mavjudmi. Sudlar sinov natijalari ma’muriyat tomonidan buyruqda ko‘zda tutilgan muddatning har qanday davrida baholanishi mumkin ekanligini nazarda tutishlari lozim. Agar sinov muddati tamom bo‘lganidan keyin ham ishchi yoki xizmatchi ishni davom ettirayotgan bo‘lsa, u sinovdan o‘tgan hisoblanadi va bundan keyingi mehnat shartnomasini bekor qilishga faqat umumiy asoslardagina yo‘l qo‘yiladi (M. Q. Kning 30-moddasi). 15. Ishchi yoki xizmatchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilinganligi haqidagi nizolarni ko‘rishda sudlar quyidagilarni e’tiborga olmoqlari lozim: a) nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, ma’muriyatning roziligi bilan, ishchi yoki xizmatchining tashabbusiga ko‘ra M. Q. Kning 38-moddasi bilan ko‘zda tutilgan muddatlar o‘tmasdan ham bekor qilinishi mumkin; b) M. Q. Kning 40-moddasiga ko‘ra muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, xodimning talabiga ko‘ra muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin; v) ishchi tomonidan berilgan ariza haqiqatda ham uning shu korxona, muassasa, tashkilotdan ishdan bo‘shash haqidagi istagini aks ettirishi aniqlanmog‘i lozim; mehnat shartnomasining bekor qilinishini haqiqiy sabablari aniqlanmog‘i lozim. Agar da’vogar, ma’muriyat uni ishdan bo‘shashga majbur etganini qayd etsa, sud tomonidan uning bu vajlari sinchkovlik bilan tekshirilishi lozim; g) qonun (M. Q. Kning 38-moddasi) ishchining iltimosiga va ma’muriyatning roziligiga ko‘ra ogohlantirish muddatini kamaytirishga yo‘l qo‘yadi. Bu muddatlarni uzaytirish qonun bilan ko‘zda tutilmagan. Ogohlantirish muddati kamaytirilganda, agar shartnomani bekor qilishga kelishilgan muddat o‘tmagan bo‘lsa va ishdan bo‘shatish haqida buyruq chiqmagan bo‘lsa, ishchi mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasini qaytarib olishi mumkin; d) ishdan o‘z xohishi bo‘yicha bo‘shash haqidagi ishchi tomonidan berilgan ariza, ma’muriyatni ogohlantirish vaqti tugaguncha, mehnat shartnomasini umumiy asosda, amaldagi qoidalarga rioya qilgan holda bekor qilish huquqidan mahrum qilmaydi. 16. M. Q. Kning 40-moddasiga ko‘ra muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda, sud ishchining muddatidan oldin ishdan bo‘shatish haqidagi keltirgan talabining sababi uzrli ekanini tekshirmog‘i lozim. Bu sabab uzrli deb topilgan holda, sud mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish haqida qaror chiqaradi. Pensiya yoshiga yetib, qarilik pensiyasini to‘liq olish huquqiga ega bo‘lgan ishchi va xizmatchi bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi, uning talabiga ko‘ra muddatidan oldin bekor qilinishi lozim, chunki pensiya yoshiga yetishlik, shartnoma bilan kelishilgan ishni bajarishga to‘sqinlik qilib, bu holat o‘z-o‘zidan uzrli sabab hisoblanadi. 17. Ma’muriyat tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga (korxona, muassasa, tashkilot tugatilganidan tashqari) dastlab korxonada mavjud bo‘lgan va ishdan bo‘shatilgan shchi-xizmatchi uning a’zosi bo‘lgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligi olingan holdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Ishchi va xizmatchining vaqtincha mehnat qobiliyatiga ega bo‘lmaganligi va uni yillik mehnat otpuskasida bo‘lishi, ma’muriyatni kasaba uyushmasi qo‘mitasi (M. Q. Kning 43-moddasi), tegishli hollarda mehnat jamoasi kengashi yoki yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organi (M. Q. Kning 279-moddasi), voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi rayon (shahar) komissiyasi (M. Q. Kning 210-moddasi), xalq noyiblari kengashining (M. Q. Kning 127-moddasi), roziligini olib ishdan bo‘shatishga haqli bo‘lgan bir oylik muddatni to‘xtatmaydi. 18. O‘zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari haqidagi” Qonunning 18-moddasiga binoan kasaba uyushmasi tarkibiga saylangan va o‘zining ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilingan ishchi va xizmatchilarni ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga ular a’zo bo‘lgan kasaba uyushmasini oldindan roziligini olgan holda korxona kasaba uyushmalari qo‘mitasi raisi va a’zolarini esa bundan tashqari tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligini olgan holdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin ekaniga sudlarning e’tibori qaratilsin. Kasaba uyushmasi tarkibiga saylangan ishchi va xizmatchilarni saylanganlik vakolati tugagandan so‘ng, korxona, muassasa, tashkilot to‘liq tugatilganligi yoki ishchi va xizmatchi tomonidan qonunga asosan bo‘shatishni keltirib chiqaradigan aybli harakatlar sodir etilganidan tashqari hollarda, ikki yil davomida ma’muriyatni tashabbusi bilan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qayd qilingan qoidalar saylanganlik vakolati bu qonun kuchga kirgunga qadar tugagan holatlarga ham, lekin ikki yildan oshiq, bo‘lmagan muddatlarga tatbiq etiladi. 19. Korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyati to‘xtatilganligi, ishchilar soni yoki shtat qisqartirilishi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarni ishga tiklash haqidagi nizolarni hal qilishda (M. Q. Kning 41-moddasi 1-bandi) sudlar korxona, muassasa, tashkilot faoliyati tugatilganligi, haqiqatda ham, ishchilar soni yoki shtat qisqartirilganmi, bo‘shatib olishni tartibga soluvchi mehnat qonunlari normalariga ma’muriyat tomonidan rioya qilinganligini aniqlashlari lozim. M. Q. Kning 42-moddasiga rioya qilinganlikni tekshirishda, ishda qoldirish imtiyozi birinchi navbatda yuqori mehnat unumdorligi va malakasiga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi. Agar bu ko‘rsatkichlar teng bo‘lsa, imtiyoz M. Q. Kning 42-moddasida qayd qilingan kishilarga beriladi. Bu modda ma’nosiga ko‘ra bir xildagi bir-biriga mos (bajarilishi lozim bo‘lgan vazifa jihatidan deyarli bir-biridan farq qilmaydigan) lavozim, ixtisos va mutaxassisliklar solishtiriladi. Sudlar, M. Q. Kning 511, 512-moddalariga ko‘ra ishchilar soni va shtat qisqartirilishi sababli bo‘shatib olinishi haqida ogohlantirish bilan birgalikda, xodimga ana shu korxona, muassasa, tashkilotda avvalgi kasbi, ixtisosi, malakasi bo‘yicha boshqa ish berilishi, agar bunday ish yo‘q bo‘lsa, boshqa bir ish berilishi lozim ekanini nazarda tutishlari kerak. Agar bo‘sh o‘ringa bir necha ishchi va xizmatchilar o‘tish istagida bo‘lsa, ulardan qaysi birini olish ma’muriyatning huquqiga kirib, bu munosabatlarga M. Q. Kning 42-moddasida belgilangan qoidalar tatbiq etilmaydi. Korxona, muassasa, tashkilot tugatilganda va shu bilan birgalikda xodimlar soni kamaytirilganda yoki shtatlar qisqartirilganda ma’muriyat ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirish bilan birga ishga joylashtirish organiga xodimning bo‘shatib olinishi haqida ma’lum qilib, uning kasbi, ixtisosi, malakasi va ish haqining miqdori haqida qonunda belgilangan muddatlarda xabar qiladi. Agar shtat qisqarishi mehnat shartnomasini M. Q. Kning 41-moddasi 1-bandi bilan emas balki 36-moddasi 6-bandiga asosan bo‘lsa, lekin mehnatni tashkil qilishning o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lmasa, sud ishdan bo‘shatishni noto‘g‘ri deb hisoblab, ishchini o‘zining oldingi ishiga (lavozimiga) qayta tiklashga haqlidir. 20. M. Q. Kning 41-moddasi 1-bandiga asosan ishchi yoki xizmatchini avvalgi lavozimiga tiklash bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda, sudlar, O‘zbekiston Respublikasi “Korxonalar to‘g‘risidagi” Qonunining 38-moddasiga ko‘ra korxonalarni tugatish, korxona mulkining egasi, yoki shunday korxonani tashkil etish vakolatiga ega bo‘lgan organ, yoxud sud yoki arbitraj qaroriga asosan korxona faoliyatini tugallash formasi ekanligidan kelib chiqmoqlari lozim. Mehnat nizosini hal qilishda, sud qayd qilingan qarorni bekor qilishga haqli emas. Agar korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi qaror qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilingan yoki unga protest keltirilganligi haqida ma’lumot mavjud bo‘lsa, sud GPKning 237-moddasi talablariga ko‘ra ish yurgazishlikni to‘xtatadi. 21. M. Q. Kning 41 m. 11-bandi bo‘yicha ishdan bo‘shatilgan shaxslarning ishga tiklash haqidagi da’vo arizalari bo‘yicha ish ko‘rilganda, sudlar, ishchi pensiya olish yoshiga to‘lganini (erkaklar uchun 60 yosh, va ayollar uchun 55 yosh), qarilik pensiyasini to‘liq olish huquqiga egaligini aniqlashlari lozim. Sudlar pensiya yoshiga to‘lishlik va qarilik pensiyasini to‘liq olish huquqiga ega bo‘lishlik holati, o‘z-o‘zidan mehnat munosabatlarini bekor qilishni keltirib chiqarmasligini e’tiborga olmoqlari lozim. Shartnomani bekor qilish, ma’muriyatni majburiyatini emas, huquqini tashkil qiladi. M. Q. Kning 221-moddasiga ko‘ra pensiya yoshiga yetgan ishchi va xizmatchilar halol, bor kuchini sarflab ishlayotgan, mehnatda yuksak natijalarga erishgan, jamoa o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan bo‘lsalar, ma’muriyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda mehnat shartnomasini saqlab qolish huquqiga ega. Mehnat shartnomasini bekor bo‘lishiga ma’muriyatning ma’qul bo‘lmagan xodimdan o‘ch olish, ma’muriyat nomiga aytilgan tanqidiy fikrlar sabab bo‘lgani haqidagi da’vogarning vajlari sudlar tomonidan sinchiklab tekshirilishi kerak. Pensiya yoshiga to‘lgan va to‘liq qarilik pensiyasini olish uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar bilan muddatli mehnat shartnomasi M. Q. Kning 41-moddasi 11-bandiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin emasligini nazarda tutmoq lozim. M. Q. Kning 41-moddasi 11-bandi bilan ko‘zda tutilgan mehnat munosabatlarini bekor qilish qoidalari, lavozimga mehnat kollektivi tomonidan saylangan, va qonunda yoshga binoan ishdan ozod qilishlikning boshqacha qoidalari ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llanilmaydi. Agar pensiya yoshiga yetgan shaxslarni ishdan bo‘shatishga, xodimlarning soni yoki shtat qisqartirilishi sabab bo‘lsa, ma’muriyat mehnat shartnomasini M. Q. Kning 41-moddasi 11-bandiga ko‘ra bekor qilishga haqli. 22. M. Q. Kning 41-moddasi 2 p. bilan ishdan bo‘shatilganlarni ishga tiklashda sudlar quyidagilarni e’tiborga olishlari lozim: a) xodimni o‘z egallab turgan vazifasiga yoki bajarayotgan ishiga noloyiq ekanligi, uning malakasi yetarli bo‘lmagani yoxud betobligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin; b) yetarli malakaga ega bo‘lmaslik ish bilan bog‘liq aniq faktlar bilan tasdiqlanishi, sog‘lig‘ining holati — mazkur ishni bajara olmasligi haqidagi tibbiyot xulosasi bilan tasdiqlanadi; v) bunday asoslarga ko‘ra ishdan bo‘shatishdan oldin ma’muriyat xodimni roziligiga ko‘ra unga boshqa ish taklif qilmog‘i lozim; g) mehnat stajining uzoq bo‘lmaganligi sababli topshirilgan vazifada yetarli tajribaga ega bo‘lmagan shaxslarni, mehnat shartnomasini tuzishda qonun bo‘yicha majburiy shart qilib ko‘zda tutilmagan ma’lumotni bo‘lmaganligi sababli ishdan bo‘shatish mumkin emas. Mehnat shartnomasini xodimning bajarayotgan ishiga noloyiq ekanligi sababli bekor qilishlikka, uning mehnat majburiyatini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi ish qobiliyatini barqaror pasayishi, yoki ish vazifasini bajarish uning sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmasligi, mehnat jamoasi a’zolari yoxud uning qo‘l ostidagi fuqarolar uchun xavfli bo‘lganda yo‘l qo‘yilishi mumkin. 23. Attestatsiya materiallari ishlab chiqarish, qurilish, qishloq jo‘jaligi, transport, aloqa, davlat savdosi korxonasi va ishlab chiqarish tashkilotlarining rahbar, injener-texnik xodimlari va boshqa mutaxassislari, ilmiy tekshirish, konstruktorlik, loyiha muassasalari, ilmiy ishlab chiqarish korxona va birlashmalarining ilmiy xodimlari va mutaxassislarini o‘z vazifasiga noloyiq ekanligini tasdiqlovchi dalillardan biri bo‘lib hisoblanishi mumkin. Attestatsiya komissiyasi xulosasini hisobga olgan holda, korxona rahbari, attestatsiya natijasiga ko‘ra o‘z egallab turgan vazifasiga noloyiq, deb topilgan ishchini uning roziligi bilan boshqa ishga o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Xodimni roziligiga ko‘ra uni boshqa ishga o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, korxona rahbari, u bilan attestatsiya haqidagi nizomdagi muddat ichida, belgilangan qoidalarga ko‘ra, M. Q. Kning 41-moddasi 2-bandi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin. Xodimning malakasi haqidagi attestatsiya komissiyasining fikri, boshqa dalillar bilan baholanishi lozim bo‘lgani sababli, sud xodimni malakasini muhokama qilishgina emas, balki attestatsiya o‘tkazish qoidalariga rioya qilinganligini tekshirish huquqiga ega ekanligini sudlar nazarda tutmoqlari lozim. Xodimni attestatsiya komissiyasi majlisiga kelmaganligi mehnat tartibi qoidalarini buzganlik deb tushunilmasligi va bu holatda unga nisbatan M. Q. Kning 158-moddasi bilan belgilangan intizomiy jazo choralarini qo‘llash mumkin emas. Agar attestatsiya o‘tkazish bo‘yicha Nizomga ko‘ra attestatsiyadan o‘tuvchini attestatsiya komissiyasi majlisiga kelishi shart ekanligi ko‘zda tutilgan bo‘lsa bu qoida qo‘llanilmaydi. 24. Shtat yoki xodimlarni soni qisqartirilganligi sababi M. Q. Knin 41-moddasi 1-bandiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan, hamda M. Q. Kning 41-moddasi 2, 6-bandlariga binoan ishdan bo‘shatilgan xodimlarni ishga tiklash haqidagi ishlarni ko‘rishda, sud shu asoslarga ko‘ra ishdan bo‘shatish qoidalariga rioya qilinganligini tekshirishi shart. Shu nuqtai nazardan, ishchi boshqa ishga o‘tishdan bosh tortganligini tasdiqlovchi dalillar, yoki ma’muriyat ayni shu korxona, muassasa, tashkilotda, xodimni roziligiga ko‘ra uni boshqa ishga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligini tasdiqlovchi dalillar talab qilib olmog‘i lozim. M. Q. Kning 41-moddasi 1-bandi, 36-moddasi 6-bandi bilan ishdan bo‘shatilganda, bo‘shatib olinishi lozim bo‘lgan ishchi, bu haqda 2 oy oldin ogohlantirilganligi ham aniqlanishi lozim. Xodimni ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirish muddatiga rioya qilinmagan bo‘lib, agar u boshqa asoslarga ko‘ra ishga tiklanishi lozim bo‘lmasa, sud uni ogohlantirish muddati ichida ishlagan vaqtini hisobga olgan holda ishdan bo‘shatish vaqtini o‘zgartiradi. Sudlar xodimlar soni va shtati qisqartirilganda, ma’muriyat bir xil kasb va lavozimlar miqyosida almashtirish o‘tkazishi, ya’ni lavozimi qisqarayotgan malakaliroq ishchini uning roziligiga ko‘ra ishdan malakasizroq lavozimda ishlayotgan ishchini bo‘shatib, uning o‘rniga o‘tkazishga haqli ekanligini nazarda tutmoqlari lozim. Agar ma’muriyat bu huquqdan foydalanmagan bo‘lsa, sud bunday almashtirishni maqsadga muvofiq ekanligi masalasini muhokama qilishga kirishmasligi lozim, lekin almashtirish uchun sharoit bo‘lganligini tekshirishga haqlidir. 25. Ishlab chiqarish brigadasidan chiqarilgan xodimlarni qayta ishga tiklash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda, sudlar brigada jamoasi soni qisqartirilganda, xodim bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lganda va M. Q. Kning 41, 137 m.m. bilan ko‘zda tutilgan boshqa hollarda, brigada jamoasi ma’muriyatdan ishchini brigadadan chiqarishni talab qilishga haqli ekanini nazarda tutmoqlari lozim. Ma’muriyat ishdan bo‘shatishga asos topmasa, bunday ishchini ixtisosi (malakasi)ni hisobga olgan holda uning roziligiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazadi, agar bunday ish bo‘lmasa — boshqa bir ishga o‘tkazadi. Ish bo‘lmaganida, yoki brigadadan chiqarilgan ishchi tomonidan taklif qilingan ish rad etilganda, u bilan mehnat shartnomasi M. Q. Kning 41-moddasiga asosan bekor qilinadi. 26. Mehnat shartnomasi M. Q. Kning 41-moddasi 3-bandi bilan bekor qilingan xodimlarni ishga tiklash haqidagi da’volarni hal qilishda, mehnat intizomini buzgani uchun, intizomiy va jamoat chorasi qo‘llanilgan ishchi va xizmatchilar yana intizomni buzgan bo‘lsalar, bunday asoslarga ko‘ra ishdan bo‘shatilishlari mumkin ekanligini sudlar ko‘zda tutmoqlari lozim. Sud intizomiy va jamoat ta’siri choralari qo‘llagan harakatlarni xodim sodir qilganligi, mehnat intizomini buzganligi nimalarda ko‘rinishi, bu choralarni qo‘llash qoidalariga rioya qilinganligi, ular o‘z kuchini yo‘qotmaganligi holatlarini tekshirishga majbur. Jamoat ta’sir choralari deb, xodimga mehnat jamoasi, o‘rtoqlik sudi, jamoat tashkilotlari tomonidan ularning faoliyatlarini belgilovchi, o‘z nizom va ustavlariga ko‘ra o‘z mehnat vazifasini bajarmaganligi uchun qo‘llangan jazo choralari tushuniladi. Jazo chorasi qo‘llangan vaqtdan to ishdan bo‘shatish haqida buyruq (farmoyish) chiqarilgunga qadar, bir yildan ko‘p muddat o‘tmagan va muddatdan oldin olib tashlanmagan jamoat choralarigina e’tiborga olinishi mumkin. 27. M. Q. Kning 31-moddasiga ko‘ra ma’muriyat ishchi yoki xizmatchidan mehnat shartnomasida shart qilib qo‘yilmagan ishni bajarishni talab qilishga haqli emasligi tufayli, xodimning mehnatning tub sharoitlari o‘zgartirilgan ishni davom ettirishni rad etganligi mehnat intizomini buzilishi deb tushunish mumkin emas. Mehnat intizomini muntazam ravishda buzganligi yoki uzrsiz progulga yo‘l qo‘yganligi uchun ishdan bo‘shatilgan shaxslarni ishga tiklash haqidagi nizolarni ko‘rishda, mehnat shartnomasini bekor qilishga xodimning o‘zgartirilgan ish sharoitida ishni davom ettirishdan bosh tortgani asos bo‘lganligi aniqlansa, sud o‘z tashabbusiga ko‘ra ishdan bo‘shatish sababini M. Q. Kning 36-moddasi 6-bandiga o‘zgartirishi mumkin. 28. M. Q. Kning 41-moddasi 4-bandiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan xodimlarni ishga tiklash haqidagi nizolarni hal qilishda, qayd qilingan asos bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra butun ish davomida, yoki ish vaqtida uzluksiz yoxud jami bo‘lib uch soatdan ortiq bo‘lmaganlarida ishdan bo‘shatilishlari mumkin ekanini sudlar nazarda tutmoqlari lozim. Bir marta progulga yo‘l qo‘yilganligi uchun ham ishdan bo‘shatish mumkin, bunda oxirgi ish kuni ishdan bo‘shatilgan kun hisoblanadi. Quyidagi holatlar ham progul deb hisoblanishi lozim: a) xodimning ma’muriyatning ruxsatisiz o‘z xohishiga ko‘ra navbatdagi otpuskaga ketishi, dam olish kunidan o‘z xohishicha foydalanishi; b) muddatli mehnat shartnomasi tugamasdan ishdan ketish; v) nomuayyan muddatga mehnat shartnomasini tuzgan xodim, ma’muriyatni mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ogohlantirmasdan ish joyini qoldirsa, yoxud ikki oylik ogohlantirish, uzrli sabablarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda esa bir oylik ogohlantirish muddati o‘tmasdan ishdan ketish; yoxud taraflar tomonidan belgilangan boshqa muddatlar tugamasdan ketish; g) ishdan bo‘shatib olinish haqidagi (M. Q. Kning 41-moddasi 1-bandi) yoki mehnatning tub sharoitlarini o‘zgarganligi sababli ikki oylik ogohlantirish muddati o‘tmay ishdan ketish (M. Q. Kning 322-moddasi); d) mehnat shartnomasiga ko‘ra o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarishi lozim bo‘lgan xodimning uzrsiz sabablarga ko‘ra uch soatdan ortiq korxona yoki obyektdan tashqarida bo‘lishi. Boshqa ishga o‘tkazilgan va ishga kirishishdan bosh tortganligi sababli progul uchun ishdan bo‘shatilgan xodimni ishga tiklash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda, sud boshqa ishga o‘tkazishning o‘zi to‘g‘ri amalga oshirilganligini tekshirishi lozim (M. Q. Kning 32, 33, 34, 158 m.m.). 29. M. Q. Kning 41-moddasi 7-bandi bilan mehnat shartnomasini bekor qilinganligi bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda mehnat vazifasini bajarayotgan ishchi ish vaqtida, ish vazifasini bajarishi lozim bo‘lgan korxona, muassasa, tashkilotda yoki boshqa joyda, mast holda, narkotik yoki zaharli moddalarni iste’mol qilganlik oqibatida sarxush holda bo‘lganda, bunday asoslarga ko‘ra ishdan bo‘shatish mumkin ekanini sudlar nazarda tutmoqlari lozim. Bunda xodimni qayd qilingan holatda bo‘lgani uchun ishdan chetlashtirilgan yoki chetlashtirilmaganligining ahamiyati yo‘q. Ish kuni normalashtirilmagan xodimning belgilangan umumiy ish vaqtidan ortiqcha ishda bo‘lgan vaqti ish vaqtiga kiradi. Ishchining mastlik holati, yoki narkotik yoki zaharli moddalar iste’mol qilganlik oqibatida sarxush holda bo‘lganligi tibbiy xulosa va boshqa dalillar bilan isbotlanishi mumkin bo‘lib, ular sud tomonidan baholanmog‘i lozim. 30. M. Q. Kning 41-moddasi 8-bandi bilan ishdan bo‘shatilgan shaxslarni ishga tiklash bilan bog‘liq nizolarni ko‘rish chog‘ida, sudlar ayblov hukmining kuchga kirganligi, yoki ma’muriy chora qo‘llash, jamoat ta’sir chorasini qo‘llash vakolatiga ega bo‘lgan organ tomonidan qaror qabul qilinganini tekshirmog‘i lozim. Bunday asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish uchun, hukmda qanday jazo belgilanganligi va qanday ma’muriy jazo qo‘llanilganligi ahamiyatga ega emas. Ish vaqtimi, ishdan tashqarimi, ish joyida o‘g‘irlik sodir etgani uchun ishdan bo‘shatish mumkin (shu jumladan mayda o‘g‘irlik uchun). Bunday intizomiy jazoni qo‘llash uchun belgilangan bir oylik muddat, sud hukmi kuchga kirgan kundan boshlab, boshqa holatlarda esa, ma’muriy jazo qo‘llash haqida yoki mehnat jamoasi, jamoat tashkiloti tomonidan jamoat ta’sir choralarini qo‘llash haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab hisoblanadi. 31. M. Q. Kning 41-moddasi 3, 4, 7-bandlari bo‘yicha ishdan bo‘shatish intizomiy jazo bo‘lib, shuning uchun ham bunday asoslar bo‘yicha ishdan bo‘shatishga xodimning kasal bo‘lgan yoki otpuskada bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda, nojo‘ya harakat qilinganlik aniqlangan kundan boshlab bir oy o‘tmasdan, uni sodir etgan kundan boshlab olti oy o‘tmasdan yo‘l qo‘yish mumkin emas. Korxona, muassasa, tashkilot rahbariga yoki boshqa ishchi bo‘ysunadigan mansabdor shaxsga, u qonun bo‘yicha intizomiy jazo chorasi qo‘llash vakolatiga ega bo‘lganligidan qat’i nazar, nojo‘ya harakat qilingani ma’lum bo‘lgan kun, nojo‘ya harakat sodir etilgani aniqlangan kun hisoblanadi. Intizomni buzganning izohnoma berishdan bosh tortishi, intizomiy jazo qo‘llashga to‘sqinlik qilmaydi. 32. O‘R M. Q. Kning 41-moddasi 1, 2, 5, 6-bandlari, 37-moddasi 2 va 3-bandlariga ko‘ra qonunga rioya qilinmagan holda (kasallik vaqtida, boshqa ish taklif etilmasdan va x.k.), ishdan bo‘shatilgan ishchi yoki xizmatchini sud tomonidan ilgarigi ishiga (lavozimiga) tiklanishi, agar ma’muriyat tomonidan ilgari yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilgan bo‘lsa, ma’muriyatni xuddi shunday asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi. 33. Xodimga intizomiy jazo berilishi, uni korxona, muassasa, tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni undirish bilan bog‘liq moddiy javobgarlikka tortish va boshqa intizomiy bo‘lmagan jazo choralarini qo‘llashni inkor etmaydi (mukofotdan mahrum qilish, yil yakuniga ko‘ra berilishi lozim bo‘lgan mukofotni kamaytirish yoki undan mahrum qilish, yillik otpuskani yo‘l qo‘yilgan progul kunlari soniga kamaytirish, otpuska berish vaqtini o‘zgartirish va boshqa). Agar texnologik intizomni qo‘pol ravishda buzganlik mahsulot sifatining yomonlashuviga sabab bo‘lgan bo‘lsa, xodimni intizomiy jazoga tortilganligi, ma’muriyatni uning malakasini bir pog‘ona pasaytirish huquqidan mahrum qilmaydi (M. Q. Kning 94 m.). 34. Ishonch yo‘qolganligi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgan ishchilarni ishga tiklash haqidagi ishlarni ko‘rishda, sudlar, bunday asoslarga ko‘ra. faqatgina, pul va tovar qimmatliklari, bilan xizmat qilgan (qabul qilish, saqlash, joylashtirish, tarqatish va.xk.) holda aybli harakatlar sodir etgan va basharti bu harakatlar ma’muriyatning ularga ishonchini yo‘qotishga asos bo‘lgan xodimlargina ishdan bo‘shatilishi mumkin ekanini nazarda tutmoqlari lozim. Bunday harakatlarga xususan quyidagilar kiritilishi mumkin; tegishli hujjat bo‘lmagan holda xizmat uchun haq olish, tovarlarni bevosita omborlardan va yordamchi xonalardan sotish, kam o‘lchash, kam tortish, hamda urib qolish, xaridorlardan mollarni yashirib qolish, narkotik dori mahsulotlarini berish qoidalarini buzish. Qonunda belgilangan qoidalarga asosan, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik va boshqa qasddan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan bo‘lsa, bunday ishchilar bu harakat ularning xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, ishonch yo‘qolganligi asosida ishdan bo‘shatilishlari mumkin. 35. Moddiy qimmatliklarni saqlash haqida to‘la moddiy javobgarlik shartnomasini tuzishdan bosh tortgani sababli, ishchiga intizomiy jazo qo‘llash bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda sudlar mehnat shartnomasi talabidan kelib chiqmoqlari lozim. Agar moddiy qimmatliklar bilan shug‘ullanish, ishchining ishga qabul qilish vaqtida kelishilgan asosiy vazifasi bo‘lib, amaldagi qonun bo‘yicha u bilan to‘la moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi lozim bo‘lgan holda, uzrli sabablarsiz bunday shartnoma tuzishdan bosh tortish, bundan kelib chiqadigan barcha oqibatlarni hisobga olgan holda, mehnat vazifasini bajarishdan bosh tortganlik deb qaralmog‘i lozim. Ishchi uzrli sabablarga ko‘ra shartnoma tuzishdan bosh tortgan holda, ma’muriyat unga boshqa ish taklif qilmog‘i lozim, boshqa ish bo‘lmaganda yoki ishchi boshqa ishga o‘tkazishdan bosh tortganda, u bilan mehnat shartnomasi M. Q. Kning 41-moddasi 1-bandi bilan bekor qilinadi. To‘la moddiy javobgarlik shartnomasi tuzish talab qilinadigan, qo‘shimcha majburiyatlarni amalga oshirishdan bosh tortgan xodim ham xuddi shu yo‘l bilan ishdan bo‘shatilishi mumkin. 36. Bu ishni bundan keyin davom etishi mumkin bo‘lmagan axloqsizlik harakatini sodir etgan shaxslarni ishga tiklash bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda, sudlar bunday asoslar bo‘yicha faqatgina tarbiyaviy vazifalarni bajaruvchi xodimlarni ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yish mumkin ekanini nazarda tutmoqlari lozim, masalan o‘qituvchilar, o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari, o‘quv ishlab chiqarish ustalari, bolalar muassasalarining tarbiyachilari. 37. Ishonchni yo‘qotganligi va tarbiyaviy vazifalarni bajaruvchi xodimni noaxloqiy harakat sodir etganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilinishi (M. Q. Kning 37-moddasining 2, 3-bandlari) qonunda belgilangan muddatlarda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan intizomiy jazo bo‘lib hisoblanmaydi. Shu bilan birga qayd qilingan asoslar bo‘yicha bo‘shatilgan kishilarni ishga tiklash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda, sudlar axloqsiz va aybli harakat sodir etilgandan keyin o‘tgan vaqtni, ma’muriyatning ishonchi yo‘qolgan shaxsning keyingi xulq-atvori va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni e’tiborga olmog‘i lozim. 38. M. Q. Kning 37-moddasi 5-bandiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilishga, ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilgan taqdirda yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bunday holatlarga quyidagilar kiradi: a) sudning hukmiga ko‘ra belgilangan muddatlar ichida ma’lum lavozimlarni egallash va ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslarni ishga qabul qilish; b) moddiy javobgarlik bilan bog‘liq ishlarga ilgari o‘g‘irlik, poraxo‘rlik yoki boshqa g‘araz maqsadlarda jinoyat sodir qilgan kishilarni qabul qilinishi, agar sudlanganlik olib tashlangan yoki bekor qilingan bo‘lmasa; v) amaldagi qonun bo‘yicha yaqin qarindosh yoki quda-andalarni birga ishlashi mehnat shartnomasini tuzishga to‘sqinlik qilmaydigan hollaridan tashqari, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan xizmatchilarni ishga qabul qilinishi, basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa; g) voyaga yetmaganlar va ayollarni ishga qabul qilish, qaysiki qonunchilik tomonidan ularning mehnatidan foydalanish man etilgan bo‘lsa. Agarda ishga qabul qilish qoidalari buzilib, ularni bartaraf etishning imkoni bo‘lmasa va bu holatlar ishni davom ettirishga xalaqit bersa, bunday hollarda O‘R M. Q. Kning 37-moddasi 5-bandiga asosan mehnat shartnomasi bekor etilishi mumkinligini sudlar e’tiborda tutishlari lozim. Ushbu asoslarga ko‘ra ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq nizolar ko‘rilayotganda sud ishga qabul qilish qoidalarining buzilganligi nimalardan iborat ekanligini va ular mehnat shartnomasini bekor etish uchun asos bo‘lib xizmat qila olish yoki olmasligi masalasini aniqlashlari zarur. 39. Agar xodim qonuniy asoslarsiz yoki belgilangan qoidalar buzilgan holda ishdan bo‘shatilgan bo‘lib korxona, muassasa, tashkilot faoliyati tugaganligi sababli uni oldingi vazifasiga tiklash imkoniyati bo‘lmasa, sud ishdan bo‘shatishni noto‘g‘ri deb topib, tugatish komissiyasi yoki korxona, muassasa, tashkilot tugatish haqida qaror qabul qilgan, tegishli hollarda ularni huquqi o‘tgan tashkilotga, xodimga bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga, noilojdan yo‘l qo‘ygan progul vaqti uchun ish haqi to‘lash majburiyatini yuklatadi. Bir vaqtning o‘zida sud korxona, muassasa, tashkilot tugatilganligi sababli xodimni M. Q. Kning 41-moddasi 1-bandi bilan ishdan bo‘shatilgan deb topadi. Zarur bo‘lsa sud qayd qilingan organlar oldiga, ishdan bo‘shatilgan xodimni ishga joylashtirishda yordam berish masalasini qo‘yadi. 40. Sudlar ma’muriyat tomonidan buyrug‘ida ko‘rsatilgan ishdan bo‘shatish asoslarini qonunga to‘g‘ri kelishini tekshirmoqlari lozim. Ishdan bo‘shatish masalasining boshqa asoslarini sud ko‘rishga haqli emas. Agar ishga tiklash bilan bog‘liq nizoni hal qilishda sud ishdan bo‘shatish asoslari qonuniy bo‘lsada, lekin buyrug‘ida ma’muriyat huquqiy normaga to‘g‘ri kelmaydigan sabab ko‘rsatgan deb topsa, va agar kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishdan bo‘shatishning bunday asoslari bo‘yicha ko‘rib o‘z roziligini bergan bo‘lsa, sud ishning holatlaridan kelib chiqib, ishdan bo‘shatish sabablarini o‘zgartirib, uni amaldagi qonun talablariga keltirishi mumkin. Boshqa holatlarda sud ishdan bo‘shatilgan xodimni ishga tiklaydi. Ishdan bo‘shatishning sababi noto‘g‘ri ifoda etilganligi xodimni boshqa korxona, muassasa, tashkilotga ishga kirishdan mahrum etganligi tasdiqlanganda, sud M. Q. Kning 245-moddasiga asosan uning foydasiga bir yildan oshiq bo‘lmagan muddatga ish haqi undiradi. O‘z vazifasiga yoki bajarayotgan ishiga noloyiq ekanligi, mehnat intizomini buzganligi yoki boshqa aybli harakati sababli asosli ravishda ishdan bo‘shatilgan shaxsni ishga tiklash da’vosi rad etilganda, sud ishdan bo‘shatishning sababini ifoda etishni xodimning o‘z tashabbusiga ko‘ra ishdan bo‘shatishlikka o‘zgartirishga haqli emas. 41. Intizomiy jazoni noto‘g‘ri qo‘llanganligi, shuningdek mehnat tartibi qoidalarini buzganligi uchun ishdan bo‘shatilganligi haqidagi da’vo bo‘yicha nizoni ko‘rishda, sud M. Q. Kning 160-moddasiga binoan nojo‘ya harakatning og‘irligini, u sodir qilingan vaziyatni, ishchi yoki xizmatchining shundan oldingi ishi va xulqi-atvorini, shuningdek intizomiy jazo chorasi sodir qilingan nojo‘ya harakatning og‘irligiga mos kelishini hisobga olib, uni noto‘g‘ri deb topishi hamda ishdan bo‘shatilgan xodimni ilgarigi ishiga tiklashi mumkin. Bunday holatda ma’muriyat xuddi shunday nojo‘ya harakat uchun xodimga nisbatan M. Q. Kning 159-moddasi bilan ko‘zda tutilgan muddatlarga rioya qilgan holda, boshqa intizomiy jazo chorasini qo‘llashi mumkin. Qayd qilingan holat bo‘yicha da’vo qanoatlantirilganda, M. Q. Kning 158-moddasiga ko‘ra xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash, u bilan mehnat munosabatida bo‘lgan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining vakolati bo‘lganligi sababli, sud ishdan bo‘shatishni boshqa jazo chorasi bilan almashtirishga haqli emasligini nazarda tutmoq lozim. 42. Mehnat qonunlari asoslariga ko‘ra, homilador ayollarni, uch yoshgacha yetmagan bolalari bo‘lgan ayollarni (o‘n to‘rt yoshga yetmagan yoki 16 yoshga yetmagan nogiron bolalari bo‘lgan yakka ayollarni) ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘ymasligidan kelib chiqqan holda, bu qoidalar faqatgina mehnat shartnomasini M. Q. Kning 41-moddasi bilan bekor qilinadigan holatlarga emas, balki ishdan bo‘shatish ma’muriyatni tashabbusi bilan amalga oshiriladigan boshqa holatlarga ham tatbiq etilishini sudlar e’tiborga olmoqlari lozim (masalan M. Q. Kning 37-moddasi 2, 3-bandlari). Ayol bolani parvarishlashi uchun otpuskada bo‘lganda, ma’muriyatning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin emas (M. Q. Kning 194-moddasi). Korxona, muassasa, tashkilot batamom tugatilganida, mehnat shartnomasi albatta boshqa ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinishi mumkin. Ma’muriyat homilador ayollarni va uch yoshga yetmagan bolasi bo‘lgan ayollarni albatta ishga joylashtirishni ular muddatli mehnat shartnomasi tugagandan keyin bo‘shatilgan hollarda ham amalga oshiradi (M. Q. Kning 197-moddasi). 43. Homiladorlik vaqtida, ma’muriyatning tashabbusi bilan ishdan bo‘shatilgan ayolning ishga tiklash haqidagi da’vosini ko‘rishda, sud ma’muriyat ishdan bo‘shatish vaqtida ayolni homiladorligidan xabari bor yo‘qligidan va ishni ko‘rish chog‘ida homiladorlikni saqlanib qolgan qolmaganligidan qat’i nazar, da’voni qanoatlantirishi lozim. 44. Bolalarni parvarish qilayotgan ayollar va boshqa shaxslarning mehnat nizolarini hal qilishda, ularga nisbatan qonun bilan o‘rnatilgan imtiyozlar, ularning mehnatidan egalikning qaysi formasi asosida foydalanilayotganidan qat’i nazar, berilishi lozim ekanini hisobga olmoq kerak (yakka tartibda, jamoa, davlat, aralash va bosh.). Bolalarni onalarisiz tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning mehnat nizolarini hal qilishda, amaldagi mehnat qonunlari bo‘yicha bolalarini onalarsiz tarbiyalayotgan otalarga (vafot etganligi ota-onalik huquqidan mahrum etilganligi, uzoq vaqt davolash muassasasida bo‘lishi va onalik homiyligi mavjud bo‘lmagan boshqa hollarda) va voyaga yetmaganlarning vasiylariga (homiylariga) onalik munosabati bilan ayollarga beriladigan imtiyozlar tatbiq etilishini hisobga olmoq lozim (tungi, ishdan tashqari ishlarga jalb qilishni, dam olish kunlari ishga jalb qilishni, komandirovkalarga yuborishni yuklash, qo‘shimcha otpuskalar berish imtiyozi, ish vaqtini va qonun bilan belgilangan boshqa imtiyozlarni o‘rnatish). Qayd qilingan hollarda, bolalarni onalarisiz boqayotgan shaxslarga mehnat bo‘yicha imtiyozlar berish, ma’muriyatni majburiyati bo‘lib, uning xohishi bilan bog‘liq emasligini hisobga olish lozim. 45. Ijara shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda, sudlar O‘zbekiston Respublikasi ijara haqidagi Qonuniga ko‘ra, ijaraning xar xil turlari ko‘zda tutilgan bo‘lib (mulkni fuqarolar tomonidan yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ijaraga olinishi, korxonalarni ijaraga olish, ichki ishlab chiqarish ijara pudrati), ular amaldagi qonun bo‘yicha har xil yo‘l bilan tartibga solinishini nazarda tutmoqlari lozim. Fuqaro yoki bir necha fuqarolar bilan mulkni ijaraga olish shartnomasini tuzilishi, ular va ijaraga beruvchi bilan mehnat munosabatlarini emas, balki O‘zbekiston Respublikasi Ijara haqidagi Qonunining 29, 30-moddalari, bitimlar, shartnomalar, mulk ijarasi va.h.k. qonunlar bilan tartibga solinuvchi mulkiy munosabatlarni keltirib chiqaradi Korxona butunlay ijaraga berilganida, yangi ijara korxonasi vujudga kelib, uning ishchi xizmatchilari bilan mehnat munosabatlari kelib chiqadi va bu munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining ijara haqidagi qonuni bilan belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, mehnat qonunlari bilan tartibga solinadi. Bu xususiyatlarga jumladan ijara jamoasining ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish tartibini, ish kuni tartibini mustaqil belgilash huquqi kiradi. Davlat korxonasini ijaraga berilishi munosabati bilan bo‘shatilib olinadigan ishchilar, korxona tugatilishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgan ishchilarga o‘rnatilgan huquqlardan foydalanadilar. Ichki ishlab chiqarish ijara pudrati alohida ishchilar yoki ishchi jamoalarining korxona ichida ishni tashkil qilish va haq to‘lash turi bo‘lib, ularning korxona bilan mehnat munosabatlari mehnat qonunlari, hamda ijara shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bunday ijara jamoasi a’zosining korxona bilan bo‘lgan mehnat nizolari umumiy asosda hal qilinadi. 46. Shartnoma (kontrakt) tuzish xodimlarni ishga yollash vaqtida amalga oshirilishini sudlarga tushuntirib o‘tish lozim. Agar xodim bilan ilgari nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, keyinchalik u bilan muayyan muddatga (mehnatning tub sharoitlari o‘zgarmagan holda) shartnoma (kontrakt) tuzishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodimning bunday holatda shartnoma (kontrakt) tuzishdan bosh tortishi u bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga asos bo‘la olmaydi. Shu bilan birga ma’lum joyidagi xodimlar uchun mehnat shartnomasini kontrakt usulida tuzish qonunlar bilan ko‘zda tutilgan bo‘lib (masalan davlat o‘quv yurtlarining pedagogik xodimlari) oldin ishga olingan xodim bilan kontrakt tuzilishi mehnatning tub sharoitlarining o‘zgarganligi deb tushuniladi. Ma’muriyatning shartnoma (kontrakt) tuzishni rad etganligi yuzasidan sudga murojaat qilish mumkin. 47. Shartnomada (kontraktda) amaldagi mehnat qonunlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan, shartnomani (kontraktni) muddatidan oldin bekor qilish asoslari ko‘zda tutilishi mumkin, hamda taraflardan har biriga shartnomada belgilangan vaqt ichida, boshqa tarafni xabardor qilgan holda shartnomani bekor qilish huquqi berilishi mumkin. Kontrakt (shartnomani) mehnat qonunlari to‘g‘risidagi emas, balki unda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra bekor qilishganda, hamda u taraflarning kelishuviga asosan bekor qilinganda, xodim M. Q. Kning 36-moddasi 1-bandiga ko‘ra ishdan bo‘shatilishi mumkin. Kontrakt (shartnoma) xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilinsa, uning o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shatish M.Q.Kning 40-moddasiga ko‘ra amalga oshiriladi. 48. O‘zbekiston Respublikasi Korxonalar to‘g‘risidagi Qonun, u kichik korxonalarning qonunda ko‘zda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, kichik korxonalar faoliyatiga tatbiq qilinishi ko‘zda tutilgan, shu jumladan mehnat munosabatlari sohasida ham. Kichik korxonalar mulkning har qanday formasi asosida tashkil qilinishi mumkin ekanini hisobga olgan holda, ularning ishchilari bilan bog‘liq mehnat nizolarini hal qilishda, tegishli mulk formasiga ega bo‘lgan korxonalarning faoliyatini tartibga soluvchi moddiy huquq normasi qo‘llaniladi (davlat, kooperativ va bosh). Mulkning aralash formasiga asoslangan kichik korxonalarga, uni tashkil etgan mulk egalarining ko‘proq mulk hissasi hisobga olingan holda qonunlar tatbiq etiladi. Qayd qilingan hissalar ustav va boshqa tashkiliy hujjatlar asosida aniqlanadi. 49. Noqonuniy ishdan bo‘shatish hollarini bartaraf qilish va buning natijasida korxona, muassasa, tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni undirish maqsadida, sud xodimni noilojdan progul qilgani uchun yoki kam maosh oladigan ishda ishlagan vaqti uchun haqi to‘langan bo‘lib agarda ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish qonunni ochiqdan ochiq buzgan holda amalga oshirilgan bo‘lsa yetkazilgan zararni qoplashni mansabdor shaxsning zimmasiga yuklashga haqlidir. Xodimni ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish haqida noto‘g‘ri farmoyish qabul qilgan mansabdor shaxsni, javobgar tomonida qatnashuvchi uchinchi shaxs sifatida ishga jalb qilishlik masalasi, odatda, sudya tomonidan ishni sudda ko‘rishga tayyorgarlik qilish vaqtida amalga oshiriladi, bu holat bunday masalani ishni ko‘rish chog‘ida amalga oshirishni inkor etmaydi. Mansabdor shaxsni ishga bunday jalb qilinishi uni ish bo‘yicha javobgar vakili sifatida ishda qatnashish huquqidan mahrum qilmaydi. Tegishli tartibda sudga kelish haqida xabardor qilingan mansabdor shaxsning uzrsiz sabablarga ko‘ra sudga kelmaganligi, yoki uni kelmaganligi sabablari haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, sud ishini uning ishtirokisiz ko‘rishi mumkin. 50. Sudning ishga tiklash haqidagi qarori ijrosi ma’muriyat tomonidan kechiktirilgani aniqlanganda, sud bunda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxsga korxona, muassasa, tashkilotga yetkazilgan zararni to‘lash majburiyatini yuklatadi. Mehnat nizolarini hal qiluvchi komissiya qarori ijrosini kechiktirganligi sababli, yetkazilgan zararni, mansabdor shaxs tomonidan to‘lash masalasi ham xuddi shu tartibda hal qilinadi (M. Q. Kning 250-moddasi) Bunday nizolar sud tomonidan korxona, muassasa, tashkilotni yuqori turuvchi organni da’vosi yoki prokurorni arizasiga binoan ko‘riladi. 51. Ishga tiklash haqidagi da’vodan voz kechganlikni qabul qilishda yoki taraflar o‘rtasida bunday nizo bo‘yicha kelishish bitimi tuzilganda, sudlar bu harakatlar Qonunga xilof emasligini va tarafdorning qonun bilan qo‘riqlanuvchi huquq va manfaatlari buzilmasligini aniqlamoqlari lozim. Da’vogar da’vodan voz kechganligi qabul qilinganda, kelishish bitimi tasdiqlanganda, sud ishni ko‘rish davomida aniqlangan qonunni buzilganligi holatlarni bartaraf etish haqida xususiy ajrim chiqarishi mumkin. 52. Ishdan bo‘shatish vaqtini o‘zgartirish, ishga tiklash, majburan progulga yo‘l qo‘yganligi uchun ish haqi undirish bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha ishlarni ko‘rishda, mehnat shartnomasi xodim ishga chiqmagan birinchi kundan boshlab bekor qilinishini nazarda tutmoq lozim. Progul uchun ishdan bo‘shatilgan xodimni ishga tiklash va noilojdan qilgan proguli uchun haq to‘lash to‘g‘risidagi nizoni hal qilishda, agar xodim uzrsiz sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmaganligi aniqlanib, lekin ma’muriyat tomonidan ishdan bo‘shatish qoidalari buzilgan bo‘lsa, sud keltirilgan da’voni qanoatlantirishda ishga tiklangan xodimga ish haqi u ishga chiqmagan birinchi kundan emas, balki bunday ishdan bo‘shatish haqida buyruq chiqqan kundan boshlab undirilishi lozim ekanini nazarda tutmoq lozim, chunki shu vaqtdan boshlab progul uzrli deb hisoblanadi. 53. Davlat boji to‘lashdan faqatgina da’vogarlar ozod etilishini hisobga olib, mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda, grajdanlik protsessual qonuni bilan belgilangan davlat boji undirish qoidalariga rioya etish muhim ekanligiga sudlarning e’tibori qaratilsin. Da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirish bilan birga, sud O‘R Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda, davlat foydasiga tegishli davlat boji undirmog‘i lozim. 54. Mazkur nizolarni ko‘rishda sudlar, agar taraflar bir shahar va bir tumanda bo‘lsa, ishni o‘n kunlik muddat ichida, boshqa holatlarda yigirma kunlik muddat ichida ko‘rib hal qilish haqidagi GPKning 115-moddasi bilan belgilangan muddatlarga rioya qilishlari lozim bo‘lib, bu muddatlar ishni qabul qilinganidan so‘ng yetti kundan kechiktirmay o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, ishni sudda ko‘rishga tayyorgarchilik qilish muddati tugagan kundan boshlab hisoblanmog‘i lozim. 55. Mehnat nizolarini yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yiladigan tarqoqlikka, progullarga, ish vaqtini yo‘qotishlikka qarshi kurashda yordam berish, ishchi va xizmatchilarni ishdan bo‘shatishda mehnat qonunlarini buzilganligi aniqlanganda, xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan, ta’sir qilishiga alohida e’tibor berish kerakligi, sudlarga taklif qilinsin. 56. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: 1) O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan mehnat shartnomasi haqidagi qonunlarni qo‘llash haqidagi 1985-yil 29-aprel kuni qabul qilingan 5-sonli qaror, 1988-yil 23-avgustdagi 5-PL-88 sonli Plenum qaroriga ko‘ra kiritilgan o‘zgarishlari bilan; 2) “KPSS XXUP syezdi va O‘zbekiston KPning XXI syezdi qarorlaridan kelib chiqqan holda, mehnat qonunlari va mehnat intizomiga rioya qilishda O‘zbekiston Respublikasi sudlari rolini oshirish haqidagi” 1986-yil 25-aprelda qabul qilingan 5-3-86-sonli qarori, keyingi o‘zgarishlari bilan; 3) “O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan ishga tiklash haqidagi ishlarni ko‘rishda qonunlarni qo‘llashning ba’zi masalalari to‘g‘risidagi” 1991-yil 21-iyun kungi qaror.
121
58,548
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON YuKSALISh YO‘LIDA (O‘N YILLIK MUSTAQIL TARAQQIYOT YO‘LI)” FOTOALBOMINI NAShR ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n yillik bayramini munosib kutib olish, istiqlol yillarida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda qo‘lga kiritilgan katta yutuqlarni, hayotimizda ro‘y berayotgan tarixiy o‘zgarishlarni xalqimiz va xalqaro jamoatchilik orasida keng targ‘ib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vatanimizning betakror qiyofasini va yangi hayot qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini, yurtimiz odamlarining yorqin siymolarini aks ettiruvchi, ko‘p ming yillik tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra san’atimiz haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekiston yuksalish yo‘lida (o‘n yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li)” nomli rangli-bezakli fotoalbom tayyorlansin va nashr etilsin. 2. Mazkur fotoalbomni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ishchi o‘n kun muddat ichida mazkur fotoalbomning hajmi, tarkibi, ma’no-mazmuni ifodalangan dastur ishlab chiqsin. Fotoalbomning mazmun-mundarijasini belgilashda, arxiv hujjatlari, fotosuratlar va boshqa tasviriy vositalarni tanlashda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratsin: O‘zbekistonning o‘ziga xos qiyofasini, milliy tariximiz, yuksak ma’naviyatimiz va boy madaniyatimizni, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga qodir xususiyatlari va fazilatlarini yorqin lavhalar orqali ko‘rsatish; o‘lkamizning go‘zal tabiatini, saxovatli zaminimizning beqiyos manzaralarini aks ettirish; mamlakatimiz boyliklari, tabiiy-mineral zaxiralari va iqtisodiy salohiyatini tasviriy vositalar yordamida namoyon etish; ko‘p millatli xalqimiz vakillarining o‘ziga xos turmush tarzi, yurtimizda qaror topgan millatlararo totuvlik va osoyishtalik, diniy bag‘rikenglikni aks ettirish; tarixiy-madaniy obidalarimiz, ularni qayta tiklash, yangi ziyoratgohlar barpo etish yo‘lidagi keng ko‘lamli ishlarning xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini qiyosiy usulda ifodalash; Vatanimiz ostonasi bo‘lmish poytaxtimiz Toshkent shahrida mustaqillik davrida bunyod etilgan zamonaviy binolar, ravon yo‘llar, mustahkam ko‘priklar, yangi uy-joylar, go‘zal bog‘ va xiyobonlarni aks ettirish. Yuqorida qayd etilgan O‘zbekistonning tarixi, o‘ziga xos qiyofasi, ulkan salohiyati hamda o‘n yillik mustaqil taraqqiyot davrida yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘yilgan qadamlar va erishilgan natijalarni, xalqaro jamoatchilik e’tirof etadigan yutuqlarni bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda fotosuratlar va boshqa hujjatlar asosida yoritish ishchi guruhining asosiy vazifasi ekani belgilab qo‘yilsin. 3. “O‘zbekiston yuksalish yo‘lida (o‘n yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li)” fotoalbomini o‘zbek, rus va ingliz-tillarida nashr etish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasiga topshirilsin. Fotoalbomni Germaniya Federativ Respublikasida chop etish nazarda tutilsin. 4. Davlat matbuot qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda fotoalbomni keng miqyosda targ‘ib etish va realizatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi fotoalbomni tayyorlash va nashr etish uchun zarur mablag‘larni Davlat matbuot qo‘mitasi taqdim etgan sarf-xarajatlar smetasi asosida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan ajratsin. 6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi: aerosuratga olish uchun zarur texnik shart-sharoitlarni tashkil etsin; Germaniyada nashr etilgan fotoalbom tirajini Toshkent shahriga olib kelishni ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi fotoalbom tirajini Toshkent shahriga olib kirishda bojxona to‘lovlarini undirmasdan xizmat ko‘rsatsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov va Bosh vazir o‘rinbosari H.Karomatov zimmasiga yuklansin.
107
3,807
Qonunchilik
Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq lombardlar uchun buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish va nazorat qilish bo‘yicha belgilangan talablar barcha lombardlar uchun majburiydir. 2. Lombardlar qonun hujjatlari va mazkur Nizomga muvofiq o‘z hisob siyosatini ishlab chiqishi, tasdiqlashi va amalda qo‘llashi, shuningdek har bir lombardning ish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hujjatlar aylanish tartibini belgilashi lozim. 3. Lombardlarning buxgalteriya operatsiyalarini hisobvaraqlarda aks ettirish mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan Lombardlarda buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi (bundan buyon matnda Hisobvaraqlar rejasi deb yuritiladi) va uni qo‘llash qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishni tashkil etish buxgalteriya hisobi subyekti — lombard rahbari amalga oshiradi. Lombard rahbari, buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari (bundan buyon matnda bosh buxgalter deb yuritiladi) boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmati — buxgalteriya apparatini tashkil etadi. Bosh buxgalter mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan Lombard bosh buxgalteri to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida ish olib boradi. Buxgalteriya apparati xodimlarining lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va lombard rahbari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi zarur. 5. Lombard rahbari hisob siyosati ishlab chiqilishini, ichki nazorat tartibini, buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini, hisob hujjatlarining but saqlanishini, moliyaviy hisobotning tayyorlanishini, soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan talablarga rioya etilishini ta’minlashi shart. 6. Lombard rahbari imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ikkita ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi shaxs kiradi. 7. Lombardlar tomonidan hisobotlarni taqdim etish Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2994, 2018-yil 5-aprel) asosida amalga oshiriladi. 8. Lombardlarda ichki nazorat buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlarning but saqlanishini ta’minlash, talon-toroj qilish hollari va xatoliklarni aniqlash hamda ularning oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yig‘indisidir. 9. Ichki nazoratni tashkil etish tartibi lombard rahbari tomonidan tasdiqlangan hisob siyosatida belgilanishi lozim. 10. Operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang‘ich hisob hujjatlari va ularni o‘tkazishga doir farmoyishlar xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘ladi. 11. Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir: lombard nomi; hujjatning nomi, raqami va tuzilgan sanasi; xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklari ko‘rsatilgan miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda); xo‘jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya qilish uchun familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harflari yoki boshqa rekvizitlari ko‘rsatilgan holda lavozimlari nomi va imzolari. 12. Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va ishonchli tuzilishi, shuningdek buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirilishiga javobgardir. 13. Qonun hujjatlarida belgilangan maqsadlar uchun banklardan naqd pullar olish va topshirish operatsiyalari Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 14. Lombardlar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 15. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlar quyidagi boshlang‘ich hisob hujjatlari asosida aks ettiriladi: mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi chiqim kassa orderi; mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi kirim kassa orderi; mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi memorial order; mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi kirim terminal orderi; qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa to‘lov hujjatlari. 16. Lombardlarda buxgalteriya hisob registrlari bo‘lgan bosh va yordamchi kitoblardan foydalaniladi. 17. Mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan shakldagi bosh kitob Hisobvaraqlar rejasidagi hisobvaraqlardan iborat bo‘lib, unda hisobot sanasi boshiga qoldiq, kirim va chiqim operatsiyalari aylanmalari hamda hisobot sanasi oxiriga qoldiq summalari ko‘rsatiladi. 18. Bosh kitob ma’lumotlari yordamchi kitoblar ma’lumotlari asosida shakllantiriladi. 19. Lombardda quyidagi yordamchi kitoblardan foydalaniladi: mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi Kunlik moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarni qayd etish jurnali; mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi Kirim kassa orderlarini qayd etish jurnali; mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi Chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali; mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi Pul mablag‘larini hisobga olish qaydnomasi; mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shakldagi berilgan Kreditlarni hisobga olish qaydnomasi; mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa xususiy mulklarni hisobga olish qaydnomasi; mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklarni hisobga olish qaydnomasi; mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi; mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakldagi Boshqa debitorlik qarzlarni hisobga olish qaydnomasi; mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi; mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq shakldagi Majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi; mazkur Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shakldagi Kapitalni hisobga olish qaydnomasi; mazkur Nizomning 20-ilovasiga muvofiq shakldagi Hisobot davri daromadlarini hisobga olish qaydnomasi; mazkur Nizomning 21-ilovasiga muvofiq shakldagi Hisobot davri xarajatlarini hisobga olish qaydnomasi. 20. Lombardlar buxgalteriya hisobi registrlariga mazkur Nizomda belgilangan talablarga rioya etgan holda qo‘shimcha ustun va satrlar kiritishlari mumkin. 21. Buxgalteriya hisobi registrlariga va boshlang‘ich hisob hujjatlariga xo‘jalik operatsiyasi ishtirokchilari tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bank va kassa-pul hujjatlarida tuzatishlar hamda o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 22. Boshlang‘ich hisob hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi registrlari texnika vositalaridan, axborot tizimlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron hujjat tarzida yaratilishi, ishlov berilishi, taqdim etilishi va saqlanishi mumkin. 23. Boshlang‘ich hisob hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi registrlari texnika vositalaridan, axborot tizimlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda tuzilganda, ular barcha majburiy rekvizitlariga ega bo‘lishi lozim. Elektron hujjatlarni saqlashda ularni olish va qog‘oz shaklidagi nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlagan bo‘lishi shart. 24. Hisob registrlari texnika vositalaridan, axborot tizimlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yuritilganda, kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallari har bir ish kuni uchun, Bosh kitob hamda berilgan kreditlarni hisobga olish qaydnomasi har oy uchun alohida qog‘ozga chop etilib, xronologik tartibda tikiladi, o‘sib borish tartibida raqamlanadi hamda varaqlar soni ko‘rsatilgan holda lombard rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. 25. Kunlik amalga oshirilgan barcha moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalari xronologik tartibda kunlik moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarni qayd etish jurnalida qayd etib boriladi. Kunlik moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarni qayd etish jurnali elektron ko‘rinishda o‘rnatilgan tartibda saqlanadi va zarur hollarda moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalar ro‘yxati ushbu jurnalning tegishli qismidan chop etiladi. 26. Yordamchi kitoblarda aks ettirilgan moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari har oy oxirida har bir hisobvaraqning debet va krediti bo‘yicha aylanma summasi jamlanadi va hisobot davrining oxiriga qoldiq chiqariladi. 27. Bosh va yordamchi kitoblar Hisobvaraqlar rejasi nomenklaturasiga mos ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlari bo‘yicha har oy uchun alohida yuritilishi lozim. 28. Har bir moliyaviy-xo‘jalik operatsiyasining summasi ikkiyoqlama yozuv qoidasiga amal qilgan holda bir vaqtning o‘zida ikkita yordamchi kitobda qayd etiladi. Bunda birinchisida — hisobvaraqning debeti bo‘yicha kreditlanadigan hisobvaraqning raqamini ko‘rsatgan holda, ikkinchisida — hisobvaraqning krediti bo‘yicha debetlanadigan hisobvaraqning raqamini ko‘rsatgan holda yoziladi. 29. Buxgalteriya hisobini yuritish bosqichlari moliyaviy operatsiyalar tahlilidan boshlanib, moliyaviy hisobotlarni tuzish va hisobvaraqlarni yopishgacha bo‘lgan hisob jarayonining ketma-ket bosqichini o‘z ichiga oladi. 30. Buxgalteriya hisobini yuritish quyidagi bosqichlardan iborat: a) barcha moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlashtirish (kirim kassa orderi, chiqim kassa orderi va boshqa boshlang‘ich hujjatlar); b) yordamchi kitoblarda operatsiyalarni ro‘yxatga olish; v) oyning oxirida yordamchi kitoblardagi hisobvaraqlar qoldig‘ini chiqarish va Bosh kitobga o‘tkazish; g) moliyaviy hisobotni tayyorlash; d) hisobot yili oxirida foyda va zararlar hisobvaraqlarini yopish; e) yillik moliyaviy hisobotni tuzish. 31. Lombardlarda kassa operatsiyalari Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1719, 2007-yil 24-sentabr) muvofiq amalga oshiriladi. 32. Kirim va chiqim kassa operatsiyalari ustidan nazorat maxsus ajratilgan buxgalter-nazoratchi tomonidan, agar lombardda bu lavozim ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, lombard rahbarining buyrug‘i asosida bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. 33. Naqd pul mablag‘larini kassadan berishda buxgalter-nazoratchi bir nusxada chiqim kassa orderini rasmiylashtirib, chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritadi. Chiqim kassa orderi lombard rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va kassaga topshiriladi. 34. Naqd pul mablag‘larini kassaga kirim qilishda, buxgalter-nazoratchi bir nusxada kirim kassa orderini rasmiylashtiradi, kirim kassa orderlarini qayd etish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritadi. Kirim kassa orderi pul mablag‘larini topshiruvchi va bosh buxgalter tomonidan imzolanib, kassaga topshiriladi. 35. Kirim va chiqim kassa orderlari buxgalter-nazoratchi tomonidan kassaga topshiriladi. 36. Kassir kun oxiriga kassa qoldig‘ini chiqarib, buxgalter-nazoratchiga kassir hisoboti sifatida yirtib olingan ikkinchi varaqni (kassa daftaridagi bir kunlik yozuvlar nusxasini) kirim va chiqim kassa orderlari bilan birgalikda taqdim qiladi. O‘z navbatida, buxgalter-nazoratchi tomonidan kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallaridagi yozuvlar kassir hisobotidagi ma’lumotlar bilan hamda kun oxiriga chiqarilgan kassa qoldig‘i kassada haqiqatda mavjud bo‘lgan naqd pul mablag‘lari summasi bilan solishtiriladi. Solishtirish natijasi to‘la mos kelganda buxgalter-nazoratchi kassa daftariga imzo chekadi. Shundan so‘ng, kun davomida amalga oshirilgan kassa operatsiyalari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Solishtirish natijasi mos kelmaganda, kamomad summasi 19908 — “Lombard xodimlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblardagi undirib olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar” hisobvarag‘ining debetiga, ortiqcha pul mablag‘lari 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar” hisobvarag‘ining kreditiga olib boriladi. 37. Lombard bilan mijoz o‘rtasida kredit shartnomasi imzolangan sanada mijozga ssuda hisobvarag‘i ochiladi. Ssuda hisobvaraqlari har bir qarzdor bilan imzolangan kredit shartnomalari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. 38. Amaldagi kredit shartnomalari buxgalteriyada bosh buxgalter javobgarligi ostida saqlanadi. So‘ndirilgan shartnomalar joriy arxivda belgilangan muddat davomida saqlanadi. 39. Kredit oluvchiga naqd pul mablag‘larni berish mazkur bobning birinchi paragrafida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 40. Kredit naqd pulda berilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 12401 — “Mijozlarga berilgan kreditlar” Kredit 10101 — “Kassadagi pul mablag‘lari”. 41. Kredit mijozga naqd pulsiz shaklda berilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 12401 — “Mijozlarga berilgan kreditlar” Kredit 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”. 42. Kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash lombard hamda mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga asosan kredit qoldig‘iga nisbatan amalga oshiriladi. 43. Kreditlar bo‘yicha foizlar lombard va uning mijozi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan foiz stavkasiga muvofiq kreditning haqiqiy qoldig‘iga nisbatan kunlik hisoblanadi. 44. Kreditlar bo‘yicha foizlar kredit berilgan kundan boshlab har kuni hisoblanadi. Kredit so‘ndirilgan kun uchun foizlar hisoblanmaydi. Foizlarni to‘lash tartibi va muddatlari kredit shartnomasi bilan belgilanadi. 45. Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlarni aks ettirish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan amalga oshiriladi: Debet 16307 — “Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar” Kredit 42001 — “Mijozlarga berilgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar”. 46. Kreditni qaytarish bo‘yicha naqd pul mablag‘larini hisobga olish mazkur bobning birinchi paragrafida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 47. Kredit bo‘yicha to‘lovlar bank plastik kartalaridan foydalangan holda so‘ndirilganda ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda bir nusxada kirim terminal orderi rasmiylashtiriladi. 48. Kredit bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlarni so‘ndirishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: Debet 10101 — “Kassadagi pul mablag‘lari” (naqd pulda so‘ndirilganda) Debet 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” (pul o‘tkazish yo‘li bilan so‘ndirilganda) Debet 10509 — Yo‘ldagi naqdsiz mablag‘lar (bank plastik kartalaridan foydalangan holda so‘ndirilganda) Kredit 12401 — “Mijozlarga berilgan kreditlar” Kredit 16307 — “Kreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar”. 49. Mijozlar tomonidan asosiy qarz, ular bo‘yicha hisoblangan foizlar va boshqa to‘lovlar naqd pulsiz, shu jumladan bank plastik kartalaridan foydalangan holda o‘tkazishda naqd pulsiz shaklidagi to‘lov hisobi lombardning bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i ko‘chirmasi asosida 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag‘i debetida aks ettiriladi. 10500 — “Banklarga qo‘yilgan depozitlar va boshqa mablag‘lar” hisobvaraqning har bir ikkinchi tartibli hisobvarag‘i bo‘yicha amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisobi mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi Pul mablag‘larini hisobga olish qaydnomasida yuritiladi. 50. Kreditning asosiy summasi yoki foizlari belgilangan muddatda qaytarilmaganda, shartnoma shartlariga muvofiq o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan penya hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 16405 — “Hisoblangan jarima va penyalar” Kredit 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar”. 51. Kreditning asosiy summasi yoki foizlar qaytarilishi 60 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan holda lombard rahbarining tegishli buyrug‘iga asosan bunday kreditlar bo‘yicha foizlar balans hisobvaraqlarida hisoblash to‘xtatiladi hamda ular bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan barcha foizlar quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan hisobdan chiqariladi: Debet 420** — Berilgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlarning tegishli hisobvarag‘i Kredit 163** — Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobvarag‘ining tegishli hisobvarag‘i. Shuningdek, ushbu foizlar summasini ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 91501 — “Berilgan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” Kredit 96335 — “Aktivlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i”. 52. Foizlar balansdan hisobdan chiqarilganidan so‘ng, foizlarni keyingi hisoblash (agar shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lsa) faqat balansdan tashqari 91501 — “Berilgan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” va 91505 — “Boshqa aktivlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvaraqlarida lombardning kredit shartnomasida belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi. 53. Muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha notariusning ijro xati olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 15705 — “Notariusning ijro xati olingan muddati o‘tgan kreditlar” Kredit 12405 — “Mijozlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”. 54. Ajratilgan kredit garov bilan ta’minlanmagan holatga kelganda (garov narsasi yo‘qotilganda, o‘g‘irlanganda, fors-major holatlarda) mazkur kreditlar o‘z ta’minotini yo‘qotgan deb hisoblanadi. 55. O‘z ta’minotini yo‘qotgan kreditlar bo‘yicha 100 foiz miqdorida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi shakllantiriladi va shakllantirilgan zaxira bo‘yicha xarajatlar joriy davr uchun “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”da aks ettiriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 56802 — “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” Kredit 12499 — “Mijozlarga berilgan kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”. 56. Qarzdor tomonidan zaxira shakllantirilgan aktiv bo‘yicha mablag‘lar qaytarilganda zaxiralar 56802 — “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” (zaxira hisobot yilida yaratilgan bo‘lsa) hisobvarag‘iga yoki 45921 — “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” (zaxira hisobot yilidan oldingi yilda yaratilgan bo‘lsa) hisobvarag‘iga olib boriladi va joriy davr uchun “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”da aks ettiriladi. 57. Yuqori boshqaruv organi qarori asosida tegishli zaxiralar hisobidan hisobdan chiqarilgan kreditlar hisobi balansning “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvarag‘ida yuritiladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 12499 — “Mijozlarga berilgan kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” Kredit 124** — Berilgan kreditlarning tegishli hisobvarag‘i. Debet 95413 — “Hisobdan chiqarilgan kreditlar” Kredit 96397 — “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”. 58. Bunda zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktivning kelgusi hisobi 95413 — “Hisobdan chiqarilgan kreditlar” hisobvarag‘ida yuritiladi. Zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktivlar balansdan tashqari “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlarida 3 (uch) yil mobaynida yuritilishi va lombard tomonidan ularni undirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi shart. Ko‘rilgan choralar natijasida qarzdorlik qoplanmagan taqdirda, balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobi yuritilayotgan aktiv va unga hisoblangan foizlar lombard tomonidan yuqori boshqaruv organi qarori asosida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. 59. Avval hisobdan chiqarilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foizlar mijoz tomonidan qoplanganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Kassadagi pul mablag‘lari”, yoki Debet 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” Kredit 45921 — “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” Kredit 42005 — “Mijozlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar”. Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida oldin hisobdan chiqarilgan kredit summasi (asosiy qarz)ga: Debet 96397 — “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” Kredit 95413 — “Hisobdan chiqarilgan kreditlar”. Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida oldin hisobdan chiqarilgan foizlar summasiga: Debet 96335 — “Aktivlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i” Kredit 91501 — “Berilgan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”. Bunda, barcha keyingi to‘lovlar, boshqa kelishuv bo‘lmasa, birinchi navbatda kredit bo‘yicha penyalar, so‘ngra foizlar va kreditning asosiy qarzini qoplashga yo‘naltiriladi. 60. Lombard tomonidan ajratilgan kreditlar hisobi bilan bog‘liq barcha operatsiyalar mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shakldagi Berilgan kreditlarni hisobga olish qaydnomasida yuritiladi. 61. Lombard tomonidan kredit ta’minoti sifatida garovga hamda saqlovga qabul qilingan mol-mulklar bo‘yicha beriladigan garov pattasi hamda saqlov kvitansiyasi Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarida (ro‘yxat raqami 1290, 2003-yil 10-dekabr) belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. 62. Lombard tomonidan mol-mulklar kredit ta’minoti sifatida garovga yoki saqlovga qabul qilinganda quyidagi o‘tkazmalar amalga oshiriladi. a) garovga qabul qilinganda: Debet 94502 — “Garov sifatida olingan mulklar” Kredit 96381 — “Garov sifatida va saqlovga qabul qilingan mulklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”; b) saqlovga qabul qilinganda: Debet 94503 — “Saqlovga qabul qilingan mulklar” Kredit 96381 — “Garov sifatida va saqlovga qabul qilingan mulklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”. 63. Mulk garovi bilan ta’minlangan kreditning summasi o‘z muddatida qaytarilmaganda, lombard O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 289-moddasida belgilangan tartibda ushbu mulkni sotish huquqiga ega. 64. Garovga qo‘yilgan mol-mulk sotilishidan tushgan mablag‘lar quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali kirim qilinadi: Debet 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”. 65. Garovga qo‘yilgan mol-mulk sotilishidan tushgan mablag‘lar, boshqa kelishuv bo‘lmasa, birinchi navbatda kredit bo‘yicha penyalar, so‘ngra foizlar va kreditning asosiy qarzini qoplashga yo‘naltirilishi lozim. 66. Garovga qo‘yilgan mol-mulk sotilishidan tushgan mablag‘lar hisobidan penya, foiz va kreditning asosiy qarzini so‘ndirishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” Kredit 16405 — “Hisoblangan jarima va penyalar”, yoki Kredit 16377 — “Muddati o‘tgan hisoblangan foizlar”, yoxud Kredit 42005 — “Mijozlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar” (agar foizlar balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan bo‘lsa) Kredit 15705 — “Notariusning ijro xati olingan muddati o‘tgan kreditlar”. 67. Garovga qo‘yilgan mol-mulk sotilishidan tushgan mablag‘lar kredit bo‘yicha talabni qondirishga yetarli bo‘lmasa, yetmagan summa miqdorida shakllantirilgan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobidan hisobdan chiqariladi: Debet 56842 — “Sud jarayonidagi va notariusning ijro xati olingan kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” Kredit 15799 — “Sud jarayonidagi hamda notariusning ijro xati olingan kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”; Debet 15799 — “Sud jarayonidagi hamda notariusning ijro xati olingan kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” Kredit 15705 — “Notariusning ijro xati olingan muddati o‘tgan kreditlar”. 68. Agar, kreditni so‘ndirish garovga olingan mulk hisobidan, ushbu mulkka egalik huquqini olish orqali amalga oshirilsa, kreditning balans qiymati yoki garovga olingan mulkning haqqoniy qiymatidan (uni sotish bilan bog‘liq xarajatlarni chiqarib tashlagan holda) eng kami bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 16701 — “Boshqa xususiy mulklar” Kredit 16377 — “Muddati o‘tgan hisoblangan foizlar”, yoki Kredit 42005 — “Mijozlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar” (agar foizlar balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinayotgan bo‘lsa) Kredit 15705 — “Notariusning ijro xati olingan muddati o‘tgan kreditlar”. 69. Garov hisobidan undirilgan mulk qiymatining har qanday salbiy o‘zgarishi 16799 — “Xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘ida aks ettirilishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 56834 — “Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” Kredit 16799 — “Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”. 70. Garov hisobidan undirilgan mulkni sotishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 16799 — “Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” Kredit 16701 — “Boshqa xususiy mulklar”. Garov hisobidan undirilgan mulkni sotishdan tushgan mablag‘larni kirim qilishda: Debet 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” Kredit 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar; balans qiymatidan yuqori bahoda sotilganda: Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” Kredit 16701 — “Boshqa xususiy mulklar” Kredit 45913 — “Boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda”; balans qiymatidan past bahoda sotilganda: Debet 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” Debet 55906 — “Boshqa xususiy mulklarni/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar Kredit 16701 — “Boshqa xususiy mulklar”. 71. Lombard garov hisobidan undirilgan mulkni o‘z asosiy vositalari sifatida ishlatishga qaror qilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i Debet 16799 — “Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” Kredit 16701 — “Boshqa xususiy mulklar”. 72. Saqlovga qabul qilingan mulklarni sotish operatsiyalari mazkur paragrafga muvofiq amalga oshiriladi. 73. Lombard tomonidan kreditni so‘ndirish hisobidan olingan ko‘char mulklar hisobi bo‘yicha barcha operatsiyalar mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa xususiy mulklarni hisobga olish qaydnomasida aks ettiriladi. 74. Lombard faoliyatida moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida, ijaraga berish uchun yoki ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan, shuningdek bir yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanish ko‘zda tutilgan moddiy aktivlar asosiy vositalar bo‘lib hisoblanadi. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan; bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar. Lombard rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli. 75. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, kompyuterlar, mebel, hisoblash texnikasi, transport vositalari, foydalanish huquqlarida xarid qilingan er, kutubxona fondi va boshqalar kiritiladi. Balansda asosiy vositalar balans (qoldiq) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalar kirim qilinganda balansda boshlang‘ich (haqiqiy) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Boshlang‘ich qiymatga asosiy vositani sotib olish yoki uni qurish (bino qurish va qurilishni tugallash) bilan bog‘liq barcha xarajatlar, shu jumladan, to‘langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‘imlari hamda yetkazib berish, montaj, o‘rnatish va ishga tushirish bilan bog‘liq bevosita aktivdan belgilangan maqsadda foydalana olish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa barcha xarajatlarning summasi kiritiladi. Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati qonunchilikda belgilangan muddatlarda qayta baholanadi. Asosiy vositalarni qayta baholash bilan hisobga olgan holdagi qiymati tiklanish qiymati deyiladi. 76. Asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar oldindan to‘liq yoki qisman o‘tkazilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: Debet 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kredit 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”. Asosiy vositalar lombardga kelib tushganda balansda quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladi: Debet 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”. 77. Moddiy aktivlarni kirim qilgandan so‘ng to‘lov amalga oshirilsa, kirim hujjatlari asosida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: a) moddiy aktivlar kelib tushganda ularni balansda aks ettirish: asosiy vositalar kelib tushishi bilan darhol foydalanishga topshirilgan taqdirda: Debet 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i, yoki Debet 16505 — “Tugallanmagan qurilishlar” (agar rekonstruksiya qilinishi talab etiladigan binolar, tugallanmagan qurilishlar yoki qurilish uchun materiallar xarid qilinsa) Kredit 29802 –”Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”; asosiy vositalarni omborga kirim qilish: Debet 16561 — “Ombordagi asosiy vositalar” Kredit 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”; b) aktivlar qiymati to‘langanda: Debet 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” Kredit 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”. 78. Asosiy vositalar tekinga olinganda: Debet 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i Kredit 30905 — “Tekinga olingan mulklar” (ta’sischilardan olinganda), yoki Kredit 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar” (boshqa shaxslardan olinganda hamda inventarizatsiya natijasida ortiqcha aniqlangan taqdirda). 79. Lombard binosini qurish, qaytadan tiklash va zamonaviylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha chiqimlar quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshirish bilan 16505 — “Tugallanmagan qurilish” hisobvarag‘iga olib boriladi: Debet 16505 — “Tugallanmagan qurilishlar” Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”. Bino (imorat)lar foydalanishga tayyor bo‘lgan taqdirda, ularning qiymati 16509 — “Lombardning binolari va boshqa imoratlari” hisobvarag‘iga tegishli qabul qilish dalolatnomasi asosida o‘tkaziladi. Agarda qurilish yoki qayta tiklash xarajatlari smetasida mebel va uskunalar sotib olish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ularning qiymati qabul qilish dalolatnomasi umumiy qiymatidan alohida ajratiladi hamda to‘liq ro‘yxati ko‘rsatiladi. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: bino qiymati summasiga: Debet 16509 — “Lombardning binolari va boshqa imoratlari” Kredit 16505 — “Tugallanmagan qurilishlar”; mebel va uskunalar qiymati summasiga: Debet 16535 — “Mebel, moslama va jihozlar” Kredit 16505 — “Tugallanmagan qurilishlar”. 80. Asosiy vositalarga amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Asosiy vositalarning foydalilik xizmati muddati ichida uning boshlang‘ich qiymati asosida tugatish qiymatini ayirish bilan eskirish hisoblanadi. Tugatish qiymati deganda asosiy vositaning foydalilik xizmati muddati tugash vaqtida uni tugatish bilan bog‘liq xarajatlarni ayirgandan so‘ng olinadigan qiymat hisoblanadi. Eskirishni hisoblash quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin: to‘g‘ri chiziqli hisoblash usuli; bajarilgan ish hajmiga mutanosib ravishda hisoblash usuli; tezlashtirilgan usul (kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yig‘indi usuli). 81. Eskirishni hisoblashning tanlangan usuli hisob siyosatida belgilanishi va yil davomida o‘zgarmasligi lozim. 82. Eskirishni hisoblashda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 566** — Eskirish xarajatlarining tegishli hisobvarag‘i Kredit 165** — Asosiy vositalar bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi tegishli hisobvarag‘i. 83. Asosiy vosita obyektlarining boshlang‘ich qiymatini ularning haqiqiy qiymatiga moslashtirish maqsadida qayta baholanadi. Agar haqiqiy qiymatni yetarlicha darajada aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, lombard barcha asosiy vositalarni bitta guruh doirasida qayta baholangan qiymati bo‘yicha aks ettiradi. Qayta baholangan qiymat bu obyektlarning qayta baholash davridagi haqiqiy qiymatidan yig‘ilgan eskirish va qiymatning pasayishidan ko‘rilgan zarar summasi chegirib tashlangan qiymatdir. 84. Asosiy vositalarning alohida obyektlarini qayta baholashda asosiy vositalarning ushbu obyektiga tegishli barcha guruhlari qayta baholanadi. Asosiy vositalarning bir guruhi tarkibidagi obyektlar bir vaqtda qayta baholanadi. 85. Lombard tasarrufidagi barcha asosiy vositalar, ularning xo‘jalik qaramog‘ida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan, shuningdek uchinchi tomonga ijaraga berilgan va uchinchi tomondan moliyaviy ijaraga olingan mol-mulk, foydalaniladigan va foydalanilmaydigan mol-mulk, konservatsiyada saqlanayotgan, hisobdan chiqarishga tayyorlab qo‘yilgan, lekin tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlari va o‘rnatishga mo‘ljallangan asbob-uskunalar qayta baholanishi kerak. Yer va tabiatdan foydalanish obyektlari qiymati qayta baholanmaydi. 86. Qayta baholash lombard tomonidan mustaqil ravishda yoki baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi. Asosiy vositalar obyektining haqiqiy qiymati deb ularning bozor qiymati hisoblanadi. 87. Asosiy vositalarni qayta baholashda quyidagi usullar qo‘llaniladi: indeks usuli; to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta baholash usuli. 88. Qayta baholashning indeks usulida asosiy vositalarning balans qiymati va qayta baholash kuniga shu aktivlarning yig‘ilgan eskirishi ma’lum indeksdan foydalanilgan holda qayta baholanadi. Shundan keyin aktivlarning qayta baholangan qiymati ularning balans qiymati va jamg‘arilgan eskirish bilan taqqoslanadi va o‘rtadagi farq summasiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: a) agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan ortiq bo‘lsa, ushbu oshgan summa 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi: Debet 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i Kredit 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”; qayta baholashgacha bo‘lgan va qayta baholangandan keyin jamg‘arilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farq summasiga: Debet 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” Kredit 165** — Asosiy vositalar eskirish summasining tegishli hisobvarag‘i (kontr-aktiv). Qayta baholash natijasida asosiy vositaning o‘sgan qiymati, ushbu aktiv bo‘yicha oldingi qayta baholash natijasiga ko‘ra xarajat sifatida hisobga olingan qismidan oshgan miqdorida daromad sifatida hisobga olinishi lozim. b) qayta baholash natijasida asosiy vositalarning haqiqiy qiymati kamaysa, u xarajat sifatida hisobga olinadi. Ushbu summa 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘idan oldingi qayta baholash natijasida bevosita mazkur aktiv bo‘yicha hosil bo‘lgan ijobiy summadan ayirib tashlanishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: qayta baholashgacha bo‘lgan va qayta baholangandan keyin jamlangan eskirish o‘rtasidagi farq summasiga: Debet 165** — Asosiy vositalar eskirish summasining tegishli hisobvarag‘i (kontr-aktiv) Kredit 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”; qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv haqiqiy qiymatining kamayish summasiga: Debet 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” Kredit 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i. 30908 — hisobvarag‘ida aks ettirilgan oldingi qayta baholash summasi yetarli bo‘lmagan holda, kamayish va oldingi qayta baholash summalari o‘rtasidagi farq summasi xarajat sifatida hisobga olinadi va 55995–”Boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 55995 — “Boshqa foizsiz xarajatlar” Kredit 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i. 89. Asosiy vositalarning to‘liq tiklanish qiymati, alohida obyektlar qiymatini shunga o‘xshash yangi obyektlarning qayta baholash sanasida shakllangan, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bozor qiymati asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta hisoblash orqali aniqlanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta baholash usulini qo‘llashda obyektlarning to‘liq tiklanish qiymatini tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash uchun lombard xohishiga qarab quyidagilardan foydalanishi mumkin: tayyorlov tashkilotlaridan va ularning maxsus dilerlaridan, tovar-xomashyo birjalaridan, ko‘chmas mulk birjalaridan o‘xshash aktivning narx (baho)lari to‘g‘risida yozma shaklda olingan ma’lumotlar; asosiy fondlarni sotib olish va qayta baholash kunlaridagi Markaziy bank kursiga nisbatan hisob-kitob koeffitsiyenti aniqlanadigan erkin ayirboshlanadigan valyutada sotib olingan asosiy fondlarning qiymati (tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; tegishli davlat tashkilotlaridagi narx (baho)lar to‘g‘risida ma’lumotlar; qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotda e’lon qilingan narx (baho)lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; baholovchi tashkilotning asosiy fondlarning qiymati to‘g‘risidagi hisoboti. To‘g‘ridan-to‘g‘ri usul bilan asosiy vositalarni qayta baholashda, buxgalteriya hisobida tegishli asosiy vosita bo‘yicha hisoblangan jamg‘arilgan eskirish summasi, shu aktivning qayta baholangandagi tiklanish qiymatini qayta baholangunga qadar bo‘lgan balans qiymatiga bo‘lish natijasida hosil qilinadigan koeffitsiyentga ko‘paytiriladi. 90. Qayta baholashdan keyin aktivlarning haqiqiy qiymati ularning boshlang‘ich tiklanish qiymati va yig‘ilgan eskirish summasi bilan taqqoslanadi va farq summalariga mazkur Nizomning 88-bandiga muvofiq buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi. 91. Yuqoridagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilgandan keyin, aktivning qayta baholangan qiymati aktivning qolgan hisoblab chiqilgan xizmat qilish muddati davomida eskirish hisoblanadi. 92. 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘idagi qayta baholash bo‘yicha aks ettirilgan ijobiy natija har oyda tegishli aktiv tiklanish qiymatining eskirish summasi bilan boshlang‘ich qiymatining eskirish summasi o‘rtasidagi farqqa teng ravishda 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkazib boriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” Kredit 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”. 93. Asosiy vositalar quyidagi holatlarda balansdan chiqariladi: a) tugatilganda; b) sotilganda; v) ayirboshlanganda; g) tekinga berilganda; d) boshqa tashkilot ustav fondiga berilganda; e) kamomad aniqlanganda; j) ta’sischilar tarkibidan ta’sischi chiqib ketganda unga ustav fondidagi ulushni mol-mulk hisobidan qaytarilganda. Tegishli aktiv hisobdan chiqarilayotganda 30908 — hisobvarag‘idagi mazkur aktivga tegishli qayta baholashning musbat natijasi to‘liq 31203 — hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 94. Asosiy vositalar obyektlarining chiqib ketishi yoki sotilishidan yuzaga keladigan foyda yoki zararlar aktivning chiqib ketishi yoki sotilishidan olingan sof tushum bilan uning sof balans qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Chiqib ketish yoki sotishdan olinadigan foyda yoki zararlar aktiv hisobdan chiqarilgan paytda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. 95. Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning chiqib ketishida quyidagi tarzda aniqlanadi: a) eskirish summasiga: Debet 165** — Asosiy vositalar eskirish summasining tegishli hisobvarag‘i (kontr-aktiv) Kredit 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i; b) mazkur asosiy vositalar obyekti bo‘yicha 30908-hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan qoldiq summasiga: Debet 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” Kredit 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”. Hisobdan chiqariladigan asosiy vositalar sotilishi, tekinga berilishi yoki tugatilishi mumkin. 96. Hisobdan chiqariladigan asosiy vositalar sotilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi: a) agar to‘lov xaridor tomonidan asosiy vositalar olingandan so‘ng amalga oshirilgan holda: Debet 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kredit 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i; Xaridorlardan to‘lov kelib tushganda: aktivni sotish summasiga: Debet 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” Kredit 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” agar sotish narxi asosiy vositalarning qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa: Debet 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” — sof tushum summasiga Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” — qoldiq qiymatga Kredit 45909 — “Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” — “sof tushum” bilan aktivning “qoldiq qiymati” o‘rtasidagi farq summaga; agar sotish narxi asosiy vositalarning balans qiymatidan past bo‘lsa: Debet 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” — jami tushum summasiga Debet 55902 — “Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar” — “sof tushum” bilan aktivning “qoldiq qiymati” o‘rtasidagi farq Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” — qoldiq qiymatga; b) to‘lov oldindan amalga oshirilgan holda: aktivni sotish summasiga: Debet 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” Kredit 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”; agar sotish bahosi asosiy vositalarning qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa: Debet 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” — sof tushum summasiga Kredit 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i — qoldiq qiymatga Kredit 45909 — “Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” — “sof tushum” bilan aktivning “qoldiq qiymati” o‘rtasidagi farq summaga; agar sotish narxi asosiy vositalarning balans qiymatidan past bo‘lsa: Debet 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” — jami tushum summasiga, yoki Debet 55902 — “Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar “ — “sof tushum” bilan aktivning “qoldiq qiymati” o‘rtasidagi farq Kredit 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i — qoldiq qiymati. 97. To‘liq jismonan yoki ma’nan eskirganligi munosabati bilan yaroqsiz holga kelgan, kamomad yoki talafot aniqlanganda (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda), fors-major holatlarida, tekinga berilganda asosiy vositalarning qiymati belgilangan tartibda zararga chiqariladi va quyidagi o‘tkazma bilan rasmiylashtiriladi: Debet 55902 — “Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar” Kredit 165** — Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i — qoldiq qiymat. 98. Agar asosiy vositalar foydalanishga yaroqli bo‘lsa, xizmat muddati tugaganligiga qaramay lombard ulardan foydalanishni davom ettirishi mumkin. Bunda asosiy vositalar balansdan hisobdan chiqarilmaydi va eskirish hisoblanmaydi. 99. Lombardning asosiy vositalariga egalik huquqini berishni tasdiqlovchi barcha hujjatlar — ularning bahosi, sug‘urta polisi va boshqa hujjatlari alohida yig‘ma jildlarda saqlanishi lozim. 100. Lombardning asosiy vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa xususiy mulklarni hisobga olish qaydnomasida aks ettiriladi. 101. Nomoddiy aktivlar — bu nomonetar, identifikatsiya qilinadigan aktivlar bo‘lib, moddiy va jism shakliga ega bo‘lmagan, foydali xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, hamda ulardan mikromoliyalash xizmatlari ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan aktivlardir. Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompyuter dasturiy ta’minotlari, litsenziyalar va shu kabilar tegishlidir. Agar dasturiy ta’minot tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‘lsa, u moddiy aktiv sifatida qaraladi. Agar dasturiy ta’minot tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‘lmasa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi. 102. Sotib olingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich (haqiqiy) qiymati bo‘yicha baholanadi va hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatini aniqlash mazkur Nizomning 75-bandiga muvofiq aniqlanadi va uning o‘zgarishiga nomoddiy aktivlarning faqat qayta baholanishi natijasida ruxsat etilishi mumkin. Nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq xarajatlar, agar ushbu xarajatlar kelajakda shu aktivlar bo‘yicha dastlabki hisoblangan me’yorlardan yuqori iqtisodiy foyda olib kelishi mumkin bo‘lsa, ularning boshlang‘ich (haqiqiy) qiymatiga qo‘shilishi mumkin. Barcha boshqa xarajatlar, ular qaysi davrda yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘sha davrning joriy xarajatlari sifatida aks ettiriladi. 103. Nomoddiy aktivlar qiymatining oldindan to‘liq yoki qisman to‘lanishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi: Debet 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kredit 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”. Aktivlar kelib tushganda: Debet 16601 — “Nomoddiy aktivlar” Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”. 104. Nomoddiy aktiv balansda dastlabki qiymati bo‘yicha hisobga olingandan keyin, qayta baholash sanasida, agar uning bozor bahosini aniqlash mumkin bo‘lsa, nomoddiy aktiv qayta baholanadi va qayta baholanish (tiklanish) qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 105. Qayta baholagandan so‘ng nomoddiy aktivlarning qayta baholangan qiymati ularning balans qiymati va jamg‘arilgan eskirishi bilan taqqoslanadi va o‘rtadagi farq summasiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. 106. Agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan ortiq bo‘lsa, ushbu oshgan summa 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi: Debet 16601 — “Nomoddiy aktivlar” Kredit 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”; qayta baholashgacha bo‘lgan va qayta baholangandan keyingi jamg‘arilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farq summasiga: Debet 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” Kredit 16605 — “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”. 107. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar qiymatining o‘sgan summasi shu aktiv bo‘yicha ilgarigi qayta baholashning xarajat sifatida hisobga olingan va qiymatini kamaytirgan summasini qoplaydigan qismigina daromad sifatida tan olinadi. 108. Agar aktivning qayta baholangandagi qiymati uning balans qiymatidan kam bo‘lsa, unda aktivning summasi kamayadi va bu kamayish quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: a) qayta baholashgacha bo‘lgan va qayta baholangandan keyingi jamg‘arilgan eskirish o‘rtasidagi farq summasiga: Debet 16605 — “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)” Kredit 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”; b) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv qiymatining kamayish summasiga: Debet 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” (ilgarigi o‘sish miqdori doirasida) Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar”. 109. Agar 30908 hisobvaraqdagi kredit qoldiq (nomoddiy aktivlarning aynan shu toifasiga taalluqli qismi) yetarli bo‘lmasa, unda qayta baholangan aktivning qo‘shimcha kamaygan qiymati quyidagicha hisobga olinadi: Debet 55995 — “Boshqa foizsiz xarajatlar” Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar”. 110. Qayta baholashning 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘iga qo‘shilgan ijobiy natija, ushbu Nizomning 92-bandiga muvofiq, har oyda 31203 — “Taqsimlanmagan foyda” (aktiv-passiv) hisobvarag‘iga bevosita o‘tkazib boriladi. 111. Nomoddiy aktivlarga eskirish, ulardan foydalanila boshlangan oyning keyingisidan boshlab hisoblab boriladi. Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida muntazam ravishda lombard xarajatlariga o‘tkazib boriladi. 112. Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat qilish muddati eskirish normalari yordamida aniqlanadi. Eskirish normalari lombard tomonidan ularning boshlang‘ich qiymati va foydali xizmat qilish muddatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Foydali xizmat qilish muddatini aniqlab bo‘lmaydigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish normalari besh yilga, lekin lombardning faoliyat muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga mo‘ljallab belgilanadi. 113. Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash ushbu Nizomning 80-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Eskirishni hisoblashning tanlangan usuli lombardning hisob yuritish siyosatida aniqlanishi va yil davomida o‘zgarmasligi kerak. 114. Amortizatsiya ajratmalari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali lombard xarajatlariga o‘tkazib boriladi: Debet 56618 — “Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi” Kredit 16605 — “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”. 115. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishda qoldiq qiymat quyidagicha aniqlanadi: jamg‘arilgan eskirish summasiga: Debet 16605 — “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)” Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar”; ushbu nomoddiy aktiv bo‘yicha 30908 — hisobvaraqda qolgan qoldiq summasiga: Debet 30908 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” Kredit 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”. 116. Hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlar sotilayotganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: a) Nomoddiy aktivlar jo‘natilgandan keyin xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilganda: nomoddiy aktivlar jo‘natilganda: Debet 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar”; aktivni sotish summasiga: Debet 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” Kredit 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”; agar sotish bahosi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa: Debet 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” — sof tushum summasiga Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar” — qoldiq qiymati Kredit 45913 — “Boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” — “sof tushum” bilan aktivning “qoldiq qiymati” o‘rtasidagi farq summaga; agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning balans qiymatidan past bo‘lsa: Debet 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” — jami tushum summasiga Debet 55906 — “Boshqa xususiy mulklarni/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar” — “sof tushum” bilan aktivning “qoldiq qiymati” o‘rtasidagi farq Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar” — qoldiq qiymati b) Xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng nomoddiy aktivlar jo‘natilganda: aktivni sotish summasiga: Debet 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” Kredit 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”; agar sotish bahosi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan yuqori bo‘lsa: Debet 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” — sof tushum summasiga Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar” — qoldiq qiymati Kredit 45913 — “Boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” — “sof tushum” bilan aktivning “qoldiq qiymati” o‘rtasidagi farq summaga; agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning balans qiymatidan past bo‘lsa: Debet 29802 — “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” — jami tushum summasiga Debet 55906 — “Boshqa xususiy mulklarni/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar” — “sof tushum” bilan aktivning “qoldiq qiymati” o‘rtasidagi farq Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar” — qoldiq qiymati. 117. Nomoddiy aktivlarning qiymati to‘liq eskirish, fors-major holatlarda, bepul berilganda belgilangan tartibda zarar sifatida qoldiq qiymati summasiga hisobdan chiqariladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi: Debet 55906 — “Boshqa xususiy mulklarni/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar” Kredit 16601 — “Nomoddiy aktivlar”. 118. Lombardda nomoddiy aktivlarning harakati va hisobi bo‘yicha barcha operatsiyalar mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa xususiy mulklarni hisobga olish qaydnomasida yuritiladi. 119. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar (bundan buyon matnda KTB deb yuritiladi) — bu lombard faoliyatida foydalaniladigan va quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan moddiy aktivlardir: xizmat muddati bir yildan oshmaydigan; xizmat muddatidan qat’i nazar, (sotib olingan vaqtga) bir komplekt uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha belgilangan buyumlar. Rahbar hisobot yiliga KTB tarkibida hisobini yuritish uchun buyumlar qiymatining eng kam miqdorini belgilash huquqiga ega. KTBga devonxona va idora buyumlari, pochta hamda hujjat markalari va boshqalar kiradi. KTB hisobi haqiqiy sotib olingan qiymati bo‘yicha, bojxona bojlari va yig‘imlari, ta’minlovchi va vositachi tashkilotlarga to‘langan vositachilik xarajatlari, soliqlar (masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i) va KTBni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda yuritiladi. 120. KTB qiymatini to‘liq yoki qisman oldindan to‘lash quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan amalga oshiriladi: Debet 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kredit 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”. KTBga kirim qilinganda: Debet 19921 — “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” Kredit 19909 — “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”. Ombordan KTB foydalanishga berilishi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan amalga oshiriladi: Debet 56406 — “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari” Kredit 19921 — “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”. 121. KTB hisobi bilan bog‘liq barcha operatsiyalar mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklarni hisobga olish qaydnomasida aks ettiriladi. Foydalanishda bo‘lgan KTB saqlanishining hisobi va nazorati tizimdan tashqari (jurnallarda) amalga oshiriladi. 122. Lombard xodimlaridan va boshqa debitorlardan olinishi lozim bo‘lgan turli xil aktivlar hisobi 19900 — “Boshqa aktivlar”ning tegishli hisobvaraqlarida yuritiladi. 123. Olinishi lozim bo‘lgan aktivlarning balans hisobotida haqqoniy qiymatda aks ettirish uchun 19911 — “Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘idan foydalaniladi. 124. Lombard xodimlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi bilan bog‘liq barcha operatsiyalar mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasida yuritiladi. 125. Oldindan to‘langan va kelajakdagi hisobot davriga tegishli bo‘lgan xarajatlar hisobi bilan bog‘liq barcha operatsiyalar mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakldagi Boshqa debitorlik qarzlarni hisobga olish qaydnomasida yuritiladi. 126. Oldindan to‘langan va kelajakdagi hisobot davriga tegishli bo‘lgan xarajatlar vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya qilinishi va hisobot davri davomida amortizatsiya qilinishi (xarajatga o‘tkazilishi) lozim. Aktivlarni inventarizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish”ga (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) asosan amalga oshiriladi. 127. Har bir olingan kredit alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Kredit shartnomasiga muvofiq kredit olish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan aks ettiriladi: Debet 1**** — Tegishli aktiv hisobvarag‘i Kredit 216** — Olingan kreditlarning tegishli hisobvarag‘i. To‘lanishi lozim bo‘lgan kreditlar bo‘yicha foizlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet To‘lanishi lozim bo‘lgan kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlarning tegishli hisobvarag‘i Kredit 22410 — “Olingan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”. 128. Hisoblangan foizlar hamda kreditlarni so‘ndirish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan amalga oshiriladi: Debet 216** — Olingan kreditlarning tegishli hisobvarag‘i, yoki Debet 22410 — “Olingan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” Kredit 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”. 129. Lombard tomonidan olingan kreditlar hisobi bilan bog‘liq barcha operatsiyalar mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq shakldagi Majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasida yuritiladi. 130. Lizing, lizing oluvchi lombardning moliyaviy hisobotlarida ham aktiv, ham majburiyat sifatida tan olinadi. Lizingga olingan aktivlar hisobi 16515 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi”, lizing bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar esa 22100 — “Lizing bo‘yicha majburiyatlar”ning tegishli mos hisobvaraqlarida yuritiladi. 131. Lizingni dastlabki tan olish lizing shartnomasi muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing oluvchi lombard lizing obyektini o‘z balansida sof investitsiya qiymati yoki uning haqqoniy qiymatining qaysi biri kichik bo‘lsa o‘sha summada aks ettiradi. 132. Lizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bajariladi: Debet 16515 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi” Kredit 221** — Lizing bo‘yicha majburiyatlar tegishli hisobvarag‘i. 133. Lizing oluvchi lombard tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektini sotib olish, yetkazib berish yoki belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi. 134. Lizing obyekti lizing oluvchi lombard balansida aktiv va majburiyatlarning alohida moddalari sifatida aks ettirilishi lozim. 135. Lizing oluvchi lombard tomonidan lizing dastlabki tan olingandan so‘ng keyingi hisob majburiyat bo‘yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va lizing bo‘yicha foizlar to‘lash hisobini yuritishdan iborat. Keyingi hisob, lizing bilan bog‘liq barcha xavf-xatarlar lizing oluvchiga o‘tganligi sababli lizing oluvchi lombard tomonidan lizing obyektini baholab borish, eskirishni hisoblash va shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa xarajatlarni amalga oshirish ishlarini ham o‘z ichiga oladi. 136. Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga olish vaqtida lizing oluvchi lombardning lizing foizi bo‘yicha xarajatlari buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi. 137. Lizing oluvchi lombard tomonidan lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq lizing bo‘yicha foizli xarajatlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi: Debet 54401 — “Lizing bo‘yicha foizli xarajatlar” Kredit 22408 — “Lizing bo‘yicha hisoblangan foizlar”. 138. Lizing oluvchi lombard tomonidan lizing to‘lovlari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladi: Debet 22408 — “Lizing bo‘yicha hisoblangan foizlar” Debet 221** — Lizing bo‘yicha majburiyatlar tegishli hisobvarag‘i Kredit 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”. 139. Lizing oluvchi lombard tomonidan lizing obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ushbu Nizomning 82-bandiga muvofiq aniqlanadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi: Debet 56626 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha eskirish summasi” Kredit 16519 — “Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”. Agar lizing obyektiga egalik huquqi o‘tishi lizing shartnomasida belgilanmagan bo‘lsa, lizing obyekti bo‘yicha eskirish lizing shartnomasining amal qilish muddatidan yoki aktivning foydali xizmat qilish muddatidan qaysi biri kichik bo‘lsa o‘sha muddatga hisoblanadi. 140. Lizing obyektini yillik qayta baholash lizing oluvchi lombard tomonidan mazkur Nizomning 87-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. 141. Lizing oluvchi lombard tomonidan oxirgi to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin 16515, 16519, 22100 va 22408 balans hisobvaraqlarida mazkur li
91
62,548
Qonunchilik
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (o‘rganish, ko‘rik) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 419-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2011-yil 10-fevraldagi 1-son qarori (ro‘yxat raqami 2196, 2011-yil 18-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (o‘rganish, ko‘rik) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Yo‘riqnoma Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari (keyingi o‘rinlarda qonun hujjatlari deb yuritiladi) talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (o‘rganish, ko‘rik) o‘tkazish tartibini belgilaydi.”. 2. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
232
2,138
Qonunchilik
Avtobuslar harakatini ilova orqali kuzatish mumkin
Mobil qurilmalari foydalanuvchilari uning yordamida  avtobuslarning bekatga keladigan aniq vaqtini bilgan holda safarlarini rejalashtirishlari mumkin. Bundan tashqari, ilova poytaхtning barcha avtobus yoʻnalishlarini qamrab olgan boʻlib, avtobuslar harakatini Toshkent elektron хaritasida  onlayn rejimda kuzatish imkonini beradi. Oʻz mobil  qurilmalari va gadjetlariga ilovani oʻrnatib, foydalanuvchilar uning yordamida: - belgilangan yoʻnalishdagi avtobus harakatini kuzatishlari; - avtobuslarning  tanlangan bekatga kelish vaqti va u yergacha qanday avtobuslar borishi toʻgʻrisida aхborot olishlari; - avtobuslarning yaqin bekatgacha boʻlgan masofasini bilishlari; - tezkor foydalanish uchun tanlanganlar roʻyхatiga yoʻnalishlarni va yana talay foydali funksiyalarni qoʻshishlari mumkin boʻladi. Bugungi kunda ilovadan faqat Android qurilmasi orqali foydalanish mumkin, biroq yaqin kunlarda u Apple iOS uchun moslashtiriladi. Shuningdek, tez orada www.tashbus.uz saytida ilovaning veb-versiyasini ishga tushirish koʻzda tutilayotir, bu yerda ham foydalanuvchilar jamoat transporti ishi toʻgʻrisida aхborot olishlari va avtobuslar harakatini kuzatib borishlari mumkin boʻladi. Ilovaning ishini yanada takomillashtirish uchun  «Toshshahartransхizmat" AJ  ilova yoki  [email protected] elektron pochtasi orqali fikr va mulohazalarni qabul qiladi. Ma’ruf USMANOV.
50
1,363
Qonunchilik
“Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 370-son “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 9-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 9-avgustdagi 01-02/12-32-son qarori (ro‘yxat raqami 1404, 2004-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 36-son, 404-modda) bilan tasdiqlangan “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
209
1,029
Qonunchilik
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 130-modda), “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 156-modda) qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 43-son, 493-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2006-yil 21-fevraldagi 39-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1551, 2006-yil 13-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 11-son, 88-modda) bilan tasdiqlangan Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshisi “tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i (komissiya raisi),” degan so‘zlardan keyin “tuman fermerlar kengashi,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. Ushbu buyruq “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
198
1,410
Qonunchilik
Eksportchilarga roʻyхat oʻzgartirib berildi
Vazirlar Mahkamasining 24.05.2016 yildagi 172-son Qarori bilan Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Aksiyadorlik jamiyatlariga хorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2015 yil 21 dekabrdagi PQ–2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» Qaroriga (10.02.2016 yildagi 33-son) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ustav kapitalidagi davlat ulushining kamida 15 foizi хorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyхatidan «Oʻztadbirkoreksport» AJ va «Oʻzsanoateksport» AJ chiqarib tashlandi. Ular Ishlab chiqarish va strategik хom ashyoni dastlabki qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining, shuningdek tabiiy monopoliyalar sub’yektlarining hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar va хizmatlarni tartibga solib boriladigan narхlar boʻyicha yetkazib beruvchilarning roʻyхatiga qoʻshildi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
43
1,229
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2015-yilgi hisoboti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2015-yilgi hisoboti tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
75
302
Qonunchilik
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2021-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2021-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
123
225
Qonunchilik
MIKROKREDIT TAShKILOTLARI FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2093, 2010-yil 13-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 1-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “komissiya — Markaziy bankning Kredit tashkilotlari va kredit byurolarini ro‘yxatga olish va litsenziyalash komissiyasi.”. 2. 24-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Mikrokredit tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish maqsadida takroran taqdim etilgan arizani qayta ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.”.
125
1,690
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TRANSPORT VOSITALARI VA BOShQA O‘ZI YuRAR MAShINALAR VA MEXANIZMLAR EGALARINING JAVOBGARLIGINI DAVLAT MAJBURIY SUG‘URTASI TO‘G‘RISIDA
1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida transport vositalari va boshqa o‘zi yurar mashina hamda mexanizm egalari fuqarolik javobgarligining davlat* majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi 632-sonli qaroriga binoan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sug‘urtasining amalga oshirish tartibini belgilab beradi. 2. Ushbu Yo‘riqnoma qoidalari bo‘yicha, kuchda bo‘lgan fuqarolik qonunchiligidagi transport vositalari egalarining yuridik javobgarligi asosida, transport vositalari egalarini, sug‘urta to‘lovlarini hisobotini olib borish va uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasini to‘lash tartibi amaldagi fuqarolik qonunchiligiga binoan aniqlanadi. 3. Mexanik transport vositalari egalarini jismoniy shaxslarning hayotiga va sihat-salomatligiga hamda ularning mol-mulkiga va yuridik shaxslarni mulkiga ma’lum miqdorda zarar yetkazilishi mumkinligi yuzasidan fuqarolik javobgarligi sug‘urta obyekti bo‘lib hisoblanadi, Mexanik transport vositalariga, dvigatelga ega bo‘lgan transport vositalari kiradi, Traktor va o‘zi yurar mashinalarga ham ushbu termin qo‘llaniladi. Pritsep — bu mexanik transport vositalari bilan birgalikda harakatlanishga mo‘ljallangan transport vositasidir. Ushbu termin yarim pritseplar va ajratiladigan pritseplarga ham qo‘llaniladi. 4. Quyidagilar sug‘urta qildiruvchilar bo‘lib hisoblanadilar: a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, Xorijiy fuqarolar va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar; b) O‘zbekiston Respublikasi korxona, birlashma va boshqa tashkilotlari — ho‘jalik faoliyatining turi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, transport vositalari egalari; v) O‘zbekiston Respublikasi hududida transport ekspluatatsiya qilinayotgan (ishlatilayotgan) xorijiy yuridik shaxslar; g) O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashma va tashkilotlar; d) O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit bilan o‘tuvchi transport vositalari haydovchilari. 5. Sug‘urtalovchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalari hisoblanadi. 6. Transport vositasi egasi bo‘lgan uchinchi shaxsga yetkazilgan talofatni qoplashini ko‘zda tutuvchi voqea (yoki holat) sug‘urta hodisasi deb hisoblanadi, Quyidagilar sug‘urta hodisalariga kiradi: a) Fuqarolar hayoti, sihat-salomatligiga keltirilgan zarar; b) transport vositasini, hamda mulkni ishdan chiqarilishi, yo‘q qilinishi. Talofat miqdori(hajmi)ga ishdan chiqarilgan transport vositasini eng yaqin masofadagi texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasiga olib borish va uni ta’mirlashga ketgan sarf xarajatlar ham kiritiladi. 7. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urta shartnomasi bir kalendar yili mobaynida kuchda bo‘ladi. 8. Agarda sug‘urta shartnomasi kuchda bo‘lgan davrda transport vositasidan, belgilangan tartibda foydalanish taqiqlansa yoki u keyingi paytda foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchining xohishiga ko‘ra harakatdan to‘xtatiladi hamda unga sug‘urta to‘lovining ma’lum qismi sug‘urta muddati tugagunga qadar qolgan to‘liq oylar uchun yillik sug‘urta to‘lovining 1/12 qismi hisobidan qaytariladi. 9. Transport vositasi yangi egalik qiluvchiga o‘tsa, sug‘urta shartnomasi o‘z-o‘zidan (avtomatik ravishda) bekor qilinadi va sug‘urta to‘lovining, avvalgi sug‘urta qildiruvchini transport vositasiga egalik qilgan muddatiga mos ravishda chegirilgandan qolgan qismi qaytariladi. 10. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi obyektlarini hisobga olish, transport vositalari mavjud bo‘lgan va ular qayd etilgan O‘zbekiston Respublikasining shahar va tumanlaridan davlat sug‘urta muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 11. Hisobga olish yilning 1-yanvariga bo‘lgan holatda, har yil 1-martigacha amalga oshiriladi. 12. Hisobni olish uchun davlat sug‘urta muassasasi, transport vositalarini qayd etish va hisobga olish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotdan, ularni soni, turlari hamda kimga qarashliligi va boshqalar haqida ma’lumotlarini olishi shart. Davlat sug‘urta muassasalari olingan ma’lumotlar asosida har bir sug‘urta qildiruvchiga, tegishli kitobda belgilangan namunadagi (1-sonli ilova) shaxsiy hisobini ochadi va sug‘urta to‘lovini hisoblab chiqadi. 13. Yillik hisobga olish va sug‘urta to‘lovini hisoblash natijalari 8-GS (2-sonli ilova) hisobotida ko‘rsatib o‘tiladi. 8-GS hisoboti davlat sug‘urta muassasasi tomonidan yilning 15-martigacha tuzilib, o‘zidan yuqori davlat sug‘urta boshqarmasiga taqdim etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat sug‘urta boshqarmalari o‘z navbatida, yilning 1-apreligacha O‘zdavsug‘urtaga jamlama (umumiy) hisobotlarini taqdim etadilar. 14. Sug‘urta qildiruvchini, fuqaroning hayotiga yoki sihat-salomatligiga hamda uni mol-mulki va yuridik shaxsning mulkiga yetkazilgan zarar yuzasidan fuqarolik javobgarligi, har bir sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha alohida keltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘rizarari miqdorida sug‘urtalangan hisoblanadi, ammo uning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yetkazilgan zararni qoplash uchun belgilangan sug‘urta puli miqdoridan oshib ketmasligi shart. 15. Davlat sug‘urta tashkilotlari uchun umumiy sug‘urta hodisasi yuz bergan vaqtdagi me’yorlangan umumiy sug‘urtaviy javobgarligining hajmi — O‘zbekiston Respublikasidagi eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida belgilangan. Shu jumladan: mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun — eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida; fuqaroni sihat-salomatligiga yetkazilgan zararni qoplash uchun — eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida belgilangan. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan, bitta transport vositasi uchun bir yilda bir marta undiriladigan sug‘urta badallari quyidagi stavkalari miqdori belgilanadi: 17. Ayrim toifadagi fuqarolarga sug‘urta badallarini to‘lashda imtiyozlar beriladi. 50 foizlik to‘lov imtiyozli (siylovi) huquqini oluvchilar: a) ijtimoiy ta’minot tashkilotlari orqali, pul bilan boshqaruvchi avtomobillar va motokolyaskalar olgan fuqarolar; b) Ulug‘ Vatan urushi nogironlari va qatnashchilari, hamda ularga tenglashtirilgan huquqli shaxslar (Afg‘oniston va Chernobil voqealari qatnashchilari va boshqalar); 18. To‘lov imtiyozi (siylovi) — transport vositalari egalari tomonidan, imtiyozlar berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganlardagina belgilanadi. 19. Transport vositasini 2 va undan ortiq yillar mobaynida uzluksiz avariya sodir etmasdan va uchinchi shaxslarga zarar yetkazmasdan ekspluatatsiya (boshqargan) qilgan sug‘urta qildiruvchilarga quyidagi miqdorlarda to‘lov imtiyozi (siylovi) belgilanadi: 20. Bir yil muddat ichida sug‘urta qildiruvchining yoki uni o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasini boshqarishni ishonib topshirgan, boshqa shaxsning aybi bilan, uchinchi shaxsga zarar keltirilib sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuz bergan taqdirda joriy yilda berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar bekor qilinib, sug‘urta to‘lovi miqdori 20 foizga, hamda yo‘l-transport hodisasini ikki va undan ortiq marotaba sodir etilgan taqdirda esa 30 foizga oshiriladi. 21. Transport vositalari egalari sug‘urta to‘lovlarini, to‘lov to‘lanayotgan kundagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda, quyidagi muddatlarda to‘laydilar: Yuridik shaxslar tomonidan — har yili 1-iyuldan kechiktirmay; jismoniy shaxslar tomonidan — har yili 1-sentabrdan kechiktirmay to‘lanadi. Kalendar yili mobaynida eng kam oylik ish haqining miqdori o‘zgargan taqdirda ham, to‘langan sug‘urta to‘lovlari yuzasidan qayta hisoblash amalga oshirilmaydi. 22. Sug‘urta badali transport vositalari egalari tomonidan transport vositalarini ekspluatatsiya qilgunga qadar to‘lanishi kerak. Transport vositalari egalari, ularni ro‘yxatga olishni, takror ro‘yxatdan o‘tkazishni yoki texnik ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirayotgan davlat avtomobil nazorati (DAN) yoki vakolatli boshqa tashkilotlarga, joriy va bundan oldingi yil ( texnik ko‘rik ikki yilda bir marta o‘tkazilayotgan taqdirda, ) uchun sug‘urta to‘lovi to‘langanligi haqidagi to‘lov topshiriqnomasini, (yoki yagona namunadagi sug‘urta guvohnomasini) pattalari (kvitansiyasi)ni taqdim etishlari shart. Transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligi bo‘yicha sug‘urta shartnomasiga ega bo‘lmay (sug‘urta to‘lovini to‘lamasdan) transport vositasini ekspluatatsiya qilish man etiladi. 23. Turli xilda xo‘jalik faoliyatini yurituvchi yuridik shaxslar uchun sug‘urta to‘lovi miqdori transport vositalarini, har yilning 1-yanvariga bo‘lgan soni haqidagi hisobot ma’lumotlari asosida hisoblanadi. 24. Sug‘urta to‘lovini transport vositalarining sonidan, turidan va markasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan stavkalari asosida hisoblab chiqiladi. 25. Sug‘urta to‘lovlari quyidagicha to‘lanishi mumkin: naqd pul bilan — davlat sug‘urta muassasalariga, ularni sug‘urta vakillari (nazoratchilar)ga, O‘zbekiston Respublikasining Jamg‘arma banki bo‘linmalariga, hamda qishloq (ovul)lar, mahalla orqali, fuqarolari yig‘ini orqali; naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li orqali — davlat sug‘urta muassasalari hisob schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan. 26. Hisobga olish muddati o‘tgandan keyin sotib olingan transport vositalari uchun sug‘urta to‘lovlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat sug‘urta muassasasi qo‘shimcha hisob varaqasini ochadi. 27. Davlat sug‘urta tashkilotlari to‘lovlar hisob schyotiga kelib tushgan (yoki to‘langan)dan so‘ng belgilangan namunadagi sug‘urta polisini (guvohnomasini) yozib beradilar. 28 Sug‘urta qildiruvchi o‘z vaqtida to‘lanmagan sug‘urta to‘lovlari yuzasidan javobgardir. Belgilangan vaqtda sug‘urta to‘lovini amalga oshirmagan (to‘lanmagan) javobgar sug‘urta qildiruvchi (yuridik va jismoniy shaxslar) — har bir kechiktirgan kun uchun sug‘urta to‘lovi hajmi miqdorining 0,1 foizi hisobida jarima (penya) to‘laydi. 29. O‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlar jarima bilan birgalikda, soliqlar va soliqlar tarkibiga kirmagan to‘lovlarni undirib olish tartibida undirib olinadi. Belgilangan vaqtda, to‘lanmagan qarzlar sud qarori bilan undirib olinganda, mazkur qaror chiqarilgan kundan boshlab jarima hisoblash bekor qilinadi. Transport vositalarini xorijiy egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi 30. O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish paytida, mazkur transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi yuzasidan sug‘urta to‘lovlarini to‘lashlari shart. Bu holda sug‘urta to‘lovini hajmi transport vositasining markasi (turi)ga va respublika hududida bo‘lish muddatiga bog‘liq.Eng kam sug‘urta to‘lovi hajmi yillik to‘lovning 1/12 qismini tashkil qiladi. 31. Davlat sug‘urta muassasasi tomonidan sug‘urta qoplamasi yuz bergan yo‘l harakati yoki baxtsiz hodisasi quyidagi oqibatlarga olib kelganda to‘lanadi: jabrlanuvchining shikastlanishi yoki sog‘ligiga zarar yetkazilishi; jabrlanuvchining vafoti; uchinchi shaxslar mulkining yo‘qolishi, nobud bo‘lishi yoki zararlanishi. Transport vositasi yurib ketayotganda yuzaga keltirilgan zarar: transport vositasiga chiqayotganda yoki tushayotganda; transport vositasi turgan yoki yo‘lni harakatlanish qismida ta’mirlash davrida. 32. Sug‘urta muassasasi quyidagi hollarda zarar bo‘yicha javobgarlik olib bormaydi: aybdor shaxsni transport vositasidagi yukka zarar keltirilganda; yo‘l harakati hodisasi natijasida atrof-muhitga zarar keltirilganda; yong‘in kelib chiqishi natijasida o‘rmonlarga, ko‘chalarga va istirohat bog‘lariga zarar keltirilganda; har turdagi hujjatlarga, qimmatbaho qog‘ozlarga, bijuteriya, hamda filatelistik, numizmatik va boshqa kolleksiyalar, naqd pul yo‘qolganda. 33. Jabrlanuvchini o‘zi ataylab jinoyat sodir qilganida sug‘urta qoplamasi to‘lanmaydi. 34. Etkazilgan zarar bo‘yicha sug‘urta qoplamasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining transport vositalari haydovchilari va egalari fuqarolik javobgarligi tomonidan belgilagan hajmlarda aniqlanadi va to‘lanadi. 35. Davlat sug‘urta muassasasi tomonidan zarar miqdori aybdor, jabrlanuvchi shaxs yoki uning ishonchli vakili ishtirokida aniqlanadi. Davlat sug‘urta muassasasi va yuqori davlat sug‘urta boshqarmasi lozim bo‘lganda zararni aniqlash uchun betaraf ekspertni jalb qilish huquqiga ega. Ziddiyatlar vujudga kelgan hollarda zarar miqdori sud orqali aniqlanadi. 36. Etkazilgan ziyon uchun sug‘urta puli, jabrlanuvchiga uni boshqa sug‘urta shartnomalari yuzasidan mazkur hodisa uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pulidan qat’i nazar, to‘lanadi. Jabrlanuvchini sihat-salomatligiga yetkazilgan ziyon uchun to‘lov miqdori, sug‘urta tashkiloti tomonidan davolash muassasasi bergan tegishli hujjati asosida olingan tan jarohatini og‘ir yoki yengilligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi yoki uning vafoti to‘g‘risidagi guvohnoma nushasi asosida belgilanadi, Sihat-salomatligi yetkazilgan ziyon uchun to‘lov quyidagi miqdorda amalga oshiriladi: Uchinchi shaxs mulkining yo‘q qilinishi yoki zararlanishi uchun to‘lanadigan sug‘urta qoplamasi sug‘urta hodisasi yuz bergan kundagi O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorigacha, tegishli tashkilotlarning hujjatlari asosida aniqlanadi. Har bir konkret sug‘urta hodisasi tufayli mulkka yetkazilgan zarar va jabrlanuvchini sihat-salomatligiga keltirilgan ziyon uchun sug‘urta qoplamasi to‘lovi bir yo‘la amalga oshiriladi. 37. Sug‘urta qoplamasi shartnoma tuzgan davlat sug‘urta muassasasi yoki sug‘urta hodisasi yuz bergan yaqinidagi sug‘urta muassasasi sug‘urta qoplamasini to‘lash uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar jamlangan kundan boshlab 72 soat ichida to‘laydi. Sug‘urta muassasasi xodimlarining aybi bilan to‘lashda har bir kechiktirilgan kun uchun, hisoblangan sug‘urta qoplamasining 0,1 foizi miqdorida jarima (penya) to‘lanadi. 38. Sug‘urta hodisasi natijasida jabrlanuvchi shikastlangan yoki halok bo‘lgan taqdirda sug‘urta qoplamasi baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish qoidalariga muvofiq to‘lanadi. 39. Transport vositasi haydovchisi yoki uning egasi yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) yuz berganda quyidagilarni amalga oshirishga majbur: yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) yuz bergan joyda, qatnovni xavf-xatarsiz davom etishini ta’minlash maqsadida tegishli choralarini ko‘rishi, yuz bergan falokat oqibatlarini yengillashtirish choralarini ko‘rishi hamda jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga va shu bilan birgalikda ularni mulki to‘kisligini ta’minlashga iloji boricha harakat qilishi; talofat ortishini imkoniyati boricha oldini olishi; jabrlangan shaxslarga fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi shartnomasi tuzgan davlat sug‘urta muassasasi to‘g‘risida tegishli axborot berishi shart; sug‘urta shartnomasi tuzgan yoki hodisa yuz bergan joydagi sug‘urta tashkilotiga tezlik bilan xabar yetkazishi va uzog‘i bilan keyingi ish kuni mobaynida sug‘urtalovchiga tegishli ma’lumot va tushuntirishlar yetkazilishini ta’minlashga majbur. 40. Transport vositasi haydovchisi, uning egasi yoki da’vo qilayotgan shaxs sug‘urta tashkilotiga yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa)ni tasdiqlovchi dalil-ashyolarni taqdim etishga sug‘urtalovchi tomonidan sodir bo‘lgan hodisani va uning oqibatida keltirilgan talofat miqdorini aniqlanishida hamda sug‘urtalanuvchini yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisasi) aybdorlari ishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazishiga yordam ko‘rsatishga majburdirlar. 41. Sug‘urta tashkiloti yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar olinganidan so‘ng, sodir bo‘lgan hodisa haqidagi tafsilotlarni to‘liq aniqlash choralarini ko‘radi va hodisaga daxldor bo‘lgan shaxslar ishtirokida belgilangan tartibdagi sug‘urta dalolatnomasini tuzadi (3-sonli ilova). Transport vositasi egasini va da’vogar shaxsni keltirilgan ziyon miqdorlarini aniqlash uchun qanday hujjatlar taqdim qilinishi zarurligi haqida xabardor qiladi. 42. Jabrlanuvchi shaxs yoki uning topshirig‘i bilan vakolatli shaxs hodisaga aybdor bo‘lgan shaxs tomonidan berilgan ma’lumotlarga asoslangan holda yetkazilgan zarar va transport vositasi haqida — davlat sug‘urta muassasasiga yoki sug‘urta hodisasi yuz bergan joy yaqinidagi sug‘urta muassasasiga ariza bilan murojaat qilishi shart. 43. Agar yetkazilgan zarar noma’lum transport vositasi tomonidan sodir qilinganda, jabrlanuvchi bu haqda militsiyaga yoki DANga, sug‘urta tashkilotiga tezlik bilan xabar berishi va tergov tashkilotlaridan yetkazilgan zarar noma’lum transport vositasi tomonidan sodir qilinganligini tasdiqlovchi hujjat olishi shart. 44. Jabrlanuvchi tomonidan mazkur majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, sug‘urta tashkiloti hodisa sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi dalili va ashyolar bo‘lmaganligi sababli, sug‘urta qoplamasini to‘lashga majbur emas. 45. Agar aybdor shaxs (transport vositasi egasi yoki haydovchisi) fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urtalanmagan bo‘lsa, jabrlanuvchi o‘zining da’vosi bilan hodisa ro‘y bergan istiqomat qilayotgan joydagi davlat sug‘urta muassasasiga murojaat qiladi. 45. Davlat sug‘urta muassasasi ariza-da’voni qabul qilmaslikka haqi yo‘q. 47. Quyidagi hollarda haydovchi to‘langan sug‘urta qoplamasini uni to‘lagan sug‘urta tashkilotiga qaytaradi: uchinchi shaxsga ataylab zarar yetkazilganda; transport vositasini mast holda yoki narkotik modda ta’sirida boshqarishi natijasida sug‘urta hodisasi ro‘y berganda; transport vositasini boshqarishga huquqi bo‘lmaganda; transport vositasi egasining xohishiga qarshi, uni transportdan foydalanib va buni natijasida shu transport vositasi bilan zarar yetkazilganda. 48. Agar sug‘urtalanuvchi davlat sug‘urta muassasasiga qurilgan zarar haqida xabar yetkazmasa yoki kechikib xabar yetkazsa, sug‘urta tashkiloti sug‘urtalangan shaxsga buning natijasida sarflangan qo‘shimcha mablag‘ va sud xarajatlari bo‘yicha da’vo qilishi mumkin. 49. Sug‘urtalanuvchi va jabrlanuvchining ariza, shikoyatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi. 50. Sug‘urta shartnomasi yuzasidan vujudga kelgan nizolar yuqori sug‘urta tashkilotlari yoki sud tomonidan talab qilish muddatlari ichida ko‘rib chiqiladi. 51. Shikoyat qilinishi sug‘urta to‘lovini undirish ishlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qila olmaydi. Shikoyatni ko‘rib chiqayotgan tashkilot, sug‘urta to‘lovini undirishni, shikoyat hal qilingunga qadar to‘xtatib turish huquqiga ega. 52. Mazkur Yo‘riqnoma 1995-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiritiladi.
160
18,711
Qonunchilik
“Chakana savdo tarmog‘ida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3199-son “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 3-fevraldagi 12, 2012-7-son “Chakana savdo tarmog‘ida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2328, 2012-yil 16-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y.,7-son, 75-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 17-yanvardagi 4, 2013-2-son “Chakana savdo tarmog‘ida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2328-1, 2013-yil 8-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 6-son, 83-modda). 2. Mazkur qaror 2018-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
249
1,214
Qonunchilik
FVVda maхsus jamgʻarma tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 5.12.2017 yildagi 968-son qarori bilan FVVning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha byudjetdan tashqari maхsus jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tashkil etildi. Jamgʻarma vazirlikda tashkil etiladi va yuridik shaхs hisoblanmaydi. Quyida keltirilgan jadvalda uning daromad va хarajat moddalari aks ettirilgan. Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirlar Kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan (qayta roʻyхatdan) hamda teхnik koʻrikdan oʻtkazishdan tushadigan mablagʻlarning 60%i. FVV moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash tadbirlari (Jamgʻarma mablagʻlarining kamida 75%i). MJtKning 119, 132, 2041-moddalari boʻyicha undirilgan jarimalar summasining 60%i. Vakillik tadbirlari: хorijiy delegatsiyalarni kutib olish, transport хizmati, tarjimonlarni jalb qilish, sovgʻa va suvenirlar sotib olish, ovqatlantirish. FVV hududiy boshqarmalari, tarkibiy tuzilmalari va idoraviy mansub tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha byudjetdan tashqari jamgʻarmalar foydasining 15%i. Sport musobaqalari va madaniy tadbirlar, хorijiy mutaхassislarni jalb qilish, vazirlik хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlarini oʻtkazish. Oʻzbekiston aholisiga хabar berish va ma’lumot (aхborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimidan reklama-marketing ma’lumotlarini translyatsiya qilish uchun foydalanishdan tushadigan daromadlar. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish sohasida oʻz хizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan хodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish, jumladan sanatoriy-kurort va tibbiy хizmat koʻrsatish chora-tadbirlari. Yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan norezidentlarning хayriya mablagʻlari. Yuqori kasb mahorati, murabbiylik uchun hamda alohida oʻrnak koʻrsatgan FVV хodimlarini asosiy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilagan holda moddiy ragʻbatlantirish. Vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar. Bir yoʻla mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatishni (alohida hollarda) moliyalashtirish. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 7.12.2017 yilda kuchga kirdi.     Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov, ekspertimiz.
37
2,606
Qonunchilik
“Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
85
318
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi aholisiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qaroriga muvofiq, shuningdek, narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashhis qo‘yish va ularni davolashni yanada takomillashtirish, narkologiya xizmatining moddiy-texnik bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, narkologiya muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: narkologiya xizmatini boshqarishning samarali vertikal integratsiyalashgan tashkiliy tuzilmasini tashkil etish; narkologiya xizmatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish; bino va inshoatlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash, narkologiya muassasalarini tibbiyot asbob-uskunalari va inventar bilan jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) orqali narkologiya xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; narkologiya xizmatini malakali kadrlar bilan ta’minlash, shu jumladan narkolog-shifokorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, profilaktika qilish, tashhis qo‘yish va davolashning zamonaviy metodikalari hamda texnologiyalarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika narkologiya markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. Quyidagilar Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib belgilansin: narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashhis qo‘yish va ularni davolashni tashkil etish tizimini takomillashtirish, narkologiya xizmati muassasalarining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish; narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashhis qo‘yish va ularni davolashning, psixoaktiv moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning zamonaviy metodikalari va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish; ushbu sohada faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish; birgalikda ilmiy-tadqiqot va ta’lim loyihalarini bajarish, shifokor kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, birgalikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun chet ellik professorlarni ilmiy faoliyatga, shuningdek, xalqaro grantlarni jalb qilish; joriy narkologik vaziyatga e’tibor qaratish bo‘yicha o‘z vaqtida munosib choralar ko‘rish uchun takliflar ishlab chiqish maqsadida sherik tashkilotlar, shu jumladan xorijiy yirik tashkilotlar bilan xamkorlikda narkologik kasalliklar tarqalishini, psixoaktiv moddalar iste’mol qilish modellari o‘zgarishini baholashga qaratilgan davriy tadqiqotlar o‘tkazish. 4. Belgilab qo‘yilsinki: Markaz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika narkologiya markazining huquqiy vorisi hisoblanadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika narkologiya dispanseri, viloyatlar va Toshkent shahar narkologiya dispanserlari Markazning tashkiliy-uslubiy hududiy bo‘linmalari hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, faoliyat ixtisosligi bo‘yicha ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan daromadlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar narkologiya muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. 5. Quyidagilar: 2019 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq; 2020 — 2022-yillarda narkologiya xizmati muassasalarining bino va inshoatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq; 2020 — 2022-yillarda narkologiya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlashning (qo‘shimcha jihozlashning) asosiy parametrlari 3-ilovaga muvofiq; narkologik bemorlarni majburiy davolash uchun narkologiya dispanserlari o‘rinlar fondining quvvati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq jamoat joylarida mast holatda bo‘lgan shaxslar, agar ularga tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lgan holatlarda (alkogoldan og‘ir zaharlanish holatlari bundan mustasno), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika narkologiya dispanseri, viloyatlar va Toshkent shahar narkologiya dispanserlari huzuridagi tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelinishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar narkologiya dispanseri qoshida mast holatda bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktini bir oy muddatda tashkil etsin. 7. Belgilab qo‘yilsinki, narkologiya muassasalari binolari va inshoatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, ularni tibbiyot uskunalari, ixtisoslashgan mebel va inventar bilan jihozlash har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida nazarda tutiladigan mablag‘lar, shuningdek, xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligiga narkologiya muassasalarining binolari va inshoatlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash, shuningdek, ularni tibbiyot uskunalari bilan jihozlashga oid asoslantirilgan hisob-kitoblar hamda manzilli ro‘yxatlari har yili 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda taqdim etilishini ta’minlasin; ushbu qarorda belgilangan vazifalar va yo‘nalishlarni hisobga olgan holda, “Sog‘liqni saqlash” tarmog‘i bo‘yicha har yili nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida Markazning yangilangan tashkiliy-shtat tuzilmasini hamda ta’sis hujjatlarini bir oy muddatda tasdiqlasin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Surunkali alkogolizm va giyohvandlik kasaliga chalingan bemorlarni davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 1999-yil 24-avgustdagi 401-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi O‘RQ-399-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga 4-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, № 4-son, 40-modda).
119
7,748
Qonunchilik
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YoZISh ORGANLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 52-son, 563-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 30-sentabrdagi 222-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2272, 2011-yil 30-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 432-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 271-band bilan to‘ldirilsin: “271. FHDY bo‘limi yoki Nikoh uyida 3 nafar va undan ortiq inspektor mavjud bo‘lganda ish yurituvchi lavozimi joriy etiladi”. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari K. Tog‘ayev zimmasiga yuklansin.
100
1,664
Qonunchilik
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini o‘rganishda Respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish orqali aholining bandligi va turmushi darajasini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha obyektlariga va ishlab chiqarish obyektlariga tashrif buyurish orqali Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini kompleks o‘rganib chiqilgani; Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla, tuman va viloyat darajalarida hal qilinishi talab etiladigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgani va tasdiqlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. 2018-2019-yillarda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida kafolatli ish o‘rinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Farg‘ona viloyati hokimligi: manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxat parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin va bu boradagi investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutsin; muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishining tizimli monitoringini olib borsin. 4. Farg‘ona viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, mazkur qaror bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga loyihalarning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan, zarurat bo‘lganda, o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda logistika markazi va baliqchilik kompleksini tashkil etish loyihalarini 2019-yilning yakuniga qadar amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb etish choralarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi va tegishli sektor rahbarlari bir oy muddatda doimiy band bo‘lmagan aholini Yozyovon suv ombori akvatoriyasida baliqchilikni rivojlantirishga jalb etish bo‘yicha quyidagilar yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: 200 ta baliq yetishtiriladigan qafas sotib olish va o‘rnatish, keyinchalik ularni kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan ishsiz fuqarolarga kamida 3 yil muddatga ular ijaraga olinganidan boshlab ijara to‘lovlarini 6 oy mobaynida kechiktirgan holda ijaraga berish; “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan ishsiz fuqarolarni qisqa muddatda baliqchilikka o‘qitish. Belgilab qo‘yilsinki, yagona agrar-texnologik siyosat asosida baliqchilikni tashkil etish, baliqchilik qafaslari, ozuqa va boshqa zarur moddiy resurslar bilan ta’minlash, shuningdek, yetishtirilgan baliq mahsulotlarini olish va sotish Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga teng ulushlarda amalga oshiriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish uchun Yozyovon tumanining kichik tadbirkorlik subyektlari, fermer va dehqon xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklarining kredit liniyalari orqali 1,5 mlrd so‘m miqdorida mikrokreditlar berish; tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagi bo‘lgan, bandlikka ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatdan o‘tgan 100 nafar ishsiz fuqaroga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxona va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun xarajatlarini to‘lash uchun eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida bir martalik subsidiyalar ajratish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 8. Farg‘ona viloyati hokimligi: Yozyovon tumani madaniyat va istirohat bog‘i hududida joylashgan aholi dam olishi markazining rekonstruksiya qilinishi va mukammal ta’mirlanishini ta’minlasin, bunda markazda 400 kishiga mo‘ljallangan tomosha zalini, to‘garaklar uchun auditoriya hamda tuman kutubxonasini tashkil etish nazarda tutilsin; “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rnatilgan “Urush yo‘llarida” haykali mukammal ta’mirlanishini va unga tutash hudud obodonlashtirilishini ta’minlasin. 9. Farg‘ona viloyati hokimligi, tegishli sektorlarning rahbarlari Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kompleks o‘rganish yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning so‘zsiz bajarilishi yuzasidan amaliy nazoratni ta’minlasinlar. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
183
5,894
Qonunchilik
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Mazkur Qoidalar farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestri — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi) tomonidan yuritiladigan, akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish organlari tomonidan rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari ro‘yxatga olinadigan ma’lumotlar bazasi; bitim — sertifikatlashtirish organi va muvofiqlik sertifikati egasi o‘rtasida muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini berish to‘g‘risida tuziladigan kelishuv; muvofiqlik sertifikati egasi — muvofiqlik sertifikati berilgan jismoniy yoki yuridik shaxs; farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish — farmatsevtika mahsulotining normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat; normativ hujjatlar — farmatsevtika mahsulotlariga oid xalqaro standartlar, O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari, tashkilot standartlari, texnik reglamentlar, Davlat farmakopeyasi, Farmakopeya maqolalari; sertifikatlashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari ustidan inspeksiya nazorati — sertifikatlashtirilgan farmatsevtika mahsulotlarini normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan davriy baholash tartib-taomili; farmatsevtika mahsulotlari — dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar; seriya — mahsulotni identifikatsiya qilish hamda uning ishlab chiqarish jarayonlari ketma-ketligini aniqlash imkonini beradigan raqam, harf yoki raqam-harflardan iborat belgilar yig‘indisi; seriyali ishlab chiqarish — ishlab chiqaruvchi korxonada muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida bir xil mahsulotlarni ko‘p miqdorda tayyorlash bilan tavsiflanadigan ishlab chiqarish; mahsulot to‘pi — bitta sotib oluvchining (qabul qilib oluvchining) manziliga bita transport hujjati bo‘yicha kelayotgan yoki bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan bitta seriyada yoxud partiyada ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsuloti; sinov dasturi — normativ hujjatlar talablari bo‘yicha mahsulotning sinovlarini amalga oshirish uchun rejalashtirilgan sinovlar ro‘yxati; sinov usuli — belgilangan aniq ko‘rsatkichlar bo‘yicha sinov natijalarini olishni ta’minlaydigan jarayonlar majmui; sifat menejmenti tizimi — sifat sohasida siyosatni va maqsadlarni doimiy shakllantirish va bu maqsadlarga erishish uchun ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yaratilgan va tatbiq etilgan boshqaruv tizimi; arizachi — farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish uchun sertifikatlashtirish organiga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs; sertifikatlashtirish organi — qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, farmatsevtika mahsulotlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. 3. Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishni tashkil qilish va o‘tkazish ishlari akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari (bundan buyon matnda sertifikatlashtirish organlari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 4. Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshiriladi. 5. Normativ hujjatlarda sertifikatlashtirish sinovlari to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar bo‘lmasa, sertifikatlashtirish organlari farmatsevtika mahsulotlarini sifatini nazorat qilish sohasidagi xalqaro standartlarda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar majmuidan sifat va xavfsizlik bo‘yicha talablarni belgilovchi ko‘rsatkichlarni tanlaydi. 6. Chet eldan keltirilgan farmatsevtika mahsulotiga O‘zbekiston Respublikasida normativ hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda, sertifikatlashtirish sinovlari o‘xshash turdagi farmatsevtika mahsulotiga bo‘lgan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Chet eldan keltirilgan farmatsevtika mahsulotini sertifikatlashtirish, unga o‘xshash turdagi mahsulot yoki o‘xshash turdagi mahsulotning normativ hujjati yoxud ushbu mahsulotning sinovlarini amalga oshirish uchun sinov markazi (laboratoriyasi) mavjud bo‘lmagan taqdirda, Ushbu Qoidalarning 6-bobida belgilangan tartibda identifikatsiya yo‘li bilan amalga oshiriladi. 8. Sertifikatlashtirish ishlariga haq to‘lash, sertifikatlashtirish ishlari natijalaridan qat’iy nazar arizachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq to‘lash qoidalariga (ro‘yxat raqami 2516, 2013-yil 11-oktabr) muvofiq amalga oshiriladi. 9. Sertifikatlashtirishning umumiy muddati normativ hujjatlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov usullariga muvofiq farmatsevtika mahsulotining barcha sinovlari davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 10. Farmatsevtika mahsulotlarini xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovlari normativ hujjatlar talablariga muvofiq o‘tkaziladi. Sertifikatlashtirish organlari farmatsevtika mahsulotlarining normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq yorliqlash, qadoqlash va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha talablarga muvofiqligini baholaydi. 11. Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishda ushbu Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish sxemalari qo‘llaniladi. 12. Sertifikatlashtirishning 1-sxemasi O‘zbekiston Respublikasida hamda chet elda seriyali ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va quyidagilarni: sertifikatlashtirish bo‘yicha ariza qabul qilish; ariza bo‘yicha qaror qabul qilish; sinov dasturini tasdiqlash; farmatsevtika mahsulotlarining namunalarini identifikatsiya qilish; farmatsevtika mahsulotlaridan namunalarni tanlab olish; farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish sharoitlarini baholash; farmatsevtika mahsulotlarini sinov markazida (laboratoriyasida) sinovdan o‘tkazish; hujjatlar to‘plamini (arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, sertifikatlashtirish jarayonida to‘plangan hujjatlar va normativ hujjatlar) tahlil qilish; muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish; ushbu Qoidalarning 11-bobiga muvofiq davriy inspeksiya nazoratini o‘tkazishni nazarda tutadi. 13. Sertifikatlashtirishning 2-sxemasi farmatsevtika mahsulotlarining to‘pini sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va ushbu Qoidalarning 12-bandi ikkinchi — oltinchi, sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilarida ko‘rsatilgan jarayonlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. 14. Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish uchun arizachi elektron shakldagi ariza hamda unga ilova qilingan hujjat va ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali sertifikatlashtirish organlariga yuboradi. Arizada mahsulot nomi, mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona va mamlakat, farmatsevtika mahsulotining dozasi, qadoqlanishi, seriyasi, yaroqlilik muddati, miqdori, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi kodi ko‘rsatilishi kerak. 15. Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga: a) farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishning 1-sxemasi asosida sertifikatlashtirish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: korxonaning ishlab chiqarish maydoni va ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘risida ma’lumot; sertifikatlashtirilayotgan farmatsevtika mahsulotlarining normativ hujjati; ishlab chiqarish jarayonining texnologik reglamenti yoki texnologik ko‘rsatmalar ro‘yxati; farmatsevtika mahsulotlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasi raqami; sertifikatlashtirilayotgan farmatsevtika mahsulotlari yorlig‘idan namunalar; sertifikatlar (ISO, GMP va hokazolar), agar mavjud bo‘lsa; ishlab chiqaruvchining sinov laboratoriyasi texnik jihatdan malakaliligi ma’qullanganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi, chet eldagi sinov laboratoriyalari uchun esa mazkur guvohnomaga tenglashtirilgan hujjat nusxasi; joriy qilingan sifat menejmenti tizimi jarayonlari va hujjatlashtirilgan standart operatsion jarayonlar hujjatlari ro‘yxati; b) O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishning 2-sxemasi bo‘yicha sertifikatlashtirish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: arizada ko‘rsatilgan farmatsevtika mahsulotlarining normativ hujjatlari nusxasi; mahsulot yorlig‘i nusxasi; ishlab chiqaruvchining tayyor farmatsevtika mahsulotlari saqlanadigan omborxona ma’lumotnomasi; farmatsevtika mahsulotlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasi raqami; v) chet eldan keltiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishning 2-sxemasi bo‘yicha sertifikatlashtirish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: arizada ko‘rsatilgan farmatsevtika mahsulotining mahsulot yorlig‘i nusxasi yoki ushbu Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq sertifikatlashtirish uchun taqdim etilayotgan farmatsevtika mahsuloti to‘g‘risidagi ma’lumot; farmatsevtika mahsulotlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasi raqami. 16. Arizachi sertifikatlashtirish organiga sertifikatlanadigan farmatsevtika mahsulotining texnik tavsiflarini, farmatsevtika mahsulotini yaratish va ishlab chiqarishni tashkil etishda o‘tkazilgan sinov bayonnomalarini yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyalangan yoxud tan olingan mahalliy yoki chet eldagi sinov markazlari (laboratoriyalari) tomonidan amalga oshirilgan sinovlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. 17. Sertifikatlashtirish organlari ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki kun ichida arizani ko‘rib chiqib, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va ushbu Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki arizachiga rad etilganligi to‘g‘risida asoslantirilgan xulosa taqdim qiladi. 18. Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish quyidagi hollarda rad etiladi: mazkur Qoidalarning 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan arizada to‘liq bo‘lmagan hajmdagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan taqdirda va (yoki) arizaga ilova qilingan hujjatlar to‘plami to‘liq taqdim etilmaganda; sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan farmatsevtika mahsuloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi aniqlanganda; sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan farmatsevtika mahsuloti qalbakilashtirilganligi aniqlanganda. 19. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorda farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirishning barcha asosiy shartlari, shu jumladan sertifikatlashtirish sxemasi va sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun normativ hujjat hamda sinovlarni o‘tkazadigan sinov markazi (laboratoriyasi) ko‘rsatiladi. 20. Sertifikatlashtirish organlari sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng arizachi bilan sertifikatlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzadi hamda sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha to‘lovlarni to‘lash uchun hisobvaraq taqdim etadi. Arizachi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish muddatlari sertifikatlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomada belgilanadi. 21. Sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirishni o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilish bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish sinovlarini amalga oshirish uchun sinov dasturlarini tayyorlaydi va ushbu sinov dasturlari sertifikatlashtirish organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Sinov dasturlarini tuzishda arizachi tomonidan taqdim etilgan sertifikatlanadigan farmatsevtika mahsulotining texnik tavsiflari, mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni tashkil etishda o‘tkazilgan sinov bayonnomalari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyalangan yoki tan olingan mahalliy yoxud chet eldagi sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan sinovlar to‘g‘risidagi hujjatlar inobatga olinishi mumkin. Bunda, sinov bayonnomalarining o‘tkazilgan vaqti farmatsevtika mahsulotining normativ hujjat bo‘yicha yaroqlilik muddatidan oshmasligi kerak. 22. Sertifikatlashtirish organi sinov dasturida har bir farmatsevtika mahsuloti bo‘yicha normativ hujjatning barcha talablarini tekshirish zarurligini, shuningdek mazkur Qoidalarning 21-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlarni (mavjud bo‘lsa) hisobga olgan holda belgilaydi. Bunda, farmatsevtika mahsulotining normativ hujjatida yoki xalqaro standartda keltirilgan ko‘rsatkichlar to‘plamidan birinchi navbatda xavfsizlik ko‘rsatkichlari tanlanadi. 23. Sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kun ichida sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun farmatsevtika mahsulotlari saqlanayotgan joyga chiqqan holda namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish ishlarini amalga oshiradi. 24. Sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish maqsadida tanlab olinadigan namunalar soni normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan sinov usullaridan kelib chiqib, bir marotaba to‘liq sinovlarni o‘tkazishga yetarli miqdorda belgilanadi. 25. Sertifikatlashtirish organi farmatsevtika mahsulotlarini identifikatsiya qilish va tanlab olishni ushbu Qoidalarning 15-bandida nazarda tutilgan hujjatlar asosida arizada ko‘rsatilgan farmatsevtika mahsulotlari ro‘yxati va miqdoriga, shuningdek ularning saqlanish sharoitlari normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish yo‘li bilan amalga oshiradi. Namunalarni identifikatsiya qilish va tanlash ushbu Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi. 26. Agar sertifikatlashtirish uchun taqdim etilgan texnologik uskuna yoki tibbiy texnikalarni bevosita foydalanish joyiga o‘rnatmasdan sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish imkoni bo‘lmasa, ushbu Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda namunalarni identifikatsiya qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi hamda bu haqda arizachiga va tegishli idoralarga yozma ma’lumot beriladi. Arizachi texnologik uskuna yoki tibbiy texnikalarni to‘liq yig‘ib, sozlaganidan so‘ng sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun sertifikatlashtirish organiga ariza bilan murojaat qilishi shart. 27. Sertifikatlashtirish organi tomonidan namunalarni identifikatsiya qilish natijasida: sertifikatlashtiriladigan farmatsevtika mahsuloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan namunada emasligi; sertifikatlashtiriladigan farmatsevtika mahsuloti saqlanishida normativ hujjatlar talablari buzilishi; normativ hujjatlar talablariga muvofiq sinovlarni o‘tkazish uchun mahsulot yetarli emasligi; arizachi vakili tomonidan sertifikatlashtirish organi vakiliga namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish uchun shart-sharoitlar yaratib berilmaganligi (masalan, sertifikatlashtirilayotgan farmatsevtika mahsulotlari turi va seriyalariga ajratilmagan bo‘lsa, saqlanish joyida namunalarni tanlab olish imkoni mavjud bo‘lmasa, farmatsevtika mahsulotlari transport konteynerlaridan bojxona omborlariga o‘tkazilmagan bo‘lsa va boshqalar) aniqlanganda, namunalar tanlab olinmaydi. Bunda, bir kun ichida arizachiga sertifikatlashtirishni o‘tkazish rad etilganligi haqida asoslangan xabarnoma beriladi. 28. Ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlaridan namunalarni tanlab olish ishlab chiqaruvchining tayyor farmatsevtika mahsulotlari saqlanadigan omborxonasi mudiri va arizachi vakili ishtirokida sertifikatlashtirish organi xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi arizachi vakiliga taqdim etiladi. 29. Bojxona omborlarida saqlanayotgan import qilingan farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish uchun namunalarni tanlab olish sertifikatlashtirish organi xodimi tomonidan bojxona ombori mudiri va arizachi yoki uning vakili ishtirokida o‘tkaziladi. Sertifikatlashtirish organi xodimi tomonidan namunalarni identifikatsiya qilish va tanlab olish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi arizachi yoki uning vakiliga, ikkinchi nusxasi bojxona ombori mudiriga taqdim etiladi. 30. Arizachining arizasida bir nechta farmatsevtika mahsuloti yoki uning bir nechta seriyasini sertifikatlashtirish ko‘rsatilgan bo‘lsa, har bir farmatsevtika mahsuloti va uning seriyalaridan alohida namunalar tanlab olinadi. 31. Tanlab olingan namunalar yo‘llanma va sinov dasturi bilan birgalikda namunalar tanlab olingan kundan boshlab uch kun ichida sinov markaziga (laboratoriyasiga) taqdim etiladi. 32. Sinov markazlari (laboratoriyalari) farmatsevtika mahsulotlarining normativ hujjatlari va sinov dasturiga muvofiq sinovlarni amalga oshiradi hamda sinovlar natijalari bo‘yicha farmatsevtika mahsulotini normativ hujjat talablariga muvofiq yoki nomuvofiqligi yuzasidan xulosa ko‘rsatilgan sinov bayonnomalarini rasmiylashtiradi. 33. Sinov bayonnomalarini rasmiylashtirish va berish farmatsevtika mahsulotining normativ hujjati bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov usullariga muvofiq namunalar sinov markaziga (laboratoriyasiga) taqdim etilgan kundan boshlab besh kun (bundan normativ hujjatga ko‘ra sinov natijalari muddati besh kundan ortiq vaqt talab etiladigan mahsulotlar uchun o‘n besh kun), sterillik talab etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun o‘n besh kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. 34. Namunalarning sinovi sifati va natijalarning haqqoniyligiga, shuningdek sinov bayonnomalarining saqlanishiga sinovlarni amalga oshirgan sinov markazi (laboratoriyasi) mas’ul hisoblanadi. 35. Sertifikatlashtirish sinovlarini amalga oshirishda, inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi omillar mavjud bo‘lganda va ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha sinovlar o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda istisno tariqasida spetsifik, zaharli, yuqori toksik, ozon qatlamini buzuvchi reaktivlar qo‘llaniladigan sinovlarni o‘tkazmaslikka yoki ularning o‘rnini bosuvchi metodlar bilan sinovlarni o‘tkazishga ruxsat beriladi. 36. Sinov bayonnomalari sinovlarni amalga oshirgan mas’ul mutaxassislar tomonidan imzolanadi va sinov markazi (laboratoriyasi) rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan sinov bayonnomalari sertifikatlashtirish organiga taqdim etiladi. 37. Sinovlarni amalga oshirishda butunlay yaroqsiz holga kelgan farmatsevtika mahsuloti hisobdan chiqariladi, shuningdek qisman yaroqsiz yoki yaroqsiz holga kelmagan farmatsevtika mahsuloti sertifikatlashtirish organi tomonidan arizachi yoki uning vakiliga qaytarib beriladi. Bu haqda ushbu Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq shaklda Farmatsevtika mahsulotlarini hisobdan chiqarish va qaytarish dalolatnomasi tuziladi. 38. Sertifikatlashtirishning 1-sxemasida sertifikatlashtirish organi farmatsevtika mahsulotlarini seriyali ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish sharoitini baholashni amalga oshiradi. Ishlab chiqarish sharoitini baholash uchun sertifikatlashtirish organi o‘z xodimlari va (yoki) boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda komissiya tuzadi. 39. Sertifikatlashtirish organi rahbari sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida komissiya tarkibini belgilash hamda ishlab chiqarish sharoitini baholash muddatlarini ishlab chiqaruvchi bilan kelishgan holda ishlab chiqarish sharoitini baholash to‘g‘risida buyruq chiqaradi. Bunda, ishlab chiqarish sharoitini baholashni amalga oshirish muddati namunalar tanlab olingan paytdan boshlab o‘n kundan oshmasligi kerak. 40. Ishlab chiqarish sharoitini baholash sertifikatlashtirish organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan dastur asosida amalga oshiriladi. 41. Ishlab chiqarish sharoitini baholashni o‘tkazish to‘g‘risida buyruq va dasturning bir nusxasi komissiya tomonidan ishlab chiqaruvchi yoki uning vakiliga qabul qilib olganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan holda topshiriladi. 42. Komissiya a’zolari ishlab chiqarish sharoitini baholash jarayonida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ishlab chiqaruvchining tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va ushbu ma’lumotlardan noqonuniy ravishda foydalanmasliklari lozim. 43. Ishlab chiqarishni baholash natijalari bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi hamda barcha komissiya a’zolari va ishlab chiqaruvchi va (yoki) uning vakili tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi ishlab chiqaruvchiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa sertifikatlashtirish organiga yuboriladi. 44. Ishlab chiqarishni baholash natijalari bo‘yicha dalolatnomada ishlab chiqaruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, sertifikatlashtirilayotgan farmatsevtika mahsulotlarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi, texnologik jarayon tavsifi va ishlab chiqarishni metrologik ta’minlanganligi, ishlab chiqarish faoliyati to‘g‘risida xulosa hamda ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar bo‘lishi kerak. 45. Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar, sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi (sertifikatlashtirishning 1-sxemasida) sertifikatlashtirish organining farmatsevtika mahsulotini sertifikatlashtirishda ishtirok etmagan xolis xodimiga (texnik qo‘mitaga) taqdim etiladi. Xolis xodim (texnik qo‘mita)ga sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi. 46. Xolis xodim (texnik qo‘mita) sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlarni bir kun ichida ko‘rib chiqadi hamda muvofiqlik sertifikatini berish yoki muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 47. Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish uchun laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari asos bo‘lib hisoblanadi. 48. Sertifikatlashtirish organi arizachiga muvofiqlik sertifikatini berish rad etilganda, shu kunning o‘zida aniq qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda xabar yuboradi. Chet eldan keltirilgan farmatsevtika mahsulotlariga muvofiqlik sertifikatini berish rad etilgan taqdirda, sertifikatlashtirish organi bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga xabarnoma yuboradi. 49. Sertifikatlashtirish organi xolis xodim (texnik qo‘mita) tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kun ichida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi. 50. Farmatsevtika mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati: farmatsevtika mahsulotlarining yaroqlilik muddatiga (farmatsevtika mahsuloti yaroqliligining kafolatli muddatiga); yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga) ega bo‘lmagan farmatsevtika mahsulotlariga amal qilish muddati ko‘rsatilmasdan; seriyali ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlari uchun uch yil muddatga beriladi. 51. Seriyali ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlari uchun rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlari sertifikatlangan deb hisoblanadi va qayta sertifikatlashtirilmaydi. Farmatsevtika mahsulotining sertifikatlanganligini tasdiqlovchi asos sifatida muvofiqlik belgisi va farmatsevtika mahsulotiga qo‘shib yuboriladigan va ekspluatatsiya hujjatlardagi ishlab chiqarish sanasi xizmat qiladi. 52. Muvofiqlik sertifikati elektron shaklda davlat tilida yoki sertifikatlashtirish organi va arizachining kelishuviga ko‘ra boshqa tilda rasmiylashtiriladi hamda sertifikatlashtirish organi rahbari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. 53. Muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilgan kunning o‘zida Sertifikatlashtirish milliy tizimi Davlat reyestrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan elektron shaklda (onlayn) ro‘yxatga olinadi. Sertifikatlashtirish milliy tizimi Davlat reyestrida ro‘yxatga olinmagan muvofiqlik sertifikati haqiqiy hisoblanmaydi. Rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatiga qonunga xilof ravishda o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish taqiqlanadi. 54. Berilgan muvofiqlik sertifikati asosida muvofiqlik sertifikatini qo‘llash va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish to‘g‘risida sertifikatlashtirish organi hamda muvofiqlik sertifikati egasi o‘rtasida bitim tuziladi. Bitimda muvofiqlik belgisidan foydalanish shartlari, shartlarni buzganlik uchun muvofiqlik sertifikati egasining javobgarligi, sertifikatlashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari ustidan sertifikatlashtirish organi tomonidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish shartlari ko‘rsatilishi lozim. 55. Sertifikat uning amal qilish muddati davomida muvofiqlik sertifikati egasiga muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini beradi. Import qilingan va mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan sertifikatlashtirilgan farmatsevtika mahsuloti (qadoq, idish va/yoki yuk jo‘natuv hujjatlari) tayyorlovchi-tashkilot (import qiluvchi)ning mas’ulligi ostida muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishi mumkin. 56. Muvofiqlik sertifikati egalari muvofiqlik belgisidan sertifikat amal qilish muddati davomida o‘zlarining reklama va axborot materiallarida foydalanishlari mumkin. 57. Muvofiqlik sertifikati egasi sertifikatlashtirilgan farmatsevtika mahsulotining muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida normativ hujjat talablariga mos bo‘lishini ta’minlashi lozim. 58. Seriyali ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsuloti uchun muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organi har yili kamida bir marta, sertifikatlashtirilgan mahsulotni normativ hujjatda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida inspeksiya nazoratini o‘tkazadi. 59. Inspeksiya nazoratini amalga oshirish uchun sertifikatlashtirish organi rahbari tomonidan buyruq chiqariladi. Buyruqda inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi komissiya tarkibi va uni o‘tkazishning aniq muddatlari ko‘rsatiladi. Bunda, inspeksiya nazoratini amalga oshirish muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak. 60. Inspeksiya nazorati sertifikatlashtirish organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan dastur asosida amalga oshiriladi. Inspeksiya nazorati dasturida inspeksiya nazoratini o‘tkazish bo‘yicha ishlarning mazmuni va hajmi, maqsadi va obyektlari bo‘lishi kerak. 61. Inspeksiya nazoratini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq va dasturning bir nusxasi ishlab chiqaruvchiga olganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda topshiriladi. 62. Inspeksiya nazoratida komissiya ishlab chiqaruvchining vakili bilan farmatsevtika mahsulotini ishlab chiqaruvchining omborxonasi va sotilayotgan savdo nuqtasidan ushbu Qoidalarning 6-bobida belgilangan tartibda farmatsevtika mahsulotidan namunalarni identifikatsiya qiladi hamda namunalar tanlab oladi. Namunalarni identifikatsiyalash va tanlab olish ushbu Qoidalarning 5-ilovasidagi dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi. Ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlarini tanlash va sinovdan o‘tkazishda qatnashish huquqiga ega. 63. Inspeksiya nazoratida farmatsevtika mahsulotining namunalarini sinash: akkreditatsiya qilingan sinov markazlarida (laboratoriyalarida); sertifikatlashtirilgan farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqaruvchisining texnik jihatdan malakaliligi ma’qullangan sinov laboratoriyasida inspeksiya nazorati komissiyasi vakillari ishtirokida o‘tkaziladi. Sinov natijalari sinov bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 64. Inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra komissiya tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi hamda barcha komissiya a’zolari va ishlab chiqaruvchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi ishlab chiqaruvchiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa sertifikatlashtirish organiga yuboriladi. Inspeksiya nazorati dalolatnomasida ishlab chiqaruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, sertifikatlashtirilgan farmatsevtika mahsulotlarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi, texnologik jarayon tavsifi va ishlab chiqarishni metrologik ta’minlanganligi, ishlab chiqarish faoliyati to‘g‘risida xulosa hamda boshqa ma’lumotlar bo‘lishi kerak. 65. Inspeksiya nazorati natijasiga ko‘ra sertifikatlashtirish organi inspeksiya nazorati dalolatnomasi tuzilgan kundan boshlab uch kun davomida muvofiqlik sertifikati amal qilinishini tasdiqlash, to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qarorning bir nusxasi ishlab chiqaruvchiga qaror qabul qilingandan kundan boshlab bir kun ichida taqdim etiladi. 66. Quyidagilar muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini to‘xtatib turishga asos bo‘ladi: ishlab chiqaruvchining yozma murojaati; inspeksiya nazoratini o‘tkazishga ishlab chiqaruvchi tomonidan shart-sharoit yaratilmaganligi. 67. Muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorda inspeksiya nazoratida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari ko‘rsatiladi. Bunda, kamchiliklarni bartaraf etish muddati qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘ttiz kundan oshmasligi kerak. 68. Quyidagilar muvofiqlik sertifikatini bekor qilishga asos bo‘ladi: ishlab chiqaruvchining yozma murojaati; sinov natijasiga ko‘ra sertifikatlashtirilgan farmatsevtika mahsulotining normativ hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga nomuvofiq deb topilganda; ishlab chiqarish joyi o‘zgarganda; muvofiqligi tasdiqlangan farmatsevtika mahsulotning normativ hujjati (hujjatlari) o‘zgarganda; inspeksiya nazoratida aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf qilinmaganda. 69. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar sertifikatlashtirish organi tomonidan Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestriga kiritiladi hamda tegishli ma’lumotlar kiritilgan vaqtdan boshlab muvofiqlik sertifikati to‘xtatib turilgan yoki bekor qilingan deb hisoblanadi. 70. Sertifikatlashtirish organi tomonidan bekor qilingan muvofiqlik sertifikati bo‘yicha alohida jurnal yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: muvofiqlik sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorning raqami va sanasi; farmatsevtika mahsuloti va uni ishlab chiqaruvchisining nomi; muvofiqlik sertifikati egasining nomi; muvofiqlik sertifikatining Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestridagi raqami; muvofiqlik sertifikati bekor qilingan sana. 71. Agar muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, sertifikatlashtirish organi bu haqda uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga xabarnoma yuboradi. 72. Inspeksiya nazorati ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq o‘tkazilishiga javobgarlik sertifikatlashtirish organi zimmasiga yuklatiladi. 73. Manfaatdor shaxslar farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish jarayoni va natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi yoki sudga murojaat qilishlari mumkin. 74. Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga, sertifikatlashtirish muddatlari va qoidalarining buzilishi uchun javobgarlik sertifikatlashtirish organi zimmasiga yuklatiladi. 75. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
84
32,029
Qonunchilik
“Aziz-ayol.uz” milliy platformasi oʻz faoliyatini boshlaydi
Vazirlar Mahkamasi 09.08.201 yildagi “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 507-son qarorni qabul qildi. Qaror bilan “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizomda “Aziz-ayol.uz” milliy platformasining asosiy vazifalari belgilangan. Xususan, ushbu platforma orqali: Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga Milliy platformani uzluksiz faoliyat koʻrsatishini ta’minlash toshirildi. Soʻrovga asosan vazirliklar, davlat organlari va tashkilotlari Milliy platformada joylashtirilishi lozim boʻlgan aхborotni taqdim etadilar. Qarorga asosan, shuningdek  1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan хotin-qizlar bilan muloqot qilish va shoshilinch ruhiy, psiхoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish, maslahat berish va aхborot taqdim etish masalalari boʻyicha kelib tushgan murojaatlarga 24 soat ichida tezkor munosabat bildirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
59
1,206
Qonunchilik
Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va teхnologiyalar universiteti filiali ochiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17.06.2020 yildagi “Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va teхnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 389-son qaror qabul qilindi. Filial nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi va uning faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi. Filialning  asosiy vazifalaridan biri - iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim oluvchilarning innovatsion gʻoyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish. OTM tadbirkorlik, iqtisodiyot, moliya, korporativ huquq, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va psiхologiya sohalarida yuqori malakali mutaхassislar tayyorlaydi. Filial rektori nomzodi muassislar tomonidan taklif qilinadi va Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishiladi. Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
89
1,141
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2003-YIL 9-IYuLDAGI 308-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDA KASBIY FAOLIYATNI (INVESTITSIYa INSTITUTLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDAGI FAOLIYATINI) LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDAGI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 3-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga haqlidirlar. Bunda tijorat banklari tomonidan faoliyatning ko‘rsatib o‘tilgan turlarini amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan birgalikda bir oy muddatda banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga talablarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
250
1,679
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga muvofiq, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan pasport tizimi, ro‘yxatdan o‘tkazish rejimi va respublika hududida yashash qoidalarini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan yoki uni yo‘qotgan holda doimiy yashash uchun respublika tashqarisiga chiqib ketgan shaxslar tomonidan doimiy yashash uchun respublikaga qaytish xohishi bildirilgan taqdirda, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibotidan o‘tishlari shart. 2. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, harbiy xizmatchilar — shaxsiy guvohnoma asosida; respublika hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun doimiy ro‘yxatdan o‘tish huquqiga egadirlar. Doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi belgi faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasportiga yoki xorijiy fuqarolarga, shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga respublika ichki ishlar organlari tomonidan berilgan pasportning o‘rnini bosuvchi hujjatlarga qo‘yiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi organlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga pasport tizimi, ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va O‘zbekiston Respublikasi hududida yashashning belgilangan qoidalariga qat’iy rioya qilinishi uchun mas’uliyat yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va joylardagi hokimiyat organlari bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin, bunda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash xohishini bildirgan xorijiy fuqarolarni, shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolarini, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor bersin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
110
2,801
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TRANSPORT-EKSPEDITORLIK FAOLIYATINI TARTIBGA SOLIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 2-iyundagi PF-2612-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, tashqi savdo yuklariga transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatish sohasida bozor munosabatlarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, transport-ekspeditorlik xizmatlari iste’molchilarini rag‘batlantirish va ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Transport-ekspeditorlik korxonalari to‘g‘risidagi Nizom va transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan. 2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport-ekspeditorlik korxonalari faoliyatini tartibga soladi, shuningdek, qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, transport-ekspeditorlik korxonalarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibini, ularning huquqlarini, mijoz oldidagi majburiyatlari va mas’uliyatini, mijoz, transport ekspeditori va tashuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilab beradi. 3. Ekspeditor — transport ekspeditsiyasi shartnomasi tomoni — tovarlarni tashishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, bunda u temir yo‘l, suv, avtomobil transportida yuklarni tashish, shuningdek, yuklarni, tavakkalchiliklarni, transport vositalarini sug‘urtalash, yuklar va hujjatlarni rasmiylashtirish, joylashtirish, saqlash, ishlov berish, deklaratsiyalash va bojxona tartibotlari, transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha keng va turli ishlar kompleksini bajaradi, shuningdek, ushbu tashishlarni amalga oshirish ustidan nazoratni ta’minlaydi va mijozning transport korxonalari oldidagi manfaatlarini himoya qiladi. 4. Ekspeditorlik xizmatlari — bu ekspeditor shartnomaga muvofiq xizmat ko‘rsatishni o‘ziga olgan vositachilik va yordamchi-texnologiya xizmatlari kompleksidir. 5. Transport-ekspeditorlik xizmati — yukni jo‘natish va qabul qilib olish jarayonini tashkil etish, shuningdek, transport ekspeditsiyasi shartnomasiga muvofiq yuk tashishga aloqasi bo‘lgan boshqa ish turlarini bajarish bilan bog‘liq transport xizmati turi. Transport-ekspeditorlik xizmatlari: yukni jo‘natish joyidan belgilangan joygacha tashishni tashkil etishni; mijozning shart-sharoitlariga ko‘ra yuklarni tashishning maqbul sxemasini tanlashni; yuk jo‘natuvchining ombori (terminali)dan yuklarni qabul qilib olish, yuk qabul qiluvchining ombori (terminali)ga yetkazib berish, unga va tashuvchiga topshirishni; yuklarni o‘rash-joylash (qadoqlash), markalash, bog‘lash, navlarga ajratish va saqlashni; yukni sug‘urtalashni; yuk jo‘natilganligi, turgan joyi va belgilangan joyga kelganligi (yukning harakati dispozitsiyasi) haqida xabardor qilishni; boshqa ekspeditorlar xizmatlarining turlari, tariflari va ish rejimlari to‘g‘risidagi axborotni hamda boshqa tezkor axborotni; transport-ekspeditorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlarni; bojxona tartibotlarini bajarishni; yuk tashilganligi uchun tashuvchi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishni; yuk tashish bilan bog‘liq boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Transport-ekspeditorlik faoliyati — transport-ekspeditorlik korxonasi tomonidan amalga oshiriladigan transport-ekspeditorlik xizmatlarini bajarishga doir faoliyat. Mijoz — yuk jo‘natuvchi yoki uni qabul qilib oluvchi. Yuk — tashish uchun beriladigan har qanday yuk. Tashuvchi — o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan joyga yetkazish va uni yukni qabul qilib oluvchiga berish yoki boshqa transport tashkilotiga topshirish majburiyatini oladigan tashish shartnomasining bir tomoni. Transport jarayoni — tashuvchi tomonidan yuk tashishga qabul qilib olingan paytdan boshlab uni qabul qilib oluvchiga topshirishgacha yoki tayinlangan joyga yetgungacha (yuklash, tashish, tushirish, saqlash. Tegishli tovar-transport hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa xizmatlar) bo‘lgan ekspeditor va tashuvchining birgalikdagi operatsiyalari va harakatlari kompleksi. Transport hujjati — tashish yoki transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatishni, tashuvchi yoki transport-ekspeditorlik korxonasi tomonidan yukni o‘z tasarrufiga olganligini tasdiqlovchi, tashuvchi yoki transport-ekspeditorlik korxonasi tomonidan beriladigan hujjat. Ekspeditorlik topshirig‘i — transport jarayonini tashkil etish va yuklarga transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatish uchun mijoz tomonidan ekspeditorga beriladigan hujjat. Yukni har xil transportda tashish — transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatish shartnomasi asosida transport korxonasi tasarrufiga yuk kelib tushgan joydan tayinlangan joygacha yuklarni ikki yoki undan ortiq transport turida tashish. Yuk hujjatlarini rasmiylashtirish — yukni belgilangan joygacha yetkazib berilganlik uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va tashuvchi bilan o‘zaro hisob-kitoblar qilingan holda tashuvchi tomonidan yuk yukni qabul qilib oluvchi yoki ekspeditor tasarrufiga berish tartiboti. 6. Ekspeditor bilan mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar transport ekspeditsiyasi shartnomasi bilan belgilanadi. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi va unda tashish jarayonini transportning har xil turlari, shu jumladan, aralash turlari bilan ham davlat ichidagi, ham xalqaro yo‘llarda tashkil etish bilan bog‘liq transport-ekspeditorlik xizmatlarining aniq ro‘yxati, tomonlarning nomi va manzili, jo‘natish va olib borish joyi (joylari) nomi va boshqa shartlar bo‘ladi. 7. Yukni o‘z tasarrufiga qabul qilib olgandan so‘ng transport-ekspeditorlik korxonasi tashish uchun tegishli transport hujjati (konosament), transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatish yuk xati berishi shartdir. 8. Olib kelish va olib ketish maxsus ruxsatnomalar va kvotalar bo‘yicha amalga oshiriladigan, aksiz solig‘i olinadigan yuklarni, shuningdek, xavfli yuklar va chiqindilarni tashish uchun shartnoma tuzishga tegishli ruxsatnomalar bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi. 9. Ekspeditor mijoz, tashuvchi va transport jarayonida qatnashuvchi boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq transport-ekspeditorlik xizmatini amalga oshiradi. Yukni bir yoki bir necha transport turi bilan yetkazib berish va mijozning topshirig‘i (buyurtmanomasi)ga ko‘ra transport jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq xizmatlar ro‘yxati shartnomada kelishib olinadi. Mijoz buning uchun kelishib olingan haqni to‘lash majburiyatini oladi. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar tijorat maqsadlari uchun olib kelinayotganda shartnomaga olib kelinayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha transport-ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartlarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hollarda bojxona rasmiylashtiruvi bevosita jismoniy shaxslar — tovarlarning egalari tomonidan amalga oshiriladi. 10. Ekspeditorlik topshirig‘i tuzilgan shartnoma doirasida transport ekspeditsiyasi tomonidan berilishi mumkin. 11. Quyidagilar ekspeditorning asosiy vazifalari hisoblanadi: mijozlarning yuk tashish va transport-ekspeditorlik xizmatlariga bo‘lgan talablarini qondirish; eng maqbul transport yo‘nalishlarini ishlab chiqish va tanlash, transportda tashishlar turlarini va yuklarni yetkazib berish usullarini, shuningdek, yuklarni yetkazib berishning va ularni saqlashning kelishilgan muddatlarini belgilash; O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish; transport xarajatlarini kamaytirish; kira qilish va kira haqini to‘lash; yuklarni to‘plash, saqlash, ishlov berish, o‘rash-joylash va taqsimlash; tovarlarga ilova qilinadigan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish; yordamchi va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, yukni deklaratsiyalash, bojxona xizmatlari ko‘rsatish, yuk hujjatlarini rasmiylashtirish; yuklarni sug‘urtalash. 12. Transport-ekspeditorlik faoliyatini davlat yo‘li bilan boshqarish soliq solish va narx belgilash, transport-ekspeditorlik faoliyatini rivojlantirish masalalarida davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishning huquqiy bazasini yaratish, milliy qonunchilikka va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan yoki tuzilgan xalqaro shartnomalar talablariga rioya qilinishini nazorat etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 17. Ekspeditorga qo‘yiladigan talablarga quyidagilar kiradi: kasb vakolati to‘g‘risidagi sertifikatning mavjudligi: transport-ekspeditorlik korxonasining bank hisob raqami va uning to‘lov qobiliyati to‘g‘risida bank tasdiqnomasining mavjudligi; transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq o‘ziga xos operatsiyalarning bajarilishi; transport ekspeditsiyasi shartnomasi shartlarining sifatli bajarilishi; xizmat binosining mavjudligi; o‘z funksiyalarini amalda bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatli dalillar (guvohnoma, kontraktlar, hisob raqamlari va ularga tenglashtirilgan hujjatlar)ga ega bo‘lishi. 18. Ekspeditor quyidagi huquqlarga egadir: yuk tashuvchilar, transport korxonalari, mijozlar bilan shartnomalar tuzish; transport vositalarini, yo‘nalishlarni va yuk yetkazib berish usullarini erkin tanlash, agar shartnomada yetkazib berishning shartlari va usullari kelishib olinmagan bo‘lsa; bir tomonlama tartibda yoki mijozning topshirig‘iga ko‘ra har qanday ruxsat etilgan joyda yukni tushirish, joylashtirish uchun qaror qabul qilish, zaruriyat bo‘lganda esa yukning buzilib qolish, yo‘qolish yoki uning atrof-muhitga, aholiga yoxud boshqa yukka xavfi bo‘lgan hollarda qulay usullar bilan sotib yuborish; yo‘qolgan yukni qidirish va mijoz tomonidan ko‘rilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi topshiriqlarni bajarish uchun jalb qilingan uchinchi shaxsga talab qo‘yish, agar yuk uchinchi shaxsning xatti-harakati yoki harakatsizligi oqibatida yo‘qolgan yoki buzilgan bo‘lsa, va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida, bu haqda shartnomada kelishib olinmagan bo‘lsa, mijozni xabardor qilib qo‘yish; mijozning manfaatlari yo‘lida va uning nomidan sarf qilingan, hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar bo‘yicha vositachilik haqini mijozdan undirib olish; mijoz tomonidan zarur bo‘lgan axborot taqdim etilmagan hollarda, agar bu haqda shartnomada kelishib olinmagan bo‘lsa, tegishli majburiyatlarni bajarishga kirishmaslik. 19. Ekspeditorning garovga oid huquqi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qatnashchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi. 20. Ekspeditor quyidagilarga majburdir: qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda hisobot taqdim etish; yukni transport (transportning har xil turlari) bilan ekspeditor yoki mijoz tomonidan tanlangan yo‘nalish bo‘yicha tashishni tashkil etish. 21. Ekspeditor: buzilish hollari ro‘y berganda transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatish shartnomasi shartlari bajarilishi uchun javob beradi, yetkazilgan zararni qoplaydi, shuningdek, agar transport-ekspeditorlik shartnomasida yoki qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, aybona (neustoyka) to‘laydi; shartnomani bajarish uchun jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatish shartnomasi shartlari bajarilishi uchun javob beradi. Uchinchi shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun ekspeditor javob beradi. Zararlar qoplangandan so‘ng ekspeditor bu uchinchi shaxsga qaytarma da’vo qilishi mumkin; yukning saqlanishi, uni yetkazib berishning kelishilgan muddatlariga rioya qilinishi uchun javob beradi. Shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda ekspeditor tomonidan tegishli ravishda transport xarajatlari, bojxona bojlari va yo‘qolgan yukni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yoki hisob-fakturada ko‘rsatilgan uning qimmati asosida yuk qiymati pasayishi va yukning buzilishi bilan bog‘liq zararlar qoplanadi. 22. Xorijiy ekspeditorlar, shuningdek, xorijiy kompaniyalarning sho‘ba korxonalari (filiallari) respublika hududida transport-ekspeditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishga majburdirlar. 23. Yuk tashuvchi belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport-ekspeditorlik korxonasi bilan yuk tashish uchun shartnoma tuzishi mumkin. 24. Transport-ekspeditorlik faoliyati bo‘yicha hisob va hisobot amaldagi qonunchilikka muvofiq yuritiladi. 25. Transport-ekspeditorlik shartnomasi yoki topshirig‘ini bajarish jarayonida paydo bo‘ladigan ekspeditor bilan mijoz o‘rtasidagi nizolar va anglashilmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasi qatnashchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi.
110
13,076
Qonunchilik
DXX organlari хodimlari kunining yangi sanasi belgilandi
14.09.2021 yildagi OʻRQ-715-son Qonun bilan 26 sentyabr Oʻzbekiston Davlat хavfsizlik хizmati organlari хodimlari kuni  etib belgilandi. 5 aprel Davlat хavfsizlik хizmati organlari хodimlari kuni etib belgilangan 02.10.2018 yildagi OʻRQ-490-son Qonun oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 15.09.2021 yilda e’lon qilindi. Elmira Siraziyeva.
56
367
Qonunchilik
Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash me’yorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 268-son “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi: 1. Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash me’yorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Oziq-ovqat bilan ta’minlash me’yorlari (bir kishi hisobiga kuniga grammda (brutto): 2. Kiyim-kechak va poyabzal buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari: 3. Boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash me’yorlari (bir yil uchun): 4. Yumshoq anjomlar bilan ta’minlash me’yorlari: 5. Ushbu me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
212
1,126
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 22-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
151
614
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLATBAYROG‘INI TAYYORLASh, SAQLASh VA YO‘Q qILISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i haqida”gi Qonunini amalda joriy etish to‘g‘risida” 1991-yil 18-noyabrdagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi; 1. Ilova qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tayyorlash, saqlash va yo‘q qilish tartibi tasdiqlansin. 2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Nizomni qo‘llanish yuzasidan Instruksiyani tasdiqlash to‘g‘risida” 1974-yil 14-oktabrdagi 475 son qarori (O‘zSSR QT, 1974-y., 10-son, 57-modda); O‘zbekiston SSR Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi nizomni qo‘llanish yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 14-oktabrdagi 475-son qarori bilan tasdiqlangan Instruksiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 11-iyuldagi 384-son qarori (O‘zSSR QT, 1978-y.( 7-son, 27-modda); O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi nizomni qo‘llanish haqidagi Instruksiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 1981-yil 21-avgustdagi 684-son qarori (O‘zSSR QT, 1981-y., 8-Son, 24-modda); O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi nizomni qo‘llanish bo‘yicha Instruksiyaga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1984-yil 27-sentabrdagi 498-son qarori (O‘zSSR QT, 1984-y., 9-son, 48-modda). O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i va uning tasviri, ularning hajmlaridan tashqari, har doim O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i haqida”gi Qonuniga ilova qilingan sxematik va rangli tasvirga mos bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining eni 125 sm, uzunligi — 250 sm bo‘ladi. Bayroqning hajmi boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Lekin hamma hollarda bayroqning eni uzunligiga nisbatan 1:2 bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tayyorlash mahalliy sanoat korxonalari zimmasiga yuklanadi, Ular bayroqlar tayyorlash bo‘yicha buyurtmani birinchi navbatda bajarishlari kerak, Tayyorlangan bayroqlar sifati bo‘yicha korxonalarning texnikaviy nazorat bo‘limi xizmatlari va rahbarlari (direktor yoki bosh muhandis) tomonidan qabul qilinadi. Bayroqlarning sifati va aniq bajarilganligini tekshirayotganda mahalliy sanoat korxonalarining rahbarlari va texnikaviy nazorat bo‘limi xizmati qonunga ilova qilingan tasvirga amal qiladilar. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini saqlash korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, uy-joylardan foydalanish uchun javob beruvchi mansabdor shaxslar, (xususiy mulk huquqi asosidagi) uy egalari tomonidan ta’minlanadi. Davlat bayroqlari but-butun, rangi buzilmagan holda ko‘tariladi. Davlat bayrog‘ining saqlanishi uchun javob beruvchi shaxslar dastlabki rangini yo‘qotgan bayroqlarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijroiya qo‘mitasiga akt bo‘yicha topshiradilar, Xalq deputatlari nohiya, shahar, shaharlardagi nohiya, ovul, posyolka, qishloq Kengashlari ijroiya qo‘mitalarida komissiyalar tuzilib, ular bundan keyin foydalanib bo‘lmaydigan bayroqlarni utilizatsiya qilish haqida qarorlar qabul qiladilar va bu haqda tegishli akt tuziladi.
95
3,262
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ENERGETIKA VA ELEKTRLAShTIRISh VAZIRLIGI TIZIMINING TAShKILIY TUZILMASIDAGI O‘ZGARIShLAR TO‘G‘RISIDA
Sobiq SSSRning energetika boshqaruvi tuzilmasining qayta tashkil etilishi munosabati bilan, “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 8-moddasiga muvofiq respublikaning huquqiy tasarrufiga va mulkiga o‘tgan ittifoq bo‘ysunuvidagi energetika korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Energetika va elektrlashtirish vazirligi tizimiga quyidagi tashkilotlar, korxonalar va birlashmalar kiritilsin: “O‘rtaosiyotuzatishenergiya” IB ishlab chiqarish birlashmasi (Toshkent sh.) “O‘rtaosiyotexenergiya” ishlab chiqarish IB birlashmasi (Toshkent sh.) “Energiyatarmoqloyiha” instituti (Toshkent sh.) “Issiqlikelektrloyiha” instituti (Toshkent sh.) “Qishloqenergiyaloyiha” instituti (Toshkent sh.) “Toshgidroloyiha” instituti (Toshkent sh.) “O‘rtaosiyoelektrtarmoqqurilish” tresti (Toshkent sh.) “Sharqenergiyaizolatsiya” korxonasi (Toshkent sh.) “O‘rtaosiyoenergiyamontaj” O‘zbekiston montaj boshqarmasi (Toshkent sh.) “O‘rtaosiyoenergiyamontaj” Yangi Angren montaj boshqarmasi (Nurobod sh.) “Elektro‘rtaosiyomontaj” 4-montaj boshqarmasi (Toshkent sh.) “Elektro‘rtaosiyomontaj” 8-montaj boshqarmasi (Toshkent sh.) “Elektro‘rtaosiyomontaj” Toshkent sozlash boshqarmasi (Toshkent sh.) “O‘zenergiyahimoya” ixtisoslashtirilgan tuzatish-qurilish montaj korxonasi (Toshkent sh.) “Gidromaxsusqurilish” maxsus boshqarmasi (Toshkent sh.) 2. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, “O‘zshartnomasavdo” O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining (ishlab chiqarish, kapital qurilish, mablag‘ bilan ta’minlash, moddiy-texnika ta’minoti va boshqalar bo‘yicha) istiqbol ko‘rsatkichlariga zarur o‘zgarishlar kiritsinlar.
125
1,788
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yil 27-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2010-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida”gi 228-II-sonli qaroriga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yuritilgan muvozanatli pul-kredit siyosati, shuningdek milliy valyutaning barqarorligini va to‘lov qobiliyatini, mamlakat bank-moliya tizimining barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash borasidagi tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishi monetar omillarning inflatsiya darajasiga ta’sirini jilovlab turishga, inflatsiya darajasi va pul-kredit ko‘rsatkichlari tasdiqlangan maqsadli makroiqtisodiy parametrlar doirasida bo‘lishini ta’minlashga, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda, investitsiya jarayonlarida va mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilishda banklarning ishtirokini yanada kengaytirishga yordam bergan. Hisobot yilida tijorat banklarining umumiy kapitali 30 foizga oshgan, bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi esa 24,2 foizni tashkil etgan, bu umumqabul qilingan xalqaro standartlardan deyarli uch barobar ortiqdir. Bank tizimining joriy likvidligi 65,5 foizni tashkil etgan bo‘lib, bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi “2011 — 2015-yillar davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlar masshtabini kengaytirish va chuqurlashtirish, mamlakatda tadbirkorlik muhitini shakllantirish bo‘yicha mezonlar va baholar tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1464-sonli qaroriga muvofiq belgilangan talablardan ikki baravar yuqoridir. “Mudis” xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston bank tizimining “barqaror” darajada rivojlanish prognozi tasdiqlangan, “Standart end Purs” xalqaro reyting agentligi esa mamlakat bank tizimining rivojlanish holatini ijobiy baholadi va reyting bahosini bir pog‘ona ko‘tardi. Jami aktivlari bank tizimi aktivlarining 98 foizidan ortiqni tashkil etadigan mamlakatning 23 ta tijorat banki “Fitch Reytings”, “Mudis” va “Standart end Purs” kabi yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan “barqaror” reyting bahosini olgan. Banklar faoliyati ishonchliligi va samaradorligining eng muhim omili hamda sharti fuqarolarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchi o‘sishidan iborat. Chunonchi, hisobot yilida fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklaridagi depozitlari hajmi 36,3 foizga o‘sgan. Iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 35,6 foizga ko‘paygan, tijorat banklarining umumiy kredit portfelida uzoq muddatli kreditlar salmog‘i 78,9 foizga yetgan. Hisobot yilida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga tijorat banklari tomonidan 4,4 trln so‘m miqdorida investitsiya kreditlari berilgan bo‘lib, bu 2010-yildagiga nisbatan 35 foizga ko‘pdir. 2011-yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditlarning hajmi 4 trln so‘mdan ko‘proqni tashkil etgan bo‘lib, bu 2010-yildagiga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. Jumladan, mikrokreditlar hajmi 752 mlrd. so‘mdan ortgan va bu ko‘rsatkich 1,5 barobar ko‘paygan. “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit tashkilotlarining faoliyati ustidan samarali nazorat amalga oshirilmoqda hamda bank qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni investitsiyalash va modernizatsiya qilish jarayonida banklarning ishtirokini kengaytirish maqsadida 2012-yilda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishga e’tiborni kuchaytirish lozim: Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq bank faoliyati sohasiga oid amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, yangi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish; milliy valyutaning barqarorligini va to‘lov qobiliyatini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan muvozanatli pul-kredit siyosatini yuritishni izchil davom ettirish; banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish hamda fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini uzoq muddatli depozitlarga jalb qilishni rag‘batlantirish hisobiga bank tizimining moliyaviy barqarorligini va resurs bazasini mustahkamlash; iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yo‘naltirilgan bank investitsiyalari hamda kreditlari hajmlarini yanada ko‘paytirish va samaradorligini oshirish; bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini yanada yaxshilash, ayniqsa qishloq joylarda, xususan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes-rejalarini moliyalashtirishga kreditlar va mikrokreditlar ajratish. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov): bank faoliyati sohasiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tegishli qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga yuborsin hamda yangi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishiga e’tiborni kuchaytirsin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ-1438-sonli qarorida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasin; mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2012-yilga mo‘ljallangan maqsadli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bajarilishiga yo‘naltirilgan muvozanatli va samarali pul-kredit siyosati yuritilishini davom ettirsin, bunda pul massasini tartibga solishning bozor vositalaridan keng va samarali foydalansin; milliy valyutaning almashuv kursi barqarorligini ta’minlashga, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga, eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan valyuta siyosatini yuritsin; tijorat banklarining yanada kapitallashuvi, fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank depozitlariga jalb qilish va ulardan samarali foydalanish borasidagi ishni kuchaytirsin; tijorat banklarining faoliyatini xalqaro standartlar va prinsiplarga muvofiq baholash, tartibga solish hamda nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsin va amalga oshirsin; tijorat banklari korporativ boshqaruv organlarining roli va mas’uliyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rsin; iqtisodiyotning real sektori korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida banklarning faoliyatini kengaytirish va ularning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirsin; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hamda mikrokreditlashni ko‘paytirish borasidagi faoliyatni kuchaytirsin; bank tizimini yanada isloh qilish va samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlarining mazmun-mohiyatini, ahamiyatini va ularni amalga oshirish mexanizmlarini tushuntirish yuzasidan joylarda muntazam ravishda seminarlar o‘tkazib borsin. 3. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, bank faoliyati subyektlari: qo‘shimcha aksiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi jadal faoliyat hisobiga banklarning kapitallashuv darajasi yanada oshishini ta’minlasin; fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni yanada faollashtirish yo‘li bilan banklarning barqaror va uzoq muddatli resurs bazasini oshirsin, shuningdek kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirsin; yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorlik borasidagi ishlarni kuchaytirsin va xalqaro reyting baholarini muntazam yangilab borish bo‘yicha choralar ko‘rsin; iqtisodiyotning real sektori korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va modernizatsiya qilish, eksport qiluvchi korxonalarni, iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni kreditlash bo‘yicha tadbirlarni davom ettirsin; bank aktivlarining, shu jumladan kredit portfelining sifatini yaxshilash, bank tavakkalchiliklarini samarali boshqarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni muntazam ravishda ko‘rib borsin; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hajmlarini oshirsin hamda ayniqsa qishloq joylarda yangi ish o‘rinlari tashkil etishga, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes-rejalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mikromoliyaviy xizmatlar turlarini kengaytirsin; “Mustahkam oila yili” Davlat dasturida, shuningdek hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida nazarda tutilgan vazifalar o‘z vaqtida hamda samarali ro‘yobga chiqarilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov) ushbu Qarorning bajarilishi haqida 2013-yil 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin. 5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi (A. Altiyev) zimmasiga yuklatilsin.
157
10,721
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin: 2013-yil 10-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida”gi KQ-92-II-sonli; 2013-yil 10-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi KQ-93-II-sonli; 2013-yil 14-noyabrda qabul qilingan “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi T.I. Jo‘rayev to‘g‘risida”gi KQ-96-II-sonli; 2013-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi KQ-102-II-sonli; 2013-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi KQ-103-II-sonli. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
1,014
Qonunchilik
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Bolajon” bolalar raqamli telekanalini tashkil etish to‘g‘risida
Ijtimoiy qadriyatlarni va odamlarda, ayniqsa bolalarda, ularning atrofdagi dunyoni bilishga, zamonaviy axborot texnologiyalarini hamda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini hisobga olgan holda dunyoqarashni shakllantirishda elektron ommaviy axborot vositalarining tobora ortib borayotgan rolini e’tiborga olib hamda bolalarning intellektual, idrok qilishga bo‘lgan va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yetakchi jahon telekompaniyalarining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda 2013-yil 1-iyundan boshlab “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Bolajon” respublika bolalar raqamli telekanalini tashkil etish to‘g‘risida respublikaning keng jamoatchiligi va pedagoglari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar tashkil etilayotgan “Bolajon” bolalar telekanali faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin: bolalar atrof dunyoni idrok qilishni, milliy qahramonlar hamda o‘zbek xalqining va jahondagi boshqa xalqlarning dostonlari, eposlari va ertaklari personajlarining tarixi misolida bola ongida ezgulik va adolatni shakllantirib, qaror toptirishga yo‘naltirilgan bilim doirasini kengaytiruvchi va intellektual jihatdan rivojlantiruvchi televizion dasturlarni tayyorlash va namoyish etish; bolalarning qiziquvchanligini, intellektual va ijodiy faolligini rivojlantirish, ularda bilim beradigan va ko‘ngilochar-o‘rgatuvchi televizion ko‘rsatuvlarni, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan intellektual o‘yinlar va viktorinalarni namoyish etish vositasida boshlang‘ich mahoratlarni, aqliy va jismoniy mehnat ko‘nikmalari va madaniyatini shakllantirish; bolalarning atrof dunyoni bilishga, yosh teletomoshabinlarning yoshga oid xususiyatlarini hisobga olgan holda translatsiyalarning zamonaviy interaktiv shakllari va usullaridan, raqamli va multimedia texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ularning o‘z atrofidagi barcha qiziqarli narsalar va yangiliklarni kashf etishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash; bilim beradigan maxsus teleko‘rsatuvlarni tayyorlash va shu jumladan, o‘zbek tilidagi subtitrlari bilan xorijiy bolalar badiiy, multiplikatsion va ko‘ngilochar-o‘rgatuvchi filmlarni translatsiya qilish yo‘li bilan bolalarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish; bolalarda tabiatga va atrof muhitga bo‘lgan qiziqish va mehrni, ularning uy hayvonlari va parrandalarga, akvarium jonivorlari va xona o‘simliklariga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish hamda ularni to‘g‘ri parvarishlashga o‘rgatish; bolalarga jismoniy madaniyat asoslarini va sport bilan shug‘ullanishga qiziqishni singdirish, ularda sport bahslariga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalash, bolalarda o‘z sog‘lig‘iga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, zarur sanitariya-gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish. 3. Belgilab qo‘yilsinki: “Bolajon” telekanali yuridik shaxs tashkil etmasdan, “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati xodimlarining umumiy soni doirasida tashkil etiladi; “Bolajon” telekanali xodimlariga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining faoliyat ko‘rsatayotgan teleradiokanallari xodimlari uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shart-sharoitlari tatbiq etiladi; “Bolajon” telekanali respublikaning butun hududida tarqatiladigan raqamli ko‘rsatuvlarning umumiy foydalaniladigan ijtimoiy paketi tarkibiga kiritiladi. 4. “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Bolajon” telekanali xodimlarining cheklangan umumiy soni 101 nafar bo‘lgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi: “Bolajon” telekanalining shtatlar jadvali va xarajatlari smetasining belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini; 2013-yil oxirigacha yangidan tashkil etilayotgan telekanalni yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan va tashabbuskor, shu jumladan bolalar pedagogikasi va psixologiyasi sohasidagi, xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar bilan butlashni; “Ko‘rsatuvlarni raqamli formatiga o‘tish uchun O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimedia asbob-uskunalari bilan jihozlash” investitsiya loyihasi amalga oshirilgungacha “Bolajon” telekanali teleko‘rsatuvlarini tayyorlash va efirga uzatish texnologiyasini O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining mavjud texnika vositalari negizida vaqtinchalik sxema bo‘yicha tashkil etishni; 2013-2014-yillarda har biri 10 daqiqadan iborat bo‘lgan beshta bolalar badiiy filmlari va beshta multiplikatsion filmlar, shu jumladan 2013-yilda ikkitadan badiiy va multiplikatsion filmlar yaratishni ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 2013-yilda yangidan tashkil etilayotgan “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Bolajon” telekanalini moliyalashtirishga mablag‘larni ijtimoiy soha uchun Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratsin; 2014-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Bolajon” telekanali faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin. 7. Yangidan tashkil etilayotgan “Bolajon” telekanali Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 69-uy manzilida joylashga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi binolariga joylashtirilsin. 8. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
174
5,905
Qonunchilik
2018 yil 1 iyundan nima oʻzgardi
Litsenziyalar soni ancha kamaydi; ayrim tashkilotlarga solinadigan soliqlar pasaytirildi; korporativ haydovchilar хususiy kurslarda malaka oshirishlari mumkin va 1 iyundan amal qila boshlagan yana 6 ta yangilik. Birinchisi. Biznes sohasidagi litsenziyalar va ruхsat berish tartib-taomillari kamaydi. 7 turdagi litsenziya va 35 ta ruхsat beruvchi hujjatlar toʻliq bekor qilindi. Ayrimlari – birlashtirildi, endi bir yoʻla bir nechta litsenziya (ruхsatnoma) rasmiylashtirishga zarurat yoʻq – bitta hujjatning oʻzi kifoya. 15 turdagi litsenziya va 35 ta ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari qisqartirilib, ularni olish jarayoni jadallashtirildi. Biroq bu hali hammasi emas. Ayrim turdagi faoliyatga litsenziya berish funksiyalari Vazirlar Mahkamasidan quyi turuvchi idoralarga oʻtkazildi. Ba’zi litsenziya va ruхsatnomalarni respublika organlari oʻrniga endi ularning hududiy boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari oʻrniga – tuman (shahar) hokimliklari beradi. Bu ham zarur hujjatlarni olish jarayonini tezlashtirib, qogʻozbozlikni kamaytirishda yordam beradi. Ayrim litsenziya va ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlarni olish jarayoni soddalashtirildi. Asosan arizachilardan talab qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi. Endi beriladigan litsenziyalarning amal qilish muddati cheklanmaydi. Quyidagi huquqni beradigan litsenziyalar bundan mustasno: Ikkinchisi. Endi tadbirkorlik sub’yektlari, ilgari majburiy boʻlgan eksport shartnomasini tuzmasdan va eksport uchun bank komissiyasini toʻlamasdan, elektron savdo internet-maydonchalari orqali tovarlar, ishlar va хizmatlarni eksport qilishlari mumkin. Ushbu qoida tatbiq etilmaydigan ayrim tovarlarni Vazirlar Mahkamasi belgilashi kerak. Ayni paytda hamma foydalana oladigan bunday roʻyхat yoʻq.  Bunda tadbirkorlar tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat’i nazar, chakana savdo hisoblanadi. Bu,masalan, ulgurji savdoga litsenziya olish zaruratini istisno etadi. Uchinchisi. Ayrim tashkilotlarning soliq yuki kamaytirildi: a) konsert-tomosha koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan, yuridik va jismoniy shaхslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yoʻli bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan mikrofirma va kichik korхonalar uchun YaST stavkasi 30%dan 5%gacha pasaytirildi. b) mehnatga haq toʻlash fondini tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan kelib tushgan mablagʻlar hisobidan shakllantiruvchi NNT uchun YaIT stavkasi 15%dan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilandi. Yirik va mayda shoхli mollar, teri, moʻyna, qorakoʻl хom ashyosi va junni yuridik shaхslarga sotishda oʻzi ishlab chiqargan mahsulotning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladi. Toʻrtinchisi. 1 iyundan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilari davlat ta’lim muassasalari yoki ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan хususiy tashkilotlarda malaka oshirishlari mumkin. Avvaliga yuridik shaхslarga tegishli transport haydovchilarining malakasini oshirish boʻyicha alohida huquq «Avtotest Report» MChJga va kamida 51%i unga tegishli boʻlgan tashkilotlarga berilgan edi. Eslatib oʻtamiz, korporativ avtotransport haydovchilari 2 yilda 1 marta malaka oshirishlari shart. Bu yakka tartibdagi tadbirkorlarga hamda qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida yuridik shaхslarning avtotransport vositalarini boshqarayotgan boshqa fuqarolarga tegishli emas. Beshinchisi. Davlat хizmatini olishni koʻzlayotgan barcha shaхslar Davlat хizmatlarining yagona reyestriga kirib koʻrishlari mumkin. Shu tariqa uni qayerda olish mumkinligini bilib oladilar: umumiy sonidan (444 ta хizmat turi) 31 tasi davlat хizmatlari markazlarida (sobiq «yagona darcha» markazlari – tahr.), qolganlari esa – bevosita vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralari, notarial idoralar va boshqa organlar tomonidan koʻrsatiladi. Shuningdek reyestrda хizmat pulli yoki bepul ekanligi qayd etilgan. Biroq eng asosiysi – muayyan хizmat roʻyхatda boʻlmasa – u koʻrsatilmaydi, bu taqiqlangan. Shunisi qiziqarliki, butun mamlakat boʻylab 14 ta davlat хizmatlari markazida tajriba oʻtkazila boshladi. Ularda 70-100 turdagi talab yuqori boʻlgan davlat хizmatlari koʻrsatiladi. Bu markazlarga standart tarzda koʻrsatish buyurilgan хizmatlardan ancha koʻp, binobarin, ular boshqa davlat organlari bajaradigan hajmni qisman zimmalariga oladilar. Poytaхtdagi Yunusobod tumani Davlat хizmatlari markazida tajriba oʻtkaziladi. Natijalarga koʻra, bir yildan soʻng qolgan barcha davlat хizmatlari markazlarining yukini oshirish mumkinligi masalasi hal etiladi. Oltinchisi. Pivo, aroq va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun yigʻim toʻlashlari shart. Ular soha vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Ular ishlab chiqaradigan mahsulot qiymati oshishi ehtimoldan хoli emas. Toʻgʻri, yigʻimlarni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi hali tasdiqlanmagan. Moliya vazirligiga Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uni qabul qilish vazifasi topshirilgan. Yettinchisi. Yozning ilk kunidan boshlab telekommunikatsiya sohasidagi qonunbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ning yangi miqdorlari va ularni hisoblash tartibi amal qila boshlaydi. Sharhimizda mavzu yanada batafsil ochib berilgan. Sakkizinchisi. 1 iyundan boshlab nogironligi boʻlgan shaхslarning yagona elektron reyestri ishga tushiriladi. U mazkur shaхslar, tayinlangan pul toʻlovlarining turlari va miqdori, ajratilgan teхnik reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya buyumlari va dori vositalari, koʻrsatilgan ijtimoiy хizmatlar va berilgan imtiyozlar toʻgʻrisidagi kompleks ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Reyestr  mazkur sohadagi ishlarning holati haqidagi ma’lumotlarni tezkor olish, davlat organlari oʻrtasida ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirish, byudjet mablagʻlari maqsadsiz sarflanishi va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish imkonini beradi. Toʻqqizinchisi. NNT faoliyatiga doir ayrim jihatlar oʻzgardi: Yana bir yangilik. Endi nodavlat tashkilotlari fuqarolarni Oʻzbekiston hududida ishga joylashtirish sohasida pullik хizmatlar koʻrsatish huquqiga ega. Hamyurtlarimizni хorijda ishga joylashtirish bilan shugʻullanish uchun litsenziya boʻlishi zarur. Biroq uni olish tartibi hali tasdiqlanmagan. Buning ustiga, ayni paytda ushbu yoʻnalish Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхatiga ham kiritilmagan. Oleg Zamanov.
32
6,693
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON TELERADIOKOMPANIYASI TIZIMINI TEXNIKA BILAN KOMPLEKS QAYTA JIHOZLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi tizimini jahon standartlariga javob beradigan texnika bilan qayta jihozlash va Hukumatning 1996-yil 24-maydagi 190-son qarorining 7-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash dasturi” va Adresli dastur 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin: dasturni bajarish O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining ishlab turgan korxonalarini bosqichma-bosqich modernizatsiyalash va yangilash uchun teleradio asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar va materiallar yetkazib berish alohida kontraktlar bilan amalga oshiriladi; yakka tartibdagi kontraktlarni mablag‘ bilan ta’minlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: kontraktlar qiymatining 15 foizi va xorijiy kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniya uchun kapital qo‘yilmalarga ajratiladigan mablag‘lar doirasida Respublika budjeti hisobiga; kontraktlar qiymatining 85 foizi — xorijiy banklar kreditlari hisobiga. Asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash dasturi bo‘yicha jalb etiladigan xorijiy kreditlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarni to‘lash qarz bitimlari muddatlari va shartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 3. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi tomonidan 2-bandda ko‘rsatib o‘tilgan shartlarda “Simens AG” (Avstriya) firmasi bilan Respublika Radio uyi uchun 18 mln. Avstriya shillingti summasida asbob-uskunalar yetkazib berish va “BFE AG” (Germaniya) firmasi bilan Respublika telemarkazi uchun 25 mln. Germaniya markasida asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan yakka tartibda kontraktlar tuzilgan; Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 1997-yilgi investitsiya dasturi to‘g‘risida” 1997-yil 20-yanvardagi 40-son qarori bilan (3-ilova) O‘zbekiston Teleradiokompaniyasiga teleradio obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun Davlat budjeti hisobidan 300 mln so‘m kapital qo‘yilmalar limiti ajratilgan. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 1998-yil va keyingi yillar uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlarini shakllantirishda avans to‘lovlarini amalga oshirish hamda xorijiy banklar kreditlarini va qarz bitimlari muddatlari va shartlarida ular bo‘yicha belgilangan foizlarni to‘lash uchun O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar. 5. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Texnika bilan qayta ta’minlashning adresli dasturi bosqichlariga muvofiq “Simens AG” (Avstriya) va “BFE AG” (Germaniya) firmalari bilan zarur asbob-uskunalarni sotib olish loyihalarini kontraktdan oldin ishlab chiqishni amalga oshirsinlar va xorijiy banklar kreditlari jalb etilishini ta’minlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha yakka tartibdagi kontraktlar uchun ko‘pi bilan 0,5 foizli stavka bilan kreditlarni qayta moliyalashtirish yuzasidan xorijiy banklar bilan belgilangan tartibda yakka tartibdagi kredit bitimlarini tuzsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B. Sayfiddinov jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlarini imzolashga vakil qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi beriladigan Hukumat kafolatlari bo‘yicha yuridik xulosalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin. 9. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash dasturiga binoan keltiriladigan import asbob-uskunalar va materiallar uchun boj to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A. A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
92
4,081
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-136-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 2. “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-142-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 3. “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-143-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risida. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A. Ikromovning “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturining tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlashga, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlari bajarilishining borishi to‘g‘risida”gi axboroti eshituvini o‘tkazish haqida. 6. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri B. Axmedovning “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi haqida”gi axboroti eshituvini o‘tkazish to‘g‘risida.
94
1,670
Qonunchilik
Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi M39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yo‘lining 1395 — 1400 km va 1410 — 1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi fondlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 5-martdagi PQ-4224-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: a) M39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yo‘lining 1395 — 1400 km va 1410 — 1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasining (keyingi o‘rinlarda — loyiha) texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilganligi; b) loyihaning umumiy qiymati 40,711 mln AQSh dollariga tengligi, shundan: 35,188 mln AQSh dollari Islom taraqqiyot bankining qarzi; 5,523 mln AQSh dollari O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushini, shu jumladan soliq bo‘yicha imtiyozlar berish shaklida tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. M39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yo‘lining 1395 — 1400 km va 1410 — 1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, Islom taraqqiyot bankining qarzini qaytarish, shu jumladan, foizlarni to‘lash, vositachilik to‘lovlari va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi nomidan loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz bitimiga tegishli tartibda qo‘shimcha kelishuvni tuzsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida tuzilgan qarz bitimiga qo‘shimcha kelishuv yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
212
1,923
Qonunchilik
BUXORO ShAHRIDA FUQAROLARNI ChET ELLARDA IShGA JOYLAShTIRISh BO‘YIChA XO‘JALIK HISOBIDAGI MINTAQAVIY BYuRO TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Buxoro viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Buxoro shahrida Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy byuro tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son qaroriga muvofiq Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi Buxoro mintaqaviy byurosi faoliyatini tashkil etishni ta’minlasin. 3. Buxoro shahridagi Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy byuro xodimlarining cheklangan umumiy soni 16 kishidan, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 12 kishidan iborat etib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son qaroriga 5-ilovadagi “Nukus va Qarshi shaharlarida” so‘zlari “Nukus, Qarshi va Buxoro shaharlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
132
1,395
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING 2003 YIL 20 SENTYABRDAGI 407-SON QARORINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining “Shakar xomashyosi xarid qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 20-sentabrdagi 407-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
112
209
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut va soliq texnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda davlat soliq xizmati organlari tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4879-son qaroriga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi; Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq kollejlari 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Institut huzuridagi Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq texnikumlari (keyingi o‘rinlarda — soliq texnikumlari) etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy etilishi inobatga olinsin: Institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish davomiyligi to‘rt yil, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha besh yil etib belgilanadi; Institutning magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish davomiyligi bir yil hamda masofaviy, sirtqi va kechki ta’lim shakli o‘qish davomiyligi ikki yil etib belgilanadi; Institutning bakalavriat va magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarini ochiq va oshkora o‘tkazish, o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyuldagi 393-son va “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi; davlat organlarining markaziy apparatida soliqlar va soliqqa tortish, moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlarni Institut magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki ta’lim o‘qitish dasturlari bo‘yicha o‘qishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga ko‘ra kirish test sinovlarisiz, to‘lov-shartnoma asosida qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi; Institutda bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar, istisno tariqasida, Institut magistraturasiga test sinovlarisiz, to‘lov-shartnoma asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, qabul parametrlaridan tashqari, o‘qishni tugatgandan so‘ng davlat soliq xizmati organlarida kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilinadi; Davlat soliq qo‘mitasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tavsiyasiga muvofiq “temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari bo‘lgan hamda Institutga talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lov-shartnomasi yoki subsidiya ajratish orqali moliyalashtiriladigan alohida qabul parametrlarini belgilashga ruxsat beriladi. 3. Davlat soliq qo‘mitasining Institut faoliyati va ilmiy o‘quv jarayonini tashkil etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin: ta’lim dasturlariga, xalqaro professional assotsiatsiyalar va birlashmalarning malaka sertifikatlari bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalar va maxsus bilimlarni o‘zlashtirishga doir fanlarni joriy etish; Davlat soliq qo‘mitasi buyurtmasi asosida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari bo‘yicha shartnoma asosida rahbar va xodimlarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslarini tashkil etish; Davlat soliq qo‘mitasining buyurtmasiga asosan soliqqa tortish hamda moliyaviy nazorat sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqotlar olib borishni joriy etish. 4. Institut rektoriga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish huquqi berilsin: Institut istiqbolli kunduzgi ta’lim bitiruvchilari va xodimlarining xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlari magistratura va doktoranturasida o‘qish qiymati va u bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lovlarni ular o‘qish tugatgandan so‘ng Institutda kamida besh yil uzluksiz ishlash sharti bilan amalga oshirish; Institut va soliq texnikumlarining iqtidorli talaba hamda o‘quvchilariga stipendiya ajratish; xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni Institutda ta’lim jarayonlariga konsultant, ma’ruzachi va o‘qituvchi sifatida jalb etish; Institut xodimlarini yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga va boshqa tashkilotlarga stajirovka o‘tash uchun yuborish. 5. Belgilab qo‘yilsinki: a) soliq texnikumlari bitiruvchilari, shuningdek Davlat soliq qo‘mitasi tizimidagi Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq kollejlarining davlat soliq xizmati organlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan bitiruvchilari Institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishning ikkinchi yilidan boshlab o‘qishga qabul qilinadi; b) quyidagilar soliq texnikumlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari; to‘lov-shartnoma asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. v) Bunda Institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishning ikkinchi yilidan boshlab o‘qishga qabul qilish Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda amalga oshiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Institut va soliq texnikumlariga o‘z idoralaridagi statistik, arxiv va boshqa ma’lumotlardan (axborotdan foydalanish qonun bilan cheklangan holatlar bundan mustasno) foydalanish imkoniyatini yaratsin. 7. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq; Vasiylik kengashining vazifalari va vakolatlarini belgilash, faoliyatini tashkil etish va tugatish hamda qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning Vasiylik kengashi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutning (keyingi o‘rinlarda — Institut) Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) faoliyatini tartibga soladi. 2. Kengash Institutning jamoatchilik organi bo‘lib, yuridik shaxs hisoblanmaydi. 3. Kengash o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. 4. Ta’lim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini samarali amalga oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash, Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ta’lim jarayonini takomillashtirish Kengashning asosiy maqsadlari hisoblanadi. 5. Kengash tarkibiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, homiylar, shuningdek, Institut faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan boshqa shaxslar kirishi mumkin. 6. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi: ta’lim jarayonini hamda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, shuningdek, Institut bitiruvchilarini kelgusida ishlab chiqarish, fan va ta’limni integratsiyalashni rivojlantirish orqali ishga joylashtirishga ko‘maklashish; bakalavrlar va magistrlar tayyorlash sifatini hamda ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirishni tashkil etish; kelgusida mehnat bozori rivojlanishini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlarni tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlashda Institutga ko‘maklashish; mutaxassislar tayyorlash sifatiga ko‘maklashadigan istiqbolli dasturlarni moliyalashtirish va amalga oshirish; Institutda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish, fundamental (amaliy) ilmiy-texnik ishlanmalarni amalga oshirish, o‘quv va ilmiy jarayonlarni oqilona integratsiyalash; talabalarning bevosita ishlab chiqarishdagi amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish; ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi malakali va tajribali mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etish; Institut pedagog kadrlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularning malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tishlarini tashkil etish; Institut faoliyatining izchil rivojlantirilishini ta’minlash uchun homiylik xayriyalarini, grantlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jalb etish; ehtiyojmand talabalarni ijtimoiy himoyalashni ta’minlash, iqtidorli talabalarga stipendiyalar ajratish, ijarada turuvchi talabalar uchun yashash va hordiq chiqarish sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, ta’tillar davrida talabalarning dam olishini tashkil etishga ko‘maklashish; Institutni zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, Institutning zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini shakllantirish va rivojlantirish; Institutda sog‘lom intellektual va ma’naviy-psixologik, pedagoglar va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamfikrlik muhitini shakllantirishga, ularda kasbiy, ma’naviy, intellektual va jismoniy takomillashuvga doimiy intilishni tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish; mualliflik o‘quv dasturlari, metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, didaktik materiallar hamda boshqa o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va nashr etishga homiylik qilish; iqtidorli talabalarni yetakchi xorijiy ta’lim muassasalariga tajriba orttirishga yuborish bo‘yicha takliflarni shakllantirish, ular uchun maxsus stipendiyalar ta’sis etish; Institutning professor-o‘qituvchilar tarkibi, katta ilmiy xodimlari — izlanuvchilari va talabalari uchun xalqaro tajriba almashishni tashkil etishga ko‘maklashish. 7. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida: Institutdan zarur ma’lumotlar va axborotlarni belgilangan tartibda oladi; Kengash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi; Institutning ish rejalarini, tadbirlar rejalarini, dasturlarini va boshqa hujjatlarini muhokama etishda qatnashadi, ularni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi; Institutda kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi, shuningdek, Institut rektoriga Institut xodimlari va talabalarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish to‘g‘risida tavsiyanomalar taqdim etadi; Kengashning mablag‘ tushumlari va mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha moliyaviy rejani tasdiqlaydi; Kengash mablag‘lari bo‘yicha moliyaviy rejaning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqadi; Kengash mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini tekshirish uchun nazorat-taftish komissiyasini tayinlaydi. Kengash qonunchilik hujjatlariga va Institut ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 8. Kengash ishtirok etishning ixtiyoriyligi va Kengash vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda uning barcha a’zolarining teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi. Kengash, qoidaga ko‘ra, Kengash raisi, raisning o‘rinbosari, kotib va a’zolardan iborat tarkibda shakllantiriladi. Kengashning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Institut rektori lavozimiga ko‘ra Kengash kotibi hisoblanadi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Kengashga raislik qiladi. Kengash o‘z vakolatlarini Institut rektoriga berish huquqiga ega emas. 10. Kengash raisi: Kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi; Kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etadi; Kengashning yillik ish rejasi bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni Kengashga taqdim etadi; Kengash a’zolariga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan ularning ishini muvofiqlashtiradi; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda Kengash nomidan vakillik qiladi; Kengashning samarali ishlashini ta’minlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 11. Kengash raisi o‘rinbosarining vakolatlari Kengashning qarori bilan belgilanadi. 12. Kengash a’zolari quyidagi huquqlarga ega: Kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda qatnashish; Institutda ta’lim jarayonini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha Kengashga takliflar kiritish; Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha xulosa taqdim etish. Kengash a’zolari Kengash tarkibida o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar. Kengash a’zolari majlisda shaxsan qatnashishi kerak. Bunday qatnashishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, Kengash a’zosi majlisning kun tartibi bo‘yicha o‘z fikrini Kengashga yozma ravishda taqdim etishga haqlidir. 13. Kengash o‘z majlislarini zaruriyatga ko‘ra, biroq yil choragida kamida bir marta o‘tkazadi. Kengash raisi tomonidan uning a’zolarining yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin. Iltimosnomalarda navbatdan tashqari majlisni chaqirishning sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak. 14. Kengash majlisini Kengash raisi, u bo‘lmagan taqdirda esa — Kengash raisining o‘rinbosari boshqaradi. Kengash majlisi unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi. Majlisni o‘tkazish uchun kvorum yoki rais va uning o‘rinbosari bo‘lmaganda, Kengash majlisini o‘tkazishning yangi sanasi e’lon qilinadi. 15. Kengash majlisiga ko‘rib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga ko‘ra davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, oliy ta’lim muassasasining xodimlari, ayrim jismoniy shaxslar taklif etilishi mumkin. 16. Kengash kotibi: Kengash majlislarga barcha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi; majlislarni o‘tkazish muddatlari va joyini Kengash raisi bilan kelishadi; kun tartibi masalalari bo‘yicha Kengash majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi; Kengash a’zolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning sanasi, kun tartibi loyihasi, majlisni o‘tkazish vaqti va joyidan xabardor qiladi; Kengash qarorlari bajarilishi monitoringini yuritadi; Kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Kengash a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi. Kengash kotibi Kengash a’zosi hisoblanadi. 17. Kengash o‘z faoliyatini Institut rektori bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 18. Kengash qarori Kengashning majlisda qatnashgan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Kengashi a’zolari tomonidan Institutga taqdim etilgan mablag‘lar bo‘yicha tushumlar va sarflarning yillik moliyaviy rejasini, shuningdek, vasiylik mablag‘laridan foydalanilishini tasdiqlash masalalari bo‘yicha qaror Kengashning majlisda qatnashgan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 19. Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Kengash a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. 20. Kengash bayonnomasining asl nusxasi va uning materiallari Institutda saqlanadi. Institut rektori Kengash hujjatlarining saqlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. 21. Kengash kotibi Kengash a’zolarining yordamida Kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zaruriyat bo‘lganda, Kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi. Kengash qabul qilingan qarorlarning ijro etilishi holatini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi. 22. Kengashning ish tartibi Kengash tasdiqlaydigan reglamentda belgilanadi. 23. Vasiylik mablag‘lari vakillari Kengash a’zolari hisoblanadigan tashkilotlarning, shuningdek, Kengash a’zolarining xayriyalari, ixtiyoriy badallari shaklida Kengash tomonidan Institutga jalb etiladigan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladi. Vasiylik mablag‘lari mol-mulk, pul mablag‘lari, boshqa moddiy va nomoddiy aktivlar shaklida kiritiladi. 24. Vasiylik mablag‘laridan Kengashning maqsadlari, vazifalari va vakolatlarini amalga oshirish va ularga erishish uchun foydalanilishi mumkin. 25. Vasiylik mablag‘lari Institutning alohida hisobvarag‘ida jamlanadi va ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi. 26. Vasiylik mablag‘lari sarflanishining yo‘nalishi, maqsadi va hajmi Kengash majlisida tasdiqlanadi. Vasiylik mablag‘lari sarfining moliyaviy rejasiga Institutdagi Kengash faoliyati bilan bog‘liq joriy xarajatlar kiritiladi. 27. Vasiylik mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi Kengashning qarori asosida Institut rektori tomonidan tasdiqlanadi. Zaruratga ko‘ra vasiylik mablag‘lari xarajatlar smetasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 28. Vasiylik mablag‘larining buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi, mablag‘lar zarur tarzda rasmiylashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish uchun Institutning rektori va bosh buxgalteri javob beradi. Vasiylik mablag‘larining joriy yilda foydalanilmagan qoldig‘i olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi. 29. Kengash vasiylik mablag‘laridan to‘g‘ri, maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. Nazoratni amalga oshirish uchun Kengashning nazorat-taftish komissiyasi tayinlanadi. Kengash nazorat-taftish komissiyasining raisi va a’zolarini tayinlash tartibi, ularning vakolatlari muddatlari va taftishlarni o‘tkazish davriyligi Kengash qarori bilan belgilanadi. 30. Kengashning nazorat-taftish komissiyasi bir yilda bir marta vasiylik mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan sarf-xarajatlarni taftish qiladi hamda vasiylik mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilganligi yuzasidan Kengash oldida hisobot beradi. 31. Moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi. 32. Kengash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tarqatib yuboriladi. 33. Kengash tarqatib yuborilgan taqdirda, uning vasiylik mablag‘larini boshqarish bo‘yicha vakolati vaqtincha Institutning Kengashiga beriladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq kollejini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 14-iyuldagi 298-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi.
168
20,311
Qonunchilik
Prokuraturaning oʻz telestudiyasi boʻladi
Prezidentning  14.11.2017 yildagi PQ-3387-son “Prokuratura organlari aхborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi. Bosh prokuratura huzurida audio- va videoroliklar, tele- va radiouzatishlar, ijtimoiy reklama, voqealar  joylaridan reportajlarni efirga va Internet tarmogʻiga uzatish uchun Aхborot-tahlil multimedia markazi tashkil etiladi. Bu aholini sodir boʻlayotgan voqealar, ayniqsa jamoatchilikda katta qiziqish uygʻotgan voqealar toʻgʻrisida хabardor qilish uchun amalga oshiriladi. Markaz boshqaruv хodimlariga (4 nafar) ega mustaqil yuridik shaхs hisoblanadi. Boshqaruv хodimlariga prokuratura хodimlari uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya chora-tadbirlari tatbiq etiladi: Bundan tashqari, ular har oyda alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshiga nisbatan 100% miqdorda ustama oladilar. Markazning boshqa mutaхassislari (rejissyor, kreativ muharrir, muхbir, operator, videomontajchi, IT-mutaхassis) shartnoma asosida jalb etiladi. Markaz tomonidan olib kelinadigan zamonaviy telestudiyani barpo etish uchun zarur televideniye asbob-uskunalari, uchuvchisiz uchish apparatlari (Markazga undan foydalanishga ruхsat beriladi) , kompyuter teхnikasi bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi bundan mustasno) ozod etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 15.11.2017 yilda kuchga kirdi.   Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Lenara Xikmatova.
41
1,646
Qonunchilik
Bandlikni ta’minlash – parlament uchun ustuvor masala!
2015 yilning 13 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan “2016 yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasi”  (bundan buyon matnda  Dastur deb yuritiladi) muhokamasi boʻyicha parlamentning quyi palatasidagi «Demokratik kuchlar bloki»ning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Qayd etilganidek, Dastur yangi ob’yektlarni ishga tushirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, qayta jihozlash va mavjud quvvatlardan yanada toʻliq foydalanish, ishlamayotgan korхonalar faoliyatini, avvalo, sanoatda, хizmatlar koʻrsatish va servis sohalarida tiklash, infratuzilma, kommunikatsiya va uy-joy ob’yektlari qurilishi koʻlamini oshirish hisobiga ish oʻrinlari tashkil etish, kichik biznesni, shu jumladan, yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikni, dehqon va fermer хoʻjaliklarini rivojlantirish hamda kasanachilik mehnatining imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga aholi bandligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan. Yigʻilishda blok a’zolari tomonidan 2016 yilda barcha yoʻnalishlarda jami 992,7 mingta, shundan 362,1 mingta ish oʻrinlari yaratilishi va 630,6 ming nafar shaхsning ish bilan ta’minlanishi koʻzda tutilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi. Dasturda alohida turizm sohasidagi хizmatlarni rivojlantirish hisobiga 2016 yilda qoʻshimcha 10044 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish koʻzda tutilganligi, ayniqsa dastur loyihasining muhim jihatlaridan biri sifatida baholandi. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha aniq moliyaviy-iqtisodiy vositalar Prezidentning 2015 yilda qabul qilingan maхsus farmoniga muvofiq хususiy mulkchilikni, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish va investitsiya iqlimi va tadbirkorlik muhitini yanada takomillashtirish boʻyicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan. Bu borada yakka tartibdagi tadbirkorlik va boshqa kichik biznes sub’yektlari uchun kreditlashning yuqori darajasi saqlanib qolib – tijorat banklari tomonidan 13,1 trln. soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilishi, bunda imtiyozli kredit resurslari asosan olis qishloq hududlarida ish oʻrinlari yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Kelgusi  yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashning prognoz parametrlari boshqa sohalar kabi ish oʻrinlari tashkil etishda kichik biznesning rolini yanada oshirish, ayniqsa, qabul qilingan qonun hujjatlariga asosan eng yuqori darajada qulay tadbirkorlik muhitini yaratish, kichik biznes sub’yektlariga kredit va хom ashyo resurslari ajratilishini ta’minlash asosida milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga ham yoʻnaltirilgan. Shu bilan bir qatorda, yigʻilishda 2016 yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlgan chet ellardan qaytib kelgan mehnat migrantlarining, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining oʻz mutaхassisliklari boʻyicha bandligini ta’minlash yuzasidan monitoring yuritilishini qattiq nazoratga olish lozimligi ta’kidlab oʻtildi. Muhokama yakunida dastur loyihasini ma’qullash hamda Qonunchilik palatasi yalpi majlisiga kiritish yuzasidan «Demokratik kuchlar bloki»ning qarori qabul qilindi.  Ma’ruf USMANOV  Mavzu boʻyicha materiallar: Qonun ijrosi deputatlar nazoratida Deputatlar partiyalarni moliyalashtirish tartibini oʻzgartirishni taklif qilishmoqda Asosiy moliyaviy hujjat mukammal boʻlishi lozim
54
3,525
Qonunchilik
Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish hisobiga qishloq aholisini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish Dasturiga (keyingi o‘rinlarda — Dastur) muvofiq yangilangan namunaviy loyihalar asosida 53 mingdan ziyod arzon uy-joylar va kvartiralar qurildi, turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj 65 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta’minlandi. Shu bilan birga, Dastur ijro qilinishini o‘rganish yakunlari qishloq joylarda arzon uy-joylarga talab yuqori ekanligini ko‘rsatdi, yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etadigan uy-joylar qurilishini tashkil etish va muhtoj oilalarni arzon uylar bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi: birinchidan, namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishi uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kiradigan yer uchastkalaridan foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda. Xususan, joriy yilda mazkur maqsadlar uchun tuman hokimliklari tomonidan ajratilgan 1065 gektar yerning 60 gektarga yaqini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kiradi; ikkinchidan, qurilayotgan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarning narxini maqbullashtirish hamda energiya samarador va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning arzon qurilish materiallaridan foydalangan holda me’moriy va texnik yechimlarni qo‘llash yetarli darajada ta’minlanmayapti; uchinchidan, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon-uy-joylar qurilishida o‘zaro uyg‘unlik ta’minlanmayotgani natijasida respublika budjeti, maqsadli jamg‘armalar va ijrochilar mablag‘lari ortiqcha sarf qilinmoqda; to‘rtinchidan, namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurishda shaharsozlik norma va qoidalari talablarini buzish, qurilish-montaj ishlarini sifatsiz bajarish, loyihadan chetga chiqish holatlari mavjud. Arzon uy-joylar qurilishini samarali tashkil etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, aholi punktlarining muhandislik-transport kommunikatsiyalarini va infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholining uy-joyga bo‘lgan yuqori talabini to‘liq qondirish maqsadida: 1. Quyidagilar qishloq joylarda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish va muhtoj oilalarni arzon uy-joy bilan ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: uy-joylarni hududiy optimal joylashtirish hamda ular uchun faqat qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va o‘rmon fondi yerlari toifalariga kirmaydigan yer uchastkalarini taqdim etish hisobiga yer resurslaridan oqilona foydalanish; kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun mo‘ljallangan arzon uy-joylar qurish ko‘lamini kengaytirish; uy-joylarning narxini pasaytirish va energiya samaradorligini oshirish maqsadida me’moriy va texnik yechimlarni maqbullashtirish, mahalliy qurilish materiallari, uskunalar va zamonaviy devorbop materiallarni keng qo‘llashni nazarda tutuvchi yangi namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish; uy-joylarni taqdim etishda manzillilik, shaffoflik va ijtimoiy adolatni ta’minlash tamoyillarini inobatga olgan holda qishloq joylarda yashovchilarning turmush sharoitlarini yaxshilash va uy-joyga muhtoj oilalarning ehtiyojini qondirish; muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishini “Obod qishloq” dasturi bilan o‘zaro uyg‘unlikda tashkil etish, shuningdek, qishloq joylarda samarali kanalizatsiya tizimlarini joriy etish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Dastur doirasida quyidagi yangi namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar (keyingi o‘rinlarda — arzon uy-joylar) qurilishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin: “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholi zichligi yuqori bo‘lgan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan hududlarda to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar; shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari (keyingi o‘rinlarda — fuqarolarning alohida toifalari) uchun besh qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar. 3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: “Qishloq qurilish loyiha” MChJ tomonidan mahalliy qurilish materiallari, uskunalar va zamonaviy devorbop materiallardan keng foydalangan holda barpo etiladigan va qishloq sharoitiga moslashtirilgan arzon ko‘p kvartirali uylarning (yordamchi inshootlar va hovli qurilmalari bilan birgalikda) namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan; O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Qurilish vazirligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda markazlashgan kanalizatsiya, gaz va issiqlik ta’minoti tizimlari bilan ta’minlanmaydigan arzon ko‘p kvartirali uylar uchun mo‘ljallangan lokal oqova suv tozalash inshootlari va qattiq yoqilg‘ida ishlovchi energiya samarador isitish qozonlari joriy etilmoqda; arzon uy-joylar, shuningdek, ichimlik suvi, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti inshootlari va tarmoqlari hamda yo‘llar (sement-beton qoplamali) qurilishi bo‘yicha buyurtmachi etib “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ, bosh loyihachi etib esa “Qishloq qurilish loyiha” MChJ belgilangan. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Qishloq qurilish invest IK” MChJ, ishtirok etuvchi tijorat banklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan: 2019-yilda qishloq joylarda va fuqarolarning alohida toifalari uchun arzon uy-joylar qurilishi bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar 1-ilovaga muvofiq; 2019-yilda qishloq joylarda arzon uy-joylar qurilishi bo‘yicha asosiy parametrlar 2-ilovaga muvofiq; 2019-yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun arzon ko‘p kvartirali uylar qurilishi bo‘yicha asosiy parametrlar 3-ilovaga muvofiq; 2019-yilda arzon uy-joy massivlarida tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-iyuliga qadar arzon uy-joylar qurilishi monitoringi bo‘yicha axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) ishlab chiqsin va tatbiq qilsin, ushbu tizim uy-joy quruvchilar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun Internet tarmog‘ida real vaqt rejimida quyidagilar to‘g‘risida axborot olish imkoniyatini ta’minlaydi: bajarilgan qurilish-montaj ishlarining hajmlari (shu jumladan obyektlarning fotosuratlari va video-yozuvlari); obyektlar qurilishida ishtirok etayotgan pudratchilar; qurilishi tugallangan obyektlarda o‘tkazilgan nazorat tartibida o‘lchash natijalari; qurilishni moliyalashtirishning borishi. 6. Belgilansinki: arzon uy-joylar, tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlari va transport kommunikatsiyalari qurilishining kelgusi yillar uchun asosiy parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili 1-iyunga qadar “Obod qishloq” dasturi bilan o‘zaro bog‘langan holda tasdiqlanadi; arzon uy-joylar, tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlari va transport kommunikatsiyalari qurilishining massivlar kesimidagi taqsimoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qarori bilan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda uy-joy qurilishini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-yanvardagi PQ-3480-sonli qarorining 7-ilovasida ko‘rsatilgan asosiy qurilish materiallari va uskunalar “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ tomonidan bosh pudrat tashkilotlariga markazlashtirilgan tartibda yetkazib beriladi; ichimlik suvi, kanalizatsiya, issiqlik, elektr, gaz ta’minoti inshootlari va tarmoqlari hamda yo‘llar qurilishi markazlashtirilgan manbalar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, shuningdek, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishi ishtirokchilariga, qurilish materiallari va uskunalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga, shuningdek, transport tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli qarorida nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llaniladi; arzon ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida noturar joylari qurilishi “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; arzon ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida qurilayotgan noturar joylar yerto‘lasi bilan birga “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ tomonidan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksionga qo‘yiladi va ularni sotishdan olingan daromadlar “Qishloq qurilish invest” IK” MChJning zaxira jamg‘armasiga yo‘naltiriladi; Axborot tizimini ishlab chiqish, tatbiq etish va qo‘llab-quvvatlash “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ tomonidan uning zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 7. 2019-yilda qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurilishi asosiy parametrlari va yig‘ma ko‘rsatkichlarining jadal ravishda ijro etilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari belgilangan tartibda: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan birgalikda ikki hafta muddatda arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarini qurish uchun buyurtmachilarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va o‘rmon fondi yerlari toifalariga kirmaydigan hamda tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘sh yer uchastkalari ajratilishini; ishtirok etuvchi tijorat banklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda arzon uy-joylar qurilishi uchun talabgorlarni tanlash va ularning boshlang‘ich badallarini shakllantirishni; buyurtmachilar va loyiha tashkilotlari bilan birgalikda ikki oy muddatda arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini; buyurtmachilar bilan birgalikda uch oy muddatda arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarini qurish uchun pudrat tashkilotlari aniqlanishini ta’minlasinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi: Qurilish vazirligi bilan birgalikda arzon ko‘p kvartirali uylar uchun suv ta’minoti tizimlari loyihalari uzluksiz suv ta’minotini ta’minlovchi samarali texnik yechimlarni, shu jumladan, zarur hollarda, maxsus inshootlarni (bosimli suv minorasi, rezervuar va boshqalar) o‘rnatishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilishini; viloyatlar hokimliklari va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda markazlashtirilgan kanalizatsiya, issiqlik va gaz ta’minoti tizimlari bilan ta’minlanmaydigan arzon ko‘p kvartirali uylar uchun zarur bo‘lgan hajm va quvvatlarda lokal oqova suv tozalash inshootlari va qattiq yoqilg‘ida ishlovchi energiya samarador isitish qozonlari ishlab chiqarilishini ta’minlasin. Belgilansinki: muhandislik-transport kommunikatsiyalariga ulanmagan, uzluksiz elektr va suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan arzon uy-joylar foydalanishga qabul qilinmaydi; qurilishi tugallangan ichimlik suvi, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti inshootlari hamda tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va saqlash hududiy ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi. 9. “O‘zbekenergo” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda arzon ko‘p kvartirali uylarni hamda ularning ichimlik suvi, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti inshootlarini uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlasinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: a) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ichimlik suvi, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti inshootlari va tarmoqlari hamda avtomobil yo‘llari qurish uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan zarur mablag‘lar ajratsin; b) ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari bo‘yicha: 2018-2019-yillar dasturlarini amalga oshirish doirasida 2 yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida yillik 4 foizli stavka bo‘yicha va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida bo‘lishini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida; 2020-yildan boshlab dasturlarni amalga oshirish doirasida — bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 4 foizdan tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida bo‘lishini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan foiz stavkasi miqdorida va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida bo‘lishini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida qishloq joylarda yashovchi shaxslar uchun — 20 yil, fuqarolarning alohida toifalari uchun — 15 yil muddatlarga milliy valyutada kredit liniyalarini ochsin, ushbu mablag‘lar arzon uy-joylar qurilishiga maqsadli yo‘naltirilsin. 11. Belgilansinki, ishtirok etuvchi tijorat banklari arzon uy-joylar qurilishi uchun uy-joy quruvchilarga 2 yillik imtiyozli davr hamda dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan (2020-yilda va keyingi yillarda Dasturni amalga oshirish doirasida — bir yillik imtiyozli davr bilan hamda kreditdan foydalanishning dastlabki 5 yili mobaynida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan foiz stavkasida) va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida: qishloq joylardagi arzon uy-joylarni sotib olish uchun — 20 yil muddatga va uy-joy quruvchilarning boshlang‘ich badali 10 foiz miqdorida; fuqarolarning alohida toifalari tomonidan arzon ko‘p kvartirali uylarni sotib olish uchun — 15 yil muddatga va uy-joy quruvchilarning boshlang‘ich badali 25 foiz miqdorida ipoteka kreditlari taqdim etadi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Qishloq qurilish bank” ATB tomonidan “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga ajratilgan 350 milliard so‘m miqdoridagi kreditlarni qaytarish muddati 2019-yilning 1-iyuliga qadar uzaytirilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi buyurtmachilar hamda loyiha tashkilotlarning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha arzon uy-joylar, shuningdek, ularning muhandislik transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga va birja kotirovkalarining o‘rtacha narxlariga muvofiq haqini oldindan to‘liq to‘lash sharti bilan metall prokati va sement ajratilishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, ishtirok etuvchi tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishi uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish choralarini ko‘rsin; ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda avval imzolangan qarz bitimlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan muzokaralar olib borsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyatida, eksperiment tariqasida qurilishning innovatsion usullaridan, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalaridan foydalangan holda davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida arzon uy-joylar qurilishi bo‘yicha taklif kiritsin. 16. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fond (keyingi o‘rinlarda — ishtirokchilar) bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasining qishloq joylarda energiya samarador uy-joylar qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘shma loyiha) amalga oshirilmoqda; Qo‘shma loyiha doirasida 2019 — 2021-yillarda arzon uy-joylar qurilishi uchun 3,0 million AQSh dollari miqdorida maqsadli grantlar ajratilishi nazarda tutilgan bo‘lib, ular qurilayotgan arzon uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi; Qo‘shma loyiha doirasida “Qishloq qurilish loyiha” MChJ tomonidan arzon uy-joylarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy energiya tejamkor materiallar va texnologiyalardan foydalanishni ko‘zda tutuvchi namunaviy loyihalari ishlab chiqildi; energiya samarador arzon uy-joylarning qurilishi Qo‘shma loyiha ishtirokchilari bilan kelishgan holda aniqlanadigan massivlarda amalga oshiriladi; maqsadli grantlar BMT Taraqqiyot dasturi bilan grantlar ajratish bo‘yicha imzolanadigan shartnomaga muvofiq “Qishloq qurilish bank” ATB orqali ipoteka krediti doirasida ajratiladi; O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129 va 171-moddalariga muvofiq Qo‘shma loyiha bo‘yicha ajratilgan maqsadli grantlar “Qishloq qurilish bank” ATB va mablag‘ oluvchi jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga tortilmaydi. 17. “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ, “Qishloq qurilish loyiha” MChJ va “Qishloq qurilish bank” ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda: Qo‘shma loyiha ishtirokchilari bilan kelishgan holda namunaviy loyihalarning joylarga bog‘lanishini va energiya samarador arzon uy-joylar qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini; grantlardan maqsadli foydalanilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat va monitoring olib borilishini; Qo‘shma loyiha ishtirokchilari talabiga binoan monitoring va nazorat natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlasinlar. 18. Toshkent shahar hokimligi ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qarori doirasida Toshkent shahrida qurilayotgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar hisobidan har yili: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi harbiy xizmatchilari, qutqaruvchilari va xodimlari uchun — 56 ta kvartira; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3224-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari uchun — 300 ta kvartira; Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlarining turar joy sharoitlarini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 29-iyundagi 444-sonli qaroriga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlari uchun — 168 ta kvartira; Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-sentabrdagi 753-sonli qaroriga muvofiq mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun — 420 ta kvartira; Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 12-apreldagi 285-sonli qaroriga muvofiq og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar uchun — 66 ta kvartira ajratilishini ta’minlasin. 19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qaroriga muvofiq shaharlarda qurilayotgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar hisobidan har yili mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar uchun amaldagi parametrlar va nizomlarga binoan kvartiralar taqdim etilishini ta’minlasin. 20. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq qurilishi tugallangan arzon uy-joylarda asosli tarzda nazorat tartibida o‘lchash natijalari bo‘yicha aniqlangan va ushlab qolingan summalar uy-joy quruvchilarga qaytariladi. 21. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmuni va mohiyati ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini ta’minlasin. 22. Quyidagilar: ushbu qarorning talablari o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis amalga oshirilishini ta’minlash ustidan qattiq nazorat olib borilishi yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari (Ramatov) zimmasiga, ushbu qaror bilan tasdiqlangan yig‘ma ko‘rsatkichlar va asosiy parametrlarga muvofiq arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari hamda infratuzilma obyektlari o‘z vaqtida va sifatli qurilishi yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri (To‘xtayev) zimmasiga; qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirish va ularda mahalliy zamonaviy qurilish materiallari va uskunalarini keng qo‘llash, shuningdek, mahalliy qurilish industriyasini barqaror rivojlantirish va pudrat tashkilotlari salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri (Qo‘chqorov) zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 24. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
138
24,529
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.J. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibining 29-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari “sog‘liqni saqlash” so‘zlaridan keyin “va suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Xorazm viloyatining Toshsoqa tizimi magistral sug‘orish kanallarini tiklash” investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-avgustdagi 282-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matnidagi 7-pozitsiyasidagi “7 (2013 — 2019 gg.)” raqamlari “9 (2013 — 2021 gg.)” raqamlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risida Nizomining 12-bandi “yo” kichik bandining o‘n ikkinchi xatboshisi “irrigatsiya obyektlari” so‘zlaridan oldin “nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshirish va monitoringlar doirasida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
106
1,994
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI IXTIYORIY TUGATISh VA ULARNING FAOLIYATINI TO‘XTATISh TARTIBINI TAKOMILLAS
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi 595-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y.,12-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Xalq banki tomonidan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida shaxsan hisobga olishni yuritish tartibi to‘g‘risida nizomning 19-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda tugatish to‘g‘risida Xalq banki filiali yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadigan organ tomonidan xabardor qilinadi”.
250
891
Qonunchilik
Hokimiyat vakillik organlarining Oliy Majlis deputatlari blokini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Hokimiyat vakillik organlarining 120 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari bloki ro‘yxatga olinsin.
92
154
Qonunchilik
Qorako‘l tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida
Sportning olimpiya va milliy turlarini yanada rivojlantirish hamda mamlakat milliy terma jamoalarining ishonchli zaxiralarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Buxoro viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Buxoro viloyati Qorako‘l tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatini (keyingi o‘rinlarda maktab-internat deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: maktab-internat o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarori asosida amalga oshiruvchi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hisoblanadi; maktab-internatga o‘quvchilarni qabul qilish 2019/2020 o‘quv yilidan 5-sinfdan boshlab tashkil etiladi. 3. Maktab-internatning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash; davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari talablari asosida o‘quvchilarning ta’lim tayyorgarligini ta’minlash; zarur hollarda olimpiya sport turlari bo‘yicha xorijiy trenyerlar va mutaxassislarni taklif qilgan holda ilg‘or ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh sportchilarni tayyorlash borasida o‘quv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish; o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va texnik-taktik ko‘nikmalarini takomillashtirish, professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek sportni rivojlantirish xalqaro talablariga muvofiq holda O‘zbekiston milliy terma jamoalari zaxirasini tayyorlash darajasini oshirish; o‘quvchi-sportchilar va trenyerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun xorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish. 4. Buxoro viloyati hokimligi Qorako‘l tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatini Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, “Tojikent” MFY, Tojikent qishlog‘ida joylashgan Buxoro viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining bo‘sh turgan bino va inshootlariga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirish choralarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: bir oy muddatda maktab-internatning ustavi tasdiqlanishi, shuningdek, uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi; maktab-internatni zamonaviy pedagogik texnologiyalarini egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenyerlar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda 2020 — 2025-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari doirasida maktab-internatning bino va inshootlarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, 2019-yilda maktab-internatni ta’minlash xarajatlari uchun “Ta’lim” sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida ajratilishini ta’minlasin, 2020-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
129
3,811
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari, Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 6-apreldagi PQ-195-son hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining ayrim tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalarini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 11-apreldagi 170-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov o‘n kun muddatda Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati va Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari, Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 13-iyuldagi 437-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son, “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son va “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son, “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmonlari hamda “Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son, “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-son, “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 2-iyundagi PQ-5133-son va “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 6-apreldagi PQ-195-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi. 2. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini ma’qullagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi. 3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati investitsiya, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, respublikada qulay investitsiya muhitini saqlash, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish, eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarining eksport hajmlari hamda geografiyasini kengaytirish, hududlarning eksport salohiyatini oshirish va logistika bilan bog‘liq masalalarni hal etish, mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar o‘rtasida sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga yo‘naltirilgan. 5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi. Bosh vazir o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi. 6. Bosh vazir o‘rinbosariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-son va “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarorlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchilari bo‘ysunadi. 7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan tizimli monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish; 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish; keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturi doirasidagi vazifalarning amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash; Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini ko‘rish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, investitsiya loyihalari hamda davlat ilmiy dasturlarining amalga oshirilishini tashkil etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining bandligini ta’minlash va real daromadlari oshirilishini kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan, shu jumladan, ilg‘or tajribani o‘rganish asosida, zarurat bo‘lganda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash; ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektor subyektlariga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish; Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash; davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish; vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishining monitoringini amalga oshirish; Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya kotibiyati), Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Mahalliy sanoat kotibiyati), Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasida (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya), shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish; davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish; barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, rivojlanish davlat dasturlari, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga, shuningdek, eksport prognozlariga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish; Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishi hamda natijadorligini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazish. 8. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: a) investitsiya, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida nazarda tutilgan investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi va tashqi savdo yo‘nalishlarida boshqaruv tizimini takomillashtirish; yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va yuritish, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari hamda mamlakat hududlariga investitsiya kiritish hajmlari kengaytirilishini rag‘batlantirish, respublikada investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish; xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir tashkiliy-amaliy tadbirlarni muvofiqlashtirish; davlat investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirishda, shuningdek, yuqorida qayd etilgan dasturlarga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish; xorijiy investitsiyalarni, kreditlar va moliyaviy-texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb qilish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasi yuritilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli asosda investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda diversifikatsiyalashga doir takliflar ishlab chiqish; xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda oshirish borasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining rahbarlari hamda savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish; investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, investor tomonidan o‘zining investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilishini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish orqali mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining jalb qilinadigan kredit resurslari va texnik ko‘maklashish vositalaridan (grantlaridan), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan markazlashgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasida va xorijda mamlakatning iqtisodiy va investitsiya salohiyati to‘g‘risida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish uchun xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarini tashkil etishga ko‘maklashish; eng avvalo, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; Investitsiya portalining samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishlarini muvofiqlashtirish, portal kontentini muntazam yangilab borish, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, investorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish yakunlari va boshqalar haqida markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yuritish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga asosan tashkil etilgan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish; har bir hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoji, oldindan hisob-kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uyg‘otadigan boshqa axborot aks ettirilgan O‘zbekiston Respublikasining interfaol investitsiya xaritasini joriy qilish hamda uning faoliyatini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish; Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda investitsiya va tashqi iqtisodiy hamkorlik, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi xalqaro shartnomalarning loyihalari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini tashkil etish; tashqi iqtisodiy faoliyat aloqalari sohasida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati muvofiqlashtirilishida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, respublikani rivojlantirishning strategik maqsadlari va yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni tashkil etish hamda uning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; birinchi navbatda, tashqi savdo aylanmasining mutanosibligini ta’minlash, eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, tovarlar va xizmatlar importi hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish, bojxona-tarif va notarif siyosatini tartibga solishga doir takliflar tayyorlanishini tashkil qilish borasida yagona tashqi iqtisodiy siyosat yuritilishini muvofiqlashtirish; tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini tashkil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakunlari bo‘yicha tashqi savdo hamkorligi yuzasidan erishilgan kelishuvlar bajarilishining monitoringini amalga oshirish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga oid ishlab chiqilgan takliflarni baholash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘ziga xos tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziyalar berish ishlarini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida buyumlar va mahsulotlar eksporti bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish; tegishli vazirliklar va idoralar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari hamda tashqi iqtisodiy xavfsizligiga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan xulosalarni ekspert jihatidan ishlab chiqish hamda tayyorlashda belgilangan tartibda ishtirok etish; xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va nodavlat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etish; b) investitsiya dasturlari, xususan, hududiy rivojlanish investitsiya dasturlarining shakllantirilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilish sohasida: O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini, qisqa va o‘rta muddatli tarmoq hamda hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish tadbirlarini muvofiqlashtirish; investitsiyalardan samarali hamda oqilona foydalanish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqish; moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani iqtisodiy yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish sur’atlarining investitsiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojlar bilan bog‘liqligini ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqish; davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan investitsiya, moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning ijrosi yuzasidan monitoring yuritish; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sxemalarini ko‘rib chiqish; investitsiya loyihalari va boshqa hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining aniq investitsiya loyihalari bo‘yicha hujjatlarning ko‘rib chiqilishi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning samarali hamda eng maqbul sxemalarini tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlanishini ta’minlash; davlat, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, investitsiya dasturlari doirasida mablag‘lar jalb etilishi hamda o‘zlashtirilishi bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlar bajarilishi uchun tizimli va qat’iy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish; davlat va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini hamda muntazam yangilanishini ta’minlash; davlat va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi, investitsiya dasturlarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini, jumladan, joylarga borgan holda o‘rganish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar hamda takliflar tayyorlash; investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslari hamda hisob-kitoblari ishlab chiqilishi va moslashtirilishi bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muvofiqlashtirilishini, shuningdek, loyiha hujjatlari tayyorlanishi, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishni va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash; v) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, diplomatik vakolatxonalari va ularning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida: xorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar va imtiyozlar berish bo‘yicha vazirliklar, idoralarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va kelishilishini ta’minlash; mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq xorijiy, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish, ularning iqtisodiyotga keng kiritilishi uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish; xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan, investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari to‘g‘risidagi axborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazish; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning qisqa hamda o‘rta muddatli dasturlarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini muvofiqlashtirish, ularning vazirliklar va idoralar tomonidan o‘z vaqtida va samarali bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarning ishlab chiqilishini ta’minlash; texnik ko‘maklashish grantlari va mablag‘larini respublikaga jalb etish tadbirlarini muvofiqlashtirish; tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini tashkil etish, xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari bilan hamkorlik dasturiga kiritilgan investitsiya, grant va texnik ko‘maklashish loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish; xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, diplomatik vakolatxonalari va ularning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari ishlarini muvofiqlashtirish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtirish; investitsiya faoliyatini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda o‘zlashtirish borasida davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari, diplomatik vakolatxonalari faoliyatini baholashning reyting tizimi joriy etilishini ta’minlash; g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qaroriga muvofiq chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda, so‘yish texnologiyalarini joriy qilish, tayyor charm-poyabzal, charm-galantereya, mo‘yna, qorako‘l mahsulotlari hamda jun buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; d) erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish sohasida: “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-son Farmoni hamda “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-iyundagi PQ-4363-son va “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-son qarorlariga muvofiq maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab qilingan va importning o‘rnini bosuvchi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashish; sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shu jumladan, mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etish; investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etishni ta’minlash; erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini, respublika hududlarining mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va ulardan foydalanish asosida ularda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar va dasturlarni shakllantirish; erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritish; e) iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarini eksport qilish sohasida: yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko‘paytirish, tashqi bozorlarda yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; ichki va tashqi bozorlarni rivojlantirish tendensiyalarini chuqur tahlil qilish ishlarini muvofiqlashtirish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, eng avvalo, eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish, tashqi savdo bozorlarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish va davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan eksportning belgilangan prognoz parametrlari so‘zsiz bajarilishini tizimli nazorat qilish; mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tashqi bozorlarga chiqarish uchun qulay sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlariga eksport faoliyatini amalga oshirish hamda xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli barqaror savdo aloqalari o‘rnatishga ko‘maklashish; marketing tadqiqotlarini tashkil etish, eksportning asosiy nomenklaturasi, eksport qiluvchi tashkilotlarda marketing xizmatlari tashkil etilishi hamda ularning faoliyat ko‘rsatishiga uslubiy va amaliy ko‘maklashish bo‘yicha marketing va tahliliy sharhlar tayyorlash; iqtisodiyotning real sektorida eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil etilishi hamda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, qayd etilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishish yuzasidan takliflar va tadbirlar ishlab chiqish; j) hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida: yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko‘paytirish, tashqi bozorlarda yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobiga hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, tashqi bozorlardagi uzoq muddatli tendensiyalar natijalari va ularning tahlilidan kelib chiqqan holda, hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishning zamonaviy quvvatlarini, zarur transport-logistika infratuzilmasini tashkil etish hamda eksport qiluvchi tashkilotlarni amaliy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil qilish; hududiy darajada tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan eksportning belgilangan prognoz parametrlari so‘zsiz bajarilishini tizimli nazorat qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga asosan eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritilgan tadbirlarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etgan holda, hududlarda “sanoat klasterlari”ni tashkil etish; hududlarda eksportbop mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirishni tashkil qilishda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida hududiy bo‘ysunuvdagi tashkilotlar va boshqa turdosh tarmoqlar, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va istiqbolli rejalarni har tomonlama tahlil qilish hamda kompleks ekspertizadan o‘tkazish, ustuvor loyihalar va dasturlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, iqtisodiyot va eksportni rivojlantirishning tasdiqlangan parametrlariga so‘zsiz erishishni ta’minlash bo‘yicha takliflar hamda tadbirlar ishlab chiqish; hududiy bo‘sunuvdagi tashkilotlar tomonidan eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish va yuklab jo‘natish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishining nazoratini tashkil etish, ularga moliyaviy va boshqa resurslarni jalb qilish masalalarini, shuningdek, eksport faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini hal etishda ko‘maklashish; jahon va mintaqaviy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlarining konyunkturasi chuqur o‘rganilishini muvofiqlashtirish, shu asosda respublika hududlarida yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hamda eksport qilishni jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari, uzumni eksport qilish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli prognozlari, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; yangi uzilgan va qayta ishlangan mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarishni ta’minlash, yangi savdo bozorlarini topish hamda o‘zlashtirish, respublikada xalqaro meva-sabzavot yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tuziladigan shartnomalar doirasida ularni yetkazib berish hajmlari va geografiyasini monitoring qilish; eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan eksport mahsulotlarini yetishtirish va yuklab jo‘natish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringini ta’minlash, ularning faoliyatida yuzaga keladigan, shu jumladan, zarur moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga ko‘maklashish; mamlakatda yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan yangi infratuzilma obyektlarini tashkil qilish, sabzavot omborlari va sovitish qurilmalarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, zamonaviy idish-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish; z) oliy darajadagi tashriflar natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: “yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan, eksport kelishuvlarining to‘laqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatish; “yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash, to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish; vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini sun’iy ravishda cho‘zish va sansalorlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish; i) eksport faoliyatini moliyaviy va sug‘urta jihatidan qo‘llab-quvvatlash sohasida: eksport qiluvchi tashkilotlarning moliyaviy resurslardan foydalanishini ta’minlash ishlarini tashkil etish, noxomashyo eksport hajmlari, milliy eksportchilar va ularning mahsulotlarini xarid qiluvchi mamlakatlar sonini ko‘paytirishga ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son va “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qarorlariga muvofiq respublikada va xorijda xalqaro standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish tizimlarini joriy qilish, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish uchun eksport qiluvchi tashkilotlarga maqsadli moliyaviy ko‘maklashish mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish; mahalliy eksportni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va sug‘urtalash mexanizmlarini muvaffaqiyatli joriy qilgan xorijiy davlatlar tajribasi inobatga olingan holda, eksportoldi va eksportni moliyalashtirishni, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash mexanizmlari, jumladan, xalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda joriy etilishini ta’minlash; savdoni moliyalashtirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlarining qarzlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish; k) O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (keyingi o‘rinlarda — JST) qo‘shilishi sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmonida belgilangan vazifalar hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lish va boshqa ko‘p tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari talablariga muvofiq moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; Vazirlar Mahkamasining “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 28-maydagi 339-son qaroriga muvofiq Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya faoliyatini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasining JSTga qo‘shilishi bo‘yicha muzokara jarayonida O‘zbekiston Respublikasi vakillarining ishtirok etishini muvofiqlashtirish, uning kotibiyati bilan o‘zaro hamkorlik qilish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tashqi savdo sohasida ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama bitimlar (shartnomalar) tuzish; O‘zbekiston Respublikasining JSTdagi maslahatchisi-vakili va JST tuzilmalari bilan ishlash bo‘yicha birinchi kotibi, O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi (Shveysariya Konfederatsiyasi) BMT Bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakili faoliyatini muvofiqlashtirish; l) transport-logistikani rivojlantirish sohasida: investitsiyalarni jalb qilish hamda o‘zlashtirish va tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish; xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yuk tashish transporti oqimlarini maqbullashtirish, xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish; transport sohasida investitsiya, eksport va xalqaro yo‘nalishlarda logistika tizimida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash, innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish; m) O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish sohasida: xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni (siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar) rivojlantirish, ushbu masalalarda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish; xorijiy davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalaridagi munosabatlarni qisqa va o‘rta muddatli rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflariga axborot-tahliliy materiallar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanadigan xalqaro shartnomalar, investitsion kelishuvlar va eksport kontraktlar loyihalarini tayyorlashni muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga oliy va yuqori darajadagi tashriflari, shuningdek, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining ishlarini muvofiqlashtirish; xorijiy davlatlar bilan hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish; hukumatlararo komissiyalarning (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislari yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar hamda qabul qilingan bayonnoma qarorlar vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishini nazorat hamda monitoring qilish; n) mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish sohasida: iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish hamda ilm-fan, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini qamrab olgan “sanoat klaster”larini tashkil etish; mahalliy xomashyo hamda materiallardan samarali foydalanish asosida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishni ta’minlaydigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tashkil etish; “qo‘shimcha qiymat zanjirlari”ni kengaytirish, ishlab chiqarish tannarxi va xarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish; tarmoqlarning ichki va tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, korxonalarni global ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish; mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ko‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish maqsadida xalqaro standartlarga muvofiq texnik reglament loyihalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish; iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlarda texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish; xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni joriy etish, qo‘llash hamda texnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etish darajasidan kelib chiqqan holda, korxona va tarmoq rahbarlariga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar ko‘rib borish; xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, notarif mexanizm va usullarni joriy qilish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish; o) mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari sohasida: iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish; iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda mahalliy sanoatda texnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish; hududlarning tabiiy xomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, mahalliy sanoatni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash; mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnik rivojlanish darajasini oshirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash. p) innovatsion rivojlantirish masalalari sohasida: hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati barqaror o‘sishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan ustuvor sohalar va tarmoqlar innovatsion rivojlanishining bo‘lajak modellarini, innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish jarayonini muvofiqlashtirish; mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik dasturlariga, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilm-fanni ko‘p talab qiladigan texnologiyalarga bo‘lgan real ehtiyojlariga muvofiq ilmiy hajmdor texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini hamda davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirilishini ta’minlash, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini, shuningdek, mahalliy ilm-fan natijalarining raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlashda intellektual salohiyatdan samarali foydalanishni tashkil etish; ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy laboratoriya bazasining jihozlanish darajasini oshirish, ularni zarur butlovchi va sarflash materiallari bilan uzluksiz ta’minlash, jamoaviy foydalaniladigan ilmiy laboratoriyalar, tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilmani yaratish choralarini ko‘rish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son Farmoniga muvofiq vazirlik va idoralarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan milliy reyting tizimini joriy etilishi, ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirilishi hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilinishini tashkil etish; ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining ilmiy-texnik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani va ilmiy-tadqiqot ishlari sohasidagi vazifalarni hisobga olgan holda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoni va “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qaroriga muvofiq milliy ilm-fan va innovatsiya tizimini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rnini oshirish, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish choralarini ko‘rish. 9. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Bosh vazir tomonidan ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi; mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi; tegishli vazirliklar, qo‘mitalar va boshqa davlat organlari rahbarlari, hokimlar o‘rinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi; tegishli yil uchun qabul qilingan davlat dasturi amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlari va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor vazifalari hamda dasturlari, iqtisodiy islohotlar bajarilishini muvofiqlashtiradi; Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyaga bevosita rahbarlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoni bilan tashkil etilgan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga raislik qiladi; mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek, hududlar va boshqa tashkilotlarning o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; aniq sohalar va yo‘nalishlarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi; yil choraklari bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning tejab qolingan va o‘zlashtirilmagan limitlarini qayta taqsimlash, birinchi navbatda, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha takliflar tayyorlanishini ta’minlaydi; erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchisining maqomini to‘xtatib turish yoki undan mahrum etish, maxsus iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari va direksiyalari yoki boshqa tashkilotlarning investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagani to‘g‘risidagi asoslangan taqdimnomalari bo‘yicha ma’muriy kengashlarning erkin iqtisodiy zonalar hududida xo‘jalik subyektlarini joylashtirish haqidagi qarorlarini bekor qilish tashabbuslarini ilgari suradi; Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiya faoliyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi; jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi; Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, uning o‘rinbosarlari va mutaxassislari, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati mudiri va mutaxassislari hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi boshlig‘i va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi; Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, uning o‘rinbosarlari va mutaxassislari, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati mudiri va mutaxassislari hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi boshlig‘i va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi; Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyada kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi; tegishli komissiyalarga (kengashlarga) rahbarlik qiladi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etish hamda ularning o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi. 10. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlar kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari bo‘yicha — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning o‘zi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish; davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish; “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish. Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak. Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir. 11. Bosh vazir o‘rinbosari: o‘ziga yuklangan, ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va mutasaddilik qilinadigan, Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiya vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari oldiga bevosita qo‘yilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi; o‘zi rahbarlik qiladigan Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyadagi ishlarning holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi; oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari bo‘yicha uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi; tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishining monitoringi olib borilishi; joylardagi real ahvolni doimiy o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liq holda, puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazorat ta’minlanishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi. 12. Bosh vazir o‘rinbosarining ishlari “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Resp
250
63,752
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
“Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 4-bandning oltinchi xatboshi “shuningdek, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa obyektlarning barqaror ishlashini, terrorchilik harakatlari oqibatlarining tugatilishini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 6-bandning ikkinchi xatboshi “halokatlar” so‘zidan so‘ng “terrorchilik harakatlari” so‘zlari qo‘shilsin.
108
782
Qonunchilik
Fohishalik bilan shugʻullanganlik uchun jarimalar oshirildi
9.01.2018 yildagi OʻRQ-514-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli tuzatishlar kiritildi. Bunday huquqbuzarlik uchun jarimaning yangi miqdori 3 EKIHdan 7 EKIHgacha etib belgilandi (ilgari – 1 EKIHdan 3 EKIHgacha edi), ya’ni material berilgan sanada 608 190 soʻmdan 1 419 110 soʻmgacha boʻlgan miqdorni tashkil qiladi. Undiruvdan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jarima ham oshirildi. Buning uchun 7 EKIHdan 10 EKIHgacha (ilgari – 3 EKIHdan 5 EKIHgacha edi), ya’ni 1 419 110 soʻmdan 2 027 300 soʻmgacha (material berilgan sanada) jarima undiriladi. Mazkur holatda huquqbuzarlar 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa ham olinishi mumkin.     Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 10.01.2019 yildan kuchga kirdi.     Oleg Zamanov.
59
792
Qonunchilik
Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha yuqori malakali hamda zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirgan trener, hakam, seleksioner va boshqa mutaxassislarni tayyorlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5279-son qaroriga muvofiq: 1. Quyidagilar: professional ta’lim tizimini tamomlagan bitiruvchilar uchun o‘qish davomiyligi uch yil hisoblanadigan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil qilinganligi; Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan yoshlarni ularning sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: ta’limning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini joriy qilgan holda va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, jumladan Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi hamda O‘zbekiston sport ustasi, shuningdek, O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlash; jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda o‘quv mashg‘ulotlarining innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish; talabalarning kasbiy moyilligi, mahorati va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish; talabalarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash, bu borada sport zaxirasi va milliy terma jamoalar tarkibini shakllantirishda ishtirok etish; sport sohasiga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish; ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish; istiqbolli bitiruvchi sportchilarni chet el sport va ilmiy-tadqiqot muassasalariga o‘qishga yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish; zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi hamda ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish. 3. Belgilansinki: Institutda o‘quv jarayoni 2023/2024 o‘quv yilidan boshlanadi; Institutga talabalarni qabul qilish Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari (qoida tariqasida a’lo va yaxshi baholarga ega bo‘lgan iqtidorli o‘quvchi-sportchilar orasidan) asosida amalga oshiriladi; Institutga talabalarni qabul qilish shaffof va ochiq tanlov asosida o‘tkaziladi; Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi; Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari davlat buyurtmasi sifatida har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib, hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasida shakllangan Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari asosida shakllantiriladi; Institut bitiruvchilariga tanlangan sport turi bo‘yicha “trener” va “trener-seleksioner” mutaxassisliklari beriladi. Institut bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi; Institut talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi; Institut talabalarini yashash uchun jihozlar, sutkalik oziq-ovqat normasi bilan ta’minlashda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarining normativlari tatbiq etiladi; Institut Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiradi. 4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin: Davlat budjeti mablag‘lari; xo‘jalik faoliyati bo‘yicha va shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan tushumlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin: ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash; o‘quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish; professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasini mustaqil me’yorlashtirish, shuningdek, trenerlar va pedagog xodimlar tomonidan o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini, “ustoz-shogird” an’analari joriy qilinishini rag‘batlantirib borish. 6. Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 7. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) 2023/2024 o‘quv yiliga qadar: Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rsin; Institut tuzilmasini oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlasin; Institutning bo‘limlari, fakultetlari va kafedralari shakllantirilishini, uning ta’lim tizimi va jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilimlarga, shuningdek, amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislar, jumladan xorijiy mutaxassislar bilan to‘ldirilishini, o‘qituvchilar, trenerlar va mutaxassislarning professional ko‘nikmalari va bilim darajalarini uzluksiz oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin; zarur o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik materiallar va qo‘llanmalar ishlab chiqilishini ta’minlasin; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida tayyorlanadigan kasblar (mutaxassisliklar)ning malaka talabi va o‘quv rejalarini professional standartlar asosida takomillashtirsin. 8. Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda: Institut talabalarining sport tayyorgarlik mashg‘ulotlarini yuqori darajada tashkil etish maqsadida sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar bosh trenerlarini Institutning o‘quv-mashq jarayonlariga jalb qilish; Institut talabalarini sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq yil davomida uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga jalb etish hamda xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 9. Institut tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan: Axborot-resurs markazi; Tibbiyot bo‘limi tashkil qilinsin. Sportni rivojlantirish vazirligi: a) 2023/2024 o‘quv yiliga qadar Axborot-resurs markazining mahalliy hamda xorijiy o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘ldirilishini ta’minlasin; b) Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda: 2023/2024 o‘quv yiliga qadar Institutning tibbiyot bo‘limini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin; Institutning musobaqalarga tayyorgarlik va musobaqalar davrida katta jismoniy yuklama ostida harakat qiladigan sportchi-talabalarini tezkorlik bilan tiklab olish uchun farmakologik ko‘mak berish maqsadida 2023-yildan boshlab har yili dekabr oyiga qadar zarur dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha Moliya vazirligiga asoslantirilgan hisob-kitoblarni taqdim etsin. 10. Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Institutni Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 17a-uy manzili bo‘yicha joylashtirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin. 11. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Institut faoliyatini saqlash bilan bog‘liq zarur mablag‘larning 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin. 12. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov, sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi A.K. Karimov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
85
9,046
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING FARMOYISHI
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrining sanoat salohiyatini yanada oshirish, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish orqali zamonaviy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadida: 1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-yanvardagi 3-F-son farmoyishiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur farmoyish talablaridan kelib chiqib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va “Narimteks” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida hamda Marg‘ilon shahar hokimligi ishtirokida 2019-yil 7-yanvarda tuzilgan 138-son oldi-sotdi shartnomasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bir oy muddatda qo‘shimcha kelishuv tuzilishini ta’minlasin. 3. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikii qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. 1. 1-band qo‘yidagi tahrirda bayon qilinsin: “Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, “Rohat” MFY, B. Marg‘iloniy ko‘chasi 440-uyda joylashgan bino va inshootlarini (keyingi o‘rinlarda — obyekt) “Uzwoolentex” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasiga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotish to‘g‘risidagi taklifi maqullansin”. 2. 2-bandda: a) birinchi xatboshidagi “Narimteks” mas’uliyati cheklangan jamiyati” so‘zlari “Uzwoolentex” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “obyektga 2022-yil 31-dekabrga qadar kamida 15 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali texnologik asbob-uskunalar sotib olish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish hisobidan loyihaning 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘liq ishga tushirilishini ta’minlash”; v) to‘rtinchi xatboshidagi “500” raqami “700” raqami bilan almashtirilsin. 3. 3-bandda: a) birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Farg‘ona viloyati hokimligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qarorning 2-bandida belgilangan shartlarda “Uzwoolentex” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini hamda qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring yuritilishini;”; v) uchinchi xatboshidagi “Narimteks” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga” so‘zlari “Uzwoolentex” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
58
3,363
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi Qonuniga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga o‘zgartishlar kiritilsin: 1. “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF–2240-son Farmoniga: 4-banddagi “Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi raisi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; Farmon 1-ilovasi 34-bandining o‘ninchi xatboshidagi “Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining, ichki qo‘shinlar” hamda “praporshchiklari, michmanlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin, “muddatga qo‘shimcha xizmat qilayotgan” degan so‘zlar esa “kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; Farmon 1-ilovasi 34-bandining o‘n ikkinchi xatboshidagi “praporshchiklar, michmanlar” va “Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni ilovasiga; II bo‘limdagi 6-band chiqarib tashlansin; 7 — 11-bandlar tegishli ravishda 6 — 10-bandlar deb hisoblansin.
93
1,304
Qonunchilik
Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Turizm sohasini jadal sur’atlarda tiklash va mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng uni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini shakllantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6002-son Farmoniga muvofiq: 1. Belgilansinki: b) joylashtirish vositalari tomonidan, shu jumladan xalqaro bronlashtirish maydonlarida muvofiqlik belgisidan (yulduzlar) noqonuniy foydalanganlik holati mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish uchun berilgan sertifikatning amal qilishini qoidabuzarlikning belgilangan tartibda bartaraf etilguniga qadar to‘xtatib turish uchun asos bo‘lib hisoblanadi; v) 2020-yil 1-avgustdan boshlab: reyslar soni va yo‘nalishlari bo‘yicha cheklovlarni bekor qilishni, shuningdek, xorijiy aviakompaniyalarga beshinchi darajadagi “havo erkinligi”ni taqdim etishni nazarda tutuvchi “Ochiq osmon” rejimi “Andijon”, “Buxoro” va “Urganch” xalqaro aeroportlarida xalqaro huquq normalariga muvofiq joriy etiladi; xorijiy aviakompaniyalar ularning tegishli hujjatlarini tekshirish natijalariga ko‘ra Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) uchish xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha standartlariga muvofiq bo‘lishi sharti bilan havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning mavjudligidan qat’i nazar “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan xalqaro aeroportlarga doimiy qatnovlarni amalga oshira oladi; mamlakatning “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan xalqaro aeroportlariga qatnovlarni amalga oshirayotgan xorijiy aviakompaniyalarga tarif va yig‘imlar uch yil davomida O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan aviakompaniyalar uchun belgilangan miqdorda qo‘llaniladi; investorlarning yo‘lovchi tashuvchi yangi dor yo‘llarini tegishli xavfsizlik darajasini ta’minlagan holda qurish va jihozlash uchun yo‘naltirilgan xarajatlarining bir qismi ularni 2023-yil 31-dekabrga qadar foydalanishga topshirish va uzunligi bir tomonga kamida 500 metr bo‘lish sharti bilan har bir 500 metr yo‘l uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Budjetdan tashqari jamg‘arma) ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 1 milliard so‘m miqdorida qoplanadi. Belgilansinki, bunda yo‘lovchi tashuvchi yangi dor yo‘llarini qurish va jihozlash bo‘yicha dastlabki 50 ta loyihaga yo‘naltirilgan investorlar xarajatlarining bir qismi qoplanadi; turistik zonalar va qishloq joylari hududida tegishli standartlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qurilish vazirligining namunaviy loyihalari bo‘yicha joylashtirish vositalarini tez quriladigan konstruksiyalar (o‘tovlar, konteynerlar, sendvich panellar) bilan qurish uchun tadbirkorlik subyektlari xarajatlarining bir qismi bunday tipdagi joylashtirish vositalarining joylari soni 50 mingtaga yetguniga yoki 2023-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan har bir joy uchun 5 million so‘mgacha miqdorda qoplanadi; 2020-yil 31-dekabrga qadar “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” (“O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat KAFOLATLANGAN”) tizimining xavfsiz obyektlari reyestriga kiritilgan, turizm va yondosh infratuzilma obyektlarining bino va inshootlarida sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkilotlari tomonidan dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya hamda yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining oldini olish va darajasini pasaytirishga qaratilgan epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xo‘jalik subyektlarining xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi; shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonida ular turizm infratuzilmasini rivojlantirish qismida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan majburiy kelishiladi; gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarning xizmatlari o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi; g) 2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulga qadar nodavlat (xususiy) muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandchilik markazlarining asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda turizm sohasi subyektlarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin: turistlar uchun “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimini joriy etish; O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan turoperator tomonidan “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi talablariga rioya qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga 3 ming AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lovlarini to‘lab berish mexanizmlarini joriy qilgan holda Xavfsiz turizm jamg‘armasini tashkil etish. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq turoperatorlar tomonidan xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatish karantin davrida faqat “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimining xavfsiz obyektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma obyektlarida tashkil qilinadi. Belgilansinki: Xavfsiz turizm jamg‘armasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining 20 milliard so‘m miqdordagi dastlabki to‘lovi, shuningdek, “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi doirasida joriy etilayotgan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tish uchun to‘lanadigan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi to‘lov hisobidan shakllantiriladi; 2022-yil 1-yanvarga qadar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Xavfsiz turizm jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘larning qoldiq miqdori Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi hamda Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibida belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltiriladi; xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarda “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi majburiy tartibda joriy etiladi; xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatishda “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimida belgilangan shart va talablarning buzilishida aybdor bo‘lgan tashkilotlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda 2021-yil 1-yanvaridan boshlab xorijiy fuqarolar uchun viza rejimini yanada liberallashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan salmoqli kapital, yuqori akademik bilimlar yoki o‘ziga xos ko‘nikmalarga ega shaxslarni O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qilishga jalb etishni nazarda tutuvchi “Uzbekistan — my second home” (“O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim”) immigratsiya dasturini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin. 5. Belgilansinki: a) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tuziladigan turistik-rekreatsion zonalarini (keyingi o‘rinlarda — turistik zonalar) rivojlantirish hamda ularning faoliyatini tashkil qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi va quyidagi qo‘shimcha vazifalarni amalga oshiradi: turistik zonalarning samarali boshqaruvini tashkil qilish; turistik zonalar hududida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur investitsiyaviy shart-sharoitlarni yaratish; turistlarning maqsadli toifalari orasida turistik zonalarning salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha marketing ishlarini olib borish; b) O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri turistik zonalar ma’muriy kengashiga rahbarlik qiladi; v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq turizm sohasidagi davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi Budjetdan tashqari jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun yo‘naltiriladi; g) turistik zonalar hududida joylashgan va davlatga tegishli bo‘lgan mulkiy komplekslarni sotishdan tushadigan mablag‘larning 50 foizi hamda yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi: 75 foizi — tegishli turistik zonalar direksiyalari hisobiga; 25 foizi — Budjetdan tashqari jamg‘arma hisobiga; d) turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes g‘oyalarni inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlariga qabul qilish uchun nomzodlarni tanlash bo‘yicha Maslahat kengashi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari kiritiladi. 6. “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi ma’muriy kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 2020-yilda koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning salbiy ta’sirini kamaytirish hamda mamlakatning ichki va tashqi turizm, sport salohiyatini targ‘ib qilish, kitoblar xarid qilish, turizm elchilari faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Budjetdan tashqari jamg‘armaga kamida 10 milliard so‘m mablag‘ ajratsin; 2020-yil 1-iyulgacha “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida 2020-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun universitetning yarim yillik ish haqi fondi miqdoridagi mablag‘larni Budjetdan tashqari jamg‘armaga o‘tkazib bersin; 2021-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Budjetdan tashqari jamg‘armaga mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilishni moliyalashtirish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining asoslantirilgan talabnomasiga muvofiq mablag‘ ajratilishini ta’minlasin; 2020-yil 1-oktabrgacha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda turizm sohasi subyektlari xizmatlari tannarxini pasaytirish maqsadida ularga qo‘shimcha soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, shuningdek, subsidiyalar ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin: muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan tashqari turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish uchun ajratilgan salohiyatli o‘rmon fondi hududlarini rejalashtirish va loyihalashtirish; suv omborlari va o‘rmon xo‘jaliklarida turizm turlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Hukumat qarorlarining ijrosini monitoring qilish; respublika kinolokatsiyalarini, shu jumladan jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda xorijda targ‘ib qilish. 10. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, Madaniyat vazirligi, “Uzbekistan Airports” AJ va “Uzbekistan Airways” AJning “Andijon” xalqaro aeroportiga “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomini berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda mamlakatning hududiy xalqaro aeroportlariga eng yaxshi nomlarni aniqlash bo‘yicha ommaviy tanlovni e’lon qilsin va uning natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan aviakompaniyalarning murojaatlariga ko‘ra ularga parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralarga rioya qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvlariga muvofiq tayinlangan (shu jumladan qo‘shimcha tarzda tayinlangan) aviakompaniya maqomini belgilangan tartibda bersin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi yagona tizimni yaratish va joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasini turistik yig‘im hisobini yuritishning yagona tizimi (keyingi o‘rinlarda — Yagona tizim) bilan integratsiyalash; Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan, shu jumladan bronlashtirish tizimining dasturiy mahsulotlarini tahlil qilish orqali joylashtirish vositalarining bandligini o‘rganish va turistik yig‘imlarning to‘liq tushumi ustidan kameral nazoratni amalga oshirish; turistik yig‘im to‘lovini qabul qilish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan muvofiqlashtiriladigan axborot markazlarida Yagona tizimning faoliyat yuritishi; Yagona tizimni mahalliy mobil to‘lov dasturlari va xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyalash; Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari ma’lumotlari bazasini ma’lumotlarni uzatish rejimida Yagona tizim bilan integratsiyalash; Yagona tizimdan foydalangan holda, turistik yig‘im to‘lovining to‘langanligini tekshirish orqali xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakat hududida bo‘lishi hamda undan o‘z vaqtida chiqib ketishini nazorat qilish mexanizmini yo‘lga qo‘yish; statsionar davolash xizmatlarini ko‘rsatuvchi davolash muassasalarini Yagona tizimga ulash bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya talablarini belgilash. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda ikki oy muddatda Yagona tizimni yaratishning texnik topshirig‘ini ishlab chiqsin. Belgilansinki, Yagona tizim loyihasi davlat organlarining axborot tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni jalb qilgan holda, Budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ishlab chiqiladi. 13. Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ro‘yxatga olingan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ushbu hududlarda xizmat ko‘rsatish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona bojini amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida, qolgan qismini olib kirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida to‘lashga ruxsat etilsin. Belgilansinki, bunda ushbu transport vositalariga davlatning ro‘yxatga olish raqam belgilarining alohida seriyalari beriladi va ulardan tegishincha faqat Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hududida foydalanishga ruxsat etiladi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi uch oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: a) Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida turistik zonani yaratish va rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini: yangi “Orom qirg‘og‘i” (“Leisure Coast”) turistik zonasida suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish; Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga yo‘lovchilarni tashish uchun temir yo‘llarni yotqizish qiymatining dastlabki hisob-kitoblarini qilish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, doimiy avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish; tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirish; b) Navoiy va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda To‘dako‘l ko‘li hududida turistik zonani tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish, temir yo‘l stansiyalarini qurish maqsadga muvofiqligini o‘rganish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ko‘lga yo‘lovchilarni tashish uchun doimiy avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini; v) Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda Zomin tumanida umummavsumiy, qishki va yozgi dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini. 15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligining quyidagi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin: fuqarolarning faol dam olishini tashkil etish (shaharda yurish, terrenkur, trekking va xayking), kasallanish darajasini, shu jumladan yurak xastaliklarini kamaytirishni nazarda tutuvchi “Piyoda turistik marshrut”; xorijiy mamlakatlar fuqarolariga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarni tizimlashtirish va turlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi “Uzbekistan — hope and healing land” (“O‘zbekiston — umidli va shifobaxsh zamin”) tibbiy turizm dasturini rivojlantirish; respublikaning madaniy meros obyektlari hududlarida belgilanmagan joylarda chiqindi tashlaganlik uchun jarimalarni oshirish, elektr ta’minotiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish, chiqindini utilizatsiya qilish, suv resurslaridan unumli foydalanishni nazarda tutuvchi “Clean&Eco”. 16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvardan boshlab “G‘ishtko‘prik” (Toshkent viloyati) va “Xayraton” (Surxondaryo viloyati) xalqaro nazorat-o‘tkazish punktlarida mavjud infratuzilma doirasida chegaradan tezkor o‘tish mexanizmlari — “Fast track” xizmatini quyidagilarning tashkil etilishini nazarda tutgan holda joriy qilsin: avtotransport vositalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslarning navbatdan tashqari pasport va bojxona nazorati jarayonlarini tezlashtirgan tartibda amalga oshirish uchun alohida yo‘lak; jismoniy shaxslarning dam olishi va hordiq chiqarishi uchun shart-sharoitlar, shu jumladan onalar va bolalar xonalari, ovqatlanish shoxobchalari hamda tijorat banklari filiallarini tashkil qilish va valyuta ayirboshlash uchun bankomatlar o‘rnatgan holda “VIP” zallar. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin: a) “VIP” zallarni qurish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hisobidan qoplanadi; b) “Fast track” xizmati pullik asosda, shu jumladan, chegarani kesib o‘tishdan oldin 90 kun mobaynida oldindan to‘lov qilish yoki mobil ilovalar orqali to‘lash imkoniyatini yaratgan holda amalga oshiriladi; v) xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi: 80 foizi — Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hisobiga; 20 foizi — Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari hisobiga. O‘zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro nazorat-o‘tkazish punktlarida “Fast track” xizmatini joriy qilish, ularning o‘tkazish oqimini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan grafik asosida amalga oshiriladi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining mamlakatdagi turistik zonalarga avtotransport vositalari (jamoat va maxsus transportlar, shuningdek, turistik zonalar hududida yashovchi aholining avtotransport vositalaridan tashqari) bilan kirish uchun yig‘im undirish mexanizmini joriy qilish bo‘yicha takliflariga rozilik berilsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: a) ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlasin: xorijiy oshxona yoki alohida yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashgan tematik ovqatlanish shoxobchalarini, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etish yuzasidan loyiha tashabbuskorlariga grantlar ajratish; yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish uchun gid va turoperatorlarga grantlar ajratish; turizm sohasi subyektlarining foiz xarajatlarini subsidiyalash; joylashtirish bo‘yicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash; turoperatorlar va turagentlarga O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan va xizmat ko‘rsatilgan har bir xorijiy turist uchun rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratish; havo va temir yo‘l chiptalari uchun turoperatorlarning xarajatlarini qisman subsidiyalash; mehmonxonalarning toifa olish va uni ko‘tarish uchun renovatsiya, rekonstruksiya hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha xarajatlarini qoplash; turizm maqsadida yo‘lovchi tashuvchi yangi dor yo‘llarini qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarini qoplashga mablag‘ ajratish; O‘zbekiston Respublikasi hududida sayohat davomida xorijiy turistlar koronavirus (COVID-19) infeksiyasini yuqtirib olgan taqdirda, ularga kompensatsiya to‘lovlarini to‘lab berish; “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi doirasida ixtiyoriy sertifikatlash, shuningdek, sertifikatlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish; “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimining xavfsiz obyektlari reyestrini yuritish; b) bir oy muddatda turizm hududlariga transport vositalari bilan kirish uchun yig‘im undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni yig‘imni undirishning aniq mexanizmlari va miqdorlarini, shuningdek, yig‘imni tegishli turistik zona Direksiyasiga yo‘naltirishni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; v) ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga quyidagi takliflarni kiritsin: ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun davlat boji miqdorini oshirish; ov qurolini va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek, tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdorini oshirish. 19. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi: koronavirus pandemiyasining turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishini inobatga olgan holda va xavfsiz turizmni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratib, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga umumiy belgilangan shtatlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritsin; kelajakda inqiroz holatlarini prognoz qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqish uchun, shuningdek, ularning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha oldini olish choralarini amalga oshirish maqsadida har oyda yuzaga kelgan pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni kompleks tahlil qilsin; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin. 21. Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 22. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati quyidagi mazmundagi 37-band bilan to‘ldirilsin: “37. O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlari, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy axborot vositalarining reklamalar, reportajlar va boshqa roliklarni tayyorlash va translatsiya qilish bo‘yicha xizmatlari”. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4095-son qarorida: 3-bandining “b” kichik bandidagi “2022-yil 1-yanvargacha” so‘zlari “2023-yil 31-dekabrgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-band “mehmonxona brendlarining top-50” so‘zlaridan keyin “va mehmonxona tarmoqlarining top-5” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4583-son qarorining 6 va 9-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
176
26,062
Qonunchilik
Tadbirkorlarni rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar bekor qilinadi
Aralashuvni qisqartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish Hujjat davlat siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib quyidagilarni belgilab berdi: - kichik biznes va хususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, - ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, - huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmaslik. Davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalarga tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyili asosida yuqoridagi talablarni soʻzsiz amalga oshirilishini ta’minlash topshirildi. Normativ bazani mustahkamlash Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, хususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslarini ta’minlash sohasida Dasturda bir qator qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish nazarda tutiladi, shu jumladan: Sudlar rolini oshirish Dasturda tadbirkorlik sub’yektlariga va ularning хodimlariga nisbatan ma’muriy jazolarni qoʻllash borasidagi vazifa va vakolatlarni bosqichma-bosqich nazorat qiluvchi organlardan sud organlariga oʻtkazish rejalashtirilgan. Xoʻjalik sudlari tizimiga, qabul qilingan qarorlarning veb-saytlarda e’lon qilinishini, hakamlar sudi qarorlarini majburiy ijro etishga ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza berishda tadbirkorlik sub’yektlarini davlat boji toʻlashdan ozod etishni ham oʻz ichiga oladi. Tadbirkorlik huquqlarini himoya qilishda sudlarning betaraf va хolis boʻlishiga sud majlislarida audio va video qayd etish meхanizmlarini joriy etish, qabul qilingan qarorlarning veb-saytlarda e’lon qilinishini ta’minlash orqali erishiladi (2017-2018 y.). Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaхsiy javobgarlik vazirliklar va idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari zimmasiga yuklatiladi Tekshiruvlar kamayadi, jazo choralari yumshaydi Farmonda 01.01.2017 yildan boshlab quyidagilar nazarda tutilgan: - tadbirkorlik sub’yektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi. Yuridik shaхslar tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslarning qonunchilik buzilganligi holatlari boʻyicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq oʻtkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasnodir; - tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi; - tadbirkorlik sub’yektlari va ularning хodimlari ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qoʻllanilishidan quyidagi shartlar asosida ozod etiladilar: - noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaхslar quyidagi shartlar asosida ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladilar: - tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qoʻllanilmaydi; - хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korхonalariga ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish vaqtida amalda boʻlgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini (resurs va bojхona toʻlovlari bundan mustasno) besh yil mobaynida qoʻllash huquqi beriladi; - tadbirkorlik sub’yektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza bergan taqdirda davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar; - tadbirkorlik sub’yektlarining eksport kontraktlarini davlat bojхona хizmati organlarida hisobga qoʻyish borasidagi talab bekor qilinadi. Valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan. - Oʻzbekistondan eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat ilgari хuddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan arizachiga bir ish kuni mobaynida beriladi.  Xizmat — koʻproq, ruхsat berish hujjatlari — kamroq  Tadbirkorlik sub’yektlariga faqat davlat хizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar orqali “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatiladigan davlat хizmatlari roʻyхati kengaytirilishi kerak. Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda tegishli takliflar kiritilishi lozim. Eslatib oʻtamiz, yuqoridagi roʻyхat Prezidentning 28.09.2015 yildagi PQ–2412-son qarori bilan tasdiqlangan va 16 хil davlat хizmatlarini oʻz ichiga oladi. Uch oy muddatda Hukumatga eskirib qolgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan ruхsat beruvchi hujjatlarni bekor qilish hamda ruхsat berish tartib-taomillarining muddatlarini qisqartirish yuzasidan takliflar kiritilishi lozim. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz ________________ *  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilish boʻyicha kontraktlar bundan mustasno.
72
5,442
Qonunchilik
Mehmonхonalar yangi standartlar boʻyicha ishlaydi
«Oʻzstandart» agentligi tomonidan O’zDSt 3296:2018 Davlat standarti tasdiqlandi. «Turistik хizmatlar. Mehmonхonalar va boshqa joylashtirish vositalari. Tasniflash tizimi». 2018 yilning 1 avgustidan boshlab standart talablari mehmonхona хizmatlarini koʻrsatadigan tashkilotlarni sertifikatlash va inspeksion nazorat qilish uchun majburiy boʻladi, deb хabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi. Hujjat bilan joylashtirish vositalarining tutash hududlari, binolari, хonalari, mehmonхona uylari, teхnik uskunalari va jihozlari, хodimlari, aхborot ta’minoti, хizmatlariga talablar belgilandi.   Oʻz kuchini yoʻqotayotgan  GOST 28681.4.-95 dan farqli ravishda, yangi standart nafaqat mehmonхonalar va motellar, balki apartotel, apartamentlar (rezidensiya) kompleksi, lyuks хonali mehmonхonalar, spa-mehmonхonalar, butik-otellar va boshqa shunga oʻхshash joylashtirish vositalarini ham tasniflashni hisobga oladi.
49
920
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-366-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 30-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-366-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
153
698
Qonunchilik
Deklarantlarni qanday penya va jarimalar kutmoqda
Prezidentning PF-5969-son Farmoniga muvofiq, 2019 yil uchun jismoniy shaхslarning jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 1 avgustda tugaydi. Sizga jarima va penya solmasliklari uchun buxgalter.uz maslahatlaridan foydalaning. Yunusobod DSI bosh soliq inspektori Nizomiddin SULTONOV: – PF-5969-son Farmon e’lon qilinishidan avval deklaratsiya taqdim etgan soliq toʻlovchilar bor. Ularda qoʻshimcha hisoblangan summalar yuzaga kelgan, 2007 yil tahriridagi SK 193-moddasiga muvofiq ularni 1 iyungacha toʻlashlari kerak edi. Qoʻllarida toʻlov хabarnomasi bor. Biroq PF-5969-son Farmon e’lon qilingach, ularning ayrimlari qoʻshimcha hisoblangan summalarni toʻlashga shoshilmay, hanuzga qadar 1 avgustgacha vaqtimiz bor demoqdalar. Bu bilan jiddiy хatoga yoʻl qoʻymoqdalar, toʻlov хabarnomasi qoʻlingizga kelib tushgani sababli qoʻshimcha hisoblangan summalarni 1 iyungacha toʻlashingiz kerak edi, deya ogohlantirayotgan soliq inspektoriga quloq solishni istamayaptilar. Dastur avtomatik ravishda ularga penya hisoblaydi, uni ham toʻlashlariga toʻgʻri keladi. Chunki Farmonda deklaratsiyani taqdim etishning soʻnggi muddati koʻchirilgan, biroq qoʻshimcha hisoblangan summalarni toʻlash muddati haqida hech nima deyilmagan. Yana bir vaziyat: deklaratsiya taqdim etishi kerak boʻlgan fuqarolar orasida eng oхirgi kunga taqab soliq idorasiga bormoqchi boʻlganlar ham bor. «Hali ulguraman», «karantin tugaganda oʻzim boraman» deya hech shoshmayaptilar. Soliq inspeksiyasidagilar ular 31 iyulda ish kuni oхirlab qolganda kelsalar ham, deklaratsiyalarini qabul qilishga majburlar. Biroq qoʻshimcha hisoblangan summa yuzaga kelsa, qayerga boradilar? Ular bu haqda oʻylab ham koʻrmaydilar. Shu kuniyoq uni toʻlashga ulguradilarmi? Bu oddiy masala emas, ba’zida bir necha mln soʻm qoʻshimcha hisoblanishi mumkin. SKda deklaratsiya taqdim etishning soʻnggi kunidan (1 apreldan) keyin qoʻshimcha hisoblangan summalarni toʻlash uchun 2 oy muhlat beriladi. Biroq iyulning soʻnggi kunlarida deklaratsiya taqdim etganlarda bunday vaqt boʻlarmikin? PF-5969-son Farmonda faqat deklaratsiya taqdim etish muddati uzaytirilgan, qoʻshimcha hisoblangan summalarni toʻlash muddatlarini uzaytirish haqida hech nima deyilmagan. Bu borada vakolatli davlat organlari tushuntirish ham bermaganlar. Oʻtgan yillar tajribasidan kelib chiqib, 1 avgustdan keyin ham oʻzi keladiganlar topiladi deya olaman. 1 avgustdan keyin ba’zilarini oʻzimiz chaqiramiz. Deklaratsiyani kechiktirmay – 2020 yil 1 avgustgacha taqdim etgan holdagina soliq toʻlovchilar MJTK 174-moddasida nazarda tutilgan jarimani toʻlamaydilar. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
49
2,668
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2018-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risida.
94
498
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-463-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2019-yil 11-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-463-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
415
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2008-yildagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2008-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2008-yildagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ilgari surilgan mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish, ijtimoiy hayotni yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshirildi. Qonun ijodkorligi, qonunlar ijrosini nazorat va tahlil qilish, qabul qilinayotgan qonunlar bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish, xalqaro parlamentlararo aloqalar, deputatlarning o‘z saylov okruglaridagi ishlari Qonunchilik palatasi deputatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘ldi. “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni kuchga kirganligi hisobot yilida Qonunchilik palatasi faoliyatiga yangi omil baxsh etdi. Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun siyosiy partiyalar fraksiyalarining parlament quyi palatasidagi roli va ahamiyatini yanada kuchaytirdi, siyosiy partiyalar elektorati manfaatlarini ifodalovchi qonun loyihalari tashabbusi bilan chiqish borasidagi faolligini oshirdi. Bundan tashqari, kiritilayotgan qonun hujjatlari loyihalari bo‘yicha deputatlarning takliflari soni ortdi. Qonunchilik tashabbusi subyektlari tomonidan kiritilgan qonun loyihalari ustida ishlash bo‘yicha deputatlar amalga oshirgan faoliyat natijasida loyihalarning ayrimlari tubdan qayta ko‘rib chiqildi, boshqalariga jiddiy o‘zgartishlar kiritildi. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining faolligi oshganligi fraksiyalararo kurashning kengayganligida, qonun loyihalari bo‘yicha fraksiyalarning aniq nuqtai nazarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilayotganligida ham kuzatilmoqda, bu hol qabul qilinayotgan qonunlar sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hisobot yilida Qonunchilik palatasining 24 ta majlisi o‘tkazilib, ularda 69 ta qonun qabul qilindi. Senatga yuborilgan 68 ta qonundan 60 tasi ma’qullandi. Bundan tashqari, 13 ta qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi va ikkinchi o‘qishlarda ko‘rib chiqildi. Mazkur qonun loyihalari ustida majlislarda bayon etilgan taklif va mulohazalar hisobga olingan holda ishlash qo‘mitalarda davom ettirilmoqda, ular tayyorlik darajasiga qarab, ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda deputatlar ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi. Qonunchilik palatasining 2008-yildagi qonun ijodkorligi faoliyati jamiyatimiz hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va boshqa sohalarini erkinlashtirishning chuqurlashib borayotgan jarayonlarini huquqiy jihatdan tartibga solishning obyektiv zaruriyatidan kelib chiqqan holda belgilandi. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy barqarorligi, ishlab chiqarishning tarkibiy jihatdan qayta tuzilishi, modernizatsiya qilinishi, texnik va texnologik jihatdan yangilanishi bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlarning qonunchilik yo‘li bilan ta’minlashni taqozo etadi. Hisobot yilida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan bir qator qonunlar bevosita iqtisodiy sohadagi islohotlarga daxldordir. Bu qonunlarning qabul qilinishini mazkur sohadagi tarkibiy va institutsional o‘zgarishlar taqozo etgan bo‘lib, ular moliya-bank sohasini, bozor infratuzilmasini rivojlantirish va raqobat muhitini shakllantirishga doir zamonaviy talablarni aks ettiradi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur huquqiy bazani yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Masalan, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun ilgari amalda bo‘lgan to‘rtta qonun normalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, zamonaviy talablarga, chet el moliya institutlariga integratsiyalashish shart-sharoitlariga muvofiq ravishda qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini erkinlashtirishga, korporativ boshqarish tizimini takomillashtirishga, qimmatli qog‘ozlarni hisobga qo‘yish tizimini soddalashtirishga, qimmatli qog‘ozlar bozorining ochiq-oshkoraligi va samarali faoliyatini ta’minlashga, investorlar va qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgandir. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda texnik jihatdan tartibga solishning tarkib topgan xalqaro tizimini hisobga olgan holda xavfsizlikka nisbatan qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. Soliq kodeksi kuchga kirganidan keyin uni tushuntirish bo‘yicha talay ishlar amalga oshirildi – seminarlar, davra suhbatlari, tadbirkorlar va mutaxassislar bilan uchrashuvlar, Kodeksni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha boshqa tadbirlar tashkil etilib, ularda qabul qilingan yangi Kodeks normalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi. Tushgan takliflarni o‘rganish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va jismoniy shaxslarning murojaatlarini tahlil qilish natijasida, Soliq kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirish va ularga aniqliklar kiritish, ba’zi ziddiyatlarni va ayrim normalarning ikki xil talqin qilinishini bartaraf etish hamda uning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, shuningdek “Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunni qabul qilish orqali amaldagi qonunlarning 36 tasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bojxona va Havo kodekslariga, shuningdek “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi, “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator qonunlarga mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirishning chuqurlashib borayotgan jarayonlarini o‘z vaqtida tartibga solish uchun zarur bo‘lgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qonunchilik palatasi sud-huquq tizimini yanada isloh qilishni, jazolarni erkinlashtirishni, advokaturaning, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi roli kuchaytirilishini qonunchilik yo‘li bilan ta’minlashga, qonuniylik va huquq-tartibotni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga va boshqa qonunlariga: viloyat bo‘g‘ini sudlari zimmasiga tushadigan og‘irlikni kamaytirishga va quyi sudlar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratishga; nizo mavjud bo‘lmagan fuqarolik ishlari bo‘yicha buyruq tartibidagi ish yuritish qo‘llanilishi sohasini kengaytirishga; jinoyat ishini ko‘rib chiqish bosqichlarida sudlar tomonidan amnistiya akti qo‘llanilishiga; sud qarorlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarga nisbatan majburiy ijro etish mexanizmini va ta’sir ko‘rsatish choralarini takomillashtirishga; jarimani ixtiyoriy to‘lash muddatlarini qisqartirishga; ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqida axborotga ega bo‘lgan muassasalarning mansabdor shaxslari va fuqarolar tomonidan hududiy vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaganlik yoki o‘z vaqtida xabar qilmaganlik uchun, alimentlar to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun, shuningdek vasiylik va homiylik organlari tomonidan ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllarini tanlashda g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilashga; O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirishga; jinoyatlarni qasddan yashirganlik uchun mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarligini belgilashga; jinoyat qurolini musodara qilish va keyinchalik realizatsiya etish tartibiga; litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilashga, shuningdek transportda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning ma’muriy javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan bir qator o‘zgartishlar kiritildi. “Advokatura institutining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ishida advokaturaning rolini yanada oshirish, advokaturaning tashkiliy mustaqilligini, huquqiy maqomini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining Advokatlar palatasini tashkil etishning huquqiy asoslari masalasini hal qilish, advokatlar o‘z faoliyatini amalga oshirishlari chog‘ida ularning mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida qabul qilindi. Odam savdosining, ya’ni tahdid qilish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishning oldini olish, bunday hollarni aniqlash va ularga chek qo‘yishga qaratilgan bir qator qonunlar odam savdosidan jabrlanganlar himoya qilinishini va ularga yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Bu qonunlarda odam savdosidan jabrlanganlarni normal turmush tarziga qaytarish bo‘yicha ularga yuridik, psixologik, tibbiy, kasbiy yordam berishni, ularni ishga joylashtirishni, ularga vaqtinchalik turar joy berishni o‘z ichiga oluvchi choralar nazarda tutildi, shuningdek odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik kuchaytirildi. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonun va mazkur Qonun qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kirituvchi Qonun transport vositasidan foydalanilganda transport vositalari egalarining va fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga shikast yetkazilgan taqdirda, jabrlanganlarning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir. Ushbu qonunlar transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzish, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda, zararning o‘rnini qoplash, kompensatsiya to‘lovlari olish va majburiy sug‘urta bo‘yicha To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasini tashkil etishning huquqiy asoslarini belgilaydi. “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun davlat hokimiyati organlarini shakllantirish tartibini yanada isloh qilishga, parlament faoliyatini tashkil etishda siyosiy partiyalarning, mamlakatni demokratik yangilashda hokimiyat vakillik organlarining roli va ta’sirini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari sonini 120 tadan 150 taga oshirish nazarda tutilgan. Bunda 135 nafar deputat hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadi. Atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash uchun kurash olib borish, aholining sog‘liqini saqlash masalalari muhimligi e’tiborga olingan holda 15 ta deputatlik o‘rni O‘zbekiston ekologik harakatiga beriladi. Saylov to‘g‘risidagi qonunlarga saylov tizimini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan, ijtimoiy hayot va davlat qurilishini bosqichma-bosqich demokratlashtirishning ko‘rinishi bo‘lgan bir qator boshqa o‘zgartishlar kiritildi. 2008-yilda xalqaro jamoatchilik Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonladi. Mazkur Deklaratsiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin qo‘shilgan birinchi xalqaro-huquqiy hujjatdir. Demokratik, huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lini tanlab olgan O‘zbekiston inson huquqlari va manfaatlarini ijtimoiy rivojlanish hamda davlat qurilishining eng muhim ustuvorligi etib belgilab oldi. Shu munosabat bilan inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy bazasini mustahkamlash Qonunchilik palatasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish doirasida Ombudsman vakolatlarini kuchaytirishga qaratilgan bir qator qonunlar qabul etildi, bola huquqlarini himoya qilishga doir xalqaro konvensiyalar ratifikatsiya qilindi, Qonunchilik palatasi Kengashining ushbu masalaga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi, shuningdek konferensiyalar, davra suhbatlari, kitoblar, broshyuralar va bukletlarning taqdimotlari, boshqa tadbirlar tashkil etildi. Fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, bu sohada qabul qilingan qonunlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga doir normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishga qaratilgan qonunlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi amaldagi Qonunga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi, shuningdek tegishli xalqaro hujjatlarga qo‘shilish to‘g‘risidagi qonunlar fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlashga ko‘maklashadi. 2008-yil yanvar oyidan e’tiboran O‘zbekistonda o‘lim jazosining bekor qilinganligi, qamoqqa olish uchun sanksiya berish huquqining sudlarga berilganligi, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktga doir, o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Ikkinchi fakultativ Protokolga (Nyu-York, 1989-yil 15-dekabr) qo‘shilishi haqida”gi Qonun qabul qilinganligi inson huquqlarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlash ishida muhim qadam bo‘ldi. Fan va san’atni rivojlantirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha mamlakatda ko‘rilayotgan kompleks chora-tadbirlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya kabi sohalarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Hisobot davrida Qonunchilik palatasi tomonidan bu yo‘nalishda muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi hamda “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinganligi ishlovchi fuqarolarning huquqiy kafolatlarini davlat tomonidan ta’minlashning, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan jabrlanganlarni moddiy jihatdan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning mustahkam huquqiy asosini yaratadi, ijtimoiy sug‘urta tizimini yanada rivojlantirishga ko‘maklashadi. “Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonun xalqimiz ma’naviy-madaniy boyligining ajralmas qismi bo‘lgan muzey ashyolarini saqlash, o‘rganish, tiklash bo‘yicha zaruriy harakatlar va chora-tadbirlar tizimining huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgandir. “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning asosiy maqsadi nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sharoitlarini yanada takomillashtirishdan, ularning ish, zamonaviy uy-joy-maishiy va tibbiy shart-sharoitlar bilan ta’minlanishi borasidagi huquqlari va kafolatlarini kengaytirishdan, shuningdek qonunning normalari va huquqiy mexanizmlarini O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar talablariga muvofiq rivojlantirishdan iboratdir. Mudofaa va xavfsizlik, jinoyatchilikka qarshi kurash hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ustuvor davlat kompleks vazifalarini hal etish uchun Qonunchilik palatasi tomonidan bir qator muhim qonunlar qabul qilindi. Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash sharoitlarini takomillashtirish maqsadida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18 va 19-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun bilan fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish muddati o‘zgartirildi hamda muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga bir marta: har yili fevral-mart oylarida chaqirish belgilab qo‘yildi. “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun bilan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda amalga oshiriladigan hamda odamlar hayotini qutqarish va sog‘liqini saqlashga qaratilgan qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar majmui tartibga solindi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonunlardan tashqari, Qonunchilik palatasi tomonidan mudofaa va xavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga, terrorchilik faoliyatiga chek qo‘yishga, yadroviy terrorizm harakatlari, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish hamda ularga qo‘shilish to‘g‘risida 10 ta qonun qabul qilindi. Qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish maqsadida Qonunchilik palatasi rahbariyati, qo‘mitalar va siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar sifatini oshirish, ishning yangi shakl va usullarini qidirib topish, qonun loyihalari tayyorlashni yaxshilash bo‘yicha muntazam ish olib borildi. Qonun loyihalarini tayyorlash chog‘ida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga muvofiqligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi, bu hol ekspertlarning, shu jumladan, chet ellik mutaxassislarning mazkur qonunlar bo‘yicha xulosalarida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi qonun loyihalarini ikkinchi va uchinchi o‘qishlarga tayyorlash jarayonida davlat tili qoidalariga rioya etilishini, normativ-huquqiy atamalardan izchil va bir xilda foydalanilishini, turli tillar qoidalaridan kelib chiqadigan nomutanosibliklar tahrir qilinishini ta’minladi. Barcha qonun loyihalari Qonunchilik palatasining majlislariga kiritilishidan oldin siyosiy partiyalar fraksiyalarida muhokama qilindi. Huquqiy normalarni takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflar kiritilib, qonunlarni qabul qilish chog‘ida inobatga olindi. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan o‘zaro hamkorlik yaxshilandi. Deputatlar qonun loyihalarining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar darajasida tayyorlanishi bosqichidayoq faol ishtirok etadigan bo‘lib qoldilar. Bunga Qonunchilik palatasi qo‘mitalari bilan tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘rtasida ancha yaqin amaliy aloqalarning yo‘lga qo‘yilganligi yordam berdi. Qabul qilinayotgan qonunlarda havola qiluvchi normalarning tez-tez qo‘llanilishidan iborat eski amaliyotdan voz kechishga intilish Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi faoliyatida yangicha yondashuv bo‘ldi, bu pirovard natijada huquq qo‘llanilishi amaliyoti samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, ijrochilar qonun normalarini o‘zboshimchalik bilan sharhlashiga barham beradi. Hisobot davrida qonunchilik tashabbusi huquqini ro‘yobga chiqarishda deputatlarning faolligi oshganligi qayd etildi. Xususan, deputatlar Azamat Ziyo va O. Isayev tomonidan “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi, deputatlar N. Ismoilov va S. Jabborov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi tayyorlandi va kiritildi. Qonunlar qabul qilindi va kuchga kirdi. Oliy Majlis ikkala palatasi Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroridan kelib chiqib, deputatlar A. Ahmedov, U. Vafoyev, B. Dadaboyev, M. Yo‘ldoshev va A. Saidov “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga tegishli o‘zgartishlar kiritishga doir qonun loyihasini kiritdilar. Qonun palata tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi. “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi deputatlar Azamat Ziyo va B. Yusupovning tashabbusi bilan tayyorlandi hamda Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritildi. 2008-yilda deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalangan holda 5 ta qonun kiritildi va qabul qilindi, yana 10 ta qonun loyihasi ustidagi ishlar davom ettirilmoqda. Qonunchilik palatasi yil davomida 2007-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi va 2008-yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib bordi, shuningdek 2009-yilgi Davlat budjetini tasdiqladi. Mamlakatimiz asosiy moliyaviy hujjatining o‘ziga xos xususiyati – uning yuqori darajada ijtimoiy yo‘naltirilganligidir. Xususan, 2009-yilgi Davlat budjetida fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida, shuningdek ijtimoiy himoya sohasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash nazarda tutilgan. 2007-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakatni 2006-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2007-yilda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan budjet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini 2010-yilgacha 2,5 baravar oshirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash aholi daromadlari darajasini va farovonligini oshirish sohasida 2009-yilgi budjet siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Umumta’lim maktablarini rivojlantirish, bolalar suv sporti turlarini rivojlantirishning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratish rejalashtirilgan. Shu bilan birga melioratsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tozalashni, kam hosilli yerlarda paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish hajmlarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlash va ularning jadal rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida ular uchun yagona soliq to‘lovining amaldagi bazaviy stavkasini 8 foizdan 7 foizga pasaytirish taklif etilmoqda. Xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan qat’iy belgilangan soliq miqdorlarini kamaytirish ham nazarda tutilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar yangi ish o‘rinlarini yaratishga, aholining ish bilan ta’minlanishini va farovonligini oshirishga ko‘maklashadi, yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan band bo‘lgan odamlar sonining oshishi hisobiga soliq solinadigan bazani kengaytirishga yordam beradi. Davlat budjetining ijrosini ko‘rib chiqish vaqtida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirayotgan korxonalar, zarar ko‘rib ishlayotgan sohalar, to‘lov intizomi va budjet mablag‘laridan samarali foydalanish tartibini buzayotgan vazirliklar hamda idoralar bo‘yicha munozaralar o‘tkaziladi. Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi Davlat budjetini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, korxonalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik zimmasidagi soliq yukini kamaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish, ish haqi miqdorlarining oshirib borilishi yo‘nalishini saqlab qolish, iqtisodiyotni, ayniqsa qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish vazifalari yuklatildi. Qonunchilik palatasi faoliyatida nazoratga oid vakolatlarni amalga oshirishga jiddiy ahamiyat berildi. Bunda qonunlarning ijrosini ta’minlash, ularni ro‘yobga chiqarish samaradorligini oshirish va qonuniylikni mustahkamlash, qabul qilingan qonunlar va qarorlar ta’sirchanligini puxta tahlil qilish orqali huquqiy tartibga solishga muhtoj bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni aniqlash asosida qonunlarga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish asosiy maqsad bo‘ldi. Qonunchilik palatasining qo‘mitalari 2008-yilda qonunlar, konvensiyalar, milliy dasturlar ijrosini nazorat qilish tartibida 40 tadan ziyod masalani ko‘rib chiqdi. Bu faoliyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, bir qator viloyatlar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat kompaniyalari va milliy kompaniyalar hamda agentliklarni o‘rganish obyekti sifatida qamrab oldi. Qo‘mitalar majlislarida o‘rganilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilinib, ular bevosita ijrochilarga va boshqa manfaatdor shaxslar hamda tashkilotlarga yetkazildi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi. Ularning ijrosi nazoratga olindi, muhokama yakunlari ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilib borildi. Joylarda qonunlar ijrosini tekshirish jarayonida deputatlar, ishchi guruhlarining a’zolari tomonidan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatildi, ayrim qonunlarning mohiyati va mazmuni tushuntirildi. Jumladan, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi korxonalaridagi ijrosini o‘rganish jarayonida ijobiy natijalar bilan bir qatorda kamchilik va nuqsonlar ham aniqlandi. Xususan, uyushma tomonidan xomashyo, materiallar va tayyor mahsulot hisobini yuritish bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilmagan. Buxgalteriya hisobini yuritishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, tashqi audit esa yuzaki o‘tkazilgan, tizimning ba’zi korxonalarida belgilangan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilmagan, katta miqdorlardagi debitorlik-kreditorlik qarzi saqlanib qolgan. Ushbu masalani muhokama qilish yakunlari bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi, uyushmaning kengaytirilgan hay’at majlisi o‘tkazildi, kamchiliklarni bartaraf etish va Qonun normalarini og‘ishmay bajarish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi Andijon shahrida o‘tkazgan o‘z majlisida Andijon viloyatida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunlar ijrosining samaradorligini o‘rganish yakunlarini muhokama qildi. Ushbu ishni tashkil etishda hali o‘z yechimini topmagan bir qator muammolar borligi qayd etilib, Qo‘mita tomonidan qonun hujjatlarini targ‘ib qilish va aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha advokaturaning, Andijon viloyatidagi ayrim mahalliy hokimiyat organlari va adliya organlarining faoliyatini kuchaytirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining davlat soliq xizmati tizimida “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlarni o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan majlisida ta’kidlab o‘tildiki, Davlat soliq qo‘mitasida yagona axborot tizimini yaratish, elektron hujjat aylanishini yo‘lga qo‘yish va soliq to‘lovchilarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan qonunlar bazasi mavjud. Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralariga o‘z faoliyatiga elektron hujjat aylanishi va elektron raqamli imzoni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish, Davlat soliq qo‘mitasidan ibrat olgan holda bu yo‘nalishdagi qonun hujjatlari bazasini takomillashtirish tavsiya etildi. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonunning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ijrosini o‘rganish jarayonida bir qator kamchilik va nuqsonlar, shuningdek ularni keltirib chiqargan sabablar aniqlandi. Mazkur masalani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, chegara oldi tumanlarining hokimliklari tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish, mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqildi. Qo‘mitaning mazkur masalaga doir qarori hamda tadbirlarning bajarilishi nazoratga olindi va vaqti-vaqti bilan Qo‘mitaga bajarilgan ishlar to‘g‘risida axborot kelib turibdi. Nazorat-tahlil ishlarining natijalarini muhokama qilib borish deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida ba’zi qonun loyihalarini ishlab chiqish haqida qarorlar qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonun talablarining bajarilishini muhokama qilish jarayonida Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining tegishli moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqidagi masalani ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqdi. Bu taklif “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilishda inobatga olindi. O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi, “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarga o‘zgartishlar kiritish haqida takliflar tayyorlandi. Nazorat-tahlil tadbirlari natijasida qonunlarni ijro etishda ular jiddiy ravishda buzilayotganligi hollari bartaraf etildi. Masalan, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi ijrosi o‘rganilishi yakunlaridan kelib chiqib, mazkur tuzilmaning yo‘lovchilarga servis xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi o‘rganilishi yakunlari bo‘yicha ko‘plab yo‘lovchilarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan salbiy holatga barham berildi, ya’ni yo‘lovchilardan oziq-ovqat va choyshab, ko‘rpa-yostiq jildlari uchun qonunga xilof ravishda majburiy tartibda qo‘shimcha haq undirilishiga chek qo‘yildi. Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonunlarning Surxondaryo viloyatidagi ijrosining ko‘rib chiqilishi bir hudud misolida madaniy meros obyektlarini tiklash, saqlash va targ‘ib qilish, madaniy boyliklar olib chiqilishi va olib kirilishiga oid qonun hujjatlari normalarining bajarilishi bo‘yicha ishlarni tahlil qilish imkoniyatini berdi. O‘rganish ayrim rahbarlar ba’zi qonunlarning mohiyatini tushunmasligini, tuzatish va qayta tiklash tartibiga zid harakatlarga yo‘l qo‘yayotganliklarini ko‘rsatdi. Obyektlarda kadastr ishlari lozim darajada bajarilmayotganligi hollari aniqlandi, ko‘p joylarda muhofaza belgilari o‘rnatilmagan va talabga javob bermaydi. Ayrim obyektlarning hududida betartib ravishda har joy-har joyda axlat uyumlari paydo bo‘lgan, o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurilgan. Madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirishdagi huquqbuzarlik hollari ham qayd etildi. Mazkur masalani o‘rganish yakunlari Qo‘mita tomonidan mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari, boshqa manfaatdor mansabdor shaxslar ishtirokida muhokama qilindi, aniq tavsiyalar berildi. Qo‘pol qonunbuzarliklarga doir materiallar chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga kiritildi. “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosini o‘rganish yakunlari bo‘yicha prokuratura organlari qonun buzilishlariga olib keladigan shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun 42 ta taqdimnoma kiritildi, mansabdor shaxslardan 62 nafari kelgusida qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilmaslik haqida ogohlantirildi, 281 nafari ma’muriy javobgarlikka, 15 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi, 6 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, fuqarolik sudlariga 9 ta protest kiritildi. Ijro etuvchi hokimiyat rahbarlarining, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘zlari rahbarlik qilayotgan sohalardagi ishlarning holati haqidagi axborotlarini eshitish parlament nazorati huquqini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Qonunchilik palatasi faoliyatida sifat jihatidan yangi yo‘nalish bo‘ldi. Masalan, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining tashabbusi bilan Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori A. Aripovning O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risidagi axborotini eshitish masalasi tayyorlandi. Axborotni eshitish yakunlari bo‘yicha tarmoqni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilanib, ular asosida Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni normativ ta’minlashga qaratilgan qonun ijodkorligi ishlari dasturini ishlab chiqish va muhokamaga kiritish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu sohadagi faoliyatni tartibga soluvchi barcha qonun hujjatlari inventarizatsiya qilinib, olingan natijalar bo‘yicha 3 ta qonun loyihasi va qonun hujjatlariga 5 ta tuzatish tayyorlandi, shuningdek O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishni normativ ta’minlashga qaratilgan qonun ijodkorligi ishlari dasturi ishlab chiqildi. O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi N. Xanovning “Uy-joy fondini va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qishki mavsumda issiqlik bilan ta’minlashning holati to‘g‘risida”gi axborotini eshitish masalasi tayyorlandi. Muhokama yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining belgilangan chora-tadbirlar so‘zsiz bajarilishini, qish mavsumida uy-joy fondi va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Hisobot yilida Qonunchilik palatasi qo‘mitalari tomonidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining axborotlarini eshitish amaliyoti faol qo‘llanila boshlandi. Masalan, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasida “O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasi raisining “Tarmoqni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan yangilash va bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishga doir qonun hujjatlarining ijrosi to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Muhokama yakunlari bo‘yicha “O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasiga manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda standartlashtirish bo‘yicha yengil sanoat tovarlariga nisbatan qo‘yilayotgan iste’mol talablarining hozirgi darajasiga va ularga baho berish mezonlariga javob beradigan tarmoq normativ hujjatlari ishlab chiqish, shuningdek mazkur tarmoqdagi ishlarni huquqiy tartibga solish uchun tarmoq qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi taklifni belgilagan tartibda kiritish tavsiya qilindi. Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi Davlat budjeti yilning har choragidagi ijrosi yakunlari to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqishi vaqtida Iqtisodiyot, Moliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirliklari, shuningdek tijorat banklari, boshqa muassasa va tashkilotlar tomonidan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi va budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishiga doir axborotlar eshitildi. Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tizimidagi ijrosi to‘g‘risidagi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktorining agentlikda noshirlik faoliyatining holati va uni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risidagi axboroti, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi rahbarining Qo‘mita tegishli qarorlarining ijrosi to‘g‘risidagi, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbarining “O‘zeltexsanoat” uyushmasi sanoat korxonalarida kooperatsiyani rivojlantirishga doir qonun hujjatlarining ijrosi to‘g‘risidagi, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining “Tovarlar xalqaro oldi-sotdisiga doir shartnomalar to‘g‘risida”gi BMT konvensiyasining ijrosi to‘g‘risidagi hamda rivojlangan davlatlarda iqtisodiy va moliyaviy inqiroz kuchaygan sharoitlarda mamlakatni tashqi iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqidagi axborotlari eshitildi. Eshitishlarning yakunlari bo‘yicha qo‘mitalarning tegishli qarorlari qabul qilindi. Bunday amaliyot deputatlarga tegishli tarmoqlar muammolariga chuqurroq kirib borish imkoniyatini bermoqda, ijro etuvchi tuzilmalar mas’uliyatini oshirmoqda va Qonunchilik palatasining davlatni boshqarishda shakllanib borayotgan muvozanatni ta’minlash tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida qaror topishiga ko‘maklashmoqda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalari amaldagi qonun hujjatlarining og‘ishmay bajarilishi va aholi huquqiy madaniyatining o‘sishi uchun joylardagi xodimlarning yuqori darajadagi javobgarligini ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlikni yaxshilash maqsadida 25 ta sayyor majlis o‘tkazdi. Qonunchilik palatasi Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2007-yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitdi va tasdiqladi. 2007-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakil Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taqdim etgan bir qator qonun loyihalarini inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazdi. Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashga ko‘maklashish Ombudsmanning O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga yanada to‘laroq va samaraliroq rioya etilishi, ularning himoya qilinishi maqsadida davlat organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirishidagi ustuvor vazifalaridan biridir. Hisobot yilida Ombudsman institutiga 8,5 mingtadan ziyod murojaat tushdi, shundan 1250 tasi takroriy murojaatdir. Uning markaziy idorasiga 7 mingtadan, mintaqaviy vakillariga 1200 tadan ortiq murojaat tushdi. “Ishonch telefoni” orqali 700 tadan ziyod yuridik maslahat va tushuntirish berildi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil nomiga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida tushgan murojaatlardan 2053 ta shikoyat nazoratga olindi. Har to‘rt murojaatning bittasi ijobiy hal etildi. Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasidagi faoliyati xorijiy ombudsmanlar, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni chuqurlashtirish, shuningdek chet el delegatsiyalarini qabul qilish va ular bilan uchrashuvlar uyushtirish, inson huquqlari masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlarda Ombudsmanning ishtirok etishi, inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi xalqaro tashkilotlar, chet mamlakatlar ombudsmanlari, chet ellik fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali amalga oshirildi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili 30 dan ziyod rasmiy delegatsiyani, chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarini qabul qildi. Qonunchilik palatasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2007-yildagi ishi to‘g‘risidagi hisobot eshitildi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi har yili Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risida va kelgusi yilgi Davlat budjeti parametrlari yuzasidan xulosalar taqdim etadi. Ish rejasiga muvofiq O‘tkazilgan tekshiruvlar va nazorat tadbirlari jarayonida aniqlangan kamchiliklar hamda moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan choralar ko‘rish va Davlat budjetiga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risida ko‘rsatmalar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotni muhokama qilish yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalarning 2007-yildagi o‘z faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisobotlari ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Tarkib topgan qonun ijodkorligi amaliyotiga ko‘ra va Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining faoliyati kuchayganligi munosabati bilan 2008-yilda Qonunchilik palatasi majlislarida qo‘mitalarning ishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib borish amaliyoti joriy etildi. Masalan, 2008-yilning mart oyidan noyabr oyiga qadar Qonunchilik palatasi majlislarida barcha qo‘mitalarning 2005 – 2007-yillar va 2008-yilning o‘tgan davridagi ishiga doir hisobotlari eshitildi. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining faoliyati qonun ijodkorligi, qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish, aholi o‘rtasida qonunlar va qonun loyihalarini tushuntirishdan iborat parlament ishining ustuvor yo‘nalishlariga qaratildi. Qonunchilik palatasi majlisiga kiritilayotgan qonun loyihalarining sifati yil sayin yaxshilanmoqda, amalga oshirilayotgan nazorat-tahlil ishlarining samaradorligi oshmoqda. Qo‘mitalarning sayyor majlislarini o‘tkazish ish amaliyotidan joy oldi. Muhokamalar natijalari bo‘yicha qonunlarning normalari amalga oshirilishini takomillashtirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va tavsiyalar berildi. Qo‘mitalar ishning qonunlarni va deputatlar tomonidan tayyorlanayotgan qonun loyihalarini tushuntirish, shuningdek jamiyatimizni rivojlantirishning eng dolzarb masalalari bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish kabi shakllaridan keng foydalandi. Ularda davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdilar. Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamalar yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining qo‘mitalar faoliyatini yanada yaxshilashga qaratilgan tegishli qarorlari qabul qilindi. Xususan, ularda qonun loyihalarini o‘z vaqtida tayyorlash va Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish, qonun loyihalarini muhokama qilishning barcha bosqichlarida palataning har bir qo‘mitasi qoshidagi jamoatchilik ekspert guruhining faol ishtirok etishini ta’minlash, qonunlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish maqsadida Qonunchilik palatasi qo‘mitalari bilan qonunchilik tashabbusi subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish tavsiya etildi. Umuman olganda, bunday hisobotlarni eshitib borish amaliyotining joriy etilganligi Qonunchilik palatasi qo‘mitalarini amaldagi qonun hujjatlari monitoringi sohasida ham, qabul qilinayotgan qonunlar samarali ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ham ishning yangi usullarini qidirib topishga yo‘naltirgan holda ularning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini berdi. Hisobot davrida Qonunchilik palatasining xalqaro aloqalari rivojlandi, parlament delegatsiyalarini almashish davom ettirildi. Jami 50 tadan ziyod delegatsiya, shu jumladan, 10 ta parlament delegatsiyasi qabul qilindi. 2008-yilda Qonunchilik palatasiga chet mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillaridan 13 nafari tashrif buyurdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi kuchaydi. “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Parlament hamkorligi qo‘mitasining bo‘lib o‘tgan yettinchi majlisi ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Adliya vazirligi vakillari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili ishtirok etdi. Qo‘mitaning navbatdagi majlisi jarayonida Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida O‘zbekiston bilan YI o‘rtasidagi munosabatlar masalalari ko‘rib chiqildi, O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasining oltinchi majlisidan (2007-yil mart) keyingi munosabatlarni rivojlantirish, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy masalalar, O‘zbekistonda demokratlashtirish jarayonlari, inson huquqlari va fuqarolar erkinliklari, ilmiy-texnikaviy, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidagi hamkorlik, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek taraflar uyushgan jinoyatchilikka, giyohvandlik moddalarining qonunga xilof aylanishiga, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashdagi ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlarini muhokama qildilar. Hisobot davrida Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasida Xalqaro valyuta fondi missiyasining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ijobiy siljishlar, o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samaradorligi oshganligi chet ellik mutaxassislar tomonidan qayd etildi, shuningdek bu sohaga taalluqli qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ma’qullandi. “Hokimiyatning vakillik organlariga saylovlar va elektoratning siyosiy madaniyatini oshirish masalalari” mavzuida Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro davra suhbati doirasida Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasi parlamentida fraksiyalar faoliyati” mavzuida munozara bo‘lib o‘tdi. Unda turli davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan 25 nafardan ziyod chet ellik ekspert ishtirok etdi. Qoida tariqasida, uchrashuvning O‘zbekiston tarafidan ishtirokchilarini tanlashda chet el delegatsiyalari tarkibida mamlakat turli siyosiy partiyalarining vakillari borligi ham inobatga olindi. Hisobot davrida O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar va boshqa xalqaro tashkilotlar boshliqlarining Qonunchilik palatasi rahbariyati bilan 15 dan ortiq uchrashuvi tashkil etildi. Parlamentlararo aloqalar o‘rnatish va ularni rivojlantirish, parlament ishi bilan tanishish hamda tajriba almashish maqsadida Qonunchilik palatasi 14 ta delegatsiyasining chet mamlakatlarga tashrifi amalga oshirildi. Chunonchi, O‘zbekiston parlament delegatsiyasining Indoneziyaga, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi, shuningdek Qonunchilik palatasi Devoni xodimlarining Italiya Parlamentida ish o‘rganishi amalga oshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston parlamenti a’zolari Gruziya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmanistonga mazkur mamlakatlarda O‘tkazilgan prezident va parlament saylovlari paytida xalqaro kuzatuvchilar sifatida tashrif buyurdilar, shuningdek 2008-yilda Hamdo‘stlik davlatlarida bo‘lib o‘tgan saylovlardagi MDH mamlakatlari kuzatuvchilari missiyasining faoliyatiga bag‘ishlanib Belorus Respublikasida tashkil etilgan xalqaro davra suhbatida ishtirok etdilar. Hisobot davrida Qonunchilik palatasi deputatlari va Devoni xodimlari konferensiyalar hamda seminarlar ishida qatnashish uchun 5 ta mamlakatga bordilar. Qonunchilik palatasi deputatlari Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati Parlamentlararo Assambleyasi Doimiy Komissiyalari va Byurosining Rossiya Federatsiyasida o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi majlislarida bir necha bor ishtirok etdilar. Qonunchilik palatasining bir necha deputati Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining boshqa davlatlar ombudsmanlari bilan aloqalar o‘rnatish va ularni rivojlantirish uchun chet mamlakatlarga boradigan delegatsiyalari tarkibiga kiritdilar. Qonunchilik yo‘li bilan tartibga solishni talab qiladigan masalalarni chuqurroq o‘rganish maqsadida Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ishning konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish kabi shakllaridan keng foydalandi. Bunday tadbirlarning bir qismi Yoshlar yiliga bag‘ishlandi. 2008-yilda jami 110dan ziyod ana shunday tadbir o‘tkazildi. Tadbirlarda davlat hokimiyati organlari, turli nohukumat tashkilotlarining vakillari, olimlar, ekspertlar ishtirok etganligi tegishli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini berdi, bu tavsiyalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborildi. Masalan, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi huquqshunos olimlar, oliy o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida “Hozirgi bosqichdagi sud-huquq islohotlari” mavzuida konferensiya o‘tkazdi. Yoshlar yili munosabati bilan Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi “Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini takomillashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki” mavzuida konferensiya, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi “Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor” hamda “Mamlakat kelajagi yoshlar qo‘lida” mavzularida seminarlar o‘tkazdi. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tadbirlar o‘tkazishda yangicha yondashuvlardan foydalangan holda Toshkent davlat pedagogika universitetida “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning (Nyu-York, 1989-yil 20-noyabr) O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga uyg‘unlashtirilgan xalqaro normalarini amalga oshirishning dolzarb masalalari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etdi. Konferensiyaning onlayn rejimida o‘tkazilishi uning ishida Samarqand va Guliston davlat universitetlari vakillari ham ishtirok etishi imkoniyatini berdi. 2008-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari orasida yerlar unumdorligini oshirish va meliorativ holatini yaxshilash ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi. Bu vazifani hal etish jarayonida yerga oid munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy bazani mustahkamlash talab qilinadi. Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi bir qator vazirliklar hamda idoralar vakillari, tarmoq mutaxassislari ishtirokida o‘tkazgan “Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish muammolari va ularni hal etish yo‘llari” mavzuidagi seminar aynan ana shu muammolarga bag‘ishlandi. Muhokama yakunlari yuzasidan yer uchastkasidan foydalanishga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga, tuproq unumdorligini oshirishga, fuqarolarning, shuningdek yuridik shaxslarning binolari va inshootlari band etgan yer uchastkalarini xususiylashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir masalalarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi. Qabul qilingan qonunlarning joylardagi ijrosini monitoring qilish bo‘yicha muayyan mavzuga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazish qo‘mitalarning ish amaliyotidan joy olmoqda. Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi YuNISEF Bolalar fondi vakolatxonasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosini ta’minlash ishlarining holatini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashlar turkumini o‘tkazdi. O‘tkazilgan tadbirlar jarayonida muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi, aholi o‘rtasida qonun normalarini tushuntirish, joylardagi ishlarning ahvolini yaxshilash uchun manfaatdor tashkilotlar tomonidan tegishli choralar ko‘rish, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Fuqarolarning xatlari, arizalari va murojaatlari bilan ishlashga katta e’tibor qaratilib, bu ish “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshirildi. 2008-yilda Qonunchilik palatasiga 4104 ta yozma murojaat tushdi, ularning soni 2007-yilga nisbatan 654 taga ko‘paydi. Xatlarning aksariyati Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlaridan tushdi. Ko‘pgina shikoyat va arizalarda fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xatti-harakatlaridan noroziligi ifodalangan. Turli darajadagi sudlarning hukmlari va hal qiluv qarorlaridan norozilik bayon etilgan xatlar kelishi davom etmoqda. Qonunchilik palatasining vakolatiga taalluqli murojaatlar palata rahbariyati va qo‘mitalar tomonidan ko‘rib borildi. Deputatlar fuqarolarni Qonunchilik palatasida ham, saylov okruglarida ham qabul qildilar. Fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati tegishli hokimliklar, sudlar, prokuratura organlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, boshqa mutasaddi organlarga ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash Qonunchilik palatasi rahbariyati, deputatlari va Devonining doimiy nazorati ostida bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq okruglarda saylovchilar bilan ishlash joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi aniq maqsadli o‘rganilgan, muammolar aniqlangan va ularni hal etish bo‘yicha choralar ko‘rilgan holda muntazam asosda yo‘lga qo‘yildi. Shu maqsadda 2008-yilda deputatlarning o‘z saylov okruglariga (fevral, may va noyabrda) bir haftaga borish amaliyoti davom ettirildi. Saylovchilar bilan 2800 dan ziyod uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilib, ularda deputatlar aholini mamlakatda jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari hamda Hukumat qarorlarining mohiyati va mazmuni, parlament faoliyati, siyosiy partiyalar fraksiyalarining ishi haqida xabardor qildilar. Saylovchilar salkam 2600 ta masalani hal etishda yordam ko‘rsatish iltimosi bilan deputatlarga murojaat etdilar, bundan 888 tasi joylarda hal etildi, qolganlari bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga so‘rovlar yuborildi. Bildirilgan fikrlarning bir qismidan deputatlar qonun ijodkorligi faoliyatida foydalandilar. Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari yakunlari Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va siyosiy partiyalar fraksiyalarining majlislarida muntazam ko‘rib borildi. Jumladan, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uni parvarishlash uchun joylarda ayollarga nafaqalar tayinlash va to‘lash bo‘yicha ishlarni o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning mohiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga tavsiyalar berildi. Qonunchilik palatasi deputatlarining jamoatchilik, yoshlar tashkilotlari vakillari, O‘zbekiston yoshlar parlamenti faollari bilan uchrashuvlari aholi bilan ishlashning yangi shakllaridan biriga aylandi. Ularda parlament quyi palatasi qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatini takomillashtirish, “Yoshlar yili” Davlat dasturini amalga oshirish, aholining mamlakatimizda o‘tkazilayotgan keng miqyosli islohotlarda faol ishtirok etishi masalalari muhokama qilindi. 2008-yilda Qonunchilik palatasida jamiyatimiz turli ijtimoiy qatlamlari sirasiga kiruvchi salkam 2 ming kishi uchrashuvlar, suhbatlar va ekskursiyalarda bo‘ldi. Bular – maktablar, kollejlar va litseylar o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, akademiyalar tinglovchilari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari, mahallalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va boshqalardir. Hisobot yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi 25 ta majlis o‘tkazdi. Majlislarda Qonunchilik palatasining ish rejalari va majlislarning kun tartibi loyihalari, palata faoliyatini tashkil etishga doir boshqa masalalar muhokama qilindi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2007-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlaridan kelib chiqadigan vazifalari haqida”gi masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 4 ta qo‘shma majlisi O‘tkazildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining 2008-yil 3-iyul va 10-iyuldagi qo‘shma majlislarida “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masalalar muhokama qilindi. Hozirgi paytda ularning ishi eng yuksak demokratik talablar hisobga olingan holda, oshkoralik, ochiqlik, xolisonalik prinsiplari asosida yo‘lga qo‘yildi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini shakllantirish tizimi ishlab turibdi. O‘tgan davrda bevosita NNTga ularning buyurtmanomalari asosida va Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq biron-bir oraliq bo‘g‘inlar va tuzilmalar ishtirokisiz subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmani joylashtirish tariqasida 2,1 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Hozirgi vaqtda aholini va jamoatchilikni Fond faoliyatining natijalari to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Qonunchilik palatasining hisobot yilidagi faoliyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borildi. Qonunchilik palatasining deputatlari aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borishga katta e’tibor qaratdilar. Shu maqsadda markaziy bosma nashrlarda 350 tadan ziyod maqola, deputatlar bilan suhbatlar, parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot materiallari e’lon qilindi. “Xalq so‘zi” gazetasida har haftada “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida” rukni ostida sahifa berib borildi. Qonunchilik palatasining deputatlari qabul qilingan qonunlar bo‘yicha o‘z sharhlari, fuqarolarning savollariga javoblar bilan televideniye orqali faol chiqishlar qildilar. Parlament faoliyati yangiliklari va majlislar zalidan reportajlar bir qator teleko‘rsatuvlarning mazmunini tashkil etdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston televideniyesida “Parlament vaqti”, “Parlament soati” kabi ko‘rsatuvlar muntazam ravishda berib borildi. Qonunchilik palatasi deputatlarining ishiga bag‘ishlangan maxsus materiallar partiya nashrlarida, idoralar, viloyatlar, tumanlar va shaharlar gazetalarida muntazam e’lon qilib borildi, shuningdek O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” axborot agentliklari “Regnim” va “Trend” chet el axborot agentliklari tomonidan yoritildi. Aholi o‘rtasidagi tushuntirish ishlarida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadida iyun oyida Qonunchilik palatasining Veb-saytini modernizatsiya qilish boshlandi. 2008-yilning sentyabr oyida portalning yangi turkumi ishga tushirilgach, deputatlarning zarur axborotni tarqatish va olish, jamoatchilikning parlament quyi palatasi faoliyati to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari monitoringi bo‘yicha funksional imkoniyatlari ancha kengaydi. Veb-saytning yangi mundarijasi (versiyasi) orqali Qonunchilik palatasining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar, qonun loyihalarining Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridagi, majlislaridagi, siyosiy partiyalar fraksiyalarining majlislaridagi muhokamalari to‘g‘risidagi axborot, Qonunchilik palatasining davlat organlari, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Ular uch tilda berib boriladi. Shu bilan birga 2008-yilda Qonunchilik palatasining faoliyatidagi ayrim kamchiliklarga barham berishga, parlament ishining bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha mavjud imkoniyatlarning barchasidan foydalanishga muvaffaq bo‘linmadi. Xususan, ayrim qo‘mitalarda qonunchilik tashabbusi huquqidan yanada samarali foydalanish, amaldagi qonun hujjatlaridagi nuqsonlarni aniqlash maqsadida joylarda huquqni tatbiq etish amaliyotini o‘rganish, Qonunchilik palatasi qo‘mitalari bilan qonun ijodkorligi jarayonida ishtirok etuvchi tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘rtasidagi hamkorlik borasida qonun ijodkorligi jarayonini tashkil etishni yanada maqbullashtirish zarur. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar faoliyatidagi dolzarb masalalar bo‘yicha ularning rahbarlari axborotini Qonunchilik palatasining majlislarida eshitish, parlament so‘rovi kabi Parlament nazorati shakllaridan to‘liq foydalanildi, deb bo‘lmaydi. Mavjud kamchiliklarga barham berish va kelgusida ularga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan jamiyatimizni yangilash va demokratla
97
63,310
Qonunchilik
“Soliq maslahati to‘g‘risida”gi QL-879-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 11-fevralda kiritilgan “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi QL-879-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
628
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Papenburg Uzbekistan” O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-avgustdagi 471-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4145-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Papenburg Uzbekistan” O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-avgustdagi 471-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. 1. 2-banddagi “6,1” raqami “8,3” raqami bilan almashtirilsin. 2. Quyidagi mazmundagi 41-band qo‘shilsin: “41.O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Toshkent viloyat xokimligi ikki hafta muddatda qurilish ishlarida sifatli va arzon inert materiallarini ishlab chiqarish maqsadida Chirchiq (1989) qum-shag‘al aralashmasi konida joylashgan “Xo‘kiz orol” hududidagi Xalqaro quyosh energiyasi institutining tajriba laboratoriyasiga tegishli 20 gektar yer maydonini “Papenburg Uzbekistan” MChJga ajratsin xamda yer qa’ridan foydalanish uchun tegishli litsenziya rasmiylashtirsin”.
214
1,341
Qonunchilik
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI FAOLIYATI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
O‘zbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin. 1. 13-bandda: birinchi xatboshidagi “tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, otalikni belgilash” so‘zlari “o‘lim” so‘zi bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “fuqarolik holati dalolatnomalarini” so‘zlari “o‘limni” so‘zi bilan almashtirilsin. 2. 18-bandda: birinchi xatboshiga “ariza” so‘zidan keyin “yoxud nikohda bo‘lmagan onaning arizasi” so‘zlari qo‘shilsin; to‘rtinchi xatboshiga “vazni, bo‘yi” so‘zlari qo‘shilsin. 3. 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “25. Ota-onasining pasportlariga ichki ishlar organlari tomonidan bola to‘g‘risidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, ota ismi, jinsi, tug‘ilgan yili, kuni, oyi yozib qo‘yiladi”. 4. 63-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qo‘shilsin: “Farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga zarur o‘zgartirishlar FHDYo organlari tomonidan, farzandlikka olish to‘g‘risidagi qaror chiqqan kundan boshlab o‘n kun mobaynida kiritiladi. FHDYo organiga ko‘rsatib o‘tilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda farzandlikka olish to‘g‘risidagi qarorning haqiqiyligini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi”. 5. 74-bandning ikkinchi xatboshiga “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 13-moddasi beshinchi bo‘limida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno” so‘zlari qo‘shilsin. 6. 119 va 120-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “119. Oila kodeksining 47-moddasiga binoan nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratish qayd etilgan kundan boshlab to‘xtatiladi. 120. FHDYo organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi. Er-xotinlarning shaxsini tasdiqlovchi pasportlar yoki boshqa hujjatlarga nikohdan ajratilganlik to‘g‘risida FHDYo organi tomonidan shtamp qo‘yiladi. Ushbu Qoidalar 1998-yil 1-sentabrgacha va 2010-yil 15-sentabrdan boshlab qonuniy kuchga kirgan sud qarorlariga nisbatan qo‘llanadi”. 7. 121-bandda: quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “2010-yil 15-sentabrdan boshlab qonuniy kuchga kirgan nikohdan ajratishni qayd etish respublika sudlari qarorlari bilan er-xotindan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi”; ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; beshinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin: “Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi dalolatnomadagi yozuvlarga qo‘shimchalar kiritish va nikohdan ajratilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani berish, shuningdek tomonlardan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi o‘z vakili orqali berilgan arizasi bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ariza va ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak”. 8. 192 — 197, 200-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. 198-199-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “198. O‘lik tug‘ilgan bola to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirishda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga ma’lumotlar o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma bo‘yicha kiritiladi. 199. Tirik tug‘ilib, ammo hayotining birinchi haftasida o‘lgan bolaga nisbatan o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuviga ma’lumotlar perinatal o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma asosida kiritiladi”. 10. Quyidagi mazmundagi 2061-band qo‘shilsin: “2061. Ota-onasi bo‘lmagan taqdirda, voyaga etmagan shaxslarga yoki pasport olishmagan shaxslarga tug‘ilganlik haqidagi takroriy guvohnomalar ushbu shaxsning fotosurati yopishtirilgan, yashash joyidagi fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki mazkur shaxs ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida beriladi”.
249
4,484
Qonunchilik
SAN’ATShUNOSLIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI FAOLIYATINI YaNADA RIVOJLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining izlanishlar yo‘nalishlari Fanlar akademiyasi ijtimoiy-gumanitar ilmiy muassasalarida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liqligini hisobga olib, institutda olib borilayotgan fundamental tadqiqotlarni yuqori darajada tashkil qilish va samarali boshqarish, olib borilayotgan tadqiqotlarning jamiyat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini oshirish hamda institutning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tarkibidagi San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2010-yilda San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti binosini kapital ta’mirlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirishni nazarda tutsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
86
1,373
Qonunchilik
Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Mehnat vazirligi qaror qiladi: 1. Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibini belgilaydi. 1. Akademik litseylarning bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qarori bilan tasdiqlangan Akademik litseylar bitiruvchilariga beriladigan ayrim mutaxassisliklar ro‘yxatida nazarda tutilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar (bundan buyon matnda mutaxassislik deb yuritiladi) beriladi. 2. Akademik litseylarning bitiruvchilariga beriladigan mutaxassislik akademik litseyning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv-metodik, moddiy-texnika bazasidan kelib chiqqan holda belgilanadi va akademik litsey pedagogik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi. 3. Akademik litsey tomonidan beriladigan mutaxassislik akademik litseyning barcha shaxslar kirishi va ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyda (joylarda) e’lonlar taxtasiga osib qo‘yilishi, rasmiy veb-saytida (agar rasmiy veb-sayti mavjud bo‘lsa) e’lon qilinishi shart. 4. Akademik litseylarda mutaxassislik o‘quv rejalarda nazarda tutilgan maxsus fan (bundan buyon matnda mutaxassislik fani deb yuritiladi) sifatida o‘qitiladi. 5. Akademik litseylar o‘quvchilarining mutaxassislik fani bo‘yicha bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 1812, 2008-yil 19-may) belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 6. O‘quvchilarning mutaxassislik fani bo‘yicha egallagan bilimi va o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini belgilash uchun o‘qitilgan mutaxassislik fani bo‘yicha amaliy imtihon o‘tkaziladi. 7. Mutaxassislik fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturining barcha talablarini to‘liq bajargan akademik litsey o‘quvchisi akademik litsey direktorining buyrug‘iga asosan amaliy imtihonni topshirishga qo‘yiladi. 8. Amaliy imtihon yakuniy davlat attestatsiyasidan oldin o‘tkaziladi. 9. Amaliy imtihon o‘tkazish jadvali u o‘tkaziladigan kunlar ko‘rsatilgan holda, akademik litsey direktori tomonidan tasdiqlanadi va amaliy imtihon boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin akademik litseyning barcha o‘quvchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan joydagi (joylardagi) e’lonlar taxtasiga osib qo‘yish orqali o‘quvchilar e’tiboriga yetkaziladi. 10. Amaliy imtihon amaliy topshiriq shaklida o‘tkaziladi. Bunda imtihon biletida 1 ta amaliy topshiriq beriladi. 11. Amaliy topshiriqlar o‘qitilgan mutaxassislik fani o‘quv dasturi asosida tuziladi va akademik litseyning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda amaliy imtihon boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin akademik litseyning barcha o‘quvchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan joydagi (joylardagi) e’lonlar taxtasiga osib qo‘yish orqali o‘quvchilar e’tiboriga yetkaziladi. 12. Amaliy imtihonni o‘tkazish uchun akademik litsey direktorining buyrug‘i bilan kamida 5 kishidan iborat tarkibda Amaliy imtihon o‘tkazish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya quyidagi tarkibdan iborat bo‘ladi: komissiya raisi — akademik litsey direktori (u bo‘lmaganda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs); komissiya kotibi — akademik litsey direktorining o‘rinbosari; komissiya a’zolari — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi vakili, shuningdek akademik litsey hamda kelishuv asosida turdosh kasb-hunar kollejlarining maxsus fan bo‘yicha o‘qituvchilari. 13. Amaliy imtihon akademik litseyning har bir guruhi uchun alohida kunda o‘tkaziladi. 14. Har bir o‘quvchiga amaliy topshiriqlarni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. 15. Akademik litsey o‘quvchilari amaliy topshiriqni bajarishi quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi: o‘quvchi topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq, mustaqil hamda amaliy metodik qo‘llanmalardan foydalanmasdan bajardi deb topilganda — “5” ball; o‘quvchi topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq, mustaqil bajardi, biroq tegishli amaliy metodik qo‘llanmalardan foydalandi deb topilganda — “4” ball; o‘quvchi topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq bajardi, biroq tegishli metodik qo‘llanmalardan hamda maxsus fan o‘qituvchisining og‘zaki maslahatidan foydalandi deb topilganda — “3” ball; o‘quvchi tegishli metodik qo‘llanmalardan hamda maxsus fan o‘qituvchisining og‘zaki maslahatidan foydalangan holda topshiriqni to‘g‘ri va to‘liq bajara olmadi deb topilganda — “2” ball. 16. O‘quvchi tomonidan amaliy topshiriq bajarilgandan so‘ng, Komissiyaning har bir a’zosi o‘quvchiga o‘zining bahosini qo‘yadi. Komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan baholar muhokama qilinib, o‘quvchiga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi. 17. Amaliy imtihon natijalari imtihon yakunlangandan so‘ng o‘quvchilarga e’lon qilinadi. 18. O‘rtacha arifmetik ball “3” balldan kam bo‘lgan o‘quvchi amaliy imtihondan o‘tmagan deb hisoblanadi. 19. Amaliy imtihondan o‘tmagan, shuningdek amaliy imtihonga uzrli sabablarga ko‘ra kelmagan o‘quvchilarga Komissiya qaroriga asosan amaliy imtihonni keyingi o‘quv yili boshlangunga qadar (biroq, akademik litseyni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom berilgunga qadar) bo‘lgan vaqt ichida qayta topshirishi (topshirishi) mumkin. Amaliy imtihonni qayta topshirishi lozim bo‘lgan va uzrli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmagan o‘quvchilar ro‘yxati, imtihonni qayta topshirish (topshirish) kuni va vaqti Komissiya qarorida ko‘rsatiladi. 20. Akademik litsey o‘quvchisi amaliy imtihon natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, amaliy imtihon natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida akademik litsey direktorining buyrug‘i bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega. 21. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Komissiya faoliyatida ishtirok etmagan akademik litseyning pedagog xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi. 22. Akademik litsey o‘quvchisi tomonidan berilgan apellatsiya apellatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim. 23. Amaliy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan (o‘rtacha arifmetik ball “3” va undan yuqori bo‘lgan) o‘quvchilarga o‘qitilgan mutaxassislik bo‘yicha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq davlat namunasidagi sertifikat beriladi. 24. Mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat akademik litsey o‘quvchisiga akademik litseyni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom bilan birgalikda beriladi. 25. Mutaxassislik bo‘yicha berilgan davlat namunasidagi sertifikat ikkinchi o‘rta-maxsus ta’lim olganlik hisoblanmaydi. 26. Mutaxassislik bo‘yicha berilgan davlat namunasidagi sertifikat egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi. 27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. Sertifikat 105x297 mm o‘lchovda, qog‘oz 100% paxta, qalinligi va og‘irligi 100+10 gr/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan qog‘ozda tayyorlangan ko‘rinishga ega. Sertifikat blankasining yuz tomoni yuqori qismi markazida diametri 30 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi (rangli) tasviri tushiriladi. Davlat gerbidan (rangli) 10 mm pastda “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI” so‘zlari, uning ostidan “SERTIFIKAT” so‘zi qizil rangda o‘zbek tili lotin alifbosida yoziladi. Matn — Sertifikat blankasi ichki qismi chap tomonida o‘zbek tili lotin alifbosi, o‘ng tomonida ingliz tilida tegishli yozuvlar tushiriladi. Sertifikat varag‘i ichki qismining ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25x10 mm o‘lchamli) qiyofasida ko‘rinmaydigan tasvir joylashtiriladi va ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi. Sertifikat blankasi 7 darajali himoyaga ega: 1) tartib raqami qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etilib, ultrabinafsha nurlari ostida yashil rangda ko‘rinadi; 2) mashinada nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan zaif bo‘yoqlardan foydalanish; 3) har xil shakldagi rastrli setkalardan foydalanish; 4) varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tanger setkadan paydo bo‘lgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan hamda nusxa ko‘chirmaydigan himoyaga ega bo‘lish; 5) maxsus qog‘oz ishlatish; 6) Davlat gerbini rangli tasvirlash; 7) yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisini tushirish, olti shaklli o‘zgaradigan raqamdan foydalanish.
107
9,074
Qonunchilik
FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLAShNING QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashning dolzarb muammolarini ishlab chiqishda, davlatimizning ichki va tashqi siyosati to‘g‘risidagi xolisona axborotni keng jamoatchilikka, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga yetkazishda, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishda Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutiga yordam ko‘rsatish, shuningdek, fuqarolarning, eng avvalo yoshlarning siyosiy, huquqiy madaniyatini oshirishda ushbu nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini kuchaytirish maqsadida: 1. Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi (MSJ) Muassislar kengashining MSJ tuzilmasiga 1-ilovaga* muvofiq mamlakat hududlarida uning filiallarini tuzishni, shuningdek, Jamg‘arma kadrlari tarkibini 20 nafarga ko‘paytirish hamda MSJ xodimlarining umumiy sonini 35 nafarga yetkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi hamda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutiga respublika oliy o‘quv yurtlarining eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan o‘qituvchilari, olimlari, ekspertlarini ularning asosiy ish joyidagi oylik maoshi to‘liq saqlangani holda o‘rindoshlik shartlarida o‘z faoliyatiga pullik asosda jalb qilishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin. Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi hamda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti uchun leksiyalar o‘qiganlik, maqolalar, axborot-tahliliy materiallar tayyorlaganlik uchun ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslar, Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi hamda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutining shtatdagi xodimlari tomonidan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslar daromadlari solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. Qosimov: bir oy muddatda Samarqand, Buxoro, Qoraqalpog‘iston davlat universitetlari va Farg‘ona politexnika institutida Mintaqaviy siyosat jamg‘armasining tayanch punktlari (filiallari)ni joylashtirish va obod qilishni, ularga bepul ijara sharti bilan zarur xonalar ajratishni, ularni kompyuter va tashkiliy texnika, idora mebeli, aloqa bilan jihozlashni, shuningdek, ajratilgan xonalar mazkur bandda ko‘rsatilgan ta’lim muassasalari mablag‘lari hisobidan saqlanishini ta’minlasin; tayanch punktlariga axborot-tahlil, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, ustav hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni hal etishda, Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi, uning joylardagi bo‘linmalarida ishlash uchun mamlakat oliy o‘quv yurtlarining eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan o‘qituvchilari, tadqiqot muassasalarining ekspertlari va olimlari orasidan yuqori malakali kadrlar tanlashda yordam ko‘rsatsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari MSJ va FJO‘I hamda ularning tayanch punktlari (filiallari)ga o‘z ustav vazifalarini bajarishlarida ko‘maklashsin. 6. Mintaqaviy siyosat jamg‘armasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari materiallaridan bir nusxa jo‘natilishi majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga; Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat raqobat qo‘mitasining statistik axborotnomalari jo‘natilishi majburiy bo‘lgan reyestrga kiritilsin. 7. “Sharq” kompaniyasi (O. Yunusov), O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (B. Alimov) Jamg‘armaning kutubxona fondini to‘ldirish uchun uni bosma nashrlar (ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, iqtisodiy, huquqiy, tarixiy adabiyotlar)ning bepul nusxalari bilan ta’minlasin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Qosimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi M. Atayev zimmasiga yuklansin.
113
3,856
Qonunchilik
“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrda qabul qilingan “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-657-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 1, 4-modda, № 7, 658-modda, № 11, 1059-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 11-moddaning matnidagi “5,5” raqami “6,5” raqami bilan almashtirilsin; 2) 3-ilovaning: I pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 4, 5 va 6-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin: II pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi orasida tushuntirilishini ta’minlasin. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
138
991
Qonunchilik
NHH loyihalari: profilaktika davlat nazorati shakli sifatida
Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga aralashuvni tubdan qisqartirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik choralarning samaradorligini oshirish boʻyicha normani quyidagi Qonunlarga kiritish taklif etilgan: Oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasining 24.12.1998 yildagi  717-I-son  «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi Qonunida ularni amalga oshirish meхanizmini berish taklif etilgan.  Profilaktik chora-tadbirlar Qonun loyihasida bunday chora-tadbirlarga quyidagilar kiritilgan: Ularni roʻyobga chiqarish uchun muntazam ravishda хoʻjalik sub’yektlari tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar va ataylab qilinmagan qonunchilikni buzish sabablarining tahlili asosida tuzilgan har choraklik dasturlar tasdiqlanadi. Tekshirishdan keyingi tahlil Tekshirishdan keyingi tahlil chogʻida keyinchalik tashkilotlar orasida huquqbuzarliklarning profilaktik chora-tadbirlarini oʻtkazish uchun ataylab qilinmagan qonunchilikni buzishning tizimli sabablari umumlashtiriladi. Profilaktik chora-tadbirlar va tekshirishdan keyingi tahlil natijalari boʻyicha davlat nazorat organlari tegishli takliflarni, jumladan  qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni kiritishlari mumkin. Nazorat organlari samaradorligi Shuningdek, nazorat organlarining tekshirishlar oʻtkazish boʻyicha ishlari samaradorligi mezonlarini oʻrnatish taklif etilgan: Nazorat organlari faoliyatini baholashda aniqlangan huquqbuzarliklar soni, koʻrilgan huquqiy ta’sir choralari, davlat hisobiga oʻtkazilgan mol-mulkka nisbat berilmasligi kerak. Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Oleg ZAMANOV,  ekspertimiz. Mavzuga oid materiallar: Tadbirkorlarni rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar  bekor qilinadi Ishonch bildirilsin – tekshirilmasin!
60
1,854
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Reklama to‘g‘risida”gi QL-750-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 2. “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi QL-803-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 3. “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi QL-812-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 4. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-841-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 5. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-845-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 6. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-857-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 7. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi QL-861-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 8. “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-863-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 9. “MDH ishtirokchi — davlatlarining soxta tovar belgilari va geografik ko‘rsatkichlardan foydalanishning oldini olish va unga chek qo‘yish bo‘yicha hamkorligi to‘g‘risidagi Bitimni (Minsk, 2021-yil 28-may) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-865-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 10. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “Yoshlar bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti haqida. 11. “Yoshlar texnoparklarini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I. Abduraxmonovning javobi haqida.
94
2,544
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUTAXASSISLARINI BITIM ASOSIDA XORIJGA IShLASh UChUN YuBORISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tajriba tariqasida O‘zbekiston Respublikasi mutaxassislari guruhini mehnat shartnomasi asosida xorijga ishlash uchun yuborish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: xalqaro tajribani hisobga olgan holda va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining muhokamasiga tashqariga ishchi kuchi chiqarish va tashqaridan ishchi kuchi olib kelish masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari loyihasini kiritsin; uqtirib o‘tilgan qonun hujjatlari tasdiqlanguniga qadar tashqariga ishchi kuchi chiqarish va tashqaridan ishchi kuchi olib kelish masalalarini tartibga soluvchi, xorijda ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlari himoya etilishini ta’minlovchi qaror qabul qilsin.
98
889
Qonunchilik
XUSUSIYLAShTIRIShDAN TUShADIGAN MABLAG‘LARNI TAQSIMLASh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki: Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini, shu jumladan sotib olinadigan davlat aktivlari haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutuvchi shartnomalar bo‘yicha tushadigan mablag‘larni taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan har oyda qonun hujjatlarida belgilangan nisbatlarda amalga oshiriladi; xususiylashtirilayotgan korxonalar Hukumatning qarorlari bo‘yicha ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘larni o‘tkazish ushbu korxonalar tomonidan maxsus depozit hisob raqamining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan holda taqdim etilgan yozma so‘rovlar asosida amalga oshiriladi. Korxona tomonidan so‘rov sotilayotgan davlat aktivlari uchun yakuniy hisob-kitoblar qilingan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgungacha taqdim etilmagan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar davlat budjetiga o‘tkaziladi. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
95
1,199
Qonunchilik
QIShLOQ XO‘JALIGI UChUN MINITEXNOLOGIYALAR VA IXChAM USKUNALARNING XALQARO IXTISOSLAShTIRILGAN KO‘RGAZMA-SAVDOSINI O‘TKAZIShNI TAShKIL QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichik korxonalarni yetakchi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy, ilg‘or minitexnologiyalar va uskunalar bilan tanishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni sotib olish va ishlab chiqarishga tatbiq etishga va shu asosda qishloq xo‘jaligi xomashyosini yanada chuqurroq qayta ishlashni ta’minlash, sifatli, raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Fermer xo‘jaliklari uyushmasining: 2006-yil 21-oktabrdan 10-noyabrgacha Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” MKK” OAJning ko‘rgazma maydonlarida qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish to‘g‘risidagi; 2006-yilning 10-noyabridan boshlab “O‘zekspomarkaz” MKK” OAJ hududida fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichik korxonalar uchun minitexnologiyalar va uskunalarning doimiy ishlaydigan ko‘rgazma-savdosini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosiga minitexnologiyalar va ixcham uskunalar ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy kompaniyalarni keng ko‘lamda jalb qilish va ularning ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “O‘zekspomarkaz” MKK” OAJning ko‘rgazma maydonlari ko‘rgazma ishtirokchilariga tekin berilishi belgilab qo‘yilsin. 2. Quyidagilar: qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning tarkibi 1-ilovaga* muvofiq; qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi (“Uzbekistan Agrominitech Expo-2006”)ni o‘tkazishning mavzu-ekspozitsiya rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Tashkiliy qo‘mita (Sh.M. Mirziyoyev) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda shu yilning 20-oktabrigacha Germaniya, Vengriya, Italiya, Belgiya, Avstriya va boshqa mamlakatlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalar ishlab chiqaradigan yetakchi kompaniyalarni ko‘rgazma-savdoda qatnashishga jalb etish bo‘yicha faol reklama — axborot va tashkiliy ishlarni olib borsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklarining rahbarlari, shuningdek respublikaning barcha mintaqalaridagi agrofirma va fermer xo‘jaliklarining vakillari tomonidan ko‘rgazmani borib ko‘rish jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi: Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari va lizing kompaniyalari bilan birgalikda ko‘rgazma doirasida import minitexnologiyalari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga taalluqli tematik seminarlarni 4-ilovaga* muvofiq tashkil qilsin; ko‘rgazma qatnashchilari orasida tarqatish uchun chet ellarda ishlab chiqariladigan minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning batafsil katalogini nashr etsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari Savdo-sanoat palatasi hamda Fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda o‘n kun muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha kichik korxonalar tomonidan ehtiyoj mavjud bo‘lgan minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning turlari bo‘yicha takliflarni taqdim etsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasiga 2 yilgacha bo‘lgan muddatga minitexnologiyalar va ixcham uskunalar namunalarini vaqtincha olib kirish rejimida keyinchalik ularni tuzilgan import yoki lizing shartnomalari asosida agrofirmalar va fermer xo‘jaliklariga sotilishiga sharoit yaratish uchun, istisno tariqasida, bojxona to‘lovlarisiz rasmiylashtirsin. Ko‘rgazma-savdolarda ishtirok etish maqsadida qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalar olib keluvchi kompaniyalar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari), shuningdek mazkur minitexnologiyalar va uskunalarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining talabnomalariga ko‘ra ko‘rgazmaning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan tezkor rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladigan joylar va ko‘rgazma ishtirokchilarining yashash joylarida to‘lov undirilmagan holda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi ishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
170
5,511
Qonunchilik
MAHSULOTNI TAQSIMLASh TO‘G‘RISIDAGI BITIMNI AMALGA OShIRISh DOIRASIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JANUBI-G‘ARBIY HISOR MINTAQASIDAGI ODAMTOSh, GUMBULOQ VA JARQUDUQ-YaNGI QIZILChA GAZ KONDENSATI KONLARINI KOMPLEKS O‘ZLAShTIRIShNI JADALLAShTIRISh ChOR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd” kompaniyasi bilan Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirib borishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 23-martdagi PQ-1078-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Janubi-G‘arbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini o‘zlashtirish obyektlari qurilishini va ularni foydalanishga topshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Istisno tariqasida, “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” mas’uliyati cheklangan jamiyatga: Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini o‘zlashtirish obyektlari qurilishi uchun ish loyihasi asosida bir bosqichli tartibda loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga; Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini o‘zlashtirish obyektlarini bir vaqtda qurgan holda normativ muddat doirasida shunday obyektlarni loyihalashtirishga ruxsat berilsin. 2. Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasining Janubi-G‘arbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini o‘zlashtirish obyektlari qurilishining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya qilinishi ustidan arxitektura-qurilish nazorati olib borilishini ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi bilan “Soyuzneftgaz Vostok Limited” kompaniyasi o‘rtasida Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni (keyingi o‘rinlarda Bitim deb yuritiladi) amalga oshirish doirasida amalga oshiriladigan O‘zbekiston Respublikasining Janubi-G‘arbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha konlarini o‘zlashtirish obyektlari qurilishining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom Bitimni amalga oshirish doirasida o‘zlashtiriladigan boshqa konlarga tatbiq etilmaydi. 2. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: buyurtmachi — “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” mas’uliyati cheklangan jamiyat; obyektni loyihalashtirish topshirig‘i — Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini o‘zlashtirish obyektlari qurilishining ish loyihasini ishlab chiqishga qo‘yiladigan asosiy birlamchi talablarni o‘z ichiga olgan hujjat; mahalliy loyihalar — tashqi infratuzilma obyektlari qurilishi uchun bajariladigan to‘liq hajmdagi ish loyihalari; ish loyihasi — cheklangan qiymatli va ish hujjatlari bilan birga asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan tasdiqlanadigan qismdan iborat bo‘lgan loyiha hujjatlari; ish hujjatlari — ayrim binolar va inshootlarga ish chizmalari turkumi, qurilishni amalga oshirish uchun yetarli hajmdagi ish turlari; vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi; boshqaruvchi qo‘mita — Bitimga muvofiq yuqori boshqaruv organi; ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi — prinsipial yechimlarni ta’minlash, qurilishning dastlabki (boshlang‘ich) qiymatini aniqlash va qarorning tasdiqlanadigan qismi qabul qilinishi asosida ish hujjatlarini ishlab chiqish uchun yetarli hajmdagi loyiha hujjatlari to‘plami. 3. Buyurtmachi loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga va asosiy texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berishga tanlov doirasida loyihalovchi tashkilotga qurilish pudratchisini (pudratchilarini) tanlash bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tanlov hujjatlarining texnik qismini ishlab chiqishni buyurtma qilishi mumkin. 4. Ish loyihasi buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan, ushbu Nizomning II bo‘limiga muvofiq kelishilgan va tasdiqlangan obyektni loyihalashtirishga topshiriq asosida ishlab chiqiladi. 5. Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan obyektni loyihalashtirish topshirig‘i “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Vakolatli organ va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasida kelishilishi kerak. Obyektni loyihalashtirishga topshiriqni kelishish bir vaqtning o‘zida ushbu bandda ko‘rsatilgan kelishuvchi organga taqdim etilgan paytdan boshlab ikki hafta muddatda amalga oshiriladi. 6. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan kelishuv mavjud bo‘lgan taqdirda, obyektni loyihalashtirish topshirig‘i Bitimda belgilangan tartibda Boshqaruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi. 7. O‘zbekiston Respublikasining Janubi-G‘arbiy Hisor mintaqasidagi Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq — Yangi Qizilcha gaz kondensati konlarini o‘zlashtirish obyektlari qurishga ish loyihasi quyidagi bosqichlarda ishlab chiqiladi: ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi; ish hujjatlari. 8. Mahalliy loyihalarni ham o‘z ichiga oladigan ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi ishlab chiqilishi tugallangandan keyin buyurtmachi davlat ekspertizasi organlariga tasdiqlanadigan qismni belgilangan tartibda taqdim etadi. Davlat ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi Boshqaruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi. 9. Ish loyihasining tasdiqlanadigan qismi tasdiqlangunga qadar buyurtmachi ish hujjatlarini ishlab chiqishga, asosiy texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishga kirishadi, tanlov asosida qurilish pudratchisi (pudratchilari) tanlovini amalga oshiradi. Ish loyihasining tasdiqlangan tasdiqlanadigan qismi o‘zlashtirish obyektlarini qurish yuzasidan kontraktlar tuzish uchun asos hisoblanadi. 10. Buyurtmachi tugallangan ish hujjatlari (shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasida ekspertizadan o‘tgan aniqlashtirilgan yig‘ma smeta hisob-kitobi), shuningdek qurilish pudratchisini (pudratchilarini) tanlash bo‘yicha tanlov savdolari natijalari bo‘yicha aniqlashtirilgan qurilish qiymati asosida Boshqaruvchi qo‘mitaning tasdiqlashi uchun ish loyihasini taqdim etadi. 11. Ish loyihasi Bitimda belgilangan tartibda Boshqaruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
250
6,702
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida mamlakat miqyosida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. COVID-19 pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish jarayonida aholi salomatligini muhofaza qilish, saylovchilar va saylov tashkilotchilari o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ni tarqalishining oldini olish bo‘yicha yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Saylov komissiyalari va saylov tashkilotchilari xavfsiz ish sharoitini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan 2020-yil 11-mayda tasdiqlangan “COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo‘llanishi sharoitida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik sanitariya qoida va me’yorlari” 0372-20-son SanQvaM hamda mazkur Yo‘riqnomaga qatiy rioya etilishini ta’minlasinlar. 3. Mutasaddi davlat organlari, siyosiy partiyalar hamda boshqa tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tadbirlar ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan belgilangan karantin talablari hamda sanitariya-gigiyena va epidemiologiya qoidalariga qat’iy rioya qilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari (X. Mamatov): pandemiya sharoitida o‘tkaziladigan saylov jarayoniga zarur bo‘ladigan dezinfeksiya va himoya vositalariga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganishni va belgilangan tartibda saylov komissiyalariga yetkazilishini; “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi” asosida o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari doirasida saylov komissiyalari a’zolariga pandemiya sharoitida saylovlarni o‘tkazish tartibi bo‘yicha o‘quvlar tashkil qilinishini; pandemiya sharoitida bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlari bilan bog‘liq barcha tadbirlarni moliyalashtirish uchun budjetdan yetarli miqdorda mablag‘ ajratilishini nazoratga olsin. 5. Ushbu qaror barcha saylov komissiyalariga va siyosiy partiyalarga yetkazilsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb saytida e’lon qilinsin. 6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Quchqarov zimmasiga yuklatilsin. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda saylov komissiyasi a’zolari hamda saylov jarayoni boshqa ishtirokchilari o‘rtasida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini oldini olish tartibini belgilaydi. 1. Saylov okruglari va uchastkalarida, ovoz berish xonalarida saylov komissiyasi a’zolari, saylovchilar, kuzatuvchilar va OAV vakillari quyidagi himoya va profilaktika vositalaridan foydalanishlari talab etiladi: haroratni o‘lchash uchun termometr, pirometr; himoya niqobi; bir martalik tibbiy qo‘lqop (saylov komissiyasi a’zolari uchun); antiseptik suyuqlik (sanitayzer). 2. Saylov jarayoni ishtirokchilari quyidagi talablarga rioya qilishi lozim: himoya niqoblaridan foydalanishi; qo‘l berib salomlashish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri kontaktga kirishishning boshqa shakllaridan saqlanishi; ijtimoiy masofaga rioya qilishi. 3. Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarning kirish qismida va ovoz berish xonasida ijtimoiy masofani saqlash uchun 1,5 — 2 metr oraliq masofani belgilovchi hamda harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziqlar bo‘lishi lozim. Ovoz berish binosining kirish qismida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar aks etgan plakatlar joylashtiriladi. 4. Saylov komissiyalari saylov kampaniyasi uchun ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mazkur Yo‘riqnoma ilovasida ko‘rsatilgan miqdorda himoya va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlanadi. 5. Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarga kamida bir nafar tibbiyot xodimi biriktiriladi. Tibbiyot xodimi tegishincha saylov okrugi va uchastkasi hududida sanitariya qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi. Tibbiyot xodimi saylov komissiyasining ishiga aralashishi, ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlashda ishtirok etishi mumkin emas. 6. Biriktirilgan tibbiyot xodimi saylov komissiyalari binolarining kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o‘lchaydi, antiseptik vosita bilan qo‘llarini dezinfeksiya qiladi va zaruratga ko‘ra himoya niqobi beradi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlarining xodimlari saylov o‘tkazilayotgan binoda O‘zbekiston Respublikasining SanQvaMda hamda ushbu Yo‘riqnomada belgilangan COVID-19 infeksiyasi tarqalishini oldini olish va unga qarshi kurash tadbirlari amalga oshirilishini saylov komissiyalari faoliyatiga aralashmagan holda nazorat qiladi. 8. Tashrif buyuruvchilarning tana harorati 370S va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ular saylov komissiyasining binosiga kiritilmaydi. 9. Saylov okrugi hududida epidemiologik vaziyatning kunlik tahlili Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy boshqarmalari tomonidan olib boriladi. Zaruratga ko‘ra saylov komissiyalariga tegishli tavsiyalar berilishi mumkin. 10. Uchastka saylov komissiyalari a’zolari ish faoliyatini amalga oshirishida shaxsiy himoya vositalari (himoya niqobi, antiseptik vositalar)dan foydalanishlari shart. Ovoz berish kuni uchastka saylov komissiyasi a’zolari yuzlarini himoya qilishlari uchun plastmassali niqoblardan foydalanishi tavsiya etiladi. 11. Saylovchilar va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari ovoz berish binosida ijtimoiy masofani saqlashi, himoya niqobida bo‘lishi kerak. 12. Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar va xonalarning dezinfeksiya qilinishi, shuningdek ularda epidemiyaga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi. 13. Dezinfeksiya ishlari qoida tariqasida okrug va uchastka saylov komissiyalarining kundalik ish faoliyati yakunlanganidan so‘ng amalga oshiriladi. Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan kamida olti soat oldin barcha uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish binolari va xonalari dezinfeksiya qilinishi lozim. 14. Dezinfeksiya ishlari ovoz berish xonasida, binoning koridorlari, jamoatchilik foydalanadigan joylarida (hojatxona, lift, zinalar va h.k) amalga oshiriladi. 15. Dezinfeksiya ishlari Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyalarini inobatga olgan holda, ular tomonidan belgilangan dezinfeksiya vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. 16. Ovoz berish kuni, ovoz berish xonalarida uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun yetarli miqdorda ichimlik suvi bo‘lishi kerak. Ovoz berish xonasida oziq-ovqat iste’mol qilish taqiqlanadi. 17. Ovoz berish binosidan chiqish joyida ishlatilgan niqoblar va boshqa shaxsiy himoya vositalarini tashlash uchun idish o‘rnatilishi lozim. 18. Caylov uchastkasi “qizil” hududga to‘g‘ri kelgan taqdirda komissiya a’zolari ish faoliyati davomida majburiy foydalanishi uchun quyidagi vositalar bilan ta’minlanadi: maxsus kombinezonlar, xalatlar; nafas olish tizimini himoya qilish uchun — tibbiy niqob; ko‘rish a’zolarini himoya qilish uchun — yuz uchun plastmassali niqob; qo‘llarni himoya qilish uchun — tibbiy qo‘lqop; qo‘l va yuz terisini dezinfeksiyalovchi vositalar, eritmalar, tarkibida xlor va spirt bo‘lgan mahsulotlar. 19. Caylov uchastkasi “sariq” hududga to‘g‘ri kelgan taqdirda komissiya a’zolari ish faoliyati davomida majburiy foydalanishi uchun quyidagi vositalar bilan ta’minlanadi: nafas olish tizimini himoya qilish uchun — tibbiy niqob; ko‘rish a’zolarini himoya qilish uchun — yuz uchun plastmassali niqob; qo‘llarni himoya qilish uchun — tibbiy qo‘lqop; qo‘l va yuz terisini dezinfeksiyalovchi vositalar, eritmalar, tarkibida xlor va spirt bo‘lgan mahsulotlar. 20. Shaxsiy himoya vositalari va boshqa zarur buyumlar okrug saylov komissiyalariga saylovga kamida 15 kun qolganida, uchastka saylov komissiyalariga saylovga kamida 13 kun qolganida yetkazib beriladi. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari mutaxassislari tomonidan maxsus o‘quvlar o‘tkazilishi yoki tavsiyalar berilishi mumkin. 21. Okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolariga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishlari uchun zarur sharoit yaratiladi. Tana harorati 370S va undan yuqori bo‘lgan komissiya a’zolari (rais, rais o‘rinbosari, kotib va boshqa a’zolar) vaqtincha ish faoliyatidan chetlatiladi va koronavirus infeksiyasiga navbatsiz laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi. Bunda, komissiya a’zosiga bir ish kuni ichida PZR test tahlili natijasi taqdim etilishi kerak. Komissiya a’zosi saylovga olti kun va undan kam vaqt qolganida koronavirus (COVID-19) infeksiyasi bilan kasallanganligi aniqlansa yoki saylov kuniga qadar koronavirus (COVID-19) infeksiyasidan tuzalmagan bo‘lsa, shuningdek saylov kuni tana harorati 370S va undan yuqori bo‘lgan taqdirda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasining qaroriga asosan komissiya tarkibidan chiqarilishi va yangi a’zo (rais, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zosi) komissiya tarkibiga kiritilishi mumkin. 22. Komissiya a’zolariga shaxsiy himoya vositalarini o‘z vaqtida va to‘liq berish uchun javobgarlik tegishli saylov komissiyasi raisiga yuklatiladi. 23. Saylovchilarni ovoz berish joyi va vaqti haqida xabardor qilish qo‘shimcha ravishda ommaviy axborot vositalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va targ‘ibot materiallari yordamida amalga oshirilishi mumkin. 24. Ovoz berish kuni saylov komissiyasi a’zolari ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘tirishi va ish faoliyati davomida himoya niqoblarini kamida 3 soatda bir marta almashtirishi kerak. 25. Saylovchi, saylov jarayonining boshqa ishtirokchisi ovoz berish binosiga kelganida uning tana harorati o‘lchanadi va qo‘liga antiseptik suyuqlik sepiladi, himoya niqobi bo‘lmagan saylovchiga va saylov jarayonining boshqa ishtirokchisiga himoya niqobi beriladi, shundan so‘ng u binoga kiritiladi. 26. Saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining tana harorati 370S va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ular ovoz berish xonasiga kiritilmaydi. Bunda, tana harorati 370S va undan yuqori bo‘lgan saylovchilar uchun alohida ajratilgan joylarda (binoning kirish qismi va boshqalar) ikki nafar uchastka saylov komissiyasi a’zosi hozirligida ko‘chma saylov qutilari va kabinalaridan foydalangan holda yashirin ovoz berish huquqi ta’minlanadi. 27. Saylovchi ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatining tegishli varag‘ini ochadi va komissiya a’zosining ushbu hujjat bilan kontaktsiz tanishishiga imkon yaratadi. Zaruratga ko‘ra, saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida shaxsini aniqlash maqsadida uchastka saylov komissiyasi a’zosi saylovchiga qisqa muddatga himoya niqobini ochib yuzini ko‘rsatishini so‘rashi mumkin. Saylovchi quyidagi hollarda tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi tavsiya etiladi: saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yishda; saylov byulletenini olishda; yashirin ovoz berish kabinasi (xonasi)da saylov byulletenini to‘ldirishda. 28. Yashirin ovoz berish kabinalariga parda osilmaydi. Ovoz berishni tashkil qilish uchun ko‘chma ovoz berish kabinalaridan foydalanilishi mumkin. Saylovchiga yashirin ovoz berish kabinasi (xonasi)da bir daqiqadan ortiq bo‘lmasligi tavsiya etiladi. 29. Ovoz berish huquqini amalga oshirganidan keyin saylovchiga qo‘llarini antiseptik vositalar bilan zararsizlantirish tavsiya etiladi. 30. Koronavirus infeksiyasidan uy sharoitida davolanayotgan saylovchining (keyingi o‘rinlarda — saylovchi) turgan (yashash) joyida ovoz berishini tashkil etishda uchastka saylov komissiyasi saylovchi uchun alohida himoya vositalari to‘plamini tayyorlaydi. Sellofan paketga solingan to‘plamda quyidagilar bo‘lishi kerak: tibbiy niqob; tibbiy qo‘lqop; uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan saylov byulleteni. 31. Uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi shaxsiy himoya vositalari bilan himoyalangan holda ko‘chma saylov qutisini dezinfeksiyalab, saylovchining turgan joyiga boradi. Saylovchi va komissiya a’zolari o‘rtasida ijtimoiy masofa saqlangan holda saylovchining shaxsi aniqlanadi, so‘ng komissiya a’zosi saylovchiga sellofan paketga solingan to‘plamni va imzo qo‘yishi uchun saylovchilar ro‘yxatidan ko‘chirmani beradi. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida saylovchilar ro‘yxatidan ko‘chirmaga imzo qo‘yadi. Saylovchiga yashirin ovoz berish huquqi ta’minlanadi. Shundan so‘ng, saylovchi saylov byulletenini ko‘chma saylov qutisiga tashlaydi. Ovoz berish amalga oshirilganidan so‘ng komissiya a’zosi ko‘chma saylov qutisining qismlarini (yuza, yon va dastak) dezinfeksiyalaydi. Bu vaqtda hozir bo‘lgan kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari shaxsiy himoya vositalari bilan himoyalangan bo‘lishi shart. 32. Koronavirus infeksiyasidan statsionar davolash muassasalarida davolanayotganlar va ushbu maskanlarning ishchi-xodimi bo‘lgan saylovchilarning ovoz berishini tashkil etish uchun ushbu muassasalarda saylov uchastkalari tuzilish mumkin. Yashirin ovoz berishni tashkil qilish uchun ushbu toifadagi binolarda ko‘chma ovoz berish kabinalaridan foydalaniladi. Ushbu muassasalarda tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish mazkur muassasalarning ichki tartib-qoidalariga hamda O‘zbekiston Respublikasining SanQvaM talablariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkaziladi. 33. Uchastka saylov komissiyasi himoya vositalaridan foydalangan holda qo‘llarini, saylov qutilarining qismlarini (yuza, yon va dastak) shuningdek ovozlarni sanab chiqish uchun tayyorlangan joyni dezinfeksiya qilib ovozlarni sanab chiqish jarayonini amalga oshiradi. Bunda, ijtimoiy masofaga rioya qilishga alohida e’tibor berilishi lozim. 34. Ovozlarni sanab chiqishda va saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlashda hozir bo‘lgan siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari tibbiy niqobdan foydalanishlari va ijtimoiy masofaga rioya qilishlari kerak. 35. Ovozlarni sanab chiqish natijalari bo‘yicha bayonnomani to‘ldirishda uchastka saylov komissiyasining a’zolariga alohida-alohida ruchkalardan foydalanish tavsiya etiladi. 36. Okrug saylov komissiyasi tomonidan uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarini qabul qilishda va tegishli bayonnomani to‘ldirishda himoya vositalaridan foydalanish va ijtimoiy masofa saqlash bo‘yicha talablarga rioya qilinishi shart. 37. Ovoz berish natijalari chiqarilgandan so‘ng saylov komissiyasi a’zolari shaxsiy himoya vositalarini yechadi va utilizatsiya qilish uchun maxsus idishga tashlaydi. 38. Mazkur Yo‘riqnoma talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. 39. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
158
16,185
Qonunchilik
2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 18-noyabrda qabul qilingan “2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida”gi 188-II-sonli qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi). 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasida 956,2 mingta ish o‘rnini tashkil etish dasturini bajarish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin; Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturi doirasidagi kompleks chora-tadbirlarga, Investitsiya dasturiga, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlariga, tarmoqlarni rivojlantirishning eng muhim maqsadli dasturlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hududiy dasturlariga muvofiq mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini rivojlantirish bo‘yicha 2011-yilga nazarda tutilgan tadbirlar so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin. 4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining prognoz parametrlari tegishli hududlarda samarali bajarilishini ta’minlasin, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida, shu jumladan oilaviy biznes sohasida, shuningdek yangi obyektlarni ishga tushirish, amal qilib turgan ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, kasanachilikni, kosibchilikni va xalq hunarmandchiligini tashkil etish, qurilishda pudrat ishlarini kengaytirish, shu jumladan qishloq joylarda kengaytirish hisobiga ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratsin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlari 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining ish o‘rinlari tashkil etishning tegishli hududiy ko‘rsatkichlari bajarilishiga doir qismini bajarishning borishini muntazam ravishda o‘z sessiyalarida ko‘rib borsinlar, belgilangan parametrlardan orqada qolingan taqdirda ish o‘rinlari tashkil etishning prognoz ko‘rsatkichlarini so‘zsiz ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘rsinlar. 6. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin. 7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2010-yil 19-iyuldagi 50-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining 2010-yil II yarim yilligi ish rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan. Dasturning maqsadi aholi bandligi, daromadlari, turmush darajasi va sifati o‘sishini ta’minlash, mamlakat hududlari va iqtisodiyot tarmoqlarining mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi bandligini o‘stirish masalalarini hal etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining mas’uliyatini oshirishdan iborat. Dastur mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini tahlil qilish hamda baholash natijalariga, 2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etish borasidagi ishlarning kutilayotgan yakunlariga, shuningdek iqtisodiyotning barqaror o‘sishini va hududlarni rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha, shu jumladan, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturi, Investitsiya dasturi, mahalliylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloqda uy-joy qurilishi dasturlari, mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning industrial salohiyatini oshirish hududiy dasturlariga muvofiq 2011-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga asoslangan. Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq 2010-yilda 950 mingta ish o‘rni tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning yanvar — sentyabrida 784,9 mingta ish o‘rni, shu jumladan: 65,6 mingta ish o‘rni — yirik ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarida, shu jumladan “O‘zbekyengilsanoat” DAK obyektlarida (3,4 mingta), “O‘zbekneftegaz” MXK (1,9 mingta), “O‘zavtosanoat” AK (1,9 mingta), yangidan ishga tushirilgan ijtimoiy infratuzilma obyektlarida (20,2 mingta); 372,9 mingta ish o‘rni – kichik biznesda, shundan 253 mingtasi – xizmat ko‘rsatish va servis sohasida, 44,8 mingtasi — sanoatda, shu jumladan qishloq xo‘jaligi va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlashda (5,6 mingta), qandolat va oziq-ovqat mahsulotlari (9,4 mingta), tikuvchilik buyumlari, poyabzal, mebel (16,5 mingta), qurilish materiallari (13,3 mingta) ishlab chiqarishda, 75,1 mingtasi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida; 186,8 mingta ish o‘rni — kasanachilikning barcha shakllarini rivojlantirish hisobiga, shu jumladan 63,1 mingtasi — korxonalar bilan mehnat shartnomalari bo‘yicha (asosan tikuvchilik, ipakchilik, qayta ishlash, mebel, elektron sanoatlarida), 79,5 mingtasi — kosibchilikni, xalq hunarmandchiligi va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga, 44,2 mingtasi — pudrat shartnomalari asosida uyda ishlarni bajarish asosida; 159,6 mingta ish o‘rni — Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hisobiga, shu jumladan 113,1 mingtasi — parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarini tashkil etish hisobiga, 29,5 mingtasi — yo‘llar va kommunikatsiyalar qurilishi va rekonstruksiyasi, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlari hisobiga, 9,5 mingtasi — bozor infratuzilmasini rivojlantirish hisobiga, 7,5 mingtasi — vaqtincha ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash natijasida tashkil etilgan. Dasturning amalga oshirilishi aholi zich joylashgan, mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan hududlarda, chunonchi Qashqadaryo (72,1 ming), Samarqand (72 ming), Farg‘ona (71,9 ming), Andijon (69,7 ming), Namangan (57,6 ming) va Xorazm (50,2 ming) viloyatlarida ish o‘rinlari tashkil etish imkonini berdi. 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining asosiy yo‘nalishlari va prognoz parametrlari vaqtincha ishlamayotgan fuqarolar (ishsizlar)ni, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan yoshlarni, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar natijasida bo‘shab qolayotgan xodimlarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ish o‘rinlari tashkil etishning barcha mavjud imkoniyatlari va zaxiralarini hisobga olgan holda belgilangan. 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining asosiy yo‘nalishlari va prognoz parametrlari: birinchidan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturining asosiy yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirilgan; ikkinchidan, katta qo‘shimcha kapital sarflar talab qilmaydigan ish o‘rinlarini ko‘paytirish zaxiralarini yanada to‘laroq safarbar etishni nazarda tutadi; uchinchidan, kichik biznesning rolini oshirishga, xizmat ko‘rsatish sohasini, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini ustun rivojlantirishga, shuningdek bandlikni ta’minlashning kasanachilik va kosibchilik kabi samarali shakllarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan; to‘rtinchidan, ish o‘rinlari tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha xalqaro standartlarga to‘liq mos keladi. Dastur 2011-yilda quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 956,2 mingta ish o‘rni tashkil etilishini nazarda tutadi: Investitsiya dasturi, mahalliylashtirish dasturlarini, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash tarmoq dasturlarini amalga oshirish, buning hisobiga 57,5 mingta yangi ish o‘rni tashkil etilishi ko‘zda tutilgan, ulardan 17,7 mingtasi — respublika tarmoq xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi korxonalarda, 39,8 mingtasi — hududiy investitsiya dasturlari va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga muvofiq. Tarmoqlar bo‘yicha eng ko‘p ish o‘rinlari yengil (5 mingta), neft-gaz va ko‘mir (1,8 mingta), avtomobil (1,2 mingta), metallurgiya (0,6 mingta) sanoatining yirik korxonalarida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida tashkil etilishi mo‘ljallanmoqda. Kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 477,8 mingta ish o‘rni tashkil etilishini ta’minlaydi. Shundan kichik biznes sohasida ish o‘rinlarining aksariyat qismixizmat ko‘rsatish va servis sohasida (266,8 mingta), kichik sanoat korxonalari tomonidan (55 mingta), shuningdek uy-joylarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish sohasida (44 mingta) tashkil etiladi. Kasanachilikni, eng avvalo, korxonalar bilan kooperatsiya asosida mehnat shartnomalari bo‘yicha, kosibchilik va xalq hunarmandchiligini, shuningdek oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish 216,2 ming fuqaroni ishga joylashtirish imkonini beradi. Shundan 55,4 mingta ish o‘rni yengil sanoat, oziq-ovqat va kimyo sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika kompleksining yirik va kichik korxonalarida, shuningdek qurilish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kasanachilikni tashkil etish hisobiga yaratiladi. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari, Shahrixon, G‘ijduvon, Shahrisabz, Chust, Urgut, Boysun, Rishton va Xiva tumanlari kabi an’anaviy hunarmandchilik markazlari bo‘lgan tuman va shaharlarda kasanachilik ish o‘rinlarini ko‘paytirishga, shu jumladan, kasanachilarni “Usta-shogird” usulida o‘qitish va qayta tayyorlash hamda imtiyozli mikrokreditlar ajratish yo‘li bilan ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish va kengaytirish hisobiga 122,4 mingta ish o‘rni tashkil etilishi kutilmoqda. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish avtomobil va temir yo‘llarni, elektr, suv va gaz ta’minoti obyektlarini qurish va ta’mirlash, telekommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini qurish va ta’mirlash hisobiga 72,8 mingta yangi ish o‘rni tashkil etilishini, shuningdek hamma yerda bozor infratuzilmasi obyektlari rivojlanishini ta’minlaydi. Vaqtincha ishlamayotgan korxonalarning, shu jumladan tijorat banklari balansiga berilgan bankrot korxonalarning faoliyatini tiklash 9,6 mingta ish o‘rni tashkil etilishini ta’minlaydi. Hududlar bo‘yicha 241,3 mingta ish o‘rni aholi zich joylashgan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, 107,9 mingtasi shimoliy mintaqalarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida), 82,1 mingtasi — Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, 166,7 mingtasi — poytaxt mintaqasida (Toshkent viloyati va Toshkent shahrida), 92 mingtadan ortiqrog‘i — Samarqand viloyatida, 113,9 mingtasi — Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek 86,9 mingtasi — Qashqadaryo va 64,6 mingtasi — Surxondaryo viloyatida tashkil etiladi. Bunda mehnat bozoridagi vaziyat jiddiy bo‘lgan 30 tuman (shahar)da yaratilayotgan ish o‘rinlari sonini ancha ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha asosiy yo‘nalishlar va parametrlar tumanlar, shaharlar, xarajatlar hajmi va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha aniqlashtirilgan hamda ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tasdiqlangan tegishli hududiy dasturlarda belgilangan. Ish o‘rinlari tashkil etishning ishlab chiqilgan parametrlarini amalga oshirish mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan yoshlarning (490 ming nafardan ortiq ta’lim muassasalari bitiruvchilarining), yil davomida ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati qisqarishi (tugashi) natijasida bo‘shab qoladigan xodimlarning, shuningdek ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan va talab qilinadigan malaka (kasb)ga ega bo‘lmagan shaxslarning bandligini ta’minlash imkonini beradi. 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etishning tasdiqlangan parametrlari bajarilishini ta’minlash maqsadida viloyat, tuman, shahar, tarmoqlar va konkret obyektlar bo‘yicha ish o‘rinlari tashkil etish dasturlarini bajarishning borishini monitoring qilish va har oyda ko‘rib chiqish tashkil etiladi. 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarining bajarilishini monitoring qilish: Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va ularning hududiy organlari tomonidan — hududiy va tarmoq dasturlarida nazarda tutilgan parametrlarning bajarilishi bo‘yicha; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan — ish o‘rinlari tashkil etishning tegishli hududiy parametrlari bajarilishi bo‘yicha; xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan — ularning tarkibiga kiruvchi tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha ish o‘rinlari tashkil etish dasturlarining bajarilishi bo‘yicha amalga oshiriladi. Dasturlar bajarilishining borishini monitoring qilish va har oyda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ish o‘rinlari tashkil etishning belgilangan parametrlaridan orqada qolishga yo‘l qo‘yilgan korxonalar, tarmoqlar, bandlik yo‘nalishlari, shuningdek viloyat tuman va shaharlar aniqlanadi, ish o‘rinlari tashkil etishning prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Dastur parametrlarining so‘zsiz bajarilishi hamda aholi bandligi borasidagi muammolarni amalda hal etish uchun shaxsiy mas’uliyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyat, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
89
14,229
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning 2013-yilda va 2014-yilning o‘tgan davrida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi hisobotini tinglab hamda muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, hisobot davrida prokuratura organlari tomonidan qonun ustunligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni profilaktika qilish borasida zimmalariga yuklatilgan asosiy vazifalarni bajarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilingan. Qonunlarning ijro etilishi yuzasidan hisobot davrida o‘tkazilgan 38 mingdan ortiq tekshirish yakunlari bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan 267 870 ta prokuror nazorati hujjati qo‘llanilgan, 144 355 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan. Davlat organlarining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan 35 138 ta hujjatiga protest keltirilgan, ular keyinchalik bekor qilingan yoki qonun hujjatlariga mos holga keltirilgan. Qonun buzilishlari, ularning sabablari va bularga imkoniyat tug‘dirayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 44 600 ta taqdimnoma kiritilgan. Hukuqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 52 719 nafar mansabdor shaxsga qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantiruv e’lon qilingan. 158 mingdan ortiq shaxsning intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilishi ta’minlangan. Qariyb 339 milliard so‘m miqdoridagi moddiy zararni undirib olish to‘g‘risida sudlarga 54 687 ta ariza kiritilgan. 8 233 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Prokuratura organlarining alohida e’tibori fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan. Fuqarolarning mehnat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash yuzasidan prokuror nazoratini amalga oshirish jarayonida qonunga xilof ravishda mehnat shartnomalari tugatilgan, xodimlar intizomiy javobgarlikka tortilgan va boshqa holatlar aniqlanib, ularning yakunlari bo‘yicha tegishli prokuror ta’siri choralari qo‘llanilgan. Xususan, protestlar va sudlarga kiritilgan arizalar asosida mansabdor shaxslarning mehnat munosabatlariga oid 1 775 ta buyrug‘i qonunga mos holga keltirilgan, 2 214 nafardan ortiq mansabdor shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2013-2014-yillarda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini so‘zsiz bajarish bo‘yicha doimiy ravishda chora-tadbirlar ko‘rilgan. Ushbu sohada o‘tkazilgan prokuror tekshiruvlarining yakunlari bo‘yicha 16 mingdan ortiq prokuror nazorati hujjati qo‘llanilgan. 338,9 million so‘m miqdoridagi yetkazilgan zararning o‘rni ixtiyoriy ravishda qoplanishi ta’minlangan, 33 ming nafardan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan, 128 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj fuqarolarning xuquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini, shu maqsadlar uchun ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligini, shuningdek qonun bilan belgilangan imtiyozlar vakolatli organlar tomonidan berilishini ta’minlash masalalari ham prokuratura organlarining diqqat markazida turgan. Chunonchi, prokuror nazorati natijalari bo‘yicha ushbu sohada 15 ming nafardan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan, 8 842 ta prokuror nazorati hujjati qo‘llanilgan, 486 nafar mansabdor shaxsga qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantiruv e’lon qilingan. Bundan tashqari, 5 355 nafar shaxsning intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilishi, 1,7 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi yetkazilgan zararning o‘rni ixtiyoriy ravishda qoplanishi ta’minlangan. 476 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan 16 002 ta prokuror nazorati hujjati qo‘llanilgan. 2,2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ning o‘rni ixtiyoriy ravishda qoplanishi ta’minlangan, 314 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Onalar va bolalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, shuningdek ular o‘rtasida kasalliklarni profilaktika qilish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida onalar va bolalar o‘limi qisqarishiga erishilgan. Prokuratura organlari tomonidan Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shuningdek boshqa muassasalar faoliyatida “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijro etilishini tekshirish amalga oshirilgan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish hamda chet el investitsiyalarini jalb etish sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini tekshirish o‘tkazilgan. Qonunlarning ijro etilishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlar yakunlari bo‘yicha tegishli prokuror ta’siri choralari ko‘rilgan. Prokuratura organlarining tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan ishonch telefonlariga 2013-yil va 2014-yilning o‘tgan davri mobaynida 2 722 ta murojaat tushgan, ularning ko‘pchiligi qanoatlantirilgan, buzilgan huquqlar tiklangan. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan deyarli ikki ming nafar fuqaroga tug‘ilgan muammolarni bartaraf etishda huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi doirasida oltita qonun loyihasi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Hozirgi vaqtda amal qilib turgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqalar shular jumlasidandir. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori hisobotini tahlil qilish fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qo‘yilgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ta’minlash ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish borasida ta’sirchan choralar ko‘rish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatni yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatdi. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin. 2. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov): fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin; fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishining oldini olish va uni profilaktika qilish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirsin; fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida prokuror ta’sir choralarining samaradorligini oshirsin, bunda mehnat, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor bersin; voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish, shuningdek yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga hamda ularning huquqlari va erkinliklari kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rsin; aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj qatlamlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yo‘naltirilayotgan mablag‘larning manzilliligini, bunda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha samarali amaliyotni kuchaytirsin; fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini ta’minlash bo‘yicha, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga turli byurokratik to‘siqlar qo‘yish, qonunga xilof ravishda aralashish hollariga barham berish bo‘yicha amaliyotni takomillashtirishni davom ettirsin; fuqarolarning huquqlari va erkinliklari cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shu jumladan nazorat qiluvchi organlarning normativ-huquqiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsin; qonun ijodkorligi, ayniqsa davlatning yoshlarga oid siyosatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun ijodkorligi sohasida prokuratura organlarining ishtirokini faollashtirsin, shuningdek huquqiy ta’limni va maorifni, huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilash borasidagi faoliyatni kuchaytirsin; fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida prokuratura organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilishi borasida kompleks yondashuvni amalga oshirsin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi “Qonun hujjatlari ijro etilishini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4636-sonli Farmoni bilan yuklatilgan vazifalarni, ayniqsa fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash bo‘yicha vazifalar og‘ishmay ijro etilishini ta’minlasin; prokuratura organlarining prokuror nazorati sohasida chet davlatlarning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikni amalga oshirish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirsin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qo‘llash va ijro etish ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rsin. 3. “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasi sakkizinchi qismining talablarini so‘zsiz bajarish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga har yili sessiyalarda tegishli prokurorlarning qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risidagi axborotini tinglash amaliyotini faollashtirish, tegishli prokurorlarning qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risidagi axborotini tinglash to‘g‘risidagi masalani har yili o‘z ish rejalariga kiritish tavsiya etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov) ushbu qaror ijro etilishining borishi to‘g‘risida 2015-yilning 10-fevraliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etsin. 5. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi zimmasiga yuklatilsin.
244
11,387
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT IShLARI VAZIRLIGI HUZURIDAGI “USTO” MAXSUS IJODIY - IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Amaliy va tasviriy san’at xalq ustalarining qo‘lda bajariladigan qadimiy san’atini yanada rivojlantirish, ijodiy-ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda zamonaviy qurilishda an’anaviy badiiy-arxitektura vositalarini keng qo‘llash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi “Usto” maxsus ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlar 1998-yil 1-iyuldan boshlab foyda solig‘i to‘lashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, bo‘shaydigan mablag‘lar ustavdagi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilsin. 2. “Usto” maxsus ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobiga uch oy muddatda tasarrufidagi korxonalar bazasida ilovaga muvofiq xalq badiiy hunarmandchiligi, amaliy, monumental va tasviriy san’at hamda haykaltaroshlik ustalari tayyorlash bo‘yicha maktablar tashkil qilsin. 3. Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari “Usto” birlashmasining o‘z maydonlariga ega bo‘lmagan korxonalariga ishlab chiqarish va savdo faoliyati, shuningdek ilovaga* muvofiq amaliy, monumental va tasviriy san’at hamda haykaltaroshlik ustalari tayyorlash bo‘yicha maktablar tashkil etish uchun binolar bersinlar. 4. Toshkent shahar hokimligi “Usto” birlashmasining San’at markazini barpo etish, shu jumladan unga birlashma apparatini joylashtirish uchun 0,2 gektar yer uchastkasi ajratsin. 5. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Usto” birlashmasini hukumat va shahar telefon aloqasi bilan ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 1999-yil prognozida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi “Usto” maxsus ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi uchun rekonstruksiya qilish hamda mashinalar, mexanizmlar va asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun zarur qo‘yilmalarni va mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini nazarda tutsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.R.Yunusov zimmasiga yuklansin.
164
2,192
Qonunchilik
Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Bunda, sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlikni amalga oshiruvchi va ushbu faoliyatni nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar davlat notarial idorasida bir yil muddatli stajirovkani o‘tagan bo‘lishi lozim.”. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (O. Hakimov) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari O. Murodov zimmasiga yuklansin.
124
1,703
Qonunchilik
OSIYO TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “MINTAQAVIY AVTOMOBIL YO‘LLARINI RIVOJLANTIRISh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Yuqori xalqaro talablar va standartlarga mos avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, transport kommunikatsiyalari tizimini xalqaro avtomobil yo‘llariga keng integratsiyalash maqsadida: 1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin: 2007-yil 19-dekabrda Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun to‘rt yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda uzish muddati 24 yil bo‘lgan 75,3 mln. AQSh dollari miqdorida O‘zbekiston Respublikasiga qarz berilishini ma’qulladi; mazkur loyihani amalga oshirish davri to‘rt yilga (2008—2011-yillar) belgilangan; loyihani amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shadigan hissasi ekvivalenti 105,5 mln. AQSh dollariga teng, shu jumladan soliqlar, bojxona to‘lovlari va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etish tarzida 21,5 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasiga Osiyo taraqqiyot bankining qarzi O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi Qarz bitimiga asosan beriladi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish hamda mazkur loyihani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi; loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining hissasini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli “O‘zyo‘lmashservis” yo‘l-ta’mirlash korxonasining ishlab chiqarish negizida mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l-qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan “Transyo‘lqurilish” davlat kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda “Transyo‘lqurilish” kompaniyasining ijro etuvchi apparati tuzilmasini tasdiqlasin. Belgilab qo‘yilsinki, “Transyo‘lqurilish” kompaniyasi: Osiyo taraqqiyot banki qarzi hisobiga xarid qilinadigan yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarini belgilangan tartibda o‘z balansiga qabul qiladi, mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega bo‘ladi, qarz mablag‘larini to‘lashni amalga oshiradi; tasdiqlangan Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturlariga muvofiq avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga ko‘ra xo‘jalik hisobi asosida o‘z faoliyatini tashkil etadi; tuzilgan shartnomalarga qat’iy muvofiq ravishda mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l-qurilish va ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, Osiyo taraqqiyot banki loyihasi doirasida olinadigan yo‘l-qurilish texnikasidan va asbob-uskunalaridan maqsadli va samarali foydalanish, ularning saqlanishi, o‘z vaqtida texnik va profilaktik xizmat ko‘rsatilishi, zarur ish holatida bo‘lishi uchun javobgar hisoblanadi. 4. Belgilansinki, “Transyo‘lqurilish” kompaniyasi yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalaridan samarali foydalanilishi, ularning saqlanishi va zarur ish holatida bo‘lishini ta’minlash uchun: O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining ekspluatatsiya yo‘nalishli tashkilotlarining bazalari hududida to‘lov undirilmagan holda joylashtiriladigan, tarkibida yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalari kompleksi bo‘lgan ko‘chma hududiy bo‘linmalarni 1-ilovaga* muvofiq shakllantiradi; O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining “O‘zyo‘lmashservis” Ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental korxona unitar korxonasining to‘lov undirilmagan holda taqdim etiladigan ishlab chiqarish bazasida yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatadi va ularni ta’mirlaydi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda bajarilgan mexanizatsiyalashtirilgan ishlar uchun Pudrat tashkilotlarining “Transyo‘lqurilish” kompaniyasi bilan hisob-kitob qilish tartibini tasdiqlasin. 6. “Transyo‘lqurilish” kompaniyasi, istisno tariqasida, to‘rt yil muddatga: yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan; Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha yo‘l-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun olib kelinadigan tovarlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu imtiyozlarni berish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar maqsadli tartibda Osiyo taraqqiyot bankining qayta kreditlanadigan qarzining bir qismini to‘lashga, shuningdek kompaniyaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yo‘naltiriladi. 7. Quyidagilar: asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosi 2-ilovaga muvofiq; ushbu loyiha bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini taqsimlash va to‘lash sxemasi 3-ilovaga muvofiq; Osiyo taraqqiyot banki qarzini to‘lash, loyiha bo‘yicha foizlar va vositachilik haqi to‘lash jadvali 4-ilovaga muvofiq; “Transyo‘lqurilish” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 8. “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash 6-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin: loyihani amalga oshirish bo‘yicha asosiy tadbirlarni, shuningdek loyihaning yillik budjetini tasdiqlash; loyihani amalga oshirish va mablag‘lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish; loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) xarid qilish bo‘yicha tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash. 9. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi va “Transyo‘lqurilish” kompaniyasi bilan qarzni qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil etib tayinlansin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz bitimi, shuningdek qarzni qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin. 10. Quyidagilar: ushbu loyihaning A-380 avtomobil yo‘li uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilishga oid qismining amalga oshirilishi yuzasidan javobgarlik Respublika yo‘l jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi zimmasiga; qurilish ishlari amalga oshirilayotganda A-380 avtomobil yo‘li uchastkalarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga; loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlash va qurilish ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi zimmasiga; loyihaning amalga oshirilishini bevosita boshqarish vazifasi Respublika yo‘l jamg‘armasi huzurida tashkil etilgan loyihani amalga oshirish guruhi zimmasiga yuklansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi 2008-yildan boshlab har yili daromadlar va xarajatlar prognozlarini shakllantirishda “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi qo‘shadigan hissasini moliyalashtirishga, shuningdek qarzning bir qismini to‘lashga, Osiyo taraqqiyot banki qarzi bo‘yicha foizlar va vositachilik haqi to‘lashga zarur mablag‘larni nazarda tutsin. 12. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz bitimi shartlariga muvofiq Osiyo taraqqiyot banki qarzi mablag‘lari hisobidan investitsiya davrida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari, soliqlar, davlatning maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy ajratmalar va yig‘imlardan ozod etiladi. Ushbu imtiyozlarni berish natijasida hosil bo‘lgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qo‘shadigan hissasi hisoblanadi. Ushbu imtiyozlar, loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ham tatbiq etilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi talabnomasiga ko‘ra belgilangan tartibda mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolariga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi talabnomasiga ko‘ra ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida muvaqqat yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod etilsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmalariga yuklansin. 1. Mazkur Nizom Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshiriladigan “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Transyo‘lqurilish” davlat unitar korxonasi — mexanizatsiyalashgan yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kompaniyasining (keyingi o‘rinlarda Kompaniya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Kompaniya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari, mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradi. 3. Kompaniya avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash yuzasidan tender g‘oliblari bo‘lgan pudrat tashkilotlari va korxonalari bilan tuziladigan shartnomalar asosida ixtisoslashtirilgan yo‘l-qurilish texnikasidan, asbob-uskunalaridan, shuningdek ularni ishlatish bo‘yicha malakali xodimlardan foydalangan holda ushbu Nizom ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l-qurilish va ta’mirlash ishlarini bajaradi. 4. Kompaniya yuridik shaxs — davlat unitar korxonasi hisoblanadi, bank muassasalarida hisobvaraqlariga, shu jumladan valyuta hisobvaraqlariga, o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi hamda o‘z faoliyatini to‘liq xo‘jalik hisobi va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash prinsiplari asosida amalga oshiradi, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalarini va moliyaviy masalalarni mustaqil ravishda hal qiladi. 5. Kompaniyaning yuridik manzili: 100052, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, T. Sodiqov ko‘chasi, 15-uy. 6. Quyidagilar Kompaniyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash yuzasidan tender g‘oliblari bo‘lgan pudrat tashkilotlari va korxonalari (keyingi o‘rinlarda pudrat tashkiloti deb ataladi) bilan tuziladigan shartnomalar asosida o‘z balansidagi ixtisoslashtirilgan yo‘l-qurilish texnikasidan, asbob-uskunalaridan, shuningdek ularni ishlatish bo‘yicha malakali xodimlardan foydalangan holda mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l-qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida bajarish; Respublikaning umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish; Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi ushbu loyiha doirasida olinadigan yo‘l-qurilish texnikasidan va asbob-uskunalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, ularning saqlanishini, ularga o‘z vaqtida texnik va profilaktik xizmat ko‘rsatilishini hamda ularning zarur ish holatida bo‘lishini ta’minlash; Osiyo taraqqiyot bankining jalb qilingan qarziga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish va belgilangan qismini o‘z mablag‘lari hisobiga qoplash. 7. Yuklangan vazifalarga muvofiq Kompaniya quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: pudrat tashkilotlarining yo‘l-qurilish texnikasidan, asbob-uskunalaridan, shuningdek ularni ishlatish bo‘yicha malakali xodimlardan foydalangan holda mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l-qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarishga oid buyurtmanomalarini qabul qiladi va umumlashtiradi; avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash yuzasidan tender g‘oliblari bo‘lgan pudrat tashkilotlari va korxonalari bilan tuziladigan shartnomalar asosida yo‘l-qurilish texnikasi, asbob-uskunalari, shuningdek ularni ishlatish bo‘yicha malakali xodimlardan foydalangan holda mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l-qurilish va ta’mirlash ishlarini bajaradi. Bunda pudrat tashkiloti “Transyo‘lqurilish” davlat kompaniyasiga bajarilgan mexanizatsiyalashtirilgan ishlar uchun belgilangan tariflarga muvofiq haq to‘laydi, avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarining umumiy hajmi esa belgilangan tartibda pudrat tashkiloti hisobiga yoziladi; yo‘l-qurilish texnikasi va uskunalari komplekslari tarkibida ixcham hududiy bo‘linmalarni shakllantiradi va ularni to‘lovlarni undirmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining yo‘nalishli ekspluatatsiya korxonalari bazalari hududlarida joylashtiradi; Kompaniya balansidagi yo‘l-qurilish texnikasidan va asbob-uskunalaridan, shuningdek boshqa mol-mulkdan maqsadli va samarali foydalanilishini, ularning saqlanishi hamda zarur ish holatida bo‘lishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining “O‘zyo‘lmashservis” Ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental korxona unitar korxonasi tomonidan to‘lovlar undirilmagan holda taqdim etiladigan ishlab chiqarish bazasida yo‘l-qurilish texnikasi va uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi; xodimlarni yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari bo‘yicha o‘qitadi; yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarini ishlatish va ularni saqlash qoidalari talablarining bajarilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshiradi; tuzilgan bitimlarga muvofiq Osiyo taraqqiyot bankining jalb qilingan qarziga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini va belgilangan qismi to‘lanishini ta’minlaydi. 8. Kompaniya quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda mexanizatsiyalashgan yo‘l-qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish tariflarini belgilaydi. pudrat tashkilotlarining yo‘l-qurilish texnikasiga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda bajariladigan ishlar hajmlarini prognoz qilish; pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq hamda yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalaridan samarali foydalanilishini ta’minlashni hisobga olgan holda yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarini ko‘chirish va ulardan foydalanish navbati hamda reja-jadvalini tartibga solish. 9. Kompaniya: tuzilgan shartnomalar shartlari o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlashga; yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarini belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq ishlatish va saqlashga; yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarini o‘z vaqtida kapital va joriy ta’mirlashga, ularga texnik xizmat ko‘rsatishga; yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish tadbirlarini ko‘rishga; yo‘l-qurilish texnikasi va asbob-uskunalarini ishlatish qoidalarini buzish sabablarini tahlil qilish, ularning oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishga majbur. 10. Kompaniya tuzilgan shartnomalarga muvofiq mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l-qurilish va ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi, shuningdek yo‘l-qurilish texnikasi o‘z vaqtida va sifatli profilaktika qilinishi, ularning zarur tarzda saqlanishi hamda ishlatilishi uchun javob beradi. 11. Kompaniya “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zyo‘lmashservis” yo‘l-ta’mirlash korxonasi mol-mulkining beriladigan qismidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining pul badallari, Osiyo taraqqiyot banki qarzining qayta kreditlanadigan mablag‘laridan hamda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalardan shakllanadigan alohida mol-mulkka ega bo‘ladi. Kompaniya Osiyo taraqqiyot banki qarzi hisobiga xarid qilinadigan yo‘l-qurilish texnikasini, ularga ehtiyot qismlarni va asbob-uskunalarini belgilangan tartibda o‘z balansiga qabul qiladi. 12. Olingan daromadlar va qilingan xarajatlar o‘rtasidagi tafovut sifatida qoladigan foyda Kompaniya moliya-xo‘jalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Foydadan jalb qilingan qarzning belgilangan qismi qoplanadi va kompaniyaning rivojlanishi moliyalashtiriladi. Jalb qilingan qarzning belgilangan qismini qoplashda budjetga soliqlar to‘langandan keyin (imtiyozli davr tugagach) foyda Kompaniya ixtiyorida qoladi va uning rivojlanishini moliyalashtirish uchun foydalaniladi. 13. Kompaniyani tezkor boshqarish Kompaniya direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Kompaniya direksiyasiga direktor boshchilik qiladi. 14. Kompaniya direktori: Kompaniya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Kompaniyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi, ushbu Nizomga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradi, Kompaniya xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini belgilaydi; Kompaniya moliya-xo‘jalik faoliyatining yillik hisobotlari va balanslarini tasdiqlaydi; o‘z vakolatlari doirasida Kompaniya mablag‘larini ishonchnomasiz belgilangan tartibda tasarruf etadi; Kompaniya nomidan shartnomalar tuzadi, bunday shartnomalar tuzish yuzasidan ishonchnomalar beradi; mazkur Nizom doirasida Kompaniya faoliyatining boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi va hal qiladi. 15. Direktor ikki nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi, ulardan biri lavozimiga ko‘ra Kompaniya bosh muhandisi hisoblanadi. 16. Kompaniyani tugatish va qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
139
19,345
Qonunchilik
BOLALIKDAN NOGIRONLARGA NAFAQALAR TO‘LASh BO‘YIChA XARAJATLARNI MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-sonli “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009-yil 24-fevraldagi 27-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1927, 2009-yil 27-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 13-son, 151-modda) bilan tasdiqlangan “Bolalikdan nogironlarga nafaqalar to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Kirish qismidagi “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda)” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-sonli “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda)” so‘zlar qo‘shilsin. 2. 2-banddagi “tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “Jamg‘armaning tuman (shahar)” so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 6-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Jamg‘armaning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. 11-banddagi “Tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “Jamg‘armaning tuman (shahar)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. 12-bandda: birinchi xatboshidan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidagi “tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot” so‘zlari “Jamg‘armaning tuman (shahar)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “13. Agar yil mobaynida nogironlar miqdorining o‘zgarishi nafaqa to‘lash bo‘yicha xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan xarajatlarning oshishiga (kamayishiga) olib kelsa, Jamg‘arma o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga nafaqalarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritish uchun nafaqa oluvchilarning o‘zgargan miqdoriga zarur bo‘lgan mablag‘larni asoslangan hisob-kitoblarini taqdim qiladi. Xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish avvalo, respublika budjetida nafaqalarni to‘lash uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. Jamg‘arma xarajatlar smetasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, o‘rnatilgan tartibda g‘aznachilik bo‘linmalari bilan kelishilishi shart. 14. Nafaqalarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar smetasi nafaqa oluvchilarning miqdori bo‘yicha ma’lumotlarni ilova qilgan holda, Jamg‘armaning tegishli tuman (shahar) bo‘limlari bosh hisobchilari va rahbarlari tomonidan imzolanadi. O‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan har bir tuman (shahar) bo‘yicha nafaqalarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar smetasi Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari orqali Jamg‘armaga umumlashtirish va respublika bo‘yicha jamlangan xarajatlar smetasini tuzish uchun taqdim qilinadi. Jamg‘arma tegishli tekshirishlar va umumlashtirishlardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha tuman va shaharlarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari nusxalarini ilova qilgan holda jamlangan xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlaydi hamda o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarmoqlarni moliyalashtiruvchi tegishli boshqarmasiga taqdim qiladi. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligiga O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha tuman va shaharlarining tasdiqlangan xarajatlar smetalari nusxalarini ilova qilgan holda jamlangan xarajatlar smetasini taqdim qiladi.”. 7. 15-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Jamg‘armaning tegishli hisobvaraqlariga tushgan mablag‘lar Jamg‘arma budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda Jamg‘arma daromadi sifatida aks ettiriladi.”. 8. 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “17. Jamg‘arma har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachiligi bilan kelishilgan nafaqalarning hisoblanishi va to‘lanishi bo‘yicha hisobotni tuman (shahar) va oylar bo‘yicha tuzib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qiladi.”. 9. 19-banddan “va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 10. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
156
4,856
Qonunchilik
Toshkent davlat universitetining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Respublikamizda ilm-fanni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida o‘zining halol mehnati bilan erishgan katta yutuqlari hamda jamoat hayotida faol ishtirok etayotganliklari uchun quyidagilar mukofotlansin:
108
319
Qonunchilik
Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish chora-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarini (keyingi o‘rinlarda rahbarlar deb ataladi) moddiy rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun rahbarlarning ish samaradorligini baholash bo‘yicha har yili tanlov (keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining ish samaradorligini baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tanlov g‘oliblari reytingi har yili 1-maygacha ommaviy axborot vositalarida chop etilishini va ularga tegishli sertifikatlar hamda pul mukofotlari topshirilishini ta’minlasin. 4. Belgilansinki: a) tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi: “Investitsiyalarni jalb qilganlik, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirganlik uchun”; “Yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etganlik uchun”; “Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirganlik, shuningdek, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaganlik uchun”; b) tanlov g‘oliblariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira fondi mablag‘lari yoki mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan har bir nominatsiyada bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofotlari topshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2018-yilning 1-noyabrigacha bo‘lgan muddatda har bir nominatsiyada tanlov g‘oliblari sertifikatlarining eskizlarini belgilangan tartibda tayyorlasin va tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga ommaviy axborot vositalarida tanlov ishtirokchilari, g‘oliblari va uni o‘tkazish shartlari to‘g‘risidagi axborot materiallarini joylashtirish tavsiya etilsin. 7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining (keyingi o‘rinlarda rahbarlar deb ataladi) ish samaradorligini baholash bo‘yicha tanlovni (keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Tanlov rahbarlar reytingini aniqlash va investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etish, shuningdek, ushbu nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda ularning manfaatdorligini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi. 3. Tanlov har yili o‘tkaziladi. Kalendar yili tanlovni o‘tkazish uchun hisobot davri hisoblanadi. 4. Tanlov: “Investitsiyalarni jalb qilganlik, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirganlik uchun”; “Yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etganlik uchun”; “Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirganlik, shuningdek, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaganlik uchun” nominatsiyalarida o‘tkaziladi. 5. Tanlovda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limlari rahbarlari; erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyasining direktorlari ishtirok etish huquqiga ega. 6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tanlovni tashkil etish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi). 7. Vazirlik har yili 10-martgacha yetti a’zodan iborat tarkibda tanlovni o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasini (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etadi. Komissiya tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli kompleksining rahbari tasdiqlaydi. 8. Komissiya tarkibiga, odatda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi vakillari kiritiladi. 9. Komissiya uning majlislarida Komissiya a’zolarining kamida yarmi ishtirok etganda qarorlar qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etadigan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan holatlarda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 10. Komissiya qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlikning Investitsiya muhitini rivojlantirish boshqarmasi komissiyaning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi. 12. Komissiyaning ish tartibi Komissiya tasdiqlaydigan reglament bilan belgilanadi. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 20-martgacha Vazirlikka har bir nominatsiyada bittadan da’vogar tanlovda ishtirok etishi uchun quyidagi hujjatlar ilova qilingan taqdimnomalar kiritadi: investitsiyalarni faol jalb qilish va o‘zlashtirish sohasidagi faoliyat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining viloyatlar boshqarmalari tasdiqlaydigan axborot; nomenantning investitsiya muhitini yaxshilashga doir tashabbuslari; hisobot davri va o‘tgan yilning shu davri uchun xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi axborot. 14. Ishchi organ yigirma kunlik muddatda tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni komplekslilik va ishonchlilik bo‘yicha o‘rganadi va uning natijalarini Komissiyaga yuboradi. 15. Da’vogarlar taqdim etgan hujjatlarni Komissiya 25-aprelgacha bo‘lgan muddatda faoliyatning har bir ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘plangan ballar miqdorini Komissiya tomonidan belgilanadigan mezonlarga muvofiq jamlash orqali ko‘rib chiqadi. 16. Komissiya har bir nominatsiyada to‘plangan ballar soni bo‘yicha birinchi o‘rinlarni egallagan g‘oliblarni (keyingi o‘rinlarda tanlov g‘oliblari deb ataladi) aniqlaydi. 17. Tanlov yakunlari Komissiya protokoli bilan tasdiqlanadi. 18. Tanlov g‘oliblariga har yili 1-maydan kechiktirmasdan sertifikatlar va pul mukofotlari topshiriladi. Pul mukofoti miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira fondi mablag‘lari yoki mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan har bir nominatsiyada eng kam ish haqining 100 baravari miqdorini tashkil etadi. 19. Tanlovda ishtirok etgan barcha da’vogarlarga Vazirlikning minnatdorlik maktubi topshiriladi. 20. Tanlovda ishtirok etish uchun berilgan materiallar qaytarib berilmaydi.
250
8,565
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘qqizinchi yalpi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘qqizinchi yalpi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 2. “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 3. “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 4. “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun javobgarlik joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 5. “Mardlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 6. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 7. “O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 8. “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning uzoq muddatli ahil qo‘shnichiligi, do‘stligi va hamkorligi to‘g‘risidagi Shartnomani (Bishkek, 2007-yil 16-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 9. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati o‘rtasida Afg‘oniston Islom Respublikasining xavfsizligi, barqarorligi va tiklanishini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining ishtirok etishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali yuklarni va personalni havo yo‘li bilan tranzit tashish to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2012-yil 28-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida. 10. Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri va Farg‘ona tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida. 11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2011-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida. 12. I.V. Samiyevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida. 13. “Mamlakat mintaqalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi parlament eshituvi haqida. 14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida. 15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida. 16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida. 17. O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida. 18. O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida. 19. O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida. 20. O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida. 21. O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida. 22. O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida. 23. O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida. 24. O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida.
99
4,050
Qonunchilik
SOLIQ SOLISh MAQSADIDA SOLIQ TO‘LOVChILARNING AVTOMATLAShTIRILGAN HISOBINI YuRITISh UChUN BANK DEPOZITORLARI MILLIY AXBOROT BAZASI MA’LUMOTLARIDAN FOYDALANISh
1.1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-yanvardagi “Bank tizimini kelgusida isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 24-son, 1999-yil 30-martdagi “Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 146-son, 1999-yil 3-iyuldagi “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida” 327-son qarorlariga muvofiq soliq to‘lovchilarning milliy va xorijiy valyutadagi depozit hisobvaraqlari holati to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank depozitorlari milliy axborot bazasidan (bundan keyin ― BDMAB) Davlat soliq qo‘mitasi (bundan keyin ― DSQ) va uning bo‘linmalariga uzatish tartibini belgilaydi. 2.1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashtirish Bosh Markazi (ABM) DSQ so‘rovi asosida BDMABda ro‘yxatga olingan barcha yuridik shaxs va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tarkibda taqdim qiladi. 2.2. ABM BDMAB ma’lumotlarini taqdim qilish uchun DSQga alohida pochta qutisi ochadi, unga identifikatsiya raqami va yashirin shartli so‘z (parol) orqali kiriladi. 2.3. 1999-yil 1-aprelga qadar ABM BDMAB ma’lumotlarini DSQ pochta qutisiga to‘liq hajmda tashlab beradi. Shundan so‘ng faqat BDMAB ma’lumotlarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar har kuni DSQ pochta qutisiga tashlab turiladi. DSQsining qo‘shimcha yozma so‘rovi bo‘yicha BDMAB ma’lumotlari to‘liq hajmda qayta uzatilishi mumkin. Pochta qutisidan ma’lumotlarni o‘z vaqtida qabul qilish javobgarligi DSQsiga yuklatiladi. 2.4. Ma’lumotlarning ishonchliligini, to‘liqligini, saqlanilishini va maxfiyligini ta’minlash maqsadida BDMAB ma’lumotlari shifrlangan holda taqdim qilinadi. Markaziy bank DSQga deshifratsiyalash dasturini beradi. Berilayotgan ma’lumotlar buzib ko‘rsatilishining oldini olish va ularni jo‘natuvchini identifikatsiyalash maqsadida ma’lumotlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Olinayotgan ma’lumotlarning maxfiyligi va sir saqlanishini ta’minlash uchun DSQ mazkur ma’lumotlardan foydalana olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasini belgilaydi. 2.5. DSQ pochta qutisiga tashlanadigan BDMAB ma’lumotlari quyidagi tuzilishga ega: mijoz nomi; mijoz turi; mijozning unikal kodi; soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; viloyat kodi; bank kodi; bank turi; 20 belgilik hisobvaraq raqami; hisobvaraqdagi so‘nggi harakat sanasi; hisobvaraq ochilgan sana; hisobvaraq yopilgan sana; hisobvaraqni yopish uchun asos belgisi; aktiv operatsiyalar yoki blokirovka qilishni vaqtincha to‘xtatish sanasi; aktiv operatsiyalar yoki blokirovka qilishni vaqtincha to‘xtatish yoki hisobvaraq holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun asos belgisi; vaqtincha to‘xtatilgan aktiv operatsiyalarni blokirovkadan chiqarish yoki blokirovka qilingan hisobvaraqlarni harakatga keltirish sanasi; hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish sanasi; hisobvaraq o‘tkazilgan bank kodi; mijozning faoliyatni to‘xtatish sanasi; hisobvaraq holatini o‘zgartirish uchun asos vujudga kelgan sana. 2.6. BDMAB ma’lumotlarining DSQga taqdim qilinishi, banklarni tegishli organlar so‘rovlari bo‘yicha qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda soliq to‘lovchilarning depozit hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish majburiyatlaridan ozod etmaydi. 2.7. Bir oy ichida jo‘natilgan va olingan pochta fayllarini solishtirish maqsadida ABM har oyning birinchi kunida DSQga bir oyda jo‘natilgan pochta fayllari ro‘yxati keltirilgan elektron ko‘rinishdagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Ma’lumotnomani taqdim etish va qabul qilish jo‘natuvchi va qabul qiluvchining elektron raqamli imzolari (ERI) bilan tasdiqlanadi. Elektron ma’lumotnomaning shakli 1-ilovada keltirilgan. 3.1. DSQ BDMABdan olingan depozit hisobvaraqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi, ularni viloyatlar bo‘yicha ajratadi hamda ushbu ma’lumotlarni joylardagi soliq organlariga amaliy ishda foydalanish uchun yetkazilishini ta’minlaydi. 3.2. DSQdan olingan ma’lumotlar joylardagi soliq organlari tomonidan tahlil qilib boriladi, DSQdan olingan ma’lumotlar bilan mos kelmagan hollar aniqlanganda, joylardagi banklarga .BDMAB bazasiga tegishli o‘zgartirish kiritish uchun ma’lumotlar taqdim qiladi. 3.3. Banklar soliq organlaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi va 2 ish kuni davomida zarur o‘zgarishlarni BDMABga uzatadi. . 3.4. Joylardagi soliq organlari soliq to‘lovchilarning depozit hisobvaraqlari to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni DSQdan oladilar. 3.5. DSQ ham tahlil natijalari to‘g‘risidagi xulosani ABMga uzatadi. 3.6. ABM Markaziy bank bilan hamkorlikda DSQdan olingan xulosalarni o‘rganib chiqib, zarur hollarda bank muassasalariga tegishli ko‘rsatmalar beradi. 3.7. DSQ BDMABdan olgan ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas. 3.8. DSQ BDMABdan olgan ma’lumotlardan amaldagi qonunchilik doirasida foydalanadi va ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
158
5,193
Qonunchilik
XORIJIY AVTOTRANSPORT VOSITALARINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDIDA BO‘LIShINING QO‘ShIMChA ShARTLARI TO‘G‘RISIDA
Xorijiy davlatlarning bojxona chegarasidan o‘tishda O‘zbekiston Respublikasi avtotransport vositalaridan yig‘im undirilganligi uchun tenglikni ta’minlovchi muqobil chora-tadbirlar hamda xorijiy davlatlar avtotransportining O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tishining qo‘shimcha shartlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Chegaradosh mamlakatlar tomonidan bir tomonlama tusda quyidagi chora-tadbirlar joriy qilinganligi: Qozog‘iston Respublikasida — tashuvchining yo‘lovchi oldidagi Fuqarolik, huquqiy javobgarligi uchun turli avtotransport vositalaridan sug‘urta yig‘imlari, avtotransportning qaytarib olib chiqib ketilishi to‘g‘risidagi majburiyat uchun yig‘imlar, karantin va avtomobilda o‘tganlik uchun yig‘imlar qo‘llanilayotganligi; Turkmanistonda — xorijiy davlatlar avtotransport vositalari uchun motor yoqilg‘isi qiymati tafovutini qoplash bo‘yicha yig‘im joriy etilganligi, Turkmaniston hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalari egalaridan O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan yig‘imlarga teng bo‘lmagan yig‘imlar belgilanganligi; turli avtotransport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sug‘urta yig‘imlarining (sug‘urta mukofotlarining) Qozog‘iston Respublikasi va Turkmanistonda amal qiluvchi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tegishli stavkalardan yuqori ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmanistonning transport vositalari, boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelishiga 1-ilovaga muvofiq stavkalar bo‘yicha haydovchilarning uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik majburiyati sug‘urtalanganligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtaning mazkur turini amalga oshiruvchi sug‘urtalovchining polosi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda bojxona postlarida transport vositalari, boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlar haydovchilarining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligini sug‘urta qilish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etsin. 3. Belgilansinki: Qozog‘iston Respublikasi va Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib keluvchi transport vositalari hamda boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi 2-ilovaga muvofiq namunaviy qoidalarga binoan amalga oshiriladi; Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan motor yokilg‘isi tafovutini qoplash bo‘yicha muqobil yig‘imlar miqdori 3-ilovaga muvofiq belgilanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasining avtotransport vositalariga nisbatan shunga o‘xshash yig‘imlarni qo‘llovchi xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tayotganda tenglik asosida bir xil miqdordagi stavkalarni nazarda tutgan holda muqobil yig‘imlar joriy etish va ularni bekor qilish huquqi berilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin. 1.1. Ushbu qoidalarda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish tartibi belgilanadi. 2.1. “Sug‘urtalanuvchilar” — jismoniy shaxslar — to‘liq fuqarolik layoqatiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida turgan, sug‘urta to‘lovlari to‘laydigan va sug‘urtalovchilar bilan aniq sug‘urta munosabatlariga kirishadigan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalarining haydovchilari. 2.2. “Sug‘urtalovchi” — sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta qoplamasi (sug‘urta summasi) to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirishga litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs. 2.3. “Sug‘urta polisi” — sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchiga beriladigan belgilangan namunadagi hujjat. U tuzilgan sug‘urta shartnomasini tasdiqlaydi va uning barcha shartlarini o‘z ichiga oladi. 2.4. “Sug‘urta shartnomasi” — sug‘urta to‘lovi to‘langan va sug‘urta polisi berilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. 2.5. “Sug‘urta hodisasi” — sug‘urta hodisasi boshlanganda sug‘urtalovchining uchinchi shaxsga (jabrlanuvchiga) sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini olishiga sabab bo‘ladigan voqea yoki baxtsiz hodisa. 2.6. “Sug‘urta tovoni” — uchinchi shaxslarga to‘lanadigan summa. 2.7. “Sug‘urta mukofoti” — sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtalovchiga to‘lanadigan to‘lov. 2.8. “Transport vositalari” — transport vositalari deganda barcha mexanik transport vositalari, shuningdek, traktorlar, o‘ziyurar mashinalar va tirkamalar, yarim tirkamalar hamda yoyilma tirkamalar tushuniladi. 2.9. Mexanik transport vositalariga dvigatelli transport vositalari kiradi. 3.1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalari haydovchilarining uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar)ning sog‘lig‘iga va mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilish obyekti hisoblanadi. 4.1. Jismoniy shaxslar — to‘liq fuqarolik layoqatiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida turgan, sug‘urta mukofotlari to‘laydigan va sug‘urtalovchilar bilan aniq sug‘urta munosabatlariga kirishadigan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotgan xorijiy transport vositalarining haydovchilari sug‘urtalanuvchilar hisoblanadi. 5.1. Xorijiy transport vositasi haydovchisi tomonidan uchinchi shaxsga yetkazilgan zararning sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanishini nazarda tutuvchi voqea yoki tasodif sug‘urta hodisasi hisoblanadi. Ularga quyidagilar kiradi: Fuqarolarning sog‘lig‘iga, hayotiga zarar yetkazilishi; transport vositasining, shuningdek, mol-mulkning shikastlanishi, nobud bo‘lishi. 5.2. Zarar miqdoriga shikastlangan transport vositasini eng yaqin joydagi texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasigacha yetkazish va uni tuzatish xarajatlari ham kiritiladi. 6.1. Sug‘urtalanuvchilarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi xorijiy transport vositasining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida bo‘ladigan davrda, biroq ko‘pi bilan bir yil amal qiladi. 6.2. Agar sug‘urta shartnomasining amal qilishi mobaynida xorijiy transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlangan bo‘lsa yoki u kelgusida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan bo‘lsa, u holda shartnomaning amal qilishi sug‘urtalanuvchining xohishiga ko‘ra to‘xtatiladi, sug‘urta to‘lovi esa sug‘urta shartnomasining o‘tgan davriga mutanosib ravishda sug‘urtalanuvchiga qaytariladi. 6.3. Xorijiy transport vositasi boshqa haydovchiga o‘tganda, sug‘urta o‘z-o‘zidan bekor qilinadi va sug‘urta mukofoti transport vositasi sug‘urtalovchining javobgarligida turgan kunlar soniga mutanosib summada qaytariladi. 7.1. Fuqarolarning sog‘lig‘iga yoki hayotiga, ularning mol-mulkiga, yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun sug‘urtalanuvchining fuqarolik javobgarligi yo‘l-transport hodisasining (keyingi o‘rinlarda yo‘l-transport hodisasi deb ataladi) har bir holati bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazilgan zarar miqdorida, biroq transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazgan mamlakatning ana shunday sug‘urta summasi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda sug‘urta qilingan hisoblanadi. 8.1. Sug‘urta mukofotlari sug‘urta kompaniyasi tomonidan transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazgan mamlakatning sug‘urta to‘lovlari stavkalariga teng miqdorda belgilangan sug‘urta summasidan hisoblab chiqiladi. 8.2. Sug‘urtalanuvchilar sug‘urta mukofotlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelayotganda to‘laydilar. 8.3. Sug‘urta mukofotlari milliy valyuta “so‘m”da to‘lanadi, keyinchalik bu mablag‘lar shartnoma asosida sug‘urtalovchining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Sug‘urta mukofotlari naqd pul bilan ham, pul o‘tkazish shaklida ham to‘lanishi mumkin. 8.4. Hisoblab chiqilgan sug‘urta mukofoti to‘langandan keyin sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga belgilangan namunadagi polis beradi. 9.1. Sug‘urta tovoni agar yo‘l-transport hodisasi yoki baxtsiz voqea oqibatida: jabrlanuvchi mayib bo‘lsa yoki uning sog‘lig‘iga boshqa shikast yetkazilsa; jabrlanuvchi vafot etsa; uchinchi shaxslarning mol-mulki nobud bo‘lsa, yo‘q qilinsa yoki shikastlansa sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadi. 9.2. Transport vositasining harakatlanishi natijasida yetkazilgan zararlarga, shuningdek: — transport vositasiga yo‘lovchilar chiqarish yoki tushirish paytida; — transport vositasi yo‘lda to‘xtab turgan yoki tuzatilayotgan vaqtda kelib chiqqan zararlar ham kiritiladi. 9.3. Sug‘urtalovchi: — aybdor shaxsning transport vositasida bo‘lgan yukka; — yo‘l-transport hodisasi natijasida atrof-muhitga; — yong‘in kelib chiqishi tufayli o‘rmonlarga, daraxtzorlarga va bog‘larga yetkazilgan zarar uchun; — naqd pul, qimmatli qog‘ozlar, har qanday turdagi hujjatlar, shuningdek, filatelistik, numizmatik va boshqa kolleksiyalar va boyliklar yo‘qolganligi uchun javob bermaydi. 9.4. Agar jabrlanuvchi tomonidan qasddan jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, sug‘urta tovoni to‘lanmaydi. 10.1. Zarar uchun tovon mazkur Namunaviy qoidalarda belgilangan fuqarolik javobgarligi doirasida belgilanadi va to‘lanadi. 10.2. Zarar miqdori aybdor, jabrlanuvchi yoki uning ishonchli vakili ishtirokida sug‘urtalovchi tomonidan belgilanadi. Sug‘urtalovchi zararning miqdorini aniqlash uchun mustaqil ekspertni jalb qilish huquqiga ega. Kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan hollarda zarar miqdori sud tartibida belgilanadi. 10.3. Shaxsga yetkazilgan zarar uchun sug‘urta summasi jabrlanuvchiga, unga boshqa sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lanadigan summalardan qat’i nazar, to‘lanadi. Jabrlanuvchining sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun tovon miqdori davolash-profilaktika muassasasining tegishli hujjatida ko‘rsatib o‘tilgan zarar darajasiga qarab yoki vafot etganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida belgilanadi. Salomatlikka yetkazilgan zarar uchun tovon sug‘urta summasiga mutanosib ravishda, biroq uning jami miqdorining 60 foizidan (o‘lgan taqdirda) ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Uchinchi shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilganligi yoki nobud bo‘lganligi uchun sug‘urta tovoni sug‘urta summasiga mutanosib ravishda, biroq uning jami miqdorining 40 foizidan (mol-mulk to‘liq nobud bo‘lgan taqdirda) ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun yoki jabrlanuvchilarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazganlik uchun sug‘urta to‘lovi har bir aniq sug‘urta hodisasi bo‘yicha bir vaqtda to‘lanadi. 10.4. Sug‘urta to‘lovini sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlar olingandan so‘ng 72 soat mobaynida to‘laydi. To‘lov sug‘urtalovchining aybi bilan kechiktirilgan har bir kun uchun hisoblab chiqilgan sug‘urta tovoni summasining 0,5 foizi miqdorida penya to‘lanadi. 11.1. Yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) kelib chiqqan taqdirda sug‘urtalanuvchi: — yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) yuz bergan joyda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rishga, voqea oqibatlarini yengillashtirish, shuningdek, mol-mulkning saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishga; — imkoni boricha zararning ko‘payishini bartaraf etishga; — jabr ko‘rgan shaxslarga fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urtalovchi to‘g‘risida zarur ma’lumotlar berishga; — voqea ro‘y bergan joydagi sug‘urtalovchini darhol xabardor qilishga yoki sug‘urta tuzishga va voqea ro‘y bergandan keyingi ish kunidan kechiktirmay sug‘urtalovchiga zarur axborot va tushuntirish xati taqdim etishga majburdir. 11.2. Transport vositasi egasi, haydovchi yoki da’vo qiluvchi shaxs sug‘urta tashkilotiga yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa)ga taalluqli mavjud dalillarni taqdim etishi hamda sug‘urtalovchining yuz bergan voqea tafsilotlarini va yetkazilgan zarar miqdorining aniqlanishini ta’minlashi, shuningdek, sug‘urtalovchi tomonidan yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) aybdorlariga qarshi da’volarni tekshirishda yordam ko‘rsatishi shart. 12.1. Yo‘l-transport hodisasi (baxtsiz hodisa) to‘g‘risida xabar olingandan so‘ng sug‘urtalovchi zarar miqdorini, hodisaning haqiqiy holatlarini aniqlash maqsadida harakat qiladi hamda sug‘urta dalolatnomasini va manfaatdor shaxslar ishtirokida belgilangan namunadagi hisob-kitob smetasini tuzadi. 12.2. Sug‘urtalovchi transport vositasi egasini va da’vo qiluvchi shaxsni to‘lanadigan zarar miqdorini aniqlash uchun qanday hujjatlar taqdim etish zarurligi haqida xabardor qiladi. 13.1. Jabrlanuvchi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra vakolatli shaxs transport vositasi tomonidan yetkazilgan zarar to‘g‘risida sug‘urtalovchini xabardor qiladi. 13.2. Agar zarar noma’lum transport vositasi tomonidan yetkazilgan bo‘lsa, u holda jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga, sug‘urtalovchiga darhol xabar berishi va zarar noma’lum transport vositasi tomonidan yetkazilganligi to‘g‘risida tergov organlarining tasdiqnomasini olishi shart. 13.3. Jabrlanuvchi tomonidan ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda sug‘urtalovchi voqeaning muhim holatlari aniqlanmay qolganligi uchun tovon to‘lashga majbur emas. 14.1. Quyidagi haydovchi: — uchinchi shaxsga zarar yetkazilishini ataylab yuzaga keltirgan; — transport vositasini alkogol ichimlik ichish yoki giyohvand modda iste’mol qilish natijasida mast holatda boshqargan va bu bilan sug‘urta voqeasini yuzaga keltirgan; — transport vositasini boshqarishga ruxsatnomasi bo‘lmagan; — transport vositasidan uning egasining ra’yiga qarshi foydalangan va ushbu transport vositasi bilan zarar yetkazgan haydovchi to‘langan sug‘urta tovonini sug‘urtalovchiga qaytarishga majburdir. 14.2. Agar sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga zarar yetkazilganligi to‘g‘risida xabar bermasa yoki o‘z vaqtida xabar bermasa, u holda sug‘urtalovchi bunday xabar bermaslik yoki o‘z vaqtida xabar bermaslik oqibatida kelib chiqqan qo‘shimcha xarajatlar va sud chiqimlarini qoplash yuzasidan sug‘urtalangan shaxsga nisbatan da’vo qo‘zg‘ashi mumkin. 15.1. Jabrlanuvchilar va sug‘urtalanuvchilarning arizalari va shikoyatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi. 15.2. Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar da’vo muddati doiralarida amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
124
14,465
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-416-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 14-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-416-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
167
1,135
Qonunchilik
Soliq va moliya organlari rahbarlariga ustama va jarimalar miqdori tasdiqlandi
Prezidentning 10.08.2017 yildagi PF–5147-son farmoni bilan  Soliq va moliya organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va ularning mas’uliyatini oshirish uchun faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Eslatib oʻtamiz, biz avval Hisob palatasining yangi vakolatlari хususida yozgan edik, ular orasida hududiy soliq va moliya organlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash хususida taqdimnoma kiritish huquqi ham bor. Hujjat bilan moddiy ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qoʻllash uchun faoliyatni baholash mezonlari aniqlandi. 1-jadval. Faoliyatni baholash mezonlari Hududiy soliq organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari Hududiy moliya organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari umidsiz va muddati uzaytirilgan soliq qarzini hisobga olmagan holda soliqlarning yigʻiluvchanligini kamida 90% miqdorida boʻlishini ta’minlash  jismoniy shaхsning mol-mulkiga solinadigan soliq, jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻi, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq, aksiz soligʻi, YaST va bozorlarning daromadi hisobidan hisobot choragidagi tegishli jami tushumning 3%i miqdorida qoʻshimcha tushumlar zaхirasini aniqlash  Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlar prognozining bajarilishi tasdiqlangan Davlat byudjeti daromadlar prognozining bajarilishini ta’minlash Davlat byudjeti daromadlarini oshirish boʻyicha aniqlangan zaхirani kamida 50%i undirilishini ta’minlash byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi, YaIT va ijtimoiy nafaqalarni moliyalashtirishning toʻliqligi Tegishli ravishda koʻrsatilgan mezonlarning mavjudligi yoki mavjud emasligidan kelib chiqqan holda tegishli miqdor boʻyicha ragʻbatlantirish yoki undirish masalasi hal etiladi. Moddiy ragʻbatlantirish (lavozim maoshiga nisbatan ustama)  Intizomiy jazo (lavozim maoshiga nisbatan jarima) bir vaqtning oʻzida 1-jadvalda keltirilgan barcha mezonlar bajarilgan holatda 20% miqdorida bir vaqtning oʻzida 1-jadvalda keltirilgan barcha mezonlar bajarilmagan holatda 20% miqdorida 1-jadvalda keltirilgan ikkita mezon bajarilgan holatda 10% miqdorida 1-jadvalda keltirilgan ikkita mezon bajarilmagan holatda 10% miqdorida Mezonlarning hisob-kitobi tegishli hisobot choragi uchun amalga oshiriladi. 1- jadvalda keltirilgan barcha mezonlar bajarilganligi uchun tegishli byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan hududiy soliq va moliya organlarining mas’ul хodimlariga har chorak yakuni boʻyicha lavozim maoshining 50%igacha miqdorda mukofot toʻlanadi. Jarimalar MK 182-moddasi tartibida qoʻllaniladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Oleg Zamanov, ekspertimiz.
78
2,840
Qonunchilik
«Oʻzbekkosmos» agentligi tashkil etildi
Mazkur davlat boshqaruvi organi kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar sohasida davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi (30.08.2019 yildagi PF-5806-son Farmonga qarang). Bosh direktor va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Ular maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlariga koʻra tegishincha vazirning birinchi oʻrinbosariga va vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi. Quyidagilar davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilandi: Kosmik tarmoqni rivojlantirishning strategik masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilish «Oʻzbekkosmos» agentligining Ilmiy-teхnik va ekspert kengashining хulosalari asosida amalga oshiriladi. Uning tarkibiga turli vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasining vakillari, shuningdek, kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar sohasidagi хalqaro ekspertlar kiritiladi. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasining yoʻldosh aloqa teхnologiyalari boshqarmasi tugatildi. Uning boʻshaydigan 5 ta shtat birligi «Oʻzbekkosmos» agentligiga oʻtkaziladi. Unda jami 37 ta mutaхassis faoliyat yuritadi.   Joriy yil 1 noyabrga qadar manfaatdor vazirliklar birgalikda «Kosmik faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasini, kelgusi yil 1 iyulga qadar 2020–2030 yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqishlari lozim. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.08.2019 yildan kuchga kirdi.      Oleg Zamanov.
39
1,676
Qonunchilik
“Tender bo‘yicha takliflarni baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2014-yil 10-noyabrdagi 28-son “Tender bo‘yicha takliflarni baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2630, 2014-yil 9-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 50-son, 596-modda). 2. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2016-yil 16-dekabrdagi 51-son “Tender bo‘yicha takliflarni baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 11-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2630-1, 2016-yil 23-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 595-modda). 3. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017-yil 12-iyuldagi 60-son “Tender bo‘yicha takliflarni baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2630-2, 2017-yil 3-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 31-son, 789-modda).
194
1,458
Qonunchilik
Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni (keyingi o‘rinlarda — EIZ) mahalliy mineral-xomashyo resurslarni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy korxonalar tashkil etish, respublika hududlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asnoda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirish uchun xorijiy, avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning muhim omili sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. EIZ faoliyatini tartibga soladigan mustahkam qonunchilik va me’yoriy baza yaratildi, ularni rivojlantirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashadigan keng ko‘lamli soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar tizimi shakllantirildi. Ayni paytda respublikamizning 10 mintaqasida 14 EIZ tashkil etildi va faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, EIZ faoliyatida to‘plangan tajriba ularni jadal rivojlantirish va samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar va hal etilmagan masalalar mavjudligidan dalolat beradi. Jumladan: birinchidan, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda EIZni rivojlantirish borasida ularni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishining aniq maqsadlarini, xususan, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik va boshqa maqsadlarni belgilaydigan, shuningdek, EIZni ixtisoslashtirish bo‘yicha aniq prinsip va yondashuvlar mavjud emas; ikkinchidan, xorijiy kompaniya va firmalarning respublika EIZ hududlarida o‘z biznesini yuritish uchun O‘zbekistonda yaratilgan qulay sharoitlarni keng yoritish va bo‘lajak investorlarni, birinchi navbatda, xorijda ushbu sharoitlar bilan tanishtirish ishlari sust amalga oshirilmoqda; uchinchidan, istiqbolli loyiha takliflarini shakllantirish, chuqur tahlil qilish hamda baholash maqsadga muvofiqligi, asosliligi va rentabelligi asosida EIZ hududida amalga oshirish uchun tanlab olish, shuningdek, loyihalarni amalga oshirishning barcha sikllarida sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, jumladan, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, obyektlarni ishga tushirish va yakuniy maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan yagona yaxlit tizim yaratilmagan; to‘rtinchidan, investitsiya loyihalari portfelining sifati past, EIZ hududida yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida, avvalo, mahalliy mineral-xomashyo resurslari va qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, shuningdek, jahonga mashhur brendlar ostida eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali mahalliylashtirilgan zamonaviy korxonalar tashkil etish ishlari sust amalga oshirilmoqda, EIZ hududida tashkil qilingan xo‘jalik subyektlari o‘rtasida sanoat va kooperatsiya aloqalari yetarli darajada emas, zarur logistika tizimi mavjud emas; beshinchidan, EIZ ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, ularga yer uchastkalari ajratish, investitsiya loyihalarini ma’qullash, korxonalarni tashqi muhandislik infratuzilmasiga ulash, tadbirkorlarga ishlab chiqarayotgan mahsulotini ichki va tashqi bozorlarda sotishga ko‘maklashish jarayonlari muddati asossiz cho‘zilmoqda; oltinchidan, EIZ salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayotgani oqibatida EIZ ishtirokchilari tomonidan raqobatdosh, eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi hamon past, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan ta’minlash, respublikada eksport salohiyatini kengaytirish va valyuta tushumlari miqdorini ko‘paytirishdagi ulushi past darajada qolmoqda. Hududlarni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini ko‘paytirishda erkin iqtisodiy zonalar hissasini oshirish, loyiha bo‘yicha boshqarish tamoyillari asosida hamda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq vakolatli vazirlik, idora va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirish hamda ularning mas’uliyatini oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: EIZ hududida, birinchi navbatda, klaster yondashuvlardan keng foydalangan holda EIZ ishtirokchilari o‘rtasida yaqin kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mahalliy xomashyo va materiallar asosida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali zamonaviy korxonalar tashkil etish; EIZ hududida joylashgan sanoat korxonalari va infratuzilma obyektlarida yangi malakali ish o‘rinlari tashkil etishni ta’minlash, shu asosda respublika mintaqalari aholisining bandlik darajasini va daromadlarini oshirish; mahalliy mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va dunyoda tanilgan brendlar ostida yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun hududida EIZlar tashkil qilingan mintaqalar ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash; yetakchi xorijiy kompaniya va korporatsiyalar ishtirokida yuqori texnologiyali zamonaviy innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha eng qulay sharoitlar yaratish; ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish; EIZ yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib va ularning EIZ hududida joylashgan sanoat korxonalari va infratuzilma obyektlarida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashini nazarda tutgan holda, oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda bir oy muddatda har bir erkin iqtisodiy zonaning rivojlanish darajasi va faoliyat samaradorligi, mahsulotlarni mahalliylashtirish va import o‘rnini bosadigan loyihalar amalga oshirilishini reyting asosida baholash mezonlari hamda ko‘rsatkichlarini ishlab chiqsin; joriy yilning 15-avgustigacha istiqbolli hamkorlik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarni aniqlagan holda, Maxsus komissiyaga har bir EIZ bo‘yicha mazkur qarorning qoida va talablarini amalga oshirishga doir tarmoq jadvali va “yo‘l xaritalari”ni taqdim etsin. Erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari rahbarlari bir paytning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining maslahatchilari hisoblanishi belgilab qo‘yilsin. 5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi, ularning birinchi o‘rinbosarlari yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga erkin iqtisodiy zonalar hamda kichik sanoat zonalarini rivojlantirish va ularning faoliyati samaradorligini oshirishga doir amalga oshirilayotgan ishlar haqida shaxsan hisobot beradi; 6. EIZ ishtirokchisi bo‘lgan xo‘jalik subyektlariga EIZ hududida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha kredit-moliya yordamini ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining tijorat banklarini erkin iqtisodiy zonalarga biriktirish to‘g‘risidagi taklifi 2-ilovaga muvofiq qabul qilinsin. Vakolatli tijorat banklari investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan EIZ ishtirokchisi bo‘lgan xo‘jalik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlasin, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini, samaradorligi va o‘zini qoplashini puxta ekspertizadan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratgan holda, ularga biznes-rejalar ishlab chiqishda amaliy ko‘maklashsin. 7. O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Sh.A. Vafoyev) ushbu qarorning 2-ilovasida qayd etilgan vakolatli tijorat banklariga EIZ hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun umumiy hajmi 100 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilishini ta’minlasin. Markaziy bank (M.B. Nurmuratov) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (N.K. Xolmurodov) va vakolatli tijorat banklari bilan hamkorlikda EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy banklar, xalqaro moliya institutlari va donor-mamlakatlarning kredit liniyalarini jalb qilish ishlarini faollashtirish tavsiya etilsin. 8. Davlat bojxona qo‘mitasi (M.V. Toxiriy): uch oy muddatda barcha EIZ hududlarida bojxona postlari va omborxonalarining ochilishi va faoliyat yuritishini; “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni erkin bojxona zonasi rejimidan bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan, muqaddam rasmiylashtirilgan bojxona ko‘rigi asosida, eksport bojxona yuk deklaratsiyasi, sertifikatlar va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarini taqdim etmasdan, erkin muomalaga chiqarish rejimiga qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova) va uning hududiy boshqarmalari: Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R.A. G‘ulomov), Davyergeodezkadastr qo‘mitasi (A.X. Abdullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, EIZ direksiyalari bilan hamkorlikda ikki oy muddatda erkin iqtisodiy zonalar chegarasini qayta ko‘rib chiqsin va Maxsus komissiyaga muhandislik tarmoqlariga ulangan, transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga ega faoliyat ko‘rsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlari tarkibiga kiritishga alohida e’tibor qaratgan holda, ularni optimallashtirish bo‘yicha takliflarni taqdim etsin, bu, o‘z navbatida, yangi korxonalar tashkil etish va ularning kam mablag‘ sarflagan holda samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi; uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A.I. Axmedxodjayev), hududida EIZ tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda hududlar xususiyatlari, mavjud tabiiy, mineral-xomashyo, qishloq xo‘jaligi va mehnat salohiyatidan kelib chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalar ixtisoslashuvini belgilasin, ularni istiqbolli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin; 2017-yilning 1-oktabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A.I. Axmedxodjayev), boshqa manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari, vakolatli tijorat banklari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, xususiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda aniq loyiha takliflarini ishlab chiqsin, erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun 2018-yilgi investitsiya loyihalari portfelini shakllantirsin; O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlari doirasida har yili buyurtmachilar, loyiha va pudrat tashkilotlari, moliyalashtirish manbalarini aniq belgilagan holda, erkin iqtisodiy zonalar hududida, avvalo ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha sanoat korxonalarini hamda infratuzilma obyektlarini qurish va ishga tushirishning manzilli ro‘yxatini shakllantirsin; erkin iqtisodiy zonalar hududida tashkil qilingan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatining samaradorligini, ularning mamlakat eksport salohiyatini kengaytirishda ishtirokini muntazam ravishda omilli asosda tahlil qilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (N.K. Xolmurodov): O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda bo‘lajak xorijiy investorlar, avvalambor, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy banklar, kompaniya va fondlarning moliya resurslari hamda texnik ko‘maklashish mablag‘larini (grantlari) EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalarga jalb etishni ta’minlasin; xorijiy investorlardan tushadigan istiqbolli takliflar asosida loyihalar bo‘yicha EIZ doirasida amalga oshirish uchun takliflar tayyorlasin; bo‘lajak investorlarni EIZda biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida xorijiy davlatlarda tadbirlar (biznes-forumlar, davra suhbatlari, taqdimotlar, maxsus videoroliklar tayyorlash, OAVda yoritish va boshqalar) tayyorlasin va o‘tkazsin; jalb etiladigan xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, EIZ ishtirokchilarining olingan qarz mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarishini tizimli monitoring qilib borsin. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun uning markaziy apparati tuzilmasida 4 kishidan iborat Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bo‘lim tashkil etilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (A.X. Tuxtayev, K.N. Tulaganov) loyiha institutlari bilan birgalikda: EIZ hududida sanoat korxonalari, transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish bo‘yicha texnik vazifalar, investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqsin; belgilangan standartlar, qurilish norma va qoidalariga qat’iy rioya etgan holda, EIZ hududida joylashgan obyektlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifatini doimiy asosda nazoratni amalga oshirsin. 12. Davlat soliq qo‘mitasi (B.R. Parpiyev) va Davlat bojxona qo‘mitasi (M.V. Toxiriy): EIZ ishtirokchilari uchun qonunchilikda belgilangan soliq va bojxona imtiyoz hamda preferensiyalariga so‘zsiz rioya etilishini, ularning xo‘jalik faoliyatiga aralashuvga yo‘l qo‘ymaslikni; EIZ ishtirokchilari investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida texnologik uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni olib kirishda taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari: EIZ hududida amalga oshirish uchun istiqbolli loyihalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va kelishish, olingan ijobiy xulosalar asosida xo‘jalik subyektlariga EIZ ishtirokchisi maqomini berishni ta’minlasin; EIZ hududida ma’qullangan investitsiya loyihalari bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin; 14. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M.X. Soliyev), Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi (A.A. Abduvaliyev), “O‘zbekenergo” AJ (U.M. Mustafoyev) va “O‘ztransgaz” AJ (A.S. Mustafoyev) rahbarlari zimmasiga EIZ ishtirokchilari bo‘lgan xo‘jalik subyektlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga o‘z vaqtida ulash va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (A.S. Shukurov), “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (V.N. Tyan), O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (V.V. Ismoilov) bilan hamkorlikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga EIZning respublika avtomobil va temir yo‘l tarmoqlari bilan integratsiyalashtirilgan transport-logistika infratuzilmasini tashkil etishga doir takliflarni kiritsin. 16. Tashqi savdo vazirligi (E.M. G‘aniyev) Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A.I. Axmedxodjayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (M.V. Toxiriy), “O‘zfarmsanoat” AK (M.M. Do‘smurotov) va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Maxsus komissiyaga 2018-2019-yillarda EIZ hududida amalga oshirish uchun tavsiya etiladigan ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga oid yangi loyihalar bo‘yicha takliflar kiritsin. 17. Maxsus komissiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova), Moliya vazirligi (B.A. Xo‘jayev), Tashqi savdo vazirligi (E.M. G‘aniyev), Adliya vazirligi (M.M. Ikromov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A.I. Axmedxodjayev) va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda: bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasini belgilangan tartibda taqdim etsin; ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar kiritsin. 18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
222
16,978
Qonunchilik
T. Nabiyevni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida
Qurilish sohalaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi To‘lagan Nabiyev O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin.
87
261
Qonunchilik
“Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 3-maydagi 01-02/19-23, 250-V-son “Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1365, 2004-yil 21-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20-son, 247-modda); O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 8-iyuldagi 01-02/19-10, 12/1-son “Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1365-1, 2013-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 28-son, 365-modda). 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
197
1,184
Qonunchilik
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi QL-935-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 3-avgustda kiritilgan “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi QL-935-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
104
641
Qonunchilik
Qanday qilib хodimni karantin davrida ishdan boʻshatish mumkin
Xodimlarni karantin davrida ishdan boʻshatish mumkinmi? Qabul qilinayotgan ijtimoiy himoya choralari munosabati bilan ishdan boʻshatish qoidalari oʻzgardimi?   buxgalter.uz savollariga yuridik fanlar nomzodi, Mehnat kodeksining mualliflaridan biri Miхail Yusupovich GASANOV javob beradi. - Karantin tufayli хodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi oʻzgardimi? Prezidentning 20.03.2020 yildagi Farmoniga asosan koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan 14 yoshga toʻlmagan bolaning ota-onasi, vasiylari, homiylari bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. E’tibor bering: taqiq faqat хodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga koʻra, ya’ni MKning 100-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bekor qilishga tatbiq etiladi. U mehnat shartnomasini bekor qilishning boshqa asoslariga: oʻz хohishiga koʻra, taraflarning kelishuviga koʻra, shartnoma muddatining tugashi bilan, taraflar iхtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlarga va boshqalarga daхl qilmaydi. - Ish beruvchi yana kimlar bilan oʻz tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli emas? - MKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, quyidagi hollarda ish beruvchining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi: Ushbu qoidalardan faqat bitta istisno mavjud – korхona tugatilishi. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
62
1,438