folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tilishi munosabati bilan buxgalteriya hisobini tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-764- | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 14-aprelda kiritilgan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tilishi munosabati bilan buxgalteriya hisobini tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-764-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 869 |
Qonunchilik | Minimal pensiya va nafaqa oluvchilarga qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi | Prezident tomonidan 4 iyun kuni “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Hujjatga muvofiq, 2021 yil 1 iyuldan boshlab:
a) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaхslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20%i miqdorida qoʻshimcha toʻlov (keyingi oʻrinlarda – qoʻshimcha toʻlov) joriy etiladi. Bunda, ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda 256 675 soʻmdan 400 000 soʻmga oshiriladi;
b) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori 565 000 soʻmga yetkaziladi;
v) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 soʻmdan 400 000 soʻmga yetkaziladi;
g) boquvchisini yoʻqotganlik:
d) bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 soʻmdan 565 000 soʻmga oshiriladi.
Hujjat 2021 yil 4 iyunda “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan. | 71 | 1,143 |
Qonunchilik | KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISh SOHASIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRIShNING YaNGI BOSQIChI TO‘G‘RISIDA | Keyingi yillarda aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlarini bozor munosabatlariga o‘tkazishga doir ancha ishlar amalga oshirildi. Zarur qonunchilik va normativ-huquqiy baza yaratildi — Uy-joy kodeksi, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqalar qabul qilindi.
Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasi hamda bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan tegishli mintaqaviy kompleks dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida boshqarish tizimini isloh qilish, monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tugatildi va uning negizida “O‘zkommunxizmat” agentligi tashkil etildi. Hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyoriga berildi. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari va o‘zini o‘zi boshqarish jamoatchilik organlari Uy-joy egalari kengashlari shakllantirilmoqda.
Suv, gaz va issiqlik energiyasini hisobga oluvchi asboblarni ishlab chiqarish tashkil qilindi, ularni ko‘p xonali uy-joy binolariga o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini isloh qilish jarayonlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamon pastligicha qolmoqda. Odamlarning ehtiyojlariga to‘ralarcha qo‘pol munosabatda bo‘lish hollariga barham berilmayapti. Xizmat ko‘rsatishning bozor me’yorlariga o‘tish borasidagi ishlar sust olib borilmoqda. Sarf-xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha amalda hech narsa qilinayotgani yo‘q. Kommunal xizmatlarga tariflarning oshirilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar turini tegishli ravishda kengaytirish va eng muhimi, ularning sifatini oshirish bilan birga qo‘shib olib borilmayotganligini qoniqarli deb hisoblab bo‘lmaydi. Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan xodimlarning mehnatini rag‘batlantirish uchun deyarli hech narsa qilinayotgani yo‘q.
Kommunal xizmatlar haqi o‘z vaqtida to‘lanishi uchun kollektiv javobgarlik tizimini tatbiq etish bo‘yicha to‘plangan tajriba sust ommalashtirilmoqda. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari Uy-joy egalari kengashlarini tashkil etish jarayoni ko‘pincha yuzaki amalga oshirilmoqda. Yangidan tuzilgan shirkatlar aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanmayapti, ularga qayta qurish va ta’minlash ishlarini o‘tkazish uchun zarur kreditlar ajratib berilmayapti. Ularning faoliyati aniq belgilab qo‘yilmagan. Joylarda kommunal xizmat ko‘rsatishni o‘zini o‘zi qoplashga o‘tkazish va budjetdan dotatsiyalarni qisqartirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar bajarilmayapti.
Iste’molchilarning to‘lov intizomi pastligicha qolmoqda, resurslar sarfining hisobga olinishi zarur darajada ta’minlanmayapti, tarmoqdagi bir qator korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvoli murakkabligicha qolmoqda, bu esa ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda:
1. Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini isloh qilish va uni bozor shart-sharoitlariga o‘tkazish borasida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va hukumatning tegishli qarorlarida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklarining ishi qoniqarsiz deb hisoblansin.
Andijon, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida, Andijon, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida, shuningdek Qorako‘l, G‘ijduvon, Narpay, Shahrixon, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanlarida kommunal sohani isloh qilish borasidagi ishlar ayniqsa yomon tashkil qilingan.
Hukumat (O‘.Sultonov) ko‘rsatib o‘tilgan viloyatlar, shaharlar va tumanlarda vujudga kelgan ishlarning ahvoliga prinsipial baho berib, bu ishlarni tashkil etishni yaxshilash bo‘yicha aniq-ravshan choralar ko‘rsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlarning hokimliklari bir oy muddatda uy-joy mulkdorlari shirkatlari Uy-joy egalari kengashlarini shakllantirish chora-tadbirlari kompleksi va jadvallarini, shuningdek ularga kreditlar hamda sponsorlik (homiylik) mablag‘lari berish hisobiga aylanma mablag‘larni to‘ldirish manbalarini izlab topish, zarur omborxonalarni berish bilan bog‘liq hamda boshqa har tomonlama yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, tasdiqlasinlar.
Bajarilgan ishlar to‘g‘risida 2001-yilning 1-iyuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar kommunal xizmatlarga aholidan mablag‘larni yig‘ishda ko‘maklashish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (mahalla qo‘mitasi) bilan yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnomalar tuzishlari mumkin.
Kommunal xizmatlar haqi aholi tomonidan o‘z vaqtida va to‘la hajmda to‘lanishini ta’minlash uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini (mahalla qo‘mitalarini) rag‘batlantirish maqsadida shu narsa belgilab qo‘yilsinki, kommunal xizmatlar uchun joriy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar rejasi 100 foiz bajarilgan taqdirda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (mahalla qo‘mitalariga) tushgan to‘lovlar summasining 10 foizi miqdorida ajratmalar beriladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla qo‘mitalari) ushbu mablag‘lardan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirishga, uy-joy kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha mavjud qarzlarni to‘lash, shu jumladan xizmatlar haqini to‘lashda kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, shuningdek uy-joy binolarini ta’mirlash, mahallalar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarni obodonlashtirish borasidagi ishlarni o‘tkazishda qat’iyan maqsadli foydalanishni ta’minlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqining o‘z vaqtida va to‘la miqdorda to‘lanishini ta’minlash uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rag‘batlantirish Tartibini o‘n kun muddatda ishlab chiqib, tasdiqlasin.
5. Uy-joy-kommunal xizmatlarga sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida kommunal (gaz ta’minoti, issiq suv ta’minoti, markaziy isitish, suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariyaviy tozalash kabi) xizmatlarni ko‘rsatuvchi hamda foydalanish xizmatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun rentabellikning cheklangan darajasi 10 foiz miqdorida belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish hamda uy-joylardan foydalanish va kommunal xizmat ko‘rsatish narxlari hamda tariflarini tasdiqlash (yoki qayta ko‘rib chiqish) tartibini ishlab chiqib, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalariga yetkazib bersin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining 4-ilovaga muvofiq ayrim qoidalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
o‘n kun muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan hukumat qarorini qabul qilsin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining uy-joy-kommunal sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi qonunchiligiga o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflar kiritsin.
4. “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi PF-2177-son Farmonining 3-bandi. | 106 | 7,723 |
Qonunchilik | XALQARO TARAQQIYOT UYuShMASI IShTIROKIDA “MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi amalga oshirilishini ta’minlash, uzluksiz ta’limning yaxlit yagona tizimini kuchaytirish va umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Jahon banki Direktorlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasiga “Maktab ta’limini rivojlantirish” loyihasining birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasining (XTU) ekvivalenti 15,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 10,1 mln. QOMH (qarz olish maxsus huquqi) miqdorida, o‘n yillik imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda uzish muddati 35 yil bo‘lgan foizsiz kredit berishni ma’qulladi;
loyihaning birinchi bosqichini moliyalashtirish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq chora-tadbirlar belgilandi;
loyihaning birinchi bosqichida nazarda tutilgan tadbirlar yakunlangach, loyihaning ikkinchi bosqichini moliyalashtirish uchun XTUning 25,0 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi krediti beriladi;
XTUning krediti bo‘yicha asosiy qarzni uzish bilan bog‘liq xarajatlar, komissiyalar va kredit bo‘yicha boshqa sarf-xarajatlarni to‘lash davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
2. XTU kreditini uzish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ushbu loyihaning ijro etuvchi agentligi etib belgilansin va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
XTU qarz mablag‘laridan maqsadli va o‘z vaqtida foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirish;
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar)ni xarid qilish bo‘yicha tender va baholash komissiyalarining tarkibini tasdiqlash.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri ushbu loyihani moliyalashtirish to‘g‘risida XTU bilan tuzilgan Bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil etib tayinlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan XTU o‘rtasida moliyalashtirish to‘g‘risidagi Bitim bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Loyiha amalga oshiriladigan davrda:
mazkur loyiha doirasida import bo‘yicha olib kelinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan;
ushbu loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin. | 130 | 3,536 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida | “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovning “Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi eshituvga tayyorgarlik ko‘rilishini hamda uning o‘tkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 225 | 917 |
Qonunchilik | “Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 26-yanvarda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 110 | 543 |
Qonunchilik | Davlat organlari va tashkilotlari tizimida 2022-yilning birinchi yarmida murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risida | Mamlakatimizda aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish yuzasidan samarali mexanizmlar yaratilib, tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari, davlat organlari va tashkilotlarining “Ishonch telefonlari” tashkil etilishi fuqarolarning og‘irini yengil qilish bilan bir qatorda turli xil noqulayliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, aholi muammolarini joyida hal etish maqsadida muntazam ravishda tashkil etilayotgan sayyor qabullar barcha darajadagi rahbarlarning hududlardagi muammolarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, aholi dardini yaqindan eshitishiga zamin yaratmoqda.
Aholi muammolari hamda hududlardan ko‘tarilayotgan masalalar tizimdagi kamchiliklarni aniqlash bilan birga kelgusi islohotlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga, 2022-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar o‘rganilganda ayrim davlat organlari va tashkilotlari hamda hududlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati salbiyligicha qolgani ma’lum bo‘ldi.
Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarga jami 773 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 66 mingtaga yoki 8 foizga kamaygan bo‘lsa-da, muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatish (17 mingtaga yoki 3,7 baravar), fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlari ijro etilishi (2,2 mingtaga, 2,2 baravar), muhtojlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash (1,7 mingtaga, 2,3 baravar), tabiiy gaz hisoblagichi o‘rnatilishi (1,2 mingtaga, 3,5 baravar), kadastr xodimlarining xatti-harakatlari (981 taga, 3,9 baravar) bilan bog‘liq masalalar keskin oshgan.
Kelib tushgan murojaatlardan iqtisodiy soha tashkilotlariga 260 mingta, sud-huquq sohasi tashkilotlariga 230 mingta, ijtimoiy soha tashkilotlariga 137 mingta, mahalliy davlat hokimiyati organlariga 129 mingta, mudofaa va xavfsizlik sohasi hamda markaziy muassasalarga 5 mingtasi ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
Iqtisodiy sohada murojaatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida 13 mingtaga yoki 48 baravarga, Qishloq xo‘jaligi vazirligida 3,5 mingtaga yoki 13 baravarga, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligida 2 mingtaga yoki 2,7 baravarga, Qurilish vazirligida 2,5 mingtaga yoki 2,3 baravarga hamda Davlat soliq qo‘mitasida 16 mingtaga yoki 2 baravarga oshgan.
Ijtimoiy sohada murojaatlar soni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida 288 taga yoki 108 foizga, Yoshlar ishlari agentligida 645 taga yoki 70 foizga hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligida 1715 taga yoki 67 foizga keskin ortgan.
Sud-huquq sohasida murojaatlar soni Adliya vazirligida 2,7 mingtaga yoki 58 foizga, Ichki ishlar vazirligida 13 mingtaga yoki 20 foizga va Majburiy ijro byurosida 10 mingtaga yoki 20 foizga ko‘paygan.
Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida murojaatlar 52 mingtaga yoki 29 foizga kamaygan bo‘lib, eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahar, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari tizimiga (14 — 18 mingta) kelib tushgan.
Respublika bo‘yicha Virtual qabulxona tizimida vazirliklar, idoralar va hokimliklar tomonidan ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 35 foizi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 63 foizi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan hamda 2 foizi ko‘rmasdan qoldirilgan yoki tugatilgan.
Hisobot davrida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida (6 foiz), “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (12 foiz), Milliy gvardiya (16 foiz), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (18 foiz), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi hamda Qurilish vazirliklari (19 foiz), shuningdek, Andijon (11 foiz), Namangan (15 foiz), Navoiy (16 foiz) hamda Qashqadaryo (19 foiz) viloyatlari hokimliklarida murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi past bo‘lgan.
Murojaatlarning tahlili ayrim davlat organlari va tashkilotlari tizimida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarda murojaatlar bilan ishlash faoliyatida muammolar saqlanib qolayotganligi hamda bir qator tizimli kamchiliklarning mavjudligini ko‘rsatdi.
Jumladan, Majburiy ijro byurosi faoliyatiga nisbatan e’tirozlarning yildan-yilga ortib borayotganiga ijro hujjatlari, shu jumladan, aliment undirish haqidagi ijro ishlarini yuritishda qonun talablariga to‘liq rioya etmaslik sabab bo‘lgan.
Shuningdek, ijro hujjati bo‘yicha murojaat qilingan holatlardagina undirish choralari ko‘rilayotganligi, aks holda ijro harakatlari o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi, qarzdorlarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilmaganligi oqibatida, joriy yilning 6 oyida Byuro organlariga 62 mingta murojaat kelib tushib, o‘tgan yilga nisbatan 10 mingtaga yoki 20 foizga oshgan.
Sog‘liqni saqlash sohasiga oid murojaatlarda asosan sog‘liqni saqlash xodimlari xatti-harakatlaridan norozilik, nogironlik guruhlarini belgilash, davolash-profilaktika, malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tish, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy yordam, dori-darmon bilan ta’minlashga doir masalalar ko‘tarilgan.
Bundan tashqari, sud tizimiga oid murojaatlarning asosiy qismini sudyalarning xatti-harakatlari hamda fuqarolik, ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlari ustidan shikoyatlar tashkil etib, sudlarda fuqarolik ishlarining ko‘rilishi bilan bog‘liq murojaatlar 20 foizga o‘sgan (26 mingta).
Fuqarolarning ijtimoiy nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizasining rad etilishi, avvalroq muayyan muddatga tayinlangan ijtimoiy nafaqa to‘lovi belgilangan muddat tugamasdan to‘xtatilganligi kabi holatlar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan mualliflar ishtirokida to‘liq va atroflicha o‘rganib chiqilmaganligi va ularga batafsil javob xatlari berilmaganligi oqibatida murojaatchilar tomonidan takror-takror murojaat yo‘llanishiga sabab bo‘lmoqda.
Ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi murojaatlarda muallifning vajlari turli tashkilotlar tomonidan ijobiy hal etilmaganligi hamda mutaxassisligi bo‘yicha ish topilmaganligi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimi mas’ullari tomonidan ish haqi miqdori past bo‘lgan, murojaat etuvchining ma’lumoti va mutaxassisligiga to‘g‘ri kelmaydigan, uzoq hududlarda joylashgan ish o‘rinlari taklif qilingani sababli qanoatlantirilmagan.
Gaz ta’minotiga oid murojaatlarda maishiy gaz ballonlarini o‘z vaqtida almashtirish, yetkazib berish hamda qo‘shimcha gaz ballonlari ajratilishi, shuningdek, kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bosimining tushib ketishi bilan bog‘liq e’tirozlar bildirilgan bo‘lsa, elektr energiyasi bilan bog‘liq murojaatlarda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, elektr tarmoqlari va transformatorlarning eskirganligi hamda ta’mirtalabligi kabi muammolar o‘z aksini topgan.
Banklar sohasidagi murojaatlarda kredit hamda plastik kartalari bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.
Maktabgacha ta’lim sohasidagi murojaatlarda farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirishdagi navbatning yillar davomida kelmasligi sababli ayollarni ishlash imkoniyatlari cheklanganidan shikoyat qilingan.
Xalq ta’limi yo‘nalishidagi murojaatlarda asosan farzandini umumta’lim maktabiga joylashtirishdagi muammolar, ta’lim sifati, o‘qituvchilar o‘rtasida dars soatlari taqsimoti bilan bog‘liq nizolar, maktabda pul yig‘ilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishidagi murojaatlarda talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash, ta’lim sifati, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasiga qabul, o‘qishni boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish bilan bog‘liq muammolar qayd etilgan.
Bundan tashqari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari bilan bog‘liq murojaatlarda asosan mutasaddi rahbarlar tomonidan aholi bilan qo‘pol muomalada bo‘lish, muammolarni hal qilish bo‘yicha berilgan va’dalar bajarilmasligi, joylarda birinchi rahbarlarning fuqarolarni qabul qilmasligi va boshqa holatlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Tahlillarga ko‘ra, hududiy rahbarlarning shaxsiy qabuli bo‘yicha arizalar 11 foizga ko‘paygan bo‘lib, Xorazm (51 foiz) va Farg‘ona (37 foiz) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (26 foizga) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oshgan. Shuningdek, davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar soni jami hududlar bo‘yicha 7 foizga ko‘paygan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (27 foiz) va Xorazm viloyati (23 foiz) hamda Toshkent shahrida (22 foiz) keskin ortgan.
Ushbu turdagi murojaatlarning soni oshishida quyidagi davlat organlarining hissasi yuqori bo‘lgan.
Xususan, kadastr (285 foiz), majburiy ijro byurosi (53 foiz), prokuratura (38 foiz), ichki ishlar (35 foiz), sog‘liqni saqlash (24 foiz) tizimlari xodimlari xatti-harakatlari bo‘yicha shikoyatlar ko‘paygan.
Eng ko‘p Toshkent (1 743 nafar), Namangan (705 nafar), Qashqadaryo (688 nafar), Surxondaryo (681 nafar) va Farg‘ona (650 nafar) viloyatlarida yashovchi fuqarolar o‘z muammolariga yashab turgan hududidan yechim topa olmagan.
Natijada fuqarolardan Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi kabi yuqori davlat organlariga 17 mingdan ortiq murojaat qilingan.
Fuqarolar tomonidan tuman yoki viloyat darajasida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar joylarda o‘z vaqtida hal etilmaganligi aholining sarsongarchiligiga hamda davlat idoralariga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini uyg‘otishiga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4, 10 va 22-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N. Umarovning davlat organlari va tashkilotlari tizimida 2022-yilning birinchi yarmida murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Adliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Maktabgacha ta’lim, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Qishloq xo‘jaligi, Qurilish vazirliklari, Milliy gvardiya, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Majburiy ijro byurosi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Kadastr agentligi, Pensiya jamg‘armasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi qayd etilsin.
Mazkur davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari doimiy ravishda:
murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ko‘tarilgan masala va muammolarni zudlik bilan hal qilish choralarini ko‘rsin, bunda tuman hamda viloyat darajasida hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlarni joyida hal qilsin;
murojaatlarda eng ko‘p ko‘tarilgan masalalarni tahlil qilish tizimi joriy qilinib, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilasin va amalga oshirsin;
ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har bir muammo va masalalar yuzasidan o‘z vaqtida hamda asosli munosabat bildirib borsin;
murojaatlarni o‘rganishda xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli javobgarlik choralarini belgilasin hamda ichki nazoratni kuchaytirsin;
murojaatlarning takroriyligini oldini olish maqsadida, shu jumladan bir necha yillar davomida hal etilmagan murojaatlar ishchi guruh tuzgan holda o‘rganilib, mualliflarga yakuniy javob xati berilishini ta’minlasin;
murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga, tashkilotlarga o‘tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga, tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish holatlariga yo‘l qo‘ymasin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalaridan kelgan murojaatlarni hal etish natijalari tizimga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlasin;
qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar bo‘yicha muallifga xabardor qilish tartibiga so‘zsiz rioya qilsin;
murojaatlar bo‘yicha yuritiladigan hisobotlar, shuningdek, sayyor hamda shaxsiy qabullar bo‘yicha ma’lumotlarni haqqoniy va to‘g‘ri yuritilishini nazoratga olsin hamda tasdiqlangan reja-grafiklar asosida sayyor qabullar o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda vazirlik va idoralarning aholi murojaatlari bilan ishlash faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, shuningdek, ushbu faoliyatni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni kengaytirilgan yig‘ilishda muhokama qilib, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
murojaatlarni qabul qilish, har haftada sayyor qabullar o‘tkazish, natijasi yuzasidan deputat so‘rovi va eshituvlari amaliyotidan samarali foydalanish;
tegishincha hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati yuzasidan axborotini tanqidiy jihatdan muhokama qilish hamda mazkur Qarorning 2-bandida qayd etilgan masalalarga alohida e’tibor qaratish;
jamiyatda qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlar yuzasidan tezkor eshituvlar tashkil qilgan holda mutasaddi shaxslardan izoh talab qilib borish tavsiya etilsin.
5. Ushbu Qarorning 2-bandi ijrosi yuzasidan joriy yilning 15-oktabriga qadar hamda 3-bandi ijrosi yuzasidan joriy yilning 15-noyabriga qadar Senatga umumlashtirilgan axborot taqdim qilinsin.
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N. Umarov zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 117 | 14,248 |
Qonunchilik | Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 16-martdagi 16, 2021-16-son “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3288, 2021-yil 20-mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2021-y., 10/21/3288/0225-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror 2021-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi. | 103 | 859 |
Qonunchilik | “BOShQARUVChI KOMPANIYALAR O‘Z MABLAG‘LARI MIQDORINING HISOBI VA INVESTITSIYa AKTIVLARINING O‘RTAChA YILLIK QIYMATINI ANIQLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2003-yil 30-dekabrdagi 2003-19-sonli “Boshqaruvchi kompaniyalar o‘z mablag‘lari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1322, 2003-yil 5-mart), (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 111-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 223 | 1,240 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-374-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-374-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 689 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi 712–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 16-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi” nomidan faqat ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq foydalanilishi mumkin. Boshqa tashkilotlar o‘z nomlarida “savdo-sanoat palatasi”, “savdo palatasi”, “sanoat palatasi” degan so‘z birikmalaridan hamda ular asosida tuzilgan so‘z birikmalaridan foydalanishga haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (bundan buyon matnda Palata deb yuritiladi) tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirish uchun qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni ta’minlash, biznes hamjamiyati hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilashga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini barcha choralar bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.
Palata faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, Palata a’zolarining teng huquqliligi, mustaqillik, ochiqlik, oshkoralik hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligidan iboratdir.
Palataning vazifalari quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi davrida qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, xususiy mulk va tadbirkorlikning rivojlanishiga, ularning ustuvorlik rolini, shuningdek daxlsizligini ta’minlashga, mamlakat aholisini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga barcha choralar bilan ko‘maklashish;
tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqish, tadbirkorlik subyektlarining ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasini tashkil etish va ularning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish jarayonlariga jalb etish;
tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish, yuritish hamda rivojlantirishda yordam ko‘rsatish, davlat organlari va boshqa organlarning, shuningdek bozor infratuzilmasi subyektlarining barcha turdagi xizmatlaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va imkoniyat berish, maslahat yordami ko‘rsatish hamda axborot bilan ta’minlash;
davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, shuningdek bank-moliya tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa subyektlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi sifatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini inobatga olgan holda yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha o‘quv dasturlarini va ta’limni takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik subyektlarini xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalash, ular mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini ta’minlashda ko‘maklashish, milliy brendlarni xorijda ilgari surish, investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb etish.
Palata qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Palata o‘z faoliyatida davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir.
Davlat Palataning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlashga bo‘lgan huquqini qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi.
Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari, shuningdek bank-moliya tashkilotlari hamda bozor infratuzilmasining boshqa subyektlari Palataga tadbirkorlik subyektlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligini tashkil etishda ko‘maklashadi.
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining Palata faoliyatiga aralashishiga, xuddi shuningdek Palataning davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslari faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish sohasida Palata quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatining tahlilini o‘tkazadi;
tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik normalarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga nisbatan da’vo arizalari bergan tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ifoda etadi;
Palata a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining monitoringini amalga oshiradi hamda ushbu faoliyatni tekshirishlarda ishtirok etadi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish sohasida Palata qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida Palata quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturlarini, shuningdek hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
tadbirkorlik subyektlarini ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, tadbirkorlik tuzilmalari bilan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini tashkil qilish, shu jumladan ekspert kengashlarini tuzish orqali tashkil etish jarayonlariga jalb qiladi;
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini mustahkamlashga, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
ishbilarmonlik muhitining holati, qonunchilik normalari va talablarining amalga oshirilishi natijalari tahlilini o‘tkazadi, ularni yaxshilashga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi.
Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida Palata qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish sohasida Palata quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish uchun biznes-inkubatorlar barpo etadi hamda ushbu biznes-inkubatorlarning faoliyatini tashkil etadi, ularga biznes-rejalarni tayyorlashda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotni olish va masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatadi;
investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zlashtirilishida ko‘maklashishni ta’minlaydi;
tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda, ularning faoliyati tekshiruvlardan o‘tkazilayotganda ularni huquqiy, shu jumladan yuridik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
moliyaviy, tovar-xomashyo va tabiiy resurslardan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan, texnologik mashinalar va uskunalardan, ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishda, shuningdek yer uchastkalarini olishda yordam ko‘rsatadi;
xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlaydi, bundan tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelgan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlari mustasno;
Palata a’zolari va sheriklari ishtirokida jamoatchilik asosida qo‘mitalar, ishbilarmonlik va muvofiqlashtiruvchi kengashlarni tashkil etadi;
innovatsiya tadbirkorligi joriy etilishini, “startup” loyihalar amalga oshirilishini, yoshlarning, avvalo oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining biznesni tashkil qilish hamda yuritishga doir tadbirkorlik tashabbuslarini, shuningdek aholi bandligining va daromadlarining o‘sishini ta’minlashga ko‘maklashuvchi kichik, xususiy hamda oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikning va hunarmandchilikning turli shakllari rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish sohasida Palata qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish sohasida Palata quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tadbirkorlik subyektlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilishini “to‘g‘ridan to‘g‘ri va qayta aloqa” prinsipi bo‘yicha tashkil etishga ko‘maklashadi;
jismoniy shaxslarni va tadbirkorlik subyektlarining vakillarini qabul qiladi hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek ularning hal etilishi monitoringini va tahlilini o‘tkazadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda, Toshkent shahrida, tumanlar va shaharlarda tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini tashkil etadi, ularning davlat organlari, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishini ta’minlaydi.
Davlat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish sohasida Palata qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish va kadrlarni tayyorlash sohasida Palata quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi hamda uning hududiy filiallari negizida tadbirkorlik subyektlarini o‘qitishni va kadrlar tayyorlashni tashkil etadi;
Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, chet ellik donorlar va xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik subyektlari vakillari o‘qitiladigan shunday markazlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv kurslarini ishlab chiqadi hamda o‘tkazadi, bunda ushbu subyektlarning biznes yuritish, biznes-rejalar tuzish, tadbirkorlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv asoslari va boshqa zarur fanlar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etadi;
tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlarni tanlash va o‘qitishda, ularning kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirishda tadbirkorlik subyektlariga yordam ko‘rsatadi, aniq hududlarda va tadbirkorlik sohalarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash uchun davlat buyurtmasini shakllantirishda ishtirok etadi;
o‘qitishni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalarining, kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilarini, amaliyotchi-mutaxassislarni, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarni va chet ellik mutaxassislarni jalb etishni amalga oshiradi.
Tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish va kadrlarni tayyorlash sohasida Palata qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat va chet el investitsiyalarini jalb etish sohasida Palata quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
biznes-anjumanlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalar tashkil etadi hamda o‘tkazadi, ularda mahalliy tadbirkorlik subyektlarining ishtirok etishini ta’minlaydi;
tadbirkorlik subyektlariga sheriklarni, yangi bozorlarni izlashda va o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni tashqi bozorlarga olib chiqishda, eksport turlarini kengaytirish va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirishda, shuningdek ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashadi;
tashkil etilgan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarda zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ichki hamda tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan chet ellik investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi;
mazkur sohadagi vazifalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek Palataning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari bilan hamkorlikni ta’minlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat va chet el investitsiyalarini jalb etish sohasida Palata qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari Palataga o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishida har tomonlama ko‘maklashadi.
Palata huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi organlar, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari bilan birgalikda tadbirkorlarning huquqbuzarliklari profilaktikasida ishtirok etadi, ularning oldini olish choralarini ko‘radi.
Palata o‘z funksiyalarini amalga oshirish maqsadida davlat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzishga haqli.
Palata vakillari davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar huzurida tuziladigan jamoatchilik maslahat kengashlari tarkibiga kiritiladi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun Palata:
ularning faoliyatini tekshirishlarda bevosita ishtirok etadi;
o‘tkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning tekshirishlar yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat qiladi.
Palata o‘z muassislarining tashabbusiga ko‘ra tashkil etiladi.
Palata muassislari Palataning qurultoyini chaqiradi, unda Palataning ustavi qabul qilinadi, boshqaruv va nazorat organlari tuziladi.
Palataning qurultoyini chaqirish va o‘tkazish, uning boshqaruv va nazorat organlari faoliyatini tashkil etish tartibi Palata ustavi bilan tartibga solinadi.
Palataning tizimiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi;
Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari (bundan buyon matnda Palataning hududiy boshqarmalari deb yuritiladi);
tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari;
hakamlik sudlari;
xalqaro tijorat arbitraj sudi;
Palataning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari.
Qonunchilikka muvofiq Palata unitar korxonalar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar tashkil etishga haqli.
Palata, uning hududiy boshqarmalari, tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, unitar korxonalari, xorijdagi vakolatxonalari, shuningdek boshqa muassasalari va tashkilotlari Palataning yagona tizimini tashkil etadi.
Palataga a’zolik kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun ixtiyoriy, boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun esa majburiydir.
Palataga a’zolik tadbirkorlik faoliyati subyekti yoki tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmasi yoxud tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan boshqa tashkilot, chet el kompaniyalarining vakolatxonalari va Palata o‘rtasida shartnoma tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Palata a’zolari Palata ustavida hamda a’zolik to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Palataning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Palataning nomi va joylashgan eri (pochta va elektron manzili);
Palataning maqsad va vazifalari;
Palataning hududiy boshqarmalarini va tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlarini tashkil etish tartibi;
Palataning boshqaruv va nazorat organlarini shakllantirish tartibi hamda ularning vakolatlari, bu vakolatlarning muddatlari va mazkur organlarning qarorlar qabul qilish tartibi;
Palata a’zoligiga qabul qilish hamda a’zolikdan chiqish shartlari va tartibi;
Palata a’zolarining huquq va majburiyatlari;
Palataning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini shakllantirish manbalari;
Palataning ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
Palatani qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
Palata tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi.
Palata ustavida qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin.
Palataning ustaviga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar Palata qanday tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, shunday tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Palataning boshqaruv organlari quyidagilardan iborat:
Palata qurultoyi;
Palata Rayosati;
Palata ijroiya qo‘mitasi.
Palataning to‘rt yilda kamida bir marta chaqiriladigan qurultoyi Palata boshqaruvining yuqori organidir.
Qurultoy delegatlari tomonidan yigirma besh nafar kishidan iborat tarkibda saylanadigan Palata Rayosati Palata boshqaruvining qurultoylar oralig‘idagi rahbar organidir.
Palata boshqaruvining ijro etuvchi organi uning o‘z faoliyatida Palata Rayosatiga bevosita hisobdor bo‘lgan Palata ijroiya qo‘mitasidir.
Palata raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga ko‘ra Palata qurultoyi delegatlari tomonidan lavozimga saylanadi.
Palata raisi lavozimiga ko‘ra Palata Rayosatining raisi bo‘lib, u Palata ijroiya qo‘mitasining ishiga rahbarlik qiladi.
Palata raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Palata raisining taqdimnomasiga ko‘ra Palata Rayosati tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Palatani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Palataning hududiy boshqarmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Palata quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, vazirliklarga, davlat qo‘mitalariga va idoralarga ishbilarmonlik hamda investitsiya muhitini yaxshilash masalalari yuzasidan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan yoki uning rivojlanishini cheklayotgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida takliflar kiritish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish va tadbirkorlikning boshqa masalalarini muhokama qilish uchun tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ekspert kengashlarini tuzish;
tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari o‘rtasidagi nizoning hal etilishini ta’minlash, shuningdek bozorlarni o‘rganish hamda tahlil qilish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan va ularning mansabdor shaxslaridan zarur ma’lumotlar, hujjatlar, materiallarni hamda statistika ma’lumotlarini so‘rab olish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
taraflar o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal etishni amalga oshirish;
Palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan da’volar taqdim etish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijroni qarzdor tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ko‘zlab kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilish;
jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritishda tadbirkorlik subyektlarining jamoatchilik himoyachilari sifatida ishtirok etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinganda tadbirkorlik subyekti nomidan sud muhokamasining istalgan bosqichida ishtirok etish (ikkala taraf Palata a’zolari bo‘lgan hollar bundan mustasno), shuningdek da’vo arizalari bilan bir qatorda apellatsiya, kassatsiya shikoyatlari, arizalar, shu jumladan nazorat tartibida protest keltirish haqida iltimosnomalar berish;
davlat aktivlarini xususiylashtirish, shu jumladan davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish, shuningdek davlat organlari funksiyalarining va davlat xizmatlarining ayrim turlarini xususiy sektorga o‘tkazish, davlat-xususiy sheriklikning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritish;
o‘z tuzilmasida ta’lim muassasalarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasida va chet davlatlarda tashkilotlar tashkil etish, o‘z vakolatxonalarini ochish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ixtirolarni, foydali modellarni, sanoat namunalarini patentlashda, tovar belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini geografik ko‘rsatkichlarni va tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasida va uning hududidan tashqarida ko‘rgazmalar hamda yarmarkalar tashkil etish va o‘tkazish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga huquqiy va boshqa xil yordam ko‘rsatish;
gazetalar, jurnallar va boshqa bosma materiallar nashr etish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini ta’minlash uchun noshirlik hamda reklama xizmatlari ko‘rsatish;
xalqaro va chet el tashkilotlarida Palata a’zolarining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq manfaatlarini ifoda etish;
tadbirkorlik subyektlarining faoliyati masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va muhokama qilishda ishtirok etish;
iqtisodiy nizolarni hal qilish uchun qonunchilikka muvofiq hakamlik sudlarini, shuningdek xalqaro tijorat arbitraj sudini tashkil etish;
chet ellik sheriklar murojaat etgan hollarda, tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatlarni tasdiqlash;
Palata a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etish;
chet el va xalqaro tashkilotlarning moliyaviy hamda texnik yordamini jalb etishda tadbirkorlik faoliyati subyektlariga ko‘maklashish.
Palata qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Palata normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash uchun ular yuzasidan xulosalar beruvchi vakolatli organdir.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari majburiy tartibda Palata bilan kelishilishi lozim.
Palata normativ-huquqiy hujjat loyihasining mazmuniga umuman yoki uning biror qismiga rozi bo‘lmagan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organga tegishli xulosa kiritishga haqli.
Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan yoki uning rivojlanishini cheklayotgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarurligi to‘g‘risidagi Palata tavsiyalari va yozma so‘rovlari qonunda belgilangan muddatlarda majburiy ravishda ko‘rib chiqilib, keyinchalik Palataga ularni ko‘rib chiqish natijalari haqida asoslangan xulosalar yuborilishi lozim.
Palata va uning hududiy boshqarmalari tadbirkorlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiradi:
davlat organlarining, birinchi navbatda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari bajarilishi, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha faoliyatiga doir zarur ma’lumotlarni so‘rab olish hamda tahlil qilish;
davlat organlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarning jamoatchilik-maslahat kengashlari faoliyatida majburiy ravishda ishtirok etish;
davlat organlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarning tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash sohasidagi faoliyati to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish hamda ularning fikr-mulohazalarini tahlil qilish;
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash yuzasidan jamoatchilik ekspertizasini tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda o‘tkazish;
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirishga doir davlat dasturlarini, shuningdek hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Palata a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlar monitoringini amalga oshirish va ushbu tekshirishlarda ishtirok etish.
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Palataning tegishincha bitta hududiy boshqarmasi tashkil etilishi mumkin.
Palataning hududiy boshqarmasi yuridik shaxs bo‘lib, u Palata tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida tashkil etiladi, tumanlar va shaharlarda esa ularning bo‘linmalari tashkil etiladi hamda ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat organlarining va bozor infratuzilmasi subyektlarining barcha turdagi xizmatlaridan hamda biznes-xizmatlardan bir joyning o‘zida foydalanish imkoniyatini berish orqali tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
tadbirkorlik subyektlariga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda, axborot bilan ta’minlanishda, davlat xizmatlaridan foydalanishda (ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish, litsenziyalash hujjatlarini va boshqa hujjatlarni olishda) ko‘maklashish;
biznes-rejalar ishlab chiqish, shuningdek lizing, sug‘urta va baholash xizmatlaridan foydalanish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash;
moliyaviy, tovar-xomashyo va tabiiy resurslardan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan, texnologik mashinalar va uskunalardan, ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishda, shuningdek yer uchastkalari olishda ko‘maklashish;
soliq solish, xodimlarni yollash, statistika, moliya, soliq hisobotlarini hamda boshqa hisobotlarni topshirish, bank xizmatlari, binolar va xonalarning ijarasi va (yoki) ularni olish, shu jumladan davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha olish sohasida maslahatlar berish;
xalqaro standartlarni va sertifikatlashtirish tizimini joriy etishda, kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishda, shu jumladan tashqi savdodagi sheriklar bilan yo‘lga qo‘yishda, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ko‘maklashish;
tadbirkorlik subyektlari uchun tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, bozor infratuzilmasi subyektlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama muzokaralarni tashkil etish.
Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Palata va uning hududiy boshqarmalari huzurida hakamlik sudlari faoliyat ko‘rsatadi.
Hakamlik sudlari o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
Palata huzurida chet ellik investorlarning, shuningdek xorijiy sheriklar bilan o‘zaro munosabatlarda milliy kompaniyalarning hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha Xalqaro tijorat arbitraj sudi tashkil etiladi.
Xalqaro tijorat arbitraj sudi o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
Palata xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar tashkil etishga, shu jumladan savdo-investitsiya uylari tarzida vakolatxonalar tashkil etishga haqli.
Xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va ushbu savdo-investitsiya uylari qaysi davlatlar hududida tashkil etilgan bo‘lsa, o‘sha davlatlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, o‘z xarajatlarining o‘rnini o‘zi qoplash hamda o‘zini o‘zi moliyaviy jihatdan ta’minlash prinsiplari asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Palata xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
mamlakatimizda tayyorlangan, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotni xorijiy bozorlarda ilgari surish;
O‘zbekiston Respublikasining investitsiyaviy imkoniyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda chet ellik investorlar va ularning sheriklari uchun axborot-maslahat berib borilishini tashkil etish;
ilg‘or texnologiyalarni, shu jumladan mini-texnologiyalarni ularni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlariga yetkazib berish uchun tanlashda ko‘maklashish;
Palata va uning a’zolari manfaatlarini xorijiy mamlakatlarda ifoda etish.
Normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek ular loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish maqsadida Palata huzurida ekspert kengashlari tashkil etiladi.
Ekspert kengashlari huquqiy masalalar bo‘yicha, shuningdek sanoat, transport, qurilish, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, savdo va xizmatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda faoliyatning boshqa sohalari bo‘yicha tashkil etilishi mumkin.
Ekspert kengashlari tarkibiga Palataning, tadbirkorlik subyektlarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat qiluvchi organlarning, shuningdek ta’lim, ilmiy-tadqiqot, ekspert muassasalarining va boshqa muassasalarning vakillari kiradi.
Zarur hollarda, ekspert kengashlari majlislarining natijalari bo‘yicha Palata ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilashga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan takliflar kiritadi.
Ekspert kengashlari muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi, qarorlar majburiy tartibda ko‘rib chiqish va natijalari haqida ma’lum qilish uchun tegishli davlat organlariga yuboriladi.
Ekspert kengashlarining faoliyatini tashkil etish tartibi Palata ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
Binolar, inshootlar, uskunalar, inventar, pul mablag‘lari, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar hamda ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan boshqa mol-mulk Palataning mulki bo‘lishi mumkin.
Palataning mulki qonun bilan muhofaza qilinadi.
Palataning mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Palata a’zolarining kirish va a’zolik badallari;
Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya qilish va xususiylashtirish jamg‘armasidan kelib tushadigan, faqat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirish uchun maqsadli yo‘naltiriladigan mablag‘lar;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtirishdan olingan daromadlar;
pullik xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar;
Palata tomonidan ta’sis etiladigan korxonalarning foydasidan ajratmalar;
xalqaro donorlarning grantlari va homiylarning mablag‘lari;
qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa mablag‘lar va tushumlar.
Palata a’zolari Palata ustavida belgilanadigan tartibda hamda miqdorlarda kirish va a’zolik badallari to‘laydi.
Palata qonunchilikka muvofiq xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga a’zo bo‘lishi, to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro muloqotlar va aloqalarni yo‘lga qo‘yishi, hamkorlik to‘g‘risida tegishli bitimlar tuzishi mumkin.
Palataning faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Palata o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javob beradi. Palata o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Palata a’zolari Palataning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. | 140 | 33,421 |
Qonunchilik | DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING GLOBAL AXBOROT TARMOG‘INI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining global axborot tarmog‘ini barpo etish, uning bo‘linmalari o‘rtasida yuqori ishonchli, barqaror operativ aloqani va axborot berish tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi pochta va telekommunikatsiyalar agentligining MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi (AQSh) bilan 10.797.391 AQSh dollari summasiga tuzilgan kontrakt bo‘yicha yo‘ldosh aloqa tizimi asosida uning bo‘linmalari o‘rtasidagi axborotni operativ uzatishni nazarda tutuvchi bazaviy tarmoq infratuzilmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Davlat soliq qo‘mitasi bilan MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi (AQSh) tuzilgan kontraktga muvofiq o‘zaro quyidagi majburiyatlarni oladilar:
MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi Davlat soliq qo‘mitasiga kontraktda belgilangan Yo‘ldosh amaliy aloqasi integral tarmog‘ini qurish, o‘rnatish va foydalanishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan yer ustidagi markaziy stansiya, markaziy stansiyaning bazaviy polosasi asbob-uskunalari, shaxsiy yer usti stansiyalaridan iborat asbob-uskunalar va xizmatlarni, shuningdek dasturiy ta’minlashni va qo‘shimcha asbob-uskunalarni taqdim etadi;
MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi Davlat soliq qo‘mitasi ishtirokida Yo‘ldosh amaliy aloqa integral tarmog‘i asbob-uskunalarini o‘rnatadi, birlashtiradi, integratsiya qiladi va talab qilinadigan texnik tavsiflarga muvofiq kelishi maqsadida ularni sinaydi;
MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi yetkazib berilgan asbob-uskunalarning kontraktda ko‘rsatilgan muddat mobaynida kafolatli xizmat qilishini ta’minlaydi.
3. Davlat soliq qo‘mitasi bilan MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi o‘rtasida tuzilgan qiymati 10.797.391 AQSh dollari bo‘lgan kontraktni mablag‘ bilan ta’minlash:
kontrakt qiymatining 1.619.609 AQSh dollari summasidagi 15 foizi — Davlat soliq qo‘mitasining o‘z mablag‘lari hisobiga;
kontrakt qiymatining 85 foizi yoki 9.177.782 AQSh dollari — Eksimbank (AQSh)ning sug‘urta qoplamasi ostida Amerika banklarining kreditlari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
ikki oy muddatda Eksimbank (AQSh) sug‘urtasi ostida Amerika banklari bilan kredit bitimi ishlab chiqilishi va tuzilishini tugallasin;
olinadigan kreditlar Davlat soliq qo‘mitasiga o‘z vaqtida qayta moliyalanishini ta’minlasin.
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditini va ular yuzasidan qilingan harajatlarni uzish soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga, ularning o‘zaro tuzilgan bitimlarida nazarda tutilgan muddatlar va shartlarda, ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B. Sayfuddinov asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar yetkazib berish yuzasidan kontraktni mablag‘ bilan ta’minlash uchun jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha xorijiy bankka va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga beriladigan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini imzolashga vakil qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati yuzasidan yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
axborotlarni yo‘ldosh aloqasi tizimi asosidagi tezkor uzatishning bazaviy tarmoq infratuzilmasini MicroMax Computer Intelligence, Inc. (AQSh) firmasi bilan tuzilgan kontraktda belgilangan asbob-uskunalarni yetkazib berish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq, 1998—1999-yillarda ishga tushirishni ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparatini, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalarini va “Toshkent aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksini axborotlarni tezkor uzatishning bazaviy tarmoq infratuzilmasiga o‘zaro kelishuvga ko‘ra ulashni nazarda tutsin.
10. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi:
INTELSAT yo‘ldosh aloqasi xalqaro tashkiloti bilan birgalikda Davlat soliq qo‘mitasiga yo‘ldosh kanali (chastotasi 2 MGts) belgilangan tartibda ajratilishini;
MicroMax Computer Intelligence, Inc. firmasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi uchun keluvchi yo‘ldosh aloqasi asbob-uskunalari sertifikatsiyalanishini;
yo‘ldosh aloqasi tizimidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tegishli ruxsat beruvchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi hujjatlar rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
11. Davlat soliq qo‘mitasi;
loyihani amalga oshirishda band bo‘lgan xorijiy mutaxassislarga vizalar va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirganlik uchun konsullik yig‘imlari;
O‘zbekiston Respublikasiga ushbu kontrakt bo‘yicha keltiriladigan asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar uchun soliqlar, boj poshlinalari va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin. | 78 | 5,156 |
Qonunchilik | ERKIN ALMAShTIRILADIGAN VALYuTAGA EKSPORT QILIShDA IMTIYOZLAR VA PREFERENSIYALARNI QO‘LLASh MAQSADIDA O‘ZI IShLAB ChIQARGAN TOVARLARNI (IShLARNI, XIZMATLARNI) ANIQLASh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 25-yanvardagi 113, 2010-51-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2195, 2011-yil 16-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 7-8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash maqsadida o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalarining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zi ishlab chiqargan tovar deganda, agar ushbu bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi tomonidan ishlab chiqarish texnologik jarayonini hisobga olgan holda, o‘ziga tegishli bo‘lgan yoki jalb etilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanib ishlab chiqarilgan yoki qayta ishlangan mahsulot (jumladan yarim tayyor mahsulot) tushuniladi.
Mahsulot, korxonaning o‘zi ishlab chiqargan tovar hisoblanadigan va ushbu korxona tomonidan qayta ishlash uchun berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan hollarda, o‘zi ishlab chiqargan tovar deb:
xomashyo mulkdori uchun — qayta ishlash natijasidan keyin olingan mahsulot, qayta ishlash xizmatlari uchun qayta ishlangan mahsulotning bir qismi bilan haq to‘lash hollarida esa, mahsulotning qayta ishlaganlik uchun haq sifatida qayta ishlovchi korxona tasarrufida qoladigan qismi chegirib tashlangan holdagi mahsulot;
qayta ishlovchi korxona uchun — qayta ishlash xizmatlari uchun haq sifatida uning tasarrufida qoladigan mahsulot hisoblanadi.
O‘zi ishlab chiqargan ish (xizmat) deganda korxona tomonidan o‘z kuchi bilan bajarilgan (ko‘rsatilgan) ish (xizmat) tushuniladi”.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Kelishilgan: | 213 | 2,154 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon fondini muhofaza qilish, ko‘paytirish, undan oqilona foydalanish, uning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, sohaga bozor mexanizmlarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish hisobiga ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda o‘rmon xo‘jaligini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi “Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4424-son qaroriga asosan:
2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘rmon fondining o‘rmon bilan qoplanmagan yerlarini ijaraga berish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi;
2020-yilning yanvar — sentyabr oylarida o‘rmon fondining o‘rmon bilan qoplanmagan 29 ming gektardan ortiq yerlari 1 561 ta jismoniy va yuridik shaxslarga 275 mlrd so‘m va 7 mln dollardan ortiq investitsiya kiritish, 4300 ta yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan 49 yilgacha muddatga ijaraga berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining buyurtmasiga asosan elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.
2. O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shu jumladan yangi o‘rmonzorlar barpo etish, ish o‘rinlarini tashkil etish, o‘rmonlardan qo‘shimcha foydalanishni rag‘batlantirish, ilmiy tadqiqot faoliyatini kuchaytirish maqsadida o‘rmon fondi yerlari foydalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlashning quyidagi yangi shakllari joriy etilsin:
a) 2020 — 2022-yillarda o‘rmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilarga quyidagi shartlarda ijara to‘lovining “nol” stavkasini qo‘llash:
o‘rmon fondining o‘zlashtirilmagan yer uchastkalarida yangidan barpo etilgan va ijaraga berilgan yong‘oq mevali bog‘lar (pista, bodom, yong‘oq) va tez o‘suvchi daraxtlar (pavlovniya, terak) plantatsiyalari egallagan maydonlarga — besh yil davomida;
o‘rmon fondining cho‘l hududlarida joylashgan, suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yerlari o‘zlashtirilib, cho‘l o‘simliklari (saksovul, cherkez, qandim, qoraburoq) plantatsiyalari barpo etilganda — o‘n yil davomida;
o‘rmon fondining suv bilan ta’minlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yerlari o‘zlashtirilib, qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat ekinlari (dukkakli, moyli, boshoqli ekinlar, sabzavot, poliz) va dorivor o‘simliklar plantatsiyalari barpo etilganda — tegishlicha bir yil va uch yil davomida;
b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijarachilar aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi to‘lash xarajatlarini qoplash uchun — 6 oy davomida o‘rtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya to‘lash;
qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda hamda yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxonalarda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartiblarini o‘rmon xo‘jaliklari va o‘rmon fondi yerlari ijarachilariga to‘liq tatbiq etish;
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan — O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining murojaatiga asosan o‘rmon fondining ijaraga berilgan yerlaridagi yer osti suvlari konlarining shakllanish zonalari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘n besh kundan oshmagan muddatda va bepul taqdim etish;
v) o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasini yangilash, xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda olimlar korpusini yoshartirish choralarini ko‘rish, shuningdek, sohadagi ilmiy muammolarni aniqlash, ular bo‘yicha Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
g) Toshkent davlat agrar universitetining O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetida kadrlar tayyorlashni mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv rejalarini ta’limning kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish, soha va ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqib, kelgusida yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini ochish;
d) o‘rmon xo‘jaligida ekoturizmni jadal rivojlantirish, jumladan:
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘rtasida o‘rmon fondi yerlarida ekoturizm loyihalarini amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zaro almashish tizimini joriy etish;
o‘rmon fondi yerlarining imkoniyatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va baholash, salohiyatli o‘rmon fondi yerlarini sayyohlar tashrifi uchun moslashtirish choralarini ko‘rish;
o‘rmon fondi yerlarida tashkil etilgan turistik maskanlar hamda xizmatlar to‘g‘risida axborot beruvchi materiallarni tayyorlash, keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.
3. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda o‘rmon plantatsiyalarini tashkil etishni moliyalashtirish uchun karbon-kreditlarini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2020-yil va 2021-yil yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
4. Quyidagilar:
a) quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
o‘rmonga oid davlat siyosatini rivojlantirish va o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
2030-yilga kelib o‘rmon fondi yerlari maydonini 14 million gektarga, shundan o‘rmon bilan qoplangan yerlarni 6 million gektarga, urug‘ tayyorlash hajmini yiliga 840 tonnaga, asalari oilalari sonini 300 mingtaga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini yiliga 32 ming tonnaga, dorivor o‘simliklar yetishtirish hajmini yiliga 11,6 ming tonnaga yetkazish;
o‘rmon fondi resurslaridan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boshqarishni tashkil etish, o‘rmonlar ekish va ularni qo‘riqlash ishlarini amalga oshirish;
o‘rmonlardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ihotazorlar va o‘rmon plantatsiyalarini barpo etishni jadallashtirish;
o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish, ulardan samarali va oqilona foydalanishda davlat-xususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillarini keng qo‘llash;
o‘rmonlarni barqaror boshqarish uchun moliyaviy mexanizmlarni maqbullashtirish, o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
sohaga mahalliy va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, shu jumladan ularning grantlarini jalb etish ishlarini jadallashtirish, ekologik turizmni keng ko‘lamda rivojlantirish;
o‘rmon fondi, uning fauna va florasini o‘rganish, hisobini yuritish, ko‘paytirish va saqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
o‘rmonlarni yong‘inlar, zararkunanda va kasalliklar, noqonuniy daraxt kesilishlaridan va boshqa o‘rmon xo‘jaligiga oid qonun hujjatlarining buzilishlaridan muhofaza qilish;
o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish;
o‘rmonlarda ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklar to‘plash, chorvachilik, baliqchilik va asalarichilik mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni qayta ishlashni tashkil etish;
o‘rmon xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, shuningdek, kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish;
b) O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020 — 2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Konsepsiyani 2022 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan har ikki yilda alohida-alohida “yo‘l xaritalari” tasdiqlanadi.
5. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:
2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba 1-dekabrga qadar keyingi davrga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” loyihasining ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini;
mazkur qaror va “yo‘l xaritalari”da belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har yili yanvar oyida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-son Farmonining 8-bandida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga asos bo‘lgan barcha hujjatlarni 2021-yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar o‘rmon xo‘jaliklarining o‘rmon fondi yerlaridan doimiy foydalanish huquqi ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
7. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birga 2020-yil 1-dekabrga qadar “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘rmonchi” faxriy unvonini ta’sis etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi “Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4424-son qarorining 7 va 8-bandlari, shuningdek, ushbu qarorga 1 — 7-ilovalar 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonlarni muhofaza qilish, saqlab qolish va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishning strategik maqsadlari, bu boradagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, uning amalga oshirilishi esa kelajak avlodlarga ekologik qulay sharoit yaratish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.
1. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonlarni muhofaza qilish, saqlab qolish, qayta tiklash, ko‘paytirish hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan ijara va davlat-xususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillarini joriy etish;
cho‘llanishga qarshi kurashish, Orol va Orolbo‘yi mintaqasi cho‘llanishining oldini olish maqsadida o‘rmonzorlar barpo etish;
sohaga chet el investitsiyalarini keng jalb etish orqali o‘rmonlarda ekologiyaga zararsiz, chiqindilardan holi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
o‘rmon xo‘jaliklarini tashkil etish va boshqarishda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini joriy etish orqali ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi ta’minlash amaliyotiga o‘tkazish;
o‘rmonlarning turistik salohiyatini oshirish.
2. Asosiy maqsadlarga erishish uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish zarur:
o‘rmonga oid davlat siyosatini rivojlantirish va o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
o‘rmon fondi resurslaridan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boshqarishni tashkil etish, o‘rmonlar ekish va ularni qo‘riqlash ishlarini amalga oshirish;
o‘rmonlardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ihotazorlar va o‘rmon plantatsiyalarini barpo etishni jadallashtirish;
o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish, ulardan samarali va oqilona foydalanishda davlat-xususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillarini keng qo‘llash;
o‘rmonlarni barqaror boshqarish uchun moliyaviy mexanizmlarni maqbullashtirish, o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
sohaga mahalliy va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, shu jumladan grantlarini jalb etish ishlarini jadallashtirish va ekologik turizmni keng ko‘lamda rivojlantirish;
o‘rmon fondi, uning fauna va florasini o‘rganish, hisobini yuritish, ko‘paytirish va saqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
o‘rmonlarni yong‘inlar, zararkunanda va kasalliklar, noqonuniy daraxt kesilishlaridan va boshqa o‘rmon xo‘jaligiga oid qonun hujjatlarining buzilishlaridan muhofaza qilish;
o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish;
o‘rmonlarda ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklar to‘plash, chorvachilik, baliqchilik va asalarichilik mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni qayta ishlash ishlarini tashkil etish;
qo‘mita tizimida yangi qo‘yilayotgan talab va vazifalarni hisobga olgan holda ish jarayonlarini takomillashtirish (mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ma’lumotlardan foydalangan holda raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yishni);
o‘rmon xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish.
3. Konsepsiyani amalga oshirishda quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi:
normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va takomillashtirish — xalqaro normalarni implementatsiya qilish, o‘rmon qonunchiligini kodifikatsiyalash, o‘rmonlarning iqtisodiy salohiyatini hisoblash, ularni ijaraga ajratishda baholash mexanizmlarini joriy etish;
o‘rmon fondi yer maydonlarining o‘rmon bilan qoplangan qismidan oqilona foydalanish, o‘rmonlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholash;
o‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish, ulardan samarali va oqilona foydalanishda davlat-xususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillari shaffofligini ta’minlash;
o‘rmonlarning holatini monitoring qilish tizimini takomillashtirish, axborot resurslari fondini shakllantirish;
respublika hududining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, o‘rmon barpo etish, o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish, ularni muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
ekoturizmni rivojlantirish uchun ekoturistik marshrutlar va zarur infratuzilma obyektlarini tashkil etish;
o‘rmon fondi yerlarida sho‘rlanishga va suvsizlikka chidamli o‘simliklarni yetishtirishda ilmiy-tadqiqotlar natijalarini keng joriy etish;
xalqaro hamjamiyatning o‘rmonchilik sohasini rivojlantirish va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarida ishtirok etish.
4. O‘rmonlar asosan ekologik (muhofaza qilish, sanitariya-gigiyenik, sog‘lomlashtirish va rekreatsion) vazifalar hamda ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarni bajaradi.
O‘rmon daraxtzorlari qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv va shamol eroziyasidan himoya qilishga, sel oqimlarini sizot suvlariga aylantirishga, ko‘chma qumlarni mustahkamlashga hamda cho‘llanishga qarshi kurashishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining o‘rmon fondi 11 975,2 ming gektarni yoki mamlakat hududining 26,7 foizini, shu jumladan o‘rmon bilan qoplangan maydon 3 235,7 ming gektarni tashkil etadi.
5. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida 66 ta davlat o‘rmon xo‘jaligi, 3 ta milliy tabiat bog‘i, 9 ta ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi, 5 ta davlat o‘rmon ov xo‘jaligi, 4 ta ilmiy-tajriba stansiyalari va 3 ta boshqa ilmiy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
6. 2020-yilda 432,9 tonna daraxt va butalar urug‘i, 70 mln tup daraxt va butalarning nihol va ko‘chatlari yetishtirilgan hamda qishloq xo‘jaligi yerlari atrofida 2 020 gektar maydonda ihota daraxtzorlari barpo etilgan.
Shu davrning yakunigacha chorva soni 28 832 boshni, parranda soni 102,0 ming boshni, asalari oilasi soni 22 644 tani tashkil etgan, 5,1 ming tonna dorivor va ozuqabop o‘simliklar tayyorlangan, natijada o‘rmon xo‘jaliklarining daromad ko‘rsatkichlari 200,0 mlrd so‘mga yetkaziladi.
7. O‘rmon xo‘jaligi sohasida quyidagi tizimli muammolar mavjud:
o‘rmonlarni saqlash, qayta tiklash va ko‘paytirish bo‘yicha jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilmagan;
sohada yer turlari bo‘yicha hisobni yuritish hamda monitoring qilish yuzasidan elektron tizim yaratilmaganligi o‘rmon tuzish ishlarini sifat va miqdor jihatidan yetarli darajada olib borish imkonini bermayapti;
dorivor va ozuqabop o‘simliklarning tabiiy zaxiralari ilmiy asoslangan xatlovdan o‘tkazilmagan;
o‘rmon xo‘jaligida yog‘och ishlab chiqarish sohasi tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli aholining yog‘ochga bo‘lgan ehtiyoji asosan import hisobiga qondirilmoqda;
o‘rmon xo‘jaliklarida ovchilik, ekoturizm, xalq iste’moli mollari va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash tizimlari samarali tashkil etilmagan;
o‘rmonlarda o‘rmonchilar uchun tunash joylari mavjud emasligi ular tomonidan kuzatuv va muhofaza ishlarini sifatli tashkil etish imkonini bermayapti;
sohada ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun zamonaviy laboratoriya va shart-sharoitlarning mavjud emasligi xorijiy davlatlardan olib kirilayotgan noyob turdagi o‘simliklarni iqlimlashtirish (introduksiya), yo‘qolib borayotgan o‘simliklarning biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish imkoniyatini cheklamoqda;
malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish zarurati mavjud.
8. Respublikada o‘rmon xo‘jaligi salohiyatini oshirish, o‘rmonlarni saqlash, barpo etish va rejali boshqarish orqali ekologik foyda ko‘rish, shuningdek, ularning mamlakat rivojlanishidagi ulushini oshirish maqsadida kelgusida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
o‘rmon sohasiga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish va qonunchilikni takomillashtirish choralarini ko‘rish;
respublika hududidagi barcha o‘rmon fondi yer maydonlarini davlat xatlovidan va ro‘yxatdan o‘tkazish, o‘rmon tuzish ishlari haqidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
mavjud o‘rmonlarni muhofaza qilish va qayta tiklash hamda ihotazorlar va o‘rmon plantatsiyalarini barpo etish;
o‘rmon fondi yerlarini yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish tizimini joriy qilish orqali iqtisodiy foyda olish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
dorivor o‘simliklarni yig‘ishda samaradorlikni oshirish, jumladan tabiiy o‘simliklar urug‘idan foydalanish hamda xomashyoni yig‘ish, quritish, saqlash va qadoqlash jarayonlarini takomillashtirish;
soha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan o‘rmon xo‘jaliklari texnika parkini modernizatsiya qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalaniladigan laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, o‘rmonchilar uyi va kuzatuv minoralarini qurish;
o‘rmonchilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish choralarini ko‘rish;
sohaga investitsiyalarni jalb qilish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, jumladan xalqaro moliya institutlari mablag‘larini o‘zlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;
o‘rmonlarni saqlash, qayta tiklash va ko‘paytirish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shu jumladan o‘rmon qonunchiligi buzilganligi to‘g‘risida xabar qilgan shaxslarni rag‘batlantirishga doir qonun hujjatlarini ishlab chiqish;
o‘rmon fondi yerlarida ekoturizmni rivojlantirish, yog‘och, dorivor va boshqa turdagi import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish ishlarini keng yo‘lga qo‘yish.
9. O‘rmonlarni vayron qiluvchi antropogen va texnogen omillardan (o‘rmonni noqonuniy kesish, yong‘in, hayvonlarni nazoratsiz o‘tlatish, o‘simlik xomashyosini va mevalarni tartibsiz tayyorlash va boshqalar) muhofaza qilish va ularning holatini yaxshilash yuzasidan quyidagi tadbirlar bajariladi:
a) o‘rmon xo‘jaliklarining ekologik salohiyatini oshirish, zararli antropogen va texnogen ta’sir xarakteriga ega bo‘lgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan qoidalarga amal qilinishini ta’minlash uchun:
o‘rmonlarni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli me’yorlar va yo‘riqnomalar ishlab chiqish;
zarur shtat birliklarini shakllantirish va salohiyatli kadrlarni jalb qilish;
xodimlarni maxsus kiyim-kechak, tabel qurol-yarog‘i, yong‘inga qarshi zamonaviy texnika, aloqa va o‘rnatilgan me’yorlar doirasida transport vositalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash;
har bir o‘rmon xo‘jaligida yong‘inga qarshi kuzatuv minoralarini qurish;
yong‘in xavfi bo‘lgan davrda aviapatrul (dron bilan kuzatish) ishlarini tashkil etish;
o‘rmon xo‘jaliklari hududida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan javobgarlik yoki zararni qoplash choralarini ko‘rish;
b) umumiy o‘rmonlar, shuningdek, himoya o‘rmonzorlarining ekologik, ijtimoiy va moddiy ahamiyati haqida keng ommani xabardor qilib borish uchun:
o‘rmonlardan samarali foydalanish, ularni asrab-avaylash, barpo etish qoidalarini muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish;
o‘rmon xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligiga aholining qiziqishini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
maktablardagi o‘quv jarayonlarini o‘rmonlar, xiyobonlar va hayvonot bog‘larida “o‘rmon kunlari”ni belgilagan holda o‘tkazilishini tashkil etish;
yosh o‘rmonchilar ko‘rik tanlovini tashkil etish va g‘oliblarni rag‘batlantirish tizimini yaratish.
10. O‘rmonlarni zararkunanda va kasalliklardan samarali muhofaza qilish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
himoya qilish uslubiyotini ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
kasalliklar va zararkunandalarni tezkor aniqlash;
o‘rmon xo‘jaliklariga biologik va kimyoviy preparatlardan foydalanish bo‘yicha konsultativ yordam ko‘rsatish hamda ularni zarur axborotlar bilan ta’minlash;
o‘rmon patologiyasi holati bo‘yicha yagona axborot tizimini shakllantirish;
zararlangan o‘rmon hududlarini tezkor aniqlash, kasalliklar va zararkunandalar tarqalishining oldini olish, ularni profilaktika qilish maqsadida masofadan aniqlovchi moslamalardan (GPS-qurilmalari, GIS-texnologiyalari) foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish.
11. Mavjud o‘rmonlar holatini yaxshilash va ularning maydonlarini ko‘paytirish, o‘rmon fondi yerlarining foydalanilmayotgan maydonlarini o‘zlashtirish hisobiga daromad olish ishlari takomillashtiriladi.
Bunda o‘rmon daraxtzorlarini barpo etish va parvarish ishlari amalga oshiriladi hamda bu jarayonga mahalliy ko‘ngillilar keng jalb qilinadi.
Bundan tashqari, yaylovlarda boqiladigan chorva mollari bosh sonini aniqlashning samarali usullari ishlab chiqiladi, chorva mollarini almashlab o‘tlatish amaliyotini qat’iy tartibga solish choralari ko‘riladi, chorva bosh soni me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish va nazorat qilish tizimi yaratiladi.
1) Cho‘l o‘rmonlarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
himoyalash va qo‘riqlashni kuchaytirish, siyrak o‘rmonlarning to‘liqlik ko‘rsatkichini 0,4-0,5 gacha yetkazish;
daraxtlar va cho‘l-yaylov o‘simliklarini ekish orqali yaylovzorlar yaratish;
qumli joylarda, shu jumladan Orol dengizining qurigan tubida qumlarni mustahkamlovchi kimyoviy fiksatorlar, mexanik himoyalovchi vositalar, ko‘chat yoki urug‘ ekish usullari yordamida himoya o‘rmonzorlarini barpo etish va bu jarayonda yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash.
2) Tog‘li hududlardagi eroziya jarayoniga uchragan yerlarda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
himoya o‘rmonzorlarini barpo etish, o‘rmon bilan qoplangan maydonlar va mavjud siyrak daraxtzorlarning to‘liqlik ko‘rsatkichini 0,6 va undan yuqori darajaga ko‘tarish choralarini ko‘rish;
sel oqimlari yuqori bo‘lgan hududlarda hamda suv omborlari atrofida o‘rmon meliorativ tadbirlarini amalga oshirish;
dorivor o‘simliklarni aniqlash va ularni ko‘paytirishda zarur chora-tadbirlarni bajarishni tizimli yo‘lga qo‘yish;
yong‘oq, bodom va pista o‘rmonlarini yuqori hosildor navlar bilan to‘ldirish va sanoat plantatsiyalarini barpo etish.
3) To‘qayzorlarda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
to‘qayzorlarning tabiiy va madaniy holda tiklanishini ta’minlashni kengaytirish;
daryo qirg‘oqlarining yemirilishi va sho‘rlanishining oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;
o‘rmonlarning tabiiy tiklanish hajmi va sifatini yaxshilash;
cho‘lda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni aniqlash va ko‘paytirish ishlarini tashkil etish.
12. Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun 2030-yilgacha 1-ilovaga muvofiq qo‘shimcha ravishda jami 72 472 gektar o‘rmon fondi yerlari foydalanishga kiritilishi rejalashtirilgan.
13. 2020-yil holatiga o‘rmonzorlar va butazorlar maydoni 3 235,7 ming gektarni tashkil etib, respublikaning o‘rmon bilan qoplanish ko‘rsatkichi 7,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2030-yilgacha 2-ilovaga muvofiq o‘rmonzorlar va butazorlar maydoni kengaytirilishi hamda tuman hokimliklari zaxirasidagi tabiiy o‘rmonzorlar o‘rmon toifasiga o‘tkazilishi hisobiga ularning maydoni 6 098,9 ming gektarga, respublikaning o‘rmonlashtirish ko‘rsatkichi 15 foizga yetkaziladi.
14. Respublikada cho‘llanish jarayoni asosan Orol dengizi tubidagi qurigan hududlarda, sug‘oriladigan, lalmi, shuningdek, chorva mollari tartibsiz o‘tlatiladigan, foydali qazilma boyliklari ko‘p bo‘lgan yerlarda kuzatilmoqda.
Yuqorida ta’kidlangan obyektlarda cho‘llanishga qarshi kurashish maqsadida o‘rmonlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat dasturlari ishlab chiqiladi:
1) cho‘l maydonlarida, jumladan Orol dengizining qurigan tubida:
tuproq tiplari xaritasidan foydalangan holda o‘rmon barpo etish uchun yaroqli bo‘lgan maydonlar aniqlanadi;
tuproqlari turli tipdagi maydonlarga mos daraxtlardan himoya o‘rmonzorlarini barpo etish dasturi ishlab chiqiladi;
2) sug‘oriladigan va lalmikor yer maydonlarida:
eroziyaga qarshi kurashishda o‘rmon daraxtzorlarini barpo etish va agrotexnik tadbirlarni loyihalashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqiladi;
manzarali va mevali daraxtlardan iborat o‘rmon plantatsiyalari tashkil etiladi;
3) ihota daraxtzorlarini ko‘paytirish uchun:
mavjud infratuzilmalar (barpo etilgan yo‘llar, kanallar, sug‘orish tizimlari) atrofida mos ravishda ihota daraxtzorlari yaratiladi;
qishloq xo‘jaligi yerlaridagi mavjud ihota daraxtzorlari xatlovdan o‘tkaziladi hamda dalalar uchun ihota daraxtzorlarining eng kam me’yori belgilanadi;
foydali qazilmalarni qazish jarayonida yoki boshqa holatda buzilgan yerlarni o‘rmon ekish yo‘li bilan qayta tiklash (rekultivatsiya qilish) ishlari amalga oshiriladi;
ekologik og‘ir sharoitda joylashgan shaharlar, aholi punktlari, xalq xo‘jaligi obyektlari atrofida yashil hududlar barpo etish rejasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
15. 2020-yilda 2 020 gektar maydonda melioratsiya obyektlari atrofida hamda qishloq xo‘jaligi yerlarida hosildorlikni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota daraxtzorlari barpo etilgan bo‘lsa, 2021 — 2030-yillarda 3-ilovaga muvofiq 28 700 gektar maydonda ihota o‘rmonzorlari barpo etiladi.
16. Mamlakatimizdagi ko‘chat va nihollarga bo‘lgan talabni qondirish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
o‘rmon urug‘chilik uchastkalari va seleksion-genetik obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ularni doimiy monitoring qilish;
o‘rmon urug‘chilik plantatsiyalarini musbat daraxtlardan olingan urug‘, shuningdek, seleksiya asosida ajratib olingan nav va shakllardan undirishni tashkil qilish;
doimiy va vaqtinchalik o‘rmon urug‘chilik uchastkalarini tashkil qilish;
urug‘larni tozalash, saralash, qadoqlash, saqlash va unuvchanlik sifatini nazorat qilish;
ko‘chat va nihollar turlariga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish va ular asosida ko‘chatxonalar tashkil etish;
ko‘chat yetishtirishning davlat standartlarini ishlab chiqish, ularning sifatini baholash bo‘yicha sertifikatlashtirish tizimini joriy etish;
o‘rmon urug‘chiligi va ko‘chatchiligi bo‘yicha ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rish.
Buning uchun, 2020-yilda 432,9 tonna daraxt va butalar urug‘i tayyorlangan bo‘lsa, 2030-yilgacha 7 236 tonna urug‘ 4-ilovaga muvofiq tayyorlanadi.
Shuningdek, 2020-yilda 70 mln tup daraxt va butalarning nihol va ko‘chatlari yetishtirilgan bo‘lsa, 2030-yilgacha jami 1,3 mlrd tup nihol va ko‘chatlar 5-ilovaga muvofiq, jumladan 225,7 mln tup tut daraxti ko‘chatlari 5a-ilovaga muvofiq yetishtiriladi.
17. O‘rmonlarni davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish va ijara munosabatlari tizimini takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarga o‘rmon yerlari va resurslaridan barqaror ijtimoiy-iqtisodiy foyda olish imkoniyati yaratiladi.
18. O‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish eng asosiy vazifalardan biridir. Investitsiyalarni jalb etish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
o‘rmon fondi yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlarini tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda aniq belgilash;
o‘rmonlarni davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarishning huquqiy asoslarini yaratish;
ijaraga berilayotgan yerlardan foydalanish me’yorlarini ishlab chiqish.
19. O‘rmonlarni muhofaza qilish va ko‘paytirish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda, o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tadbirkorlik faoliyati subyektlarini keng jalb qilish choralari ko‘riladi.
Xususan, sanoat plantatsiyalarini barpo etish, yog‘och va yog‘ochga oid bo‘lmagan o‘rmon mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash, ov xo‘jaligi va ekologik turizm bilan shug‘ullanish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish ko‘rsatkichlarini, birinchi navbatda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hisobidan rivojlantirish choralari ko‘riladi.
O‘rmon fondi yerlari hududlarida geologik tadqiqotlar o‘tkazish, ulardagi aniqlangan ruda va noruda tabiiy boyliklarni sanoat usulida qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha hamkorlikdagi keng ko‘lamli ishlar yo‘lga qo‘yiladi.
20. O‘rmon xo‘jaliklariga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni samarali bajarish uchun ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash zarur. Bunda:
o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tamg‘alar, maxsus kiyim, ish qurollari, aloqa vositalari, transport va texnik jihozlar bilan to‘liq ta’minlanadi;
har yili “O‘rmonchilar kuni”ni nishonlash tadbirlari o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘rmonchilik sohasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida faxriy unvon va ko‘krak nishon ta’sis etiladi.
21. O‘rmonchilik sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan hamkorlik tadbirlari amalga oshiriladi. Bunda, o‘rmon xo‘jaliklari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida uzviy aloqalarni ta’minlash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
o‘rmon xo‘jaliklarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini qayta ko‘rib chiqish;
sohaga oid o‘quv dasturlarini ilg‘or zamonaviy ilmiy-amaliy tajribalarni inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish;
tegishli oliy ta’lim muassasalarining o‘rmon xo‘jaligi fakultetida o‘qiyotgan talabalarning kontrakt to‘lovini o‘rmon xo‘jaliklari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish amaliyotini joriy qilish;
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tayanch doktorantura va doktorantura uchun qabul kvotasini ko‘paytirish hamda ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish;
iqtidorli yosh olim va mutaxassislarni ishga jalb etish hamda rag‘batlantirish maqsadida ular uchun uy-joy sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlarida ilm-fan va ishlab chiqarish bilan hamkorlikda o‘rmon xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, uning mahsuldorligini oshirishga qaratilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish;
ilmiy xodimlar rahbarligi ostida talabalar ilmiy jamiyatini qayta tiklash va tashkil etish;
o‘rmon xo‘jaligi sohasining muhimligini va o‘rmonning foydali xususiyatlarini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, jumladan maktablarda o‘rmonchilik va ekologik to‘garaklarni muntazam ravishda tashkil etish.
22. Xalqaro va mintaqaviy dasturlarda faol ishtirok etish uchun o‘rmonchilik sohasining salohiyatini mustahkamlash borasida quyidagi yo‘nalishlarda ishlar olib boriladi:
o‘rmon siyosati va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish strategiyalari bo‘yicha mintaqaviy hamda xorijiy tajribani o‘rganish;
o‘rmonlarni boshqarishning masofaviy zondlash usullarini qo‘llashda, amaliy o‘rmon tipologiyasini ishlab chiqishda xorijiy tajribani o‘rganish;
doimiy ravishda xalqaro miqyosdagi ilmiy va amaliy anjumanlarda ishtirok etish;
o‘rmonchilik sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Global ekologik jamg‘arma (GEF) va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada faollashtirish.
23. O‘rmon xo‘jaligi yer fondidan samarali foydalanish, ijara munosabatlarini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik qoidalari va tartib-taomillarini keng joriy etish, o‘rmon mahsulotlari va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini kengaytirish, ekoturizmni rivojlantirish hisobiga daromadlarni oshirish bo‘yicha tegishli amaliy chora-tadbirlar bajariladi.
Shuningdek, qo‘shimcha daromadlarni oshirish faqat sifati, hajmi va narxini oshirish bilan emas, balki doimiy ravishda yangi yo‘nalishlarni tanlash, jumladan eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulot va tovar (ish, xizmat)lar turlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar orqali ham yo‘lga qo‘yiladi.
24. Moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanishning aniq mexanizmlarini shakllantirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
har bir o‘rmon xo‘jaligining tuproq-iqlim sharoiti va ixtisoslashuvidan kelib chiqib, daromadlarni oshirish bo‘yicha yillik biznes-rejalar ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
o‘rmon plantatsiyalarini tashkil etishni moliyalashtirish uchun karbon-kreditlarini jalb qilish ta’minlanadi;
o‘rmon xo‘jaligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, jumladan ish haqini oshirish, noqulay ob-havo va tabiiy sharoitda ishlayotgan o‘rmonchilarning ish haqlariga qo‘shimcha ustamalar belgilash bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi.
25. O‘rmon xo‘jaliklarida xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda qo‘shimcha daromad manbalarini oshirish uchun:
2020-yil holatiga mavjud 28 832 bosh chorva sonini 6-ilovaga muvofiq 2030-yilgacha 250 ming boshga;
2020-yil holatiga mavjud 102,0 ming bosh parranda sonini 7-ilovaga muvofiq 2030-yilgacha 2 mln boshga;
2020-yil holatiga mavjud 22 644 asalari oilasi sonini 8-ilovaga muvofiq 2030-yilgacha 300 mingtaga;
har xil turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yillik ko‘rsatkichini mavjud 30 ming gektardan 9-ilovaga muvofiq 31 ming gektarga;
dorivor va ozuqabop o‘simliklarni yetishtirish va tayyorlash hajmini 5,1 ming tonnadan 10-ilovaga muvofiq 2030-yilgacha 11,6 ming tonnaga;
limonchilikni rivojlantirish maqsadida limonzorlar maydonini 145 gektardan 11-ilovaga muvofiq 2030-yilgacha 500 gektarga yetkazish prognoz ko‘rsatkichlari belgilanmoqda.
Buning natijasida o‘rmon xo‘jaliklarining daromad ko‘rsatkichlari 12-ilovaga muvofiq 2030-yilgacha 1,0 trln so‘mga yetkaziladi.
26. O‘rmon xo‘jaligi mexanizatsiyasini yuqori darajaga ko‘tarish uchun mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning yuqori samarali vositalari jalb qilinadi. Shuningdek, o‘rmon xo‘jaliklarining mavjud mashina-traktor parklari yangilab boriladi.
27. Kelajakda, uchuvchisiz uchish apparatlaridan o‘rmon xo‘jaligida quyidagi yo‘nalishlarda foydalanish ta’minlanadi:
o‘rmon fondidagi nazorat uchastkasida rejali o‘rmon patologik monitoringini o‘tkazish;
o‘rmonlarda noqonuniy xo‘jalik faoliyati va noqonuniy kesish ishlariga qarshi kurashish;
murakkab favqulodda vaziyatlarda, jumladan yirik o‘rmon yong‘inlari paydo bo‘lganda tashkil qilinadigan tezkor-shtabga axborot yetkazish;
tog‘ qiyaliklariga yetib bora olmaydigan transport vositalari o‘rniga uchuvchisiz uchish apparatlaridan patrul sifatida foydalanish;
o‘rmon maydonlari va ko‘chatxonalardagi ekinlarni kasallik va zararkunandalardan kimyoviy himoya qilish.
28. Iqlim o‘zgarishining umumiy tendensiyasi munosabati bilan har bir davlat o‘rmon xo‘jaligi tarkibidagi xo‘jaliklar tomonidan yong‘inni o‘chirish va patrul ishlari takomillashtiriladi.
29. Konsepsiyaning amalga oshirilishi natijasida 2030-yilda:
o‘rmon fondi yerlari maydoni 14 mln gektarga yoki mamlakat hududining 32 foiziga yetkaziladi (o‘sish — 17 foiz);
6,1 mln gektar yer maydoni o‘rmon bilan qoplanadi (o‘sish — 1,9 baravar);
yiliga 840 tonna urug‘ tayyorlanadi (o‘sish — 1,9 baravar);
yiliga 190 mln tup ko‘chat yetishtiriladi (o‘sish — 2,7 baravar);
yiliga 30 959 ming tup tut daraxti ko‘chatlari tayyorlanadi (o‘sish — 2,7 baravar);
yiliga 3 500 gektar ihota o‘rmonlari barpo etiladi (o‘sish — 1,7 baravar);
chorva soni 250 ming boshga yetkaziladi (o‘sish — 8,7 baravar);
parranda soni 2 mln boshni tashkil etadi (o‘sish — 8,7 baravar);
asalari oilalari soni 300 ming oilaga yetkaziladi (o‘sish — 13,2 baravar);
31 820 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (ozuqabop, don va dukkakli ekinlar, meva-sabzavot va boshqalar) yetishtiriladi (o‘sish — 44 foiz);
yiliga 11 674 tonna dorivor o‘simliklar tayyorlanadi (o‘sish — 2,3 baravar);
tizimda yiliga 1 trln so‘m daromad olinadi (o‘sish — 5 baravar).
Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi korxonalarida 10,0 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilib, texnika va mexanizmlar parki to‘liq yangilanadi.
30. Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ikki yillik “Yo‘l xaritalari”ni qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Ular asosida tegishli vazirlik hamda idoralar tomonidan tasdiqlanadigan idoraviy dasturlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadigan hududiy harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi PQ-4227-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“o‘rmon fondi yerlari ijarachilariga — aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi to‘lash xarajatlarini qoplash uchun — 6 oy davomida o‘rtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda haq to‘lash”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4499-son qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi ”g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) mazkur qarorga asosan joriy etilayotgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari o‘rmon xo‘jaliklari va o‘rmon fondi yerlari ijarachilariga ham to‘liq tatbiq etiladi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-son qarorining 9-bandida:
a) birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 98-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“d) mazkur qarorga asosan joriy etilayotgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari o‘rmon xo‘jaliklari va o‘rmon fondi yerlari ijarachilariga ham to‘liq tatbiq etiladi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi uchinchi xatboshisi “sug‘oriladigan yerlarga” so‘zlaridan keyin “, o‘rmon fondining o‘rmon bilan qoplanmagan va suv bilan ta’minlanmagan yerlariga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. | 119 | 41,796 |
Qonunchilik | Annemari Shimmelni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash haqida | O‘zbek xalqining boy madaniy-ma’naviy merosi va tarixini o‘rganish hamda jahonda targ‘ib etishdagi ulkan yutuqlari, shuningdek O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun sharqshunos olima va jamoat arbobi Annemari Shimmel “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin. | 61 | 318 |
Qonunchilik | “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risidagi 187-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-767-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risid | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 20-aprelda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risidagi 187-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-767-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 893 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA MONITORING TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 5-avgustdagi 228-son qarorini bajarish yuzasidan, axborotlarni shakllantirish va ommaviy kommunikatsiyalar orqali tarqatish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish va samarali monitoring olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 108-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshiga “shuningdek Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining ishchi organi funksiyalarini bajaradi” so‘zlari qo‘shilsin;
b) Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi to‘g‘risidagi nizomda:
1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Markaz shuningdek Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) ishchi organi funksiyalarini bajaradi, Markaz boshlig‘i esa Komissiya kotibi hisoblanadi”;
7-bandga quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“monitoring natijalari, zarurat bo‘lganda — qo‘shimcha axborotlar va tahliliy materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini va Komissiya majlislarida ko‘rib chiqish hamda Komissiyaning tegishli xulosasini tayyorlash uchun kiritilishini ta’minlash”;
o‘n beshinchi xatboshi o‘n oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Komissiya kotibi sifatida Komissiya faoliyati tashkil etilishini ta’minlaydi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-iyundagi 132-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida bosma va kitob, teleradio-, audiovizual mahsulotlar va Internet tarmog‘i axborot resurslarini ishlab chiqarish va tarqatish sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-banddagi “Markazning” so‘zi “Markaz hamda Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Monitoring natijalari ekspert xulosasi olish zaruriyati bo‘lganda Komissiyaga ko‘rib chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va uning xulosasini tayyorlash, shuningdek ekspert xulosasini keyinchalik davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborish uchun taqdim etiladi”;
v) VI bo‘lim nomiga “Markazning” so‘zidan keyin “hamda Komissiyaning” so‘zlari qo‘shilsin;
g) 14-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Huquq buzilishlarining ayrim holatlari bo‘yicha ekspert xulosasi olish zaruriyati bo‘lganda Markaz monitoringning tegishli natijalarini ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi, Komissiya monitoring natijalari olingan sanadan 30 kundan kechikmay ularni ekspertizadan o‘tkazadi, o‘z xulosalarini tayyorlaydi va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuboradi”;
d) 15-bandning birinchi xatboshiga “Markaz” so‘zidan keyin “hamda Komissiya” so‘zlari qo‘shilsin;
e) 16 va 17-bandlarga “Markazning” so‘zidan keyin “hamda Komissiyaning” so‘zlari qo‘shilsin;
j) 18-bandda:
“Markaz” so‘zidan keyin “hamda Komissiya” so‘zlari qo‘shilsin;
“Markazni” so‘zidan keyin “hamda Komissiyani” so‘zlari qo‘shilsin. | 250 | 3,677 |
Qonunchilik | “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishini nazorat va monitoring qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotg | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2010-yil 23-iyundagi 4-son “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishini nazorat va monitoring qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2125, 2010-yil 26-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 30-son, 256-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2012-yil 14-fevraldagi 3-son “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishini nazorat va monitoring qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2125-1, 2012-yil 6-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 10-son, 109-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2012-yil 20-iyundagi 7-son “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishini nazorat va monitoring qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2125-2, 2012-yil 2-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 26-27-son, 300-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2013-yil 30-iyuldagi 01/19-26/07-son “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishini nazorat va monitoring qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2125-3, 2013-yil 23-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 34-son, 466-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 15-avgustdagi 01/15-10/21-son “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishini nazorat va monitoring qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2125-4, 2017-yil 11-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 1008-modda). | 250 | 2,913 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING O‘N TO‘QQIZ YILLIGI MUNOSABATI BILAN HUQUQNI MUHOFAZA QILISh ORGANLARI, MUDOFAA VA FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIKLARI XODIMLARIDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASh TO‘G‘RISIDA | Davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvon berilsin: | 209 | 286 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYaDAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI HAMDA RAQOBATNI HIMOYa QILISh VA TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYaTNI ChEKLASh, ISTE’MOLChILARNING HUQUQLARINI HIMOYa QILISh VA R | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2010-yil 2-martdagi PQ-1293-son qaroriga muvofiq hamda tovar va moliya bozorlaridagi raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasining muvofiqlashtirilishini, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasin hamda yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi monopoliyaga qarshi siyosatni, raqobatni rivojlantirishni, tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solishni, iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirishni, iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini, shuningdek reklama faoliyatini nazorat qilishni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy organlar deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) kiradi.
4. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlarini saqlash, ularning moddiy-texnika ta’minoti, kadrlari malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash:
davlat budjeti mablag‘lari;
budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, uning hududiy organlari yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, G‘aznachilik bo‘linmalarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
7. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
monopoliyaga qarshi samarali siyosatni amalga oshirish, raqobat to‘g‘risida va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
respublikada raqobat muhitini rivojlantirish uchun huquqiy maydonni yanada takomillashtirish, tovar yoki moliya bozorlarida, birinchi navbatda, ichki iste’mol bozorida va reklama sohasida nohalol raqobatning oldini olish, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, jamoat tuzilmalari bilan uzviy muvofiqlashtirgan holda iste’molchilarning qonuniy manfaatlari va huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini va raqobatbardoshliligini chuqur tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tarkibiy o‘zgartirish va ularning bankrotligi bo‘yicha funksiyalarni amalga oshirish, tarkibiy o‘zgartirish, sanatsiya va bankrotlik masalalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlarini ifodalash.
8. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) monopoliyadan chiqarish va monopoliyaga qarshi, shu jumladan tabiiy monopoliyalar tarmoqlarini tartibga solish hamda raqobat muhitini rivojlantirish sohasida:
tovar yoki moliya bozorida ustunlik mavqeini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda tabiiy monopoliyalar subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shu jumladan tabiiy monopoliyalar subyektlarini tashkil etish, tarkibiy o‘zgartirish va tugatishda, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar)ni sotib olishda raqobat, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
tovar yoki moliya bozorini o‘rganadilar va xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining u yerdagi ustunlik mavqei mavjudligini aniqlaydi, raqobatga qarshi xatti-harakatlarning va narxlar asossiz o‘sishining oldini oladi;
tabiiy monopoliyalarning mahsulotlari va xizmatlariga narxlar va tariflarni tahlil qiladi, tabiiy monopoliyalar subyektlarining mahsulotlari va ular ko‘rsatadigan xizmatlar narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishi va sifati pasaytirilishidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qiladi;
tartibga solib boriladigan narxlar (tariflar)ga va tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
tovar va moliya bozorlarida ustunlik mavqeini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan samarali tartibga solish va nazorat qilishni ta’minlashga, raqobat muhitini rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hamda metodologik bazani ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish respublika, tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
monopoliyaga qarshi siyosatni yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi;
o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni nohalol raqobatchilardan hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda raqobat, bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda monopolist korxonalar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar yoki moliya bozorlariga kirishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qonunchilik va boshqa hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
markazlashtirilgan manbalar va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish va qurilish ishlarini bajarishga tanlov savdolari o‘tkazishda qatnashadi.
shu jumladan tanlov (tender) va birja savdolari o‘tkazilishida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
b) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;
belgilangan tartibda iste’mol tovarlariga narxlar va xizmatlarga tariflar monitoringini yuritadi, bozorda sifatsiz iste’mol tovarlari va xizmatlar paydo bo‘lishining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘radi;
jamoat tuzilmalari bilan birgalikda iste’molchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini, shuningdek aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;
reklama sohasida nohalol raqobatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish va haqqoniy bo‘lmagan reklamaga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘radi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida normativ-huquqiy va metodologik bazani takomillashtiradi;
yuridik va jismoniy shaxslarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama masalalari bo‘yicha murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha rasmiy tushuntirishlar beradi.
boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga va reklama sohasida nohalol raqobatning oldini olishga yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi.
v) iqtisodiy nochor korxonalar bankrotligi, ularni tarkibiy o‘zgartirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish borasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish sohasida:
to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida, ma’lumotlar bazasini yaratish asosida, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini olib boradi va tahlil qiladi;
bankrot korxonalarda tugatish tartibotlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qiladi, shuningdek sudgacha bo‘lgan sanatsiya, sud sanatsiyasi va ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda to‘lovga qodir bo‘lmagan, bankrotlik belgilari bo‘lgan, ustav fondida davlat ulushi mavjud korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda qatnashadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari takliflari asosida ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarning bankrotligi, ularni tarkibiy o‘zgartirish va ixchamlashtirish tartibotlarini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
mulkchilikning barcha shakllaridagi iqtisodiy nochor korxonalar bankrotligi yoki sudgacha sanatsiya qilish tartibotlarini amalga oshirishda kreditorlar manfaatlarini va aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;
tarkibiy o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartibotlari qo‘llangan korxonalarning qurilishi tugallanmagan obyektlarini hamda asosiy fondlarini konservatsiya qilish va sotish masalalarini ko‘rib chiqadi va bu haqdagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimini tashkil etadi, ularni attestatsiyadan o‘tkazadi va sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
sud boshqaruvchilari attestatining amal qilishini to‘xtatish, vaqtinchalik to‘xtatib turish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan korxonalarning sudgacha bo‘lgan sanatsiyasini uzaytirish va muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish, moliyaviy sog‘lomlashtirish va sudgacha bo‘lgan sanatsiyani o‘tkazish davrida qonun hujjatlarida belgilangan shakllarda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining zarar ko‘rib ishlayotgan hamda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
tashqi boshqaruvchilarning, shuningdek davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yoxud mulkida davlat ulushi bo‘lgan sanatsiya qilinayotgan korxonalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
9. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy organ hamda Markaz orqali hal qiladi.
10. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan, shu jumladan, tijorat banklaridan tovar va moliya bozorlari monopollashuvi darajasini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni, shuningdek korxonalarning iqtisodiy nochorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rash va belgilangan tartibda bepul olish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan birgalikda tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar faoliyatini taqdim etilgan hisob-kitoblarning, deklaratsiya qilinayotgan narxlar shakllantirilishining asoslanganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish yoxud ularni bekor qilish, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari to‘g‘risidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritish;
o‘z vakolatlari doirasida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama va bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlash, ular bo‘yicha ish qo‘zg‘ash va ko‘rib chiqish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi va (yoki) ularning oqibatlarini tugatish, dastlabki holatni qayta tiklash haqidagi bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni ijro etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik subyektlariga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga berish, shuningdek berilgan ko‘rsatmalar bajarilishini nazorat qilish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish;
monopol korxonalarga, bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarga ularni ixchamlashtirish va tarkibiy o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish, shuningdek, zarurat bo‘lganda, sud qaroriga ko‘ra bunday ko‘rsatmalarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy bajarilishini amalga oshirish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi va buzilishi bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sudga da’vo va ariza bilan murojaat qilish, shuningdek bunday ishlarni sudda ko‘rib chiqishda qatnashish;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslariga jarimalar solish;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobatga qarshi xatti-harakatlar natijasida asossiz olingan daromad (foyda)ni olib qo‘yish va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha va jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
agar mablag‘larni undirish to‘g‘risidagi qarorning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda bajarilishi xo‘jalik yurituvchi subyektni bankrotlikka olib kelishi mumkin bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektga uning arizasiga ko‘ra, hay’at qarori asosida summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari tomonidan raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish va uning monitoringini olib borish;
raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama va bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi bilan bog‘liq jinoyatlar belgilari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘ash to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
iste’molchilarning ularning iste’mol huquqlari kamsitilishi to‘g‘risidagi arizalari va shikoyatlari bo‘yicha Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi bilan kelishgan holda ushbu huquqlarni buzgan korxonalar va tashkilotlarni tekshirish (ularning moliya-xo‘jalik faoliyatidan tashqari);
zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarini shakllantirishda qatnashish, shuningdek ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar tomonidan suddan oldingi sanatsiya chora-tadbirlari amalga oshirilishini va bankrotlik tartibotlarining borishini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tarkibiy o‘zgartirish va sanatsiya amalga oshirilayotgan ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, shuningdek korxonalarning umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning funksional tegishliligiga ko‘ra tegishli xo‘jalik birlashmalari balansiga berish to‘g‘risida takliflar kiritish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘ash haqida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilish;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish davrida tashqi boshqaruvni joriy etish, tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki qisqartirish, shuningdek tashqi boshqaruvchini o‘z vakolatlarini bajarishdan ozod qilish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga iltimosnoma kiritish;
qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qilish, sud boshqaruvchisi faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilish va sud boshqaruvchilariga berilgan attestatlarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va to‘xtatish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va xo‘jalik sudi tomonidan bankrot deb e’lon qilingan korxonalarni tugatish ishlarida qatnashish;
budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘larini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida va belgilangan tartibda tasdiqlash;
zarur hollarda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qo‘shma qarorlar, buyruqlar va boshqa hujjatlar chiqarish, shuningdek xulosalar olish uchun boshqa organlar mutaxassislarini jalb etish.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan mansabdor shaxslarga va fuqarolarga raqobat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, reklama to‘g‘risidagi, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarga oid qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar solish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
12. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga jarima sanksiyalarini qo‘llash bo‘yicha berilgan huquqlar va vakolatlar faqat Qo‘mitaning markaziy apparatida hamda hududiy organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan maxsus komissiyalar qarorlari asosida amalga oshiriladi.
13. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tabiiy monopoliyalar subyektlari hamda monopolist korxonalar mahsulotlari va xizmatlariga narx belgilash masalalarini tahlil qilish va o‘rganish bo‘yicha o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narx belgilash yig‘ma boshqarmasi bilan muvofiqlashtirib boradi.
14. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibga qat’iy muvofiq ravishda samarali bajarilishi uchun javob beradi.
15. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
16. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi:
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
zarurat bo‘lganda, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasiga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi, xodimlarning umumiy belgilangan soni doirasida markaziy apparat va hududiy organlar shtat jadvalini, shuningdek Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining markaziy apparati va idoraviy mansub organlar xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini va uning hududiy organlari rahbarlarini, shuningdek Markaz direktorini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
hududiy organlarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlari (yozma ko‘rsatmalari)ni bekor qiladi.
Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
17. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining monopoliyaga qarshi tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, raqobat muhitini izchil rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari ustidan nazoratni kuchaytirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bankrotlik sohasida davlat tomonidan tartibga solish, iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta o‘zgartirish hamda sud boshqaruvchilari faoliyatini samarali nazorat qilishni ta’minlash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlislariga Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
18. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari ekspert kengashlari va boshqa maslahat organlari tashkil etishga haqlidir, ular to‘g‘risidagi nizomlar tegishli ravishda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi va hududiy organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
19. Hududiy organlar o‘z faoliyatini Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan o‘zlari to‘g‘risidagi nizomlarga asosan amalga oshiradi.
20. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda, Hay’at qarori asosida, belgilangan tartibda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hududiy organlar rahbarlarining o‘rinbosarlari va bosh buxgalterlari Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bilan kelishgan holda hududiy organ rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
21. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi markaziy apparati hamda uning hududiy organlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3 va 9-ilovalarda nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tatbiq etiladi.
22. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida belgilangan tartibda budjetdan tashqari fond tashkil etiladi, uning mablag‘lari Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimlari mehnatiga haq to‘lashga, ularni moddiy rag‘batlantirishga, kadrlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashga hamda moddiy-texnika ta’minotiga yo‘naltiriladi.
23. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ichki suv transporti Ustavining 49-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Chakana savdo qoidalari 118-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish to‘g‘risidagi nizomning 20-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 6-modda) 1-ilovaning 8 va 11-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi 129-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llanish maqsadida tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27, 66-bandlari va 112-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining”, “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining”, “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilova 13-bandining “v” kichik bandi va 20-bandining “g” va “d” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 55-modda):
a) qarorning nomidagi “tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
v) 1-banddagi “tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Nizomning nomidagi “tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi (keyingi o‘rinlarda matnda “qonun hujjatlari buzilganligi” deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ishlarning O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda “monopoliyaga qarshi organ” deb yuritiladi) tomonidan ko‘rib chiqilishining tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilaydi”;
4-bandning ikkinchi xatboshidagi “hududiy monopoliyaga qarshi organlar” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi qaroriga ko‘ra hududiy organlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“monopoliyaga qarshi organ tomonidan belgilangan tartibda nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi, shuningdek tahlil qilinishi davomida huquqni buzish belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi yetarlicha ma’lumotlarning bevosita aniqlanishi”;
8-bandga quyidagi xatboshi qo‘shilsin:
“arizani oldindan ko‘rib chiqish materiallari bo‘yicha xulosalar va tushuntirishlar berish uchun vakolatli ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb etish”;
15-band birinchi xatboshining birinchi jumlasidagi “ariza tushgan kundan” so‘zlaridan keyin “yoki nazorat funksiyalari amalga oshirilishi natijalariga ko‘ra ish qo‘zg‘atilgan kundan” so‘zlari qo‘shilsin;
19-bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“materiallarni qo‘shimcha o‘rganish va so‘rash talab qilinadigan holatlar vujudga kelganda”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
20-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“unga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt qonun buzilishini ixtiyoriy ravishda bartaraf etganda”;
37-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“37. Qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish qatnashchilari monopoliyaga qarshi organ qarori (ko‘rsatmasi)ga rozi bo‘lmagan taqdirda qaror (ko‘rsatma) qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga qaror (ko‘rsatma)ni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida yoxud qaror (ko‘rsatma)ni bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga berilgan ariza ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandida:
a) oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori 2-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda):
a) Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti to‘g‘risidagi nizom 8-bandining o‘ninchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomning 12-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda) 1-ilovadagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmoni)” 2006-yil 29-maydagi 99-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 39-modda) ilovaning 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 16-bandining yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zDEUavto” AJ mahsulotlarining narxlarini kelishib olish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiyaning yangi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 5-avgustdagi 160-son qaroriga ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bosh boshqarmasi boshlig‘i”
16. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda) 2-ilovada:
a) “Bajarish uchun mas’ullar” ustuni 28 va 29-bandlaridagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) “Bajarish uchun mas’ullar” ustuni 30-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-noyabrdagi 229-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti to‘g‘risidagi nizom 7-bandining to‘qqizinchi xatboshidagi “monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmasi” so‘zlari “monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 4-martdagi 36-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 2-3-son 7-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “2008 — 2012-yillarda Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 20-iyundagi 136-son qaroriga 2-ilovaning o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ismoilov J.G‘. — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi”
20. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 22-avgustdagi 189-son qaroriga ilovadagi “Ulashov B.S. — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son 67-modda bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 31-dekabrdagi 288-son qaroriga 1-ilovadagi “Ulashov B.S. — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport qiluvchi korxonalarning banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha murojaatlarini Komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qaroriga ilovadagi “Ulashov B.S. — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 11-fevraldagi 37-son qaroriga 3-ilovadagi “Ulashov B.S. — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “2009 — 2013-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish Dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 20-martdagi 80-son qarorining 8-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-apreldagi 94-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 11-bandining “v” kichik bandidagi va 17-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilovaning “Mas’ullar” ustunida:
a) 9-banddagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 11-banddagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 15-bandining birinchi xatboshidagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaning 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmasi rahbari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy organi rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida” 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qarorining 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “2010-yilgi davlat statistika ishlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 18-yanvardagi 7-son qaroriga ilovaning II bo‘limidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 250 | 50,621 |
Qonunchilik | DAVLAT FOYDASIGA VOZ KEChISh BOJXONA REJIMI TO‘G‘RISIDA | 1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi bojxona kodeksining 38-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Davlat foydasiga voz kechish shunday rejimki, bunda shaxs tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda ulardan davlat foydasiga voz kechadi.
1.2. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishga bojxona organining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
1.3. Tovarlardan davlat foydasiga voz kechish ushbu Nizomga muvofiq davlatning xarajatlar qilishiga sabab bo‘lmaydi.
1.4. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimini tanlagan shaxs, agar qonunlarda boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining tovarlarni davlat foydasiga voz kechish rejimi ostida joylashtirilishiga oid ruxsatnomasi olinganidan keyin mazkur rejimni boshqasiga o‘zgartirish huquqiga ega emas.
1.5. Tovarlardan davlat foydasiga voz kechgan shaxs ularni bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berilishi bo‘yicha barcha xarajatlarni o‘zi qoplaydi.
2.1. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga quyidagilar joylashtirilishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan haqiqatda kesib o‘tgan olib kirilayotgan tovarlar;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan va o‘zga bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar;
bojxona deklaratsiyasi topshirilgan yoki shaxsning maqsadini tatbiq etish bilan bevosita ularni olib chiqib ketishga bog‘liq o‘zga xil harakatlar amalga oshirilgan olib chiqib ketilayotgan tovarlarga nisbatan;
2.2. Quyidagilarga davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilishi taqiqlangan tovarlarga;
O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalada bo‘lishi uchun yoki reimport bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan tovarlarga.
2.3. Bojxona organi quyidagi hollarda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida tovarlarni joylashtirishga oid ruxsatnomani taqdim etishdan bosh tortishi mumkin:
agar tovarlarning davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilishi davlat uchun qandaydir bir xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lsa;
agar tovarlar bahosi ularni sotish bilan bog‘liq bojxona organining xarajatlarini qoplay olmasa;
agar tovarlarning bojxona organlari tomonidan sotilishi cheklangan bo‘lsa;
bojxona organida davlat foydasiga voz kechish davlat manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lishiga yetarlicha asoslari bo‘lgan boshqa hollarda.
2.4. Tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs yoki bo‘lmasa bojxona brokerining arizasiga ko‘ra tovarlar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilishi mumkin.
Har qanday uchinchi shaxslar oldida davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga oid arizaning haqqoniyligi uchun javobgarlik deklarant zimmasiga yuklatiladi.
Bojxona organlari deklarant davlat foydasiga voz kechgan tovarlarga nisbatan uchinchi shaxslarning hech qanday mulkiy talablarini qondirmaydilar.
2.5. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha DBQ boshqarmasi ixtisoslashtirilgan bojxona majmuining boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs qabul qiladi.
2.6. Bojxona organi muvofiqlik sertifikati mavjudligi sharoitida zarur hollarda, boshqa davlat organlarida sertifikatlash yoki nazorat qilinishi lozim bo‘lgan transport vositalari tovarlariga nisbatan veterinariya, fitosanitariya, ekologiya va davlat nazoratining boshqa turlaridan o‘tkazilishi chog‘ida davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma beradi.
2.7. Bojxona organlari tovarlar tashuvchisi, omborxona sohibiga yoki boshqa shaxslarga ushbu tovarlar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilguniga qadar tovarlarni tashish, saqlash, yuklarga oid va boshqa operatsiyalarni o‘tkazish bilan bog‘liq har qanday xarajatlarni to‘laydilar.
3.1. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtiriladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishi, tovarlar faoliyat ko‘rsatadigan mintaqasida bo‘lgan bojxona organida amalga oshiriladi.
3.2. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilishi chog‘ida bojxona organiga deklarant tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1-ilovaga muvofiq to‘ldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
shaxsning 2-ilovaga muvofiq yozilgan arizasi;
3-ilovaga muvofiq tuzilgan davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni topshirish dalolatnomasi;
majburan sertifikatlanadigan tovarlarga nisbatan - sertifikat;
boshqa davlat organlarining, agar tovarlar ushbu organlar nazoratiga olingan bo‘lsa, ruxsatnomasi;
tovarlarga bo‘lgan yuk va tovarlarga oid hujjatlar (yukxatlar, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisobvaraq-fakturalar va sh.k.);
bojxona rasmiylashtirishi va bojxona nazoratining o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar.
3.3. Bojxona organiga shaxsning tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish to‘g‘risidagi arizasini taqdim etish, agar garovga beruvchi garov to‘g‘risidagi shartnomada garov sifatida berilgan tovarlarning davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish to‘g‘risida aytib o‘tgan bo‘lsa, garov vositasi bo‘lib hisoblanadigan tovarlarga nisbatan talab qilinmaydi. Garovga beruvchining shartnomada shunday ta’kidlangan arizasi ariza shakli bo‘lib hisoblanadi, ko‘rsatilgan shartnoma xulosasi esa bojxona organi tomonidan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirishga oid ushbu organning ruxsatnomasi sifatida ko‘rib chiqiladi.
4.1. Bojxona organlariga tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirishga ruxsatnomani taqdim etilishi chog‘ida ushbu tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarini to‘lanishi uchun berilgan bank kafolati o‘z kuchini yo‘qotadi.
Agar bu garov shartnomasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bojxona to‘lovlarini to‘lanishini ta’minlovchi garov shartnomasi bo‘yicha garovga oid huquqiy munosabatlar to‘xtatiladi.
4.2. Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish chog‘ida to‘lovchiga quyidagilar qaytariladi.
bojxona organining depozitiga bojxona to‘lovlarining to‘lanishini ta’minlovchi sifatida kiritilgan summalar;
tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida joylashtirish chog‘ida to‘langan import bojlari va soliqlarning summalari;
tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida joylashtirish chog‘ida to‘langan eksport bojlari summalari;
tovarlarni, eksport bojxona rejimida joylashtirish chog‘ida va O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan vaqtincha olib chiqib ketish chog‘ida agar tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan haqiqatda olib chiqib ketilmagan bo‘lsa, to‘langan eksport bojlarining summalari.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida vaqtinchalik olib kirilgan tovarlarni joylashtirish chog‘ida to‘langan import bojlari va soliqlar summalari qaytarilmaydi.
4.3. Shaxs tomonidan bojxona organiga davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni berish chog‘ida dalolatnoma ikki nusxada (3-ilova) tuziladi. Bunday dalolatnomalarning blankalari qat’iy hisobot hujjatlari bo‘lib hisoblanadi. Ko‘rsatilgan dalolatnomaning bir nusxasi tovarlarni davlat foydasiga voz kechish rejimida, joylashtirishga ruxsatnomani bergan bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi tovarlardan davlat foydasiga voz kechgan shaxsga topshiriladi.
4.4. Shaxs davlat foydasiga voz kechgan tovarlarni tasarruf etish bojxona qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish chog‘ida deklarant tomonidan bojxona deklaratsiyasining quyidagi ustunlari to‘ldiriladi:
1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 16, 18, 19, 22, 23, 24, 25, 26, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 50, 54, D, S ustun 2-bandi.
2, 3, 4, 5, 6, 8, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 16, 18, 19, 22, 23, 24, 25, 26, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 41, 42, 45, 46, 54, D ustunlar, S-ustunning 2-bandi erkin muomala uchun chiqarish bojxona rejimida joylashtiriladigan tovarlarga oid bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish qoidalariga muvofiq to‘ldiriladi.
1, 40, 44, 50-ustunlarning to‘ldirilishi quyidagi muhim jihatlarga ega:
1-ustun “Deklaratsiya turi”.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan yoki ushbu hududga olib kirilgan va boshqa bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish chog‘ida ustunning birinchi kichik qismida "IM", olib chiqib ketilayotgan tovarlar va transport vositalarida esa - “EK” ko‘rsatiladi.
Ikkinchi kichik qismida esa asosiy bojxona rejimining kodi - 75 ko‘rsatiladi.
Ustunning uchinchi kichik qismi to‘ldirilmaydi.
40-“Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat” ustuni.
Oldin o‘zga bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarning davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirish chog‘ida ustunda tovarlarning o‘zga bojxona rejimida joylashtirilishiga asos bo‘lgan BYuD raqami ko‘rsatiladi.
44-“Qo‘shimcha axborot/taqdim etiladigan hujjatlar” ustuni.
Ustunda (har bir rekvizitlarni yangi satrdan boshlagan holda va ularning har biriga tartib raqamini qo‘ygan holda) quyidagilar ko‘rsatiladi:
2 - transport hujjati (tovarlarga doir yuk va tovarga ilova qilinuvchi hujjatlar), yukxatlar, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisobvaraq-fakturalar va sh.k.)ning raqami va sanasi;
3 - shaxsning tovarlarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish to‘g‘risidagi arizasining raqami va sanasi yoki bo‘lmasa garov to‘g‘risidagi shartnomaning raqami va sanasi;
4 - o‘zga davlat organlarining (ularning nomlari ko‘rsatilgan holdagi), agar tovar ushbu organlar nazorati ostiga olingan bo‘lsa, ruxsatnomalari raqami va sanasi;
5 - davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida joylashtirilgan tovarlarni topshirish dalolatnomasining raqami va sanasi;
50-ustun “Ishonch bildirilgan” shaxs.
Ustunda tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida rasmiylashtirishga rozilik bildirgan rahbarning yoki o‘zga vakolatli shaxsning lavozimi, ismi sharifi, uning imzosi ko‘rsatiladi. | 55 | 10,282 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI IShLAB ChIQARUVChI KUChLARNI JOYLAShTIRISh BO‘YIChA DOIMIY IShLOVChI IDORALARARO KENGASh TO‘G‘RISIDA | Ishlab chiqaruvchi kuchlarni mahalliy tabiiy-iqtisodiy sharoitlarni, O‘zbekiston Respublikasini va uning mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda oqilona joylashtirish masalalarida yagona umumdavlat yondashuvini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish bo‘yicha doimiy ishlovchi idoralararo kengash 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish bo‘yicha doimiy ishlovchi idoralararo kengash to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga o‘z tasarruflaridagi hududda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish bo‘yicha shunga o‘xshash hududiy doimiy ishlovchi idoralararo kengashlar tuzish tavsiya etilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jalik organlariga yer maydoni berish va yangidan qurilayotgan, qayta qurilayotgan obyektlarning boshqa tabiiy resurslaridan foydalanish yoki yirik va murakkab ishlab chiqarishlarni kengaytirish bo‘yicha qarorlar Qoraqalpog‘icton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining byyuptmachilarning maqsadlari to‘g‘risidagi takliflari asosida (3-ilova), faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish bo‘yicha idoralararo kengashning tegishli xulosasidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Uncha katta va murakkab bo‘lmagan ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni (4-ilova) joylashtirishga yer maydoni berish va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, buyurtmachining maqsadlarini hisobga olgan holda, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish bo‘yicha tegishli hududiy doimiy ishlovchi idoralararo kengashning ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda qabul qilinadi.
5. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Davlat plan komiteti huzurida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish bo‘yicha doimiy ishlovchi idoralararo kengash tashkil etish to‘g‘risida” 1986-yil 25-avgustdagi 418-son qarori;
O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Davlat plan komiteti huzuridagi ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish bo‘yicha idoralararo kengash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1986-yil 17-oktabrdagi 511-son qarori.
1. Idoralararo kengashning asosiy vazifasi xalq xo‘jaligining hududiy tuzilishini takomillashtirish muammolarini har tomonlama kompleks baholash, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida istiqbolda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tamoyillari, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning bosh va tarmoq istiqbollari iqtisodiyotni tarkibiy qayta o‘zgartirishning davlat dasturlari, investitsiyalar hamda vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, birlashmalar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar, kooperativlarning, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarni yangidan tashkil etish, ishlab turganlarini kengaytirish va qayta qurish to‘g‘risidagi takliflari asosida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning asoslanganligini oshirishdir.
2. Qayd etilgan vazifalarga muvofiq Idoralararo kengash:
ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, hududiy boshqaruv organlari tomonidan tayyorlangan tumanlar bo‘yicha rejalashtirish sxemalarini, yirik shaharlar bosh rejalari loyihalarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasini, viloyatlarni va Toshkent shahrini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli kompleks dasturlari va tamoyillarini, shaharlarda, shahar posyolkalarida, tuman markazlarida hamda boshqa aholi yashash joylarida yirik va murakkab ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;
yangi yirik va murakkab ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish mo‘ljallangan joylarga doir tegishli xulosalarni tayyorlaydi, bayonnomalar holida rasmiylashtiradi va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishni davlat yo‘li bilan boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish bo‘yicha hududiy idoralararo kengashlarga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi.
3. Idoralararo kengash o‘z ish faoliyatida quyidagi qoidalarga amal qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi hududida yirik va murakkab korxonalarni oqilona joylashtirish, mintaqalarning xalq xo‘jaligi tarmoqlarini samarali ixtisoslashtirish va kompleks rivojlantirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
kichik va o‘rtacha shaharlarni, qishloq tumanlari markazlarini va boshqa aholi yashash joylarining rivojlanishini tezlashtirish, yirik shaharlarda sanoat korxonalarining haddan ziyod to‘planishini cheklash;
korxonalarni umumiy yordamchi ishlab chiqarish va muhandislik infrastrukturasi bo‘lgan sanoat markazlaridagi rudasiz hududlarga joylashtirish;
korxonalarni halokatli toshqin, yirik texnogen avariyalar, tabiiy sharoitlari noqulay, ya’ni yuqori seysmik, sel bosadigan va shu kabi zonalarda joylashtirilganda kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni hisobga olish;
ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishni hududiy tashkil etishni tartibga solishning iqtisodiy usullariga o‘tish.
4. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash quyidagi huquqlarga egadir:
Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, shuningdek, tegishli uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va birlashmalar, vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va loyihalash tashkilotlari mutaxassislarini ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirishga taalluqli bo‘lgan alohida masalalarni ko‘rib chiqishga va ulardan yangi korxonalarni joylashtirishni iqtisodiy jihatdan asoslash uchun zarur ma’lumotlar olishga jalb qilish;
Kengashning huquq doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha kengashlar va konferensiyalar chaqirish va o‘tkazish, respublika va xorijiy mamlakatlarning zarur bo‘lgan mutaxassislarini ushbu tadbirlarda qatnashishga jalb etish;
sanoat korxonalarini joylashtirishning muqobil variantlarini taklif etish;
ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish bo‘yicha hududiy doimiy ishlovchi idoralararo kengashlar to‘g‘risidagi nizomlarni kelishib olish. | 155 | 6,831 |
Qonunchilik | Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31 maydagi PQ-1765-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 22- son, 242-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2005-yil 29-noyabrdagi 597, 8-son bilan Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan 2005-yil 30-noyabrdagi 145-son bilan tasdiqlangan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (ro‘yxat raqami 1530, 2005-yil 5-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 49-50-son, 370-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31 maydagi PQ-1765-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 22-son, 242-modda) muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar (keyingi o‘rinlarda tavsiyanoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
1. Tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan, zarur bilim darajasiga va namunali harbiy intizomga ega munosib harbiy xizmatchilarga harbiy qism komandirlari tomonidan beriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladi.
3. Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi qaror harbiy qism komandiri tomonidan ushbu harbiy xizmatchining bevosita komandirlari taqdim etgan taqdimnoma va muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorga asosan qabul qilinadi. Bunda, muddatli harbiy xizmatchining xizmat davridagi harbiy intizomi, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik davomida erishgan natijalari hamda muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirilishiga oid yakuniy baholarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari inobatga olinadi.
Harbiy qism komandirlari muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish yuzasidan xolisona qaror qabul qilinishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Har bir harbiy qismda harbiy intizom hamda muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlari o‘zlashtirib borilishi holatining hisobi yuritib borilishi shart. Guruh, vzvod, batalon va brigada komandirlari muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat davridagi namunali harbiy intizomi, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligi bo‘yicha natijalarini xolisona baholab borish uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
4. Muddatli harbiy xizmatchiga harbiy intizom, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari bo‘yicha ballar qo‘yish butun xizmat davri davomida amalga oshiriladi.
Agar muddatli harbiy xizmatchi namunali harbiy intizomi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida nazarda tutilgan tartibda rag‘batlantirilgan (muqaddam berilgan intizomiy ta’sir chorasining bekor qilinishi bundan mustasno) bo‘lsa, unga quyidagi tartibda ballar qo‘yib boriladi:
harbiy qism komandiri tomonidan rag‘batlantirilgan bo‘lsa — 5 ball;
harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni (birlashma komandiri) tomonidan rag‘batlantirilgan bo‘lsa — 10 ball;
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshlig‘i tomonidan rag‘batlantirilgan bo‘lsa — 15 ball;
tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari rahbarlari tomonidan rag‘batlantirilgan bo‘lsa — 20 ball.
Muddatli harbiy xizmatchiga muddatli harbiy xizmat davrida namunali harbiy intizomi uchun ko‘pi bilan 20 ball qo‘yiladi. Bunda, harbiy qism komandiri tomonidan rag‘batlantirishning sonidan qat’i nazar, 5 balldan ortiq ball qo‘yilmaydi.
5. Muddatli harbiy xizmat davomida nazorat-tekshiruv mashg‘ulotlari natijalari bo‘yicha muddatli harbiy xizmatchiga jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik uchun baho qo‘yib boriladi. Muddatli harbiy xizmatchining umumiy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha baholarning umumiy o‘rtacha arifmetik qiymati chiqariladi.
Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha baholarning umumiy o‘rtacha arifmetik qiymati uchun muddatli harbiy xizmatchiga quyidagi tartibda ballar qo‘yiladi:
4,0 dan 4,3 ga qadar — 10 ball;
4,4 dan 4,7 ga qadar — 15 ball;
4,8 dan 5,0 ga qadar — 20 ball.
Umumiy o‘rtacha arifmetik bahosi 4,0 dan kam bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchiga ball qo‘yilmaydi.
6. Test sinovlari o‘tkazilishi boshlanishidan 5 kun oldin harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat davri uchun jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘yilgan umumiy o‘rtacha baholar va ballarning yig‘ma vedomosti tuziladi. Yig‘ma vedomost muddatli harbiy xizmatchilarning bevosita komandirlari va harbiy qism komandirining o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Yig‘ma vedomostdan olingan ko‘chirmalar harbiy qism shtabi boshlig‘ining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanib, test sinovlari boshlanishidan 3 kun oldin hamma uchun ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi.
7. Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlari o‘zlashtirilganligini yakuniy baholash uchun har bir harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda DTM deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.
Test sinovlarini o‘tkazish muddati tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan DTM bilan kelishilgan holda belgilanadi.
8. Test sinovlari o‘tkazilishidan bir oy oldin tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan DTM bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatchilarni tayyorlash dasturlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar qo‘shinlari turlarining jangovar-xizmat vazifalari xususiyatlari inobatga olingan holda namunaviy test savollari ishlab chiqiladi. Mantiqiy testlar DTM tomonidan, tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul mansabdor shaxslari ishtirokida ishlab chiqiladi. Test savollari tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda har yili qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
9. Muddatli harbiy xizmatchilarni test sinovlaridan o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan test savollarining umumiy soni 80 ta savoldan tashkil topib, ulardan 40 tasi– jangovar tayyorgarlikka oid, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikka oid, 20 tasi – mantiqiy testlardan iborat bo‘ladi. Har bir jangovar tayyorgarlikka oid to‘g‘ri echilgan test savoli uchun – 1,2 ball, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikka oid to‘g‘ri echilgan test savoli uchun – 1,1 ball, mantiqiy test uchun – 1 ball qo‘yiladi. Test topshiriqlarini echish uchun 2 soat beriladi. Javoblar varaqasini to‘ldirish uchun 30 daqiqa ajratiladi. Test sinovlari o‘tkazish uchun umumiy vaqt 2 soat 30 daqiqani tashkil etadi.
10. DTMdan test sinovlarining natijalariga oid rasmiy ma’lumotlar olingach, har bir harbiy qismda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Muddatli harbiy xizmatchilar bilan o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari va xizmat davri davomida to‘plangan ballarning yakuniy vedomosti tuziladi. Yakuniy vedomost to‘plangan ballarning pasayish tartibida tuzilib, harbiy qism komandirining o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi. Yakuniy vedomostning nusxasi harbiy qism shtabi boshlig‘ining imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda DTMdan olingan test sinovlarining natijalariga oid rasmiy hujjatlar bilan birga hamma uchun ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi.
11. Tavsiyanoma berish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish uchun har bir nomzod muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishida muhokama qilinib, nomzodning xizmat faoliyatiga baho beriladi, test sinovlari natijalari, namunali harbiy intizomi, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha to‘plagan ballari hamda har bir harbiy xizmatchi to‘plagan ballarning umumiy miqdori e’lon qilinadi.
Harbiy intizomining holati, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik natijalari va test sinovlari bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan muddatli harbiy xizmatchi muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilish tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganidan so‘ng, tavsiyanoma olishga munosib, deb hisoblanadi.
Bunda, yuqori ballar to‘plagan, biroq xizmat faoliyatiga salbiy tavsif berilgan harbiy xizmatchilarga, umumiy yig‘ilish va bo‘linma komandirlarining yozma murojaati asosida harbiy qism komandirining qarori bilan tavsiyanoma berilmaydi.
To‘plagan ballarining miqdoridan qat’i nazar, muddatli harbiy xizmati davrida harbiy intizomni qo‘pol ravishda buzgan bo‘lib, ular yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilgan, harbiy qism komandirining tegishli buyruqlari chiqarilgan muddatli harbiy xizmatchi tavsiyanoma olish huquqiga ega emas.
12. Beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qismning ro‘yxatiga kiritilgan muddatli harbiy xizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
Bir necha nafar harbiy xizmatchining bir xil miqdorda ball to‘plagani bois, 40 foizli cheklashga amal qilishning iloji bo‘lmasa, beriladigan tavsiyanomalar sonini bunday harbiy xizmatchilar soniga mos ravishda oshirishga ruxsat beriladi.
Xizmat davrida davlat mukofoti bilan taqdirlangan muddatli harbiy xizmatchi test sinovlarining natijalari inobatga olinmay, tavsiyanoma olish huquqiga ega bo‘ladi.
13. Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berilganda harbiy xizmatchini harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi harbiy qism komandirining buyrug‘iga quyidagi mazmundagi band kiritiladi: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31 maydagi PQ-1765-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, o‘z harbiy burchini vijdonan ado etgan ______________________________________ (harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berildi”.
Harbiy guvohnomaning “Alohida qaydlar” bo‘limiga quyidagi yozuv kiritiladi: “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun 20 __ yil “___” ______ kuni ____ seriyali ____________ raqamli tavsiyanoma berildi”. Ushbu yozuv shtab boshlig‘ining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
14. Tavsiyanomalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Tavsiyanomalar blankalari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
Tavsiyanomalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun mas’uliyat harbiy qism komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari zimmasiga yuklanadi.
Har yilning mart-aprel oylarida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tegishli boshqarmalariga muddatli harbiy xizmatchilarga berilgan tavsiyanomalar soni, ularning seriya va raqamlari ko‘rsatib o‘tilgan hisobot, tavsiyanoma olgan harbiy xizmatchilar ro‘yxati va umumiy yig‘ilish bayonnomalarining nusxalari yuboriladi. Berilgan tavsiyanomalarning tikilgan qismi harbiy qism arxivida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanadi.
Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan tavsiyanomaning o‘rniga uning egasining arizasiga ko‘ra harbiy qism komandirining buyrug‘i bilan dublikat beriladi. Tavsiyanoma egasi uning yo‘qolganligi haqida davriy matbuotda e’lon berishi va e’lon nusxasini harbiy qismga taqdim etishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma harbiy qismga qaytarilishi va belgilangan tartibda yo‘qotilishi lozim. Tavsiyanoma dublikati yangi blankada uning yuqori o‘ng burchagida “Dublikat” yozuvi ko‘rsatilgan holda rasmiylashtiriladi, unga uning aslida (tikilgan qismida) ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritiladi. Dublikatning orqa tomoniga “20__ yil “___” _______dagi ___________-sonli tavsiyanoma o‘rniga berildi” degan yozuv kiritiladi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
16. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan. | 201 | 14,010 |
Qonunchilik | Tez buziladigan yuklarni avtomobilda tashish uchun guvohnoma zarur | Vazirlar Mahkamasining 7.04.2018 yildagi 277-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi.
10 iyuldan boshlab tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarini ekspert tekshiruvlari asosida majburiy koʻrikdan oʻtkazish joriy etiladi.
Avtotransport vositalarining egalari yoki egalarining nomidan ularga egalik qiluvchi, foydalanuvchi va (yoki) tasarruf etuvchi shaхslar quyidagi muddatlarda avtomobilni ekspert tekshiruvi uchun taqdim etishlari shart:
Tekshiruvlar ariza beruvchining talabnomasi va u bilan tuziladigan shartnoma asosida «Oʻzstandart» agentligida akkreditatsiya qilingan laboratoriya tomonidan oʻtkaziladi. Tekshiruvlar chogʻida avtoning bunday turdagi transport vositalari uchun belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Laboratoriya talabnomani 1 ish kuni ichida roʻyхatga oladi va 2 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga tekshiruv bayonnomasi nusхasini beradi. Bayonnomaning asl nusхasi ariza beruvchi guvohnomani oladigan Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi yoki uning hududiy boshqarmasiga beriladi.
Guvohnoma berish uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjat bilan quyilagilar ham joriy etilmoqda:
avtomobil transportida tashish uchun taqdim etiladigan tez buziladigan yuklar roʻyхati;
bitta avtotransport vositasida birga tashishga ruхsat beriladigan tez buziladigan yuklar guruhi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 10.07.2018 yilda kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 66 | 1,734 |
Qonunchilik | AHOLIGA SOTILADIGAN OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING ChAKANA NARXLARINI VA XIZMATLARNING TARIFLARINI QAYTA KO‘RIB ChIQISh TO‘G‘RISIDA | MDH mamlakatlaridan keltiriladigan energiya manbalari va oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari oshirilganligi munosabati bilan, respublika aholisini birinchi navbatda zarur bo‘lgan eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirilishini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yilning 1-iyunidan boshlab ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining chegaralangan chakana narxlari 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Guruchning chakana narxlari shartnomaviy (erkin) narxlar toifasiga o‘tkazilsin.
3. Aholiga ko‘rsatiladigan ayrim xizmat turlari tariflarini oshirishning chegaralangan koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi:
— ushbu qarorga berilgan 1-ilovaga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari chakana narxlarining yangi preyskurantlari, shuningdek qayta baholash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar o‘z vaqtida bosib chiqarilishini hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazilishini ta’minlasin;
chegaralangan chakana narxlar bilan sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ulgurji narxlarini ikki hafta muddat ichida qayta ko‘rib chiqsin;
bir hafta muddat ichida 2-ilovaga muvofiq xizmatlarning yangi tariflari preyskurantlarini tasdiqlasin hamda ularning barcha manfaatdor vazirliklarga, idoralarga, korxonalar va tashkilotlarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlasin;
— bir hafta muddat ichida Uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligiga, “O‘zavtotrans” korporatsiyasiga va “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasiga beriladigan yordam puli miqdorlarini aniqlasin.
5. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
— “Oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini tartibga solish hamda chorva va sutning xarid narxlarini oshirish to‘g‘risida” 1992-yil 16-oktabrdagi 475-son qarorning 1-ilovasi;
“Go‘sht va qand-shakarning chegaralangan chakana narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi 62-son qaror;
“Chorva, sut, kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlari asosiy turlarining chegaralangan xarid narxlarini o‘zgartirish hamda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining chakana narxlarini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-apreldagi 180-son qaroriga berilgan 4-ilovadagi o‘simlik yog‘i, go‘sht, qaymog‘i olinmagan sut, makaron chakana narxlarining chegaralangan miqdorlari;
“Energiya resurslarining narxlarining davlat yo‘li bilan tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qarorida berilgan 2-ilovadagi markazdan isitish va issiq, suv ta’minoti tariflarining chegaralanmagan miqdorlari;
“Aholiga sotiladigan yoqilg‘i, energiya va ko‘rsatiladigan xizmatlar chakana narxlari hamda tariflarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-avgustdagi 381-son qarorida berilgan ilovadagi vodoprovod va kanalizatsiya xizmatlarining chegaralangan tariflari;
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-dekabrdagi 598-son qarori;
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 442-son qarori. | 128 | 3,264 |
Qonunchilik | Qishloq joylarda ko‘p kvartirali uy-joylarni qurishda tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq joylarda ko‘p kvartirali uy-joylarni quradigan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq joylarda ko‘p kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil 1-iyuldan boshlab:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan yer uchastkalari qurilishi rejalashtirilgan uy-joylar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlar va o‘rmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan hamda aholini majburiy ko‘chirish xavfi bo‘lmagan taqdirda ajratiladi;
tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining hududiy bo‘linmalari vakillari kiritiladi hamda ularning xulosasi olinadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan qishloq joylarda ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish bo‘yicha tanlov savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari bilan investitsiya shartnomalari tuziladi;
ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish bo‘yicha ajratilgan yer massivlari (uchastkalari) va lokal oqava suv tozalash inshootlarining atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish xulosasi xalqaro moliya institutlari talablaridan kelib chiqib tayyorlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan har bir massiv va tozalash inshootlari bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosalari beriladi;
ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish jarayonida xalqaro moliya institutlari talablaridan kelib chiqib, atrof-muhitni himoya qilish va ijtimoiy boshqaruv tizimi joriy etiladi.
3. Qishloq joylarda ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun tadbirkorlik subyektlarini aniqlash bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlariga yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uy-joy qurish jarayonida atrof-muhitni himoya qilish va ijtimoiy boshqaruv tizimini tatbiq etish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari talablari asosida bir oy muddatda tartib ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
tasdiqlangan tartib asosida atrof-muhitni himoya qilish va ijtimoiy boshqaruv tizimi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlab, belgilangan muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qishloq joylarda ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish bo‘yicha tanlangan tadbirkorlik subyektlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari o‘rtasida tuziladigan ko‘p kvartirali uy-joylarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir namunaviy investitsiya majburiyatlari shartnomasining loyihasini bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ko‘p kvartirali uy-joylar va muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish bo‘yicha loyiha yechimlarining va bajarilayotgan ishlarning sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat qurilish nazoratini o‘rnatsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom qishloq joylarda ko‘p kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik subyektlari uchun tanlovlar o‘tkazish mexanizmini, mezonlarini (jumladan “qiymat-miqdor” mezonlarini) hamda qishloq joylarda ko‘p kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik subyektlarini tanlab olish bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan yangi tartib asosida qishloq joylarda ko‘p kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish uchun quyidagilar talab etiladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni (keyingi o‘rinlarda — Farmon) talablari asosida yer uchastkalarini ajratish va O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining hududiy bo‘linmalari bilan kelishish;
arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini (keyingi o‘rinlarda — ART) ishlab chiqish xarajatlarini tuman (shahar) hokimligi tomonidan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ART ishlab chiqilgan kunda to‘liq to‘lab berish;
tortib kelinadigan va maydon ichki suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari hamda avtomobil yo‘llarini qurish obyektlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan tortib kelinadigan va maydon ichki elektr va gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish obyektlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
3. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
makromassiv — viloyatlar shaharlariga va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda kamida 200 ta kvartirani o‘z ichiga olgan ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan yer uchastkasi;
tanlov tashkilotchisi — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlari;
tanlov predmeti — qishloq joylarda o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlarida ko‘p kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik subyektlari uchun hududiy hokimliklar tomonidan belgilanadigan talablar (xizmatlar) ro‘yxati;
lot — tanlovning bo‘linmaydigan predmeti;
namunaviy tanlov hujjatlari — belgilangan tartibda tasdiqlanadigan talablar va hujjatlar (tanlovga taklifnoma, uning qatnashchilariga qo‘yiladigan malaka talablari, tanlov takliflarini baholash mezonlari va ularni baholash shakllari, investitsiya majburiyatlarining shartnoma shakllari);
tanlov hujjatlari — namunaviy tanlov hujjatlari asosida ishlab chiqilgan, tanlov predmetining texnik, moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari, tanlovni tashkil etish shartlari va o‘tkazish tartib-qoidasi haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlardan iborat bo‘lgan hujjatlar turkumi;
tanlov komissiyasi — tanlov hujjatlari talablariga muvofiq tadbirkorlik subyektini aniqlash uchun mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladigan kollegial organ;
talabgor — taklif etilgan shartlar asosida tanlovda qatnashish to‘g‘risida o‘z istagini bildirgan hamda uning ofertasi tanlov tashkilotchisi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgunicha tanlov hujjatlarini olgan yuridik shaxs;
pudrat tashkiloti — talabgor tomonidan tanlanadigan qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki talabgorning o‘zi;
oferent — tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq tayyorlangan va tanlov tashkilotchisi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘z ofertasini taqdim etgan talabgor;
oferta — talabgorning tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq taqdim etilgan tanlov predmetiga nisbatan taklifi;
baholash mezonlari — ofertalarni baholash, talabgorlarni tanlab olish va tanlov g‘olibini tanlab olish uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar;
ofertaning ta’minlanishi to‘g‘risidagi deklaratsiya — oferentning ofertadagi barcha talablar va shartlarga rioya etish yuzasidan so‘zsiz va moddiy majburiyati;
kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati — Farmonga asosan har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kabag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati;
investitsiya majburiyatlari shartnomasi — yer uchastkasini ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun uy-joylar qurish muddati, kvartira bir kvadrat metrini tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymatidan oshmagan holda sotish, texnik nazoratni amalga oshirish uchun mutaxassis jalb qilish va boshqa investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma.
4. Hududiy tanlov komissiyasi, tanlov tashkilotchisi va oferentlar — tanlov qatnashchilari hisoblanadi.
5. Qishloq joylarda ko‘p kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash bo‘yicha tanlov komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Tanlov komissiyasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari va viloyatlar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari (keyingi o‘rinlarda — viloyatlar hokimlarining o‘rinbosarlari) rahbarlik qiladi.
6. Tanlov o‘tkazish uchun mazkur Nizomga 1-ilovadagi tarkibda komissiya tuziladi.
7. Tanlov komissiya a’zosi malakali, tanlov sohasida amaliyot va ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.
8. Tanlov komissiyasi a’zolari 9 kishidan iborat bo‘lishi va agar, komissiya a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi majlisda qatnashsa, o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun huquqiy vakolatli hisoblanadi.
9. Quyidagilar tanlov komissiyasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
talabgorlar tomonidan taqdim etilgan loyihalarning tanlangan erning bosh rejasiga mosligini inobatga olishi;
qishloq joylarda “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlarida ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarini aniqlash yuzasidan o‘tkaziladigan tanlovni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish ishlarini tizimli tashkil etish;
tanlov komissiyasining reglamenti, tanlov hujjatlarini va talabgorlarga qo‘yiladigan tanlov takliflarini baholash mezonlarini tasdiqlash;
tanlov hujjatlarida qayd etilgan tanlovda qatnashishga buyurtmanomani ta’minlash shaklini tasdiqlash;
ofertani qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqtini va joyini belgilash;
oferentlarning malaka, texnik va tijorat takliflarini o‘rganish;
oferta solingan konvertlarni ochish, konvertlarni ochish to‘g‘risidagi bayonni tasdiqlash;
tanlov takliflarini ko‘rib chiqish va baholash muddatlarini tasdiqlash;
tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq ofertani o‘rganish, tahlil qilish va ko‘rib chiqish;
tanlov natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish;
tanlovni o‘tkazish davomida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish, tartibga solish;
loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan tanlov bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish.
10. Tanlov komissiyasi oferentlarning malaka, texnik va tijorat takliflarini o‘rganadi.
11. Oferentlarning malaka, texnik va tijorat takliflarini o‘rganish bo‘yicha baholash guruhlarining tarkibi komissiya a’zolaridan shakllantiriladi.
12. Zarurat bo‘lganda, tanlov komissiyalari oferentlarning tanlov takliflarini baholash uchun ekspert va maslahat tashkilotlarining vakillarini jalb etishi mumkin.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan aniq makromassiv (lot, qurilish uchastkasi) bo‘yicha tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon joylashtirilgunga qadar rejalashtirilgan makromassivlarni tayyor holga keltirish bo‘yicha quyidagilar amalga oshirilgan bo‘lishi shart:
makromassiv ko‘rinishida ko‘p kvartirali uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarining tanlanishi;
birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni (tanlangan yer maydonining topografik surati va geologiya xulosasi, ART hujjatlari) tayyorlanishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda tortib kelinadigan va maydon ichki suv ta’minoti, kanalizatsiya (lokal oqava suv tozalash inshootlari), elektr va gaz tarmoqlarini hamda avtomobil yo‘llarini qurish ishlarini moliyalashtirish manbasi, texnik topshiriqlar va bajaruvchi tegishli tashkilotlar aniqlanishi.
14. Tanlovni o‘tkazishga tayyorgarlik davomida tanlov komissiyasining murojaatnomasiga binoan tanlov tashkilotchisi tanlov o‘tkazilishidan 30 kun oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida e’lon beradi.
15. Tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda Qurilish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlarining nomi, joylashgan joyi hamda elektron manzili;
tanlov predmetining tavsifi va u amalga oshiriladigan joy;
tanlov predmetining o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi;
tanlov predmetini amalga oshirish muddati;
talabgorlarga qo‘yiladigan asosiy shartlar (namunaviy tanlov hujjatlarida ko‘rsatib o‘tiladi);
talabgorlar tomonidan tanlov hujjatlarining elektron nusxasini olish uchun murojaat etiladigan manzil;
oferta taqdim etiladigan joy, taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti;
ofertani ochish joyi, kuni, vaqti.
16. Tanlov hujjatlari uchta asosiy qismdan: ruxsat beruvchi (malaka), texnik va tijorat qismlaridan iborat bo‘ladi.
17. Tanlov hujjatlarining ruxsat beruvchi (malaka) qismi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlovchi hujjat;
tanlov komissiyasining ish nizomini tasdiqlash bo‘yicha majlis bayoni;
birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar tayyorligi bo‘yicha komissiya qarori;
komissiyaning tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonning matni.
18. Tanlov hujjatlarining texnik qismi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
talabgorlarning tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomasi shakli;
talabgorning malakasi hamda texnik va moliyaviy holatiga baho berishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar, takliflarni moliyaviy baholash va tanlov g‘olibini aniqlash mezonlari, tanlov tartib-qoidasiga tegishli bo‘lgan boshqa hujjatlardan iborat yo‘riqnoma;
birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar to‘plami;
ofertani tayyorlash uchun talab etiladigan hujjatlar va shakllar ro‘yxati.
19. Tanlov hujjatlarining tijorat qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ilova qilinadigan narx taklifi bo‘yicha xatning shakli;
tanlov taklifini ta’minlash to‘g‘risida kafolat shakli (deklaratsiyalar, bank kafolatlari, bo‘naklar tarzida yoki qonunchilikda belgilangan boshqa shaklda);
oferent tanlovning g‘olibi deb e’tirof etilgan taqdirda, investitsiya majburiyatlari shartnomasini bajarish kafolati;
ko‘p kvartirali uy-joylarni joylashtirishning bosh rejasi, texnik tavsifi, loyiha eskizi;
tijorat taklifi (kvartiraning bir kvadrat metrining realizatsiya narxi);
investitsiya majburiyatlari shartnomasining loyihasi.
20. Ofertani taqdim etish tartibi tanlov hujjatlarida belgilanadi. Taqdim etiladigan oferta tanlov hujjatlari va shartlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
21. Tanlov hujjatlariga, ofertani o‘rab-joylashga va markirovka qilishga, takliflarni texnik va moliyaviy baholash mezonlariga qo‘yiladigan shartlar va talablar hududiy tanlov komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ofertani taqdim etish muddati tamom bo‘lgunga qadar tanlov tashkilotchisi hududiy tanlov komissiyasining talabiga ko‘ra, tanlov hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, bu to‘g‘risida tanlov hujjatlari e’lon qilingan elektron manzilda darhol xabar yetkazish, ofertaga tuzatish kiritish uchun yetarli bo‘lgan vaqtda ofertaning taqdim etish muddatini uzaytirish huquqiga ega.
22. Talabgorlardan takliflar tanlov tashkilotchilari tomonidan qabul qilib olinadi va tanlov o‘tkaziladigan kunga qadar xavfsiz va to‘liq saqlanishiga mas’ul bo‘ladi.
Quyidagilar tanlov tashkilotchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
tanlov o‘tkazish tartib-qoidalarini belgilash;
tanlov predmetiga qo‘yiladigan maxsus, texnik va tijorat talablarini hisobga olgan holda tanlov o‘tkazish uchun tanlov hujjatlarini ishlab chiqish;
belgilangan shakl bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida e’lon berish;
agar tanlov hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, arizalar va ofertalarni qabul qilish, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini ta’minlash;
shartnoma asosida mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilarning ishlarini tashkil etish;
talabgorlarga tanlov hujjatlarini taqdim etish;
23. Talabgorga quyidagi talablar qo‘yiladi:
ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun talab etilayotgan mablag‘larning (o‘z mablag‘lari, tijorat banklaridan olingan kreditlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar) mavjudligi;
tanlov savdolariga qo‘yilgan obyektlarga o‘xshash obyektlarda ish tajribasining mavjudligi;
oldin o‘z kuchi bilan bajarilgan ishlar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qurilishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza va mehnat resurslarining mavjudligi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan talablar talabgorga yoki talabgor tomonidan jalb etiladigan pudrat tashkilotiga tatbiq etiladi.
Texnik takliflarning barcha talablari “muvofiq/muvofiq emas” tamoyiliga asosan baholanadi.
24. Tanlovda qatnashish uchun talabgorlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha mezonlar hududiy tanlov komissiyasining reglamentida va namunaviy tanlov hujjatlarida keltiriladi.
25. Qayta tashkil etish (ajratib chiqarish, bo‘lib yuborish), tugatish bosqichidagi yoki mol-mulki xatlangan bankrotlik bosqichidagi talabgorlar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydi.
26. Talabgorning imzosi bilan tasdiqlangan oferta tanlov tashkilotchisiga yelimlangan va muhrlangan konvertda yuboriladi.
27. Ofertalarni taqdim etish muddati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida e’lon berilgan kundan boshlab 30 kunni tashkil etadi.
28. Ofertani taqdim etish muddati tamom bo‘lgandan keyin taqdim etilgan talabgorlarning ofertalari qabul qilinmaydi.
Ofertani taqdim etish sanasi tanlov tashkilotchisining, oferta pochta bildirishnomasi olinganligi to‘g‘risidagi qaydi bo‘yicha yoki tanlov tashkilotchisining oferentga berilgan oferta olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnomasi sanasi bo‘yicha (oferta chopar orqali yetkazilgan taqdirda) aniqlanadi.
29. Ofertalarni berish muddati tamom bo‘lgandan keyin hududiy tanlov komissiyasi tushgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan ofertalarni oferentlarning vakillari ishtirokida ochadi, butligini tekshiradi, oferentlarning nomlarini e’lon qiladi, tanlov hujjatlari talablariga muvofiq hujjatlarning taqdim etilgan turkumlari mazmunini tekshiradi.
Hududiy tanlov komissiyasi majlisining natijalari to‘g‘risidagi axborot qatnashmagan oferentga yozma shaklda yetkaziladi.
Tanlov tashkilotchisi hududiy tanlov komissiyasining talabiga ko‘ra, hududiy tanlov komissiyasining majlisi boshqa muddatga ko‘chirilgan taqdirda, ofertani taqdim etish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida ma’lum qiladi.
30. Ofertaning mazmunini hududiy tanlov komissiyasi majlisida ko‘rib chiqish davomida oferentlarga tushuntirish berishga yo‘l qo‘yiladi.
Bunda ofertaning mazmunini o‘zgartiradigan, shu jumladan narxini yoki ijro etish muddatini o‘zgartiradigan tushuntirish berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
31. Tanlov g‘olibi hududiy tanlov komissiyasining yopiq majlisida aniqlanadi.
Hududiy tanlov komissiyasi g‘oliblarni “qiymat-miqdor” (eng raqobatli narx) mezonlari, ishlarni (xizmatlarni) bajarish shartlari va tanlov hujjatlarida belgilangan boshqa mezonlar bo‘yicha aniqlaydi.
32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida hududiy tanlov komissiyasi tomonidan tanlov g‘olibi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi axborotlar tanlov tashkilotchisi tomonidan 3 ish kuni ichida e’lon qilinadi.
33. Hududiy tanlov komissiyasining har bir majlisida bayonnoma yuritiladi.
Qoidaga ko‘ra, bular tanlov o‘tkazish tartib-qoidasi bilan bog‘liq konvertlarni ochish, tanlov g‘olibini aniqlash bayonlari va boshqa bayonlar.
34. Tanlov tashkilotchisi tanlov g‘olibiga investitsiya majburiyatlari shartnomasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin besh kundan kech bo‘lmagan muddatda yozma bildirishnoma yuboradi.
Tanlov tashkil etish va o‘tkazish sxemasi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va g‘olib o‘rtasida investitsiya majburiyatlari to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgandan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida tanlov natijalari (predmet, g‘olib, shartnomaviy narx va loyihani amalga oshirish muddati) to‘g‘risida e’lon berilgandan keyin tanlov tugagan deb hisoblanadi.
36. Tanlov g‘olibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda obyekt qurilishi sug‘urta qilinishini ta’minlaydi.
37. Quyidagi hollarda, agar:
tanlovga qatnashish uchun ikkitadan kam oferta tushsa;
taqdim etilgan ofertalar tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq bo‘lmasa;
oferentlar tomonidan taklif etilgan narxlar tanlov predmetining “qiymat-miqdor” mezonlaridan ortiq bo‘lsa, tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
38. Tanlov g‘olibi shartnoma tuzishni rad etgan yoki shartnoma belgilangan muddatda uning bajarilish kafolati taqdim etilmagan taqdirda, hududiy tanlov komissiyasi ikkinchi o‘rinni olgan oferentni e’tirof etishi yoxud takroriy tanlov o‘tkazilishini tayinlashi mumkin.
39. Agar tanlov paytida ovozlar soni teng bo‘lsa (yani qarshi, rozi, betaraf), hal qiluvchi ovoz tanlov komissiyasi raisida qoladi.
40. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan tanlov shartlariga rioya etilmaganligi tufayli loyihalar muddatidan oldin bekor qilingan hollarda, qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha takroriy tanlovlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Bunda hududiy tanlov komissiya qaroriga ko‘ra bekor qilingan investitsiya majburiyatlari shartnomasi bo‘yicha tugallanmagan ishlar hajmini aniqlash maqsadida nazorat o‘lchovi o‘tkazadi.
41. Qurilishi tugallanmagan obyekt bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlari bo‘yicha g‘olib bilan ishlarning tugallanmagan qismini bajarish yuzasidan kelishuv tuziladi.
42. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan tanlov shartlariga rioya etilmaganligi tufayli loyihalar muddatidan oldin bekor qilingan hollarda, hosil bo‘lgan qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha talablar investitsiya majburiyatlari shartnomasida keltiriladi.
43. Tadbirkorlik subyekti texnik-nazoratchisi tomonidan taqdim etiladigan har oylik axborotni tahlil qilish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan monitoring amalga oshiriladi.
44. Investitsiya majburiyatlari shartnomasi majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha nazorat viloyatlar va tumanlar hokimliklariga yuklanadi.
45. Tanlovda g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyekti quyidagilarni amalga oshirishni o‘z vaqtida ta’minlaydi:
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlarda ekspertizadan o‘tkazish;
kundalik texnik nazoratni amalga oshirish uchun mustaqil mutaxassis yoki tashkilot bilan shartnoma imzolash;
ajratilgan yer uchastkasi bo‘yicha atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish arizalarini tayyorlash;
uy-joylar qurilishi uchun tanlangan har bir yer uchastkasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalarining davlat ekologik ekspertizasi xulosalarini olish;
qurilish materiallarini xarid qilish;
uy-joylarni kanalizatsiya tarmoqlariga yoki lokal oqava suv tozalash inshootlariga va tashqi ichimlik suv tarmoqlariga ulash;
uy-joylarni tashqi gaz va elektr tarmoqlariga ulash.
46. Tanlov tartib-qoidasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar va nizolar, tanlov tashkilotchisi yoki tanlovning boshqa qatnashchilarining xatti-harakati (harakatsizligi) va qarorlari yuzasidan shikoyatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
47. Arizalar, murojaatlar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishning batafsil mexanizmi Tanlov komissiyalari ishi nizomlarida va namunaviy tanlov hujjatlarida keltirilgan bo‘lishi kerak.
48. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
49. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ko‘p kvartirali uy-joy qurilishi rejalashtirilgan makromassivlarni tayyor holga keltirish bo‘yicha quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
makromassiv ko‘rinishida ko‘p kvartirali uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarining tanlanishi;
birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarning o‘z vaqtida berilishi;
tortib kelinadigan maydon va ichki suv, kanalizatsiya, muxandislik — kommunikatsiya tarmoqlarini va avtomobil yo‘llarini qurish;
tanlov o‘tkazilishi uchun barcha sharoitlarning o‘z vaqtida yaratilishi, tanlov komissiyasi ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi, tanlov o‘tkazilishi va natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liq oshkor etilishi.
50. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJ tortib kelinadigan va maydon ichki elektr ta’minoti va gaz ta’minoti tarmoqlarining o‘z vaqtida qurilishi uchun javobgar hisoblanadi.
51. Tanlov tashkilotchisi tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun javobgar hisoblanadi.
Tanlov tashkilotchisi tanlovga tegishli barcha hujjatlar, jumladan, talabgorlarning tanlov takliflari ichki tartib hujjatlari talablariga muvofiq tanlov tugagandan keyin kamida uch yil mobaynida saqlanishini ta’minlashi shart.
52. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu qarorga muvofiq o‘tkaziladigan tanlov ishtirokchilarining raqobatga qarshi xatti-harakatlarining oldini olish, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni qurish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlarda uy-joy sotib oluvchilarning huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘radi. | 125 | 27,284 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi Vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1041-son qaroriga o‘zgartirishlar | O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzurida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi Vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1041-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
1. Qarorning nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakolatxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 6-bandda:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 1 — 3-ilovalarning nomlarida “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakolatxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 249 | 2,067 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chkorovga “Kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlarini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari va me’yoriy asoslarini ishla | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorovga “Kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlarini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari va me’yoriy asoslarini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorovga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,122 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA SOG‘LIQNI SAQLASh TIZIMI ILMIY-TEXNIKA POTENSIALINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10-noyabrdagi Farmoniga muvofiq va respublika tibbiyot muassasalari va aholisiga konsultativ-uslubiy hamda amaliy yordam berish darajasini oshirish, tibbiyot muassasalari ilmiy-texnika potensialini mustahkamlash, sog‘liqni saqlash amaliyotiga tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini samarali joriy etish, shuningdek davolash amaliyotida eng yangi yuqori samarali texnologiyalardan foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davolash-profilaktika klinikalari bo‘lgan quyidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bir oy muddatda Fanlar akademiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tarkibiga berilsin:
Respublika onkologiya ilmiy markazi “Nihol” tajriba-eksperimental zavodi bilan;
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti;
Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot instituti;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Klinika va eksperimental tibbiyot ilmiy -tadqiqot instituti.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Fan va texnika davlat qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining mablag‘ bilan ta’minlash hamda xarajatlar smetasi hajmlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.
3. Respublika onkologiya ilmiy markazi klinikasi nur bilan davolashning noyob tibbiy asbob-uskunalar majmuasi bilan jihozlansin, bunda “O‘ztibeksport” respublika tashqi iqtisodiy korxonasi tomonidan qiymati 5,18 mln. AKSh dollari bo‘lgan radiologiya asbob-uskunasini, jumladan, liniyali tezlatgichni xarid qilish uchun “Siemens AG Medical Engineering Onkology Care Systems Group” (AQSh) firmasi bilan kontrakt tuzilganligi e’tiborga olinsin.
Belgilansinki, sotib olinadigan asbob-uskunani xarid qilishni mablag‘ bilan ta’minlash quyidagi tartibda:
AQSh Eksimbankining sug‘urta mukofoti qo‘shilgan asbob-uskunalar qiymatining 85 foizi (4,4 mln. AQSh dollari) — AQSh Eksimbankining sug‘urta qoplamasi ostida xorijiy bank mablag‘larini qayta moliyalash yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga;
asbob-uskunalar qiymatining 15 foizi (780 ming AQSh dollari), shuningdek, jalb qilinadigan kredit bo‘yicha majburiyat, tashkil etganlik uchun vositachilik haqi va boshqa xarajatlar — davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki AQSh Eksimbankining sug‘urta qoplamasi ostida xorijiy bank bilan belgilangan tartibda kredit bitimini tuzsin va ushbu mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qayta moliyalashtirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditini, uning bo‘yicha foizlarni qaytarish, shuningdek unga xizmat ko‘rsatishga doir xarajatlarni ilovaga* muvofiq qoplashni ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijiy bank-kreditor oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Sog‘liqni saqlash vazirligining to‘lov majburiyatlari bo‘yicha Hukumat kafolatlarini berishga vakil qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xorijiy bank-kreditor oldidagi kafolati yuzasidan banklararo bitimga ilovada belgilangan shakl bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
8. Xorijiy bank-kreditor va AQSh Eksimbanki O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan, daromadlarga solinadigan soliqdan ozod qilinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi 2000-yilda va undan keyingi yillarda tibbiyot asbob-uskunalarni joylashtirishga mo‘ljallangan Respublika onkologiya ilmiy markazi binolarini mukammal tuzatishga doir xarajatlarni qoplash uchun davlat budjetidan zarur mablag‘lar, shuningdek kontrakt qiymatining 15 foizini, asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va kredit bitimi muddatlari va shartlariga muvofiq bank kreditiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun xorijiy valyutada mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar.
10. Radiologiya asbob-uskunalari yetkazib berish yuzasidan tuzilgan kontraktga muvofiq Respublika onkologiya ilmiy markazini texnik jihozlash uchun respublikaga olib kelinadigan asbob-uskunalar va anjomlar boj va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda mazkur qaror bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga berilgan Respublika onkologiya ilmiy markazi, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Klinika va eksperimental tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish, ularning tuzilmasi va ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
yangi tibbiyot texnologiyalarini va murakkab tibbiy asbob-uskunalardan foydalanishni o‘rganish uchun mutaxassislarni tanlasin va kontrakt shartlariga muvofiq chet elga yuborsin;
respublika onkologiya xizmati tomonidan nur bilan davolashning yangi tibbiy texnologiyalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda O‘zbekiston aholisining barcha qatlamlari, yashash joyidan qat’i nazar, davolanish imkoniyatini ta’minlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. | 105 | 5,857 |
Qonunchilik | BOZORLAR VA SAVDO KOMPLEKSLARINING MA’MURIYATI TOMONIDAN UNDIRIB OLINADIGAN BIR MARTALIK YIG‘IMLAR, IJARA TO‘LOVI VA KO‘RSATILADIGAN XIZMATLAR QIYMATINING MINIMAL MIQDORLARINI BELGILASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 17-son, 131-modda) 4-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
IV. Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 197 | 986 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin: | 202 | 357 |
Qonunchilik | Trenerlarga malaka toifalari qanday beriladi | Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (3.03.2020 yildagi 118-son VMQga qarang). Bu haqda «Huquqiy aхborot» telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Eslatib oʻtamiz, respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish 2019 yil 1 dekabrdan joriy etilgan. Attestatsiya Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ilmiy-uslubiy ta’minlash, mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallari bazasida har 5 yilda oʻtkaziladi.
Trener-oʻqituvchilarga va yoʻriqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi: ikkinchi, birinchi va oliy. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari malaka toifalari berish boʻyicha mas’ul organ hisoblanadi. Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali malaka toifasini berish хizmatlari koʻrsatiladi.
Davlat хizmati koʻrsatilgani uchun quyidagi miqdorda toʻlovlar undiriladi:
YaIDXP orqali murojaat qilinganda belgilangan stavkaning 90%i miqdorida yigʻim undiriladi.
Quyidagilar yigʻim toʻlashdan ozod etiladi:
Malaka toifalari 5 yil muddatga beriladi, «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sport ustozi» unvoniga ega boʻlgan shaхslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.
Ushbu Reglament «Xalqaro toifali trener» malaka toifasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.03.2020 yildan kuchga kirdi. | 44 | 1,526 |
Qonunchilik | AVTOMOBIL YO‘LLARINI QURISh, TA’MIRLASh VA SAQLAShDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar bino va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasida mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bo‘lgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan me’yorlarga muvofiq bepul ta’minlanishi lozim.
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalari va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
32. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
33. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi.
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
36. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim.
37. Xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiya tavsiyalarini bajarmagan taqdirda, ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
38. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
40. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
41. Yoritqichlarning konstruksiyasi va tuzilishi elektr tarmoqning nominal kuchlanishi va tashqi muhitga mos xolda bajarilishi kerak.
42. Binodan tashqarida o‘rnatilgan, nam, o‘ta nam, chang muhitli xonalardagi yoritqichlarning ishga tushirish apparatlari tashqi muhitdan himoyalangan usulda bajarilgan bo‘lishi kerak.
43. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
44. O‘ta xavfli bo‘lmagan xonalarda barcha statsionar yoritqichlarga 220 V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanishdan foydalanishga ruxsat etiladi.
45. Cho‘g‘lanma lampali mahalliy statsionar yoritqichlar uchun quyidagi kuchlanish qo‘llanishi lozim:
yuqori xavfli bo‘lmagan xonalarda — 220 V dan yuqori bo‘lmagan;
yuqori xavfli va o‘ta xavfli xonalarda — 42 V dan yuqori bo‘lmagan.
46. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
47. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
48. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
49. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
50. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
51. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda ko‘chma elektr yoritqichlardan foydalanilganda kuchlanish 36 V dan yuqori bo‘lmasligi kerak. O‘ta xavfli xonalarda (ishlab chiqarish uskunalari, bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalarni ichki sirtini) yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlar uchun tarmoqdagi kuchlanish 12 V dan oshmasligi kerak.
52. Elektr yoritish tarmoqlari poldan 2,5 m dan past bo‘lmagan balandlikdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
53. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
54. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
55. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
56. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh plani” talabiga mos bo‘lishi kerak.
57. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
58. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
59. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
60. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
61. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
62. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
63. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
64. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
65. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan bo‘lishi kerak.
66. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
67. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
68. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
69. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
70. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
71. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
72. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
73. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
74. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
75. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak.
76. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, o‘rtacha og‘ir ishda 17 °C va og‘ir ishda 16 °C dan past bo‘lmasligi lozim.
77. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22 °Cdan kam bo‘lmasligi kerak.
78. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
79. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
80. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va shu kabilar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.
81. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
82. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
83. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
84. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20 °C gacha bo‘lishi kerak.
85. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
86. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
87. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
88. Texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
89. Texnologik jarayonlarning xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
uskunalarga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
ishlovchilarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi mahsulotlarni qo‘llash (ushbu talabni bajarishning imkoni bo‘lmagan taqdirda texnologik jarayonning xavfsizligini va xodimlarning himoyasini ta’minlovchi choralar ko‘rish orqali);
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai bo‘lmagan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
uskunalarni to‘g‘ri joylashtirish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish;
xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qo‘llash;
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
90. Texnologik jarayonlar atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli normativlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
91. Texnologik jarayonlar soz uskunalarda, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob va uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
92. Texnologik jarayon qat’iy ravishda texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
93. Texnologik jarayonlar yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
94. Ishlash jarayonida sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
95. Binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
96. Ishlarni amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
97. Binolar va xonalar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
98. Ventilatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
99. Binolar va xonalar uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
100. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
101. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
102. Tashkilotda rahbarning buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun mas’ul shaxs tayinlangan bo‘lishi va bu shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart.
103. Kuchlanish 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishda IV malaka guruhiga ega bo‘lish talab etiladi. Mas’ul shaxs hamda tashkilotdagi elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi elektrotexnik xodimlar davriy ravishda o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha bilim sinovidan o‘tishlari shart.
104. Tashkilotning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs quyidagilarni ta’minlashi shart:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejali ta’mirlash ishlari va profilaktik sinovlarni belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini tashkil etishni;
elektr energiya sarfining hisobini olib borishni;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini.
105. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi barcha elektrotexnik xodimlar kerakli himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari talab etiladi.
106. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
107. Energota’minot korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar talablariga zid bo‘lgan elektr qurilma va jihozlaridan hamda shikastlangan elektr kabellar va simlardan foydalanish taqiqlanadi.
108. Yoritqichlar, elektr qurilmalar hamda elektr tarmoqlari xonalarning muhit sharoitlariga va u erdagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos holda tanlanishi kerak.
109. Elektr qurilmalarda izolatsiyaning ishdan chiqishi natijasida xodimlarning elektr tokidan jarohatlanishini oldini olish maqsadida barcha elektr qurilmalar zaminlangan yoki nollangan bo‘lishi kerak.
Elektr qurilmalarni zaminlash yoki nollash quyidagi holatlarda amalga oshirilishi lozim:
kuchlanish 380 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda barcha elektr qurilmalarda;
nominal kuchlanish 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past o‘zgarmas tokda — faqat yuqori xavfli, o‘ta xavfli xonalardagi va tashqi qurilmalarda.
Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarni zaminlash yoki nollash talab etilmaydi. Umumiy metall konstruksiyaga o‘rnatilgan, kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan kontrol kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amlari bundan mustasno.
110. Yerga tok o‘tkazuvchi konstruksiyalar konturga payvandlangan, elektr uskuna, mashina va apparatlarning korpuslari ko‘p tolali egiluvchan sim orqali zanglamaydigan bolt bilan konturga biriktirilgan bo‘lishi kerak.
111. Elektr dvigatellarning aylanadigan qismlari va elektr dvigatelni mexanizmlar bilan bog‘lovchi qismlari (mufta, shkiv) to‘siq bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
112. Ko‘priklar va binolar qurilishida xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishi va grafik tuzilishi kerak. Grafiksiz ishlarni bajarish taqiqlanadi.
113. Yo‘l-qurilish ishlari chuqurligi 1,5 m dan ortiq bo‘lgan suv ustida bajarilayotganda ish joyi yaqinida qutqaruv jihozlari bilan jihozlangan navbatchi qayiq turishi kerak.
114. Yo‘l-qurilish ishlari boshlangunga qadar transport vositalarini qurilayotgan obyektlarga bemalol borishini ta’minlovchi kirish yo‘llari va ichki qurilish yo‘llari bo‘lishi lozim.
115. Harakatni tashkil etishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har qanday tasdiqlangan sxemalardan chetga chiqish, shuningdek nosoz texnik vositalardan foydalanish taqiqlanadi.
116. Yo‘l-qurilish ishlarini boshlashdan oldin xodimlar va yo‘l-qurilishi mashinalari mashinistlari bilan turli ishoralar va bayroqchalar yordamida beriladigan shartli signallar, yo‘l-qurilishi mashinalari va transport vositalarining harakatlanishi, burilish, kirish, materiallar va jihozlar saqlanadigan joylarda manyovrlash tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazilishi kerak.
117. Yo‘l-qurilish ishlarini bajarish chog‘ida ishlatiladigan vaqtinchalik yo‘l belgilari, to‘siqlar va boshqa texnik vositalarni o‘rnatish lozim.
118. Ish hududidagi xavfli joylar (xandaklar, kotlovanlar, o‘ralar) to‘siqlar (devorlar) hamda qorong‘i va tuman paytida yoqiladigan signal fonarlari bilan to‘silishi kerak.
119. Qurilish hududi transport vositalari va marshrutlar harakat xavfsizligini ta’minlovchi yo‘l belgilari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
120. 5 m dan ortiq balandlikda bajariladigan ishlarga yoshi 18 dan kichik bo‘lmagan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, ishlarni xavfsiz bajarish talablarini biladigan va balandlikda ishlarni bajarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega shaxslar qo‘yiladi.
121. Tirkama narvonlarda turib bajariladigan ishlar kamida ikki kishi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
122. Silliq yuzaga o‘rnatiladigan ko‘chma narvonlarga rezina qoplangan bo‘lishi kerak. Yerga o‘rnatiladigan tirkama narvonlarga metall uchlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
123. Bog‘langan narvonlardan, shuningdek elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatayotganda va ularni ta’mirlayotganda metall narvonlardan foydalanish taqiqlanadi.
124. Yog‘och tirkama narvonlarning pog‘onalari har 2 m dan tortqi boltlar bilan tortilgan tarang ip bilan mahkamlangan bo‘lishi kerak. Mix bilan qotirilgan yoki pog‘onalari tarang ipsiz mahkamlangan narvonlardan foydalanish taqiqlanadi. Yog‘och narvonning uzunligi 5 m dan oshmasligi kerak.
125. Tirkama narvonning umumiy uzunligi xodimga narvonning yuqori uchidan kamida 1 m masofadagi pog‘onada turib ishlarni bajarish imkonini berishi kerak.
126. Chaqmoq paytida va shamolning kuchi 6 balldan yuqori bo‘lganda havoza va ko‘prikchalarda turib ishlarni bajarish taqiqlanadi.
127. 1,5 m dan ortiq balandlikda ishlarni bajarishda himoya kamarlaridan foydalanish lozim.
128. Himoya kamarlarida pasport bo‘lishi va u har 6 oyda 225 kg statik yuk ostida 5 minut davomida sinalishi kerak. Himoya kamarida raqam va sinovdan o‘tkazilgan sana bo‘lishi kerak.
129. Yo‘l-qurilishi mashinalari, shu jumladan osma va tirkama uskunalar montaj qilinadigan bazaviy mashinalarni boshqarishga tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan va bunday mashinalarni boshqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish huquqini beradigan guvohnomaga ega shaxslar qo‘yilishi kerak.
130. Yo‘l-qurilishi mashinalariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar quyidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan mashinalardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani bilishlari va unga amal qilishlari kerak:
mashinaning vazifasi va uning qo‘llanish sohasi;
mashina va uning asosiy elementlarining qisqacha tavsifi;
kinematik sxema va uning tavsifi;
mashinani boshqarish tizimi sxemasi va uning tavsifi;
moy quyish joylari, moylash materiallarining markalari, ularni quyish usullari va almashtirish davriyligi ko‘rsatilgan moylash sxemasi;
eng muhim mexanizmlarni rostlashga doir asosiy ma’lumotlar;
rostlanadigan uzellar va yig‘uv birliklari chizmalari yoki sxemalari, rostlash tartibi tavsifi, ularni bajarish davriyligi;
mashina va uning dvigatelidan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
chegaraviy yuk va tezliklar to‘g‘risida ma’lumotlar;
mashinada ishlayotganda va unga texnik xizmat ko‘rsatayotganda xavfsizlik texnikasi qoidalari;
po‘lat arqonlar, zanjirlar, tasmalar, podshipniklar, tormoz tasmalari, kolodkalar, zichlagichlar va ayniqsa tez yediriladigan detallar spetsifikatsiyasi;
pnevmog‘ildirakli mashinalar uchun — burilish radiuslari va bo‘ylama o‘tuvchanlik miqdori, shina o‘lchamlari va ularda yo‘l qo‘yiladigan bosim to‘g‘risida ma’lumotlar.
131. Ish boshlangunga qadar har bir mashina sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilishi, tekshirilishi va unda aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi, shuningdek mashinaning smena jurnali tekshirilishi, smenada texnik xizmat o‘tkazilganligi qayd qilib borilishi kerak.
132. Yo‘l-qurilishi ishlarida g‘ildirak yoki gusenitsa tormozlari, shuningdek qo‘l tormozlari bo‘lgan mashinalarda ishlash lozim.
133. Bir joydan boshqa joyga harakatlanganda atrofdagilar uchun xavfni yuzaga keltiradigan mashinalar tovush va yorug‘lik signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Mashina ishlayotganda har gal uni ishga tushirish, to‘xtatish, shuningdek harakat tezligini o‘zgartirishdan oldin mashinist tirkama mashinadagi operator va xodimlarni bu haqida ogohlantirish uchun signal berishi shart.
134. Sutkaning qorong‘i paytida ishlash uchun mashinalar yetarli miqdorda ichki va tashqi yoritish asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Sutkaning qorong‘i paytida tashqi yoritish asboblarini qo‘shmasdan biror ishni bajarish taqiqlanadi.
135. Arqon-blok boshqaruv tizimli mashinada ishlaganda kamida bir haftada 1-marta arqonlar ko‘zdan kechirilishi lozim. Agar arqonning 1 m da 10 foizgacha tola uzilishi aniqlansa, u almashtirilishi lozim.
136. Gidravlik boshqaruv tizimli mashinalar ishlayotganda quyidagilar taqiqlanadi:
boshqaruv richaglarini keskin qo‘shish va uzish;
tizimning saqlovchi klapanini mustaqil rostlash (klapanni mexanik rostlashi kerak);
shlanglar uzilgandan keyin ishlash;
gidravlik tizimdagi ishchi suyuqlikni 60oS dan ortiq qizishiga yo‘l qo‘yish.
137. Kabinalar yoki boshqaruv maydonchalari hamda barcha richag va pedallar toza va quruq bo‘lishi kerak. Richag va pedallarning belgilangan vazifasiga qarab ularni qo‘shish yoki uzish uchun ta’sir kuchi quyidagi miqdorlardan oshmasligi kerak:
doim ishlatiladigan richaglar uchun 2—30 N;
tez-tez ishlatiladigan richaglar uchun 30—60 N;
kam ishlatiladigan richaglar uchun 120—200 N;
ishchi organlarni boshqarish pedallari uchun 40—80 N;
akselerator pedallari uchun 20—35 N.
138. Mashinist maxsus kostyum, qo‘lqop va ko‘zoynakda ishlashi kerak. Ish paytida mashinistga mashinani dvigateli ishlagan holda qoldirish taqiqlanadi, shuningdek u mashina konstruksiyalarida, ayniqsa, bazaviy mashina yoki tyagach va osma yoki tirkama uskuna o‘rtasida hech kim bo‘lmasligini kuzatib turishi kerak.
139. Sun’iy inshootlar ustidan faqat ularning holati tekshirilgandan keyingina kesib o‘tish lozim. Bunda mashinaning, shuningdek bazaviy traktor yoki tyagachning massasi hisobga olinishi kerak.
140. Bazaviy mashinalarning kabinalarida begona shaxslarning bo‘lishi qat’iyan taqiqlanadi.
141. Bazaviy mashinalarning kabinalarida tibbiyot qutichasi bo‘lishi kerak.
142. Ko‘tarilishda 20o va tushishda 30o dan ortiq bo‘lgan nishabliklarda, shuningdek ko‘ndalang nishablik 25o dan ortiq bo‘lganda buldozerning ishlashi taqiqlanadi.
143. Yangi to‘kilgan ko‘tarma bo‘ylab tuproq surayotganda buldozerni u qiyalikdan tushib ketmasligi uchun ko‘tarma chekkasiga traktor g‘ildiragi yoki gusenitsasi chetidan 1 m dan kam masofaga yaqinlashtirish taqiqlanadi.
144. Otvalni cheklagichgacha ko‘tarishga ruxsat etilmaydi.
145. Ish paytida buldozer bexosdan to‘xtab qolganda, otval erga tushirib qo‘yilishi lozim.
146. Otval erga kiritilgan, shuningdek yuklangan holda buldozerni burish, yomg‘irli havoda va loyli erda buldozer bilan ishlash taqiqlanadi.
147. Buldozer qisqa muddatga to‘xtaganda ulovchi mufta uzib qo‘yilishi, dvigatel kichik oborotga o‘tkazilishi, tezlikni almashtirish richagi neytral holatga keltirilishi va otval pastga tushirilgan holatda bo‘lishi lozim.
148. Buldozer nisbatan uzoq muddatga to‘xtaganda otval pastga tushirilishi, dvigatel o‘chirilishi va tormoz qo‘shilishi kerak.
149. Skreperda ishlaganda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:
skreper bazaviy traktor yoki boshqa mashina bilan qattiq moslama yordamida ulanishi;
skreper ko‘tarilishda ishlayotganda uning pichog‘ini juda chuqur botirmaslik;
skreperlar yordamida gruntni qazishda chegaraviy bo‘ylama nishablik 12 — 15o, ko‘ndalang nishablik esa 15 — 20o bo‘lishi va bunda grunt quruq bo‘lishi;
skreper faqat uzatish lebyodkasi o‘chirilgan holatda tashilishi;
skreperni ish uchastkasidan tashqarida harakatlantirayotganda uning kovshi ko‘tarilgan holda mahkamlangan bo‘lishi;
kovshda turish va faqat arqon-blokli yoki gidravlik boshqaruv tizimi ushlab turadigan klapan ko‘tarilgan holda biror ish bajarmaslik;
gidravlik boshqaruvli skreper dishlosi va bazaviy mashina o‘rtasida uzunligi skreper va mashina o‘rtasidagi elastik shlanglar uzunligidan kam bo‘lgan saqlovchi arqon mahkamlanishi;
pnevmatik skreper tebranganda qulf halqali disk oldida xodimlarning turmasligi.
150. Itaruvchi traktor, skreperda yoki itaruvchi sifatida buldozer ishlatilganda quyidagi ehtiyot choralar ko‘rilishi kerak:
skreper mashinistining o‘tirg‘ichdan va bazaviy mashina kabinasidan tushib qolishiga, shuningdek skreperning buzilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun itaruvchi mashina bir tekis, siltovlarsiz harakatlanishi;
zarbalarni yumshatish uchun itaruvchi mashina yog‘och bufer bilan jihozlangan bo‘lishi;
itaruvchi mashina va traktor yoki skreper ulangan boshqa bazaviy mashinaning harakat tezligi bir xil bo‘lishi;
itaruvchi mashina va skreper dvigatellari bir xil markali bo‘lishi;
kovsh bir xil tezlikda to‘ldirilishi;
itaruvchi mashina skreperga taqab harakatlanishi.
151. Greyderni tashishda u bazaviy traktor bilan qattiq moslama yordamida ulanishi lozim. Shatakka olish zanjir va arqonlari halqa va ilgaklar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
152. Ish uchastkasi oxirida greyderni burib olish, shuningdek sun’iy inshootlar ustidan kesib o‘tish traktorning bir xil tezligida bajarilishi kerak.
153. Nishabligi 12 — 15o dan ortiq bo‘lgan grunt yo‘llardan o‘tayotganda greyder traktor bilan qattiq moslama yordamida ulangan bo‘lishi kerak. Tormozlash uchun otvaldan foydalanishga ruxsat etiladi.
154. Greyder pichog‘ini o‘rnatish va qayta o‘rnatish ishlari ikkita xodim tomonidan bajarilishi kerak.
155. Harakat chog‘ida bazaviy traktor va greyder o‘rtasida turish va shatakka olish qurilmalari ustidan o‘tish taqiqlanadi.
156. Ishlab chiqarish uskunalari montaj qilish, foydalanish va ta’mirlash paytida ishlarning xavfsizligini ta’minlashi, yong‘in va portlash xavfidan xoli bo‘lishi, ulardan foydalanish jarayonida atrof muhitni zararli moddalar bilan sanitariya me’yorlaridan ortiq miqdorda ifloslantirmasligi va namlik, quyosh radiatsiyasi, mexanik tebranishlar, bosim va haroratning o‘zgarishlari natijasida xavf-xatar yuzaga keltirmasligi lozim.
157. Ishlab chiqarish uskunalarining harakatlanuvchi qismlari to‘silgan yoki GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, to‘xtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
158. Ishlab chiqarish uskunalarining elementlari (elektr o‘tkazgichlari, o‘tkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan holatda tayyorlangan bo‘lishi lozim.
159. Barcha nazorat moslamalari (termometr, monometr, hisoblagich va boshqalar), shuningdek signal beruvchi chiroqlarning joylashuvi ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish va sozlash paytida qulay kuzatish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
160. Katta o‘lchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga xizmat ko‘rsatish, tekshirish, ta’mirlash va sozlash uchun qulay hamda erdan 2 m va undan balandda joylashganda to‘siqlari va zinalari bor maydonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
161. Uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi ko‘rsatilgan aniq yozuvlar yoki shartli belgilari bo‘lishi lozim.
162. Ishlab chiqarish uskunalari tarkibiga kiruvchi himoya vositalari:
o‘chirib qo‘yilgan yoki nosoz ishlab chiqarish uskunasining ishlashini cheklab qo‘yishi;
xavf tug‘ilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi;
faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri tugagandan so‘nggina o‘zining himoya vazifasini tugatishini ta’minlashi;
himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qo‘shimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalarining himoyalash vazifasini ta’minlashi;
xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joyda o‘rnatilgan bo‘lishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
163. Ishlab chiqaruvchi uskunalar o‘tkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin bo‘lgan elementlarga, shuningdek to‘silmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega bo‘lmasligi lozim.
164. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj qilish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashi kerak.
165. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari butunlay yoki to‘r parda bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
166. Tez-tez tekshirilib turiladigan to‘siqlar tez yoki oson yechiladigan bo‘lishi kerak.
167. Qismlarga ajratilgan uskunalarning ishlash qobiliyati ularni yig‘gandan keyin foydalanishga kiritishdan oldin tekshirilishi lozim. Agar tekshirish jarayonida nuqsonlar aniqlansa, ishlab chiqaruvchi tashkilotga ularni tayyorlash sifati bo‘yicha reklamatsiyaga yuborilishi kerak.
168. Uskunalarning texnik holati ularni tashqi ko‘zdan kechirish, salt holatda yurgizib ko‘rish, yuk bilan sinab ko‘rish yo‘li bilan tekshirilishi lozim. Shundan keyin uskunani kuch agregatidan boshlab ishchi organlar tomonga muayyan ketma-ketlikda ko‘zdan kechirish va ko‘zga ko‘rinadigan nuqsonlar bor-yo‘qligi aniqlanishi lozim.
169. Ayrim yo‘l ishlarining mavsumiy bajarilishi ba’zi mashina va uskunalar — avtogudronatorlar, asfaltyotqizgichlar, o‘ziyurar katoklar, gruntaralashtirgichlar va boshqalarni ish bo‘lmagan paytda konservatsiyalash talab etilishini inobatga olgan holda, ularni foydalanishga kiritishdan oldin ichki va tashqi detallaridagi konservatsiya moyi olib tashlanishi lozim. Dizel yoqilg‘ida ishlaydigan dvigatellarni konservatsiyadan chiqarishda silindrlar bloki kallagining suv yo‘llariga 90—95oS gacha qizdirilgan suv yoki bug‘ yuborilishi kerak.
Bunda dizel yoqilg‘ida ishlaydigan dvigatel detallari qiziydi, erigan moy karterga oqib tushadi. Bir vaqtning o‘zida tirsakli valni ikki-uch oborotga aylantirish kerak. Konservatsiya moyi oqib tushishi to‘xtagach dvigatelni konservatsiyadan chiqarish tugagan hisoblanadi.
170. Konservatsiyadan chiqarilgan mashina va uskunalarning texnik holati ularni tashqi ko‘zdan kechirish, salt holatda yurgizib ko‘rish, yuk bilan sinab ko‘rish yo‘li bilan tekshirilishi lozim.
171. Mashina yoki uskunalarni tashqi ko‘zdan kechirish chog‘ida ularning kuch agregatidan boshlab ishchi organlar tomonga muayyan ketma-ketlikda ko‘zdan kechirish orqali ko‘zga ko‘rinadigan nuqsonlar bor-yo‘qligi aniqlanishi lozim.
172. Salt holatda ishlatib ko‘rish orqali barcha agregat va uzellarning ishlashi, to‘g‘ri yig‘ilganligi, ularning ishlanganlik darajasi va oson ishga tushishi, shuningdek moylash tizimidagi bosim, ishonchli ishlashi tekshirilishi lozim.
173. Mashina yoki uskunani foydalanishga kiritishdan oldin yuk ostida ishlatib ko‘rish lozim. Bunda ularning texnik tavsiflarining foydalanish sinovlari ma’lumotlariga muvofiqligi tekshiriladi.
174. Yangi yoki kapital ta’mirdan chiqqan mashina yoki uskunani qabul qilib olgandan keyin titraydigan detallar chiniqtirilishi shart.
175. Agar chiniqtirish davrida ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan berilgan yo‘riqnomada ko‘rsatilgan vaqt mobaynida mashina va uskunalarning normal va uzluksiz ishlashi ta’minlangan bo‘lsa, ular chiniqtirish tugashi bilan foydalanishga qabul qilinishi kerak.
176. Yo‘l qurilishi mashinalari va uskunalari montaj qilinib, chiniqtirilgach va maxsus komissiya tomonidan sozligi tekshirilib dalolatnoma tuzilgandan so‘ng foydalanishga kiritilishi lozim.
177. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
178. Uskunalar zarur texnik holatda bo‘lishi uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi ta’mirlashning qat’iy bajarilishi hamda ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
179. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rsatilishi lozim.
180. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladigan ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
181. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim.
182. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u erda xavfsizlik plakati va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
183. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim.
184. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
185. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
186. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
187. Havoza va to‘shamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart.
188. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
189. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi lozim.
190. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarining olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40 °C gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
191. Barcha ta’mirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
192. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
193. Ta’mirlash olib borilayotgan joy va barcha o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
194. Ta’mirlash tugagach barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim.
195. Yo‘l-qurilishi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash ishlari faqat maxsus ajratilgan, barcha uzel va detallar bilan ishlash qulay, yaxshi yoritilgan joylarda bajarilishi kerak.
196. Ta’mirlash chog‘ida dvigatel to‘xtatilishi (uni rostlash ishlaridan tashqari hollarda) kerak. Dvigatel ishlagan holda faqat buldozer otvali, skreper hamda arqonli va gidravlik boshqaruvli boshqa uskunalarning kovshini ko‘tarish va tushirish mexanizmi ishlashini tekshirishga ruxsat etiladi.
197. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash punktlari mashinalarning massasi 50 kg dan ortiq bo‘lgan alohida qismlari va uzellarini ko‘tarish uchun mo‘ljallangan ko‘tarish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Yuk ko‘tarish mexanizmlari va moslamalarini belgilangan yuk ko‘tarish qobiliyatidan ortiq yuklash taqiqlanadi.
198. Uchqun hosil bo‘lishi va yuqori harorat bilan bog‘liq ishlar ta’mirlanayotgan mashinadan tashqarida bajarilishi kerak, ta’mirlash talab etiladigan detal yoki uzelni yechib olish imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
199. Payvandlash ishlari mashinadan kamida 20 m uzoqlikdagi masofada bajarilishi lozim.
200. Yo‘l-qurilishi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashda faqat texnik shartlarda ko‘zda tutilgan, shuningdek xodimlar (mashinistlar, ta’mirlovchilar) ishlatishga o‘rgatilgan asbob va moslamalar ishlatilishi lozim.
201. Buldozer, skreper va boshqa mashinalarga arqonlarni o‘rnatish va ehtiyot sim arqon qo‘yish ishlari qo‘lni uzilgan sim arqon tolalari shikastlashidan saqlovchi qo‘lqoplarda bajarilishi kerak. Sim arqonlarning kesimi va uzunligi ishlab chiqaruvchi zavodning tavsiyalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
202. Dvigateli ishlab turgan mashina va uskunalarda montaj-demontaj, ta’mirlash ishlarini bajarish, yoqilg‘i quyish, dvigatel tizimlari, reduktorlar va boshqa uzellarda moyni almashtirish, shuningdek mashinaning uzel va detallarini moylash taqiqlanadi.
203. Gidrotizimlarni ko‘zdan kechirish, ularda mahkamlash ishlarini bajarish va kichik nosozliklarni bartaraf etishda nasoslarning uzatmalari o‘chirilgan, gidrotizimlar esa umuman bosimdan uzilgan bo‘lishi kerak.
204. Gidravlik boshqaruvli yo‘l qurilishi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatishda tizimdagi moy bosimi mashina uchun pasportda belgilangan me’yordan, harorat esa 65oS oshmasligi kuzatib turilishi kerak. Gidravlik tizimning saqlovchi klapani plombalangan va manometr bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
205. Texnik xizmat ko‘rsatilgan mashinaning ishlashini tekshirish chog‘ida kabinada begona shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. Texnik xizmat va ta’mirdan chiqqan mashina salt holatda va yuk ostida tekshirilishi va shundan keyin ishga chiqarilishi kerak.
206. Yo‘l-qurilishi mashinalarida ishlaydigan barcha shaxslar yong‘inga qarshi jihozlardan foydalanishni bilishlari kerak.
207. Dala sharoitida vaqtinchalik mashina turadigan joylar quruq o‘tlardan tozalangan, atrofi 1 m kenglikda shudgor qilingan va yog‘och-taxta omborxonalari, daraxtzorlar, pichan g‘aramlari va turli uy-joylardan kamida 10 m masofada joylashgan bo‘lishi kerak. Mashina turadigan joylarda chekish va ochiq olov bilan bog‘liq turli ta’mirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
208. Tirkama va osma uskunali traktorlarda, shuningdek o‘ziyurar mashinalarda yong‘in o‘chirish uskunalari bo‘lishi kerak. Traktor va mashinalar saqlanadigan joylarda ham yong‘in o‘chirish uskunalari va qum to‘ldirilgan yashiklar bo‘lishi kerak.
209. Yong‘inga qarshi jihozlar maxsus shitda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
210. Mashinalar ta’mirlash tashkilotiga yurgizib (masofa kichik bo‘lganda), shatakda, treyler yoki mashina kuzovida (ba’zan maxsus avtomobillarda) va temir yo‘l orqali olib kelinishi lozim.
211. Ta’mirlash tashkilotiga yurgizib kelingan mashinadan zaxira yoqilg‘i, moy, ishchi va sovutish suyuqliklari to‘kib olinishi kerak.
212. Ta’mirlashdan belgilangan muddatlarda o‘tmagan mashinalar foydalanish uchun qo‘yilmaydi.
213. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash reja-grafiklarini tuzish uchun tashkilotlarda muntazam ravishda mashinalarning ishlagan vaqti hisobini yuritish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
214. Mashinani reja-grafikda belgilangan muddatda kapital ta’mirlashga qo‘yishdan oldin komissiya uning texnik holatini tekshirishi kerak. Komissiya tarkibiga bosh muhandis, bosh mexanik va tegishli mashina mashinisti kiritilishi lozim.
215. Agar mashina yoki uskunaning texnik holatiga ko‘ra reja-grafikda belgilangan muddatda uni ta’mirlash talab etilmasa, komissiya undan foydalanishni davom ettirish uchun ruxsatnoma berishi, uni navbatdagi ko‘zdan kechirish sanasi yoki tegishli ta’mir o‘tkazish uchun qo‘yish sanasini belgilashi kerak.
216. Mashina reja-grafikda belgilangan muddatdan ilgari ta’mirlashga faqat komissiyaning xulosasi, tegishli dalolatnoma bo‘yicha yuborilishi kerak.
217. Mashinani texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun to‘xtatishning belgilangan muddatlariga va ularning davomiyligiga rioya qilinishi ustidan nazorat tashkilotining bosh muhandisi (bosh mexanigi) tomonidan amalga oshirilishi kerak.
218. Texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini boshlashdan oldin dala sharoitida yo‘l qurilishi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlarini bajaradigan brigada mexanik-rahbari va liniya mexanigi mashina texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash uchun joylashtiriladigan maydoncha tanlashlari kerak.
219. Maydoncha gorizontal holatda hamda yo‘lning qatnov qismi va qurilayotgan obyektdan xodimlarni avtomobillar urib yuborishiga yo‘l qo‘ymaydigan masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
220. Mashina tanlangan maydonchaga qo‘yilishi, tormozlanishi va g‘ildiraklari, gusenitsasi yoki sirg‘alib yuruvchi qismi ostiga pona-qistirmalar qo‘yilishi, tirkama mashina yoki uskuna uzib qo‘yilishi kerak.
221. Tashqi tozalashdan oldin mashinadan elektr asboblari, panellari, akkumulyatorlar, kabinalar, kojuxlar va to‘siqlar yechib olinishi lozim.
222. Mashinalar beton maydonchalarda yoki qismlarga ajratish uchastkasiga imkon qadar yaqin joylashgan xonalarda tozalanishi kerak. Uchastkalar suv oqib chiqish yo‘llari, estakada, qaytgan suvni saqlash uchun rezervuar, tindirgichlar, neft mahsulotlarini tutib qoluvchi qurilmalar, moy yig‘ish qudug‘i bilan jihozlanishi lozim.
223. Mashinalarni qismlarga ajratish va qismlarga ajratish ketma-ketligi, operatsiyalar va o‘tishlar tartibi texnologik hujjatlar talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
224. Ta’mirlash jarayonida harakatlanadigan va qo‘zg‘almas birikmalar qismlarga ajratilishi lozim.
225. Mashina qismlarga ajratilgandan keyin uning detallari tozalanishi lozim.
226. Ta’mirlash jarayonida xodimlar QMQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” talablari va mehnat xavfsizligi standartlari tizimi qoidalariga rioya qilishlari kerak.
227. Mashinalarni ta’mirlash chog‘ida ularning o‘z-o‘zidan harakatlanishiga qarshi choralar ko‘rilishi kerak.
228. Xodimlar bajariladigan ishning xususiyatiga mos bo‘lgan asbob va moslamalar komplekti bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Nosoz asbob va moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
229. Asbob va moslamalarning holati kamida 1 oyda bir marta tekshirilishi kerak.
230. G‘ildiraklari yechib olingan va faqat domkrat, tal va boshqa ko‘tarish qurilmalarida turgan mashinalarda ta’mirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
231. Ko‘tarilgan va arqonlar yoki gidravlik mexanizmlar yordamida ushlab turilgan mashinalarning ostida turish taqiqlanadi.
232. Bo‘yoq ishlari bajariladigan ishlab chiqarish uchastkalari havo tortish va yuborish ventilatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
233. Bo‘yash va quritish kameralarining elektr uskunalari portlash xavfsizligini hisobga olgan holda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
234. Statsionar payvandlash (eritish) postlari mahalliy ventilatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
235. Payvandlash ishlari bajariladigan joylarda o‘t olish xavfi bo‘lgan materiallardan foydalanish taqiqlanadi. Payvandlovchining oyog‘i ostida rezina gilamcha bo‘lishi va payvandlash va eritish qurilmalari ishonchli erga ulangan bo‘lishi kerak.
236. Ochiq maydonchalar va ishlab turgan uskuna joylashgan xona zarur to‘siqlar, himoya va saqlovchi moslama va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ish joylarida va qurilish maydonchasida begona shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi.
237. Benzinda ishlaydigan dvigatellarni ta’mirlashdan oldin ularning yuzalari kerosin bilan ho‘llangan latta bilan yaxshilab artilishi kerak.
238. Benzin qo‘yish kolonkalari yoki nasoslar dvigatellarining detallarini ta’mirlashdan oldin tozalash va zararsizlantirish uchun vaqti-vaqti bilan almashtirib turiladigan ishqorli eritma yoki kerosinga solish lozim.
239. Ishqorli eritmalar konsentratsiyasi ko‘pi bilan 6 foiz bo‘lishi kerak. Ishqorli eritmada yuvilgandan so‘ng albatta qaynoq suv bilan chayilishi lozim.
240. Montaj qilingan yoki ta’mirlangan mashinani foydalanishga tushirishdan oldin quyidagilar bajarilishi lozim:
odamlarni xavfsiz masofaga ko‘chirish;
mashinaning ichidagi begona narsalarni olib tashlash;
himoya to‘siqlarining mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
harakatlanadigan qismlarni moylash va rostlash;
saqlash va nazorat-o‘lchash asboblarining sozligini tekshirish;
mashinani salt holatda va yuk ostida sinab ko‘rish.
241. Ta’mirlash ishlari o‘tkazilgandan so‘ng mashina uchastka mexanigi va u biriktirilgan mashinist tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olinishi lozim.
242. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
243. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
244. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyachi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan. | 107 | 58,397 |
Qonunchilik | 31 iyul kuni “Buхgalteriya hisobi boshlovchilar uchun” kursi boshlanadi (oʻzbek tilida) | Siz mehnat yoki oʻquv ta’tilidamisiz? Uni manfaatli oʻtkazing! Agar siz “Buхgalteriya hisobi boshlovchilar uchun” toʻrt haftalik kursida tahsil olsangiz, yangi koʻnikmalarni egallashingiz yoki oʻz malakangizni oshirishingiz mumkin. Oʻquv jarayonida masofali oʻqitish elementlaridan foydalaniladi. Kursning ishchi tili – oʻzbek tili.
Kurs “Norma” professional rivojlanish markazida oʻtkaziladi, u buхgalteriya asoslarini oʻrganishni хohlovchi barcha uchun moʻljallangan.
Ma’ruzachi - Zamira Djurayeva, «Norma» kompaniyasining buхgalteriya hisobi va soliq solish sohasidagi eksperti.
Kurs doirasida amaliy misollarda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
-buхgalteriya hisobi milliy standartlarini amaliyotda qoʻllash;
-aktivlar, majburiyatlar, ish haqi hisob-kitobi, foyda va хarajatlarni yuritish;
- moliyaviy hisobni tayyorlash asoslari.
Ma’ruzachi bilan uchrashuvlar haftada uch marotaba (dushanba, chorshanba, juma kunlari) 14-30 dan 18-00 gacha (kofe-breyk uchun tanaffus bilan) oʻtkaziladi.
Ishtirok etish uchun “Norma” PRM saytida elektron ariza orqali yoki (99871) 283-23-92 telefon raqami orqali roʻyхatdan oʻtish zarur.
Bitta ishtirokchi uchun tahsil olish qiymati 800 ming soʻmni tashkil qiladi. Nashrlarimiz obunachilari va “Norma” va «1Uz» dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilari 50%li chegirmani qoʻlga kiritishadi.
Agarda siz obunachi ham, foydalanuvchi ham boʻlmasangiz, ushbu va “Norma” PRMning boshqa kurslari va seminarlarida ishtirok etish uchun 40%li mavsumiy chegirmaga ega boʻlishingiz mumkin. | 87 | 1,517 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2005-yil 19-yanvarda Toshkent shahrida imzolangan fuqarolarning o‘zaro safarlari haqidagi Bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 794 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavini tasdiqlash to‘g‘risida | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 28-martdagi 87-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 21-iyuldagi 364-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 19-iyundagi 118-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yo‘ldoshev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi 1997-yil 25-iyundagi PF–1791-son Farmoni bilan tashkil etilgan.
2. Markaz adliya va sud organlari hamda advokatura xodimlarini, huquqshunos professor-o‘qituvchilarni, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlarini (yuriskonsultlarini) qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan davlat ta’lim muassasasidir.
3. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda Adliya vazirligining buyruqlari, yo‘riqnomalari, ko‘rsatmalari, shuningdek ushbu Ustavga asosan amalga oshiradi.
4. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil tuzilmasi bo‘lib, o‘z balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga hamda o‘z faoliyati uchun zarur boshqa belgilar va rekvizitlarga ega bo‘ladi.
5. Markaz bevosita O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bo‘ysunadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi.
6. Markazning nomi:
davlat tilida — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi;
ingliz tilida — Lawyers’ Training Center under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan;
rus tilida — Sentr povisheniya kvalifikatsii yuristov pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan.
7. Markazning manzili: Toshkent shahri, O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 15-uy.
8. Adliya va sud organlari hamda advokatura xodimlarini, huquqshunos professor-o‘qituvchilarni, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlarini (yuriskonsultlarini) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaz faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
81. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinglovchilarni amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan, sud, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida huquqni qo‘llashning zamonaviy mamlakatimiz va xorijiy tajribasi bilan tanishtirish;
nazariy tayyorgarlikning sud faoliyati amaliyoti bilan chambarchas o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash, o‘quv jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda yaxshi o‘zlashtirib olish uchun tegishli respublika, viloyatlar, tumanlar sudlaridagi sudyalikka nomzodlarning stajirovkasini tashkil etish;
o‘quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun respublikaning yetakchi ta’lim, tadqiqot muassasalari, sud organlari, shuningdek xorijiy mamlakatlarning jinoyat, fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarini jalb etish, shu jumladan kontrakt asosida jalb etish.
9. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda adliya, sud, yuridik xizmat, advokatura bo‘yicha huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
zaxirada bo‘lgan va ilk bor fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo (shahar) va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlar raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi hamda viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaxslarni maxsus kurslarda o‘qitish;
sudyalar lavozimiga zaxirada turgan yoki birinchi marta tayinlangan (saylangan) shaxslarni sud faoliyati ko‘nikmalariga tayyorlashni, qonun hujjatlarining mazmuni va mohiyati, huquqni qo‘llash amaliyoti va amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari to‘g‘risidagi chuqur bilimlarni egallab olishini ta’minlash;
yuridik oliy ta’lim muassasalari huquqshunoslik fanlari professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish;
boshqa soha mutaxassislarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha shartnoma asosida o‘qishlar tashkil etish;
huquqshunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
huquqshunos kadrlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish va taqdim qilish;
huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
10. Markaz o‘z maqsadi va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tegishli vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlardan statistikaga oid ma’lumotlar hamda zarur materiallarni olish uchun murojaat qilish;
yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni belgilangan tartibda tashkil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy va madaniy aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish yuzasidan hamkorlik qilish maqsadida oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy davlatlar muassasalari bilan shartnomalar tuzish;
ajratilgan budjet mablag‘lari hamda o‘z mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda zarur jihoz va anjomlarni sotib olish;
o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar to‘plamlarini nashr qilish;
tejab qolingan mablag‘larni, shuningdek shartnoma asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larni o‘zining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga, yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlar sotib olishga, nashr etishga, xodimlarni rag‘batlantirishga sarflash;
noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirish, sud-huquq tizimining dolzarb muammolari bo‘yicha davriy, ilmiy-nazariy va amaliy nashrlar chiqarish;
o‘quv-uslubiy ishlarga yuqori malakali huquqshunos olimlarni, tajribali amaliyotchi xodimlar va xorijdan mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturlariga asosan o‘quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar tarkibini belgilash;
o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasini, ijtimoiy rivojlantirish jamg‘armasini, moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini, valyuta ajratmalari jamg‘armasini tashkil qilish. Mazkur mablag‘lar olib qo‘yilishi mumkin emas, ular kelgusida foydalanish uchun yig‘iladi;
xalqaro konferensiya, simpozium, seminar va anjumanlarni tashkil qilish hamda ularda ishtirok etish.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Markaz tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi;
Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi;
Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi;
Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi;
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi;
O‘quv-uslubiyot bo‘limi;
Xalqaro aloqalar bo‘limi;
Axborot-kompyuter bo‘limi;
Nashriyot bo‘limi;
Buxgalteriya;
Kutubxona;
Xo‘jalik bo‘limi;
kadrlar bo‘yicha katta inspektor.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markazda qo‘shimcha ravishda boshqa kafedralar, bo‘limlar, laboratoriyalar ochilishi mumkin.
12. Markaz faoliyatiga direktor rahbarlik qiladi.
Markaz direktori ikki o‘rinbosarga ega: o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosar hamda moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosar.
13. Markaz direktori va uning o‘rinbosarlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
14. Markaz direktori o‘z vakolati doirasida qonun hujjatlariga muvofiq buyruqlar chiqaradi va ularning bajarilishini ta’minlaydi.
Direktor qonun hujjatlari va mazkur Ustavga muvofiq:
Markaz nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning huquqlarini himoya qiladi;
direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida Markaz tuzilmasiga asosan vazifalarni taqsimlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ajratilgan mablag‘lar va ish haqi fondi doirasida lavozim maoshlari sxemasini, shtatlar jadvalini, shuningdek Markaz ta’minoti xarajatlari tizimini, maxsus mablag‘lar smetasini, shu jumladan tinglovchilarga turli pulli xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarini tasdiqlaydi hamda ularga o‘zgartirishlar kiritadi;
xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;
Markaz xodimlari uchun oylik maosh tizimi va rag‘batlantirish jamg‘armasini taqsimlaydi;
Markazning mol-mulki, mablag‘larini tasarruf qiladi;
shartnomalarni imzolaydi, ishonch qog‘ozlari beradi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida Markaz hisob raqamlarini ochadi;
belgilangan tartibda modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasini, ijtimoiy rivojlantirish va valyuta ajratmalari jamg‘armasini tashkil qiladi;
yuqori malakali professor-o‘qituvchilarga, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlarga moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hisobidan tarif stavkasining yuz foizigacha miqdorda oylik ustama belgilaydi;
Markaz xodimlarini mukofotlaydi va zarur hollarda ularga nisbatan intizomiy choralar ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ichki mehnat tartibini belgilaydi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha ta’til muddatini belgilaydi;
tinglovchilar uzoq vaqt sababsiz mashg‘ulotlarga qatnashmagan yoki ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda, ularni tinglovchilar safidan chiqaradi va bu haqda ularning ish joyiga ma’lumot yuboradi;
ilmiy kengashlar, konferensiya, simpozium, seminar va anjumanlarda Markaz nomidan qatnashadi;
Ilmiy kengash ishiga rahbarlik qiladi;
ilmiy tadqiqotchilarni Markazga biriktirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Markaz direktorining o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari:
Markaz kafedralari va O‘quv-uslubiyot bo‘limi, Xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
o‘quv jarayonini tashkil qilishga bevosita rahbarlik qiladi;
tinglovchilarni o‘qitish taqsimot-rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
o‘quv rejalarini ishlab chiqadi;
o‘quv-uslubiyot bo‘limi xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi ularning ishini nazorat qilib boradi;
xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bilan aloqa o‘rnatish va ular bilan hamkorlik qilish ishlariga javob beradi;
Markaz professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘naltirib boradi;
Markazning Ilmiy kengashi ish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Ilmiy kengash muhokamasiga kiritadi;
Markazning o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi;
direktorning topshirig‘iga ko‘ra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
16. Markaz direktorining moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
Markazning Axborot-kompyuter bo‘limi, Nashriyot bo‘limi, Buxgalteriya, Kutubxona, Xo‘jalik bo‘limiga rahbarlik qiladi;
xo‘jalik ishlarini tashkil etadi;
Markaz faoliyati bir maromda borishi uchun uni kerakli jihozlar bilan ta’minlaydi;
Markaz binolaridan talab darajasida foydalanish, binolarni zarur ta’mirlash va kapital qurilish ishlarini tashkil qiladi hamda ularning bajarilishini ta’minlaydi;
Markazning xo‘jalik shartnomalari majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi, xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank operatsiyalari amalga oshirilishini tashkil etadi;
Markazning moliya-xo‘jalik ishlari to‘g‘risidagi rejalari va hisobotlarini tayyorlaydi;
direktorning topshirig‘iga ko‘ra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
17. Markaz kafedralari, bo‘limlari va boshqa tarkibiy tuzilmalari direktor tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida ish olib boradi.
18. Markaz faoliyatiga taalluqli muhim masalalarni hal qilish uchun direktor, uning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tuziladi.
19. Ilmiy kengash o‘z faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan Ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom asosida olib boradi. Ilmiy kengash ishi yillik ish rejasiga muvofiq tashkil qilinadi.
Ilmiy kengash:
mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish hamda huquqshunos mutaxassislarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini hal qiladi;
ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qiladi va Markaz nomidan xulosa beradi;
Markaz ilmiy tadqiqotchilarining mavzularini tasdiqlaydi, ularni kafedralarga biriktiradi;
kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;
professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya qiladi;
belgilangan tartibda Markazning faxriy doktori darajasini beradi;
namunaviy o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqadi;
Markaz, uning tuzilmalari rahbarlarining hisobotlarini ko‘rib chiqadi.
20. Markaz faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
shartnoma asosida pullik o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy dasturlarni maqsadli moliyalashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari buyurtmasi bo‘yicha tanlov asosida bajariladigan ishlar uchun ajratiladigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
21. Markazning direktori va uning o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilariga oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash miqdorlari, qolgan xodimlariga esa O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning amaldagi shartlariga muvofiq tarif stavkalari belgilanadi.
22. Markazning direktori va uning o‘rinbosarlari, doimiy asosda ishlovchi kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlariga adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun belgilangan martaba darajalari joriy etiladi.
23. Markaz xodimlarining oldingi ish joyidan berilgan martaba darajalari saqlab qolinadi.
Markazdagi ish davri martaba darajalarini olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
24. Markaz ta’lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy hayotining zamonaviy talablari, jamiyat hayotini yanada taraqqiy toptirish va yangilash, shuningdek jahon fani va madaniyati yutuqlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan, yurist kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga javob beradigan namunaviy o‘quv dasturlari va o‘quv dasturlari asosida amalga oshiradi.
25. Markazning o‘quv dasturlari yurist kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari va namunaviy o‘quv dasturlariga asosan ishlab chiqiladi.
26. Markazda tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kunduzgi o‘qish shaklida, ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
27. Markazga o‘qishga yuboriladigan xodimlar kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda o‘qitiladi, ularning o‘qish vaqti va muddati Markaz bilan kelishilgan holda tayyorlangan hamda tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan taqsimot-rejalarga muvofiq belgilanadi.
O‘qishga yuborilgan xodimlarning Markazga yetib kelishi taqsimot-rejalarga asosan tegishli tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.
28. Markazda tinglovchilarni o‘qitish:
malaka oshirish kurslarida ikki haftadan bir oygacha;
qayta tayyorlash kurslarida uch oydan olti oygacha bo‘lishi mumkin.
Zaxirada bo‘lgan va ilk bor fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo (shahar) va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlar raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari sudyalari lavozimlariga taqdim etiladigan shaxslar qayta tayyorlash maqsadida uch oylik kurslarda o‘qitiladi.
Sudya lavozimiga birinchi marta tayinlangan (saylangan) shaxslar belgilangan tartibda majburiy tayyorgarlikdan o‘tadilar;
Shartnoma-to‘lov asosida tinglovchilarni o‘qitish muddati buyurtmachi tashkilot bilan Markaz o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida belgilanadi.
29. Huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtirgan hamda ta’lim kursi talablarini to‘liq bajargan tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
O‘qish (stajirovka) natijalariga ko‘ra Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga sudya lavozimlarida ishlash uchun nomzodning nazariy va amaliy tayyorgarligi to‘g‘risidagi xulosa taqdim etiladi.
30. O‘qish muddati mobaynida tinglovchilarning asosiy ish joylaridagi o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Respublikaning boshqa hududlaridan Markazga o‘qishga kelgan tinglovchilarga xizmat safari xarajatlari o‘qishga yo‘llagan tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
31. Markazda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlari adliya va sud xodimlari, sudyalikka zaxiraga olingan nomzodlar, yuridik oliy ta’lim muassasalari huquqshunoslik fanlari professor-o‘qituvchilari uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Yuridik xizmatlar xodimlari (yuriskonsultlar), advokatlar va boshqa toifadagi tinglovchilarni o‘qitish xarajatlari har bir kishi uchun oyiga respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n barobari miqdorida pul o‘tkazish yo‘li bilan qoplanadi.
32. Markaz huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish, xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish, tegishli xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro manfaatli asosda ilmiy axborotlar almashish ishlarini yo‘lga qo‘yadi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro aloqalarni amalga oshiradi. Markaz tinglovchilar uchun o‘quv jarayonining muayyan qismini va xodimlarning tajriba orttirishini yetakchi xorijiy ilmiy va o‘quv markazlarida, firmalarda va xalqaro tashkilotlarda mustaqil ravishda tashkil etishi mumkin.
33. Markazda chet el fuqarolarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Markaz professor-o‘qituvchilari va tinglovchilarining xorijiy davlatlardagi o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari, tajriba orttirishi xalqaro shartnomalar, davlat organlari o‘rtasida tuzilgan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
34. Markaz faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
35. Ushbu Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan kiritiladi.
1. 1-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Belgilab qo‘yilsinki, Yuristlar malakasini oshirish markazida:
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda adliya, sud, yuridik xizmat, advokatura bo‘yicha huquqshunos kadrlar qayta tayyorlanadilar va malaka oshiradilar;
zaxirada bo‘lgan va ilk bor fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo (shahar) va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlar raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi hamda viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaxslar uch oylik maxsus kurslarda o‘qitiladilar;
yuridik oliy ta’lim muassasalari huquqshunoslik fanlari professor-o‘qituvchilari malaka oshiradilar;
boshqa soha mutaxassislarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha shartnoma asosida o‘qishlar tashkil etiladi;
huquqshunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlar amalga oshiriladi;
huquqshunos kadrlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqiladi;
huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik amalga oshiriladi”.
3. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Markazning direktori va uning o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilariga oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash miqdorlari, qolgan xodimlariga esa O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning amaldagi shartlariga muvofiq tarif stavkalari belgilanadi”.
4. Qarorning 2-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 125 | 22,465 |
Qonunchilik | Vatandoshlarga – soddalashtirilgan viza va fuqarolik, ishga joylashtirish va boshqa yordam | Prezidentning 25.10.2018 yildagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.
Vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida mamlakatimiz siyosati Prezident tomonidan belgilanadi va Hukumat tomonidan amalga oshiriladi. Vatandoshlar bilan hamkorlikning darajasi va shaklidan kelib chiqib, ularga davlat tomonidan quyidagi qoʻllab-quvvatlash va ragʻbat choralari koʻrsatilishi mumkin:
Hujjat bilan davlat siyosati Konsepsiyasi va Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi (sharh berilgan paytda e’lon qilinmagan, tahr.) tasdiqlandi. Ularning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi, bajarilishi ustidan nazorat esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oleg Zamanov. | 90 | 990 |
Qonunchilik | R. Inoyatovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida | Respublikada milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi samarali xizmatlari va jamoat turmushida faol ishtirok etayotganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari Rustam Rasulovich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin. | 88 | 297 |
Qonunchilik | BUDJETDAN TAShQARI PENSIYA JAMG‘ARMASI MABLAG‘LARINI ShAKLLANTIRISh VA SARFLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 15-noyabrdagi 444-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Hisob-kitoblarni taqdim etish va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar, mablag‘lar ajratish va to‘lovlarni to‘lash muddatlari 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi hamda Ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan birgalikda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallarni hisoblash va to‘lash hamda mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘pinlarda Jamg‘arma deb ataladi) pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar, ajratmalar va to‘lovlarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash, aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
2. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlarining hisob raqamlarida jamlanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchilar hisoblanadilar.
4. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha majburiy badallar va ajratmalar yig‘ilishini ta’minlashni, shuningdek, ushbu mablag‘larning Jamg‘armaga to‘liq tushishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari amalga oshiradilar.
5. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari mablag‘larni shakllantirish va sarflashning maqsadli yo‘naltirilganligi saqlab qolingan holda O‘zbekiston Respublikasi yig‘ma budjetiga kiritiladi va Jamg‘armaning mustaqil balansida aks ettiriladi.
6. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va ijtimoiy sug‘uptaga bo‘lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirish;
davlat ijtimoiy sug‘urtasiga majburiy badallar va ajratmalarni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlarining maxsus maqsadli budjetdan tashqari hisob raqamlarida jamlash;
qonun hujjatlariga muvofiq pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, shuningdek ijtimoiy sug‘upta bo‘yicha nafaqalar to‘lashga xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash.
7. Ko‘psatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning joylardagi organlari:
ishlamaydigan shaxslarga, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga, shuningdek ular tomonidan ijtimoiy sug‘urta badallari to‘langan taqdirda dehqon xo‘jaligi a’zolariga davlat pensiyalari, ijtimoiy nafaqalar, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari, bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar, dafn marosimi nafaqalarini o‘z vaqtida tayinlaydilar, moliyalashtiradilar va Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘laydilar;
“Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarga to‘langan mablag‘larni aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan regress da’volar bo‘yicha belgilangan tartibda undirib oladilar;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan, shuningdek ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha ixtiyoriy badal to‘lovchi dehqon xo‘jaligi a’zolaridan badallar tushishining hisobini olib boradilar;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha ixtiyoriy badal to‘lovchi dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat daftarchalarini yuritadilar va saqlaydilar;
ish joyidan to‘lanadigan pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta nafaqalarini to‘lash bo‘yicha yuridik shaxslar xarajatlarining yetmaydigan qismini qoplaydilar;
Jamg‘arma mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy maqsadli sarflaydilar;
yakka tartibdagi tadbirkorlarga va dehqon xo‘jaligi a’zolariga to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish huquqini beruvchi hujjatlarning ishonchliligini tekshiradilar;
davlat ijtimoiy sug‘urta tizimining barqarorligini ta’minlash va uni yanada takomillashtirish uchun oldini oluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Jamg‘armaning moliyaviy ahvolini prognozlashtirish bo‘yicha aktual hisob-kitoblarni amalga oshiradilar;
davlat ijtimoiy sug‘uptasi majbupiy badallari miqdoplarini belgilash to‘g‘pisida takliflar tayyorlaydilar;
pensiyalar va nafaqalar barqaror va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zaxira fondini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar tayyorlaydilar;
Jamg‘armadan mablag‘ bilan ta’minlanadigan ijtimoiy to‘lovlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini amalga oshiradilar;
kelgusi yil uchun Jamg‘arma daromadlari manbalari va xarajatlar yo‘nalishlari prognozi loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda ishlab chiqadilar va Moliya vazirligiga taqdim etadilar;
Jamg‘arma budjetining ijrosi to‘g‘risida tayyorlangan hisobotni, shuningdek, yiliga bir marta Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining holati to‘g‘risidagi mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadilar;
o‘z vakolatlari doirasida Jamg‘arma vazifalarini amalga oshirish uchun zarup bo‘lgan yo‘piqnomalar va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadilar;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh resurslarini O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi muddatli depozitlarga hamda qisqa muddatli davlat obligatsiyalariga joylashtiradilar;
pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta nafaqalari o‘z vaqtida hisoblanishi va to‘lanishini ta’minlash masalalari bo‘yicha joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar;
Davlat soliq xizmati organlari:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan majburiy badallar, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha ajratmalar va to‘lovlar to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, Jamg‘armaga to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishining hisobini olib boradilar va nazorat qiladilar;
Jamg‘armaga majburiy to‘lov to‘lovchilarning to‘liq hisobga olinishini va ular bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yuritilishini ta’minlaydilar;
rejali tekshirishlarni amalga oshirishda (zarur bo‘lganda, ijtimoiy ta’minot organlarining xodimlarini jalb qilgan holda) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Jamg‘armaga sug‘urta badallari, ajratmalar, to‘lovlar va kompensatsiya (tovon) to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanishini, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma bilan o‘zaro hisob-kitoblarning ahvolini tekshiradilar;
hisoblash tartibi va to‘lov muddatlarini buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va ma’muriy choralar qo‘llaydilar;
ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga har chorakda quyidagilarni taqdim etadilar:
a) badallarning shaxslar bo‘yicha hisobini va mehnat daftarchalarini yuritish uchun yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan to‘langan badallarning miqdori to‘g‘risida ma’lumotlar;
b) Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Jamg‘armaga badallar, ajratmalar va to‘lovlar hisoblanishi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
8. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar, ajratmalar va to‘lovlarni mustaqil ravishda to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar:
Jamg‘armaga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallarni qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda hisoblaydilar va to‘laydilar;
ish joylarida to‘lanadigan jamg‘arma mablag‘larining maqsadli yo‘nalishda sarflanishiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydilar;
Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha belgilangan shakldagi hisobotlarning ishonchliligini va ularning davlat soliq xizmati organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydilar.
9. Jamg‘arma daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
kopxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning sug‘upta badallari;
fuqarolarning majbupiy sug‘upta badallari;
dehqon xo‘jaliklari a’zolarining ixtiyoriy ravishda to‘lanadigan sug‘urta badallari;
kopxonalar, muassasalar va tashkilotlarning belgilangan tartibda ajratiladigan majbupiy ajpatmalari;
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo‘lganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish bepuvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag‘lar;
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari;
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari;
hisoblangan jarimalar summalari, qonun hujjatlariga muvofiq soliq organlarini rivojlantirish Jamg‘armasiga undiriladigan summalardan tashqari, sug‘urta badallari va ajratmalarning o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari;
korxona tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayiblangan, kasb kasalligiga uchragan yoki sog‘lig‘iga boshqa shikast yetkazilgan xodimga zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar.
10. Sug‘urta badallari, majburiy ajratmalar, hisoblangan jarimalar va penyalar miqdori va ularni to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
11. Jamg‘arma mablag‘lari:
ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalarni;
bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalarni;
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, shu jumladan homiladoplik va tug‘ish nafaqasini;
bola tug‘ilganda bepiladigan nafaqalarni;
dafn marosimi nafaqalarini;
korxona tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayiblangan, kasb kasalligiga uchragan yoki sog‘lig‘iga boshqa shikast yetkazilgan xodimga zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalarni;
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalariga qo‘shimcha ta’til uchun to‘lovni;
qonun hujjatlariga muvofiq Pensiya Jamg‘armasidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.
12. Ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining xo‘jalik xarajatlari va ularda axborot texnologiyalarini yaratish xarajatlarini qoplash uchun majburiy badallar hamda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha ajratmalarni to‘lash tartibini buzganlik uchun undirilgan penya va jarimalar summasining Jamg‘armaning maxsus hisobiga tushgan mablag‘idan 10 foizi yo‘naltiriladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni sarflash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda tasdiqlangan Nizomda belgilanadi.
13. Jamg‘armaning ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlarining maxsus hisob raqamlaridagi yetishmagan mablag‘lari Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlari o‘rtasida qayta taqsimlash yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan qoplanadi.
14. Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining maxsus hisob raqamlaridagi yetishmagan mablag‘lari Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalar o‘rtasida qayta taqsimlash yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan qoplanadi.
15. Jamg‘arma mablag‘laridan qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi kelgusi yil uchun Jamg‘arma daromadlari manbalari va xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan prognozni har yili 24-iyulgacha ko‘rib chiqish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadi, prognoz quyidagilar hisobga olingan holda ishlab chiqiladi:
daromadlar manbalari bo‘yicha mablag‘larning o‘tgan yilda va joriy yilning birinchi yarim yilida hududlar bo‘yicha haqiqiy tushumi;
respublika Jamg‘armasiga ajratmalar va yig‘imlar bo‘yicha moliyaviy hisobot yilining oxiriga yuridik shaxslarning hududlar bo‘yicha kreditorlik qarzlari;
o‘tgan yilda va joriy yilning birinchi yarim yilida Jamg‘arma mablag‘laridan tasdiqlangan prognozlar bilan taqqoslaganda hududlar bo‘yicha maqsadli foydalanilishi.
17. Moliya vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish chog‘ida Jamg‘armaning kelgusi yil uchun majburiy ajratmalar va yig‘imlar stavkalarining prognoz qilinadigan o‘zgarishini hisobga oladi.
18. Moliya vazirligi taqdim etilgan hisob-kitoblarda daromadlar to‘liqligi va xarajatlar asoslanganligi ta’minlangan taqdirda Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining ko‘rib chiqilgan va kelishilgan prognozini kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma budjeti asosiy parametrlari tarkibida Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
19. O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma budjeti Oliy Majlis sessiyasida tasdiqlangandan so‘ng, shuningdek Vazirlar Mahkamasining kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin Moliya vazirligi Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini besh kun muddatda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga va Davlat soliq qo‘mitasiga yetkazadi.
20. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari parametrlari Moliya vazirligidan olganidan so‘ng bir hafta muddatda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda Jamg‘arma daromadlari manbalari va xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha yillik prognozni hududlar bo‘yicha choraklarga bo‘lgan holda tasdiqlaydi.
21. Mehnat aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan daromadlar va xarajatlarning yillik prognoz qilingan parametrlari tegishli ravishda shaharlar va tumanlar bo‘yicha tasdiqlanadi.
Jamg‘arma budjetining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishi:
ijtimoiy sug‘urtaga majburiy badallar, belgilangan ajratmalar, tovonlar, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan jarimalar va penyalar to‘liq yig‘ilishi va tushishi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya Jamg‘armasi mablag‘larining qonun hujjatlariga qat’iy muvofiq holda maqsadli sarflanishi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi.
22. Davlat soliq xizmati organlari Jamg‘armaga yig‘imlar tushumining to‘liqligi ta’minlanishi uchun javob beradilar.
23. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududiy organlari Jamg‘arma mablag‘lari o‘z vaqtida moliyalanishi va qat’iy maqsadga muvofiq ravishda sarflanishi uchun javob beradilar.
24. Pensiya va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalarni yetkazib beruvchi muassasalar Jamg‘armaning shu maqsadlarda ularning hisob raqamlariga o‘tkaziladigan mablag‘lari o‘z vaqtida va maqsadga muvofiq to‘lanishi uchun javob beradilar.
25. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallarni mustaqil to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar Jamg‘armaga majburiy badallar va ajratmalar to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javob beradilar.
Ish beruvchi ish joyida to‘lanadigan Jamg‘arma mablag‘lari sarflanishi uchun javob beradi.
26. Hisob-kitoblarning to‘g‘riligi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha majburiy badallar va ajratmalarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi, shuningdek korxonalar va tashkilotlar tomonidan ish joyida Jamg‘arma mablag‘larining maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Pensiya va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘g‘ri hisoblanishini nazorat qilish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning viloyat bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
28. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadga muvofiq foydalanilishini nazorat qilish Moliya vazirligi va uning hududiy organlariga yuklanadi.
Moliya organlari belgilangan tartibda bir yilda kamida bir marta Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadga muvofiq foydalanilishini tekshiradi va pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda tanlab tekshiradi.
29. Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va ulardan maqsadga muvofiq foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazorati "Nuroniy" Jamg‘armasi huzuridagi Nazorat kengashining jamoatchilik komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. | 127 | 19,088 |
Qonunchilik | Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qo‘shish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 29-avgustdagi 76, 2005-47, 267-V-son qarori (ro‘yxat raqami 1515, 2005-yil 6-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 40-son, 313-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qo‘shish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 3-banddagi “1 foizi miqdorida” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 5-banddagi “1 foizini” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida belgilangan miqdordagi badalni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan kelishilgan. | 196 | 1,444 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSI | O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilanadi.
Jinoyat ishlarini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura, shuningdek fuqarolar uchun yagona hamda majburiydir.
Jinoyat-protsessual qonunchiligining vazifalari jinoyatlarni tez va to‘la ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlashdan iboratdir.
Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga yordam qilmog‘i lozim.
Jinoyat ishlarini yuritish, jinoyat sodir etilgan joydan qat’i nazar, basharti O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnoma va bitimlarida o‘zgacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, ish yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq olib boriladi.
Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksga muvofiq olib boriladi.
Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid kelmaydigan hollarda qo‘llaniladi.
Sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shart.
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga ko‘ra yuz berganidan qat’i nazar, jinoyat protsessida qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi.
Jinoyat ishlari hay’atda ko‘riladi, Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi.
Agar sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi vaqtida Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, ishning ko‘rilishi uni yakka tartibda ko‘rib chiqishni boshlagan sudya tomonidan davom ettiriladi.
Ish birinchi instansiya sudi tomonidan hay’atda ko‘rilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatchisi kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqadi.
Odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Ular sud majlisida ishni ko‘rish jarayonida kelib chiqadigan hamma masalalarni hal qilishda va hukm chiqarishda raislik qiluvchi bilan teng huquqqa egadirlar.
Tegishli sud hay’atlarida apellatsiya va kassatsiya tartibida ishlarni ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlariga apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida besh nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqiladi.
Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar va xalq maslahatchilari mustaqildirlar hamda faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalar va xalq maslahatchilari jinoyat ishlarini qonun asosida ko‘rib chiqadilar va hal qiladilar.
Sudyalar va xalq maslahatchilarining odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda, o‘z vakolatlari doirasida jinoyat ishini qo‘zg‘atishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni ko‘rishlari shart.
Jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlov fuqarolarning, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
Sudya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shart.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va ma’naviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi.
Jinoyat ishini yuritish uchun mas’uliyatli barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat protsessida qatnashayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishlari shart.
Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.
Sud va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etilgan yoki qonun yoxud sud hukmida nazarda tutilganidan ortiq muddat hibsda ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan yoxud uy qamog‘ida bo‘lgan har qanday shaxsni darhol ozod qilishi shart.
Fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi, o‘zaro yozishmalari, telegraf aloqalari va telefon orqali so‘zlashuvlarining sir saqlanishi qonun bilan qo‘riqlanadi.
Shaxs egallab turgan turar joy yoki boshqa bino va hududda tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish, ko‘zdan kechirish, aloqa muassasalarida pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va ularni olib qo‘yish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish faqat ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ishni yuritish jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini buzish oqibatida unga yetkazilgan zarar ushbu Kodeksda belgilangan asoslar va tartibda undirilishi lozim.
Barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora ko‘riladi, bundan davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilayotgan hollar mustasno.
Sudlarda jinoyat ishlarini oshkora ko‘rish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ular oila a’zolarining yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash taqozo etilgan hollarda boshqa ishlarni sud ajrimi bilan yopiq sud majlisida ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi.
Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni jo‘natgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan o‘qib eshittirilishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida o‘qib eshittiriladi va tekshiriladi.
Ishni yopiq sud majlisida ko‘rish barcha protsessual qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ishni yopiq majlisda ko‘rish to‘g‘risidagi sudning ajrimi butkul muhokamaga nisbatan yoki uning alohida qismlariga nisbatan chiqarilishi mumkin. Bu ajrim sud majlisiga yig‘ilganlarga taalluqli bo‘lib, jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yopiq sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday majlisni audio- va videoyozuvga olish esa amalga oshirilmaydi.
Sud sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni yopiq majlislarda tekshiriladigan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning bu majlislarda hozir bo‘lishiga ruxsat berishga haqli.
Sud majlisi zalida tartibni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan hollarda, sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida hozir bo‘lishini taqiqlashga haqli.
Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi, bu haqda tegishli ajrim chiqariladi.
Sud hukmlari, ajrimlari va qarorlari barcha hollarda oshkora e’lon qilinadi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini ko‘rsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi mumkin, bundan yopiq sud majlislarida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud qarorlari mustasno.
Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun sudlar zarur hollarda ommaviy axborot vositalari xodimlarini, tegishli jamoat birlashmalarini va jamoalarni bo‘lajak protsesslar to‘g‘risida xabardor qilishi, shuningdek protsesslarni bevosita korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida hamda ta’lim muassasalarida o‘tkazishi mumkin.
Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipini cheklaydigan qo‘shimcha talablarni joriy etish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar mustasno.
Jinoyat ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga o‘z ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda og‘zaki yoki yozma arz qilish, ko‘rsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda so‘zlash huquqi ta’minlanadi. Bunday hollarda, shuningdek ish materiallari bilan tanishish vaqtida protsess ishtirokchilari qonunda belgilangan tartibda tarjimon xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoki protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan tergov va sud hujjatlari ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib berilishi lozim.
Jinoyat ishi bo‘yicha tergov olib borish va ishni sudda ko‘rish chog‘ida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat sodir etilgan holatlarni aniqlab olish, aybdorlarni qidirish va fosh etish, adolatli hukm chiqarish, shuningdek jinoyatning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlash uchun o‘z vakolatlari doirasida jamoatchilik yordamidan foydalanishga haqlidir.
Jamoat birlashmalari va jamoalarning vakillari jinoyat ishini yuritishda jamoat ayblovchilari hamda jamoat himoyachilari tariqasida qatnashishga haqlidir.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlashi shart.
Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda topilgan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo‘rlash, qo‘rqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof bo‘lgan o‘zgacha choralar bilan ko‘rsatuvlar olishga harakat qilish man etiladi.
Ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim.
Dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza o‘tkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega.
Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u o‘ziga qo‘yilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega bo‘lishiga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish majburiyati bilan ta’minlanadi.
Birinchi instansiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda ko‘rilayotganda ish yuritish taraflarning o‘zaro tortishuvi asosida amalga oshiriladi.
Ish sudda ko‘rilayotganda ayblash, himoya qilish va ishni hal qilish vazifalari bir-biridan alohida bajarilib, aynan bir organ yoki aynan bir mansabdor shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin emas.
Birinchi instansiya sudida ish yuritish faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror mavjud bo‘lganda boshlanishi mumkin.
Davlat va jamoat ayblovchilari, sudlanuvchi, voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud majlisida taraflar sifatida ishtirok etadilar va dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning to‘g‘ri hal etilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar.
Sud ayblov yoki himoya tarafida turmaydi hamda ularning biron-bir manfaatlarini ifodalamaydi.
Sud xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi.
Jinoyat ishini yuritishni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni o‘qib eshittirishlari shart. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida hollardagina bu qoidalardan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Sud faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqaradi.
Protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab qo‘yilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari birinchi instansiya sudining hukmi (ajrimi) ustidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqlidir.
Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lganda, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi bo‘yicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) bo‘yicha ishlarni ko‘rib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) bo‘yicha ishlarni ko‘rib, ajrim chiqaradi.
Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish; prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; dastlabki eshituv o‘tkazish, ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi.
Yuqori sudlar, bundan tashqari, o‘z vakolatlari doirasida quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Jinoyat ishini ko‘rishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadilar.
Sudya yakka o‘zi yoki sud tarkibida ish tutib, ushbu Kodeksning 29-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bog‘liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi.
Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifalarini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi.
Sud majlisi kotibi jinoyat ishini sud majlisida ko‘rish uchun tayyorlaydi; sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida protsess ishtirokchilarini xabardor qiladi; sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshiradi, hozir bo‘lmagan shaxslarning kelmaganligi sababini aniqlab, bu haqda sudga ma’lum qiladi; sud majlislari bayonnomasini yuritadi; raislik qiluvchining sud muhokamasini tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Sud majlisi kotibi bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek sud majlisi barcha ishtirokchilarining harakatlari, arizalari, iltimosnomalari, ko‘rsatuvlarini to‘liq va to‘g‘ri bayon qilib borishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonunning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qat’i nazar, bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida ko‘rishi shart.
Prokuror o‘z vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysunib va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori ko‘rsatmalariga tayangan holda amalga oshiradi.
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida ushbu Kodeksning 243, 382 — 388, 558, 589-moddalarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Prokuror sud muhokamasida qatnashib, ushbu Kodeksning 409-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlarining va davlat xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradilar.
Tergovchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish to‘g‘risida yozma topshiriqlar berishga; boshqa tergovchi va surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Tergovchi tergovning yo‘nalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni, prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul qiladi.
Tergovchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida prokurorga taqdimnoma kiritish haqidagi ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish haqidagi ko‘rsatmalariga rozi bo‘lmasa, o‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda quyi turuvchi prokurorning ko‘rsatmasini yuqori turuvchi prokuror o‘z qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo‘yicha tergov yuritishni boshqa tergovchiga topshiradi.
Tergovchining o‘z yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhining boshlig‘i va uning o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan tergovchilarning o‘z vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni to‘la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko‘radilar.
Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhining boshlig‘i va uning o‘rinbosari ishlarni tekshirib ko‘rishga, shuningdek dastlabki tergov o‘tkazish, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo‘nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish haqida tergovchiga ko‘rsatmalar berishga, ishni bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha tergovchiga topshirishga, shuningdek tergovchi vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergov olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir.
Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining ish yuzasidan ko‘rsatmalari tergovchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir.
Olingan ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv:
1) ichki ishlar organlarining;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining va uning joylardagi bo‘linmalarining;
3) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining va uning joylardagi bo‘linmalarining;
4) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining va uning joylardagi bo‘linmalarining;
5) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va uning joylardagi bo‘linmalarining surishtiruvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Surishtiruvchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Surishtiruvchi surishtiruvning yo‘nalishiga oid barcha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi, bundan qonunda prokuror ruxsatini olish nazarda tutilgan hollar mustasno.
Surishtiruvchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qo‘llash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritish to‘g‘risidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalariga rozi bo‘lmasa, o‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorning ko‘rsatmasini o‘z qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo‘yicha surishtiruv yuritishni boshqa surishtiruvchiga topshiradi.
Surishtiruvchining o‘z yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Surishtiruv bo‘linmasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan surishtiruvchilarning o‘z vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruvni to‘la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko‘radilar.
Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari ishlarni tekshirib ko‘rishga, surishtiruvchiga surishtiruv yuritish, shaxsni ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo‘nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish haqida ko‘rsatmalar berishga, ishni bir surishtiruvchidan ikkinchi surishtiruvchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha surishtiruvchiga topshirishga, shuningdek surishtiruvchi vakolatlaridan foydalanib, surishtiruv yuritishda qatnashishga va surishtiruvni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir.
Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining ish yuzasidan ko‘rsatmalari surishtiruvchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir.
Olingan ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 381-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
1) ichki ishlar organlari;
2) harbiy qismlar, qo‘shilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy o‘quv yurtlarining boshliqlari — ularga bo‘ysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek o‘quv mashqlari o‘tkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bog‘liq jinoyatlari yoki qism, qo‘shilma, muassasa yoxud o‘quv yurti joylashgan erda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha;
3) davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga ko‘ra ularning yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha;
4) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha;
5) davlat yong‘indan nazorat qilish organlari — yong‘inlarga doir va yong‘inga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
6) chegarani qo‘riqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
7) olis safarda bo‘lgan dengiz kemalarining kapitanlari;
8) davlat bojxona xizmati organlari — bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari — budjet, soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikka doir ishlar, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;
10) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashga, sud hujjatini ijro etmaslikka, sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashishga, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar bo‘yicha;
11) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha.
13) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari — qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha.
14) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli ishlar bo‘yicha.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar zimmasiga zarur choralar ko‘rish vazifasi, shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan so‘ng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda, zarur choralar ko‘rish vazifasi yuklatiladi. Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, davlat bojxona xizmati organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ularning joylardagi bo‘linmalari shu maqsadda tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga haqli.
Tezkor-qidiruv faoliyatini o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Ushbu Kodeksning 391-moddasida sanab o‘tilgan har bir organning rahbarlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning boshlig‘i sifatida harakat qila turib, tergovga qadar tekshiruvni boshlashga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni topshirishga, jinoyat ishini qo‘zg‘atishga yoki ish qo‘zg‘atishni rad etishga yoxud arizani, xabarni tergovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazishga haqlidir.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs zimmasiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishga doir vazifalarni yuklatish tartibi mazkur organ tomonidan belgilanadi.
Boshliqning topshirig‘iga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, dalillarni to‘plash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy zararning o‘rni qoplanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan, kechiktirib bo‘lmaydigan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart.
Tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi zimmasiga tergovchi, surishtiruvchi yuritayotgan ish bo‘yicha ayrim protsessual harakatlarni va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqlarini bajarish hamda tergovchiga, surishtiruvchiga protsessual harakatlarni bajarishida ko‘maklashish majburiyati ham yuklatiladi.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek tergovchining, surishtiruvchining topshirig‘ini bajarayotganda, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi va qarorlar qabul qiladi.
Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar olish mazkur jinoyat ishi o‘z yurituvida bo‘lgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi, bundan belgilangan tartibda himoyachidan voz kechilgan hollar mustasno.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qarorlari mazkur organ boshlig‘i tomonidan tasdiqlanishi lozim. Boshliqning yozma ko‘rsatmalari ularni bajarishni to‘xtatmay turib, ushbu ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqli bo‘lgan unga bo‘ysunuvchi mansabdor shaxs uchun majburiydir.
Prokurorning yozma ko‘rsatmalari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i va uning mansabdor shaxsi uchun majburiydir. Ular prokurorning ko‘rsatmalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ko‘rsatmalarni bajarishni to‘xtatmay turib, yuqori turuvchi prokurorga ularning ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
Jamoat birlashmalari va jamoalar, ularning rahbar organlari hamda vakillari sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat to‘g‘risidagi xabar bilan surishtiruv organiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga murojaat etishlari mumkin. Ular: ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida jamoat birlashmasi yoki jamoa kafilligiga berishni tanlash haqida; mahkumni muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish haqida; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning jazoni o‘tash sharoitlarini o‘zgartirish haqida; sudlanganlikni olib tashlash haqida va boshqa masalalar bo‘yicha ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda iltimos qilishga haqlidirlar.
Surishtiruvchi va tergovchi fuqaroning og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar to‘g‘risidagi ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani haqida uning ish, o‘qish yoki yashash joyidagi jamoaga xabar beradi, sud esa ularga shu ish bo‘yicha sud muhokamasi qachon va qayerda o‘tkazilishi haqida xabar beradi.
Jamoat birlashmalari va jamoalar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi tariqasida ishtirok etish uchun o‘z vakillarini yuborishlari mumkin.
Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilarini jamoat birlashmasining yoki korxona, muassasa, tashkilot jamoasining yig‘ilishi ko‘rsatadi. Yig‘ilish qarori sudga taqdim etilishi lozim.
Jamoat birlashmasi, jamoa o‘zi yo‘llagan jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisini xohlagan vaqtda chaqirib olishga yoki uni boshqa vakil bilan almashtirishga haqlidir.
Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat ayblovchisi: ish materiallari bilan tanishishga; dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida so‘zga chiqib, ayblovning isbotlangani haqida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat ayblovchisi ayblovdan voz kechishga haqli.
Jamoat ayblovchisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ish holatlarini aniqlashga ko‘maklashishi shart.
Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida so‘zga chiqib, sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir.
Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ishning sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini aniqlashga ko‘maklashishi shart.
Ayblanuvchi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxsdir.
Ayblanuvchi sudda sudlanuvchi deb, hukm chiqarilganidan keyin esa, mahkum yoki oqlangan deb ataladi.
Ayblanuvchi: o‘zining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari bo‘yicha ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; jinoyat ishining surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi e’tiroz bildirish hamda sud muhokamasi o‘tkazilishini talab qilish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha, birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega.
Sudlanuvchi oxirgi so‘z bilan chiqish huquqiga ega.
Ayblanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorlari va sudning ajrimlari hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ayblanuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish, shuningdek o‘zining aybdor emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etgani to‘g‘risida ma’lumotlar bor bo‘lsa-da, bu ma’lumotlar uni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun yetarli bo‘lmagan shaxsdir. Shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Gumon qilinuvchi: o‘zining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan yoxud uning gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan keyin yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay so‘roq qilinishini talab qilish; o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega.
Gumon qilinuvchi: surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi, surishtiruvda va dastlabki tergovda ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlari va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga to‘sqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda tartibga rioya etishi shart.
Gumon qilinuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish, shuningdek o‘zining jinoyatga aloqador emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
Himoyachi gumon qilinuvchilarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish hamda ularga zarur yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir.
Ishda himoyachilar sifatida advokatlar ishtirok etishlari mumkin. Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokat guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosnomasi bo‘yicha surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi.
Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlaydi.
Tanlangan himoyachining yigirma to‘rt soat ichida ishda ishtirok etishga kirishishga imkoniyati bo‘lmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif etishni yoki himoyachi tayinlashni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmalariga murojaat qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishda ishtirok etishga kirishishga haqlidir.
Ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini yuridik yordam uchun to‘lovdan batamom yoki qisman ozod etishga haqlidir. Bunday hollarda advokat mehnatiga haq to‘lash xarajatlari Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat hisobidan bo‘ladi.
Quyidagi ishlar bo‘yicha:
1) voyaga yetmaganlarning ishi bo‘yicha;
2) soqovlar, karlar, ko‘rlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi bo‘yicha;
3) sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi bo‘yicha;
4) jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishi bo‘yicha;
5) shaxslarning manfaatlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lib, ulardan aqalli biri himoyachiga ega bo‘lgan ishlar bo‘yicha;
6) davlat ayblovchisi yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar bo‘yicha;
7) jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan ishlarda;
8) tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarda;
8.1) sud tomonidan dastlabki eshituv o‘tkazilayotgan ishlarda;
8.2) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar bo‘yicha;
8.3) shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganda;
8.4) aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha;
9) apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladigan ishlarda himoyachining ishtirok etishi shart.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishning murakkabligi va boshqa holatlari tufayli gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z huquqlarini amalga oshirishda qiynalishi mumkin degan xulosaga kelsa, boshqa ishlar bo‘yicha ham himoyachining ishtirok etishini shart deb topishga haqlidir.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmasi rahbari surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi tayinlash to‘g‘risidagi qarori yoki sudning ajrimiga binoan qaror yohud ajrim O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga kelib tushgan paytdan e’tiboran to‘rt soatdan kechiktirmay jinoyat ishi bo‘yicha himoyachining ishtirokini ta’minlashi shart.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritishning istalgan paytida himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan advokat taklif etish orqali ta’minlanadigan real imkoniyat mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi, bunda advokat o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan keyin himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi. Himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Himoyachidan voz kechganlik haqida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilmaydi.
Ushbu Kodeks 51-moddasi birinchi qismining 1 — 4, 8, 83, 84 va 9-bandlarida nazarda tutilgan hollarda himoyachidan voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish haqida iltimos qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Bunday iltimos barcha hollarda qanoatlantirilishi kerak. Sud tergovi davomida himoyachining ishtirok etishi haqida berilgan iltimosnoma ishning holatlarini hisobga olib va sudlanuvchiga himoya huquqini ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab sud tomonidan hal etiladi. Himoyachining sud majlisi davomida ishga kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos bo‘lmaydi.
Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan so‘ng ishda ishtirok etish; gumon qilinuvchi so‘roq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov e’lon qilinayotganda hozir bo‘lish hamda ayblanuvchi so‘roq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish va gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan ishtirok etish; o‘zi ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillarni to‘plash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; agar himoyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborot bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tanishish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda va sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlar to‘g‘risida bilish hamda ularga nisbatan e’tirozlar bildirish; apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamog‘ida bo‘lsa, himoyachi u bilan jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda xoli uchrashishga haqli.
Himoyachi o‘z vazifasini amalga oshirishi munosabati bilan bilgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Himoyachi: gumonni yoki ayblovni rad etadigan yoxud javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni aniqlash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullarni qo‘llashi hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga zarur yuridik yordam ko‘rsatishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtidan boshlab advokat himoyachi vazifasini bajarishni rad etishga haqli emas.
Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar bo‘lgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb e’tirof etiladi. Jabrlanuvchi deb e’tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxs bo‘lsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning o‘rniga qonuniy vakili ishtirok etadi.
Jabrlanuvchi: ko‘rsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; o‘z ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv to‘g‘risida ariza berish hamda sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda va yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaxsan o‘zi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir.
Jabrlanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; haqqoniy ko‘rsatuvlar berishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning talabi bo‘yicha dalillar taqdim qilishi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Jabrlanuvchi uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan taqdirda ushbu Kodeksning 261 — 264-moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy olib kelinishi mumkin.
Jabrlanuvchi ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo‘ladi.
Jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ushbu moddada ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarni dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan marhumning qonuniy vakili deb e’tirof etilgan yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar amalga oshiradilar.
Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning jamoat uchun xavfli qilmishi shaxsga, korxonaga, muassasaga yoki tashkilotga mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar bo‘lsa, ular fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etiladi. Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Voyaga yetmaganlarning, shuningdek muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun fuqaroviy da’vo ularning qonuniy vakillari va prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Fuqaroviy da’vogar: fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish va uni quvvatlash; dalillar taqdim qilish; qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha tushuntirishlar berish; o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki suddan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish haqida iltimos qilish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda hamda birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy da’voga tegishli qismi ustidan shikoyat qilish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir.
Fuqaroviy da’vogar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy da’voga tegishli bo‘lgan dalillar taqdim etishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan shaxs ayni vaqtda jabrlanuvchining barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini bajaradi.
Ayblanuvchi tomonidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan aqli noraso shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun qonunga ko‘ra mulkiy javobgar shaxs, korxona, muassasa yoki tashkilot ishda fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin. Fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Fuqaroviy javobgar: ayblov va fuqaroviy da’voning mazmunini bilish; da’voga e’tiroz bildirish; tushuntirish berish; o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda hamda birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy da’voga tegishli qismi ustidan shikoyatlar berish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyat va protestlardan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir.
Fuqaroviy javobgar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy da’voga tegishli bo‘lgan dalillar taqdim qilishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Qonuniy vakil ishda ishtirok etishga voyaga yetmagan yoxud belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun jalb qilinadi.
Ishda qonuniy vakil sifatida ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmaganga yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan ishtirokchiga homiylik qiluvchi muassasalar va tashki | 56 | 63,680 |
Qonunchilik | “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 209 | 442 |
Qonunchilik | Turizm sohasidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning soliq solinadigan bazasini kamaytirish tartibi belgilandi | Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qoʻshma qarori (13.08.2018 yilda 3053-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning soliq solinadigan bazasini alohida хarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat Prezidentning 7.08.2018 yildagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3514-son qarorining 15-bandini bajarish maqsadida qabul qilindi. Idoralar ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlarni taqdim etish tartibini belgiladilar:
1 – soliq solinadigan bazani 1.01.2020 yilga qadar sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta’mirlash va qurishga yoʻnaltirilgan хarajatlar summasiga – 100 mln soʻmgacha kamaytirish.
Uni qoʻllash uchun soliq toʻlovchi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining (bundan keyin – Markaz) хulosasini olishi lozim.
Tegishli ishlar soliq boʻyicha bir nechta hisobot davrlarida olib borilgan hollarda soliq solinadigan bazani kamaytirishni ishlar yakunlangandan keyin Markazning хulosasini taqdim etish sharti bilan amalga oshirishga ruхsat beriladi.
Biroq soliq toʻlovchi 1.02.2020 yilgacha Markazning хulosasini olmagan taqdirda, imtiyoz bekor qilinadi va soliq toʻlovchi u qoʻllangan davrlar uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi kerak boʻladi. Soliq solinadigan bazaning 100 mln soʻmgacha kamayishi, bir martalik yoki qismlarga boʻlingan holda, 1.01.2020 yilgacha amalga oshiriladi.
2 – soliq solinadigan bazani har yili 1.01.2025 yilga qadar sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini, turizm infratuzilmasi ob’yektlarini saqlashga yoʻnaltirilgan хarajatlar summasiga – 12 mln soʻmgacha kamaytirish.
Ushbu imtiyoz soliq toʻlovchi Markazning хulosasini olganidan keyin taqdim etiladi. Soliq solinadigan bazaning 12 mln soʻmgacha kamayishi 1.01.2025 yilgacha har yili amalga oshiriladi.
Bu – muhim! Soliq solinadigan bazaning kamaytirilishi yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi hamda bozorlar daromadlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Mirjalol Mirfayozov.
Quyidagi NHHga ham qarang:
Prezidentning 7.08.2018 yildagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3514-son qarori. | 111 | 2,580 |
Qonunchilik | XALQ TA’LIMI MUASSASALARINING MOLIYAVIY-IQTISODIY TA’MINOTINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARINI AMALGA OShIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 26-fevraldagi PF-3857-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-martdagi PQ-609-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, budjetning g‘azna ijrosi sharoitlarida xalq ta’limi muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. Belgilansinki, Direktor jamg‘armasi mablag‘lari budjet tasnifining 01130 “Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish direktor jamg‘armasi mablag‘lari” kodi bo‘yicha alohida satrda ajratib ko‘rsatilgan holda har bir umumta’lim muassasasi ta’minotiga xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirliklar va idoralar normativ hujjatlarining ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. | 126 | 1,370 |
Qonunchilik | Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tizimining tuzilmasi tasdiqlandi | Prezidentning 4.08.2017 yildagi PQ-3172-son qarori bilan Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Hujjat bilan Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi, shuningdek vazirlikning Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va tumanlardagi hududiy boʻlinmalari tuzilmalari tasdiqlandi. Shuningdek, alohida roʻyхat bilan irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar keltirilgan.
Bundan tashqari, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining 2 ta tashkiloti tugatilmoqda, yana 32 tasi qayta tashkil etilmoqda. Shuningdek, qaror bilan "Oʻzsuvta’mirfoydalanish" Respublika boshqarmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyхati belgilandi.
Qator ob’yektlar davlat ulushini oshirish hisobiga balans qiymatida beriladi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 67 | 1,049 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKChILIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, № 31—33, 371-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. Muqaddima:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.”;
uchinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
2. 1-modda:
ikkinchi bandining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi”;
ikkinchi bandining ikkinchi qismi “qonun” degan so‘zdan keyin “hujjatlari” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi bandining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qati nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta’minlanadi”;
beshinchi bandi “zarar yetkazmasligi” degan so‘zlardan keyin “jismoniy, yuridik shaxslarning” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; “fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
3. Qonun quyidagi mazmundagi 2-modda bilan to‘ldirilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mulkka doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi”.
4. 2, 3, 4 va 5-moddalar tegishincha 3, 4, 5 va 6-moddalar deb hisoblansin.
5. 3-modda:
birinchi bandi “inshootlar” degan so‘zdan keyin “mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin: unumli va ijodiy” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
6. 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va o‘zga birlashmalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha bo‘g‘indagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aynan bitta mulkning subyektlari bo‘lishi mumkin”.
7. 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda bo‘ladi:
xususiy mulk;
shirkat (jamoa) mulki;
ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki;
aralash mulk;
boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki.
2. O‘zbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi”.
8. 6-modda:
birinchi va ikkinchi bandlaridan tegishincha “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” va “Qoraqalpog‘iston Respublikasining” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi bandidagi “fuqarolar”, “fuqarolarning”, degan so‘zlar tegishincha “jismoniy shaxslar”, “jismoniy shaxslarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. II bo‘lim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
II BO‘LIM. XUSUSIY MULK
1. Xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qo‘llashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.
2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor o‘z mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.
3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qo‘ygan mablag‘laridan, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlardan kelgan daromadlardan, meros bo‘yicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan o‘zga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega bo‘lishlari hisobiga hosil etiladi va ko‘payib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yo‘l qo‘yiladi.
4. Fuqaro o‘zining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi.
5. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning a’zosi foydalanish uchun o‘ziga berib qo‘yilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom to‘lagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qo‘lga kiritadi.
Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila a’zolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir.
Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishga – sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid bo‘lmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
6. Xususiy mulk o‘z mol-mulkini sarmoya sifatida o‘rtaga qo‘yish, davlat, kooperativ va o‘zga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yo‘l qo‘yiladigan o‘zga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi.
7. Xususiy mulk bo‘lishi mumkin bo‘lmagan obyektlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo‘yiladi.
10. 9, 10, 11, 12, 13 va 14-moddalar tegishincha 8, 9, 10, 11, 12 va 13-moddalar deb hisoblansin.
11. III bo‘limning nomi va 8-moddaning birinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III BO‘LIM. ShIRKAT (JAMOA) MULKI
1. Shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek kooperativlarning, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini o‘z ichiga oladi”.
8-moddaning ikkinchi bandidan “aksiyadorlar jamiyati” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
8-moddaning uchinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Jamoa mulkining turli shakllariga berilmaydigan mol-mulkning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilaydi”.
12. 9-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oila a’zolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila a’zolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-ro‘zg‘or va yordamchi xo‘jalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat berilgan, o‘zga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olishi mumkin”;
ikkinchi qismidan “shaxsiy va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
13. 10-modda:
birinchi bandidagi “korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ixtiyoriy to‘lovlari va moddiy yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moliyaviy mablag‘lar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat” degan so‘zlar “yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, moddiy va xayriya yo‘sinidagi yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. 11-modda:
uchinchi bandi “o‘rtasida” degan so‘zdan keyin “ustavda nazarda tutilgan tartibda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
15. 13-modda:
birinchi bandidagi “kollektivining” degan so‘z “kollektivi a’zolarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. 14-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. Yuridik shaxs hisoblangan xo‘jalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qo‘shgan hissasi hisobidan, xo‘jalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qo‘lga kiritilgan mol-mulkdan hosil bo‘ladi.
2. Xo‘jalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qo‘shgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar, o‘zga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xo‘jalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari bo‘lishi mumkin.
4. Aksiyali jamiyat aksiyalar sotish hisobiga hosil bo‘lgan, shuningdek o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo‘lga kiritilgan mol-mulkning egasidir.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiya egalari bo‘lishlari mumkin.
Davlat korxonasi vakolat berilgan davlat idorasining qaroriga asosan korxonaning butun mol-mulki qiymati miqdorida aksiya chiqarib, aksiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin. Aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘ davlat korxonasining qoplanganidan keyin tegishli budjetga tushadi.
17. 15 va 16-modda chiqarib tashlansin; 17, 18, 19, 20, 21, 22 va 23-moddalar tegishincha 15, 16, 17, 18, 19, 20 va 21-modda deb hisoblansin.
18. 16-modda:
birinchi bandining:
birinchi qismidan “aksiyalar, boshqa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidan “agar ularni to‘lash ustavlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa;”, “ustavga muvofiq” va “leksiyalar, ko‘rgazmalar, sport va boshqa tadbirlardan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismida “davlat va jamoat xavfsizligi nuqtai nazaridan” degan so‘zlar “milliy xavfsizlik manfaatlarini ko‘zlab” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismida “chet eldan” degan so‘zlar “o‘zga davlatlardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismida “xorijiy tashkilotlar va fuqarolardan” degan so‘zlar “o‘zga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19. 17-modda.
birinchi bandining:
ikkinchi qismida “ko‘zda tutilgan” degan so‘zlar “man etilmagan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismida “chet eldan keladigan va chet elda bo‘lgan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20. 18-modda:
birinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkiga ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (ma’muriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar”;
ikkinchi va uchinchi bandlaridagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining” va “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmunda bo‘lgan to‘rtinchi band bilan to‘ldirilsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xo‘jalik faoliyati natijalariga har bir davlatning ma’lum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin.
Davlatlararo manfaatlarga daxldor bo‘lgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi”.
21. 19-modda:
nomidagi “Jumhuriyat” degan so‘z “Davlat” degan so‘z bilan almashtirilsin;
birinchi bandining uchinchi qismidagi “hokimiyat va” degan so‘zlar “davlat hokimiyati va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi bandining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy o‘quv yurtlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi boshqa mol-mulklari kiradi”;
ikkinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Davlat talab-ehtiyojlarini ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va obyektlarni berish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi”.
22. 20 va 21-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi xalqi davlat mulkining subyektidir. Mulkiy huquqni xalq nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda mol-mulk qaysi davlatda joylashgan bo‘lsa, shu davlatning qonunlari, shuningdek xalqaro huquq me’yorlari bilan tartibga solib turiladi”.
23. 24, 25 va 26-moddalar chiqarib tashlansin;
27, 28, 29, 30, 31 va 32-moddalar tegishincha 22, 23, 24, 25, 26 va 27-moddalar deb hisoblansin.
24. 22-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Mahalliy budjet hisobidan vujudga keltirilgan hamda sotib olingan, shuningdek davlat mulkidan o‘tkazilgan va mahalliy ahamiyatga molik bo‘lgan mol-mulk viloyat, tuman, shahar yoki boshqa ma’muriy-hududiy tuzilma mulkining obyektidir. Davlatning mutlaq mulkiga taalluqli obyektlar kommunal mulk hisoblanmaydi”.
25. 23-modda:
birinchi gapdagi “ma’muriy-territorial tuzilma” degan atama “ma’muriy-hududiy tuzilma” degan atama bilan almashtirilsin;
ikkinchi gap quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mulkiy huquqni ro‘yobga chiqarishni O‘zbekiston Respublikasidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari amalga oshiradilar”.
26. 24-moddaning ikkinchi va uchinchi bandlari chiqarib tashlansin.
27. 25-modda:
birinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Soliqlar va boshqa budjetga to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin davlat korxonasida qoladigan foydaning (daromadning) bir qismi (sof foyda) korxona mehnat jamoasi a’zolarining mulkiga aylanib, undan O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va korxona ustaviga muvofiq foydalaniladi”;
ikkinchi bandi “foyda” degan so‘zdan keyin “daromad” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
28. 27-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aralash mulkning o‘z mablag‘larini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi”.
29. V bo‘lim quyidagi mazmundagi 28-modda bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalar O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari shaklida barpo etilib, ular ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishlari mumkin”.
30. VI bo‘limning nomidagi “Qo‘shma korxonalar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
31. 33-modda chiqarib tashlansin.
32. 34, 35, 36, 37, 38, 39 va 40-moddalar tegishincha 29, 30, 31, 32, 33, 34 va 35-moddalar deb hisoblansin.
33. 29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin o‘tkazilishini kafolatlaydi”.
34. 30-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Chet el yuridik shaxslari O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik faoliyatlarini va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan o‘z mulklariga ega bo‘lishga haqlidirlar. Chet el yuridik shaxslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi. Mulkni ko‘paytirish va boshqa davlatlarga o‘tkazish qonunan ta’minlanadi”.
35. 31-modda:
“ijtimoiy-madaniy” degan so‘zlardan keyin “xayriya” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; “Ularning mol-mulkini asrash, ko‘paytirish va boshqa davlatlarga o‘tkazish imkoniyatlari kafolatlanadi” degan jumla bilan tugatilsin.
36. 32-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
1. O‘zbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni ko‘paytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib beradi”.
37. 33-modda:
uchinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mulkiy huquqni himoya qilish sud yoki xo‘jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi”.
38. 34-modda:
birinchi bandning ikkinchi qismidagi “davlat hakamligi yoki boshqa betaraf sud” degan so‘zlar “yoki xo‘jalik sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi bandning uchinchi qismidagi “sudning, davlat hakamligining” degan so‘zlar “sudning yoki xo‘jalik sudining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 131 | 17,153 |
Qonunchilik | Gʻalla yetishtirish va sotish bozor tamoyillari asosida amalga oshiriladi | Prezident tomonidan 15 noyabr kuni “Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Hujjatga asosan 2022 yildan boshlab respublika hududida ekishga tavsiya etilgan bugʻdoy navlari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan yer-suv sharoitlaridan kelib chiqqan holda mustaqil joylashtiriladi.
2022 – 2024 yillarda gʻallachilik klasterlari va fermer хoʻjaliklari yetishtirgan hosilning gʻalla ekilgan har gektar sugʻoriladigan maydon hisobidan respublika boʻyicha oʻrtacha 2,5 tonnadan bugʻdoy erkin birja savdolari orqali sotiladi. Qolgan qismi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotiladi.
Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan gʻalla yetishtirish хarajatlarini qoplash uchun imtiyozli kreditlar gʻalla yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari, Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik хoʻjaliklari va gʻallachilik klasterlariga ajratiladi. Shuningdek, ularga kredit mablagʻlaridan erkin foydalanish, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, YoMMlari va qishloq хoʻjaligi teхnikalarini toʻgʻridan-toʻgʻri хarid qilish huquqi beriladi.
Davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan, barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning:
Shuningdek, ularga gʻallachilik klasterlari faoliyatiga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yoʻnalishlarni qoʻshish toʻgʻrisida koʻrsatma yoʻllash taqiqlanadi.
2021-2022 yillarda “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi don korхonalari ochiq savdolarga qoʻyiladi. Ular gʻallachilik klasteri tashkil etish taklifini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlariga baholash va faoliyat yoʻnalishini oʻzgartirmaslik shartida sotiladi.
“Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi don korхonalariga tegishli 20 ta urugʻlik don tayyorlash seхlari Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga beriladi. Markazga berish ushbu korхonalarning soliq va Jamgʻarma oldidagi qarzdorligini (ular boʻyicha hisoblangan penyalar, shuningdek, ob’yektni oʻtkazish natijasida yuzaga keladigan soliqlarni ham inobatga olgan holda) ob’yektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi. Qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollarda ob’yektlar “Oʻzdonmahsulot” AKdagi davlat ulushi va “Oʻzdonmahsulot” AKning don korхonalaridagi ulushini tegishincha kamaytirish hisobiga beriladi.
2022 yil 1 martga qadar barcha tumanlar markaziy dehqon bozorlaridagi bugʻdoy va boshqa asosiy qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining narхlarini onlayn tarzda kuzatish imkonini beruvchi elektron platforma ishga tushiriladi.
Qishloq хoʻjaligi vazirligiga ikki oy muddatda:
Elmira Siraziyeva. | 73 | 2,779 |
Qonunchilik | Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda mahalliy budjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi budjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash bo‘yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida:
1. Aholining real daromadlari, turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirilishini ta’minlash, markaz budjetiga qaramlikni keskin kamaytirish, budjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish orqali mahalliy budjetlar mablag‘larini boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishini kuchaytirish mamlakat budjet siyosatining asosiy vazifalari etib belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri va uning tumanlarida tartib o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
a) daromad qismida:
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha belgilangan soliq tushumlari, jismoniy shaxslarning mulklaridan olinadigan soliqlar, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soliqlari, tovarlarning ba’zi turlari bilan savdo qilish va xizmatlarning alohida turlarini ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar to‘liq hajmda tumanlar budjetlari daromadlari hisobiga o‘tkaziladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lanadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi va bozorlardan tushayotgan daromadlar Toshkent shahrining shahar budjeti va tumanlar budjetlari o‘rtasida taqsimlanadi;
yuridik shaxslarning yer soliqlaridan tushadigan tushumlar, suv resurslaridan foydalanish solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i va benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz iste’moli uchun soliq to‘liq hajmda Toshkent shahri budjetiga yo‘naltiriladi;
yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq tushumlari, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun olinadigan soliqlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi hamda jismoniy shaxslarning daromad soliqlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahrining mahalliy budjeti o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi normativlarga muvofiq taqsimlanadi;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahri budjeti o‘rtasida, shahar budjeti qismida, o‘tkazilgan soliqlardan belgilangan prognozlarni ortig‘i bilan bajarish summasi, Toshkent shahrining mahalliy budjeti ixtiyorida qoldiriladi;
b) xarajatlar qismida:
halq ta’limi muassasalari, poliklinikalar, yotish o‘rniga ega bo‘lmagan dispanserlar, aholining madaniyat va dam olishi markazlari, tumanlar hokimliklari va ularning bo‘limlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy yordam va ijtimoiy moslashish markazlari va obodonlashtirishga bo‘lgan xarajatlar tumanlar budjetlaridan moliyalashtirilishi tartibi saqlanib qolinadi;
shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ichki avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari, tumanlar budjetiga o‘tkaziladi;
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan umum ta’lim maktablarining oylik ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlari, Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli budjetlararo transfertlari hisobiga amalga oshiriladi;
alohida toifadagi fuqarolarning bepul va imtiyozli yo‘lkirasi bilan bog‘liq yo‘lovchi tashuvchilarning daromadlarining kamaygan qismini qoplash, transport vositalarini xarid qilish bilan bog‘liq shahar yo‘lovchi transporti tashkilotlarining xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi;
tumanlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan maxsus maktablar, maktab internatlari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning ta’minoti xarajatlari Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladi;
Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar, mazkur kichik bandda belgilangan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur tajriba natijalari asosida 2018-yilgi soliq va budjet siyosati Konsepsiyasi doirasida respublikamizning barcha hududlariga tajriba tartibini joriy etish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash hisobiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti g‘aznachiligi ijrosini yanada takomillashtirish va kuchaytirish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
4. Belgilansinki, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab, hududlarning o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlash darajasini oshirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining debitorlik qarzlarini kamaytirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida, “O‘ztransgaz” AK gaz ta’minoti korxonalari sotiladigan gazga qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda, uni sotish joyida amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan tushumning bir qismini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetiga yo‘naltirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
o‘n kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 136 | 6,388 |
Qonunchilik | KO‘ChAT QILIB EKISh TEXNOLOGIYASI BO‘YIChA ShOLI YETIShTIRISh UChUN TEXNIKA XARID QILISh TO‘G‘RISIDA | Sholi yetishtirishda ko‘chat qilib ekish texnolgiyasini joriy qilish, xo‘jaliklarni zarur texnika va asbob-uskunalar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining ko‘chat qilib ekish texnologiyasi bo‘yicha sholi yetishtirish uchun ilovaga* muvofiq texnika xarid qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasiga 1997-yil hosili uchun sholi ekuvchi xo‘jaliklarga ajratiladigan avansdan ko‘chat qilib ekish texnologiyasi bo‘yicha sholi yetishtirish uchun texnika va asbob-uskunalar xarid qilishga 1,8 mln AQSh dollariga teng mablag‘ ajratsin.
4. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda ko‘chat qilib ekish texnikasi va asbob-uskunalarini yetkazib berishga kontraktni ishlab chiqsin va tuzsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
ikki hafta muddatda ko‘chat qilib ekish texnolgiyasi bo‘yicha sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklarni belgilasin hamda ushbu maqsadlar uchun xarid qilinadigan texnikani taqsimlasin;
“O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda yetkazib berilgan texnika uchun xo‘jaliklar bilan o‘zaro hisob-kitob qilishni ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi ikki hafta muddatda ko‘chat qilib ekish usuli bo‘yicha sholi yetishtirishga oid uslubiy tavsiyanomalarni ishlab chiqsin va xo‘jaliklarga yetkazsin, mutaxassislar va mexanizatorlarni o‘qitishni tashkil etsin.
7. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan birgalikda 1997-yil oxiriga qadar respublikada ko‘chat qilib ekish texnologiyasi bo‘yicha sholi yetishtirish uchun texnika ishlab chiqarish borasida Korea tomoni bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin. | 100 | 2,367 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (9-son MBMS) “Biznes qiymatini baholash”ga qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi va 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2009-yil 6-oktabrdagi 01/19-18/19-son qarori (ro‘yxat raqami 2026, 2009-yil 28-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 475-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (9-son MBMS) “Biznes qiymatini baholash”ga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 18-bandning o‘n uchinchi xatboshisi “muhri bilan” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 54-band “shu tashkilot muhri bilan” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. | 130 | 1,281 |
Qonunchilik | Obodonlashtirish хodimlari uzoq muddatli хizmati uchun mukofotlanadi | Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi 267-son qarori bilan qator qonunosti hujjatlariga poytaхt hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ishini takomillashtirishga qaratilgan tuzatishlar kiritildi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga хizmat koʻrsatish boshqarmasi, poytaхtdagi tumanlar, Nukus shahri va viloyatlar markazlari-shaharlar, shuningdek viloyat boʻysunuvidagi (Qoraqalpogʻistonda – respublika boʻysunuvidagi) shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari хodimlariga obodonlashtirish tarmogʻida uzluksiz umumiy staj (uzoq muddatli хizmati uchun) uchun har chorakda mukofot beriladi. U quyidagi miqdorda hisoblab yoziladi:
Uzoq muddatli хizmati uchun mukofot olish
huquqini beradigan obodonlashtirish
sohasidagi uzluksiz ish staji
Uzoq muddatli хizmati uchun mukofot
miqdorini hisoblash uchun oylik tarif
stavkasiga nisbatan koeffitsiyent
1 yildan 3 yilgacha
0,3
3 yildan 5 yilgacha
0,6
5 yildan 10 yilgacha
0,8
10 yil va undan koʻp
1,0
Bundan tashqari, hujjat bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining iхtisoslashtirilgan boshqarmalari tashkiliy tuzilmalari tasdiqlandi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 68 | 1,430 |
Qonunchilik | Koʻproq ishlovchi pensionerlar toʻliq pensiya oladi | Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF–5291-son Farmoni hamda Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3450-son qarori bunga imkoniyat yaratdi.
Natijada 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab shu jumladan quyidagi pensionerlar toʻliq pensiya olishga haqli:
Ma’lumot uchun. Quyidagilar ham 100 foiz pensiya olish huquqiga ega:
Qolgan ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50%i miqdorida pensiya toʻlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 51 | 702 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. 2011-yilning 18-oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida MDH hukumatlari boshliqlari Kengashi majlisida imzolangan 1992-yil 8-fevraldagi gidrometeorologiya sohasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Protokol tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 893 |
Qonunchilik | Shaхsiy tomorqa хoʻjaligini yuritish qonunchilikda mustahkamlanadi | QHTBT portalida “Shaхsiy tomorqa хoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi aholining shaхsiy tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish munosabatlarida huquq va majburiyatlarni belgilaydi. Talablar belgilangan tartibda хususiylashtirilgan yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
Qonun loyihasida shaхsiy tomorqa хoʻjaligi (ShTX) tushunchasi berilgan. Bu aholi tomonidan oʻzlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalarida qishloq хoʻjalik mahsulotlarini erkin savdo hamda oila ehtiyojlari uchun yetishtirish bilan bogʻliq mehnat faoliyatidir.
Belgilanishicha, shaхsiy tomorqa хoʻjaligini yuritish tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi hamda uni davlat roʻyхatidan oʻtkazish talab etilmaydi. Bunda shaхsiy tomorqa хoʻjaligida faoliyat yuritayotgan shaхs oʻz faoliyatini oʻzini-oʻzi band qilish tariqasida rasmiylashtirishi mumkin. ShTXda yetishtirilgan va qayta tayyorlangan mahsulotlar uning egasining хususiy mulki hisoblanadi.
Shaхsiy tomorqa хoʻjaliklarining reyestri Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan ular haqidagi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish orqali yuritiladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari aholiga shaхsiy tomorqa хoʻjaligi faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi. Xususan, bu turli хizmatlar koʻrsatish, aholini yosh qoramol va parrandalar, urugʻliklar, koʻchatlar ta’minlash, moliyaviy, agroservis va aхborot-maslahat хizmati koʻrsatish, ijtimoiy himoya qilish masalalariga taalluqli.
Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 66 | 1,654 |
Qonunchilik | Oliy ta’lim muassasalari uchun davlat buyurtmasi belgilandi | Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish maqsadida 2019/2020 oʻquv yilidan davlat buyurtmasi va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt tizimi joriy etiladi (17.06.2019 yildagi PQ–4359-son qarorga qarang).
Davlat buyurtmasi iqtisodiyotning oliy ma’lumotli mutaхassislarga boʻlgan bazaviy ehtiyojini aks ettiradi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi. Oliy ta’lim muassasalari mavjud quvvatlari, moddiy-teхnik bazasi hamda professor-oʻqituvchilari tarkibidan kelib chiqib, davlat buyurtmasiga qoʻshimcha ravishda qabul qilinadiganlarning sonini va ularni oʻqitish haqini oʻzlari belgilaydilar.
2019/2020 oʻquv yilida oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari
(ta’lim yoʻnalishlari kesimida qarang)
Bakalavriat
Ta’lim shakli:
Soni:
kunduzgi
80 430
sirtqi
19 985
kechki
1 985
Magistratura
kunduzgi
7 695
Sogʻliqni saqlash, madaniyat va qishloq хoʻjaligi sohalarida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun davlat buyurtmasi doirasida maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi. 2 hafta muddatda хalq ta’limi sohasi uchun ham хuddi shunday parametrlar tasdiqlanadi. Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlganlar uchun esa bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari boʻyicha alohida 5 foizli qabul koʻrsatkichlari belgilandi.
Hujjatda belgilanishicha:
Oliy ta’lim muassasalari vazirlik, idora va yirik хoʻjalik birlashmalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shaklida oʻqitishni tashkil etishlari mumkin. Bunda tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan хodimlar keyinchalik ushbu tizimda 5 yil ishlab berish sharti bilan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga suhbat natijalariga asosan oʻqishga qabul qilinadi.
2019/2020 oʻquv yilida ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga quyidagi huquqlar berildi:
2019/2020 oʻquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga oʻqishga qabul qilingan shaхslarni oʻqitish bilan bogʻliq хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori oliy ta’lim muassasasining salohiyati va hududiy joylashuvi, shuningdek abituriyentlarning oliy ta’limga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunday kontraktlar boʻyicha qabul kirish sinovlari natijasiga koʻra oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning arizalariga muvofiq ularning toʻplagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Bir oy muddatda quyidagilar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi:
2020 yil 1 yanvarga qadar vazirlik, idora va хoʻjalik birlashmalarining oliy ma’lumotli mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojlarini avtomatlashtirilgan tarzda yigʻish va qayta ishlash orqali mehnat bozoridagi talab va taklifni aniqlash hamda ularning harakatini kuzatib borishni oʻz ichiga oluvchi yagona integratsiyalashgan aхborot tizimi yaratiladi.
Konstantin Mosin. | 59 | 3,311 |
Qonunchilik | Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida | Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ko‘lami teran, ahamiyati yuksak islohotlar xalqimizning tinch va farovon hayotini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolar uchun vijdon erkinligi huquqini to‘liq kafolatlashning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlar muborak Ramazon oyini bu yil ham yaratilgan qulaylik va imkoniyatlardan samarali foydalanib, tinch va osuda hayotning qadriga yetish hamda unga shukrona keltirish kayfiyatida o‘tkazdilar.
Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlug‘ kunlarda ulamolar, imom-xatiblar, muhtaram faxriylar, mahalla oqsoqollari va faollari tomonidan joylarda 20 mingdan ziyod ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa, saxovat tadbirlari doirasida 100 mingdan ortiq kam ta’minlangan xonadonlar holidan xabar olinib, ularga ijtimoiy yordam va ko‘mak ko‘rsatildi. Bu esa yurtdoshlarimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashi hamda Ramazon hayiti bayrami shukuhining yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
Muborak Ramazon hayiti mohiyatida mujassam bo‘lgan xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may — dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022-yil 2-may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-131-son Farmoni bilan 2022-yil 3-4-may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Turizm va madaniy meros vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun muborak Ramazon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarini tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4349-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-maydagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4721-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-maydagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-5110-son qarori. | 39 | 3,537 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 19-apreldagi 872-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga qo‘shimcha ravishda quyidagi masala kiritilsin:
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2021-yil I choragida bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti to‘g‘risida. | 94 | 691 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha ijrosi “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun va COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan.
Dunyo iqtisodiyoti pasayishi natijasida mamlakatda yalpi ichki mahsulot (keyingi o‘rinlarda “YIM” deb yuritiladi) hajmi joriy qiymatda 128 trln 600 mln so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103 foizni tashkil etgan.
Iqtisodiy o‘sish sanoatda 3,8 foizni, qurilishda 0,5 foizni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 3,1 foizni hamda xizmatlar sohasida 2,8 foizni tashkil etgan.
Inflatsiya darajasi yillik nisbatda 10,9 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga (13,6 foiz) nisbatan 2,7 bandga sekinlashgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari yillik inflatsiya ko‘rsatkichi 5,9 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,1 foizga, xizmatlar esa 1,9 foizga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,6 foizga kamayib, 7 mln 100 ming AQSh dollarini tashkil etgan.
Davlat budjeti daromadlari 33 trln 900 mln so‘mni, xarajatlari esa 34 trln 100 mln so‘mni tashkil etib, Davlat budjeti taqchilligi 188 mlrd 200 mln so‘mni yoki YIMga nisbatan 0,1 foizni tashkil etgan va prognoz darajasida bajarilgan.
Budjetga soliq qarzdorligi qariyb 2 trln 200 mlrd so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 679 mlrd 500 mln so‘mga oshgan.
Qarzning asosiy o‘sishi Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Budjetga ortiqcha to‘lovlar yil boshiga nisbatan 36 mlrd 100 mln so‘mga o‘sib, 186 mlrd 9 mln so‘mni tashkil etgan.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy xarajatlar miqdori 18 trln 200 mlrd so‘mni yoki jami xarajatlarning 53,3 foizini tashkil etgan.
Davlat budjetida yuzaga kelgan 188 mlrd 200 mln so‘mlik taqchillik xalqaro moliya institutlaridan budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilingan mablag‘lar hisobiga qoplangan.
Mahalliy budjetlar daromadlari 7 trln 911 mlrd so‘mga yoki rejaga nisbatan 116,3 foizga ijro etilgan.
Birinchi chorakda daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mahalliy budjetlarga qo‘shimcha 1 trln 110 mlrd so‘m manba shakllantirilgan.
Budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risida tasdiqlangan nizomga binoan, barcha darajadagi budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchilar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direksiyasi tomonidan rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirib borish tartibi, muddati va shakllari belgilangan.
Hisobot davrida 2 ta vazirlik va 1 ta qo‘mita tomonidan (5%) tegishli ma’lumotlar rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan (Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, Davlat statistika qo‘mitasi), 31 ta vazirlik va idorada (51%) ma’lumotlar qisman joylashtirilgan bo‘lsa, 27 ta (44%) vazirlik va idorada ma’lumotlar umuman joylashtirilmagan.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilmasligi natijasida yetkazilgan zararni budjetdan qoplashda ham noqonuniy xarajatlar yuzaga kelib, bu kompensatsiya to‘lovlaridan qarzdorlikning yuqori miqdorda saqlanib qolishiga (hisobot davrida 130 mlrd 700 mln so‘m) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Mahalliy budjetlarda kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha 164 mlrd 800 mln so‘m qo‘shimcha qarzdorliklar yuzaga kelgan.
Davlat moliyaviy nazorati tadbirlari natijasida budjet mablag‘laridan foydalanishda 211 mlrd 200 mln so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tizimida budjet mablag‘larini ishlatishda (23 mlrd so‘mdan — 43 mlrd 300 mln so‘mgacha) qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Hududlar kesimida qariyb 105,0 mlrd so‘mlik (Sirdaryo, Jizzax, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 20 mlrd so‘mdan — 40 mlrd so‘mgacha) noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi axborotini eshitib va muhokama qilib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3210-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Vazirlar Mahkamasi Rayosatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi chorakdagi ijrosi holatini, budjetga boqimonda qarzlar va ortiqcha to‘lovlarning hosil bo‘lishi hamda ajratilgan mablag‘larning noqonuniy, maqsadsiz ishlatilishiga yo‘l qo‘ygan vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining javobgarlik masalasini ko‘rib chiqsin;
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishda noqonuniy harakatlarga barham berish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar uchun kompensatsiya to‘lovlari yuzaga kelishi hamda qoplanishini tahlil qilish asosida budjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rsin;
budjet shaffofligini ta’minlashdagi muammoli hududlarni aniqlab, natijalarini budjet ochiqligi bo‘yicha hududlar reytingiga kiritib borish;
ushbu Qaror ijrosi yuzasidan umumiy nazorat o‘rnatsin hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha 2021-yilning 1-avgust kuniga qadar Oliy Majlis Senatiga umumlashtirilgan axborot taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda:
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirishdagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash orqali budjetga soliq to‘lovlari manbalarini kengaytirish, hisoblangan soliqlarning to‘liq undirilishini ta’minlash, boqimonda qarzlar va ortiqcha to‘lovlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqib bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Davlat budjetida ko‘zda tutilgan xarajatlarni muddatida moliyalashtirish va ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli, samarali foydalanish bo‘yicha dastlabki hamda joriy nazorat olib borishning ta’sirchan choralarini ko‘rsin;
budjet mablag‘larini taqsimlashda tuman (shahar)lar budjetlari qo‘shimcha manbalarining kamida 10 foizini, 2021-yil 1-iyuldan esa kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etish va natijalarini veb-saytlarda e’lon qilib borish bo‘yicha moliya organlari rahbar xodimlari mas’uliyatini oshirsin;
budjet jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida hisobotlarni birinchi darajali budjet taqsimlovchilarning barcha xarajatlari asosida shakllantirish hamda xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash choralarini ko‘rsin;
moliyaviy intizomni mustahkamlash maqsadida noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yayotgan vazirlik va idoralar hisobchilari uchun alohida o‘qishlar tashkil etsin;
ushbu bandning ijrosi bo‘yicha 2021-yilning 5-avgustiga qadar Oliy Majlis Senatiga batafsil axborot kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar ro‘yxatini hamda loyiha qiymati va uning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni doimiy ravishda o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borishni ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Sog‘liqni saqlash va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari bir oy muddatda budjet mablag‘larining maqsadsiz, noqonuniy sarflanishi holatlari bilan bog‘liq so‘ngi uch yillik faoliyatini tahlil qilgan holda xato-kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini, unga mas’ul xodimlar javobgarligini aniqlab, bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taklif ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi barcha darajadagi budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchilar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direksiyasi tomonidan ma’lumotlarning rasmiy veb-saytlarda joylashtirish holatini o‘rganib, natijasi bo‘yicha 2021-yilning yakuni bilan Oliy Majlis Senatiga ma’lumot kiritib borsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari:
Davlat budjeti mablag‘laridan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan moliyaviy xatolarga e’tibor qaratsin hamda kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilasin;
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi hamda buzilgan turar joylar uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari yoki investorlar hisobidan bartaraf etish choralarini ko‘rib natijasi bo‘yicha joriy yilning 5-avgustiga qadar Moliya vazirligiga axborot kiritsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari asosida mahalliy budjetlar qo‘shimcha mablag‘larining kamida 10 foizi, 2021-yil 1-iyuldan esa kamida 30 foizining fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirilishini ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovar hamda xizmatlar, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar ro‘yxati va qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar Kengashlariga:
moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmagan tadbirlar uchun mablag‘ ajratish holatlariga barham berish yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borish;
mahalliy budjet daromadlarining belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, hududning iqtisodiy o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha manbalarni aniqlash, soliq qarzlarini qisqartirish, ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha har chorak yakuni bilan xalq deputatlari Kengashida moliya va soliq idoralari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish tavsiya etilsin.
9. Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi Boyovut, Bo‘ston, Olot, To‘raqo‘rg‘on, Qarshi tumanlarida va Kattaqo‘rg‘on shahrida 2020 — 2022-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturlari hamda tegishli qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib, natijasini 2021-yilning iyun oyida va kelgusida ish rejaga muvofiq qo‘mita majlislarida muhokama qilib borsin.
10. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 158 | 11,729 |
Qonunchilik | “QARShITERMOPLAST” DAVLAT KORXONASINI QAYTA TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yagona texnologiya siklini ta’minlash, respublika iqtisodiyotining polietilenni qayta ishlash mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish hamda neft-gaz tarmog‘ining eksport salohiyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining “Qarshitermoplast” davlat korxonasini “Sho‘rtan GKK” sho‘ba korxonasiga qo‘shish yo‘li bilan uni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Qarshitermoplast” davlat korxonasini qayta tashkil etish va uni davlatning mulkiy hissasi sifatida “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi ustav jamg‘armasiga topshirish bo‘yicha tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
3. Belgilansinki, “Sho‘rtan GKK” sho‘ba korxonasi “Qarshitermoplast” davlat korxonasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
4. “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi bir oy muddatda “Qarshitermoplast” korxonasining topshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Ushbu chora-tadbirlarda xomashyo bilan barqaror ta’minlash, zarur aylanma mablag‘larni ajratish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali loyiha quvvatiga erishish, uni eksport qilishni kengaytirish nazarda tutilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2005-yil 14-martdagi PQ-29-son qarori 1-ilovasining 431-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin. | 69 | 1,968 |
Qonunchilik | Shaharsozlik va loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkaziladi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17.09.2021 yildagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 579-son qaror qabul qilindi.
Hujjatga asosan, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:
Shaharsozlik hujjatlari smetasida qoʻllanilgan resurslar narхlari boʻyicha ekspertiza хulosasini tayyorlashda qurilish materiallarining joriy narхlari, mashina va meхanizmlar хizmati uchun oʻrtacha narхlar hamda oʻrtacha ish haqi toʻgʻrisidagi davlat statistika ma’lumotlaridan foydalanish uslubiyoti ishlab chiqiladi hamda amaliyotga tatbiq etiladi.
Ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom hujjatlarni shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, zilzilabardoshlik, muhandislik izlanishlar, energiya samaradorligi koʻrsatkichlari, yongʻinga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibini oʻz ichiga oladi.
Quyidagi ob’yektlarining loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish majburiy emas:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 59 | 1,465 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qayd etib o‘tilsinki, respublikada davlat statistikasi tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish natijasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotini yig‘ish, to‘plash, saqlash, ishlov berish va e’lon qilishning yaxlit tizimi shakllantirildi.
Shu bilan birga, statistika ishlari amaliyotida foydalanilayotgan statistik ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish shakllari va usullari hali zamon talablariga hamda xalqaro standartlarga to‘liq darajada mos kelmaydi, shu jumladan:
birinchidan, ilg‘or xalqaro tajribani chuqur o‘rganish hamda makroiqtisodiy hisob-kitoblarda zamonaviy matematik va dasturiy-texnik apparatdan keng foydalanish asosida statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirishga nisbatan qo‘llanilayotgan usullar va yondoshuvlarni takomillashtirish talab etiladi;
ikkinchidan, respublika va mintaqalar iqtisodiyoti tarmoqlari hamda sohalarining rivojlanish darajasini xolisona baholash imkonini beruvchi hisobot ma’lumotlarining to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash borasidagi ishlar lozim darajada tashkillashtirilmagan;
uchinchidan, iqtisodiy islohotlar, mamlakat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishining borishi yuzasidan ishonchli statistik kuzatuvlar o‘tkazish imkoniyatlari yetarlicha ishga solinmagan;
to‘rtinchidan, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini hamda hududlarni rivojlantirishda vujudga kelayotgan tendensiyalarning sabablari va omillarini ochib beradigan statistik materiallarning kompleks tahlili mavjud emas;
beshinchidan, statistika ma’lumotlarini xalqaro statistika nashrlarida chop etish yo‘li bilan respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari to‘g‘risida xorijiy biznes jamoalari va xalqaro jamoatchilikning keng doiralarini xabardor qilish mexanizmlaridan sust foydalanilmoqda;
oltinchidan, davlat statistikasi organlari faoliyatiga statistik ma’lumotlarni yig‘ish va taqdim etish bo‘yicha zamonaviy interfaol servislarni tatbiq qilish holati davlat statistikasi sohasidagi qoidabuzarliklarning oldini barvaqt olgan holda hisobotlarning hamda ularni to‘ldirish masalalari bo‘yicha maslahatlarning to‘g‘riligini interfaol tarzda tekshirish imkoniyatini ta’minlamaydi;
yettinchidan, davlat statistikasi organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi statistika ma’lumotlaridan foydalanish, ularning shaffofligi va ochiqligini oshirish borasida statistika faoliyatini samarali tashkil qilishga mavjud resurslarni safarbar etish imkonini bermaydi.
Davlat statistikasi tizimini tubdan takomillashtirish, chet el statistikasida keng qo‘llanilayotgan, xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan statistika tahlili, ko‘rsatkichlari, baholash mezonlari va hisobot shakllarining sinovdan o‘tgan zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va tarkibiy qayta qurishlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida mamlakatimiz hamda chet ellardagi foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistika ma’lumotlarining ishonchliligini, shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy darajalarda o‘rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar qamrab olinishini kengaytirishga qaratilgan statistika ma’lumotlarini yig‘ish hamda ishlov berishning zamonaviy metodologiya va usullarini keng joriy etish yo‘li bilan statistik kuzatuvlar tizimini umume’tirof etgan xalqaro amaliyotga moslashtirishni davom ettirish;
mamlakatimiz va xorijiy foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistika ma’lumotlarining maksimal darajada shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni, shu jumladan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid materiallar va ko‘rsatkichlarni xalqaro statistika to‘plamlarida chop etishni kengaytirish;
milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlari rivojlanishini, iqtisodiyotda islohotlarni chuqurlashtirish va uni liberallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, respublika mintaqalarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlarini g‘oyat to‘liq ifodalovchi statistika axborotini tezkor va sifatli tayyorlash;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ishonchli davlat statistika hisobotini taqdim etishda har tomonlama ko‘maklashish, statistika ma’lumotlarini taqdim etish sohasida huquqiy madaniyatni oshirish va huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, statistik nazoratni amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish;
statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, topshirish va tarqatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, statistika ma’lumotlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini chuqurlashtirish, statistika ma’lumotlari yagona bankini shakllantirish;
statistika organlarining tahliliy salohiyatini mustahkamlash, statistika ishlariga ko‘rsatkichlarni vizuallashtirishning ilg‘or usullari joriy etilishini hamda tarqatilayotgan statistika axborotlari tahliliy va ma’lumotnoma materiallari bilan albatta to‘ldirilishini, ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun ma’ruzalar, matbuot uchun axborot va maqolalar chop etilishini ta’minlash;
davlat va idoraviy statistik kuzatuvlar tizimini optimallashtirish, tanlab olinadigan statistik tekshiruvlar miqdorini bosqichma-bosqich ko‘paytirish va ularning natijalari ishonchliligini oshirish yo‘li bilan obyektiv, sifatli va talabgor hisobot ma’lumotlarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish;
mamlakatimiz ilmiy va ta’lim muassasalari hamda chet ellardagi statistika tashkilotlari bilan hamkorlikda statistika sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ishlarni tizimli asosda tashkillashtirish.
2. 2017 — 2021-yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axboroti sifati hamda uni tarqatish tizimini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi (B. Begalov) va uning o‘rinbosarlari zimmasiga:
2017 — 2021-yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axboroti sifati hamda uni tarqatish tizimini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash;
iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari hamda mintaqalarni rivojlantirish ko‘rsatkichlarining xalqaro miqyosda qiyoslanishi imkoniyatini ta’minlagan holda milliy statistika tizimining xalqaro statistika tizimiga yanada integratsiyalashuvi, xalqaro tashkilotlarning tavsiyanomalariga muvofiq ko‘rsatkichlar hisob-kitoblarining takomillashtirilgan usullarini joriy etish;
tayyorlanayotgan statistika axborotini chuqur tahlil etish asosida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rolini kuchaytirish, iqtisodiyotni rivojlantirishning jamoatchilik tomonidan eng ko‘p talab etiladigan masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar, matbuot uchun axborotlar va statistika ma’lumotlarini chop etishni kengaytirish;
tasdiqlangan davlat dasturlarining tadbirlari va iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bilan o‘zaro bog‘liq holda har yili tasdiqlanadigan davlat statistika ishlari Dasturining mazmunini takomillashtirish;
statistik hisob-kitobni tashkil etishni tizimli asosda tubdan yaxshilash hamda axborotni yig‘ish va ishlov berishning xalqaro metodologiyasini tatbiq etish asosida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish ko‘rsatkichlarini, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, zamonaviy yondoshuvlar va usullarni qo‘llagan holda makroiqtisodiy hisob-kitoblarni aks ettirish;
takomillashtirilgan zamonaviy texnologiyalar va usullarni joriy etish asosida statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ishlov berish va taqdim etish jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish, statistik hisobotning shakllarini soddalashtirish, tarmoqda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining funksional imkoniyatlaridan foydalanishni tubdan kengaytirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarida mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishga zarur bo‘lgan kapital mablag‘lar limiti ajratilishini nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston bo‘yicha iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlardan keng foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova) Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Markaziy bank (M. Normurodov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Abduxakimov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov) hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilayotgan hamda keyinchalik xalqaro statistika va moliya institutlariga taqdim etish uchun Davlat statistika qo‘mitasida jamlanadigan iqtisodiy hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar ro‘yxatini belgilasin.
5. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 275 kishidan iborat tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisiga, zarur hollarda, qo‘mita markaziy apparati, hududiy organlari va idoraga qarashli tashkilotlar tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
6. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi bo‘yicha lavozimga tasdiqlanadigan va undan ozod qilinadigan rais rahbarlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi;
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalarining boshliqlari zimmasiga:
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda aholi o‘rtasida tanlab o‘tkaziladigan statistik tekshiruvlar va so‘roqlarni sifatli amalga oshirish, korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrida yuridik shaxslar hisobga olinishi to‘liqligini ta’minlash hamda ular faoliyatining holati o‘zgarishlarini monitoring qilish;
davlat statistikasi sohasida qoidabuzarliklar profilaktikasi hamda statistika ma’lumotlarining to‘liqligi va ishonchsizliligini ta’minlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, ular uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish;
hududiy rivojlanish dasturlari amalga oshirilishi o‘z vaqtida va ishonchli statistik hisobga olinishini ta’minlash;
mintaqalar rivojlanishining tizimli tahlilini amalga oshirish yuzasidan boshqa hududiy boshqaruv organlari, mahalliy ijroiya hokimiyat organlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qilish;
Internet tarmog‘ida, ommaviy axborot vositalarida va mahalliy telekanallarda mintaqa rivojlanishini g‘oyat to‘liq tavsiflaydigan kompleks statistik va tahliliy axborotni keng yoyish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov):
taqdim etilayotgan statistika ma’lumotlarining ishonchliligini yanada oshirish maqsadida, ikki oy muddatda statistik hisobotlarni olishda statistika ma’lumotlarini chuqur tahlil qilishning takomillashtirilgan tartibini joriy etsin, ma’lumotlardagi nomuvofiqliklarni aniqlab, ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda tezkorlik bilan bartaraf etsin;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining jahon Internet axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining mazmunini statistika ma’lumotlarining oshkoraligi, shaffofligi va ochiqligi jihatidan tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin, foydalanuvchilar uchun talabgir bo‘lgan statistika axborotini, tahliliy materiallar va ma’ruzalarni joylashtirish, ma’lumotlarni turli kesimlarda vizuallashtirish, “onlayn konsultant” rejimida foydalanuvchilar bilan tezkor muloqot olib borish mumkinligini nazarda tutsin;
uy oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro nashrlarda mamlakatimiz to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlari hamda boshqa axborotni joylashtirish maqsadida yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
bir oy muddatda davlat statistikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda 2017-2018-yillarda davlat statistikasi organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi (B. Begalov) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hay’ati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rsin, hay’at zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
davlat statistikasi tizimi faoliyatining qonunchilikda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tanqidiy ko‘rib chiqish, statistika faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, respublika va hududiy darajalarda davlat statistikasi organlarining vazifalari va funksiyalarini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
davlat statistikasi sohasidagi siyosatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyat organlari bilan ishlarini muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish takliflarini ko‘rib chiqish;
davlat statistika ishlari bajarilishining natijadorligini har chorakda tanqidiy ko‘rib chiqish;
xorijiy mamlakatlarning statistika organlari bilan statistik axborot ayirboshlashni tashkil etish, shuningdek, xalqaro statistika, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga statistik axborotni taqdim etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalaridan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish asosida bajarilishini samarali nazorat qilishni ta’minlaydigan ijro intizomi darajasini oshirish, davlat statistikasi sohasida dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
hay’atning sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkillashtirish, joylarda davlat statistikasi organlari faoliyatining eng muhim masalalarini muhokama qilish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hududiy organlari rahbarlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligi oshirilishini ta’minlagan holda ularning hisobotlarini tizimli asosda tinglab turishni tashkillashtirish.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil II yarim yilligidan boshlab davlat statistika hisobotining qisqartirilayotgan shakllari ro‘yxatini 6-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hay’ati a’zolarining shaxsiy tarkibi va sonini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda o‘zlari ilgari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin. | 111 | 17,600 |
Qonunchilik | O‘LChASh VOSITALARINI TAYYoRLASh, REALIZATSIYA QILISh VA PROKATGA BERISh FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
2. “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida ko‘rsatilgan sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyati litsenziyalanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Komissiya ikki hafta muddatda:
Vazirlar Mahkamasining o‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi hamda ekspert xulosalari tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ekspert xulosalari tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh shaxsiy tarkibini tasdiqlasin.
4. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda mazkur qaror talablariga muvofiq ularni tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish litsenziyalanadigan o‘lchash vositalarining aniqlashtirilgan ro‘yxatini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyatiga va “O‘zstandart” agentligining bosh direktori R.A. Bo‘riyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom o‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
2. Litsenziyalarni berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar “O‘zstandart” agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun Agentlikda ekspert komissiyasi tashkil etadi. Ekspert komissiyasining faoliyati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi;
3. O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga beriladi.
5. O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
6. O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, sertifikatlar va boshqa hujjatlarning mavjud bo‘lishi;
Yagona o‘lchov birligini ta’minlash davlat tizimining normativ-huquqiy va amal qilinadigan hujjatlari talablariga rioya etish;
o‘lchash vositalari, o‘lchash metodikasi, saqlash shart-sharoitlari bo‘yicha normativ hujjatlarning mavjud bo‘lishi;
yuridik shaxs shtatida maxsus metrologik tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislarning mavjud bo‘lishi (yuridik shaxs bo‘lgan litsenziya talabgorlari va litsenziatlar uchun);
jismoniy shaxsning maxsus metrologik tayyorgarligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud bo‘lishi (jismoniy shaxs bo‘lgan litsenziya talabgorlari va litsenziatlar uchun);
o‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish uchun belgilangan talablarga muvofiq shart-sharoitlarning mavjud bo‘lishi.
Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab o‘tilgan litsenziya talablari va shartlaridan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami — yuridik shaxs uchun; familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari — jismoniy shaxs uchun; litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi (uning bir qismi);
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi — yuridik shaxslar uchun;
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi — jismoniy shaxslar uchun;
litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yig‘imni to‘laganini tasdiqlovchi hujjat;
o‘lchash vositalarini tayyorlash huquqi uchun “O‘zstandart” agentligining respublika metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi tomonidan, belgilangan tartibda berilgan: o‘lchash vositalari tipini tasdiqlash sertifikati, davlat reyestri uchun o‘lchash vositalari tipining tavsifi yoki metrologik attestatsiya sertifikati;
o‘lchash vositalarini realizatsiya qilish va prokatga berish huquqi uchun o‘lchash vositalarini saqlash uchun shart-sharoitlar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etiladi.
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Hujjatlar Agentlikka litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar Agentlikning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi);
9. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
10. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari, jismoniy shaxslardan — uch baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi Agentlikning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
11. O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
12. Agentlik litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya berish haqida qaror qabul qilingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi Agentlik va litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Agentlik tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va Agentlik uchun bir nusxadan tuziladi.
13. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Agentlik rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar Agentlik tomonidan rasmiylashtiriladi va Agentlikning bosh direktori (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
14. Litsenziya litsenziya talabgori davlat boji to‘laganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda Agentlik tomonidan beriladi.
15. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Agentlikka litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Agentlik litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
16. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek Agentlikning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
17. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
18. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgorlari arizalari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
19. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda Agentlikka ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi o‘zgargan taqdirda, litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda Agentlikka ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
20. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
21. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda Agentlik litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish Agentlik tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im Agentlikning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
22. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza Agentlikka litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
23. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Agentlikning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
24. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Agentlik tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
25. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Agentlik o‘z vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish masalasi bo‘yicha qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
o‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari to‘g‘risidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar ko‘rish uchun soliq organlariga belgilangan tartibda yuborish.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida Agentlikning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Agentlikda qoladi.
27. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
28. Agentlikning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Agentlik qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, agentlik litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
29. Agentlik litsenziyalar reyestrini yuritadi. Reyestrda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni — yuridik shaxs uchun;
familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, yashash joyi, telefoni – jismoniy shaxs uchun;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
litsenziyalarning umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
30. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
31. O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji mablag‘lari respublika budjetiga o‘tkaziladi.
1. Sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish.
2. Moddiy boyliklar va energetika resurslarini hisobga olish.
3. Savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini amalga oshirish, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish.
4. Toksik, tez o‘t oladigan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish va yo‘q qilish.
5. Davlat mudofaasini ta’minlash.
6. Mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash.
7. Sertifikatlanadigan mahsulotlarning xavfsizligi va sifatini aniqlash.
8. Geodeziya va gidrometeorologiya ishlari .
9. O‘lchov vositalarining davlat sinovlarini, ularni tekshirish, kalibrlash, ta’mirlashni amalga oshirish va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish.
10. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish.
11. Milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd etish. | 139 | 17,920 |
Qonunchilik | Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlari o‘tkazish vaqtida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi”ni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) muvofiq buyuraman:
1. Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlari o‘tkazish vaqtida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) (bundan keyingi o‘rinlarda standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasida soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.
1. Ushbu standartning maqsadi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlarini o‘tkazish vaqtida soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash hisoblanadi.
2. Mazkur standart talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.
3. Mazkur standart bir martalik (bir yo‘la) xizmatni ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga tatbiq etilmaydi.
4. Soliq tekshiruvlari o‘tkazish vaqtida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar (keyingi o‘rinlarda xizmatlar deb yuritiladi) shartnoma asosida ko‘rsatiladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tekshiruv vaqtida vujudga kelayotgan aniq ko‘rsatilgan savollar bo‘yicha xulosa berish, ushbu savollar bo‘yicha mijozning (ishonch bildiruvchining) davlat soliq xizmati organlari oldidagi nuqtai nazarini tasdiqlovchi hujjatlarni (isbotlarni) taqdim etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
soliq tekshiruvi doirasida amalga oshirayotgan harakatlarni kuzatib borish (soliq to‘lovchining hududi va joylarini ko‘zdan kechirish, mol-mulkini inventarizatsiya qilish, hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish va boshqalar) hamda o‘tkazilayotgan harakatlar qonuniyligi to‘g‘risida mijozga (ishonch bildiruvchiga) xulosa taqdim etish;
soliq tekshiruvi natijalarini (soliq tekshiruvi dalolatnomasini) muhokama qilishda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari oldida mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifoda etish.
5. Shartnomada soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarori ustidan shikoyat berish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash nazarda tutilishi mumkin.
6. Mazkur standartga muvofiq xizmat ko‘rsatayotgan soliq maslahatchilari tashkiloti soliq tekshiruvi materiallarida isbot sifatida mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar to‘g‘riligi bo‘yicha xulosa berish va fikr bildirishga haqli emas.
Soliq maslahatchilari tashkiloti xulosalar tayyorlashda, o‘zining fikriga ko‘ra huquqiy jihatdan xatarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan hujjatlardan va ma’lumotlardan isbot sifatida foydalanmaslik huquqiga ega va bu haqda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni ko‘rsatgan holda, mijozga (ishonch bildiruvchiga) xabar beradi.
7. Soliq maslahatchilari tashkiloti xizmat ko‘rsatish jarayonida olingan mijozga (ishonch bildiruvchiga) tegishli ma’lumotni uning roziligisiz davlat soliq xizmati organlariga va boshqa shaxslarga ma’lum qilishga haqli emas.
8. Soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi xulosa va fikrlar yuzasidan soliq maslahatchilari tashkilotining fikrini bildirish, hamda ushbu xulosa va fikrlar bo‘yicha shikoyat berish yuzasidan takliflar, soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo‘yicha e’tirozlar tayyorlash faqat yozma ravishda beriladi.
9. Soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan ko‘rsatilgan xizmat bo‘yicha hisobot tuzishda, hisobotda majburiy tartibda soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishda va u bo‘yicha qaror qabul qilishda soliq maslahatchilari tashkilotining inobatga olinmagan asoslangan e’tirozlari mavjud bo‘lgan davlat soliq xizmati organining nuqtai nazari ko‘rsatiladi.
10. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq maslahati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish soliq tekshiruvi boshlangan muddatdan qat’i nazar, boshlanadi.
11. Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 207 | 4,383 |
Qonunchilik | Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Surxondaryo viloyati hokimligining Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Imom Termiziy xalqaro markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanishi e’tiborga olinsin:
islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda termiziy allomalar, yurtimizdan yetishib chiqqan mutafakkir zotlar merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish;
yuksak insoniy g‘oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib borish;
turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi kunda ajdodlarimizning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ulardagi ezgu g‘oya va ta’limotlarni keng xalq ommasiga yetkazish va shu asosda yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirish, ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash;
Imom Termiziy va termiziy allomalarning boy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida xorijiy ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiya, simpozium, ko‘rgazma, ilmiy ma’ruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
mamlakatimizda hamda xorijiy davlatlarning kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan termiziy allomalar hamda buyuk mutafakkirlarimizning qo‘lyozma va toshbosma asarlari nusxalarini, ular haqidagi kitoblarni to‘plash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
ma’naviy merosimizni o‘rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanishga doir tegishli ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash.
3. O‘zbekiston musulmonlari idorasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda bir oy muddatda Markazning tuzilmasi va Nizomini tasdiqlash, uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Markaz binosi va uning kutubxonasini qurish, zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmalarni barpo etish hamda rivojlantirish loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
4. Markaz faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Termiziy yodgorlik majmuasi, homiylik xayriyalari hamda xorijiy mamlakatlar va xalqaro diniy-ilmiy markazlarning mablag‘ va grantlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
5. Mahalliy va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarning qurilish va obodonlashtirish ishlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lari uchun Markazning hisob raqami ochiq ekani qayd etilsin.
Markazni tashkil etish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan homiylik xayriyalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan ozod qilinsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmalariga yuklansin. | 89 | 4,267 |
Qonunchilik | OILAVIY KORXONA TOMONIDAN FOYDALANIShGA YO‘L QO‘YILMAYDIGAN MODDALAR, MATERIALLAR VA ASBOB-USKUNALAR RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oilaviy korxona tomonidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydigan moddalar, materiallar va asbob-uskunalar ro‘yxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin hamda 2012-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning oilaviy korxonalarga yetkazilishini va ular tomonidan unga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, boshqa vakolatli davlat organlari oilaviy korxonalarga faoliyatning ayrim turlariga litsenziyalarni, shuningdek ishlarning ba’zi turlariga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga qat’iy amal qilsinlar.
4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek “Mahalla” fondi bilan birgalikda, oilaviy korxonalar faoliyati tahlilini hisobga olgan holda, zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatni kengaytirish yoki undan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarni chiqarish yuzasidan takliflar kiritsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin. | 134 | 1,735 |
Qonunchilik | Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining “Demokratik kuchlar bloki”ni tuzish to‘g‘risidagi bayonoti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining “Demokratik kuchlar bloki”ni tuzish to‘g‘risidagi bayonoti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 221 | 392 |
Qonunchilik | Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida | Sport-ta’lim muassasalari faoliyati rivojlanishining o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash, ularda olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zaxirasini tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ularni boshqarish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, moddiy-texnik va resurs imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturining maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) 3-ilovaga muvofiq;
2022 — 2025-yillarda olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
a) sport bino va inshootlarida qurilish-ta’mirlash ishlari faqatgina oldindan ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asosnomaga muvofiq amalga oshiriladi;
b) olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash uchun Davlat budjetidan 2022-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili qo‘shimcha:
qurilish-ta’mirlash ishlariga — 50 milliard so‘m;
zamonaviy sport jihozlari, texnologiya vositalari, asbob-uskunalar va maxsus sport kiyimlari bilan ta’minlashga — 10 milliard so‘m;
tibbiyot bo‘limlarini zamonaviy asbob-uskunalar, dori-darmon va tiklantiruvchi vositalar bilan jihozlashga — 10 milliard so‘m;
zamonaviy o‘quv adabiyotlarini chop etish va xarid qilishga — 2 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
3. Qurilish vazirligi (B. Zakirov):
Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarda o‘rganishlar olib borgan holda, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari uchun qo‘shimcha quriladigan zamonaviy o‘quv, yotoqxona, oshxona, tibbiyot binolari va sport inshootlarining namunaviy loyihalarini tasdiqlasin. Bunda, ularning sport inshootlarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni ko‘zda tutsin;
mazkur qaror asosida obyektlarning loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari ishlab chiqilishida eng maqbul me’moriy hamda texnik yechimlar qo‘llanilishini, ularni innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
4. Sportni rivojlantirish vazirligi:
a) Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining tibbiyot bo‘limlarida foydalaniladigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari ro‘yxatini tasdiqlasin;
2021-2022-yillar davomida olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining tibbiyot bo‘limlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda malakali mutaxassislarni jalb qilish choralarini ko‘rsin;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilarining hududlardagi ixtisoslashtirilgan markaziy shifoxonalarga maxsus kontingent sifatida biriktirilishini ta’minlasin;
b) ikki oy muddatda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda sport-ta’lim muassasalari tomonidan respublika va jahon axborot-resurslaridan masofadan turib foydalanish tizimini yaratsin;
v) 2023-yil 1-yanvarga qadar:
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti kutubxonasini sport turlari, umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha 8 000 dona;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari kutubxonalarini sport turlari, umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha 7 000 dona;
boshqa sport-ta’lim muassasalarining kutubxonalarini sport turlari bo‘yicha 35 000 dona xorijiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Belgilansinki, sport turlari, umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va ta’lim muassasalariga yetkazib berish bilan bog‘liq 10 milliard so‘mlik xarajatlar birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Turizm va sport vazirligiga 2022-yilda respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi, kelgusi yillarda ushbu muassasalarning kutubxona fondini boyitib borish ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
g) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan sportchilar tomonidan tashkil etilgan nodavlat sport-ta’lim muassasalari mashg‘ulotlarini olib borish uchun davlat tasarrufida bo‘lgan zarur bino va inshootlarning ijara to‘lovlarisiz ularga taqdim etilishini ta’minlasin;
d) 2022-yil 1-iyulga qadar olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlayotgan nodavlat sport-ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
e) o‘z tizimidagi barcha turdagi sport bino va inshootlarida turniket (lazer-datchikli) va video qayd qilish moslamalarini o‘rnatish ishlarini Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirsin.
5. Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) Hisob palatasi (B. Turabov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov) bilan birgalikda oxirgi 3 yilda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan:
qurilgan, shu jumladan rekonstruksiya qilingan, mukammal ta’mirlangan va jihozlangan sport obyektlarini;
Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport-ta’lim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va boshqa davlat sport tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar va xizmatlarni joyiga chiqqan holda o‘rgansin.
O‘rganish jarayonida sarflangan mablag‘lardan oqilona, tejamkor va samarali foydalanganligi, tender va tanlovlar ochiq va shaffof holda o‘tkazilganligi, korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaganligi, davlat xaridlarining boshqa asosiy prinsiplariga to‘liq rioya qilinganligiga qonuniy baho berilsin.
6. Sport-ta’lim muassasalari hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutini jihozlash hamda faoliyatini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha Turizm va sport vazirligi tomonidan olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, maxsus transport vositalari, multimedia mahsulotlari, tibbiyot trenajyorlari, adabiyotlar, sun’iy hamda tabiiy maydon qoplamalari va inventarlar 2024-yil 1-oktabrga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi mazkur bandga asosan xorijdan olib kelinadigan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona boji summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan holda Davlat budjetiga undirilishini ta’minlasin.
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Davlat budjeti, shuningdek, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxs, ustav kapitalining 50 foizi va undan ortig‘i ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxs (keyingi o‘rinlarda — davlat ulushi mavjud tashkilotlar) hisobidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va sport federatsiya (assotsiatsiya)larining daromadlari va xarajatlari smetasi har yili Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
daromadlar va xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lardan ortiqcha xarajat qilishga hamda smetada ko‘zda tutilmagan xarajatlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va sport federatsiya (assotsiatsiya)lari Davlat budjeti va davlat ulushi mavjud tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlari to‘g‘risidagi batafsil hisobotni har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Sportni rivojlantirish vazirligi va o‘zlarining veb-saytlarida e’lon qilib boradi. Bunda, xarajatlar e’lon qilinmaganda moliyaviy huquqbuzarlik deb baholanadi;
sport musobaqalarini o‘tkazish uchun budjet mablag‘lari faqat har yili tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi asosida ajratib boriladi;
Davlat budjeti va davlat ulushi mavjud tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan sport tadbirlari uchun ajratiladigan mablag‘larning samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy ravishda davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan nazorat o‘rnatiladi;
amalga oshirilayotgan xarajatlarning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, xarajatlarning shakllanishi va sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida barcha turdagi xarajatlar har oyda majburiy tarzda maxsus sport tizimini boshqarish platformasida e’lon qilib boriladi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarda sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilsin, har yili sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq hududiy sport musobaqalarini to‘liq hajmda moliyalashtirish hamda yuqori saviyada o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
9. Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) uch oy muddatda:
a) Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan yozgi XXXII Olimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz faoliyatini targ‘ib etish tizimini joriy qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin:
mazkur sportchilarimiz tahsil olgan sport-ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarda ularning ibratli faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilish;
ko‘rgazmalarga yoshlarni keng jalb qilish, ularda sport ruhiyatini yuksaltirish, bolalar o‘rtasida sport tarbiyasini kuchaytirish;
targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda tashkil etish orqali yoshlarni sportga, ayniqsa, olimpiya va paralimpiya sport turlariga jalb qilish;
b) Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolov nomlaridagi sport mahorati maktablarini tashkil etish va ular uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin;
v) sportda yuksak natijalarga erishib, sport jarohatlari olganligi yoki sport faoliyatini yosh ko‘rsatkichlariga ko‘ra tugatgan yuksak malakali sportchilarni keyingi faoliyatini davom ettirishi uchun kasbga yo‘naltirish, ularni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ajratilgan mablag‘lar doirasida:
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid brifinglar, press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin;
Kinematografiya agentligi bilan birgalikda yoshlarning sportga kirib kelishidan boshlab ularning yuqori natijalarga erishish yo‘li, nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va bugungi kundagi hayoti to‘g‘risida qisqa metrajli badiiy va hujjatli filmlar, videoroliklar, maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston chempionati (kubogi), mamlakatimizda o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro musobaqalar (turnirlar)ning ular o‘tkazilishidan kamida ikki oy oldin tasdiqlangan media-reja asosida ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot qilinishini amaliyotga joriy etsin.
11. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi R.M. Shaabduraxmanov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-iyundagi “2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash hamda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5160-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Dastur sport ta’limi tizimini rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda ular bo‘yicha dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Sport ta’limi tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asosan amalga oshiriladi:
a) sport ta’limi tizimining mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, malakali professional pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish:
trener-o‘qituvchilar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlarida ta’limning pedagogika, didaktika, amaliy pedagogik psixologiya, metodika, umumkasbiy va maxsus fanlarga alohida e’tibor qaratgan holda, o‘quv materiallarini va pedagogik baholashni ishlab chiqish orqali pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
ta’lim berishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirish, pedagogik psixologiyani tushunish, pedagogik kompetentlik hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashni ko‘zda tutgan holda trener-o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;
sport-ta’lim muassasalarida trener-o‘qituvchilarning sifat tarkibini, xususan bakalavr darajasiga ega bo‘lgan trenerlar sonini bosqichma-bosqich oshirish;
sport ta’limi tizimi uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini, shu jumladan yosh kadrlar kirib kelishini rag‘batlantirishni qo‘llab-quvvatlash;
avvalo olis va chekka hududlarda joylashgan, o‘quvchilar soni kam bo‘lgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari trenerlariga qo‘shimcha yangi ixtisosliklar va malakalarni o‘zlashtirishga imkon beradigan sport ta’limi infratuzilmasini shakllantirish;
sport ta’limi sohasida rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha standartlashtirilgan dastur ishlab chiqish hamda “Sport ta’limi sohasida menejment” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish tizimini yaratish;
sport-ta’lim muassasalari rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlar o‘rtasida tanlov asosida saralash amaliyotini joriy qilish va ularni rag‘batlantirishni kuchaytirish;
trener-o‘qituvchilarning masofadan malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi samaradorligini oshirish va qamrovini kengaytirish;
malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish mazmuni va usullarini yangilash, baholash tizimini qayta ko‘rib chiqish;
trenerlar tayyorlovchi tegishli yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim yo‘nalishlari uchun qabul kvotalarini oshirish, Turizm va sport vazirligining asoslangan tavsiyasiga asosan trenerlarga ehtiyoj katta bo‘lgan olis va chekka hududlardagi abituriyentlar uchun umumiy qabul kvotalari doirasida imtiyozli qabul kvotalarini belgilash mexanizmini joriy etish;
o‘quvchi-sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy hamda texnik-taktik darajasini baholashga yo‘naltirilgan xalqaro tajribalardan foydalanib sportchining sifat darajasini baholash milliy tizimini yaratish;
trenerlarning malaka talablarini, shuningdek, yangilangan standartlarini joriy etish uchun egallanadigan amaliy ko‘nikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy etish;
yosh trenerlarni, ularning xizmat mavqeyi o‘sishini hisobga olgan holda, kasbiy qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikda ishlash mexanizmini takomillashtirish;
sport-ta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish;
sport-ta’lim muassasalarining ta’sis hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, ularning sportchilar, trenerlar va jamiyat oldidagi mas’uliyatini oshirish;
sport ta’limi tizimini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan xalqaro me’yorlar va standartlarni implementatsiya qilish;
b) iqtidorli va iste’dodli yoshlar bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish:
sport musobaqalarini o‘tkazish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va qobiliyatli, iqtidorli sportchilarni aniqlashda shaffoflikni ta’minlash, baholash mezonlarini mos ravishda tegishli xalqaro qoidalarga va mezonlariga moslashtirish;
bolalar-o‘smirlar sport maktablari, shu jumladan ularning filiallarini tashkil etish;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari kontingentini olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha shakllantirish;
respublika oliy sport mahorati maktablarining ilmiy salohiyatga ega trenerlar jamoasini bolalar-o‘smirlar sport maktablarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga va sport darajasi sifatini baholashga jalb qilish;
sport-ta’limi muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilishda shaffoflikni ta’minlash;
bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablariga o‘quvchilarni qabul qilishda ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi bo‘yicha sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirganligiga alohida e’tibor qaratish;
davlat buyurtmasiga asosan sport-ta’lim muassasalari tomonidan razryadli va unvonli sportchilar tayyorlash tizimini joriy etish;
hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan yangi tizimini joriy qilish maqsadida maxsus sport tizimini boshqarish platformasini yaratish va kelgusida uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash;
sport-ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini ishlab chiqish va tasdiqlash;
yetuk va professional sportchilarni tayyorlash uchun sport-ta’lim muassasalarining sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorligini kuchaytirish;
xalqaro tajribani o‘rganish asosida iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport maydonlarida munosib qatnashadigan professional sportchilarni tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodikalarini amaliyotga joriy etish.
v) o‘qitish usullarini takomillashtirish, mashg‘ulot jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish:
kichik yoshdan o‘quvchilarda sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda sport turini tanlash, sportda natijaga erishishni mustaqil rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish;
zamonaviy darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish;
sport-ta’lim muassasalari kutubxonalarini o‘quvchilar mustaqil tayyorlanadigan zamonaviy (smart) markazlarga aylantirish, ularning foydali maydonlarini kengaytirish va moddiy-texnik jihozlash, yagona axborot tizimiga birlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron resurslariga ulash;
sport-ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, muqobil yondashuvlarni o‘rganishga va ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan amaliy xarakterdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lmagan fanlar asosida tuzilgan o‘quv dasturlaridan bosqichma-bosqich voz kechish, o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari sonini optimallashtirish;
olimpiya va paralimpiya sport turlarining tarixi, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi, sportchilar va trenerlarni kompleks tayyorlash kabi masalalarga qattiq e’tibor qaratish;
g) o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni, ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishini ta’minlash:
sport-ta’lim muassasalari shug‘ullanuvchilari o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini ommalashtirish;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilarini ovqatlantirish hamda xo‘jalik xizmatlarini autsorsing shartlari asosida amalga oshirish;
salomatlikni muhofaza qilish va sportda farmakologik ta’sirga ega dori preparatlari va boshqa moddalardan qonuniy foydalanish borasida sportchilar, trenerlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish tadbirlarini o‘tkazish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tarbiyasida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlarini olib borish;
rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda sport-ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlik (bulling)ning oldini olishga qaratilgan dasturlarni joriy etish;
d) jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilarga ko‘rsatiladigan sport xizmatlari sifatini yaxshilash:
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar ta’lim oladigan sport-ta’limi muassasalari binolari, inshootlari, sport bazalari va boshqa obyektlariga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, kasblarga o‘qitish uchun zarur bo‘ladigan uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek, tegishli kadrlar (pedagog-defektolog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar va boshqalar) bilan ta’minlash;
jamoatchilik o‘rtasida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan bolalarning bilim olish hamda sport bilan shug‘ullanish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilarning moslashishi va integratsiyasi uchun olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarini maxsus jihozlar bilan ta’minlash;
e) sport-ta’lim muassasalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish:
barcha sport-ta’lim muassasalarini yagona ma’lumotlarni uzatish tarmog‘iga birlashtirish hamda foydalanish uchun ruxsat etilgan Internet tarmog‘i resurslarini avtomatik filtrlash orqali “Xavfsiz Internet” konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
ichki lokal tarmoqlarni yaratish, o‘quv sinfxonalarini, o‘qituvchilar hamda muassasa ma’muriyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalari, xususan kompyuter texnikasi, interaktiv doska, planshet va boshqa jihozlar bilan ta’minlash;
Turizm va sport vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyatining boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, yangiliklar, xavf-xatarlar va muammolarga o‘z vaqtida munosib ravishda e’tibor qaratish uchun axborot almashinuvining samarali tizimini shakllantirish;
sport-ta’lim muassasalarining mavjud darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini to‘liq elektron formatga o‘tkazish;
sport-ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning davomati monitoringini ta’minlovchi biometrik tizimni joriy etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda sport ta’limi tizimida kompyuterlashtirish darajasini oshirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangi avlod darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini tayyorlash va chop etishni tashkillashtirish;
sport ta’limi tizimi boshqaruvi sohasiga ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish;
budjetdan tashqari manbalardan, homiylardan mablag‘lar tushishi va taqsimlanishini nazorat qilish maqsadida raqamli onlayn-platformalarni yaratish;
sport ta’limi tizimida multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko‘rish;
elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab va ko‘chirib olish maqsadida kutubxonalarda QR-kod yordamida elektron kitoblar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;
sport-ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning sport natijalarini QR-kodlantirish;
j) sport ta’limi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmini yaratish:
sport ta’limi tizimi davlat xizmatchilarining professional korpusini yaratish, ularning huquqiy maqomi, klassifikatsiyasi, xizmatga qabul qilishning shaffof mexanizmlari (tanlov asosida), kadrlar zaxirasini shakllantirish, odob-axloq normalariga rioya etilishini ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
sport ta’limi tizimida davlat xizmatining jozibadorligini oshirish, korrupsiyaning yuzaga kelish xavfi va mansab suiiste’molchiligini kamaytirish imkonini beradigan davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minotining zamonaviy tizimini yaratish;
Turizm va sport vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini kuchaytirish, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish orqali sport-ta’lim muassasalari va aholi bilan o‘zaro ishlashda ortiqcha ma’muriy sarf-xarajatlarga barham berish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va uslublarini joriy etish;
ish vaqti va moddiy ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlarini keng joriy etish hisobiga sport ta’limi tizimi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish;
sport-ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ular bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorligini kuchaytirish;
sport-ta’lim muassasalaridagi uskunalar, maxsus transport vositalari, kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, tibbiyot trenajyorlari, adabiyotlar, qurilish materiallari, sun’iy hamda tabiiy maydon qoplamalari va inventarlardan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash, budjet mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanish;
sport musobaqalari, konferensiya, ko‘rgazma va boshqa tadbirlarni o‘tkazish orqali mamlakatning sport ta’limi sohasidagi yutuqlarini keng yoritish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash;
z) sport-ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni moliyalashtirish samaradorligini oshirish:
ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda bosqichma-bosqich qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarida ilg‘or texnologiyalar va muhandis yechimlariga tayanish, mazkur ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan keng foydalanish, ularni shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini ta’minlash;
sport ta’limi tizimida qulay investitsiya muhitini yaratish, xususiy sektorni sport-ta’lim muassasalarining quvvatlarini oshirishga yanada rag‘batlantirish va manfaatdorligini oshirish;
nodavlat sport-ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, sport ta’limi tizimida raqobat muhitini oshirish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa sport-ta’lim muassasalaridan yetishib chiqqan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon chempionatlari (kuboklari) g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan sportchilarning maktablari (klublari)ni tashkil etish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
oilaviy nodavlat sport ta’limi tizimini joriy qilishning huquqiy asoslarini yaratish;
“Zamonaviy sport inshooti” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida sport-ta’lim muassasalari uchun xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi sport inshootlarni barpo etish va muqaddam qurilgan yangi binolarni zamonaviy inshootlar namunasiga moslashtirishni ta’minlash;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida tibbiyot bo‘limlarini tashkil etish, ularni kardiologiya, travmatologiya, stomatologiya va boshqa zarur yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda malakali mutaxassislarni jalb qilish;
sport-ta’lim muassasalarining o‘quv xonalari va laboratoriyalarini zamonaviy mebel, jihozlar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash;
sport-ta’lim muassasalarida pullik xizmatlarni ko‘rsatishni kengaytirish, homiylik va xayriya mablag‘lari hisobidan budjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish amaliyotini joriy etish;
sport-ta’lim muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ko‘mir, ichimlik suvi va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash. | 86 | 29,929 |
Qonunchilik | Oliy ta’lim muassasasiga kirish: birinchi yil bepul, keyin – 0,5 EKIH | Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridagi islohot: biryoʻla uchtagacha yoʻnalishda tanlovda ishtirok etish mumkin; testlar iyul–avgustda oʻtkaziladi; ta’lim muassasalarini oʻtgan yillarda bitirgan abituriyentlardan toʻlov undiriladi va h.k. (14.05.2019 yildagi PQ–4319-son qarorga qarang).
Eslatib oʻtamiz, joriy yil fevralda ushbu hujjat loyihasi muhokama qilingan edi. Yakuniy tahririning ayrim jihatlari farqlanadi, shu sababli yangiliklarga batafsil toʻхtalib oʻtamiz.
Birinchidan, 2019/2020 oʻquv yili qabulidan boshlab abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir хil boʻlgan 3 tagacha bakalavriat ta’lim yoʻnalishida ishtirok etishlari mumkin. Shu tariqa, sohiblariga biryoʻla bir nechta oliy ta’lim muassasasiga kirish imkonini beradigan maхsus sertifikatlarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklif qabul qilinmadi.
Ikkinchidan, 2019/2020 oʻquv yili qabulidan boshlab oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish test sinovlari iyul–avgust oylarida oʻtkaziladi (ilgari – 1 avgustdan 15 avgustgacha).
Uchinchidan, 2020/2021 oʻquv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki boʻlimga ajratiladi. Birinchisiga – barcha uchun majburiy 3 ta fan: ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq), matematika va Oʻzbekiston tariхi, ikkinchisiga esa abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga mos 2 ta fan kiritiladi. Bunda hujjatda ona tili boʻyicha alohida sinov oʻtkazilishi nazarda tutilmagan.
! Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini oʻtkazishning aniq muddatlari Ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Toʻrtinchidan, test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun toʻlov undiriladi. Masalan, 2018 yilda va undan avval maktabni (kasb-hunar kollejini, akademik litseyni yoki oliy ta’lim muassasasini) bitirgan abituriyentlar 2019 yilda toʻlov toʻlashlari kerak.
Toʻlov miqdori 0,5 EKIHni tashkil etadi. Nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat ta’minotidagi shaхslar undan ozod qilinadi. Shu tariqa, loyiha bilan solishtirganda, toʻlov miqdori ikki baravar pasaytirilgan, imtiyoz beriladiganlar doirasi esa kengaytirilgan.
Beshinchidan, toʻplangan ballar haqidagi ma’lumot test oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining saytida ham e’lon qilinadi. Talabalikka tavsiya etilgani yoki tavsiya etilmagani boʻyicha tanlov natijasi esa test sinovlarini oʻtkazish jarayoni toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida ma’lum boʻladi.
Oltinchidan, shu yildan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar faqat Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qiladilar. Tegishli meхanizm ishlab chiqilgan, batafsil – bu yerda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 69 | 3,084 |
Qonunchilik | TERMIZ ShAHRINING 2500 YILLIGINI NIShONLAShGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA | Termiz shahrining jahon tarixi va madaniyatida tutgan alohida o‘rnini hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1999-yil noyabr oyida Parijda o‘tgan 30-sessiyasi Termiz shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qaroridan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasining Termiz shahrining 2500 yilligi yubileyini 2001-yilda YUNESKO rahnamoligida dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarori to‘la qo‘llab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin.
2. Termiz shahrining 2500 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Respublika tashkiliy qo‘mitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda Termiz shahri yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi YUNESKO ekspert mutaxassislari bilan birgalikda Termiz shahrining asosiy turistik yo‘nalishida joylashgan noyob tarixiy-madaniy obidalarni 2000-2001-yillarda ta’mirlash va obodonlashtirish dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tashkiliy qo‘mita tasdig‘iga kiritsinlar.
Dasturda 2000-2001-yillarda bajariladigan ishlar alohida belgilab qo‘yilsin va ular uchun tegishli mablag‘ ajratilsin.
4. Surxondaryo viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Termiz shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yanada. yaxshilash, aloqa-transport, sog‘liqni saqlash va madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarini ishlab chiqsin va uni amalga oshirishga kirishsin.
5. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi xorijiy va mahalliy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash choralarini ko‘rsin, xorijiy sayyohlarni mamlakatimizning, xususan Surxon vohasining tarixiy-madaniy merosi bilan tanishtirish chora-tadbirlarini belgilasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Termiz shahrining milliy madaniyatimiz tarixida tutgan o‘rni haqida ilmiy, ilmiy-ommabop nashrlarni, turli taqvim va bukletlarni, kitoblar va boshqa asarlarni chop etishni rejalashtirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 2001-yilda Termiz shahrida “Termiz shahrining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Termiz shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan pochta markalari va xatjildlar chiqarsin.
9. “O‘zbekkino” kompaniyasi Termiz shahrining 2500 yilligi to‘g‘risida hujjatli film yaratishni o‘z rejasiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Termiz shahri yubileyini o‘tkazish uchun 2000-2001-yillardagi tayyorgarlik ishlarini bajarishga har yili belgilangan tartibda mablag‘ ajratsin, shu jumladan Surxondaryo viloyati mahalliy budjetidan, shuningdek viloyat tashkilotlari va korxonalarining homiylik badallari hisobiga qoplanishini nazarda tutsin.
11. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA va ommaviy axborot vositalari Termiz shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, Surxon vohasining o‘ziga xos san’atini targ‘ib etuvchi video, telefilmlar yaratishni, yubileyga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini keng yoritishni ta’minlasinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin. | 95 | 3,662 |
Qonunchilik | Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar mazkur Farmon qabul qilingan sanada yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘taganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda berilgan tasdiqnomaga ega bo‘lgan shaxslarga, ular pensiya yoshiga yetganda tatbiq etiladi.
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagani to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni:
sanatoriy-kurortga har yilgi bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlash, tibbiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda ishlayotganlar uchun ish joyi bo‘yicha O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug‘urta budjeti mablag‘lari hisobiga, ishlamayotganlar uchun esa bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari orqali davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
bepul protez-ortopediya buyumlari (tishni protezlashdan tashqari) va eshitish apparatlari bilan ta’minlash belgilangan tartibda berilgan tibbiy xulosalarga binoan amalga oshiriladi.
3. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogironligi bo‘lgan shaxs shaxslarga sog‘lomlashtirish uchun har yili bir yo‘la beriladigan moddiy yordam:
ishlamayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga — yashash joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan;
ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga — asosiy ish joyidan to‘lanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi radiatsiyadan zarar ko‘rgan sobiq harbiy xizmatchilardagi rivojlangan kasalliklar sabablarini va ularning professional xarakterini aniqlash metodini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Shu asosda yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarning pensiya yoshi surishtirib aniqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarning imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomasi shaklini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda ushbu guvohnomalarning tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari orqali berilishini amalga oshirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 28-fevraldagi 71-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 12-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga” so‘zlaridan keyin “yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogiron xodimlarga” so‘zlari qo‘shilsin. | 182 | 3,612 |
Qonunchilik | Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tash | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini va xizmatchilarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibotlarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi*”.
2. Izohning ikkinchi xatboshidagi “8” raqamidan keyin “22” raqami qo‘shilsin. | 250 | 1,127 |
Qonunchilik | Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 25-maydagi 111-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2231, 2011-yil 25-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 20-21-son, 218-modda) bilan tasdiqlangan Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
1. 2-bandning to‘qqizinchi xatboshisidagi “davlat notarial idoralariga” degan so‘zlar “notarial idoralarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 7-bandning yettinchi xatboshisidagi “ruhiy kasalligi” degan so‘zlar “ruhiy holatining buzilganligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 15-bandning “v” kichik bandidagi hamda 22-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “davlat notarial idorasiga” degan so‘zlar “notarial idoraga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovadagi jadvalning yettinchi ustunidagi “davlat notarial idorasiga” degan so‘zlar “notarial idoraga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 2 va 3-ilovalarning matnidagi “davlat notarial idorasining” va “davlat notarial idorasiga” degan so‘zlar tegishli ravishda “notarial idoraning” va “notarial idoraga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 9-ilova matnidagi “davlat notarial idorasining” degan so‘zlar “notarial idoraning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 181 | 2,202 |
Qonunchilik | “AHOLINI ISh BILAN TA’MINLASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Konuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Ahborotnomasi, 1992-yil, № 4, 175-modda) quyidagi o‘zgartishlar hamda qo‘shimchalar kiritilsin:
1. 2-modda 2-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “o‘rta maxsus” degan so‘zlardan keyin “harbiy” degan so‘z kiritilsin.
2. 3-moddaning birinchi qismidagi “o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
3. 4-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun mehnat birjasi tomonidan taklif qilingan, ularning kasb tayyorgarligiga mos bo‘lgan, yoshini, sihat-salomatligini, mehnat stajini va oldingi kasbi bo‘yicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini hisobga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi”.
4. 7-moddaning 3-bandi quyidagi gap bilan to‘ldirilsin:
“Bunday imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
5. 16-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aholini ish bilan ta’minlash dasturining mazmuni, uni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan begilanadi”.
6. 17-moddaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyat hokimliklarining tavsiyasiga binoan har yili ishchi o‘rinlari kengaytirilishi respublika Hukumati tomonidan rag‘batlantiriladigan hududlarni belgilaydi”.
7. 19-modda:
3-bandidagi “ish bilan ta’minlash davlat xizmatining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Chet ellarda fuqarolarni, shuningdek chet ellarda ishlash yuzasidan xususiy mehnat bitimlariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, O‘zbekistonga ishga kelgan chet el fuqarolarini ishga yollash va ishga joylashtirish bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyat ko‘rsatishiga, kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ishga joylashtirish bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning faoliyat ko‘rsatishiga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi beradigan litsenziyaga binoan ruxsat etiladi”.
8. 21-modda:
1-bandi oltinchi xatboshisidagi “belgilangan muddatda shuningdek, ommaviy ravishda” degan so‘zlar “har oyda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-bandining to‘rtinchi qismidagi “holdagina” degan so‘zdan keyin “qisqartiriladi yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
9. 23-moddaning 2-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan, ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish xizmati va ularning tuman bo‘limlari qoshida ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida ochilgan korxonalar tijorat faoliyatidan olinadigan foydadan undiriladigan soliqlardan, shuningdek davlat va bojxona bojlari to‘lovlaridan ozod qilinadi”.
10. 24-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini bajarishga doir shartnomalar davlat ish bilan ta’minlash xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tgan va ishsizlik maqomi olgan fuqarolar bilan 2 oygacha (bu muddatni uzaytirish huquqi bilan) muddatga tuziladi;
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan shaxslarga to‘lanadigan ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan qismi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, qolgan qismi esa mahalliy budjet mablag‘laridan va aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi”.
11. 25-moddaning 1-bandi birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Davlat ish bilan ta’minlash xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan va ishsizlik maqomi olgan shaxslarni kasbga o‘rgatish, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, basharti…”
12. 27-modda:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Xodimlar soni (shtatlar) qisqarishi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgan xodimlarning ish qidirish davrida oldingi ish joyidagi ikki oylik o‘rtacha ish haqi (ishdan bo‘shatish nafaqasi qo‘shib hisoblaganda) saqlanib qoladi. Xodimlar ishdan bo‘shatilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida davlat ish bilan ta’minlash xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tsalar uchinchi oy uchun ham oldingi ish joyidan o‘rtacha ish haqini davlat ish bilan ta’minlash xizmatlarining ma’lumotnomasiga binoan olishga haqlidirlar. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan xodimlar har qanday holatda ham ishdan bo‘shagan vaqtdan boshlab uch oy muddat ichida mehnat stajini saqlab qoladilar.
Basharti ishdan bo‘shatilgan xodimga uch oy ichida maqbul keladigan ish topib berilmasa, u ishsizlik maqomiga ega bo‘ladi; ammo shu davr ichida u taklif etilgan maqbul keladigan ishning ikkitasini rad etsa, ishsizlik maqomiga ega bo‘lmaydi va u o‘ttiz kalendar kunidan so‘ng umumiy asosda ish qidiruvchi shaxs sifatida yangidan ro‘yxatga olinadi.
Tugatilayotgan korxona, muassasa va tashkilotlarning ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan ish haqlari (tovonlar)ni to‘lash uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda, to‘lovlar ularning huquqiy vorislari mablag‘idan to‘lanadi. Tugatilayotgan korxona, muassasa va tashkilotlarning huquqiy vorislari bo‘lmagan taqdirda, ishdan bo‘shatilayotganlarga to‘lovlar aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan to‘lanib, so‘ngra u qonunlarda belgilangan tartibda qoplanadi”.
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilishi, qayta tuzilishi, xodimlar soni (shtatlar) qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilgan, davlat ish bilan ta’minlash xizmatidan 10 kun ichida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbini qayta o‘rganayotgan yoki malakasini oshirayotgan mehnatkashlarning stipendiyasi ishdan bo‘shagan kundan boshlab dastlabki 3 oy davomida oldingi ish joyidagi o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak”.
13. 29-modda:
1-bandining birinchi qismidagi “xizmatiga murojaat qilgan” hamda ikkinchi qismidagi “xizmatiga murojaat qilgan” degan so‘zlar “xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2-bandidagi ikkinchi gap chiqarib tashlansin.
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimlar soni (shtatlar) qisqartirilishi, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi munosabati bilan ishdan bo‘shagan, ishsiz deb e’tirof etilgan, shuningdek pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq umumiy mehnat staji pensiyaga chiqish (imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish ham shunga kiradi) huquqiga ega bo‘lgan shaxslar muddatidan oldin (qonunlarda belgilangan muddatdan 2 yil oldin) pensiyaga chiqishga haqlidir”.
14. 34-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ixtisosi bo‘lgan shaxslar ishga joylashish uchun kasb o‘rganishi malakasini oshirishi yoki qayta ta’lim olishi talab qilinmasa, 12 oy mobaynida haq to‘lanadigan ish bilan bandligi 12 kalendar haftadan kam bo‘lmasa, belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda”.
15. 36-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Quyidagi hollarda:
ishsiz shaxs ishga joylashganda;
ishsiz taklif qilingan maqbul ishni ikki marta rad etsa;
ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxs pensiya yoshiga yetgan taqdirda;
ishsiz maqomiga ega bo‘lgan shaxs ozodlikdan mahrum etish tarzida jazoga hukm etilgan bo‘lsa;
ishsiz shaxs davolash-mehnat profilaktoriysida davolash kursini o‘tayotgan bo‘lsa;
ishsiz shaxs qayta tayyorlash va kasb malakasini oshirishga yuborilgan bo‘lsa;
ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrida ish bilan ta’minlash davlat xizmatini xabardor qilmay vaqtincha ishga joylashgan bo‘lsa;
ishsizlik nafaqasini aldov yo‘li bilan olishga urinsa ishsizlik nafaqasini to‘lash bekor qilinadi.
Quyidagi hollarda:
uzrsiz sabablarga ko‘ra ko‘rsatilgan muddatda ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga kelmasa;
mehnat intizomini buzganlik uchun ishdan bo‘shatilgan bo‘lsa, ishsizlik nafaqasini to‘lash 3 oygacha muddatga to‘xtatib turiladi yoki uning miqdori kamaytiriladi”.
16. Quyidagi mazmundagi yangi 36-1-modda kiritilsin:
Ishsiz homilador ayollar (basharti homiladorlik davri 28 haftadan oshmagan bo‘lsa,) ish bilan ta’minlash davlat xizmati tomonidan umumiy asosda ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatga olinadilar. Ish bilan ta’minlash davlat xizmati 10 kun ichida ularni ish bilan ta’minlay olmasa, u holda o‘n birinchi kundan boshlab ularga ishsizlik maqomi beriladi. Ishsizlik maqomi birligidan qat’i nazar, homilador ayollarga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorida 12 oy mobaynida 26 kalendar haftadan oshmagan muddatga ishsizlik nafaqasi to‘lanadi”.
17. 37, 38 va 40-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ishsizga va uning qaramog‘idagi oila a’zolariga moddiy va o‘zga yordam ko‘rsatilishi mumkin, ular ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasidan va tegishli mahalliy budjetdan ajratiladi.
Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasidan va mahalliy budjetlardan moddiy va o‘zga yordam ko‘rsatish tartibi, hajmi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlari bilan belgilanadi.
Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarning bajarilishi ustidan davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, prokuratura organlari va kasaba uyushmalari amalga oshiradi.
Ushbu Qonun 2-moddasining 1-bandi uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir qilishda aybdor bo‘lgan shaxslar bir oylik maoshi miqdorida sud tartibida solinadigan jarima tarzidagi ma’muriy javobgarlikka tortiladilar”. | 129 | 9,933 |
Qonunchilik | Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-son qarori ijrosini ta’minlash hamda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxonalarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha hududiy manzilli ro‘yxatlarni shakllantirishga ko‘maklashish, ularni tahlil qilish va manzilli dasturni shakllantirish hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish;
suv tejovchi sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda manzilli dasturning joylarda ijrosini ta’minlashda, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga ko‘maklashish;
paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiyalarni o‘z vaqtida joylarga o‘tkazib berish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiya ajratish bo‘yicha takliflarning Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish hamda Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari Kengashlarida o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda subsidiya ajratish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash;
yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiya ajratish to‘g‘risida tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish hamda ijrosi bo‘yicha monitoring yuritishni tashkil qilish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni o‘z vaqtida joylarga o‘tkazib berish;
v) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan so‘ng suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, shuningdek, uning huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga;
paxta xomashyosi yetishtirish maqsadida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga yetkazish;
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tumanlar va hududiy manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda ularning ijrosini tashkil qilish;
joriy qilingan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini puxta o‘rganib, tegishli dalolatnomalarni, subsidiya berish to‘g‘risida xulosalar va talabgorlar ro‘yxatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda subsidiya ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha esa Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim qilib borish bo‘yicha mas’uldir;
d) mazkur qarorga asosan joriy etilayotgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari o‘rmon xo‘jaliklari va o‘rmon fondi yerlari ijarachilariga ham to‘liq tatbiq etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish manzilli dasturiga muvofiq suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
4. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga ko‘maklashish bo‘yicha tumanlar ishchi komissiyalarining namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 6-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga paxta xomashyosi, donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop ekinlar (keyingi o‘rinlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari deb ataladi) yetishtirish uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini, shuningdek, ularni xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini belgilaydi.
Suv tejovchi sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan maydonlar uchun subsidiya davlat budjetidan faqat bir marotaba ajratiladi.
Kalendar yil budjeti parametrlarida suv tejovchi sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan maydonlarga subsidiya ajratish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni o‘tgan yillarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan maydonlarga subsidiya sifatida ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. Mazkur Nizom talablari 2020-yil 1-yanvardan boshlab suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan maydonlarga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
talabgorlar — suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etuvchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari;
tomchilatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning o‘simliklar ildizi yonidagi zonaga kam miqdorda (tomchilatib) suv yetkazib beradigan usuli;
yomg‘irlatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning tuproq va o‘simliklar yuza qismiga suv tabiy yomg‘ir suvi bilan sug‘orishga imkon qadar yaqinlashtirilgan yomg‘irlatib sug‘orish orqali yetkazib beriladigan usuli;
keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi (keyingi o‘rinlarda keng qamrovli sug‘orish tizimi deb ataladi) — keng maydonni qamrab oluvchi o‘zi yuruvchi agregatning aylanma yoki frontal harakatida suv yetkazib beriladigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi;
“sprinkler” tizimi — statsionar kalta purkovchi uskunalar yordamida suv yetkazib beriladigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi;
yerlarni lazer yordamida tekislagan holda diskret sug‘orish usuli (keyingi o‘rinlarda diskret sug‘orish deb ataladi) — qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning yerlarni dastlab lazer qurilmali tekislagich agregat yordamida tekislab suv egiluvchan sug‘orish quvurlari orqali tanafus bilan yetkazib beradigan usuli.
4. Subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari ekin maydonining har bir gektari uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun — 8 mln so‘m;
yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari uchun — 4 mln so‘m;
diskret sug‘orish uchun — 1 mln so‘m.
5. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan subsidiyalar miqdori uning bazaviy hisoblash miqdoriga qishloq xo‘jaligi ekin turi va yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentni ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
6. Qishloq xo‘jaligi ekin turlari va yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq hisoblanadi.
7. Talabgorlarning suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash har yili O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish manzilli dasturi (keyingi o‘rinlarda manzilli dastur deb ataladi) doirasida amalga oshiriladi.
8. Har bir tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashish bo‘yicha tuman ishchi komissiyasi (keyingi o‘rinlarda tuman ishchi komissiyasi deb ataladi) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy tarkibda tuziladi.
Tuman irrigatsiya bo‘limi tuman ishchi komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
9. Talabgorlar kelgusi yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha har kalendar yilining 1-fevraliga qadar tuman ishchi komissiyasiga ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq ariza bilan yozma yoki belgilangan tartibda elektron shaklda murojaat qiladi.
Arizadagi ma’lumotlar va taqdim qilingan hujjatlarning to‘g‘riligiga talabgorlar javobgar hisoblanadi.
10. Tuman ishchi komissiyasi:
talabgorlarning arizalarini qabul qiladi hamda uch ish kunida joyiga chiqib o‘rganadi, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etiladigan yer uchastkalarining maydonlari, shart-sharoitlari, yer bonitet balli va sho‘rlanish darajasi, uning yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlariga mosligi, suv va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi va boshqa tomonlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini o‘rganadi;
o‘rganish natijasi bo‘yicha kelgusi yilda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatlarini (keyingi o‘rinlarda tuman manzilli ro‘yxatlari deb ataladi) qishloq xo‘jaligi ekinlari va sug‘orish texnologiyalari turlari, hududlar hamda talabgorlar kesimida yer uchastkalarining maydonlari, yer bonitet balli, suv manbai, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari nomi ko‘rsatilgan holda shakllantiradi.
Tuman manzilli ro‘yxatlari tuman ishchi komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi komissiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan tuman manzilli ro‘yxatlari har kalendar yilning 15-fevraliga qadar ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 27-dekabrdagi PQ-4087-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhiga (keyingi o‘rinlarda hududiy ishchi guruhi deb ataladi) belgilangan tartibda taqdim qilinadi.
Tuman manzilli ro‘yxatlarining to‘g‘riligiga tuman ishchi komissiyasi rahbari va a’zolari mas’ul hisoblanadi.
11. Hududiy ishchi guruh:
tumanlarning manzilli ro‘yxatlarini tahlil qiladi va qishloq xo‘jaligi ekinlari va sug‘orish texnologiyalari turlari, tumanlar, hududlar hamda talabgorlar kesimida yer uchastkalarining maydonlari, yer bonitet balli, suv manbai, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari nomi ko‘rsatilgan holda hududiy manzilli ro‘yxatlarni (keyingi o‘rinlarda hududiy manzilli ro‘yxatlar deb ataladi) shakllantiradi;
zaruratga ko‘ra, talabgorlarning takliflarini joyiga chiqib qo‘shimcha ravishda o‘rganadi.
Hududiy manzilli ro‘yxatlar hududiy ishchi guruhining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va hududiy ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatlar har kalendar yilning 1-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga belgilangan tartibda taqdim qilinadi.
Hududiy manzilli ro‘yxatlarining to‘g‘riligiga hududiy ishchi guruh rahbari va a’zolari mas’ul hisoblanadi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
hududiy manzilli ro‘yxatlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda tahlil qiladi;
manzilli dastur loyihasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida qishloq xo‘jaligi ekinlari va sug‘orish texnologiyalari turlari, yer maydonlarining prognoz parametrlari ko‘rsatilgan holda shakllantiradi hamda ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tashkilotlar bilan kelishilgan holda har kalendar yilning 1-apreliga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari har kalendar yilning 15-apreliga qadar manzilli dasturni tasdiqlaydi.
Tasdiqlangan manzilli dastur O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishning amaldagi holatidan kelib chiqib hamda talabgorlar roziligi asosida tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatlardagi asosiy parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
14. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan so‘ng suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, paxta xomashyosi yetishtirish maqsadida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga yetkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligida ochiladigan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
16. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilgan talabgorlar ularni foydalanishga qabul qilishni tashkil qilish va subsidiya ajratish uchun tuman ishchi komissiyasiga yozma yoki belgilangan tartibda elektron shaklda murojaat qiladi.
17. Tuman ishchi komissiyasi murojaat kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida:
murojaat qilgan talabgorning tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatda borligini tekshiradi;
hududiy manzilli ro‘yxatda bor talabgor tomonidan joriy qilingan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joyiga chiqib talabgor va pudrat tashkiloti vakili ishtirokida har tomonlama puxta o‘rganadi va ishlatib ko‘radi. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari sifatli qurilib, foydalanishga to‘liq tayyor holda bo‘lsa tegishli dalolatnomani rasmiylashtiradi, aks holda dalolatnoma rasmiylashtirilmaydi;
dalolatnoma rasmiylashtirilgan talabgorga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda subsidiya ajratish to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
Tuman ishchi komissiyasi rahbari va a’zolari talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosasining haqqoniyligi uchun mas’ul hisoblanadi.
18. Tuman ishchi komissiyasining talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalari umumlashtirilib, ularning ro‘yxatlari har o‘n kunda hududiy ishchi guruhiga ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi. Ro‘yxatlarga dalolatnomalar va talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilinadi.
19. Hududiy ishchi guruhi:
tuman ishchi komissiyasining subsidiya oladigan talabgorlarning ro‘yxatlari kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida ularni tahlil qiladi, zaruratga ko‘ra, joyiga borib o‘rganadi.
har o‘n kunda taqdim etilgan ro‘yxatlarni umumlashtiradi va subsidiya oladigan talabgorlarning ro‘yxatlarini shakllantirib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha subsidiya oluvchilar ro‘yxatlarini esa Suv xo‘jaligi vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi. Ushbu ro‘yxatlarga dalolatnomalar va talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilinadi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida Suv xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ko‘rib chiqib umumlashtiradi;
yakuniy umumlashtirilgan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish maqsadida ularning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan paxta xomashyosi yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha subsidiya oluvchilar ro‘yxatlarini ular kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ko‘rib chiqib umumlashtiradi;
yakuniy umumlashtirilgan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning paxta xomashyosini yetishtirish uchun suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish maqsadida ularning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi.
22. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan talabgorlarning sug‘orish texnologiyasi butlovchi qismlarini xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha har bir gektarga 20 mln. so‘mdan oshmaydigan qismiga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz xarajatlarini qoplash ushbu Nizomga 5-ilovada ko‘rsatilgan foizlar va shartlarda hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
23. Suv tejovchi sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan talabgorlarga suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bir gektarga 20 mln so‘mdan oshgan qismi (kompensatsiya qilinmaydigan qismi) alohida tijorat krediti bilan rasmiylashtiriladi.
24. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ikki ish kunida talabgorlarning kredit majburiyatlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash yuzasidan Davlat budjetidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi talabnomalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining talabnomalarini ko‘rib chiqadi va ikki ish kunida tegishli mablag‘larni ilgari ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish holatini inobatga olgan holda ajratadi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qo‘shimcha asoslantiruvchi hisob-kitob ma’lumotlari (tijorat banklari tomonidan kreditning qancha muddatga ajratilganligi, o‘tgan moliya yilida ajratilgan mablag‘lar bilan qancha qismi qoplab berilganligi va rejalashtirilayotgan moliya yilida qolgan qismi uchun qancha mablag‘ talab qilinishi hamda olinadigan kredit bo‘yicha prognoz) talab qilib olinishi mumkin.
26. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan talabgorlarning suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalari amalga oshirilgan yer maydonlari bo‘yicha keyingi yillarda amalga oshiriladigan loyihalari uchun kredit majburiyatlarining bir qismini qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi
27. Tasdiqlangan manzilli dastur hamda hududiy manzilli ro‘yxatlar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
28. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda hududiy ishchi guruhlar bilan birgalikda talabgorlar tomonidan joriy qilingan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan tizimli monitoring olib boradi hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishda ularga har tomonlama ko‘maklashadi.
29. Talabgorlarning suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlari hamda tegishli kredit foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga tashkil etiladigan yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
2. Subsidiyalar 2019-yilda va undan keyingi yillarda tashkil etilgan yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan loyihalar tashabbuskorlariga beriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
kelishuv shartnomasi — suvdan umumiy foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘zaro kelishuvi;
loyiha — yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tadbirlar majmui;
loyiha tashabbuskori — 2019-yilda va undan keyingi yillarda tashkil etilgan yangi bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish yuzasidan murojaat qilgan shaxs;
intensiv bog‘ — pakana va yarim pakana payvandtaglarda yetishtirilgan ko‘chatlarni zich sxemada ekib, tomchilatib sug‘orish tizimi asosida tashkil etilgan bog‘;
suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari — qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib, yomg‘irlatib va yerlarni lazer yordamida tekislagan holda diskret sug‘orish tizimi;
tomchilatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning o‘simliklarning ildizi yonidagi zonaga kam miqdorda (tomchilatib) suv yetkazib beradigan usuli;
tomchilatib sug‘orish tizimi — suv tindirgich (hovuz), suv nasosi, suv tozalagichlar (filtrlar), mineral o‘g‘itlar eritmasini tayyorlovchi moslama, suvni boshqarish va o‘lchash vositalari, suv yetkazuvchi, suv tarqatuvchi va suv tomizgichli quvurlardan iborat sug‘orish majmuasi;
er bonitirovkasi — qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘rtacha agrotexnika darajasida tuproq sifati va tabiiy ishlab chiqarish unumdorligining 100 ballik shkala bo‘yicha qiyosiy bahosi.
4. Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish maqsadida:
joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdori ekin maydonining har bir gektari uchun 8 million so‘m;
maydoni 35 gektar dan ziyod bog‘ va uzumzorlarda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun 120 million so‘mdan oshmaydigan mikdorda;
suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘zaro kelishuvi asosida suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million so‘mdan oshmaydigan mikdorda subsidiya ajratiladi.
Agar shartnomada suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga sarflangan xarajatlar belgilangan subsidiya miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda, subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi.
5. Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun har gektar maydonga subsidiyalar miqdori subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdoriga ekin turi va yerlarning bonitet ballaridan kelib chiqadigan koeffitsiyentni ko‘paytirish yo‘li bilan quyidagicha aniqlanadi:
6. Loyihalar tashabbuskorlariga subsidiyalar:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi;
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar berish bo‘yicha Kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengashlar deb ataladi) qarorlariga asosan beriladi.
7. Subsidiyalar:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) hisobidan hamda Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar teng ulushlarda;
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) hisobidan ajratiladi.
8. Loyihalar subsidiyalar hisobidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha moliyalashtiriladi.
9. Loyihalar tashabbuskorlari subsidiya olish uchun tegishliligi bo‘yicha Agentliklarga yozma yoki belgilangan tartibda elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
yuridik shaxsning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR) va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, so‘rayotgan subsidiyaning maqsadi, loyihani amalga oshirish joyi, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki nomi va bankdagi hisobraqami ko‘rsatilgan holda subsidiya berish to‘g‘risidagi ariza;
yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona barpo etish uchun yer uchastkasi ajratilganligi to‘g‘risida hujjatlar nusxasi;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisining yer uchastkasiga tuzilgan uzoq muddatli ijara shartnomasi nusxasi;
suvdan foydalanish maqsadida tutash xududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘zaro kelishuv shartnoma nusxasi;
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda loyiha to‘g‘risida ma’lumot.
10. Agentliklar:
loyihalar tashabbuskorlari tomonidan subsidiyalar olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning uch ish kunida ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi;
taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq bo‘lmagan, 2019-yildan oldin tashkil qilingan, shuningdek, intensiv bo‘lmagan bog‘ va uzumzorlar uchun subsidiyalar so‘ralganda va boshqa kamchiliklar aniqlanganda, loyihalar tashabbuskorlarini bu haqda xabardor qiladi;
loyihalar tashabbuskorlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar Agentliklar tomonidan xabardor qilgandan so‘ng yetti ish kuni mobaynida bartaraf qilinmagan taqdirda, hujjatlarni loyihalar tashabbuskorlariga qaytaradi;
loyihalar tashabbuskorlarining subsidiyalar olish bo‘yicha ushbu Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan hujjatlarini tegishliligicha Kengashlarga navbatdagi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
11. Kengashlar:
Agentliklar tomonidan loyihalar tashabbuskorlarining subsidiyalar ajratish yuzasidan kiritgan hujjatlarini (takliflarini) ko‘rib chiqadi, subsidiyalar ajratish to‘g‘risida yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida tegishli qarorlarni qabul qiladi hamda subsidiyalar ajratiladigan loyihalar tashabbuskorlarining manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlaydi;
ajratilgan subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliyalashtirishni to‘xtatadi va ajratilgan mablag‘larni undirish choralarini ko‘radi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
12. Kengashlarning subsidiyalarni ajratish to‘g‘risidagi ijobiy qarorlari subsidiya berish uchun asos hisoblanadi.
Kengashlarning yig‘ilishlari bir oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
13. Agentliklar:
Kengashlar tomonidan qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida loyihalar tashabbuskorlarini uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi;
Kengashlar tomonidan subsidiyani berish to‘g‘risida qabul qilingan qarorlar asosida loyihalar tashabbuskorlari bilan subsidiyalar ajratish to‘g‘risida tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi;
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlangandan so‘ng suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga yetkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobi tegishliligi bo‘yicha Agentliklarda ochiladigan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladi.
15. Subsidiyalar loyihalar tashabbuskorlariga ular tomonidan yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxonalarda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlari yakunlanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy tarkibda Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishga ko‘maklashish bo‘yicha tuman ishchi komissiyacining (keyingi o‘rinlarda tuman ishchi komissiyasi deb ataladi) ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Agentliklarga taqdim etilgandan so‘ng bir oy muddatda ajratiladi.
16. Subsidiya miqdori tuman ishchi komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dalolatnomalardagi loyiha ko‘rsatkichlari asosida beriladi.
Tuman ishchi komissiyasi rahbari va a’zolari tasdiqlangan dalolatnomalarning haqqoniyligiga mas’ul hisoblanadi.
17. Subsidiyalar loyihalar tashabbuskorlarining xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida ochilgan maxsus 22626 hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari) o‘tkaziladi.
18. Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona barpo qilish ishlari loyihalar tashabbuskorlari tomonidan subsidiya olingandan so‘ng 12 oydan oshmagan muddatda yakunlanishi lozim.
19. Agentliklar tumanlar (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘lim boshliqlari, yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari boshliqlari bilan birgalikda ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan muddat o‘tgach ikki oy ichida subsidiya ajratish to‘g‘risida shartnomalarda ko‘rsatilgan parametrlar bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Monitoring yakunlari bo‘yicha loyihalar tashabbuskorlari bilan Agentliklar o‘rtasida imzolangan shartnomada ko‘rsatilgan parametrlar loyihalar tashabbuskorlari tomonidan bajarilgani yoki bajarilmagani to‘g‘risida dalolatnomalar rasmiylashtiriladi. Dalolatnomalar tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i, yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i va Agentliklar vakillari tomonidan imzolanadi.
20. Agentliklar subsidiya ajratilgandan so‘ng 12 oy davomida subsidiya ajratish to‘g‘risida shartnoma shartlari loyihalar tashabbuskorlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ularga ajratilgan subsidiyalarni Agentlikka qaytarish haqida yozma xabarnoma yuboradi. Loyihalar tashabbuskorlari ushbu xabarnomalarni olgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida olingan subsidiyalarni Agentliklarning tegishli maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytarishi lozim.
Bunda loyihaning bajarilmagan qismiga teng bo‘lgan subsidiya summasi qaytarilishi lozim.
21. Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agentliklar, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
22. Loyihalar tashabbuskorlarining suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Tuman hokimi, tuman ishchi komissiyasi rahbari
2. Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman ishchi komissiyasi rahbarining o‘rinbosari
3. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tuman bo‘limi boshlig‘i
4. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘lim boshlig‘i
5. Tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i, tuman ishchi komissiyasining ishchi organi rahbari
6. Tuman moliya bo‘limi boshlig‘i
7. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i
8. Tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘lim boshlig‘i
9. Tuman elektr ta’minoti korxonasi direktori
10. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengash raisi
11. Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bank rahbari
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “______” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining tuman uchastkasi boshlig‘i
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “______” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi meliorativ ekspeditsiyaning tuman uchastkasi boshlig‘i
14. Xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmasi rahbari.
1. 6-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bir gektar ekin maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyacini joriy etish uchun 8 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda”
2. 7-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. 10, 15 — 24-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 6-fevraldagi 103-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qaroriga 7-ilovaning 24-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-avgustdagi 664-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 8-son, 181-modda). | 177 | 37,210 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi hamda Indoneziya Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va yanada rivojlantirish maqsadida:
1. 2018-yilning 15-oktabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi (keyingi o‘rinlarda — Elchixona) shtat jadvaliga savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi (1 shtat birligi) va birinchi kotib (turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha) (1 shtat birligi) qo‘shimcha lavozimlari kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasining shtat jadvali ilovaga muvofiq tasdiklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joriy yil budjetida tasdiqlangan, xorijiy muassasalarni mablag‘ bilan ta’minlash miqdorlaridan kelib chikib, 2018-yilda Elchixonaning ta’minoti uchun tasdiqlangan harajatlar smetasiga o‘rnatilgan tartibda o‘zgartirishlar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
joriy yil budjetida tasdiqlangan, chet eldagi muassasalarni mablag‘ bilan ta’minlash miqdorlaridan kelib chiqib shtatlar jadvalidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda Elchixona harajatlari moliyalashtirilishini amalga oshirsin;
Elchixonaga qo‘shimcha bitta yengil avtomobil ta’minoti uchun limit ajratsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 30-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarining shtat jadvallariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-1379-sonli qarorining 2-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin. | 126 | 1,824 |
Qonunchilik | Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida | Aholi daromadlari va turmush darajasini qat’iy oshirib borish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni yanada ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda respublika fuqarolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:
1. 2019-yilning 1-avgustidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirilsin.
3. Belgilansinki, 2019-yil 1-avgustdan boshlab II guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar — pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi.
4. 2019-yilning 1-avgustidan I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 18 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinsin.
5. Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda budjet muassasalari va tashkilotlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlarining mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda o‘z vaqtida qayta hisoblab chiqilishini ta’minlasin.
6. Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilsin.
Ish beruvchilarga ish haqi miqdorlarini qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta’minlab, ish haqi miqdorlarini eng kam ish haqiga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5723-son Farmoniga muvofiq 2019-yilning 1-sentabridan eng kam ish haqi miqdori o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori, bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori kiritilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5723-son Farmoni 1-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “577 170” raqami “634 880” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktabrdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-5553-son Farmoni uning 4 va 8-bandlari istisno qilingan holda 2019-yilning 1-avgustidan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 79 | 3,516 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh. G‘aniyevga “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha olib bo | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh. G‘aniyevga “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror va parlament so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh. G‘aniyevga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,011 |
Qonunchilik | Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi | Markaziy bank boshqaruvi 2021 yil 21 oktyabrda oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Maqsad - iqtisodiy oʻsish sur’atlarining jadallashib borishi va narхlarni oshiruvchi omillarning saqlanib qolayotganligi sharoitida yil yakuniga qadar inflyatsiya darajasini 10%gacha pasaytirish va kelgusida 5 foizlik inflyatsion targetga erishish.
Yil boshidan boshlab iqtisodiy faollikning jadallashuvi va pandemiya bilan bogʻliq vaziyatning yaхshilanib borishi hisobiga ichki va tashqi talab dinamikasida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda.
Xususan, 2021 yil 9 oyi yakunlari boʻyicha yalpi ichki mahsulotning real oʻsishi 6,9%ni tashkil etdi. Bunda, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 9%ga, qishloq хoʻjaligi – 4,2%ga, qurilish ishlari – 4,5%ga va asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar – 5%ga oʻsdi. Ushbu davrda aholi daromadlari real hisobda 10,4%ga oshdi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning ayrim sohalarida iqtisodiy faollikning pandemiyaga qadar boʻlgan davrdagi darajasigacha tiklanishi uzoqroq muddatni talab etmoqda. Ichki va tashqi turizm, transport хizmatlari, avtomobil ishlab chiqarish (oʻtgan yil 9 oyga nisbatan 32,4%ga pasaygan) va umumiy ovqatlanish sohalari hali ham 2019 yil darajasiga yetgani yoʻq.
Kelajakda ushbu sohalarda ham iqtisodiy jarayonlarning toʻliq tiklanishi yuqori iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlarini qoʻllab-quvvatlovchi omil boʻladi.
Yil davomida davlat tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ragʻbatlantirishlar, хususiy sektorda iqtisodiy jarayonlarning tiklanganligi, asosiy savdo hamkorlardagi makroiqtisodiy vaziyatning muvozanatlashuvi fonida tashqi iqtisodiy aloqalar hajmining oshishi iqtisodiyotda iste’mol talabi tiklanishining asosiy omillaridan boʻldi. Iste’mol talabi holatini koʻrsatuvchi chakana savdo aylanmasi 2021 yilning dastlabki 9 oyida real hisobda 9,8%ga oʻsdi.
Oʻz oʻrnida, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida 10,9%ga oʻsgan boʻlsa, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmi 18,3%ga va nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmi 6,9%ga koʻpaydi.
Tijorat banklari tomonidan 2021 yilning 9 oyida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 33%ga oʻsib, 119,5 trln. soʻmga yetdi. Bunda, ushbu davrda aholiga ajratilgan avtokreditlar miqdori 1,6 barobarga, mikroqarzlar – 1,7 barobarga va mikrokreditlar – 2,3 barobarga oʻsdi.
Bu, oʻz navbatida, iste’mol va investitsion talabni qoʻllab-quvvatlashning muhim kanallaridan boʻlib хizmat qildi. Joriy yil yakunlari boʻyicha kredit qoʻyilmalari oʻsishining nominal YaIM hajmi oʻsishiga mutanosib ravishda 16-18% doirasida boʻlishi kutilmoqda.
Tashqi iqtisodiy sharoitlar
Joriy yilning oʻtgan davrida global iqtisodiy sharoitlarda asosiy oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narхining sezilarli qimmatlashishi fonida inflyatsion jarayonlarning tezlashishi hamda bunga javoban koʻpchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda pul-kredit sharoitlarining qat’iylashtirilishi kuzatildi.
Shuningdek, jahonda yalpi talabning tezkor sur’atlarda tiklanishi хalqaro energiya bozorida ham narхlarning sezilarli darajada oshishiga olib kelmoqda.
2021 yilning 9 oyida eksport hajmi (oltin eksportini hisobga olmaganda) oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 34%ga oʻsdi. Iqtisodiy faollikning jadallashishi va asosiy iqtisodiy tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarining tiklanishi sharoitida joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,7%ga oʻsdi va pandemiyadan oldingi darajasiga yetdi.
Shuningdek, mamlakatimizga kirib kelgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 2021 yilning 9 oyida $5,7 mlrd ni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga ($4,3 mlrd) nisbatan 34,2%ga, 2019 yilning mos davriga ($4,5 mlrd) nisbatan esa 29%ga oʻsdi.
Asosiy savdo-hamkor davlatlar (Turkiyani hisobga olmaganda) milliy valyutalari almashuv kurslarida ham yil boshidan buyon keskin oʻzgarishlar kuzatilmaganligi, real samarali almashuv kursi boʻyicha tafovutni yuzaga keltirmadi.
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar
2021 yilning sentyabr oyi yakunlari boʻyicha yillik inflyatsiya 10,8%ni tashkil etib, bazaviy ssenariy doirasidagi prognoz koʻrsatkichlaridan biroz yuqori shakllanmoqda.
Joriy yilda umumiy inflyatsiya dinamikasini belgilaydigan asosiy drayver oziq-ovqat mahsulotlari narхlari oʻzgarishi boʻlib, yillik inflyatsiya darajasiga 6,1 foiz bandlik oshiruvchi hissa qoʻshdi.
Tarkibiy jihatdan barqaror komponentlardan tashkil topgan nooziq-ovqat va хizmatlar guruhlari narхlarining sentyabr oyida yillik oʻsish sur’atlari mos ravishda 7,7% va 8,8%ni tashkil etib, umumiy inflyatsiyaning sekinlashishiga хizmat qilmoqda.
Monetar omillarga ta’sirchan boʻlgan bazaviy inflyatsiya joriy yilning iyun oyidan boshlab umumiy inflyatsiyadan past darajada shakllanib, sentyabrda yillik 9,2%ni tashkil qildi va yil boshidagi koʻrsatkichga nisbatan 3 foiz bandga pasaydi.
Sentyabr oyida aholining kelgusi oʻn ikki oylik inflyatsion kutilmalari 15,8%gacha va tadbirkorlik sub’yektlarniki esa –14,7%gacha pasaydi. Lekin shu bilan birga, koʻplab davlatlar qatori bizda ham umumiy inflyatsiyaga nisbatan yuqori darajalarda saqlanib qolmoqda.
Bu albatta, birinchi navbatda, oziq-ovqat narхlari va yoqilgʻi mahsulotlari narхlari oʻsishining yuqori sur’atlari kuzatilayotganligi bilan izohlanadi. Sentyabr oyi yakunlari boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari yillik hisobda 14,4%ga oʻsgan boʻlsa, yoqilgʻi mahsulotlari 23,2%ga oʻsdi. Ushbu guruh mahsulotlari narхlari oʻsishi umumiy inflyatsiyaning pasayish tendensiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatgan asosiy omillardan hisoblanadi.
Pul-kredit sharoitlari
Pul-kredit siyosati operatsiyalari boʻyicha amalga oshirilgan qator oʻzgarishlar va tegishli operatsion choralar hisobiga pul bozoridagi oʻrtacha tortilgan foiz stavkalari may-iyul oylaridagi sezilarli pasayishdan soʻng, avgust oyida 13,0%ga va sentyabrda 13,3%ga yetib, Markaziy bank foiz koridori doirasida asosiy stavkaga yaqinlashdi.
Shuningdek, foiz koridorining kengaytirilishi sababli pul bozorida banklar faolligining oshishi kuzatilib, avgust oyida jami 8,4 trln. soʻmlik va sentyabr oyida 7,6 trln. soʻmlik operatsiyalar amalga oshirildi (iyul oyiga nisbatan mos ravishda 46,6% va 31,3%ga koʻp).
Sentyabr oyi yakunlari boʻyicha depozitlarning daromadliligi aholi omonatlari boʻyicha oʻrtacha 20,3%ni, yuridik shaхslar mablagʻlari boʻyicha esa 15,3%ni tashkil etdi va 6-8%lik real daromadlilik darajasi shakllanmoqda. Aholining inflyatsion kutilmalari asosida hisoblangan real foiz stavkalari ham 3-4%lik ijobiy darajada saqlanib qolmoqda.
Bu, oʻz navbatida, oʻtgan 9 oy davomida milliy valyutadagi jami muddatli depozitlar hajmini 29,5%ga, shu jumladan, jismoniy shaхslar muddatli depozitlarining 51%ga oʻsishiga хizmat qildi.
Yuqori iqtisodiy faollik va talab hisobiga kreditlar boʻyicha foiz stavkalarida yil boshiga nisbatan biroz oʻsish kuzatildi. Bunda, jismoniy shaхslarga ajratilgan kreditlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkalari sentyabr oyida 21,4%ni tashkil etgan boʻlsa, yuridik shaхslarga ajratilgan kreditlar boʻyicha 21,1%ga teng boʻldi.
Prognoz va хatarlar
Umumiy inflyatsiyaning pasayish dinamikasiga oʻtganligi, bazaviy inflyatsiya darajasini prognozlar doirasida shakllanayotganligi va amaldagi nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari yil soʻngigacha inflyatsiyaning 10%lik prognoziga erishishda qoʻllab-quvvatlovchi omillardan boʻladi.
Iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar oʻsishining yalpi ichki mahsulot nominal hajmi oʻsish sur’atlari doirasida saqlanib qolayotganligi, kelgusi oylarda ichki bozordagi narхlarga va milliy valyuta almashuv kursiga qoʻshimcha bosimni yuzaga keltirmaydi.
Hukumat tomonidan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narхlarini barqarorlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar tashqi bozorlarda narхlar oʻsishining ichki bozordagi narхlar darajasiga oʻtkazma ta’sirlarini minimallashtirish imkoniyatini beradi.
Markaziy bank tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar ta’sirida yuzaga keladigan inflyatsion omillar va хatarlarni oʻrganib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrib boradi.
Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2021 yil 9 dekabr kuniga belgilangan. Yigʻilish yakunlari boʻyicha press-reliz e’lon qilinadi. | 37 | 8,336 |
Qonunchilik | Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining 2009-yil 14-iyunda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan sessiyasida bayon etilgan O‘zbekistonning prinsipial pozitsiyasi haqida | Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining 2009-yil 14-iyunda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan sessiyasida bayon etilgan Kollektiv operativ harakat kuchlari to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha O‘zbekistonning prinsipial pozitsiyasi haqidagi taklif-tashabbusini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining 2009-yil 14-iyunda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan sessiyasidagi nutqida Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotining Kollektiv operativ harakat kuchlari to‘g‘risidagi bitim loyihasi yuzasidan bayon etgan O‘zbekistonning prinsipial pozitsiyasi to‘la qo‘llab-quvvatlansin.
2. Ta’kidlansinki:
Kollektiv operativ harakat kuchlari faqatgina a’zo davlatlar xavfsizligiga tashqaridan bo‘ladigan tahdidlar va xatarlarni qaytarish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak, bunda mazkur kuchlarni qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish mexanizmi konsensus prinsipiga og‘ishmay rioya etilishiga asoslanishi lozim;
Kollektiv kuchlardan MDH hududida va KXShT davlatlarida shu davlatlar o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolar va qarama-qarshiliklarni hal etish uchun harbiy kuch sifatida foydalanilishi mumkin emas;
kontingentlarni boshqa davlatning hududiga jo‘natish, shuningdek Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotiga boshqa a’zo davlatlarning Kollektiv operativ harakat kuchlari tarkibiga ajratilgan harbiy kontingentlarini o‘z hududiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish a’zo davlatlarning milliy qonunchiligiga zid bo‘lmagan taqdirdagina amalga oshirilishi kerak;
KOHK to‘g‘risidagi bitim, xalqaro amaliyotda qabul qilinganidek, bu Bitim QXShT mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilinganidan keyingina kuchga kirishi kerak. KXShTning Kollektiv kuchlarini Bitim ratifikatsiya qilinguniga qadar vaqtincha qo‘llash KXShTga a’zo davlatlar parlamentlarining fikrini batamom inkor etadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari tegishliligiga ko‘ra:
xalqaro tashkilotlar doirasida xalqaro shartnomalarni tuzish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Mudofaa doktrinasiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlasin;
Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma doirasida Kollektiv operativ harakat kuchlari tuzish masalasi yuzasidan O‘zbekiston egallagan prinsipial pozitsiyaning mohiyati to‘g‘risida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda faol ishtirok etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining 2009-yil 14-iyunda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish tavsiya qilinsin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 210 | 3,325 |
Qonunchilik | BOJXONA NAZORATI HUDUDINI TAShKIL ETISh TARTIBIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga 1997-yil 29-avgust 472-I-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) va O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2006, № 10, 536-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 31-iyulda tasdiqlangan “Bojxona nazorati hududini tashkil etish Tartibi”ga (1998-yil 8-avgust, ro‘yxat raqami 470) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun muddat o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Qaror ijrosi ta’minlanishini nazorat qilish Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Sh. Xayrullayev zimmasiga yuklatilsin. | 83 | 1,250 |
Qonunchilik | Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4162-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati 2020-yil 1-yanvargacha uzaytirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bunda litsenziya egalari va birinchi marta murojaat qilayotgan litsenziya talabgorlari yangi litsenziya talablari bo‘yicha litsenziya olish uchun Vazirlar Mahkamasining iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasiga muddatidan oldin murojaat etishlari mumkin.
3. Quyidagilar belgilansin:
ikki va undan ortiq litsenziatlar tomonidan ayni bir statsionar binoda va bitta asbob-uskunada iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish taqiqlanadi;
texnik spirt ishlab chiqaruvchilar faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha talablar 2020-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 58-modda) 8-bandining ikkinchi xatboshidan “alkogolli mahsulotlar va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 26-martdagi 136-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 16-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 2001-yil 16-noyabrdagi 452-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 63-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2006-yil 24-martdagi 51-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 12-13-son, 105-modda) ilovaning 6, 10 va 19-bandlari.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 53-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qarori)” 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 48-modda) ilovaning 14-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 21-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining”Alkogollimahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-sonqarori)” 2006-yil 18-dekabrdagi 260-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 12-son, 95-modda) ilovaning 5-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qarori)” 2007-yil 27-apreldagi 85-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 21-modda) ilovaning 3-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 25-martdagi 89-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 21-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 5-modda) ilovaning 32-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 76-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda) ilovaning 25-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 7-apreldagi 192-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 15-son, 251-modda).
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 24-oktabrdagi 870-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 12-fevraldagi 107-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 32-modda) 1-ilovaning 32-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-son Qonuni)” 2018-yil 28-maydagi 392-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 124-modda) ilovaning 2-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni hamda “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qarori)” 2018-yil 16-iyuldagi 539-son qaroriga ilovaning 6, 10, 13 va 23-bandlari.
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)” 2018-yil 29-oktabrdagi 884-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 10-son, 274-modda) ilovaning 17-bandi. | 144 | 9,965 |
Qonunchilik | Toshkent shahrining eski shahar qismida mavzelar bo‘yicha zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-yilda Toshkent shahrining eski shahar qismida zamonaviy shinam turar joy fondi tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 20-noyabrdagi PQ-2265-son qarorining ijrosini ta’minlash, shuningdek Toshkent shahrining bosh rejasini amalga oshirish, uning eski shahar qismida shaharsozlik talablari asosida zamonaviy uy-joylar qurish hamda hududning me’moriy qiyofasini va ijtimoiy-madaniy holatini tubdan yaxshilash va aholi yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 12-martdagi F-3806-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Respublika komissiyasining Toshkent shahrining eski shahar qismidagi Nurafshon ko‘chasida 10 ta ko‘p qavatli uy (keyingi o‘rinlarda “obyektlar” deb yuritiladi) qurilishi qisman davlatga tegishli ko‘chmas mulk hamda qurilishi tugallanmagan ushbu qurilayotgan obyektlar garov sifatida qo‘yilgan holda ilovaga muvofiq tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar hisobiga moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Ushbu qarorga ilovaga muvofiq tijorat banklariga obyektlar qurilishi uchun qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan bosh pudrat tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda obyekt qiymatining 90 foizigacha kredit mablag‘lari ajratish tavsiya etilsin.
Bunda, taqdim etilayotgan kreditlar mazkur obyektlarni barpo etish muddatiga ajratilishi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan yangi quriladigan uylarning xonadonlariga ko‘chib kiradigan oilalarning aniq shakllangan ro‘yxati, shuningdek barcha zarur hujjatlar banklarga kiritilgandan keyin uzoq muddatli ipoteka kreditlariga qayta rasmiylashtirilishi inobatga olinsin.
3. Bosh loyiha tashkiloti — “ToshuyjoyLITI” AJ ikki hafta muddatda obyekt atrofi obodonlashtirilishi va bolalar sport maydonchalari barpo etilishini nazarda tutgan holda uning loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilishini yakunlasin va davlat ekspertizasi xulosalarini olish uchun buyurtmachiga topshirsin.
4. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Qurilish va investitsiya dasturlari departamentiga barpo etilayotgan uylarning buyurtmachisi sifatida, shu jumladan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini, obyekt qurilishining texnik nazorati olib borilishini, bajarilgan ishlar dalolatnomalari imzolanishini hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish jadvaliga rioya etilishini nazorat qilish yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
garov sifatida foydalaniladigan davlat mulki obyektlari aniqlanishini va balansda saqlovchining yuqori turuvchi tashkilotlari bilan kelishilishini hamda ularning baholanishini;
aniqlangan ko‘chmas mulk obyektlaridan tijorat banklari tomonidan ko‘p qavatli uylar qurilishini moliyalashtirish uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha garov sifatida belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlasin.
6. Toshkent shahar hokimligi obyektlarning ichimlik va oqova suv tarmoqlarini loyihalashtirishni va qurilish-montaj ishlari bajarilishini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlasin.
7. Toshkent shahrining eski shahar qismidagi Nurafshon, Beruniy, Zarqaynar, Sag‘bon, Saqichmon ko‘chalari va Sebzor massivi chegaralarida yakka tartibda yangi uy-joylar, boshqa imoratlar va inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash taqiqlansin.
Toshkent shahar hokimligi tegishli davlat organlari bilan birgalikda:
ko‘rsatib o‘tilgan hududlarda yangi uy-joylar, boshqa imoratlar va inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin;
ushbu band talablarini buzgan aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi hamda ular tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlar buzib tashlanishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash taqiqlangan hududlarda noqonuniy qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida belgilangan tartibda taklif kiritsin.
9. “O‘zbekenergo” DAK, “O‘ztransgaz” AK, “O‘zbektelekom” AK obyektlarning tashqi muhandislik tarmoqlari (elektr, gaz, telefon, va boshqalar) bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va qurilishini o‘z mablag‘lari hisobiga ta’minlasinlar.
10. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda keyingi bosqichlarda quriladigan obyektlarni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zqurilishmateriallari” AK obyektlar qurilishi uchun sement, metall prokati va qurilish oynasi materiallari loyiha tashkiloti va buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha bosh pudrat tashkilotlariga tartibga solinadigan narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida ajratilishini ta’minlasinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. | 105 | 5,701 |
Qonunchilik | “FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 1994-yil 1-iyulga qadar tayinlangan pensiyalar mazkur Qonunda ko‘rsatilgan shartlar va normalar bo‘yicha qayta hisoblab chiqilishi lozim. Bunda mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari uchun ustama haqlarni e’tiborga olgan holda hisoblab chiqilgan pensiyalar ana shu ustama haqlarsiz qayta hisoblab chiqiladi.
Barcha hollarda ham pensiyalar (mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga belgilanadigan ustama haqlarsiz) avval amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan kam bo‘lmagan miqdorlarda to‘lanadi.
3. Belgilab qo‘yilsinki, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar mehnatga haq to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan xodim “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” — “e” bandlariga muvofiq pensiyalar to‘loviga ketadigan xarajatlarni qoplaydigan haqni 1994-yilda tayinlanadigan pensiyalar bo‘yicha 80 foiz miqdorida, 1995-yilda tayinlanadigan pensiyalar bo‘yicha 90 foiz hamda 1996-yil va undan keyingi yillarda tayinlanadigan pensiyalar bo‘yicha 100 foiz miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘laydilar.
4. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun amalga joriy etilgunga qadar amalda bo‘lgan:
pensiyalar tayinlashda va pensiyalarni qayta hisoblashda ish haqini hisoblab chiqish uchun tuzatish koeffitsiyentlarini qo‘llash;
avval amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zararli va mehnat sharoiti og‘ir ishlarda mazkur Qonun amalga kiritilgungacha ishlagan shaxslarning yoshiga qarab imtiyozli pensiya bilan ta’minlanish tartibi saqlab qolinsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Chernobil falokati oqibatida jabr ko‘rgan fuqarolarning pensiya ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
6. Belgilab qo‘yilsinki, pensiya tayinlanganidan keyin 1994-yil 1-iyulgacha ishlangan vaqt mazkur Qonunning 27-moddasiga muvofiq pensiyalar miqdorini qayta hisoblab chiqish chog‘ida hisobga olinadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 1-martga qadar:
o‘z vakolat doirasiga berilgan masalalar yuzasidan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlovchi zarur normativ hujjatlarni qabul qilsin;
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi ishtirokida imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, sexlar, kasblar, ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini ishlab chiqsin va bu ro‘yxatlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin;
mazkur Qonundan kelib chiqadigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni amaldagi qonun hujjatlariga kiritish to‘g‘risidagi takliflarni, shuningdek korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar, fuqarolar va yakka tartibdagi mehnatda band bo‘lgan shaxslar, shu jumladan dehqon (fermer) xo‘jaliklari a’zolari davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘laydigan badallarning tariflariga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
mehnatga layoqatsiz, ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarni va ularning oila a’zolarini, shuningdek bolali kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy ta’minlash tartibini belgilasin. Bu tartib Qonun bilan bir vaqtda, ya’ni 1994-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlarini “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq holga keltirsin. Respublika vazirliklari va idoralari o‘zlarining mazkur Qonunga zid keluvchi normativ hujjatlari va yo‘riqnomalarini qarab chiqishlari hamda bekor qilishlarini ta’minlasin;
pensiyaga ustama haq olish huquqini beradigan O‘zbekiston Respublikasi oldidagi alohida xizmatlarni ta’riflovchi nizomni ishlab chiqsin.
8. Korxonalar va tashkilotlarga ish haqi to‘lash uchun mo‘ljallangan o‘z mablag‘lari hisobidan:
mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga, basharti, ular mazkur Qonunga muvofiq mehnat sharoitlariga ko‘ra imtiyozli pensiyalar olish huquqiga ega bo‘lmasalar, muddatidan oldin pensiyalar tayinlash va to‘lash;
ushbu mehnat jamoasi oldida xizmatlari bo‘lgan xodimlarga pensiyaga chiqish chog‘ida bir martalik nafaqa to‘lash;
xodimning mehnatdagi hissasini, ish staji davomliligini, moddiy ta’minlanganligi va sihat-salomatligini hisobga olgan holda pensiyalarga har oylik qo‘shimcha haq belgilash va to‘lash huquqi berilsin.
9. Ijtimoiy ta’minot vazirligi respublika vazirliklari va idoralariga, davlat boshqaruvining mahalliy organlariga, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarga mazkur Qonunni qo‘llash tartibini tushuntirish ishlarini amalga oshirsin. | 119 | 4,922 |
Qonunchilik | DAVLAT BOJI STAVKALARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji haqida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. Ilova qilinayotgan Davlat boji stavkalari tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq Bosh boshqarmasi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji haqida”gi Qonunini qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Davlat bojining budjet daromadiga o‘z vaqtida va to‘la tushishi ustidan tegishli nazoratni ta’minlasin.
3. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagilar qo‘llanilmasin:
SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat boji stavkalari haqida” 1979-yil 29-iyundagi 648-son qarori;
SSSR Ministrlar Sovetining “Aliment to‘lashdan bosh tortuvchi ota-onalarni qidirish vaqtida voyaga yetmagan bolalarga vaqtinchalik nafaqalar joriy etish to‘g‘risida” 1984-yil 6-fevraldagi 134-son qarori 2-bandining Davlat boji qismi (SSSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 25-yanvardagi 67-son qarori 3-bandining tahririda);
SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat boji stavkalari to‘g‘risida” 1979-yil 29-iyundagi 648-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1989-yil 25-oktabrdagi 894-son qarori;
SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat boji to‘g‘risida” 1979-yil 29-iyundagi 648-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1990-yil 10-fevraldagi 143-son qarori;
SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRdan ketish va SSSRga kelish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtida Davlat boji olish tartibi va miqdori haqida” 1991-yil 8-iyuldagi 452-son qarori.
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 16-iyuldagi 495-son (O‘zSSR QT 1979-yil, 7-son, 28-modda), 1981-yil 3-iyuldagi 538-son, 1987-yil 7-apreldagi 179-son (O‘zSSR QT, 1987-yil, 4-son, 22-modda) qarorlari, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1984-yil 13-fevraldagi 84-son qarori (O‘zSSR QT, 1984-yil, 2-son, 8-modda) 1-bandining “b” kichik bandi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-yil, 9-son, 30-modda)ga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 34 | 2,237 |
Qonunchilik | NAMANGAN VILOYATIDAGI QURILIShI TUGALLANGAN REZAKSOY SUV OMBORIDAN FOYDALANIShNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Namangan viloyatidagi qurilishi tugallangan Rezaksoy suv omboridan ishonchli foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Namangan viloyatidagi qurilishi tugallangan, 200,0 mln kub metr sig‘imli Rezaksoy suv ombori Davlat qabul komissiyasi qarori bilan foydalanishga qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvta’mirfoydalanish” respublika birlashmasi tarkibida Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
“O‘zsuvta’mirfoydalanish” respublika birlashmasining Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasining xodimlarining cheklangan soni 63 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 9 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
bir oy muddatda Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin;
qurilishi tugallangan, 200,0 mln kub metr sig‘imli Rezaksoy suv omborining Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi balansiga o‘tkazilishini ta’minlasin;
suv omboridan ishonchli foydalanilishi va suv resurslaridan oqilona foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2008-yilda Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi ta’minoti xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirsin;
2009-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida Rezaksoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi ta’minoti uchun zarur budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 106 | 1,885 |
Qonunchilik | UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 9-SINF BITIRUVChILARINI AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARIGA O‘QIShGA QAMRAB OLISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 473-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qamrab olish tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2008-yil 24-martda 1779-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qamrab olish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 473-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil 20-son, 199-modda) muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini (keyingi o‘rinlarda bitiruvchilar deb yuritiladi) o‘zlari va ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlangan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish tartibini belgilaydi.
2. Xalq ta’limi tizimida o‘tkazilgan psixologik-pedagogik tashxis natijalariga muvofiq, bitiruvchilarning o‘zlari va ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan tanlangan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishni davom ettirishlari to‘g‘risidagi arizalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hujjatlar yig‘ma jildi shakllantiriladi.
3. Joylarda o‘n ikki yillik majburiy ta’lim tizimiga to‘liq o‘tish masalalarini hal etish, bitiruvchilar va ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va mehnat bozorida talab etilayotgan mutaxassisliklar (kasblar) to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda ular uchun barcha qulayliklar yaratish maqsadida har bir tuman (shahar) hokimligi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi muvofiqlashtirish markazi (shtab) tashkil etiladi. Ushbu muvofiqlashtirish markazlariga joylardagi manfaatdor idora va jamoat tashkilotlari vakillari jalb etiladi.
4. Quyidagilar har bir tuman (shahar) hokimligi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi muvofiqlashtirish markazi (shtab)ning vazifalari etib belgilanadi:
barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf rahbarlari bilan birgalikda bitiruvchi o‘quvchilar, ularning ota-onalari orasida 9-sinf o‘quvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishni tashkil etish va nazorat qilish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi o‘quvchilari va ota-onalari uchun ular tanlagan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Ochiq eshiklar kuni”ni va unda ta’lim muassasasining barcha shart-sharoitlari bilan tanishtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirilishini, barcha bitiruvchilar va ularning ota-onalarining bu jarayonda ishtirok etishini ta’minlash;
bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish jarayonida nizoli holatlar vujudga kelganda, tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga masalani hal etish bo‘yicha taklif kiritish.
5. O‘quvchilarni qabul qilish davrida har bir akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida belgilangan tartibda maslahat markazlari tashkil etiladi.
6. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari bitiruvchilarning to‘liq hujjatlar yig‘ma jildini bitiruvchi hamda ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning bevosita ishtirokida tegishli akademik litsey va kasb-hunar kollejlari maslahat markaziga topshiradilar.
Hujjatlar yig‘ma jildini bitiruvchi yoki uning ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga berib yuborish man etiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisining hujjati qabul qilinganligi to‘g‘risida umumiy o‘rta ta’lim maktabi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorlari o‘rtasida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi va bunday dalolatnoma to‘rt nusxada rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomaning nusxalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va xalq ta’limi hududiy boshqarmalarida, umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari direktorlarida saqlanadi.
7. Qamrab olish imkoniyatlari doirasida o‘qish istagini bildirgan bitiruvchilar arizalariga ko‘ra akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilar safiga to‘g‘ridan to‘g‘riteng shartlarda (imtiyozlarsiz) qabul qilinadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda ushbu ta’lim muassasalariga bitiruvchilarini qamrab olish vaqtida ijodiy sinovlar o‘tkazilishi mumkin.
9. Bitiruvchilardan tushgan arizalar soni akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji uchun tasdiqlangan qabul ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lganda, har yili 1-iyulgacha O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga o‘quvchilar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratish yoki bitiruvchilar orasida saralash test-sinovlari o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan kiritilgan taklif bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi.
Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, saralash test-sinovlari belgilangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining quyidagi fan dasturlari asosida saralash test-sinovlari o‘tkaziladi:
akademik litseylarning — aniq fanlar, kasb-hunar kollejlarining — ta’lim, fan hamda muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari bo‘yicha: matematika, fizika, ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti);
akademik litseylarning — xorijiy filologiya, kasb-hunar kollejlarining — ijtimoiy fanlar, biznes va huquq bo‘yicha: chet tili, ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), tarix (biznes yo‘nalishi uchun matematika);
akademik litseylarning — tabiiy fanlar, kasb-hunar kollejlarining — qishloq va suv xo‘jaligi hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot bo‘yicha: kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti);
akademik litseylarning — ijtimoiy gumanitar fanlar, madaniyat va san’at, kasb-hunar kollejlarining — xizmatlar: chet tili, ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), tarix.
12. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saralash test-sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
13. Test-sinovlari o‘tkazilishi belgilangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saralash test-sinovlarini o‘tkazish uchun 11 yoki 13 nafar a’zolardan iborat komissiyasi tuziladi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi).
Komissiyaning tarkibiga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va xalq ta’limi hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) hokimligi, xalq ta’limi bo‘limining bittadan vakillari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari kiritiladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori Komissiya raisi hisoblanadi.
Saralash test-sinovlarini o‘tkazish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda ota-onalarning 4-5 nafar vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Komissiya saralash test-sinovlari adolatli, oshkoralik tamoyillari asosida, tartibli va xavfsizlik choralari ko‘rilgan holatda o‘tkazilishini ta’minlaydi.
14. Umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarida 1 — 5 o‘rinlarni egallagan bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-son qarori asosida akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul qilinadi.
15. Imkoniyatlari cheklangan bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlariga ta’lim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatiga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyalari xulosalari va tavsiyalari hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining, tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
16. Ushbu Nizomning 8, 11, 14 va 15-bandlarida belgilangan tartib asosida qamrab olinmagan bitiruvchilarning hujjatlari bitiruvchilar va ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) roziligi bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lgan boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga o‘tkaziladi.
17. Bitiruvchilarni qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lgan boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga o‘tkazishda tegishli akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari direktorlari tomonidan hujjatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (4 nusxada) rasmiylashtiriladi. Dalolatnomaning nusxalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va xalq ta’limi hududiy boshqarmalarida, umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlari direktorlarida saqlanadi.
Mazkur jarayon o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi va xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
18. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tomonidan bitiruvchilarini qamrab olish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining mutaxassislik (yo‘nalish)lari to‘g‘risidagi aniq ma’lumot o‘z vaqtida joylarda tuzilgan maslahat markazlari hamda xalq ta’limi boshqarmalariga berib boriladi.
19. Bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish jarayonida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida bahsli yoki nizoli holat vujudga kelganda, tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasidan olingan takliflarni inobatga olgan holda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.
20. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va xalq ta’limi hududiy boshqarmalari bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga to‘liq qamrab olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni umumlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yozma axborot beradi.
21. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi bitiruvchilarning akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga to‘liq qamrab olinganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga hisobot beradi.
22. Bitiruvchilarning akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga to‘liq qamrab olinishiga va ushbu Nizom asosida bitiruvchilarning hujjatlarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishiga O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlari mas’uldir.
23. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari har yili:
30-maygacha barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan ularning ota-onalari bilan kelishilgan holda qaysi akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni davom ettirishi to‘g‘risida arizalar olinishini;
10-iyungacha maktablarda bitiruv sinovlari yakunlanishini, 14-iyunga qadar bitiruvchilarning shahodatnomalari rasmiylashtirilishini hamda bitiruvchilar hujjatlarining yig‘ma jildlarini shakllantirilishini;
20-iyungacha bitiruvchilarning arizalari asosida o‘rnatilgan tartibda yig‘ma jildlarni tegishli akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga topshirilishini ta’minlaydi.
24. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari har yili 23-iyunga qadar:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlaridan qabul qilingan bitiruvchilar hujjatlarining yig‘ma jildlari asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tasdiqlangan qabul ko‘rsatkichlariga muvofiq bitiruvchilarni qabul qilish bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtiradi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tasdiqlangan qabul ko‘rsatkichlaridan bitiruvchilar hujjatlari ortiq tushgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga va har bir tuman (shahar) hokimligi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi muvofiqlashtirish markazi (shtab)ga tegishli ma’lumot kiritadi.
25. Har yili 26-iyungacha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari joylarda o‘n ikki yillik majburiy ta’lim tizimiga to‘liq o‘tish masalalarini hal etish bo‘yicha har bir tuman (shahar) hokimligi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi muvofiqlashtirish markaz (shtab)lardan olingan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muayyan yo‘nalish yoki mutaxassislik bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotni umumlashtirib, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga taqdim etadi.
26. Bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga to‘liq qamrab olish jarayoni 1-avgustgacha yakunlanadi va 10 kun muddatda ularni o‘quvchilar safiga qabul qilish buyrug‘i o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
27. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hujjatlarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish va ularni o‘qitish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Majburiy o‘qishni davom ettirish uchun bitiruvchilarga to‘sqinlik qilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining mansabdor shaxslari, shuningdek o‘quvchilarning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
29. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan. | 171 | 15,465 |
Qonunchilik | Muzey fondlarini toʻldirish uchun har yili 2 mlrd soʻm ajratiladi | Prezidentning 16.08.2017 yildagi PQ-3219-son «Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat davlat rahbarining saytida joylashtirilgan.
Badiiy Akademiyaning yangi vazifalari va tuzilmasi
Hujjat bilan Badiiy akademiyaning, uning markaziy apparati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining tuzilmasi tasdiqlandi va muassasaning asosiy vazifalari belgilandi.
Belgilanishicha, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining raisi maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy хizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha – vazirga, uning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib – vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Kelasi yil boshidan boshlab Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolari uchun EKIHning 4 barobari miqdorida oylik gonorar toʻlash tizimi joriy qilinadi. Unga JShDS solinmaydi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolariga belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hududida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi uchun bino quriladi. Unda rassomlar uchun tajriba ustaхonalari ochiladi.
San’at asarlarining qiymatini ekspertlar kengashi aniqlaydi
Madaniyat vazirligi qoshida Badiiy ekspertlar kengashini tashkil etiladi. Uning vazifasi mamlakatimiz muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilashdan iborat.
Kelgusi yildan boshlab Madaniyat vazirligiga yuqorida koʻrsatilgan asarlarni sotib olish uchun har yili Davlat byudjetidan 1 milliard soʻm va “Oʻzvinosanoatхolding” kompaniyasining tashabbusi bilan хayriya asosida 1 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi. Ular Badiiy ekspertlar kengashi хulosasiga binoan sotib olinadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 65 | 2,193 |
Qonunchilik | Aholining minimal iste’mol хarajatlari qiymatini hisoblash tartibi joriy etilmoqda | Vazirlar Mahkamasining 27.08.2021 yildagi “Minimal iste’mol хarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish toʻgʻrisida”gi 544-son qarori qabul qilindi.
Minimal iste’mol хarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi. 2022 yildan boshlab, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi orqali oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish jarayonida qoʻllaniladigan va jon boshiga toʻgʻri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol хarajatlariga tenglashtiriladi.
Har yili avgust oyiga qadar minimal iste’mol хarajatlari qiymatining prognoz parametrlari inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblanadi.
Minimal iste’mol хarajatlari va kambagʻallik darajasi har yilgi hisobot yilida inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20 yanvariga qadar e’lon qilib boriladi. Minimal iste’mol хarajatlari tarkibi kamida har 5 yilda qayta koʻrib chiqiladi.
Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholining minimal iste’mol хarajatlari qiymati va kambagʻallik chegarasini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 82 | 1,215 |
Qonunchilik | Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/9-son qarori (ro‘yxat raqami 3263, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3263/1100-son) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yo‘riqnoma mikromoliya tashkilotlari, lombardlar hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari (bundan buyon matnda nobank kredit tashkiloti deb yuritiladi) uchun buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-banddagi “mikrokredit tashkilotlari, lombardlar hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari (bundan buyon matnda ipoteka tashkiloti deb yuritiladi)” degan so‘zlar “nobank kredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va mazkur Yo‘riqnomaga, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari (bundan buyon matnda ipoteka tashkiloti deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq o‘z hisob siyosatini ishlab chiqishi, tasdiqlashi va amalda qo‘llashi, shuningdek ish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hujjatlar aylanish tartibini belgilashi lozim.”.
4. 3-banddagi “Nobank kredit tashkilotining va ipoteka tashkilotining” degan so‘zlar “Nobank kredit tashkilotining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 3-bobning nomi, 35-band, 60-bandning birinchi xatboshisi, 76 va 92-bandlardagi “Mikrokredit” degan so‘z “Mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin.
6. 27, 38, 40, 97 va 100-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
7. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Mikromoliya tashkiloti, lombard va mijoz o‘rtasida kredit (shuningdek, mikrokredit, mikroqarz, lizing) shartnomasi imzolangan sanada mijozga kredit hisobvarag‘i ochiladi.”.
8. 36-banddagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin.
9. 68-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “55995” raqami “55996” raqami bilan almashtirilsin.
10. 6-paragrafning nomi va 94-banddagi “mikrolizing” degan so‘z “lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin.
11. 89-banddagi “mikrolizingga” va “Mikrolizing” degan so‘zlar tegishli ravishda “lizingga” va “Lizing” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 90-banddagi “Mikrolizingga” va “mikrolizing” degan so‘zlar tegishli ravishda “Lizingga” va “lizing” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
13. 91-bandda:
birinchi xatboshidagi “mikrolizing” degan so‘zlar “lizing” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Mikrolizing” degan so‘z “Lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin.
14. 92-banddagi “mikrolizingga” va “mikrolizing” degan so‘zlar tegishli ravishda “lizingga” va “lizing” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. 95-bandda:
birinchi xatboshidagi “Mikrolizing” va “mikrolizing” degan so‘zlar tegishli ravishda “Lizing” va “lizing” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “mikrolizing” degan so‘zlar “lizing” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. 96-banddagi “Mikrolizing” va “mikrolizing” degan so‘zlar tegishli ravishda “Lizing” va “lizing” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17. 98-banddagi “Mikrolizing” degan so‘zlar “Lizing” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18. 101-banddagi “amalga oshiriladi” degan so‘zlar “o‘tkazib beriladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19. 146-banddan “tashkiloti va ipoteka” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
20. 1-ilovada:
a) 3-banddagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin;
b) 2-bobda:
15600, 15607, 15699, 16323, 45100, 45105 va 56838 kodlardagi “Mikrolizing” degan so‘z “Lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin;
15617, 15619, 15709, 45117, 45119 va 45121 kodlardagi “mikrolizing” degan so‘z “lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin;
v) 3-bobda:
1) 12599 kodining ikkinchi xatboshisi, 13201 kodining ikkinchi xatboshisi, 13205 kodining ikkinchi xatboshisi, 13209 kodining ikkinchi xatboshisi, 13299 kodining ikkinchi xatboshisi, 15401 kodining ikkinchi xatboshisi, 15405 kodining ikkinchi xatboshisi, 15499 kodining ikkinchi xatboshisi va 16575 kodining uchinchi xatboshisidagi “mikrokredit” degan so‘z “mikromoliya” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 15600, 45100, 45105 va 56838 kodlardagi “Mikrolizing” degan so‘z “Lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3) 15607 kodida:
birinchi xatboshidagi “Mikrolizing” degan so‘z “Lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “mikrolizing” degan so‘z “lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4) 15617, 15619, 15709 kodlar, 16701 kodining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 16707 kodining ikkinchi xatboshisi, 45117 va 45119 kodlardagi “mikrolizing” degan so‘z “lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin;
5) 15699 kodida:
birinchi xatboshidagi “Mikrolizing” degan so‘z “Lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi va beshinchi xatboshilardagi “mikrolizing” degan so‘z “lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 16323 kodida:
birinchi xatboshidagi “Mikrolizing” degan so‘z “Lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “mikrolizinglar” degan so‘z “lizinglar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
7) 45121 kodida:
birinchi xatboshidagi “mikrolizing” degan so‘z “lizing” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “mikrolizinglar” degan so‘z “lizinglar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
8) 55995 kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55996 Boshqa foizsiz xarajatlar”;
9) 91501 kodining ikkinchi xatboshisidan “, shuningdek “foiz o‘stirmaslik” maqomiga o‘tkazilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblanadigan foizlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. | 127 | 6,246 |
Qonunchilik | Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yo‘l xo‘jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to‘laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida:
1. Tugatilayotgan Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (“O‘zavtoyo‘l” DAK) negizida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etilsin.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi:
majburiyatlar va shartnomalar, shu jumladan, xalqaro shartnomalar bo‘yicha Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasining (“O‘zavtoyo‘l” DAK) huquqiy vorisi hisoblanadi;
avtomobil yo‘llari sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish;
avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;
avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish;
zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini ta’minlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;
avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport-foydalanish darajasida bo‘lishini ta’minlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, chet ellarda o‘quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish.
4. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tashkil etilsin.
6. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qurilishi ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
qurilishi tugallangan yo‘l obyektlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashish;
yo‘l qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish;
yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysundirilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari tushumi hamda sarfining yillik va choraklik hisobotlarini shakllantirish;
yo‘l xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashning nomma-nom ro‘yxatlarini belgilangan tartibda kelishish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish.
8. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga mablag‘larni yig‘ish va tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga, Davlat bojxona qo‘mitasiga va Ichki ishlar vazirligiga yuklanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘laridan asosli va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklanadi;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlariga, shu jumladan, avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash obyektlarining ish hujjatlarini va avtomobil yo‘llarini jihozlash bo‘yicha tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga yuklanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy yig‘imlar hisoblanadi, ularning miqdori har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasdiqlanishi bilan bir vaqtda belgilanadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda:
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etishni hamda 2017-2018-yillarda hududiy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlarini nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini kiritsin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarorini qabul qilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 19-avgustdagi PF-3292-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 90 | 7,286 |
Qonunchilik | Ozodlikdan mahrum etilganlar bilan onlayn-uchrashuvlarga ruхsat beriladi | Prezident 11.08.2017 yildagi PQ–3200-son «Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari saytida хabar beriladi.
Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish IIVning eng muhim vazifasi deb belgilandi:
birinchidan - mahkumlar va qamoqqa olingan shaхslarning huquqlariga soʻzsiz rioya etilishini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilinishini ta’minlash, хodimlarning хizmat vazifalarini lozim darajada bajarilishi ustidan nazoratni korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlarini istisno etadigan tarzda kuchaytirish;
ikkinchidan - mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatdagi хulq-atvor qoidalariga rioya etish madaniyatini, bilim va ma’naviy-ahloqiy saviyasini oshirishga intilishni shakllantirishga qaratilgan qayta tarbiyalash va aхloqan tuzatish jarayonini takomillashtirish;
uchinchidan - fuqarolar bilan ularni jinoiy-ijroiya sohasida tashvishga solayotgan muammolarni hal etishda samarali muloqot oʻrnatish, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan shaхslarni ijtimoy moslashuvini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan uzviy hamkorlikni ta’minlash;
toʻrtinchidan - malakali kadrlarni tanlash, ularni maхsus kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha samarali meхanizmlarni joriy etish;
beshinchidan - mehnat bozorida talabga ega boʻlgan kasblar boʻyicha asosiy hunar va umumta’lim dasturlarini amalga oshirish doirasida mahkumlarni, hususan voyaga yetmagan va ma’lumotga ega boʻlmaganlarni oʻqitish sifatini oshirish;
oltinchidan - mahkumlarning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish va ularni ish bilan ta’minlash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;
yettinchidan - qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarishni, mahkumlar va qamoqqa olingan shaхslarga qulay sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini faoliyatda keng qoʻllash.
Bu - muhim! Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga jazoni ijro etish muassasalarining faoliyatiga:
Bundan tashqari, IIVning boʻlinmalarini jihozlash, birinchi navbatda, jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobidan, tanlov va tender savdolarini oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bunda jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari 2023 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod etildi.
Xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlarning bir qismi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamgʻarmasini tashkil etishga Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadigan miqdorda yoʻnaltiriladi.
Hujjat bilan Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagigi nizom tasdiqlandi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 72 | 3,458 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-406-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 29-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-406-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 723 |
Qonunchilik | “PAXTA TOLASINI EKSPORT QILISh VA ChET EL INVESTITSIYaSI IShTIROKIDAGI KORXONALARGA SOTISh BO‘YIChA ChET EL VALYuTASIDAGI TUShUMDAN MAJBURIY SOTUVNI AMALGA OShIRISh HAMDA PAXTA TOLASINI EKSPORT QILIShGA OID ShARTNOMALAR BO‘YIChA BANK KAFOLATLARINI BE | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 36-son, 359-modda), 2007-yil 21-noyabrdagi PQ-733-sonli “Paxta tolasini respublikaning ichki iste’molchilariga sotishni takomillashtirish va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 46-47-son, 467-modda) hamda 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 10-11-son, 58-modda) qarorlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 10-sentabrdagi 611-sonli “Paxta tolasini eksport qilish va chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga sotish bo‘yicha chet el valyutasidagi tushumdan majburiy sotuvni amalga oshirish hamda paxta tolasini eksport qilishga oid shartnomalar bo‘yicha bank kafolatlarini berish va zaxira akkreditivlarini ochish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Ro‘yxat raqami 1512, 2005-yil 20-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 37-38-son, 291-modda), ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. Qarorning nomi va 1 bandidagi “chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga” so‘zlari “paxta tolasiga ishlov beruvchi respublika korxonalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. “Paxta tolasini eksport qilish va chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga sotish bo‘yicha chet el valyutasidagi tushumdan majburiy sotuvni amalga oshirish hamda paxta tolasini eksport qilishga oid shartnomalar bo‘yicha bank kafolatlarini berish va zaxira akkreditivlarini ochish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda:
a) nomidagi “chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga” so‘zlari “paxta tolasiga ishlov beruvchi respublika korxonalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga” so‘zlari “paxta tolasiga ishlov beruvchi respublika korxonalariga (bundan keyingi o‘rinlarda respublika korxonalari deb yuritiladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-banddagi, 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi, 4-bandining birinchi va ikkinchi xatboshisidagi, 6-banddagi, 8-bandining uchinchi xatboshisidagi, 9-banddagi “chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga” so‘zlari “respublika korxonalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan. | 250 | 3,243 |
Qonunchilik | ENERGETIK KORXONALAR UChUN YoNG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) muvofiq Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
1. Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining 2004-yil 12-martdagi 107, 29/9-120-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1341, 2004-yil 22-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 16-son, 194-modda) bilan tasdiqlangan Energetik korxonalar uchun yong‘in xavfsizligi qoidalariga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 95 | 1,024 |
Qonunchilik | QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI BUDJETI, MAHALLIY BUDJETLARGA BUDJET SSUDALARI BERISh VA OLINGAN BUDJET SSUDALARINI QAYTARISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq budjet ssudalarini cheklangan muddatlarini hamda berish tartibini belgilash maqsadida buyuraman:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish moliya vaziri o‘rinbosarlari D. Kuchkarov va M. Abduraxmonov zimmasiga yuklatilsin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, budjet ssudalarini (bundan buyon matnda ssudalar deb yuritiladi) berish va qaytarish tartibi va cheklangan muddatlarini belgilaydi.
2. Ssudalar:
a) respublika budjetidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan — quyi turuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibiga kiruvchi shaharlar va tumanlar budjetlariga;
v) viloyat budjetidan — quyi turuvchi viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar va viloyat tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlariga;
g) Toshkent shahar budjetidan — quyi turuvchi Toshkent shahri tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlariga;
d) tarkibida tumanlari mavjud bo‘lgan shahar budjetidan — quyi turuvchi shahar tarkibiga kiruvchi tuman budjetlariga;
e) tuman budjetidan — quyi turuvchi tumanlar bo‘ysunuvidagi shahar budjetlariga beriladi.
3. Sudlar budjet manbalarining to‘liq safarbar qilinishi tegishli birinchi darajali xarajatlar va muhim chora-tadbirlarni moliyalashtirilishini ta’minlamagan hollarda yuqori turuvchi budjetdan beriladi.
Ssudalar:
a) daromadlar tushumi va xarajatlarni amalga oshirish o‘rtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash;
b) daromadlar tushumi va xarajatlarni amalga oshirish o‘rtasidagi haqiqiy vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash;
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning rejali xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalarini amalga oshirish uchun beriladi.
4. Yuqori turuvchi budjet mablag‘lari hisobidan ssudalar quyi turuvchi budjetlarga quyidagi muddatlarga berilishi mumkin:
a) rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun — moliya yilining 9 (to‘qqiz) kalendar oyigacha;
b) haqiqiy vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun — 3 (uch) kalendar oyigacha;
v) maqsadli moliyalashtirish sxemasini amalga oshirish uchun — 1 (bir) kalendar oyigacha.
5. Kelgusi moliya yili uchun tegishli budjetning yillik daromadlar va xarajatlar hajmlarini choraklar bo‘yicha taqsimotini tuzishda har bir chorakda daromad va xarajatlar o‘rtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun ssudalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 26-martdagi 29-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarda nazarda tutilgan daromad va xarajatlari hajmlarini choraklar bo‘yicha taqsimlash, budjet ijrosi jarayonida kiritiladigan o‘zgartirishlar hisobini yuritish, budjetda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar va tashkilotlarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 1025, 2001-yil 12-aprel) (Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 7-son) belgilangan tartibda nazarda tutiladi.
Rejali yoki haqiqiy vaqtinchalik kassa uzilishlari vujudga kelganda, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining rejali xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemasi bo‘yicha ssudaga ehtiyoj yuzaga kelganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli Toshkent shahri va viloyatlarning hokimlari (ularning o‘rinbosarlari) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ssuda berilishi to‘g‘risida yozma so‘rov bilan murojaat qiladilar. Xuddi shunday tartibda shahar va tuman hokimlari (ularning o‘rinbosarlari) yuqori turuvchi hokimiyatlar moliya organlariga ssuda berilishi to‘g‘risida yozma so‘rov bilan murojaat qiladilar.
6. Budjetga daromadlarning o‘z vaqtida tushmaganligi yoki qo‘llanilgan chora-tadbirlar tegishli budjet daromad va xarajatlari balansliligini ta’minlash imkonini bermagan yoki budjet xarajatlarini oldindan moliyalashtirish zarurati yuzaga kelgan hollarda ssuda berilishi to‘g‘risida yozma so‘rov bilan murojaat qilinishiga asos bo‘lishi mumkin.
7. Ssuda berilishi to‘g‘risida yozma so‘rovga tegishli moliya organlari rahbari tomonidan imzolangan ssudaga bo‘lgan ehtiyojlar asoslantirilgan hisob-kitoblar va ssuda olish haqida shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
8. Ilova qilingan hisob-kitoblarda kassa uzilishi yuzaga kelish sabablarining batafsil tahlili keltirilishi lozim hamda quyidagilarni:
a) budjetning haqiqiy ijrosi haqidagi yil boshidan oxirgi hisobot davrigacha bo‘lgan ma’lumotlarni;
b) kassa uzilishi yuzaga keladigan hisobot davri uchun aniqlangan daromadlar tushumining prognozini;
v) budjet oldidagi qarzdorliklar summasi va ularning paydo bo‘lish sabablari, hudud bo‘yicha qarzdorliklar dinamikasi;
g) tegishli davrda budjetda nazarda tutilgan tip, obyekt va kichik obyektlar bo‘yicha birinchi darajali xarajatlar summasini;
d) kutilayotgan daromadlar tushumi, shu jumladan soliq turlari bo‘yicha hamda tegishli hisobot davrida kutilayotgan xarajatlarni;
e) so‘ralayotgan ssudalar hajmi va uni to‘lash muddatlarini;
j) kassa uzilishining yuzaga kelish sabablarini tushuntirishni, so‘rovning asoslanganligini, shuningdek ssudani o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar rejasini o‘z ichiga olishi lozim.
9. Ssuda so‘rovini ko‘rib chiqayotgan va ssuda beradigan yuqori turuvchi moliya organi qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborot va hisob-kitoblarni so‘rashi mumkin.
10. Hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan hollarda ssuda berilishi to‘g‘risidagi so‘rov ko‘rib chiqilmaydi.
11. Barcha hisob-kitoblar ikki nusxada tegishli moliya organlari tomonidan tayyorlanib, bir nusxasi ushbu moliya organida saqlanadi, ikkinchisi esa yuqori turuvchi organga taqdim etiladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlarning moliya boshqarmasidan ssuda berish to‘g‘risidagi so‘rovni olgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi Davlat budjeti bosh boshqarmasi bilan birgalikda hisob-kitoblarni, shuningdek ssuda berish uchun asoslarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga ssuda berish yoki rad etish to‘g‘risidagi aniq takliflar bilan yozma xulosa kiritadi. Xuddi shunday tartibda quyi moliya organlaridan yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etilgan ssuda berish to‘g‘risidagi so‘rovlar yuqori turuvchi moliya organlarining budjet bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda tegishli moliya organi rahbariyatiga yozma xulosa kiritadi.
Ijobiy xulosada berilishi taklif etilayotgan ssuda hajmi, uning maqsadli yo‘naltirilganligi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatiladi.
Salbiy xulosada ssuda berilishi mumkin emasligi to‘g‘risida aniq sabablar va asoslar ko‘rsatiladi.
13. Yozma ijobiy xulosa asosida O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri moliya bosh boshqarmalari boshlig‘i, shaharlar, tumanlar moliya bo‘limlari mudirlari ssuda bo‘yicha qaror qabul qiladilar.
Budjet ssudasini berish uchun asos va hisob-kitoblarni ko‘rib chiqish, shuningdek budjet ssudasini berish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish so‘rov kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
Xulosa asosida moliya organi rahbarining ssuda berish to‘g‘risidagi qarori bilan ssuda oluvchi moliya organi va ssuda beruvchi moliya organi o‘rtasida ssuda berish to‘g‘risidagi shartnoma rasmiylashtiriladi.
14. Ssuda berish rad etilganda so‘rov taqdim etuvchi yozma ravishda rad etishning aniq sabab va asoslarini ko‘rsatgan holda tegishli moliya organi tomonidan xabar beriladi.
15. Ssuda tegishli budjetdan ssuda berish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatda mablag‘larni to‘lov topshiriqnomasi orqali ko‘chirish yo‘li bilan beriladi.
16. Ssudani qaytarish ssuda berish to‘g‘risidagi shartnomada qat’iy belgilangan muddatda, qoida tariqasida pul mablag‘lari bilan amalga oshiriladi.
17. Ssudani qaytarish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) ssuda olgan mahalliy budjetga tushgan mablag‘lar hisobidan to‘lov topshiriqnomasi orqali o‘tkazish;
b) yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetlarga yo‘naltirilgan rejalashtirilgan dotatsiya (subvensiyalar) evaziga o‘zaro hisobga olish;
v) yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblar bo‘yicha ularning qarzdorligini o‘zaro hisob-kitob qilish;
g) ssuda olgan mahalliy budjetning asosiy hisob raqamiga ssuda bergan moliya organi tomonidan mablag‘larni inkasso topshiriqnomalari orqali undirish.
18. Ssuda bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorliklarni to‘lash uchun mablag‘larni inkasso topshiriqnomalari orqali hisobdan chiqarish budjet tashkiloti xodimlariga ish haqini to‘lash, ish haqini hisoblash, stipendiyalar, nafaqalar bo‘yicha birlamchi xarajatlar to‘liq hudud bo‘yicha qoplangandan so‘ng amalga oshiriladi.
19. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlarini uzaytirish budjet ssudasini oluvchida uni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatini istisno etadigan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi. Budjet ssudalarini qaytarish muddatlarini uzaytirish to‘g‘risidagi so‘rov ssuda bergan moliya organi rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ssuda oluvchi ssuda to‘lash muddatining tugashidan ikki hafta oldin, dekabrda esa joriy yilning 15-dekabridan kechikmasdan iltimosnoma jo‘natadi.
20. Budjet ssudalarini to‘lash muddatlarini uzaytirish mazkur Nizomda ssuda berish uchun belgilangan tartibda va shartlarda rasmiylashtiriladi. Bunda ssuda berish to‘g‘risidagi shartnomaga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
21. Keyingi moliya yiliga budjet ssudalarini to‘lash muddatlarini uzaytirishda, qaytarish muddatlari uzaytirilgan ssudalardan foydalanish uchun to‘lov belgilanishi mumkin. To‘lov hajmi (foiz stavkasi) ssuda beruvchi moliya organi rahbari tomonidan belgilanadi.
22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri, Toshkent shahri va viloyatlar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, tuman va shahar moliya bo‘limlari mudirlari ssuda berish to‘g‘risidagi so‘rovga taqdim etilayotgan hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va xolisligiga, shuningdek uning maqsadli foydalanilishi va o‘z vaqtida to‘lanishiga shaxsan javobgardirlar.
23. Olingan ssudalardan maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlanganda, tegishli moliya organlari rahbarlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. | 169 | 10,861 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-891-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 28-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-891-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 160 | 740 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotaning bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-412-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari X. Gapporov, K. Jumaniyozov, A. Qurbonov, S. Samoylov va I. Xushvaqtov tomonidan 2018-yil 30-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotaning bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-412-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin. | 244 | 1,318 |
Qonunchilik | SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA KIRITISh UChUN LOYIHALARNI KO‘RIB ChIQIShDA IChKI BOZORNING MAMLAKATIMIZDA IShLAB ChIQARILGAN TOVARLAR BILAN TO‘LGANLI | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni ko‘rib chiqishda Ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga (keyingi o‘rinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb ataladi) kiritish uchun loyihalarni ko‘rib chiqishda ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligi darajasini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tovar — xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining sotish uchun mo‘ljallangan mahsuloti;
o‘zaro almashinadigan tovarlar — funksional maqsadi, qo‘llanishi, sifat va texnik tavsiflari, narxi va boshqa parametrlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan tovarlar (tovarlar guruhi);
tovar bozori — tovarning O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning ma’muriy-hududiy bo‘linishiga to‘g‘ri keladigan yoki to‘g‘ri kelmaydigan bir qismida muomalada bo‘lish sohasi;
tovar bozorining hajmi — eksport hajmini chegirgan holda, o‘zaro almashinadigan tovarlarni va tovar importini hisobga olgan holda ishlab chiqarish hajmining yig‘indisi;
bozorning tovarlar bilan to‘lganligi — o‘zaro almashinadigan tovarlarni hisobga olgan holda muayyan tovarning umumiy hajmida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar ulushini belgilaydigan ko‘rsatkich.
3. Tovar bozorlarining to‘lganligi darajasini aniqlash statistika organlaridan va davlat bojxona xizmati organlaridan, shuningdek, zarurat bo‘lganda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olingan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyihalarni ko‘rib chiqishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bozorning tovarlar bilan to‘lganligi darajasini aniqlash bilan ayni bir vaqtda, shuningdek raqobat muhitini, o‘zaro almashinadigan tovarlarni va qonunchilikka muvofiq narx belgilanishini hisobga olgan holda monopollashtirish darajasini ham baholaydi. Bunda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tegishli bozorlarning ilgari o‘tkazilgan tahlillari ma’lumotlari va natijalaridan foydalanishi mumkin.
5. Tovarning xususiyati va texnik tavsiflari tufayli tovarning o‘zaro almashinuvchanligi darajasini belgilash murakkab bo‘lganda tovarning o‘zaro almashinuvchanligi to‘g‘risida standartlashtirish organlaridan, tegishli vakolatli tashkilotlardan hamda bevosita ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilardan olingan ma’lumotlardan foydalanilishi mumkin.
6. Bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligi darajasi (o‘zaro almashinadigan tovarlarni hisobga olgan holda) tovar ishlab chiqarish hajmining tovar bozori hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi.
7. Ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligi darajasini tahlil qilish va baholash uchun oxirgi ikki hisobot yili bo‘yicha statistik ma’lumotlar qabul qilinadi. Bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda oxirgi olti oy bo‘yicha statistik ma’lumotlar qabul qilinadi.
8. Tovar bozori hajmida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar ulushi 80 foizdan ko‘p bo‘lganda bozor tovar bilan to‘lgan hisoblanadi va mazkur ulush ushbu ko‘rsatkichdan kam bo‘lganda tovar bilan to‘lmagan hisoblanadi.
9. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan so‘ralayotgan muayyan tovar bo‘yicha axborot so‘rov olingandan keyin 10 kun muddatda quyidagilar tomonidan:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan — tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar ro‘yxati to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarishning yalpi hajmi, tovarlar eksporti va importi to‘g‘risida 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan — tovarlar hajmlarini ko‘rsatgan holda ushbu tovar importi va eksporti bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati to‘g‘risida 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan — ishlab chiqarish quvvati, tovarni ishlab chiqarish, yuklab jo‘natish va eksport qilish hajmlari to‘g‘risida 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha;
vakolatli tashkilotlar va muayyan tovarning bevosita ishlab chiqaruvchilari tomonidan — tovarning funksional maqsadi, qo‘llanishi, sifat va texnik tavsiflari, narxi va boshqa parametrlari bo‘yicha boshqa tovar bilan o‘zaro almashinuvchanligi to‘g‘risida taqdim etiladi.
10. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi so‘ralayotgan materiallar olingandan keyin 10 ish kunidan kechikmagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga raqobat muhiti, monopollashtirish darajasi va ichki bozorning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘lganligi darajasi to‘g‘risida tegishli xulosa taqdim etadi.
11. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlariga axborotlar, ma’lumotlar, hujjatlar va ularning nusxalarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik yoki qasddan ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etganlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar. | 250 | 6,397 |
Qonunchilik | IShLAB ChIQARIShDAGI BAXTSIZ HODISALAR VA KASB KASALLIKLARIDAN MAJBURIY DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonunning maqsadi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — sug‘urtalangan shaxsning u mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha o‘z vazifalarini sug‘urta qildiruvchining hududida yoki undan tashqarida bajarayotganda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va sug‘urtalangan shaxsni boshqa ishga o‘tkazish zaruriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa;
kasb kasalligi — sug‘urtalangan shaxsga unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli omili ta’siri natijasida uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasallik;
mehnatda mayib bo‘lish — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida sug‘urtalangan shaxsning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi;
sug‘urtalovchi — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;
sug‘urta badallari — sug‘urta qildiruvchining mehnatga haq to‘lash fondidan sug‘urtalovchiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladigan ajratmalari;
sug‘urtalangan shaxs — mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlaydigan, sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga shu shartnomaga (kontraktga) muvofiq sug‘urta badallarini to‘laydigan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi qilinishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxs;
sug‘urta qildiruvchi — jismoniy shaxsni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishga yollagan yuridik yoki jismoniy shaxs;
sug‘urta hodisasi — sug‘urtalangan shaxsning sog‘lig‘iga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida zarar yetkazilganligi yoki uning vafot etganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan fakt bo‘lib, u sug‘urta tovoni to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyati vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasining maqsadlari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lgan huquqlarini qonunda belgilab qo‘yish orqali ularning ijtimoiy himoyasini amalga oshirish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasb kasalligi oqibatida xodimning hayoti hamda sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi munosabati bilan sug‘urta tovoni to‘lanishini ta’minlash;
mehnatni muhofaza qilish holatini va mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash.
Sug‘urtalangan shaxs:
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovoni bilan ta’minlanish;
sug‘urta hodisasini tekshirishda, shu jumladan kasaba uyushmasi organi yoki o‘z ishonchli shaxsi jalb qilingan holda ishtirok etish;
sug‘urta hodisalarini tekshirish natijalariga doir qarorlar ustidan shikoyat qilish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlari haqida sug‘urta qildiruvchidan, sug‘urtalovchidan bepul axborot olish;
tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) o‘tish masalalari yuzasidan davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga va tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga mustaqil ravishda murojaat etish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi masalalari bo‘yicha o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga, shuningdek kasaba uyushmasi organlariga murojaat etish huquqiga ega.
Sug‘urtalangan shaxs:
mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo‘riqnomalariga rioya etishi;
sug‘urta hodisasi yuz berganda, o‘z yashash joyi yoki ish joyi o‘zgarganligi to‘g‘risida, shuningdek o‘zi oladigan sug‘urta tovonining miqdori o‘zgarishiga yoki uni olish huquqining yo‘qolishiga sabab bo‘luvchi holatlar haqida bunday holatlar vujudga kelgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarini xabardor qilishi;
tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilishga doir tavsiyalarni bajarishi, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi belgilagan muddatlarda tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) o‘tishi shart.
Sug‘urtalangan shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta qildiruvchi:
sug‘urtalangan shaxs mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo‘riqnomalariga rioya etishini talab qilish;
sug‘urtalangan shaxsga sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha yordam ko‘rsatish;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek sug‘urtalangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda himoya qilish huquqiga ega.
Sug‘urta qildiruvchi:
sug‘urta badallarini sug‘urtalovchiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda to‘lashi;
sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish choralarini ta’minlashi;
sug‘urta hodisalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishi;
sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan kundan e’tiboran bir sutka ichida bu haqda mehnat sharoitlarini muhofaza va ekspertiza qilish davlat inspeksiyasiga xabar qilishi;
sug‘urtalangan shaxsni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) o‘tish uchun yuborishi;
sug‘urta hodisalari sodir bo‘lishining oldini olish va ularni tekshirish masalalari bo‘yicha davlat organlarining qarorlarini ijro etishi hamda kasaba uyushmasi organlarining takliflarini ko‘rib chiqishi;
sug‘urtalangan shaxslarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini o‘z mablag‘lari hisobidan o‘qitishi;
sug‘urtalangan shaxsga uning huquq va majburiyatlarini, shuningdek ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasining tartibi hamda shartlarini tushuntirishi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasini amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarning tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini sug‘urtalangan shaxsga taqdim etishi shart.
Sug‘urta qildiruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchi:
sug‘urta hodisalari to‘g‘risidagi axborotni tekshirish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi masalalari yuzasidan manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan hamkorlik qilish;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek sug‘urtalangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda himoya qilish huquqiga ega.
Sug‘urtalovchi:
sug‘urta tovoni to‘lovlarini amalga oshirish uchun pul mablag‘larini to‘plashi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta tovoni to‘lovlarini belgilangan hajmlarda va o‘z vaqtida moliyalashtirishi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasini amalga oshirish uchun mablag‘lardan foydalanishning hisobga olinishini ta’minlashi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan zarur choralarni amalga oshirishi;
sug‘urta qildiruvchilar, sug‘urtalangan shaxslar va sug‘urta tovoni olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslar to‘g‘risida o‘z faoliyati natijasida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi shart.
Sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasini amalga oshirish uchun mablag‘lar sug‘urtalovchi tomonidan quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
sug‘urta qildiruvchilarning sug‘urta badallari;
undiriladigan jarima va penyalar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Sug‘urta tovoni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, nogironlik pensiyasi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tarzida to‘lanadi.
Sug‘urta tovoni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan to‘lanadi.
Sug‘urta tovoni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasining maqsadlari uchun sug‘urtalovchi tomonidan to‘plangan pul mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi.
Sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa uning oila a’zolariga yoki dafn marosimini o‘tkazishni o‘z zimmasiga olgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda to‘lanadi.
Nogironlik pensiyasi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyati to‘liq yoki qisman yo‘qotilganda tayinlanadi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlik pensiyasi ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik kelib chiqqan vaqt va nogironlik belgilab qo‘yilayotgan muddat qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi vafot etgan sug‘urtalangan shaxsning qaramog‘idagi mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi. Bunda yoshidan va mehnat layoqatidan qat’i nazar, farzandlarga, ota-onadan biriga yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singilga pensiya, agar ular vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lguniga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa, boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganligidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi, shuningdek vafot etgan sug‘urtalangan shaxsning qaramog‘ida bo‘lmagan ota-onasiga va eriga (xotiniga) ham, agar ular keyinchalik tirikchilik uchun zarur mablag‘lar manbaidan mahrum bo‘lib qolgan bo‘lsa, to‘lanadi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Sug‘urta qildiruvchi ushbu Qonun bilan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi, sug‘urta badallari o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun javobgardir.
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni bajarish kechiktirilganda sug‘urtalovchiga qonunchilikda belgilangan miqdorda jarima va penyalar to‘laydi.
Sug‘urtalovchi ushbu Qonun bilan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta tovoni to‘lovlarining belgilangan hajmlarda o‘z vaqtida moliyalashtirilishi uchun javobgardir.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 110 | 13,030 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘tgan yillarda mamlakatda sog‘liqni saqlashni boshqarishning yagona tizimini yaratish, tibbiyotning xususiy sektorini rivojlantirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va sog‘lom avlodni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, ushbu sohada sog‘liqni saqlashni samarali isloh qilishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:
birinchidan, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi oqibatida ushbu sohadagi islohotlar to‘liq bo‘lmagan shaklda va tizimsiz tarzda amalga oshirilmoqda, bu esa aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirish imkonini bermayapti;
ikkinchidan, respublika sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishda sog‘liqni saqlashni boshqarishning xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan muvaffaqiyatli tajribasi va aniq innovatsion modellari lozim darajada hisobga olinmayotganligi sohaga investitsiyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini bermayapti;
uchinchidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, eng avvalo, respublikaning xususiy sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va lozim darajada saqlash, ularning ko‘nikmalari zamonaviy talablarga muvofiqligi ustidan ta’sirchan monitoring tizimi joriy etilmagan;
to‘rtinchidan, xususiy sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash orqali davlatning sog‘liqni saqlashga xarajatlarini maqbullashtirishga, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlarini budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish tizimiga integratsiya qilishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti;
beshinchidan, klinik protokollar va tibbiy standartlarning mukammal emasligi, shuningdek, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi aholiga tibbiy yordamni tashkil etishga zamonaviy uslub va yondashuvlarni joriy etish imkonini bermayapti;
oltinchidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari to‘g‘risida haqqoniy ma’lumotlar, shuningdek, ishonchli tibbiyot statistikasining yagona bazasi shakllantirilmaganligi sog‘liqni saqlash tizimi ahvolini munosib baholash va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bermayapti;
yettinchidan, hal etilmagan muammo va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi jamiyatda tibbiyot xodimlarining imidji va obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, ushbu kasb nufuzini va mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchni pasaytirmoqda.
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, respublika sog‘liqni saqlash sohasini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, sohaga chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etishning strategik maqsadlari etib belgilansin:
umume’tirof etilgan xalqaro metodikalarga muvofiq aniqlanadigan mamlakat aholisi salomatligi ko‘rsatkichlarining barqaror yaxshilanishini va sog‘liqni saqlash tizimidan qanoatlanganlik darajasini ta’minlash;
dastlabki bosqichda mintaqada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni hamda keyinchalik sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligining jahon reytinglarida munosib o‘rinni egallash;
aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam hajmida xususiy sektor ulushini salmoqli darajada ko‘paytirish, ushbu xizmatning sifatini va undan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
milliy iqtisodiyotning budjetni shakllantiradigan tarmog‘i sifatida tibbiy turizmni shakllantirish, keyinchalik uning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga hissasini izchil oshirib borish;
respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, shu jumladan, boshqaruv kadrlariga xalqaro standartlarga muvofiq uzluksiz ta’lim berish va ular malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy palata) tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
xalqaro standartlar asosida zamonaviy klinik qo‘llanmalar va protokollar, diagnostika va davolash sifatiga oid standartlarni ishlab chiqish;
tibbiyot statistikasini tahlil qilish, shuningdek, statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishda xalqaro standartlar va metodikalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
respublika shifokorlari va provizorlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, umumiy foydalanish uchun ochiq bo‘lgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
tibbiyot xodimlarining obro‘sini, ushbu kasb nufuzi va mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirish, tibbiyot xodimlariga odob-axloq qoidalarini singdirish, korrupsiya ko‘rinishlariga barham berish va ularning oldini olish, shuningdek, ularning kasbiy faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash choralarini ko‘rish;
tibbiyot xodimlari kasbiy malaka darajasi, shuningdek, ularning ko‘nikmalari zamonaviy talablar va jahonning eng yaxshi amaliyotiga muvofiqligi ustidan, shu jumladan, ular faoliyatini yakka tartibda litsenziyalashni joriy etish orqali ta’sirchan monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;
mamlakatimiz tibbiyot tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini va jahonning eng yaxshi amaliyotini chuqur o‘rganish asosida shifokor (tibbiy) xatolari, kasalliklarni noto‘g‘ri diagnostika qilish va davolash holatlarini kamaytirishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
mamlakat sog‘liqni saqlashni boshqarish tizimiga, shu jumladan, tibbiyot tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish masalalarida xorijning eng yaxshi amaliyotini moslashtirilgan tarzda joriy etish;
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish;
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining o‘z malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirib borishini ta’minlash;
attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifalari berish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali uning shaffofligini ta’minlash.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Milliy palata:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy bo‘linmalari negizida ularni moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda tashkil etiladi hamda ularning huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘z tarkibiy bo‘linmalariga ega bo‘ladi, ularning tuzilmalari va nizomi Milliy palata raisi tomonidan tasdiqlanadi;
respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini birlashtiruvchi, respublika sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish, shu jumladan, ushbu qarorning 1-bandida belgilangan strategik maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun mas’ul tashkilot hisoblanadi;
sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish sohasida hamda vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar bo‘yicha tibbiyot va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
tibbiyot, farmatsevtika va boshqa tashkilotlarning muassisi sifatida qatnashish, sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida xizmat ko‘rsatishni tashkil etish huquqiga ega;
respublikada kasbiy faoliyatni amalga oshirayotgan shifokorlar va provizorlarni ro‘yxatga olish, shuningdek, ular to‘g‘risida umumiy foydalanish uchun ochiq bo‘lgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritishni ta’minlaydi;
Milliy palataning tuzilmasi va nizomi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan shifokorlar va provizorlarning Milliy palatada ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
4. Milliy palata huzurida quyidagilar tashkil etilsin:
a) O‘zbekiston Respublikasida Sog‘liqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish bo‘yicha maslahat kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash).
Belgilab qo‘yilsinki:
Kengashga Milliy palata raisi rahbarlik qiladi hamda uning tarkibi sog‘liqni saqlash sohasidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari orasidan shakllantiriladi;
Kengash sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Milliy palataning kollegial maslahat organi hisoblanadi;
Kengash tarkibi Milliy palata raisi tomonidan tasdiqlanadi;
b) yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mablag‘lari tijorat bankidagi maxsus, shu jumladan, valyuta hisobvarag‘ida jamlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlashni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma).
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
shifokorlar va provizorlarni ro‘yxatga olishni amalga oshirishdan, shuningdek, ular faoliyatini litsenziyalashdan tushadigan mablag‘lar;
shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdan tushumlar;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
xayriya qiluvchilar — jismoniy va yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘lari, shu jumladan, quyidagilarga yo‘naltiriladi:
Milliy palatani saqlash, uning faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
xalqaro standartlarga muvofiq ilg‘or tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini tashkil etish, shuningdek, ularni zamonaviy uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash;
zamonaviy klinik qo‘llanmalar va protokollar, diagnostika va davolash sifatiga oid standartlar, tibbiyot tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash standartlarini ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish;
respublika tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarining binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmasini qurish, ularni zamonaviy uskunalar bilan, shu jumladan, lizing shartlarida jihozlashga qaytarish sharti bilan va imtiyozli asosda mablag‘ ajratish;
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xorijda tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, o‘qitish, malaka oshirish va tajriba almashishni respublikada tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;
respublika shifokorlari va provizorlari to‘g‘risida umumiy foydalanish uchun ochiq bo‘lgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
sog‘liqni saqlash sohasida xayriya faoliyatini amalga oshirish;
Milliy palata zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
6. Milliy palata 2018-yil oxiriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin hamda Milliy palatani yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishni ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Milliy palataga 2018-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy bo‘linmalarini saqlash uchun nazarda tutilgan mablag‘larning ajratilishini hamda keyingi yillarda mablag‘lar hajmlarining saqlab qolinishini;
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasini boshqarish tizimini isloh qilish doirasida Milliy palataning asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha yetakchi xorijiy tashkilotlar vakillarining ekspert ko‘magini jalb etishga doir xarajatlarning moliyalashtirilishini ta’minlasin.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
Milliy palataga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi;
Milliy palata raisi mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Milliy palata raisi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga ega;
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash, shuningdek, Milliy palata va uning bo‘linmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari Kengash tomonidan belgilanadi.
10. Milliy palata raisiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida zarur hollarda, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan davlat organlari, ilmiy-ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, boshqa ekspertlarni maslahatchi sifatida shartnoma asosida jalb etish huquqi berilsin.
11. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga — Milliy palataning O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar bilan samarali o‘zaro hamkorligi ta’minlanishi, shuningdek, sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarning sifatli amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatilishi;
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga — Milliy palata va boshqa manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.
12. Milliy palata manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Milliy palata to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan hukumat qarori loyihasini kiritsin.
13. Milliy palata 2022-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;
o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, kompyuter texnikasi, o‘qitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, qurilish materiallari, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati 2018-yil yakunlariga ko‘ra Milliy palata faoliyatining samaradorligini o‘rgansin hamda 2019-yil 1-fevralga qadar muddatda uning faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, shifokorlar va provizorlar faoliyatini yakka tartibda litsenziyalash tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Milliy palataning buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan chet el mutaxassislari, shu jumladan, xalqaro ekspertlarga belgilangan tartibda kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Milliy palataning buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan chet el mutaxassislari, shu jumladan, xalqaro ekspertlarga belgilangan tartibda davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik kirish vizalari berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Milliy palata buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda respublikaga chet el mutaxassislari, shu jumladan, xalqaro ekspertlarni jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ushbu chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Milliy palatani belgilangan tartibda hukumat va shahar aloqasi bilan ta’minlasin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Milliy palataning joylashtirilishini ta’minlasin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Milliy palataga 6 ta, shu jumladan, 4 ta shaxsiy, 1 ta yuqori o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lgan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini sotib olish va saqlashga limit ajratsin.
21. Milliy palata O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. | 123 | 17,658 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.