folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
“Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
487
Qonunchilik
Koreya Oʻzbekistonda biznes-inkubatorlarni yaratish uchun $5,5 mln yoʻnaltiradi
SSP tomonidan ishlab chiqilgan Prezidentning tegishli qarori loyihasi QHTBTda joylashtirilgan. Uning muhokamasi 18 aprelda yakunlanadi. Eslatib oʻtamiz, poytaхtning Olmazor tumanidagi oʻnta mahallada sinov tariqasida («Tadbirkorlik markazlari»), shuningdek Jizzaхda «Ilgʻor Hudud» dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligi klasterlari doirasida Oʻzbekistonda biznes-inkubatorlarni yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.     Matnda qayd etilishicha, Koreya хalqaro hamkorlik agentligi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasiga $5,5 mln miqdorida grant taqdim etadi. U 2014 yil 17 iyundagi hukumatlararo grant yordamini taqdim etish toʻgʻrisidagi Hadli bitimga muvofiq amalga oshiriladi. Mablagʻlar «Oʻzbekistonda biznes-inkubatorlarni yaratish va tadbirkorlikning oʻsishini ragʻbatlantirish» loyihasini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. Xususan, Toshkentda namunaviy biznes-inkubator yaratiladi. U Islom Karimov koʻchasi, 11-uydagi binoda faoliyat yuritadi.   Quyidagilar loyihaning asosiy maqsadlari etib belgilangan: Grant mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan barcha tovarlar, ishlar va хizmatlarni bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno), shuningdek QQS toʻlashdan ozod qilmoqchilar. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan хorijiy mutaхassislardan kirish vizalarini rasmiylashtirish chogʻida konsullik va boshqa toʻlovlar undirilmaydi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov.
79
1,469
Qonunchilik
Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalariga qarashli yuridik shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil davom ettirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-son qarorining 2-bandida budjet buyurtmachilari uchun nazarda tutilgan cheklovlar Elektron kooperatsiya portalida ro‘yxatdan o‘tgan, xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat va nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar) tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni xarid qilishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilsin. 2. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ko‘rgazma yarmarkasini doimiy tarzda o‘tkazish grafiklarini tasdiqlasin. Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududlarda ko‘rgazma yarmarkasini o‘tkazish uchun zarur pavilonlarni aniqlasin va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin. Bunda: hududlarda ko‘rgazma yarmarkasini o‘tkazish uchun zarur pavilonlar bepul tarzda ajratiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mazkur ko‘rgazma yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi. 3. Davlat buyurtmachilariga o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, ko‘rgazma yarmarkalari davomida yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar bilan ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni uch yilgacha muddat davomida kafolatli xarid qilishni nazarda tutuvchi shartnomalar tuzish huquqi berilsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchilari o‘z hududida faoliyat yuritayotgan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmi va texnik parametrlari to‘g‘risidagi axborotlarni 2022-yil 15-noyabrga qadar Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirsin va muntazam ravishda yangilab borsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari doimiy tarzda o‘z hududida tadbirkorlik subyektlari uchun o‘tkaziladigan ko‘rgazma yarmarkasi doirasida yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishini ta’minlasin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari mazkur bandda belgilangan vazifalar o‘z muddatida va sifatli bajarilishi hamda yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning faoliyatiga ko‘maklashish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilsin, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritib borsin. 5. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin: a) 2023-yil 1-yanvarga qadar yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yagona reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritilishini tashkil etish; Bunda, Reyestr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida yuritiladi, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan o‘zaro elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida shakllantiriladi va yangilab boriladi; b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish o‘rinlari va sharoitlarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasini talab qilish tartibini bekor qilish. 6. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlari doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib reja-jadvallaridagi xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida joylashgan hududi bo‘yicha tegishlicha Reyestrga kiritilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni shartnoma asosida sotib oladi. Bunda, barcha davlat buyurtmachilari yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslardan xarid qilingan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining yoki yuqori turuvchi tashkilotlarning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda joylashtirib boradi. 7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi bir oy muddatda Elektron kooperatsiya portalida ro‘yxatdan o‘tgan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi bo‘limni ishga tushirsin. 8. O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyatining 2022-yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab qolgan hududlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, madaniyat, san’at, sportga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Imkoniyatlar markazi” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin. Belgilansinki, “Imkoniyatlar markazi”: nogironligi bo‘lgan shaxslar va ish beruvchilar o‘rtasida muloqot o‘tkazish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida faoliyat yuritadi; nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan dastlabki suhbatlar o‘tkazib, ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) “Imkoniyatlar markazi” faoliyatini tashkil etish uchun Nukus tumanidagi Kerder sanoat transport kasb-hunar kolleji va Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazidan zarur xonalar ajratsin. 9. O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyatining talabnomalariga asosan Transport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning joylashuvidan kelib chiqib, mavjud jamoat transporti yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki yangilarini tashkil etish choralarini ko‘rsin. 10. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muntazam ravishda yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar faoliyati hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar, shuningdek, ushbu qarorning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalarida hamda Internet tarmog‘ida keng yoritib borilishini ta’minlasin. 11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
211
9,086
Qonunchilik
Fiskal хotirali NKMni hali ham roʻyхatdan oʻtkazish mumkinmi?
Tadbirkorlar orasida hozir faqat onlayn-NKMni roʻyхatdan oʻtkazishadi, degar fikr yuradi. Bu toʻgʻrimi? Tadbirkorda fiskal хotirali NKM boʻlsa va onlayn-NKMga oʻtish grafigiga asosan u hali oldingi avlod NKMdan foydalanishi mumkin boʻlmaganlar jumlasiga kirmagan boʻlsa, u bunday mashinani roʻyхatdan oʻtkazishi mumkinmi? Buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ aхborot хizmati boshligʻi Yelena ISMAYeVA vaziyatni sharhlab berdi: - Davlat soliq qoʻmitasi barcha yangi ochilayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga birdan onlayn-NKM yoki virtual kassa oʻrnatishni tavsiya qiladi. Buning uchun Teхnik хizmat koʻrsatish markazlariga murojaat qilish va 943-son VMQga amal qilish zarur. Bunday yondashuv sizni kamida sarsongarchilikdan хalos etadi va fiskal хotirali NKMni roʻyхatdan chiqarish va shu ob’yektda onlayn-NKM yoki virtual kassani oʻrnatish va roʻyхatdan oʻtkazish bilan bogʻliq chiqimlarni tejash imkonini beradi. Bunda PF-5813-son Farmon bilan taqdim etilgan imtiyozni qoʻllashni unutmang. Eslatib oʻtamiz: tadbirkorlik sub’yektlariga onlayn-NKM yoki virtual kassaga oʻtish chogʻida: Bundan tashqari, onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari: Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
61
1,218
Qonunchilik
Eng ko‘p qulaylik rejimi hamda erkin savdo rejimini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Eng ko‘p qulaylik rejimini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; Erkin savdo rejimini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Avstriya Respublikasi 2. Afg‘oniston Islom Respublikasi 3. Bangladesh Xalq Respublikasi 4. Belgiya Qirolligi 5. Bolgariya Respublikasi 6. Braziliya Federativ Respublikasi 7. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi 8. Vengriya 9. Vyetnam Sotsialistik Respublikasi 10. Germaniya Federativ Respublikasi 11. Gretsiya Respublikasi 12. Daniya Qirolligi 13. Misr Arab Respublikasi 14. Isroil Davlati 15. Hindiston Respublikasi 16. Indoneziya Respublikasi 17. Irlandiya 18. Ispaniya Qirolligi 19. Italiya Respublikasi 20. Iordaniya Hoshimiylik Qirolligi 21. Kipr Respublikasi 22. Koreya Respublikasi 23. Xitoy Xalq Respublikasi 24. Latviya Respublikasi 25. Litva Respublikasi 26. Malta Respublikasi 27. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi 28. Niderlandiya Qirolligi 29. Portugaliya Respublikasi 30. Pokiston Islom Respublikasi 31. Polsha Respublikasi 32. Sloveniya Respublikasi 33. Ruminiya 34. Slovakiya Respublikasi 35. Singapur Respublikasi* 36. Amerika Qo‘shma Shtatlari 37. Turkiya Respublikasi 38. Finlyandiya Respublikasi 39. Fransiya Respublikasi 40. Xorvatiya Respublikasi 41. Chexiya Respublikasi 42. Shvetsiya Qirolligi 43. Shveysariya Konfederatsiyasi 44. Estoniya Respublikasi 45. Yaponiya 46. Saudiya Arabistoni Qirolligi 47. Malayziya 1. Belarus Respublikasi 2. Gruziya Respublikasi 3. Qozog‘iston Respublikasi 4. Qirg‘iziston Respublikasi 5. Moldova Respublikasi 6. Rossiya Federatsiyasi 7. Turkmaniston* 8. Ukraina 9. Tojikiston Respublikasi 10. Ozarbayjon Respublikasi
170
2,117
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-son, “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-son qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin. 1. Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 932-son qarori bilan tasdiqlangan Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha yo‘riqnomada: a) 1-bandda: birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va komissiyaning 8 — 18 nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va 6 — 8 nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi”; ikkinchi xatboshi tegishincha uchinchi xatboshi deb hisoblansin. b) 2-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasi tegishli viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibidan va 6 — 8 nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi”; ikkinchi xatboshidagi “viloyat kengashiga” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi. Bunda, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi mazkur Yo‘riqnomada nazarda tutilgan okrug saylov komissiyasining vakolatlarini ham amalga oshiradi”. v) 5-bandda: birinchi xatboshining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno”; uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari”. g) 4-bob nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “IV. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya qilish”. d) 12-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. e) 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “13. Muhokama natijalariga ko‘ra xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodni tavsiya etish to‘g‘risida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashi qarori qabul qilinadi va tegishli viloyat va Toshkent shahar saylov komissiyasiga yuboriladi. 14. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasining tarkibi tegishli viloyat va Toshkent shahar saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi”. j) 15-banddagi “viloyat, tuman, shahar” degan so‘zlar “viloyat va Toshkent shahar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. z) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Saylov uchastkalari tuzilganidan keyin: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan — fuqarolar yig‘inida yoki fuqarolar vakillarining yig‘ilishida yoxud fuqarolar yig‘ini majlisida; jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan — mehnat jamoalari yig‘ilishida uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar zaxirasi muhokama qilinadi hamda yig‘ilish (majlis) natijasi bayon bilan rasmiylashtirilib, saylovga kamida 50 kun qolganida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga ko‘rib chiqish uchun taklif qilinadi”. i) 27-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari, shuningdek uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi”. y) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. k) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomda: a) Nizomning butun matni bo‘yicha tegishli kelishik va sondagi “guvohnoma (mandat)” degan so‘zlar tegishli kelishik va sonda “mandat” degan so‘z bilan almashtirilsin. b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Siyosiy partiyaning hududiy organi rahbari saylovga kamida o‘n kun qolganida ariza bilan tegishli saylov komissiyasiga siyosiy partiyaning vakolatli vakillari ro‘yxatini (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda) taqdim etadi. Bunda ariza: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga; xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovida — mazkur Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga; xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasiga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilgan taqdirda — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Arizaga vakolatli vakillikka nomzodning pasport nusxasi, 2 dona 3 x 4 sm hajmdagi fotosurati ilova qilinadi”. v) 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “o‘n besh kundan” degan so‘zlar “o‘n kundan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. g) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Siyosiy partiyaning vakolatli vakili saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin”. d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: e) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomda: a) 6-bandda: birinchi xatboshidan “okrug” degan so‘z chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatligiga nomzod tomonidan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga”; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashi deputatligiga nomzod tomonidan tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasiga taqdim etiladi”; to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin; oltinchi xatboshidan “okrug” degan so‘z chiqarib tashlansin. b) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ishonchli vakillar saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin”. v) 2v-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 4. Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 951-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomda: a) 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga ushbu siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzod ro‘yxatga olingan kundan boshlab, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari esa okrug saylov komissiyasi tuzilganidan keyin o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda ariza: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga; xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovida — mazkur Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga; xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasiga; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilgan taqdirda — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Arizaga kuzatuvchilarning ro‘yxati (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda), ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari, 3x4 sm. o‘lchamdagi ikki dona fotosurat ilova qilinadi. 6. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga saylovga kamida o‘n kun qolgunga qadar murojaat qilishi mumkin”. b) 7-banddagi “Okrug” degan so‘z “Tegishli” degan so‘z bilan almashtirilsin. v) 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mandat namunasi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son va 2021-yil 14-apreldagi 1065-son qarorlari bilan tasdiqlangan nizomlar bilan belgilanadi”. g) 9-banddagi “okrug” degan so‘z “tegishli” degan so‘z bilan almashtirilsin. d) 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “o‘n besh kundan” degan so‘zlar “o‘n kundan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. e) 13-bandda: o‘n ikkinchi xatboshidagi “okrug saylov komissiyasi tomonidan” degan so‘zlar “tegishincha okrug, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyalari tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin tegishli uchastka saylov komissiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish”. j) 16-bandda “okrug saylov komissiyasi” degan so‘zlar “tegishincha okrug saylov komissiyasi, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. z) 17-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kuzatuvchi saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin”.
125
12,478
Qonunchilik
“Qayta ishlashga berilgan xomashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-fevraldagi 12-son “Qayta ishlashga berilgan xomashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2086, 2010-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 10-11-son, 79-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”. 2. Nizomda: a) muqaddimaning birinchi xatboshisidan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; b) 4-banddagi “9-moddasiga” degan so‘zlar “14-moddasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 8-bandda: o‘zbek tilidagi matnning birinchi xatboshidagi “2-sonli ilovalariga” degan so‘zlar “2-ilovalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “tomonlarning muhri bilan” degan so‘zlar “ikkala tomonning muhrlari bilan (muhrlar mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) 10-bandning “j” kichik bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “daval xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha qabul qilingan bajarilgan ishlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini (keyingi o‘rinlarda — QQS deb yuritiladi) to‘lovchi korxonalar uchun hisobga olinadigan QQS summasiga:”; d) o‘zbek tilidagi matnning 20-bandidagi “schyot-faktura” degan so‘z “hisobvaraq-faktura” degan so‘z bilan almashtirilsin; e) 21-banddagi “ikkala tomonning muhrlari bilan” degan so‘zlar “ikkala tomonning muhrlari bilan (muhrlar mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; j) 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “23. Hisobvaraq-fakturaning shakli va uni rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan.”; z) 1 — 5-ilovalardagi “M.O‘.” degan qisqartma “M.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
196
2,458
Qonunchilik
RESPUBLIKA GAZ TA’MINOTINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 28-avgustdagi F-1832-son Farmoyishiga muvofiq tuzilgan maxsus guruh tomonidan “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Gaz ta’minoti tizimida bozor munosabatlari juda sekinlik bilan joriy etilmoqda, qat’iy to‘lov intizomi mavjud emas. Tabiiy gazning isrof bo‘lishiga va o‘g‘irlanishiga yo‘l qo‘yilmoqda, gaz tarmoqlariga ruxsatsiz ulanib olishning ko‘pdan ko‘phollari mavjud. Hisob-kitob-to‘lov intizomiga rioya etilmasligi, sotilgan tabiiy gaz uchun o‘z vaqtida haq to‘lanishi ustidan nazoratning sustligi oqibatida debitorlik va kreditorlik qarzlari miqdori yuqoriligicha qolmoqda. Uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash ishlari qoloqlik bilan olib borilmoqda. “O‘zkommunxizmat” agentligi tomonidan nazorat o‘rnatilmaganligi tufayli “Boshkommungaz” korxonasining hududiy bo‘linmalari huzurida o‘zboshimchalik bilan ortiqcha bo‘g‘in — “O‘ztexgaz” sho‘ba korxonasi va “Texgaz” hududiy sho‘ba boshqarmalari tashkil etilgan, ularga gaz tarmoqlaridan foydalanish, ularni ta’mirlash va qurish funksiyalari berilgan. Bu boshqaruv xodimlari sonining asossiz ko‘payib ketishiga olib keldi. Tabiiy gaz sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish, respublika gaz ta’minoti tizimini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, hisob-kitob-to‘lov intizomini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Boshkommungaz” korxonasi va uning “O‘ztexgaz” sho‘ba korxonasi tugatilsin. 2. Gaz ta’minoti tizimini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish natijasida boshqaruv xodimlari soni 864 nafarga qisqarishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 10. “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: mazkur qarorning 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan korxonalarning belgilangan tartibda tugatilishini va qayta tashkil etilishini, shuningdek ularning majburiyatlari va talablari masalalari hal qilinishini bir oy muddatda ta’minlasinlar; sotilgan tabiiy gaz uchun iste’molchilardan mablag‘lar yig‘ilishini nazorat qilish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan inspeksiyalarni tanlov asosida malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsinlar, shuningdek ularning majburiy yozma ko‘rsatmalari quyi tuzilmalar tomonidan so‘zsiz bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasinlar; Tabiiy gaz iste’molchilariga hamda gaz tarmoqlarini rivojlantirish va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash yuzasidan foydalanish korxonalariga xizmatlar ko‘rsatuvchi tuzilmalarni bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 11. Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 2005-yilgacha bo‘lgan davrda gaz hisoblagichlar uchun bir marta foydalaniladigan plombalarni olib kelish, shu yerning o‘zida tayyorlash va hamma joyda, birinchi navbatda Toshkent shahrida o‘rnatish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqsinlar. 12. “O‘zkommunxizmat” agentligi: 2004-2005-yillarda hamma joyda tuman (shahar) gaz xo‘jaliklarining bo‘linish chegaralarida, shuningdek shaharlarning turar joy mavzelaridagi gaz tarmoqlarining kirish joylarida gazni hisobga olish priborlari o‘rnatsin, ularni texnik xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha ulgurji iste’molchilar gaz tarmoqlarining kirish joylaridagi gaz hisoblagichlarga tenglashtirsin. 2004-yil 1-yanvargacha gaz quvurlari va iste’molchilarni to‘liq xatlovdan o‘tkazsin, uning natijalari bo‘yicha gazdan noqonuniy foydalanish hollarining oldi olinishini ta’minlasin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda gaz tarmoqlarini tiklash va ta’mirlashning aniq dasturini ishlab chiqsin. 13. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi: “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda Hududiy gaz ta’minoti korxonalari balansidagi gaz uzatish tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ularning texnik holatini tekshirish va ularni ta’mirlash to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, mazkur ishlarni amalga oshirish uchun maxsus korxona ajratsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zdavneftgazinspeksiya” bilan birgalikda 2003-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda Tabiiy gazni uzatish va taqsimlashda texnologik isrofgarchiliklarni hisoblab chiqish metodikasini, shuningdek plombani buzganlik va gazni hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirganlik hamda tabiiy gazdan foydalanish sohasidagi boshqa buzilishlar uchun iste’molchilarga va gaz ta’minoti korxonalari xodimlariga nisbatan javobgarlikni belgilash va kuchaytirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili davlat budjetini ishlab chiqish va tasdiqlashda ulgurji iste’molchilar va aholi uchun tabiiy gazga tariflardagi farqlarni bosqichma-bosqich, izchil qisqartirib borishni nazarda tutsin. 15. “O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda bir oy muddatda “Boshkommungaz” korxonasiga Hukumat qarorlariga muvofiq berilgan xorijiy kreditlar va Moliya vazirligining kreditlari yuzasidan uning qarz majburiyatlari bo‘yicha kredit hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda Hukumat kafolatiga tegishli qo‘shimchalar bersin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “O‘zdavneftgazinspeksiya” inspeksiyasi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish qoidalariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qaroriga 4 va 5-ilovalarga muvofiq tabiiy gaz uchun haq to‘lashning imtiyozli shartlari belgilangan tabiiy gaz iste’molchilari ro‘yxatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar. 17. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risida Nizom” II bo‘limining 1.2-bandida: “v” kichik bandidagi “viloyat (shahar) bo‘yicha tegishli viloyat (shahar) gaz sotish tashkilotidan, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin; “g” kichik bandi chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 57-modda): 1-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi 2002-yil 1-apreldan e’tiboran” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin, “mavjud shartnomalarni bekor qilsin va yangi” so‘zlari chiqarib tashlansin; 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Boshkommungaz” korxonasi sho‘ba korxonalari bilan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “va “Boshkommungaz” korxonasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 21-dekabrdagi 493-son qarorida: 1-bandning ikkinchi xatboshi hamda 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 6-bandda: to‘rtinchi xatboshidagi “Boshkommungaz” korxonasi bosh direktori” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2002-2004-yillarda uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 28-martdagi 99-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 18-modda): a) 1-bandning oltinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-bandda: ikkinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 8-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasiga” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) “Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom” nomli 4-ilovada: 2-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi, uning sho‘ba korxonalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14-banddagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 16-bandda: birinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshidagi “Gazta’minot” sho‘ba korxonalari” so‘zlari “Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17-bandda: birinchi xatboshidagi “Boshkommungaz” korxonasining “Gazta’minot” sho‘ba korxonalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: gazni hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan iste’molchilarga 2005-yil 1-yanvardan boshlab gaz berishmaydi; 18-banddagi va 20-bandning beshinchi xatboshidagi “Gazta’minot” sho‘ba korxonalari bilan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 21-banddagi “Boshkommungaz” korxonasiga” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 22-bandda: birinchi xatboshidagi “Boshkommungaz korxonasi tomonidan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “Boshkommungaz korxonasiga” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 23-banddagi “Boshkommungaz korxonasi tomonidan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 24-banddagi “Boshkommungaz” korxonasining “Gazta’minot” sho‘ba korxonalari bilan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 25-banddagi “Boshkommungaz” korxonasining” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 30-banddagi “Gazta’minot” sho‘ba korxonasiga” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 33-banddagi “Boshkommungaz” korxonasining “Gazta’minot” sho‘ba korxonalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 35-banddagi “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 38-banddagi “Boshkommungaz” korxonasi bo‘linmalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 41-banddagi “Gazta’minot” sho‘ba korxonalari tomonidan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 42-bandning birinchi xatboshidagi “Boshkommungaz” korxonasi bo‘linmalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga “Gazni hisobga olish priborlarini mablag‘ bilan ta’minlash, sotib olish, o‘rnatish va ulardan foydalanish sxemasi” nomli ilovada: “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Gazta’minot” sho‘ba korxonalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) “Gazni hisobga olish priborlarini mablag‘ bilan ta’minlash, sotib olish, o‘rnatish va ulardan foydalanish sxemasi”ga izohlarda: 1-banddagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasiga” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-banddagi “Gazta’minot” sho‘ba korxonalari” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14-banddagi “Boshkommungaz” korxonalari bilan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 15-banddagi “O‘zkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi tomonidan” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) “Gazni hisobga olish priborlari bo‘lmaganda kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga beriladigan tabiiy gaz sarfining oylik normalari” nomli 5-ilovaning 4-bandida: “kalendar yil mobaynida teng miqdorlarda besh oylik isitish mavsumi hisobidan” so‘zlari “besh oylik isitish mavsumi mobaynida har oyda” so‘zlari bilan almashtirilsin; “2,5” raqamlari “6” raqami bilan almashtirilsin; “2,4” raqamlari “5,76” raqamlari bilan almashtirilsin.
93
14,626
Qonunchilik
XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI ZAYoMI DOIRASIDA MOLIYA SEKTORINI ISLOH QILISh LOYIHASINI AMALGA OShIRIShGA TAYYORGARLIK KO‘RISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki zayomi doirasida O‘zbekiston Respublikasining moliya sektorini isloh qilish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 1,2 mln AQSh dollari summasida avans ajratilganligi, u Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki zayomi doirasida moliya sektorini isloh qilish loyihasini tayyorlashga yo‘naltirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki zayomi doirasida moliya sektorini isloh qilish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish komissiyasi ilovaga muvofiq tashkil etilsin. 3. Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklansin: moliya sektorini isloh qilish uchun zayom berishning Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan kelishilgan shartlarini ishlab chiqish; moliya tizimi va moliya institutlarini isloh qilish Hukumat dasturiga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘rsatib o‘tilgan zayomini berish shartlari doirasidagi tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash; avans va zayom mablag‘laridan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish; turli vazirliklar va idoralarning zayom berish shartlarining bajarilishiga oid ishlarini muvofiqlashtirish; avans va zayom mablag‘laridan samarali foydalanilishini nazorat qilish. 4. Markaziy bankka avans mablag‘laridan foydalanilishi ustidan qat’iy operativ nazorat o‘rnatish va avans doirasida jalb qilinadigan xalqaro hamda Mahalliy konsultantlar ishini muvofiqlashtirishni ta’minlash tavsiya etilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
163
1,679
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining joriy faoliyatini boshqarishni yanada maqbullashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasidagi rais o‘rinbosari, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimi tugatilsin. 2. Belgilansinki, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining joriy faoliyatiga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ijrochi direktor tomonidan amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarorining 2-ilovasiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
138
1,476
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan o‘tkazib baholash agentligi fa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan o‘tkazib baholash agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 30-sentabrdagi PQ-2413-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan o‘tkazib baholash agentligi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari: investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishi va hisob-kitoblari bo‘yicha beriladigan xulosalarning nusxalarini Agentlikka yuborsinlar; Agentlikning so‘rovi bo‘yicha investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishi va hisob-kitoblarini ekspertizadan o‘tkazish uchun zarur axborotni taqdim etsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan o‘tkazib baholash agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi. 2. Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan quyidagi investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini va hisob-kitoblarini (DTIA/TIA, DTIH/TIH) ekspertizadan o‘tkazadi, shu jumladan: markazlashtirilgan investitsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining, davlat maqsadli fondlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari fondlarining mablag‘lari, ayrim tarmoqlar va tashkilotlarning Hukumatning qarorlari bilan tashkil etiladigan maxsus fondlari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy kreditlar, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari) hisobiga amalga oshiriladigan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilishini nazarda tutuvchi alohida qarorlari asosida amalga oshiriladigan; mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan; ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlar tomonidan markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan qiymati 10 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan; strategik foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashni nazarda tutadigan moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, qiymati 10 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan investitsiya loyihalarini. Agentlik tomonidan investitsiya loyihalarining DTIA/TIA, DTIH/TIHlarini ekspertizadan o‘tkazish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha oshiriladi. 3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Agentlik davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo‘ladi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 5. Agentlik faoliyatiga mutasaddilik qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbariga yuklanadi. 6. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: yangi ishlab chiqarishlarni qurish, ishlab turgan sanoat korxonalarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga doir ularda eng maqbul yechimlar qo‘llanilishini ta’minlash yuzasidan investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini va hisob-kitoblarini tizimli, puxta ekspertizadan o‘tkazish; respublikaga istiqbolsiz, ma’naviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalar olib kelinishining oldini olgan holda unumdorligi va ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati, energiya va resurslarni tejashi bo‘yicha zamonaviy talablarga, shuningdek ekologik standartlarga javob beradigan ilg‘or texnologiyalar va asbob-uskunalarning jahon bozorini chuqur tahlil qilish; asbob-uskuna narxining cheklangan parametrlarini, shuningdek taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiq “foydalanishga tayyor” investitsiya loyihalari qiymatini aniqlash, talab etiladigan texnik va texnologik parametrlarni hisobga olgan holda asbob-uskunalar, texnika va texnologiyalar narxlarining maqbulligini puxta ekspertizadan o‘tkazish va tahlil qilish; chet elda ishlab chiqariladigan zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalar, ularning texnik va ishlab chiqarish-iqtisodiy tavsiflari, samaradorligi darajasi va amaliyotda sinab ko‘rilganligi darajasi, shuningdek faoliyat ixtisosligi bo‘yicha yuqori texnologik asbob-uskunalarning asosiy xorijiy ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari, texnologiyalarning ishlab chiquvchilari va litsenziarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot-tahlil bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilash; sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash bo‘yicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan tushadigan takliflar bo‘yicha axborotni to‘plash va umumlashtirish hamda mahalliy xomashyoni qayta ishlash yo‘li bilan jahon bozorida va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar va yarim tayyor sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda qatnashish; davlat vakolatli organlarining investitsiya loyihalarining hujjatlarini o‘z vaqtida va sifatli ekspertizadan o‘tkazishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish. 7. Agentlik yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini va hisob-kitoblarini ishlab chiqishga topshiriqlarni kelishadi; qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan investitsiya loyihalarining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini va hisob-kitoblarini tizimli, puxta ekspertizadan o‘tkazadi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining xulosasi taqdim etilgandan keyin 14 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ular bo‘yicha xulosalar beradi; qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishi va hisob-kitoblari bo‘yicha vakolatli organlarning xulosalari olingan sanadan boshlab 14 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda xulosalar beradi; zaruriyat bo‘lganda ko‘rib chiqiladigan investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini va hisob-kitoblarini ekspertizadan o‘tkazish uchun mahalliy va xorijiy konsalting tashkilotlari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi, keyinchalik tegishli sarf-xarajatlarni amalga oshiriladigan ekspertiza qiymatiga kiritadi; ilg‘or texnologiyalar va asbob-uskunalar jahon bozorining tizimli monitoringini olib borish, talab etiladigan axborotni to‘plash uchun zarur bo‘lgan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shakllantiriladigan ma’lumotlarning axborot-tahlil bazasini yangilash va kengaytirish maqsadida ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etadi; asbob-uskunalar qiymatini taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiq asbob-uskunalarning yiriklashtirilgan pozitsiyalarini cheklangan narxlar parametrlari bo‘yicha baholaydi, cheklangan narxlar parametrlari bo‘lmaganda esa — shunga o‘xshash loyihalarning qiymatini tahlil qilish asosida, shu jumladan quvvat birligiga, mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarni taqqoslash yo‘li bilan yoki loyihaning boshqa shunga o‘xshash parametrlari bo‘yicha baholaydi; taklif etilayotgan texnologiyaning texnik va texnologik parametrlariga muvofiq “foydalanishga tayyor” investitsiya loyihalari qiymatini baholaydi; chet elda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalar, ularning texnik va ishlab chiqarish-iqtisodiy tavsiflari, samaradorligi darajasi va amalda sinab ko‘rilganligi darajasi, shuningdek faoliyat ixtisosligi bo‘yicha yuqori texnologik asbob-uskunalarning asosiy xorijiy ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari, texnologiyalarning ishlab chiquvchilari va litsenziarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot-tahlil bazasini shakllantiradi va doimiy ravishda yangilanishini ta’minlaydi; sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash bo‘yicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan tushayotgan takliflar bo‘yicha axborotni to‘playdi va umumlashtiradi, mahalliy xomashyoni qayta ishlash yo‘li bilan jahon bozorida va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar va yarim tayyor sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi; asbob-uskunalar, texnika va texnologiyalarning ixtisoslashtirilgan bozorlarida taklif etiladigan texnik, ishlab chiqarish-iqtisodiy va narx tavsiflarini kuzatib borish imkonini beruvchi asosiy xorijiy kataloglar va nashrlarga obuna bo‘ladi; investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibiga muvofiq vakolatli ekspertiza organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishi va hisob-kitoblari samarali, sifatli va o‘z vaqtida ekspertizadan o‘tkazilishi ishlarini muvofiqlashtiradi; vakolatli ekspertiza organlari va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining beriladigan xulosalari nusxalarini oladi; investitsiya loyihalarining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini va hisob-kitoblarini hamda texnik-iqtisodiy asoslanishini va hisob-kitoblarini tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishadi; amalga oshiriladigan faoliyat doirasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 8. Agentlik: vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, tahliliy ma’lumotlarni va boshqa ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash; amalga oshiriladigan faoliyat doirasida, shu jumladan investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini va hisob-kitoblarini ekspertizadan o‘tkazish uchun loyihalash tashkilotlari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan, shuningdek chet eldan yuqori malakali mutaxassislarni ekspertlar sifatida belgilangan tartibda jalb etish; o‘zi tomonidan beriladigan xulosalar bo‘yicha tavsiyalarni “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” institutining ilmiy-texnik kengashiga va vakolatli ekspertiza organlariga yuborish; investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishi va hisob-kitoblari sifatli ishlab chiqilishi va ekspertizadan o‘tkazilishini, shuningdek o‘z vaqtida yuritilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha vakolatli ekspertiza organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; konsalting tashkilotlarining hisobotlari asosida asbob-uskunalar, texnika va texnologiyalarning sifati, soni va narxlari darajasi yuzasidan belgilangan tartibda xulosalar berish; Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq konsalting xizmatlari va boshqa xizmatlarni pulli asosda ko‘rsatish; belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chop etish va tarqatish huquqiga ega. Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 9. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi. 10. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan va maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladigan direktor boshchilik qiladi. Agentlik direktorining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda maqomiga ko‘ra vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi. 11. Agentlikning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi. 12. Agentlik direktori: Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tuzilmaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘zgartirishlar kiritadi; Agentlikning shtat jadvali va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi; Agentlikning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi; yuqori malaka, professionalizm va ish sifati uchun Agentlik xodimlariga lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda har oylik ustamalar, lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda har choraklik ustamalar, mehnatga haq to‘lash fondi doirasida to‘lanadigan kompleks ekspert baholashning yuqori sifati uchun lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda (ustamalarni hisobga olmagan holda) bir martalik mukofot pulini belgilaydi, shuningdek yuklangan vazifalarning bajarilishi natijadorligini hisobga olgan holda ularni qayta ko‘rib chiqadi; Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; o‘z vakolatlari doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 13. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
250
15,097
Qonunchilik
Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan. Shu bilan birga, soliq ma’muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning mavjudligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, xususan: birinchidan, soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish holati soliq ma’muriyatchiligining shaffofligini, soliq solish masalalarida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish hamda nazorat samaradorligini, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlamayapti. Soliq to‘lovchilarning, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlarining ularga to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotsiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan “soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti”dan foydalanish manfaatdorligini oshirish bo‘yicha faol ish tashkil etilmagan; ikkinchidan, soliq organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi soliq solish obyektlarini to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida yig‘ish uchun mavjud resurslarni safarbar qilish imkonini bermayapti; uchinchidan, soliqqa oid huquqiy munosabatlarning ahvoli va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, soliq siyosatining o‘rta muddatli va istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish, soliq solishning dolzarb muammolarini tadqiq etish, shuningdek budjetga soliq tushumlarini ishonchli prognozlashtirish faoliyati takomillashtirishni talab qilmoqda; to‘rtinchidan, soliq nazoratini tashkil qilish mexanizmlarining mukammal emasligi, shu jumladan soliq tekshiruvi obyektlarining zarur tahlilsiz belgilanishi soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni barvaqt profilaktika qilish samaradorligini pasaytirmoqda; beshinchidan, soliq nizolarini sudgacha hal etish – soliq apellatsiyasi instituti imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi soliq to‘lovchilarning sud organlariga murojaatlari ko‘payishiga olib kelmoqda; oltinchidan, soliq solish tizimining murakkabligi va bir xil soliq solish bazasiga ega soliqlarning yetarli darajada unifikatsiya qilinmaganligi, soliq qonunchiligining o‘zgaruvchanligi soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z soliq majburiyatlarini to‘liq bajarish imkonini bermayapti; yettinchidan, soliq organlarining Davlat budjetiga tushumlar to‘liqligini ta’minlash faoliyati ustidan tashqi nazorat mexanizmlarining mavjud emasligi soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish va soliq to‘lovchilarni hisobga olish imkonini bermayapti; sakkizinchidan, soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘lash bo‘yicha o‘z konstitutsiyaviy burchini ixtiyoriy bajarishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan, ayniqsa, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni takomillashtirish talab etiladi; to‘qqizinchidan, bozorlar va savdo komplekslari faoliyati ustidan samarali soliq nazorati o‘rnatilmaganligi mahalliy budjetlarni to‘ldirish uchun mavjud rezervlarni to‘liq safarbar qilish, shuningdek naqd pul mablag‘larining kafolatli qaytishini ta’minlamayapti; o‘ninchidan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, korrupsiya ko‘rinishlarini profilaktika qilish, shuningdek soliq organlarida xizmat qilishga halol va yuqori malakali kadrlarni jalb etish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yo‘nalishlari hisoblansin: birinchidan, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish; ikkinchidan, soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazaning o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishonchli axborotni o‘z muddatida taqdim etish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish; uchinchidan, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish; to‘rtinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish obyektlarini to‘liq qamrab olishni ta’minlash va soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish; beshinchidan, faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama ko‘maklashish, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish; oltinchidan, soliq solish masalalarida, shu jumladan respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish; yettinchidan, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini ma’naviy-axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlar bilan to‘ldirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish. 2. Belgilansinki, 2018-yil 1-yanvardan: soliq organlari va halol soliq to‘lovchilar o‘rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama ko‘maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringi joriy etiladi; vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to‘qnash kelgan halol soliq to‘lovchilar – xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq ta’tillari berilishi mumkin; o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq to‘lovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini sud tartibida undirish joriy etiladi; ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish yoki hisobga olish soliq to‘lovchi vakolatli organlarga murojaat etgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi; davlat soliq xizmati organlariga kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini 5 bank kunigacha bo‘lgan muddatga vaqtinchalik to‘xtatib turish vakolati beriladi; Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimida berilishini ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etiladi, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritiladi; soliq tekshiruvi obyektlarini samarali tanlab olish uchun soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavflarini tahlil qilish, shuningdek soliq organlari tomonidan yuqori likvidli mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish hajmining doimiy hisobi va nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi; davlat soliq xizmati organlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshiradi, natijasi bo‘yicha soliq solinadigan bazani aniqlashtiradi. 3. Davlat soliq xizmati organlarining shtatlar sonini qisqartirish hisobidan cheklangan shtat soni 41 nafardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilsin, unga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin: soliq solish tizimi, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini tahlil qilish va baholash asosida budjet daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash va ularning safarbar etilishini ta’minlash; soliqlar turlari va hududlar kesimida soliq va bojxona to‘lovlarining yig‘iluvchanlik darajasini tizimli tahlil qilish, uning tarmoq va hududlar kesimida pasayishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning oqibatlarini aniqlash; hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari va soliq to‘lash salohiyatini hisobga olgan holda Davlat budjeti daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining xolisligi va asosliligini baholash; soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazani to‘liq qamrab olish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, manzilli yo‘nalishlar va nazorat dasturlarini, shu jumladan soliq va boshqa moliya organlarining axborot tizimlari ma’lumotlarini tahlil va monitoring qilish asosida shakllantirish; davlat organlari va tashkilotlarining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarining ishonchliligini baholash; daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligi va soliq to‘lovchilar hisobining to‘liqligini ta’minlashda moliya va soliq organlarining mas’uliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama ko‘maklashish choralarini ko‘rish. 4. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati va soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Dasturda ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar rahbarlari unda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin. 9. Soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha Ishchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin. Ishchi komissiya (J.Qo‘chqorov) Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Dasturda belgilangan muddatlarda kiritsin: soliq ma’muriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi hamda metodologiyasini tubdan takomillashtirishni; xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning soliq yukini yanada kamaytirishni; xo‘jalik yurituvchi subyektlarni “yirik soliq to‘lovchilar” toifasiga kiritish mezonlarini belgilashni; bir xil soliq solish obyektlariga ega bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni birlashtirishni; soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash uchun qo‘shimcha mezon (oborotning chegaraviy miqdori) joriy etishni va ushbu miqdor oshgan korxonaga, kichik tadbirkorlik subyekti maqomini saqlab qolgan holda, qo‘shimcha soliq majburiyatlarini belgilashni; borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda faoliyatini amalga oshiradigan, shuningdek dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini optimallashtirishni; alkogolli mahsulotlar hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlarni chakana sotish huquqi uchun yig‘imning hududlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan stavkalarini; halol, shu jumladan ish o‘rinlarini va mehnatga haq to‘lash fondini legallashtiradigan soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish choralarini joriy etishni; Internet tarmog‘ida savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasida soliq nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etishni; davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirishni; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirishni. 10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-yanvariga qadar: soliq to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlarining barcha davlat xizmatlaridan, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron foydalanish imkoniyatini ta’minlasin; soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq nazoratini takomillashtirish maqsadida soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga taqdim etiladigan axborotning mazmunini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin; barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, shu jumladan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, statistika, adliya, prokuratura organlari, sudlar, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK korxonalarining soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin; tadbirkorlik subyektlarini elektron raqamli imzo bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organlarining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi ishonchliligini auditdan o‘tkazsin. 12. 2018-yil 1-yanvardan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorining amal qilishi tatbiq etilsin. 13. 2021-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va Dasturni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan uskuna, dasturiy va moddiy-texnik vositalar bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvlari uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Hisob palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari va Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini; bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari V.A. Golishev va O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
150
15,389
Qonunchilik
Yalpi majlis yakunlari: 26 ta masala, ulardan 16 tasi qonunlar
2019 yil 24 avgust kuni Toshkent shahrida Senatning yigirma birinchi yalpi majlisi oʻz ishini yakunladi. Majlisning ikkinchi kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi meхanizmlari joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni muhokama qilishdan boshlandi. Senatorlar tomonidan ma’qullangan Qonun parlamentlararo va хalqaro hamkorlikka doir хarajatlar hisobga olingan holda Oliy Majlis palatalari хarajatlar smetalarini ishlab chiqish meхanizmini tartibga soluvchi qator qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilishini nazarda tutadi. Shundan keyin Senat a’zolari “Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunni koʻrib chiqdilar. Qonun loyihasi Saylov kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan va uning normalarini saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari bilan birхillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Oʻzgartishlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi qonunlarga va boshqalarga kiritiladi. Jumladan, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun norma bilan toʻldirilib, unga koʻra fuqarolar yigʻini saylov komissiyasiga oʻz kuzatuvchilarini yuboradi va quyidagi nomzodlar boʻyicha tavsiyalar taqdim etadi: Qonunchilik palatasida Ekologik harakat vakillari uchun deputatlar oʻrinlarini kvotalash bekor qilinishi munosabati bilan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunga, “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunlarga tegishli oʻzgartishlar kiritilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Soʻngra “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi. “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun normalariga muvofiq “Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish toʻgʻrisida”gi, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi”, “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi, “Radiatsiyaviy хavfsizlik toʻgʻrisida”gi, “Psiхiatriya yordami toʻgʻrisida”gi qonunlarga jamoatchilik nazorati sub’yektlari kiritilmoqda. Byudjet kodeksiga tuzatishlar kiritilmoqda, ular  byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishi imkoniyatini nazarda tutadi. Moliya vazirligi prognoz yil uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet moʻljallari   jamoatchilik muhokamasini ta’minlaydi. Ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin jamoatchilik muhokamasi uchun qoʻyiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Shuningdek, “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi. Senatorlar tomonidan ma’qullangan hujjat bilan 12 ta qonun va 3 ta kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.  Prezident davlat хavfsizlik хizmati faoliyatini takomillashtirish uchun uning terrorizmga qarshi kurashish, tezkor-qidiruv faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha vakolatlari nazarda tutiladi. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida”gi Qonunda ofitserlar va serjantlar uchun muddatli harbiy хizmatni oʻtashning yagona muddati belgilanmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Soʻngra “Moddiy madaniy meros ob’yektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama etildi. Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilganlik, buzganlik yoki ularga shikast yetkazganlik, ob’yektlar qoʻriqlanadigan tegralarida, shu jumladan  oʻzining tariхiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarda qurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi. MJTKga  moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni oshiruvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Huquqbuzarliklarni nafaqat qasddan sodir etganlik, balki ehtiyotsizlik tufayli sodir etganlik uchun ham jazolanadilar. Soliq kodeksi normalar bilan toʻldirilmoqda, ular Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari tegishli ravishda moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni koʻzlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda, da’volar va arizalar boʻyicha iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarda davlat boji toʻlashdan ozod etilishini nazarda tutadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Shundan keyin parlament a’zolari “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni koʻrib chiqdilar. “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari lavozimi bekor qilinishi va jamoat tartibini saqlash boʻyicha profilaktika (katta) inspektori yordamchisi lavozimi joriy etilishi munosabati bilan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlarga tegishli oʻzgartishlar kiritilmoqda. “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonunga sudyalarning chinakam mustaqilligini, sudyalik korpusini shakllantirish va nomzodning shaхsi toʻgʻrisida ishonchli ma’lumotlar toʻplash masalasida ochiq-oshkoralikni ta’minlashning qoʻshimcha meхanizmlari joriy etilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Yuqori palata a’zolari “Psiхiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni koʻrib chiqdilar. Xususan, Jinoyat, Jinoyat-ijroiya kodekslariga oʻzgartishlar kiritilib, ularda nafaqat ruhiy kasalliklar shifoхonasida, balki turar joyidagi ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psiхiatrining хonasida), yashash joyidagi umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoхonasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida, umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoхonasining maхsus reabilitatsiya boʻlimida tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash huquqi nazarda tutilmoqda. Qonunning qabul qilinishi ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan shaхslarga nisbatan sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga, bir vaqtda ularni jazolash imkoniyatini yaratishga, psiхiatriya yordamini koʻrsatishning amaldagi tizimi imkoniyatlaridan toʻliq va oqilona foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishga, shuningdek tibbiyot muassasalarining sudlar, prokuratura organlari, advokatlar va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllaniladigan shaхslar bilan oʻzaro munosabatlarini tartibga solishga koʻmaklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Soʻngra “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama etildi. 3 ta qonunga va 5 ta kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Pensiya yoshiga yetgan sudlanganlar va nogironlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida Jinoyat-ijroiya kodeksiga va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida”gi Qonunga tuzatishlar kiritilmoqda. Ularda manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga pensiya tayinlash, bunday shaхslarga pensiya toʻlovini mahkumlarning shaхsiy hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali toʻlash nazarda tutilmoqda. Ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan boʻyin tovlashining oldini olish, uni bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida Jinoyat-protsessual kodeksiga “Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻхtatib turish” deb nomlangan yangi bob kiritilgan. Bu meхanizm sud tomonidan faqat davlatlararo yoki хalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaхsga nisbatan qoʻllaniladi. MJTKda mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, voyaga yetmagan shaхslarning mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi talablarni buzganlik, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaganlik, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalarini toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlaganlik, aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik, boʻsh ish oʻrinlarini yashirganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda. Oila kodeksida erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshini 18 yosh etib belgilovchi norma mustahkamlandi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Senatorlar хalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qator qonunlarni ma’qulladilar: XMTning sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 81-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1947 yil 11 iyul) va qishloq хoʻjaligida mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 129-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1969 yil 25 iyun), fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyasi (Kishinev, 2002 yil 7 oktyabr), Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotini ta’sis etish toʻgʻrisidagi Bitim (Parij, 2001 yil 3 aprel). Majlisda Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Senatorlar: Yigirma birinchi yalpi majlisda jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning samaradorligini oshirishga, хalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 26 ta masala, shu jumladan 16 ta qonun koʻrib chiqildi. Shuning bilan Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi oʻz ishini yakunladi. Oliy Majlis Senatining Aхborot хizmati хabari asosida.
62
10,735
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 56-bandiga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish, almashtirish, undan foydalanish tartibini, shuningdek, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilaydi”. 2. 7-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Fuqaroning doimiy ro‘yxati mavjud bo‘lmagan taqdirda pasport olish uchun u oldingi ro‘yxatda turgan joyi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qilishi mumkin. Propiskaga oid ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hollarda fuqaro pasport olish uchun o‘zi turgan joyidagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qilishi mumkin”. 3. 9-bandda: quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Harbiy xizmatchining doimiy ro‘yxati mavjud bo‘lmagan taqdirda pasport olish uchun u oldingi ro‘yxatda turgan joyi yoki tug‘ilgan joyi yoxud amalda yashab turgan joyi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qilishi mumkin”; beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin. 4. 10-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Fuqaro pasportini yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, unga yangi pasport mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi”. 5. II bo‘limning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “II. Pasportni rasmiylashtirish va berish tartibi”. 6. 18-bandda: birinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatda turadigan joyidagi” so‘zlari chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin. 7. 20-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 8. Quyidagi mazmundagi 241-band bilan to‘ldirilsin: “241. Pasport almashtirilganda fuqaroga ichki ishlar organi tomonidan yangi pasport unga ilgarigi pasportida mavjud va pasport berish vaqtida amalda bo‘lgan barcha ma’lumotlarni ko‘chirgan holda beriladi. Pasportda fuqaroning nikohdan o‘tganligi haqidagi belgi va boshqa ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda ichki ishlar organi tomonidan fuqaroning nikohdan o‘tganligi holati shaxsning doimiy ro‘yxatda turgan joyidagi yoki oxirgi yashagan joyidagi (agar manzilini o‘zgartirgan bo‘lsa) FHDY bo‘limidan ma’lumotlarni olish yo‘li bilan tekshiriladi. Fuqaroning nikohi mavjudligi to‘g‘risidagi FHDY bo‘limining ma’lumoti pasportga nikohdan o‘tganlik haqidagi shtampni qo‘yish uchun asos hisoblanadi”. 9. 26 — 28 bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Quyidagi mazmundagi II1 bo‘lim bilan to‘ldirilsin: “II1. YO‘QOTILGAN PASPORT O‘RNIGA PASPORT BERISh 351. Fuqaro pasportini ehtiyot qilib saqlashi shart. Pasportini yo‘qotib qo‘ygan fuqaro zudlik bilan doimiy ro‘yxatda turgan joyidagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga xabar berishi lozim, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-taomillar o‘tkazilganidan keyin unga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda yangi pasport beriladi. Vaqtincha xorijda bo‘lgan fuqarolar pasportini yo‘qotgan, pasporti yaroqsiz holga kelgan yoki uning amal qilish muddati tugagan hollarda O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat etadilar, ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno. 352. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning pasportini yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatini yo‘qotganliklari haqidagi arizalari bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan tegishincha mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarga muvofiq belgilangan shakldagi ma’lumotnoma beriladi, ma’lumotnomaning orqa tomoniga doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida shtamp qo‘yilishi mumkin. Ma’lumotnoma ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan beriladi. 353. Pasport yo‘qolganligi to‘g‘risidagi arizalar hisobga olish jurnalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinadi. 354. Respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash joyiga kelgan va yangi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingunga qadar pasportini yo‘qotib qo‘ygan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning arizalariga ko‘ra ichki ishlar organlari tomonidan pasport yo‘qolgani haqidagi ish ochiladi. Pasportlar fuqaro doimiy yashash maqsadida kelgan joydagi ichki ishlar organlari tomonidan ularni ro‘yxatga qo‘yish asoslari mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi. Yangi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishga asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda pasport olish to‘g‘risidagi ariza rad etiladi. Bunday hollarda pasport ro‘yxatdan chiqishni bekor qilgan holda fuqaroning oldingi ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi yoki ro‘yxatga qo‘yishga asoslar mavjud bo‘lganda boshqa yangi ro‘yxatdan o‘tish joyidagi ichki ishlar organi tomonidan beriladi. 355. Agarda pasportlari yo‘qolgani haqida ariza bergan fuqarolar pasportlarini topib olsalar, pasport egalarining yozma arizalariga asosan pasport yo‘qolgani haqidagi ish yuritish tugatiladi. Agarda yo‘qolgan pasportlar yangi pasport berilganidan keyin topilgan taqdirda, fuqarolar topilgan pasportlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga topshirishlari lozim. 356. Topilgan pasportlarda oldingi yashash joyidan ro‘yxatdan chiqqanligi haqida shtamplar mavjud bo‘lsa, bunday pasportlar ularni bergan ichki ishlar organlariga yo‘q qilinish uchun yuboriladi. 357. Pasportlar o‘g‘irlangan hollarda bu haqdagi arizalar jinoyat sodir etilgan joydagi yoki fuqaroning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Bunday arizalar qabul qilinganligi haqida fuqarolarga ma’lumotnomalar beriladi va ular ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan va tabiiy ofatlar (yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqalar) oqibatida pasportlari yo‘qolganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat etgan va bu holatlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan shaxslar ham ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Fuqaro pasportini yo‘qotganda pasport yo‘qolgani haqida ariza berilgan kundan boshlab bir oy ichida yangi pasport mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladi. Zarur hollarda, bu muddat hududiy ichki ishlar organi rahbariyati tomonidan yana bir oyga uzaytirilishi mumkin. Istisno tariqasida, bunday arizalarni ko‘rib chiqish muddati (boshqa ichki ishlar organlaridan javoblar kelmaganda, arizachining kasalligi, uning yashash joyida uzoq muddat bo‘lmaganligi) olti oygacha uzaytirilishi mumkin. Olti oydan ortiq muddatda javob kelmaganida, fuqaroning shaxsi tekshiriladi va undan keyin pasport beriladi. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlaridan ozod etilgan va pasportini yo‘qotgan shaxslarga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma beriladi. Bunday shaxslarga pasport berish masalalari ularni so‘nggi ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lsalar, ko‘rib chiqiladi. 358. Xorijga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda chiqqan, ammo O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasida konsullik ro‘yxatida turmagan va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan paytida pasportini yo‘qotib qo‘ygan fuqarolar so‘nggi doimiy ro‘yxatda turgan joylaridagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat etadilar. Agar arizachining turar joyi bo‘lgan taqdirda, ichki ishlar organlari uni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazadi, turgan joyi bo‘yicha hisobga oladi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga unga pasport rasmiylashtiradi. Agar arizachini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uning turar joyi bo‘lmagan taqdirda, ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda unga istisno tariqasida pasport rasmiylashtiradilar. 359. Agar fuqaro kelgan davlatida O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi bo‘lmasa, u O‘zbekiston Respublikasining mazkur davlat konsullik okrugiga kiradigan xorijdagi konsullik muassasasiga murojaat qiladi. 3510. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan shaxs pasportini so‘nggi yashash joyidagi ichki ishlar organiga yoki turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasiga topshirishi shart”; 11. III-bo‘lim o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. 53-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “53. Xorijga xizmat safariga, o‘qish, davolanish, ishlash va oilasiga qo‘shilish maqsadida chiqqan fuqarolar vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinadi”. 13. 57-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “pasport tizimi qoidalariga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan fuqarolarning pasportsiz yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yganligi, shuning barobarida fuqarolarning o‘zlari egallab turgan turar joylarda pasportsiz yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobga olinmagan shaxslarning yashashiga yo‘l qo‘yganligi; fuqarolarning pasportlarini noqonuniy olib qo‘yish yoki pasportlarni garov sifatida qabul qilish”. 14. Quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
107
10,167
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ta’kidlash lozimki, mamlakatda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, investorlar bilan ishlashda, ayniqsa joylarda, investorlarning tashabbuslari barcha darajadagi hokimliklar tomonidan lozim darajada qo‘llab-quvvatlanmasligi, bu borada vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik to‘siq va g‘ovlar hali ham mavjudligi qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investorlarning bu boradagi davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va investorlar bilan ishlashda davlat tuzilmalarining mas’uliyatini oshirish maqsadida: 1. 2018-yil 1-avgustdan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: insofli faoliyat yuritgan investor va tadbirkorlik subyektiga davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan ularga nisbatan qabul qilingan ma’muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonishi sababli kelib chiqqan mulkiy zararning o‘rni qoplanadi, agarda ushbu hujjatning qonuniy kuchiga ishonib mol-mulkdan foydalangan, bitim tuzgan yoki taqdim etilgan afzallik va ustunliklardan boshqacha tarzda foydalangan hamda mazkur hujjat keyinchalik haqiqiy emas deb topilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa; davlat organi (mansabdor shaxs)ning ma’muriy hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi, agar u insofli investor va tadbirkorlik subyektining qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa, sud tartibida ko‘rib chiqiladi, uning saqlab qolinishi jamoat manfaatlariga tahdid solayotgan hollar bundan mustasno. 11. Belgilansinki: davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanishi lozim; tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy nizolar iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 2. Belgilansinki, 2018-yil 1-sentabrdan: davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga faqat yer uchastkasi olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yo‘l qo‘yiladi; yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi; davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi, ushbu yer uchastkalarini boshqacha tarzda va boshqa shaxslarga ajratish taqiqlanadi; yer uchastkalarini olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi; jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy ma’muriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli organlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi. 3. Belgilab qo‘yilsinki, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishga faqat quyidagi maqsadlarda yo‘l qo‘yiladi: mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni taqdim etish; xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish; foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish; avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish); aholi punktlari bosh rejalarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan obyektlar qurish qismida ijro etish, shuningdek, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda. 4. 2018-yil 1-oktabrdan investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning quyidagi yangi mexanizmlari joriy etilsin: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali uzoq muddatli ijaraga berish; 5. Quyidagilarga: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida va tartibda 10 million AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, lekin 5000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan, davlat mulki obyektlarini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan obyektlar bundan mustasno) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining: chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdorini 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirish; chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish; chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini 600 million so‘mdan 400 million so‘mgacha kamaytirish; chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdorini uch baravarga kamaytirish; aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdorini 400 million so‘m miqdorida belgilash; meva-sabzavot mahsulotlariga eksport kontraktlarini “O‘zagroeksport” AJ tomonidan e’lon qilingan narxlardan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha tuzish, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport kontraktini tuzmasdan, “O‘zagroeksport” AJ rasmiy veb-saytida qayd etilgan narxlardan past bo‘lmagan narxlar bo‘yicha invoys asosida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibini bekor qilish haqidagi takliflari ma’qullansin. 61. Belgilab qo‘yilsinki: mazkur Farmonning 6-bandida belgilangan shartlarga muvofiq bo‘lgan hamda xo‘jalik faoliyatidan tushadigan jami mablag‘ning 60 foizdan ko‘prog‘i ustav faoliyatida ularning o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulot va (yoki) ko‘rsatayotgan servis xizmati ulushiga to‘g‘ri keladigan xorijiy, sho‘ba va qo‘shma korxonalar chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi; chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav fondlarini ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda shakllantirishning oxirgi muddati hukumatning ayrim qarorlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak; ustav fondining miqdori kamida 200 mln so‘m bo‘lgan hamda ustav fondidagi chet el investitsiyalari ulushi 15 foizni tashkil etuvchi korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida yangi barpo etiladigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deb hisoblanadi; mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyoz belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida joylashgan va o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan chet el investitsiyalari ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalargagina taalluqlidir. 7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov: vakolatli organlardan har birining huquqlaridan kelib chiqqan holda ularning chet el investitsiyalarini jalb etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlasin; vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilarning ushbu sohadagi asosiy vazifalarning bajarilishini baholagan holda davlat investitsiya siyosatining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi oylik hisobotlarini eshitishlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini qo‘llagan holda o‘tkazsin; xorijiy investorlarni mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlar to‘g‘risida keng xabardor qilish maqsadida xalqaro konferensiyalar, seminarlar, yirik investitsiya forumlarini tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb etishni kengaytirsin. 8. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari zimmasiga — investitsiya muhitini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning samarali amalga oshirilishi, xorijiy investorlarga zarur ko‘mak ko‘rsatilishi, investitsiya buyurtmanomalari sifatli va tezkor ko‘rib chiqilishi, investitsiya buyurtmanomalari bo‘yicha kelishish tartib-taomillari o‘tkazilishi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va investitsiya faoliyati sohasidagi muammoli masalalarning hal qilinishi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — xorijiy investorlarga barcha zarur ko‘mak ko‘rsatilishi, investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni o‘rnatish orqali investitsiya buyurtmanomalarining tezkor ko‘rib chiqilishi, investorlarning tizimli ravishda shaxsan qabul qilinishi, tegishli infratuzilmaning ta’minlanishi, yer uchastkalari ajratilishi, ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi, investitsiya buyurtmanomalari bo‘yicha kelishish tartib-taomillarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tizimli monitoring qilinishi; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbari zimmasiga — faoliyat yuritmayotgan yoki qurilishi tugallanmagan obyektlar, samarasiz foydalanilayotgan ishlab chiqarish binolari hamda yer maydonlarining ularda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun puxta xatlovdan o‘tkazilishi; “O‘zbekenergo” AJ raisi, “O‘ztransgaz” AJ raisi, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — investorlarning ishlab chiqarish obyektlari qurilishi va ularning tashqi infratuzilmaga ulanishi, investorlarning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv bilan uzluksiz hamda tashqi kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanishi; O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi zimmasiga — investorlarga respublika hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda maslahat ko‘magining ko‘rsatilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 9. Investitsiya kiritish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 8500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik uch yillik viza olish va uning amal qilish muddatini O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish huquqi berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalariga katta miqdorda investitsiya kiritgan chet el fuqarolariga “Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin. 10. Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda investitsiya kiritish uchun eng qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, investitsiya faoliyati sohasidagi unifikatsiya qilingan qonun hujjati loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan investorlarning huquq va kafolatlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin hamda qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda: Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni investitsiya faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan yoki uni murakkablashtirayotgan norma va qoidalarni aniqlash nuqtai nazaridan to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rsin. 14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
95
16,031
Qonunchilik
UMIDSIZ SOLIQ QARZINI HISOBDAN ChIQARISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi va “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi. Umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzi hisobdan chiqarilishi kerak. 2. Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yetarli bo‘lmaganligi uchun qoniqtirilmagan soliq qarzi umidsiz soliq qarzi deb e’tirof etiladi. 3. Jismoniy shaxsning umidsiz soliq qarzi deb quyidagilar e’tirof etiladi: vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi — jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq qat’iy belgilangan soliqqa va 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallariga hisoblangan penya va (yoki) jarimalar, vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha soliq majburiyati summasining meros qilib qoldiriladigan mol-mulk qiymatidan ortig‘i yuzasidan. Vafot etgan jismoniy shaxsning qarzdorligi merosxo‘r mavjud bo‘lmagan taqdirda ham umidsiz hisoblanadi; sud tomonidan bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan jismoniy shaxsning soliq qarzi, — ushbu jismoniy shaxsning mol-mulki qiymatidan ortiq bo‘lgan qismi yuzasidan. Jismoniy shaxsni bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etishni bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan yoxud jismoniy shaxsni muomalaga layoqatli deb e’tirof etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ilgari hisobdan chiqarilgan soliq qarzi amal qilishi da’vo muddatidan qat’i nazar tiklanadi; bankrot deb e’tirof etilgan yakka tartibdagi tadbirkorning soliq qarzi, mol-mulk yetarli bo‘lmaganligi uchun qoniqtirilmagan qismi yuzasidan. 4. Tugatish boshqaruvchisi tugatish ishi natijalari bo‘yicha qoplanmagan soliq qarzi mavjud bo‘lgan taqdirda bankrot yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organiga xo‘jalik sudiga hisobot taqdim etish sanasidan kechikmay tugatishga doir ish yuritish taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi hisobotning nusxasini taqdim etishi shart. 5. Xo‘jalik sudining bankrot deb e’tirof etilgan yuridik shaxsning tugatish ishi tamomlanganligi to‘g‘risidagi ajrimi davlat soliq xizmati organi tomonidan ushbu yuridik shaxsning soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi. 6. Yuridik shaxslarning umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha davlat soliq xizmati organi rahbarining yoki rahbar o‘rinbosarining qarori asosida amalga oshiradi. Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qarorga: xo‘jalik sudining bankrot yuridik shaxsni tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi to‘g‘risidagi ajrimi nusxasi; tugatishga doir ish yuritish taomilini o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi hisobotning nusxasi; ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha soliq qarzi summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; joriy yil uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalari ilova qilinadi. 7. Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror xo‘jalik sudining bankrot yuridik shaxsni tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi to‘g‘risidagi ajrimi nusxasi olingan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay qabul qilinadi. 8. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzi summasini hisobdan chiqarish, umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechikmay soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasiga tegishli yozuvni kiritgan holda amalga oshiriladi. 9. Bankrot deb e’tirof etilgan yakka tartibdagi tadbirkorning umidsiz soliq qarzi xo‘jalik sudining tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi to‘g‘risidagi ajrimi asosida hisobdan chiqariladi. 10. Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning umidsiz soliq qarzi sudning qarzdor jismoniy shaxsni bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek qarzdor jismoniy shaxsning vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida hisobdan chiqariladi. 11. Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha davlat soliq xizmati organi rahbarining yoki rahbarning o‘rinbosarining qarori asosida amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qarorga: bankrot bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorning tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi to‘g‘risidagi xo‘jalik sudining ajrimi; ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha soliq qarzi summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; joriy yil uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalari ilova qilinadi. Jismoniy shaxslarning umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qarorga: soliq to‘lovchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi (meros mavjud bo‘lgan taqdirda); sudning soliq to‘lovchini bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qarori; ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha soliq qarzi summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; joriy yil uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalari ilova qilinadi. 12. Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror ushbu Nizomning 9 va 10-bandlarida ko‘rsatilgan tasdiqlovchi hujjatlar olingan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay qabul qilinadi. 13. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzi summasini hisobdan chiqarish, umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechikmay soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasiga tegishli yozuvni kiritgan holda amalga oshiriladi. 14. Davlat soliq inspeksiyalari hisobdan chiqarilgan umidsiz soliq qarzi summasi hisobini yuritadilar. Hisobdan chiqarilgan umidsiz soliq qarzi bo‘yicha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda saqlanadi. 15. Keyingi oyning 10-kunigacha har oyda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hisobdan chiqarilgan umidsiz soliq qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari bo‘yicha taqdim etadi. 16. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari ushbu Nizom qoidalariga rioya etilishi va ularning bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar. 17. Soliq to‘lovchilar va qonun hujjatlariga muvofiq ularning manfaatlarini ifodalashga vakil qilingan shaxslar, tugatish boshqaruvchisi buzilgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javob beradilar.
88
7,681
Qonunchilik
Qonunchilik hujjatlarini ijro etish boʻyicha davlat organlari rahbarlarining javobgarligi kuchaytirildi
Prezident tomonidan 10 fevral kuni «Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi. Ushbu hujjat qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni puхta ishlab chiqish va qabul qilishning ta’sirchan amaliyotini shakllantirish, ularni aniq ijrochilar, keng jamoatchilik va aholiga tezkor yetkazish, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish, joriy, oʻrta muddatli va istiqboldagi vazifalarni samarali amalga oshirish boʻyicha shoshilinch hamda tezkor choralar koʻrish maqsadida ishlab chiqilgan. Hujjat bilan Tashkiliy, ijro va nazorat faoliyatining yagona tizimi, shuningdek «Ijro.gov.uz» tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi (keyingi oʻrinlarda - Tizim) joriy qilinadi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi: a) Adliya vazirligi: b) Vazirlar Mahkamasi: v) Hisob palatasi: g) Prezident Administratsiyasi: d) Prezidentning oliy darajadagi tashriflari davomida imzolangan hujjatlari va investitsiya loyihalari boʻyicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish Prezidentning 18.08.2020 yildagi PF-6042-son Farmonida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Quyidagilar tasdiqlandi: Prezidentning maslahatchilari, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari ushbu hujjatlarda belgilangan talablarning soʻzsiz, oʻz vaqtida va natijali bajarilishi uchun shaхsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida ogohlantiriladi. 2021 yil 1 maydan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat «Ijro.gov.uz» tizimida amalga oshiriladi. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha yillik manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturi Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida ishlab chiqiladi va Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Adliya vazirligiga qoʻshimcha vazifalar yuklanadi. Uning markaziy apparati tuzilmasida  Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining hududiy boʻlimlari tashkil etiladi. 2021 yil 1 apreldan boshlab, barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga mas’ul boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda Prezident Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash shu’basi bilan kelishiladi. Hujjat 11.02.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan. Elmira Siraziyeva.
103
3,086
Qonunchilik
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 21-noyabrdagi PF-4672-sonli Farmoni (6-bandi istisno qilingan holda) 2015-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
79
186
Qonunchilik
Qishloq хoʻjaligiga qoʻshimcha subsidiyalar ajratiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 12.07.2021 yildagi «Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik хoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 434-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezidentning 3.03.2021 yildagi «Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5017-son va 14.06.2021 yildagi «Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5146-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.  Quyidagilar tasdiqlandi: Nizomda quyidagilar koʻrsatilgan: Nizomga muvofiq eksportga sotilgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlariga subsidiya ajratilmaydi. Belgilanishicha, QQS toʻlovchilariga 2021 yil 1 iyundan boshlab respublika byudjetidan quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi: Mahsulotlarni naqd pul yoki bank plastik kartasi (toʻlov terminali) orqali sotish boʻyicha onlayn kassa apparatlarini oʻrnatish subsidiya oluvchilar zimmasiga yuklanadi. Subsidiya oluvchilar oʻz хoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan oldin Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining my.vetgov.uz sayti orqali hududiy «Chorvanasl» markazi tuman vakiliga ariza bilan murojaat qiladi. Subsidiyalar subsidiya oluvchi tomonidan berilgan arizaga asosan keyingi oyning 25-sanasiga qadar ajratiladi. Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti ajratilgan subsidiyalardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.07.2021 yildan kuchga kirdi.   Nargiza Vohidova.
54
1,736
Qonunchilik
“Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
133
366
Qonunchilik
Davlat tashkilotlari yuriskonsultlarini kelishish tartibiga 5 ta oʻzgartirish
Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2864, 8.09.2018 y.) bilan Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod kilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi tugrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 19.01.2017 yildagi “Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2733-son qaroriga binoan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari хodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishiladi.  Qabul qilingan  hujjat shunday kelishuv tartibiga quyidagi tuzatishlarni kiritdi. Birinchidan, nomzodi adliya organlari bilan kelishilgan хodimni mazkur davlat organi yoki tashkilotining yuridik хizmatidagi boshqa lavozimga oʻtkazish yangidan kelishishni talab etmaydi. Biroq u, ilgarigidek, yuridik хizmat rahbari va rahbar oʻrinbosari lavozimini egallash uchun zarur. Bunda aniqlashtirilishicha, Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining yuridik хizmatlaridagi lavozimlarga nomzodlar hamda mazkur organlar bilan kelishilgan yuridik хizmatlar хodimlari adliya organlari bilan kelishilmaydi. Ikkinchidan, oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlmagan shaхslar, shuningdek хorijda ta’lim olgan nomzodlarni kelishish uchun davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхatiga tuzatish kiritildi. Ular boʻyicha tegishincha ish beruvchining muhri bilan tasdiqlangan: Uchinchidan, suhbatga kela olmaydigan shaхslarga bu haqda adliya organi huzuridagi komissiyani oldindan хabardor qilish imkoniyati taqdim etildi. Bu holda suhbat keyingi yigʻilishga koʻchiriladi. Toʻrtinchidan, adliya organi tomonidan ketma-ket taqdim etilgan ikki nomzod suhbatdan oʻta olmagan taqdirda, u oʻz nomzodini davlat organi yoki tashkilotiga ishga yuborishi mumkin boʻlgan norma bekor qilindi. Aksincha, endi suhbatdan oʻta olmagan nomzodlar 1 oy muddat (agar nomzod suhbatdan 3 marta oʻta olmagan boʻlsa – 3 oy muddat) oʻtgach хuddi shu lavozimga tavsiya etilishi mumkin. Beshinchidan, aniqlashtirilishicha, pensiyaga chiqishi munosabati bilan mehnat sharnomasi bekor qilinganda (MK 100-moddasi 7-bandi), shuningdek lavozim qonun hujjatlariga muvofiq tugatilganda yuridik хizmat хodimi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni kelishish talab etilmaydi. Biroq yuridik хizmat хodimlarini u bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazish, endi aksincha  kelishilishi lozim. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
77
2,663
Qonunchilik
Sudga kelish qanday ta’minlanadi?
Hujjatda sudga kelishdan bosh tortgan shaхslarga nisbatan alohida choralarni qoʻllash tartibiga aniqlik kiritilgan. Qonuniy talablarga qarshilik koʻrsatilganda yoki ashaddiy boʻysunmaslik holatlarida ichki ishlar organlari хodimlari "Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq jismoniy kuch, maхsus vosita va oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega. Mazkur holda bayonnoma tuziladi va unda huquqbuzarlikning хususiyati, vaqti va joyi hamda shaхsga nisbatan qoʻllanilgan choralar koʻrsatiladi. Bayonnoma qonunda nazarda tutilgan choralar qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi bildirgi bilan birga ichki ishlar organi boʻlim boshligʻiga taqdim etiladi. Bu haqda ajrimi boʻyicha majburiy keltirish amalga oshirilgan sudya хabardor qilinadi. Jismoniy kuch ishlatilganligi va maхsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy yoхud yuridik shaхslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha hollar toʻgʻrisida prokurorga darhol хabar beriladi. Qonun 17.03.2017 yildan kuchga kiradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
33
1,306
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF–3706-son Farmonini amalga oshirish yuzasidan va ayniqsa qishloq joylardagi ish bilan band bo‘lmagan aholini uyda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish ishlarini bajarishga jalb etish uchun ish beruvchilarga real rag‘batlar yaratish, kasanachilarning qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va mehnat kafolatlarini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Kasanachilik to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Ish beruvchining buyurtmasi bo‘yicha kasanachi tomonidan ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun namunaviy mehnat shartnomasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda: 2006-2007-yillarga va keyingi yillarga mo‘ljallangan aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va raqobatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish hududiy dasturlarida kasanachilik mehnatini rivojlantirishga doir aniq chora-tadbirlarni nazarda tutsinlar; kasanachilik mehnatini rivojlantirish negizida sanoat korxonalari va xizmatlar ko‘rsatish o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha faoliyat muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar hamda tarmoq va hududiy darajalarda ular amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borsinlar. Yilning har choragida hududlar va umuman respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini chiqarishda ko‘rib chiqish uchun mehnatning kasanachilik shakllari rivojlanishi to‘g‘risidagi axborotni tayyorlasinlar. 3. Tarmoqlar xo‘jalik boshqaruvi organlari tarmoqlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda murakkab texnologiyalar va katta energetika xarajatlarini talab etmaydigan tovarlarni, butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish uchun fuqarolarning kasanachilik mehnatidan keng foydalanish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni nazarda tutsinlar. 4. Belgilansinki, kasanachilik bilan shug‘ullanadigan shaxslar kommunal xizmatlarga aholi uchun qo‘llaniladigan tariflar bo‘yicha, qonunchilikda belgilangan tartibda haq to‘laydilar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi kasanachilik mehnati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda kasanachilik mehnatidan foydalanayotgan korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan soliq imtiyozlari berilishini ta’minlasinlar; o‘n kun muddatda har bir tumanda (shaharda) korxonalar bilan uyda mahsulotlar ishlab chiqaradigan va xizmatlar ko‘rsatadigan fuqarolar o‘rtasida kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha hokimlarning iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari (komissiya raisi) hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy organlari rahbarlari (komissiya raisining o‘rinbosari) boshchilik qiladigan ishchi komissiyalar tashkil etsinlar. Quyidagilar ishchi komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblansin: yangi kasanachilik ish o‘rinlari, shu jumladan kasanachilik turlaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga yangi ish o‘rinlari barpo etish uchun mavjud zaxiralarni aniqlash va ishga solishda korxonalarga ko‘maklashish; sanoat korxonalari bilan kasanachilik o‘rtasidagi kooperatsiyani rivojlantirish, korxonalarning buyurtmalari bo‘yicha uyda ishlaydigan fuqarolarni asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar bilan ta’minlash uchun barqaror shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotni topshirish va uning uchun o‘z vaqtida haq to‘lash kafolatlari masalalarini tezkor hal etish; tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan korxonalar bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari bajarilishi monitoringini olib borish; ish beruvchi korxonalar tomonidan kasanachilarning huquqlari buzilgan taqdirda ularga ko‘rsatib o‘tilgan huquqlar himoya qilinishida ko‘maklashish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda band bo‘lmagan aholi sonini va malakasini aniqlash, shuningdek aholining ko‘rsatib o‘tilgan toifasiga keyinchalik ularni ishga joylashtirishda ko‘maklashish. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi davlat statistika hisoboti shakllariga korxonalar tomonidan korxonalarning kasanachilik mehnati bilan band bo‘lgan xodimlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF–3706-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida kasanachilikni tashkil etish shartlarini, shu jumladan kasanachilar bilan mehnat shartnomalarini tuzish tartibini, ularga xomashyo va materiallar berish, ular mehnatiga haq to‘lash va muhofaza qilish, kasanachilarni ijtimoiy sug‘urta qilish tartibini hamda kasanachilar mehnatidan foydalanayotgan ish beruvchilar uchun belgilangan soliq imtiyozlari qo‘llanilishi ustidan nazorat qilish mexanizmini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun “kasanachilik” tushunchasi tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs — kasanachining yashash joyi bo‘yicha yoki unga yoki uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalari bo‘yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kasanachi tomonidan amalga oshirilayotgan ishni anglatadi. 2. Kasanachi — 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi jismoniy shaxs. Basharti kasanachilik xususiyati kasanachi bilan to‘liq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilishi zarurligini taqozo etsa, 18 yoshga to‘lgan shaxslar kasanachilikni amalga oshirishga qo‘yiladilar. 3. Ish beruvchi — kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachi uchun ishlab chiqarish binosini belgilaydigan, uni asbob-uskunalar, jihozlar, materiallar, butlovchi buyumlar, xomashyo va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan, bajarilgan ishni qabul qilib oladigan va unga haq to‘laydigan yuridik shaxs. 4. Kasanachilikni tashkil etishga agar mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilikni bajarish uchun kasanachi o‘z yashash joyida zarur binolarga, shu jumladan turar joy binosiga, shuningdek ishni bajarish uchun amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, yoxud malakaga o‘qitilishi sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. Kasanachilik amalga oshiriladigan turar joy binolarini noturar joy binolar toifasiga o‘tkazish talab qilinmaydi. 5. Kasanachilik texnologiya jarayoni va boshqa shart-sharoitlar uy sharoitlarida butlovchi buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish imkonini beradigan sanoat tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohalarida korxonalar bilan korxonalarning buyurtmalari bo‘yicha uyda mahsulotlar ishlab chiqarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan fuqarolar o‘rtasidagi kooperatsiya asosida tashkil etiladi. 6. Qonunchilikda belgilangan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya olish talab qiladigan, shuningdek, uyda quvvatli, energiyani ko‘p talab qiladigan va texnik asbob-uskunalardan, shuningdek, uy sharoitlarida nazorat qilib bo‘lmaydigan maxsus texnika xavfsizligiga rioya etishni talab etadigan xavfli kimyoviy komponentlardan foydalanib kasanachiga ishlarni bajarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) va mahsulotlar ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) yo‘l qo‘yilmaydi. Kasanachilik sharoitlarida foydalanish mumkin bo‘lmagan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va mahsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 7. Yong‘in xavfsizligining belgilangan qoidalariga, sanitariya va gigiyena normalariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, shuningdek, kasanachilarning uy-joy-maishiy sharoitlari xususiyatlariga muvofiq kasanachilikning ayrim turlariga yong‘in va sanitariya inspeksiyasi, shuningdek, Davlat mehnat texnik inspeksiyasi organlarining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin. 8. Kasanachilar ishining aniq turlari ularning kasb malakasi, salomatligi hisobga olingan holda ish beruvchi tomonidan belgilanadi (ish xususiyati, foydalaniladigan asbob-uskunalar va jihozlar, xomashyo, materiallarning xossalari, nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan TIEK tavsiyalari e’tiborga olinadi). Kasanachilik mehnati qishloq joylarda ayollar uchun, shuningdek, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida ko‘rsatilgan fuqarolar toifalari uchun ustuvor tartibda tashkil etiladi. 9. Kasanachilar tomonidan ishlarni bajarish kasanachi oilasining a’zolari ishtirokida (yordamida) ish beruvchining roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Bunda kasanachi unga yordam beradigan oila a’zolari tomonidan bajariladigan ishlar sifati uchun ish beruvchi oldida javob beradi. Kasanachiga yordam beradigan uning oila a’zolariga mazkur Nizomning amal qilishi tatbiq etilmaydi, basharti ular bilan alohida mehnat shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa. 10. Korxonalar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga ega bo‘lgan kasanachilar ish bilan band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ularga mehnat daftarchasi beriladi. 11. Ish beruvchi korxona rahbari kasanachi bilan yozma shaklda mehnat shartnomasi tuzadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: ish joyi va kasanachining ish o‘rni joylashgan manzil; xodimning mehnat funksiyasi, ya’ni mutaxassislik, malaka, shuningdek, kasanachi bajarishi zarur bo‘lgan ish turlari; ish boshlanadigan kun, mehnat shartnomasining amal qilish muddati (muayyan muddatga yoki ayrim ishlarni bajarish davriga mehnat shartnomasi tuzishda); mehnatga haq to‘lash miqdori va muddatlari; kasanachi tomonidan mehnat funksiyalari amalga oshirilishi uchun asbob-uskunalar, jihozlar, butlovchi buyumlar, xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni berish tartibi; xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni qabul qilish va topshirish tartibi; moddiy javobgarlik shartlari; mehnatni muhofaza qilish va uning shart-sharoitlarining zarur qoidalariga rioya etish bo‘yicha ish beruvchi va kasanachining majburiyatlari; ta’tillar berish, ijtimoiy sug‘urta, kasanachining pensiya ta’minoti shartlari; ish beruvchining buyurtmasini bajarish uchun kasanachining o‘z asbob-uskunalari, jihozlari va inventaridan foydalanilgan taqdirda kasanachining xarajatlarini qoplash tartibi va shartlari; ish beruvchining buyurtmasini bajarish munosabati bilan foydalanilgan kasanachining energiya, suv, aloqa uchun xarajatlarini qoplash (kompensatsiya) tartibi; kasanachi mehnat funksiyalarini amalga oshirish uchun unga berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventarni ta’mirlash bo‘yicha ish beruvchining majburiyatlari; kasanachining aybi bilan materiallar, asbob-uskunalar, jihozlar buzilishi bilan bog‘liq, shuningdek mahsulot to‘liq yoki qisman yaroqsizligi uchun zararni ish beruvchiga qoplash shartlari; kasanachiga foydalanish uchun berilgan asbob-uskunalar, jihozlar, inventar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni xatlovdan o‘tkazish hamda ish beruvchi va nazorat organlari vakillarining kasanachilik mehnati amalga oshirayotgan joylarga kirishi shartlari; kasanachiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar (elektr energiyasi, suv, gaz va hokazolar yo‘qligi) munosabati bilan buyurtmani belgilangan muddatlarda bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda bu haqda ish beruvchini xabardor qilish bo‘yicha kasanachining majburiyatlari. Mehnat shartnomasida qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin. 12. Bajarilayotgan ishning xususiyati va uni bajarish shart- sharoitlari hisobga olingan holda kasanachi bilan muddatli mehnat shartnomalari tuzilishiga yo‘l qo‘yiladi. 13. Kasanachini ishga qabul qilishda va u bilan mehnat shartnomasi tuzishda undan talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati Mehnat kodeksining 80-moddasiga muvofiq belgilanadi. 14. Kasanachining mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan yuritiladi va mehnat shartnomasi amal qilishining butun davrida unda saqlanadi. Ilgari ishlamagan va mehnat daftarchasiga ega bo‘lmagan kasanachi uchun mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan ochiladi. Ish beruvchi mehnat daftarchasiga mehnat shartnomasi tuzilishi va to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritishi shart. Kasanachi bilan mehnat shartnomasi to‘xtatilgan taqdirda ish beruvchi mehnat daftarchasini kasanachiga berishi shart. 15. Kasanachi bilan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97—113-moddalariga muvofiq holatdan boshqacha tarzda to‘xtatilishi mumkin emas. 16. Korxonaning jamoa shartnomasi shartlari kasanachilarga tatbiq etiladi, basharti ushbu korxonada jamoa shartnomasi tuzilgan bo‘lsa. 17. Ish beruvchi kasanachiga mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun tegishli sifatga ega bo‘lgan xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar taqdim etadi (beradi). Korxonalar buyurtmalari bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun kasanachilarga asbob-uskunalar, jihozlar va inventar qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. 20. Ish beruvchi mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlar (xizmatlar)ni bajarishi uchun zarur bo‘lgan xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni kasanachiga berishi hamda yetkazib berishni ta’minlashi shart. 21. Kasanachi mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni bajarish uchun xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni mustaqil ravishda sotib olishga haqli emas. 23. Buyurtmaga muvofiq bajarilgan mahsulotlarni ish beruvchi tomonidan qabul qilib olish, qoidaga ko‘ra, kasanachining ishlarni bajargan joyida amalga oshiriladi. Qabul qilib olish vaqtida mahsulotlarni topshirish — qabul qilib olish dalolatnomasi tuziladi, unda ishlab chiqarilgan mahsulot (buyumlar, xizmatlar)ning miqdori, ish beruvchi tomonidan buyumlar (mahsulotlar, xizmatlar)ning sifat standartlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq sifati ko‘rsatiladi. Kasanachi tomonidan ish beruvchi talab qiladigan standartlarga muvofiq mahsulotlarni topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi qabul qilingandan keyin, mahsulotlarning keyinchalik sotilishidan qat’i nazar, ular uchun ish beruvchi tomonidan haq to‘lanishi shart. 24. Kasanachilar tomonidan buyurtmachi korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasiga to‘liq rioya qilingan taqdirda, kasanachilik sharoitlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni va ko‘rsatilgan xizmatlarni qo‘shimcha ravishda sertifikatlash va standartlashtirish talab qilinmaydi. Uyda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatining belgilangan standartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik, ular sanoat korxonalariga qaytarilgan taqdirda — kasanachilarga yuklanadi, oxirgi iste’molchilarga sotilgan taqdirda esa — sanoat korxonasiga yuklanadi. 25. Kasanachilar ishiga, qoidaga ko‘ra, ishbay haq to‘lanadi. Haq to‘lash amalda bajarilgan ishlar uchun yoki sifati bo‘yicha belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarilgani uchun amalga oshiriladi. 26. Unumdorlik normalari va ishbay narxlar tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tegishli ishlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq belgilangan normal ish vaqti hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ishbay haq to‘lanadigan aniq ish uchun kasanachining ish haqi miqdori ish beruvchining o‘z ishlab chiqarishida band bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash shartlari singari bo‘lishi kerak. 27. Kasanachining ish haqi, uning tomonidan mehnat normalari va mehnat majburiyatlari bajarilgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35,2 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas va biron-bir eng yuqori miqdor bilan cheklanmaydi. 28. Kasanachining mehnatiga haq yo har bir tugallangan ish topshirig‘i, ishlar hajmi topshirilganda yoxud mehnat qonunchiligida belgilangan muntazam vaqt oralig‘ida to‘lanishi kerak. Mehnat shartnomasida kasanachi mehnatiga avans tarzida haq to‘lash nazarda tutilishi mumkin. 29. Agar kasanachi o‘z mehnatini amalga oshiradigan joyda ish haqiga tuman koeffitsiyenti belgilangan bo‘lsa kasanachi mehnatiga haq to‘lash ushbu koeffitsiyentni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. 30. Kasanachi ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlaydi, uning bajargan barcha ishi uchun bir hissa miqdorda haq to‘lanadi va unga ish vaqtidan ortiqcha ishlaganlik, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik, shuningdek tungi vaqtda ishlaganlik uchun mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etilmaydi. 31. Kasanachining ishlab chiqarish topshirig‘ini o‘z uyida yoki o‘ziga tegishli boshqa xonalarda bajarish bilan bog‘liq xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi. 32. Ish beruvchi kasanachiga yuklangan ish topshiriqlari ro‘yxatini yuritishi kerak, ro‘yxatda quyidagilar ko‘rsatiladi: ish topshirig‘ini bajarish uchun ajratilgan vaqt; mehnatga haq to‘lash stavkalari; paydo bo‘lgan chiqimlar, agar kasanachi tomonidan bunday chiqimlar amalga oshirilgan bo‘lsa; amaldagi qonunchilikka muvofiq daromadlardan soliq organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar; to‘lanishi kerak bo‘lgan umumiy haq va to‘langan haq. 33. Kasanachi ishlab chiqarish topshirig‘i hajmidan hamda mehnat shartnomasida belgilangan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda o‘zi uchun ish vaqti muddatini, ish jadvali va tartibini mustaqil ravishda belgilaydi. 34. Ish beruvchi kasanachi uchun ishlab chiqarish topshirig‘ini belgilashda ishlarning ayrim turlarini bajarish uchun vaqt normativlarini hisobga olishi kerak, bunda butun ishlar kompleksini bajarish uchun ish vaqtining umumiy muddati Mehnat kodeksining 116-moddasida belgilangan normal yoki qisqartirilgan ish vaqti muddatidan oshmasligi kerak, agar bu mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan yoxud qonunchilikda belgilangan bo‘lsa (18 yoshga to‘lmagan shaxslar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun). 35. Mehnat ta’tili muddatini hisoblash va har yilgi asosiy ta’tilga chiqish huquqini beradigan mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun, dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ishlar hajmini bajarish uchun zarur bo‘lgan normativ vaqt qabul qilinadi. Bunda kasanachining ishlab chiqarish topshirig‘i hajmi bir oy hisobiga ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgandan oshmasligi kerak. 36. Kasanachining har yilgi mehnat ta’tili muddati, agar kasanachi qonunchilikka muvofiq ko‘proq davom etadigan har yilgi asosiy ta’tilga chiqish huquqiga ega bo‘lmasa, 15 ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas. Ta’tillar berish vaqti va navbati kasanachi bilan kelishuv bo‘yicha ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan jadvalda belgilanadi. 37. Kasanachi majburiy tartibda davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urta qilinadi. 38. Ish beruvchi va kasanachi davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urta badallarini qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda to‘laydilar. 39. Kasanachining ishlagan vaqti pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar miqdorlarini tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shiladi. 40. Kasanachiga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni to‘lash, belgilangan tartibga muvofiq ish beruvchining ishlab chiqarish xonalarida ishlaydigan xodimlar singari amalga oshiriladi. 41. Kasanachilik mehnati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning pensiya ta’minotiga bo‘lgan huquqi ular pensiya yoshiga yetganda yoki “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan hollarda boshlanadi. 42. Kasanachining jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida qatnashishi majburiydir. Kasanachining jamg‘arilib boriladigan shaxsiy pensiya hisob raqamini ochish va unga badallar to‘lash ish beruvchi tomonidan “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. 43. Kasanachiga pensiyalar yashash joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan to‘lanadi. 44. Ish beruvchi quyidagilarga majbur: kasanachiga mumkin bo‘lgan barcha xavf-xatarlar to‘g‘risida va kasanachi o‘zi olgan ish topshiriqlari munosabati bilan ko‘rilishi kerak bo‘lgan ehtiyotkorlik choralari to‘g‘risida yo‘riqnomalar berish, zarur bo‘lgan taqdirda uni tegishli ravishda o‘qitish; kasanachiga beriladigan mashinalar, jihozlar yoki boshqa asbob-uskunalarning texnik xavfsizligini ta’minlash, ularda tegishli himoya moslamalari mavjudligini va ularning soz holatda bo‘lishini ta’minlash; kasanachini yakka tartibdagi himoyalanishning barcha zarur vositalari bilan tekin ta’minlash. 45. Kasanachi quyidagilarga majbur: mehnat xavfsizligi va gigiyenasi bo‘yicha belgilangan barcha ko‘rsatmalarni bajarish; o‘z xavfsizligini ehtiyotlash va o‘zining harakatlari yoki ishdagi kamchiliklari natijasida shikastlanishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha oqilona choralar ko‘rish, shu jumladan materiallar, mashinalar, jihozlar va o‘z tasarrufiga berilgan boshqa asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish. 46. Kasanachi, agar u ishni o‘z xavfsizligi yoki salomatligi uchun muqarrar va jiddiy xavf tug‘diradi deb hisoblashi uchun asosli sabablarga ega bo‘lsa, ishlarni bajarishdan voz kechishi hamda ro‘y bergan holatlar to‘g‘risida ish beruvchini xabardor qilishi shart. Ushbu holatlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar tomonidan tasdiqlangan taqdirda uyda ishlashni davom ettirish ahvolni tuzatish uchun zarur choralar ko‘rilmagungacha vaqtinchalik to‘xtatib turilishi kerak. 47. Ish beruvchining buyurtmasi yuzasidan tuzilgan shartnoma bo‘yicha ishlarni bajarish uchun kasanachiga tekin foydalanish uchun korxona tomonidan berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventarlar foydalanish davrida mulk solig‘i to‘lovidan ozod qilinadi. 48. Ushbu imtiyozni qo‘llanish ustidan nazoratni amalga oshirish uchun korxona (ish beruvchi) soliq organlariga hisobotlar taqdim etishda kasanachiga berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventarlarning qoldiq qiymatini, ularning ro‘yxatini ko‘rsatishi shart. 49. Tovarlar ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun kasanachilarga buyurtmalar bergan korxonalar kasanachilar mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan 2006-yil 1-fevraldan boshlab besh yilga ozod qilinadi. Shu bilan birga, ish beruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish hajmidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni amalga oshiradi. Ish beruvchi tomonidan kasanachilar mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasining alohida hisobi yuritiladi va yagona ijtimoiy to‘lov hisob-kitoblari bilan birga davlat soliq xizmatiga tegishli ma’lumotnoma taqdim etiladi. 50. Kasanachilar faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar faqat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan buyurtmachi-korxonani tekshirish vaqtida o‘tkazilishi mumkin. 51. Ish beruvchi va kasanachi o‘rtasidagi mehnat nizolarini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. 52. Kasanachilik mehnatini tartibga soluvchi qoidalarga rioya qilinishini ta’minlash vazifasi zimmasiga yuklangan mansabdor shaxslar mulkdor va kasanachining roziligi bilan uyning kasanachilik ishlari amalga oshirilayotgan qismiga yoki boshqa xususiy xonaga kirishlari mumkin. Uyda ishlarni bajarish tartibining jiddiy yoki bir necha marta buzilishi qayd etilgan taqdirda mansabdor shaxslar ishlarni to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘rishi, shu jumladan, bu to‘g‘rida ish beruvchini xabardor qilgan holda, uyga ish berishni taqiqlashi mumkin. 1.1. Ushbu shartnomada belgilangan shartlarda oldindan belgilangan to‘lov uchun tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) yuzasidan ish beruvchi uchun quyidagi ishlarni uyda bajarish: ________________________________________________ ___________________________________________________________________________ 1.4. Kasanachining ish joyi: ________________________ 1.5. Kasanachi 20__ y. “___” _________ dan ishga tushishi shart. 1.6. Mehnatga haq to‘lash: a) Kasanachiga mehnat haqi Ish beruvchining buyurtmasini bajarish jadvaliga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) hajmiga bog‘liq holda ishbay tarzda belgilanadi. Ish beruvchi buyurtmasini bajarish jadvali Kasanachi bilan kelishgan holda belgilanadi va ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi; b) Ish beruvchi huquqlari va moliyaviy imkoniyatlari doirasida quyidagi qo‘shimcha ish haqlarini belgilaydi (ustama, mukofot, rag‘batlantirish va boshqa to‘lovlar): 1.7. Kasanachi mehnatiga haq to‘lash kasanachi tomonidan mehnat normalari va mehnat majburiyatlari bajarilgan taqdirda qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan past bo‘lishi mumkin emas va biron-bir eng yuqori ish haqi miqdori bilan chegaralanmaydi. Kasanachiga mehnatiga haq to‘lash naqd pul shaklida amalga oshiriladi. 1.8. Kasanachi davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urta qilinadi. 2.1. Kasanachi quyidagilarga majbur: 2.1.1. Ishlarning quyidagi turlarini bajarish: 2.1.2. Ushbu shartnomaning 2.1.1-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarishga vijdonan munosabatda bo‘lish. 2.1.3. Ish beruvchi tomonidan o‘ziga berilgan mol-mulk (asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar)ning saqlanishini ta’minlash. 2.1.4. Ish beruvchi tomonidan talab qilinadigan sifat standartlariga asosan mahsulotlarni Ish beruvchiga topshirishga jadvalga muvofiq o‘z vaqtida tayyorlash. O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan (elektr energiyasi, suv, gaz va hokazolar bo‘lmaganda) buyurtmani bajarish va mahsulotlarni topshirish imkoniyati bo‘lmaganda, bu to‘g‘rida muddati kelgunga qadar ___ kundan kechikmasdan Ish beruvchini xabardor qilish. 2.1.5. Materiallar, asbob-uskunalar, jihozlar buzilishi, shuningdek belgilangan normativlar doirasida hamda tegishli dalolatnomaga asosan to‘liq yoki qisman yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlar bilan bog‘liq zararni Ish beruvchiga qoplash. 2.1.6. Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun iste’mol qilinadigan kommunal xizmatlar haqini qat’iy ravishda o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari bo‘yicha aholi uchun qo‘llaniladigan tariflarga muvofiq to‘lash. 2.1.7. Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish. 2.1.8. Mehnat tashkil qilingan xonaga xatlov o‘tkazish davrida ish beruvchining va ish beruvchini hujjatli tekshirish o‘tkazilayotganda soliq xizmati organlarining vakillari kirishiga ruxsat berish. 2.1.9. Ish beruvchining unga berilgan texnologiyasining maxfiyligiga rioya qilish. 2.1.10. Boshqa ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini imzolash uchun Ish beruvchining yozma roziligini olish. 2.1.11. Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. 2.2. Ish beruvchi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: 2.2.1. Ushbu mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq Kasanachiga ish (buyurtma) berish. 2.2.2. Kasanachini topshirish dalolatnomasiga muvofiq Buyurtmani bajarish uchun zarur bo‘lgan texnik jihatdan xavfsiz asbob-uskunalar, jihozlar, inventar bilan ta’minlash. 2.2.3. Belgilangan jadvalga asosan buyurtmani bajarish uchun Kasanachini tegishli sifatdagi xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash va ularni yetkazib berish. 2.2.4. Kasanachi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar jadvalga muvofiq olib ketilishini ta’minlash. 2.2.5. Ushbu shartnoma shartlariga muvofiq tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha Kasanachining mehnat haqini o‘z vaqtida to‘lash. 2.2.6. Kasanachining buyurtmanomasi bo‘yicha buyurtmani bajarish uchun unga berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventarni ta’mirlash, shuningdek zarur ehtiyot qismlar bilan ta’minlash. 2.2.7. Ish beruvchining buyurtmasini bajarish uchun Kasanachining asbob-uskunalari, jihozlari va inventaridan foydalanilgan taqdirda, ijara shartnomasiga muvofiq (ijara to‘lovi Ish beruvchi tomonidan naqd pul bilan amalga oshiriladi) uning xarajatlarini qoplash. 2.2.8. Ish beruvchining buyurtmasini bajarish bilan bog‘liq foydalanilgan energiya, suv, aloqa uchun Kasanachining xarajatlarini qoplash (kompensatsiya qilish). 2.2.9. Kasanachiga mehnat xavfsizligi qoidalari va berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventardan foydalanish to‘g‘risida yo‘riqnomalar berish. Buyurtma bo‘yicha ishlarni bajarishda zarur bo‘lgan shaxsiy himoyalanish vositalari bilan Kasanachini bepul ta’minlash. 2.2.10. Kasanachining mehnat daftarchasiga belgilangan tartibda yozuvlarni qayd etish, uni saqlash va ishdan bo‘shatilgan kunda Kasanachiga berish. 2.2.11. Mehnat shartnomasi amal qilish davrida Kasanachining ijtimoiy sug‘urtasini amalga oshirish. 2.2.12. Kasanachining jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisob raqamini ochish va unga badallarni o‘z vaqtida to‘lash. 2.2.13. Kasanachiga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi hollarida, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha, bola tug‘ilganda va dafn etish uchun) nafaqalarni to‘lash. 2.2.14. Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish. 3.1. Kasanachi ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlaydi, u bajargan barcha ishlarga bir hissa miqdorda haq to‘lanadi va unga ish vaqtidan tashqari ishlaganlik, dam olish va bayram kunlarida, shuningdek tungi vaqtda ishlaganlik uchun mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llanmaydi. 3.2. Kasanachiga ish haqi saqlangan holda ___ kundan iborat ta’til beriladi. 3.3. Kasanachiga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda qo‘shimcha ta’til beriladi. 3.4. Ta’tilni pul kompensatsiyasi bilan almashtirishga ruxsat etilmaydi, berilgan ta’tildan foydalanmagan Kasanachini ishdan bo‘shatish hollari bundan mustasno. 4.1. Kasanachi ushbu shartnomada ko‘rsatilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar buzilgan, shuningdek moddiy zarar yetkazgan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq intizomiy, moddiy va boshqa javobgar bo‘ladi. 4.2. Agar buyurtma berilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda uzilishlar Kasanachiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra (elektr energiyasining o‘chirilishi, gazning yo‘qligi yoki past bosimligi va hokazolar) sodir bo‘lgan bo‘lsa (bu to‘g‘rida Kasanachi buyurtma berilgan mahsulotlarni topshirish muddatlari kelgunga qadar agar buning imkoni bo‘lmasa — mumkin qadar qisqa muddatda Ish beruvchini xabardor qilishga majbur) Kasanachiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilmaydi. 4.3. Shartnomada belgilangan muddatlar va hajmlarda xomashyo, materiallarni yetkazib berish, tayyor mahsulotlarni olib ketishda uzilishlar bo‘lgan hollarda, bajarilgan ishlar uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinmaganda, shuningdek ushbu shartnoma bajarilmasligining boshqa barcha hollarida Ish beruvchi amaldagi qonunchilikka asosan moddiy va boshqacha tarzda javobgar bo‘ladi. 5.1. Ushbu mehnat shartnomasini to‘xtatish uchun quyidagilar asos hisoblanadi: 5.1.1. Tomonlarning kelishuvi. 5.1.2. Mazkur shartnomaning 1.1-bandida ko‘rsatilgan ishlarning bajarib bo‘linishi. 5.1.3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasining Kasanachining tashabbusi bilan bekor qilinishi. 5.1.4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasining Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi. 5.2. Mehnat shartnomasining to‘xtatilishi tomonlarni shartnoma bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi. 6.1. Ushbu mehnat shartnomasi shartlari tomonlar uchun majburiy yuridik kuchga ega. Mazkur mehnat shartnomasiga barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar ikki tomonlama yozma kelishuv bilan rasmiylashtiriladi. 6.2. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha holatlarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilikka amal qiladi. 6.3. Mehnat shartnomasini bajarish chog‘ida tomonlar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. 6.4. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzildi, uning bir nusxasi Ish beruvchida, ikkinchi nusxasi Kasanachida saqlanadi.
250
33,208
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son, “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2910-son, “2018 — 2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2912-son va “2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavini hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan ko‘p kvartirali uydagi turar joyga mo‘ljallanmagan bino mulkdori o‘rtasidagi Namunaviy shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 30-maydagi 100-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 40-modda) 1-ilovada: a) 5.1-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “ko‘p xonadonli uy-joy fondini umumiy mulki va unga tutash hududlarni saqlash uchun turar joy hamda noturar joy binolar mulkdorlarining majburiy badallari miqdori xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan hajmda belgilash”; b) 8.3-banddagi “Shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan hajmda” so‘zlari qo‘shilsin; v) 11.17-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: ““Kommunalo‘quv” o‘quv-uslubiy markazi” DUKda o‘qigani to‘g‘risida tegishli sertifikatga mavjud bo‘lganda va nomzod tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i bilan kelishilgan holda saylanadi, shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkatlari a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori asosida tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra lavozimidan ozod etiladi”. 2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) quyidagi mazmundagi 35-pozitsiya qo‘shilsin: 3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus ko‘rsatish va amalga oshirish uchun mas’ul yirik korxonalarning tarkibiy bo‘linmalarini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) 1-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi”. 5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi nizomning 25-banddagi, 29-bandning “b” kichik bandidagi, 32, 41-bandlardagi, 45, 54-bandlardagi ikkinchi xatboshilaridagi, 48-bandning yettinchi xatboshidagi, 55-banddagi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning issiqlik va suv bilan ta’minlash tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 45-son, 593-modda) 10-bandida: a) ikkinchi xatboshidan “shuningdek, issiqxona xo‘jaliklari tomonidan issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan yuridik shaxslarga issiqlik energiyasi yetkazib berish issiqlik energiyasiga belgilangan tarifning ikki baravari miqdori qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi (ko‘p xonadonli uylarda joylashgan yuridik shaxslarga isitish uchun yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi bundan mustasno). 7. Vazirlar Mahkamasining “Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablag‘larini jamlash, qaytarish va ularga xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 12-iyundagi 154-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 60-modda): a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktoriga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) ilovaning 2-bandidagi “mas’ul ijro etuvchi agentliklar (O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar) so‘zlari “mas’ul ijro etuvchi organlar (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Kommunxizmat” agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar) so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga ichimlik suv ta’minotini va oqova suv xizmatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 2-son, 60-modda): a) 4-banddagi “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 5-banddagi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 1-ilovaning oltinchi xatboshidagi “U.A. Xalmuxamedov — “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori” so‘zlari “T.A. Haydarov — Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 2-ilovaning 15-bandidagi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 3-ilovada: 5-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari” so‘zlari “Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi DUK (keyingi o‘rinlarda Injiniring kompaniyasi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligining” va “buyurtmachilar” so‘zlari tegishli ravishda “Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining” va “buyurtmachi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligiga” so‘zlari “Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-banddagi va 32-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-banddagi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-bandda: birinchi xatboshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” so‘zlari “Injiniring kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligiga” so‘zlari “Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17 va 20-bandlardagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” so‘zlari “Injiniring kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 33-bandning birinchi xatboshidagi “buyurtmachilarning rahbarlari — “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari” so‘zlari “Injirining kompaniyalari rahbarlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Ko‘p kvartirali uylarda lift qurilmalari holatini yanada yaxshilash va Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi Bosh obodonlashtirish boshqarmasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 10-avgustdagi 235-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 32-son, 431-modda) 3-bandi uchinchi xatboshidagi “Toshkent shahri hokimligining hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi” so‘zlari “ — Toshkent shahar Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin”. 11. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 5-yanvardagi 3-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda shaharsozlik hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaning 12-pozitsiyasida: “Davlat organlari va boshqa tashkilotlar” ustunidagi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Kelishish predmeti” ustunidagi “Aholi punktlari hududlaridan maishiy va sanoat chiqindilarini chiqarib tashlash va utilizatsiya qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin; 13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) 1-ilovada: a) quyidagi mazmundagi 281-bandi qo‘shilsin: “281. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi”; b) 39-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 14. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 12-dekabrdagi 400-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 50-son, 567-modda) 6-ilovaning 7-bandidagi ““I.R. Maxkamov — “O‘zkommunxizmat” agentligining bosh direktori” so‘zlari “T.A. Haydarov — Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 106-modda) 4-bandi birinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Kommunxizmat” agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil 6-son, 87-modda): a) 1-ilovaning 21-bandi ikkinchi xatboshidagi “davlat muassasalarida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 2-ilovaning 20-bandi ikkinchi xatboshidagi “davlat muassasalari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi xizmatlari uchun” so‘zlari “uzoq muddat xizmat qilgani uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 3-ilovaning 17-bandi ikkinchi xatboshidagi “davlat muassasalari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 18. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-iyundagi 409-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 25-son, 550-modda) ilovada: a) 7-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish davlat tashkilotlaridagi uzluksiz ish stajini hisobga olgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 8-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi uzluksiz ish stajini hisobga olgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
250
13,316
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari A. Xolmaxmatovni lavozimidan ozod etish haqida” 2004-yil 10-dekabrda chiqargan Farmoni; “B.M. Taydjanovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risida” 2004-yil 21-dekabrda chiqargan Farmoni. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
81
492
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin: I. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 27-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin. II. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 136-modda): 1) 1-moddasi birinchi qismining: ikkinchi xatboshisi “elektron hisoblash mashinalari (EHM)” degan so‘zlardan oldin “obyektiv shaklda ifodalangan hamda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi xatboshisi “muayyan natija olish maqsadida” degan so‘zlardan oldin “obyektiv shaklda ifodalangan hamda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 2) 3-moddasi ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Vazifasi va afzalliklaridan qat’i nazar, obyektiv shaklda ifodalangan, bosib chiqarilgan hamda bosib chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy faoliyatining natijasi bo‘lgan, EHM uchun yaratilgan har qanday dasturlar va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi tatbiq etiladi”; 3) 9-moddasining: nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqi hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish”; birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi huzuridagi tegishli organga (matnda bundan buyon Agentlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi — oltinchi qismlaridagi “Agentlik”, “Agentlikning”, “Agentlikda” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “Patent idorasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan hamda EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatli harakatlarni sodir etganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi xarajatlarini qoplash uchun Patent idorasiga to‘lanadi. Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”; 4) 10-moddasining ikkinchi qismidagi “Agentlikka” degan so‘z “Patent idorasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 12-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “EHM uchun yaratilgan dastur nusxasiga haqli ravishda egalik qilayotgan shaxs mazkur dasturning kodlanishi va tuzilishini o‘rganish maqsadlarida uni muallifning yoki o‘zga huquq egasining yozma roziligi bo‘lgan taqdirda yoki quyidagi hollarda bunday rozilik bo‘lmasa ham dekompilatsiya qilishi mumkin, agar: dekompilatsiya qilish natijasida olingan hamda mazkur shaxs tomonidan ishlab chiqilgan dasturning EHM uchun yaratilgan boshqa dasturlar bilan o‘zaro hamkor ishlashi uchun zarur axborotni boshqa manbalardan olish mumkin bo‘lmasa; EHM uchun yaratilgan dasturning faqat bunday hamkor ishlashini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan qismlarining o‘zi dekompilatsiya qilinayotgan bo‘lsa; dekompilatsiya natijasida olingan axborotdan ifodasiga ko‘ra EHM uchun yaratilgan, dekompilatsiya qilinayotgan dasturga juda o‘xshash bo‘lgan EHM dasturi ishlab chiqish, ishlab chiqarish yoki tarqatish uchun foydalanilmasa yoxud bunday axborot mualliflik huquqini buzadigan boshqa har qanday harakatni amalga oshirish uchun ishlatilmasa”; 6) quyidagi mazmundagi 16-modda bilan to‘ldirilsin: Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki o‘zarolik prinsipi asosida foydalanadilar”. III. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda): 1) 1-moddasining: ikkinchi xatboshisidagi “xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida” degan so‘zlar “boshqa maqsadlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “xususiy tadbirkor” degan so‘zlar “yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2) 6-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “teatr-konsert tadbirlari o‘tkazilayotganda fonogrammadan foydalanilishi to‘g‘risidagi axborot”; 3) 9-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Oldi-sotdi shartnomalarining ayrim turlari to‘g‘risidagi qoidalar, shuningdek ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadi”; 4) 23-moddasining uchinchi qismidagi “monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakil qilingan organ” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 25-moddasi: nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari vakolatlari”; birinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi organ va uning mahalliy organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) 27-moddasi: ikkinchi qismidagi “Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli organ va uning mahalliy organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Jarima solish ishlab chiqaruvchini (ijrochini, sotuvchini) yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni bartaraf qilish majburiyatidan ozod etmaydi”; beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.
105
6,744
Qonunchilik
“Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini i
O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2016-yil 30-sentabrdagi 22-B-son “Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 41-son, 481-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy banki, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,351
Qonunchilik
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi va 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son qarori (ro‘yxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “mikromoliyaviy xizmatlarning miqdori, muddatlari, to‘lovi va to‘liq qiymati.”. 2. 15-band “bank” degan so‘zdan keyin “yoxud sug‘urta tashkilotining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
132
1,146
Qonunchilik
Qurilish sohasida elektron tender joriy etildi
Vazirlar Mahkamasining 31.01.2022 yildagi “Qurilish sohasida elektron davlat хaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 46-son qarori qabul qilindi. Hujjat 22.04.2021 yildagi “Davlat хaridlari toʻgʻrisida”gi  OʻRQ-684-son Qonunga muvofiq qabul qilingan. U bilan “Qurilish sohasida elektron davlat хaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Nizomda aksept, davlat buyurtmachisi, elektron tender, elektron tender hujjatlari, tender taklifi, tender taklifini ta’minlash kafolati va boshqalar kabi tushunchalar mavjud. Nizom quyidagi normalarni oʻz ichiga oladi: Nizom maqsadli dasturlarga muvofiq davlat byudjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarining, shuningdek, byudjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash borasidagi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan tender savdolari uchun tatbiq etiladi. Shuningdek, Nizom davlat buyurtmachilarining bir shartnoma boʻyicha qiymati BHMning 6 000 baravaridan ortiq boʻlgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qolgan elektron tenderlarga nisbatan Nizom talablari tavsiyaviy ahamiyatga ega. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.02.2022 yildan kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
46
1,461
Qonunchilik
Virus haqida yolgʻon ma’lumotlar tarqatganlik uchun – jinoiy sanksiyalar
Yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sababli JK, JPK va MJTKga zarur tuzatishlar kiritildi (26.03.2020 yildagi OʻRQ-613-son Qonunga qarang). Birinchidan, karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi sharoitida ular tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan ma’lumotlarni uchinchi shaхslarga tarqatganlik uchun jazo chorasi qoʻllaniladi. Buning uchun  200 BHMgacha miqdorda jarima undiriladi yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 2 yilgacha aхloh tuzatish ishlari bilan jazolanadi Biroq huquqbuzar ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki OAV, Internet orqali tarqatganda quyidagi qat’iy jazo choralari qoʻllaniladi: 200 BHMdan 400 BHMgacha jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Ikkinchidan, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi (MJTK 54-m.; JK 2571-m.). Ushbu moddada karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida uzrli sabablarsiz quyidagilarga rioya etmaslik holatlari uchun jazo choralari belgilangan: Mazkur holatda javobgarlik va jazo choralari turi bunday harakatlar keltirib chiqargan oqibatlarga qarab belgilanadi: Uchinchidan, karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi ham tarqalishi sharoitida vakolatli organning maхsus talablariga zid ravishda  jamoat joylarida niqobsiz yurganlik uchun 5 BHMgacha jarima solinadi. Toʻrtinchidan, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlarga nisbatan qoidabuzarlik holatlariga qarab, 30 sutkagacha boʻlgan muddat ma’muriy jazo tayinlash bilan birga tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi – davolash yoki karantinda ushlab turish qoʻllaniladi. Tegishli tibbiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan ushbu choralar qoʻllanilishi mumkin. Bunday choralar qoʻllanilishi mazkur organlar belgilagan joylarda IIV va Milliy gvardiya tomonidan ta’minlanadi. Oleg Zamanov.
72
2,184
Qonunchilik
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Respublikamizda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha zarur shart-sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri qilib belgilangan. Buning natijasida birgina 2014-yilda kasb-hunar kollejlarining 495 ming nafarga yaqin bitiruvchisining bandligi ta’minlandi. Ularning 423,1 ming nafari ishga joylashdi, 56 ming nafari tadbirkorlik faoliyati bilan band, 14,3 ming nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. O‘z xususiy ishini ochib, biznes bilan shug‘ullanishga qaror qilgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tijorat banklari tomonidan 200,0 mlrd so‘mdan ortiq imtiyozli kredit berildi. Shu bilan birga, tahlil natijalari mutasaddi rahbarlarning kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasiga e’tiborsizlik bilan yondoshishi natijasida qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, o‘tkazilgan o‘rganishlar ishga joylashgan deb hisobot berilgan bitiruvchilardan ba’zilarining ishga joylashgani o‘z tasdig‘ini topmaganligini, mehnat daftarchalari ochilmaganligini, mehnat qonunchiligiga zid ravishda ishga qabul qilinganligini ko‘rsatmoqda. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishda mutasaddi rahbarlarning javobgarligini oshirish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-yanvardagi 1-son majlisi bayonining 20-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, aniq tashkilotlarga — ish beruvchilarga biriktirish va egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi (keyingi o‘rinlarda — Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi) tuzilsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda 2-ilovadagi na’munaviy tarkibda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, aniq tashkilotlarga — ish beruvchilarga biriktirish va egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha hududiy muvofiqlashtiruvchi kengashlarni (keyingi o‘rinlarda — Hududiy kengashlar) tuzsinlar. 3. Belgilab qo‘yilsinki, har yili: a) kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish va ularni ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar 3-ilovadagi sxemaga muvofiq, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini, keyinchalik egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni nazarda tutgan holda, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun aniq korxona va tashkilotlarga — ish beruvchilarga biriktirish hamda ishga joylashtirishni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar 4-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. b) tumanlar va shaharlar hokimliklari: kasb-hunar kollejlari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda o‘z hududlaridagi kasb-hunar kollejlarining har bir bitiruvchisini keyinchalik egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni nazarda tutgan holda, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun egallagan kasbiga mos yo‘nalishdagi aniq korxona va tashkilotlarga — ish beruvchilarga biriktiradi hamda uch tomonlama (korxona-bitiruvchi-kollej) shartnomalar tuzishni 20-martiga qadar yakunlaydi; kasb-hunar kollejlarining har bir bitiruvchisi hamda uch tomonlama (korxona-bitiruvchi-kollej) shartnomalar tuzilgan korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni 22-martiga qadar Hududiy kengashlarga taqdim etadi. v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Hududiy kengashlar: tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarni umumlashtiradi, biriktirilgan korxona va tashkilotlarda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining egallagan kasbiga mos ish o‘rni, amaliyot o‘tash uchun shart-sharoit mavjudligini tahlil qiladi; yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi asosida belgilangan yangi ish o‘rinlari tashkil etilishining doimiy monitoringini olib boradi hamda tashkil etilgan ish o‘rinlariga mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining ishga joylashtirilishini ta’minlaydi; kasb-hunar kollejlarining har bir bitiruvchisi hamda uch tomonlama shartnomalar tuzilgan korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni 25-martga qadar Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashiga taqdim etadi. g) Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi: Hududiy kengashlar tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarni umumlashtirib, tahlil qiladi hamda 30-martiga qadar kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini, keyinchalik egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni nazarda tutgan holda, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun aniq korxona va tashkilotlarga — ish beruvchilarga biriktirishning yakuniy ko‘rsatkichlarini (keyingi o‘rinlarda — yakuniy ko‘rsatkichlar) har bir tuman va shahar kesimida tasdiqlaydi; tasdiqlangan yakuniy ko‘rsatkichlarni 10-apreliga qadar ijro uchun O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalariga, kasb-hunar kollejlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash va keyinchalik egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishga ko‘maklashish uchun tegishligi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlariga taqdim etadi; har bir tuman va shahar bo‘yicha kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, keyinchalik egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni nazarda tutgan holda, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun aniq tashkilotlarga — ish beruvchilarga biriktirishga doir manzilli tadbirlar ijrosining haftalik nazoratini tashkil etadi; d) yil yakuni bo‘yicha kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha eng past natija ko‘rsatgan tuman (shahar) hokimliklariga qonunchilikda belgilangan intizomiy choralar ko‘riladi; 4. Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishga ko‘maklashish tavsiya etilsin. 5. Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari o‘zlariga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, ularning hududiy bo‘linmalari tarkibidagi korxona va tashkilotlarning biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan uch tomonlama shartnomalarni tuzilishini, shartnoma shartlarini bajarilishini hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirilishini qat’iy nazoratga olsin. 6. Quyidagilar: kasb-hunar kollejlarining 2014/2015 o‘quv yilidagi bitiruvchilarini, keyinchalik egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni nazarda tutgan holda, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun aniq korxona va tashkilotlarga — ish beruvchilarga biriktirish ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq; 2015-yilda tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun imtiyozli kredit ajratishning prognoz parametrlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi: kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bilim darajasini va kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirish, kasb-hunar kollejlarining o‘quv-laboratoriya xonalari va ishlab chiqarish ustaxonalarini zamonaviy jihozlar, yuqori texnologiyali uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlash choralarini ko‘rsin; bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini sifatli tashkil etish hamda egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni aks ettiruvchi yagona shakldagi elektron dastur asosida ma’lumotlar bazasi yuritilishini davom ettirsin; belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin. 8. Mehnat vazirligi: yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi asosida belgilangan yangi ish o‘rinlari tashkil etilishining doimiy monitoringini olib borsin hamda tashkil etilgan ish o‘rinlariga mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ishga joylashtirilishiga ko‘maklashsin; tuman (shahar) markazlarida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarining samarali tashkil etilishini nazoratga olsin; mehnat resurslari, aholi bandligi va ishga joylashtirishning 2016-yilgi hisobot balansida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligi holatini nazarda tutsin. 9. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun biriktirilgan korxona va tashkilotlarning yo‘nalishi bitiruvchilarning mutaxassisliklariga mosligi, bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish samaradorligi, bitiruvchilarning ishga joylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini o‘rganishni tashkil etsin va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berib borsin. 10. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
140
9,365
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 12-martdagi 8/1-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2217, 2011-yil 14-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 15-son, 157-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:”. 2. Nizomda: a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshiruv) o‘tkazish tartibini belgilaydi.”; b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Banklarda kompleks inspeksiya (tekshirish) masofadan nazorat qilish natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi qaroriga asosan o‘tkaziladi.”; v) 38-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Markaziy bankning tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilmasiga ma’lumot uchun.”; g) 39-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Markaziy bankning tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilmasiga ma’lumot uchun.”.
213
2,433
Qonunchilik
QIShLOQ XO‘JALIK KORXONALARI PUL MABLAG‘LARINI “O‘ZAGROMAShSERVIS” UYuShMASI MTPLARI KO‘RSATGAN XIZMATLARI, ETKAZIB BERGAN QIShLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARI VA EHTIYOT QISMLAR UChUN O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son, 155-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-martdagi 89-sonli “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son, 158-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001-yil 2-noyabrdagi 117-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1082, 2001-yil 10-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 21-son) bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jalik korxonalari pul mablag‘larini “O‘zagromashservis” uyushmasi MTPlari ko‘rsatgan xizmatlari, yetkazib bergan qishloq xo‘jalik texnikalari va ehtiyot qismlar uchun o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
248
1,208
Qonunchilik
Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasiga muvofiq, har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Psixiatriya yordami ruhiy holati buzilgan shaxslarning ruhiy sog‘lig‘ini 2000-yil 31-avgustdagi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibda tekshiruvdan o‘tkazishni, ularni profilaktika qilishni, ularga tashxis qo‘yish, ularni davolash, parvarishlash va tibbiy-ijtimoiy jihatdan tiklashni o‘z ichiga oladi. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga psixiatriya yordami ko‘rsatish davlat tomonidan kafolatlanadi va qonuniylik, rahm-shafqat, insonparvarlik hamda inson va fuqaro huquqlari va erkinliklariga rioya etish prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, 2001-yil 11-maydagi “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida sil kasalligining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, sanitariya- gigiyenaga oid, epidemiyaga qarshi va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishning, shuningdek sil kasalligiga chalingan bemorlarni aniqlash, davolash, dispanser ko‘rigidan o‘tkazish va reabilitatsiya qilishning huquqiy asoslari belgilangan. Yuqorida qayd etilgan qonunlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga 331 va 332-boblari kiritilgan bo‘lib, tegishincha shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi fuqarolik ishlarini alohida ish yuritish tartibida ko‘rish belgilangan. Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi va sudlar tomonidan mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda kelib chiqayotgan masalalarni tushuntirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi arizalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilish fuqaroni malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi kafolatlaridan biri ekanligiga qaratilsin. 2. “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27, 29-moddalariga muvofiq, agar ruhiy holati buzilgan shaxsni faqat statsionar sharoitida tekshiruvdan o‘tkazish yoki davolash mumkin bo‘lsa, ruhiy holatning buzilishi esa og‘ir va uning o‘zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tug‘dirishi, uning nochorligi, ya’ni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi, agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek bo‘lsa, ruhiy holati yomonlashuvi oqibatida uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, uni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya muassasasiga yotqizish masalasi sudlar tomonidan hal qilinishi tushuntirilsin. 3. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ishlar, sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘riladigan ishlarga kiradi. 4. Sudlarning e’tibori, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar psixiatriya muassasasi joylashgan erdagi sudning sudloviga taalluqli ekanligiga qaratilsin (FPK 317-moddasining uchinchi qismi). 5. Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizada “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida ko‘rsatilgan asoslar ko‘rsatilishi kerak. Arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish zarurligi yoxud shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinishi lozim. Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida bo‘lib turishi masalasini hal etadi (FPK 317-moddasining to‘rtinchi qismi). 6. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar o‘n kunlik muddatda statsionarga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili va statsionarga yotqizishning asosliligi to‘g‘risida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, prokuror, shuningdek shaxs yotgan psixiatriya muassasasi vakili ishtirokida ko‘rib chiqiladi. FPK 318-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sud majlisiga muassasa vakilining uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi arizani ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin. Bunday toifadagi ishlar bo‘yicha sud majlisi sudning binosida yoki ish holatiga ko‘ra, psixiatriya statsionarida o‘tkazilishi mumkin. Psixiatriya statsionariga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili tushunchasi va doirasi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunda belgilanganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin. Bunda, Qonunning 9-moddasiga muvofiq, fuqaro o‘ziga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun o‘zi xohlagan vakilni taklif etishga haqli. Vakillikni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs va qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga psixiatriya yordami ko‘rsatilishida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki boshqa qonuniy vakillari, ular bo‘lmagan hollarda esa — ijtimoiy ta’minot yoki maxsus ta’lim psixiatriya muassasasi ma’muriyati himoya qiladilar. Sud shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha FPK 249 — 253, 319-moddalariga asosan hal qiluv qarori qabul qiladi. 7. “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasida, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanser hisobida turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan shaxs sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga sudning hal qiluv qarori asosida g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilishi belgilanganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan mazkur shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi. Ariza sudga shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan yoxud uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi. 8. Qonunning 122-moddasida, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanganligiga, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin. 9. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan erdagi yoki uning yashash (turar) joyidagi sudning sudloviga taalluqlidir. 10. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi. Davolash muddati arizaga ilova qilinayotgan xulosada ko‘rsatilishi shart. Davolash muddati arizaga ilova qilinayotgan xulosada ko‘rsatilishi shart. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish uchun qonunda belgilangan o‘n kunlik muddat hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish uchun qonunda belgilangan uch kunlik muddat ariza ish yuritishga qabul qilingan va ish qo‘zg‘atilgan kundan boshlab hisoblanadi. 11. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza shaxs davolanishda bo‘lgan muassasa tibbiy komissiyasining shaxsning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Arizaga ilova qilinishi lozim bo‘lgan xulosada davolash o‘tkaziladigan muddat ko‘rsatiladi. 12. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi a’zosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida uch kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda ko‘rib chiqilayotgan shaxs, agar uning sog‘lig‘i holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin. FPK 322-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sud majlisiga muassasa vakilining — tibbiy komissiya a’zosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining uzrsiz sababga ko‘ra kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud ularning kelishini shart deb topishi mumkin. 13. “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan bemorning huquqlaridan kelib chiqib, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari yopiq sud majlisida ko‘riladi. FPK 266-moddasining 5-bandiga muvofiq sudlar tomonidan shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori darhol ijroga qaratilishi lozim. Sudning hal qiluv qarori ustidan psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxs, uning vakili, tegishlicha psixiatriya muassasasi yoxud sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining rahbari shikoyat qilishi, prokuror protest keltirishi mumkin. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlari arizachidan undirilmaydi. 14. Sudlar shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlarini ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni 28-moddasida va “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 122-moddasida belgilangan muddatlarga qanchalik rioya qilinganligiga alohida e’tibor qaratishlari, ishlarni ko‘rishda aniqlangan qonun buzilishi hollariga xususiy ajrim chiqarish orqali (FPK 275-moddasi) munosabat bildirishlari lozim.
250
12,959
Qonunchilik
KORXONALARDA XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQ BO‘LGAN SIFATNI BOShQARISh TIZIMLARINI JORIY ETISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning raqobatbardoshliligini oshirish, respublikaning eksport salohiyatini ko‘paytirish va tashkilotlarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish yuzasidan nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qarorini bajarish yuzasidan 1-ilovaga* muvofiq 25 ta korxonada sifatni boshqarish tizimlari joriy etilganligi va sertifikatlashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. 2-ilovaga* muvofiq xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning ularda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishi muddatlari haqidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. Sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhning yangilangan tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilansinki: sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi; sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlash organlari tomonidan amalga oshiriladi; davlat ehtiyojlari uchun mahsulot xarid qilishda tender savdolarini o‘tkazishda boshqa ko‘rsatkichlar teng bo‘lganda sifatni boshqarishning sertifikatlashtirilgan tizimiga ega bo‘lgan mamlakatimiz yetkazib beruvchilariga ustunlik beriladi; ushbu qarorning 2-ilovasiga zarurat bo‘lganda o‘zgartirish va qo‘shimchalar tegishli manfaatdor idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning takliflari asosida Sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhning qarori bilan kiritiladi. 5. Korxonalarning rahbarlariga sifatni boshqarish tizimining muvofiqligi to‘g‘risidagi sertifikat olinganidan so‘ng tizimni joriy etishda ishtirok etgan xodimlarni lavozim maoshining o‘n baravarigacha miqdorda bir yo‘la mukofotlash tavsiya etilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin. 1. 1-band hamda 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. 3-bandning birinchi xatboshidagi “2-ilovaga muvofiq tarkibda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. 5-banddagi “Sinov laboratoriyalari tomonidan chetdan olib kelinadigan” so‘zlari “Sinov laboratoriyalariga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan chetdan olib kelinadigan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
141
3,195
Qonunchilik
Iqtisodiyot vazirligi joylarda faoliyatni faollashtiradi
Eslatib oʻtamiz, 22.02.2016 yildan yigʻma boshqarmalar va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlari viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari tuzilmasi tarkibida edi. Lavozimga tayinlash va undan ozod etishning quyidagi tartibi tasdiqlandi: Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasiga qoʻshimcha 12 ta shtat birligi ajratilib, ushbu bosh boshqarma iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysundirildi. Qaror bilan koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalarning asosiy vazifalari, shuningdek, ularning tuzilmalari, хodimlarining cheklangan soni hamda mehnatiga haq toʻlash razryadlari  tasdiqlandi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
56
932
Qonunchilik
QAMOQQA OLIShGA SANKSIYA BERISh HUQUQI SUDLARGA O‘TKAZILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas”; 2) 29-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘liq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot choralari to‘g‘risida qaror chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida ko‘rib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi”; 3) 36-moddaning: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tergovchi: jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, qamoqqa olish bundan mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha surishtiruv organlariga qidiruv va tergov harakatlarini bajarish to‘g‘risida yozma topshiriqlar berishga; surishtiruv organlaridan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilish yoki o‘zgartirishga haqlidir”; uchinchi qismidagi “ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish haqidagi” degan so‘zlar “qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 217-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish yoxud ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish tarzida protsessual majburlov chorasi qo‘llaganida (qamoqqa olingan taqdirda esa sud) bu haqda yigirma to‘rt soatdan kechiktirmasdan uning oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoki o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart”; 5) 226-modda: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushlab turish muddati ushlangan militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab ko‘pi bilan yetmish ikki soatni tashkil etadi. Tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qo‘shimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin”; uchinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Alohida hollarda ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin”; 6) 227-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin; 7) 234-moddaning: nomidagi “Ushlab turilganlarni” degan so‘zlar “Ushlab turilganni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxs, agar: 1) jinoyat sodir etganligi haqidagi gumon tasdiqlanmasa; 2) ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash zarurati bo‘lmasa yoki uni qo‘llash sud tomonidan rad etilsa; 3) ushlab turishning belgilangan muddati tugagan bo‘lsa va ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan yoxud ushbu Kodeks 243-moddasi o‘ninchi qismining 3-bandiga muvofiq ushlab turish muddati uzaytirilmagan bo‘lsa, ozod qilinadi”; to‘rtinchi qismidagi “yoxud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi qarori” degan so‘zlar “qarori yoxud sudning uni ushlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 8) 239-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi yoki uning Kengashi roziligi bilan; 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan; 3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining deputatiga nisbatan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki ularning rahbarlari roziligi bilan; 4) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, O‘zbekiston Respublikasining boshqa sudlari sudyalariga nisbatan — tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining roziligi bilan; 5) prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan qo‘llanilishi mumkin”; 9) 240-modda: quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsni bundan keyin qamoqda saqlash uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan tergovchi tomonidan ehtiyot choralari to‘g‘risida qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi ushbu ehtiyot chorasini aynan o‘sha shaxsga nisbatan qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi”; ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud o‘zgartirilgan taqdirda, qamoqda saqlanayotgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak”; 10) 241—243-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: Ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan tergovni nazorat qilayotgan, uni bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli bo‘lgan prokurorga shikoyat berilishi mumkin. Prokuror shikoyatni olgan paytdan e’tiboran uch sutka ichida uni ko‘rib chiqishi hamda shikoyat bergan shaxsni o‘z qaroridan xabardor etishi shart. Dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni yigirma to‘rt soat ichida materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellatsiya instansiyasi sudi ko‘rsatilgan materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan ko‘rib chiqishi kerak. Shikoyat yoki protest berilishi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi masala bo‘yicha qaror ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llaniladi. Alohida hollarda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda: ayblanuvchi, sudlanuvchi tergov va suddan yashiringanida; ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanmaganida; ilgari qo‘llanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilganida; ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmaganida; jinoyat qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash davrida sodir etilganida, qo‘llanilishi mumkin. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda va dastlabki tergov davomida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, prokurorning roziligi bilan tergovchi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish zaruratini keltirib chiqargan asoslar va boshqa ehtiyot chorasini qo‘llab bo‘lmaslik asoslari bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. Prokuror qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qo‘zg‘atilayotgan bo‘lsa, qaror va ko‘rsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida o‘n ikki soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma jinoyat sodir qilingan yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n ikki soat ichida, lekin ushlab turishning eng ko‘p muddatidan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa himoyachi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga olib kelinadi. Sud majlisida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek tergovchi ishtirok etishga haqli. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi, ayblanuvchining kelmaganligi hollari bundan mustasno. Qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma ayblanuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokuror ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash zaruratini asoslab beradi. Shundan so‘ng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. Sudya gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: 1) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida; 2) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad qilish to‘g‘risida; 3) taraflar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashning asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qo‘shimcha dalillarni taqdim etishlari uchun ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirish to‘g‘risida. Sudyaning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi yoki uni qo‘llashni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan: 1) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) sudyaning ajrimini bekor qilish va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqdan ozod qilish yoxud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga haqli. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingan taqdirda, aynan o‘sha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga qamoqqa olishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi”; 11) 245-moddaning: birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin: “Jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turish muddati ko‘pi bilan uch oyni tashkil etadi. Qamoqda saqlab turishning qonun normalarida belgilangan uch oylik muddatini: 5 oygacha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning; 7 oygacha — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosarining; 9 oygacha — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining; bir yilgacha — alohida murakkab ishlar tergov qilinayotgan hollarda og‘ir hamda o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining iltimosnomasiga binoan uzaytirish imkoni sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Muddatni yana uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rsatilgan barcha iltimosnomalarni ko‘rib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalar va talablarga rioya etilganligini inobatga oladi”; to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin; 12) 246-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ayblanuvchini qamoqda saqlab turish muddati tugagan jinoyat ishini sud qo‘shimcha tergovga qaytargan va ishning holatlariga ko‘ra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytargan sud tomonidan qamoqda saqlab turish muddati bir oygacha uzaytiriladi, bu muddat ish prokurorga kelib tushgan paytdan boshlab hisoblanib, prokuror jinoyat ishini uch sutkadan kechiktirmay tergovchiga yuborishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni uzaytirish ayblanuvchi ish sudga yuborilguniga qadar qamoqda bo‘lgan vaqtni hisobga olgan holda ushbu Kodeks 245-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartib hamda doirada amalga oshiriladi”; 13) 247-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi, bu qaror sudga yuboriladi. Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda tergovning cho‘zilib ketganligi sabablari, tekshirilishi lozim bo‘lgan tusmollar va holatlar, qo‘shimcha ravishda so‘ralayotgan muddat ko‘rsatilishi kerak. Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, ayblanuvchi, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, himoyachi ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. Ayblanuvchi statsionar sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan taqdirda, qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan ayblanuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda ayblanuvchining himoyachisi sud majlisida ishtirok etishi shart. Sudya qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: 1) qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida; 2) qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risida. Sudyaning qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish haqidagi yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan: 1) sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishni rad etishga yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishga haqli. Qamoqda saqlash muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashi kerak”; 14) 342-modda ikkinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2) gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki muayyan shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan bo‘lsa”; 15) 355-modda ikkinchi qismining 3-bandi “qamoqqa olish” degan so‘zlardan keyin “tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnomalar qo‘zg‘atish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 16) 365-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin”; 17) 382-moddaning uchinchi qismi: quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoxud qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi”; beshinchi—o‘n ikkinchi xatboshilari tegishincha oltinchi—o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin; oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “surishtiruv organlariga shaxslarni ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni, sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi yurituvidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi”; to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “dastlabki tergov muddatlarini ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda uzaytiradi”; 18) 558-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi masalani ko‘rib chiqishda prokuror ish materiallari bilan shaxsan tanishib chiqishi, iltimosnomaning asosliligini tekshirishi, hodisaning favquloddaligiga ishonch hosil qilishi va ayblanuvchini ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha so‘roq qilishi shart”. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 28-moddasining birinchi qismiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “surishtiruv organlariga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokuror yoki prokuratura tergovchisi ish yurituvida bo‘lgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi”; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini uzaytirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi”; o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlari olib borilishiga sanksiya beradi, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi”. 4-modda. Ushbu Qonun 2008-yilning 1-yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.
180
24,034
Qonunchilik
Muntazam ravishda soliq toʻlamaysizmi – tekshiruvni kuting
Kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, mikrofirmalar, kichik korхonalar, fermer хoʻjaliklari, shu jumladan yangitdan tashkil etilganlari, shuningdek, хususiy bank va boshqa хususiy moliyaviy institutlarning moliya-хoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin. Tegishli norma bilan quyidagi hujjatlarga qoʻshimchalar kiritildi: Koʻrsatilgan oʻzgarishlar 2017 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.   Mavzuga oid materiallar: Tadbirkorlarni rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar  bekor qilinadi Ishonch bildirilsin – tekshirilmasin!
58
864
Qonunchilik
Muassisning koʻchmas mulki va mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazish: muammo bor
Oʻz shaхsiy koʻchmas mulkini yuridik shaхs ustav fondiga kiritgan holda har bir muassis uni qaytarib olish imkoniyatiga ega boʻlishni хohlaydi. Qonunchilik bunga koʻmak beradi va хususiy mulk huquqini himoya qiladi. Biroq koʻchmas mulkka mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazish sohasida qonunchilikning oʻzgarishi, afsuski, bu amaliyotda noqulay aks etdi. Vaziyat: MChJni tashkil etishda uning yagona muassisi hisoblangan  jismoniy shaхs ustav fondiga koʻchmas mulk (uy-joy) kiritdi, keyinchalik u noturar joy maqomiga oʻtkazilgan. Yaqinda muassis (uning oʻzi direktor) uyni ustav fondidan chiqarib olib, oilasi istiqomat qilishi uchun shaхsiy maqsadlarda foydalanishga qaror qildi. Shuning uchun bino qaytadan uy-joy fondiga oʻtkazildi. Garchi hamon u jamiyat ustavida hisobda ekan, kadastr hujjatlari MChJ nomiga berildi hamda mol-mulk ham uning balansida ekan, tegishincha, hokimning uy maqomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarori ham MChJ nomiga chiqarilgan. Keyin jamiyat ustavi qayta roʻyхatdan oʻtkazildi, ustav fondining umumiy summasi muassis qaroriga koʻra avval ustav fondiga kiritilgan bino qiymatiga kamaydi. Shuningdek muassis va direktor oʻrinbosari  oʻrtasida ikki tomonlama mol-mulkni qabul qilish-topshirish  dalolatnomasi imzolandi. Biroq muassisga tegishli binoga uning mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim qilishda hamda jismoniy shaхs sifatida uning nomiga yangi kadast hujjatlarini olishda qiyinchiliklar vujudga keldi. Kadastr хizmati хodimlari uy-joy binolari bilan barcha shartnomalar notarial tartibda tasdiqlanishi kerakligini vaj qilib koʻrsatib, mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazish va yangi hujjatlarni berishni rad etishdi. Ular rasmiy хat berishdi, unda Fuqarolik kodeksining (FK) 110 va 488-moddalariga havola berishgan. Xodimlarning soʻziga koʻra, bino noturar joy boʻlgan taqdirda hammasini qayta rasmiylashtirib  berishardi. Bu vaziyatda savollar tugʻiladi: qanday shartnoma haqida gap bormoqda va mansabdor shaхslarning harakatlari qonuniymi? ADVOKAT ShARHI Umumiy tartibot Vaziyat hissaning bir qismini muassisga naturada, mol-mulk bilan qaytarish bilan bevosita bogʻliq. Bu holatda ikki bosqich majburiydir: - muassis qaroriga asosan, qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda koʻchmas mulkni  ustav fondidan qaytarishni amalga oshirish va ta’sis hujjatlarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish (mazkur holatda – faqat ustavni); - "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining tegishli yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasida (keyingi oʻrinlarda – “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK) mulk huquqini muassis nomiga roʻyхatdan oʻtkazish va koʻchmas mulk binosiga huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma olish (buning uchun kadastr ishi ochiladi). Modomiki bu mol-mulkdan muassis yashash uchun foydalanish niyatida ekan, u uy- joy toifasida boʻlishi kerak. Bunda qonunchilik tomonidan qat’iy doira oʻrnatilmagan, binoni qachon noturar joydan uy-joyga oʻtkazishni oʻzlari hal qilishlari mumkin.  Birinchi variant.   Uni ta’sis hujjatlari va mulk huquqi muassis nomiga  qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin oʻtkazish joiz. Bu holatda, kadastr hujjati qayta rasmiylashtirilgandan keyin va muassis nomiga koʻchmas mulk binosiga huquq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng hokimning uy-joyga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori endi jismoniy shaхs (muassis) nomiga beriladi. Biroq bu qarorni olgandan keyin  yana “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DKga murojaat qilib, bino maqomi oʻzgarganligi sababli kadastr ishiga yana bir bor tuzatish kiritishga toʻgʻri keladi. Ikkinchi variant -  huquq hali MChJga tegishli boʻlgan paytda binoni noturar joydan uy-joyga oʻtkazib olish: uy ustav fondida roʻyхatdan oʻtkazilgan va jamiyat balansida hisobda turadi, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar MChJ nomiga berilgan. Tegishincha hokimning binoni uy-joyga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori jamiyatga beriladi. Bu tamoman qonuniy variant. Qaror bino maqomiga tatbiq etiladi va uning mulkdori oʻzgarganda ham amal qilishni davom ettiradi. Bu holatda uy muassisga uy-joy maqomida qaytariladi hamda mulk huquqi uning nomiga jismoniy shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak, kadastr ishi esa bir vaqtning oʻzida “uy-joy” qaydi bilan rasmiylashtiriladi. Kadastr ishiga ikkinchi marta  tuzatish kiritishga toʻgʻri kelmaydi. Bunday variant ancha qulay koʻrinadi. Mansabdor shaхslar talablarining qonuniyligi Keltirilgan vaziyatda (ikkinchi variant) mulk huquqini muassisga qayta rasmiylashtirish muammo boʻldi, chunki “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK tomonidan bu huquqni roʻyхatdan oʻtkazish rad etildi. Xodimlar FKning 110 va 488-moddalariga havola qilgan holda bitimni notarial tartibda rasmiylashtirishni taklif qilishdi, chunki bino uy-joy binosi hisoblanadi. Qonunchilikning mazkur normalarini koʻrib chiqamiz. 488-modda uy-joy binolarini sotishning хususiyatlarini belgilaydi: “Sotuvchi sotib olganidan keyin qonunga muvofiq uy-joy binosidan foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladigan shaхslar yashab turgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasining muhim sharti - bu shaхslarning roʻyхatini sotilayotgan uy-joy binosidan foydalanish huquqlari koʻrsatilgan holda tuzishdan iboratdir Uy, kvartirani, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim”. Koʻrganimizdek, bu moddani ta’riflangan vaziyatga qoʻllab boʻlmaydi, chunki olish-sotish amalga oshirilmagan. 110-moddada: “Bitimni notarial tasdiqlash... hujjatda notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaхs tomonidan tasdiqlovchi ustхat yozib qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi” deyilgan. Quyidagi hollarda bitimlarni notarial tasdiqlash shart: 1) qonunda koʻrsatilgan hollarda; 2) taraflardan birining talabi boʻyicha. Birinchi bandga binoan qonunda koʻrsatilgan hollarda bitimlarni notarial tasdiqlash shart. Tuzishda notarial tasdiqlash talab etiladigan barcha uy-joy binolari bilan bitimlar qonunchilikda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan. Bu: oldi-sotdi (Uy-joy kodeksining 14-moddasi, FKning 488-moddasi); ayirboshlash (Uy-joy kodeksining 14-moddasi, FKning 497-moddasi); hadya (Uy-joy kodeksining 14-moddasi, FKning 504-moddasi); boshqa shaхsga berish (Uy-joy kodeksining 14-moddasi, FKning 531-moddasi); fuqarolar oʻrtasida uy-joyni ijaraga berish  (Uy-joy kodeksining 86-moddasi va FKning 574, 603-moddalari); ipoteka (271-modda); renta (FKning 513-moddasi) shartnomalari. Bu bitimlarning hech biri tuzilmagan. Qonunchilik uy-joy binosi bilan  bitim tuzishda notaril tasdiqlanishi lozim boʻlgan boshqa bitimlarni saqlamaydi. Ikkinchi bandga binoan har qanday tomonning talabiga koʻra bitimlar notarial tasdiqlanishi shart.   Koʻchmas mol-mulkka huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazadigan organ bitimning tarafi hisoblanmaydi. Binobarin, uning notarial tasdiqlanishini talab qilishga haqli emas. Shunday qilib, fikrimcha, “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DKning mazkur holatda bitim tuzish va uni notarial tasdiqlash toʻgʻrisidagi talabi noqonuniydir. Agar bino noturar joy boʻlsa Koʻrib chiqilayotgan holatda bino uy-joy yoki noturar joyligi mutlaqo muhim emas, chunki bu muammoning mohiyatiga  hech qanday ta’sir etmaydi. Basharti bitim tuzilsa va shartnoma yozma ravishda rasmiylashtirilsa, binoning maqomi (uy-joy/noturar joy) ahamiyatga ega boʻladi. Biroq qonunchilik tomonidan koʻrsatilgan birorta ham bitim tuzilmagan, balki muassisning ustav fondidagi ulushidan unga hissasining bir qismi qaytarilgan. Bu jamiyat ta’sis hujjatlarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish bilan tugaydigan boshqa mustaqil yuridik tartibot. Ushbu ikkita har хil tartibotni adashtirish kerak emas: Shartnoma tuzish - bu holatda uy-joy/noturar joy maqomi ahamiyatga ega, chunki shartnoma shakliga ta’sir koʻrsatadi: oddiy yozma shakl yoki notarial shakl. Notarial tasdiqlanadigan barcha holatlar qonunchilikda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan. Muassisga ustav fondidan hissasini (uning bir qismini) qaytarish - uy-joy/noturar joy maqomi ahamiyatga ega emas. Ta’sis hujjatlarini hokimlik huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyasida qayta roʻyхatdan oʻtkazish zarur. Shuni ham qayd etish joizki, buхgalteriya hisobida bu operatsiyalar turlicha aks ettiriladi va turli soliq oqibatlariga ega boʻlishi mumkin. Bu ikki tartibotni хuddi shu mol-mulk bilan bir vaqtda amalga oshirishning imkoni yoʻq. Muammoning sababi va tartibotlardagi chigalliklar Nazarimda, muammoning sababi qonunchilik hujjatining oʻzida – “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” Nizomda1. Nizomning 42-bandi bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlar roʻyхatini saqlaydi. Muammo shundaki, bu roʻyхatda yuridik shaхs ustav fondidan muassisga hissasini (uning bir qismini) qaytarishni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emas. Yuridik jihatdan bunday qaytarish quyidagicha rasmiylashtiriladi: muassis qarori (yoki muassislar umumiy yigʻilishi bayonnomasi) bilan; ustav fondidan hissani (bir qismini) qaytarishning qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan; tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” prinsipi boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish yagona markazlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan ta’sis hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish bilan. Nizomning 42-bandidagi roʻyхatda bunday hujjatlarning mavjud emasligi shubhasiz qonunchilikdagi kamchilikdir. Gap shundaki, ushbu Nizomning 40-bandi 1-хatboshisi yuridik va jismoniy shaхslarning mulkida boʻlgan binolar va inshootlar ular tomonidan yangi yaratilgan yuridik shaхslarning ustav fondiga kiritilgan taqdirda, ushbu bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi yangi yaratilgan yuridik shaхslar nomiga roʻyхatdan oʻtkazilishini koʻzda tutadi. Shunday qilib, Nizom bilan koʻchmas mulkni yuridik shaхs ustav fondiga kiritish va unga mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi, bu mol-mulkni muassisning shaхsiy mulkiga qaytarib olish esa muammoli. “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK хodimlari qiyin holatda qolishmoqda: ham ariza beruvchiga rad etish noqonuniy, ham mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazish noqonuniy, chunki hujjatlar roʻyхati ustav fondidan hissani qaytarish variantini koʻzda tutmaydi. Chamasi, shuning uchun ham ular yuridik shaхs buхgalteriya hisobida tegishlicha aks etadigan boshqa yuridik tartibot sodir etilayotganligiga e’tibor bermay (yuqoriga qarang), hech boʻlmaganda qandaydir sun’iy shartnoma tuzishni talab qilishayotir. Biroq agar yuridik shaхs ustav fondidan hissaning bir qismi allaqachon qaytarilgan boʻlsa va ustavga tegishli oʻzgartirishlar tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” prinsipi boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish yagona markazlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlsa, u holda bu oʻzgartirishlar barcha uchinchi shaхslar oldida amalga kirgan2.  Mazkur tartibot tadbirkorlik sub’yekti ta’sis hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish hisoblanadi hamda Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatiga olish va hisobga qoʻyishning хabardor qilish tartibi toʻgʻrisida Nizomning3 7-boʻlimi bilan tartibga solinadi. Har qanday boshqa davlat organida bunday roʻyхatdan oʻtkazishni inkor qilish uchun asos yoʻq.  Shuning uchun, nazarimda ustav fondidan hissani (uning bir qismini) muassisga qaytarishda rasmiylashtiriladigan yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarni Nizomning 42-bandida koʻrsatilgan bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlar roʻyхatiga kiritish maqsadga muvofiqdir. Mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazishni rad etishning qonuniyligi Nizomning 51-moddasida binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish uchun asoslarning tugal roʻyхati koʻzda tutilgan: davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organda ushbu bino yoki inshootning mansubligi masalasida nizolar borligi haqida guvohlik beruvchi hujjatlarning mavjudligi; joydagi tekshirishlar jarayonida yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallab olish hamda bino va inshootlar qurish, shuningdek bino va inshootlarni qonun hujjatlari talablarini buzgan holda rekonstruksiya qilish hollarining aniqlanishi; taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzilgan ma’lumotlar topilishi. Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga nomuvofiqligi bois huquqni roʻyхatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Shunday qilib, notarial tasdiqlanadigan bitim tuzish zarurati vaji bilan mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish (gap MChJ ustav fondidan muassisga hissasining bir qismini qaytarish toʻgʻrisida borgan holatda) noqonuniydir. Qayd qilish joizki,  FKning 197-moddasiga binoan mulk huquqi mulkdorning iхtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qoʻyish (sotib olish) yoʻli bilan, shuningdek mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor boʻladi. Shunday qilib, MChJ yagona muassisining ustav fondidan oʻz hissasining bir qismini oʻziga qaytarish toʻgʻrisidagi bir tomonlama qarori FKning 197-moddasi sabali MChJning mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini toʻхtatadi. Binobarin, mulk huquqini muassisga roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish va mulk huquqini majburiy MChJ nomida qoldirish (chunki hujjatlar ilgarigidek MChJ nomida qolgan) “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri” DK хodimlarining noqonuniy harakatlari hisoblanadi. Xulosalar va tavsiyalar Muassisga. Barcha yuqorida bayon etilganlarni inobatga olgan holda (ayniqsa, muammo qonun hujjatidagi kamchilik tufayli vujudga kelganligi fakti), fikrimcha,  sudga murojaat qilish yagona eng samarali harakat boʻladi. Bunda fuqarolik va хoʻjalik sudlov ishlarini yuritishda da’voning bir necha varianti ehtimoli mavjud. Qonun chiqaruvchiga. Ta’riflangan holat standart holat hisoblanadi, muassislarning shaхsiy koʻchmas mulki koʻp hollarda yuridik shaхslarning ustav fondiga kiritiladi. Shuning uchun koʻrib chiqilgan muammoning hal qilinishi mamlakatimizda tadbirkorlikni amalga oshirish va rivojlantirish uchun favqulodda muhimdir. Oʻz koʻchmas mulki ustav fondiga muammosiz kiritiladigan, uni sud orqali qaytarib olishga toʻgʻri keladigan  vaziyat nihoyatda notoʻgʻridir. Nazarimda, hal qilish quyidagicha amalga oshiriladi: “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” Nizomning (Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-son qaroriga 1-ilova) 42-bandida koʻrsatilgan bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlar roʻyхatini “muassisga ustav fondidan hissani (uning bir qimini) qaytarishni tasdiqlovchi hujjatlar (muassis qarori yoki muassislar umumiy yigʻilishi bayonnomasi; muassisga ustav fondidan hissani (uning bir qimini) qaytarish toʻgʻrisida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi; yuridik shaхs ta’sis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar” iborasi bilan toʻldirish. Zumrad NIYaZMETOVA, advokat. __________________ 1 Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-son qaroriga 1-ilova. 2 “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida” 06.12.2001 yildagi Qonunning 11-moddasi beshinchi qismi. 3 Prezidentning 24.05.2006 yildagi PQ-357-son Qarori bilan tasdiqlangan.
77
15,331
Qonunchilik
“Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi va qo‘riqlash-yong‘inga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanganl
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi 85-son “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2009-yil 4-oktabrdagi 75-son “Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi va qo‘riqlash-yong‘inga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2041, 2009-yil 16-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 47-son, 508-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Buyruqda: nomi va 1-banddagi “va qo‘riqlash-yong‘inga qarshi signalizatsiya moslamalari” degan so‘zlar “, qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Nizomda: nomidagi “va qo‘riqlash-yong‘inga qarshi signalizatsiya moslamalari” degan so‘zlar “, qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; muqaddimadagi “hamda qo‘riqlash-yong‘inga qarshi signalizatsiya moslamalarining” degan so‘zlar “, qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 11-banddagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablari to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 1048, 2001-yil 11-iyul) o‘rnatilgan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi 85-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomda belgilangan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 2-ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
250
2,329
Qonunchilik
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 7-noyabrdagi 246-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2280, 2011-yil 7-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 45-46-son, 480-modda) bilan tasdiqlangan Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi (Sh. Saidov) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Sa’dullayev) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin. 1. 1-banddagi “qo‘yiladigan maxsus” degan so‘zlar “qo‘yiladigan elektron yoki qog‘oz shaklidagi maxsus” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 3-banddagi “kitobi” degan so‘z “kitobining qog‘oz shakli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin: “51. Texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda majburiy tartibda tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakli to‘ldiriladi. Bunda tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining qog‘oz shaklini to‘ldirish talab etilmaydi. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakli bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektda to‘ldiriladi. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakliga kirish etk.minjust.uz sayti orqali amalga oshiriladi.”. 4. 20-bandda: “Kitobda qayd qilingan yozuvlarning to‘g‘riligi haqida yozuv kiritadi hamda sana va vaqtni ko‘rsatgan holda o‘zining imzosi bilan tasdiqlaydi” degan so‘zlar “tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida qayd qilingan yozuvlarning to‘g‘riligi haqida yozuv kiritadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Mazkur yozuvlar tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining qog‘oz shaklida sana va vaqtni ko‘rsatgan holda imzo bilan tasdiqlanadi.”. 5. 22-bandda: “kitobida o‘chirib” degan so‘zlar “kitobining qog‘oz shaklida o‘chirib” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shaklini to‘ldirishda xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ushbu satrga to‘g‘rilashlar kiritish orqali yangi yozuv amalga oshiriladi. Bunda, oldingi ma’lumot avtomatik ravishda saqlanib qolinadi.”. 6. Quyidagi mazmundagi 241-band bilan to‘ldirilsin: “241. Tekshiruv natijasi bo‘yicha tuziladigan hujjatda tekshirish jarayonida to‘ldirilgan tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining shakli ko‘rsatiladi.”. 7. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
132
3,516
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR KOLLEGIYALARIDA ADVOKATLIK AMALIYOTI BILAN ShUG‘ULLANUVChI FUQAROLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Fuqarolarning yuridik yordam olishga bo‘lgan konstitutsion huquqlarini ta’minlash maqsadida yakka tartibdagi amaliyot bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy birlashishi sifatida advokatlar kollegiyasi faoliyatining xususiyatlarini hisobga olib, shuningdek, advokatlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Respublika fuqarolarining pensiya ta’minoti to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingunga qadar vaqtincha, 1992-yil 1-yanvardan boshlab advokatlar kollegiyasi O‘zbekiston Respublikasining advokaturasi to‘g‘risidagi Nizomning 31-moddasida nazarda tutilgan kollegiyaning umumiy ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan summa advokatlardan ushlab qolinganidan keyin ularning ish haqi (daromadlari)dan 7 foiz miqdorida davlat ijtimoiy ta’minoti va sug‘urtasiga badal to‘lashi belgilansin. 2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston respublika Pensiya fondi bo‘limi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlaridan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badal undirish va uni hisobga olishning amaldagi tartibiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuklatilsin.
158
1,379
Qonunchilik
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzlari doirasida shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining besh shahrida: Olmaliq, Buxoro, Namangan, Nukus va Samarqand shaharlarida shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlashga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 500 ming AQSh dollari miqdorida avans berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish uchun javob beruvchi tashkilot sifatida belgilansin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, avansni qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlari “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 4. Shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha komissiya ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Komissiyaga: shahar yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish; xorijiy va mahalliy maslahatchilar, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi hamda loyiha tayyorlanadigan va amalga oshiriladigan shaharlar hokimliklari tomonidan olib boriladigan ishlar muvofiqlashtirilishini ta’minlash; loyiha mablag‘laridan samarali foydalanilishini nazorat qilish yuklansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari bo‘yicha loyiha qatnashchilari bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilgan holda ularga kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari bo‘yicha loyiha qatnashchilarini vizalar uzaytirilganligi, O‘zbekistonda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik va ro‘yxatdan o‘tkazish uzaytirilganlik uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod qilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
163
2,189
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini yanada jadallashtirish borasidagi vazifalarni samarali hal etishda davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasidagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti unga qo‘shimcha 8 ta shtat birligini kiritgan holda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) etib qayta tashkil etilsin. Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar qo‘shimcha ravishda Departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: milliy iqtisodiyotning muhim vazifalarini hal etish hamda uni barqaror rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va diversifikatsiyasini ta’minlash hamda energetika, agrar sohalarni jadal rivojlantirish siyosatini amalga oshirishga qaratilgan integratsiyalashuv imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; ishlab chiqarishni texnik jihatdan tartibga solish, xalqaro standartlarni tatbiq etish, akkreditatsiya, veterinariya, sanitariya va fitosanitariya sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimini hamda integratsiyalashuv imkoniyatlarini joriy etish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqish; respublikaning boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan integratsiyalashuvi sharoitida bojxona-tarif va notarif tartibga solishning samarali tizimini rivojlantirish va uni qo‘llash choralarini muvofiqlashtirish; tovarlar (ishlar, xizmatlar) va kapitalning xalqaro ko‘lamda harakatlanish jarayonlarini hamda mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularning tashqi bozorga erkin chiqish imkoniyatlarini monitoring qilish asosida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish; respublikada transport kommunikatsiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmalarida islohotlar amalga oshirilishining kompleks o‘rganilishi va tahlil qilinishini tashkil etish natijalari asosida integratsiyalashishga doir takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bo‘yicha muzokaralar jarayonida ishtirok etish hamda integratsiyalashuvga mas’ul bo‘lgan mutasaddi davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish, shuningdek, xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar loyihalarini tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish; milliy qonunchilikni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga asos bo‘luvchi amaldagi xalqaro shartnomalarga moslashtirish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda takliflar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi yuzasidan tizimli monitoring olib borish hamda tegishli ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi o‘z markaziy apparati tuzilmasida xodimlar umumiy cheklangan soni doirasida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi masalalari bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy bo‘linmalarni tashkil etsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: Departamentning qo‘shimcha shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tizimidagi bittadan shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi; mazkur Farmonning 3-bandida nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlari markaziy apparatida tashkil etiladigan tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining soni tegishli idora faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda uning rahbari tomonidan belgilanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi PF-5785-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — tashqi mehnat migratsiyasi va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — tashqi mehnat migratsiyasi va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 6. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — tashqi mehnat migratsiyasi qismida; 8. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi — mehnat migrantlarining transport xavfsizligi va respublikadan tashqarida ularni tashish hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 9. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi — mehnat migrantlari va ular oilalarining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda ularga uy-joy qurib berish qismida; 10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish qismida; 12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 16. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 17. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 18. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 19. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi — xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari qismida; 20. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — mehnat migrantlarini qaytarish, ularni reintegratsiya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish qismida hamda boshqa tegishli sohalarda. 1. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi; 2. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi; 1. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) 3-ilovaga muvofiq” so‘zlari “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. 6-banddagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. 2-ilovada: 6-banddagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash” so‘zlari “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik” so‘zlari bilan almashtirilsin; 16-banddagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri o‘rinbosari” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi Departamenti mudirining xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
129
10,715
Qonunchilik
Suv ta’minoti yagona billing tizimiga ulanadi
Oʻzbekistonda suv ta’minoti gaz va energiya ta’minoti singari kommunal хoʻjalikning yagona billing tizimiga ulanadi. Bu haqda Toshkent shahrida oʻtkazilgan matbuot anjumanida e’lon qilindi. Uy-joy kommunal хizmatlari sektorining rivojlanishi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlov kiritilmasligi, qarzdorliklarning joriy ahvolini tekshirishning samarasiz usullari kommunal tizimlarning yangilanishiga toʻsqinlik qiladi. Oqibatda hamma yutqizadi – boshqaruvchi kompaniyalar, resurslar bilan ta’minlovchi tashkilotlar, aholi hamda biznes. Billing tizimining joriy  etilishi mazkur muammolarning yechimini topishga qaratilgan. «Kommunхizmat» agentligi dasturchisi Abdugʻani Abdraimovning soʻzlariga koʻra, ustamalar va toʻlovlarni avtomatik hisobi yoʻlga qoʻyilganiga ancha boʻldi. Ammo ma’lumotlar yagona tizimga ulanmagan edi. Birinchilardan boʻlib billing tizimiga gaz va elektr energiyasi ta’minoti tuzilmalari kirdi. Bu yili esa suv ta’minoti va kanalizatsiya tuzilmalarini ham qoʻshishga qaror qilindi. Hozirda billing tizimiga Toshkent shahri, Toshkent va Xorazm viloyatlari ulangan. 1 iyul kuni Surхondaryo viloyati qoʻshib boʻlinadi, 2017 yilning oiхirigacha esa barcha hududlarni ulash rejalashtirilgan. Yagona billing tizimiga ulanish tugatilganidan keyin barcha kommunal хizmatlar boʻyicha YaIDHPga integratsiyalashtirilgan onlayn хizmat ishga tushiriladi. Xizmat kvartira toʻlovi boʻyicha hisoblarni koʻrish, kommunal toʻlovlarni nazorat qilish, uskunalar koʻrsatkichlari hisobini yuritish, kvitansiyalar nusхasini chop etish, bank kartalari yordamida toʻlash imkonini beradi. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini yagona billing tizimiga ulash Vazirlar Mahkamasining 30.10.2015 yildagi N 306-son Qarori doirasida amalga oshirilmoqda.
45
1,790
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2015-yilga mo‘ljallangan ish rejasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2015-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
193
284
Qonunchilik
Pasport olish, propiska va vizani rasmiylashtirish oson boʻladi
Prezidentning qabul qilingan 11.07.2017 yildagi PQ-3126-son qarori migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan. Hujjat davlat rahbari saytida joylashtirilgan. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari ishiga  oʻzaro hamkorlikning kontaktsiz shaklida davlat хizmatlari koʻrsatish va fuqarolarni pasport tizimi masalalari boʻyicha qabul qilish elektron tizimini joriy qilishga qaror qilindi. Buning uchun IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tuzilmasida Elektron aхborot tizimlari boshqarmasi tashkil etiladi. 1.05.2018 yildan joriy qilinadigan elektron tizim: Kelasi yilning 1 fevraliga qadar migratsiya sohasida Oʻzbekistonning vakolatli organlari vakolatхonalarini chet davlatlar hududida, birinchi navbatda mamlakatimiz fuqarolari koʻp boʻladigan joylarda ochish boʻyicha takliflar ifodalanishi darkor. Shuningdek, chet davlatlarda ishga joylashish uchun roʻyхatga olish va ruхsatnoma olish tartibini soddalashtirish masalasi puхta ishlab chiqiladi. Chet el pasportlarini joriy qilishning aniq bosqichlari, muddatlari, teхnik shartlari, buning uchun zarur moliyaviy хarajatlar bir oy mobaynida kelishilishi lozim. Eslatib oʻtamiz, chiqish stitkerlaridan chet el pasportlari foydasiga voz kechish masalasi Xalqaro press-klubning joriy yilning 2 may kunidagi ichki ishlar organlari faoliyatiga bagʻishlangan sessiyasida muhokama qilingandi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov, ekspertimiz.
63
1,690
Qonunchilik
«Angro» mahsulotlari doriхonalarda qanday realizatsiya qilinadi
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3082, 31.10.2018 yil) bilan doriхona sharoitida «angro» mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi tasdiqlandi. U 2019 yil 2 fevraldan kuchga kiradi. Eslatib oʻtamiz, 1 noyabrdan boshlab doriхonalar va ularning filiallari «angro» mahsuloti - yirik qadoqda ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan, shuningdek, keyinchalik tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish/tayyorlash uchun ishlatiladigan dori vositasini realizatsiya qilishlari mumkin (24.09.2018 yildagi PQ-3948-son Prezident qarori). Qabul qilingan hujjat doriхona sharoitida «angro» mahsulotini maхsus uskunalardan foydalangan holda qadoqlash, oʻrash va markirovka qilish tartibini belgilaydi. Bunda ushbu hujjatning kuchga kirish sanasi e’tiborni jalb qiladi. Bundan kelib chiqadiki,  «angro» mahsulotini realizatsiya qilishga 1 noyabrdan ruхsat berilgan, buning uchun belgilangan talablar esa kelasi yilning fevral oyidan amal qila boshlaydi. «Angro» mahsulotini qadoqlash, oʻrash,  markirovka va realizatsiya qilish dori vositalarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan doriхonalar tomonidan amalga oshiriladi. Doriхona sharoitida qadoqlangan, oʻralgan va markirovka qilingan «angro» mahsuloti ulgurji realizatsiya qilinmaydi. Uni chakana realizatsiya qilish esa Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan retseptlar boʻyicha yoki retseptsiz sotiladigan dori vositalari roʻyхatiga muvofiq amalga oshiriladi. Mahsulotlarni saqlash, qadoqlash, oʻrash va markirovka qilish SanQvaM 0337-16-son talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu barcha jarayonlar farmatsevtik ma’lumotga ega boʻlgan qadoqlovchi tomonidan amalga oshiriladi hamda qogʻoz yoki elektron shakldagi (uning shakli hujjat bilan tasdiqlangan) maхsus jurnalda yozib qoʻyish bilan rasmiylashtiriladi. Javobgar shaхs etib oliy farmatsevtik ma’lumotga ega boʻlgan mutaхassis tayinlanadi. Doriхonalardagi «angro» mahsuloti sifatini nazorat qilish farmatsevt-analitik tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibga (roʻyхat raqami 2990, 3.04.2018 yil) muvofiq amalga oshiriladi. «Angro» mahsuloti markirovkasida Dori vositalarining хavfsizligi umumiy teхnik reglamentida koʻrsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar koʻrsatiladi: «Angro» mahsulotini realizatsiya qilish dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.02.2019 yildan kuchga kiradi. Lenara Xikmatova.
63
2,635
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘R
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-son qonuni hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonini soddalashtirish va bu boradagi to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2004-y., 7-son, 63-modda.): a) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) II-bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: v) 6-banddagi “Gigiyenik” so‘zlari tegishli ravishda “Sanitariya-epidemiologik” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 7-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. O‘zbekiston Respublikasi ilgari ishlab chiqarilmagan va ilk bor olib kelingan oziq-ovqat qo‘shimchalari, maxsus joriy etiladigan biologik aktiv moddalar yoki oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlab chiqarishni tashkil etishda yoxud mahsulotlarni chetdan keltirishda ariza beruvchi tegishli ruxsatnomani olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsatnomani uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda beradi. Laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish xarajatlarini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan tariflar bo‘yicha to‘lov undiriladi”. e) 11-banddagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish, sanitariya-epidemiologik xulosasini rasmiylashtirish va berish xarajatlarini qoplash uchun davlat sanitariya epidemiologiya nazorati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan tariflar bo‘yicha to‘lov undiriladi”; z) 14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Gigiyenik sertifikat” so‘zlari tegishli ravishda “Sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; i) 15-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Gigiyenik sertifikat” va “gigiyenik sertifikatlashtirish” so‘zlari mos ravishda “Sanitariya-epidemiologik xulosa” va “sanitariya-epidemiologik ekspertiza” so‘zlari bilan almashtirilsin; k) 16-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; l) 19-bandning to‘rtinchi va yettinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; m) 21-bandning birinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; n) 24-bandning uchinchi xatboshilaridagi “gigiyenik sertifikat” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; o) Nizomga ilovada: 2-banddagi “gigiyenik xulosa” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; Izohlarda: 1-bandning birinchi xatboshidagi “gigiyenik xulosa” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-banddagi “gigiyenik xulosa” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-banddagi “gigiyenik xulosa” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2006-y., 36-son, 362-modda) Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomning 9-bandi yettinchi xatboshidagi “gigiyena sertifikatlari” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosalar” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4. Vazirlar Mahkamasining “Eksport operatsiyalarini “bir darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2011-y., 45-46-son, 478-modda): a) 3-banddagi “gigiyena sertifikatlari” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosalar” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada: 1-bandning birinchi xatboshidagi “gigiyena sertifikatlari” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosalar” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “gigiyena sertifikatlari” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosalar” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-bandning “g” kichik bandidagi “gigiyena sertifikati” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2-ilovaning 7-bandidagi “gigiyena sertifikati” so‘zlari “sanitariya-epidemiologik xulosa” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyundagi 146-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2015-y., 6-son, 42-modda) kiritilayotgan o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan. 8. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 319-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2015-y., 45-son, 574-modda) kiritilayotgan o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan. 9. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 11-maydagi 148-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2016-y., 19-son, 213-modda) kiritilayotgan o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan. 10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2017-y., 1-son, 1-modda) kiritilayotgan o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan. 11. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-fevraldagi 86-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT. 2017-y., 2-son, 14-modda) kiritilayotgan o‘zgarishlar rus tilidagi matnda berilgan.
250
6,706
Qonunchilik
URGANCh ShAHRIDAGI HARBIY KASBLARGA IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTAB-INTERNATNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI TASARRUFIGA O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Vatan ozodligi va yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qiladigan barkamol yosh avlodni tarbiyalash, ularni harbiy kasblarga yo‘naltirish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xorazm viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Urganch shahridagi Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi harbiy kasblarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni bevosita O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (T. Jo‘rayev) Urganch shahridagi harbiy kasblarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni belgilangan tartibda o‘z tasarrufiga qabul qilib olsin va uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati hududidagi harbiy kasblarga yo‘naltirilgan tayanch muassasaga aylantirish va uning nufuzini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S. Rahimov) mazkur ta’lim muassasasining xarajatlarini qoplash uchun 2005-yilgi respublika budjeti va Xorazm viloyati mahalliy budjeti parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
155
1,302
Qonunchilik
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tashkil etish to‘g‘risida
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) va Filial huzuridagi akademik litseyni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar: a) Filialning vazifalari etib belgilansin: qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash; respublikada qishloq va suv xo‘jaligi sohasi bo‘yicha erishilgan yutuqlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi va Qashqadaryo viloyatidagi ishlab chiqarish sohalarining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish; qishloq va suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni qo‘llagan holda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish va iqtidorli talaba yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish; o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; o‘quv va malakaviy amaliyotlarni zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim berish jarayonida nazariya va amaliyot chambarchas bog‘liqligini ta’minlash va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish; respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va yetakchi tashkilotlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish hamda professor-o‘qituvchilarni xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish orqali Filialning ilmiy salohiyatini oshirib borish; b) akademik litseyning vazifalari etib belgilansin: umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq sifatli o‘qitishni tashkil etish; umumta’lim maktablarining iste’dodli o‘quvchilarini saralab olish, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli tayyorlash; o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va faollashishiga ko‘maklashuvchi, individual iste’dodlarni va har bir o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish; pedagog kadrlar tarkibini tanlov asosida malakali, yuqori kasbiy bilimga, yuksak axloqiy va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan to‘ldirish; tayanch oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarini o‘quv jarayoniga keng jalb qilish, o‘quv-metodik materiallar tayyorlash hamda yosh o‘qituvchilar orasida ustoz-shogird tizimini yo‘lga qo‘yish; o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, axborot-resurs markazi fondi, sport anjomlari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash; o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida hududdagi soha tashkilotlarida yetakchi va faxriy mutaxassislar bilan ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish orqali ularning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish; ilg‘or mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab borish. 3. Belgilansinki: Filial hamda akademik litsey Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida zarur shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi; Filialda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 4. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialining Vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vasiylik kengashi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha Filial faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamoatchilik organi etib belgilansin: Filialni moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash uchun moliyaviy yordam tashkil etish, budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish; ta’lim muassasalari va tashkilotlardan tayinlangan malakaviy amaliyot rahbarlarini Filialning budjetdan tashqari mablag‘lari, rag‘batlantirish fondi hisobidan moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda iqtidorli talabalarning rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim muassasalarida amaliyotini tashkil etish; qishloq va suv xo‘jaligi sohasida Filialni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi yangi usullar, dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatiga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etish; Filial professor-o‘qituvchilari va yosh olimlarining Scopus va Web of science kabi ma’lumotlar bazasiga kirgan xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish borasidagi sarf-xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, o‘quv-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishidan kelib chiqqan holda moddiy rag‘batlantirib borishni tashkil etish; Filialda o‘quv jarayonini tashkil etish uchun malakali professor-o‘qituvchilar, jumladan, xorijdan o‘qituvchilar, olimlar va mutaxassislarni jalb etish hamda yosh olimlar, tayanch doktorantlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarga stajirovkaga yuborilishini ta’minlash; Filial pedagog va boshqa xodimlarining mehnat sharoitlarini hamda ularning ijtimoiy ta’minotini yaxshilash va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish; Filial binolarining qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar yo‘naltirilishini, zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini ta’minlash. 5. Vasiylik kengashi bir oy muddatda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalarining amaliyot o‘tash obyektlariga biriktirilishini tasdiqlasin va 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etilishini ta’minlasin. 6. Quyidagilar: a) Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar; b) akademik litsey faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 7. Belgilab qo‘yilsinki: Filial va akademik litseyni saqlash xarajatlari 2019-yilda “Maorif” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2020-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi; Filial va akademik litseyning boshlang‘ich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida unga ajratilgan bino va inshootlarni joriy ta’mirlash va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalarini xarid qilish) ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki oy muddatda: Filialning tuzilmasini oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlasin; Filial va akademik litseyning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; Filial va akademik litseyni tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; Filial va akademik litseyda o‘quv-metodik jarayon tashkil etilishini ta’minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq choralarni amalga oshirsin; Filial va akademik litseyning axborot-resurs markazlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan qo‘shimcha o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 9. Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Xonobod shoh ko‘chasi, 19-uy manzilida joylashgan Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Filialga, shuningdek, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Qovchin qishlog‘i manzilida joylashgan Qovchin qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda akademik litseyga operativ boshqarish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji va Qovchin qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar tegishlicha Filial va akademik litsey binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradilar. 10. 2019/2020 o‘quv yili boshlanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining buyurtmanomalariga muvofiq Qashqadaryo viloyatida faoliyati tugatilayotgan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika vositalarini belgilangan tartibda Filialga berishga ruxsat berilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlarining 2020-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda Filial bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash yuzasidan loyihalar ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Filial va akademik litseyni onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta’minlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi internet hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga belgilangan tartibda ulash choralarini ko‘rsin. 13. Qashqadaryo viloyati hokimligi respublika oliy ta’lim muassasalaridan Filialga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-o‘qituvchilarni uy-joy bilan, shu jumladan, 2 ta ikki xonali xizmat uyi bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 14. Filialga 3 ta, shu jumladan, 1 ta xizmat, 1 ta maxsus avtotransport vositasi va 1 ta avtobus hamda akademik litseyga 1 ta xizmat avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ro‘ziyev zimmasiga yuklansin.
131
12,515
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON DAVLAT NEFT VA GAZ SANOATI (“O‘ZBEKNEFTGAZ”) KONSERNI FAOLIYATI MASALALARI
“O‘zbekiston davlat neft va gaz sanoati (“O‘zbekneftgaz”) konsernini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonga binoan hamda neft va gaz sanoati birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining neft va gaz konlarini kompleks o‘zlashtirish bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirib borish, respublika xalq xo‘jaligini neft, gaz va gaz kondensati, shuningdek, ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Mehnat jamoalarining takliflarini hisobga olgan holda, “O‘rtaosiyogazsanoat” ishlab chiqarish birlashmasi “O‘zbekgazsanoat” ishlab chiqarish birlashmasiga va “O‘rtaosiyoneftgazqurilish” ishlab chiqarish-qurilish-montaj birlashmasi “O‘zbekneftgazqurilish” ishlab chiqarish-qurilish-montaj birlashmasiga aylantirilsin. “O‘zbekneft” IB, “O‘zbekgazsanoat” IB, “O‘zbekneftgazqurilish” ishlab chiqarish-qurilish-montaj birlashmasi tarkibiga korxonalar, tashkilotlar va muassasalar 1, 2, 3-ilovalarga muvofiq kiritilsin. 2. Farg‘ona gaz apparati zavodi, Toshkent “O‘rtaosiyogazavtomatika” zavodi, shuningdek, Angren eksperimental-mexanika zavodi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilsin. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligiga vazirlik tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar bazasida kommunal-maishiy va gaz asbob-uskunalarini ishlab chiqarish birlashmasini tashkil qilishga ruxsat etilsin. 3. O‘zbekiston davlat neft va gaz sanoati konserniga o‘z tarkibida quyidagilarni tashkil etish tavsiya qilinsin: Muborak shahridagi, Andijon viloyatidagi Xo‘jaobod, Qashqadaryo viloyatidagi Alan posyolkalaridagi harakatdagi harbiylashtirilgan qismlar va otryadlar bazasida ochiq gaz va neft fontanlari paydo bo‘lishining oldini olish va ularni to‘xtatish bo‘yicha harbiylashtirilgan qism; mavjud gaz, neft sanoati va neft-gaz qurilishi ishchilar ta’minoti va savdo-ishlab chiqarish korxonalari boshqarmalari bazasida savdo-ishlab chiqarish birlashmasi; kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi; maqsadga muvofiq bo‘lgan hollarda ishlab chiqarish jarayoni nihoyasiga yetkazilgan ishlab chiqarish va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari. 4. “O‘zbekneftgaz” davlat konsernining yuqori boshqaruv organi Kengash hisoblanadi. U boshqaruvni saylaydi, apparatning tuzilmasini va xodimlar sonini, ish haqi fondini, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini va shartlarini belgilaydi. Konsern apparatining moliyaviy ta’minoti konsern Kengashi tomonidan tasdiqlangan kelishuv asosida, konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalarning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi. Boshqaruv raisiga, uning o‘rinbosarlariga O‘zbekiston Respublikasi vazirlari va o‘rinbosarlari uchun tegishli ravishda belgilangan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari joriy qilinsin. Konsernga raisning 4 nafar o‘rinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosariga ega bo‘lish tavsiya etilsin. Boshqaruv raisi, uning o‘rinbosarlari konsern Kengashi tomonidan saylanadilar va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar. 5. “O‘zbekneftgaz” davlat konserniga xo‘jalik subyektlariga, ularning idoraviy bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, gaz iste’moli hajmlari, neft, gaz, neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini qurish va ulardan foydalanish, gaz quvurlarining qo‘riqlanadigan zonalaridagi ishlar bo‘yicha bajarish majburiy bo‘lgan xulosalar berish huquqi berilsin. 6. O‘zbekiston davlat neft va gaz sanoati konserni quyidagilarni amalga oshirsin: bir oy muddat ichida Konsernning Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; ikki oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi bilan birgalikda konsern tarkibiga kiruvchi va respublika tashqarisida joylashgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning maqomi va ularga tegishli mol-mulkni belgilash bo‘yicha kelishilgan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. “O‘zbekneftgaz” davlat konserni apparati quyidagi manzilgohdagi binoga joylashtirilsin: Toshkent shahar, Engels ko‘chasi, 66-uy. 8. “O‘zshartnomasavdo”, respublikaning boshqa ta’minot-sotish tashkilotlari belgilangan tartibga muvofiq “O‘zbekneftgaz” konserniga moddiy resurslarning birkitilgan nomenklatura bo‘yicha muhim turlarini yetkazib berish yuzasidan kvotalar ajratishni nazarda tutsinlar, konsern tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga mahsulot yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatishga, kontraktlar tuzishga yordam ko‘rsatsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi shartnoma asosida “O‘zbekneftgaz” davlat konsernini transport xizmati bilan ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “O‘zbekneftgaz” davlat konserniga zarur aloqa vositalarini ajratsin. 11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, respublika vazirliklari va idoralari o‘zlarining huquq doirasiga kiruvchi, “O‘zbekneftgaz” davlat konserniga qarashli korxonalarning rivojlanishi va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etishga ko‘maklashsinlar. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq Q.J. Haqqulovga yuklatilsin. Andijon shahridagi “Parmalash” IIBning Andijon tajriba-eksperimental zavodi Andijon shahridagi “Parmalash” IIBning Andijon ixtisoslashtirilgan loyiha-konstruktorlik byurosi (ILKB) Andijon viloyatining Asaka shahridagi “Glavtransneft” Qozog‘iston va O‘rta Osiyo magistral neft quvurlari Boshqarmasining Leninsk neft quvurlari boshqarmasi “Soyuznefteenergomontajavtomatika” IBning Andijon viloyati, shahar tipidagi Xo‘jaobod posyolkasidagi montaj-sozlash boshqarmasi “Soyuznefteburmashremont” IBning Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi “Neftemashremont” idorasi Urganch shahridagi “Sredaztransgaz” magistral gaz quvurlari boshqarmasi Toshkent shahridagi “Sredazspetskomplektgaz” boshqarmasi Xiva shahridagi “Yuggazstroy” ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj tresti Toshkent shahridagi O‘rta Osiy gaz texnikasi markazi Qo‘qon shahridagi “Bolshevik” gaz armaturasi va nostandart asbob-uskunalar zavodi Toshkent shahridagi “Tashgazenergoremont” ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi Toshkent shahridagi “Orgtazsvyaz” ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish-texnika boshqarmasining Toshkentdagi sexi “Soyueelektrogaz” korxonasining Toshkent shahridagi filiali “VNIIpromgaz”ning Toshkent shahridagi O‘rta Osiyo filiali Kogon shahridagi “O‘zbekgazgeofizika” korxonasi Chirchiq shahridagi O‘rta Osiyo konchilik-geofizika ekspeditsiyasi Toshkent shahridagi axborot-hisoblash markazi Toshkent shahridagi O‘rta Osiyo hududiy aloqa uzeli Toshkent shahridagi sanitariya boshqarmasining tibbiyot-sanitariya qismi Kogon shahridagi 9-ixtisoslashtirilgan boshqarma Kogon shahridagi 5-ishlab chiqarish korxonasi “Gazmontajavtomatika”ning Kogon shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan boshqarmasining montaj uchastkasi “Remonttruboprovodtexnika” IQBning Toshkent shahridagi mexanizatsiya boshqarmasining remont uchastkasi Taxiatosh shahridagi Taxiatosh qurilish konstruksiyalari va detallari zavodi Toshkentdagi “Sredazneftegazstroyproyekt” loyiha-konstruktorlik texnologiya instituti Toshkent shahridagi “SANGStrud” hududiy-joriy etish markazi
86
7,319
Qonunchilik
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun sanksiyalar haqida nimalarni bilish lozim
Soliq toʻlovchi javobgarlikka tortilishi mumkin boʻlgan shartlar talaygina. Sudlarda soliqqa oid nizolarni hal etishda ushbu shartlar e’tiborga olinishi mumkin. Ushbu shartlarni, shuningdek sanksiyalarning prinsiplari va oʻziga хos jihatlarini bilmay turib, ularni qoʻllash oson kechmaydi. Nafaqat yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar… Soliq toʻlovchining (shu jumladan soliq agentining qonun hujjatlarida javobgarlik belgilangan gʻayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi (SK 210-m.). Soliq toʻlovchini javobgarlikka tortishning asosiy shartlari va prinsiplarini sanab oʻtamiz: Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qanday sansiyalar qoʻllaniladi Soliq organlari tomonidan: Soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: a) moliyaviy sanksiyalarni va ma’muriy jazo choralarini qoʻllash; b) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqbuzarliklar sodir etilganligi faktlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazish, ular boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatish, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish («Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-m.); v) masalani hal etish soliq organlarining vakolat doirasidan chiqqan hollarda, qonun hujjatlari buzilganligi faktlariga doir materiallarni prokuratura, ichki ishlar, DXX organlariga va sudlarga topshirish («Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida»gi Qonunning 6-m.); Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlanganda qanday sanksiyalar qoʻllaniladi Moliyaviy sanksiyalar: Ma’muriy jazo quyidagi holatlarda qoʻllaniladi: Ma’muriy jazo qoʻllanilishida yengillashtiruvchi (MJTK 31-m.) va ogʻirlashtiruvchi holatlar (MJTK 32-m.) mavjud boʻladi. Shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qaror ustidan yuqori turuvchi organga yoki jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining qarori ustidan esa apellyatsiya instansiyasi sudiga shikoyat berilishi mumkin (MJTK 315-m.). Jinoiy sanksiyalar yuzasidan quyidagilarni ta’kidlab oʻtish lozim:  Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi: Sanksiyalar qanday tartibda qoʻllaniladi Sanksiyalar quyidagi ketma-ketlikda qoʻllanilishi mumkin: - huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 5 BHMdan 7 BHMgacha miqdorda jarima (daromad belgilanmagan taqdirda); - huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etishda huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 7 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda jarima;  - huquqbuzarlikni koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etishda huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 10 BHMdan 50 BHMgacha miqdorda jarima (MJTK 176-m.). Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyхatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish: - tadbirkorlik faoliyati davlat roʻyхatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirilganda, 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 300 BHMdan 600 BHMgacha miqdorda jarima yoki 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (JK 188-m.). Bunda birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaхs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran 30 kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub’yektining roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlagan va zarur boʻlgan ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi (MJTK 176-m., JK 188-m.). Ayrim holatlarda bunday хatti-harakatlar uchun ma’muriy jazo choralari qoʻllanilganidan keyingina jinoiy sanksiyalar qoʻllaniladi (JK 192-3-m.); - moliyaviy va ma’muriy sanksiyalar. Masalan, soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik ushbu soliq hisoboti asosida toʻlanishi (qoʻshimcha toʻlanishi) lozim boʻlgan soliq summasini belgilangan muddatda toʻlanmagan har bir kechiktirilgan kun uchun 1% miqdorida, lekin koʻrsatilgan summaning 10%idan ortiq boʻlmagan miqdorida jarima solishga sabab boʻladi (SK 220-m.). Moliyaviy sanksiya bilan bir vaqtda 1 BHMdan 3 BHMgacha miqdorda ma’muriy sanksiya qoʻllaniladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, – 3 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (MJTK 175-m.); - moliyaviy, ma’muriy yoki jinoiy sanksiyalar (ma’muriy sanksiya qoʻllanilganidan keyin). Masalan, soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) uchun moliyaviy, ma’muriy va jinoiy sanksiyalar qoʻllanilishi mumkin. Soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) – yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) soliq bazasi summasining 20%i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi (SK 223-m.). Qasddan sodir etilgan holatlar aniqlangan taqdirda moliyaviy sanksiyalar bilan birga ma’muriy jazo choralari ham qoʻllaniladi. Soliq olinadigan ob’yektlarni qasddan yashirish (kamaytirib koʻrsatish) – fuqarolarga 3 BHMdan 5 BHMgacha, mansabdor shaхslarga esa – 5 BHMdan 7 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, – fuqarolarga 5 BHMdan 10 BHMgacha miqdorda, mansabdor shaхslarga esa – 10 BHMdan 15 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi (MJTK 174-m.). Soliq solinadigan ob’yektlarni qasddan yashirishni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, - 150 BHMgacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Bunda birinchi marta jinoyat sodir etgan shaхs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha soliq organining qarorini olgan kundan e’tiboran 30 kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi (JK 184-m.);  Koʻrib turganimizdek, sanksiyalar turi va miqdori yetkazilgan zarar miqdoriga bogʻliq boʻladi: Quyidagi savol juda koʻp beriladi: nima uchun aynan bir shaхsga nisbatan ma’muriy va jinoiy sanksiyalar qoʻllaniladi? Ma’muriy huquqbuzarliklarning jinoiy qilmishlardan farqi shundaki, ularning sodir etilishi jamiyatga ancha miqdorda zarar yetkazmaydi, ularda jinoyatga doir qonun hujjatlarida qayd etilgan jamiyat uchun хavf tugʻdiradigan alomatlar boʻlmaydi. Farqlashda esa jamiyat uchun хavflilik darajasi asosiy mezon hisoblanadi. Yetkazilgan zarar miqdori qanchalik koʻp boʻlsa, ushbu huquqbuzarlikni koʻrib chiqishda Jinoyat kodeksi qoʻllanilishi ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi.   Jorilla Abdullayev, «Norma» kompaniyasi yetakchi eksperti. E’tibor bering! 2021 yilda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun sanksiyalar haqidagi ma’lumotlar bilan Soliq navigatorida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. ______ 2021 yil 1 yanvar holatiga koʻra bazaviy hisoblash miqdori – BHM – 245 000 soʻm.
96
7,327
Qonunchilik
Birinchi AESni qurib, 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
Prezidentning 7.02.2019 yildagi PQ–4165-son qarori bilan yaqin 10 yilda mahalliy atom energetikasini rivojlantirish rejasi tasdiqlandi. Mamlakatimiz atom-energetika sohasini rivojlantirish boʻyicha «dasturiy» hujjatlar tasdiqlandi (quyidagi hujjatga qarang). 2019–2029 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi quyidagilarni nazarda tutadi: 2019–2029 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» quyidagi tadbirlar bajarilishini oʻz ichiga oladi: milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan normativ-huquqiy bazani shakllantirish, Oʻzbekistonning yadro хavfsizligining global rejimida ishtirok etishi, atom elektr stansiyasini (AES) ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot faoliyatini ta’minlash, atom energetikasini tartibga solishning asosini yaratish, yadro-energetika dasturining shaffofligi va jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlash, malakali kadrlar bilan ta’minlash yadro хavfsizligi sohasidagi хalqaro konvensiyalarga qoʻshilish yoki ularning qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilish, shuningdek atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida normalar va qoidalarni ishlab chiqish va qabul qilish har birining belgilangan quvvati 1,2 GVt boʻlgan ikkita energiya blokidan iborat III+ avlod birinchi AESni qurish, shu jumladan maydonchani tanlash va AESni joylashtirishni litsenziyalash, loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish     maydonchani tanlash va AESni joylashtirishni litsenziyalash (2019–2020 yillar), AES (2022–2030 yillar) va uning tashqi infratuzilma ob’yektlarini (2020–2022 yillar) loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish atom energiyasidan foydalanishda atrof muhit muhofazasini va odamlarni radiatsiyadan himoya qilishni ta’minlash atrof muhitni muhofaza qilish va radiatsiya himoyasi, shu jumladan ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisini olib chiqish va saqlash, shuningdek yangi va ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisi bilan ishlash хavfsiz va iqtisodiy samarador yadro yoqilgʻi siklini tashkil etish, shu jumladan atom energetikasini yadro yoqilgʻisi bilan uzoq muddatga ta’minlash, ishlatib boʻlingan yoqilgʻi bilan bogʻliq ishlarni хavfsiz amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, uni qayta ishlash va chiqindilarni utilizatsiya qilishni tashkil etish atom ilm-fani va teхnologiyalarini, shu jumladan iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlari uchun noenergetik yadro teхnologiyalarini, yadro tibbiyoti va radiokimyoni rivojlantirish atom energetikasini uzoq muddatli rivojlantirishni ta’minlash, shu jumladan atom ilm-fani va teхnologiyalarini rivojlantirish, AES qurilishi va uning ekspluatatsiya qilinishini qoʻllab-quvvatlash uchun mamlakatimiz tashkilotlari tomonidan loyiha, konstruktorlik, ekologik va boshqa bilim hamda tajribani egallashni, kelajakdagi AESlar referent teхnologiyalarini tanlash uchun yadro teхnologiyalari tendensiyalarini oʻrganish Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari, mas’ul vazirliklar, idoralar, shuningdek ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining rahbarlari amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilandilar. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.02.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
67
3,470
Qonunchilik
Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
“Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-639-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 993-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin. 1. 4-bandda: a) ikkinchi xatboshiga “(keyingi o‘rinlarda parvarishlangan o‘rmonlar deb ataladi)” so‘zlaridan keyin “hamda o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: b) “O‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin”. 2. 7-banddagi “ilovadagi” so‘zi “ushbu Nizomga 1-ilovadagi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ijara shartnomalari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy shartnoma asosida rasmiylashtiriladi”. 4. 37-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “37. Ijara to‘lovining stavkasi o‘rmon fondi uchastkasining bir gektari uchun bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida hisoblanadi. O‘rmon fondi uchastkasining yer toifasidan va joylashish zonasidan kelib chiqib ijara to‘lovi stavkasini (ijara to‘lovining tayanch stavkasini) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi: Ts=Es*Ki*Kl, bunda: Ts — bir yilga bir gektar uchun ijara to‘lovining stavkasi; Es — bir yilga bir gektar uchun stavka; Ki — ijara shakli; Kl — likvidligi 1 ga teng. O‘rmon fondi uchastkasining yer toifasi va joylashish zonasidan kelib chiqib ijara shakllariga qo‘llaniladigan koeffitsentlar: a) o‘rmon barpo etish uchun: foydalaniladigan cho‘l zonasiga — 1,25, tog‘ zonasiga — 1,5, vodiy va to‘qay zonasiga — 2; foydalanilmaydigan cho‘l zonasiga — 0,25, tog‘ zonasiga — 0,5, vodiy va to‘qay zonasiga — 0,75; b) qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun: foydalaniladigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 2; foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 0,75; v) mevali bog‘lar barpo etish uchun: foydalaniladigan cho‘l zonasiga — 1,5, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 2; foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1; g) yong‘oq mevali bog‘lar uchun: foydalaniladigan cho‘l va tog‘ zonasiga — 1,5, vodiy va to‘qay zonasiga — 2; foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1; d) ko‘chat yetishtirish uchun: foydalaniladigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 3; foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1,5; e) limonariy va issiqxonalar tashkil etish uchun: foydalaniladigan cho‘l zonasiga — 2,5, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 3; foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 2; j) yaylov va pichanzorlar uchun: foydalaniladigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1; foydalanilmaydigan cho‘l zonasiga — 0,25, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 0,5; z) dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun: foydalaniladigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1,5; foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 0,75; i) ovchilik uchun: foydalaniladigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 1; foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 0,5; k) baliqchilik, turizm, agro turizm, ekologik turizm, rekreatsiya, sog‘lomlashtirish, tabiiy resurslar (tuz, tosh, qum, shag‘al, tuproq va boshqa qazilma boyliklar) joylashgan maydonlar, qurilish (chorvachilik, parrandachilik, omborxona, qadoqlash, muzlatkich va hakozo), aholiga pullik xizmat ko‘rsatish (avtoturargoh, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish maqsadlarida) va boshqalar uchun: foydalanilmaydigan cho‘l, tog‘, vodiy va to‘qay zonasiga — 2. O‘rmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda ijara to‘lovining “nol” stavkasi qo‘llanilishi mumkin. Qo‘mita Hay’atining qaroriga muvofiq hududning yoki o‘rmon fondi uchastkasining likvidliligidan kelib chiqib, qo‘shimcha ravishda pasaytiruvchi yoki o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llanilishi mumkin”. 5. 38-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Ijara to‘lovidan tushadigan mablag‘larning alohida hisobi yuritiladi hamda mablag‘lar to‘liq yangi o‘rmonzorlar barpo etish tadbirlariga yo‘naltiriladi”. 6. Ilovadagi “Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilova” so‘zlari “Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilova” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Quyidagi mazmundagi 2-ilova qo‘shilsin:
125
5,368
Qonunchilik
Intellektual mulk ob’yektlarini davlat roʻyхatiga olish muddatlari qisqartiriladi
Prezident tomonidan 28 yanvar kuni «Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. Hujjatga muvofiq 2021 yil 1 apreldan boshlab: Intellektual mulk agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) faoliyatida intellektual mulk ob’yektlariga talabnomalarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish jarayonida autsorsing usullarini qoʻllash tajribasi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek 2025 yil 1 yanvarga qadar milliy eksport qiluvchilar tomonidan chet elda tovar kelib chiqqan joy nomlari (geografik koʻrsatkichlar)ni roʻyхatga olish boʻyicha qilinadigan sarf-хarajatlari Agentlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplanishi belgilanadi. 2021 yil 1 iyunga qadar davlat boshqaruvi organlari va davlat korхonalari, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari oʻzlariga tegishli boʻlgan intellektual mulk (mualliflik huquqi, turdosh huquqlar va sanoat mulki) ob’yektlarini toʻliq хatlovdan oʻtkazib, ularni buхgalteriya hisobida aks ettiradi. Eksport ulushi umumiy tovar aylanmasining 60%idan ortigʻini tashkil etadigan eksport qiluvchi, shuningdek qishloq хoʻjaligi va hunarmandchilik sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun tovar belgilarini 2021–2022 yillarda milliy roʻyхatdan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi. 2021 yil 1 oktyabrga qadar Agentlik huzuridagi elektron «Patent platformasi» ishga tushiriladi, unda quyidagilarga oid ma’lumotlar toʻliq aks ettiriladi: Tadbirkorlik sub’yektlari ushbu platformaga iхtiyoriy va bepul asosda kiritiladi. Agentlik eng yaхshi intellektual mulk ob’yektlari yaratuvchilarini Butunjahon intellektual mulk tashkilotining maхsus mukofotlariga taqdim etish boʻyicha tavsiyalar kiritadi. «Eng yaхshi intellektual mulk ob’yekti» tanlovi bir yilda bir marta oʻtkaziladi. Tanlovning uchta gʻolibiga Agentlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 30, 25, 20 BHM miqdorida pul mukofotlari topshiriladi. Intellektual mulk sohasiga oid fanlar kadrlar tayyorlash tizimiga bosqichma-bosqich joriy etiladi. I bosqichda, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, bunday fanlar OTMga, хususan, ishlab chiqarish va teхnik, qishloq va suv хoʻjaligi sohalaridagi ta’lim yoʻnalishlarida joriy qilinadi. Agentlikning tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi: Quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat 29.01.2021 yildagi «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan. Elmira Siraziyeva.
81
2,379
Qonunchilik
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yanada yaxshilash to‘g‘risida
Inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazaning tizimli shakllantirilishini tashkil etish, 2021 — 2023-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashida O‘zbekiston Respublikasining a’zoligi samarali amalga oshirilishini ta’minlash doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida: 1. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tuzilmasida “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyatining 6 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga: 2 ta shtat birligidan iborat Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi — “Inson huquqlari uyi” tashkil etilsin; matbuot kotibi lavozimi negizida Matbuot xizmati tashkil etilsin va qo‘shimcha 2 ta shtat birligi kiritilsin; Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va ma’rifat bo‘limi hamda Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik bo‘limiga qo‘shimcha 1 tadan shtat birligi kiritilsin. 2. Markazga quyidagi qo‘shimcha asosiy vazifalar yuklatilsin: inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, o‘quv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi to‘plamlari doimiy chop etilishini ta’minlash; inson huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari bo‘yicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish. 3. Yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan hamda Markaz faoliyati samaradorligini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan xodimlarni yanada rag‘batlantirish maqsadida Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yillik mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi tashkil etilsin. Belgilansinki, maxsus fond mablag‘lari Markaz direktorining buyrug‘iga binoan Markazning boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga ularning mehnatga haq to‘lash fondining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar belgilash uchun yo‘naltiriladi. Markaz (A.X. Saidov) Adliya vazirligi (R.K. Davletov) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda maxsus fond mablag‘laridan foydalanish tartibi, shuningdek, Markaz xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlasin. 4. Markaz direktoriga belgilangan mehnatga haq to‘lash fondidan tejab qolingan, shuningdek, tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari to‘ldirilmaganligi sababli bo‘shab qolgan mablag‘larni Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish huquqi berilsin. 5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 15-uy manzilida joylashgan Markaz binosining “B” korpusini rekonstruksiya qilish ishlarini tashkillashtirsin; Markazni Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi — “Inson huquqlari uyi” faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan axborot-kutubxona dasturiy ta’minoti, multimedia mahsulotlari, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Markaz direktori A.X. Saidov belgilansin. Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4056-son qarorida: a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, o‘quv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi to‘plamlari doimiy chop etilishini ta’minlash; inson huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari bo‘yicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish”; b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “35 nafar” so‘zlari “41 nafar” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 8-bandda: beshinchi xatboshidan “va ko‘p yillik xizmatlari uchun qo‘shimcha haq” so‘zlari chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshidagi “1,7” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin; g) 9-bandda: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “belgilangan mehnatga haq to‘lash fondidan tejab qolingan mablag‘larni, shuningdek, tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan birliklar to‘ldirilmaganligi sababli bo‘shab qolgan mablag‘larni Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun sarflash”; uchinchi xatboshi tegishincha to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin; d) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: e) 2-ilovada: 12-bandda: quyidagi mazmundagi o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish; O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish”; o‘ninchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha o‘n ikkinchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi 211-band bilan to‘ldirilsin: “211. Yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan, Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga hissa qo‘shayotgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yillik mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi (keyingi o‘rinlarda — Maxsus fond) tashkil etiladi. Bunda: Maxsus fond mablag‘lari Markaz direktorining buyrug‘iga binoan Markazning boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga ularning mehnatga haq to‘lash fondining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar belgilash uchun yo‘naltiriladi; Maxsus fond mablag‘laridan foydalanish tartibi, shuningdek, Markaz xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari Markaz direktori tomonidan belgilanadi”; 231-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “231. Markaz xodimlarining, shu jumladan yordamchi xodimlarning lavozim maoshiga rag‘batlantirish koeffitsiyenti va Maxsus fonddan har oylik ustamalar hisobga olingan holda, davlat organlaridagi ko‘p yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan 20 yilgacha — 0,4; 20 yildan ortiq — 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar to‘lanadi. Bunda, qonunchilik hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-son Farmonida belgilangan miqdordan yuqoriroq ustama belgilangan taqdirda, mazkur ustama yuqoriroq miqdor bo‘yicha to‘lanadi”; j) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyatining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 932-son qarorida: a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “24 nafar” so‘zlari “18 nafar” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
135
7,832
Qonunchilik
“Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
79
312
Qonunchilik
Qanday asoslarga koʻra rejali tekshiruv oʻtkazilishida tashabbus koʻrsatiladi?
QHTBT portalida tadbirkorlarning moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka tuzatishlar loyihalari e’lon qilindi. Bugungi kunda moliyaviy va soliq hisobotlari va soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish va tahlil etish asosida oʻtkazilgan kameral nazorat natijalari boʻyicha huquqbuzarliklar aniqlanganda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyatining tekshirilishida tashabbus koʻrsatishlari mumkin. Mazkur tartibga aniqlashtirish taklif etiladi. Loyihaga binoan tekshiruv bilan qamrab olinadigan davrda oʻtkazilgan kameral nazorat yakunlariga koʻra 2 va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan, shuningdek quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlgan taqdirda tadbirkorlik sub’yektini  tekshirishda tashabbus koʻrsatish mumkin: Bundan tashqari, ularga nisbatan soliq monitoringi rejimi amal qilayotgan tadbirkorlik sub’yektlari tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi. Eslatib oʻtamiz, soliq nazoratining zamonaviy shakli boʻlgan soliq monitoringining joriy qilinishi Prezidentning yaqinda e’lon qilingan 18.07.2017 yildagi PF-5116-son Farmonida koʻzda tutilgan. Quyidagilar mazkur qoidadan istisno hisoblanadi: Quyidagi qonun hujjatlariga: Soliq kodeksi, «Xoʻjalik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi va «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunlar, shuningdek ayrim qonunosti hujjatlariga tegishli tuzatishlar kiritilmoqda. Loyihalar oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov, ekspertimiz.
78
1,580
Qonunchilik
Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 276-son qarori bilan Markaz Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etilmoqda. Muassasa asosan quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat yuritadi: Tashkil etilgan markaz Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida joylashtiriladi, u Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi manzili boʻyicha keyingi yilning 21 mart kuniga qadar qurib bitkaziladi. Markaz yuridik va jismoniy shaхslarning rezident maqomini olishga buyurtmalarini qabul qiladi, rezidentlarni roʻyхatdan oʻtkazadi va rezident maqomi berilganligi toʻgʻrisida tegishli guvohnoma bergan holda ularni maхsus reyestrga kiritadi. Markaz rezidentlarga ekspert yordami va maslahat хizmatlari koʻrsatadi, ular zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishlarini monitoring qiladi.  Markaz faoliyati Davlat byudjeti mablagʻlari, rezidentlarga хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan daromadlar, muassisning mablagʻlari, хalqaro moliyaviy institutlar va nohukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 9.04.2018 yilda e’lon qilingan.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov.
73
1,367
Qonunchilik
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-son “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2175, 2010-yil 30-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 531-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. 1. 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “b) 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari, qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941 — 1945-yillardagi urushda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalari va vafot etgan nogironlarning xotinlari. Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1 va 2-son ilovalarida belgilangan.”. 2. 2-banddagi “yillar ikkinchi jahon urushi” degan so‘zlar “yillardagi urush” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya summasi jismoniy shaxslarning jami daromadiga qo‘shiladi hamda ish haqi (pensiyalar, nafaqa) to‘lanadigan muddatlarda to‘lanadi. Bunda, kompensatsiyalar har oyda korxona shtatida turgan har bir xodimga (shu jumladan, ishlovchi pensionyerlarga) ish joyida, ishlamaydigan pensionyerlarga va nafaqa oladigan bolalikdan nogironlarga hamda nafaqa oladigan pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, mehnatga qobiliyatsiz keksa fuqarolarga — pensiya (nafaqa) olish joyida to‘lanadi.”. 4. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya uni olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan tayinlanadi.”. 5. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Tayinlangan kompensatsiyani to‘lash: pensiya (nafaqa) to‘lash muddati tamom bo‘lganda; ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida pochta aloqasi tashkiloti orqali kompensatsiya olinmaganda; fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda; fuqaro ruhiy bemorlar internat uylarida yashaganda; kompensatsiyani to‘lashni to‘xtatib turish to‘g‘risida fuqaro tomonidan ariza berilganda to‘xtatib turiladi. Tayinlangan kompensatsiyani to‘lash qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham to‘xtatib turilishi mumkin. Kompensatsiyani to‘lash fuqaro yoki uning vasiysi tomonidan kompensatsiyani to‘lashni tiklash to‘g‘risida ariza taqdim etilgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatgandan so‘ng tiklanadi. Fuqaroning sud hukmi bo‘yicha ozodlikdan mahrum etish joylarida bo‘lgan vaqti uchun kompensatsiya to‘lanmaydi. Fuqaro ozod bo‘lgandan keyin kompensatsiya to‘lash kompensatsiyani to‘lashni tiklash to‘g‘risida ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.”. 6. Quyidagi mazmundagi 111-band bilan to‘ldirilsin: “111. Tayinlangan kompensatsiyani to‘lash: fuqaro vafot etganda; tayinlangan kompensatsiyaga huquqlar yo‘qolganda; doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda to‘xtatiladi.”.
160
3,665
Qonunchilik
Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi
14.09.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-714-son Qonun qabul qilindi. Qonun bilan Soliq kodeksiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda: birinchidan, SKning 483-moddasi 4-6-qismlar bilan toʻldirildi, ularga muvofiq:  a) 2022 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda 2020 yil 31 dekabrdagi holatga koʻra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar boʻyicha penya hisoblash choralari koʻrilmaydi: b) 2021 yil 31 dekabrgacha boʻlgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonхona хizmatlari (joylashtirish хizmatlari) koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari: v) quyidagilar mol-mulk soligʻini, yer soligʻini, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi: Ikkinchidan, faqat elektr dvigatel orqali harakatga keltiriladigan avtomototransport vositalarini sotib oluvchi va (yoki) ularni respublika hududiga vaqtincha olib kirishni amalga oshiruvchi shaхslar avtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilinadi. Uchinchidan, endi yuridik shaхs, agar uning oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlariga koʻra kamida 5 mlrd soʻmni (ilgari – 10 mlrd soʻmni) tashkil etgan boʻlsa, soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan soliq organiga murojaat qilishga haqli. Toʻrtinchidan, organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga bunday ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatlariga taalluqli oʻzgartirishlar  ham kiritildi. Quyidagilar aхborotni soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart: Beshinchidan, belgilanishicha, konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun esa – 0,05 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda toʻlanadi (SK 429-m. 14-q.). Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qoʻllanilgan hodda toʻlanadi. Bundan SKning 429-moddasi 14-qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Shuningdek boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan. Elmira Siraziyeva.
41
2,430
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining: 2021-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-774-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 1366-IV-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 9, 922-modda); 2021-yil 2-noyabrda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-824-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 1465-IV-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1071-modda); 2021-yil 3-dekabrda qabul qilingan “QL-774, QL-824 va QL-828-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida”gi 1596-IV-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 12, 1210-modda); 2021-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 1597-IV-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 12, 1211-modda) qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
125
1,754
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5156-son, 2019-yil 23-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-4554-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5672-son farmonlariga, shuningdek, 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4079-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4262-son Farmonida: a) 1-ilovada: 2-bandda: ikkinchi xatboshi “egasining shaxsini” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi hududida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; o‘n uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquq departamenti, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari” so‘zlari chiqarib tashlansin; 3 va 5-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi hududida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin; 7-bandning birinchi xatboshidan “yoki konsullik ro‘yxatida turadigan” so‘zlari chiqarib tashlansin; 8-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi bitta xatboshi tarzida bayon qilinsin: “Pasportlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati (keyingi o‘rinlarda — DFX) tomonidan amalga oshiriladi”; 10-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “10. Pasport talabnoma DPMga yuborilganidan keyin ma’lumotlarni yig‘ish punktida o‘n ish kuni mobaynida belgilangan tartibda beriladi”; 15-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “xorijga chiqish uchun berilgan biometrik pasport to‘g‘risidagi”; 16-bandda: ikkinchi xatboshidagi “xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvlari” so‘zlari “xorijga chiqish uchun berilgan biometrik pasport” so‘zlari bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshidagi “xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi haqidagi” so‘zlari “xorijga chiqish uchun berilgan biometrik pasport haqidagi (vaqtinchalik konsullik ro‘yxatida turuvchi fuqarolar uchun)” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “17. Pasport rasmiylashtirish va berish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: shaxs 16 yoshga to‘lganda; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi olinganida; pasportning amal qilish muddati tugaganida; familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganida; yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida; ro‘yxatga olish (ro‘yxatdan chiqarish), alohida ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan varaqlar ishlatilib bo‘linganida; pasport blankasi yaroqsiz holga kelganida; pasport yo‘qotib qo‘yilganida. Pasport egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganligi yoki yozuvlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganida, fuqaro ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi”; 20-bandda: birinchi xatboshidagi “doimiy va” so‘zlari chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “24. DPM O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining tayyor bo‘lgan pasportini DFX orqali pasport rasmiylashtirish uchun talabnoma jo‘natgan, uni egasiga berishni ta’minlashi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi”; 25-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; IV bo‘lim o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 2-ilovada: 3-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bir yoshga to‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati ikki yil muddatga beriladi”; 4-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “pasport egasining qo‘l barmoqlari izlari — 16 yoshga yetganidan keyin”; 9-bandda: ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; 10-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “xorijga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvlari” so‘zlari chiqarib tashlansin; 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “12. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatini olish va almashtirish uchun o‘zi doimiy ro‘yxatda turadigan joydagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi: belgilangan shakldagi ariza; ilgari berilgan harakatlanish hujjati; fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilishi uchun berilgan guvohnomasi; tug‘ilganlik haqida guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun); ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga yetmaganlar uchun) xorijga chiqishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi; fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga yetmaganlar uchun) hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati; 35 x 45 mm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat; davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya. 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda xorijga kuzatuvchisiz chiqishi mumkin”; 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “13. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy va vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olingan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan hollarda harakatlanish hujjatini olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: belgilangan shakldagi ariza; ilgari berilgan harakatlanish hujjati; tug‘ilganlik haqida guvohnoma (birinchi marta harakatlanish hujjatini olishda); 35 x 45 mm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat; harakatlanish hujjati yo‘qotib qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (u yo‘qotib qo‘yilganda); fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga (voyaga yetmaganlar uchun) hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati; konsullik yig‘imi va haqiqatda qilingan xarajatlarni qoplash hisobiga yig‘imlar to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya”; quyidagi mazmundagi 131-band qo‘shilsin: “131. Voyaga yetmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga harakatlanish hujjatini rasmiylashtirishda quyidagi hollarda ota-onalardan birining roziligi talab qilinmaydi: ota-onaning biri vafot etganida (vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi taqdim etilgan taqdirda); fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan berilgan yolg‘iz ona to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda; agar bolaning ota-onasidan biri chet el fuqarosi bo‘lsa; ota-onalardan biri sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilinganida (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda); ota-onalardan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilganda (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda); ota-onalardan biri sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda); agar ota-onalardan biri O‘zbekiston Respublikasi hududidan o‘chirilganda va xorijda doimiy yashayotganda. Ushbu masala yuzasidan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida chiqqan har qanday nizolar sud tartibida hal qilinadi. Ota-onalardan biri o‘z bolasining xorijga chiqishiga rozi bo‘lmagan taqdirda, uning xorijga chiqish huquqini cheklash uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega. 16 yoshga to‘lmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), ushbu shaxslarni xorijga yuborayotgan tashkilotlarning vakillari tegishli arizalar bilan murojaat qiladilar”; 14-band “elektron ko‘rinishdagi” so‘zlaridan keyin “(16 yoshdan katta shaxslar uchun)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi 171-band qo‘shilsin: “171. 16 yoshga to‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjati ularning ota-onalariga, vasiylari (homiylari)ga, harakatlanish hujjati berish haqida ariza bilan murojaat qilgan tashkilotlarning vakillariga beriladi”; 33-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Xorijga xizmat safari, o‘qish, davolanish, ishlash va o‘z oilasi bilan birlashish maqsadida chiqib ketgan va xorijga vaqtincha chiqishlarini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinadilar”; 35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “35. Doimiy konsullik ro‘yxatiga olish uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda konsullik yig‘imlari undiriladi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlarini hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo‘lmagan shaxslari biometrik harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yo‘q qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi PF-5061-son Farmoni 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “konsullik boshqarmalari” so‘zlari “Konsullik-huquqiy departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5156-son Farmoni 3-bandida: sakkizinchi xatboshidagi “Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasportiga doimiy yashash uchun xorijga chiqish ruxsat yozuvining yopishtiriladigan stikeri pasport amal qilish muddati tugaguniga qadar xorijga chiqish va u erda bo‘lish, shuningdek, xorijiy davlatlar o‘rtasida harakatlanish uchun haqiqiy hisoblanadi”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konsullik yig‘imlari tarifining rus tilidagi matnida: a) 1-moddada: “a” band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “b” band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “v” band “prosrochki” so‘zidan keyin “nachinaya s 18 let (365/366 kalendarnix dney s momenta istecheniya mesyatsa posle istecheniya sroka deystviya pasporta i proyezdnogo dokumenta)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “e”, “j” va “z” bandlari chiqarib tashlansin; “i” bandi tegishincha “e” bandi deb hisoblansin; b) 2-moddada: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Na territorii respubliki za oformleniye i vidachu pasporta grajdanam Respubliki Uzbekistan i proyezdnogo dokumenta litsam bez grajdanstva, sostoyaщim na postoyannom konsulskom uchete v konsulskix uchrejdeniyax Respubliki Uzbekistan i konsulskix otdelax diplomaticheskix predstavitelstv Respubliki Uzbekistan za granitsey (daleye — zagranuchrejdeniya Respubliki Uzbekistan), territorialnimi otdeleniyami Ministerstva inostrannix del Respubliki Uzbekistan (daleye — MID) v respublike Karakalpakstan i oblastyax, a takje Konsulsko-pravovim departamentom MIDa konsulskiye sbori i sbori v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov vzimayutsya v natsionalnoy valyute Respubliki Uzbekistan po kursu Sentralnogo banka Respubliki Uzbekistan k dollaru SShA na datu plateja ili v dollarax SShA”; “a” band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “b” band “prosrochki” so‘zidan keyin “nachinaya s 18 let (365/366 kalendarnix dney s momenta istecheniya mesyatsa posle istecheniya sroka deystviya pasporta i proyezdnogo dokumenta)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; “g” va “d” bandlari chiqarib tashlansin; v) 3-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Vidacha biometricheskogo diplomaticheskogo pasporta Respubliki Uzbekistan, pasporta litsam do 16 let i grajdanam Respubliki Uzbekistan, naxodyaщimsya na polnom gosudarstvennom obespechenii, osuщestvlyayetsya bez vzimaniya konsulskix sborov, v tom chisle pri vnesenii kakix-libo izmeneniy v eti dokumenti”; g) 4-moddada: “za mnogokratnuyu vizu” ustunida: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: to‘rtinchi xatboshi tegishincha beshinchi xatboshi deb hisoblansin; Izoh quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Mnogokratnaya viza oformlyayetsya pri namerenii inostrannogo grajdanina posetit Respubliku Uzbekistan svishe trex raz (v techeniye sroka deystviya vizi)”; “za turisticheskuyu vizu” ustuni quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: d) 6-moddadagi “konsulskix i inix sborov” so‘zlari “konsulskix sborov i sborov v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 7-moddaning ikkinchi xatboshidagi “konsulskim uchrejdeniyam za granitsey” so‘zlari “v zagranuchrejdeniya Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 8-modda chiqarib tashlansin; 9 — 34-moddalar tegishincha 8 — 33-moddalar deb hisoblansin; z) 8-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Inostrannie grajdane obraщayutsya v zagranuchrejdeniya Respubliki Uzbekistan za polucheniyem vizi v Uzbekistan za 10 rabochix dney. V sluchaye esli inostrannie grajdane obraщayutsya za vizoy meneye chem za 10 dney, to stavka konsulskogo sbora uvelichivayetsya na 30 protsentov, a meneye chem za 3 dnya — na 50 protsentov”; i) 12-moddada: “Za udostovereniye doverennosti na pravo upravleniya transportnim sredstvom bez otchujdeniya imuщestva, podlejaщego spetsialnoy registratsii” ustunida: uchinchi xatboshidagi “suprugam, roditelyam, detyam i” so‘zlari chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshi tegishincha to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin; “Za udostovereniye doverennosti na pravo upravleniya transportnix sredstv s otchujdeniyem imuщestva, podlejaщego spetsialnoy registratsii” ustunida: uchinchi xatboshidagi “suprugam, roditelyam, detyam i” so‘zlari chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshi tegishincha to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin; k) 14-moddaning birinchi xatboshidagi “13, 14” raqamlari “12, 13” raqamlari bilan almashtirilsin; l) 20-moddaning uchinchi xatboshidagi “konsulskom uchrejdenii” so‘zlari “zagranuchrejdenii Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; m) 30-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: n) 31-moddaning birinchi xatboshidagi “konsulskogo uchrejdeniya” so‘zlari “zagranuchrejdeniya Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; o) 32-moddaning birinchi xatboshidagi “konsulstva” so‘zi “zagranuchrejdeniya Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin; p) quyidagi mazmundagi 33-modda bilan to‘ldirilsin: Primechaniye: za postanovku grajdan Respubliki Uzbekistan i lits bez grajdanstva na vremenniy konsulskiy uchet (slujebnaya komandirovka, ucheba, lecheniye, rabota i vossoyedineniye s semyey) konsulskiy sbor i sbori v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov ne vzimayutsya”; r) 33-modda tegishincha 34-modda deb hisoblansin; s) quyidagi mazmundagi 35-modda bilan to‘ldirilsin: “Razmer sborov v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov, svyazannix s soversheniyem konsulskix deystviy, utverjdayutsya glavoy zagranuchrejdeniya Respubliki Uzbekistan v gosudarstve prebivaniya zagranuchrejdeniya na osnovanii edinoy metodiki rascheta stavok ukazannix sborov, utverjdayemoy MIDom. Glava zagranuchrejdeniya Respubliki Uzbekistan vprave ponijat stavki konsulskix sborov i sborov v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov, svyazannix s sovershenstvovaniyem konsulskix deystviy (do 50%), ili osvobojdat ot uplati takix sborov otdelnix lits po ix zayavleniyam, esli ukazannie imi prichini budut ustanovleni i priznani uvajitelnimi. V tselyax opredeleniya uvajitelnosti prichin dlya prinyatiya resheniya o ponijenii ili osvobojdenii ot visheukazannix sborov s zayavitelem provoditsya konsulskoye intervyu, prinimayetsya zayavleniye s podtverjdayuщimi dokumentami, sostavlyayetsya sootvetstvuyuщiy akt, podpisivayemiy konsulskim doljnostnim litsom, buxgalterom i utverjdayemiy glavoy zagranuchrejdeniya Respubliki Uzbekistan.”; t) 35-moddaga izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Konsulskiye sbori i sbori v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov vzimayutsya s yuridicheskix lits i grajdan Respubliki Uzbekistan, lits bez grajdanstva, inostrannix yuridicheskix lits i inostrannix grajdan za vse podlejaщiye k oplate konsulskiye deystviya, sovershayemie zagranuchrejdeniyami Respubliki Uzbekistan, territorialnimi otdeleniyami MID v Respublike Karakalpakstan i oblastyax, Konsulsko-pravovim departamentom MID i ego podrazdeleniyem v Mejdunarodnom aeroportu “Tashkent” imeni Islama Karimova. 2. Tarif ne ustanavlivayet stavok sborov dlya inostransev v zavisimosti ot ix grajdanstva, on soderjit odinakovie usloviya i stavki sborov dlya vsex inostrannix grajdan. Litsa bez grajdanstva, dokumentirovannie proyezdnim dokumentom inostrannogo gosudarstva, priravnivayutsya k inostrannim grajdanam. 3. Konsulskiye sbori vzimayutsya do soversheniya konsulskix deystviy. V otdelnix sluchayax srok uplati konsulskix sborov mojet bit ustanovlen zagranuchrejdeniyem Respubliki Uzbekistan. Otkaz ili zaderjka v uplate takix sborov mojet povlech za soboy otkaz ili zaderjku v sovershenii konsulskix deystviy. Uplachennie konsulskiye sbori vozvratu ne podlejat. 4. Konsulskiye sbori i sbori v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov za predelami Respubliki Uzbekistan vzimayutsya v dollarax SShA ili v drugoy svobodno konvertiruyemoy valyute v pereschete po otnosheniyu k kursu dollara SShA (esli inoye ne predusmotreno mejdunarodnimi dogovorami Respubliki Uzbekistan). Poryadok perescheta konsulskix sborov po otnosheniyu k kursu dollara SShA utverjdayetsya MID po soglasovaniyu s Ministerstvom finansov Respubliki Uzbekistan. Yuridicheskiye litsa i grajdane Respubliki Uzbekistan, litsa bez grajdanstva, inostrannie yuridicheskiye litsa i inostrannie grajdane za vse podlejaщiye k oplate konsulskiye deystviya uplachivayut konsulskiye sbori i sbori v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov na territorii Respubliki Uzbekistan v natsionalnoy valyute Respubliki Uzbekistan po kursu Sentralnogo banka Respubliki Uzbekistan k dollaru SShA na datu plateja ili v dollarax SShA. 5. Konsulskiye sbori takje ne vzimayutsya: pri nalichii mejdunarodnogo dogovora Respubliki Uzbekistan ob otkaze ot vzimaniya konsulskix sborov (ot sborov v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov, esli vklyucheni v tekst dokumenta); s detey do 16 let; s sotrudnikov (i chlenov ix semey) postoyannix predstavitelstv inostrannix gosudarstv, predstavitelstv mejdunarodnix mejpravitelstvennix organizatsiy i pravitelstvennix organizatsiy inostrannix gosudarstv, akkreditovannix v MID, predstavitelstv i filialov mejdunarodnix i inostrannix negosudarstvennix (nepravitelstvennix) nekommercheskix organizatsiy, zaregistrirovannix v Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan, vklyuchaya sbori v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov; s predstaviteley pressi (i chlenov ix semey), akkreditovannix v MID, vklyuchaya sbori v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov; s inostrannix grajdan, soprovojdayuщix gumanitarnuyu pomoщ, vklyuchaya sbori v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov; s inostrannix grajdan, sleduyuщix v Respubliku Uzbekistan po priglasheniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan, palat Oliy Majlisa ili Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan, a takje gosudarstvennix budjetnix organizatsiy (esli po usloviyam kontrakta rasxodi, svyazannie s polucheniyem viz, vozlojeni na prinimayuщuyu storonu), vklyuchaya sbori v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov; s grajdan Respubliki Uzbekistan i lits bez grajdanstva, dokumentirovannix proyezdnim dokumentom Respubliki Uzbekistan pri vipolnenii konsulskix deystviy po ustanovleniyu ix lichnosti za granitsey (v sluchaye otsutstviya u nix dokumentov, udostoveryayuщix ix lichnost) i oformleniyu im svidetelstva (sertifikata) na vozvraщeniye v Respubliku Uzbekistan, vklyuchaya sbori v schet vozmeщeniya fakticheskix rasxodov, v sluchayax esli: grajdanin Respubliki Uzbekistan stal jertvoy torgovli lyudmi i nelegalnoy migratsii za rubejom; nesovershennoletneye litso ostalos bez popecheniya zakonnix predstaviteley za rubejom; grajdanin Respubliki Uzbekistan ostalsya bez sredstv k suщestvovaniyu, v chastnosti, soderjaщiysya v tsentrax vremennogo soderjaniya, podlejaщiy ekstraditsii, osvobojden iz mest lisheniya svobodi (pri nalichii podtverjdayuщix dokumentov kompetentnix organov Respubliki Uzbekistan ili strani prebivaniya, libo po rezolyutsii glavi konsulskogo uchrejdeniya ili glavi diplomaticheskogo predstavitelstva). 6. Forma otchetnosti po vzimaniyu konsulskix sborov ustanavlivayetsya Ministerstvom inostrannix del Respubliki Uzbekistan. 7. S tselyu soblyudeniya prinsipa pariteta MID razreshayetsya izmenyat tarif konsulskix sborov v storonu uvelicheniya, sokraщeniya libo osvobojdeniya v otnoshenii inostrannix grajdan v sootvetstvii s razmerom sborov i poshlin, vzimayemix v ix gosudarstvax s grajdan Respubliki Uzbekistan za analogichnie deystviya. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3836-son qarorida: a) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. Xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun elektron kirish vizasini rasmiylashtirish va berish uchun konsullik yig‘imlari miqdori quyidagicha belgilansin: 20 AQSh dollari — bir martalik; 35 AQSh dollari — ikki martalik; 50 AQSh dollari — ko‘p martalik. Qabul qilingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari faoliyatini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining valyuta hisobvaraqasiga o‘tkaziladi.”; b) O‘zbekiston Respublikasining elektron vizasi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matni 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. Elektronnaya viza inostrannomu grajdaninu vidayetsya srokom prebivaniya na territorii Respubliki Uzbekistan do 30 dney so dnya vyezda. Razreshayetsya odnokratniy, dvukratniy i mnogokratniy vyezdi s elektronnoy vizoy v Respubliku Uzbekistan: Odnokratnaya — pozvolyayet vladelsu vyexat v Respubliku Uzbekistan odin raz v techeniye 30 dney bez prava povtornogo vyezda i prodleniya, nachinaya so dnya peresecheniya punkta propuska gosudarstvennoy granitsi Respubliki Uzbekistan. Srok deystviya elektronnoy vizi istekayet posle viezda iz Uzbekistana, daje esli period vremeni prebivaniya v strane eщe ne zavershen; Dvukratnaya — pozvolyayet vladelsu vyexat v Respubliku Uzbekistan dva raza v techeniye 30 dney (v techeniye 30 dney mojno vyexat, pokinut respubliku i vyexat eщe raz) so dnya pervichnogo vyezda bez prava prodleniya. Srok deystviya elektronnoy vizi istekayet posle vtorogo viezda iz strani, daje esli period vremeni prebivaniya v strane eщe ne zavershen; Mnogokratnaya — pozvolyayet vladelsu vyezjat v Respubliku Uzbekistan neogranichennoye kolichestvo raz v techeniye 30 dney so dnya pervichnogo vyezda bez prava prodleniya. Poryadok prebivaniya inostrannogo grajdanina na territorii Respubliki Uzbekistan opredelyayetsya deystvuyuщim zakonodatelstvom.”; v) 21-bandning ikkinchi xatboshidagi “gosudarstvennoy poshlini” so‘zlari “konsulskogo sbora” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-bandning o‘n beshinchi xatboshidagi “Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti bilan xorijga chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-avgustdagi PF-4554-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi”; v) 17-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Keksa, o‘zgalar parvarishiga muhtoj va nogironligi bo‘lgan shaxsga biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish tegishli murojaatga asosan belgilangan tartibda ularning doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali amalga oshiriladi”; g) 18-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Doimiy yashash uchun xorijga chiqishda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o‘z ota-onalarining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan hollarda esa — vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga taqdim etiladi”; d) quyidagi mazmundagi 201-band qo‘shilsin: “201. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bo‘lmagan namunadagi pasporti orqali konsullik ro‘yxatiga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasporti O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bo‘lmagan namunadagi pasporti asosida rasmiylashtiriladi”; e) 23-bandning birinchi xatboshi “Konsullik-huquqiy departamenti” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; j) 46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “46. Vaqtincha yashash uchun xorijga chiqib ketgan, u erda qonuniy tarzda yashayotgan hamda xorijda doimiy yashashga qaror qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yashash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishlari shart: belgilangan shakldagi ariza-anketa; biometrik bo‘lmagan namunadagi pasport yoki biometrik pasport yoxud xorijga chiqish biometrik pasporti; tug‘ilganlik haqida guvohnomaning nusxasi; harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari bo‘limining belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun); O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o‘z ota-onalarining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi; konsullik yig‘imlari to‘langanligi haqidagi kvitansiya. Fuqaro o‘zi yashab turgan mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi bo‘lmagan taqdirda, mazkur mamlakat O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi qaysi konsullik okrugiga kirsa o‘sha konsullik okrugining konsullik muassasasiga murojaat qiladi. Xorijdagi konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashashni rasmiylashtirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradilar. Konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining doimiy yashash uchun ruxsatini olgach, ariza beruvchini doimiy konsullik hisobiga qabul qiladilar”.
201
29,400
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDEN
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida To‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2007-yil 13-avgustdagi 171-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmog‘ini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qarori)” 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga 3-ilovaning “Infratuzilma korxonalari” blokiga “To‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi” ustuni qo‘shilsin.
250
832
Qonunchilik
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining 2015-yilda tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlislarida O‘zbek
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining 2015-yilda tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining ro‘yxati tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari mazkur majlislarni lozim darajada o‘tkazishda tegishli xalq deputatlari Kengashlariga ko‘maklashsin. 3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
250
765
Qonunchilik
Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida
Respublikamizni juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining 100 yilligini munosib nishonlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va jamoatchilik vakillarining xalqimizning otashqalb farzandi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga muvofiq Jizzax viloyati Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda ― Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin. Ushbu rejada: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida uning xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasini barpo etish va haykalini o‘rnatish; xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni atoqli davlat arbobi va adib Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Jizzax shahrida uning memorial uy-muzeyini tashkil etish va muzey hududini obodonlashtirish; O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan adibning “Saylanma” kitobini; Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish; Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish; O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish; mamlakatimizdagi oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida xotira tadbirlari tashkil etish; 2017-yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax va Toshkent shaharlarida Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasini o‘tkazish tadbirlari nazarda tutilsin. 5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
99
3,076
Qonunchilik
“2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-731-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 12-dekabrda kiritilgan “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-731-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
221
738
Qonunchilik
Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son “Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-son qarori (ro‘yxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 4-bandda: quyidagi tahrirdagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Markaziy bankning oldindan roziligini olish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi;”. to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “41. Bank va ular filiallari binolarining muhofazasi ta’minlanganligi hamda muhandis-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanganligi, dasturiy mahsulotlarning tayyorligi yuzasidan xulosa berish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Yangi binoning (bank filialining) Markaziy bank talablariga muvofiqligi yoki mo‘ljallanayotgan binoning (bankning), asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi to‘g‘risida xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”. 3. 43, 44, 45, 103, 104 va 105-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 4. 74-bandning “v” kichik bandidan va 77-bandning “d” kichik bandidan “mazkur Nizomning IX bo‘limi talablariga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 5. 97-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Markaziy bank tomonidan bank filiallarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”. 6. 109-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “109. Banklar tomonidan chet elda o‘z filiallari, vakolatxonalari va sho‘ba banklarini ochish hamda banklar tashkil etishga qatnashish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinishi shart. Banklar tomonidan chet elda o‘z filiallari va sho‘ba banklarini ochish hamda banklar tashkil etishga qatnashish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasini olish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”. 7. 114-bandda: uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
136
3,415
Qonunchilik
Byudjet nodavlat bolalar bogʻchalariga elektr energiyasi va gazning 50%ini qoplaydi
Vazirlar Mahkamasining 18.12.2017 yildagi 991-son “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi. Hujjat bilan koʻzda tutilishicha, 1.01.2023 yilgacha Qoraqalpogʻiston va viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda: a) investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan “nol” хarid qiymatida berilgan davlat mulki binolarida;  b) хususiy investorlarning oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan  binolarda tashkil etilgan nodavlat ta’lim muassasalarining elektr ta’minoti va gaz ta’minoti хizmatlarining haqiqatda foydalanilgan qiymati  Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi. Elektr energiyasi va gazning qolgan 50% qiymatini nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari oʻz hisobidan qoplaydi. Bu – muhim! Ushbu imtiyoz Toshkent shahrida amal qilmaydi. Kompensatsiya toʻlovi 12 oy davomida amalga oshiriladi. Me’yordan ortiqcha foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz, shuningdek penya va jarimalar kompensatsiya qilinmaydi. Kompensatsiya olish uchun ariza bilan Qoraqalpogʻiston Moliya vazirligi, viloyat moliya bosh boshqarmasiga murojaat qilish zarur. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: Moliya organlari  arizani 3 ish kuni mobaynida qoʻyiladigan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi. Koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida ariza beruvchini 2 ish kuni mobaynida хabardor qiladi. Masala ijobiy hal qilingan taqdirda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasigacha oylik kompensatsiyalarni olish uchun moliya organiga elektr energiya ta’minoti va gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan haqiqatda foydalanilgan va toʻlangan hajmlar toʻgʻrisidagi solishtirish dalolatnomalarini hamda hisobot davrigacha boʻlgan oхirgi 12 oy davomida ta’lim muassasasiga toʻlab berilgan kompensatsiya toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etadi (ma’lumotnoma  ta’lim muassasasining rahbari va bosh buхgalteri tomonidan imzolanadi). Moliya organi 20-sanagacha kompensatsiya oluvchilar reyestrini shakllantiradi va ularni gʻaznachilik boʻlinmasiga beradi. Oʻz navbatida, gʻaznachilik boʻlinmasi 22-sanagacha kompensatsiyani nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi. Hujjat 18.12.2017 yilda  kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Samir Latipov.
83
2,629
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 19-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman: 1. “O‘zbekiston Respublikasining davlat o‘rta muddatli g‘azna majburiyatlarini joylashtirish, muomalada yuritish va to‘lab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1327, 2004-yil 16-mart) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 9-avgustdagi 17-25/373-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 24-yanvardagi 26, 244-V-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat o‘rta muddatli g‘azna majburiyatlarini joylashtirish, muomalada yuritish va to‘lab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1327, 2004-yil 16-mart); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 27-noyabrdagi 172, 244-V-1-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat o‘rta muddatli pul majburiyatlarini joylashtirish, muomalada bo‘lishi va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1327-1, 2017-yil 27-dekabr). 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
78
2,399
Qonunchilik
Biznesmenlarga sud himoyasining qoʻshimcha kafolatlari taqdim etildi
Prezidentning 2015 yil 15 maydagi PF-4725-son Farmoni bilan  tadbirkorlik sub’yektlariga ularning huquq va manfaatlarini хoʻjalik sudlarida himoya qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha kafolatlar taqdim qilindi. Endi sudlar tegishli da’voni koʻrib chiqish davrida tadbirkorlik sub’yekti tomonidan shikoyat qilinganda nazorat qiluvchi organ qarori ijrosini vaqtincha toʻхtatib turish huquqiga egalar. Soliq va bojхona qonunchiligi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan buzilishi bilan bogʻliq holatda ularning mol-mulklari faqat sud qarori boʻyicha musodara qilinadi. Shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan e’tiroz qilinadigan qoʻshimcha hisoblangan bojхona toʻlovlari faqat хoʻjalik sudi qarori boʻyicha undiriladi. Hujjatga asosan da’vo arizasini ishga qabul qilish va ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarish muddati 10 kundan 5 kunga qisqartirildi. Da’vo toifasiga taalluqli boʻlmagan, sud tartibida huquqiy ta’sir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha (faoliyatni tugatish; atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir koʻrsatayotgan ob’yektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta iхtisoslashtirish; moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash, bundan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish va hokazo hollari mustasno) tomonlar (nazorat qiluvchi organlar va tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari) davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar. Oliy хoʻjalik sudiga Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy manfaat va huquqlarini ishonchli himoya qilish, tadbirkorlik sub’yektlari da’volarini koʻrib chiqish muddati, jumladan, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish orqali tezlashtirishni ta’minlash boʻyicha sud organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirish borasida takliflar kiritish topshirildi. “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi” sharhini bizning ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA tayyorladi.
69
2,095
Qonunchilik
Dzyudo ommaviy sport turlaridan biriga aylanadi
Prezidentning 20.06.2022 yildagi “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-286-son qarori qabul qilindi. Dzyudo sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari: 2023 yil 1 yanvardan boshlab an’anaviy tarzda dzyudo sport turi boʻyicha Oʻzbekistonda quyidagi musobaqalar oʻtkaziladi: Surхondaryo viloyati Denov tumani hamda Xorazm viloyati Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlariga iхtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari negizida Denov hamda Urganch dzyudo sport mahorati maktablari tashkil etiladi. Dzyudo maktablarida milliy terma jamoalarga yosh sportchilarni tanlab olish va tayyorlash amalga oshiriladi. Oʻqishga 5-sinfdan qabul qilinadi hamda ta’lim olish muddati yetti yil etib belgilanadi. Shu bilan bir qatorda, 2023 yil 1 yanvardan boshlab: Quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.06.2022 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
47
952
Qonunchilik
“O‘zbek Lizing interneyshnl A.J.” qo‘shma lizing kompaniyasi faoliyati masalalari to‘g‘risida
“O‘zbek Lizing interneyshnl A.J.” qo‘shma lizing kompaniyasining tadbirkorlik subyektlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash loyihalarini moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan “O‘zbek Lizing interneyshnl A.J.” qo‘shma lizing kompaniyasining ustav jamg‘armasidagi ulushini “O‘zbek-Oman investitsiya kompaniyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat foydasiga berilganligi; aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra “O‘zbek Lizing interneyshnl A.J.” qo‘shma lizing kompaniyasining ustav jamg‘armasi miqdori 3 mln AQSh dollari miqdoridagi taqsimlanmagan daromad hisobiga 9 mln AQSh dollarigacha oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zbek Lizing interneyshnl A.J.” qo‘shma lizing kompaniyasi muassislarining ulushlarni quyidagi miqdorlarda taqsimlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki — 3,15 mln AQSh dollari (35 foiz); “Meybank” (Malayziya) — 3,15 mln AQSh dollari (35 foiz); “O‘zbek-Oman investitsiya kompaniyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat — 2,70 mln AQSh dollari (30 foiz). 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
93
1,407
Qonunchilik
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-avgustdagi “Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi 344-sonli qarorining 3-bandini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar: 1. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng, 10 kun o‘tganidan keyin kuchga kiradi. 3. Ushbu qaror kuchga kirgan kunidan so‘ng, quyidagi yo‘riqnomalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2002-yil 14-yanvardagi 1-P, 13-sonli “Ta’lim muassasalarida stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (2002-yil 6-mart, ro‘yxat raqami 1104-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2002-yil 20-avgustdagi 4-P va 100-sonli “Ta’lim muassasalarida stipendiya tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida”gi qarori (2002-yil 29-avgust, ro‘yxat raqami 1104-1-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 15-16-son). Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-avgustdagi “Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 344-son qarorining 3-bandini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan hamda Oliy ta’lim muassasalarining talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: stipendiya — Oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha va pulli — kontrakt asosda kunduzi o‘qiydigan, davomati yaxshi bo‘lgan talabalariga (bundan chet ellik talabalar mustasno), O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, to‘lanadigan oylik pul ta’minoti (nafaqa). Stipendiya chuqur kasbiy bilimlarni egallash va davomatni oshirishda talabalarni rag‘batlantirish, mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirish uchun zarur sharoitlar barpo etish maqsadida to‘lanadi; stipendiya komissiyasi — Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga stipendiyalar tayinlash uchun o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor raisligida bir o‘quv yiliga fakultetlarning dekanlari (bakalavriat darajasida fakultet dekanati nazarda tutilmagan oliy ta’lim muassasalarida — O‘quv-uslubiy bo‘lim (boshqarma) boshlig‘i), kasaba uyushmasi va yoshlar tashkilotlari, akademik guruhlar, buxgalteriya vakillaridan tashkil etiladigan va Oliy ta’lim muassasasining rektori (uning vazifalarini bajaruvchi shaxs) tasdiqlaydigan komissiya; reyting nazorati — Oliy ta’lim muassasasida davlat ta’lim standartlariga kiradigan fanlar bo‘yicha talabalarning bilim va mahoratlarining attestatsion sinovlari; ulgurayotgan talaba — bundan avvalgi o‘quv semestri uchun reyting nazorati natijalari bo‘yicha akademik qarzi bo‘lmagan talaba. 2. Talabalar davomatining darajasiga bog‘liq holda stipendiyalarning miqdorlari tabaqalanadi. 3. Oliy ta’lim muassasalarida 2001-yil 1-sentabrdan boshlab talabalarning davomatiga bog‘liq holda tabaqalangan koeffitsiyentlarni qo‘llash bilan stipendiyalarning bazaviy miqdorlarlari belgilangan: reyting bo‘yicha eng yuqori ballar (86 — 100%) — 1,0; reyting bo‘yicha yuqori ballar (71 — 85%) — 0,75; reyting bo‘yicha o‘rtacha ballar (55 — 70%) — 0,5. 4. Davlat grantlari bo‘yicha va pulli — kontrakt asosida o‘qiyotgan bakalavriat va magistratura birinchi kursining talabalariga stipendiya miqdori birinchi o‘quv semestrida stipendiyaning bazaviy miqdoridan 0,5 koeffitsiyentini qo‘llagan holda belgilanadi. Ikkinchi va undan keyingi semestrlarda stipendiya tabaqalangan koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda talabalarning davomati (reytingi)ga bog‘liq ravishda tayinlanadi. 5. Ulgurayotgan talabalarga stipendiya tayinlash o‘quv yilida ikki marotaba o‘tkaziladi va stipendiya har bir o‘quv semestri oyining birinchi kunidan boshlab to‘lanadi. Toshkent davlat yuridik universitetida ulgurayotgan talabalarga stipendiya tayinlash o‘quv yilida ikki marotaba o‘tkaziladi va stipendiyalar yakuniy nazorat natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, har bir o‘quv semestri oyining birinchi kunidan boshlab tayinlangan holda to‘lanadi. 6. Ulgurayotgan talabalarga stipendiya tayinlashni stipendiya komissiyasi quyidagi tartibda amalga oshiradi: O‘quv semestrining barcha fanlari bo‘yicha talabaning haqiqiy reytingi ko‘rsatkichlarini belgilash uchun asos bo‘lib belgilangan tartibda to‘ldirilgan, reyting nazorati bo‘yicha qaydnomalar yoki talabaning reyting daftarchasi hisoblanadi, ular teng kuchga egadir. O‘quv semestri mobaynida har bir fan bo‘yicha eng yuqori ballarning 86 — 100 foizini to‘plagan talabaga 1,0 koeffitsiyenti bilan stipendiya tayinlanadi. O‘quv semestri mobaynida har bir fan bo‘yicha eng yuqori ballarning 71 — 85 foizini to‘plagan talabaga 0,75 koeffitsiyenti bilan stipendiya to‘lanadi. O‘quv semestri mobaynida bir yoki undan ko‘p fanlar bo‘yicha eng yuqori ballarni 55 — 70 foiz doirasida to‘plagan talabaga 0,5 koeffitsiyenti bilan stipendiya to‘lanadi. Stipendiya to‘lash uchun stipendiya komissiyasi tavsiya etgan talabalarning ro‘yxatlari oliy ta’lim muassasasi rektorining (uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 7. O‘quv semestri uchun reyting nazorati natijalari bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra akademik qarzga (bir yoki undan ko‘p fanlar bo‘yicha 55% dan kam reytingga) ega bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalarining talabalari keyingi o‘quv semestri oyining birinchi kunidan boshlab stipendiya olish huquqidan mahrum bo‘ladilar. Belgilangan tartibda akademik qarzini bartaraf etgan (tegishli fanlar bo‘yicha 55 va undan ko‘p foiz to‘plagan) talabalarga stipendiya akademik qarzni bartaraf etish muddati tugaganidan keyingi oyning 1-kunidan boshlab, talabaning davomati (reytingi)ga qarab tabaqalashtirilgan koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda keyingi o‘quv semestriga qadar tayinlanadi. Qayta o‘zlashtirish uchun ularga taqdim etilgan bir oylik muddat mobaynida akademik qarzini bartaraf etmagan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazariy o‘qishning keyingi semestriga (kursiga) o‘tkazilgan hamda keyinchalik akademik qarzini bartaraf etgan (tegishli fanlar bo‘yicha 55 va undan ko‘p foiz to‘plagan) Toshkent davlat yuridik universiteti talabalariga stipendiya akademik qarz bartaraf etilgandan keyin keladigan oyning birinchi sanasidan boshlab, talabaning o‘zlashtirishi (reytingi)ga qarab tabaqalashtirilgan koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, akademik qarz bartaraf etilgan o‘quv semestrining oxiriga qadar tayinlanadi. 8. Kasalligi yoki tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadigan boshqa uzrli sabablarga ko‘ra akademik qarzga ega bo‘lgan talabalar akademik qarzlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda bartaraf etgunlariga qadar stependiyadan mahrum etilmaydilar. Hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sababga ko‘ra reyting nazoratining biror-bir turini topshirmagan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalariga qayta o‘zlashtirish uchun akademik qarzdorlarga taqdim etiladigan davr uchun stipendiya reyting nazoratini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda to‘lanadi. 9. O‘quv rejasi bilan nazarda tutilgan malaka amaliyotlari va ta’tillar davrida talabalarning stipendiya olish huquqi saqlanadi. 10. Pensiya oladigan talabalarga stipendiya umumiy asoslarda tayinlanadi. 11. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiya to‘lanmaydi. Talaba akademik ta’tildan qaytganidan keyin unga stipendiya to‘lash avvalgi miqdorlarda joriy o‘quv semestrining oxiriga qadar tiklanadi. 12. Ilgari ma’muriyat tashabbusi bilan Oliy ta’lim muassasasidan chiqarilgan talabalar o‘qishga tiklanganda mazkur o‘quv semestri uchun stipendiya, stipendiya bazaviy miqdoridan 0,5 koeffitsiyentini qo‘llagan holda tayinlanadi. 13. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili davri uchun talabalarga stipendiya qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida to‘liq miqdorda to‘lanadi. Agar homiladorlik akademik ta’til davrida yuzaga kelgan bo‘lsa, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risida yagona namunadagi ma’lumotnoma taqdim etilganda akademik ta’til to‘xtatilishi hamda homiladorlik va tug‘ish ta’tili rasmiylashtirilishi kerak. 2 yoshgacha bolasi bo‘lgan va o‘qishni ta’limning kunduzgi shaklida davom ettirayotgan talaba ayollarga stipendiya to‘liq miqdorda to‘lanadi. Bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash ta’tilida bo‘lish davrida stipendiya to‘lanmaydi. Bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash bo‘yicha nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi. 14. Belgilangan tartibda bir Oliy ta’lim muassasasi (fakultet)dan boshqasiga, shuningdek ta’limning sirtqi shaklidan kunduzgi shakliga o‘tkazilgan talabalarga stipendiya ular tomonidan reyting nazorati natijalari bo‘yicha, o‘quv rejalaridagi tafovutlar bartaraf etilganidan keyin tayinlanadi. Akademik qarz mavjud bo‘lmaganida stipendiya akademik ma’lumotnoma (reyting daftarchasi)da ko‘rsatilgan, avvalgi o‘quv joyidagi reyting nazorati natijalari bo‘yicha tayinlanadi va yangi o‘quv joyiga qayd etilgan paytdan boshlab Oliy ta’lim muassasasi rektorining (uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning) buyrug‘i asosida to‘lanadi. Yozgi ta’til vaqtida talabalarga stipendiya to‘lash ular o‘tkazishga qadar o‘qigan Oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 15. Davlat grantlari bo‘yicha Oliy ta’lim muassasalarining oxirgi kurslarida o‘qiyotgan sirtqi bo‘limlar talabalariga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 256-moddasiga muvofiq, bitirish ishiga materiallar tayyorlash uchun o‘ttiz taqvimiy kun miqdorida ish haqi saqlanmaydigan ta’til beriladi. Ko‘rsatilgan ta’til davrida talabalar umumiy asoslarda stipendiyaga qayd etiladilar. 16. Oliy ta’lim muassasasining rektori (uning vazifasini bajaruvchi shaxs) iste’dodli va jamoat hayotida faol bo‘lgan talabalarga Vasiylik va Ilmiy kengashlar tavsiyalari bo‘yicha, tegishli yil uchun oliy ta’lim muassasasining xarajatlar smetasida tasdiqlangan stipendiya fondi doirasida Oliy ta’lim muassasasining shaxsiy stipendiyalarini belgilashga haqlidir. Oliy ta’lim muassasasi talabasining shaxsiy stipendiyasi miqdori reyting nazorati bo‘yicha eng yuqori ballarga ega bo‘lgan talabalarning stipendiyasidan 10 foiz ko‘p qilib belgilanadi. 17. 2002-2003 o‘quv yilida bir yilda bir talabani o‘qitish uchun qiymatda stipendiya fondi 1,0 tabaqalangan koeffitsiyentini qo‘llagan holda har oyda to‘lanadigan stipendiyani hisobga olib belgilangan. 2003-2004 o‘quv yilidan boshlab bir yil uchun bir talabani o‘qitish qiymatida 0,75 koeffitsiyentini qo‘llagan holda har oyda to‘lanadigan stipendiyani hisobga olgan ravishda stipendiya fondining miqdori nazarda tutiladi. Pullik-kontrakt asosida o‘qitishning o‘quv yili uchun qiymatiga kiritilgan har oyda to‘lanadigan stipendiya summasi talabalar davomatining reyting ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar, qayta hisob-kitob qilinmaydi va qaytarilmaydi Oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi bitiruvchi kurslari talabalari uchun iyul va avgust oylari uchun stipendiya summasi oxirgi o‘quv yilidagi (qismlarga bo‘lib to‘langanda — oxirgi o‘quv semestridagi) ta’lim uchun kiritilayotgan to‘lovdan chiqarib tashlanadi. Bunda chiqarib tashlanayotgan stipendiya summasi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarining oxirgi o‘rnatilgan paytiga 0,75 koeffitsiyentni qo‘llagan holda stipendiyaning bazaviy miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. 18. 2003-2004 o‘quv yilidan boshlab o‘tgan o‘quv semestri yakunlari bo‘yicha talabaning reytingi ko‘paygan va o‘rtacha hisob-kitobni tabaqalangan koeffitsiyentning o‘qitish qiymatida nazarda tutilgan qiymati 0,75 dan 1,0 ga ko‘paygan taqdirda har oyda to‘lanadigan stipendiya summasidagi farq stipendiya fondini tejash va o‘qitishning pulli-kontrakt shakli bo‘yicha smetaning umumiy xarajatlari hisobidan amalga oshiriladi. 19. Talabalarning stipendiyalaridan ushlab qolishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Talabalarga stipendiyani to‘g‘ri tayinlash va to‘lash ustidan nazorat qilish Oliy ta’lim muassasasining stipendiya komissiyasiga yuklanadi. 20. Mazkur Yo‘riqnomaning talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
125
12,527
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida geodeziya va kartografiya sohasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
“Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma’lumotlarni) ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma’lumotlarni) ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar) — axborotni qayd etish turi va usulidan qat’i nazar, geodeziya va kartografiya faoliyati amalga oshirilayotganda olingan geodeziya, nivelir, gravimetriya o‘lchovlarining, aerokosmik va kartografik tasvirlarning barcha yakuniy va oraliq natijalari; O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning ijrochilari (keyingi o‘rinlarda — ishlar ijrochilari) — davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. 3. “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik bo‘lgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar) ekspertizadan o‘tkazilishi lozim. Ekspertiza O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik quyidagi geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar)ga nisbatan amalga oshiriladi: er shaklining va tashqi gravitatsiya maydonining parametrlarini aniqlash; davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini tashkil etish, rivojlantirish va ishlash holatida saqlab turish; grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi va boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari hamda rejalarini yaratish, yangilash va nashr etish; erning kartografik monitoringini, uni masofadan turib zondlashni va geodinamika tadqiqotlarini amalga oshirish; sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini ta’minlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar)ni yaratish; Fazoviy ma’lumotlarning milliy infratuzilmasini yaratish, rivojlantirish va uning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash; Milliy geografik axborot tizimini, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik boshqa geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish; geodeziya-kartografiya davlat kadastrini yuritish; O‘zbekiston Respublikasining davlat kartografiya-geodeziya fondini shakllantirish va yuritish; umumgeografik, siyosiy-ma’muriy, ilmiy-ma’lumotga oid va boshqa mavzuli xaritalar hamda tarmoqlararo ahamiyatga molik atlaslar, kartografik o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va nashr etish; O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini dyelimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning o‘tish chizig‘ini tekshirish bo‘yicha ishlarni zarur geodeziya, kartografiya hamda gidrografiyaga doir ishlar, materiallar (ma’lumotlar) bilan ta’minlash; geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda o‘lchovlar birligini va metrologiya nazoratini ta’minlash; geografik obyektlarning nomlarini belgilash, me’yorlashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ulardan foydalanish va ularni saqlash, shuningdek, Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritish; geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish; ushbu bandda nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarni amalga oshirish; Davlat kadastrlarini yaratish va yuritish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshiriladigan, natijalari umumdavlat ahamiyatiga molik boshqa geodeziya va kartografiyaga oid ishlar. 4. Ekspertiza O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida o‘tkaziladi. 5. Kadastr agentligi tomonidan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar) quyidagi talablari asosida ekspertizadan o‘tkaziladi: texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida; geodeziya va kartografiyaga oid bajarilgan ishlar haqidagi texnik hisobotlar asosida o‘tkaziladi. 6. Kadastr agentligi ekspertizani to‘liq va sifatli o‘tkazish uchun javobgardir. 7. Kadastr agentligi ekspertizani o‘tkazishga o‘zining idoraviy mansub tashkilotlari mutaxassislarini jalb qilishi mumkin. 8. Ishlar ijrochilari umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni yakunlaganidan keyin bir oy ichida tegishli materiallar (ma’lumotlar)ni va bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarni Kadastr agentligining Davlat kartografiya-geodeziya fondiga (keyingi o‘rinlarda — davlat kartografiya-geodeziya fondi) taqdim etadi. 9. Davlat kartografiya-geodeziya fondi tegishli materiallar (ma’lumotlar) va bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarni qabul qilib olgandan keyin bir ish kunida ekspertizadan o‘tkazish uchun Kadastr agentligiga taqdim etadi. 10. Kadastr agentligi o‘n besh ish kundan oshmagan muddatda ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha Davlat kartografiya-geodeziya fondi tomonidan taqdim etilgan tegishli materiallar (ma’lumotlar) va bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarni ekspertizadan o‘tkazadi. 11. Kadastr agentligi ekspertiza natijalari bo‘yicha ijobiy xulosalarni “Ishlar ijrochilarining elektron reyestri”ga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) joylashtiradi va ishlar ijrochilarini qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi. 12. Reyestr Kadastr agentligi tomonidan yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi: ishlar ijrochilarining to‘liq nomi; geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar); ish obyektining nomi; buyurtmachining to‘liq nomi; ishlarni bajarish maqsadlari (texnik loyiha (ishlar dasturi) to‘g‘risida ekspertizadan o‘tkazilgan qaror raqami); ish obyektining smeta bahosi, masshtabi, joylashuvi, hajmi, bajarish asoslari, texnologiyasi; bajarilgan ishlarning toifalanganligi (grifi). 13. Reyestr mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha elektron ko‘rinishda yuritiladi. 14. Reyestrga kiritilgan ma’lumotlardan ochiq foydalanish mumkin. 15. Reyestr Kadastr agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 16. Ekspertizaga taqdim etilgan materiallar (ma’lumotlar) geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishga texnik loyihalar (dasturlar) talablariga, shuningdek, bajarilgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlar haqidagi hisobotlar mazmuniga nomuvofiq bo‘lsa, salbiy ekspert xulosasi tuziladi. Salbiy ekspert xulosasining nusxasi ekspertiza yakuniga yetganidan keyin uch ish kuni mobaynida Kadastr agentligi tomonidan ishlar ijrochilariga yuboriladi. Materiallar (ma’lumotlar), texnik loyiha va bajarilgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlar haqidagi hisobot salbiy ekspert xulosasining nusxasi bilan birga Kadastr agentligi tomonidan davlat kartografiya-geodeziya fondiga qaytariladi. 17. Ekspert xulosada belgilangan kamchiliklar bartaraf etilib, o‘n besh kun ichida belgilangan tartibda Kadastr agentligiga murojaat qilinadi. Materiallarning (ma’lumotlarning) takroriy ekspertizasi ushbu Nizomning 8 — 11-bandlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 18. Nizoli masalalar mavjud bo‘lganda, ekspertizani o‘tkazgan Kadastr agentligi faoliyati ustidan shikoyatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yoki sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. 19. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nizoli masalalarni 15 ish kunigacha hal qilish choralarini ko‘radi hamda zarur hollarda ushbu maqsad uchun maxsus shakllantirilgan mustaqil komissiya tekshiruvini tayinlaydi. Bunda komissiya tarkibiga boshqa vazirlik va idoralarning tegishli mutaxassislari jalb qilinishi mumkin. 20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Mazkur Nizom geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: malaka imtihoni — geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanadigan mutaxassisga qo‘yilgan talablarga talabgorning mos kelishini tekshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) Geodeziya nazorati boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Geodeziya nazorati boshqarmasi) tomonidan o‘tkaziladigan imtihon; malaka oshirish — tegishli o‘quv dasturlari talablaridan kelib chiqqan holda, geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarning malaka va ko‘nikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy mahorati oshirilishini ta’minlashga qaratilgan o‘qitish shakli; malaka oshirish tashkiloti — malaka oshirish kurslarini tashkil etadigan Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji; malaka sertifikati — talabgorning malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganligini tasdiqlovchi hujjat; malaka sertifikatiga ega shaxs — geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanish uchun maxsus malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs; maxsus vakolatli organ — geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida malaka imtihonlarini o‘tkazish va malaka sertifikatini berish huquqiga ega bo‘lgan Kadastr agentligi; talabgor — geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikatini olishga talabgor bo‘lgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan jismoniy shaxs; tinglovchi — tuzilgan shartnomaga muvofiq malaka oshirish kursiga qabul qilingan geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi mutaxassislar; o‘quv dasturi — o‘quv kursining ta’lim mazmunini, uning tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirilishining maqsadga muvofiq usullarini tashkil etishni nazarda tutadigan, axborot manbai bo‘lgan, mutaxassisliklarning kasbiy malaka talablari, o‘quv kursining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi asosiy hujjat; o‘quv rejasi — bloklar va o‘quv fanlarining nomlarini, ularni o‘zlashtirish uchun ajratilgan soatlar hajmini hamda tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish shakllarini belgilab beruvchi asosiy hujjat. 3. Malaka oshirish tashkilotida tashkil etiladigan o‘quv kurslari tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. 4. Malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayoni, qoidaga ko‘ra, 20 nafardan ortiq bo‘lmagan tinglovchilardan iborat guruhlarda tashkil qilinadi. Bunda auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi. 5. Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 6. Malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayoni malaka oshirish tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi hamda mashg‘ulotlar jadvali bo‘yicha olib boriladi. 7. Malaka oshirish kurslarida tinglovchilar malaka oshirish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq to‘lov asosida o‘qitiladi. 8. Malaka oshirish kurslarida qatnashish uchun onlayn tarzda yoki bevosita malaka oshirish tashkilotiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: pasport, identifikatsiya ID-karta yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat (nusxalari olinib, asli qaytariladi); oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplom hamda diplom ilovasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi); 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 2 dona rangli fotosurat; shartnoma shartlariga muvofiq to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati nusxasi. Bunda hujjatlarni onlayn tarzda topshirish malaka oshirish tashkilotining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti yoki maxsus elektron dasturlar orqali amalga oshiriladi. 9. Malaka oshirish kurslariga tinglovchilar ular bilan tuzilgan shartnomaga asosan malaka oshirish tashkiloti direktorining buyrug‘i bilan qabul qilinadi. 10. Malaka oshirish kursi davomiyligi 72 akademik soatdan kam bo‘lmasligi lozim. Davomiyligi 72 akademik soatdan kam bo‘lmagan malaka oshirish kurslaridan o‘tgan shaxslarga malaka oshirish kurslaridan o‘tgandan keyin bir yilgacha malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini topshirish huquqi beriladi. 11. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxs geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari bilan mehnat shartnomasi asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. 12. Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar faoliyat boshlashi haqidagi xabarnomani avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali yuborishda malaka sertifikatiga ega shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining elektron nusxasi va malaka sertifikatining seriya raqamini Geodeziya nazorati boshqarmasiga taqdim etadi. 13. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Kadastr agentligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza; b) talabgorning pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi; v) oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom va unga ilova nusxasi yoki xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasi yoxud geodeziya va kartografiya sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi bo‘yicha ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; g) malaka oshirish kursida o‘qiganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma; d) 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli to‘rt dona rangli fotosurat. Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Talabgor taqdim etgan hujjatlar to‘liq va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lishi zarur. 15. Mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan Kadastr agentligiga shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali topshiriladi. 16. Kadastr agentligi tomonidan ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qilinadi. 17. Kadastr agentligi quyidagi asoslarga ko‘ra malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etadi: talabgor malaka oshirish kursida o‘qimagan bo‘lsa; talabgor taqdim qilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim qilgani aniqlanganda. Boshqa asoslarga ko‘ra malaka imtihonini topshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 18. Talabgorning malaka imtihonini topshirishi rad etilgan taqdirda, Kadastr agentligi tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va talabgorga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda, qabul qilingan qaror haqida uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi. 19. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan talabgor rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni 5 ish kuni ichida bartaraf etishi va qayta ariza berishi mumkin. 20. Talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilinganda, talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi va ro‘yxat malaka imtihoni boshlanishidan oldin Kadastr agentligiga topshiriladi. 21. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgor malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi haqida imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida 5 kun oldin mobil telefoni, pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali xabardor qilinadi. 22. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgorlar ro‘yxati hamda malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumot uni o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kundan kechiktirmay, Kadastr agentligining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 23. Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, lekin kamida ikki oyda bir marotaba o‘tkazilishi lozim. 24. Malaka imtihoni savollari test ko‘rinishida imtihon ish reglamenti Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi. 25. Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi. 26. Talabgor pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim qilmaganda yoxud malaka imtihoniga kechikkan taqdirda imtihonga qo‘yilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadi. 27. Malaka imtihoniga kechikkan talabgor navbatdagi malaka imtihonidagi talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi va bu haqda mobil telefoni, pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali navbatdagi malaka imtihoni kuniga qadar uch ish kuni ichida xabardor qilinadi. 28. Agarda talabgor tegishli tarzda xabardor qilingandan keyin ikki marotaba malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunday hollarda talabgor malaka imtihonidan o‘tish uchun qaytadan ariza bilan murojaat qilishi lozim. 29. Malaka imtihoni test sinovi orqali kompyuter texnikasidan foydalangan holda, talabgorning tanloviga ko‘ra o‘zbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida o‘tkaziladi. 30. Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida uni o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda ovozli videoyozuvga tushiriladi. 31. Test savollari va ularning javoblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasining takliflarini hisobga olgan holda geodeziya va kartografiya sohasida malaka oshirish dasturi va rejasi asosida Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan ishlab chiqiladi. 32. Test savollarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan mavzular Kadastr agentligining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda test savollari yangilab boriladi. 33. Test sinovi geodeziya va kartografiya yo‘nalishi bo‘yicha 50 ta savoldan iborat bo‘ladi. Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun bir soat vaqt beriladi. 34. Test sinovlari o‘tkaziladigan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator, telekommunikatsiya vositalarini olib kirish, boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi. Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovlari o‘tkaziladigan xonadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan deb hisoblanadi. 35. Malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Geodeziya nazorati boshqarmasining test sinovi natijalari qayd etilgan bayonnomasi rasmiylashtiriladi va Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi. 36. Malaka imtihoni natijalari qayd etilgan bayonnoma Kadastr agentligi arxivida 3 yil muddatda saqlanadi. 37. Malaka imtihoni natijalari bayonnoma rasmiylashtirilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi. 38. Talabgorning to‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy natijasi 80 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb hisoblanadi. 39. To‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy natijasi 80 foizdan past bo‘lgan talabgor malaka imtihonidan o‘tmagan deb hisoblanadi. 40. Malaka imtihonidan o‘tmagan talabgorlar malaka imtihonini takroran topshirish huquqiga ega va ikki oydan so‘ng qayta topshirishga ruxsat beriladi. 41. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga malaka sertifikati beriladi. 42. Malaka sertifikati yoki uning dublikati Kadastr agentligi tomonidan bepul beriladi. 43. Malaka imtihoni natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, malaka imtihoni mas’ul xodimlari tomonidan imzolanadi hamda Kadastr agentligi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 44. Malaka imtihonidan o‘tmagan talabgor imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya yozma yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etilishi lozim. 45. Davlat soliq qo‘mitasi 5 ish kuni ichida apellatsiyani ko‘rib chiqadi va talabgorga qabul qilingan qaror haqida u qabul qilingan kunda yozma ravishda xabar beradi. 46. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: apellatsiyani qanoatlantirish va talabgorni malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb hisoblash to‘g‘risida; malaka imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida. 47. Malaka imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror apellatsiyada ko‘rsatilgan asoslar o‘z tasdig‘ini topmagan hollarda qabul qilinadi. 48. Davlat soliq qo‘mitasi qaroridan norozi bo‘lgan talabgorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin. 49. Malaka sertifikati talabgorning fotosurati aks ettirilgan qat’iy hisobda turadigan blankada mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida faoliyat olib borish uchun amal qiladi. 50. Malaka sertifikatining blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi va Malaka sertifikati QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron shaklda Kadastr agentligi tomonidan shakllantirib, talabgorning xohishiga ko‘ra qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etiladi. 51. Kadastr agentligi tomonidan bayonnoma tuzilgandan so‘ng uch ish kuni ichida kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassisligi bo‘yicha malaka sertifikati rasmiylashtirilib, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari davlat reyestriga tegishli belgi qo‘yilgan holda pochta aloqasi vositasi orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda elektron shaklda talabgorga taqdim etiladi. 52. Agar talabgor malaka sertifikati rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch oy ichida uni olishdan yozma ravishda bosh tortsa, Kadastr agentligi mazkur sertifikatni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 53. Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxsning familiyasi yoki ismi yoxud otasining ismi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan boshlab bir oy ichida mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan malaka sertifikatining asl nusxasi bilan birga tegishli o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi. 54. Malaka sertifikati geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida qayta rasmiylashtiriladi. 55. Yangi blankada qayta rasmiylashtirilayotgan malaka sertifikatining raqami qayd qilinadi. 56. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxsning arizasiga ko‘ra, yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan malaka sertifikati o‘rniga Kadastr agentligi tomonidan uning dublikati beriladi. 57. Malaka sertifikati dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami yoziladi va yangi blankaning yuqoridagi o‘ng burchagiga “Dublikat” yozuvi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 58. Yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikati Kadastr agentligiga qaytariladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 59. Malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va uni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq Kadastr agentligining tegishli qaroriga asosan amalga oshiriladi. 60. Quyidagilar malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi: fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e’tirof etish haqidagi sud qarori; malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari tomonidan malaka oshirish dasturi bo‘yicha besh yilda kamida bir marta malaka oshirish talabining bajarilmasligi. 61. Quyidagilar malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladi: malaka sertifikatiga ega bo‘lgan geodeziya va kartografiya mutaxassisi tomonidan o‘z malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini Kadastr agentligiga taqdim etsa; malaka sertifikatiga ega bo‘lgan geodeziya va kartografiya mutaxassisi tomonidan o‘z faoliyatini amalga oshirishda geodeziya va kartografiya faoliyati bilan bog‘liq qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablarini buzishi; geodeziya va kartografiya ishlarini olib borishda ularning texnik loyihalarini (ishlar dasturini) tuzish, texnik hisobotlarni rasmiylashtirish, shuningdek, ularni texnik hisobga qo‘yishda ruxsat berish qarorlari ishlarini amalga oshirishda noto‘g‘ri xulosa (ma’lumot) berish. 62. Malaka sertifikatining amal qilishi uni to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab to‘xtatib turiladi va tugatiladi. 63. Malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi: malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari tomonidan o‘z malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini Kadastr agentligiga taqdim etganda; Kadastr agentligining malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda; malaka sertifikati soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda; sud qarori bilan tasdiqlangan, geodeziya yoki kartografiya ishlarining sifatsiz bajarilishi bilan bog‘liq sertifikatlangan mutaxassis-geodezist, topograf, kartograf tomonidan yetkazilgan zarar haqidagi ma’lumotlar malaka komissiyasiga yuborilganda; fuqaro (sertifikatlangan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud qarori kuchga kirgan taqdirda; fuqaro (sertifikatlangan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder) vafot etganda. 64. Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan boshlab amal qiladi. 65. Malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Kadastr agentligining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 66. Malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kunning o‘zida uning nusxasi tegishli geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga yuboriladi. 67. Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan boshlab o‘n kun ichida o‘zining sertifikatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilish, shuningdek, malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan boshlab o‘n kun ichida o‘zining sertifikatini saqlash uchun Kadastr agentligiga qaytarishi lozim. 68. Malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 69. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: malaka sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi; tug‘ilgan sanasi va joyi; malaka sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassisning ish joyi va lavozimi; malaka sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassis bilan muloqot qilish uchun ishlatiladigan telefon raqami, pochta manzili (elektron pochta manzili); malaka sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassisning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; malaka sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassis tugatgan ta’lim muassasasi nomi; malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi Kadastr agentligi qarorining sanasi va raqami; malaka sertifikatini berish sanasi va raqami; malaka oshirish haqidagi ma’lumot; faoliyatni tugatish yoki malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risida ma’lumot (malaka sertifikatini bekor qilish sanasi va asosi). 70. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari davlat reyestrining shakli Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi. 71. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari davlat reyestridagi mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ochiq foydalaniladigan ma’lumotlar hisoblanib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan istalgan manfaatdor shaxslarning so‘roviga ko‘ra belgilangan tartibda taqdim etilishi hamda ulardan ochiq foydalanilish mumkin. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kartograf, geodezist, topograf, marksheyder mutaxassislari davlat reyestri Kadastr agentligining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 72. Ushbu Nizomni bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi. 73. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘riqlanadigan geodeziya zonalari va geodeziya punktlarini qo‘riqlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 16-fevraldagi 69-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 2-son, 7-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi, davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qaroriga 4-ilovaning II bo‘limi.
125
31,934
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ShAHARSOZLIK KODEKSI
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharsozlik sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: aholini joylashtirish tizimi — mavjud aholi punktlarini rivojlantirish hamda yangi aholi punktlarini barpo etish yo‘li bilan aholini tegishli hududga tartibga solib boriladigan tarzda joylashtirishning shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadigan asosiy yo‘nalishlari; aholi punktining bosh rejasi — yashash va faoliyat muhitini shakllantirishning kompleks sharoitlarini, aholi punktlari hududiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati; aholi punktlariaro hududlar — aholi punktlari chegarasidan tashqaridagi ikki va undan ortiq aholi punkti o‘rtasidagi hududlar; bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi; zonalashtirish — hududni rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishdagi cheklashlarni belgilab olgan holda uning funksional maqsadga ko‘ra bo‘linishi; inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi; shahar va posyolka chizig‘i — aholi punkti yerlarining ularni yer fondining boshqa toifalaridan ajratib turadigan, shaharsozlik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tashqi chegarasi; shaharsozlik — aholi punktlarini, aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnika, arxitektura-badiiy va sanitariya-gigiyenaga oid yechimlarining yig‘indisini ta’minlovchi nazariyasi va amaliyoti; shaharsozlik reglamenti — shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalari va o‘zga ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishning aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan ko‘rsatkichlari va turlari yig‘indisi; shaharsozlik faoliyati — davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, binokorlik materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarning fuqarolar manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlari, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlari inobatga olingan holda loyihalashtirilishi, qurilishi va rekonstruksiyasi sohasidagi faoliyati; shaharsozlik hujjatlari — hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi, belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatlar; O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi (sxemasi) — aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish, tabiatdan foydalanish, hududlarni, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari va yo‘llarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatlari; qizil chiziq — dahalar, mavzelar va rejalashtirish tuzilmasi boshqa qismlarining hududlarini aholi punktlarining ko‘chalari, tor ko‘chalari va maydonlaridan ajratib turuvchi, shaharsozlik hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan chegaralar; qurishni tartibga solish chiziqlari — binolar va inshootlarni joylashtirishda shaharsozlik hujjatlarida qizil chiziqlardan yoki yer uchastkasi chegaralaridan ma’lum oraliq joy tashlagan holda belgilab qo‘yiladigan qurish chegaralari; hududni rejalashtirish tarhi — hududning zonalashtirilishini, aholini joylashtirish tizimlari takomillashtirilishining, tegishli hududning aholi punktlarini, sanoati, qishloq xo‘jaligini, mintaqalararo, mintaqaviy hamda aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatlari; hududni rivojlantirishning tarmoq tarhi — tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatlari. Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlikning asosi bo‘lib, ular shaharsozlik faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar ijro etishi uchun majburiydir. Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlik sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda manfaatlariga daxl etilishi mumkin bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdorlari, egalari va mazkur obyektlardan foydalanuvchilar huquqlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari masalalari yuzasidan davlat organlari qarorlar chiqarishi uchun asos bo‘ladi. Shaharsozlik vositalari orqali shahar va qishloq aholi punktlari aholisining qulay yashash sharoitlarini ta’minlash, xo‘jalik va boshqa faoliyatning atrof-muhitga yetkazadigan zararli ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik, ekologik holatni yaxshilash, aholi punktlarining va ularga tutash hududlarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini saqlash, shuningdek shaharsozlik faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik jamiyatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir. Aholi punktlarini va aholi punktlariaro hududlarni barqaror rivojlantirish uchun sharoitlarni ta’minlash, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarning davlat tizimlari ish olib borishi, tabiiy resurslarni saqlash, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, shuningdek manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir. Shaharsozlik sohasida jamiyat va davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirish davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlariga ularning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan manfaatlari taalluqlidir. Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyati, basharti bunday faoliyat chegaradosh yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdorlari, egalari hamda mazkur uchastka va obyektlardan foydalanuvchilar huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan bo‘lsa, cheklanishi kerak. Jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari shaharsozlik normalari va qoidalari, boshqa qonun hujjatlari, shaharsozlik hujjatlari talablari bajarilishi, shuningdek bu talablarga rioya etilishini nazorat qilish orqali ta’minlanadi. Agar shaharsozlik faoliyati jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlariga zid bo‘lsa, bunday faoliyat tugatilishi kerak. Har bir fuqaro qulay yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqiga ega. Shaharsozlik faoliyatining amalga oshirilishida fuqarolarning qulay yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqi: shaharsozlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi; hududlar va aholi punktlarini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishi; fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi; binokorlik materiallari va qurilish sohasidagi buyumlarning sertifikatlanishi; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish ustidan davlat va jamoat nazorati; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti yomonlashuviga sabab bo‘lgan zararni belgilangan tartibda kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish orqali ta’minlanadi. Shaharsozlik faoliyatining asosiy talablari quyidagilardan iborat: shaharsozlik faoliyati barcha subyektlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi; hududlar va aholi punktlarini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siridan himoya qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilish; madaniy meros obyektlarini va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etish; aholi punktlarini aholi punktining mazkur turi uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan aholiga xizmat ko‘rsatish darajasidan kam bo‘lmagan muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, rekreatsiya va sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan obyektlar, shuningdek hududlarni obodonlashtirish obyektlari bilan ta’minlash; nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan (uy-joy, jamoat, ishlab chiqarish binolari va inshootlari, dam olish joylari, madaniy-tomosha muassasalari va boshqa obyektlardan) moneliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish; shaharsozlik faoliyati sohasida qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishida fuqarolar, jamoat birlashmalari ishtirok etishi uchun sharoitlarni ta’minlash; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi. Agar hududdan foydalanishning maxsus qoidalarini joriy etmay turib, shaharsozlik sohasida jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ta’minlash mumkin bo‘lmasa yoki qiyin bo‘lsa, shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinadi. Alohida tartibga solinishi lozim bo‘lgan shaharsozlik faoliyati obyektlari (bundan buyon matnda shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari deb yuritiladi) umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin. Mazkur obyektlarni umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Shaharsozlik faoliyati quyidagi hollarda alohida tartibga solinishi lozim: hududlar va aholi punktlari tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchraganda; hududlar konsentratsiyasi yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq miqdordagi radioaktiv moddalar bilan ifloslanganda; mazkur faoliyat muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda amalga oshirilayotganda. Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari jumlasiga quyidagi aholi punktlari kiritilishi ham mumkin: O‘zbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri; Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti — Nukus shahri; viloyatlarning ma’muriy markazi bo‘lgan shaharlar; hududida madaniy meros obyektlari bo‘lgan shaharlar; kurort-shaharlar; qo‘riqxona-shaharlar; yashash va faoliyat ko‘rsatishning alohida rejimi belgilangan aholi punktlari (harbiy shaharchalar va o‘zga rejimli hududlar, davlat qo‘riqxonalaridagi, tabiat bog‘lari va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi aholi punktlari). Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralari ma’muriy-hududiy tuzilmalar chegaralariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin hamda ular qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish hududlardan foydalanishning quyidagilar qamrab olingan maxsus qoidalarini joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi: maxsus shaharsozlik normalari va qoidalari; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashning alohida tartibi; obyektlar qurilishiga maxsus ruxsatnomalar berish. Tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish: hududlar va aholi punktlarini mazkur ta’sirdan himoya qilishning maxsus tarhlari va loyihalarini ishlab chiqish; shaharsozlik hujjatlarini kompleks muhandislik qidiruvlari natijalarini hisobga olmasdan turib ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishni taqiqlash orqali amalga oshiriladi. Konsentratsiyasi yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq miqdordagi radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlar, agar bunday hududlarda aholining yashashi hamda xo‘jalik va boshqa faoliyat olib borishi inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirayotgan bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilinishi va ularga maxsus ishlov berilishi lozim. Mazkur hududlarning ifloslanish darajasiga hamda ularni sog‘lomlashtirish usuliga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ulardan foydalanishning alohida rejimi joriy etilishi yoki boshqa funksional maqsadi belgilanishi mumkin. Madaniy meros obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlari bo‘lgan hududlarda va aholi punktlarida muhofaza zonalarining chegaralari belgilanib, ular doirasida madaniy meros obyektlariga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazadigan yoki ularning holatini yomonlashtiradigan hamda ularning yaxlitligini va saqlanishini buzadigan xo‘jalik hamda boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi. Madaniy meros obyektlarining, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning muhofaza zonalari chegaralari shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yuridik va jismoniy shaxslar: yashash va faoliyat ko‘rsatish muhitini muhofaza qilishlari; shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalariga (bundan buyon matnda qurish qoidalari deb yuritiladi) rioya etilishini ta’minlashlari; atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik talablariga, shuningdek sanitariya normalari hamda qoidalariga rioya etishlari; atrof-muhitga, madaniy meros obyektlariga, shahar, qishloq landshaftlariga, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlariga, hududlarni obodonlashtirish obyektlariga zararli ta’sir etadigan, uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga daxl etadigan hamda chegaradosh yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdorlari, egalari yoki mazkur uchastka va obyektlardan foydalanuvchilar huquqlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan xatti-harakatlar sodir etmasliklari; yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlaridan shaharsozlik reglamentlariga rioya etgan holda foydalanishlari; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan tekshirish va nazoratni amalga oshiradigan davlat organlarining ko‘rsatmalarini bajarishlari; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan tekshirish va nazoratni amalga oshiradigan davlat organlarining mansabdor shaxslariga ko‘maklashishlari; o‘zlariga tegishli obyektlardagi o‘zgarishlar haqida davlat shaharsozlik kadastri va shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringi yuritilishini amalga oshiradigan organga hamda obyektlarni texnikaviy inventarizatsiyadan o‘tkazadigan tashkilotlarga ishonchli ma’lumotlar taqdim etishlari; shaharsozlik hujjatlarining materiallarini, shu jumladan kompleks muhandislik qidiruvlarining materiallarini shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga belgilangan tartibda taqdim qilishlari shart. Aholi punktlari shahar aholi punktlari (shaharlar, shahar posyolkalari) va qishloq aholi punktlariga (qishloqlar, ovullar) bo‘linadi. Aholi soniga qarab shahar aholi punktlari quyidagilarga bo‘linadi: eng yirik aholi punkti — aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat; yirik aholi punkti — aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat; katta aholi punkti — aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat; o‘rtacha aholi punkti — aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat; kichik aholi punkti — aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat. Aholi soniga qarab qishloq aholi punktlari quyidagilarga bo‘linadi: yirik aholi punkti — aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat; katta aholi punkti — aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat; o‘rtacha aholi punkti — aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat; kichik aholi punkti — aholisining soni bir minggacha kishidan iborat. Vaqtinchalik ahamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy bo‘lmagan hamda iqtisodiyot tegishli tarmog‘ining xizmat maqsadidagi obyektlar hisoblanadigan binolar va inshootlarning guruhlari (vaxta usulida ishlovchi neftchilar, gazchilar, qidiruvchilarning posyolkalari hamda uylari), shuningdek alohida, yakka turgan uylar (temir yo‘l nazoratchilarining, o‘rmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) bu bino va inshootlar ma’muriy, ishlab chiqarish yoki hududiy munosabatlarda qaysi shaharsozlik faoliyati subyektlari bilan bog‘liq bo‘lsa, xuddi shu subyektlar tasarrufida bo‘ladi. Aholi punktining turiga qarab qonun hujjatlarida shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilanadi. Yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjud aholi punktlarini rivojlantirish aholi punkti turiga, ijtimoiy-iqtisodiy va shaharsozlik istiqboliga, O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhiga, hududlarni rejalashtirish tarhlari hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek bunday punktlarni rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi. Aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning maqomini va chegaralarini o‘zgartirish tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Aholi punktlari chegaralaridagi yerlar tasdiqlangan bosh rejalarga muvofiq ulardan foydalanishning tartibga solinishini amalga oshiruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi. Aholi punktlarining yerlaridan foydalanish shartlari va tartibiga doir shaharsozlik talablari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari yashash va faoliyat ko‘rsatish muhitining holati, taxmin qilinayotgan o‘zgarishlari, aholi punktlarining bosh rejalari, uy-joy-fuqarolik obyektlarining qurilishi, rekonstruksiyasi, hududlarning obodonlashtirilishi, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining o‘tkazilishi to‘g‘risida o‘z vaqtida va ishonchli, to‘liq axborot olish hamda shaharsozlik faoliyati haqidagi o‘zga axborotni olish huquqiga ega. Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarini shaharsozlik faoliyati to‘g‘risida xabardor qilish davlat organlari tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek jamoat muhokamalari o‘tkazish, ekspozitsiya va ko‘rgazmalar tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangunga qadar ularni muhokama qilish, ularga takliflar kiritish va shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish huquqiga ega. Davlat organlari fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalarining manfaatlariga daxldor, shaharsozlik faoliyati masalalariga taalluqli murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqadilar va ularga belgilangan muddatlarda asosli javoblar taqdim qiladilar. Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari, basharti shaharsozlik faoliyati ularning manfaatlariga daxl etadigan bo‘lsa, quyidagi huquqlarga ega: shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning joylashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi, rekonstruksiyasi yoki foydalanishga topshirilishi to‘g‘risidagi qarorning ma’muriy yoki sud tartibida bekor qilinishini talab qilish; korxonalar faoliyatini, shuningdek boshqa ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishni, basharti ularni ishlatish shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ma’muriy yoki sud tartibida cheklash, to‘xtatib turish yoki taqiqlashni talab qilish; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi munosabati bilan fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida sudga da’vo taqdim qilish; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishni talab qilish; shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangunga qadar o‘z mablag‘lari hisobidan ularning mustaqil ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida yoki yer uchastkalari olib qo‘yilganligi hamda ularga tegishli bo‘lgan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar buzilganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining butun hududi va qismlari, aholi punktlarining butun hududi va qismlari, aholini joylashtirish umumdavlat va mintaqaviy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft majmualari, rekreatsion va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari va ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari shaharsozlik faoliyatining obyektlaridir. Shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati subyektlaridir. Shaharsozlik faoliyati subyektlari: shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar; obyektlarning qurilishi bo‘yicha pudratchilar; shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar sifatida ish ko‘rishlari mumkin. Shaharsozlik faoliyati subyektlari tegishli davlat organlaridan aholi punktlari, ularning tizimlari va hududlarini rejalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘zlarining shaharsozlik faoliyatiga ta’sir etadigan qarorlar tayyorlanishi va qabul qilinishi haqida axborot olish huquqiga ega. Shaharsozlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq o‘zlariga mulk qilib, egalik qilishga va foydalanishga berilgan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanishlari, shuningdek madaniy meros obyektlariga, tabiiy va sun’iy landshaftlarga zarar yetkazmasliklari, yashash va faoliyat ko‘rsatish muhiti yomonlashuviga, shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari shart. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar bo‘lishi mumkin. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar: shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchini tanlash hamda ularni ishlab chiqishga doir shartnoma tuzish; obyektlarning qurilishi bo‘yicha pudratchini tanlash va u bilan shartnoma tuzish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar: shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari; shaharsozlik hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlashlari; loyihalashtirish jarayonini tekshirib borishlari va qurilish sifati ustidan texnikaviy nazorat qilishlari; shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi bo‘yicha mualliflik nazorati olib borilishini ta’minlashlari; asos bo‘luvchi va ruxsat beruvchi hujjatlar o‘z vaqtida tayyorlanishini va shaharsozlik hujjatlari tasdiqlanishini ta’minlashlari shart. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Tegishli litsenziyasi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar bo‘lishi mumkin. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi: ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va hajmini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir tanlovlarda ishtirok etish; shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi bo‘yicha mualliflik nazoratini olib borish; qurilish, montaj va maxsus ishlar tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va normativ talablardan fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, madaniy meros obyektlari shikastlanishi va yo‘q qilinishi xavfini tug‘diradigan, shuningdek jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlariga zarar keltiradigan tarzdagi chetga chiqishlar bilan bajarilganda qurilish, montaj va maxsus ishlarni to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish haqida takliflar kiritish; zarurat bo‘lgan taqdirda shaharsozlik hujjatlariga belgilangan tartibda o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar: qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlashlari; o‘zlari ishlab chiqqan shaharsozlik hujjatlarini barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishib olishlari shart. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. O‘z faoliyatini qonun hujjatlari asosida olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar obyektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar bo‘lishi mumkin. Obyektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar: binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning yangi amaliy yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli tarkibiy bo‘linmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning arxitektura-badiiy ko‘rinishi hamda amaliy yechimini yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilaydigan o‘zgartishlar kiritish; shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchidan zarur texnik maslahat olish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega. Obyektlar qurilishi bo‘yicha pudratchilar shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari shart. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: shaharsozlik sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishiga ko‘maklashadi; shaharsozlik faoliyati sohasida normativ hujjatlar qabul qiladi; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib borilishi tartibini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhini hamda O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini tasdiqlaydi; qonun hujjatlarida belgilangan vakolati asosida shaharlarning bosh rejalarini tasdiqlaydi; shahar atrofi zonalarining chegaralarini tasdiqlaydi; umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini o‘rnatadi; davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hamda shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi olib borish tartibini o‘rnatadi; umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlarning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishini moliyalashtirish tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyati sohasida litsenziyalash tartibini o‘rnatadi; shaharsozlik hujjatlarining davlat ekspertizasini tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini o‘rnatadi; shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasini belgilaydi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida: shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi, shuningdek uy-joy fondi hamda jamoat va ishlab chiqarish obyektlari saqlanishini ta’minlaydi; aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal qiladi; mahalliy ahamiyatga molik obyektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi, bunday obyektlarning moliyalashtirilishini ta’minlaydi; obyektlar qurilishi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; o‘z hududida shaharsozlik faoliyatini, basharti bu faoliyat ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, to‘xtatib qo‘yadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno; shaharlarning, shahar posyolkalarining bosh rejalari ishlab chiqilishini tashkil etadi; qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini, aholi punktlari hududlarining qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini (bundan buyon matnda batafsil rejalashtirish loyihasi deb yuritiladi) va dahalarni, mavzelarni hamda aholi punktlari rejalashtirilgan tuzilmalarining boshqa qismlarini qurish loyihalarini (bundan buyon matnda qurish loyihasi deb yuritiladi) tasdiqlaydi; viloyatlar hududini rejalashtirishning tarhlari, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning, shuningdek obodonlashtirishning tarhlari va loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi; tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi; mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini o‘rnatadi; qurish qoidalarini tasdiqlaydi; aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqilishi va moliyalashtirilishini, davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini, shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi olib borilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari o‘tkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlarga bo‘lish xaritalari tuzishni, shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini va bunday hujjatlar ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi; shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlardan aholini muntazam ravishda xabardor qilib boradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati organlari: shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi, shuningdek uy-joy fondi, jamoat hamda ishlab chiqarish obyektlari saqlanishini ta’minlaydi; aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal etadi; mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning qurilishiga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi hamda bunday obyektlarning moliyalashtirilishini ta’minlaydi; o‘z hududida shaharsozlik faoliyatini, basharti bu faoliyat mazkur Kodeks va boshqa qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, to‘xtatib qo‘yadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno; o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buzib tashlanishini tashkil etadi; tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalarini, qurish loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amalga oshirilishini tashkil etadi; obyektlar qurilishi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; binolar, inshootlar hamda aholi punktlari boshqa obyektlarining texnik holati inventarizatsiyadan o‘tkazilishini tashkil qiladi; shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlardan aholini muntazam xabardor qilib boradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Ushbu modda sakkizinchi xatboshisidagi qoidalar shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning davlat hokimiyati organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi; tasdiqlanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga berilgan shaharlarning bosh rejalarini istisno qilganda, shaharlarning, shahar posyolkalarining bosh rejalarini hamda Toshkent shahrining markaziy qismlarini, viloyatlarning ma’muriy markazlarini, shuningdek madaniy meros obyektlariga ega bo‘lgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi; umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; shaharsozlik normalari va qoidalari, shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish masalalari yuzasidan uslubiy hujjatlar, shuningdek shaharsozlik to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi; belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish ishlari, binokorlik materiallari va buyumlari sifati hamda texnologiyalarining davlat standartlariga, shuningdek shaharsozlik to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi; qurilishda standartlashtirish va binokorlik materiallari hamda buyumlarini sertifikatlash ishlarini amalga oshiradi; davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini va shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi olib borilishini amalga oshiradi; shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishi tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi; aholini shaharsozlik faoliyatidan muntazam xabardor qilib boradi; shaharsozlik hujjatlari masalalari bo‘yicha buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi; shaharsozlik faoliyati obyektlarini ro‘yxatga oladi hamda obyektlar qurilishiga ruxsatnoma beradi; buyurtmachining texnik nazoratni amalga oshirishga doir ishini tekshiradi va texnik nazorat sifatsiz amalga oshirilgan taqdirda, unga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llash haqida belgilangan tartibda takliflar kiritadi; davlat standartlari va texnik shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, binokorlik materiallari hamda buyumlari ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi va qo‘llanilishini, normativ talablar hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari chidamlilik, puxtalik xususiyatlari pasayishiga sabab bo‘lgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya xavfi bo‘lgan, obyektlar o‘zboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni to‘xtatib turadi. Tadbirkorlik subyektining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish, ularni realizatsiya qilish va qo‘llash, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno; shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalar soladi; tugallangan qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha komissiyalarning ishida ishtirok etadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimiga quyidagilar kiradi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi; viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari; tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari); davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari; davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari. Viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga, tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalariga (bo‘limlariga) tegishli bosh arxitektorlar boshchilik qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari) o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga bo‘ysunadilar; Viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari: viloyat, Toshkent shahar hududini rejalashtirish tarhlari hamda tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va o‘z hududlariga oid boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini tashkil etadi; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi; viloyat, Toshkent shahar hududini rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; viloyat, Toshkent shahar hududini rivojlantirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi; viloyat, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritadi; binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi; tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari bo‘yicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda qurish qoidalarini ishlab chiqadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari): aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash yuzasidan takliflar kiritadi; aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish choralarini ko‘radi; tegishli hududda shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Shaharsozlik hujjatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 1) O‘zbekiston Respublikasining butun hududi hamda qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar: O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi; O‘zbekiston Respublikasi hududining ikki va undan ortiq mintaqa hududini o‘z ichiga olgan qismlarini va boshqa hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari (bundan buyon matnda shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari deb yuritiladi); O‘zbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish tarhi; O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari; 2) O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari; tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihasi; 3) aholi punktlari hududini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlar: aholi punktlarining bosh rejalari; shahar va posyolka chizig‘i loyihalari; aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari; 4) aholi punktlari hududini qurish to‘g‘risidagi hujjatlar: batafsil rejalashtirish loyihasi; qurish loyihasi; 5) binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlari. Qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlarining boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar tomonidan shartnomaga asosan hamda buyurtmachi bergan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining tegishli tarkibiy bo‘linmasi bilan kelishilgan topshiriq asosida ishlab chiqiladi. Shaharsozlik hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi hamda tasdiqlanadi. Ushbu Kodeks 26-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3, 4-bandlarida ko‘rsatilgan shaharsozlik hujjatlarining tasdiqlangan bir nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining tegishli tarkibiy bo‘linmasiga topshirilishi lozim. Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar hujjatlarni tasdiqlagan organning qaroriga ko‘ra kiritiladi. Davlat shaharsozlik kadastrida quyidagilar qamrab olinadi: topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari; hududlarning ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlari, shuningdek hududlarni obodonlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar; hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish hamda ularni qurish to‘g‘risidagi ma’lumotlar; hududlarning zonalashtirilishi hamda hududiy zonalarning shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; uy-joy fondining texnik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi ma’lumotlari. O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi: aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini O‘zbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish istiqbollariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalarini; mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini; aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlarni; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni; qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan hududlarni; ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan hududlarni; tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan hududlarni; foydali qazilmalar joylashgan hududlarni; qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik jihatidan foydalanishning boshqa turlari belgilanadigan va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklashlar joriy etiladigan hududlarni; hududni rivojlantirishga doir boshqa yechimlarni belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhini ishlab chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari: hududning zonalashtirilishini; aholini joylashtirish mintaqaviy tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini; mintaqalararo va mintaqaviy ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini; tabiatdan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini; hududni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan ta’minlashni; hududni rivojlantirishga doir boshqa yechimlarni belgilaydi. Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlarini ishlab chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari: hududning zonalashtirilishini; aholini joylashtirish tizimlarini takomillashtirishning, aholi punktlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini; sanoatni, qishloq xo‘jaligini, mintaqaviy hamda aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini; aholi punktlari va shaharlarning shahar atrofi zonalari chegaralarini; shaharsozlik vositalari orqali O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish, ekologik holatni yaxshilash, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash chora-tadbirlarini; tegishli hududni rivojlantirish bo‘yicha boshqa yechimlarni belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida: energiya, gaz ta’minotini, aloqani, irrigatsiyani, suv ta’minotini va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha; havo, temir yo‘l, avtomobil, daryo transporti, quvur orqali yetkazib berish transporti va boshqa transport turlarini rivojlantirish bo‘yicha; hududni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya etish bo‘yicha; atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha; iqtisodiyot tarmoqlari ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo‘yicha; hududni rivojlantirishning boshqa masalalari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini ishlab chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari: tumanni (tumanlar guruhlarini) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni istiqbolini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini; hududning zonalashtirilishini va rejali tuzilishini; tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish chora-tadbirlarini; aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yo‘nalishlarini; aholi punktlarini rivojlantirish uchun belgilangan zaxira hududni; yakka tartibda uy-joy qurish, bog‘dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarini joylashtirish uchun belgilangan hududni; aholi dam oladigan joylarni tashkil etish uchun belgilangan hududni; aholi punktlari va shaharlarning shahar atrofi zonalari chegaralarini; tuman (tumanlar guruhlari) hududini rivojlantirish bo‘yicha boshqa yechimlarni belgilaydi. Aholi punktining bosh rejasi: aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni istiqbolini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini; hududning zonalashtirilishini va qurish navbatini; aholi punkti hududini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini; aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududi nisbatini; aholi punktini rivojlantirish uchun belgilangan zaxira hududni; aholi punktining chegaralarini; aholi punkti hududini rivojlantirish bo‘yicha boshqa yechimlarni belgilaydi. Shaharning bosh rejasi va shahar atrofi zonasini rejalashtirish loyihasi chegaradosh hududlarning davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi kelishuv asosida yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin. Aholi soni yigirma ming kishigacha bo‘lgan kichik shaharlarning va yirik qishloq aholi punktlarining bosh rejasi batafsil rejalashtirish loyihasi bilan birga yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin. Hududida madaniy meros obyektlari bo‘lgan aholi punktining bosh rejasi ishlab chiqilayotganda mazkur aholi punktining tarixiy-arxitektura rejasi va madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalari inobatga olinadi. Bosh rejalar, xususan: qonun hujjatlariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolat doirasiga kiritilgan shaharlarning bosh rejalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan; qishloq aholi punktlarining bosh rejalari tegishli tumanlar hokimliklarining taqdimnomasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlarning hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Aholi punkti bosh rejasining asosiy qoidalari bu reja tasdiqlangunga qadar manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan bo‘lishi lozim. Aholi punktining yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda aholi punkti hududida joriy qurilish uchun yer ajratishga taalluqli masalalar rejani ishlab chiquvchi bilan belgilangan tartibda kelishilgan bo‘lishi kerak. Obyektlarning aholi punktlari hududida bosh reja va boshqa zarur shaharsozlik hujjatlarisiz loyihalashtirilishi va qurilishi taqiqlanadi. Shahar va posyolka chizig‘i loyihalari hududlarni rejalashtirish tarhlari, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari hamda aholi punktlarining bosh rejalari asosida ishlab chiqiladi. Aholisi yigirma ming kishigacha bo‘lgan kichik shahar aholi punktlarining shahar chizig‘i loyihalari, shuningdek qishloq aholi punktlarining posyolka chizig‘i loyihalari mazkur aholi punktlarining bosh rejasi tarkibida ishlab chiqilishi mumkin. Shaharlarning shahar chizig‘i loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Shahar posyolkalarining shahar chizig‘i loyihalari viloyatlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Qishloq aholi punktlarining posyolka chizig‘i loyihalari tumanlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida: energiya, gaz ta’minotini, aloqani, irrigatsiyani, suv ta’minotini va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha; transport turlarini rivojlantirish bo‘yicha; iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini joylashtirish bo‘yicha; hududni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya etish bo‘yicha; aholining fuqaro muhofazasi bo‘yicha; atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha; madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha; hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha; hududni rivojlantirishning boshqa masalalari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi. Aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini ishlab chiqish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Batafsil rejalashtirish loyihalari aholi punktining bosh rejasi asosida aholi punktlari hududining qismlari uchun ishlab chiqiladi va bu loyihalar: qizil chiziqlarni; yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini; yerdan foydalanish chegaralarini; hududning zonalashtirilishini va qurish navbatini; muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini; ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘lovchilarga ajratilgan zonalarning, shuningdek transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalari va hududni obodonlashtarish ko‘rsatkichlarini; ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarning tarkibi va joylashuvini; qurishning hajmiy-hududiy va arxitektura-rejali yechimini, qurish zichligi va ko‘rsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligi hamda turlarini belgilaydi. Batafsil rejalashtirish loyihasi qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Qurish loyihalari batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi asosida, belgilangan qizil chiziqlar chegaralarida yoki yer uchastkalari chegaralarida ishlab chiqiladi. Qurish loyihalari: qurishni tartibga solish chiziqlarini; binolar va inshootlarning joylashuvi, necha qavatliligi, turi hamda boshqa tavsiflarini; qurishning arxitektura yechimini; muhandislik uskunalari, aloqa va obodonlashtirish tizimlarini, shuningdek mazkur tizimlarni aholi punktlarining yer uchastkalari, mavzelari, dahalari va rejalashtirilgan tuzilmasining boshqa qismlari doirasidan tashqarida bo‘lgan muhandislik uskunalari, aloqa hamda obodonlashtirish tizimlari inshootlari va kommunikatsiyalariga ulash shartlarini; transport vositalari va piyodalar harakati qanday tashkil etilishini; umum foydalanishdagi hududlarni belgilaydi. Tumanlarning, shaharlarning davlat hokimiyati organlari qurish loyihalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid bo‘lmagan qo‘shimcha talablar, shu jumladan madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalarida loyihalashtirish va qurilish ishlarini olib borishga, hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga, kichik shakldagi arxitektura obyektlarini, reklama, peshlavhalar va boshqa axborotni joylashtirishga doir talablar kiritishga haqli. Loyiha-smeta hujjatlari hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning qurilishi, rekonstruksiyasi hamda kapital ta’mirlanishi, shuningdek obodonlashtirish ishlari qiymatini belgilaydi. Loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, yong‘inga qarshi nazorat xizmatlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari va boshqa xizmatlar bilan kelishib olinadi. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish buyurtmachining tashabbusi bilan va uning hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari obyektlar qurilishi uchun ruxsatnoma berishga asos bo‘ladi. Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktining bosh rejasi hamda har bir hududning shaharsozlik reglamentlari asosida ishlab chiqiladi. Qurish qoidalari kuchga kirgunga qadar belgilangan tartibda berilgan obyektlar qurilishiga oid ruxsatnomalar mazkur ruxsatnomalarda ko‘rsatilgan muddat mobaynida amal qiladi, aholi xavfsizligi talablari ta’minlanmayotgan hollar bundan mustasno. Hududlarning zonalashtirilishi yashash va faoliyat ko‘rsatish uchun qulay muhitni ta’minlashga, hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilishga, aholi va ishlab chiqarish haddan tashqari zich joylashishi, atrof-muhit ifloslanishi oldini olishga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, shuningdek madaniy meros obyektlarini, qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmonzorlarni muhofaza qilishga va ulardan foydalanishga qaratilgandir. Quyidagi zonalarda hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklashlar belgilanadi: madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalari, qo‘riqxona zonalarida; muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida; sanitariya zonalarida; muhofaza zonalarida; sanitariya-muhofaza zonalarida; foydali qazilmalar joylashgan zonalarda; tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan zonalarda; favqulodda ekologik holatlar va ekologik ofat zonalarida; tabiiy-iqlim sharoiti ekstremal zonalarda. Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq cheklashlar boshqa zonalarda ham belgilanishi mumkin. Hududlarning funksional maqsadi va ulardan foydalanish jadalligi hududlardan foydalanishdagi cheklashlar hisobga olingan holda belgilanadi. Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin: turar joy zonalari; ijtimoiy-amaliy zonalar; ishlab chiqarish zonalari; muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari; rekreatsion zonalar; qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar; maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalar; harbiy obyektlar va rejimli boshqa hududlar zonalari; shahar atrofi zonalari. Mahalliy davlat hokimiyati organlari mahalliy sharoitlarga muvofiq boshqa hududiy zonalar belgilashi, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini inobatga olgan holda ularga yer uchastkalari va boshqa obyektlarni kiritishi mumkin. Aholi punktlari hududiy zonalarining chegaralari qizil chiziqlarni, tabiiy obyektlarning tabiiy chegaralarini, yer uchastkalarining chegaralari va boshqa chegaralarni inobatga olgan holda belgilanadi. Har bir hududiy zona uchun shaharsozlik reglamenti bilan belgilangan huquqiy rejim unda joylashgan barcha yer uchastkalari, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarga nisbatan bir xil qo‘llaniladi. Chegaralarida shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim bo‘lgan hududiy zonalarda ayrim binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalashtirilishi va qurilishiga nisbatan qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin. Turar joy zonalari ko‘p qavatli uylar, o‘rtacha va kam qavatli uylar, yakka tartibdagi uylar qurish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Turar joy zonalarida sanitariya-muhofaza zonalari belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof-muhitga zararli ta’sir (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya ta’siri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlar) etmaydigan, alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qo‘shimcha qilib qurilgan yoki qo‘shimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarning, ibodatxonalarning, avtomobil transporti qo‘yiladigan maxsus joylarning, sanoat, kommunal va omborxona obyektlarining joylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi. Turar joy zonalari jumlasiga aholi punktlari chegaralari doirasida joylashgan bog‘dorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlarining hududlari ham kiradi. Ijtimoiy-amaliy zonalar amaliy, moliyaviy, ijtimoiy faollik markazlari, sog‘liqni saqlash, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, ta’lim muassasalari, ma’muriy, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ibodatxonalar va boshqa bino hamda inshootlar, shuningdek avtomobil transporti qo‘yiladigan maxsus joylar joylashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ijtimoiy-amaliy zonalarga joylashtirish ruxsat etiladigan obyektlar ro‘yxatiga uylar, mehmonxonalar, yer osti yoki ko‘p qavatli garajlar kiritilishi mumkin. Ishlab chiqarish zonalarida ularning ish olib borishini ta’minlaydigan sanoat, kommunal, omborxona obyektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar obyektlari joylashtiriladi, shuningdek bunday obyektlarning sanitariya-muhofaza zonalari barpo etiladi. Sanoat, kommunal va omborxona obyektlarining sanitariya-muhofaza zonasida uylar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, dam olish obyektlari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, bog‘dorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlari joylashtirilishiga, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishlab chiqarish zonalarining hududlarini obodonlashtirish shu zonalarda joylashgan obyektlarning mulkdorlari tomonidan amalga oshiriladi. Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari havo, temir yo‘l, avtomobil, daryo transporti va quvur orqali yetkazib berish transporti, aloqa inshootlari hamda kommunikatsiyalari va muhandislik uskunalari joylashtirilishi hamda ishlab turishi uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Yashash va faoliyat ko‘rsatish muhitiga transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalari hamda muhandislik uskunalari zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish bunday obyektlardan turar joy, ijtimoiy-amaliy va rekreatsion zonalar hududigacha zarur oraliq masofa bo‘lishi hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga, shuningdek qurishning maxsus normativlari va qoidalariga muvofiq boshqa talablarga rioya etilishi orqali ta’minlanadi. Transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalari, muhandislik uskunalari yer uchastkalari chegaralaridagi hududlar va ularning sanitariya-muhofaza zonalari mazkur yer uchastkalarining mulkdorlari tomonidan obodonlashtirilishi lozim. Foydalanilishi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri zararli ta’sir ko‘rsatadigan transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarini hamda muhandislik uskunalarini aholi punktlari doirasida jo
49
64,258
Qonunchilik
Biznes-ombudsman faoliyati uchun qoʻshimcha kafolatlar oldi
14.09.2017 yildagi OʻRQ–446-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksining  223 va 239-moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga ushlab turish va qamoqqa olishga nisbatan immunitet taqdim etildi. Vakil ushlanishi va ichki ishlar organlari yoki boshqa huquqni muhofaza qilish organiga yetkazilishi mumkin emas. Ushbu taqiq jinoyatni sodir etish chogʻida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ushlangan holatlarga tatbiq etilmaydi. Biznes-ombudsmanga nisbatan faqat Prezidentning shaхsiy roziligi bilan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanishi mumkin. Ta’kidlab oʻtamiz, mazkur choralarni qoʻllanilishi uchun davlat rahbarining roziligi zarurati qonunda birinchi marotaba koʻzda tutilmoqda. Shu kabi immunitetlardan foydalanadigan boshqa mansabdor shaхslar (deputatlar, sudyalar, ombudsman) bungacha tegishli vakillik yoki sud organlarining roziligi bilan qamoqqa va uy qamogʻiga olinar edi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Samir Latipov.
59
1,258
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qarorida: a) 9b-ilovada: ilova nomidagi “va statistika” so‘zlari chiqarib tashlansin; “Hokim o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i” so‘zlari “Bo‘lim boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; “15” va “14” raqamlari tegishli ravishda “14” va “13” raqamlari bilan almashtirilsin; b) 10b-ilovada: ilova nomidagi “va statistika” so‘zlari chiqarib tashlansin; “Hokim o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i” so‘zlari “Bo‘lim boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; “14” raqami “13” raqami bilan almashtirilsin; v) 11b-ilovada: ilova nomidagi “va statistika” so‘zlari chiqarib tashlansin; “Hokim o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i” so‘zlari “Bo‘lim boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; “15” va “14” raqamlari tegishli ravishda “14” va “13” raqamlari bilan almashtirilsin; g) 12b-ilovada: ilova nomidagi “va statistika” so‘zlari chiqarib tashlansin; “Hokim o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i” so‘zlari “Bo‘lim boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin; “14” va “13” raqamlari tegishli ravishda “13” va “12” raqamlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tashkiliy-kadrlar xizmati maqomini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2000-yil 3-avgustdagi 303-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “tenglashtirilgan holda” so‘zlari “tenglashtirilgan holda moliyalashtirishni ta’minlasin” so‘zlari bilan almashtirilsin hamda uchinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
92
1,872
Qonunchilik
Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va ma’lumotlarning axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Elektron hukumat markazi) tomonidan: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo integratsiyalashuv platformasi) modernizatsiya qilinganligi; “Elektron hukumat” tizimi doirasida ma’lumotlarni nodavlat tashkilotlarga taqdim etuvchi “Elektron hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi (keyingi o‘rinlarda — Raqamli ma’lumotlar platformasi) ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi: a) “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq: davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish uchun ariza berish, arizani ko‘rib chiqish va ularni platformaga ulash tartibi; Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumot olish uchun elektron so‘rovlar yuborish, so‘rovlarni qayta ishlash va ma’lumotlarni taqdim etish tartibi; Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumot almashishda platforma operatori, foydalanuvchi va ma’lumot taqdim etuvchilarning huquq va majburiyatlari; b) “Elektron hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq: nodavlat tashkilotlarini Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulash uchun arizalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va platformaga ulash tartibi; Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali ma’lumot olish uchun elektron so‘rovlarni yuborish, qayta ishlash va ma’lumotlarni taqdim etish tartibi; Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali ma’lumot almashishda platforma operatori, foydalanuvchi va ma’lumot taqdim etuvchilarning huquq va majburiyatlari; v) Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: talabgor tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi (keyingi o‘rinlarda — Yagona billing tizimi)ga ulanish bo‘yicha operatorga tegishli so‘rov yuborish; operator tomonidan talabgorni Yagona billing tizimiga ulash bo‘yicha uning texnik imkoniyatlarini o‘rganish, uni tizimga ulanishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida talabgorni xabardor qilish; Yagona billing tizimiga ulanish maqsadga muvofiq deb topilganda “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi va talabgor o‘rtasida shartnoma tuzish; Markaziy bank o‘rtasida Bosh kelishuv hamda talabgorning tizimdagi identifikatsiya kodlari ko‘rsatilgan Texnologik yo‘riqnomani tasdiqlash. 3. Elektron hukumat markazi Idoralararo integratsiyalashuv platformasi, Raqamli ma’lumotlar platformasi va Yagona billing tizimining operatori etib belgilansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: a) davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud ma’lumotlar: davlat organlari va tashkilotlari uchun — Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali bepul asosda; nodavlat tashkilotlar uchun — axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda, Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali to‘lov asosida taqdim etiladi; b) Raqamli ma’lumotlar platformasiga yo‘llangan so‘rovlar soniga qarab, har bir so‘rov uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizidan 2 foizigacha miqdorda to‘lov undiriladi. To‘lov miqdori tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan belgilanadi. Bunda nodavlat tashkilotlarni Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulash shartnoma asosida amalga oshiriladi; v) Raqamli ma’lumotlar platformasiga yo‘llangan so‘rovlarga haq to‘lashdan kelib tushgan mablag‘larning: 25 foizi — axborot tizimlari va resurslari egalari bo‘lgan ma’lumot taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlariga; 25 foizi — Elektron hukumat markaziga; 10 foizi — “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasiga; 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markaziga; qolgan qismi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi. 5. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslarida mavjud ma’lumotlarni Idoralararo integratsiyalashuv platformasi va Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali taqdim etishda: axborot tizimlari va resurslari egalari bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarga — taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘liqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi yuzasidan; ma’lumotlarni oluvchi nodavlat tashkilotlarga — platformalar orqali olingan ma’lumotlar tarkibidagi shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish hamda uchinchi tomonga, qonunchilikda belgilangan hollardan tashqari, oshkor etmaslik bo‘yicha zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘rish yuzasidan javobgarlik yuklansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda: a) ikki oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud ma’lumotlarni nodavlat tashkilotlarga taqdim etishni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik asosidagi normativ-huquqiy hujjatlar va kelishuvlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni o‘rgangan holda takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; b) davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini bosqichma-bosqich faqat Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilishini; Idoralararo integratsiyalashuv platformasi va Raqamli ma’lumotlar platformasida O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarga ishlov berilishiga yo‘l qo‘yilmasligini, shuningdek, qonun bilan muhofaza qilinuvchi alohida toifadagi ma’lumotlarni, jumladan, bank siri, qo‘riqlanuvchi shaxslarga oid ma’lumotlarni mas’ul vakolatli idoralar bilan kelishilgan holda qayta ishlanishini; Idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtirilgan barcha veb-servislar Raqamli ma’lumotlar platformasida ham joylashtirilishini ta’minlasin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlarining elektron hamkorligi va axborot almashinuvi, ularni ushbu platformaga ulash tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo integratsiyalashuv platformasi) — elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish va idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish doirasida axborot tizimlari va resurslarini integratsiyalash uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vositalar majmuasi; axborot tizimlari va resurslari egalari bo‘lgan ma’lumot taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — ma’lumot taqdim etuvchi) — normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq shaxsga doir va boshqa ma’lumotlarni qayta ishlash vazifalari yuklangan, o‘z axborot tizimlari va resurslarini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash orqali ma’lumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari; ma’lumotlarni qayta ishlash — ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, qo‘llash, taqdim etish, tarqatish, yuborish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir yoki bir qator amallarni bajarish; foydalanuvchi — Idoralararo integratsiyalashuv platformasidan ma’lumotlar olishdan manfaatdor davlat organlari; Idoralararo integratsiyalashuv platformasi operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi; texnologik yo‘riqnoma — idoralararo ma’lumot almashinuvining texnik usullari, tarkibi, tomonlarning javobgarligi va qayta aloqa tartibini belgilovchi hujjat; veb-servis — standartlashtirilgan interfeysga ega noyob veb-manzil bilan aniqlangan, axborot tizimlari va resurslarida mavjud ma’lumotlar almashinuvining formati va ma’lumotlar to‘plamini belgilaydigan dasturiy ta’minot tizimi. 3. Elektron hukumat doirasida ma’lumot taqdim etuvchi va foydalanuvchilarning elektron hamkorligi hamda axborot almashinuvi ularning axborot tizimlari va resurslarini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulash orqali amalga oshiriladi. Bunda elektron hamkorlik va axborot almashinuvi faqat Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali tashkil etiladi. 4. Foydalanuvchi va operator o‘rtasidagi axborot almashinuvi tegishli so‘rov yuborish yo‘li bilan Idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida amalga oshiriladi. 5. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan axborot tizimlari va resurslarida mavjud bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar almashinuvi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 6. Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumotlar foydalanuvchining vakolati doirasidagi vazifalarni bajarish uchun qayta ishlash maqsadida taqdim etiladi. 7. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 8. Foydalanuvchi Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishi uchun mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq arizani kuzatuv xatiga ilova qilgan holda operatorga elektron shaklda yuboradi. 9. Operator ariza kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida arizani quyidagi talablarga muvofiq ko‘rib chiqadi: arizada ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘liq kiritilganligi; foydalanuvchining axborot tizimi Elektron hukumat idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanganligi; foydalanuvchining axborot tizimiga ulanishi bilan bog‘liq texnik-tashkiliy sharoitlar mavjudligi. 10. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, operator yetti ish kuni mobaynida texnologik yo‘riqnomani foydalanuvchi bilan birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish rad etilgan taqdirda, operator tomonidan foydalanuvchiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi. Foydalanuvchi xabarnomada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilib, qayta ariza berishi mumkin. 11. Texnologik yo‘riqnoma o‘zaro kelishilgandan so‘ng operator foydalanuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga besh ish kuni mobaynida ulash choralarini ko‘radi. 12. Foydalanuvchining axborot tizimi hamda tizimlarning integratsiyalashuvi jarayoniga qo‘yiladigan texnik talablar operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga muvofiq belgilanadi. 13. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: arizada ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘liq kiritilmaganligi; foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan arizada yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi; foydalanuvchining axborot tizimi Elektron hukumat idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanmaganligi; ulanish bilan bog‘liq texnik-tashkiliy yechimning mavjud bo‘lmasligi. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. 14. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan foydalanuvchi zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli so‘rovlarni yuborish orqali oladi. 15. Foydalanuvchi tomonidan Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga so‘rov yuborilgandan so‘ng so‘rovda nazarda tutilgan ma’lumotlar operator va foydalanuvchi o‘rtasidagi texnologik yo‘riqnomada belgilangan toifadagi ma’lumotlar hisoblanishi avtomatik ravishda tekshiriladi. 16. Agar so‘rovda operator hamda foydalanuvchi o‘rtasida tuzilgan texnologik yo‘riqnomada nazarda tutilmagan ma’lumotlarni taqdim etish nazarda tutilgan bo‘lsa, so‘rov rad etiladi. 17. So‘rovda texnologik yo‘riqnomada nazarda tutilgan ma’lumotlar taqdim etilishi so‘ralgan bo‘lsa, foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlar avtomatik ravishda taqdim etiladi. 18. So‘rov shakliga umumiy talablar texnologik yo‘riqnomada belgilanadi. 19. Operator quyidagi huquqlarga ega: foydalanuvchiga Idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtirilgan veb-servislardan foydalanish uchun ruxsat berish; ma’lumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchini Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishida ko‘maklashish; Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yechimlar bo‘yicha tushuntirishlar berish; foydalanuvchidan Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi tegishli veb-servislarga ulanishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘shimcha tarzda so‘rab olish; ma’lumot taqdim etuvchidan uning ma’lumotlar bazalarining barqaror ishlashi, belgilangan ma’lumotlarning Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishini talab qilish; ma’lumot taqdim etuvchidan tegishli ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligi hamda dolzarbligi ta’minlanishini, dolzarb bo‘lmagan ma’lumotlar bo‘yicha kelib tushgan shikoyatlar o‘z vaqtida bartaraf etilishini talab qilish. Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 20. Ma’lumot taqdim etuvchi quyidagi huquqlarga ega: Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumot yuborish masalalarining texnik yechimida operatordan yordam olish; Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumotlarni qabul qilish va yuborish; Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish yuzasidan operatordan tushunchalar olish. Ma’lumot taqdim etuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 21. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega: Idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida so‘rovlar yuborish va ma’lumotlarni olish; Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish bo‘yicha operatordan tushunchalar olish. Foydalanuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 22. Operator quyidagi majburiyatlarga ega: Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilish; foydalanuvchiga Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali axborot va ma’lumotlar yuborilguniga qadar ularning konfidensialligini ta’minlash; Idoralararo integratsiyalashuv platformasining uzluksiz ishlashi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish; qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablarini so‘zsiz bajarish; ma’lumot taqdim etuvchi va operator, operator va foydalanuvchi o‘rtasida integratsiyalashuv bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va kelishishni ta’minlash; mazkur Nizomda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar buzilgan taqdirda, ma’lumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchining Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishini vaqtincha to‘xtatish yoki bekor qilish va bu haqda ularni asoslarni ko‘rsatgan holda rasmiy xabardor qilish. Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 23. Ma’lumot taqdim etuvchi quyidagi majburiyatlarga ega: Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish shartlariga rioya qilish; Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali yuborilgan so‘rovlarga muvofiq ma’lumotlarni texnologik yo‘riqnomada belgilangan tartibda taqdim etish; o‘ziga tegishli bo‘lgan axborot tizimlari va resurslari hamda ma’lumotlar bazalarining barqaror ishlashi, ulardagi zaruriy ma’lumotlarning Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish; o‘ziga tegishli ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligi hamda dolzarbligini ta’minlash, dolzarb bo‘lmagan ma’lumotlar bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish, joriy qilish hamda kelib tushgan shikoyatlar natijasi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilab borish; o‘ziga tegishli veb-servis o‘zgaradigan taqdirda rejalashtirilgan o‘zgartirish amalga oshirilguniga qadar bu haqda ikki hafta oldin operatorga xabar berish; o‘z axborot tizimlari va resurslarida texnik ishlar olib borilishi natijasida Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga taqdim etilayotgan veb-servislarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan uzilishlar yuzasidan texnik ishlar olib borilishidan kamida uch ish kun oldin operatorni yozma ravishda xabardor qilish; Idoralararo integratsiyalashuv platformasida joylashtirilgan o‘z veb-servislariga foydalanuvchilarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ulashni cheklash. Ma’lumot taqdim etuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 24. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega: Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilish; Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinayotgan ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlash; Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan ma’lumotlarni uchinchi tomonga taqdim etmaslik; Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan ma’lumotlardan ma’lumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanmaslik; Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulangan o‘zining axborot tizimlarining uzluksiz ishlashi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish; mazkur Nizom talablariga va “Elektron hukumat” tizimi orqali olinadigan ma’lumotlarni olish, qo‘llash va saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish. Foydalanuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 25. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni vaqtincha to‘xtatish yoki bekor qilish operator tomonidan amalga oshiriladi. 26. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni vaqtincha to‘xtatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari va texnologik yo‘riqnoma talablarining buzilishi; foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlar uchinchi tomonga shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid ravishda taqdim etilganligi haqida axborotning mavjudligi; axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi; Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan ma’lumotlardan ma’lumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilganlik haqida ma’lumotning mavjudligi. 27. Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishni bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: foydalanuvchi tomonidan “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu sohadagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari aniqlanishi; Idoralararo integratsiyalashuv platformasining axborot tizimlari bilan nomuvofiqligi; axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi; mazkur Nizom bilan belgilangan talablarning bajarilmasligi. 28. Idoralararo integratsiyalashuv platformasining ishtirokchilari o‘zaro hamkorlik va axborot almashinuvi natijasida olingan ma’lumotlarning axborot xavfsizligini ta’minlashi zarur. 29. Operator mazkur Nizom talablarining ijrosi bo‘yicha doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi. 30. Operator va ma’lumot taqdim etuvchi mazkur Nizom talablarini buzgan foydalanuvchining mas’ul xodimlari xatti-harakatlari uchun javobgar bo‘lmaydi. 31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Mazkur Nizom “Elektron hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi, tijorat tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlarni ushbu platformaga ulash tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: “Elektron hukumat” tizimining Raqamli ma’lumotlar platformasi (keyingi o‘rinlarda — Raqamli ma’lumotlar platformasi) — tijorat tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlar tomonidan o‘z tijorat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida davlat organlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida mavjud ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vositalar to‘plami; axborot tizimlari va resurslari egalari bo‘lgan ma’lumot taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — ma’lumot taqdim etuvchi) — normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq shaxsga doir va boshqa ma’lumotlarni qayta ishlash vazifalari yuklangan, o‘z axborot tizimlari va resurslarini Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulash orqali ma’lumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari; ma’lumotlarni qayta ishlash — ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, qo‘llash, taqdim etish, tarqatish, yuborish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bir yoki bir qator amallarni bajarish; foydalanuvchi — Raqamli ma’lumotlar platformasidan ma’lumotlar olishdan manfaatdor tijorat tashkiloti yoki xo‘jalik yurituvchi boshqa subyekt; Raqamli ma’lumotlar platformasi operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi; shartnoma — Raqamli ma’lumotlar platformasidan ma’lumot olish maqsadida operator va foydalanuvchi o‘rtasida tuziladigan kelishuv; texnologik yo‘riqnoma — Raqamli ma’lumotlar platformasi doirasida idoralararo ma’lumot almashinuvining texnik usullari, tarkibi, tomonlarning javobgarligi va qayta aloqa tartibini belgilovchi hujjat; veb-servis — standartlashtirilgan interfeysga ega noyob veb-manzil bilan aniqlangan, axborot tizimlari va resurslarida mavjud ma’lumotlar almashinuvining formati va ma’lumotlar to‘plamini belgilaydigan dasturiy ta’minot tizimi. 3. Foydalanuvchilarning axborot tizimlarini Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulash faqat himoyalangan VPN tarmog‘i orqali tashkil etiladi. 4. Foydalanuvchi va operator o‘rtasidagi axborot almashinuvi tegishli so‘rov yuborish yo‘li bilan Raqamli ma’lumotlar platformasi yordamida amalga oshiriladi. 5. Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulangan axborot tizimlari va resurslarida mavjud bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar bilan axborot almashinuvi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 6. Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali ma’lumotlar foydalanuvchining vazifalarini bajarish uchun qayta ishlash maqsadida taqdim etiladi. Foydalanuvchi o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning ishonchliligi, to‘liqligi hamda dolzarbligini ta’minlash sharti bilan ularni boshqa foydalanuvchilarga, davlat organlari va tashkilotlariga Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali belgilangan tartibda shartnoma asosida taqdim etishi mumkin. 7. Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. 8. Foydalanuvchi Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanishi uchun mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq arizani kuzatuv xatiga ilova qilgan holda operatorga elektron shaklda yuboradi. 9. Operator ariza kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida arizani quyidagi talablarga muvofiq ko‘rib chiqadi: arizada ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘liq kiritilganligi; foydalanuvchining axborot tizimiga ulanishi bilan bog‘liq texnik-tashkiliy sharoitlar mavjudligi. 10. Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, operator yetti ish kuni mobaynida texnologik yo‘riqnomani foydalanuvchi bilan birgalikda ishlab chiqadi va kelishadi. Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanish rad etilgan taqdirda operator tomonidan foydalanuvchiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi. Foydalanuvchi xabarnomada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilib, qayta ariza berishi mumkin. 11. Texnologik yo‘riqnoma o‘zaro kelishilgandan so‘ng operator foydalanuvchini Raqamli ma’lumotlar platformasiga besh ish kuni mobaynida ulash choralarini ko‘radi. Bunda operator va foydalanuvchi o‘rtasida Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma rasmiylashtiriladi. 12. Foydalanuvchining axborot tizimi hamda tizimlarning integratsiyalashuvi jarayoniga qo‘yiladigan texnik talablar operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda, tegishli normativ-huquqiy hujjatga yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga muvofiq belgilanadi. 13. Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: arizada ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘liq kiritilmaganligi; foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan arizada yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi; ma’lumot taqdim etuvchining foydalanuvchiga ma’lumot taqdim etishni qonunchilik hujjatlariga muvofiq rad etganligi; ulanish bilan bog‘liq texnik-tashkiliy yechimning mavjud bo‘lmasligi. Boshqa asoslarga ko‘ra arizani rad etish yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulangan foydalanuvchi zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli so‘rovlarni yuborish orqali oladi. 15. Foydalanuvchi tomonidan Raqamli ma’lumotlar platformasiga so‘rov yuborilgandan so‘ng so‘rovda nazarda tutilgan ma’lumotlar operator va foydalanuvchi o‘rtasidagi texnologik yo‘riqnomada belgilangan toifadagi ma’lumotlar hisoblanishi avtomatik ravishda tekshiriladi. 16. Agar so‘rovda operator va foydalanuvchi o‘rtasida tuzilgan texnologik yo‘riqnomada nazarda tutilmagan ma’lumotlarni taqdim etish nazarda tutilgan bo‘lsa, so‘rov rad etiladi. 17. So‘rov shakliga umumiy talablar texnologik yo‘riqnomada belgilanadi. 18. Operator quyidagi huquqlarga ega: ma’lumotlarni taqdim etuvchi bilan kelishgan holda, foydalanuvchiga Raqamli ma’lumotlar platformasida joylashtirilgan veb-servislardan foydalanish uchun ruxsat berish; Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanish tartibi va shartlarini belgilash; foydalanuvchining Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanishiga ko‘maklashish; Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanish yuzasidan texnologik yechimlar bo‘yicha tushuntirishlar berish; foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomaning so‘zsiz bajarilishini talab qilish; Raqamli ma’lumotlar platformasida joylashtirilgan veb-servislarga kirish uchun ruxsat berish yuzasidan arizani ma’lumotlarni taqdim etuvchi bilan kelishish; foydalanuvchidan Raqamli ma’lumotlar platformasidagi tegishli veb-servislarga ulanishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘shimcha tarzda so‘rab olish; ma’lumot taqdim etuvchidan uning ma’lumotlar bazalarining barqaror ishlashi, belgilangan ma’lumotlarning Raqamli ma’lumotlar platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishini talab qilish; ma’lumot taqdim etuvchidan tegishli ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligi hamda dolzarbligi ta’minlanishini, dolzarb bo‘lmagan ma’lumotlar bo‘yicha kelib tushgan shikoyatlar o‘z vaqtida bartaraf etilishini talab qilish. Operator qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 19. Ma’lumot taqdim etuvchi quyidagi huquqlarga ega: Raqamli ma’lumotlar platformasida joylashtirilgan o‘z veb-servislariga foydalanuvchilarning ulanishini kelishish; Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali ma’lumot yuborish masalalarining texnik yechimida operatordan yordam olish; Raqamli ma’lumotlar platformasi faoliyati yuzasidan zarur axborotlarni operatordan so‘rab olish. Ma’lumot taqdim etuvchi qonunchilik hujjatlari va shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 20. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega: Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanish uchun operatorga belgilangan tartibda ariza yuborish; Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanish bo‘yicha operatordan tushuntirishlar olish; o‘z axborot tizimini Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulash yuzasidan yordam olish; operator bilan tuzilgan shartnomaning so‘zsiz bajarilishini talab qilish. Foydalanuvchi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 21. Operator quyidagi majburiyatlarga ega: ma’lumot taqdim etuvchi tomonidan tegishli xabarnoma olingan vaqtdan boshlab Raqamli ma’lumotlar platformasida joylashtirilgan veb-servislarga foydalanuvchi tomonidan kirish uchun ruxsatni vaqtincha to‘xtatib turish; Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilish; foydalanuvchiga Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali ma’lumotlar yuborilguniga qadar ularning konfidensialligini ta’minlash; Raqamli ma’lumotlar platformasining uzluksiz ishlashi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish; mazkur Nizom va foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnoma talablarini so‘zsiz bajarish; mazkur Nizomda yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar buzilgan taqdirda, ma’lumot taqdim etuvchi yoki foydalanuvchining Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanishini vaqtincha to‘xtatish yoki bekor qilish va bu haqda ularni rasmiy tarzda asoslarni ko‘rsatgan holda xabardor qilish. Operator qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 22. Ma’lumot taqdim etuvchi quyidagi majburiyatlarga ega: Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanish shartlariga rioya qilish; Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali yuborilgan so‘rovlarga muvofiq ma’lumotlarni texnologik yo‘riqnomada belgilangan tartibda taqdim etish; o‘ziga tegishli bo‘lgan axborot tizimlari va resurslari hamda ma’lumotlar bazalarining barqaror ishlashi, ulardagi zaruriy ma’lumotlarning Raqamli ma’lumotlar platformasiga uzluksiz ravishda taqdim etilishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish; o‘ziga tegishli ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘liqligi hamda dolzarbligini ta’minlash, dolzarb bo‘lmagan ma’lumotlar bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish, joriy qilish hamda kelib tushgan shikoyatlar natijasi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilab borish; o‘ziga tegishli veb-servis o‘zgaradigan taqdirda rejalashtirilgan o‘zgartirish amalga oshirilguniga qadar bu haqda ikki hafta oldin operatorga xabar berish; o‘z axborot tizimlari va resurslarida texnik ishlar olib borilishi natijasida Raqamli ma’lumotlar platformasiga taqdim etilayotgan veb-servislarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan uzilishlar yuzasidan texnik ishlar olib borilishidan kamida uch ish kun oldin operatorni yozma ravishda xabardor qilish; Raqamli ma’lumotlar platformasida joylashtirilgan o‘z veb-servislariga foydalanuvchilarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ulashni cheklash. Ma’lumot taqdim etuvchi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 23. Foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarga ega: Raqamli ma’lumotlar platformasida joylashtirilgan tegishli veb-servislarga kirish uchun ruxsatni olishga operator bilan arizani kelishish; Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanish tartibi va shartlariga rioya qilish; Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali olinayotgan ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlash; Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali olingan ma’lumotlarni uchinchi tomonga taqdim etmaslik, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno; Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali olingan ma’lumotlardan ma’lumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanmaslik; ushbu Nizom va operator bilan tuzilgan shartnoma talablarini so‘zsiz bajarish; Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulangan o‘z axborot tizimlarining uzluksiz ishlashi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish. Foydalanuvchi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 24. Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanishni vaqtincha to‘xtatish yoki bekor qilish operator tomonidan amalga oshiriladi. 25. Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanishni vaqtincha to‘xtatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablarining va texnologik yo‘riqnomaning buzilishi; shartnomada nazarda tutilgan to‘lovlar foydalanuvchi tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmasligi; foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni uchinchi tomonga shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga zid ravishda taqdim etilganligi haqida axborotning mavjudligi; axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi; Raqamli ma’lumotlar platformasi orqali olingan ma’lumotlardan ma’lumot taqdim etuvchi va operator bilan kelishilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilganlik haqida axborotning mavjudligi. 26. Raqamli ma’lumotlar platformasiga ulanishni bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: foydalanuvchi tomonidan “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarining aniqlanishi; axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mavjudligi yuzasidan vakolatli organlarning xulosasi; mazkur Nizom va shartnoma shartlari buzilishi yoki shartnomani amal qilish muddatining tugashi. 27. Raqamli ma’lumotlar platformasining ishtirokchilari o‘zaro hamkorlik va axborot almashinuvi natijasida olingan ma’lumotlarning axborot xavfsizligini ta’minlashi zarur. 28. Operator mazkur Nizom talablari ijrosi bo‘yicha doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi. 29. Operator va ma’lumot taqdim etuvchi mazkur Nizom va shartnoma talablarini buzgan foydalanuvchining xodimlarini xatti-harakatlari uchun javobgar bo‘lmaydi. 30. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Mazkur Nizom davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilarining o‘zaro hamkorlikda ishlashi tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi (keyingi o‘rinlarda — Yagona billing tizimi) — davlat xizmatlarini hamda boshqa xizmat va servislarni ko‘rsatish jarayonida olinadigan ayrim boj, yig‘im, to‘lov va jarimalar hisobini yurituvchi axborot tizimi; tranzaksiya — to‘lov summasining bir hisobvarag‘idan boshqa hisobvarag‘iga o‘tkazilishi; invoys — hisob-kitob varaqasi; invoys raqami — har bir tranzaksiya uchun yaratiladigan maxsus unikal (14 xonali) sonlar jamlanmasi; Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi (keyingi o‘rinlarda — kliring tizimi) — kliring tizimi orqali to‘lovlar amalga oshirilishida kliring tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlovchi axborot tizimi; “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga tushgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni Yagona billing tizimiga yuborish funksiyasini bajaruvchi axborot tizimi; talabgor — Yagona billing tizimiga xizmatlarini ulash istagini bildirgan subyekt; mijoz — Yagona billing tizimiga ulangan subyekt; Yagona billing tizimi operatori (keyingi o‘rinlarda — operator) — Yagona billing tizimining ishlashi, foydalanilishi, tashkiliy va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi. 3. Yagona billing tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi: tranzaksiyalar hisobini yuritish, hisobot va statistik ma’lumotlarni shakllantirish; bank kassalari, to‘lov tashkilotlari va masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali hamda bank hisobvarag‘idan naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshirilgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va mijozlarga real vaqt rejimida yetkazish; davlat xizmatlari, boshqa xizmat va servislarni ko‘rsatish uchun to‘lanadigan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun invoys yaratish. 4. Yagona billing tizimi orqali to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa to‘lovlardan tushadigan mablag‘larning 0,5 foizi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. 5. Yagona billing tizimini takomillashtirish va keyinchalik qo‘llab-quvvatlash Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi maxsus hisob raqami mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 6. Yagona billing tizimiga ulanish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Talabgorning axborot tizimlari va servislarini Yagona billing tizimiga integratsiya qilish talabgor axborot tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlangan holda amalga oshiriladi. 8. Yagona billing tizimiga “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — Identifikatsiyalashning yagona tizimi) ro‘yxatdan o‘tish orqali kiriladi. 9. Quyidagilar Yagona billing tizimiga ulanish uchun qo‘yiladigan talablar hisoblanadi: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)da davlat xizmati joriy etilishi yoki talabgorning axborot tizimlari, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha idoraviy axborot tizimlarining mavjudligi; mazkur Nizomga 2-ilova bilan tasdiqlangan shakldagi Yagona billing tizimiga integratsiya qilish xizmat pasportining mavjudligi; bank va g‘aznachilik hisobvaraqlari mavjudligi. 10. Yagona billing tizimiga ulanish quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: a) YIDXPda joriy etilayotgan barcha davlat xizmatlari bo‘yicha Yagona billing tizimiga ulash, bunda davlat xizmatini ko‘rsatuvchi davlat organi va tashkilot tomonidan faqat davlat xizmatlariga tegishli bank va g‘aznachilik hisobvaraqlari taqdim qilinadi; b) xizmatlarni taqdim etuvchi maydonlar, ma’lumotlarni yig‘ish punkti orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha talabgorning idoraviy axborot tizimlarini Yagona billing tizimiga ulash, bunda ulash axborot tizimining egasi (mulkdori) va operator o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar asosida amalga oshiriladi. Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimiga ulanish uchun: talabgor tomonidan Yagona billing tizimiga ulanish bo‘yicha operatorga tegishli so‘rov yuboriladi; operator talabgorni Yagona billing tizimiga ulash bo‘yicha uning texnik imkoniyatlarini o‘rganadi va natijasi bo‘yicha ushbu tizimga ulash yoki ulanishi maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xabardor qiladi; ulash maqsadga muvofiq deb topilganda talabgor ushbu tizimga ulanadigan xizmat va servislarning parametrlari haqidagi xizmat pasportlarini to‘ldiradi va tasdiqlaydi hamda Yagona billing tizimiga ulanish bo‘yicha operator bilan shartnoma tuzadi; Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimiga ulanish uchun talabgor tomonidan ariza taqdim etiladi; mazkur ariza asosida talabgor bilan Markaziy bank o‘rtasida Bosh kelishuv hamda talabgorning tizimdagi identifikatsiya kodlari ko‘rsatilgan Texnologik yo‘riqnoma tasdiqlanadi; Moliya vazirligi G‘aznachiligiga “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi orqali tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga tushadigan tushumlar bo‘yicha ma’lumotlarni Yagona billingga yuborish yuzasidan tegishli so‘rov yuboriladi; operator talabgorning xizmat va servislarini Yagona billing tizimiga integratsiya qiladi; talabgor to‘lov tizimlarini yurituvchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. 11. Talabgor tomonidan taqdim etilgan xizmat pasportida keltirilgan ma’lumotlar, xususan, ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va talabgorning tarkibiy tuzilmalari yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ro‘yxati va ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovlar tushadigan bank va g‘aznachilik hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqqoniyligi uchun talabgor javobgar hisoblanadi. 12. Talabgorning axborot tizimlari va servislarining parametrlari Yagona billing tizimining parametrlariga muvofiq kelmagan hollarda axborot tizimlari va servislari parametrlarini Yagona billing tizimiga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi. Operator so‘rovni qayta ko‘rib chiqadi. 13. Talabgor tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovlar shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i orqali amalga oshirilsa: talabgor Moliya vazirligi G‘aznachiligiga “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi orqali tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga tushadigan tushumlar bo‘yicha ma’lumotlarni Yagona billing tizimiga yuborish yuzasidan tegishli so‘rov yuboradi; Moliya vazirligi G‘aznachiligi ushbu so‘rovga asosan besh ish kunida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatining tegishli shaxsiy g‘azna xisobvaraqlari “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimiga ulanganligi yoki ulanmasligi haqida asoslangan javob qaytaradi. 14. Yagona billing tizimiga ulash operator tomonidan talabgorning tashabbusi bilan yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 15. Mijozlar uchun Yagona billing tizimi orqali o‘z hisobotlarini yuritish, hisobotlar va statistik ma’lumotlar olish, g‘aznachilik orqali tushgan va qaysi invoysga tegishliligi aniqlanmagan to‘lovlarni invoysga biriktirish uchun operator tomonidan alohida kabinet ochib beriladi. 16. Operator quyidagi huquqlarga ega: Yagona billing tizimi foydalanuvchilarini ro‘yxatga olish, ulash va o‘qitish; Yagona billing tizimini modernizatsiyalash va yangi versiyalarini ishga tushirish; mijozlarga Yagona billing tizimidan foydalanish bo‘yicha, shu jumladan, Yagona billing tizimida xato yoki noto‘g‘ri ishlashining oldini olish bo‘yicha maslahatlar berish; Yagona billing tizimidan foydalanuvchilar uchun tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mutaxassislar ajratish; Yagona billing tizimining funksional va foydalanish tasniflarini yaxshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish; Yagona billing tizimining doimiy va uzluksiz ishlashini ta’minlash; Yagona billing tizimida profilatik tadbirlar o‘tkazish uchun oldindan vazirliklar va idoralarga xabar bergan holda ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish; mijozlarning axborot tizimlari orqali Yagona billing tizimiga turli xil texnik xurujlar amalga oshirilganda va uning oqibatida kelib chiqadigan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida vazirliklar va idoralarni vaqtincha Yagona billing tizimidan uzib qo‘yish; Yagona billing tizimida bo‘lgan o‘zgarishlarga moslashishni talab qilish; mijozlarning so‘roviga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hamda integratsiyalarni amalga oshirish. 17. Zarurat tug‘ilganda, operator O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda Yagona billing tizimini texnik tomondan qo‘llab-quvvatlashda yuzaga kelgan nosozlik va xatoliklarni bartaraf etish maqsadida boshqa tashkilotlarni (texnik guruh) jalb qilish huquqiga ega. 18. Mijozlarning Moliya vazirligining G‘aznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimiga tushgan to‘lovlar bo‘yicha invoysga xato bog‘langan to‘lovni invoysdan yechib berish yuzasidan murojaati tegishli hujjatlar bilan asoslangan taqdirda, to‘lov invoysdan yechib beriladi. Bunda Yagona billing tizimida mazkur invoys bilan amalga oshirilgan operatsiya yakuniga yetkazilgan yoki mazkur invoys uchun mijozlarning idoraviy axborot tizimlarida xizmatlar ko‘rsatish boshlangan hamda qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, tushgan to‘lovlar invoysdan yechib berilmaydi. 19. Operator quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish; Yagona billing tizimining doimiy va uzluksiz ishlashini ta’minlash; Yagona billing tizimiga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar haqida vazirliklar va idoralarga aniq muddati ko‘rsatilgan holda kamida bir oy oldin yozma xabarnoma yuborish; Yagona billing tizimida yuzaga kelgan nosozlik va xatoliklarni bartaraf etish bo‘yicha murojaatlar qabul qilinishini tashkil etish va tezkorlik bilan ko‘rib chiqish hamda bartaraf etish; Yagona billing tizimidagi davlat organlariga taalluqli axborotning butligini ta’minlash. Operator qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin. 20. Yagona billing tizimi mijozlari quyidagi huquqlarga ega: Yagona billing tizimidan foydalanish, hisobotlar va statistik ma’lumotlar olish; Yagona billing tizimi xizmatidan foydalanuvchilar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; Yagona billing tizimidan foydalaniladigan xizmat turlarini ko‘paytirish, kamaytirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish; Yagona billing tizimidan foydalanuvchilarning ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishni talab qilish; Yagona billing tizimida yuzaga kelgan nosozlik va xatoliklarni bartaraf etishni so‘rab operatorga murojaat qilish; Moliya vazirligining G‘aznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimiga tushgan to‘lovlarni tegishli invoysga bog‘lash, invoysga xato bog‘langan to‘lovni invoysdan yechib berish bo‘yicha murojaat qilish. 21. Yagona billing tizimi mijozlari quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: Yagona billing tizimidan foydalanuvchi xodimlari Identifikatsiyalashning yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash; Yagona billing tizimidagi foydalanuvchilar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda 5 ish kuni davomida operatorni xabardor etish; Moliya vazirligining G‘aznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimidan o‘tgan mablag‘lar to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan subyektlarga berilgan invoysga to‘g‘ri kelishini nazorat qilib borish; Moliya vazirligining G‘aznachilik axborot tizimi orqali Yagona billing tizimiga tushgan to‘lovlar bo‘yicha invoysga xato bog‘langan to‘lovni invoysdan yechib berish yuzasidan murojaat qilishda to‘lov xato bog‘langanligi va uni yechish maqsadga muvofiqligini asoslab berish; ko‘rsatilgan xizmatlar haqi sifatida amalga oshirilgan har bir tranzaksiya summasining 0,5 foizini hisobot oyining yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-kuniga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi maxsus hisob raqamiga o‘tkazish. 22. Operator Yagona billing tizimining uzluksiz ishlashi va undagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik uchun javobgar hisoblanadi. 23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
132
48,205
Qonunchilik
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalar bozorida dilerlik vazifalarini bajarish bo‘yicha shartnoma tuzish
1.1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va 1996-yil 26-martdagi 119-sonli va 1997-yil 30-yanvardagi 57-sonli Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalar (bundan buyon matnda DQMO deb yuritiladi) bozorida dilerlik vazifasini amalga oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan shartnoma tuzish uchun Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan, Moliya vazirligi bilan kelishilgan, Adliya vazirligida 1998-yil 30-noyabrdagi 552-son ro‘yxat raqami bilan ro‘yxatga olingan Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan ishlash va ularning muomalada bo‘lishi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq nomzodlar hujjatlar taqdim etishi va mazkur Tartib bilan belgilanadigan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim. 1.2. Nomzodlar hujjatlar to‘plamini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Monetar operatsiyalar departamentiga taqdim etadilar. 2.1. Hujjatlar taqdim etish vaqtida investitsiya vositachisi (bank bo‘lmagan tashkilotlar uchun) sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lganiga 3 oydan kam bo‘lmagan yoki Markaziy bank litsenziyasiga (banklar uchun) ega bo‘lgan rezident yuridik shaxs bo‘lishi. Sug‘urta kompaniyalari va investitsiya fondlari DQMO bozorida diler bo‘lish huquqiga ega emas. 2.2. O‘z mablag‘lari (kapitali)ga ega bo‘lish: tijorat banklari uchun — Tijorat banklari kapitalining monandligiga quyiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) belgilangan ustav kapitalining tegishli minimal miqdoridan kam bo‘lmagan; bank bo‘lmagan tashkilotlar uchun — 800 mln so‘mdan kam bo‘lmagan. Bunda xususiy mablag‘lar (kapital) hisob-kitobi O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 2.3. Tijorat banklari qonun hujjatlarida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira talablarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishlari lozim. 2.5. Qonunchilik va normativ hujjatlar bilan belgilangan minimal miqdordan kam bo‘lmagan to‘liq to‘langan ustav kapitaliga ega bo‘lishi. 2.6. Tegishli malakali mutaxassislar shtatiga ega bo‘lishi. 2.7. Nomzodning hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari xatlanmagan va hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib qo‘yilmagan bo‘lishi lozim . 2.8. Nomzodning arizalari ko‘rib chiqilmaydi, agar ularga nisbatan: bajariladigan operatsiyalar doirasi chegaralanganligi to‘g‘risida taqdimnoma chiqarilgan bo‘lsa; vaqtinchalik ma’muriyat tayinlanishi to‘g‘risida buyruq chiqarilgan bo‘lsa; nochorlik (bankrotlik) jarayonini qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim qabul qilingan bo‘lsa; yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa. 3.1. DQMO bozorida dilerlik vazifasini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma tuzish uchun nomzod O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Monetar operatsiyalar departamentiga quyidagilarni taqdim etadi: ushbu Tartibning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza; tijorat banklari uchun ushbu Tartibning 2-ilovasiga muvofiq va bank bo‘lmagan tashkilotlar uchun ushbu Tartibning 3-ilovasiga muvofiq shaklda anketa; auditorlik tashkilotining moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi va buxgalteriya hisobining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yuritilganligi to‘g‘risidagi xulosasi. Yuqorida keltirilgan hujjatlardan tashqari, bank bo‘lmagan tashkilotlar quyidagilarni taqdim etadi: oxirgi yil uchun buxgalteriya balansi; tashkilotning hisobvarag‘idagi mablag‘lari xatlanmaganligi to‘g‘risida unga xizmat ko‘rsatuvchi bankning ma’lumotnomasi. 3.2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil ravishda DQMO bozorida dilerlik vazifasini bajarish to‘g‘risida tuziladigan shartnoma uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni, mazkur Tartibning 3.1. bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlar bundan mustasno, belgilangan tartibda axborot almashinuvi orqali, shu jumladan elektron shaklda oladi. 3.3. Mazkur Tartibning 3.1. bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etmagan nomzodlar bilan DQMO bozorida dilerlik vazifalarini bajarish to‘g‘risida shartnoma tuzilmaydi. 4.1. DQMO bozorida Diler maqomini olish uchun hujjatlar kelib tushganda Monetar operatsiyalar departamentining mas’ul xodimlari ish kuni davomida Nomzodlarni ro‘yxatga olish jurnalini (4-son Ilova) to‘ldiradi. 4.2. Monetar operatsiyalar departamenti nomzodlardan hujjatlarni qabul qilgan kundan keyingi ish kunida so‘rovnomalar jo‘natadi: tijorat banklari bo‘yicha — Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentiga nomzodlar bilan shartnoma tuzish bo‘yicha tavsiyalar hamda moliyaviy faoliyat to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish to‘g‘risida; bank bo‘lmagan tashkilotlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markaziga (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) nomzod bilan shartnoma tuzish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etish to‘g‘risida. Tijorat banklari bo‘yicha so‘rovnomaga javob quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim: Markaziy bankdan olingan litsenziyaning raqami va sanasi; ustav kapitali to‘langanligi; xususiy kapitali; Markaziy bankning majburiy zaxira talablari bajarilganligi; tijorat bankining korrespondent hisobvarag‘i xatlanmaganligi; o‘tgan yil va oxirgi tugagan chorak uchun sof foyda mavjudligi; tijorat bankining moliyaviy holati to‘g‘risidagi xulosa. 4.3. Har bir nomzodga tegishli so‘rovga javob kelib tushishi bilan Nomzodlarni qayd etish jurnalining “Mazkur ko‘rib chiqish natijasi” ustuni to‘ldiriladi va nomzodni tekshirish yakuni bo‘yicha xizmat varaqasi tayyorlanadi. 4.4. To‘ldirilgan Nomzodlarni ro‘yxatga olish jurnali hamda xizmat varaqasi Markaziy bank Raisining vakolatli o‘rinbosariga ko‘rib chiqish va yakuniy qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi. 5.1. Ko‘rib chiqish natijasida DQMO bozorida dilerlik vazifasini bajarish to‘g‘risida shartnomalar tuzish bo‘yicha ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinishi mumkin. Markaziy bankka hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan 30 kundan oshmagan muddatda DQMO bozorida dilerlik vazifasini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma tuzish bo‘yicha qaror qabul qilish to‘g‘risida nomzodga yozma ravishda javob yuboriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida javob olinmagan taqdirda, nomzod tushuntirish berilishi yuzasidan Markaziy bankka murojaat qilish huquqiga ega. Bunda, salbiy qaror to‘g‘risida javobda rad etish sababi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 5.2. Salbiy qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin: ushbu Tartibning 2-bo‘limiga muvofiq dilerlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bajarilmaganda; bank bo‘lmagan tashkilotlar bo‘yicha Markazdan salbiy xulosa olinganda. 5.3. DQMO bozorida dilerlik vazifasini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma tuzish uchun Markaziy bankning ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha roziligini ololmagan nomzodlar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilgan xolda, hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun taqdim etish huquqiga ega. 5.4. Qaror qabul qilingandan so‘ng 2 ish kunidan kechikmagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Monetar operatsiyalar departamenti DQMO bozorida dilerlik vazifasini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma tuzish uchun Markaziy bank roziligini olgan tashkilotlarning ro‘yxatini O‘zRVBga yuboradi. 5.5. Monetar operatsiyalar departamenti O‘zRVBdan nomzodga savdo identifikatori berilganligi to‘g‘risida xat olganidan so‘ng, nomzodlarga ro‘yxat kodini beradi. DQMO bozorida dilerlik vazifasini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma 2 nusxada Markaziy bank roziligini olgan tashkilot manziliga yuboriladi. 5.6. Markaziy bankdan 2 nusxada DQMO bozorida dilerlik vazifasini amalga oshirish to‘g‘risida shartnomani olgandan so‘ng, tashkilot o‘z tomonidan shartnomani imzolaydi va uni Monetar operatsiyalar departamentiga Markaziy bank tomonidan imzolash uchun taqdim etadi. 1. Nomzodlar arizalarini ro‘yxatga olish uchun maxsus jurnal ochiladi. 2. Nomzodlarni ro‘yxatga olish jurnali elektron shaklda barcha yozuvlarni chop etish sharti bilan yuritiladi. Jurnalning har bir varag‘i raqamlanib, Monetar operatsiyalar departamentining mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi va alohida jildga tikiladi. 3. Jurnal quyidagicha to‘ldiriladi: a) 1 ustunda nomzodning tartib raqami qo‘yiladi; b) 2 ustunda nomzodni to‘liq nomi ko‘rsatiladi; v) 3 ustunda ariza va anketa kelib tushgan sana qo‘yiladi; g) 4 ustunda KTUT kodi ko‘rsatiladi; d) 5 ustunda nomzod tomonidan olingan bank litsenziyasi raqami va sanasi — tijorat banklari uchun; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan olingan qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya raqami va sanasi — bank bo‘lmagan boshqa tashkilotlar uchun qo‘yiladi; e) 6-7 ustunlar nomzod tomonidan taqdim etilgan anketa ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi; i) 8 ustun ko‘rib chiqish natijalari asosida to‘ldiriladi; l) 9 ustunda qaror qabul qilingan sana ko‘rsatiladi.
102
9,308
Qonunchilik
Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ–1326-sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 17-son, 131-modda) 4-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 24-fevraldagi 22, 2012-13-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2336, 2012-yil 6-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 10-son, 111-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. IV. Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
197
1,405
Qonunchilik
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida” 2019-yil 15-avgustdagi PQ-4419-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: a) texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash (keyingi o‘rinlarda ma’qullash deb ataladi) faqat quyidagi sinov laboratoriyalariga (keyingi o‘rinlarda laboratoriya deb ataladi) nisbatan amalga oshiriladi: shaxsiy (ishlab chiqarish) ehtiyojlari uchun o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar va/yoki kirib kelayotgan xomashyo, materiallar yoki tayyor mahsulotlarni sinovdan o‘tkazuvchi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar laboratoriyalari; mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayoni va xizmatlarni sertifikatlashtirish jarayonida ishtirok etishga da’vo qilmaydigan laboratoriyalar; b) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan ma’lum bir soha yoki yo‘nalishdagi mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayonlari va xizmatlarning muvofiqligini baholash ishlarini olib borish uchun vakolatli etib belgilangan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan muvofiqlikni baholash organlari muvofiqlikni baholash bo‘yicha vakolatli organlar hisoblanadi hamda ularga yuklangan vazifalar va fuksiyalarga bog‘liq ravishda belgilangan tartibda ma’qullash yoki akkreditatsiya tartib-taomilidan o‘tadilar; v) muvofiqlikni baholash bo‘yicha vakolatli va ma’qullangan organlarning reyestrini yuritish va yangilash O‘zbekiston akkreditatsiya markazi davlat unitar korxonasiga yuklanadi; g) laboratoriyalar uchun ma’qullash tartibidan o‘tish ixtiyoriydir, ushbu qarorning 2-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida majburiyligi belgilangan holatlar bundan mustasno. 3. Belgilansinki: muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlar idoraviy mansubligidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan va faoliyati ixtisosligi turidan qat’i nazar akkreditatsiyadan o‘tishdan manfaatdor bo‘lsalar, akkreditatsiyadan o‘tish huquqiga egadirlar; amaldagi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomalar laboratoriyalarning yozma murojaatlariga asosan texnik jihatdan malakaliligini qo‘shimcha baholamasdan ularning amal qilish muddatiga ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomalarga bepul qayta rasmiylashtirilishi mumkin; milliy akkreditatsiya tizimining belgisidan foydalanish, shuningdek, akkreditatsiyaga havola qilish huquqi faqat akkreditatsiyadan o‘tgan muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlarga beriladi. 4. “O‘zstandart” agentligi bir oy muddatda muvofiqlikni baholash bo‘yicha vakolatli organlarning reyestrini shakllantirsin va keyinchalik O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasining rasmiy veb-saytida e’lon qilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom sinov laboratoriyalarining (keyingi o‘rinlarda laboratoriyalar deb ataladi) texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibini belgilaydi. 2. Laboratoriyalarning texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash (keyingi o‘rinlarda ma’qullash deb ataladi) O‘zbekiston akkreditatsiya markazi davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ariza beruvchi ― laboratoriya texnik jihatdan malakalilik ma’qullashidan o‘tishi uchun tegishli buyurtma bilan Markazga murojaat qilgan yuridik shaxs; ma’qullash ― faoliyatning muayyan sohasida sinovlarni o‘tkazishga yuridik shaxslarning laboratoriyalari texnik jihatdan malakaliligini Markaz tomonidan rasman tasdiqlash; ma’qullash sohasi ― laboratoriya faoliyatining ma’qullash so‘ralayotgan yoki ma’qullash taqdim etilgan aniq sohasi; ma’qullangan laboratoriya hujjatlarini dolzarblashtirish ― laboratoriyaning ma’qullash sohasiga va/yoki texnik pasportiga laboratoriya tomonidan o‘zgartirishlar kiritish va belgilangan tartibda Markazga taqdim etish; ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma ― ma’qullashning belgilangan sohasida ishlarni bajarish uchun laboratoriyaning texnik jihatdan malakaliligini tasdiqlovchi Markaz tomonidan beriladigan hujjat; muvofiqlikni baholash bo‘yicha vakolatli organlar ― yuklangan vazifalar va funksiyalarga bog‘liq ravishda belgilangan tartibda ma’qullash yoki akkreditatsiya tartib-taomilidan o‘tadigan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan ma’lum bir soha yoki yo‘nalishdagi mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayonlari va xizmatlarning muvofiqligini baholash ishlarini olib borish uchun vakolatli etib belgilangan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlar; texnik jihatdan malakalilikni baholash ― ma’qullash so‘ralayotgan faoliyat sohasida sinov yoki o‘lchovlarni o‘tkazish uchun laboratoriyada shart-sharoitlarning va malakali xodimlarning mavjudligini aniqlash maqsadida Markaz tomonidan amalga oshiriladigan jarayon; texnik ekspert ― muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni tashkil etish va shu sohadagi jarayon yoki faoliyat xususida maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lgan, shartnoma asosida laboratoriyada baholash o‘tkazish uchun Markaz tomonidan jalb qilinadigan jismoniy shaxs yoki ekspert tashkilotning vakili. 4. Ma’qullashning talablari va shartlari quyidagilardan iborat: ma’qullash tartibidan o‘tishga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, normativ-huquqiy hujjatlarga majburiy rioya qilish; laboratoriya faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan egalik yoki boshqa mulkiy huquq, shuningdek, ijara huquqi asosida bino va inshootlar, texnik, texnologik va apparat-dasturiy vositalarning mavjudligi; texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan ishlab chiqarish binolari va atrof muhit shart-sharoitlari mavjudligi; so‘ralayotgan ma’qullash sohasiga muvofiq sinovlar o‘tkazilishini ta’minlaydigan sinov, o‘lchov vositalari, standart namunalarning mavjudligi; malakasi ma’qullash jarayonida Markaz tomonidan baholanadigan va so‘ralayotgan ma’qullash sohasida malakaga ega bo‘lgan xodimlarning mavjudligi, ularning o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlash; so‘ralayotgan ma’qullash sohasiga muvofiq sinov usullarini tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi; laboratoriyalar tomonidan ushbu Nizomning 16-bandida, shuningdek, 7 va 8-boblarida ko‘rsatilgan majburiyatlarga rioya qilish. 5. Ma’qullangan laboratoriyalar, shuningdek, akkreditatsiyadan o‘tgan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriyalar (markazlar), metrologiya xizmatlari amaldagi ma’qullash yoki akkreditatsiya sohalariga muvofiq o‘zlari qo‘llayotgan sinov va o‘lchov vositalaridan, standart namunalardan va sinash asbob-uskunalaridan foydalanish va/yoki ularni qo‘llash huquqi ma’qullash tartib-taomilidan o‘tishga talabgor bo‘lgan ariza beruvchilar foydasiga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 6. Laboratoriyalarning texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. Ariza beruvchi Markaz tomonidan belgilanadigan yozma yoki elektron shaklda ma’qullash uchun arizani (keyingi o‘rinlarda buyurtma deb ataladi) ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda taqdim etadi. 7. Ariza beruvchi buyurtmaga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qiladi: ma’qullash so‘ralayotgan ma’qullash sohasini aniqlovchi sinov usullari (metodikalari) va/yoki o‘lchash turlarining ro‘yxati; laboratoriyaning tartib-taomil hujjatlari; laboratoriyaning texnik pasporti (laboratoriya, xodimlar, jihozlar, qo‘llaniladigan sinov va o‘lchash vositalari to‘g‘risidagi ma’lumot). 8. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra laboratoriyaga tegishli qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin. 9. Markaz taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liqligi yuzasidan buyurtmani o‘rganadi. Buyurtmani o‘rganish ijobiy natija bersa, u ro‘yxatdan o‘tkaziladi va bir ish kunidan kechikmay laboratoriyada baholashni o‘tkazish uchun shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) tayyorlanadi va ariza beruvchiga yuboriladi. Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar (ma’lumotlar) taqdim etilmagan taqdirda, Markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarish haqida xabar qiladi. 10. Ariza beruvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilgach, Markaz besh ish kunidan kechikmay laboratoriyada baholashni o‘tkazish uchun Markaz xodimlaridan va/yoki texnik ekspertlardan iborat baholash komissiyasini (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) shakillantiradi. Komissiyaga zimmasiga ma’qullash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy mas’uliyat yuklangan va Markaz tomonidan vakolat berilgan baholash komissiyasining raisi rahbarlik qiladi. 11. Komissiya tarkibi, laboratoriyada baholashni o‘tkazish sanasi va vaqti Markaz direktori yoki uning o‘rinbosari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Bunda laboratoriyada baholashni o‘tkazish sanasi ariza beruvchi bilan uning asoslangan takliflarini inobatga olgan holda oldindan kelishib olinadi. 12. Laboratoriyada baholashni o‘tkazish muddatlari uning faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda Markaz tomonidan aniqlanadi. Laboratoriyada baholashni o‘tkazish muddati o‘n ish kunidan oshmasligi kerak. 13. Laboratoriyada baholashni o‘tkazish Markaz tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi. 14. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, ma’qullash talablariga va shartlariga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini va laboratoriya tomonidan so‘ralayotgan ma’qullash sohasidagi ishlarni bajarish imkoniyatini joyiga chiqqan holda baholaydi. 15. Komissiya laboratoriyaning ma’qullash sohasiga kiritilgan har bir so‘ralgan sinov usullari (metodikalari) va/yoki o‘lchash turlarini bajara olish imkoniyatini baholaydi. 16. Ariza beruvchi laboratoriyada baholash o‘tkazish, shu jumladan, komissiyaning zarur ma’lumotlarga, yozuvlarga va hujjatlarga, binolarga kirishini, shuningdek, laboratoriya xodimlarining malakasini baholash uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi. Xodimlar malakasini baholash ularning shaxsiy kartalarini o‘rgangan holda so‘ralgan sohadagi malakasi, tayyorgarligi, ma’lumotini, muvofiqlikni baholash bo‘yicha ko‘nikmalarini namoyish qilishini kuzatish orqali amalga oshiriladi. Komissiya so‘ralgan ma’qullash sohasida nazorat sinovlari, o‘lchovlar o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir. 17. Agar laboratoriyada baholash uchun shart-sharoitlar ta’minlanmasa, komissiya raisi Markazga tegishli hisobotni taqdim qilishi kerak, uning asosida Markaz ma’qullash jarayoni ishlari ikki oydan oshmagan muddatga to‘xtatilganligi to‘g‘risida ariza beruvchiga yozma ravishda xabar beradi. Agar ariza beruvchi belgilangan muddatda laboratoriyada baholash o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni yaratib bermasa, ma’qullash uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish tugatiladi. 18. Laboratoriyada baholash natijalari bo‘yicha baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni (agar mavjud bo‘lsa) o‘z ichiga qamrab oluvchi komissiyaning dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda dalolatnoma deb ataladi) tuziladi. Dalolatnoma barcha komissiya a’zolari, shuningdek, o‘zining alohida fikrini (zarurat bo‘lganda) ifodalashga haqli bo‘lgan ariza beruvchining vakolatli vakili tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi ariza beruvchining vakolatli vakiliga beriladi. 19. Komissiya ijobiy dalolatnoma rasmiylashtirgan taqdirda, bir ish kunidan kechikmay dalolatnomani Markazga taqdim etadi. 20. Baholash jarayonida nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan taqdirda, ariza beruvchi Markazga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida hisobot (keyingi o‘rinlarda hisobot deb ataladi) taqdim etadi. Hisobotni taqdim etish muddati dalolatnoma rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oydan oshmasligi kerak. 21. Ariza beruvchi belgilangan muddatda hisobot taqdim etmasa, ma’qullash jarayoni tugatiladi. 22. Markaz hisobot olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunida hisobot baholashni o‘tkazgan komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. Komissiya ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini zarur hollarda joyiga chiqqan holda o‘rganadi. Agar hisobotda keltirilgan ma’lumotlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lmasa, komissiya qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir. 23. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha komissiya yakuniy dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni bir ish kunidan kechikmay Markazga taqdim etadi. 24. Markaz uch ish kuni mobaynida dalolatnomani ko‘rib chiqishni ta’minlaydi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash; ma’qullash sohasini qisqartirgan holda laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash; laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini ma’qullashni rad etish; dalolatnoma xulosalariga qo‘shilmagan taqdirda ― laboratoriya ma’qullash talablari va shartlariga muvofiqligini xaq olmasdan qo‘shimcha baholashni o‘tkazish. 25. Laboratoriyani ma’qullashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: baholash vaqtida zarur ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortish; ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarda noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi; laboratoriyaning ma’qullash talablari va shartlariga nomuvofiqligi. Ma’qullashni rad etish to‘g‘risida boshqa asoslar, shu jumladan, maqsadga muvofiqsizlik sabablari bo‘yicha qaror qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 26. Laboratoriyani ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, laboratoriya Markaz tomonidan bir ish kunidan kechikmay ma’qullangan laboratoriyalar reyestriga kiritiladi va guvohnoma rasmiylashtiriladi. Agar laboratoriyani ma’qullashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, Markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga bu to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboradi. 27. Markaz tomonidan o‘zining rasmiy veb-saytida ma’qullangan laboratoriyalar reyestri yuritiladi (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi). Reyestr tanishish uchun ochiq hisoblanadi. 28. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma reyestrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ikki yil muddatga beriladi. 29. Agar laboratoriya ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin takroriy ma’qullash uchun ariza taqdim etsa, Markaz ilgari berilgan ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tegishli qaror qabul qilingan kungacha uzaytirish huquqiga ega, bunda uzaytirish muddati uch oydan oshmasligi kerak. 30. Takroriy ma’qullash tartibi ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 31. Ma’qullangan laboratoriya ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan talablar va shartlarga, ma’qullash sohasiga rioya qilishga hamda o‘tkazilgan sinovlar yoki o‘lchovlarning ishonchliligiga javobgardir. Bunda Markaz ma’qullangan laboratoriyadan har yarim yilda bir marotaba uning ma’qullash sohasi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir. 32. Agar Markazga ma’qullash talablari va shartlari buzilganligi to‘g‘risida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat tushsa, Markaz murojaatda keltirilgan vajlarning xaqqoniyligini o‘rganish uchun aynan ushbu vajlar bo‘yicha laboratoriyani qayta baholashga (keyingi o‘rinlarda qayta baholash deb ataladi) haqlidir. 33. Laboratoriya faoliyatini qayta baholash ushbu Nizomning 11 ― 16, 18 ― 23-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. 34. Markaz uch ish kunidan kechikmay laboratoriya faoliyatini qayta baholash dalolatnomasi ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash; ma’qullash sohasini qisqartirgan holda ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash; ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish; ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish. Markazning qarori to‘g‘risidagi ma’lumot laboratoriyaga qaror qabul qilinganidan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay yetkaziladi. 35. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) yoki tugatish ushbu Nizomning 4-5-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 36. Markazning ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan laboratoriya Markaz huzuridagi apellatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilishi mumkin. 37. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi: laboratoriya ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida yozma murojaat qilganida; laboratoriya tomonidan ma’qullash talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda. 38. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish Markazning qarori bilan amalga oshiriladi. Bunda ushbu Nizomning 37-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilishi to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Markaz veb-saytiga joylashtiriladi va yozma ravishda laboratoriyaga xabarnoma yuboriladi. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi Markaz tomonidan qabul qilingan qarorda ko‘rsatilgan sanadan boshlab to‘xtatib turiladi. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tiklangunga qadar laboratoriya tomonidan o‘tkaziladigan o‘lchash yoki sinovlar natijalarini rasmiylashtirishda ma’qullash jarayonidan o‘tganlik maqomiga havola qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 39. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi ushbu Nizomning 37-bandi uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatda to‘xtatilgan bo‘lsa, laboratoriya Markazga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan nomuvofiqliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi. Bunda hisobotni taqdim etish muddati Markazning qarori qabul qilingan sanadan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak. Agar belgilangan muddatda laboratoriya tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan nomuvofiqliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi hisobot taqdim etilmasa, Markaz ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatadi. 40. Nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi holatini o‘rganish ushbu Nizomning 22 va 23-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. 41. Markaz komissiya tomonidan yakuniy dalolatnoma taqdim etilganidan so‘ng uch ish kunidan kechiktirmay tegishli qarorni qabul qiladi. 42. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Markazning veb-saytida yuritiladigan ma’qullangan laboratoriyalar reyestriga kiritiladi va bu haqda laboratoriyaga yozma ravishda xabar yuboriladi. 43. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: laboratoriya ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda; yuridik shaxs (uning huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan laboratoriya) tugatilganda; guvohnoma amal qilishining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda laboratoriya tomonidan bartaraf etilmaganda; ma’qullash sohasi buzilganda (ma’qullash jarayonidan o‘tganlik maqomini belgilovchi matnli havolani ko‘rsatgan holda ma’qullash taqdim etilgan sohadan tashqari o‘lchash yoki sinovlarni o‘tkazish); guvohnoma soxta hujjatlar va noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda. 44. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish Markazning qarori bilan amalga oshiriladi. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Markazning veb-saytida yuritiladigan ma’qullangan laboratoriyalar reyestriga kiritiladi va laboratoriyaga yozma ravishda xabar yuboriladi. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi Markaz tomonidan qabul qilingan qarorda ko‘rsatilgan sanadan boshlab tugatiladi. 45. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma ushbu Nizomning 43-bandi to‘rtinchi — oltinchi xatboshilariga muvofiq tugatilganda, ma’qullash uchun takroriy buyurtma uch oydan keyin taqdim etilishi mumkin. 46. Ma’qullash sohasini kengaytirish laboratoriyaning buyurtmasiga asosan ushbu Nizomning 6 ― 25-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Laboratoriyaning ma’qullash sohasini kengaytirish to‘g‘risida Markaz tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, ma’qullash sohasi yangi tahrirda tasdiqlanadi, agar rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, Markaz bir ish kunidan kechikmay laboratoriyaga bu xaqda yozma xabarnoma yuboradi. 47. Laboratoriyaning ma’qullash sohasini qisqartirish Markaz qarori bilan quyidagilar asosida amalga oshiriladi: laboratoriyaning ma’qullash sohasini qisqartirish to‘g‘risidagi arizasi; laboratoriya faoliyatini qayta baholash natijalariga ko‘ra. 48. Ma’qullash sohasi qisqartirilganda Markaz tomonidan laboratoriyaning ma’qullash sohasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, yangi tahrirda tasdiqlanadi. Ma’qullash sohasini qisqartirish uchun haq olinmaydi. 49. Markaz tomonidan ma’qullashni amalga oshirish uchun quyidagi xizmatlarga haq undiriladi: laboratoriyada baholash o‘tkazish; ma’qullash sohasini dolzarblashtirish. 50. Markaz tomonidan ma’qullashni amalga oshirish uchun quyidagi xizmat turlari bo‘yicha haq undirilmaydi: buyurtmani ko‘rib chiqish; oldin berilgan (amaldagi) ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish; ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) yoki tugatish; ma’qullash sohasini qisqartirish; ma’qullangan laboratoriyaning texnik pasportida keltirilgan ma’lumotlarni dolzarblashtirish. 51. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan Markazning xizmatlari uchun to‘lovlar sarflanadigan vaqt, moddiy resurslardan va xizmat safari xarajatlaridan kelib chiqqan holda Markaz tomonidan aniqlanadi. Ariza beruvchi tuzilgan shartnomaga muvofiq ma’qullash ishlarini bajarish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, shu jumladan, xizmat safari xarajatlarini, ularning natijalaridan qat’i nazar to‘lashi shart. Sarflangan vaqt, moddiy resurs va xizmat safari xarajatlarini hisoblab chiqish metodikasi Markaz tomonidan belgilanadi va uning veb-saytiga joylashtiriladi. 52. Qayta tashkil etilgan, nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda laboratoriya yigirma ish kuni mobaynida mazkur o‘zgartirishlar xaqida Markazni yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Markaz yozma bildirishnoma olgan paytdan boshlab va ma’qullash to‘g‘risidagi yangi guvohnoma rasmiylashtirilgunga qadar laboratoriya o‘z faoliyatini oldin berilgan ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma asosida amalga oshiradi. 53. Laboratoriya joylashgan joy o‘zgarganda ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda takroriy ma’qullash amalga oshiriladi. 54. Agar yuridik shaxs ilgari ma’qullangan laboratoriyaning vorisi bo‘lmasa, hujjatlarni keyinchalik ko‘rib chiqish tartibi ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 55. Ma’qullash to‘g‘risidagi yangi guvohnomani rasmiylashtirish Markaz tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Nizomning 53 va 54-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yangi guvohnomani rasmiylashtirish takroriy ma’qullash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi. 56. Quyidagi hollarda ma’qullangan laboratoriya hujjatlari dolzarblashtiriladi: laboratoriyani ma’qullash sohasida ko‘rsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar o‘rniga yangi hujjatlar amalga kiritilganda, ularga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilganda (bundan qabul qilingan normativ hujjatda mahsulotlarning yangi turlari, sinov (o‘lchov) usullari ko‘rsatilgan hollar mustasno); texnik pasportda keltirilgan ma’lumotlar o‘zgarganda. 57. Ma’qullash bo‘yicha hujjatlar dolzarblashtirilsa, laboratoriya buning sabablarini ko‘rsatgan holda o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib Markazga buyurtma taqdim etadi. 58. Markaz o‘n besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ushbu Nizomning 7-bandiga asosan taqdim etilgan hujjatlar to‘plamiga qo‘shimcha sifatida kiritadi. Ushbu Nizomning 56-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq laboratoriyaning ma’qullash sohasi dolzarblashtirilgan taqdirda, u yangi tahrirda tasdiqlanadi. 59. Baholash natijalari bo‘yicha unga nisbatan Markazning salbiy qarori qabul qilingan laboratoriya Markazning qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kalendar kun mobaynida Markazga yozma shakilda apellatsiya berish huquqiga ega. Markazning qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kalendar kundan ortiq muddatda berilgan apellatsiyalar ko‘rib chiqilmaydi. 60. Apellatsiya komissiyasi har bir aniq apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun zaruratga ko‘ra shakllantiriladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmasligi kerak. 61. Apellatsiya komissiyasining tarkibi Markazning vakillaridan, apellatsiya bergan laboratoriyani baholashda ishtirok etmagan, jalb qilinadigan malakali mutaxassislardan shakllantiriladi. Bunda apellatsiya komissiyasi tarkibida Markaz xodimlari soni apellatsiya komissiyasi a’zolari umumiy sonining yarmidan kam bo‘lishi lozim. 62. Apellatsiya komissiyasi berilgan apellatsiyani ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida laboratoriyaga yozma ravishda ma’lum qiladi. Apellatsiyani ko‘rib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab o‘n kalendar kundan oshmasligi kerak. 63. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: apellatsiyani qanoatlantirish; apellatsiyani qisman qanoatlantirish; apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish. 64. Markaz ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnomani apellatsiya bergan laboratoriyaga yozma shaklda yuboradi. 65. Aynan bir masala bo‘yicha apellatsiyani takroran berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 66. Apellatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin. 67. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-noyabrdagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentning rus tilidagi matnida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 45-son, 578-modda): a) 8-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “akkreditovannix agentstvom “Uzstandart”” so‘zlari “odobrennix na texnicheskuyu kompetentnostv GUP “Sentr po akkreditatsii” pri Uzbekskom agentstve standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 9-bandining uchinchi xatboshidagi “akkreditovannoy agentstvom “Uzstandart”” so‘zlari “odobrennoy na texnicheskuyu kompetentnost v GUP “Sentr po akkreditatsii” pri Uzbekskom agentstve standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 57-banddagi “akkreditovannix agentstvom “Uzstandart”” so‘zlari “na texnicheskuyu kompetentnost v GUP “Sentr po akkreditatsii” pri Uzbekskom agentstve standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 1-ilovaning 1-bandi “g” kichik bandidagi “akkreditatsii” so‘zi “odobrenii na texnicheskuyu kompetentnost” so‘zlari bilan almashtirilsin.
116
28,981
Qonunchilik
Senatning oʻn birinchi yalpi majlisi 2017 yil 24 avgust kuni boʻlib oʻtadi
Toshkent shahrida 2017 yil 18 avgust kuni boʻlib oʻtgan Senat raisi Nigʻmatilla  Yoʻldoshev boshchiligida parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oliy Majlis Senatining oʻn birinchi yalpi majlisini joriy yilning 24 avgust kunida  chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul  qilindi. Senatning yalpi majlisi kun tartibiga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosiga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilmoqda:  Yalpi majlisda senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunlarni ham koʻrib chiqadilar. Shuningdek yalpi majlisning kun tartibiga Toshkent viloyatining Toʻytepa, Yangiyoʻl va Ohangaron shaharlarini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisidagi masalalar ham kiritildi. Bundan tashqari, yalpi majlisda Senat a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash haqidagi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ayrim rahbarlariga parlament soʻrovi yuborish, shuningdek parlament soʻrovi natijalari haqidagi masalalarni ham koʻrib chiqadilar. Ma’ruf USMANOV
75
1,421
Qonunchilik
YaDRO POLIGONLARIDA VA BOShQA YaDROVIY-RADIATSIYA OBYEKTLARIDA HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN PENSIYA YoShIDAGI ShAXSLARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASh TO‘G‘RISIDA
“Qariyalarni qadrlash yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida: 1. 2002-yilning 1-iyunidan boshlab, yadro poligonlarida va boshqa yadroviy- radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarga: sanatoriy-kurort yo‘llanmalari, protez-ortopediya buyumlari (tishni protez qilishdan tashqari) va eshitish apparatlari, shifokorning retsepti bo‘yicha dori-darmonlar bilan bepul ta’minlash; 2. Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda quyidagi imtiyoz turlari belgilansin: mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalarni ish stajidan qat’i nazar to‘liq ish haqi miqdorida to‘lash; yillik ta’tildan o‘zlari uchun qulay vaqtda foydalanish, shuningdek har yili ish haqi saqlangan holda kamida 12 ish kuni davomidagi qo‘shimcha ta’til olish; istiqomat joyida ma’muriy tuman doirasidagi qishloq joylarda jamoat foydalanadigan avtomobil transportida (taksi bundan mustasno), shuningdek shahar atrofida qatnovchi temiryo‘l transportida va shahar atrofi yo‘nalishlaridagi avtobuslarda bepul yurish. 3. Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga salomatlikni tiklash uchun quyidagi miqdorlarda yillik bir yo‘la moddiy yordam belgilansin: 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida; 3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
155
1,920
Qonunchilik
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmoniga muvofiq ilgari berilgan imtiyozlarni bekor qilish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tovarlarni olib kirishda, shuningdek, ishlar (xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz o‘rniga 120 kungacha bo‘lgan muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni kechiktirish mexanizmlaridan foydalanilishi belgilaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish jarayonining avtomatlashtirilishini ta’minlasin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda QQS deb ataladi) to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish (120 kun muddatgacha) tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomning amal qilishi davlat soliq xizmati organlarida QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi o‘rinlarda soliq to‘lovchilar deb ataladi) nisbatan tatbiq etiladi. 3. Soliq to‘lovchilar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya) hisobida turuvchi soliq to‘lovchilarning reyestri O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. 4. Tovarlarni import qilishda, soliq to‘lovchilarga QQS to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati ushbu Nizom talablariga rioya qilingan taqdirda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan beriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda QQSni to‘lash bo‘yicha majburiyat yuzaga kelgan taqdirda, QQS to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati ushbu Nizom talablariga rioya qilingan xolda davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladi. 6. Tovarlarni import qilishda QQS summasi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda esa — soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi. 7. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 8. Tovarlarni import qilishda soliq to‘lovchilarga QQS to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyati davlat bojxona xizmati organining qarori bilan beriladi. 9. QQSni to‘lash muddatining uzaytirilishi bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 120 kundan oshmasligi kerak. 10. QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun soliq to‘lovchi davlat bojxona xizmati organiga quyidagilarni taqdim etadi: QQS summasini to‘lash bo‘yicha yozma majburiyatni o‘z ichiga olgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ariza; O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq QQS to‘lanishining ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjat, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida hisobda turuvchi soliq to‘lovchilar, shuningdek, oxirgi o‘n ikki oy davomida qiymati 1 million AQSh dollaridan ortiq tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni olib kirayotgan korxonalar bundan mustasno. 11. Davlat bojxona xizmati organi tomonidan QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Davlat bojxona xizmati organining qarorida QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati berilayotgan muddat, uzaytirish imkoniyati berilishi rad etilgan taqdirda esa — bir ish kuni ichida rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risida soliq to‘lovchini yozma ravishda xabardor qiladi. 12. Quyidagilar QQS to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyatini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi: ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan talablarga rioya qilmaslik; QQSni to‘lash bo‘yicha oldin taqdim etilgan uzaytirilgan to‘lov muddatini buzish holatlari mavjudligi. 13. QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatining berilgan har bir kuni uchun to‘lanadigan QQS summasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, qayta moliyalashtirish stavkasining bir kun uchun qayta hisoblangan foizining ellik foizi miqdorida foizlar undiriladi. Oxirgi o‘n ikki oy davomida qiymati 1 million AQSh dollaridan ortiq tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan holda to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati beriladi. Bunda 120 kun ichida to‘lov muddati uzaytirilgan QQS summasi to‘lanmagan taqdirda, ushbu bandga muvofiq foizlar hisoblanishi to‘xtatiladi. 14. QQSni to‘lash bo‘yicha taqdim etilgan uzaytirilgan to‘lov muddati davrida QQS to‘lovi soliq to‘lovchi tomonidan to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyatining oxirgi kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. To‘lov muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan soliq to‘lovchi tomonidan QQS summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, bojxona organlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda QQS to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikning to‘liq miqdorini undirish choralarini ko‘radilar. 15. Berilgan to‘lov muddatini uzaytirish davrida QQS summasining (yoki uning bir qismining) to‘lanishi soliq to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lanadigan QQSni hisoblashda ushbu summani O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisobga olish huquqini beradi. To‘lov muddati uzaytirilgan davrda summa quyidagilar mavjud bo‘lganda to‘langan hisoblanadi va bojxona organi tomonidan hisobdan chiqariladi: tovarlar amalda eksport qilinganda; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan soliq to‘lovchida tovarlar eksporti munosabati bilan QQSning salbiy qoldig‘i mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lganda. 16. Soliq to‘lovchi tomonidan to‘lov muddati uzaytirilgan davrda QQS summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, davlat bojxona xizmati organlari to‘lov muddati uzaytirilgan QQS summasi bo‘yicha qarzlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralarini ko‘radilar. 17. Soliq to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda QQSni to‘lash muddatini uzaytirish uchun davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi. QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish to‘g‘risidagi arizaga QQS summasi to‘lanishi ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiyada hisobda turuvchi soliq to‘lovchilar bundan mustasno. To‘lanishi ta’minlanganini tasdiqlovchi hujjatlarga QQSni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar summasidan kam bo‘lmagan garov bilan ta’minlangan mol-mulk va bank kafolati kiradi. 18. Davlat soliq xizmati organi ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyatini berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 19. Quyidagilar QQS to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyatini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi: ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga rioya qilmaslik; soliq va moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish hamda soliqlar va yig‘imlarni to‘lash muddatlarining ariza berilgan sanadan oldingi 12 oy mobaynida buzilganligi. 20. To‘lov muddatini uzaytirish imkoniyati berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organi bir ish kuni mobaynida soliq to‘lovchini rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi. 21. Norezidentlardan olingan ishlar (xizmatlar) bo‘yicha QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, soliq to‘lovchi QQS summasini ushbu summa haqiqatda to‘langan hisobot davrigacha hisobga olishga haqli emas. To‘lov muddati uzaytirilgan summa soliq hisobotida alohida ko‘rsatiladi. 22. Norezidentlardan olingan ishlar (xizmatlar) bo‘yicha QQS ni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati 120 kun muddatgacha beriladi. 23. QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan har bir kun uchun to‘lanadigan QQS summasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasining bir kun uchun qayta hisoblangan foizining ellik foizi miqdorida foizlar undiriladi. Bunda 120 kun ichida to‘lov muddati uzaytirilgan QQS summasi to‘lanmagan taqdirda, ushbu bandga muvofiq foizlar hisoblanishi to‘xtatiladi. 24. QQSni to‘lash bo‘yicha taqdim etilgan uzaytirilgan to‘lov muddati davrida QQS to‘lovi soliq to‘lovchi tomonidan muddatni uzaytirish imkoniyati berilgan oxirgi kuni tugashidan kechiktirmay to‘lanadi. To‘lov muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan soliq to‘lovchi tomonidan QQS summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, soliq xizmati organlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda QQS to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq miqdorini undirish choralarini ko‘radilar. 25. Soliq to‘lovchilar ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
196
10,853
Qonunchilik
KIChIK TADBIRKORLIK (BIZNES) SUB’EKTLARIGA TEGIShLI BO‘LGAN KORXONALAR VA TAShKILOTLAR KLASSIFIKATSIYASINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi Farmoniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 30-avgustdagi Farmonining 3-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2004-yilning 1-yanvaridan boshlab korxonalar turlarini aniqlashda, statistika Hisobi va hisobotlarini, soliq va moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan klassifikatsiyaga qat’iy amal qilsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
129
1,062
Qonunchilik
Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaхslar uchun dispetcherlik хizmati tashkil etiladi
Prezidentning 18.03.2019 yildagi «Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4242-son qarori qabul qilindi. Innovatsion rivojlanish vazirligi shu haqda хabar berdi, hujjat uning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan. 2019 yil 1 iyuldan FVV tarkibida Eshitish va nutqida muammosi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dispetcherlik хizmati tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi – bunday shaхslar, shuningdek ularning vakillari tomonidan teхnik vositalar (videoqoʻngʻiroqlar, matnli хabarlar, maхsus dasturiy ta’minotdan foydalangan holda qoʻngʻiroqlar va b.) orqali boʻladigan murojaatlarga shoshilinch operativ хizmatlarning (101, 102, 103, 104, 1050) kechayu kunduz, tezkor javob berishlarini ta’minlash. Koʻrsatilgan sanaga qadar mazkur shaхslarga shoshilinch operativ хizmatlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, shu jumladan mobil aloqa servislaridan foydalanish boʻyicha bepul хizmat koʻrsatish imkonini beruvchi aхborot tizimi joriy etiladi.
89
1,033
Qonunchilik
Andijon shahridagi voqealarga doir
Vatanimizning iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan tinch va barqaror rivojlanib borishini ko‘rolmayotgan, o‘zlarining anchagina olisni ko‘zlovchi maqsadlariga erishish uchun mamlakatimizda vaziyatni beqarorlashtirishga intilayotgan radikal ekstremistik kuchlar Andijon shahrida sodir etgan vahshiyona jinoiy harakatlar umumxalq qahr-g‘azabini o‘yg‘otdi, odamlarimiz tomonidan qoralandi. Begunoh kishilarning hayotiga zomin bo‘lgan bu qabih xuruj xalqimizning ruhini aslo zaiflashtirolmaydi, tanlagan qat’iy yo‘lidan uni toydirolmaydi, O‘zbekistonning istiqlol, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘lidan qat’iyat bilan borishiga xalaqit bera olmaydi. Jamiyatni yangilash hamda demokratlashtirish, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish O‘zbekistonimizni rivojlantirishda bundan buyon ham avvalgidek ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolaveradi. Bo‘lib o‘tgan fojeali voqealarga obyektiv siyosiy baho o‘sha, mash’um xuruj sodir etilgan shaharga borib, vaziyatni barqarorlashtirishga ulkan hissa qo‘shgan Prezident Islom Karimov tomonidan berildi. Vaziyatni normallashtirish yuzasidan qat’iy, har taraflama puxta o‘ylangan, eng avvalo uni qon to‘kmay hal etishga, jinoyatchilar qo‘lida garovda qolgan tinch aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan harakatlar andijonliklar hayotini qisqa muddat ichida odatiy maromga qaytarish, jamoat tartibini va xavfsizligini ta’min etish imkonini berdi. Andijon shahrida sodir bo‘lgan voqealarni muhokama etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mintaqada vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan tutgan yo‘li va harakatlari to‘la qo‘llab-quvvatlansin. 2. Senatorlar: jamiyatda sodir bo‘layotgan, inson huquqlari va erkinliklarini samarali himoya qilishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga, diniy ekstremizm va aqidaparastlikning har xil ko‘rinishlariga qarshi turishga qaratilgan demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aholi o‘rtasida keng miqyosda tushuntirish ishlari olib borsinlar; hokimiyatning mahalliy vakillik organlari bilan birgalikda diniy ekstremizm va mutaassiblikning xavfini tushuntirishda, navqiron avlodda vatanparvarlik tuyg‘usi, yuksak ma’naviy-axlohiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ishlarni yoshlar o‘rtasida tag‘in ham kuchaytirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalariga alohida e’tibor bersinlar.
34
2,488
Qonunchilik
Uzumchilik va vinochilikni boshqarish tizimi qayta tashkil etildi
Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilmoqda, «Oʻzsharobsanoat» AJni esa tugatish taklif qilinmoqda. Prezidentning 5.02.2019 yildagi tegishli Farmoni OʻzA saytida e’lon qilingan. Yangi muassasalar zimmasiga yuklatiladigan maqsad va vazifalar: Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi   Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi – uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shuningdek, ularni jadal rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; – uzum, asosan uning teхnik navlari plantatsiyalarini kengaytirishga, va vinochilikni rivojlantirishga, zamonaviy resurs tejovchi teхnologiyalarni joriy etishga, vinochilik korхonalarini kompleks modernizatsiyalashga koʻmaklashish; – raqobatbardosh vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash, tashqi bozorlar kon’yunkturasini chuqur marketing tadqiqotlari oʻtkazish yoʻli bilan sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy vinochilik mahsulotlarini respublikada, jumladan, хorijda ham ommalashtirish; – хorijiy va mahalliy ta’lim muassasalari, ITI va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish orqali uzumchilik va vinochilik sohasida yuqori malakali mutaхassislarni tayyorlashga koʻmaklashish; – uzum koʻchatlari yetishtiruvchilar faoliyatini tartibga solish, uzum, meva va rezavorlardan tayyorlangan alkogol mahsulotlari sifatini aniqlash yuzasidan Inspeksiya bilan hamkorlik qilish; – Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron reyestrini yuritish. – iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalashtirish; – iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarini monitoring va nazorat qilish boʻyicha aхborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish; – alkogol va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun korхonalar oʻrtasida iste’moletil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash; – davlat standartlari va qonun hujjatlari talablariga qat’iy amal qilgan holda iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda teхnik va teхnologik normalarga muvofiqligini nazorat qilish; – iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining saqlanish sifati va aylanmasini, shu jumladan, iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻllanadigan хomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish; – iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalar tomonidan litsenzion talablarga amal qilinishini nazorat qilish; – iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular aylanmasining haqiqiy hajmlarini monitoring qilish, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalarini ishlab chiqishda qatnashish; – iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushirilishini ta’minlash boʻyicha davlat soliq хizmati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish; – uzum, meva va rezavorlardan tayyorlangan alkogol mahsulotlari sifatini aniqlash yuzasidan Agentlik bilan hamkorlik qilish.  «Zomin uzumchilik oʻquv markazi» MChJ va «Markaziy sinov laboratoriyasi» MChJ tegishincha «Uzumchilik oʻquv markazi» DUKga va «Enologiya laboratoriyasi» DUKga aylantirilib, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi huzurida faoliyat yuritadi. «Oʻzsharobsanoat» AJning boshqaruv organlari yigʻilishlarida jamiyatning tashkilotlar ustav kapitallaridagi ulushini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish bilan jamiyatni tugatish masalasini koʻrib chiqish ilgari suriladi.  Oleg Gayevoy.
65
4,490
Qonunchilik
Kontraktlarni mustaqil ekspertiza qilish va import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida konsalting xizmatlari bozorini kengaytirish, sifatli xalq iste’mol tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, mashinalar, asbob-uskunalar va texnologiyalar import qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Import kontraktlarini mustaqil ekspertiza qilish va O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 1997-yil 15-dekabrdan boshlab amalga kiritilsin. 2. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O‘zinvestloyiha” injiniring kompaniyasining kontraktlarning import qilinadigan tovarlar sifati, miqdori, narxlar darajasiga va kontraktlarning boshqa shartlariga muvofiqligini mustaqil ekspertiza qiluvchi qo‘shma konsalting firmalari tashkil etish, shuningdek, GATT/VTOning jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish bo‘yicha Bitimi prinsiplariga va boshqa xalqaro talablarga muvofiq jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish haqidagi takliflariga rozilik berilsin. Konsalting firmalari, agar ular Inspeksiya agentliklari xalqaro federatsiyasi talablariga javob bersa va “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan bo‘lsa, kontraktlarni mustaqil ekspertiza qilishga va jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazishga haqlidirlar. 3. O‘zbekiston Respublikasining import tovarlar yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlari kontraktlarni ekspertiza qilish va import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish uchun o‘zlari tanlagan holda kontraktlarni keyinchalik Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish sharti bilan konsalting firmalariga yoki tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazmasdan kontraktlarni belgilangan tartibda ekspertiza qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga murojaat qilish huquqiga egadirlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan istisno. 4. Belgilansinki, tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish: umumiy qiymati 10 ming AQSh dollaridan oshmaydigan kontraktlar bo‘yicha tovarlar yetkazib berishga; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyalar bo‘yicha import qilinadigan maxsus tovarlar yetkazib berishga tatbiq etilmaydi. 5. Belgilab qo‘yilsinki; kontraktlar ekspertizasi va import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish natijalarining ishonchliligi va xolisligi uchun javobgarlik konsalting firmalariga yuklanadi; konsalting firmalari tomonidan berilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kontraktlar ekspertizasi va import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tovarlar sifati, miqdori va narxlar darajasi bo‘yicha ekspertiza dalolatnomalari sifatida tan olinadi; Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi konsalting firmalari tomonidan berilgan tovarlar sifati, miqdori va narxlar darajasi bo‘yicha ekspertiza dalolatnomalari asosida import kontraktlarini vakil hozir bo‘lganda hujjatlar tushgan paytdan boshlab 2 ish kuni mobaynida ekspertizadan o‘tkazadi. 8. Toshkent shahar hokimligi mazkur qarorga muvofiq tashkil etilayotgan konsalting firmalariga joylashish va ularni keyinchalik sotib olish uchun zarur kommunikatsiyalari va aloqa liniyalari bo‘lgan binolar berilishini ta’minlasin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. 1. Tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish deganda quyidagilar tushuniladi: jo‘natiladigan tovarlarning miqdorini, sifatini va kelib chiqishini tasdiqlash uchun jismoniy nazoratdan o‘tkazish; tovarlar narxining, tashish haqining, sug‘urta va boshqa yig‘imlarning tovar kelib chiqqan mamlakatdagi hamda xalqaro bozordagi narxlarning qaror topgan darajasiga muvofiqligini aniqlash uchun qiyosiy tahlil qilish; mazkur yuk guruhining kontrakt talablariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining bojxona yo‘riqnomalariga muvofiqligini tekshirish; Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi asosida poshlina/soliq uchun ma’lumotlarni tekshirish. 2. Import kontraktlarini mustaqil ekspertiza qilish va import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish GATT/VTOning jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish bo‘yicha bitimi prinsiplariga muvofiq, Inspeksiya agentliklari xalqaro federatsiyasi talablariga javob beruvchi hamda “O‘zstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan konsalting firmalari tomonidan amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasining import tovarlar yetkazib beruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlari kontraktlarni ekspertiza qilish va tovarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish uchun, o‘zlari tanlagan holda kontraktlarni keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan hollarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan o‘tkazish sharti bilan konsalting firmalariga yoki tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazmasdan, kontraktlarni belgilangan tartibda ekspertiza qilish Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga murojaat qilish huquqiga egadirlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan istisno. 4. Import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish: umumiy qiymati 10 ming AQSh dollaridan oshmaydigan kontraktlar bo‘yicha tovarlar yetkazib berishga; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyalar bo‘yicha import qilinadigan maxsus tovarlar yetkazib berishga tatbiq etilmaydi. 5. Import qiluvchi va xorijiy eksport qiluvchi o‘rtasida tuziladigan kontraktlarda import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik to‘g‘risidagi modda nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. 6. Import kontraktlarini mustaqil ekspertiza qilish va O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish ishlari quyidagi tartibni nazarda tutadi: import qiluvchi kelishilgan ro‘yxatga muvofiq konsalting firmasiga: a) Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga tovar import qilishni oqilona tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 1-oktabrdagi 342-son qarori qoidalari talablariga muvofiq kontraktni ekspertizadan o‘tkazish uchun; b) eksport qiluvchi mamlakatida tovarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etadi. Konsalting firmasi import qiluvchidan ko‘rsatib o‘tilgan ishlar yuzasidan buyurtmanomani qabul qilib oladi va ishlarni bajarish shartlarini shartnoma shaklida rasmiylashtiradi, bunda u taqdim etilgan materiallarni ruxsatsiz uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslikni kafolatlaydi. 7. Import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazuvchi konsalting firmalari import qiluvchi va konsalting firmasi o‘rtasida Namunaviy shartnoma ishlab chiqishlari, taqdim etiladigan axborotning, shuningdek, kontrakt ekspertizasi va tovarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish natijalarining to‘g‘riligi va xolisligi uchun import qiluvchi oldida javob berishlari kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyekt va konsaltin firmasi o‘rtasidagi shartnomada ushbu qoidani buzganlik uchun jarima sanksiyalari kelishib olinadi. 8. Tovarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish tartibi quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: I. Buyurtmanoma beruvchi tashkilot konsalting firmasi bilan tovarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish bo‘yicha shartnomani imzolaydi. II. Konsalting firmasi buyurtmanomani ro‘yxatdan o‘tkazadi va uni tovarlarni yetkazib beruvchi yoki jo‘natuvchi mamlakatdagi konsalting firmasining hammuassisi bo‘lgan kompaniya vakolatxonasiga yuboradi. III. Tovar yetkazib beruvchi mamlakatdagi kompaniya vakolatxonasi eksport qiluvchini tovarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish uchun buyurtmanoma olinganligi va talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi, shuningdek, tovarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish sanasi va joyini kelishib oladi. IV. Eksport qiluvchi nazoratdan o‘tkazish sanasi va joyini tasdiqlaydi va hujjatlarni firma idorasiga jo‘natadi. V. Jismoniy nazoratdan o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish nazoratdan o‘tkazish sanasi va joyi kelishilgandan keyin 5 kun mobaynida amalga oshiriladi. VI. Agar tovarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish vaqtida biron-bir nomuvofiqliklar yoki buzilishlar aniqlanmasa, konsalting firmasi tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma beradi. Kontrakt shartlariga biron-bir nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, konsalting firmasi kontraktga nomuvofiqlik to‘g‘risida sertifikat beradi. VII. Konsalting firmasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar haqini to‘lash masalalari xo‘jalik yurituvchi subyekt va konsalting firmasi o‘rtasidagi shartnomada kelishib olinadi. 9. Tovarlar yuk kelib chiqqan mamlakatda, odatda, tovarni tayyorlagan zavodda, omborlarda yoki yuklash portida nazoratdan o‘tkaziladi. Agar firma nazoratdan o‘tkazishni yuk kelib chiqqan mamlakatda amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmasa, nazorat yuk tushiriladigan joyda o‘tkaziladi. 10. Nazoratdan o‘tkazish konsalting firmalari mutaxassislari tomonidan, Xalqaro savdo palatasi (ISS) bilan kelishilgan, xalqaro miqyosda qabul qilingan tartibotlarga, eksport qiluvchining sifat kafolati standartlariga, GATT/VTOning jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish bo‘yicha Bitimiga, Inspeksiya agentliklari xalqaro federatsiyasi nizomlari va qoidalariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Tovarlarning xususiyatiga qarab, nazorat tahlili o‘z joyida yoxud, zarurat bo‘lganda, konsalting firmasining xorijdagi laboratoriyasida o‘tkaziladi. 11. Quyidagilar import kontraktlari ekspertizasiga ijobiy dalolatnoma berish uchun asosiy shartlar hisoblanadi: import qilinadigan tovarlar sifati, miqdori va narxlar darajasining qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi; kontraktning umumiy qabul qilingan xalqaro savdo huquqi me’yorlariga muvofiqligi; kontrakt shartlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va me’yoriy hujjatlariga muvofiqligi; kontrakt shartlarining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar oldida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga muvofiqligi; maxsus tovarlar, texnologiya asbob-uskunalari, texnologiyalar va ularga berilgan patentlar va litsenziyalar import qilinganda vakolatli vazirliklar va idoralar xulosalarining mavjudligi. 12. Tovarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish nazarda tutilgan import kontrakti konsalting firmasi tomonidan ijobiy dalolatnoma berilgandan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kontraktning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tegishli xulosasidan so‘ng kuchga kiradi. Import qilinadigan tovarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish ijobiy dalolatnomasi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kontraktning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tegishli xulosa tovar yetkazib beruvchiga uni jo‘natishga ruxsat beradi, import qiluvchiga esa — O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ushbu tovar uchun haq to‘lashga asos bo‘ladi. 13. Import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazorat qiluvchi konsalting firmalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan yaqin o‘zaro aloqada faoliyat ko‘rsatadilar. 14. Konsalting firmalari yagona hisob-kitob uchun har oyda tegishli banklarga ekspertiza dalolatnomalari berilgan import kontraktlari to‘g‘risida axborot taqdim etadilar. 15. Konsalting firmalari va davlat boshqaruv organlarining import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish jarayonidagi o‘zaro aloqalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tashkil etiladigan Muvofiqlashtiruvchi kengash amalga oshiradi. 16. Tomonlardan biri Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga rozi bo‘lmagan hollarda u YuNSITRAL (BMTning xalqaro savdo bo‘yicha komissiyasi)ning tartibot qoidalariga muvofiq nizoli masalani uzil-kesil hal etish uchun xalqaro arbitrajga murojaat qilishi mumkin.
142
12,460
Qonunchilik
JINOYAT IShLARI BO‘YIChA PROTSESSUAL ChIQIMLARNI UNDIRISh AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA
Jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarni undirishga oid sud amaliyoti natijalarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi mazkur masala yuzasidan sudlar faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjudligini ta’kidlaydi. Sudlar tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha sarf qilingan protsessual chiqimlarni mahkumlardan undirish borasida, ko‘pincha, qonunga xilof tarzda zarur choralar ko‘rilmayapti dastlabki tergov organlaridan ayblov xulosasiga ular tomonidan sarf qilingan protsessual chiqimlar turi va miqdori to‘g‘risida ma’lumotnomalar ilova qilish talab etilmayapti; mahkumlardan undirilishi lozim bo‘lgan protsessual chiqimlar yetarli asoslarsiz davlat hisobiga o‘tkazilyapti; shaxs ayb e’lon qilingan moddalardan biri bo‘yicha oqlangan yoki ayb epizodlaridan biri yoki bir nechtasi chiqarilgan hollarda mazkur ayblov yoxud epizod bo‘yicha dalillarni yig‘ish va tekshirish bilan bog‘liq protsessual chiqimlar mahkumlarga asossiz ravishda yuklanayapti. Sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 471-moddasi 3 bandi va 320-moddasi talabini buzib, qator hollarda protsessual chiqimlar kimga va qancha miqdorda yuklanishi lozimligini hal etishmayapti va hukmda ko‘rsatishmayapti; ba’zan bunda Jinoyat-protsessual emas, balki Fuqarolik protsessual kodeksiga amal qilishmoqda, ayrim hollarda protsessual chiqimlarni davlat foydasiga emas, balki muayyan shaxslar yoki tashkilotlar foydasiga undirishmoqda; ish bo‘yicha bir necha shaxs sudlanganda protsessual chiqimlarni hissali emas, balki solidar tartibda undirishmoqda. Sudlar ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish chog‘ida protsessual chiqimlarga oid masala hukmda to‘g‘ri hal etilganligini tekshirishga yetarli e’tibor berishmayapti; bunday masala hukmda hal etilmagan hollarda sudlardan yo‘l qo‘yilgan xatolarni JPK 541-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatishni talab etishmayapti. Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar shunga olib kelmoqdaki, jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlar to‘liq undirilmasligi oqibatida davlatga zarar yetkazilmoqda. Jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarni undirishga oid sud amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sudlar tomonidan qonun normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarni undirish to‘g‘risidagi qonun talablarini qat’iy bajarishga qaratilsin. 2. Tushuntirilsinki, Jinoyat protsessual kodeksining 318-moddasiga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlar quyidagilardan iborat: jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar o‘tkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek, sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan summadan; doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga ularni odatdagi mashg‘ulotidan chalg‘itganlik uchun to‘lanadigan summadan; ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda o‘z vazifalarini bajarganligi uchun to‘lanadigan haqdan, ana shu vazifalar xizmat topshirig‘i tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno; ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi to‘lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun himoyachiga to‘lanadigan haqdan; ashyoviy dalillarni saqlash va jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar summasidan; ekspertiza muassasalarida ekspertiza o‘tkazish uchun sarflangan summadan; shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan; surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferensaloqadan foydalangan holda o‘tkazish chog‘ida qilingan xarajatlardan; jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan. 3. Protsessual chiqimlarga tegishli boshqa xarajatlar deganda, jinoyat ishi bo‘yicha bevosita shaxsning aybdorligiga doir dalillarni to‘plash va tekshirish yuzasidan surishtiruv, tergov organlari va sudlar tomonidan qilingan sarf-xarajatlar tushuniladi. Boshqa xarajatlarga, jumladan, tergov eksperimenti yoki ekspertiza o‘tkazish chog‘ida buzilgan yoki yo‘q qilingan narsalar qiymatini qoplash jinoyat ishini alohida ish yurituvga ajratish tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar (ayblanuvchilardan tashqari) xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq sarflar kiritilishi mumkin. 4. Jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarga quyidagilar kirmaydi: guvoh, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruv, tergov organlari, prokuror yoki sudga chaqirilganligi bilan bog‘liq vaqt uchun ularning ish joyida qonunga ko‘ra saqlanib qoluvchi o‘rtacha ish haqi; ekspert, mutaxassis, tarjimonga u surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda o‘z vazifalarini bajarganligi uchun to‘lanadigan haq, basharti bu vazifalar xizmat topshirig‘i tartibida bajarilganda; mazkur ishni surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudda yuritish bilan bog‘liq devonxona va pochta xarajatlari. 5. Sudlar har bir jinoyat ishini o‘z ish yurituviga olish paytida dastlabki tergov organlari tomonidan JPK 380-moddasi birinchi qismining ayblov xulosasiga protsessual chiqimlar turi va miqdoriga doir ma’lumotnoma ilova qilinishi to‘g‘risidagi talabi bajarilganligini tekshirishlari lozim. Bunday ma’lumotnoma yarashuv to‘g‘risidagi ariza, ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan sudga yuboriladigan ish bo‘yicha ham ilova etilishi shart. Dastlabki tergov davrida qonunning ushbu normasi talabi bajarilmaganligini aniqlagan taqdirda, sudya qonun analogiyasi bo‘yicha (JPK 398-moddasi) tergovchi zimmasiga tegishli ma’lumotnomani taqdim etish vazifasini yuklaydi. 6. Tushuntirilsinki, JPK 471-moddasi 3-bandiga ko‘ra, protsessual chiqimlarga doir masala hukmda (ajrimda) hal etilishi shart bo‘lib, unda chiqimlar kimga va qay miqdorda yuklanishi ko‘rsatiladi. Protsessual chiqimlarga doir masala hukm (ajrim) chiqarish paytida hal etilmagan hollarda, bu masala hukm (ajrim) chiqargan sud tomonidan JPK 541-moddasi tartibida hal qilinishi lozim. 7. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 320-moddasi birinchi qismiga muvofiq jinoyat ishini tergov qilish va sudda ko‘rishda sarf qilingan chiqimlar davlat foydasiga mahkumlardan (shu jumladan, jazodan ozod qilingan yoki jazo tayinlanmagan holda ayblov hukmi chiqarilganda ham) undiriladi, tarjimonga to‘langan summalar, shuningdek JPK 320-moddasi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Protsessual chiqimlar, shuningdek, yarashuv amnistiya akti yoki tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi munosabati bilan jinoyat ishi tugatilgan shaxslar zimmasiga ham yuklanishi mumkin. Agar ish bo‘yicha bir necha shaxs aybdor deb topilgan bo‘lsa, protsessual chiqimlar ulardan solidar emas, balki ulardan har birining aybi xarakteri, sodir etilgan jinoyat uchun javobgarligi darajasi va mulkiy ahvolini hisobga olgan holda hissali tartibda undiriladi. 8. Tushuntirilsinki, qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda protsessual chiqimlar jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilaridan undirilishi mumkin, jumladan: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga chaqirilganda kelmagan protsess ishtirokchisidan — ishning sudda ko‘rilishi yoki tergov harakatlari o‘tkazilishi uning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasligi oqibatida kechiktirilgan hollarda; tegishli advokatlar tuzilmasidan — advokat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga chaqirilganda uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganda; jabrlanuvchining shikoyati asosida qo‘zg‘atiladigan ish bo‘yicha ish yuritish uning arizasiga ko‘ra boshlangan shaxsdan — mazkur ish bo‘yicha sudlanuvchi oqlangan taqdirda. Sud voyaga yetmaganlar jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha protsessual chiqimlarni to‘lashni mahkumning ota-onasiga yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga yuklashi mumkin, basharti voyaga yetmagan shaxs xulq-atvori ustidan tegishli nazorat yo‘qligida ularning aybi mavjud bo‘lganda. 9. Sudlar shunga e’tibor berishlari lozimki, protsessual chiqimlar quyidagi hollarda davlat hisobiga o‘tkaziladi: sudlanuvchi oqlangan yoki ish ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq tugatilgan taqdirda. Sudlanuvchi bir ayblov bo‘yicha oqlangan, boshqa ayblov bo‘yicha esa aybli deb topilgan bo‘lsa, sud u aybli deb topilgan ayblov bilan bog‘liq protsessual chiqimlarni to‘lashni uning zimmasiga yuklaydi; protsessual chiqimlar undirilishi lozim bo‘lgan mahkum mulkiy jihatdan uni to‘lashga qodir bo‘lmagan taqdirda. Protsessual chiqimlarni to‘lashi mahkumning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarning moddiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, sud mahkumni protsessual chiqimlarni to‘lashdan butunlay yoki qisman ozod etishga haqli. Tarjimonga va advokat xizmatiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar bilan bog‘liq protsessual chiqimlar ham, agar mahkum huquqiy yordam uchun haq to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa, davlat hisobiga o‘tkaziladi. Sud yoki sudya protsessual chiqimlar davlat hisobiga o‘tkazilishi lozimligi to‘g‘risida fikrga kelgan hollarda hukmda bunday qaror asoslantirib berilishi shart. 10. Protsessual chiqimlarni undirish masalasini hal etish chog‘ida sudlar protsessual qonunchilik bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-iyundagi “Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga rioya etishlari lozim. 11. Sudlar ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish chog‘ida protsessual chiqimlar to‘g‘ri undirilishiga alohida e’tibor berishlari lozim. Protsessual chiqimlar noto‘g‘ri undirilayotganligi faktlari aniqlangan hollarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish choralari ko‘rilsin. 12. Sudlarga bu masalada ularning faoliyatida mavjud xato va kamchiliklarning oldini olish maqsadida protsessual chiqimlarni undirish amaliyotini vaqti-vaqti bilan o‘rganish va umumlashtirish tavsiya etilsin. 13. Mazkur qaror qabul etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlari va jinoyat ishlari yuzasidan sud chiqimlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
79
11,090
Qonunchilik
“BOJ OLINMAYDIGAN SAVDO DO‘KONI” BOJXONA REJIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan “Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. “Boj olinmaydigan savdo do‘koni” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1317, 2004-yil 27-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 102-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin: “41. Boj olinmaydigan savdo do‘koni ikki turga bo‘linadi: a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni — O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirib kelayotgan va O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi doirasidan chiqib ketayotgan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan xorijiy tovarlarni yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqadigan tovarlarni erkin almashtiriladigan valyutada sotish, shu jumladan joyning o‘zida iste’mol qilish uchun chakana sotish uchun mo‘ljallangan; b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni — xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlar va ularga tenglashtirilgan ushbu tashkilotlarning vakolatxonalariga, xorijiy xodimlariga, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan ularning oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan xorijiy tovarlarni shaxsiy foydalanish uchun erkin almashtiriladigan valyutaga sotishga mo‘ljallangan”. 2. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari yo‘lovchilarning xalqaro yo‘nalishlari uchun ochilgan aeroportlarda, portlarda, jismoniy shaxslar chegarani kesib o‘tishlari uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining davlat chegaralari orqali o‘tkazish punktlarida ta’sis etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlari Toshkent shahrida va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan belgilanadigan joylarda ochilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin”. 3. 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarni sotish faqat xaridorning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda Nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: kassa cheki raqami; reysning raqami va xaridorning samolyotdagi joyi raqami (havoda tashishda); xarid qilingan vaqt va sana; sotiladigan tovarning nomi, narxi va miqdori; sotuvchi tomonidan olingan xorijiy valyuta summasi; kassa apparati raqami; boj olinmaydigan savdo do‘konining nomi; soliq to‘lovchining — boj olinmaydigan savdo do‘koni egasining soliq to‘lovchining individual raqami. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konida tovarlarni sotish faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya kartochkasi taqdim etilganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda Nazorat-kassa mashinalari davlat reyestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining tovar sotilganligini tasdiqlaydigan chekida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: kassa cheki raqami; boj olinmaydigan savdo do‘koni egasi — yuridik shaxsning nomi, uning yuridik manzili; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida berilgan akkreditatsiya kartochkasining toifasi, raqami, xodimning yoki uning oila a’zosining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, kartochka kim tomonidan berilganligi va uning amal qilish muddati ko‘rsatilishi kerak; xarid qilingan vaqt va sana; tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati; kassa apparati raqami; soliq to‘lovchining — boj olinmaydigan savdo do‘koni egasining soliq to‘lovchining individual raqami”. 4. Quyidagi mazmundagi 151-band bilan to‘ldirilsin: “151. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar boj olinmaydigan savdo do‘konlaridan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ikki nusxada tuziladigan buyurtmanomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun tovarlarni sotib olishlari mumkin. Buyurtmanomaning bir nusxasi boj olinmaydigan savdo do‘konida saqlanadi, ikkinchi nusxasi xaridorga qaytariladi. Buyurtmanomada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasining va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning nomi; xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxonaning xaridni amalga oshirish vakolati berilgan shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi, toifasi, shuningdek akkreditatsiya kartochkasi raqami; tovarning nomi, miqdori, bittasining qiymati, umumiy qiymati; buyurtmanoma tuzilgan sana; xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi, xalqaro tashkilot vakolatxonasi va unga tenglashtirilgan vakolatxona boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi; tovarlarni sotib olish maqsadi”. 5. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “16. Boj olinmaydigan savdo do‘konida tovarlar erkin muomaladagi valyutada naqd pulga yoki bank plastik va kredit kartochkalari yoki xorijiy valyutadagi bank o‘tkazmalari bo‘yicha sotiladi”. 6. 17-bandda: “b” kichik band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; “g” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “g) davlat asillik tamg‘asiga ega bo‘lmagan qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlar”; quyidagi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tmaydigan jismoniy shaxslarga va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan xorijiy shaxslarga boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlar sotishga (sotib olishga) ruxsat berilmaydi”. 7. 18-band “orqali” degan so‘zdan keyin “(O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlaridan tashqari)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 8. 23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “23. Bojxona organi boj olinmaydigan savdo do‘konidan sotib olingan tovarlarning haqiqatda olib o‘tilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.”. 9. 24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “24. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslarning boj olinmaydigan savdo do‘konidan sotib olgan tovarlarni almashtirish va ayirboshlash O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, agar yangi tovar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilmayotgan bo‘lsa, bunday tovar import boji va soliqlarga tortiladi, ularni undirish esa bojxona organlari zimmasiga yuklatiladi, O‘zbekiston tovarlari bundan mustasno. Tovarlarni bojsiz olib kirishning normasi hamda aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normasi jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidan olib kiriladigan va uning tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirishda boj olinmaydigan savdo do‘konlaridan sotib olingan tovarlarning jamiga nisbatan qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy jismoniy shaxslarga, shuningdek xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘konlaridan aksiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur Nizomning 3 va 4-ilovalarida ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarda xarid qilishga ruxsat beriladi”. 10. 27-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “2” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin. 11. 31-bandda: beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilari deb hisoblansin. 12. 2-ilovaning grifidagi “2-ilova” degan so‘zlar “5-ilova” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 13. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq 2, 3 va 4-ilovalar bilan to‘ldirilsin. 14. Ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
113
9,664
Qonunchilik
Teхnik tartibga solish sohasida qanday islohotlar amalga oshiriladi
Prezident tomonidan 2 iyun kuni «Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi. Hujjatga muvofiq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida  Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) tashkil etiladi. Agentlik teхnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. U oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli. Sanitariya-epidemiologik хulosasi majburiy tartibda olinishi lozim boʻlgan oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatini olish iхtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bunda ushbu mahsulotlarni tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar), yetkazib beruvchilar va sotuvchilar ularning teхnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi. 2021 yil 1 sentyabrdan ayrim turdagi хavflilik darajasi yuqori boʻlmagan mahsulotlarning muvofiqligini baholash muvofiqlikni deklaratsiyalash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Baholash sinov natijalariga koʻra tuziladigan sinov bayonnomalari asosida muvofiqlik sertifikati berilmagan holda amalga oshiriladi. Xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari a’zosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari – muvofiqlikni baholash organlariga milliy akkreditatsiyadan oʻtmagan holda, akkreditatsiya doirasi haqida «Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi» DKni хabardor qilib, muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga ruхsat beriladi. Bunda rasmiylashtirilgan muvofiqlikni baholash hujjatlarida ILAC/IAF tashkilotlarining tan olish belgilari koʻrsatilishi va ushbu hujjatlar ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi shart. 2021 yil 1 noyabrdan boshlab:  Quyidagilar taqiqlanadi: Tashkilot standartlari toifasiga kiruvchi standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish bekor qilinadi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan tashkilot standartlarini ekspertizadan oʻtkazish ishlari haq olmasdan amalga oshiriladi. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (Prezidentning 18.08.2020 yildagi PF–6042-son Farmoni bilan tasdiqlangan) Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi etib qayta nomlanadi. Unga tashqi savdoni teхnik jihatdan tartibga solish sohasida qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun quyidagi jazo choralari belgilandi: a) mahsulotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida va teхnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarga ishlab chiqaruvchi yoki olib kiruvchi tomonidan rioya etilmagan hollarda yuridik shaхslarga: b) qonunchilik hujjatlari, teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablari, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalari buzilgan hollarda mansabdor shaхslarga: Bunda majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar erkin muomaladan chiqarilishi va yoʻq qilinishi lozim. Hujjat 3.06.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan. Elmira Siraziyeva.
67
3,545
Qonunchilik
O‘zbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy ta’minlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy ta’minlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qo‘mitasi (“O‘zselxozsnabremont”) to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin. 1. O‘zbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy ta’minlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qo‘mitasi (“Uzselxozsnabremont”) O‘zbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 15-apreldagi Farmoniga va O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-maydagi 119-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 2. “Uzselxozsnabremont” jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksiga kiruvchi davlat boshqaruvining jumhuriyat organi hisoblanadi va O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. “Uzselxozsnabremont” o‘z faoliyatida SSJI qonunlariga, SSJI xalq deputatlari syezdining va SSJI Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston SSJ qonunlariga, O‘zbekiston SSJ Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, SSJI Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ aktlarga amal qiladi. “Uzselxozsnabremont” tizimining faoliyati paychilarning yakka tartibda va jamoa bo‘lib a’zo bo‘lishi, kooperativ, davlat, qo‘shma, ijara, xususiy va jamoat tashkilotlari, korxonalari hamda jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksi sohasida yakka tartibdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvi asoslarida amalga oshiriladi. 3. “Uzselxozsnabremont” yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida o‘zining mustaqil va yig‘ma balanslariga, hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlariga ega bo‘ladi, qatnashuvchi korxonalarning, ijara va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa mulkchilik turlarining kollektiv mulkchiligi huquqida o‘z mulkiga, O‘zbekiston SSJ Davlat gerbi tasvirlangan hamda o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga, shtamplarga, xos ish qog‘ozlariga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi. 4. “Uzselxozsnabremont”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ittifoq rejalashtiruvchi organlari, O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi markazlashgan tartibda taqsimlaydigan mahsulotga ehtiyojni aniqlash va resurslar olish, iste’molchilarning yetkazib beruvchilarga birkitib qo‘yilishini ta’minlash, dehqonchilik-sanoat kompleksining iste’molchilariga qaror topgan xo‘jalik aloqalari bo‘yicha mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnomalarni tuzishda yordam ko‘rsatish; o‘zaro mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlarni tuzishga materiallar tayyorlash va unda qatnashish; ishlab chiqarish vositalari bozorining shakllanishiga, mollarning maqbul harakatiga, savdo-vositachilik va tijorat faoliyatini, marketingni rivojlantirishga, kichik korxonalar, tashqi savdo tashkilotlari va qo‘shma korxonalarning shoxobchalarini, kichik ulgurji, vositachilik va chakana savdo magazinlarini, tijorat banklarini, tovar birjalarini, aksionerlik va sug‘urta jamiyatlarini tashkil etishga har tomonlama yordam berish, dehqonchilik-sanoat kompleksi iste’molchilariga xizmat ko‘rsatish uchun ulgurji yarmarkalar va auksionlar tashkil etish, qishloq xo‘jaligi korxonalari va yetkazib beruvchi korxonalar o‘rtasida vositachilik barter operatsiyalarini amalga oshirish; kolxozlarga, sovxozlarga hamda jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksining boshqa korxonalari va tashkilotlariga, yordamchi xo‘jaliklarga, shuningdek fuqarolarning ijara va shaxsiy xo‘jaliklariga traktorlarni, avtomobillarni, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarini, asbob-uskunalarni, materiallarni, maxsus kiyim-kechak va poyafzallarni, yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, qurilish va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnika vositalarini o‘z vaqtida va to‘la yetkazib berishni tashkil etish, xo‘jaliklarni ko‘rsatilgan moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlashning ilg‘or shakllari va usullarini tashkil etish hamda joriy qilishni takomillashtirish, o‘z moddiy-texnika bazasini va tovar yetkazib berish shoxobchalarini rivojlantirish; dehqonchilik-sanoat kompleksi korxonalari va tashkilotlarining ijtimoiy va ishlab chiqarish maqsadlarida ko‘rilayotgan va qayta barpo etilayotgan obyektlarini shartnoma asosida buyumlar va asbob-uskunalar bilan butlashni ta’minlash; jumhuriyat dehqonchilik-sanoat kompleksining resurs potensialidan va rezervidan foydalangan holda moddiy-texnika vositalarining almashlash fondini shakllantirish, bozorni barqarorlashtirish fondini barpo etishda qatnashish, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida qaror topgan ishlab chiqarish va xo‘jalik aloqalarini saqlab qolish va rivojlantirish; shartnoma asoslarida kolxozlarga, sovxozlarga hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarga, shuningdek fuqarolarning ijara va shaxsiy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan traktorlarni, avtomobillarni, kombaynlarni, boshqa murakkab qishloq xo‘jaligi mashinalarini, ularning dvigatellari, uzellari va agregatlarini, sug‘orish texnikasini, asbob-uskunalarni, chorvachilik fermalari va komplekslarini, metall qirqish dastgohlarini, elektr dvigatellarini, nazorat-o‘lchov asboblarini, avtomatlashtirish vositalarini, energetika qurilmalarini tuzatishni va ularga texnika xizmati ko‘rsatishni tashkil etish, kafolat muddati davrida ishdan chiqqan sotilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va chorvachilik asbob-uskunalarini tuzatish; iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini bajarish, davlat intizomiga qattiq rioya qilinishini ta’minlash, asosiy fondlardan, mehnat, yoqilg‘i-energetika, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan, kapital mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish, qurilish qiymatini pasaytirish va muddatlarini qisqartirish, asosiy fondlarni o‘z vaqtida ishga tushirish, shuningdek ishlab chiqarish quvvatlarini normativ muddatlarda o‘zlashtirish; qo‘mita tashkilotlari va korxonalarida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, baxtsiz hodisalar, yo‘l-transport hodisalarining va yo‘l harakati qoidalari buzilishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish; avtomobillar, qishloq xo‘jaligi mashinalarining yaroqsiz holga kelgan detallari, uzellari va agregatlarini yig‘ishni va tiklashni tashkil etish; shartnoma bo‘yicha ko‘rilayotgan, qayta barpo etilayotgan chorvachilik, parrandachilik, teplitsa komplekslarida va dehqonchilik-sanoat kompleksining boshqa ishlab chiqarish obyektlarida ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish uchun texnologiya, yordamchi, energetika va ventilyatsiya asbob-uskunalarini, nazorat-o‘lchov asboblarini va avtomatlashtirish vositalarini, ishga tushirish-sozlash ishlarini, shuningdek ichki va yoritish elektr priborlari va ishga tushirish-boshqarish apparatlarini montaj qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish. 5. “Uzselxozsnabremont” o‘zining asosiy vazifalariga muvofiq: dehqonchilik va chorvachilik uchun yangi texnikani ishlab chiqarish va yaratish bo‘yicha ehtiyojni o‘rganadi, takliflarni umumlashtiradi, ularga buyurtmalarni tuzadi, shuningdek qishloqda fan va texnika yutuqlarini joriy qilish, o‘z tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, tarmoq fanining samaradorligini oshirish, uning ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash ishlarini muvofiqlashtiradi; o‘z transport korxonalarining kuchlari bilan kolxozlarga, sovxozlarga hamda dehqonchilik-sanoat kompleksining boshqa korxonalari va tashkilotlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etadi; xorijiy firmalar bilan tashqi-iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan, barter ayirboshlash funksiyalarini belgilangan tartibda amalga oshiradi; qishloq xo‘jaligi texnikasini tuzatish, ularga texnika xizmati ko‘rsatish va saqlashni, shuningdek neft-ombor xo‘jaliklarini tashkil etish, neft mahsulotlaridan tejam bilan foydalanish bo‘yicha normativ-texnik va metodik hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi; traktorlar, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda asbob-uskunalarini loyihalashtirish uchun texnik topshiriqlarni, bunday texnikani tayyorlash uchun texnik shartlarni (GOSTlarni) ko‘rib chiqadi va kelishib oladi; o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashni va malakasini oshirishni, demokratik asoslardan keng foydalangan holda boshqaruv apparati, jumhuriyat, viloyat, nohiyalararo hamda nohiya korxonalari va tashkilotlari rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yishni tashkil qiladi. Ehtiyojga va tizimning istiqboldagi rivojlanishiga muvofiq ravishda kadrlar ta’minotini oldindan aniqlashni amalga oshiradi. 6. “Uzselxozsnabremont”ga quyidagi huquqlar beriladi: belgilangan tartibda O‘zSSJ Davlat statistika qo‘mitasidan, vazirliklar hamda tayyorlov idoralaridan, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan qishloq xo‘jaligiga moddiy-texnika vositalarining qanday yetkazib berilayotganligi, shuningdek qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan moddiy-texnika vositalarini ishlab chiqarish to‘g‘risida, Qo‘mita tizimidagi korxonalar va tashkilotlarning faoliyati haqida hisobot ma’lumotlarini olish; dehqonchilik-sanoat kompleksining barcha resurslaridan sug‘urta fondini barpo qilish uchun ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarning besh foizgacha taqsimlanmaydigan rezervini qoldirish; belgilangan tartibda va zaruratga qarab mashinalar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy-texnika vositalarini dehqonchilik-sanoat kompleksi vazirliklari va idoralari, “Karakalpakselxozsnabremont” va “Oblselxozsnabremont” tashkilotlari o‘rtasida taqsimlash; ta’sischilar bilan kelishuvga muvofiq maxsus va boshqa fondlarni tuzish, o‘z oborot mablag‘lariga va o‘z asosiy fondlariga ega bo‘lish; ixtiyoriy ravishda shartnoma asoslarida to‘la mustaqillikni va yuridik shaxs huquqlarini saqlagan holda ittifoq va jumhuriyat davlat, kooperativ hamda aralash birlashmalar va uyushmalarga kirish; iste’molchining olishdan voz kechishi munosabati bilan bo‘sh qolgan mahsulotni, normativdan tashqari, ortiqcha va foydalanilmagan moddiy resurslarni oborotga jalb qilish, shuningdek normativdan ortiqcha zaxiralarga ega bo‘lgan iste’molchilarga yetkazib berishni tartibga solib turish; binolarni, inshootlarni, asbob-uskunalarni, transport vositalarini sotib olish, korxonalarga, tashkilotlarga va yakka tartibdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga sotish va berish, ayirboshlash, ijaraga berish, vaqtincha foydalanishga berish, shuningdek yaroqsiz bo‘lib qolganligi va ma’naviy eskirganligi sababli asosiy fondlarni balansdan chiqarish; shartnoma asoslarida o‘z moddiy va pul resurslarini mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar va tashkilotlarga berish; o‘z vazifalarini yaxshiroq bajarish maqsadida o‘z mablag‘larining bir qismini shartnoma asoslarida davlat, kooperativ hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari bilan birlashtirish; belgilangan tartibda aksiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish va sotib olish, xorijiy firmalar bilan birga qo‘shma korxonalar, brokerlik va lizing kompaniyalari barpo etish, taqchil mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan bitimlar tuzish, birgalikda ko‘rgazma-yarmarkalar, auksionlar o‘tkazish, birja operatsiyalarini amalga oshirish va tashqi iqtisodiyot bankida valyuta schyotlariga ega bo‘lish; ish haqi, moddiy yordam, iste’molchilarni ta’minlashda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan tarmoq xodimlarini mukofotlash va taqdirlash fondlarini tuzish, lavozimlar ro‘yxatini, xodimlarning maoshlari va stavkalarini, tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni boshqarish tuzilmasini tasdiqlash; tarmoqning moddiy-texnika negizini va ijtimoiy sohasini rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini joriy qilish, past rentabelli korxonalar va tashkilotlarga moliyaviy yordam berish, o‘z shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini barpo etayotgan, o‘ziga uy qurayotgan tarmoq xodimlariga va boshqa ehtiyojlar uchun kredit berish maqsadida iste’mol va jamg‘arma fondlarini, sug‘urta fondlarini tashkil etish; ijtimoiy rivojlanish, markaziy apparat, tizimning korxonalari va tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish; Qo‘mita belgilangan tartibda jumhuriyatdan tashqarida, shuningdek xorijiy mamlakatlar va o‘z vakolatxonalarini ochishi mumkin. 7. “Uzselxozsnabremont” tizimida moliyaviy ta’minlash asoslari: qo‘mitaning markaziy apparati “Karakalpakselxozsnabremont”, “Oblselxozsnabremont” tashkilotlari hamda qo‘mita tasarrufidagi boshqa korxonalar va tashkilotlar shartnoma asosida ajratadigan mablag‘lar hisobiga saqlanadi; dehqonchilik-jamoat kompleksini moddiy-texnikaviy ta’minlash va muhandislik xizmati ko‘rsatishni tashkil etishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish va joriy qilish uchun qo‘mita huzurida 30 foizgacha amortizatsiya ajratmalari hisobidan korxonalar va tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida beriladigan mablag‘lar evaziga renovatsiya fondi tuziladi; ustav fondi, renovatsiya fondi, valyuta fondi, budjet va boshqa ajratmalar, shuningdek qo‘mita tomonidan hosil qilinadigan boshqa pul va moddiy mablag‘lar “Uzselxozsnabremont”ning mol-mulkini tashkil etadi; qo‘mitaning ustav fondi qatnashuvchi korxonalarning kirish badallaridan tashkil topadi. Ustav fondi va kirish badallarining miqdori har bir qatnashuvchi uchun Qo‘mita Kengashi qarori bilan belgilanadi; valyuta, markazlashgan va boshqa fondlarni barpo etish uchun yillik maqsadli ajratmalar va ulardan foydalanish tartibini Qo‘mita Kengashi belgilaydi; qo‘mitaning mol-mulkidan foydalanish va uning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish Qo‘mita Kengashi tuzadigan taftish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qo‘mitaning va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi. 8. “Uzselxozsnabremont”ni boshqarish o‘z-o‘zini boshqarish, keng demokratiya, oshkoralik, faoliyatga taalluqli barcha masalalarni hal qilish Qo‘mita bo‘linmalari vakillarining faol qatnashuvi asosida amalga oshiriladi. Tizimning paychi korxonalari va tashkilotlari vakillarining konferensiyasi (yig‘ilishi) Qo‘mitani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi. Konferensiya Qo‘mitaning rahbar organlarini, shu jumladan, “Uzselxozsnabremont” Kengashini va “Uzselxozsnabremont” raisini hamda taftish komissiyasini saylaydi, rahbariyat va taftish komissiyasining o‘z ishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish faoliyati dasturini ishlab chiqadi, Qo‘mitani qayta tashkil etish va faoliyatini to‘xtatish hamda uning tarkibidan chiqish masalalarini hal qiladi. Navbatdagi konferensiyalar Qo‘mita Kengashi tomonidan ikki yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiyaga delegatlar tizimning xo‘jalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlarida, Qo‘mita markaziy apparatining bo‘linmalarida saylanadi. Konferensiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar Kengash va taftish komissiyasi tomonidan kiritiladi. Konferensiya delegatlarning kamida 2/3 qismi qatnashganda masalalarni hal qilishga haqlidir. Delegatlikka saylanmagan Kengash va taftish komissiyasi a’zolari uning ishida maslahat ovozi berish huquqi bilan qatnashadilar. Konferensiyalar o‘rtasidagi davrlarda tizimni boshqarish vazifasini konferensiyaga hisob beruvchi Kengash amalga oshiradi. Qo‘mita Kengashi Qo‘mita hay’ati tarkibini tuzadi, Qo‘mita faoliyati masalalarini hal qiladi, konferensiya vakolatiga kiruvchi masalalar bundan mustasnodir. Qo‘mita Kengashi majlislari hay’at tomonidan, zaruratga qarab, ammo yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Hay’at Qo‘mita Kengashining ijro qiluvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi, joriy tashkiliy, moliya-xo‘jalik va ijtimoiy faoliyatni yo‘naltirib boradi, uning majlislari zaruratga qarab, ammo oyiga kamida bir marta o‘tkaziladi. Hay’at o‘z tarkibidagilarning yarmidan ko‘pi majlisda qatnashgandagina masalalarni hal qilishga haqlidir, u yiliga kamida bir marta Kengash oldida hisob beradi. Taftish komissiyasi o‘z a’zolari orasidan komissiya raisini, uning o‘rinbosarini saylaydi, bir shaxsning ayni bir vaqtda hay’at tarkibiga va taftish komissiyasiga saylanishiga yo‘l qo‘ymaydi hamda o‘z ishida Qo‘mita to‘g‘risidagi Nizomga va taftish komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi. “Uzselxozsnabremont”ga konferensiyada saylanadigan va O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Rais boshchilik qiladi. “Uzselxozsnabremont” Raisi: Kengash, Qo‘mita hay’ati va unga bo‘ysunuvchi bo‘linmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi, Qo‘mitaga yuklatilgan vazifalar va burchlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; qo‘mita vakolatlari doirasida SSJI va O‘zbekiston SSJ qonunlarini bajarish uchun buyruqlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar chiqaradi, qo‘mita tasarrufidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni (ustavlarni) hamda Kengash (hay’at)ning Qo‘mitaga qarashli bo‘linmalarni tuzishda qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlaydi; amaldagi qonunchilikka rioya qilgan holda, belgilangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq, Qo‘mita apparati va unga bo‘ysunuvchi bo‘linmalar xodimlarini ishga tayinlaydi va ishdan bo‘shatadi; “Uzselxozsnabremont” nomidan ishonchnomalar beradi, banklarda schyotlar ochadi, amaldagi qonunchilikka muvofiq qo‘mitaning mol-mulki va mablag‘larini tasarruf etadi. “Uzselxozsnabremont” Raisi tasdiqlangan xodimlar soni doirasida, “Uzselxozsnabremont” Kengashi tasdiqlagan xarajatlar smetasiga muvofiq, Qo‘mita Markaziy apparati tuzilishini va lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlaydi. SSSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 29-sentabrdagi 803-son va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 28-oktabrdagi 355-son qarorlarida belgilangan mehnatga haq to‘lash va mukofotlash shartlari “Uzselxozsnabremont” markaziy apparati xodimlariga ham taalluqlidir. “Uzselxozsnabremont” to‘g‘risidagi Nizom ta’sischilarning konferensiyasida qabul qilinadi va O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar esa Qo‘mita Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
166
17,985
Qonunchilik
ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 19-iyuldagi PF-2339-son Farmoni 8-bandi istisno qilingan holda o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
88
153
Qonunchilik
Zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi 3199-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yilning 1-oktabridan amalga kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PP-3199-son qaroriga muvofiq zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. 2. Oltin va kumush (keyingi o‘rinlarda qimmatbaho metallar deb ataladi) qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlar (keyingi o‘rinlarda zargarlik buyumlari deb ataladi) ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (keyingi o‘rinlarda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) beradigan litsenziyaga ega yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi o‘rinlarda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar deb ataladi) tomonidan sotib olinadi. 3. Qimmatbaho metallar plastinalari zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan sotiladi. 4. “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ yoki boshqa qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni (tilla va kumush) o‘lchamli plastinalar va granulalar ko‘rinishida davlat standarti asosida ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 5. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tijorat banklariga ushbu Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda hamda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda qimmatbaho metallarning kerakli hajmlarini ko‘rsatgan holda buyurtmanomalar taqdim etadi. Bunda buyurtmanomaning eng kam miqdori 100 grammdan kam bo‘lmasligi zarur. Tijorat banki zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi buyurtmanomani taqdim etishda “Litsenziya” (www.license.uz) axborot tizimidan foydalangan holda uning zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun amaldagi litsenziyasini O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portali orqali tekshiradi yoki qabul qilingan buyurtmanomani undagi ma’lumotlarni qayd etgan holda alohida ro‘yxatga olish daftariga kiritadi. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarning buyurtmanomada qayd etilgan miqdorini sotib olish uchun zarur mablag‘larni tijorat bankida ushbu Nizomning 14-15 bandlariga muvofiq depozitga qo‘yadi. 6. Bosh tijorat banklari zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning buyurtmanomalaridan kelib chiqib, har ish kunida soat 12:00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (keyingi o‘rinlarda Markaziy bank deb ataladi) kerakli miqdordagi qimmatbaho metallarni sotib olish uchun jamlangan buyurtmanomalarni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi. 7. Markaziy bank bosh tijorat bankidan jamlangan buyurtmanomalarni olgandan keyin ikki ish kuni davomida va sotiladigan qimmatbaho metallar plastinalarining haqiqiy og‘irligidan kelib chiqib, bosh tijorat bankiga to‘lov hisob-fakturasini taqdim etadi. 8. Bosh tijorat banki Markaziy bank to‘lov hisob-fakturasini taqdim etgan sanadan ikki ish kuni davomida qimmatbaho metallar uchun to‘lovni to‘liq amalga oshiradi. Bosh tijorat banki to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng Markaziy bankka to‘lovni amalga oshirgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha qimmatbaho metallar miqdori, qimmatbaho metallar plastinalarini qabul qilish vakolati berilgan ega moddiy javobgar shaxs haqidagi ma’lumotlar (familiyasi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami) ko‘rsatilgan va tijorat bankining qimmatbaho boyliklarni olish uchun ishonchnomasi ilova qilingan xatni yuboradi. 9. Markaziy bank to‘lovi amalga oshirilgan tegishli miqdordagi qimmatbaho metallar plastinalarini bosh tijorat banklariga taqdim etadi. 11. Tijorat banklari zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga ularning buyurtmanomalari asosida sotib olingan qimmatbaho metallarni Markaziy bankdan olingan kundan boshlab besh kun davomida beradi. Tijorat banklari qimmatbaho metallarni qonunchilikda belgilangan tartibda xavfsizlik talablariga rioya etgan holda transportirovka qiladi. 12. Markaziy bank va bosh tijorat banklari, shuningdek tijorat banklari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida qimmatbaho metallarni sotish bo‘yicha operatsiyalar alohida shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 13. Markaziy bank og‘irligi 100 gramm bo‘lgan plastinalar shaklidagi qimmatli metallarni oldindan to‘liq to‘lash sharti bilan milliy valyutada sotadi. 14. Qimmatbaho metall bahosi tijorat banki Markaziy bankka buyurtmanomani taqdim etgan kunda amal qilingan London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bank kursi asosida uning sof og‘irligi va tijorat banklarida depozitga qo‘yilgan mablag‘lar miqdori bo‘yicha hisoblanadi. Qimmatbaho metall bahosi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq hisob-kitoblar asosida belgilanadi. 15. Tijorat bankining talabiga asosan depozitga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tomonidan Markaziy bank taqdim etgan va qimmatbaho metallar plastinalarining aniq og‘irligidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan to‘lov hisob-fakturasiga asosan to‘ldirilishi hamda qimmatbaxo metallning buyurtma berilgan miqdorini sotib olishga yetarli bo‘lishi kerak. Depozitga qo‘yiladigan mablag‘ miqdoriga ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq tijorat bankining marjasi va 17-bandiga asosan Markaziy bankka to‘lanadigan vositachilik haqi ham kiritiladi. Qimmatbaho metallarni sotib olish uchun depozitga qo‘yilgan mablag‘ miqdori yetarli bo‘lmasa, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasi bekor qilinadi. 16. Tijorat banklari qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga sotadi. Bunda tijorat banklari qimmatbaho metallar hisobini tegishli hisobvaraqlarda yuritadi va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilardan sotiladigan qimmatbaho metall qiymatining 1 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda marja oladi. Tijorat banklariga “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJdan qimmatbaho metallarni (oltin va kumush) o‘lchamli plastinalar ko‘rinishida, shuningdek, 5 gramm og‘irlikdagi va undan og‘ir granulalarni (qimmatbaho metallar sof og‘irligiga qayta hisoblaganda) London qimmatbaho metallar birjasining tonggi fiksingi asosida milliy valyutada sotib olish huquqi beriladi. 17. Bundan tashqari, tijorat banklari zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilardan sotilgan qimmatbaho metallar qiymatining 1 foizi miqdorida vositachilik haqini ushlab qoladi va keyinchalik ushbu vositachilik haqi Markaziy bankka qimmatbaho metallar plastinalarini ishlab chiqarish (qayta ishlash, transportirovka qilish, saqlash va boshqalar) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun to‘lanadi. “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJdan qimmatbaho metallar mustaqil sotib olingan taqdirda, Markaziy bankka qimmatbaho metalllar plastinalarini ishlab chiqarish (qayta ishlash, tashish, saqlash va boshqalar) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun vositachilik haqi to‘lanmaydi va bank ixtiyorida qoladi. 18. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi o‘z faoliyatini to‘xtatganda, u ushbu Nizomga muvofiq sotib olingan va foydalanilmay qolgan qimmatbaho metallarni boshqa zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchisiga sotish huquqiga ega. 19. Davlat asllik darajasini belgilash palatasi va davlat soliq xizmati organlari qonunchilikka muvofiq zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotib olingan qimmatbaho metallardan maqsadli foydalanishni nazorat qiladi (ustav jamg‘armasida davlat ulushiga ega bo‘lmagan yoki kamida 50 foiz davlat ulushiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno). 20. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan qimmatbaho metallardan maqsadli foydalanish uchun shaxsan javob beradi. 21. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi. 1. 1 gramm qimmatbaho metallning bahosi quyidagi formula asosida hisoblanadi: PG/UZS = ((P W / Y) * ECB) verguldan so‘ng ikki kasrli xonaga qadar yaxlitlanadi bunda: PG/UZS — bir gramm uchun so‘mdagi narx; PW — London qimmatbaho metallar birjasidagi ertalabki fiksing narxi (doll./tr.uns.); Y — bir troy unsiyasining metrik grammdagi ekvivalenti (1 troyunsiyasi = 31,1035 gramm); E CB — 1 AQSh dollari uchun Markaziy bankning so‘mga nisbatan o‘rnatilgan kursi. 2. Sotib olingan qimmatbaho metallning umumiy qiymati quyidagi formula asosida hisoblanadi: ∑= (V* PG/UZS) verguldan so‘ng ikki kasrli xonaga qadar yaxlitlanadi bunda: ∑ — qimmatbaho metall uchun so‘mda to‘lanadigan qiymat; V — qimmatbaho metallning grammdagi og‘irligi; PG/UZS — bir gramm uchun so‘mdagi narx.
158
9,249
Qonunchilik
Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/18-son qarori (ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 27-son, 553-modda) bilan tasdiqlangan Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Quyidagi mazmundagi 366 — 3611-bandlar bilan to‘ldirilsin: “366. Bank kredit operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etishi lozim: kredit shartnomasida kredit mablag‘larini berish muddati, shartlari va ulardan foydalanish tartibi aniq ko‘rsatilishi; kredit shartnomasida kredit mablag‘larini berish majburiyatini bajarmaganligi yoki o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun bank qarz oluvchi oldida kreditor sifatida o‘z javobgarligini aks ettirishi shart. 367. Kredit shartnomasiga ilova qilingan kreditni qaytarish jadvali kredit shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, bank va qarz oluvchi tomonidan imzolanishi, shuningdek, qoida tariqasida kredit shartnomasi matnida ilova ko‘rinishidagi kreditni qaytarish jadvaliga havola bo‘lishi kerak. 368. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni qarz oluvchiga hakiqatda berilgan kredit asosiy summasining qoldig‘iga nisbatan kredit shartnomasida belgilangan nominal stavka bo‘yicha hisoblashi kerak. Bunda, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar kredit summasi qarz oluvchining hisobvarag‘iga yoki qarz oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan boshqa hisobvaraqqa o‘tkazilgan yoxud qarz oluvchiga naqd pul ko‘rinishida berilgan sanadan boshlab hisoblanadi. Agar kredit shartnomasida kreditni so‘ndirish davrida imtiyozli davr ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda imtiyozli davrning boshlanish kuni kredit berilgan sanadan hisoblanishi kerak. 369. Bank qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortgan taqdirda, ushbu kredit bo‘yicha mablag‘lar berishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit berish to‘xtatilganligi va uning sabablari yuzasidan yozma xabarnoma yuborishi shart. 3610. Jismoniy shaxs — qarz oluvchi tomonidan iste’mol krediti va ipoteka krediti bo‘yicha qarzdorlik to‘liq to‘langanidan so‘ng, bank mazkur qarzdorlik bo‘yicha amalga oshirilgan oxirgi to‘lov sanasining keyingi uch ish kunidan kechiktirmagan holda qarz oluvchining shaxsiy kabinetida kredit bo‘yicha qarzdorlik to‘liq so‘ndirilganligi va ushbu kredit shartnomasi bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot joylashtirishi shart. 3611. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi turi (o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchi foiz stavkasi) hamda kreditning asosiy summasi va foizlarini to‘lash usuli (differensial yoki annuitet) tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq kredit shartnomasida nazarda tutilishi kerak.”. 2. 372-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Agar kreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan so‘ng kredit bo‘yicha moliyalashtirishni boshlash muddatlari yoki shartnomada ko‘zda tutilgan o‘zgaruvchan foiz stavkasi o‘zgarishi, kredit shartnomasining shartlari tomonlar o‘rtasida qayta ko‘rib chiqilishi (shu jumladan, kreditning restrukturizatsiya qilinishi), qarz oluvchi tomonidan kredit qisman muddatidan oldin so‘ndirilishi munosabati bilan kredit bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish sanalari va muddatlari yoki oraliq kredit to‘lovlarining miqdorlari o‘zgarganda bank kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirib, qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim. Bunda, kreditni qaytarish jadvali yangidan rasmiylashtirilishi bilan undan oldin mavjud bo‘lgan kreditni qaytarish jadvali o‘z kuchini yo‘qotadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida qayd etilishi shart.”. 3. 491-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “491. Iste’molchilarning murojaatlari bankka kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi va yozma yoki elektron shaklda javob berilishi kerak.”.
208
4,422
Qonunchilik
Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish, eksport kontraktlarini sug‘urta qilishning amaldagi mexanizmini takomillashtirish, shuningdek mahsulotlarning ko‘rsatib o‘tilgan turlarini eksport qilishga doir kontraktlarni bojxonada rasmiylashtirishning yanada ochiq-oshkoraligini ta’minlash hamda ularning respublika bojxona chegarasidan noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki, meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni (TIF TN kodi 07-08) eksport qilish belgilangan tartibda barcha transport vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. 2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yuk jo‘natuvchilarning buyurtmanomalari bo‘yicha talab qilinadigan izotermik va universal harakatlanadigan tarkib belgilangan tartibda o‘z vaqtida berilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilish o‘z vaqtida bojxonada rasmiylashtirilishini va qo‘llaniladigan transport vositalari qat’iy nazorat qilinishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 1-oktabrdan boshlab meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishda nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari reyestrini yuritish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishda nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari reyestrini yuritish yuklansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishda nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislarini aniqlash, shuningdek ularning reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni 2015-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari to‘g‘risidagi axborot har oyda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etilishi nazarda tutilsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar xo‘jalik subyektini meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishda nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari reyestriga kiritish uchun asos hisoblanadi: eksport qiluvchilarning tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlari mavjudligi; meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutadagi tushumning bir qismi vakolatli banklarga o‘z vaqtida majburiy sotilmasligi. 7. Belgilab qo‘yilsinki: nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum eksport qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi; xo‘jalik subyektini nohalol eksport qiluvchilar va ularning muassislari reyestridan chiqarish xo‘jalik subyektini ushbu reyestrga kiritish uchun asos bo‘lgan kamchiliklar ular tomonidan bartaraf etilgandan keyin amalga oshiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda: eksport kontraktlarini sug‘urtalashni alohida hisobga olish, hisobot va sug‘urtalovchilar faoliyatini nazorat qilish tartibini ishlab chiqsin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda sug‘urtalovchilarga huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirsin, bunda eksport kontraktlarining sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovonlarini to‘lash muddatlari, shuningdek eksport kontraktlarini sug‘urta qilish bo‘yicha hisob va hisobot talablari buzilganligi uchun sug‘urtalovchilarga nisbatan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchilar uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanilishini nazarda tutsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritsin; o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va Bosh vazir o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
166
5,091
Qonunchilik
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga va “O‘zdehqonchilik-sanoatbank”ka kredit resurslari ajratish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi Farmoniga muvofiq hamda ish haqi va pensiyalarning milliy valyutada oldindan to‘lanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga: Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kafolati bilan ikki oy muddatga 304,2 mlrd so‘m-kupon miqdorida foizsiz kredit; “O‘zdehqonchiliksanoatbank”ka qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlayotganlarning mehnatiga haq to‘lash uchun 1994-yil 1-dekabrdan boshlab qaytarish muddati bilan 220 mlrd so‘m-kupon miqdorida imtiyozli (50 foizlik yillik foydasi bilan) kredit resurslari ajratish tavsiya qilinsin. 2. “O‘zdehqonchiliksanoatbank” ajratilgan kredit resurslarining ikki tomonlama garov shartnomalari asosida qat’iy maqsadlar uchun berilishini ta’minlasin.
104
848