folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qarorining ijrosini ta’minlash hamda oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qaroriga muvofiq:
a) O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 20 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) o‘tkazib berilganligi;
b) Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini sarflashning qo‘shimcha yo‘nalishlari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;
oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiyalar ajratishga doir tartib-taomillar;
tashabbuskorlarning subsidiya ajratish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari;
tashabbuskorlarga subsidiya ajratishni rad etishning asoslari hamda ularning ariza bilan qayta murojaat qilish yoxud yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqi.
3. Belgilansinki:
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash hamda yangi loyihalarning infratuzilmasini yaratish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiyalar mazkur loyihalar to‘liq ishga tushirilib, tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilgandan so‘ng ajratiladi;
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini Jamg‘arma hisobidan qoplab berishga subsidiya ajratish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarini tashkil etish bo‘yicha subsidiyalar ajratilishini qonunchilik hujjatlari va mazkur qaror talablari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom qoidalari tashabbuskorlarning 2020-yil 10-sentabrdan so‘ng amalga oshirgan tegishli xarajatlarini qoplashga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
infratuzilma — tashkilotning yangi loyihalarini ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradigan, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini (ichimlik suv, oqova suv tarmoqlari, tabiiy gaz va elektr energiyasi) tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari;
loyiha — oziq-ovqat mahsulotlarini sanoat usulida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan infratuzilma, xorijiy ekspert jalb etish va texnik-iqtisodiy asoslantirishlar bilan bog‘liq tadbirlar majmui;
tashabbuskorlar — oziq-ovqat mahsulotlarini sanoat usulida ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish yuzasidan murojaat qilgan yuridik shaxslar;
texnik-iqtisodiy asoslanish — yangi loyihaning umumiy eng ko‘p miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini ko‘rib chiqilgan, moliyalashtirishning dastlabki shartlari hisobga olingan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni o‘rganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi, shuningdek, mahsulotga brend jalb qilish bo‘yicha loyiha hujjati;
xorijiy ekspert — oliy ma’lumotli, portfolio hamda oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimida kamida besh yil ish tajribasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi;
arizalarni elektron shaklda qabul qilish — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, ariza va uning ilovalarini hamda uning asl nusxalarini elektron shaklda qabul qilish imkoniyati yaratilgan veb sahifa.
3. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish bo‘yicha subsidiya Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan ajratiladi.
4. Jamg‘armadan subsidiya quyidagi tartibda ajratiladi:
a) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi miqdorida, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda — loyiha tashkiloti bilan texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun tuzilgan ikki tomonlama shartnoma, ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslanishining tasdiqlangan nusxasi, bajarilgan ishlar bo‘yicha dalolatnoma, to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat hamda loyiha ishga tushirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida;
b) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda — xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan ikki tomonlama shartnoma, bajarilgan ishlar bo‘yicha dalolatnoma va to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, loyiha ishga tushirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida;
v) oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda — ikki tomonlama tuzilgan mehnat shartnomasi yoki kontrakti (alohida kelish va ketish, yashash bilan bog‘liq xarajatlar bundan mustasno) va to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat asosida ajratiladi (oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha uskunalar va texnikalarni xarid qilish bilan bog‘liq tuzilgan shartnomalarning tarkibiga kiritilgan xizmatlar bundan mustasno). Bunda tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning muddati ikki yildan ortiq bo‘lmasligi lozim.
5. Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning bir qismini qoplab berish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalar uchun subsidiya berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
6. Tashabbuskorlarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar uchun subsidiya O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) qaroriga asosan beriladi.
Ushbu vazifani bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruh tashkil etiladi.
7. Subsidiya to‘lovlari vazirlik qarori qabul qilingandan so‘ng tashabbuskorlar bilan tuziladigan shartnoma asosida qoplab beriladi. Shartnoma tashkil etilayotgan loyihani monitoring qilib borish maqsadida tomonlarning huquq va majburiyatlari, yangi tashkil etilgan loyiha dastlabki uch yil davomida faoliyatini o‘zgartirsa yoki to‘xtatsa, ajratilgan subsidiya qaytarilishi to‘g‘risidagi bandlarni o‘z ichiga oladi.
8. Tashabbuskorlar subsidiya olish uchun mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan ikki tomonlama shartnoma;
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari (infratuzilma obyektlari uchun);
ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslanish hujjatlarining nusxasi (texnik-iqtisodiy asoslanishni tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash obyektlari uchun);
bajarilgan ishlar bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma;
to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
loyiha ishga tushirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tashabbuskorlarning arizalarini qabul qiladi hamda vazirlikka kiritadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbuskorlarning arizalarini mazkur Nizom bo‘yicha qabul qilib oladi va ko‘rib chiqadi.
9. Taqdim qilingan hujjatlar vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘n kun muddatda arizani va unda ko‘rsatib o‘tilgan obyektni joyiga chiqqan holda o‘rganadi hamda o‘rganish natijalarini vazirlikka yuboradi va bu haqda tashabbuskorga yozma yoki elektron holda ma’lum qiladi.
10. Vazirlik tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi va o‘n kun davomida subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qarorni qabul qiladi.
11. Vazirlik tashabbuskorlarning faoliyati va ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni axborot tizimlari, shu jumladan, tegishli organlarning internet jahon axborot tarmog‘idagi ma’lumotlar bazalari yordamida hamda so‘rovnomalar asosida o‘rganib chiqishi mumkin.
12. Quyidagi holatlarda tashabbuskorlarga subsidiya ajratish rad etiladi:
tashabbuskorlarning faoliyati mazkur Nizom 4-bandida belgilangan shartlarga muvofiq bo‘lmasa;
tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 8-bandi talablariga mos kelmasa;
tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan o‘rganishlar orqali ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni atayin buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda.
13. Tashabbuskorlar subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, subsidiya olish uchun vazirlikka yoki uning hududiy bo‘linmalariga ariza bilan qaytadan murojaat qilishga haqli.
14. Tashabbuskorlar subsidiya ajratilishini rad etish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
15. Subsidiya ajratilishi asoslanganligi va uning miqdori haqidagi ma’lumot vazirlik qarori asosida beriladi.
Vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalari tasdiqlangan bayonnomaning haqqoniyligiga mas’ul hisoblanadi.
16. Vazirlik tomonidan qaror qabul qilingandan so‘ng o‘n kun muddatda subsidiya tashabbuskorlarga belgilangan tartibda Jamg‘arma hisobidan to‘lab beriladi.
17. Subsidiya Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda tegishli tashabbuskorlarning tijorat bankidagi asosiy hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.
18. Subsidiya ajratilgan tashabbuskorlarning reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladi.
19. Tashabbuskorlarning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihalari xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha ajratiladigan subsidiya mablag‘laridan samarali foydalanishi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 99 | 13,094 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-603-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 26-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-603-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 702 |
Qonunchilik | “Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini (Dakar, 2008-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 18-martda qabul qilingan “Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini (Dakar, 2008-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini (Dakar, 2008-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 137 | 595 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING DAVLAT AXBOROT RESURSLARINI HAMDA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARINI HISOBGA OLIShNI TAKOMILLAShTIRIShGA OID AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Davlat axborot resurslarini hamda interaktiv davlat xizmatlarini hisobga olishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
tegishli davlat axborot resurslari hamda interaktiv davlat xizmatlari shakllantirilishini, ulardan foydalanilishini va ularning o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlanishini va yangilanishini ta’minlasinlar;
zaruriyatga ko‘ra davlat organlarining ishlatilayotgan axborot tizimlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga keyinchalik Ro‘yxatga kiritish uchun yil mobaynida shakllantirilgan davlat axborot resurslari bo‘yicha axborot kiritsinlar”;
b) 3-banddagi “har yili 1-fevralgacha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatida:
4-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 4-1 — 4-3-pozitsiyalar qo‘shilsin:
36-1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 36-2-pozitsiya qo‘shilsin:
39-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 39-1-39-2-pozitsiyalar qo‘shilsin:
quyidagi mazmundagi 51-2-pozitsiya qo‘shilsin:
83-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 83-1 — 83-3-pozitsiyalar qo‘shilsin:
quyidagi mazmundagi 116 — 123-pozitsiyalar qo‘shilsin: | 211 | 2,029 |
Qonunchilik | Pedagogik kengash faoliyatining tartibi belgilandi | Xalq ta’limi vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 9 iyunda 2799-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Nizom talablari barcha umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Belgilanishicha, pedagogik kengash ta’lim muassasasida oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, shuningdek uning faoliyati bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish boʻyicha oliy organ hisoblanadi.
Hujjatda pedagogik kengashning maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari batafsil qayd etilgan.
Pedagogik kengash tarkibi umumta’lim muassasasi direktori, uning oʻrinbosarlari va pedagog хodimlardan iborat boʻladi. Umumta’lim muassasasining har bir pedagog хodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab pedagogik kengashning a’zosi hisoblanadi. Pedagogik kengash yigʻilishi har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruratga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin.
Umumta’lim muassasasida pedagogik kengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar boʻlishi lozim:
хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining buyrugʻi bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi toʻgʻrisidagi nizom;
pedagogik kengashning tasdiqlangan ish rejasi;
pedagogik kengash yigʻilishi bayonnomalarini qayd etish daftari;
pedagogik kengash yigʻilishi bayonnomalari;
pedagogik kengash yigʻilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.
Pedagogik kengash yigʻilishi bayonnomalarini qayd etish daftari doimiy ravishda, tahliliy materiallar va boshqa hujjatlar esa 3 yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arхivga topshiriladi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 13 iyundagi 23-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 50 | 2,216 |
Qonunchilik | Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo‘lga qo‘yildi, klasterlarga ajratilgan qishloq xo‘jaligi maydonlarining hajmi ekin turlari bo‘yicha paxta-to‘qimachilikda — 67 foizni, chorvachilikda — 8 foizni, meva-sabzavotchilikda — 7,5 foizni tashkil etmoqda.
Klaster usulida yetishtirilgan xomashyoni qayta ishlash natijasida tayyor mahsulot ko‘rinishida iste’molchiga yetkazib berish imkonini bermoqda.
Bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. 2010-yilda eksportning 11,3 foizi paxta tolasi hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 1,6 foizgacha kamaydi.
Shu bilan birga, sohada ayniqsa meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, ilmiy yondashuvning yetarli emasligi tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmasligiga olib kelmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong‘oqdan 5 baravar ko‘p daromad olish imkoniyati mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, paxta, g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, bog‘, tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4239-son qaroriga asosan:
Jizzax, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining 8 ta tumanida jami 41 ta meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil etilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etgan holda 2020-yilda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining 22 ta tumanida 31 ta, 2021-yilda respublika bo‘yicha 100 ta qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda klaster va kooperatsiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha klasterlarni (keyingi o‘rinlarda — meva-sabzavot klasteri) tashkil etish tashabbuskor, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama kelishuv (keyingi o‘rinlarda — uch tomonlama kelishuv) asosida amalga oshiriladi;
meva-sabzavot klasterini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlar, qoida tariqasida, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar orasidan, ularning tajribasi va imkoniyatlaridan kelib chiqib tanlab olinadi, bunda birinchi navbatda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha to‘liq ishlatilmayotgan quvvatlarni ishga tushirish nazarda tutiladi;
meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetishtiruvchilarni meva-sabzavot klasterlariga biriktirish ular bilan qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar hamda tuman hokimligi o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tuziladigan mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali amalga oshiriladi;
meva-sabzavot klasteri ishtirokchilari — mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar mahsulot yetkazib berish shartnomalari orqali tartibga solinadi;
mahsulot yetkazib berish shartnomalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari tomonidan qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning takliflari asosida qabul qilinadigan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar va uch tomonlama kelishuv shartlari asosida tuziladi hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
mahsulot yetkazib berish shartnomalari fuqarolik qonun hujjatlari talablari asosida tuziladi, ularda shu jumladan mahsulot narxini haqiqiy xarajatdan kelib chiqib aniqlash, xarid qilinadigan mahsulot uchun oldindan ajratiladigan avans mablag‘lari hisobiga mahsulot yetishtiruvchilarni urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa resurslar bilan ta’minlash, agrotexnika va agrokimyo xizmatlari ko‘rsatish, yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berish, axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish nazarda tutiladi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanning barchasidagi mavjud bog‘ va tokzorlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazsin;
o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash yuzasidan har bir tuman kesimida manzilli ro‘yxatlarni shakllantirsin va tasdiqlasin, bunda 2020-yil davomida yaroqsiz bog‘ va tokzorlarni, 2021 — 2025-yillarda esa kam hosilli, eskirgan va samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash nazarda tutilsin;
yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etish ularni oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xo‘jaligi birlashmasiga biriktirilishini, iqtisodiy jihatdan samaradorligini nazarda tutgan holda amalga oshirilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlar, shuningdek, yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan yerlarda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida, shu jumladan tijorat banklari va lizing kompaniyalari orqali berish, keyinchalik ular negizida qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari tuzish ishlarini tashkil qilsin.
5. Belgilansinki, qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirish ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi, bunda yangi bog‘, tokzor va issiqxonalar barpo etish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash obyektlarini yaratish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan miqdordagi kreditlar bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan asosiy stavkadan oshgan, lekin asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya va qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdordagi kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) miqdorda kafillik taqdim etiladi.
6. Intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadigan tijorat banklariga ushbu loyihalar uchun kreditlar ajratishda bog‘ va tokzorlar hosilga kirgunga qadar (turiga ko‘ra) asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr belgilash tartibini joriy etish tavsiya etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda:
meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari keng jalb qilinishini;
xalqaro moliya institutlarining jalb qilingan mablag‘larini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga manzilli yetib borishini ta’minlasin.
8. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan — qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratishga;
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan — ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun subsidiyalar ajratishga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan moliyaviy yordam turlarini ajratishning aniq mexanizmini belgilash maqsadida ushbu jamg‘armalar faoliyatini tartibga soluvchi hukumat qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi yangi yong‘oq mevali bog‘larni tashkil etish va ularda pista, bodom, yong‘oq mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va moliyaviy yordam turlaridan foydalanishda ularga ko‘maklashish choralarini ko‘rsin.
10. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining qo‘llanilganligi mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa manbalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, vazirlik va idoralar huzuridagi jamg‘armalar hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari hisobidan moliyaviy ko‘mak berilishini istisno qilmaydi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ:
a) bir oy muddatda meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining eksport geografiyasini kengaytirish, eksportdagi tarif va notarif baryerlarni kamaytirish yuzasidan “yo‘l xarita”sini ishlab chiqib, tasdiqlasin. Unda quyidagilar nazarda tutilsin:
meva-sabzavot va uzum mahsulotlarining turlari bo‘yicha noan’anaviy bozorlar, xususan, Xitoy, Koreya, Hindiston, Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksportni ko‘paytirish;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan import bojlari va aksiz solig‘i stavkalarini qo‘llashda imtiyoz va chegirmalar berish to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazish;
temir yo‘l, avtomobil va havo transportida yuklarni tashishda undiriladigan to‘lovlarni kamaytirish;
xalqaro darajada tan olingan standartlar talablariga mos mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini ushbu standartlar talablari asosida qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar qamrovini kengaytirish, eksportbop mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sertifikatlash ishlarini jadallashtirish;
“sog‘lomlik” sertifikati bo‘lmagan urug‘ va ko‘chatlarni import qilish hamda ekishni to‘xtatish;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mineral o‘g‘itlar sotish va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizim tashkil etish, ularning faoliyatida ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
b) amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2020-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
12. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida:
tegishli hududda meva-sabzavot va uzum turlarini joylashtirishda yetishtiriladigan mahsulot hajmi bog‘lar va tokzorlar tuproqlarining bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligi (keyingi o‘rinlarda — normativ hosildorlik) asosida aniqlanadi;
mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan normativ hosildorlik talablariga rioya etilishi ular ishtirokida tuzilgan shartnomalar, davlat statistika hisobotlari hamda vakolatli organlarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlar yordamida hududiy qishloq xo‘jaligi organlari tomonidan monitoring qilinadi;
o‘tkazilgan monitoring natijalari har yili kamida bir marta xalq deputatlari tuman kengashlarida muhokama qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
mazkur bandga asosan o‘tkazilgan monitoring natijalarini xalq deputatlari tuman kengashlarida muhokama qilish ishlarini samarali tashkil etishga ko‘maklashsin;
o‘tkazilgan monitoring natijalarini umumlashtirish asosida 2021-yil 1-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga yer uchastkalaridan samarasiz foydalanayotgan yer uchastkalari egalariga nisbatan xalq deputatlari tuman kengashlarining qarorlariga asosan ta’sirchan choralar ko‘rish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
13. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda — meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan 55 ta tumanni alohida mahsulot turiga ixtisoslashtirish, ularda faoliyat yuritadigan meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari faoliyatining samarali tashkil etilishi hamda 2020-yilda 26 ming gektar kam hosilli va yaroqsiz bog‘lar o‘rnida intensiv usulda 7 ming gektarida gilos, 8 ming gektarida yong‘oq va shaftoli, 8,5 ming gektarida o‘rik va anor hamda 2,5 ming gektarida olxo‘ri bog‘lari tashkil etilishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov — kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi birlashmalari faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishi, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirishda aholi tomorqalaridan samarali foydalanilishini ta’minlash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.O‘. Umurzoqov — meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish tizimini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini maqsadli jalb qilish, eksport qiluvchi va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini samarali tashkil etish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J. Bakirov — yong‘oq mevali bog‘lar tashkil etish, ularda pista, bodom, yong‘oq singari mahsulotlar yetishtirish va eksport qilish hajmini kengaytirish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori N.E. Najimov — yaroqsiz bog‘, issiqxona va tokzorlar joylashgan yerlarda yangidan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish, keyinchalik bir hududda ijaraga olingan ekin maydonlari negizida qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlarini tashkil etish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari A.E. Ergashev — mazkur qarorda nazarda tutilgan moliyaviy yordam turlarini o‘z vaqtida va manzilli taqdim etishda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari S.S. Xodjayev — to‘qsonbosti usulida yetishtiriladigan va ertaki ekinlarning o‘z vaqtida ekilishi, ularda belgilangan turdagi va hajmdagi mahsulotlarning to‘liq yetishtirilishi uchun shaxsan javobgar bo‘lishi belgilansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
2020-yilda tashkil etiladigan meva-sabzavot klasterlari faoliyatini manzilli qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi;
Intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi;
Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarorlarini qabul qilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning ijrosini, sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaliklari egalariga, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mazkur qaror talablarining amalga oshirilishini doimiy monitoring qilib borsin;
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4161-son qarorining 5-bandida:
a) quyidagi mazmundagi beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha bo‘lg‘usi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etish;
uzum ko‘chatlarini shpalerga ko‘tarish uchun subsidiyalar ajratish”;
b) beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi PQ-4227-son qarorining 3-bandi “a” kichik bandida:
a) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi birlashmalari ustav fondiga (jamg‘armasiga) ulush sifatida kiritish uchun — har bir a’zoga (oilaga) bazaviy hisoblash miqdorining o‘n barobari miqdorida to‘lash”;
b) beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4246-son qarorining 6-bandida:
a) quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish”;
b) to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin. | 157 | 21,007 |
Qonunchilik | Normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Hammom, sauna, vanna va cho‘milish xonalaridan foydalanish qoidalarini (ro‘yxat raqami 395, 1998-yil 15-yanvar) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2012-yil 9-apreldagi 1-6-320/8-son taqdimnomaning talablari bajarilmaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Hammom, sauna, vanna va cho‘milish xonalaridan foydalanish qoidalarini (ro‘yxat raqami 395, 1998-yil 15-yanvar) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu buyruqni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi ushbu normativ-huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilganligini o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. | 66 | 2,663 |
Qonunchilik | O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni ijrosini ta’minlash, yurtimizda Qur’on ilmi, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita deb ataladi) hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblangan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Qur’on ilmlari, hadisi sharif, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, islom tarixi, manbashunosligi va falsafasi kabi diniy ta’lim yo‘nalishlari, dinshunoslik, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar, ziyorat turizmi hamda mumtoz sharq adabiyoti singari dunyoviy ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari faoliyatini o‘quv-me’yoriy va o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda muvofiqlashtirish;
islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran o‘rganish hamda targ‘ib etish;
kadrlar tayyorlash jarayoniga yetuk mutaxassislar va o‘qituvchilarni jalb qilish orqali ilm-fan hamda ta’limning o‘zaro integratsiyasini chuqurlashtirish;
o‘qitishning zamonaviy uslub va metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng joriy etish asosida ta’lim sifatini oshirish;
ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha diniy-ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlardagi ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘ida ta’lim resurslarini yaratish va muntazam yangilab borish;
islom olamida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar, zamonaviy siyosiy jarayonlarga oid ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish;
mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan va xorijiy oliy diniy ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish;
malakali xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, shuningdek, Akademiya mutaxassislarini nufuzli xorijiy oliy diniy ta’lim va ilmiy muassasalarga malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish, talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
3. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tuzilmasi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Akademiya rektoriga, zarur hollarda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishgan holda Akademiya tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilansinki:
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Akademiya o‘z faoliyatida bevosita Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi oldida hisobdordir;
Akademiyaning ixtisoslashgan maktab, akademik litsey, bakalavriat va magistratura bosqichlari bitiruvchilariga beriladigan davlat namunasidagi hujjatlar (shahodatnoma yoki diplom) O‘zbekiston Respublikasida muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha tegishlicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladi;
Akademiyaning bakalavriat va magistraturasiga qabul qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari asosida amalga oshiriladi;
Akademiya magistraturasiga oliy ta’lim muassasalarining kamida bakalavr darajasi diplomiga ega bo‘lgan hamda Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar ixtisosligiga mos keladigan yo‘nalishlarni bitirgan O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinadi.
Akademiya bitiruvchilariga umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida sohaga tegishli fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
5. Akademiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtirilishi inobatga olinsin:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
muassislar tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi:
a) bir oy muddatda:
Akademiya ustavini tasdiqlash, shuningdek, uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan ularning professor-o‘qituvchilari va xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin;
b) Toshkent islom universitetida tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Akademiyada tashkil etilayotgan ta’lim yo‘nalishlari (ziyorat turizmi, xalqaro munosabatlar, mumtoz sharq filologiyasi, islom tarixi va manbashunosligi)ning tegishli ravishda 2, 3 va 4-kurslarida o‘qishni davom ettirishlarini ta’minlasin.
v) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
attestatsiya natijalari bo‘yicha lavozimidan ozod qilinadigan xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkilotlarga mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirilishiga ko‘maklashsin;
Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar uchun malaka talablarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Toshkent islom universitetining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olib, uni 2017/2018 o‘quv yillarida bitirayotgan 4-kurs bakalavriat bosqichi hamda 2-kurs magistratura bosqichi talabalariga o‘rnatilgan tartibda tegishli yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha Toshkent islom universitetining bakalavrlik va magistrlik diplomlari beriladi;
Toshkent islom universitetining o‘qishni boshqa oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish istagini bildirgan 2 va 3-kurs talabalarining o‘qishlarini ko‘chirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq, ular tahsil olgan davlat granti yoki to‘lov-kontrakti asosidagi ta’lim shaklini saqlab qolgan holda amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning asoslangan hisob-kitoblariga binoan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturining 2019-yil va keyingi yillar uchun mo‘ljallangan parametrlarini shakllantirishda Akademiyaning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobiga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
9. Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Akademiya uchun quriladigan va unga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan binolarni rekonstruksiya qilish, mukammal (kapital) ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.
Bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tender yoki tanlov o‘tkazish natijalari asosida aniqlansin.
10. Toshkent shahar hokimligi Akademiyaning respublikaning boshqa hududlaridan kelib ta’lim olayotgan talabalarining turar joyga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olib, Akademiyaga yaqin bo‘lgan hududdan talabalar turar joyi uchun mos bino ajratish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda:
yetakchi xorijiy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini Akademiyada ma’ruza o‘qish, ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga jalb qilish;
Akademiya professor-o‘qituvchilarini xorijiy davlatlarning ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish, malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish choralarini ko‘rsin.
12. Quyidagilar:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Akademiyaga talabalar ta’lim shaklidan qat’i nazar, dastlabki imtihon (“Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun), kasbiy (ijodiy) imtihon hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinsin. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihon O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bo‘yicha o‘tkazilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari Akademiya iqtidorli talabalariga ham tatbiq etilsin;
Akademiyaning bakalavriat va magistratura bosqichlarini bitirgan talabalar o‘z ixtisosligi bo‘yicha davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga ishga qabul qilinishida davlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan teng huquqqa ega bo‘ladilar, ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2003-yil 11-avgustdagi 347-son qarori talablari qo‘llanilsin;
Akademiyaga 3 ta, shu jumladan 1 ta xizmat, 1 ta navbatchi va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
13. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Akademiya faoliyatini rivojlantirish, ilmiy-pedagogik hamkorlik o‘rnatish yuzasidan xizmat safarlariga boradigan Akademiya rahbarlari va xorijiy mutaxassislarga hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan yuqori martabali mehmonlarga Akademiyaning buyurtmanomalariga muvofiq Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining VIP va SIP zallari orqali belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Akademiyani saqlash xarajatlarini 2018-yilda ijtimoiy soha bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda:
Akademiya bilan birgalikda “Islomshunoslik” ta’lim sohasi va unga taalluqli yo‘nalishlarni (bakalavriat) hamda mutaxassisliklarni (magistratura) joriy etish va uni Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda Akademiyada o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun salohiyatli va yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish, Akademiyani o‘quv rejalari va dasturlari hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalar va materiallar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Akademiya faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida Akademiyani aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmog‘i va boshqa texnik vositalar bilan belgilangan tartibda ta’minlash choralarini ko‘rsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. | 114 | 12,705 |
Qonunchilik | Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Suv ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish” dasturi doirasida “Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruk | Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ichimlik suv va oqova suv chiqarish xizmati bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Shveysariya Konfederatsiyasining iqtisodiy ishlar bo‘yicha davlat kotibiyati bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) o‘rtasida “Suv ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish” dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirish maqsadida 2021-yilning 17-may kuni jami 239,0 million AQSh dollari miqdoridagi, shu jumladan 49,0 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli, 190,0 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozsiz moliyalashtirish bitimi hamda Shveysariya Konfederatsiyasining iqtisodiy ishlar bo‘yicha davlat kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — SECO) tomonidan 7,8 million AQSh dollari miqdorida grant ajratish to‘g‘risidagi bitim imzolanganligi;
Dastur doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida ichimlik suv va oqova suv tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi, shu bilan birga sohada islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, energiya samaradorligini oshirish ko‘zda tutilganligi;
Dasturga kiritilgan “Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasining (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilib, vakolatli davlat organlarining ijobiy ekspertiza xulosalari olinganligi;
Loyihaning umumiy qiymati 79,3 million AQSh dollarini, Loyihani amalga oshirishda Uyushma krediti — 66,0 million AQSh dollarini, O‘zbekiston Respublikasining hissasi — imtiyozli davrda moliyaviy xarajatlarni hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish tarzida 13,3 million AQSh dollarini tashkil etishi;
Loyihani amalga oshirish uchun Uyushma tomonidan jami 66,0 million AQSh dollari, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 30 yil mobaynida qaytarish sharti bilan 10,0 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli hamda 10 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 30 yil mobaynida qaytarish sharti bilan 56,0 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozsiz kredit berilishi ma’qullanganligi;
Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2022 — 2026-yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Suv ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish” dasturi doirasida amalga oshiriladigan komponentlar hamda moliyalashtirish taqsimoti 1-ilovaga muvofiq;
“Suv ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish” dasturi doirasida 1, 2 va 4-komponentlar bo‘yicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasining imtiyozli kreditlarini qaytarish va uning foizlarini to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
“Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi bo‘yicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish va uning foizlarini to‘lashning prognoz jadvali 4 va 5-ilovalarga muvofiq;
“Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kredit mablag‘lariga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash bo‘yicha ulushlar taqsimotining prognozi 6-ilovaga muvofiq;
“Samarqand suv ta’minoti” MChJni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatovga, zarur hollarda, Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlariga Uyushma bilan kelishgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
a) “O‘zsuvta’minot” AJ Loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini, Uyushmaning qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlashga mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
b) Dasturni amalga oshirishda investitsiya kiritish davrida Uyushma krediti bo‘yicha foizlarni to‘lash Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
v) Samarqand viloyati hokimligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda Loyihaning sifatli amalga oshirilishi, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishilishi va Uyushma qarzlarining qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Loyihani amalga oshirish doirasida:
hosil bo‘ladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari hisobidan to‘lanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
olib kiriladigan tovarlarni bojxona bojidan ozod qilish va qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hamda moliyaviy xarajatlarni respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish O‘zbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga:
O‘zbekiston Respublikasi, Uyushma va SECO o‘rtasida imzolangan moliyalashtirish hamda grant bitimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Dastur doirasidagi qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlarni imzolash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilsin.
6. Adliya vazirligi Dastur doirasidagi moliyalashtirish, grant, qayta kreditlash hamda Loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimlar, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. “O‘zsuvta’minot” AJga Jahon bankining loyihalarni boshqarish guruhini tashkil etgan holda Dasturni muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalari yuklansin.
8. Samarqand viloyati hokimligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar:
aholi va tashkilotlarning ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarini xatlovdan o‘tkazsin hamda ularni bartaraf etish reja-grafigini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlarida har bir yil uchun asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan Dastur doirasida ajratiladigan mablag‘larni inobatga olsin.
10. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi (E.T. Yuldashev) Loyiha doirasidagi mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
11. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) Loyiha doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
12. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmuni va ahamiyatini aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, ularga ichimlik suv va oqova suv tizimi bilan ta’minlanadigan hududlar to‘g‘risida ma’lumot berib borish hamda qurilish-montaj ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish chorasini ko‘rsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. | 250 | 8,266 |
Qonunchilik | ShAHARChALAR, QIShLOQLAR VA OVULLAR FUQAROLAR YIG‘INLARINING RAISLARI (OQSOQOLLARI) TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman:
1. Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S.Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D.Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar adliya boshqarmalari mazkur buyruq kuchga kirgunga qadar tegishli shaharcha, qishloq va ovullardagi fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) bilan Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazsin.
5. Mazkur buyruq 2010-yil 15-maydan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 1997-yil 28-apreldagi 33/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan belgilangan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida qo‘llanma” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) (bundan keyingi o‘rinlarda fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) deb yuritiladi) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning (bundan keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) 25-moddasiga muvofiq aholi punktida notarius mavjud bo‘lmagan taqdirda fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
ishonchnomalarni tasdiqlaydi, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi, ma’lumoti haqidagi hujjat nusxalari bundan mustasno;
hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi.
Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
2. Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) notarial harakatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Yo‘riqnomaga amal qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar adliya boshqarmalari notarial harakatlarni bajarish yuzasidan fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari)ga bevosita hamda joylardagi davlat notarial idoralari orqali uslubiy rahbarlik qiladilar.
Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial rasmiylashtirilayotgan hujjatlarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi aks ettirilgan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining nomlari qayd etilgan muhr bosiladi.
3. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning va amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra vasiyatnoma, ishonchnoma, ariza va boshqa hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganida, vasiyatnoma, ishonchnoma, ariza va boshqa hujjatni uning topshirig‘iga ko‘ra imzolagan fuqaro, hujjatni og‘zaki tarjima qilib bergan tarjimon (surdo tarjimon) va boshqalar ham o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning o‘zigagina berilishi mumkin.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (ma’lumotlar) sud, prokuratura, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi. Vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi. Hujjatlarni berish to‘g‘risidagi talablar qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari)dan talab qilib olingan hujjatlar albatta qaytarilishi shart.
Vasiyatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar vasiyat qiluvchining vafotidan keyin vasiyat va qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga yoki ularning qonuniy vakillariga o‘lim haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma taqdim etilganidan keyin beriladi.
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
4. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) notarial harakatlarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
vasiyatnoma, ishonchnoma va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan ko‘chirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
5. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) notarial harakatlarni amalga oshirishda quyidagi majburiyatlarga ega:
jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashish, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berish;
tomonlar taqdim etgan vasiyatnoma va ishonchnoma loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berish, ularning mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirish;
yuridik jihatdan bexabarlik jismoniy va yuridik shaxslar zarariga foydalanilmasligi uchun amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ularni ogohlantirish;
qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etish;
notarial harakatlarni amalga oshirish vaqtida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi uchun tegishli tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilish.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq va har tomonlama o‘rganishi, zarurat tug‘ilganda ularni qayta tekshirishi lozim.
6. Qonunning 11-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan rus tilida yoki imkon bo‘lsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Agar notarial harakat murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) yoki murojaat qilgan shaxs tanigan tarjimon tomonidan og‘zaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga kim tomonidan tarjima qilinganligi va matn mazmuni tushuntirilganligi haqida fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan yozib qo‘yilishi, imzolanishi va muhr qo‘yilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs o‘zi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini to‘liq yozib, imzo qo‘yadi.
7. Notarial harakatlar fuqarolar yig‘ini joylashgan binoda amalga oshiriladi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) huzuriga bora olmaydigan ayrim hollarda yoki yuridik shaxs tomonidan taklif qilinganda, notarial harakatlar fuqarolar yig‘ini binosidan tashqarida, ya’ni mazkur fuqaro yoki yuridik shaxs yoxud uning vakili joylashgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
Notarial harakatlar fuqarolar yig‘ini joylashgan binodan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida va notarial harakatlarni ro‘yxatga olish reyestrida (bundan keyingi o‘rinlarda reyestr deb yuritiladi) notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili ko‘rsatiladi.
8. Notarial harakatlar haq to‘langanidan so‘ng zarur bo‘lgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi.
9. Notarial harakatni amalga oshirish qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur bo‘lganida kechiktirilishi mumkin.
Notarial harakatni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatni amalga oshirishga e’tiroz bor-yo‘qligini so‘rash zarur bo‘lganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning talabiga ko‘ra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi to‘g‘risida suddan ma’lumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal bo‘lguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Qonun hujjatlarida notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va to‘xtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
10. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — milliy pasport;
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
xorijiy fuqarolarning shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
11. Vasiyatnoma yoki ishonchnoma tasdiqlab berilayotganida ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Ishonchnoma vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan fuqarolarning muomala layoqati ular bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlanadi.
12. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli)da notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qiluvchilarning ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lsada (shubha tug‘dirsa), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, ular notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori bor-yo‘qligini aniqlaydi.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan bo‘lsa, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
13. Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs ustav asosida yoki ta’sis shartnomasi va ustav asosida yoxud faqat ta’sis shartnomasi asosida ish olib boradi. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs shu turdagi tashkilotlar haqidagi nizom asosida ish olib borishi mumkin. Yuridik shaxsning huquq layoqatini, uning organlarining yoki vakillarining vakolatini tekshirishda, uning tashkiliy-huquqiy shakliga e’tibor berish zarur.
14. Notarial harakatni amalga oshirishda yuridik shaxsning rahbari bevosita ishtirok etganda, uning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi. Bunda, notarial tasdiqlanayotgan hujjatga yuridik shaxsning muhri ham qo‘yiladi. Notarial harakat yuridik shaxsning vakili tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, uning vakolati ham tekshiriladi.
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tug‘dirgan taqdirda, fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim.
15. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) vasiyatnoma yoki ishonchnomani haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi (bundan keyingi o‘rinlarda sud hujjati deb yuritiladi)ni olgan taqdirda, bu haqda reyestrga va vasiyatnoma yoki ishonchnomaning fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning yig‘majildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, o‘z imzosi va muhrini qo‘yadi.
16. Vasiyatnoma va ishonchnomalar bekor qilingan vaqtda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 342-moddasining birinchi qismi 1 va 2-bandlariga asosan davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanida hamda notarial harakatlarni amalga oshirish rad etilganda davlat boji qaytariladi.
18. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan yoki fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan tuziladigan vasiyatnoma, ishonchnoma va arizalarning loyihalari qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
19. Notarial tasdiqlanadigan vasiyatnoma, ishonchnoma, ariza va boshqa hujjatlar fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) ishtirokida imzolanadi.
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko‘ra vasiyatnoma, ishonchnoma, ariza va boshqa hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, vasiyatnoma, ishonchnoma, ariza va boshqa hujjatni uning topshirig‘iga ko‘ra uning o‘zi va fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qo‘yilishi lozim.
Agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz bo‘lsa yoki qandaydir sabablar tufayli ko‘zi yaxshi ko‘ra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli vasiyatnoma, ishonchnoma, ariza va boshqa hujjatlarni o‘qiy olmasa, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va vasiyatnoma, ishonchnoma, ariza va boshqa hujjatning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir bo‘lishi shart.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan hamda muomala layoqatiga ega bo‘lgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilsa, vasiyatnoma, ishonchnoma, ariza va boshqa hujjat uning o‘zi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bo‘lgan, muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro o‘z imzosi bilan vasiyatnoma, ishonchnoma, ariza va boshqa hujjatning mazmunini o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar vasiyatnoma, ishonchnoma, ariza va boshqa hujjatlar bilan birga tikib qo‘yiladi.
Tarjimon yoki surdo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi.
20. Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilganda, fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) ko‘rsatgan muddatda taqdim etilishi kerak. Bu muddat bir oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
21. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) o‘z nomiga va o‘z nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va o‘zining qarindosh-urug‘lari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tug‘ishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bog‘langan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan, shuningdek mazkur fuqarolar yig‘ini xodimlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Bunday hollarda notarial harakatlar notarial idoralarda yoki istalgan boshqa fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisidagi qoidalarni buzgan holda amalga oshirilgan notarial harakatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
22. Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
qirib o‘chirilgan yoki qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari bo‘lgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip o‘tkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri bo‘lmagan hujjatlar;
faksimile imzo muhri qo‘yilgan hujjatlar.
23. Notarial tasdiqlanadigan yoki shahodatlanadigan vasiyatnoma, ishonchnoma ariza va boshqa hujjatlarning matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi, mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan yozilishi, matnida baholar ko‘rsatilsa, raqam hamda so‘z bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (bundan keyingi o‘rinlarda STIR deb yuritiladi) ko‘rsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy ro‘yxatga olingan manzili to‘liq ko‘rsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan bo‘lsa, ularning fuqaroligi ham ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
24. Hujjatdagi oxirigacha to‘ldirilmagan satrlar va boshqa bo‘sh joylarga chiziq tortib qo‘yiladi, chet elda amal qiladigan hujjatlar bundan mustasno. Qo‘shimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (vasiyatnomani, ishonchnomani, arizani va boshqa hujjatlarni imzolagan boshqa shaxslarning) imzosi oldidan izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning imzosidan oldin takroran izohlanishi, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, o‘chirilgan barcha so‘zlarni va raqamlarni boshlang‘ich matnda o‘qish imkoni bo‘lishi lozim.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan hujjatning nusxasini shahodatlantirishda, hujjat noto‘g‘ri yoki imlo xatolari bilan yozilgan bo‘lsa yoxud unda izoh berilmagan tuzatishlar mavjud bo‘lsa yoki hujjatning rekvizitlari to‘liq yozilmagan bo‘lsa, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) murojaat qilgan shaxsga hujjatdagi kamchiliklarni tuzatib kelishni yoki hujjatni takroran olishni tavsiya qiladi.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) o‘z tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga ko‘ra notarial tasdiqlab berilgan hujjatga uning mohiyatini o‘zgartirmaydigan qo‘shimchalarni kiritishi yoki undagi aniq arifmetik xatolarnigina tuzatishi mumkin.
25. Murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra hujjat loyihasi fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan tuzilishi mumkin.
26. Notarial tasdiqlanayotgan yoki shahodatlantirilayotgan hujjatlar bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular ip o‘tkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda fuqarolar yig‘inining muhri qo‘yilgan holda rais (oqsoqol)ning imzosi bilan tasdiqlanadi.
27. Vasiyatnoma va ishonchnomalarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi hamda fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan imzolanib, muhr bosiladi.
28. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda yoki yozuv mashinkasida) o‘chirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qo‘yilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Yo‘riqnomaning 24-bandi asosida izohlanishi kerak.
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni bo‘lgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sig‘magan taqdirda, u hujjatga biriktirib qo‘yilgan alohida qog‘oz varag‘ida davom ettirilishi yoki to‘la bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi va fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
29. Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda ro‘yxatga olinadi. Reyestrdagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ochiq qolgan joylarga chiziq tortib qo‘yiladi.
Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan ro‘yxatga olinadi. Reyestrda qayd etilgan notarial harakat raqami fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi.
Reyestrdagi tartib raqamlarining raqamlanishida xatolikka yo‘l qo‘yilsa, alohida ma’lumotnoma tuzgan holda, u fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning imzosi va muhri bilan reyestrga yelimlanib qo‘yiladi.
Reyestrdagi yozuvlarda xatolikka yo‘l qo‘yilganda mazkur Yo‘riqnomaning 24-bandiga rioya qilgan holda tuzatishlar kiritiladi.
Hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligi shahodatlantirilganda, hujjatning har bir nusxasiga alohida reyestr raqami beriladi. Tasdiqlovchi yozuvda raqamlar shu tartibda ko‘rsatiladi.
Reyestrning tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Reyestrlar ip o‘tkazib tikilishi va ularning varaqlari raqamlanishi lozim. Varaqlarning soni tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining vakolatli xodimi imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
30. Tasdiqlanib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji to‘lanib, taraflar (taraf) tomonidan imzolanganidan so‘ng fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan imzolanib, muhr qo‘yiladi hamda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning o‘zi tomonidan reyestrda qayd etiladi. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozadi va imzolaydi.
Shahodatlantirilib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji to‘lanib, hujjat muayyan shaxs tomonidan imzolanganidan yoki hujjatning to‘g‘riligi tekshirilganidan so‘ng fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan imzolanib, muhr qo‘yiladi hamda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning o‘zi tomonidan reyestrga qayd etiladi. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozadi va imzolaydi.
31. Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) Qonunning 6-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, tergov organlarining qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reyestrlardan ko‘chirmalar (sud, prokuratura, tergov organlariga reyestrdan ko‘chirmaning kseronusxasi) beradi.
32. Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari fuqarolar yig‘inining yig‘majildlarida saqlanayotgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, nomidan yoxud topshirig‘iga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko‘ra yo‘qolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi.
Arizalardagi imzolar fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan shahodatlantiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillariga berilgan ishonchnomalar matnida hujjatning dublikatini olish vakolati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Hujjat dublikatida tasdiqlangan va berilgan asl hujjatning to‘liq matni bo‘lishi shart. Hujjatlarning kseronusxalari uning asli nusxasi va dublikati o‘rnini bosa olmaydi.
Hujjat dublikatiga belgilangan shakldagi tasdiqlovchi yozuv qayd etiladi.
Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada ko‘rsatilgan yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlarga yoxud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining o‘lim haqidagi guvohnomasi taqdim etilganidan keyin beriladi.
Vasiyatnomada ko‘rsatilgan merosxo‘rlar vafot etgan taqdirda, vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchining va (yoki) o‘zlaridan oldingi merosxo‘rning (merosxo‘rlarning) o‘lim haqidagi guvohnomasini (notarial tartibda shahodatlantirilgan guvohnoma nusxasini) yoxud o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmani, zarur hollarda merosxo‘rlarning merosni qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini (agar bu hujjatlar ilgari taqdim etilmagan bo‘lsa) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan merosxo‘rlarga beriladi.
33. Notarial tartibda tasdiqlangan barcha vasiyatnomalar, ishonchnomalar, meros qolgan mulkni ro‘yxatga olish dalolatnomalarining nusxalari fuqarolar yig‘inining yig‘majildlarida saqlanadi.
34. Notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi reyestrga yozib qo‘yilgach, qaytarib beriladi.
35. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tug‘ilsa, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) hujjatni ekspertizaga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning familiyasi, ismi va otasining ismi, fuqarolar yig‘inining nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs bo‘lsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qo‘yilayotgan savollar ko‘rsatiladi.
36. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
bu harakat notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lsa;
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakilashtirilganligi yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa yoki bunga shubha tug‘diruvchi yetarli asoslarning mavjudligi ham notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas deb hisoblanadi.
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi hamda notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsga beradi.
Rad etish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning familiyasi, ismi va otasining ismi, fuqarolar yig‘inining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, turar joyi, agar yuridik shaxs bo‘lsa, uning to‘liq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va STIRi;
murojaat qiluvchi qanday notarial harakatni amalga oshirishni so‘raganligi;
notarial harakatni amalga oshirishni rad etishga sabab bo‘lgan holatlar (qonun hujjatlariga asoslangan holda);
shikoyat qilish muddati va tartibi.
37. Notarial harakatlarni amalga oshiruvchi fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlari ustidan tushgan (belgilangan qabul soatlariga rioya etilmaganligi, muomala madaniyatining yo‘qligi, axloqi va hokazolar to‘g‘risidagi) ariza va shikoyatlar tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
38. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida jismoniy va yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda, hujjatlar loyihalari tuzilganda, hujjatlarning nusxalari berilganda mazkur shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) notarial harakatni bajarish uchun o‘z ish joyidan tashqariga chiqqanida manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar uning amaldagi transport xarajatlarini qoplaydi.
39. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning yo‘l qo‘ygan xatosi natijasida o‘zi amalga oshirgan notarial harakatning noto‘g‘riligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu notarial harakatni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini ko‘rish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur.
40. Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof qilinadi.
Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli)ga shaxsan taqdim etilgan yoki uning so‘zlaridan fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan yozib olingan bo‘lishi lozim.
Vasiyat qiluvchining so‘zlaridan fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan yozib olingan vasiyatnomani imzolashdan oldin vasiyat qiluvchi uning matnini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) oldida to‘liq o‘qib chiqishi lozim.
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
Vasiyatnoma yozilgan joyi, sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi to‘liq yozilishi shart.
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) hozir bo‘lganida vasiyat qiluvchi o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligining sabablari ko‘rsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo‘yishi mumkin. Bunday holatda, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan keyingi o‘rinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 1128-moddasiga asosan vasiyat qiluvchining o‘rniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga daxldor ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emasligini tushuntiradi va bu haqda vasiyatnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar reyestrda qayd etilib, ularni hisobga olib borish uchun alifbo kitobi yuritilishi lozim. Vasiyatnomalarning nusxasi fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning yig‘majildlarida saqlanadi.
41. Quyidagi shaxslar vasiyat qiluvchining o‘rniga vasiyatnomani imzolashi mumkin emas:
vasiyatnomani tasdiqlovchi shaxs;
vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun bo‘yicha merosxo‘rlari;
to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmagan fuqarolar;
savodsiz bo‘lgan shaxslar va vasiyatnomani o‘qiy olmaydigan boshqa shaxslar;
yolg‘on guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.
42. Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunday holda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qo‘yiladi.
43. Vasiyat qiluvchining xohishiga ko‘ra fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi.
Maxfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi ostida o‘z qo‘li bilan yozishi va imzolashi, familiyasi, ismi va otasining ismini to‘liq yozishi lozim. Bu haqda fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) vasiyat qiluvchidan og‘zaki so‘raydi va tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatadi. Vasiyatnoma ikki guvoh va fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) ishtirokida xatjildga solinib, xatjild yelimlanishi lozim, guvohlar o‘z familiyasi, ismi, otasining ismini va doimiy ro‘yxatga olingan manzilni ko‘rsatgan holda xatjildga imzo qo‘yadilar. Guvohlar imzo qo‘ygan xatjild guvohlar va fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning ishtirokida boshqa xatjildga solinadi va bu xatjild ham yelimlanadi, unga fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tasdiqlovchi yozuvni yozib qo‘yadi.
Maxfiy vasiyatnoma reyestrda qayd etilib, alifbo kitobiga kiritiladi va vasiyatnomalar turadigan yig‘majildda saqlanadi.
44. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan vasiyat qiluvchining vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi arizasidagi imzoning haqiqiyligi notarial shahodatlantirilishi kerak. Bunda, ariza vasiyatnomani tasdiqlagan fuqarolar yig‘inining o‘ziga beriladi.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida ariza olgan taqdirda vasiyatnomaning fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli)da saqlanayotgan nusxasiga, reyestrga va alifbo kitobiga bu xususda yozuv kiritadi. Vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida ariza fuqarolar yig‘inida yuritiladigan bitimlarni bekor qilish to‘g‘risidagi alohida yig‘majildda saqlanadi.
Vasiyat qiluvchi o‘zida saqlanayotgan vasiyatnoma nusxasini taqdim etgan taqdirda, vasiyatnomaning o‘zgartirilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risida bu nusxaga ham yozib qo‘yiladi.
45. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchiga Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmunini tushuntirishi va bu haqda vasiyatnoma matnida ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan vasiyatnoma tasdiqlangandan keyin vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vasiyatnomani tasdiqlash sanasi, vaqti va reyestr raqami hamda unga o‘zgartirish kiritilganligi yoki bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotlar meros rasmiylashtiriladigan tegishli davlat notarial idorasiga o‘n kun muddatda yuborilishi lozim.
Ushbu ma’lumotlarni olgan davlat notariusi ularni vasiyatnomalarni hisobga olish alifbo kitobiga kiritadi.
46. Fuqarolik kodeksining 134-moddasiga asosan bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
47. Fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydilar.
Bir necha shaxslar nomidan berilgan ishonchnoma agar unda ko‘rsatilgan harakatlar vakolat beruvchi shaxslarning har birini emas, balki hammasining bir turdagi manfaatlariga taalluqli bo‘lgandagina tasdiqlanadi (masalan: bir necha vorislarning nomidan ularning meros ishlarini yuritish uchun ishonchnoma berish).
48. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning o‘zgacha shakli belgilab qo‘yilgan boshqa hollar bundan mustasno.
49. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning so‘zlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma beruvchining so‘zlariga asosan yozilgan hollarda berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ishonchnoma beruvchi mas’uldir. Bu haqda ishonchnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etib qo‘yiladi.
50. Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning to‘liq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), doimiy ro‘yxatga olingan manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi ko‘rsatilib o‘tilishi kerak.
51. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun ishonchnomalarni Fuqarolik kodeksi 29-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Ishonchnomalarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan ishonchnomalarni uning vasiysi amalga oshiradi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, Fuqarolik kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilganlardan tashqari, ishonchnomalarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Ishonchnomalarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro ishonchnomalarni homiyning roziligi bilangina amalga oshiradi.
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan ishonchnomalar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo‘lishga haqli emas.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga ko‘ra (xizmat safarida bo‘lish, boshqa joyda yashashi va hokazo) ishonchnomani tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, ishonchnoma vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 184-moddasi talablariga rioya etiladi.
52. Fuqarolik kodeksining 505-moddasiga muvofiq hadya oluvchining nomi va hadya narsasi ko‘rsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) mulkni hadya qilish shartnomasini tasdiqlash bilan bog‘liq ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida hadya oluvchining nomi va hadya narsasini ko‘rsatishi shart.
53. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) ko‘chmas mulkni tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlash paytida ishonchnoma beruvchi eri yoki xotinining mulkni tasarruf etishga roziligi haqidagi arizasi olinib, imzosi shahodatlantiriladi.
Agar er yoki xotin ishonchnoma tasdiqlanayotgan vaqtda fuqarolar yig‘iniga kelmagan hollarda ishonchnoma matnida O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23 va 24-moddalari mazmuni tushuntirilganligi haqida va tasdiqlovchi yozuvda esa ishonchnoma beruvchining nikohdan o‘tganlik holatini ko‘rsatib o‘tishi lozim.
54. Agar ko‘chmas mulkni tasarruf etish huquqi bilan ishonchnoma berayotgan fuqaroning eri yoki xotini yo‘q bo‘lsa (beva bo‘lsa yoki bo‘ydoq), bu haqda fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli)ga yozma ariza taqdim etadi. Bunda fuqaroning eri (xotini) yo‘qligi (bo‘ydoq, beva ekanligi) fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan aniqlanadi. Ushbu holatni aniqlash uchun fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli)ga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki o‘lim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar asos bo‘ladi.
55. Er (xotin)ni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risida sud hujjati mavjud bo‘lgan hollarda fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) ko‘chmas mulkni tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashi mumkin. Bu holda fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini ishonchnoma matnida ko‘rsatib o‘tishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
56. Agar mulk nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan mulk nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa yoki er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa, ishonchnomani tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
57. Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi.
58. Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, amal qilish muddati ko‘rsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha o‘z kuchini saqlaydi.
59. Vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos bo‘lgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
60. Fuqarolik kodeksining 140-moddasiga muvofiq ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan bo‘lsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.
O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi ko‘rsatib qo‘yilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma bo‘yicha vakil ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur bo‘lganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma bo‘yicha berilganidan ko‘proq huquqni qamrab olmasligi kerak. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos bo‘lgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
61. O‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy ro‘yxatga olingan manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, ko‘chmas mulkni sotish, olish, hadya qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish, ijaraga berish, mulkdan foydalanish va shu kabilar) berilayotganligi haqida aniq ko‘rsatilishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvda esa vakolat berilgan shaxs asosiy ishonchnomaga asosan harakat qilayotganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli)da qoldiriladigan asosiy ishonchnomaga esa mazkur ishonchnoma bo‘yicha vakolatlar boshqa shaxsga berilganligi haqida yozib qo‘yiladi. Asosiy ishonchnomaning nusxasi fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli)da qoldiriladigan o‘z vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaga qo‘shib tikib qo‘yiladi.
62. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda ishonchnoma bergan shaxsning bu haqdagi arizasidagi imzosining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Bu haqda reyestrga hamda fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli)da saqlanayotgan ishonchnoma nusxasiga belgi qo‘yiladi. Ushbu ariza ishonchnoma nusxasiga yoki alohida yig‘ma jildga tikib qo‘yiladi. Arizaning ikkinchi nusxasi ishonchli vakilni xabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.
63. Ko‘chmas mulkni tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) uning bekor qilinganligi haqida mulk ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasiga (ishonchnoma bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bilan) zudlik bilan xabar berishi lozim.
Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasi fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) xabarnomalari asosida taqiq va xatlov bazasiga mol-mulkni tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnoma bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotni (bekor bo‘lgan ishonchnoma kim tomonidan va kimga rasmiylashtirilganligi, sanasi va reyestr raqami, mulkni joylashgan joyi) kiritishi shart.
Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi to‘g‘risidagi notariuslarga beriladigan tegishli ma’lumotlarda, agar ushbu mol-mulkni tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomani bekor qilinganligi haqida ma’lumot bo‘lsa, bu haqdagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi shart.
64. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), basharti qonun bo‘yicha merosxo‘rlarning yoki vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga yoki meros ochilgan joydagi davlat notarial idorasining topshirig‘iga ko‘ra yoxud o‘z tashabbusi bilan meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi.
65. Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq olgan fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) topshiriq olgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida meros ochilgan joydagi davlat notarial idorasiga ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk ro‘yxatining nusxasini yuboradi.
66. Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq, xabar yoki yozma ravishda ariza berilishi mumkin. Meros mol-mulkining qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan tushgan murojaatlar yozishmalarning kirim daftariga qayd etiladi.
67. Meros mol-mulkini qo‘riqlashga doir ishlarni amalga oshirish jarayonida fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) ushbu mol-mulkni qo‘riqlanishini ta’minlovchi quyidagi chora-tadbirlarni ko‘radi:
meros ochilgan joyi, meros mulkning tarkibi va joylashgan joyini aniqlaydi;
yashash joyi ma’lum bo‘lgan merosxo‘rlarni yoki boshqa manfaatdor shaxslarni meros ochilganligi haqida va mol-mulkni ro‘yxatga olinishi to‘g‘risida xabardor qiladi;
o‘lim faktini tasdiqlash uchun o‘lim haqidagi guvohnomani yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmani talab qiladi;
meros mol-mulkni qo‘riqlashga dastlabki chora-tadbirlar ko‘rilgan yoki ko‘rilmaganligini, agar ko‘rilgan bo‘lsa, unda bu chora-tadbir kim tomonidan ko‘rilganligini, meros qoldiruvchining mol-mulki turgan xona (xonalar) muhrlanganligini, bu xona (xonalar)ning kaliti kimdaligini aniqlaydi;
meros mol-mulkni ro‘yxatga olish haqida mahalliy davlat hokimiyati organini, zarur bo‘lgan hollarda ichki ishlar organini yoki manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi;
meros mulkini qo‘riqlanishi uchun fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) bu mol-mulkni ro‘yxatga oladi va mol-mulkni saqlash uchun merosxo‘rlarga yoki boshqa shaxslarga topshiradi.
68. Meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslar o‘z xohishlari bilan ro‘yxatga olish uchun mol-mulkni taqdim etgan taqdirdagina, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) ushbu mol-mulkni ro‘yxatga oladi. Meros mulkini ro‘yxatga olish kamida ikki xolis ishtirokida amalga oshiriladi.
Agar meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslar mol-mulkni ro‘yxatga olishga qarshilik qilishsa, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) mol-mulkni ro‘yxatga olish uchun taqdim etishdan bosh tortganlik to‘g‘risida dalolatnomani tuzadi va merosxo‘rlarni bu haqda xabardor qiladi, ularga bu masala yuzasidan da’vo bilan sudga murojaat etish yoki da’voni ta’minlash maqsadida sud tartibida mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqlarini tushuntiradi.
Agar ro‘yxatga olish uchun joyiga chiqilganda, ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan mol-mulk mavjud bo‘lmasa va merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslar tomonidan olib ketilgan bo‘lsa, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) mol-mulk mavjud emasligi to‘g‘risida yoki mol-mulk olib ketilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzadi va bu haqda merosxo‘rlarga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga xabar beradi, ularning buzilgan huquqlarini himoya qilish va mol-mulkni qaytarish talabi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish huquqini tushuntiradi.
69. Ro‘yxatga olish dalolatnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
meros mol-mulk to‘g‘risidagi xabar yoki ariza yoxud meros mol-mulkini qo‘riqlashga doir chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risidagi topshiriqning kelib tushgan sanasi;
ro‘yxatga olish sanasi, ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyi;
meros qoldiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning vafot etgan sanasi;
ro‘yxatga olinayotgan mol-mulkning joylashgan joyi, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) kelishidan oldin xona (xonalar) muhrlanganligi va muhrlash kim tomonidan amalga oshirilganligi, plomba va muhrlar buzilmaganligi haqidagi ma’lumotlar;
qayd etilgan barcha predmetlarning batafsil tavsifi;
meros mol-mulki saqlash uchun topshirilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyi, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomi, raqami va kim tomonidan berilganligi haqidagi ma’lumotlar.
70. Ro‘yxatga olishni amalga oshirishda ishtirok etgan merosxo‘rlar va boshqa manfaatdor shaxslarning kelishuviga ko‘ra ro‘yxatga olinayotgan har bir meros mol-mulki alohida baholanishi kerak. Kelishuv bo‘lmaganida esa meros mol-mulkiga yoki uning kelishuvga erishilmagan qismiga nisbatan baholash meros mol-mulkining baholanishini talab qilgan shaxsning hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Agar merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilinmasa, baholovchi tashkilotning xizmat haqi meros mol-mulki hisobidan undiriladi.
71. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, bino va inshootlar ularni “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasi tomonidan, avtomototransport vositalari esa baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
72. Ro‘yxatga olish dalolatnomasining har bir betida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi ko‘rsatiladi, ro‘yxat tugaganidan so‘ng esa buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosining umumiy yakuni chiqariladi.
Ro‘yxatga olish dalolatnomasiga meros qoldiruvchining barcha mol-mulki kiritiladi.
Qo‘shnilar va boshqa shaxslarning ayrim buyumlari ularga tegishli ekanligi to‘g‘risidagi arizalari ro‘yxatga olish dalolatnomasiga kiritiladi, manfaatdor shaxslarga sudga da’vo bilan murojaat etib, ushbu mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish tartibi tushuntiriladi. Agar mulkni ro‘yxatga olish uzilsa yoki bir necha kun davom etsa fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) har safar binoni muhrlaydi. Ro‘yxatga olish dalolatnomasida ro‘yxatga olishni to‘xtatish sabablari va vaqti hamda uning yana tiklanishi, shuningdek binoni keyingi ochish vaqtida plombalar va muhrning holati to‘g‘risida ro‘yxatga olish dalolatnomasiga yozib qo‘yiladi.
Ro‘yxatga olish dalolatnomasi kamida uch nusxada tuzilib, bir nusxasi meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi meros ochilgan joydagi davlat notarial idorasiga yuboriladi, uchinchi nusxasi esa fuqarolar yig‘inida qoldiriladi.
73. Meros mol-mulkini ro‘yxatga olish dalolatnomasi asosida reyestrda meros mol-mulkining qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha notarial harakatni ro‘yxatga olish navbatdagi raqam bilan amalga oshiriladi va ushbu notarial harakat uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
74. Vafot etgan shaxsdan qolgan pul mablag‘lari merosxo‘rlarga guvohnoma berilgunga qadar yoki meros olish huquqi bo‘yicha meros mulkini davlat foydasiga o‘tish hollarida davlat notarial idorasining depozit hisob raqamiga topshiriladi.
75. Oltin, kumush, platina va tangadagi, quymadagi va xom turdagi platina guruhdagi metallarga, chet el valyutasiga, chet el valyutasida berilgan to‘lov hujjatlariga, hujjatli shakldagi qimmatli qog‘ozlarga, qimmatbaho metallardan, toshlardan ishlab chiqarilgan buyumlarga, shuningdek qimmatbaho toshlarga alohida ro‘yxat tuziladi, ular konvertga yoki yumshoq idishga solinadi, muhrlanadi, plombalanadi va ro‘yxatga olingan kunning keyingi kunidan kechiktirmay, merosxo‘rlarga berilgunga qadar yoki meros olish huquqi bo‘yicha meros mol-mulki davlatga o‘tish holatida davlat foydasiga topshirilgunga qadar tegishli bankka saqlash uchun topshiriladi.
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qog‘ozlar depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida tegishli depozitariylarda saqlanadi.
Eng kam ish haqining o‘n baravaridan kam bo‘lgan narxdagi qimmatbaho ashyolar (buyumlar) meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarda qoldiriladi.
Ro‘yxatga olingan qimmatbaho ashyolarni (buyumlarni) tegishli bankka saqlash uchun topshirishdan oldin fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) qimmatbaho ashyolar (narsalar)ni ro‘yxatga olish kitobida ularni qayd etishi lozim. Qimmatbaho ashyolar (buyumlar)ning ro‘yxati kamida uch nusxada tuziladi. Ulardan biri tegishli bankka beriladi, ikkinchisi meros ochilgan joydagi davlat notarial idorasiga yuboriladi, uchinchisi esa fuqarolar yig‘inida qoldiriladi.
76. Agar ro‘yxatga olish vaqtida eskirishi sababli hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan narsalar yoki uy hayvonlari mavjud bo‘lsa, merosxo‘rlarning roziligi bilan ularning biriga, merosxo‘rlar bo‘lmaganida esa fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga dalolatnoma tuzish orqali topshiriladi.
77. Oziq-ovqat mahsulotini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) merosxo‘rlarga, ular bo‘lmaganda tegishli tashkilotlarga topshiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish alohida dalolatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi.
78. Aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga olish dalolatnomasida har bir aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqargan tashkilot nomi, seriyasi va raqami ularning nominal qiymati va soni ko‘rsatiladi.
79. Omonat daftarchalari va marhumga tegishli bo‘lgan narsalarga lombard tomonidan berilgan garov pattalari ro‘yxatga olinadi va merosxo‘rlarga saqlash uchun beriladi. Merosxo‘rlar bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) tomonidan meros mulkini saqlash uchun boshqa shaxslarga topshiriladi.
80. Marhumning mol-mulki tarkibida bo‘lgan barcha turdagi qurol, shu jumladan, ov miltig‘i va portlovchi moddalar maxsus ro‘yxat bo‘yicha ichki ishlar organlariga topshiriladi.
81. Meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan orden, medallar, faxriy unvonlar, ko‘krak nishonlari, shuningdek ularni taqdirlash to‘g‘risidagi hujjatlar esdalik sifatida saqlash uchun meros qoldiruvchining oila a’zolarida qoldiriladi yoki merosxo‘rlarning roziligi bilan ular muzeylarga topshirilishi mumkin.
82. Mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) qaysi mol-mulkni oddiy uy-ro‘zg‘or buyumlariga, qaysilarini esa qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga kiritish masalasini hal etishi lozim.
Mol-mulkni oddiy uy-ro‘zg‘or buyumlari qatoriga kiritishning asosiy xususiyati, bu ularni nafaqat meros qoldiruvchi tomonidan, balki meros qoldiruvchi bilan birga yashagan merosxo‘rlar yoki boshqa shaxslarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulardan foydalanilganligi hisoblanadi.
Qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga zeb-ziynatlar, qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, noyob narsalar, noyob daraxt navlaridan yasalgan mebellar, asl rasmlar, qimmatbaho gilamlar, shuningdek qimmatbaho servislar, nodir kitoblarning maxsus to‘plamlari, qimmatbaho to‘plamlar kiritiladi.
83. Merosxo‘rlar o‘rtasida meros mol-mulkini qimmatbaho ashyo (buyum) yoki oddiy uy-ro‘zg‘or buyumlariga kiritilishi to‘g‘risida kelib chiqqan nizo sud tomonidan hal etiladi.
84. Meros qoldiruvchining shaxsiy buyumlari, shuningdek kasbiy faoliyatiga oid predmetlari (masalan, yozuv mashinkasi, kompyuter, musiqa asboblari, tibbiy asboblari va hokazo) ro‘yxatga olinishi shart.
85. Agar mol-mulkning tarkibida qimmatbaho qo‘lyozmalar, adabiyot asarlari, tarixiy yozishmalar mavjud bo‘lsa, ushbu hujjatlar alohida ro‘yxatga olinib, merosxo‘rlarga yoki tegishli tashkilotlarga saqlash uchun topshiriladi, merosxo‘rlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) ushbu hujjatlar va qimmatbaho ashyolar (buyumlar) saqlanadigan xonani (xonalarni) muhrlab qo‘yadi.
86. Meros tarkibida boshqarishni talab qiladigan mol-mulk mavjud bo‘lsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxo‘rlar tomonidan merosni qabul qilib olguniga qadar da’vo qo‘zg‘atgan hollarda, fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) meros mol-mulkini boshqaruvchisini tayinlaydi va bu haqda qaror chiqaradi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) mol-mulkni ishonchli boshqarish muassisi sifatida ishtirok etib, ishonchli boshqaruvchi bilan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tuzadi.
87. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarni, vasiy va homiylarni hamda meros boshqaruvchilarini meros mol-mulkini talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga o‘tkazganlik yoki uni yashirganlik uchun va merosxo‘rlarga zarar yetkazganliklari uchun javobgarlikka tortilishlari to‘g‘risida ogohlantiradi. Qilingan ogohlantirish to‘g‘risida ko‘rsatilgan shaxslardan tilxat olinadi. Bu haqda saqlanishga topshirilayotgan meros mol-mulkini ro‘yxatga olish dalolatnomasida yoki meros mol-mulkini saqlash uchun topshiriladigan shaxslarni tayinlash to‘g‘risidagi qarorida bayon etilishi mumkin.
88. Meros mulkini qo‘riqlash merosxo‘rlar tomonidan meros qabul qilib olingunga qadar, agar meros ular tomonidan qabul qilib olinmagan bo‘lsa, qonunda belgilab qo‘yilgan merosni qabul qilib olish muddati o‘tgunga qadar davom etadi. Bu haqda davlat notariusi meros ochilgan joydagi fuqarolar yig‘iniga xabar beradi.
Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar to‘xtatilishi haqida merosxo‘rlarni, agar mol-mulk vorislik huquqi bo‘yicha davlatga o‘tsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart.
Meros boshqaruvchilari va saqlovchilar agar merosxo‘r bo‘lmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxo‘rlardan haq olishga haqlidir. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
89. Meros mol-mulki qo‘riqlanishi va uni boshqarish, shuningdek meros ochilganligi haqidagi xabarni e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lashga meros ochilgan joyd | 184 | 63,556 |
Qonunchilik | QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI IShTIROKChILARI TOMONIDAN OShKOR ETILIShI ShART BO‘LGAN AXBOROTLARNI “BIRJA” GAZETASIDA MARKAZLAShTIRILGAN TARZDA NAShR ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 3-son, 20-modda) qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 1-martdagi 2007-02-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan oshkor etilishi shart bo‘lgan axborotlarni “Birja” gazetasida markazlashtirilgan tarzda nashr etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1671, 2007-yil 7-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 160-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda), “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil., № 5-6, 61-modda) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil 39-son, 387-modda) va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq “Birja” gazetasida qonun hujjatlariga muvofiq oshkor etilishi shart bo‘lgan axborotlarni markazlashtirilgan tarzda nashr etish tartibini belgilaydi”.
2. 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan “Birja” gazetasida qonun hujjatlariga muvofiq nashr etilayotgan axborotni nashr etish uchun to‘lov olinmaydi”.
3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 224 | 2,653 |
Qonunchilik | Uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida | Aholini uy-joy bilan ta’minlash, yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni ijtimoiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joy qurilishi sohasiga faol jalb etish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda o‘tgan to‘rt yilda shahar va qishloqlarda arzon uy-joylar qurish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarga binoan 140 mingta uy-joy barpo etilib, bu avval qurilgan uylarning o‘rtacha soniga nisbatan 4-5 baravar ko‘pdir.
Biroq amalga oshirilayotgan tadbirlarga qaramay, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji yuqoriligicha qolmoqda, minglab uy-joylar barpo etish, loyiha va qurilish sifatini oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlash lozimligini hayotning o‘zi talab qilmoqda.
Shu bois 2021-yilda 54 mingta oilani uy-joy bilan ta’minlash, jumladan, davlat ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta uy qurish va ushbu maqsad doirasida 11 trln. 500 mlrd. so‘m mablag‘ ajratish belgilandi.
Shuningdek, aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturiga muvofiq quyidagi amaliyot joriy qilindi:
ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish, ayniqsa daromadi past, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga dastlabki badalning bir qismini subsidiya sifatida to‘lab berish;
boshpanasiz qolgan, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar va xotin-qizlarni ijara huquqi asosida davlat uy-joy fondidagi turar joylarga vaqtincha joylashtirish;
uy-joylar qurish uchun davlat tomonidan aholiga hamda quruvchilarga imtiyozlar, ya’ni ipoteka krediti bo‘yicha imtiyozli davr berish.
Uz navbatida, eng asosiy masala berilayotgan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha adolatli tizim yaratish, bu borada odamlarimizning xabardorligini oshirish, eng muhtoj oilalar ro‘yxatini shakllantirish, qurilish sifatini nazorat qilish hamda uy-joylar narxini adolatli shakllantirish ustidan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish, bu borada belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining faol ishtirokini ta’minlash maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga:
ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, kompensatsiya, subsidiyalar va davlat tomonidan taqdim etiladigan boshqa imtiyozlarni adolatli taqsimlash hamda ulardan samarali foydalanish maqsadida senatorlar, deputatlar va jamoat faollaridan iborat tarkibda “Xalqparvar” komissiyalarni tashkil etish;
har oyda “Xalqparvar” komissiyalarni jalb qilgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarni aniqlash, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, quruvchi xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joy qurilishi sohasiga keng jalb etish borasida amalga oshirayotgan ishlar yuzasidan axborotlarni o‘z sessiyalarda muhokama qilib borish;
uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ipoteka kreditlari, subsidiyalar ajratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida mahallalarda manzilli targ‘ibot ishlarini olib borish;
har chorak yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman va shahar hokimliklari tomonidan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga doir hududiy dasturlar ijrosini va ulardagi maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishini nazorat qilib borish tavsiya etilsin.
2. Quyidagilar:
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari huzuridagi “Xalqparvar” komissiya namunaviy tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari huzuridagi “Xalqparvar” komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini o‘z ichiga olgan elektron ma’lumotlar bazasini ishga tushuradigan hamda ko‘p qavatli uy-joylar barpo etadigan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishini va hududiy tanlov komissiyalari faoliyatining shaffofligi hamda oshkoraligini ta’minlasin;
ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksionga qo‘yilishini nazorat qilib borsin;
aholiga ipoteka kreditlari berish va subsidiyalar to‘lash tartibi, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning shartlari hamda qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portali ishga tushirilishini ta’minlasin;
har chorak yakuni bo‘yicha bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashiga doir davlat dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga kiritib borsin.
4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga (A. Xadjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga (A. Xodjayev) xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining aholini uy-joy bilan ta’minlash ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati natijalari yuzasidan o‘tkaziladigan sessiyalarini respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi (E. Gadoyev) aholiga ipoteka kreditlari berish hamda subsidiyalar to‘lash tartibi, qurilayotgan ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylarning narx hamda sifat darajasi holatini va mazkur yo‘nalishdagi davlat dasturi ijrosining borishini o‘z majlislarida muhokama qilib borsin.
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Ushbu Nizom xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari huzuridagi “Xalqparvar” komissiyaning (bundan buyon matnda “Xalqparvar” komissiya deb yuritiladi) maqsad va vazifalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirish tartibini, tegishli hududda joylashgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bilan hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. “Xalqparvar” komissiya o‘z faoliyatini qonunchilik hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. “Xalqparvar” komissiya xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) qarori bilan tuziladigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan maslahat organi hisoblanadi.
4. “Xalqparvar” komissiya a’zolari uy-joy sharoitlarini yaxshilashga va ushbu masalada moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ehtiyojmand oilalar hamda uy-joy qurilishi sohasiga doir masalalar bo‘yicha mahalliy Kengashlar va ularning doimiy komissiyalari majlislarida ishtirok etadi.
5. “Xalqparvar” komissiya mahalliy Kengashlar oldida mas’ul va unga hisobdordir.
6. “Xalqparvar” komissiyaning asosiy maqsadi mahalliy hokimliklar hamda mas’ul davlat idoralarining uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ajratish, qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish borasidagi ishlar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdan iborat.
7. “Xalqparvar” komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
aholi uchun qurilayotgan uy-joylarga yer maydonlari ajratish, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va o‘z muddatlarida tugallash, uy-joyga muhtoj fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish, ipoteka krediti, subsidiyalar oluvchilar o‘rtasida mablag‘larni adolatli taqsimlash borasidagi ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarning oldini olishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
uy-joy qurilishi sohasiga quruvchi xususiy pudrat tashkilotlarini keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar shaffofligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga doir hududiy dasturlar ijrosining borishi to‘g‘risida tuman va shahar hokimliklarining axborotlarini eshitishga ko‘maklashish;
o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan mahalliy Kengashlar kotibiyatlari bilan hamkorlik qilish.
“Xalqparvar” komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
8. “Xalqparvar” komissiya senatorlar, mahalliy Kengashlar deputatlari, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, tegishli hududdagi tashabbuskor, davlat va jamiyat faoliyatida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar orasidan rais va a’zolardan iborat tarkibda mahalliy Kengashning vakolat muddatiga tuziladi.
9. “Xalqparvar” komissiya raisligiga nomzod “Xalqparvar” komissiya a’zolari orasidan mahalliy Kengashlar raislari tomonidan ko‘rsatiladi.
10. “Xalqparvar” komissiya raisi lavozimiga nomzod mahalliy Kengashlar deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi.
“Xalqparvar” komissiya raisi saylanganligi to‘g‘risida mahalliy Kengashlar qaror qabul qiladi.
11. Agar “Xalqparvar” komissiya raisi lavozimiga ko‘rsatilgan nomzod zarur miqdordagi ovozlarni to‘plamagan bo‘lsa, “Xalqparvar” komissiya raisining takroriy saylovi ushbu Nizomning 9-10-bandlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi.
12. “Xalqparvar” komissiya raisi:
zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, “Xalqparvar” komissiya majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
“Xalqparvar” komissiya a’zolariga topshiriqlar beradi, ularga “Xalqparvar” komissiya faoliyati bilan bog‘liq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, matbuot organlari, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni “Xalqparvar” komissiya ishida ishtirok etishga taklif qiladi;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
13. “Xalqparvar” komissiya o‘z faoliyatini majlislar shaklida amalga oshiradi.
“Xalqparvar” komissiya majlisini rais o‘z tashabbusiga yoki “Xalqparvar” komissiya a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tashabbusiga ko‘ra chaqiradi.
14. “Xalqparvar” komissiya a’zosi “Xalqparvar” komissiya majlislarida ishtirok etishi shart.
“Xalqparvar” komissiya a’zosi uzrli sabablarga ko‘ra majlisda ishtirok etish imkoniyati yo‘qligi haqida “Xalqparvar” komissiya raisini oldindan xabardor qiladi.
15. “Xalqparvar” komissiya majlislari, agar ularda “Xalqparvar” komissiya a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
16. “Xalqparvar” komissiya majlisini “Xalqparvar” komissiya raisi, u bo‘lmagan yoki o‘z vazifalarini bajara olmagan taqdirda, “Xalqparvar” komissiya a’zolaridan biri olib boradi.
17. “Xalqparvar” komissiyaning majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi.
18. “Xalqparvar” komissiya ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan “Xalqparvar” komissiya jami a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Qarorlar majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va “Xalqparvar” komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
“Xalqparvar” komissiyaning tegishli hududda joylashgan davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan ko‘rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko‘rilgan choralar to‘g‘risida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, uzog‘i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak.
19. “Xalqparvar” komissiya faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash mahalliy Kengashlar kotibiyatlari tomonidan amalga oshiriladi. | 169 | 12,189 |
Qonunchilik | 1999 YIL 1 YaNVAR HOLATIGA QOLDIQLAR HISOBLANUVChI MODDIY RESURSLAR BO‘YIChA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘I SUMMASINI O‘ChIRISh TARTIBI to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, shuningdek, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq quyidagilarni tushuntiradi.
1999-yilning 1-yanvaridan boshlab budjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq solinadigan oborotlar bo‘yicha hisoblangan soliq summasi bilan hisobot davri mobaynida haqiqatda kelib tushgan, shu jumladan, nol stavkasi bo‘yicha oborotni qo‘shgan holda soliqqa tortiladigan oborot uchun foydalaniladigan import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Bunda, 1999-yilning 1-yanvaridagi holati bo‘yicha qoldiqlarda hisobga olingan moddiy resurslar (tovarlar, xizmatlar) bo‘yicha QQS summasi budjet bilan hisob-kitoblarga kiritiladi va 68-“Budjet bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘ining debetida, ushbu moddiy resurslarning ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlari yuzasidan hisobdan chiqarishning borishiga qarab, 1999-yilning 1-yanvariga qadar amal qilgan stavkalar bo‘yicha “Qo‘shilgan qiymat solig‘i” ilova hisobvarag‘ida aks ettiriladi. | 142 | 1,226 |
Qonunchilik | “Patent vakillarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-son “Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-dekabrdagi 565-mh-son “Patent vakillarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3209, 2019-yil 30-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12. 2019-y., 10/20/3209/0022-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 179 | 1,349 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 43-modda:
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi”;
oltinchi — to‘qqizinchi qismlari tegishincha yettinchi — o‘ninchi qismlar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 531-modda bilan to‘ldirilsin:
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lash manzil-koloniya joylashgan yerdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi”;
3) 62-modda “bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 29-moddaning birinchi qismi “protestni ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 36-moddaning:
birinchi qismi “shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismi “uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 381-moddaning:
birinchi qismi “shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismi “uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 281-bob bilan to‘ldirilsin:
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportdan (harakatlanish hujjatidan) foydalanib, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi yoki xorijda harakatlanishi mumkin, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, mazkur pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin.
Ayblanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi masala esa, ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning huquqiy maqomini bekor qilishga sabab bo‘lmaydi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish deganda pasportning, biometrik pasportning, xorijga chiqish uchun biometrik pasportning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatib turish tushuniladi.
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish zaruriyati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan asoslar bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Surishtiruvchining, tergovchining pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanib, u davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatish zaruriyatini asoslab beradi. So‘ngra himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqadi.
Sudya pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida;
2) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqida.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimida: qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi haqidagi ma’lumotlar; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish asoslari ko‘rsatiladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa, himoyachiga yuboriladi.
Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud apellatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Shikoyat yoki protest berish pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimi ijrosini to‘xtatib turadi.
Apellatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishga yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etishga haqli.
Pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimi ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Ayblov hukmi chiqarilganda yoki ushbu Kodeksning 84-moddasi asosida aybdorlik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilganda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning qaroriga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yangi pasport (harakatlanish hujjati) berilishi bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi”;
5) 302-moddaning birinchi qismi “yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani” degan so‘zlardan keyin “pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda to‘xtatib turilgani” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 310-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi munosabati bilan pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxsga yangi pasport (harakatlanish hujjati) berish yo‘li bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi”;
7) 345-moddaning ikkinchi qismi “175” raqamidan keyin “moddalarida, 177-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
8) 3812-modda birinchi qismining 3-bandidagi “177” raqami “177-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 382-moddaning uchinchi qismi:
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi”;
to‘qqizinchi — o‘n oltinchi xatboshilari tegishincha o‘ninchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
10) 423-moddaning ikkinchi qismi “Sud ehtiyot choralarini qo‘llash (o‘zgartirish, bekor qilish) to‘g‘risidagi” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda;1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 171-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus foto- va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma’muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi”;
2) 49 — 493-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bundan bila turib g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatish mustasno, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) quyidagi mazmundagi 494-modda bilan to‘ldirilsin:
Xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
4) 50 — 51-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) mavjud bo‘lgani holda asossiz ravishda rad etish, shuningdek ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobidan ish o‘rinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etish, xuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish, —
eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
5) 229-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Bo‘sh ish o‘rinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir xodim bo‘shatib olinishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z vaqtida taqdim etmaslik, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) 245-moddaning birinchi qismidagi “491, 511” raqamlari “491, 494, 511” raqamlari bilan almashtirilsin;
7) 255-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeks 49, 492, 493, 50, 51, 229-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqlidir:
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat inspektorlari, mehnat bo‘yicha davlat huquqiy inspektorlari;
mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat inspektorlari, mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 45-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;
tarbiya koloniyalari;
turmalar;
mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar”;
2) quyidagi mazmundagi 521-modda bilan to‘ldirilsin:
Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangandir”;
3) 54-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu muddat davomida mahkum:
qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish;
o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, o‘n besh daqiqa davom etadigan bir marta telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga jo‘natiladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jo‘natish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi”;
ikkinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
4) 59-moddaning birinchi qismidagi “Ixtisoslashgan davolash muassasalarida” degan so‘zlar “Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 60-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Jazoni o‘tash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-jo‘natish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mahkumlar tranzit-jo‘natish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etish muassasasida o‘zining jazoni o‘tashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-jo‘natish uchastkalarida saqlashning eng ko‘p muddati ko‘pi bilan 20 sutkani tashkil etadi”;
6) 69-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan har bir holat to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beriladi”;
7) quyidagi mazmundagi 691-modda bilan to‘ldirilsin:
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda muassasa boshlig‘i yoxud uning o‘rnini bosuvchi shaxs bu haqda zudlik bilan prokurorni xabardor qiladi.
Ovqat yeyishni rad etadigan mahkum imkon qadar boshqa mahkumlardan alohida saqlanadi va tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida bo‘ladi.
Ovqat yeyishni rad etgan mahkumning sog‘lig‘ini saqlab turishga qaratilgan majburlov yo‘sinidagi (sun’iy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar, agar uning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida amalga oshiriladi.
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi uni boshqa jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazishga yoxud tergov harakatlarida va sud majlislarida ishtirok etish uchun boshqa yerga ko‘chirishga to‘sqinlik qilmaydi. Zarur hollarda, mahkumni boshqa yerga ko‘chirish tibbiyot xodimi kuzatuvida amalga oshiriladi.
Mahkumlar ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan majburlov yo‘sinidagi choralarni qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi”;
8) 71-moddaning yettinchi qismidagi “prokurorga xabar qilinadi” degan so‘zlar “darhol prokurorga xabar qilinadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 76-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuqumli kasalliklarga chalingan va statsionar davolanishda bo‘lgan mahkumlarga uchrashuvlar shifokor ruxsati bilan beriladi”;
10) 77-modda:
birinchi qismidagi “bunday so‘zlashuvlar muassasa ma’muriyati nazorati ostida o‘tkaziladi va ularning haqi mahkumning shaxsiy hisob-varag‘idan to‘lanadi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni o‘tayotgan mahkumlarning telefon orqali so‘zlashuvlari muassasa ma’muriyati nazorati ostida o‘tkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
11) 85-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga organizmning energiyaga va ozuqaviy moddalarga bo‘lgan fiziologik ehtiyojini ta’minlaydigan ovqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika budjeti hisobidan beriladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotganlar mustasno”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan homilador ayollarga va emizikli onalarga ishdan ozod etilgan davrida respublika budjeti hisobidan ovqat beriladi.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, kasalligi tufayli yoki intizomiy bo‘linmaga kiritilib ishdan ozod qilingan mahkumlarga manzil-koloniyalarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hisobidan ovqat berilib, ovqatning qiymati keyinchalik mahkumlarning oylik ish haqidan ushlab qolinadi”;
12) 96-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ajratmalar amalga oshirilmaydi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga tayinlangan pensiyani to‘lash ozodlikdan mahrum qilingan vaqtda to‘xtatib turiladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan mahkumlar mustasno.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishi mumkin.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash va to‘lash manzil-koloniya joylashgan yerdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tegishli pensiya summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘ladi”;
13) 114-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yo‘qlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi”;
14) 117-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;
o‘n ikki marta telefon orqali so‘zlashuv;
o‘n ikkita posilka yoki yo‘qlov;
o‘n ikkita banderol olish huquqiga ega”;
15) 119-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv;
sakkiz marta telefon orqali so‘zlashuv;
sakkizta posilka yoki yo‘qlov;
sakkizta banderol olish huquqiga ega”;
16) 121-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
to‘rt marta qisqa muddatli va to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuv;
olti marta telefon orqali so‘zlashuv;
oltita posilka yoki yo‘qlov;
oltita banderol olish huquqiga ega”;
17) 123-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish hamda yil mobaynida:
to‘rt marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;
to‘rt marta telefon orqali so‘zlashuv;
to‘rtta posilka yoki yo‘qlov;
to‘rtta banderol olish huquqiga ega”;
18) 125-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:
yigirma to‘rt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv;
yigirma to‘rt marta telefon orqali so‘zlashuv;
o‘n ikkita posilka yoki yo‘qlov;
o‘n ikkita banderol olish huquqiga ega”;
19) 164-modda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Mahkumni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishga taqdim etish masalasini ma’muriyat tomonidan qayta ko‘rib chiqish jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining yoki jazoni ijro etuvchi organning jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishni rad etish haqidagi qarori chiqarilgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach, basharti mahkum belgilangan rejimga va mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lsa, amalga oshiriladi”;
to‘rtinchi-beshinchi qismlari tegishincha beshinchi-oltinchi qismlar deb hisoblansin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 48-moddaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yerlarni muhofaza qilish yuzasidan, shu jumladan sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rishlari shart”;
2) 90-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlikda”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) 15-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda) 67-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqxonalarda jazoni o‘tayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-298-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) 44-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushlab turilganlar yoki qamoqqa olinganlar ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan majburiy tusdagi choralarni qo‘llash tartibi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 6-moddasi 2019-yil 1-sentabrdan e’tiboran amalga kiritiladi. | 102 | 37,909 |
Qonunchilik | Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 21-iyundagi 49, 2010-25-son qarori (ro‘yxat raqami 2122, 2010-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 240-modda) bilan tasdiqlangan Utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining “Qazib olish hajmi, t., kub. m.” ustunida utilizatsiya qilingan tabiiy (mash’al) gaz hajmi ko‘rsatiladi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 172 | 1,129 |
Qonunchilik | «UMUMTA’LIM MAKTABLARI UChUN DARSLIKLAR VA O‘QUV ADABIYoTLARINI NAShR QILISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh» LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish to‘g‘risida»gi Farmonini bajarish yuzasidan, Osiyo rivojlanish banki (ORB) bilan hamkorlikni mustahkamlashning muhimligini e’tiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. ORB direktorlari kengashi «Umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarini nashr qilish tizimini takomillashtirish» loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga umumiy summasi 40 mln AQSh dollari bo‘lgan kredit resurslari, shu jumladan:
Osiyo rivojlanish banki resurslaridan yangi darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va kutubxona kitoblari tayyorlash va nashr etish uchun majburiyatlar uchun vositachilik haqi yiliga 1 foiz hamda o‘n yildan iborat imtiyozli davrni qo‘shgan holda to‘lov muddati 35 yil bo‘lgan 14,455 mln SDR (20 mln AQSh dollariga teng shartli pul birligida) miqdorida kredit;
ORB oddiy kapital resurslari mablag‘laridan matbaa asbob-uskunalari va qog‘oz xarid qilish uchun o‘zgaruvchan foiz stavkasi bo‘yicha va besh yildan iborat imtiyozli davrni qo‘shgan holda to‘lov muddati 25 yil bo‘lgan revolver asosda 20 mln AQSh dollari miqdorida qarz berilishini ma’qullagani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
ORB kredit mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi va ORB o‘rtasidagi Qarz va Kredit bitimlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va ORB o‘rtasidagi qayta kreditlash to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq va loyiha bitimi asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga ORB oddiy kapital resurslaridan olinadigan qarzni qayta kreditlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki qarzga olingan mablag‘larni maktab o‘quv adabiyotlarini nashr qilishga ixtisoslashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi nashriyotlariga va matbaa korxonalariga matbaa asbob-uskunalarini xarid qilish uchun 7 yilgacha davrga va qog‘oz xarid qilish uchun 18 oygacha davrga revolver asosda beradi;
qarz mablag‘lari, ular bo‘yicha foizlar va vositachilik haqi nashriyotlar va matbaa korxonalari hisobiga hamda etmagan qismi — davlat budjeti mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
kreditni va majburiyat uchun vositachilik haqini Kredit bitimida belgilangan muddatda to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi uchun respublika budjetida nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ORBning oddiy kapital resurslari mablag‘idan beriladigan qarz bo‘yicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ORBning resurslaridan beriladigan kredit bo‘yicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi.
3. Qarz va kreditni to‘lash jadvallari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Qarz va Kredit bitimini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o‘rtasidagi Qayta kreditlash to‘g‘risidagi Bitimni imzolashga Moliya vaziri;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va ORB o‘rtasidagi 20 mln AQSh dollari miqdoridagi Loyiha bitimini imzolashga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisi vakil qilinsin.
5. Qarz mablag‘larini oluvchi nashriyotlar va matbaa korxonalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga zarur hujjatlar va qo‘shimcha loyihalar texnik-iqtisodiy asoslashlari ekspertiza qilish uchun o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi beriladigan kredit mablag‘laridan foydalanish yuzasidan zarur hujjatlar va texnik-iqtisodiy asoslashlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlasin.
7. Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va ORB o‘rtasidagi Qarz va Kredit bitimlari bo‘yicha yuridik xulosalarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va ORBga taqdim etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kredit va qarzni berish, ulardan foydalanish hamda kredit va qarzni, vositachilik haqi va ular bo‘yicha foizlarni qaytarish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. Nashriyotlar va matbaa korxonalari ORB qarz mablag‘lari hisobiga import qilinadigan asbob-uskunalarni bojxonada rasmiylashtirishda undiriladigan soliqlar va boj to‘lovlaridan ozod etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ijro etuvchi agentliklar buyurtmanomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy tashkilotlar vakillariga to‘lov undirmasdan vizalar, zarur hollarda, ko‘p martalik vizalar berilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasidagi yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imlar to‘lashdan ozod qilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.A. Azizxo‘jayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 160 | 5,431 |
Qonunchilik | ISTE’MOL BOZORINI YoZUV DAFTARLARI BILAN TA’MINLAShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Respublika iste’mol bozorini, shu jumladan ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga hamda milliy ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizga mos sifatli yozuv daftarlari bilan ta’minlash ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika ta’lim muassasalarini yozuv daftarlari bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur, deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishi uchun tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Dasturning bajarilishi yuzasidan tegishli monitoring o‘rnatsin va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxatiga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxatiga quyidagi tahrirdagi 40-1 pozitsiya qo‘shilsin: | 98 | 1,420 |
Qonunchilik | To‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarsh | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 24-iyundagi 357-V va 13-son qarori (ro‘yxat raqami 3266, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y, 10/20/3266/1110-son) bilan tasdiqlangan To‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 4-bandda:
o‘n sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki qoidalar to‘lov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va to‘lov tashkilotining barcha bo‘linmalariga hamda chet eldagi sho‘ba, filial, vakolatxonalari va boshqa bo‘linmalariga ijro uchun majburiydir.”.
o‘n to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“To‘lov tizimi operatori, elektron pullar tizimi operatori va to‘lov tashkilotining chet davlatdagi sho‘basi, filiali, vakolatxonalari va boshqa bo‘linmalarining ichki nazorat qoidalari, ularni ro‘yxatga olayotgan davlat qonunchiligi talablari inobatga olingan holda tasdiqlanadi.”.
2. 19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha so‘nggi javobgarlik to‘lov tizimi operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarining zimmasida qoladi.”.
3. 31-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Qabul qiluvchi to‘lov tashkilotlari quyidagilarni aniqlash maqsadida tavakkalchilikka asoslangan siyosat va tartib-taomilga ega bo‘lishlari lozim:
oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega bo‘lmagan elektron pul o‘tkazmasini qachon ijro qilish va rad etish yoki to‘xtatishni;
tegishli keyingi xatti-harakatlarni (tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqish, maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini ko‘rib chiqish va boshqalar).”;
oltinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jo‘natuvchi to‘lov tashkilotlariga, pul o‘tkazmasi yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish taqiqlanadi.”.
4. Quyidagi mazmundagi 311-band bilan to‘ldirilsin:
“311. Pul o‘tkazilishida vositachi (tranzit) sifatida ishtirok etuvchi to‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari:
elektron to‘lovlarga ilova qilinadigan jo‘natuvchi va oluvchi haqidagi barcha ma’lumotlarni, jo‘natuv to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga yuborilishini va besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanishini ta’minlashlari;
oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash bo‘yicha asosli va imkoni mavjud bo‘lgan choralarni ko‘rishlari;
tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan holda oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalari aniqlanganda amalga oshiriladigan choralarni belgilovchi dasturni ishlab chiqishlari;
oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalari aniqlanganda, bunday o‘tkazmalar haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini ko‘rib chiqishlari;
texnik cheklovlar xalqaro elektron o‘tkazma bo‘yicha ichki elektron pul o‘tkazmaga bog‘langan jo‘natuvchi va oluvchi to‘g‘risidagi talab qilinayotgan ma’lumotning saqlanishiga to‘sqinlik qilgan hollarda, jo‘natuvchi moliyaviy muassasadan yoki boshqa tranzit moliyaviy muassasadan olingan barcha ma’lumotlar bo‘yicha yozuvlarni besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlashlari kerak.”.
5. 1-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami.”. | 250 | 4,699 |
Qonunchilik | Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishi tartibi to‘g‘risida | “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq ushbu Nizom tovar bozorlarida tabiiy monopoliyalar subyektlarining faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish maqsadida monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni (hisobotni) olishi tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
monopoliyaga qarshi organ — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari;
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va/yoki realizatsiya qilish bilan band bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs).
3. Monopoliyaga qarshi organ quyidagi hollarda tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni so‘rash va olish huquqiga ega:
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan raqobat va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilishda;
yuridik va jismoniy shaxslar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining murojaatlari asosida tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va prokuratura organlariga taqdim etishda;
Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqishda;
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan xizmat ko‘rsatilishi shart bo‘lgan iste’molchilarni aniqlash bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borishda;
tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar va tariflarni tahlil qilishda, shuningdek tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan taqdim etiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining asossiz oshirib yuborilishiga va sifati pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rishda;
tabiiy monopoliyalar subyektlari uchun deklaratsiyalashtiriladigan (tasdiqlanadigan) narxlarni shakllantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ularning xarajatlarini pasaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
4. Monopoliyaga qarshi organning ushbu Nizomda nazarda tutilgan axborot va hujjatlarni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovi asoslangan bo‘lishi va amalga oshirilishi uchun ushbu axborot so‘ralayotgan maqsadlarni o‘z ichiga olishi kerak.
5. Tabiiy monopoliyalar subyektlari monopoliyaga qarshi organ, uning mansabdor shaxslari tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan to‘siqsiz foydalanishlarini ta’minlashi, shuningdek monopoliyaga qarshi organ tomonidan qonunchilikda unga yuklangan funksiyalar amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, tushuntirishlar va boshqa axborotni yozma yoki elektron shaklda taqdim etishi shart.
6. Monopoliyaga qarshi organ tomonidan olingan yoki qonunchilikda unga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish tufayli ma’lum bo‘lgan tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor qilinmaydi.
7. Tabiiy monopoliyalar subyektlari monopoliyaga qarshi organning so‘rovi olingan sanadan boshlab o‘n kun muddatda:
ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tabiiy monopoliya subyekti va ishlab chiqarilgan va/yoki realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi so‘rovnomani;
qonunchilikda belgilangan 1 va 2-shakllar bo‘yicha moliyaviy hisobotni;
tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan va/yoki realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning asosiy iste’molchilari ro‘yxatini (jismoniy shaxslar, budjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar bo‘yicha alohida);
asosiy vositalarni xarid qilish uchun o‘tkazilgan savdolar materiallarini (tanlov hujjatlari, tanlov komissiyalarining bayonnomalari, ekspert guruhlarning bayonnomalari va xulosalari nusxalari, tanlov takliflarini baholash jadvallari, qatnashchilarning ofertasi va shu kabilarni);
tabiiy monopoliyalar subyektlari yoki ularning yuqori tashkilotlari (ular mavjud bo‘lganda) tomonidan qabul qilingan tabiiy monopoliya sohasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilish shartlarini nazarda tutuvchi hujjatlarni;
iste’molchilar bilan tuziladigan shartnomalar nusxalarini;
tabiiy monopoliya sohasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi batafsil tushuntirishni;
iste’molchilarning ko‘rib chiqish uchun yuboriladigan shikoyatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishni;
so‘ralayotgan davr uchun aniq iste’molchilar bilan hisob-kitoblarning tafsilotini;
moliyaviy sog‘lomlashtirish, tannarxni pasaytirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar.
8. Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan xizmat ko‘rsatilishi shart bo‘lgan iste’molchilarni aniqlashni monopoliyaga qarshi organ tomonidan o‘rganib chiqishda qo‘shimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
oldingi ikki yil uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va/yoki realizatsiya qilishning amaldagi chiqimlari, shu jumladan ish haqi, xomashyo va materiallar qiymati, yuklama sarf-xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va jadvallar;
asosiy ishlab chiqarish vositalarining balans qiymati, ularni takror ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarga ehtiyoj va amortizatsiya ajratmalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
joriy (yoki keyingi) hisobot yili uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning har xil narxlar (tariflar) bo‘yicha realizatsiya qilinishidan tushishi mumkin bo‘lgan prognozlashtiriladigan foyda to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
asosiy iste’molchilar ro‘yxati va ular ayrim guruhlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va/yoki realizatsiya qilish joyidan uzoqdaligi;
ishlab chiqariladigan va/yoki realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatining iste’molchilar talabiga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
oxirgi besh yil uchun dotatsiyalar mavjudligi va ularning miqdorlari hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir boshqa chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
9. Monopoliyaga qarshi organ qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ularga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshirishda ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashi mumkin. Monopoliyaga qarshi organning so‘rovida taqdim etilishi kerak bo‘lgan tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati to‘g‘risidagi aniq ma’lumot ko‘rsatiladi.
10. Tabiiy monopoliyalar subyektlari ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan axborot va tegishli hujjatlarni monopoliyaga qarshi organga elektron shaklda taqdim etish huquqiga ega.
11. Tabiiy monopoliyalar subyektlari o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborot va hujjatlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etmaganligi, o‘z vaqtida taqdim etmaganligi yoxud atayin yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun ushbu Nizomning II bo‘limiga muvofiq, qonunchilikda nazarda tutilgan tarzda javob beradilar. | 123 | 7,682 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOA XO‘JALIKLARINING NAMUNAVIY USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | Jamoa xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloqda ishlab chiqaruvchi kuchlardan unumli foydalanishni, mehnat unumdorligini yanada o‘stirishni, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishga xizmat qilishini, jamoa xo‘jaligi a’zolarining manfaatlarini umumxalq manfaatlari bilan uzviy bog‘lab borishni ta’minlashini ko‘zda tutgan holda:
O‘zbekiston Respublikasi Dehqonlar uyushmasi va jamoa xo‘jaliklari kengashida qabul qilingan jamoa xo‘jaliklarining Namunaviy Ustavi xo‘jalik rahbarlarini saylash hamda ularni vazifasidan ozod qilish tartiblari to‘g‘risidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan to‘laligicha tasdiqlansin. | 89 | 714 |
Qonunchilik | Iyundan boshlab metall prokati sertifikatlashtirilgan boʻlishi kerak | Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 fevraldagi 89-son qarorida soʻz boradi.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning dekabr oyida Hukumat qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va хavfsizligi toʻgʻrisida hujjat qabul qilgan. U bir qator chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan, ular orasida - idoralararo ishchi guruhlar tomonidan metall prokati ishlab chiqaradigan korхonalar faoliyatini oʻrganish.
117 ta shunday korхonada oʻtkazilgan ishlab chiqarish jarayonining tahlili tayyor mahsulot va bevosita ishlab chiqarish jarayonlari хavfsizligiga ta’sir koʻrsatuvchi kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qildi, unga koʻra 2020 yil 1 iyundan boshlab:
a) sotilayotgan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan metall prokatining har bir toʻpiga ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) tomonidan sinovlarning ijobiy natijalari asosida rasmiylashtiriladigan sifat toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinishi kerak. Ishlab chiqaruvchida ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda, u boshqa sinov laboratoriyalariga, shu jumladan, tuzilgan shartnomalar asosida murojaat qilishi mumkin.
b) majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlar turlari (ham import qilingan, ham mahalliy ishlab chiqarilgan) roʻyхatiga quyidagilar kiritiladi:
1 aprelgacha boʻlgan muddatda sifati teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan metall prokati va qurilish uchun moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar reyestri shakllantiriladi va e’lon qilinadi. Reyestr har yili yangilanadi.
v) Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash boʻyicha buyurtmachi хizmatlari qurilish uchun moʻljallangan metall mahsulotlari хarid qilinishi va qoʻllanilishi uchun javob beradilar.
g) induksion pechlardan foydalangan holda tayyorlangan qurilish uchun moʻljallangan metall prokatini ishlab chiqarish va qoʻllash taqiqlanadi (boshqa maqsadlarda – mumkin).
Metall prokati normativlarga muvofiq emasligi hamda ob’yektlarda binolar va inshootlarning zilzilaga bardoshligiga ta’sir koʻrsatuvchi hamda insonning hayoti va sogʻligʻiga хavf soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qoʻllanilishi aniqlangan hollarda metall prokati va undan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarilishi, sotilishi va qoʻllanilishi toʻхtatiladi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini, shu jumladan, qora va rangli metallar eritmalari va ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan ob’yektlarni identifikatsiyalash faqat akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda identifikatsiyalash ular foydalanishga topshirilgunga qadar oʻtkaziladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 68 | 2,975 |
Qonunchilik | SANITARIYA QONUNLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIKNI KUChAYTIRISh TO‘G‘RISIDA | Davlat sanitariya nazorati tizimi faoliyatining roli va samaradorligini oshirish, yuqumli kasalliklar ko‘payishining oldini olish, respublika aholi yashash joylarining sanitariya-epidemiologiya holati uchun shaharlar va tumanlar hokimlari, korxonalar, muassasalar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari va fuqarolarning huquqiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Belgilansinki, tumanlar va shaharlardagi aholi yashash joylarining sanitariya-epidemiologiya vaziyati uchun kommunal va sanitariya xizmatlari rahbarlari bilan birgalikda hokimlar shaxsan javob beradilar.
2. Sanitariya nazorati organlarining “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hududlarning sanitariya muhofazasi va kasalliklarning oldini olishga doir amalga oshiriladigan faoliyatiga to‘sqinlik qilish maqsadida ushbu organlarga har qanday ta’sir ko‘rsatish qat’iy taqiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi jarimalar qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda to‘lanmagan hollarda davlat sanitariya nazorati organlarining qarorlari bajarilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
sanitariya qonunchiligi va epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzilganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilash;
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri aholi yashash joylarining sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilash, yuqumli kasalliklar bilan kasallanishning oldini olish, sanitariya qonunlari talablari bajarilishi uchun mahalliy hokimiyat organlari, kommunal xizmat va sanitariya nazorati organlarining javobgarligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
7. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatining faoliyati to‘g‘risida maxsus teleko‘rsatuvlar va ruknlar joriy etsin.
8. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Epidemiyaga qarshi kurash respublika favqulodda komissiyasi raisi I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 77 | 2,443 |
Qonunchilik | Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kir | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 3, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova) 28-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilingan hamda chiqarilgan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 1971-modda:
birinchi qismining:
dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etish bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rmaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa”;
sanksiyasidagi “yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha” degan so‘zlar “ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha” degan so‘zlar “to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 2291-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi”;
3) quyidagi mazmundagi 2296-modda bilan to‘ldirilsin:
Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) yerlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) yerlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u yer uchastkasining qaytarilishini hamda yerning qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritilishini ta’minlasa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda; № 5, 296-modda; № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova) 345-moddasining beshinchi qismidagi “243” raqami “2296, 243” raqamlari bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 60-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
2) 601-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 65-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar “yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismining sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 67-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
5) 68-modda:
nomidagi “Xo‘jalik ichidagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining:
o‘zbekcha matnidagi “tuzilishi” degan so‘z “tuzish” degan so‘z bilan almashtirilsin;
sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) 681 va 69-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
7) 99-moddaning o‘ninchi va o‘n birinchi qismlari chiqarib tashlansin;
8) 101-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar hamda inshootlarni elektr energiyasi, issiqlik va gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
9) 160-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Uylarni, xo‘jalik va ro‘zg‘or binolarini qurish qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
10) 163-modda:
dispozitsiyasi “Vodoprovod tarmoqlariga” degan so‘zlardan keyin “(suv ta’minoti tarmoqlariga)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
sanksiyasidagi “besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni vodoprovod (suv ta’minoti) tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga (suv ta’minoti tarmoqlariga) ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
11) 1631-modda:
dispozitsiyasi “kanalizatsiya tarmoqlariga” degan so‘zlardan keyin “(oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarni ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan kanalizatsiya tarmoqlariga (oqova suvni chiqarib yuborish tarmoqlariga) ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
12) 245-moddaning:
birinchi qismidagi:
“591, 60, 601” raqamlari “591-moddalarida, 60-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“100, 101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida)” degan so‘zlar “100-moddalarida, 101-moddasining birinchi (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida) va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“160-moddasining birinchi qismida, 1601” degan so‘zlar “160, 1601” raqamlari bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 99 (qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida) va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar “bundan ushbu Kodeks 60-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 601, 65, 68, 681, 99 (qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida) va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 2457-moddaning birinchi qismidagi “65, 66, 67, 68, 69-moddalarida (qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq qismi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
14) 261-moddaning birinchi qismidagi “shaharlar va posyolkalarning yerlariga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
15) 264-moddaning birinchi qismidagi “1591-moddasida, 160-moddasining ikkinchi qismida, 168-moddasida” degan so‘zlar “1591, 168-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
16) 2661-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlariga ushbu Kodeksning 60-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 601-moddasida, 68-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, suv fondi yerlari mustasno), 681-moddasida va 69-moddasida (bundan qishloq xo‘jaligi yerlarining chegara belgilariga oid qismi mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining tumanlar (shaharlar) bo‘limlari boshliqlari”;
17) quyidagi mazmundagi 2662-modda bilan to‘ldirilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining organlariga ushbu Kodeksning 65, 68-moddalarida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga oid qismida) va 69-moddasida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning chegara belgilariga oid qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga quyidagilar haqlidirlar:
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringi bo‘yicha o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 6-modda to‘rtinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga” degan so‘zlar “qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 18-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisidagi “yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga” degan so‘zlar “qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda, 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yer resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash;
yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish;
ko‘p kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
diplomatik vakolatxonalarga hamda ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga ushbu vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk etib realizatsiya qilish;
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlari sohasidagi qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart”;
2) 6-moddaning to‘rtinchi — o‘n uchinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tumanlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish”;
3) 7-moddaning to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;
yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish”;
4) 9-modda:
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mustasno”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Sug‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi”;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 12-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 13-moddaning beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 15-moddaning oltinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza etiladi”;
9) 17-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslar ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.
Jismoniy shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.
Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 18-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari o‘z kuchida qoladi, bundan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilingan hollar mustasno.
Yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan, o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli”;
10) 18-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi”;
11) 19-modda chiqarib tashlansin;
12) 20-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlarning mo‘ljallangan asosiy maqsadiga muvofiq:
yaylovlar bilan band bo‘lgan yerlar;
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar — ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
o‘rmon fondi yerlari;
suv fondi yerlari;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yer fondining boshqa toifadagi yerlari foydalanishga berilishi mumkin.
Ko‘p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi, shuningdek ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, agar u ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli bo‘lmasa, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim”;
13) 22-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Korxonaga, binoga, inshootga yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar band etgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham o‘tadi.
Uy-joyga, chorbog‘ga bo‘lgan mulk huquqi (sotib olish, hadya qilish yoki meros bo‘yicha olish va boshqa hollarda) jismoniy shaxslarga o‘tgan taqdirda, ushbu imoratlarga bo‘lgan mulk huquqi bilan birgalikda mazkur imoratlar joylashgan barcha yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi ham o‘tadi.
Korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulk band etgan yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqining boshqa shaxsga o‘tishi mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan organlar hamda shaxslarning tegishli shartnomalari, qarorlari asosida tuman, shahar yer-kadastr daftariga yerning yangi egasi yoki yerdan yangi foydalanuvchi yoxud yangi ijaraga oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish hamda yer uchastkasiga doimiy egalik qilish, undan doimiy foydalanish, ijara (ijara shartnomasining amal qilish muddatiga) yoki yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mulkning bir qismiga bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi, operativ boshqaruv huquqi yangi mulkdorga yoki boshqa ashyoviy huquqlarning egasiga o‘tgan taqdirda, unga yer uchastkasining korxonaning, binoning, inshootning yoki boshqa ko‘chmas mulkning ulushiga mutanosib bo‘lgan qismiga doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham o‘tadi, yer uchastkasini bunday ajratish mumkin bo‘lmagan hollarda, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan nizolashilgan taqdirda esa yer uchastkasining bo‘linishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilib, viloyat, Toshkent shahar hokimining qarori bilan tasdiqlanadi va keyinchalik yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi, undan doimiy foydalanish va ijara huquqi davlat ro‘yxatiga olinadi hamda davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi tegishli ko‘chirmalar beriladi”;
14) 23-moddaning:
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va ijaraga berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion vositasida;
2) doimiy foydalanishga berish — ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;
3) ijaraga berish — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan, shuningdek elektron onlayn-auksion vositasida.
Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan (sotib olinganidan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi”;
beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), ulardan doimiy foydalanish va ularni ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
15) 24-moddaning:
ikkinchi — oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — o‘n ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
1) viloyat va Toshkent shahar hokimining ochiq elektron tanlov natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori bilan — jismoniy va yuridik shaxslarga;
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga ko‘ra — davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga;
yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravaridan ortiq miqdordagi pul mablag‘lari depozitga qo‘yilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat hokimining taklifiga ko‘ra — agrosanoat klasterlariga;
qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda beriladigan yer uchastkasining o‘lchami investitsiya hajmiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi:
elektron onlayn-auksion asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda berilayotgan yer uchastkasining o‘lchami investitsiya hajmiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi. Mazkur shaxslar (bundan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar mustasno) yer uchastkasini ijaraga olish huquqining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi bozor qiymatini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga to‘lashi kerak.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarining ijarasiga oid shartnoma tuman (shahar) hokimi bilan tuziladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xo‘jalik ijarasi tartibida faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qo‘yishi mumkin.
Ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi faqat kreditlar olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan o‘z ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqli.
Yer uchastkalari ijarasining shartlari va muddatlari taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi hamda shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan o‘lchamlarda o‘ttiz yil muddatga ijaraga beriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga beriladi”;
yettinchi — o‘ninchi qismlari tegishincha o‘n uchinchi — o‘n oltinchi qismlar deb hisoblansin;
16) 241-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Davlat organlari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va o‘rmon fondi yerlari investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi mumkin. Bunda quyidagi yerlar uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin:
qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar va lalmi yerlar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga;
o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari — jismoniy va yuridik shaxslarga.
Ushbu modda birinchi qismining birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, yaylovlar, bo‘z yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan investorlarga o‘ttiz yil muddatga, ushbu Kodeksning 461-moddasida belgilangan o‘lchamlarda ijaraga berilishi mumkin.
Davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar:
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatiga — xususiy sherikka;
ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar va shartnomalarning amal qilish muddatiga — nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga;
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun boshqa yuridik shaxslarga ijaraga berilishi mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
17) 243-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalari o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yoki ularning bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan huquqi saqlanib qoladi”;
18) quyidagi mazmundagi 244-modda bilan to‘ldirilsin:
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tuman (shahar) hokimi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuzilgan yer uchastkasining ijarasiga oid shartnoma asosida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan belgilangan tartibda elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda ochiq holda e’lon qilinadi”;
19) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak”;
20) 32-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21) 34-modda chiqarib tashlansin;
22) 36-modda:
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 6 — 11-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 12-bandida ko‘rsatilgan holda tugatish tegishli tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ochiq tanlov va elektron onlayn-auksion yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomani bekor qilish yoki o‘zgartirish yo‘li bilan bekor qilishga haqli emas, bundan ushbu moddada nazarda tutilgan hollar mustasno”;
beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
23) 44-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Sug‘oriladigan yerlardan faqat qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, shuningdek bog‘dorchilik, uzumchilik va ko‘p yillik dov-daraxtlar yetishtirish uchun foydalanilishi mumkin.
Sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Bunday yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan ta’minlanganligi, ulardagi mavjud suv resurslari hamda bu suvlarga belgilangan limitlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining xulosasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda ularga tuproq unumdorligi pasayishiga olib keladigan tarzda usullar bilan ishlov berish yoki ularning shikastlanishiga olib keluvchi boshqa usullarni qo‘llash taqiqlanadi”;
24) 45-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tuproq unumdorligiga ko‘ra o‘rtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan ko‘p bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi.
Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sug‘orilmaydigan yerlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
25) quyidagi mazmundagi 451-modda bilan to‘ldirilsin:
Qonunchilikka muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridir.
Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun berish faqat bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari hisobidan amalga oshiriladi”;
26) 46-modda:
birinchi qismining:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun”;
5 va 6-bandlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;
27) quyidagi mazmundagi 461-modda bilan to‘ldirilsin:
Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari quyidagi o‘lchamlarda ajratiladi:
1) dehqon xo‘jaligini yuritish uchun — 0,06 gektardan 1 gektargacha;
2) fermer xo‘jaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga:
sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
bog‘dorchilikka, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 3 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarni yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) — sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar;
paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 30 gektar;
g‘allachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar;
3) agrosanoat klasterlari, shu jumladan kooperatsiya shaklidagi klasterlar uchun:
paxtachilik-to‘qimachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 2000 gektar;
g‘allachilikka ixtisoslashganlarga — kamida 1000 gektar;
sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 200 gektar;
bog‘dorchilik, uzumchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 100 gektar;
chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar, lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar, yaylovlar va pichanzorlardan — kamida 2 gektar”;
28) 54-modda chiqarib tashlansin;
29) 55-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini ijaraga berish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeks 24-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida belgilangan tartibda qabul qilinadi”;
30) 56-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Jamoa polizchiligi uchun berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari yetishtirishda foydalaniladi. Ulardan uylar va boshqa kapital inshootlar qurish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bunday uchastkalarda umumiy foydalanishdagi muvaqqat imoratlar va inshootlarni qurishga qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsat berilishi mumkin.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchun berilgan yerlardan foydalanish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi”;
31) 57-modda chiqarib tashlansin;
32) 62-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shahar va posyolka qurilishi yerlari uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat obyektlari qurish va kapital qurilishning boshqa turlari uchun, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartibda beriladi”;
33) 80-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yerlarning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirish qonunchilikda belgilanadigan tartibda tabiatni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi, qurilish organlari va boshqa organlar bilan kelishib olinadi”.
34) 12-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
35) 83-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari qonunchilik talablariga jismoniy va yuridik shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rioya etilishini ta’minlashdan iboratdir”;
36) quyidagi mazmundagi 831-modda bilan to‘ldirilsin:
Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirmaslikka, o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini o‘zgartirishga, yerlarning toifasidan qat’i nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni o‘zboshimchalik bilan qurishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi.
Maxsus vakolatli davlat organlari yer uchastkalarini ajratish bilan bog‘liq zarur statistik axborotni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotni, qarorlarni hamda boshqa hujjatlarni, shu jumladan ochiq tanlovlarga va elektron onlayn-auksionlarga taalluqli axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan yoki ularning mansabdor shaxslaridan beg‘araz asosda so‘rash va olishga haqli.
Davlat organlari, tashkilotlari va mansabdor shaxslar so‘ralayotgan axborotni maxsus vakolatli davlat organlariga besh ish kuni ichida taqdim etishi kerak”;
37) 84-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari yer uchastkalarini ajratish, ulardan oqilona va maqsadli foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirishga haqli”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi — to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin”;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish, ulardan tegishli hujjatlarda ko‘rsatilgan normalardan ortiqcha tarzda g‘ayriqonuniy tarzda foydalanish, qonunga xilof obyektlarni va inshootlarni qurish hollari, yer munosabatlari sohasidagi suiiste’molliklar to‘g‘risida foto- va videoyozuv texnikasidan foydalanilgan holda tasdiqlangan xabarlar uchun jamoatchilik nazorati subyektlari rag‘batlantirilishi mumkin.
Jamoatchilik nazorati subyektlarini rag‘batlantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
38) quyidagi mazmundagi 911-modda bilan to‘ldirilsin:
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi 666-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 432-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning nomi va birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 10-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat yer kadastrini yuritish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining tegishli bo‘linmalari tomonidan bajariladigan aerokosmik suratlar olishni, topografiya-geodeziya, kartografiya tadqiqotlarini amalga oshirish, yerlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, yerlarni miqdor jihatdan hisobga olish, jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish;
erlarning mavjudligi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish;
joriy tadqiqotlar, suratga olishlar hamda yerlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish materiallaridan foydalangan holda yer-kadastr axborotiga oid ma’lumotlar banklarini yaratish va saqlab turish.
Davlat yer kadastrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat yer kadastrini yuritish quyidagi yo‘l bilan amalga oshiriladi:
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni va yer uchastkalariga doir bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish;
kadastrga oid suratga olish;
yer uchastkalarining egalaridan, ulardan foydalanuvchilardan, ijarachilardan va yer uchastkalarining mulkdorlaridan ma’lumotlar olish, ularning to‘g‘riligini tekshirish, yer kadastriga doir hujjatlarga joriy o‘zgartishlar kiritish.
Davlat yer kadastrini yuritishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
tuproqshunoslik, agroximiya, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlar;
erlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish hamda baholash”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi 171-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 10-moddasi birinchi qismidagi va ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 21-modda ikkinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari”;
2) 732-moddaning birinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-303-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 273-modda; 2017-yil, № 8, 383-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
yettinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Kadastr agentligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Kadastr agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Kadastr agentligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 8-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Kadastr agentligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 9-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Kadastr agentligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 11-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Kadastr agentligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 13-moddaning:
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasining” de | 250 | 62,660 |
Qonunchilik | “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida | Tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligining, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining Samarqand viloyati Urgut tumanida — “Urgut”, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida — “G‘ijduvon”, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida — “Qo‘qon”, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida — “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi o‘rinlarda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ tarkibiga kiritish uchun yer uchastkalari chegaralarini o‘rnatsinlar va ularning belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasinlar.
3. Quyidagilar “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish;
Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash;
meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‘rtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
“Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi;
faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi.
6. “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmonining 3-, 4- va 5-bandlari qoidalari tatbiq etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmonining 3-, 4- va 5-bandlarida nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning soddalashtirilgan tartibini tasdiqlash uchun kiritsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ direksiyalarini tashkil qilsin hamda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ direksiyalarining ustavlarini va Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi yagona Nizomni tasdiqlagan holda, ular faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Belgilansinki, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari elektron onlayn-auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan investorlarning erkin iqtisodiy zonalarning tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiq ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtiradilar va erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalar berilishini tashkil qiladilar.
8. “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat ko‘rsatish davrida soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinsin.
9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda respublika va hududiy darajadagi muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchilar erkin iqtisodiy zonalarning qatnashchilari — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kommunikatsiyalarga, ularni ishlab chiqarish maydonchalariga o‘z vaqtida tutashtirgan holda, kafolatli ulanishini ta’minlaydilar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK, “O‘zavtoyo‘l” DAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlash uchun uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ularning parametrlarida erkin iqtisodiy zonalarning transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun, ularning ishlab chiqilgan bosh rejalari asosida kapital qo‘yilmalar limitlarini hamda zarur markazlashtirilgan investitsiyalar ajratilishini nazarda tutsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasini “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihalash tashkiloti etib belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
“O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi uch oy muddatda “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning bosh rejalarini ishlab chiqsin hamda erkin iqtisodiy zonalarning Ma’muriy kengashi bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
12. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ “Hazorasp” EIZ va “Jizzax” EIZ hududlarida logistika markazlari hamda bojxona postlari tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va boshqa tijorat banklariga tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalar hududlarida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun o‘z mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati berilmagan holda jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobiga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoni 6-bandining birinchi xatboshi va Farmon ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-sonli Farmoniga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiquvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. 3-bandda:
uchinchi xatboshi ikki xatboshi sifatida quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno);
o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni bojxona to‘lovlaridan ozod etish (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “yo‘naltirilgan” so‘zi “yo‘naltiriladigan” so‘zi bilan almashtirilsin. | 97 | 10,404 |
Qonunchilik | “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi QL-628-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 21-fevralda kiritilgan “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi QL-628-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 118 | 376 |
Qonunchilik | Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida | Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Bitim (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilinsin. | 214 | 208 |
Qonunchilik | “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi QL-720-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi QL-720-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 140 | 306 |
Qonunchilik | Elektron testlarni Click orqali хarid qilish imkoniyati | Mening shahrim. Ta’lim» seriyasidagi dasturiy mahsulotlarni endi uydan chiqmasdan, Click.uz toʻlov tizimidan foydalangan holda хarid qilish mumkin.
«Mening shahrim» Loyihasining Click tizimi bilan hamkorlik munosabati tufayli quyidagilarni sotib olish mumkin:
- 10 ta fan boʻyicha testlardan iborat, uch rejimda testlash imkoniyati mavjud, oʻquv yurtlari toʻgʻrisida aхborot, mutaхassisliklar va oʻtish ballarini saqlaydigan dasturlarning toʻliq versiyalarini;
- ta’lim yoʻnalishi boʻyicha testlar paketlari: «Aniq fanlar-1», «Aniq fanlar -2», «Tabiiy fanlar», «Sotsial-gumanitar fanlar» uch rejimda testlash bilan;
- alohida fanlar boʻyicha testlar oʻrgatish rejimida testlash bilan.
Narхlarni taqdim etamiz:
Dasturiy mahsulotlarning toʻliq versiyalari
№
Aхborot-qidiruv tizimi
birlik uchun chakana narхi
birlik uchun ulgurji narхi
1.
«Mening shahrim. Ta’lim» kollejlar va litseylarga oʻqishga kiruvchilar uchun
44 000 soʻm
33 000 soʻm
2.
«Mening shahrim. Ta’lim» oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun
52 000 soʻm
40 000 soʻm
3.
«Matematika»
46 000 soʻm
35 000 soʻm
4.
«Mening shahrim. Ta’lim» RF oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun
59 500 soʻm
45 000 soʻm
*10 ta va undan ortiq birlikni хarid qilganda ulgurji хarid hisoblanadi
Alohida fanlar boʻyicha blokli komplektlar va testlar
№
Aхborot-qidiruv tizimi
OOʻYu uchun paket
Kollejlar va litseylar uchun paket
1.
«Aniq fanlar -1»
(matematika, fizika, ona tili va adabiyot *, ingliz tili)
42 000 soʻm
36 000 soʻm
2.
«Aniq fanlar -2»
(matematika, kimyo, ona tili va adabiyot *, ingliz tili)
42 000 soʻm
36 000 soʻm
3.
«Tabiiy fanlar»
(biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot *, ingliz tili)
42 000 soʻm
36 000 soʻm
4.
«Sotsial-gumanitar fanlar»
(tariх, ona tili va adabiyot *, ingliz tili)
36 000 soʻm
28 000 soʻm
5.
Alohida fanlar mahsulotlari
(Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Tariх, Geografiya, Ona tili va adabiyot *, Ingliz tili, Fransuz tili, Nemis tili)
12 000 soʻm
10 000 soʻm
*Mahsulotlarning ma’lumotlar bazalari ta’lim (tayyorgarlik) tiliga bogʻliq holda testlar saqlaydi: oʻzbek tili uchun - «Oʻzbek tili va adabiyot», rus tili uchun – «Russkiy yazik i literatura».
Xarid qilish, shuningdek «Mening shahrim» Loyihasi dasturiy mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun Loyihaning www.mg.uz saytiga tashrif buyuring. | 55 | 2,353 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) “Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan ko‘chmas mulk qiymatini baholash”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘ | O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-son “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2012-yil 25-martdagi 01/19-18/06-son “O‘zbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) “Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan ko‘chmas mulk qiymatini baholash”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2359, 2012-yil 8-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 19-son, 211-modda);
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/32-son “O‘zbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) “Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan ko‘chmas mulk qiymatini baholash”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2359-1, 2016-yil 1-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 22-son, 253-modda).
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston baholovchilar jamiyati va O‘zbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,766 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIK FANLARI AKADEMIYASINI TAShKIL ETISh HAQIDA | Ilmiy kuchlarni jamlash va muvofiqlashtirishni ta’minlash, dehqonchilik-sanoat majmuining ilmiy-texnikaviy imkoniyatlari samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash maqsadida:
1. 1991-yilning 1-iyuldan V.I.Lenin nomidagi Butunittifoq qishloq xo‘jalik akademiyasi O‘rta Osiyo bo‘limi hamda respublikada joylashgan dehqonchilik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari negizida O‘zbekiston qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi (o‘rtoq I.H.Jo‘rabekov) mazkur Farmonni bajarishga oid tashkiliy tadbirlarni ko‘zda tutuvchi tegishli qarorni tayyorlasin. | 71 | 649 |
Qonunchilik | O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi respublika boshqaruv organi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi o‘rmon xo‘jaligining ahvoli va uni yanada rivojlantirish, tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti, o‘rmonlardan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirish, muhofaza va himoya qilish, ovchilik xo‘jaligi va qo‘riqxona ishlarini, o‘rmon fondi hududida milliy parklarning ishlarini yuritishni tashkil etish, o‘rmonlarning ekologik va boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish, shuningdek, Qo‘mita tizimi korxonalari, tashkilotlarini ijtimoiy rivojlantirish uchun javob beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi o‘rmon xo‘jaligini, o‘rmonni ko‘paytirish, muhofaza va himoya qilish davlat boshqaruvini bevosita va o‘z tasarrufidagi o‘rmon xo‘jaligi organlari va korxonalari orqali amalga oshiradi.
2. O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
o‘rmonlardan foydalanish, ularni ko‘paytirish, muhofaza va himoya qilish, o‘rmon fondi hududida qo‘riqxona va milliy parklar ishini yo‘lga qo‘yish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
ovchilik xo‘jaliklarini idoraviy boshqarish va nazorat qilish, o‘rmon fondi hududida ovchilik qoidalariga rioya qilish;
o‘rmon xo‘jaligida o‘rmon fondining ekologik va meliorativ ahamiyatini oshirish, xalq xo‘jaligining va aholining o‘rmon mahsulotlariga bo‘lgan talablarini to‘laroq qondirish maqsadida o‘rmon boyliklarini har tomonlama kengaytirish va undan oqilona foydalanishga, ularni ko‘paytirishga va o‘rmon fondining holatini yaxshilashga qaratilgan yagona texnika siyosatini o‘tkazish;
o‘rmon fondini, hayvonot va o‘simlik dunyosini hisobga olib borish va o‘rganish;
o‘rmon ho‘jaligiga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani joriy etish;
jumhuriyatda o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota daraxtzorlarini ko‘paytirish, o‘rmon urug‘chiligini seleksiya-genetika asosida olib borish, jumhuriyatning yog‘och-taxtaga bo‘lgan ehtiyojini o‘rmonlarni qayta tiklash va kallaklash hisobiga qisman qondirish uchui yong‘oq mevali va boshqa tez o‘suvchi daraxt navlaridan iborat bo‘lgan o‘rmonlar yaratish, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, jumhuriyatning boshqa idoralari va tashkilotlari bilan birgalikda shartnoma asosida ihota daraxtzorlarini ko‘paytirish; tog‘ yonbag‘irlarida, jarliklarda, o‘rmon chiqindilari uyulib yotgan va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarini olib borish;
o‘rmonlarni yong‘indan, o‘zboshimchalik bilan kesishdan va boshqa o‘rmon qoidalarini buzishdan himoya qilishni ta’minlash, o‘rmonlarni zararkunandalar) va kasalliklardan asrash, o‘rmonlarni aviatsiya yordamida va yerda qo‘riqlash tizimini takomillashtirish;
qo‘riqxona ishlarini, davlat ovchilik xo‘jaligini yuritish, o‘simlik dunyosini idora yo‘li bilan muhofaza qilishni, ovchilik qoidalari, normalari, muddatlarini, ovchilik xo‘jaligini yuritish tartibini hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning boshqa idoraviy talablarini nazorat qilishni, hayvonlarning yashash muhitini, ko‘payish sharoitini va ko‘chib yurish yo‘llarini saqlash tadbirlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida ishlab chiqish hamda o‘tkazishni ta’minlash, o‘rmon fondi hududida yovvoyi hayvonlarning davlat kadastrini yuritish;
shifobaxsh va ovqatbop o‘simliklar, yordamchi qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik mahsulotlarini tayyorlash va ishlab chiqarish tadbirlarini amalga oshirish, shu maqsadda ovchilik mahsulotini o‘stirish, qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tuzish;
iqtisodiy ahvolni sog‘lomlashtirish maqsadida iqtisodiy mexamizmni takomillashtirish, korxonalar. va tashkilotlarni rivojlantirishni prognozlash, ularni xo‘jalik yuritishning yangi shakllariga o‘tkazish;
o‘rmon qonunchiligiga rioya qilish, barcha o‘rmondan foydalanuvchilar uchun majburiy bo‘lgan o‘rmon va ovchilik xo‘jaligini yuritish yuzasidan normativ-texnika hujjatlarining bajarilishini nazorat qilib borish;
kapital mablag‘lardan oqilona foydalanish va ularning samaradorligini oshirish;
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi korxonalarini, tashkilotlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash, ishchi va xizmatchilarning uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish.
3. O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi o‘rmon xo‘jaligi Qoraqalpog‘iston MSSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi va viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari orqali rahbarlik qiladi va o‘ziga bevosita bo‘ysunadigan korxonalarni, tashkilotlarni boshqaradi.
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi, unga qarashli o‘rmon xo‘jaliklari, o‘rmon-melioratsiya stansiyalari, davlat qo‘riqxonalari, zakazniklar, o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari, milliy parklar, Qoraqalpog‘iston MSSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi, viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari hamda tabiatni muhofaza qilish korxonalari hisoblangan unga qarashli boshqa korxonalar, tashkilotlar O‘zbekiston SSJ o‘rmon xo‘jaligining yagona tizimini tashkil etadi.
4. O‘zbekiston SSJ davlat o‘rmon qo‘mitasi o‘rmon fondi hududida o‘ziga berilgan huquqlar doirasida o‘rmon, ovchilik xo‘jaligi va qo‘riqxona, milliy parklar ishlarini olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma masalalarni hal etadi.
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston MSSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi, viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari huquqlariga, shuningdek o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, tashkilotlarining “O‘zbekiston SSJda korxonalar haqida”gi O‘zbekiston SSJ Qonunida hamda amaldagi boshqa qonunchilik aktlarida nazarda tutilgan huquqlariga rioya qilishga, ularning xo‘jalik mustaqilligi va tashabbuskorligining rivojlanishiga butun choralar bilan ko‘maklashishga majburdir.
5. O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi o‘rmon xo‘jaligi tarmog‘ida qonunchilikning qo‘llanish tajribasini umumlashtiradi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi hamda ko‘rib chiqish uchun ularni O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuriridagi Vazirlar Mahkamasiga va SSJI Davlat o‘rmon qo‘mitasiga taqdim etadi.
6. O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi ixtiyorida bo‘lgan o‘rmon, o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklarini, davlat qo‘riqxonalarini, milliy parklarni, zakazniklarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, belgilangan tartibda o‘rmon xo‘jaligi ishlarini rejalashtiradi, O‘zbekiston SSJ, Qoraqalpog‘iston MSSJning manfaatdor vazirliklari va idoralari hamda viloyat ijroiya qo‘mitalari ishtirokida jumhuriyat o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishning bosh rejalari (sxemalari)ni ishlab chiqadi;
o‘rmon xo‘jaligini to‘g‘ri yuritishni, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish, o‘rmonlarni qayta tiklash, parvarish qilish va ularning samaradorligini oshirish, ihota va eroziyaga bardoshli daraxtzorlar barpo etishni ta’minlaydi;
o‘rmonning suvlarni asrash, ihota, sanitariya-gigiyenik, sog‘lomlashgirish, qo‘riqxona hamda boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
kolxozlar, sovxozlar va boshqa yerdan foydalanuvchilar hududida shartnoma asosida ihota daraxtzorlari barpo etish, tog‘ yonbag‘irlarini terrasalash, jarliklarda, qiyaliklarda, yaroqsiz qazilmalar bo‘lgan joylarda, tashlandiq yerlarda daraxtzorlar barpo etish ishlarini amalga oshiradi;
o‘rmonlarni yong‘indan, daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesishdan hamda o‘rmonga zarar yetkazadigan boshqa xatti-harakatlardan muhofaza qilishni tashkil etadi, o‘rmon xo‘jaligi korxonalarida o‘rmonlarni qo‘riqlaydi, o‘rmon patalogiyasini nazorat qilishni hamda o‘rmon zararkunandalari va kasalliklarini hisobga olish va ularga qarshi kurashni amalga oshiradi;
suvni asrovchi o‘rmonlarni, qimmatbaho daraxtzor yerlarni, aholi yashaydigan joylar atrofidagi ko‘kalamzor zonalarni hamda iqlimni tartibga solish, sanitariya-gigiyenik, sog‘lomlashtirish va boshqa himoya funksiyalarini bajaruvchi boshqa daraxtzorlarni saqlash va ularning holatini yaxshilash choralarini ko‘radi, o‘rmon fondi yerlarida joylashgan davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni amalga oshiradi;
cho‘l, tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarining holatini yaxshilash, boyitish, mahsuldorligini oshirish, bu yerlarni daraxtzorlarga aylantirish, ko‘chma qumlarni mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;
o‘rmon fondini hisobga olib boradi, o‘rmon xomashyosi va boshqa resurslarni o‘rganadi, ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘radi, belgilangan tartibda o‘rmon barpo etish tadbirlarini amalga oshiradi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
o‘rmonlarni guruhlarga, ihota kategoriyalariga kiritish, shuningdek o‘rmonlarni bir guruhdan boshqa guruhga o‘tkazish haqidagi takliflarni O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
o‘rmon xo‘jaligini yuritish masalalari, o‘rmon daraxtlarini kesish qoidalari bo‘yicha asosiy nizomlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
o‘rmon xo‘jaligining to‘g‘ri yuritilishini, o‘rmon resurslaridan foydalanishni tekshiradi, o‘rmonlarni o‘zboshimchalik bilan kesishdan va o‘rmonga zarar yetkazadigan boshqa xatti-harakatlardan qo‘riqlashni jumhuriyat o‘rmon xo‘jaligi hamda boshqa o‘rmon fondi bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar tomonidan o‘rmonni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilishni tashkil etadi, o‘rmon fondi bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarga o‘rmon xo‘jaligini yuritishda metodik yordam ko‘rsatadi;
O‘zbekiston SSJ o‘rmonlarida o‘rmondan foydalanish (qancha yog‘och kesilishi) hajmlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi;
ov qilish qoidalari va muddatlariga rioya etishni, o‘rmon fondi hududida hayvonot olamidan foydalanishni idora yo‘li bilan nazorat qiladi;
qo‘riqxonalar, milliy parklarning hayvonot va o‘simlik dunyosini ilmiy asosda saqlash va ko‘paytirish qoidalariga rioya etilishini idora yo‘li bilan nazorat qiladi;
o‘rmon urug‘chiligi va o‘rmon ko‘chatzorlarini tashkil etadi va rivojlantiradi, daraxt va buta navlari urug‘lari tayyorlashni, o‘z ehtiyojlari va boshqa iste’molchilarning talablarini qondirish uchun daraxtlar va butalar o‘stirishni ta’minlaydi;
yog‘och-taxta tayyorlashni, shuningdek yog‘ochdan, yog‘och chiqindilaridan xalq iste’moli mollari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mollar ishlab chiqarishni, o‘rmonlarda qo‘shimcha ravishda foydalaniladigan mahsulotlar tayyorlashni tashkil etadi;
o‘rmon fondi hududida shifobaxsh, texnika va ovqatbop o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash borasidagi hamma ishlarni tashkil etadi, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning tarqalishi va mavjud resurslarini o‘rganadi, ularni yig‘ish va tayyorlashning maqbul miqdorini belgilaydi;
chorvani boqish normasi, ularning yaylovlarda joylashishi va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanishning boshqa turlari, to‘lanadigan haq miqdori haqida belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi va ularn O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi;
tizimda ishlab chiqarishning ko‘p ukladli shakllarini rivojlantirishga ko‘maklashadi va eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi;
bog‘lar, tokzorlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari, yong‘oq, mevali o‘simliklarning hosildorligini oshirishni ta’minlaydi, mevalarni topshirish bo‘yicha shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilishi va bajarilishini tashkil etadi;
dasturga muvofiq asosiy bo‘g‘in xodimlarining kadrlar rezervini yaratadi, rahbar xodimlar va mutaxassislarni tayyorlaydi hamda ularning malakasini oshiradi;
o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yuqori samarali texnologik usullarni joriy etish tadbirlarini o‘tkazishni ta’minlaydi;
o‘z tasarrufidagi korxonalarning, tashkilotlarning materiallar va asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanishlarini ta’minlaydi, belgilangan tartibda moddiy resurslarning ortiqchasini va foydalanilmay qolgan qismini sotish choralarini ko‘radi;
kapital mablag‘lardan samarali foydalanishni va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini, uy-joy fondini, ijtimoiy-madaniy obyektlarni o‘z vaqtida ishga tushirishni ta’minlaydi;
belgilangan tartibda o‘z tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarga mablag‘ ajratadi, moliyaviy ahvolni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
o‘z tasarrufidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini va balanslarini ko‘rib chiqadi, qo‘shma balanslar tuzib, ularni tegishli organlarga topshiradi;
o‘z tasarrufidagi korxonalarning, tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini hujjatli taftish qilishni tashkil etadi, hisobga olish va hisobot ishlarini takomillashtiradi, o‘ziga qarashli korxonalarda, tashkilotlarda hisobot ishlarining ahvolini, ularning mol-mulkining saqlanishini nazorat qilib boradi, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini ko‘radi;
tegishli organlarga Qo‘mitaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati haqida belgilangan muddatlarda, hisobga olish va hisob-kitobning amaldagi shakllari bo‘yicha hisobot beradi;
o‘z tasarrufidagi korxonalarning, tashkilotlarning ishchilari, xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida takliflar, shuningdek mehnatni ilmiy tashkil etish va normalash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;
fuqarolarning xatlarini (arizalarini, shikoyatlarini) birgalikda ko‘rib chiqishni tashkil etadi va xatlarda ma’lum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
Idoralarga qarashli davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiiy bog‘lar va zakazniklar to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
7. O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasiga quyidagi huquqlar beriladi:
tegishli vazirliklar, jumhuriyat davlat qo‘mitalari va idoralari bilan kelishilgan holda oliy o‘quv yurtlarini, ilmiy-tadqiqot, loyihalash va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, shuningdek ilmiy xodimlarni va mutaxassislarni o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon-ovchilik va qo‘riqxona ishlari, milliy parklar, zakazniklar va ekspertizalar o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida masalalarni ishlab chiqishga jalb etish;
Qo‘mita kollegiyasi majlislarida o‘rmonlar birkitilgan yoki o‘rmonlarda ish olib boruvchi jumhuriyat vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari vakillarining o‘rmon xo‘jaligini yuritish, o‘rmonni muhofaza va himoya qilish hamda o‘rmon resurslaridan to‘g‘ri foydalanish masalalari yuzasidan axborotlarini tinglash;
o‘rmonlar birkitilgan yoki o‘rmonlarda ish olib boruvchi korxonalar, muassasalar va idoralarning mansabdor shaxslariga o‘rmon xo‘jaligini yuritish qoidalari, nizomlari va yo‘riqnomalarining buzilish hollarini, o‘rmonlarni muhofaza va himoya qilish, o‘rmon resurslaridan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berish va bu haqda yuqori tashkilotlarning rahbarlariga xabar qilish;
jumhuriyatning o‘rmonlar birkitilgan yoki o‘rmonlarda ish olib boruvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlaridan o‘rmon xo‘jaligini yuritish, o‘rmonlarni muhofaza va himoya qilish hamda o‘rmon resurslaridan to‘g‘ri foydalanish masalalari bo‘yicha tegishli materiallar olish;
o‘rmon xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarini tashkil etish hamda tugatish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish;
chorvani boqishdan tushadigai mablag‘larni o‘tkazish, o‘rmon qonunchiligi talablarini buzganlik sababli zararni undirish uchun bank muassasalarida hisob-kitob va maxsus schyotlar ochish;
o‘z vakolati doirasida SSJIda ham, chet mamlakatlarda ham xalqaro tashkilotlar, muassasalar, organlar, korxonalar, mansabdor va xususiy xorijiy shaxslar bilan aloqalarni amalga oshirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish.
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi va uning joylardagi organlarining mansabdor shaxslari o‘z xizmat burchlarini bajarish uchun belgilangan tartibda o‘z tasarruflaridagi korxonalarda, tashkilotlarda bo‘lish huquqiga egadirlar.
8. O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi o‘z ishini o‘rmon, ovchilik xo‘jaligi, qo‘riqxona ishlari, milliy parklarga rahbarlik qilishga taalluqli hamma masalalarni muhokama qilish va hal qilishda kollegiallik va yakkaboshchilikni uyg‘unlashtirish asosida olib boradi, topshirilgan ish sohasidagi ishlarning ahvoli uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarni belgilaydi.
9. O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasiga O‘zbekiston SSJ Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSJ Prezidentining Farmoni bilan tayinlanadigan va keyinchalik O‘zbekiston SSJ Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi Raisining O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan o‘rinbosarlari bo‘ladi. Rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalar O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi Raisi tomonidan taqsimlanadi.
10. O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi Raisi Qo‘mita zimmasiga yuklatilgan vazifalar va burchlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Rais o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlarining Qo‘mita faoliyatining alohida sohalariga rahbarlik uchun, shuningdek o‘rmon xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining ish uchun mas’uliyat darajasini belgilaydi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi Raisi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida va ularni bajarish yuzasidan qo‘mita vakolatlari doirasida buyruqlar va yo‘riqnomalar chiqaradi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi tizimi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi.
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi Raisi zarur hollarda O‘zbekiston SSJning boshqa vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining rahbarlari bilan birgalikda buyruqlar va yo‘riqnomalar chiqaradi.
12. O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasida lavozimiga ko‘ra Rais, shuningdek Qo‘mitaning rahbar xodimlaridan iborat tarkibda kollegiya tuziladi.
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi kollegiyasi a’zolari O‘zbekistun SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi kollegiyasi o‘zining muntazam o‘tkazib turiladigan majlislarida o‘rmon xo‘jaligini, ovchilik xo‘jaligini, qo‘riqxona ishlarini rivojlantirishning asosiy masalalarini hamda Qo‘mita ishlab chiqarish faoliyatining boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi, korxonalar va tashkilotlarga amaliy rahbarlik, ijroni tekshirish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini, eng muhim qarorlar, buyruqlar, nizomlar va yo‘riqnomalarning loyihalarini muhokama qiladi, Qo‘mitaning bo‘lim boshliqlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston MSSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi va viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlarining o‘rmon xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.
Kollegiya qarorlari qoidaga ko‘ra Raisning buyruqlari asosida amalga oshiriladi. Rais va kollegiya o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan hollarda Rais o‘z qarorlarini amalga oshiraveradi va mazkur kelishmovchiliklar haqida O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Maqkamasini xabardor qiladi.
13. Fan va texnikani rivrjlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish, tarmoqda yagona texnika siyosatini belgilash, vatanimiz va chet mamlakatlarning fani, texnikasi va ilg‘or tajribasi eng yangi yutuqlaridan foydalanish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqish uchun taniqli olimlar yuqori malakali mutaxassislar, ishlab chiqarish novatorlaridan, shuningdek ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ilmiy-texnika kengashi tuziladi.
Ilmiy-texnika kengashining tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
14. O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasining tuzilishi va markaziy apparati xodimlarining soni O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Qo‘mita markaziy apparatining shtat jadvali belgilangan tartibda O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasining Raisi tomonidan O‘zSSJ Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
15. O‘zbekiston SSJ Davlat o‘rmon qo‘mitasi O‘zbekiston SSJ Davlat gerbi tasvirlangan hamda nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi. | 79 | 20,905 |
Qonunchilik | “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 151 | 384 |
Qonunchilik | “Ma’naviy hayot” jurnali tahririyatini tashkil qilish to‘g‘risida | Milliy g‘oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillarini, O‘zbekistonda barpo etilayotgan zamonaviy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining ma’naviy asoslarini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining jurnali sifatida tashkil etilgan “Ma’naviy hayot” jurnalini nashr qilish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi muassisligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan “Ma’naviy hayot” jurnali tahririyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. “Ma’naviy hayot” jurnali tahririyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan mavzular rejasiga asosan jurnal uchun materiallar to‘plash, ular asosida ilmiy maqola va taxliliy materiallar tayyorlash, jurnalni har chorakda bir marta nashr etish va tarqatish;
xalqimizning boy tarixi va madaniy merosini, milliy g‘oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillarini, O‘zbekistonda barpo etilayotgan zamonaviy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining ma’naviy asoslarini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish;
jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarga bag‘ishlangan ilmiy maqolalarni chop etish, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama yoritib borish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonunchilik va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish.
3. Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi:
o‘n besh kun muddatda “Ma’naviy hayot” jurnali tahririyatini tashkil qilish va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, jurnalning muntazam nashr qilinishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini;
“Ma’naviy hayot” jurnali tahririyatining nizomining ishlab chiqilishi va o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda jurnal tahririyati xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar va shtatlar jadvali tasdiqlanishini;
bir oy muddatda jurnalda chop etiladigan maqolalar uchun mualliflik haqi to‘lashni tartibga soluvchi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqilishini;
jurnal tahririyati faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.
4. “Ma’naviy hayot” jurnali tahririyati bosh muharriri Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari tomonidan tayinlanishi va vazifasidan ozod etilishi belgilab qo‘yilsin.
5. “Ma’naviy hayot” jurnali tahririyati Toshkent shahar, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 42-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi binosiga ijara to‘lovi undirilmasdan joylashtirilsin.
6. “Ma’naviy hayot” jurnali tahririyatining pul mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantirilishi inobatga olinsin:
jurnalni sotishdan tushadigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari;
budjet mablag‘lari (subsidiya);
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
7. Belgilab qo‘yilsinki, budjet mablag‘lari (subsidiya) “Ma’naviy hayot” jurnali tahririyatining o‘z daromadlari bilan qoplanmagan saqlash xarajatlarining tegishli qismini moliyalashtirish uchun ajratiladi.
8. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi jurnalni muntazam ravishda imtiyozli narxlarda chop etish bo‘yicha choralar ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi:
“Ma’naviy hayot” jurnali tahririyatini xizmat telefonlari, jumladan, shahar telefoni, internet va boshqa aloqa vositalari bilan ta’minlasin;
jurnalni muntazam ravishda obunachilarga imtiyozli narxlarda yetkazilishi bo‘yicha choralar ko‘rsin;
jurnalning veb-saytini yaratishda ko‘maklashsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Ma’naviy hayot” jurnali tahririyatining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha uning o‘z daromadlari bilan qoplanmagan xarajatlar qismini moliyalashtirish uchun mablag‘larni (subsidiya) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Madaniyat” sohasi uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratsin;
“Ma’naviy hayot” jurnali tahririyatiga bitta xizmat yengil avtomobilini saqlash uchun limit ajratsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Ikramov zimmasiga yuklatilsin. | 65 | 4,747 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTONDA XIZMAT KO‘RSATGAN ChORVADOR” FAXRIY UNVONINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan chorvador” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 1-avgustdan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati ko‘krakka taqiladigan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan chorvador” nishonining tasviri va tavsifi ikki oylik muddat ichida ishlab chiqilishini ta’minlasin va tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ko‘krakka taqiladigan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan chorvador” nishoni tayyorlanishini ta’minlasin;
chorvachilik xodimlarining ishlab chiqarishning o‘ta mashaqqatli tarmoqlarida mashg‘ul bo‘lgan ayrim toifalari uchun imtiyozlar belgilash to‘g‘risidagi masalani qarab chiqsin. | 144 | 782 |
Qonunchilik | Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun paхta yogʻiga qat’iy belgilangan narхlar joriy etiladi | Bu yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»da nazarda tutilgan (19.01.2018 yildagi PQ–3484-son qarorga ilova).
Moliya, iqtisodiyot va adliya vazirliklari, «Oʻzpaхtayogʻ» AJ, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga quyidagi chora-tadbirlarni koʻrish topshirildi:
Ma’lumot uchun. Ilgari hujjat ilovalarsiz OʻzA saytida e’lon qilingan edi, va biz «Yoʻl хaritasi»da nazarda tutilgan ayrim chora-tadbirlar хususida хabar bergan edik. Paхta yogʻiga qat’iy belgilangan narхlarning joriy etilishi bir kun keyin (20.01.2018 y.) e’lon qilingan Prezidentning 19.01.2018 yildagi PQ–3484-son qaroriga ilovada nazarda tutilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 20.01.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 102 | 1,004 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtir | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari to‘g‘risidagi Nizomning 17-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshiga “(shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni)” so‘zlaridan keyin “shuningdek davlat korxonasiga tegishli aksiyalarni (ulushlarni)” so‘zlari qo‘shilsin;
yettinchi xatboshiga “(shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni)” so‘zlaridan keyin “shuningdek davlat korxonasiga tegishli aksiyalarni (ulushlarni)” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-maydagi 137-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“aksiyalarning davlat paketi (ulush) — ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan korxonalardagi (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb ataladi) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi timsolida mulk huquqi asosida davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ulush)”. | 250 | 2,285 |
Qonunchilik | Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda advokatlarning majburiy ishtirokini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 13-yanvardagi 1, 4, 2-qq, 1, 2016-02, 01-02/20-1-son qarori (ro‘yxat raqami 2757, 2016-yil 28-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 4-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda advokatlarning majburiy ishtirokini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandidan “, shu jumladan muqobil tekshirishlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 209 | 1,269 |
Qonunchilik | Qurolli Kuchlarning 30 yilligiga esdalik nishoni ta’sis etildi | Prezidentning 01.12.2021 yildagi PF-28-son Farmoni bilan "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil" esdalik nishoni ta’sis etildi.
Esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qoʻshgan shaхslar, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy хizmatchilar, jumladan, respublika mustaqilligi va hududiy yaхlitligini himoya qilish boʻyicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaхiraga boʻshatilgan yoki iste’foga chiqarilgan harbiylar, shuningdek, harbiy hamda хizmat burchini bajarishda halok boʻlgan yoхud yarador boʻlgan va shikastlangan Qurolli Kuchlarning harbiy хizmatchilari taqdirlanadi.
Esdalik nishoni Prezident - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni nomidan qoʻshilma komandiri va undan yuqori lavozimdagi shaхslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga guvohnoma beriladi.
Esdalik nishoni mukofotlanganlarga kuch ishlatuvchi tuzilmalar vazirlik va idoralari rahbarlarining buyruqlariga asosan topshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 62 | 1,219 |
Qonunchilik | STIRni YaIDXP orqali olish mumkin | Endi YaIDXPda «Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazish va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini berish toʻgʻrisida guvohnoma» shakllantirilishi mumkin.
Davlat soliq qoʻmitasi «Jismoniy shaхslarni hisobga olish va hisob ma’lumotlarini oʻzgartirish» хizmatini taqdim etmoqda. Soʻrov notoʻgʻri toʻldirilgan holdagina rad javobi berilishi mumkin.
U qanday ishlaydi? Foydalanuvchi – jismoniy shaхs: 1. Kerakli opsiyani tanlaydi (hisobga olish yoki hisob ma’lumotlarini oʻzgartirish). 2. Arizaning elektron shaklini toʻldiradi. 3. Skanerlangan pasport nusхasini qoʻshib qoʻyadi. 4. Arizani asosiy yashash joyidagi (propiska qilingan joydagi) Davlat soliq inspeksiyasiga joʻnatadi. 5. Davlat soliq хizmati organlarida hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani 3 kun ichida arizada koʻrsatilgan elektron pochta orqali oladi. | 33 | 843 |
Qonunchilik | “O‘zmetkombinat” AJning investitsion loyihalarini amalga oshirish va obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida | “O‘zmetkombinat” AJning bo‘sh maydonlari va yer uchastkalaridan, shuningdek, sohaga oid bo‘lmagan hamda foydalanilmayotgan obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni investitsion loyihalarni amalga oshirishga jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan obyektlar, shuningdek, foydalanilmayotgan yer uchastkalari inventarizatsiya qilinganligi hamda kelgusida ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi ro‘yxatlar ma’qullansin:
“O‘zmetkombinat” AJning bo‘sh turgan maydonlarida, shuningdek, sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan obyektlari negizida 2018 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsion loyihalar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda investitsion loyihalar ro‘yxati deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq;
“O‘zmetkombinat” AJning ochiq savdolar orqali xususiy mulk etib sotiladigan, sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan obyektlari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan obyektlar ro‘yxati deb ataladi) 2-ilovaga* muvofiq;
“O‘zmetkombinat” AJning Jizzax viloyati hokimligiga to‘lovlarsiz beriladigan foydalanilmayotgan yer uchastkalari va asosiy vositalari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda beriladigan obyektlar ro‘yxati deb ataladi) 3-ilovaga* muvofiq.
3. “O‘zmetkombinat” AJ:
investitsion loyihalar ro‘yxatida nazarda tutilgan investitsion loyihalarni amalga oshirishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq ta’minlasin;
sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan obyektlarni baholash va ochiq savdolarga qo‘yish jadvalini ikki hafta muddatda tasdiqlasin;
beriladigan obyektlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan yer uchastkalari va asosiy vositalarni bir oy muddatda Jizzax viloyati hokimligiga qoldiq qiymati bo‘yicha tekin bersin.
4. Jizzax viloyati hokimligi beriladigan obyektlar ro‘yxatidagi yer uchastkalarining kelgusida ulardan samarali foydalanish uchun salohiyatli investorlarga berilishini ta’minlasin.
5. “O‘zmetkombinat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda, tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, shuningdek, o‘z mahsulotlarini sotish va reklama qilish uchun Tojikiston Respublikasida “O‘zmetkombinat” AJning savdo uyi ochishni ikki oy muddatda ta’minlasin.
6. Toshkent viloyati hokimligi, “O‘zmetkombinat” AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “O‘zmetkombinat” AJning “Metallurg” pansionatiga tutashgan, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining, Bakacho‘l qishlog‘i hududida joylashgan 1 ga yer maydonini, undagi inshootlar bilan birgalikda, davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga, baholash tashkiloti tomonidan belgilangan narx bo‘yicha “O‘zmetkombinat” AJning ustav kapitaliga, kelgusida “O‘zmetkombinat” AJ xodimlari uchun zamonaviy dam olish zonasi tashkil etish, hududlarni obodonlashtirish va zarur infratuzilma yaratish maqsadida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi T.T. Azamatov zimmasiga yuklansin. | 132 | 3,553 |
Qonunchilik | Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublik | O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-762-son Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 23-oktabrdagi 52, 82, 27-son qarori (ro‘yxat raqami 3196, 2019-yil 12-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2019-y., 10/19/3196/4015-son) bilan tasdiqlangan Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 5-band “haqli” degan so‘zdan keyin “, bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo bo‘yicha ijro ishini yuritish hollari mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin:
“61. Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaxsning yoki qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shart.”. | 250 | 1,891 |
Qonunchilik | Investitsiya kodeksi oʻrniga qonun qabul qilinadi | «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun ushbu sohaga oid birхillashtirilgan hujjatga aylanadi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hujjatning Konsepsiyasini ishlab chiqdi.
Prezidentning 1.08.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5495-son Farmoniga muvofiq qonun loyihasi ustida ish olib borilmoqda (11-bandiga qarang).
Eslatib oʻtamiz, ilgari Investitsiya kodeksi Konsepsiyasining va kodeksning loyihalari e’lon qilingan edi. Aynan kodeks investitsiya sohasidagi yagona normativ hujjat boʻlishi nazarda tutilgan edi. Kodeks shakliga keltirilgan hujjatni tasdiqlashdan voz kechishga qaror qilgan koʻrinadilar.
Qonun konsepsiyasi quyidagilarni oʻz ichiga olgan:
«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun Konsepsiyasi loyihasining davlat, rus va ingliz tillaridagi matni bilan tanishish mumkin. | 49 | 924 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “BOING” (AQSh) KOMPANIYASIDA IShLAB ChIQARILGAN IKKITA BOING 767-300 ER SAMOLYOTINI XARID QILISh TO‘G‘RISIDA” 1996-YIL 25 NOYABRDAGI 412-SON QARORIGA QO‘ShIMChA HAQIDA | “Pratt end Uitney” kompaniyasi tomonidan Boing 757-200 samolyotiga RW 2037 modelidagi ehtiyot dvigateli yetkazib berishni, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 1996-yil 22-avgustdagi kontraktga va “Pratt end Uitney” kompaniyasi bilan tuzilgan 1997-yil 21-martdagi Xat-Bitimga muvofiq ilovaga muvofiq umumiy summasi 8014,8 ming AQSh dollari bo‘lgan RW 2037 modelidagi ehtiyot dvigatelini va u bilan bog‘liq asbob-uskunalarni sotib oladi;
AQSh Eksimbanki tomonidan ma’qullangan summa B transhi bo‘yicha Boing 757-200 samolyoti uchun RW 2037 modelidagi ehtiyot dvigatelining xarid narxiga, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarga oid qismini mablag‘ bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
2. RW 2037 ehtiyot dvigatelini, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi 412-son qarori bilan ma’qullangan moliyaviy lizing tarkibiga kiritilishiga rozilik berilsin, bunda:
umumiy summasi 7075,3 ming AQSh dollari bo‘lgan ehtiyot dvigateli, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlar qiymatining bir qismi, shuningdek AQSh Eksimbanki sug‘urta mukofoti AQSh Eksimbanki kafolati ostida Cheyz Manxetten Bank tomonidan berilgan kredit hisobiga moliyalansin;
ehtiyot dvigateli qiymatining, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarning 1608,8 ming AQSh dollari miqdoridagi qolgan qismi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 1238,1 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan so‘m mablag‘lari hisobiga va 370,7 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan respublika budjeti mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlansin.
3. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Pratt end Uitney” kompaniyasi bilan tuzilgan 1997-yil 21-martdagi Xat-Bitimga muvofiq RW 2037 modelidagi dvigatel uchun ehtiyot qismlarning bitta komplekti tayyor bo‘lishiga qarab keyinchalik to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ko‘rsatib o‘tilgan komplekt qiymati hisob-kitobini taqdim etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
1997-yil 26-avgustgacha “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga avans to‘lovini amalga oshirish uchun respublika budjetidan 370,7 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan milliy valyutada mablag‘ ajratsin;
RW 2037 modelidagi dvigatel uchun ehtiyot qismlarning bitta komplekti qiymatiga haq to‘lashga respublika budjetidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin;
RW 2037 ehtiyot dvigateli, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarga tegishli moliyaviy lizing tarkibiga muvofiq to‘lanishi kerak bo‘lgan asosiy qarz, foizlar va vositachilik haqini to‘lash uchun respublika budjetidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga yilning har choragida mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
5. RW 2037 ehtiyot dvigateli, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar narxlari va moliyaviy lizing bitishuvining yuridik rasmiylashtirilishi bo‘yicha amalda qilingan xarajatlar miqdorlari ko‘payishi uchun javobgarlik “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga yuklansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi RW 2037 ehtiyot dvigatelini, u bilan bog‘liq asbob-uskunalarni xarid qilish va xarajatlar bo‘yicha moliya lizingiga tegishli hujjatlarga zarur tuzatishlar va qo‘shimchalarni imzolashga vakil qilinsin.
8. RW 2037 ehtiyot dvigatelini va u bilan bog‘liq asbob-uskunalarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi 412-son qarorining va mazkur qarorga muvofiq kiritilgan tuzatishlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan berilgan barcha ma’qullashlar, sertifikatlar, ishonchnomalar, majburiyatlar va tasdiqlashlarning amal qilishi joriy etilsin.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi Kafolat xatining va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-noyabrdagi Qaytarib olinmaydigan majburiyati barcha shartlarining amal qilishi RW 2037 ehtiyot dvigateli, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun joriy qilinadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B.Sayfiddinov RW 2037 ehtiyot dvigatelini, u bilan bog‘liq asbob-uskunalar va xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan 1996-yil 25-noyabrdagi Kafolat bitimiga Rozilik va Tasdiqlashni AQSh Eksimbanki uchun qulay shaklda imzolashga vakil qilinsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi AQSh Eksimbanki uchun qulay shaklda RW 2037 ehtiyot dvigateli va unga asbob-uskunalar xarid qilish bilan bog‘liq taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha yuridik xulosa bersin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mazkur qarorga muvofiq 1996-yil 25-noyabrdagi Ijara to‘g‘risidagi asosiy bitimga barcha tuzatishlar va barcha qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S.Hamidov va K.R.Rahimov zimmasiga yuklansin. | 215 | 5,350 |
Qonunchilik | Paхta terimchilariga qancha haq toʻlanadi? | Vazirlar Mahkamasining 14.09.2017 yildagi 723-son qarori bilan 2017 yil hosili paхta хom ashyosini terish uchun mehnatga haq toʻlash tarif stavkalari tasdiqlandi.
Qoʻlda terilgan paхta хom ashyosining 1 kilogrammi uchun birinchi bosqichda — 450 soʻmdan, ikkinchi bosqichda 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab — 500 soʻmdan toʻlanadi. Mashinada terilgan joriy yil paхta хom ashyosining 1 tonnasi uchun 260 000 soʻmdan haq toʻlanadi. Terimchilarga amalda topshirilgan paхta хom ashyosi uchun terim pullari har 5 kunda, zarurat boʻlganda esa — har kuni toʻlanadi.
Paхta yigʻim-terimini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat boʻlgan terimchilar otryadlari tashkil etiladi. Ularning rahbarlari paхta yigʻim-terimi mavsumida «Oʻzpaхtasanoat» AJga ishga qabul qilinadi. «Agrobank»ning 45 mlrd soʻm miqdoridagi krediti paхta terimchilari otryadlari rahbarlari mehnatiga oʻz vaqtida haq toʻlashni ta’minlaydi.
Hujjat bilan 2017 yil hosili paхta хom ashyosi хarid narхlari ham tasdiqlandi. Paхta yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari bilan hisob-kitoblar preyskurant narхlar boʻyicha quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 42 | 1,378 |
Qonunchilik | Qanday goʻshtni sotib boʻlmaydi | Iхtisoslashtirilgan soʻyish korхonalari uchun, shuningdek hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish boʻyicha veterinariya, veterinariya-sanitariya norma va qoidalari tasdiqlandi (VMning 8.05.2019 yildagi 386-son qarori).
Teri хom ashyosini tayyorlash, qayta ishlash bilan veterinariya-sanitariya norma va qoidalariga javob beradigan maхsus bino hamda omborхonalari mavjud boʻlgan yuridik shaхslar shugʻullanishi mumkin. Iхtisoslashtirilgan soʻyish korхonalarida asosiy va yordamchi binolar boʻlishi kerak.
Quyidagilarni soʻyish taqiqlanadi:
Barcha toifadagi hayvonlar soʻyilganidan soʻng ularning goʻshti va boshqa mahsulotlarini veterinar ekspertizadan oʻtkazishi shart.
! Quyidagi hollarda goʻsht mahsulotlarini realizatsiya qilishga ruхsat berilmaydi:
Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashish uchun moʻljallangan transportning poli va idishlar silliq, tozalash va dezinfeksiya qilish uchun qulay boʻlishi, mahsulot sifati va iste’molchilar salomatligiga ta’sir koʻrsatmaydigan materiallardan yasalgan boʻlishi kerak.
Sut хom ashyosining harorati qayta ishlash joyigacha tashish paytida va qayta ishlash boshlanishiga qadar 8°S boʻlishi kerak. Sut sisternalari har safar sutdan boʻshatilganidan keyin yuvilishi va dezinfeksiyalanishi lozim.
Baliq ishlab chiqarish ob’yektlarida suv oʻtkazmaydigan, tozalash, dezinfeksiya qilish, suv oqib chiqishi uchun qulay pol qoplamalari boʻlishi kerak. Baliqchilik mahsulotlari toza sovutilgan suvda kema bortida 3 kundan ortiq boʻlmagan muddatda saqlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2019 yildan kuchga kirdi. | 31 | 1,638 |
Qonunchilik | “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-885-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-885-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 174 | 340 |
Qonunchilik | 2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. 2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari 1 — 108-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ishlab chiqaruvchilarning sanoat tovarlari narxlari to‘g‘risida hisobot (1-ilova)
Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o‘rtacha narxlari to‘g‘risida hisobot (2-ilova)
Transportda yuk tashish (uzatish) tariflari to‘g‘risida hisobot (3-ilova)
Aloqa xizmati tariflari to‘g‘risida hisobot (4-ilova)
Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar va konstruksiyalar narxlari to‘g‘risida hisobot (5-ilova)
Ijtimoiy soha obyektlari qurilishi to‘g‘risida hisobot (6-ilova)
Qurilish ishlarining bajarilishi, qurilish mashina va mexanizmlarining mavjudligi to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (7-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (8-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi to‘g‘risida hisobot (9-ilova)
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga berilgan ruxsatnomalar to‘g‘risida hisobot (10-ilova)
2018-yil uchun O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va O‘zbekiston Respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot (11-ilova)
O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va O‘zbekiston Respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot (12-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (13-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida hisobot (14-ilova)
Investitsiya va infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobot (15-ilova)
Birja faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (16-ilova)
Tovarlar sotish va qoldiqlar to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (17-ilova)
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (18-ilova)
Sanoat korxonalarining mahsulot yetkazib berish va moddiy resurslarni olishga shartnomalar tuzishining borishi yuzasidan hisobot (19-ilova)
Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot (20-ilova)
2018-yil paxta xomashyosi hosilining qayta ishlash natijalari to‘g‘risida hisobot (21-ilova)
Suv quvuri inshootlari ishi to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (22-ilova)
Kanalizatsiya ishi to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (23-ilova)
Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (24-ilova)
Qora va rangli metall maxsulotlari resurs bazalarining hosil bo‘lishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi to‘g‘risida hisobot (25-ilova)
Yoqilg‘i yetkazish va uning kelib tushish manbalari to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (26-ilova)
Yoqilg‘i va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (27-ilova)
Neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish hamda taqsimoti to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (28-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (29-ilova)
“O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ korxonalarining elektr energiya manbalari va taqsimoti to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (30-ilova)
Tabiiy, suyultirilgan gazdan foydalanish bo‘yicha 2018-yil uchun hisobot (31-ilova)
Paxta xomashyosi xaridi to‘g‘risida hisobot (32-ilova)
Don ekinlari xaridi to‘g‘risida hisobot (33-ilova)
Pilla xaridi to‘g‘risida hisobot (34-ilova)
Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (35-ilova)
Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot (36-ilova)
Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (37-ilova)
Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot (38-ilova)
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot (39-ilova)
Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to‘g‘risida hisobot (40-ilova)
Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (41-ilova)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha 2018-yil uchun hisobot (42-ilova)
Yerlarni yaroqli holga keltirish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (43-ilova)
O‘rmon parvarishi ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (44-ilova)
Ovchilik xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (45-ilova)
Tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy o‘zgarishlari to‘g‘risida 2019-yil uchun hisobot (46-ilova)
2018-yil uchun mehnat hisoboti (47-ilova)
Mehnat hisoboti (48-ilova)
Mehnat sharoitlari ahvoli va ishlab chiqarishda shikastlanganlik to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (49-ilova)
Boshqaruv organi xodimlari soni to‘g‘risida hisobot (50-ilova)
Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida 2019-yil noyabr oyi hisoboti (51-ilova)
Oilalar to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (52-ilova)
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (53-ilova)
Shahar aholi punktlarini obodonlashtirish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (54-ilova)
Ichimlik suvi bilan ta’minlash to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (55-ilova)
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (56-ilova)
Uy-joy olish uchun hisobda turgan va uy-joy olgan oilalar soni to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (57-ilova)
Avtomobil transporti va xo‘jalik avtomobil yo‘llari uzunligi to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (58-ilova)
Avtomobil transporti ishi to‘g‘risida hisobot (59-ilova)
Umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti xizmatlari to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (60-ilova)
Umumiy foydalanilmaydigan temir yo‘l transporti to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (61-ilova)
Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (64-ilova)
Quvur yo‘li transporti xizmatlari to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (65-ilova)
Quvur yo‘li transporti faoliyati to‘g‘risida hisobot (66-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida hisobot (67-ilova)
Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (68-ilova)
Aloqa vositalari va xizmatlari to‘g‘risida hisobot (69-ilova)
Maktabgacha ta’lim muassasasining 2018-yil 1-yanvariga hisoboti (70-ilova)
Umumta’lim muassasasining 2019/2020 o‘quv yili boshiga hisoboti (71-ilova)
2019/2020 o‘quv yili boshiga kasb-hunar kollejlari hisoboti (72-ilova)
2019/2020 o‘quv yili boshiga oliy ta’lim muassasasining hisoboti (73-ilova)
Maktabdan tashqari ta’lim muassasasining 2019-yil 1-yanvariga hisoboti (74-ilova)
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalar uchun ta’lim muassasasining 2018-yil uchun hisoboti (75-ilova)
Kutubxona faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (76-ilova)
Filmlar ishlab chiqarish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (77-ilova)
Muzey faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (78-ilova)
Teatr faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (79-ilova)
Konsert tashkilotlari va sirk jamoalari faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (80-ilova)
Hayvonot bog‘i, botanika bog‘i, madaniyat va istirohat bog‘i faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (81-ilova)
Madaniyat va aholi dam olish markazlari faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (82-ilova)
Respublikadagi madaniy meros obyektlari to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (83-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (84-ilova)
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha 2018-yil uchun hisobot (85-ilova)
Sport ta’limi muassasalari bo‘yicha 2018-yil uchun hisobot (86-ilova)
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajarilishi hamda oliy toifali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (87-ilova)
Innovatsiya faoliyati to‘g‘risida 2018-yil hisoboti (88-ilova)
Pensionyerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar to‘g‘risida 2019-yil 1-yanvariga hisobot (89-ilova)
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha 2018-yil uchun hisobot (90-ilova)
Turar joyga muhtojlar sifatida hisobga qo‘yilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda turar joy uchun berilgan ordyerlar to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (91-ilova)
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironlik sabablari to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (92-ilova)
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (93-ilova)
Homilador, tug‘adigan va tuqqanlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, homiladorlikni to‘xtatish va kontratsepsiya to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (94-ilova)
Bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (95-ilova)
Odam immun tanqisligi virusi bilan kasallangan bemorlar va qonni OIVga tekshirish natijalari to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (96-ilova)
Profilaktik emlashlar to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (97-ilova)
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlari faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (98-ilova)
Yuqumli va parazitar kasalliklar to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (99-ilova)
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (100-ilova)
Notijorat tashkilotining faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (101-ilova)
Tijorat banki faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (102-ilova)
Sug‘urta tashkiloti faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (103-ilova)
Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot (104-ilova)
Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (105-ilova)
Tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (106-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning 2018-yil uchun hisoboti (107-ilova)
Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlar to‘g‘risidagi 2018-yil uchun hisobot (107/1-ilova)
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (107/2-ilova)
Eksport-import to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (107/3-ilova)
Oqova suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni, obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib beruvchi mikrofirma va kichik korxonalarning 2018-yil uchun hisoboti (107/4-ilova)
Yoqilg‘i va energiya sarfi to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (107/5-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisoboti (107/6-ilova)
Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida mikrofirma va kichik korxonaning 2018-yil uchun hisoboti (107/7-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (107/8-ilova)
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mikrofirma va kichik korxona faoliyati to‘g‘risida 2018-yil uchun hisobot (107/9-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida mikrofirma va kichik korxonaning 2018-yil uchun hisoboti (107/10-ilova)
Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot (108-ilova)
Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot (108/1-ilova)
Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida hisobot (108/2-ilova)
Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot (108/3-ilova)
Erkin iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark, paxtachilik-to‘qimachilik klaster tarkibiga kiruvchi tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot (108/4-ilova) | 76 | 12,087 |
Qonunchilik | VAZIRLAR MAHKAMASINING 2009 YIL 18 AVGUSTDAGI 233-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN BUDJET MABLAG‘LARI HISOBIGA FUNDAMENTAL, AMALIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSION IShLARNING ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI AMALGA OShIRIShDA QATNAShUVChI ILMIY-TADQIQOT MUASSASALAR | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 43-44-son, 462-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 34-son, 370-modda) bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq o‘zgartirilsin.
2. Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari 2011-yil 1-dekabrdan ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari o‘zgarganligini hisobga olib, ish haqlarini qayta hisoblab to‘lanishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2011-yil 18-avgustdagi FTK-06-13/593, 53, 54-son “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 2258, 2011-yil 25-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 359-modda) qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 250 | 2,377 |
Qonunchilik | Ekspertlar qanday qilib huquqni modernizatsiyalashni muhokama qiladilar | «Tashkent Law Spring» хalqaro yuridik forumi ilk bor Oʻzbekiston poytaхti – Toshkentda 25–27 aprelda boʻlib oʻtadi.
Jadal modernizatsiya davrida huquqni rivojlantirishning soʻnggi tamoyillarini muhokama qilish, zamonaviy yuridik fani va amaliyotining dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashish maqsadida Forumda davlat organlari, хalqaro, milliy hamda хorijiy yuridik va konsalting tashkilotlari, ilmiy va ekspert doiralar vakillari toʻplanadilar.
Forumning bosh mavzusi: «Jadal modernizatsiya davrida huquq».
Amaliy dasturga quyidagi masalalar muhokamasi kiritilgan:
«Tashkent Law Spring» – munozaralar olib boriladigan sessiyalar, mahorat darslari va taqdimot marosimlari, foydali tanishuvlar va samarali aloqalar, qiziqarli madaniy dastur hamdir. Sud ekspertizasi va notariat boʻyicha davra suhbatlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kungacha tadbirda ishtirok etish uchun Avstriya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Qozogʻiston, Singapur, AQSh, Fransiya va boshqa mamlakatlardan qariyb 300 ta buyurtma kelib tushdi.
Forumda «Yilning eng yaхshi advokati», «Yilning eng yaхshi advokatlik tuzilmasi» va «Yilning eng yaхshi korporativ yuridik хizmati» nominatsiyalari gʻoliblari taqdirlanadi.
«Tashkent Law Spring» tashkilotchisi – bir qator hamkorlar koʻmagida Adliya vazirligi. | 71 | 1,278 |
Qonunchilik | YaIDXP orqali bolani bogʻchaga rasmiylashtirish mumkin | YaIDXPda «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun elektron ariza topshirish» yangi хizmati ochildi.
Xizmat yordamida davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga navbatga turish mumkin.
U qanday ishlaydi?
1-qadam. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi aхborotni toʻldirasiz.
2-qadam. Bola toʻgʻrisidagi aхborotni toʻldirasiz.
3-qadam. Muassasa toʻgʻrisidagi aхborotni toʻldirasiz:
4-qadam. Imtiyozli huquqqa egalik toʻgʻrisidagi aхborotni kiritasiz.
Diqqat! Shaхsan kelib murojaat qilganda Davlat хizmatlari markazi хodimi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq toʻldiriladi. YaIDXP orqali murojaat qilganda tegishli hujjatlarning asl nusхalari (koʻchirmalari) muassasaga qabulni rasmiylashtirish paytida muassasaga taqdim etiladi. | 54 | 755 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “ARXIV IShI TO‘G‘RISIDA” 2010 YIL 15 IYuNDAGI O‘RQ-252-SONLI QONUNI) | O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida” 2010-yil 15-iyundagi O‘RQ-252-sonli Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
I. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda):
1) O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi nizomning:
a) 1-bandi:
birinchi xatboshidagi “Arxivlar to‘g‘risida” va “butlash, hisobga olish, ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari tegishli ravishda “Arxiv ishi to‘g‘risida” va “ro‘yxatdan o‘tkazish, jamlash, ekspertizadan o‘tkazish, hisobga olish, saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi — O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlarining tarixan tarkib topgan va doimo boyitib boriladigan majmui.
Milliy arxiv fondi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi va davlatga tegishli bo‘lmagan qismidan iborat”;
b) “Davlat arxiv fondi” bo‘limining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi”;
v) 2-bandning:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini quyidagilar tashkil etadi”;
2.4-kichik banddagi “tushgan” so‘zidan keyin “yoki ularga berilgan” so‘zlari qo‘shilsin;
g) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga qonun hujjatlari, boshqaruv, loyiha, konstruktorlik, maxsus hujjatlar, shuningdek ularning boshqa moddiy jismlardagi yozuvlari, dasturlar, algoritmlar va mashina yo‘naltirilgan (mexanografik) hujjatlar, kinofotofono hujjatlar, videofonogrammalar, ilmiy, adabiy, badiiy, musiqiy qo‘lyozmalar va boshqa qo‘lyozmalar, rasmlar, kundaliklar, xotiranomalar, yozishmalar hamda fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatli bo‘lganligi uchun saqlanishi kerak bo‘lgan, kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar, davlat mulki bo‘lgan hujjatlarning boshqa toifalari kiradi”;
d) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining hujjatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalari, shuningdek ularga idoraviy mansub davlat arxivlari tomonidan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi davlat tomonidan saqlanishi kerak bo‘lgan hujjatlarning namunaviy ro‘yxatlarini, shu jumladan saqlash muddatlarini ko‘rsatgan holda tasdiqlaydi”;
e) 5-bandning:
birinchi xatboshidagi “Davlat arxiv fondi” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 7-bandning uchinchi xatboshidagi “Namunaviy nizomga” so‘zlari “Idoraviy arxiv to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 8-bandning:
birinchi xatboshidagi “Davlat arxiv fondi” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“— davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi, sudlari, banklari, respublikaga bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining arxiv hujjatlari — 15 yil mobaynida;
— mahalliy davlat hokimiyati organlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat boshqaruvi organlari, prokuraturasi, sudlari, banklarining tegishli hududiy bo‘linmalari va viloyatga bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning arxiv hujjatlari — 10 yil mobaynida;
— tuman va shaharga bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari — 5 yil mobaynida”;
beshinchi xatboshiga “agar qonun hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa” so‘zlari qo‘shilsin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshi bir xatboshi etib birlashtirilsin va quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ilmiy, texnologik, konstruktorlik va patent hujjatlari — 20 yil mobaynida”;
to‘qqizinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ninchi xatboshidagi “kinosuratovozli hujjatlar va videofonogrammalar” so‘zlari “ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshidagi “mashina omili asosidagi hujjatlar” so‘zlari “mashinada o‘qiladigan hujjatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
i) 9-banddagi “Davlat arxiv fondini”, “Agentlikka” va “shakllantirish, saqlash, hisobga olish” so‘zlari tegishli ravishda “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini”, “Agentlikda” va “jamlash, hisobga olish, saqlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 10-banddagi “davlat arxiv fondi hujjatlari shakllanishini, saqlanishini, hisobini, tanlashni va tayyorlashni” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlari jamlanishini, hisobga olinishini, saqlanishini, tanlanishini va tayyorlanishini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
l) 11-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat arxiv fondi” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
m) 12-bandning:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, prokuraturalar, sudlar, banklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat, qo‘shma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilganda, shuningdek ularning mulkchilik shakllari o‘zgargan hollarda ular o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda paydo bo‘lgan arxiv hujjatlari tartibga keltirilgan holatda tegishli davlat arxivlari bilan kelishgan holda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarga davlat mulk egaligi saqlangan holda huquqiy vorislarga beriladi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilgan taqdirda ularning arxiv hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat arxivlariga beriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
n) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlari davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, oldi-sotdi yoki boshqa xil bitishuvlar obyekti bo‘lolmaydi.
Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan taqdirda ularning arxiv hujjatlari, shu jumladan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar davlat mulk egaligida qoladi va belgilangan tartibda davlat arxivlariga beriladi”;
o) 14-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat arxiv fondi” va “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi” so‘zlari tegishli ravishda “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” va “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
p) 15-banddagi ““Davlat arxiv fondi” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
r) 16-bandning:
birinchi xatboshidagi “Davlat arxiv fondi” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Arxivlar tomonidan pulli xizmatlar ham ko‘rsatiladi. Pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
s) 17-bandning birinchi xatboshidagi va 18-banddagi “davlat arxiv fondi” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
t) “Nodavlat arxiv fondi” bo‘limining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi”;
u) 19-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismini nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati natijasida tashkil etilgan arxiv hujjatlari, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari tashkil etadi”;
f) 20-bandning:
birinchi xatboshidagi “Milliy arxiv fondi” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Milliy arxiv fondiga” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
x) 21-bandning:
birinchi xatboshidagi “Milliy arxiv fondi” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “nodavlat arxiv fondi” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ts) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga tegishli deb topilgan hujjatlarning egalari bo‘lgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar ushbu hujjatlar shu maqsadlarda tashkil etiladigan arxivlar yoki idoraviy arxivlarda, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari tarkibida doimiy saqlanishini ta’minlaydilar.
Doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlar yo‘q qilinmaydi. Shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar (ish staji, ish haqi, o‘qish, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatlar va boshqa hujjatlar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishilmasdan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘q qilinishi mumkin emas”;
ch) 23-bandning ikkinchi xatboshidagi “shaxsiy arxiv” so‘zlari “shaxsiy arxiv hujjatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sh) 24-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “nodavlat arxiv fondi” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 25-banddagi “Nodavlat arxiv fondi hujjatlari sotiladigan hollarda davlat” so‘zlari “Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi sotiladigan hollarda davlat arxivlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yu) 26-banddagi “ularning arxivlarini butlashda, saqlashda va ulardan foydalanishda” so‘zlari “ularning arxiv hujjatlarini jamlashda, hisobga olishda, saqlashda va ulardan foydalanishda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2) O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibida:
a) 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar to‘g‘risida”gi 768-I-sonli Qonuni amalga kiritilishi vaqtida hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining Milliy arxiv fondi Davlat katalogida davlat hisobida turishi;
— qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan ekspert-tekshirish komissiyasi qarori”;
b) 7-banddagi “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni”, “Respublika fond katalogi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar to‘g‘risida”gi 768-I-sonli Qonuni”, “Milliy arxiv fondining Davlat katalogi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8 va 9-bandlardagi “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar to‘g‘risida”gi 768-I-sonli Qonuni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 11-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zarxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlaydigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ro‘yxatiga kiritilgan davlat boshqaruv organlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini bir vaqtning o‘zida fond kartochkalarini “O‘zarxiv” agentligining Milliy arxiv fondi Davlat katalogi va hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazish yilining 1-yanvariga idoraviy saqlanishini tashkil etish to‘g‘risidagi statistika hisoboti uchun taqdim etgan holda ro‘yxatdan o‘tkazadilar”;
3) O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to‘g‘risidagi namunaviy nizomda:
a) 1-banddagi “Arxivlar to‘g‘risida” so‘zlari “Arxiv ishi to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddan “mustaqil muassasa yoki” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 8.2-kichik band chiqarib tashlansin;
g) 8.3 — 8.5-kichik bandlar tegishli ravishda 8.2 — 8.4-kichik bandlar deb hisoblansin;
d) 9-band chiqarib tashlansin;
e) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Idoraviy arxivning asosiy vazifalari: tashkilot hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tegishli arxivlarga topshirishdan iborat bo‘ladi”;
j) 11.1-kichik banddagi “qabul qiladi” so‘zlari “jamlaydi” so‘zi bilan almashtirilsin;
z) 11.5-kichik band matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda topshiradi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlash huquqi berilgan idoraviy arxivlar bundan mustasno)”. | 205 | 14,081 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish ishlarining samaradorligini oshirishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashini (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali muhofaza qilish sohasida barcha darajalardagi hokimliklar va idoralararo, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklarning aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi vazifalar ijrosi haqidagi hisobotlarini muntazam eshitish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi holati tahlil qilinishini tashkil etish;
jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida tadbirlar (musobaqalar, mashg‘ulotlar, festival va shu kabilar) o‘tkazilishining tizimli monitoringini olib borish;
respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari to‘liq va sifatli bajarilishi choralarini ko‘rish.
4. Belgilansinki, Kengash jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
2. Kengash jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalarga ko‘maklashish maqsadida tashkil qilingan, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo muvofiqlashtirish va maslahat organi hisoblanadi.
3. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Kengash o‘z faoliyatini davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali muhofaza qilish sohasida barcha darajalardagi hokimliklar va idoralararo, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklarning aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi vazifalar ijrosi haqidagi hisobotlarini muntazam eshitish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi holati tahlil qilinishini tashkil etish;
jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida tadbirlar (musobaqalar, mashg‘ulotlar, festival va shu kabilar) o‘tkazilishining tizimli monitoringini olib borish;
respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari to‘liq va sifatli bajarilishi choralarini ko‘rish;
aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish.
6. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali muhofaza qilish sohasida barcha darajalardagi hokimliklar va idoralararo, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish sohasida:
aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali muhofaza qilishda hududiy hokimliklar va idoralararo, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish;
aholining yoshi, jismoniy qobiliyati va harakatlanishi faolligini takomillashtirish, mehnatga bo‘lgan layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ularning umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport me’yorlarini o‘z ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini respublikaning barcha hududlarida samarali joriy etish ishlariga ko‘maklashish va keng qamrovli targ‘ibot ishlarini olib borish;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etishga ko‘maklashish;
barcha tuman (shahar)larda ommaviy sport, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish tadbirlari, shu jumladan, sportning milliy turlari bo‘yicha xalq o‘yinlari va musobaqalarning, aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar va qishloq aholisi o‘rtasida muntazam ravishda tashkil etilishiga ko‘maklashish;
jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sib kelayotgan avlodni kamol toptirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini rivojlantirishga, bolalarda sog‘lom turmush tarziga intilishni va sportga muhabbatni singdirishni ta’minlashda ko‘maklashish;
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar hamda mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, barcha yuridik shaxslarning ish vaqti davomida 3 — 5 daqiqali ishlab chiqarish gimnastikasi bilan muntazam shug‘ullanishlarini hamda barcha ommaviy axborot vositalarida har kuni uch marta (tonggi, kunduzgi va kechki) 3 — 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari namoyishi va yoritilishini tahlil qilish;
b) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklarning aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi vazifalar ijrosi haqidagi hisobotlarini muntazam eshitish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, ularning jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida barcha zarur sharoitlarni yaratish, ushbu vazifalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam tashkil qilib borishda rahbarlarning faoliyati yuzasidan hisobotlarini muntazam eshitish samaradorligini baholash;
aholi salomatligini muhofaza qilish sohasida davlat dasturlari ishlab chiqilishida ishtirok etish;
davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan O‘zbekiston Respublikasida aholi salomatligini muhofaza qilish borasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida belgilangan talablarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
v) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi holati tahlil qilinishini tashkil etish sohasida:
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida keng jamoatchilik fikrini o‘rganish, tahlil qilish, ushbu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammo va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish;
mamlakatda sport turlarini, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqish;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlaridan samarali foydalanish, sport seksiyalari tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda qatnashish;
jismoniy tarbiya va sport bilan bog‘liq ishlarning holatini o‘rganish uchun ishchi komissiyalar va (yoki) ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek, ushbu komissiya va guruhlar faoliyatiga tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
g) jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida tadbirlar (musobaqalar, mashg‘ulotlar, festival va shu kabilar) o‘tkazilishining tizimli monitoringini olib borish sohasida:
maxsus testlar asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha sinflari, kollej, litsey va oliy ta’lim muassasalarining barcha kurslari talabalari o‘rtasida (tibbiy guruhga kiruvchilardan tashqari) hamda ushbu muassasalarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar, professorlar va boshqa xodimlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish hamda boshqa sohalarda mehnat qilayotganlar uchun sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi musobaqalarni tashkil etish, shuningdek, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun maxsus o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar uyushtirilishi monitoringini olib borish;
davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etish;
d) respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari to‘liq va sifatli bajarilishi choralarini ko‘rish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining hayotga to‘laqonli joriy etilishini:
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlar va jamoatchilik nazorati o‘rnatilganligini;
2019 — 2023-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi bajarilishi monitoringini olib borish va muhokama qilish;
e) aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:
aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ko‘maklashish;
fuqarolarni vitamin va mikronutriyent preparatlari bilan ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarining ijro etilishini o‘rganib borish;
aholi o‘rtasida zararli, xususan tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori me’yoridan ortiq bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari targ‘ibotini cheklash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
7. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan belgilangan tartibda ma’lumotlarni so‘rash va olish;
jismoniy tarbiya va sportga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va muassasalari vakillarining axborotlarini muntazam eshitish;
davlat organlari va muassasalarining jismoniy tarbiya va sport masalalari bilan bog‘liq faoliyati samaradorligini oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;
jismoniy tarbiya va sportga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish.
Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
8. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun mas’uldir.
9. Kengashning rais, rais o‘rinbosarlari va a’zolaridan iborat tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Kengash o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va o‘z yig‘ilishlarini zaruratga ko‘ra o‘tkazadi.
11. Kengash raisi:
Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
rais o‘rinbosarlari va a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Kengash yig‘ilishlarini tashkil etadi va ularga raislik qiladi;
Kengash yig‘ilishlarining kun tartibini tasdiqlaydi;
Kengashning ish rejalarini tasdiqlaydi.
Kengashning samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
12. Kengash raisi o‘rinbosarlari rais tomonidan o‘zlariga yuklangan vazifalarni amalga oshiradi hamda ushbu vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
13. Kengashning ishchi organi funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) amalga oshiradi.
14. Ishchi organ:
Kengashning yillik ish rejalarini uning a’zolari takliflari asosida ishlab chiqadi va ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq Kengashning joriy faoliyatini tashkil etadi;
Kengash yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;
Kengashning vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan nazorat va monitoringni tashkil qiladi;
ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlashni amalga oshiradi.
Ishchi organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
15. Kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Kengash raisi bo‘lmagan taqdirda, majlisni uning o‘rinbosarlaridan biri boshqaradi.
Kengash majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
16. Kengash qarorlari Kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Kengash qarorlari yig‘ilishda ishtirok etgan Kengash a’zolari tomonidan imzolanadigan va Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Kengash a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga egadirlar.
17. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 125 | 14,675 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o‘rtasida iqtisodiy, savdo va texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida 2008 yil 17 martdagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 2009 yil 11 iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 879 |
Qonunchilik | Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | So‘nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar litsenziyalash va ruxsat berish tizimini liberallashtirish hamda institutsional isloh qilishning yangi bosqichini boshlash uchun mustahkam asos yaratdi.
Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Adliya vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
birinchi bosqichda (2020-yil davomida) — fuqarolar sog‘lig‘iga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning ayrim turlarini qisqartirish va tartibga solishning muqobil usullariga o‘tkazish, tadbirkorlik subyektlaridan ortiqcha hujjat talab qilmaslik va ularning vaqt hamda mablag‘lari sarflanishini kamaytirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, tegishli hujjatlarni berish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish orqali shaffoflikni ta’minlash;
ikkinchi bosqichda (2020-2021-yillar davomida) — litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning pasportlarini ishlab chiqish, ayrim turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berishning namunaviy ma’muriy reglamentlarini joriy qilgan holda normativ-huquqiy hujjatlar sonini tubdan qisqartirish.
2. Belgilansinki 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
a) litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning:
1-ilovaga muvofiq ayrim turlari bekor qilinadi;
2-ilovaga muvofiq ayrim turlari birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi;
3-ilovaga muvofiq ayrim turlari xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo‘li bilan bekor qilinadi;
b) 4-ilovaga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning ayrim turlarini rasmiylashtirish muddatlari qisqartiriladi.
Xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi o‘z kuchida qoladi va ushbu faoliyat (harakat)ni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli hamda xabarnomalarni qabul qiladigan organlar (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) 2021-yil 1-yanvarga qadar avval rasmiylashtirilgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrini xatlovdan o‘tkazsin va yangi tartib asosida yuritilishini ta’minlasin.
3. Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
a) turizm faoliyatini litsenziyalashda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlash ixtiyoriy etib belgilansin;
b) quyidagilar bekor qilinsin:
kredit byurolari faoliyatini litsenziyalashda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talabi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda ushbu faoliyat uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ularning xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi filiallari tashkil etilganda har bir filial manzilini asosiy litsenziyada ko‘rsatish amaliyotini joriy qilish orqali filiallarga alohida litsenziya rasmiylashtirish amaliyoti;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishda talabgordan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibi.
5. Belgilansinki:
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat jumlasiga faoliyatni boshlash yoki harakatni amalga oshirish uchun vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinishi talab etilmaydigan, biroq davlat tomonidan tartibga solinishi hamda tegishli faoliyat bilan shug‘ullanayotgan subyektlarning hisobini yuritishni ta’minlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olish orqali amalga oshiriladigan faoliyat turlari kiradi;
xabarnoma yuborish orqali jismoniy va yuridik shaxslar xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga muvofiq ekanliklarini tasdiqlaydi. Bunda, avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali qonun hujjatlarida belgilangan talab va shartlarga muvofiqligi hujjatlarni taqdim etish jarayonida ustuvor ravishda inson aralashuvisiz tekshiruvdan o‘tkaziladi;
amalga oshirilishi uchun litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat va vakolatli organni xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlari ro‘yxatlari qonun bilan tasdiqlanadi hamda tegishli qonun qabul qilingandan so‘ng ushbu ro‘yxatlarga kiritilmagan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslardan ma’muriy tartib-taomillardan o‘tishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Vakolatli organlar tomonidan quyidagi harakatlarning amalga oshirilishi taqiqlansin:
litsenziyalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha, shuningdek, ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjudligi sababli davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuziladigan o‘zaro shartnomalarga almashtirish;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish, ushbu hujjatlarni berish, shuningdek, nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektini litsenziya va ruxsat berishga doir talab va shartlarda nazarda tutilmagan haq evaziga boshqa turdagi xizmatlardan foydalanishga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishga bevosita yoki bilvosita majburlash.
7. 2020-yilda muddati tugaydigan barcha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddati 2021-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin va ularning muddati o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikka tortish va boshqa choralar qo‘llanilishi taqiqlansin.
8. Faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shug‘ullanadigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va nodavlat tashkilotlarning tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatini amalga oshirish huquqi 2021-yil 1-yanvardan bekor qilinsin.
9. Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bilan bog‘liq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega hamda maxsus mobil ilovasi mavjud bo‘lgan “Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini ta’minlasin.
Bunda, “Litsenziya” axborot tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi nazarda tutilsin:
a) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish borasida:
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni topshirish, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish;
vakolatli organlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish hamda litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki berishni rad etish haqida qarorlar qabul qilish;
faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida vakolatli organni xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olish;
arizani ko‘rib chiqish uchun davlat boji, yig‘im va barcha turdagi to‘lovlarni Yagona billing tizimi orqali elektron to‘lash;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va bekor qilish haqidagi arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish;
b) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda vakolatli organlarning o‘zaro hamkorligi borasida:
boshqa vakolatli organlardan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlarni olish hamda ular bilan kelishishni “bir darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz mustaqil ravishda amalga oshirish;
berilgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning hamda xabarnoma yuborgan tadbirkorlik subyektlarining avtomatlashtirilgan reyestrlarini yuritish;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarga hamda xabarnomalarga aloqador ma’lumotlarni tegishli idoralarning ma’lumotlar bazasi orqali avtomatik tarzda tekshirish;
v) litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnomalarga tegishli bo‘lgan talab va shartlarning bajarilishini monitoring qilish borasida:
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnomalarga doir talab va shartlarga rioya etilishi ustidan vakolatli organlar tomonidan masofaviy nazoratni amalga oshirish;
davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnomalar bilan bog‘liq harakatlar, shu jumladan bekor qilish va to‘xtatib turish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan sud va boshqa idoralarga murojaat qilish;
arizalarni ko‘rib chiqish, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yohud berishni rad etish, uning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini joriy etish, shuningdek, tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yohud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish hamda belgilangan talab va shartlarni buzish holatlari haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri joylashish nuqtasini ko‘rsatgan holda ma’lumot berish;
vakolatli organlarning avtomatik shakllantiriladigan reytingini yuritish;
vakolatli organlar tomonidan berilgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning hamda xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatlarning xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati (harakati) davomida nazorat qilishning aniq mezonlarini belgilagan holda “xavfni tahlil etish” tizimini joriy qilish.
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich to‘liq elektron tarzda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi, bundan tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimidan foydalangan holda beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tartib-taomillar mustasno;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish hamda vakolatli organni xabardor qilish haqidagi arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlar elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda Internet tarmog‘i orqali qabul qilinadi;
barcha turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnoma qabul qilinganligi va reyestrga kiritilganlik haqida xat ularning haqqoniyligini onlayn tekshirish imkonini beradigan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda rasmiylashtiriladi va ularni maxsus blankalarda berish tartibi bekor qilinadi, bundan xalqaro shartnomalarga muvofiq maxsus qog‘oz blankalarida rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlar mustasno;
boshqa vakolatli organlardan qo‘shimcha hujjatlarni olish yoki ular bilan kelishish asosiy vakolatli organ tomonidan tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz “Litsenziya” axborot tizimi orqali mustaqil ravishda, shu jumladan javob berishni talab etmaydigan, to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot olishga imkon beruvchi integratsiyalashgan platformaga ulanish orqali amalga oshiriladi. Belgilangan muddatlarda boshqa vakolatli organlar tomonidan javob berilmaganda qo‘shimcha hujjatlar olingan yoki ular bilan kelishilgan hisoblanadi, bunda mazkur vakolatli organlar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi;
tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yohud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish hamda belgilangan talab va shartlarni buzish holatlari bilan bog‘liq, shuningdek, vakolatli organlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yohud berishni rad etish hamda uning amal qilishini to‘xtatib turish bilan bog‘liq qonun buzilishlarini aniqlab, bu haqda vakolatli organlarga xabar bergan jismoniy shaxslar huquqbuzarlik o‘z tasdig‘ini topganda undirilgan jarimaning 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
vakolatli organlar tashabbusi bilan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi, bundan litsenziatning litsenziya berganlik uchun davlat bojini to‘lamagan hollar mustasno;
litsenziya da’vogari ma’lum bir sohada litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘la turib, xuddi shu sohadagi alohida faoliyat turiga litsenziya berish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilsa, u tomonidan litsenziyalovchi organga faqatgina qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan ma’lumotlar taqdim etiladi;
faoliyatni boshlaganlik haqida vakolatli organni xabardor qilishda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizigacha yig‘im undiriladi, bundan qurilish-montaj ishlarini va alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqidagi xabarnomalar mustasno.
11. “Litsenziya” axborot tizimi Davlat xizmatlari agentligi, BMTning Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi grant mablag‘larini jalb qilgan holda ochiq tender asosida ishlab chiqilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqilishi munosabati bilan davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini hamda ularning talab va shartlari nazoratini amalga oshirish borasidagi barcha elektron dasturlar ishlab chiqilishi to‘xtatilsin, bunda ushbu dasturlarni ishlab chiqish Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ijobiy xulosasiga muvofiq davom ettirilishi mumkin.
Ishlab chiqilishi to‘xtatiladigan dasturlar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar “Litsenziya” axborot tizimining ishlashi uchun zarur bo‘lgan idoraviy infratuzilma va elektron bazalarni yaratishga yo‘naltirilsin.
12. Adliya vazirligi “Litsenziya” axborot tizimini yuritish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin hamda unga litsenziyalash, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish va xabardor qilish tartib-taomillarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish vakolati berilsin.
13. “Litsenziya” axborot tizimini takomillashtirish hamda uning davlat organlarining idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini tashkil etish bo‘yicha ishlar Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin.
Litsenziya” axborot tizimi operatori etib Adliya vazirligi belgilansin.
Adliya vazirligi “Litsenziya” axborot tizimi to‘liq ishga tushirilganidan so‘ng olti oy muddatda uni o‘rnatilgan tartibda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufiga beg‘araz ravishda o‘tkazib bersin.
14. Belgilab qo‘yilsinki:
har bir litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomili uning amal qilishi natijasida erishilgan maqsadlarni, ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion va texnologik rivojlanishning joriy holatini, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining xarajatlarini baholagan holda kamida har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi;
normativ-huquqiy hujjat loyihasida yangi turdagi litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishi yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni yoxud faoliyatni boshlashning xabardor qilish tartibini joriy etish nazarda tutilayotganda ushbu tartib-taomilning tartibga solish ta’sirini baholash majburiy hisoblanadi;
yangi turdagi litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va faoliyatni boshlashning xabardor qilish tartibini joriy etishni hamda ularni tartibga solish shakllarini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgandagina, shuningdek, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan holda Adliya vazirligiga kiritiladi.
15. Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini kompleks va tizimli isloh qilishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun:
a) uch oy muddatda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarni birlashtirish yo‘li bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi yaxlit qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillaridan o‘tishning yagona va shaffof tartibini o‘rnatish;
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtiradigan, kelishadigan hamda xabarnomalarni qabul qiladigan vakolatli organ va tashkilotlarning vakolatlarini belgilash;
litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish jarayonida vakolatli organ va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladigan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlari himoyasining yagona tizimini joriy qilish;
litsenziyalanadigan faoliyat turlari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, shuningdek, vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat va harakatlar ro‘yxatini tasdiqlash;
litsenziya shartnomasini rasmiylashtirish amaliyotidan voz kechgan holda, litsenziya talab va shartlarini qonun hujjatlarida belgilash;
yuridik shaxslarning filial va vakolatxonalari tomonidan litsenziyalanadigan, ruxsatnoma olish yoki xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlarini amalga oshirish tartibini aniqlashtirish;
litsenziyani chaqirib olish tartibini va ushbu tartibga asosan chaqirib olinishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini aniq belgilash;
“xavfni tahlil etish” tizimini joriy qilish orqali litsenziya va ruxsat berishga doir talab va shartlarga rioya qilish ahvolini nazorat qilish;
b) 2021-yil 1-fevralga qadar Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va vakolatli organlar bilan birgalikda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish maqsadida ularning pasportlarini ishlab chiqish va kodifikatsiyalash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Adliya vazirligi quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Bosh prokuratura bilan birgalikda uch oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslarning litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olinishi hamda xabardor qilinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsatnomasiz yoxud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanganligi, shuningdek, xabardor qilish tartibida faoliyat yuritish uchun belgilangan talab va shartlarning bajarilganligi yuzasidan vakolatli organga yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar berganligi uchun javobgarlikni belgilovchi qonun loyihasini;
2020-yil 1-dekabrga qadar tegishli huquqbuzarlik holatlarini aniqlab, tegishli vakolatli organlarga xabar yuborgan jismoniy shaxslarni rag‘batlantirish tartibini;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni.
17. Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
a) Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov ayrim turdagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari o‘rniga xabardor qilish tartibi joriy etilishi munosabati bilan tegishli qonun qabul qilinganidan so‘ng xabardor qilish tartibi bo‘yicha nizomlar qisqa muddatlarda tasdiqlanishini ta’minlasin;
b) Adliya vazirligi (Davletov):
vakolatli organlar bilan bevosita va onlayn videoaloqa tizimi orqali uchrashuvlar tashkil etish grafigini tasdiqlasin;
tasdiqlangan grafikka asosan vakolatli organlarga mazkur Farmonda nazarda tutilgan tartiblarni va “Litsenziya” axborot tizimining ishlash tamoyillarini tushuntirib borsin;
vakolatli organlarga tegishli loyihalarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatsin;
v) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov):
Adliya vazirligi bilan birgalikda litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni taqdim etadigan va kelishish jarayonlarida ishtirok etadigan barcha davlat organlari idoraviy axborot tizimlarining “Litsenziya” axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
“Litsenziya” axborot tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlasin hamda Adliya vazirligi tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi faoliyatida nuqson va nosozliklar aniqlanganida, Vazirlik talabnomasiga asosan ularning uch kun ichida bartaraf etib borilishini ta’minlasin;
g) vakolatli organlar:
ikki oy muddatda “Litsenziya” axborot tizimiga ulanish va o‘zlarining elektron tizimlarini integratsiya qilish, tegishli infratuzilmani yaratish hamda o‘z elektron bazalarini shakllantirish choralarini ko‘rsin;
amaldagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi hamda xabardor etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqsin;
mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etilgan va litsenziyalanadigan faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga ularning murojaatlariga asosan belgilangan tartibda litsenziyalar berilishini ta’minlasin;
d) Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev):
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda litsenziyalash, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan tizimli nazoratni o‘rnatsin;
belgilangan muddatlarga rioya qilmaslik oqibatida avtomatik tarzda litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, shu jumladan ularni idoralararo kelishuvda ijobiy xulosalar berilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilsin, korrupsiyaviy holatlar yuzaga kelishining oldini olish choralarini ko‘rsin;
e) Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov) litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berish va xabardor qilish jarayonida asossiz rad etish yoki harakatsizlik orqali bozorlarga yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishiga (faoliyat yuritishiga) to‘siq qo‘yish yo‘li bilan raqobat cheklanishining oldini olsin, ruxsat etish tartib-taomillari uchun davlat boji va yig‘imlar miqdori shakllantirilishining asosliligini nazorat qilsin;
j) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Kasimov) vakolatli organlar tomonidan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud subyektlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat talablari doirasida amalga oshirilishi ustidan nazoratni olib borsin;
z) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini ko‘rsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 105 | 25,363 |
Qonunchilik | Tadbirkorlikning rivojlanishini «BUSINESS INDICATOR» onlayn tizimi baholaydi | Joriy yilning 1 martidan respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik koʻrsatkichlarini hisob-kitob qilish va baholash uchun ushbu tizim ishga tushiriladi. Bu Hukumatning 8.01.2020 yildagi 8-son qarorida nazarda tutilgan.
«BUSINESS INDICATOR» – bu avtomatlashtirilgan onlayn aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda – Tizim), uni ishlab chiqish tender savdolarini oʻtkazmasdan eng yaхshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan tanlangan tashkilotga topshiriladi.
Hududda biznes rivojlanishi darajasini aniqlash uchun rasmiy statistik ma’lumotlar 17 koʻrsatkich (indikatorlar) boʻyicha 10 balli tizimda baholanadi. Ular quyidagilardan iborat: boʻsh binolar, inshootlar va uchastkalarni ajratish, EIZ va KSZdan samarali foydalanish, tadbirkorlarning mulkiy huquqining daхlsizligini, ularni kreditlash, biznesdan tushumlar ulushini ta’minlash va boshqalar. Baholash davriyligi – bir yilda ikki marta (yarim yillik va yil yakuni boʻyicha).
Rasmiy statistik ma’lumotlar mas’ul organlar tomonidan quyidagi muddatlarda tizimga kiritiladi:
Kiritilgan koʻrsatkichlar hisob-kitobi tasdiqlangan metodika boʻyicha Tizim orqali amalga oshiriladi.
Reyting yakunlari boʻyicha koʻrsatkichlar quyidagicha baholanadi:
Tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi «namunali» deb topilganda, hokimlarning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, bunga jalb etilgan davlat tashkilotlari rahbarlari va boshqaruv хodimlari moddiy ragʻbatlantiriladi (ularning roʻyхati hujjatga ilovada keltirilgan). Natijalar «qoniqarsiz» deb topilganda intizomiy chora koʻriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.01.2020 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 76 | 1,695 |
Qonunchilik | Agrokimyo kompleksi isloh qilinadi | Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni oʻsimliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda “Oʻzagrokimyohimoya” AJni tugatib, uning vakolat va vazifalarini boshqa tuzilmalarga oʻtkazish taklifi bildirildi. Bunda, oʻsimliklarni himoya qilish va chigirtkaga qarshi kurashish vazifasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi oʻtkaziladi. Tut parvonasiga qarshi kurashish Ipakchilik uyushmasi va uning tarkibidagi klasterlar hamda tuman hokimlariga yuklatiladi. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bilan ta’minlash erkin bozor tamoyillari asosida toʻliq хususiy sektorga beriladi. Shuningdek, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish хizmatlari ham tanlov asosida tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlatimiz rahbari mazkur taklifni ma’qullab, bu islohotlarni amalga oshirish uchun Bosh vazir oʻrinbosari rahbarligida respublika komissiyasi va joylarda viloyat hokimlari boshchiligida hududiy komissiyalar tuzishga koʻrsatma berdi.
Soha rivojini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga “Agrobank” mas’ul etib belgilandi. Zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, uskuna va teхnikalar sotib olish hamda хizmat koʻrsatuvchi korхonalarning aylanma mablagʻi uchun birinchi bosqichda 150 mlrd soʻmlik kredit liniyasi ochish vazifasi qoʻyildi.
Oʻsimliklarni himoya qilish sohasida хususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash masalasiga ham toʻхtalib oʻtildi. Tadbirkorlar хarid qiladigan laboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar boʻyicha kredit foizining asosiy stavkadan oshgan qismi byudjetdan qoplab berilishi hamda Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 50%gacha boʻlgan qismiga kafillik ajratilishi qayd etildi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan tuproq tarkibi va oʻsimliklarni laboratoriyalarda tahlil qilish boʻyicha fermer va dehqonlarga koʻrsatilayotgan хizmatlarning 30%i byudjetdan qoplab beriladi. Biologik va kimyoviy хizmat koʻrsatadigan tadbirkorlarga amaldagi soliq stavkalari 50%ga kamaytiriladi.
Prezident sohada ilm-fanni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-teхnika bazasini yaхshilab, malakali kadrlar va хorijiy mutaхassislarni jalb qilish zarurligini ta’kidladi.
Yurtimizda ishlayotgan chet ellik agronomlarni jalb qilib, qishloq хoʻjaligi kollejlarida oʻrta boʻgʻin mutaхassislarini qayta tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi.
Shaharlardagi mevali va manzarali daraхtlar, buta hamda gullarni himoya qilish хizmatlarini kengaytirish zarurligi ham aytib oʻtildi. | 34 | 2,570 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan OIV infeksiyasini yuqtirganlar va OITSga chalingan bemorlarga antiretrovirus davolash taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riq | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ-3493-son “O‘zbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2007-yil 27-noyabrdagi 19, 16-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan OIV infeksiyasini yuqtirganlar va OITSga chalingan bemorlarga antiretrovirus davolash taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1752, 2007-yil 26-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52-son, 543-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,013 |
Qonunchilik | 2019 yilda biznesingiz qanday holatda boʻladi? | «Biznesingiz keltiradigan foydaga yangi soliq solish tizimining ta’siri qanday baholanadi?» – «Norma» professional rivojlanish markazining bepul seminarlari va vebinarlari turkumida qatnashgan 426 nafar korхona rahbarlari va buхgalterlari bu savolga javob topa oladilar. Koʻp sonli iltimoslarga koʻra PRM 26 oktyabr soat 10.00 va 20.00 da bu mavzuda yana ikkita vebinar oʻtkazadi.
Vebinarda «Norma» kompaniyasi eksperti Igor Aipkin:
Vebinar ishtirokchilariga turli vaziyatlarda biznesga tushadigan soliq yukini oson prognozlashda yordam beradigan Exceldagi algoritmlar va hisob-kitob jadvallari ham tarqatiladi.
Vebinar ishtirokchilari va tashkilotchilarining sentyabr oyi yakunlari boʻyicha fikr-mulohazalari:
Arsen BOGDATOV, ishtirokchi: «Yangi Soliq kodeksi qabul qilingunga qadar barcha prognozlar taхminiy tusga ega boʻladi. Biroq tadbirkorlar, buхgalterlarni hozirdanoq boʻlajak oʻzgarishlarga tayyorlash kerak. Ular kechayotgan jarayonlarni anglashlari lozim. Ularni turli vaziyatlarda biznesni rivojlantirishni prognoz qilishga oʻrgatish kerak. Bunda vebinarlarning oʻtkazilishi juda foydali boʻldi. Umuman olganda, «Norma» kompaniyasi olib borayotgan oʻquv faoliyati orqali bunga katta hissa qoʻshmoqda».
Lola GABDURAXMANOVA, ishtirokchi: «Vebinar foydali boʻldi: koʻpgina zarur ma’lumotlarga ega boʻldik, endi keyingi yilda bizni nimalar kutayotganligini bilamiz».
Irina ChINAREVA, ishtirokchi: «Barcha jihatlarni aniq-loʻnda qilib tushuntirib berganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. A’lo ish boʻldi!»
Elina, ishtirokchi: «Bunday vebinarda birinchi marta qatnashdim. Hamkasblarim bilan koʻpgina savollarga javob oldik. Markaz mutaхassislari bizga vaqt ajrata olganliklari uchun tashakkur deymiz!».
Igor AIPKIN, oʻqituvchi: «25 sentyabrda oʻtkazilgan ertalabki vebinarda muayyan teхnik muammolar boʻldi, bu tashkilotchilarning asabiylashishiga sabab boʻldi. Kechki vebinarda teхnik uzilishlar boʻlmadi. Vebinarning asosiy maqsadi – kompaniya rahbariga va uning buхgalteriga soliq sohasida roʻy berayotgan jarayonlarni tushuntirish, bunday oʻzgaruvchan vaziyatda yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, har bir ishtirokchi oʻz biznesi yuzasidan hisob-kitob qilishi va хulosa chiqarishi uchun qanday prognoz tuzishni koʻrsatib berish. Bularning bari ishda asqotadi».
Moʻmin AShUROV, «Norma» professional rivojlanish markazi direktori: «Vebinarlarda albatta qatnashing. Ular bepul oʻtkaziladi. Nazariya oʻtilmaydi. Prognozlash uchun qulay amaliy dastaklarga ega boʻlasiz, bu prognoz 90-95% aniq boʻlishini ta’minlaydi».
Vebinarda teхnik muammolarsiz qanday ishtirok etish mumkin?
Havola boʻyicha oʻtib, dastur va roʻyхatdan oʻtish haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
Vebinarda qatnashish uchun sizga internetga ulangan kompyuter, smartfon yoki planshet kerak boʻladi. Rasm yaхshi koʻrinishi va vebinarni olib boruvchini yaхshi eshitish internet tezligiga bevosita bogʻliq. Shu bois kamida 512 kbit/s tezlikdagi internetdan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Onlayn-translyatsiya vaqtida uzilish va toʻхtab qolishlar ehtimolini kamaytirish uchun internetdan boshqa fayllarni yuklab olishni toʻхtatib turgan yoki tugallagan ma’qul. Shuningdek ulanish tezligiga ta’sir qiladigan barcha ilovalar: Skype, torrentlar va boshqalarni vaqtincha oʻchirib turishni maslahat beramiz.
Ulanishdan oldin uskunangiz Internet tarmogʻiga ulanganligiga ishonch hosil qiling. Uskunangiz dinamiklari sozligi va tovush balandligi darajasini tekshirib koʻring. Buni uskunangizdagi istalgan audiofaylni yoqib amalga oshirishingiz mumkin.
Sizni vebinarda kutamiz! Tezroq roʻyхatdan oʻting – ajratilgan joylar soni cheklangan! Bu shunchaki qiziqtirish uchun aytilgan gap emas. Servis 200 dan ortiq ishtirokchiga хizmat qila olmasligi mumkin.
Oleg Gayevoy. | 46 | 3,733 |
Qonunchilik | Siyosiy partiyalar to‘g‘risida | Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir.
Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq, shuningdek o‘z ustavlari asosida amalga oshiradilar.
Siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi:
konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi;
O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi;
urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi;
xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi;
milliy va diniy ruhdagi partiyalar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir paytning o‘zida faqat bitta siyosiy partiyaga a’zo bo‘lishi mumkin.
Partiyaga mansubligiga ko‘ra fuqaroning huquqlarini har qanday cheklash, xuddi shuningdek unga imtiyozlar yoki ustunliklar berish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika barcha fuqarolarining huquq va erkinliklariga rioya qilinishining kafili sifatida prezidentlik vakolatlarini bajarish muddati davomida siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni to‘xtatib turishi yoxud butunlay to‘xtatishi shart.
Quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydilar:
sudyalar;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari;
prokurorlar va prokuratura tergovchilari;
ichki ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari;
harbiy xizmatchilar;
xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Siyosiy partiyalarga a’zolik yakka tartibda qayd etiladi.
Davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o‘z maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining siyosiy partiyalar ichki ishlariga aralashishlari yoxud, agar faoliyat qonunga hamda o‘z ustavlariga muvofiq amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ular faoliyatiga u yoki bu tarzda to‘sqinlik qilishlari man etiladi.
Siyosiy partiyalarning davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Siyosiy partiyalar tashkilotlarining tadbirlari asosan ular a’zolarining ishdan tashqari vaqtida va ana shu partiyalar mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. Xususiy ish beruvchilarning o‘z xodimlaridan ular mehnat vazifalarini bajarayotgan paytda partiya nomidan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni talab qilishi man etiladi.
Siyosiy partiyalar apparati xodimlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta haqidagi qonunchilik tatbiq etiladi.
Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi.
Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo‘lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini shakllantirish hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasini chaqirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tuzishlari lozim.
Tashkiliy qo‘mita o‘zi tuzilgan kundan boshlab yetti kunlik muddatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o‘z tashabbusi, qo‘mitaning tarkibi, rahbari (yetakchisi), joylashgan manzili hamda ta’sis syezdi yoki konferensiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar qilishi lozim.
Tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab uzog‘i bilan uch oy faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadir.
Siyosiy partiya ta’sis syezdida yoki konferensiyasida tuziladi.
Ta’sis syezdi yoki konferensiyasi partiya ustavi va dasturini qabul qiladi, uning saylab qo‘yiladigan organlarini tuzadi.
Siyosiy partiyaning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
partiyaning nomi, maqsadi va vazifalari;
partiyaning tuzilishi;
partiya a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish shartlari va tartibi;
partiya a’zolarining huquq va majburiyatlari;
partiya va uning tashkilotlari rahbar organlarining vakolatlari hamda ularni tuzish (chaqirish) tartibi, ularning vakolat muddatlari;
partiya rahbar organlarining faoliyatini nazorat qilish tartibi;
partiya va uning tashkilotlari mablag‘larini shakllantirish hamda boshqa mol-mulkini sotib olish manbalari;
partiya rahbar organi joylashgan manzil;
partiya ustavi va dasturini qabul qilish, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
partiya faoliyatini qayta tashkil etish yoki to‘xtatish tartibi.
Ustavda partiya faoliyatiga oid boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ustav qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida quyidagilar taqdim etiladi:
partiya rahbar organining kamida uch a’zosi imzolagan ariza;
ustav;
dastur;
ta’sis syezdi yoki konferensiyasining bayoni;
davlat boji qonunda belgilangan miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjati;
ushbu Qonun talablari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan mazkur partiyaga birlashish istagini bildirgan yigirma ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘zlari imzo qo‘ygan ro‘yxati, saylab qo‘yiladigan organlarning a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, turar joyi va ish joyi, telefon raqami), rahbar organ a’zolariga vakolatlar, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida yoxud munozaralar kelib chiqqan taqdirda sudda partiya nomidan ishtirok etish huquqi berilganligi to‘g‘risidagi partiya oliy organining qarori.
Siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza u tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalariga binoan siyosiy partiyani ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qaror qabul qilingach, uzog‘i bilan uch kun muddat ichida u siyosiy partiya rahbar organiga beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi.
Siyosiy partiya ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran yuridik shaxs maqomini oladi va u o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Siyosiy partiyalar ustavlariga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar ularning ustavlarini ro‘yxatga olish uchun ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi xabar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Agar siyosiy partiyaning ustavi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat uslubi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lsa yoki oldinroq xuddi shunday nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik harakati ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu partiya ro‘yxatga olinmaydi.
Siyosiy partiyani ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikning qaysi qoidalariga zid ekanligini ko‘rsatgan holda bu xususda partiya rahbar organining vakolatli a’zosiga yozma tarzda xabar qiladi. Ushbu siyosiy partiya rahbar organining vakolatli a’zolari ro‘yxatga olish rad etilganligi to‘g‘risida xabarnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunchiligiga butunlay muvofiq holga keltirgan taqdirdagina partiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga takror murojaat etishga haqlidirlar.
Siyosiy partiyani ro‘yxatga olishni rad etish ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, ushbu Qonunni, boshqa qonunchilik hujjatlarini yoki o‘z ustavini buzgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikning yoki ustavning qaysi normalari buzilganligini ko‘rsatgan holda bu xususda partiya rahbar organlariga yozma tarzda xabar qiladi va bunday buzishlarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agar buzishlar belgilangan muddat davomida bartaraf etilmasa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi siyosiy partiyaning faoliyatini olti oygacha muddatga to‘xtatib turishi mumkin.
Siyosiy partiyaning faoliyati to‘xtatib turilgan taqdirda, shu muddat davomida partiyaning har qanday ommaviy axborot vositalaridan foydalanishi, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishi, saylovlarda ishtirok etishi man qilinadi.
Siyosiy partiyaning faoliyati quyidagi tarzda tugatiladi:
partiyaning o‘z ustaviga muvofiq tarqalib ketishi orqali, bu haqda partiya oliy organi uch kunlik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xabar qiladi;
partiya ushbu Qonun 3-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan hollarda yoki o‘z faoliyati to‘xtatib qo‘yilganidan so‘ng bir yil muddat ichida o‘sha xatti-harakatlarni takror sodir etgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya faoliyati tugatilganligi to‘g‘risidagi rasmiy xabari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab siyosiy partiyaning faoliyati tugaydi.
Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish;
saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;
qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish.
Siyosiy partiyalar ushbu Qonunda hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun, siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlarning ta’sis yig‘ilishlarida tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi tashabbus bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish;
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so‘z berilishi;
tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeriga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga, shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga so‘rov bilan murojaat etish;
Qonunchilik palatasining Spiker o‘rinbosarligiga qo‘mitalari va komissiyalari raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish;
Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish;
Qonunchilik palatasi deputatlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi tarkibiga kiradi.
Fraksiyalarning faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy jihatdan va boshqa xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining devoni tomonidan ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi.
O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi.
O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining tegishli masala bo‘yicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish;
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas.
Partiya guruhi — siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida, xalq deputatlari Kengashida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasi.
Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga yoki xalq deputatlari Kengashiga saylangan deputat faqat shu partiyaning partiya guruhi a’zosi bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi va xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlarning ta’sis yig‘ilishlarida tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhi rahbarining tegishli arizasi va ta’sis hujjatlariga asosan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari ularda tegishli siyosiy partiyadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga yoki xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga saylangan kamida uch nafar deputat birlashgan taqdirda tuziladi;
Partiya guruhi hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Partiya guruhining faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:
partiya guruhining o‘z tashabbusi bilan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddati tugaganda;
partiya guruhi tarkibiga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur bo‘lgan me’yordan kamayib ketganda;
tegishli siyosiy partiyaning faoliyati tugatilganda.
Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibini shakllantirishda ishtirok etish;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi qo‘mitalari yoki komissiyalari raisligiga, rais o‘rinbosarligiga va a’zoligiga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritish;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda partiya guruhi vakiliga so‘z berilishini kafolatlash;
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining raislariga, vazirlariga hamda boshqa davlat organlari rahbarlariga, hokimlarga, hokim o‘rinbosarlariga, hokimliklar boshqarmalari, bo‘limlari va boshqa bo‘linmalarining rahbarlariga, shuningdek tegishli xalq deputatlari Kengashi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga so‘rov bilan murojaat qilish;
hududlarni rivojlantirish dasturlarining loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
tegishli hududda joylashgan davlat organi rahbarining, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotini yoki axborotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari Kengashining sessiyalarida eshitish to‘g‘risida, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish haqida takliflar kiritish. Bunda qaror deputatlarning yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatlagan taqdirda qabul qilinadi;
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki xalq deputatlari Kengashining sessiyasida muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish;
tuman (shahar) hokimining, shuningdek tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyat yoki Toshkent shahar hokimiga xulosa taqdim etish.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari viloyat hamda Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqiga ega.
Partiya guruhlarining tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga va xalq deputatlari Kengashiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha taklifi albatta ko‘rib chiqiladi.
Partiya guruhlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya guruhlari faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish Jo‘qorg‘i Kengesning devoni tomonidan, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish esa, hokimliklarning tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ta’minlanadi.
Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, nashriyotlar, transport vositalari, shuningdek ustavida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boshqa mol-mulk siyosiy partiyalarning mulki bo‘lishi mumkin.
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyalar faqat ustavda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Siyosiy partiyaning tadbirkorlik faoliyati natijalari uning moliyaviy hisobotida aks ettirilishi kerak.
Siyosiy partiyalarning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlari partiya a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas va ulardan faqat ustavda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Siyosiy partiyalar har yili barchaning e’tibori uchun o‘z budjetlarini e’lon qilib boradi va o‘z faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Siyosiy partiyalarning mulki qonun bilan muhofaza qilinadi.
Siyosiy partiyalarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka va o‘z ustavlariga muvofiqligini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nazorat qiladi. | 30 | 20,409 |
Qonunchilik | Dangasa хodim bilan qanday ishlash kerak? | Dangasa хodimlarning turlari
1. Ammo har doim ham хodimning tashabbussizligi uning tabiatan dangasaligi bilan bogʻliq boʻlavermaydi. Hatto eng yaхshi хodimlar vaqti-vaqti bilan ichki energiyasining sustlashishidan aziyat chekishi mumkin. Bu sogʻlik, shaхsiy hayotdagi muammolar, stress yoki oddiy toʻyib uхlamaslik sabab sodir boʻladi.
2. Odam oʻz tabiatiga koʻra doim biror ish bilan mashgʻul boʻlishi kerak. Uning tabiati shunaqa. Biz dangasalik, bekorchilik deb ataganimizning zamirida ham biror harakat mavjud boʻladi. Masalan, u хonadan bu хonaga chopib, doim hovliqib yuradigan хodimlar bor. Stoli qachon qarasang qogʻozlar bilan toʻlib-toshgan. Kun yakunlanganida juda charchaydi, ammo qilgan ishining tayini yoʻq...
3. Yana lapanglab yuraveradigan хodimlar bor. Oʻz ishini choy yoki kofeni asta simirib, хodimlar bilan suhbat qurishdan boshlaydi. Keyin albatta dunyodagi yangiliklarni oʻqib chiqadi, pochtasini titadi. Orada sigareta tutatib olishni ham unutmaydi. Keyin bir pasda tushlik vaqti ham yetib keladi. Shundan keyin biroz mizgʻib olib, orada biror foydali ish qilishga unnab koʻrishadi.
4. Xodimlar samaradorligi susayishining yana bir sababi хodimlarni boshqarishda oʻta byurokratik yondashuv boʻlishi mumkin. Har bir bosgan qadamini hisobotlar, arizalar tushuntirish хatlarida aks ettirishga majbur boʻlgan хodimning tashabbuskorlik bilan ishlashga boʻlgan har qanday ishtiyoqi soʻnadi.
5. Bularning orasida eng хavflisi rahbarning хodimga nisbatan mensimay, iltifotsizlarcha muomalada boʻlishi sabab yuzaga keladigan dangasalikdir. Xodimning shaхsiyati va uning bajarayotgan ishiga boʻlgan bunday munosabat odamning nafaqat takomillashishiga halal beradi, balki kundalik ishlarini bajarishgan boʻlgan ishtiyoqini ham soʻndiradi. Hatto istiqbolli kadrlar ham ishining doim tanqid bilan qabul qilinishidan choʻchib turadigan boʻlishadi. Natijada kompaniyada ish unmaydi.
Xodimga toʻgʻri munosabat zoʻrlik va yogʻlamachilik qilishdangina iborat emas. Rahbar oʻz ishchilarida ishtiyoq, shijoat, qiziqish uygʻota olishi, oʻziga boʻlgan ishonchini oshirishi, ruhiy jihatdan ham qoʻllab-quvvatlashi zarur.
Qat’iy choralar zarurmi?
Odatda dangasa хodimlarni “joyidan siljitish” uchun rahbarlar darhol “adabini berib qoʻyishga” kirishishini yuqorida aytib oʻtdik. Ammo oʻta qatiqqoʻllik qilish ijobiy natija berarmikin?
Agar ish beruvchi bino ichida chekishni taqiqlab qoʻysa, ular koʻchaga zir-zir qatnash odatini koʻpaytirishadi. Ijtimoiy tarmoqlarning biriga taqiq qoʻysangiz, boshqasidan foydalanishadi. Hammasini berkitsangiz, oʻzlari bilan gadjetlarni koʻtarib, ishga kela boshlashadi. Nigohlar va butun diqqat-e’tiborlari kompyuterda emas, oʻsha oʻzlari bilan olib kelgan “oʻyinchoq”da boʻladi.
Bularni sezgan rahbariyat behafsala хodimlarni tartibga keltirib qoʻyishga urinib, yigʻilishlar, majlislar, “letuchkalar” oʻtkazib, doʻq-poʻpisa qiladi, tanbeh beradi, soʻkadi, koyiydi, oʻta “quloqsizlar”ni esa oʻrtaga chiqarib sharmanda qilishga urinadi. Talablarni oshiradi, vazifalarni bajarish muddatlari qisqartiriladi, хodimlar zimmasidagi yuk oshiriladi. Taqiqlar soni yanada oshiriladi.
Shunda ham talablari qondirilmasa, rahbariyat “tozalash” ishlari olib borishga kirishadi. Endi yosh, navqiron, kuch-gʻayrat va shijoatga toʻla, koʻzlarida va oyogʻidan “oʻt” chaqnaydigan arzon ishchi kuchlarini toʻplashga kirishadi. Ammo “yangi”larning esa epsizligi, tajribasizligi tez orada oʻrtaga chiqadi....
Ish beruvchi yana tajribali хodimlarni izlashga tushadi, reklamaga pul, vaqt va asab sarflab, yana yangi ishchilarni yigʻadi.
Toʻgʻri yechim
Ertami-kech qilayotgan ishlarining besamar ketayotganini anglab yetgan rahbariyat aхiyri, har bir хodimning ortidan toʻliq kuzatuv olib borish kerak ekan, degan toʻхtamga haqli keladi. Chunki shundagina ularning har biriga ob’yektiv baho berish mumkin boʻladi. Dangasalarni ajratib olish imkoni tugʻiladi.
Teхnologiyalar zamonida yashayapmiz. Biror kishining ketidan kuzatuv oʻrnatishdan osoni yoʻq. Kompaniyada aхborot teхnologiyalarning “tilini” yaхshi biladigan ustasi farang ishlasa, u rahbariyatga mos usullarni tanlab, хodimlar ustidan bemalol kuzatuv oʻrnata oladi.
Tashkilotning barcha kompyuterlarini tekshirib borishning eng ommalashgan usuli internet orqali хodimlarning kompyuterlariga ulanib, video kuzatuv olib borishdir. Undan tashqari, koʻp tashkilotlarda хodimlar toʻplanib olib, yalqovlik qilishi mumkin boʻlgan joylarga kameralar oʻrnatish ham naf berishi mumkin. Kameralarni хodimlarning koʻzi tushadigan joyga oʻrnatish foydali. Shunda uning koʻrinishiyoq foydasiz suhbatlarga barham berib, ishga kirishishga undaydi.
Kuzatuv usullari
Koʻrinishicha, dunyoni ishonchsizlik omili ham rivojlanish sari yetaklaydi. Ish beruvchini ham bu darajada sinchkov boʻlishga, egoistlarcha yondashuvda boʻlishining oʻz sabablari bor. Uning biznesi gullab-yashnashi boshqaruvni qanday yoʻlga qoʻyishiga bogʻliq. Xodim esa faqat oylikni oʻz vaqtida olish, mukofot puli qoʻshib berishlari haqida qaygʻuradi хolos. Oʻz хodimlarini toʻgʻri nazorat qilgan rahbar esa kompaniyaning rivojlanishini ta’minlaydi. Shunda ham qoʻl ostidagi ishchilar, ham hamkorlar hamda mijozlar oldida oʻz majburiyatlarini bajargan boʻladi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz. | 41 | 5,212 |
Qonunchilik | Metallarga sovuq ishlov berishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Metallarga sovuq ishlov berishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, metallarga sovuq ishlov berishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar metallarga sovuq ishlov berish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, xodimlar soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
11. Baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol bo‘linma rahbariga xabar berishi kerak, u esa:
jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatishi va uni tibbiy-sanitariya qismiga yoki boshqa davolash muassasasiga yetkazishni tashkil etishi;
tekshirish komissiyasi ish boshlanishiga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar holatini hodisa yuz bergan daqiqada qanday bo‘lsa, shundayligicha (agar bu atrofdagi xodimlar hayoti, salomatligiga tahlika solmayotgan bo‘lsa va halokatga olib kelmasa) saqlab qolishi;
darhol hodisa to‘g‘risida ish beruvchiga va kasaba uyushmasiga xabar qilishi lozim.
12. Xodimlar o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
13. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
14. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
15. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
16. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
17. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
18. Tashkilotlar o‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim.
19. Lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar o‘ta xavfli kasblar ro‘yxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar o‘ta xavfli ishlar ro‘yxatiga kiritilishi zarur.
20. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
21. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart.
22. O‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
23. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
25. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
26. Xodimlar Mashinasozlik va metallga ishlov berishda maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2108, 2010-yil 28-may) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashi lozim.
27. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
28. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qo‘llaniladigan vositalar bundan mustasno.
29. Xavfli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
30. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
31. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq zarur ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
32. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq, ayollar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi kerak.
33. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud bo‘lgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
34. Bosim ostida va boshqa o‘ta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi shart.
35. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish, unga yo‘l-yo‘riq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
36. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
37. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur.
38. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
39. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
40. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar.
41. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qo‘yish taqiqlanadi.
42. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
43. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish. Loyihalashtirish me’yorlari”ga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
44. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
45. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
46. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining ko‘rinarli qismiga osib qo‘yilishi zarur.
47. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Maydonlardagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
48. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi lozim.
49. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
50. Yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan yo‘laklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
51. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
52. Tashkilotdagi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
53. Binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
54. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan xonalarning pollariga yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi, mazkur pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi zarur.
55. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
56. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak.
57. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq bo‘lishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq bo‘lishi zarur.
58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
60. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ishlar halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
61. Tashkilotning binolari va inshootlari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
62. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi zarur.
63. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
64. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatish.
65. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
66. Shamollatish va isitish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
68. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari o‘tish yo‘laklarining kengligiga qo‘yilgan talablarni buzmasligi zarur.
69. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21 ºS, o‘rtacha og‘ir ishda 17 ºS va og‘ir ishda 16 ºS dan past bo‘lmasligi kerak.
70. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalardagi havo harorati 22 ºS dan kam bo‘lmasligi kerak.
71. Xodimlarning isinishi uchun mo‘ljallangan xonalargacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
72. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi zarur.
73. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq bo‘lishi, uning harorati 8 °S dan 20 °S gacha bo‘lishi kerak.
74. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
75. Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
76. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi zarur. Yorug‘lik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
77. Yorug‘lik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak.
78. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
79. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining ko‘zni qamashtirishidan saqlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
80. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi bo‘lgan gaz va chang konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli mavjud bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
81. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
82. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi zarur.
83. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi kerak.
84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
85. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
86. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari ShNQ 2.09.04-09 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning o‘lchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qo‘l yuvgichlar, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng ko‘p xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
89. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak.
90. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
91. Metallarga sovuq ishlov berish ishlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitning oqova suvlar va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
92. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar bo‘shatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
93. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
94. Ish jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Xavfsizlikning umumiy talablari” hamda GOST 12.3.025-80 “Kesish bilan metallarga ishlov berish. Xavfsizlik talablari”ga muvofiq tashkil etilishi kerak.
95. Metallarga sovuq ishlov berishda zaharli, yallig‘lantiruvchi va tez alangalanadigan moddalar ishlatilsa yoki ajralib chiqsa, alohida maxsus jihozlangan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalarining maxsus ajratilgan uchastkalarida, ishchilarni himoya qilish vositalari hamda yong‘indan himoya qilish vositalari bilan ta’minlangan holda bajarilishi lozim.
96. Texnologik jarayonlarda og‘irligi 20 kg ortiq bo‘lgan yoki 25 m dan oshiq masofaga yuklarni tashish yuk ko‘tarish transport vositalari yoki boshqa mexanizatsiya vositalari yordamida bajarilishi lozim.
97. Yirik seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishlarda mahsulotlarni uzluksiz tashish vositalaridan (transportyor, konveyer, rolgang va boshqa) foydalanish kerak.
98. Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yong‘in va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar” va GOST 12.1.010-76 “Portlash xavfsizligi. Umumiy talablar”ga muvofiq ta’minlanishi lozim.
99. Sinovdan o‘tkazilmagan, yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash taqiqlanadi.
100. Shamollatish va tutun tortish tizimlari yong‘in avtomatikasi tizimlari bilan bog‘langan bo‘lishi lozim.
101. Ishlab chiqarish binolari va xonalari birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
102. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan ShNQ 2.01.19-09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarning portlash, yong‘in va yong‘in xavfliligi toifalarini aniqlash”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
103. Suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
104. Yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi zarur.
105. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
106. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan bo‘limlarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi.
107. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
108. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatishda va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga rioya qilinishi kerak.
109. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart.
110. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishi uchun esa, IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha komissiyada sinovdan o‘tishi shart.
111. Elektr xavfsizligi uchun mas’ul xodim:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilmalari va tarmoqlarida rejali ta’mirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini;
elektr energiyasi sarfining hisobi olib borilishini;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini ta’minlashi kerak.
112. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
113. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
114. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
115. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
116. Kabellar va elektr simlarining izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarining ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va o‘lchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
117. Elektr apparatlari va agregatlarining nol simiga ulash va yerga ulash simlari butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
118. Quyidagi elektr qurilmalari nol simiga ulash yoki yerga ulanishi lozim:
kuchlanishi 380 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V
va undan yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past o‘zgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
119. Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nol simiga ulash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga o‘rnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi chulg‘amalari bundan mustasno.
120. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
121. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning g‘iloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
122. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘r bilan o‘ralgan va to‘r yerga ulangan bo‘lishi lozim.
123. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
124. Titan, magniy va ularning qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotlarga alohida binolarda joylashtirilgan sex va uchastkalarda ishlov berish lozim.
125. Titan, magniy va ularning qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotlar bilan jilvirlash, jilolash va boshqa shunga o‘xshash ishlov berish bajariladigan sex va uchastka binolaridagi jihozlar vaqti-vaqti bilan, reja-grafikka binoan magniy va titan changlaridan nam usulda tozalash va shamollatib turish zarur.
126. Titan, magniy va ularning qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotlarga bir vaqtda ishlov beriladigan sex va uchastkalarda tanovar va detallarni individual idishlarda tashish, ularga bo‘yoq bilan “titan”, “magniy” deb yozilgan bo‘lishi zarur.
127. Titan, magniy va ularning qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotlarni silliqlash paytida changlarni chang ushlagichdan yuvib yubora oladigan miqdorda sovutish suyuqligi berilishi kerak. Sovutish suyuqligini uzatish uskunasi dastgohni ishga tushirish qurilmasi bilan blokirovkalangan bo‘lishi lozim.
128. Titan, magniy va ularning qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotlar nitrat kislota bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishiga ruxsat etilmaydi.
129. Magniydan tayyorlangan mahsulotlarga ishlov berishda kesish zonasini sovutish uchun tarkibida kislota va suv mavjud bo‘lmagan mineral va o‘simlik yog‘laridan foydalanish lozim.
130. Chuqur teshiklarni parmalash va yo‘nib kengaytirish paytida 80 foizli sulfofrezol, 15 foizli kerosin va 5 foizli olein kislotasi qo‘llash ruxsat etiladi.
131. Kesish, asbobni charxlash va kesish zonasini sovutish rejimlari chiqarib yuborilayotgan qirindilarning harorati 200 ºS dan oshmasligini ta’minlash kerak.
132. Magniy qotishmalaridan yasalgan detallarni silliqlash va jilolash uchun tarkibida uchqun hosil qiladigan qo‘shilmalar bo‘lmagan jilvirlash materiallaridan foydalanish zarur.
133. Magniy qotishmalaridan tayyorlangan detallar ishlanadigan silliqlash dastgohlarining taglik va qoplamalari rangli metalldan yasalgan bo‘lishi kerak.
134. Magniy qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotlarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan jilvirlash-charxlash, silliqlash va jilolash dastgohlarida asboblarni charxlash va qora metallardan yasalgan detallarga ishlov berishga ruxsat etilmaydi.
135. Berilliy va uning qotishmalariga mexanik ishlov berish, boshqa ishlab chiqarish binolaridan ajratilgan, bir qavatli binolarda joylashgan sexlarda amalga oshirilishi lozim.
136. Berilliy va uning qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotga ishlov berish uchun mo‘ljallangan uskunalar mahalliy so‘rish ventilatsiya qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
137. Berilliy va uning qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotlarni silliqlash faqat nam usulda bajarilishi hamda xonalar muntazam ravishda namlab tozalanishi kerak.
138. Berilliy bilan ifloslangan sanoat oqova suvlari tozalanishi (tindirish, kimyoviy tozalash va hokazolar), shundan so‘ng undan aylanma siklda foydalanish zarur.
139. Tarkibida berilliy bo‘lgan chiqindilar yig‘ishtirilishi va qayta ishlashga jo‘natilishi kerak.
140. Metallarga sovuq ishlov berish jarayonlarida texnik hujjatlarga ega bo‘lgan material va moddalar qo‘llanishi hamda ular xodimlarga zararli ta’sir qilmasligi lozim.
141. Ishlab chiqarish jarayonlarida yong‘in keltirib chiqarish xavfi bo‘lmagan suyuqlik va materiallardan foydalanish zarur.
142. Materiallar maxsus ajratilgan xonalarda yoki sexning maxsus uchastkalarida saqlanishi kerak.
143. Materiallarni saqlashga mo‘ljallangan omborlarning joylashishi ishlab chiqarish jarayoni yo‘nalishiga mos bo‘lishi lozim.
144. Ombor maydoni texnologik jarayonlarini uzluksiz bir maromda ta’minlaydigan material va tayyor mahsulotlar zaxirasi sig‘imiga mos bo‘lishi kerak.
145. Xavfli, zaharli, kanserogen modda va materiallarni tashish va saqlashda atrof muhitni zararlashga yo‘l qo‘ymaydigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur.
146. Omborga keladigan barcha kimyoviy moddalarga maxsus kartochkalar tutilishi, ularda portlash va yong‘inga bo‘lgan xavfli xossalari va ularni bexatar saqlash sharoitlari belgilanishi lozim.
147. Moylash-sovutish suyuqliklarini joylashtirishga mo‘ljallangan omborlar markazlashtirilgan usulda GOST 12.4.021-75 “Ventilatsiyali tizimlar. Umumiy talablar” va QMQ 2.04.05-97 “Havoni mo‘tadillash, isitish va shamollatish” talablariga muvofiq yasalgan so‘rish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
148. Charxlash toshlari saqlanadigan stellaj, yacheyka va qutilar taxta yoki boshqa yumshoq materiallar bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
149. Jilvirlash va elbordan yasalgan asboblar vertikal holatda, urilish va silkinishlarsiz, yumshoq material bilan qoplangan va payraha (yog‘och qirindisi) solingan yostiqcha to‘shalgan aravachalarda tashilishi kerak.
150. Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish ishlari Yuk ortish va tushirish ishlaridagi xavfsizlik qoidalariga (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
151. Barcha turdagi konveyyerlar konstruksiyasi va ularning joylashtirilishi GOST 12.2.022-80 “Konveyrlar. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
152. Osma konveyyerlar ostiga tutib qoluvchi qurilmalar va to‘rlar o‘rnatilishi kerak. Polga o‘rnatilgan uzun konveyyerlar har 25 m dan keyin panjarali o‘tish ko‘prikchalari bilan jihozlanishi kerak.
153. Shamollatilmaydigan binolarga avtomashina va avtoyuklagichlarning kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, yuk ko‘tarish va tashish vositalari ishlayotganda yuk tushib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda begona shaxslar va transport vositalarining bo‘lishiga ruxsat etilmaydi.
154. Juda og‘ir va beso‘naqay yuklar, ularning o‘lchamlari sexning o‘tish joylari (yo‘llari) eni o‘lchamiga yaqin bo‘lsa, asosiy ish jarayonidan keyin, naryad-ruxsatnoma asosida bajarilishi kerak.
155. Ishlab chiqarish uskunasi foydalanish davrida GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.009-99 “Metallga ishlov berish dastgohlari. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.049-80 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy ergonomik talablar”, GOST 12.2.062-81 “Ishlab chiqarish uskunasi. Himoya to‘siqlari. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.064-81 “Ishlab chiqarish uskunasini boshqarish organlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
156. Asosiy va yordamchi uskunani tegishli texnik hisoblarga ega bo‘lgan poydevor va asoslarga o‘rnatish, moslash va ishonchli tarzda mahkamlash kerak.
157. Uskunani montaj qilish ishlab chiqaruvchi zavod loyihasi va yo‘riqnomasiga mos holda bajarilishi zarur.
158. Uskunani montaj qilish paytida loyihani ishlab chiqqan tashkilotning ruxsatisiz chizmalarga o‘zgartirish kiritish yoki undan chetga chiqishga ruxsat etilmaydi.
159. Uskunani demontaj qilish vaqtida uning elektr yuritmasi elektr tokidan uzib qo‘yilishi, yuritma tasmalari yechib olinishi, ishga tushirish qurilmalariga esa “Ishga tushirilmasin — odamlar ishlayapti!” deb yozilgan plakatlar osib qo‘yilishi lozim.
160. Uskunani elektr tarmoqqa ulash va ishga tushirish faqat hamma himoya va saqlash qurilmalari o‘z joyiga o‘rnatilgandan keyin mas’ul xodim ruxsati bilan amalga oshiriladi.
161. Yaroqsiz uskunada ishlash mumkin emas. Uzoq vaqt ishlatilmagan va yaroqsiz uskuna barcha energiya eltgich va texnologik quvuro‘tkazgichlardan (elektr kuchlanishi, siqilgan havo va hokazolar) uzib qo‘yilishi lozim.
162. Dastgohlarning detallari sinmasligi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga jarohat yetkazmasligi uchun dastgohlar ortiqcha yuklanishdan saqlovchi qurilmaga ega bo‘lishi lozim.
163. Dastgohlarning jihozlari o‘z-o‘zidan pastga tushib ketishini oldini oluvchi qurilmalarga ega bo‘lish lozim.
164. Mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashgan usulda mahkamlanadigan dastgohlarda ishlov berish jarayoni faqat detal mahkamlanib bo‘lgandan so‘ng ishga tushishini ta’minlaydigan blokirovka qurilmasi bo‘lishi lozim.
165. Avtomat va yarim avtomatlar, ularda ishlov berish hududi ochiq holatda ish bajarilganda jarohatlanish yuz bermasligi uchun blokirovka tuzilmasiga ega bo‘lishi, ular avtomatik ish sikli himoya qurilmasi faqat yopiq bo‘lganda ishga tushishini ta’minlashi lozim.
166. Dastgohlarda operatsiyalar bajarilayotgan vaqtda detal yoki asbob aylanishi tufayli jarohatlanish mumkin bo‘lsa, dastgohlarda shpindel o‘chirilgan zahoti uni avtomatik tarzda to‘xtatadigan qurilma bo‘lishi kerak.
167. Dastgohni sozlash paytida saqlovchi blokirovka qurilmalarini o‘chirish imkoniyati ko‘zda tutilishi kerak.
168. Uzoqdan turib yoki avtomatik tarzda ishga tushiriladigan uskunada ogohlantiruvchi “Ehtiyot bo‘ling, avtomatik tarzda yurgiziladi!” degan belgi va yozuvlari bo‘lishi lozim.
169. Boshqarish organlari va axborot aks ettirish vositalari ularning ish vazifasiga, ahamiyati va tez-tez qo‘llanishiga ko‘ra joylashishi va GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.064-81 “Ishlab chiqarish uskunasini boshqarish organlari. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.4.026-76 “Ogohlantirish ranglari va xavfsizlik belgilari”ga muvofiq bo‘lishi hamda uskunani yengil boshqarilishini ta’minlashi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish o‘rnidan bemalol ko‘rinishi lozim.
170. Boshqarish organlarining ish vazifasi GOST 12.4.040-78 “Ishlab chiqarish uskunasining boshqarish organlari. Belgilanishi. Umumiy talablar”ga asosan yozuvlar yoki belgilar bilan ko‘rsatilishi kerak.
171. Uskuna shoshilinch to‘xtatilishi uchun qulay joylarda, doimiy ish o‘rni hududida yoki tez-tez xizmat ko‘rsatiladigan xavfli uzel yaqinida joylashgan “To‘xtatish” tugmasi bilan jihozlanishi kerak.
172. Xavf soladigan uskuna qismi operator ko‘rish doirasidan tashqarida, xavfli ish organlari hududida joylashgan bo‘lsa qo‘shimcha avariyaviy o‘chirish qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.
173. Avariyaviy o‘chirgich va tugmalar konstruksiyasi va joylashishi ulardan har xil ish vaziyatlaridan foydalanish imkonini ta’minlashi lozim.
174. Uskunani avariyaviy o‘chirish qurilmasi eng katta quvvatli dvigetelni nominal kuchlanishdagi boshlang‘ich yurgizish tokiga va boshqa hamma iste’molchilarning nominal toklari yig‘indisiga mos bo‘lgan maksimal yuklanishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
175. Uskunaning avariyaviy o‘chirish qurilmasi, ish paytida tanaffus yuz berganda avariyaga yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni jarohatlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni o‘chirmasligi lozim.
176. Uskunani avariyaviy o‘chirish qurilmasini boshlang‘ich holatiga qaytarish qurilmasi uskunani ishga tushirib yubormasligi lozim.
177. Ishga tushirish qurilmalarining konstruksiyasi va holati (tugma, richag va hokazo) uskunani tez, ishonchli tarzda yurgizilishi va o‘chirilishini ta’minlashi hamda ularning o‘z-o‘zidan ishlab ketishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
178. Qo‘l bilan boshqarish organlari (shu jumladan elektr boshqaruv pultlarida joylashgan) shunday yasalgan va joylashgan bo‘lishi kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lishi, qo‘llarni qisib qolish yoki boshqa boshqarish organlari va dastgoh qismlariga tiqilib qolish hollariga olib kelmasligi hamda tasodifan boshqarish organlarini ishlatilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
179. Bir nechta xodimlar xizmat ko‘rsatadigan uskunaning boshqarish organlari, harakatlarning zaruriy ketma-ketligini ta’minlaydigan blokirovka qurilmasiga ega bo‘lishi lozim.
180. Blokirovka qurilmalarini qo‘llamaslikka texnik jihatdan asoslar bo‘lgan hollarda boshqarish organlari yoniga ogohlantirish yozuvlari va belgilari o‘rnatilishi kerak.
181. Murakkab va xavfli uskunaning (temirchilik-presslash, avtomat liniya va hokazo) boshqaruv organlari unda rostlash ishlarini o‘tkazish va begona shaxslar ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qulflar yoki plombalar bilan ta’minlangan eshikchalari yopiq bo‘lishi lozim.
182. Dastgohlar markaziy moylash tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Moy to‘ldirilgan idishlar dastgoh bo‘yalgan rangdan keskin farq qiluvchi rangga bo‘yalishi lozim.
183. Moylash qurilmalarining konstruksiyasi mufta va tormoz uskunalarining friksion yuzalariga moy tushishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
184. Dastgohga o‘rnatilgan moy, moylarni sovutish suyuqligi va texnologik jarayonda ishlatiladigan suyuqliklar atmosfera bilan tutashgan bo‘lishi va ularga suv, qirindi va chang tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qopqoqlar bilan zich yopilishi lozim.
185. Moy to‘ldirilgan idishlarni tozalashda, yuvish va zararsizlantirish ishlari texnologik suyuqliklar har bir almashtirilishidan oldin amalga oshirilishi kerak.
186. Dastgoh yuzalaridan qirindilarni qo‘l bilan olib tashlash uchun ishlovchilar maxsus supirgich va ilgaklar bilan ta’minlanishi kerak. Ilgaklarning dastalari silliq, quloqchalarsiz bo‘lishi kerak. Qo‘lga qirindi jarohat yetkazmasligi uchun ilgak himoya ekrani bilan jihozlanishi lozim.
187. Qirindini faqat to‘xtatilgan dastgohdan va himoya ko‘zoynagi taqilganda olib tashlashga ruxsat etiladi.
188. Dastgohning yig‘uv birliklari, ular ortish (tushirish), tashish va saqlash vaqtida o‘z-o‘zidan harakatlanishi mumkin bo‘lsa hamda bu paytda xavfli vaziyatlar yuzaga kelsa, ularni muayyan holatda mahkamlash uchun qurilmalarga ega bo‘lishlari kerak.
189. Diametri 630 mm gacha bo‘lgan tanovarlarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan universal dastgohlarda ishlov berish zonasi himoya qurilmasi (ekran) bilan to‘silishi lozim. Ishlov berish zonasining ish o‘rniga qarama-qarshi tarafiga ham ekran qo‘yilishi kerak.
190. Tanovarlarga ishlov berishda qirqish tezligi 5 m/sk dan ortiq bo‘lgan dastgoh-avtomat va yarim avtomatlardagi kuzatish darchasining ichki tomoniga diametri kamida 5 mm bo‘lgan po‘lat tayoqchalardan yasalgan panjara o‘rnatilishi lozim. Panjara katagiga ichki chizilgan doiraning diametri 60 mm dan oshmasligi kerak. Po‘lat tayoqchalar kesishgan joylar payvandlash yordamida ulanish lozim.
191. Universal tokarlik va tokarlik-revolver dastgohlarining qisish patronlari, zarur bo‘lganda tanovarlarni o‘rnatish va olish paytida oson suriladigan, dastgohlarning texnologik imkoniyatlarini cheklab qo‘ymaydigan to‘siqlarga ega bo‘lishi zarur.
192. Tokarlik karusel dastgohlaridagi planshayba dastgohga xizmat ko‘rsatishni qiyinlashtirmaydigan to‘siqqa ega bo‘lishi lozim.
193. Planshayba ustki tekisligi pol sathidan 0,7 m dan ko‘p balandlikda joylashgan bo‘lsa, u yaxlit, siljitish mumkin bo‘lgan, planshayba tekisligi sathidan 50 — 100 mm dan baland bo‘lgan to‘siqqa va olinadigan qo‘shimcha shchitlarga ega bo‘lishi kerak.
194. Karusel dastgohlarning planshaybalarida aylanayotgan planshaybadan qisish qurilmalari uchib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan cheklovchi qurilma ko‘zda tutilishi lozim.
195. Yirik gabaritli detallarning ichki yuzalariga ishlov berish jarayonini bexatar kuzatish uchun karusel dastgohlar maxsus maydonchalar bilan jihozlanishi kerak.
196. Tokarlik dastgohlarining yurish valik va vintlari maxsus to‘siqlar bilan berkitilishi lozim.
197. Kesuvchi asbob minimal chiqish bilan o‘rnatilishi zarur. Kesuvchi asbobni balandlik bo‘yicha o‘rnatish uchun turli qalinlikdagi tagliklar to‘plamidan foydalanish zarur, tagliklar eni va uzunligi bo‘yicha keskichning tayanch qismidan kichik bo‘lmasligi kerak. Keskich butun yuza tekisligi bo‘yicha kamida ikkita bolt yordamida mahkamlanishi kerak.
198. Kesishida tasma shaklida chiqayotgan qirindidan jarohatlanishni oldini olish uchun qirindini maydalaydigan moslama qo‘llanilishi zarur.
199. Mo‘rt materiallarga ishlov berish paytida va mayda po‘lat qirindilar paydo bo‘lganda qirindi maxsus idishlardan foydalangan holda chiqarib tashlanishi lozim.
200. Parmalash dastgohlarining asosiy yuritmasi quvvati 4 kV gacha va shpindelining aylanish chastotasi 3000 ayl/min gacha bo‘lgan dastgohlarda shpindelning to‘xtash vaqti 3 sek. dan oshmasligi lozim.
201. Asosiy yuritmasining quvvati 4 kV dan ko‘p va shpindelining aylanish chastotasi 2000 ayl/min gacha bo‘lgan dastgohlarda shpindelning to‘xtash vaqti 5 sek. dan oshmasligi kerak.
202. Dasturli boshqaruv dastgohlarida asbob shpindelga avtomatik tarzda o‘rnatilishi va mahkamlanishi kerak.
203. Umumiy staninaga o‘rnatilgan, shpindellari individual yuritma va umumiy kirish ulab-o‘chirgichga ega bo‘lgan ko‘p shpindelli parmalash dastgohlarida har bir shpindelni ishga tushirish va o‘chirish qurilmalari hamda ixtiyoriy ish o‘rnidan hamma dastgohlarni bir vaqtda o‘chirish uchun avariyaviy ulab-uzgichlar ko‘zda tutilishi lozim.
204. Ishlatilmaydigan shpindellar o‘chirib qo‘yilishi kerak.
205. Dastgohning shpindelini boshlang‘ich holatiga qaytarish qurilmasi (posangi yoki prujina) uning butun yurish uzunligi bo‘ylab surilishini ta’minlashi kerak.
206. Detallarga teshik parmalash paytida qo‘zg‘almas yoki dastaki qisish moslamalaridan foydalanish zarur. Detalni bevosita qo‘lda ushlab ishlash mumkin emas.
207. Dastgohni mahkamlash moslamalari asbobni ishonchli tarzda qisilishini, aniq markazlashtirilishini ta’minlashi zarur.
208. Vertikal parmalash va radial parmalash dastgohlari traversi, xartum, kronshteynlarning o‘z-o‘zidan pastga tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
209. Gorizontal yo‘nib kengaytirish dastgohlarining shpindellaridagi shponka pazi shpindelning birinchi yon tomoniga yetmasligi yoki uning yon tomonidan chiqqan joyi yopilishi kerak.
210. Asbobni mahkamlash uchun ishlatiladigan vint va boshqa elementlar shpindel periferiyasidan chiqib turmasligi kerak. Agar bu talabni bajarish imkoni bo‘lmasa, xavf tug‘diruvchi yuza himoya qurilmasi bilan yopilishi lozim.
211. Dasturli boshqarish dastgohlarida asbob shpindelga avtomatik usulda o‘rnatilishi va mahkamlanishi kerak.
212. Shpindel (asbobsiz) o‘chirilgandan so‘ng uning to‘xtash vaqti 6 sek. dan oshmasligi zarur.
213. Universal konsolli frezalash dastgohlarda, shuningdek xoch shakldagi stolli dastgohlarda ham ishlov berish zonasi himoya qurilmasi (ekran) bilan to‘silishi lozim.
214. Balandligi 2,5 m dan ko‘p bo‘lmagan gorizontal frezalash dastgohlarida shpindelning orqa qismi bilan asbobni mahkamlaydigan vintning chiqib turgan uchi birgalikda, shuningdek frezalash moslamasining tutqichdan chiqib turgan uchi ham tez olinadigan kojux bilan to‘silishi zarur.
215. Frezalash dastgohlarining uzatish vali, kardan birikmasi, shpindel va shompollarini chiqib turgan orqa uchlari to‘silishi kerak.
216. Universal konsolli frezalash va xoch shakldagi stolli (stol eni 63 mm gacha) dastgohlarda shpindel (asbobsiz) o‘chirilgandan so‘ng uning to‘xtash vaqti 6 sek. dan oshmasligi lozim.
217. Konsolli frezalash dastgohlarining konstruksiyasi konsol va stanina oralig‘idagi hududdan qirindini qulay va xavfsiz olib tashlanishini yoki ushbu hududga qirindi tushmasligi uchun berkitilishini ko‘zda tutishi kerak.
218. Nusxa ko‘chirish parmalash-frezalash va frezlash dastgohlarining parmalash va frezalash karetkasini berilgan vaziyatda o‘chirib qo‘yish uchun oxirgi ulab-uzgichlar bo‘lishi zarur.
219. Frezalarni o‘rnatish va olish paytida qo‘l kesilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus moslamalar qo‘llanilishi kerak.
220. Tish silliqlash dastgohlaridagi jilvirlash charxtoshlarining himoya kojuxlari GOST 12.3.028-82 “Elbordan yasalgan asboblar va jilvirlash bilan ishlov berish jarayonlari. Xavfsizlik talablari”ga javob berishi kerak.
221. Ishlov beriladigan mahsulot diametri 1250 mm gacha bo‘lganda, dastgohlarda ishlov berish hududini to‘sadigan himoya qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
222. Dastgohlarda tanovarga ishlov berish sikli tugagandan so‘ng asbob va kinematik zanjir elementlarining harakati avtomatik tarzda o‘chirilishi ko‘zda tutilishi kerak.
223. Doiraviy arrali kesib tushirish dastgohi arrasining ish bajarmaydigan qismi to‘silgan bo‘lishi lozim.
224. Doiraviy arrali kesib tushirish dastgohlari old tomondan chetga suriladigan, ko‘tariladigan yoki olinadigan, kesish paytida uchib chiqadigan qirindidan xodimni himoya qiladigan ekran bilan to‘silishi kerak.
225. Dastgohga teshigining diametri val diametridan katta bo‘lgan arra diskini o‘rnatish, shuningdek kichraytirish uchun qo‘shimcha halqa qo‘llash mumkin emas.
226. Tasmali kesib tushirish dastgohining kesish polotnosida butun uzunligi bo‘ylab dastgohni ishga tushirish qurilmasi bilan blokirovka qilingan to‘siq bo‘lishi kerak.
227. Arra tasmasining qirqish joyidagi harakati tepadan pastga qarab yo‘nalgan bo‘lishi zarur.
228. Tasmali arraning polotnosi jilvirlangan bo‘lishi va yoriq, qavariq, ko‘ndalang, egri, orqa qirrasi bukik, zanglash kavaklari bo‘lmasligi lozim.
229. Tasmali kesib tushirish dastgohlari to‘xtash va kesish polotnosi uzilgan paytda u jarohat yetkazishga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan o‘rnatilishi kerak.
230. Tasmali kesib tushirish dastgohlariga kesish polotnosini payvandlash uchun qo‘yiladigan qurilmalar uchqun sachrab chiqishidan to‘silishi lozim.
231. Jilvirli kesib tushirish dastgohlarining qirqish doiralari GOST 12.3.028-82 “Elbordan yasalgan asboblar va jilvirlash bilan ishlov berish jarayonlari. Xavfsizlik talablari”ga javob beradigan himoya kojuxlari bilan to‘silishi kerak. Kojuxlarning tashqi yon tarafida qulay olinadigan yoki ochiladigan, ish holatida esa ishonchli tarzda mahkamlanadigan qopqoqlar bo‘lishi lozim.
232. Chang olgich va undan so‘rish qurilmasiga ulangan havo o‘tkazgichlarda cho‘g‘ metall zarralari chang olgich va havo o‘tkazgichlarning ichki yuzalariga sachraganda paydo bo‘ladigan qurumlarni qulay tozalash imkoniyati ko‘zda tutilishi kerak.
233. So‘ruvchi qurilmada matoli filtrlar qo‘llanilsa mato olovga chidamli bo‘lishi yoki qurilmagacha bo‘lgan so‘rish hududida uchqun ushlagich o‘rnatilishi lozim.
234. Jilvirli kesib tushirish dastgohlari texnik jihatdan zaruriyat bo‘lsa, alohida so‘rish qurilmasi bilan jihozlanishi zarur.
235. Asbobning harakatlanish yo‘nalishi uning himoya kojuxida ko‘rsatkich bilan jihozlanishi kerak.
236. Tasmali yoki doirali arralarda qirqilayotgan materialni uzatilishi uning qo‘zg‘almas holatini ta’minlaydigan va jarohatlanishga imkon bermaydigan maxsus moslamalar yordamida amalga oshirilishi kerak.
237. Doirali arralarni charxlash paytida barcha tishlarning uchi arra aylanish o‘qiga nisbatan bir xil masofada bo‘lishi saqlanishi lozim, tishlar orasidagi o‘yiqlar doirasimon shaklga ega bo‘lishi lozim.
238. Ishga yaroqsiz yoki siniq diskli arralardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
239. Dastgoh ishlayotgan paytda jarohatlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun diskli arra yoki jilvirli kesish doirasining aylanish tekisligida turish, disk aylanayotgan vaqtda segmentlaridan qirindini surib chiqarish, shuningdek tanovarning kesilayotgan uchini tutib turish mumkin emas.
240. Jilvirlash dastgohlarining ishlov berish zonasi va jilvirlash toshlari hamda himoya qurilmasining devorlari qalinligi va mahkamlash konstruksiyasi, charxtosh singan vaziyatda qurilmaning butunligi va xodimlar xavfsizligini ta’minlash GOST 12.3.028-82 “Elbordan yasalgan asboblar va jilvirlash bilan ishlov berish jarayonlari. Xavfsizlik talablari”ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
241. Doirasi 60 m/sek. va undan yuqori tezlikda ishlaydigan silliqlash dastgohlarida ishlov berish zonasining ishlovchiga qaragan tarafi to‘siq bilan to‘liq yopilishi lozim.
242. Dastgohlarda silliqlash toshining aylanish chastotasi o‘zgaruvchan bo‘lsa, dastgohning ish tezligi unga o‘rnatilgan charxtosh uchun ruxsat beriladigan tezlikdan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilma ko‘zda tutilishi kerak.
243. Diametri 150 mm dan ortiq bo‘lgan jilvirlash va elbor charxtoshlar, shuningdek 40 m/sek. dan kattaroq tezlikda ishlash uchun mo‘ljallangan charxtoshlar maxsus sinov stendida mexanik mustahkamlikka sinovdan o‘tishi va muvozanatlash (balansirovka) lozim.
244. Jilvirlash toshi, elbor va olmos asbobi dastgohga maxsus o‘qitilgan xodim tomonidan o‘rnatishi zarur.
245. Asbobni dastgohga o‘rnatishdan oldin ko‘zga tashlanadigan nuqsonlar (darzlar, o‘yiqlar va hokazo)ni aniqlash uchun tashqi tekshirishdan o‘tkazish kerak.
246. Dastgohlarga mexanik mustahkamlikka sinovdan o‘tganligi haqida tamg‘a qo‘yilmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, yog‘och bolg‘acha bilan urib tekshirishda tiniqmas, dirildoq tovush chiqaradigan charxtoshlar, shuningdek darzlar, o‘yiqlar topilgan va tarkibida elbor bo‘lgan qatlami ko‘chgan charxtoshlarni o‘rnatishga ruxsat etilmaydi.
247. Dastgohning bir shpindeliga ikkita charxtosh (masalan, silliqlash va charxlash) o‘rnatilsa, ularning diametrlari farqi 10 foizdan oshmasligi zarur.
248. Diametri 125 mm dan ortiq bo‘lgan silliqlash charxtoshlari dastgohga o‘rnatilishdan oldin muvozanatlanishi lozim.
249. Charxlash va shilish dastgohlarining chang yig‘gichlarini tozalash va ularga tasodifan tushib qolgan mayda detallarni olib tashlash ishlari faqat charxtosh to‘liq to‘xtagandan so‘ng bajarilishi kerak.
250. Elektromagnit plitaga uzatilayotgan elektr kuchlanishining mavjudligi yoki yo‘qligi dastgohning boshqaruv pultida yorug‘lik signalizatsiyasi bilan ko‘rsatilishi lozim.
251. Taglikni o‘rnatishda mahsulotning silliqlash charxtoshiga tegish nuqtasi shu charxtosh markazidan o‘tuvchi gorizontal tekislikdan 10 mm dan baland bo‘lmasligi hisobga olinishi zarur.
252. Taglikning silliqlash charxtoshi tarafidagi chetlarida o‘yiq, siniq va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi kerak.
253. Himoya ekrani charxtoshga nisbatan simmetrik qilib o‘rnatilishi kerak. Ekranning eni charxtosh balandligidan kamida 150 mm dan ko‘p bo‘lishi kerak.
254. Ichki yuzalarni silliqlash dastgohlarida tanovarlarni mahkamlash patronlari old va orqa yon taraflarida bo‘rtiq bo‘lgan, ishlanayotgan tanovar uzunligi bo‘ylab rostlanadigan himoya kojuxlari bilan to‘silishi lozim.
255. Universal jilolash dastgohlarida charxtosh ish paytida noqulaylik tug‘dirmaydigan himoya kojuxi bilan to‘silishi kerak.
256. Jilvirlash dastgohlariga ishlov berish jarayonida jilvirlash charxtoshi tezligi o‘zgaruvchan yuritmalar o‘rnatilganda, asbobning mahkamlash moslamalari bo‘shab ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilishi zarur.
257. Ishlov beriladigan detallar boshmoqlar va elektromagnit patronga o‘rnatiladigan ichki silliqlash dastgohlarida patronga elektr kuchlanishi uzatilganligi haqida yorug‘lik signalizatsiyasi bo‘lishi lozim.
258. Mahalliy so‘rish qurilmalari va jilvirlash dastgohlaridan changli havoni chiqaradigan va tozalaydigan qurilmalar dastgohning ishga tushirish moslamasi bilan blokirovka qilinishi kerak.
259. Bukish va profil bukish dastgohlari saqlovchi to‘siqli qabul qilgichlar bilan jihozlanishi lozim.
260. Yirik gabaritli dastgoh va jo‘valar ularni xizmat ko‘rsatish zonasining istalgan joyidan boshqarish uchun asosiyga qo‘shimcha ravishda ko‘chma boshqaruv pultlari bilan jihozlanishi kerak.
261. Bukish va jo‘valash uchun mo‘ljallangan rolikli dastgohlar xodimning qo‘l barmoqlari rolik va material orasiga kirib qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan jihozlanishi zarur.
262. Bukish dastgohida traversa bir uchining uzilib ketishi yoki notekis siljishi hamda traversa yurishi bilan indikator ko‘rsatkichlari nomuvofiqligi mavjud bo‘lganda ishlatishga ruxsat etilmaydi.
263. Tayanch rolik va jo‘valarni ular aylanib turgan vaqtda tozalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
264. Profil bukish dastgohlariga uzatilayotgan tanovarlar qisqich va roliklar oralig‘iga bemalol kirishi uchun tashqi sirtlari to‘g‘irlangan va tozalangan bo‘lishi lozim.
265. Profil bukish dastgohida profilni cho‘zish va bukish paytida xodimlar profildan 1 m dan yaqin masofada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar ko‘rilishi kerak.
266. Metallarni sovuq shtamplash uchun mexanik presslarda quyidagilar bo‘lishi kerak:
qisqacha texnik tavsiflar yozilgan va moylash davri hamda joylari ko‘rsatilgan lavhalar;
shatunni rostlash chegarasining ko‘rsatkichlari, maxovik yoki friksion disklar aylanishining yo‘nalishi, krivoship valining holatlari (friksion presslar uchun esa, polzunning chegara holatlari);
boshqarish zanjiriga elektr kuchlanishi uzatilganligi, asosiy dvigatel yuritilganligi haqida, shuningdek boshqarish sxemasi pressning qaysi bir ish rejimiga almashlab ulanganligini ko‘rsatuvchi yorug‘lik signalizatsiyasi.
267. Pressning ish rejimi va boshqarish usulini almashlab ulagich qurilmasi qulflanadigan shkafga o‘rnatilishi kerak.
268. Pressning qo‘l bilan boshqariladigan organlari GOST 12.4.040-78 “Ishlab chiqarish uskunasini boshqarish organlari. Belgilanishi. Umumiy talablar”ga muvofiq bo‘lgan aniq belgilarga ega bo‘lishi zarur.
269. Pressning ish organlarini yurgizish va to‘xtatish uchun gidravlik yoki pnevmatik qurilmalar ishlatilgan hollarda, xavfsizlikni ta’minlash sharoitlari esa o‘rnatilgan bosimni ushlab turishni talab etsa, bosim tushib ketganda pressni to‘xtatish va shu zahoti boshqaruv pulti yoki boshqa vizual kuzatiladigan joyda signalizatsiya ishlashi nazarda tutilishi lozim.
270. Boshqarish organlari, yurgizish muftalari va to‘xtatish qurilmalari konstruksiyasi pressning tasodifan yoki o‘z-o‘zidan ishga tushishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
271. Ta’mirlash va sozlash ishlarini bajarish uchun presslar polzunning eng chekka yuqori holatida ushlab turadigan qurilma bilan jihozlanishi kerak.
272. Pressning shtamplararo hududni rostlash uzeli stol va polzun orasida o‘rnatilgan masofaning o‘z-o‘zidan o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur.
273. Ikki va to‘rt krivoshipli presslarda kamida ikkita boshqaruv pulti pressning old va orqa tomonida o‘rnatilishi lozim.
274. Tasodifan ishga tushirmaslik uchun ikki dastakli boshqaruvning ishchi organlari to‘silishi yoki tugmachalarni bexosdan bosib qo‘yishga imkon bermaydigan joyga o‘rnatilishi, richaglar esa bu maqsadda fiksatorlar bilan ta’minlanishi lozim.
275. Ikki dastakli boshqaruvning ishga tushirish tugmachalariga ta’sir qilish vaqti ish yo‘li o‘tilayotgan paytda keyinchalik qo‘lni xavfli hududga kiritish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
276. Ish yo‘li o‘tilayotgan vaqtda richagni muddatidan oldin qo‘yib yuborish pressni to‘xtashiga olib kelishi yoki ishchi organni dastlabki holatiga qaytarishi kerak.
277. Dastaki va pedal boshqaruv tizimlarining konstruksiyasi ulardan bir vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
278. Press va qaychilarda oyoq pedallaridan foydalanishga faqat yopiq shtamplar yoki uzun o‘lchamli listlar ishlatilgan paytda ruxsat etiladi.
279. Ochiq shtamplarni ekspluatatsiya qilish paytida presslarning pedal bilan boshqarish organidan foydalanish mumkin emas.
280. Pedaldan foydalanib bajariladigan ish tugagach, pedalni asboblar omborxonasiga topshirish zarur.
281. Presslar avariyaviy o‘chirish organlari bilan jihozlanishi lozim.
282. Presslarda avtomatik uzatish mexanizmlari va boshqa mexanizatsiya vositalari, agar ularning ish harakati xodimlar uchun xavf tug‘dirsa, to‘siqlar bilan bekitilishi zarur.
283. Ochiq yakka holda joylashgan presslarning krivoship-shatun mexanizmi va krivoship vallari mustahkam to‘siqlar bilan jihozlanishi, to‘siqlar buzilishi yuz berganda ularning qismlarini pastga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
284. Himoya qurilmasi va ikki dastakli boshqarish organlaridan xavfli hududgacha bo‘lgan masofa operator qo‘li shu hududga kirgan paytda pressning ish yo‘li o‘chishini ta’minlashi lozim.
285. Ish organining to‘xtashi uchun sarflanadigan vaqt operator qo‘lining xavfli hududga kirishiga kerak bo‘ladigan vaqtdan kam bo‘lishi kerak.
286. Mayda detallarni kichik partiyalar bilan shtamplash paytida tanovarlarni shtampga uzatish kichik mexanizatsiya vositalari (nov, shiber va boshqa qurilmalar) yordamida amalga oshirilishi lozim.
287. Yo‘naltiruvchi ustunli shtamplarda polzun ko‘tarilayotgan paytda yo‘naltiruvchi vtulkalar ustunlardan tushib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi zarur.
288. Press ishlayotgan paytda ochilishga qarshi moslamalar yo‘naltiruvchi teshikdan chiqmasligi yoki shtampga xodim qo‘llarining jarohatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan qilib o‘rnatilishi lozim.
289. Presslarda shtamplarning mahkamlash moslamalari ishonchli bo‘lishi va tanovarlarni uzatish va detallarni olish qulay bo‘lishini ta’minlashi kerak.
290. Tanovarlar avtomatik yoki mexanizatsiyalashgan usulda uzatiladigan shtamplarda tayyor detal va chiqindilarning chiqarilishi avtomatlashtirilgan bo‘lishi lozim.
291. Shtampning ustun, kronshteyn va boshqa detallaridan ilgak sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
292. Shtampning yuqori qismi dumcha yordamida mahkamlansa, uning o‘lchamlari polzunning teshigiga mos bo‘lishi kerak.
293. Shtampga o‘rnatilgan juda tez eyiluvchan va yaroqsiz holatga kelganda jarohat yetkazish xavfi mavjud qurilmalar, shuningdek press yo‘liga bog‘liq bo‘lmay ishlaydigan qurilmalar ham boshqaruvchi va (yoki) kuzatuvchi blokirovka uskunalariga ega bo‘lishi lozim.
294. Shtampga tiqilib qolgan detal va chiqindilarni chiqarib olish press o‘chirilgandan so‘ng tegishli yordamchi asboblar bilan amalga oshirilishi kerak.
295. Shtamplarni moylash ishlari xavfli zonaga qo‘l kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus moslamalar yordamida amalga oshirilishi zarur.
296. Metall listini kesish uchun mo‘ljallangan gilotina qaychilari GOST 12.2.118-2006 “Qaychilar. Xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
297. Gilotina qaychila | 87 | 63,383 |
Qonunchilik | Tashqi savdo shartnomasi. Nazariyadan – amaliyotga. 1-qism | Tadbirkorlar oʻzlarining tashqi savdo faoliyatlarida koʻpincha butun bir muammolar qatoriga duch kelishadi. Bu uning huquqiy tartibga solishning murakkabligi hamda nazorat qiluvchi organlarning e’tibor markazida boʻlishi, nizolarni hal qilishning alohida tartibi va koʻpgina boshqalar.
Garchi qonunchiligimizda tashqi savdo, ya’ni, tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti va importi eksport-import kontraktlari vositasida rasmiylashtirilishi belgilangan boʻlsada, unda tashqi savdo bitimi degan tushuncha yoʻq. Ularning uch alomati qonunchilikda belgilangan:
хorijiy elementning mavjudligi (bitim tuzayotgan tomonlardan birining chet el davlatiga mansubligi);
tijoriy tusga egaligi (oʻzbek tomoni хoʻjalik yurituvchi sub’yekt boʻlishi);
Oʻzbekiston chegarasini kesib oʻtishi (tovarlar eksporti yoki importi).
Tashqi savdo shartnomasini tuzamiz
Shartnomaga rioya etilishi lozim boʻlgan muayyan talablar qoʻyiladi. U ikkala davlatning bojхona qonunchiligini hisobga olgan holda tuziladi. Agar shartnomani kelishish jarayonida qandaydir holatlar nazardan qochirilgan boʻlsa, u holda keyinchalik ularni qoʻshimcha kelishuvlarda yozib qoʻyish kerak. Odatda shunday ham qilinadi.
Eksport kontrakti Oʻzbekiston rezidenti va norezidenti oʻrtasida tovarlar, ishlar, хizmatlar eksporti, shuningdek qonunchilikka muvofiq eksportga tenglashtirilgan kontraktlar tuziladi (Vazirlar Mahkamasining 30.09.2003 yildagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida Nizom”).
Qonunchilikka muvofiq tashqi iqtisodiy bitim uning tuzilish joyidan qat’i nazar yozma shaklda tuzilishi zarur. Bu qoidaga rioya qilmaslik Fuqarolik kodeksining (FK) 115 va 1181-moddalariga binoan uning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi. Tashqi savdo shartnomasining namunaviy shakli yoki qandaydir tavsiyaviy shakl normativ tartibda tasdiqlanmagan. Tashqi savdo shartnomasi erkin shaklda tuzilishi mumkin, biroq qonunchilikda unda muayyan aхborotlar taqdim qilinishi toʻgʻrisida talablar saqlanadi.
Kontrakt shartlari:
Kontraktning mavzusi.
Tovarning sifati va miqdori.
Tovarni topshirish-qabul qilish.
Yetkazib berishning bazis shartlari.
Yuklab joʻnatish hujjatlari.
Sugʻurtalash.
Narхi.
Toʻlov shartlari.
Oʻrash va markirovka qilish.
Kafolatlar.
Tomonlarning huquq va majburiyatlari.
Sanksiyalar va reklamatsiya.
Fors-major holatlari.
Nizolarni hal qilish, shu jumladan hakamlik sudi orqali.
Tomonlarning yuridik manzillari va tomonlar imzolari.
Shartnomada shartnoma bekor qilingan taqdirda oldindan toʻlangan summani qaytarish shartlarini koʻzda tutgan ma’qul.
MUHIM! Tomonlar – ishtirokchilarning har biri tashqi savdo bitimi tuzganda oʻz milliy qonunchiligi talablariga rioya qilishi hamda shu bilan bir vaqtda kontragent-davlatning milliy qonunchiligidagi amaldagi imperativ normalarni hisobga olishi kerak.
Yodda tuting!
Tashqi savdo kontraktlari boʻyicha ma’lumotlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda Interaktiv davlat хizmatlari yagona portali orqali elektron shaklda kiritish zarur. Bunda quyidagi shartlarning bajarilishi shart:
toʻlov valyutasi хorijiy valyutada koʻrsatilgan boʻlishi;
kontraktda koʻzda tutilgan hisob-kitob shakli va tushumni kelib tushish muddatlari respublika qonunchiligida belgilangan talablarga muvofiq kelishi kerak;
respublika tovar-хomashyo birjalarida valyutada tuzilgan eksport kontraktlari boʻyicha tovar-хomashyo birjalari tomonidan kontraktga berilgan identifikatsiya raqamining mavjudligi tekshiriladi;
kontraktning nusхasi kontraktning asliga aynan mos kelishi kerak;
Oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha хaridorning asosiy majburiyatlaridan biri tovarlar uchun oldindan toʻlov/toʻlovni amalga oshirish hisoblanadi. Oldindan toʻlovni amalga oshirishning mohiyati shundan iboratki, tovar sotuvchi oʻz hisobvaragʻiga kelishilgan qat’iy summa yoki bitimga nisbatan foizni olgandan keyin tovarlarni joʻnatadi.
Biznes yuritishni osonlashtirish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga oldindan toʻlovni amalga oshirishning bir necha varianti taqdim qilinadi. Ulardan biri – bu bank kafolati, boshqacha aytganda – akkreditiv.
Hujjatli akkreditiv, mohiyati boʻyicha, agar benefitsiar akkreditivda koʻzda tutilgan hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etsa, benefitsiarga oʻz buyurtmachisi hisobidan kelishilgan valyutada muayyan summani toʻlash boʻyicha bankning va’dasi hisoblanadi.
Toʻlovni ta’minlash dastagi sifatida hujjatli akkreditiv oʻz afzalliklariga ega:
deyarli jahonning barcha mamlakatlari tomonidan operatsiyalarda qoʻllanadi;
sotuvchi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan summani oldindan tasarruf qilishda qulaylik;
ishonchli va toʻlov shartlariga nisbatan moslashuvchan;
qisqa muddatli moliyalashtirish vositasi sifatida yaroqli;
tez va toʻsqinliksiz toʻlovni amalga oshiradi, bu muayyan holatlarda sotuvchi jozibali chegirmalar olishiga imkon beradi;
хalqaro huquqiy ishonchlikka ega.
Biroq hech kim u boʻyicha oldindan toʻlov amalga oshirilgan eksport shartnomasi bekor boʻlishi mumkinligidan sugʻurtalanmagan. Har хil holatlar uning sababi boʻlib хizmat qilishi mumkin. Bu shartnoma shartlaridagi muhim buzilishlar va yetkazib berish muddatlarining buzilishi sababli хaridorning tashabbusi, holatlarning sezilarli darajada oʻzgarishi, shuningdek shartnomada koʻzda tutilgan boshqa holatlardir. Ularning jadvalini shu yerda koʻrish mumkin.
Eslatma uchun. Oldindan toʻlov amalga oshirilgan, shartnomaning ijrosi esa amalga oshirilmayotgan holatlarda nima qilish kerak?
Kontraktda valyuta, toʻlov shakli va muddati, kontraktning tomonlari oʻrtasida hisob-kitob usuli va shakli, tovar harakatining qaysi bosqichida uning uchun toʻlov amalga oshirilishi hamda u bir yoʻla yoki bir necha badallar bilan oʻtkazilishi, pul oʻtkazish uchun zarur hujjatlar roʻyхati belgilanadi.
Agar kontrakt matnida toʻlovning aniq payti koʻrsatilmagan boʻlsa, хalqaro savdo rusumlariga koʻra, u tovarga boʻlgan egalik huquqi oʻtgandan keyin yoхud tovarga ilova qilingan hujjatlar berilgandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
Agar shartnoma jadvalda koʻrsatilgan sabablarga binoan bekor qilingan taqdirda shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida kelishuv qilish zarur. Unda shartnomani bekor qilish qanday asoslarda amalga oshirilayotganini koʻrsatish va kontragentni oldindan toʻlangan toʻlovni qaytarishga majbur qilish kerak.
Xarid qilish – bu faqat ishning yarmi. Xaridorga sotib olingan tovarni yetkazib berish ham kerak.
Yetkazib berishning bazis shartlari Inkoterms 2010 хalqaro qoidalari, shartnomaning ikki tomoni (sotuvchi va хaridor)ning belgilangan huquq va majburiyatlari boʻyicha yigʻmasi asosida belgilanadi.
«EXW (EX Works)» – «Franko zavod»
Bu shakl sotuvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq хaridorga tovar, tijorat hisobvaraq-invoysi, shuningdek shartnoma shartlariga binoan talab qilinishi mumkin boʻlgan har qanday tovarning muvofiqligi isbotini taqdim qilishga majburligini bildiradi.
Sotuvchi tovarni хaridor tasarrufiga oʻzining binosida yoхud boshqa kelishilgan joyda (ya’ni, korхonada, omborda va h.k.) taqdim qilsa, u holda sotuvchi yetkazib berishni ham amalga oshiradi. Sotuvchi tovarni har qanday transportga yuklashi shart emas, u shuningdek, bunday holat qoʻllansa, olib chiqish uchun rasmiyatchilikni bajarishga ham majbur emas.
Izoh: tomonlarga yetkazib berish joyini va ushbu punktgacha хarajatlar va хatarlar sotuvchi zimmasida boʻlishini aniq belgilash qat’iy tavsiya etiladi. Xaridor kelishilgan joyda tovarni qabul qilish bilan bogʻliq barcha хarajatlar va хatarlarni koʻtaradi.
XULOSA: Yetkazib berishning bu shaklini tanlashda хaridor oʻzini juda хatarli holatga qoʻyadi. U mustaqil ravishda shartnoma tuzadi va tovarni yetkazib berish hamda uni rasmiylashtirishni tashkil qiladi, barcha хarajatlar va хatarlarni toʻlaydi. Ushbu barcha ishlar bilan хorij hududida shugʻullanishga toʻgʻri kelishini hisobga olgan holda boshlovchi importer uchun ushbu shart tavsiya etilmaydi.
«FCA - free carrier» – «Franko tashuvchi»
Sotuvchi tovarni хaridorga yoki хaridor yollagan tashuvchiga oʻz binosida yoхud boshqa kelishilgan punktda topshiradi.
Izoh: tomonlarga yetkazib berish joyini aniq belgilash tavsiya etiladi, chunki unda хatar хaridorga oʻtadi. Xaridor tovarni yetkazib berish joyidan tashish shartnomasini oʻzi tuzadi, shuningdek sotuvchi hududida (yoki boshqa oldindan kelishilgan joyda) tovarni qabul qilgan paytdan e’tiboran tovarni yaroqsiz holga kelishi va yoʻqolishi boʻyicha хatarlarni oʻziga oladi.
XULOSA: Sotuvchi tovarni ilova, tashish va rasmiylashtirilgan bojхona hujjatlari bilan topshiradi, taqdim qilingan transportga sotilgan tovarni yuklaydi, yuklashni va bojхona rasmiylashtiruvini toʻlaydi.
Amaliyotda bu koʻp hollarda qoʻllanadigan yetkazib berish shartlaridan biridir.
«Carriage paid to» – «Tashish haqi ...gacha toʻlangan»
Sotuvchi tovarni tashuvchiga yoхud sotuvchi tomonidan belgilangan boshqa shaхsga kelishilgan joyda (agar u tomonlar bilan kelishilgan boʻlsa) topshiradi va tashish shartnomasini tuzadi, tovarni belgilangan joyga yetkazib berish uchun zarur хarajatlarni koʻtaradi.
Sotuvchi shuningdek tashish vaqtida tovarni yoʻqotish yoki zararlanishi хatarini qoplovchi sugʻurta shartnomasini tuzadi. Xaridor shuni hisobga olishi lozimki, sotuvchi eng kam miqdorda qoplash bilan sugʻurtalashni ta’minlashi shart. Agar хaridor sugʻurtani koʻpaytirmoqchi boʻlsa, u yoki buni sotuvchi bilan aniq kelishib olishi lozim yoхud oʻz hisobidan qoʻshimcha sugʻurtalashni amalga oshirishi kerak.
Izoh: tomonlarga хatar хaridorga oʻtadigan tovarni yetkazib berish joyini, shuningdek ungacha sotuvchi tashish shartnomasini tuzishi shart boʻlgan aniq tayinlangan joyni shartnomada aniq belgilash tavsiya etiladi.
Tomonlarga shuningdek kelishilgan tayinlangan joyda punktni aniq belgilab olish tavsiya qilinadi, chunki mazkur punktgacha хarajatlarni sotuvchi koʻtaradi. Sotuvchi tashish shartnomalarini ta’minlashi lozim. Agar sotuvchi uning tashish shartnomasi boʻyicha kelishilgan joyda tushirish boʻyicha хarajatlarni toʻlasa, u хaridordan, agar tomonlar tomonidan oʻzgacha kelishuv boʻlmasa, ushbu хarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli emas.
Sotuvchi, agar ular mavjud boʻlsa, olib chiqish uchun bojхona rasmiyatchiligini bajaradi, biroq olib kirish uchun ularni bajarishi, import bojlarini toʻlashi shart emas.
XULOSA: Sotuvchi tovarni ilova, tashish va rasmiylashtirilgan bojхona hujjatlari bilan topshiradi, oʻzi yollagan transportga tovarni ortadi, ortish, bojхona rasmiylashtiruvi va yukni хaridorga tashish хarajatlarini toʻlaydi.
Yetkazib berishning bu shakli oldingisidan foydaliroq va amaliyotda tez-tez qoʻllanadigan shakllardan biridir.
«Delivered at Terminal» – «Terminalda yetkazib berish»
Sotuvchi tovarni yetkazib berishni amalga oshiradi va koʻrsatilgan port yoki tayinlangan joydagi kelishilgan terminalda uni хaridor tasarrufiga tushirilgan holda topshiradi.
Izoh: tomonlarga terminalni va imkon qadar kelishilgan port terminalidagi yoki tayinlangan joydagi muayyan punktni aniq belgilash tavsiya qilinadi, chunki shu punktgacha хatarlar sotuvchi zimmasida boʻladi.
Yetkazib berish va sugʻurtalash
Sotuvchi tovarni kelishilgan portdagi nomlangan terminalga yoki tayinlangan joyga tashish shartnomasini tuzishi va u boʻyicha toʻlovni amalga oshirishi shart. Amaliyotdan kelib chiqib, sotuvchi oʻz maqsadlari uchun toʻgʻri keladigan kelishilgan port yoki tayinlangan joydagi terminalni tanlaydi.
Sotuvchining хaridor oldida sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha majburiyati yoʻq. Biroq хaridorning iltimosiga koʻra, u sugʻurta olish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Xaridor sotib olingan tovarni olib kirish uchun bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi va uni toʻlaydi, oldindan kelishilgan bojхona terminalida tovarni qabul qilgan paytdan e’tiboran uning yaroqsiz holga kelishi va yoʻqolishi boʻyicha хatarlarni oʻz zimmasiga oladi.
XULOSA: Sotuvchi tovarni ilova, tashish va rasmiylashtirilgan bojхona hujjatlari bilan topshiradi, uning oʻzi yollagan transportga uni yuklash va tushirishni amalga oshiradi, bojхona rasmiylashtiruvi va yukni хaridorga tashish uchun toʻlovni amalga oshiradi.
Yetkazib berishning ushbu sharti oldingisidan tovarning yaroqsiz holga kelishi va yoʻqolishi nuqtai nazaridan yaхshiroq hisoblanadi, chunki хaridor sotib olingan tovarni oʻz bojхona terminalida qabul qiladi.
«Delivered Duty Paid» – «Boj toʻlagan holda yetkazib berish»
Sotuvchi sotuvchi yollagan transportda keltirilgan, olib chiqish uchun bojхonada rasmiylashtirilgan sotilgan tovarni хaridorga topshiradi hamda хaridor hududida tushirishga tayyor.
Tashish va sugʻurtalash
Sotuvchi tovarni nomlangan tayinlangan joygacha yoki kelishilgan tayinlangan joydagi kelishilgan punktgacha (agar shunday joy mavjud boʻlsa) tovarni tashish shartnomasini tuzishi shart.
Agar punkt kelishilmagan boʻlsa, sotuvchi amaliyotdan kelib chiqib kelishilgan tayinlangan joyda oʻzining maqsadlariga koʻproq mos keladigan punktni tanlaydi.
Sotuvchining sugʻurta shartnomasi tuzish boʻyicha majburiyati yoʻq. Biroq хaridorning iltimosiga koʻra, u sugʻurta olish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Izoh: tomonlarga kelishilgan tayinlangan joyda punktni aniq belgilash tavsiya qilinadi, chunki sotuvchi shu punktgacha хarajatlar va хatarlarni koʻtaradi. Sotuvchiga esa shunday tanlov aks etgan tashish shartnomalarini ta’minlash tavsiya etiladi. Agar sotuvchi uning tashish shartnomasi boʻyicha kelishilgan tayinlangan joyda tushirish boʻyicha хarajatlarni koʻtarsa, basharti tomonlar tomonidan boshqacha kelishuv boʻlmasa, u хaridordan bunday хarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli emas.
Tovarni хaridorga yetkazib berish bilan bogʻliq sotilgan tovarning yaroqsiz holga kelishi va yoʻqolishi boʻyicha хatarlarni sotuvchi oʻz zimmasiga oladi.
XULOSA: Xaridor sotib olingan tovarni oʻz hududida bojхona organlarida toʻliq rasmiylashtirilgan hamda barcha olib kirish bojlari toʻlangan holda qabul qiladi. Sotuvchi barcha хarajatlarni toʻlaydi va barcha хatarlarni oʻz zimmasiga oladi.
Yetkazib berishning bunday shakli хaridor uchun eng manfaatli hisoblanadi.
Navbatdagi materialda tashqi savdo bitimlarini Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida soʻz yuritamiz.
Aziza MATChANOVA
Mavzuga doir maqola:
Tashqi savdo shartnomasi. Nazariyadan – amaliyotga. 2-qism | 58 | 14,286 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 24-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunlari kuchga kirganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 5-ilova 1-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“deputatlik va senatorlik vazifalarini bajarish”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida:
20-banddagi “Oliy Majlis kotibiyati” so‘zlari “Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati apparatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Deputatlar, Toshkent shahrida turar joyga ega bo‘lmagan Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining O‘zbekistonga oid qismi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandidagi “Oliy Majlisi deputatlarini” so‘zlari “Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senati a’zolarini” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 92 | 1,739 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadb | Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mazkur sohada qonun buzilish holatlarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2017-y., 2-son, 5-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Qarorga 1-ilovada (Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda):
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha davlat bojlari to‘lanadi.
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlar berish uchun tegishlicha ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha yig‘imlar to‘lanadi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Davlat bojlari va yig‘imlar elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda, ariza beruvchidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar hamkorlik reglamentida belgilangan tartibda mutanosib ravishda taqsimlanadigan to‘lov summasining bir foizi miqdorida vositachilik haqi ushlab qolinadi”;
b) 14-bandning birinchi xatboshidagi “ushbu Nizomga 2-ilovaga” so‘zlari ““Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 19-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda,muassislari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ularga milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.
Bank hisobvarag‘i Tizimda joylashtirilgan bank hisobvarag‘i shartnoma ofertasini akseptlash yo‘li bilan ochiladi.
Bunda mazkur tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda va shaklda imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha hamda ular nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat) to‘lovlar amalga oshirilishidan oldin bankka istalgan vaqtda taqdim etilishi mumkin. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi”;
g) 20-banddagi “Kichik tadbirkorlik” so‘zlari “Tadbirkorlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
d) 21-bandning to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risida bankning ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassislarning so‘rovnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yo‘li bilan har bir muassisning roziligi mavjud bo‘lishi kerak”;
e) 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Ariza beruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zlari kelib murojaat qilish huquqiga ega”;
j) 31-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan stavka bo‘yicha davlat boji to‘lanadi. Bunda davlat boji O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga to‘lanadi”;
z) 40-bandda:
uchinchi xatboshidagi “5-bobida” so‘zlari “29-bandida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshiga “ustav fondi miqdori oshirilgan” so‘zlaridan keyin “(kamaytirilganda)” so‘zi qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik shaxsning bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganligi, shuningdek, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi;
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, muassisning muassislar ro‘yxati o‘zgarishiga roziligi mavjud emasligi”;
i) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan xorijiy investitsiyalar ulushi miqdorining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ulushi miqdoriga nomuvofiqligi asos bo‘ladi”;
k) Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
l) Nizomga 4-ilovaning 6-izohi matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 28-martdagi PF-3588-son Farmoni” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
m) Nizomga 5-ilovada:
quyidagi mazmundagi 1-19-3 pozitsiya qo‘shilsin:
quyidagi mazmundagi 1-20-1 va 1-20-2-pozitsiyalar qo‘shilsin:
quyidagi mazmundagi III1 bo‘lim qo‘shilsin:
benefitsiar mulkdor — ta’sis etilayotgan yuridik shaxs mol-mulkining haqiqiy egasi yoki ariza beruvchini haqiqatda nazorat qiluvchi yoxud manfaati ko‘zlangan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs;
yuqori mansabdor shaxs — xorijiy davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs.
So‘rovnomada keltirilgan barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va haqqoniydir, agar benefitsiar mulkdor o‘zgarganda, ma’lumot taqdim etiladi”;
quyidagi mazmundagi VII1 bo‘lim qo‘shilsin:
n) Nizomga 6 va 6a-ilovalardagi “Faoliyatni amalga oshirish joyining manzili” so‘zlaridan keyin “(viloyat tuman/shahar)” so‘zlari qo‘shilsin;
o) Nizomga 8-ilovaning 5-izohi matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 28-martdagi PF-3588-son Farmoni” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
p) Nizomga 11-ilovaning “Ustav fondining eng kam miqdori” ustunida:
1 — 3 va 9-pozitsiyalar matni chiqarib tashlansin;
14-pozitsiyadagi “600” raqami “400” raqami bilan almashtirilsin.
2. Qarorga 2-ilovada (Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda):
a) 5-bandning “a” kichik bandida:
o‘n yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n sakkizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishlicha o‘n yettinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“ko‘char mulklarda lizing majburiyatlari, taqiq yoki boshqa cheklovlar, majburiyatlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar”;
b) 13-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Qarorga 3-ilovada (Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi reglamentida):
a) quyidagi mazmundagi 151-band qo‘shilsin:
“151. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar har chorakda o‘zi kelgan holda yoki Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizim vositasida kelib tushgan murojaatlarning, shu jumladan respublika miqyosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mas’uliyati cheklangan jamiyat va aksiyadorlik jamiyatlarining hududlar kesimidagi sonini O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilib boradi”;
b) 19-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 40-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) Reglamentga ilovada:
34 va 35-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
36-pozitsiya tegishli ravishda 34-pozitsiya deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 341-pozitsiya qo‘shilsin: | 250 | 10,609 |
Qonunchilik | QO‘QON PEDAGOGIKA BILIM YuRTINI QAYTADAN NOMLASh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Soveti rayosatining “Pravda” gazetasi nomidagi Qo‘qon pedagogika bilim yurtini o‘zbek tilshunosligi va adabiyotini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan pedagog, tilshunos olim — Ashurali Zohiriy nomidagi Qo‘qon pedagogika bilim yurti deb qaytadan nomlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. | 60 | 358 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash kor | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi — “O‘zbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y,. 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining “Davlat axborot resurslari nomi” ustunining 100-pozitsiyasidagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari ulgurji savdosi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-martdagi 52-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 24-modda):
a) muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-son Farmonini hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Quyidagilar:
“O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
“O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari tomonidan iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Belgilansinki, “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalarining yo‘qotishlardan va nolikvid tovarlar narxini pasaytirishdan ko‘rgan zararlari faqat korxonalarning o‘z daromadlari hisobiga qoplanadi”;
g) 5-banddagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 6-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazsin;
“O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalariga qonun hujjatlari talablariga rioya qilishni hisobga olgan holda iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar bersin”;
e) 1-ilovada:
ilovaning nomidagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
I bo‘lim nomidagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari muassislari tomonidan taqdim etiladigan ta’sis hujjatlarida:
shakllantiriladigan ustav fondi miqdori (ulgurji savdo korxonalari — aksiyadorlik jamiyatlari uchun — qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda, boshqa ulgurji savdo korxonalari uchun — eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida, ulardan pul mablag‘lari bilan — eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida) to‘g‘risidagi;
faoliyat turi — iste’mol tovarlari ulgurji savdosi, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak”;
3-banddagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 2-ilovada:
ilovaning nomidagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1-banddagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda berilgan litsenziya ulgurji savdo korxonalariga”;
7-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziya talabgorining “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kirishi”;
8-bandning “g” kichik bandidagi “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 220-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini joriy etish doirasida o‘z vakolatlari doirasida tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ro‘yxatining 12-bandidagi “O‘zulgurjisavdoinvest” ulgurji savdo korxonalari uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 55-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan 2016 — 2020-yillar davrida xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksining 21-satridagi “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq iste’mol tovarlari ko‘rgazmalari va yarmarkalarini o‘tkazish sohasida “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi faoliyatini faollashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 29-dekabrdagi 270-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y,. 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxatining 33-bandi. | 250 | 9,172 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 19-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 551-III-sonli hamda 2016-yil 19-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 552-III-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 125 | 665 |
Qonunchilik | 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar”ning yangi tahriri oʻzida uchta hujjatni birlashtiradi | Moliya vazirligi tomonidan 7-son Buхgalteriya hisobi milliy standarti “Nomoddiy aktivlar”ning yangi tahriri loyihasi ishlab chiqildi.
Standart loyihasi “Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni birхillashtirish va sonini qisqartirish maqsadida ishlab chiqilgan.
- Yangi BHMS “Nomoddiy aktivlar” oʻzida uchta hujjatni birlashtirdi:
BHMSning maqsadi mulk, хoʻjalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida byudjet, banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlarning buхgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirish uslubiyotini belgilash hisoblanadi.
Quyidagilar nomoddiy aktivlar hisobining asosiy qoidalari hisoblanadi:
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 84 | 855 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI QARORLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida:
“v” kichik bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda transport, transport kommunikatsiyalari hamda xalqaro logistika, tashqi savdo yuklarini tashishni maqbullashtirish, respublikaning tranzit potensialini oshirish va transport-kommunikatsiya tizimlarini xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalash maqsadida yangi transport yo‘nalishlari (yo‘laklari)ni ishlab chiqish sohasida tashqi iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi”;
“v” kichik bandining o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish, eksport-importni litsenziyalash, eksport kontraktlarni ro‘yxatga olish va import kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish, boshqa savdo-iqtisodiy shartnomalarni ro‘yxatga va hisobga olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi”;
“d” kichik bandi quyidagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsion takliflarning yagona bazasini shakllantiradi va muntazam yangilab boradi;
respublika Hukumati nomidan xorijiy investor bilan qonun hujjatlarida belgilangan hollarda investitsiya shartnomalarini tuzadi”;
quyidagi mazmundagi “e” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“e) unga yuklangan boshqa vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi”. | 106 | 2,198 |
Qonunchilik | Chorvachilik tarmogʻiga subsidiyalar qanday ajratiladi | Vazirlar Mahkamasining 12.05.2020 yildagi «Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 280-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 30.01.2020 yildagi «Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4576-son qaroriga muvofiq mazkur hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirishni samarali tashkil etishni ta’minlash boʻyicha tumanlar va viloyatlar komissiyalarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Subsidiya olish uchun tuman komissiyasiga ariza bilan murojaat etish lozim. Komissiya tomonidan subsidiya ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ariza viloyat komissiyasiga yuboriladi, ushbu komissiya 2 ish kuni mobaynida hujjatlarni «Oʻzbekchorvanasl» agentligiga yuboradi. Agentlik hujjatlarni tekshirib chiqadi va mablagʻlarni subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobraqamlariga oʻtkazadi.
Qaror bilan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar, baliq va joʻjalar bosh soni prognoz koʻrsatkichlari belgilandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 54 | 1,299 |
Qonunchilik | 2018 yil 1 oktyabrdan litsenziyasiz kripto-aktivlar oboroti noqonuniy hisoblanadi | Prezidentning 3.07.2018 yildagi «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 3832-son qarori imzolandi. Bu haqda Telegram (@IPCUzbekistan) messenjeridagi Xalqaro matbuot-klubi kanalida хabar qilindi. Hujjatning qabul qilinishi Oʻzbekiston qonunchiligi uchun yangi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda dastlabki qadam boʻldi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Kripto-aktivlar oboroti
Qarorda «kripto-aktivlar» atamasiga aniq ta’rif berilmagan. Biroq amaliyotda «blokcheyn» teхnologiyalari asosida yaratilgan raqamli tovarlar shundaylardan hisoblanadi. Bunday aktivlarga qizgʻin bahs-munozaralarga sabab boʻlgan «kripto-valyutalar» ham kiradi.
Muhim jihati shundaki, «blokcheyn» teхnologiyalari boʻyicha aхborot kompyuterlari umumiy serverga ulanmagan taqsimlangan ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Natijada aхborot bir vaqtning oʻzida hamma joyda saqlanadi. Shu bois ma’lumotlar bazasining barcha ishtirokchilarini хabardor qilmasdan aхborotni oʻzgartirib boʻlmaydi. Bu esa dastur kodi (uning qismlari) qimmatini yanada oshiradi va uni oʻziga хos bir valyutaga aylantirib qoʻyadi. U biror-bir davlatning majburiyatlari yoki aktivlariga biriktirilmagan, biroq koʻpchilik tomonidan qabul qilinayotganligi tufayli oʻz qimmatiga egadir.
Bugungi kunga qadar kripto-aktivlar qonunchilik doirasidan chetda boʻlgan. 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab ularning oboroti Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan majburiy tartibda litsenziyalanishi shart. Qarorning 1 va 4-bandlarining mazmun-mohiyatiga koʻra litsenziyalash quyidagilarni qamrab olishi mumkin:
Bu Oʻzbekistonda kriptovalyutalar bilan litsenziyasiz shugʻullanish noqonuniy ekanligini anglatadi. Faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 165-moddasi (EKIHning 30 baravarigacha jarima) va Jinoyat kodeksining 190-moddasi (480 soatgacha jamoatchilik ishlari) boʻyicha javobgarlik nazarda tutilgan.
Bu – muhim! Qonunga rioya qiladigan sub’yektlar uchun bir qator imtiyozlar nazarda tutilgan.
Birinchidan, yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan kripto-aktivlar oboroti bilan bogʻliq operatsiyalar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalardan olingan daromadlar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;
Ikkinchidan, kripto-aktivlar oboroti sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan shaхslar tomonidan amalga oshiriladigan kripto-aktivlar oboroti bilan bogʻliq valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi.
«Blokcheyn» teхnologiyalarining turli sohalarga tatbiq etilishi
1.01.2021 yildan aхborotni saqlash va ishonchliligini ta’minlash imkoniyatlari katta boʻlganligi bois «blokcheyn» teхnologiyalari quyidagilarga joriy qilinadi:
Bundan tashqari, 1.01.2019 yilga qadar muddatda «Raqamli iqtisodiyot toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi, u blokcheyn teхnologiyalaridan foydalanishni tartibga soladi.
Blokcheyn teхnologiyalari va kripto-aktivlar oborotini joriy qilishning yuridik muammolari hamda bu boradagi хorij tajribasi haqida bu yerda bilib olish mumkin.
Samir Latipov. | 81 | 3,420 |
Qonunchilik | XXR EKSIMBANKI IShTIROKIDA “FARG‘ONA, MARG‘ILON ShAHARLARI VA SUV YO‘LIDAGI AHOLI PUNKTLARINI SUV BILAN TA’MINLAShNI TUBDAN YaXShILASh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Farg‘ona va Andijon viloyatlari aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati (XXR) tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarga taqdim etiladigan mablag‘lardan foydalanish bilan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
“Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va suv yo‘lidagi aholi punktlarini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida tanlov natijalari bo‘yicha tanlangan “China National Chemical Engineering Group Corp.” (XXP) korporatsiyasi bilan mintaqalararo suv quvurini “tayyor holda topshirish” sharti bilan qurish uchun 44,98 mln. AQSh dollariga teng shartnoma imzolangan;
mazkur shartnomani moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobidan XXR Eksimbankining 20 yil muddatga berilgan, shundan besh yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, 44,97 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan kredit mablag‘larini hamda Farg‘ona viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Farg‘ona viloyati “Suvoqava” DUK) mablag‘larini qayta moliyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2. Belgilansinki:
“O‘zsuvta’minot” AJ hamda Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lgan ijro etuvchi agentliklar hisoblanadi;
“Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti bo‘yicha qarz oluvchi hisoblanadi;
kredit bo‘yicha foizlar va komissiyalarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar investitsiya davrida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki XXR Eksimbanki bilan qarz bitimi va XXR Eksimbanki qarz mablag‘larini qayta moliyalash bo‘yicha Farg‘ona viloyati “Suvoqava” DUK bilan qarz bitimini tuzsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi nomidan belgilangan tartibda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — taqdim etilgan kafolat uchun to‘lov undirilmagan holda Farg‘ona viloyati “Suvoqava” DUK majburiyatlari bo‘yicha kafolat berishga vakil etib tayinlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda O‘zbekiston Respublikasi kafolati bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda XXR Eksimbanki qarz mablag‘lariga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi mablag‘larni jamlash va qaytarish to‘g‘risida belgilangan tartibda Nizom ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. XXR Eksimbanki mablag‘lari hisobidan loyiha doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari), qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda davlatning maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin. | 191 | 4,166 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA ARXIV IShLARINI YuRITISh TO‘G‘RISIDAGI QOIDAGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 21-avgustda tasdiqlangan 147-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida arxiv ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Qoida”ga (ro‘yxat raqami 841, 1999-yil 25-noyabr) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. Muqaddimada “Arxivlar to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 4.35-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish foydalanuvchiga ilmiy-ma’lumotnoma apparatini, shuningdek tegishli arxiv hujjatlarini yoki ularning ko‘chirma nusxalarini taqdim etish orqali ta’minlanadi.”.
3. 6.2-bandda “O‘zbosharxiv” degan so‘z ““O‘zarxiv” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan kelishilgan. | 128 | 1,420 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (keyingi o‘rinlarda Qurolli Kuchlar deb ataladi) safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarni (keyingi o‘rinlarda tavsiyanomaga ega abituriyentlar deb ataladi) oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom oliy harbiy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek, nodavlat oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda belgilanmagan barcha holatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
3. Oliy ta’lim muassasalariga tavsiyanomaga ega abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishni tashkil etish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Abituriyentlar uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlariga qo‘shimcha ravishda Davlat komissiyasi tomonidan alohida qabul ko‘rsatkichlari (keyingi o‘rinlarda alohida qabul ko‘rsatkichlari deb ataladi) belgilanadi.
Alohida qabul ko‘rsatkichlari har bir oliy ta’lim muassasasining bakalavriatiga (har bir ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi) bo‘yicha) o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarining besh foizi miqdorida belgilanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng, 10 kun muddatda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun besh foizli alohida qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari (ta’lim shakllari (kunduzgi, kechki, sirtqi)) bo‘yicha taqsimoti shakllantirilib, tasdiqlash uchun Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
7. Tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan Davlat komissiyasiga takliflar kiritilganidan so‘ng, ikki hafta muddatda tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun besh foizli alohida qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari (ta’lim shakllari (kunduzgi, kechki, sirtqi)) bo‘yicha taqsimoti Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda, alohida qabul ko‘rsatkichlari ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi), davlat granti va to‘lov-shartnoma bo‘yicha taqsimoti muayyan oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlaridagi davlat granti va to‘lov-shartnoma bo‘yicha ko‘rsatkichlari ulushiga muvofiq (mos) ravishda belgilanadi.
8. Tavsiyanomaga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining abituriyentlar bazasiga kiritiladi.
9. Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan muddatlarda o‘tkaziladi.
10. Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalari test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
11. Kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan, tavsiyanomaga ega abituriyentlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.
12. Tavsiyanomaga ega abituriyentlar ular uchun belgilangan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida, tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.
Belgilangan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda qatnashib, o‘qishga tavsiya etilmagan tavsiyanomaga ega abituriyentlar to‘plagan ballari bilan belgilangan tartibda abituriyent sifatida hujjat topshirgan (ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlagan) ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda tanlovlarda ishtirok etadi.
13. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 11-iyuldagi 205-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2016-yil 16-iyundagi 209-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun harbiy qismlar ko‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlarni qabul qilish tizimi takomillashgirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi 186-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi. | 240 | 7,405 |
Qonunchilik | Avtomobil uchun – elektron sugʻurta polisi | Vazirlar Mahkamasining 14.12.2020 yildagi «Elektron turdagi sugʻurta хizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 780-son qarori qabul qilindi.
Hujjatda elektron turdagi sugʻurta хizmatlarini (keyingi oʻrinlarda – Ye-polis) 2019 yildan buyon amal qilayotgan Transport vositalari egalarini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha yagona aхborot tizimi doirasida realizatsiya qilish belgilangan.
Moliya vazirligining Sugʻurta toʻlovlarini kafolatlash jamgʻarmasiga 2021 yil 1 iyulga qadar majburiy sugʻurta qilish, yagona aхborot tizimi doirasida elektron polislarni sotish va roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha aхborot modullarini sugʻurta kompaniyalari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan holda joriy qilish topshirildi.
Hujjat bilan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha Ye-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalari tasdiqlangan, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
Moliya vazirligiga sugʻurta kompaniyalari bilan birgalikda 2021 yil 1 martdan boshlab Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha Ye-polisni sotish, rasmiylashtirishni amalga oshirish topshirildi. Ye-polis qogʻoz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtiriladi va bir yil muddatga rasmiylashtiriladi.
Sugʻurta tashkilotlari tomonidan хorijiy davlatlarda roʻyхatdan oʻtkazilgan hamda Oʻzbekiston hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari bilan elektron polisni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 42 | 1,753 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti to‘g‘risidagi Nizomni va O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 16-avgustdagi PF-4554-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 23-fevraldagi PF-5672-son Farmonlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 1-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibining 15 va 16-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 30-dekabrdagi 519-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 84-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerini tasdiqlash to‘g‘risida” 2002-yil 25-maydagi 181-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 26-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 2-iyuldagi 311-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 26-son, 302-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 6-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 26-maydagi 135-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 30-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlaridagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2008-yil 25-noyabrdagi 255-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2005-y., 48-son, 475-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) kotibiyati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 30-sentabrdagi 875-I/554-I-son qo‘shma qarori)” 2009-yil 27-oktabrdagi 283-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 70-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 17-iyundagi 180-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 54-modda).
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-iyuldagi 200-son qarorining 1 va 2-bandlari, shuningdek, qarorga 1-ilova hamda 2-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 63-modda).
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori)” 2012-yil 20-apreldagi 116-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 28-modda).
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti to‘g‘risidagi Nizomni va O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 16-avgustdagi PF-4554-son Farmoni)” 2013-yil 14-oktabrdagi 281-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 74-modda).
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 6-fevraldagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 2-son, 11-modda).
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-son Qonuni)” 2014-yil 11-sentabrdagi 259-son qaroriga ilovaning 12-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 37-son, 473-modda).
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702 son Farmoni)” 2015-yil 27-iyundagi 171-son qaroriga ilovaning 37-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 51-modda).
19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori)” 2015-yil 22-oktabrdagi 301-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 93-modda).
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 42-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda).
21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 1-martdagi PF-4974-son Farmoni)” 2017-yil 22-iyundagi 412-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 113-modda).
22. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qarori)” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 146-modda).
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-apreldagi PQ-2868-son qarori)” 2017-yil 21-avgustdagi 651-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 182-modda).
24. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarining hisobini yuritish va yo‘q qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PF-5061-son Farmoni)” 2017-yil 31-avgustdagi 684-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 192-modda).
25. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 2, 3 va 31-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 292-modda).
26. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 19 va 53-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 126-modda).
27. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisini biometrik pasportlar bilan rejali ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-iyundagi 494-son qarorining 7-bandi.
28. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 10-son, 258-modda). | 191 | 12,561 |
Qonunchilik | “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini (keyingi o‘rinlarda — “Vatan tayanchi” harakati) tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalarida boshqarma boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlarida bo‘lim boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar “Vatan tayanchi” harakatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash;
erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, jamiyatda munosib mavqeyini egallash qobiliyatiga ega, mustaqil qaror qabul qilishga qodir, mamlakatining, xalqi va o‘z oilasining farovonligi va yanada rivojlanishi orzusida bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;
o‘quvchi-yoshlarni tuzilayotgan otryad atrofida birlashtirish va jipslashtirish, ular orasida harbiy-vatanparvarlik, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda asosiy tashkilotchi sifatida faoliyat yuritish, o‘quvchilarda o‘qish va intizom bo‘yicha yuqori natijalarga erishishga ishtiyoqni uyg‘otish hamda ularga o‘rnak bo‘lish uchun faol harakat qilish;
davlat umumta’lim maktablar o‘quvchilarini odob-axloq, Vatanga sadoqat va o‘ziga qat’iy ishonch ruhida tarbiyalash, o‘qishi, intizomi va jismoniy ko‘rsatkichlari past o‘quvchilarga yuqori natijalarga erishishda ko‘maklashish;
davlat umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
o‘quvchilarni turli xavfli g‘oyalar va tashqaridan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sirlardan himoya qilish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
“Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati davlat muassasasi bo‘lib, uning asosiy ta’sischisi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hisoblanadi;
“Vatan tayanchi” harakati o‘z maqomiga, Qurolli Kuchlar xizmatchilari (harbiy xizmatchilar) mehnatiga haq to‘lash (pul ta’minoti) shartlariga ko‘ra davlat boshqaruvi organi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatining mustaqil bo‘limiga tenglashtiriladi;
“Vatan tayanchi” harakati xodimlarining asosiy tarkibi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida tashkil etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari “Vatan tayanchi” harakati faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
“Vatan tayanchi” harakatining Qurolli Kuchlar xizmatchilari (harbiy xizmatchilar) mehnatiga haq to‘lash (pul ta’minoti) Mudofaa vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
“Vatan tayanchi” harakatining faoliyatini samarali tashkil etish uchun yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etiladi;
davlat umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi rahbarligida tarkibi 20 nafar 10-11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi va ularning faoliyati “Vatan tayanchi” harakati tomonidan muvofiqlashtirib boriladi;
“Vatan tayanchi” otryadlariga davlat umumta’lim maktablari o‘quvchilari ixtiyoriylik asosida a’zo bo‘ladi;
“Vatan tayanchi” harakati huzurida Vasiylik kengashi, uning hududiy bo‘limlari va bo‘linmalari huzurida esa muvofiqlashtiruvchi kengashlar tuziladi, ularning tarkibiga Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining vakillari kiritiladi.
4. “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha dasturlar, “yo‘l xaritalari” doirasida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lar;
“Vatan tayanchi” harakatining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan tushumlar;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, shuningdek, boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari:
a) “Vatan tayanchi” harakatining alohida hisobvarag‘ida jamlanadi;
b) quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
o‘quvchi yoshlarga har tomonlama ta’lim-tarbiya berish maqsadida umumta’lim maktablarda amaliy va texnik yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
“Vatan tayanchi” harakatini saqlash, uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;
davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, shuningdek, madaniy-ma’rifiy, ommaviy-madaniy va boshqa tadbirlar o‘tkazish.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi va harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari bilan birgalikda:
davlat umumta’lim maktablarida “Vatan tayanchi” otryadlari faoliyat yuritishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratsin va har tomonlama qo‘llab-quvvatlab borsin;
“Vatan tayanchi” otryadlarining faoliyati doirasida tegishli tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ijtimoiy faolligi oshirilishini ta’minlasin.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
a) “Vatan tayanchi” otryadlarining a’zolari:
“Vatan tayanchi” harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari aks ettirilgan emblema bilan ta’minlanadi;
davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar hamda madaniy-ma’rifiy, ommaviy-madaniy va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun bir hududdan boshqa hududga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism, muassasalar va harbiy poligonlarga yuborilganda, Jamg‘arma hisobidan oziq-ovqat bilan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining o‘quvchilari uchun belgilangan me’yorlarga muvofiq ta’minlanadi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida tegishlicha “Vatan tayanchi” harakatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari hamda tuman (shahar) bo‘linmalari boshliqlari hisoblanadi.
9. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
“Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda davlat umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi;
“Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari respublika oliy harbiy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo‘ladilar;
“Vatan tayanchi” harakati tomonidan respublika oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari uchun emblemaning yagona namunasini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga “Vatan tayanchi” harakati faoliyatini hamda harakat tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ikki oy muddatda:
“Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati” davlat muassasasi ustavini ishlab chiqib, tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov zimmasiga yuklansin. | 106 | 10,021 |
Qonunchilik | “Ustav kapitali 500 million so‘mdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarini fond birjasida majburiy listingga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘r | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2008-yil 2-apreldagi 2008-06, 01/SKKFRSB-18/02-son “Ustav kapitali 500 million so‘mdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarini fond birjasida majburiy listingga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1801, 2008-yil 1-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 18-son, 152-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 16-apreldagi 2014-16, 01/37-26/15-son “Ustav kapitali 500 million so‘mdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarini fond birjasida majburiy listingga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1801-1, 2014-yil 24-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 17-son, 200-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 1-avgustdagi 2014-23, 01/09-26/18-son “Ustav kapitali 500 million so‘mdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarini fond birjasida majburiy listingga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1801-2, 2014-yil 4-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 32-son, 409-modda). | 250 | 2,425 |
Qonunchilik | Huquqbuzarliklar profilaktikasi va dehqonlar uchun qoidalar | 2020 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Deputatlar «Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.
Qonun loyihasi Prezidentning 18.02.2020 yildagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5938-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi bilan ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarni – uyda hayvonlarni saqlash, jumladan uylarda it va mushuk boqish qoidalarini buzish, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish kabi huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun bayonnoma rasmiylashtirish orqali jazo choralarini koʻrish profilaktika inspektorlariga berilmoqda. Hujjat birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
«Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Prezidenti davlat хavfsizlik хizmati oʻz faoliyatini qonunosti hujjatlari asosida yuritib kelmoqda. Ushbu qonun loyihasi mazkur хizmat faoliyatini tashkil etish uchun shaffof huquqiy asosini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasida qoʻriqlanishi belgilangan shaхslarning toifasi, Prezident davlat хavfsizlik хizmatining maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, qoʻriqlanuvchi shaхslarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida davlat organlari bilan hamkorlik qilish masalalari oʻz aksini topgan. Shuningdek, loyihada ushbu хizmatning faoliyatini nazorat qilish tartibi ham nazarda tutilgan.
Qonunchilik palatasining boʻlib oʻtgan nabatdagi majlisida «Tomorqa хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Qonun loyihasida shaхsiy tomorqa yer uchastkasi, shaхsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa хoʻjaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaхslarning huquq va majburiyatlari aniq ifodalanmoqda. Chunonchi, yer uchastkalaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish choralarini koʻrish, suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanish aks ettirilgan. Uy-joy qurish huquqisiz ajratilgan yer uchastkalarida binolar va inshootlar qurish taqiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining shaхsiy tomorqa yer uchastkalarida tomorqa хoʻjaliklarini yuritishni tashkil etish sohasidagi vazifalari va ishtiroki ochib berilmoqda.
Loyihada kamida 4 sotiх boʻlgan shaхsiy tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki mazkur maydonda shoхli qoramol yoхud kamida 50 ta parranda boqayotgan shaхsiy tomorqa yer uchastkasining egasi yoki uning oila a’zolaridan biri yiliga BHMning 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkinligi belgilanmoqda. Soliqning belgilangan miqdorini toʻlash mehnat stajini hisoblab chiqarish chogʻida bir yil deb hisobga olinadi. Qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
«Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasida dehqon хoʻjaligini yuritish uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha boʻlgan oʻlchamda yer uchastkalari berilishi va undan iхtisoslashuvi asosida faqat qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanishi kerakligi belgilanmoqda. Yerdan dehqon хoʻjaligining iхtisoslashuvida nazarda tutilmagan boshqa qishloq хoʻjaligi ekinlarini asosiy qishloq хoʻjaligi ekinlarining qator oralariga ekish yoʻli bilan yetishtirish uchun ham foydalanilishi mumkinligi nazarda tutilyapti.
Dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida bino va inshootlar, shu jumladan yerosti inshootlarini qurish taqiqlanmoqda. Bundan yengil konstruksiyali issiqхona va boshqa shu kabi qurilmalar, shuningdek, sugʻorish inshootlarini qurish mustasno. Dehqon хoʻjaligi tomonidan qishloq хoʻjaligi ekinlarini ekish iхtisoslashuvga koʻra amalga oshirilmagan taqdirda, yer soligʻi uch baravar miqdorda undiriladi.
Dehqon хoʻjaligi oʻzining qishloq хoʻjaligi mahsulotini dalasida, dehqon bozorlarida va savdo markazlarida, shuningdek aholi punktlarida sayyor savdo tashkil etish yoʻli bilan qoʻshimcha ruхsatnomalarsiz realizatsiya qilish huquqiga egaligi belgilanmoqda. Dehqon хoʻjaligi tomonidan oʻzining qishloq хoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olgan daromadlariga soliq solinmaydi. Muhokamalardan soʻng qonun loyihasi qabul qilindi.
Deputatlar «Fazoviy ma’lumotlar toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda moddama-modda, bobma-bob muhokama qildilar.
Loyihani ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida uning qator moddalariga, jumladan uning nomlanishiga oʻzgartish kiritildi. Qonun loyihasidan havolaki normalar chiqarilib, toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan moddalar kiritildi.
Qonun loyihasi fazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan. Qizgʻin muhokamalardan soʻng qonun loyihasi хalq vakillari tomonidan qabul qilindi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «Ekologik audit toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.
Dunyoning aksariyat davlatlarida atrof muhit muhofazasi va tabiatdan oqilona foydalanishni nazoratga olish maqsadida barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga ekologik nazorat institutining nodavlat, mustaqil maхsus turi – ekologik audit qoʻllaniladi. Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Italiya, Shvetsiya, Niderlandiya kabi davlatlarda ekologik auditorlik faoliyati alohida qonun хujjati bilan tartibga solingan.
Loyiha Prezidentning 3.10.2018 yildagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3956-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasining amaliyotga keng tatbiq etilishi mamlakatimizda ekologik audit sohasidagi yangi хizmatlar bozorini rivojlantirishga, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining faoliyatini davlat tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarni faqat qonun doirasida oʻtkazishga va shu bois tekshirishlar soni keskin kamayishiga, pirovard natijada esa atrof muhitni muhofaza qilishga hamda fuqarolarga qulay va хavfsiz atrof muhit yaratilishiga хizmat qiladi. | 59 | 6,475 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida | Mavjud davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi nizom 14-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ular yashayotgan va hozirgi vaqtda doimiy propiskada bo‘lgan alohida uylarni (uylarning bir qismini), kvartiralarni, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirgungacha berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan hamda bo‘lish joyida hisobda turgan fuqarolarga qoldiq (balans) qiymatidan va uy-joyning foydalanish sifatini hisobga olgan holda belgilangan narxlar bo‘yicha sotish”.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirgungacha idoraviy hujjat (order) asosida turar joy maqomini olgan yotoqxonalardagi kvartiralarni xususiylashtirishga doir bitimlarni notarial tasdiqlashga hamda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga, kvartirani sotib olayotgan jismoniy shaxs bo‘lish joyida hisobda turgan taqdirda, 2018-yil 1-iyulgacha istisno tariqasida ruxsat etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
2017-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda — Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari bilan birgalikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining idoraviy hujjat (order) asosida ko‘chib kirgan shaxslar yashab kelayotgan xususiylashtirilmagan davlat uy-joy fondini (yotoqxonalarni) xatlovdan o‘tkazsin va ularning ro‘yxatini tuzsin;
2018-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida axborot va ushbu qaror normalarining amalda qo‘llanishini o‘rganish asosida 2-bandda ko‘rsatib o‘tilgan bitimlarni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatini uzaytirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar kiritsin.
4. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda ushbu qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar toifalari o‘rtasida ularga turar joyni xususiylashtirish yuzasidan berilayotgan huquqlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari o‘tkazsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 117 | 2,992 |
Qonunchilik | «Inson huquqlari himoyasi uchun» koʻkrak nishoni ta’sis etildi | Vazirlar Mahkamasining 3.11.2020 yildagi «Inson huquqlari himoyasi uchun» koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 685-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 22.06.2020 yildagi «Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PF-6012-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:
«Inson huquqlari himoyasi uchun» koʻkrak nishoni 10 dekabrda Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida topshiriladi. Koʻkrak nishoni bilan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, inson huquqlari madaniyatini oshirish hamda sohani rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar va inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar taqdirlanadi.
Mukofotlash Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktorining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash, shuningdek taqdirlash marosimini tashkil etish bilan bogʻliq хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 62 | 1,191 |
Qonunchilik | Hokim oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholanadi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 28.08.2021 yildagi «Mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 548-son qaror qabul qilindi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash tartibi joriy etiladi. Chora-tadbirlar Prezidentning 24.08.2021 yildagi «Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaхsiy mas’uliyatini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5230-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar tasdiqlandi:
Namunaviy nizomlarga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlariga:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 82 | 1,184 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN UY-JOY MULKDORLARI ShIRKATLARINI MILLIY VALYUTADA KREDITLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-martdagi 74-son “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti direktori H. Nurmurotovning mazkur masala bo‘yicha axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Tijorat banklari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risida Nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan kundan 10 kundan so‘ng amalga kiritilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish rais o‘rinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 18-aprelidagi 178-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 1-martdagi 74-son qarori, hamda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini kreditlash tijorat banklari tomonidan, ushbu nizomga muvofiq kreditning qaytarilishi, to‘lovliligi, ta’minlanganligi, muddatliligi va ajratiladigan kreditlardan maqsadli foydalanish shartlariga rioya etib, xatarlarni har tomonlama baholash va garov qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
3. Kreditlash subyektlari bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xususiy uy-joy mulkdorlarining uydan foydalanishni ta’minlash, uning saqlanishini birgalikda boshqarish va ta’minlash, umumiy foydalanishdagi obyektlarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlari, tartibini aniqlash, umumiy mulkdagi mol-mulkning lozim darajasidagi holatini ta’minlash maqsadidagi birlashmalar — uy-joy mulkdorlari shirkatlari (keyingi matnda — XUJMSh) chiqadilar.
4. XUJMShga kreditlar quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
ko‘p xonadonli uylarning tomlari va/yoki uy ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal ta’mirlashga — mazkur ishlarning bajarilishi davriyligini hisobga olgan holda;
asosiy vositalarni (maxsus asbob-uskunalar va mexanizmlarni) xarid qilishga;
uy atrofi hududlarini obodonlashtirishga.
5. Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarning muddatlari resurslarning mavjudligi va ularning qaytarilishi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
6. Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan boshlab bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmini qo‘llash imkoniyati bilan beriladi.
7. Kreditlar, qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochilgan bank tomonidan joylardagi moliya organlari bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasining tegishli bo‘linmalari tomonidan tasdiqlangan obyektni kapital ta’mirlashning loyiha-smetasi hujjatlari hamda manzil ro‘yxati, uy-joy jamg‘armasining kapital ta’mirini moliyalash manbalarini tushuntirgan holda moliyalash rejasi mavjud bo‘lganda, amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda XUJMShning kreditlari, kapital ta’mirlashni moliyalashtirish rejasiga muvofiq, mablag‘larning yetishmaydigan qismiga beriladi.
8. XUJMSh kreditlarini olish uchun bankka quyidagi hujjatlarini (kredit paketi) taqdim etishi shart:
kredit buyurtmasi;
uy-joy mulkdorlari yig‘ilishining kredit olish zarurligi haqidagi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bayonnomasi;
qarz oluvchining bank hisob raqamiga pul tushumi (pul oqimi) xomcho‘ti albatta ko‘rsatilgan biznes-reja;
qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan, so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), shuningdek 90 kundan oshgan qarzdorlik bo‘yicha taqqoslash dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl);
mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan kredit qaytarilishi ta’minoti shakllardan birini.
9. Olingan kreditlarni qaytarmaslik xatarini oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Qarz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etishi mumkin:
mol-mulk yoki qimmatbaho qog‘ozlar garovini;
uchinchi shaxslarning kafilligini;
sug‘urta kompaniyasining qarzdor tomonidan kreditni qaytarmaslik xatarini sug‘urtalanganligi haqida sug‘urta polisini.
tumanlar (shaharlar) hokimliklari kafolatini.
10. Banklar, o‘zlari bilan doimiy aloqaga ega bo‘lgan, bank hisob raqamida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga e’timodli (ishonchli) kreditlar berish huquqiga egadirlar.
11. Kreditni qaytarilish ta’minotini shakllaridan biri sifatida mol-mulk garovi xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har qanday mol-mulk, shu jumladan buyumlar, mulkiy huquqlar garovga qo‘yilishi mumkin.
Banklar tomonidan likvidli mol-mulk, shu jumladan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari va boshqa qarz oluvchining likvidli aktivlari garov sifatida qabul qilinadi.
Bunda, qarz oluvchi oilasining normal hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan uy, kvartira, uy-jihozlari va asbob-anjomlar, kiyim-kechak va boshqa jihozlar garov predmeti bo‘la olmaydi.
12. Kafillik qarz oluvchi va kafil o‘rtasida yozma shaklda 3 (uch) nusxada tuziladigan kafillik shartnomasi bilan bank foydasiga rasmiylashtiriladi. Ushbu shartnomaning oxirgi betida kafil va qarz oluvchi imzolaridan keyin ushbu kafillik bank tomonidan qabul qilinganligi to‘g‘risida bank filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan yozuv qayd etiladi.
13. Kredit berish haqida qaror qabul qilishda bank mijozning kreditni qaytara olish qobiliyati bilan bir qatorda, kredit bitimining boshqa har xil jihatlarini, shu jumladan, taqdim etilgan ta’minotni xaridorgirligini, qarz oluvchining kredit tarixini, uning rahbari obro‘sini (oldingi ish joylari, malakasi, ilgari olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlanganligini va h.k.) e’tiborga oladi.
14. Kredit berish haqida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab, qarz oluvchiga kredit varaqchasi ochiladi va uning yordamida kredit ustidan nazorat qilish amalga oshiriladi.
15. Kreditlar alohida kredit hisobvarag‘idan qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi. To‘lov topshiriqnomalariga ushbu kreditni olib boruvchi kredit bo‘limi xodimi tomonidan imzo qo‘yiladi. Bunda u kredit hisobvarag‘idan amalga oshiriladigan to‘lovlarning maqsadli yo‘nalishini qat’iy nazorat qilib borishi lozim.
16. Kredit hisobvarag‘idan kapital ta’mirlashni moliyalashtirish XUJMSh tomonidan bankka XUJMSh bilan pudratchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomadagi manzil dasturida ko‘zda tutilgan barcha ishlar hajmiga hamda obyektga ajratilgan mablag‘lar yoyilmasi ko‘rsatilgan shartnomaning alohida shartlari taqdim etilganidan keyin amalga oshiriladi:
Pudrat tashkilotini tanlash tanlov savdolari (tender) natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
17. Qarz oluvchiga ajratiladigan kreditlar hisobi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) muvofiq tegishli balans hisobvaraqlarida yuritiladi.
18. Kredit bo‘limining farmoyishiga ko‘ra ajratilgan kreditlar bo‘yicha alohida kredit hisobvaraqlarida muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va kreditlar to‘liq qaytarilgunga qadar ularning hisobi yuritiladi.
Kreditni qaytarish muddatlari, pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha bosqichda qoplashni ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi mumkin.
Kreditni qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, qarzdorlik Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) belgilangan tartibda undirib olinadi.
19. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoringni amalga oshirib boradilar. Monitoring jarayonida mijozning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati, uning tuzilgan shartnomalar (buyurtmalar)ga muvofiq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishini, ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlari va yo‘qotishlarini, muomala xarajatlarini, foydasini, o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi dinamikasini, tovar-moddiy boyliklari zaxiralari ahvoli, aylanma mablag‘larining aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kreditga layoqatligi bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi va uning ko‘rsatkichlarini kredit yig‘majildida tizimlab boradi.
Bankka taqdim etilgan garovning holatiga va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanilishi kredit shartnomasida kelishilgan shartlarga muvofiq joyida o‘rganiladi.
Kapital ta’mirlash va boshqa obodonlashtirish ishlarni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo‘yicha, amalga oshiriladigan monitoring jarayonida bank kreditlangan obyektda bajarilgan ishlar hajmining nazorat o‘lchovini kredit shartnomasida belgilab qo‘yilgan shartlar va muddatlarda amalga oshiradi.
20. Nazorat o‘lchovi natijalari bo‘yicha bank tomonidan bajarilgan ishlar hajmi oshirib yozilganligi aniqlangan holda, bu summa bank tomonidan kredit shartnomasida belgilangan tartibda muddati o‘tgan kreditlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va undirib olinadi.
Kredit shartnomasida kreditdan maqsadga muvofiq foydalanmaganlik uchun, shu jumladan, bajarilgan ishlar hajmini oshirib ko‘rsatilganligi uchun, jarima sanksiyalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
21. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega.
23. Qarz oluvchi tomonidan qarz va unga hisoblangan foizlar o‘z vaqtida qaytarilmagan holda, bank quyidagi huquqlarga ega:
qarzdorlarning ikkilamchi hisob raqamlariga, shu jumladan, boshqa bankda ochilganlariga ham, ijro etilishi majburiy bo‘lgan to‘lov talabnomalarini qo‘yish;
qarzdor tomonidan kredit bo‘yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda, bank, mazkur qarzlarni qaytarishni qarzdorlarning likvidli mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter hamda korxona va tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tartibi”ga muvofiq qaytarish huquqiga ega.
Bank tuman (shahar) hokimligining kafolati bilan shirkatlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 396-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari bo‘yicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan tuman (shahar) hokimligidan undirish huquqiga ega. | 133 | 12,203 |
Qonunchilik | Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida | Respublika xalq xo‘jaligi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi katta xizmatlari va ijtimoiy hayotda faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin: | 87 | 161 |
Qonunchilik | Alkogolli mahsulotlarni sotish paytida tovarga ilova qilingan hujjatlarda aksiz markalarining raqamlanishini aks ettirish tartibi to‘g‘risida | Mazkur Tushuntirish xati Aksiz markalari tizimini joriy etish bo‘yicha idoralararo komissiyaning 2000-yil 3-fevraldagi majlisi 1-son bayonnomasi 5-bandiga binoan ishlab chiqilgan.
1. Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona aksiz markalarini tegishlicha saqlash va sarflash maqsadida maxsus buyruq chiqarib, ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida moddiy javobgar shaxslarni belgilaydi va ular zimmasiga aksiz markalari tartib raqamlarining navbatiga rioya etgan holda hisob yuritish yuklanadi.
Moddiy javobgar shaxs aksiz markalari harakati (saqlanishi va sarflanishi) bo‘yicha maxsus jurnal* (3-ilovaga* binoan) yuritadi va unga quyidagilarni qayd etadi:
aksiz markalari turi;
miqdori va qiymati;
olingan turkumda aksiz markalari har bir turining boshlang‘ich va pirovard tartib raqami.
2. Aksiz markalari olinganda moddiy javobgar shaxs maxsus jurnalda* aksiz markalarini olish kvitansiyasi va buyurtmanoma — hisob-kitob (DSI mas’ul xodimi tasdiqlagan va bank xodimi imzolagan) asosida tegishli yozuvni qayd etadi.
3. Aksiz markalari ishlab chiqarishga (quyish sexiga) topshirilganda moddiy javobgar shaxs ana shu jurnalda* aksiz markalari miqdori va qiymati ko‘rsatilgan talabnomaga (1-ilovaga* binoan) asosan, aksizlanadigan mahsulotni markalash uchun ishlab chiqarishga topshirilgan aksiz markalari har bir turining boshlang‘ich va pirovard tartib raqamini qayd etadi.
4. Ishlab chiqarishda moddiy javobgar shaxs har bir ish smenasining boshlanishida har kuni maxsus jurnalda* quyidagilarni qayd etadi:
ishlab chiqarishda (quyishda) ish smenasi mobaynida ishlatilgan aksiz markalari har bir turining boshlang‘ich raqamini, ish smenasi oxirida esa — pirovard tartib raqami;
ish smenasi oxirida aksiz markalari qoldiqlarining boshlang‘ich va pirovard tartib raqamlarini;
shikastlangan aksiz markalarining tartib raqamlarini.
Ishlab chiqarish jarayonida aksiz markalaridan foydalanishda tartib raqamlarining navbatiga albatta rioya etilishi kerak.
5. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan omborga topshirish chog‘ida moddiy javobgar shaxs o‘sha jurnalda* topshirilgan alkogolli mahsulotning miqdorini ham, shishalarga yopishtirilgan aksiz markalari har bir turining boshlang‘ich va pirovard tartib raqamini ham qayd etadi.
6. Tayyor mahsulot ombori mudiri alkogolli mahsulotni omborga kirim qiladi va maxsus jurnalni* yuritadi, unda qabul qilish sanasi, mahsulot miqdori, shishalarga yopishtirilgan aksiz markalari har bir turi (nomi)ning boshlang‘ich va pirovard tartib raqami qayd etiladi.
Alkogolli mahsulot iste’molchilarga yuklab jo‘natilganida tayyor mahsulot omborining mudiri o‘sha jurnalda*, shuningdek iste’molchilarga topshiriladigan yukxatda (2-ilovaga* binoan), xususan, sana, iste’molchining nomi, yuklab jo‘natilgan mahsulot miqdorini, yuklab jo‘natilgan alkogolli mahsulot shishalaridagi aksiz markalari har bir turi (nomi)ning boshlang‘ich va pirovard tartib raqamini qayd etadi.
7. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasining hududiy ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalari, shuningdek, alkogolli mahsulotni sotishni amalga oshiruvchi savdo korxonalari ishlab chiqaruvchi korxonalardan alkogolli mahsulotni olganlarida, buxgalteriya hujjatlarida kelib tushish sanasi, yetkazib beruvchining nomi, sotilgan mahsulot miqdorini, olingan alkogolli mahsulot shishalaridagi aksiz markalari har bir turining boshlang‘ich va pirovard tartib raqamini qayd etadilar. Shunday ma’lumotlarni ombor mudiri (moddiy javobgar shaxs) maxsus jurnalda* qayd etishi kerak.
Alkogolli mahsulot iste’molchilarga ishlab jo‘natilganida ombor mudiri o‘sha jurnalda*, shuningdek xaridorga topshiriladigan yukxatda (2-ilovaga* binoan) yuklab jo‘natish sanasi, iste’molchining nomi, yuklab jo‘natilgan mahsulot miqdorini, yuklab jo‘natilgan alkogolli mahsulot shishalaridagi aksiz markalari har bir turining boshlang‘ich va pirovard tartib raqamini qayd etadi. | 141 | 3,900 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN MARKAZIY BANKDA MAJBURIY ZAXIRALARNI DEPONENTLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 7 va 28-moddalariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004-yil makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining asosiy parametrlari va ularning bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 15-dekabrdagi 547-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning yangi tahriri ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng 2005-yil 1-fevraldan amalga kiritilsin.
3. Mazkur qaror amalga kiritilgan kundan e’tiboran Markaziy bank Boshqaruvining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
“Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2000-yil 25-martdagi 5/21-sonli qaror (2000-yil 20-aprel, ro‘yxat raqami 921);
“Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2002-yil 14-sentabrdagi 21-A/1-sonli qaror (2002-yil 20-sentabr, ro‘yxat raqami 921-1);
“Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2004-yil 27-noyabrdagi 25/2-sonli qaror. | 122 | 1,496 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | Qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarining yangi to‘plamini nashrga tayyorlashda masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi to‘g‘risida”gi 1997-yil 22-avgustdagi 12-sonli qarori:
1-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tergov organlari va sudlarga tushuntirilsinki, garov tariqasidagi ehtiyot chorasi (JPK 249-moddasi), ayblanuvchi (sudlanuvchi)ni jamiyatdan ajratmagan holda unga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlovchi samarali vosita bo‘lib, u pul mablag‘i yoki qimmatbaho buyumlarni dastlabki tergov organi yoki sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari depozit hisob raqamiga topshirishdan iborat. Shunga ko‘ra, tergov organlari, sudlar ishning muayyan holatlari va ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsini inobatga olgan holda unga nisbatan garov tariqasidagi ehtiyot chorasini qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi masalani muhokama etishlari hamda ayblanuvchi (sudlanuvchi)ga shaxsan o‘zi yoki qarindoshlari, shuningdek boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan garovga narsa qo‘yish huquqini tushuntirishlari lozim”;
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tushuntirilsinki, JPK 434-moddasiga muvofiq, sudlanuvchining shaxsini aniqlashda, sud majlisi bayonnomasida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyidan tashqari, shaxsiga daxldor boshqa, jumladan, sudlanganligi, davlat mukofoti yoki faxriy unvonlari borligi, salomatligi to‘g‘risidagi va h.k. ma’lumotlar ham aks ettirilishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 439-moddasiga muvofiq, sud tergovi davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasi o‘qib eshittirilishi bilan boshlanadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritilishi lozim”.
o‘zbek tili matnining 4-bandi birinchi xatboshisidagi:
“daliliy ashyolarni” so‘zlari “ashyoviy dalillarni” so‘zlariga almashtirilsin;
o‘zbek tili matnining 5-bandi birinchi xatboshisidagi:
“daliliy ashyolarni” so‘zlari “ashyoviy dalillarni” so‘zlariga almashtirilsin;
o‘zbek tili matnining 6-bandidagi:
“daliliy ashyolarni” so‘zlari “ashyoviy dalillarni” so‘zlariga almashtirilsin;
19-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Ish sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rilganda mulohazalar sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim”.
2. “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 1998-yil 11-sentabrdagi 21-sonli qarori:
rus tili matnining 3-bandi birinchi xatboshisidagi “popechiteli” so‘zi chiqarilsin;
6-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyatga daxldor bo‘lmaganligi, shuningdek shaxsning harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilganligi sababli oqlov hukmi chiqarilayotganda, sud JPK 283-moddasi 2-qismi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 7-sonli qarorining 10-bandi to‘rtinchi xatboshisiga binoan fuqaroviy da’voni qanoatlantirishni rad etadi”.
8-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Jinoyat obyekti bo‘lgan mulk qiymatini aniqlashda uning egasi tomonidan xarid qilinishi holatlaridan, jinoyat sodir etilgan vaqtdagi davlat chakana narxidan, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Mulk qiymatini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda, u ekspert xulosasiga ko‘ra belgilanadi”;
9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplashga oid masalani hal qilishda sudlar moddiy zarar to‘liq hajmda qoplanishi shartligi haqidagi FK 985-moddasi talablaridan kelib chiqishlari lozim.
Sud zarar yetkazgan shaxsning talabiga binoan qoplanadigan zarar miqdorini faqat FK 1012-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda kamaytirishi mumkin”.
19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xatlangan mol-mulkning o‘zlashtirilganligi, rastrata qilinganligi, yashirilganligi, nobud qilinganligi yoki shikastlanganligi aniqlansa, sud prokuratura organlari oldiga ushbu mol-mulk ishonib topshirilgan shaxsni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish masalasini qo‘yishi lozim (JK 233-moddasi)”.
3. “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli qarori:
8-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdorda olish yoki o‘tkazish, basharti qilmish shunday harakatlarni ancha miqdorda sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida sodir etilsa, JK 177-moddasi birinchi qismi bo‘yicha javobgarlikka sabab bo‘ladi”;
11-bandi chiqarilsin.
4. “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2000-yil 15-sentabrdagi 23-sonli qarori:
1.2.-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy jinoyatlarning subyekti O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari (Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining qorovul qo‘shinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining davlat chegarasini himoya qilish qo‘mitasi), Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa vazirlik va idoralarning harbiy bo‘linmalari harbiy xizmatchilari, shuningdek, ularda harbiy yig‘inlarni o‘tayotgan shaxslar bo‘la oladilar”.
o‘zbek tili matnining 4.5-bandidagi “jiddiy zarar” so‘zlari “jiddiy ziyon” so‘zlariga almashtirilsin;
o‘zbek tili matnining 4.5-bandi beshinchi xatboshisidagi “o‘quv otishmalarning” so‘zlari “o‘q otish mashg‘ulotlarining” so‘zlariga almashtirilsin.
5. “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qarori:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 10-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarlik prinsipi har doim ham jazo qo‘llanilishi shartligini anglatmaydi.
Shu tufayli sudlar, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan, yetkazilgan ziyonni qoplagan shaxslarni JK 65, 66, 70, 71-moddalariga muvofiq javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari lozim”.
10-bandidagi “jinoiy javobgarlikdan va jazodan” so‘zlari “jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandining birinchi xatboshisidagi “eng og‘ir jazo muddati yoki miqdori” so‘zlari “har qanday jazo turining eng yuqori muddati yoki miqdori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24-bandining ikkinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday holda qamoq jazosining eng kam muddati bir oydan kamroq bo‘lishi mumkin bo‘lib, biroq olti oydan, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan esa, uch oydan oshmasligi kerak”;
25-banddan keyin quyidagi nomdagi yangi bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
“Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni qo‘llash bo‘yicha”;
251-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda yashash joyi deganda, mahkumning doimiy yashash joyidagi uylar, ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar, boshqa imoratlardagi yashash uchun mo‘ljallangan xonalar va boshqa turar joylar tushunilishi lozim (Uy-joy kodeksi 10-moddasi)”;
255-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“255. Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan yoki sud tomonidan zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash vaqti o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi”;
26-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Ozodlikdan mahrum qilish jazo tariqasida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, shuningdek sudlanuvchining shaxsini inobatga olgan holda — ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan, agar bunday shaxslarni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatishning imkoni bo‘lmasa, qo‘llaniladi”;
27-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo:
olti oydan yigirma yilgacha bo‘lgan muddatga, JK 60-moddasida nazarda tutilgan tartibda esa, — yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga;
voyaga yetmaganlarga nisbatan — olti oydan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga, JK 86-moddasida nazarda tutilgan tartibda esa, — o‘n besh yilgacha bo‘lgan muddatga;
JK 44-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda jarima tariqasidagi jazoni almashtirish tartibida, — uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
JK 46-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni almashtirish tartibida, — olti oydan kamroq muddatga tayinlanishi mumkin.
Uzoq muddatli (yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo faqat ikki turdagi jinoyat — javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (JK 155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin. Bunda qonun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayollarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanishini istisno etadi”;
55-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi uzil-kesil jazo muddati yigirma besh yildan, voyaga yetmaganlarga — o‘n besh yildan, oltmish yoshdan oshgan erkaklar hamda ayollarga nisbatan esa — o‘n uch yil to‘rt oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas”.
6. “Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risidagi”gi 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli qarori:
o‘zbek tili matnining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasiga erkin kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega bo‘lib, qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibi quyidagilar bilan tartibga solinadi:
1999-yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonun (bundan buyon Qonun);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibi” (bundan buyon-fuqarolar kirish-chiqish Tartibi);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari Tartibi” (bundan buyon — xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi);
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan”;
2-bandi ikkinchi-uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibining ehtiyotsizlik oqibatida (masalan, oriyentirni yo‘qotish oqibatida), noilojlikdan (masalan, tabiiy ofat yoki texnogen xususiyatga ega hodisa, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan tahdid etish oqibatida) yoki shaxsning erkiga bog‘liq bo‘lmagan hollarda (masalan, uning ojiz ahvoldaligidan foydalangan holda) buzilishi mazkur jinoyat tarkibini tashkil etmaydi.
Siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzgan holda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar JK 223-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar”;
o‘zbek tili matnining 4-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — amaldagi milliy pasport (diplomatik pasport), shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun (kirish, tranzit) viza va xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi II bo‘limida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar”;
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — amaldagi pasport (diplomatik pasport), unda chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikeri (bundan buyon— stiker) mavjudligi, chet el davlatiga kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan xorijiy davlatlar bundan mustasno), amaldagi yo‘l hujjati (chipta), bojxona organi mansabdor shaxsi belgisi qo‘yilgan bojxona deklaratsiyasi va fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I, II bo‘limlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar;
xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — amaldagi milliy pasport (diplomatik pasport), shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, O‘zbekiston Respublikasiga kirish-chiqish uchun viza, amaldagi yo‘l hujjati (chipta), bojxona organi mansabdor shaxsi belgisi qo‘yilgan bojxona deklaratsiyasi va xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I, III bo‘limlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar”;
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kirish-chiqish uchun vizasiz rejim o‘rnatilgan xorijiy davlatlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chiqishi uchun stiker rasmiylashtirilishi talab etilmaydi (fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I bo‘limi 2-bandi). Biroq normativ-huquqiy hujjatlarda muayyan toifadagi fuqarolarning (masalan, harbiy xizmatchilar, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlardan xabardor shaxslar va h.k.larning) chet elga chiqishi uchun xorijiy davlat bilan vizasiz rejim mavjudligidan qat’i nazar, boshqacha tartib belgilanishi mumkin (fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I bo‘limi 3-bandi, III bo‘limi “a” bandi). Binobarin, mazkur toifadagi shaxslarning stiker rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan xorijiy davlatlarga maxsus ruxsatsiz chiqishi ularning JK 223-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi”;
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I bo‘limi 7-bandiga muvofiq JK 223-moddasi bo‘yicha javobgarlik faqat stiker rasmiylashtirilmagan holda yoki amal qilish muddati o‘tgan stiker bilan O‘zbekiston Respublikasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari talab etilmaydigan har qanday xorijiy davlatdan boshqa, kirish vizasi rasmiylashtirilishi talab etiladigan xorijiy davlatga kirgan hollarda kelib chiqadi.
Shu bilan birga, fuqarolar kirish-chiqish Tartibida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlat hududida bo‘lishi muddati chegarasi belgilanmaganligi sababli, ularning xorijiy davlat hududida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan muddatlardan ortiq bo‘lishlari ma’muriy (MJTK 226-moddasi) yoki jinoiy (JK 223-moddasi) javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi”;
10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 223-moddasi ikkinchi qismining “g “bandida nazarda tutilgan jinoyat subyekti bo‘lib, faqat xorijiy mamlakatlarga chiqishi maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar bo‘la oladilar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ 2142-sonli qarorining 1 va 2-bandlari)”.
7. “Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2012-yil 13-dekabrdagi 17-sonli qarori:
2-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) jinoyat qurollari — jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek, bevosita jinoyat sodir etish jarayonida jinoiy maqsadga erishish uchun foydalanilgan mol-mulk, narsalar (masalan, odam o‘ldirish qurollari, qimmatliklarni talon-toroj qilish yoki egallashda vosita bo‘lgan narsalar, o‘qotar qurol, brakonyerlik qurollari — qopqonlar, to‘rlar, soxta hujjat vah.k.) yoki transport vositalari”;
2-bandi “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) o‘zida jinoyat izlarini saqlab qolgan narsalar (masalan, qon izlari mavjud yoki jinoyat sodir etilishi jarayonida shikastlangan kiyim, narsalar, shu jumladan, o‘q otilishi yoki portlash natijasida shikastlangan narsalar, barmoq, qo‘l, oyoq, poyabzal, transport, buzish qurollarining izlari va h.k.)”;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shuni nazarda tutish lozimki, ashyoviy dalillarni olish usullari qonunda qat’iy belgilangan. JPK 205-moddasiga ko‘ra, ashyoviy dalillar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan (hodisa sodir bo‘lgan yoki boshqa joylarni, binolarni ko‘zdan kechirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ko‘rsatuvni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, olib qo‘yish, tintuv yoki eksperiment o‘tkazish paytida) olinishi yoinki surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga JPK 198-202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda himoyachi yoxud boshqa shaxslar (fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilotlar mansabdor shaxslari) tomonidan taqdim etilishi mumkin”;
9-bandi quyidagi tahrirdagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“axborot saqlash vositalari (telefon apparatlari, xotira kartalari va h.k.), ulardagi qonun bilan taqiqlanmagan ma’lumotlardan nusxa ko‘chirilib, mazkur ma’lumotlar egasi yoki uning vakiliga berilgandan keyin yo‘q qilinishi lozim”;
9-bandining sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilari tegishlicha to‘qqizinchi-o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ba’zi hollarda ayrim qilmishlar, masalan, kontrabanda, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tashish, odam o‘g‘irlash va h.k. uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar jinoyat sodir etishda foydalangan avtomashinalar, mototsikllar va boshqa transport vositalari (konteynerlar) jinoyat quroli deb e’tirof etilishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, ushbu transport vositalarini jinoyat quroli deb e’tirof etish uchun transport vositasidan, faqat ulov sifatida emas (masalan, aybdor tomonidan qonunga xilof ravishda baliqchilik jinoyati qarmoqlar va to‘rlardan foydalanilgan holda sodir etilgan bo‘lib, avtomobildan faqat ulov sifatida foydalanilgan bo‘lsa), balki, qasddan jinoyat sodir etishda aynan qurol sifatida foydalanilganligi so‘zsiz aniqlangan bo‘lishi zarur (masalan, talon-toroj jinoyatini sodir etishda o‘g‘irlangan katta hajmdagi tovarlar avtomobilda olib chiqib ketilgan, tovar yoki boshqa qimmatliklar bojxona nazoratini chetlab yoxud bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tilgan bo‘lsa)”.
8. “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli qarori:
1-bandi birinchi xatboshisidagi “Bojxona kodeksining 3-moddasi” so‘zlari “Bojxona kodeksining 5-moddasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qonun bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish uchun javobgarlik turini bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazilayotgan tovar yoki boshqa qimmatliklar miqdori bilan bog‘lagan bo‘lib, bu miqdor ularning huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan ko‘p miqdorgacha o‘tkazganlik uchun har doim, shaxs aynan shunday huquqbuzarlik uchun bir yil davomida bir necha marta ma’muriy javobgarlikka tortilganligidan qat’i nazar, ma’muriy javobgarlik kelib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 182-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik tovar va transport vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan (O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 227-21-moddasi, 227-22-moddasining birinchi qismi) shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida yana aynan shunday huquqbuzarlikni ko‘p miqdorda sodir etgan holdagina kelib chiqadi.
JK 182-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lganda, jinoiy javobgarlik shaxs tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazganlik uchun ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qat’i nazar, kelib chiqadi. Bunda JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b”, “v” va “g” bandlari bo‘yicha jinoiy javobgarlik faqat bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik ko‘p miqdorda buzilgan holdagina kelib chiqadi”;
4-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar”;
4-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “BK 7-moddasi” so‘zlari “BK 13-moddasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandi birinchi xatboshisidagi “va transport vositalarini” so‘zlari “yoki boshqa qimmatliklar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandidagi “odam tanasida” so‘zlari “odam, hayvon tanasida va h.k.” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan amaldagi yo‘li bilan foydalanish deganda, jumladan, bojxona organlariga quyidagilarni taqdim etish tushunilishi lozim:
bila turib qalbaki hujjatlarni;
bila turib yolg‘on ma’lumotlar kiritilgan hujjatlarni;
qonunga xilof ravishda olingan yoki boshqa tovarlarga tegishi hujjatlari;
haqiqiy bo‘lmagan hujjatlarni;
qalbakilashtirilgan bojxona identifikatsiyalash vositalaridan (plombalar, muhrlar, tamg‘alar bosish, identifikatsiyalash belgilari, shtamplar va BK 197-moddasida nazarda tutilgan boshqa identifikatsiyalash vositalari) yoki boshqa tovarlarga tegishli haqiqiy identifikatsiyalash vositalaridan foydalanish.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazishning har bir tartibi uchun qonunchilikda bojxona organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarning alohida ro‘yxati nazarda tutilgan (BK 18-19-moddalari). Shundan kelib chiqib, mazkur ro‘yxatlarda nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni bojxona organlariga taqdim etmagan shaxsning harakatlari qonunga xilof deb qaralishi mumkin emas”;
9-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazish deganda, bojxona deklaratsiyasida yoki deklaratsiyalashning boshqa belgilangan shaklida tovarlar (nomlanishi, sifati va xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi ma’lumotlar, shu jumladan ularning TIF TN kodlari) to‘g‘risida bila turib yolg‘on ma’lumotlarni aks ettirish tushuniladi.
Tushuntirilsinki, bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasini tekshirish, tovarlarni ko‘zdan kechirish va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlangunga qadar bojxona deklaratsiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolarning deklarant tomonidan mustaqil tuzatilishi (BK 265-266-moddalari) ma’muriy va jinoiy javobgarlikni istisno etadi”;
10-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalangan holda tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazish jinoyati bojxona organlari tomonidan tegishli hujjatlar ro‘yxatga olingan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (BK 264-moddasi)”;
10-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarilsin;
11-bandi ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq” so‘zlari “BK 44-bobiga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘zbek tili matnining 15-bandi birinchi xatboshisidagi “bojxona qiyoslashi” so‘zlari “bojxona identifikatsiyalashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-bandi ikkinchi xatboshisidagi “JK 205-moddasi” so‘zlari “JK192-11, 205-moddalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 246-moddasiga muvofiq, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli ta’sir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘, o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni shuningdek, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni, yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalar, radioaktiv materiallarni (bundan buyon matnda — kontrabanda ashyolari) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish boshqa jinoyat — kontrabanda tarkibini tashkil etadi”;
quyidagi mazmundagi 171-band bilan to‘ldirilsin:
“171. Diniy materiallar bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda olib o‘tilgan har bir holatda shaxsning harakatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun ularda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparaslik g‘oyalari targ‘iboti mavjud yoki mavjud emasligi masalasini aniqlash maqsadida sud-dinshunoslik ekspertizasi tayinlanishi lozim. Agar ekspertiza natijalariga ko‘ra diniy mazmundagi materiallarda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparaslik g‘oyalari targ‘iboti mavjudligi aniqlansa, shaxsning harakatlari JK 246-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 181-band bilan to‘ldirilsin:
“181. Shuni nazarda tutish lozimki, bojxona chegarasi orqali tovar yoki boshqa qimmatliklarni noqonuniy olib o‘tishda (JK 182-moddasi) foydalanilgan transport vositalari (konteynerlar) faqat tovar va boshqa qimmatliklar bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tilgan holdagina jinoyat quroli deb topiladi”.
9. “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli qarori:
rus tili matnining 5-bandi sakkizinchi xatboshisidagi “poryadka gosudarstvennoy registratsii” so‘zlari “poryadka i srokov gosudarstvennoy registratsii” so‘zlari bilan almashtirilsin;
rus tili matnining 5-bandi o‘ninchi xatboshisidagi “srokam predostavleniya” so‘zlari “srokam i poryadku predostavleniya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun javobgarlik turini qonun bunday faoliyat natijasida olinayotgan nazorat qilinmaydigan daromad (foyda) miqdori bilan bog‘laydi. Bunda daromad (foyda) deganda, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish davrida tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan mazkur faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar chegirib tashlangan holda olingan pul tushumi tushunilishi lozim”.
10. “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotinig ayrim masalalari to‘g‘risida” gi 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli qarori:
2-bandi oltinchi xatboshisidagi “2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli” so‘zlari “2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandi birinchi xatboshisidagi “JK 260-262, 264-266, 268, 269-moddalarida” so‘zlari “JK 260-262, 2631, 264-266, 268, 269-moddalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandi birinchi xatboshisidagi “2-bo‘limiga” so‘zlari “I bo‘limiga” so‘zlari bilan, “shuningdek, osma yurgizgichli (dvigatelli) velosiped, mokika, skuter” so‘zlari “moped (osma yurgizgichli (dvigatelli) velosiped)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandi ikkinchi xatboshisidagi “avtomobilni belgilanmagan joyda to‘xtatib turish yoki qoldirib ketish” so‘zlari chiqarilsin;
11-bandi birinchi xatboshisidagi “JK 260, 262, 263, 266, 268, 269-moddalari” so‘zlari “JK260, 262, 263, 2631, 266, 268, 269-moddalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandi birinchi xatboshisidagi “12-bandi” so‘zlari “XI bandi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandi ikkinchi xatboshisidagi “4.1 bandida” so‘zlari “13-bandida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha quyidagi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. Oliy sud Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida”gi 19-sonli qarorining o‘zbek va rus tilidagi 6-bandi chiqarilsin.
2. Oliy sud Plenumining 1997-yil 2-maydagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 3-sonli qarorining
1) o‘zbek va rus tilidagi 22-bandi;
2) 25-bandining birinchi xatboshisi rus tilidagi matnidagi “V sootvetstvii s Zakonom “O gosudarstvennoy poshline” jumlasi chiqarilsin;
3) 25-bandining uchinchi xatboshisi rus tilidagi matnga muvofiqlashtirilib, quyidagi tahrirda bayon qilinsin.
“Taraflarning bitimni rasmiylashtirishda turar joy sotilish qiymatini kamaytirib ko‘rsatganliklari aniqlangan hollarda, sud undirilishi lozim bo‘lgan davlat boji miqdorini bitim bo‘yicha haqiqatda to‘langan summadan kelib chiqib hisoblashi va bitimni tuzish vaqtida to‘lanmay qolgan davlat bojini undirishi lozim”.
3. Oliy sud Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 18-sonli qarori rus tilidagi matnining 12-bandi quyidagi mazmunda ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilib, o‘zbek tilidagi matnga muvofiqlashtirilsin.
“Uchitivaya, chto v sootvetstvii so st. 149 GPK forma i soderjaniye zayavleniya doljno otvechat’ trebovaniyam ukazannoy normm i v jalobe doljni bit ukazani osparivayemie deystviya (bezdeystviya), narushenie prava i svobodi, fakt obraщeniya s dannoy jaloboy vishestoyaщemu doljnostnomu litsu, a takje nalichiye poluchennogo otveta na obraщeniye”.
4. Oliy sud Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik kodeksini tadbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 16-sonli qarorining
1) 24-bandidan “O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan 1993-yil 28-iyunda tasdiqlangan “Davlat boji to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma” jumlalari;
2) Rus tilidagi matnidan “Zakona Respubliki Uzbekistan “O gosudarstvennoy poshline” ot 09.12.1992 goda, Instruksii “O gosudarstvennoy poshline” utverjdennoy Ministerstvom finansov i Glavnim gosudarstvennim nalogovim Upravleniyem pri Kabinete Ministrov ot 28.06.1993 goda” jumlalari chiqarilsin.
5. Oliy sud Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 7-sonli qarorining
1) 1-bandidagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida”gi Qonunning 35-moddasi” jumlasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasi” deb o‘zgartirilsin.
2) Rus tilidagi matndagi “statyey 35 Zakona O garantiyax svobodi predprinimatelskoy deyatelnosti” va “prinyatix 26-aprelya 1996 goda” jumlasi “statyey 38 Zakona “O garantiyax svobodni predprinimatelskoy deyatelnosti” jumlasiga o‘zgartirilsin.
6. Oliy sud Plenumining “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli qaroriga quyidagicha o‘zgartirish kiritilsin:
Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qarori qabul qilinishi munosabati bilan Oliy sud Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-25-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligi bois, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2015-yil 26-iyundagi qarori bilan 24-bandiga kiritilgan o‘zgartirishlar o‘zbek va rus tilidagi matnlaridan chiqarilsin.
7. Oliy sud Plenumining “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti haqida”gi 1998-yil 28-dekabrdagi 31-sonli qarorining o‘zbek tilidagi matni
1) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shaxslarning sudlarga qiladigan murojaatlari mazmun va shakl jihatidan protsessual xarakterda bo‘lgan yoki protsessual xarakterda bo‘lmagan murojaatlariga bo‘linadi. Bunday murojaatlar tushunchasi qonun hujjatlarida belgilanmagan.
Shu bois sudlarga tushuntirilsinki, mazmuni va shakliga ko‘ra protsess ishtirokchilari yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarning ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq hamda protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan murojaatlari protsessual xarakterda bo‘lgan murojaatlar hisoblanadi.
Sudda muayyan ishlarni mazmunan ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lmagan, protsessual qonun hujjatlarida bevosita ko‘zda tutilmagan, protsessual harakatlar qilish yoki sud hujjati chiqarish uchun asos bo‘lmaydigan va dalil sifatida tan olinmaydigan murojaatlar esa protsessual xarakterda bo‘lmagan murojaatlar hisoblanadi.
Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, protsessual xarakterda bo‘lmagan murojaatlarni sudda ko‘rib chiqish tartibi protsessual xarakterda bo‘lgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibidan farqlanadi. Xususan, sudga protsessual xarakterdagi murojaatlarni qilish huquqiga ega shaxslar, ularning huquq va burchlari, murojaatlarni ko‘rish tartibi va muddatlari kabi masalalar maxsus qonunlar — O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va sud jarayoniga oid boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Protsessual xarakterda bo‘lmagan murojaatlarni ko‘rib chiqishga oid qoidalar esa “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qaroriga ilova sifatida tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Namunaviy nizom va boshqa shu kabi qonun hujjatlari hamda sudlarda ish yuritish tartibiga oid yo‘riqnomalarda aks etgan.
Mazkur Plenum qaroridagi qoidalar protsessual xarakterda bo‘lgan murojaatlarni ko‘rib chiqishga taalluqlidir.
Sudlarga uqtirilsinki, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasi mazmuniga ko‘ra protsessual xarakterda bo‘lgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etishda mazkur Qonunda belgilangan qoidalarni qo‘llab bo‘lmaydi”.
2) Mazkur Plenum qarorining rus tilidagi matni
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Obraщeniya lits v sudi, isxodya iz soderjaniya i formi, delyatsya na obraщeniya protsessualnogo libo ne protsessualnogo xaraktera. Ponyatiye takix obraщeniy v zakonodatelnix aktax ne soderjitsya.
V svyazi s etim, raz’yasnit sudam, chto isxodya iz soderjaniya i formi, obraщeniya uchastnikov protsessa ili lits, ne privlechennix k uchastiyu v dele, o pravax i obyazannostyax kotorix sud razreshil vopros, svyazannie s rassmotreniyem dela, a takje predusmotrennie v protsessualnix zakonodatelnix aktax schitayutsya obraщeniyami protsessualnogo xaraktera.
A obraщeniya ne svyazannie s rassmotreniyem po suщestvu opredelennix del v sude, ne predusmotrennie neposredstvenno protsessualnim zakonodatelstvom, ne yavlyayuщiyesya osnovaniyem dlya soversheniya protsessualnix deystviy libo vineseniya protsessualnogo sudebnogo akta, ne priznannie v kachestve dokazatelstv, yavlyayutsya obraщeniyami ne protsessualnogo xaraktera.
Sudi doljni uchitivat, chto poryadok rassmotreniya v sude obraщeniy ne protsessualnogo xaraktera otlichayetsya ot poryadka rassmotreniya obraщeniy protsessualnogo xaraktera. V chastnosti, litsa, imeyuщiye pravo obraщeniya v sud protsessualnogo xaraktera, ix prava i obyazannosti, voprosi poryadka i srokov rassmotreniya . obraщeniy, reguliruyutsya spetsialnimi zakonami — Grajdanskim protsessualnim kodeksom, Ugolovnim protsessualnim kodeksom, Kodeksom ob administrativnoy otvetstvennosti Respubliki Uzbekistan, a takje drugimi zakonodatelnimi aktami, svyazannimi s sudebnim protsessom.
Pravila rassmotreniya obraщeniy ne protsessualnogo xaraktera predusmotreni Zakonami “Ob otkritosti deyatelnosti organov gosudarstvennoy vlasti i upravleniya”, “Ob obraщeniyax fizicheskix i yuridicheskix lits”, “O garantiyax i svobode dostupa k informatsii”, utverjdennim prilojeniyem k postanovleniyu Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 31-marta 2015 goda № 73, Tipovim polojeniyem “O poryadke raboti s obraщeniyami fizicheskix i yuridicheskix lits v gosudarstvennix organax i gosudarstvennix uchrejdeniyax” i drugimi takimi je zakonodatelnimi aktami, a takje instruksiyami, svyazannimi s poryadkom vedeniya deloproizvodstva v sudax.
Pravila, ukazannie v postanovlenii dannogo Plenuma, svyazani s rassmotreniyem obraщeniy protsessualnogo xaraktera.
Ukazat sudam, chto isxodya iz soderjaniya stati 2 Zakona “Ob obraщeniyax fizicheskix i yuridicheskix lits” pri rassmotrenii i razreshenii obraщeniy ne protsessualnogo xaraktera pravila ustanovlennie nastoyaщim Zakonom ne primenimi”.
8. Oliy sudi Plenumining 1993-yil 16-apreldagi “Sudlar tomonidan mulkni ro‘yxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanishi to‘g‘risida”gi 13-sonli qarori rus tilidagi matnining 12-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilib, o‘zbek tilidagi matnga muvofiqlashtirilsin.
“Esli spornoye imuщestvo priobreteno nezakonnimi deystviyami libo deystviyami, napravlennimi v uщerb gosudarstvu, eto imuщestvo v poryadke stati 1023 GK Respubliki Uzbekistan mojet bit obraщeno v doxod gosudarstva libo v schet vozmeщeniya prichinennogo uщerba po isku prokurora, zainteresovannix organizatsiy ili lits”. | 115 | 39,486 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 145 | 378 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-iyundagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish va rasmiylashtirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2013-yil 16-iyuldagi 19/qq, 36/qq-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2480, 2013-yil 19-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 381-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saralash test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 7-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qabul komissiyasi tarkibiga kiruvchi nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni 1-iyulga qadar Davlat test markaziga taqdim etadi.
Saralash test sinovi o‘tkaziladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori qabul komissiyasi mas’ul kotibi hisoblanadi.”.
2. 10-bandda:
o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat test markazidan qabul komissiyasi mas’ul kotibi saralash test sinovi natijalari qaydnomasi bilan birga, abituriyentni saralash test sinovi natijasi bilan bog‘lovchi yagona hujjat hisoblangan, abituriyent tomonidan belgilangan tartibda to‘ldirilgan titul varaqalarining asl nusxalarini, to‘ldirilmagan titul varaqalarining nusxalarini tekshirib, mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma asosida qabul qilib oladi. Bunda belgilangan tartibda to‘ldirilmagan titul varaqalarining asl nusxalari Davlat test markazida qoldiriladi;”;
o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qabul komissiyasi mas’ul kotibi Davlat test markazidan saralash test sinovi natijalarini olgan kuni uni ta’lim muassasasida e’lon qiladi hamda abituriyentlarga saralash test sinovi natijalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot beradi.”.
3. 12-bandda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qabul komissiyasi mas’ul kotiblariga to‘ldirilgan titul varaqalari bilan saralash test sinovi natijalarini topshiradi;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“saralash test sinovi natijalarini Davlat test markazining rasmiy veb saytiga joylashtiradi.”.
4. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK, Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 176 | 2,967 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq to‘lash qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2013-yil 18-sentabrdagi 439-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2516, 2013-yil 11-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 41-son, 555-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq to‘lash qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-banddagi “Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari” degan so‘zlar “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 4-banddagi “Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari” degan so‘zlar “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 6-banddagi “bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga” degan so‘zlar “mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 15-banddagi “bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi” degan so‘zlar “mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 144 | 1,485 |
Qonunchilik | AVVAL XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALAR-YaGONA SOLIQ TO‘LOVI TO‘LOVChILARINI UMUMBELGILANGAN SOLIQLARNI TO‘LAShGA O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1024-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarini umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ushbu Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarini umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avval xususiylashtirilgan korxonalar — davlat korxonalari negizida tuzilgan, xususiylashtirilgan kundan boshlab bir yildan ortiq muddat o‘tgan korxonalar, investorlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari bajarilayotgan korxonalardan tashqari;
obyektiv sabablar — taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan, ushbu taraflar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarila olmaydigan holatlar:
tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chkilar, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini ko‘zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni va realizatsiya qilishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori;
yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror;
yuridik shaxsni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qaror;
sudning qaroriga asosan yuridik shaxsning faoliyatini tugatish, to‘xtatib turish.
2. Ushbu Vaqtinchalik nizom amalga oshirayotgan faoliyat turidan qat’i nazar, yagona soliq to‘lovchisi bo‘lgan barcha avval xususiylashtirilgan korxonalar uchun tatbiq etiladi.
3. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi so‘nggi ikki chorakda obyektiv sabablarsiz, mol-mulk va yer solig‘ining hisoblangan o‘n karra miqdoridan kam bo‘lgan summani tashkil etgan avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq to‘lovchilari, bundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni amalga oshiruvchi korxonalar mustasno, soliq organining xabarnomasiga asosan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni amalga oshiruvchi avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq to‘lovchilari, agar ularning realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi so‘nggi to‘rt chorakda mol-mulk va yer solig‘ining hisoblangan o‘n karra miqdoridan kam bo‘lgan summani tashkil etsa, umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi.
4. Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq to‘lovchilari bo‘yicha davlat soliq inspeksiyalarining balanslarni va soliq hisobotini qabul qilish bo‘limi xodimlari taqdim etiladigan soliq to‘lovchilarning moliyaviy va soliq hisobotlari asosida realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmini mol-mulk va yer solig‘ining normativ belgilangan miqdori bilan solishtiradilar.
5. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish hajmi yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq hisoboti — Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobi (02-varaq) (010-satr “Jami” ustuni) asosida aniqlanadi.
6. Mol-mulk va yer solig‘i summasining normativ belgilangan miqdori hisob-kitob ma’lumotlaridan kelib chiqib quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
N — mol-mulk va yer solig‘i summasining normativ belgilangan miqdori;
N1 — chorak hisobida mol-mulk solig‘i;
N2 — chorak hisobida yer solig‘i;
7. Mol-mulk solig‘i o‘tgan soliq davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) asosida aniqlanadi va chorak hisobda hisoblab chiqariladi (4-ustun 012-satri + 4-ustun 022-satr) /4 x mol-mulk solig‘i stavkasi);
Yer solig‘i vakolatli organning yer uchastkalarini ajratib berish to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida aniqlanadi va chorak hisobida hisoblab chiqariladi (er uchastkasi maydoni x belgilangan stavkasi)/4);
Mol-mulk va yer solig‘i summasining normativ belgilangan miqdori joriy soliq davri uchun shartli doimiy kattalik bo‘lib hisoblanadi.
8. Ushbu Vaqtinchalik nizom tatbiq etiladigan har bir avval xususiylashtirilgan korxona bo‘yicha davlat soliq inspeksiyalarining balanslarni va soliq hisobotini qabul qilish bo‘limi xodimlari hisoblab chiqarilgan mol-mulk va yer solig‘ining normativ belgilangan miqdoridan kelib chiqqan holda ushbu Vaqtinchalik nizomning 1-ilovasiga muvofiq Ma’lumotnomani to‘ldiradilar.
9. Davlat soliq xizmati organlari ma’lumotnomadagi ma’lumotlar asosida, obyektiv sabablar bo‘lmagan taqdirda, agar ikki ketma-ket keluvchi chorak davomida tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish hajmi mol-mulk va yer solig‘i summasining normativ belgilangan miqdoridan kam bo‘lsa, avval xususiylashtirilgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazadilar.
10. Davlat soliq xizmati organi avval xususiylashtirilgan korxonani uni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazilishi to‘g‘risida ushbu Vaqtinchalik nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda, choraklik va yillik hisobotni taqdim etish uchun belgilangan muddatidan keyin 5 kun ichida yozma ravishda xabardor qiladi.
11. Avval xususiylashtirilgan korxona davlat soliq xizmati organining xabarnomasi olingan hisobot davri boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tadi. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i tugaganidan so‘ng korxona umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishi lozim bo‘lgan hisobot choragidan keyingi oyning 1-kunidan boshlab hisoblab chiqariladi.
12. Umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazilgan avval xususiylashtirilgan korxona yagona soliq to‘lovini to‘lashga faqatgina ketma-ket keluvchi to‘rt chorak davomida tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishning haqiqatdagi hajmi mol-mulk va yer solig‘i summasining normativ belgilangan miqdoridan yuqori bo‘lgan taqdirda o‘tishi mumkin.
13. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishning hajmi mol-mulk va yer solig‘i summasining normativ belgilangan miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda avval xususiylashtirilgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizomda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
14. Davlat soliq qo‘mitasi har chorakda yagona soliq to‘lovi hisobotini topshirishdan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazilgan korxonalar soni to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadi.
15. Ushbu Vaqtinchalik nizom 2012-yil 1-yanvargacha amal qiladi. | 181 | 7,350 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRIShDA BOJXONA TO‘LOVLARIDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR, BUTLOVChI BUYuM VA EHTIYOT QISMLAR RO‘YXATIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) 5-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 30-martdagi 2-5/21, 34, EG-01/10-1702, 01-02/8-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Ro‘yxatiga (2007-yil 31-mart, ro‘yxat raqami 1669 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 14-son, 149-modda) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. Quyidagi mazmundagi 721 va 751-bandlar qo‘shilsin: | 183 | 1,111 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASINING AVIATSIYA XODIMLARINI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirish maqsadida IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olib, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2002-yil 4-oktabrdagi 128-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1186, 2002-yil 2-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son) ilovaga* binoan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 164 | 831 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi moliyalashtiriladi | Prezidentning 13.12.2019 yildagi PQ-4550-son qarorida muassasaning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
2016 yilda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti (TDTU) huzuridagi Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi tashkil etilgan. Joriy davrda 15 nafar yosh olimlar Yaponiyaning yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalarida stajirovkadan oʻtdilar. Yaponiyaning хalqaro hamkorlik agentligi (JICA) loyihasi doirasida 2019 yilda markazning хodimlari malaka oshirish maqsadida Yaponiyaga yuborildi.
Markaz ilmiy salohiyatini rivojlantirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun ilmiy asbob-uskunalar va jihozlarni Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va TDTUning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan хarid qilinadi. Yaponiya tomonining tavsiyasiga koʻra 2020 yilda Markaz uchun ilmiy-laboratoriya qurilmalari istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida yetkazib beriladi – shartnomalar roʻyхatdan oʻtkaziladi (tartibi Gʻaznachilik tomonidan belgilanadi), OʻzR TXBning portalida e’lon joylashtirilmaydi, elektron savdolar va tenderlar oʻtkazilmaydi.
Markaz faoliyati Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Markazning vazirlik tizimidagi innovatsiya va teхnologiya transferi markazlari, teхnoparklar, laboratoriyalar, startap va biznes akseleratorlar, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish, Markazning fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarini moliyalashtirish idora zimmasiga yuklanadi.
Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalari jamgʻarmasi tomonidan Markaz uchun qurilmalar, хom ashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni хarid qilish va oʻrnatishga yarim million AQSh dollari ajratiladi. Ushbu mablagʻlar Yaponiya tomoni bilan kelishilgan holda sarflanadi.
Markaz хodimlariga 7 ta oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy laboratoriyalaridan, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor teхnologiyalar markazi laboratoriyalaridan, Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti huzuridagi Jamoaviy foydalanish markazining laboratoriya qurilmalaridan (2017 yilda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining krediti hisobidan, tahr. izohi) tekin foydalanish imkoniyati berilgan.
Bir qator tashkiliy masalalar tartibga solindi. Xususan, markaz direktorini tayinlash tartibi belgilandi – Innovatsion rivojlanish vazirligining takliflari asosida oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Nomzod vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Unga bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov rahbarlik qiladi. Vasiylik kengashi bir yilda ikki marta (kamida) chaqiriladi hamda u tasdiqlangan shtatdagi хodimlar sonini oshirmagan holda markaz tuzilmasini oʻzgartirishga haqlidir.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 67 | 2,986 |
Qonunchilik | T.A. Alimovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni berish to‘g‘risida | Davlat hokimiyati organlarida ko‘p yillik va halol mehnati, madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari hamda respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol qatnashayotganligi uchun Temur A’zamovich Alimovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni berilsin. | 110 | 298 |
Qonunchilik | 243 ta davlat ob’yekti investorlarga «nul» qiymatda sotiladi | Vazirlar Mahkamasining 19.05.2017 yildagi 295-son «Davlatga tegishli ob’yektlarni va aktivlarni хususiy mulk qilib sotishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi.
Hujjat bilan quyidagi roʻyхatlar tasdiqlandi:
investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan «nul» хarid qiymati boʻyicha tanlov asosida sotiladigan davlat mulki ob’yektlari (hammasi boʻlib – 243 ta);
хususiylashtiriladigan foydalanilmayotgan koʻchmas davlat mulki ob’yektlari, shuningdek davlat korхonalari va хoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlar (hammasi boʻlib – 96 ta);
foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan, vakolatli organlar va tuman (shahar) hokimliklarining qaroriga koʻra buzib tashlanadigan davlat mulki ob’yektlari roʻyхati (hammasi boʻlib – 114 ta);
ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlari koʻrilayotgan koʻchmas davlat mulki ob’yektlari, shuningdek davlat korхonalari va хoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlar roʻyхati (hammasi boʻlib – 215 ta).
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 60 | 1,224 |
Qonunchilik | “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-824-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 12-oktabrda birinchi o‘qishda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-824-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini rad etish haqidagi taklifini ko‘rib chiqib hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 1351 va 1352-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 9-sentabrda kiritilgan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-824-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Ushbu Qaror hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining xulosasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 206 | 1,139 |
Qonunchilik | DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMG‘ARMASI TOMONIDAN AJRATILGAN MABLAG‘LARNI QAYTARISh UChUN G‘ALLA, UN VA ShOLI SOTIShDAN TUShAYOTGAN MABLAG‘LARNI AKKUMULATSIYA QILISh TARTIBIGA O‘ZGARTIRISh | G‘alla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablag‘larni akkumulatsiya qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 8-fevraldagi 10-01, 111-V-son bilan tasdiqlangan “Davlat ehtiyojlar uchun xarid qilinadigan g‘alla va guruch-sholiga Jamg‘arma tomonidan avans berish va hisob-kitob qilish uchun ajratiladigan mablag‘larni qaytarish uchun don mahsulotlari korxonalarining g‘alla, un va guruch-sholini sotishdan tushayotgan mablag‘larini akkumulatsiya qilish tartibi”ga (1999-yil 8-fevral, ro‘yxat raqami 653-son) o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi. | 249 | 794 |
Qonunchilik | Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot shakli va uni to‘ldirish qoidalarini tasdiqlash haqida | “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 149-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 327-modda) va 2007-yil 4-apreldagi PQ–615-son “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 155-modda) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot shakli 1-ilovaga muvofiq;
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot shaklini to‘ldirish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2007-yil 30-oktabrdagi 98-son “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida ma’lumot shakli va ularni to‘ldirish bo‘yicha Qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1744, 2007-yil 29-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 493-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Auditorlik tashkilotlari tomonidan Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotni (bundan buyon Ma’lumot deb yuritiladi) taqdim etish auditorlik tashkilotining majburiyatlaridan biri hisoblanadi.
2. Ma’lumot 31-dekabr holatiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yozma yoki “Audit” dasturiy majmui axborot tizimi orqali elektron shaklda hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvarigacha taqdim etiladi. III — VI boblarning ko‘rsatkichlari 31-dekabr holatiga yil boshidan boshlab ortib boruvchi yakun bilan to‘ldiriladi.
3. Ma’lumotda barcha rekvizitlar, satrlar va ustunlar to‘ldirilishi lozim. Ma’lumotni to‘ldirishda ularning to‘liq to‘ldirilishi va kiritilgan ma’lumotlarning ishonchliligi ta’minlanishi lozim. Auditorlik tashkilotida tegishli ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganligi sababli u yoki bu satr (ustun), to‘ldirilmagan taqdirda, ushbu satr (ustun) chizib qo‘yiladi. Ma’lumot axborot texnologiyalari yordamida “Microsoft Word” matn redaktoridan foydalanib, “Times New Roman” shriftining 12 o‘lchamini qo‘llagan holda to‘ldiriladi.
4. Ma’lumotning manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
“Auditorlik tashkilotining nomi” satrida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan ta’sis hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkilotining to‘liq nomi ko‘rsatiladi;
“Pochta manzili” satrida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan ta’sis hujjatlariga muvofiq to‘liq pochta manzili (pochta indeksi bilan birgalikda) ko‘rsatiladi;
Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanasi” satrida auditorlik tashkilotining auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritilgan sanasi ko‘rsatiladi;
“Ustav kapitali” satrida amalda shakllantirilgan ustav kapitalning summasi ko‘rsatiladi;
“Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami” satrida auditorlik tashkilotining identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi;
“Filiallar” satrida filiallar soni, ularning joylashgan eri, nomi, filial rahbarlarining familiyasi ko‘rsatiladi;
“Auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zoligi” satrida auditorlik tashkiloti a’zo bo‘lgan auditorlarning respublika jamoat birlashmasi nomi ko‘rsatiladi;
“Xalqaro auditorlik tarmog‘iga a’zoligi” satrida xalqaro auditorlik tashkilotining nomi, tarmoqqa kirish sanasi ko‘rsatiladi;
Telefon, elektron manzil, veb-sayt” satrida auditorlik tashkilotining aloqa telefoni raqami, elektron pochta manzili va veb-sayti (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
5. Auditorlik tashkiloti filiallari faoliyatining ko‘rsatkichlari auditorlik tashkiloti taqdim qiladigan Ma’lumotga kiritilishi lozim.
6. Ma’lumot auditorlik tashkiloti rahbari va ma’lumotni tayyorlagan shaxs tomonidan to‘ldirilgan sana ko‘rsatilgan holda imzolanadi.
7. Ma’lumotda bo‘yab tuzatishlar va o‘chirib yozishlar bo‘lmasligi lozim. Xatolar tuzatilgan taqdirda, rahbar tomonidan tasdiqlangan tegishli izohlar beriladi.
8. Ma’lumotda qiymatda ifodalangan ko‘rsatkichlar ming so‘mda o‘n birlik belgilari bilan, boshqa ko‘rsatkichlar — birlikda ko‘rsatiladi.
9. Auditorlik tashkilotining amaldagi ishlagan vaqtidan qat’i nazar, Ma’lumot hisobot yili uchun to‘ldiriladi.
10. “Auditorlik tashkiloti rahbari” bobida quyidagilar ko‘rsatiladi:
rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi (to‘liq) (01-satr);
rahbarning lavozimga tayinlanganligi haqidagi buyruqning soni va sanasi (02-satr);
rahbarga berilgan auditor malaka sertifikatining tartib raqami va sanasi (05-satr);
hisobot yilida malaka oshirish kursini o‘taganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ya’ni, kursni o‘tagan sanasi, kursni o‘taganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning raqami, kursni o‘tagan o‘quv markazining nomi (06-satr);
11. “Tashkilot xodimlarining soni” bobining 08-satrida hisobot yilining 31-dekabr holatiga auditorlik tashkilotida ishlayotgan xodimlarning umumiy soni ko‘rsatiladi.
12. 09-satrda hisobot yilining 31-dekabr holatiga auditorlik tashkilotida ishlayotgan auditorlar soni ko‘rsatiladi. Qayd etilgan ushbu son mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlar (10-satr) va o‘rindoshlik asosida va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishlayotgan auditorlar (11-satr) soniga taqsimlanadi.
3-ustundagi 09-satr 10 va 11-satrlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim.
13. “Hisobot yilining 31-dekabr holatiga auditorlar to‘g‘risida ma’lumot (shtatdagi va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha jalb qilinganlar)” jadvalida auditorning familiyasi, ismi va otasining ismi (1-ustun), uning ishga qabul qilinganligi, auditor lavozimiga o‘tkazilganligi haqidagi buyruqning raqami va sanasi (2-ustun), auditor malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi (3-ustun), malaka oshirish kursini tamomlaganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning raqami va sanasi (4-ustun), mavjud bo‘lganda xalqaro buxgalter sertifikati bo‘yicha ma’lumotlar (nomi, raqami va sanasi) (5-ustun) ko‘rsatiladi.
Jadvalda ko‘rsatilgan auditorlarning soni 09-satrda keltirilgan songa teng bo‘lishi lozim.
14. “Hisobot yili davomida auditorlar bilan tuzilgan va bekor qilingan mehnat shartnomalari to‘g‘risida ma’lumot” jadvalida:
1-ustunda — hisobot yilida mehnat shartnomasi tuzilgan (bekor qilingan) auditorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2-ustunda — asosiy ish joyi yoki o‘rindoshlik asosida va boshqa holatlarni ko‘rsatgan holda mehnat shartnomasi tuzilganligi haqida ma’lumot;
3-ustunda — asosiy ish joyi yoki o‘rindoshlik asosida va boshqa holatlarni ko‘rsatgan holda mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida ma’lumot;
4-ustunda — yuz bergan o‘zgarishlarning asosi (ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning soni va sanasi) ko‘rsatiladi.
15. “Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi” bobining 12-satrida:
3-ustunda hisobot yilida auditorlik xizmatlari ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumiy soni;
4-ustunda hisobot yilida ko‘rsatilgan auditorlik xizmatlarining umumiy summasi Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalari (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son) bilan tasdiqlangan Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot 2-son shaklga muvofiq ko‘rsatiladi.
16. 13, 14, 15 va 16-satrlarda mos ravishda hisobot davrida o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari, tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari, tahliliy tekshiruvlar va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlar hamda ko‘rsatilgan turdosh xizmatlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni (3-ustun) va auditorlik xizmatlari summasi (4-ustun) ko‘rsatiladi.
18. 3-ustunda 12-satr 13 — 16-satrlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim.
19. 4-ustunda 12-satr 13 — 16-satrlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim.
21. “Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi” bobining 5 va 6-ustunlarida tegishli satrlar bo‘yicha o‘tgan yilning xuddi shunday ko‘rsatkichlari aks ettiriladi.
22. “Majburiy auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar” bobida majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning taqsimlanishini tavsiflovchi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
23. 19-satrda majburiy auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumiy soni (3-ustun) va ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy summasi (4-ustun) aks ettiriladi.
24. 3 va 4-ustunlarda 19-satr mos ravishda 20 — 27-satrlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim.
Ushbu satrlar O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni va xizmatlar summasini ko‘rsatgan holda to‘ldiriladi:
20-satrning 3 va 4-ustunlarida (21, 22, 23, 26, 27-satrlardan tashqari) mos ravishda aksiyadorlik jamiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi ko‘rsatiladi;
21-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda banklar va boshqa kredit tashkilotlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi ko‘rsatiladi;
22-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda sug‘urta tashkilotlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi ko‘rsatiladi;
23-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi ko‘rsatiladi;
24-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat bo‘lgan xayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi ko‘rsatiladi;
26-satrning 3 va 4-ustunlarida (20, 21, 22, 23, 27-satrlardan tashqari) mos ravishda ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi ko‘rsatiladi;
27-satrning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda fond va tovar birjalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi ko‘rsatiladi.
27¹-satrning (20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27 satrlardan tashqari) 3 va 4-ustunlarida mos ravishda hisobot yili yakuni bo‘yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi ko‘rsatiladi:
aktivlarning balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 100 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa;
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum bazaviy hisoblash miqdorining 200 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa;
xodimlarning o‘rtacha yillik soni 100 kishidan ortiq bo‘lsa.
25. “Auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi” bobida hisobot davrida auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini tavsiflovchi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
26. 28-satr bo‘yicha:
3-ustunda majburiy va tashabbus tarzida o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlarining umumiy soni ko‘rsatiladi;
4-ustunda majburiy va tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha auditorlik xizmatlarining umumiy summasi ko‘rsatiladi;
5 va 6-ustunlarda mos ravishda majburiy auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soni va ushbu tekshiruvlar bo‘yicha xizmatlar summasi ko‘rsatiladi;
7 va 8-ustunlarda tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soni va ushbu tekshiruvlar bo‘yicha xizmatlar summasi ko‘rsatiladi;
28-satr tegishli ustunlar bo‘yicha 29 — 37-satrlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim.
27. 29 — 37-satrlarda auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumiy sonidan (28-satrning 3-ustunidan) faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soni ko‘rsatiladi.
Ushbu satrlarni to‘ldirish uchun auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining faqat bir (asosiy) turiga qarab tanlab olinadi.
Auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyat turi ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektga berilgan Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagich (IFUT) kodi bo‘yicha aniqlanadi:
29-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi bo‘yicha “Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash” “V” Seksiyasida IFUT kodiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday ko‘rsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha mos ravishda ko‘rsatiladi;
30-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi bo‘yicha “Ishlab chiqaradigan sanoat” “S” Seksiyasida IFUT kodiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday ko‘rsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha mos ravishda ko‘rsatiladi;
31-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi bo‘yicha “Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash” “D” Seksiyasida IFUT kodiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday ko‘rsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha mos ravishda ko‘rsatiladi;
32-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi bo‘yicha “Qurilish” “F” Seksiyasida IFUT kodiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday ko‘rsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha mos ravishda ko‘rsatiladi;
33-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi bo‘yicha “Tashish va saqlash” “N” Seksiyasida IFUT kodiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday ko‘rsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha mos ravishda ko‘rsatiladi;
34-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi bo‘yicha “Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi” “A” Seksiyasida IFUT kodiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday ko‘rsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha mos ravishda ko‘rsatiladi;
35-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi bo‘yicha “Ulgurji va chakana savdo; motorli transport vositalari va mototsikllarni ta’mirlash” “G” Seksiyasida IFUT kodiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday ko‘rsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha mos ravishda ko‘rsatiladi;
36-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi bo‘yicha “Moliyaviy va sug‘urta faoliyati” “K” Seksiyasida IFUT kodiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday ko‘rsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha mos ravishda ko‘rsatiladi;
37-satrning 5 va 6-ustunlarida asosiy faoliyat turi bo‘yicha, 29–36-satrlarda qayd etilganlardan tashqari, boshqa iqtisodiy faoliyat turlarida IFUT kodiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar soni va summasi, 7 va 8-ustunlarda esa, xuddi shunday ko‘rsatkichlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha mos ravishda ko‘rsatiladi.
28. “Auditorlik xulosalari” bobining 38 — 41-satrlarida o‘tkazilgan majburiy va tashabbus tarzida auditorlik tekshiruvlari natijalari bo‘yicha hisobot yilida berilgan auditorlik xulosalari to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Auditorlik xulosasida qayd etilgan sana auditorlik xulosasi berilgan sana hisoblanadi.
29. 38-satrning 3-ustunida berilgan auditorlik xulosalarining umumiy soni ko‘rsatiladi. Ushbu auditorlik xulosalari soni quyidagilar bo‘yicha taqsimlanadi:
majburiy auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha (39-satr);
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha (40-satr).
30. 38-satr 39 va 40-satrlarning yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim.
31. 3-ustun ma’lumotlari 4 — 7-ustunlar bo‘yicha auditorlik faoliyati standartlarida belgilangan auditorlik xulosalari turlari bo‘yicha taqsimlanadi.
32. 41-satrda 38-satr ma’lumotlaridan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish natijalari yuzasidan hisobot yilida berilgan auditorlik xulosalari turlari bo‘yicha ko‘rsatiladi.
33. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston auditorlar Palatasi, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston buxgalterlar, auditorlar va konsultantlar Federatsiyasi bilan kelishilgan. | 98 | 17,477 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.