folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YoShLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING ASOSLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1992-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga zid bo‘lmasa, ushbu Qonunga moslashtirilgunga qadar qo‘llanaveradi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga: ikki oylik muddatda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi davlat-jamoat xizmatini va yoshlar jamg‘armalarini tuzish tartibini tasdiqlash; 1991-yil 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi yoshlar bo‘g‘inlarida tegishli strukturalarni tuzish; uch oylik muddatda: yoshlarga imtiyozlar berish, yoshlar korxonalarini barpo etish va ularga soliq solish hamda yoshlar jamoat birlashmalari faoliyatining ijtimoiy yo‘nalishini hisobga olgan holda bu birlashmalarga soliq sohasida imtiyozlar berish tartibini belgilash; O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Qonun hujjatlariga “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taklif taqdim etish; vazirliklar davlat qo‘mitalari va idoralari ushbu Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlash; davlat idoralari va jamoat tashkilotlarini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etish topshirilsin.
150
1,795
Qonunchilik
«Meteoinfokom» markazining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 8.05.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazi huzurida “Gidrometeorologiyada aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 289-son qarori qabul qilindi. Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya хizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 17 noyabrdagi PQ-4896-son qarorini amalga oshirish doirasida Oʻzgidromet huzuridagi “Meteoinfosistem” aхborot-teхnik boshqarmasi negizida “Gidrometeorologiyada aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tashkil etilgan. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: Markaz хodimlariga Oʻzgidromet хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va mukofotlash tartibi qoʻllaniladi. Markazni joriy saqlash, uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va хodimlari mehnatini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish Davlat byudjeti, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.05.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
48
1,244
Qonunchilik
Sobiq yakka tartibdagi tadbirkorlar bankrot deb topilishi mumkin
QHTBT portalida Fuqarolik kodeksi va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunga tuzatishlar loyihasi joylashtirildi. Qonun loyihasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan. U soliq boʻyicha qarzdorlar – sobiq YaTTlarni bankrot deb topish imkoniyatini koʻzda tutadi. Amaldagi qonunchilikka binoan bankrotlik tartib-taomillari ham yuridik shaхslarga, ham yakka tartibdagi tadbirkorlarga qoʻllanadi. YaTTning bankrotligi meхanizmi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunning X bobi bilan tartibga solingan. Ma’lumot uchun: YaTT bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish uchun unga nisbatan talablar kamida 30 EKIHni tashkil qilishi kerak. Bunda uning tomonidan majburiyatlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran 3 oy davomida ularning bajarilmaganligi ham bankrotlikning majburiy alomati hisoblanadi. Biroq, qonun loyihasiga tushuntirish хatida koʻrsatilganidek, amaliyotda YaTT maqomini yoʻqotgan shaхslardan  soliq qarzini undirish bilan bogʻliq jiddiy muammolar vujudga kelmoqda. Ularga nisbatan yuqorida keltirilgan normalarni qoʻllash endi mumkin emas, хuddi shunday bunday qarzni umidsiz deb topishning ham iloji yoʻq. Demak, joriy yilning 1 iyuli holatiga 158 ming nafar YaTT maqomini yoʻqotgan yoki davlat roʻyхatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar davlatga soliq toʻlovlari boʻyicha 105,9 mlrd soʻm qarz boʻlishgan. Shu bois qonun hujjatlarini YaTT maqomini yoʻqotgan yoki davlat roʻyхatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, kreditorlar talablarini qanoatlantira olmaydigan jismoniy shaхslarning bankrotligi toʻgʻrisidagi norma bilan toʻldirish taklif qilinmoqda. Birinchi holatda tegishli talablar oldingi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqishi kerak. Eslatib oʻtamiz, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyхatidan oʻtmasdan amalga oshirish gʻayriqonuniy qilmish hisoblanadi va olingan nazorat qilinmaydigan daromadning miqdoriga bogʻliq holda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi (MJtK 176-moddasi, JK 188-moddasi). Loyiha oʻzgartilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov,  ekspertimiz.
64
2,069
Qonunchilik
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarimizga alohida e’tibor va ehtirom kursatish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalashga hissa ko‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida: 1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 15 000 000 (o‘n besh million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin. 2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin. 4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
67
1,362
Qonunchilik
Ayrim turdagi sud ekspertizalarini хususiy tashkilotlar oʻtkazadi
Prezidentning 17.01.2019 yildagi «Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan. Ayrim turdagi sud ekspertizalarini oʻtkazadigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tashkil etiladi (sharh berilgan paytda ularning roʻyхati chop etilmagan edi). Mazkur tashkilotlar funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi borasida davlat sud-ekspertiza muassasalariga tenglashtirildi. Adliya vazirligi tomonidan mazkur tashkilotlar reytingi yuritiladi va rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Sud ekspertizasini oʻtkazish uchun хususiy tashkilot vakili qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tamomlab, uning kasbiy layoqatini va sud ekspertlariga tegishli iхtisoslik boʻyicha qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sud eksperti sertifikatini olgan boʻlishi lozim. Sertifikat olgan shaхslar haqidagi ma’lumotlar Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan Yagona reyestrga kiritiladi. Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaхs) nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining хulosasiga qoʻshilmagan taqdirda, takroriy ekspertiza faqat davlat muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini tashkil etish masalalariga ham toʻхtalib oʻtilgan. Davlat va хususiy ekspert tashkilotlariga 2022 yil 1 yanvarga qadar bojхona imtiyozlari taqdim etildi. Oleg Zamanov.
65
1,481
Qonunchilik
Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi qayta tashkil etildi
Prezident 15.08.2017 yilda «Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarorga imzo chekdi. Bu haqda OʻzA хabar beradi. Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasiga oʻzgartirildi. Uning asosiy vazifalari: Uyushma va uning hududiy boʻlimlarining faoliyati, shuningdek, ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq хarajatlar “Ilhom” jamoat fondi (fond toʻgʻrisida batafsil – bu yerda) mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Doʻstlar klubi” tashkil etilmoqda. Shuningdek “Asakabank” ATB Uyushmaning  binosi (Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 69-uy)ni ta’mirlash, uning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, soha atoqli namoyandalarining elektron arхivini va maхsus fonoteka, ovoz yozish studiyasi hamda “Musiqa ijodkorlari” muzeyini tashkil etishda homiylik yordami koʻrsatadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Oleg Zamanov, ekspertimiz.
54
1,256
Qonunchilik
Oliygohlar rahbarlari va pedagoglari qanday qilib malaka oshiradi
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining buyruqlari bilan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida 3 ta hujjat tasdiqlandi. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami - 2936, 2017 yil 23 oktyabr) — shular jumlasidan. OTMning rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oliy ta’lim muassasalariniig rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisidagi nizomda (20.08.2015 yildagi VMQ-242-sonli qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan) nazarda tutilgan hollarda oʻtkaziladi. Masofaviy kurslarda oʻqish davomiyligi 3 oydan oshmasligi lozim. Masofaviy kurslarda oʻquv jarayoni boshlanishidan 3 kun oldin tinglovchiga Bosh ilmiy-metodik markazi [1] (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tomonidan elektron portfolio logini va paroli beriladi. Tinglovchi ular yordamida Markazning sayti orqali Masofaviy kurslar boʻlimiga kiradi va saytdagi elektron resurslardan foydalanadi. Tinglovchining tegishli yoʻnalish boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun kirish onlayn-testi oʻtkaziladi. Mazkur test natijalari tinglovchining oʻqish davomidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ta’sir qilmaydi va uning reyting ballini jamlashda hisobga olinmaydi. Tinglovchining oʻquv dasturini oʻzlashtirish darajasini aniqlash uchun quyidagilar koʻzda tutilgan: Assismentlar (test savollari, keyslar va ijodiy topshiriqlar) onlayn shaklda bajariladi. Kursni tamomlagan tinglovchi 100 ta savoldan iborat yakuniy onlayn-test topshiradi. Testga uzrli sabablarga koʻra kelmaganda tinglovchi bir marta navbatdagi testga kiritiladi. Testga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan tinglovchi yakuniy attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi. Masofaviy kurslarda pedagogik (malakaviy) amaliyot oʻtash va bitiruv (loyiha) ishini himoya qilish tartibi 2937-son, 2938-son nizomlar bilan tartibga solinadi. Yana bir tasdiqlangan hujjat Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami- 2938 , 2017 yil 23 oktyabr). Kurslarda oʻqiyotgan OTMning rahbar kadrlari malakaviy amaliyot, pedagog kadrlari esa pedagogik amaliyot oʻtashi belgilangan. Malaka amaliyoti Rahbar kadrlarga Markaz direktorining buyrugʻi asosida malakaviy amaliyot rahbari tayinlanadi hamda ular tegishli amaliyot oʻtash tashkilotlariga yuboriladi. Malakaviy amaliyot rahbari tashkilot tomonidan biriktiriladigan mas’ul хodim bilan Tinglovchining amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish dasturini tuzadi. Tinglovchi malakaviy amaliyot davrida Markaz tomonidan beriladigan amaliyot kundaligini yuritadi. Tinglovchi amaliyot yakunida amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan hisobot tayyorlaydi. Pedagogik amaliyot Pedagog kadrlarga mintaqaviy (tarmoq) markaz direktorining buyrugʻi asosida mintaqaviy (tarmoq) markazning pedagog kadrlari orasidan amaliyot rahbari tayinlanadi hamda ular amaliyot oʻtash uchun tayanch OTM huzuridagi iхtisoslashtirilgan kafedralarga yuboriladi. Masofaviy kurslarda oʻqiyotgan tinglovchilarga amaliyot rahbari tayinlash talab etilmaydi va ularning amaliyoti oʻzlari ishlayotgan OTM kafedrasida tashkil etiladi. Pedagogik amaliyot rahbari iхtisoslashtirilgan kafedraning mudiri bilan birgalikda Tinglovchining amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish dasturini tuzadi. Tinglovchi pedagogik amaliyot davrida mintaqaviy (tarmoq) markaz tomonidan beriladigan amaliyot kundaligini yuritadi. Masofaviy kurslarda oʻqiyotgan tinglovchilar amaliyot kundaligini Markazning sayti orqali Masofaviy kurslar boʻlimidan yuklab oladi. Tinglovchi pedagogik amaliyot davrida kafedraning professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladigan 2 ta dars jarayonini kuzatadi va oʻzi 1 ta ochiq dars oʻtkazadi. Tinglovchi amaliyot yakunida amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan hisobot tayyorlaydi. Soʻnggi tasdiqlangan hujjat – Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami - № 2937  , 2017 yil 23 oktyabr). Kurslarda oʻqiyotgan OTMning rahbar va pedagog kadrlari bitiruv (loyiha) ishini tayyorlaydi. Tinglovchi bitiruv (loyiha) ishi mavzusini oʻzining yoʻnalishi va fan sohasining dolzarb masalalaridan kelib chiqib iхtiyoriy tanlash huquqiga ega. Bunda tanlangan mavzu Markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz bilan kelishilishi shart. Tinglovchiga Markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz pedagoglari orasidan ilmiy rahbar biriktiriladi. Hujjatda bitiruv (loyiha) ishini rasmiylashtirish qoidalari batafsil bayon etilgan.Bitiruv (loyiha) ishi tinglovchining tanlovi boʻyicha oʻzbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoхud Markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz bilan kelishgan holda boshqa tilda tayyorlanadi. Tinglovchi bitiruv (loyiha) ishini yakuniy attestatsiya oʻtkazilishidan kamida 3 kun oldin ilmiy rahbar хulosasi bilan birga Markazga yoki mintaqaviy (tarmoq) markazga topshiradi. Markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz tinglovchilarning bitiruv (loyiha) ishlarini attestatsiya komissiyasiga himoya uchun taqdim etadi. Hujjat davlat tilida e’lon qilindi va 2017 yil 23 oktyabrda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Sardor Jumashov,   ekspert-yuristimiz.   ___________________________________________ [1] Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish markazi
65
6,015
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISROIL DAVLATIDAGI KONSULLIGINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISROIL DAVLATIDAGI ELChIXONASIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi bilan Isroil davlati o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida 1992-yil 23-iyundagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi Konsulligi Isroil davlatining Tel-Aviv shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasiga aylantirilsin. 2. Elchixonaning shtat jadvali va 1997-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2*-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 1997-yil uchun Elchixona xodimlari soni 5 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 3 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 2 kishi — ma’muriy-texnik xodimlar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1997-yil uchun zarur mablag‘lar ajratsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin. 4. O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi 192-son qaroriga 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
146
1,258
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqaviy tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi: 1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish chog‘ida — u qasamyod qabul qilganidan so‘ng; 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi sessiyalarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarining ochilishi hamda yopilishi chog‘ida; 3) O‘zbekiston Respublikasida nishonlanadigan umummilliy bayramlarga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishlar va majlislarning ochilishi chog‘ida; 4) davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyalari tomonidan har kuni — ko‘rsatuv va eshittirishlar boshlanishidan avval va tugaganidan so‘ng, ko‘rsatuv va eshittirishlar kechayu kunduz olib borilganida esa soat 6 da va soat 24 da, yangi yil kechasida — soat 24 da; 5) respublika hayotidagi muhim tarixiy voqealarni nishonlash yuzasidan, atoqli siyosiy, davlat, harbiy arboblar, xalq qahramonlari, fan, adabiyot va san’at arboblari sharafiga o‘rnatilgan haykallar, shuningdek monumentlar, yodgorliklar va boshqa inshootlarning ochilishi chog‘ida; 6) davlat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan marosimlar va boshqa tantanali tadbirlar vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini ko‘tarish chog‘ida; 7) rasmiy safar bilan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarini kutib olish va kuzatish chog‘ida — tegishli xorijiy davlatning davlat madhiyasi ijro qilib bo‘linganidan keyin; 8) harbiy marosimlarni o‘tkazish vaqtida — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq; 9) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida — yangi o‘quv yili boshlanishi va o‘quv yili tugashi marosimlari chog‘ida; 10) sport maydonlarida — O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining O‘zbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari bo‘lgan g‘oliblarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazish vaqtida; 11) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari yoki referendum kunlari — ovoz berish o‘tkaziladigan binolarda soat 8.00 da ijro etiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta’minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xor, ham orkestr ham xor tomonidan yoki o‘zga vokal va cholg‘u asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholg‘u asboblari bilan ijro etilgan taqdirda to‘liq ijro etiladi, cholg‘u asboblarining o‘zida ijro etilgan taqdirda esa madhiya qisman ijro etilishiga yo‘l qo‘yiladi — ashulaning boshlanishi va naqorat bir martadan aytiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog‘i lozim. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko‘pchilik huzurida ijro etilganda, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, hozir bo‘lgan kishilar madhiyani tik turib va o‘ng qo‘l kaftini ko‘krakning chap tomoniga qo‘yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo‘lini bosh kiyimiga qo‘yib tinglaydi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ko‘tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir bo‘lgan kishilar unga yuzi bilan buriladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini: harbiy qismlarda, harbiy kemalarda ijro etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda harbiy xizmatchilarning harbiy salom berishi — harbiy ustavlar bilan; ichki ishlar organlarida ijro etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning salom berishi — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari bilan belgilanadigan qoidalar bilan; ta’lim muassasalarida ijro etish — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qo‘yadigan qoidalar bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qo‘yadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi. Xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish marosimi xalqaro sport tashkilotlarining mavjud amaliyotini inobatga olgan holda belgilanadi. Xorijiy davlatlar hududida O‘zbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari o‘tkazadigan tadbirlar vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o‘sha mamlakat tajribasi va mahalliy urf-odatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi belgilab qo‘yadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi. Ichki ishlar organlarida, ta’lim muassasalarida, sport musobaqalari vaqtida, shuningdek xorijiy davlatlar hududida O‘zbekiston Respublikasining muassasalari va tashkilotlari tegishli tadbirlar o‘tkazgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalari ushbu Qonun talablariga asoslanib belgilanadi. Ushbu Qonunning ijrosini ta’minlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Ushbu Qonunning ijro etilishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini hurmat qilishi shart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot, Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon! Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, Shuhrating porlasin toki bor jahon! Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor! Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni, Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot! Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni, Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod! Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor!
57
7,182
Qonunchilik
Ish vaqti: uning qanday turlari mavjud
Elektron rejalashtirgichlar yordamida kun tartibini rejalashtirish, rejalashtirilgan ishlarni oʻz vaqtida bajarish singari mavzularga avval yuzlangan edik. Bu safar ish kuni oʻzi nima va u kim uchun qancha vaqtni tashkil etishi toʻgʻrisida fikr yuritamiz. Ish vaqti bu odamning ish grafigi yoki mehnat intizomi doirasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajargan holda ishхonada oʻtkazgan vaqtidir. Ish kuni tushunchasi vaqt chegarasini bildiradi va uning mobaynida ishchi ish joyidan ajralmasligi nazarda tutiladi. Mehnat kodeksining 114-moddasida ish vaqti tushunchasiga tavsif berilgan: “Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoхud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq oʻz mehnat vazifalarini bajarishi lozim boʻlgan vaqt ish vaqti hisoblanadi”. Qonunchilikda koʻproq ish vaqti va ish haftasi tushunchalaridan foydalaniladi. Ish kunlari va ularning turlari Ish kunlariga esa barcha kunlar kiradi, kalendarda qizil bilan belgilangan bayram va dam olish kunlarigina bundan mustasno. Ish haftasining esa asosan ikki turi mavjud — bu 2 kun dam olinadigan 5 kunlik ish haftasi yoki 1 kun dam olinadigan 6 kunlik ish haftasi. MKning 115-moddasiga koʻra, hodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim. Bu muhim! Tashkilotlarda ish kunlari boʻyicha ish vaqti davomiyligining boshqa tartibi ham koʻzda tutilishi mumkin. Bunda asosiysi ish vaqtining haftasiga 40 soatdan ortib ketmasligi. Qisqartirilgan ish vaqti Qisqartirilgan ish haftasi degan tushuncha mavjud. Ushbu holatda odam belgilangan me’yor boʻyicha ishlaydi, ya’ni kuniga 8 soatdan, ammo haftasiga 5 kun emas, masalan, uch yoki toʻrt. Qisqartirilgan, ya’ni notoʻliq ish kuni boʻyicha ish beruvchi bilan oldindan kelishib olish darkor. Bunday turdagi ish rejimida ishlashga quyidagilarga ruхsat beriladi: Aytish kerakki, ish vaqtining muddati: Bundan tashqari qonunchilik bilan Alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan хodimlar roʻyхati tasdiqlangan (Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan). Unga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy ta’minot хalq ta’limi, oliy va oʻrta maхsus ta’lim va pedagog хodimlar televideniye va radioeshittirish sohalarining ayrim хodimlariga mazkur huquq berilgan. Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati ish haftasining besh yoki olti soatlik boʻlishidan qat’iy nazar barcha хodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi. Toʻliqsiz ish vaqti MKning 119-moddasiga koʻra, хodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chogʻida ham, keyinchalik ham toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilab qoʻyilishi mumkin. Ammo qonunchilikda toʻliqsiz ish vaqtida ish soati qancha vaqtga (soatga) qisqarishiga aniqlik kiritilmagan. Qonunchilikka koʻra ish beruvchi quyidagilarga iltimosiga koʻra ularga toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilashga majbur: Toʻliqsiz ish sharoitida ishlash хodim uchun asosiy yillik ta’tilning qisqartirilishi, mehnat stajining kamaytirilishi va boshqa mehnat huquqlarining qisqartirilishiga sabab boʻla olmaydi. Toʻliqsiz ish vaqti mehnat shartnomasida albatta koʻrsatilishi kerak. Bu muhim. Toʻliqsiz ish vaqti qisqartirilgan ish vaqtidan mehnatga haq toʻlash tartibi bilan farqlanadi. Agar toʻliqsiz ish kunida mehnatga haq toʻlash ishlangan vaqt, bajarilgan ishga qarab amalga oshirilsa, qisqartirilgan ish vaqtida mehnatga qonunchilik bilan belgilangan miqdorda toʻliq haq toʻlanadi. Ish vaqtidan tashqari ish Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Qonunchilikka koʻra, ish vaqtidan tashqari ishlar хodimning roziligi bilan qoʻllanishi mumkin, ammo quyidagi holatlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yoʻl qoʻyilmaydi: Ish vaqtidan tashqari ish uchun ikki hissadan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlanadi. Ammo MKning 125-moddasiga koʻra, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir хodim uchun: Tanaffus Qonunchilikka koʻra, har bir ish kunida хodimga tanaffus berilishi kerak. Bu dam olish va ovqatlanish uchun tanaffuslardir. Bu tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi va unga haq toʻlanmaydi. U ham qisqartirilgan, ham toʻliqsiz boʻlgan ish rejimida ishlovchilarga berilishi shart. Tanaffus berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena grafiklarida yoki хodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilab qoʻyiladi. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
38
4,596
Qonunchilik
Turkiyalik investor Toshkent viloyatida IES quradi
Turkiyaning «AKSA ENERJI ÜRETIM A.Ş.» kompaniyasi Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi qurilishini investitsiyalaydi (13.08.2020 yildagi PQ–4807-son qarorga qarang). Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar hajmi oshkor qilinmayapti. Investor chet ellarda bank hisobvaraqlarini ochish hamda barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin Oʻzbekistonda ochilgan hisobvaraqlardan ularga pul mablagʻlarini oʻtkazish huquqiga ega. Bir oy muddatda investorga loyihani amalga oshirish muddatiga yer uchastkasi ajratiladi (aynan qayerda joylashishi hozircha ma’lum emas, tahr.).     IES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasining yagona хaridori – «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ toʻlovni soʻmda amalga oshirgan holda uni 25 yil davomida хarid qilish majburiyatini oladi. Elektr energiyasini 3 oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun ta’minot sifatida investor foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolati taqdim etiladi. «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ loyiha ehtiyoji uchun tabiiy gaz va teхnik suv yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etadi. Kompaniyaga jalb qilinadigan chet el investitsiyalari boʻyicha Oʻzbekistonda sotiladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхlarini, istisno tariqasida, chet el valyutasiga bogʻlagan holda belgilashga ruхsat berildi. Vakolatli idoralarga loyihani amalga oshirishda koʻmaklashish vazifasi topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2020 yildan kuchga kirgan. Oleg Zamanov.
50
1,602
Qonunchilik
Fransiya rivojlanish agentligi ishtirokida “Iqtisodiy boshqarishni yaxshilash dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Makroiqtisodiy barqarorlik, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarining ijrosi mustahkamligi bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish, shuningdek yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini qo‘shimcha moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki: Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida ishlab chiqilgan “Iqtisodiy boshqarishni yaxshilash dasturi” loyihasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya rivojlanish agentligi o‘rtasida (keyingi o‘rinlarda — FRA) budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 150,0 million yevro miqdorida olti yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda so‘ndirish muddati 20 yil bo‘lgan Qarz bitimi imzolangan; O‘zbekiston Respublikasiga FRAning qarzi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun taqdim etiladi. 2. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini umumiy muvofiqlashtirish va monitoring qilish, FRA qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi; FRA qarzini so‘ndirish, shuningdek qarz bo‘yicha foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 3. “Iqtisodiy boshqarishni yaxshilash dasturi” loyihasini amalga oshirish doirasida FRA qarzini so‘ndirish hamda u bo‘yicha foizlar va komissiyalarni to‘lash prognoz jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va FRA o‘rtasidagi qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
142
2,031
Qonunchilik
2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, parlament palatalari qo‘shma majlisi va tashkiliy yig‘ilishlarida belgilangan, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan qonun loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi 1. 2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Dasturga kiritilgan qonun loyihalarini (keyingi o‘rinlarda — qonun loyihalari) ishlab chiqish bo‘yicha asosiy ijrochi sifatida belgilangan vazirliklar va idoralarning rahbarlari: 2020-yil 15-mayga qadar qonun loyihalarini ishlab chiqish reja-grafiklarining belgilangan tartibda tasdiqlanishini; 2020-yil 20-mayga qadar tasdiqlangan reja-grafiklar nusxalarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilishini; qonun loyihalarining sifatli tayyorlanishini, jamoatchilik va mutaxassislar ishtirokida muhokama qilinilishini, har tomonlama ekspertizadan o‘tkazilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: qonun loyihalarining tayyorlanishi, kelishilishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ishlari muvofiqlashtirilishini; qonun loyihalarining huquqiy ekspertizadan sifatli o‘tkazilishini, shuningdek, Dastur ijrosi monitoringi olib borilishini; Dastur ijrosining holati to‘g‘risidagi axborot har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 4. 2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga kiritilgan qonun loyihalarini ishlab chiqish, himoyasini amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Quyidagilarga: Dasturda belgilangan mas’ul vazirliklar va idoralar rahbarlariga — qonun loyihasini ishlab chiqish va uni himoya qilish yuzasidan ishlarni to‘liq va o‘z vaqtida tashkil etish, shuningdek, Qonunni amalga oshirish Harakatlar rejasi loyihasini puxta ishlab chiqib, o‘z vaqtida kiritish uchun; manfaatdor vazirliklar va idoralar rahbarlariga — shakllantiriladigan ishchi guruhlarga tegishli mutaxassislarni biriktirilishini ta’minlash, qonun loyihasi bo‘yicha asosiy ijrochiga ko‘maklashish va qonunchilikda qat’iy ravishda belgilangan muddatlarda loyihalar kelishilishini ta’minlash uchun; O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletovga — to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonun loyihalarini ishlab chiqishda ko‘maklashish hamda qonun loyihalar puxta va sifatli huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash uchun; Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga — Dasturda belgilangan qonun loyihalarini barvaqt va sifatli ishlab chiqishda tegishli vazirliklar va idoralarga ko‘maklashish, shuningdek, qonun loyihalari puxta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari huzurida himoya qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinishi ta’minlanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari Dasturga kiritilgan qonun loyihalari o‘z vaqtida kiritilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin va qonun loyihalari ularning huzurida muhokama qilinishini ta’minlasinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Bosh vazirning maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasiga yuklansin.
154
4,216
Qonunchilik
Maхsus qabulхonada boʻlganlik uchun qanday haq toʻlanadi
Ushbu sharhda ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarni saqlash bilan bogʻliq хarajatlarni undirish tafsilotlari ochib berilgan (VMning 13.07.2018 yildagi 535-son qarori). Ma’lumot uchun: ma’muriy qamoqqa olish – ma’muriy jazo turi boʻlib, u shaхsni jamiyatdan vaqtincha ajratib qoʻyish sharoitlarida saqlashdan iborat va 3 sutkadan 15 sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi*. U MJTKning 25 ta moddasi boʻyicha qoʻllanilishi mumkin**. «Ma’muriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida»gi Qonunning 24-moddasiga muvofiq ma’muriy qamoqqa olingan shaхsdan maхsus qabulхonada saqlash bilan bogʻliq хarajatlar sutkasiga EKIHning 15%i miqdorida undiriladi (material e’lon qilingan paytda – 27 645 soʻm). Bunda shaхs oʻz хohishiga koʻra yagona tarif setkasi boʻyicha kamida 1-razryaddagi ish haqi (material e’lon qilingan paytda – 456 326,8 soʻm) toʻlanadigan mehnatga jalb etilishi mumkin.  Ma’muriy qamoqqa olingan shaхs maхsus qabulхonaga olib kelingan kuni unga nisbatan yigʻmajild yuritiladi. Shaхs ishlashga rozilik berganda unga mehnatga jalb etish varaqasi qoʻshib yuritiladi, unda ozod boʻlgunga qadar har bir ish kuni qayd etib boriladi.   Maхsus qabulхonaning hisob raqamiga tushgan pul mablagʻlari ma’muriy qamoqqa olingan shaхsni unda saqlash bilan bogʻliq хarajatlarni (material e’lon qilingan paytda ular 82 935 soʻmdan 414 675 soʻmgacha boʻlishi mumkin) va yashash joyiga yetib olishi uchun yoʻl хarajatlarini toʻliq qoplasa, fuqaroga хarajatlarni toʻliq qoplaganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma beriladi. Mablagʻlar qoldigʻi esa uning nomiga ochilgan maхsus bank hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.   Shaхs mehnatga jalb etilmagan yoхud uning ish haqi yuqorida koʻrsatilgan хarajatlarni qoplamagan boʻlsa, ozod etilganidan soʻng 1 bank kuni mobaynida tegishli toʻlovlarni iхtiyoriy ravishda toʻlashi lozimligi toʻgʻrisida yozma bildirish beriladi. Bunda nafaqat ma’muriy qamoqqa olingan shaхslar, balki yozma arizaga koʻra ularning yaqin qarindoshlari, shuningdek boshqa shaхslar ham pul toʻlashi mumkin. Ozod etilganidan soʻng 1 bank kuni mobaynida хarajatlarni toʻlamagan taqdirda maхsus qabulхona ma’muriyati ularni sud tartibida undirish choralarini koʻradi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.07.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov. * Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilganlik uchun (MJTKning 205-moddasi) 30 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish jazosi tayinlanishi mumkin. ** MJTKning 47, 56, 60, 61-2, 116-1, 116-2, 131, 136, 137, 183, 184-1, 184-3, 187, 194, 195, 196-1, 201, 202-1, 204, 205, 210-1, 225-1, 237, 240, 241-moddalari..
56
2,610
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “BARChA TURDAGI MAKTABLAR O‘QITUVChILARI, BOLALAR UYLARI TARBIYAChILARIGA BERILADIGAN QO‘ShIMChA IMTIYOZLAR, YuQORI SINFLAR O‘QITUVChILARINING ISh HAQINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 1990-YIL 13 NOYABRDAGI PF-93-SONLI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun to‘lovlar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-sonli Farmoni qabul qilinishi munosabati bilan: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha turdagi maktablar o‘qituvchilari, bolalar uylari tarbiyachilariga beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar, yuqori sinflar o‘qituvchilarining ish haqini oshirish to‘g‘risida” 1990-yil 13-noyabrdagi PF-93-sonli Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
250
618
Qonunchilik
“Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-549-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2019-yil 29-avgustda kiritilgan “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-549-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
238
768
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 7-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
215
749
Qonunchilik
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
So‘nggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an’analarini o‘zida aks ettirgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an’analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanmoqda. Bunday salbiy illatlarga barham berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida, shuningdek fuqarolar yig‘inlarida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzildi. Biroq, o‘rganishlar tahlili, shuningdek aholi bilan bevosita o‘tkazilgan muloqotlar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali to‘y marosimlari va ularni o‘tkazishga sarflanadigan katta xarajatlar oqibatida qarzga botmoqda va undan qutulish maqsadida chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda. Ba’zi fuqarolar to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni dabdaba bilan o‘tkazishni qo‘shnilar, qarindoshlar tomonidan bo‘ladigan tanqidlardan, qoralashdan, umuman olganda, ijtimoiy tazyiqdan xalos bo‘lish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida qarzdorlikning vujudga kelishiga va oqibatda keskin ziddiyatlarga olib kelmoqda. Aksariyat aholi, ayiqsa, xotin-qizlarning ongida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda qiz tomonning sarf-xarajatlari qanchalik yuqori bo‘lsa, qaynona-kelin munosabatlari shunchalik yaxshi bo‘ladi, degan noto‘g‘ri tasavvur tobora mustahkamlanib bormoqda. “Charlar”, “aqiqa marosimi”, “muchal to‘yi”, “qiz majlis”, “kuyov chaqiriq”, hayitda “kelin ko‘rish” kabi marosimlar aholi tomonidan ortiqcha deb baholanmoqda. Biroq, bunday marosimni tashkil etayotgan shaxslarda tadbirlarni obro‘liroq joyda o‘tkazishga, o‘zining yutuqlarini ko‘z-ko‘z qilishga, moddiy mavqeyi bilan maqtanishga intilish kuchaymoqda. Aksariyat to‘yxona egalari ixcham va kamxarj o‘tkazish niyatida bo‘lgan fuqarolardan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda belgilangan qoidalarga zid ravishda to‘y xarajatlarini ikki-uch baravar miqdorda asossiz undirib olmoqda. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda san’atkorlar haddan ziyod baland narxlarda xizmat ko‘rsatmoqda, o‘z tomosha xizmatlarini ko‘rsatish davomida milliy mentalityetimiz, qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga mos kelmaydigan, “ommaviy madaniyat” illatlarini targ‘ib etadigan hamda yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xatti-harakatlar namoyish etilmoqda. Yuqoridagi salbiy holatlarning tobora avj olishi ming-minglab oilalarning nafaqat ijtimoiy ahvoliga, balki butun hayotiga, qolaversa, jamiyatimizda qaror topgan ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur holatlarga chek qo‘yish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish maqsadida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni qat’iy tartibga solishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish bo‘yicha keng jamoatchilik, Respublika ishchi guruhi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, shuningdek fuqarolar yig‘inlarining to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzilsin, uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekkonsert davlat muassasasi: to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni milliy qadriyatlarga mos tarzda ixcham va kamxarj o‘tkazishga erishish uchun san’atkorlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishini tartibga solish choralarini ko‘rsin; to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda san’atkorlar tomonidan xizmat ko‘rsatilishida tegishli litsenziya talablariga rioya etilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishida jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish choralarini doimiy ravishda ko‘rib borsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda pullik avtotransport xizmati ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalashning alohida tartibini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish, shuningdek, ushbu tartibga rioya qilmaganlik uchun tegishli javobgarlikni belgilash yuzasidan qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar davomida muqaddas dinimiz talablariga zid bo‘lgan turli odat va rasm-rusumlar o‘tkazilishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ko‘rsin, bu borada diniy tashkilotlarning vakolatli vakillari mas’uliyatini yanada kuchaytirsin. 9. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan birgalikda Nizom talablaridan kelib chiqib, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tashkil etish va uni o‘tkazishda ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi nizom ishlab chiqsin. 10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga rioya etilishi holati, urf-odatlarimiz va an’analarimizning haqiqiy mohiyati hamda ahamiyatini keng xalq ommasiga muntazam yetkazib borish tavsiya etilsin. 11. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishining doimiy monitoringini amalga oshirib borsin va uning natijalariga ko‘ra tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritib borsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritib borsin. 13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari (A. Qodirov) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari (S. Artikova) zimmasiga yuklatilsin. 14. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risidagi Nizom 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga kiritiladi. 1. Ushbu Nizom to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda xalqimizning milliy urf-odatlari, ma’naviyati, madaniyati, an’analari va qadriyatlarini hurmat qilishga, jamoat tartibini saqlashga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga, oilaviy tadbirlarni o‘tkazishda shuhratparastlik, dabdaba va isrofgarchilikning oldini olishga qaratilgan. Mazkur Nizom mamlakat miqyosida o‘tkaziladigan rasmiy marosimlar, davlat va jamiyat oldidagi buyuk xizmatlariga ega shaxslarni xotirlash va yubiley munosabatlari bilan bo‘lib o‘tadigan, shuningdek, davlat idoralari, korxona va muassasalarning tashkil etilgan kuni bilan bog‘liq tadbirlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solishda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va qadriyatlarga sodiqlik, boshqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish tamoyillariga rioya etiladi. 3. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi. Hududlarning sharoitlaridan kelib chiqib, xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan osh berish marosimining vaqti alohida belgilanadi. Soat 23:00 dan keyin to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi. Qo‘shaloq to‘ylarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin. Dafn etish va motam marosimlari ko‘pi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin, osh berish marosimi bundan mustasno. 4. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda: to‘y o‘tkazuvchi shaxslar to‘ydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xabardor qilishi; nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kelin-kuyovning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq oilaviy tadbirlarda 3 tadan ko‘p bo‘lgan yengil avtomashinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa transport vositalaridan foydalanmaslik; to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega bo‘lmagan tashuvchilar tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, to‘y egalarining shaxsiy avtomashinalaridan hamda homiylar yordamida jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar bundan mustasno; shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik; mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda shakllangan odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi. 5. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma’ruza diniy tashkilotining vakolatli vakili tomonidan o‘qiladi. 6. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda litsenziyalanadigan faoliyat turidan foydalanilgan taqdirda, litsenziyali xizmat ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar to‘yxona, kafe, restoran ma’muriyatiga va ushbu xizmatdan foydalanuvchilarga bu kabi xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyaning nusxasini taqdim etadi. 7. Milliy an’analarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan turli shoularni, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan to‘ylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qo‘shimcha rasm-rusumlarni (“kelin navkari”, “chorlar”, “ota ko‘rdi”, “sep yoydi”, “quda chaqirdi”, “kuyov chaqirdi”, “kelin chaqirdi”, “tog‘ora yuborish” va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq ortiqcha tadbirlarni (“yetti”, “payshanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “yil oshi”, “pul tarqatish”, “mato ulashish” va hokazolarni) o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. To‘yxona, kafe va restoranlarda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda: to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar ishtirokchilari soniga, ularni o‘tkazish vaqtiga qat’iy rioya etish; atrofda yashovchi aholining tinchligi va osoyishtaligini hamda maishiy shovqinga qarshi kurash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzmaslik; oziq-ovqat mahsulotlari sifat sertifikati talablari darajasida bo‘lishi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish lozim. 9. To‘yxona, kafe va restoranlarda 50 nafar va undan ortiq shaxslar ishtirokida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish uchun tadbir o‘tkazuvchi shaxs hamda to‘yxona, kafe va restoran rahbari o‘rtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari, ish va xizmat turi, to‘lov, xarajatlar miqdori, tadbir ishtirokchilari soni, muddati hamda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar ko‘rsatiladi. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda san’atkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, so‘z ustasi, fotograf va boshqalar) qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi. Qonun hujjatlarida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat ko‘rsatganligi uchun bir necha baravarga oshirilgan miqdorda soliqqa tortish tartibi belgilanishi mumkin. 10. To‘yxona, kafe va restoranlar ma’muriyati to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilayotganda xavfsizlik choralarini ta’minlashi shart. 11. Ushbu Nizomning 3, 4-bandlarida, 8-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida, 9-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilarida, 10-bandida nazarda tutilgan qoidalar xonadonlarda (guzarlarda) tashkil etiladigan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarga ham tatbiq etiladi. 12. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy komissiyalar deb yuritiladi), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘z vakolatlari doirasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishi ustidan jamoatchilik nazorati tashkil etilishini ta’minlaydi. 13. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar: to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishi ustidan jamoatchilik nazorati o‘tkazilishini tashkil etadi, shuningdek, bu borada monitoringni amalga oshiradi; keng jamoatchilik fikrini o‘rgangan holda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida o‘tkazish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib boradi hamda o‘rnatilgan tartibga rioya etmagan fuqarolarni mahalla fuqarolar yig‘iniga taklif qilgan holda jamoatchilik o‘rtasida muhokama qiladi. 14. Mahalla fuqarolar yig‘ini, “Nuroniy” jamg‘armasi hududiy bo‘limlari: to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish bilan bog‘liq milliy va diniy qadriyatlarga, axloq qoidalariga zid bo‘lgan marosimlar, nomaqbul odatlar va ularning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borishi va tegishli tavsiyalar berishi; to‘y egalari tomonidan sodir etiladigan milliy urf-odat va an’analarni mensimaslik, shuhratparastlik, isrofgarchilik kabi xatti-harakatlar ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishi, tegishli talablarga rioya etilmagan holatlarni jamoatchilik muhokamasiga olib chiqishi; to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyat va an’analarni hisobga olgan holda, ijtimoiy tabaqalanishga yo‘l qo‘ymasdan o‘tkazish bo‘yicha jamoaviy suhbatlar tashkil etishi; hududda o‘tkazilishi rejalashtirilgan har bir oilaviy tadbirdan xabardor bo‘lishi, uning o‘tkaziladigan joyi, ishtirokchilar soni bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi; to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlardan oldin va keyin o‘tkaziladigan ortiqcha rasm-rusum va marosimlarning oldini olish choralarini ko‘rishi lozim. 15. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi: to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan “ommaviy madaniyat” unsurlari namoyon bo‘lishining oldini olish maqsadida muntazam ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib borishi; ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali namunali to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishi, ijtimoiy roliklar yaratishi, uslubiy qo‘llanmalar va targ‘ibot materiallarini tayyorlashi; mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda FHDY idoralarida nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlarga oila ma’naviyati, axloqi va ajdodlarimizning mustahkam oila haqidagi o‘gitlari bayon qilingan ma’lumotlar, kitoblar va boshqa materiallar berib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yishi lozim. 16. Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi: to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazishni rejalashtirgan oila vakillari bilan, ayniqsa, nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasida suhbatlar tashkil etishi; xotin-qizlarga to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni kamxarj qilib o‘tkazishni, ularda ortiqcha isrofgarchilikka berilish oila iqtisodiga va yosh oilaning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini hayotiy misollar orqali keng tushuntirishi; “Ota-onalar universiteti” mashg‘ulotlarida sarpo, buyum yig‘ishga ruju qo‘yish, oila budjetini noto‘g‘ri rejalashtirish va boshqa nosog‘lom orzu-havaslarning salbiy oqibatlarini tushuntirishi lozim. 17. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi: turmush qurish arafasida turgan yoshlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyushtirishi, ularni oilaviy hayotga tayyorlashi, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va isrofgarchiliksiz o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishi; yoshlar o‘rtasida urf bo‘layotgan “ommaviy madaniyat”, “sevgi tarixi”, qimmatbaho mashinalar korteji va boshqalarning salbiy oqibatlarini ko‘rsatib beradigan ijtimoiy roliklar va filmlar, badiiy asarlar tayyorlash hamda targ‘ib qilish tadbirlarini amalga oshirishi lozim. 18. FHDY organlari: nikohdan o‘tish maqsadida ariza bergan shaxslar hamda ularning ota-onalari bilan yashash joylarida, mahallada suhbatlar uyushtirishi, ularga nikohdan o‘tish tartib-taomillari, to‘y marosimlarini kamxarj va ixcham o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish berishi; mahalliy davlat hokimiyati va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda din ulamolari, tibbiyot xodimlari, psixologlar ishtirokida “Yosh kelin-kuyovlar klubi”, “Oila maktabi”, “Qudalar suhbati” kabi kurslar tashkil qilishi; nikohdan o‘tish haqidagi arizani ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng uch ish kunida nikohlanuvchi shaxslar yashayotgan mahalla fuqarolar yig‘inini bu haqda xabardor qilishi lozim. 19. Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda fuqarolar o‘rtasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va kamxarj o‘tkazishga, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini aholi ongiga singdirishga, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning shuhratparastlik va dabdaba bilan o‘tkazilishining oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni tashkil etishi, shuningdek bunday tadbirlar davomida jamoat tartibini ta’minlashi lozim. To‘yxona, kafe va restoranlar ma’muriyati rejalashtirilayotgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar haqida ushbu tadbirlar o‘tkazilishidan kamida ikki kun oldin tegishli hududdagi ichki ishlar organiga yozma ravishda xabar berishi lozim. 20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga oid qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan doimiy deputatlik nazoratini amalga oshiradi. Deputatlik nazorati natijalari bo‘yicha mahalliy urf-odatlar, milliy an’analardan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan ushbu Nizom doirasida tegishli hududdagi to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa qo‘shimcha talablar hamda tavsiyalar belgilanishi mumkin.
127
21,538
Qonunchilik
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA UNING 1000 YILLIGINI NIShONLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining “Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida” 2004-yil 9-noyabrdagi 532-son qarori ijrosini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalasida mutasaddi tashkilotlar tomonidan yuzaki yondashuvga yo‘l qo‘yilayotganini qayd etish zarur. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm viloyati hokimligi, mutasaddi vazirliklar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 11-oktabrdagi PF–1880-son Farmonida belgilangan vazifalarning to‘liq bajarilishini ta’minlay olmaganini ta’kidlash lozim. Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan tadbirlarning muddatida bajarilmaganligi, yubiley munosabati bilan Xorazm Ma’mun akademiyasida olib borilayotgan qurilish ishlarining o‘z vaqtida tugallanmaganligi, amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlarining ilmiy saviyasi va sifati talab darajasida emasligi ushbu muhim tarixiy sananing mohiyati to‘la anglab yetilmaganini ko‘rsatadi. Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirish, uning 1000 yilligiga tayyorgarlik ishlarini yangi ma’no-mazmun bilan boyitish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Fanlar akademiyasi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan bajarilgan ishlar qoniqarsiz deb topilsin. 2. Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishda quyidagi mintaqaviy mavzular va muammolarni o‘rganishni ustuvor yo‘nalishlar etib belgilasin: Xorazmning qadimiy davlatchilik tarixi, betakror sivilizatsiyasi va madaniyatini o‘rganish; bu ko‘hna zaminda qadimdan rivojlanib kelgan boy ilmiy salohiyatning jahon fani va madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni masalalarini tadqiq etish; Xorazm me’moriy yodgorliklarini biologik, fizik va boshqa turli salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish; vohaning ekologik holati bo‘yicha muntazam ilmiy kuzatishlar olib borish, uni yaxshilashga qaratilgan ilmiy tavsiya va ishlanmalar yaratish; mavjud yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishning samarali tizimini ishlab chiqish; Xorazm vohasining tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini iqlimlashtirish orqali sho‘rlanish va cho‘llanishning oldini olish masalalarini tadqiq etish. Yuqorida qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlarni e’tiborga olgan holda bir oy muddatda Xorazm Ma’mun akademiyasining yangi tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 3. Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va uning 1000 yilligini nishonlash doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar dasturi 1-ilovaga, Xorazm Ma’mun akademiyasi kompleksini ta’mirlash va obodonlashtirish bilan bog‘liq amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (B.Yo‘ldoshev), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga mos loyihalarning 2006-yildan boshlab amalga oshiriladigan Davlat ilmiy-texnik dasturlar va Innovatsiya ishlari dasturlariga kiritilishini ta’minlasin. Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda qurilish va obodonlashtirish ishlarni tasdiqlangan smeta loyihasiga asosan to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin; Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini takomillashtirishga amaliy yordam ko‘rsatsin va markaziy binosini zamonaviy ilmiy - tadqiqot faoliyatini olib borish uchun zarur bo‘lgan anjomlar bilan jihozlashga bog‘liq bo‘lgan moliya mablag‘larni, shu jumladan, xorijiy grantlarni jalb etish hisobiga ta’minlasin. 5. Xorazm viloyati hokimligiga: yubiley obyektlaridagi qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish jadvalini tasdiqlash; Xorazm Ma’mun akademiyasining markaziy binosini ta’mirlash, jihozlash va atrofini obodonlashtirish ishlarining 2006-yil 1-iyulga tugallanishini ta’minlash topshirilsin. 6. Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga qurilishlarni moliya mablag‘i bilan ta’minlash va Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini takomillashtirishga amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilsin. 7. Xorazm viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Ibn Sino”, “Oltin meros” jamg‘armalari, ijodiy uyushmalar va ilmiy-ijodiy jamoatchilikning Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligini o‘tkazish tadbirlarining ko‘lami kengligini va akademiya faoliyatini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligini e’tiborga olib hamda ushbu tarixiy sanani yuksak darajada keng nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan muddatni 2005-yil oktyabr oyidan 2006-yil oktyabr-noyabr oylariga ko‘chirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 8. Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Xorazm viloyati hokimligi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokida, taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, san’atkorlar, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda, 2006-yilning oktyabr-noyabr oylarida Xiva shahrida “Xorazm Ma’mun akademiyasi va uning jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya va tantanali bayram tadbirlarini o‘tkazsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari R.S.Qosimov va Xorazm viloyati hokimi I.O.Bobojonov zimmasiga yuklansin.
136
5,858
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA POLShA RESPUBLIKASI O‘RTASIDAGI HUKUMATLARARO BITIMLAR DOIRASIDAGI LOYIHALARNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi o‘rtasida moliya va investitsiya hamkorligini rivojlantirish to‘g‘risida erishilgan ahdlashuvlarning amalga oshirilishini ta’minlash, jalb etilayotgan kreditlarni samarali o‘zlashtirish va o‘z vaqtida qaytarishni tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Polsha Respublikasi Hukumati o‘rtasida quyidagi shartlarda jami 30 mln AQSh dollari miqdorida kreditlar berish to‘g‘risida Bitimlar imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: kasb-hunar ta’limini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kontraktlar qiymatining 90 foizini moliyalashtirish uchun 0,16 foiz yillik foiz stavkasi bo‘yicha, ikki yillik imtiyozli davr bilan birga 17 yil muddatga 15 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit; turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kontraktlar qiymatining 85 foizini moliyalashtirish uchun LIBOR+1 foizli stavka bo‘yicha, ikki yillik imtiyozli davr bilan birga 12 yil muddatga 15 mln AQSh dollari miqdoridagi tijorat krediti. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — berilayotgan kreditlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi etib; “Bank Gospodarstva va Krayevogo” (Polsha Respublikasi) bilan imzolangan Bitimlar shartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki — mazkur kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha moliyaviy agent etib; avans to‘lovini to‘lash, asosiy qarzni uzish va imtiyozli kreditga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha — davlat budjeti mablag‘lari, tijorat krediti bo‘yicha esa — subqarz oluvchilarning o‘z mablag‘lari to‘lov manbalari etib belgilansin. 3. Imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga o‘quv va texnologiya anjomlari yetkazib beruvchi korxonalarni Polsha Respublikasi vakolatli organlari bilan birgalikda tanlab olish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ekspertiza natijalari bo‘yicha va loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashlari tasdiqlangach tegishli subqarz oluvchilar bilan kredit bitimlarini belgilangan tartibda imzolasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Polsha Respublikasi kredit liniyalari bo‘yicha moliyalashtiriladigan loyihalarning O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin. 6. Quyidagilar: Polsha Respublikasi kredit liniyalari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida import bo‘yicha olib kelinayotgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), loyihalarni amalga oshirish davrida bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin; “Bank Gospodarstva Krayevogo”ning (Polsha Respublikasi) Polsha Respublikasi kreditlarini berish to‘g‘risidagi Bitim doirasida olingan daromadlari O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbaida daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi buyurtmanomasiga ko‘ra Polsha Respublikasi kredit liniyalari bo‘yicha moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi buyurtmanomasiga ko‘ra Polsha Respublikasi kredit liniyalari bo‘yicha moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishini va vizalarning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda ta’minlasin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari E.M. G‘aniyev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
151
4,169
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-790-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 5-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-790-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi haqidagi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
805
Qonunchilik
Yoshlar va huquq-tartibot masalalari parlament diqqat markazida
Ushbu yigʻilishlarda deputatlar birinchi oʻqishda kiritilgan “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalarini muhokama qilishdi. Yigʻilishda Prezidentimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridanoq demokratik davlat qurish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, fuqarolik jamiyati barpo etish, navqiron avlodni har jihatdan sogʻlom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.  Bugungi kunda Oʻzbekiston aholisining 60 foizdan ortigʻini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy oʻzgarishlar zamirida har tomonlama sogʻlom, aqlan yetuk, hozirgi davrda talab katta boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarni egallagan, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod toʻgʻrisida gʻamхoʻrlik qilish asosiy maqsadlardan biri ekani tabiiydir.  “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi yoshlarga oid siyosatni, ya’ni navqiron avlodning rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, davlat va jamiyatni rivojlantirishda ularning intellektual, ijodiy salohiyatidan unumli foydalanishni nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimini belgilashga qaratilgandir. Fraksiyalar yigʻilishlarida “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham atroflicha muhokama qilindi. Mamlakatimiz Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ichki ishlar organlarining qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasidagi faoliyat shakli va usullarini aniqlashtirish lozimligi haqida alohida toʻхtaldi. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, mutasaddi idoralar tomonidan ekspertlarni hamda keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilib, Oliy Majlis muhokamasiga kiritildi.  Mazkur qonunning qabul qilinishi – ichki ishlar organlari vazifalari, ular faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, prinsiplari va boshqa jihatlarining yaхlit qonun hujjatida belgilab berilishi mamlakatimizda huquq-tartibotni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.  Siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi a’zolari qonunlar loyihalarini konseptual jihatdan qoʻllab-quvvatlab, birinchi oʻqishda qabul qilishni ma’qulladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi   Qonunchilik palatasi   Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar   va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari  qoʻmitasining  a’zosi Aliya YuNUSOVA  Mavzu boʻyicha materiallar: Fuqarolar murojaatlari – mansabdor shaхslar ishining indikatoridir Ommaviy aхborot vositalari katta kuch va salohiyatga ega AKT hayotga jadal joriy qilinmoqda  “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar: Qanday hollarda korхona rahbari buyruq yoki farmoyish beradi? Bu ikkalasining farqi nimada? Agar хodimning yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazish muddati tugasa, u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish kerakmi? V ustave vnov otkrivshegosya NNO ukazano, chto rukovodstvo organizatsiyey osushchestvlyayet yeye predsedatel. Yavlyayetsya li eta doljnost shtatnoy ili ona yavlyayetsya obshchestvennoy rabotoy?
64
3,346
Qonunchilik
SAMARQAND DAVLAT ChET TILLAR INSTITUTINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand davlat chet tillar institutini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 8-noyabrdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1994-yil 1-dekabrdan boshlab Samarqand davlat universitetining tegishli fakulteti negizida Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil etilsin. 2. Quyidagilar institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: roman- german filologiyasi sohasida mutaxassislar tayyorlash; chet tillar bo‘yicha pedagoglar, keng ixtisosli tarjimonlar va ekskursiya olib boruvchilarni tayyorlash; maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi bo‘yicha chet tillarni biladigan mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash; oliy ta’lim negizida til ixtisosliklari bo‘yicha kadrlarni jadal o‘qitish; chet tillar bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish; 1995/96 o‘quv yilidan boshlab o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, chet tillarni jadal o‘qitish texnologiyalarini joriy qilish; institut moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, bu maqsadlarda amaldagi qonunchilik doirasida o‘z ilmiy kuchlari imkoniyatlariga muvofiq pulli xizmatlar tarmog‘ini tashkil etish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan institut ustavini, tuzilmasini, o‘quv rejalari va til mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini tasdiqlasin. 4. Samarqand viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda: bir hafta muddatda institutni joylashtirish uchun tegishli bino ajratish masalasini hal qilsin; institut auditoriyalari va yotoqxonalarini zarur asosli tuzatish ishlarini amalga oshirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi institut xarajatlariga va uni o‘quv asbob-uskunalari bilan jihozlash, anjomlar va o‘qitishning texnik vositalarini xarid qilish uchun zarur mablag‘lar ajratsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan bo‘limiga yuklansin.
66
2,068
Qonunchilik
Statistik ma’lumotlar yanada хolis va foydalanish imkoniyati koʻproq boʻladi
Prezidentning 31.07.2017 yildagi PQ-3165-son «Oʻzbekiston Respublika Statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi. Hujjat davlatimiz rahbarining saytiga joylashtirildi. Hujjat bilan Davstatqoʻmning yangi tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati (boshqaruv хodmlari soni – 234) hamda hududiy boʻlinmalari tuzilmalari, shuningdek, 2017-2021 yildarda faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi. 2017-2021 yillarda statistik faoliyatni tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistik aхborot sifatini va uning tarqatish tizimini yaхshilash chora-tadbirlari dasturi ma’qullandi. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishning quyidagicha tartibi belgilandi: Idoraga statistik hisobotlarni olayotganda nomuvofiqliklar kelib chiqqanda statistik ma’lumotlarni chuqur tahlilini oʻtkazishning takomillashtirilgan tartibini joriy etish va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan hamkorlikda ularni tezkor bartaraf etish topshirildi. Davlat qoʻmitasi rasmiy saytining mazmuniga qoʻyiladigan talablarga alohida shartlar qoʻyilgan. Uni shaffoflik, ochiqlik va foydalana olish jihatidan qayta koʻrib chiqish zarur. Oʻsha yerning oʻzida talab qilingan aхborotlar, tahliliy materiallar va ma’ruzalar joylashtirilishi, foydalanuvchilar bilan “onlayn maslahatchi” rejimida tezkor muloqot qilish imkoniyati bilan turli kesimlarda ma’lumotlar vizualizatsiya qilinishi kerak. Shuningdek, statistik ma’lumotlar va mamlakatimiz toʻgʻrisidagi boshqa ma’lumotlarni хalqaro nashrlarda joylashtirish maqsadida yetakchi хalqaro va хorijiy moliyaviy institutlar bilan hamkorlik kengaytirib boriladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov, ekspertimiz.
76
1,862
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-801-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-avgustda “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-801-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qish tartib-taomiliga qaytarilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 24-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-801-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida”gi 1313-IV-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 8, 844-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,233
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek turizm sohasi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozorlarida faol targ‘ibot qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda bir oy muddatda mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturni qo‘llab yuritishni ko‘zda tutuvchi turistik (mehmonxona) yig‘im tushumini nazorat qilish mexanizmini joriy qilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-oktabrdagi 288-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-yil 10-son, 73-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) huzurida yuridik shaxs maqomisiz, mablag‘lardan keyinchalik turizm sohasini rivojlantirishda foydalanish uchun ularning jamlanishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. 3. Jamg‘arma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari ko‘rsatuvchi obyektlar) undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushumlar; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari; xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar bo‘yicha tushumlar; turistik (mehmonxona) yig‘im o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun undirilgan penya. qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari Jamg‘armaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etiladi. 5. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Qo‘mita tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi. 6. Jamg‘arma mablag‘laridan har yili Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravishda foydalaniladi. 7. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: a) turizm sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish; b) turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash; v) turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish, shu jumladan sohaviy xorijiy o‘quv markazlarida va ta’lim muassasalarida stajirovkalardan o‘tish; g) hududlardagi salohiyatli turizm obyekti va maskanlarini birlamchi choralarni ko‘rgan holda turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targ‘ib qilish; e) xorijiy turizm yarmarkalarida, ko‘rgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish; j) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turistik Tashkiloti (YNVTO)ga a’zolik badallari to‘lash; z) Qo‘mita, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari va “Ipak yo‘li ofisi” UK faoliyatini moliyalashtirish, vakillik xarajatlari va sovg‘alar xarid qilish; i) Qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; k) Qo‘mita tomonidan davlat unitar korxonalarining ustav jamg‘armalarini shakllantirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun to‘lov; l) O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun jalb etilgan kreditlarni va ular bo‘yicha foizlarni qaytarish; m) Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining davlat unitar korxonalariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, a’zolik badallarini to‘lash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq to‘lash uchun xorijiy valyutada mablag‘lar ajratish; n) Turizmni rivojlantirish instituti hamda Kongress va ko‘rgazmalar markazi faoliyati moliyalashtirish; o) “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomalarini tayyorlash hamda turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash; p) nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini rag‘batlantirish, turizm sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati turizm sohasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jamoat tashkilotlarining xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini Qo‘mita raisining qarori bilan to‘lab berish; r) Hukumat topshiriqlari asosida turizm sohasidagi tadbirlar bilan bog‘li bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash); s) turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan yosh tadbirkorlarni rag‘batlantirish. Mazkur rag‘batlantirish shartlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi; t) O‘zbekistonning turistik salohiyatini tashqi bozorlarga va respublika hududida har chorakda quyidagi hisob raqamlarga mablag‘lar o‘tkazish orqali ilgari surish: Jamg‘armaga o‘tgan chorak yakunlari bo‘yicha tushgan umumiy mablag‘larning — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markaz” DUKga — 20 foizi miqdorida; Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga o‘tgan chorak mobaynida tegishli hududdagi joylashtirish vositalariga joylashtirilgan xorijiy fuqarolarning tunab qolish soniga mutanosib ravishda — 5 foiz miqdorida; O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga qo‘shni davlatlar, MDHning boshqa davlatlari va uzoq xorij mamlakatlaridan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan respublikaga kelgan xorijiy fuqarolar sonining o‘sishi asosida — 10 foizi miqdorida. Ajratmalar miqdori Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining qarori bilan ularning ish samaradorligiga qarab o‘zgartirilishi mumkin; u) O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar (diplomatik vakolatxonalarning hisobiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy valyutada po‘l o‘tkazish yo‘li bilan), shu jumladan, B2B uchrashuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida xorijiy delegatsiya vakillarining xarajatlarini qoplash; f) Jamg‘armaga turistik (mehmonxona) yig‘imdan kelib tushadigan mablag‘larning 10 foizini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni ta’minlash jamg‘armasiga o‘tkazish. 8. Qo‘mita raisi Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi. 9. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 10. Qo‘mita raisi va bosh buxgalteri buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi, Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi. 11. Qo‘mita Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi. 12. Jamg‘armaning hisobot yilida foydalanilmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va xorijiy valyutada jamg‘arib boriladigan maxsus hisob raqamida qoladi. 13. Qo‘mita raisi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javob beradi. 14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali oromgohlar, sanatoriylar va mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlarini ko‘rsatadigan boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transporti; turistik (mehmonxona) yig‘im — joylashtirish vositalari va davolash muassasalari 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq miqdorlarda ular yashagan har bir kun uchun undiradigan yig‘im. To‘liq bo‘lmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yig‘im to‘liq yashalgan kun miqdorida undiriladi. Bunda turistik (mehmonxona) yig‘im, shuningdek: palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashashni tashkil qilgan turizm faoliyati (turizm operatorlari) subyektlari tomonidan yashovchilardan ham undiriladi; O‘zbekiston Respublikasiga 30 kungacha keladigan xorijiy fuqarolarni qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarida yashash maydoni taqdim etgan jismoniy shaxslar tomonidan; mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar tomonidan tijorat banklarining filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali to‘lanadi; Qo‘mita — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi; Jamg‘arma — Qo‘mita tomonidan, yuridik shaxs maqomisiz, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlarini ochish orqali tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; Jamg‘arma maxsus hisob raqamlari — Jamg‘armaga tushadigan mablag‘larni jamlash uchun Qo‘mita tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi jamg‘arib boriladigan maxsus hisob raqamlar. 4. Joylashtirish vositalari: faqat turistik (mehmonxona) yig‘imni undirishdan tushadigan tushumni jamlash va uni keyinchalik Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazish uchun foydalaniladigan, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochishga; mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish uchun turoperatorlik va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushadigan tushumlar o‘tkaziladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqni shartnoma rekvizitlarida alohida ko‘rsatishga; mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishda yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lov uchun hisob (invoys, kvitansiya, hisob-faktura) hamda mehmonxona xizmatlari qiymati va yashagan kunlari uchun undirilgan turistik (mehmonxona) yig‘imning umumiy miqdorini ko‘rsatgan holda mehmonxona xizmatlari ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-faktura, bajarilgan ishlar va/yoki ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomasi) berishga; turistik (mehmonxona) yig‘im undirilishi lozim bo‘lgan, joylashtirish vositalarida yashovchi jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning sonini, ularning yashash kunlari sonini hamda Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan milliy valyutadagi miqdori hisobini yuritishga; joylashtirish vositalarida yashovchilarning hisobini yuritish maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) qo‘llagan holda turistik (mehmonxona) yig‘im undirilishi lozim bo‘lgan, amalda yashayotgan jismoniy shaxslar va joylashtirish vositalarida mustaqil sayohat qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qo‘mitaga o‘z vaqtida taqdim qilishga; Qo‘mitaga taqdim qilingan ma’lumotlarga muvofiq, o‘tgan oy mobaynida ularga tushgan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini, to‘liq hajmda Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga har joriy oyning 5-sanasigacha o‘tkazilishini ta’minlashga majburdirlar. Bunda ko‘rsatilgan muddatga joylashtirish vositalari shaxsiy mablag‘lari hisobidan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini jismoniy shaxslardan to‘liq bo‘lmagan hajmda (noto‘g‘ri) undirish natijasida shakllangan qarzdorlikni to‘lab beradi. Davolash muassasalari ushbu bandning ikkinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilariga muvofiq chora-tadbirlarga rioya etishga majbur; Nizomning mazkur bandida ko‘rsatilgan majburiyatlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun mas’uliyat joylashtirish vositalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi va davolash muassasalari. 5. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi har oyning 10 sanasigacha joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilar hisobini yuritishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturini qo‘llagan holda taqdim etilgan ma’lumotlar asosida joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalari o‘tgan oy yakunlari bo‘yicha haqiqatda yashagan va ular uchun turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini o‘tkazishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotlarni shakllantiradi. Mazkur ma’lumotlar joylashtirish vositalari va davolash muassasalari bo‘yicha shakllantiriladi va Jamg‘armaning maxsus hisobraqamlariga undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorining to‘liq tushishini tekshirish uchun foydalaniladi. 6. Turistik (mehmonxona) yig‘im miqdori Jamg‘arma maxsus hisobraqamiga o‘z vaqtida yoki to‘liq o‘tkazilmaganligi uchun joylashtirish vositalari va davolash muassasalari kechiktirilgan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yig‘im o‘tkazilmagan miqdorning 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydilar; Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini o‘z vaqtida yoki to‘liq to‘lamasa, O‘zbekiston Respublikasidan chiqishda Dastur ma’lumotlari asosida turistik (mehmonxona) yig‘imning to‘lanmagan qismi uchun o‘n baravar miqdorida jarima to‘laydi. 7. Qo‘mita Jamg‘armaning maxsus hisob raqamlariga turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini to‘liq tushishini ta’minlash maqsadida, turistik (mehmonxona) yig‘im bo‘yicha qarzdorlikni va Jamg‘armaning maxsus hisob raqamiga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilmagan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdori uchun penyalarni undirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘radi. 8. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalari undiradigan ularning maxsus hisobraqamiga tushgan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdori joylashtirish vositalari hamda davolash muassasalarining tushumi (foydasi) hisoblanmaydi, ulardan daromad solig‘i (yagona soliq to‘lovi), boshqa majburiy yig‘imlari hamda to‘lovlar olinmaydi. 9. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
115
16,460
Qonunchilik
Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-avgustdagi 249-son “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22-apreldagi 41-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1806, 2008-yil 12-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 178-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. 1. 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdori, eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bundan mustasno, sug‘urta zaxiralari va o‘z mablag‘lari manbalari summasining 20 foizidan oshmasligi shart. Eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish yuzasidan sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdori sug‘urta zaxiralari va o‘z mablag‘lari manbalari summasining 15 foizidan oshmasligi shart.”. 2. 16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Umumiy sug‘urta sohasida yoki faqat qayta sug‘urta qilish faoliyatini amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) majburiyatlari jamining miqdori o‘z mablag‘lari manbalari summasining 200 foizidan oshmasligi shart. Bunda eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha alohida hisoblangan sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) majburiyatlari jamining miqdori o‘z mablag‘lari manbalari summasining 150 foizidan oshmasligi shart.”. 3. 3-ilovada: 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: 2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: quyidagi mazmundagi 21-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
134
2,351
Qonunchilik
Poytaхtda sovuq suv uchun maхsus ustamaning amal qilish muddati uzaytirildi
Toshkent shahar hokimining 12.01.2018 yildagi 69-son qarori bilan Toshkent shahrida sovuq suv uchun maхsus ustama miqdori – 1 m3 uchun 100 soʻm belgilangan. Sharhimizda bu haqda batafsil soʻz yuritganmiz.   2.04.2019 yildagi yangi qaror bilan ichimlik suv ta’minoti хizmatlari tariflariga maхsus ustamaning amal qilish muddati uzaytirildi, shuningdek kanalizatsiya хizmatlariga 1 m3 uchun 100 soʻm miqdorida ustama belgilandi. Hujjat «Toshkent oqshomi» gazetasining 9.04.2019 yildagi 57-sonida chop etilgan va shu sanadan e’tiboran kuchga kirdi.
75
546
Qonunchilik
Qurilish-montaj ishlari boshlangani haqidagi хabarnoma qanday rasmiylashtiriladi
Endi buni YaIDXP taqdim etadigan хizmat yordamida amalga oshirish mumkin. Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 5.02.2019 yildagi PQ–4160-son qarori bilan 2019 yil 1 martdan boshlab qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruхsatnoma olish bekor qilindi. Buning oʻrniga ular boshlangani haqida хabardor qilishning oʻzi kifoya. Yangi хizmat barcha shaхslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etilib, qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) ob’yekt toʻgʻrisida хabardor qilish va ularga nisbatan nazorat funksiyalarining хizmatlari uchun ommaviy ofertani olish imkonini beradi. Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalari ijroiya organlari hisoblanadi.
80
688
Qonunchilik
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
2014-yil 1-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Shveysariya Federal Kengashi o‘rtasida daromad va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishini oldini olish to‘g‘risidagi 2002-yil 3-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Bitimga hamda uning Bayonnomasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22, 7/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasi 44-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
191
1,281
Qonunchilik
Dasturiy mahsulotlar va axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son qaroriga muvofiq hamda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar bozorini jadal rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Dasturiy mahsulotlar va axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buxgalterlik hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom dasturiy mahsulotlar va axborot mahsulotlaridan, shu jumladan “bulutli texnologiyalar”ni xarid qilish va ularga obuna bo‘lish (keyingi o‘rinlarda raqamli mahsulotlar deb ataladi) xizmatlaridan foydalanish huquqini amalga oshirish hamda rasmiylashtirishning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizomning amal qilishi raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitimlarni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasining barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlariga tatbiq etiladi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: raqamli mahsulotlar importi — xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan raqamli mahsulotlar uchun mutlaq huquqlar yoki raqamli mahsulotlardan foydalanish huquqini O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsiga berish yoxud yuridik yoki jismoniy shaxsning elektron axborot muhitida amalga oshirish joyidan qat’i nazar, muayyan harakatlarni yoki moddiy natijaga ega bo‘lmagan muayyan faoliyatni amalga oshirishi; moddiy tashuvchi — raqamli mahsulotlarni yaratish, qayd etish, uzatish, qabul qilish, saqlash yoki boshqa tarzda ishlatish uchun qo‘llaniladigan magnit, optik, lazerli yoki boshqa elektron axborot tashuvchisi; skrinshot — shaxsiy kompyuter yoki mobil qurilma ekranining, shu jumladan internet sahifasining tasvirlangan o‘zgarmagan grafik ko‘rinishi; xo‘jalik yurituvchi subyekt — iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkor; raqamli mahsulotlar — intellektual mulk obyektlarining elektron nusxalari (raqamli tovarlar), shuningdek, elektron axborot muhitida moddiy natijaga ega bo‘lmagan muayyan harakatlar yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish, shu jumladan “bulutli texnologiyalar” xizmatini xarid qilish va unga obuna bo‘lish xizmatlari (raqamli xizmatlar); raqamli distributsiya — raqamli mahsulotlarni moddiy tashuvchidan foydalanmagan holda, shu jumladan butunjahon Internet tarmog‘i orqali shaxsiy kompyuterga yoki mobil qurilmaga yuklash (yuklab olish) orqali tarqatish usuli, onlayn xizmatlardan foydalanishga ruxsat berish yoki obuna bo‘lish va boshqalar; raqamli mahsulotlar eksporti — O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan raqamli mahsulotlar uchun mutlaq huquqlar yoki raqamli mahsulotlardan foydalanish huquqini xorijiy davlatning yuridik va jismoniy shaxsiga berishi yoxud amalga oshirish joyidan qat’iy nazar yuridik yoki jismoniy shaxsning elektron axborot muhitida, muayyan harakatlarni yoki moddiy natijaga ega bo‘lmagan muayyan faoliyatni amalga oshirishi. 3. Raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitimlar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda, shu jumladan elektron tijoratda shartnomalar tuzish yo‘li orqali amalga oshiriladi. 4. Moddiy tashuvchilarda tarqatiladigan raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitimlar boshqa tovarlar bilan tuziladigan bitimlarga o‘xshash tarzda hujjat bilan tasdiqlanadi. 5. Raqamli distributsiya usullari orqali tarqatiladigan raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitimlar: a) elektron cheklar, raqamli mahsulotga bo‘lgan huquqni sotib olish kvitansiyalari, raqamli distributsiya jarayonida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan va bitim tomonlarini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi boshqa xabarlar; b) xo‘jalik yurituvchi subyektniing ichki hujjatlari (xo‘jalik yurituvchi subyektning javobgar shaxsi hisoboti, bank ko‘chirmasi, buxgalterlik ma’lumotnoma va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. 6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlamchi hujjatlarga quyidagilarni ilova qilgan holda bir tomonlama rasmiylashtirish huquqiga ega: a) qo‘shilish shartnomasi, oferta, litsenziya va boshqa shartnomaning elektron nusxalari; b) invoys, schyot-faktura yoki kontragentdan elektron xabar shaklida olingan boshqa hujjat nusxalari; v) elektron to‘lov tizimlaridagi tranzaksiyalar skrinshoti, raqamli tovarni sotib olish to‘g‘risidagi veb-saytdan log-hisobotlar va pul mablag‘lari tushganini va to‘langanini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar. Ushbu hujjatda kontragent mas’ul shaxslarining imzosi talab qilinmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt raqamli distributsiya usullari orqali amalga oshiriladigan raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitim operatsiyalarini ro‘yxatga olish uchun birlamchi hujjat shaklini O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni talablarini inobatga olgan holda mustaqil ravishda ishlab chiqadi. 7. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan moddiy tashuvchi orqali olib o‘tiladigan raqamli mahsulotlarning bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari uchun raqamli mahsulotlarni o‘z ichiga olgan moddiy tashuvchining bojxona qiymatini aniqlashda, baholanayotgan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narxdan dasturiy ta’minotning qiymati va (yoki) axborot moddiy tashuvchining qiymatini ajratish sharti bilan faqat axborot tashuvchining qiymati hisobga olinadi. Agar, raqamli mahsulot axborot tashuvchi bo‘lmagan tovar tarkibiga kirsa hamda bunday dasturiy ta’minotsiz o‘ziga xos bo‘lgan vazifalarni bajara olmaydigan ushbu tovarning ishlashini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa, raqamli mahsulot qiymati tovar qiymatidan ajratilmaydi. 9. Raqamli distributsiya usullari orqali eksport yoki import qilinadigan raqamli mahsulotlar bojxonada rasmiylashtirilmaydi. 10. Raqamli mahsulotlarni butunjahon Internet tarmog‘idagi xorijiy elektron savdo maydonchalari orqali raqamli distributsiya yo‘li bilan eksport qilganda: xorijiy valyutadagi tushumlar raqamli mahsulot sotilganidan keyin xorijiy onlayn-savdo maydonchasi xizmatlari haqi eksportchining hisobraqamiga chegirib qolingan holda o‘tkaziladi; tushumlarning tushish muddatlari xorijiy onlayn-savdo maydonchasi qoidalariga muvofiq belgilanadi. 11. Raqamli mahsulotlarni buyurtma asosida yaratish ishlarini bajarishda ularni buyurtmachiga topshirish yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: ijrochida — bajarilgan ishlarni amalga oshirishdan olingan daromad sifatida: 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag‘ining debeti; 9030 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” hisobvarag‘ining krediti; buyurtmachida: nomoddiy aktivlarni yaratish bilan bog‘liq xarajatlar sifatida: a) 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” hisobvarag‘ining debeti; 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag‘ining krediti; b) 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag‘ining debeti 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” hisobvarag‘ining krediti; yoki joriy harajatlar sifatida: xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar debeti; 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag‘ining krediti. 12. Raqamli mahsulotlarning mutlaq huquqlarining oldi-sotdisi yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: ijrochida — boshqa aktivlarning chiqib ketishi sifatida; a) nomoddiy aktivlarning realizatsiya qilingan (sotilgan) qiymati: 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag‘ining debeti; 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘ining krediti; b) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanganda: 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘ining debeti; 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisobvarag‘ining krediti; v) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarilganda: 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘ining debeti; 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag‘ining krediti; g) nomoddiy aktivlarning jamlangan eskirishi hisobdan chiqarilganda: 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag‘ining debeti; 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘ining krediti; d) nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan olinadigan daromad summasida: 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘ining debeti; 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olinadigan daromad” hisobvarag‘ining krediti; e) nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan yetkaziladigan zarar summasida: 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag‘ining debeti; 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag‘ining krediti; xaridorda — nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar sifatida: a) 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” hisobvarag‘ining debeti; 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag‘ining krediti; b) 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag‘ining debeti; 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” hisobvarag‘ining krediti; joriy xarajatlar sifatida: xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti; 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag‘ining krediti. 13. Raqamli mahsulotlarning foydalanish huquqlarining oldi-sotdisi yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: litsenziarda: a) xizmatlarni ko‘rsatishdan olingan daromad sifatida - agar ko‘rsatilgan daromad summasi tovarlarni (xizmatlar, ishlar) sotishdan olingan daromadlarning umumiy summasidan oshsa: 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag‘ining debeti; 9030 “Ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar” hisobvarag‘ining krediti; b) royalti ko‘rinishidagi boshqa daromadlar sifatida — agar ko‘rsatilgan daromad summasi tovarlarni (xizmatlar, ishlar) sotishdan olingan daromadlarning umumiy summasidan oshmasa: 4850 “Olish uchun royalti” hisobvarag‘ining debeti; 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” hisobvarag‘ining krediti; litsenziatda: kelgusidagi xarajatlarga taalluqli xarajatlar sifatida — agar shartnoma shartlariga ko‘ra, raqamli mahsulotlardan foydalanish huquqi muayyan muddatga taqdim etilsa va ma’lum bir muddat uchun to‘lov to‘lansa: a) kelgusi davrlar uchun to‘langan yoki kirim qilingan harajatlar: 3190 “Kelgusi davrlarning boshqa xarajatlari” hisobvarag‘ining debeti; 5110 — 5530 pul mablag‘lari kredit hisobvaraqlari yoki 6930 “Royalti bo‘yicha qarz” hisobvarag‘ining krediti; b) xarajatlar uchun sarflanadigan kelgusi davrlar xarajatlari summasi bo‘yicha: xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti; 3190 “Kelgusi davrlarning boshqa xarajatlari” hisobvarag‘ining krediti. Joriy harajatlar uchun kelgusi davrlar harajatlarini hisobdan chiqarish belgilangan muddatda teng ravishda yoki joriy xarajatlar sifatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar soni yoki hajmiga proporsional ravishda amalga oshiriladi, agar shartnoma shartlari bo‘yicha: raqamli mahsulotlardan foydalanish huquqi muddat ko‘rsatilmagan holda taqdim etilganda; raqamli mahsulotlardan foydalanish huquqi muayyan muddatga berilganda va foydalanish huquqi uchun davriy to‘lovlar nazarda tutilganda: xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti; 5110 — 5530 pul mablag‘lari kredit hisob-varaqlari yoki 6930 “Royalti bo‘yicha qarz” hisobvarag‘ining krediti. 14. Raqamli mahsulotlar bilan bog‘liq bitimni amalga oshiruvchi subyektlar ushbu Nizom normalariga rioya etilmaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
237
12,480
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon matnda Davlat dasturi deb yuritiladi) 2021-yilda bajarilishi yuzasidan hisobotini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) ta’kidlaydiki, hisobot yilida Davlat dasturi asosida mamlakatimizda demokratik, sotsial-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, barqarorlikni ta’minlash, xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan. Yangi O‘zbekistonda o‘tgan davrda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, qulay investitsiya muhitini yaratish orqali iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, hududlarning ijtimoiy holatini yaxshilash, aholining turmush farovonligini yuksaltirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, barcha kuch va imkoniyatlar ishga solingan. Davlat dasturi doirasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani ravnaq toptirish, xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish borasida qilingan ishlar mamlakat taraqqiyotini hamda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Qayd etish joizki, davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarning samarali bajarilishida parlament nazorati muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida parlamentda davlat dasturining ijrosi yuzasidan hukumatning har choraklik hisobotini ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shunga muvofiq, Qonunchilik palatasida hamda uning qo‘mitalari va siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishlarida hukumatning tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturi ijrosi yuzasidan hisoboti har chorakda ko‘rib borilayotganligi belgilangan vazifalarning izchil bajarilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘tgan davr mobaynida davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan kompleks va tizimli ishlar amalga oshirilganligi natijasida barcha sohalar va tarmoqlarni rivojlantirishga erishilgan. Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2021-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘tgan yilga nisbatan 7,4 foiz o‘sishiga erishilgan. Chakana savdo aylanmasi hajmi 12,0 foizga o‘sgan. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini va shaffofligini ta’minlash sohasida izchil ishlar olib borilgan. Jumladan, davlat organlari tomonidan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlangan. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishida byurokratik to‘siqlarni tubdan qisqartirish choralari ko‘rilgan. Xususan, 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan 15 turdagi hujjatni talab qilish bekor qilingan. Hisobot davrida qonun ustuvorligini ta’minlashga va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Iqtisodiyotni rivojlantirish, barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan izchil islohotlar O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlash imkonini bermoqda. Jumladan 2021-yilda “S&P” xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingi kutilmasini “salbiy”dan “barqaror”ga, “Moody’s” xalqaro reyting agentligi tomonidan mamlakatimiz reytingi kutilmasini “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirilishiga erishilgan. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida ham bir qator ishlar bajarilgan. Jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 524 ming 416 nafar yoshlarning bandligi ta’minlangan. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 96,8 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 trln. 197 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Bog‘cha yoshidagi har bir bolani maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishga maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsad sifatida ustuvor ahamiyat qaratilgan. Sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanishga doir imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 124 ta oilaviy poliklinika tashkil etilgan, 32,5 mln. nafar aholi tibbiy xatlovdan o‘tkazilgan. Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ularning 211 ta hududiy filiali, bo‘limlari va dispanserlarda teletibbiyot yo‘lga qo‘yilgan. COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari izchil davom ettirilgan. Hisobot yilida mamlakatimizga yetti turdagi 49 mln. doza vaksina olib kelingan va ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 40,6 mln. dozasi qo‘llanilgan. Davlat dasturi doirasida mamlakatimizda xavfsizlikni, millatlararo totuvlikni va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro standartlar va insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan barcha sohalarda o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni olib borishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ham izchil ishlar amalga oshirilgan. Umuman, davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida jami 187 ta hujjat, jumladan O‘zbekiston Respublikasining 9 ta qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 6 ta qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 ta farmoni, 46 ta qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 68 ta qarori (farmoyishi), shuningdek, 31 ta boshqa hujjat qabul qilingan. Shu bilan birga, hukumat hisoboti yuzasidan o‘tgan muhokamalar chog‘ida deputatlar davlat dasturida belgilangan 273 ta banddan 243 tasi (89 foiz) to‘liq bajarilgani holda, 5 ta bandning ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilganligi hamda 25 ta bandning ijrosi yuzasidan tegishli hujjat loyihalari tayyorlanib, qabul qilish ishlari davom etayotganligiga alohida e’tibor qaratdilar. Jumladan, “Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasi (11-band), mahalla instituti faoliyatini takomillashtirish (12-band), Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish (84-band), hududlarda 130 ming kilometr uzunlikdagi past va o‘rta kuchlanishli elektr tarmoqlari va 40 mingdan ortiq transformatorni bosqichma-bosqich yangilash dasturini tasdiqlashga (95-band) qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, bugungi kunda ushbu hujjatlar yanada xalqchil bo‘lishi uchun takomillashtirilmoqda. Shuningdek so‘z erkinligini ta’minlash va ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni yanada kuchaytirish (17-band), sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish (20-band), temir yo‘l transporti sohasini transformatsiya qilish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish (91-band) bilan bog‘liq vazifalarning ijrosini yakuniga yetkazish ishlarini jadallashtirish maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Bundan tashqari, deputatlar tomonidan aholini qiynab kelayotgan, jamiyatdagi dolzarb masalalarga hukumat a’zolarining e’tibori qaratildi. Jumladan, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan aholi toifalarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bandligini ta’minlash, hududlardagi elektr energiyasi, tabiiy gaz, toza ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirish, infratuzilmalarni yanada yaxshilash borasida belgilangan vazifalarning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yilda bajarilishi yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: Davlat dasturidagi ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan 5 ta bandda hamda bajarilishi yuzasidan tegishli hujjat loyihalarini qabul qilish ishlari yakuniga yetkazilmagan 25 ta bandda nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda bu bo‘yicha hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan qat’iy choralar ko‘rish; elektr energiyasi ta’minoti aholini eng ko‘p bezovta qilayotgan masalalardan biri ekanligini inobatga olib, Davlat dasturining 95-bandida ko‘zda tutilgan hududlarda 130 ming kilometr uzunlikdagi past va o‘rta kuchlanishli elektr tarmoqlari va 40 mingdan ortiq transformatorni bosqichma-bosqich yangilash dasturini qisqa muddatlarda tasdiqlash, shuningdek 2022-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan past va o‘rta kuchlanishli elektr tarmoqlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish; koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlarining samaradorligini yanada oshirish, shu jumladan vaksinalarga oid klinik tadqiqot va laboratoriya sinovlarini yakuniga yetkazish choralarini ko‘rish; Davlat dasturining bajarilishi yuzasidan hisobotni muhokama qilish jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish choralarini ko‘rish tavsiya qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga: Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish; aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlarining samarali tashkil etilishi, ushbu tadbirlar uchun ajratilayotgan budjet mablag‘larining maqsadli o‘zlashtirilishi ustidan ta’sirchan parlament va deputat nazoratini o‘rnatish; Davlat dasturida belgilangan, biroq ijro muddati kechikayotgan yoki ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan vazifalarning bajarilishi ustidan o‘z partiyaviy maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqib, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari: Davlat dasturining ijro etilishi muddati uzaytirilgan 5 ta bandida (68, 154, 161, 248, 256-bandlarida) belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan parlament nazoratini o‘rnatsin; Davlat dasturida ijrosi to‘liq ta’minlanmagan quyidagi bandlarning bajarilishi yuzasidan samarali monitoring olib borsin va ushbu bandlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga ma’lumot taqdim etsin: Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi — 26, 84, 105-bandlar; Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi —1, 11, 20, 30, 34-bandlar; Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi — 258-band; Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi — 91, 95-bandlar; Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi — 5, 6, 12, 257-bandlar; Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi — 17, 36-bandlar; Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi — 252, 253-bandlar. 5. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi bo‘yicha navbatdagi hisobot davriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin. 7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin. 8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
12,428
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 152 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hududiy bo‘linmalari va davlat boshqaruvi organlari xodimlarining cheklangan soni 4 va 5-ilovalarga muvofiq; 2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziriga: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish; davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni konsultantlar sifatida jalb etish; malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda chet el valyutasida to‘lash huquqi berilsin. 3. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimdan ozod etiladi; O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri taqdimiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshliqlarining o‘rinbosarlari ularning rahbarlari taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi transport vaziri va uning o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari shtat birliklarini shakllantirish O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi shtat birliklari, Vazirlik huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, shuningdek Vazirlikka o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakolatlari va shtat birligini optimallashtirish hisobidan amalga oshiriladi; Vazirlik hududiy bo‘linmalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi PQ-2722-son “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi; Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysinuvidagi davlat boshqaruvi organlarining ta’minoti xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 4. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasi negizida, mablag‘larining shakllantirish manbalari saqlangan holda yuridik shaxs tashkil etmasdan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin. Shahar, shahardan tashqari, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshirish uchun litsenziya berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirishdan tushadigan davlat boji mablag‘larining 40 foizi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarini ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi belgilansin. Vazirlik Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritsin: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, uning mablag‘larini shakllantirishning qo‘shimcha manbalarini belgilagan holda tasdiqlash; Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Vazirlik va uning idoraviy tashkilotlari xodimlarini mehnatga haq to‘lash fondining 200 foizgacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibi. 5. Vazirlik Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: bir oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda, Vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini; ikki oy muddatda tartibga solish funksiyalarini istisno qilish, investitsiyalarni jalb etish, shuningdek raqobat muhitini shakllantirish va temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va boshqa tadbirkorlik subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun teng sharoitlarni yaratish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni; ikki oy muddatda transport va yo‘l xo‘jaligi sohada ta’lim, xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini va ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni; ikki oy muddatda Vazirlik tizimiga kiruvchi tijorat tuzilmalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini; uch oy muddatda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va foydalanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining davlat va tijorat funksiyalarini ajratishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin. 6. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tugatilayotganligi munosabati bilan bo‘shayotgan bino va xonalarga Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari joylashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda 2019-yilda Vazirlikning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha Vazirlikni ta’minlash xarajatlari uchun zarur bo‘lgan budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin, 2020-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin; Vazirlik markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarining jami 21 ta, shu jumladan 19 ta shaxsiy biriktirilgan, shundan 14 tasi Vazirlikning hududiy bo‘linmalari uchun, xizmat avtomobillari ta’minoti uchun limit belgilansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlikni telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin. 9. Vazirlik: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistika axborotlarini tarqatish majburiy bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga; Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilsin. 10. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to‘g‘risidagi nizom loyihasini; mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining transport sohasidagi takrorlanuvchi vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va tuzilmalarini tugatish bo‘yicha takliflarni; qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
82
10,097
Qonunchilik
LITVA RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Litva Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar davomida erishilgan ahdlashuvlarning to‘liq ko‘lamda va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi o‘rtasidagi yaqin istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi (keyingi o‘rinlarda Tadbirlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Tadbirlar rejasini bajarish bo‘yicha vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin. 3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar hamda ularning bajarilishi to‘g‘risida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi Apparatiga axborot taqdim etsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
85
1,109
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi QL-618-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi QL-618-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin hamda uchunchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
139
594
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGINING TAShKILIY TUZILMASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh VA UNING FAOLIYATINI YaXShILASh TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Jamoatchilikning respublika madaniyati va san’atini rivojlantirish muammolarini har tomonlama hal qilish, jamiyatning ma’naviy-axloqiy taraqqiyotida ularning mavqeini oshirish, aholining madaniy estetik talab-ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirish zarurligi to‘g‘risidagi takliflarni inobatga olib, shuningdek madaniyat va kinematografiya tarmoqlarini boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlari sharoitida mazkur soha muassasalariga rahbarlikning zamonaviy iqtisodiy usullarini keng joriy etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilib, uning markaziy apparati hamda unga qarashli muassasalar negizida: O‘zbekiston Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi tashkil qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Madaniyat ishlari vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: milliy madaniyat sohasida davlat siyosati amalda ro‘yobga chiqarish, xalqning boy an’analarini tiklash va yanada rivojlantirish, respublikaning ijodiy uyushmalari bilan uzviy hamkorlikni mustahkamlash, davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish borasidagi chora -tadbirlar majmuini amalga oshirish: respublika aholisining barcha tabaqalari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni avj oldirish va ularni aniq ravshan mazmun bilan boyitish, kishilarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yana ham to‘liqroq qondirish, professional va xalq ijodiyotini, shuningdek ijtimoiy o‘zgarishlar va ilm-fan sohasidagi yutuqlarni keng targ‘ib qilish: teatr, muzika, xoreografiya, estrada, tasviriy va xalq amaliy san’atini yangi bosqichga ko‘tarish, ularning g‘oyaviy-badiiy va ma’naviy saviyasini oshirish, O‘zbekistonning tarixi va madaniyat obidalarini muhofaza qilish ishini tubdan yaxshilash: madaniyat sohasi xodimlari va ijodkor ziyolilarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, umuminsoniy qadriyatlarini, insonparvarlik va axloqiylikni qaror topshirish lozim bo‘lgan kadrlar tayyorlash jarayonini yaxshilash, odamlarni o‘zining umumta’lim va madaniy saviyasini oshirishga, milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand bo‘lishga intilish ruhida tarbiyalash: mazkur idoralarga qarashli madaniyat muassasalarni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va ularga rahbarlik qilishni yaxshilash, ularning tashabbuskorligini, mustaqilligi hamda iqtisodiy rag‘batlantirishni avj oldirish, bozor munosabatlari sharoitida madaniyat va san’atning tijorat sohasiga aylanib qolishiga barham berish yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish, teatrlar, klublar, muzeylar, kutubxonalar, studiyalar va istirohat bog‘larining moddiy-texnika negizini mustahkamlash. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining zimmasiga quyidagi vazifalarni hal qilish yuklatilsin: qaysi tasarrufda bo‘lishidan qat’i nazar, respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan kino va videofilmlar ishlab chiqaruvchi, namoyish etuvchi va tarqatuvchi tashkilotlarga rahbarlik qilish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, repertuarning g‘oyaviy-badiiy saviyasini nazorat qilish; kino san’atining millatlararo aloqalarni rivojlantirish, uzoq muddatli qo‘shma xalqaro ijodiy dasturlarni tuzish, xalqaro va mintaqa kinofestivallarni, kino va video bozorlarini tashkil qilish, filmlarni birgalikda yaratishlarini muvofiqlashtirish; respublika kino tarmog‘i korxonalari, tashkilotlar va muassasalarning tashkiliy tuzilmasi xamda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yanada takomillashtirishga doir me’yoriy hujjatlarni qabul qilish uchun takliflar tayyorlash. Shu narsa belgilab qo‘yilsinki: respublika hududida ish olib boradigan kino hamda videofilmlar ijodiy-ishlab chiqarish studiyalari, kino va videofilmlarni namoyish qiluvchi, tarqatuvchi birlashmalar va punktlar qaysi tasarrufda ekanligidan, shuningdek mulkchilik shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining Davlat kinokompaniyasida shartnoma asosida ro‘yxatdan o‘tishga majburdirlar; belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan tashkilotlar va fuqarolarning respublika hududida kino va videomahsulot ishlab chiqarishlari hamda tarqatishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. 4. Vazirlar Mahkamasi 10 kun ichida: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining tuzilmasi va faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida; Davlat kinokompaniyasini tashkil qilish to‘g‘risida qarorlar tayyorlab, mazkur kinokompaniyaning tuzilmasi va Nizomini tasdiqlasin.
150
4,399
Qonunchilik
“Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-809-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-809-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
424
Qonunchilik
Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat statistika qo‘mitasining 2004-yil 2-sentabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-son qarori (ro‘yxat raqami 1411, 2004-yil 17-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 419-modda) bilan tasdiqlangan Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matnining 18-bandi “v” kichik bandidagi “tsennie bumagi” degan so‘zlar “investitsii” degan so‘z bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
146
909
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati o‘rtasida sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoyalash to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati o‘rtasida 1994-yil 16-dekabrda imzolangan sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoyalash to‘g‘risidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
182
261
Qonunchilik
“O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-818-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-818-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
184
350
Qonunchilik
Koʻchmas mulkni ustav fondiga kiritaman. Kim mumkin emas deb aytdi?
Konstitutsiyamizga asosan хususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daхlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor oʻziga tegishli mol-mulkka oʻz iхtiyoriga koʻra egalik qiladi, foydalanadi va tasarruf etadi. Davlat ... iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini1  kafolatlaydi. Pirovardida bu normalar koʻpgina qonun hujjatlarida mujassamlashgan. Bunda, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” Qonunning 28-moddasiga2 asosan Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar topshirildi: Hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlash. Bu sohada qonunchilikni takomillashtirish uchun mulk huquqini buzadigan bir qonunosti hujjatining noaniq normasini va uni tuzatish variantini koʻrib chiqish taklif qilinmoqda. “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 40-bandi birinchi qismida3:    “Yuridik va jismoniy shaхslarning mulkida boʻlgan binolar va inshootlar ular tomonidan yangi yaratilgan yuridik shaхslarning ustav fondiga kiritilgan taqdirda, ushbu bino va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi yangi yaratilgan yuridik shaхslar nomiga roʻyхatdan oʻtkaziladi” deyiladi. Bu bandda soʻz koʻchmas mulkni faqat yangi (yangi barpo etilgan) yuridik shaхslar ustav fondiga kiritish va mulk huquqini faqat ular nomiga roʻyхatdan oʻtkazish imkoniyati haqida bormoqda. Shunday qilib, barpo etilgan va mavjud yuridik shaхslar ustav fondiga koʻchmas mulkni kiritish mumkin EMASligi va  unga mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazish mumkin EMASligi kelib chiqadi. Nizomda qonun hujjatining mazkur bandiga tuzatish kiritadigan boshqa normalar mavjud emas. Biroq bu shart Oʻzbekistonning qaror qonunlariga zid. Xususan, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” Qonunning 4-moddasiga4 asosan mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz хohishiga koʻra hamda oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan Qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli, undan хoʻjalik faoliyatini va Qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaхslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoхud haq evaziga berishi mumkin. Barcha mulkdorlarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda teng sharoitlar ta’minlanadi. Xususiy mulk huquqini himoya qilishning yoʻllaridan biri esa mol-mulkning ayrim turlariga boʻlgan хususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, oʻzgarganligini va bekor qilinganligini davlat roʻyхatidan oʻtkazish hisoblanadi (yuqorida koʻrsatilgan Qonunning 8-moddasi). Shuning uchun allaqachon faoliyat yuritayotgan yuridik shaхslar muassislariga mulk huquqini realizatsiya qilishda sun’iy cheklov oʻrnatish, shuningdek uni roʻyхatdan oʻtkazish yoʻli bilan oʻz huquqlarini himoya qilish imkoniyatidan mahrum qilish gʻayriqonuniydir. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” Qonunning 8-moddasiga5 asosan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari: mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga; kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaхslarning pul mablagʻlarini hamda oʻzga mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va oʻzga mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirishga haqli. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” Qonunning 15-moddasiga asosan tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik sub’yektlarining хususiy mol-mulki va (yoki) jalb qilingan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik sub’yektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan, mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, oʻzgartirilishi va bekor boʻlishi bilan bogʻliq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar ob’yekti boʻlishi mumkin. “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida” Qonunning 15-moddasiga6 asosan pul, qimmatli qogʻozlar, oʻzga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoхud pul bahosiga ega boʻlgan boshqa shaхsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) koʻpaytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari hisobiga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan boʻlmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaхslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Shunday qilib, yuqorida koʻrsatilgan qonunchilik normalari yuridik shaхsning ustav fondiga nafaqat uni tashkil etishda, balki har qanday paytda ham koʻchmas mulkni qonuniy kiritishning bir necha variantlarini mustahkamlaydi. Albatta, davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarda qonunchilik mulkdor, shuningdek tadbirkorlik faoliyati sub’yeti huquqlarining ustuvorligi prinsipini belgilaydi, unga muvofiq qonun hujjatlaridagi хususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq  barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar esa tadbirkorlik faoliyati sub’yektining foydasiga talqin etiladi7. Biroq "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalarining хodimlari amaliyotda baribir Nizomning 40-bandini qoʻllash ehtimoli oʻta yuqori. Aхir bu band yuqorida koʻrsatilgan ta’rifda mavjud va bu faktni inkor qilish mumkin emas. Shuning uchun fikrimcha, NHHdagi bunday ziddiyatda nizolar yashiringan boʻlib, bu albatta mulkdorlar, tadbirkorlik faoliyati ishtirokchilari huquqlarining buzilishiga, pirovardida esa sud nizolariga olib keladi. Bunda shuni e’tiborga olish joizki,  mulkdor хususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bogʻliq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat etganida davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi8. Demakki, bunday sud nizolari, ehtimol, koʻp boʻladi. Bu holatda da’vogarning huquqiy pozitsiyasiga kelsak, u yuridik jihatdan juda mustahkam. Konstitutsiyaning 15-moddasi birinchi qismiga asosan uning, shuningdek Oʻzbekiston qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuning 16-moddasi uchinchi qismiga9 binoan normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda, yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjat qoʻllaniladi. Shuningdek “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” Qonunning 23-moddasiga muvofiq хususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjati mulkdorning huquqiy holatini yomonlashtirgan yoki mulkdorga qoʻshimcha majburiyatlar yuklagan taqdirda, orqaga qaytish kuchiga ega emas. Shunday qilib, modomiki yuridik kuchiga koʻra qonunlar va Konstitutsiya Nizomdan yuqori turar ekan, qonunlar va Konstitutsiya normalari qoʻllanishi kerak. Fikrimcha, bunday toifadagi ishlar sud tomonidan javobgar – "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi foydasiga emas, balki  da’vogar foydasiga hal qilinadi. Albatta, hammasini sudning iхtiyoriga qoldirish mumkin. Biroq masalani aynan qonunchilik darajasida tartibga solish talab qilinadi, chunki Nizomning 40-bandining toʻgʻri tahriri  amaliyotni darhol toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltiradi. Nizomning 40-bandi birinchi хatboshisiga oʻzgartirish kiritib, uni quyidagicha bayon qilish maqsadga muvofiq koʻriladi: “Muassislar (yuridik va jismoniy shaхslar) tomonidan ular mulkidagi koʻchmas mulkni yuridik shaхslar ustav fondiga kiritilganda mazkur koʻchmas mulkka mulk huquqi koʻrsatilgan koʻchmas mulk ustav fondiga kiritilgan yuridik shaхslar nomiga roʻyхatdan oʻtkaziladi”. Zumrad NIYaZMETOVA, advokat. Mavzu boʻyicha maqolalar: “Javob  beramiz!” Ma’lumot хizmati: korхona foydasini taqsimlash Ishtirokchi keldi, ishtirokchi ketdi...  _____________________ 1 Konstitutsiyaning 53 va 54-moddalari. 2 24.09.2012 yildagi. 3Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-son qaroriga 1-ilova. 4 24.09.2012 yildagi. 5 25.05.2000 yildagi. (2.05.2012 yildagi yangi tahriri). 6 6.12.2001 yildagi. 7 «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida» 24.09.2012 yildagi Qonuning 7-moddasi; «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida» 25.05.2000 yildagi (2.05.2012 yildagi yangi tahriri) Qonuning 11-moddasi.  8 «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida» 24.09.2012 yildagi Qonunning 15-moddasi uchinchi qismi. 9 2000 yil 14  dekabrdagi (2012 yil 24 dekabrdagi yangi tahriri).
67
9,203
Qonunchilik
XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARDA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘I BO‘YIChA NOL STAVKASINI QO‘LLASh NATIJASIDA YuZAGA KELGAN SALBIY FARQNI QOPLASh TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 610-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil., 52-son, 523-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 20-fevralda 5 va 98-15-son bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jalik korxonalariga qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan yonilg‘i-moylash materiallari va mineral o‘g‘itlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha nol stavkasini qo‘llash tartibiga (1998-yil 1-iyun, ro‘yxat raqami 441) muvofiq, qaror qilamiz: 1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha nol stavkasini qo‘llash natijasida yuzaga kelgan salbiy farqni qoplash to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
176
1,056
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash yu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va chora-tadbirlarning ijro holati o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘rganish natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bo‘lgan bolalarni (keyingi o‘rinlarda — bolalar) har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan axborotini eshitib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi. Jumladan, bolalarning huquq va erkinliklariga qaratilgan tajovuzlar uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonunlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar parlamentga kiritilgan. Bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari takomillashtirilib, Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, Oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Go‘daklar uylari (keyingi o‘rinlarda — o‘quv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirilgan. Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya to‘g‘risidagi hamda Bolalar masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlangan. Bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning “onlayn-navbat” tizimi — my.maktab.uz ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan, 675 nafar bola uy-joy bilan ta’minlangan. Bolalarni davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga navbatsiz joylashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. 2021-yildagi ta’lim muassasalarini bitirgan 261 nafar boladan 212 nafarining bandligi ta’minlangan. Ta’lim muassasalarida normal hayotga qaytarish tamoyiliga asoslangan “teng-tengdoshiga” (peer-to-peer education) dasturi joriy qilingan. Farzandlikka olish jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Vasiylik” elektron axborot tizimi yaratilgan. Oilaga tarbiyaga olingan nogironligi bo‘lgan 141 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va 118 nafarini davolash ishlari olib borilgan. Bolalarning muammolarini o‘rganish hamda hal etish, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida “Mehr daftari” tizimi hamda “Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etilmoqda. Sohada amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar ham mavjud. Birinchidan, 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275-sonli Farmonida, “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5215-sonli, “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-sonli hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5217-sonli qarorlarida qayd etilgan 6 ta normativ-huquqiy hujjat belgilangan muddatlarda qabul qilinmagan. Xususan, “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish” hamda “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari parlamentga kiritilmagan. Xalq ta’limi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida bolalarning o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlarni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan. O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarini o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi yetakchi professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish, bolalar o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lovlarini 50 foizga oshirilgan holda to‘lash yuzasidan Hukumat qarorlari qabul qilinmagan. Ikkinchidan, qayd qilingan farmon va qarorlarda belgilangan boshqa qator topshiriqlar ham o‘z muddatlarida ijro etilmagan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘basi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tuman (shahar) hokimliklarida tegishli kotibiyatlar va sho‘balar faoliyati talab darajasida tashkil etilmagan. 2021-yilga qadar uy-joy ajratilgan deb ko‘rsatilgan 610 nafar bolaning uy-joylari holatini o‘rganib chiqib, talabga javob bermaydigan uy-joylarda yashayotgan bolalarni boshqa uy-joylarga ijara asosida ko‘chirish va ularga uy-joy uchun ijara to‘lovlarini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilish choralari ko‘rilmagan. 2021-yilda qo‘shimcha 2 ming nafargacha bolada tug‘ma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik o‘zgarishlar (jumladan, gidrotsefaliya) bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish ishlari olib borilmagan. Uchinchidan, sohaning tashkiliy-huquqiy asoslarida ham bartaraf etish zarur bo‘lgan kamchiliklar mavjud. Jumladan, oilaviy bolalar uylarini tashkil etish istagida bo‘lgan shaxslar va bunday turdagi muassasalar soni ortib bormoqda. Lekin mazkur jarayonlarni tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 158-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom bugungi kun talablariga javob bermaydi. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni oila muhitida tarbiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari tarqoqligi mazkur jarayonlarda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, vazirliklar va boshqa muassasalar o‘rtasida ijtimoiy himoya qilish yaxlit tizimi yaratilmagani mazkur sohada turli chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish yoki integratsiyalashni qiyinlashtiryapti. Xususan, idoralar o‘rtasida aniq tadbirlarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik mavjud emas, bu esa ayrim hollarda vakolatlarning va mas’uliyat chegarasining aniq emasligiga va o‘tkaziladigan tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda. Mehribonlik uylari faoliyatini unda tarbiyalanayotgan bolalar soni, muassasa sig‘imi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soniga qarab, tuzilmasini maqbullashtirish zarurati mavjud. To‘rtinchidan, bolalar huquqlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi chora-tadbirlar talab darajasida olib borilmayotgani oqibatida o‘quv-tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy yetimlik darajasi ortib, 83 foizni tashkil etmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan olib borilayotgan profilaktik va amaliy chora-tadbirlarga qaramasdan, respublikamizda chaqaloqlar va bolalar savdosi davom etmoqda. Farzand asrab olish uchun navbatda turgan oilalarga bolalarni berish asossiz vajlar va cheklovlar bilan rad etilayotgani sababli navbatda turgan fuqarolar soni ortib, birgina Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Bolalar uylaridan bola asrab olish uchun navbatda turgan fuqarolar soni 5 792 nafarga yetgan. O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari 18 yoshga to‘lgandan so‘ng mustaqil hayotga qadam qo‘yish va jamiyatga moslashish davrida qiyinchiliklarga duch kelishi, ijtimoiy adaptatsiya jarayonining og‘ir kechishi, ishsizlik, oila qura olmaslik holatlari mavjudligi ular orasida jinoyatchilik holatlari saqlanib qolishiga olib kelyapti. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 321-moddasiga hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari B. Musayevning yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev): bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-sonli Farmoni, PQ-5215-sonli va PQ-5216-sonli, PQ-5217-sonli qarorlarida belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ularning qabul qilinishini ta’minlash; Vazirlar Mahkamasida Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘basi, shuningdek, viloyat, tuman (shahar)larda tashkil qilinayotgan kotibiyatlar va sho‘balar mutaxassislarining faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida ularning nizomlari, lavozim yo‘riqnomalari hamda ish rejalarini puxta tayyorlash, maxsus o‘quv dasturlari asosida malakasini oshirish; yetim bolalarni vasiylikka va homiylikka olgan oilalar uchun minimal standartlarni ishlab chiqish; 2021-yilga qadar uy-joy ajratilgan deb ko‘rsatilgan 610 nafar bolaning yashash sharoitlarini o‘rganib, talabga javob bermaydigan ahvolda istiqomat qilayotgan bolalarni boshqa manzillarga ko‘chirish va ularga ijara to‘lovlarini mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilish; ikki oy muddatda milliy qonunchilikdagi homiylik, vasiylik va patronat tushunchalari va ularning ishlash mexanizmlarini bolalar bilan ishlash tizimiga moslashtirish; oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirish maqsadida bolalarni qabul qilgan oilalarga hamda tutungan ota-onalarga beriladigan to‘lovlar, imtiyozlar, kompensatsiyalar tizimini kengaytirish va turli soliqlardan ozod qilish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar tayyorlash; bolalarning aliment va ijtimoiy nafaqa pullarining inflatsiya hisobiga indeksatsiya qilish hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan fuqarolarga, shuningdek,patronat oilalarga hozirda to‘lanayotgan oylik maoshni tarbiyaga olingan bolalar sonidan kelib chiqib belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash; uch oy muddatda respublikadagi barcha o‘quv-tarbiya muassasalarini hududlar bo‘yicha qayta tashkil etish hamda yangi tizim bo‘yicha bolalarning tuzilmada 6 oy saqlanishini va mazkur davr mobaynida ularning oilaviy bolalar uylariga yoki farzandlikka berilishini (taqsimlanishini) ta’minlash choralarini ko‘rsin. Ushbu Qarorning ijrosi to‘g‘risida 2022-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Milliy gvardiya: Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘quv-tarbiya muassasalari ovqatlanish tizimida Autsorsing xizmatini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash; Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi “Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 158-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomni takomillashtirish; ijtimoiy yordamning butun sohalari tomonidan davlat boshqaruvini markazlashtirish va ijtimoiy yordam institutlarini ixtisoslashtirish orqali “Ijtimoiy profilaktika”ning yagona davlat tizimini joriy etishni hamda yagona “Ijtimoiy ta’minot xizmati”ni shakllantirishni, ijtimoiy sug‘urtalash, ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmatlar va bandlik dasturlari tizimlari o‘rtasida normativ-huquqiy va tashkiliy-texnik uyg‘unlashgan davlat dasturi ishlab chiqish choralarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021-yil yakuniga qadar: qo‘shimcha 2 ming nafargacha bolada tugma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik o‘zgarishlar (jumladan, gidrotsefaliya) bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish; 2 ming dona zamonaviy eshitish moslamalarini xarid qilish va ularni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarga yetkazish choralarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda chaqaloqlar va bolalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan alohida dastur ishlab chiqsin va ijrosini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya bilan birgalikda ikki oy muddatda nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalarni zudlik bilan aniqlash, ularning hisobini yuritish, yetim va qarovsiz qolgan bolalarga vasiy yoki homiy tayinlash tizimini soddalashtirish maqsadida “Bola himoyasi” yagona elektron axborot tizimini joriy qilsin. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish sho‘balari va Milliy gvardiya bo‘linmalari bilan birgalikda bolalarni birinchi navbatda ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari tarbiyasiga qaytarish; farzandlikka olingan bolalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joyga muhtoj deb topilgan hollarda 18 yoshga kirgandan so‘ng uy-joy bilan ta’minlash; oilaviy bolalar uyini tashkil etish istagini bildirgan fuqarolarga tegishli hokimliklar tomonidan o‘z balansidagi bo‘sh uy-joylarni shartnoma asosida foydalanish uchun berish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar, tumanlar (shaharlar) Kengashlariga: hududlardagi 757 nafar bolaga uy-joy ajratilishi yuzasidan qat’iy deputatlik nazoratini o‘rnatish; har chorakda Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalarining faoliyatlari yuzasidan axborotlarini eshitib borish tavsiya etilsin. 10. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi (B. Sayfullayev) zimmasiga yuklansin. 11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
14,234
Qonunchilik
2021 yilning iyul oyiga kelib 3 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib bitkaziladi
Ularni loyihalashtirish, qurish, jihozlash va foydalanishga topshirish uchun mablagʻlar “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” tomonidan homiylik mablagʻlari sifatida ajratiladi (3.10.2019 yildagi 839-son VMQga qarang). Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun reabilitatsiya markazlari boʻlgan har biri 150 oʻrinli 2 ta koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotini, Buхoro viloyatida esa - 250 oʻrinli 1 ta umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotini quradilar. Qurilishni 2021 yilning 1 iyuliga qadar yakunlashni rejalashtirmoqdalar. Loyihada ishtirok etadigan buyurtmachi, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlariga imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etildi. Homiylik koʻrinishidagi filantropiya faoliyati shaklida amalga oshiriladigan davlat-хususiy sheriklik doirasida shartnoma tuziladigan sanadan boshlab: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.10.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
88
988
Qonunchilik
“Soliq va budjet siyosatining 2019-yilgi asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-448-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni l
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-dekabrda kiritilgan “Soliq va budjet siyosatining 2019-yilgi asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-448-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
520
Qonunchilik
Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qaroriga muvofiq hamda respublika oliy ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tizimini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11 va 12-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Oliy ta’lim muassasalariga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga muvofiq bo‘lgan ma’lumotga ega xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin. 12. Xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi. Belgilangan tartibda taqdim etilgan suhbat natijalari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xorijiy fuqarolarni oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish yuzasidan qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida tegishli buyruq chiqaradilar”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
159
2,112
Qonunchilik
TOShKENT ShAHRINI NEFT MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLAShNI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublika iste’molchilarining neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, aholini ular bilan ta’minlashda zarur tartib o‘rnatish va jismoniy shaxslar tomonidan neft mahsulotlarini noqonuniy sotish hollarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Neft mahsulotlarini sotishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasiga yuklansin. 3. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi: Toshkent shahar avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga avtobenzinning ularning buyurtmasiga muvofiq har sutkada kafolatli yetkazib berilishini; xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga avtobenzin, ularning quvvatidan kelib chiqqan holda, to‘liq miqdorda berilishini ta’minlasin. 4. Toshkent shahar hokimligi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bilan birgalikda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining neft mahsulotlarini iste’molchilarga uzluksiz berilishini ta’minlaydigan ish tartibini o‘rnatsin, bunda shaharning eng serqatnov uchastkalarida, shu jumladan aylanma yo‘lda joylashgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining butun sutka davomida ishlashini nazarda tutsin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining neft mahsulotlari sotishdan olingan har kungi tushumining o‘z vaqtida inkassatsiya qilinishini ta’minlasinlar, bunda xizmat xodimlarining tungi vaqtdagi xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor bersinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi neft mahsulotlarining o‘g‘irlanish yo‘llarini, ularning bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishi hollarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha muntazam ravishda qo‘shma tekshirishlar o‘tkazsinlar, neft mahsulotlarini sotish borasida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishga doir qattiq choralar ko‘rsinlar. Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini va ularga tutash hududlarni hamda uy-joy imoratlarini yong‘indan muhofaza qilishning ahvoli ustidan umumiy nazorat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuklansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi qonun hujjatlariga neft mahsulotlarini sotishga litsenziya berish va ularni sotish qoidalarini buzganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar tayyorlasinlar. 7. Bosh vazir O‘. T. Sultonov 3 kun muddatda maxsus attestatsiya komissiyasi tarkibi bo‘yicha takliflar kiritsin va bir oy muddatda: “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi markaziy apparati rahbar xodimlarini, neft mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublika, viloyatlar va Toshkent shahar korxonalari va neft bazalari rahbarlarini, shuningdek avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari rahbarlari va mutaxassislarini navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazsin; aholini neft mahsulotlari bilan ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan qoida buzishlar va suiiste’molchiliklar uchun qonunchilikka muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘ash maqsadida materiallarni prokuratura organlariga berishgacha bo‘lgan qattiq javobgarlik choralarini ko‘rsin; Toshkent shahrining neft mahsulotlarini xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalariga shartnoma asosida sotish bo‘yicha tajribasini respublikaning boshqa mintaqalariga yoysin. 8. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarorining 5, 6, 7-bandlari; ushbu qaror bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan xususiy avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarining ishlash tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizom 2-bandining birinchi xatboshi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-iyundagi 215-son qarorining 5, 6-bandlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 107-son qarorining 4-bandi. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin. Mazkur Nizom avtomobil yonilg‘isini quyish shoxobchalari, moy almashtirish va avtoservis punktlari orqali neft mahsulotlarini sotish qoidalarini hamda avtomobil yonilg‘isini quyish shoxobchalari (AYQSh)ning ishlash tartibini belgilab beradi. 1. Aholiga avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida faqat umumiy foydalanishdagi turg‘un va konteyner, shu jumladan xususiylashtirilgan AYQShlar orqali, texnik moylar va moylash materiallari esa moy almashtirish punktlari, ixtisoslashtirilgan avtoservis punktlari va avtodo‘konlar orqali sotiladi. Toshkent shahar hokimligi AYQShlar tomonidan sanitariya, ekologiya, yong‘inga qarshi me’yorlar va savdo qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydi va to‘liq javob beradi. Bu me’yorlar va qoidalar buzilgan taqdirda litsenziyalar olib qo‘yiladi. 3. Sotilayotgan neft mahsulotlari sifati belgilangan davlat standartlariga va texnik shartlarga javob berishi kerak. 8. AYQShlarga neft mahsulotlari “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining ixtisoslashtirilgan avtomobil transportida tamg‘alangan sisternalarda yetkazib beriladi. 9. AYQShga tushadigan hamma neft mahsulotlari majburiy ravishdagi sifat pasporti bilan tovar-transport yukxati bo‘yicha qabul qilinadi. 10. Tovar-transport yukxatida ko‘rsatilgan miqdor bilan amalda qabul qilingan neft mahsulotlari miqdori o‘rtasida farq bo‘lmagan taqdirda operator qabul qilingan yukxatini imzolaydi, uning bir nusxasini AYQShda qoldiradi, uch nusxasini esa neft mahsulotlarini yetkazib kelgan haydovchiga qaytaradi. 11. Kelib tushgan neft mahsulotlari miqdori tovar-transport yukxati bilan to‘g‘ri kelmagan taqdirda kamomad yuzasidan belgilangan shakl bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va belgilangan tartibda neftbazaga taqdim etiladi. Neft mahsulotlarining kamomadi to‘g‘risida tovar-transport yukxatining barcha nusxalariga tegishlicha belgi qo‘yiladi. 12. Neft mahsulotlarining AYQShga kelib tushishi va kirim qilinishini nazorat qilish uchun belgilangan shakldagi kelib tushgan neft mahsulotlarini hisobga olish daftari yuritiladi. Hisob daftarining betlari raqamlanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Daftardagi varaqlar soni korxona rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi. 13. Neft mahsulotlari nazorat-kassa mashinalarini majburan qo‘llagan holda naqd pulga sotiladi, shuningdek belgilangan tartibda tijorat banklarining so‘mlardagi elektron kartochkalari yoki tarqatish vedomostlari bo‘yicha beriladi. 14. Har bir AYQShning ishlash tartibi, kecha-kunduz ishlovchi AYQShlarni belgilangan holda, Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilanadi. 15. AYQShlarning o‘lchov vositalari bilan jihozlanishi, texnika xizmati ko‘rsatish, foydalanish tartibi, ularni saqlash va tejash, shuningdek xizmat ko‘rsatish madaniyati amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak. AYQSh tegishli javonlar, reklama taxtalari, ko‘rgazmali tashviqot vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. AYQSh hududidagi beton va asfalt qoplamalari va avtomobil yo‘lidan kirish yo‘laklari nuqsonsiz bo‘lishi kerak. AYQSh uchun maydonchalar tekis bo‘lishi va avtomashinalarning kolonnalar va quyish moslamalari yoniga bemalol kelishini ta’minlashi kerak. AYQSh binolari, inshootlari, maydonchalari, shuningdek unga tutashgan hududlar sanitariya-maishiy, estetik, yong‘inga qarshi va ekologik talablarga javob berishi kerak. AYQShda foydalaniladigan asbob-uskunalar va avtomatik ravishda quyish texnikasi tegishli me’yorlarga javob berishi va atrof muhitni ifloslantirmasligi kerak. 16. AYQSh hududlari qorong‘i paytlarda tegishli me’yorlarga muvofiq yoritilishi kerak. Asosiy e’tibor neft mahsulotlarini to‘ldirish va quyish joylarining yoritilishiga qaratilishi zarur. 17. AYQSh telefon va ovozni kuchaytiradigan aloqa va qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 18. AYQSh xodimlari “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq tayyorlov, qayta tayyorlov, malaka oshirish, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim tekshiruvidan o‘tishi shart. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasining tegishli guvohnomasi mavjud bo‘lgandagina ishlashga ruxsat etiladi. 19. Har bir smena tugagandan so‘ng schyotchiklarning jamlama ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadigan smena davomida neft mahsulotlarining kelib tushganligi va sotilgan neft mahsulotlarining miqdori, smena boshlanishidagi neft mahsulotlarining qoldig‘i haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda belgilangan shakl bo‘yicha smena hisoboti tuziladi. 20. Rezervuarlarda qolgan neft mahsulotlarining qoldig‘ini o‘lchash asosida smena oxiriga kelib neft mahsulotlarining haqiqiy qoldig‘i aniqlanadi, bu hisobotning tegishli ustunida aks ettiriladi. 21. Smenani qabul qilishda va topshirishda namunaviy o‘lchagichlar yordamida har bir yonilg‘i tarqatuvchi kolonkaning amaldagi o‘lchov xatolari foizlarda va litrlarda aniqlanadi va smena hisobotida aks ettiriladi. 22. Smena hisoboti ikki nusxada tuziladi va smenani topshiruvchi va qabul qiluvchi operatorlar tomonidan imzolanadi. Hisobotning birinchi nusxasi tovar-transport yukxati, neft mahsulotlarini qabul qilish dalolatnomalari, naqd pullar topshirilishini tasdiqlovchi hujjatlar bilan smenani topshiruvchi operator tomonidan tilxat bilan korxona buxgalteriyasiga beriladi, ikkinchi nusxasi esa AYQShda smena hisoboti kitobida qoladi va smenalar operatorlari uchun nazorat nusxasi hisoblanadi. 23. Har bir AYQShda neft mahsulotlarini hisobga olish va o‘lchovlarning haqqoniyligini va birligini ta’minlash, shuningdek ularning sifatini nazorat qilish uchun “O‘zdavstandart” markazi tomonidan qo‘llashga ruxsat etilgan va Davlat metrologiya xizmatining tamg‘asiga yoki tekshirish guvohnomasiga ega bo‘lgan zarur asbob-uskunalar va o‘lchov vositalari bo‘lishi kerak. 24. Har bir AYQShda neft mahsulotlarini xatlash belgilangan tartibda, bir oyda kamida bir marta o‘tkazilishi kerak. 25. Xatlash majburiy tartibda quyidagi hollarda ham o‘tkaziladi: ishni qabul qilish - topshirish kunida — moddiy javobgar shaxslar almashgan taqdirda; o‘marish, talon-taroj, o‘g‘irlik yoki suiiste’mol qilish, shuningdek buzilish faktlari aniqlanganda — bunday faktlar aniqlanganda darhol; yong‘in yoki tabiiy ofatlar (suv bosishi, zilzila va boshqalar)dan keyin — yong‘in yoki tabiiy ofat tugashi bilan darhol.
94
10,669
Qonunchilik
HUKUMATNING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh VA AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
“O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Hukumatning 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Hukumatning 2-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarini, Daraxt kesish qoidalarini, Kesilmasdan sotiladigan daraxtlar narxlarini uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; o‘rmonlarni qo‘riqlanish toifalariga kiritish bo‘yicha olti oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 9-martdagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rmonlarda va davlat o‘rmon fondining o‘rmon bilan qoplanmagan yerlarida yovvoyi mevalar, yong‘oqlar, rezavor mevalar, dorivor o‘simliklar va texnik xomashyolarni sanoat asosida tayyorlash tartibida: a) 2-band, 3-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) 6-banddagi: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanish uchun o‘rmon chiptasini berishda o‘rmon xo‘jaligi (o‘rmon uchastkasi) o‘rmondan foydalanuvchini o‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanish tartibi bilan, shuningdek uni buzganligi uchun javobgarlik bilan tanishtirishi shart, bu to‘g‘rida o‘rmondan foydalanuvchi o‘rmon chiptasiga imzo qo‘yadi”; ikkinchi xatboshidagi “SSSR o‘rmonlarida o‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanish bo‘yicha instruksiyada, mazkur Sanoat asosida tayyorlash tartibida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan” so‘zlari “mazkur Sanoat asosida tayyorlash tartibida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 7, 18-bandlardagi “O‘zSSR O‘rmon xo‘jaligi ministrligi tomonidan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 9-banddagi: birinchi xatboshidagi “SSSR o‘rmonlarida o‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanish bo‘yicha instruksiyada nazarda tutilgan” so‘zlari “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; d) 12-banddagi “shartnoma bo‘yicha zimmasiga qabul qilgan” so‘zlari va oxirgi gap chiqarib tashlansin; e) 15-banddagi “SSSR Qizil kitobiga va O‘zbekiston SSR” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 20-band chiqarib tashlansin. 1. “SSSR Ministrlar Sovetining “O‘rmonlarni yong‘inlardan saqlash va ularni zararli hasharotlar va kasalliklardan himoya qilishni yaxshilash to‘g‘risida” 1968-yil 31-maydagi 409-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1968-yil 30-iyuldagi 349-son qarori. 2. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika o‘rmon xo‘jaligining ahvoli va uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1971-yil 28-sentabrdagi 473-son qarori. 3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika o‘rmonlarini birinchi guruh o‘rmonlarga o‘tkazish haqida va ularni qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha taqsimlash to‘g‘risida” 1980-yil 18-iyundagi 429-son qarorining respublika o‘rmonlarini birinchi guruh o‘rmonlarga o‘tkazishga oid qismi. 4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR o‘rmonlaridan kesilmasdan sotiladigan daraxtlar uchun 07-01-04 narx preyskurantini va 07-02-preyskurantida nazarda tutilmagan g‘o‘lali yog‘och materiallari va yog‘och turlari uchun 07-28-04 ulgurji narx preyskurantini tasdiqlash haqida” 1980-yil 15-dekabrdagi 835-son qarori. 5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Ikkinchi darajali o‘rmon materiallarini tayyorlash tartibi va muddatlari to‘g‘risida 1985-yil 22-oktabrdagi 533-son qarori (O‘zSSR QT, 1985-y, 10-son, 50-modda).
137
4,083
Qonunchilik
XALQARO ShARTNOMALARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ummon Sultonligi Hukumati o‘rtasida 2009-yil 30-mart kuni Toshkent shahrida imzolangan: Daromadlarning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi; Investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
45
1,003
Qonunchilik
1 yanvargacha bepul foydalaning, marhamat!
3 oy muqaddam test rejimida Buхgalterlar malakasini baholash tizimi bir.uz ishga tushirilgan edi. Testdan joriy yilning 1 sentyabrigacha bepul foydalanish mumkin edi. Foydalanuvchilarning koʻplab iltimoslariga binoan Tizimdan bepul foydalanish imkoniyati 2018 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi. Buхgalterlar malakasini oshirish tizimi – bir.uz — bu bilimdagi kamchiliklarni toʻldirgan holda oʻz professional darajasini mustaqil ravishda baholash va oshirish imkoniyati. Testdan istalgan joyda, istalgan vaqtda oʻtish mumkin, faqat kompyuter va internet boʻlsa bas. Oʻrgatuvchi testdan oʻtganlarga elektron sertifikat beriladi, qatnab topshirilgan imtihondan keyin esa – malaka guvohnomasi taqdim etiladi. Loyiha pullik asosda testdan oʻtish va oʻz bilimlarini oshirishga tayyor foydalanuvchilarga ma’qul keldi. Akmal Quvondiqov: «Barcha uchun kerakli, zoʻr materiallar! Shaхsan menga oʻquv materiallari uchun keltirilgan suratlar juda yoqdi. Norma mutaхassislariga katta rahmat!» Laniya Kupsova: «Bunday materiallar doim yonimda boʻlishini istardim, kerak boʻlib qolishi mumkin. Hatto masalani direktorga tushuntirib bersa ham boʻladi, suratlar bilan bu juda oson kechadi». Dildora Iminoхunova: «Bunday yaхshi oʻquv materiallari uchun «Norma»ga rahmat. Barchasi hamma uchun tushunarli boʻlgan oddiy tilda yozilgan. Noshirlar oʻquv materialini kitob tarzida chiqarishsa nur ustiga a’lo nur boʻlar edi. Koʻpchilik bu kitobni sotib olgan boʻlardi, deb oʻylayman. Taklif deb qabul qilasiz».  Foydalanuvchilarning qiziqishini inobatga olgan holda ma’muriyat barchaga sovgʻa tariqasida bir.uz tizimidan bepul ravishda 2018 yilning 1 yanvarigacha foydalanish imkonini yaratdi.
42
1,673
Qonunchilik
Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 8, 469-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 199-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 152-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin: birinchi qismning: oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “hayotga, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar, jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni olish yoki o‘tkazish, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar”; quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida ko‘rsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar; ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik to‘g‘risidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar; farzandlikka olishga monelik qiladigan kasalliklarga chalinganlar. Mazkur kasalliklarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”; ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, bundan o‘gay ota va o‘gay ona yoxud farzandlikka olinuvchining yaqin qarindoshlari tomonidan farzandlikka olish hollari mustasno”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvarda qabul qilingan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘RQ-364-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 1-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 22-moddasining birinchi qismiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin: oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “hayotga, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, o‘zgalarning mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar, jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni olish yoki o‘tkazish, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish yohud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar”; quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida ko‘rsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar; ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik to‘g‘risidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar”; yettinchi xatboshisi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
188
7,436
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 26-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 302-moddasiga muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish mexanizmlarini joriy etish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 29-apreldagi KQ-35-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 29-apreldagi KQ-35-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti quyidagi mazmundagi 171-bob bilan to‘ldirilsin: 1981-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masala jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining ma’lumotlari asosida Senat qo‘mitalari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi. 1982-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining ma’lumotlari Senat devonida ro‘yxatga olingan kundan boshlab Senatga kiritilgan hisoblanadi. Kelib tushgan materiallar Senat Raisiga beriladi. Senat Raisi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining ma’lumotlarini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadigan Senatning mas’ul qo‘mitasini belgilaydi. 1983-modda. Senat qo‘mitalari xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani dastlabki tarzda ko‘rib chiqishga doir faoliyatini Senat, Senat Kengashi va Senat Raisi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi. Senat qo‘mitalarining xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani o‘rganib chiqishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish Senat Raisi yoki uning topshirig‘iga muvofiq Senat Raisining o‘rinbosarlari yoxud Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 1984-modda. Senat qo‘mitalarining xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘rganishni o‘tkazish tartibi Senat qo‘mitasining raisi tomonidan belgilanadi. Senat qo‘mitalarining xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani o‘rganishga tayyorgarlik Senat qo‘mitasi tomonidan mazkur o‘rganishni o‘tkazish rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi. O‘rganishni o‘tkazish rejasini tayyorlash davomida: 1) o‘rganish o‘tkaziladigan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorida belgilangan normalarning tahlilini o‘tkazadi; 2) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, ekspertlik va boshqa xulosalarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi; 3) o‘rganib chiqilayotgan masalaga doir tegishli qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarining dastlabki tahlilini o‘tkazadi; 4) masala to‘liq va xolisona o‘rganib chiqilishi uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi. 1985-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlari o‘rganilishini o‘tkazish rejasida: 1) savolnoma tuzish va uni yuborish muddatlari; 2) ishchi guruh tarkibi; 3) joylarga chiqishning aniq sanasi; 4) o‘rganish o‘tkaziladigan tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi; 5) xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini o‘rganish tartibi va yakunlanadigan muddati; 6) Senat qo‘mitasi qarorining loyihasini tayyorlash muddatlari; 7) Senat qo‘mitasi majlisini o‘tkazish tartibi va joyi belgilanadi. 1986-modda. Savolnomani tuzish bekor qilinishi rejalashtirilgan tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari qarori normalarini tahlil qilish natijalari asosida amalga oshiriladi. Senat qo‘mitasi tomonidan tuzilgan savolnoma tegishli mahalliy Kengashga, shuningdek xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari joylashgan hududda ishlayotgan senatorlarga ham yuborilishi mumkin. 1987-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini o‘rganish uchun Senat qo‘mitasi tomonidan ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh tarkibiga senatorlar, davlat organlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligining markaziy apparatlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, shuningdek olimlar, ekspertlar va mutaxassislar kiritilishi mumkin. 1988-modda. Senat qo‘mitasining raisi yoki Senatning tegishli qo‘mitasi a’zosi — senator ishchi guruh rahbari bo‘ladi. Ishchi guruh rahbari ishchi guruhning a’zolari orasida ishlarni taqsimlaydi. Ishchi guruhning har bir a’zosi o‘zi amalga oshirgan ishlari haqida axborot tayyorlaydi, bu axborot keyinchalik umumiy ma’lumotnomaga kiritiladi. 1989-modda. Ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: 1) xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari tomonidan qabul qilingan (ishlab chiqilgan) qarorning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlariga muvofiqligi; 2) aniqlangan kamchiliklar; 3) yakuniy ma’lumotnoma; 4) boshqa zarur ma’lumotlar. Ishchi guruh tomonidan tayyorlangan umumiy ma’lumotnoma ishchi guruh rahbari, ishchi guruh a’zolari va tegishli davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari tomonidan imzolanadi. 19810-modda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorini o‘rganish natijalari dastlabki tarzda Senat qo‘mitasining majlisida ko‘rib chiqiladi. 19811-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish masalasini o‘rganish natijalari ko‘rib chiqilayotganda Senat qo‘mitasining majlislari ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda, Senat qo‘mitasi yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish masalasini o‘rganish natijalari ko‘rib chiqilayotganda Senat qo‘mitasining majlisiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, matbuot organlari, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek mutaxassislar, ekspertlar va olimlar taklif etiladi. 19812-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha Senat qo‘mitasi qaror qabul qiladi. Qarorda quyidagi masalalardan biri aks ettiriladi: xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid deb topishga asoslar mavjud emasligi; xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid ekanligi hamda mazkur masalani Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida Senat Kengashiga taklif kiritish. 19813-modda. Senat xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish masalasini o‘rganish natijalari bo‘yicha qabul qilingan Senat qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida belgilangan tartibda tegishli mahalliy Kengashga, shuningdek murojaat, ma’lumot muallifiga yuboriladi”.
93
11,253
Qonunchilik
“O‘ZDONMAHSULOT” DAVLAT KONSERNINI “O‘ZDONMAHSULOT” DAVLAT-AKSIONERLIK KORPORATSIYASIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Novvoyxona, tegirmon-yorma va omixta em sanoati korxonalari va birlashmalari ish samaradorligini oshirish, aholini non mahsulotlari bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash, tarmoqda bozor munosabatlarini joriy etishni jadallashtirish maqsadida: 1. “O‘zdonmahsulot” davlat konserni ta’sischilarining uni “O‘zdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasi: yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalik korporatsiyasidir hamda u don xarid qilishni un, yorma, omixta em, non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda sotishni ta’minlovchi turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi; o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va korporatsiya Ustavi asosida amalga oshiradi, “O‘zdonmahsulot” konserni ilgari tuzgan barcha shartnomalar va qabul qilgan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘ladi. 3. Hududiy ishlab chiqarish birlashmalari negizida don mahsulotlari tayyorlovchilarning “Donmahsulot” aksionerlik uyushmalari tashkil etilsin. 4. Quyidagilar “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari qilib belgilansin: don, un, yorma, non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari, omixta em ishlab chiqarish hamda respublika xalq xo‘jaligini va aholisini ular bilan ta’minlash; ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, unni qayta ishlash va non-bulka hamda boshqa mahsulotlar tayyorlash bilan band bo‘lgan korxonalarni kengaytirish, qayta qurish va texnika bilan qaytadan qurollantirish borasidagi ishlarni tashkil qilish; don, navli va duragay g‘alla urug‘lari, boshqa qishloq xo‘jalik mahsuloti xarid qilishni, ularni davlat ehtiyojlari uchun va boshqa iste’molchilarning buyurtmalari bo‘yicha yetkazib berishni ta’minlash; g‘alla zaxiralarini, jumladan davlat va safarbarlik zaxiralarini markazlashtirilgan tarzda jamlash, hududiy jihatdan oqilona joylashtirish va saqlash; respublikaning barcha mintaqalarini non va non mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash uchun don, un, yorma, kepak va omixta emni tizim ichkarisida joylashtirishni tashkil etish; don mahsulotlari tizimida bozor munosabatlarini rivojlantirish, davlat korxonalari va tashkilotlarini aksionerlik, jamoa va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga oid ishlarni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlikni rivojlantirishga butun choralar bilan ko‘maklashish, qo‘shma korxonalar tashkil etish; yagona ilmiy-texnik va texnologik siyosat o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlardagi shart-sharoitlarni o‘rganish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish. 5. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga doir tashkiliy tadbirlarni ko‘zda tutuvchi qaror qabul qilsin. 6. “O‘zbekiston Respublikasi don mahsulotlari davlat konserni (“O‘zdonmahsulot”)ni tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 6-fevraldagi 334-son farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
111
3,089
Qonunchilik
Buхgalterlarni milliy sertifikatlash boʻyicha imtihonlarni oʻtkazish muddatlari e’lon qilindi
Eslatib oʻtamiz: Buхgalterlarni milliy sertifikatlash – buхgalteriya hisobi va audit sohasida faoliyat yuritish uchun oʻzining professional malakasini tasdiqlash va tegishli hujjat (sertifikat) olish imkoniyati. Nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablari, buхgalter sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish tartibi haqida batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin. Imtihondan oʻtish uchun roʻyхatga olish 12 dekabr kuni oʻz nihoyasiga yetadi. Imtihon modullari Buхgalterlarni tayyorlash uchun oʻqitish dasturi asosida Oʻzbekiston buхgalterlar milliy uyushmasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi hamda Oʻzbekiston buхgalterlar Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan. Imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston buхgalterlarini sertifikatlash toʻgʻrisidagi Nizom hamda Imtihon markazi toʻgʻrisidagi Nizom bilan  tartibga solinadi. Imtihonlar formati: «Milliy qonunchilik boʻyicha buхgalteriya hisobi», «Soliq solish», «Boshqaruv hisobi» va «Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga olish» yoʻnalishlari boʻyicha testlar 2 tadan 5 tagacha masala va 20 ta test savollarini oʻz ichiga oladi. Imtihon «yopiq kitob bilan» formatida oʻtkaziladi. Davomiyligi – 4 soat. «MHXS boʻyicha moliyaviy hisob» boʻyicha imtihon bitta asosiy kompleks masala hamda 10-20 test savollarini oʻz ichiga olgan. «Yopiq kitob bilan» formatida oʻtkaziladi. Davomiyligi – 5 soat. Har bir imtihon boʻyicha oʻtish bali 50 ballni tashkil etadi (maksimal ball - 100 ball). Buхgalterlarni milliy sertifikatlash dasturi boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgandan keyin buхgalter sertifikatini olish uchun oʻz tanloviga koʻra buхgalterlar va auditorlar respublika professional birlashmalaridan biriga murojaat etish mumkin. Sertifikat – buхgalterning buхgalteriya hisobi sohasida faoliyat yuritishi uchun professional malakaga  ega ekanini tasdiqlovchi hujjatdir. Eslatib oʻtamiz, buхgalterlarni sertifikatlash ikki bosqichdan iborat: 1-bosqich – «Sertifikatlangan amaliyotchi-buхgalter» – «Milliy qonunchilik boʻyicha buхgalteriya hisobi» hamda «Soliq solish» fanlari boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganda beriladi; 2-bosqich – «Sertifikatlangan malakali buхgalter» – 1-bosqich sertifikati bor boʻlsa, «MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot», «Boshqaruv hisobi» va «Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish» fanlari boʻyicha imtihonlardan muvaffaqiyatli topshirganda yoki 1-bosqich sertifikati boʻlmasa, barcha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda beriladi. Sana Hafta kuni Sertifikatlangan amaliyotchi buхgalter Sertifikatlangan malakali buхgalter 16.12.16 Juma Milliy qonunchilik boʻyicha buхgalteriya hisobi Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish 17.12.16 Shanba MHXS boʻyicha moliyaviy hisob 18.12.16 Yakshanba Soliq solish Boshqaruv hisobi Imtihonlarni tashkil qilish va oʻtkazish «Buxgalterlar va auditorlar imtihon markazi» MChJ tomonidan amalga oshiriladi. Imtihonlarga roʻyхatdan oʻtish muddati - 12 dekabrga qadar.  Imtihonlarda ishtirok etish narхi - 3 EKIH.  Batafsil ma’lumotlar uchun «Buxgalterlar va auditorlar imtixon markazi» MChJga murojaat qiling: Manzil: Toshkent shahri, Oʻzbekiston shohkoʻchasi, 55; Telefon: (+998 71) 239-45-37, (93) 544-26-89; Elektron pochta: [email protected]. Mavzuga oid material: Buхgalterlarni milliy sertifikatlashtirish amalda
93
3,424
Qonunchilik
2018-2019-yillarda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanini kompleks rivojlantirishni ta’minlash, bunda tumanning ishlab chiqarish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, sanoat va xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish orqali tuman budjetining daromadlar bazasini kengaytirish, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholining bandligi, daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2018-2019-yillarda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin: 2018-2019-yillarda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq; sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarning manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; taklif etilayotgan yangi istiqbolli investitsiya loyihalarining ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq; qishloq xo‘jaligi sohasida yer maydonlaridan oqilona foydalanish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini yaxshilash bo‘yicha manzilli dastur 4-ilovaga muvofiq; muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal qurish dasturining asosiy ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq; ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq. 2. Jizzax viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tumanning mavjud imkoniyati va salohiyatidan kelib chiqib, mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq taklif etilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlarini ikki oy muddatda tanlov asosida aniqlasin. 3. Dastur parametrlarining bajarilishini ta’minlash bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish vazifasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklatilsin. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin; Dastur bajarilishining monitoringi olib borilishini tashkil etsin va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni ko‘rib chiqsin, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin; zarurat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, Dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin. 4. Jizzax viloyati hokimligi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan butlash va loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, Dastur doirasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish korxonalarining tabiiy gaz va elektr uzatish tarmoqlariga o‘z vaqtida ulanishini hamda ularga elektr energiyasi va tabiiy gaz uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda inobatga olsin. 7. Dastur parametrlarini o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi uchun Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani sektorlari rahbarlari biriktirilgan hudud kesimida loyiha tashabbuskorlariga ko‘maklashib, yuzaga kelgan muammolarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rsin hamda ularning faoliyati natijadorligi yuzasidan asoslangan xulosa va takliflarni Jizzax viloyati hokimligiga kiritib borsin. 8. Jizzax viloyati hokimligi har chorak yakunida Dasturdagi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va tuman faollari yig‘ilishlarida muhokama qilish hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borishni ta’minlasin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
117
5,417
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yilgi investitsiya dasturi to‘g‘risida
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishlarning asosiy ustuvorliklarini amalga oshirishni ta’minlash, eksport potensialini kengaytirishga, import mahsulotlar o‘rnini to‘ldirishga raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga doir samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun moddiy-ishlab chiqarish bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Mablag‘ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga kapital mablag‘lar prognozining 1996-yilgi asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 2. Respublika budjeti, markazlashtirilgan bank kreditlar, xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolatidagi kreditlar hisobiga amalga oshirish mo‘ljallangan respublika investitsiya dasturi 2, 3 va 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi qurilishlarni o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlash uchun ularning aniq ro‘yxatlarini qonunchilik bilan belgilangan tartibda 2 hafta muddatda kelishib olsin. 4. 1996-yilgi investitsiyalar prognozining asosiy parametrlariga hamda korxonalarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va bevosita xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq dasturlariga 5, 6 va 7-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin. 5. Respublika investitsiya dasturini normativ-huquqiy ta’minlashga doir tadbirlar 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 6. Tijorat banklariga: mablag‘ bilan ta’minlashni ochishda investitsiya loyihalarining aniq ro‘yxatlarini tasdiqlash va kelishib olishning belgilangan tartibiga qat’iy amal qilish; kontraktlari (pudrat shartnomalari) Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-iyuldagi 369-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilishlarni kontrakt asosida tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom talablarini hisobga olmay tuzilgan obyektlarni mablag‘ bilan ta’minlashni 1996-yil 1-apreldan boshlab to‘xtatib qo‘yish va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha Respublika komissiyasiga ular yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun 1996-yil 15-aprelgacha axborot taqdim etish tavsiya qilinsin. 7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va yirik korxonalar bilan birgalikda eng muhim va yirik investitsiya loyihalari, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokida mablag‘ bilan ta’minlanadigan loyihalar yuzasidan yig‘ma ekspert xulosasini tayyorlash yuklansin. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish masalalarini, moddiy-xomashyo, mehnat va moliyaviy resurslar balanslarini hisobga olgan holda yig‘ma ekspert xulosasini tashkil etish va tayyorlash tartibi to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin. 8. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha agentlikning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun investitsiya loyihalari ro‘yxati va takliflar kiritilgan O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhiti to‘g‘risidagi reklama ma’lumotnomani ikki oy muddatda tayyorlash va nashr etish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
72
3,166
Qonunchilik
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi arafasida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi arafasida Shuhrat ShARAFUTDINOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosining mulohazalari. Oʻtmishga nazar solsak, mustaqil Oʻzbekiston sobiq ittifoq respublikalari orasida birinchi boʻlib oʻzining Asosiy Qonunini qabul qilgan. Mening nomzodimni deputatlikka koʻrsatgan siyosiy  kuch, ya’ni OʻzLiDep  nomidan ayrim mulohazalarni birdirmoqchiman. Konstitutsiya har bir davlatning asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi. Uning me’yorlari nafaqat davlat tuzumi, davlat hokimiyati va boshqaruvini tashkil etish prinsiplarini, balki ijtimoiy hayot me’yorlarini ham belgilab beradi. Masalan, Konstitutsiyamizning 14 bobida oilaviy turmush tarzining huquqiy asosini tashkil etuvchi prinsipial qoidalar belgilangan. Uning 12 bobi esa jamiyatning iqtisodiy asoslari, iqtisodiy faoliyat erkinligini kafolatli ta’minlash, mulkdorlar  huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan. Asosiy Qonunimiz talab va qoidalari mamlakatimizni isloh etish va rivojlantirish yoʻlida mustahkam huquqiy asos boʻlmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Islohotlar izchillik bilan amalga oshirilgani natijasida iqtisodiyot barqaror rivojlanayotgani aholi hayot darajasi, turmushi farovonligi tobora oshishiga zamin yaratdi. Bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun huquqiy baza hamda zarur sharoitlarning muntazam ravishda takomillashtirib borilgani, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar huquqlari himoyasi samarali ta’minlanayotgani alohida ahamiyat kasb etmoqda. Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada kuchaytirilgani ular faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan asossiz aralashuvlarni chekladi. Qonun hujjatlaridagi хususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyat va noaniqliklar mulkdor foydasiga talqin etiladi. Bunday chora-tadbirlar tufayli mamlakatimizda makroiqtisodiy mutanosiblik va iqtisodiyot oʻsishining barqaror yuqori sur’atlari ta’minlanmoqda. Joriy yilning toʻqqiz oyida yalpi ichki mahsulot 8,1 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,4 foizga, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 6,8 %ga oʻsgani shundan dalolat beradi. E’tiborli jihati shundaki, kichik biznesning ulushi sanoatda 2013 yil 9 oyidagi 27,9%dan joriy yilda 31,1 %gacha, oʻzlashtirilgan investitsiyalar 32,2 %dan 33,2 %gacha oʻsdi. Oʻzbekiston aholi bandligida ushbu soha salmoqli oʻrin tutib, bu koʻrsatkich 76,5 %ga yetdi.  Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 53-moddasida «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini хilma-хil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi», deb qat’iy belgilab qoʻyilgan. Shu boisdan ham, har qanday mulk daхlsiz va qonun himoyasida. Konstitutsiyaning ustuvorligi yana shunda namoyon boʻladiki, har bir demokratik davlatning asosini inson huquq va erkinliklari tashkil qiladi. Shu ma’noda mamlakatimiz Konstitutsiyasidan “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” boʻlimi alohida  oʻrin egallagani bejiz emas. Sobiq shoʻro tuzumi davrida davlatning manfaatlari shaхs manfaatlaridan ustun ekanligi qat’iy belgilab qoʻyilgan boʻlsa, ushbu masala Oʻzbekiston Konstitutsiyasida adolatli hal etilgan. Ya’ni, shaхs manfaatlari ustunligi, uni “oliy qadriyat” deb e’tirof etish nuqtai nazaridan hal etilgan (13-modda). Shuningdek, Konstitutsiyamizda “fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan boʻlgan huquqlari va burchlari bilan oʻzaro bogʻliqligi” prinsipining mustahkamlanganligi bunday nuqtai nazar izchilligini ta’minlaydi (19-modda).Oʻzbekistonni konstitutsiyaviy rivojlantirish tariхida ilk marta davlat organlari va mansabdor shaхslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekani belgilab qoʻyilgani хalqimiz barpo etayotgan adolatli fuqarolik jamiyatining ma’no-mohiyatini anglatadi. Bundan tashqari, mamlakatimizda senzuraning bekor qilinishi, hokimiyatlarni taqsimlash gʻoyasining amalga oshirilgani, qonun ustuvorligining e’tirof etilgani, biron-bir shaхs tomonidan davlat hokimiyati vakolatlarini oʻzlashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, Konstitutsiya va qonunlar tomonidan vakolat berilgan organlarning davlat hokimiyatini хalq manfaatini koʻzlab amalga oshirishi – bularning barchasi huquqiy-demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda shakllantirish jarayoniga ta’sir koʻrsatgan holda, ijtimoiy rivojlanishning asosini tashkil etadigan muhim va asosiy konstitutsiyaviy prinsiplardir. Mustaqil Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganidan buyon oʻtgan 23 yil mobaynida uning qoidalari hayotga izchil joriy etildi. Hayotimizning barcha jabhalarida ilgari tasavvur qilib boʻlmaydigan yutuqlarga erishildi. Mamlakatimizda Konstitutsiya tufayli fuqarolar va millatlararo totuvlik ta’minlanib, turmush farovonligi yildan-yilga oshib bormoqda, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, ta’lim, ilm-fan sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi – erkinlik va farovonlik kafolatidir! Fursatdan foydalanib, “Norma”ning barcha oʻquvchilari va dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilarini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Ma’ruf  USMANOV  suhbatlashdi va yozib oldi. Mavzu boʻyicha materiallar: Qonun ijrosi deputatlar nazoratida Sud qarorlarining ijrosi parlament nazoratida Parlament yuqori palatasining yalpi majlisi 2015 yil 3 dekabrda boʻlib oʻtadi
69
5,658
Qonunchilik
1.01.2019 yildan boshlab FHDYo organlari tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalarni qoʻlda toʻldirmaydilar
Vazirlar Mahkamasining 26.09.2018 yildagi «Gerbli guvohnomalar shakllarini takomillashtirish va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining aholiga koʻrsatayotgan хizmatlari sifatini yaхshilash toʻgʻrisida»gi 768-son qarori qabul qilindi.  Koʻrsatilgan sanadan boshlab gerbli guvohnomalar aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda faqat bosma harflar bilan toʻldiriladi. Tegishli ma’lumotlar FHDYoning yagona elektron arхiv fondiga kiritiladi. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yillar uchun yozuvlar 2022 yil 1 yanvargacha raqamlanadi va elektron bazaga kiritiladi. Bunday hajmdagi ishni bajarish uchun FHDYo boʻlimlari va nikoh uylarida 1.10.2018 yildan 1.01.2022 yilgacha boʻlgan davrda normativdan kelib chiqqan holda – FHDYo boʻlimida 200 mingdan ortiq yozuvlar mavjud boʻlganda 1 birlik arхivarius lavozimi joriy etiladi.    Har bir guvohnomaga endi QR-kod beriladi. Buning uchun ularning yangi blankalari tasdiqlandi. Oʻz mazmuniga koʻra ular avvalgilaridan deyarli farq qilmaydi. Shakllarning «shapkasida» Davlat gerbi tasvirining ikkala tomonida «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI» va «RESPUBLIKA UZBEKISTAN» soʻzlari qoʻshilgan, oʻlim haqida guvohnomalarda esa endi uning sababi koʻrsatilmaydi. Bu – muhim! Hujjatlar toʻliq ishlatib boʻlingungacha amaldagi blankalarda rasmiylashtirish va berishga ruхsat etildi. Shu sababli 27.09.2018 yildan keyin eski blankalarda rasmiylashtirilgan guvohnomalar yuridik kuchga ega boʻladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.09.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
151
1,564
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON FARMATSEVTIKA SANOATI (“O‘ZFARMSANOAT”) DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNINI TAShKIL QILISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 2-iyundagi Farmonni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zfarmsanoat” konserni o‘z tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan avval tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha javob beradi. 2. O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni saylaydi, apparat tuzilmasi va sonini, mehnatga haq to‘lash fondini, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimi va shart-sharoitlarini belgilaydi. Konsern apparatini mablag‘ bilan ta’minlash konsern Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bitim asosida uning tarkibiga kiruvchi birlashmalar va korxonalarning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi. Muassislarning O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan sonini 35 nafardan iborat qilib (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz) belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik bildirilsin. Konsern boshqaruvi raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Konsern boshqaruvi raisiga O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalari raislari uchun belgilangan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari tatbiq etilsin. 3. O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni: bir oy muddatda konsern Ustavni ishlab chiqsin; O‘zbekiston kimyo sanoati davlat konserni, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning asosiy fondlari va budjet mablag‘larini o‘tkazish masalalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqsin va hal etsin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda 1993-yil davomida “O‘zkimyofarm” ishlab chiqarish birlashmasi va “Vaksina” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi timsolida davlat, “O‘zfarmsanoat” konserni va unga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning jamoalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni amalga oshirsin. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasining “Shifobaxsh” ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining o‘simlik moddalari kimyosi instituti bilan “Base oyl kompozit LTD” qo‘shma korxonasi o‘rtasidagi xo‘jalik va ilmiy-ishlab chiqarish munosabatlari shartnoma asosida quriladi; “O‘zfarmsanoat” konserni “O‘zdavkimyokonsern” mavzulari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga buyurtmalarni xalq xo‘jaligi vazifalari muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydigan hajmlarda qabul qiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi: davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar ulushiga muvofiq konsern tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari faoliyatiga rahbarlik qilish huquqini “O‘zfarmsanoat” konserniga bersin; 5. O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserniga quyidagi huquqlar berilsin: xorijiy sheriklar bilan qo‘shma korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tuzish, dorivor vositalar, xomashyo, materiallar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, priborlar, texnologiyalar va xalq iste’mol mollarini eksport va import qilish bo‘yicha operatsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshirish; ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini hamda dorivor vositalarning yangi turlarini o‘zlashtirish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni mablag‘ bilan ta’minlash uchun tovar mahsuloti tannarxining 10 foizigacha bo‘lgan miqdorda budjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etish. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi dorivor vositalar, biologik moddalar va tibbiy buyumlarning bosh buyurtmachisi etib belgilansin. 7. O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi FTDQ, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlarning hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda: yangi dorivor vositalar olish va ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ustivor ilmiy-tadqiqot ishlari; dorivor o‘simliklar yetishtirish negizini kengaytirish; respublika farmatsevtika sanoatini rivojlantirish; kimyo-farmatsevtika sanoati uchun kadrlar va dorivor o‘simliklarni yetishtirish uchun mutaxassislar tayyorlash masalalarini o‘rganib chiqsin va ularni o‘z ichiga oluvchi dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi yangi dorivor vositalar, biologik moddalar va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish uchun “O‘zfarmsanoat” konserniga budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi: respublika aholisini dorivor vositalar bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash maqsadida tayyor dorivor vositalar, farmatsevtik substansiyalar, xomashyo, materiallar, maxsus texnologik asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni sotib olish uchun “O‘zfarmsanoat” konserniga valyuta mablag‘lari belgilangan tartibda ustivor ajratilishini ta’minlasin; O‘zbekiston iqtisodiyotining istiqbolini belgilashda farmatsevtika korxonalari qurilishiga tegishli moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlangan markazlashtirilgan mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 9. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “O‘zfarmsanoat” konsernini joylashtirish uchun bino ajratsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zavtotrans” korporatsiyasi “O‘zfarmsanoat” konserni boshqaruvi markaziy apparatiga transport xizmati ko‘rsatish uchun limitlar va bitta avtomobil ajratsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “O‘zfarmsanoat” konserni raisi hukumat telefonlari o‘rnatishni nazarda tutsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin, qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yilning iyul oyida ko‘rib chiqilsin.
138
6,488
Qonunchilik
Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 5-sentabrdagi 199-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2274, 2011-yil 4-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”. 2. 33-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. 58-banddagi “davlat sanitariya nazorati organlari” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologiya xizmatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 82-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “82. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.”. 5. 166-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “166. Analizatorlarning o‘lchov asboblari, avtomatik gazoanalizatorlar va unga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi bo‘lgan xonalarda va ochiq portlash xavfi bo‘lgan qurilmalarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini hisobga olgan holda qulflanadigan shkaflarda joylashtirilishi kerak.”.
126
3,046
Qonunchilik
Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi 9-bandining ijrosini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular ongiga xalqimizning boy milliy madaniy merosi va tarixiy o‘tmishini hurmat qilish va e’zozlashni singdirish hamda aholi dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash maqsadida haftaning har seshanba va juma kunlari bolalarning respublika davlat muzeylariga bepul kirishi kunlari etib belgilansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining aholi, ayniqsa o‘quvchi yoshlarning dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida har yili 2 — 8-sentabr kunlari “Muzeylar haftaligi”ni va uning doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish hamda aholining shu kunlari davlat muzeylariga bepul kirishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda “Muzeylar haftaligi”ni va uning doirasidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va ular amalga oshirilishini ta’minlasin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish fuqarolar uchun pullik xizmat shaklida tashkil etiladi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”. 2. Quyidagi mazmundagi 51-band qo‘shilsin: “51. Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish uchun har yilning 2 — 8-sentabr kunlari o‘tkaziladigan “Muzeylar haftaligi” doirasida aholi davlat muzeylariga bepul kiritiladi”. 3. 6, 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Bolalar va o‘smirlarning madaniy-tarixiy merosdan foydalanish va ular bilan tanishish imkoniyatini kengaytirish maqsadida haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi. 7. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhini davlat muzeylarida turgan Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini bepul kirib ko‘rish tegishli ta’lim (tarbiya) muassasasi yoki ularni guruhlarga jamlagan tashkilot rahbariyati hamda davlat muzeyi hamkorligida ishlab chiqilgan reja-jadval asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi: ta’lim (tarbiya) muassasasi yoki ularni guruhlarga jamlagan tashkilot rahbariyati oldindan muzeyga tashrif buyuruvchilar tarkibini, bolalar guruhlariga hamrohlik qiluvchi mas’ul shaxsni belgilab, muzey ma’muriyatiga yozma ravishda taqdim etadi; muzeyga bolalar ta’lim (tarbiya) muassasasi yoki ularni guruhlarga jamlagan tashkilot tomonidan belgilangan mas’ul shaxs hamrohligida guruh bo‘lib tashrif buyuradi; tashrif buyuruvchilar tegishli muzeyning ichki tartib-qoidalari bilan tanishtiriladi. Bolalar guruhlariga hamrohlik qiluvchi ikki nafargacha mas’ul shaxsga davlat muzeyida ushbu bolalar guruhi bilan birga bepul kirishiga ruxsat beriladi. 8. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning davlat muzeylarida turgan Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini bepul kirib ko‘rish quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi: muzey tematikasiga mos holda tegishli o‘quv fanlari mavzulariga oid mashg‘ulotlar tashkil etish hamda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash; muzeylarda milliy bayramlar, qadriyatlar hamda buyuk siymolar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalarda ishtirok etish va ko‘rgazmalar hamda ekspozitsiyalarni kirib ko‘rish; bolalarning dam olishini mazmunli tashkil etish, ularda tarixiy o‘tmishni hurmat qilish va qadriyatlarni e’zozlashni shakllantirish”. 4. II bo‘limga quyidagi mazmundagi 81 va 82-bandlar qo‘shilsin: “81. Davlat muzeyiga bepul kirgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek davlat muzeyi xodimi tomonidan ekskursiya xizmatini ko‘rsatish davlat muzeyiga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi. 82. Davlat muzeyiga 18 yoshga to‘lmagan bolalar va aholining bepul kirishi hisobini yuritish maxsus jurnal asosida amalga oshiriladi. Jurnal shakli Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”. 5. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Tashrif buyuruvchilar ushbu Nizom hamda boshqa qonun hujjatlari talablariga, shuningdek muzeyning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari shart. Tashrif buyuruvchilar tomonidan muzey eksponatiga ziyon yetkazilganda javobgarlik qonun hujjatlariga asosan belgilanadi”. 6. Quyidagi mazmundagi 13-band qo‘shilsin: “13. Ushbu Nizomning muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini (jumladan davlat muzeylarida turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini bepul) kirib ko‘rish tartibi va shartlari bilan bog‘liq qoidalari muzey hududining tashrif buyuruvchilar uchun tanishishga qulay bo‘lgan joyiga o‘rnatiladi”.
106
5,844
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING AYRIM BUYRUQLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish Qoidalarining (2000-yil 16-oktabr, ro‘yxat raqami 979) 83 va 84-bandlariga muvofiq buyuraman: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2006-yil 27-iyundagi 60-son “Samarqand viloyati va Toshkent shahrida g‘aznachilik ijrosida buxgalteriya hisobi haqida Vaqtinchalik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (2006-yil 24-iyul ro‘yxat raqami 1601 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 298-modda); O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2006-yil 24-oktabrdagi 90-son “Samarqand viloyati g‘aznachilik ijrosida buxgalteriya hisobi haqida Vaqtinchalik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘iga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (2006-yil 11-noyabr, ro‘yxat raqami 1601-1 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 464-modda). 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
109
1,086
Qonunchilik
AVTOBENZINNI TIJORAT NARXLARI BO‘YIChA SOTISh HAJMLARINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Xom ashyo (neft), elektr energiyasining narxi oshib borayotganligi, temir yo‘l tarifi keskin qimmatlashayotganligi munosabati bilan hamda neft mahsulotlari bilan ta’minlash tarmog‘ining barqaror, rentabelli ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi: 1992-yilning 1-martidan boshlab avtobenzinni tijorat narxlari bo‘yicha bozor fondining 80 foizi hajmida sotishni joriy etsin; bozor fondining qolgan 20 foizini urush qatnashchilari va faxriylariga, urush va mehnat nogironlariga A-72, A-76, AI-91, AI-92, AI-93 avtobenzinini 1 litr uchun 4 so‘mdan sotishni tashkil etsin; Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 5 kun muddat ichida imtiyozlardan foydalanuvchi shaxslarga (urush qatnashchilari va faxriylariga, urush va mehnat nogironlariga) avtobenzin berish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, tijorat narxlari bo‘yicha amalda sotilgan avtobenzindan olinadigan qo‘shimcha foydaning 90 foizi respublikaning davlat budjetiga, 10 foizi esa O‘zbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasiga o‘tkaziladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi urush qatnashchilari va faxriylariga, urush va mehnat nogironlariga avtobenzin sotishdan ko‘riladigan zararni qoplash masalasini hal etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 2-yanvardagi 1-son qarorining 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
81
1,607
Qonunchilik
Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq: 1. Quyidagilar: 2000-yil 25-yanvarda Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi Bitim; 2011-yil 19-mayda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida 2000-yil 25-yanvardagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda ularni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
45
1,883
Qonunchilik
Mikromoliyalashtirish limitlari oshiriladi
Prezident 23.07.2019 yildagi “Mikromoliyaviy хizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4400-son qarorni imzoladi. 2019 yil 1 avgustdan boshlab sohada qator oʻzgarishlar roʻy beradi: birinchidan, mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln soʻmgacha (hozir – 100 EKIH), mikrokredit miqdori - 300 mln soʻmgacha (hozir – 1 000 EKIH) va mikrolizing miqdori - 600 mln soʻmgacha (hozir – 2 000 EKIH) oshiriladi; ikkinchidan, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati 30 kundan 15 ish kunigacha qisqartiriladi; uchinchidan, mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli (blankli) kreditlarning ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil belgilaydi; toʻrtinchidan, AJ shaklida tashkil etilgan mikrokredit tashkilotlari korporativ obligatsiyalarni chiqarish va ularni faqat yuridik shaхslar oʻrtasida joylashtirishga haqli; beshinchidan, хorijiy mikrokredit tashkilotlari Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan mikrokredit tashkilotlarining ustav fondida ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari, mikrokredit tashkilotlari хuddi shu sanadan boshlab quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlarga ega boʻladi: Banklar va boshqa kredit tashkilotlari 1 avgustdan boshlab jismoniy shaхslarga potensial qarz oluvchini masofadan turib identifikatsiyalash, ma’lumotlar хavfsiz almashuvini amalga oshirish va skoring modeli asosida qarz oluvchining kredit qobiliyatini baholashni ta’minlash sharti bilan onlayn-kreditlar (mikroqarzlar) berishlari mumkin. Hujjat bilan quyidagilarga taqiq belgilandi: Markaziy bankka: 2019 yil 1 sentyabrga qadar - mikrokredit tashkilotlari binolari va kassa хonalarining teхnik jihozlanganlik talablarini bugungi kun talablari, хalqaro tajriba va mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatish uslublarini takomillashtirishni hisobga olgan holda soddalashtirish; 2019 yil 1 oktyabrga qadar - qarz oluvchi jismoniy shaхslarning kreditlar (qarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash metodologiyasi va ruхsat etiladigan koʻrsatkich birliklarini, shuningdek, jismoniy shaхslarning qarz yukining, shu jumladan kunlik eng yuqori foiz stavkalari boʻyicha oʻsishini cheklab turishga oid me’yorlarni tasdiqlash; 2019 yil 1 noyabrga qadar - kredit tashkilotlari tomonidan tavakkalchiliklarning mos ravishda boshqaruvi mavjudligi, kredit byurolaridan kredit ma’lumotlarini majburiy olish, faoliyatning хavfsizligi va uzluksizligini ta’minlashni nazarda tutuvchi masofadan turib хizmat koʻrsatish tartibini tasdiqlash; 2019 yil 1 dekabrga qadar - IIV bilan birgalikda ilgari tijorat bankida dastlabki identifikatsiyadan oʻtgan jismoniy shaхsni kredit tashkilotlari tomonidan masofadan turib identifikatsiyalash meхanizmini joriy etish topshirildi. Mikromoliyaviy хizmatlar boʻyicha garov shartnomasini majburiy notarial tasdiqlashni bekor qilish rejalashtirilayotir, bir vaqtda ma’lumotlarni IIV va Adliya vazirligining ma’lumotlar bazalarida aks ettirgan holda kredit tashkilotlari garov reyestrining ma’lumotlar bazasiga tegishli yozuvlarni kiritadi. Tuzatishlarni 1 dekabrga qadar ishlab chiqishlari kerak. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
42
3,237
Qonunchilik
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 20-iyundagi 393-son “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 9-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-band “qabul kvotalari doirasida” degan so‘zlardan keyin “hamda qabul kvotalaridan tashqari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Xorijiy fuqarolarni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.”; ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin. 3. 10-banddan “(O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi banklarida chet et valyutasini milliy valyutaga ayirboshlaganligi to‘g‘risida tegishli hujjat bilan)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 4. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “21. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan moddiy yordam sifatida talabalarini o‘qitish uchun to‘lovlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”. 5. 22-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Qo‘shimcha oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun to‘lovi Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.”. 6. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “23. Xorijiy fuqarolarni o‘qitish uchun belgilangan to‘lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, qonun hujjatlariga muvofiq to‘lovlar chet el valyutasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan holatlar bundan mustasno.”. 7. 24-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasining qarori hamda oliy ta’lim muassasasining abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingan sanadan qat’i nazar, to‘liq to‘lanadi.”. 8. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “27. Talaba o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi, bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi yoki o‘qitish uchun belgilangan miqdordagi to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi sababli talabalar safidan chetlashtirilganda yoxud belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmaganligi (akademik qarzdor bo‘lganligi) sababli kursdan qoldirilganda oliy ta’lim muassasasi tomonidan uning tegishli o‘quv semestri uchun amalga oshirilgan to‘lovi qaytarib berilmaydi.”. 9. 30-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba kursdan qoldirilganda to‘lov miqdori o‘qishi davom etadigan o‘quv semestri uchun amalga oshiriladi.”. 10. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “42. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr), shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”. 11. 57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “57. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr), shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”. 12. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bilan kelishilgan.
208
5,527
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-432-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 6-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-432-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
424
Qonunchilik
“Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Umirzakov, Dj. Atodjonov, A. Xamrayev, Sh. Tuxtashev va D. Aripov tomonidan 2018-yil 30-mayda kiritilgan “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-373-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin.
249
1,406
Qonunchilik
“REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida raqobatni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlariga reklama to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish funksiyasi yuklansin. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasining reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda “maxsus tranzit hisob raqami” deb ataladi) undirilishi kerak. Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablag‘lar va jarimalar oyiga ikki marta (oyning 17-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi: mablag‘larning 80 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga; mablag‘larning 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasiga. 2. “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari ijro etilishini ta’minlash 2-ilovaga muvofiq davlat boshqaruv organlariga va joylardagi davlat hokimiyati organlariga yuklansin. Davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyatining ko‘rsatib o‘tilgan organlari bir oy muddatda o‘zlarining amaldagi nizomlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar. 4. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda reklamani joylashtirish tartibini bir oy muddatda 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda amalga kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
97
2,311
Qonunchilik
“Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 25-mart kuni qabul qilingan “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 24-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining mazkur Qonun bo‘yicha xulosasida bayon etilgan asoslarga ko‘ra rad etilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
215
1,091
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HAVO FLOTI KUNINI BELGILASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Avgust oyining uchinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasining Havo Floti Kuni” etib belgilansin.
64
153
Qonunchilik
Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yerlarining samaradorligini, jumladan suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llagan holda, oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari zamon talablariga moslab borilayotganligi sababli suvni tejaydigan texnologiyalar 2021-yilning o‘zida 433 ming gektar maydonda joriy etildi va ularning umumiy ko‘rsatkichi sug‘oriladigan maydonlarning 17 foizini tashkil qildi. Biroq, suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xarid qilish, joylarda loyihalashtirish va o‘rnatishdagi kamchiliklar hamda ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning bu boradagi ko‘nikmalari yetarli emasligi mazkur texnologiyalarning o‘z vaqtidan kechikib joriy qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, mintaqada kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan yanada samarali foydalanish maqsadida: 1. Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2022-yilda 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev: a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari bilan birgalikda mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlarga muvofiq 2022-yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha kamida: 230 ming gektar, shu jumladan 160 ming gektar paxta xomashyosi yetishtiriladigan maydonlarda tomchilatib sug‘orish; 28 ming gektar, shu jumladan 25 ming gektar boshoqli don yetishtiriladigan maydonlarda yomg‘irlatib sug‘orish; 2 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida diskretli sug‘orish tizimlari joriy qilinishini; 218 ming gektar ekin maydonlarining lazerli uskuna yordamida tekislanishini tashkil etsin; b) Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlar ijrosi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda natijalarini tanqidiy muhokama qilib borsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U.M. Mustafoyev), Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi (B.F. Islamov) bilan birgalikda bir hafta muddatda 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlasin, bunda: suvni tejaydigan tizimlar, birinchi navbatda, yirik suv uzatish va suv chiqarish tarmoqlarining bosh qismida joriy etilishi lozimligini inobatga olgan holda “bir kanal — bir tizim” tamoyili asosida joylashtirilishiga; ekin maydonlarining mavjud infratuzilmasidan kelib chiqqan holda doimiy ravishda uzluksiz elektr energiyasi va suv bilan ta’minlash imkoni mavjudligiga e’tibor qaratilsin. 4. 2022-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi belgilansin: qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar 2-ilovaga muvofiq; suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar 3-ilovaga muvofiq taqdim etiladi. Subsidiya mablag‘lari mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq hisob-kitob qilingandan so‘ng, hisob-kitob qilingan summaning: 50 foizi tizim joriy qilingan yili ajratiladi; 50 foizi kelgusi yili hosildorlik oshishi va uskunalarning ishlatilishiga qarab ajratiladi; qo‘shimcha 20 foizi uchinchi yilda joriy qilingan tizimni ishlatgan holda yuqori hosildorlikni saqlab qolgan paxta, g‘alla va meva-sabzavot klasterlariga to‘lab beriladi. 5. Belgilansinki: mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan subsidiya mablag‘lari joriy qilingan suvni tejaydigan sug‘orish tizimlari kamida besh yil ishlatilishi sharti bilan ajratiladi; suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan yer maydonlari kamida 5 yil mobaynida maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablag‘larning o‘rni to‘liq qoplanganidan so‘nggina ruxsat etiladi; 2021-yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilganligi uchun Davlat budjetidan subsidiya mablag‘larini olgan, biroq joriy etilgan suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini sug‘orish mavsumida ishlatishga ulgurmagan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mazkur tizimni 2022-yil sug‘orish mavsumiga qadar ishga tushirmagan taqdirda olingan subsidiya mablag‘larini belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytaradi. Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D. Vaxabov) va Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev va R.J. Qarshiyev) mazkur bandda belgilangan talablarning ijrosini qat’iy nazoratga olsin. 6. Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash uchun respublika budjetidan 1 182,4 mlrd so‘m mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasin. 7. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan ekin maydonlari uzluksiz: suv bilan ta’minlanishiga — suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev; elektr energiyasi bilan ta’minlanishiga — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin. 8. Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga: irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibida 1 shtat birligidan iborat ichki audit guruhlari (keyingi o‘rinlarda — ITHB ichki audit guruhlari) tashkil etilsin; Suv xo‘jaligi vazirligining ichki audit xizmatiga qo‘shimcha 1 ta shtat birligi ajratilsin. Belgilansinki: a) ITHB ichki audit guruhlari bevosita Suv xo‘jaligi vazirligining ichki audit xizmatiga bo‘ysunadi; b) ITHB ichki audit guruhlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarning to‘g‘ri hisoblanganligini hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirilganligini o‘rganish; joriy qilingan suvni tejaydigan tizimlarning haqqoniyligini joyiga chiqqan holda o‘rganish; Suv xo‘jaligi vazirligiga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan xulosa kiritish; suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan xarajatlar bo‘yicha hujjatlarni hamda bu borada amalga oshirilgan buxgalteriya operatsiyalarini doimiy monitoring qilib borish; suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishi holatlarining barvaqt oldini olishga qaratilgan choralar yuzasidan takliflar ishlab chiqish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining suvni tejaydigan va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan yuritiladigan suvni tejaydigan tizimlarning joriy qilingan maydonlari bo‘yicha hisobotlarning haqqoniyligini nazorat qilish. 9. Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sh.Sh. Sharaxmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda o‘tgan yillarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ishlarini sifatli amalga oshirgan hamda bozor iqtisodiyotida erkin raqobat talablariga to‘liq javob bera oladigan “Tomchi-reestr” pudrat korxonalarining yagona elektron reyestrini (keyingi o‘rinlarda — “Tomchi-reestr” YaER) ishlab chiqsin. “Tomchi-reestr” YaERni ishlab chiqishda, jumladan quyidagilarga e’tibor qaratilsin: korxonaning ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lishiga; korxona tomonidan mahalliy sharoitda ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilganligi yoki xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlik maqomiga ega bo‘lishiga; amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan soliq xavfi darajasiga; loyihani amalga oshirish uchun zarur texnika, malakali mutaxassis, jumladan loyihachi, injener va agronomlar bilan ta’minlanganlik darajasiga; amalga oshirilgan loyihalar doirasida fermer xo‘jaliklariga servis xizmati ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilganligiga. Belgilab qo‘yilsinki, “Tomchi-reestr” YaERga kiritilmagan pudrat korxonalari tomonidan amalga oshirilgan loyihalarga subsidiya mablag‘lari ajratilmaydi. 10. “Tomchi-reestr” YaERga kiritiladigan subyektlarni aniqlash uchun Suv xo‘jaligi vazirligiga: Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan xodimlar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar, to‘langan soliqlar va ish haqi fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan zarur idoraviy ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibda taqdim etilishi belgilab qo‘yilsin. 11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (K.A. Yuldashev) Suv xo‘jaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.A. Pekos) hamda Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov) bilan birgalikda 2022-yil 10-martga qadar suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish yuzasidan tegishli materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish hamda vakolatli organ va tashkilotlar bilan kelishishning “Agro-subsidiya” yagona axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Agro-subsidiya” YaAT) joriy qilinishini ta’minlasin. 12. “Agro-subsidiya” YaAT hamda “Tomchi-reestr” YaERdan foydalanish xarajatlari Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishi belgilansin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4499-son qaroriga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan: paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymatini Davlat budjetidan subsidiyalar hisobiga qoplash tartibi faqat suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tatbiq etilishi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv xo‘jaligi tashkilotlarining sug‘orish quduqlari va vertikal drenaj quduqlaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun foydalanishga suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash sharti bilan ruxsat etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov) Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev) va Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev va R.J. Qarshiyev) mazkur bandda belgilangan talablarning ijrosini qat’iy nazoratga olsin. 14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov) va Suv xo‘jaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda 10 gektardan kam bo‘lmagan paxta va boshoqli don maydonlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 15. Suv xo‘jaligi vazirligi (R.J. Qarshiyev) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A.M. To‘rayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh.U. Turdiqulova) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R.R. Xakimov) bilan birgalikda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan g‘o‘za maydonlarida sug‘orish me’yorlari, g‘o‘zaning rivojini ta’minlashga qaratilgan innovatsion agrotexnologiyani ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy loyiha tayyorlasin va ekspertiza natijalariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid Davlat dasturlari doirasida amalga oshirish choralarini ko‘rsin. 16. Quyidagilarga: Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga — xolislik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligini ta’minlash; suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga — hududlarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda tomchilatib sug‘orish tizimini qurish bo‘yicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimini montaj qilish va servis xizmati ko‘rsatish guruhlari tashkil etilishini ta’minlash; qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga — hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, suvni tejaydigan texnologiyalar orqali paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish bo‘yicha agrotexnologik xaritalarni ishlab chiqish va tasdiqlash; Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori R.R. Boboyev zimmasiga — barcha yangi tashkil etilayotgan sanoatbop uzum plantatsiyalariga tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatilishini ta’minlash yuzasidan javobgarlik yuklansin. 17. Suv xo‘jaligi vazirligi (A.A. Mirzayev) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Sh.Sh. Mirzayev) va Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 19. Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. I. Joriy etilganda sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladigan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari: a) tomchilatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda o‘simlikning ildizi yonidagi zonaga uning ehtiyojiga mos miqdordagi suvni yetkazib beradigan sug‘orish usuli; b) yomg‘irlatib sug‘orish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning tuproq va o‘simliklar sathi ustiga imkon boricha tabiiy yomg‘irlatishni imitatsiya qiluvchi sepish tarzida suv yetkazib beradigan usuli, xususan: keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish tizimi (keyingi o‘rinlarda — keng qamrovli sug‘orish tizimi) — aylanma yoki frontal harakatlanuvchi agregatlar yordamida suv yetkazib beradigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi; “sprinkler” tizimi — statsionar kalta purkovchi uskunalar yordamida suv yetkazib beradigan yomg‘irlatib sug‘orish tizimi; mobil yomg‘irlatib sug‘orish tizimi (keyingi o‘rinlarda — mobil sug‘orish tizimi) — ko‘chma tirkama va baraban tipidagi agregat yordamida ekinlarni yomg‘irlatib sug‘orish tizimi; v) erni lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar yordamida tekislagan tarzda diskret sug‘orish usuli (keyingi o‘rinlarda — diskretli sug‘orish) — lazerli uskuna bilan jihozlangan tekislagichlar yordamida tekislangan maydonlarda ekinlarni egiluvchan quvurlar yordamida suvni tanaffuslar bilan bergan holda sug‘orish usuli. II. Suvni tejaydigan sug‘orish tizimlari tarkibiy qismlarining ta’riflari: Hovuz-tindirgich — oqar suv tarkibidagi loyqa-oqiziqlarni ushlab qolish (suvni tindirish) hamda sug‘orish uchun zarur bo‘ladigan suv zaxirasini saqlash uchun mo‘ljallangan inshoot. Nasos stansiyasi — suvni manbadan ekinlarni sug‘orish uchun zarur miqdor va kerakli bosimda yetkazib berishga mo‘ljallangan, elektr energiyasi, suyuq yonilg‘i yoki boshqa muqobil energiya yordamida ishlaydigan qurilma. Filtrlash stansiyasi — sug‘orishda foydalaniladigan suvning tarkibidagi yirik va mayda zarralarni suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasi talabi darajasida tozalashga mo‘ljallangan qurilma. Bosh (magistral) quvur — kerakli miqdordagi suvni tizim nasos qurilmasidan olib tarqatuvchi quvurlarga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan yer osti yoki ustida yotqiziladigan quvurlar. Tarqatuvchi quvur — suvni bosh quvurdan olib tomizg‘ichli sug‘orish shlanglariga yetkazib va taqsimlab berish uchun yoki qator orasiga suvni tarqatishga xizmat qiluvchi yer osti yoki ustida yotqiziladigan quvurlar. Tomizg‘ichli sug‘orish shlanglari — ekinlar qatorlari oralariga yotqiziladigan va belgilangan me’yordagi suvni o‘simlik ildiz tizimiga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan tomizgichli shlanglar. Tizimning avtomatlashtirilgan boshqaruvi — suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini ishlatishda inson omilini kamaytirish orqali o‘simliklarga suv va mineral o‘g‘itni eng samarali miqdorlarda avtomatlashtirilgan usulda yetkazishga mo‘ljallangan uskuna va dasturiy ta’minot majmuasi. Tomizg‘ichli shlang tarqatuvchi va yig‘ishtiruvchi uskuna — bir mavsumli ekin qatorlari oralariga yotqiziladigan tomchilatib sug‘orish tizimi shlang (lenta)larini tarqatishda va mavsum oxirida yig‘ishtirib olishda foydalaniladigan qurilma majmuasi. Suv hisoblagich — sug‘orishda foydalaniladigan suvning avtomatik tarzda hisobini yurituvchi qurilma. III. Subsidiyalar miqdorlari: 1. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarni joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan subsidiyaning miqdori uning bazaviy hisoblash miqdorini sifatlilik darajasi asosida belgilanadigan koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. 2. Subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari tizim joriy etilgan ekin maydonining har bir gektari uchun quyidagicha belgilanadi: 3. Suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarining sifatlilik darajasini belgilovchi koeffitsiyent 3.1 — 3.3 jadvallarning “JAMI” satridagi ko‘rsatkich asosida belgilanadi: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4919-son qaroriga 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-5005-son qarorining 6-bandidagi “2021” raqami “2022” raqami bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5055-son qarorida: a) 2-ilovada: “Ichki audit xizmati 2” blokidagi “2” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin; izohdagi “82” raqami “83” raqami bilan almashtirilsin; b) 3-ilovada: “Qurilish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish bo‘limi 2” blokidan keyin “Ichki audit guruhi 1” bloki bilan to‘ldirilsin; izohdagi “21” raqami “22” raqami bilan almashtirilsin; v) 4-ilovada: “Qurilish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish bo‘limi 2” blokidan keyin “Ichki audit guruhi 1” bloki bilan to‘ldirilsin; izohdagi “219”, “19” va “16” raqamlari tegishincha “231”, “20” va “17” raqamlari bilan almashtirilsin.
121
20,059
Qonunchilik
Dam olish kunini 1998-yil 29-avgust shanbadan 31-avgust dushanbaga ko‘chirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bayram qilinishi munosabati bilan mehnatkashlarning dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: dam olish kuni 1998-yil 29-avgust shanbadan 31-avgust dushanbaga ko‘chirilsin.
89
300
Qonunchilik
TASDIQLANGAN MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI LOYIHALARI AMALGA OShIRILAYOTGAN KORXONALAR TOMONIDAN SOLIQ VA BOJXONA IMTIYOZLARINI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son “2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini bajarish yuzasidan qaror qilamiz: 1. Tasdiqlangan mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi haqida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
181
676
Qonunchilik
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “O‘zbekto‘qimachi” O‘zbekiston davlat konsernini tashkil etish to‘g‘risida
Boshqaruvni takomillashtirish va yengil sanoat birlashmalari va korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida va O‘zbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “O‘zbekto‘qimachi” O‘zbekiston davlat konserni tashkil etilsin hamda uning tarkibiga ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar kiritilsin. “O‘zbekto‘qimachi” tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyati O‘zbekiston SSJning amaldagi qonunlariga, korxonalarning o‘zining va jumhuriyatning manfaatlariga zid bo‘lmagan boshqa konsernlar va uyushmalarda qatnashish huquqiga egadirlar. 2. Belgilansinki, “O‘zbekto‘qimachi” konserni: mustaqil ishlab chiqarish-xo‘jalik kompleksi hisoblanadi, yengil sanoat mollari ishlab chiqaradigan “O‘zbekyengilsanoat” O‘zbekiston davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Konsern va uyushma a’zolari oldida ularga nisbatan o‘z majburiyatlari va funksiyalarini bajarish yuzasidan javob beradi; yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida yig‘ma balanslarga, hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega bo‘ladi, uning huquqiy maqomini belgilovchi “O‘zbekiston SSJda korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston SSJ Qonuniga va boshqa qonunchilik hamda normativ aktlarga, shuningdek O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Uyushma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Ustavga muvofiq to‘la xo‘jalik hisobi asoslarida faoliyat ko‘rsatadi; unga O‘zbekiston yengil sanoati uyushmasi tomonidan ajratiladigan xomashyo va moddiy resurslarning fond saqlovchisi hisoblanadi. 3. Konsernga ta’sischilari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq quyidagilar uning faoliyatining asosiy funksiyalari hisoblanadi: iste’mol bozorining talablarini hisobga olgan holda konsernning joriy dasturlari hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi istiqbollarini ishlab chiqish, maqsadli kompleks ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish; yaratilgan ishlab chiqarish potensialidan, ishlab chiqarish texnologiyasi darajasidan, mahsulotning sifati va texnika darajasidan foydalanish samaradorligini oshirish, korxonalarni xususiylashtirish, ijarachi va kichik korxonalar, firma savdosi tashkil etish asosida xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va ko‘paytirish hamda aholining ularga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; korxonalar bilan birgalikda moliyaviy mablag‘lardan, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bozor munosabatlari sharoitida barqaror ravishda zararsiz ishlashni ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam berish. Korxonalarning shartnoma va moliya intizomiga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish; birlashmalar bilan korxonalar o‘rtasidagi tarmoq ichida kooperatsiya asosida mahsulot yetkazib berishlarni rivojlantirish, tayyor mahsulotni sotishni muvofiqlashtirish va bunga ko‘maklashish; tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, belgilangan tartibda qo‘shma korxonalar tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; tarmoqda ijtimoiy sohaning rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarning kompleks hal etilishini ta’minlash, kadrlar siyosatini olib borish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish; tegishli davlat va boshqa organlarda o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish. 4. Xo‘jalik hisobi daromadi (foyda) va nomenklatura bo‘yicha mahsulot yetkazib berish shartnoma majburiyatlarining bajarilishi birlashmalar va korxonalar faoliyatini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari deb hisoblansin. “O‘zbekto‘qimachi” konserni o‘z tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar jumhuriyat, o‘z mehnat jamoalari va bozor konyunkturasi manfaatlaridan kelib chiqqan holda: tarmoqning iste’molchilari, savdo tashkilotlarining buyurtmalariga ko‘ra tegishli mahsulot va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil belgilaydilar, firma magazinlarining tavsiyalaridan foydalangan holda mahsulot yetkazib berish uchun shartnomalar tuzadilar; mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar ko‘rsatish xarajatlarini, olinadigan foyda miqdorini belgilaydilar, O‘zbekiston SSJ qonunlari bilan belgilangan normativlar, shuningdek, boshqa to‘lov majburiyatlari bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar qilingandan keyin undan foydalanish masalasini mustaqil hal etadilar; konsern Kengashi tomonidan belgilangan normativlarga muvofiq foydadan ular tomonidan bajariladigan funksiyalarga, shuningdek, markazlashtirilgan rezerv (ehtiyot) jamg‘armasi tashkil etishga mablag‘ ajratadilar. 5. Korxonalar va tashkilotlar vakillarining yig‘ilishi (konferensiyasi) “O‘zbekto‘qimachi” konserni boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi va unda konsern Kengashi saylanadi. Konsern Kengashiga birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, boshqaruv a’zolari kiradi. Kengash boshqaruvni, uning raisi va o‘rinbosarlarini saylaydi. Boshqaruv raisi O‘zbekiston yengil sanoat uyushmasining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek konsern taftish komissiyasining a’zolari va uning raisi konsern Kengashining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston yengil sanoat uyushmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. “O‘zbekto‘qimachi” konserniga, unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hisobga olgan holda, konsern Kengashi bilan kelishib, o‘zining tuzilmasi, xodimlari soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini mustaqil belgilashga ruxsat berilsin. 6. O‘zSSJ Moliya vazirligi, O‘zbekiston sanoat-qurilish banki, O‘zSSJ Davlat narxlar qo‘mitasi va “O‘zbekto‘qimachi” konserni bir oy muddatda korxonalarning moliyaviy ahvolini tahlil qilsinlar va ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish yuzasidan yordam ko‘rsatsinlar. 7. O‘zSSJ Iktisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, O‘zSSJ Moliya vazirligi, “O‘zglavlegsnabsbit” O‘zbekiston yengil sanoat uyushmasiga “O‘zbekto‘qimachi” konserni uchun uning nomenklaturasi bo‘yicha taqsimlanadigan konsern korxonalirining rivojlanishi va ishlab turishi uchun moddiy-xomashyo va moliyaviy resurslarni ajratsinlar. 8. Tashkil etilayotgan “O‘zbekto‘qimachi” konsernining apparati Paradlar hiyoboni ko‘chasi, 5-uydagi O‘zSSJ Engil sanoat vazirligi egallab kelgan xonalarga joylashtirilsin. 9. Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi, jumhuriyat vazirliklari va idoralari “O‘zbekto‘qimachi” konserni birlashmalari va korxonalariga ko‘maklashsinlar va ularning rivojlanishi va faoliyatiga doir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlasinlar.
118
6,872
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-sonli qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan respublika davlat boshqaruvi organlari Ro‘yxatining II bo‘limi quyidagi mazmundagi 10-band bilan to‘ldirilsin: “10. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malayziya fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-476-sonli qarori 1-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekistonga sayyoh sifatida, shuningdek, ziyorat uchun keladigan Malayziya fuqarolariga sayyohlik vaucherlarini yoki sayyohlik tashkilotlarining taklifnomalarini taqdim etish talabi bekor qilingan holda, 1 oy muddatgacha bo‘lgan ko‘p martalik vizalarni hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmasdan 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tailand Qirolligi fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 23-avgustdagi PQ-1808-sonli qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga sayyoh sifatida keladigan Tailand Qirolligi fuqarolariga sayyohlik tashkilotlarining sayyohlik vaucherlarini taqdim etish talabi bekor qilingan holda, 1 oy muddatgacha bo‘lgan ko‘p martalik vizalarni hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmasdan 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qarorining 2-ilovasida: a) “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari” bo‘limi quyidagi mazmundagi 181-bandi bilan to‘ldirilsin: b) “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiyalarning ishchi organlari” bo‘limining 32-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chexiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 6-fevraldagi PQ-2122-sonli qarori 1-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekistonga sayyoh sifatida keladigan Chexiya Respublikasi fuqarolariga sayyohlik vaucherlarini yoki sayyohlik tashkilotlarining taklifnomalarini taqdim etish talabi bekor qilingan holda, bir oy muddatgacha”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda O‘zbekiston Respublikasining turistik va madaniy-tarixiy salohiyatini targ‘ib qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 9-iyundagi R-4287-sonli farmoyishi: a) 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turistik sohani qo‘llab-quvvatlash budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan turizm sohasi va uning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining norezidentlaridan xarid qilingan xizmatlar (ishlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilsin”.
107
3,792
Qonunchilik
Sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi munosabati bilan qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, shuningdek, moddiy va protsessual qonun normalari bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida 2020-yil 16-martdan boshlab koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan maxsus choralar (karantin) joriy etilgan bo‘lib, bu davlat organlari va boshqa muassasalar ishlash tartibiga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilishiga, fuqarolarning erkin harakatlanishiga, shu jumladan, sud orqali himoyalanish huquqini amalga oshirishga bo‘lgan huquqlari cheklanishiga sabab bo‘ldi. Bunday choralar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-martdagi PF-5969-sonli Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 23-martdagi 176-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorlari; boshqa qonun hujjatlariga muvofiq joriy etildi. 2. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, karantin davri va shartlari O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan belgilanadi va rasman bekor qilingunga qadar amal qiladi. 3. Sudlarga tushuntirilsinki, karantin amal qilishi davrida da’vo muddati O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 156-moddasi birinchi qismining 1 va 2-bandlariga asosan to‘xtatiladi. Bunda shunga e’tibor qaratish lozimki, agar karantin da’vo muddatining oxirgi olti oyida joriy etilgan yoki amal qilishi davom etib turgan bo‘lsa, da’vo muddatining o‘tishi to‘xtatiladi. Da’vo muddatining to‘xtatilishiga asos bo‘lgan karantin bekor qilingan kundan boshlab da’vo muddatining o‘tishi davom etadi, bunda muddatning qolgan qismi olti oygacha, agar da’vo muddati olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatiga qadar uzaytiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 333-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs faqat majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo‘lmaganligini isbotlay olmagan holdagina, javobgar bo‘ladi. Shu munosabat bilan sudlar majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi masalani hal etishda (neustoyka undirish, zararlarni qoplash, shartnomani bekor qilish va boshqalar) majburiyatlarni bajarmaslik sabablarini aniqlashi, agar majburiyatni bajarish yoki lozim darajada bajarish karantin joriy etilishi tufayli mumkin bo‘lmaganligi aniqlanganda, talabni qanoatlantirishni rad etishi lozim. 5. Qonunga muvofiq jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy ishlarda ishtirok etuvchi shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlar o‘tishi bilan u yoki bu protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yo‘qotadi. Shu bilan birga, protsessual harakatlarni karantin joriy etilishi munosabati bilan amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, sudlar protsessual muddatlarni uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazilgan muddat sifatida qonunda belgilangan tartibda uzaytirish va tiklash masalasini hal etishi zarur, basharti qonun bunday muddatlarni uzaytirish yoki tiklashga yo‘l qo‘ysa. 6. Sudlar shunga alohida e’tibor qaratishi lozimki, karantin joriy etilishi ushlab turish, qamoqda saqlash, uy qamog‘ida bo‘lish tariqasidagi protsessual majburlov choralarining qonunda belgilangan muddatlarini, shuningdek, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish muddatlari o‘tishini to‘xtatmaydi. Shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ehtiyot choralarini qo‘llash, o‘zgartirish, bekor qilish, ehtiyot choralari muddatlarini uzaytirish, kasalligi yoxud nogironligi tufayli jazodan ozod qilish, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish to‘g‘risidagi ishlar va materiallarni o‘z vaqtida karantin shartlariga rioya etgan, shu jumladan, videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda ko‘rib chiqish choralarini ko‘rishi lozim. 7. Tegishli protsessual qonunda nazarda tutilgan fuqarolik, jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatish asoslari tugal ekanligi sababli, sudlar mazkur ishlar bo‘yicha ish yuritishni karantin joriy etilishi munosabati bilan to‘xtatishga haqli emas va ularni o‘z vaqtida, karantin shartlarida belgilangan ehtiyot choralariga rioya qilgan holda ko‘rib chiqishi, bunday choralar ko‘rishning hamda protsess ishtirokchilari ishtirokini amalda ta’minlashning imkoniyati bo‘lmaganda, ishni ko‘rishni ma’lum muddatga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarishi lozim. Bunda karantin joriy etilishi munosabati bilan qoldirilgan ishlarni ko‘rish muddatlari buzilishi hollari sudyalar aybi bilan yo‘l qo‘yilgan deb baholanishi mumkin emas. 8. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ushbu qaror 7-bandining birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan qoidalar quyidagilarga tatbiq etilmaydi: buyruq tartibida ko‘riladigan ishlarga; soddalashtirilgan tartibda ko‘riladigan ishlarga; taraflar tomonidan ishni ularning ishtirokisiz ko‘rish haqida iltimosnoma berilgan ishlarga, basharti sud sud majlisida taraflar ishtirok etishini shart deb topmagan bo‘lsa; kechiktirmay ko‘rilishi talab etiladigan boshqa ishlarga. 9. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 117-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda, ya’ni taraf davolash muassasasida bo‘lganda, shuningdek, taraflardan birortasida sudga kelishga monelik qiladigan, tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud bo‘lganda, ish bo‘yicha ish yuritish sud tomonidan to‘xtatilishi mumkin. 10. Sudlarga tushuntirilsinki, sudlarning qamoqdan va uy qamog‘idan ozod qilish to‘g‘risidagi hukmlari, ajrimlari, qarorlari darhol ijroga qaratilishi lozim. Karantin joriy etilgunga qadar qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari, shuningdek, karantin davrida chiqarilgan va karantin joriy etilishi munosabati bilan apellatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) sud qarorlari karantin amal qilishi bekor qilingandan so‘ng ijroga qaratiladi. 11. Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-martdagi PF-5969-sonli Farmonining qoidalarini inobatga olgan holda: karantin joriy etilgan paytdan boshlab va 2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport (import) qiluvchilarga moliyaviy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi arizalar kelib tushganda bunday arizalarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilish rad etilishi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ish bo‘yicha ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatilishi lozim; Farmon qabul qilingunga qadar qo‘zg‘atilgan chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport (import) qiluvchilarga moliyaviy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritish 2020-yil 1-oktabrga qadar to‘xtatiladi. 12. Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmoni qoidalarini inobatga olgan holda: xo‘jalik yurituvchi subyektlar va bojxona organlari o‘rtasidagi bojxona imtiyozlarini qo‘llash masalalari bo‘yicha nizolarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan tovar Farmonning 1-ilovasida ko‘rsatilgan tovarlarga kirishi yoki kirmasligi, qurilish materiallari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tibbiyot va karantin muassasalari qurilishi uchun, tovarlar esa, ular faoliyat ko‘rsatishi uchun olib kirilganligi aniqlanishi va uning natijasi bo‘yicha nizo yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim; soliq organlarining soliq qarzdorligini majburiy undirish to‘g‘risidagi da’vo arizalarini ko‘rib chiqishda javobgar (soliq to‘lovchi) Farmon 4-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatilgan subyektlarga kirishi yoki kirmasligi aniqlanishi, agar kirganda — soliq turi va soliq hisoblangan davr, soliq organi tomonidan qo‘llanilgan soliq stavkasi aniqlanishi va uning natijasi bo‘yicha nizo yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishi lozim; soliq organlarining soliq qarzdorligini majburiy undirish haqidagi da’vo arizalarini ko‘rishda soliq organlari mazkur obyekt 2020-yil 1-aprelgacha yoki undan so‘ng aniqlangan bo‘lishidan qat’i nazar 2020-yil 1-apreldan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda foydalanilmayotgan obyektlarga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llashga, 2020-yil 1-aprelga qadar oshirilgan stavkalar bo‘yicha hisoblangan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i summasiga nisbatan penya hisoblashga va majburiy undirish choralarini ko‘rishga haqli emasligini nazarda tutish lozim; soliq organlarining yakka tartibdagi tadbirkorlardan soliq qarzdorligini majburiy undirish haqidagi da’vo arizalarini ko‘rib chiqishda soliq organi tomonidan hisoblangan jismoniy shaxslarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq davri aniqlanishi lozim, bunda nazarda tutish lozimki, 2020-yil 24-martdan boshlab karantin amal qilinishi bekor bo‘lgunga qadar ko‘rsatilgan soliqlar hisoblanmaydi, agar yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o‘z faoliyatini to‘xtatilganligi haqida soliq organini xabardor qilgan bo‘lsa. Bunda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, agar bunday xabarnoma soliq organiga yuborilmagan bo‘lsa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qat’iy belgilangan summasi va ijtimoiy soliq hisoblanishi to‘xtatilmaydi; karantin joriy etilgan paytdan boshlab va 2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan qarzdor — yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida arizalar kelib tushganda bunday arizalarni IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilish rad etilishi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ish bo‘yicha ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatilishi lozim. Ushbu qoida bankrotlikning soddalashtirilgan tartibida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalarga, shuningdek, ko‘rsatilgan cheklov choralari kiritilgunga qadar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan qarzdor — yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalarga nisbatan tatbiq etilmaydi; davlat korxonalari — davlat mulklarini ijaraga berish markazlarining ijara to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi da’vo arizalarini ko‘rishda qarzdorlik yuzaga kelgan davr aniqlanishi lozim. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, agar karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini ijarachi — tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘xtatilgan bo‘lsa, 2020-yil 24-martdan boshlab karantin amal qilinishi bekor bo‘lgunga qadar ijara to‘lovlari hisoblanmaydi. 13. Cudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmoni qoidalarini inobatga olgan holda, agar 2020-yil 1-oktabrga qadar bo‘lgan davr mobaynida kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qarzdor tomonidan kredit bo‘yicha to‘lovlar karantinning amal qilish davrida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganligi sababli kechiktirilganligi va shu sababli qarzdor kechiktirish huquqiga ega ekanligi aniqlanganda, arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilishi lozim. Bunday qaror joriy etilgan karantin rejimi qarzdorlarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlanganda, qarzdorlarning muddati o‘tib ketgan kreditlariga jarima sanksiyalarini undirish va undiruvni garov ta’minotiga qaratish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha ham qabul qilinadi.
228
13,523
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi 2021-yil yakuni bo‘yicha axboroti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ichki ishlar vazirining 2021-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotini eshitib va muhokama qilib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi. Xususan, Oliy Majlis Senati tomonidan 2021-yil 30-iyulda ichki ishlar vazirining 2021-yilning 6 oyida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axboroti yuzasidan qabul qilgan Qarori bajarilishi ta’minlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari doirasida 4 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2 ta farmoni va 6 ta qarori hamda 21 ta Hukumat qarori qabul qilingan. Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarda “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tizimi asosida ish tashkil etilgan. Jami 9 314 ta mahallada kriminogen vaziyat tahlil qilinib, mahallalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida 2021-yilda 2 639 ta mahallada (28,3 foiz) jinoyatlar sodir etilmagan, 3 628 tasida (39 foiz) ularning sodir etilishi holatlari kamaygan. Ichki ishlar vazirligi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2021-yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 89 foizi (98 776 tasi) fosh etilgan, qidiruvdagi 4 615 nafar shaxs ushlangan, bedarak yo‘qolgan 507 nafar shaxs topilgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining tashabbusi bilan aniqlangan jinoyatlar 2021-yilda qayd etilgan jami jinoyatlarning 30 foizini (32 889 ta) tashkil etgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari poymol etilishining oldini olish maqsadida 407 ta alohida maxsus so‘rovxona tashkil etilgan. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 39 343 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan. Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida ko‘rilgan choralar natijasida ko‘p sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining 110 ta “o‘chog‘i” bartaraf etilgan. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining huquqbuzarliklar o‘chog‘i bo‘lgan “Qovchin” MFI chorrahasida 360 gradusni kuzata oladigan kamera qo‘yilishi natijasida huquqbuzarliklarga chek qo‘yilgan. Namangan viloyatida haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan avtomaktablarning aksariyati Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan integratsiya qilingan. Natijada avtomaktablardagi o‘quv jarayoni belgilangan tartibda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Shu bilan birga, ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan, 2021-yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlar soni 84 100 tani tashkil etib, har 100 ming aholiga o‘rtacha 321,4 tadan to‘g‘ri kelgan. Oldi olinishi mumkin bo‘lgan 426 ta qotillik, 10 937 ta tan jarohati yetkazish, 341 ta bosqinchilik, 3 024 ta bezorilik, 19 732 ta o‘g‘rilik, 24 554 ta firibgarlik jinoyati sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan. Firibgarlik jinoyatining soni Toshkent shahri (8 301 ta) va Farg‘ona viloyatida (5 320 ta) ortib, har 100 ming aholiga o‘rtacha poytaxtda 310 tani, Farg‘ona viloyatida 139 tani tashkil etgan. O‘g‘rilik jinoyatining ham soni ko‘paygan. Xususan, har 100 ming aholiga o‘rtacha Toshkent shahrida 244 tadan, Farg‘ona viloyatida 132 tadan to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, 14 mingdan ortiq (14 094 nafar) ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilganligi joylarda aholini ish bilan ta’minlash masalalari samarali hal etilmayotganini ko‘rsatdi. Ayniqsa, Toshkent shahar, Farg‘ona, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida ushbu salbiy ko‘rsatkich salmog‘i yuqoriligicha qolgan. Mahallalarda “Jamoatchilik nazorati maskanlari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholini ogohlikka chaqirish yo‘nalishidagi ishlar muntazam ravishda olib borilmagan. Buning oqibatida o‘g‘rilik jinoyatining har o‘ninchisi doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan. Oila-turmush zamiridagi og‘ir jinoyatlar soni ham yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, 2021-yilda qotillik jinoyatlarining har uchinchisi 158 tasi (37,1 foizi), og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatining 190 tasi (14,4 foizi) oilaviy munosabatlar tufayli sodir etilgan. Oilaviy nizolarga o‘z vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 14 935 ta huquqbuzarlik sodir etilgan. Ularning qariyb 60 foizi (8 589 tasi) Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Sog‘liqni saqlash muassasalari hisobida turgan shaxslarni yarmidan ko‘pi yoki 52,6 foizi, giyohvandlarning 71,9 foizi, spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlarning yarmidan ko‘pi yoki 57,7 foizi majburiy davolanishga yuborilmagan. Uz joniga qasd qilish holatlarining har oltinchisi (3 401 tadan 582 tasi yoki 17,1 foizi) aynan vaqtida hal etilmagan oilaviy kelishmovchiliklar tufayli sodir etilgan. Profilaktik hisobga olish faoliyati ayrim hududlarda qoniqarsiz tashkil etilgan. Oqibatida 1 476 nafar shaxs ma’muriy huquqbuzarlikda nazarda tutilgan harakatni takroran sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari to‘liq hal etilmaganligi oqibatida 2021-yilda 9 759 nafar xotin-qiz tomonidan 9 053 ta jinoyat, ya’ni 50 ta qotillik, 87 ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 1 361 ta o‘g‘rilik, 2 284 ta firibgarlik, 201 ta bezorilik jinoyati sodir etilgan. Jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish bo‘yicha tadbirlar yetarli darajada tashkil etilmagan. 2021-yilda sodir etilgan jinoyatlarning 10 501 tasi yoki 10 foizi fosh etilmagan. Xususan, o‘g‘rilik jinoyatining 7 231 tasi, firibgarlik jinoyatining 1 750 tasi, qotillik jinoyatining 7 tasi, nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyatlarning 7 tasi fosh etilmagan. Nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlarida sodir bo‘lgan. Respublika bo‘yicha nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyatlarning 7 tasi fosh etilmagan bo‘lsa, aynan 4 tasi Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Fosh etilmagan 7 231 ta o‘g‘rilik jinoyatining 2 532 tasi Toshkent shahri va 2 347 tasi Farg‘ona viloyatiga to‘g‘ri kelishi mazkur hududlardagi ichki ishlar organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatadi. O‘tgan yilda qayd etilgan jinoyatlarning 21 885 tasi (19,7 %) yoshlar tomonidan sodir etilgan. Jinoyatga qo‘l urgan 27 931 nafar yoshlarning 2 544 nafarini xotin-qizlar, 1 023 nafarini oliy o‘quv yurti talabalari, 7 265 nafarini bandligi ta’minlanmagan, ta’lim bilan qamrab olinmagan yoshlar tashkil etgan. Bunday jinoyatlarning 54,4 foizi Toshkent shahri (8,8 foiz), Toshkent (12,7 foiz), Farg‘ona (24,6 foiz) va Namangan (8,4 foiz) viloyatlarida sodir etilgan. Maktablarda yo‘lga qo‘yilgan “davomat tadbirlari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholini ogohlikka chaqirish yo‘nalishidagi ishlar ham muntazam ravishda olib borilmagan. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning soni ayrim hududlarda yuqoriligicha qolmoqda. Jumladan, ushbu jinoyatlarning 65,2 foizi Farg‘ona (37,9 foiz), Toshkent (11,4 foiz), Namangan (7,6 foiz) va Buxoro (6,3 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Aholi o‘rtasida jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish hamda jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilmagan. Shuning uchun, jamoat joylarida sodir etilgan bezorilik jinoyatlarining salmog‘i hali ham Toshkent shahri (24 foiz), Namangan (15 foiz), Toshkent (13 foiz) va Surxondaryo (12,5 foiz) viloyatlarida yuqoriligicha qolgan. Ma’muriy nazorat qilinadigan shaxslarning 9,8 foizi qayta jinoyat sodir etgan. Ma’muriy nazorat o‘rnatilishi lozim bo‘lgan muqaddam sudlanganlarning 35,3 foiziga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatilmagan, shundan 33,7 foizi o‘ta xavfli retsidivistlardir. Oqibatda, ma’muriy nazoratga olinmagan o‘ta xavfli retsidivistlar tomonidan 1 ta qotillik, 11 ta o‘g‘irlik va 3 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan. 2021-yilda sodir etilgan 10 004 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 230 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 436 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Tahlillarga ko‘ra, aksariyat qoidabuzarlik va yo‘l-transport hodisalari avtomaktablarni endigina tugatgan yosh va tajribasiz haydovchilar tomonidan sodir etilgan. Aksariyat hududlarda yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan umuman foydalanilmayapti. Ayniqsa, bu boradagi ishlar Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida deyarli o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Katta mablag‘ evaziga barpo etilgan zamonaviy, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash uchun mo‘ljallangan situatsion markaz orqali yo‘llardagi qoidabuzarliklar umuman aniqlanmayapti. Bundan tashqari, mahalliy Kengashlarda ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishda hamon rasmiyatchilik va yuzakilikka yo‘l qo‘yilmoqda. Ayrim xollarda esa hisobotlar va axborotlar umuman eshitilmayapti. Xususan, Andijon viloyatida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etishlari belgilangan bo‘lsada, 2021-yilda 2 ta tumanda bor yo‘g‘i bir marotabadan hisobotlar eshitilgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining 7 431 nafari xizmat intizomini buzgan bo‘lsa, 126 nafari jinoyatga qo‘l urgan. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 321-moddasiga hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi 2021-yil yakuni bo‘yicha axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov): ikki oy muddatda mazkur Qarorda qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishga oid masalalarni vazirlik hay’atining kengaytirilgan majlisida muhokama qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan yaqin istiqbolga mo‘ljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin; o‘z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy ichki ishlar organlari, ayniqsa, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidagi ichki ishlar organlari rahbarlariga nisbatan ta’sirchan choralar qo‘llash masalasini ko‘rib chiqsin; fosh etilmagan jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini jadallashtirib, ularni qisqa muddatda fosh etilishiga alohida e’tibor qaratsin; ikki oy muddatda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish uchun belgilangan cheklovlarga rioya qilmagan shaxslar ustidan ta’sirchan kunlik nazoratni o‘rnatish bo‘yicha aniq choralarni belgilasin; ikki oy muddatda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga nisbatan, ayniqsa, oila-turmush munosabatlari bilan bog‘liq jinoyatlarning sabablarini o‘rganib, oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilasin; ikki oy muddatda oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida sog‘liqni saqlash muassasalari hisobida turgan tajovuzkor ruhiy kasallar, spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar hamda giyohvandlarni majburiy davolanishga yuborish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, ijroga qaratsin; uch oy muddatda muqaddam sudlangan, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan, shuningdek ma’muriy nazorat o‘rnatilmagan shaxslar bilan ishlashning samarali tizimini yaratish va ushbu yo‘nalishda profilaktika inspektorlari mas’uliyatini oshirish bo‘yicha aniq choralarini ko‘rsin; oliy o‘quv yurti talabalari va voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida yangidan faoliyat boshlagan inspektor-psixologlar faoliyati samaradorligini kuchaytirish va ta’lim muassasalari bilan hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha aniq choralar belgilasin; xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yuzasidan olib borilayotgan manzilli chora-tadbirlarni yanada kuchaytirsin; bir oy muddatda respublikaning barcha hududlarida tashkil qilingan qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash uchun mo‘ljallangan situatsion markazlar faoliyatini tanqidiy o‘rgangan holda ularning ishini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ko‘rsin; ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishi ustidan nazoratni kuchaytirish, ular orasida korrupsiya va vakolatni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish choralarini ko‘rsin; ichki ishlar organlariga keltirilayotgan barcha shaxslar bilan suhbatlarning qat’iy ravishda “so‘rovxona”larda o‘tkazilishini ta’minlasin; ikki oy muddatda ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini mahalliy Kengashlarda eshitishda rasmiyatchilik va yuzakilikka yo‘l qo‘yilish holatlarini oldini olish yuzasidan aniq choralarni belgilasin; ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish hamda ularning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini zamon talabiga mos ravishda shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev) va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (Z. Maxkamova) bilan birgalikda oilaviy kelishmovchiliklar tufayli sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasiga kelgan oilalarni yarashtirish yo‘nalishida tizimli ishlarni muntazam ravishda olib borsin. Bu borada profilaktika inspektorlarining fuqarolar yig‘inlari raislari bilan uzviy hamkorligini kuchaytirish choralarini ko‘rish, ayniqsa, shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlarni barcha mahallalarda birdek tashkil etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) 2021-yilda mamlakatimizda 14 mingdan ortiq ishsiz shaxs tomonidan jinoyatlar sodir etilganligini inobatga olib, joylarda aholini, xususan, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash borasidagi ishlarni jadallashtirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: Kriminogen, vaziyati og‘ir mahallalarda jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash borasida sektor rahbarlari, huquq-tartibot organi boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari mas’uliyatini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rsin; muntazam ravishda “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslar bilan manzilli ishlash orqali muammolarini hal etish, uyushmagan yoshlarni sportga keng jalb qilish, ular hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (N. Yo‘ldoshev)ga ichki ishlar tizimida qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan prokuror nazoratini yanada kuchaytirish, uning ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rsin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har oyda tuman (shahar) hokimlari mahalla huquq-tartibot maskaniga rahbarlik qilayotgan profilaktika katta inspektori bilan shaxsan uchrashib, hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida aniqlangan muammoli masalalarni hal etish choralarini ko‘rishi ustidan alohida nazorat o‘rnatsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (Z. Maxkamova) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Qaror ijro etilishining borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Qarorda ko‘rsatilgan muddatlarda, yakuniy ma’lumotlarni esa joriy yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etsin. 9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi (K. Burxanov) zimmasiga yuklansin.
171
16,944
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4234-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, ko‘mir qazib olishni yanada ko‘paytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4234-son qarorida: 1 — 5-bandlar hamda 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 6-banddagi “ProgressGorTex” MChJ (Rossiya Federatsiyasi)” so‘zlari “ishonchli boshqaruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi “bojxona rasmiylashtiruvi” so‘zlaridan oldin “qo‘shilgan qiymat solig‘i va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A. Gulyamov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
238
953
Qonunchilik
BUDJET VA DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARIGA TO‘LOVLAR BO‘YIChA QARZLARNI TO‘LASh MUDDATINI KEChIKTIRISh VA (YOKI) BO‘LIB-BO‘LIB TO‘LASh IMKONINI BERISh, PENYa HISOBLAShNI TO‘XTATISh, ShUNINGDEK PENYa VA JARIMA SANKSIYALARINI HISOBDAN ChIQARISh TO‘G‘RIS
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 61-sonli “Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi va 2004-yil 14-apreldagi 182-son “Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil 15-son, 178-modda) qarorlariga muvofiq, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi qaror qiladi: 1. Budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish, penya hisoblashni to‘xtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan 2001-yil 5-iyulda 26-son bilan tasdiqlangan “O‘z vaqtida to‘lanmagan qarzlarni to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun muddat berish, penyalar yozishni to‘xtatish, shuningdek soliqlar va budjet hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risida nizom” (2001-yil 28-sentabr, ro‘yxat raqami 1071) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tganidan keyin kuchga kiradi.
250
1,725
Qonunchilik
Neft-gaz hamda elektr energetika sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Neft-gaz hamda elektr energetika sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 6-iyuldagi “I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1569-son qarorining rus tilidagi matnida 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “kvoti priyema v Filial utverjdayutsya resheniyem Popechitelskogo soveta po soglasovaniyu s Rossiyskim gosudarstvennim universitetom nefti i gaza imeni I.M. Gubkina, Ministerstvom energetiki, Ministerstvom ekonomicheskogo razvitiya i sokraщeniya bednosti, Ministerstvom finansov, Ministerstvom visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan, s uchetom realnoy potrebnosti v spetsialistax AO “Uzbekneftegaz”, AO “Uztransgaz”, AO “Xududgazta’minot”, a takje drugix organizatsiy”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi “Toshkent shahridagi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3287-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi “Toshkent shahrida “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-4350-son qarorida: a) 9-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “2021-yil 1-avgustga qadar Filialga taqdim etilayotgan bino va inshootlar, shu jumladan o‘quv-laboratoriya korpusi rekonstruksiya qilinishi, Filial talabalari va o‘qituvchilari yashashlari uchun yotoqxonalar va sport kompleksi qurilishi”; uchinchi xatboshidagi “2019-yil 20-avgustga” so‘zlari “2022-yil 1-yanvarga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 12-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirdagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “Enter Engineering Pte. Ltd. (Singapur)” — “tayyor holda topshirish” sharti asosida jalb qilinadigan bosh pudratchi tashkilot etib belgilansin. Bunda, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bilan bog‘liq ishlarning bajarilishi bo‘yicha qurilish, loyihalashtirish va moliyalashtirish ishlarini bir vaqtning o‘zida olib borishga hamda tovar (ish, xizmat)lar, qurilish materiallari, xomashyo, butlovchi qismlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)lar hamda ularning rasmiy dilyerlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni o‘tkazish va eng maqbul takliflarni tanlab olish shartlari asosida shartnomalar tuzishga istisno tariqasida ruxsat berilsin”.
221
2,994
Qonunchilik
Sharqshunoslik instituti universitetga aylandi
Prezidentning 16 apreldagi qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutini isloh qilish nazarda tutilgan. Eng avvalo, institut universitetga aylantiriladi. Qayta tashkil etish asnosida OTM tuzilmasida sinхron tarjima laboratoriyasi va elektron ta’lim resurslari bilan multimedia markazi tashkil etiladi. Universitet huzurida esa Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazi ochiladi. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab: Oʻqishga qabul qilish tartibi ham oʻzgaradi: 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uygʻur, yapon tillari) topshiriladigan koʻp balli tizim boʻyicha imtihonlar oʻrniga test sinovlari topshiriladi. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ushbu amaliyot boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirgʻiz tillari va boshqalar) boʻyicha mamlakatimizdagi barcha OTMga oʻqishga qabul qilishda tatbiq etiladi. 2020-2023 yillarda OTMni kompleks rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi. Xususan, talabalarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan fanlarga ajratilgan soatlar ulushi oshiriladi, doktoranturaga qabul kvotasi koʻpaytiriladi, zamonaviy IT-dastaklar faol joriy etiladi va хorijiy hamkorlar bilan hamkorlik rivojlantiriladi. Moddiy-teхnik ta’minot masalalari ham chetlab oʻtilmadi. Universitet Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining (Amir Temur shoh koʻchasi, 20a-uy) bino va inshootlarini begʻaraz qabul qiladi, 2021 yil 1 avgustga kelib esa shu hududda  yangi 9 qavatli bino va sport majmuasi qurib bitkaziladi. Islohot sohaga oid oʻrta maхsus ta’limga ham daхl qiladi. 1 iyulga qadar universitet huzuridagi akademik litsey faoliyatini tanqidiy oʻrganib chiqishlari lozim. Masalan, qabul jarayoniga qoʻyilgan talablar qayta koʻrib chiqiladi – bu yerda хorijiy tilni bilish darajasi asosiy mezon boʻladi. Namangan va Xivada esa sharq tillari boʻyicha teхnikumlar ochiladi. Oleg Zamanov.
46
2,041
Qonunchilik
“Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 6-yanvardagi 27-son “Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2761, 2016-yil 5-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 5-son, 51-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
165
1,082
Qonunchilik
Oʻzbekistonda qaysi dori vositalari kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun ruхsat etilgan
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 1 iyulda 2805-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari roʻyхati tasdiqlandi. Roʻyхat kasallik guruhi, nomi va kodi koʻrsatilgan holda 129 nomdagi dori vositalarini oʻz ichiga oladi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 4 iyuldagi 26-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi. Mavzu boʻyicha material:  Retseptsiz sotiladigan dori vositalarining roʻyхati kengaytirildi
95
915
Qonunchilik
Mustaqillik kuni va Navro‘z umumhalq bayramlarini tashkil etish haqida
Halqimizning Mustaqillik kuni va Navro‘z bayramlarini har yili ommaviy tarzda nishonlash an’anasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Umumhalq bayramlari — Mustaqillik kuni va Navro‘zni har yili nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha doimiy ishlovchi respublika tashkiliy qo‘mitasi ilovaga muvofiq tuzilsin. 2. Tashkiliy qo‘mitaga: Qoraqalpog‘iston Respublika, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, tegishli vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari hamda jamg‘armalarni jalb qilgan holda Mustaqillik kuni va Navro‘z bayramlarining joylarda keng nishonlanishini tashkil etish; har yili ochiq tanlovlar asosida mamlakatimiz poytahtida o‘tadigan bayram dasturlarini tanlab olish vakolati berilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari: Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan; Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahri mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. 4. Mazkur qarorning bajaralishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
70
1,254
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-797-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2021-yil 11-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-797-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
710
Qonunchilik
Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir dolzarb chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 17-iyuldagi PQ-3137-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat tibbiyot tashkilotlariga va aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini uzluksiz yetkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir hafta muddatda “O‘zmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasiga (keyingi o‘rinlarda “O‘zmedeksport” RTIDK deb ataladi) markazlashtirilgan tadbirlar uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hisobiga, uning ustav fondiga ulush tarzida 3 mlrd so‘m mablag‘ ajratsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: o‘n besh kun mobaynida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi o‘rtasida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomada belgilanadigan shartlarda, transh tarzida ochiladigan 300,0 mlrd so‘m miqdorida, foizsiz budjet ssudasi bersin; 2017-yil oxirigacha — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zmedeksport” RTIDK bilan tuziladigan kontraktlar bo‘yicha oldindan yuz foiz to‘lash maqsadida davlat tibbiyot tashkilotlari uchun markazlashtirilgan tartibda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilishga 240 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin; 2018-yildan boshlab — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilishga bo‘lgan ehtiyojning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahri sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari xarajatlari smetalarining alohida satrida ularni sotib olish uchun zarur bo‘lgan budjet mablag‘larini nazarda tutsin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahri sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalariga markazlashtirilgan tartibda “O‘zmedimpeks” DUK bilan tuziladigan shartnomalarga asosan istisno tariqasida oldindan yuz foiz to‘lovni amalga oshirish huquqi berilsin. 3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari davlat xaridlari va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi aylanma mablag‘larini to‘ldirishga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan 308,6 mlrd so‘m miqdoridagi budjet ssudasini to‘lashdan tushgan mablag‘lar ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish uchun qo‘shimcha budjet mablag‘larining manbai hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi ajratilgan ssudaning 2017-yil oktyabr-noyabr oylarida qaytarilishini ta’minlasin. 4. Belgilansinki, foizsiz budjet ssudasini qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan: ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish bo‘yicha — ushbu maqsadlar uchun xarajatlar smetalarining alohida satrida nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hisobiga; ijtimoiy dorixonalar uchun yetkazib berishlar bo‘yicha — “O‘zmedimpeks” DUK tomonidan ijtimoiy dorixonalar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarini sotishdan olingan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 5. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zmedimpeks” DUK tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish ulgurji sotish uchun — sotib olish qiymatining 15 foizi miqdorida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorixonalari orqali chakana sotish uchun — ulgurji narxning 20 foizi miqdorida cheklangan savdo ustamalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
185
4,558
Qonunchilik
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang ravishda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida: 1. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya beriladi. Bunda, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotga subsidiya berishda Yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartnomasi asos hisoblanadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) bilan birgalikda bir oy muddatda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 2. 2022-yil 1-martdan boshlab: a) Soliq kodeksining 380-moddasi birinchi qismiga muvofiq bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi; b) 2024-yil 1-martga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi. Bunda, ijtimoiy soliq summasi nogironligi bo‘lgan shaxslarning olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bir oy muddatda Soliq kodeksiga ushbu bandga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 3. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash (keyingi o‘rinlarda – Idoralararo kengash) tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda Tadbirkor nogiron-ayollar milliy assotsiatsiyasi rahbarlari kiritilsin. Idoralararo kengashning zimmasiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin: nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limini rivojlantirish, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirib borish uchun muqobil shakldagi o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; ta’lim muassasalarini bitiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning tavsiya etilgan kasblar bo‘yicha belgilangan tartibda korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tashini tashkil etish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning korxona va tashkilotlardagi ish joylarini jihozlash, moslashtirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy mehnat sharoitlarini tashkil etish; nogironligi bo‘lgan shaxslarni ular ishga joylashgandan so‘ng hamda tadbirkorlik, hunarmandchilik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlagandan keyin qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini tatbiq etish. Idoralararo kengashga rahbarlik qilish Savdo-sanoat palatasining raisi A. Ikramov zimmasiga yuklansin. 4. Davlat buyurtmachilariga elektron kooperatsiya birjasi portalida ro‘yxatdan o‘tgan, ishlovchi xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat va nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda – yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar) bilan ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin. Belgilansinki: yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning tovarlarini (ishlari, xizmatlarini) xarid qilish uchun kvotalar taqdim etish tartibi bekor qilinadi; mazkur bandga asosan tuzilgan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6 000 baravarigacha bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridiga oid shartnomalar va ularga qo‘shimcha kelishuvlar “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida ekspertizadan o‘tkazilmaydi. 5. Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi yo‘nalishlar uchun subsidiya ajratib borish tizimini joriy etsin: nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, shuningdek, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun; kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan hamda maxsus sertifikatni olgan, shuningdek, tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun. Belgilansinki, subsidiyalar har bir nogironligi bo‘lgan yoshning talabiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda mazkur bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan bittasi uchun ajratiladi. 6. “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov) Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) bilan birgalikda ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2022-yildan boshlab har yili tanlov asosida tanlab olingan 20 nafargacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli yoshlarning yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida, shu jumladan onlayn kurslarda ta’lim olishini tashkil etsin. 7. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat organlari, shu jumladan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda – davlat idoralari) o‘z mehnat faoliyatini olib borishining quyidagi mexanizmlari joriy qilinsin: a) Adliya vazirligi (R. Davletov): 2022-yil 1-martga qadar har bir hududda bittadan davlat xizmatlari markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ularga mos keluvchi lavozimlarda (operator, konsultant, inspektor va boshqalar) ishlashi uchun qulay sharoitlarni yaratgan holda mehnat faoliyatini olib borishini (keyingi o‘rinlarda — tajriba-sinov loyihasi) ta’minlasin; 2022-yil 1-sentabrga qadar tajriba-sinov loyihasi natijalariga ko‘ra mazkur amaliyot barcha davlat xizmatlari markazlarida joriy qilinsin; b) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) hamda Adliya vazirligi (R. Davletov) bilan birgalikda tajriba-sinov loyihasini tahlil qilsin va uning natijalari asosida 2022-yil 1-aprelga qadar davlat idoralarida (shu jumladan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda) nogironligi bo‘lgan shaxslarning faoliyat olib borishi uchun ish o‘rinlari va kasblarni moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, ular faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; v) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash, ularning biznes yuritishiga ko‘maklashishda mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5217-son qarorida 2022-yil 1-maydan boshlab “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda – Platforma) ishga tushirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov): Platforma nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron ma’lumotlari, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha tezkor murojaat qilish kabi masalalarni o‘z ichiga olishini ta’minlasin; Platformani takomillashtirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirsin va uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin. 9. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni samarali qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasida: a) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov) tibbiy, psixologik maslahat olish bo‘yicha onlayn murojaatlarni qabul qilish, muntazam ravishda tezkor maslahatlar berib borish hamda boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatish choralarini ko‘rsin; b) Turizm va sport vazirligi (U. Azamov) nogironligi bo‘lgan shaxslarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi hamda ularga imtiyozli xizmatlar ko‘rsatish choralarini ko‘rsin; v) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Ma’rufova) “Ayollar daftari”ga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam turlari hamda ehtiyojmand aholiga subsidiyalar va boshqa loyihalar haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish choralarini ko‘rsin; g) Adliya vazirligi (R. Davletov) Davlat xizmatlari markazlari, jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish (sanatoriylarda, pansionatlarda va boshqa muassasalarda davolanish uchun yo‘llanmalar olish) choralarini ko‘rsin; d) Madaniyat vazirligi (O. Mirzayev) nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan yoshlarning musiqa va san’at maktablarida, kutubxonalarda, ijodiy ustaxonalar va xalq ustalari maktablarida “ustoz-shogird” tamoyili asosida o‘qishi, tashkillashtirilayotgan madaniy tadbirlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish choralarini ko‘rsin; e) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov): “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiruvchi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari milliy bazasini integratsiya qilish choralarini ko‘rsin; nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatadigan onlayn to‘garaklarni tashkil etsin hamda o‘quv qo‘llanmalari va videomateriallarni, “Ishga marhamat” monomarkazlari va o‘quv markazlari manzillari, ulardagi o‘quv kurslari va muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirsin; j) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev) hunarmandchilik faoliyatini boshlash uchun asbob-uskuna hamda mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish, uyushmaga a’zolik badalini qoplash uchun subsidiya berish, “ustoz-shogird” tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tavsiya etilgan kasb-hunarlarga o‘rgatish choralarini ko‘rsin; z) Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev): nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘zini o‘zi band qilish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qish uchun joriy etilgan subsidiyalardan foydalanishda ko‘maklashish; nogironligi bo‘lgan yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish va nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarini qoplash, ularning asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilishiga yordamlashish choralarini ko‘rsin; i) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (K. Karimov) oliy va professional ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan hamda o‘qish istagidagi nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun ta’lim muassasalari tomonidan berilgan imtiyozlar va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirib borish choralarini ko‘rsin; k) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos) nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning Platformadan qulay va bepul foydalanishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) 2022-yil 1-fevraldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tuman (shahar)lar hokimlarining qarori bilan belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni va ish beruvchilar tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiruvchi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari milliy bazasida real vaqt rejimida aks etib borishini ta’minlasin. Bunda, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxsning ishlashi tavsiya qilingan kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimiga elektron tarzda yuboriladi. 11. 2022-yil 1-fevraldan boshlab: a) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) tasarrufida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda barcha hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha har chorakda qisqa muddatli kurslarni tashkil etsin. Bunda, qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni inobatga olgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi; b) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) “Ishga marhamat” monomarkazlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, xorijiy til, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo‘yicha doimiy ravishda o‘quv kurslarini tashkil etsin. Bunda, o‘quv kurs (guruh)larini tashkil etishda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bino-inshootlarni moslashtirish, tegishli shart-sharoitlarni yaratish, jihozlash, o‘quv qurollari va o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda xorijiy grant va kreditlar hisobidan amalga oshiriladi. 12. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov): a) 2022-yil 1-iyuldan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish shartlarini nazarda tutuvchi ijtimoiy buyurtma mablag‘larini ajratish tizimini joriy etsin: nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblar va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib ushbu shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha davlat yoki nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirish; ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan hamda ular uchun ish o‘rinlarini moslashtirgan ish beruvchilar tomonidan mavjud imtiyozlardan foydalanish darajasini oshirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarni tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb qilish hamda ular uchun ijtimoiy ta’minotga oid axborot va maslahat berish hamda ularning huquqiy ongini oshirish; b) 2022-yildan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha amaldagi tartiblar asosida ajratiladigan grant miqdorini kamida 2 baravarga oshirsin; v) 2022-yil 1-martga qadar nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma berish, shuningdek, tanlov shartlari va uni o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; g) 2022-yil 1-mayga qadar davlat idoralarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning belgilangan kvotalarga muvofiq ishga qabul qilinishi holatini o‘rganib chiqib, o‘rganish natijalari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 13. Nogironligi bo‘lgan shaxslar orasida ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni rag‘batlantirib borish maqsadida 2022-yildan boshlab quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha respublika tanlovlari tashkil etilsin va o‘tkazib borilsin: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”; Savdo-sanoat palatasi tomonidan — “Eng yaxshi tadbirkor”; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi talaba”; Turizm va sport vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi sportchi”; Madaniyat vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi kitobxon”; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan — “Eng yaxshi ish beruvchi”. Bunda, tanlov natijalari har yili “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” arafasida e’lon qilinadi hamda tanlov g‘oliblari tashkilotchilarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. 14. Ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar va boshqa bosma materiallar (matn, nota yozuvi, illyustratsion materiallar, Brayl yozuvidagi kitoblar va audiokitoblar) bazasini kengaytirish borasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilsin: Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) 2022-yil yakuniga qadar barcha bolalar musiqa va san’at maktablariga ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan matn va nota yozuvlarining muqobil shakllari bepul tarzda yetkazib berilishini ta’minlasin; Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) 2022-yil yakuniga qadar: a) o‘quv materiallarining audiokitoblarini va audio tasmadagi yozuvlarni yozib olish, Brayl yozuvidagi kitoblarni tayyorlash hamda ta’lim muassasalariga yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirsin; b) alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ota-onalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, ularga yetkazib berilishini ta’minlasin. Bunda, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar 2022-yilda tarmoq vazirliklariga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi. 15. Savdo-sanoat palatasi Turizm va sport vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2022-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan qo‘l mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlarning ko‘rgazma savdolarini muntazam ravishda tashkil qilish amaliyotini joriy etsin. Belgilansinki, ko‘rgazma savdolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida tashkil etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilonlarida doimiy faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi. Savdo-sanoat palatasi rahbari A. Ikramov mazkur ko‘rgazma savdolarini samarali va to‘laqonli amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin. 16. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari tasarrufidagi korxonalar faoliyatini tubdan modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rganish va baholash ishlarini tashkil qilsin hamda o‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratsin: nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari tasarrufidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy, texnik va texnologik holatini tahlil qilish, ularni modernizatsiyalash, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning aniq manbalarini belgilash; ijtimoiy korxona, ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy mahsulot, ijtimoiy kvota, ijtimoiy mas’uliyat tushunchalari hamda ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish; ijtimoiy korxonalar klasterlarining faoliyatini, birinchi navbatda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan ijtimoiy mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar), zamonaviy tibbiy reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishga yo‘naltirish; “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot” tovar belgisi ostida ishlab chiqarishni, kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirish, mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) turlari va istiqbolli bozorlarga eksportini ko‘paytirishning aniq choralarini belgilash; ijtimoiy korxonalar klasterlarining hududlarda hamda xorijiy davlatlarda savdo uylari va firma do‘konlarini tashkil etish; ijtimoiy korxonalar klasterlarida ishlab chiqarilgan tovarlarni birja savdolarida sotish, davlat ehtiyoji uchun xarid qilish va zaxiraga olishning mexanizmlarini takomillashtirish; ko‘zi ojizlar, kar-soqovlar va boshqa shaklda nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shu jumladan bolalar sog‘lig‘ini reabilitatsiya qilishga ixtisoslashgan markazlar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va ma’rifat maskanlari kabi ijtimoiy infratuzilmalarning faoliyatini va moddiy-texnika bazasini, ta’limning ishlab chiqarish bilan integratsiyasining amaldagi tizimini tanqidiy tahlil qilish; zamonaviy menejment va marketingga asoslangan boshqaruv va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini shakllantirish masalalari bo‘yicha bevosita joylarga chiqib o‘rgangan holda chuqur tahlillarga asoslangan takliflarni ishlab chiqish. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxo‘jayev), Moliya vazirligi (J. Abruyev), nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari bilan birgalikda hamda BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon banki va YUNISEFning texnik ko‘magini jalb qilgan holda, 2022-yil 1-aprelga qadar o‘rganish natijalari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari tasarrufidagi korxonalar faoliyatini kompleks (shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida) rivojlantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin. 17. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror maqsadi va vazifalari, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashni targ‘ib qiluvchi videoroliklar va ijtimoiy reklamalar ishlab chiqqan holda, ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlasin. 18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.M. Muxitdinov hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov belgilansin. 19. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul ijrochi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-iyulga qadar axborot berilsin.
185
24,200
Qonunchilik
Xalqaro mehnat tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 81-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1947-yil 11-iyul) ratifikatsiya qilish haqida
Xalqaro mehnat tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 81-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1947-yil 11-iyul) ratifikatsiya qilinsin.
160
154
Qonunchilik
AHOLIGA SOTILADIGAN AVTOMOBIL BENZINI ChAKANA NARXLARINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari narxlarining oshib borayotganligi munosabati bilan hamda ulardan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1994-yilning 1-avgustidan boshlab aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chakana narxi 1 litri uchun 2 so‘m miqdorida belgilansin. 2. Respublika aholisining ayrim toifalariga ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq berilayotgan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi benzin yangi chakana narxlari preyskurantlarini tasdiqlasin hamda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazsin. 4. “O‘zdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi, uning joylardagi organlari avtomobil benzinini naqd pulga sotadigan avtomobil benzini quyish stansiyalaridagi avtomobil benzini qoldiqlarini 1994-yil 1-avgustdagi holatga ko‘ra qayta baholab chiqsinlar hamda qayta baholashdan tushgan mablag‘larni o‘zlarining aylanma mablag‘larini ko‘paytirishga yo‘naltirsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-iyundagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan aholiga sotiladigan avtomobil benzinining chegaralangan chakana narxlari bekor qilinsin.
81
1,220
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 18-yanvar kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
230
786
Qonunchilik
KO‘RSATILGAN XIZMATLAR UChUN BOJ YIG‘IMLARI OLIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bojona qo‘mitasi va Moliya vazirligining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan boj yig‘imlarining yangi stavkalarini ilovaga muvofiq belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligiga tovarlar va xizmatlar ko‘rsatish narxlarining indeksatsiyasini hisobga olgan holda stavkalarni birgalikda belgilash huquqi berilsin.
79
454
Qonunchilik
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) qo‘shilinsin.
188
154
Qonunchilik
EKU taomili qanday oʻtkaziladi
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan yordamchi reproduktiv teхnologiyalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3217, 6.02.2020 y.). Yordamchi reproduktiv teхnologiyalar (YoRT) - bu urugʻlantirishning ayrim yoki barcha bosqichlarida ayolning organizmidan tashqarida amalga oshiriladigan homiladorlikka erishishga qaratilgan tibbiy teхnologiyalar, davolash usullari va muolajalari. Eslatib oʻtamiz, YoRTdan foydalanish “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonun bilan reglamentlangan. YoRT erkak va ayolning iхtiyoriy roziligi asosida reproduktologiya iхtisosligi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladi. Bu haqda belgilangan shaklda tegishli ariza beriladi. Taomilni amalga oshirish chogʻida klinikalar shifokorlik sirini va aхborotning maхfiyligini saqlaydi. Bepushtlik sabablarini aniqlash va YoRTdan foydalanish maqsadida birinchi navbatda bemorlar birlamchi tekshiruvlardan (jami 5 ta tur) oʻtadilar. Tekshiruvlar davomiyligi  - 6 oydan koʻp boʻlmagan muddat. Bepushtlik sababi aniqlangan bemorlarda davolash  (konservativ va jarrohlik) oʻtkazilgandan soʻng 9-12 oy davomida homiladorlik kuzatilmasa, ular YoRT yordamida davolanishga yuboriladi. 35 va undan katta yoshdagi ayollar shifokorlar konsiliumining qarori boʻyicha ushbu muddat oʻtgunga qadar davolash bosqichini chetlab oʻtib, YoRTga yuboriladi. YoRT dasturiga tayyorlashda ularni qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar aniqlanadi (toʻliq roʻyхat hujjatga ilovada keltirilgan). Buning uchun erkak va ayol jumladan zarur tahlillar topshirishni oʻz ichiga olgan tegishli tekshiruvdan oʻtkaziladi. Tekshiruv natijalariga koʻra bemorlarga quyidagi YoRT usullari tayinlanadi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.02.2020 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
30
1,840
Qonunchilik
“Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgart
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 36-son, 477-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2008-yil 23-fevraldagi 299-B, 2008-05-son “Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1782, 2008-yil 2-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 14-15-son, 105-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qaror muqaddimasidagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
250
1,876
Qonunchilik
MISR ARAB RESPUBLIKASIGA ELChIXONA QURILIShI UChUN YER UChASTKASINI MULK QILIB SOTISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatiya vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlarning ish sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 14-noyabrdagi PF-1287-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan maydoni 0,35 gektar bo‘lgan yer uchastkasini Misr Arab Respublikasi elchixonasining qurilishi uchun Misr Arab Respublikasiga 637280 AQSh dollariga mulk qilib sotish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan yer uchastkasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Misr Arab Respublikasi Elchixonasi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzsin; ko‘rsatib o‘tilgan yer uchastkasi yuzasidan Misr Arab Respublikasining mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi Davlat dalolatnomasini belgilangan tartibda bersin. 3. Yer uchastkasini Misr Arab Respublikasiga sotishdan olingan valyuta tushumi (belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga yo‘naltiriladigan 5 foiz miqdordagi mablag‘lardan tashqari) metroning Yunusobod yo‘nalishi uchun butlovchi buyumlar xarid qilishga valyuta kontraktlari bo‘yicha kreditorlik qarzlarni uzishda maqsadli foydalanish uchun istisno tariqasida Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga yo‘naltirilsin. 4. Toshkent shahar hokimligi yer uchastkasiga mulkchilik huquqining o‘tishini ro‘yxatdan o‘tkazsin va oldi-sotdi shartnomasi shartlariga muvofiq yer uchastkasini va yondosh hududni tayyorlash ishlarini amalga oshirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va Toshkent shahar hokimi R.M. Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.
97
2,026
Qonunchilik
Davlat oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashni qoʻllab-quvvatlaydi
Prezident tomonidan 15 iyul kuni “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjatga asosan: Oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ushbu yoʻnalishda zarur ishlov berish teхnikalari, agrometeostansiyalar, biolaboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar хarid qilinishda davlat tomonidan 2024 yil 31 dekabrga qadar qoʻllab-quvvatlashning tartibi joriy qilinadi. U quyidagilarni nazarda tutadi: a) quyidagilarning Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya qilinishini: b) ajratiladigan kredit ta’minotining 50%igacha, biroq 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kafillik taqdim etilishini. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 16.07.2021 yilda e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
83
1,010
Qonunchilik
Namanganda innovatsion IT-park tashkil etiladi
U shaharda хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 29.05.2019 yildagi 442-son qarori bilan nazarda tutilgan. «IT-park» majmuasi eng ilgʻor хorijiy tajriba asosida tashkil etiladi. Unda «IT-school» aхborot teхnologiyalari markazi joylashtiriladi, quyidagilar uning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridir:   Park «Karbonam» MChJning Namangan shahar, A.Xoʻjayev koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari negizida bunyod etiladi. Ana shu maqsadda ob’yektlar Namangan viloyati hokimligiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruvga bepul beriladi. Oʻz navbatida, «Karbonam» MChJ kommunikatsiya tarmoqlari mavjud boʻlgan yer uchastkasini olib, ishlab chiqarish uskunalarini demontaj qilib koʻchirib oʻtkazadi va investorlarni jalb qilgan holda ishlab chiqarishni tashkil etadi. Jamiyat хodimlarining ish joylari saqlanib qoladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.05.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
46
1,015
Qonunchilik
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagoglari qanday attestatsiyadan oʻtkaziladi
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 21.08.2019 yildagi 702-son qaroriga qarang). U “Mehribonlik" uylari va bolalar shaharchalari tarbiyachilari, oʻqituvchi-defektologlari, oʻqituvchi-logopedlariga (keyingi oʻrinlarda -pedagoglar) nisbatan tatbiq etiladi. Pedagoglar har 5 yilda 1 marta attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ishga mehnat shartnomasi asosida yangi qabul qilingan pedagoglar kamida bir yildan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi. Homilador ayollar va 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi. Birinchi marta ishga kirgan OTM bitiruvchilari mutaхassislik boʻyicha ishlagan 3 yillik muddat tugagan vaqtdan boshlab 3 oydan kechikmay attestatsiyadan oʻtkaziladi. Oʻrindoshlik boʻyicha ishlayotganlar asosiy ish joyida attestatsiyadan oʻtkaziladi. Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida oʻtkaziladi. Attestatsiyani tashkil etish chora-tadbirlari va uni oʻtkazish jadvali Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat ta’lim inspeksiyasi) va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili attestatsiya jarayonlari boshlanishidan kamida 15 kun oldin ishlab chiqiladi.  Shundan keyin XTV va uning hududiy boshqarmalari attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglar roʻyхatini shakllantiradi va kamida 2 oy oldin uni Davlat ta’lim  inspeksiyasiga taqdim etadi. Attestatsiyadan kamida 1 oy oldin pedagoglarga attestatsiyaga oid rasmiy хabar, hujjatlar va dastur yuboriladi. Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va qoidalari bilan u boshlanishidan kamida 5 kun oldin tanishtirishlari kerak. XTV hamda Davlat ta’lim inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan attestatsiya komissiyalari tashkil etiladi. Ularning tarkibiga hududiy хalq ta’limi boshqarmasi boshligʻi (rais), Davlat ta’lim inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (raisning oʻrinbosari), viloyatlar hokimliklarining ta’lim sohasiga mas’ul хodimi, kasaba uyushmasi vakili, hududiy boshqarmalardan ushbu sohaga mas’ul хodimlar kiritiladi. Komissiya yigʻilishi uning a’zolarining 2/3 qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Attestatsiya ikki bosqichda oʻtkaziladi: Attestatsiya natijalariga koʻra quyidagi хulosalardan biri qabul qilinadi: “Attestatsiyadan oʻtdi, egallab turgan lavozimiga muvofiq” yoki “Attestatsiyadan oʻtmadi, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas”. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi, berilgan savollar va javoblar maхsus sahifalangan, tikilgan va muhrlangan daftarda qayd etiladi. Attestatsiyadan oʻtmagan pedagoglar malaka oshirishga yuboriladi va bir yildan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi. Natija salbiy boʻlgan taqdirda pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligiga rioya qilingan holda bekor qilinadi. Attestatsiya komissiyalari qaroridan norozi boʻlgan pedagoglar attestatsiya natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga (hududiy хalq ta’limi boshqarmalarida 5 kishidan iborat tarkibda tashkil etiladi) yozma ravishda shikoyat qilishlari mumkin. Komissiya hammasini oʻzgartirishsiz qoldirishi yoki qayta attestatsiyadan oʻtkazish haqida qaror chiqarishi mumkin. Uning qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazish sхemasi bilan havola boʻyicha tanishish mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.08.2019 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
92
3,480
Qonunchilik
Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-490-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
625