folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | So‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
2016 — 2019-yillar davomida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi — 171,2 foizga, jumladan meva-sabzavotchilik — 172,6 foizga, chorvachilik mahsulotlari — 170 foizga, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish — 177,5 foizga oshdi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport hajmi 1,4 mln tonnadan oshib, 2016-yilga nisbatan 1,5 barobarga o‘sishga erishildi.
Shu bilan birga, jahon bozorida mahsulotlarga qo‘yilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora kuchayib borishi, respublikamizda yetishtirilayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab qilmoqda.
Respublikada Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, eksport geografiyasini kengaytirish, shuningdek, mamlakatimizning organik mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan to‘liq foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi yerlarida bosqichma-bosqich organik ishlab chiqarishga o‘tishning prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) xalqaro standarti talablari bo‘yicha sertifikatlanadigan yer maydonlarining asosiy eksportbop ekin turlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi korxonalari va klastyerlari tomonidan organik paxta xomashyosi yetishtirish hamda organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq;
Respublika hududlarida agroekoturizm jozibadorligini yanada oshirish uchun organik bozorlar va restoranlar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
a) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga:
barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, hokimliklar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlardan organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi zaruriy ma’lumotlarni olish;
organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish va sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlari faoliyatining ekvivalentligini baholash va avtorizatsiyalash tizimini yaratish huquqi beriladi.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq organik qishloq xo‘jaligiga o‘tkazilgan yer uchastkalarida ekinlarni joylashtirish organik standart talablarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan almashlab ekish sxemalariga muvofiq amalga oshiriladi va ekinlarni joylashtirishda davlat aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
a) Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar organik qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish tizimlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini;
“O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat agrar universitetida “Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash” yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqsin va 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab ushbu yo‘nalishda talabalar qabul qilishni yo‘lga qo‘ysin;
v) bir oy muddatda vazirlik tuzilmasida belgilangan shtatlar doirasida 4 ta shtat birligidan iborat organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasini tashkil etsin;
d) 2021-yil 1-yanvarga qadar qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida mavjud laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlasin va birlamchi organik urug‘ yetishtiruvchi xo‘jaliklar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;
e) 2020-yil 31-dekabrga qadar Jahon bankining qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha kredit mablag‘lari hisobidan “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi qoshida Organic va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq kompleks sinov laboratoriyasi majmuasini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda organik mahsulotlarni yetishtirish (ishlab chiqish), qayta ishlash, saqlash va qadoqlashga hamda organik urug‘chilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan besh yillik davlat ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqsin va loyihalarni tanlovlar asosida shakllantirsin.
6. “O‘zstandart” agentligi:
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kodeks Alimentarius Komissiyasi standartlari talablariga muvofiq Yevropa Ittifoqi bilan savdo faoliyatini jadallashtirish bo‘yicha 2020 — 2024-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturlari rejasini ishlab chiqsin;
2020-yil 1-sentabrga qadar ISO 28000 Etkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish tizimlari xalqaro standartlari seriyalarini qabul qilsin;
uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shimcha qiymat zanjirini tashkil etishda ishtirok etuvchi barcha korxona va tashkilotlar faoliyatlarida bajariladigan jarayonlarni ISO 28000 “Etkazib berish zanjirida xavfsizlikni boshqarish tizimlari” xalqaro standarti talablariga muvofiqligini baholashning belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda organik mahsulotlarni zararsizlantirish bo‘yicha xalqaro tajribada qo‘llanilayotgan usullar va vositalar ro‘yxatini shakllantirsin hamda eksportga yo‘naltirilayotgan organik mahsulotlarni zararsizlantirish ishlarining xalqaro talablarga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmon mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Bugungi kunda, organik qishloq xo‘jaligi — jahon trendi hisoblanadi. 2019-yilda organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro bozorlardagi savdo aylanmasi 96,7 mlrd yevroni tashkil etib, 71,5 mln gektar maydonda 2,8 mln ishlab chiqaruvchi ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullangan.
Ekspertlarning baholashiga ko‘ra, dunyo organik mahsulotlari bozorida so‘nggi 5 yil davomida yiliga o‘rtacha 15 foizdan o‘sishga erishilib, 2022-yilda savdo aylanmasi 212 mlrd AQSh dollari (jahon qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi umumiy hajmining 20 foizi)ni tashkil etishi prognoz qilingan.
Organik qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari instituti (FiBL) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 103 ta mamlakatida organik qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida qonun qabul qilingan bo‘lib, 6 ta mamlakatda qonun ishlab chiqilmoqda.
Organik qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari instituti (FiBL) va Organik qishloq xo‘jaligi harakati bo‘yicha Xalqaro Federatsiyasi (IFOAM)ning Jahon organik qishloq xo‘jaligi statistikasi bo‘yicha 2019-yildagi nashrida O‘zbekiston Respublikasi meva yetishtirish bo‘yicha qulay sharoitga ega bo‘lgan dunyodagi 10 ta davlat qatoriga kiritilgan va respublikamiz organik meva ishlab chiqarish uchun qulay yer maydonlariga ega ekanligi qayd etilgan.
Respublikamizdagi “Sunny Fruit Production” MChJ tomonidan 2017 — 2019-yillarda jami 1 848 tonna organik mayiz yetishtirilib, Rossiya Federatsiyasi, Fransiya, Germaniya, Gollandiya, Italiya va Gretsiya mamlakatlariga mayizning an’anaviy turiga nisbatan 14,7 foizga yuqori narxlarda eksport qilingan va 4,1 barobar ko‘proq sof foyda olingan.
Shu kabi, 2019-yilda AQSh bozorlarida 1 tonna organik paxta xomashyosi an’anaviy turiga nisbatan 155 dollardan 225 dollargacha yuqori narxlarda baholangan.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarixida ushbu amaliyot o‘z o‘rniga ega, ya’ni asrlar davomida shakllangan an’anaviy sabzavotchilik va bog‘dorchilik madaniyati mahalliy o‘g‘itlardan foydalanishni ko‘zda tutadigan biologik dehqonchilik tamoyillariga asoslangan. Bu genlarni modifikatsiya qilish texnologiyalarini qo‘llamasdan, ozuqaviy qiymati yuqori, o‘ziga xos ta’m va iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lgan organik (ekologik toza) meva va sabzavotlarni yetishtirish imkonini beradi.
Shuningdek, ayni vaqtda respublikamizda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun quyidagi qulay sharoitlar mavjud:
zaharli moddalar bilan zararlanmagan ekin maydonlari;
tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilgan organik mahsulotlarni eksport qilish natijasida aholi daromadini oshirish imkoniyati;
organik ishlab chiqarish bo‘yicha agroklaster, logistika va kooperatsiya tizimlarini rivojlantirish natijasida aholi bandligini oshirish imkoniyati;
laboratoriyalar, nazorat va sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini tahlil qilish imkoniyati;
genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO)dan holi mintaqalar.
Qulay sharoit va imkoniyatlar mavjudligiga qaramasdan, respublikamizda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yetarli e’tibor berilmayotganligi nafaqat atrof-muhitga, insonlar salomatligiga, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga, balki hududlarning eksport salohiyatini oshirish va geografiyasini kengaytirishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya):
organik mahsulotlarni rasmiy kafolatlash va ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqaruvchilarning xorijiy bozorlarga kirishini yengillashtirish va eksport geografiyasini kengaytirish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qishloq aholisining bandligini oshirish;
sog‘lom ovqatlanish imkoniyatini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori sifati hamda xavfsizligini oshirish, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirish;
tuproq unumdorligini oshirish va degradatsiyasining oldini olish, ekotizimning biologik xilma-xilligini, ekologik barqarorlikni saqlab qolish, “daladan dasturxongacha” texnologik sxemasi bo‘yicha sertifikatlashtirish va nazorat tizimlarini kuchaytirish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish va malakali mutaxassislar tayyorlash ishlarini jadallashtirishga qaratilgan.
Konsepsiya quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish
Organik va organomineral o‘g‘itlarning xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni ishlab chiqish.
Bolalar ovqatlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi maxsus texnik reglamentni ishlab chiqish.
Maxsus oziq-ovqat mahsulotlari, funksional parhez, davolash va parhez-profilaktika ovqatlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni ishlab chiqishda organik mahsulotlarga qo‘yilgan talablarni inobatga olish.
Organik yer maydonlariga belgi va ko‘rsatkichlar o‘rnatish shakli va tartibini joriy etish.
2. Sertifikatlashtirish, avtorizatsiya va akkreditatsiya tizimlarini shakllantirish
Organik ishlab chiqarish sohasidagi sertifikatlashtirish, avtorizatsiyalash va akkreditatsiyalashning milliy tizimlarini yaratish.
Organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish va sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyati ekvivalentligi (teng qiymatliligi)ni baholash va avtorizatsiyalash.
Organik mahsulotlar uchun davlat savdo belgisi (logotipi)ni ishlab chiqish.
“Biosifat” markaziy laboratoriyasini hamda Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi daraxt ko‘chatlari va gul qalamchalari bo‘yicha sinov laboratoriyasini Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi tarkibiga o‘tkazgan holda ushbu yo‘nalishdagi muvofiqlikni baholash idorasini tashkil etish.
3. Organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish uchun malakali kadrlarni tayyorlash va ularning malakalarini oshirish
Toshkent davlat agrar universitetida “Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash” yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash hamda Germaniya, AQSh, Fransiya, Isroil, Italiya, Turkiya kabi organik qishloq xo‘jaligi rivojlangan davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha yetakchi oliy va ilmiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Toshkent davlat agrar universiteti hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda Turkiyaning Egey universiteti va boshqa xorijiy ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va organik paxtachilik sohasida ilmiy-tadqiqotlar olib borish yuzasidan hamkorlik choralarini amalga oshirish.
Organik qishloq xo‘jaligini yuritish bo‘yicha o‘quv va uslubiy materiallarni tayyorlash.
Organik ishlab chiqarishning maqsadi va istiqbollari to‘g‘risidagi bilimlarni ommalashtirish ishlarini amalga oshirish.
Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash masalalari bo‘yicha fermer va dehqon xo‘jaliklari, tadbirkorlar va boshqa manfaatdorlar uchun o‘quv va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish.
“Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni organik ishlab chiqarishga o‘tkazish va sertifikatlashtirishga tayyorlash jarayonlarida ularning mutaxassislariga organik standart talablarini o‘rgatish va zarur hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari asosida maslahat xizmatlarini ko‘rsatish ishlarini tashkil etish.
“Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasining organik qishloq xo‘jaligi va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti talablarini joriy qiluvchi mahsulot yetishtiruvchilar, eksport qiluvchilar uchun masalahat xizmatlari, xalqaro ko‘rgazma, o‘quv seminarlari va treninglarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplash choralarini ko‘rish.
4. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ichki bozorlarni rivojlantirish va eksport geografiyasini kengaytirish
Mahalliy organik mahsulotlarni sotish uchun salohiyatli eksport bozorlarida marketing tadqiqotlari o‘tkazish va ichki bozorlarni rivojlantirish.
Talab yuqori va istiqbolli organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari turlarini aniqlash uchun organik mahsulotlar bozorlari konyunkturasini o‘rganish, yirik savdo tarmoqlarida organik mahsulotlarni qadoqlash va tamg‘alash turlarini tahlil qilish.
Organik mahsulot turlari bo‘yicha ichki bozor hajmi va eksport salohiyatini aniqlash.
Salohiyatli investorlarni jalb qilish orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh kabi davlatlarga organik mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan klastyerlar, kooperativ va logistika markazlarini tashkil etish.
Organik qishloq xo‘jaligi bilan aloqador subyektlarning sohaga tegishli respublika va xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirokini ta’minlash.
Organik mahsulotlarni iste’mol qilish orqali aholining sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish va uni targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish. Bunda, aholining keng qatlamlari bilan birga manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislari, meva-sabzavot klastyerlari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillarining ishtirokini ta’minlash.
Organik qishloq xo‘jaligi harakatlarining xalqaro federatsiyasi bilan aloqa o‘rnatish uchun organik tovar ishlab chiqaruvchilar uyushmasini tuzishga tashkiliy jihatdan ko‘maklashish.
Organik paxta xomashyosini yetishtirish, to‘qimachilik mahsulotlarini tayyorlash va eksport qilish bo‘yicha Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, AQSh va Yaponiya kabi ushbu yo‘nalishlar rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar (FAO, GIZ, USAID, KOPIA, JICA va boshq.)ning texnik ko‘maklari doirasida o‘quv tanishuv safarlarini tashkil etish. Bunda, manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislari bilan birgalikda organik paxta-to‘qimachilik klastyerlarini tashkil etish imkoniyatiga ega tadbirkorlar va fermyerlar ishtirok etishini ta’minlash.
Global organik to‘qimachilik standarti (Global Organic Textile Standard — GOTS) talablarini hamda xalqaro tajribani chuqur tahlil qilgan holda:
milliy standartlar ishlab chiqish va ular talablariga muvofiq eksportga yo‘naltirilgan organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yiladi;
eksport geografiyasini kengaytirish hamda to‘qimachilik sohasiga investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Textile Exchange faoliyati o‘rganiladi va u bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Turkiyaning EGEDENIZ TEKSTIL A.S bilan hamkorlikda organik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish choralarini ko‘rish.
Aholi ixtiyoridagi sut mahsulotlarini qabul qilish, qayta ishlash va sotishni o‘z ichiga olgan kooperatsiya tashkil etish bo‘yicha ilg‘or chet el tajribalarini o‘rganish va ushbu yo‘nalishda kooperativlar tashkil etish choralarini ko‘rish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarining ixtisoslashgan tumanlarida tashabbuskorlar tomonidan aholi xonadonlarida organik kurka yetishtirish tajribasini yaratish va yetishtirilgan mahsulotlarni organik sertifikatlashtirib, eksportga yo‘naltirish.
Respublikamizning kimyoviy ishlov berilmaydigan tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida yetishtirilayotgan yong‘oq va boshqa danakli mevalar va rezavorlarni kooperatsiyalar orqali organik sertifikatlashtirish va eksportga yo‘naltirish tadbirlarini tashkil etish.
5. Organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish doirasidagi ilmiy-tadqiqotlarni kengaytirish
Mintaqa va mahalliy darajalarda organik ishlab chiqarishni tashkil etish sharoitlari uchun qishloq xo‘jaligi yer turlarining yaroqliligini kompleks baholashdan o‘tkazish.
Kompleks baholash natijasida organik ishlab chiqarishni tashkil etish uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, viloyatlar va tabiiy-qishloq xo‘jaligi tumanlarining yaroqliligi bo‘yicha xo‘jaliklar sonini aniqlash.
Organik ishlab chiqarishni ta’minlaydigan texnologik omillar va biologik vositalardan kompleks foydalanishga tayanadigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari, o‘simliklarni himoya qilish, o‘g‘itlar va biopreparatlar qo‘llashning yaxlit tizimlari, tuproqlarga ishlov berish va almashlab ekish (dala va yem-xashak, sabzavot hamda kartoshka) usullarini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalarida organik ishlab chiqarishni tasarruf etishning asoslarini shakllantirish.
Klastyerlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun organik standartlar va organik qishloq xo‘jaligining asosiy tamoyillari bo‘yicha organik dehqonchilik tizimlariga bosqichma-bosqich o‘tish usullarini ishlab chiqish.
Organik chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.
Organik mahsulotlar bozorlarini samarali shakllantirish, ularni sertifikatlashtirish va tamg‘alash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish.
Organik paxtachilik va organik to‘qimachilik sohasining ilmiy asoslarini rivojlantirish.
Organik urug‘chilikni tashkil etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish va jadallashtirish.
Organik ishlab chiqarishga asoslangan o‘simlikshunoslik va chorvachilik sohasidagi fermyerlar, dehqonlar va boshqa kichik tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish uchun amaliy namoyish maydonchalarini yaratish.
6. Organik ishlab chiqarish doirasidagi hisob-kitoblar va hisobotlar
Organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishni va sotishni amalga oshiruvchi shaxslar to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni chop etish va organik mahsulot (xomashyo)larni ishlab chiqaruvchilar reyestrini yuritish.
Organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarga sotish to‘g‘risidagi davlat statistika hisobotini taqdim etish usullarini ishlab chiqish.
Organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarga sotish to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni chop etish.
Organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarga sotish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida amaldagi davlat statistika hisoboti shakllarini takomillashtirish, zarur hollarda yangi hisobot shaklini ishlab chiqish va joriy etish.
7. Organik ishlab chiqarish tizimlarini xalqaro tizimlarga integratsiyalashtirish
Organik qishloq xo‘jaligi doirasidagi sertifikatlashtirish idoralarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.
Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining IFOAMda ishtirokini, Markaziy Osiyo va global darajada organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishini tashkil etish.
Xalqaro organik forumlarda (ilmiy-tadqiqot masalalari yoki sertifikatlashtirish bo‘yicha) ishtirok etish.
Organik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro anjuman tashkil etish. | 163 | 23,879 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni keng jalb etish, ularning korporativ boshqaruvda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, sifatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni va ularni tashqi bozorlarga yetkazib berishni tashkil etishda faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aktivlari va ulushlarini qisqartirish hisobiga iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
ustav kapitalidagi davlat ulushining kamida 15 foizi xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
ustav kapitalidagi kamida 15 foiz ulushi, shu jumladan qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish yo‘li bilan, xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
ishlab chiqarish va strategik xomashyoni dastlabki qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining, shuningdek tabiiy monopoliyalar subyektlarining hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni tartibga solib boriladigan narxlar bo‘yicha yetkazib beruvchilarning ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tizimli ravishda monitoringini olib borish va monitoring natijalari bo‘yicha hisobotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borishni;
aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi belgilangan muddatlarda sotilmagan davlat ulushlarini keyinchalik tasarruf etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini ta’minlasin.
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini xatlovdan o‘tkazish va baholash uchun zarur bo‘lgan kadastr hujjatlarining to‘liq hajmda tayyorlanishini o‘n kun muddatda ta’minlasinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari:
xo‘jalik boshqaruvi organlarining taqdim etilgan takliflari asosida ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish jadvallarini o‘n kun muddatda tasdiqlasinlar;
aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish jadvallarini bajarilishining borishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
5. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan aksiyadorlik jamiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda:
potensial xorijiy investorlarni qidirib topish va aksiyadorlik jamiyatlariga jalb etish;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini, ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, shuningdek Internet tarmog‘ida aksiyalar paketlarini sotish va beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risidagi axborotlarni keng yoritish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xo‘jalik boshqaruvi organlari va aksiyadorlik jamiyatlari muassislari bilan birgalikda, o‘zlarining ustav kapitallarida xorijiy investorlarni kamida 15 foiz miqdoridagi ulushlar bilan qatnashishga jalb etishni belgilangan muddatlarda ta’minlamagan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirishni 2016-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda ta’minlasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorining 8-bandida belgilangan muddatda qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatib o‘tilgan qarorida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari berishga doir tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 398-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Xoldinglar to‘g‘risidagi nizomda:
a) I bo‘limning 1-bandi birinchi xatboshidagi “ochiq” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) III bo‘limning 3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) IV bo‘limning 1-bandidagi “Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-oktabrdagi 452-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 10-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji qishloq xo‘jaligi bozori to‘g‘risidagi Namunaviy nizomda:
a) 1-banddagi “ochiq turdagi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 22-banddagi “ochiq” so‘zi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari to‘g‘risidagi nizomda:
6-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“investitsiya vositachilarining va (yoki) Markaziy depozitariyning elektron topshiriqlari yoxud hisob-kitob-kliring palatasining boshqa a’zolari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida “to‘lovga qarab yetkazib berish” tamoyili bo‘yicha bitishuvlar natijalariga ko‘ra majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash”;
quyidagi mazmundagi 71 va 72-bandlar qo‘shilsin:
“71. Uchinchi shaxslarning, shu jumladan sudlarning va boshqa davlat organlarining qimmatli qog‘ozlar savdolari tashkilotchisi majburiyatlari bo‘yicha talablari hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamidagi savdolar qatnashchilarining pul mablag‘lari hisobiga qondirilishi mumkin emas.
72. Qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar natijalari bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga pul mablag‘larini qabul qilishda va o‘tkazishda vakolatli bank tomonidan vositachilik xizmatlari haqi undirilmaydi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y ., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi birinchi xatboshidagi “1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalarda” so‘zlaridan keyin “shuningdek aktivlarning balans qiymati eng kam oylik ish haqining yuz ming baravaridan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida” so‘zlari qo‘shilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-martdagi PQ-1727-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 22-maydagi 140-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshidagi “fond bozorini yanada rivojlantirish uchun” so‘zlaridan keyin “shu jumladan “Eng yaxshi korporativ boshqaruv”, “Eng yaxshi investitsiya vositachisi” va “Eng yaxshi investitsiya konsultanti” har yilgi tanlovini o‘tkazish uchun, shuningdek korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasida xalqaro konferensiyalar, “davra suhbatlari” va seminarlar o‘tkazish uchun” so‘zlari qo‘shilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarining 7-bandidagi “ochiq” so‘zi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlari va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qaroriga 3-ilovadagi 42-pozitsiya chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 9-oktabrdagi 289-son qarorida:
a) 1-ilovada:
19 va 104-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
185-pozitsiyadagi “O‘zavtosanoat” AK” so‘zlari “O‘zavtosanoat” AK” (“QIZIL SUV” ShARBATI)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
193 — 194-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
226-pozitsiyadagi “27,22%” raqamlari “1,37%” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
11-pozitsiya chiqarib tashlansin;
23-pozitsiyadagi “O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati” AJ” so‘zlari ““O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati***” so‘zlari bilan almashtirilsin;
60-pozitsiyadagi “Kogon-yog‘” so‘zlari ““O‘zpaxtayog‘” so‘zi bilan almashtirilsin;
62-pozitsiyadagi “Qizilqumsement” AJ” so‘zlari “O‘zqurilishmateriallari” AK” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh qo‘shilsin:
“*** Davlat aktivlarini o‘tkazish aksiyalarni nominal qiymati bo‘yicha qo‘shish va konvertatsiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi”.
1. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 8-son, 31-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “1999-2000-yillarda xususiylashtirishni chuqurlashtirish va davlat mulkini sotishdan mablag‘lar tushishini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga 8-ilovaning 8-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga 6-ilova II bo‘limining 15-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarori 1-bandining ikkinchi va beshinchi xatboshi, shuningdek uning 1, 4-ilovalari hamda 5-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-son hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2008-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-183-son qonunlari)” 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 79-modda). | 231 | 11,680 |
Qonunchilik | Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika (katta) inspektorlarini 2021 — 2023-yillarda xizmat uy-joylari bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2906-son qaroriga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlari uchun xizmat uy-joylari jadal qurilishini tashkil etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarda ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini bevosita ular xizmatni o‘taydigan hududda joylashadigan xizmat uy-joylari bilan ta’minlash dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
jami 2 965 ta, shundan 2021-yilda 993 ta, 2022-yilda 988 ta hamda 2023-yilda 984 ta uy-joyni yangidan qurish;
jami 223 ta, shundan 2021-yilda 80 ta, 2022-yilda 72 ta hamda 2023-yilda 71 ta yangi xonadon xarid qilish;
jami 161 ta, shundan 2021-yilda 63 ta, 2022-yilda 51 ta hamda 2023-yilda 47 ta uy-joyni to‘liq ta’mirlash.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Dastur doirasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi DUK — xizmat uy-joylarini qurish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi;
xizmat uy-joylari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga muvofiq 0,02 gektar hajmdagi yer uchastkalarida joylashtiriladigan, hovli inshootlariga ega bo‘lgan bir qavatli 2 va 3 xonali uy-joylarning namunaviy loyihasi bo‘yicha quriladi;
xizmat uy-joylarini qurish, qurishga massivlarni tayyorlash, sug‘orish suv quvuri, irrigatsiya tarmoqlari, kirib kelish yo‘llari, yo‘laklari va tashqi yoritish tarmoqlarini qurishni hisobga olgan holda, ularning hududlarini obodonlashtirish, shuningdek, xizmat uylari uchun yangi xonadonlarni xarid qilish hamda uy-joylarni to‘liq ta’mirlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
qurilish ishlarini amalga oshirish uchun bosh pudratchi va bosh loyihachi tashkilotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov (tender) asosida aniqlanadi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Dasturning ijrosini ta’minlash doirasida:
ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlari uchun bevosita ular xizmatni o‘taydigan hududda joylashadigan xizmat uy-joylarini shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq belgilangan muddatlarda sifatli qurilishini ta’minlasin;
shahar joylarda ko‘p kvartirali uylardan kvartiralar xarid qilsin yoki mahalliy hokimliklar tomonidan kvartiralar va uy-joylar ajratib, ularni ichki ishlar organlariga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazib bersin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2906-son qaroriga muvofiq 2017 — 2019-yillarda tayyor bino va inshootlarda joylashgan to‘liq ta’mirlanmagan 161 ta xizmat uy-joylari to‘liq ta’mirlanishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Dasturning ijrosi doirasida qurilgan uy-joy, xarid qilingan yoki mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan hamda ta’mirlangan kvartira va uy-joylarni belgilangan tartibda qabul qilib olish hamda ularning mazkur hududlarda xizmat faoliyatini olib borayotgan ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika (katta) inspektorlariga biriktirilishini ta’minlasin;
Dasturning bajarilishini monitoring qilib borgan holda, har yarim yilda uning ijrosi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib borsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi mazkur qaror doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha bajariladigan ishlarning sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. | 166 | 4,508 |
Qonunchilik | “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-705-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 28-oktabrda kiritilgan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-705-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 157 | 691 |
Qonunchilik | Davlat tikuv-trikotaj korхonalarining kreditlarini qisman qoplaydi | Prezidentning 12.02.2019 yildagi «Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzA saytida joylashtirilgan.
2019 yil 1 apreldan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi 2019-2021 yillarda tikuv-trikotaj korхonalariga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq хarajatlarni qoplaydigan boʻldi. Buning sharti – ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizi eksport qilinishi kerak.
Foizlar quyidagi qismlarda qoplanadi:
Samir Latipov. | 66 | 685 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida | Ko‘p yillik samarali mehnati, respublikada iqtisodiyotni yuksalishiga, xalq farovonligining oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga qo‘shgan ulkan xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: | 190 | 198 |
Qonunchilik | Qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish prokuraturaga topshiriladi | Qonunchilik palatasida Yurtboshimizning 2014 yil 24 iyuldagi “Qonunchilik ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini ijro etish uchun ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi” qonun loyihasini yalpi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
-Mazkur Farmon bilan Bosh prokuratura tarkibida Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar tarkibida - Bosh boshqarmaning hududiy boʻlimlari tuzildi, - tushuntirdi Shuhrat ShARAFUTDINOV, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, OʻzLiDep fraksiyasi a’zosi. – Bunday tuzilmani barpo etishdan maqsad - davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarining ijrosi hamda ular tomonidan qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish. Shu bilan bir vaqtda ushbu maqsadda Adliya vazirligi tarkibidagi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi tugatildi.
Shularni hisobga olib, amaldagi milliy qonunchilikka, jumladan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish talab etildi.
Bunday tuzilmaning barpo etilishi mamlakatimizda qonunchilik ijrosini ta’minlash tizimini, хususan ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shu jumladan, qishloq хoʻjaligida, tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrishni sezilarli ravishda takomillashtirish imkonini beradi. Aniq gapiradigan boʻlsak, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 42-moddasidan Adliya vazirligining qonuniylikka rioya etilishining monitoringi hamda nazoratini amalga oshirish vakolatini chiqarib tashlash koʻzda tutilmoqda.
Bundan tashqari, mazkur idoraning huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish, huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish boʻyicha vakolati Bosh prokuraturaning Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bosh boshqarmasiga beriladi. Shuning uchun amaldagi qonunchilikni uygʻunlashtirish va birхillashtirish maqsadida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish koʻzda tutilmoqda.
* * *
Mamlakatimiz хalqimizning siyosiy va iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashqi aloqalarni rivojlantirmoqda. Oʻzbekistonning ustuvor tashqi siyosiy hamkorlari sirasiga mustaqillikka erishilgan davrdan boshlab har tomonlama munosabatlar rivojlanayotgan Germaniya Federativ Respublikasi kiradi. Aynan shuning uchun “1999 yil 7 sentyabrdagi (Berlin, 14.10.2014 y.) Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikkiyoqlama soliq solishni oldini olish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ushbu hamkorlikni chuqurlashtirish imkonini beradi.
Mazkur Bayonnoma Bitimga soliq sohasida aхborot almashish va oʻzaro yordam koʻrsatish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan tuzatishlar kiritishni koʻzda tutadi. Jumladan, ushbu hujjat bilan barcha soliq turlari boʻyicha aхborot almashish, tomonlarning aхborot berishi va undan foydalanishi tartib-tamoyili, shu jumladan, bir tomonning uning aхborotidan boshqa mamlakatda foydalanishga rozilik olish hamda boshqa masalalar boʻyicha soʻrovlarni ijro etish boʻyicha choralar koʻrishni koʻzda tutadi. Bundan tashqari, Bayonnomaning yangi qoidalari vakolatli organlarning bevosita aloqa oʻrnatishiga koʻmaklashadi, shu bilan birga koʻp qirrali hamkorlikka imkoniyat yaratadi, shuningdek soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash va suiiste’molliklarga qarshi kurashish hamda davlatlarning tegishli byudjetlariga yangi tushum manbalarini aniqlash imkonini beradi.
Har tomonlama va tanqidiy muhokamadan soʻng ikkala qonun loyihasi ham birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Ma’ruf USMANOV suhbatlashdi va yozib oldi. | 69 | 4,390 |
Qonunchilik | QL-706 va QL-724-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-706-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi va “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-724-sonli “O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “2021-yil uchun “O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 96 | 937 |
Qonunchilik | Karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyхati kengaytirildi | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2543, roʻyхat raqami 2544, 26.12.2013 y.) bilan tasdiqlangan Respublikada karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarning roʻyхatiga (roʻyхat raqami 2544-1, 22.12.2020 y.) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
«Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq hujjat Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyхati deb qayta nomlandi. Unga quyidagi guruhlar kiritildi:
Oʻzbekiston Respublika hududida uchramaydigan oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlar:
a) zararkunandalar – 88 nomdagi;
b) oʻsimlik kasalliklari:
- zamburugʻ kasalliklari – 16 turdagi;
- nematodalar – 5 turdagi;
- bakterial kasalliklar – 11 turdagi;
- virus kasalliklari – 24 turdagi;
v) begona oʻtlar – 36 nomdagi.
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tarqalgan oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlar:
a) zararkunandalar – 7 turdagi;
b) begona oʻtlar – 3 turdagi.
Oʻsimliklar karantini – qishloq хoʻjaligiga va boshqa oʻsimliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini ob’yektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday ob’yektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 75 | 1,497 |
Qonunchilik | Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organni | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining dastlabki roziligi olinadi:
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini qayta tashkil etishda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirishda);
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, ularning affillangan shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarining faoliyat turi o‘zgarganda.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalari o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar — ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat unitar korxonalari va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalari;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning affillangan shaxslari — ustav fondining (ustav kapitalining) 20 foizi va undan ortig‘i bevosita yoxud bilvosita 20 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar. Bilvosita tegishlilik har bir keyingi affillangan shaxsga boshqa yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 20 foiz va undan ortiq aksiya (ulushlari) tegishli ekanligini anglatadi;
tovar bozorlarining tahlili — tashkil etilayotgan va (yoki) faoliyat yuritayotgan davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tegishli tovar, moliya va raqamli bozorga ehtimoliy ta’sirini belgilashni nazarda tutuvchi choralar majmuasi;
ariza beruvchi — davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ularning affillangan shaxslari bilan birgalikda yoki xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
dastlabki rozilik — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — monopoliyaga qarshi organ) tomonidan davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) ushbu Nizom talablari asosida beriladigan rozilik.
3. Mazkur Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq yoki mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish (qayta tashkil etish) hollariga tatbiq etilmaydi.
4. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi ariza:
a) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan:
o‘z faoliyatini respublikaning barcha hududlarida yoki bir nechta hududida amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish (qayta tashkil etish) holatlarida;
xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etishda (qayta tashkil etishda), agar xo‘jalik yurituvchi subyektning muassislari bo‘lgan davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki uning affillangan shaxslari tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa;
xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etishda (qayta tashkil etishda), agar muassislari davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlari bo‘lsa;
b) respublikaning tegishli hududi doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradigan muassisi mahalliy davlat hokimiyati organi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish (qayta tashkil etish) hollarida — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
5. Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi olinadi:
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini qayta tashkil etishda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirishda);
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, ularning affillangan shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek, ularning affillangan shaxslari yoki xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarining faoliyat turi o‘zgarganda.
6. Ariza beruvchi monopoliyaga qarshi organga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda asoslangan hujjatlar bilan birga arizani taqdim etadi.
7. Monopoliyaga qarshi organ ariza taqdim etilgan kundan e’tiboran quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
tashkil etiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turi qonun hujjatlariga mos kelishini ikki kun ichida aniqlaydi;
tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektning, uning affillangan shaxslarining yoki davlat muassasasining toifasini (kichik, o‘rta yoki yirik tadbirkorlik subyekti) uch kun ichida aniqlaydi;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyekt, uning affillangan shaxslari yoki davlat muassasasi tashkil etiladigan tovar bozori va uning chegaralarini besh kun ichida aniqlaydi;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyekt, uning affillangan shaxslari yoki davlat muassasasi tashkil etilishi rejalashtirilgan tovar bozorida davlatning tadbirkorlik faoliyatiga chegaralangan ishtiroki prinsiplariga rioya etilishini yigirma kun ichida aniqlaydi;
tegishli tovar bozorida davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish uchun tovar bozorida to‘siqlar (tegishli bozordagi faoliyatni tartibga soluvchi nizomlar, texnik reglamentlar va boshqa hujjatlar) mavjudligini besh kun ichida aniqlaydi;
tegishli tovar bozorida raqobat rivojlanganligini aniqlash maqsadida o‘n besh kun ichida quyidagi davlat organlariga so‘rovnomalar yuboradi, jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga ro‘yxatdan o‘tgan bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni to‘g‘risida so‘rovnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyekti faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmlari bo‘yicha so‘rovnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyekti faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida tovarlarning eksporti va importi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ro‘yxatini va hajmlari bo‘yicha so‘rovnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga davlat-xususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish bo‘yicha so‘rovnoma.
8. Arizani o‘rganish jarayonida to‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha tayyorlangan xulosa asosida davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi qarori o‘n kun ichida qabul qilinadi va ariza beruvchiga yuboriladi.
Agar davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, ularning affillangan shaxslari O‘zbekiston Respublikasi Hukumat qarori bilan tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan) bo‘lsa, unda monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish to‘g‘risidagi ariza tegishli qaror loyihasini kelishish (imzolash) uchun kiritilishidan oldin monopoliyaga qarshi organga taqdim etilishi zarur.
9. Agar monopoliyaga qarshi organ tomonidan tovar bozorida xususiy tadbirkorlik subyektlari mavjud emasligiga obyektiv sabablar aniqlanmagan taqdirda, davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, ularning affillangan shaxslari faoliyatiga tegishli tovar bozorida ularning uch yil muddatga qolish sharti bilan ruxsat beriladi. Ushbu muddat tugagandan so‘ng monopoliyaga qarshi organ mazkur xo‘jalik subyektini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xususiy sektorga realizatsiya qilish masalasini qo‘rib chiqadi.
10. Monopoliyaga qarshi organ davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, ularning affillangan shaxslari tashkil etilishini quyidagi hollarda rad etadi, agar:
bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa;
ushbu xo‘jalik yurituvchi subyekt tegishli faoliyat turi (litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyalash, ruxsatnoma berish) bo‘yicha davlat tartibga solish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan va ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotgan bo‘lsa;
yagona yetkazib beruvchi bo‘lgan yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga faoliyati muassisi tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shug‘ullanadigan o‘zlarining affillangan shaxslarini tashkil etish taqiqlanadi, ushbu affillangan shaxslarni raqobatchilari bilan teng shartlar asosida faoliyat yuritish sharoiti ta’minlangan holda bo‘lib yuborish natijasida tashkil etish bundan mustasno.
Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etish (qayta tashkil etish) to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxsning harakatlari mazkur Nizomning 10-bandi talablariga muvofiq rad etish holatlarini keltirib chiqargan taqdirda ham, ushbu yuridik shaxsning xatti-harakatlari iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish (qayta tashkil etish) bo‘yicha harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
11. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga dastlabki rozilik olish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:
ariza beruvchi tomonidan arizani qaytarib olish to‘g‘risida xabarnoma kelib tushsa;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, agar ushbu ma’lumotlarning mavjud emasligi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilsa;
ariza beruvchi tomonidan arizani obyektiv ko‘rib chiqishga ta’sir qiladigan ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilsa.
12. Ariza ko‘rib chiqilishi tugatilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi organ bu to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan e’tiboran uch kun muddatda ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Arizani ko‘rib chiqish tugatilgandan so‘ng ariza beruvchi dastlabki rozilik olish bo‘yicha yangi ariza bilan monopoliyaga qarshi organga murojaat qilishga haqli.
13. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga dastlabki rozilik olish to‘g‘risidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug‘i bilan tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Maxsus komissiya yig‘ilishiga, zaruratga ko‘ra, rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga murojaat qilgan ariza beruvchining vakili, moliya tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organlari vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar jalb etilishi mumkin.
14. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) ushbu harakatlarni amalga oshirishga dastlabki rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddatda harakat amalga oshirilmagan taqdirda, qaror o‘z kuchini yo‘qotadi.
15. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini ro‘yxatga olishda (qayta ro‘yxatga olishda) Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga kiritiladigan (yuklanadigan) ma’lumotlar va hujjatlar ro‘yxatidan monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi berilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risidagi qarorlar mavjudligini tekshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining tegishli hujjatlari bilan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ monopoliyaga qarshi organning davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini tashkil etishni (qayta tashkil etishni) rad etish to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi.
16. Monopoliyaga qarshi organ affillangan shaxslarni aniqlashda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining elektron axborot tizimi orqali ma’lumot almashuvini amalga oshiradi.
17. Monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligisiz davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek ularning affillangan shaxslarini ro‘yxatga olish (qayta ro‘yxatga olish) holati aniqlangan taqdirda, uni tashkil etishni (qayta tashkil etishni) tashabbuskoriga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
18. Monopoliyaga qarshi organ ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
ustun mavqening paydo bo‘lishiga yoki kuchayishiga yoxud raqobatni cheklashga olib keladigan bitimni haqiqiy emas deb e’tirof etish, davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek ularning affillangan shaxslarni ro‘yxatga olish holatini bekor qilish, qonunga zid ravishda tashkil etilgan davlat ishtirokidagi korxonani tugatish yoki faoliyat turini o‘zining oldingi faoliyat turiga o‘zgartirish bo‘yicha sudga da’vo ariza (ariza) kiritish;
tashkil etilgan yoki qayta tashkil etish yo‘li bilan o‘zgartirilgan yuridik shaxsni saqlab qolish to‘g‘risida.
19. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va ularning hududiy organlari hamda Davlat xizmatlari markazlari ushbu Nizom talablari bajarilishini doimiy nazorat qilib boradi.
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
1. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 12-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berilganligi to‘g‘risidagi qarori — davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslari uchun”;
b) quyidagi mazmundagi 411-band bilan to‘ldirilsin:
“411. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek ularning affillangan shaxslarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda monopoliyaga qarshi organning dastlabki rozilik berish rad etilganligi to‘g‘risidagi qarori mavjudligi asos bo‘ladi”;
v) 5-ilova quyidagi mazmundagi 1-18-2-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
2. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi reglamentiga ilova quyidagi mazmundagi 131-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: | 250 | 19,485 |
Qonunchilik | Buхgalteriya hisobi kursiga qabul boshlandi | «Norma» PRM X.Madalхonovaning «Buхgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursiga taklif etadi. Kurs 19 avgust kuni boshlanadi.
Havola orqali oʻtib yozilish mumkin.
Ushbu oʻquv dasturimiz buхgalteriya hisobiga endi ilk qadamni qoʻyishni oʻylab, lekin biroz ikkilanib turgan insonlarning buхgalteriya toʻgʻrisidagi gumonlariga barham berish uchun moʻljallangan kursdir.
Oʻrganishning kunduzgi shaklida kursning oʻquv rejasi boʻyicha oʻqituvchi bilan bevosita muloqot qilib maslahat olish bilan birgalikda oʻquv sinflarida oraliq va yakuniy sinovlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Kurs noldan balansgacha boʻlgan barcha mavzularni oʻz ichiga olib, kompyuterda qiziqarli masalalar yechish orqali balansni va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni mustaqil shakllantirishni oʻrgatadi. 1UZ dasturi bilan tanishish imkoniyati mavjud.
Kurs qiziqarli videoroliklar bilan boyitilgan.
Mashgʻulotlarni oliy ma’lumotli mutaхassis, buхgalteriya hisobini yuritish boʻyicha 14 yillik, oʻqituvchilik faoliyatida 8 yildan ortiq tajribaga ega MADALXONOVA Hulkar Rustamovna olib boradi.
Havola orqali oʻtib kurs dasturi haqida batafsil bilish mumkin. | 43 | 1,146 |
Qonunchilik | ChO‘PONLAR KO‘P YILLIK XIZMATI UChUN PENSIYA OLISh HUQUQIGA EGA BO‘LGAN JUMHURIYATDAGI SUVSIZ ChO‘L NOHIYALARINING VA SUVSIZ ChO‘L NOHIYALARI HUDUDIDA JOYLAShGAN QIShLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINING RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | “SSSRda fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi SSSR Qonuniga va SSSR Davlat mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining “Cho‘ponlar ko‘p yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan suvsiz cho‘l rayonlarini belgilash to‘g‘risida” 1990-yil 26-noyabrdagi 437-son qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Cho‘ponlar ko‘p yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan jumhuriyatdagi suvsiz cho‘l nohiyalarining va suvsiz cho‘l nohiyalari hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashiga Qoraqalpog‘iston MSSJ nohiyalari uchun shunday ro‘yxatni tuzish huquqi berilsin.
2. SSSR Davlat mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 1990-yil 26-noyabrdagi 437-son qarori bilan tasdiqlangan cho‘ponlar ko‘p yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan suvsiz cho‘l nohiyalari hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini aniqlash bo‘yicha Metodik tavsiyalar, 2-ilovaga muvofiq, amal qilish uchun qabul qilinsin.
Hududida ishlaganligi uchun cho‘ponlar ko‘p yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan suvsiz cho‘l nohiyalariga keskin radiatsion va jazirama issiq, shuningdek, o‘ta suvsizlik bilan xarakterlanuvchi mutlaq noqulay (keskin qumlik) va ekstremal noqulay (kuchli qumlik) zonalardagi joylar kiradi.
Suvsiz cho‘l nohiyalarining ro‘yxati SSSR Fanlar akademiyasining geografiya instituti o‘tkazgan SSSR hududini rayonlashtirish asosida qumlik va suvsizlik darajasiga ko‘ra aniqlangan.
Qumlilik darajasiga ko‘ra hududlarni tabaqalashtirish insonning fiziologik issiqlik sezishini xarakterlovchi bioiqlim ko‘rsatkichlari yig‘indilari va hududning iqlim xususiyatlarini aks ettiruvchi tuproq-o‘simlik sharoitlari bo‘yicha amalga oshirilgan.
Ochiq havoda ishlash chog‘idagi noqulaylik qumlik bilan bog‘langan. U quyoshning bevosita radiatsiyasidan doimiy himoya qilishni, ishda alohida sutkalik tartib, ovqatlanish, suv bilan ta’minlashni talab qiluvchi inson uchun tabiiy zonaning katta qismidagi iqlim sharoitlarining xususiyatlari (kunlik haroratning juda yuqoriligi, kam bulutli ob-havo, kun mobaynida haroratning keskin o‘zgarib turishi, havoning quruqligi) bilan bog‘liq.
Ko‘chma qumlar, sho‘rxoklar, kuchli shamol, qum va tuz bo‘ronlari, zaharli ilonlar, zaharli va qon so‘ruvchi hasharotlar qo‘shimcha murakkablashtiruvchi omillar hisoblanadi.
Shu bilan birga cho‘l zonalari chegaralarida yaxshiroq tabiiy iqlim sharoitlari bo‘lgan, transport tarmoqlari ko‘p va ijtimoiy infrastruktura yetarlicha rivojlangan (yirik aholi istiqomatgohlari, sanoat markazlari, vohalar, daryo vodiylari, tog‘li joylar va hokazo) rayonlar mavjud. Shu sababli suvsiz cho‘l nohiyalarining ro‘yxati qumlik va suvsizlik bilan bog‘liq turmush sharoitlari qulayliklarining umumiy zonal o‘zgarishlarini aks ettiradi.
Cho‘ponlarning ko‘p yillik xizmati uchun pensiya olish huquqini belgilash faqat suvsiz cho‘l nohiyalari hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini albatta aniq belgilagan holdagina amalga oshirilishi mumkinki, mazkur joylarda ishlash yuqorida ko‘rsatilgan omillarning inson organizmga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu korxonalarning yoki ular bo‘linmalarining ro‘yxatini tasdiqlashda yaylovlarning suv manbalariga, sanoat va madaniyat markazlariga, aholi istiqomatgohlariga nisbatan joylashgan o‘rnini, hududning transport va energetika infrastrukturasi bilan ta’minlanganligini, shuningdek, boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olish zarur. | 229 | 3,513 |
Qonunchilik | Advokatlik tuzilmalari uchun yangi nomenklatura tasdiqlandi | Advokatlar palatasi raisining 20.11.2017 yildagi 1-kх-son buyrugʻi bilan Advokatlik tuzilmalarining yangilangan namunaviy ishlar nomenklaturasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy saytida хabar beriladi.
Bu advokatlik tuzilmalari faoliyatida hujjatlar bilan ishlashni soddalashtirish va хodimlar uchun qulayliklar yaratishga хizmat qiladi, deyiladi хabarda. Yangi ishlar nomenklaturasi 2017 yil 1 dekabrdan joriy etildi.
Agar avval har bir advokatlik tuzilmasida 60 dan ortiq ishlar va 29 ta kitob yuritish zarur boʻlgan boʻlsa, endilikda faqat 10 ta ish (ya’ni ishlar soni 6 marta qisqardi) va 7 ta roʻyхatga olish kitobini (qisqartirish – 4 marta) yuritish tavsiya etiladi.
Buyruqni tayyorlashda tajribali amaliyotchilarning takliflari ham inobatga olingan. Yangi namunaviy ishlar nomenklaturasi va kitoblar bilan havola boʻyicha tanishish mumkin. | 59 | 864 |
Qonunchilik | Davlat organlari хorijiy grantlar bilan qanday ishlaydi | Prezidentning 10.10.2019 yildagi “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish meхanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5848-son Farmoni imzolandi.
Mazkur yoʻnalishdagi ishlar doirasida vakolatlar chegaralandi:
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari - loyiha tashabbuskorlari harakatlarining keyingi algoritmi ular grantlarining miqdoriga bogʻliq (bir loyiha boʻyicha):
2020 yil 1 avgustga qadar “Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini elektron tarzda kelishish, monitoring qilish va hisobga olish” aхborot tizimini ishlab chiqishlari va joriy etishlari lozim. 2021 yilning boshidan boshlab yuqorida koʻrsatilgan dasturlarni kelishish, shakllantirish va tasdiqlash mazkur aхborot tizimi orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.
Tarkibiy oʻzgarishlar ham nazarda tutilgan. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Komissiyasining teхnik koʻmagini muvofiqlashtirish byurosi tugatilmoqda. Uning huquqlari, majburiyatlari, shtat birliklari va mulki (bino va inshootlari) tuzilmasida Tashqi begʻaraz koʻmakni muvofiqlashtirish departamenti tashkil etilgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga topshiriladi.
Shu bilan bir qatorda 2019 yil 1 dekabrdan boshlab:
Imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar Oʻzbekistonning dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi hisoblanadi. Xususan:
birinchidan, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi хorijiy mutaхassislar uchun davlat boji undirilmagan holda koʻp martalik vizalar va vaqtincha propiska (jumladan muddati uzaytirilishi) rasmiylashtiriladi, beriladi va muddati uzaytiriladi;
ikkinchidan, loyihalar doirasida хarid kilingan transport vositalari majburiy toʻlovlar va yigʻimlar undirilmagan holda roʻyхatga olinishini ta’minlaydi, avtomototransport vositasini roʻyхatga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma va davlatning roʻyхatga olish raqam belgilari uchun toʻlovlar bundan mustasno;
uchinchidan, loyihalar doirasida roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi berilgan holda dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy teхnikani bir martalik roʻyхatga olish, shuningdek хorijda amalga oshirilgan roʻyхatga olish natijalarini tan olish davlat reyestriga kiritmasdan va belgilangan yigʻimlarni undirmagan holda amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.10.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 55 | 2,482 |
Qonunchilik | O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2009-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2009-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. | 137 | 239 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-122-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish).
2. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-123-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-125-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-126-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish).
5. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-130-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
6. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-131-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
7. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
8. “Islom hamkorlik tashkiloti Ustavini (Dakar, 2008-yil 14-mart) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi QL-133-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
9. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan o‘tkaziladigan navbatdagi uchrashuvlarini tashkil etish masalalari to‘g‘risida. | 94 | 1,932 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla” ma’rifiy teleradiokanalini tashkil etish va raqamli teleko‘rsatuvlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 17-dekabrdagi PQ-2273-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish to‘g‘risida” 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-sonli Farmonida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “va “Mash’al” radiokanali” so‘zlari chiqarib tashlansin.
b) 4-bandida:
birinchi xatboshidagi “yopiq” so‘zi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “yopiq” so‘zi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilaridagi “YoAJ” qisqartma so‘zi “AJ” qisqartma so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning o‘n ikkinchi xatboshidagi “yopiq aksiyadorlik” so‘zlari “aksiyadorlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 7-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
d) 1-ilovada:
I bo‘lim quyidagi mazmundagi 12-band bilan to‘ldirilsin:
“12. “Mahalla” teleradiokanali”;
III bo‘limning 1-bandidagi “yopiq aksiyadorlik” so‘zlari “aksiyadorlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
e) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
j) 3-ilovada:
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Kompaniya markaziy apparatdan, “O'zbekiston” teleradiokanali, “Sport” teleradiokanali, “Toshkent” teleradiokanali”, “Respublika teleradiomarkazi”, “O'zbektelefilm”, “O'zbekiston MTRK Mediamarkazi”, “Madaniyan va ma'rifat” telekanali, “Dunyo bo'ylab” telekanali, “Mahalla” teleradiokanali davlat unitar korxonalaridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi, viloyatlar teleradiokompaniyalaridan, Maxsus avtokorxonadan, “Oqtosh” pansionati, poliklinikadan tashkil topadi. Kompaniya “Yoshlar” teleradiokanali” aksiyadorlik jamiyatidagi aksiyalarning davlat ulushini boshqaradi”;
14-bandda:
o‘n ikkinchi xatboshidagi “yopiq aksiyadorlik” so‘zlari “aksiyadorlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Mahalla” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi uchun:
o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi davomida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida shakllangan noyob milliy tuzilma — mahalla institutining jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishdagi, aholi uchun hayotiy muhim ijtimoiy masalalarni hal etishdagi, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tishning maqsadli vazifalariga erishishdagi roli va ahamiyati to‘g‘risida mamlakat aholisini keng xabardor qilish, shuningdek mahallani har tomonlama rivojlantirish va samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish borasidagi tajribani yoritish;
jamiyatda yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirishda, milliy urf-odatlar va an’analarni avaylab-asrash va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni saqlab qolish va mustahkamlashda, joylarda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlashda mahalla institutining roli va ahamiyatini yaqqol ko‘rsatuvchi dasturlar yaratish;
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy- axloqiy muhit, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitini shakllantirish, tabarruk yoshdagi kishilarga g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni, ayniqsa qizlarni tarbiyalashga ko‘maklashish, erta nikohdan o‘tishlarning oldini olish, yigit va qizlarni sog‘lom va mustahkam oila qurishga ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlash, to‘ylar, boshqa tantanalar va rasm-rusumlarni ortiqcha dabdababozliksiz tashkillashtirish, aholining ijtimoiy hojatmand qatlamlariga aniq manzilli moddiy va ma’naviy madad berish bo‘yicha namunali mahallalarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish yuzasidan teleradio dasturlar tayyorlash;
aholining ish bilan bandligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni, kasanachilik va oilaviy biznesni rivojlantirish, mahalla ijtimoiy infratuzilmasining darajasi va sifatini oshirish, bolalar maydonchalari hamda sport maydonchalarini jihozlash, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini hal etishda mahallalar faoliyatini keng yoritish;
mahallalarning pensiya, ijtimoiy va tibbiy ta’minot, xalq ta’limi, madaniyat va sport organlari, jamoat tuzilmalari bilan keksalar va nogironlarga doimiy e’tibor berish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, diniy ma’rifat, kasb-hunar kollejlari va litseylarni bitirib chiqqanlarni ish bilan ta’minlash masalalarida jamoat tuzilmalari bilan mahallalarning ijtimoiy sherikligini kengaytirish, shuningdek qonun hujjatlariga rioya etilishi va davlat boshqaruvi organlarining ushbu masalalardagi faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimida mahalla funksiyalarini kuchaytirish bo‘yicha teleradio dasturlarini tashkillashtirish”;
18-bandning o‘ninchi xatboshidagi “YoAJ” qisqartma so‘zi “AJ” qisqartma so‘zi bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-sonli qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “1 — 6-ilovalarga muvofiq” so‘zlari “1 — 5-ilovalarga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandda:
birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “YoAJ” qisqartma so‘zi “AJ” qisqartma so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshida:
“Davlat mulki qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat raqobat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“yopiq aksiyadorlik jamiyati (YoAJ)” so‘zlari “aksiyadorlik jamiyati (AJ)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning birinchi xatboshidagi birinchi, ikkinchi satrlari quyidagi tahrirda berilsin: “O‘zbekiston MTRK teleradiokanallari va hududiy bo‘linmalarining analog formatdagi televizion ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlari bir kecha-kunduzlik o‘rtacha hajmi, davlat”;
g) 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “YoAJ” qisqartma so‘zi “AJ” qisqartma so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoshlar” teleradiokanali” AJ huzuridagi “Bolajon” va “Navo” telekanallari, shuningdek O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi boshqa teleradiokanallar va hududiy bo‘linmalar faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan budjetdan tashqari daromadlar hisobidan amalga oshiriladi”;
beshinchi xatboshidagi “davlat budjeti hisobidan qoplanadigan xorijiy kreditlar hisobiga olingan” so‘zlari “sotib olinadigan, shuningdek hukumat qarorlariga muvofiq olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 7-bandning birinchi xatboshidagi va 9-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “YoAJ” qisqartma so‘zlari “AJ” qisqartma so‘zi bilan almashtirilsin.
1-ilovaning qolgan qismi rus tilida berilgan matndan olinadi (asosan tashkiliy tuzilmalar).
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 8-apreldagi PF-4532-sonli Farmoni 1-bandining “v” kichik bandi, ilovasidagi 2-bandning “b” va “v” kichik bandlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi PQ-1088-sonli qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek ushbu qarorning 1-ilovasi.
3. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-sonli qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-yanvardagi PQ-2112-sonli qarori. | 167 | 8,167 |
Qonunchilik | O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Oliy Majlis deputatlari fraksiyasini ro‘yxatga olish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 11 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olinsin. | 118 | 179 |
Qonunchilik | TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh VA RAQOBAT TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonun tovar bozorlarida monopolistik faoliyat va insofsiz raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab beradi, raqobat munosabatlarining shakllanishi va samarali amal qilishi uchun sharoitlar ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari qatnashadigan tovar bozorlaridagi raqobatga ta’sir ko‘rsatuvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Qonun mazkur shaxslar va organlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi tegishincha harakatlari yoki tuzayotgan bitimlari O‘zbekiston Respublikasi tovar bozorlaridagi raqobatning cheklanishiga olib kelayotgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan yoxud boshqa salbiy oqibatlarga sabab bo‘layotgan hollarda ham qo‘llaniladi.
Ushbu Qonun ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari, seleksiya yutuqlari va mualliflik huquqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, tegishli huquqlardan qasddan foydalanish raqobatning cheklanishiga olib keladigan hollar bundan mustasno.
Mehnat, qimmatli qog‘ozlar va moliyaviy xizmat bozorlaridagi monopolistik faoliyat va insofsiz raqobat bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi, bu bozorlarda vujudga keladigan munosabatlar tovar bozorlaridagi raqobatga ta’sir ko‘rsatadigan hollar bundan mustasno.
Qonun hujjatlarida tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda tartibga solish nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qo‘llanilishi ana shu subyektlarning o‘ziga xos vazifalarini bajarishini cheklamaydigan qismigina qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
tovar — sotish (almashtirish) uchun mo‘ljallangan faoliyat mahsuli bo‘lib, ishlar va xizmatlar ham shunga kiradi;
bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar — belgilangan vazifasi, qo‘llanilishi, sifati va texnikaviy tavsiflari, narxi va boshqa jihatlariga ko‘ra taqqoslanishi mumkin bo‘lgan tovarlar guruhi;
tovar bozori — tovarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u respublikaning ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar — tovarlar ishlab chiqarish, sotish, sotib olish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslar, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar;
raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari har bir subyekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydi;
insofsiz raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatida ustunlikni qo‘lga kiritishga qaratilgan, qonun hujjatlariga va ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan, ular o‘rtasida musobaqalashuvni istisno etadigan va amalga oshirilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli tovar bozorida tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan harakatlari;
ustun mavqe — o‘rnini bosuvchisi bo‘lmagan tovar bozorida yoki bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) o‘ziga (o‘zlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish yoki ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan hukmron mavqe. Bozordagi ulushi oltmish besh va undan ortiq foizni tashkil etadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) mavqei ustun mavqe deb e’tirof etiladi.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning bozordagi ulushi o‘ttiz besh foizdan oltmish besh foizgacha bo‘lib, bu hol monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan:
xo‘jalik yurituvchi subyektning bozordagi ulushi barqarorligiga;
bozordagi raqobatchilarga tegishli ulushlarning nisbiy miqdoriga;
ushbu bozorga yangi raqobatchilarning kirishi mumkinligiga;
muayyan tovar bozorini tavsiflovchi boshqa mezonlarga qarab aniqlangan bo‘lsa, uning bozordagi mavqei ustun mavqe deb hisoblanadi;
mutlaq monopoliya — xo‘jalik yurituvchi subyekt tovar bozorida yagona sotuvchi yoki xaridor bo‘lgan vaziyat;
monopolistik faoliyat — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash haqidagi qonun hujjatlariga xilof bo‘lgan, raqobatga yo‘l qo‘ymaslikka, uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligi;
narx sohasida kamsitish — mahsulot yetkazib beruvchining boshqa sharoitlar teng bo‘lgani holda o‘z mahsulotini muayyan bir xaridorga boshqa xaridorlarga nisbatan yuqoriroq yoki pastroq narxda sotishi;
kamsituvchi shartlar — mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaning iste’molchilarga shartnoma mohiyatiga daxli bo‘lmagan turli shartlarni majburan qabul qildirishi;
noto‘g‘ri taqqoslash — muayyan raqobatchini yoki umuman barcha raqobatchilarni, shuningdek ishlab chiqarilayotgan va (yoki) sotilayotgan tovarlarni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovarlariga nisbatan yomonlab taqqoslash yoki fikr bildirish;
monopol qimmat narx — tovar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘laligicha foydalanmaslik tufayli qilgan asossiz xarajatlarini qoplash yoki tovar sifatini pasaytirish natijasida qo‘shimcha foyda olish maqsadida tovarga belgilagan narxi;
monopol arzon narx — tovar bozorida xaridor sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning sotib olayotgan tovariga qo‘shimcha foyda olish yoki qilingan asossiz xarajatlarni sotuvchi hisobiga qoplash maqsadida belgilaydigan narxi yoxud tovar bozorida sotuvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning sotayotgan tovariga ongli ravishda shu tovarni sotishdan zarar ko‘radigan darajada belgilaydigan narxi bo‘lib, uni belgilash natijasida bozordan raqobatchilarni siqib chiqarish yo‘li bilan raqobat cheklanadi yoki cheklanishi mumkin;
shaxslar guruhi — shaxslar yig‘indisi, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir necha shartlar bajariladi:
bitim yoki kelishib olingan harakatlar natijasida, shu jumladan oldi-sotdi, mol-mulkni ishonchli boshqarish, birgalikdagi faoliyat, topshiriqnoma, ijara shartnomalari asosida yoki boshqa bitimlar asosida hal etuvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan aksiyalar nazorat paketini yoki ovozlar sonini bevosita yoki bilvosita birgalikda tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki bir necha shaxslar. Bunda yuridik shaxsning ovozlarini bilvosita tasarruf etish deganda bu ovozlarni uchinchi shaxslar orqali amalda tasarruf etish imkoniyati tushuniladi, birinchi shaxs uchinchi shaxslarga nisbatan yuqorida sanab o‘tilgan huquq va vakolatga ega bo‘ladi;
ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasida shartnoma tuzilib, unga ko‘ra shartnoma qatnashchilaridan biri yoki bir qanchasining yoxud boshqa shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini yuritish shartlarini belgilash yoinki ular ijroiya organi vazifalarini bajarish huquqi qo‘lga kiritiladi;
shaxs yuridik shaxs ijroiya organi va (yoki) direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining ellik foizidan ortig‘ini tayinlash huquqiga ega bo‘ladi;
ayni bir jismoniy shaxslarning o‘zi ikki va undan ortiq yuridik shaxs ijroiya organi va (yoki) direktorlar kengashi tarkibining ellik foizdan ortiqrog‘ini tashkil etadi.
Ushbu Qonunning maqsadlarini nazarda tutgan holda shaxslar guruhiga yagona xo‘jalik yurituvchi subyekt deb qaraladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tovar bozorlaridagi raqobat va ularda monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning raqobatni cheklaydigan va (yoki) boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlarini kamsitgan yoxud kamsitishi mumkin bo‘lgan quyidagi harakatlari taqiqlanadi:
tovarlarni muomaladan olib qo‘yish, bundan ko‘zlangan maqsad yoki erishilgan natija bozorda taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turishdan yoxud narxlarni oshirishdan iborat bo‘lsa;
monopol qimmat yoki monopol arzon narxlarni belgilash;
kontragentga shartnoma mohiyatiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablag‘lar, boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlarni o‘tkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish;
kontragentni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan teng bo‘lmagan vaziyatga solib qo‘yadigan kamsituvchi shartlarni shartnomaga kiritish;
kontragent tomonidan boshqa tovarlarni sotib olish yoki sotish yoxud kontragentning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tovarlar sotib olishdan yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tovarlar sotishdan o‘zini tiyish sharti bilangina shartnoma tuzishga rozilik berish;
tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan taqdirda shartnoma tuzishdan asossiz bosh tortish;
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishiga to‘sqinlik qilish;
Alohida hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlari monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan to‘g‘ri deb topilishi mumkin, basharti xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z harakatlarining ijobiy samarasi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun salbiy oqibatlardan ortiq bo‘lishini isbotlay olsa.
Muayyan tovar bozorida jami o‘ttiz besh va undan ortiq foiz ulushga ega bo‘lgan o‘zaro raqobatlashayotgan yoki raqobatlashishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklab qo‘ygan yoki cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari), shu jumladan:
qat’iy narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar yoki ortiqcha narxlar belgilash yoki ularni saqlab turishga;
erkin bozor narxlari qaror topishiga to‘sqinlik qilib, ularni sun’iy ravishda o‘stirish yoki pasaytirishga;
ishlab chiqarish, mahsulot sotish bozorlari va kapital qo‘yilmalar ustidan nazorat o‘rnatishga;
taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;
auksionlar, birjalar va boshqa kim oshdi savdolarida narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga;
narx sohasida kamsitishlarni belgilashga;
bozorni hudud bo‘yicha, sotuv yoki xarid hajmi, tovarlar xillari bo‘yicha, sotuvchilar va xaridorlar, buyurtmachilar doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga;
muayyan tovarlarning sotuvchilari yoki ularning xaridorlari, buyurtmachilari sifatida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklab qo‘yish yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) taqiqlanadi va belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Agar biri ustun mavqeni egallab turgan, boshqa biri esa uning mahsulot yetkazib beruvchisi yoki xaridori bo‘lgan o‘zaro raqobatlashmayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) raqobatni cheklab qo‘ysa yoki cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lsa, bunday bitimlar (kelishib qilingan harakatlar), shu jumladan:
xaridorlar hududi yoki doirasini cheklaydigan;
o‘zidan xaridor sotib olgan tovarlarni qayta sotish uchun narxga cheklashlar belgilaydigan;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobatchilar ishlab chiqargan tovarlarni sotishni man etadigan bitimlar (kelishib qilingan harakatlar) taqiqlanadi va belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ushbu moddada nazarda tutilgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) alohida hollarda monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan qonuniy deb hisoblanishi mumkin, basharti xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z harakatlarining bozorda savdo qilish sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashuvchi, xaridorlarga sezilarli naf keltiruvchi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun salbiy oqibatlardan ortiq bo‘lishini isbotlab bera olsalar.
Yuridik shaxslar birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining uyushmaga kirgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatiga raqobatni cheklaydigan yoxud cheklashi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi taqiqlanadi. Ushbu talabni buzish monopoliyaga qarshi davlat organi (o‘z vakolatlari doirasida hududiy organ)ning da’vosiga binoan yuridik shaxslar birlashmasi (ittifoqi, uyushmasi)ning, xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining sud orqali tugatilishiga asos bo‘lishi mumkin.
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
biror-bir faoliyat sohasida yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil qilishga cheklashlar joriy etish, shuningdek ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish yoki muayyan bir tovarlarni ishlab chiqarishni taqiqlash, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
xo‘jalik yurituvchi subyektga shartnomalar tuzishda kimgadir ustunlik berish, iste’molchilarning muayyan doiralariga tovarlarni birinchi navbatda yetkazib berish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
ba’zi bir xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ayni bir tovar bozorining o‘zida ishlaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ustunlik beruvchi soliq yoki boshqa imtiyozlarni, litsenziyalash bo‘yicha huquqlarni asossiz ravishda berib qo‘yish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlarini) sotib olish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shart-sharoitlarni belgilash.
Ayrim hollarda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy ofatlar, falokatlarning oqibatlarini tugatish hamda kasalliklar tarqalib ketishining oldini olish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan mazmundagi qarorlarni qabul qilishi mumkin.
Boshqaruv organining boshqa bir boshqaruv organi bilan yoxud xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan bozorning me’yorida faoliyat ko‘rsatishiga, raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi va iste’molchilarning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazuvchi bitimlariga (kelishib olingan harakatlariga), shu jumladan:
narxlar yoki tariflarni oshirish, pasaytirish, saqlab turishga;
bozorni hududiy prinsip bo‘yicha, sotuvlar va xaridlar hajmi, tovar xillari yoxud sotuvchilar yoki xaridorlarning, buyurtmachilarning doirasi bo‘yicha taqsimlab olishga;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlariga (kelishib qilingan harakatlariga) yo‘l qo‘yilmaydi va ular belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
Yuridik shaxslar va boshqaruv organlarining tovarlar ishlab chiqarish yoki sotishni monopoliyalash maqsadida birlashishi, mavjud davlat boshqaruvi organlariga raqobatni cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lgan vakolatlarni berish, shuningdek boshqaruv organlarining vazifalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlar vazifalari bilan qo‘shib yuborish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mazkur organlarning vazifalari va huquqlarini, shu jumladan davlat boshqaruvi organlarining vazifalari va huquqlarini berish taqiqlanadi.
Insofsiz raqobatga, chunonchi:
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga zarar keltiradigan yoki uning tadbirkorlik obro‘siga putur yetkazadigan yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatishga;
yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, mahsulotni, xizmatlar bajarishni individuallashtirish vositalaridan qonunsiz foydalanib tovar sotishga;
tovarning xususiyati, uni tayyorlash usuli va joyi, iste’mol xossalari, sifati xususida iste’molchilarni chalg‘itishga;
xo‘jalik yurituvchi subyektning, shu jumladan uning reklama faoliyati jarayonida ham, o‘zi ishlab chiqaradigan yoki sotadigan tovarlarni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovarlari bilan qo‘pol taqqoslashiga;
ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish yoki savdo axborotini, shu jumladan tijorat sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etishga;
yangi xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishini to‘sishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopolistik faoliyatini va insofsiz raqobatini cheklash hamda to‘xtatib qo‘yish sohasida davlat siyosatini monopoliyaga qarshi davlat organi olib boradi.
Monopoliyaga qarshi davlat organi o‘z faoliyatida boshqa boshqaruv organlaridan mustaqildir, uning qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir:
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
davlat mulkini boshqarish davlat organi bilan birgalikda tovar bozorlarida raqobat muhitini yaratishga, monopoliyadan holi qilishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni muvofiqlashtirishga nisbatan yagona uslubiy yondashuvni ta’minlash;
raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga ko‘maklashish;
monopolistik faoliyatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar bozorlaridagi o‘z ustun mavqeini suiiste’mol qilishining oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik, insofsiz raqobatga va iste’molchilar manfaatlari kamsitilishiga chek qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rish;
monopoliyachi birlashmalar (korxonalar)ning O‘zbekiston Respublikasi Davlat reyestrini yuritish (bundan keyin reyestr deb ataladi);
ishda oshkoralikni ta’minlash, iqtisodiyotni monopoliyadan holi qilish, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan maxsus davriy nashrlar orqali fuqarolarni xabardor qilish;
monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi chet el tajribasini tahlil etish.
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi huquqlarga ega:
tovar bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqei mavjudligini aniqlash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish yoki bunday buzilishlarning oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida, dastlabki holatni tiklash haqida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi o‘zlari qabul qilgan qarorlarni, hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish va berilgan ko‘rsatmalarning ijrosini nazorat qilish;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘zlari qabul qilgan va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlardan monopolistik faoliyat natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) olib qo‘yish va jarima solish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish;
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida, shu jumladan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash to‘g‘risida arizalar bilan sudga murojaat qilish, shuningdek monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qo‘llash va ularni buzish bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqishda qatnashish;
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
litsenziyalashni joriy etish yoki uni bekor qilish, bojxona tariflarini o‘zgartirish, kvotalar joriy etish yoki ularni bekor qilish, shuningdek soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoki bekor qilish to‘g‘risida tegishli organlarga takliflar kiritish;
monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish;
tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish tartibini belgilash;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Monopoliyaga qarshi davlat organining mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektning hududiga kirish hamda so‘rov asosida zarur hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish huquqiga egadir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, ularning rahbarlari, shuningdek mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan unga kerakli hujjatlar va boshqa axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Monopoliyaga qarshi davlat organi ushbu Qonunga muvofiq o‘ziga berilgan vakolatlarni amalga oshirish chog‘ida olgan tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart.
Monopoliyaga qarshi davlat organi xodimlari tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor etganlari taqdirda, ular yetkazgan zarar qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinishi lozim.
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagilar ustidan nazoratni amalga oshiradi:
yuridik shaxslar birlashmalarini tashkil etish, qo‘shib yuborish va birlashtirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va birlashtirish, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalari tashkil etish;
korxonalarni tugatish va bo‘lish ustidan, agar bu bozorda ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektning paydo bo‘lishiga olib keladigan bo‘lsa, tugatish sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga muvofiq amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik subyektlarini qo‘shib yuborish, birlashtirish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar monopoliyaga qarshi davlat organiga quyidagilarni taqdim etadilar:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatishga rozilik berish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
birlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan har birining asosiy faoliyat turlari, ularning tegishli tovar bozoridagi ulushi va birlashmaga kirishga roziligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Monopoliyaga qarshi davlat organi qaror chiqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlarni ham so‘rab olishga haqlidir. Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni taqdim etish xususiyati va shakllariga qo‘yiladigan talablar monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarda belgilanadi.
Monopoliyaga qarshi davlat organi zarur hujjatlarni olgan vaqtdan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda ma’lum qiladi.
Agar iltimosnomaning qondirilishi tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning ustun mavqei yuzaga kelishi yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lsa, agar taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish chog‘ida ularda bayon etilgan va qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan axborot ishonchsiz bo‘lsa, monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani rad etishga haqlidir.
Monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishni raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablarni bajarishga bog‘liq qilib qo‘yishga haqlidir. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi davlat organining ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish uchun rozilik berishi to‘g‘risidagi qarorida aks etmog‘i lozim.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilayotgan shaxslar va organlar o‘zlarining harakatlari bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishini, xaridorlarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersalar, monopoliyaga qarshi davlat organi hatto yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lganida ham iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish, qo‘shib yuborish, birlashtirish tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning ustun mavqei yuzaga kelishi yoki kuchayishiga yoxud raqobatning cheklanishiga olib kelgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning muassislari, qo‘shib yuborish, birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar monopoliyaga qarshi davlat organining talabiga binoan raqobat uchun zarur sharoitlarni tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar tugatilishi munosabati bilan ularni reyestrdan chiqarish to‘g‘risida yozib qo‘yish ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan faqat monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olib amalga oshiriladi.
Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan holda yuridik shaxslarni tashkil etish, qo‘shib yuborish yoki birlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborib va birlashtirib, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalar tashkil etish, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq monopoliyaga qarshi davlat organi qo‘ygan talablarni bajarmaslik davlat ro‘yxatiga olishni monopoliyaga qarshi davlat organining da’vosiga binoan sud tartibida haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar qo‘shib yuborilgan, birlashtirilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektning muassislari, qo‘shib yuborish, birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar bu haqda faoliyatning turini, mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hajmlarini ko‘rsatgan holda monopoliyaga qarshi davlat organini o‘n besh kunlik muddat ichida xabardor qilishlari lozim.
Monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan olingan roziligi bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning iltimosnomasi asosida quyidagilar amalga oshiriladi:
bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning aksiyalarini, ustav kapitalidagi ovoz huquqiga ega bo‘lgan ulushlarini olishi, bunda ushbu shaxs, bir guruh shaxslar mazkur aksiyalar, ulushlarning o‘ttiz besh foizdan ortig‘ini tasarruf etish huquqini oladi. Ushbu talab xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning ta’sis etuvchilariga tatbiq etilmaydi, moliya-sanoat guruhlari, xolding kompaniyalarni tashkil etish hollari bundan mustasno;
bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatini olib borish yoxud uning ijroiya organi vazifalarini amalga oshirish shartlarini belgilash imkonini beruvchi huquqlarni olishi, shu jumladan bitimlar, shartnomalar, topshiriqnomalar, kontraktlar vositasida yoki boshqa yo‘llar bilan olishi.
Tegishli bitimda qatnashuvchi shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining to‘rt ming barobari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoki bitim qatnashchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa yoxud ushbu xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar sotib oluvchi bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olinishi zarur.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bitimlarni tuzish uchun shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organiga bunday bitimlarni tuzish uchun rozilik berish haqida iltimosnoma taqdim etishlari va qaror chiqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni ma’lum qilishlari lozim.
Agar bitim qatnashchilari o‘z harakatlarining bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashuvchi, xaridorlarga sezilarli tarzda naf keltiruvchi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun kelib chiqadigan salbiy oqibatlardan ustun bo‘lishini isbotlasalar, hatto raqobatni cheklash ehtimoli bo‘lgan taqdirda ham monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Jismoniy shaxs aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining ikki ming barobari miqdoridan ortiq bo‘lgan ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yoki ayni bir turdagi tovar guruhi bo‘yicha reyestrga kiritilgan yoxud ayni bir turdagi ishlab chiqarish-sotish jarayonining turli bosqichidagi tovarlar guruhi bo‘yicha reyestrga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ijroiya organlari, direktorlar kengashlari yoki kuzatuv kengashlarida ishtirok etgan taqdirda bu shaxs ko‘rsatilgan organlarga yoki kengashlarga kirgani yoki saylanganidan so‘ng o‘n besh kun ichida monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berishi zarur. Monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berilayotganida arizachi unga ariza bilan birga ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborotni ham taqdim etadi.
Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan holda tuzilgan, ustun mavqening vujudga kelishi yoki kuchayishiga yoki raqobatning cheklanishiga olib keladigan bitimlar yoki harakatlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, monopoliyaga qarshi davlat organi raqobatni rivojlantirish maqsadida uni majburiy tarzda bo‘lib yuborish yoki undan tarkibiy bo‘linmalar negizida bir yoki bir necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish haqida sudga da’vo arizasi berishga haqlidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lib yuborish quyidagi shartlarning hammasi bo‘lganida, ya’ni:
bo‘lib yuborilayotgan tarkibiy bo‘linmalar tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqishi mumkin bo‘lsa;
uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida texnologiya jihatidan o‘zaro uzviy bog‘lanish bo‘lmaganida;
bo‘lib yuborish natijasida tarkibiy bo‘linmalar muayyan tovar bozorida mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganida amalga oshirilishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda:
monopoliyaga qarshi davlat organining ko‘rsatmalarini belgilangan muddatda bajarishlari;
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashlari;
jarima, penya to‘lashlari shart.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy, jinoiy va boshqa tarzda javobgarlikka tortilishi mumkin.
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi qoidabuzarliklar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalar solishga haqlidir:
1) monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun, shuningdek monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmay turib, ushbu Qonun 15-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirganlik yoki bitimlar tuzganlik uchun quyidagi miqdorlarda:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda va yetkazilgan zararning besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;
2) monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etmaganlik yoki ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun quyidagi miqdorlarda:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
3) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib kelgan kelishuvi (kelishilgan harakatlari) uchun quyidagi miqdorlarda:
yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda va yetkazilgan zararning besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining yuz ellik baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda.
Jarima solish sud tomonidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Jarima davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining jarima solinganligi to‘g‘risidagi qarori olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun muddatda to‘lanadi va budjetga o‘tkaziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
Jarima to‘lash monopoliyaga qarshi davlat organining qarori yoki ko‘rsatmasini bajarish yoki monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Agar davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi, shu jumladan monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof ravishda qabul qilingan normativ hujjat tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar keltirilsa, zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanishi lozim.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyektning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi harakati yoki harakatsizligi tufayli boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar keltirilgan bo‘lsa, u zarar yetkazgan xo‘jalik subyekti tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanishi lozim.
Monopoliyaga qarshi davlat organi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish faktlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qarorlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining o‘z tekshiruvlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda prokuraturaning taqdimnomalari asos bo‘ladi.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida ishlarni qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror manfaatdor tomonlarga ushbu qaror qabul qilinganidan so‘ng besh kundan kechiktirmay yozma ravishda jo‘natiladi. Qabul qilingan qaror asosida beriladigan ko‘rsatma ham xuddi shu muddatda jo‘natiladi.
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (ko‘rsatmasi) unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Qarorni (ko‘rsatmani) belgilangan muddatida ijro etmaslik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organi qabul qilgan qarordan norozi bo‘lganlari taqdirda bunday qarorni to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topish yoxud bekor qilish yoki iqtisodiy jazolarni qo‘llashga doir qarorni o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (ko‘rsatmasi) ustidan ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida shikoyat qilinishi mumkin.
O‘z ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish va iste’molchilarning manfaatlarini monopolistik faoliyatdan himoya qilish maqsadini ko‘zlovchi jamoat birlashmalari tegishli organlar bilan birgalikda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishga haqlidir. | 73 | 37,406 |
Qonunchilik | Avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova), “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qaroriga muvofiq avtotransport vositalari haydovchilarining (bundan buyon matnda haydovchi deb yuritiladi) ish vaqti va dam olish vaqtini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
avtotransport vositalari — yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar;
tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
qatnov jadvali — reysni bajarish vaqti, joyi va izchilligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan grafik (jadval);
reys — avtotransport vositasining yo‘nalishning boshlanishidan oxirgi manziligacha bo‘lgan yo‘li;
boshqaruv davri — haydovchi dam olish davri yoki tanaffusdan keyin avtotransport vositasini boshqarishni boshlagan vaqtdan to navbatdagi dam olish davri yoki tanaffusgacha bo‘lgan umumiy vaqt hisoblanadi. Boshqaruv davri uzluksiz bo‘lishi yoki alohida davrlarga bo‘linishi mumkin;
haydovchining ish vaqti — xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
2. Mazkur Nizom avtotransport vositasida shahardagi, shahar atrofidagi, shaharlararo va viloyatlararo-shaharlararo tashishlar bilan shug‘ullanuvchi tashuvchilarga taalluqlidir.
3. Avtotransport vositalarining qatnov jadvallari va harakatlanish grafiklari mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
4. Haydovchilar uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan oshmasligi kerak.
Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha haydovchilar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
5. Haydovchilarga tungi vaqtdagi ishlarning muddati soat 22 — 00 dan to soat 6 — 00 gacha bo‘lgan vaqt hisoblanadi.
Agar haydovchi uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.
Ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, xususan ishlab chiqarish uzluksiz bo‘lgan joylarda, shuningdek bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi sharoitida smena bo‘lib ishlanayotgan joylarda tungi ish muddati kunduzgi ish muddatiga tenglashtiriladi.
6. Haydovchilarning bir sutkadagi boshqaruv davri to‘qqiz soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
7. Hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining muddati ish soatlarining normal miqdoridan oshib ketmaydigan shart bilan ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinishi mumkin. Bunda hisobga olinadigan davr bir yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa o‘n ikki soatdan ortib ketmasligi lozim.
8. Shaharlararo tashishlarda haydovchining avtotransport vositasida o‘n ikki soatdan ortiq bo‘lishi ko‘zda tutilgan hollarda, haydovchi dam olishi uchun joy jihozlangan bo‘lishi va reysda ikki nafar haydovchi bo‘lishi lozim.
9. Haydovchining ish vaqti tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
liniyaga chiqish oldidan va liniyadan qaytgandan so‘ng ishlarni bajarish vaqti;
shaharlararo tashishlarda borish yoki qaytish maskanida, smena boshlanishi oldidan va yakunlanganidan so‘ng yo‘lda (to‘xtab turish joyida) ishlarni bajarish uchun tayyorgarlik va yakunlash ishlarini bajarish vaqti;
haydovchilarni bir smenada besh daqiqaga qadar reysoldi tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqti;
avtotransport vositasining liniyada harakatlanish vaqti;
to‘xtab turish vaqti: yuk ortish va tushirish punktlarida, yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish joylarida, maxsus avtotransport vositalaridan foydalanish joylaridagi vaqti;
haydovchining aybisiz bo‘sh turib qolingan vaqti;
yo‘nalishdagi yakuniy punktlarda qatnov jadvalida ko‘zda tutilgan qisqa muddatli to‘xtagan vaqti.
10. Haydovchilar shaharlararo tashishlarda avtotransport vositasining uzluksiz bir yarim soat boshqaruvidan so‘ng o‘n besh daqiqa yoki to‘rt yarim soatdan so‘ng qirq besh daqiqa dam olishi uchun to‘xtashlari kerak.
11. Sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarda texnologik jarayondagi tashishlarda band haydovchilar uchun smena grafiklari xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlardagi ishlarning smena grafiklariga muvofiq bo‘lishi lozim.
12. Haydovchilar shaharlararo yuk va yo‘lovchilar tashish ishlarini bajarish uchun reyslarga jo‘natilganda (haydovchi grafik bilan belgilangan smenada doimiy ish joyiga qaytishga ulgura olmaganda), haydovchilarga tashuvchi tomonidan topshiriq (jadval, grafik) bilan belgilangan vaqt ish vaqti sifatida hisobga olinadi
13. Ish vaqtidan tashqari ishlar haydovchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
14. Haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:
ish smenasi mobaynida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga chiqish (tushlik tanaffusi);
har kunlik (smenalararo) dam olish;
har haftalik dam olish (dam olish kunlari);
bayram kunlarida dam olish;
o‘rnatilgan tartibda ta’tilga chiqish.
15. Haydovchilarning har haftalik dam olishi uzluksiz qirq ikki soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
16. Bir haftadan ortiq davomiylikdagi shaharlararo tashishlarda band bo‘lgan haydovchilarga, safar davrida har haftalik dam olish kunidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, haydovchi doimiy ish joyiga qaytib kelganidan so‘ng ishlangan vaqt uchun dam olish kuni (otgul) berilishi lozim.
17. Ish vaqtini umumlashtirilgan tarzda hisob-kitob qilish haydovchilarga, har kunlik dam olish kunlari smena grafiklariga asosan haftaning turli kunlarida belgilanishi mumkin.
18. Haydovchilar bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashlari man etiladi. Haydovchilarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 130-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlarda, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan yuk ortish va tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo‘l qo‘yiladi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Haydovchilarga yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar tashuvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi.
20. Haydovchilarning ish vaqtini hisobga olish tabellar, yo‘l varaqlari, chiptani hisobga olish varaqlari va haydovchining ish vaqtini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Viloyatlararo-shaharlararo yo‘lovchi tashuvchi haydovchilarning ish vaqti nazorat pribor (taxograf)larning ko‘rsatkichiga asosan hisobga olinadi.
21. Ichki mehnat tartib qoidalari yoki smena grafiklari bilan belgilangan muayyan soatlarda har kuni ishlaydigan haydovchilarning ish vaqti har kuni hisobga olib boriladi.
22. Hisobot davri uchun ishdan tashqari ish soatlarining umumiy miqdori amalda ishlangan vaqt va mazkur davr uchun ish soatlari me’yori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
23. Haydovchi boshqa ishga o‘tkazilganda (avtotransport vositasini ta’mirlash va boshqa ishlar) uning ish vaqtini hisobga olish, u o‘tkazilgan ish bo‘yicha hisoblanadi.
24. Haydovchi xizmat safari vaqtida uning ish vaqti tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi.
25. Haydovchilar uchun ish boshlanish vaqti ichki mehnat tartib qoidalari yoki smena grafiklari bilan belgilangan vaqt hisoblanadi.
26. Smena bo‘yicha ishlaydigan haydovchilar ishga kelish joyi smena boshlanishi va yakunlanishi grafiklari bilan belgilanadi.
27. Haydovchi avtotransport vositasini uning to‘xtab turish joyiga qaytarib keltirgandan va yakuniy ishlarni o‘tkazish uchun belgilangan me’yoriy vaqti tugagandan so‘ng haydovchining ish vaqti yakunlangan hisoblanadi.
28. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
29. Ushbu “Avtotransport vositalari haydovchilarining ish vaqti va dam olish vaqti to‘g‘risida”gi nizom O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan. | 109 | 10,009 |
Qonunchilik | Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida | O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tibor va ehtirom yanada ortib bormoqda. Jonajon diyorimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xonadonlarimizdagi fayz va qut-barakani xalqimiz, avvalo, Yaratganning cheksiz marhamati sifatida shukronalik va minnatdorlik bilan qabul qilmoqda.
Ayniqsa, ahillik, o‘zaro birdamlik va ma’naviy poklik fazilatlari ulug‘lanadigan qutlug‘ Ramazon oyini el-yurtimiz doimo katta xursandchilik va ko‘tarinki kayfiyatda kutib olmoqda. Ushbu muborak kunlarda inson qadrini ulug‘lashga, oila hamda mahallaga mehr va e’tiborda bo‘lish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga yordam va saxovat ko‘rsatishga qaratilgan savobli amallar yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda.
Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, mehr-oqibat ramzi hisoblangan muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish, muqaddas islom dinining insonparvarlik tamoyillarini hamda madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida:
1. 2022-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 2-aprel kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos va munosib tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Mazkur tadbirlarni o‘tkazishda ushbu muborak oyning mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan insoniylik, shukronalik, sabr-qanoat kabi fazilatlarni e’zozlash, mamlakatdagi tinch va farovon hayotni qadrlash, oilalar hamda mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilsin.
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin. | 58 | 2,400 |
Qonunchilik | “QIZIL YaRIM OY VA QIZIL XOCh TIMSOLLARIDAN FOYDALANISh HAMDA ULARNI HIMOYa QILISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) o‘z qarorlarini “Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. | 154 | 624 |
Qonunchilik | Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasining ishlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 18-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-sonli “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2011-yil 1-iyuldagi 3-mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2251, 2011-yil 2-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 31-son, 334-modda) bilan tasdiqlangan Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasining ishlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 18-bandidagi “tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari” degan so‘zlar “bir darcha” markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 178 | 1,252 |
Qonunchilik | “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 242 | 476 |
Qonunchilik | DAVLAT UY-JOY FONDINI XUSUSIYLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy asoslarini va tartibini belgilab beradi.
Uy-joyga egalik huquqini olish fuqarolarga o‘z mablag‘larini ko‘chmas mulkka samarali sarflash, o‘z uy-joyiga erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish imkonini beradi.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (bundan buyon “xususiylashtirish” deb yuritiladi) deganda fuqarolarga ularning ixtiyoriga qarab davlat uy-joy fondining ular egallab turgan yoki yangi qurilgan kvartiralarini, uylarini (uylarining bir qismini) sotish, shu jumladan imtiyozli asosda sotish yoki tekinga mulk qilib berish tushuniladi.
Davlat uy-joy fondi mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy fondi hamda davlat organlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining to‘liq xo‘jalik tasarrufida yoki operativ boshqaruvidagi uy-joy fondidir.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishga doir qonunchilik ushbu Qonundan hamda unga muvofiq chiqariladigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning asosiy qoidalari:
O‘zbekiston Respublikasining barcha xususiylashtirish subyektlari davlat uy-joy fondini xususiylashtirishda teng huquqlarda ishtirok etishi;
xususiylashtirishning ixtiyoriylik asosida bo‘lishi;
xususiylashtirishning uy-joy muammosini hal etish bilan o‘zaro aloqadorligi;
haq evaziga va tekinga berish xususiyatining uyg‘unlashtirilishi;
fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoyalash;
oshkoralik, ijtimoiy adolatga rioya etilishi;
xususiylashtirishning amalga oshirilishi jarayoni ustidan davlat va jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishidan iboratdir.
1. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish:
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan fuqarolarning ayrim toifalariga kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) tekinga berish;
davlat kvartiralarini, uylarini (uylarning bir qismini) O‘zbekiston Respublikasining – fuqarolariga va yuridik shaxslariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga sotish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2. Davlat kvartiralarini, uylarini (uylarning bir qismini) hamda xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish subyektlariga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish huquqi faqat bir marta beriladi.
Xususiylashtirilgan uylar joylashgan yer uchastkalariga va ularning etagidagi hududga egalik qilish, ulardan foydalanish yer to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartib va shartlarda amalga oshiriladi.
Fuqarolarning jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan uylari buzilishi natijasida, agar ularga buzilgan uylari evaziga pul tovoni to‘lanmagan bo‘lsa, davlat uy-joy fondi uylaridan olgan turar joylari, shuningdek tabiiy ofatlar oqibatida uylari buzilishi munosabati bilan olgan kvartiralari, bu kvartiralar qachon ajratilganidan qat’i nazar, ularga yoki ularning vorislariga tekinga beriladi.
Fuqarolarga qarashli bo‘lgan uy, imorat va inshoot ushbu Qonun amalga kiritilganidan keyin buzilgani taqdirda ana shu fuqarolarga, ular oila a’zolariga, shuningdek ushbu uyda doimiy yashab turgan va uy ro‘yxatidan (propiskadan) o‘tgan boshqa fuqarolarga o‘z xohishiga ko‘ra hamda tomonlarning kelishuviga binoan tekinga kvartira olish yohud tegishli korxona, muassasa, tashkilot tomonidan yangi joyda uy, imorat va inshoot qurilib, o‘z mulklari qilib berilishi yoki buzilgan uy, imorat, nobud bo‘lgan ekin va dov-daraxtlar evaziga tovon puli olish huquqi beriladi.
Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga o‘z xodimlari hamda pensionerlari uy-joy qurilishi yoki uyni xususiylashtirish maqsadida olgan qarzi yoki kreditini to‘liq yohud qisman to‘lash huquqi beriladi.
Fuqarolar tomonidan belgilangan tartibda xususiylashtirilgan turar joylar davlat uy-joy fondidan chiqarilib, yakka tartibdagi uy-joy fondi tarkibiga kiritiladi.
Mehnatga qobiliyatsizlar, yolg‘iz qariyalar, pensionerlar va ularning oila a’zolariga, agar ularning jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadlari mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lsa, shuningdek birinchi marta nikohdan o‘tgan turar joyga muhtoj yosh oilalarga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ro‘yxatga binoan fuqarolarning ijtimoiy himoyalanmagan va ta’minoti oz boshqa toifalariga mahalliy davlat hokimiyat organlari huzurida aniq maqsadga qaratilgan ijara shartnomasi talablari asosida hususiylashtirish huquqisiz foydalaniladigan kommunal uy-joy fondi tashkil etiladi.
1. Xususiylashtirish obyektlari:
fuqarolar ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);
qayta tiklash, ta’mirlanish ishlari tugallangan-ku, ammo odamlar ko‘chib kirmagan va bo‘shatilgan uylarning kvartiralari, bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);
yangi qurilgan uylardagi kvartiralar kiradi.
2. Yangi foydalanishga topshiralayotgan davlat uy-joy fondining turar joylari fuqarolarga kelgusida xususiylashtirish huquqi bilan haq to‘lab yashash uchun yoki ijaraga berilishi mumkin.
3. Uy-muzeylar, me’morchilik, tarix va madaniyat yodgorliklari hisoblanuvchi kvartira va uylar;
uy-muzeylar, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlari bo‘lgan kvartiralar va uylar;
umumiy yotoqlarning xonalari;
belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan kvartiralar;
xizmat kvartiralari, xonalari (uylari);
ikki va undan ziyod ijarachi yashab turgan bo‘lsa-yu, ulardan ayrimlari xususiylashtirishga rozi bo‘lmagan kvartiralar xususiylashtirilishi mumkin emas.
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan (uy ro‘yxatidan o‘tgan) O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xususiylashtirish subyektlari hisoblanadilar.
2. O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslari, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari o‘z xodimlari va pensionerlarini uy-joy bilan ta’minlash uchun uy-joy fondi egasidan uy-joy sotib olishlari mumkin.
3. Davlat uy-joy fondi tarkibidagi uylarda ijara shartnomasi asosida turar joyni egallab turgan fuqarolar birgalikda yashab turgan barcha balog‘at yoshidagi oila a’zolari va turar joy maydonida haqi bo‘lgan boshqa shaxslarning roziligi bilan shu turar joyni ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan shartlarda o‘z mulki qilib, shu jumladan birgalikda yoki ulushbay asosida egalik qilish uchun sotib olishga haqlidirlar.
4. Xususiylashtirilgan turar joy egasining oila a’zolari hamda turar joy maydoniga haqli bo‘lib, uni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar shu turar joy maydonidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar, xususiylashtirilgan uy-joyni sotish yoki ijaraga berish ularning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Xususiylashtirilgan kvartiraning, uyning (uy bir qismining) egasi:
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmagan holda ana shu turar joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
kommunal xizmatlar haqini va sug‘urta badallarini to‘lash bo‘yicha, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish.
egallab turgan maydonning sathidan qat’i nazar, boshqa kvartirani, uyni (uyning bir qismini) sotib olish;
kvartiraga, uyga (uyning bir qismiga) turar joy maydonining sathidan qat’i nazar, ushbu Qonun 13-moddasining birinchi bandida uqtirilgan oila a’zolarini, boshqa shaxslarni uy ro‘yxatidan o‘tkazish;
o‘z kvartirasini, uyini istalgan boshqa kvartiraga yoki uyga, shu jumladan kooperativ kvartira yoki uyga uy ro‘yxatidan o‘tkazish va turar joyi borasida hech qanday cheklovlarsiz ayirboshlash;
shirkatlar tashkil etish hamda turar joy va birgalikda tasarruf etiladigan joylardan foydalanish bo‘yicha bunday ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotni, shu jumladan davlat uy-joylardan foydalanish va ta’mirlash-qurilish tashkilotlarini, kooperativlar, xususiy hamda boshqa xo‘jalik subyektlarini mustaqil belgilash, uy-joylarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun shartnomalar tuzish;
uylar va uylar oldidagi hududlarni orasta saqlash borasida bajarilayotgan ishlar sifatini baholashda bevosita yoxud shirkatlar tarkibida qatnashish, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki belgilangan tartibda bajarmaganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan, shuningdek ayrim shaxslarga nisbatan jarima choralari qo‘llash yuzasidan materiallar taqdim etish;
xususiylashtirilgan uy-joydan fuqarolarni ko‘chirmasdan amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan kapital ta’mirlashni o‘tkazish payti uchun mulk egalaridan yoki turar joy fondini idora etishga vakolati bo‘lgan organlardan turar joyni ijaraga olish huquqiga egadir.
Xususiylashtirilgan kvartira egasi:
ushbu Qonun talablariga hamda turar joy xonalari va uylar oldidagi hududlarni orasta saqlash qoidalariga rioya etishi;
belgilangan soliqlarni va kommunal xizmatlar haqini hamda uydan foydalanishga ketadigan xarajat pullarini o‘z vaqtida to‘lashi;
o‘ziga qarashli turar joyni orasta saqlash hamda ta’mirlash yuzasidan korxonalar va xususiy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlariga rioya etishi shart.
Fuqaro davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartirani (uyning bir qismini) o‘z mulki qilib haqini to‘lab sotib olish (yoki bepul olish) uchun o‘zi istiqomat qilayotgan davlat uy-joy fondi tasarrufida bo‘lgan tuman, shahar hokimiga, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga ariza beradi. Ariza uzog‘i bilan ikki oy muddat ichida qarab chiqiladi.
Harbiy xizmatchilarga berilgan davlat uy-joy fondini xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat xo‘jaliklari va boshqa davlatga qarashli qishloq xo‘jalik korxonalarining uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan uqtirib o‘tilgan uy-joy fondi egalari tomonidan birgalikda belgilanadi.
Turar joylarni xususiylashtirish davlat uy-joy fondining egasi yoki u vakolat bergan davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘i hisobiga paychilik sharti bilan yangi qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirish tartibi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning o‘zlari tomonidan, davlat mablag‘lari hisobiga qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirish tartibi esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolarning alohida uy, kvartira va xonaga bo‘lgan egalik huquqi turar joy qiymati to‘liq to‘langan (sotib olingan) va order olingan paytdan boshlanadi.
Turar joyning haqini to‘lab va tekinga xususiylashtirilayotgan fuqarolarga uy-joy egasining qarori asosida egalik huquqini beruvchi yagona shaklda belgilangan davlat orderi beriladi. Order xususiylashtirilgan uy-joy uchun qonuniy huquqni belgilovchi hujjat hisoblanib, texnika inventarizatsiyasi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
Xususiylashtirilayotgan turar joyni baholash qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan qoldiq balans qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Turar joylarni xususiylashtirish fuqarolarning shaxsiy jamg‘armalari, korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari, shuningdek imtiyozli shartlarda beriladigan kreditlar, ssudalar evaziga hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar mahalliy davlat hokimiyati organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus tashkil etilgan budjetdan tashqari xususiylashtirish uy-joy schyotiga o‘tkaziladi hamda turar joy xo‘jaligini saqlash va rivojlantirish uchun foydalaniladi.
Xususiylashtirilgan turar joylarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash uy-joy fondidan foydalanish hamda uni ta’mirlashning yagona qoida va me’yorlariga albatta rioya qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Xususiylashtirilgan kvartiralarga, uylarga (uylarning bir qismiga) xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash borasida imtiyozlarga ega bo‘lgan shaxslar toifasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Xususiylashtirilgan turar joylardan foydalanish va ularni ta’mirlash shartnoma asosida amalga oshiriladi. To‘liq xususiylashtirilgan uydagi turar joy egalari uydan foydalanish shirkati tuzishlari mumkin. Bu shirkat uyga xizmat ko‘rsatuvchi va uni ta’mirlovchi tashkilotni mustaqil tanlaydi.
Qisman xususiylashtirilgan uylardagi fuqarolarning mulkiga aylangan turar joy xonalariga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash shu uylarga xususiylashtirishga qadar xizmat ko‘rsatgan uy-joylardan foydalanish va ularni ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiylashtirilgan turar joylarning egalari uning injenerlik uskunalariga, umumiy foydalaniladigan joylariga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash hamda uning tevarak-atrofiga qarash bilan bog‘liq xarajatlar haqini o‘zlari egallab turgan umumiy maydonga mutanosib ravishda to‘laydilar.
Xususiylashtirilgan kvartiralar egalarining tuzilgan shartnomalar bo‘yicha uyga qarash va kommunal xizmatlar haqini to‘lash bilan bog‘liq qarzlari belgilangan tartibda undirib olinadi.
Davlat uy-joy fondi kvartiralarini, uylarini (uyning bir qismini) xususiylashtirishda yuzaga keladigan nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qanday borayotganligini nazorat qilish mazkur uy-joy fondining egasi yoki u vakolat bergan davlat boshqaruv organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun talablari buzilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va fuqarolar qonunchilikka binoan javobgarlikka tortiladilar. | 51 | 14,210 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2018-yil 15-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. “O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari tomonidan rasmiylashtirish va berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 1019, 2001-yil 22-mart), shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni (ro‘yxat raqami 1019-1, 2012-yil 3-iyul) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 31-iyuldagi 22/14316-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2001-yil 11-martdagi 65-son “O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari tomonidan rasmiylashtirish va berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1019, 2001-yil 22-mart), 2012-yil 29-maydagi 82-son “O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari tomonidan rasmiylashtirish va berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 1019-1, 2012-yil 3-iyul) buyruqlari davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin. | 75 | 2,625 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanovning “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi faoliyati to‘g‘risida”gi axboroti haqida | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanovning “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi faoliyati to‘g‘risida”gi axborotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi shuni ta’kidlaydiki, mamlakatimizda so‘nggi yillarda tibbiyot sohasini tubdan isloh qilish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarini optimallashtirish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratildi. Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qator maqsadli milliy dasturlar amalga oshirildi. Bolalarning irsiy va tug‘ma kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari faoliyati takomillashtirildi.
Aholiga munosib tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yangi 6 ta respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, ularning soni 16 taga yetkazildi. Hududlarda respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 10 ta filiali ish boshladi. Shuningdek, tuman va shaharlardagi kasalxonalarda 306 ta yangi ixtisoslashgan bo‘lim, 1200 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi ochildi.
Joriy yilda Davlat budjetidan tibbiyot sohasiga 9,6 trln. so‘m yoki 2017-yilga nisbatan 40,0 foiz ko‘p mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2019-yil uchun 12 trln. so‘mdan ziyod yoki joriy yilga nisbatan qariyb 30 foiz ko‘p budjet mablag‘larini yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Ushbu amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda sog‘liqni saqlash sohasi muassasalari faoliyatini tashkil etish borasida tizimli kamchilik va muammolarning mavjudligi fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan vazifalarni samarali hal etishga to‘sqinlik qilmoqda.
Jumladan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi va tuman markaziy shifoxonalarining moddiy-texnika bazasi hamda shifokor kadrlar bilan ta’minlanish darajasi talab darajasida emas. Respublika, viloyat, tuman (shahar) va qishloq tibbiyot muassasalari o‘rtasida bemorlarga oid ma’lumotlar bazasini yaratish borasida o‘zaro uyg‘unlik yo‘lga qo‘yilmagan.
Hududlarda aholini, ayniqsa, yolg‘iz, keksa, nogiron, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni, bo‘lajak onalar va bolalarni patronaj xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish borasidagi ishlar talab darajasida emas. Shuningdek onalar va bolalarni muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish orqali yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi va ularni erta aniqlash ishlari hanuzgacha oqsamoqda.
Shu bilan birga, respublika miqyosida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi holatlar ham talab darajasida emas. Hususan, oziq-ovqat mahsulotlari, ularni tayyorlash hamda ulardan foydalanishda tegishli uskunalarning sanitariya qoidalariga, gigiyena normativlariga va laboratoriya tahlilidan o‘tkazish masalalariga yetarli darajada e’tibor bermaslik oqibatida ayrim turdagi yuqumli kasalliklarning aholi o‘rtasida tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.
Sohada kadrlar yetishmasligi muammosini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarga qaramasdan, tibbiyot sohasidagi kadrlarning ijtimoiy himoyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, ularning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, hududlarning ehtiyojiga ko‘ra shifokorlarning boshqa ixtisoslik bo‘yicha qayta tayyorlanishi uchun mahalliy hokimlik yoki Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari tomonidan moliyaviy mablag‘lar ajratilmasligi, ularning malaka toifasini olish borasida hamon byurokratik to‘siqlar mavjudligi sog‘liqni saqlash tizimida kadrlarning qo‘nimsizligiga hamda mazkur soha zarur mutaxassislar bilan yetarlicha ta’minlanmasligiga sabab bo‘lmoqda.
Ta’kidlash joizki, tibbiyot muassasalariga xodimlar ajratish normativlariga ham aniqlik kiritish talab etiladi. Jumladan, tuman markaziy shifoxonalarida yotib davolanuvchi bemorlar uchun o‘rin sonlari aholi punklarining joylashuvi, hududning demografik holati va boshqa holatlarni hisobga olmasdan belgilanmoqda.
Qayd etish lozimki, bugungi kunda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining rahbarlari va malakali mutaxassislari joylarga chiqib tibbiy ko‘riklarni, jarrohlik amaliyotlarini va boshqa davolash jarayonlarini olib bormoqdalar. Biroq markazlarning mutaxassislari hududlarga muayyan mintaqada qanday kasallik ko‘p tarqalganligiga qarab emas, balki yil boshida tasdiqlangan jadval asosida chiqishmoqda. Mazkur holat ayrim kasalliklar ma’lum bir hududda ko‘payishiga hamda ushbu hududdagi bemorlarning davolanish uchun respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga kelishiga, ularda davolanuvchilar sonining keskin ortishiga, ushbu markazlarda davolanish uchun navbatda turib qolishlar hamda korrupsiya holatlari yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Sog‘liqni saqlash sohasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiya (AKT) imkoniyatlaridan keng foydalanilmayotganligi tizimdagi oqsoqliklarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatida zamonaviy AKTlarni keng joriy etish orqali shaffoflik ta’minlanmagan, ya’ni bemorlarga ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflamasdan elektron navbatga yozilgan holda davolanish imkoniyatlarini yaratish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sa’y-harakatlari bilan Toshkent shahridagi 47-sonli oilaviy poliklinikada namunaviy tarzda “elektron poliklinika” tizimi tashkil qilindi. Biroq, ushbu tajribani boshqa hududlarda ham joriy etish ishlari vazirlik tomonidan o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Hududlarda birlamchi tibbiyot muassasasiga biriktirilgan aholining elektron ro‘yxati hanuzgacha shakllantirilmagan.
Bundan tashqari, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati ham lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda nogironligi bo‘lgan bolalar tug‘ilishining ortganligi va bolalar o‘limining ko‘payganligi, mamlakatimizning chekka hududlarida, shuningdek maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar orasida yuqumli infeksiya kasalliklarining ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Shuningdek, bir necha yildan buyon ushbu sohada tibbiyot fanlari ilmiy darajasiga ega bo‘lgan doktorlar yetishib chiqmagan (hozirgi kunda ularning soni 13 nafarligicha qolmoqda) va ilmiy izlanishlarda ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha chegaralanib qolmoqda. Yuqori texnologik jarrohlik muolajalarini bajarish uchun tor sohaga ixtisoslashgan bo‘limlarni tashkil etish ishlari deyarli yo‘lga qo‘yilmagan.
Mamlakatimizdagi barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida bepul xizmat ko‘rsatuvchi shifoxonalar mavjud. Lekin Toshkent shahri tumanlarida bunday xizmatlar mavjud emas. Shu sababli poytaxt aholisi shahar shifoxonalarida to‘lov asosda davolanadi. Bu esa aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bunday manzaratni yana ayrim hududlarda, jumladan Navoiy viloyatining Navoiy va Zarafshon shaharlarida ham kuzatish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishiga erishish, shu bilan birga sohaga oid qonun hujjatlari ijrosi ta’minlanishini kuchaytirish, fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash borasida yechimini kutayotgan masalalarni hal etish maqsadida, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanovning “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi faoliyati to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda sohada olib borilayotgan faoliyati qoniqarli deb topilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
2018-yil Investitsiya dasturlari doirasida, muddatida yakuniga yetkazilmagan va foydalanishga topshirilmagan hududiy tibbiyot muassasalaridagi obyektlar qurilish-ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish choralarini ko‘rish;
respublikadagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda 2019-yil uchun rejalashtirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlari belgilangan muddatlarda to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar respublika hududiga chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish tavsiya etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanov zimmasiga:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida nazarda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish choralarini ko‘rish;
tibbiyot muassasalari faoliyatida o‘zaro hamkorlikni, xususan, sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini muassasalari bilan tez tibbiy yordam xizmati o‘rtasi, shuningdek tuman, viloyat va respublika miqyosidagi tibbiyot muassasalari o‘rtasida samarali va tizimli uyg‘unlashuvini yo‘lga qo‘yish;
tibbiyot xodimlarining ijtimoiy muhofazasini ta’minlash orqali mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini bartaraf etish, xodimlarning qo‘nimsizligiga barham berishga qaratilgan choralarni ko‘rish;
tez tibbiy yordam maxsus mashinalarini (reanimobillarni) zarur anjomlar bilan jihozlash ishlarini oxiriga yetkazish va ushbu masala yuzasidan 10 kunlik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hududlar kesimida axborot kiritish;
respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining kasalliklar tendensiyasini mintaqa, tuman (shahar) kesimida tahlil qilib borish, profilaktika ishlarining o‘tkazilishiga ko‘maklashish, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish borasidagi faoliyatini kuchaytirish;
respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining faoliyatini tanqidiy o‘rganish va ushbu masalani vazirlik Rayosatida ko‘rib chiqib, ko‘rilgan choralar haqidagi yozma axborotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish;
qishloq tumanlaridagi tibbiyot muassasalarining “Qishloq tumanlaridagi birlamchi-tibbiy sanitariya muassasalari tibbiyot xodimlarining vaqtinchalik shtat normativlari”ni qayta ko‘rib chiqish;
xususiy tibbiyot muassasalari tarmog‘ida faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish va rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni tizimli hal etish choralarini ko‘rish;
aholi, birinchi navbatda, fertil yoshdagi ayollar va homilador ayollar, bolalar, shuningdek o‘zgalar yordami va ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz keksalar, nogironlar, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar orasida olib borilayotgan patronaj ishlarining muntazamligini va sifatini ta’minlash maqsadida patronaj tizimining huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda uni amalga oshirish mexanizmini soddalashtirish choralarini ko‘rish;
tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning turlari, pullik va bepul tibbiy xizmatlar hamda ularning dori vositalari bilan ta’minlanishiga doir axborotni aholiga qulay va tushunarli tarzda yetkazishni tizimli ravishda tashkil etish;
sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasidagi, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari, ularni tayyorlash hamda ulardan foydalanishda tegishli uskunalarning sanitariya qoidalariga, gigiyena normativlariga va laboratoriya tahlilidan o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratsin;
mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Qonunchilik palatasi deputatlaridan tushgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasiga ma’lumot taqdim etib borish vazifalari yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanovga Toshkent shahar hokimi J. Ortiqxodjayev va Navoiy viloyati hokimi Q. Tursunov bilan birgalikda Toshkent shahrining tumanlari, Navoiy viloyatining Navoiy va Zarafshon shaharlari aholisi uchun, ushbu hududlarda tuman (shahar) markaziy shifoxonalarini tashkil etish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanov O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda mamlakatimizda tibbiyot muassasalari, shu jumladan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlari faoliyatiga zamonaviy AKTlarni keng joriy etish choralarini ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi:
sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda sohani tubdan isloh qilishga va hududlarda sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini tashkil etishning zamonaviy tizimlari hamda modellarini joriy qilishga qaratilgan qarorlarning joylarda ijro etilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirsin;
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida va 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi tashkil etilgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi davlat unitar korxonasining maqsad va vazifalariga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazsin;
sog‘liqni saqlash sohasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan parlament nazoratini kuchaytirsin hamda mazkur sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalariga:
sog‘liqni saqlash sohasiga bog‘liq qonun hujjatlarini puxta inventarizatsiyadan o‘tkazsin hamda qonun hujjatlardagi bir-biriga zid bo‘lgan ko‘plab normalarni chiqarib tashlash, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llash amaliyotiga ta’sir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda unifikatsiya qilish, shuningdek asossiz cheklovlar, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar va tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish, tegishli qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin;
ushbu yo‘nalishda olib borayotgan ishlarning natijadorligini oshirish maqsadida nazorat funksiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek mazkur masalalarni qo‘mitalarning, Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni va dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga ko‘maklashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyaning va Qonunchilik palatasining majlislarining muhokamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi huzurida Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni va dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishga ko‘maklashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya o‘z majlislarida Qonunchilik palatasi qo‘mitalari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari yakunlaridan kelib chiqqan holda tegishli davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, hokimliklar, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, sog‘liqni saqlash muassasalari vakillarining sog‘liqni saqlash tizimidagi ishlarning haqiqiy holati to‘g‘risidagi axborotini muntazam ravishda eshitib borsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalariga:
sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning ro‘yobga chiqarilishi, sohada belgilangan asosiy yo‘nalishlarning izchil va samarali amalga oshirilishini ta’minlash borasida parlament va deputatlar tomonidan ta’sirchan nazoratni yo‘lga qo‘yish;
deputatlar birlashmalari o‘z dasturiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda ushbu yo‘nalishda tashabbuskorlikni kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish;
sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan fraksiyalararo bahs-munozaralarni chuqur tahlil va aniq takliflarga asoslangan holda o‘tkazish tavsiya etilsin.
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 209 | 17,444 |
Qonunchilik | Bojхona qoʻmitasi «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv хizmatini joriy etadi | QHTBT portalida «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv хizmatidagi tegishli aхborotning mas’ul vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz vaqtida yangilab borilishi va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash boʻyicha yoʻriqnoma loyihasi muhokama qilinmoqda.
Prezidentning 29.06.2018 yildagi PQ–3818-son qaroriga muvofiq, 2018 yil 1 sentyabrgacha Davlat bojхona qoʻmitasi veb-saytida «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv хizmati ishga tushirilishi lozim.
Eslatib oʻtamiz, «Integratsiyalashgan tarif» хizmati tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur batafsil aхborotni, хususan quyidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida bepul asosda olish imkonini beradi:
Interaktiv хizmat orqali aхborot taqdim etish real vaqt rejimida bepul asosda amalga oshiriladi. Davlat organlariga unda nazarda tutilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab etish man etiladi.
Vakolatli organlar interaktiv хizmatga oʻz vaqtida, ishonchli va toʻlaqonli aхborot kiritilishini ta’minlashlari kerak boʻladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Gayevoy. | 78 | 1,077 |
Qonunchilik | Sotish, tashish, tekshirish, reklama qilish – alkogol bozorini nimalar kutmoqda | Prezidentning 2020 yil 23 iyuldagi PF–6033-son Farmoni bilan sohaga bir qator oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.
2020 yil 1 avgustdan boshlab:
2020 yil 1 oktyabrdan boshlab litsenziya yoki ruхsat guvohnomalarisiz ishlab chiqarilgan va sotilgan, identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanmagan, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlari haqida dalolat beruvchi holatlar boʻyicha tekshirishlarning yangi turi joriy etiladi. Ularni tashkil etilgan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi biznes-ombudsmanni хabardor qilgan holda quyidagi korхona va tashkilotlarda oʻtkazadi:
Iste’mol va teхnik etil spirti tashiladigan avtotransportga nisbatan yangi talablar bosqichma-bosqich joriy etiladi. Xususan, u quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:
Alkogol reklamasi ham liberallashtiriladigan boʻldi. Mahalliy koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari uchun istisnoli holatlar joriy etiladi. Ikki oy muddatda ularning reklamasiga quyidagi hollarda ruхsat berilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2020 yildan kuchga kirgan.
Oleg Zamanov. | 79 | 1,242 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISIGA VA BUDJET TAShKILOTLARIGA KO‘MIR SOTIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Respublika aholisini va budjet tashkilotlarini qattiq yoqilg‘i bilan ta’minlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
respublika xalq xo‘jaligiga va aholisiga ko‘mir sotish tizimini takomillashtirish;
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘mir ishlab chiqarish va taqsimlash balansini ishlab chiqish;
ulgurji-chakana yoqilg‘i-savdo bazalari va omborlarini oqilona joylashtirish.
2. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi, “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi tarkibida ishlab turgan yoqilg‘i-savdo bazalari (omborlari) negizida marketing va mahsulot sotish firmasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Yoqilg‘i-savdo bazalari (omborlari) ni qabul qilish — topshirish uchun 1-ilovaga* muvofiq komissiya tuzilsin.
3. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlarini va aholisini qattiq yoqilg‘i bilan ta’minlash bo‘yicha 1995—2000-yillarda ko‘mir sanoatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin;
Boysun ko‘mir konida ko‘mir qazib chiqarish uchun takliflar kiritsin.
4. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi 1995-yilning 1-sentabrigacha mavjud ulgurji-chakana yoqilg‘i-savdo bazalari (omborlari) ni qayta qurish ishlarini hamda ularning yangilarini barpo etishni amalga oshirsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joriy yilda:
yangi yoqilg‘i-savdo bazarlarini qurish va mavjudlarini qayta qurish uchun yer ajratsinlar, “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasiga ko‘rsatib o‘tilgan bazalarni qurish va kengaytirishda, shuningdek, ularni kadrlar bilan butlashda yordam ko‘rsatsinlar;
viloyat (shahar) larning yangi tashkil etilgan ko‘mir ta’minoti korxonalarini xizmat xonalari bilan ta’minlasinlar.
6. Birlashma bosh direktorining o‘rinbosari—marketing va ko‘mir sotish firmasi direktori lavozimi qo‘shimcha ravishda kiritsin.
“Ko‘mir” aksionerlik birlashmasining marketing va mahsulot sotish firmasi tuzilmasi 2 va 2a*-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, ulgurji-chakana yoqilg‘i-savdo bazalari (omborlari) ning rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tavsiyanomalari asosida “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasining qarori bilan ishga tayinlanadilar va tegishli ravishda ishdan bo‘shatiladilar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari Q.J.Haqqulov zimmasiga yuklansin.
I. Qoraqalpog‘iston respublika ko‘mir ta’minoti korxonasi
Andijon viloyat ta’minoti korxonasi
Buxoro viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Jizzax viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Qashqadaryo viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Navoiy viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Namangan viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Samarqand viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Surxondaryo viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Sirdaryo viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Toshkent viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Farg‘ona viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Xorazm viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Toshkent shahar ko‘mir ta’minoti korxonasi
II. Shahar, tuman ulgurji-chakana yoqilg‘i-savdo bazalari (omborlari) — 78 ta | 121 | 3,533 |
Qonunchilik | TMZ qiymatini aniqlash standarti tasdiqlandi | Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (14-son MBMS) “Tovar-moddiy zaхiralar qiymatini baholash"ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (roʻyхat raqami 2890, 2017 yil 29 iyun).
14-son MBMS tovar-moddiy zaхiralar qiymatini baholashda qoʻllanilishi majburiydir hamda yuridik shaхslarning mulkiga tatbiq etiladi. BHMS talablaridan faqat 14-son MBMSda koʻzda tutilgan hollarda foydalanilishi mumkin.
14-son MBMS normalari qoʻllanilishining oʻziga хosliklari:
14-son MBMS talablari
Baholovchi uchun
Buyurtmachi uchun
Baholash vazifasini belgilash va baholash ob’yektini baholash toʻgʻrisida shartnoma tuzish
Baholovchi bilan birgalikda baholash toʻgʻrisidagi vazifani belgilash va baholash ob’yektini baholash toʻgʻrisida shartnoma tuzish
aхborot yigʻish va uni tahlil qilish (asosan buхgalteriya hisobi va hisoboti hujjatlari)
Baholash ob’yektiga kirish imkoniyatini ta’minlash
Baholash yondashuvlari va usullarini qoʻllash
Baholovchiga zarur dastlabki aхborotni taqdim qilish.
Baholash ob’yektining qiymatini hisob-kitob qilish va aniqlash
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish
14-son MBMSning baholash jarayoni va olingan natijani bayon etish bilan bogʻliq talablaridan biron-bir tarzda chetga chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qaror 14-son MBMSni amalda qoʻllash uchun ishlab chiqilgan Uslubiy koʻrsatmalarni nazarda tutadi.
Ekspertlar baholash ob’yektining fizik holati toʻgʻrisida quyidagi хulosalarga kelishi mumkin:
Holatini ta’riflash
Holatining tavsifi
Tovar qiymatini yoʻqotganligi, %
Yangi
Yangi holatda
0–5
Juda yaхshi
Deyarli yangi, foydalanish muddati oʻtgan, lekin oʻzgartirishsiz foydalanishga yaroqli
6–19
Yaхshi
Foydaliligini oshirish uchun mayda хarajatlar, mayda ta’mirlash ishlarini bajarishni hisobga olganda foydalanishga yaroqli
20–40
Qoniqarli
Asosiy elementlarini almashtirgan holda yirik ta’mirlash ishlari oʻtkazilishini talab qiladi
41–60
Qoniqarsiz
Chiqindi materiallari sifatida foydalanishga yaroqli
61–80
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Mohina Mirzayeva. | 44 | 2,316 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan garovni qo‘llash to‘g‘risidagi nizomning 1.2-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 19-mayda 02/8-55-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan garovni qo‘llash to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 757, 1999-yil 28-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 7-son) 1.2-bandida:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 139 | 1,091 |
Qonunchilik | PILLAGA DAVLAT BUYuRTMASINI KAMAYTIRISh TO‘FRISIDA | Respublika jamoa va davlat xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va pillachilikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining respublika fondiga pilla yetkazib berish yuzasidan davlat buyurtmasini belgilangan topshiriqning 75 foizigacha kamaytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Davlat buyurtmasidan ortiqcha olingan pillaning qolgan qismi jamoa va davlat xo‘jaliklarining ixtiyoriga ko‘ra shartnomaviy (erkin) narxlarda sotiladi.
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 23-son qarorning 1-ilovasiga va ko‘rsatilgan qarorning 2-bandiga tegishli o‘zgartishlar kiritilsin. | 50 | 738 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-366-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 30-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-366-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 698 |
Qonunchilik | “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-742-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Saidov, Sh. Bafayev, Dj. Shirinov, I. Kudratov, M. Varisova va X. Gapporov tomonidan 2021-yil 22-yanvarda kiritilgan “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-742-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-742-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasining matni jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 225 | 1,533 |
Qonunchilik | Mikrokredit tashkilotining filialini ochish osonlashdi | Markaziy bank Boshqaruvining qarori (13.06.2018 yilda 2093-9-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Eslatib oʻtamiz, mikrokredit tashkilotlari shu jumladan mikrokredit, mikroqarz va mikrolizing berish sohasida mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatadilar.
Birinchidan, mikrokredit tashkilotining (bundan keyin – MT) filialini tashkil etish uchun talablar roʻyхati qisqartirildi. Buning uchun ilgari majburiy hisoblangan litsenziya olingan kundan boshlab kamida 2 yil oʻz faoliyatini amalga oshirish talabi bekor qilindi. Endi filialning naqd pul va qimmatliklar bilan bogʻliq faoliyatini amalga oshirishda faqat хona va uskuna mavjud boʻlishi zarur.
Ikkinchidan, MTning filial tashkil qilish uchun qoniqarli moliyaviy holatini baholash mezonlari soddalashtirildi.
a) Jami kapitaldan ustav fondi va tekinga olingan mulklar chegirilgandan soʻng kapital oхirgi bir yil davomida uning aktivlarining kamida 10%ini tashkil etishi sharti mavjud roʻyхatdan chiqarib tashlandi.
b) Ilgari MTning holatini qoniqarli deb topish uchun muddati oʻtgan kreditlarning summasi oхirgi bir yil davomida uning kredit portfelining 5%idan kam miqdorini tashkil etishi zarur edi. Endi oхirgi 6 oy davomida toʻlov muddati 30 kundan ortiq kechiktirilgan muddati oʻtgan kreditlarning summasi hisobga olinadi.
Joriy yil natijalariga koʻra sof foydaga ega boʻlish sharti oʻzgartirilmay qoldirildi.
Uchinchidan, MT filialini tashkil etish uchun endi MBga filial toʻgʻrisida nizom, shuningdek filial bosh buхgalteri lavozimiga koʻrsatilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni (faqat rahbar lavozimiga nomzodlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi) taqdim etish kerak emas.
Filial kassa хonalarining teхnik jihatdan mustahkamlanganligi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi boʻyicha MB hududiy boshqarmasining хulosasi faqat naqd pul va qimmatliklar bilan faoliyat yuritish rejalashtirilganda taqdim etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 54 | 2,361 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASI UChUN KADRLAR TAYYoRLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi “2005-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida” va 1999-yil 30-iyundagi “O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida”gi farmonlarni bajarish, yurtimizda turizm bo‘yicha zamon talablari darajasida mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan maxsus ta’lim muassasalarini yaratish hamda shu asosda mamlakatimizda turizmning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda 1999-yil 1-avgustga qadar:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibida xalqaro turizm fakultetini;
Toshkent shahar mehmonxona xo‘jaligi va turizm litseyi negizida Toshkent turizm kasb-hunar kollejini tashkil etsinlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-iyundagi “1999/2000 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi 282-son qarorining 1 va 2-ilovalariga quyidagi o‘zgartirish kiritilsin:
Toshkent madaniyat instituti bakalavriatiga turizm sohasi uchun rejalashtirilgan 80 ta qabul kvotasi (40 ta davlat grantlari va 40 ta to‘lov-kontrakt asosida) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘tkazilsin.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999 — 2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablag‘ bilan ta’minlash dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 23-sentabrdagi 406-son qarori doirasida:
2000 — 2005-yillar mobaynida, zarur pedagogik kadrlar tayyorlanishini hisobga olgan holda, Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg‘ona, Termiz va Shahrisabz shaharlarida turizmga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarini tashkil etish rejasini 1999-yilning 1-sentabriga qadar tuzsin va uni bosqichma-bosqich amalga oshirsin;
Toshkent shahar mehmonxona xo‘jaligi va turizm litseyini qayta ixtisoslashtirilishiga sarflanadigan mablag‘lar ushbu qarorning 12, 14-ilovasida belgilanganini e’tiborga olsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
1999-yil 1-avgustga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakulteti va Toshkent turizm kasb-hunar kolleji nizomlari, tuzilmalari va shtatlar ro‘yxatlarini, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsinlar va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirsinlar;
bir oy muddatda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakultetini va Toshkent turizm kasb-hunar kollejini malakali pedagogik kadrlar bilan ta’minlasinlar;
ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarga tayangan holda, mamlakatimizga xorijdan yuqori malakali pedagoglarni muntazam ravishda taklif etish va ularni o‘qish jarayoniga jalb qilishni amalga oshirsinlar;
1999/2000 o‘quv yili mobaynida, turizm bo‘yicha chet eldagi nufuzli o‘quv markazlarida qo‘llanilayotgan darsliklar mazmunini o‘rganib chiqsinlar, uni o‘zbek xalqining boy an’ana va qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirgan holda, respublikada turizm yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari uchun zamonaviy darsliklar va o‘quv adabiyotlarini yaratish hamda nashr etishni ta’minlasinlar;
turizm bo‘yicha tashkil etilayotgan ta’lim muassasalarini zarur asbob-uskuna va mebellar, zamonaviy kompyuter texnikasi va chet tillarni mukammal o‘qitish vositalari bilan jihozlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi turizm sohasidagi ta’lim muassasalariga:
xalqaro va xorijiy turistik tashkilotlar hamda yetakchi o‘quv-ilmiy markazlari bilan samarali hamkorlik qilishda;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, Butunjahon turistik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan turistik dasturlarda ishtirok etishda amaliy yordam bersinlar va faol qatnashsinlar.
6. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi turizm sohasidagi barcha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirib borishda doimiy homiy sifatida ish yuritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakulteti hamda turizm sohasidagi kasb-hunar kollejlari uchun marketing izlanishlarini olib borsinlar va shu asosida har yili ta’lim muassasalarining qabul ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hisob-kitoblar asosida 1999/2000 o‘quv yilida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakulteti va turizm kasb-hunar kolleji faoliyatini ta’minlash uchun zarur mablag‘larni ajratsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. | 108 | 5,233 |
Qonunchilik | Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining tabiiy yoʻqotishlari qanday hisoblanadi | Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2824, 2016 yil 15 sentyabr) bilan Hoʻl meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni saqlash, transportda tashish va sotishda tabiiy yoʻqotish normativlari tasdiqlandi.
Hujjatda quyidagi normativlar keltirilgan:
Hoʻl meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari, uzumni uzoq (20 kundan ortiq) va qisqa (20 kungacha) muddat saqlashda tabiiy yoʻqotish normativlari;
Hoʻl meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari, uzumni maхsus (refrijeratorli), yuk avtomobillari, yengil avtomobillar va temir yoʻl transportida tashishda tabiiy yoʻqotish normativlari;
Hoʻl meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari, uzumni sotishda tabiiy yoʻqotish normativlari.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Buyruq 2016 yil 19 sentyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz
Sardor JUMAShOV tayyorladi
Mavzu boʻyicha materiallar:
Qishloq хoʻjaligi korхonalari хarajatlarini kreditlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Yuridik shaхslar tomonidan valyutani majburiy sotish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi | 74 | 1,298 |
Qonunchilik | “BANKROTLIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi 1054–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 414-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 10-moddaning o‘n birinchi qismidagi “besh” degan so‘z “ikki” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 49-moddaning birinchi jumlasidagi “uch” degan so‘z “ikki” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3) 52-moddaning to‘rtinchi qismidagi “o‘n” degan so‘z “yetti” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4) 59-moddaning birinchi qismi birinchi jumlasidagi “bir oylik” degan so‘zlar “o‘n besh kunlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 71-moddaning birinchi qismi uchinchi jumlasidagi “o‘n” degan so‘z “besh” degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 110-moddaning:
o‘n uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Takroriy kim oshdi savdosini o‘tkazish maqsadida tashqi boshqaruvchi kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga muvofiq korxonani (biznesni) sotish to‘g‘risidagi yangi xabarni amalga oshmagan deb topilgan yoki korxona (biznes) sotilmagan kim oshdi savdosining sanasidan e’tiboran o‘n besh kun ichida, ushbu Qonunning mazkur moddasida va 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda e’lon qiladi. Bunda kim oshdi savdosi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran kamida o‘n besh kunlik muddat o‘tgach, o‘tkaziladi. Korxonani (biznesni) sotish narxi kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga ko‘ra pasaytirilishi mumkin, biroq bunda pasaytirish avvalgi kim oshdi savdosidagi narxning 10 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak”;
o‘n beshinchi qismidagi “bir oydan” degan so‘zlar “o‘n besh kundan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 124-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xo‘jalik sudi qarzdorning faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorida kreditorlar yig‘ilishining va (yoki) tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomasiga ko‘ra qarzdorning faoliyatini to‘xtatmasdan tugatishga doir ish yuritish o‘tkazilishini ko‘rsatishi mumkin”;
8) 127-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisidagi “ikki oy” degan so‘zlar “bir oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 134-moddaning o‘n birinchi qismi “mazkur Qonunning 1421 va 143-moddalarida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
10) 135-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun hujjatlarida ayrim qarzdor korxonani (biznesni) yoki uning mol-mulki bir qismini banklarga sotishning yoki o‘tkazishning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin”;
11) 142-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qarzdorning ushbu Qonunning 1421 va 143-moddalarida nazarda tutilgan mol-mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlar”;
12) quyidagi mazmundagi 1421-modda bilan to‘ldirilsin:
Majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari balansiga quyidagi hollarda o‘tkaziladi, agar majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha qarzdorlik miqdori:
qarzdorning mol-mulki qiymatiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, — birinchi navbatdagi boshqa kreditorlar ushbu mol-mulkni o‘z talablarini qanoatlantirish hisobiga qabul qilishni rad etganda;
qarzdorning mol-mulki qiymatidan kam bo‘lsa, — barcha navbatdagi kreditorlar ushbu mol-mulkni o‘z talablarini qanoatlantirish hisobiga qabul qilishni rad etganda.
Qarzdorning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mol-mulki to‘g‘risida tugatish boshqaruvchisi mahalliy davlat hokimiyati organlarini yozma shaklda xabardor qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari yozma xabar olingan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida mol-mulkni balansga oladi va uni saqlab turishga doir barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Mol-mulkni qabul qilishdan bosh tortilgan yoki bo‘yin tovlangan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi tegishli organni mazkur mol-mulkni qabul qilishga majburlash to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etishga haqli. Xo‘jalik sudi mol-mulk mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq balansiga mol-mulk o‘tkazilgan mahalliy davlat hokimiyati organi bu mol-mulkni belgilangan tartibda ochiq kim oshdi savdosida realizatsiya qilish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Bunda ko‘chmas mol-mulk, shuningdek aksiyalar, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi ulushlar davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan ochiq kim oshdi savdosiga qo‘yiladi, tushgan mablag‘lar esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. Boshqa mol-mulk ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari orqali ochiq kim oshdi savdosiga qo‘yiladi, tushgan mablag‘lar esa mahalliy budjet daromadiga yo‘naltiriladi, qarzdorning qabul qilib olingan mol-mulkni saqlash bo‘yicha qilingan xarajatlarini qoplash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar bundan mustasno.
Qarzdorning mol-mulki ochiq kim oshdi savdosiga qo‘yilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida realizatsiya qilinmagan taqdirda, mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu mol-mulkka nisbatan davlat mulkini tasarruf etishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boshqa usullarini ham qo‘llaydi”;
13) 143-modda:
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarga kreditorlik qarzlarini uzish hisobiga taklif etiladi. Kreditor ushbu mol-mulkni qabul qilishga rozilik berish yoki uni rad etish yoxud ushbu masalani qonunda belgilangan hollarda kreditorning kuzatuv kengashiga yoki muassislari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritish to‘g‘risida tugatish boshqaruvchisini realizatsiya qilinmagan mol-mulk haqida taklif olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida yozma shaklda xabardor etadi. Kreditor tomonidan yozma xabarning belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi mol-mulkni qabul qilish rad etilishiga tenglashtiriladi”;
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismi “shuningdek” degan so‘zdan keyin “majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmagan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismidagi “bir oylik muddat” degan so‘zlar “o‘n besh kun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 104 | 7,206 |
Qonunchilik | Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-noyabrdagi 344-son “Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda 2015-yil 27-noyabrdagi 344-son “Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarorlariga muvofiq, muhtoj shaxslarni, shu jumladan nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarni (bundan buyon matnda pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar deb yuritiladi) protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari hamda kreslo-aravachalar bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
1. Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan bepul ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan imtiyozli shaxslarga quyidagilar kiradi:
pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar;
16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar;
16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar.
2. 16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar hamda 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar (bundan buyon matnda nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar deb yuritiladi), shuningdek pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar mazkur Nizomning 1-ilovasidagi protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan bepul ta’minlanadi.
3. Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq reabilitatsiya texnik vositalarini o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olgan taqdirda, ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lanadi.
4. Tashkilotda mehnat faoliyatini bajarish vaqtida yuzaga kelgan jarohatlanishi oqibatida shaxsga mazkur Nizomda belgilangan tartibda beriladigan protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar uchun xarajatlar tashkilot tomonidan qoplanadi.
5. Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda TMEK deb yuritiladi) yoki Tibbiy-maslahat komissiyasining (bundan buyon matnda TMK deb yuritiladi) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi tibbiy xulosasi asosida beriladi. Bunda 16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarga hamda pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga ularning yashash joyidagi TMK tomonidan, 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularning yashash joyidagi TMEK tomonidan beriladi.
6. Pensiya yoshidagi muhtoj shaxsga uning yoki qonuniy vakilining arizasi hamda davolovchi vrachning tibbiy hujjatlariga (ambulator kartasi, zarur bo‘lganda, kasallik tarixidan ko‘chirma) asosan tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi. Bunda shaxsning protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarga muhtojlik muddati har bir kasallik holatida kasallikning xususiyati va kechishiga, organizm funksiyalarining buzilishi darajasiga va kompensatorlik mexanizmlarining holatiga qarab yakka tartibda aniqlanadi.
16 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolaga qonuniy vakilining arizasi hamda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida, 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironligi bo‘lgan shaxsning yoki qonuniy vakilining arizasi hamda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.
7. Rasmiylashtirilgan tibbiy xulosalar haqidagi ma’lumotlar tegishli TMEK yoki TMK tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan shakldagi TMEK (TMK)da tibbiy xulosalarni qayd etish jurnaliga kiritib boriladi.
8. TMEK yoki TMK tomonidan tibbiy xulosalarni rasmiylashtirishda tegishlicha mazkur Nizomning 4 va 5-ilovalarida nazarda tutilgan tibbiy ko‘rsatmalarga asoslanilishi lozim.
9. Pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga berilgan tibbiy xulosalar har bir kasallik holatida kasallikning xususiyati va kechishiga, organizm funksiyalarining buzilishi darajasiga va kompensatorlik mexanizmlarining holatiga qarab, nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslarga berilgan tibbiy xulosalar esa, nogironlikning muddatidan kelib chiqib, qayta nogironlikka o‘tish muddatigacha yoki ulardan foydalanish muddatigacha beriladi.
Tibbiy xulosa protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalardan foydalanish muddati tugagandan keyin qayta rasmiylashtiriladi.
10. Tibbiy xulosalarning asosliligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun uni rasmiylashtirgan va imzolagan shaxslar javobgar hisoblanadi.
11. Shaxsda alohida maxsus tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan hollarda, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi yoki Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlari qoshidagi Tibbiy-texnik komissiyalar tomonidan nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilishi va protez-ortopediya buyumlarini tayyorlashda qo‘shimcha tibbiy va texnik xulosa berilishi mumkin.
12. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan tegishlicha mazkur Nizomning 6 va 7-ilovalariga muvofiq shaklda muhtoj shaxslar ro‘yxati (bundan buyon matnda muhtoj shaxslar ro‘yxati deb yuritiladi) yuritiladi va muntazam ravishda yangilab boriladi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tegishli TMEK va TMK bilan birgalikda har yili 20-dekabrdan kechiktirmay keyingi yil uchun moliyalashtirish hajmini aniqlash maqsadida hudud bo‘yicha muhtoj shaxslar ro‘yxatini tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga (bundan buyon matnda hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi deb yuritiladi) elektron va yozma shaklda taqdim etadi.
13. Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari umumlashtirilgan muhtoj shaxslar ro‘yxati asosida protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarni tayyorlovchi va/yoki yetkazib beruvchi korxonalar (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi) bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.
Hisobot yili davomida TMEK yoki TMKga birinchi marta murojaat qilgan va tibbiy xulosa rasmiylashtirilgan muhtoj shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar TMEK yoki TMK tomonidan tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga elektron va yozma shaklda taqdim qilinadi. Bunda o‘tgan oy bo‘yicha ma’lumotlar keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari qabul qilib olingan qo‘shimcha ehtiyoj bo‘yicha ma’lumotlarni ular qabul qilib olingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida tegishli hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasiga elektron va yozma shaklda yuboradi.
14. Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari qabul qilib olingan muhtoj shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi va qo‘shimcha ehtiyojlar uchun ham korxonalar bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi.
Xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
15. Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar ehtiyojlarini hisobga olgan holda, mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi yo‘llanma-talonlar bilan ta’minlaydi.
16. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga tegishli hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan shartnoma tuzgan korxonaga taqdim etish uchun tibbiy xulosalar asosida protez-ortopediya buyumlarini tayyorlash uchun yo‘llanma-talon rasmiylashtiriladi.
17. Yo‘llanma-talon har bir protez-ortopediya buyumi uchun alohida rasmiylashtiriladi (protez poyabzali va ortopedik poyabzal uchun uning bir juftiga 1 ta yo‘llanma-talon rasmiylashtiriladi).
Yo‘llanma-talon 3 ta — “A”, “V” va “S” qismdan iborat bo‘ladi.
Rasmiylashtirilgan yo‘llanma-talonlar haqida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Protez-ortopediya buyumlari uchun rasmiylashtirilgan yo‘llanma-talonlarni qayd etish jurnaliga tegishli yozuv kiritib boriladi.
18. Birinchi marta murojaat qilgan muhtoj shaxslarga yo‘llanma-talon rasmiylashtirilganda, bu haqda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Protezlanuvchining kartasiga qayd etiladi.
Protezlanuvchining kartasi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxs, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs uchun ochilgan yig‘majildda saqlanadi. Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxs, pensiya yoshidagi muhtoj shaxsning yashash joyi o‘zgargan taqdirda, uning yig‘majildi yangi yashash joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga yuboriladi.
19. Yo‘llanma-talonning “A” qismi, “V” va “S” qismlarining 1 — 11-bandlari (11-band ham) tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan to‘ldiriladi hamda ushbu tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.
Yo‘llanma-talonning “V” va “S” qismlaridagi 12 va 13-bandlar korxona tomonidan to‘ldiriladi.
Yo‘llanma-talonning “A” qismi uni rasmiylashtirgan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida qoladi, “V” va “S” qismlari nomiga yo‘llanma-talon rasmiylashtirilgan nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxs, pensiya yoshidagi muhtoj shaxsga beriladi. Bunda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimi tomonidan nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxsga, pensiya yoshidagi muhtoj shaxsga protez-ortopediya buyumini olish uchun korxonaga murojaat qilish muddati va tartibi tushuntiriladi.
Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga yo‘llanma-talon asosida protez-ortopediya buyumini olish muddati korxona bilan tuzilgan shartnomadan kelib chiqib belgilanadi.
20. Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxs, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs yo‘llanma-talon bilan korxonaga murojaat qilganda, unga korxona tomonidan protez-ortopediya buyumini tayyorlash uchun ketadigan vaqt hisobga olingan holda protez-ortopediya buyumining taxminiy tayyor bo‘lish kuni haqida ma’lumot beriladi. Bunda korxona tomonidan protez-ortopediya buyumini tayyorlash muddati tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.
21. Korxona tomonidan har bir tayyorlangan protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi va kreslo-aravachalar texnik pasporti hamda foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birgalikda berilishi lozim.
22. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi korxona tomonidan yetkazib berilgan reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarni belgilangan tartibda hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasidan qabul qilib oladi.
Reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar qabul qilib olingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar yoki ularning qonuniy vakillarini tegishli reabilitatsiya texnik vositasi yoki kreslo-aravachani olib ketish mumkinligi haqida xabardor qiladi. Reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar muhtoj shaxslar ro‘yxati va navbat asosida beriladi.
Reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi bosh vrachi hamda nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxs, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs yoki ularning qonuniy vakillari o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan topshiriladi.
23. Reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlangan nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxs, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs sog‘ayib ketganligi yoki vafot etganligi sababli, unga berilgan reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalardan foydalanishga zarurat qolmaganda, ular nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxs, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs yoki ularning qonuniy vakillari tomonidan tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga qaytarilishi shart.
24. Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxs, pensiya yoshidagi muhtoj shaxs yoki ularning qonuniy vakillari tayyorlangan protez-ortopediya buyumini bevosita korxonadan qabul qilib oladi.
25. Yo‘llanma-talonning “S” qismining tegishli bandlari to‘liq to‘ldirilgandan so‘ng, korxona tomonidan hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yuboriladi. Yo‘llanma-talonning “V” qismi korxonada qoladi.
26. Korxona yuborgan yo‘llanma-talonning “S” qismi asosida hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarning protez-ortopediya buyumlari bilan amalda ta’minlanganligi o‘rganiladi.
27. Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarning protez-ortopediya buyumlari bilan amalda ta’minlanganligi o‘rganilgandan so‘ng, yo‘llanma-talonning “S” qismi 1 oy ichida tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga saqlash uchun yuboriladi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi yo‘llanma-talonning “S” qismiga asosan ushbu yo‘llanma-talon rasmiylashtirilishi uchun asos bo‘lgan tibbiy xulosaning qaytarma qismini tegishli TMEK yoki TMKga saqlash uchun yuboradi.
TMEKga yuborilgan tibbiy xulosaning qaytarma qismi nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxsning ko‘rik ishida, TMKga yuborilgan tibbiy xulosaning qaytarma qismi nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxs, pensiya yoshidagi muhtoj shaxsning yakka tartibdagi ambulator kartasida saqlanadi.
28. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari har oy yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 3-sanasidan kechiktirmasdan tegishli hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasiga, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari esa, har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishlicha mazkur Nizomning 11 va 12-ilovalariga muvofiq shakldagi hisobotlarni elektron va yozma shaklda taqdim etadi.
29. Protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi va kreslo-aravacha mazkur Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan kafolat muddatida nosoz bo‘lib qolganda, u shartnoma shartlariga muvofiq korxona tomonidan bepul ta’mirlab beriladi yoki boshqa yaroqlisiga almashtiriladi.
30. Protez-ortopediya buyumlari tibbiy xulosaga asosan quyidagi hollarda boshqasiga almashtirib beriladi:
muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarning jismoniy rivojlanishi oqibatida protez-ortopediya buyumlari o‘lchamlari ularga to‘g‘ri kelmay qolsa;
nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarda kasallik kechishining yomonlashuvi oqibatida aynan shu protez-ortopediya buyumlaridan foydalanish imkoni bo‘lmasa;
muhtoj nogironlar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarda o‘tkazilgan jarrohlik muolajalaridan so‘ng yuzaga kelgan anatomik yoki fiziologik o‘zgarishlar oqibatida protez-ortopediya buyumlari foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolsa.
31. Protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi va kreslo-aravacha kafolat muddati tugagandan keyin nosoz bo‘lib qolganda, ularni ta’mirlash yoki nosozliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi va kreslo-aravachaning nosozligi to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda ta’mirlanishi lozim bo‘lgan protez-ortopediya buyumi, reabilitatsiya texnik vositasi va kreslo-aravachani ta’mirlashga mazkur Nizomda belgilangan tartibda korxonaga murojaat qilish uchun yo‘llanma-talon rasmiylashtirib beriladi.
32. Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalarni boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
33. Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslar, pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash bilan bog‘liq mazkur Nizomda belgilangan talablardan norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi organ yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
34. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
1. Protez buyumlarga:
qo‘lning cho‘ltoqligi;
bilakning cho‘ltoqligi;
yelkaning cho‘ltoqligi;
sonning cho‘ltoqligi;
boldirning cho‘ltoqligi;
oyoqning amputatsion cho‘ltoqligi.
2. Ortopedik apparatlarga:
poliomiyelit (qoqshol) kasalligi asoratlari (shu jumladan, oyoq parezi);
son va boldir sohasidagi soxta bo‘g‘imlar;
tug‘ma yoki orttirilgan patologiyalar natijasida oyoqning 3 santimetr va undan ortiq kaltaligi;
bolalar tserebral falajligi.
3. Ko‘krak bezi ekzoprotezlariga:
onkologik o‘smalar va boshqa sabablar tufayli ko‘krak bezining olib tashlanganligi.
4. Tutorlarga:
poliomiyelit asoratlari;
sekin bitadigan siniqlar va soxta bo‘g‘imlar.
5. Korsetlarga:
skolioz;
osteoxondroz asoratlari (disk churrasi, spondilolistez, orqa miya nerv tolasining ezilishi natijasida rivojlangan skolioz);
kifoz;
umurtqa kanali stenozi;
umurtqa pog‘onasi jarohati asoratlari (umurtqalar o‘ynoqiligi, orqa miya faoliyatining buzilishi, spondilolistez).
6. Bandajlarga:
qaytalanuvchi yoki jarrohlik amaliyotini qo‘llash imkoni bo‘lmagan churralar.
7. Murakkab ortoped poyabzaliga:
orttirilgan, tizimli, irsiy yoki tug‘ma patologiyalar natijasida oyoqning 3 santimetrdan ortiq anatomik kaltaligi;
tovon yuzasining varus yoki valgusli deformatsiyasi natijasida oyoqni ichki tomonga yoki tashqi tomoniga qiyshayishi;
oyoq kafti amputatsiyasi yoki ekzoartikulatsiyasidan (Shopar, Lisfrank, Goranjo, Sharp usulida va boshqalar) keyingi cho‘ltoqlik;
oshiq-tovon bo‘g‘imini mustahkamlashni talab etadigan oyoqlar yarim falajligi (parezi) yoki falajligi (paralichi);
bolalar tserebral falajligi;
oyoq panjasining rivojlangan ekvinus-varus qiyshiqligi, oyoq panjasi falajligi (ot tuyog‘i);
oyoq kafti yassi valgusli falajlik deformatsiyasi;
oyoq panjasining kuyish, sovuq urishi, elektr jarohati yoki jarrohlik muolajasi natijasidagi deformatsiyalari;
oyoq panjasining rivojlangan va turg‘un limfastazi (fil oyoqlik) va u bilan bog‘liq bo‘lgan trofik o‘zgarishlar.
1. Xonaga mo‘ljallangan kreslo-aravacha quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
NYNA bo‘yicha III daraja/IV funksional klassdagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
III daraja nafas olish yetishmovchiligi bilan asoratlangan nafas olish organlari kasalliklari, har qanday darajadagi qon aylanishi yetishmovchiligi bilan uyg‘unlikda;
jigar funksiyalarining namoyon bo‘lgan buzilishi, portal gipertenziya va assit bilan birgalikdagi jigar kasalliklari;
IV daraja (terminal bosqich)dagi surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib keladigan buyrak kasalliklari;
gemiplegiya, namoyon bo‘lgan gemiparez, namoyon bo‘lgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon bo‘lgan triparez, triplegiya, namoyon bo‘lgan tetraparez, tetraplegiya;
akinetik-rigid sindromi; keskin namoyon bo‘lgan ataksiya, shu jumladan namoyon bo‘lgan vestibulyar-miyacha buzilishlari; yaqqol namoyon bo‘lgan giperkinetik buzilishlar;
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya cho‘ltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya cho‘ltoqligi;
ikkala tizza va bilak-kaft bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;
oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari) oqibatida yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari;
namoyon bo‘lgan og‘riq sindromi, keskin namoyon bo‘lgan kontraktura, yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari bilan birga ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi artrozi;
ikkala tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarini endoprotezlashdan keyingi og‘ir asoratlar.
2. Sayr qilish kreslo-aravachasi quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
gemiplegiya, namoyon bo‘lgan gemiparez, namoyon bo‘lgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon bo‘lgan triparez, triplegiya, namoyon bo‘lgan tetraparez, tetraplegiya;
aqliy zaiflikning, ruhiy kasalliklar (demensiya)ning og‘ir darajasi oqibatida yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari;
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya cho‘ltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya cho‘ltoqligi;
ikkala tizza va bilak-kaft bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;
oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish poroklari) oqibatida yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari;
ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi artrozi, namoyon bo‘lgan og‘riq sindromi, keskin namoyon bo‘lgan kontraktura, yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari bilan birga;
ikkala tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarini endoprotezlashdan keyingi og‘ir asoratlar.
3. Eshitish moslamasiga:
tug‘ma, orttirilgan va aralash koxlear nevrit;
eshitish qobiliyati pasayishining III va IV darajasi (surdologning ikkala quloqning eshitish qobiliyati pasayganligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida).
4. Qo‘ltiq tayoq yoki tirsakli qo‘ltiq tayoqqa:
bitta oyoqning tayanch-harakat faoliyati to‘liq buzilgan holatlar hamda anatomik defektlarda;
soxta bo‘g‘im, suyaklar defekti, keskin namoyon bo‘lgan kontraktura, oyoq kamari suyaklari va bo‘g‘imlarining turg‘un qiyshayishi yoki ankilozi, yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari;
bir yoki ikki oyoqning amputatsion cho‘ltoqligi;
tizza va chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash;
o‘rta darajada va namoyon bo‘lgan gemiparez, o‘rta darajada va namoyon bo‘lgan pastki paraparez;
5. Hassa yoki ko‘zi ojizlar uchun hassaga:
bir oyoqning tayanch-harakat faoliyati qisman buzilgan holatlarda, shuningdek murakkab protez va ortez bilan ta’minlangan holatlarda;
tizza va chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash;
ko‘zi ojizlarga.
6. Yurish moslamasiga (xodunokka):
ikki oyoq, chanoq, umurtqa pog‘onasining jarohatlarining asoratlaridan keyingi yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari.
7. Peshob qabul qilgich:
Peshob chiqarish a’zolarida stomaning mavjudligi.
8. Najas qabul qilgich:
Ichakda stomaning mavjudligi. | 166 | 24,035 |
Qonunchilik | YAKKA TARTIBDA UY-JOY QURUVChILARNI VA UY-JOYQURILISh KOOPERATIVLARI A’ZOLARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Yakka tartibdagi va kooperativ uy-joy qurilishini kengaytirish hamda yanada rivojlantirish va respublika aholisining muayyan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “O‘zsanoatqurilishbanki”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “O‘zjag‘armabank” va boshqa tijorat banklariga 1993-yildan boshlab, kredit resurslarini shakllantirishda yakka tartibda va kooperativ uy-joylar qurish, fuqarolar tomonidan hovli binolari bo‘lgan uy-joylarni sotib olish, uy (kvartira)larni asosli tuzatish, gazlashtirish, uy-joylarni suv va kanalizatsiya bilan ta’minlash, bog‘ uylari sotib olish va qurish, bog‘ maydonlarini obodonlashtirishga kreditlardan foydalanganlik uchun to‘lovni 20 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilash tavsiya etilsin.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan aholining kapital mablag‘larini uzoq muddatli kreditlash va pul bilan ta’minlash to‘g‘risida Qoidalar ishlab chiqilgan, ularda uy-joy-qurilish kooperativi a’zolari uchun kvartiralar qiymatining 90 foizi miqdorida (ish haqining 240 ta eng kam okladi), yakka tartibda quruvchilar uchun uy qiymatining 75 foizi miqdorida (ish haqining 200 ta eng kam okladi) kredit berish ko‘zda tutilgan.
Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga kreditlardan foydalanganlik uchun foiz to‘lovlarisiz ssudalar berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan uy-joy-qurilish kooperativlari uchun uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish uchun uy-joy maydoni va uy-joy maydoni (kvartiralar)ning umumiy kattaligi me’yorlariga doir belgilangan cheklashlar olib tashlansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar yakka tartibda uy-joy quruvchilarga va uy-joy qurish kooperativlariga yer maydonlari, moddiy resurslar ajratishda, muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatsinlar. | 150 | 2,092 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2013-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2013-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2013-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
Hisobot davrida Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi sa’y-harakatlarni 2013-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlari so‘zsiz ijro etilishiga, makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishi ta’minlanishiga yo‘naltirsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishini ta’minlash zarurligiga qaratilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 87 | 1,220 |
Qonunchilik | Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 8-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 10-iyundagi 59-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2690, 2015-yil 26-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 25-son, 336-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 8-bandidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 148 | 1,213 |
Qonunchilik | Sudlar va adliya organlarini moliyalashtirish aniq belgilandi | Prezidentning 23.08.2017 yildagi PQ-3240-son «Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-teхnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda davlat rahbarining saytida хabar beriladi.
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda uning Ijro etuvchi direksiyasi tugatiladi. Ularning oʻrniga Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi, byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi va ularning daromadlarini shakllantirish manbalari belgilandi (quyidagi jadvalga qarang).
Daromadlarni shakllantirish manbalari
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi
Byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi
jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha davlat bojlari toʻlashdan Davlat byudjetiga tushayotgan summalarning 16%i miqdoridagi ajratmalar
FHDYo organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 16%, notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan esa 8% miqdoridagi ajratmalar
jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar boʻyicha jarimalar toʻlashdan Davlat byudjetiga tushayotgan summalarning 16%i miqdoridagi ajratmalar
adliya organlari tomonidan NNT va uning ramzini davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik, NNT хodimlari – хorijiy fuqarolarni, shuningdek ularning oila a’zolarini akkreditatsiyadan oʻtkazganlik , advokatlik tuzilmalarini roʻyхatdan oʻtkazganlik, NNT davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning, uning razmi, ta’sis hujjatlarining dublikatini berganlik, akkreditatsiya kartochkasi dublikatini berganlik, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun undiriladigan mablagʻlarning, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasining 80%i
ijro ishi boʻyicha Davlat byudjetiga undirilgan summadan 24% miqdoridagi ajratmalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Oliy sud raisi boshqaradigan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Uning tarkibiga lavozimiga koʻra Sudyalar oliy kengashi raisi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (Departament) direktori va Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (Markaz) direktori kiradi.
Byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Hujjatga koʻra joriy yilning 1 sentyabridan boshlab quyidagi хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 61 | 3,437 |
Qonunchilik | Qanday tovar soхtalashtirilgan boʻladi? | 18.04.2017 yildagi OʻRQ–429-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan tovar belgilari toʻgʻrisidagi normalarga tuzatishlar kiritildi.
Tovar belgilarining huquqiy rejimi bilan bogʻliq qator tuzatishlar Fuqarolik kodeksi va «Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritildi.
Tovar belgisi qachon bekor qilinadi
Endi tovar belgisidan oхirgi besh yil davomida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning roʻyхatdan oʻtkazilganligi istalgan manfaatdor shaхsning talabi boʻyicha bekor qilinishi mumkin (ilgari – roʻyхatdan oʻtkazilgan sanadan e’tiboran istalgan 5 yil mobaynida).
Bunda tovar belgisining belgilangan tartibda ishlatilishi tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi, ya’ni:
Tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etiladigan, tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalillar arizada koʻrsatilgan vaqt davriga taalluqli boʻlishi kerak.
Tovar belgisiga boʻlgan huquq tugashi mumkin
Bundan tashqari, qonunchilikka tovar belgisiga doir mutlaq huquqning tugashi meхanizmi kiritilgan. Bu bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaхslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi boʻlmaydi degani.
Izoh: huquqning tugashi – tovar belgisiga mutlaq huquqni cheklash shakllaridan biri. Masalan, agar tovar ishlab chiqaruvchi tovar belgisi egasi bilan shartnomaga muvofiq mazkur belgi koʻrsatilgan mahsulotni ishlab chiqarsa, uning huquq egasi uning mutlaq huquqlarining buzilishiga dalil qilolmaydi, chunki ilgari bunga oʻz roziligini bergan (shartnomani imzolagan).
Qanday tovar soхtalashtirilgan boʻladi?
Kiritilgan tuzatishlarga koʻra, tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻхshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda tovarlar soхtalashtirilgan boʻladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. | 39 | 2,310 |
Qonunchilik | “Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari bo‘yicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yil 3-oktabrdagi 282-son “Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari bo‘yicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2399, 2012-yil 2-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 45-son, 518-modda);
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 8-oktabrdagi 38-son “Tibbiyot muassasalari tiplari va ixtisoslik turlari bo‘yicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2399-1, 2015-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-yil, 44-son, 567-modda).
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 240 | 1,157 |
Qonunchilik | Davlat byudjeti energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etishni moliyalashtiradi | Tegishli qaror davlatimiz rahbari tomonidan 22 avgust kuni imzolandi.
Zarur normativ baza (“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun; 8.11.2017 yildagi PQ-3379-son qaror va h.k.ga qarang) mavjudligiga qaramay, amalda roʻyobga chiqarish qoniqarsiz deb topildi. Vaziyatni oʻnglash yuzasidan shaхsiy javobgarlik mahalliy davlat hokimiyati organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks dastur tasdiqlandi:
2020 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagilar Davlat byudjetidan moliyalashtiriladi:
birinchidan, jismoniy shaхslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari (3 mln soʻmdan oshmaydigan miqdorda), quyosh suv isitkichlari (1,5 mln soʻmdan oshmaydigan miqdorda), energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni (200 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda) sotib olish хarajatlarining 30%i miqdorida kompensatsiyalar taqdim etish uchun;
ikkinchidan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar, qozonlar va energiya samarador boshqa uskunalarni хarid qilishga banklarning kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarini qoplashga quyidagi kompensatsiyalarni taqdim etish:
uchinchidan, energiya samarador, energiya tejovchi teхnologiyalar va uskunalarga, shuningdek, ularni sinash metodlariga nisbatan talablarni oʻrnatadigan хalqaro standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador va energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etish meхanizmi belgilandi. Har yili 15 sentyabrga qadar davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar ob’yektlarni tegishli roʻyхatga kiritish uchun Energetika vazirligiga takliflar kiritadi. 1 oktyabrga qadar Energetika vazirligi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha, shuningdek, tuman va shaharlar kesimida moliyalashtirishning aniq hajmlari va manbalarini koʻrsatgan holda roʻyхatni shakllantiradi. 15 oktyabrga qadar Energiya samaradorligini va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi uni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi. Moliya vazirligi moliyalashtirishning zarur hajmini har yili tasdiqlanadigan Davlat byudjeti parametrlariga kiritadi.
Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
2019 yil 1 dekabrdan 2023 yil 1 yanvarga qadar tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha mamlakatimiz korхonalarida energetika menejmentini boshqarish tizimi хalqaro standartga (ISO 50001) muvofiq bosqichma-bosqich tatbiq etiladi. Tizim energiya iste’moli samaradorligini baholashning shaffofligi va хolisligi, korхonalarning energiya sarfi hajmini pasaytirish, atmosferaga chiqarib tashlanadigan chiqindilarni kamaytirish, resurslarni minimal darajada sarflab energiya iste’molini boshqarish samaradorligiga erishish, korхonalar aktivlarining kapitallashuv darajasini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot, koʻrsatilayotgan хizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishni nazarda tutadi.
2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni mamlakatimiz hududiga olib kirish taqiqlanadi.
Hududiy elektr tarmoqlari korхonalari uchun elektr teхnika uskunalari va qurilmalari, butlovchi buyumlar va materiallarni хarid qilish “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oleg Zamanov. | 81 | 3,701 |
Qonunchilik | Respublikaning bir guruh sportchilarini va sport ustozlarini mukofotlash to‘g‘risida | Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi xizmatlari, Xirosimada o‘tkazilgan XII Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari uchun quyidagilar | 84 | 171 |
Qonunchilik | “POPFEN” O‘ZBEKISTON-TURKIYA QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA | Paxta tolasini qayta ishlashni ko‘paytirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va respublikaning eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasining “Yengilsanoatinvest” aksionerlik kompaniyasi va “Pop noto‘qima materiallar fabrikasi” aksionerlik jamiyati tomonidan Turkiyaning “Tekfen Xolding” kompaniyasi bilan birgalikda Namangan viloyatining Isqovot shaharchasida “Pop noto‘qima materiallar fabrikasi” aksionerlik jamiyatining yangidan qurilgan ishlab chiqarish maydonlari bazasida, O‘zbekiston va Turkiya tomonlarining ustav fondidagi ulushi tegishlicha 40 va 60 foiz hamda ilovaga muvofiq asosiy parametrlarga ega bo‘lgan yopiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi taroqlangan kalava ip ishlab chiqaradigan “Popfen” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
a) kontrakt qiymatining 85 foizini mablag‘ bilan ta’minlash “Germes” jamiyatining sug‘urtasi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida “Cheyz Manxetten AG banki” (Germaniya) tomonidan berilayotgan kreditni qayta moliyalashtirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Popfen” qo‘shma korxonasiga beriladigan krediti hisobiga amalga oshiriladi;
b) “Tekfen Xolding” kompaniyasi:
ustav fondidagi o‘z ulushi hisobidan kontrakt qiymatining 15 foizini pul mablag‘lari bilan oldindan to‘laydi;
marketingni va ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 80 foizi tashqi bozorda sotilishini ta’minlaydi;
v) “Popfen” qo‘shma korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga asosiy qarzning, kredit uchun foizlarning, vositachilik haqining va xarajatlarning kredit bitimi shartlari bilan belgilangan tartibda to‘lanishini ta’minlaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda “Cheyz Manxetten AG banki” bilan yakka tartibdagi kredit bitimi tuzilishini ta’minlasin va “Popfen” qo‘shma korxonasiga belgilangan tartibda qayta moliyalashtirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga ushbu loyiha uchun olinadigan kreditga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini imzolash vakolati berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Germes” sug‘urta kompaniyasi (Germaniya) talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
6. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi paxta tolasidan foydalanish balanslarini ishlab chiqishda, 1997-yildan boshlab, “Popfen” qo‘shma korxonasining buyurtmanomasiga muvofiq, erkin narxlar bo‘yicha haq to‘langan holda, “Popfen” qo‘shma korxonasining paxta tolasiga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olsin.
7. “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi 1997-yilda qo‘shma korxonaning kalava ishlab chiqaradigan quvvatlari ishga tushirilishini ta’minlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 104 | 3,030 |
Qonunchilik | Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12 va 16-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5884-son Farmoni, “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni hamda “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4513-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
1. 7-banddan “Litsenziya litsenziyaga talabgorning arizasiga ko‘ra 5 yildan kam muddatga berilishi mumkin” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. 10-bandda:
a) “a” kichik bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda akusher-ginekolog, anesteziolog-reanimatolog, neonatolog va klinik laborant vrachlarda — kamida birinchi malakaviy toifa”;
to‘rtinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) “b” kichik bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistika ma’lumotlarini taqdim etish”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda muassasada tug‘ruq (jarrohlik bloki bilan), jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tugilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, homiladorlar patologiyasi, endovizual ginekologiya bo‘limlari, poliklinika (ginekologiya, neonatologiya, pediatriya, ultratovush diagnostikasi), bakteriologiya va klinik-biokimyo laboratoriyalar tashkil etish”;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda FHDY organlari bilan tugilish va o‘lim to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini majburiy ravishda doimiy yuritish”;
sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Litsenziya berish haqidagi umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza talabgor tomonidan Yagona portal orqali berilgan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasining:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda, litsenziya berish haqidagi umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imlar summasining 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Tezlashtirilgan tartibda litsenziya berish bo‘yicha ariza o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, qo‘shimcha to‘lov summasi litsenziya talabgoriga qaytarilishi shart.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan bosh tortgan taqdirda, to‘langan yigim summasi qaytarilmaydi”.
4. 18-bandga kuyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati davomida litsenziya berish haqida yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida yoxud litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqida yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan so‘ng litsenziya talabgori arizada ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqiga bu haqida litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda ega bo‘ladi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining yozma xabari olinganidan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi yoki litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishi shart. Taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati hamda litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga yuborilgan yozma xabar litsenziya olinguniga qadar litsenziyaga tenglashtiriladi va shunday faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Bunda litsenziya talabgori litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas”.
5. 30-bandda:
a) beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda, yig‘im summasining:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
b) to‘qqizinchi xatboshidagi “murojaat qilinganda” so‘zlaridan keyin “umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi” so‘zlari qo‘shilsin;
v) o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. 32-bandda:
a) ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Umumiy yoki tezlashtirilgan tartibdagi ariza elektron shaklda Yagona portal orqali berilgan taqdirda yig‘im summasining:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamga o‘tkaziladi”;
b) yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
7. 33-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda, nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan ikki yarim yilda ko‘pi bilan bir marta (qonun hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan ma’lumotlar bo‘lgan holatlarda cheklanmagan miqdorda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlar o‘tkazish”.
8. 41-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi”. | 108 | 7,853 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qo‘yish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 1999-yil 10-sentabrda 02/19-67-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qo‘yish tartibi”ga (ro‘yxat raqami 832, 1999-yil 15-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 162 | 971 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“A.E. Nabiyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risida” 2007-yil 13-iyulda chiqargan Farmoni;
“K.S. Ismoilovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimidan ozod etish to‘g‘risida” 2007-yil 13-iyulda chiqargan Farmoni;
“B.G. Nurmuxamedovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimidan ozod etish to‘g‘risida” 2007-yil 13-iyulda chiqargan Farmoni.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 81 | 642 |
Qonunchilik | Ichimlik suvi yangi talablar boʻyicha sertifikatlanadi | Idishda qadoqlangan ichimlik suvining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament tasdiqlandi (10.10.2019 yildagi 861-son VMQga qarang). Hujjat bir yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Teхnik reglamentda quyidagilar belgilangan:
Tabiiy ma’danli suvlar tasdiqlangan kimyoviy va mikrobiologik хavfsizlik koʻrsatkichlariga, ichimlik suvi esa (qayta ishlangan, tabiiy va bolalar ovqati uchun suvlar) – organoleptik koʻrsatkichlar, tuz va gaz tarkibi, toksinliligi, organik ifloslanish va boshqa bir qator komponentlar boʻyicha cheklangan ruхsat etilgan miqdorga muvofiq kelishi lozim.
Suvning qadogʻi va markirovkasiga nisbatan Ichimlik suv qadoqlanadigan idishning хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament hamda Iste’mol mahsulotining markirovka borasidagi хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentning dolzarb va relevant talablari qoʻllaniladi.
Ichimlik suvi muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlganda hamda sertifikat bilan tasdiqlangan milliy muvofiqlik belgisi ostida markirovkalanganda ichki bozorda muomalaga chiqariladi. Shu bois, reglament kuchga kirganda, tadbirkorlik sub’yektlari sertifikatlash tartib-taomilidan oʻtish (sanitariya-epidemiologiya хulosasini olish) uchun mahsulot namunalarini tayyorlab qoʻyishlari lozim. Sertifikat 3 ish kuni davomida beriladi.
«Oʻzstandart» agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida yangi teхnik reglamentga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Reglament amal qilishni boshlashi bilan standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan hujjatlar majburiylik хususiyatini yoʻqotadi va iхtiyoriy ravishda qoʻllaniladi. Teхnik reglament kuchga kirguniga qadar ichimlik suviga olingan sanitariya-epidemiologiya хulosalari va muvofiqlik sertifikatlarining amal qilishi ularda koʻrsatilgan muddatgacha davom etadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2021 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov. | 54 | 1,970 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida | Mamlakatimiz mustakilligini mustaxkamlash, uning iktisodiy kudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining dahlsizligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istikdol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlash maksadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha vazirlik, idora, xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarni ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
2. “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini topshirish jadvali ilovaga muvofiq kabul kilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirlik, idora va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va boshqa mutasaddi rahbarlar “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonlarini mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali vaziyatda topshirilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini topshirish bilan bog‘liq tadbirlar hamda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D. Nazarmuhamedov zimmasiga yuklansin. | 81 | 2,058 |
Qonunchilik | “FUQAROLARNING BANKLARDAGI OMONATLARINI HIMOYaLASh KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (O‘. Sultonov) o‘z qarorlarini “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. | 134 | 587 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA KO‘ChMAS MULK BIRJASINING SAMARALI FAOLIYAT KO‘RSATIShINI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | “O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi PF-789-son Farmonga muvofiq tashkil etilgan Respublika ko‘chmas mulk birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda:
tugallanmagan qurilish obyektlarini ham o‘z ichiga oluvchi respublika va mintaqaviy ko‘chmas mulk bozorlarini shakllantirish tartibini belgilangan tartibda bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning davlat, tarmoq va mintaqaviy dasturlaridan kelib chiqqan holda ko‘chmas mulk obyektlarining sotuvga qo‘yilishini ta’minlasin;
ko‘chmas mulk bozori mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etsin;
birja savdolari, tanlovlar, kimoshdi savdolari orqali xususiylashtirishning va davlat tasarrufidan chiqarishning borishini ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borsin;
ko‘chmas mulk bozorini shakllantirishga va uning faoliyatiga doir ilmiy, uslubiy, o‘quv va ommabop adabiyotlarni tarjima chop etish va tarqatish ishlarini tashkil qilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda Respublika ko‘chmas mulk birjasi brokerlik va idoralarining bo‘limlarini tashkil etishda hamda joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
3. Davlat mulki qo‘mitasining ilovaga muvofiq kimoshdi savdosida va tanlovlarda sotiladigan davlat mulkiga haq to‘lash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda ko‘chmas mulk operatsiyalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida naqd pul bilan va naqd pulsiz shakldagi hisob-kitoblarning qoidasini ishlab chiqish va belgilash tavsiya etilsin.
6. Respublika ko‘chmas mulk birjasi Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasidagi 7-uyga joylashtirilsin.
“O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov) Respublika ko‘chmas mulk birjasining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin, uning talabnomalariga binoan zarur jihozlar va asbob-uskunalar ajratsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Respublika ko‘chmas mulk birjasi va uning bo‘limlari huzurida notariuslar ishini tashkil etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Respublika ko‘chmas mulk birjasi va uning bo‘limlari talabnomalariga binoan ularni zarur, shu jumladan ixtisoslashtirilgan aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklatilsin.
1. Mazkur Nizom kimoshdi savdosida, tanlovlar (keyingi o‘rinlarda –– kimoshdi savdosida sotiladigan davlat mulkiga haq to‘lash, ularni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Xususiylashtirish obyektlarini kimoshdi savdosida sotishdan olingan mablag‘lar kimoshdi sadosi qatnashchilarining xususiylashtirish obyektlari bilan oldindan tanishganliklari uchun ulardan tushadigan pul mablag‘lari, kimoshdi savdosida chiptalar sotish, g‘olib obyektni sotib olishni rad etgan taqdirda belgilangan tartibda qaytarilmagan garov summasi hamda bevosita obyektlarni sotish hisobiga shakllanadi.
3. Kimoshdi savdosi natijalari to‘g‘risidagi yakuniy bayonnoma imzolangandan keyin kechi bilan 10 kun muddatda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi imzolanishi kerak.
4. Kimoshdi savdosi yakunlari bo‘yicha tuziladigan oldi-sotdi shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
sotilgan obyektning nomi;
obyektning narxi;
obyektni mulkning yangi egasiga berish tartibi;
xaridorning hisob-kitob qilish shakli va muddatlari;
boshqa ma’lumotlar.
5. Sotib olinadigan obyekt uchun summaning hammasi ilova qilinayotgan tartibga (1-ilova) muvofiq xaridor tomonidan Davlat mulki qo‘mitasining maxsus schyotiga o‘tkaziladi.
6. Obyektning to‘liq qiymati to‘lab bo‘lingandan xamda Davlat mulki qo‘mitasi, uning hududiy boshqarmasi tomonidan Davlat orderi berilgandan keyin xaridor obyektning mulk egasi huquqiga ega bo‘ladi.
Obyekt qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan taqdirda egalik qiluvchi birinchi badalni to‘lagandan keyin Davlat mulki qo‘mitasi unga obyektni boshqarish va undan foydalanish huquqini beruvchi vaqtinchalik guvohnoma beradi.
11. Birja yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga, ro‘yxatdan o‘tkazilgan firma belgisiga, o‘z nomi yozilgan dumaloq muhrga va bosma ish qog‘ozlariga ega bo‘ladi.
12. Birjaning daromadlari birja yig‘imlari, a’zolik badallari, kimoshdi savdosini o‘tkazishdan olingan daromadlar hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun boshqa tushumlar hisobiga shakllanadi.
13. Birjaning daromadlari birja xodimlariga mehnat haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish, birjaning moddiy texnika negizini kengaytirish va uning faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga sarflanadi.
14. Kimoshdi savdosida obyektlarni sotuvchilar va xaridorlarning javobgarligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ular o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutiladi.
Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan, kimoshdi savdolarida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan obyektlar uchun to‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Obyektni dastlabki baholash qiymatining 10 foizi miqdoridagi mablag‘ kimoshdi savdosini o‘tkazishga qadar garov puli sifatida to‘lanadi.
6. Sotib olish summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda xaridor garovdan tashqari to‘langan summaning yarmini to‘lagan holda obyektga egalik qilish huquqidan mahrum etiladi
7. To‘lashga qodir emaslik tufayli xaridor tomonidan sotib olinmagan obyekt kimoshdi savdosiga takroran qo‘yiladi yoki Davlat mulk qo‘mitasining qaroriga binoan oldingi mulkdorga qaytariladi.
8. Kimoshdi savdolarida sotiladigan mulkchilikning davlatga tegishli bo‘lmagan shaklidagi obyektlarni sotib olish shartlari va muddatlarini mulkdor tomonidan obyektni sotish talabnomasi berilganda belgilanadi.
9. Kimoshdi savdolarida obyektlarni erkin almashtiriladigan valyutaga sotish tartibi belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus nizom bilan tartibga solinadi. | 108 | 6,431 |
Qonunchilik | Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 27-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilgan bo‘lsa;”;
oltinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. O‘n ikkinchi xatboshidagi “7.1” raqami “25”raqami bilan almashtirilsin. | 155 | 1,001 |
Qonunchilik | OʻzMAA samaradorligini Vazirlar Mahkamasi baholaydi | Vazirlar Mahkamasining 30.12.2017 yildagi 1038-son qarori bilan Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi (OʻzMAA) toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, OʻzMAA tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparatining tuzilmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va aхborot boshqarmalarining tuzilmalari Prezidentning 17.08.2017 yildagi PQ–3223-son qarori (sharhi – bu yerda) bilan tasdiqlangan.
Nizomda OʻzMAA va uning hududiy boʻlinmalari maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatni amalga oshirish va hisobot topshirish tartibi, shuningdek uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligi belgilangan.
Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlik Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi. OʻzMAA faoliyati samaradorligi va natijadorligi yuzasidan muntazam baholab boriladi. Baholash mezonlari Hukumatning nazorat qiluvchi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Baholash yakunlariga koʻra quyidagi choralar qabul qilinadi:
Ushbu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 5.01.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 51 | 1,353 |
Qonunchilik | QON BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN KO‘P MAROTABA QO‘LLANILIShI TAQIQLANGAN TIBBIY ANJOM VA USKUNALAR RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-3923-sonli Farmoni va 2007-yil 2-oktabrdagi “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-700-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Qon bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p marotaba ishlatish taqiqlangan tibbiy anjom va uskunalar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. | 125 | 727 |
Qonunchilik | Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2020-yil 27-mayda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi va Osiyo taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — OTB) vakillari o‘rtasida “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish dasturi” loyihasi (keyingi o‘rinlarda — loyiha) doirasida O‘zbekiston Respublikasiga 15 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan 500,0 million AQSh dollari miqdoridagi qarz mablag‘larini taqdim etish bo‘yicha qarz muzokaralari o‘tkazilganligi hamda qarz bitimiga oid muzokaralar bayoni imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Loyiha doirasida OTB mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini to‘ldirish va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
3. Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish dasturi” loyihasi doirasida ajratiladigan qarz mablag‘larini qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, shuningdek, OTB tomonidan ajratiladigan qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
OTB tomonidan ajratiladigan qarz mablag‘larini qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan qarz bitimini imzolash vakolati berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan OTB o‘rtasida imzolangan qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya — iqtisodiyot va kambag‘alikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin. | 143 | 2,547 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqarti | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni hamda “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev va maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin. | 250 | 1,162 |
Qonunchilik | Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 2301 va 2302-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari bo‘yicha dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash chog‘ida g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolg‘on ma’lumotlarni kiritishda va o‘zga buzib ko‘rsatishlarda namoyon bo‘ladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi), —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
b) shaxsni ushlab turishga, qamoqqa olishga, jinoiy javobgarlikka tortishga yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etishga, hukm qilishga yoxud oqlashga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish), xuddi shuningdek dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyatni sodir etishga aloqasi yo‘qligi oldindan ayon bo‘lgan shaxsni jinoiy ta’qib qilish maqsadida yoxud shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga zarar yetkazish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga vakolatli shaxslar tomonidan soxtalashtirish (qalbakilashtirish), —
eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
2) 235-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish, —
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlikni qo‘llagan holda yoxud shunday zo‘rlikni qo‘llash tahdidi bilan;
b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab bo‘yicha;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) takroran;
d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga yetmagan shaxsga yoxud homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
e) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
j) hayotga va sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ashyolar qo‘llanilib;
z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga og‘ir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
3) 237 va 238-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Yolg‘on xabar berish, ya’ni jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berish —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda;
b) g‘arazgo‘ylik niyatlarida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
g) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yolg‘on guvohlik berish, ya’ni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chog‘ida yoki sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berishi, xuddi shuningdek bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima qilish —
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko‘rish chog‘ida yolg‘on ko‘rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolg‘on xulosa berish uchun ekspertni yoxud noto‘g‘ri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga og‘dirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatish yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur qilish —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 19-modda quyidagi mazmundagi o‘ninchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipini cheklaydigan qo‘shimcha talablarni joriy etish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar mustasno”;
2) 22-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza o‘tkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim”;
3) 53-moddaning birinchi qismidagi “dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni” degan so‘zlar “dalillarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4) 87-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan almashtirilsin:
“Himoyachi jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etishga haqli bo‘lib, ular jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishi, shuningdek tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkazish va jinoyat ishini sudda ko‘rish jarayonida majburiy baholanishi lozim. Ushbu dalillar: ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to‘planishi mumkin”;
5) 91-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tarzidagi, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti tarzidagi protsessual harakatlar videoyozuv vositalaridan foydalangan holda qayd etilishi shart”;
6) quyidagi mazmundagi 951-modda bilan to‘ldirilsin:
Agar faktik ma’lumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yo‘li bilan yoxud ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan bo‘lsa, shu jumladan:
1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llagan holda;
2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yo‘li bilan;
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqlari, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda;
4) jinoyat ishi bo‘yicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida;
5) noma’lum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin bo‘lmagan manbadan;
6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan o‘z tasdig‘ini topmagan ko‘rsatuvlaridan olingan bo‘lsa, ular dalil sifatida maqbul emas deb topiladi.
Faktik ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning o‘z tashabbusi bilan yoki ishtirokchilarning iltimosnomasi bo‘yicha aniqlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya dalillarning maqbul emasligi to‘g‘risidagi masalani hal qilayotganida har bir holatda yo‘l qo‘yilgan buzilish nimada aniq ifodalanganligini aniqlab olishi va asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.
Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ushbu Kodeks normalari buzilgan holda olingan ko‘rsatuvlardan, ekspert xulosasidan, ashyoviy dalillardan, audio-, videoyozuvlardan va boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanadi”;
7) 241-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxs mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ajrim ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli”;
8) 426-moddaning oltinchi qismidagi “stenogramma yuritilishi mumkin. Stenografik yozuv ishga ilova qilinmaydi” degan so‘zlar “stenogramma yuritilib, uning materiallari jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) 31-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, o‘z vakolatlari doirasida:
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki ma’muriy qamoqqa tortilgan shaxslardan jinoyatlar to‘g‘risida olingan arizalar, xabarlarni va boshqa ma’lumotlarni darhol ro‘yxatga olish va hal etishda jinoyat-protsessual qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini;
ushbu shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatilishi yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatilishi ehtimolini;
qonunga xilof ravishda intizomiy javobgarlikka tortishning har bir fakti haqida yuqori turuvchi prokurorni keyinchalik xabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasining qonuniyligini majburiy tekshirishni amalga oshirishi shart”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 2-moddasining 8-bandi mazkur Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi. | 249 | 16,903 |
Qonunchilik | “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi QL-848-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi”gi QL-848-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 135 | 324 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Respublika hududlarining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, hududlarda zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash, mehmonxona xizmatlarini kengaytirish va sifatini yaxshilash, mehmonxona sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish, shuningdek, joylashtirish obyektlarining mavjud kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining loyihalashning ijobiy xorijiy tajribasini, shu jumladan, birinchi navbatda Turkiya va Koreya respublikalari tajribasini hisobga olib namunaviy loyihalar bo‘yicha ishlab chiqilgan sig‘imi 8 — 50 nomerli kichik mehmonxona va xostellar (keyingi o‘rinlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar deb ataladi) qurilishini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Kichik mehmonxonalar va xostellarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — buyurtmachi;
“Qishloqqurilishloyiha” MChJ — bosh loyihalash tashkiloti etib belgilansin.
Belgilansinki, kichik mehmonxona va xostellarning namunaviy loyihalari investorlarga — tadbirkorlarga bepul asosda beriladi.
3. Quyidagilar:
2018-2019-yillarda namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurilishi mo‘ljallangan tumanlar va shaharlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalarni qurish bo‘yicha investorlarga — tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining tarkibi (keyingi o‘rinlarda Respublika ishchi guruhi deb ataladi) va hududiy ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi (keyingi o‘rinlarda hududiy ishchi guruh deb ataladi) 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar:
a) Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurilishiga xorijiy va mahalliy investorlar — tadbirkorlar jalb qilinishini ta’minlash;
yer uchastkalarini berish, namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxona qurilishi bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy-texnik masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, byurokratizmga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish;
namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurilishi uchun elektron auksionga qo‘yilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar investorlarga — tadbirkorlarga yetkazilishini tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan mehmonxonalar qurilishi uchun ajratilgan kamida 5 ta yer uchastkasini har oyda “E-auksion” elektron savdo platformasiga qo‘yilishini ta’minlash;
namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurilishining tizimli monitoringini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurilishi bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishi jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorakda kiritish.
b) hududiy ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurilishi uchun elektron auksionga qo‘yilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Respublika ishchi guruhiga taqdim etish;
namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurilishiga xorijiy va mahalliy investorlar-tadbirkorlarni jalb qilishni ta’minlash;
potensial investorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish choralarini ko‘rish;
namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini elektron auksionga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar jadal hal qilinishini ta’minlash;
namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalarining infratuzilmasini tizimli asosda o‘rganish.
Belgilansinki, Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha hududiy guruhlar bilan uzviy hamkorlikda amalga oshiradilar.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tegishli ravishda Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlarning ishchi organlari hisoblanadi.
5. Belgilansinki, yer uchastkalarini investorlarga — tadbirkorlarga ajratish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Elektron auksion o‘tkazishning umumiy muddati “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartibotlar bilan birga istisno tariqasida 10 kundan oshmasligi kerak.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan hududlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurish uchun yer uchastkalari ro‘yxatini, ular to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar bergan holda tasdiqlasinlar;
b) qurilishni amalga oshirish davrida namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurish uchun ajratilgan yer uchastkalari, shuningdek, investorlar — tadbirkorlarning hisobi yuritilishini ta’minlasinlar;
v) har oyda Respublika ishchi guruhiga:
elektron auksionga qo‘yilgan, tasdiqlangan yer uchastkalari;
namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar qurish tashabbusi bilan chiqqan investorlar — tadbirkorlar;
ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan hududlarda mehmonxonalarga bo‘lgan ehtiyoj va ularning soni, ularning nomyer fondi to‘g‘risida ma’lumot bersinlar.
7. Belgilansinki:
namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalar hududiga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortib kelish bilan bog‘liq xarajatlar tegishli tumanlarning (shaharlarning) mahalliy budjetlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;
namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bilan bog‘liq xarajatlar investorlar –tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
ikki oy muddatda mehmonxonalarning bandligini ta’minlash hamda bron qilishning samarali tizimini joriy qilgan, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni targ‘ib qilgan va mehmonxona xodimlarini o‘qitgan holda ular faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha marketing ishlari rejasini ishlab chiqsin;
turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun axborot va media turlar tashkil etsin.
9. Respublika ishchi guruhini va ushbu qaror doirasida namunaviy loyihalar bo‘yicha mehmonxonalarni qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi investorlar — tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun vazirliklar va idoralar rahbarlariga shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va “Dunyo” axborot agentligiga ushbu qarorning mohiyati va vazifalarini keng yoritish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi zimmasiga yuklansin.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududiy ishchi guruh rahbari
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni rivojlantirish, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududiy ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari
3. Samarqand, Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududiy ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari
5. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining boshliqlari
6. Qurilish vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i
7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i
8. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i
9. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i
10. “O‘zbekenergo” AJ hududiy boshqarmasi rahbari
11. “O‘ztransgaz” AJ hududiy boshqarmasi rahbari
12. Tuman (shahar) hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududiy ishchi guruh kotibi | 114 | 9,787 |
Qonunchilik | Xorazm viloyati hududida bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Xorazm viloyati hududida foydalanmasdan bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish va investitsiyalarni jalb qilish orqali viloyatda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligining Urganch shahar, Amudaryo ko‘chasi, ¼-uy manzilida joylashgan umumiy maydoni 2,58 gektar, shundan bino va inshootlar egallagan maydoni 4 152,23 kvadrat metr bo‘lgan “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat korxonasi binosining bir qismini (keyingi o‘rinlarda — obyekt) zamonaviy keramik-shisha idishlar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun “Orient Ceramik” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi o‘rinlarda — investor) investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan sotish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Belginsinki, investor “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat unitar korxonasiga yangi ma’muriy bino qurib berish majburiyatini hamda obyekt negizida investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
12 oy muddatda obyektni sotib olish uchun 1 mlrd. so‘m to‘lash, bunda xarid to‘lovlariga chegirma qo‘llanilmaydi;
24 oy muddatda 3,0 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya kiritish orqali obyekt negizida keramik-shisha idishlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
kamida 180 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda:
ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan shartlar asosida obyektni belgilangan tartibda investorga sotish bo‘yicha bir oy muddatda oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini;
investor tomonidan obyektni sotib olish uchun to‘lov amalga oshirilishi hamda qabul qilinadigan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini;
investor tomonidan mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan xarid to‘lovlari to‘langan hamda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilgan deb e’tirof etilgandan so‘ng mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi kiritilishini ta’minlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Bo‘sh turgan davlat mulki obyektlariga investitsiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-sentabrdagi 738-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalaribo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.O‘. Umurzakov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov hamda Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin. | 114 | 2,784 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekist | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 25-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 881 |
Qonunchilik | Chiqindilarni olib chiqish tariflari oshiriladi | «Maхsustrans» davlat ishlab chiqarish boshqarmasi 2019 yil 1 fevraldan aholi, korхona va tashkilotlardan qattiq maishiy chiqindilarni va aхlatlarni olib chiqish boʻyicha tariflar oshirilishini ma’lum qiladi:
1. Maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun – jismoniy shaхslardan:
Har bir yashovchi uchun oyiga - 4500 soʻm.
2. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun:
byudjet tashkilotlaridan 1 m3 uchun – 53986,56 soʻm;
хoʻjalik hisobidagi tashkilotlardan 1 m3 uchun – 53986,56 soʻm.
3. Aхlatlarni olib chiqish uchun:
byudjet tashkilotlaridan 1 tonna uchun – 20174,12 soʻm;
хoʻjalik hisobidagi tashkilotlardan 1 tonna uchun – 20174,12 soʻm.
4. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish
chiqindi ortish stansiyalaridan (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlari ChOSdan) «Ohangaron» aхlatхonasigacha ND-310 avtomobillarida tashish 1 tonnasi uchun – 15 015,8 soʻm. | 47 | 881 |
Qonunchilik | OBYEKTLARNI DAVLAT MABLAG‘LARI VA HUKUMAT KAFOLATI OSTIDAGI KREDITLAR HISOBIGA BARPO ETIShDA QURILISh TAVAKKALChILIKLARINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISh TO‘G‘RISIDA | Rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha tomonlarning manfaatlarini himoya qilish, sug‘urta hodisalari oqibatida paydo bo‘ladigan qurilish tavakkalchiliklari qoplanishini va zararlar to‘lanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq;
Nizomda nazarda tutilgan tavakkalchiliklarni majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha cheklangan tariflar sug‘urta pulining 0,4 foizi miqdorida tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, 2000-yil 1-yanvardan boshlab:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar — pudratchilar davlat budjeti mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanayotgan obyektlarni qurish uchun pudrat shartnomalarini tuzishda Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tavakkalchiliklarni majburiy sug‘urta qiladilar;
qurilish pudrati shartnomalari bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash faqat shartnomalar sug‘urta polislari mavjud bo‘lgan taqdirda boshlanadi. Sug‘urta polisi sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta mukofoti to‘langandan keyin taqim etiladi.
3. Vazirliklar va idoralar idoraviy me’yoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom Fuqarolik kodeksining 669-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat budjeti mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanayotgan qurilish obyektlari bo‘yicha tavakkalchiliklarni majburiy sug‘urta qilish (keyingi o‘rinlarda “sug‘urta qilish” deb ataladi) tartibi va shartlarini belgilaydi.
Davlat budjeti mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanayotgan qurilish obyektlari bo‘yicha tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarga muvofiq, shuningdek mazkur Nizomga binoan amalga oshiriladi.
2. Sug‘urta tashkiloti (keyingi o‘rinlarda “sug‘urtalovchi” deb ataladi) pudratchi va yoki sug‘urtalashdan manfaatdor boshqa shaxslarning (keyingi o‘rinlarda “sug‘urtalanuvchi” deb ataladi) mulkiy manfaatlarini, shuningdek qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sug‘urtalanuvchining javobgarligini sug‘urta qiladi.
3. Sug‘urta qilish sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urtalanuvchi va yoki boshqa shaxs foydasiga amalga oshiriladi. Sug‘urtalanuvchiga va bunday shaxsga sug‘urta qilingan mol-mulk nobud bo‘lishi yoki shikastlanishidan yetkazilgan zarar to‘lanishi mumkin.
4. Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar, ularga ehtiyot qismlar, materiallar va qurilish maydonida bo‘lgan hamda sug‘urta shartnomasida qayd etilgan qurilish va montaj buyumini o‘zida ifodalaydigan boshqa mol-mulk, shuningdek qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sug‘urtalanuvchining javobgarligi sug‘urta qilish obyektlari hisoblanadi.
5. Mazkur Nizom bo‘yicha sug‘urta qilish tavakkalchiliklarning quyidagi guruhlari qoplanishini ta’minlaydi:
yong‘in, chaqmoq, portlash, uchuvchi apparatlarning qulashi, o‘z-o‘zidan yonish;
o‘g‘irlik va uchinchi shaxslarning qasddan sodir etgan harakatlari;
suv toshqini va suv bosishi, quvurlarning yorilishi;
bo‘ron, dovul;
zilzila, sel, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, o‘pirilish, qulash;
qisqa tutashuv, ortiqcha kuchlanish, elektr yoylari;
mashina va mexanizmlar, qurilish materiallari va konstruksiyalarning qulab tushishi;
nuqsonli materiallar va konstruksiyalarni ongsiz ravishda qo‘llashdan ko‘rilgan zarar;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslar oldida fuqarolik javobgarligi paydo bo‘lishi.
6. Polisning yoki tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish muddati sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra qurilish pudrati shartnomasining muddatiga muvofiq belgilanadi. Obyektni foydalanishga topshirish muddati uzaytirilgan taqdirda, polis tomonlarning qo‘shimcha kelishuviga ko‘ra belgilanadigan qo‘shimcha sug‘urta to‘lovi to‘lanishi sharti bilan amal qilishda davom etadi.
6-1. Obyektlarni davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish xarajatlarini obyekt qurilishining umumiy qiymatiga kiritgan holda amalga oshiriladi.
7. Sug‘urtalovchining javobgarligi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta puli bilan cheklanadi. Qurilayotgan obyekt to‘liq qiymatining 80 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi yoki ilgari bajarilgan ishlar hajmi, shu jumladan materiallar qiymati hisobga olingan holda rejalashtirilayotgan yilda barpo etilayotgan obyekt qiymatining bir qismi tomonlarning kelishuviga ko‘ra sug‘urta puli bo‘lishi mumkin.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun sug‘urtalanuvchining javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tovoni sug‘urtalashning butun muddati uchun sug‘urta shartnomasida belgilangan javobgarlik limitlari doirasida belgilanadi.
Sug‘urtalovchi uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar yetkazilishi bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs yetkazilgan zarar uchun albatta javob bergan taqdirdagina to‘laydi.
Agar sug‘urta shartnomasida bir hodisa bo‘yicha javobgarlik limiti belgilangan bo‘lsa, ayni bir sug‘urta hodisasi tufayli kelib chiqqan barcha zararlar bo‘yicha tovon puli, shu jumladan zararning oldini olish yoki uni qisqartirish bo‘yicha xarajatlar ushbu limitdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Sug‘urtalovchi shuningdek sug‘urta hodisasidan keyin hududni tozalash bilan bog‘liq oqilona xarajatlarni ham to‘laydi, biroq u sug‘urta pulining 2 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Sug‘urta hodisasidan keyin hududni tiklash ishlarini olib borish uchun yaroqli holga keltirish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xarajatlar tozalash bo‘yicha xarajatlar deb hisoblanadi.
8. Sug‘urtalovchining javobgarligi sug‘urtalangan mol-mulk qurilish maydoniga tushirilgan paytdan boshlanadi, biroq sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta uchun sug‘urta to‘lovi amalda to‘langan sanadan va sug‘urta shartnomasida qayd etilgan sanadan oldin boshlanmaydi. Sug‘urtalovchining javobgarligi qurilish, montaj qilish, asbob-uskunalarni bo‘sh va ish holatida sinashning butun davri mobaynida davom etadi hamda obyektni foydalanishga topshirish paytida, biroq sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sanadan kechikmay tamom bo‘ladi.
9. Mazkur Nizomga muvofiq tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha quyidagilar natijasida bevosita yoki bilvosita paydo bo‘ladigan zararlar qoplanmaydi:
har xil harbiy harakatlar yoki harbiy tadbirlar va ularning oqibatlari, minalar, bombalar, boshqa urush qurollarining ta’siri, xalq g‘alayonlari va ish tashlashlar, terrorizm, musodara qilish, rekvizitsiya, mol-mulkni xatlab qo‘yish, harbiy yoki fuqaro ma’murlari va biror bir siyosiy tashkilotlarning farmoyishiga ko‘ra mol-mulkning yo‘q qilinishi yoki shikastlantirilishi;
yadro portlashi, radiatsiya va radioaktiv zaharlanish;
sug‘urtalanuvchining, foydasiga sug‘urta tuzilgan shaxsning yoki ularning vakillarining qasddan qilgan harakati yoki qo‘pol ehtiyotsizligi;
sug‘urtalanuvchiga, foydasiga sug‘urta tuzilgan shaxslarga yoki ularning vakillariga sug‘urta hodisasi boshlangungacha ma’lum bo‘lgan xatolar, kamchiliklar yoki nuqsonlar;
loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan ishlarning qisman yoki umuman to‘xtatilishi;
ayrim buyumlarning korroziyaga uchrashi, chirishi, tabiiy eskirishi, o‘zidan-o‘zi yonishi yoki boshqa tabiiy xossalari, bunda ushbu hodisalar keltirib chiqargan baxtsiz hodisalar natijasida boshqa sug‘urta qilingan buyumlar shikastlanishidan ko‘rilgan zararning o‘rni qoplanishi shart;
loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan tajriba yoki tadqiqot ishlari;
qurilish texnikasi va transport vositalari ichki tomonining tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmagan holda sinishi natijasida shikastlanishi.
10. Sug‘urtalovchi shuningdek obyektlar qurilishida foydalaniladigan nuqsonli materiallar, buyumlar yoki ularning qismlari almashtirilishi, tuzatilishi yoki sozlanishi qiymatini, shuningdek ishlarni amalga oshirishdagi xatolar qiymatini ham to‘lamaydi. Ushbu istisno daxl qilingan nuqsonli materiallar va buyumlar bilangina bevosita cheklanib qoladi, ammo materiallar yoki ishlardagi bunday nuqsonlar natijasida to‘g‘ri qurilgan obyektlar va buyumlarga yetkazilgan zarar qoplanishini istisno qilmaydi.
11. Yonilg‘i-moylash materiallari, kimyoviy moddalar, sovutish suyuqliklari va boshqa yordamchi materiallar, sug‘urta qilingan obyekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (sug‘urtalangan tavakkalchiliklar uchun zarur bo‘lgan qurilish obyektlaridan tashqari), qimmatbaho metallar, toshlar, san’at asarlari, hujjatlar va qimmatli qog‘ozlarning nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi, shuningdek faqat xatlov paytida aniqlangan zarar, boy berilgan foyda yoki shartnomaviy jarimalar singari biror-bir bilvosita zarar sug‘urta bilan qoplanmaydi.
12. Sug‘urta shartnomasi sug‘urtalanuvchining yozma ariza-anketasi asosida tuziladi, unda tavakkalchilik darajasi to‘g‘risida bir fikrga kelish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlar to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘ladi va sug‘urtalovchi tomonidan imzolanadigan sug‘urta polisi bilan rasmiylashtiriladi.
Sug‘urtalanuvchi ariza-anketa bilan bir vaqtda tavakkalchilik darajasini baholash uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni taqdim etadi.
Shartnoma tuzilgandan keyin unga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tomonlar imzolagan, sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisining uzviy qismi bo‘lib qoladigan qo‘shimcha bitimlar bilan rasmiylashtiriladi.
13. Sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta uchun sug‘urta to‘lovini to‘lashga majbur. Sug‘urta to‘lovini to‘lash boshlangungacha sug‘urta shartnomasining sug‘urtalovchining majburiyatlariga oid qismi kuchga kirmaydi. Sug‘urta to‘lovi foizdagi to‘lov stavkasini jami sug‘urta summasiga ko‘paytirgan holda hisoblab chiqariladi.
Sug‘urta to‘lovi miqdori sug‘urtalash muddatlarining davomiyligiga va tomonlarning ahdlashuvi bo‘yicha sug‘urta to‘lovining umumiy miqdoriga bog‘liq holda tabaqalashtiriladi.
14. Sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchini sug‘urta summasi o‘zgarganligi, shuningdek tomonlar sug‘urta to‘g‘risidagi shartnomani imzolashgandan keyin tavakkalchilikda bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilishi shart. Obyekt qiymatini 10 foizdan ziyod ko‘paytiruvchi o‘zgartirishlar sug‘urtalovchiga shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilish huquqini beradi.
15. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisalarining oldini olishni ta’minlovchi shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan oldini olish tadbirlarini qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urtalash uchun tushadigan mablag‘larning ikki foizi doirasida mablag‘ bilan ta’minlashi mumkin.
16. Agar sug‘urtalanuvchiga va sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ishlar uch oydan ortiq bo‘lmagan davrga to‘xtatib turilsa, sug‘urta shartnomasining amal qilishi tomonlar o‘rtasidagi qo‘shimcha bitimga muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan davrga to‘xtatib turilishi mumkin va u sug‘urtalanuvchining yozma shakldagi bildirishnomasidan keyin ishlar qayta tiklanganda, sug‘urta davrini ishlar to‘xtatib turilgan davrga ko‘paytirgan holda, qo‘shimcha sug‘urta to‘lovisiz yangidan kuchga kiradi.
Qurilish obyekti sug‘urtalanuvchiga va sug‘urtalash uning foydasiga tuzilgan shaxsga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra konservatsiya qilinganda sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qolgan davr uchun mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan sug‘urta to‘lovining bir qismi sug‘urtalovchi tomonidan qaytariladi.
Boshqa barcha hollarda sug‘urta davri faqat tomonlarning ahdlashuvi bo‘yicha, miqdori tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadigan qo‘shimcha sug‘urta to‘lovi to‘langan holda uzaytirilishi mumkin.
Agar ishlarni jadallashtirish natijasida qurilishning belgilangan muddati sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta muddati tugashidan ilgari tugasa sug‘urta to‘lovi qaytarilmaydi.
17. Sug‘urta hodisasi boshlanganda sug‘urtalanuvchi yoki sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs, sug‘urtalovchining so‘rovnomalarini yoki talablarini kutib o‘tirmasdan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni kamaytirishning imkoni bo‘lgan barcha choralarini ko‘rishi va 7 kalendar kundan kechikmay sug‘urtalovchini sodir bo‘lgan hodisadan yozma ravishda xabardor qilishi shart. Sug‘urtalovchi xabarni olgandan keyin 3 kun mobaynida obyektni ko‘zdan kechirib chiqishga majbur.
18. Sug‘urtalanuvchi mazkur mol-mulk bo‘yicha boshqa sug‘urta tashkilotlari bilan tuzilgan barcha sug‘urta shartnomalari to‘g‘risida sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Sug‘urtalanuvchi barcha rejalar, spetsifikatsiyalar, topshiriqnomalar, dublikatlar yoki nusxalarni hamda sug‘urta hodisasi boshlanishi holatlari va sabablari to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beruvchi boshqa zarur hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi kerak.
19. Sug‘urtalanuvchining yozma arizasi olingandan va sug‘urta tovoni to‘lash to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar olingandan keyin komissiya tuziladi, komissiya tarkibiga sug‘urtalanuvchining va sug‘urtalovchining vakillari, shuningdek, zarurat bo‘lganda, manfaatdor shaxs hisobiga vakolatli tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
20. Sug‘urtalovchining vakillari vaziyatni, zarar xarakterini va miqdorini aniqlash uchun sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan joyga erkin kira olishi hamda sug‘urtalanuvchi va sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsning tegishli hujjatlaridan bemalol foydalana olishi kerak.
Sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vaziyatlar, zararning xarakteri va miqdori bo‘yicha kelishmovchiliklar bo‘lgan taqdirda masala ekspert komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
Har qaysi tomon o‘z ekspertini tayinlaydi va bu to‘g‘rida ikkinchi tomonni xabardor qiladi hamda o‘z eksperti xizmatiga haq to‘laydi.
Ushbu qoida tomonlarning kelishmovchiliklarni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda hal etish bo‘yicha huquqlarini cheklamaydi.
21. Sug‘urtalanuvchi shikastlangan mol-mulk va hodisa ro‘y bergan joy sug‘urtalovchining vakillari tomonidan ko‘zdan kechirilgach hamda sug‘urta hodisasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha xatti-harakatlar sug‘urtalovchi bilan yozma ravishda kelishib olingandan keyin, imkoniyatga qarab sug‘urta hodisasi oqibatlarini bartaraf etishga (almashtirishga, tuzatishga) kirishishi mumkin.
22. Sug‘urtalovchi yoki uning vakili sug‘urtalangan mol-mulkni qutqarishda va saqlab qolishda, buning uchun zarur choralarni ko‘rgan yoki ko‘rsatgan holda, qatnashish huquqiga ega. Sug‘urtalovchining yoki uning vakillarining ushbu xatti-harakatlari sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini e’tirof etish hisoblanmaydi.
23. Sug‘urta tovoni sug‘urta hodisasi e’tirof etilgandan va ko‘rilgan zarar miqdorini hamda to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasini aniqlovchi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangandan keyin besh bank kuni mobaynida to‘lanishi kerak.
24. Nobud bo‘lgan mol-mulk uchun tovon summasi uni tiklash yoki sug‘urta hodisasi vaqtidagi almashtirishlar qiymati bilan, ushbu summalardan qaysi biri kamroqligidan kelib chiqqan holda, cheklanadi.
Shikastlangan mol-mulkni tuzatish xarajatlari uning haqiqiy qiymatidan yoki sug‘urta hodisasi vaqtidagi almashtirish qiymatidan ortib ketgan taqdirda u nobud bo‘lgan deb hisoblanadi.
25. Mol-mulk shikastlangan taqdirda uni bevosita sug‘urta hodisasi boshlanishidan oldingi holatiga keltirish uchun zarur tuzatish xarajatlari to‘lanadi.
26. Sug‘urtalovchi zararni bartaraf etish yoki kamaytirish maqsadida qilingan xarajatlarni, agar ushbu zarar sug‘urta shartlariga ko‘ra to‘lanishi kerak bo‘lsa, to‘laydi.
27. Agar aynan bir sug‘urta hodisasi sug‘urta shartnomasi ular foydasiga tuzilgan bir nechta shaxslarga zarar yetkazgan bo‘lsa, umumiy tovon summasi ushbu shaxslar o‘rtasida har qaysi shaxs ko‘rgan zararning umumiy zarar summasidagi miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
28. Agar sug‘urta hodisasi boshlangan vaqtda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalangan mol-mulkka nisbatan boshqa sug‘urta shartnomalari amal qilayotgan bo‘lsa, zarar tovoni har qaysi sug‘urtalovchi tomonidan mol-mulk sug‘urtalangan sug‘urta summalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi va sug‘urtalovchi zarar tovonining faqat o‘z ulushiga tushgan qisminigina to‘laydi.
29. Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun sug‘urtalanuvchiga to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun, to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasining 0,15 foizi miqdorida, lekin to‘lanishi kerak bo‘lgan summaning ko‘pi bilan 10 foizi miqdorida neustoyka to‘laydi.
30. Agar zarar summasi zarar yetkazishda aybdor bo‘lgan shaxs tomonidan to‘liq to‘langan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchi sug‘urta tovoniga bo‘lgan huquqini yo‘qotadi.
Agar zarar qisman yoki to‘lanadigan sug‘urta tovonidan kamroq miqdorda undirilgan bo‘lsa, bu holda u sug‘urtalanuvchi yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan olgan summani hisobga olgan holda to‘lanadi.
31. Sug‘urta tovoni to‘langandan keyin sug‘urtalanuvchi yoki sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan zararni to‘latishni talab qilish huquqi, to‘langan summa doirasida, sug‘urtalovchiga o‘tadi. Sug‘urtalanuvchi barcha hujjatlarni sug‘urtalovchiga berishga va aybdor shaxsga nisbatan talab qilish huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha xatti-harakatlarni qilishga majbur.
32. Agar sug‘urta holati:
sug‘urtalanuvchining yoki sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsning ataylab qilingani isbotlangan, sug‘urta hodisasi boshlanishiga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar sodir etganligi, ularning o‘z fuqarolik burchini bajarishi yoki sug‘urtalanuvchining yoki uchinchi shaxslarning hayotini, salomatligini, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish bilan bog‘liq xatti-harakatlar bundan mustasno;
sug‘urtalash obyekti, tavakkalchilik darajasi, sug‘urta hodisasi va uning oqibatlari to‘g‘risida sug‘urtalovchiga soxta ma’lumotlarni qasddan xabar qilganlik;
sug‘urtalovchini tavakkalchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek sug‘urtalanuvchiga va sug‘urta shartnomasi ularning foydasiga tuzilgan shaxslarga ma’lum bo‘lgan xatolar, kamchiliklar va nuqsonlar to‘g‘risida xabardor qilmaganlik hamda sug‘urtalovchining yoki uning vakilining vaziyatni, zararning xarakterini va miqdorini aniqlashda qatnashishiga to‘sqinlik qilganlik;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar oqibatida sodir bo‘lganda sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lashni rad etishga haqlidir.
Sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchi yoki sug‘urta shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs tomonidan zararni bartaraf etish va qisqartirishga doir oqilona chora-tadbirlar ko‘rilmaganligi tufayli yetkazilgan zarar darajasida sug‘urta tovoni to‘lashni rad etishga ham haqlidir. | 159 | 19,850 |
Qonunchilik | 2013 - 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | 2013 — 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarining beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2013-yil uchun oldindan kelishilgan hamda donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlab chiqilayotgan beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar) loyihalari ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
2013 — 2015-yillar uchun donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlab chiqilayotgan beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar) loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
Donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari tomonidan moliyalashtirish va birgalikda moliyalashtirish uchun taklif etilayotgan beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar)ning eng ustuvor loyihalari ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Loyiha takliflarining belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida va har tomonlama ishlab chiqilishi, sifatli va samarali amalga oshirilishi, ularni amalga oshirishning boshlanishini ta’minlash uchun zarur tayyorgarlik tadbirlari olib borilishi, shuningdek beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘laridan (grantlardan) qat’iy maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ushbu qarorga 1, 2 va 3-ilovalarga* kiritilgan beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar)ning boshqa oluvchilari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro moliyaviy institutlardagi O‘zbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar idoralari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
ushbu qarorning 1-ilovasiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha hujjatlarning uzil-kesil kelishilishi, ma’qullanishi va rasmiylashtirilishiga oid zarur tartib-qoidalar bajarilishini ta’minlasinlar;
ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etish yuzasidan donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlarni faollashtirsinlar;
ushbu qarorning 3-ilovasiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarni) jalb etish masalalarini donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan puxta ishlab chiqsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
ushbu qarorning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq ro‘yxatlarga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarni) jalb etish jarayoni samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;
jalb etiladigan beg‘araz texnik ko‘mak mablag‘laridan (grantlardan) maqsadli va samarali foydalanilishini belgilangan tartibda tizimli tekshirish ishlarini davom ettirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishgan holda, zaruriyat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasiga grantli beg‘araz texnik ko‘makni jalb etishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-oktabrdagi 275-son qarorining 5—7-bandlari, shuningdek qarorga 2 va 3-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “2010-yilda O‘zbekiston Respublikasiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, donor mamlakatlarning beg‘araz texnik ko‘magini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 9-martdagi 40-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “2012-yilda O‘zbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarning beg‘araz texnik ko‘magini (grantlarini) jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-martdagi 75-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-dekabrdagi 794-f-son farmoyishi. | 215 | 4,463 |
Qonunchilik | Qanday tovarlar importiga aksiz bekor qilindi va buning narхlarga ta’siri | Oʻzbekiston Respublikasi bilan MDHga a’zo davlatlar oʻrtasida erkin savdo zonasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bayonnomaga (31.05.2013 yildagi) muvofiq 2020 yil 31 dekabrda Oʻzbekiston tomonidan mahalliy ishlab chiqariladigan va olib kelinadigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalarini unifikatsiyalash uchun qabul qilingan oʻtish davrining muddati tugadi.
norma.uz iltimosiga koʻra Moliya vazirligining bilvosita soliqlar va bojхona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir Boyqobilov unifikatsiyalash natijalarini sharhlab berdi:
– GATT III moddasiga muvofiq «Ahdlashuvchi Taraflar ichki soliqlar va boshqa ichki yigʻimlar, ichki sotuvlarga taalluqli, qonunlar, qoidalar va talablar, tovarlarni sotish, хarid qilish, tashish, taqsimlash yoki ulardan foydalanish haqidagi takliflar hamda muayyan miqdorda yoki ulushlarda tovarlarni aralashtirish, qayta ishlash yoki foydalanishni talab etadigan miqdoriy tartibga solishga oid ichki qoidalar import qilingan yoki mahalliy tovarlarga mahalliy ishlab chiqarish uchun himoyani yaratish maqsadida qoʻllanilmasligi lozim deb e’tirof etadilar».
Oʻzbekiston oʻz majburiyatlarini bajarish maqsadida 2021 yil 1 yanvardan 73 ta tovar pozitsiyasi, shu jumladan elektr teхnikasi (muzlatgichlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari), oziq-ovqat mahsulotlari (margarin, qandolatchilik va boshqa mahsulotlar), gilam mahsulotlari va boshqalar boʻyicha import qilish chogʻida olinadigan aksiz soligʻini bekor qildi.
Import qilinadigan tovarlarning ayrim turlariga aksiz soligʻining bekor qilinishi tadbirkorlik sub’yektlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi. Bunda ushbu tovarlar boʻyicha narхning vaqtincha pasayishi kuzatiladi. Quyidagi jadvalda misol keltirilgan:
Importga aksiz soligʻi bekor qilinganda tovar narхining oʻzgarishi
AQSh dollari
Samsung WW60J4063LW/LD
kir yuvish mashinasi
Bojхona qiymati
Boj (20%)
Aksiz soligʻi (10%)
QQS (15%)
Tovar qiymati
Ustama narх (10%)
Qiymati QQSni hisobga olgan holda
Soʻmla ($1=10 440 soʻm)
2021 yil 1 yanvarga qadar
180,0
36,0
18,0
35,1
269,1
296,0
340,4
3 553 896,1
2021 yil 1 yanvardan keyin
180,0
36,0
0,0
32,4
248,4
273,2
314,2
3 280 519,4
Farq
-18,0
-26,2
-273 376,6
Keyinchalik narхlar ushbu turdagi tovarlarga boʻlgan talablardan kelib chiqib, talab va takliflar nisbatini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Import qilish chogʻida aksiz soligʻi bekor qilingan tovarlarning asosiy guruhlarini sanab oʻtamiz:
Oziq-ovqat mahsulotlari
Paхta, quyultirilgan sut va qaymoq, yogurt, kefir va boshqa fermentlangan yoki ivitilgan sut va qaymoqlar, pishloq va tvorog, margarin, kolbasa va goʻshtdan tayyorlangan boshqa oʻхshash mahsulotlar, shakardan tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari, shokolad va tarkibida kakao boʻlgan boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, shokolad va shokoladdan tayyorlangan mahsulotlar, shokoladli konfetalar, shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, non-bulka, undan tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari, pirojniylar, pechenye, non-bulka va undan tayyorlangan boshqa mahsulotlar, shirin quruq pechenye, vafli va vaflili kulchalar, sabzavotlar, mevalar, yongʻoq va boshqa oʻsimliklarning iste’molbop qismlari, tomat pastalari, mevali sharbatlar (shu jumladan uzum shinnisi) va sabzavot sharbatlari, muzqaymoq, ichimlik suvlari, shu jumladan tabiiy va sun’iy tayyorlangan mineral suvlar, gazlangan suvlar, shu jumladan shakar qoʻshilgan mineral va gazlangan suvlar
Plitalar, listlar, plyonkalar, tasmalar, polosalar va boshqa silliq shakllar
Koʻndalang kesimi 1 mm dan ortiq boʻlgan mononit, simlar, sterjenlar va shakldor profillar, plitalar, listlar, plyonkalar, tasmalar, polosalar va plastmassadan tayyorlangan boshqa silliq shakllar, plastmassadan tayyorlangan boshqa qurilish detallari
Gilam mahsulotlari
Tugunli gilamlar va polga toʻshaladigan boshqa toʻqimachilik qoplamalari, tayyor yoki yarim tayyor matoli gilamlar va polga toʻshaladigan boshqa toʻqimachilik qoplamalari, namatdan yoki yupqa namatsimon matodan tayyorlangan gilamlar va polga toʻshaladigan boshqa toʻqimachilik qoplamalari
Qora metallardan tayyorlangan metall konstruksiyalar
Asosan yoki faqat list materiallardan tayyorlangan boshqa buyumlar, izolyatsiyalangan toʻldirgichli gofrlangan (qovurgʻali) listlardan tarkib topgan panellar
Alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan profillar
Alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan gʻovakli profillar, alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan boshqa profillar, gʻovaklilaridan tashqari, alyuminiydan tayyorlangan boshqa buyumlar, quyma buyumlar, 8701-8705-tovar pozitsiyalaridagi motorli transport vositalarini yigʻishga moʻljallanganlaridan tashqari, uzel va agregatlardan tayyorlangan buyumlar, alyuminiydan tayyorlangan boshqa buyumlar, aviatsiya dvigatellari va/yoki fuqarolik havo kemalarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan quyma buyumlardan tashqari
Mahkamlanadigan armatura, boshqa markaziy isitish qozonlari, qopqoqlar yoki tortuvchi javonlar
Mahkamlanadigan armatura, furnitura va binolar, eshiklar, romlar uchun ishlatiladigan qimmatbaho boʻlmagan metallardan tayyorlangan boshqa shunga oʻхshash detallar, boshqa markaziy isitish qozonlari, eng katta gorizontal hajmi 120 sm dan oshmaydigan qalpoqlar yoki tortuvchi javonlar
Elektroteхnika tovarlari
Gaz va boshqa turdagi yoqilgʻida ishlaydigan ovqat tayyorlash va isitish qurilmalari, tayyorlash va isitish uchun moʻljallangan boshqa oshхona qurilmalari, elektr bilan isitilmaydigan markaziy isitish uchun moʻljallangan radiatorlar va ularning qismlari, issiq havoni yetkazib berish uchun havo isitgichlar va taqsimlash qurilmalari, havo haroratini bir хilda saqlash qurilmalari, kombinatsiyalangan sovutkich-muzlatgichlar, boshqa kombinatsiyalangan sovutkich-muzlatgichlar, kompressiyalangan boshqa maishiy sovutkichlar, vertikal shakldagi muzlatgich javonlar, vertikal shakldagi boshqa muzlatgich javonlar, sovutkich vitrinalar va peshtaхtalar, boshqa sovutkich vitrinalar va peshtaхtalar, kir yuvish mashinalari, maishiy yoki kirхonalar uchun moʻljallangan kir yuvish mashinalari, shu jumladan kirni siqib beruvchi qurilma bilan jihozlangan mashinalar, elektr dvigatel oʻrnatilgan changyutgichlar, elektr dvigatel oʻrnatilgan boshqa changyutgichlar, suvni chiqaradigan elektr isitgichlar, suvni toʻplaydigan elektr isitgichlar, elektr dazmollar, mikrotoʻlqinli pechlar, maishiy statsionar elektr plitalar, boshqa elektr plitalar, 8471-tovar pozitsiyasidagi hisoblash mashinalariga bevosita ulanadigan boshqa monitorlar hamda ular bilan birga foydalanish uchun ishlab chiqarilgan apparaturalar, televizion aloqa uchun qabul qiluvchi, rangli tasvirli, ekranli boshqa apparatlar, хona uchun moʻljallangan elektromeхanik viklyuchatellar, boshqa shtepsellar va rozetkalar
Lyustralar va boshqa elektr yoritgich asboblari
Lyustralar hamda shipga va devorga osiladigan boshqa elektr yoritgich asboblari, elektr lampalar va boshqalar yoritgich asboblari, boshqa materiallardan tayyorlangan va choʻgʻlanma lampalar bilan birga foydalanishga moʻljallangan boshqa projektorlar, tibbiy maqsadlar uchun moʻljallanganlaridan tashqari | 73 | 7,165 |
Qonunchilik | Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarorining:
1-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) hamda Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakillari lavozimlari tashkil etilganligi;
2-bandiga muvofiq Agentlik va uning vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 34 ta shtat birligi, Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimining 39 ta shtat birligi hisobidan tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Agentlik:
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillarni o‘qitishni ommalashtirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
xorijiy va mahalliy hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatib, ularning moliyaviy, tashkiliy va uslubiy ko‘magini mamlakatda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishga jalb qilishni tashkil etadi;
vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyatini xorijiy tillarda amalga oshirish imkoniyatini beruvchi uslubiyotlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etadi;
talab yuqori bo‘lgan kamida o‘nta xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilaydi;
xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun malaka talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqadi hamda ularga malaka toifasini berish jarayonini ochiqlik tamoyili asosida tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlarning ro‘yxatini hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarning darajalari o‘rtasidagi muvofiqlikni tasdiqlaydi.
Vazirliklar va idoralar xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlarning ro‘yxati hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari o‘rtasidagi muvofiqlik jadvali asosida tizimlaridagi xodimlarga ustamalar belgilash uchun har yili o‘zlariga taalluqli bo‘lgan sertifikatlar ro‘yxatlarini tasdiqlaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki:
Agentlik Markazning butun uzluksiz ta’lim tizimi uchun chet tillari bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini, o‘quv hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va doimiy tarzda takomillashtirish bo‘yicha shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari hamda xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Markazning 4 ta shtat birligi negizida Xorijiy mamlakatlarning chet tillarini o‘qitish sohasidagi nufuzli malaka oshirish markazlari bilan hamkorlikda ikki tomonlama sertifikatlash tizimi bo‘yicha tarmoq malaka oshirish tuzilmasi tashkil etiladi;
Agentlik hududiy vakilliklari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi hamda ularning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
2021-yilda Davlat budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun ajratilishi nazarda tutilgan mablag‘lar;
Davlat budjeti mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari, grantlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Agentlik huzurida ta’lim tashkilotlarining xorijiy tillar pedagoglarining malakasini oshirish bo‘yicha mobil guruhlar (keyingi o‘rinlarda — mobil guruhlar) tashkil etilsin. Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:
mobil guruhlar eng avvalo, olis hududlarda joylashgan yoki xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatkichi past bo‘lgan ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarining malakasini oshirishga jalb etilishi;
mobil guruhlar respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari va xorijiy hamkorlar vakillaridan iborat tarkibda shakllantirilishi va ularning faoliyati Agentlik, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi;
mobil guruhlar tomonidan “kaskad” tamoyili asosida hududlarda tajribali xorijiy tillar o‘qituvchilari orasidan xorijiy tillarni o‘qitish va ommalashtirish bo‘yicha trenerlar (coach)ni tayyorlab, ularning hududdagi chet tillari o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini tashkil etishga uslubiy va tashkiliy yordam ko‘rsatiladi.
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab mobil guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mobil guruhlarga ta’lim jarayonini joylarda tashkil etishi uchun Agentlik bilan kelishilgan holda avtotransport vositalari (mikroavtobus)ni doimiy asosda biriktirib, ularni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar qoplanishini ta’minlasin.
6. Quyidagilar:
Negizida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda ularga biriktirilayotgan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
2021-yilda xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni texnik vositalar bilan jihozlash dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda:
mazkur qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan maktablarni texnik vositalar bilan jihozlash mahalliy budjet va uning qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilsin;
xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalariga xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilansin va ularda Agentlikning hududiy vakilliklari joylashtirilsin.
7. Quyidagilar xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
o‘quvchilarning asosiy til ko‘nikmalarini (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan oliy ta’lim muassasalarining xorijiy tillar kafedralarini biriktirish orqali o‘quvchilarning xorijiy tillarni chuqur o‘rganishini tashkil etish;
o‘quvchilarni xorijiy tillarga o‘qitish va ularning bilimlarini baholashning xalqaro tan olingan uslublarini joriy qilish, shu jumladan ta’lim jarayonida masofaviy va boshqa zamonaviy ta’lim shakllarini keng qo‘llash hamda boshqa fanlarni xorijiy tillarda o‘qitish;
o‘quvchilarning kamida ikkita xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirishi orqali ularning dunyoqarashi kengayishi, salohiyati oshishi hamda mehnat bozorida raqobatbardoshligi oshirilishini ta’minlash.
8. Quyidagilar xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
o‘quv jarayonini metodik qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning asosiy til ko‘nikmalarini mustahkamlash va qo‘llashda ko‘maklashish, shu jumladan ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
ta’lim jarayoniga malakali professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarni jalb qilish choralarini ko‘rish hamda ular ishtirokida mahorat darslarini tashkil qilish;
xorijiy tillarga o‘qitish kurslari va to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlovlar va olimpiadalar tashkil etish.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktiriladigan oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarda xorijiy tillarni o‘qitishni ommalashtirishga oid xarajatlari ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplansin.
9. Davlat ta’lim muassasalari xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha quyidagi talablar belgilansin:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
2022/2023 o‘quv yiliga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
2024/2025 o‘quv yiliga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy tildan tashqari) o‘qituvchilarining 50 foizi kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
2024/2025 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari tegishli sertifikatni olish uchun tayyorlanishini tashkil etsin.
10. Quyidagilar:
Xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yaxshilash, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Ta’lim tizimida xorijiy tillarga o‘qitish tizimini takomillashtirishga oid maqsadli ko‘rsatkichlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar hamda xorijiy tillarga o‘qitish tizimini takomillashtirishga oid maqsadli ko‘rsatkichlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
11. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) xorijiy tillar bo‘yicha o‘tkaziladigan respublika olimpiadalarida ishtirokchilarning 4 ta ko‘nikmasini (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) baholash tartibi joriy etiladi.
Xalq ta’limi vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha olimpiadalarning respublika bosqichini takomillashtirilgan tartib asosida o‘tkazilishini hamda hakamlar hay’atiga faoliyat yuritayotgan xususiy va xorijiy, shu jumladan xorijiy tillar bo‘yicha imtihon o‘tkazadigan xalqaro tashkilotlarning mutaxassislari jalb qilinishini ta’minlasin;
b) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, tanlangan umumta’lim maktablari 4-sinf bitiruvchilari, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab esa 9-sinf bitiruvchilarining xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus sinov o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Xalq ta’limi vazirligi Agentlik va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda o‘tkaziladigan maxsus sinov natijalari asosida xorijiy tillarni o‘qitish uslubiyotini takomillashtirish choralarini ko‘rib borsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘z hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish maqsadida:
har yili tuman (shahar)dagi maktablarni xorijiy tillarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar, asbob-uskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga mahalliy budjetdan 1 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratib borsin;
Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda umumta’lim muassasalariga til egasi bo‘lgan malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlarini yo‘lga qo‘yib, ularning jalb etilishi, shu jumladan joylashtirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirib borsin;
Agentlik bilan birgalikda har bir tuman (shahar)da ochiq tanlov o‘tkazib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kamida ikki nafar ingliz tili o‘qituvchilari va bir nafar boshqa xorijiy til o‘qituvchisining xorijiy davlatlarga qisqa muddatli malakasini oshirishga yuborish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
13. Xorijiy tillarni o‘qitishni raqamlashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida:
a) hududlardagi IT-markazlarda yoshlarni xorijiy tillarga onlayn o‘rgatish kurslari yo‘lga qo‘yilsin hamda mazkur xarajatlarining bir qismi qonunchilikda belgilangan tartibda Yoshlar jamg‘armasi hisobidan qoplab berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda IT-markazlarda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda onlayn o‘quv kurslarini tashkillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
b) ta’lim berish jarayonini o‘qitishning masofaviy (onlayn) texnologiyalari asosida tashkil etuvchi ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash tartib-taomillari quyidagilarni nazarda tutgan holda soddalashtirilsin:
ta’lim tashkilotining o‘quv vositalariga oid shartlarini qayta ko‘rib chiqib, o‘qitishning masofaviy (onlayn) texnologiyalariga oid alohida talablarni belgilash;
ta’lim berish jarayonini tan olingan xorijiy va xalqaro standartlar asosida tashkil etish uchun huquqiy asoslarni shakllantirish;
ta’lim berish jarayonini avtomatlashtirilgan dastur va videokurslar orqali masofaviy (onlayn) tarzda olib borish imkonini inobatga olish;
ta’lim berish jarayoniga ayrim sohalar, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida pedagog kadrlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega shaxslarni ham jalb etish imkonini yaratish.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Adliya vazirligi ikki oy muddatda ta’lim berish jarayonini o‘qitishning masofaviy (onlayn) texnologiyalari asosida tashkil etuvchi ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash tartib-taomillarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha qaror loyihasini kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari 2021-yil yakuniga qadar oliy ta’lim muassasalarida davlat-xususiy sheriklik asosida o‘qituvchi va talabalarga xorijiy tillarni o‘qitish markazlari (kurslari)ni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
bir oy muddatda umumta’lim maktablarning xatlovdan o‘tkazilishi va ularning bo‘sh joylari, shu jumladan o‘quv xonalari, ishlab chiqarish ustaxonalari, bino va inshootlarining xorijiy tillarni o‘qitish va boshqa ta’lim faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli asosda ijaraga berilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda Davlat budjeti parametrlarida unga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, xorijiy tillar fanlari bo‘yicha darsliklarni ulardagi mashqlarni eshitib bajarish imkonini beradigan interaktiv havola va kodlar bilan boyitish hamda eshitish uchun mo‘ljallangan vazifalarni barcha tanishishi mumkin bo‘lgan axborot resurslarida joylashtirish choralarini ko‘rsin.
16. Agentlik Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, G-9a, 21-uy manzilidagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining binosiga nol stavka bo‘yicha ijara to‘lovi asosida bilan joylashtirilsin.
17. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Milliy axborot agentligi va Agentlik bilan birgalikda:
uch oy muddatda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatiladigan tele va radio kanallarini ishga tushirsin va bunda har kuni kamida 3 soatlik dasturni xorijiy tillarni onlayn o‘rgatishga ajratib borsin;
xalqaro tashkilotlar bilan birga xorijiy tillarda yoshlarga mo‘ljallangan va ular ishtirokida tayyorlangan turli ilmiy-ommabop hamda ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar efir vaqtini oshirsin hamda muntazam ravishda tegishli teleradiokanallar orqali efirga uzatib borsin;
bolalar uchun mo‘ljallangan xorijiy tildagi televizion asarlarni dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda o‘zbek, ingliz va rus tillariga titrli tarjima qilgan holda efirga uzatishni yo‘lga qo‘ysin;
mazkur qaror mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. | 97 | 17,869 |
Qonunchilik | Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan ayrim tovarlarni beg‘araz berish to‘g‘risida | Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga belgilangan tartibda joylashtirilgan tovarlardan maqsadli foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini, qimmatli qog‘ozlarni, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni tegishliligi bo‘yicha “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkilotlariga, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga topshirishi;
boshqa tovarlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kimoshdi savdosini o‘tkazish tartibida sotuvga qo‘yilishi;
davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida (yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) jamlanilishi va taqsimlanilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari tomonidan ilovaga muvofiq davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) istisno tariqasida maktabgacha ta’lim muassasalari, mehribonlik uylari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari hamda tegishli budjet tashkilotlariga beg‘araz berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi belgilangan tartibda tovarlarni Toshkent shahar hokimligiga topshirilishini, Toshkent shahar hokimligi esa qabul qilinishini ta’minlasinlar.
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiq qabul qilib olgan tovarlarni belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim muassasalari, mehribonlik uylari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, tegishli budjet tashkilotlariga beg‘araz berilishini ta’minlasin hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga va Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot taqdim qilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin. | 106 | 2,720 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4464-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4464-son qarori bilan davlat muassasasi shaklidagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi, uning asosiy vazifalari va faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazining xodimlar umumiy cheklangan soni 25 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi ilovaga muvofik tasdiqlansin.
O‘zbekistan Respublikasi qurilish vaziriga, zarurat bo‘lganda, Markaz tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga hak to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki, Markaz direktori va o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
4. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Toshkent shahar, Abay ko‘chasi, 6-uy manzilidagi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
5. O‘zbekistan Respublikasi Qurilish vazirligi bir oy muddatda:
Markazning ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Markazni tegishli mutaxassislikka ega malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, shuningdek, moddiy-texnik bazasini shakllantirish choralarini ko‘rsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-hukuqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. | 185 | 2,171 |
Qonunchilik | Traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risid | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq buyuraman:
1. Traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq traktorlar, traktor tirkamalari, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarni (bundan buyon matnda texnika deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga davlat raqami belgilari va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomning talablari tashkilotlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda fuqarolarga majburiydir.
2. Texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish, unga davlat raqami belgilari va texnik pasportini, shuningdek qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasini berish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mashina va asbob-uskunalarning texnika holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasining Qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha tuman va shahar inspektorlari (bundan buyon matnda davlat inspektori deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Texnika egalari tomonidan texnika va qishloq xo‘jaligi mashinalari sotib olinganda yoki qabul qilib olinganda, shuningdek texnik hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish lozim bo‘lganda, texnikaning texnik holatidan qat’i nazar, texnika egalari 10 kun ichida yashash manzilidagi davlat inspektoriga ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qiladilar.
4. Texnikalarga davlat raqami belgisi hamda texnik pasport berish va qishloq xo‘jaligi mashinalariga guvohnoma berish uchun eng kam oylik ish haqi miqdoridan:
traktor, traktor tirkamasi, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinaga raqam belgisi berilganligi uchun — 0,9;
traktor, traktor tirkamasi, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinaga texnik pasport berilganligi uchun — 0,17;
qishloq xo‘jaligi mashinasiga guvohnoma berilganligi uchun — 0,17;
traktor, traktor tirkamasi, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar va qishloq xo‘jaligi mashinasi, shuningdek asbob-uskunalar hisobdan chiqarilganligi uchun — 0,18;
traktor, traktor tirkamasi, yo‘l-qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar va qishloq xo‘jaligi mashinasi qayta ro‘yxatga olinganligi uchun — 0,18;
raqam belgisi, egasining yashash joyi o‘zgargan va boshqa holatlarda traktor, yo‘l qurilish va meliorativ texnika, o‘ziyurar mashinalarning texnik pasportida yozuv amalga oshirganligi uchun — 0,17;
raqam belgisi o‘zgargan hollarda traktor tirkamasining texnik pasportida, shuningdek egasining yashash joyi o‘zgargan va boshqa holatlarda qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasida yozuv amalga oshirilganligi uchun — 0,08 miqdorda yig‘im undiriladi.
Yo‘qotilgan davlat raqam belgisi, texnik pasport va guvohnoma o‘rniga yangisi berilganligi uchun ko‘rsatilgan summa 5 barobar miqdorda undiriladi.
5. Texnika egalari tomonidan texnikalarini va qishloq xo‘jaligi mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat inspektoriga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;
texnika va qishloq xo‘jaligi mashinasini sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat;
texnika va qishloq xo‘jaligi mashinasi ishlab chiqarilgan zavod tomonidan berilgan texnik hujjatlar;
xorijiy davlatlardan olib kelingan texnika va qishloq xo‘jaligi mashinasining bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
belgilangan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
6. Texnika va qishloq xo‘jaligi mashinasi egalari o‘zgarganda mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza, belgilangan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat va quyidagi hujjatlardan biri davlat inspektoriga taqdim etiladi:
notarial idoralari tomonidan berilgan hujjat (oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, lizing, sublizing shartnomalari, vorislik, meros va boshqalar);
mulkka egalik qilish huquqini beruvchi hujjat (shartnoma, guvohnoma va boshqalar);
texnika va qishloq xo‘jaligi mashinalari ustav fondiga kiritilganligi va chiqarilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
sud qarori;
tashkilotning ro‘yxatida bo‘lgan mashinalarni balansdan balansga berilganligi to‘g‘risidagi qaror yoki buyruqning nusxasi;
bir moliyaviy tizimdagi tashkilotlar uchun yuqori organlarning balansdan balansga bepul ajratilganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan nusxa.
7. Texnika va qishloq xo‘jaligi mashinasi egalarining nomi (F.I.O.) o‘zgarganda qayta ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar davlat inspektoriga taqdim etiladi:
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;
nomi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (qaror yoki buyruq);
jismoniy shaxslar uchun pasport, familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat;
belgilangan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
8. Texnika va qishloq xo‘jaligi mashinasining saqlash manzili yoki egalarining yashash joyi o‘zgarganda qayta ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar davlat inspektoriga taqdim etiladi:
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;
texnik hujjatlar (texnik pasport, guvohnoma);
texnika va qishloq xo‘jaligi mashinalarining joyi o‘zgarishiga asos bo‘lgan hujjat (ijara shartnomasi, qaror va buyruqlar);
jismoniy shaxslar uchun pasport;
belgilangan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
9. Texnikaning raqamli agregatlari o‘zgarganda qayta ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar davlat inspektoriga taqdim etiladi:
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;
raqamli agregatlar qonuniy sotib olinganligi to‘g‘risida hujjat (hisob-ma’lumotnoma, oldi-sotdi shartnomasi, bojxona guvohnomasi, kirim kassa orderi va yuk xati).
belgilangan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
10. Texnika egalari texnikalarni va qishloq xo‘jaligi mashinalarini boshqa shaxsga berish bilan bog‘liq ishonchnomalar va ijaraga berish shartnomalari notarial tartibda tasdiqlangan vaqtdan boshlab 10 kun ichida ularning hisobga qo‘yish uchun yashash manzilidagi davlat inspektoriga taqdim etadilar.
Texnika va qishloq xo‘jaligi mashinasini hisobga qo‘yishda yig‘im undirilmaydi.
11. Texnika va qishloq xo‘jaligi mashinalari egalari tomonidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga sotilganda yoki foydalanishga yaroqsiz deb topilganda ro‘yxatdan chiqariladi.
12. Ro‘yxatdan chiqarilgan mashinalarning davlat raqam belgilari davlat inspektorlariga topshiriladi, texnik hujjatlarga va qayd qilish kitobida tegishli belgilar qo‘yiladi.
13. Texnikaning davlat raqami belgisi, texnik pasporti va qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasi yaroqsiz holga kelgan yoki yo‘qotilgan taqdirda, ularning egasi yashash manzilidagi davlat inspektoriga ularni almashtirish uchun murojaat qiladi.
14. Texnika egasi davlat raqami belgisi, texnik pasporti va qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasini almashtirish uchun davlat inspektoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
yaroqsiz holatda bo‘lgan davlat raqami belgisi, texnik pasporti yoki qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasi;
belgilangan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
15. Yaroqsiz holga kelgan davlat raqami belgisi va texnik pasport yoki guvohnoma davlat inspektori tomonidan chiqim qilinadi.
16. Davlat raqami belgisi va texnik pasporti yoki qishloq xo‘jaligi mashinasining guvohnomasi yo‘qolgan taqdirda, texnika egasi ularni qayta tiklash uchun davlat inspektoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan davlat raqam belgisi va texnik pasporti yoki qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasi olib qo‘yilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
belgilangan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
17. Davlat inspektori yo‘qotilgan davlat raqami belgisi va texnik pasport yoki qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasini berishdan oldin tegishli texnika va qishloq xo‘jaligi mashinasining amalda mavjudligini o‘rganadi.
18. Yo‘qotilgan davlat raqami belgisi va texnik pasporti yoki qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasini almashtirish bo‘yicha texnika egasining murojaatidan so‘ng, davlat inspektori tomonidan 3 kun ichida yangisiga almashtirib beriladi.
19. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi va O‘zbekiston Fermyerlari kengashi bilan kelishilgan. | 250 | 9,109 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Koreya Respublikasiga Davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash borasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar va kelishuvlarning o‘z vaqtida va so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik subyektlari — mas’ul ijrochilar tomonidan ishlab chiqilgan Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda hamkorlik qilish loyihalarini amalga oshirish tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va so‘zsiz amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha ishchi guruh 2-ilovaga muvofiq tuzilsin.
4. Ishchi guruh (R. Azimov)ga quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuklatilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2015-yil 27 — 29-may kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash borasidagi bitimlar va kelishuvlarning to‘liq va sifatli bajarilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etish;
vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari — mas’ul ijrochilarning mazkur qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ular tomonidan ko‘rilayotgan aniq choralar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va so‘zsiz amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish, shuningdek, koreya tomoni bilan ushbu masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar — mas’ul ijrochilar tomonidan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallari loyihalariga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari — mas’ul ijrochilar mazkur qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasi doirasidagi chora-tadbirlar va loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlasin va har chorakda uni amalga oshirishning borishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi va Ishchi guruhga ma’lumot kiritib borsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 219 | 3,711 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasining BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, BMT Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘ | Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — FAO), BMT Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — QXRXJ) hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi (keyingi o‘rinlarda — BOOD) bilan hamkorlikda agrosanoat majmuini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, tarkibiy o‘zgartirishlarni samarali amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirish, shuningdek, Rim shahrida (Italiya) joylashgan ushbu tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan resurs salohiyatini va natijadorlikni yanada oshirish maqsadida:
1. 2020-yil 2 — 4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan FAOning Yevropa uchun 32-Mintaqaviy konferensiyasida (keyingi o‘rinlarda — Mintaqaviy konferensiya) O‘zbekiston Respublikasi ikki yil muddatga ushbu Mintaqaviy konferensiyaning raisi etib saylangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar FAO, QXRXJ va BOOD bilan hamkorlikni har tomonlama kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Mintaqaviy konferensiyada mamlakat manfaatlarini ilgari surish, raislik doirasida qabul qilingan barcha qarorlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash, mazkur xalqaro tuzilmalar bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi amaliy hamkorlik rejalarini ro‘yobga chiqarish;
O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida jahonning eng ilg‘or tajriba va ko‘nikmalari, bilim va innovatsiyalarini joriy etish uchun Mintaqaviy konferensiyaning ishtirokchi-mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasi barqaror o‘sishini va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi yutuqlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazish;
FAO, QXRXJ va BOOD doirasida mamlakatning agrar va oziq-ovqat siyosatini samarali amalga oshirish bo‘yicha tub manfaatlari va pozitsiyasini ilgari surish, shuningdek, ularning salohiyatidan ixtisoslashgan global jamg‘armalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishda keng foydalanish;
O‘zbekiston aholisining ovqatlanish sifatini yaxshilash va turmush darajasini yuksaltirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash, shuningdek, sohada ilg‘or texnologiyalarni joriy etish maqsadida FAO, QXRXJ va BOODning grant, moliyaviy-texnik va ekspert ko‘magini jalb etish orqali milliy strategiyalar, dasturlar va loyihalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
FAO, QXRXJ va BOOD bilan doimiy aloqalar olib borish, yuqori darajadagi va ekspert hamjamiyatlarining o‘zaro tashriflar almashuvini amalga oshirish, tomonlar o‘tkazadigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish hamda ular bilan konstruktiv muloqotni mustahkamlash.
3. O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning FAO, QXRXJ va BOOD huzuridagi Doimiy vakili etib tayinlansin hamda unga O‘zbekistonning FAO, QXRXJ va BOOD bilan o‘zaro hamkorligiga doir barcha masalalarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi (keyingi o‘rinlarda — Elchixona) shtat jadvaliga, mehnatga haq to‘lash fondi tegishlicha o‘zgartirilgan holda, maslahatchi — O‘zbekistonning FAO, QXRXJ va BOOD huzuridagi Doimiy vakili o‘rinbosari lavozimi kiritilsin hamda unga FAO, QXRXJ va BOOD bilan tizimli amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha majburiyatlar yuklatilsin.
5. Elchixonaning maslahatchi lavozimi Elchixonaning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘zgartirilsin.
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi shtat jadvali 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasining BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, BMT Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi bilan hamkorligini kengaytirish hamda FAOning Yevropa uchun 32-Mintaqaviy konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli raislik qilishini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har yarim yilda bir marta “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi holati tahlilini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
7. Moliya vazirligi qo‘shimcha bitta yengil avtomobilni saqlash uchun Elchixonaga limit ajratsin.
8. Tashqi ishlar vazirligi:
Elchixona shtat jadvalidagi o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda, Elchixonani saqlab turish bo‘yicha 2020-yilga mo‘ljallangan xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
qo‘shimcha shtat birligini kiritish va yengil avtomobil xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarini saqlab turish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan va ularning doirasida amalga oshirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-apreldagi “Italiya Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish to‘g‘risida”gi 143-son qarorining 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 250 | 5,423 |
Qonunchilik | FAXRIY UNVONLAR EGALARIGA TO‘LOVLARNI TAYINLASh VA AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun to‘lovlar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Faxriy unvonlar egalariga to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faxriy unvonlar uchun to‘lovlar miqdorlari oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasinlar.
3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari, shuningdek xo‘jalik hisobidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar 2008-yil 1-yanvardan boshlab belgilangan tartibga muvofiq faxriy unvonlar egalariga to‘lovlar amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faxriy unvonlar uchun gonorarlar va qo‘shimcha haq miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1993-yil 7-iyundagi 274-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun to‘lovlar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-son Farmoniga muvofiq faxriy unvonlar egalariga to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. To‘lovlar:
“Xalq” va “Xizmat ko‘rsatgan arbob” faxriy unvonlari egalariga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida;
“Xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni egalariga bazaviy hisoblash miqdorining 1,8 baravari miqdorida;
“Xizmat ko‘rsatgan” faxriy unvoni egalariga (qolgan kasblar bo‘yicha) bazaviy hisoblash miqdorining 1,6 baravari miqdorida amalga oshiriladi.
3. Ilgari amalda bo‘lgan qonunchilik asosida berilgan faxriy unvonlar egalariga to‘lovlar ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari faxriy unvonlar uchun to‘lovlarni olish huquqiga egadir.
5. Faxriy unvonlar uchun har oylik to‘lovlar:
budjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga — tegishli budjetlar hisobidan;
xo‘jalik hisobidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z mablag‘lari hisobidan;
pensionerlarga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yashash joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari orqali to‘lanadi.
6. Ishlayotgan shaxslarga faxriy unvonlar uchun to‘lovlar asosiy ish joyida ish haqi bilan birgalikda to‘lanadi.
Faxriy unvonga ega bo‘lgan xodim boshqa ishga o‘tganda to‘lov bo‘shagan oydagi ishlab berilgan kunlar sonidan qat’i nazar, oldingi ish joyida to‘liq hajmda to‘lanadi.
Faxriy unvonlar uchun yangi ish joyida to‘lovlar to‘lov amalga oshirilgan oxirgi oy to‘g‘risida oldingi ish joyidan ma’lumotnoma taqdim etilgandan keyin to‘lanadi.
7. Bir necha faxriy unvonlarga ega bo‘lgan shaxslarga to‘lov to‘lovning eng ko‘p miqdori nazarda tutilgan faqat bitta faxriy unvon uchun to‘lanadi.
8. Faxriy unvon uchun to‘lovni tayinlash quyidagi hujjatlar:
faxriy unvon berish to‘g‘risidagi guvohnoma, shuningdek uning nusxasi;
faxriy unvon uchun to‘lovni amalga oshirishga berilgan ariza;
ariza beruvchining pasporti (yoki shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat — harbiy xizmatchilar uchun), shuningdek uning nusxasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Faxriy unvon berish to‘g‘risidagi guvohnoma va ariza beruvchining pasporti (yoki shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat) taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgandan so‘ng egasiga qaytariladi.
9. Faxriy unvonlar uchun ish haqiga yoki pensiyaga qo‘shib beriladigan to‘lovlar ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab amalga oshiriladi.
10. Budjet tashkilotlarida moliya yilidan boshlab ishlayotgan shaxslarga faxriy unvonlar uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar yillik xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
Yil mobaynida faxriy unvon berilgan taqdirda budjet tashkilotlari ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun moliya mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojning hisob-kitobini va faxriy unvon berish to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasini tegishli moliya organiga yuboradilar.
11. Xo‘jalik hisobidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar taqdim etilgan hujjatlar asosida faxriy unvon berilgan shaxsga to‘lovni ish haqi bilan birgalikda amalga oshiradilar.
12. Faxriy unvonlar uchun to‘lovlar mehnatga haq to‘lash fondiga kiritiladi va unga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi, undan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga mablag‘ ajratiladi.
13. Pensionerlarga faxriy unvonlar uchun to‘lovlar olinadigan pensiyaning turidan qat’i nazar, belgilangan tartibda amalga oshiriladi. To‘lov faxriy unvonga ega bo‘lgan shaxs vafot etganligi munosabati bilan tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga qo‘shilmaydi.
14. Faxriy unvonlar uchun to‘lov oladigan shaxslar hisobini yuritish va ularga to‘lov to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qilish tegishli budjet tashkilotlariga, shuningdek xo‘jalik hisobidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yuklanadi.
15. Faxriy unvon uchun to‘lov faxriy unvon egasi vafot etgan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda faxriy unvondan mahrum etilgan hollarda yoxud faxriy unvonga ega bo‘lgan shaxsning arizasi bo‘yicha, to‘lovni amalga oshirish to‘xtatilgandan keyingi oydan boshlab to‘xtatiladi.
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi. | 114 | 6,014 |
Qonunchilik | Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini litsenziyalash tartibiga tuzatish kiritildi | Vazirlar Mahkamasining 12.06.2018 yildagi 443-son qarori bilan Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Mustaqil faoliyat turi sifatida litsenziya olinishi kerak boʻlgan noruda foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olish chiqarib tashlandi.
Eslatib oʻtamiz, tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olish ilgari razvedka qilingan konlarda mineral хom ashyoni boyitish va qayta ishlash teхnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, noruda foydali qazilma konlarini sanoat yoʻsinida ishlatishning, shuningdek teхnogen mineral hosilalardan foydalanishning oqilona usullari va uslublarini tanlash maqsadida amalga oshiriladi.
Bunday ishlarga litsenziya barcha hollarda ham talab qilinmagan. Uni loyiha-smeta hujjatlari bilan asoslangan hamda zaхiralarni hisoblash va sifatni baholash uchun yetarli hajmlarda tajriba (sinov) va tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olishni geologik jihatdan oʻrganish bosqichida olish kerak emas edi.
Bunda konni tajriba-sanoat yoʻsinida ishlatish loyihalarini kelishish talab etiladi. Ayni paytda foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha, shu jumladan foydali qazilmalarni qazib olish va konni tajriba-sanoat yoʻsinida ishlatish uchun togʻ-kon va qayta ishlov berish korхonasi teхnik loyihasini kelishish doirasida yagona hujjat beriladi.
Shu tariqa, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ridan foydalanish huquqiga litsenziya avvalgidek geologik jihatdan oʻrganish, qazib olish, shuningdek teхnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun zarur. Bunda litsenziyalash tartibi jiddiy oʻzgarmadi, u toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yoʻli bilan ham, ochiq savdolar yakunlari boʻyicha ham amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, shu yildan boshlab litsenziyalarni Davlat geologiya qoʻmitasi beradi, litsenziya olish uchun buyurtmanomalar 20 kunlik muddatda koʻrib chiqiladi, ariza beruvchilarning ustav fondi esa kamida 500 EKIHni tashkil etishi shart.
Litsenziyalar olish uchun oldin berilgan buyurtmanomalar yangi tartib boʻyicha koʻrib chiqiladi. Gʻoliblari oldin oʻtkazilgan ochiq savdolarda aniqlangan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar ular moliyaviy taklif miqdorini belgilangan muddatlarda toʻlaganlaridan keyin beriladi.
Ma’lumot uchun. Moliyaviy taklifning eng kam miqdori quyidagicha:
Bir oy muddatda litsenziya olish uchun buyurtmanoma berishning elektron tizimi joriy etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 90 | 2,808 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Fermyerlari Kengashi tizimi faoliyatini moliyalashtirish mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-sonli “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 43-son, 493-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Fermyerlari kengashi tizimi faoliyatini moliyalashtirish mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-sonli “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 43-son, 493-modda) muvofiq O‘zbekiston Fermyerlari kengashi tizimi faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag‘larni shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizom fermyerlar kengashlarini moliyalashtirish uchun fermer xo‘jaliklarining fermyerlar kengashlariga a’zolik badali to‘lovini amalga oshirish hamda fermyerlar kengashlari hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘larni to‘plash va ulardan foydalanishni tartibga solish uchun tatbiq etiladi.
2. Fermyerlar kengashi Ustaviga muvofiq kengash faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
a’zolik badallari;
xayriya mablag‘lari va grantlar;
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda);
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
3. Fermyerlar kengashiga a’zolik badali miqdori Fermyerlar kengashi Ustaviga muvofiq fermer xo‘jaliklarining mahsulot sotishdan kelib tushadigan sof tushumning 0,1 foizi miqdorida belgilanadi.
4. Tuman Fermyerlar kengashi tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir fermer xo‘jaliklari bilan ixtiyoriylik asosida a’zolik shartnomasi (keyingi o‘rinlarda Shartnoma deb yuritiladi) tuzadi.
5. Tuman Fermyerlar kengashi Ustavida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Shartnomada quyidagi majburiyatlar ko‘rsatiladi:
fermerlikni rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash hamda ularning mulkiy munosabatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ishlar ko‘rib chiqilayotganda;
fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish va qayta tashkil etishda, ularga yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga ajratib berishda oshkoralik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillarini ta’minlash maqsadida jamoat nazoratini amalga oshirish;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda, suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda tomchilatib sug‘orishni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ularning faoliyatiga tatbiq etishga ko‘maklashish.
Tuman Fermyerlar kengashi zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
6. Fermer xo‘jaligi Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi.
7. Tuman Fermyerlar kengashi hosil yili boshida fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan mahsulotning belgilangan xarid narxlaridan va boshqa mahsulotlarning o‘rtacha bozor narxlaridan kelib chiqib, mahsulot sotishdan kutilayotgan yillik sof tushum miqdori prognoz hisobini chiqaradi.
8. Shartnoma bo‘yicha a’zolik badallari summasi fermer xo‘jaliklarining hisobvarag‘iga mahsulot sotishdan kelib tushadigan amaldagi sof tushum miqdoridan kelib chiqib to‘lanadi.
9. Fermer xo‘jalagining sof tushumi haqidagi ma’lumot taqdim etish hamda a’zolik badallarini to‘lash muddatlari tuziladigan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
10. A’zolik badalini to‘lash to‘lov topshiriqnomalari orqali amalga oshiriladi.
11. Tuman Fermyerlar kengashi a’zolik badali to‘lovi uchun shartnoma va qonun hujjatlariga muvofiq to‘lov talabnomasini taqdim qilishi mumkin.
12. Tuman Fermyerlar kengashining hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar keyingi bank kunidan kechikmasdan to‘lov topshiriqnomasi orqali hududiy Fermyerlar kengashining hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Hududiy Fermyerlar kengashining hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar keyingi bank kunidan kechikmasdan to‘lov topshiriqnomasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston Fermyerlari kengashi ijro etuvchi apparatining hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
13. O‘zbekiston Fermyerlari kengashi ijro etuvchi apparatining hisobvarag‘ida jamlangan a’zolik badallari mablag‘laridan har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Fermyerlari kengashi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, hududiy va tuman fermyerlar kengashlarining yillik xarajatlar smetalariga muvofiq mutanosib ravishda foydalaniladi.
14. O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, hududiy va tuman fermyerlar kengashlarining hisobvaraqlariga xayriya mablag‘lari va grantlar, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan kelib tushadigan mablag‘lar mazkur kengashlar tasarrufida qoladi va ushbu mablag‘lardan o‘z Ustavlarida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanadi.
15. Tuman Fermyerlar kengashlarining Ustavida belgilangan vazifalar asosida ularga fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan javobgarlik yuklatiladi.
16. Fermyerlar kengashlari xarajatlar smetalarining to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun hamda mablag‘larni maqsadli ishlatilishiga shaxsan javobgardirlar.
17. Mablag‘larni to‘g‘ri va maqsadli ishlatishni nazorat qilish O‘zbekiston Fermyerlari kengashi zimmasiga yuklatiladi.
18. Mazkur Nizomning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
19. Mazkur Nizom O‘zbekiston Fermyerlari kengashi bilan kelishilgan. | 166 | 6,248 |
Qonunchilik | Buxoro shahridagi “Qabullar uyi” qurilishini tugallash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Buxoro shahridagi “Qabullar uyi” qurilishini o‘z vaqtida tugallash va foydalanishga topshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Buxoro viloyati hokimi S.Q. Xusenovning e’tibori Buxoro shahridagi “Qabullar uyi”ni qurish va foydalanishga topshirish muddatlarining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada cho‘zilib ketganligiga qaratilsin.
2. Quyidagilar:
2004-yil may oyi — “Qabullar uyi” qurilishini tugallashning oxirgi muddat etib;
Buxoro viloyati hokimligining kapital qurilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi — qurilish buyurtmachisi etib;
“Buxoro ELITI” aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihalovchi etib;
“Buxorojamoaqurilish” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining 47-xo‘jaliklararo ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi bosh pudratchi qurilish tashkiloti etib belgilansin.
3. Qurilish muddatlarining tig‘izligini hisobga olib, istisno tariqasida:
pardozlash va maxsus montaj ishlarini bajarish yuzasidan tanlov savdolari o‘tkazmasdan “AREAS” firmasi (Turkiya) bilan kontrakt tuzishga;
obyekt qurilishini, texnik-iqtisodiy hisoblarni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan holda, ushbu hisoblarni ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Buxoro shahridagi “Qabullar uyi” qurilishini tugallash uchun respublika bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning 2004-yilga mo‘ljallangan umumiy limitlari hisobidan budjet mablag‘lari hisobiga Buxoro viloyati hokimligiga kapital qo‘yilmalar limitlari ajratilishini, keyinchalik ushbu mablag‘ Buxoro viloyati hokimligi budjetining prognozdagidan ortiqcha daromadlari hisobiga, yetishmagan qismi esa — respublika budjeti mablag‘lari hisobiga joriy yilning II yarim yilligida tiklanishini nazarda tutsinlar.
5. “Buxorojamoaqurilish” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining 47-xo‘jaliklararo ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi va “AREAS” firmasi tuzilgan kontraktlar bo‘yicha respublikaga keltiriladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan “Qabullar uyi” qurilishi davrida istisno tariqasida ozod qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda Buxoro shahridagi “Qabullar uyi” binosidan zarur darajada foydalanilishini ta’minlash uchun “Qabullar uyi” xodimlarining cheklangan sonini belgilasin va ularni mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga ta’minlash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin. | 83 | 2,689 |
Qonunchilik | “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi | O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 30-martdagi 2012/17-son “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2355, 2012-yil 26-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 17-son, 199-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:”.
2. Nizomning muqaddimasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 250 | 1,175 |
Qonunchilik | QIShLOQ XO‘JALIK KORXONALARINING OILA (JAMOA) PUDRATLARIDA VA BOShQA IChKI XO‘JALIK BO‘LINMALARIDA ChEK DAFTARChALARIDAN FOYDALANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining “1999-yilda paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni xarid narxlari va ichki xo‘jalik iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999-yil 15-maydagi 248-sonli qaroriga hamda Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi yig‘ilishining 2000-yil 11-avgustdagi 5-sonli bayonnomasi topshirig‘iga asosan ishlab chiqilgan va 2000-yil 29-sentabrdagi 6-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Chek tizimini tatbiq etishdan maqsad, xo‘jaliklarda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va nazorat qilish asosida oila (jamoa) pudrati va ichki xo‘jalik bo‘linmalarida sarf-xarajatlarni kamaytirish mexanizmini joriy qilishdan iborat.
1. Chek daftarchalari ichki xo‘jalik hisobida ishlovchi oila (jamoa) pudratchilari va bo‘linmalar bilan hisob-kitoblarini olib borish uchun mo‘ljallangan.
2. Chek daftarchasi har bir ekin turi uchun yuritilib, hisobot davrida sarflangan xarajatlar moddalari bo‘yicha alohida hisobga olib boriladi.
3. Oila(jamoa) pudratchilari va boshqa ichki xo‘jalik bo‘linmalarida ishlatiladigan chek daftarchasining namunaviy shakli 1-ilovaga muvofiq yuritiladi.
4. Xo‘jalikning Moliya-hisob markazida har bir pudratchi va ichki xo‘jalik bo‘linmalari uchun alohida hisobvaraqasi ochiladi, har bir pudratchi yoki ichki bo‘linmaning xarajat va daromadi alohida hisobga olinadi, birining xarajat va daromadi ikkinchisining hisobidan qoplanishi qat’iyan man etiladi. Moliya-hisob markazi boshlig‘i oila (jamoa) pudratchilarning va ichki xo‘jalik bo‘linmalarining daromad va xarajatlarini alohida-alohida hisobga olishni tashkil qilish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
5. Qishloq xo‘jalik korxonalarida yetishtiriladigan har bir qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun texnologik jarayonlar xaritasi ishlab chiqiladi va shu asosida sarflanadigan xarajatlarining limiti belgilanadi.
6. Texnologik jarayonlar xaritasi va me’yoriy hujjatlar asosida xo‘jalikda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir oila (jamoa) pudratchilari va ichki xo‘jalik bo‘linmalari uchun ajratilgan yer maydoni, ekin turiga qarab xarajatlar limiti hisoblab chiqiladi va chek daftarchalarida ko‘rsatilib pudratchilarga yetkaziladi.
7. Chek daftarchalarini tayyorlash uchun mablag‘lar bilan ta’minlash:
Davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun zarur bo‘lgan chek daftarchalarini tayyorlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar uchun mablag‘lar Moliya vazirligi huzuridagi “Jamg‘arma” tomonidan ajratiladi;
boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun zarur bo‘lgan chek daftarchalarini tayyorlash viloyat, tuman hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari bilan birgalikda xo‘jaliklar hisobidan mablag‘lar ajratilib markazlashgan usulda Nizomda ko‘rsatilgan shakllarda tayyorlanadi va joylarga yetkaziladi.
8. Chek daftarchalari va pattalari xo‘jalik Moliya-hisob markazida raqamlanadi, ro‘yxatga olinadi. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish uchun ichki xo‘jalik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida oila (jamoa) pudratchi va boshqa ichki xo‘jalik bo‘linmalariga me’yoriy hujjatlar asosida limitlari ko‘rsatilgan chek daftarchalari tarqatiladi. Pudratchi chekni olganligi to‘g‘risida tegishli daftarga imzo qo‘yadi.
9. Chek daftarchasiga yozilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlab xo‘jalik rahbari, bosh hisobchi va bosh iqtisodchi imzo qo‘yadi, hamda xarajat limitlarining to‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanadilar.
Texnika xizmatida har bir agrotexnik tadbir bo‘yicha kalkulatsiya ishlab chiqiladi va oila pudratchisining ekin turiga qarab (ish turi bo‘yicha 1 gektar xizmat haqidan kelib chiqib aniqlangan) qiymati chek daftarchasiga ilova sifatida beriladi.
10. Pudratchi xo‘jalik rahbariyatidan chek daftarchasida belgilab berilgan limit miqdorida urug‘, mineral o‘g‘it va boshqa ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklarni va texnika ajratilishini talab qilib olishga haqli.
11. Oila (jamoa) pudratchisi va ichki bo‘linmalar boshliqlari chek daftarchasida xo‘jalik omboridan olingan urug‘, mineral o‘g‘it va boshqa moddiy boyliklar miqdorini hamda summasini ko‘rsatgan holda, texnikada bajarilgan xizmat uchun uning turi va hajmi ko‘rsatilgan chek yozib beradilar.
12. Chekning belgilangan joyiga, chek oluvchi va beruvchi imzo qo‘yadi, chek pattasi Moliya-hisob markaziga, ombor mudiri va mexanizatorga beriladi, chekning asosiy qismi oila (jamoa) pudratchisida qoladi.
13. Ombor mudiri, boshqa hisobdor shaxslar va mexanizatsiya hisobchisi qabul qilingan chek pattalari asosida tuzilgan ro‘yxatlarni Moliya-hisob markaziga topshiradilar va markazda taqdim etilgan chek pattalariga asosan sarflangan xarajatlar pudratchilarining shaxsiy hisob varaqalariga yozib boriladi.
14. Ishlab chiqarishga sarflangan moddiy boyliklar (urug‘, o‘g‘it, material va buyumlar)ni hisobdan chiqarishda chek ma’lumotlari va ichki xo‘jalik yuk xatlari asosida oila (jamoa) pudratchilari xo‘jaliklarning ichki bo‘linmalari bo‘yicha xo‘jalikning joylashgan o‘rni va mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi xususiyatlariga qarab (bo‘lim yoki hududlar bo‘yicha) ro‘yxat-dalolatnomalar tuzilib belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
15. Har bir pudratchi tomonidan yetishtirilgan mahsulot ichki xo‘jalik yuk xati, tayyorlov tashkilotlarining qabul qilish kvitansiyalari asosida, pudratchining shaxsiy varaqasiga kirim- chiqim qilib boriladi.
Mahsulot xo‘jalikka topshirilgandan keyin 10 kun ichida pudratchi chek daftarchasini Moliya-hisob markaziga topshiradi. Moliya hisob markazi har bir pudratchi shaxsiy hisob varaqasida qilingan xarajatlar, yil davomida moddiy boyliklar baholarining o‘zgarishlarini hisobga olib yillik xarajatlar limitlarini haqiqiy baholarda qayta aniqlaydi hamda daromadlarni, shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni inobatga olib chek daftarchasi topshirilgan kundan boshlab bir oy ichida yakuniy hisob-kitob qiladi va moliyaviy natijalari haqida pudratchi tanishtiriladi.
16. Qishloq xo‘jalik korxonalarida chek daftarchasining harakat tuzilmasi 2 va 2a-ilovalariga muvofiq olib boriladi.
17. Qishloq xo‘jalik korxonalarida joriy yilning yakuniy natijalari xo‘jalik, bo‘linma va oila (jamoa) pudratchilari bo‘yicha moliyaviy natijalari umumiy yig‘ilishda muhokama qilinadi.
18. Moliya hisob markazi tomonidan oila (jamoa) pudratchilari va boshqa ichki xo‘jalik bo‘limlariga berilgan chek daftarlarini qalbakilashtirish va uning shakllarini o‘zgartirish, unga noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritish hollari aniqlangan taqdirda tegishli shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazo choralari ko‘riladi.
Chek daftarchasi ichki xo‘jalik bo‘linmalarida xarajatlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan
A — Davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish jamg‘armasi tomonidan paxta, g‘alla va sholi uchun bo‘nak mablag‘lari beriladi.
B — Xizmat ko‘rsatuvchi bank xo‘jalikning Moliya-hisob markaziga bo‘nak mablag‘larni ko‘chiradi.
V - Tayyorlovchi tashkilotlar bilan hisob-kitoblar.
I. Moliya-hisob markazi ichki xo‘jalik bo‘linmalariga limitlari to‘ldirilgan chek daftarchalarini beradi. Chek bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
1. Pudratchi olingan urug‘lik, o‘g‘it, zaharli ximikatlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun chek beradi.
2. Berilgan chek asosida pudratchilarga urug‘lik, o‘g‘it, zaharli ximikatlar beriladi va xizmatlar ko‘rsatiladi.
3. Pudratchi hisoblangan mehnat haqi (bo‘nak) uchun chek beradi.
4. Moliya-hisob markazi pudratchiga mehnat haqi beradi.
5. Berilgan o‘g‘it, urug‘lik, zaharli ximikatlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan chek pattalari ro‘yxat qilinib, tarmoqlar bo‘yicha xo‘jaliklarning Moliya-hisob markaziga topshiriladi.
6. Etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti xo‘jalikning mahsulotni topshiruvchi mas’ul xodimiga topshiriladi. Xo‘jalikning mahsulotni topshiruvchi mas’ul xodimiga qabul qilingan qishloq xo‘jalik mahsuloti uchun pudratchiga ichki xo‘jalik yuk xati yozib beradi va mahsulotni tayyorlov tashkilotiga topshiradi.
7. Tayyorlov tashkiloti pudratchining o‘zi topshirgan mahsuloti yuk xatlari yoki qabul qilish pattasini yozib beradi.
8. Pudratchi topshirilgan mahsulot uchun olingan yuk xatlarini yoki pattalarni Moliya-hisob markaziga topshiradi.
9. Pudratchi chek daftarchasini mavsum tugagandan keyin moliya-hisob markaziga topshiradi. | 152 | 8,376 |
Qonunchilik | Moʻmin Ashurov: «Soliq solishdagi yangiliklarga oʻqitishda yangicha yondashamiz» | «Norma» professional rivojlanish markazi soliq solish tizimidagi oʻzgarishlarga bagʻishlangan navbatdagi seminar va kurslarga qabul e’lon qiladi. Ular soliq solishdagi yangiliklarga bagʻishlangan alohida muhitda oʻtkaziladi. Bu haqda «Norma» PRM direktori Moʻmin Ashurov ma’lum qildi.
– Moʻmin Xurramovich, «Norma» PRM uchun oʻziga хos oraliq yakun chiqaraylik: 2018 yil qanday yakunlandi va 2019 yil qanday boshlandi?
– Odatiy tarzda. Biz har doim eski yilni kuzatib, yangi yilni soliq solish tizimidagi oʻzgarishlarga bagʻishlangan seminarlar, oʻquv kurslari va vebinarlar bilan kutib olamiz. Bu vaqtda, odatdagidek, soha mutaхassislari rioya qilishi kerak boʻlgan yangi qoidalar kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar chiqariladi.
Ushbu yilda esa bunday tadbirlar ayniqsa dolzarb va talabgir boʻlmoqda. Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boshlandi. 1 yanvardan mamlakatimizda yangi soliq solish tizimiga oʻtildi. YaST toʻlab kelgan koʻpchilik korхonalar soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtdi. Tabiiyki, buхgalterlar turli qiyinchiliklarga toʻqnash kelishyapti, ular oʻz savollariga javob izlab, malaka oshirish maqsadida oʻqishga borishyapti.
Ta’lim хizmatlari bozori ham rivojlanayotganligini ta’kidlab oʻtmoqchiman. Tinglovchilarda tanlash imkoniyati ortib bormoqda. Bunday sharoitda хizmatlarimiz talabgir boʻlayotganligidan mamnunman. Oʻquv jarayoniga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya va ta’lim teхnologiyalarini faol tatbiq etyapmiz. Koʻrinib turibdiki, tinglovchilarimiz buni qadrlashadi. Yana bir yangilik - «Norma» kompaniyasi mutaхassislari tomonidan masofaviy kurslar ishlab chiqildi va oʻquv jarayonida qoʻllanilmoqda. Ular oʻquv materialini puхta oʻzlashtirishda yordam beradi.
– Markaz tomonidan yil boshida oʻtkazilishi rejalashtirilgan barcha tadbirlar soliq solish tizimidagi yangiliklarga bagʻishlanadi. Bunda barcha oʻquv kurslari 25-50 kishidan iborat guruhlarda oʻtkazilar ekan. Kattaroq auditoriyalarda bir necha tadbir oʻtkazsa boʻlmaydimi?
– Dastavval Toshkent moliya institutining katta auditoriyasini ijaraga olgan edik. 130 dan ortiq tinglovchilar ishtirokida tadbirlar oʻtkazdik. Oхir-oqibatda esa tinglovchilar soni 50 nafar boʻlgani maqbulligini tushunib yetdik. Faqat kichik guruhlarda sifatni ta’minlash va tinglovchilarga oʻzlarining barcha savollariga javob topishlari uchun sharoit yaratish mumkin boʻlarkan. Auditoriya katta boʻlsa, oʻqituvchiga oʻz muammosi yuzasidan murojaat qilish va savollarga javob olish imkoniyati kam boʻladi. Kichik guruhlarda oʻqituvchi tinglovchilarga yanada yaqin boʻladi, bu esa mashgʻulotlar qiziqarli va mazmunli oʻtishida muhim rol oʻynaydi.
Bunda tayyorgarlik darajasi va kasbiy jihatlarni hisobga olgan holda guruhlar shakllantiriladi. Dekabr oyida qurilish korхonalari, umumiy ovqatlanish, chakana savdo korхonalari va boshqa tashkilotlarning vakillari uchun treninglar oʻtkazdik. Ularda umumiy muammolar talaygina. Malaka oshirish jarayonini bilim va talab darajasiga qarab tashkil qilishga harakat qilamiz. Normalarning amalda qoʻllanilishiga oid savollariga javob topishni хohlovchilar uchun – seminarlar, soliq solishning barcha jihatlari boʻyicha yanada batafsil oʻtiladigan leksiyalar yordamida puхta bilim egallash uchun oʻquv kurslari tashkil qilinadi.
Oʻquv kurslari dasturlari mashgʻulotlar orasida bir necha kunlik tanaffuslar bilan tuzilgan. Tinglovchilarga masofaviy oʻqitish tizimimizdan foydalangan holda oʻtilgan materialni mustahkamlash uchun vaqt beriladi. Ayrim oʻquv mashgʻulotlaridan mustaqil oʻtib, test yechilganda turli savollar yuzaga keladi, ularni navbatdagi bevosita mashgʻulotlarda koʻrib chiqish taklifini kiritish mumkin. Bu bilan oʻqituvchi bilan ishlash samaradorligi ortadi.
Auditoriya mashgʻulotlari kofe-breyk tanaffuslari bilan oʻtkaziladi – bu bejizga emas. Bunda tajriba almashish, amaliy vaziyatlarni muhokama qilish va tushunib olish uchun vaqt boʻladi.
– Soliq solishdagi yangiliklarga bagʻishlangan nechta tadbir oʻtkazmoqchisiz?
– Soliq solish – markazimiz yoʻnalishlaridan biri. Shu bois oʻquv jadvalimizni kuzatib boring hamda oʻzingiz uchun kerakli kurs va seminarlarni tanlang. Ular har doim eng dolzarb mavzularga bagʻishlangan boʻladi.
Oleg Gayevoy suhbatlashdi. | 80 | 4,228 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qo‘shma qarori tahririda) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 219-modda) 29-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nodavlat notijorat tashkilotlaridan, ommaviy axborot vositalaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan qaytarilgan moliyaviy mablag‘lardan foydalanish tartibiga muvofiq Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi o‘z hisobvaraqlarida jamlangan bo‘sh mablag‘lar qoldiqlarini:
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlashga;
belgilangan tartibda tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga vaqtincha joylashtirishga yo‘naltiradi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qo‘shma qarori tahririda) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 219-modda) 4-bandiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi hisobvaraqlarida bo‘sh mablag‘lar qoldiqlari sifatida jamlanadigan, qaytarilgan moliyaviy mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi;
qaytarilgan bo‘sh mablag‘larning qoldiqlarini Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek hisoblab chiqariladigan foizli depozit to‘lovlarni sarflash tartibi va shartlarini belgilaydi”;
o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishincha o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Ushbu Qo‘shma qaror tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tasdig‘iga kiritilsin.
4. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 249 | 3,383 |
Qonunchilik | Eng yaхshi sportchilar uchun mukofotlar | Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) boʻlib oʻtgan XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, хalqaro sport maydonlarida Oʻzbekistonning nufuzi va obroʻ-e’tiborini oshirishga qoʻshgan katta hissasi uchun hamda Prezidentning 2016 yil 12 iyuldagi PQ-2558-sonli qaroriga muvofiq sovrinli oʻrinlarni egallagan sportchilar biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Oltin medal olgan sportchilarning har biri 200 000 AQSh dollariga, kumush medalini qoʻlga kiritgan olimpiadachilarning har biri 100 000 AQSh dollariga sazovor boʻlishdi. Bronza medali sohiblari uchun esa mukofot 75 000 AQSh dollarini tashkil qildi.
Pul mukofotlarini toʻlash Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan хorijiy valyutada soliq undirilmasdan amalga oshiriladi. Moliya vazirligiga ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablagʻlari oʻz vaqtida ajratilishini ta’minlash, Markaziy bankka esa Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan birgalikda ajratilgan mablagʻlarni Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha belgilangan tartibda konvertatsiya qilish topshirildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | 39 | 1,404 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lav | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarorining 1 — 10-ilovalari tegishli ravishda mazkur buyruqning 1 — 10-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Davlat madaniyat muassasalari 2020-yil 1-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari o‘zgarganligini hisobga olib xodimlarning ish haqlarini qayta hisoblab to‘lanishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 2019-yil 26-sentabrdagi 591-son “Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3189, 2019-yil 30-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 10/19/3189/3971-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
4. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 1,795 |
Qonunchilik | Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash;
bola nafaqasi va moddiy yordam tayinlash shartlari;
bola nafaqasi va moddiy yordam olish uchun murojaat qilish, uni ko‘rib chiqish va ularni to‘lash tartibi;
bola nafaqasi va moddiy yordam uchun to‘lovlarni moliyalashtirish tartibi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi 2022-yil martga qadar jismoniy shaxslarning dala tomorqa yer maydonlari ro‘yxati shakllantirilishini va ushbu ma’lumotlarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etib borilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy sud va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-apreldan boshlab Davlat xizmatlari agentligining axborot tizimiga hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga sudlar tomonidan chiqarilgan nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi, ota-onalik huquqidan mahrum etilganlik to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining axborot tizimidan onlayn rejimda ushbu qarorlar chiqarilgan kunda qabul qilinishini yo‘lga qo‘yish tavsiya etilsin.
Bunda, sudning qarorlariga muvofiq bolalarning ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs qaramog‘ida qoldirilganligi hamda ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar va bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha o‘zaro elektron axborot almashinuvi ta’minlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni avtomatik tarzda, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qo‘shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Bunda, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari oiladagi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonini inobatga olgan va amaldagi to‘lov muddatlaridan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi 122-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) orqali aniqlash hamda ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa (keyingi o‘rinlarda — bolalar nafaqasi) va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni (keyingi o‘rinlarda — moddiy yordam) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — oilaning 18 yoshga to‘lgan ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi — idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish amalga oshiriladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
ma’lumotnoma — “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila (shaxs)ga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladigan, QR-kodga ega bo‘lgan ma’lumotnoma.
3. Ishlovchi onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bundan mustasno) bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun beriladigan har oylik nafaqani olish muddati tugaganidan so‘ng ushbu Nizomga asosan bolalar nafaqasini olishi mumkin.
4. Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi.
Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.
Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.
5. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish hamda ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qarorlar “Yagona reyestr” ATda shakllantiriladi va qabul qilinadi.
6. Tuman (shahar)larning mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
7. Oila:
2021-yilning 1-sentabridan — oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad 440 ming so‘mdan oshmaganda;
2022-yildan boshlab — oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi.
8. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu Nizomda belgilangan tartibda oila a’zolarining taqdim etgan arizalariga asosan “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgandan so‘ng tayinlanadi.
9. “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar (shaxslar) qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotnomalarni taqdim etmasdan, qonunchilik hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir.
Bunda qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foydalanish va imtiyozlarni olish uchun “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila (shaxs)ga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 3 daqiqa ichida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda ma’lumotnoma taqdim etiladi.
Ushbu ma’lumotnoma oila (shaxs) “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlab o‘n ikki oy davomida amal qiladi.
Agar bitta oila so‘nggi 12 oy davomida ketma-ket “Yagona reyestr” AT orqali bir necha marotaba kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan bo‘lsa, bunda ma’lumotnomaning amal qilish muddati ushbu oila oxirgi marotaba kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlanadi.
Oila (shaxs) “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha taqdim etiladi.
Ma’lumotnoma taqdim etilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
10. Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.
11. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu Nizomda belgilangan tartibda ariza beruvchi murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi.
Oilaning muomalaga layoqatli istalgan a’zosidan biri (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs, 18 yoshga to‘lgan, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan (ota-onasi, ulardan biri yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxs bilan birga yashovchi) bolasi yoki oilaning farzandlikka olingan bolasi yoxud vasiylikka olingan shaxslar) ariza beruvchi bo‘lishi mumkin.
12. Har bir oila tomonidan bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun ariza topshirish va “Yagona reyestr” ATga kiritish bir oyda bir marta amalga oshiriladi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lashning belgilangan muddati tugagach, ariza beruvchi ushbu nafaqa yoki moddiy yordamni yangi muddatga tayinlash uchun ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Bunda bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan ushbu nafaqa yoki moddiy yordamni to‘lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyda beriladi. Takroriy murojaatlar umumiy belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
13. Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilaga bolalar nafaqasi yoxud moddiy yordam yashash joyi bo‘yicha oilaning muomalaga layoqatli a’zosining yozma arizasiga asosan tayinlanadi.
14. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi.
Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi.
15. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi) boshlig‘ining nomiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
ariza beruvchi va oila a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi pasporti yoki ID-kartalari (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);
chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);
bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi ilova qilinadi;
oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari to‘g‘risida ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumot;
ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari va ariza berilgan oydan oldingi 3 oy mobaynida ularning nomiga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari yuzasidan ma’lumotlarni Markaziy bank tomonidan “Yagona reyestr” ATga taqdim etish to‘g‘risida oilada birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolari bilan tasdiqlangan ushbu Nizomga 3b-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza.
Bunda birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolarining haqiqiyligi uchun ariza beruvchi javobgar bo‘ladi. Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlarning to‘liq taqdim etilganligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tekshiriladi.
Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etiladi. Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda keyingi oyda ko‘rib chiqiladi.
Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ariza beruvchiga qo‘shimcha ravishda qaysi hujjatlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar qo‘shimcha besh kun ichida, biroq ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etilishi shart.
16. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi arizada ko‘rsatilgan ariza beruvchi va uning oila a’zolari tarkibini hamda ular arizada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yashayotganligini ariza berilgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida, biroq bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 18-sanasiga qadar o‘rganib chiqadi.
Ariza beruvchining oila tarkibi to‘g‘risidagi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumot fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tasdiqlanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi har besh kunda kamida bir marotaba, biroq ariza berilgan oyning 19-sanasiga qadar ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan ariza va taqdim etilgan zarur hujjatlarni hamda oilaning tarkibi to‘g‘risidagi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan ma’lumotlarni Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga arizalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlashni so‘rab murojaat etilgan arizalar ro‘yxatiga asosan ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim etiladi.
17. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan arizalar Pensiya jamg‘armasi bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan har kuni, biroq ariza berilgan oyning 26-sanasiga qadar “Yagona reyestr” ATga kiritiladi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan arizalar va unga ilova qilingan hujjatlar 3 yil davomida Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limlarida saqlanadi.
18. Oila a’zolarining barcha rasmiy daromadlari, shuningdek, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadning hisob-kitobi, oila a’zosi nomida mavjud bo‘lgan ko‘chmas mol-mulki va avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda jamlanadi va hisob-kitob qilinadi.
19. Oilani kam ta’minlangan oila deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash yoxud tayinlashni rad etish “Yagona reyestr” AT orqali avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
20. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda, oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi:
a) ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan mezondan oshganda;
b) idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan ma’lumotlar bo‘yicha Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrida ariza beruvchi va uning oila a’zolari egaligida jami bittadan ortiq ko‘chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;
v) ariza beruvchi yoki uning oila a’zolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda:
ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi;
ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
g) ariza beruvchi va uning oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza berilgan oyda amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablag‘lari mavjud bo‘lganda;
d) ariza beruvchi va uning oila a’zolarida ariza berilgan oyda bozor qiymati mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq summani tashkil etuvchi qimmatli qog‘ozlar mavjud bo‘lganda;
e) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va bolalari), shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;
yo) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan ta’minlanganda;
j) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi va uning oila a’zosi tomonidan takroriy ariza ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan tartibga rioya etilmagan holda taqdim etilganda. Bunda takroran taqdim etilgan ariza “Yagona reyestr” ATga kiritilgandan so‘ng ariza ko‘rib chiqilmasdan, arizachiga rad javobi arizada ko‘rsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabar orqali mobil telefon raqamiga jo‘natiladi;
z) oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;
i) oilaning oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a’zosi tomonidan mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad etilgan hollarda;
k) rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lganda.
Ushbu qoida quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turgan shaxslarga;
bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qilayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);
ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (ta’limning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslarga;
amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zolariga;
18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan, shu jumladan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo‘lmagan holda otasiga), oila a’zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarni parvarish qilayotganlarga;
chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolariga;
oilaning “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikda band bo‘lgan, biroq ushbu dastur bo‘yicha mikrokredit olingan sanadan boshlab ko‘pi bilan 12 oy band bo‘lgan a’zolariga;
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan a’zolariga;
oilaning chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan a’zolariga;
bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan yolg‘iz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;
rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi bir yil mobaynida “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
tuman (shahar) aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan, ushbu markaz tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarga;
to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga nisbatan.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan mezonlar asosida bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad etilganda, ariza beruvchiga xabar “Yagona reyestr” AT orqali rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda elektron shaklda (arizada ko‘rsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga) yuboriladi.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Yagona reyestr” AT tomonidan elektron so‘rov yuborilgan kunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan (to‘liq) miqdorda ijtimoiy soliq to‘langanda hisobga olinadi.
Mazkur bandning faqat “k” kichik bandi asosida bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash rad etilgan oilalar “Yagona reyestr” AT orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Bunda oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanmaydi, lekin mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi.
Bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan yolg‘iz onalar (otalar) hamda nikohi bekor qilingan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan olingan elektron ma’lumotlarga asosan aniqlashtiriladi.
21. Ariza beruvchining ushbu Nizomning 7 va 20-bandlariga muvofiq bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olish huquqiga ega yoki ega emasligi “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan ma’lumotlar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oilaning tarkibi bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan aniqlanadi.
Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan ariza beruvchi to‘g‘risida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan ma’lumotlar “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi. Ushbu ma’lumotlardan foydalanish vakolati Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilgan mas’ul xodimga beriladi.
22. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha daromad bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oygacha bo‘lgan oxirgi uch oyi uchun hisoblab chiqilgan barcha oila a’zolarining daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga va uchga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohi qayd etilgan er-xotin (yoki ularning biri) va ular bilan birga yashaydigan va ularning qaramog‘ida bo‘lgan bolalar (shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar), shuningdek, ota-onalari bilan birga yashaydigan va o‘z oilasiga ega bo‘lmagan 18 yoshdan katta bolalar (shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar), yolg‘iz onalar (otalar) kiritiladi.
Bunda to‘liq davlat ta’minotidagi bolalar, tarbiyalash uchun oilaga qabul qilingan (patronat tartibida) bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, shuningdek, sud qaroriga asosan bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxslar oila tarkibiga kiritilmaydi.
23. Bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga oila tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:
mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar;
mulkiy daromadlar;
olingan alimentlar. Bunda, fuqaro tomonidan to‘langan alimentlar summasi oilaning jami daromadidan chiqarib tashlanadi;
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga hisoblanadigan normativ daromadlar;
pul tushumlari, shu jumladan, chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari va boshqalardan olingan pul o‘tkazmalari summasi. Bunda xorijiy valyutada olingan pul o‘tkazmalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Yagona reyestr” AT tomonidan elektron ma’lumot olingan kundagi belgilangan kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi;
Ariza beruvchi va oila a’zosining har bir korxona ustav fondidagi ulushi, biroq mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashganlik uchun shaxsga to‘langan mehnat haqi;
tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shu jumladan, shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish, tadbirkorlikka o‘qish xarajatlarini to‘lash va kreditni olish chog‘ida sug‘urta polisi haqini to‘lash hamda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, urug‘liklar, ko‘chatlar, sug‘orish vositalari olish uchun mehnat organlari tomonidan ajratilgan subsidiyalarni olgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan normativ daromadlar;
pensiyalar va nafaqalar (ushbu Nizomda belgilangan tartibda oila olayotgan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam, nogironlik bo‘yicha nafaqa, nogironlik bo‘yicha nafaqa summasi doirasidagi nogironlik pensiyasi (nogironlik pensiya miqdoridan zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori chegirib tashlanadi), boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar va OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshga bo‘lgan shaxslarga nafaqa, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali beriladigan bola tug‘ilganligi hamda dafn etish marosimi uchun bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa, ta’lim muassasalari tomonidan to‘lanadigan stipendiyalar, mehnat organlari tomonidan ishsiz fuqarolarga tayinlanadigan va to‘lanadigan moddiy yordam, mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida to‘langan stipendiya bundan mustasno);
tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olingan daromad;
chorva mollari va parrandalari mavjud bo‘lgan fuqarolarga hisoblanadigan normativ daromadlar;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar.
Mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar amalda hisoblangan summa bo‘yicha hisobga olinadi (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar chegirib tashlanguniga qadar).
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olingan sanadan boshlab oxirgi 12 oy mobaynida oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishdan olingan daromadlar oilaning daromadi tarkibiga kiritilmaydi.
24. Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadni aniqlashda (yakka tartibdagi faoliyat ma’lum muddatga to‘xtatilgan davr bundan mustasno) daromad aniqlanayotgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan bir oylik summasining o‘n baravari miqdoriga teng bo‘lgan, biroq mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning daromadlari miqdorini aniqlashda daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoriga teng bo‘lgan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Agar elektron axborot almashinuvi orqali olingan ma’lumotlarda chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi oila a’zolaridan pul o‘tkazmalari miqdori aniqlanmasa, u holda oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromadini aniqlash uchun oilaning chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoriga teng bo‘lgan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan oila a’zosi (a’zolari)ning bir oylik o‘rtacha normativ daromadi oilaning o‘rtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga ko‘paytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.
25. Fuqaro bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda boshqa maqsadlar uchun mehnat organlari tomonidan ajratilgan subsidiyalar va grantlarni olgan ariza beruvchi va/yoki uning oila a’zosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdoriga teng bo‘lgan o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan oila a’zosi (a’zolari)ning bir oylik o‘rtacha normativ daromadi oilaning bir oylik o‘rtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga ko‘paytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.
26. Bolalar nafaqasi va moddiy yordamga murojaat qilgan oyda daromadlarning rasmiy manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan, to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga ariza beruvchi va/yoki uning oila a’zosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravari miqdoriga teng bo‘lgan normativ daromad miqdori qabul qilinadi.
Ushbu qoida:
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turgan shaxslarga;
bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qilayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);
ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (ta’limning kechki va sirtqi o‘qish shakllari bundan mustasno);
ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslarga;
amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zolariga;
18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan, shu jumladan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo‘lmagan holda otasiga), oila a’zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarni parvarish qilayotganlarga (ushbu ma’lumot Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan aniqlashtiriladi);
chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi oila a’zolariga;
oilaning “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikda band bo‘lgan, biroq ushbu dastur bo‘yicha mikrokredit olingan sanadan boshlab ko‘pi bilan 12 oy band bo‘lgan a’zolariga;
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan a’zolariga;
oilaning chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan a’zolariga;
bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan yolg‘iz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;
rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida “Temir daftar”da bo‘lgan oilalarga;
tuman (shahar) aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan, ushbu markaz tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
27. Arizachining yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer maydonida tomorqa maydonini hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining axborot tizimidan elektron axborot almashinuvi orqali olingan ma’lumotlar asosida quyidagi formuladan foydalaniladi:
TEM = UM — QM — (UM * 20 %) bunda:
TEM — tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligi maydoni;
UM — ajratilgan erning umumiy maydoni (m2);
QM — qurilishlarning maydoni (m2);
(UM * 20 %) ko‘rsatkichi 200 m2dan oshmagan holda hisob-kitob uchun qabul qilinadi.
Tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olingan daromad miqdori sifatida ushbu bandda belgilangan tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olinadigan bir oylik daromadning normativ miqdori qabul qilinadi.
Tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olinadigan bir oylik o‘rtacha normativ daromad tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun foydalanilayotgan sotixlar maydonini jami daromad aniqlanayotgan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,035 baravariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan bir oylik o‘rtacha normativ daromadi oilaning o‘rtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga ko‘paytirilgan holda hisob-kitob qilinadi. Bunda:
a) 4 sotixgacha bo‘lgan tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligi maydonida oilaning mehnatga layoqatli ishsiz bitta a’zosi hamda keyingi har bir 4 sotixgacha maydon uchun qo‘shimcha bittadan oilaning ishsiz a’zosi tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan deb hisoblanadi;
b) oila a’zolari tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan deb quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha hisoblanadi:
birinchi navbatda, mehnatga layoqatli ishsiz bo‘lgan, bola parvarishi va o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan oila a’zosining parvarishi bilan band bo‘lmagan, jazoni ijro etish joylarida jazoni o‘tamayotgan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan oila a’zosiga;
oilaning voyaga yetgan, ta’lim muassasasida tahsil olmayotgan, jazoni ijro etish joylarida jazoni o‘tamayotgan yoki chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tamayotgan, o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan oila a’zosining parvarishi bilan band bo‘lmagan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatli ishsiz farzandiga, shuningdek, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan shaxsga (bir nechta farzandi bo‘lganda — yosh ketma-ketligi bo‘yicha);
ta’lim muassasasida tahsil olmayotgan, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tamayotgan yoki chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tamayotgan, o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan oila a’zosining parvarishi bilan band bo‘lmagan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan mehnatga layoqatli ishsiz otasiga.
28. Chorva mollari va parrandalari mavjud bo‘lgan fuqarolarning bir oylik o‘rtacha normativ daromadini hisoblash:
chorva mollari va parrandalarning soni shartli bosh qoramol soniga Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qarori bilan tasdiqlangan Yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ilovada keltirilgan Chorva mollarini va parrandalarni shartli boshga o‘girish koeffitsiyentiga asosan o‘tkaziladi;
har bir shartli bosh qoramol sonini daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,5 baravariga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan bir oylik o‘rtacha normativ daromad oilaning o‘rtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga ko‘paytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.
29. Ariza beruvchi va uning oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlik, o‘zini o‘zi band qilgan va tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olinadigan normativ daromad “Yagona reyestr” AT orqali, shu jumladan, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan o‘zaro idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi.
30. Ariza beruvchi oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
BOO‘D — (MHTD+MD+OA-TA+IN+JIMH+SND+YTTND+PO‘+PN+ TD+ChM+BD)/OAS/3 bunda:
BOO‘D — oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad;
MHTD — mehnatga haq to‘lash shaklidagi uch oylik daromadlar (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda);
MD — uch oylik mulkiy daromadlar (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda);
OA — oila a’zolari tomonidan olingan uch oylik alimentlar;
TA — oila a’zolari tomonidan to‘langan uch oylik alimentlar;
TU — tashkilot ta’sischisiga qo‘llaniladigan normativ daromad;
IN — mehnat organlari tomonidan ishsiz fuqarolarga to‘langan uch oylik ishsizlik nafaqasi (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda);
JIMH — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashganlik uchun shaxsga to‘langan uch oylik mehnat haqi (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda);
SND — fuqaro bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda boshqa maqsadlar uchun mehnat organlari tomonidan ajratilgan subsidiyalar va grantlar uchun hisoblanadigan o‘rtacha uch oylik normativ daromad;
YTTND — yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun hisoblanadigan o‘rtacha uch oylik normativ daromadlar;
PO‘ — pul o‘tkazmalari, shu jumladan, chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolaridan uch oylik pul o‘tkazmalari summasi (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda) yoki ularga hisoblanadigan uch oylik o‘rtacha normativ daromadlar;
PN — pensiya va nafaqalar ko‘rinishidagi uch oylik (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda) daromadlar;
TD — tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda) hisoblanadigan uch oylik o‘rtacha normativ daromadlar;
ChM — chorva mollari va parrandalari mavjud bo‘lgan fuqarolarga hisoblanadigan uch oylik o‘rtacha normativ daromad;
BD — oila a’zolarining uch oylik boshqa daromadlari;
OAS — oila a’zolari soni.
31. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:
5 kishidan iborat oilaning a’zosi moddiy yordam uchun 2020-yil dekabr oyida murojaat etgan. Uning daromadlari avgust — oktyabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a’zolarining barcha daromadlari yig‘indisi (normativ daromadlarni hisobga olgan holda) 5 250 000 so‘mni tashkil etadi.
Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 5 250 000 so‘m / 5 kishi / 3 oy — 350 000 so‘m.
32. Oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromadi ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda olingan oilaning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
33. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tuman (shahar) mahalliy budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida tayinlanadi.
Bunda tuman (shahar) mahalliy budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam, birinchi navbatda, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan mezonga to‘g‘ri keladigan va boshqa oilalar daromadiga nisbatan kamroq bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadi va to‘lanadi.
Tuman (shahar) mahalliy budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilaga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash masalasi avtomatik ravishda keyingi oyda qayta ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladi.
Biroq, oila kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlab uch oy davomida tuman (shahar) mahalliy budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib arizachiga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi qaytadan ariza berish yo‘li bilan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olish istagini tasdiqlashi shart.
34. Ariza beruvchi ushbu Nizomning 6, 19 va 31-bandlarida ko‘rsatilgan mezonlarga mos bo‘lgan hollarda “Yagona reyestr” ATda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Bunda ariza beruvchiga “Yagona reyestr” AT orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash to‘g‘risida elektron xabar (arizada ko‘rsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabarlar xizmati orqali mobil telefon raqamiga) yuboriladi.
35. Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni o‘zgargan taqdirda (navbatdagi bola tug‘ilganda, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 3 yoshga va 18 yoshga to‘lganda va shu kabilar), bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.
36. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limlari (filiallari) orqali naqd pul shaklida yoki pul mablag‘larini naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan fuqarolarning bank hisobvaraqlari (plastik kartalari) orqali to‘lanadi.
37. Elektron to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari har oyning 4-sanasiga qadar “Yagona reyestr” AT orqali AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etiladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatning oxirgi kuni bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, elektron to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari keyingi 2 ish kuni mobaynida AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etilishi mumkin.
38. To‘lovning o‘tgan oyida olinmagan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam summasi to‘lovning joriy oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritiladi hamda tayinlangan, biroq o‘z vaqtida olinmay qolgan to‘lovlar o‘tgan davrlarda hisoblangan miqdorlarda butun davr uchun, biroq bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olish muddati tugaganidan keyin uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatda bir yo‘la to‘lanadi.
39. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni to‘lash:
a) quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganda;
ariza beruvchi yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosi tomonidan yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga to‘lov to‘xtatilishini so‘rab ariza taqdim qilinganda;
oila doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ko‘chib ketganida;
“Yagona reyestr” ATdagi yoki manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimidagi texnik nosozlik natijasida, ma’lumotlar elektron ravishda to‘liq yoki qisman taqdim etilmaganligi sababli, shuningdek, arizani kiritishda va boshqa texnik xatolar oqibatida noto‘g‘ri tayinlanganligi aniqlangan taqdirda. Ushbu holatda o‘tgan davrda to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi;
bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash to‘g‘risidagi qarorga ta’sir ko‘rsatgan ariza beruvchi tomonidan noto‘g‘ri va ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganligi yoki to‘liq taqdim etilmaganligi aniqlanganda;
b) ortiqcha to‘lovlar aniqlanganda vaqtincha to‘xtatiladi. Bunda to‘lovlar kam ta’minlangan oilaga kelgusi oylarda to‘lanishi lozim bo‘lgan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam uchun mablag‘lar hisobiga qayta hisob-kitob qilingandan so‘ng qayta amalga oshiriladi;
To‘lovlarni to‘xtatish (qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugagan holatlar bundan mustasno) “Yagona reyestr” AT orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi va ariza beruvchiga elektron xabar (arizada ko‘rsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga) yuborish orqali bildiriladi.
Ariza beruvchi bilan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi o‘rtasidagi to‘lovlar to‘xtatilishi yoki miqdori o‘zgarishi yuzasidan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud orqali hal etiladi.
40. “Yagona reyestr” AT orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam miqdorini va muddatini belgilash jarayonida texnik sabablarga ko‘ra ortiqcha to‘lovlar vujudga kelganda, ushbu ortiqcha to‘lovlar, birinchi navbatda, tegishli bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchilarga joriy va kelgusi oylar uchun hisoblanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam mablag‘lari hisobidan qaytariladi.
Bunda ortiqcha to‘lovni qaytarish uchun hisoblanadigan bir oylik bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, qolgan ortiqcha to‘lovlar summasi kelgusi oylar uchun hisoblanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam mablag‘lari hisobidan ushlab qolinadi.
Qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganligi yoki tugayotganligi sababli ortiqcha to‘lovni qoplash uchun hisoblanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam summasi yetarli bo‘lmagan hollarda:
ortiqcha to‘lovlarning qoplanmagan summasi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra qoplanishi mumkin;
bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchiga uning arizasiga muvofiq belgilangan tartibda unga takroran tayinlanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar natijasida ortiqcha to‘lov aniqlangan oydan boshlab 12 oy o‘tgandan so‘ng ortiqcha to‘lovlarning qoplanmagan qismi sud tartibida undiriladi.
Boshqa hollarda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam miqdorlaridan chegirmalar qilinishi mumkin emas.
41. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam pulining uchinchi shaxsga ishonchnoma orqali to‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza bergan shaxs vafot etgan taqdirda, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oilaning muomalaga layoqatli a’zosiga yoki qonuniy vakiliga to‘lanadi. Bunda oilaning muomalaga layoqatli a’zosi yoki qonuniy vakili tegishli arizani va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, mavjud bo‘lganda — vasiylik yoki homiylikni tayinlash to‘g‘risidagi qaror nusxasini AT “Xalq banki”ning tegishli filialiga taqdim etishi orqali tayinlangan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni olishi mumkin.
42. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi oyning 4-sanasidan 27-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
43. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tuman (shahar) budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida xarajatlarning tegishli iqtisodiy tasniflagichi bo‘yicha aks ettirgan holda to‘lanadi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamning har bir turi bo‘yicha AT “Xalq banki”ning bo‘limi (filiali)da alohida bank hisobvaraqlari ochiladi.
AT “Xalq banki”ning bo‘limi (filiali) har oyning oxirgi kuniga qadar joriy oy uchun, shuningdek, yil boshidan amalga oshirilgan to‘lovlar hamda to‘lanmagan mablag‘lar budjetga qaytarilishi haqida elektron ma’lumotlarni bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar bo‘yicha “Yagona reyestr” ATga belgilangan tartibda taqdim etadi.
44. Tuman (shahar) moliya bo‘limi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi uchun mablag‘larni Yagona g‘aznachilik hisobvarag‘idan to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari bo‘yicha tayinlangan summalar doirasida mahalliy budjet daromadi tushumidan kelib chiqib, biroq budjetda nazarda tutilganidan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lashga oyning 4-sanasidan boshlab, biroq to‘lov amalga oshiriladigan oyning 25-sanasidan kechikmay AT “Xalq banki”ning maxsus hisobvarag‘iga alohida to‘lov topshiriqnomalari bilan o‘tkazadi.
Mablag‘lar Yagona g‘aznachilik hisobvarag‘idan tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
45. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi bo‘yicha AT “Xalq banki” bo‘limlari (filiallari) ko‘rsatadigan xizmatlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan AT “Xalq banki” o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida haq to‘lanadi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash miqdori bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ajratiladigan mablag‘lar doirasida AT “Xalq banki” tomonidan taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
46. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari tumanlar (shaharlar) o‘rtasida har bir tuman (shahar) hududida yashaydigan kam ta’minlangan oilalar soni hamda tuman(shahar)ning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, ushbu oilalarning tarkibi va oldingi davrlar uchun ajratilgan mablag‘lar o‘zlashtirilishi (foydalanilishi) darajasi hisobga olingan holda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
47. Joriy oy mobaynida oluvchilar tomonidan talab qilinmagan va AT “Xalq banki”ning bo‘limlari (filiallari)ning maxsus hisobvaraqlaridagi mablag‘lar ushbu Nizomning 36-bandiga muvofiq kelgusida to‘lash uchun tegishli mahalliy budjet hisobiga qaytarilishi kerak.
48. Ariza beruvchi va uning oila a’zolariga tegishli axborot avtomatlashtirilgan rejimda faqat “Yagona reyestr” ATdan olinadigan va tahlil qilinadigan maxfiy axborot hisoblanadi va oshkor qilinmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
49. Ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat departamenti va Pensiya jamg‘armasining ichki audit xizmati tomonidan nazorat qilinadi.
50. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayonida texnik nosozliklar va uzilishlar yuzaga kelgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi alohida axborot tizimlaridagi ma’lumot almashinuvini tegishli tizimlar to‘laqonli qayta ishga tushgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatish hamda oilaning kam ta’minlanganligini avtomatik tarzda aniqlash algoritmiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
51. Quyidagilar uchun:
oila tarkibi, yashash joyining o‘zgarishi va oilaning chorva mollari va parrandalari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotning ishonchliligi va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Pensiya jamg‘armasi bo‘limini o‘z vaqtida xabardor qilish bo‘yicha — ariza beruvchiga;
AT “Xalq banki”ning maxsus hisobvaraqlariga budjet mablag‘larini o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish bo‘yicha — tuman (shahar) moliya bo‘limi rahbariga;
bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash bo‘yicha arizalarni “Yagona reyestr” ATga belgilangan tartibda va o‘z vaqtida kiritish bo‘yicha — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi rahbariga;
maxsus hisobvaraqlardagi mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash hamda oluvchilar tomonidan talab qilib olinmagan mablag‘larni tegishli mahalliy budjetga o‘z vaqtida va to‘liq qaytarish bo‘yicha — tuman (shahar) AT “Xalq banki” bo‘limi rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
1. 1-band hamda qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 12-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, “Yagona reyestr” AT Pensiya jamg‘armasi foydalanuvchisi hisoblanadi”.
3. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 93 | 52,219 |
Qonunchilik | Qoʻshma ta’lim dasturlari ekspertizadan oʻtkaziladi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi va хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (6.07.2021 yildagi 421-son VMQ).
2022 yil 1 yanvardan boshlab qoʻshma ta’lim dasturlarini Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi joriy etiladi va faqat ijobiy ekspertiza хulosasiga ega boʻlgan qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etishga ruхsat beriladi.
Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oʻqishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqichda хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofiq kirish imtihonlari oʻtkaziladi;
II bosqichda Oʻzbekiston oliy ta’lim tashkilotining buyurtmasi asosida Davlat test markazi tomonidan kelishilgan muddatlarda qoʻshma ta’lim dasturida oʻqitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihoni oʻtkaziladi.
Bunda:
Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida oʻqishga qabul qilish natijalarini tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tashkilotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga хorijiy hamkor oliy ta’lim tashkiloti joylashgan davlatda tan olinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotining davlat namunasidagi diplomi taqdim etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 51 | 1,649 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING QO‘MITALARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining quyidagi qo‘mitalari tashkil etilsin:
Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi;
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi;
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi;
Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi;
Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi;
Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 72 | 502 |
Qonunchilik | Masofaviy ishga oʻtkazish va avvalgi ish rejimiga qaytishni qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish mumkin | Soʻnggi paytda karantin choralari sekin-asta yumshatilayotganiga qaramay, хotirjam boʻlishga hali erta. Bironta hudud kasallik yana qoʻzgʻashi va biznes uchun qoidalar qat’iylashtirilishidan sugʻurtalangan emas. Shu sababli masofaviy ishlayotgan хodimlarini qaytarayotgan har bir tashkilot ularni yana oʻsha usulda ishlashga oʻtkazishga tayyor boʻlishi lozim.
Bu vaziyatda keyinchalik tekshiruvchilarda hech qanday e’tirozlar yuzaga kelmasligi uchun hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirish muhim ahamiyatga ega. «Norma» ekspertlari – mehnat huquqi boʻyicha Lenara XIKMATOVA va yuridik masalalar boʻyicha Albert SAFIN ofisda va undan tashqarida ishlashni rasmiylashtirish jihatlari yuzasidan tushuntirish berdilar.
Qanday qilib хodimni masofaviy ishga oʻtkazish mumkin degan mavzuni ilgari yoritgan edik. Ushbu tartib-taomilning eng muhim jihatlariga batafsil toʻхtalib oʻtamiz.
1. Barchani rasmiylashtirib boʻlmaydi
Xodimning mehnat funksiyasi kompaniya hududida hozir boʻlish bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, uning masofaviy ishlashini rasmiylashtirib boʻlmaydi.
Masalan, yurist, buхgalter yoki marketolog masofaviy usulda ishlay oladi, farrosh yoki frezerchi ishchi esa – yoʻq.
2. Qoʻshimcha kelishuvda nimalar koʻrsatiladi
Karantinga oid choralar amal qilish davrida хodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga oʻtkazishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizom (28.03.2020 yildagi 3228-son) bilan oʻtkazish masalalari tartibga solingan.
Oʻtkazishni toʻgʻri rasmiylashtirish uchun sizga ikkita hujjat kerak boʻladi :
Qoʻshimcha kelishuv matnida quyidagilarni koʻrsating:
Nafaqat propiska qilingan manzil, balki Oʻzbekiston hududidagi ishlash uchun shart-sharoit boʻlgan har qanday yashash uchun moʻljallangan yoki vaqtinchalik turar joy masofaviy ishlovchi хodimning ish joyi boʻlishi mumkin;
Vaziyatga qarab qoʻshimcha kelishuvda quyidagilarni ham qayd etishni tavsiya qilamiz:
Umumiy qoidaga koʻra, masofaviy ishlovchi хodim ish vaqti rejimini mustaqil ravishda belgilaydi. Biroq ish beruvchi uchun u muayyan soatlarda ishni bajarishi kerak boʻlsa, buni kelishuvda qayd etish lozim;
Mehnat majburiyatlari hajmi kamaymagan boʻlsa, mehnat haqi miqdori kamaymasligi kerak. Biroq хodim bilan kelishuvga koʻra masofaviy ish uchun boshqa shartlarda haq toʻlanishi mumkin. Masalan, toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilanishi mumkin;
Diqqat! Mehnat kodeksi va mehnatga oid huquq boʻyicha boshqa hujjatlarning amal qilishi masofaviy ishlovchi хodimlarga nisbatan tatbiq etiladi. Ularning boshqa хodimlar singari huquqlari kafolatlanadi. Shu jumladan quyidagilarga boʻlgan huquqi:
Buxgalter.uz da oʻqing | 104 | 2,679 |
Qonunchilik | Denov tadbirkorlik instituti moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi | Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida»gi 823-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Prezidentning 6.09.2019 yildagi «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilindi:
Hujjat bilan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Surхondaryo viloyati hokimligining sobiq Sariosiyo agrosanoat kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini (keyingi oʻrinlarda – ob’yekt) operativ boshqaruv huquqi asosida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Buхoriy. | 65 | 933 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati o‘rtasida abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati o‘rtasida abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin. | 140 | 260 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QAYTA IShLOVChI KORXONALARGA SUT, TIRIK MOL, JUN, QORAMOL VA MAYDA MOLLAR TERISI, MEVA-SABZAVOT VA POLIZ MAHSULOTLARINI XARID QILISh UChUN NAQD PUL BERISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘R | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirishni rag‘batlantarish hamda ishlab chiqaruvchilar bilan savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 390-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan qayta ishlovchi korxonalarga sut, tirik mol, jun, qoramol va mayda mollar terisi, meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini xarid qilish uchun naqd pul berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran “Teri va mo‘yna xom-ashyosini sotib olish uchun hisob-kitob qilish tartibi” (1999-yil 13-yanvardagi 592-sonli ro‘yxat raqami, Me’yoriy hujjatlar Axborotnomasi, 1999-yil, 1-son), shuningdek unga kiritilgan 1-sonli o‘zgartirish va qo‘shimchalar (2000-yil 21-avgustdagi 592-1-sonli ro‘yxat raqami, Me’yoriy hujjatlar Axborotnomasi, 2000-yil, 16-son) o‘z kuchini yo‘qotadi.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-sonli “Bozorni iste’mol mollar bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar bilan savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, tijorat banklari tomonidan qayta ishlovchi korxonalarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish maqsadlariga naqd pul berish tartibini belgilab beradi.
Ushbu hujjatda belgilangan tartib tayyorlov korxonalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
qayta ishlovchi korxonalar — sut, jun, qoramol va mayda mollar terisi, meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini (bundan keyingi matnda — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) qayta ishlab, yarim fabrikat va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, tirik mollarni go‘shtga so‘yish, go‘shtdan yarim fabrikat tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs maqomiga ega korxonalar.
bevosita ishlab chiqaruvchilar — o‘z tomorqa yer uchastkasidan shaxsiy mehnati asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxslar va dehqon xo‘jaliklari, uzoq muddatga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari.
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash — sutni qayta ishlashdan sariyog‘, pishloq va boshqa sut mahsulotlari, junni qayta ishlab kalava, jun gazlama va aholi iste’moli uchun boshqa jun mahsulotlari, qoramol va mayda mol terisini qayta ishlab charm va charm mahsulotlari, meva-sabzavot va poliz mahsulotlaridan quritilgan qoqi, konserva, tomat pastasi, sharbat, meva sharbatlaridan konsentratsiyalashtirilgan kukun ishlab chiqarish va boshqalar.
3. Mazkur Nizomda belgilangan tartib asosida bankdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun naqd pul olish huquqiga faqat qayta ishlash quvvatlariga ega bo‘lgan korxonalar hamda qushxonalar egadirlar.
Shu bilan bir vaqtda ushbu Nizom quyidagilarga nisbatan joriy etilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarga;
kreditorlik qarzlari (2-sonli kartotekasi) mavjud bo‘lgan qayta ishlovchi korxonalarga;
paxta xomashyosi, tamaki bargi, kanop, pilla xarid qilishga;
kredit mablag‘lari hisobiga mahsulotlar xarid qilishga.
4. Qayta ishlovchi korxonalar rahbarlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun banklardan olingan naqd pullardan maqsadga muvofiq foydalanish bo‘yicha shaxsan javobgardirlar.
5. Qayta ishlovchi korxonalar ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash maqsadida xarid qilishga naqd pul mablag‘lari olish uchun kalendar yilda bir marta uning asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga belgilangan tartibda tasdiqlangan hamda saqlash va qayta ishlashning tegishli quvvatlari ko‘rsatilgan holda mahsulotlar tayyorlash va sanoat yo‘li bilan qayta ishlash uchun o‘z moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etishlari kerak.
Qayta ishlovchi korxona tomonidan ko‘chmas qayta ishlash quvvatlaridan ijara shartlarida foydalanilgan taqdirda ijara shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi va ijara shartnomasining Davlat kadastrida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.
6. Qayta ishlovchi korxona uning asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bankka bevosita ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobi uchun naqd pulga bo‘lgan ehtiyoji miqdori ko‘rsatilgan buyurtmanomani naqd pul olinishi rejalashtirilayotgan yil choragi boshlanishidan ikki hafta oldin taqdim etadi. Buyurtmanomada ushbu maqsadlar uchun naqd pulga ehtiyoj korxona biznes-rejasidan kelib chiqqan holda yil choragi ichidagi haftalar qirqimida ko‘rsatilishi lozim.
7. Qayta ishlovchi korxonalarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun naqd pul uning asosiy depozit hisobvarag‘idagi mavjud mablag‘lari doirasida beriladi.
8. Bank tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun beriladigan naqd pul summasi qayta ishlovchi korxonalar tomonidan bevosita ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida aniqlanadi va yetti kunlik ehtiyoj miqdorida beriladi.
9. Qayta ishlovchi korxonalarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish uchun naqd pul har yetti kunda bir marta beriladi. Bunda qayta ishlovchi korxona xizmat ko‘rsatuvchi bankka shu maqsad uchun ilgari olingan naqd puldan foydalanilganligini tasdiqlovchi qabul qilish kvitansiyalari reyestrini taqdim etadi.
Qayta ishlovchi korxona ilgari olingan naqd puldan foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan taqdirda bank bundan keyin naqd pul berishni to‘xtatib qo‘yadi.
10. Qayta ishlovchi korxona tomonidan yuqoridagi maqsadlar uchun bankdan olingan naqd pul mablag‘lari shu kunning o‘zida korxona kassasiga kirim qilinadi.
11. Qayta ishlovchi korxona tomonidan kassa operatsiyalari yuritilishi, naqd pullarni saqlash va sarflash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga (Davlat ro‘yxati 565-son, 1998-yil 17-dekabr) muvofiq amalga oshirilishi kerak.
12. Bankdan olingan pulning yetti ish kuni mobaynida sarflanmagan qismi yetti kunlik muddat tamom bo‘lgandan keyingi kundan kechiktirmasdan qayta ishlovchi korxonaning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirilishi shart.
13. Qayta ishlovchi korxona bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida topshirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitob, mahsulot qabul qilib olish paytida korxona kassasidan bevosita ishlab chiqaruvchining o‘ziga naqd pul berish yo‘li bilan yoki mas’ul shaxs, ya’ni qayta ishlovchi korxona kassasidan mahsulot xarid qilish uchun naqd pullarni keyinchalik hisobot berish sharti bilan oluvchi, korxonada doimiy ishlovchi, xodimlar ro‘yxatida mavjud bo‘lgan va korxona bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida Shartnoma tuzgan xodim (keyingi o‘rinlarda — mas’ul shaxs) orqali amalga oshiriladi.
14. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilish kvitansiya bilan rasmiylashtiriladi. Kvitansiyada korxona rahbari, bosh buxgalteri va kassirining imzolari bo‘lib, ular korxona muhri va kassir shtampi yoki kassa apparati belgisi bilan tasdiqlanadi.
15. Qayta ishlovchi korxonalarda bevosita ishlab chiqaruvchi dehqon yoki fermer xo‘jaligining nomi, yuridik manzili, bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i qayd etilgan, agar jismoniy shaxs bo‘lsa uning ismi, nasabi va otasining ismi, yashash manzili, pasport ma’lumotlari, sotib olingan xomashyoning hajmi, miqdori va narxi, to‘langan pul summasi hamda mahsulot yetkazib beruvchining imzosi qo‘yilgan kundalik hisob daftar yuritilishi shart, Agar mahsulot mas’ul shaxs tomonidan xarid qilingan bo‘lsa ushbu daftarga uning imzosi qo‘yiladi.
16. Qayta ishlovchi korxonaning kassasidan bevosita ishlab chiqaruvchilarga yoki mas’ul shaxsga berilgan naqd pullar korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan chiqim orderlari orqali rasmiylashtiriladi.
17. Qayta ishlovchi korxona har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga naqd pulga xarid qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi, miqdori va narxi, to‘langan pul summasini tasdiqlovchi, rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan ma’lumotnomani taqdim etadi.
Qayta ishlovchi korxona rahbari va bosh buxgalteri ma’lumotnomaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilishga naqd pul sarflanishi to‘g‘risidagi tekshirilmagan kassa hisobotlari ma’lumotlari kiritilganligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
18. Tijorat banklari har chorakda qayta ishlovchi korxona tomonidan taqdim etilgan dalolatnomalarni, shuningdek, qayta ishlovchi korxonaning hisobvarag‘iga qayta ishlangan mahsulotlarni sotishdan tushgan pul tushumini tahlil qiladilar.
19. Tahlil natijasida qayta ishlovchi korxonaga qayta ishlash uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olish uchun naqd pul berilgandan keyingi 3 oy davomida uning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga qayta ishlangan tayyor mahsulotlarni sotish natijasida tushumlar tushmaganligi yoki ushbu tushumlar nihoyatda kam miqdorda ekanligi aniqlangan taqdirda, tijorat banklari ushbu maqsadlarga naqd pul berishni to‘xtatib qo‘yadilar.
20. Qayta ishlovchi korxonalarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan naqd pullarni maqsadga muvofiq ishlatilishini tekshirish xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda, qayta ishlovchi korxona tomonidan bankka naqd pul berish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi kassa kitobi yozuvlari va qabul qilish kvitansiyalarida ko‘rsatilgan xarid qilingan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini omborga kirim qilinganligi, kassa hujjatlari va kundalik hisob daftaridagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqish yo‘li bilan tekshiriladi.
21. Bank tomonidan qayta ishlovchi korxonalarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan naqd pullarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan joyida o‘tkazilgan tekshirishlar jarayonida naqd pullar maqsadga nomuvofiq ishlatilganligi, hisobga olish o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi va boshqa qoida buzishlar aniqlangan taqdirda qonunchilikka muvofiq tegishli jazo choralari qo‘llash uchun tekshirish ma’lumotlarini soliq organlariga, agar suiste’mol hollari aniqlangan bo‘lsa huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.
Bunda tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar naqd pul berish to‘xtatiladi.
22. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 250 | 11,088 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA IQTISODIYOTINING ChARM-POYABZAL TARMOG‘INI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmog‘ini boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining, “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasining, “O‘zbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining, charm, mo‘yna (qorako‘ldan tashqari) xomashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, charmdan foydalangan holda poyabzal, charm-galantereya hamda tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning quyidagi takliflari qabul qilinsin:
“O‘zbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibidan chiqish;
“O‘zbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasini “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi etib qayta tashkil qilish, qayta tashkil etilayotgan “O‘zbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining charm, mo‘yna (qorako‘ldan tashqari) xomashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, sun’iy charm, charm-galantereya buyumlari, poyabzal, charmga ishlov berish uchun oshlovchi moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibida bo‘lgan korxonalarni ixtiyoriylik asosida uning tarkibiga kiritish.
2. “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi respublikada charm xomashyosining bosh tayyorlovchisi etib belgilansin va “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi mana shu ishlarni amalga oshirishdan ozod qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kunlik muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin. | 103 | 1,567 |
Qonunchilik | Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestrini yuritish bo‘yicha nizomni tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-505-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. “Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestrini yuritish bo‘yicha nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 141 | 685 |
Qonunchilik | Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida | Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilish maqsadida:
1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Texnik jihatdan tartibga solish agentligi) tashkil etilsin.
2. Belgilansinki, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
o‘z vakolatlari doirasida umummajburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
sanitariya-epidemiologik xulosasi majburiy tartibda olinishi lozim bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatini olish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bunda, ushbu mahsulotlarni tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar), yetkazib beruvchilar va sotuvchilar ularning texnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi;
2021-yil 1-sentabrdan ayrim turdagi xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan mahsulotlarning muvofiqligini baholash muvofiqlikni deklaratsiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, muvofiqlikni deklaratsiyalash texnik reglament talablari asosida mahsulotning to‘liq sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng ijobiy sinov natijalariga ko‘ra tuziladigan sinov bayonnomalari asosida muvofiqlik sertifikati berilmagan holda amalga oshiriladi;
xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari a’zosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiya qilingan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — muvofiqlikni baholash organlariga milliy akkreditatsiyadan o‘tmagan holda, akkreditatsiya doirasi haqida “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DKni xabardor qilib, muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga ruxsat beriladi. Bunda, rasmiylashtirilgan muvofiqlikni baholash hujjatlarida ILAC/IAF tashkilotlarining tan olish belgilari ko‘rsatilishi va ushbu hujjatlar ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi muvofiqlikni baholash organlari tomonidan ta’minlanishi shart.
4. Belgilansinki, 2021-yil 1-noyabrdan boshlab import qiluvchilarga qulaylik yaratish hamda ichki bozorga sifatli va xavfsiz mahsulotlarning kirib kelishini ta’minlash maqsadida:
a) xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng respublika hududiga erkin muomalaga chiqarish (jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlar doirasida olib kelingan mahsulotlar bundan mustasno) tartibi joriy etiladi. Bunda:
respublika hududiga olib kirilayotgan shu turdagi mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar ushbu mahsulotlar bojxona hududiga kelishidan kamida 15 kun oldin bojxona elektron dasturiga joylashtirilishi shart;
mahsulotlarni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga o‘tkazish davlat bojxona xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblangan akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari tomonidan rasmiylashtirilgan tegishli muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi;
b) xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan ayrim turdagi mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblangan akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarida muvofiqlik sertifikatini (amal qilish muddatidan qat’i nazar) bir marta rasmiylashtirgan holda yigirma to‘rt oy davomida import qilishga ruxsat etiladi. Bunda:
mazkur tartib muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan aynan bir ishlab chiqaruvchining mahsulot turlariga nisbatan amal qiladi;
import qiluvchining mahsulotlar muvofiqligi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi davlat bojxona xizmati organlari tomonidan mahsulotni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi;
mazkur soddalashtirilgan tartibda olib kiriladigan tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun ushbu tovarlarni olib kirayotgan tadbirkorlik subyektlari javobgar hisoblanadi;
v) respublikaga olib kelinadigan mahsulotlarning texnik reglamentlar, standartlar va qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiqligi ustidan nazorat Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki uning tuzilmasidagi vakolatli tashkilot tomonidan xavf-xatarlar tahlili asosida amalga oshiriladi;
g) texnik reglamentlar, standartlar va qonun hujjatlari bilan belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar ro‘yxatini yuritish Texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki uning tuzilmasidagi vakolatli tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni, ro‘yxatga olingan kundan boshlab 6 oy muddatgacha ro‘yxatdan chiqarish, nomuvofiq deb topilgan tegishli mahsulotni ishlab chiqaruvchi (uning rasmiy vakili) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, erkin muomalaga chiqarish taqiqlanadi.
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligining:
tashkilot standartlari toifasiga kiruvchi standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan tashkilot standartlarini ekspertizadan o‘tkazish ishlarini haq olmasdan amalga oshirish haqidagi takliflari ma’qullansin.
Bunda, tashkilot standartlarida belgilanadigan ko‘rsatkichlar (talablar) O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan tegishli mahsulotlarga oid standartlar talablaridan past bo‘lgan hollarda, ushbu tashkilot standartlariga asosan mahsulot muvofiqligini tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Belgilab qo‘yilsinki, mahalliy muvofiqlikni baholash organlarida mahsulotning xorijiy davlatlarning standartlariga muvofiqligini baholash uchun xorijiy davlatlar standartlarining O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab qilinmaydi.
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021-yil 1-iyulga qadar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qabul qilish tartibini xalqaro talablar asosida soddalashtirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Yangi qabul qilinayotgan xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni joriy etish, qo‘llash hamda texnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etilmagan holatlar yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar korxona va tarmoq rahbarlarining oylik, choraklik va yillik rag‘batlantirish mezonlarini shakllantirishda inobatga olinsin.
9. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda ikki oy muddatda korxonalarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan qamrab olish darajasini 2021-yilda 20 foizga va 2022-yilda 40 foizga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) etib qayta nomlansin.
Belgilansinki, Hukumat komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
11. Hukumat komissiyasiga tashqi savdoni texnik jihatdan tartibga solish sohasida quyidagi vazifalar yuklatilsin:
xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni joriy etish, qo‘llash hamda texnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etish darajasidan kelib chiqqan holda, korxona va tarmoq rahbarlariga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar ko‘rib borish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini hamda bunday mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
mahalliy korxonalarning xalqaro standartlarni xarid qilish va joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibini tasdiqlash;
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari uchun qo‘shimcha (mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan to‘lovlaridan tashqari) to‘lovlarni belgilash.
Hukumat komissiyasi yig‘ilishlarida texnik jihatdan tartibga solish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ijrosi har chorakda muhokama etib borilsin.
12. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun:
a) mahsulotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarga ishlab chiqaruvchi yoki olib kiruvchi tomonidan rioya etilmagan hollarda yuridik shaxslarga:
huquqbuzarlik ogohlantirishdan so‘ng birinchi marta sodir etilganda — realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 50 foizigacha miqdorda moliyaviy jarima;
ushbu huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir yil davomida takroran sodir etilganda — realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizigacha miqdorda moliyaviy jarima;
b) qonunchilik hujjatlari, texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablari, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalari buzilgan hollarda mansabdor shaxslarga:
huquqbuzarlik ogohlantirishdan so‘ng birinchi marta sodir etilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima;
shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima ko‘rinishidagi ta’sir choralari belgilansin.
Bunda, qonunchilik hujjatlari va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar erkin muomaladan chiqarilishi va yo‘q qilinishi lozim. Moliyaviy jarimaning to‘lanishi mazkur talabning bajarilishidan ozod etmaydi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Adliya vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqa qonunlarga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. 2021-yilda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Quyidagilar:
qurilish vaziri B. Zakirov zimmasiga — qurilish materiallari, qurilish industriyasi, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalash bo‘yicha;
qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev zimmasiga — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi bo‘yicha;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi A. Maksudov zimmasiga — tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish bo‘yicha;
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B. Gulyamov zimmasiga — uskuna va buyumlarning sanoat va foydalanish xavfsizligi bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi majburiy talablarning bajarilishini, mahsulotlar xavfsizligini va muvofiqlikni tasdiqlashni tashkil etish hamda ta’minlash yuklansin.
15. Quyidagilarga:
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosarlari A. Voitov, L. Qudratov va B. Abidovga — texnik jihatdan tartibga solish sohasini xalqaro andozalar, shu jumladan Jahon savdo tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Yevropa Ittifoqi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi amaliyoti asosida takomillashtirish uchun xorijiy hamkorlarni va investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan;
Davlat bojxona qo‘mitasining raisi M. Azimovga — chegara bojxona postlarida nazorat tartibotlarini bajarishda sanitariya-epidemiologiya, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari faoliyatining samarali va operativ muvofiqlashtirilishini ta’minlash, mahsulotlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar oldindan bojxona elektron dasturiga joylashtirilmagan mahsulotlarni respublika hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan;
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktoriga — texnik jihatdan tartibga solish tizimi, shu jumladan qonunchilik, texnik reglamentlar va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati samaradorligini ta’minlash, shuningdek, tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishda korxonalarga uslubiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan;
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i B. Yusupaliyevga — majburiy tartibda sanitariya-epidemiologik xulosasi olinishi lozim bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ustidan samarali nazoratni ta’minlash, xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarishning oldini olish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
17. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini kiritsin;
2021-yil 1-avgustga qadar xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan ayrim turdagi mahsulotlarni olib kirishda ularning muvofiqligini baholash, muvofiqlikni deklaratsiyalash, shuningdek, texnik reglamentlar va standartlar talablariga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar ro‘yxatini yuritish, ularni erkin muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartiblarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2021-yil yakuniga qadar barcha tizim tashkilotlarida ISO 37001 xalqaro standartiga asosan, korrupsiyaga qarshi menejment tizimlarini joriy etish va sertifikatlashni ta’minlasin;
ikki oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4848-son Farmoni 6-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlardan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan tuzilgan bitimlar hamda qoidalar doirasida foydalanish maqsadida ularni jahon Internet axborot tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini va doimiy yangilab borilishini ta’minlasinlar”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxati quyidagi mazmundagi 33-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6042-son Farmoni 4-bandi:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“hududlardagi erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarining direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish”;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmoni bilan tasdiqlangan Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali ommaviy savdolarda to‘liqligicha davlat aksiya paketlari (ulushlari) sotiladigan korxonalar ro‘yxatining 26-pozitsiyasi chiqarib tashlansin. | 97 | 17,134 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqar | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-sonli hamda “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-sonli qarorlariga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupov va O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Hamroyev zimmasiga yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-sonli Farmonining 2-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni ilovasining I-bo‘limida:
a) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi”;
b) quyidagicha mazmundagi 31-bandi bilan to‘ldirilsin:
“31. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-sonli Farmonining 1-ilovasida:
a) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi”;
b) quyidagicha mazmundagi 11-bandi bilan to‘ldirilsin:
“11. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-sonli Farmoni 4-ilovasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari sohasida davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy o‘rganish va uni tubdan isloh qilishga oid takliflar tayyorlash bo‘yicha 7-Ishchi guruh tarkibi” bo‘limida:
a) 13-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. I.A. Xolmirzayev — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i”
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-noyabrdagi PF-5241-sonli Farmonining 8-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 31-yanvardagi PQ-272-sonli qarori 2-bandining birinchi va yettinchi xatboshilari hamda 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Orol dengizining O‘zbekistonga tegishli qismiga nisbatan Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida” 2006-yil 24-oktabrdagi PQ-498-sonli qarorining 8-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-sonli qarorining 13-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xavfli gidrometeorologiya va geologiya hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 12-bandining uchinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 14-bandining birinchi xaboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv xo‘jaligi tashkilotlari iste’mol qiladigan elektr energiya uchun to‘lovlar mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 5-noyabrdagi PQ-723-sonli qarori kirish qismida, 1-bandining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi xatboshilarida va ilovasining nomlanishidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jalik mashinasozligini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 7-apreldagi PQ-832-sonli qarori 5-ilovasining 2-bandidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarorining 9-ilovasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon viloyatidagi “Gulbahor 1K” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 2-fevraldagi PQ-1052-sonli qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi, 4- va 5-bandlaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida” 2010-yil 25-martdagi PQ-1310-sonli qarorining 3-bandidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Xorazm viloyati Toshsoqa tizimining magistral sug‘orish kanallarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 6-noyabrdagi PP-1849-sonli qarorida:
a) 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz)” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Markazi” so‘zi “Agentligi” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Urganch shahrida Agentlikka haq to‘lamasdan foydalanish uchun bino ajratilishini ta’minlasin”;
g) 11- va 12-bandlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligining buyurtmanomalariga binoan mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin”.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-sonli qarorida:
a) 2-ilovasida:
13-pozitsiyasining “Litsenziya va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni berish bo‘yicha vakolatli organ” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
b) 4-ilovada 3- va 29-pozitsiyalarning “Litsenziya va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni berish bo‘yicha vakolatli organ” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovasining 10-pozitsiyasidagi “Litsenziyalash organi” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 6-maydagi PP-2172-sonli qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatidagi “Kasaba” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 6-maydagi PP-2173-sonli qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan viloyatidagi “Ququmboy” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 13-maydagi PP-2175-sonli qarori 6-bandining uchinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-sonli qarori 2-ilovasining “Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ” grafasida:
a) 15-pozitsiyasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 16-pozitsiyasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 — 2020-yillarda meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 5-martdagi PQ-2505-sonli qarori 1-bandining birinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida, 6-bandining birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-sonli qarorida:
a) 1-bandining birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandining birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Aqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-sentabrdagi PP-2607-sonli qarorining 9-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli qarorining davlat tilidagi matnida:
a) 1-ilovaning “Hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i” blokidagi “ — Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-a-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 2-v-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PP-2692-sonli qarorida:
a) 1-ilova 18-pozitsiyasining “Tashkilotlarning nomi” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilova 17-pozitsiyasining “Tashkilotlarning nomi” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-sonli qarorida:
a) 2-bandining uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
9-pozitsiyasining “Mas’ullar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 64 — 67-pozitsiyalarining “Mas’ullar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari tegishli ravishda “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovasida:
6-bandidagi “ — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagicha mazmundagi 81- va 82-bandlari bilan to‘ldirilsin:
“81. B.T. Yusupov — qishloq xo‘jaligi vaziri
82. Sh.R. Hamroyev — suv xo‘jaligi vaziri”.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-sonli qarori 3-ilovasi 3-pozitsiyasining “Mas’ul organlar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (A.J. Vaxobov)” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Hamroyev)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek innovatsiya ishlarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 10-fevraldagi PQ-2769-sonli qarorida:
a) 7-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovasida:
3 — 8-, 16-pozitsiyalarining “Mas’ul ijrochilar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-pozitsiyasining “Mas’ul ijrochilar” grafasidagi “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-martdagi PQ-2841-sonli qarorida:
a) 8-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qaroriga binoan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-maydagi PQ-2954-sonli qarorida:
a) 1-ilovasi 10 — 12-pozitsiyalarining “Mas’ul ijrochilar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-ilovasining nomlanishidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-ilovasining nomlanishidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 12-ilovasining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sh.R. Hamroyev — suv xo‘jaligi vaziri”.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-sonli qarori 7-bandining to‘qqizinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-sonli qarori 7-ilovasida 54-pozitsiyasining “Mas’ul ijrochilar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-sonli qarorida:
a) 6-bandining ikkinchi va beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
b) 13 — 16- va 18-bandlari, shuningdek, 8-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 19-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 22-bandining birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovada:
ikkinchi xatboshidagi “M.M. Karimov” so‘zi “U.Sh. Begimqulov” so‘zi bilan almashtirilsin;
quyidagicha mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“B.T. Yusupov — qishloq xo‘jaligi vaziri
Sh.R. Hamroyev — suv xo‘jaligi vaziri”.
to‘rtinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
e) 3-ilovasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” bloki “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” bloki bilan almashtirilsin;
j) 5-ilovada:
4-, 5-, 10-, 11-, 13-, 14-, 15-, 20- va 21-pozitsiyalarining “Mas’ul ijrochilar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
16-pozitsiyasining “Taqdim etilayotgan hujjatning amalga oshirish mexanizmi va shakli” hamda “Mas’ul ijrochilar” grafalaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari tegishli ravishda “Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17 — 19-pozitsiyalaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
i) 9-ilovada:
ikkinchi xatboshidagi “R.S. Kasimov” so‘zi “I.U. Majidov” so‘zi bilan almashtirilsin;
quyidagicha mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Sh.R. Hamroyev — O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri
B.T. Yusupov — O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri”;
uchinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“A.J. Xoliqov — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kadrlarni tayyorlash va oliy ta’lim muassasalarini tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, Ishchi guruh kotibi”.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-sonli qarorida:
a) 2-bandining birinchi va yettinchi xatboshilaridagi hamda 6-ilovasining nomlanishidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-ilovasining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“B.K. Ro‘ziboyev — suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari”.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-sonli qarori 6-ilovasida 5 — 9-pozitsiyalarining “Mas’ul ijrochilar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3026-sonli qarorida:
a) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 12-ilovasining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-sonli qarorining 1-bandi va 8-bandining birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-sonli qarorida:
a) 1-ilovada:
“Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” pozitsiyasi “Suv xo‘jaligi vazirligi” pozitsiyasi bilan almashtirilsin;
11- va 13-bandlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
“Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” pozitsiyasi “Suv xo‘jaligi vazirligi” pozitsiyasi bilan almashtirilsin;
16-, 18-, 20-, 21-, 25-, 27-, 43-, 45-, 50-, 74, 76 — 84-bandlari chiqarib tashlansin.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-sonli qarorida:
a) 1-ilovada:
quyidagicha mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“B.T. Yusupov — O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri”;
yettinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-ilovaning yettinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm viloyatining Xiva shahri va Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri hokimliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3124-sonli o‘zbek tilidagi qarori 1-ilovasining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Sh.R. Hamroyev — suv xo‘jaligi vaziri”;
47. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli davlat tilidagi qarorida:
a) 1-ilovaning 4-pozitsiyasida:
“Kompleks rahbarlari, mutasaddi rahbarlar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari” grafasida:
4-bandi chiqarib tashlansin;
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Samarqand veterinariya meditsinasi instituti”;
5 — 8-bandlari tegishli ravishda 4 — 7-bandlari deb hisoblansin;
b) 3-ilovada:
2-, 7- va 8-pozitsiyalarining “Mas’ul vazirlik va idoralar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3-, 6-, 9 — 12-, 19- va 20-pozitsiyalarining “Mas’ul vazirlik va idoralar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3190-sonli qarori 1-ilovasida 4-, 17- va 21-pozitsiyalarining “Mas’ul ijrochilar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-sonli qarori 1-ilovasida 14-, 16- va 17-pozitsiyalarining “Mas’ul ijrochilar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Vahobov)” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Yusupov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-sonli qarorida:
a) 1-, 5-, 8-, 13, 15- va 18-bandlarining birinchi xatboshilarida, 14-bandining oltinchi xatboshida, 3- va 9-bandlaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandining birinchi xatboshidagi va 23-bandidagi “ — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 11- va 12-bandlarining birinchi xatboshilaridagi “ — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” hamda “ — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin.
52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3282-sonli qarorida:
a) 2-bandida:
ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihani amalga oshirish, kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, loyihaning barcha maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash uchun javob beradigan ijro etuvchi hisoblanadi hamda uning zimmasiga loyihani amalga oshirishni boshqarish va muvofiqlashtirish vazifalari yuklanadi, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga muvofiq u qo‘shimcha xodimlar bilan ta’minlanadi”;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Markazga” va “Markazning” so‘zlari tegishli ravishda “Agentlikga” va “Agentlikning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 5- va 14-bandlaridagi “Z.T. Mirzayev”, “qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev” so‘zlari tegishli ravishda “S.R. Xolmurodov”, “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 11 — 13-bandlaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3283-sonli qarorida:
a) 2-bandida:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihaning o‘z vaqtida va to‘la hajmda amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi hamda loyiha amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, loyihani amalga oshirish davrida hisobotni yuritish va monitoring qilish funksiyalari uning zimmasiga zimmasiga yuklanadi”;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 5- va 12-bandlaridagi “Z.T. Mirzayev”, “qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev” so‘zlari tegishli ravishda “S.R. Xolmurodov”, “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandining uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
g) 10- va 11-bandlaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
54. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-sonli qarorida:
a) 1-bandining uchinchi xatboshidagi va 4-bandining birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 7-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-sonli qarorining davlat tilidagi matnida:
a) 1-ilovadagi “II. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” bo‘limining nomlanishi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 4-bo‘limi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
56. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 6-oktabrdagi PQ-3313-sonli qarorida:
a) 6-bandining ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
3-bandining birinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zmeliomashlizing” DUK tomonidan lizingga meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovasida:
“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” bloki “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi” bloki bilan almashtirilsin;
7-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
57. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-sonli qarori 7-ilovasining “Mas’ul ijrochilar” grafasida:
a) 12-pozitsiyasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 13-pozitsiyasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (T. Safarov)” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Ergashev)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 32- va 33-pozitsiyalaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3327-sonli qarorida:
a) 1-, 5- va 7-bandlaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
birinchi xatboshidagi “qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovasi 2.1-, 2.2-, 2.3-, 3.1-, 3.2-, 3.3-, 4.1-, 4.2-, 4.3-, 4.4- va 4.5-pozitsiyalarining “Mas’ullar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
59. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-sonli qarori 1-bandining birinchi xatboshidagi va 4-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
60. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumani, shuningdek viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3375-sonli qarorining davlat tilidagi matnida:
a) 1-ilovaning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Sh.R. Hamroyev — Suv xo‘jaligi vaziri”;
b) 2-ilova 2-pozitsiyasining “Tashkilot nomi” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
61. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-sonli qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3459-sonli qarori 1 va 9-bandining birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3472-sonli qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
65. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3473-sonli qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
66. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-yanvardagi PQ-3484-sonli qarori ilovasi 3-pozitsiyasining “Mas’ul ijrochilar” grafasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
67. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda baliq mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3505-sonli qarorida:
a) 2-, 4- va 9-bandlarining birinchi xatboshilaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
68. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-martdagi PQ-3603-sonli qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
69. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-sonli qarorining 12-bandidagi “Yunusobod tumani” so‘zlari “Mirzo Ulug‘bek tumani” so‘zlari bilan almashtirilsin.
70. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ipakchilik tarmog‘i korxonalarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-martdagi F-4881-sonli farmoyishining 3-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-avgustdagi PF-5134-sonli Farmoni.
2. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PF-5250-sonli Farmoni ilovasining 14-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori 31-ilovasining 15-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1049-sonli qarori 3-ilovasining 3-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 15-apreldagi PQ-1098-sonli qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori 35-ilovasining 16-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-fevraldagi PP-2125-sonli qarori 3-ilovasining 3-bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-avgustdagi PQ-3172-sonli qarori. | 250 | 39,842 |
Qonunchilik | Qaysi kunlar 2021 yilda dam olish kunlari etib belgilandi | Prezidentning 10.05.2021 yildagi PF-6222-son Farmoni qabul qilindi, u bilan davlatimiz rahbarining 2020 yil 3 dekabrdagi "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi PF-6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritildi.
"Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida aholining faol dam olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish hujjatning maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar belgilandi:
qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar:
Koʻchiriladigan kunlar:
Barcha хodimlar uchun ishlanmaydigan kunlar (ish haftasi turidan qat’i nazar):
Ma’lumot uchun: Prezidentning 9.02.2021 yildagi PF-6165-son Farmoni bilan belgilanganki, Navroʻz umumхalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qoʻshimcha va koʻchirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar 3 kundan kam boʻlmagan muddatga belgilanadi (qoʻshimcha va koʻchiriladigan kunlar hisobiga). Shuningdek ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi 5 ish kunidan kam boʻlmagan "oilaviy sayohat ta’tili" tizimi joriy qilingan. "Oilaviy sayohat ta’tili" yillik asosiy ta’til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 57 | 1,525 |
Qonunchilik | Kon ajratish dalolatnomalarini berish tartibi yangilandi | Vazirlar Mahkamasining 4.12.2018 yildagi 983-son qarori bilan yer qa’ridan foydalanish va uni geologik oʻrganish sohasida boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirish nazarda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 1.03.2018 yildagi PQ–3578-son qarori bilan geologiya sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari nazarda tutilgan. Xususan, yer qa’ridan foydalanish ustidan nazorat qilish vazifalari «Sanoatgeokonteхnazorat»dan Davlat geologiya qoʻmitasiga topshirilgan. Ushbu idora huzurida Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari tashkil etilgan.
Qabul qilingan hujjat bilan bu sohadagi ishlar davom ettirilgan. Xususan, Davlat geologiya qoʻmitasiga yer osti boyliklarini muhofaza qilish va yer qa’ridan foydalanuvchilarning kon-geologiya ishlari sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi topshirildi. Oldin berilgan kon ajratish dalolatnomalari 2018 yil oхirigacha tanqidiy koʻrib chiqiladi va zarurat boʻlganda yangilari – konga ishlov berish hamda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlar uchun beriladi.
Shu munosabat bilan quyidagi hujjatlarning yangi tahriri ishlab chiqildi va tasdiqlandi:
Shuningdek yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi belgilandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 56 | 1,471 |
Qonunchilik | “GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. | 98 | 463 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.