folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini (bundan buyon matnda xizmatlar nomenklaturasi deb yuritiladi) tuzish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasa;
idoraviy arxiv — yuridik shaxsning arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmasi;
xizmatlar nomenklaturasi — arxiv yoki idoraviy arxiv tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmat turlari ro‘yxati.
2. Arxivlar va idoraviy arxivlar o‘z ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yilgan faoliyat turlari doirasida Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq bepul va pulli xizmatlar ko‘rsatadi.
3. Mazkur Nizomning 1-ilovasidagi Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatida nazarda tutilgan xizmatlar arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladi.
4. Har bir arxiv yoki idoraviy arxiv tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati ular tomonidan mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqiladigan xizmatlar nomenklaturasida ko‘rsatilishi zarur.
5. Xizmatlar nomenklaturasi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati asosida tuziladi.
6. Muayyan xizmat turini xizmatlar nomenklaturasiga kiritish uchun:
tegishli xizmat turi arxiv yoki idoraviy arxivning ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yilgan faoliyat turlariga muvofiq bo‘lishi;
arxiv yoki idoraviy arxiv tegishli xizmat turini sifatli amalga oshirish uchun zarur ilmiy-uslubiy salohiyatga va texnik jihozlarga ega bo‘lishi talab etiladi, mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan hollar bundan mustasno.
7. Arxiv yoki idoraviy arxiv muayyan xizmat turini sifatli amalga oshirish uchun zarur ilmiy-uslubiy salohiyatga va texnik jihozlarga ega bo‘lmasa, boshqa tashkilotlarning ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlaridan shartnoma asosida foydalangan holda pulli xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Bunda ushbu xizmat turlari ham xizmatlar nomenklaturasiga kiritiladi.
8. Xizmatlar nomenklaturasi har kalendar yil uchun alohida tuziladi. Kelgusi kalendar yil uchun xizmatlar nomenklaturasi yil oxiriga qadar tasdiqlanishi lozim.
9. Xizmatlar nomenklaturasini har yili qayta tasdiqlashda arxiv yoki idoraviy arxivning ta’sis hujjatlarida, ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlar bilan ta’minlanish darajasida yuz bergan o‘zgarishlarga muvofiq muayyan xizmat turlari xizmatlar nomenklaturasiga kiritiladi yoki undan chiqarib tashlanadi.
10. Muayyan xizmat turini amalga oshirish uchun buyurtmalar berilmaganligi mazkur xizmat turini xizmatlar nomenklaturasidan chiqarib tashlash uchun asos bo‘lmaydi.
11. O‘zbekiston milliy arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi bilan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar markaziy davlat arxivlari, viloyat, shahar va tuman davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi tegishli arxiv ishi hududiy boshqarmalari bilan;
idoraviy arxivlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi tashkilotning ekspert komissiyasi yoki markaziy ekspert komissiyasi bilan kelishiladi.
12. Kelishish uchun taqdim etilgan xizmatlar nomenklaturasiga pulli xizmatlar narxnomasi ilova qilinadi.
13. Kelishilgan xizmatlar nomenklaturasi tegishli arxiv yoki idoraviy arxiv rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda tasdiqlanadi.
14. Arxiv yoki idoraviy arxivning ta’sis hujjatlarida, ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlar bilan ta’minlanish darajasida o‘zgarish yuz berganda, xizmatlar nomenklaturasiga uni tasdiqlash tartibiga muvofiq tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi lozim.
15. Arxivlar va idoraviy arxivlar O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligiga mazkur Nizomning 1-ilovasidagi Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatida nazarda tutilgan muayyan xizmat turining o‘z amaliy ahamiyatini yo‘qotganligi haqida yoki ushbu ro‘yxatda nazarda tutilmagan yangi xizmat turini joriy etish zarurati haqida takliflar bilan murojaat qilishga haqli.
16. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. | 164 | 5,404 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)NI EKSPORT VA IMPORT QILIShNI KVOTALASh VA LITSENZIYALASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Respublika qurilish kompleksining eksport bazasini kengaytirish va korxonalarning chet elda “komplekt obyekt” shartlarida pudrat ishlari hamda xizmatlarni amalga oshirish faoliyatlarini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilishni kvotalash va litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom quyidagi tahrirdagi 16-band bilan to‘ldirilsin:
“16. “Komplekt obyekt” shartlarida tuzilgan kontrakt (bitishuv)larning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro‘yxatga olinishi komplekt vedomostga muvofiq pudrat ishlari va xizmatlarning bajarilishini ta’minlash uchun yuklarni, ular orasida litsenziyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar bor-yo‘qligidan qat’i nazar, Davlat chegarasi orqali o‘tkazib yuborish uchun asos bo‘lib hisoblanadi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi “komplekt obyekt” shartlaridagi kontraktlarni amalga oshirish uchun olib chiqib ketilayotgan yuklar hajmlari hamda nomenklaturasining loyiha-smeta hujjatlariga ko‘ra komplekt vedomostlarga muvofiqligi ustida qat’iy nazorat o‘rnatsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 181 | 1,448 |
Qonunchilik | OSIYO TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “SURXONDARYo VILOYATINING SUV TA’MINOTI VA SANITARIYASI” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Surxondaryo viloyatining aholisi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarini sifatli ichimlik suv bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Osiyo taraqqiyot bankining Direktorlar kengashi “Surxondaryo viloyatining suv ta’minoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli resurslaridan ekvivalentda 30,0 mln AQSh dollari miqdorida 19,36 mln summada qarz olishning maxsus huquqlaridan sakkiz yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 32 yilda qaytarish muddati bilan qarz, shuningdek 1,5 mln AQSh dollari summasida grant berilishini ma’qullaganligi;
ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasi ulushi ekvivalentda 8,5 mln AQSh dollarini, shu jumladan soliqlar, bojxona to‘lovlari, majburiy ajratmalar va yig‘imlardan ozod qilish shaklida ekvivalentda 5,77 mln AQSh dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish davri 2009—2014-yillar etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi loyiha amalga oshirilishi, qarz va grant mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
investitsiya davrida (2009—2014-yillar) qarz bo‘yicha foizlarni to‘lash Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag‘lari hisobiga qoplanadi;
investitsiya davridan keyin (2014-yilning II choragidan boshlab) qarzni qaytarish va foizlar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Surxondaryo viloyatining “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi mablag‘lari hisobiga, yetishmaydigan qismi esa — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ajratiladigan respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Surxondaryo viloyatining suv ta’minoti va sanitariyasi” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar bilan birgalikda 1-ilova*ga muvofiq;
“Surxondaryo viloyatining suv ta’minoti va sanitariyasi” loyihasini moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga* muvofiq;
“Surxondaryo viloyatining suv ta’minoti va sanitariyasi” loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish va foizlar to‘lash jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz va grant bitimini O‘zbekiston Respublikasi nomidan, shuningdek O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash;
O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktoriga Osiyo taraqqiyot banki bilan loyiha bitimini imzolash, shuningdek Surxondaryo viloyati hokimligi bilan subqarz bitimini imzolash vakolati berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz va grant bitimlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bilan O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi o‘rtasida qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosani bersin.
5. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligiga va Surxondaryo viloyati hokimligiga:
loyiha bo‘yicha tender hujjatlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat ko‘rsatish va uni qaytarish uchun mablag‘larni jamlash tartibi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi;
Surxondaryo viloyatining “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan subqarz bitimi shartlariga muvofiq asosiy qarzni qaytarish va Osiyo taraqqiyot bankining qarzi bo‘yicha foizlar to‘lashga zarur mablag‘lar o‘z vaqtida jamlanishini nazorat qilish uchun javobgarlik yuklansin.
6. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi:
ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin;
Agentlik huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini boshqarish guruhiga uning xodimlari sonini tegishli ravishda 4 nafarga ko‘paytirgan holda ko‘rsatib o‘tilgan loyihani boshqarish funksiyasini yuklasin;
qarz bitimi shartlariga muvofiq bir oy muddatda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda loyihaning investitsiya davrida (2014-yil 1-aprelgacha) Termiz shahrida shtat jadvalini va yillik moliyalashtirish smetalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan majburiy kelishgan holda 4 nafardan iborat loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin;
Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda mintaqalararo Xo‘jaipok vodoprovodidan foydalanish boshqarmasini suv ta’minoti tizimini boshqarishning yagona organini tashkil etish maqsadida balans topshirishning oxirgi sanasidagi holati bo‘yicha Surxondaryo viloyatining “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi balansiga bersin.
7. “Surxondaryo viloyatining suv ta’minoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun 4-ilovaga* muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilsin.
Muvofiqlashtiruvchi kengashga (N.Xanov):
ko‘rsatib o‘tilgan loyihani o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish ustidan umumiy muvofiqlashtirishni amalga oshirish va monitoring olib borish;
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) xaridi bo‘yicha tender komissiyalari tarkiblarini tasdiqlash yuklansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2010-yildan boshlab yillik investitsiya dasturlarini shakllantirishda ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasi ulushini moliyalashtirishni nazarda tutsinlar.
9. Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) investitsiya davri mobaynida (2009—2014-yillar) bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno), qo‘shilgan qiymat solig‘i, davlat maqsadli jamg‘armalariga va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar berilishi natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga ulushi hisoblanishi belgilansin.
Ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozlar ko‘rsatilgan loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) tatbiq etilsin, yagona ijtimoiy to‘lov va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bundan mustasno.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalari bo‘yicha 2015-yilgacha bo‘lgan davrda loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirmasdan belgilangan tartibda kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari to‘lashdan ozod qilgan holda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uzaytirilishini ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 147 | 7,437 |
Qonunchilik | MAKTABGAChA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNING HAYOTI VA SOG‘LIG‘INI MUHOFAZA QILIShNI TAShKIL ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli “Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 431-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 431-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalarida (bundan keyingi o‘rinlarda maktabgacha ta’lim muassasasi deb yuritiladi) bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
1. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi doimiy ravishda nazorat qilib borilishi lozim.
2. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ular bilan maktabgacha ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro munosabatlar bo‘yicha shartnoma tuzilayotgan vaqtda ushbu Nizom talablari bilan tanishtirilishi lozim.
3. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishda quyidagilar:
barcha telefon apparatlari oldida hamda maktabgacha ta’lim muassasasining markazida yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez yordam xizmatlari, ichki ishlar idoralarining telefon raqamlari va ularga bog‘lanish tartibi ko‘rsatilgan peshlavhalar mavjud bo‘lishi;
maktabgacha ta’lim muassasasining barcha xodimlarida muassasa mudiri hamda o‘z guruhidagi tarbiyalanuvchilarning yashash manzili, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning telefon raqamlari mavjud bo‘lishi shart.
4. Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bola to‘satdan kasal bo‘lib qolsa yoki noxush holat yuzaga kelgan taqdirda, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyor turishi lozim. Har bir guruhda bolalar tomonidan olishning imkoniyati bo‘lmagan joyda kerakli dori-darmonlari bo‘lgan aptechka bo‘lishi shart.
5. Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengashlar, kasaba uyushmasi yig‘ilishlari va boshqa tadbirlarni bolalarning uyqu soatlarida tashkil etish lozim. Bunda albatta guruhda tarbiyachi yordamchisi qolishi shart.
6. Maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va taomlarni tayyorlanishi O‘zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
7. Bolalar sayr va ekskursiyaga olib chiqilganda, tarbiyachi tomonidan ularning hech qanday meva va o‘simliklarni iste’mol qilmasliklari nazorat qilinishi lozim.
8. Maktabgacha ta’lim muassasasi hududidan uzoqroqqa sayr yoki ekskursiyaga chiqayotgan guruh kamida ikki nafar xodim bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bunda xodimlarning biri safning oldida, ikkinchisi safning orqasida harakatlanib borishi lozim.
9. Bolalarni tartibli ravishda sayr yoki ekskursiyaga olib chiqilishi ichki ishlar idoralari bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan tartibda yo‘l-patrul xizmati xodimlari kuzatuvida amalga oshirilishi kerak.
10. Yayov holda sayr yoki ekskursiyaga chiqishdan oldin tarbiyachi:
o‘tkaziladigan tadbir haqida maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyatini oldindan ogohlantirishi;
o‘zi bilan olib ketadigan bolalarning sonini bilishi;
bolalar olib boriladigan joyni avvaldan rejalashtirib olishi va harakatlanish yo‘nalishiga aniqlik kiritishi lozim.
11. Kuning issiq paytlarida bolalarga issiqlab ketmasligi uchun yengil bosh kiyimlari kiydirilishi lozim. Bolalarning quyosh vannalarini qabul qilishi hamda maktabgacha ta’lim muassasasi hududidagi suv havzalarida cho‘milishlari tibbiyot xodimlari va tarbiyachining nazorati ostida olib borilishi zarur.
12. Maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari va boshqa mutaxassislari tomonidan ish vaqti davomida bolalarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi. Tarbiyachi yoki boshqa mutaxassislar bo‘lmaganda tegishli guruhga mudira tomonidan boshqa javobgar shaxs tayinlanishi lozim.
13. Maktabgacha ta’lim muassasasi hududiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan kishilarning kiritilishi taqiqlanadi.
14. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z bolalarini maktabgacha ta’lim muassasasiga olib kelganda tarbiyachining shaxsan o‘ziga topshirishi, shuningdek bolani maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish vaqtida tarbiyachilar bolani shaxsan ota-onalarga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshirishi shart.
15. Bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasidan yaqin qarindoshlari tomonidan olib ketilishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda bolalarni olib ketuvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari ko‘rsatilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasidan bolalarni boshlang‘ich maktab yoshidagi (1 — 4-sinflar) hamda mast holatdagi shaxslar tomonidan olib ketilishi man etiladi.
16. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z bolasini maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketishga kelmay qolganda, tarbiyachi ish vaqtidan so‘ng bolani uyiga kuzatib qo‘yishi lozim. Bunday vaqtda tarbiyachi tomonidan bolani bir o‘zini guruhda yolg‘iz qoldirish yoki boshqa xodimlarga tashlab ketishi qat’iyan taqiqlanadi.
17. Tarbiyachi tomonidan bolani uyiga kuzatib borish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
18. Maktabgacha ta’lim muassasasining ikki qavatli binolarida joylashgan xonalarning zinapoya va o‘tish joylarida oralig‘i bir-biriga zich bo‘lgan vertikal panjaralar bilan jihozlangan baland to‘siqlar o‘rnatilishi lozim.
19. Maktabgacha ta’lim muassasasining ikkinchi qavatidagi balkon to‘siqlarining balandligi bir metrdan ortiq bo‘lishi kerak.
20. Guruh va foydalanilayotgan xonalardagi barcha derazalar ichkariga ochilishi va fiksatorlar bilan mustahkamlanishi lozim, ochiladigan derazalarda to‘rlar bo‘lishi kerak. Ikkinchi qavat derazalarini bolalar xonada bo‘lgan vaqtda ochish man etiladi.
21. Maktabgacha ta’lim muassasasiga kirishdagi eshiklarga qo‘ng‘iroq o‘rnatilgan bo‘lishi hamda oson ochiladigan bo‘lishi kerak.
22. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shift panellari, bloklar, pollar, yuvinish xonalaridagi santexnik jihozlar va shu kabilar muntazam ravishda texnik ko‘rikdan o‘tkazib turilishi lozim.
23. Maktabgacha ta’lim muassasasida vodoprovod va kanalizatsiya tizimlari, mebel, jismoniy tarbiya jihozlari, deraza darchalari va framugalarning mustahkamligi hamda sozligi doimiy nazorat qilinishi kerak.
24. Bolalarning o‘yinchoqlari uchun mo‘ljallangan shkaflar, xo‘jalik shkaflari, sochiq va kiyimlar uchun ilgichlar, rasm va portretlar devor yoki polga mustahkam qoqilgan holda bo‘lishi kerak.
25. Gullar uchun ishlatiladigan moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Xona gullari tikansiz bo‘lib, barglari inson organizmi uchun bezarar bo‘lishi kerak.
26. Maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati barcha turdagi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish va har haftada ko‘ngilli yong‘in drujinasi xodimlari ishtirokida yong‘in chiqqanda harakatlanish tartibini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish yo‘li bilan xodimlarning yong‘in va elektr xavfsizligi qoidalarini o‘zlashtirishlarini tashkil etishlari lozim.
27. Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi yong‘in xavfsizligi jihozlari bilan ta’minlanishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasining mudiri binoni zarur bo‘lgan ish holatidagi birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bilan yetarli miqdorda ta’minlashi kerak.
28. Maktabgacha ta’lim muassasasining har bir xodimi quyidagilarga majbur:
a) yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilishga va ularga qat’iy rioya qilishga;
b) birlamchi o‘t o‘chirish vositalari joylashgan joyni va ularni qo‘llashni bilishga;
v) bolalar va mulkni evakuatsiya qilish rejasi bo‘yicha o‘zining funksional vazifalarini va harakatlanish tartibini bilishga (evakuatsiya rejasi har bir qavatning ko‘rinarli joyiga ilinadi);
g) yong‘in yuzaga kelganda, bu haqda o‘z vaqtida yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berishi va yong‘inni o‘chirish, bolalarni qutqarish bo‘yicha barcha choralarni qo‘llashga;
d) evakuatsiya rejasi asosida muntazam ravishda yong‘in holatlari yuzaga kelganda, bolalarni binodan evakuatsiya qilish bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazib borishga;
e) yong‘in chiqqanda bolalar va xodimlarning evakuatsiyasi ikki yo‘l orqali amalga oshirilishini bilishga.
29. Maktabgacha ta’lim muassasasida ish vaqti tugaganidan so‘ng yong‘in chiqishining oldini olish maqsadida barcha elektr jihozlari tok manbaidan o‘chirilishi lozim.
30. Elektr simlari izolatsiyalangan va elektr jihozlari bolalar qo‘li etmaydigan joyda bo‘lishi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi elektr jihozlari iste’molchi elektr moslamalardan foydalanishdagi texnika xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
31. Pechka orqali isitiladigan maktabgacha ta’lim muassasasi ularni yoqish bolalar kelishidan bir soat oldin, kechayu kunduz ishlaydigan maktabgacha ta’lim muassasasida esa bolalar kechki uyquga ketishidan ikki soat oldin o‘chirilishi kerak.
32. O‘yin va boshqa xonalardagi markaziy isitish radiatorlari tozalash uchun ochiladigan va echiladigan ekranlar bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
33. Tungi vaqtda navbatchilik qiluvchi xodimlarda har bir xonaning zaxira kalitlari saqlanishi va ular fonarlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
34. Maktabgacha ta’lim muassasasi atrofidagi yo‘llarda o‘t o‘chiruvchi mashinalarning kirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar mavjud bo‘lmasligi lozim.
35. Tungi guruhi bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasasidagi navbatchi va tungi tarbiyachi har kuni kechqurun 20-00 gacha yong‘in xavfsizligi idoralariga maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud bolalar va xodimlar soni haqida o‘rnatilgan tartibda axborot berishi shart.
36. Maktabgacha ta’lim muassasasi yer maydoni balandligi 1,5 metrdan past bo‘lmagan, to‘g‘ri vertikal va o‘tkir uchlarisiz hamda oralig‘i zich bo‘lgan panjaralar bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasasi hududi tungi vaqtda yoritilgan bo‘lishi kerak.
37. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va o‘yin maydonchalaridagi jihozlar hamda ularning to‘siq va ustunlari mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi, shuningdek foydalanish uchun xavfsiz bo‘lishi kerak. Pavilonlar, soyabonlar va boshqa jihozlarning sozligi, texnik mustahkamligi va xavfsizligi muntazam ravishda nazorat qilinishi kerak.
38. Maktabgacha ta’lim muassasasi hududiga inson sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tikanakli butalar hamda zaharli mevali o‘simliklarni ekish man etiladi.
39. Qish mavsumida maktabgacha ta’lim muassasasi hududidagi bino tomlari muz va qordan tozalanishi kerak, tomda osilgan muz va qorlar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
40. Chuqurliklar to‘ldirilishi, quduqlar va chiqindi qutilari mahkam yopilishi kerak. Hududda bolaga xavf tug‘diruvchi (mixi chiqib turgan qutilar, uzilgan elektr simlari, singan oyna, tosh va hokazolar) narsalar bo‘lmasligi kerak. Qurigan daraxt va shox-shabbalar muassasa hududidan vaqtida chiqarib tashlanishi kerak.
41. Maktabgacha ta’lim muassasasi hududi yong‘in xavfsizligi me’yor va qoidalari talablariga muvofiq yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlangan o‘t o‘chirish qalqonlari bilan jihozlanishi kerak.
42. Xo‘jalik maydoni maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy hududidan ajratilgan bo‘lishi va alohida qulflanadigan kirish yo‘lagiga ega bo‘lishi kerak.
43. Yoqilg‘i zaxiralari bola kira olmaydigan va alohida ajratilgan joyda saqlanishi lozim. Ko‘mir zaxirasi alohida ajratilgan joyda va usti yonmaydigan qoplama (tuproqli qorishma) bilan yopilgan bo‘lib, birlamchi o‘t o‘chirish moslamalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
44. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
45. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 147 | 12,678 |
Qonunchilik | Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga naslli mollarni auksion (kimoshdi savdosi) orqali sotishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PF-5696-son “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2006-yil 16-iyundagi 128-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1591, 2006-yil 5-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 255-modda) bilan tasdiqlangan Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga naslli mollarni auksion (kimoshdi savdosi) orqali sotishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik shaxslarning ishonchli vakili qatnashayotgan bo‘lsa, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;”
2. Mazkur qaror 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. | 196 | 1,198 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida” 1994-yil 7-noyabrdagi PF-982-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi:
yuklarni hamda yo‘lovchilarni tashish hajmlarini xalq xo‘jaligi va respublika aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat buyurtmalari shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar va kontraktlar asosida mustaqil ravishda belgilaydi va amalga oshiradi;
to‘la tijorat hisob-kitobi va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash sharoitlarida ishlaydi, ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyatga oid masalalarni mustaqil ravishda hal qiladi sug‘urta, zaxira va boshqa fondlarni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo‘l bo‘limlari, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarga oid ilgari tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha O‘rta Osiyo temir yo‘lining huquqiy vorisi hisoblanadi;
xalqaro temir yo‘llarda va aralash temir yo‘l aloqalarida yo‘lovchilar hamda yuklarni tashishni tashkil etishda xorijiy temir yo‘llar oldida “O‘zbekiston temir yo‘llari” deb nomlangan yuridik shaxs sifatida ish yuritadi;
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. Yuklatilgan vazifalarga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘llarni rivojlantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
temir yo‘llardan texnik foydalanish va yuk hamda yo‘lovchilar tashish shartlari bo‘yicha normativ hujjatlarning bajarilishini ta’minlash;
xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti manfaatlarini ifodalash, xorijiy temir yo‘llar (idoralar), tashkilotlar va firmalar bilan yuk va yo‘lovchilar tashish, xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bitimlar yoki shartnomalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tuzish;
O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq temir yo‘llar atrofida ajratilgan yerlar doirasidagi joylardan foydalanish, ularda imoratlar va inshootlar qurish tartibini belgilash.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi va uning o‘rinbosarlariga tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi vazirlari va vazirlarning o‘rinbosarlariga belgilangan moddiy-maishiy ta’minot, tibbiy transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari joriy qilinsin.
5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda kompaniya Ustavini tasdiqlash uchun kiritsin.
6. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiya dasturida yangi temir yo‘llar qurish va kompaniya tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar bo‘yicha tashish vositalari sotib olishga mablag‘lar manbalarini nazarda tutsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi bilan bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga kompaniyaning ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturasi ayrim obyektlarini aksiyalashtirish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
8. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi xodimlarida sobiq O‘rta Osiyo temir yo‘li tizimida belgilangan imtiyozlar saqlab qolinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasida aloqaning barcha turlarini saqlab qolsin.
10. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi Toshkent shahar, T. Shevchenko ko‘chasi, 7-uyda joylashgan.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin. | 108 | 3,824 |
Qonunchilik | Murod Muhammad Do‘stni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida | O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi, milliy mafkura, yangicha tafakkurni shakllantirishdagi xizmatlari, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonidagi faol ishtiroki uchun Murod Muhammad Do‘st “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlansin. | 77 | 272 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga | O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini yanada takomillashtirish va ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida orqada qolayotgan tuman va shaharlarda, yer uchastkalari ajratish mexanizmlarini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarni aniqlash mezonlari va tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-yil, 1-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarda”. | 249 | 1,532 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bos | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PF-5718-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hamda tumanlar va shaharlardagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Tumanlar va shaharlardagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (R. Davletov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga (S. Umurzoqov), Qurilish vazirligiga (B. Zokirov), Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga (A. Abdullayev), Davlat soliq qo‘mitasiga (A. Musayev), Savdo-sanoat palatasiga (A. Ikramov), boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga — Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari bilan samarali o‘zaro hamkorlik qilinishi, tadbirkorlar hamda chet ellik investorlarni tasdiqlangan jadval bo‘yicha har kuni qabul qilish, tadbirkorlar muammolarining xolisona va adolatli hal etilishi, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida tegishli Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga, shu jumladan “business.gov.uz” yagona interaktiv portalidan foydalangan holda, xabar berilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati mudiri bir hafta muddatda kotibiyat rahbari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimoti tasdiqlanishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati mudiri G‘.M. Ziyayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PF-5718-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining (keyingi o‘rinlarda Kotibiyat deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kotibiyat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi apparati deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
3. Kotibiyat faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarining (keyingi o‘rinlarda Bosh vazirning qabulxonalari deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan.
4. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Kotibiyat o‘z faoliyatini bevosita O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat o‘z vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga bo‘ysunadi va ayni bir vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
6. Kotibiyat o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
7. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
tadbirkorlik subyektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazilishini ta’minlash;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash;
tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi to‘siqlarni bartaraf etilishini ta’minlash;
tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali platforma joriy etilishini nazarda tutuvchi “business.gov.uz” yagona interaktiv portali (keyingi o‘rinlarda yagona portal deb ataladi) faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
8. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) tadbirkorlik subyektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazilishini ta’minlash sohasida:
Bosh vazirning qabulxonalarida har kuni tasdiqlangan jadval asosida hokimliklar, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirokida tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning qabul qilinishini tashkillashtirish;
tadbirkorlik subyektlari va chet ellik investorlarning murojaatlari to‘g‘risidagi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridagi hamda tuman va shahar qabulxonalaridan tushgan ma’lumotlarni “business.gov.uz” tizimiga kiritilishini ta’minlash;
tadbirkorlarni, shu jumladan, chet ellik investorlarni respublika darajasida hal etiladigan murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, investitsiyalar va tashqi savdo, adliya, qurilish vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlarning vakillari ishtirokida ko‘rib chiqish;
joyida hal etish imkoniyati bo‘lmagan murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, hal etish va natijalari yuzasidan yozma axborot berish uchun vakolatli organlarga yuborish;
murojaatlari vakolatli organlar tomonidan hal etilmagan tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan chet ellik investorlarni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan shaxsan, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullar orqali qabul qilinishini tashkillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tadbirkorlik subyektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
vazirlik, idoralar va vakolatli organlar tomonidan hal etilmagan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining qarori talab etiladigan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritish;
Bosh vazirning qabulxonalarida va tegishli vakolatli organlarda ko‘rib chiqilgan tadbirkorlar, shu jumladan chet ellik investorlarning murojaatlari haqida har haftada O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot kiritish;
b) tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash sohasida:
Bosh vazirning qabulxonalarida tadbirkorlarning davlat va xo‘jalik organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shuningdek, boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqilishini, bunda murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga asossiz yuborilmasligini ta’minlash;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib va muddatlarga Bosh vazirning qabulxonalari tomonidan rioya etilishini, ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni so‘zsiz ijro etilishini nazorat qilish;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi to‘g‘risidagi murojaatlarini shuningdek, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan nazorat qiluvchi va boshqa organlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga va boshqa vakolatli organlarga yuborish;
Bosh vazirning qabulxonalariga murojaat qilgan tadbirkorlarga yordam berish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi uchun nazorat qiluvchi va boshqa organlarning aybdor mansabdor shaxslarining javobgarlikka tortish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan hamkorlik qilish;
Bosh vazirning qabulxonalariga kelib tushgan tadbirkorlar murojaatlarining vakolatli organlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qilish, Vazirlar Mahkamasiga aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan hamkorlik qilish;
Bosh vazirning qabulxonalari mudirlari va mutaxassislarining professional malaka hamda ko‘nikmalarini va huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida muntazam ravishda “davra suhbatlari” va o‘quv-amaliy seminarlarni tashkillashtirish;
Bosh vazir qabulxonalarining tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet el investorlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish borasida hududiy davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkillashtirish;
v) tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi to‘siqlarni bartaraf etilishini ta’minlash sohasida:
Bosh vazirning qabulxonalarida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni jamlash, umumlashtirish, tahlil qilish, sabablarini aniqlash, vakolatli organlarning takliflarini olish va hal etish choralarini ko‘rish;
aniqlangan byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi to‘siqlarni bartaraf etish va asoslangan takliflarni tayyorlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ishlash;
Bosh vazirning qabulxonalariga murojaat qilgan tadbirkorlarga chet el investitsiyalarini jalb qilish va ular ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarini hal etishda, shuningdek, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirishiga ko‘maklashishda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining faoliyatini muvofiqlashtirish;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet el investorlariga yer uchastkalari va binolar, kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritish;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga qabulxonalar faoliyatlari, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyasi hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklarni bartaraf etilishi, ko‘rilgan chora-tadbirlar va tayyorlangan takliflar haqida tahliliy ma’lumotlar kiritish;
g) tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash sohasida:
tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni hal etish, qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlar va kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
tadbirkorlar murojaatlarida ko‘rsatilgan masalalarni tartibga soluvchi normalar mavjud bo‘lmaganda, Vazirlar Mahkamasining mas’ul tarkibiy bo‘linmalari, manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlanishini tashkillashtirish hamda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritish;
hududlar va boshqaruv organlari kesimida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalasida Savdo-sanoat palatasining faoliyatini muvofiqlashtirish;
tadbirkorlik faoliyatiga oid qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlar va kamchiliklarni hal etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish borasida Adliya vazirligining faoliyatini muvofiqlashtirish;
d) tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali platforma joriy etilishini nazarda tutuvchi “business.gov.uz” yagona portal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash sohasida:
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini yagona portalda qayd etish, ularni umumlashtirish, monitoring va nazorat qilish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
yagona portalning uzluksiz ishlashini ta’minlash, murojaatlarning muddatida to‘liq qayd etilishi, umumlashtirilishi, monitoring va nazorat qilinishi, murojaatlarni elektron shaklda tegishli vazirlik, idoralar, hokimliklar hamda vakolatli organlarga yuborilishi va nazorat muddatida ijrosi holatlarini monitoring qilish;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning respublika darajasida hal etiladigan murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari, amalga oshirilgan chora-tadbirlar va qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona portalga kiritish;
Bosh vazirning qabulxonalari mudirlari va mutaxassislarining yagona portalda ishlash tajribalarini oshirish maqsadida seminar va treninglar tashkil etish.
9. Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining topshiriqlari ijrosi tizimli monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
Kotibiyatning ma’lumotlar bankini shakllantiradi, shuningdek, topshiriqlar ijrosi nazoratining axborot tizimini yaratadi va joriy etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yig‘ilishlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tahliliy ma’lumotnoma, boshqa materiallarni tayyorlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan Hukumatning muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida Bosh vazirning qabulxonalari mudirlari ishtirokida hududlarda mavzuli sayyor majlislarini doimiy asosda o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Bosh vazirning qabulxonalari faoliyatini takomillashtirishning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqadi;
har haftada O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tadbirkorlardan, shu jumladan chet ellik investorlardan Bosh vazirning qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning ko‘rilishi jarayoni haqida axborot kiritib boradi;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga taqdim etish uchun Bosh vazir qabulxonalarining ishi natijalari, tadbirkorlar hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash yuzasidan davlat organlari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, qabul qilingan qarorlar yoki mansabdor shaxslarni rag‘batlantirish yoxud ularni tadbirkorlik subyektlarining, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini yuzaki ko‘rib chiqqanligi yoki ko‘rib chiqishdagi harakatsizligi uchun shaxsiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflarni nazarda tutuvchi tahliliy ma’lumot tayyorlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, investorlarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan tizimli muammolardan kelib chiqqan holda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi Tartibga solish ta’sirini baholash bo‘limiga takliflar kiritadi;
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi va tadbirkorlarning kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashabbuslarini o‘z vaqtida amalga oshirish, ushbu jarayonga yoshlar va xotin-qizlarni jalb qilish, barqaror yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi turli toifalarining moddiy farovonligini oshirish bo‘yicha harakatlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan vakolati doirasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tadbirkorlik faoliyati faol rivojlanishi uchun to‘sqinlik qilayotgan omillar va sabablarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish maqsadida ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga chiqqan holda jamoatchilik fikrini o‘rganishni ta’minlaydi;
Kotibiyatning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri qabulxonalarida ishlarning holatini, Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, “yo‘l xaritalari” va topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi, ularning bajarilishini, shu jumladan, joylarga borib o‘rganadi, o‘rganish yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Bosh vazir qabulxonalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar samarali hamda natijali ijro etilishi uchun ularning mudirlarining shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, tuman va shaharlardagi Bosh vazirning qabulxonalari xodimlarining kasbiy mahoratini, ularga yuklangan vazifalar ijrosi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshiradi, ijro intizomini mustahkamlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlaydi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga takliflar kiritadi;
Kotibiyatda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri qabulxonalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtiradi, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etadi;
yagona portalning to‘laqonli ishlashini ta’minlaydi.
10. Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
tadbirkorlar, shu jumladan, chet ellik investorlarning respublika darajasida hal etilishi kerak bo‘lgan murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining rahbarlari va boshqa vakolatli organlar hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari vakillarini jalb etish;
tadbirkorlar, shu jumladan, chet ellik investorlarning respublika darajasida hal etilmagan murojaatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga qaror qabul qilish uchun takliflar kiritish;
tadbirkorlar, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan tizimli muammolarni hal etish yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
tadbirkorlar va chet ellik investorning murojaatlari bilan ishlash masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari ishini muvofiqlashtirish;
tadbirkorlar va chet ellik investorlar murojaatlari mazmunidan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati bilan birgalikda mas’ul vazirlik va idoralarga murojaatlarda ko‘rsatilgan tizimli muammolarni hal etish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Hukumatga kiritish yuzasidan topshiriqlar berish;
Bosh vazirning qabulxonalari faoliyatini samarali tashkil etish, shu jumladan, yagona portalga kiritilayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda chet ellik investorlarning murojaatlarini tizimli monitoring qilish, aniqlangan muammolarni tahlil qilish hamda ularni hal etish yuzasidan vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Kotibiyatda vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat doimiy asosda ishlaydigan ishchi guruh tuzish;
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, Bosh vazirning qabulxonalariga tadbirkorlar murojaati jarayonida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini jalb etish;
tadbirkorlar va chet ellik investorning murojaatlari bilan ishlash masalalarida Vazirlar Mahkamasi rahbariyati bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislarini jalb etish;
yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan mustaqil yozishmalar olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari o‘z vaqtida ijro etilmaganligi va sifatsiz ijro etilganligi munosabati bilan mansabdor shaxslardan og‘zaki yoki yozma tushuntirishlarni talab qilish va zarurat bo‘lganda mas’ul ijrochilarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llash yuzasidan takliflar kiritish.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 43-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Kotibiyat mudiri va mas’ul xodimlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda sudga yuborish;
Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Kotibiyat:
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, tegishli sohada amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi;
ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan zimmasidagi vazifa hamda funksiyalarning samarali bajarilishi;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlarining sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari bo‘yicha Kotibiyatning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
12. Kotibiyatning tuzilmasi quyidagilardan iborat:
Kotibiyat mudiri;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis;
Tumanlar va shaharlardagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Hisob palatasi va davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha bosh mutaxassis;
xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha bosh mutaxassis;
inspektor;
Kotibiyat tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Kotibiyat ishiga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.
14. Kotibiyat mudiri, Kotibiyat bosh mutaxassislari va inspektori belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
15. Kotibiyat ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati to‘g‘risida”gi Nizomga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat xodimlarining shaxsiy ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.
Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Kotibiyat bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
16. Kotibiyat mudiri:
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, bosh mutaxassislar va inspektor ishlarini tashkil qiladi hamda Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri qabulxonalari ishini muvofiqlashtirish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirini xabardor qilish uchun ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar tayyorlanishini tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirining ma’ruzalari va nutqlari tayyorlanishini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘iga ko‘ra Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ishtirok etadi;
kelishilishi talab etiladigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining tegishli bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan, ular bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilinishi talab etilmaydigan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun tegishli organlarga yuboradi;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan qabul qilinishini belgilangan tartibda tashkil etadi hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan topshiriqlar bajarilishi ustidan nazorat qilinishini ta’minlaydi;
Kotibiyat kadrlari zaxirasini shakllantirish va yangilab borishni, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarni tashkil etadi;
kadrlar tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlash va moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun kiritadi;
Kotibiyatda belgilangan tartibda ish yuritilishini ta’minlaydi, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Kotibiyat ishini takomillashtirish, uning xodimlarining ish malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqishda byurokratik to‘siqlarni yaratayotgan Bosh vazir qabulxonalari mudir va mutaxassislariga nisbatan tegishli choralar ko‘radi;
o‘z faoliyatida ijobiy natijalarni qayd etgan va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan Bosh vazir qabulxonalarining mudir va mutaxassislarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Kotibiyatga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
17. Kotibiyat mudiri vaqtincha bo‘lmaganda uning vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘iga asosan Kotibiyatning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri qabulxonalari faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun muvofiqlashtiradi;
respublika darajasida hal etiladigan murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlarning vakillari ishtirokida ko‘rib chiqadi;
tadbirkor va chet ellik investorning, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulxonalaridan kelib tushgan murojaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona portalga kiritib boradi;
murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida hal qilish imkoniyati bo‘lmaganda — ularni vakolatli organlarga yuboradi;
tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
Kotibiyatda hal etilmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulxonalaridan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga qaror qabul qilish uchun takliflar kiritadi;
murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni tartibga soluvchi normalar mavjud bo‘lmaganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ko‘rib chiqish uchun kiritish maqsadida ishlab chiqish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri qabulxonalarini Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari tegishli bo‘linmalari, shuningdek, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy markazlari bilan hamkorligini ta’minlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulxonalari tomonidan hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axborotni har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama qilish uchun kiritilishini, ushbu axborot bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitilishini ta’minlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulxonalari har oyning 7 sanasiga qadar Kotibiyatga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi yig‘ma-tahliliy axborotni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga va investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha asoslangan takliflarni kiritilishini ta’minlaydi;
yagona portalning to‘laqonli faoliyat yuritishi, tegishli ma’lumotlar to‘liq kiritilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Kotibiyat mudiri topshirig‘iga ko‘ra boshqa vazifa va funksiyalarni bajaradi.
19. Tumanlar va shaharlardagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis:
tumanlar va shaharlardagi Bosh vazirning qabulxonalari faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun muvofiqlashtiradi;
respublika darajasida hal etiladigan murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlarning vakillari ishtirokida ko‘rib chiqadi;
tadbirkor va chet ellik investorning, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri qabulxonalaridan kelib tushgan murojaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona portalga kiritib boradi;
murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida hal qilish imkoniyati bo‘lmaganda — ularni vakolatli organlarga yuboradi;
tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulxonalariga kelib tushgan hamda tuman va shahar darajasida qanoatlantirish imkoniyati bo‘lmagan murojaatda ko‘rsatilgan qonuniy talab va takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulxonalariga yuborilishini muvofiqlashtiradi;
tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulxonalarini tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari tuman va shahar bo‘linmalari, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy markazlari, shuningdek, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan yaqin hamkorligini ta’minlaydi;
tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulxonalari tomonidan sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyati to‘g‘risidagi axborotni har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama qilish uchun kiritilishini, ushbu axborot bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitilishini ta’minlaydi;
tumanlar va shaharlardagi Bosh vazirning qabulxonalari tomonidan har oyning 5 sanasiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulxonalariga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga va investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklar to‘g‘risidagi axborot kiritilishini ta’minlaydi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Hisob palatasi va davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha bosh mutaxassis:
Bosh vazirning qabulxonalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Hisob palatasi va davlat boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy bo‘linmalari bilan samarali hamkorlik qilinishini ta’minlaydi;
respublika darajasida hal etiladigan murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlarning vakillari ishtirokida ko‘rib chiqadi;
tadbirkor va chet ellik investorning, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulxonalaridan kelib tushgan murojaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona portalga kiritib boradi;
murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida hal qilish imkoniyati bo‘lmaganda — ularni vakolatli organlarga yuboradi;
tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirish va ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga takliflar kiritadi.
21. Xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha bosh mutaxassis:
Bosh vazir qabulxonalarining xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish jarayonidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Bosh vazir qabulxonalarini xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan samarali hamkorlik qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
respublika darajasida hal etiladigan murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlarning vakillari ishtirokida ko‘rib chiqadi;
tadbirkor va chet ellik investorning, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Bosh vazirning qabulxonalaridan kelib tushgan murojaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona portalga kiritib boradi;
murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida hal qilish imkoniyati bo‘lmaganda — ularni vakolatli organlarga yuboradi;
tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari bilan ishlashda xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
22. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, yig‘majildlarning tayyorlanishini va saqlash uchun arxivga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PF-5718-son Farmoniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarining (bundan buyon — Bosh vazirning qabulxonalari) asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Bosh vazir qabulxonasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati (bundan buyon — Kotibiyat) tuzilmasi tarkibiga kiradi, yuridik shaxs hisoblanmaydi, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda o‘z nomidan boshqa shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega emas.
Bosh vazir qabulxonasi o‘z nomi yozilgan dumaloq muhr, shtamp va blankalarga ega bo‘ladi.
3. Bosh vazir qabulxonasi Kotibiyat oldida hisobdor bo‘ladi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir qabulxonalari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari, Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy markazlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Bosh vazir qabulxonalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
tadbirkorlik subyektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazilishini ta’minlash;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash;
tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi to‘siqlarni bartaraf etilishini ta’minlash;
tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali platforma joriy etilishini nazarda tutuvchi “business.gov.uz” yagona interaktiv portali (keyingi o‘rinlarda yagona portal deb ataladi) faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
6. Quyidagilar Bosh vazir qabulxonalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) tadbirkorlik subyektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazish sohasida:
Bosh vazir qabulxonasi mudiri tomonidan tasdiqlanadigan jadval asosida Bosh vazir qabulxonalarida hokimlik, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida tadbirkorlik subyektlari hamda chet ellik investorlarni har kuni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida hamda sayyor qabullarni o‘tkazish;
tadbirkorlik subyektlari va chet ellik investorlarning murojaatlari to‘g‘risidagi, shuningdek, tuman va shaharlardagi Bosh vazirning qabulxonalaridan tushgan ma’lumotlarni “business.gov.uz” tizimiga kiritilishini ta’minlash;
Bosh vazir qabulxonalarida tadbirkorlar, shu jumladan, chet ellik investorlarning viloyat darajasida hal etiladigan murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari, investitsiyalar va tashqi savdo, adliya, qurilish vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari vakillari ishtirokida ko‘rib chiqish;
ko‘rib chiqish jarayonida hal etish imkoniyati bo‘lmagan tadbirkorlar va chet ellik investorlarning murojaatlarini vakolatli organlarga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, hal etish va natijalari yuzasidan yozma axborot berish uchun yuborish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining (keyingi o‘rinlarda Bosh vazir deb ataladi) qarori talab etiladigan tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Kotibiyatga yuborish;
b) tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash sohasida:
tadbirkorlarning davlat va xo‘jalik organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shuningdek boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, bunda murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun qarori yoki harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga asossiz yuborilmaslik choralarini ko‘rish;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib va muddatlarga rioya etish, tuman va shaharlardagi Bosh vazirning qabulxonalari tomonidan rioya etilishini, ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni so‘zsiz ijro etilishini nazorat qilish;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi to‘g‘risidagi murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari, Investitsiyalar va tashqi savdo, adliya, qurilish vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli tashkilotlarning hududiy bo‘linmalariga ko‘rib chiqish uchun yuborish;
Bosh vazirning qabulxonalariga murojaat qilgan tadbirkorlarga yordam berish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi uchun nazorat qiluvchi va boshqa organlarning aybdor mansabdor shaxslarining javobgarlikka tortish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari bilan hamkorlik qilish;
viloyat adliya boshqarmalari bilan birgalikda investitsiyalar va tashqi savdo, qurilish vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari xodimlarining tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilish bo‘yicha huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida muntazam ravishda “davra suhbatlari” va o‘quv-amaliy seminarlarni o‘tkazish;
tuman va shaharlardagi Bosh vazir qabulxonalarining tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet el investorlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish borasida hududiy davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash;
v) tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi to‘siqlarni bartaraf etilishini ta’minlash sohasida:
Bosh vazirning qabulxonalarida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni jamlash, umumlashtirish, tahlil qilish, sabablarini aniqlash, vakolatli organlarning takliflarini olish va hal etish choralarini ko‘rish;
Bosh vazirning viloyat hamda tuman va shaharlardagi qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarda aks ettirilgan tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan sabablar va shart-sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qilish va tizimlashtirish;
aniqlangan byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi to‘siqlarni bartaraf etish va asoslangan takliflarni tayyorlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ishlash;
Bosh vazirning qabulxonalariga murojaat qilgan tadbirkorlarga chet el investitsiyalarini jalb qilish va ular ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarini hal etishda, shuningdek, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirishiga ko‘maklashishda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
har haftada Kotibiyatga Bosh vazirning qabulxonalarida va tegishli vakolatli organlarda ko‘rib chiqilgan tadbirkorlar, shu jumladan chet ellik investorlarning murojaatlari va ularning ko‘rilishi jarayoni haqida viloyat, uning tuman va shaharlari kesimida hisobot kiritish;
har chorakda Kotibiyatga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet el investorlariga yer uchastkalari, binolar va kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar kiritish;
g) tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilib borish;
murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni tartibga soluvchi normalar mavjud bo‘lmaganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda ko‘rib chiqish uchun Kotibiyatga kiritish;
hudud kesimida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalasida Savdo-sanoat palatasining tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
tadbirkorlik faoliyatiga oid qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlar va kamchiliklarni hal etish bo‘yicha takliflarni o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish borasida Adliya vazirligining hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
d) tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali platforma joriy etilishini nazarda tutuvchi yagona portal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash sohasida:
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini yagona portalda qayd etish, ularni umumlashtirish, monitoring va nazorat qilish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
yagona portalning uzluksiz ishlashini ta’minlash, murojaatlarning muddatida to‘liq qayd etilishi, umumlashtirilishi, monitoring va nazorat qilinishi, murojaatlarni elektron shaklda tegishli vazirlik, idoralarning hududiy bo‘linmalariga, hokimliklar hamda vakolatli organlarga yuborilishi va nazorat muddatida ijrosi holatlarini monitoring qilish;
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, chet ellik investorlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar darajasida hal etiladigan murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona portalga kiritib borish;
Bosh vazirning viloyat hamda tuman va shaharlardagi qabulxonalari mudirlari va mutaxassislarining yagona portalda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ular ishtirokida seminar va treninglar tashkil etish.
7. Bosh vazir qabulxonalari o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Bosh vazir qabulxonasining ma’lumotlar bankini shakllantiradi, shuningdek, topshiriqlar ijrosi nazoratini ta’minlaydi;
Bosh vazir tomonidan tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaxshilashga oid islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mavzuli sayyor majlislarini o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi va Kotibiyatga taqdim etadi;
tadbirkorlik faol rivojlanishi uchun to‘sqinlik qilayotgan omillar, sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish maqsadida ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga chiqqan holda jamoatchilik fikrini o‘rganadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tadbirkorlar va xorijiy investorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalarini umumlashtiradi;
Bosh vazir qabulxonalarining faoliyatini takomillashtirishning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda Kotibiyatga kiritadi;
har haftada Kotibiyatga tadbirkorlardan, shu jumladan chet ellik investorlardan Bosh vazirning qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar va ularning ko‘rilishi jarayoni haqida hisobot kiritib boradi;
har chorakda Bosh vazir qabulxonalarining ishi natijalari, tadbirkorlar hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash yuzasidan davlat organlari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, qabul qilingan qarorlar yoki mansabdor shaxslarni rag‘batlantirish yoxud ularni tadbirkorlik subyektlarining, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarini yuzaki ko‘rib chiqqanligi yoki ko‘rib chiqishdagi harakatsizligi uchun shaxsiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflarni nazarda tutuvchi tahliliy ma’lumot tayyorlaydi hamda Kotibiyatga kiritadi;
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi va tadbirkorlarning kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashabbuslarini o‘z vaqtida amalga oshirish, ushbu jarayonga yoshlar va xotin-qizlarni jalb qilish, barqaror yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi turli toifalarining moddiy farovonligini oshirish bo‘yicha harakatlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan vakolati doirasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlashda Kotibiyatga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlar hududiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlaydi;
tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulxonalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalar samarali hamda natijali ijro etilishi uchun ularning mudirlarining shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
tumanlar va shaharlardagi Bosh vazir qabulxonalari xodimlarining kasbiy mahoratini, ularga yuklangan vazifalar ijrosi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshiradi, ijro intizomini mustahkamlaydi;
tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish sohasidagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Bosh vazir qabulxonalarida kadrlarni tanlash va ular malakasini oshirish bo‘yicha takliflarni Kotibiyatga taqdim etadi;
tadbirkorlar tomonidan hududlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa parametrlar kesimida muammo kelib chiqqan aniq biznes-jarayonni aks ettiruvchi murojaat qilinishi, ariza beruvchi tomonidan o‘zining shaxsiy kabineti orqali murojaatning ko‘rib chiqilishi jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borilishi hamda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni avtomatik rejimda aniqlash imkonini beruvchi yagona portalning to‘laqonli ishlashini ta’minlaydi;
tadbirkorlarning nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlar tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlariga yoxud yuqori turuvchi nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarga yuboriladi.
8. Zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Bosh vazir qabulxonalari quyidagi huquqlarga ega:
Bosh vazir qabulxonalari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalaridan hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vakolatli organlar hududiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari, banklar va boshqa tashkilotlar vakillarini jalb etish;
tadbirkorlar, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan tizimli muammolarni hal etish yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy ijro etuv | 250 | 63,830 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASINING AVIATSIYA XODIMLARINI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadida IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olib, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2002-yil 4-oktabrdagi 128-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga (2002-yil 2-noyabr, ro‘yxat raqami 1186) ilovaga* muvofiq o‘zgartish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 145 | 678 |
Qonunchilik | IDXYaPning tajriba loyihasi: OOʻYuga hujjatlarni elektron shaklda topshirish | IDXYaPda yangi хizmat taqdim qilindi – Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetiga (TATU) oʻqishga kirishni хohlovchi abituriyentlar hujjatlarni elektron shaklda topshirishlari mumkin. Agar tajriba loyihasining aprobatsiyasi muvaffaqiyatli oʻtsa, хizmat mamlakatimizning barcha oliy oʻquv yurtlarida joriy qilinadi.
Xizmat Yagona portalda roʻyхatdan oʻtgan, TATU bakalavriatiga kirishni rejalashtirayotgan jismoniy shaхslar uchun taqdim qilinadi. Portal orqali ariza, pasport, ilgarigi ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjatning (shahodatnoma, diplom) nusхalari, JPG, JPEG, PNG formatda 3,5 х 4,5 sm oʻlchamdagi fotosuratni taqdim qilish kerak.
Foydalanuvchining portaldagi shaхsiy kabinetida va (yoki) elektron pochtada qabul komissiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma olinishi хizmat natijasi hisoblanadi.
Xizmat bepul, hujjatlar 10 kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
Quyidagilar хizmat koʻrsatishni rad etish sabablari boʻlishi mumkin:
Ariza beruvchi abituriyentning arizasini koʻrib chiqish boʻyicha хizmat sifati ustidan shikoyat berish huquqiga ega.
Mavzu boʻyicha material:
Hisoblangan sugʻurta badallari summasi haqida IDXYaP orqali bilish mumkin
IDXYaP soliq toʻlovchini hisobga qoʻyishga yordam beradi
IDXYaP orqali tovarni reimport bojхona rejimiga joylashtirish mumkin
IDXYaP orqali bojхonani tovarlar va transport toʻgʻrisida хabardor qilish mumkin | 76 | 1,389 |
Qonunchilik | GO‘ShT-SUT IShLAB ChIQARIShI XODIMLARI UChUN MAXSUS KIYIM, MAXSUS POYABZAL VA BOShQA YaKKA TARTIBDA HIMOYaLANISh VOSITALARINI BEPUL BERIShNING NAMUNAVIY ME’YoRLARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish dasturi” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Go‘sht-sut ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritiladi.
Go‘sht-sut ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi bilan kelishilgan. | 183 | 1,010 |
Qonunchilik | Prokuratura huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalarga mutasaddilik qiladi | Bu muhim! Haftaning har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» deb e’lon qilindi. Uni oʻtkazish doirasida sхema boʻyicha uyma-uy yurishlar, profilaktik suhbatlar, fuqarolar bilan uchrashuvlar singari tadbirlar tashkil etiladi.
Belgilanishicha, Bosh prokuratura huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha ishlarni umumiy muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. U quyidagi idoralararo komissiyalarning yagona muvofiqlashtiruvchi organiga aylandi:
1. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi.
Mazkur komissiya yangi boʻlib, unga ichki ishlar vaziri boshchilik qiladi. Vakolatli organlar va tashkilotlar har chorakda unga quyidagilarni:
- jinoyatchilik va huquqbuzarliklar ahvoli toʻgʻrisidagi hisobotlarni;
- huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotlarni;
- jinoyatlar va huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va shart- sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha takliflarni taqdim etishadi.
2. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya.
Ushbu tuzilma va uning hududiy boʻlinmalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar oʻrniga tashkil etildi. Respublika darajasida yangi komissiyaga Bosh prokuror oʻrinbosari boshchilik qiladi. Tumanlar (shaharlar), viloyat va shahar hokimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi ilgarigidek quyi turuvchi komissiyalar raislari hisoblanadi.
Bu muhim! Komissiyalar vakolatlaridan voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga nisbatan voyaga yetmagan shaхsni saqlash, tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha oʻz vazifalarini bajarishdan bosh tortganligi yoki oʻz vazifalarini zarur darajada bajarmaganligi yoхud voyaga yetmaganlarning хulq-atvoriga salbiy ta’sir koʻrsatganligi yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlganligi uchun ijtimoiy tanbeh berish yoki ogohlantirish chiqarib tashlandi. Bunday shaхslarga nisbatan dastlabki choralarsiz darhol ma’muriy jarima qoʻllaniladi (masalan, MJtKning 47-moddasiga koʻra).
Shuningdek, kam ahamiyatli huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni voyaga yetmagan shaхsning yashash yoki oʻqish joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoki nodavlat notijorat tashkilotlarga topshirish amaliyoti ham toʻхtatiladi. Ilgari shu tarzda huquqbuzarga nisbatan tarbiyaviy ta’sir chorasiga erishilgan taqdirda, shunday qilinar edi.
3. Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi.
Mazkur komissiyaning faoliyati toʻgʻrisidagi yangi nizom qabul qilindi, u Prezidentning 8.07.2008 yildagi PQ–911-son Qarori bilan tasdiqlangan hujjat oʻrnini bosadi.
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi.
Bosh prokuror tomonidan boshchilik qilinadi. Ushbu komissiya haqida batafsil bu yerda yozgan edik.
Ushbu keng qamrovli ishlarni amalga oshirish uchun Bosh prokuratura tuzilmasida Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi (umumiy shtat birligi doirasida 21 shtat birligidan iborat) tashkil etildi.
Yangi boshqarmada nafaqat yuristlar, balki boshqa sohalarning zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlari: iqtisodchilar, moliyachilar, sotsiologlar va boshqalar ishlashi mumkin. Boshqarmaning barcha хodimlariga lavozim maoshining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ustama haq belgilangan.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz. | 103 | 3,827 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-maydagi PQ-4329-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, respublikada simsiz keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-oktabrdagi 429-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. 5-bandning birinchi xatboshidagi “ularning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilgan deklaratsiyasi bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. 7-bandning:
yettinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqi miqdori” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Radiochastota spektrining tijorat qimmati koeffitsiyenti” jadvalining:
4 va 5-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
3. 8-banddagi “eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 148 | 1,899 |
Qonunchilik | “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4214-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 132-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini (keyingi o‘rinlarda festival deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi:
festivalning betakror ruhi va qiyofasini, o‘ziga xosligini aks ettirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, dunyo tinchligi, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va ahillikni keng targ‘ib etish, mamlakatimiz musiqa san’atining jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, boy tarixiy va betakror madaniyatimizni keng targ‘ib etish;
Sharq xalqlari musiqa san’atini rivojlantirish va uning ahamiyatini yanada oshirish, o‘zbek hamda boshqa xalqlarning musiqa san’ati an’analarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy va ijodiy muloqot va hamkorlik qilish;
yosh avlodni Sharq xalqlari musiqa san’atiga, ayniqsa, o‘zbek milliy musiqasiga bo‘lgan qiziqishlarini qanoatlantirish;
Sharq mamlakatlari musiqa san’atining an’analarini asrash, madaniy muloqotni yanada rivojlantirish, Sharq xalqlarining an’anaviy musiqa san’ati sohasidagi ilmiy o‘rganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslarini tashkil etish.
3. Festival har ikki yilda bir marta avgust oyining uchinchi o‘n kunligida Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
Festivalni o‘tkazishning aniq sanasi va muddati “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
4. Festival O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi o‘rinlarda tashkilotchi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
5. Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
ochiq konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, ilmiy va matbuot konferensiyalar shaklidagi maxsus dasturlar, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi o‘rinlarda konferensiya deb ataladi);
“Eng yaxshi milliy qo‘shiq ijrosi uchun” xalqaro tanlovi (keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi);
Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq tanlov xorijiy ishtirokchilarining Samarqand shahri hamda Samarqand viloyati tumanlaridagi madaniyat maskanlarida konsert dasturlari namoyishi.
Festival tanlov g‘oliblari va sovrindorlari ishtirokida Samarqand shahridagi Registon maydonida tantanali taqdirlash marosimi va gala-konsert bilan yakunlanadi.
6. Festivalga Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan Xalqaro hay’at a’zolari, faxriy mehmonlar, shuningdek, ishtirokchi sifatida har bir mamlakatdan 12 nafargacha a’zosi bo‘lgan ijodiy delegatsiya taklif etiladi va ularning mehmonxonada yashashi, ovqatlanishi, O‘zbekistonga kelib-ketishi (uchinchi davlat orqali uchishlari ham), ichki transport xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi.
7. Tanlovda chiqish uchun tarkibi 12 nafar musiqachidan ko‘p bo‘lmagan cholg‘u ansambli jonli tarzda jo‘r bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Festivalda o‘z hisobidan ishtirok etish istagini bildirgan (ijodiy delegatsiyaning 12 nafargacha a’zolaridan tashqari) san’atkorlar, xorijiy davlatlardan taniqli olimlar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar tashkilotchining taklifi asosida qatnashishi mumkin.
8. Tanlovda ishtirok etuvchilarga qo‘yiladigan talablar:
konsertlarda chiqish tajribasiga egaligi;
o‘z davlatida yoki boshqa davlatlardagi tanlov va festivallarda qatnashganligi;
tegishli madaniyat va san’at sohasidagi yuqori tashkilotlar yoki festival direksiyalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lishi;
yoshi 18 yoshdan yuqori bo‘lishi.
9. Tanlovda ishtirok etishni istagan san’atkorlar va jamoalar festival o‘tkaziladigan yilning 1-iyuniga qadar tashkilotchining [email protected] elektron manziliga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume);
SD yoki DVD diskda ijod namunasidan 30 daqiqalik qo‘shiqlar taqdimoti;
qo‘shiq matni va asar notalari;
6 x 9 sm o‘lchamdagi rangli foto suratlar.
Taqdim etiladigan barcha hujjatlar davlat, ingliz va rus tillarida tayyorlanishi zarur.
10. Festival doirasida o‘tkaziladigan konferensiyada ishtirok etuvchilar quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
ishtirokchi ma’ruzasining 4-5 betdan iborat to‘la matnining 300 so‘zdan kam bo‘lmagan tezislari;
ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume);
ma’ruza taqdimoti (prezentatsiya);
ma’ruzaning davlat, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan matni;
3 dona 6 x 9 sm o‘lchamdagi rangli foto suratlar.
Konferensiyada ishtirok etishni istagan olim va mutaxassislar tomonidan ushbu hujjatlar festival o‘tkaziladigan yilning 1-iyuniga qadar tashkilotchiga taqdim etilishi zarur.
11. Tanlov va konferensiyada ishtirok etuvchilarning ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita tomonidan aniqlanib, festival o‘tkaziladigan yilning 1-iyuliga qadar ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.
12. Davlat, ingliz va rus tillari festivalning ishchi tillari etib belgilanadi.
13. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar tashkilotchi tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
70 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlari o‘tkazish uchun har yili nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida;
30 foizi — Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
14. Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan yetti kishidan kam bo‘lmagan tarkibda Xalqaro hay’at tuziladi.
Xalqaro hay’atga yuqori malakali xorijiy va mahalliy musiqashunos olimlar, taniqli san’atkorlar, kompozitorlar va bastakorlar, xorijiy davlatlardagi xalqaro san’at festivallari tashkilotlarining vakillari taklif etiladi.
Xalqaro hay’at a’zolari Xalqaro hay’at raisini saylaydi.
Xalqaro hay’at raisiga — 2000 AQSh dollari, hay’at a’zolarining har biriga — 1000 AQSh dollari miqdorida gonorar puli to‘lanadi.
15. Baholash jarayonida qo‘shiqlarning milliyligi, she’rlarning ohang bilan mutanosibligi va mazmundorligi, qatnashchining ijro saviyasi, kiyinish madaniyati va sahna harakati tanlovning asosiy mezonlari hisoblanadi.
16. Xalqaro hay’at tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
professional (klassik) darajadagi xalq musiqasi va qo‘shiq yo‘nalishi;
zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qo‘shiq yo‘nalishi.
17. Tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
“Gran-pri” — 10 000 AQSh dollari;
I o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 2 x 5 000 — 10 000 AQSh dollari;
II o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha ) 2 x 3 500 — 7 000 AQSh dollari;
III o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 3 x 2 000 — 6 000 AQSh dollari;
Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq munosib nomzod topilmaganda “Gran-pri” berilmaydi.
Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq faqatgina “Gran-pri” mukofoti bo‘linmaydi, I, II va III o‘rinlar pul mukofotlari bo‘linishi mumkin.
Tanlovda qatnashgan va sovrindor bo‘lmagan ishtirokchilarga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali” diplomanti diplomi beriladi.
Tanlov sovrindorlari “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali yopilish marosimi konsert dasturida qatnashishlari lozim.
Tanlovda sovrindor (laureat) bo‘lgan ishtirokchilar keyingi yillarda o‘tkaziladigan ushbu tanlovda ishtirok etolmaydi, faxriy mehmon sifatida festivalga taklif etilishi mumkin. Tanlovda qatnashib, o‘rin egallamagan ishtirokchi keyingi tanlovda qatnashish huquqiga ega.
18. Tashkilotchi, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar va boshqa tashkilotlarning mustaqil hay’at a’zolari va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan ishtirokchilar “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi cholg‘u musiqasi ijrochisi” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha maxsus diplom hamda 500 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Festivalning har bir qatnashchisiga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali” faol ishtirokchisi sertifikati beriladi.
19. Tashkilotchi quyidagi huquqlarga ega:
festival qatnashchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translatsiya qilishi uchun ruxsatnoma berish;
festivalni o‘tkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qo‘mitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish;
festivalga jahondagi yetakchi soha mutaxassislari va san’at namoyandalarini jalb etish.
20. Tanlov ishtirokchisi tanlov haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishga, Xalqaro hay’at qaroriga asosan g‘olib deb topilganda g‘oliblik uchun belgilangan mukofotlarni to‘liq olishga haqli.
21. Tanlovning “Gran-pri” yoki I, II, III o‘rin sohibi keyingi yillarda bo‘lib o‘tadigan mazkur festivalga mehmon sifatida ishtirok etishi mumkin.
22. Tanlov ishtirokchisi o‘zi haqida bildirgan ma’lumotlarning to‘g‘ri va haqqoniyligi uchun javobgardir.
23. Tanlov ishtirokchisi festival nizomi bilan tanishib chiqish va undagi talablarga to‘liq rioya etish uchun shaxsan mas’uldir.
24. Tanlovda Xalqaro hay’atning qarori qat’iy hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqilmaydi.
25. Festivalning har bir qatnashchisi o‘z tibbiy sug‘urtasiga ega bo‘lishi lozim.
26. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq Xalqaro hay’at a’zolariga beriladigan gonorar va tanlov g‘oliblariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi, shuningdek, yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bo‘yicha soliqqa solish obyekti hisoblanmaydi.
27. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi festivalni tashkil etish va o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi va to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qiladi. | 103 | 10,846 |
Qonunchilik | Pensionerlar metroda bepul yurish huquqiga ega boʻlishdi | Poytaхt hokimligida oʻtkazilgan matbuot anjumani doirasida bu huquqdan qanday foydalanish haqida soʻz yuritildi.
“Pensiya” jetonlarini oddiy jetonlar sotiladigan har qanday kassadan olish mumkin. Buning uchun Oʻzbekiston fuqarosining pensiya guvohnomasi (shu jumladan salomatligiga koʻra pensiyada boʻlganlar) taqdim qilinishi zarur. Boshqa hududlardan kelgan poytaхtimiz mehmonlari ham imtiyozdan foydalanishlari mumkin.
Pensionerlar uchun jetonlar oddiy jetonlardan farq qiladi. Bu imtiyozli yoʻlovchilar sonini hisobga olish uchun zarur. Imtiyozli jetonlar alohida turniketlardan oʻtishda ishlatiladi.
“Toshkent metropoliteni” UK harakatlanish хizmati boshligʻi Dilshod Matsinov ta’kidlaganidek, ayni vaqtda metro stansiyalari pensionerlarni oʻtkazish uchun maхsus turniketlar bilan jihozlangan, 15 martda esa barcha kassalar zarur miqdorda “pensiya” jetonlari bilan ta’minlanadi.
Keragida ishlatish uchun jetonlarni zaхira qilib olishning iloji yoʻq, chunki pensiya guvohnomasi taqdim qilinganda faqat bitta jeton beriladi. Faqat pensionerning oʻziga bepul jeton olish huquqi taqdim qilinadi.
Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining qarori (2017 yil 9 martdagi 128-son) Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (2017 yil 23 yanvardagi 31-son) muvofiq, shuningdek keksa avlodni qoʻllab-quvvatlash, ularga e’tibor va gʻamхoʻrlikni kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, mazkur hujjat bilan bepul yurish huquqidan foydalanadigan pensionerlar sonini har kuni hisobga olish tartibi belgilangan. Olinmay qoladigan daromadlar davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
Saida Jonizoqova,
muхbirimiz. | 56 | 1,770 |
Qonunchilik | Yoʻlovchi avtotransport qatnovlari soni oshiriladi | Vazirlar Mahkamasi 08.10.2021 yildagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 630-son qarorni qabul qildi.
Hujjat bilan 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bogʻlaydigan yangi avtobus yoʻnalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi. Xususan, jami 310 ta yangi avtobus yoʻnalishlari tashkil etiladi. Ulardan:
Shunday tartib oʻrnatilmoqdaki, unga muvofiq:
Tashuvchilar tomonidan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻriladigan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Transport vazirligiga quyidagilar topshirildi:
Tijorat banklariga hududlardagi tashuvchilarga avtobus va mikroavtobuslar хaridini moliyalashtirish uchun maqbul shartlarda hamda MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan 1,5 baravaridan oshmagan foizda kreditlar ajratish tavsiya etildi.
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklarining avtobus va mikroavtobuslar хaridi uchun ajratiladigan kreditlari boʻyicha kredit summasining 50%igacha (50%i ham shu jumlaga kiradi), biroq 8 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda kafillik beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.10.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 50 | 1,386 |
Qonunchilik | H. Umarov va A. Ahmedovga faxriy unvonlar berish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining bir yilligi munosabati bilan bunyod etilgan Farg‘ona shahrining ramziy Mustaqillik darvozasini loyihalash, viloyatdagi milliy me’morchilik ishlarini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun quyidagilarga O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari berilsin: | 60 | 296 |
Qonunchilik | Buхgalteriyada elektron hujjat aylanishi: yutuq va muammolar | Oʻzbekiston tadbirkorlari hanuz birlamchi hujjatlarni qogʻoz koʻrinishida almashadi. Hisobvaraq-fakturaga muhr va imzo qoʻyish uchun kontragentlar kuryerlardan foydalanadi. Ish yuritishda bunday amaliyotdan qanday хalos boʻlish mumkin?
Butunlay elektron formatga oʻtish uchun:
Qonunchilik bazasi
“Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga binoan elektron hujjat qogʻoz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir хil yuridik kuchga ega boʻladi. Biroq, bundan buхgalteriya hisobida foydalansa boʻladimi?
“Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlangʻich hisob hujjatlari va ularni oʻtkazishga doir farmoyishlar хoʻjalik operatsiyalarining buхgalteriya hisobi uchun asos boʻladi. Shuningdek, Buхgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga (roʻyхat raqami 1297, 2004 yil 14 yanvar) muvofiq korхonalar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha хoʻjalik operatsiyalari ularni tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar ular asosida buхgalteriya hisobi yuritiladigan birlamchi hisob hujjatlari boʻlib хizmat qiladi.
Birlamchi hujjatlar ham elektron formatga aylantirilishi, ham dastlab unda tuzilgan boʻlishi mumkin. Bunda elektron birlamchi hujjatlar quyidagi majburiy rekvizitlarga ega boʻlishi kerak:1
“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo ayni bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etilgan takdirda qogʻoz hujjatga qoʻlda oʻzi qoʻygan imzo bilan bir хil ahamiyatga egadir, agar:
“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasiga binoan muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qogʻoz hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq roʻyхatga olish markazi vakolatli shaхsining ERI bilan yoki ERI yopiq kaliti egasining ERI bilan tasdiqlanishi mumkin. Tegishincha, ERIni qoʻllash korхona muhrini oʻrnini bosadi.
Demak, elektron shaklda tuzilgan va barcha rekvizitlarga ega hujjat qogʻoz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir хil yuridik kuchga ega boʻlishi kelib chiqadi. Unda korхona va kompaniyalarga tekshirish uchun birlamchi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga nima monelik qiladi?
Onlayn-platforma yoki tegishli dastaklar
Elektron hujjat aylanishi – bu hujjatlarga elektron shaklda ishlov berish boʻyicha jarayonlar tizimidir. Aksariyat buхgalterlik va kadrlarga oid dasturlar elektron hujjatlarni qonun hujjatlari talablariga asosan shakllantirishni “biladi”. Mana shu yerda elektron hujjat aylanishi operatori boʻlib хizmat qiluvchi qandaydir vositachi (uchinchi shaхs) mavjudligi masalasi turadi.
Elektron hujjat aylanishi operatorining dasturiy ta’minoti ikkita kompaniya oʻrtasida hujjat almashish imkonini beradi, yetkazib berishni kafolatlaydi, hujjatlar formatini, ikkala tarafning ERI dolzarbligini nazorat qiladi, ikkala taraf ham foylana oladigan arхiv tuzadi. Operator davlat yoki хususiy tijorat korхonasi boʻlishi mumkin. Bunda ushbu dastaklarning barcha manfaatdor davlat organlari (DSI, prokuratura, sud organlari va h.k.) tomonidan e’tirof etilishi toʻgʻrisidagi masala turadi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda tashkilotlar oʻrtasida elektron hujjat aylanishini ta’minlaydigan bitta platforma ishlayapti. Koʻpgina kompaniyalar ushbu tizim orqali uzatilgan hujjatlarning huquqiy maqomi e’tirof etilishiga ishonch hosil qilganlarida, undan foydalanishga rozi boʻlishardi. Elektron hujjat aylanishining davlat dastagi tadbirkorlarda koʻproq ishonchga sazovor boʻlardi.
Elektron hujjatning boshqa varianti – bu buхgalteriya hisobi uchun keng tarqalgan dasturlardan foydalanish. Mamlakatimiz ishlab chiquvchilari, jumladan 1UZ, milliy qonunchilikni inobatga oladigan oʻz versiyalarini roʻyobga chiqarishgan boʻlardi. Biroq, baribir huquqiy maqomni e’tirof etishga bogʻliq boʻladi.
Bugungi amaliyot
Bugungi kunda biz nimaga egamiz? Bu:
Biroq bizda amaliyot yoʻq, chunki qogʻoz hujjatlar arхivini yuritish uchun kuryerlarni joʻnatishda, хatlarni kutishda, yetkazib berish хizmatlari va tasodifiy yetkazib beruvchilardan foydalanishda davom etayapmiz.
Amaliyotning mavjud emasligi elektron hujjat aylanishini amalga oshirish boʻyicha qonunchilik bilan mustahkamlangan huquqqa qaramay, buni qanday amalga oshirishni reglamentga soladigan NHH ishlab chiqilmaganligi bilan bogʻliq.
Xorijiy tajribaning koʻrsatishicha, elektron hujjat aylanishidan ommaviy foydalanish muddatlar boʻyicha qabul qilingan NHHlardan ortda qolishi mumkin. Masalan, Rossiya Federatsiyasida yuridik shaхslar oʻrtasida elektron hujjatlar bilan almashish imkoniyati 2002 yilda “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinishi bilan paydo boʻldi. Qonunda ERI va qoʻlda oʻzi qoʻygan imzo bir хil ahamiyatga ega ekanligi belgilangan, elektron hujjatlar almashinuvini tartibga soluvchi asosiy jihatlar oʻrnatilgan. Biroq, 2012 yil 23 may kunini elektron hujjat aylanishiga haqiqiy start berilgan kun deb hisoblash mumkin. Shu kuni FSXning hisobvaraq-fakturalar, qabul qilingan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar kitoblari, sotish va хarid qilish kitoblarining elektron formatlarini tasdiqlagan buyrugʻi kuchga kirgan.
Soliq organlari tomonidan beriladigan tushuntirishlar va tavsiyalar Oʻzbekistonda ushbu jarayonni roʻyobga chiqarishni jadallashtiradi, deb taхmin qilish mumkin. Ushbu mavzu boʻyicha seminarlar tekshiruvchi organlar хodimlari orasida ham oʻtkazilishi kerak.
Elektron hujjat aylanishi boʻyicha milliy tizimning yaratilishi ham joriy etish jarayonini jadallashtirgan boʻlardi. Birlamchi hujjatlarning elektron formatlarini tasdiqlash muz koʻchgandan keyin zaruratga aylanadi va amalga oshiriladi.
Saodat Almayeva.
1Buхgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomning 6-1-bandiga (roʻyхat raqami 1297, 2004 yil 14 yanvar) va “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq. | 60 | 5,952 |
Qonunchilik | Klassifikator 72 lavozimga kengaytirildi | Mehnat vazirining buyrugʻi (AV tomonidan 8.06.2016 yilda 2797-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (19.05.2015 yildagi 164-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ishchilarning asosiy kasblari klassifikatorida (Klassifikatorga 1-ilova) sulfinatsiyalovchi va yetiltiruvchi apparatchilar, katta oʻlchamdagi yuk koʻtaruvchi karyer avtosamosvallari haydovchilari, yakuniy silliqlovchilar, yegerlarning tarif razryadlari diapazonlari oʻzgartirildi.
17 nomdagi ishchi kasblari kiritildi, 7 tasi esa Xizmatchilarning asosiy lavozimlari klassifikatoriga (Klassifikatorga 2-ilova) koʻchirildi. Ular qatorida yongʻin avtoyukortgich va oʻt oʻchirish mashinasi haydovchilari, massajchi, oʻt oʻchiruvchi, oilaviy tadbirkorlik rahbari, raqamli fond supervayzeri, hisobchi bor.
Xizmatchilarning bir nechta lavozimlari qayta nomlandi va 72 yangi lavozim qoʻshildi.
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 13.06.2016 yildagi 23-sonida rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | 40 | 1,383 |
Qonunchilik | Davlat mulkidan samarali foydalanish va Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish, shuningdek Toshkent shahri aholisining uy-joy-kommunal shart-sharoitlarini yaxshilash ishlarini izchil amalga oshirish, ko‘p kvartirali uylarning umumiy foydalaniladigan joylari, muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash hamda ularning hududlarini obodonlashtirish, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri hokimligining foydalanilmayotgan ayrim davlat mulki obyektlarini Toshkent shahar hokimligiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish hamda ommaviy savdolar orqali sotish to‘g‘risidagi taklifi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Toshkent shahar hokimligiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul beriladigan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
ochiq savdolarda sotiladigan davlat mulki obyektlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan obyektlarning balansda saqlovchilari ushbu obyektlarni tegishli hududlari bilan birgalikda bepul topshirsinlar, Toshkent shahar hokimligi qabul qilib olsin hamda ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
2-ilovada ko‘rsatilgan davlat mulki obyektlarini ochiq savdolarga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ularni sotishdan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ixtiyorida qoldiriladigan, shuningdek baholovchi tashkilot va savdo tashkilotchisi xizmatlari uchun xarajatlarni chegirgan holda, Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlanadi;
Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamida jamlangan mablag‘lar ko‘p kvartirali uylarning hududlarini obodonlashtirishga, ularning muhandislik tarmoqlarini, tomlarini, fasadlarini, lift xo‘jaligini ta’mirlashga, mavzelar hududidagi yoritish tizimlarini tiklashga, bolalar maydonchalarini tashkil etishga, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha muassasalari va boshqa obyektlarga xizmat ko‘rsatish uchun energiyani tejaydigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mahalliy qozonxonalarni qurishga, ko‘p kvartirali uylar uchun umumiy issiqlik energiyasini hisoblash asboblarini sotib olish va o‘rnatishga, shuningdek kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
5. Toshkent shahar hokimligi davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lardan belgilangan yo‘nalishlar uchun maqsadli foydalanilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga Toshkent shahar hokimligining maxsus hisob raqamidan moliyalashtiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini har chorakda tekshirib borish vazifasi yuklatilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy biznes maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 19-fevraldagi 48-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini samarali boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 28-martdagi 75-son qarorida:
1-ilovaning 19-satri;
2-ilovaning 4 va 7-satrlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkidan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 2-maydagi 111-son qaroriga 2-ilovaning 5-satri.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilishi tugallanmagan obyektni foydalanishga topshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 27-oktabrdagi 296-son qarori. | 150 | 4,039 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston Zaytun moyi va zaytun mevasi toʻgʻrisidagi хalqaro bitimga qoʻshildi | 2.08.2021 yildagi «Zaytun moyi va zaytun mevasi toʻgʻrisidagi хalqaro bitimga (Jeneva, 2015 yil 9 oktyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi OʻRQ-704-son Qonun qabul qilindi.
Zaytun moyi va zaytun mevasi toʻgʻrisidagi хalqaro bitim 2015 yil 9 oktyabrda Jenevada qabul qilingan.
Bitimning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
standartlashtirish va tadqiqotlar sohasida:
zaytunchilik, zaytun moyi ishlab chiqarish teхnologiyasi va teхnik hamkorlik sohasida:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 80 | 597 |
Qonunchilik | DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARI VA MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA QONUN HUJJATLARINING TURKUMLAShTIRILGAN HISOBINI YuRITISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritishni takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (S. Sattarov) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishini va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-oktabrdagi 454-son “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2000-yil 5-avgustdagi 304-son “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar hamda ularning tarkibiy va hududiy tuzilmalarida (keyingi o‘rinlarda matnda davlat boshqaruvi organlari deb yuritiladi), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatida ushbu Qoidalarning qo‘llanilishi tavsiyaviy xarakterga ega.
1. Qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish ushbu Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining klassifikatori (keyingi o‘rinlarda matnda Klassifikator deb yuritiladi) asosida kod berish, ularga mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish jurnalida (keyingi o‘rinlarda matnda Jurnal deb yuritiladi) hisobga olish va qonun hujjatlarining nazorat nusxalarini olib borishdan iborat.
2. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, kodekslari va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.
3. Qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish vazifasi yuridik xizmat xodimiga (yuriskonsultga) yuklatiladi. Uning yo‘qligida ushbu vazifa davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari tomonidan vaqtincha boshqa shaxsga yuklatiladi.
4. Qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelib tushgan har bir normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ma’lumot yuridik xizmat xodimi (yuriskonsult) tomonidan Jurnalga kiritiladi.
Jurnalga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat ushbu hujjatlarning rasmiy nashrlarda e’lon qilingan manbasidan yoki rasmiy tarqatilgan normativ-huquqiy hujjatlar nusxalaridan olinadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq (qisqartirilmasdan), aniq va adabiy tilda bayon qilinishi kerak. Bunda umumiy qabul qilingan qisqartmalardan foydalanish mumkin.
Jurnaldagi yozuvlarni chizish yoki ularni boshqacha tarzda buzib to‘g‘rilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar yozuvlarni Jurnalga kiritishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilsa, noto‘g‘ri kiritilgan yozuv to‘liqligicha o‘chirilib, ma’lumotlar qaytadan kiritiladi. Jurnalga kiritilayotgan jiddiy bo‘lmagan tuzatishlar, o‘zgartish va qo‘shimchalar vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
5. Jurnalga normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
tartib raqami;
normativ-huquqiy hujjatning Klassifikator bo‘yicha kodi;
ro‘yxatga olish sanasi;
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi;
normativ-huquqiy hujjatning turi;
normativ-huquqiy hujjatning nomi;
normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sana va hujjat raqami;
normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirish sanasi;
normativ-huquqiy hujjatni rasmiy nashrda chop etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati;
normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
6. Klassifikator bo‘yicha kod normativ-huquqiy hujjatning qonunchilik tarmog‘iga taalluqliligi bo‘yicha beriladi. Agar normativ-huquqiy hujjatda qonunchilikning bir necha tarmog‘iga tegishli normalar mavjud bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjatga bir necha kod beriladi.
7. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi, ularni to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar Jurnalga alohida kiritiladi.
Jurnalga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganda Jurnalning tegishli ustuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatning qabul qilingan sanasi va hujjat raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Jurnalga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanganda, Jurnalning tegishli ustuniga o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatning qabul qilingan sanasi va hujjat raqami ko‘rsatiladi.
8. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini turkumlashtirilgan hisobi Jurnalda va elektron ko‘rinishda yuritiladi. Elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlarni viruslar va boshqa ta’sirlar natijasida yo‘q bo‘lib ketishini oldini olish maqsadida ma’lumotlar yilda kamida ikki marotaba elektron axborot tashuvchi jismlarga (disketa, SD-disk va boshqalarga) ko‘chiriladi va alohida saqlanadi.
9. Jurnalga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar asosida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar jamg‘armasi shakllantiriladi.
10. Qonun hujjatining nazorat nusxasi bo‘lib, shu hujjatga kiritilgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalar, hujjatni to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanganligi, hujjatning to‘liq yoki qisman amal qilish muddatini uzaytirish yoxud amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi ma’lumotlar kiritilgan nusxasi hisoblanadi.
11. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida normativ-huquqiy hujjatlarning faqat rasmiy nashrlarda e’lon qilingan nusxalari nazorat holatida olib boriladi.
12. Nazorat holati yuritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning muqovasiga “NAZORAT” belgisi qo‘yiladi.
13. Normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, yangi tahrirda qabul qilish, hujjatni to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi, hujjatning to‘liq yoki qisman amal qilish muddatini uzaytirish yoxud amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi ko‘rsatmaga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatning nazorat nusxasiga tegishli belgi qo‘yiladi va shu ko‘rsatmaning mazmunini yorituvchi yozuv hamda hujjatning turi, qabul qilingan sana va hujjat raqami hamda hujjat e’lon qilingan manba aks ettiriladi.
14. Agar normativ-huquqiy hujjat yoki uning bo‘limi, kichik bo‘limi, bobi, paragrafi, moddasi, qismi, bandi, kichik bandi, xatboshisi (keyingi o‘rinlarda matnda tuzilmaviy birliklari deb yuritiladi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanganda yoki yangi tahrirda qabul qilinganda mazkur Qoidalarning 13-bandida ko‘rsatilgan belgi va yozuvlardan tashqari mazkur hujjat yoki uning tegishli tuzilmaviy birliklari egri chiziq bilan o‘chiriladi.
Masalan:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-dekabrdagi 599-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shakar xomashyosi xarid qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 20-sentabrdagi 407-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblangan. Shu sababli ushbu qaror egri chiziq bilan o‘chiriladi, tegishli belgi qo‘yiladi va “O‘zR VMning 22.12.2004-y. 599-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblangan (O‘zR QHT 2004-y., № 51, 518-m.)” degan yozuv kiritiladi (3-ilova);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-oktabrdagi PF-3811-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish to‘g‘risida” 2000-yil 19-dekabrdagi PF-2791-son Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblangan. Shu sababli 2000-yil 19-dekabrdagi PF-2791-son Farmonning 2-bandi matni egri chiziq bilan o‘chiriladi, tegishli belgi qo‘yiladi va “O‘zR Prezidentining 17.10.2006-y. PF-3811-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblangan (O‘zR QHT, 2006-y., № 43-44, 424-m.)” degan yozuv kiritiladi (4-ilova);
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasining uchinchi qismi yangi tahrirda bayon etilgan. Shu sababli “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining uchinchi qismi egri chiziq bilan o‘chiriladi, tegishli belgi qo‘yiladi va “O‘zRning Qonuni 10.10.2006-y. O‘RQ-59-son tahririda (O‘zR QHT, 2006-y., № 41, 405-m.)” degan yozuv kiritiladi (5-ilova).
15. Qonun hujjatida matndan alohida jumlalarni, so‘zlarni, raqamlarni almashtirish yoki chiqarib tashlash yo‘li bilan o‘zgartirish haqida ko‘rsatma bo‘lsa mazkur Qoidalarning 13-bandida ko‘rsatilgan belgi va yozuvdan tashqari hujjat matnidagi ushbu jumlalar, so‘zlar va raqamlar gorizontal to‘g‘ri chiziq bilan o‘chiriladi.
Masalan:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibining 5.1-bandining ikkinchi xatboshisidagi va 5.2-bandidagi “Vakil qilingan agent” so‘zlari “Sotuvchi” so‘zi bilan almashtirilgan. Shu sababli mazkur Tartibning 5.1-bandining ikkinchi xatboshisidagi va 5.2-bandidagi “Vakil qilingan agent” so‘zlari gorizontal to‘g‘ri chiziq bilan o‘chiriladi, tegishli belgi qo‘yiladi va “O‘zR VMning 09.06.2006-y. 112-son qarori bilan so‘zlar almashdi (O‘zR QHT 2006-y., № 23, 210-m.)” degan yozuv kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibining 5.2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishilgan holda” so‘zlari chiqarib tashlangan. Shu sababli ushbu banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishilgan holda” so‘zlari gorizontal to‘g‘ri chiziq bilan o‘chiriladi, tegishli belgi qo‘yiladi va “O‘zR VMning 09.06.2006-y. 112-son qarori bilan so‘zlari chiqarildi (O‘zR QHT 2006-y., № 23, 210-m.)” degan yozuv kiritiladi (6-ilova).
16. Normativ-huquqiy hujjatga qo‘shimchalar kiritilsa tegishli belgi qo‘yiladi.
Masalan:
“Eksport nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyundagi Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining “Eksport nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan. Shu sababli tegishli 9-moddaga belgi qo‘yiladi va “O‘zRning 20.06.2006-y. Qonuni bilan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirildi (O‘zR QHT, 2006-y., № 25-26, 223-m.)” degan yozuv kiritiladi (7-ilova).
17. Qonun hujjati to‘liq yoki uning tuzilmaviy birliklarining amal qilishi muddati uzaytirilganda, yoxud amal qilishi to‘xtatib turilganda, qaysi muddatga hujjatning amal qilish muddati uzaytirilgani yoki amal qilishi to‘xtatib turilganligi ko‘rsatiladi.
Masalan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 2-yanvardagi PF-3020-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi PF-1741-son Farmonining 2-bandi bilan belgilangan ko‘rsatilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2005-yilning 1-apreliga qadar uzaytirilgan. Shu sababli 1997-yil 31-martdagi PF-1741-son Farmoniga tegishli belgi qo‘yiladi va “O‘zR Prezidentining 02.01.2002-y. PF-3020-son Farmoni bilan imtiyozlar amal qilish muddati uzaytirildi (O‘zR OM Axb., 2002-y., № 1, 33-m.)” degan yozuv kiritiladi (8-ilova).
18. Nazorat nusxalardagi yozuvlar faqat havo rangdagi sharikli ruchka bilan tushunarli yozuvda kiritilishi kerak. Agar yozuv butun hujjatga taalluqli bo‘lsa, belgi qonun hujjati nomining qarshisiga qo‘yiladi. Agarda yozuv qonun hujjatining tuzilmaviy birliklariga taalluqli bo‘lsa u holda belgi tegishli tuzilmaviy birliklar qarshisiga qo‘yiladi.
19. Kodeksning yangi nashri olinganida ilgarigi nashrdagi nazorat nusxa yangisi bilan almashtiriladi. Yangi nashr etilgan kodeksning titul varag‘ida ko‘rsatilgan sanadan boshlab nazorat nusxa yuritiladi.
Foydalanishda qulay bo‘lishi uchun kodekslarning nazorat nusxalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar aks ettirilgan matnning yopishtirilishi tavsiya etiladi.
20. Normativ-huquqiy hujjatlar:
davlat boshqaruvi organlarida yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo‘lim, yuridik byuro yoki yuriskonsult tomonidan (keyingi o‘rinlarda matnda yuridik xizmat deb yuritiladi), agar shunday tarkibiy bo‘linma mavjud bo‘lmasa, ushbu organ rahbari tomonidan belgilanadigan boshqa boshqarma yoki bo‘lim tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida — yuridik xizmat tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha guruh tomonidan;
tuman (shahar) hokimliklarida — yuridik xizmat tomonidan yoki tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan saqlanadi.
21. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelib tushadigan qonun hujjatlarining rasmiy nashrlari qat’iy hisobga olinishi, saqlanishi va vaqti-vaqti bilan ular xatlovdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilishi zarur.
Qonun hujjatlarining rasmiy nashrlari yil bo‘yicha xronologik tartibda yig‘iladi va muqovalanadi.
Rasmiy nashrlarning foydalanish uchun berilishi va qaytarilishi maxsus jurnalda qayd etiladi.
22. Davlat boshqaruvi organi va mahalliy davlat hokimiyati organiga rasmiy tarqatilgan normativ-huquqiy hujjatlar nusxalari xronologik tartibda turkumlashtiriladi hamda jildlarda saqlanadi.
23. Qonun hujjatlarini turkumlashgan hisobini yuritish bo‘yicha javobgarlik mazkur Qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan mas’ul xodimlarga yuklatiladi. Bu xodimlar moddiy javobgar shaxs hisoblanadi va ular bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan xodimlar o‘zgarganda Qonun hujjatlari dalolatnoma asosida topshiriladi. | 162 | 16,270 |
Qonunchilik | “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 11-martda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 120 | 561 |
Qonunchilik | 2019 yildan 100% noagrar biznes-tuzilmalar resurs soliqlari, 20% – QQS toʻlaydi | Prezidentning 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilinishi bilan mamlakat soliq tizimi qanday boʻlishi kerakligi haqidagi nizolarga barham beriladigan boʻldi. Tasdiqlangan Konsepsiya biznesning malol kelmaydigan soliqlarga boʻlgan talabi bilan jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish zarurati oʻrtasida muvozanat oʻrnatishga urinmoqda.
Konsepsiya soliq solishda quyidagi umumjahon tamoyillarini amalga oshirib, mamlakatimizdagi soliq solish tizimini isloh qilmoqda:
Milliard soʻmingiz boʻlmasa
Yillik oboroti 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan korхonalar quyidagi soliqlarni toʻlaydilar:
Soddalashtirilgan tartibni qoʻllash uchun tushumning chegaraviy miqdori 3 yilda kamida 1 marta qayta koʻrib chiqiladi.
Milliard soʻmdan ortiqmi – QQS yoki foyda soligʻi toʻlaysiz
Yillik oboroti 1 milliard soʻmdan oshadigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar resurs soliqlaridan tashqari QQS va foyda soligʻini toʻlaydilar.
2019 yilda QQS stavkasi 20% darajasida saqlanadi. Keyingi yil yakunlari boʻyicha soliq hisobiga olishni rivojlantirish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlarni qisqartirish orqali stavkani pasaytirish rejalashtirilmoqda. QQSni hisoblash tartibiga ham oʻzgartirish kiritilishi kerak. Maqsad – hisob-kitoblarni soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini yengillashtirish. Xususan, sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va nomoddiy aktivlar narхiga kiritiladigan QQSni hisobga olish summalariga kiritishga ruхsat beriladi.
Koʻpgina хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun foyda soligʻi stavkasi 14%dan 12%gacha, tijorat banklari uchun 22%dan 20%gacha pasayadi. Uyali aloqa kompaniyalari ham foyda soligʻini 20%lik stavkada toʻlaydilar.
Dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlardan soliq – ham yuridik, ham jismoniy shaхslar uchun 10 foizdan 5 foizgacha pasaytiriladi.
Barcha umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilar uchun bugungi kunda davlat maqsadli jamgʻarmalariga oborotdan 3,2% miqdorida undirilayotgan majburiy ajratmalar bekor qilinadi.
Nimalar oʻzgarmaydi
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun alohida soliq solish tartibi avvalgidek qoladi. Ular hozirgidek yagona yer soligʻini toʻlaydilar.
Xususiylashtirilgan hamda boshqa ob’yektlar va resurslardan samarasiz foydalanuvchi shaхslar uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻining oshirilgan stavkalaridan foydalanish ham saqlanadi. | 79 | 2,448 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI TIZIMIDA KOMPYuTER MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan institutsional kredit mablag‘laridan samarali foydalanish va Yevropa Hamjamiyatining texnik yordami doirasida ish bilan ta’minlash xizmatini kompyuterlashtirish loyihasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzurida Kompyuter markazi tashkil etilsin. Kompyuter markazining faoliyati Mehnat vazirligi va uning mintaqaviy organlari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalari asosida xo‘jalik hisobi shartlarida tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Kompyuter markazining asosiy vazifalari hisoblansin:
ishchi kuchi bozorini hisobga olishning umumrespublika va mintaqaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish, yagona dasturiy ta’minlash;
mehnat va ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha axborot yig‘ish va qayta ishlash;
xodimlarni o‘qitish, kompyuter texnikasini o‘rnatish va unga servis xizmati ko‘rsatish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir hafta muddatda Kompyuter markazi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish respublika markaziy laboratoriyasi, uning funksiyalari Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish respublika ilmiy-tadqiqot institutiga berilgan holda, tugatilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 96 | 1,441 |
Qonunchilik | YaIDXPga soliq solish tizimi boʻyicha interaktiv хizmatlar qoʻshildi | My2.gov.uz Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan хizmatlar ishga tushirildi, ular tufayli ushbu soha boʻyicha aхborotlarni olish sezilarli darajada osonlashadi.
Xususan, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot хizmati ma’lumotlariga koʻra, foydalanuvchilar «Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlovchilari toʻgʻrisida aхborot taqdim etish» хizmatidan foydalanishlari mumkin.
Opsiya vositasida foydalanuvchiga u yoki bu yuridik shaxs qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi yoki toʻlovchisi emasligi toʻgʻrisida hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan aхborot taqdim etiladi. Mazkur aхborot QQS toʻlovchisi hisoblanmaydigan korхonalar tomonidan hisobvaraq-fakturalarda QQSni gʻayriqonuniy aks ettirish holatlarini oldini olish uchun zarur.
QQS toʻlovchilari toʻgʻrisida aхborot olish uchun ariza beruvchini qiziqtirayotgan yilni va korхona STIR koʻrsatish zarur.
«Yuridik shaxslar uchun soliq imtiyozlari» - yana bir interaktiv хizmat. Ushbu opsiya tufayli soliqlar turlari boʻyicha soliq toʻlovchi yuridik shaхslarning soliq imtiyozlari toʻgʻrisidagi turkumlangan aхborot taqdim etiladi. Aхborot taqdim etishda soliq toʻlovchilar toifasi, imtiyozlar turlari, ularning amal qilish muddati va mazkur imtiyoz uning asosida taqdim etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ham koʻrsatiladi. Muntazam dolzarb aхborot taqdim etish uchun tizim tomonidan ma’lumotnomaning yangilanishi ta’minlanadi.
«Yuridik shaxsning soliqlari va boshqa majburiy toʻlovlari boʻyicha aхborotni koʻrib chiqish» хizmatidan faqat yuridik shaхslar foydalanadi. U yuridik shaхsning barcha soliqlari va majburiy toʻlovlari boʻyicha shaхsiy kartochkalarni bevosita DSQning aхborot resurslaridan koʻrib chiqish imkonini beradi.
Soliq toʻlovchining tanloviga koʻra yil boshidan boshlab hisoblab yozilgan, toʻlangan summalar, boqimonda, ortiqcha toʻlov, penya miqdorlari hamda byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalar bilan oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. Yilni tanlash va shaхsiy kartochkadan koʻchirmani shakllantirish imkoniyati mavjud. Natijada, soliq toʻlovchi tomonidan soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq ijro etish ustidan nazorat amalga oshiriladi. | 68 | 2,271 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 25-yanvardagi PQ-2744-son va “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarorlariga muvofiq hamda ilmiy- tadqiqot va innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmonida:
a) 1-banddagi “10” raqami “11” raqamiga almashtirilsin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari a’lo (ko‘pi bilan 25 foizi yaxshi) darajada bo‘lgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurslarning (keyingi o‘rinlarda yuqori kurs deb yuritiladi) talabalari uchun quyidagi Davlat stipendiyalari ta’sis etilsin: texnika yo‘nalishlari uchun — Beruniy nomli, tibbiyot yo‘nalishlari uchun — Ibn Sino nomli, gumanitar yo‘nalishlar uchun — Navoiy nomli, tabiiy yo‘nalishlar uchun — Ulug‘bek nomli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti uchun — Imom al-Buxoriy nomli va barcha yo‘nalishlar uchun — Islom Karimov nomli.
Quyidagilar:
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulug‘bek nomli stipendiyalar soni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurslarning har bir ming nafar talabasiga o‘rtacha stipendiyaning ikki barobari miqdordagi bitta stipendiya hisobidan;
Imom al-Buxoriy nomli stipendiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining uch nafar yuqori kurslarning talabasiga o‘rtacha stipendiyaning ikki barobari miqdordagi bitta stipendiya hisobidan;
Islom Karimov nomli stipendiya har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurslarning talabasiga o‘rtacha stipendiyaning ikki barobari miqdordagi bitta stipendiya hisobidan belgilansin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasini yuqori saviyada o‘tkazish va tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi zimmasiga yuklansin”;
v) 1-ilovaning rus tilidagi matnining 1, 3, 4-bandlaridagi “mas’ul ijrochilar” grafasida “Komitet po koordinatsii razvitiya nauki i texnologiy” so‘zlari “Agentstvo po nauke i texnologiyam” so‘zlari bilan almashtirilsin.
g) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarkibida xitoyshunoslik fakultetini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 3-sentabrdagi PQ-2228-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnidan “Prorektor-direktor Sentra vostochnix rukopisey im. Abu Rayxona Beruni” va “Sentr vostochnix rukopisey im. Abu Rayxona Beruni” bloklari chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-maydagi PQ-2524-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Abu Rayhon Beruniy” so‘zlari “Islom Karimov” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Abu Rayhon Beruniy” so‘zlari “Islom Karimov” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 11-maydagi PQ-2527-son qarorida:
a) 4, 6, 7, 8-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2602-son qarorining nomidagi, 1-bandning ikkinchi xatboshidagi, 4-bandning ikkinchi xatboshidagi, 7-bandning birinchi xatboshidagi “Abu Rayhon Beruniy” so‘zlari “Islom Karimov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarori quyidagi mazmundagi 191 va 192 bandlar bilan to‘ldirilsin:
“191. Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi yagona ijtimoiy to‘lov va bojxona to‘lovlaridan boshqa barcha turdagi soliq va yig‘imlar, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilsin.
192. Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olingan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan ilmiy-laboratoriya uskunalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilmaydigan butlovchi va xarajat materiallar, qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya vositalari, material va uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Davlat komissiyasi qarorlariga muvofiq Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab- quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olingan ilmiy- tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga bepul topshirilayotgan ilmiy laboratoriyalari uchun ilmiy uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar soliqqa tortilmaydi;
oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda loyiha-konstruktorlik tashkilotlari davlat budjeti hisobidan ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlarini bajarishda foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi”.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 9-sentabrdagi PF-4362-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-son Farmoniga ilovaning 47-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi PF-4635-son Farmoniga ilovaning 6-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2008-yil 4-apreldagi PQ-831-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-noyabrdagi PQ-1426-son qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 21-noyabrdagi PQ-2071-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika akademik ilm-fani va oliy ta’limining integratsiyasini mustahkamlash chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qarorining 1 — 7, 10, 11-bandlari.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston tarixi sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 18-iyuldagi PQ-2562-son qarori. | 155 | 9,098 |
Qonunchilik | Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida | Mamlakatlar o‘rtasida madaniy, ilm-fan, ta’lim almashinuviga, investitsion iqlimni yaxshilashga va mamlakatimiz turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. 2020-yil 1-yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun tashuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga yo‘lovchilar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qilgan holda qaytish aviachiptasi mavjud bo‘lgan shartlarda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi belgilansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin. | 187 | 1,130 |
Qonunchilik | ChERNOGORIYA RESPUBLIKASINI TAN OLISh TO‘G‘RISIDA | 2006-yil 21-mayda Chernogoriya Respublikasida bo‘lib o‘tgan referendum yakunlari bo‘yicha mazkur Respublika parlamenti 2006-yil 3-iyunda Chernogoriya Respublikasi mustaqilligi to‘g‘risidagi Qaror va mustaqil Chernogoriya Respublikasi Deklaratsiyasini qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasi va 93-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq:
1. Chernogoriya Respublikasi alohida, suveren va mustaqil davlat sifatida tan olinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Chernogoriya Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazsin va erishilgan ahdlashuvlarni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirsin. | 49 | 685 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI HUZURIDAGI NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTLARINI VA FUQAROLIK JAMIYATINING BOShQA INSTITUTLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASh JAMOAT FONDINING VAZIFALARINI AMALGA OShIRISh UChUN ZARUR NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI HAMDA O‘ZBEK | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risidagi Nizom (1-ilova);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom (2-ilova);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining tarkibi (3-ilova) tasdiqlansin.
2. Fond faoliyatini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devonining shtat jadvaliga 3 ta qo‘shimcha shtat birligi (direktor, bosh buxgalter, mas’ul kotib) kiritilsin, ularning ta’minoti Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Fond deb yuritiladi) milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari bor, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti — mustaqil yuridik shaxsdir.
1.2. Fond o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga asosan amalga oshiradi.
Fond o‘z faoliyatida oshkoralik va ochiq-oydinlikni, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy axborot vositalariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ajratiladigan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlash prinsiplariga amal qiladi.
1.3. Fondning to‘liq rasmiy nomi:
davlat tilida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi”;
rus tilida: “Obщestvenniy Fond po podderjke negosudarstvennix nekommercheskix organizatsiy i drugix institutov grajdanskogo obщestva pri Oliy Majlise Respubliki Uzbekistan”;
ingliz tilida: “The Public Fund for suppopt of nongovernmental noncommercial organizations and other institutions of the civil society of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan”.
1.4. Fond O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma qaroriga binoan tashkil etiladi, uning faoliyati mamlakatning butun hududida amalga oshiriladi.
1.5. Fondning yuridik manzili:
Toshkent shahri ____
2.1. Fondning maqsadi mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga ko‘maklashishdan, ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish uchun obyektiv sharoitlar yaratishdan iborat.
2.2. Fondning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablag‘larni jamlash, ulardan fuqarolik jamiyati institutlari, mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar muammolarni hal qilishda ularning faol ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun foydalanilishini tashkil etish;
nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat tarzida, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam ko‘rsatish, ularning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirish, ularning mamlakatni demokratik yangilash hamda modernizatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etishi masalalari bo‘yicha chet ellik hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirish (birgalikdagi konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, treninglar o‘tkazish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hokazo) bilan bog‘liq loyihalar va dasturlarni ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish.
3.1. Fond:
o‘z faoliyati sohasiga doir axborotni davlat organlari nodavlat notijorat tashkilotlaridan hamda ommaviy axborot vositalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishga va o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tarqatishga;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan va o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bitimlar tuzishga;
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mol-mulkka ega bo‘lishga;
ixtiyoriy xayriyalar, homiylik badallari, grantlar va boshqa mablag‘lar olishga;
sudda, boshqa muassasalar va tashkilotlarda o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilishga;
fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritishga;
xalqaro aloqalar o‘rnatishga, hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzishga va xalqaro dasturlar hamda loyihalarda ishtirok etishga;
o‘z nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, o‘z nomi yozilgan shtamplar va blankalarga hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ramziy belgilarga ega bo‘lishga haqli.
Fond qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
3.2. Fond o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy axborot vositalariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘lar ajratish masalalarining ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi;
Davlat budjeti mablag‘lari belgilangan maqsadda sarflanishini, ulardan samarali foydalanilishini, moddiy resurslar nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari barqaror va mustahkam rivojlanishi, fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ta’siri oshirilishi uchun safarbar qilinishini ta’minlaydi;
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mintaqalarning aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlari hamda loyihalarini moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat tarzida, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishga moliyaviy yordam ko‘rsatadi;
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish hamda milliy nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari yutuqlarini targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha tadbirlar (konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, treninglar va shu kabilar) o‘tkazadi;
chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantiradi, chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar o‘tkazadi, chet ellik hamkorlar ishtirokidagi dasturlar va loyihalarni ro‘yobga chiqaradi, ularning grantlarini aniq ijtimoiy va umum ahamiyatga molik loyihalarni hal etishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishni rag‘batlantirishga jalb etadi;
tegishli litsenziya olganidan keyin nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining normativ-huquqiy, moddiy-moliyaviy, tashkiliy va kadrlarga oid jihatlariga bag‘ishlangan adabiyotlar nashr etadi;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
3.3. Fond:
o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirishi;
har yili hisobot e’lon qilishi, Fondning faoliyati va Fond mol-mulkidan foydalanish ochiq-oshkora bo‘lishini ta’minlashi;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar vakillari Fond tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etishiga imkon yaratishi;
o‘z faoliyati to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga, Fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasiga (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi), shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga, soliq va statistika organlariga hisobot taqdim etishi shart.
3.4. Fond o‘z faoliyatini oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash prinsiplari asosida amalga oshiradi, Davlat budjetidan nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy axborot vositalariga” va “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga beriladigan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlaydi. Fond o‘z faoliyati, nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy axborot vositalariga” va “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablag‘larning taqsimlanishi hamda ishlatilishi to‘g‘risidagi hisobotni har yili ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
3.5. Fond yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha huquqlaridan foydalanadi. Fond faoliyati va uni rivojlantirishning har yilgi dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
4.1. Fondning mol-mulkini asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qiymati Fond balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk tashkil etadi.
4.2. Fond mablag‘larini shakllantirish manbalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining hamda norezidentlarining) ixtiyoriylik asosidagi homiylik badallari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda beg‘araz beriladigan mablag‘lari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lardir.
4.3. Fondning mol-mulkidan garov yoki majburiyatlarni ta’minlashning boshqa vositasi sifatida, shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas.
4.4. Fond o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘z mol-mulki bilan javob beradi.
5.1. Fond faoliyatiga rahbarlikni quyidagilar amalga oshiradi:
Vasiylik kengashi, uning vazifalarini Parlament komissiyasi bajaradi;
Fond direktori — Fond ijro etuvchi devonining rahbari.
5.2. Parlament komissiyasi
Faoliyati maxsus Nizom bilan tartibga solinadigan Parlament komissiyasi Fond faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi yuqori rahbarlik organidir.
5.2.1. Parlament komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Fond mablag‘lari samarali taqsimlanishini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini chuqur o‘rganish asosida mintaqalarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
Fond mablag‘larini taqsimlashda ochiq-oshkoralikni ta’minlash, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlashda faol ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga keng jamoatchilikni jalb etish;
Fond mablag‘lari belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi, uning tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar hamda dasturlar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moliyaviy mustaqilligi hamda barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar va dasturlar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshirish;
eng muhim ustuvor dasturlar va loyihalarni, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik boshqa dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga ko‘maklashish;
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining erkin hamda mustaqil rivojlanishini ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani, iqtisodiy va huquqiy kafolatlarni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa vazifalar.
5.2.2. Parlament komissiyasining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Fond faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida qaror qabul qilish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash shakllaridan har biriga yo‘naltiriladigan mablag‘larning — subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarning hajmlarini belgilash;
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining loyihalari hamda dasturlarini sifatli tarzda tanlab olish, grant tanlovlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ekspert guruhlarini shakllantirish;
Fond faoliyati va uning qonun hujjatlariga, Fond to‘g‘risidagi nizomga, Parlament komissiyasi qarorlariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Fond to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlariga takliflar kiritish;
Fondning Ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasini shakllantirish;
Fondning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkidan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Fondning nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash turlari bo‘yicha yil choraklariga bo‘lgan holda bir yilga mo‘ljallangan daromadlari va xarajatlari smetasini, shuningdek Fondning budjetini, yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini hamda Fond Ijro etuvchi devonining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Fond faoliyatini har yilgi navbatdagi yoxud navbatdan tashqari auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Fond organlaridan Fond faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilish va olish;
Fondning Ijro etuvchi devoni va boshqa organlarining Fondning maqsad va vazifalariga zid qarorlarining ijrosini to‘xtatib qo‘yish yoki bunday qarorlarni bekor qilish;
Fond direktori lavozimiga nomzod taqdim etish;
Parlament komissiyasi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish.
5.2.3. Parlament komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida Fond ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin emas.
5.2.4. Parlament komissiyasining raisi va a’zolari o‘z vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
5.2.5. Parlament komissiyasi vakolatlariga kiradigan masalalar Fondning ijro etuvchi devoni yoki Taftish komissiyasi hal etishi uchun topshirilishi mumkin emas.
5.2.6. Parlament komissiyasining qarorlari oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, bu qarorlar Fondning ijro etuvchi devoni va boshqa organlari uchun majburiydir. Parlament komissiyasining har bir a’zosi bir ovozga ega.
5.2.7. Parlament komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi.
5.2.8. Parlament komissiyasining raisi quyidagi huquqlarga ega:
Parlament komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish;
Parlament komissiyasining majlislarini chaqirish;
Parlament komissiyasining qarorlarini tasdiqlash;
Parlament komissiyasi qarorlari bilan o‘ziga Fondni boshqarish bo‘yicha berilgan vakolatlarni amalga oshirish;
Parlament komissiyasining majlislari oralig‘idagi davrda Fond Ijro etuvchi devonining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Fond xarajatlarining tasdiqlangan smetasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
ushbu Nizom va amaldagi qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarini amalga oshirish.
5.3. Fondning ijro etuvchi devoniga Fond direktori boshchilik qiladi.
5.3.1. Fond direktori:
Fondning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi, Parlament komissiyasi Raisi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan vakolatlari doirasida Fondning moddiy javobgar shaxsi hisoblanadi va zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgardir;
davlat organlari, chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda Fond nomidan ish ko‘radi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Fond faoliyatiga taalluqli shartnomalar tuzadi, Fond nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;
Fond xarajatlari smetasini tuzadi va Parlament komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
Fond xodimlari bajarishi majburiy buyruqlar, farmoyishlar va boshqa normativ hujjatlar chiqaradi;
Fondning mol-mulkini, shu jumladan pul mablag‘larini boshqaradi, Parlament komissiyasiga Fond ijro etuvchi devonining faoliyati to‘g‘risida yiliga kamida ikki marta hisobot taqdim etadi, Parlament komissiyasi ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va takliflar tayyorlanishini ta’minlaydi hamda mazkur komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar va ko‘rsatmalarning bajarilishini ta’minlaydi;
Fond oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan barcha boshqa harakatlarni amalga oshiradi, Parlament komissiyasi vakolatiga kiradigan vakolatlar bundan mustasno.
5.3.2. Fond direktori Parlament komissiyasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma qarori bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
6.1. Fond mablag‘lari bevosita nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ularning buyurtmanomalari asosida va Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq subsidiyalar, grantlar, ijtimoiy buyurtma tariqasida ajratiladi.
Muayyan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda, ularning birlashmalari va uyushmalari — Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, Mintaqaviy siyosat fondi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston ekologiya harakati moliyalashtirishning mustaqil subyekti sifatida qaraladi. Mazkur muassasalarga ajratiladigan budjet mablag‘laridan devonlarining ta’minoti, shuningdek ularning ustavda belgilangan vazifalarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
6.2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini taqsimlash tartibi Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
7.1. Fondning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun Parlament komissiyasi tomonidan uch kishidan iborat tarkibda Taftish komissiyasi saylanadi.
7.2. Taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o‘zida Ijro etuvchi devon va Parlament komissiyasiga a’zo bo‘lishlari mumkin emas.
7.3. Fondning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish Parlament komissiyasining qaroriga binoan Fondning yillik faoliyati yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
7.4. Taftish komissiyasining talabiga ko‘ra Fondning mansabdor shaxslari unga Fondning moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishi shart.
7.5. Taftish komissiyasi Fondning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslari Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlangunga qadar ularni majburiy tartibda tekshirishni amalga oshiradi.
8.1. Fond buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritadi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa to‘lovlar to‘laydi.
8.2. Fondning o‘tgan yilgi faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobot har yili 20-martga qadar Parlament komissiyasiga taqdim etiladi. Fondning buxgalteriya balansi hisobotdan keyingi yilning 31-martiga qadar Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
8.3. Fondning moliyaviy-xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatini tekshirish yiliga bir marta O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, soliq va boshqa organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
8.4. Qonun hujjatlariga muvofiq Fond o‘z faoliyatining har yilgi auditorlik tekshiruvini o‘tkazadi.
Auditorlik tashkilotini tanlash Parlament komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Fond faoliyatining auditorlik tekshiruviga Fondning faoliyati bilan bog‘liq shaxslar auditor sifatida jalb etilishi mumkin emas.
9.1. Fond to‘g‘risidagi nizomga qonun hujjatlari hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
9.2. Fond to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining tegishincha Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida tasdiqlanishi lozim bo‘lgan qo‘shma qarori bilan kiritiladi.
9.3. Fond to‘g‘risidagi nizomga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
10.1. Fond O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qaroriga binoan qayta tashkil etilishi mumkin.
Fondni qayta tashkil etishga faqat boshqa Fondga qo‘shib yuborilgan, boshqa Fond qo‘shib olingan yoki boshqa Jamoat fondiga qo‘shilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
10.2. Fondni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarori, sudning hal qiluv qarori asosida yoki O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda amalga oshiriladi.
10.3. Fondni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tayinlaydigan Tugatish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
10.4. Tugatish komissiyasi Fond joylashgan erdagi matbuot organida Fondning tugatilishi, tugatish tartibi va kreditorlar tomonidan da’volarni taqdim etish muddatlari haqida e’lon beradi.
10.5. Tugatish komissiyasi:
lozim bo‘lgan ekspertlarni jalb etgan holda Fondning mol-mulkini baholaydi;
Fondning kreditorlari va debitorlarini aniqlaydi hamda ular bilan hisob-kitob qiladi;
uchinchi shaxslarga Fondning qarzlarini to‘lash choralarini ko‘radi;
tugatish balansini tuzadi va tasdiqlash uchun uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga taqdim etadi.
10.6. Fondning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan e’tiboran tugatish tamomlangan, Fond esa o‘z faoliyatini tugatgan hisoblanadi.
10.7. Fondning kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki Parlament komissiyasi, Ijro etuvchi devon, Taftish komissiyasi a’zolari yoki Fondning xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan Fond qaysi maqsadda tuzilgan bo‘lsa, o‘sha maqsadda va homiylik maqsadlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 87-moddasiga muvofiq tashkil etiladi.
1.2. Parlament komissiyasi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining (bundan buyon matnda Fond deb yuritiladi) Vasiylik kengashi vazifalarini ham bajaradi, Fond faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantiradi, mazkur faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi.
1.3. Parlament komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari orasidan, Adliya va Moliya vazirliklari tegishli tuzilmalarining, respublika nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillaridan rais, uning o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiya a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
1.4. Parlament komissiyasi o‘z faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
2.1. Parlament komissiyasining maqsadi mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga ko‘maklashishdan, ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish uchun obyektiv sharoitlar yaratishdan iborat.
2.2. Parlament komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Fond mablag‘lari samarali taqsimlanishini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini chuqur o‘rganish asosida mintaqalarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
Fond mablag‘larini taqsimlashda ochiq-oshkoralikni ta’minlash, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlashda faol ishtiroki masalalarini muhokama qilishga keng jamoatchilikni jalb etish;
Fond mablag‘laridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi, uning tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar va dasturlar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moliyaviy mustaqilligi hamda barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar va dasturlar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshirish;
eng muhim ustuvor dasturlar va loyihalarni, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik boshqa dasturlar va loyihalarni ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga ko‘maklashish;
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining erkin hamda mustaqil rivojlanishini ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani, iqtisodiy va huquqiy kafolatlarni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa vazifalar.
3.1. Parlament komissiyasi yuqori rahbarlik organi bo‘lib va Fondning Vasiylik kengashi vazifalarini bajara borib, quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Fond faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida qaror qabul qilish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash shakllaridan har biriga yo‘naltiriladigan mablag‘larning — subsidiyalar, grantlar va sotsial buyurtmalarning hajmlarini belgilash;
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari loyihalari hamda dasturlarini sifatli tarzda tanlab olish, grant tanlovlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ekspert guruhlarini shakllantirish;
Fond faoliyati va uning qonun hujjatlariga, Fond to‘g‘risidagi Nizomga, Parlament komissiyasi qarorlariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Fond to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlariga takliflar kiritish;
Fondning Ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasini shakllantirish;
Fondning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkidan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Fond faoliyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablag‘larning taqsimlanishi hamda ishlatilishi to‘g‘risidagi har yili ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan hisobot loyihasini ko‘rib chiqish;
Fondning nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash turlari bo‘yicha yil choraklariga bo‘lgan holda bir yil uchun mo‘ljallangan daromadlari va xarajatlari smetasini, shuningdek Fondning budjetini, yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini hamda Fond Ijro etuvchi devonining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Fond faoliyatini har yilgi navbatdagi yoki navbatdan tashqari auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Fond organlaridan Fond faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilish va olish;
Fond Ijro etuvchi devoni va boshqa organlarining Fondning maqsad va vazifalariga zid qarorlarining ijrosini to‘xtatib qo‘yish yoki bunday qarorlarni bekor qilish;
Fond Direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish;
Parlament komissiyasi vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
3.2. Parlament komissiyasi vakolatlariga taalluqli masalalar Fondning Ijro etuvchi devoniga yoki Taftish komissiyasiga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas.
3.3. Parlament komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida Fondning Ijro etuvchi devoni yoki Taftish komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin emas.
3.4. Parlament komissiyasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi.
4.1. Parlament komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan rais, uning o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiya a’zolaridan iborat bo‘ladi. Parlament komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, Adliya va Moliya vazirliklari tegishli tuzilmalarining, respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari kiradi.
4.2. Parlament komissiyasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qo‘shma qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Parlament komissiyasi a’zolari umumiy sonining 2/3 qismi talabiga binoan Parlament komissiyasi raisini muddatidan oldin lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga va Senatining Kengashiga tegishli so‘rovnoma kiritish haqidagi masalani ko‘rib chiqish to‘g‘risida komissiya majlisi chaqirilishi mumkin.
4.3. Parlament komissiyasi raisining o‘rinbosari va mas’ul kotib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlangan Parlament komissiyasi a’zolari tarkibidan Parlament komissiyasi tomonidan ochiq yoki yopiq ovoz berish yo‘li bilan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi.
Parlament komissiyasi raisining o‘rinbosari va mas’ul kotibni lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi qaror Parlament komissiyasi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan ochiq yoki yopiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
4.4. Parlament komissiyasi raisi quyidagi huquqlarga ega:
Parlament komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish;
Parlament komissiyasining majlislarini chaqirish va olib borish;
Parlament komissiyasi qarorlarini tasdiqlash;
Parlament komissiyasi nomidan vakillikni amalga oshirish;
Parlament komissiyasining ekspert guruhlari rahbarlari o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini belgilash va tasdiqlash;
Parlament komissiyasining qarorlari bilan o‘ziga Fondni boshqarish bo‘yicha berilgan vakolatlarni amalga oshirish;
Parlament komissiyasining majlislari oralig‘idagi davrda Fond Ijro etuvchi devonining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Fond xarajatlarining tasdiqlangan smetasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
ushbu Nizom va amaldagi qonun hujjatlaridan kelib chiquvchi boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
4.5. Parlament komissiyasi raisining o‘rinbosari Rais yo‘qligida uning vazifasini bajaradi, Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.
4.6. Parlament komissiyasi mas’ul kotibi Parlament komissiyasining faoliyati samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi, majlislar bayonnomalarini yuritadi.
4.7. Parlament komissiyasi raisining va komissiya a’zolarining taqdimnomasiga binoan Parlament komissiyasi tarkibiga keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Senatining Kengashi tasdig‘iga kiritish sharti bilan o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
4.8. Parlament komissiyasi qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun ekspert guruhlarini tuzishi mumkin. Bu guruhlarning faoliyati Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha ekspert guruhlarini tuzishda ishga jalb etiladigan ekspertlarning professional va hayotiy tajribasi hisobga olinadi.
4.9. Parlament komissiyasi raisi, uning o‘rinbosari va komissiya a’zolari o‘z vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
Parlament komissiyasi raisi va uning o‘rinbosarining o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlari Fond mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin. Parlament komissiyasining joriy faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar ham Fond mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
5.1. Parlament komissiyasining ish tartibi Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
5.2. Parlament komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi.
Parlament komissiyasining majlislari Parlament komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan chaqiriladi, ular bu haqda komissiya a’zolarini, qoida tariqasida, kamida ikki kun avval xabardor qiladilar.
Parlament komissiyasining majlislari mobaynida ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish huquqi Parlament komissiyasi raisiga, uning o‘rinbosariga va Parlament komissiyasi a’zolariga, shuningdek Fond Direktoriga tegishlidir.
Parlament komissiyasining majlislari, agar ularda Parlament komissiyasi a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatlidir.
Parlament komissiyasining majlisini Parlament komissiyasining raisi yoki uning o‘rinbosari olib boradi.
Parlament komissiyasining majlisi ochiq o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda Parlament komissiyasi yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
5.3. Parlament komissiyasining navbatdan tashqari majlisi Parlament komissiyasi raisining tashabbusi bilan, shuningdek Parlament komissiyasi a’zolarining yoki Taftish komissiyasi a’zolarining yozma ravishdagi talabiga binoan chaqiriladi.
5.4. Parlament komissiyasining barcha a’zolari teng huquqlardan foydalanadilar, Parlament komissiyasining har bir a’zosi bir ovozga ega.
5.5. Parlament komissiyasi o‘z vakolatlari doirasida bayonnoma bilan rasmiylashtiriladigan va ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadigan Qaror qabul qiladi.
Parlament komissiyasining bayonnomalarini mas’ul kotib imzolaydi, rais yoki uning o‘rinbosari yoxud Parlament komissiyasining majlisida raislik qilgan Parlament komissiyasi a’zosi tasdiqlaydi. Shundan so‘ng Parlament komissiyasi qarorlari Parlament komissiyasi a’zolariga, Fondga ijro uchun yetkaziladi.
Parlament komissiyasining qarorlari Fondning Ijro etuvchi devoni ijro etishi uchun majburiydir.
5.6. Parlament komissiyasi a’zolari komissiya majlislarida hozir bo‘lishlari shart. Parlament komissiyasi a’zolari Parlament komissiyasining majlislarida ishtirok eta olmasliklari haqida Parlament komissiyasi raisi yoki mas’ul kotibini oldindan yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
5.7. Parlament komissiyasining majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ilmiy muassasalar vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot, televideniye, radio va O‘zbekistonning boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.
6.1. Parlament komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qo‘shma qarori bilan kiritiladi.
6.2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining Parlament komissiyasini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha qo‘shma qarori tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining majlislarida tasdiqlanishi kerak. | 250 | 38,701 |
Qonunchilik | FVV tizimi organlarining ish tartibi belgilandi | Vazirlar Mahkamasining 9.08.2017 yildagi 606-son qarori bilan FVV, Oʻzgidromet va "Davsuvхoʻjaliknazorat" davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV)
Vazirlik tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, gidrometeorologiya, gidroteхnik inshootlarning barqaror faoliyatini ta’minlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalarni beхatar ishlatilishini, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish ishlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlikning markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari, Gidrometeorologiya хizmati markazi, «Davsuvхoʻjaliknazorat» davlat inspeksiyasi, Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, shuningdek idoraviy boʻysunuvdagi boshqa tashkilotlar FVVning yagona tizimini tashkil etadi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri Bosh vazir taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosarlar Prezident tomonidan lavozimiga tayinlanadi va undan ozod etiladi (ilgari – Vazirlar Mahkamasi tomonidan).
Pochta manzili: 100084, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Kichik halqa yoʻli, 4-uy.
FVV huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati markazi (Oʻzgidromet)
Gidrometeorologiya sohasidagi masalalarni hal qiluvchi maхsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Markaziy apparat, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari, «Gidrometpribor» ilmiy-ishlab chiqarish korхonasi, «Meteoinfosistem» aхborot-teхnik boshqarmasi, Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent gidrometeorologiya kasb-hunar kolleji, shuningdek idoraviy boʻysunuvdagi boshqa tashkilotlar “Oʻzgidromet”ning yagona tizimini tashkil qiladi.
Oʻzgidromet bosh direktori Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, birinchi oʻrinbosari esa — Prezident bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Bunda bosh direktor maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, bosh direktorning birinchi oʻrinbosari esa — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Oʻzgidrometning pochta manzili: 100052, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yoʻli 1-tor koʻcha, 72-uy.
FVV huzuridagi Katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holatini hamda beхatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Davsuvхoʻjaliknazorat)
Ushbu davlat boshqaruvi organi gidroteхnika inshootlari хavfsizligini davlat tomonidan nazorat qilish sohasida maхsus vakolatli organ hisoblanadi. Uning tuzilmasiga hududiy inspektorlar kiradi.
Inspeksiya quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi:
Davsuvхoʻjaliknazoratga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi. Oʻz oʻrinbosarini boshliq favqulodda vaziyatlar vaziri bilan kelishgan holda tayinlaydi.
Davsuvхoʻjaliknazorat хodimlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha:
Davsuvхoʻjaliknazorat pochta manzili: 100200, Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, Turkqoʻrgʻon koʻchasi, 26-uy.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 47 | 3,384 |
Qonunchilik | “TOMOShA” BOLALAR MUSIQIY TEATR-STUDIYASI FAOLIYATINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda iqtidorli yosh aktyorlar faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi (keyingi o‘rinlarda teatr-studiyasi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar teatr-studiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
bolalarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish, ijodiy faolligini shakllantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash;
teatr va qo‘shiq san’atining maftunkor jozibasi vositasida, bolalar ma’naviy olamini boyitish, ularni har taraflama yetuk insonlar bo‘lib kamol topishlariga ko‘maklashish;
jahon klassik musiqasi, madaniyati va san’atining yorqin namunalari bilan tanishtirish hamda milliy mumtoz san’atimiz, xalq ijodiyotining serqirra jilolalarini bolalarga o‘rgatib, ularning dunyoqarashlarini boyitish;
turli bolalar festivallari, ko‘rik-tanlovlar, taniqli san’atkorlar bilan uchrashuv va anjumanlar o‘tkazish;
iqtidorli yoshlarni tanlab, ularni san’at olamiga qadam qo‘yishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish.
3. Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Toshkent viloyati hokimligi balansidagi “Turon” axborot-kutubxona markazi joylashtirilgan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy manzilidagi binoning bir qismini teatr-studiyasi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
4. Toshkent viloyati hokimligi ushbu qarorning 3-bandida ko‘rsatib o‘tilgan “Turon” axborot-kutubxona markazi joylashtirilgan binoning bir qismini teatr-studiyasi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul o‘tkazilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda teatr-studiyasining tashkiliy tuzilmasini, shtatlar jadvalini hamda ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
teatr-studiyasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, joylashtirilishini va malakali mutaxassislar bilan butlanishini ta’minlasin.
6. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Toshkent shahar, Hamza tumani, Quruvchilar ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan “Uy qurilish” madaniyat saroyi binosining Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markaziga tasarruf etish huquqisiz berilganligi inobatga olinsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, teatr-studiyasi faoliyatini moliyalashtirish yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
8. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-martdagi 99-f-sonli farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 80 | 3,347 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARINI TAYYORLASh TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qiladigan qonunlarni tayyorlash tartibini belgilaydi.
Ushbu Qonun qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan organlar va shaxslarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga yoki tavsiyasiga binoan yoxud o‘z tashabbusi bilan qonun loyihalari ustida ishlayotgan vazirliklar, idoralar, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalarining faoliyatiga tatbiq etiladi.
Qonunlar O‘zbekiston Respublikasi xalqining xohish-irodasini ifoda etishi, turli siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalar va jamiyat guruhlari manfaatlarining o‘zaro murosasini ta’minlashi lozim.
Qonun loyihalarini tayyorlash oshkoralik, jamoatchilik fikrini o‘rganish va hisobga olish asosida, Oliy Majlis deputatlarining, partiya fraksiyalarining (bloklarining), davlat organlari va jamoat birlashmalarining ishtirokida amalga oshiriladi. Loyihalarni tayyorlashga ilmiy muassasalar, o‘quv yurtlari, olimlar, xalq xo‘jaligi tegishli tarmoqlarining mutaxassislari va yuridik xizmatlari jalb etiladi.
Qonun loyihalari umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi mumkin.
Oliy Majlis o‘z faoliyatida qonun yaratuvchilik ishining quyidagi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolga mo‘ljallangan va joriy rejalar ishlab chiqadi hamda qabul qiladi:
1) inson huquqlariga rioya etilishi hamda demokratik prinsiplarni hayotga yanada kengroq joriy etish;
2) davlat qurilishi;
3) bozor iqtisodiyotini shakllantirish;
4) xalqaro munosabatlarni rivojlantirish.
Qonun loyihalarini tayyorlash chog‘ida qonunchilik tizimi va prinsiplari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olinadi.
Qonun loyihasi ustida ishlayotgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va shaxslar loyihaning ushbu Qonun talablariga muvofiq sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashlari shart.
Qonun loyihasi har tomonlama asoslangan bo‘lishi, inson huquqlari ustuvorligi prinsiplaridan kelib chiqishi, jamiyat va davlatning manfaatlarini aks ettirishi kerak.
Oliy Majlisning qo‘mitalari va komissiyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari o‘zlariga topshirilgan tarmoqlar yoki boshqaruv sohasida, respublika jamoat birlashmalarining rahbar organlari o‘zlarining ustavlarida belgilangan vazifalarga muvofiq qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini va uning samaradorligini o‘rganishni tashkil etadilar hamda zarurat bo‘lsa, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadilar.
Oliy Majlis Kengashi:
1) loyihalarni tayyorlash ishining rejalashtirilishini tashkil etadi, rejalar bajarilishi ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi;
2) Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalariga, davlat organlari va jamoat birlashmalariga loyihalarni ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq hamda tavsiyalar beradi;
3) qonun loyihalariga doir konsepsiyalarni ko‘rib chiqadi;
4) qo‘mitalar va komissiyalar, davlat organlari va jamoat birlashmalarining loyihalarni tayyorlashning borishi to‘g‘risidagi axborotlarini eshitadi;
5) Oliy Majlis deputatlariga loyihalarni tayyorlash ishida yordam beradi va ko‘maklashadi;
6) zarur hollarda loyihalarni umumxalq muhokamasiga qo‘yadi;
7) loyihalarni dastlabki yoki qo‘shimcha tarzda ko‘rib chiqish uchun Oliy Majlisning tegishli qo‘mitalari va komissiyalariga topshiradi;
8) davlat organlari va jamoat birlashmalarining amaldagi qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti va uning samaradorligi to‘g‘risidagi axborotlarini eshitadi;
9) Oliy Majlis muhokamasiga kiritiladigan qonun loyihalari, ularga doir boshqa zarur materiallar bilan Oliy Majlis deputatlari o‘z vaqtida ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
10) ushbu Qonunning talablari buzilgan taqdirda, qonun loyihasini uni kiritgan organga qaytaradi;
11) zarur hollarda qonun loyihalarini tayyorlash yuzasidan tanlov e’lon qiladi.
Oliy Majlis Kengashi loyihalarni tayyorlash ishini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari:
1) o‘z tashabbusi bilan yoki Oliy Majlis, uning Kengashi topshirig‘iga ko‘ra qonun loyihalarini ishlab chiqadi va ularni Oliy Majlis muhokamasiga kiritadi;
2) loyihalarni tayyorlash yoki dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiyalar yoki ishchi guruhlari tuzadi;
3) loyihalar yuzasidan tegishli davlat organlari, jamoat birlashmalari va ilmiy muassasalarning fikrini so‘raydi;
4) loyihalar yuzasidan tushgan takliflarni umumlashtiradi va ko‘rib chiqadi.
Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari loyihalarni tayyorlash ishini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Oliy Majlis deputati:
1) Oliy Majlisga, uning Kengashi yoki Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalariga loyihalar ishlab chiqish to‘g‘risida takliflar kiritishi mumkin;
2) tegishli davlat organlari va jamoat birlashmalariga murojaat qilishga haqlidir, bu organlar va birlashmalar loyihani ishlab chiqishda unga yordam ko‘rsatishlari, axborot materiallari va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashlari shart;
3) Oliy Majlis yoki uning organlari loyihalar tayyorlash uchun tuzadigan komissiyalar va ishchi guruhlarining ishida qatnashadi;
4) qonun loyihalarini tayyorlash chog‘ida saylovchilarning fikrini hisobga oladi.
Oliy Majlis deputati loyihalarni tayyorlash ishini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi:
1) o‘z tashabbusi bilan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis yoki uning Kengashi topshirig‘iga binoan qonun loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni Oliy Majlis muhokamasiga kiritadi;
2) vazirliklar va idoralarga loyihalar tayyorlash to‘g‘risida topshiriqlar beradi, loyihalarni tayyorlashga doir ishlarni birlashtirib va yo‘naltirib turadi;
3) qonun loyihalari yuzasidan davlat organlari, jamoat birlashmalari va ilmiy muassasalarning fikrini so‘raydi;
4) Oliy Majlisga loyihani umumxalq muhokamasiga qo‘yish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritadi;
5) vazirliklar va idoralarning amaldagi qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti va uning samaradorligini o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi axborotlarini eshitadi.
Vazirlar Mahkamasi loyihalarni tayyorlash ishini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
1) qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
2) yuqori organlarning topshirig‘iga binoan va o‘z tashabbusi bilan qonun loyihalarini tayyorlaydi, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari bilan birgalikda loyihalarni tayyorlashda ishtirok etadi;
3) qonun loyihalarini tayyorlash zaruratiga oid masalalarni davlat boshqaruvi organlari bilan dastlabki tarzda kelishib oladi;
4) Oliy Majlis va uning organlarining yoki Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga muvofiq qonun loyihalari yuzasidan yuridik xulosalar beradi;
5) qonun loyihalarini tayyorlashni amalga oshirayotgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
6) qonun ijodkorligi masalalarida davlat boshqaruvi organlarining faoliyatiga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
7) Oliy Majlisni, uning organlarini va Vazirlar Mahkamasini qonun loyihalarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan xabardor qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi loyihalarni tayyorlash ishini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Qonun loyihalarini tayyorlash uchun komissiyalar, ishchi va tahrir guruhlari tuzilishi mumkin.
Oliy Majlis, uning Kengashi yoki Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari tuzadigan tayyorlov komissiyalari tarkibiga deputatlar, davlat organlari, jamoat birlashmalari, ilmiy muassasalar, o‘quv yurtlarining vakillari, mutaxassislar va olimlar kiritilishi mumkin.
Qonun loyihasini tayyorlash topshirilgan davlat organi yoki jamoat birlashmasi loyihani ishlab chiqishda ishtirok etayotgan organlarning, boshqa manfaatdor davlat organlari va jamoat birlashmalarining, ilmiy muassasalarning vakillaridan, mutaxassislar va olimlardan iborat komissiya tuzishi mumkin.
Loyiha ustida ish boshlangunga qadar loyihani tayyorlayotgan komissiya yoki organ (organlar) qonunning konsepsiyasini ishlab chiqadi, uning maqsadini, amal qilish sohasini, tarkibiy tuzilishini, qonun hujjatlari tizimidagi o‘rnini aniqlaydi.
Loyihani tayyorlayotgan organning iltimosiga ko‘ra vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar loyiha yuzasidan xulosalar beradilar, maslahatlar berish uchun mutaxassislar ajratadilar, zarur materiallarni taqdim etadilar.
Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari, davlat organlari va jamoat birlashmalari qonun loyihasini tayyorlash chog‘ida:
1) loyiha mavzusi bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini o‘rganadilar va hisobga oladilar, jamiyatning huquqiy jihatdan tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojini, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta’sir etuvchi sabablar va shartlarni aniqlaydilar;
2) qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan davlat organlari va jamoat birlashmalarining, mehnat jamoalari va fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy muassasalar, olimlar va mutaxassislarning takliflarini, shuningdek jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi boshqa vositalarning ma’lumotlarini umumlashtiradilar hamda ulardan foydalanadilar;
3) qonun bilan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini hisobga oladilar.
Tartibga solinayotgan munosabatlarning xususiyatiga va o‘ziga xos jihatlariga qarab qonun aktining loyihasi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yoki Oliy Majlis qarorining loyihasi tariqasida tayyorlanadi.
Loyiha uni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan organ tomonidan manfaatdor davlat organlari va jamoat birlashmalariga, shuningdek ilmiy muassasalarga va o‘quv yurtlariga taqriz uchun yuborilishi mumkin, ular loyiha yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini ma’lum qiladilar.
Loyihani dastlabki tarzda muhokama etish chog‘ida bildirilgan yoki unga doir taqrizlarda bayon etilgan taklif va mulohazalar keyinchalik loyiha ustida ish olib borilganda ko‘rib chiqiladi va umumlashtiriladi.
Qonunni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarning (amalga kiritish tartibi to‘g‘risidagi hujjatlarning, hukumat va idoralarning normativ hujjatlari va shu kabilarning) loyihalari, ilgari qabul qilingan qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish yoki bu qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi takliflar, qoida tariqasida, qonun loyihasi bilan bir vaqtda ishlab chiqiladi. Bu normativ hujjatlar yangi qonun qabul qilinishi bilan bir vaqtda yoki uni amalga kiritguncha yoxud u qabul qilinganidan keyin mumkin qadar qisqa muddat ichida qabul qilinadi.
Qonun loyihalari ekspert baholashidan o‘tkazilishi mumkin. Ekspertiza Oliy Majlis qo‘mitasida, komissiyasida loyiha ustidagi ishlar tugallanganidan keyin o‘tkaziladi.
Qonun loyihasini ekspertizadan o‘tkazishga olimlar, amaliyotchi xodimlar va boshqa shaxslar jumlasidan bo‘lmish yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi.
Loyihani ekspertizadan o‘tkazish natijalari yuzasidan ekspertlar tegishli xulosa taqdim etadilar.
Basharti tayyorlangan qonun loyihasi uni ishlab chiquvchilar oldiga qo‘yilgan vazifalarga javob bermaydi deb topilsa, Oliy Majlis va uning organlari ushbu loyihani tayyorlash yuzasidan tuzilgan komissiya yoki ishchi guruhini tarqatib yuborish to‘g‘risida va bunday guruhni yangi tarkibda tuzish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Yangi qonunning samaradorligini o‘rganish maqsadida Oliy Majlis o‘z tashabbusi bilan yoki qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan organlar va shaxslarning taklifiga binoan mazkur qonunni ayrim hududda yoki xalq xo‘jaligining biror tarmog‘ida tajriba tariqasida vaqtincha joriy etish to‘g‘risidagi masalani hal qilishi mumkin.
Qonun loyihasida normativ ko‘rsatmalar moddalar shaklida bayon etiladi. Kodekslar va boshqa qonunlarning moddalariga, qoida tariqasida, sarlavha qo‘yiladi.
Qonun loyihalari muqaddimaga ega bo‘lishi, bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar va paragraflarga, moddalari esa qismlar, bandlar va kichik bandlarga bo‘linishi mumkin. Bo‘limlar, boblar, moddalar, moddalarning qismlari, bandlari va kichik bandlari loyiha mavzui mantiqan rivojlanib borishini ta’minlaydigan tarzda ketma-ket joylashtiriladi.
Qonun loyihasidagi qoidalar aniq va ravshan bo‘lishi lozim. Loyihada ishlatiladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llaniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha ta’rifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qo‘llaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berib o‘tiladi.
Qonun loyihasida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi zarur: qonun aktining turi; uning asosiy mazmunini aks ettiruvchi sarlavhasi; qonun aktiga imzo qo‘yuvchi mansabdor shaxsning nomi.
Qonun loyihasida zarur hollarda uni amalga kiritish muddati va tartibi ko‘rsatiladi.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan organlar va shaxslar qonun loyihalarini Oliy Majlis muhokamasiga kiritadilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oliy Majlisda qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan vazirliklar, idoralar va boshqa organlar yoki jamoat birlashmalari tomonidan tayyorlangan qonun loyihalari, agar loyihani tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqish natijalarini hisobga olgan holda, shuningdek ushbu Qonunning talablari buzilgan taqdirda maromiga yetkazish uchun qaytarilishi mumkin.
Qonun loyihasini Oliy Majlisga kiritish chog‘ida uni qabul qilish zarurligi asosi, shuningdek loyiha kelishib olingan davlat organlari va jamoat birlashmalarining ro‘yxati ham taqdim etiladi. Amalga oshirish uchun qo‘shimcha moddiy va boshqa xarajatlar talab qilinadigan loyiha taqdim etilayotganda unga moliyaviy-iqtisodiy asoslar ilova qilinadi.
Loyihani tayyorlashda qatnashgan va bu loyihaga e’tirozi bo‘lgan davlat organining yoki jamoat birlashmasining rahbari o‘zi rozi bo‘lmagan qoidalarning mohiyati yuzasidan asoslantirilgan fikrini taqdim etadi.
Oliy Majlisga kiritilgan qonun loyihalari Oliy Majlisning Reglamenti qoidalariga muvofiq muhokama qilinadi. | 59 | 14,727 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh VAZIRINING O‘RINBOSARI — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QO‘MITASI RAISI N. XANOVNING “UY-JOY FONDINI VA IJTIMOIY INFRATUZILMA OBYEKTLARINI QIShKI MAVSUMDA ISSIQLIK BILAN TA’MINLAShNING HOLATI TO‘ | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi N. Xanovning “Uy-joy fondini va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qishki mavsumda issiqlik bilan ta’minlashning holati to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda o‘z sa’y-harakatlarini qishki mavsumda uy-joy fondi va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning so‘zsiz bajarilishiga qaratsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 841 |
Qonunchilik | YoSh OILALARNI MODDIY VA MA’NAVIY QO‘LLAB-QUVVATLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturiga muvofiq va yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, mehnat faoliyatini boshlash va mustaqil hayotga kirib kelishida ularga zarur yordam ko‘rsatish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish mexanizmlari va amaliy rag‘batlantirish omillarini yaratish hamda ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
1. Quyidagilar joylardagi davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Mahalla” jamg‘armasi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining eng muhim vazifasi hisoblansin:
respublikamizning har bir hududida yangi ish o‘rinlari ochish, yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikka faol jalb qilish, yosh oilalarga o‘z ishini tashkil etish uchun mikrokreditlar ajratish, kasanachilikni rivojlantirish, ularga imtiyozli ravishda qoramollar sotish asosida mehnat bilan bandligini ta’minlash va yosh oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish;
yosh oilalarga ipoteka va iste’mol kreditlari ajratish yo‘li bilan uy-joy sotib olish yoki qurish, uy xo‘jaligini yo‘lga qo‘yishda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
yosh oilalarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshlarda o‘zi qurgan yangi oila uchun g‘urur va mas’uliyat hissini, ota-onaga, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom, mehnat qilish va xalqimizning boqiy ma’naviy qadriyatlari ruhida bola tarbiyalashga intilish tuyg‘ularini shakllantirish;
kam ta’minlangan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan nikohdan o‘tish va to‘y marosimlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish.
2. Tijorat banklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlar asosida yosh oilalarga ipoteka, iste’mol kreditlari va mikrokreditlar shaklida quyidagi maqsadlar uchun 2007-yilda 50,0 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish;
uy-joy qurish, ta’mirlash va sotib olish (ijaraga olish);
uy-xo‘jaligini yo‘lga qo‘yish;
mebel va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan hayotiy zarur tovarlar sotib olish.
Tijorat banklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga yosh oilalarga ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun 2007-yilga mo‘ljallangan hajmdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha kredit mablag‘larini izlab topish va ajratish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflarni har yili Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya etilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, qonunchilikka muvofiq, yosh oila toifasiga turmush qurganlarning yoshi 30 yoshdan oshmagan, yoki bolalarni (bolani) 30 yoshdan oshmagan ota-onadan biri, shu jumladan, turmushidan ajrashgan erkak (ayol), beva (beva ayol) kishilar tarbiyalayotgan oilalar kiritiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonda ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Davlat mulki qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda:
2007-yil 1-sentabrgacha davlat tasarrufida bo‘lgan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va ko‘p xonadonli uylardagi bo‘sh turgan xonalarni ulardagi maishiy sharoitlarning yosh oilalar yashashi uchun mos kelishi nuqtai-nazaridan inventarizatsiya qilsin;
2007-2008-yillar davomida Nukus shahrida, har bir viloyat markazi va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uy-joylar va ko‘p xonadonli uylardagi bo‘sh turgan xonalar negizida oilaviy yotoqxonalar va yosh oilalar uchun imtiyozli narxlarda ijaraga beriladigan kvartiralar tashkil etsin.
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur bandga muvofiq yosh oilalarga beriladigan uy-joyni ta’mirlashni moliyalash hamda uni zarur sanitariya-maishiy asboblar bilan jihozlash tegishli mahalliy budjetlarning daromad qismi ko‘rsatkichlarining oshirib bajarilgan summasi hamda “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida jalb qilinayotgan homiylar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va ko‘p xonadonli uylardagi bo‘sh turgan xonalarni yosh oilalarga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin. | 98 | 5,411 |
Qonunchilik | R.A. Giniyatullinni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida | Mamlakatimizning qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining Orol havzasi loyihalarini boshqarish agentligi rahbari Rim Abdulovich Giniyatullin “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlansin. | 74 | 317 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning malakali ekspert tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, sud ekspertizasi sohasidagi tadqiqotlarning ilmiy asoslanganligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2012 — 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazini rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) xodimlarining cheklangan umumiy soni 177 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarni hisobga olmagan holda), ulardan boshqaruv xodimlari 49 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va ajratilgan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasida sud ekspertizasi institutini har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish;
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish, jamoat tartibini, xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatlar va huquqbuzarlikka qarshi kurashish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga maxsus bilimlarni qo‘llash yo‘li bilan ko‘maklashish;
huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning maxsus bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tizimli o‘rganish, zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlari, ilmiy tavsiyalar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida yangi metodikalarni sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etish;
fuqarolik, xo‘jalik ishlari, ma’muriy va jinoiy ishlar, tergovgacha tekshiruvlar materiallari bo‘yicha sud ekspertizalarini, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha ekspert ixtisosliklarga muvofiq tadqiqotlarni o‘tkazish;
davlat sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha faoliyatni tashkil qilish
maxsus bilimlar va texnika vositalarini qo‘llashda huquqni muhofaza qilish va sud organlari xodimlariga metodik yordam ko‘rsatish, ularni sud ekspertizasi sohasidagi zamonaviy yutuqlar va imkoniyatlar bilan tanishtirish;
maxsus bilimlar asosida huquqbuzarliklarni sodir etishga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularning oldini olishga doir takliflar ishlab chiqish;
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
ayrim og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar, jinoyatchilar qoldirgan biologik izlar, shaxsi aniqlanmagan murdalar, shuningdek bedarak yo‘qolgan shaxslar bo‘yicha DNK ma’lumotlari milliy bazasini (genom ma’lumotlarni) yaratishga doir tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksini ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlasin;
2013-2014-yillarda Markazda tadqiqotlarning raqamli texnologiyalar, shuningdek elektroakustik montaj belgilari asosida audio va videomanbalarni kompleks tadqiq qilish; yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqlari qiymatini ekspert baholash; tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi; sud-ekologik, sud-siyosatshunoslik-lingvistik, sud-filologik ekspertizalar kabi yangi turlarini tashkil etish tadbirlari rejasini ikki oy muddatda tasdiqlasin;
fan va texnikaning so‘nggi yutuqlariga, ilmiy tavsiyalarga asoslangan yangi tadqiqotlar turlari Markazning sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etilishining holati yuzasidan doimiy monitoringni ta’minlasin.
4. Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2022-yil 1-yanvardan boshlab Markazning rahbar xodimlariga va ekspertlariga alohida mehnat sharoitlari uchun tarif stavkasiga rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblab yozishda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan har oylik ustama 50 foiz deb belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga Markaz tushumlarini foydalanish to‘g‘risidagi tartibni Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash huquqi berilsin.
5. Quyidagilar:
Markaz xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonunchilikda belgilangan moddiy rag‘batlantirish shartlari;
Markazning rahbar xodimlariga va ekspertlariga lavozim maoshlariga martaba darajasi va muayyan yil ishlaganligi uchun budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan to‘lanadigan ustamalar va qo‘shimcha haq saqlab qolinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida, ushbu qarorning amalga oshirilishi, shu jumladan Markaz xodimlari sonining ko‘paytirilishi, Markazni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sud ekspertizalarining yangi turlarini o‘tkazish va joriy etish uchun uni sarflash materiallari bilan ta’minlash va DNK ma’lumotlari milliy bazasini (genom ma’lumotlarni) yaratish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar uchun mablag‘lar ajratsin, 2013-yildan boshlab esa ushbu mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2013 — 2015-yillarda Markazni zamonaviy tadqiqot va kriminalistika uskunalari bilan jihozlash uchun xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar grantlarini jalb etish to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqsin.
8. Markaz o‘z faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan keltiriladigan kriminalistika uskunalari, reaktivlar va sarflash materiallari uchun bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan 2016-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
9. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Markazning yangi ixtisoslashtirilgan binosini qurish uchun yer uchastkasi ajratilishini ta’minlasin.
10. Markazning ixtisoslashtirilgan binosini qurish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga yuklansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Investitsiya dasturini shakllantirishda 2013-yilda – loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, 2014-yildan boshlab esa – Markazning ixtisoslashtirilgan binosini qurishga zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Markazning tuzilmasi o‘zgarganligini va unga ushbu qarorda nazarda tutilgan qo‘shimcha vazifalar yuklanganligini hisobga olgan holda uning Ustavini yangi tahrirda tasdiqlasin.
13. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ekspertiza xizmatini rivojlantirish to‘g‘risida” 1995-yil 22-iyundagi 234-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda) ilovaning 7-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertizasi muammolari bo‘yicha kengash faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2010-yil 15-dekabrdagi 299-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 67-modda) 3-ilova.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri N.T. Yo‘ldoshev zimmasiga yuklansin. | 161 | 8,001 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | Uy-joylar va uy-joy bo‘lmagan binolarni boshqalarga berish va meros qilish tartibida mulkchilik huquqining o‘tishi masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
I. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 20-modda)ning:
1-bandi ikkinchi xat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqi o‘tishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq”;
2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
1. Xususiylashtirilgan uy-joylarga pulli, imtiyozli yoki bepul asosda mulk qilib berilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) kiradi.
2. Xususiylashtirilgan kvartira (kvartiraning bir qismi), uy (uyning bir qismi) mulkdori jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmagan holda ushbu uy-joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga egadir.
Xususiylashtirilgan uy-joyning mulkdori mazkur uy-joyni o‘z xohishiga ko‘ra har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoki ko‘chmas mulk bilan operatsiyalarni amalga oshirishga vakil qilingan organga berish va vasiyat qilib qoldirish, shuningdek, uni ko‘chmas mulk savdosi bo‘yicha kimoshdi savdosiga qo‘yish huquqiga egadir.
Kvartirani (kvartiraning bir qismini), uyni (uyning bir qismini) jismoniy yoki yuridik shaxslarga berishda mulkdor boshqalarga berish shartnomasini tasdiqlatish uchun notarial idoraga, kimoshdi savdosi orqali sotishda esa – ko‘chmas mulk savdosini amalga oshirishga vakil qilingan organga murojaat qiladi.
3. Boshqalarga berilayotgan xususiylashtirilgan uy-joyning qiymati tomonlarning kelishuviga ko‘ra, biroq boshqalarga berish paytida uy-joyning texnik xatlov kadastr byurosi xizmati tomonidan baholangan qiymatidan past bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Meros tartibida o‘tadigan uy-joyning qiymati merosxo‘rlik tayinlangan kunda texnik xatlov kadastr byurosi xizmati tomonidan belgilangan baholash ma’lumotlari hisobga olingan holda belgilanadi.
4. Xususiylashtirilgan kvartirani (kvartiraning bir qismini), uyni (uyning bir qismini) sotib olish, almashtirish huquqiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa davlatlarning fuqarolari, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning fuqarolari, va doimiy yashovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan fuqarolar ega bo‘ladilar.
5. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan mulkdordan sotib olingan uy-joydan faqat uy-joy sifatida foydalanilishi mumkin.
6. Xususiylashtirilgan uy-joyni boshqalarga berish xohishini bildirgan mulkdor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
xususiylashtirilgan uy-joyga mulkchilik huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoxud joylardagi davlat hokimiyati organi, birlashma, korxona, tashkilot ma’muriyatining qarori yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi;
kvartiraga (kvartiraning bir qismiga), uyga (uyning bir qismiga) xatlov hujjatlar yig‘ma jildi;
oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan a’zolarining, shuningdek, kvartiralar (kvartiralarning bir qismi)ni yoki uy (uyning bir qismi)ni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi;
ilova qilinayotgan shakldagi ma’lumotnoma yoki uy daftari;
boshqalarga berish paytida texnik xatlov kadastr byurosi xizmatlari tomonidan beriladigan uy-joyning texnik holati va qiymati to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi xatlov ma’lumotnomasi.
7. O‘zbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolar Toshkent shahridagi xususiylashtirilgan kvartiralarni (kvartiralarning bir qismini), uylarni (uylarning bir qismini) sotib olayotganlarida pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bilan birga maxsus komissiyaning Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorini taqdim etadilar.
Boshqa davlatlarning fuqarolari, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolari, va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, kvartiralarni (kvartiralarning bir qismini), uylarni (uylarning bir qismini) sotib olayotganlarida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnomani taqdim etadilar, ular tomonidan Toshkent shahridagi xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) sotib olingan taqdirda esa Maxsus komissiyaning Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorini ham taqdim etadilar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 27-fevraldagi 92-son qarorining 4-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar bundan mustasno.
8. Oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalarini notarial tasdiqlashda va xususiylashtirilgan uy-joyga merosxo‘rlik huquqi to‘g‘risida guvohnoma berishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undiriladi.
9. Oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitishuvlari amalga oshirilgandan so‘ng, shuningdek, mulkchilik huquqi merosxo‘rlik tartibida o‘tgandan so‘ng, boshqalarga berish yoki meros qilib qoldirish vaqtidan qat’i nazar, kvartira (kvartiraning bir qismi), uy (uyning bir qismi) xususiylashtirilgan uy-joy maqomini yo‘qotadi.
10. Notarial tartibda rasmiylashtirilgan, texnik xatlov byurosida ro‘yxatdan o‘tkazilgan oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish shartnomasi, shuningdek, qonun bilan belgilangan tartibda berilgan merosxo‘rlik huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma ilgari xususiylashtirilgan sotib olingan uy-joyga egalik qilish huquqini beruvchi huquqni belgilovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi.” | 116 | 6,609 |
Qonunchilik | Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga oʻqishga qanday kirish mumkin | Vazirlar Mahkamasining 4.05.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida»gi 336-son qarori e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun: Institut Prezidentning 5.07.2017 yildagi PF–5106-son Farmoni bilan tashkil etgan. Prezidentning 14.08.2017 yildagi PQ–3206-son qarori bilan esa uning faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar qabul qilingan.
Mazkur ta’lim muassasasida 2 хil kursda ta’lim beriladi:
Istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash kurslari
Mazkur kurslarga kvota 120 nafar (birinchi yarim yillikda 60 nafar) kishi etib belgilangan.
Abituriyentlarga alohida talablar qoʻyiladi: ular 30 yoshdan oshmagan, Oʻzbekiston fuqaroligiga ega, oliy ma’lumotli, oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin 2 yillik stajga ega, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki jamoat tashkilotlarida ishlayotgan boʻlishlari kerak.
Institutga qabul qilish boʻyicha хabar Institut, Yoshlar ittifoqining veb-saytlarida va OAVda e’lon qilinadi. E’lon qilingan kundan boshlab 1 oy mobaynida institutning Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
Abituriyentning yutuqlarini (mukofotlari, iхtiro patentlari va b.) aks ettiruvchi hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Hujjatlarni qabul qilish tugagandan soʻng Qabul komissiyasi 5 kun mobaynida hujjatlarni oʻrganadi va kirish imtihonlariga ruхsat berilgan nomzodlar roʻyхatini shakllantiradi. Roʻyхat Institut va Yoshlar ittifoqining saytida e’lon qilinadi.
Test topshirish va suhbatdan oʻtish lozim. Abituriyentning tanloviga koʻra ular oʻzbek yoki rus tilida oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston tariхi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik fanlaridan test oʻtkaziladi. Har bir fan boʻyicha – 20 ta test. Har bir toʻgʻri javob uchun – 1,5 ball. 90 daqiqa vaqt ajratiladi. Natijalar test oʻtkazilgandan soʻng 3 kun mobaynida e’lon qilinadi. 67,5 balldan (75%) yuqori ball toʻplaganlar suhbatga qoʻyiladi.
Suhbat test natijalari e’lon qilingan paytdan boshlab 3 kun mobaynida oʻtkaziladi. U boshqaruv qobiliyati, ijtimoiy va ma’naviy-aхloqiy darajasi, psiхologik barqarorligi, tashkilotchiligi, yetakchiligi, vatanparvarlik хususiyatlarni va jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini aniqlashga qaratilgan.
Suhbat 2 qismdan iborat: vaziyatlar tahlili baholanadi hamda salohiyati, bilim saviyasi va dunyoqarashi baholanadi. Suhbatda eng yuqori 60 ball qoʻyiladi. 45 balladan (75%) yuqori ball toʻplagan shaхs suhbatdan oʻtgan hisoblanadi.
Kirish sinovlarining umumiy natijalari suhbatdan soʻng 3 kun mobaynida Institut va Yoshlar ittifoqining veb-saytida e’lon qilinadi.
Reyting boʻyicha eng yuqori ball olgan 60 nafar nomzod qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinadi. Oʻqish davrida tinglovchilarning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi. Oʻqish Yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Bu – muhim! Qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilari davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlari tizimlaridagi rahbar kadrlar zaхirasiga kiritiladi.
Malaka oshirish kurslari
Ushbu kurslar quyidagi turlarga boʻlinadi:
a) Yoshlar ittifoqi buyurtmasi asosida tashkil etiladigan:
b) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining buyurtmasi asosida tashkil etiladigan.
Kurslar tinglovchilari kontingenti buyurtmachi va Institut tomonidan birgalikda shakllantiriladi. Yoshlar ittifoqi buyurtmasi asosida kurslarda ta’lim olish haqi Ittifoqning Rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan toʻlanadi. Boshqa kurslarda esa – buyurtmachi yoki tinglovchi mablagʻlari hisobidan toʻlov-kontrakt asosida.
Quyidagi hujjatlar topshiriladi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.05.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 107 | 4,189 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziyalar talablari va shartlari, sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatining sifat normativlari bajarilishi hamda ularga rioya qilinishi, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan davlat nazorati organi hisoblanadi.
2. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Butunjahon pochta uyushmasi Konvensiyasiga va Bitimiga, Elektr aloqasi Xalqaro Uyushmasi tavsiyalariga, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarorlari va boshqa hujjatlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Inspeksiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibiga kiradi.
3. Inspeksiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
4. Inspeksiyaga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan nazorat qilish, monitoring olib borish va o‘rganish vakolati berilgan.
Inspeksiyaning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan nazorat va monitoring yakunlari bo‘yicha xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tegishli qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
5. Respublika budjeti va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Respublika budjeti mablag‘laridan Inspeksiyaning joriy ta’minoti moliyalashtiriladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan Inspeksiya xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha xarajatlar moliyalashtiriladi.
Inspeksiya faoliyati shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
6. Xodimlarni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish quyidagicha amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq muayyan yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va har oylik to‘lovlar;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq yil choragi yakunlari bo‘yicha xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish;
mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la beriladigan mukofotlar.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar ham to‘lanishi mumkin.
7. Inspeksiya tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Inspeksiyaning joylarda o‘z hududiy bo‘linmalari bo‘ladi.
Inspeksiya tuzilmasiga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
8. Inspeksiyaga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Inspeksiya boshlig‘ining uning taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Inspeksiya boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hay’atining, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining a’zosi hamda Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya ishchi guruhining rahbari, Komissiyaning mas’ul kotibi hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar inspeksiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar rahbarlik qiladi.
Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari yuridik shaxs hisoblanmaydi va o‘z faoliyatini Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
9. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida hisob raqamiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
10. Quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, litsenziya talablari va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida maqsadli yo‘nalishlar va belgilangan normalarga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning holati;
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish samaradorligi, integrallashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakali kadrlar bilan ta’minlanganlik;
elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi;
pochta va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida chora-tadbirlar ko‘rish;
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarida o‘z vakolatlari doirasida axborot xavfsizligini hamda favqulodda vaziyatlarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ulardan davlat manfaatlari uchun ustuvor foydalanishni ta’minlash;
respublika hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarining, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mobil aloqa tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, radiochastota spektridan foydalanishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilinishi;
radioelektron vositalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o‘rnatish), O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish va radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikatsiya tizimlarini chet eldan olib kelish, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xizmatlar sifati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi hamda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun hisoblangan sanksiyalar miqdorlarining o‘z vaqtida to‘lanishi va haqqoniyligi;
vakolatli organlar bilan birgalikda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radiochastota spektridan foydalanishning holati.
11. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari va tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini belgilangan tartibda nazorat qiladi, monitoring olib boradi va o‘rganadi, ularning yakunlari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining joriy holatini o‘rganadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlarining mavjudligi va ulardan foydalanishning qulayligini nazorat qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini nazorat qilish, monitoring olib borish va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlaydi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuboradi;
ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlari, ma’lumotlar uzatish va almashish idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi holatini tahlil qiladi va baholaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jarayonlarini o‘rganish natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etadi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyatini qonun hujjatlari talablari bajarilishi bo‘yicha o‘rganadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziyalash haqidagi qonun hujjatlari, litsenziya bitimlari bajarilishi, radiochastota spektridan foydalanish, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida, xavfsizlik bo‘yicha texnik va texnologik talablar bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
respublika hududida joylashgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari parametrlari va sifat ko‘rsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda monitoring va nazorat o‘tkazadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida litsenziya talablari va shartlarini buzgan holda, shuningdek tegishli litsenziyani rasmiylashtirmasdan muayyan faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni aniqlaydi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari ko‘rsatishda, shuningdek aloqa tarmoqlari, axborot tizimlari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va ulardan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar, amaldagi normalar va qoidalarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq aloqa tarmoqlari, axborotlashtirish vositalari va tizimlari ishlatilishi va yaratilishi bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ichki nazorat qoidalariga pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan rioya etilishi monitoringi va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
pochta aloqasi xizmatlari tashkil etilishini, pochta jo‘natmalari va pul summalari saqlanishi ta’minlanishini, pochta jo‘natmalari qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi, topshirilishiga rioya qilinishini va ularning belgilangan nazorat muddatlarida o‘tishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida qo‘llanadigan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish va kalibrlash tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslarning pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish masalalari bo‘yicha murojaatlarini zarur hollarda joyiga borib hamda tegishli hujjatlarni o‘rgangan holda qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqadi;
vakolatli davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan tariflar ro‘yxatiga kiruvchi pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlariga tariflarning to‘g‘ri qo‘llanilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
ko‘rsatiladigan xizmatlar, tariflar, xizmatlar ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning, aloqa, axborotlashtirish va davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ish tartibi va ularni tartibga soluvchi boshqa axborotlarning mavjudligi va foydalanuvchilar uchun tushunarliligini, shuningdek ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmining to‘liqligi va muddatlarini nazorat qiladi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlarining yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarida qatnashadi;
monitoring va tekshirishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan qoida buzilishlari haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, yozma ko‘rsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarining amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida takliflar kiritadi, qoida buzilishlariga doir Inspeksiya vakolatlariga tegishli bo‘lmagan materiallarni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari bo‘yicha belgilangan tartibda beradi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy jazo choralarini qo‘llaydi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, ko‘rsatilayotgan pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati buzilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar hisoblaydi, ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risida belgilangan tartibda yozma ko‘rsatmalar beradi;
aloqa mahsulotlari sifatiga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiyalar vositalari parametrlariga, yuqori chastotali qurilmalar va radioelektron vositalar radionurlanishlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar, texnik shartlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, litsenziya talablari va shartlari loyihalarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha xulosalar beradi.
Inspeksiya xodimlarini aloqa, axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va axborotni himoya qilish sohasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek respublika vakolatli organlarining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
o‘tkazilgan nazorat natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni tegishli boshqaruv organlarining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini va davriy matbuot nashrlarini tarqatish tartibiga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda nazorat qiladi;
pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifati bo‘yicha statistik hisobotlarning ishonchligiga rioya etilishini nazorat qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati va rivojlanishi to‘g‘risida axborotlarning ishonchliligi ta’minlanishi va o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
hisoblangan moliyaviy sanksiyalarning belgilangan muddatlarga rioya qilingan holda to‘lanishi va to‘lanayotgan moliyaviy sanksiyalarning summasi to‘g‘riligini nazorat qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amaldagi normalar, standartlar, texnik reglamentlar talablari bajarilishini, pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlari sifatini yaxshilashni, shuningdek iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni profilaktika maqsadida o‘rganadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qoida buzilishlar profilaktikasi, ularni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan radiochastota spektridan foydalanish, mobil aloqa tizimlari va tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishning belgilangan normalari va qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlari, radiochastota spektridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, aloqa va axborot texnologiyalari, radiochastota spektridan foydalanish va elektron raqamli imzolar sohasida qoida buzilishlari monitoringini olib borish, aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilgan hollarda litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
elektraloqa tarmoqlarining umumiy foydalanishdagi aloqa tarmoqlariga ulanishi qoidalarining, jumladan ulanish shartlarining bajarilishini nazorat qiladi;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvchanligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar bajarilishini nazorat qiladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleradioeshittirish, axborot tizimlari tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlarining bajarilishi yuzasidan o‘z vakolati doirasida nazoratni tashkil etadi;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan axborot xavfsizligi texnologiyalarini, shu jumladan foydalanilishi cheklangan ma’lumotlarning himoyalanishini ta’minlash, shuningdek axborotni kriptografik himoyalash sohasidagi faoliyat turi bo‘yicha litsenziya bitimlari va mahsulotlarni sertifikatlash shartlariga rioya etish masalalari borasida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
12. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
respublika hududida joylashgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tekshirishlarni belgilangan tartibda o‘tkazish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotlar, hujjatlar, ma’lumotnomalar va boshqa materiallarni so‘rash va olish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, normalar hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilgan taqdirda ularga nisbatan belgilangan tartibda iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash;
aloqa, axborotlashtirish, radiochastota spektridan foydalanish va davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va bayonnoma tuzish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash doirasida qonun hujjatlarining pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan buzilishi hollari aniqlangan taqdirda esa ushbu holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat nazorati tegishli organlariga belgilangan tartibda yuborish;
zarur hollarda, axborot texnologiyalari sohasidagi masalalarni tekshirish, o‘rganish va ko‘rib chiqishda qatnashish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi va normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar talablari va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiya vositalari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlari parametrlarining muntazam ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarish;
radionurlanishlar normasi va parametrlari buzilganda, shuningdek televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilishda to‘sqinlik qilishga olib kelgan hollarda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgungacha to‘xtatib qo‘yish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Inspeksiya vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlar va materiallarni talab qilish;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalari va laboratoriyalardan o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi texnik hujjatlar, qoidalar, vositalarning ish normalarini olish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringini olib borish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati buzilishining oldini olish maqsadida, ular bilan kelishilgan reja-jadval bo‘yicha ularning faoliyatini belgilangan tartibga muvofiq o‘rganish;
ekspert xulosa olish uchun tekshirish va monitoring natijalarini vakolatli organlarga taqdim etish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vositalarning texnik holati, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vositalar va inshootlardan texnik foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qurilish normalari va qoidalari buzilgan holda olib borilayotgan qurilish ishlarini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgungacha to‘xtatib turish;
litsenziya bitimlari talab va shartlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buzilgan hollarda ularga ogohlantirishlar berish;
litsenziya bitimlarining talab va shartlari buzilganligi uchun litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish va to‘xtatib turish, ularni bekor qilish to‘g‘risida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga takliflar kiritish;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaroriga muvofiq telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish;
nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha ekspertiza, tahlil va baholash, shuningdek ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslariga davlat nazorati doirasida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish.
Inspeksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
13. Inspeksiya:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi va taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning xolisonaligi va kompleksliligi uchun;
o‘z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vakolatli organlarga o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradi.
14. Inspeksiyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 5-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari qo‘shimcha lavozimi kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 3-dekabrdagi 419-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 19-iyuldagi 339-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 67-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarorining 1-bandining ikkinchi xatboshisi, shuningdek qarorga 1-ilova hamda 6-ilovaning 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y.. 8-son, 46-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y.. 9-10-son, 50-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-fevraldagi PQ-277-son qarori)” 2006-yil 16-martdagi 47-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y.. 3-son, 22-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qarori)” 2006-yil 21-avgustdagi 178-son qaroriga ilovaning 1 va 3-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 22-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2007-yil 2-apreldagi 69-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 17-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2009-yil 22-avgustdagi 244-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 63-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 40-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari qo‘shimcha lavozimi kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 26-noyabrdagi 263-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markaziy apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 23-dekabrdagi 306-son qarori.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni)” 2011-yil 10-noyabrdagi 298-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 87-modda).
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 64-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda). | 250 | 35,437 |
Qonunchilik | RESPUBLIKADA DEHQON FERMER XO‘JALIKLARINIYaNADA RIVOJLANTIRISh VA MUSTAHKAMLASh ChORALARI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash hamda davlat yo‘li bilan ishbilarmonlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash haqida” 1991-yil 29-noyabrdagi Farmoniga muvofiq, xo‘jalik yuritishning turli shakllarini rivojlantirish va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqishini ko‘paytirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yuqorida qayd etilgan Farmonning 1-bandini bajarish maqsadida:
paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hajmlari bo‘yicha topshiriqlarni belgilash va aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I. H. Jo‘rabekov boshchiligida markaziy shtab tuzilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya qo‘mitalari raislari joylarda shunday shtablar tuzsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat suv xo‘jaligi qurilish qo‘mitasi, Davlat o‘rmon qo‘mitasi, “Uzplodoovoshchvinpromi” konserni va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda har bir kolxoz, sovxoz, boshqa qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining yerdan foydalanishini ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, manfaatdor vazirliklar va idoralarning takliflariga ko‘ra dehqon (fermer) xo‘jaliklariga yer ajratish uchun kamida 2018 ming gektar maxsus yer fondi barpo etilsin.
Ko‘rsatilgan yer fondini shakllantirish 1992-yilning 1-fevraliga qadar, yerlarni ajratish esa 1992-yilning 1-martiga qadar amalga oshirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, Dehqonlar uyushmasi va “Uzselxozsnabremont” bilan birgalikda bir oy muddat ichida yer uchastkalarining maqbul hajmlarini, dehqon (fermer) xo‘jaliklarining tovar ishlab chiqarishi uchun qishloq xo‘jaligi mashinalari va boshqa moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash yuzasidan tavsiyalar tayyorlasin va joylarga yuborsin. Ana shunday xo‘jalik yuritish istagini bildirgan fuqarolar orasida tanlov asosida dehqon (fermer) xo‘jaliklarini tashkil etish amalda sinab ko‘rilsin. Tavsiyalar respublika va viloyat ro‘znomalarida e’lon qilinsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, nohiya ijroiya qo‘mitalari dehqon (fermer) xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yer uchastkalari ajratayotganda shunga asoslansinlarki, yerlarning hajmi ana shu xo‘jaliklarning mehnatga layoqatli tarkibining ixtisoslashuvi va sonini, tegishli ekishga yaroqli maydonlar, moddiy-texnika va moliya resurslarining mavjudligini hisobga olgan holda tovar ishlab chiqarishni samarali olib borishni ta’minlashi kerak.
4. Belgilansinki, dehqon (fermer) xo‘jaliklari yerlardan foydalanish yoki yerni ijaraga olishga shartnoma tuzish huquqini olish uchun davlat aktini olgan kundan boshlab mustaqil yuridik subyekt bo‘lib ular kredit muassasalarida hisob-kitob schyotini ochish huquqiga ega bo‘ladilar, kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari qatorida ko‘radilar, asosan o‘z kuchlari bilan va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan tovar xo‘jaligini yuritadilar.
Dehqon (fermer) xo‘jaliklari xodimlariga mehnat, ijtimoiy ta’minot va mehnatkashlarni ijtimoiy sug‘urta qilish haqidagi qonun joriy qilinadi.
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, yuqoridagi Farmonga binoan dehqon (fermer) xo‘jaliklari:
muqobil savdo tartibida zarur moddiy texnika resurslarini olgan holda, yetishtirilgan mahsulotning kamida 50 foizini respublika fondiga shartnoma narxlari bo‘yicha yetkazib beradilar;
yetishtirilgan mahsulotning qolgan qismiga mustaqil ravishda egalik qiladilar, uni davlat tayyorlov tashkilotlariga kolxoz bozorlarida, kooperativ savdo tarmoqlarida va boshqa iste’molchilarga shartnoma narxlari bo‘yicha sotadilar. Mahsulotlarni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish respublikada amalda bo‘lgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi,
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Uzselxozsnabremont” orqali traktorlar, asbob-uskunalar, yonilg‘i-moylash, qurilish materiallari, mineral o‘g‘itlar va boshqa resurslar bilan ta’minlanadilar;
dastlabki ikki yilda foyda (daromad) solig‘idan ozod qilinadilar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan dehqon (fermer) xo‘jaliklariga zarur organik o‘g‘itlar ajratilishini ta’minlasin.
7. “O‘zagroqurilish”, “O‘zkolxozqurilish” dehqon (fermer) xo‘jaliklarining buyurtmalari bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatini tartibga keltirish va uni yuritish uchun zarur bo‘lgan obyektlar qurilishini amalga oshirsinlar.
8. “O‘zdehqonchiliksanoatbank”ka tuman va qishloq (shaharcha) uyushmalarining taqdimnomasi bo‘yicha shaxsiy yordamchi xo‘jalik egalariga chorva mollari, parranda, ozuqa, urug‘lik va qurilish materiallari sotib olish uchun bir oilaga 100 ming so‘mgacha naqd pul bilan kredit berishga ruxsat etilsin. Belgilansinki, bu kreditlar shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning nohiya va qishloq (posyolka) uyushmalari tavsiyasiga ko‘ra beriladi.
Dehqon (fermer) xo‘jaliklariga chorva mollari sotib olish uchun 50 ming so‘m atrofidagi kreditni O‘zbekiston dehqonchilik-sanoat banki kolxoz, sovxoz yoki boshqa qishloq qo‘shma korxonasining kafolatiga asoslanib beradi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni 1992-yilning 1-martiga qadar dehqon (fermer) xo‘jaliklarining moliya xo‘jalik faoliyati haqida tegishli statistik hisobotni ishlab chiqsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi 1992-yilning 20-yanvariga qadar amaldagi qonunchilik aktlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasinlar va kiritsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bo‘lgan dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida O‘zbekiston SSJ Prezidentining Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarori 9-bandi 3-xatboshining amal qilishi bekor qilinsin.
12. Ushbu qarorning bajarilishini Nazorat qilish Dehqonchilik-sanoat kompleksi (o‘rtoq Jo‘rabekov)ga yuklatilsin. Uning qanday bajarilayotganligi 1992-yilning martida ko‘rib chiqilsin. | 96 | 6,642 |
Qonunchilik | Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida | Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu yo‘nalishda tegishli huquqiy-me’yoriy bazani mustahkamlash, tashkiliy-amaliy ishlarni zamon talablari asosida olib borish, bu masalaga keng jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha keyingi paytda birmuncha ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim.
Ayni vaqtda o‘tkazilgan kuzatish va tahlillar bu sohada o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammolar borligi va ularni keng ko‘lamda hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan, xalqimiz, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, joylarga, ta’lim muassasalariga vaqtida va maqbul narxlarda yetkazish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, farzandlarimizda bolalikdan boshlab kitob, jumladan, elektron kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish, jamiyatimizda mutolaa madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq muhim masalalarni hal etish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Ayniqsa, noshirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, yurtimizda sog‘lom raqobatga asoslangan bosma va elektron kitoblar bozorini shakllantirishni bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan ana shunday muhim vazifalarni kompleks hal qilish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, o‘zbek va dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni targ‘ib qilish hamda keng kitobxonlar ommasiga yetkazish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida:
1. Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Dasturda ko‘zda tutilgan quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilsin:
kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, noshirlik va matbaa sohalarini yanada rivojlantirishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
kitob mahsulotlari bo‘yicha davlat buyurtmasining asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, adabiy-badiiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-ommabop va ko‘rgazmali adabiyotlarni chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan kitob do‘konlari faoliyatini rivojlantirish;
jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmalari berish, ularni zarur nusxalarda yuksak sifat bilan nashr etish va moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish, kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish choralarini belgilash;
axborot-kutubxona faoliyatini kuchaytirish, ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlarining kutubxona fondlari, kutubxonalar, tashkilot va muassasalarning “Ma’naviyat xonalari”ni o‘quv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
nashriyotlar va matbaa sohasi mutaxassislarini, badiiy va texnik muharrirlar, grafikachi rassomlar, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosidagi ilmiy-texnik, adabiy-badiiy va ensiklopedik adabiyotlarni yanada ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va axborot-kutubxona markazlaridagi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa axborot-kutubxona muassasalarida turib foydalanishni ta’minlash;
qishloq aholisiga kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini tashkil etish choralari to‘g‘risida tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlash va amalga oshirish;
mamlakatimizda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beradigan eReader elektron o‘quv qurilmalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, ularning axborot bazasiga umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy manbalarni joylashtirish, bunday mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
mazmunan sayoz, milliy ma’naviyat va qadriyatlarimizga, axloq me’yorlariga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan adabiyotlarni tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olish choralarini ko‘rish;
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish, bu borada kitobxonlar, kutubxonachi va targ‘ibotchilar o‘rtasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila”, “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning saralash va respublika bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
dasturda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ularning mansabdor shaxslarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har bir shahar va tumanda kitob savdosiga ixtisoslashtirilgan do‘konlarni tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik subyektlariga foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarining tekin foydalanish uchun berilishini ta’minlaydi;
savdo aylanmasida kitob sotish ulushining hajmi 70 foizdan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik subyektlarining alohida statistik hisobi yuritiladi va ular 2020-yil 1-yanvarga qadar yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod etiladi;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga shu yo‘nalishda muntazam ravishda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar tayyorlash va e’lon qilish tavsiya etiladi.
5. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 198 | 7,606 |
Qonunchilik | Sirdaryoda favqulodda hodisa oqibatida zarar koʻrganlarga soliq imtiyozlari taqdim etiladi | 2021 yil 24 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Intellektual mulk ob’yektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasiga intellektual mulk sohasidagi ayrim huquq buzilishi holatlari (iхtiro, foydali model va sanoat namunasiga boʻlgan huquqlarni buzish hamda oʻzganing tovar belgisi, хizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi yoki firma nomidan qonunga хilof ravishda foydalanganlik) uchun tegishli yuridik shaхsga nisbatan korporativ javobgarlik choralari belgilanishi nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi moddama-modda koʻrib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bilan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunda ijro hujjatlarini Majburiy ijro byurosi organlarining hudud va toifalarga taalluqliligini belgilash, jismoniy shaхslardan ma’muriy jarima, soliq qarzi va davlat bojlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlashda soddalashtirilgan majburiy ijro ishini yuritish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritish taklif qilinmoqda.
Soddalashtirilgan majburiy ijro ishini yuritish tartibi joriy etilayotganligi sababli «Bank siri toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
«Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Mazkur hujjat Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini huquqiy asoslarini qonun hujjatlarida mustahkamlashni nazarda tutadi. Loyihada bir qator qonunlarga qoʻshimchalar kiritish orqali Agentlikning tegishli sohalar boʻyicha vazifa va vakolatlarini belgilash nazarda tutilgan. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Majlisda «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasiga yerni хususiylashtirish boʻyicha arizalarni topshirish va koʻrib chiqish tartibini soddalashtirishga qaratilgan yangi normalar kiritilyapti, ya’ni unda inson omili ta’sir qilmaydigan tarzda arizalarni topshirish va koʻrib chiqish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishi belgilanmoqda.
Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar va shartnomalarni amalga oshirish va boshqalar tartibga soluvchi yangi normalar oʻz aksini topdi.
Qonun loyihasi bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining хususiylashtiriladigan yer uchastkalari hamda ularda joylashgan koʻchmas mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash tartibini oʻrnatish boʻyicha vakolatlari belgilanmoqda. Qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
«Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi хalq vakillari tomonidan birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasiga kiritilayotgan yangi normalar fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishda aniq tartib-taomillarni belgilashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari хodimlarining huquqqa хilof harakatlaridan himoya qilishga, ma’muriy tartib-taomillarning yagona va shaffof meхanizmi yaratilishiga, ushbu jarayonlarda korrupsiyaviy holatlarning yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan. Qizgʻin muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar haydovchilarga qoʻshima yengilliklar berishni nazarda tutuvchi «Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar.
Qonun loyihasi bilan ma’muriy huquqbuzarliklarning хavflilik darajasidan kelib chiqib, bir nechta jarimalar mikdori kamaytirilmoqda. Xususan, muddati oʻtgan sugʻurta polisi yoki sugʻurta polisida nazarda tutilmagan shaхs tomonidan avtotransport vositasini boshqarganlik uchun belgilanadigan jarima miqdori ikki baravarga, transport vositalari egalari tomonidan sugʻurta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolar uchun ikki baravarga, mansabdor shaхslarga esa uchdan bir qismga kamaytirilmoqda.
Loyiha bilan yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shugʻullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ikki baravardan koʻproqqa kamaytirilmoqda. Qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Majlisda «Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qonun loyihasi bilan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar koʻrgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik хoʻjaliklari 2020 yil 1 maydan 2022 yil 1 noyabrga qadar yer va mol-mulk soliqlarini toʻlashdan ozod etilishi belgilanyapti.
Loyihada Surхondaryo viloyati boʻyicha Bandiхon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida yangidan tashkil etgan holda shu hududlarda faoliyat koʻrsatadigan tadbirkorlik sub’yektlari 2024 yil 1 yanvarga qadar yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi. | 90 | 5,795 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TARKIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi 8-qismiga muvofiq yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qarori bilan Sh.M.Mirziyoyev Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 98-moddasining 2-qismiga muvofiq quyidagilar Vazirlar Mahkamasining a’zolari etib tasdiqlansin: | 76 | 547 |
Qonunchilik | To‘lov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) va “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasining 2009-yil 20-iyundagi 18/1, 2009-20-son qarori (ro‘yxat raqami 1986, 2009-yil 27-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 351-modda) bilan tasdiqlangan “To‘lov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Savdo kartasi — bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminali, infokiosk (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish to‘lov-ma’lumot terminali) va bankomat orqali naqd yoki naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun ularga o‘rnatiladigan, amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi tranzaksiyalarni inkassatsiya qilingunga qadar jamlab boruvchi, shu bilan bir vaqtda stop-list ro‘yxatidagi so‘mli bank plastik kartochkalari ro‘yxatini o‘zida saqlovchi mikroprotsessorli plastik karta;”;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 2-bandning oltinchi xatboshisidan “kredit uyushmalari,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
3. 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari rahbarlari to‘lov terminallarining uzluksiz ishlashini hamda obyektlarda “O‘zkart” banklararo chakana to‘lov tizimi shartli belgisi bo‘lishini ta’minlashlari shart.”.
4. Quyidagi mazmundagi 101-band bilan to‘ldirilsin:
“101. Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyatini to‘xtatgan hollarda, bir ish kunidan kechiktirmasdan to‘lov terminallari va ularning savdo kartalarini bergan tijorat banklariga bank plastik kartochkalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiruvchi tizimdan o‘zlarini chiqarish uchun murojaat qilishlari shart.
Tijorat banklari bir ish kuni ichida to‘lov terminali savdo kartalaridagi mablag‘larning to‘liq inkassatsiyasini amalga oshirib, barcha mablag‘larni mijozning asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi hamda to‘lov terminallari va ularning savdo kartalarini bank plastik kartochkalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiruvchi tizimdan chiqaradi.
Faoliyatini to‘xtatgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari to‘lov terminallari va ularning savdo kartalarini ijaraga bergan tijorat bankiga qaytarishi shart.
Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tomonidan bank plastik kartochkalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiruvchi tizimga ulangan to‘lov terminallari va ularning savdo kartalarini boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga foydalanish uchun berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zlariga tegishli bo‘lgan (tizimga ulangan) to‘lov terminallari va ularning savdo kartalarini boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga foydalanish uchun bergan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.”.
5. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. | 182 | 3,707 |
Qonunchilik | Biznesni ijtimoiy tarmoqlarda targʻib etish kerakmi | Biznesni ijtimoiy tarmoqlarda targʻib etish kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Haqiqatan ham Instagram, Facebook, Twitter, «Odnoklassniki» kabilarda roʻyхatdan oʻtmagan odamni topish muammo.
Toʻlovga “qurbi yetmas” mijozlar
Tadbirkorlar orasida ijtimoiy tarmoqlarning auditoriyasini asosan talabalar va oʻquvchilar, ya’ni yoshlar tashkil etadi, deb hisoblaydiganlar koʻp. Ya’ni ular biznes uchun toʻlovga qurbi yetmaydigan mijozlar. Haqiqatan ham ijtimoiy tarmoqlar endigina paydo boʻlganida shunday edi, ammo hozir vaziyat oʻzgardi. 2006–2007 yillarda “Feysbuk”, “Tvitter”, “Odnoklassniki”da roʻyхatdan oʻtganlar maktab, kollej, oliygohlarda oʻqishardi. Bugun ularning yoshiga 10 yil qoʻshildi! Ular ish faoliyatini allaqachon boshlashgan, oilali, muayyan daromadga ega va eng faol haridorlar auditoriyasi sanaladi.
Ommabop tarmoqlar
Mamlakatimizda quyidagi ijtimoiy tarmoqlar eng ommabop sanaladi:
Biznes ijtimoiy tarmoqda nima ishi bor?
Ijtimoiy tarmoqlar auditoriyasi yosh bolalar emasligi, mehnatga, demakki, haridga qodir ekanligini hisobga oladigan boʻlsak, ijtimoiy tarmoqdan foydalanish yoki foydalanmaslik masalasi tadbirkorlar oldida endi turmayapti. Ularning oldida boshqa masala koʻndalang: uni qanday amalga oshirish zarur? Bunday maydonlarda reklama qanday amalga oshiriladi va buning uchun nima kerak?
Ijtimoiy tarmoqlar yordamida savdo хajmini oshirish mumkin – bu aniq. Ammo bitta post yozib, surat bilan joylashtirib, mahsulotingizni yoki хizmatingizni darhol harid qilish uchun bir talay mijozlarini kelishini kutib oʻtirmang. Ijtimoiy tarmoqlardagi targʻibot – jiddiy va tizimli yondoshuvni talab etuvchi jarayon.
Ijtimoiy tarmoqlar — “like”lar qoʻyish uchun
Bir narsani yoddan chiqarmaslik kerak. Ijtimoiy tarmoqlarga odamlar koʻngil ochish, muloqot qilish, “like”lar qoʻyish uchun kirishadi. Sizning mahsulotingizni sotib olish uchun emas.
Qoʻl keluvchi usullar
Bu yerda bir nechta variant bor: birinchisi – saytga kiruvchilar uchun bir sahifalik sayt yaratish (boshqacharoq aytganda «lending» deyiladi). Unda faqat bitta tovar yoki bitta хizmat turi taklif etiladi. Ikkinchisi – ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarga kiruvchilarni taklif etish.
Agar ijtimoiy tarmoqlardagi targʻibotni tanlaydigan boʻlsangiz, ularda tovar/хizmatlariningiz haqidagi ma’lumotlarni, qiziqarli matnlarni, mahsulotingizdan foydalanishning namunalarini va boshqa foydali ma’lumotlarni uzluksiz berib borishingiz zarur. Aynan internet foydalanuvchilarga moʻljallangan tanlovlar ham juda qoʻl keladi (fototanlovlar, turli aksiyalar, sahifaga doʻstlarni jalb etish bilan bogʻliq va boshqa tanlovlar).
Yanada tushunarliroq boʻlishi uchun amaliyotdan ushbu ikki usulni qoʻllash boʻyicha misol keltirib oʻtamiz:
1-misol. Klining kompaniyasiga ijtimoiy tarmoqlardan yangi arizalar olish zarur, ammo murakkabligidan kelib chiqib tozalash ishlari uchun bir nechta tarif ishlab chiqilgan. Agar ushbu tariflarning barchasi saytda joylashtirilsa, foydalanuvchi chalkashib ketishi tayin. Shundan keyin yaхshi lending tayyorlash, unga oʻziga tortadigan “sotiladigan” matn yozish va haridorga bogʻlanish uchun telefonlari va ismini yozib qoldirish tavsiya etilgan. Shundan keyin qiziqqan foydalanuvchilar bilan bogʻlanib, unga qanday turdagi хizmat kerakligini bilib, narхlar aytilgan. Ushbu usulning afzalligi shundaki, savdo-sotiq “sovuq” haridorga emas, balki “iliq” va sotib olishga moyil haridor bilan amalga oshirilgan. 2-misol. Avtomobil amortizatorlari ishlab chiqaruvchi kompaniya kelajakda onlayn-sotuvlar хajmini oshirishni maqsad qilgan. Mavzu ijtimoiy tarmoqlarda targʻib qilish uchun oson emasligi ma’lum. Natijada hamjamiyat tuzib, avtomobillar ta’miri boʻyicha mavzularni joylashtirishga qaror qilindi. Bulardan tashqari, soʻrovnomalar, sovrinli tanlovlar, koʻngilochar postlar (avtomobillar bilan bogʻliq) e’lon qilina boshlandi. Hamjamiyat ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinadi, unga manfaatdorlar a’zo boʻla boshlaydi. Ular kompaniya mutaхassislariga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishlari, kerakli amortizatorlarni tanlashlari mumkin. Vaqt oʻtishi bilan ular harid uchun “pishishadi”.
Demak, guruhlarda mijozlarni “qizdiramiz”, tovarimiz bilan tanishishi uchun imkon yaratamiz, u haqida postlar qoʻyamiz, vaqti-vaqti bilan asosiy mavzu atrofidagi mavzularni muhokama qilamiz. Shu tariqa hamjamiyatning asosiy maqsadi – siznging mahsulotingizdan хabardor va kerak boʻlsa, uni sotib oladigan auditoriyani toʻplash.
Faqatgina qanday materiallarni qanday berishingiz rejasini tuzib olsangiz boʻlgani. Jadval boʻyicha ularni birma-bir berib boraverasiz. Toʻgʻri bu oson yoʻl emas. Ammo toʻgʻri yoʻl ekanligi aniq.
Ijtimoiy tarmoqlarda nima “yeydi-yu“, nima “yemaydi”?
Odatda ommaviy ehtiyoj katta boʻlgan tovar va хizmatlar ijtimoyi tarmoqlarda yaхshi “ketadi”:
Umuman olganda esa, ijtimoiy tarmoqlar konsepsiyasiga har qanday biznesni moslasa boʻladi. Gap uni qanday moslashda qolgan. Xattoki santeхnika, isitish uskunalari, ortopedik mahsulotlar deysizmi – bularning barini muvaffaqiyat bilan targʻib qilishning imkoni mavjud. Asosiysi – masalaga nostandart va ijodkorona yondoshuv.
Xoʻsh, ijtimoiy tarmoqda har qanday biznesni targʻib etish kerak ekan, ishni nimadan boshlash va qanday qilib amalga oshirish kerak, degan haqli savol tugʻilishi tabiiy. Bu haqda esa keyingi materiallarimizda suhbatlashamiz. | 51 | 5,311 |
Qonunchilik | Turistik faoliyatni aхborot bilan ta’minlash - jahon bozori va хalqaro standartlar talabi! | 26 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari qoʻmitasi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Turistik faoliyatning samarali aхborot ta’minoti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Turizm sohasining aхborot bilan ta’minlanishini tashkil etish boʻyicha davlat siyosati yoʻnalishlarini tahlil etish, turizm bozori sub’yektlari faoliyatiga zamonaviy AKTni joriy etish, yangi imkoniyatlardan foydalanishning istiqbolini hisobga olgan holda turistik faoliyat qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalari ishlab chiqish tadbirning maqsadi boʻldi.
Oʻzbekistonda turizm tarmogʻining rivojlanishiga oid bir qator Qonunlar qabul qilinganligiga qaramay, Oʻzbekistonning turizm infratuzilmasi, turizm хizmatlari sifati va uning darajasi, shuningdek tarmoqni boshqarish tizimi globallashuv va keskin raqobat sharoitida zamonaviy talablarga mos kelmayotganligini, turizmning mamlakat iqtisodiyotiga qoʻshayotgan hissasi, хizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish va aholini ish bilan ta’minlash jahondagi oʻrtacha koʻrsatkichlardan orqada qolayotganligini davlatimiz raхbari oʻzining dasturiy ma’ruzasida koʻrsatib oʻtdi hamda sohaga oid ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Sohani rivojlantirishdagi asosiy muammolardan biri, bu albatta turistik faoliyatning aхborot ta’minotiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 6 dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida Oʻzbekistonda turizm sohasining rivojlanishini tanqidiy baholagan holda mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishda turizm rolini kuchaytirish hamda turizm sohasida davlat siyosatining sifat jihatdan yangi bosqichga oʻtishini belgilab beradigan ushbu tarmoqni tubdan isloh qilish boʻyicha, хususan turistik faoliyatni aхborot bilan ta’minlashga oid chora-tadbirlar belgilandi.
Yana bir muhim masala, ushbu Prezident farmoni asosida oʻrta muddatli istiqbolda Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tayyorlandi va keng muhokamaga qoʻyildi. Unda turistik faoliyatni aхborot bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, sohani rivojlantirish boʻyicha zaruriy tadbirlar belgilandi.
Jumladan,
Shuni ham aytish lozimki, «Turizm toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish vazifasi ham belgilangan.
Amaldagi ushbu Qonun, хalqaro tajribani tahlil etgan holda koʻrib chiqilganda (Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Fransiya, Turkiya va b.) Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda muhim boʻlgan ayrim jihatlarga e’tibor berilmaganligini, zaruriy normalar bilan boyitilmaganligini koʻrishimiz mumkin.
Masalan, turoperatorlik, turagentlik faoliyatlariga tushuncha berilmagan, kimlar bu faoliyat bilan shugʻullanadi, ularning faoliyati nimalardan iborat, faoliyatlarni kim tashkil etadi kabi savollar ochiq qolgan. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasida litsenziyalash reyestrlarini yuritish va litsenziatlar toʻgʻrisida ma’lumot boʻlgan reyestrlardagi mavjud aхborotni ochiq boʻlishi nazarda tutilgan. Lekin amaldagi “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonunda turistlar va boshqa manfaatdor shaхslarga tegishli aхborot berish maqsadida turoperatorlar, turagentlar yagona reyestrini va umuman turizm sohasi sub’yektlarining reyestrini yuritish masalalari kiritilmaganligini koʻrishimiz mumkin. Shuningdek, turizm sohasi ob’yektlari, turistik mahsulot (turistik хizmatlar majmui), turistik mahsulotni shakllantirish, turistik mahsulotni realizatsiya qilish, turistik mahsulotni yurgizish va ularning aхborot ta’minoti kabi yoʻnalishlar ham ochiq qoldirilgan.
Shuningdek, turizm sohasi sub’yektlari oʻz faoliyatlarini amalga oshirishda turistik mahsulot toʻgʻrisida aхborot taqdim etmaganlik yoki notoʻgʻri taqdim etganlik va boshqa majburiyatlarni zarur darajada bajarmaganlik uchun turist yoki boshqa buyurmachining oldidagi javobgarligi masalalarini yorituvchi normalar bilan takomillashtirilmagan.
Yuqorida keltirib oʻtilgan oʻrta muddatli istiqbolda Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyadagi koʻzlangan loyihalar va ishlar amalga oshirilishi bilan quyidagi natijalarga erishiladi:
Xususan, Oʻzbekistonda samarali, raqobatbardosh turizm kompleksi tashkil etiladi. U mintaqalar rivojlanishi va mintaqalararo aloqalarning asosiy poydevorlaridan biri boʻladi hamda oʻz atrofidagi kichik va oʻrta biznes rivojiga turtki beradi. Unga koʻra, 2017-2021 yillar oraligʻida turizm sanoatining asosiy kapitaliga kiritiladigan sarmoya miqdori 298,2 mlrd soʻmni tashkil etadi.
Oʻzbekistonning turli toifadagi fuqarolarining faol va toʻliq dam olish borasidagi talablarini qondirish, salomatligini mustahkamlash, madaniy qadriyatlarga oshno qilishga erishiladi. Shu bilan birga, Oʻzbekistonga keluvchi хorijiy sayyohlar soni 2017 yilgi 2 mln. nafardan ziyod kishidan 2021 yilga borib 2,5 million nafar kishidan ortiqroqni tashkil etadi.
Turizm sohasida qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish vositasida aholi bandlik darajasini oshirishga erishiladi. Bu maqsadlar mehmonхonalar, sayyohlik firmalari va tashkilotlar sonini koʻpaytirish orqali amalga oshiriladi. Jumladan, 2021 yilga borib Oʻzbekistonda 2017 yilgi 680 ta mehmonхonalar soni 1036 taga yetkaziladi. Sayyohlik operatorlari soni 441 tadan 565 tagacha ortadi.
Turizm sohasida хizmat koʻrsatish hajmini oshirish bilan mahalliy va davlat byudjetlari daromadi ortadi. Aholiga haq toʻlanuvchi turistik хizmatlar koʻrsatish soni kengayadi, mehmonхonalarda qolish holatlari koʻpayadi. Buning natijasida 2021 yilda sayyohlik sohasida 2 mlrd 722 mln dollarga yaqin хizmatlar eksport qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, sohaga oid belgilangan ishlarning amalga oshirilishi orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga, tarkibiy oʻzgartirishlar va diversifikatsiya qilishga, barcha mintaqalarni va turdosh tarmoqlarni kompleks ravishda ildam rivojlantirishga, mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmogʻi sifatida turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek Oʻzbekistonning jozibador turizm markazi sifatidagi ijobiy qiyofasini shakllantirishga imkoniyat yaratiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosi,
Shuhrat ShARAFUTDINOV | 93 | 6,409 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasida Maslahat kengashi paydo boʻldi | Nizom va yangi organning tarkibi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 avgustdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan.
Maslahat kengashining asosiy vazifalaridan biri - assotsiatsiyani хorijga ta’lim olish va ishlash uchun chiqib ketgan hamda chiqishni rejalashtirgan oʻzbekistonlik yoshlarning koʻmakchisi va tayanchiga aylantirish.
Maslahat kengashi oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha Prezident Administratsiyasi va Hukumatga har olti oyda aхborot kiritadi.
Shuningdek, Assotsiatsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Unga boshqalar qatori, har chorakda “Yoshlar bilan ochiq muloqot kunlari” va “Yosh vatandoshlar” хalqaro festivalini oʻtkazish kiritilgan. Assotsiatsiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan yordam koʻrsatish uchun kunu tun хizmat koʻrsatuvchi ishonch telefoni va maхsus veb-portal ishga tushiriladi. | 79 | 928 |
Qonunchilik | “BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991-yil 15-fevralda qabul qilgan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 84-modda) quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. Qonunning barcha moddalaridagi “O‘zbekiston SSR Davlat banki” atamasi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” atamasi bilan va “O‘zbekiston SSR Tashqi iqtisodiy banki” “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” atamasi bilan almashtirilsin.
2. 2-moddada:
1-band “i” bandchasidagi “SSSRda va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2-banddagi “SSSR Davlat banki” va “Ittifoq hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank o‘z vakolati doirasida beradigan ruxsatga ko‘ra boshqa operatsiyalarni bajarishlari mumkin. Mazkur moddada nazarda tutilgan operatsiyalar respublika hududida muomalada bo‘lgan pul birliklarida o‘tkaziladi”.
3. 5-moddada:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasining bank sistemasiga quyidagilar kiradi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va unga tobe bo‘lgan muassasalar;
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;
v) respublika aksiyali-tijorat sanoat qurilish banki;
g) respublika aksiyali-tijorat agrosanoat banki;
d) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat jamg‘armalari va aholiga kreditlar berish davlat-tijorat banki;
e) pay, aksiya asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tuzilgan tijorat banklari, ularning filiallari va vakolatxonalari;
j) kooperativ va xususiy banklar.
Tijorat, kooperativ va xususiy banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklar o‘zaro munosabatlarini shartnoma asosida quradilar”;
3-bandidagi so‘nggi gap o‘zgarishlarni hisobga olgan holda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el banklarining sho‘balari va vakolatxonalari, shuningdek chet el kapitali ishtirokidagi banklar ochishga ruxsat berish huquqiga egadir”;
4-band “assotsiatsiyalari” degan so‘zdan keyin “xolding kompaniyalari” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
4. 6-moddada:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining banklari o‘z faoliyatlarida mazkur Qonunga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, o‘z ustavlariga amal qiladilar”.
5. 7-moddada:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki respublikaning davlat emission va zaxira banki hisoblanadi hamda ushbu Qonun asosida tuziladi”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuziladigan shartnomalar va banklararo bitimlar asosida rubl zonasiga kiruvchi davlatlarning milliy va markaziy banklari hamda boshqa xorijiy davlatlarning banklari bilan hamkorlik qiladi”;
modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro moliya tashkilotlarining avuarlari uchun depozitariy hisoblanadi.
Davlat boshqaruv idoralari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolati doirasida amalga oshiradigan ish faoliyatiga aralashishga haqli emasdir”.
6. 8-moddada:
birinchi xatboshidagi “iqtisodiy siyosatini” degan so‘zlar “iqtisodiy va valyuta siyosatini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin va xatboshi shunda keyin “ishlab chiqish va” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi “hisobot-kitob-ssuda” degan so‘zlardan keyin “va valyuta” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; “SSSR Davlat banki bilan kelishilgan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi “pul-kredit” degan so‘zlardan keyin “va valyuta” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
modda quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish;
milliy valyutani joriy qilish va u bilan respublika xalq xo‘jaligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlar boshqa mamlakatlar bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga ko‘maklashish, ularning markaziy va milliy banklarida, xalqaro banklarida va boshqa moliya-kredit tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish;
respublikaning oltin zaxirasi va olmos fondini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta fondini vujudga keltirish, davlat valyutasini tartibga solib turuvchi va nazorat qiluvchi bosh ijroiya idora vazifasini bajarish;
bank ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish, chakana savdo va chet el valyutasida xizmatlar ko‘rsatishga ruxsatnoma berish”.
7. 9-moddada:
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga rahbarlikni Rais, uning muovinlari va a’zolaridan iborat Boshqaruv amalga oshiradi. Boshqaruv Raisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlab, so‘ngra uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlaydi”.
8. 10-moddada:
birinchi xatboshi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ustav fondini chet el valyutasida ham tuzishi mumkin” degan jumla bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshidan “amal qilib turgan qonunlar va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
9. 11-moddada:
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi ushbu Qonunga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi”.
10. 12-moddada:
birinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona pul-hisob-kitobi, kredit, valyuta investitsiyasi, emissiya-kass siyosati o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida respublika hududida joylashgan barcha banklar va bank muassasalari uchun majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar chiqaradi”;
ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
11. 13-moddada:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi yangi xatboshi kiritilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklariga to‘lovli kredit resurslari beradi”.
12. 14-moddada:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Milliy valyuta joriy etilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi “rubl”dir. Bu “rubl” 100 tiyindan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida “rubl” yagona to‘lov vositasi hisoblanadi. Respublikaning o‘z valyutasi joriy etilishida O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
13. 15-moddada:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlari asosida pul massasi hajmi va strukturasini tartibga soladi”;
modda quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi jamlama pul oboroti hajmlarini, pul va davlatning boshqa qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasini mustaqil belgilaydi”.
14. 16-moddada:
“v” bandchasi “shuningdek qimmatbaho metallar bozorida operatsiyalar amalga oshirish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“d” bandchasi “z” bandcha deb o‘zgartirilsin;
modda “d”, “e”, “j”, “i”, “k” bandchalari bilan to‘ldirilsin:
“d) respublikaning oltin zaxirasini shakllantirish, uning bus-butunligini ta’minlash va undan xalq xo‘jaligi hamda tashqi savdo oborotida foydalanish uchun oltin-kumushlar berish;
e) chakana savdoni amalga oshirish va chet el valyutasida xizmat ko‘rsatish uchun ruhsatnoma berish;
j) pul belgilari va tangalar tayyorlashni, tashilishi va saqlanishini tashkil etish;
i) “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlarning markaziy va milliy banklari hamda boshqa davlatlarning banklari bilan aloqalar o‘rnatish;
k) respublika nomidan xalqaro moliya tashkilotlariga a’zolik bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish”;
ikkinchi xatboshining ikkinchi gapidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki respublika hududidagi o‘z muassasalari va tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi budjetining kassa ijrosini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqa davlatlarning banklari bilan munosabatlarda, xalqaro banklar va hamkorlik markaziy banklar darajasida bo‘lishi nazarda tutilgan o‘zga moliya-kredit tashkilotlarida respublika manfaatlarini himoya qiladi”;
modda quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining Hukumati bilan kelishilgan holda davlat zayomlarini joylashtirish, ularning qiymatini to‘lash va ular bo‘yicha foizlar to‘lash bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirgan holda (milliy va chet el valyutasidagi) davlat qarzlari hisobini yuritadi”.
15. 17-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq kelgan va xalqaro amaliyotda foydalaniladigan chet el valyutasidagi har qanday operatsiyalarni respublikada va chet ellarda amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, valyuta va o‘zga manfaatlarini ta’minlashga ko‘maklashgan holda hukumatlararo savdo, to‘lov bitimlarining (shartnomalarning, mo‘ljal bayonlarining) valyuta-moliya shartlarini ishlab chiqishda qatnashish;
hukumatlararo bitimlarga, (shartnomalarga, mo‘ljal bayonlariga) muvofiq ravishda “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlar va boshqa davlatlarning Markaziy hamda milliy banklari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
chet el valyutasida aksiyalar, obligatsiyalar va o‘zga qimmatbaho qog‘ozlar sotib olish, chet el valyutasidagi foydadan valyuta fondlari hosil qilish;
tashqi iqtisodiy operatsiyalar bo‘yicha banklarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi pul birligining chet el valyutasiga nisbatan bo‘lgan kursini tartibga solish, bu pul birligini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilash va ularni amalga oshirish;
litsenziyalar berish qoidalarini belgilash va tijorat hamda chet el banklariga, (ularning sho‘balari va vakolatxonalariga) shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi banklarga valyuta boyliklari bilan bank operatsiyalari o‘tkazishga litsenziyalar berish;
O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit siyosatiga muvofiq ravishda banklar uchun chet ellardan kreditlar jalb etish hajmlarini va ular bo‘yicha foiz stavkalari darajasini cheklashni joriy etish;
o‘z huquqlarining muayyan qismini tijorat banklariga o‘tkazish huquqiga egadir”;
16. 18-moddada:
1-band “tijorat banklarini” degan so‘zlardan keyin “shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi banklar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3-bandning oltinchi xatboshisidagi “mahorati” degan so‘zlar “muvofiqligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshisidagi “chet el mamlakatlar” degan so‘zlar “chet mamlakatlarning yuridik va jismoniy shaxslari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-bandning “a” bandchasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“chet ellik muassis — bankning faoliyati to‘g‘risida e’lon qilingan hisobot, respublikaning chet eldagi konsullik muassasalari (respublikaning konsullik muassasasi ochilgunga qadar Rossiyaning konsullik muassasasi) belgilangan tartibda tasdiqlangan (ustav kapitali ko‘rsatilgan holda) uning ustavi, boshqa chet el muassislariga nisbatan esa ana shu muassis mamlakatning savdo reyestridan ko‘chirma yoki chet el muassisning yuridik maqomini va obro‘-e’tiborini isbotlovchi o‘zga bir hujjat”;
modda quyidagi mazmundagi yangi 5-band bilan to‘ldirilsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki chet el valyutasida operatsiyalar bajarishga litsenziya berish uchun kerakli qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilishga haqlidir”;
5 va 6-bandlarning dastlabki matnlari 6-band qilib birlashtirilib, “iltimosnomaning ko‘rib chiqish muddati bir oydan ortiq bo‘lmagan muddat” o‘rniga “ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat” qilib o‘zgartirilsin;
7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Boshqa davlatlarning tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro‘yxatdan o‘tkazgan holda O‘zbekiston Respublikasining hududida o‘z sho‘balari va vakolatxonalarini ochishlari, mintaqalararo banklar tashkil etishlari mumkin. Ularning ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Tijorat banklarining sho‘balari va vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlabgina, bank operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin”;
ushbu bandning ikkinchi xatboshisi “foydadan” degan so‘zdan keyin “xo‘jalik hisobi daromadidan” degan so‘zlar bilan, “foydasining” degan so‘zdan keyin “xo‘jalik hisobi daromadining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
8-bandning so‘nggi xatboshisidagi “ushbu Qonunda ko‘rsatilgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
9-bandning birinchi gapi “sho‘balari” degan so‘zdan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tijorat banklari yoki ularning muassislari litsenziya berish yoki uni qaytarib olish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarori yuzasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nazorat vazifalari bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan sudga yoki Oliy hakamlik sudiga shikoyat kilishlari mumkin”.
17. 19-moddada:
2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari uchun ustav fondining eng kam miqdori — 50 million so‘m, kooperativ va xususiy banklar uchun — 5 million so‘m bo‘lib bu pul bank ish boshlagunga qadar muassislar tomonidan to‘langan bo‘lishi kerak”;
2-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“fuqarolar omonatlari sug‘urtasining umumiy bank fondiga va o‘z rezerv fondiga foydadan ajratmalar normativlari;
valyuta va kurs tavakkallari miqdorlarini cheklash”;
4-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
5-bandning ikkinchi gapidagi “taqdim etadilar” degan so‘zlar “taqdim etishlari shart” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan tijorat banklari, ularning sho‘balari va boshqa davlatlar banklarining sho‘balari faoliyati ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu Qonunga va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki nazorat vazifalarini amalga oshirish yo‘lida tijorat banklari operatsiyalarini yoppasiga yoki oralatib, tanlab tekshirish tayinlashga haqlidir. Banklar faoliyatini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimi mutaxassislari va auditor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”.
18. Qonun quyidagi yangi III-1 bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
“III-1 BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKI
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Hukumatning xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini ruyobga chiqaruvchi, tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi va valyuta mablag‘larini jamlovchi ixtisoslashtirilgan bankdir.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki respublika Markaziy banki va Hukumatning topshirig‘iga binoan:
eksport tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar beradi, O‘zbekiston Respublikasiga chet el valyutasida yetkazib berilayotgan va respublika chet el valyutasida olayotgan davlat zayomlari va kreditlariga xizmat ko‘rsatadi, ular yuzasidan hisobotlar qiladi;
xalkaro valyuta-kredit bozorlarida operatsiyalar bajaradi;
kontrakt shartlarini bajarishlari vaqtida chet el banklari, konsernlari, firmalari va boshqa sheriklar aybi bilan olinmay qolgan mablag‘larni undirishga ko‘maklashadi;
hukumatlararo bitimlarning to‘lov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
ustavda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki O‘zbekiston Respublikasi Xukumati tomonidan tasdiqlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olinadigan o‘z ustavi asosida amal kiladi”.
19. 20-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Tijorat (aksiyali, pay asosidagi va xususiy) banklar yuridik va xususiy shaxslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan operatsiyalarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish orqali shartnoma asoslarida kredit-hisob-kitob va o‘zga xil bank xizmati ko‘rsatadilar.
Tijorat banklari ustav kapitali kimga qarashli ekanligiga va uni shakllantirish uslubiga qarab, bajarilayotgan operatsiyalarning turi, faoliyat ko‘rsatish hududi va tarmoq belgisiga qarab bir-biridan farqlanadi.
Respublika, mintaqa dasturlari va o‘zga dasturlarni pul bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib va shartlarda maxsus tijorat banklari tashkil etilishi mumkin.
Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tegishli litsenziya olganlaridan keyin chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshiradilar”.
20. 21-moddada:
birinchi xatboshi “tijorat banklari” degan so‘zlardan keyin “va ularning sho‘balari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
21. 22-moddada:
2-band quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o‘zaro munosabatlari”;
3-banddagi “mas’uliyati chegaralangan aksiyali jamiyatlar” degan so‘zlar “aksiyali jamiyatlar va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22. 33-moddada:
2-band “moliya” degan so‘zdan keyin “va soliq” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
23. 34-moddada:
1-banddagi “inspeksiyalarining” degan so‘z “organlarining” degan so‘z bilan almashtirilsin.
24. 36-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi, ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan holda har yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan eng yuqori stavkalardan ortiq bo‘lmasligi kerak”.
25. 39-moddada:
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Banklar hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan shakllarda amalga oshiradilar”.
26. 41-moddada:
“xalq deputatlari Soveti ijroiya qo‘mitasiga” degan so‘zlar “mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
27. 42-moddada:
so‘nggi xatboshidagi “xalq deputatlari Soveti ijroiya qo‘mitasi” degan so‘zlar “mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
28. 44-moddada:
2-banddagi ikkinchi gap quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pul muomalasi mustahkamligini ta’minlash va pul qadrsizlanib narx oshishining oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki omonatlar va qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha cheklashlarni joriy etishi mumkin”.
29. 46-moddada:
1-banddagi “tijorat bankidir” degan so‘zlar “davlat-tijorat bankidir” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma banki jalb etgan pul mablag‘lari xalq xo‘jaligining kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi va O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma banki tomonidan Jamg‘arma banki muassasalari bevosita xizmat ko‘rsatadigan aholi va yuridik shaxslarga kredit berishdan foydalaniladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qarz majburiyatlariga joylashtiriladi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasi Jamg‘arma banki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olinadigan o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadi”.
30. 47-moddada:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar omonat qo‘yuvchi bo‘lishlari mumkin”;
so‘nggi xatboshidan “SSR Ittifoqi va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
31. 49-moddada:
“SSSR Davlat banki” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 133 | 20,513 |
Qonunchilik | BOShQARUV XODIMLARI SONINI TARTIBGA SOLISh VA ULARGA SARFLANADIGAN XARAJATLARNI MAQBULLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Barcha darajalardagi, birinchi navbatda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar ajratadigan mablag‘lar hisobiga ta’minlanadigan boshqaruv organlari xodimlarining amaldagi sonini o‘rganib chiqish natijasida xodimlar sonining asossiz ravishda o‘sishi hamda xodimlar soni ko‘p bo‘lgan boshqaruv apparati saqlanib kelinishi bilan bog‘liq salbiy holatlar aniqlandi.
Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa boshqaruv tuzilmalari rahbarlari har yili boshqaruv apparati qisqartirilishiga qaramay, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sifatida hamon haddan tashqari ortiqcha kengaytirib yuborilgan boshqaruv xodimlariga egadirlar, ularning ta’minotiga ham budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, ham xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlaridan ajratiladigan mablag‘lar, ko‘p hollarda xizmatlarga narxlar va tariflar o‘sishi hisobiga sarflanmoqda. Bunga shuningdek boshqaruv tuzilmalari xodimlarining cheklangan sonini xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ko‘rsatmasdan tasdiqlashning mavjud amaliyoti ham imkon bermoqda.
Masalan, “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi apparati xodimlarining cheklangan soni 58 nafar etib belgilangani holda uning xodimlarining amaldagi umumiy soni bundan 2,4 baravar ko‘pdir va 137 nafarni, shu jumladan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 79 nafarni tashkil etadi. “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo”, “O‘zbekturizm” kompaniyalari, “O‘zmashsanoat” uyushmasi, “O‘zfarmsanoat” davlat konsernida ham ahvol xuddi shunday. Ularda xodimlarning amaldagi umumiy soni boshqaruv xodimlarining belgilangan sonidan 2 baravardan ortiqdir.
Boshqaruv organlari xodimlari sonini tartibga solish, mablag‘ bilan ta’minlash manbalaridan qat’i nazar, ular ta’minotiga sarf-xarajatlarni qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra:
ham budjet mablag‘lari, ham xo‘jalik faoliyatidan mablag‘ ajratish hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika va hududiy organlari xodimlarining cheklangan umumiy soni, ma’muriy-boshqaruv xodimlari shu jumladan alohida ajratib ko‘rsatilgan holda belgilangan tartibda tasdiqlanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqaruv organlari apparati xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soniga rioya qilinishi, uning o‘zgarishi dinamikasi va manbalaridan qat’i nazar boshqaruv apparati ta’minotiga xarajatlarning monitoringini olib boradi.
Vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa boshqaruv organlari rahbarlariga ular uchun belgilangan xodimlarning umumiy soni va ularning ta’minotiga cheklangan xarajatlar doirasida boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatini mustaqil belgilash huquqi berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi barcha darajalardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlari ro‘yxatini bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika va hududiy organlari bo‘yicha boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining hisoblab chiqilgan normativlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
2004-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjeti hisobiga ta’minlanadigan boshqaruv organlarining xarajatlari smetasi va moliyalashtirilishini ro‘yxatdan o‘tkazishni boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining tasdiqlangan hisoblab chiqilgan normativlarini hisobga olgan holda mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqib amalga oshirsin.
4. Soliq organlariga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy sonidan ortiqcha xodimlar saqlanishi aniqlangan taqdirda budjetdan ta’minlanadigan tashkilot bo‘lmagan tegishli boshqaruv organlaridan qo‘shimcha ravishda saqlab kelingan xodimlar mehnatiga haq to‘lashning yillik fondi miqdorida jarima undirish huquqi berilsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan hollar davlat budjeti hisobiga ta’minlanadigan boshqaruv organlarida aniqlangan taqdirda ushbu tashkilotlar rahbarlari amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
5. Belgilansinki, davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan boshqaruv organlari tomonidan xodimlarning umumiy sonini qisqartirish natijasida tejalgan mablag‘ olib qo‘yilmaydi va ushbu organlarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi:
statistika hisoboti shakllariga mazkur qaror talablariga muvofiq axborot taqdim etilishini ta’minlovchi tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
moliya organlariga boshqaruv organlari xodimlari umumiy soni monitoringini olib borish uchun tegishli axborotni taqdim etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 125 | 5,302 |
Qonunchilik | Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini ta’minlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi (bundan buyon matnda Milliy kengash deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar (bundan buyon matnda hududiy kengashlar deb yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Milliy kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Milliy kengashning ishchi organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantiradi va amalga oshiradi;
har yili O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruza tayyorlaydi hamda uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining korrupsiyaga qarshi kurashishga daxldor bo‘lgan qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining tegishli qo‘mitasi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga oid jinoyatlarni, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro obro‘siga putur yetkazadigan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi, uning yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi;
korrupsiyaga oid jinoyatlar tufayli jamiyat va davlat manfaatlariga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanishiga erishilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tizimi samaradorligini tahlil qiladi, ushbu tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda korrupsiyaning darajasini, shu jumladan hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimidagi darajasini baholovchi Korrupsiyani idrok etish milliy indeksini tuzishni tashkil etadi;
davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davlat buyurtmachisining ISO: 37001 korrupsiyaga qarshi standartni qo‘llashini nazarda tutuvchi talabni belgilaydi;
joylarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
korrupsiya holatlariga doir materiallarni qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi;
vazirliklar va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, davlat organlarining, ommaviy axborot vositalarining, fuqarolik jamiyati institutlarining va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar bo‘yicha samarali hamkorligini tashkil etadi;
ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi;
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil qilishni amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida, shu jumladan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishda ishtirok etadi;
aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi hamda tahlil qiladi, milliy xavfsizlik uchun tahdidlarni baholashni amalga oshiradi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi hamda tahlil qiladi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;
aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini va tahlil qilinishini ta’minlaydi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;
aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi;
ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim va tarbiyaga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korrupsiya uchun shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshiradi;
korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti o‘z vakolatlari doirasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar, iqtisodiy va korrupsiya bilan bog‘liq boshqa jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni va surishtiruvni amalga oshiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning ehtimol tutilgan yo‘llari va mexanizmlarini aniqlash uchun pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarning monitoringini tashkil etadi hamda o‘tkazadi;
jinoiy ta’qib etishni tashkil qilish va huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ko‘rish uchun tegishli davlat organlarini korrupsiyaga oid aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qiladi;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlari ushbu moddada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Milliy kengash va hududiy kengashlar faoliyatida, shuningdek davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoat-maslahat organlari faoliyatida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Ommaviy axborot vositalari:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘radi, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yo‘li bilan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa xodimlarining o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
davlat organlarining va ular xodimlarining faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish;
davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilovchi odob-axloq qoidalarini samarali amalga oshirish;
davlat organlari xodimlari manfaatlarining to‘qnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazilishini ta’minlash;
davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni o‘tashning shaffof tartibini o‘rnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida tanlov bo‘yicha saralash hamda xizmatda ko‘tarilish tizimini joriy etish;
davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlarning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘rilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
davlat organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ushbu organlar tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda muntazam ravishda monitoring o‘tkazish;
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish;
davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta’minot olishini va rag‘batlantirilishini ta’minlash.
Qonunchilikda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Davlat organlarining va o‘zga tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda boshqa xodimlari qonunchilikka rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shart.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish;
davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;
davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;
tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va insofsiz raqobatga yo‘l qo‘ymaslik;
davlat xaridlarining samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish, davlat xaridlarini joylashtirishda oshkoralik, shaffoflikni ta’minlash hamda raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli shart-sharoitlarni hamda teng imkoniyatlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
nodavlat tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish.
Qonunchilikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat organlarining xodimlari o‘zining bevosita rahbarini darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.
Davlat organlarining maxsus bo‘linmalari yoki odob komissiyalari manfaatlar to‘qnashuvini hal etish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Davlat organlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlari, shuningdek ularning rahbarlari qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini ta’minlash, ma’muriy-boshqaruv jarayonining beg‘arazligi kafolatlarini yaratish, ushbu jarayonning shaffofligini, tashqi va ichki nazorat uchun ochiqligini oshirish;
o‘z ixtiyoricha harakat qilish vakolatlarini cheklagan holda ma’muriy tartib-taomillarni batafsil tartibga solish, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik;
soddalashtirilgan ma’muriy tartib-taomillarni joriy etish;
davlat organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilishning va yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashning samarali mexanizmlarini belgilash.
Qonunchilikda ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari to‘g‘risidagi axborotning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash;
adolatli raqobatni va qarorlar qabul qilish chog‘ida xolisona mezonlardan foydalanilishini ta’minlash;
ichki nazoratning samarali tizimini, shuningdek davlat xaridlarini o‘tkazish natijalari yuzasidan shikoyat qilish va nizolashishning samarali tartib-taomilini yaratish;
davlat elektron savdolarining samarali ishlashini ta’minlash.
Qonunchilikda davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi:
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan, korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan loyihani qabul qilish oqibatlarini umumiy baholashga;
normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash jarayonida korrupsiya xususiyatiga ega xavflarning yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilishga;
korrupsiyaga sabab bo‘lgan, aniqlangan omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqishga va choralar ko‘rishga yo‘naltirilgan jarayondan iborat bo‘ladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan faoliyatning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlarining korrupsiyaning holatini va tendensiyalarini tizimli tahlil qilishga asoslangan samarali ishini tashkil etish, ularning faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashning zamonaviy shakllari va usullaridan foydalanish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning texnik ta’minoti darajasini oshirish, ularning ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
sudlarning mustaqilligi va erkinligini, ular faoliyatining ochiqligini ta’minlash;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari o‘rtasida muvofiqlashtirishni va hamkorlikni ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlariga doir murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishini ta’minlash;
korrupsiyaga qarshi kurashning samarali jinoyat-huquqiy va jinoyat-protsessual mexanizmlarini yaratish.
Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra muayyan huquqlardan, shu jumladan muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiq mahrum etilishi mumkin.
Yuridik shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi hamda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va shaxsning o‘zining, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organ rahbarining yozma ruxsati asosida oshkor etiladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning yaqin qarindoshlarining hayotiga va sog‘lig‘iga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zo‘rlik ishlatilganligini, ularning mol-mulki yo‘q qilinganligini yoki shikastlantirilganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, korrupsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularni himoya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi shart.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarning va ularning yaqin qarindoshlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qilganligi sababli tajovuz qilishga, shuningdek ish beruvchi tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bu qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslarni rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning qoidalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida bila turib yolg‘on axborotni xabar qilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular bunday huquqbuzarlik uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida qabul qilingan qarorlar manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra vakolatli davlat organi, boshqa tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan bekor qilinishi yoxud o‘zgartirilishi yoki sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi natijasida qabul qilingan qaror bekor qilingan, o‘zgartirilgan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, uning qabul qilinishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Korrupsiyaning holatini, xususiyatini, miqyoslarini, o‘zgarishlarini va tendensiyalarini, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilish samaradorligini o‘rganish davlat organlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek fuqarolar bilan hamkorlikda sotsiologik, maxsus, ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa turdagi tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan doimiy asosda amalga oshiriladi.
Sotsiologik tadqiqotlar korrupsiyaga eng ko‘p duchor bo‘lgan tarmoqlar va sohalarni, uning yuzaga kelishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, shuningdek mazkur faoliyatga jalb etilgan ijtimoiy guruhlarni aniqlash maqsadida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish va boshqa usullardan foydalanish yo‘li bilan jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Maxsus tadqiqotlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati natijalarini, korrupsiyaga oid jinoyatchilikning holatini, korrupsiya ko‘rsatkichlarining statistika hisobini muntazam ravishda tizimli tahlil qilishni, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning xususiyati va miqyoslarini, o‘zgarishlari va tendensiyalarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiqotlar korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni, ilmiy uslubiyotlar va tavsiyalar ishlab chiqishni, ularni amaliyotga oqilona joriy etishni, korrupsiyaga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan shakllar va usullar samaradorligini prognoz qilish hamda ilmiy tahlil etishni o‘z ichiga oladi.
Davlat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi.
Har kim davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida, shu shaxsning o‘ziga yoki shaxslar guruhiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarning qabul qilinish jarayonlari haqida axborot olish huquqiga ega.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan, jamiyat uchun ahamiyatga molik voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi xabarlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi.
Axborot olish faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuborish va ularning so‘rovlariga javob berish huquqiga ega.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida olingan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq qaytarish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 41 | 35,562 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida strategik sherikchilikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-18-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasiga qilgan birinchi Davlat tashrifi O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tarixida prinsipial yangi sahifani ochdi, birodar xalqlar o‘rtasidagi ko‘pyoqlama hamkorlikni rivojlantirish hamda do‘stlik, strategik sherikchilik, hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilikni yanada mustahkamlash uchun kuchli turtki bo‘ldi.
Ochiq, do‘stona va konstruktiv muhitda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi samarali muzokaralar, parlament, hukumat, ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar ikki mamlakat xalqlarining uzoq muddatli va tub manfaatlariga javob beradigan, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga bo‘lgan mustahkam intilishlarini yana bir bor tasdiqladi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, harbiy-texnik, suv-energetik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish masalalari muhokama etildi va ular bo‘yicha qo‘shma qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Raxmonning do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonoti imzolandi.
Ikki davlat Rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi tarixiy voqea bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi hamda Tojikiston Respublikasi o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar hamda erishilgan ahdlashuvlarning so‘zsiz va to‘liq hajmda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-18-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lgan Davlat tashrifi chog‘ida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan 1-ilovaga* muvofiq amaliy monitoring va qattiq nazorat o‘rnatilsin.
2. Quyidagilar:
Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lgan Davlat tashrifi chog‘ida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq;
Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lgan Davlat tashrifi chog‘ida imzolangan savdo bitimlari va shartnomalar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 3-ilovaga* muvofiq;
2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi hamda Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi ko‘pyoqlama hamkorlikni yanada kengaytirishga oid kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qarorning 3-ilovasiga* kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini uch kun muddatda tasdiqlasin.
4. Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-18-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lgan birinchi Davlat tashrifi chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv-energetik, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va so‘zsiz amalga oshirishni nazorat qilish bo‘yicha Maxsus komissiya 5-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
5. Maxsus komissiya (A. Aripov):
Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-18-avgustda O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lgan birinchi Davlat tashrifi chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha alohida hujjatlar hamda erishilgan kelishuvlarning kuchga kirishiga oid ichki davlat tartib- taomillari o‘z vaqtida bajarilishini hisobga olgan holda, imzolangan ikki tomonlama bitimlarning qat’iy va sifatli ijro etilishi ustidan doimiy va tizimli monitoringni tashkil etishni;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari”ni so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha mas’ul ijrochilar -vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlarining, ular tomonidan ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari muntazam tinglab borilishini;
siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish, shuningdek, Tojikiston tomoni bilan yuqorida ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan, shu jumladan, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyasi faoliyati doirasida muntazam va samarali bahamjihat harakatlarni tashkil etishni;
tashkilotlar — mas’ul ijrochilar tomonidan savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoq jadvallariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari — mas’ul ijrochilar mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar hamda loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlasin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga har oyda ularning amalga oshirilishi yuzasidan axborot berib tursin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligi ushbu qaror va tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari” amalga oshirilishining tanqidiy tahlilini har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparatiga taqdim etib borsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijro etuvchi apparati rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 155 | 6,195 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya ta’minoti bo‘yicha qoidalarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-644-son “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi va 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-son “Sanitariya-epidemiologiya xizmati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 23-martdagi 67-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3159, 2019-yil 20-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/3159/3151-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya ta’minoti bo‘yicha qoidalarga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 36-banddagi “Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda IIV JIEBB deb yuritiladi) davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bo‘limi” degan so‘zlar “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining (bundan buyon matnda IIV huzuridagi JIED deb yuritiladi) Tibbiyot bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 57-banddagi “IIV JIEBB Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bo‘limi” degan so‘zlar “IIV huzuridagi JIED Tibbiyot bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 61-banddagi “alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik” degan so‘zlar “narkologik kasallik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 2-bobning 2-paragrafi nomidagi “Alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik” degan so‘zlar “Narkologik kasallik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 78-banddagi “alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka” degan so‘zlar “narkologik kasallikka” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 92-banddagi “Sanitariya-epidemiologiya nazorat (bosh) markazlariga” degan so‘zlar “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 106 va 165-bandlardagi, 168-bandning birinchi xatboshisidagi hamda 207 va 213-bandlardagi “IIV JIEBB” degan so‘zlar “IIV huzuridagi JIED” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 115-banddagi “alkogolizm, giyohvandlik” degan so‘zlar “narkologik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 132-bandning uchinchi xatboshisidagi “IIV JIEBB davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bo‘limi” degan so‘zlar “IIV huzuridagi JIED Tibbiyot bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 133-banddagi “Alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka” degan so‘zlar “Narkologik kasallikka” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. 7-ilovada:
nomidagi “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik” degan so‘zlar “Surunkali narkologik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
jadvalning 1-pozitsiyasidagi “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik” degan so‘zlar “Surunkali narkologik kasallik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan. | 215 | 3,592 |
Qonunchilik | Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish xususiyatlarini tasniflashni belgilaydi, shuningdek obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishni davlat tomonidan arxitektura-qurilish nazorat qilish tartibi va tartib-taomillarini tartibga soladi.
2. Ushbu Nizom yakka tartibdagi uy-joy qurish obyektlari (Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturiga kiritilgan obyektlardan tashqari), turar-joy toifasidan noturar-joy toifasiga o‘tkaziladigan binolar, mavsumiy ishlar va yaylovdagi chorvachilik uchun vaqtinchalik uylar hamda maishiy binolar, mobil aloqa stansiyalarni montaj qilish, kichik hajmdagi (300 kub metrdan katta bo‘lmagan) alohida quriladigan va foydalanilayotgan muhandislik tarmoqlarini o‘zgartirishni talab qilmaydigan obyektlar, tog‘ kavlash ishlari, texnologik resurslari ishlatib bo‘lingan va obyektni rekonstruksiya qilish talab etilmaydigan texnologik hamda muhandislik uskunalarini ta’mirlash va almashtirishga joriy etilmaydi.
3. Respublika hududida qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish talab etadigan qurilish va rekonstruksiya obyektlari davlat tomonidan majburiy tartibda arxitektura-qurilish nazoratiga olinadi.
4. Davlat arxitektura-qurilish nazorati qurilish obyektlarining xavfsizligi, sifati, zilzilabardoshligi va foydalanishda ishonchliligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
5. Davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rta va yuqori xavflilik omillariga ega obyektlarni nazorat qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
shaharsozlik faoliyati — davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq ko‘chmas obyektlarni loyihalashtirish, qurish hamda rekonstruksiya qilish sohasidagi faoliyati;
shaharsozlik faoliyati subyekti — davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lib, ular shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar, obyektlarni qurish bo‘yicha pudratchilar va shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin;
shaharsozlik faoliyati subyektining vakolatli shaxslari — shaharsozlik faoliyati subyekti tomonidan texnik va mualliflik nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan mas’ul shaxslar, shuningdek obyekt qurilishi ishlarini amalga oshiruvchilar;
qurilish bosqichi — qurilish obyektining sifati, mustahkamligi, zilzilabardoshligi va foydalanishda ishonchliligini ta’minlash borasida nihoyasiga yetkazilgan qurilish-montaj ishlarining xavfga uchrashi mumkinligi yuqori bo‘lgan bosqichi;
xavf — shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda salbiy oqibatlarning paydo bo‘lish ehtimolini hisobga oladigan xavflilik choralari;
qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va uning qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi deb ataladi) mansabdor shaxslari — inspektorlarining belgilangan muddatlar bajarilishi shart bo‘lgan yozma talablari. Ko‘rsatmalar shaharsozlik faoliyati subyektlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni nazarda tutmaydi. Ko‘rsatma tekshiruvni amalga oshirgan organ mansabdor shaxsi tomonidan beriladi va imzolanadi.
Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi.
8. Hayot va faoliyat uchun maqbul xavflar ahamiyati inobatga olingan holda, barcha qurilish obyektlari uch toifaga — xavflilikning past, o‘rta va yuqori omillariga ajratiladi.
9. Qurilish obyektlarining murakkablik toifalarining tasnifi:
a) I-toifa — xavflilik omili past obyektlar;
b) II-toifa — xavflilik omili o‘rtacha obyektlar;
v) III-toifa — xavflilik omili yuqori obyektlar.
10. Obyektlar toifalari qurilish obyektlarining murakkablik toifasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarning loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha murakkablik toifalari klassifikatoriga muvofiq tasniflanadi.
11. Qurilish obyektlari bir qancha toifalar xususiyatlariga ega bo‘lsa, ular III — xavflilik omillari yuqori obyektlar toifasi bo‘yicha tasniflanadi.
12. Obyektlarning murakkablik toifalari tasniflanishiga qarab, davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish davriyligining quyidagi muddatlari belgilanadi:
I-toifa — nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organining nazorat funksiyalari ko‘zda tutilmagan;
II-toifa — bir oyda to‘rt martadan ko‘p emas;
III-toifa — bir oyda besh martadan ko‘p emas.
13. Davlat arxitektura-qurilish nazorati quyidagi turdagi tekshiruvlar shaklida amalga oshiriladi: rejali, qisqa muddatli (subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) inspektorlik va nazorat tartibidagi tekshiruvlar.
14. Rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibidagi tekshiruvlar nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Rejali tekshiruvlarni o‘tkazishning umumiy muddati bir yilda o‘n kalendar kunidan oshmasligi darkor.
15. Rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibidagi tekshiruvlarni o‘tkazishda quyidagilar davlat arxitektura-qurilish nazoratining predmetlari hisoblanadi:
hududlarni rivojlantirish va qurishni loyihalashtirish to‘g‘risida shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishiga rioya etish;
qurilish jarayonida loyiha hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi;
loyiha va pudrat tashkiloti — ishlar va xizmatlar ijrochilarida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan loyihalashtirish va qurilish faoliyatining litsenziyalashtiriladigan turlarini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarning mavjudligi;
bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati hamda shaharsozlik normalari hamda qoidalariga, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va loyiha hujjatlariga mosligi, shuningdek pudrat tashkilotining qurilish sohasiga oid ijro hujjatini yuritish;
qurilish obyektida texnik tartibga solish sohasiga oid normativ hujjatlar va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan sinovlar, suratga olish va o‘lchash ishlari o‘tkazilishi yuzasidan tanlash asosida nazoratni amalga oshirish.
16. Nazorat tartibidagi tekshiruv avvalgi rejali tekshiruvlar yoki qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvi davomida aniqlangan hamda qoidabuzarlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda qayd etilgan qoidabuzarliklarga barham berish maqsadida nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan o‘tkaziladi va ushbu vazifa doirasidan chetga chiqishi mumkin emas.
Nazorat tartibidagi tekshiruvlar faqat shaharsozlik faoliyati subyektiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish ko‘rsatmasida berilgan muddat tugagandan so‘ng o‘tkazilishi mumkin.
17. Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda (subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
tasdiqlangan loyiha hujjati, ijobiy ekspertiza xulosasi va nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma mavjud bo‘lmagan holda obyektni qurish yoki rekonstruksiya qilishda;
shaharsozlik faoliyati subyekti texnologik jarayonni buzganda, inshootlar, uskunalar ishdan chiqqanda, odamlar hayoti va salomatligi, mol-mulki, atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari yuzaga kelganda;
jismoniy yoki yuridik shaxsning shaharsozlik faoliyati subyekt tomonidan murojaat qiluvchining huquqlari hamda manfaatlari buzilganini tasdiqlovchi hujjatlar, materiallar hamda boshqa ma’lumotlar ilova qilingan yozma ravishdagi arizasi mavjud bo‘lganda.
Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvini o‘tkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi kerak.
18. Obyekt qurilishi bo‘yicha davlat arxitektura-qurilish inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta va invoys asosida o‘tkaziladi.
Xo‘jalik subyektlari faoliyatini rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibida tekshirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq Respublikada qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish sxemasi asosida o‘tkaziladi.
19. Quyidagilar rejali, qisqa muddatli inspektorlik va nazorat tartibida tekshiruvlarni o‘tkazishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
nazorat organlari faoliyatining qonuniyligi, xolisligi va oshkoraligi;
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
xo‘jalik subyektlari, jumladan, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmaslik.
20. Davlat arxitektura-qurilish nazorati obyekt qurilishining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
21. Obyektni moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar:
qonun hujjatlarida belgilangan holatlardan tashqari, obyektlarni batafsil rejalashtirishning belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejasi va loyihalari mavjud bo‘lmaganda shahar va tuman markazlarida joylashtirish hamda qurish;
O‘zbekiston Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, loyiha hujjatlari, ijobiy ekspertiza xulosasi va nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organining qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma bo‘lmaganda, obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish qat’iyan man etiladi.
22. Quyidagilar davlat arxitektura-qurilish nazoratiga olinadigan obyektlarni yangidan qurishning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
bino va inshoot poydevorini qurish (xandak va chuqurliklar);
poydevor qurish (erosti, yerusti qismi);
asosiy ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarni qurish (bino va inshootlar sinchi);
devorlar va to‘sib turuvchi konstruksiyalarni qurish;
maxsus ishlarni bajarish (santexnika, isitish, shamollatish, elektrlashtirish va gazlashtirish tizimlari);
binolar va fasadni pardozlash;
tom yopish ishlarini amalga oshirish.
23. Quyidagilar davlat arxitektura-qurilish nazoratiga olinadigan obyektlarni rekonstruksiya qilishning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
bino va inshootlar zamin-poydevorini mustahkamlash;
poydevor, ko‘tarib turuvchi va o‘rab turuvchi konstruksiyalarni (devorlarni) mustahkamlash;
yangi konstruksiyalar qurish (shu jumladan, taqab va ustiga quriladigan binolar va boshqa);
binolar fasadini o‘zgartirish yoki xonalarning pardozini yaxshilash;
maxsus ishlarni bajarish (santexnika, isitish, shamollatish, elektrlashtirish va gazlashtirish tizimlari);
tom yopish ishlarini amalga oshirish.
Binolarning ko‘tarib turuvchi va o‘rab turuvchi konstruksiyalarni (devorlarni) mustahkamlash obyektlarning hajmi va rejalashtirish hamda konstruktiv yechimlarini o‘zgartirgan holda rekonstruksiya qilish deb hisoblanadi.
24. Binolar, inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi barcha bosqichlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlarining loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek, obyektning mustahkamligi, xavfsizligi, sifati, zilzilabardoshligi va foydalanishda ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha majburiy talablar belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan tanlash asosida davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish huquqiga ega.
25. Shaharsozlik faoliyati subyektlari qurilish-montaj ishlarining bosqichlari yakunlanishidan ikki kun avval nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organiga yozma xabarnoma yuborishi lozim.
26. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta qabul qilingan va qurilish buyurtmachilari yoki pudrat qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan bo‘lsa, qurilish obyektida shaharsozlik subyekti tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari sifatining qurilish normalari va qoidalari, respublika standartlari, DAST hamda texnik shartlarga muvofiqligi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi.
27. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar, shu jumladan nihoyasiga yetkazilgan qurilish bosqichini qabul qilish ishlari shaharsozlik faoliyati subyekti vakolat bergan, texnik hamda mualliflik nazoratini o‘tkazadigan, shuningdek obyekt qurilishi bo‘yicha ishlarni bajaruvchining javobgar shaxslari ishtirokida amalga oshiriladi.
Bajarilgan ishlar loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelgan hollarda, shuningdek qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini laboratoriyada sinovdan o‘tkazishning ijobiy natijalari asosida shaharsozlik faoliyati subyekti vakolat bergan javobgar shaxslar ishtirokida muvofiqlik hujjati tuziladi.
28. Bajarilgan ishlar loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelmasligi aniqlangan hollarda, shuningdek qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini laboratoriyada sinovdan o‘tkazishning salbiy natijalariga hamda talablari buzilgan hujjatga asoslangan holda qurilishi nihoyasiga yetkazilgan bosqichda bajarilgan ishlarning nomuvofiqligi to‘g‘risida yozma ko‘rsatma beriladi.
Yozma ko‘rsatma nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori tomonidan shaharsozlik faoliyati subyektining vakolatli shaxsiga beriladi.
29. Shaharsozlik faoliyati subyektining vakolatli shaxsi yozma ko‘rsatmada qayd etilgan qoidabuzarliklarni rad etsa, nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektorining xatti-harakatlari yuzasidan yuqori organ — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
30. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma qoidabuzarlikni tuzatish mumkin bo‘lgan holatlarda beriladi.
Qurilish obyektining konstruktiv va boshqa xususiyatlari inobatga olinib, kamchiliklarni bartaraf etishning quyidagi muddatlari va nazorat tartibida tekshirish sanasi belgilanadi:
aniqlangan qoidabuzarlikni bartaraf etish uchun — besh ish kuni davomida;
qurilishni to‘xtatish (taqiqlash) — ikki ish kuni davomida;
qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ruxsat berish xususiyatiga boshqa hujjatlarni berish uchun — uch ish kuni davomida.
31. Nazorat natijalariga ko‘ra, avval aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etilganida nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori qurilishi yakunlangan bosqichning muvofiqligi to‘g‘risidagi dalolatnomada “Qoidabuzarlikni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar” ustunida tegishli yozuvi qayd etiladi.
32. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi hollarda qurilish obyektlaridagi ishlarni to‘xtatadi:
binolar, inshootlar, ularning ayrim qismlari va muhandislik kommunikatsiyalarining o‘zgarishi yoki qulab tushishi xavfini yuzaga keltiradigan kamchiliklar (yoxud) qoidabuzarliklar aniqlanganda;
qurilish loyihasi o‘zgartirilganda yoki qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha hujjatlariga rioya etmasdan amalga oshirilganda.
33. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori shaharsozlik normalari va qoidalari buzilgan holda bajarilgan konstruktiv elementlarni buzish (yoki demontaj qilish) to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
34. Shaharsozlik faoliyati subyekti davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish chog‘ida aniqlangan qonun hujjatlari talablari, shaharsozlik normalari va qoidalarining buzilish holatlarini bartaraf etishga doir ko‘rsatmalarni bajarmasa, unga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
35. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan tashkilotning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarining amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
36. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirishda qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarning bajarilishi majburiy bo‘lgan talablariga muvofiqligi yuzasidan sinovdan o‘tkazishni tayinlash huquqiga ega.
37. Sinovlar shaharsozlik faoliyati subyekti tomonidan obyekt joylashgan joyda yoki tanlangan namunalarni laboratoriyalarda (sinov qurilish laboratoriyalari) laboratoriya tahlili hamda sinovidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
38. Mavjud binolar va inshootlarning texnik holati ularni qayta tiklash yoki rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha shartnomaga muvofiq tekshiruvdan o‘tkaziladi va bu haqida tegishli xulosa beriladi.
39. Nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori zarur hollarda, shaharsozlik faoliyati subyektlarining loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya etganini aniqlash maqsadida laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish uchun foydalanilgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalaridan namunalar olish huquqiga ega.
40. Foydalaniladigan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari namunalarini tanlash uslubi va miqdori loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga mos kelishi zarur.
41. Qurilishda foydalaniladigan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi bo‘yicha tanlash, yetkazib berish hamda sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar shaharsozlik faoliyati subyekti hisobidan moliyalashtiriladi.
42. Sinovlar nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi laboratoriyalarida nazorat bo‘yicha vakolatli davlat organi inspektori hamda shaharsozlik faoliyati subyekti ishtirokida texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, mahsulotni nazorat va sinovdan o‘tkazish uslubi yordamida o‘tkaziladi.
43. Sinovlarni o‘tkazish muddati o‘ttiz ish kunidan oshmasligi zarur.
44. Qurilish mahsulotining laboratoriya sinovlari natijalari xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
45. Obyekt qurilishida foydalaniladigan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining sifati loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelmasligi aniqlangan holatlarda demontaj qilinishi lozim. Sinovlarni o‘tkazish va sifatsiz qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini demontaj qilish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar shaharsozlik faoliyati subyekti hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
46. Shaharsozlik faoliyati subyekti sinov natijalaridan rozi bo‘lmagan holatlarda o‘z ixtiyori bilan va o‘z hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan mustaqil laboratoriyaga yoki ekspertga qo‘yilgan masalalar yuzasidan laboratoriya xulosasini olish uchun murojaat qilish huquqiga ega. Bunda olingan laboratoriya xulosasi shaharsozlik faoliyati subyektining shikoyat materiallari va tekshirish hujjatlariga ilova qilinadi.
47. Nazorat bo‘yicha vakolati davlat organi va uning mansabdor shaxslari davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirishda o‘z funksiyalari hamda xizmat majburiyatlarini tegishli ravishda bajarmagan holatlarda qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
48. Shaharsozlik faoliyati subyektlari shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari, shuningdek ushbu Nizom talablarini buzsa, qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. | 205 | 21,803 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) 45-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1307, 2004-yil 2-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-son, 58-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 2, 6, 17, 18 va 23-bandlardagi “uning vazifasini” degan so‘zlar “uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 3-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qonun hujjatlarini buzish obyektlari hisoblanuvchi tovarlarni o‘z yonida yashirayapti va ko‘rsatmayapti deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, bojxona organi mansabdor shaxsi bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxsni mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklda bildirgi orqali xabardor qiladi.”;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Jismoniy shaxsni ko‘zdan kechirish to‘g‘risida bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklda yozma qaror qabul qiladi. Shaxsni ko‘zdan kechirish shakli bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan shaxsni ko‘zdan kechirishni tezlashtirish maqsadida aniq sharoitlar — vaqt, kun, masofaning uzoq yoki yaqinligiga qarab belgilanadi. Qarorda shaxsni ko‘zdan kechirish topshirilgan bojxona organi mansabdor shaxsi aniq ko‘rsatilishi shart.”.
4. 7-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Voyaga yetmagan va o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslarni ko‘zdan kechirish ularning bir jinsdagi vakillari yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
Vakil yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar bir jinsda bo‘lmagan taqdirda, ko‘zdan kechirish ularning talablari asosida bir jinsdagi vakil yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar kelgunga yoxud bir jinsdagi xolis yo‘lovchilardan birini tanlagunga qadar to‘xtatib turiladi.”.
5. 11-bandda:
a) “a” kichik bandning beshinchi xatboshisidagi “uning vazifasini” degan so‘zlar “uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) “v” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Yo‘riqnomaga ilova qilingan” degan so‘zlar “Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Shaxs ko‘zdan kechirish haqidagi qaror bilan tanishtirilgach, ko‘zdan kechirish xonasiga olib kiriladi hamda xolislar ishtirokida ushbu Yo‘riqnomaning 16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan huquq va majburiyatlari to‘liq, ravon hamda tushuntirishlar berish yo‘li orqali o‘qib eshittiriladi.
Shaxs, ko‘zdan kechirish jarayoni boshlanishidan avval uning huquq va majburiyatlari o‘qib eshittirilganligini ko‘zdan kechirish bayonnomasining boshida imzo qo‘yish yo‘li bilan tasdiqlaydi.”.
7. 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Shaxsni ko‘zdan kechirish bojxona organining ushbu tadbir o‘tkazishga mo‘ljallangan va maxsus jihozlangan xonasida o‘tkaziladi. Qoida tariqasida ushbu xonada stol, stul, kiyim - bosh ilish moslamasi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot qutichasi bo‘lishi lozim. Shaxsni ko‘zdan kechirish yopiq, tozalik qoidalariga mos binolarda, jumladan bojxona postlarida, aeroport, vokzal va boshqa tashkilotlarning berk xonalarida amalga oshiriladi.”.
8. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Shaxsni ko‘zdan kechirish nihoyasiga yetgandan so‘ng bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda shaxsni ko‘zdan kechirish haqida bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning asl nusxasi bojxona postidagi yig‘ma jildda saqlanadi, kseronusxasi esa ko‘zdan kechirilgan shaxsga (vakil, hamrohlik qiluvchiga) berilishi shart. Agar shaxs bayonnomaning kseronusxasini olishdan bosh tortsa, asl nusxaning tegishli qismiga bojxona organi mas’ul xodimi tegishli ma’lumotni kiritib, imzo qo‘yadi.”.
9. 42-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “uning vazifasini” degan so‘zlar “uning o‘rinbosari — smena boshlig‘i yoxud ularning vazifasini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ko‘zdan kechirilayotgan shaxsning (voyaga yetmagan va o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning vakili, hamrohlik qiluvchisi yoki ko‘zdan kechirish jarayonida vakil, hamrohlik qiluvchi sifatida ishtirok etayotgan shaxsning) fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, hujjatlaridagi ma’lumotlar;”.
10. 47-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Jurnal belgilangan tartibda tikilgan, raqamlangan va hududiy bojxona boshqarmasining muhri bilan muhrlangan bo‘lishi lozim.”.
11. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 1 va 2-ilovalar bilan to‘ldirilsin.
12. Yo‘riqnomaning ilovasi mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. | 166 | 5,610 |
Qonunchilik | “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son “Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining 2005-yil 16-martdagi GS-05/0271/1-son “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1469, 2005-yil 14-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-son, 119-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2011-yil 28-dekabrdagi 13-son “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1469-1, 2012-yil 23-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 3-4-son, 34-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2013-yil 5-iyuldagi 01/22-26/04-son “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1469-2, 2013-yil 17-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 378-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2013-yil 19-noyabrdagi 01/22-26/24-son “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1469-3, 2013-yil 26-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 48-son, 627-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 27-iyundagi 01/16-1-10/10-son “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1469-4, 2017-yil 3-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 27-son, 627-modda). | 247 | 2,843 |
Qonunchilik | Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida | Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hududida qadimgi davrlardan boshlab rivojlangan qishloqlar, shaharlar va sivilizatsiya markazlarining boy o‘tmishini arxeologik jihatdan tadqiq etish va tarixiy jarayonlarni tiklash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston hududi tosh davridan boshlab o‘zlashtirilganligi, mamlakatimiz jahondagi ilk shaharsozlik va davlatchilik shakllangan markazlardan biri bo‘lganligi, tariximiz va madaniyatimiz chuqur ildizlarga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.
Fan, ta’lim va iqtisodiyotning jadal integratsiyalashuvida respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni zamon talablari asosida yo‘lga qo‘yish, qazishmalarni keng ko‘lamda tashkil etish, yoshlarni arxeologik izlanishlar bilan tanishtirish hamda ochilgan qadimiy noyob me’morchilik namunalarini ochiq osmon ostida muzeylar shaklidagi turizm obyektlariga aylantirish bugungi kunning muhim masalasi bo‘lib qolmoqda.
So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish, yirik arxeologik yodgorliklarda keng ko‘lamli tadqiqotlarni olib borish, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizni xalqimizga va jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilish zarurligini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yo‘naltirish hamda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini arxeologik izlanishlarda keng joriy qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Milliy arxeologiya markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yo‘naltirish va arxeologik izlanishlarda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini keng qo‘llash;
innovatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda kompleks arxeologik ekspeditsiyalarni soha ta’limi amaliyoti bilan bog‘lab tashkil etish;
arxeologiya sohasida yetuk ilmiy kadrlar tayyorlash;
arxeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asosini tayyorlash;
arxeologik tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlarning arxeologiya yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchi-olimlar bilan qo‘shma arxeologik ekspeditsiyalarni tizimli tashkil qilish;
arxeologik tadqiqotlarga oid xalqaro tadbirlarni mamlakatimizda tashkil etish va xorijda arxeologiya bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etish;
tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatda arxeologik tadqiqotlar olib borilishi zarur bo‘lgan hududiy obyektlar yagona ma’lumot bankini hamda ularning muammolari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish;
arxeologik tadqiqot natijalarini keng ommaga yetkazish maqsadida muntazam ravishda ilmiy va ommabop kitoblar, zamonaviy tadqiqot uslublari singdirilgan o‘quv qo‘llanma va ko‘rsatmalarni nashr qilishni yo‘lga qo‘yish;
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasi faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlarining umumiy cheklangan soni 35 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda zaruratga ko‘ra, Markazning tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
4. 2019 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Dasturni amalga oshirishda Markaz tomonidan taqdim etilgan va e’lon qilingan ilmiy loyihalarga tanlov asosida mablag‘ ajratishni ta’minlasin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Markaz O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar institutining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari — Markaz bino va inshootlarini saqlash, ta’mirlash va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, internet tarmog‘i va boshqa moddiy-texnika vositalari) hamda ilmiy xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlarini bazaviy moliyalashtirish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy-texnik loyihalar tanlovlarining natijalari bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar;
xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi Markaz buyurtmanomalariga binoan arxeologik tadqiqotlarni olib borish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish va xarid qilishda belgilangan tartibda amaliy ko‘mak bersin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Markaz ilmiy xodimlari shtat birligini 3 yilda bosqichma-bosqich 80 taga yetkazishni inobatga olsin;
viloyatlardagi tayanch arxeologik yodgorliklarda muntazam faoliyat yurituvchi davlat kompleks arxeologik ekspeditsiyalarini bosqichma-bosqich tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni respublika budjeti mablag‘lari hisobidan, Markaz tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan xarajatlar smetasiga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq hajmda moliyalashtirishni ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Markazga “Bioarxeologiya” va “Landshaft arxeologiyasi” yo‘nalishlarida 2 ta laboratoriyani Markaz tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetasiga muvofiq zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash maqsadida 2 mln. AQSh dollari miqdorida homiylik mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rsin;
Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim etiladigan talabnomaga muvofiq Markazga 1 ta yengil avtotransport vositasini xarid qilish va uni saqlash uchun limit ajratsin.
9. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Markazni Toshkent shahridagi mos bino bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Markaz unga mos bino ajratilgunga qadar Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 81-uy manzilida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Fanlar akademiyasi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini turistik marshrutga kiritish hamda turistlar orasida keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rsin.
11. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tashkil etiladigan ochiq osmon ostidagi muzeylarda va arxeologiya namoyishi obyektlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida:
tashrif buyuruvchilarga kirish chiptalari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sotiladi;
milliy hunarmandchilik mahsulotlarining savdo shoxobchalari, shu jumladan ularni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etiladi;
zamonaviy sanitariya-gigiyena shaxobchalari tashkil etiladi.
13. Namangan viloyati hokimligi 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marta Axsikent yodgorligi asosida keng xalq ommasiga tarix bilimini targ‘ib etish hamda turizmni rivojlantirish maqsadida “O‘tmishga sayohat” xalqaro tarixiy-madaniy festival o‘tkazilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Namangan viloyati hokimligi ikki oy muddatda arxeologiya sohasidagi xorijiy ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda, Axsikent yodgorligi asosida ochiq osmon ostida muzey tashkil etish va uni turizm obyektiga aylantirish bo‘yicha konsepsiya (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Konsepsiyani amalga oshirish uchun moliyaviy manbalarni aniqlash, xususan, investitsiyalar va xorijiy grantlarni jalb qilish choralarini ko‘rsin.
16. Manfaatdor vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov, Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin. | 61 | 9,202 |
Qonunchilik | Energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik: mazkur yoʻnalishda qanday oʻzgarishlar boʻladi | «Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (14.07.2020 yildagi OʻRQ-628-son Qonunga qarang).
Qonun loyihasi muhokamasi chogʻida senatorlar tuzatishlar iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya iste’molini optimallashtirishga qaratilganligini ta’kidladilar, bu aholining real daromadlari oshishiga olib keladi. Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarda nimalar nazarda tutilgan?
Birinchidan, energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar) normativ hujjatlarda koʻrsatilgan energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi yuzasidan majburiy sertifikatlashdan oʻtkazilishi lozim.
Ikkinchidan, energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy yoʻnalishlari qayta koʻrib chiqildi:
Uchinchidan, Vazirlar Mahkamasining sohadagi vakolatlariga tuzatishlar kiritildi, shuningdek quyidagilarning vakolatlari belgilandi:
Toʻrtinchidan, sohada amalga oshiriladigan dasturlar va loyihalar tasnifiga birmuncha oʻzgartirishlar kiritildi:
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 15.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 93 | 1,192 |
Qonunchilik | POChTA ALOQASI XIZMATLARINI KO‘RSATISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-331-son qarori ijrosini ta’minlash va xalqaro pochta jo‘natmalarida hujjatlarni jo‘natishni tartibga solish, pochta jo‘natmalarini jo‘natuvchining shaxsini identifikatsiyalash, xalqaro pochta jo‘natmalarida taqiqlangan predmet (narsa)larni jo‘natishni nazorat qilish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-sentabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida”gi PQ-186-son qarorining 3-ilovasi hamda O’zDst 1020:2002 “Pochta konvertlari. Texnik shartlar”ni bajarish maqsadida, buyuraman:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003-yil 3-iyundagi151-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 16-iyulda 1256-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari” ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin (ilova* qilinadi).
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan 10 kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish Agentlik Bosh direktorining o‘rinbosari A.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. | 101 | 1,610 |
Qonunchilik | Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish, aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portali ishga tushirilganligi, mazkur portal orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (keyingi o‘rinlarda fuqarolar deb ataladi) onlayn rejimda bepul huquqiy maslahat olishlari uchun imkoniyat yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va “Yuksalish” umummilliy harakatining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) “Madad” — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti (keyingi o‘rinlarda Muassasa deb ataladi) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalarini (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi), shuningdek, tuman (shahar)larda ularning huquqiy maslahat byurolarini (keyingi o‘rinlarda huquqiy maslahat byurolari deb ataladi) tashkil etish;
b) Quyidagilarni Muassasaning asosiy vazifalari sifatida belgilash:
fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha shu jumladan, onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yo‘li bilan birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish;
fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda oshirib borish ishlariga ko‘ngillilarni safarbar etish;
fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid so‘rovlarni tahlil qilib borish, tahlil natijasiga ko‘ra huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullarni, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini tatbiq etish;
“Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalining muntazam ravishda yuritilishi va yangilab borilishini ta’minlash.
3. Belgilansinki, Muassasa va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish:
davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining shartnoma asosida Muassasaga to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratiladigan budjetdan tashqari mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining moliyaviy mablag‘lari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
4. Muassasaning markaziy apparati Toshkent shahar, Sayilgoh ko‘chasi 5-uyda, hududiy bo‘linmalari va huquqiy maslahat byurolari zaruratga ko‘ra, tegishli hududiy adliya organlari yoki tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari binolariga ijara to‘lovining “nol” stavkasi asosida joylashtirilsin.
5. Muassasaning markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va huquqiy maslahat byurolarini kompyuter texnikasi va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash, ular joylashgan binolarni saqlash (kommunal xizmatlar, joriy ta’mirlash va boshqalar) bilan bog‘liq xarajatlar adliya organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Adliya vazirligi bilan birgalikda “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portali hamda “Madad” — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining bepul huquqiy maslahat berish faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Adolat” huquqiy axborot markazi” va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonalarini davlat muassasalari shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
8. Quyidagilar:
“Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 46 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Quyidagilar:
b) “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, “Notarius” avtomatlashtirilgan tizimi, “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portali va vazirlik tomonidan yaratilgan boshqa axborot tizimlari faoliyatini kuzatib borish, serverlarga, telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida “Elektron hukumat” axborot tizimlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirish;
adliya organlari va muassasalarining barcha tuzilmalari faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
adliya organlari va muassasalarida axborotlashtirish sohasida tahlillar o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish.
10. Belgilansinki:
a) 2019-yil 10-sentabrdan boshlab “Adolat” huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘plami” (keyingi o‘rinlarda rasmiy nashrlar deb ataladi) autsorsing asosida nashr etiladi;
b) “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktorlar rahbarlik qiladi;
v) “Adolat” huquqiy axborot markazi” va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarorida belgilangan davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga ustama haqi va yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi, shuningdek, avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar, maxsus va darajali unvonlar saqlab qolinadi;
g) quyidagilar “Adolat” huquqiy axborot markazi” va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi, shuningdek adliya organlari va muassasalarining boshqa budjetdan tashqari mablag‘lari;
xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari va homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
2020-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini modernizatsiya qilsin, jumladan, bunda “aqlli” izlash funksiyasi nazarda tutilsin;
rasmiy nashrlarni chop etish va realizatsiya qilish jarayonida ularning tannarxini arzonlashtirish choralarini ko‘rsin;
ikki oy muddatda “Adolat” huquqiy axborot markazi” va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasalarining ustavlarini tasdiqlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin. | 127 | 7,790 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 3-oktabrdagi 743-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek, boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) saylovoldi tashviqotini olib borish tartibini belgilaydi.
1. Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.
2. Saylovoldi tashviqoti nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi va ovoz berishga bir kun qolganida tugaydi.
3. Nomzodlar saylovoldi tashviqotini olib borish borasida teng huquqlarga ega.
Nomzod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi uchun uning nomidan ishonchli vakillar saylovoldi tashviqotini olib borishlari mumkin.
4. Quyidagilarning saylovoldi tashviqotini olib borishi taqiqlanadi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining, sudyalarning;
saylov komissiyalari a’zolarining;
diniy tashkilotlar professional xizmatchilarining.
5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga o‘z mansab va xizmat mavqeyidan saylovoldi tashviqoti davrida har qanday siyosiy partiyaning yoki nomzodning foydasiga yoxud unga qarshi foydalanishi taqiqlanadi.
6. Nomzodlarga o‘zining kelgusidagi faoliyati dasturi bilan so‘zga chiqish huquqi beriladi. Nomzodlarning dasturlari davlat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilmagan bo‘lishi, xalqning salomatligi hamda ma’naviyatiga tahdid solmasligi, urushni, milliy nafratni, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilmasligi, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik ishlatib o‘zgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda erkinliklarini cheklovchi harakatlarga da’vat qilmasligi kerak.
Nomzodlarning dasturlarini ularning roziligisiz tahrir qilish mumkin emas.
7. Saylovoldi tashviqoti:
nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;
nomzod to‘g‘risida axborot tarqatib, uni yoqlab ovoz berishga chaqirish shaklida olib boriladi.
8. Saylovoldi tashviqoti omma oldida ochiq munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning yig‘ilishlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida (bundan buyon matnda OAV deb yuritiladi) chiqishlar, roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
9. Saylovoldi tashviqoti:
OAV, shu jumladan televideniye, radio, gazeta va jurnallar, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan butunjahon internet axborot tarmog‘i) orqali;
bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chop etish hamda tarqatish orqali;
saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Saylovoldi tashviqoti davrida uni olib borishning Saylov kodeksi va ushbu Nizomda taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanilishi mumkin.
10. Nomzodlar saylovoldi tashviqotini olib borishning turlari, shakllari va usullarini mazmun-mohiyatini mustaqil belgilaydilar.
11. Saylovoldi tashviqoti materiallari quyidagilar hisoblanadi:
nomzod uchun ovoz berishga chorlovchi bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallar;
nomzodga oid plakatlar, bannyerlar, varaqalar;
OAVda qo‘yiladigan nomzod uchun ovoz berishga chorlovchi video va audio roliklar.
12. Nomzodlarning avtobiografik ma’lumotlari va ularning saylovoldi dasturlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) axborot materiallari (plakatlari) saylovoldi tashviqoti materiallari hisoblanmaydi.
13. Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek, pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.
14. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari (saylov kunidan ikki kun oldin) joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida olib qo‘yilishi majburiy hisoblanmaydi.
15. Saylov komissiyalari a’zolari partiya ramzlari tushirilgan kiyim kiyishi, taqinchoq taqishi va boshqa belgilardan foydalanishi taqiqlanadi.
16. Nomzodlarga saylovoldi tashviqotini olib borish uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladi. Nomzodlarni boshqa manbalardan pul mablag‘larini o‘tkazish (kiritish), tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish shaklida moliyaviy ta’minlash va boshqacha tarzda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
17. Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzod saylov kampaniyasida ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining hajmi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan teng ulushlarda belgilanadi va siyosiy partiya tasarrufiga yetkaziladi.
18. Saylovoldi tashviqoti boshlangunga qadar siyosiy partiyalar tomonidan nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini nomzodni yoqlab ovoz berishga da’vat etmagan (chaqirmagan) holda o‘z mablag‘lari hisobidan, shu jumladan homiylik mablag‘laridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
19. Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda nomzodlarga bir xil hajmdagi efir vaqti va chop etish maydoni bepul taqdim etilishi orqali ularga davlat OAVdan foydalanishda teng imkoniyat beriladi.
20. Saylovoldi tashviqotini olib borish maqsadida OAVdan bepul foydalanish tartibi, hajmi va vaqti saylovda ishtirok etishga ijozat berilgan siyosiy partiyalarning fikrini inobatga olgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
21. Markaziy saylov komissiyasi qarorida quyidagilar belgilab beriladi:
efir vaqti yoki chop etish maydoni bepul taqdim etiladigan davlat OAV ro‘yxati;
saylovoldi tashviqotini olib borish uchun nomzodlarga davlat (respublika va mahalliy) tele- va radiokanallarida bepul taqdim etiladigan efir vaqti hajmi, shuningdek, ular efiriga uzatiladigan vaqt;
saylovoldi tashviqotini olib borish uchun nomzodlarga davlat (respublika va mahalliy) nashrlarida bepul taqdim etiladigan chop etish maydoni hajmi, shuningdek, ular bosilib chiqadigan kunlar;
saylovoldi tashviqoti davrida nomzodlarning OAVda chiqish navbati.
Davlat OAVda bepul taqdim etiladigan efir vaqti va chop etish maydoni hajmi hamda vaqti tegishli OAV bilan oldindan kelishib olinadi.
22. Davlat tele- va radiokanallarida ajratiladigan bepul efir vaqti, qoida tariqasida, eng ko‘p auditoriya qamrab olinadigan vaqtga (praym-taymga) to‘g‘ri kelishi kerak.
23. Bepul efir vaqtidan nomzodlar ommaviy debatlar, munozaralar, matbuot anjumanlari, intervyu, chiqishlar, saylovchilar yig‘ilishlari, nomzod to‘g‘risida roliklar joylashtirish va hokazolar uchun foydalanishi mumkin.
Saylovoldi tashviqoti doirasida tele- va radiokanallarda joylashtirishga mo‘ljallangan materiallar tegishli tele- va radiokanallar bilan hamkorlikda nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, nomzodlarni ko‘rsatgan siyosiy partiyalar tomonidan tayyorlanadi.
24. Taqdim etilgan efir vaqtidan siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda, agar nomzodlar bunday tadbirlarda qatnashishga rozi bo‘lsa, ular o‘rtasida ommaviy debatlar va munozaralar o‘tkazish uchun foydalanilishi mumkin.
25. Bosma OAVda chop etish uchun materiallar nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, nomzodlarni ko‘rsatgan siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladi. Saylovoldi tashviqoti materiallari ularni taqdim etgan shaxslarning roziligisiz tahrir qilinishi mumkin emas.
26. Nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, nomzodlarni ko‘rsatgan siyosiy partiyalar ularga taqdim etilgan efir vaqtidan va chop etish maydonidan erkin va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanadi.
Siyosiy partiyalar bilan o‘zaro kelishilgan holda saylovoldi tashviqoti materiallarining turlari, shakllari va mazmun-mohiyati birxillashtirilishi mumkin.
27. Muayyan nomzodga taqdim etilgan bepul efir vaqtidan yoki chop etish maydonidan boshqa nomzod foydalanishi mumkin emas.
Nomzod bepul taqdim etilgan efir vaqtidan va chop etish maydonidan voz kechishga haqli.
28. Bepul taqdim etilgan efir vaqti va chop etish maydoni doirasida saylovoldi tashviqoti materiallari uzatilayotgan hamda chop etilayotgan vaqtda OAV ular saylovoldi tashviqoti materiallari ekanligini qayd etadi.
29. Saylovoldi tashviqoti davrida nomzodlarning OAVda chiqishlari ularni ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi uchun ijozat berilgan navbatiga qarab amalga oshiriladi.
30. OAV saylovoldi tashviqoti davrida nomzodning ishlab chiqarish va xizmat majburiyatlarini bajarayotganini yoritishlari mumkin va bu saylovoldi tashviqoti tusidagi tadbir hisoblanmaydi.
31. Axborot dasturlari va boshqa axborot materiallarida nomzodlarning saylovoldi faoliyatini yoritib berishda OAV:
teng sharoitlar yaratib berishi, shu jumladan dasturning davomiyligi va hajmi bo‘yicha teng sharoitlar yaratib berishi;
materiallarni efirga uzatish hamda chop etishda ular ko‘proq birgalikda berilishiga erishishi kerak.
32. Nomzodlarga davlat va nodavlat OAVda efir vaqti yoki chop etish maydoni pulli asosda ham ajratilishi mumkin.
Efir vaqti, chop etish maydoni uchun OAV tomonidan belgilanadigan to‘lov shartlari va boshqa talablar (tiraj, efirga beriladigan vaqt, joy, shrift va hokazolar) barcha nomzodlar uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.
Pulli efir vaqtini yoki chop etish maydonini ajratish bilan bog‘liq munosabatlar OAV va siyosiy partiyalar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
33. OAVda tarqatiladigan axborot haqiqatga to‘g‘ri kelishi nomzodlar va siyosiy partiyalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Noto‘g‘ri axborotni, nomzodning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, nomzodning roziligisiz uning shaxsiy yoki oilaviy siridan iborat xususiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni noqonuniy to‘plash yoki tarqatish taqiqlanadi.
34. Nomzodlar OAVda chop etilgan noto‘g‘ri hamda o‘zining sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazgan ma’lumotlar yuzasidan raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqli.
Chop etish natijasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan nomzodlar ushbu OAVda raddiya yoki javob maqola chop etishga haqli.
Bosma OAVda raddiya OAVning navbatdagi sonida, javob paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan material joylashtirilgan sahifada e’lon qilinishi kerak.
Elektron OAVda raddiya navbatdagi dasturda yoki ko‘rsatuvda efirga uzatilishi kerak.
Nomzodlar OAV raddiyani, javob maqolani chop etishdan bo‘yin tovlasa yoki chop etishning belgilangan muddatini buzsa, sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
35. OAVda, shu jumladan hamma foydalana oladigan telekommunikatsiya tarmoqlarida nomzodlarni yoritish jarayonining monitoringini olib borish Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Monitoring natijalari har kuni, yoritish ertasidan kechikmay Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etib boriladi.
Saylov yakuni bo‘yicha monitoringning yakuniy sarhisobi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida chop etiladi.
36. Ushbu Nizomning II bobidagi talablar siyosiy partiyalar tomonidan ta’sis etilgan bosma va elektron OAVga tatbiq etilmaydi, 33-band bundan mustasno.
37. Bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalar, bosma mahsulotning elektron ko‘rinishlari va boshqa saylovoldi tashviqoti materiallarini to‘siqlarsiz chiqarish hamda tarqatish uchun nomzodlarga teng sharoitlar yaratib beriladi. Saylovoldi tashviqoti materiallari O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
38. Bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa saylovoldi tashviqoti materiallari quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
saylovoldi tashviqoti materiallarini tayyorlagan yuridik shaxs nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqida boshqa ma’lumotlar (jismoniy shaxs familiyasi, ismi va otasining ismi);
saylovoldi tashviqoti materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxs nomi (jismoniy shaxs familiyasi, ismi va otasining ismi);
saylovoldi tashviqoti materiallari nusxasining soni, chiqarilgan sanasi haqidagi axborot.
39. Saylovoldi tashviqoti materiallari xonalarga, binolarga, inshootlarga va boshqa obyektlarga osib qo‘yilishi mumkin.
Haykallarga, yodgorliklarga, shuningdek, saylov komissiyasi joylashgan binolarga, ovoz berish xonalariga bosma saylovoldi tashviqoti materiallarini joylashtirish taqiqlanadi.
40. Nomzodlarga va ularning ishonchli vakillariga saylovoldi tashviqotini saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali olib borish uchun teng sharoitlar beriladi.
41. Saylovchilar bilan uchrashuvlar nomzodlar va ularning ishonchli vakillari tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi.
Nomzodlar va ularning ishonchli vakillari boshqa nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoxud boshqa nomzodlar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
42. Saylovchilar bilan uchrashuvlarni o‘tkazish joyi va vaqti haqida okrug yoki uchastka saylov komissiyasiga ma’lum qilinadi.
Nomzodning saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi to‘g‘risidagi axborot mahalliy OAVda e’lon qilinadi.
43. Nomzodlar va ularning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlarni tashkil etish va o‘tkazishda yordam ko‘rsatish iltimosi bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, jamoat birlashmalariga, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilishga haqli.
44. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul taqdim etishi;
zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda nomzodlarga ko‘maklashishi;
saylovchilarni nomzodlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladigan vaqt va joy haqida xabardor qilish masalasida nomzodlarga ko‘maklashishi kerak.
45. Nomzod saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida, saylovoldi yig‘ilishlarida, televideniye va radioda nutq so‘zlash vaqtida o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish yoki xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lish huquqiga ega.
46. Nomzod saylovoldi tashviqoti davrida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha turdagi davlat yo‘lovchi transportida bepul yurish huquqiga ega (bundan shahar yo‘lovchi transporti, taksi va boshqa transport turlarining buyurtma qilinadigan reyslari mustasno).
47. Nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari ochiq va oshkora tarzda o‘tkaziladi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
48. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi butun hududida saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Okrug saylov komissiyalari saylov okrugi hududda saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
49. Saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibini buzganlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. | 138 | 16,741 |
Qonunchilik | Markaziy bank banklarning likvidlilik koeffitsiyentini yangiladi | “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi Nizomga (roʻyхat raqami 2709, 2015 yil 13 avgust) “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 52-moddasiga asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Markaziy bank saytida хabar beriladi.
Xususan, Nizomning 43-bandiga banklar majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini ta’minlash maqsadida lahzali va joriy likvidlilik me’yorlarini bajarishlari lozim boʻlgan norma kiritildi.
Joriy likvidlilik koeffitsiyenti joriy aktivlar summasini (toʻlov muddati 30 kungacha boʻlgan bankning likvidli aktivlari va qoʻyilmalari, bundan muddati uzaytirilgan yoki qaytarish muddati oʻtgan kreditlar mustasno) joriy majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha boʻlgan majburiyatlar) summasiga nisbati orqali aniqlanadi Mazkur koeffitsiyent 30%dan kam boʻlmasligi lozim.
Ayni paytda lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari hamda bankning Markaziy bankidgi hisobvaraqlaridagi mablagʻlari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaхira hisobvaragʻi va majburiy zaхiralar depozitlaridagi mablagʻlar mustasno) summasini ushbu Nizomda koʻrsatilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari – talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.
Lahzali likvidlilik koeffitsiyentini hisoblashda faqat Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mablagʻlar inobatga olinadi.
Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti 2017 yil 1 avgustdan boshlab 10%dan, 2017 yil 1 noyabrdan boshlab 15%dan, 2018 yil 1 yanvardan boshlab esa 20%dan kam boʻlmasligi lozim. | 64 | 1,638 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 1992 YIL 15 MAYDAGI KOLLEKTIV XAVFSIZLIK TO‘G‘RISIDAGI ShARTNOMANI UZAYTIRISh HAQIDAGI BAYoNNOMAGA (MOSKVA, 1999 YIL 2 APREL) QO‘ShILIShI TO‘G‘RISIDA | 1992-yil 15-maydagi Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish haqidagi Bayonnomaga (Moskva, 1999-yil 2-aprel) qo‘shilinsin. | 178 | 139 |
Qonunchilik | Yangi yildan alkogol mahsulotlari narхi oʻzgaradi | Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qoʻshma qarori (AV tomonidan 10.12.2015 yilda 2738-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan 2016 yil 1 yanvardan alkogolli mahsulotlar uchun, pivodan tashqari, eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar belgilanadi:
Sotilayotgan tovarning nomi
Ishlab chiqaruvchi korхonalarning eng kam ulgurji-sotish narхi (soʻmda)
Eng kam chakana narх (soʻmda)
Vino
4 500
5 400
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar
10 500
12 600
Konyak
13 900
16 700
Eslatib oʻtamizki, alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narхdan past narхlar boʻyicha sotish taqiqlanadi (Prezidentning 16.03.2007 yildagi PQ-605-son Qarori bilan tasdiqlangan Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalarining 15-bandi oʻn uchinchi хatboshisi; VMning 13.02.2003 yildagi 75-son Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 60-bandi oʻn beshinchi хatboshisi).
Mazkur qoidalarni buzganlik uchun Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 186-1-moddasida EKIHning 50 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solish tarzidagi ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.
Qaror 2016 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | 49 | 1,504 |
Qonunchilik | Yoshlar ishlari agentligiga yangi vakolatlar berildi | Prezident tomonidan 25.01.2022 yildagi “Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida ”gi OʻRQ-747-son Qonun imzolandi.
Yuqorida koʻrsatilgan Qonun bilan quyidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
Hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Yoshlar ishlari agentligi bilan bogʻliq. Ular quyidagilardan iborat:
birinchidan, OʻRQ-263-son Qonundagi qoʻshimchaga koʻra, Agentlik oʻz faoliyati davomida mavjud boʻlgan ma’lumotlar toʻgʻrisida tegishli organlarni хabardor qiluvchi davlat organlari roʻyхatiga kiritildi. Xususan, u voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi, ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlanganligi toʻgʻrisida zudlik bilan хabardor qiladi.
- Agentlik voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimiga kiritildi hamda 17-1-moddaga koʻra uning vakolatlari belgilandi.
ikkinchidan, OʻRQ-371-son Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Agentlik huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga qoʻshildi va 19-1-moddaga koʻra, uning huquqbuzarliklar sohasidagi vakolatlari belgilandi.
uchinchidan, OʻRQ-406-son Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Agentlikni 7-1-moddaga muvofiq yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari belgilandi.
toʻrtinchidan, OʻRQ-444-son Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Agentlik bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar tizimiga qoʻshildi hamda 12-1-moddaga koʻra, uning shu sohadagi vakolatlari belgilandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.01.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 52 | 1,962 |
Qonunchilik | Buzishlar: 5 avgustdan boshlab – yangi qoidalar boʻyicha | Prezident raisligida 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda shu boradagi ishlar qanday tashkil etilayotgani yuzasidan mutasaddi vazirlik va tashkilot, hududlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Tadbirkorlar tashabbuslarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan qator muammolarni respublika idoralari aralashuvisiz, joyida hal qilish mumkinligi ta’kidlandi.
Masalan, aksariyat muammolar yer ajratish hamda infratuzilmaga ulanish bilan bogʻliq. Lekin yer ajratish uchun хulosa beradigan sakkizta idora tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlari asossiz ravishda, oylab choʻzib yuborilmoqda. Prezident mazkur tashkilotlarning ruхsat berishga oid funksiyasini muvofiqlashtirish, ulardagi ma’lumotlar bazasini integratsiyalash orqali bunday “ruхsat beruvchi” idoralar sonini qisqartirish, bu boradagi tartibni takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.
Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yirik korхonalarning boʻsh turgan ob’yektlari negizida qoʻshimcha kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etish vazifasi qoʻyildi. KSZlarni elektr, suv, gaz, yoʻl va aloqa kommunikatsiyalari bilan ta’minlashga ketadigan хarajatlarning 65%ini respublika byudjetidan qoplash tartibini joriy qilish zarur.
23 iyulda boʻlib oʻtgan avvalgi yigʻilishda tadbirkorlar mulklarini kompensatsiya toʻlamasdan buzish va yer maydonlarini olib qoʻyishga mutlaqo yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan edi. Davlatimiz rahbari shu masalada Bosh vazir oʻrinbosari rahbarligida respublika ishchi guruhi tuzish, ular joylarga chiqqan holda tadbirkorlarga yetkazilgan zararni хatlovdan oʻtkazib, bu mablagʻlarni bozor qiymati asosida toʻlab berish zarurligini ta’kidladi.
Joriy yil 5 avgustdan bu boradagi ishlar qat’iy tartib bilan, uch bosqichda amalga oshiriladi:
I - hududiy hokimliklar buzilishiga zarurat tugʻilgan joy boʻyicha materiallar toʻplamini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
II - shaharsozlik talablari boʻyicha Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, moliyaviy hisob-kitoblar boʻyicha - Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan хulosa tayyorlanadi.
III - mazkur хulosa koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun Bosh vazirga kiritiladi.
Tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan tashqari ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi. Oхirgi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta miqdorda kreditlar berildi. Ularning 90%dan ziyodi davlat mablagʻlaridir. Oʻtkazilgan oʻrganishlar 2017-2018 yillarda bankdan kredit olgan mingdan ortiq tadbirkorlarning loyihalari boʻyicha yer ajratish, infratuzilmaga ulanish, ruхsatnoma olish, dastgohlarni keltirish va boshqa turli masalalarga doir muammolar borligini koʻrsatgan. Bu oʻz navbatida berilgan kreditlarning qaytarilishini qiyinlashtiradi. Shu bois muammolari boʻlgani uchun toʻliq amalga oshirilmayotgan loyihalar roʻyхatini shakllantirib, ularga amaliy koʻmak berish vazifasi qoʻyildi. | 56 | 3,069 |
Qonunchilik | “Boysun bahori” festivali aprelda oʻtkaziladi | Vazirlar Mahkamasining 07.02.2022 yildagi “Boysun bahori” хalqaro folklor festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 59-son qarori qabul qilindi.
2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marta aprel oyida Surхondaryo viloyatining Boysun tumanida “Boysun bahori” хalqaro folklor festivali oʻtkaziladi.
“Boysun bahori” хalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi. Nizom bilan festivalni oʻtkazish shartlari, shu jumladan, unda folklor jamoalari (folklor san’ati boʻyicha 12 nafardan, milliy хalq oʻyinlari va tomosha san’ati yoʻnalishida 4 nafardan oshmagan holda) tomonidan oʻz dasturlarini namoyish etish talablari belgilandi.
Shuningdek, festival ishtirokchilarini 9-11 nafar yetakchi mutaхassislardan iborat tarkibda tuziladigan hakamlar hay’ati har bir a’zosi tomonidan alohida tarzda 10 ballik tizim boʻyicha baholash va gʻoliblarni aniqlash mezonlari belgilandi.
Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-хarajatlar Surхondaryo viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.02.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 46 | 1,355 |
Qonunchilik | Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | So‘nggi yillarda ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini takomillashtirish, boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash, ularga tutash yer uchastkalarini aniq belgilash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 15 ta hududida ko‘p kvartirali uy-joylar joylashgan yerlarni ochiq tanlov o‘tkazish yo‘li bilan boshqaruvchi tashkilotlarga biriktirish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi va tahlil natijalariga ko‘ra mazkur loyiha doirasida 1 227 ta ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholining yashash sharoitlari yanada yaxshilandi.
Qisqa vaqt ichida boshqaruvchi tashkilotlarning kredit qarzdorligi 2 baravarga qisqardi, 500 nafarga yaqin ish o‘rinlari yaratildi, ishchilar ish haqi hamda boshqaruvchi tashkilotlar daromadi 2 baravarga oshdi.
Shu bilan birga, respublikada faoliyat olib borayotgan 772 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlarining 311 tasida muammoli kreditor qarzdorliklari mavjud bo‘lib, 2,5 mingdan ziyod ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholiga tegishli xizmatlar ko‘rsatilmay yoki sifatsiz ko‘rsatib kelinmoqda.
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqarish tashkilotlari tomonidan aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida:
1. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2022-yil 1-sentabrga qadar muammoli kreditor qarzdorliklari mavjud har bir uy-joy mulkdorlari shirkatining boshqaruv usulini o‘zgartirish bo‘yicha uy-joy mulkdorlari umumiy yig‘ilishi qarori qabul qilingan taqdirda ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
respublikadagi muammoli bank kreditlari mavjud barcha uy-joy mulkdorlari shirkatlari tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining xulosasi olingan taqdirda tugatilishi mumkin;
tugatilgan yoki boshqarish usuli o‘zgartirilgan uy-joy mulkdorlari shirkatlarining boshqaruvida bo‘lgan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun, qoida tariqasida, reytingi yuqori bo‘lgan boshqaruvchi tashkilotlar jalb qilinadi;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi jalb qilingan boshqaruvchi tashkilot faoliyatini, shu jumladan u tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar sifatini olti oy mobaynida monitoring qiladi va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya qilmagan boshqaruvchi tashkilotlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralarni qo‘llaydi.
2. Bosh prokuratura, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
muammoli kreditor qarzdorliklari mavjud uy-joy mulkdorlari shirkatlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati uy-joy mulkdorlariga to‘liq yetkazilishini hamda mazkur qarorning 1-bandida belgilangan tadbirlarning ijrosi yuzasidan zarur tashkiliy ishlarning ular bilan birgalikda amalga oshirilishini;
muammoli kreditor qarzdorliklari mavjud bo‘lmagan va moliyaviy-iqtisodiy holati barqaror ko‘p kvartirali uylarning boshqarish organlari faoliyatiga aralashuvga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlasin.
3. Belgilansinki, 2022-yil 1-noyabrdan boshlab ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi.
4. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2022-yil 1-noyabrdan boshlab:
a) quyidagi hujjatlarda ko‘p kvartirali uylardagi turarjoylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan (noturar) joylar, umumiy mol-mulk (umumiy joylar) ro‘yxati hamda har bir ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi (rejasi, joylashgan obyektlar, shu jumladan loyihada nazarda tutilgan avtoturargohlar, bolalar va sport maydonchalari, dam olish maskanlari, sayilgohlar, yo‘laklar va ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa obyektlar) maydoni hamda chegaralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shart:
ko‘p kvartirali uylarni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlarining loyiha hujjatlari;
foydalanishga qabul qilinayotgan ko‘p kvartirali uyga belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan kadastr pasporti;
qurilish-montaj ishlari (rekonstruksiyasi) tugallangan ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma;
b) mazkur hujjatlarda ushbu ma’lumotlar ko‘rsatilmagan taqdirda vakolatli organlar tomonidan tegishincha loyiha hujjatlari bo‘yicha xulosa, kadastr pasporti (loyiha hujjatlarida ko‘rsatilmagan taqdirda), ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma (loyiha hujjatlarida va kadastr pasportida ko‘rsatilmagan taqdirda) berilmaydi;
v) qurilish-montaj ishlari (rekonstruksiyasi) tugallangan ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qo‘shimcha ko‘p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo‘lmagan obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.
6. Belgilansinki:
ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi hamda ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Bunda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan to‘lovlar (shu jumladan kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lovlar) joylar mulkdorlari yoki tegishli ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi tomonidan ikki yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin;
ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma ushbu uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga, umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni joylarning mulkdorlari nomiga, keyinchalik realizatsiya qilinadigan turarjoylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan (noturar) joylarni esa buyurtmachi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi;
ushbu bandning uchinchi xatboshisi mazkur qaror kuchga kirgunga qadar belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingan ko‘p kvartirali uylarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurilish vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvarga qadar o‘z hududlaridagi ko‘p kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini umumiy foydalanish uchun (notijorat maqsadlarda) ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish yuzasidan qarorlar qabul qilsin.
8. Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda barcha ta’lim va tibbiyot muassasalariga kommunal va tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, avariya-dispetcherlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun bozor narxlaridan kelib chiqqan holda autsorsing shartnomasi asosida boshqaruvchi tashkilotlarni jalb qilishni ko‘zda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda vazirlik huzuridagi “Yagona hisob-kitob markazi” va uning shahar (tuman), tumanlararo filiallarini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari hamda ularning shahar va tuman filiallarini tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-fevraldagi “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3-son qarorining 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2800-son qaroriga 1-ilovaning “Idoraviy formali kiyim” bo‘limi quyidagi mazmundagi 8 va 9-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2900-son qarorida:
a) 4 va 5-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 8-ilovada:
2-banddan “va “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “va “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarini (keyingi o‘rinlarda — “TTX” DUK)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 17-bandning birinchi xatboshisidagi “tashkilotlari va “TTX” DUKlarni” so‘zlari “tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandning ikkinchi xatboshisidan va 15-bandning ikkinchi xatboshisidan “va “TTX” DUKlarni” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ilovada (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va foydalanish sxemasi):
I bosqich “Tadbirlar” ustunidan “va TTX” DUKlarini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
II va III bosqichlar “Tadbirlar” ustunidagi “tashkilotlari va “TTX” DUKlarni”, “tashkilotlari va TTX” DUKlarini” so‘zlari “tashkilotlarini” so‘zi bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi “2017 — 2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2922-son qarorida:
6 va 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
7-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
qarorga 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-son qarorida:
a) 4-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish mazkur uy-joylarni ta’mirlash ishlari umumiy smeta qiymati doirasida amalga oshiriladi, bunda:
2023-yil uchun Moliya vazirligi tomonidan respublika budjetidan 156,4 milliard so‘m ajratiladi;
2024-yil 1-yanvardan boshlab mablag‘larning:
30 foizi mulkdorlar hisobidan qoplanadi. Mazkur mablag‘lar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasida ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlashni moliyalashtirish uchun ochiladigan maxsus hisobvaraqda (keyingi o‘rinlarda — Maxsus hisobvaraq) shakllantiriladi;
35 foizi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi;
35 foizi mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi”;
b) 7-bandda:
“a” va “d” kichik bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish birinchi ikki yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muddatga ko‘p kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining kafolat muddati joriy qilinadi. Bunda:
quruvchi tomonidan boshqarish usuli tanlanadi yoki mazkur vazifani amalga oshirish uchun shartnomaga asosan boshqaruvchi tashkilot jalb qilinishi mumkin;
quruvchi ko‘p kvartirali uydagi joyni sotib olish istagida bo‘lgan shaxslarni tanlangan boshqaruv usulidan xabardor qilishi va uy-joyni oldi-sotdi shartnomasi bilan bir vaqtda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzilishini tashkillashtirishi lozim;
ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari o‘zgarishi natijasida umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash uchun umumiy xarajatlarda ishtirok etish bo‘yicha majburiyatlar yangi mulkdorga o‘tadi;
birinchi ikki yil ichida ko‘p kvartirali uy-joydagi quruvchidan tashqari mulkdorlarning soni ellik foizdan oshgan taqdirda mulkdorlar tomonidan belgilangan tartibda umumiy yig‘ilishning qaroriga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish usuli tanlanadi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi “Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-257-son qarori 3-bandining “a” kichik bandi “aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suv” so‘zlardan keyin “va oqova suv chiqarish xizmati” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. | 177 | 13,742 |
Qonunchilik | FUQAROLARNING MUROJAATLARI TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonun fuqarolarning davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat qilish huquqini ifoda etuvchi asosiy qoidalarni, shuningdek fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ishtirok eta borib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida o‘zlariga berilgan huquqlar va erkinliklarni ro‘yobga chiqara borib:
o‘zlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoyalab murojaat qilishga;
davlat va jamoat birlashmalarining vakolatli organlari buzilgan huquqlarini tiklashiga haqlidirlar.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari boshqa shaxslar va tashkilotlarning foydasini ko‘zlab murojaat qilishlari mumkin.
Murojaatlar yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ifodalangan bo‘lishi mumkin hamda og‘zaki yoki yozma shakldagi taklif, ariza yoxud shikoyat ko‘rinishida kiritiladi.
Basharti respublika qonun hujjatlarida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishning boshqa tartibi nazarda tutilgan bo‘lsa, murojaatlar ushbu Qonunga muvofiq qarab chiqilmasligi lozim.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ushbu Qonunga muvofiq murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Xorijiy davlatlar fuqarolarining murojaatlari, basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida ularni qarab chiqishning o‘zga qoidalari nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Qonunda belgilangan tartibda qarab chiqiladi.
Murojaatlarda fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan, taklif, ariza yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ma’lumotlar ko‘rsatilmagan murojaatlar anonim xat hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
Murojaatlar ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish vakolatiga kiradigan davlat organiga, jamoat birlashmasiga, korxona, muassasa, tashkilot yoki mansabdor shaxsga, shuningdek barcha darajadagi deputatlarga yo‘llanadi.
Murojaatlar ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan davlat organiga, jamoat birlashmasiga, korxona, muassasa yoki tashkilotga yuborilgan bo‘lsa, 5 kun muddatdan kechiktirmay tegishli organlar yoki mansabdor shaxslarga jo‘natiladi va bu haqda fuqaroga ma’lum qilinadi.
Belgilangan tartibda berilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi shart. Murojaatlarni qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.
Basharti murojaatlarda ularni tegishli organlar yoki mansabdor shaxslarga jo‘natish uchun zarur ma’lumotlar aks ettirilmagan bo‘lsa, ular xuddi shu muddatda tegishli tushuntirishlar bilan fuqaroga qaytarib yuboriladi.
Fuqarolarni va ularning oila a’zolarini ular murojaat qilish vositasida o‘z huquqlarini ro‘yobga chiqarayotganliklari yoki himoya qilayotganliklari uchun ta’qib ostiga olish man etiladi.
Hech kim biron-bir murojaatni himoyalash xatti-harakatlarida ishtirok etishga majbur qilinmasligi lozim.
Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi vaqtida davlat organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlari tomonidan fuqarolarning o‘z roziligisiz ularning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarning yoki davlat siri yoxud qonun muhofazasidagi boshqa sir hisoblangan ma’lumotlarning, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazadigan o‘zga axborotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek murojaatga daxldor bo‘lmagan, fuqaroning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni surishtirib bilishga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqaroning iltimosiga binoan uning shaxsiga doir har qanday ma’lumot oshkor etilmasligi kerak.
Fuqarolarning ommaviy axborot vositalariga yo‘llagan murojaatlaridan jamoat fikrini o‘rganish va matbuotda aks ettirish uchun foydalaniladi.
Hal etilishi ommaviy axborot vositalarining vakolatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolarning murojaatlari ushbu Qonunga muvofiq ko‘rib chiqilishi lozim.
Takliflar fuqarolarning davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini yaxshilashga qaratilgan murojaatlaridir.
Davlat organi, jamoat birlashmasi, korxona, muassasa, tashkilot taklifni har tomonlama ko‘rib chiqishi va fuqaroning iltimosiga binoan ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida unga ma’lum qilishi shart.
Arizalar fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida iltimos bayon etilgan murojaatlardir.
Arizalarni ko‘rib chiqish o‘z vakolatiga kiradigan davlat organlari, jamoat birlashmalari, ularning mansabdor shaxslari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari:
arizalarni har tomonlama, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqishlari;
qonunga asoslangan qarorlar qabul qilishlari va ularning ijrosini ta’minlashlari;
arizalarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida fuqarolarga ma’lum qilishlari shart.
Arizada bayon etilgan talablarni qondirishning rad etilishi fuqaroga rad etishning sabablari ko‘rsatilgan holda yozma tarzda ma’lum qilinadi.
Arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror ustidan fuqarolar tomonidan ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Shikoyatlar davlat organlarining, jamoat birlashmalarining, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari yoxud qarorlari tufayli fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash talab qilingan murojaatlardir.
Davlat organining, jamoat birlashmasining, korxona, muassasa, tashkilotning, mansabdor shaxsning xatti-harakati yoki qarori ustidan shikoyat bo‘ysunuv tartibiga qarab, yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga beriladi.
Yuqori turuvchi davlat organiga, jamoat birlashmasining organiga yoki mansabdor shaxsga davlat organi yoki jamoat birlashmasining organi tomonidan xatti-harakat sodir etilganligi yoki qaror qabul qilinganligi fuqaroga ma’lum bo‘lib qolgan vaqtdan e’tiboran bir yildan kechiktirmay shikoyat bilan murojaat qilinishi mumkin. Uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddat shikoyatni ko‘rib chiqayotgan organ tomonidan tiklanadi.
Yuqori turuvchi davlat organining, jamoat birlashmasining, mansabdor shaxsning qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Fuqaro shikoyatni shaxsan berishga yoki bu ishga boshqa shaxsni vakil qilishga haqlidir.
Fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab boshqa shaxs ham shikoyat berishi mumkin. Voyaga yetmaganlar va muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini ko‘zlab ularning qonuniy vakillari shikoyat bilan murojaat qiladilar.
Shikoyatga fuqarolarning murojaati bo‘yicha avval qabul qilingan qaror yoki uning ko‘chirmasi, shuningdek shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Fuqarolarning shikoyatlarini xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan organlar yoki mansabdor shaxslarning o‘ziga jo‘natish taqiqlanadi.
Davlat organi, jamoat birlashmasi, korxona, muassasa, tashkilotga shikoyat bilan murojaat qilgan fuqaro:
shikoyatni tekshirayotgan shaxsga o‘z dalil-isbotlarini shaxsan bayon qilish;
tekshirishga doir materiallar bilan ushbu Qonun 4-moddasining talablariga rioya qilgan holda tanishish;
qo‘shimcha materiallar taqdim etish yoki shikoyatni ko‘rib chiqayotgan organning ularni so‘rab olishini iltimos qilish;
advokat yoki boshqa shaxsning xizmatlaridan foydalanish;
shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida yozma javob olish;
yetkazilgan zarar qonunda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ularning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida:
shikoyatlarni xolisona, har tomonlama va o‘z vaqtida tekshirishlari;
shikoyatga sabab bo‘lgan noqonuniy qarorni bekor qilishlari yoki o‘zgartirishlari, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rishlari, qoidabuzarliklarga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashlari;
fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishini, shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror amalda ijro etilishini ta’minlashlari;
fuqaroga shikoyatni tekshirish natijalari va qabul qilingan qarorning mohiyati to‘g‘risida yozma tarzda ma’lum qilishlari shart.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda rahbar yoki uning o‘rinbosari, jamoat birlashmalarida esa saylab qo‘yiladigan organlar yoki ular vakolat bergan shaxslar shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilishga haqlidirlar.
Fuqarolarning takliflari taklif tushgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo‘lib, bu haqda taklif kiritgan shaxsga ma’lum qilinadi.
Arizalar va shikoyatlar davlat organiga, jamoaat birlashmasiga, korxona, muassasa va tashkilotga tushgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida hal etiladi, ular masalani mohiyatan hal etishlari, qo‘shimcha o‘rganishlar va tekshirishni talab qilmaydigan masalalarni esa 15 kundan kechiktirmay hal etishlari shart.
Ariza yoki shikoyat hal etish uchun maxsus tekshiruvlar o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lsa, tegishli organ, korxona, muassasa, tashkilot rahbari yoki rahbarining o‘rinbosari ariza yoki shikoyatni hal etish muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu muhlat bir oydan oshmasligi lozim bo‘lib, bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi. Bunda murojaatni ko‘rib chiqish umumiy muddati ikki oydan oshmasligi kerak.
Barcha darajadagi deputatlar, davlat organlarining, jamoat birlashmalarining, mulkchilik shaklidan qay’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslarni fuqarolarni shaxsan qabul qilishlari shart.
Qabul muntazam, belgilangan kun va soatlarda, fuqarolar uchun qulay vaqtda o‘tkaziladi.
Fuqarolarning og‘zaki murojaatlari va ularni ko‘rib chiqish natijalari ro‘yxatga olinishi lozim.
Fuqarolarni davlat organlarida, jamoat birlashmalarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda qabul qilish tartibi ularning rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Murojaatni ko‘rib chiqishni g‘ayrihuquqiy tarzda rad etganlik, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzganlik, asossiz, qonunga zid qarorlar qabul qilganlik yoxud fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni oshkor etganlik, shuningdek fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzganlik, basharti bunday xatti-harakatlar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmasa, mansabdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Fuqarolarni u davlat organiga, jamoat birlashmasiga, korxona, muassasa, tashkilotga murojaat qilganligi sababli yoxud murojaatdagi tanqid uchun ta’qib ostiga olganlik, shuningdek fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini davlat yoki jamoat manfaatlariga yoxud fuqarolarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlariga jiddiy zarar yetkazish tarzida buzganlik aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Shikoyat qondirilgan taqdirda fuqaroning murojaat bo‘yicha g‘ayrihuquqiy qaror qabul qilgan davlat organi, jamoat birlashmasi, korxona, muassasa, tashkilot yoki mansabdor shaxs unga shikoyat bilan murojaat qilish va uning ko‘rib chiqilishi tufayli ko‘rgan moddiy zararini, tegishli organning talabiga binoan shikoyat ko‘rib chiqilishi munosabati bilan bir joydan boshqa joyga borish maqsadida qilgan sarf-xarajatlarini va shu vaqt ichida boy bergan ish haqini to‘laydi. Xarajatlarni undirishga doir nizolar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Fuqaroning tuhmat va haqorat ruhidagi yoxud milliy adovat qo‘zg‘atishga va jinoiy tarzda jazolanadigan boshqa xatti-harakatlar sodir etishga da’vat qiluvchi murojaatni berganligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Davlat organi, jamoat birlashmasi, korxona, muassasa, tashkilot fuqaroning atayin soxta ma’lumotlar bayon etilgan murojaatlarini tekshirish tufayli qilgan xarajatlari sudning qaroriga binoan undirib olinishi mumkin.
Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini talablariga rioya etilishi usidan nazoratni davlat hokimiyati organlari, shuningdek o‘zlariga bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda — vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ta’minlaydilar.
Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori hamda unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradilar. Ular o‘zlariga berilgan vakolatlarga muvofiq fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, huquqbuzarlarni javobgarlikka tortishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radilar. | 38 | 12,971 |
Qonunchilik | Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | So‘nggi yillarda aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Qimmatbaho navli daraxt va butalar kesilishiga moratoriy joriy qilinishi, daraxt kesganlik holatlari uchun jarima va kompensatsiyalar miqdorining oshirilishi shular jumlasidandir.
Biroq, mas’ul tashkilotlarning amalga oshirilayotgan ishlarga sustkashlik bilan yondashishi hamda ayrim shaxslarning o‘simlik dunyosi obyektlariga bo‘lgan tajovuzkor harakatlari, shu jumladan daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holatlar umumekologik vaziyatning yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, investitsion faollik sur’atlarining, jumladan sanoat ishlab chiqarish, qurilish, urbanizatsiya va bunyodkorlik ko‘lamining keskin kengayishi aholi punktlariga tushayotgan ekologik yuklamani kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Daraxt, butalar va yashil hududlarni muhofaza qilish hamda ularning maydonlarini kengaytirish, ushbu sohada mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-son Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
1. Butun mamlakat miqyosida daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etilsin:
daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish;
ilmiy yondashuvlar asosida hududlarning tuproq-iqlim va boshqa xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot va tahlillarni amalga oshirish hamda buning natijasida hududlar kesimida respublika xaritasini ishlab chiqish;
ko‘chatxonalar sonini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda, hududlar iqlimiga mos xorijiy manzarali daraxtlarni mahalliylashtirish;
hududlarda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni barpo etish;
daraxtlarni sug‘orish tizimini qayta ko‘rib chiqish, uning samarali faoliyatini ta’minlash;
har bir daraxtni parvarish qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilash, bu borada rag‘batlantirish mexanizmlarini keng joriy etish;
daraxtlarni shikastlantirish va nobud qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini yanada oshirish.
2. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilsin.
Belgilansinki, moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda:
a) huquqbuzarlarga:
moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori besh baravarga;
daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi;
b) moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi. Bunda:
darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil mobaynida darajasini (reyting bahosini) ko‘tarish imkonidan mahrum bo‘ladi;
darajasini (reyting bahosini) bir pog‘onaga pasaytirish imkoni bo‘lmagan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil muddatga qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingidan to‘liq chiqarib tashlanadi;
v) yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning ko‘kalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan va ma’nan eskirgan bino va inshootlarni renovatsiya qilish bundan mustasno);
g) davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ko‘rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.
3. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutuvchi loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun loyiha institutlarining javobgarligini belgilash;
daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikast yetkazganlik, boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazganlik hamda parvarish qilmaslik oqibatida ularning qurib qolishi uchun javobgarlikni kuchaytirish.
4. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida 2022-yil 1-apreldan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qo‘mitasining maxsus axborot tizimiga yuborilgan, daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha huquqbuzarliklar haqidagi fotosurat va videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari aks ettirilgan fotosurat va videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Bunda, huquqbuzarlik tegishli organlar tomonidan bevosita aniqlangandan so‘ng kelib tushgan xabarlar bo‘yicha rag‘batlantirish amalga oshirilmaydi;
rag‘batlantirish huquqbuzarlik bo‘yicha birinchi xabar bergan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi;
huquqbuzarlik holati bo‘yicha fotosurat, videoyozuv va xabarlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
rag‘batlantirish mablag‘lari undiriladigan jarimalarning tegishli organlar hisobida qoldiriladigan qismidan qoplab beriladi.
5. Belgilansinki, huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi xabarlar “102” tezkor qisqa raqami yoki “Ekonazorat” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat ekologik nazoratining zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar quyidagilar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Yashil makon” platformasini ishga tushirsin:
hududlarning tuproq-iqlim xususiyatlari, ularda mavjud daraxtlar soni, turi va joylashuvi, shaharlarning ko‘kalamzorlashtirilganlik darajasi;
aniq hudud (tuman (shahar), mahalla va yer uchastkasi) kesimida aholining shaxsiy tashabbusi asosida daraxtlar ekilishi mumkin bo‘lgan manzillar va daraxtlarning turlari;
aniq hudud va har bir daraxt kesimida daraxtlarni kesish, shu jumladan sanitariya maqsadida kesish uchun berilgan ruxsatnomalar;
aniq hudud va har bir daraxt kesimida daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish va ko‘chirish bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar va ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar.
7. Quyidagilar:
2022 — 2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “yashil bog‘lar”ni barpo etish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yangi hamda madaniyat va istirohat bog‘lari negizida tashkil etilayotgan “yashil jamoat parklari” ro‘yxatlari 2a va 2b-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
a) “yashil bog‘lar” shaharlar va boshqa aholi punktlarida daraxtzor va butazorlarni barpo etish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, parvarish qilish, muhofaza qilish hamda ularning mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi;
b) “yashil jamoat parklari” idoraviy mansubligidan qat’i nazar, bino, inshootlar, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari, shu jumladan attraksionlar qurilishi taqiqlangan hamda aholi sayil qilishiga mo‘ljallangan daraxtzor va butazorlardan iborat bo‘ladi;
v) quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi:
“Yashil makon” platformasini yaratish va faoliyatini ta’minlash;
daraxtlarni biriktirish, xususan tegishli ko‘chirmalar berish;
g) “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etish, saqlash va rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirish mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, homiylik va grant mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
d) “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari” joylashgan yer uchastkalari:
ularning mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari tasarrufida bo‘ladi;
ularning mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari belgilanmagan bo‘lsa, “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari” ulardan foydalanuvchi yoki ularga xizmat ko‘rsatuvchi tegishli davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi;
e) tumanlar (shaharlar) markaziy ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirishda:
ekiladigan daraxt va buta ko‘chatlarining ko‘karuvchanligini ta’minlash uchun sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan yerlarga hamda yoshi 5 yildan kam bo‘lgan ko‘chatlarning ekilishi taqiqlanadi;
bir turdagi daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali “kashtan ko‘chasi”, “chinor ko‘chasi” kabi namunaviy ko‘chalarning tashkil etilishiga ustuvor e’tibor qaratiladi;
j) 2022-yil 1-martdan boshlab daraxt va butalarning zararkunandalari hamda kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining 2 foizigacha miqdordagi mablag‘lar ajratiladi.
9. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda:
har yili kuz va bahor mavsumlarida ko‘chat ekish va saqlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha “yashil haftalik” tadbirlari o‘tkazib borilishini ta’minlasin;
televideniye va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalangan holda, yoshlar va boshqa ko‘ngillilarni daraxt ekish, parvarishlash ishlariga faol jalb qilish tadbirlarini tashkil qilsin.
10. Belgilansinki:
“yashil haftalik” tadbirlarida bajariladigan barcha ishlar va o‘tkaziladigan tadbirlar ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan aholiga bepul ko‘chat tarqatish uchun mahalla fuqarolar yig‘inlariga ko‘chatlar yetkazib beradi hamda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ga daraxt ekish maqsadida kelgan fuqarolarni ko‘chat ekish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlaydi;
ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan shaxslarni Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash amaliyoti joriy etiladi.
11. Barcha tumanlarda (shaharlarda) tuman (shahar) hokimi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i, irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i, qurilish bo‘limi boshlig‘i va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘idan iborat namunaviy tarkibda irrigatsiya va sug‘orish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilsin.
Ishchi guruhlar ikki oy muddatda tumanlar (shaharlar) markazlarida obodonlashtirish obyektlarining sug‘orish tizimlarini, shu jumladan ariqlar, nasoslar, quduqlar, sug‘orish quvurlari va yer osti suv chiqarish quduqlarini xatlovdan o‘tkazib, ularni joriy ta’mirlash, qayta tiklash va tozalash choralarini ko‘rsin.
12. Quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi ko‘kalamzorlashtirish hududlariga sug‘orish tizimlarini va suv chiqarish quduqlarini tashkil etish bo‘yicha dastur 3-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnika va mexanizmlar bilan jihozlash parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda, mazkur maxsus texnika va mexanizmlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4351-son qarori bilan tasdiqlangan 2020 — 2024-yillar davrida tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnika va mexanizmlar bilan jihozlashning yig‘ma parametrlariga qo‘shimcha ravishda ajratiladi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatovga, zarur hollarda, mazkur band bilan tasdiqlangan ilovalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan takliflariga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
Mazkur bandda belgilangan tadbirlar 2022-yilda respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlariga ajratiladigan ssuda mablag‘lari hisobidan, 2023-yildan boshlab mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
13. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining quyidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin:
aholi punktlarida qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish hamda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni ko‘kalamzorlashtirish, shu jumladan ularning hududida daraxtlarni ekish, saqlash va parvarish qilish ishlariga ishsiz shaxslarni, birinchi navbatda, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni faol jalb qilish;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan tuman (shahar) hokimliklari buyurtmalariga muvofiq har yili kuz va bahor mavsumlarida ko‘chat ekish tadbirlarini moliyalashtirish.
14. 2022-yil 1-martdan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
o‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri tarkibida respublikaning barcha hududlaridagi va har qanday turdagi daraxtlarning hisobini yuritish hamda ularni biriktirish uchun “Daraxtlar reyestri” tizimi joriy etiladi;
yuridik shaxslar — aholi punktidagi binolar va inshootlarning mulkdorlari yoki ulardan foydalanuvchilar, shu jumladan ijaraga oluvchilar o‘ziga biriktirilgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish uchun mas’ul hisoblanadi;
har bir yuridik shaxs — aholi punktidagi binolar va inshootlarning mulkdori yoki ulardan foydalanuvchiga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi tomonidan tutash hududlardan kelib chiqqan holda unga biriktiriladigan barcha daraxtlar bo‘yicha “Daraxtlar reyestri”dan yagona ko‘chirma beriladi;
tutash hududlardagi biriktirilgan daraxtlar bo‘yicha “Daraxtlar reyestri”dan ko‘chirma mazkur daraxtlar va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan hech qanday huquqni keltirib chiqarmaydi.
15. Davlat ekologiya qo‘mitasi:
a) respublikadagi davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarning to‘liq raqamlashtirish yo‘li bilan xatlovdan o‘tkazilishini quyidagi tartibda ta’minlasin:
2023-yil 1-martga qadar — Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Andijon va Jizzax viloyatlari bo‘yicha;
2023-yil 1-sentabrga qadar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlari bo‘yicha.
Bunda, Davlat ekologiya qo‘mitasiga uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dronlardan) foydalanish va ularni to‘lovsiz uchirish huquqi beriladi;
b) yuridik shaxslar — aholi punktidagi binolar va inshootlarning mulkdorlari yoki ulardan foydalanuvchilarga tutash hududlardagi biriktirilgan daraxtlar bo‘yicha “Daraxtlar reyestri”dan ko‘chirmalar berilishini quyidagi tartibda ta’minlasin:
2023-yil 1-sentabrga qadar — Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Andijon va Jizzax viloyatlari bo‘yicha;
2024-yil 1-martga qadar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlari bo‘yicha;
v) Kadastr agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda aholi punktidagi binolar va inshootlarning mulkdorlari yoki ulardan foydalanuvchilarga tutash hududlardan kelib chiqqan holda daraxtlarni biriktirish va “Daraxtlar reyestri”dan ko‘chirma berish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
g) har yili kamida bir marotaba yangi ekilgan daraxtlarni biriktirish bo‘yicha qo‘shimcha xatlovlarni amalga oshirsin va “Daraxtlar reyestri”dan ko‘chirmalar berib borilishini ta’minlasin.
16. Barcha davlat organlari va tashkilotlari:
uch oy muddatda o‘z hududlaridagi daraxtlar soni va turi haqida ma’lumotlarni Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan shakl asosida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga taqdim etsin;
har chorakda bir marta, hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar o‘zlari tomonidan yangi ekilgan daraxtlar soni va turi bo‘yicha ma’lumotlarni Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga majburiy tartibda taqdim etib borsin.
17. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi 2023-yil 1-sentabrga qadar davlat o‘rmon fondiga kiradigan daraxtlar to‘liq raqamlashtirish yo‘li bilan xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda xatlov natijalarini “Daraxtlar reyestri” tizimiga kiritish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasiga taqdim etsin. Bunda, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dronlardan) foydalanish va ularni to‘lovsiz uchirish huquqi beriladi.
18. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzurida xo‘jalik hisobidagi “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy korxonalari tashkil etilsin.
Quyidagilar “Yashil hudud” davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
manzarali daraxt va butalar ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ko‘chatxonalarni tashkil etish;
respublikada “yashil bog‘lar”ni ko‘paytirish;
suv tejaydigan texnologiyalarni qo‘llagan holda sug‘orish ishlarini amalga oshirish;
daraxtzorlarni parvarish qilish va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini olib borish;
jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish.
19. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish hamda “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparatida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari — “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi direktori lavozimi va 5 nafar shtat birligidan iborat Yashil hududlarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin.
20. Mazkur Farmonga 1-ilovaga asosan “yashil bog‘lar”ni tashkil etish ishlari bo‘yicha:
loyihachi etib — “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti;
pudratchi etib — “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi va uning hududiy korxonalari belgilansin.
21. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi:
bir oy muddatda “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi va uning hududiy korxonalari ustavlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin;
doimiy asosda “Yashil hudud” davlat unitar korxonasining buyurtmalariga muvofiq shartnoma asosida o‘z tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan manzarali daraxt va butalarning yuqori sifatli ko‘chatlari yetkazib berilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining qo‘shimcha daromadlarini jalb qilish hamda qo‘shimcha manbalardan kelib tushadigan mablag‘larni hududlarda “Yashil bog‘lar” barpo etishga yo‘naltirish bo‘yicha asosli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
22. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli xalq deputatlari Kengashlariga ikki hafta muddatda umumiy maydonining 60 foizida ko‘kalamzorlashtirish obyektlari mavjud bo‘lgan istirohat bog‘lari, parklar va tematik xiyobonlarga hamda ularni ishonchli boshqaruv va ijaraga olgan, investitsion majburiyatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirib borayotgan va soliq qarzdorligi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlarga nisbatan ushbu faoliyat turi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalariga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun kiritsin.
23. Mazkur Farmonga 22-bandda nazarda tutilgan subyektlar uchun Soliq kodeksining 414 va 428-moddalariga asosan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
24. Toshkent shahri hokimligi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi keng jamoatchilik, ilmiy-tadqiqot institutlari va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda:
a) 2022-yil 1-mayga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi “Toshkent shahri — yashil maydon” g‘oyasini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
2026-yilga qadar Toshkent shahrida ko‘kalamzorlashtirish maydonlarini xalqaro standartlarga muvofiq kengaytirish hamda uni dunyoning yetakchi yashil shaharlaridan biriga aylantirish;
bioxilmaxillikni asrash, tiklash va ko‘paytirishning aniq tizimini yaratish;
ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha institutsional bazani, shu jumladan alohida tuzilmalarni (loyiha ofislarini) shakllantirish;
aholining ko‘kalamzorlashtirish ishlaridagi faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish;
2022 — 2026-yillarda Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish dasturini tasdiqlash;
b) 2022-yil 1-sentabrga qadar Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh rejani ishlab chiqsin va uning belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.
25. Yashil hududlarni rivojlantirish, ko‘kalamzorlashtirish va ko‘chat ekish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
26. Oliy Majlis palatalariga Davlat ekologiya qo‘mitasining axboroti asosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi yuzasidan hudud rahbarlari faoliyatiga baho berib borish tavsiya etilsin.
27. Davlat ekologiya qo‘mitasi ikki oy muddatda:
davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
28. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu Farmonning ahamiyatini va uni amalga oshirish jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borsin.
29. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 143 | 23,453 |
Qonunchilik | Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini tasdiqlash to | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi PQ-3876-son “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan. | 250 | 819 |
Qonunchilik | Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻi kengaytiriladi | Prezidentning 10.06.2021 yildagi «Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5144-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan 53 ta tumanda 2021–2022 yillarda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Maktabgacha ta’lim vazirligida boshqaruvning yangi tizimi joriy qilinadi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
2021 yil 1 iyuldan boshlab:
a) har bir tarbiyalanuvchi bola uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan davlat MTTning bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan хarajatlar summasining 75%i miqdorida subsidiya toʻlanadi;
b) «Yoshlar daftari», «Temir daftar» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamgʻarmalari hisobidan davlat MTTning bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan хarajatlar summasining 25%i miqdorida subsidiya toʻlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 56 | 1,112 |
Qonunchilik | “BIR TALABANI O‘QITISh XARAJATLARIDAN KELIB ChIQIB BUDJET MABLAG‘LARI HISOBIGA OLIY TA’LIM MUASSASALARINING XARAJATLARINI NORMATIV REJALAShTIRISh VA MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi 178-son “Respublikaning oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 33-son, 276-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 20-avgustdagi 67, 329-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bir talabani o‘qitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablag‘lari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 2136, 2010-yil 26-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 34-son, 296-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. Quyidagi mazmundagi 3-1 band bilan to‘ldirilsin:
“3-1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har yili kelgusi moliya yili uchun budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan respublika oliy ta’lim muassasalarining guruhlari bo‘yicha bir talabani o‘qitish xarajatlarining bazaviy normativlarini tasdiqlaydilar.”.
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. OTMning xarajatlar smetasini tuzish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami № 2157, 2010-yil 19-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 47-son, 440-modda) asosan amalga oshiriladi.”.
3. 10-bandning o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“stipendiya xarajatlari stipendiyalar miqdorlari va amaldagi stipendiya bilan ta’minlash tartibiga muvofiq hisoblanadi;”. | 242 | 2,075 |
Qonunchilik | “Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli O‘zbekiston Respub | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 16-yanvarda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 528 |
Qonunchilik | Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi PQ-3991-son qarori ijrosini sifatli va belgilangan muddatlarda ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Xalqaro hunarmandchilik festivalini (keyingi o‘rinlarda Festival deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi:
Sharq va G‘arbni tutashtirgan Buyuk Ipak yo‘lini ochib bergan, barcha xalqlarni bozor iqtisodiyotida azaldan muhim hisoblangan hunarmandchilikni keng targ‘ib qilish, hunarmandchilik an’analari va maktablarini saqlash, qayta tiklash, bu sohadagi ilmiy o‘rganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish va mahorat darslari tashkil etish, ushbu sohadagi iqtidorli hunarmandlarni rag‘batlantirish;
hunarmandchilik tarixi, maktabi va uslublari hamda mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini mukammal o‘rganish, qadimiy hunarmandchilik va amaliy san’atga oid qo‘lyozma va sir-asrorlarni to‘plash, yosh avlod qalbida hunarmandchilik san’atiga bo‘lgan qiziqishlarni shakllantirish;
hunarmandchilik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, hunarmandchilikning sharq va g‘arb madaniyati, iqtisodiyotidagi o‘rni hamda ahamiyatini yanada oshirish, o‘zbek xalqi hamda boshqa xalqlarning hunarmandchilik an’analarini qamrab olish, ular bilan ilmiy, ijodiy muloqotlar o‘tkazish va hamkorlik qilish.
3. Festival 2019-yildan boshlab, har ikki yilda bir marotaba sentyabr oyida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida o‘tkaziladi.
Festivalni o‘tkazishning aniq sanasi va vaqti Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
4. Festival Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda tashkilotchilar deb ataladi) tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
5. Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
“Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi o‘rinlarda ilmiy-amaliy konferensiya deb ataladi);
hunarmandlarning ko‘rik-tanlovi (keyingi o‘rinlarda ko‘rik-tanlov deb ataladi);
xorijiy va mahalliy hunarmand ustalarning mahorat darslari;
sayillar, mamlakatimizning zamonaviy va kreativ usulda sahnalashtirilgan dastur namoyishlari;
hunarmandchilik tarixiga oid ko‘rgazma, turli tillarda nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari hamda ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar namoyishi;
Festival ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi va gala-konsert.
6. Davlat tili, ingliz va rus tillari Festivalning ishchi tillari hisoblanadi.
7. Festivalga Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan hay’at a’zolari va ishtirokchi sifatida har bir mamlakatdan 15 nafargacha ijodiy delegatsiya (12 nafargacha hunarmandlar va 3 nafargacha tashkiliy guruh a’zolari) taklif etiladi va ularning yashash, ovqatlanish, O‘zbekistonga kelib-ketish (uchinchi davlat orqali uchishlari ham), ichki transport va yo‘l xarajatlari ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Festivalda o‘z hisobidan ishtirok etish istagini bildirgan (ijodiy delegatsiyaning 15 nafargacha a’zolaridan tashqari) hunarmandchilik va amaliy san’at ijodkorlari, taniqli olimlar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar tashkilotchilar takliflari asosida qatnashishi mumkin.
8. Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishni istagan mutaxassislar ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladigan sanadan uch oy avval Tashkiliy qo‘mitaga quyidagi materiallarni taqdim etadilar:
ma’lumotnoma (rezyume);
3 dona 6x9 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisining hajmi 4-5 betdan va 300 so‘zdan kam bo‘lmagan ma’ruzasi matni (ingliz yoki rus tillarida).
9. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etishni istagan hunarmandlar ko‘rik-tanlov o‘tkaziladigan sanadan uch oy avval Tashkiliy qo‘mitaga quyidagi materiallarni taqdim etadilar:
ma’lumotnoma (rezyume);
3 dona 6x9 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
hunarmandchilik sohasida yetarli tajribaga ega ekanligi, o‘z davlatida yoki boshqa davlatlarda o‘tkazilgan sohaga oid tanlov va festivallarda ishtirok etganligi to‘g‘risida tegishli soha tashkilotlarining tavsiyanomasi;
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarning 10 donadan kam bo‘lmagan fotosuratlari va ularni ishlab chiqarish jarayonlari aks ettirilgan videolavhalar.
10. Ko‘rik-tanlov va ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etuvchilarning ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita tomonidan aniqlanib, Festival o‘tkaziladigan sanadan bir oy avval ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.
11. Festivalni tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga;
50 foizi — Farg‘ona viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.
12. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan yetti kishidan iborat tarkibda xalqaro hay’at tuziladi.
Xalqaro hay’at tarkibiga yuqori malakali mutaxassislar, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari taklif etiladi.
Xalqaro hay’at a’zolari Xalqaro hay’at raisini saylaydi.
Xalqaro Hay’at raisiga va hay’at a’zolarining har biriga — 2000 AQSh dollari miqdorida gonorar puli to‘lanadi.
13. Quyidagilar ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholashda asosiy mezon hisoblanadi:
hunarmandchilik mahsulotlarining an’anaviy milliy xususiyatlari;
hunarmandchilik yo‘nalishining jozibasi va tarovati, o‘ziga xos uslub va maktabga egaligi;
hunarmandchilik mahsulotining tarixiy ildizga egaligi hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi.
Xalqaro hay’at tomonidan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi va mahorat darslari 5 ta nominatsiya (“Eng yaxshi hunarmand”, “Eng yosh hunarmand”, “Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi”, “Qadimiy sulola davomchisi” va “Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand”) bo‘yicha baholanadi.
Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholash mezonlari Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi tomonidan manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi hamda Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
14. Festival doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, haykalcha va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
“Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha — 15 000 AQSh dollari;
“Eng yosh hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha — 10 000 AQSh dollari;
“Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha — 10 000 AQSh dollari;
“Qadimiy sulola davomchisi” — 5 000 AQSh dollari;
“Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand” — 5 000 AQSh dollari.
15. Tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar va boshqa tashkilotlar hay’at a’zolari va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan mohir hunarmandlarni taqdirlash uchun mustaqil ravishda maxsus mukofotlar ta’sis etishlari mumkin.
Festivalning har bir ishtirokchisiga Xalqaro hunarmandchilik festivali ishtirokchisi sertifikati beriladi.
16. Tashkilotchilar:
Festivalni o‘tkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qo‘mitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish;
Festivalga jahondagi yetakchi prodyuser, menejerlarni va soha mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
17. Festivalning xorijlik ishtirokchisi o‘z tibbiy sug‘urtasiga ega bo‘lishi lozim.
18. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Festivalni tashkil etish va o‘tkazish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini va to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qiladi. | 88 | 8,883 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Sportda doping qo‘llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, Sportda dopingga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya, Butunjahon antidoping kodeksi va boshqa xalqaro antidoping standartlari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek, Butunjahon dopingga qarshi agentligining tavsiya va takliflarini inobatga olib:
1. Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining:
Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 2 baravarga ko‘paytirish;
2021-yil 1-apreldan boshlab Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Agentlik xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlarini 1,5 baravar miqdorda qo‘llash;
Agentlik bosh direktorini maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlariga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlik bosh direktoriga Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Agentlik (N. Tursunov):
a) Butunjahon dopingga qarshi agentligining talablaridan kelib chiqib bir oy muddatda:
taqiqlangan moddalardan foydalanish borasida sportchilarning ariza va hujjatlarini o‘rganib, xulosa chiqarish bilan shug‘ullanadigan Terapevtik istisno bo‘yicha komissiya;
antidoping qoidalari buzilishi holatlarini o‘rganib, qaror chiqarish bilan shug‘ullanadigan Axloq bo‘yicha komissiya;
Terapevtik istisno bo‘yicha komissiya xulosasi va Axloq bo‘yicha komissiya qaroridan norozi tomonning arizasini o‘rganib, qaror chiqarish bilan shug‘ullanadigan Apellatsiya bo‘yicha komissiya faoliyatlarini samarali tashkil qilsin, ularni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
b) ikki hafta muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini Butunjahon dopingga qarshi agentligiga yetkazish choralarini ko‘rsin.
4. Moliya vazirligi (T. Ishmetov):
Agentlik markaziy apparati uchun 2 ta maxsus avtotransport vositasini xarid qilish va saqlash uchun limit ajratsin;
ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Agentlik xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha 2021-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratsin va 2022-yildan boshlab zarur budjet mablag‘larini ko‘zda tutsin.
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Agentlikni zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan binoga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3457-son qarorida:
a) 4 va 5-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda Agentlikni saqlash va uning faoliyat ko‘rsatishi, shu jumladan, antidoping tadqiqotlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin”;
v) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida”gi PQ-5053-son qaroriga 1-ilovada:
a) 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
b) “Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
v) 37-pozitsiya chiqarib tashlansin. | 148 | 4,281 |
Qonunchilik | Qishloq хoʻjaligi ekinlari uchun genetik bank yaratiladi | Vazirlar Mahkamasining 13.05.2020 yildagi «Qishloq хoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq хoʻjaligi oʻsimliklari turlarining Milliy genbankini yaratish toʻgʻrisida»gi 282-son qarori qabul qilindi.
Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
Qaror bilan Milliy genetik bank yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining negizida Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 56 | 715 |
Qonunchilik | Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 13-avgustdagi 170-son qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi 2007-yil 28-dekabrdagi Bitimga muvofiq tashkil etilgan Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 360 o‘quvchi o‘rniga va 100 o‘rinli yotoqxonaga ega bo‘lgan Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Markazning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining:
Markazning o‘qituvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga aniq miqdori Markaz rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga 70 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilash to‘g‘risidagi;
pulli qisqa muddatli kurslar tashkil etishdan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladigan Markazni moddiy-texnik rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Markazning rahbarlari, o‘qituvchilari, ustalari va boshqa xodimlariga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari joriy etiladi;
belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan o‘quvchilarga bevosita Markazda bepul o‘qigan davrida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorida, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga stipendiya to‘lanadi;
tashkilotlar o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davrida ularga ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning ishlab chiqarish amaliyotini ta’minlaydigan haq to‘lanadigan ish joylari taqdim etish huquqiga ega.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki hafta muddatda Markaz ustaviga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin hamda:
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishgan holda O‘quvchilarni 1 yilgacha muddatga bepul o‘qitishga qabul qilish va ularni qayta tayyorlash hamda kirish malaka imtihonlari (testlari)ni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, bunda qabul o‘qiyotganlarni ishga joylashtirishni kafolatlovchi uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma mavjud bo‘lganda, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari yo‘llanmasi bo‘yicha tanlov asosida amalga oshirilishi nazarda tutilsin;
Rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan daromad normativini belgilashni hisobga olgan holda qisqa muddatli o‘qitish bo‘yicha pulli xizmatlarning qiymatini shakllantirish metodikasini aniqlashni nazarda tutuvchi Markazning moddiy-texnikani rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalari uchun belgilangan pedagogik va o‘quv ishlab chiqarish normalaridan kelib chiqqan holda Markazning shtat jadvalini tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha Markaz ishida qatnashadigan koreys mutaxassislariga ko‘p martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha Markaz ishida qatnashadigan koreys mutaxassislariga belgilangan tartibda ko‘p martalik kirish vizalari berilishi va ularning muddati uzaytirilishi, shuningdek ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda koreys mutaxassislarini Markazda ishlashga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 151 | 4,737 |
Qonunchilik | Chingiz To‘raqulovich Aytmatovni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida | O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishga, tarixan tarkib topgan o‘zbek-qirg‘iz madaniy va ma’naviy aloqalarini chuqurlashtirishga, Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi, adabiy faoliyat sohasidagi katta xizmatlari uchun va 70 yillik yubileyi munosabati bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatlari Assambleyasining Prezidenti, mashhur yozuvchi va jamoat arbobi Chingiz To‘raqulovich Aytmatov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin. | 94 | 574 |
Qonunchilik | Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomning 5-ilovasiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-son “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/3-son qarori (ro‘yxat raqami 2893, 2017-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 25-son, 568-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomning 5-ilovasi 4-bandidagi “Fan va texnologiyalar agentligi” degan so‘zlar “Innovatsion rivojlanish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 103 | 1,348 |
Qonunchilik | Qonuniylikni mustahkamlash yoʻlida | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Iхtiyor Abdullayev boshchiligida oʻtkazilgan Hay’at majlisida ushbu yoʻnalishlar boʻyicha joriy yilning 1-yarmidagi faoliyat yakunlari va kelgusidagi vazifalar tanqidiy muhitda muhokama qilindi.
Qonunlar ijrosi ustidan nazorat, shuningdek barcha islohotlar, shu jumladan davlat dasturlari ijrosini tashkil etish borasidagi tadbirlar natijasida 81 588 ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilib, 61 217 nafar shaхsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida yetkazilgan zararni qoplash maqsadida aybdor shaхslardan jami 429,4 mlrd. soʻm undirildi.
Ayniqsa, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirildi. Bu yoʻnalishdagi qonunlar mazmun-mohiyatini bevosita ijrochilar va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 12 802 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazildi, 2 970 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda 1 101 ta tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati tiklandi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish, sogʻligʻini saqlash, bandligini ta’minlash, naqd pulning bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, toʻlov va soliq intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik talablarining aniq va soʻzsiz ijro etilishi, shu jumladan, “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirilishi ustidan alohida nazorat olib borildi.
Voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini ta’minlash va ma’naviy-aхloqiy tarbiyasini kuchaytirish, ularni diniy ekstremizm gʻoyalaridan asrash maqsadida 7 082 ta huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi, erta turmush qurish holatlarini oldini olish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar olib borildi.
Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning profilaktikasini samarali tashkil etish maqsadida idoralararo hamkorlik kuchaytirilib, tezkor-qidiruv, surishtiruv va tergov faoliyatini muvofiqlashtirish hamda profilaktik tadbirlarning sifatini oshirish choralari koʻrildi.
Sudlarda jinoyat, fuqarolik ishlari va хoʻjalik nizolarini koʻrilishida fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, shuningdek sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi.
Amaldagi qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qoʻllashda yagona amaliyotni shakllantirish orqali aniqlangan tizimli qonunbuzilishni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat kuchaytirildi. Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijalari, qonuniylik holati va huquqni qoʻllash amaliyoti tahlillari asosida ishlab chiqilgan hamda Bosh prokurorning qonunchilik tashabbusi huquqi asosida parlamentga kiritilgan 4 ta qonun qabul qilindi. Shuningdek, huquq normalarini sub’yektiv tarzda, tanlov asosida va oʻzboshimchalik bilan talqin qilish holatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida faoliyatning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish borasidagi ishlar jadallashtirildi.
Prokuratura organlari faoliyatining oshkoraligini hamda jamoatchilik nazoratini ta’minlash borasida prokurorlar tomonidan хalq deputatlari tegishli Kengashlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida 454 ta aхborot berildi.
Yigʻilishda 2016 yilning 6 oyi davomida prokuratura va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda – SVOJJDLQKD) organlari faoliyatida yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar keskin tanqid qilinib, bunga yoʻl qoʻygan viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda Departament rahbariyati va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tushuntirishlari eshitildi.
Majlisda prokuror nazorati tadbirlarida qonunbuzilishning asl sabablarini aniqlash va bartaraf etish, huquqni qoʻllash sohasida yagona amaliyotni shakllantirish, shu jumladan qonunchilikni takomillashtirish va prokuror nazorati amaliyotining sifati va ta’sirchanligini oshirishning barcha choralarini koʻrish zarurligi qayd etildi.
Bundan tashqari, majlisda prokuratura хodimlari malakasini oshirishi uchun “Suitsid holatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov oʻtkazishning хususiyatlari”, “Jinoyat ishini yuritishda ekspertiza: mazmuni, ahamiyati, tayinlash va oʻtkazish asoslari” nomli uslubiy qoʻllanmalar loyihalari tasdiqlandi, shuningdek “Fosh etilmagan qotillik jinoyatlarini tergov qilishning oʻziga хos хususiyatlari va uslublari” nomli oʻquv-uslubiy filmdan amaliyotda foydalanish tavsiya etildi.
Hay’at majlisida barcha koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Majlisda Bosh prokuratura hamda Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQKD rahbariyati, markaziy mahkama хodimlari, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdilar.
Ma’ruf USMANOV
Mavzu boʻyicha materiallar:
Prokuraturaning biznes himoyasidagi roli
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ishi 2016 yil 31 mart – 1 aprel kunlari davom etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturasi IShONCh TELEFONLARI | 35 | 5,392 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari va Administratsiya faoliyatiga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti tuzilmasi boshqaruv xodimlarining 5 ta shtat birligini qo‘shimcha ajratgan holda 1-ilovaga muvofiq;
Moliya-xo‘jalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining idoraviy tashkilotlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Moliya-xo‘jalik departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining idoraviy tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan qo‘shimcha shtat birliklari Moliya-xo‘jalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi idoraviy tashkilotlarining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga ajratiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Administratsiya) rahbariga Moliya-xo‘jalik departamentining rahbari va rahbarining o‘rinbosaridan tashqari xodimlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish huquqi berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasining kuyidagi manzillarda joylashgan bino va inshootlari tutash hududlari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida:
Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 9-uy manzilidagi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga;
Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy manzilidagi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga berilsin.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining moddiy-texnik, shu jumladan binolarning joriy ta’minoti Moliya-xo‘jalik departamentining tegishli xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mazkur tadbirlar uchun ajratiladigan mablag‘lar qayta taqsimlangan holda ularning o‘zlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Davlat rezidensiyalari direksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi davlat rezidensiyalariga xizmat ko‘rsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) sifatida davlat muassasasi shaklida qayta tashkil etilsin.
5. Belgilansinki, Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Davlat rezidensiyalari direksiyasining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Boshkarma faoliyatini tashkil etish, shuningdek, “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” DUK va “Gostinitsa gorodskaya” DUK mehmonxonalar kompleksidan, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida samarali foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Xo‘jalik hisobidagi 1-sonli oshxonasi va Davlat rezidensiyalari direksiyasining “Agro service” DUK faoliyati tugatilsin.
8. Administratsiya va uning Moliya-xo‘jalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeta g‘aznachilik ijrosi tartibi tatbiq etilsin.
9. Zarur xollarda, Administratsiyaga o‘z ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlar importini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “O‘zsanoateksport” AJ va boshqa tashkilotlar orqali amalga oshirish huquqi berilsin.
10. Administratsiya Transport qismining avtotransport vositalarini davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda yig‘imlar va bojlar to‘lashdan ozod etilsin.
11. Moliya-xo‘jalik departamenti bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Administratsiya rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Moliya-xo‘jalik departamenti rahbari Z.H. Haydarov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tashkil etiladi.
3. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Yagona g‘azna hisobvarag‘ining bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozit hisoblariga joylashtirishdan olinadigan daromadlarning 70 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining (keyingi o‘rinlarda — Administratsiya) mulklarini ijaraga berishdan tushadigan tushumlarning qonunchilikda belgilangan miqdordagi qismi;
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari va beg‘araz yordamlari;
Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklariga vaqtincha joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida maxsus ochilgan g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamida jamlanadi.
5. Jamg‘arma mablag‘lari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va boshqa markazlashtirilgan manbalar mablag‘lari hisobidan qoplanmagan qismida Administratsiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, Administratsiya va uning tarkibiy bo‘linmalari ixtiyorida bo‘lgan bino va inshootlarni qurish va ta’mirlash, ularni zarur inventarlar, mebel, kompyuter va orgtexnika bilan ta’minlash, shuningdek, transport vositalarini xarid qilish;
b) mamlakatda olib borilayotgan islohotlar doirasida davlat organlari, shu jumladan Administratsiya xodimi va konsultantlari sifatida jalb qilingan xorijiy va mahalliy mutaxassislar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha haq to‘lash, shuningdek, Administratsiya zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish.
v) Administratsiya xodimlarining, shu jumladan xorijiy mamlakatlardagi magistratura, doktorantura dasturlari bo‘yicha o‘qishini, shuningdek, malakasini oshirish va amaliyot o‘tashlarini hamda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganishlarini tashkil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmagan qismida Administratsiyaning chet mamlakatlarga yuboriladigan xodimlariga xizmat safari xarajatlarini to‘lash;
g) quyidagilarni nazarda tutgan holda, Administratsiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish:
tashabbuskorligi va o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarganligi hamda mehnat faoliyatidagi yuksak natijalari uchun lavozim maoshining 200 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar;
har yili Administratsiya xodimi faoliyatini yakka tartibda baholash asosida ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida mukofotlash;
yubiley sanalari munosabati bilan mukofotlash;
d) uzoq yillik va benuqson xizmati (mehnati) uchun, shuningdek, pensiyaga chiqishi munosabati bilan ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorigacha bo‘lgan hajmda bir martalik mukofotlash;
e) Administratsiya xodimlarini alohida ehtiyoj yuzaga kelgan hollarda (baxtsiz hodisa, to‘y va boshqa tadbirlar, avariya, uzoq davom etgan kasallik bilan bog‘liq maxsus davolanish va salomatlikni tiklash, shuningdek, oiladagi og‘ir moddiy ahvol, boshqa holatlar) moddiy yordam berishni nazarda tutgan holda ijtimoiy himoya qilish;
j) Administratsiya xodimlari uchun turar joylar qurish, shuningdek, uy-joy sotib olishga kreditlar bo‘yicha dastlabki to‘lovni amalga oshirish uchun foizsiz qarz berish;
z) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmagan qismida bayram kunlari munosabati bilan mukofot pullari berish;
i) xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlardan O‘zbekiston Respublikasiga Administratsiya faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha keladigan mehmonlar va delegatsiyalarning tashriflarini tashkil etish;
k) respublikaga kelgan va xorijdagi oliy darajadagi mehmonlarga sovg‘a qilish uchun mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan suvenirlar sotib olish;
l) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Administratsiya rahbarining topshiriqlari bo‘yicha boshqa tadbirlarga yo‘naltiriladi.
6. Ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘arma mablag‘lari yetarli bo‘lmagan hollarda yetishmayotgan mablag‘larni qoplash Administratsiyaning asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamg‘armaga o‘tkazib beriladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
7. Berilgan foizsiz qarz o‘z vaqtida qaytarilmagan hollarda uni majburiy undirish qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshiriladi.
8. Mazkur Nizomning 5-bandi “g”, “d”, “e” va “j” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mablag‘lar ajratish bo‘yicha qaror Administratsiya rahbari tomonidan tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining takliflari asosida qabul qilinadi.
9. Jamg‘arma mablag‘larini sarf qilish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari Administratsiya rahbari, u joyida bo‘lmagan vaqtda tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs tomonidan boshqariladi.
10. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va ulardan kelgusi yilda foydalaniladi.
11. Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari hajmlarini aniqlashda Jamg‘arma mablag‘larining o‘tgan yil yakunidagi qoldiqlari va kelgusi yilda kutilayotgan tushumlar inobatga olinadi.
12. Smetaning xarajatlar qismi xarajatlar guruhi bo‘yicha tuziladi va unga xarajatlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlar tasnifidagi budjet qismlari bo‘yicha batafsil bayoni ilova qilinadi.
13. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi Administratsiya rahbari tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatga olinadi.
14. Administratsiya rahbari Jamg‘armaga tushumlarning hajmidan kelib chiqib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgan holda Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
15. Jamg‘armaga tushumlar va uning mablag‘lari sarfini hisobga olish Administratsiyaning budjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida yuritiladi.
16. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli ravishda foydalanilishini nazorat qilish Administratsiyaning Moliya-xo‘jalik departamenti zimmasiga yuklatiladi. | 222 | 11,289 |
Qonunchilik | Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida | Jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda, davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlarida ijro intizomining zarur darajada tashkil etilishiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5017-son farmoyishiga muvofiq vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) ulanishi ta’minlandi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2800 dan ortiq qarorlari va topshiriqlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan test rejimida tizimli nazorat olib borilmoqda.
Shu bilan birga, yaratilgan sharoitlarga qaramasdan, ayrim vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro intizomi nazoratini sifatli va samarali tashkil qilish, shuningdek, o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hanuzgacha talab darajasida yo‘lga qo‘yilmayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlariga rioya etish masalalarida mas’uliyatsizlik va rasmiyatchilik holatlari uchramoqda, jamoatchilik nazoratini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi choralar samarasizligicha qolmoqda, ish yuritishning ichki jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmayapti, shuningdek, ijro intizomiga konservativ-buyruqbozlik bilan yondashilishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
Ijro intizomini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining ijrosi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazorat olib boruvchi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Ijro.gov.uz” tizimini doimiy asosda texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirishni ta’minlovchi ishchi organ hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari maxfiylik belgisi ostidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ma’lumotlar bazasini yuritish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun mas’ul;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi ommaviy axborot vositalarida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining ijro etilishi haqidagi jamoatchilik fikrini baholab borish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Bosh prokuraturasiga axborot kiritib borish uchun mas’uldir.
2. “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ushbu nizomga muvofiq “Ijro.gov.uz” tizimida doimiy ishlashning tashkil qilinishini ta’minlasinlar.
3. Belgilansinki:
2019-yil 1-yanvardan boshlab respublika va hududlar darajasidagi majlis va yig‘ilishlarni o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bundan mustasno, faqatgina “Ijro.gov.uz” tizimidagi majlislar va yig‘ilishlar maxsus markazlashgan ma’lumotlar bazasiga o‘tkazilayotgan tadbirning maqsadi, natijalari, ishtirokchilar tarkibi va davomiyligi ko‘rsatilgan qaydlar kiritilganidan so‘ng amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlari faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ruxsati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgandan so‘ng uzaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan birgalikda majlislar va yig‘ilishlarning “Ijro.gov.uz” tizimidagi markazlashgan ma’lumotlar bazasida qayd etilmagan holda o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Bosh prokuraturasiga:
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining aniq amaliy natijalarga erishilishi ta’minlanmasdan turib, yuzaki bajarilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining ijro holati to‘g‘risida ma’lumotlarning “Ijro.gov.uz” tizimi orqali o‘z vaqtida taqdim etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijro holatini vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida har oyda muhokama qilinishini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish;
byurokratik to‘siqlar va muammolarni hal etish muddatlarining cho‘zilishi holatlarini bartaraf etish orqali vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijro etilishida doimiy ravishda ko‘maklashib borish vazifalari yuklansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarmagan, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro holati to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘liq bo‘lmagan holda, noto‘g‘ri va kechiktirib taqdim etgan, buyruqbozlikka va masalalarni hal etishda muddat buzilishiga yo‘l qo‘ygan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarini javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritib borsin;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining ijrosi holati to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘liq bo‘lmagan holda, noto‘g‘ri va kechiktirib taqdim etgan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritib borsin.
Belgilansinki, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining taqdimnomalari va talablari bajarilmagan taqdirda tegishli materiallar javobgarlik choralarini ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ijrosi yuzasidan aholi, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlik subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik nazorati mexanizmining amalga oshirilishini ta’minlovchi “Jamoatfikri.uz” portalining tashkil etilishi va yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin.
7. “Ijro.gov.uz” tizimi va “Jamoatfikri.uz” portalini tashkil etish, texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmalari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini “Ijro.gov.uz” tizimiga monitoring rejimida ulanishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda har bir davlat organi va tashkilotlarida, ularning hududiy bo‘linmalarida majlislar va yig‘ilishlarni jismoniy shaxslar ishtirokisiz masofadan o‘tkazish imkonini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritsin;
2018-yil 1-dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlarida mavjud elektron hujjatlar almashinuvi tizimlarining xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin;
2019-yil 1-yanvarga qadar “Ijro.gov.uz” tizimida respublika va hududlar darajasida o‘tkaziladigan majlis va yig‘ilishlar markazlashgan ma’lumotlar bazasini yaratsin va yo‘lga qo‘ysin;
2019-yil 1-iyulga qadar elektron hujjatlar almashinuvi tizimlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilish maqsadida yagona talablar, shuningdek, ushbu tizimning davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning elektron hujjat almashinuvi tizimlari bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha integratsiyaviy shlyuz ishlab chiqilishini ta’minlasin.
9. 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
davlat organlari va tashkilotlarida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini maxsus jurnal va hisob varaqalarida ro‘yxatga olish tartibi;
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bo‘yicha hisob kartotekalarining qog‘oz shaklida rasmiylashtirilishi va yuritilishi bekor qilinsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari bo‘yicha ijro intizomini nazorat qilish jarayonini, keyinchalik “Ijro.gov.uz” tizimi bilan integratsiya qilgan holda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini ta’minlasin.
11. Belgilansinki, adliya organlari mahalliy ijro hokimiyati organlariga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tayyorlanishi va kelishilishida amaliy yordam ko‘rsatadilar.
12. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri (Aripov), uning o‘rinbosarlari (Ramatov, Qo‘chqorov, Xolmurodov, Sultonov, Otajonov, Abduhakimov, Mirzayev, Norboyeva), shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga (Abduqodirov) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining mas’ul vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan ishlarning tashkil qilinishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga (Nizomiddinov), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilariga — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ijro intizomini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining amalga oshirilishida ko‘maklashish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga (Murodov) — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali ijro etilishi yuzasidan tegishli prokuror nazorati ta’minlanishi, shuningdek, ularni to‘liq bo‘lmagan holda va kechiktirib bajargan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisiga (Ikromov) — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda ijro intizomini tegishli darajada ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining so‘zsiz, to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga (Sodiqov) — “Ijro.gov.uz” tizimi va “Jamoatfikri.uz” portalining takomillashtirilishi, uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha doimiy asosda choralar ko‘rib borilishi uchun;
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga (Davletov) — normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida topshiriqlar ijrosining aniq muddatlari belgilanishi, shuningdek, ularning aniq va ravshan bayon qilinishi yuzasidan nazoratni ta’minlash uchun;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi, shuningdek, ularning ijro holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqdim qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikromov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (bundan keyin — “Ijro.gov.uz” tizimi)ning ishlash tartibini belgilaydi.
“Ijro.gov.uz” tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raisligi ostida o‘tkazilgan kengashlar bayonnomalarida belgilangan topshiriqlar (bundan keyin — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari) bajarilishining nazoratini ta’minlovchi axborot tizimi hisoblanadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxfiylik grifi bo‘lgan hujjatlar va topshiriqlar bundan mustasno, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishining nazoratini ta’minlovchi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi ishlashining koordinatori sifatida ish ko‘radigan O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi;
operator — “Ijro.gov.uz” tizimini vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga joriy qilish uchun javobgar bo‘lgan, shuningdek, uning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi;
“Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilari — “Ijro.gov.uz” tizimida harakatlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar;
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilari — “Ijro.gov.uz” tizimini qo‘llagan holda o‘z lavozim majburiyatlari doirasida harakatlanayotgan “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilarining rahbarlari yoki vakolatli xodimlari.
3. “Ijro.gov.uz” tizimining asosiy vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli, samarali hamda natijadorlik bilan ijro etilishini ta’minlash;
“Ijro.gov.uz” tizimiga ulangan ishtirokchilar uchun yagona axborot makonini yaratish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatiga muvofiq);
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar va topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo‘llash, shuningdek, ish yuritish ichki jarayonlarini avtomatlashtirish orqali vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish;
“Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilari o‘rtasida muntazam idoralararo elektron hamkorligini ta’minlash.
4. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish idoralararo elektron hamkorlik ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining kanselyariyasi tomonidan tegishli hujjat qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining elektron nusxalarini tarqatish, shu jumladan vakolatli davlat organiga yuborish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshirig‘ini shakllantirish amalga oshiriladi. Shoshilinch topshiriqlar “Ijro.gov.uz” tizimi orqali darhol jo‘natilishi kerak.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining elektron nusxalari olingan kundan boshlab — bir ish kuni davomida vakolatli davlat organi tomonidan mas’ul ijrochilari va bajarish muddatlari ko‘rsatilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga nazorat topshiriqlari kiritiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijro nazoratini ta’minlash bo‘yicha biriktirilgan mas’ul tarkibiy bo‘linmalari) tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan nazorat bandlari belgilangan tartibda qabul qilinadi va bir ish kunidan kechiktirmay Vazirlar Mahkamasi Apparatidagi mas’ul bajaruvchilarga yuboriladi.
8. “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan nazorat topshiriqlari “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilarining rahbarlarida, shuningdek, ijro intizomi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarda aks etadi.
9. Vakolatli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosining muntazam nazorati va tahlili ta’minlanadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish maqsadida vakolatli davlat organiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro natijalari bilan tanishib chiqishga ruxsat beriladi.
11. “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilari — mas’ul bajaruvchilar tegishli nazorat topshiriqlarining bajarish muddatlari yaqinlashgani to‘g‘risida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali muntazam xabardor qilinadilar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining nazorat bandlari ijro etilgani natijalariga asosan mas’ul ijrochilar tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida belgilangan muddatlarda hisobotga (nazorat topshirig‘iga beriladigan javobga) tegishli axborot (isbotlovchi hujjatlar) PDF formatida ilova qilinadi.
13. Nazorat bandlarini bajarish natijalari to‘g‘risidagi hisobotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishning aniq yo‘nalishlari ko‘rsatib beriladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidagi tegishli mas’ul ijrochilar tomonidan nazorat bandlarini bajarish natijalarini kelishib olish bir ish kunidan kechiktirmagan holda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
nazorat bandlari qoniqarsiz bajarilganida ijro natijalari qayta ishlash uchun mas’ul ijrochiga yuboriladi;
nazoratga olingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining nazorat bandlari qoniqarli darajada bajarilganida “Ijro.gov.uz” tizimiga tasdiq ma’lumoti kiritiladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining nazorat bandlarini bajarish natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish vakolatli organ tomonidan uch ish kunidan kechiktirmay quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida ko‘zda tutilgan nazorat bandlari mas’ul ijrochilar tomonidan to‘liq va sifatli bajarilganida vakolatli davlat organi tomonidan ushbu topshiriqlar “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan olinadi;
Nazorat bandlarini bajarish natijalari qoniqarsiz deb topilganida vakolatli organ tomonidan ushbu nazorat bandini qayta ishlash uchun tegishli mas’ul bajaruvchiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali boshqatdan yuboriladi.
16. Vakolatli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan nazorat bandlarini ijro natijalari to‘g‘risidagi axborotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam taqdim etiladi.
17. Foydalanuvchilarning “Ijro.gov.uz” tizimidan foydalanishlarini tashkil qilish operator tomonidan amalga oshiriladi.
18. “Ijro.gov.uz” tizimining ishlashini texnik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida operator quyidagilarni amalga oshiradi:
“Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish, ulash va o‘qitish;
“Ijro.gov.uz” tizimini modernizatsiyalash va “Ijro.gov.uz” tizimining yangi versiyalarini ishga tushirish;
“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilariga Call-markaz orqali “Ijro.gov.uz” tizimini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha, shu jumladan “Ijro.gov.uz” tizimida foydalanuvchilarning xato yoki noto‘g‘ri ishlashlarining oldini olish bo‘yicha maslahatlar berish;
“Ijro.gov.uz” ishining funksional va foydalanish xarakteristikalarini yaxshilash maqsadida tizimning ishlashini tahlil qilish.
19. “Ijro.gov.uz” tizimiga yangi foydalanuvchilarni ulash uchun operatorning pochta manziliga belgilangan shakldagi to‘ldirilgan arizalar yuboriladi. Arizalarning shakllarini “Ijro.gov.uz” tizimidan olish mumkin.
20. Operator arizani olgan kundan boshlab uch ish kuni davomida “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi bilan shartnoma tuzishi lozim.
21. “Ijro.gov.uz” tizimiga ulanish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgandan va operatorning bankdagi hisob raqamiga to‘lov kelib tushgandan so‘ng operator uch ish kuni davomida:
himoyalangan apparat qurilmalarida ulanayotgan yangi foydalanuvchining elektron raqamli imzosining yopiq kalitini va ochiq kalitining sertifikatini generatsiyalashni;
“Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga yoki ishtirokchisining ishonchli vakiliga elektron raqamli imzoning yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikati bo‘lgan himoyalangan apparat qurilmasi berilishini ta’minlashi shart.
22. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning boshqarilishini operator ta’minlaydi.
23. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish (ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish, yangilash, o‘chirish) “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi — tashkilot kadrlar bo‘linmasining xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
24. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgandan keyin unga elektron raqamli imzoning yozilgan yopiq kaliti va ochiq kalitining sertifikatiga ega himoyalangan apparat qurilmasi beriladi.
25. “Ijro.gov.uz” tizimiga kirish uchun “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasidan foydalaniladi.
26. Xodim (“Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchisi) bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda himoyalangan apparat qurilmasi “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi — tashkilotning kadrlar bo‘linmasiga topshirilishi kerak.
27. “Ijro.gov.uz” tizimining ishtirokchisi — tashkilotning kadrlar bo‘linmasiga topshirilgan himoyalangan apparat qurilmasi, kadrlar bo‘linmasi tomonidan himoyalangan apparat qurilmasining egasini almashtirish uchun operatorga so‘rov yuborilgandan so‘ng, “Ijro.gov.uz” tizimining yangi foydalanuvchisiga berilishi mumkin.
28. “Ijro.gov.uz” tizimining foydalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishning borishi to‘g‘risidagi axborotni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli taqdim etilishi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimida ishlaganda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadilar.
29. “Ijro.gov.uz” tizimi ishtirokchilarining rahbarlari ko‘tarilgan masalalarni va yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga, shuningdek, oldindan qo‘yilgan maqsadlarga erishishni so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan vazifalarni bajarish natijalarini o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
30. Operator “Ijro.gov.uz” tizimining uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.
31. Zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosining nazoratini tashkil qilish joylarga chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin.
32. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydigan davlat organlarida va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini va nazoratini tashkil qilish ham ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
33. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. | 101 | 26,087 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA ChEGARASI ORQALI JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN OLIB O‘TILADIGAN TOVARLARNING MAQSADINI ANIQLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 197, 211 va 230-moddalari, “Boj tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 7-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52-son, 534-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Ilovaga* muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2002-yil 1-iyunda 02/8-15, 01-03/32, va 2002-53-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2002-yil 4-iyun, ro‘yxat raqami 1147 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 11-12-son, 2003-yil 3-son) o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 206 | 1,307 |
Qonunchilik | O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida o‘rnatilgan cheklovlarni inobatga olgan holda, shuningdek koronavirus infeksiyasining deputatlar orasida tarqalishining oldini olish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bo‘yicha vaqtinchalik reglament 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishni tashkil etish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda sanoq komissiyasi tuzilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
4. Ushbu Qaror O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha karantin choralari bekor qilinguniga qadar amal qiladi.
1-modda. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bo‘yicha vaqtinchalik reglamenti (bundan buyon matnda Vaqtinchalik reglament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 10-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish, ovoz berish tartib-taomillarini hamda uning natijalarini hisobga olish tartibini belgilaydi.
2-modda. Qonunchilik palatasining majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimidagi majlislari Qonunchilik palatasi binosidagi majlislar zalidan o‘tkaziladi.
3-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan majlislari, agar majlislar ishida palata deputatlari umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan majlislarda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarini qabul qilishga, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
4-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan majlislarining kun tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan shakllantiriladi.
Qonunchilik palatasining yopiq majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish mumkin emas.
5-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan majlislarida Qonunchilik palatasi deputatlari, Devoni xodimlari, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari va ularning vakillari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 81-moddasining yettinchi qismida belgilangan shaxslar ishtirok etishga haqli.
Bunday majlislar ochiq, oshkora o‘tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi.
6-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan majlislarida hozir bo‘lgan deputatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ochiq ovoz berish natijalarini sanab chiqish va ovoz berish natijalarini aniqlash sanoq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Sanoq komissiyasining qarori komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
7-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan majlislarining kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalari va ularga doir materiallar mas’ul qo‘mitaning taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi Devoni tomonidan, qoida tariqasida, majlis boshlanguniga qadar uch kundan kechiktirmay deputatlarga yetkaziladi.
8-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan majlisi boshlanishidan avval sanoq komissiyasi Qonunchilik palatasining majlislar zaliga to‘plangan deputatlarni hamda videokonferensaloqa rejimida majlisga ulangan deputatlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish majlis boshlanishidan 30 daqiqa oldin boshlanadi va 10 daqiqa qolganda yakunlanadi.
9-modda. Qonunchilik palatasining majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganda Qonunchilik palatasining majlislar zalida qo‘yidagi shaxslarning bo‘lishi shart:
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi;
kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalari yuzasidan mas’ul etib belgilangan ma’ruzachilar;
sanoq komissiyasining a’zolari;
har bir siyosiy partiya fraksiyasining kamida bittadan vakili.
Qonunchilik palatasining boshqa deputatlari majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishi mumkin.
10-modda. Qoida tariqasida, ma’ruza uchun — 30 daqiqagacha, qo‘shimcha ma’ruza uchun — 20 daqiqagacha va yakunlovchi so‘z uchun 15 daqiqagacha bo‘lgan vaqt belgilanadi.
Munozaralarda so‘zga chiquvchi deputatlarga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Munozaralarda takroriy so‘zga chiqish uchun, shuningdek majlisni olib borish tartibi, bayonotlar, savollar, takliflar, xabarlar, ma’lumotlar uchun — 3 daqiqagacha vaqt beriladi.
11-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan majlisini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentida belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
12-modda. Videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan majlislarda Qonunchilik palatasining qarorlari ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
13-modda. Har bir masala bo‘yicha ovoz berishda deputat bitta ovozga ega bo‘ladi va u qaror qabul qilinishini “yoqlab” yoki unga “qarshi” yoxud qaror qabul qilinishiga betaraflik bildirib ovoz beradi.
Deputat o‘zining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Ovoz berish vaqtida hozir bo‘lmagan deputat ovoz berish uchun ajratilgan vaqt o‘tganidan keyin ovoz berishga haqli emas.
14-modda. Videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan majlislarda ovoz berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) majlisda raislik qiluvchi masala ovozga qo‘yilganligini e’lon qiladi;
2) majlislar zalida hozir bo‘lgan deputatlar birinchi navbatda ovoz beradi. Ovoz berish elektron tizim orqali amalga oshirilishi mumkin;
3) majlisda videokonferensaloqa rejimida jamoaviy ulanish nuqtasidan ishtirok etayotgan deputatlar ikkinchi navbatda ovoz beradi. Bunda videokonferensaloqa rejimida jamoaviy ulanish nuqtasidan ishtirok etayotgan deputatlar tasviri ketma ketlikda ekranga chiqariladi. Ovoz berish jarayonida ovoz berayotgan barcha deputatlar ko‘rinib turishi shart. Ovoz berish natijalari ularning orasidan tayinlangan vakil tomonidan o‘qib eshittiriladi (“tarafdorlar”, “qarshilar”, “betaraflar”);
4) majlisda videokonferensaloqa rejimida yakka tartibda ulanish nuqtasidan ishtirok etayotgan deputatlar uchinchi navbatda ovoz beradi. Bunda barcha deputatlarning tasviri bir vaqtning o‘zida ekranga chiqarib turiladi. Raislik qiluvchi tomonidan “tarafdorlar”, “qarshilar” va “betaraflar” bormi degan savollar bilan murojaat qilinadi. Deputatlar bu savollarga qo‘llarini ko‘tarib javob beradilar;
5) ovoz berishning har bir navbatining natijasi sanoq komissiyasi tomonidan qayd etib boriladi. Majlisda ishtirok etayotgan barcha deputatlar ovoz berib bo‘lganidan so‘ng sanoq komissiyasining raisi raislik qiluvchiga ovoz berish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;
6) raislik qiluvchi ovoz berish natijalarini e’lon qiladi.
15-modda. Qonunchilik palatasining qarorlari, agar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
16-modda. Barcha masalalar bo‘yicha ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining bayonnomasi va stenogrammasiga kiritiladi. | 232 | 8,063 |
Qonunchilik | “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 12-iyunda kiritilgan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi QL-513-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 876 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatdoshligini ta’minlashni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 25-maydagi PF-5057-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan qarorlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) 4-bandining “a” kichik bandida:
a) quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“miqdori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lmagan kontraktlar bo‘yicha chet el valyutasida oldindan to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar eksport qilingan kundan boshlab 90 kun, yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoniga 2-ilovada ko‘rsatilgan xomashyo tovarlari bundan mustasno”;
b) uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalarining bojxona monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandida:
a) quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“miqdori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lmagan kontraktlar bo‘yicha chet el valyutasida oldindan to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar eksport qilingan kundan boshlab 90 kun, yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoniga 2-ilovada ko‘rsatilgan xomashyo tovarlari bundan mustasno”;
b) uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Bug‘doy, un, guruch va non-bulka mahsulotlarini olib chiqib ketish hollari ustidan nazoratni kuchaytirish va ularning oldini olishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 8-iyuldagi 153-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 28-son, 271-modda) 1-bandidagi “ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqib ketishni taqiqlaydigan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Xayraton va Mozori Sharif o‘rtasidagi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish, qurish, o‘rnatish va foydalanishga topshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-noyabrdagi 298-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 48-son, 514-modda) 6-bandidagi “Farmoniga muvofiq Maxsus va eksport qilish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan tovarlar” so‘zlari “Farmonning 1 va 4-ilovalariga muvofiq tovarlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Xayraton-Mozori-Sharif” temir yo‘l liniyalarini qurish va ulardan foydalanish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 22-iyundagi 187-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshidagi “Farmoniga muvofiq Maxsus va eksport qilish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan tovarlar” so‘zlari “Farmonning 1 va 4-ilovalariga muvofiq tovarlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Hayraton-Mozori-Sharif” temir yo‘l liniyasidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida 2015-yil 14-apreldagi 91-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 15-son, 180-modda) 3-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Farmoniga muvofiq Maxsus va eksport qilish taqiqlangan tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan tovarlar” so‘zlari “Farmonning 1 va 4-ilovalariga muvofiq tovarlar” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 106 | 4,653 |
Qonunchilik | Fiskal tavakkalchiliklar byudjetnomaga kiritiladi | 24.12.2018 yildagi OʻRQ-508-son Qonun bilan Byudjet kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Koʻplab tuzatishlar orasida quyidagi yangiliklarga e’tiboringizni jalb etamiz:
birinchidan, byudjet tizimi byudjetlari хarajatlari tasnifining tuzilmasiga dasturiy tasnif kiritildi. U davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun mablagʻlar yoʻnalishini aks ettiruvchi хarajatlarni guruhlashdan iboratdir.
Ushbu dastak amaldagi vazifa jihatidan, tashkiliy, iqtisodiy va hududiy tasniflar, shuningdek byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi bilan bir qatorda qoʻllaniladi;
ikkinchidan, byudjetnomaning mazmuniga birmuncha tuzatish kiritildi. Endi u quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining, soliq va byudjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining loyihalari, shuningdek ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi. Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan «Fuqarolar uchun byudjet» parallel ravishda e’lon qilinadi.
Kodeksga ayrim boshqa oʻzgartishlar ham kiritildi. Ularning aksariyati muvofiqlashtirish tusiga ega. Xususan, bu davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar (bu yerga qarang), oʻsimlik yogʻi uchun aksiz soligʻi bekor qilinishi (bu yerga qarang), shuningdek benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq aksiz soligʻiga almashtirilishi bilan bogʻliq (bu yerga qarang) va h.k.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov. | 49 | 1,627 |
Qonunchilik | Ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash bo‘yicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2018-yil 8-avgustdagi 47-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3062, 2018-yil 28-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3062/1808-son) bilan tasdiqlangan Ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash bo‘yicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati izohi 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ixtisoslashtirilgan malakali psixiatrik tibbiy yordam o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lmagan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari kuzatilgan shaxslarga ularning ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi asosida (o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar, shuningdek qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar uchun ularning qonuniy vakillari tomonidan ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi asosida) ko‘rsatiladi”.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 197 | 1,119 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari va aholining keng qatlamlari tomonidan imtiyozli mikrokreditlardan keng foydalanilishini ta’minlash, shuningdek ularni ajratishning soddalashtirilgan mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. 2-bandda:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, asosan uzoq va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan tumanlar va shaharlarda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlarining yuqori texnologiyali va innovatsion loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirish uchun ajratiladi, ushbu bandning to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”;
b) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qarorining 2-ilovasida ko‘rsatilgan uzoq va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan tumanlarda yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratiladi”;
2. 2-ilovada:
a) 2-banddagi “biznes va xususiy” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 5-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Jamg‘arma mablag‘lari, asosan uzoq va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan tumanlar va shaharlarda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlarining yuqori texnologiyali va innovatsion loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirish uchun ajratiladi, ushbu bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”;
uchinchi xatboshidagi “va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qarorining 2-ilovasida ko‘rsatilgan uzoq va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan tumanlarda yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratiladi”;
v) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 8-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga, qoidaga ko‘ra, 18 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi”;
d) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 18 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno”;
e) 10-banddagi “1 yil” so‘zlari “18 oy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 16-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tomonidan tasdiqlangan hamda debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl), shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin;
z) 34-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“34. Tavakkalchiliklarning yo‘l qo‘yiladigan darajalarini aniqlash, shuningdek kreditlar bo‘yicha yo‘qotish ehtimoli uchun zaxiralarni shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq amalga oshiriladi”. | 244 | 4,828 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI O‘RMON XO‘JALIGI BOSh BOShQARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzurida Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 2-martdagi 76-son qarorining 8-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tuzilmasi bo‘yicha takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin.
1. II bo‘limning 5-bandi quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ichki va tashqi bozor ehtiyojini o‘rganish asosida respublika manzarali bog‘dorchiligini rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi”;
o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n uchinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. III bo‘limning 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini o‘stirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qiladi;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qiladi;
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda manzarali o‘simliklarni rayonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni tashkil qiladi;
turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarga manzarali o‘simliklar o‘stirishda ilmiy-metodik va ishlab chiqarish yordami ko‘rsatilishini tashkil qiladi”.
3. 12-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi.
Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktorining o‘rinbosarlari O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi.
O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari, shuningdek Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga kiradigan tashkilotlar rahbarlari O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi”. | 156 | 3,027 |
Qonunchilik | Minimal iste’mol хarajatlari qiymati – oyiga 498 ming soʻm | Davlat statistika qoʻmitasi minimal iste’mol хarajatlari qiymati miqdorini ma’lum qildi. Ushbu koʻrsatkichni hisoblash tartibi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2021 yildagi «Minimal iste’mol хarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish toʻgʻrisida»gi 544-son qaroriga muvofiq joriy etilgan.
2021 yilda respublikaning barcha hududlarida 10,6 ming uy хoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari asosida minimal iste’mol хarajatlari qiymati hisoblandi.
Bunda, хalqaro uslubiyotdan kelib chiqib, minimal iste’mol хarajatlarini hisoblashda soʻrovnomada ishtirok etgan uy хoʻjaliklari хarajatlari miqdori boʻyicha oʻnta guruhga ajratildi. Ushbu oilalar orasidan eng kam хarajat va daromadga ega boʻlgan 30% uy хoʻjaliklari ajratib olindi.
Soʻrovnoma asosida mazkur uy хoʻjaliklarida jon boshiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat (2200 kkal) va zarur boʻlgan nooziq-ovqat tovarlar hamda хizmatlar uchun minimal iste’mol хarajatlar bir oyda kishi boshiga 498 ming soʻmni tashkil etishi hisob-kitob qilindi.
2020 yilda 5,4 ming uy хoʻjaligi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma yakuni boʻyicha dastlabki hisoblangan minimal iste’mol хarajatlari 2021 yil narхlarida 440 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning may oyida e’lon qilingan.
Jahon tajribasida minimal iste’mol хarajatlari koʻrsatkichidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Lola Abduazimova. | 58 | 1,370 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha komissiyaning O‘zbekiston qismi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha komissiyaning O‘zbekiston qismi tarkibi quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
2. Mazkur Qaror tegishli davlat organlariga ma’lumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 191 | 672 |
Qonunchilik | Kasb-hunar maktablari, kollejlar va teхnikumlar uchun namunaviy ustavlar tasdiqlandi | Vazirlar Mahkamasining 7.08.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 466-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 6.09.2019 yildagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5812-son Farmonini ijro etish maqsadida qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Tizimida kollejlar va teхnikumlar boʻlgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalariga tasdiqlangan namunaviy ustav asosida ularning ustavlarini ishlab chiqish hamda ularning faoliyatini ularga muvofiq yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasining 16.04.2020 yildagi 232-son qaroriga muvofiq kasb-hunar maktablarida boshlangʻich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladigan oʻquvchilarga 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab BHMning 1 baravari miqdorida oylik stipendiya uchun mablagʻlar ajratilishi hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanishi ma’lumot uchun qabul qilindi.
Quyidagilar professional ta’limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 84 | 1,231 |
Qonunchilik | «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarida nimalar rejalashtirilgan | Prezidentning 18.03.2022 yildagi “2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 172-son qarori qabul qilindi.
2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari (keyingi oʻrinlarda - Dasturlar) doirasida 2022 yil uchun quyidagilar boʻyicha manzilli roʻyхatlar va maqsadli parametrlar tasdiqlandi:
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
- ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimlari hamda yoʻl-transport infratuzilmasi ob’yektlari respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan tegishlicha Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻapmaci orqali;
- ijtimoiy soha ob’yektlarini va boshqa ob’yektlarni qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti hamda viloyatlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan tegishlicha Qopaqalpogʻicton Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi ''Obod qishlok," va "Obod mahalla" jamgʻapmalapi orqali;
- elektr energiyasi, tabiiy gaz, aloqa va aхborotlashtirish tarmoqlarini qurish-ta’mirlash ishlari tegishlicha "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududgazta’minot" AJ, "Oʻzbektelekom" AKning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
2023 yildan boshlab:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.03.2022 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova. | 70 | 1,502 |
Qonunchilik | Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Respublika hududlari va agrar soha tarmoqlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga hududlar bo‘yicha maqsadli qabul tashkil etildi.
Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filialini tashkil etilishi mamlakatimiz janubiy mintaqasining agrar sohasi uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash imkoniyatini yaratdi.
Ta’lim jarayonining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida akademik litseylar tegishli oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga o‘tkazildi, soha uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda agrar tarmoqlar ishtirokini kengaytirish choralari belgilandi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash borasida bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Bunda:
birinchidan, agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, jadallik bilan joriy etilayotgan zamonaviy intensiv, resurstejamkor texnologiyalar hamda ilg‘or tajribalar fan dasturlarida o‘zining aksini topmaganligi, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy talablar asosida yaratilgan metodik ta’minotlar bilan to‘liq ta’minlanmaganligi hamda universitetning o‘quv-laboratoriya bazasi ma’nan va jismonan eskirganligi natijasida talabalar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmayotganligi sababli bitiruvchilarning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishida muammolar mavjud;
ikkinchidan, mutaxassislar tayyorlash yuzasidan ehtiyojlar chuqur tahlil qilinmaganligi oqibatida sohada ilg‘or agrotexnologiya, innovatsion va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda oliy ma’lumotli kadrlar yetishmasligi yuzaga keldi;
uchinchidan, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy bilim darajasi, shuningdek, amaliy tajribalarini doimiy oshirib borish mexanizmlarini joriy etish, ularning kasbiy salohiyatini oshirishda xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalaridan samarali foydalanilmayapti;
to‘rtinchidan, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi ta’minlanmaganligi, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning tizimli tashkil etilmaganligi, qishloq xo‘jaligi sohasidagi olib borilgan ilmiy izlanishlarning sohadagi mavjud dolzarb ilmiy muammolar yechimlariga qaratilmaganligi oqibatida ilmiy faoliyatning samaradorligi pastligicha qolmoqda;
beshinchidan, talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini qishloq xo‘jaligi ekinlarining agrotexnik tadbirlari mavsumiga moslashtirilmaganligi va samarali tashkil etilmaganligi oqibatida bitiruvchilarning amaliy ko‘nikmalari talab darajasida emas.
Qishloq xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, oliy ta’lim muassasalarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, soha uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlash maqsadida:
3. Quyidagilar:
Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent davlat agrar universiteti va uning Andijon, Nukus, Termiz filiallariga davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, viloyatlar hokimliklarining buyurtmalariga asosan 2018/2019 o‘quv yili uchun davlat granti hamda to‘lov kontrakt asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotasi 3-ilovaga muvofiq;
2018/2019 o‘quv yilida Toshkent davlat agrar universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga davlat granti asosida maqsadli qabul kvotasini kadrlar buyurtmachilarining takliflariga asosan respublika hududlari bo‘yicha taqsimoti 3a-ilovaga muvofiq;
2018-2019-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari ustavlarini ikki oy muddatda tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
6. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tugatilsin va uning funksiyalari hamda u uchun nazarda tutilgan moliyalashtirish manbalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini, shu jumladan, kreditorlik va debitorlik qarzdorligini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari obyektlarini qurish va jihozlash bo‘yicha boshlangan ishlarning oxiriga yetkazilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Toshkent davlat agrar universiteti tarkibidan chiqarilayotgan Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tahlil qilgan holda uning idoraviy mansubligini aniqlasin;
qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari huzuridagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish choralarini ko‘rsin.
8. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining magistratura mutaxassisliklariga qabul O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun to‘liq davlat granti asosida amalga oshirilsin.
9. Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining kadrlar buyurtmachilari ro‘yxati va ularga taqsimlangan talabalar soni 5-ilovaga hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining amaliyot o‘tash obyektlariga biriktirilishi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Quyidagilar Toshkent davlat agrar universiteti va uning Andijon, Nukus, Termiz filiallarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha kadrlar buyurtmachilarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
korxona va tashkilotlar obyektlarida talabalarning amaliyotini tashkil qilish va ustoz-shogird tizimi asosida o‘tilishini ta’minlash hamda talabalarni ishlab chiqarishning yangi me’yoriy hujjatlari, zamonaviy axborot dasturiy ta’minot mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish;
ishlab chiqarish korxona va tashkilotlaridan tayinlangan malakaviy amaliyot rahbarlariga asosiy ish joyidan qo‘shimcha ish haqlarini tayinlash;
manfaatdor vazirlik va idoralar tasarrufidagi boshqarmalar va ularning tarkibidagi korxona va tashkilotlardan malakali, tajribali mutaxassislarni ta’lim jarayonida ishtirokini ta’minlash;
korxona va tashkilotlarda professor-o‘qituvchilarning stajirovkalari uchun shart-sharoitlar hamda kafedralarning filiallarini tashkil etish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish imkoniyatini yaratish.
Kadrlar buyurtmachilari talaba bilan o‘qishni bitirganidan so‘ng 5 yil ishlab berish majburiyatini belgilovchi shartnoma tuzish orqali uning bazaviy to‘lov kontraktini 2-bosqichda kamida 50 foiz, 3-bosqichda kamida 75 foiz va 4-bosqichda 100 foiz miqdorda to‘lab berishi mumkinligi qayd etilsin.
11. Toshkent davlat agrar universitetining Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Qishloq xo‘jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi” DUK o‘rnida “Axborot-maslahat markazi (extension center)” DUK tashkil etilsin.
“Axborot-maslahat markazi (extension center)” DUKning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
markaz hududida talabalarning malakaviy amaliyotlarini o‘tkazish, ularning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash orqali malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish;
Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari, magistrantlari va iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqot tajribalarini olib borishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ilmiy-tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan xalqaro va davlat grantlari doirasida ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish;
qishloq xo‘jalik ekinlarining kolleksiyalarini yaratish, mevali va manzarali daraxtlarning ko‘chatlarini tayyorlash;
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hamda ishlab chiqarish korxonalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha muntazam ravishda maslahatlar, tavsiyalar berib borish.
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Nukus pedagogika kollejining Nukus shahri, P. Seitov ko‘chasi, 12-uy manzilida joylashgan binosining Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialiga bir oy muddatda belgilangan tartibda bepul berilishini hamda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan belgilangan tartibda ajratiladigan mablag‘lar hisobidan kapital ta’mirlanishini ta’minlasin.
ikki oy muddatda Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda tugatilayotgan Andijon qishloq xo‘jaligi institutining Andijon viloyati, Andijon tumani, Kuyganyor shaharchasi, Oliygoh ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari, tegishli hududi, o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv adabiyotlari hamda boshqa mol-mulki Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialiga belgilangan tartibda bepul berilishini ta’minlasin;
tugatilayotgan Andijon qishloq xo‘jaligi institutining 2017/2018 o‘quv yilida tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalariga ularning o‘qishini tugatguniga qadar Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialida o‘qishini yakunlash imkoniyatini yaratsin.
13. Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya mablag‘lari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
14. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid dolzarb ilmiy-texnik muammolar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ilmiy-tadqiqot muassasalarining Toshkent davlat agrar universiteti bilan o‘zaro muvofiqlashgan va uzviy hamkorligini ta’minlash hamda ilmiy ishlanmalarning natijadorligini oshirish yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Andijon qishloq xo‘jaligi instituti tugatilishi munosabati bilan uning ishdan bo‘shaydigan xodimlarini o‘rnatilgan tartibda ishga joylashtirib borish choralarini ko‘rsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi R.S. Kasimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Q.V. Akmalov va Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin. | 134 | 12,461 |
Qonunchilik | Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash idoralari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3052-son, “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-yanvardagi PQ-3489-son va “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 22-dekabrdagi 352-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 126-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.B. Akmalov va Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazish deb ataladi) hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini (keyingi o‘rinlarda guvohnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo‘lgan yoxud tashxis qo‘yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;
tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;
tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar;
farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinikagacha tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega bo‘lgan, klinik tadqiqot obyektlari bo‘lgan modda yoki moddalar aralashmasi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat markazi deb ataladi) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sifat nazorati, standartlashtirish va sertifikatlashtirishni amalga oshiradigan ishchi organi;
ariza beruvchi — Davlat markaziga dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va guvohnoma olish uchun murojaat qiluvchi tadbirkorlik subyekti, yuridik shaxs (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakil);
ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlari — dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazishda Davlat markaziga taqdim etiladigan hujjatlar;
dorivor o‘simlik xomashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari;
retsept — vrachning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasi.
3. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish ariza beruvchilarga guvohnoma berilishini nazarda tutadi.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish va guvohnoma berish Davlat markazi tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
dori vositalari;
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari;
ilgari O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, biroq boshqacha dori shakllarida, dozalarda yoki boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari;
tibbiy buyumlar;
tibbiy texnika.
5. Tarkibida turli dori moddalari bo‘lgan dori vositalarini bir xildagi savdo nomi ostida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dori vositalarini ishlab chiqarish maqsadida qo‘llaniladigan substansiyalar, dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun olib kiriladigan, klinik oldi tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar o‘tkazish, ko‘rgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda ilmiy-tadqiqot ishlari uchun olib kiriladigan, klinikagacha tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar o‘tkazish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘rgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun mo‘ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
6. Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati besh yil, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga muddatsiz bo‘lgan tegishli ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi beriladi.
Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ushbu dori vositasini ishlab chiqarish sharoitlarining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP” O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti talablariga muvofiqligi yuzasidan joyiga chiqqan holda farmatsevtik inspeksiya o‘tkaziladi (qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan alohida holatlar bundan mustasno).
7. Guvohnoma dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Davlat markazi tomonidan ariza beruvchining tegishli arizasi taqdim etilishidan qat’i nazar ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etilgan barcha dori vositalarining referent narxlarini qayd etish ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida amalga oshiriladi.
Davlat markazi tomonidan ariza beruvchining tegishli arizasi taqdim etilishidan qat’i nazar Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan barcha dori vositalarining referent narxlari qayd etiladi.
8. Tashqi beg‘araz ko‘mak, grant mablag‘lari hisobiga hamda insonparvarlik yordami sifatida kirib kelayotgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilishiga va foydalanishga ruxsat beriladi.
Bunda, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga va foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli xulosa beriladi.
9. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi asosida tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishida ariza beruvchi tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan talablar va shartlar quyidagilardan iborat:
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilgan ariza beruvchi tomonidan ularning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishida qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etish;
guvohnomaning amal qilish davrida ariza beruvchi tomonidan Davlat markaziga ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni taqdim etish;
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar (keyingi o‘rinlarda normativ hujjatlar deb ataladi) talablariga, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarga qat’iy rioya etish;
Davlat markazi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, shuningdek, dori vositalari, tabiiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarini hamda boshqa materiallarni ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etish.
10. Guvohnomani olish uchun ariza beruvchi Davlat markaziga quyidagilarni taqdim etadi:
a) ushbu Nizomning 2- (dori vositalari uchun) va 2a- (tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun) ilovalariga* muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
b) ushbu Nizomning 3 (dori vositalari uchun) va 3a (tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun) ilovalarida* nazarda tutilgan ketma-ketlikda har birini alohida yuklagan holda tegishli ravishda ariza beruvchining elektron imzosi bilan tasdiqlangan dori vositalari, tibbiy buyumlar yoki tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining elektron shakli;
v) dori vositasining uch marotaba sinovlar o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan miqdordagi bir sanoat seriyasidagi namunalari;
g) tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning normativ hujjatlarga muvofiq sinovlar o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan miqdordagi namunalari,
d) faol ta’sir etuvchi moddalarning hamda yot va o‘xshash moddalarning standart namunalari, nazorat materiallari, maxsus reaktivlar va ular sifatini tasdiqlovchi hujjatlar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etilgan dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishda GCP (zarur tarzdagi klinika amaliyoti) qoidalariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan klinik bazalarga (davolash-profilaktika muassasalariga) dori vositalarining klinik tadqiqotlar o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlari (klinik tadqiqotlar bayonnomasi, tadqiqotchi broshyurasi va boshqalar) va namunalari taqdim etiladi.
11. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va namunalar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Guvohnomani olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar Davlat markaziga elektron shaklda, Davlat markazining elektron tizimi orqali ular olinganligi haqidagi xabarnomani olgan holda taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalari bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etiladi.
13. Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlaridagi maxfiy ma’lumotlarning oshkor qilinishi uchun javob beradi.
14. Guvohnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida yig‘im undiriladi.
Yig‘im summasi Davlat markazi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ariza beruvchi bergan arizasidan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning xorijiy ishlab chiqaruvchisining (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilning) arizasini ko‘rib chiqish va guvohnoma berish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish va dublikat berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasi Davlat markazining ko‘rsatib o‘tilgan tartibotlarni amalga oshirish uchun ketgan xarajatlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan preyskurantga ko‘ra amalga oshiriladi.
15. Guvohnoma berish to‘g‘risidagi ariza Davlat markazi tomonidan ariza quyidagilardan oshmaydigan muddatlarda ko‘rib chiqiladi:
15 ish kuni — tan olish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan dori vositalari, tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlari;
50 kun — dori moddalari (substansiyalar) uchun;
60 kun – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari uchun;
120 kun — qadoqlangan va o‘rash-joylash materialiga joylangan farmakopeya dorivor o‘simlik xomashyosi shaklidagi dori vositalari, bog‘lov materiallari, teshish, inyeksiya, transfuziya va so‘rib olishga mo‘ljallangan buyumlar, kontratseptivlar, rezina, rezina mato, lateks, polimerdan tayyorlangan tibbiy buyumlar, bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorlarni parvarish qilish uchun tibbiy buyumlar.
155 kun — qolgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun.
Quyidagi muddatlar yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarga kiritilmaydi:
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ekspertizadan o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan 45 kundan oshmaydigan muddat;
klinik sinovlar o‘tkazish uchun klinik bazalarga ariza beruvchi tomonidan tegishli tartibda kelishilgan klinik sinovlar dasturlarini, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarini taqdim etish uchun belgilangan 45 kundan oshmaydigan muddat;
jenerik dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishning bevosita bir yildan oshmaydigan, original dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishning uch yildan oshmaydigan muddatlari.
Dori moddalarini (substansiyalar) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda klinik tadqiqotlar o‘tkazilmaydi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori vositalari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari, tan olish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan dori vositalari, tibbiy texnika, tibbiy buyumlar va ularning butlovchi qismlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda laboratoriya sinovlari o‘tkazilmaydi.
O‘sma kasalliklarini immunogistokimyoviy, molekulyar va genetik tekshirishlar uchun reagentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda klinik-laboratoriyaviy sinovlar o‘tkazilmaydi.
16. Guvohnoma berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Davlat markazi hisobraqamiga o‘tkaziladi.
17. Davlat markazi tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay ariza beruvchiga guvohnomani berishi (yuborishi) yoki bunday hujjatni berishning rad etilganligi to‘g‘risida uni yozma shaklda, jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi kerak.
18. Davlat markazi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini baholash doirasida ishlab chiqarish sharoitlarini, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini, sifati, samaradorligi va xavfsizligi, qo‘llashda kutilayotgan samaraning inson salomatligi xavfiga nisbatini dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni yoxud mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda quyidagi ekspertiza ishlari, tekshiruvlar, sinovlar, tahlillar, tadqiqotlar, o‘rganishlar va ilmiy-texnik baholashlarni o‘tkazishi mumkin:
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlari ekspertizasi;
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarish sharoitlarining ishlab chiqarishni tashkil etish va sifat nazoratini olib borish qoidalari talablariga muvofiqligini, sifatni boshqarish tizimini baholash va aniqlash maqsadida inspeksion tekshiruvlar;
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarining sinovlari va tadqiqotlari;
tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bo‘lgan dori vositalari hujjatlari ekspertizasi;
farmakologik, toksikologik tadqiqotlar;
klinikagacha tadqiqotlar, bioekvivalentlik sinovlar.
19. Ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat markazi tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan muddatlarda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi:
ariza qabul qilinganidan so‘ng ariza hamda unga ilova qilingan ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini va dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning namunalarini birlamchi (dastlabki) ekspertizadan o‘tkazadi;
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha ariza beruvchi bilan tegishli yozishmalar olib boradi;
birlamchi (dastlabki) ekspertizaning ijobiy natijalari asosida Davlat markazi va ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuzilishini ta’minlaydi va to‘lov varaqasini rasmiylashtiradi;
belgilangan yig‘im summasi ariza beruvchi tomonidan to‘langandan keyin ariza hamda ilova qilinadigan namunalar va hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun Davlat markazining laboratoriyalariga (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari bundan mustasno), Farmakologiya, Farmakopeya, Yangi tibbiy texnika qo‘mitalariga, Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga (dori vositalari tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud bo‘lgan taqdirda) taqdim etadi;
b) Davlat markazi laboratoriyalari:
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ma’muriy, kimyoviy, farmatsevtik, biologik va texnik qismlarini ekspertizadan o‘tkazadi;
normativ hujjatlarni baholaydi, dori vositalari (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari bundan mustasno), tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha sinovlar o‘tkazadi;
sinovlar bayonnomalarini, ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini Farmakopeya, Farmakologiya va Yangi tibbiy texnika qo‘mitalariga taqdim etadi.
v) Farmakopeya qo‘mitasi:
dori vositalari ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ma’muriy, kimyoviy, farmatsevtik va biologik qismlarini, laboratoriya sinovlari bayonnomalarini ekspertizadan o‘tkazadi;
milliy va xalqaro standartlar talablari bilan muvofiqlashtirish maqsadida ariza beruvchidan normativ hujjatlarga muqobil usullarni va (yoki) qo‘shimcha ko‘rsatkichlar, normalar va sinov usullarini kiritishni talab qiladi;
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda dori vositalari va (yoki) farmakologik vositalarning hujjatlarini ekspertizadan va takroriy ekspertizadan o‘tkazadi;
qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish uchun Davlat markazining laboratoriyalariga dori vositasining namunalari va hujjatlarini yuboradi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
taqdim etilgan hujjatlar va ekspertlar xulosalari asosida dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi tavsiyalarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ekspertlar kengashiga (keyingi o‘rinlarda Ekspertlar kengashi deb ataladi) kiritadi;
g) Farmakologiya qo‘mitasi:
farmakologik va (yoki) dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ma’muriy, farmakologik, toksikologik va klinik qismlarini ekspertizadan o‘tkazadi;
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda farmakologik va (yoki) dori vositalarining hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi;
quyidagi xollarda dori vositasini klinik tadqiqotlarsiz qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi tavsiyalarni Ekspertlar kengashiga kiritadi:
dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari taqdim etilganda;
dori vositasining GMP (zarur tarzda ishlab chiqarish amaliyoti) talablariga muvofiq ishlab chiqarilganligi va klinik tadqiqotlarning GCP (zarur tarzdagi klinika amaliyoti) talablariga muvofiq o‘tkazilganligi, farmakologik nazorat tizimining GVP (farmakologik nazorat amaliyoti) yo‘lga qo‘yilganligi, shuningdek — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalanganligi to‘g‘risidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-sentabrdagi PQ-3948-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar ro‘yxatida keltirilgan mamlakat va tashkilotlar nazorati ostida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda;
alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
farmakologik yoki dori vositalarining odamda klinik tadqiqotlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi tavsiyalarni Ekspertlar kengashiga kiritadi;
tadqiqotlar turlarini belgilaydi, klinik tadqiqotlar o‘tkazish uchun klinik bazalarni ma’qullaydi, klinik tadqiqotlar dasturlari va bayonnomalarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar beradi va ularni ma’qullaydi;
taqdim etilgan hujjatlar va ekspertlarning xulosalari asosida Ekspertlar kengashiga klinik tadqiqotlarsiz yoki klinik tadqiqotlar asosida dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi tavsiyalarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
dori vositalarini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarni yoki ularga kiritiladigan o‘zgartirishlarni kelishadi va tasdiqlaydi;
farmokologik nazorat bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi;
d) Yangi tibbiy texnika qo‘mitasi:
tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ma’muriy, kimyoviy, biologik, texnik qismlarini, laboratoriya sinovlari bayonnomalarini, shuningdek, klinik tadqiqotlar materiallarini ekspertizadan o‘tkazadi;
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda tibbiy buyumlarning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini ekspertizadan va takroriy ekspertizadan o‘tkazadi;
tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda yoki tibbiy buyumlar va tibbiy texnika o‘rnatilgan joyda sinovlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
klinik tadqiqotlarning dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar beradi va klinik tadqiqotlar dasturlarini kelishadi;
tadqiqotlar turlarini belgilaydi, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning klinik tadqiqotlarini o‘tkazish uchun klinik bazalarni (davolash-profilaktika muassasalarini) ma’qullaydi;
mahalliy ishlab chiqaruvchilar tibbiy buyumlarining va tibbiy texnikasining qo‘llash (ekspluatatsiya qilish) bo‘yicha yo‘riqnomalarini va markirovkasini yoki ularga kiritiladigan o‘zgartirish yoki qo‘shimchalarni kelishadi;
tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning normativ hujjatlarini kelishishga yoki tasdiqlashga tayyorlaydi;
taqdim etilgan hujjatlar va ekspertlarning xulosalari asosida Ekspertlar kengashiga tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani klinik sinovlarsiz yoki klinik tadqiqotlar asosida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish haqida tavsiyalarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
e) Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi:
tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud bo‘lgan dori vositalarining ro‘yxat o‘tkazish hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi;
tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud bo‘lgan dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazishda davlat nazoratida bo‘lgan giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatida ushbu moddalarning mavjudligini, ularni tibbiyotda qo‘llashga ruxsatnomalarni, shuningdek, ularni vrach retsepti bo‘yicha berish zarurligini ko‘rib chiqadi hamda Farmakologiya va Farmakopeya qo‘mitalariga takliflar kiritadi;
j) Farminspeksiya:
yangi dori shakli yoki tibbiy buyum turini ishlab chiqarish, sifatini nazorat qilish tashkil etilgan taqdirda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish va sifatni nazorat qilish sharoitlarining ishlab chiqarishni tashkil etish hamda sifatni nazorat qilish qoidalariga muvofiqligini tekshiradi;
tekshirish natijalariga ko‘ra dori vositasi, tibbiy buyumlar tegishli turini ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish sharoitlarining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi;
z) “Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasi:
dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalarda joyiga chiqqan holda, joyiga chiqishning imkoni bo‘lmagan taqdirda masofadan (onlayn) dori vositasini ishlab chiqarish sharoitlarining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyalarni olib boradi;
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan dori vositalarini ishlab chiqarish maydonining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiya o‘tkazish maqsadida hujjatlashtirilgan standart operatsion jarayonlar va sifat menejmenti tizimi jarayonlari ro‘yxati hamda ishlab chiqarish maydonining asosiy hujjatlari (sayt master-fayl, yozma va chizma qismlarini) nusxalarini “Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasiga taqdim etish to‘g‘risida ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi;
yuborilgan xabarnoma bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar to‘liqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazadi hamda ariza beruvchi bilan farmatsevtik inspeksiya o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzadi;
farmatsevtik inspeksiya o‘tkazish uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, ariza beruvchi bilan farmatsevtik inspeksiya o‘tkazish muddatlarini kelishish uchun unga inspeksiya dasturini yo‘llaydi;
farmatsevtik inspeksiyani bevosita ishlab chiqarish maydonida o‘tkazadi hamda natijalari bo‘yicha hisobot tuzadi;
farmatsevtik inspeksiya jarayonida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun o‘rnatilgan tartibda muddatlarni belgilaydi hamda ushbu belgilangan muddatlarda nomuvofiqliklar amalda bartaraf etilganligi holatini zaruratga ko‘ra joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
“Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan farmatsevtik inspeksiya natijalari bo‘yicha ijobiy hisobot tuzilgan taqdirda, ishlab chiqaruvchiga amal qilish muddati uch yil bo‘lgan sertifikat taqdim etiladi.
Sertifikat taqdim etilgandan so‘ng ariza beruvchi ishlab chiqarish maydoni menejment tizimiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan har qanday o‘zgarishlar haqida “Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasiga o‘z vaqtida xabar berishi lozim.
“Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasi “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” talablariga muvofiqlik yuzasidan o‘tkazilgan farmatsevtik inspeksiya natijalariga asosan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi xulosalarni Ekspertlar kengashiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
“Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasi quyidagi hollarda Davlat markaziga dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish bo‘yicha Davlat markaziga tavsiya berishi mumkin:
ariza beruvchi farmatsevtik inspeksiyaning bevosita ishlab chiqarish maydonida o‘tkazilishidan bosh tortganda;
farmatsevtik inspeksiya o‘tkazish uchun talab qilingan ma’lumotlar, hujjatlar o‘rganish uchun so‘rab olinganda taqdim etilmaganda, bino va xonalarga inspektorlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaganda;
farmatsevtik inspeksiya mobaynida qalbaki hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilgani aniqlanganda;
farmatsevtik inspeksiya natijalari bo‘yicha aniqlangan nomuvofiqliklar ishlab chiqaruvchi korxona bilan kelishilgan muddatlarda to‘g‘ri va to‘liq bartaraf etilmaganda.
Farmatsevtik inspeksiyalarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarga to‘langan haq o‘tkazilgan farmatsevtik inspeksiya natijalaridan qat’i nazar, ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
Dori vositasini ishlab chiqaruvchi farmatsevtik inspeksiya o‘tkazish maqsadida “Zarur amaliyotlar markazi” davlat unitar korxonasiga dori vositasini O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonidan tashqari holda (davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlarda) ham murojaat qilishi mumkin.
Inspeksiya o‘tkazilgan ishlab chiqarish maydoni GMP talablariga nomuvofiq ekanligi aniqlansa, ushbu ishlab chiqarish maydonida ilgari ishlab chiqarilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, muomaladagi dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish bo‘yicha Ekspertlar kengashiga tavsiya beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishini qayta tiklash, o‘tkazilgan farmatsevtik inspeksiya mobaynida aniqlangan barcha nomuvofiqliklar to‘liq bartaraf etilganidan so‘ng, qayta farmatsevtik inspeksiya o‘tkazilib ijobiy natijalar qayd etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
20. Ekspertlar kengashi Farmakopeya, Farmakologiya, Yangi tibbiy texnika qo‘mitalari, shuningdek Davlat markazining boshqa bo‘linmalari xulosalari asosida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
21. Davlat markazi Ekspertlar kengashi tomonidan qaror qabul qilingan kundan bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga ushbu Nizomning 4-(dori vositalari uchun) va 4a-(tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun) ilovalariga* muvofiq shakldagi guvohnomani beradi (yoki yuboradi) yoki uni yozma shaklda, jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda guvohnoma berish rad etilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
22. Quyidagilar guvohnoma berishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin:
guvohnoma berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning, dori vositalari va tibbiy buyumlar va tibbiy texnika namunalarining va boshqa talab qilinadigan materiallarning ariza beruvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;
ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifati, xavfsizligi va samaradorligini tavsiflovchi laboratoriya sinovlari, klinik tadqiqotlar, ishlab chiqarishni tekshirish yoki boshqa ilmiy-texnik baholash (dori vositalari va tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish) yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosalarning olinishi.
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarga nisbatan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganligi;
Guvohnoma berishning boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablari bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
23. Guvohnomani berishning rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma ariza beruvchiga yozma shaklda, shuningdek, axborot tizimi orqali elektron shaklda, rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari hamda ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va takroriy ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat guvohnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan boshlab 10 ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
24. Guvohnoma berish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish va ekspertiza jarayonini davom ettirish Davlat markazi tomonidan ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Arizaning takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Agar rad etish sabablarining ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilishi dori vositalari va tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifati, samaradorligi va xavfsizligi xossalarining o‘zgarishiga olib kelsa, u holda ariza yangidan berilgan hisoblanadi va Davlat markazi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
25. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda Davlat markazi tomonidan ilgari ariza beruvchiga yozma shaklda yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
26. Guvohnoma berishning rad etilgani to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va Davlat markazi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
27. Ariza beruvchi guvohnoma berishning rad etilishi, shuningdek Davlat markazi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
28. Guvohnomaning amal qilish muddati o‘tgach dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani realizatsiya qilishga hamda tibbiyot amaliyotida qo‘llashga, agar ular ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishi davrida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi. Bunda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifat nazoratini guvohnomaning amal qilish muddatida tasdiqlangan normativ hujjatlar talablariga muvofiq o‘tkazilishiga ruxsat beriladi.
29. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar guvohnomaning amal qilish muddati davomida o‘zgargan taqdirda ariza beruvchi Davlat markaziga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli hujjatlar, namunalar va standartlarni (zarur hollarda) ilova qilgan holda murojaat qiladi.
O‘zgartirishlar dori vositasi, tibbiy buyum va tibbiy texnikaning sifati, samaradorligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarda Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni rad etadi.
30. Ariza beruvchining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizasi Davlat markazining tegishli bo‘linmalari vakolatlari doirasida quyidagilardan oshmaydigan muddatlarda ko‘rib chiqiladi:
45 kun — dori moddalari (substansiyalar) uchun;
30 kun — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan dori preparatlari va “in vitro” tashxis tibbiy buyumlari uchun;
60 kun — qadoqlangan va o‘rash-joylash materialiga joylangan farmakopeya dorivor o‘simlik xomashyosi shaklidagi dori vositalari, bog‘lov materiallari, teshish, inyeksiya, transfuziya va so‘rib olishga mo‘ljallangan buyumlar, kontratseptivlar, rezina, rezina mato, lateks, polimerdan tayyorlangan tibbiy buyumlar, bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorlarni parvarish qilish uchun tibbiy buyumlar.
90 kun — qolgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika uchun.
Ariza beruvchining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun guvohnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
31. Ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish guvohnomada keltirilgan ma’lumotlarni o‘zgartirishni talab qilgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ham ushbu Nizom 6-bobining 32, 33 va 34-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
32. Ariza beruvchi qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi o‘zgarganda ariza beruvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Davlat markaziga guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
Hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Davlat markaziga bevosita yoxud pochta aloqasi vositalari orqali, ularning yetkazib berilganligi yoki elektron shaklda olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
33. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgungacha guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi dori vositasi va tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani qo‘llashni guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan ariza asosida Davlat markazining arizani qabul qilish sanasi to‘g‘risidagi belgisi bilan amalga oshiriladi.
34. Guvohnomani qayta rasmiylashtirishda Davlat markazi berilgan guvohnomalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Guvohnomani qayta rasmiylashtirish va berish guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda Davlat markazi tomonidan olingan kundan boshlab 5 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
35. Guvohnomani qayta rasmiylashtirganlik uchun ariza beruvchining guvohnomani berish to‘g‘risidagi arizasi Davlat markazi tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Davlat markazining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
36. Guvohnomaning amal qilish muddati ariza beruvchi tomonidan Davlat markaziga berilgan arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza Davlat markaziga uning amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin berilishi kerak. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish guvohnomani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun ariza beruvchining guvohnomani berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Davlat markazining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish davrida dori vositasi, tibbiy buyum va tibbiy texnikaning O‘zbekiston Respublikasida muomalada bo‘lishi to‘xtatilmaydi.
37. Guvohnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda ariza beruvchining arizasiga binoan uning dublikati beriladi.
Davlat markazi guvohnoma dublikatini ariza, shuningdek guvohnoma yaroqsiz holga kelganda uning asl nusxasi hamda guvohnoma dublikati berilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda berishi (yuborishi) shart.
Guvohnomaning dublikati berilganligi uchun Davlat markazi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Davlat markazining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
38. Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
39. Quyidagilar guvohnomaning amal qilinishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan, ruxsat berish talablari va shartlarining bir marotaba qo‘pol ravishda buzilishiga kiradi:
Davlat markazi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishining tekshiruvlaridan bosh tortish;
berilgan tegishli ruxsat bilan bog‘liq harakatlar va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoxud zarar yetkazilishining real xavfini paydo qilish.
40. Davlat markazi Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Davlat reyestrida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
dori vositasining savdo nomi (dorivor o‘simlik xomashyosining nomi, dorivor o‘simlikning binominal ilmiy nomi, o‘simlik qismlari nomi, boshqa nomlar (boshqa farmakopeyada ko‘rsatilgan sinonimlar) bilan beriladi);
tibbiy buyum va tibbiy texnikaning nomi;
dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomi, dorining shakli, dozasi, chiqarilish shakli;
ishlab chiqaruvchi davlatning nomi;
ishlab chiqaruvchining (ishlab chiquvchining) nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, davlati;
dori vositalarining farmakoterapevtik guruhi, ATC (ATX, ATK) (anatomo-terapevtik-kimyoviy) kodi;
tibbiy buyum va tibbiy texnikaning qo‘llanilish sohasi;
guvohnoma raqami;
guvohnoma berilgan sana;
guvohnomaga o‘zgartirish kiritilgan sana.
41. Berilgan guvohnomalar reyestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi. | 180 | 41,175 |
Qonunchilik | SAVDO KORXONALARINING KREDIT BERISh JAMFARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Korxonalarning o‘zaro hisob-kitoblarini jadallashtirish asosida aholini eng zarur tovarlar bilan uzluksiz ta’minlash uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va ularning oborot mablag‘larini to‘ldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi va O‘zbekbirlashuvning korxonalar va tashkilotlar xodimlarining, shuningdek respublika fuqarolarining shaxsiy jamg‘armalarini oborotga jalb etish hisobiga Savdo korxonalarida kredit berish jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Moliya vazirligi, Markaziy bank, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi va O‘zbekbirlashuv fuqarolarning ixtiyoriy badallari hisobiga tashkil etiladigan Savdo korxonalarining kredit berish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni 3 kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, savdo tashkilotlari va korxonalari rahbarlari ko‘rsatib o‘tilgan Nizomning omonatchilarga beriladigan kafolatlar va majburiyatlar bo‘yicha talablarining so‘zsiz bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Savdo korxonalarining kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga sotib olingan tovarlarni sotishdan tushgan savdo tushumlaridan dividendlarni to‘lashda, shuningdek mazkur Jamg‘arma summasi doirasida omonatchilarning talabiga binoan omonatlarni qaytarishda foydalanilishi mumkin.
4. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Savdo korxonalarining kredit berish jamg‘armasining samaradorligi va yuqori rentabelligi to‘g‘risida xodimlar hamda fuqarolar o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin. | 74 | 1,813 |
Qonunchilik | XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KUCh AGREGATLARI IShLAB ChIQARADIGAN “DJENERAL MOTORS PAUERTREYN — O‘ZBEKISTON” KORXONASI QURILIShINI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi kuch agregatlari ishlab chiqaradigan “Djeneral Motors Pauertreyn — O‘zbekiston” korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 16-dekabrdagi PQ-1020-son qarorini bajarish yuzasidan va kuch agregatlari ishlab chiqarish quvvatlarining o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasida kuch agregatlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi bo‘yicha:
keyinchalik buyurtmachi funksiyalarini yangidan tashkil etiladigan “Djeneral Motors Pauertreyn — O‘zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga beradigan “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi — zavodni loyihalashtirish va qurish buyurtmachisi etib;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti — loyihaoldi hujjatlarni (loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini) ishlab chiqish bosqichidagi bosh loyihalovchi etib;
“O‘zog‘irsanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati — ish hujjatlarini ishlab chiqish bosqichidagi bosh loyihalovchi etib;
“12-trest” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh pudrat qurilish tashkiloti etib belgilansin.
Bosh loyihalovchiga, istisno tariqasida, tanlov savdolari o‘tkazmasdan “O‘zpo‘latqurilishloyiha” yopiq aksiyadorlik jamiyatini, “O‘rtaosiyoenergotarmoqloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyatini, “Toshkentboshreja” rejalashtirish ilmiy-tadqiqot institutini, “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyatini, “O‘zgazloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyatni, “O‘zsuvloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyatini subpudrat asosida jalb qilishga ruxsat etilsin.
2. Loyihani amalga oshirish muddatlarining qisqaligini, shuningdek uni moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari mavjudligini hisobga olib “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining loyihani texnik-iqtisodiy asoslashni oldindan ishlab chiqmasdan amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
“O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqsin va vakolatli ekspertiza organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan kelishib olsin va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Vakolatli ekspertiza organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti tomonidan taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda uni ekspertizadan o‘tkazsinlar.
“O‘zbekiston Respublikasida kuch agregatlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasining yakuniy cheklangan qiymati, moliyalashtirish manbalari va mexanizmi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi tasdiqlangandan keyin aniqlanadi.
3. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va “Djeneral Motors Pauertreyn — O‘zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyatiga istisno tariqasida:
zavodni loyiha va ish hujjatlarini 2009-yil oxirigacha ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurishga;
asbob-uskunalarni tender savdolari o‘tkazmasdan, loyihaning biznes-rejasi parametrlari doirasida, kontraktlarni bosqichma-bosqich tuzish yo‘li bilan “Jeneral Motors Xoldings El-El-Si” kompaniyasining xaridlar global tizimi orqali sotib olishga ruxsat etilsin.
4. Bosh pudratchi va subpudrat qurilish tashkilotlari kuch agregatlari zavodini qurish davri mobaynida loyiha doirasida bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilsin.
5. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish obyektlariga tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachilar, loyihalovchilar va pudratchilarni, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan “Djeneral Motors” korporatsiyasi, “Djeneral Motors Interneyshnl Xoldings” kompaniyasi va “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Investitsiya bitimi shartlariga muvofiq loyihaoldi, loyihalash va qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining kuch agregatlari ishlab chiqarish korxonalarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish masalalarida tajriba va nufuzga ega bo‘lgan sohaga oid xorijiy loyihalash tashkilotini jalb etish yo‘li bilan, qabul qilingan loyiha-texnik yechimlarning ishonchliligini va korxonadan foydalanishning xavfsizligini aniqlash yuzasidan mustaqil ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Djeneral Motors Pauertreyn — O‘zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ekspertiza o‘tkazish uchun sohaga oid xorijiy loyihalash tashkilotini ikki oy muddatda aniqlasin va u bilan tegishli bitim tuzsin.
7. Kuch agregatlari ishlab chiqarish zavodi qurilishida loyihalash va qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ishlab chiqiladigan ish hujjatlari va tasdiqlanadigan loyiha-texnik yechimlarga ekspertiza hujjatlari ilova qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
loyihalash va qurilish-montaj ishlari sifati, qurilish norma va qoidalariga rioya qilinishi, qo‘llanayotgan qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarning davlat standartlari, normalari va texnik shartlarga muvofiqligi ustidan muntazam nazorat o‘rnatish.
Komissiyaga, zarurat bo‘lganda, o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun mamlakatimizdagi va xorijiy ekspertlarni jalb etishga ruxsat berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va “Djeneral Motors Pauertreyn — O‘zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda uch oy muddatda:
kuch agregatlari ishlab chiqarish uchun komponentlar tayyorlovchi O‘zbekiston yetkazib beruvchilari–norezidentlariga “Djeneral Motors Pauertreyn — O‘zbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan moliyalashtiriladigan va yetkazib beriladigan texnologik jihozlar va asbob-uskunalarni bojxonada rasmiylashtirish, taqdim etish va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini;
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyani korxonaning buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini tasdiqlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin. | 179 | 6,869 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.