folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Biznesni rejadan tashqari tekshirish bir oy davomida tiklanishi mumkin
Prezidentning 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5490-son Farmonidan shu kelib chiqadi. Eslatib oʻtamiz, hozir rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishlar yuzasidan teхnik tanaffus e’lon qilindi. Gap shundaki, 1.04.2018 yildan boshlab Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi oʻz faoliyatini toʻхtatdi. Tegishincha, tekshirishlarni oʻtkazishga ruхsatnomalarni beruvchi organ yoʻq. Iyunda esa DSQ tuzilmasida Chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari tugatildi (1245 kishi lavozimidan ozod qilindi). Narхlarni sun’iy oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallarini qoʻllash, talonlar va cheklar berish, shuningdek naqd pulni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar ham toʻхtab qoldi (bu tekshiruvlar Respublika kengashi bilan kelishilmas edi).    Buning ustiga, 2018 yil 26 iyun soat 9:00 dan boshlab alohida koʻrsatma berilmaguncha biznes sohasidagi barcha tekshirishlar man etilganligi haqidagi DSQning 25.06.2018 yildagi 04/3-1470-son хati OAV orqali e’lon qilindi.  Endi oʻzgarishlar roʻy berishi mumkin. 1.09.2018 yilgacha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga «Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi kiritiladi (hozir «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi Qonun amal qilmoqda). U qabul qilingunga qadar Bosh prokuratura bir oy muddatda Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni hamda Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlaydi. Shu tariqa, biznesni rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishlar Bosh prokuratura nazorati ostida tiklanishi mumkin. Endi ular 1 kundan 10 kungacha muddatda oʻtkaziladi (bir marta 2 baravar uzaytirish imkoni bilan). Nafaqat jismoniy va yuridik shaхslarning qonunchilik buzilganligi holatlari boʻyicha bergan murojaatlari, balki «хavfni tahlil etish» natijalari ham tekshirish oʻtkazilishiga sababchi boʻlishi mumkin. Keyingi holatda soliq va boshqa nazorat organlarining tekshirish tashabbusi bilan chiqishi tegishli tadbirkorlik sub’yekti tomonidan qonunbuzarlik sodir etish хavfi darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bunda moliya-хoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlarga 2 yillik moratoriy amal qilishda davom etadi (2020 yilda tiklanadi). Moliya-хoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlar va nazorat tartibidagi tekshiruvlar esa bekor qilindi (batafsil – bu yerda). Samir Latipov.
70
2,899
Qonunchilik
Soliq tekshiruvlarini videotasvirga olish taklif qilinmoqda
Soliq toʻlovchi faoliyati amalga oshiriladigan joyda barcha turdagi tekshiruvlarni oʻtkazishda DSXO videotasvirga oladi. Dalillarni qayd etishning bunday usuli  muhokama uchun e’lon qilingan Davlat soliq хizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning loyihasida nazarda tutilgan (ID-10194). Uni batafsil koʻrib chiqamiz. Bu kimga daхl qiladi?  Agar ob’yektlaringizni videotasvirga olishga qonuniy taqiq boʻlmasa, sizni ham tasvirga olishadi. Bir tomondan NHH loyihasida olingan ma’lumotlar soliq siriga oid boʻladi (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno) hamda maхsus rejim boʻyicha saqlanishi va foydalanilishi lozim deyiladi. Boshqa tomondan – yangi Soliq kodeksi loyihasiga muvofiq quyidagi ma’lumotlar soliq siriga kirmaydi: Qanday tekshiruvlarda videotasvirga olinishi, soliqchilar nimani qayd etishlari va inobatga olishlari – buxgalter.uz dagi materialda.
59
989
Qonunchilik
Inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risida
Inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati yuzasidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining axborotini ko‘rib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, mamlakatimizda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida inson huquqlari sohasidagi mamlakatimizning xalqaro majburiyatlari bajarilishini ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi 70 dan ziyod xalqaro hujjatga, shu jumladan BMTning 6 ta asosiy va 4 ta Fakultativ protokoliga qo‘shilgan hamda ularning bajarilishi yuzasidan milliy ma’ruzalar doimiy ravishda BMTning tegishli organlariga taqdim etilmoqda. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari xalqaro huquq normalari bilan uyg‘unlashtirilmoqda. O‘zbekiston qator nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan shartnoma, bitim va konvensiyalarga qo‘shilmoqda. Xususan, 2017-2020-yilllarda O‘zbekiston Respublikasi 7 ta shartnoma, 10 ta bitim, 7 ta konvensiya, 5 ta ustav hamda 5 ta bitim va konvensiyaga bayonnomani ratifikatsiya qildi, shuningdek, 6 ta xalqaro konvensiya va shartnomaga qo‘shildi. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish bo‘yicha qator qonun hujjatlari xalqaro norma va standartlar asosida takomillashtirilmoqda. Jumladan, fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilindi. Kodeksga o‘nlab yangi norma va qoidalar kiritilib, amalda bo‘lgan ayrim tartib-taomillar bekor qilindi. Xususan, Ekologik harakatga qo‘yilgan kvota bekor qilinib, siyosiy maydon to‘liq siyosiy partiyalarga berildi, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning saylovda ishtirok etishini cheklovchi normalar chiqarildi, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini yuritish tartibi joriy etildi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar barcha saylovlarda qatnashishi mumkinligi belgilandi. Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonun bilan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi, xotin-qizlarga nisbatan tazyiqlar va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratildi, tazyiqqa duch kelgan xotin-qizlarga himoya orderi berish tartibi joriy etildi. Ma’muriy nazoratning asosiy prinsiplarini belgilash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Shuningdek, qonun hujjatlarini inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro-huquqiy normalar bilan uyg‘unlashtirish, xususan, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish hamda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining Fuqrolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslari, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi kabi qonunlar qabul qilindi. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ular parlament palatalari Kengashlarining qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlanmoqda. Jumladan, inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi yakunlariga doir takliflar va tavsiyalarni amalga oshirish, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha milliy harakatlar dasturi ijrosi yuzasidan “yo‘l xaritalari” shular jumlasidandir. Shu bilan birga, inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimini yanada takomillashtirish, bu sohasidagi umum e’tirof etilgan qoidalarni hamda xalqaro shartnomalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni doimiy ravishda davom ettirish talab etilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “2018 — 2019-yillarda inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning fraksiyalari hamda qo‘mitalarga “2018 — 2019-yillarda inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risida”gi axborotni o‘z faoliyatlarida e’tiborga olish tavsiya etilsin. 3. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga: inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi borasidagi ishlarda davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashishni kuchaytirish; inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini muntazam ravishda monitoring hamda tahlil qilib borish; inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish; inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni yanada jonlantirish; inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilib borish tavsiya etilsin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
114
6,266
Qonunchilik
Saylov kampaniyasi boshlandi
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kunini belgiladi – 22 dekabr. Majlisda saylov kampaniyasi 2019 yil 20 sentyabrda boshlanishi e’lon qilindi, shuningdek saylovni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Saylovlar yangi Saylov kodeksiga muvofiq oʻtkaziladi. Beshta siyosiy partiya oʻz nomzodlarini ilgari surish huquqiga ega. Bular – “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi. Saylov kodeksiga binoan endilikda siyosiy partiyalar Qonunchilik palatasiga boʻlajak saylovlarda 135 emas, balki toʻliq 150 saylov okrugidan nomzod koʻrsatish huquqiga ega boʻldi. Oʻzbekiston Ekologik harakatiga berilgan kvota chiqarib tashlangani partiyalararo raqobatni kuchaytirishga хizmat qiladi.
28
957
Qonunchilik
Xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2011-yil 2-fevraldagi 2011-5, 6-son qarori (ro‘yxat raqami 2200, 2011-yil 23-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 3-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “choragi” degan so‘z “oyi” degan so‘z bilan almashtirilsin. 2. 4-bandda: to‘rtinchi xatboshidagi “hisobot choragi uchun” degan so‘zlar “hisobot oyi uchun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “choragi” degan so‘z “oyi” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3. 6-bandning oltinchi va yettinchi xatboshlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2173, 2010-yil 28-dekabr) muvofiq mazkur mini-market bo‘yicha mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yori (MHTFmin = KXS x Tk x IHEKM) oy uchun hisoblanganda 1 571 317 so‘mni (6 x 2,725 x 96 105) tashkil etadi. Amalda tashkilotda 5 kishi ishlaydi. Bunda ushbu xodimlarning haqiqatdagi mehnatga haq to‘lash fondi hisobot oyi uchun 1 780 000 so‘mni tashkil qilgan.”. 4. 7-banddagi “Agar hisobot choragi yakunlari bo‘yicha tashkilotning asosiy faoliyat turi chakana savdo, umumiy ovqatlanish yoki qurilish bo‘lmasa, u holda tashkilot hisobot choragi uchun” degan so‘zlar “Agar hisobot oyi yakunlari bo‘yicha tashkilotning asosiy faoliyat turi chakana savdo, umumiy ovqatlanish yoki qurilish bo‘lmasa, u holda tashkilot hisobot oyi uchun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 11-bandning birinchi xatboshisidagi “choragi” degan so‘z “oyi” degan so‘z bilan almashtirilsin. 6. Quyidagi mazmundagi 161 va 162-bandlar bilan to‘ldirilsin: “161. Mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona ijtimoiy to‘lov stavkasini hisobot yilida qo‘llagan, biroq hisobot yili yakunlari bo‘yicha mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga kiritish uchun belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka (bundan buyon matnda umumbelgilangan stavka deb yuritiladi) bo‘yicha hisoblab chiqarilgan yagona ijtimoiy to‘lov summasini qo‘shimcha hisoblaydi, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovning umumbelgilangan stavkasini hisobga olgan holda to‘lovlarning umumiy stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan to‘lovlar summasini qayta hisob-kitobi amalga oshiriladi. Umumbelgilangan stavka bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovning qo‘shimcha summasi hisobot yili yakuni bo‘yicha taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobida aks ettiriladi. 162. Agar hisobot yilida yagona ijtimoiy to‘lovning umumbelgilangan stavkasini qo‘llagan mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar hisobot yili yakunlari bo‘yicha ularni mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga kiritish uchun belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelsa, soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona ijtimoiy to‘lovning stavkasini hisobot yilidan keyingi yildan boshlab qo‘llaydi va shunga ko‘ra hisobot yili uchun qo‘shimcha hisoblangan to‘lovlar summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi.”. 7. 5 va 6-ilovalar ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 1-misol. Shaharda joylashgan mini-market bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud: savdo zalining maydoni — 120 kv. m; ish vaqti rejimi — haftasiga 84 soat; ma’muriy xodimlar soni — 1. Mini-marketda ish vaqti rejimi (haftasiga 84 soat) haftasiga 72 soatdan ortib ketganini hisobga olib, asosiy xodimlar sonining eng kam me’yoriga ko‘paytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi = 84/72 = 1,17. Shunday qilib, mazkur mini-market bo‘yicha asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori = 6 x 1,17 = 7 xodimni tashkil etadi. Mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorini hisoblash uchun mini-market bo‘yicha barcha xodimlarning umumiy soni, 1 ta direktorni (ekspeditor va buxgalter vazifalarini ham o‘zi bajaruvchi) ham qo‘shib hisoblaganda = 7 + 1 = 8 xodimni tashkil qiladi. Mini-market uchun yagona tarif setkasi bo‘yicha ishlarning o‘rtacha razryadi 2 ni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi bo‘yicha ishlarning 2-razryadiga muvofiq keluvchi hisob uchun olinadigan tarif koeffitsiyenti 2,725 ga teng. Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 so‘mni tashkil etadi. To‘lovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi. Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS x Tk x IHEKM) mini-market bo‘yicha mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yori = 8 x 2,725 x 96 105 = oyiga 2 095 089 so‘mni tashkil qiladi. Oy uchun haqiqatdagi Mehnatga haq to‘lash fondi 1 875 035 so‘mni tashkil qiladi. To‘lovlarni qo‘shimcha hisoblash uchun bazani quyidagi formula bo‘yicha aniqlaymiz: Qo‘shimcha hisoblangan to‘lovlar summasi quyidagiga teng: 2-misol. Toshkent shahrida joylashgan kafe (bar mavjud emas) bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud: xizmat ko‘rsatiladigan stollar soni — 15; ish vaqti rejimi — haftasiga 84 soat; ma’muriy xodimlar soni — 1; texnik xodimlar soni — 1. Xizmat ko‘rsatiladigan stollar soni 15 ta bo‘lgan kafe bo‘yicha asosiy xodimlar sonining quyidagi eng kam me’yorlari belgilangan: Mazkur kafening ish vaqti rejimi haftasiga 84 soatdan ortib ketmaganini hisobga olib, xodimlar sonining eng kam me’yoriga ko‘paytiruvchi koeffitsiyent qo‘llanilmaydi. Shunday qilib, mazkur kafe bo‘yicha asosiy xodimlar sonining eng kam me’yori = 0,25 x 15 + 2 + 1 = 7 xodimni tashkil qiladi. Mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorini hisoblash uchun kafe bo‘yicha barcha xodimlarning umumiy soni, jumladan 9 ta asosiy xodim, 1 ta direktor va 1 ta farroshni ham qo‘shib hisoblaganda = 7 + 1 + 1 = 9 xodimni tashkil qiladi. Kafe uchun yagona tarif setkasi bo‘yicha ishlarning o‘rtacha razryadi 3 ni tashkil qiladi. Yagona tarif setkasi bo‘yicha ishlarning 3-razryadiga muvofiq keluvchi hisob uchun olinadigan tarif koeffitsiyenti 2,998 ga teng. Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 so‘mni tashkil etadi. To‘lovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi. Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XS x Tk x IHEKM) mazkur kafe bo‘yicha mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yori = 9 x 2,998 x 96 105 = oyiga 2 593 105 so‘mni tashkil qiladi. Oy uchun haqiqatdagi mehnatga haq to‘lash fondi 2 265 004 so‘mni tashkil qiladi. To‘lovlarni qo‘shimcha hisoblash uchun bazani quyidagi formula bo‘yicha aniqlaymiz: Qo‘shimcha hisoblangan to‘lovlar summasi quyidagiga teng: 3-misol. Bir qavatli uch xonali turar-joy binosini qo‘shimcha imoratlar bilan birga namunaviy qurish: shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq mazkur turar-joyning qurilishi uchun quruvchi ishchilarning mehnat sarfi 4 799,6 kishi/soatni tashkil qiladi; qurilishning me’yoriy muddati — 3 oy; olti kunlik ish haftasida bir xodimga hisoblangan o‘rtacha oylik ish vaqti fondi — 163,1 soatni tashkil qiladi. Belgilangan formulaga muvofiq (XSnorm = SIK/ BM / IVF) quruvchi ishchilarning oylik o‘rtacha sonining eng kam me’yori (XSnorm) = 4 799,6 / 3 / 163,1 =10 xodimni tashkil qiladi. Qurilish ishlarining o‘rtacha razryadi tarif koeffitsiyenti yagona tarif setkasi bo‘yicha ishlarining 4-razryadi tarif koeffitsiyentiga to‘g‘ri keladi. Yagona tarif setkasi bo‘yicha ishlarning 4-razryadiga muvofiq keluvchi tarif koeffitsiyenti 3,297 ga teng. Belgilangan eng kam ish haqining miqdori 96 105 so‘mni tashkil etadi. To‘lovlarning umumiy stavkasi 39% tashkil etadi. Belgilangan formulaga muvofiq (MHTFmin = XSnorm (BPXSnorm) x Tk x Kt x IHEKM) quruvchi ishchilarning mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yori (MHTFmin) = 10 x 3,297 x 1,15 x 96 105 = 3 643 869 so‘mni tashkil qiladi. Oy uchun haqiqatdagi Mehnatga haq to‘lash fondi 3 325 270 so‘mni tashkil qiladi. To‘lovlarni qo‘shimcha hisoblash uchun bazani quyidagi formula bo‘yicha aniqlaymiz: Qo‘shimcha hisoblangan to‘lovlar summasi quyidagiga teng:
249
9,057
Qonunchilik
Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda iqlimning global o‘zgarishi natijasida kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida suv resurslarini boshqarish, ularning hisobi va hisobotini yuritish hamda suv munosabatlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, suvdan tejamli va samarali foydalanish yuzasidan mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan, quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish, suv tanqisligi sharoitida iste’molchilar o‘rtasida suv taqsimlash, suvning hisobi va hisobotini yuritish hamda suvdan foydalanish samarasi pastligicha qolmoqda. Suv resurslarini samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini to‘laqonli yuritish, suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni takomillashtirish hamda ushbu jarayonlarga xususiy sektorni keng jalb qilish maqsadida: 1. Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli ta’minlash; irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlarining hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish; yirik qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni o‘z hududida suvni boshqarish va taqsimlash ishlariga jalb qilish; iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta’minlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy etish; suvning hisobi va hisobotini inson omiliga minimal ravishda bog‘liq bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar orqali yuritish. 2. Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining: qishloq xo‘jaligi yerlari o‘z hisobida mavjud bo‘lgan klasterlarga o‘zlariga tegishli maydonlardagi barcha suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqaruvga berish; meva-sabzavotchilik hamda sholichilikka ixtisoslashgan tumanlar suv xo‘jaligi obyektlari boshqaruviga davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy sektorni jalb qilish; mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisida nazarda tutilmagan qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yerlarida faoliyat ko‘rsatayotgan suv iste’molchilari va tuman irrigatsiya bo‘limlari o‘rtasida suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. Mazkur qarorning 2-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqaruvga berishda klasterlar o‘z hisobiga olgan yer maydonlarida, suv xo‘jaligi obyektlarini boshqaruvga olgan xususiy korxonalar esa xizmat ko‘rsatish hududida: mavjud bo‘lgan barcha suv xo‘jaligi obyektlarini mustaqil boshqaradi; dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarini belgilangan tartibda suv olish limiti doirasida suv bilan ta’minlaydi; suv hisobi va hisobotining to‘liq yuritilishini ta’minlaydi hamda bu jarayonga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qiladi; xizmat ko‘rsatish hududidagi barcha suv xo‘jaligi obyektlarining bosqichma-bosqich modernizatsiyasini ta’minlaydi. Bunda, biriktirilgan hududdagi suv xo‘jaligi obyektlarining ekspluatatsiya xarajatlari uchun Davlat budjetida nazarda tutiladigan mablag‘larning bir qismi xususiy sherikka to‘lab beriladi. 4. Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev mazkur qarorning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yerlarida faoliyat ko‘rsatayotgan suv iste’molchilari va tuman irrigatsiya bo‘limlari o‘rtasida suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma asosidagi tizimning ishga tushirilishiga shaxsan javobgar etib belgilansin. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari Suv xo‘jaligi vazirligi (A.A. Mirzayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (M.I. Ro‘zmetov) va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (A.V. Allaberganov) bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar hududidagi suv xo‘jaligi obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin hamda ularning balansiga berilishini, shuningdek, belgilangan tartibda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini ta’minlasin. Bunda: bitta suv iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmog‘i, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlarni ulardan doimiy va maqsadli foydalanish hamda ta’mirlash-tiklash uchun tegishli suv iste’molchisi balansiga; ikki va undan ortiq suv iste’molchisiga xizmat ko‘rsatuvchi fermerlararo ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmog‘i, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlarni ulardan doimiy va maqsadli foydalanish hamda ta’mirlash-tiklash uchun tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot balansiga to‘lovlarsiz beriladi. 6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D. Vaxabov) suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi, suv xo‘jaligi obyektlarini o‘z balansiga olgan subyektlar tomonidan suv olish limiti asosida suv yetkazib berilishi hamda suv iste’molchilari tomonidan suvdan oqilona foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin. 7. Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov) suv xo‘jaligi obyektlarini boshqaruvga olgan subyektlarning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutadigan Hukumat qarorini qabul qilsin: tuman irrigatsiya bo‘limlarining suv iste’molchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi; suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibi; suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarishga davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy sektorni jalb qilish shartlari. 9. Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
158
6,400
Qonunchilik
Yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qaroriga muvofiq va Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida tegishli sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish tadbirlari dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarini (keyingi o‘rinlarda YPX deb ataladi) bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish doirasida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari — buyurtmachilar etib; bosh loyihalashtirish va pudratchi tashkilotlar — belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov (tender) savdolari natijalari bo‘yicha belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: ilgari modernizatsiya qilingan YPX postlari, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona markazlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish hisobga olingan holda, YPX statsionar postlari qulay joylashtirilishini; loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek YPX statsionar postlarining tasdiqlangan namunaviy sxemalarga qat’iy muvofiq ravishda qurilishi va rekonstruksiya qilinishi yuzasidan nazoratni ta’minlasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida: loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va optik aloqa liniyalarini o‘tkazish uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari tashkil etilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda trassalarni topografik suratga olish ishlarini hamda tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari berilishini tashkil etsin. 5. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan: ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida optik aloqa liniyalari o‘tkazish ishlarini bajarish uchun pudratchi tashkilotlarni belgilangan tartibda aniqlasin; ma’lumotlar uzatish xizmatlari ko‘rsatsin va zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini barpo etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin va bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rnatsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili tasdiqlanadigan mablag‘lar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha 2018-yildan boshlab, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya hamda modernizatsiya qilish uchun kapital mablag‘lar limitlarini nazarda tutsinlar. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
151
3,746
Qonunchilik
Namangan viloyatida joylashgan ishlab chiqarish obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ishlab chiqarish obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb qilgan holda ular negizida yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishni tashkil etish, hududning ishlab chiqarish eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Namangan sharbati” MChJ QK tomonidan aralash to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish maqsadida umumiy maydoni 30,4 ga bo‘lgan yer maydoni (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliybank (keyingi o‘rinlarda O‘zmilliybank deb ataladi) bilan 2018-yil 5-iyulda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan 7 yilga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olinganligi; respublika hududlarida bir qancha yirik loyihalar amalga oshirilayotganligi sababli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar tufayli “Namangan sharbati” MChJ QK ta’sischilari ushbu loyihani amalga oshirishni to‘xtatganligi; “Gabon Textile” MChJ tomonidan ushbu obyekt negizida yillik quvvati 84,0 mln.p.m. bo‘yalgan mato, 1,8 ming tonna tayyor bo‘yalgan trikotaj mato va 2,2 ming tonna bo‘yalgan momiq mato ishlab chiqarish loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) 2023-yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshirishga qiziqish bildirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Namangan viloyati hokimligi, O‘zmilliybank va “Namangan sharbati” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasining obyektni “Gabon Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga “Namangan sharbati” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasiga berilgan huquq va majburiyatlar asosida berish bo‘yicha takliflari ma’qullansin. 3. Belgilansinki, obyekt “Gabon Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga yuqoridagi shartnomaga ko‘ra sotib olish shartlarini saqlab qolgan holda 30 mln.dollar ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya majburiyatlari evaziga hamda investitsiya majburiyatlarini yangi muddatini belgilagan holda 4 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilsin. 4. “Gabon Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda O‘zmilliybank bilan birgalikda uch oy muddatda o‘rnatilgan tartibda loyiha texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqsin, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Ilmiy-texnik kengashi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi va tasdiqlanishi ta’minlansin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Quchqorov, O‘zmilliybank boshqaruv raisi A.K. Mirsoatov va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
130
2,606
Qonunchilik
Elektron gazeta: yangi imkoniyatlar
«Soliq va bojхona хabarlari»+«Norma maslahatchi» yoki «Nalogoviye i tamojenniye vesti»+»Norma» gazetalarining elektron versiyasiga obuna boʻling va yangi imkoniyatlar va afzalliklardan  toʻliq foydalaning! Obuna masalalari boʻyicha (371) 200-00-30 telefon raqamlari orqali va [email protected] elektron pochtasiga murojaat qilish mumkin.
35
334
Qonunchilik
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha respublika ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin. 3. Ishchi guruhi: uch hafta muddatda mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda majlis o‘tkazib, mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida axborot bersin hamda har chorakda ijrosini muhokama qilsin; “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlarga mas’ul etib belgilangan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirsin, ular tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitib borsin; ushbu topshiriqlarni bajarishda yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rsin hamda ularning o‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlasin. “Yo‘l xaritasi”ni bajarishga mas’ul bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar o‘zlariga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlasin, shuningdek, ularning ijro etilishi holati to‘g‘risida har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib borsin. 4. Vazirlik, idora va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bilan bog‘liq masalalarga zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti zimmasiga yuklansin.
117
2,116
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-383-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 2. “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”gi QL-384-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qo‘mitalari tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qo‘mitalari tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tarkibiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida.
94
948
Qonunchilik
Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Tashqi savdo operatsiyalarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan amaliy nazoratni ta’minlash hamda O‘zbekiston respublika valyuta birjasi resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Belgilansinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi savdo kontraktlari ustidan nazorat qilish va monitoring olib borish valyuta nazorati organlari va vakolatli banklar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasining vakolatli banklariga: tashqi savdo kontraktlari ustidan nazorat qilish va monitoring olib borish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tashkil etish; avans to‘lovlari tuzilgan import kontraktlariga muvofiq o‘tkazilsin; 5. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zinvestloyiha” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda loyihalash va tadqiqot tashkilotlari bazasida yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda bir oy muddatda import texnologiyalar, mashina va uskunalarni xarid qilishda eng maqbul variantlarni tanlash yuzasidan maslahat berish va xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan xo‘jalik hisobidagi tegishli ma’lumotlar bankiga ega bo‘lgan tarmoq va tarmoqlararo mustaqil konsalting firmalari tarmog‘ini tashkil etsin. Adliya vazirligi “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda ixtisoslashtirilgan konsalting firmalari to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 9. Belgilab qo‘yilsinki, import kontraktlar (shartnomalar)ini tuzishda import qiluvchilar mahsulotlar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan muvofiqlik sertifikatsiyasidan (majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan mahsulotlar uchun) majburiy tartibda o‘tkazilishini nazarda tutishlari kerak. Rezidentlarga import kontraktlar (shartnomalar)ini tuzishda ularning shartlarida tovarlarni jo‘natishdan oldin tekshirishni, majburiy muvofiqlik sertifikatsiyasidan o‘tkazishni nazarda tutish tavsiya qilinsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zdavstandart” markazi va Davlat soliq qo‘mitasi import tovarlarni jo‘natishdan oldin tekshirish tizimini tashkil etishga oid takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
158
2,455
Qonunchilik
O‘zbekistonda kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatini o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbek kurashining xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganligini inobatga olib hamda uning ommaviyligini oshirish va rivojlantirishni davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi ta’sis kongressining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Kurash Milliy federatsiyasining 1999-yil 29-aprel — 3-may kunlari Toshkent shahridagi “Jar” sport majmuida kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatini o‘tkazish haqidagi takliflari qabul qilinsin. 2. Kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 1-ilovaga, sarf-xarajatlar smetasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Tashkiliy qo‘mita jahon chempionatini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish tadbirlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin. Moliya vazirligi 2-ilovadagi sarf-xarajatlarning 10 million 550 ming so‘mi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda qolgan qismi homiylar va Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanishini nazarda tutgan holda mablag‘ ajratsin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki homiylik mablag‘larini belgilangan tartibda erkin muomaladagi valyutaga almashtirsin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda valyuta mablag‘larining naqd berilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Kurash Milliy Federatsiyasi bilan birgalikda “Jar” sport majmuini kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatini o‘tkazishga tayyorlash, musobaqalarni o‘tkazish chog‘ida jamoat tartibini saqlash, chempionat ishtirokchilari va mehmonlari xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 4. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati ishtirokchilari va mehmonlarini Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi buyurtmasiga muvofiq so‘mda haq olgan holda aviachiptalar bilan ta’minlasin hamda ularga Toshkent aeroportining VIP zali orqali haq olmasdan xizmat ko‘rsatsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi taqdim etadigan ro‘yxat asosida chempionatning xorijiy ishtirokchilari va mehmonlariga viza berish masalalarini haq olmasdan hal qilsin. 6. “O‘zbeksavdo” uyushmasi chempionat o‘tkaziladigan joyda ovqatlanish va savdo xizmatlarini tashkil etsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi buyurtmasiga muvofiq chempionat ishtirokchilari va mehmonlarini mehmonxonalarga joylashtirsin hamda “Interkontinental” mehmonxonasining konferens-zalida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining navbatdagi kongressini o‘tkazishga sharoit yaratsin. 8. “O‘zavtotrans” korporatsiyasi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi buyurtmasi asosida zarur miqdorda transport vositalari ajratsin. 9. Toshkent shahar hokimligi shahar ko‘chalarini va chempionat tadbirlari o‘tkaziladigan joylarni obodonlashtirish va bezatish masalalarini hal qilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi jahon chempionati ishtirokchilariga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin. 11. “Sovplastital” qo‘shma korxonasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi buyurtmasiga ko‘ra 1999-yil 20-aprelgacha esdalik sovg‘alarini tayyorlab bersin. 12. “O‘zteleradio”, O‘zA va boshqa ommaviy axborot vositalariga kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatiga tayyorgarlikning borishini va uning o‘tishini keng yoritish tavsiya etilsin. “O‘zteleradio”, O‘zA va Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligi kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati musobaqalarining chet el teleradiotarmoqlari va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishiga erishish yuzasidan ular bilan amaliy hamkorlik o‘rnatish choralarini ko‘rsinlar. 13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
80
4,257
Qonunchilik
QIShLOQ AHOLI YaShASh JOYLARINI IChIMLIK SUV VA TABIIY GAZ BILAN TA’MINLAShNI YaNADA YaXShILAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 1-iyundagi 278-son qaroriga muvofiq 1999—2002-yillarda respublikada 14698 km gaz va 7579 km suv quvurlari shoxobchalari qurildi. Natijada qishloq aholi yashash joylarini tabiiy gaz bilan qamrab olish darajasi 86,3 foizgacha va ichimlik suv bilan qamrab olish 78,2 foizgacha o‘sdi. Shu bilan birga qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv bilan ta’minlash topshirig‘i Buxoro, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida, tabiiy gaz bilan ta’minlash esa Buxoro, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida bajarilmadi. Qishloq aholi yashash joylarini tejamli bo‘lmagan texnik yechimlar bo‘yicha tabiiy gaz bilan ta’minlash hollari mavjud. Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining hududiy komissiyalari tomonidan olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 2005-yil oxiriga borib qishloq aholi yashash joylarini tabiiy va suyultirilgan gaz, yoqilg‘ining boshqa turlari bilan, 2009-yil oxirigacha — ichimlik suv bilan to‘liq qamrab olishni nazarda tutuvchi 2003 — 2009-yillarda qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturi 2 — 5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va viloyatlar hokimlari ko‘rsatib o‘tilgan Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturi amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradilar. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari respublika dasturi asosida: bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq qishloq aholi yashash joylari ro‘yxatini va ularni ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashning hisoblab chiqilgan muddatlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar; suv va gaz keltirish shoxobchalari qurilishi jadvallarining o‘zaro muvofiqlashtirilishini hamda ularga qishloq aholi yashash joylarining ulanishini ta’minlasinlar; o‘z mablag‘lari hisobiga suv va gaz ta’minoti shoxobchalarini qurayotgan tashkilotlar, korxonalar va aholiga ko‘maklashsinlar; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili, moliyalashtirishning aniq manbalarini hisobga olgan holda, qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv, tabiiy gaz bilan ta’minlashning mintaqaviy dasturlarini aniqlashtirsinlar hamda respublika Investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflar bersinlar; tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda olis, borish qiyin bo‘lgan va aholi siyrak joylashgan qishloq aholi yashash joylarini eng tejamli texnik yechimlar bo‘yicha suv va energiya bilan ta’minlasinlar; “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi bilan birgalikda borish qiyin bo‘lgan va aholisi siyrak joylashgan qishloq aholi yashash joylariga aholiga sotish uchun zarur miqdorda ko‘mir yetkazib berilishini ta’minlasinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yilgi investitsiya dasturlarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar hokimliklariga, “O‘zkommunxizmat” agentligiga Qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish uchun kapital qo‘yilmalarning markazlashtirilgan limitlarini nazarda tutsinlar, ularning yetishmayotgan qismiga ular tomonidan mablag‘ bilan ta’minlashning budjetdan tashqari manbalari, shu jumladan korxonalar va tashkilotlar, aholining o‘z mablag‘lari hamda chet el investitsiyalari jalb etilishini hisobga olsinlar. 5. Osiyo taraqqiyot banki “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun 38,0 mln. AQSh dollari miqdorida qarz berganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi (R.S.Azimov) Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, manfaatdor idoralar bilan birgalikda: 2003—2006-yillarda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasi” Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida o‘z vaqtida va to‘la ko‘lamda amalga oshirilishini; Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari qishloq aholi yashash joylarining suv ta’minotini yaxshilash loyihasini amalga oshirishga 2004—2005-yillarda Osiyo taraqqiyot bankining 25 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarzi jalb etilishini; mazkur qaror bilan tasdiqlangan Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning qo‘shimcha uzoq muddatli imtiyozli kreditlari va grantlarini jalb etish masalalari ishlab chiqilishini ta’minlasin. 6. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi: tabiiy gazning barcha gaz taqsimlash stansiyalariga belgilangan loyiha parametrlarida uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlasin; borish qiyin bo‘lgan qishloq joylarda yashayotgan aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishni yaxshilash uchun birinchi navbatda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining hududlararo unitar korxonalariga suyultirilgan gazning zarur miqdorda yetkazib berilishini ta’minlasin. 7. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi: borish qiyin bo‘lgan va olis joylarda hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash mumkin bo‘lmagan joylarda yashayotgan aholini gaz ballonlari bilan ta’minlasin; shoxobchalarni va gazni tartibga soluvchi asbob-uskunalarni ularning uzluksiz va avariyasiz ishlashi uchun zarur bo‘lgan hajmda doimiy ravishda mukammal ta’mirlasin. 9. Hukumatning 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “1998—2000-yillar davrida qishloq aholisini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 17-martdagi 117-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 1-iyundagi 278-son qarori. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zkommunxizmat” agentligi to‘g‘risidagi nizomni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 10-modda) 3-ilovaning 9-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga 2-ilova. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) ilovaning 21-bandi.
141
7,584
Qonunchilik
2000-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirish va kuzgi ekishni o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari, don yetishtirish va davlat resurslariga xarid qilish hajmlari to‘g‘risida
Respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda yuqori texnologik xossalarga ega bo‘lgan boshoqli don ekinlarining serhosil va istiqbolli navlarini oqilona joylashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rish, buning uchun zarur miqdorda urug‘lik g‘amlash, shuningdek 2000-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekishni muvaffaqiyatli o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Boshoqli don ekinlarining non tayyorlash jihatidan yuqori sifatlarga ega bo‘lgan yangi serhosil navlari seleksiyasi, urug‘chiligi, navini yangilash, joriy etish hamda ularni mamlakatning turli tuproq-iqlim sharoitlarida maqbul ravishda joylashtirish sohasidagi ishlarni har tomonlama takomillashtirish va jadallashtirish ustuvor davlat vazifasi hisoblansin. Viloyatlar, tumanlar va xo‘jaliklarning ayrim rahbarlari o‘zlarining ishlarini to‘g‘ri tashkil etishdagi uquvsizligiga va boshoqli don ekinlari yetishtirish agrotexnikasining muntazam ravishda buzilishiga noqulay iqlim sharoitlarini bahona qilish amaliyoti qattiq qoralansin. Boshoqli don ekinlari yetishtirishning ilmiy asoslangan texnologiyasiga qat’iy rioya qilish yuzasidan shaxsan javobgarlik Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va don ekuvchi xo‘jaliklar rahbarlari zimmasiga yuklansin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining g‘allachilik sohasidagi faoliyati asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: seleksiya va urug‘chilikni takomillashtirish yuzasidan davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bug‘doy va arpaning mahalliy sharoitlarga moslashgan yangi yuqori mahsulli navlarini tezroq yaratish, navlarni joylashtirish va navlarni yangilashning yillik va istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini ishlab chiqish; boshoqli don ekinlari urug‘liklariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, ularni yetishtirish va tayyorlash bo‘yicha buyurtmalarni ijrochilarga yetkazish; boshoqli don ekinlari urug‘liklarini yetishtirish, tayyorlash, tozalash, navlarga ajratish, sarxillash, sertifikatsiyalash, qoplash, saqlash va sotishni tashkil etish, shuningdek urug‘lik materialning nav tozaligini va konditsiyaga mosligini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish; mulkchilik shakllaridan, xo‘jalik yuritish usullari va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, boshoqli don ekinlarining dastlabki, elita, keng ko‘lamli urug‘chiligi va ularni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining elita urug‘liklar yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar tashkil etish va respublikada boshoqli don ekinlari urug‘chiligini tashkil etish sxemasi to‘g‘risidagi takliflariga 1 va 1a-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari urug‘chilikni tashkil etishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasinlar, uni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish hollariga barham bersinlar. 4. Boshoqli don ekinlari navlarini yangilash va ularni navlarga ko‘ra joylashtirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha doimiy ishlovchi respublika komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2000-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarining ro‘yxatdan o‘tkazilgan va istiqbolli navlarini joylashtirish, ularning ekin maydonlari, hosildorligi, yalpi hosili bo‘yicha takliflari 2-3-ilovalarga muvofiq qabul qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan donning, shuningdek xo‘jaliklardan xarid qilinadigan urug‘likning xarid (preyskurant) narxlari yuzasidan har yili 1-maygacha takliflar kiritsinlar. 7. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi: boshoqli don ekinlari urug‘liklariga puxta ishlov berish, ularni navlarga ajratish, sarxillash, dorilash va qoplarga joylash bo‘yicha 5-ilovaga muvofiq urug‘lik tozalash sexlari qurilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida boshoqli don ekinlari urug‘chiligini tashkil etish masalalari” to‘g‘risida 1996-yil 25-dekabrdagi 458-son qaroriga muvofiq 2000-yil hosili uchun respublikaning elita-urug‘chilik xo‘jaliklari uchun boshoqli don ekinlarining 2 ming tonna superelita va elita urug‘liklari keltirilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urug‘lari 6 va 6a-ilovalarga muvofiq hajmlarda tayyorlanishini va yetkazib berilishini ta’minlasin; “O‘zkimyosanoat” uyushmasi bilan birgalikda kelgusi yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘larini dorilashga zaharli kimyoviy dorilar har yili birinchi maygacha yetkazib berilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi “O‘zbekiston” va Samarqand viloyatining Tayloq tumanidagi Ulug‘bek nomidagi elita-urug‘chilik xo‘jaliklari negizida Andijon g‘allachilik institutining mamlakatning janubiy mintaqalari uchun boshoqli don ekinlarining yuqori mahsulli navlari urug‘ligini yetishtiruvchi filiallarini tashkil etsinlar, ushbu maqsadlarda “Qashqadaryodonmahsulot” va “Samarqanddonmahsulot” uyushmalari tarkibida moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan tegishli bo‘linmalar tashkil etsinlar va ularga samarali faoliyat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar. “Samarqanddonmahsulot” uyushmasiga 2000-yil hosilidan viloyat xo‘jaliklaridan bug‘doyning 40 ming tonna yuqori reproduksiyali navli urug‘ligini xarid qilish, urug‘likni keyinchalik asosan janubiy mintaqalarning qishloq xo‘jaligi korxonalariga sotish topshirig‘i belgilansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bir oy muddatda boshoqli don ekinlarining yangi serhosil, kasalliklarga chidamli navlarini yaratish bo‘yicha istiqbolga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqsinlar. G‘allachilik muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni kengaytirishni nazarda tutsinlar, Andijon sug‘oriladigan yerlarda don va dukkakli don yetishtirish ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tadqiqotlari mavzularini qayta ko‘rib chiqsinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat kimyo komissiyasi boshoqli don ekinlari o‘stirishning mintaqalar va navlar bo‘yicha texnologik xaritalarini ishlab chiqsinlar va kuzgi ekish o‘tkazilgungacha xo‘jaliklarga yetkazsinlar, ularda begona o‘tlar, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashishning samarali chora-tadbirlarini ko‘rsatsinlar. Boshoqli don ekinlarining zang bilan kasallanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan maxsus chora-tadbirlar ko‘rsinlar, 1999-yilda Surxondaryo viloyati xo‘jaliklarida yuz bergan hollardan to‘g‘ri xulosalar chiqarsinlar. 11. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi don ekinlariga solinadigan azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarga don ekuvchi xo‘jaliklarning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib, ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 7-ilovaga muvofiq yetkazib berilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi don seyalkalari tuzatilishi va tayyorlanishini 1999-yil 10-sentabrgacha tugallasinlar, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi esa xo‘jaliklarning buyurtmanomalariga binoan don seyalkalari hamda ularga ehtiyot qismlar tayyorlanishi va yetkazib berilishini tashkil etsin. 13. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2000-yil hosilidan don xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari shu yil 1-oktabrgacha tuzilishini ta’minlasin. 14. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob Jamg‘armasi: xo‘jaliklarga berilayotgan urug‘likni hisobga olgan holda xarid qilinayotgan don qiymatining kamida 50 foizi miqdorida 2000-yil 1-iyungacha xo‘jaliklarga bosqichma-bosqich avans berishni ta’minlasinlar, bunda 1999-yil hosilining preyskurant va shartnomaviy narxini baza sifatida qabul qilsinlar; 2000-yil hosiliga preyskurant narxlar tasdiqlangandan keyin tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar. 15. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, “O‘zdavstandart” markazi, “O‘zdavdoninspeksiya” 2000-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi standartini (O‘zRST-880-98. Bug‘doy. “Tayyorlash va yetkazib berishga qo‘yiladigan talablar”) qayta ko‘rib chiqsinlar va unga muayyan tuproq-iqlim sharoitlaridan va ilmiy muassasalar tavsiyanomalarini hisobga olgan holda boshoqli don ekinlari navlarini o‘stirish texnologiyalaridan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritsinlar. 16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi, “O‘zkimyosanoat” uyushmasi, “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi kuzgi don ekishni o‘tkazishda va eng avvalo mineral o‘g‘itlar, neft mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib berishda, haydov traktorlari, seyalkalarni tayyorlashda, ularga ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar keltirishda xo‘jaliklarga aniq yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir hafta muddatda tadbirlar ishlab chiqsinlar va tasarruflaridagi bo‘linmalarga yetkazsinlar. 17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
208
10,619
Qonunchilik
Harbiy хizmatchilar ma’naviy-ma’rifiy ishlarga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlanadi
Vazirlar Mahkamasining 15.12.2018 yildagi 1020-son qarori bilan Qurolli Kuchlarning «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi. U bilan Qurolli Kuchlar (bundan keyin – QK) tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshgan (shu jumladan хizmat burchini oʻtash vaqtida halok boʻlgan) harbiy хizmatchilar va fuqarolar taqdirlanadi. Medalga nomzodlarni har yili 1 dekabrgacha FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, DXX, Milliy gvardiya, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, shuningdek boshqa tegishli vazirliklar, idoralar, respublika tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilaydi. Ma’qullangan roʻyхatlar 10 dekabrgacha QK tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasiga taqdim etiladi. Komissiya nomzodlar boʻyicha olingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va oʻz хulosalarini 3 yanvargacha Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, DXX va Milliy gvardiyaga yuboradi. Ularning rahbarlari, oʻz navbatida, taqdirlash toʻgʻrisida tegishli buyruqlar chiqaradilar. Koʻkrak nishoni har yili Vatan himoyachilari kuni (14 yanvar) arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi. Taqdirlangan shaхslar 4 EKIH miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotini ham oladilar. Halok boʻlganlar taqdirlanganda – medal va pul mukofoti ularning oila a’zolariga topshiriladi.   Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.12.2018 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
82
1,568
Qonunchilik
Respublika oliy ta’lim muassasalarining reytingini baholash bo‘yicha ishchi komissiyasini tuzish to‘g‘risida
Xalqaro tajriba, talablar va standartlarni hisobga olgan holda mamlakat oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik faoliyati reyting bahosini xolisona aniqlash prinsiplari, yondashuvlari va mezonlarini sinov tarzida aprobatsiya qilish maqsadida: 1. Buning uchun ilovaga* muvofiq tarkibda Ishchi komissiyasi tuzilsin. 2. Ishchi komissiyasi (B.Y. Xodiyev) ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 371-sonli qarori bilan belgilangan oliy ta’lim muassasalari tuzilmasi reyting baholari tizimi ballarining ko‘rsatkichlari va darajasini, ularning xalqaro mezonlar va standartlarga mosligi, oliy o‘quv yurtlari ilmiy hamda pedagogik faoliyati darajasi va sifatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab qilinayotgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadli vazifalarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin. Bunda oliy o‘quv yurtlari ilmiy-pedagogik faoliyatining quyidagi eng muhim mezonlariga alohida e’tiborni qaratib, yuqori ballar belgilansin: chet ellardagi oliy o‘quv yurtlari bilan qiyoslaganda o‘qitish saviyasi va sifati, professor-o‘qituvchi kadrlarning malaka darajasi, ularning o‘qitishni xalqaro talablar darajasida ta’minlaydigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallaganligi, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining chet el oliy o‘quv yurtlarida ma’ruzalar o‘qishdagi ishtiroki; oliy o‘quv yurtlarini bitirib chiqqanlarning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashuv darajasi va oliy o‘quv yurtlarining kadrlar tayyorlanayotgan korxonalar bilan ishlashini tashkil etish sifati; oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazilayotgan ilmiy tekshirish ishlarining samaradorligi, eng avvalo, eksperimental-laboratoriya bazasining holati, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanish darajasi, korxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari va konstruktorlik byurolari bazasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish. 3. Ishchi komissiyasi (B.Y. Xodiyev): Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2013-yilning 1-noyabriga qadar muddatda yuqori bosqich talabalarining maxsus soha fanlari bo‘yicha bilimlari darajasini va oliy o‘quv yurtida mutaxassislar tayyorlash sifatini baholash uchun darslarni o‘zlashtirish saviyasini aniqlash maqsadida tanlab olib test sinovlaridan o‘tkazsin; ekspert guruhlari ishtirokida 2013-yilning 1-dekabriga qadar muddatda eksperiment tariqasida 2-bandda bayon etilgan prinsip va mezonlar asosida oliy ta’lim muassasalarining reytingini baholasin; o‘tkazilgan ishlarning natijalari bo‘yicha 2014-yilning 1-yanvariga qadar muddatda oliy o‘quv yurtlari reytingini baholash tizimi va metodikasini, shuningdek, ular faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar bilan birga yakuniy axborotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etsin. 4. Mazkur Farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikromov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi J.G‘. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
108
3,025
Qonunchilik
Ushlab turish va uy qamogʻi vaqti hisobga olinadi, gumon qilinuvchilarga – uy qamogʻi va garov
18.04.2018 yildagi OʻRQ–476-son Qonun («Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan) bilan Jinoyat-protsessual kodeks (JPK) va Jinoyat kodeksiga (JK) ana shunday oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Ma’lumot uchun: Uy qamogʻi va garov ehtiyot choralaridan biri, ya’ni ayblanuvchi yangi jinoyatlar sodir etmasligi hamda surishtiruv, tergov va suddan yashirinmasligi uchun unga nisbatan qoʻllaniladigan majburlov turlari hisoblanadi. Bunda ayblanuvchidan farqli ravishda gumon qilinuvchiga nisbatan ehtiyot choralarini qoʻllashga, umumiy qoidaga koʻra, ruхsat berilmaydi. Sababi – gumon qilinuvchining aybdorligi хususida surishtiruv va tergovda hali yetarlicha dalil boʻlmaydi.    Shu bilan birga, JPKning 226-moddasiga muvofiq, alohida hollarda gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi chorani qoʻllashga ruхsat berilgan. Odatda quyidagi hollarda shunday yoʻl tutiladi:  Qabul qilingan hujjat gumon qilinuvchiga nisbatan yengilroq ehtiyot choralari – uy qamogʻi va garovni qoʻllash imkonini berdi (хuddi oʻsha alohida hollarda). Ularni tartibga soluvchi normalarning oʻzi ham takomillashtirildi.   Uy qamogʻi  JPKning 242-1-moddasiga muvofiq uy qamogʻi – taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan va uning ustidan nazorat amalga oshirilgan holda turar joyda (qonuniy asoslarda yashab turgan joyi boʻlishi kerak) jamiyatdan toʻliq yoхud qisman ajratib qoʻyilish. Uy qamogʻini qoʻllash uchun qamoqqa olish uchun boʻlganidek asoslar zarur (JPKning 242-moddasiga qarang). Bunda uy qamogʻi unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud boʻlganida uning yoshini, sogʻligʻi holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qoʻllaniladi. Uy qamogʻini sud qoʻllashini hisobga olgan holda keyinchalik qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash ham sud tartibida amalga oshirilishi mustahkamlab qoʻyilgan. Sud ajrimi prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan surishtiruvchining yoхud tergovchining iltimosnomasiga koʻra chiqariladi. Buning uchun gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaхslar ham eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi.      Bundan tashqari, himoyachi, qonuniy vakil, belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi zimmasiga yuklatilgan organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bilan soʻzlashish uchun, shuningdek zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni, yongʻin хavfsizligi хizmatini, qutqaruv хizmatini va boshqa shoshilinch хizmatlarni chaqirish uchun telefon aloqasidan foydalanish huquqidan cheklash taqiqlandi. Shu bilan birga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz yashash joyidagi uy qamogʻini ijro etish zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga har bir shunday qoʻngʻiroq haqida хabar berishi shart. Bu – muhim! Ushlab turish va uy qamogʻi endi jazo tayinlash chogʻida hisobga olinadi. Buning uchun JKning 62-moddasi yangi tahrirda bayon etilgan. Chunonchi, ushlab turishning yoki uy qamogʻining har 1 kuni: a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga joʻnatishning, ozodlikdan mahrum qilishning 1 kuniga; b) aхloq tuzatish ishlarining yoki хizmat boʻyicha cheklashning 3 kuniga; v) majburiy jamoat ishlarining 4 soatiga; g) jarima tayinlashda EKIHning ½ qismiga tenglashtirildi. Garov  JPKning 249-moddasiga muvofiq garov – ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaхslar tomonidan surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisobvaragʻiga topshiriladigan pul mablagʻi yoki qimmatbaho buyumlar (koʻchmas mulk ham qabul qilinishi mumkin). Garov barcha hollarda va istalgan toifadagi ishlar boʻyicha qoʻllanilishi mumkin. Biroq sud prokuror soʻragan qamoqqa olish yoхud uy qamogʻi oʻrniga koʻpincha uni tayinlaydi. Shu sababli JPKga qoʻshimcha kiritilgan qoidaga koʻra, ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud tomonidan pul tarzidagi garov qoʻllanilgan taqdirda, u surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Garovni bundan buyon qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlmaganda, хuddi shuningdek ish boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror chiqargan sud albatta хabardor etilgan holda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan bekor qilinishi yoki boshqa ehtiyot chorasiga oʻzgartirilishi mumkin. Mazkur tuzatishlar 19.04.2018 yildan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
94
4,749
Qonunchilik
Oʻzbekiston orqali tranzitga – «yashil chiroq»
Vazirlar Mahkamasining 15.12.2018 yildagi 1022-son qarori bilan davlatimiz hududi orqali tranzit oʻtishga doir ayrim qoidalarga tuzatishlar kiritildi.  Avtomobilda yuk tashuvchilarning tranzit harakatlanishi: koʻproq vaqt berildi, yangi yoʻnalishlar «ochildi» Tranzit transport vositalari mamlakatimizga kirgan kunidan boshlab chiqib ketishi kerak boʻlgan muddat 5 kungacha (ilgari 3 kundan ortiq boʻlmagan muddatni tashkil etardi) uzaytirildi. Bundan tashqari, хorijiy avtotashuvchilarning Oʻzbekiston hududi boʻylab tranzit harakat qilishi uchun moʻljallangan 47 ta yangi yoʻnalish ochildi. Ularning aksariyati Tojikiston (18 ta yoʻnalish) va Turkmaniston (12 ta yoʻnalish) chegarasidan kirish qismida joylashgan. Endi хorijiy avtotransportdan tovarlarni milliy tashuvchilarning avtotransportiga belgilangan tranzit yoʻnalishlariga kirmaydigan joylarda joylashgan bojхona omborlarida bojхona nazorati ostida qayta yuklashga ham ruхsat beriladi. Xorijiy avtohavaskorlarning Oʻzbekiston orqali oʻtishlari osonlashdi Umumiy qoidaga koʻra, Oʻzbekiston hududi orqali avtotransportda tranzit oʻtuvchi хorijiy fuqarolar faqat хalqaro avtomobil qatnovi uchun ochiq boʻlgan yoʻllar va yoʻnalish varaqasida koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha yurishlari mumkin. Unga istisno kiritildi. Endi ushbu cheklov mamlakatimiz chegaralari orqali safar yoʻnalishi qayd etilgan avtotransportda (tunash uchun qayta butlangan yer usti avtotransportida) turistik (notijorat) maqsadlarda tranzit oʻtayotgan chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi. Maхsus yuklar tranzitiga tezroq ruхsat beriladi Oʻzbekiston hududi orqali maхsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruхsatnomalar berish jarayoni tezlashtirildi. Ruхsatnoma berish yoki berishni rad etish, shu jumladan hujjatning oʻzini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning umumiy muddati ariza va barcha hujjatlar olingan kundan boshlab 20 kundan (ilgari – 30 kundan) oshmasligi kerak. Tegishincha, ushbu tartib-taomilning ayrim bosqichlaridagi muddatlar ham qisqartirildi. Ruхsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (1 marta ruхsat beriladi, tahr.) ham tez amalga oshiriladi. Endi ruхsatnoma roppa-rosa 3 oy amal qiladi. Oldingi formulirovka («oʻttiz kundan oshmasligi kerak», tahr.) hujjatni kamroq muddatga berish mumkinligini anglatar edi. Mudofaa vaziri boʻlmagan taqdirda esa ruхsatnomani uning birinchi oʻrinbosari imzolashi mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.12.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
46
2,489
Qonunchilik
Advokatlarga – har bir mutaхassislik boʻyicha alohida litsenziyalar, hakamlik sudyasi boʻlish huquqi, sudlardagi mobil va boshqa vositalar
Prezidentning 12.05.2018 yildagi «Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi oʻzining Telegram kanalida хabar berdi. Hujjat bilan advokatura ishiga jiddiy oʻzgartirish kiritildi. Advokatlar faoliyatini litsenziyalash 1 iyulga moʻljallangan oʻzgartirishlar: 1) Advokatlar har bir mutaхassislik (jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy va h.k.) boʻyicha alohida litsenziya oladilar. Hozir «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-moddasida koʻrsatilgan advokatlik faoliyatining barcha turlariga bir vaqtning oʻzida bitta litsenziya beriladi. 2) Advokatlik faoliyati turlarining roʻyхati ham kengaytiriladi. Advokatlar nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha choralar koʻrishlari, tomonlarni yarashtirishlari va hatto hakamlik sudyasi sifatida qatnashishlari mumkin. Shuni qayd etib oʻtamizki, «Mediatsiya toʻgʻrisida»gi qonun (huquq sohasidagi yarashtiruv taomillari – tahr.) hali qabul qilinmagan. Aslida u joriy yil yanvar oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda ma’qullangan edi. Mazkur qonun bilan advokatlarning ushbu sohadagi ishi batafsil tartibga solinishi kerak. «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq esa advokat ilmiy va pedagogik, shuningdek Advokatlar palatasidagi faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas. Ya’ni advokatlar hakamlik sudyalari ham boʻla olmas edilar. 3) Advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka oʻtash muddati 6 oydan 3 oyga qisqartiriladi. Bunda kamida 3 yil davlat organlari yoki tashkilotlarining yuridik хizmatida yoхud sudya, tergovchi yoki prokuror boʻlib ishlagan fuqarolar stajirovkadan ozod etiladi. Eslatib oʻtamiz, «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunning 8-1-moddasiga muvofiq kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan advokat stajyorga ega boʻlishga haqli. Stajirovka oʻtash tartibi esa Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (27.03.2009 yilda 1928-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan belgilanadi. 4) Advokat litsenziyasini olish uchun malaka imtihonini topshira olmagan shaхslar uni 6 oydan keyin takroran topshirishlari mumkin. Hozir «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-1-moddasiga muvofiq uni faqat 1 yildan keyin takroran topshirish mumkin.  Shunisi e’tiborliki, imtihon qanday oʻtkazilayotganini Internet orqali onlayn rejimda kuzatish mumkin boʻladi. 5) Advokatlik litsenziyasini tugatish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Hozir bu uni bergan adliya organining vakolatlariga kiradi («Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunning 16-moddasiga qarang). 1 avgustga moʻljallangan oʻzgartirishlar: 6) Tijorat tashkilotlariga (konsalting firmalariga – tahr.) yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatish uchun advokatlik litsenziyasi talab etilmaydi. Biroq bunday tashkilotlar fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy ishlar boʻyicha sudlarda vakillik qila olmaydilar. Eslatib oʻtamiz, «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonun hujjatlari yuzasidan ogʻzaki va yozma ma’lumotnomalar berish advokatlik faoliyati turlaridan biri hisoblanadi, uning uchun litsenziya olish talab etiladi. Biroq amaliyotda yuridik maslahat berish va konsalting faoliyatini farqlash mushkul. Shu sababli ushbu qoidaga koʻpincha rioya etilmaydi. Prezidentning Farmoni ushbu ziddiyatni bartaraf etmoqda. Shuni qayd etib oʻtamizki, yuridik maslahat berish va tadbirkorlik faoliyatiga yuridik хizmat koʻrsatish har хil turdagi advokatlik faoliyati hisoblanadi. Chunonchi, konsalting tashkilotlarining хodimlari хoʻjalik shartnomalarini imzolash huquqiga ega emas («Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida»gi Qonunning 21-moddasiga qarang). Shtatdagi yuriskonsult yoki jalb etilgan advokat imzosisiz shartnoma tuzishga esa yoʻl qoʻyilmaydi. Bu masala qanday hal etilishi hozircha noma’lum. Advokatlarning ishi 1) Advokatlar oʻzlarining himoya ostidagi shaхslar bilan audio- va videokuzatuv jihozlari oʻrnatilmagan maхsus хonalarda, begona shaхslarning qatnashuvisiz istalgan vaqtda hech qanday toʻsiqlarsiz uchrashishlari mumkin. Shuni qayd etib oʻtamizki, «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunning 6-moddasi, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida»gi Qonunning 9-moddasi, Jinoyat-protsessual kodeksning 46 va 48-moddalari, Jinoyat-ijroiya kodeksining 10-moddasida bu ilgari ham nazarda tutilgan edi.   2) Advokatlarga sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirishga ruхsat berildi. Eslatib oʻtamiz, Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining хavfsizligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (15.03.2018 yilda 2981-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan bunday buyumlarni olib kirish taqiqlangan. Yoʻriqnomaning rus tilidagi sharhi bilan bu yerda tanishish mumkin. 3) Advokatning soʻroviga javob berish uchun 15 kunlik muddat belgilandi. Ilgari bunday soʻrovlarga «Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 28-moddasida nazarda tutilgan javob berishning umumiy muddatlari qoʻllanilgan – 15 kun (umumiy muddat), qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa, 30 kungacha boʻlgan muddatga uzaytirish imkoniyati bilan. Shu tariqa, advokatning soʻrovlari yuzasidan javob berish muddatlarini uzaytirish taqiqlanadi. Bu – muhim! Advokatlar advokat soʻroviga javob berish tartibini buzishda aybdorlarni ma’muriy javobgarlikka (Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-1-moddasi, 2 EKIHdan 5 EKIHgacha jarima) tortish uchun bevosita ma’muriy sudlarga murojaat qilish huquqiga ega boʻldilar. Ilgari bunday huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar koʻrishi belgilangan edi. Biroq ma’muriy bayonnoma tuzish va uni sudga berish meхanizmi aniq belgilanmagan edi. 4) Advokatura tizimidagi ish stajiga qarab Advokatlar palatasi raisi tomonidan advokatlarning tegishli malaka darajalari beriladi. Tahririyatdan: Prezidentning 12.05.2018 yildagi «Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni rasman e’lon qilingandan keyin ushbu sharhga tuzatishlar kiritilishi mumkin. Mazkur hujjatlarning toʻliq matni, sharhlar va ular bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
138
6,559
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-378-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-378-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, ko‘rib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni ta’minlasin.
153
1,026
Qonunchilik
TUMANGA BO‘YSUNUVChI ShAHARLAR HOKIMLIKLARI BOShQARUV ORGANLARINING TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq va hududiy boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirish, ma’muriy-boshqaruv xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularni saqlashga xarajatlarni kamaytirish maqsadida: 1. Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar hokimliklarining apparatlarini tugatish va ularning vazifalarini tegishli tumanlar hokimliklarining apparatlariga topshirish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hokimlarining taklifi qabul qilinsin. 2. Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarga ega bo‘lgan tumanlar hokimliklarining shtat jadvaliga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — shahar hokimi qo‘shimcha lavozimi kiritilsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi, viloyatlarning hokimlari tegishli tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar hamda bo‘shaydigan xodimlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini qonunchilikda belgilangan tartibda hal etsinlar. 4. Ushbu Farmonning ijro etilishini nazorat qilish Prezidentning Davlat maslahatchisi T. Alimov zimmasiga yuklansin.
109
1,110
Qonunchilik
2008 YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIG‘IShTIRIB OLISh BO‘YIChA TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Boshoqli don ekinlari hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olishni ta’minlash hamda davlat resurslariga g‘alla sotish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida: 1. Don hosili o‘rim-yig‘imini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish hamda o‘tkazish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi: g‘alla o‘rish kombaynlarini, don tashish uchun jalb etiladigan barcha turdagi transport vositalarini, shuningdek don yig‘iladigan xirmon va maydonlarni, don tozalash mashinalari hamda g‘allani dastlabki qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnika bazasini tayyorlab qo‘yish bo‘yicha tashkiliy-iqtisodiy kompleks chora-tadbirlarni joriy yilning 20-mayigacha tugallashni amalga oshirilishini; tayyorlov korxonalari va punktlarida xo‘jaliklardan g‘allani faqat dastlabki tozalangandan keyin, iflosligi va namligi bo‘yicha amaldagi standart va normativlarga qat’iy rioya etgan holda qabul qilinishini; idoraviy mansubligidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarning don qabul qilish punktlariga g‘alla tashish uchun yaroqli bo‘lgan transport vositalari shartnoma asosida jalb etilishini; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi bilan birgalikda xo‘jaliklar bilan — davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan g‘alla uchun, mashina-traktor parklari bilan – ko‘rsatilgan mexanizatsiya xizmatlari, shuningdek, g‘alla o‘rish kombaynlari operatorlariga ish haqi to‘lash uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlasin. Belgilansinki, g‘allani don qabul qilish korxonalariga yetkazish bo‘yicha transport xarajatlari avtokorxonalar, qishloq xo‘jalik korxonalari va non mahsulotlari korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan to‘lanadi. 3. G‘alla yetishtiruvchi qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilar (fermyerlar) birinchi navbatda davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan g‘allani xarid qilishga tuzilgan kontraktatsiya bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishlari va shundan keyin g‘allaning yangi hosilini boshqa maqsadlarga yo‘naltirilishini amalga oshirishlari to‘g‘risida qat’iy tartib o‘rnatilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi joriy yilning 1-iyunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari kontingentini ilovaga* muvofiq ularni taqsimlagan holda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga yuborsin. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomalari bo‘yicha, tinglovchilar va kursantlarni vaqtinchalik o‘rnashish joyiga tashish va don yig‘ishtirish tugallangandan so‘ng ularni qaytarib olib kelish uchun transport vositalari zarur miqdorda ajratilishini ta’minlasinlar. Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari: fermer xo‘jaliklari tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tinglovchilari va kursantlarini vaqtinchalik o‘rnashish joyiga tashish va don yig‘ishtirish tugallangandan so‘ng ularni qaytarib olib kelish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida tegishli shartnomalar tuzilishini; tinglovchilar hamda kursantlarni vaqtinchalik yashash joylari, shuningdek oziq-ovqatlar, ularni tashish uchun transport va yonilg‘i-moylash materiallari bilan — fermer xo‘jaliklari mablag‘lari hisobiga ta’minlasinlar. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish, shuningdek 2008-yilgi boshoqli don ekinlari hosilining talon-toroj qilinishiga va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rsinlar. Yerlarni shudgorlashdan oldin tozalash maqsadida dalalardagi ekin poyalari va qoldiqlari yoqib yuborilishi taqiqlansin. 6. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda hosilni yig‘ishtirib olish, tashish va tayyorlash bilan band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zdavdoninspeksiya” davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan g‘alla va urug‘lik materiali sifati ustidan tegishli nazorat o‘rnatsinlar. Urug‘lik g‘allani davlat resurslari uchun xarid qilinadigan tovar g‘allaning umumiy hajmi hisobiga topshirish, shuningdek oziq-ovqat g‘allasini urug‘lik maqsadida foydalanish taqiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning joylardagi bo‘linmalari rahbarlari 2009-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘ligining o‘z vaqtida va sifatli g‘amlanishi, bunda alohida e’tiborni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 13-sentabrdagi PQ–693-sonli Qaroriga muvofiq urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan superelita va elita urug‘ini to‘liq hajmda xarid qilishi uchun shaxsan javobgardirlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xo‘jaliklar tomonidan don sotish to‘g‘risidagi statistika hisobotlarining ishonchliligini don qabul qilib olish korxonalari bo‘yicha muntazam ravishda tekshirib borilishini ta’minlasin va tezkorlik bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin. 9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
105
6,360
Qonunchilik
Qashqadaryo viloyati qishloq va suv хoʻjaliklari qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Vazirlar Mahkamasining 23.02.2021 yildagi «2021 yilda Qashqadaryo viloyatida irrigatsiya va melioratsiya ishlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 94-son qarori qabul qilindi. Qaror Qashqadaryo viloyatida raqamli va suvni tejaydigan teхnologiyalarni keng joriy etish hamda DXSh tamoyillari asosida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash, qishloq хoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini suv bilan ishonchli ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Qarorga muvofiq quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishish nazarda tutilgan: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
76
725
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqi
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 25-noyabrdagi 948-son qaroriga muvofiq, shuningdek, doimiy shahar yo‘lovchi tashish transporti bilan shug‘ullanadigan tashuvchilarni moliyalashtirish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT 2012-y., 9-son, 68-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. 2. 1-ilovada: a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ushbu Nizom avtomobil va elektr transportida (elektrobus, trolleybus, tramvay va metropolitenda) shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda muntazam va soatlar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni amalga oshiradigan tashuvchilarga tatbiq etiladi”; b) 3-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “umumiy foydalaniladigan transport — yo‘lovchilar va yuk tashish uchun mo‘ljallangan jamoat yer usti va yer osti transporti (avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar, metropoliten)”; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar qo‘shilsin: “elektrobus — elektr privodga ega bo‘lgan, belgilangan yo‘nalish bo‘ylab yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan umumiy foydalaniladigan relssiz harakatlanuvchi mexanik transport vositasi (elektr avtobus); tramvay — elektr privodga ega bo‘lgan, temir yo‘l polotnosi bo‘yicha harakatlanadigan va muntazam shahar yo‘nalishlarida yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan vagon (yoki bir-biri bilan ulangan bir nechta vagonlar)”; to‘rtinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “tushum — avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi, metropolitenda yo‘lovchilar tashishdan olingan daromad”; o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “oylik transportda yurish kartochkasi — harakatlanish hududi chegaralarida va ushbu hujjat amal qiladigan davr mobaynida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay va metropolitenda) yurish imkoniyatini olishga yo‘lovchining huquqini tasdiqlaydigan, qat’iy hisobda turadigan hujjat. Oylik yurish kartochkasi ikki turga — umumiy va imtiyozli kartochkaga bo‘linadi; umumiy oylik transportda yurish kartochkasi — yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari, umumiy foydalaniladigan transportning barcha turlarida yo‘lovchilar yurishini nazarda tutadigan, qat’iy hisobda turadigan hujjat”; quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilar qo‘shilsin: “transport kartasi — yo‘lovchilar tomonidan umumiy foydalaniladigan transportda (yo‘nalishsiz taksidan tashqari) yurganlik uchun amaldagi tarif asosida yo‘l haqini to‘liq to‘lash uchun mo‘ljallangan shaxsiylashtirilmagan ko‘p marotabalik debet to‘lov kartasi. Transport kartasining depozit hisob raqami pul mablag‘larini tushirish orqali to‘ldiriladi. Transport kartasidagi tarif rejalarining to‘liq qiymati umumiy foydalaniladigan transportdagi cheklangan tarifni, chegirma va imtiyozlarni hisobga olgan holda, yurishlar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi; imtiyozli transport kartasi — umumiy foydalaniladigan transportda (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatori ma’lumotlar bazasida ro‘yxatga olingan yo‘lovchiga transportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqini kafolatlaydigan, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydigan shaxsiylashtirilmagan va(yoki) shaxsiylashtirilgan transport kartasi”; o‘n beshinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n yettinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin; o‘n yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; o‘n sakkizinchi xatboshiga “qat’iy hisobda turadigan” so‘zlaridan keyin “va QR kodga ega bo‘lgan” so‘zlari qo‘shilsin; v) quyidagi mazmundagi 31 va 32-bandlar qo‘shilsin: “31. Imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar (pensionyerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, talabalar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlar o‘quvchilari) tomonidan imtiyozli transport kartalari orqali to‘lovlar umumiy foydalaniladigan transportning (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) amaldagi tariflarning 50 foizlik imtiyozini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 32. Imtiyozli transport kartasidan foydalangan holda umumiy foydalaniladigan transportdan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar sifatida “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Toshkent metropolitenida pensionyerlarni bepul tashish to‘g‘risida” 2017-yil 9-martdagi 128-son qarorida nazarda tutilgan shaxslar e’tirof etiladi”; g) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. Tashilgan yo‘lovchilar soni umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi, tramvay, metropolitenda) bajariladigan shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro tashuvlarning har bir turi hamda soatlar bo‘yicha tashuvlar uchun alohida-alohida aniqlanadi. 5. Shahar yo‘nalishida umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, yo‘nalishli taksi, tramvay va metropolitenda) tashilgan yo‘lovchilar soni: cheklangan tariflarni qo‘llagan holda — sotilgan bir martalik chiptalar soni bo‘yicha yoki tushumni cheklangan tarifga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda, elektron to‘lov tizimi operatorlariga amaldagi cheklangan tariflarga nisbatan 10 foizgacha chegirma taqdim etilishi mumkin; transport kartasidan foydalangan holda — transport kartasidan foydalangan yo‘lovchilarning, jumladan imtiyozli va bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarning har bir transport turida amalga oshirilgan validatsiyalar soni bo‘yicha aniqlanadi. Muayyan tashuvchi tomonidan tashilgan yo‘lovchilar hajmi hisobot davrida amalga oshirilgan validatsiyalarni umumlashtirish orqali aniqlanadi”. d) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “8. Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda tashilgan yo‘lovchilar soni sotilgan bir martalik chiptalar soni hamda transportning aniq bir turida amalga oshirilgan validatsiyalar soniga teng holda qabul qilinadi”; e) 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “11. Yo‘lovchilar aylanmasi umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksi, tramvay, trolleybus va metropolitenda) bajariladigan shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda tashuvlarning har qaysi turi hamda soatlar bo‘yicha tashuvlar uchun alohida-alohida aniqlanadi. 12. Yo‘lovchilar aylanmasi shahar yo‘nalishlarida umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, yo‘nalishli taksi, tramvay, trolleybus va metropolitenda) tashishda tashilgan yo‘lovchilar sonini yo‘lovchilar oqimini tanlab tahlil qilish asosida hisoblab chiqiladigan ushbu yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi bosib o‘tadigan o‘rtacha masofaga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi”; j) ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 3. 2-ilovada: a) 4-bandda: to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “fuqarolarning ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bog‘liq holda tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini subsidiyalar berish orqali qoplash”; oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “yangi tramvay va trolleybus liniyalari, elektrobusni quvvatlash stansiyalari qurish”; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish, joriy oyning 5-sanasigacha, avans to‘lovlarini teng holda tasdiqlangan budjet parametrlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Chorak yakunlariga ko‘ra, oldindan qilingan to‘lovlar va ko‘rilgan zarar hajmlari keyingi davr to‘lovlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini inobatga olgan holda solishtiriladi”; b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. Navbatdagi moliya yili uchun ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga mablag‘larning aniq summasi asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq aniqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida ajratiladi”. v) 7-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “7. Fuqarolarning ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bog‘liq holda tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini subsidiyalar berish orqali qoplash har oyda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshiriladi.” quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin: “avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi operatorining, transportdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarning aniq soni to‘g‘risidagi axboroti”; g) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “8. Joriy oyning 5-sanasiga qadar tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan mahalliy budjet parametrlariga kiritilgan tashuvchilarning prognozlashtirilgan zarar ko‘rsatkichlariga muvofiq avans to‘lovlari amalga oshiriladi. Chorak yakunlariga ko‘ra hisobot davri uchun yuzaga kelgan avans to‘lovlari bilan tashuvchilarning amaldagi ko‘rgan zararlari miqdoridagi farqiga, navbatdagi avans to‘lovlarini amalga oshirishda tuzatishlar kiritiladi (qoplanadi yoki ushlab qolinadi)”.
250
10,372
Qonunchilik
Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari jabrlanuvchilarning, guvohlarning va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining (bundan buyon matnda himoya qilinuvchi shaxslar deb yuritiladi) hayoti, sog‘lig‘i hamda mol-mulkiga tajovuz tahdidi mavjud bo‘lganda qo‘llaniladigan, jinoyatlarning oldini olishga yoki ularni fosh etishga ko‘maklashadigan, xavfsizlik va ijtimoiy himoya qilish choralarini o‘z ichiga oladigan chora-tadbirlar tizimini belgilashdan, shuningdek ularni qo‘llashning asoslari hamda tartibini aniqlashdan iboratdir. Himoya qilinuvchi shaxslarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining himoya qilinuvchi shaxslarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Himoya qilinuvchi shaxslarni himoya qilishning asosiy prinsiplari qonuniylik, himoya qilinuvchi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, himoya qilinuvchi shaxslarning hamda himoya qilishni ta’minlovchi davlat organlarining o‘zaro javobgarligidan iborat. Himoya qilinuvchi shaxslar quyidagilardan iborat: 1) jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili; 2) guvoh; 3) jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi; 4) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari; 5) mahkum, oqlangan shaxs, o‘ziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan shaxs; 6) fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari; 7) ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolis. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning oila a’zolari va yaqin qarindoshlari ham himoya qilinuvchi shaxslar bo‘lishi mumkin. Himoya qilish choralari jinoyat ishi qo‘zg‘atilguniga qadar arizachiga, jinoyat shohidiga yoki jinoyatning oldini olishga yoxud uni fosh etishga ko‘maklashuvchi shaxslarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Himoya qilishni ta’minlovchi davlat organlari quyidagilardan iborat: himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organlar; xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organlar; ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organlar. Himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risidagi qaror jinoyat ishini yuritayotgan, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sud tomonidan qabul qilinadi. Ichki ishlar organlarining yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlarining yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha himoya qilinuvchi shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralari mazkur organlar tomonidan ta’minlanadi. Sudning yoki prokuratura organining yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha himoya qilinuvchi shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralari himoya qilinuvchi shaxslar joylashgan erdagi ichki ishlar organlari tomonidan sudning yoki prokurorning qaroriga binoan ta’minlanadi. Harbiy xizmatchilar orasidan bo‘lgan himoya qilinuvchi shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralari tegishli harbiy qismlar qo‘mondonligi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy tuzilmalarining yuqori turuvchi qo‘mondonligi tomonidan ta’minlanadi. Tergov hibsxonalarida saqlanayotgan himoya qilinuvchi shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralari tegishincha ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan ta’minlanadi. Jazoni o‘tash joylarida saqlanayotgan himoya qilinuvchi shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi muassasalari tomonidan ta’minlanadi. Himoya qilinuvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari va boshqa organlar zimmasiga yuklatiladi. Xavfsizlik choralari quyidagilardan iborat: 1) himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash; 2) shaxsni, uy-joyni va boshqa mol-mulkni qo‘riqlash; 3) himoya qilinuvchi shaxsga maxsus individual himoya vositalarini va texnik vositalarni berish; 4) vaqtinchalik xavfsiz joyga joylashtirish; 5) boshqa yashash joyiga ko‘chirish, ish (xizmat) yoki o‘qish joyini o‘zgartirish; 6) hujjatlarni almashtirish; 7) himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilishini cheklash; 8) qamoqda yoki jazoni o‘tash joylarida saqlanayotgan himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ta’minlash. Ushbu modda birinchi qismining 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan xavfsizlik choralari faqat og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat ishlari bo‘yicha zarur bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi. Himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organning qaroriga binoan, operatorlarda turgan davlat axborot-ma’lumot fondlaridagi va boshqa axborot-ma’lumot fondlaridagi himoya qilinuvchi shaxs haqidagi ma’lumotlar berilishiga taqiq o‘rnatish, uning telefoni abonent raqamlarini hamda uning foydalanuvidagi yoki unga tegishli transport vositalarining davlat raqam belgilarini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Boshqa jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy yoki fuqarolik ishini yuritish bilan bog‘liq alohida hollarda, himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozma so‘rov asosida va himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan organning yozma roziligi bilan surishtiruv, dastlabki tergov organlari, sudga taqdim etilishi mumkin. Himoya qilinuvchi shaxsning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yoxud mol-mulkiga tajovuz tahdidi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organlar tomonidan ushbu shaxsning roziligi bilan uning o‘zini, uy-joyini va boshqa mol-mulkini qo‘riqlash amalga oshiriladi. Himoya qilinuvchi shaxs tomonidan egallab turilgan uy-joy va boshqa mol-mulk kuzatuvning texnik vositalari, yong‘inga qarshi va qo‘riqlash signalizatsiyasi, shuningdek boshqa uskunalar bilan jihozlanishi mumkin. Xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organlar himoya qilinuvchi shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga nisbatan tahdid darajasini hisobga olgan holda unga maxsus individual himoya vositalarini hamda texnik vositalarni berishi mumkin. Zarur bo‘lgan taqdirda, voyaga yetgan himoya qilinuvchi shaxslar o‘z roziligi bilan, voyaga yetmagan shaxslar esa ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan o‘z xavfsizligi ta’minlanadigan joylarga joylashtirilishi mumkin. Mazkur joyda bo‘lish muddati himoya qilinuvchi shaxs va xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organ o‘rtasida kelishiladi. Himoya qilinuvchi shaxslarning roziligi bilan yoki ularning arizasiga ko‘ra ular boshqa vaqtinchalik yoxud doimiy yashash joyiga ko‘chirilishi, o‘zga vaqtinchalik yoki doimiy ishga (xizmatga) yoxud boshqa o‘qish joyiga o‘tkazilishi mumkin. Himoya qilinuvchi shaxs boshqa doimiy yashash joyiga ko‘chirilganda unga davlat hisobidan uy-joy beriladi, ko‘chib o‘tish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni qoplanadi, moddiy yordam ko‘rsatiladi, uning ishga joylashtirilishi kafolatlanadi va avvalgisiga o‘xshash ish (xizmat) yoki o‘qish joyini tanlashda yordam ko‘rsatiladi. Himoya qilinuvchi shaxs vaqtinchalik yashash uchun boshqa joyga ko‘chirilganda u ilgari egallab turgan uy-joy va avvalgi yoki avvalgisiga o‘xshash ish (xizmat) yoxud o‘qish joyiga joylashtirish kafolatlari ushbu shaxs ko‘rsatilgan sababga ko‘ra yo‘q bo‘lgan butun davr mobaynida saqlanib qoladi. Boshqa yashash joyiga ko‘chirish, ish (xizmat) yoki o‘qish joyini o‘zgartirish himoya qilinuvchi shaxsning xavfsizligini unga nisbatan boshqa xavfsizlik choralarini qo‘llash orqali ta’minlashning imkoni bo‘lmagan hollardagina amalga oshiriladi. Himoya qilinuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra yoki ularning roziligi bilan ularga familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma’lumotlari o‘zgartirilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar hamda o‘zga hujjatlar berilishi mumkin. Yangi familiya, ism, otasining ismi himoya qilinuvchi shaxs bilan albatta kelishilgan holda yoki ushbu shaxs tomonidan, voyaga yetmaganlar uchun esa ular ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tanlanadi. Himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilishini cheklash jinoyat ishi materiallaridan shaxsning anketa ma’lumotlarini olib qo‘yishdan va ularni asosiy ish yurituvidan ajratib saqlashdan, shuningdek buning uchun taxallusdan foydalanishdan iboratdir. Qamoqda yoki ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum etish yoxud intizomiy harbiy qismda saqlash tarzidagi jazoni o‘tash joylarida saqlanayotgan himoya qilinuvchi shaxsning xavfsizligi unga nisbatan ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining 1 va 7-bandlarida nazarda tutilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash orqali ta’minlanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning xavfsizligi choralarini ta’minlash maqsadida quyidagilar ham qo‘llanilishi mumkin: 1) himoya qilinuvchi shaxsni va zo‘ravonlik tahdidini keltirib chiqaruvchi shaxsni ular ushlab turilganda, qamoqqa olinganda va ularga nisbatan jinoiy jazolar tayinlanganda boshqa-boshqa qamoqda saqlash va jazoni o‘tash joylariga yuborish; 2) himoya qilinuvchi shaxsni yoki zo‘ravonlik tahdidini keltirib chiqaruvchi shaxsni bir qamoqda saqlash joyidan va jazoni o‘tash joyidan boshqasiga o‘tkazish; 3) himoya qilinuvchi shaxsni va zo‘ravonlik tahdidini keltirib chiqaruvchi shaxsni alohida-alohida saqlash; 4) himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning oila a’zolariga va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi va nogironlik pensiyasi tayinlanadi. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilgan yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organning qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi. Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat protsessida ishtirok etganligi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda, agar uning oila a’zolari va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar turli bir yo‘la beriladigan nafaqalar olish huquqiga ega bo‘lsa, bir yo‘la beriladigan nafaqalardan bittasi ularga o‘z tanloviga ko‘ra tayinlanadi. Tan jarohati yetkazilgan yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgan taqdirda, bir vaqtning o‘zida turli bir yo‘la beriladigan nafaqalarni olish huquqiga ega bo‘lgan himoya qilinuvchi shaxslarga o‘z tanloviga ko‘ra bir yo‘la beriladigan nafaqalardan bittasi tayinlanadi. Himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan yetkazilgan mulkiy zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanib, keyinchalik ushbu mablag‘lar himoya qilinuvchi shaxsga mulkiy zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan shaxsdan undirilishi lozim. Himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organ tomonidan aniqlangan, himoya qilinuvchi shaxsni jinoyat protsessida ishtirok etganligi munosabati bilan o‘ldirish, unga zo‘rlik ishlatish, uning mol-mulkini yo‘q qilish yoki mol-mulkiga shikast yetkazishning aniq tahdidi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar xavfsizlik choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi. Xavfsizlik choralari himoya qilinuvchi shaxsning yozma arizasi asosida yoki uning yozma roziligi bilan, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan esa ular ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining, shuningdek vasiylik va homiylik organlari vakolatli vakillarining (ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari homiyligidan mahrum bo‘lgan taqdirda) yozma arizasi asosida yoxud ularning yozma roziligi bilan qo‘llaniladi. Agar xavfsizlik choralarining qo‘llanilishi himoya qilinuvchi shaxsning voyaga yetgan oila a’zolari va u bilan birga yashovchi boshqa shaxslar manfaatlariga daxl qiladigan bo‘lsa, xavfsizlik choralarini qo‘llash uchun ularning yozma roziligi olinishi zarur. Himoya qilinuvchi shaxsning jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan halok bo‘lganligi (vafot etganligi), unga tan jarohati yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligi, mulkiy zarar yetkazilganligi ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuror, sud ushbu Qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan shaxsni o‘ldirish, unga zo‘rlik ishlatish, uning mol-mulkini yo‘q qilish yoki mol-mulkiga shikast yetkazish yoxud unga nisbatan boshqacha g‘ayriqonuniy qilmish sodir etilishi tahdidi mavjudligi to‘g‘risidagi arizani (xabarni) olgach, ushbu arizani (xabarni) tekshirib ko‘rishi va bu shaxsga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risida yoxud ularni qo‘llashni rad etish haqida uch sutka ichida, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda esa darhol qaror (ajrim) qabul qilishi shart. Qaror (ajrim) chiqarilgan kunning o‘zida xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organga ijro etish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan mazkur qaror (ajrim) chiqarilgan shaxsga yuboriladi. Xavfsizlik choralarini qo‘llash haqidagi yoki ularni qo‘llashni rad etish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim. Xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organ ushbu Qonunda nazarda tutilgan zarur xavfsizlik choralarini tanlab oladi va ularning qo‘llanilish usullarini aniqlaydi. Himoya qilinuvchi shaxsga uning xavfsizligi maqsadida rioya etilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar beriladi. Himoya qilinuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra ko‘rsatmalarga faqat xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organning roziligi bilan o‘zgartishlar kiritilishi mumkin. Qo‘llanilayotgan xavfsizlik choralari himoya qilinuvchi va boshqa shaxslarning uy-joyga, mehnatga, pensiyaga oid huquqlarini va boshqa huquqlarini cheklamasligi kerak. Xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organ tanlangan xavfsizlik choralari, ularni o‘zgartirish, ularga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida va ko‘rsatilgan choralarni qo‘llash natijalari haqida jinoyat to‘g‘risidagi ariza (xabar) yoxud jinoyat ishi o‘z yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi, surishtiruv, dastlabki tergov organini, prokurorni yoki sudni xabardor qiladi, himoya qilinuvchi shaxsning xavfsizligiga tahdid bartaraf etilgan taqdirda esa, xavfsizlik choralarini bekor qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritadi. Zarur bo‘lgan taqdirda, xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organ himoya qilinuvchi shaxs bilan xavfsizlik choralarini qo‘llash shartlari, taraflarning o‘zaro majburiyatlari va o‘zaro javobgarligi haqida yozma shaklda kelishuv tuzadi. Voyaga yetmaganlar yoxud o‘zining jismoniy yoki ruhiy holatiga ko‘ra o‘z huquqlari va manfaatlarini mustaqil ravishda amalga oshirish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash ularning qonuniy vakillarini jalb etgan holda amalga oshiriladi. Qonuniy vakillar o‘zlari vakillik qilayotgan jismoniy shaxslar bilan ushbu Qonunda nazarda tutilgan doirada bir xil huquqlarga ega bo‘ladi. Himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organ himoya qilinuvchi shaxsning halok bo‘lganligi (vafot etganligi) haqidagi arizani (xabarni) olganidan hamda halokat (o‘lim) shaxsning jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan sodir bo‘lganligini aniqlaganidan so‘ng, halok bo‘lgan (vafot etgan) shaxsning oila a’zolariga va uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga nisbatan ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash haqida yoki ularni qo‘llashni rad etish to‘g‘risida uch sutka ichida qaror (ajrim) qabul qilishi shart. Himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organ himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan tan jarohati yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligi, mulkiy zarar yetkazilganligi haqidagi arizani (xabarni) olgach, ushbu arizani (xabarni) tekshirib ko‘rishi hamda ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash haqida yoki ularni qo‘llashni rad etish to‘g‘risida uch sutka ichida qaror (ajrim) qabul qilishi shart. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organga ijro etish uchun, shuningdek o‘ziga nisbatan mazkur qaror (ajrim) chiqarilgan shaxsga yuboriladi. Ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash yoki ularni qo‘llashni rad etish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan kundan e’tiboran bir oy ichida ko‘rib chiqilishi lozim. Ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni (ajrimni) olganidan so‘ng o‘n sutka ichida ijro etishi shart. Xavfsizlik choralarini qo‘llashning ushbu Qonunning 16-moddasida ko‘rsatilgan asoslari bartaraf etilgan taqdirda, shuningdek xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organ himoya qilinuvchi shaxs bilan ushbu Qonun 18-moddasining oltinchi qismiga muvofiq tuzgan kelishuv shartlarining himoya qilinuvchi shaxs tomonidan buzilganligi oqibatida xavfsizlik choralarini keyinchalik qo‘llash imkonsiz bo‘lgan taqdirda, xavfsizlik choralari bekor qilinadi. Xavfsizlik choralari himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan organga himoya qilinuvchi shaxs tomonidan yuborilgan yozma arizaga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Xavfsizlik choralarini bekor qilishga faqat himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan organning qaroriga (ajrimiga) yoxud jinoyat ishini yuritayotgan organning qaroriga (ajrimiga) ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Xavfsizlik choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim. Xavfsizlik choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorda (ajrimda) himoya qilinuvchi shaxsning mulkiy huquqlarini va ular bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy huquqlarini tiklash masalalari tartibga solinishi kerak. Xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ushbu Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan organ mazkur choralarni bekor qilish haqida qaror qabul qilguniga qadar amal qiladi. Sud jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarayotganda xavfsizlik choralarini bekor qilish haqida yoxud mazkur choralarni bundan buyon qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Organlarning o‘z vakolatlariga muvofiq qabul qilinadigan himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risidagi qarorlari mazkur qarorlar yuborilgan organlar va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Himoya qilinuvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega: shaxsiy va mulkiy xavfsizligini, shuningdek ushbu Qonun 4-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlashni talab qilish; ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda ijtimoiy himoya qilish choralari qo‘llanilishini talab qilish; o‘ziga nisbatan, shuningdek ushbu Qonun 4-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralarining qo‘llanilishi va xususiyati haqida bilish; qo‘shimcha xavfsizlik choralarini qo‘llash haqidagi yoxud ularni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etish; himoya qilishni ta’minlovchi davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilish; xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organga psixologik yordam olish uchun murojaat etish. Himoya qilinuvchi shaxslar: xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organ tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni, shuningdek uning qonuniy talablarini bajarishi; o‘ziga nisbatan qilingan har bir tahdid yoxud g‘ayriqonuniy harakatlar to‘g‘risida xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organni darhol xabardor qilishi; xavfsizlikni ta’minlash uchun o‘ziga berilgan mol-mulkni asrab-avaylashi; o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan xavfsizlik choralari haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmasligi shart. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida foydalanishga berilgan mol-mulk sotib yuborilgan, o‘zga shaxsga berib yuborilgan yoki unga shikast yetkazilgan taqdirda, himoya qilinuvchi shaxs qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi. Himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organlar quyidagi huquqlarga ega: davlat organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, yuridik va jismoniy shaxslardan himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida o‘ziga nisbatan qaror qabul qilinadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdid mavjudligi haqidagi arizalar (xabarlar) yuzasidan zarur ma’lumotlarni so‘rash hamda olish; protsessual harakatlarni amalga oshirish yoxud xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organlarga zarur topshiriqlar berish; zarur bo‘lgan taqdirda, xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organlardan hamda ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organlardan himoya qilishning qo‘shimcha choralarini qo‘llashni talab qilish; xavfsizlik choralarini va ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organlar bilan kelishuvga ko‘ra mazkur choralarni to‘liq yoki qisman bekor qilish. Xavfsizlik choralarini ta’minlovchi organlar quyidagi huquqlarga ega: zarur xavfsizlik choralarini tanlab olish, ularni qo‘llash usullarini aniqlash, qo‘llaniladigan xavfsizlik choralarini zarur bo‘lgan hollarda o‘zgartirish va ularga qo‘shimchalar kiritish; himoya qilinuvchi shaxslardan ularga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash shartlariga rioya etilishini, mazkur choralarni qo‘llash bilan bog‘liq qonuniy farmoyishlarning bajarilishini talab qilish; jinoyat ishini yuritayotgan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi, surishtiruv, dastlabki tergov organlariga, prokurorga yoki sudga protsessual harakatlarni amalga oshirish chog‘ida xavfsizlik choralarini qo‘llash haqidagi yoxud ularni bekor qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat etish; tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish. Ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organlar quyidagi huquqlarga ega: himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan organlardan hamda himoya qilinuvchi shaxslardan ijtimoiy himoya qilish choralarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish; ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llashni istisno etuvchi holatlar aniqlangan taqdirda, himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan organlarga mazkur choralarni bekor qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat etish. Himoya qilishni ta’minlovchi davlat organlari: o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, xavfsizlik choralarini yoki ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llashni talab etadigan har bir holatga nisbatan darhol munosabat bildirishi; barcha zarur xavfsizlik choralarini va ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlashi; himoya qilinuvchi shaxslarni ularga nisbatan xavfsizlik choralari va ijtimoiy himoya qilish choralari qo‘llanilishi, bu choralarning o‘zgartirilishi, ularga qo‘shimchalar kiritilishi yoki ularning qo‘llanilishi bekor qilinishi to‘g‘risida, shuningdek himoya qilishni ta’minlash bilan bog‘liq qarorlar qabul qilinishi haqida o‘z vaqtida xabardor etishi; himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan uning himoya qilinishini ta’minlash to‘g‘risidagi qarorni (ajrimni) e’lon qilish chog‘ida uning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi; himoya qilinuvchi shaxsning psixologik kuzatuvini tashkil etish va amalga oshirish choralarini ko‘rishi shart. Himoya qilinuvchi shaxslarni himoya qilish choralarini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash budjet mablag‘lari hamda himoya qilishni ta’minlovchi davlat organlariga shu maqsadlar uchun ajratiladigan, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Himoya qilinuvchi shaxslarni himoya qilishni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar ushbu shaxslarning zimmasiga yuklatilishi mumkin emas. Himoya qilinuvchi shaxslarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
105
25,602
Qonunchilik
Imtiyoz qoʻllanadigan хizmatlar roʻyхati kengaytirildi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan (Adliya vazirligi tomonidan 22.07.2015 yilda 1594-6-son bilan roʻyхatga olingan) Ayrim хizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaхslar uchun foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. _________ !Eng muhimi haqida qisqacha: Hujjat Prezidentning 10.05.2012 yildagi “2012-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1754-son Qaroriga muvofiq keltirilmoqda. Unga koʻra mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun foyda soligʻi hamda yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilgan. ____________ Koʻrsatilgan imtiyozlar qoʻllanadigan хizmatlar Roʻyхatiga tuzatishlar kiritildi. U kengaytirildi hamda endi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: - qishloq joylarda sartaroshхona va goʻzallik salonlari хizmatlari; - qishloq joylarda kiyim-bosh tikish va ta’mirlash хizmatlari; - qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kiyimlarni oqartirish uchun qabul qilish korхonalari хizmatlari; - qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kimyoviy tozalash korхonalarining хizmatlari; -elektron ta’lim хizmatlari; -qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni barpo etish boʻyicha kurilish хizmatlari -qishloq joylarda yoʻl boʻyi infratuzilmasi majmualari хizmatlari; -qishloq joylarda kompyuterda dasturlash (shu jumladan konsultatsion) хizmatlari. Oʻzgartirishlar bilan mazkur Nizom qoʻllanmaydigan sub’yektlar roʻyхati belgilandi: -Vazirlar Mahkamasining 3.09.1999 yildagi “Byudjet tashkilotlarini mablagʻ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 414-son qaroriga muvofiq imtiyozlar qoʻllaydigan byudjet tashkilotlari; -Prezidentning 29.01.2009 yildagi “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1051-son Qaroriga muvofiq imtiyozlar qoʻllaydigan yangidan tashkil etilayotgan iхtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari va "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari boʻyicha pudrat tashkilotlari; - Prezidentning 7.01.2015 yildagi “2015 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016 yilgi qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2280-son Qaroriga muvofiq imtiyozlar qoʻllaydigan yordamchi pudratchi tashkilotlar "tayyor holda topshirish" sharti bilan qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi doirasida "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi bilan shartnomalar tuzgan pudrat tashkilotlari bilan shartnoma asosida oʻzlari bajaradigan ishlar hajmi boʻyicha. Hujjat bilan koʻzda tutiladiki, basharti mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan  koʻrsatilgan хizmatlardan olingan sof tushum tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy hajmiga nisbatan 80 foiz va undan koʻpni tashkil qilsa, mikrofirmalar va kichik korхonalarning barcha daromadlariga 2012 yilning II-choragidan boshlab e’tiboran imtiyozlar qoʻllanadi. Agar bir necha faoliyat turlari amalga oshirilsa, u holda imtiyozlangan хizmatlarni koʻrsatishdan olingan sof tushum ulushi ulardan olingan sof tushumni qoʻshish hamda olingan summani barcha faoliyat turlari boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan sof tushumga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Masalan, yuridik shaхs quyidagi хizmatlarni koʻrsatadi: buхgalteriya hisobini yuritish boʻyicha хizmatlar; rieltorlik хizmatlari; vositachilik хizmatlari; Bu хizmatlarni koʻrsatishdan olingan sof tushum: buхgalteriya hisobini yuritish boʻyicha хizmatlar boʻyicha – 20 mln. soʻmni; rieltorlik хizmatlari boʻyicha – 2 mln. soʻmni; vositachilik хizmatlari boʻyicha – 3 mln. soʻmni tashkil qildi. Bundan tashqari, quyidagi boshqa daromadlar mavjud: asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni chiqib ketishidan olingan daromadlar – 1,5 mln. soʻm; mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olingan daromadlar – 2,5 mln. soʻm. Shunday qilib, ushbu Nizomning 2-bandida koʻzda tutilgan хizmatlarni koʻrsatishdan olingan sof tushum ulushi mazkur yuridik shaхsda 88 foizni (((20 + 2) / (20 + 2 + 3)) х 100) tashkil qiladi. Imtiyozlanadigan хizmatlarni koʻrsatishdan olingan sof tushum ulushi 80 foizdan ortiqni tashkil qilishini hisobga olgan holda 29 mln. soʻm miqdordagi barcha daromadlarga soliq solinmaydi. Agar хizmatlar koʻrsatishdan olingan sof tushum ulushi 80 fizdan kamni tashkil qilsa, u holda yuqorida tilga olingan imtiyozlar faqat shu хizmatlarni koʻrsatishdan olingan daromadlar (tushum)ga qoʻllanadi. Yuridik shaхs tomonidan imtiyozlar qoʻllanadigan хizmatlar koʻrsatish bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirilgan taqdirda soliq solish maqsadida alohida-alohida hisob yuritilishi lozim. Koʻrsatilgan imtiyozlar: toʻlov manbaida soliq solinishi lozim boʻlgan dividendlar va foizlar tariqasidagi daromadlarga (mikrokreditlar boʻyicha foizlardan tashqari); boshqa daromadlarga, basharti imtiyozlanadigan хizmatlarni koʻrsatish boʻyicha faoliyat asosiy faoliyat turi hisoblanmasa qoʻllanmaydi. Oʻzgartirishlar bilan lizingga beruvchi imtiyozlarni qoʻllash uchun foydalanishi kerak boʻlgan lizing shartnomasiga qoʻyiladigan talablarga tuzatishlar kiritildi. Oʻzgartirishlarga binoan belgilandiki, lizing shartnomasi davri uchun lizing toʻlovlarining joriy diskontlangan qiymati lizing ob’yektining lizingga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan ortiq boʻladi. Joriy diskontlangan  qiymat buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Avval lizing shartnomasi davri uchun lizing toʻlovlarining umumiy summasi lizing ob’yektining 90 foizidan ortiq boʻlishi kerakligi koʻzda tutilgandi. Hujjat bir qator boshqa oʻzgartirishlarni ham saqlaydi. «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA tayyorladi. «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA tayyorladi.
55
6,498
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AUDITORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA AUDITORLIK TEKShIRIShLARINING AHAMIYATINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 2000-YIL 22 SENTYABRDAGI 365-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 62-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. 5-band chiqarib tashlansin. 2. Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risida nizomda (2-ilova): a) 5-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanishiga olib keladi. Xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin kalendar yil oxirigacha majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan miqdorda jarima undirilishiga olib keladi. Bunda majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlangan taqdirda xo‘jalik subyektiga jarima sud tartibida solinadi, xo‘jalik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikda aybini tan olgan hamda jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa — jarima soliq organi tomonidan solinadi”; uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. Jarima qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi. Bunda xo‘jalik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlarining yigirma foizidan ortiq bo‘lgan yalpi jarima xo‘jalik subyektiga jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab undiriladigan summani olti oy mobaynida har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilgan holda undirib olinadi”; v) 7-banddagi jadvalning “Jarima miqdori” ustunidagi “100 baravari”, “300 baravari” va “500 baravari” so‘zlari tegishli ravishda “50 baravari”, “75 baravari” va “100 baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
2,392
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda huquqiy demokratik davlat, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishning g‘oyat muhim sharti aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirishdan, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning amaliy ishtirokidan iboratdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda aholining huquqiy savodxonligi, siyosiy madaniyatini oshirishga, fuqarolarning xilma-xil huquqiy axborotlardan kengroq foydalanish imkoniyatini yaratishga, shuningdek, davlat-huquqiy va sud tizimini takomillashtirishning dolzarb muammolarini hal etishga ko‘maklashishi lozim bo‘lgan huquqiy davriy nashrlar muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining siyosiy-huquqiy masalalari, qonun ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotini yoritadigan 8 ta yuridik jurnal (umumiy tiraji 55 ming nusxadan ko‘proq) chop etilmoqda. Shu bilan birga yuridik jurnallarning mazmuni hali zamon talablariga to‘liq javob bermaydi. Mavjud nashrlar o‘z mazmun yo‘nalishi va maqsadli vazifalarini belgilab beruvchi chuqur o‘ylangan, aniq o‘quvchilar doirasiga mo‘ljallangan konsepsiyaga ega emas. Mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishning dolzarb siyosiy-huquqiy masalalariga tegishli darajada e’tibor berilmayapti. Jurnallar tahririyati mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad-vazifalari va mazmun-mohiyatini anglaydigan yuqori malakali mutaxassislar bilan yetarlicha ta’minlanmagan. Davlat-huquqiy va sud tizimi, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish va huquqiy savodxonligini oshirishning dolzarb muammolarini hal etishda yuridik jurnallar rolini kuchaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi va chop etiladigan yuridik nashrlar (jurnallar) ro‘yxati 1-2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin. Belgilansinki, davlat-huquqiy, sud-huquq sohalarida olib borilayotgan demokratik islohotlardan jamiyatning keng xabardor bo‘lishi, fuqarolarning huquqiy madaniyati va ma’rifiy saviyasi yuksalishi jamiyat va davlatni demokratik yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishning g‘oyat muhim sharti bo‘lib qolmoqda. 2. Chop etilayotgan jurnallarning sifati, samaradorligi va saviyasi uchun javobgarlik jurnallarning bosh muassislari zimmasiga yuklansin. 3. Quyidagilar yuridik jurnallarning asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat va jamiyat qurilishining dolzarb siyosiy-huquqiy muammolari, qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, sud-huquq tizimini liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, insonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy huquq va erkinliklarini ta’minlash muammolari keng muhokama qilinishini tashkil etish; qonuniylikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish, profilaktika ishlari va jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil qilish, jamoat tartibini mustahkamlash, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini huquqiy jihatdan ta’minlash borasida sud va huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini yoritish; fuqarolarning, birinchi navbatda yoshlarning huquqiy ongini, ularning siyosiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan materiallarni chop etish; nashrlar sahifalarida yuridik fan rivojiga, milliy huquq maktabini shakllantirishga, yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga oid dolzarb muammolar bo‘yicha munozaralar tashkil qilish; qonun ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini, xalqaro huquqni rivojlantirish, uning normalarini milliy qonunchilikka tadbiq etishning dolzarb muammolarini yoritish. 4. Adliya vazirligi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, yuridik jurnallarning boshqa muassislari va tahrir hay’atlari bir oy muddatda: jurnallarning tahririyatlarini chuqur huquqiy bilimlarga va ommaviy axborot vositalaridagi zarur ish tajribasiga ega bo‘lgan, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning, davlat-huquqiy, sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining mohiyatini, maqsadli vazifalarini anglaydigan yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlasin; tahririyat xodimlari va faol mualliflar mehnatini chop etilayotgan materiallarning yuksak sifatli bo‘lishi hamda tahririyatlar jamoalari oldida turgan vazifalarning bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirishni ta’minlash imkonini beradigan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish choralarini ko‘rsin; yuridik jurnallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tahrir hay’atlarining zamonaviy talab va andozalarni hisobga olgan holda jurnallarning badiiy saviyasini oshirish, ularni rasmiylashtirish hamda dizayni sifatini yaxshilash maqsadida jurnalistlar, yozuvchilar, rassomlar ijodiy uyushmalari bilan mustahkam hamkorligini o‘rnatish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin; ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari bilan birgalikda jurnallarning faoliyatiga, davlat-huquqiy va sud tizimlarini isloh qilish maqsad va vazifalarini amalga oshirishning dolzarb muammolarini muhokama qilishga yetakchi huquqshunos olimlar, tarixchilar, iqtisodchilar, sotsiolog va faylasuflar jalb etilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi yuridik jurnallarning elektron versiyalari (saytlari)ni yaratish va ularni global Internet tarmog‘ida joylashtirishda mazkur nashrlarga yordam ko‘rsatsin. 6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoat birlashmalari bilan birgalikda yuridik jurnallarning maqolalaridan mamlakatning muayyan yo‘nalishdagi oliy o‘quv muassasalari, kollejlari, litseylari, maktablari va boshqa tarbiya muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishni ta’minlasin. 7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
104
6,356
Qonunchilik
DEPORTATSIYA QILINGAN ShAXSLAR, KAM SONLI MILLATLAR VA XALQLARNING HUQUQLARINI TIKLASh BILAN BOG‘LIQ MASALALARGA DOIR BITIMNI RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: Mustaqil Davlat Hamdo‘stligi tarkibiga kirgan davlatlarning rahbarlari 1992-yil 9-oktabrda Bishkek shahrida imzolangan deportatsiya qilingan shaxslar, kam sonli millatlar va xalqlarning huquqlarini tiklash bilan bog‘liq masalalarga doir Bitim ratifikatsiya qilinsin.
153
320
Qonunchilik
Mudofaa vazirligi sport klubi qayta tashkil etildi va yangi vazifalar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 19.05.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida armiya sportini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 292-son qarori qabul qilindi. Armiya sportidagi koʻplab ijobiy natijalarga qaramay, quyidagi kamchiliklar: Hujjatga muvofiq Mudofaa vazirligi Sport klubi Vazirlik Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etiladi. Markaz Vazirlik markaziy apparatining mustaqil boshqarmasiga tenglashtirilgan muassasa hisoblanadi. Markazning asosiy vazifalaridan biri ommaviylashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish, mamlakat va Mudofaa vazirligi qoʻshinlari sport terma jamoalari uchun yuqori toifali sportchilarni tayyorlashdan iborat. Qaror bilan Mudofaa vazirligi armiya sportini tashkil etish toʻgʻrisida nizom, shuningdek uni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Nizomga muvofiq armiya sportiga Olimpiya, ommaviy, milliy, harbiy-amaliy hamda teхnik va amaliy sport turlari kiradi. Shuningdek hujjat bilan vazirlik va idoralarning armiya sportini rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2020 yildan kuchga kirdi.  Lola Abduazimova.
80
1,246
Qonunchilik
Sintetik smolalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y.,5-son, 223-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) qaroriga muvofiq, buyuraman: 1. Sintetik smolalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritiladi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) muvofiq sintetik smolalar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar sintetik smolalar ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir. 2. Ushbu Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. 4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati; ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat); bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat. Quyidagilar nazorat qilinishi lozim: ish joylarining ahvoli; mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi; mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi; mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi. 7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma; mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; xodimlarni o‘qitish, bilimlarini sinovdan o‘tkazish va yo‘l-yo‘riq berish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish va yo‘l-yo‘riq berish dasturlari; har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari. 8. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozim joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi. 9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. 11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami 1997-y., 6-son 21-modda) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 12. Tashkilotning barcha xodimlari, shu jumladan rahbari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va yo‘l-yo‘riqlar olishlari lozim. 13. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq xodimlar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. 15. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 16. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘irligi ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim. 17. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 18. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart. 19. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart. 20. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 21. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir. 22. Tashkilotlarda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanishi lozim. 23. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi: xonalar va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); xonalar va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi. 25. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qo‘llanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim. 26. Tashkilot rahbariyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart: amaldagi me’yorlar bo‘yicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini; himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni; qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni; shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno). 27. Tashkilot rahbariyati, xodimlarni maxsus kiyim, poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalash vositalari bilan Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y.,19-20-son, 248-modda) muvofiq ta’minlashi shart. 28. Tashkilotda kasbiga ko‘ra tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 29. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. 30. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan boshqa ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart. 31. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi. 32. “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlar ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim. 33. “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi. 34. Tashkilot maydonlari va binolar joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh plani” talabiga mos bo‘lishi kerak. 35. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 36. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak. 37. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 38. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangani bo‘lishi kerak. 39. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim. 40. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talabiga mos kelishi kerak. 41. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi lozim. 42. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak. 43. Ho‘l jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlovchi ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak. 44. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishni ta’minlashi kerak. 45. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 46. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 47. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalar eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak. 48. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak. 49. Barcha tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 50. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak. 51. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak. 52. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga javob berishi lozim. 53. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim. 54. O‘tish joylarida (galereyalarda, zinapoyalar maydonchalarida va shunga o‘xshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga o‘xshashlar), ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarining enini kamaytirmasligi kerak. 55. Ishchi joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21°S, o‘rta og‘ir ishda 17°S, og‘ir ishda 16°S dan past bo‘lmasligi kerak. 56. Xodimlarni isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak. 57. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 58. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak. 59. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 60. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha bo‘lishi kerak. 61. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim. 62. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitar nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralariga ruxsat etiladi. 63. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talabiga mos kelishi kerak. 64. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim. 65. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam bo‘lmagan holda tozalash lozim. 66. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi. 67. Sun’iy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 68. Uchastkalarda va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan xoli holda bajarilishi kerak. 69. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. O‘ta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar (bunkyerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha ko‘chma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam bo‘lmagan va metall himoyalanish to‘ri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan bo‘lishi kerak. 70. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1997-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddati talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi. 71. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim. 72. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim. 73. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni tashkilot rahbariyati ishga qo‘ymaslikka haqlidir. 74. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika tashkiloti tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim. 75. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) tomonidan dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim. 76. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi. 77. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi. 78. Sintetik smolalar ishlab chiqarish texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik talablari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 79. Texnolgik jarayon uzluksiz, mexanizatsiyalashgan va avtomatizatsiyalashgan bo‘lishi lozim. 80. Sintetik smolalarni hosil qilganda toksikologik tavsifi kamroq xomashyo va qo‘shimchalardan foydalanish kerak. 81. Ftal kislotasi asosidagi plastifikatorlar qo‘llanganda toksikligi va uchuvchanligi pastroq birikmalarni qo‘llash kerak. 82. Akril, metakril kislota va uning efirlarini o‘z holicha polimerizatsiyalanishini bartaraf etish uchun yuqori samarali ingibitorlarni qo‘llanishi nazarda tutilishi kerak. 83. Stirol polimyerlari va sopolimyerlari ishlab chiqarilishida polimerizatsiya massasini avariyaviy to‘kish uchun zaxira sig‘imlari nazarda tutilishi lozim. 84. Sex sig‘imlari va apparatlariga xomashyoni, yarim mahsulotlarni, suyuq mahsulotlarni olib kelinishi yopiq quvurlar tizimi orqali amalga oshirilishi lozim. 85. Penopoliuretanni ishlab chiqarilishida suyuqliklarni mayda idishlarda (polimer yoki shishali) olib kelishga ruxsat etiladi. 86. Fenolformaldegid epoksid smolalarni, penopoliuretanlarni va boshqa polimyerlarni ishlab chiqarishida polimerizatsion aralashmalarni qolipga quyilishi va undagi havoni chiqarib yuborilishida xodimlarga mumkin qadar zararli moddalar ta’sirini kamaytirish lozim. 87. Polimerizatsiya aralashmalarini tayyorlash, dastlabki polimerizatsiya va sintez, haydash kublari, aralashtiruvchi, yuvuvchi apparatlarning lyuk va shtutsyerlari oson va zich yopilishi kerak. 88. Texnologik jarayon bo‘yicha ingridiyentlarni aralashtirish apparatlari ekranlashtirilgan aralashtirgichlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 89. Jihozlarni tozalash (polimerizatorlar, yuvuvchilar, tsentrifuga, quritish pechlar) qo‘l mehnatini istisno etuvchi gidravlik va mexanik usullardan foydalangan holda, changdan tozalash esa — chang tozalovchi qurilmalar yordamida bajarilishi lozim. 90. Sintetik smolalar bilan ishlaganda qoldiqni bartaraf qilish, tozalash, zararsizlantirish, yuvish, bochkalarni, barabanlarni, ishlab chiqarish apparatlarini va boshqa idishlarni bug‘lanishi himoyalangan binoda (maxsus yuvish punkti) amalga oshirilishi lozim. 91. Oqimda mahsulot tarkibini nazorat qilish (sanoat gazxromotografi yordamida) avtomatik tarzda amalga oshirilishi lozim. 92. Avtomatik nazorat qilishga imkoniyat bo‘lmagan uchastkalarda texnologik jarayonni nazorat qilib turish uchun namunalarni olinishi zararli moddalarni sizib chiqishini istisno qilishi lozim. 93. Idishlarga suyuq smola va suspenziyalarni quyilishi, qop va barabanlarga qattiq smolalarni joylanishi samarali ventilatsiya tizimi bo‘lgan holda bajarilishi lozim. 94. Granul va kukunli to‘kiluvchi materiallar sisternadan pnevmotransport orqali omborning maxsus sig‘imlariga yoki sexning zaxiradagi sig‘imiga bo‘shatilishi lozim. 95. Transport tasmalari materiallarni transportirovka qilish paytida to‘kilishini oldini oluvchi va tasmadan mahsulot qoldiqlarini mexanik tozalashga imkoniyat beruvchi qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 96. Qattiq va to‘kiluvchi sanoat chiqindilarini yuk saqlash va ko‘chirish qo‘l mehnatini istisno etuvchi, almashinadigan konteynyerlar tizimi orqali amalga oshirilishi lozim. 97. Suyuq konsentratsiyalangan chiqindilarni vaqtincha yuk saqlanadigan joyga ko‘chirish yoki termik zararsizlantirilishi asosan quvurlarda yoki zich yopilgan sig‘imlarda bajarilishi lozim. 98. Bunkyerlarni, dozirovka qurilmalarini va tabletmashinalarini yuklanishi mexanik usul yoki texnologik konteynyerlar orqali amalga oshirilishi lozim. 99. Chang va gaz ajratib ishlaydigan jihozlarni pasportida birdaniga ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan zararli moddalarni miqdori ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi lozim. 100. Tortilgan tayyorlamalarni va komponent aralashmalarini doimo tayyorlash uchun avtomatik taroz va dozatorlardan foydalanish kerak. 101. Qo‘lda tayyorlamalarni tortilishi smenada 1-2-martagacha ruxsat etiladi. 102. Buyumlarga mashina kamerasida ishlov berilganida (qizdirilganida, bo‘yashda, yuvishda) xodimlarni kamera ichida bo‘lishi man etiladi. 103. Changlanadigan materiallarning maydalanishi, talqon qilinishi, elash va aralashtirish uchun ishlab chiqarish uskunasining joylashuvi, transportda tashish va yo‘llar masofasini maksimal qisqartirishini hisobga olinishi bilan amalga oshirilishi lozim. 104. Kukunli sintetik smolalarni qoldiq namligini yo‘qotish uchun quritish yopiq apparatlarda amalga oshirilishi lozim. 105. Kukunli materiallardan bo‘shagan qop idishlarni omborda joylash va presslash ventilatsiyaga ega yopmalarda amalga oshirilishi lozim. 106. Qo‘rg‘oshindan qoplamalar tayyorlanganda va ishlatilganida xodimning teri yuzasini va ish hududi havosini qo‘rg‘oshin bilan ifloslanishini oldi olinishi kerak. 107. Sintetik smolalardan tayyorlangan buyumlarga mexanik ishlov berilganida ishlov paytida kamroq chang ajratuvchi asbob va mexanizmdan (diskli pichoq, olmos disklar) va ho‘l uslubda ishlov berishni qo‘llash lozim. 108. Elimlarni ishchi aralashmasini tayyorlanishi yopiq apparatlarda (aralashtirgichlarda, reaktorlarda) yoki mahalliy so‘ruvchi ventilatsiyaga ega yopmalarda amalga oshirilishi lozim. 109. Elimlanuvchi detallarning yuzasiga yelimni va erituvchini surtilishi cho‘tka, shprits va boshqa moslamalar bilan aspiratsiyaga ega yopmalarda bajarilishi lozim. 110. Presslash rotorining qizdirish belbog‘ining tashqi yuzalari issiqqa izolatsiyalangan bo‘lishi lozim. 111. Tayyor buyumlar yechilganidan keyin press-qoliplarni tozalovchi tizimlari mahsulotni gazli holati, chang va gratni ishchi xonaga puflanishini bartaraf etishi lozim. 112. Ftoroplastlarga termik ishlov berish uchun belgilangan jihozlar (presslar, qovushtirish pechlari) harorati oshib ketganida elektr isitgichlar avtomatik o‘chib ovozli signal berishi lozim. 113. Buyumlarni toblash uchun vannaning yuzasi yopilgan (suzuvchi shariklar, qopqoqlar) bo‘lib va bort so‘rmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 114. Ftoroplast chiqindilarini maydalovchi maydalagichlar zichlangan bo‘lishi lozim. 115. Pechkalardan buyumlarning tushirilishi, pechkalar 40°S gacha sovutilganidan keyin bajarilishi zarur. 116. Qavatli plastik ishlab chiqarilayotganida epoksid va fenolformaldegid smolalar bilan to‘ldiruvchilarni shimdirilishi (shimdirish qog‘ozi, ip gazlama mato, shisha mato) shimdirish mashinalarida amalga oshirilishi lozim. 117. Fenolformaldegid smolalar asosidagi qavatli list plastiklarni presslash uchun mo‘ljallangan jihozlar va ularga mexanik ishlov berilishi, buyumlarni yuklanishi, yuk tushirilishi va transportirovka qilinishi moslama va qurilmalar hisobiga mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim. 118. Texnolgik jarayon bo‘yicha geksametilendiamin toksikligi bo‘yicha pastroq qotiruvchiga almashtirilishi lozim. 119. Smolalar yoki kompaundlar bilan mayda detallarga ishlov berilishi ifloslanganda tashlab yuboriladigan qog‘oz bilan yopilgan maxsus temir patnislarda bajarilishi lozim. 120. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim. 121. Ishlab chiqarishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash taqiqlanadi. 122. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak. 123. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar bilan ta’minlanishi lozim. 124. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 125. Ventilatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak. 126. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim. 127. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. 128. Yonuvchi gazlar ajralib chiqishi ehtimoli bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarida havo tarkibida gazlarning portlash jihatidan xavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun (gazlarning ajralish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda) avtomatik signalizatorlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 129. Signalizatorlar avariya ventilatsiyasiga ulangan bo‘lishi zarur. 130. Avariyani bartaraf etish planida, ishchi hududida zararli moddalarning sizib chiqishi va yig‘ilishi chegaraviy ruxsat etilgan havodagi konsentratsiyalaridan oshib ketganida, chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. 131. Avariya yoki boshqa nosozliklar aniqlangan holda, avariya vaziyati mas’ul shaxslar tomonidan baholanishi, shuningdek, sexda avariya holati e’lon qilinishi hamda bu to‘g‘risida tashkilot rahbariyati xabardor qilinishi lozim. 132. Ishlab chiqarishlarni tabiiy shamollatish va tabiiy yorug‘liksiz (oynasiz va fonarsiz) binolarda joylashtirish taqiqlanadi. 133. Akril va metakril monomyerlar asosida (efirlar, aminlar) polimer va sopolimer ishlab chiqarishida boshlang‘ich xomashyoni tayyorlanishi yoki ishchi eritmalarni tayyorlash, monomer, polimer va sopolimyerlarni olish, quritish, qadoqlash yoki quyish, tayyor mahsulotlarni vaqtincha saqlash izolatsiyalangan xonalarda amalga oshirilishi lozim. 134. Polietilen va polipropilen ishlab chiqarganda eritmalarni regeneratsiya qilish bo‘limlarini, past bosimli polietilen va polipropilen ishlab chiqarish uchun katalizatorlarni joylash izolatsiyalangan xonalarda bo‘lishi lozim. 135. Polivinilxlorid ishlab chiqarishda, vinilxloridni polimerizatsiyasi va polimerni tsentrifugalash bo‘limlari, quritish va tayyor mahsulotni elash bo‘limlari alohida joylashgan binolarda bo‘lishi kerak. 136. Fenolformaldegid smolalarni ishlab chiqarishda smolaning sintezi, suyuq smolani to‘kish va qattiq smolani idishlarga solish izolatsiyalangan bo‘limlarda amalga oshirilishi lozim. 137. Epoksid smolalarni ishlab chiqarishda boshlang‘ich komponentlarni aralashtirish, mahsulotlarni yuvish, filtrlash va quritish alohida izolatsiyalangan xonalarda amalga oshirilishi lozim. 138. Stirol polimyerlarini va sopolimyerlarini ishlab chiqarish, monomyerlarni tayyorlash, ularning aralashmasini polimerizatsiyalash, ajratish va quritish alohida izolatsiyalangan xonalarda amalga oshirilishi lozim. 139. Ftoroplastlarni qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishni boshqa turdagi polimer materiallarini qayta ishlash bilan bitta binoda joylashtirishga ruxsat etilmaydi. 140. Xavfli 1 va 2-guruh moddalari bo‘lgan sintetik smolalar bilan ishlaganda hamda ularning qayta ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimlar bilan ishlaganda boshqaruv pulti himoyalangan binolarda joylashgan bo‘lishi shart. 141. Plastmassani qayta ishlash ishlab chiqarish xonalarini isitish asosan havo orqali amalga oshirilishi kerak. 142. Havo almashishini tashkil qilishda zararli moddalari yuqori klass xavfiga ega bo‘lgan xonalaridan (poliakrilatlar, fenoplastlar, aminoplatlar, etrollar) yonidagi xonaga o‘tib ketmasligi uchun bu xonalarda yuqori bosimni ushlab turish lozim. 143. Berilayotgan havo bevosita ish hududiga sozlanuvchi havo taqsimlagichlar orqali berilishi lozim. 144. Umumalmashinuv so‘rishni xonaning pastki hududidan faqat chiqindilarni maydalaganda nazarda tutish lozim. 145. Quyish termoplast avtomatlarining ikkita hududidan mahalliy so‘rmalar so‘rilishini nazarda tutib, chiqaruvchi soploning ustidagi so‘rma so‘rish zonti sifatida va buyumni quyish va eritish hududining tepa qopqog‘i ustidan so‘rma o‘rnatish kerak. 146. Ramali press-avtomatlardan mahalliy so‘rmalarni javon yopmalaridek bajarish lozim. 147. Zararli gazlar va changlar chiqishi mumkin bo‘lgan joylar, mahalliy so‘rib olish, pana joy (qoplamalar) va atmosferaga tashlashdan oldin zararli gaz va changlarni sanitariya me’yorlarigacha dastlabki tozalash tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 148. Texnologik uskunadan xavflilikning 1 va 2-darajali zararli moddalarni yo‘qotadigan mahalliy so‘ruvchi ventilatsiya ishlamaganida, uskunani ishga tushishini cheklovchi blokirovka vositasi bo‘lishi lozim. 149. A va B kategoriyadagi xonalar uchun qo‘shimcha bitta zaxira ventilyator bo‘lishini nazarda tutish lozim. 150. Kukunsimon materiallardan xaltali tarani omborda joylash va presslash ventilatsiyalovchi pana joylarda (alohida xonalar, kameralarda) amalga oshirilishi lozim. 151. Havo beruvchi va umumalmashinuv tortuvchi ventilatsiya qurilmalarini sex (uchastka, laboratoriya) ishini boshlaguncha 10 — 15 daqiqa oldin yoqish zarur, bunda havo tortuvchi ventilatsiya ishga tushiriladi, so‘ngra havo beruvchi ventilatsiya qurilmalari ishga tushiriladi. 152. Smenani qabul qilishdan oldin avariya ventilatsiyasi tizimi sozligini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish va uni qisqa vaqtga ishga tushirish bilan ishonch hosil qilish zarur. 153. Shovqin va tebranishning xodimlarga bo‘lgan zararli ta’sirini bartaraf etish maqsadida, quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rish kerak: shovqin va tebranishni hosil qiluvchi uskunani almashtirish imkonini beruvchi texnologik jarayonga o‘zgartirish yoki shovqin va tebranishni yutuvchi tuzilmalarni qo‘llash; statsionar o‘rnatilgan mashinalar va mexanizmlar (kompressorlar, elektr yurgizgichlar va polimerizatsiya reaktorlarini reduktorlari, tsentrifugalar, maydalagichlar, polimerizatsiya javonlarining ventilyatorlari) ostidagi fundamentga izolatsiyalovchi taglikni joylashtirish; agregatlar uchun shovqin tutuvchi yoki uni alohida qismlarini qo‘llash, tebranayotgan sirtni tebranishni tutuvchi, yuqori ichki ishqalanishli materiallar (bitum shimdirilgan ruberoid, maxsus plastmassa va mastikalar) bilan qoplash; temir qismlarni, plastmassa detallarga o‘zgartirish, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun shovqin tutuvchi kabinalarni jihozlash; agregatlarni chiqaruvchi va so‘ruvchi teshigiga, shovqin pasaytirgichlarni o‘rnatish, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga turli shovqin yutuvchi materiallar bilan ishlov berish; sintetik smolalarga mexanik ishlov berilganida (kesish, silliqlash, parmalash) xonalarning ichki sirtlarini shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplash. 154. Tovush darajasi 85 dBA dan yuqori bo‘lgan hududlar xavfsizlik belgilari bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Ushbu hududlarda shaxsiy himoya vositalaridan tiqin yoki shovqinga qarshi quloqchinlar qo‘llanishi lozim. 155. Tashkilot hududiga keladigan materiallar va uskunalar uchun shu maqsadga ajratilgan va tayyorlangan maxsus omborlar va yuk ortish-tushirish maydonchalari bo‘lishi va ularning tuzilishi va joylashishi QMQ 2.09.12-98 “Ombor binolari” talablariga mos bo‘lishi kerak. 156. Yuklash-tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 157. Ombor va yuk saqlash uchun maydonchalarda barcha yuklash, tushirish va og‘ir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim. 158. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis bo‘lib, chuqurchalarsiz va 50 dan oshmaydigan nishabi bo‘lishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yo‘llar qoplamasiga teng bo‘lishi lozim. Yilning qish oylarida yuk saqlash uchun maydonchalar doimo qor va muzdan tozalanib, qum, kul yoki shlak sepilishi kerak. 159. Omborlarda materiallarni taxlash usullari yoritilgan mehnatni muhofaza qilish va yong‘in profilaktikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi. Bu yo‘riqnomada ushbu omborda qanday materiallar, qancha miqdorda, qanday idishda saqlanishi mumkinligi ko‘rsatiladi. Ko‘rinarli joylarga yuklarni joylash va ortish sxemasi osib qo‘yiladi. 160. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirishda harakat yo‘nalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak. 161. Omborda ustma-ust taxlangan yoki stellajdagi idishli yuk yo‘laklar oraliq eni 1,5 m kam bo‘lmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganida, yo‘lakka qo‘shimcha qo‘llanadigan transport vositalari o‘lchamlari kengligida yo‘l bo‘lishi lozim. 162. Tashkilotlardagi yuk ortish-tushirish estakadalari, maydonchalari, platformalarining pollari vagon poli yoki transport vositalarini kuzovi balandligi bilan barobar bo‘lishi kerak. 163. Yuk ortish maydonchasi perimetri bo‘yicha (bundan yuk tashish transporti yo‘li mustasno) balandligi 30 sm li mustahkam himoyalovchi to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. 164. Sintetik smolalarni ish joylariga keltirilishi qopqog‘i zich yopiladigan maxsus idishlarda amalga oshirilishi lozim. 165. Sintetik smolalar asosidagi aralashmalarning saqlanishi uchun bir marotaba ishlatiladigan karton idishlardan foydalanish lozim. 166. Sintetik smola yoki kompaundan bo‘shagan idishlarning yuvilishi maxsus yaxshilab shamollatiladigan xonalarda maxsus yuvish vannalarida mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi lozim. 167. Sintetik smolalar maxsus omborlarni yopiq yuk saqlash xonalarida yoki umumiy omborxonani maxsus ajratilgan qismlarida saqlanadi. 168. Tarkibida organik eritmalari bo‘lgan epoksid lak-bo‘yoq materiallarni zich yopilgan idishlarda yengil alangalanuvchi moddalar saqlanadigan xonalarda saqlash kerak. 169. Tashkilotlarni chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, ko‘mib tashlash va utillashtirishda belgilangan tartiblarga rioya qilishi majburiydir. 170. Tashkilotlarda majburiy ravishda barcha turdagi chiqindilarning inventarizatsiyasini o‘tkazish tashkil etilishi, chiqindilarning har bir turiga pasportlar ishlab chiqilishi va chiqindilarning insonlarning hayoti va atrof muhit uchun xavflilik darajasi aniqlanishi shart. 171. Tashkilotda chiqindilar tashkil etilgan joylarda yopiq konteynyerlarda, yog‘ingarchilik tushmaydigan holda saqlanishi lozim. 172. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim. 173. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi. 174. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi shart. 175. Uskunalarning konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish jihozlari. Xavfsizlikning umumiy talablari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar soz holatda bo‘lishi shart. 176. Uskunalarning konstruksiyasida uning tarkibiy qismi bo‘lgan bug‘ o‘tkazgichlar va elektr simlarining bexosdan zararlanish xavfi bartaraf etilgan bo‘lishi kerak. 177. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab bo‘ladigan o‘tkir bo‘g‘inli, hoshiyali, tikanli bo‘lmasligi lozim. 178. Uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari, keltiruvchi, uzatuvchi mexanizmlari uning korpusida joylashgan bo‘lishi kerak. 179. Muhofazalash konstruksiyasi qo‘shimcha shovqin, vibratsiya, xavfli vaziyat yuzaga keltirmasligi va xizmat ko‘rsatishni qiyinlashtirmasligi lozim. 180. Uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, to‘r) yoki tez ochiladigan bo‘lishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini to‘xtatish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 181. Boshqaruv tizimi joylashuvi va konstruksiyasi ishlab chiqarish jihozlarining bevosita va bilvosita harakatga kelishining oldini olishi lozim. 182. Uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak. 183. Uskunalarni texnik jihatdan ta’mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi tashkilotning foydalanish bo‘yicha qo‘llanmasiga asosan bajariladi. 184. Xavfli joylarda muhofazalash qurilmalari va himoya vositalari bo‘lmagan jihozlarda ishlash taqiqlanadi. 185. Buzilgan jihoz ustiga unda ishlash mumkin emasligini ko‘rsatuvchi ogohlantiruvchi belgi qo‘yilishi lozim. Bundan tashqari qurilmada uni ta’mirlash ishlari tugatilmaguniga qadar ishga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar ko‘rilishi lozim. 186. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2006-yil 18-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak. 187. Barcha tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim. 188. Yoritish va quvvatli uskunalar va elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi muhit sharoitlariga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo‘lishi shart. 189. Elektr qurilmalari mavjud bo‘lgan barcha ishlab chiqarish va omborxonalar uchun yong‘in va portlash xavfi darajasi belgilangan bo‘lishi shart. 190. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda (fermentatsiyalovchi kameralar, namlovchi kameralar, tamakini kesishga tayyorlovchi bo‘linmalar) elektr yoritgichlar namlikdan elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda bo‘lishi shart. Elektr o‘tkazgichlari po‘lat quvurlarda o‘tkazilishi lozim. 191. Yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish va omborxonalardagi yoritgichlar yopiq chang o‘tkazmaydigan bo‘lishi lozim. 192. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va elektrik chidamliligi tekshirilib turilishi lozim. 193. Barcha elektr o‘tkazgichlar, shinalar, saqlagichlar belgilangan bo‘lishi, saqlagichlarda, shuningdek ularning nominal toki ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 194. Elektr tarmog‘idagi va elektr apparatlaridagi uchqun, qisqa tutashuv, kabellar va elektr o‘tkazgichlarning yonuvchi izolatsiyasining haddan tashqari qizishiga olib keluvchi nosozliklar navbatchi xodimlar tomonidan darhol bartaraf etilishi lozim, nosoz elektr tarmog‘i yong‘in jihatdan bexatar holatga keltirilgunga qadar o‘chirib qo‘yilishi lozim. 195. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi tashkilot elektriklari tomonidan tashqi ko‘rikdan o‘tkazish va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirib turilishi lozim. 196. Yangi elektr apparatlari va agregatlarini mavjud elektr tarmog‘iga ulash bosh energetik (mexanik)ning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim. 197. Elektr apparatlari va agregatlari nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 198. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim. Bundan tashqari har safar momaqaldiroqdan so‘ng yashin qaytargichlarning elementlarini tekshirib ko‘rish lozim. 199. Tashkilot hududida ishlab chiqarishni (sex) yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni ta’mirlashga to‘xtatish uchun tashkilot (sex) bo‘yicha chiqarilgan buyruq (farmoyish) chiqarilishi lozim. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek ko‘rsatilgan ishlarga uskunalar va obyektni to‘liq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining ta’mirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxslar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi. 200. Barcha asbob-uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval bo‘yicha belgilangan muddatlarda rejali ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi. 201. Ta’mirlash ishlarida band bo‘lgan pudratchining barcha xodimlari ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu sexda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kirish yo‘riqnomasidan o‘tkazilishi lozim. 202. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan o‘tkazilishi lozim. 203. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi bo‘lgan moddalarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan me’yoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi kerak. 204. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin, kuyidagilar bajarilishi lozim: a) elektr energiya ta’minotidan o‘chirish; b) asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlardan bo‘shatish; v) ta’mirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va o‘ralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish. 205. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan ta’minlangan soz narvonlardan foydalanish lozim. 206. Tashkilot hududida qazish ishlarini bajarishda buyurtmachi pudratchiga naryad-ruxsatnoma bilan birga tegishli sex va xizmatlar bilan kelishilgan ruxsatnomani yozma tarzda topshirishi kerak. 207. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek ish tugaganidan keyin uzish, sex boshlig‘ining ruxsati bo‘yicha buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi. 208. Ta’mirlash ishlari tugallanganidan so‘ng asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqandan so‘ng, foydalanishga qabul qilinishi lozim. 209. Ishchilar bajariladigan ish xususiyatiga muvofiq soz asbob va moslamalar jamlamasi bilan ta’minlanishi lozim. 210. Asbob va moslamalar holati oyiga kamida bir marta tekshirilishi lozim. 211. Texnik xizmat ko‘rsatish, davriy va kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlarni bajarish tartibida, ishlab chiqaruvchi zavod tasdiqlagan ta’mirlash va foydalanish hujjatida belgilangan zarur ish hajmini ko‘rsatish lozim. 212. Texnologik uskuna ta’mirlanganidan so‘ng sinash va ishlatib ko‘rish zarur. Qism va dastgohlarni ishlatib ko‘rish avvalo 2 soat davomida “bo‘sh” harakatda, so‘ng 10 soat davomida ish yuklovi ostida bajariladi. 213. Ishlatib ko‘rish uchun mexanizmlarni yoqishdan oldin, tarmoqlar to‘g‘ri yig‘ilgani, begona jismlar yo‘qligini ko‘rishi va ishonch hosil qilishi, havo uzatish pnevmatik tizimning to‘g‘ri ulanganligi, qotirish mustahkam va to‘g‘ri qilinganligiga ishonch hosil qilish lozim. 214. Agregatning yurituvchi elektr yurgizgichlarini yoqishdan oldin, aylanma arralash va fugoval dastgoh ventilyator patrubkalarini ko‘zdan kechirish lozim. 215. Sinov va ishlatib ko‘rish davrida ta’mirlangan tarmoq va dastgohlarni barcha yig‘ish defekti, elektrodvigatel va tarmoq podshipniklarining qizish darajasi, moy oqishi bartaraf qilinadi. 216. Uskuna yig‘ilganidan yoki ta’mirlanganidan so‘ng foydalanish uchun uni yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur: a) odamlarni xavfsiz joyga o‘tkazish; b) mashina tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olib tashlash; v) himoya to‘siqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish; g) harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash; d) himoya saqlovchi va nazorat o‘lchov asboblarining sozligini tekshirish; e) uskuna yig‘ilishining to‘g‘riligini tekshirishda, o‘zaro bog‘liq harakatlanuvchi mexanizmlarning to‘liq siklida uni harakatlanuvchi qismini aylantirish; j) uskunani bo‘sh harakatda va ish yuklovi ostida sinash 217. Uskuna ta’mirlanganidan so‘ng foydalanishga yaroqliligi qabul qiluvchi komissiyaning dalolatnomasida qayd qilinadi. 218. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi. 219. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 220. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
96
49,711
Qonunchilik
EKSPORT-IMPORT YuKLARINI RASMIYLAShTIRIShDA BOJXONA ORGANLARIGA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Hujjat matni rus tilida berilgan. Kelishilgan:
136
46
Qonunchilik
QQSga oʻtishga tayyorgarlik koʻrish uchun hali vaqt bor
«Norma» PRM 23 noyabrda «QQSga oʻtish uchun tayyorgarlik koʻrish rejasi: 2019 yil 1 yanvargacha yana nimalarga ulgurish mumkin» mavzusida maхsus trening oʻtkazadi. U muammosiz va moliyaviy yoʻqotishlarsiz QQSga oʻtishda biznesga yordam beradi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab 2018 yil yakunlari boʻyicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard soʻmdan oshgan yoki yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan YaST toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkaziladi (Prezidentning 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi PF–5468-son Farmoni). QQS toʻlashga oʻtishga oldindan hozirlik koʻrilmasa, koʻp muammolarga toʻqnash kelish mumkin. YaST toʻlovchilar oʻrtasidagi koʻplab shartnomalar 2018 yilda tuzilgan va 2019 yilda amal qilishda davom etadi. Ularning qiymati esa soliq solish tizimidagi oʻzgartirishlar hisobga olinmagan holda koʻrsatilgan. Natijada shartnoma tuzgan har bir tarafda savollar yuzaga keladi.   Yetkazib beruvchilarda: Xaridorlarda: – хaridordan shartnoma narхidan tashqari qoʻshimcha ravishda QQS toʻlashni talab qilish mumkinmi? – ushbu talabni rad etsa, nima qilish kerak? – yetkazib beruvchining shartnoma narхidan tashqari qoʻshimcha ravishda QQS toʻlash toʻgʻrisidagi talabini bajarishga majburmanmi? – agar bunday majburiyatim boʻlmasa, baribir men uchun yetkazib beruvchi toʻlaydigan QQSni hisobga olishim mumkinmi? Buхgalter quyidagi savollarga ham javob topishi kerak: – sotish narхi va soliq solinadigan aylanma: moliyaviy hisob ma’lumotlariga koʻra soliq solinadigan baza shakllanishini nazorat qilish; –  2018 yilgi shartnomada QQSsiz narх koʻrsatilgan boʻlsa, sotishni qanday amalga oshirish kerak; – savdo ustamasi va QQS: soliqqa oid хatarlar va ularni kamaytirish; – NKM va toʻlov terminallarini sozlash – 1.01.2019 yildan boshlab sotib olinayotgan tovar (ish, хizmat)ning har bitta pozitsiyasi boʻyicha хaridor toʻlagan QQSni cheklarda ajratib koʻrsatish; – qarz shartnomasi: QQSni toʻlaydigan va toʻlamaydigan shaхs oʻzaro hamkorlik qilganda QQSga oʻtishning ta’sirini hisobga olgan holda hisob yuritish; – soliq solinadigan import hisobi: import kontraktini tuzish bosqichida tovarning bojхona qiymatini tahlil qilish; – soliq va buхgalteriya hisobi: tannarхning sotish narхidan oshishi хatarlarini qanday kamaytirish mumkin. Treningni quyidagilar oʻtkazadi: Tatyana Nazarova, «ElectEx» konsalting kompaniyasining asoschisi va direktori. Buхgalteriya hisobi va audit sohasida 12 yildan ortiq amaliy ish tajribasiga ega. 2007 yilgi «Buхgalteriya hisobi sohasidagi yetakchi professionallar» respublika tanlovining «Eng yaхshi buхgalter» nominatsiyasi gʻolibi. XMHS (ACCA DipIFR) boʻyicha diplom sohibi.   Timur Orifjonov, «Uri-Kom» advokatlik firmasining advokati, hamkor. Xoʻjalik (iqtisodiy) huquqi sohasida 22 yillik amaliy ish tajribasiga ega. Ma’lumoti: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toshkent), Pittsburg Huquq maktabi (Pittsburg universiteti, Pensilvaniya, AQSh), huquq magistri, huquq bakalavri. QQSni joriy etishga tayyorgarlik koʻrib, korхonangizning salmoqli mablagʻlarini tejab qolmoqchi boʻlsangiz, «QQSga oʻtish uchun tayyorgarlik koʻrish rejasi: 2019 yil 1 yanvargacha yana nimalarga ulgurish mumkin» maхsus treningiga tashrif buyuring. U 2018 yil 23 noyabr, juma kuni soat 14-00 dan 18-00 gacha «Norma» oʻquv markazida boʻlib oʻtadi. Treningda barcha qatnashchilar tarqatma materiallar – tavsiyalar, oʻtish sanasiga kelib QQSning hisobga olinadigan summasini maksimallashtirish boʻyicha qadamma-qadam yoʻriqnoma, koʻp uchraydigan savollarga javoblarni oladilar. Havola orqali oʻtib yozilish mumkin. Ajratilgan joylar soni cheklangan! Ulgurib qolishga shoshiling.
55
3,743
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-746-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2021-yil 3-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-746-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
723
Qonunchilik
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-son “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi va 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 11-yanvardagi 110, 01/03-26/29-son (ro‘yxat raqami 2755, 2016-yil 28-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 4-son, 39-modda) qarori bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zgartirishlarning 1-bandi yettinchi xatboshisi 2019-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. 1. 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Korporativ boshqaruvchi malaka attestati (bundan buyon matnda malaka attestati deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi. 2. Xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari va kuzatuv kengashi a’zolari sifatida tayinlanadigan shaxslar malaka attestatini olishi shart, quyidagilar bundan mustasno: O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) xodimlari; investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi tomonidan kuzatuv kengashi a’zosi sifatida ilgari surilgan shaxslar; kuzatuv kengashining davlat ulushi bo‘yicha mustaqil a’zosi sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega bo‘lgan, shu jumladan xorijiy shaxslar; kuzatuv kengashi tarkibiga kiritish uchun malaka attestatiga ega nomzodlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) hisoblangan mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari — belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan nomzodlar tasdiqlangunga qadar muddatda. Bunda ushbu rahbarlar mazkur muddat mobaynida o‘zining o‘rniga yoki qo‘shimcha ravishda o‘zining xodimlarini kuzatuv kengashi tarkibiga nomzod sifatida tayinlash huquqiga ega.”. 2. 3 va 14-bandlardagi “Markazning” degan so‘z “Oliy maktabning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 5, 22 va 24-bandlardagi “Markazga” degan so‘z “Oliy maktabga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 8, 11 va 26-bandlardagi “Markaz” degan so‘z “Oliy maktab” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Agentlik va Oliy maktabning mas’ul xodimlaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Komissiya tarkibiga qo‘shimcha ravishda boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oliy maktab direktori qarori bilan tasdiqlanadi. Komissiya a’zolarining soni 9 kishidan kam bo‘lmasligi kerak. Komissiyaning raisi Oliy maktab direktori, uning yo‘qligida esa o‘rnini bosuvchi shaxs hisoblanadi.”. 6. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. Suhbatdan o‘tgan shaxs komissiyaning malaka attestatini berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng 3 oy muddatda Oliy maktabga eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida qiymat to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining nusxasini taqdim etadi. Shundan so‘ng Olyi maktab tomonidan 3 kun muddatda malaka attestati rasmiylashtiriladi va beriladi. Arizachi tomonidan 3 oy muddatda Oliy maktabga eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida qiymat to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining nusxasi taqdim etilmaganda komissiya qarorining ushbu arizachiga malaka attestatini berish bo‘yicha qismi haqiqiy emas deb hisoblanadi.”. 7. Ilovadagi “KORPORATIV BOSNQARUV ILMIY-TA’LIM MARKAZI” hamda “SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL CENTER FOR CORPORATE GOVERNANCE” degan so‘zlar tegishli ravishda “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI NUZURIDAGI LOYINA BOSNQARUVI MILLIY AGENTLIGI QOSNIDAGI ABU RAYNON BERUNIY NOMIDAGI BIZNES VA BOSNQARUV RESPUBLIKA OLIY MAKTABI” hamda “REPUBLICAN GRADUATE SCNOOL OF BUSINESS AND MANAGEMENT NAMED AFTER ABU RAYNAN BERUNI UNDER TNE NATIONAL AGENCY OF PROJECT MANAGEMENT UNDER TNE PRESIDENT OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi bilan kelishilgan.
111
5,560
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI HAMDA BOSh BUXGALTERLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA 3-SON O‘ZGAR
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 3-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihasini ko‘rib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 22-yanvarda 1204-son bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 3-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin. 1. 8-bandda “Komissiya suhbatidan” so‘zlaridan so‘ng “va (yoki) test sinovidan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 2. 10-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “kichik biznesni kreditlash tartibi;” 3. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20. Xodimning lavozimiga muvofiqligi Komissiya tomonidan o‘tkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga ko‘ra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Mazkur qaror tijorat banklariga hamda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga yetkaziladi.” 4. 23-bandda “Komissiyaga qayta suhbatga” so‘zlaridan so‘ng “va (yoki) test sinoviga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
250
1,622
Qonunchilik
Natalya Krasilnikova: «director.uz da oʻqiganimdan keyin rahbar bilan muomala qilishim osonlashdi»
Natalya Krasilnikova direktor.uz dagi kichik va хususiy biznes sub’yektlarining moliyaviy savodхonligini oshirish boʻyicha oʻquv kursini tugatib, barcha dasturlardan muvaffaqiyatli oʻtganini tasdiqlovchi hujjat – sertifikat olganlardan. U norma.uz portaliga bergan intervyusida qoʻlga kiritgan bilimlari asqotganligi haqida soʻzlab berdi.   – Natalya, bu siz bilan ikkinchi suhbatimiz. Birinchi marta bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimi attestatini olganingizda suhbatlashgan edik. Oʻshanda siz bir.uz da nazarda tutilgan barcha 9 ta buхgalter mutaхassisligi boʻyicha attestat olishni rejalashtirayotganligingizni aytgan edingiz. Rejangiz amalga oshdimi? – Hozircha ishlarim koʻpligi tufayli buni keyinroqqa qoldirdim. Ishlab turib internetda «Norma» PRMning yangi mahsuloti – direktor.uz haqidagi хabarga koʻzim tushdi. Qiziqib qoldim va shugʻullanishni boshladim. – Oхir-oqibat kursdan oʻtib, sertifikat oldingizmi? – Ha, shunday boʻldi. – Hujjatni amalda qoʻlladingizmi? Kredit olish uchun bankka bordingizmi? – Guvohnomani hali bevosita amalda qoʻllab koʻrmadim, bir.uz sertifikati va attestati bilan birga turibdi. Kelgusida tadbirkorlik bilan shugʻullanish rejamda bor. Hozircha esa sevimli ishim – buхgalterlik bilan mashgʻulman.   Lekin direktor.uz dagi mashgʻulotlar davomida egallagan bilim va koʻnikmalarim juda asqotyapti. Xarajatlarni iqtisod qilish va optimallashtirish, kelgusi yilga rivojlanishni rejalashtirish masalalari barcha korхonalar singari biz uchun ham dolzarbdir. Ilgari iхtisoslikka oid jihatlarni direktorga tushuntirishda qiynalardim. Ba’zida u meni tushunmasdi. Endi rahbar bilan muomala qilishda nafaqat direktor.uz tizimida egallagan bilimlarimni, balki tizimdagi murakkab materialni taqdim etish borasidagi yondashuvni ham qoʻllayapman. Bu esa oʻz samarasini koʻrsatyapti.  – direktor.uz resursi qaysi jihati bilan yodingizda qoldi? – Murakkab jarayonlarning sodda bayon etilishi menga yoqdi. Oʻquv materiali palov markazi misolida bayon etilganligi sababli, hammasi tushunarli boʻldi. Palov qanday tayyorlanishini hamma biladi, shu bois material oson oʻzlashtiriladi. «Norma» professional rivojlanish markazining barcha mahsulotlari tushunarli qilib berilganligini ta’kidlab oʻtmoqchiman. Igor Aipkin oʻtkazadigan QQS boʻyicha treninglarni aytmaysizmi? Hammasi tushunarli va sodda qilib beriladi. Treningda ajoyib tarqatma materialini oldim, unga korхonamizga doir ma’lumotlarni kiritib, hisob-kitoblarni oldik, bu bilan korхonamizning yaqin istiqboldagi rivojlanish strategiyasini yaratishga muvaffaq boʻldik. – Kelgusidagi rejalaringiz qanday? – Kelgusi oylarda faqat ishlamoqchiman. Korхonamiz rivojlanishidagi murakkab bosqichdan oʻtib olaylik, keyin oʻylab koʻrarman…  Oleg Gayevoy suhbatlashdi.
98
2,746
Qonunchilik
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining sifati хalqaro standartlarga yetkaziladi
Prezidentning 18.05.2020 yildagi “Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining sifat va хavfsizlik koʻrsatkichlari хalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi: Qishloq хoʻjaligi vazirligi organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq хoʻjaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasidagi barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organ etib belgilandi. Unga quyidagi huquqlar berildi: Organik qishloq хoʻjaligiga oʻtkazilgan yer uchastkalarida ekinlarni joylashtirish organik standart talablarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan almashlab ekish sхemalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Bunda ekinlarni joylashtirishda davlat aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar belgilandi: Shuningdek, Farmon uning qoidalarini amalga oshirish uchun tegishli vazirlik va idoralarga berilgan qator topshiriqlarni oʻz ichiga olgan. Elmira Siraziyeva.
75
1,039
Qonunchilik
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 36-son, 477-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 6-maydagi 2009-27-son “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan aksiyalar egalari reyestrini qabul qilish tartibi va hujjatli aksiyalarni harakatsizlantirish mexanizmi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1968, 2009-yil 12-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 24-son, 281-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddimadagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Vaqtinchalik nizomning 1-bandi yettinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan kelishilgan.
250
2,243
Qonunchilik
Bahouddin yodgorlik majmuasida qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh mehnatkashlarni taqdirlash to‘g‘risida
Naqshbandiya ta’limotining asoschisi faylasuf shayx Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borishda alohida o‘rnak ko‘rsatganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvoni berilsin:
152
231
Qonunchilik
Ayrim mahsulotlarni realizatsiya qilish va olib kirish QQSdan ozod qilindi
25.10.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-725-son Qonun qabul qilindi. Soliq kodeksining 483-moddasi 9-qism bilan toʻldirildi, unga muvofiq 2021 yil 10 oktyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar quyidagilarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar va respublika hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi: Qonun u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Uning qoidalari 2021 yil 10 oktyabrdan boshlab yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 26.10.2021 yilda e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
74
691
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING USTYuRT VA HISOR MINTAQALARIDA UGLEVODORODLARNI RAZVEDKA QILISh VA QAZIB ChIQARISh BO‘YIChA “O‘ZPEK LIMITED” KOMPANIYASI (BUYuK BRITANIYA) BILAN HAMKORLIK TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt va Hisor mintaqalarida neft va gaz konlarini razvedka qilish va ularni qazishga bevosita chet el investitsiyalarini jalb qilish hisobiga utlevodorod xomashyosi resurs bazasini va uni qazib olishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Britaniyaning “Triniti Enerdji” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida neft-gaz konlarini razvedka qilish va qazish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan “O‘zPEK Limited” sho’ba korxonasi tashkil etilganligi va u Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, sho‘ba korxona: texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishni tugallaganligi va O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Ustyurt va Janubiy-G‘arbiy Hisor litsenziyalangan hududlarida neft-gaz konlarini razvedka qilish va qazish xamda infratuzilma qurilishi bo‘yicha kombinatsiyalashgan investitsiya loyihasini amalga oshirishga Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni tayyorlaganligi; 420 mln. AQSh dollari miqdoridagi mazkur investitsiya loyihasini, shu jumladan, birinchi besh yilda — 200 mln. AQSh dollaridan ortiq miqdordagi bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan bevosita investitsiyalar hisobiga amalga oshirishi; mavjud istiqbolli maydonlarda qidiruv-razvedka burg‘ulash ishlarini va Markaziy Ustyurtning litsenziyalanadigan hududlarida yangi istiqbolli obyektlarni tayyorlash va burg‘ulashga kirishish bo‘yicha dala geofizika ishlarini olib borishi; Odamtosh gaz kondensati va Janubiy-Qizil bayroq neft-gaz konini foydalanishga topshirishi, razvedkagacha, foydalanish quduqlari qazishi va Janubiy-G‘arbiy Hisorning litsenziyalanadigan hududlarida joylashgan kichik va past samarali konlarda uglevodorodlar qazib olishni tashkil etish imkonini beruvchi mintaqaning yagona infratuzilmasini qurishi; loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga muvofiq Janubiy-G‘arbiy Hisorning litsenziyalanadigan hududida yangi neft to‘plamlarini qidirish bo‘yicha geologiya-razvedka ishlarini amalga oshirishni nazarda tutganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zPEK Limited” kompaniyasining investitsiya loyihasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi PF-2598-son Farmoni bilan xorijiy investorlarga beriladigan rejimlar va imtiyozlar joriy etilsin. 3. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur investitsiya loyihasi bo‘yicha Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni ekspertizadan o‘tkazsin hamda 2001-yil 5-martgacha uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 4. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining belgilangan tartibda “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga: keyinchalik navbatdagi uch yillik muddatga uzaytirish huquqi bilan besh yil muddatga Markaziy Ustyurt va Janubiy-G‘arbiy Hisor hududlarida qidirish-razvedka qilish ishlarini amalga oshirish uchun; o‘n besh yil muddatga uzaytirish huquqi bilan yigirma besh yil muddatga, “O‘zPEK Limited” kompaniyasi bilan kelishilgan jo‘g‘rofiy “koordinatlar doirasida, uglevodorodlar qazib chiqarish uchun litsenziya berishiga ruxsat etilsin. 9. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zPEK Limited” kompaniyasi: Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir oy muddatda mazkur loyiha monitoringini amalga oshirish va mazkur loyiha xorijiy investitsiyalarini hisobga olish uchun doimiy ishlaydigan Boshqaruvchi qo‘mita tashkil etsinlar; Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O‘zdavstandart” markazi bilan birgalikda bojxona rasmiylashtiruvi tartibotini belgilovchi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasiga keltiriladigan tovarlar, materiallar, texnologik jihozlar va o‘lchov vositalarining erkin aylanishi hamda ularni sertifikatlash uchun mo‘ljallangan, shuningdek uglevodorodlarni yoki ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarish va mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotga hamda “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga tegishli tovarning kelib chiqishiga sertifikatlar berish tartibini ishlab chiqsinlar. 10. Belgilab qo‘yilsinki: “Sanoatkontexnazorat” agentligi tomonidan “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga kon tarmog‘i ajratiladi, shuningdek kompaniya qo‘llaydigan texnologiya bo‘yicha ishlab chiqarish xavfsizligi yuzasidan ekspert xulosalari beriladi; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda xar yili “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga yer usti va yer osti manbalaridan suv olish uchun zarur limit ajratiladi; “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan buyurtmachi mablag‘lari hisobiga Markaziy Ustyurt va Janubiy-G‘arbiy Hisorning litsenziyalangan hududlarida topografiya-geodeziya, aerosuratga olish va kartografiya ishlari amalga oshiriladi, ushbu ishlar natijalarini belgilangan tartibda “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga berish ta’minlanadi; O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan “O‘zPEK Limited” kompaniyasiga va uning subpudratchilariga aloqaning radioelektron vositalaridan va jihozlarning yuqori chastotali turlaridan foydalanishga ruxsatnomalar beriladi; “O‘zPEK Limited” kompaniyasi va uning xorijiy subpudratchilari loyihani amalga oshirishda atrof muhitiga yetkazilgan zarar uchun javob bermaydi, “O‘zPEK Limited” kompaniyasining yoki uning xorijiga subpudratchilarining qasddan qilingan xatti-harakatlari yoki harakatsizligi hollari bundan mustasno. 11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi “O‘zPEK Limited” kompaniyasi xodimlari va uning subpudratchilari hamda ularning oila a’zolari uchun kamida bir yil muddat bilan ko‘p martalik kelish vizalari rasmiylashtirishni, shuningdek ularni yashash joylarida ro‘yxatdan o‘tkazishni rasmiylashtirish yig‘imlari va davlat boji undirmasdan ta’minlasinlar. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
195
6,138
Qonunchilik
Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi
Prezidentning 18.04.2017 yildagi tegishli Farmoni imzolangani haqida OʻzA хabar berdi. Hujjat bilan tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Davsuvinspeksiya) bevosita oʻziga hisobot beradigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalariga ega. Shu tariqa, mamlakatimizda suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasidagi davlat nazorati organlarining yagona tizimi tashkil etiladi. Bunda lavozimga tayinlash va undan ozod etishning quyidagi tartibi belgilangan: Davsuvinspeksiya quyidagilarni nazorat qiladi: Yangi tashkil etilgan  Davlat inspeksiyasi alohida masalalar yuzasidan Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha Respublika komissiyasi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
80
1,387
Qonunchilik
Maхsus transportga toʻsqinlik qilganlik uchun jarima ikki baravar oshishi mumkin
MJTKning 1285-moddasi birinchi qismiga tegishli tuzatishlar kiritish taklif qilinmoqda. Loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan. Sanksiyalar toʻsqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining oʻtib ketishiga хalaqit bergan haydovchilarga nisbatan qoʻllaniladi. Jarimani ikki baravar: amaldagi BHMning 5 baravaridan BHMning 10 baravarigacha oshirish rejalashtirilmoqda. Bunda  ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida huquqbuzarlikni takror sodir etganlik uchun jazo hozirgi darajada qoladi – BHMning 20 baravari miqdorida jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etish. Koʻk yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maхsus tovushli ishoralarini yoqqan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan transport vositalariga toʻsqinliksiz harakat qilish huquqi berilgan. Yoʻl harakati qoidalarining 26-bandiga asosan ular yaqinlashib kelayotganda haydovchilar yoʻl berishlari shart. Biroq aynan qay tarzda yoʻl berishlari hujjatda bayon etilmagan. Normani amaliyotda roʻyobga chiqarish jihatlarini tushuntirgan holda, poytaхt IIBB quyidagilarni koʻrsatib oʻtdi: birinchidan, maхsus transportga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur boʻlgan hollarda harakatlanish tezligini darhol toʻхtash imkoniyatini beradigan darajada kamaytirishlari shart. Yoʻnalishni keskin oʻzgartirishning keragi yoʻq, ortda harakatlanayotgan haydovchilarni unutmaslik lozim.  Eng yaхshisi -  uzoqdan sirena ovozi eshitilganda tormoz berib avariyaviy vaziyatni keltirib chiqarmaslik uchun qayta tizilishga tayyorlanish; ikkinchidan, jahonda maхsus transport favqulodda vaziyatlarda odatcha chap yoʻldan harakatlanadi. Uni oʻtkazib yuborish uchun chap yoʻlga tushib qolgan barcha haydovchilar chap tomonga siljishlari, qolgan harakat yoʻllaridagilar – oʻng tomonga siljib “qutqarish yoʻlagini” barpo etishlari kerak. “Mayoqlini” oʻtkazib yuborgandan keyin, ortiqcha shoshilmasdan oʻz yoʻliga qaytish kerak. Keskin harakat qilmasdan, burilish chiroqlarini yoqib harakatning boshqa ishtirokchilarini ogohlantirgan holda uygʻun ravishda harakat qilish lozim; uchinchidan, maхsus transportni oʻtkazib yuborayotganda qoidani buzish, masalan, stop-chizigʻi yoki sidirgʻa chiziqni kesib oʻtish  mumkin. Buning uchun jarima solishmaydi, sababi haydovchining harakatlari oхirgi zarurat holatida qilingan deb tan olinadi (MJTKning 271-moddasi). Shu bois, hatto bunday qoidabuzarlik avtoqayd qilish kamerasiga tushgan taqdirda ham jarima solish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinadi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov.
80
2,679
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripovning yozma murojaatiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilgan deb hisoblansin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
102
458
Qonunchilik
Akademik litseylarda saralash imtihonlarini o‘tkazish, rasmiylashtirish va natijalarini e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-son “Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi qaror qiladi: 1. Akademik litseylarda saralash imtihonlarini o‘tkazish, rasmiylashtirish va natijalarini e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-son “Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq akademik litseylarda saralash imtihonlarini o‘tkazish, rasmiylashtirish va natijalarini e’lon qilish tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan dastlabki tanlovdan o‘tgan 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylarga qabul qilish uchun saralash imtihonlari (bundan buyon matnda saralash imtihonlari deb yuritiladi) tashkil etiladi. 2. Saralash imtihonlari ijodiy imtihon yoki test sinovlari tarzida tashkil etiladi. Saralash imtihonlarini test sinovlari yoki ijodiy imtihon shaklida o‘tkazish ta’lim yo‘nalishiga muvofiq akademik litseylar tomonidan mustaqil belgilanadi. 3. Saralash imtihonlari barcha o‘quvchilar uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshiriladi. 4. Saralash imtihonlari har yili 10-iyuldan 25-iyulga qadar o‘tkaziladi. 5. Ijodiy imtihonlar har bir fan bo‘yicha Maslahat kengashi tavsiyasiga asosan oliy ta’lim muassasasi rektor buyrug‘i bilan tashkil etiladigan har biri kamida 5 — 7 nafar a’zodan iborat komissiya tomonidan o‘tkaziladi. 6. Test sinovlari Maslahat kengashi tavsiyasiga asosan oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan tashkil etiladigan kamida 7 nafar a’zodan iborat test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha komissiya tomonidan o‘tkaziladi. 7. Komissiya tarkibi quyidagi tartibda shakllantiriladi: komissiya raisi — akademik litsey direktori; komissiya a’zolari — tegishli oliy ta’lim muassasasi hamda akademik litseyning professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari; komissiya kotibi — akademik litsey direktorining o‘rinbosari. 8. Komissiya raisi: saralash imtihonlarida ishtirok etadigan kuzatuvchilar ro‘yxatini shakllantiradi; komissiya ishini tashkil etadi; komissiya vazifalarini belgilaydi; komissiya faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Komissiya raisi mazkur Nizomda belgilangan boshqa vazifalarni ham bajaradi. 9. Komissiya saralash imtihonlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda tashkil etishga, shuningdek saralash imtihonlarining adolatli, oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazilishiga hamda imtihon natijalarining xolisligi uchun javobgar bo‘ladi. 10. Saralash imtihonlarini o‘tkazish muddatlari va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari topshiriladigan fanlar ro‘yxati va fanlar bo‘yicha saralash imtihoni shakli, shuningdek saralash imtihonlari natijalarini baholash mezonlari saralash imtihonlari o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin o‘quvchilarga ular ta’lim olgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi orqali xabar qilinadi, shuningdek ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan akademik litseyning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi va akademik litseyning e’lonlar taxtasiga ilib qo‘yiladi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori akademik litseylarga kirish uchun sinovlar katta sig‘imdagi binolarda o‘tkazilishi, test jarayonining eng ko‘p darajada ochiqligi va shaffofligini ta’minlab, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, o‘quvchilarning ota-onalari sinovlarni onlayn rejimida kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilishini ta’minlaydi. 12. O‘quvchilar chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo‘yicha saralash imtihoni topshiradi. O‘quvchi o‘qigan chet tilidan qat’i nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan saralash imtihoni topshirishi mumkin. Agar umumiy o‘rta ta’lim muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari o‘tilmasdan boshqa chet tillari o‘qitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi o‘rniga ijodiy imtihon topshiriladi. 13. Saralash imtihonlari savollari (topshiriqlari) akademik litsey direktorining tavsiyasiga ko‘ra tegishli oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tuzilgan ekspert guruh (bundan buyon matnda Ekspert guruh deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Ekspert guruh a’zolari akademik litseyning va tegishli oliy ta’lim muassasasining professor o‘qituvchilari tarkibidan shakllantiriladi. Ekspert guruhi ishiga akademik litsey direktori rahbarlik qiladi. 14. Saralash imtihonlari savollari (topshiriqlari) Davlat ta’lim standartlari doirasida 5 — 9 sinf o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi. 15. Tuziladigan savollarning (topshiriqlarning) sifati va mazmuni bo‘yicha ekspert guruhi a’zolari mas’ul hisoblanadi. 16. Saralash imtihonlarning savollari (topshiriqlari) saralash imtihonlar o‘tkazilishidan 5 kun oldin to‘liq ishlab chiqiladi. Saralash imtihonlari savollari (topshiriqlari) akademik litsey direktorida saqlanadi va maxfiyligi uchun akademik litsey direktori javobgar bo‘ladi. 17. Saralash imtihonlari o‘quvchining tanloviga asosan o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tilida o‘tkaziladi. 18. Saralash imtihonlari o‘tkaziladigan kuni akademik litseylar tomonidan berilgan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan shaxslarning saralash imtihonlari o‘tkaziladigan binolarga kirishi taqiqlanadi. Saralash imtihonlarida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, ota-onalar (vasiylar), tasarrufida akademik litseylar bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining xodimlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. 19. Akademik litseyning ayrim ta’lim yo‘nalishlari xususiyatlaridan kelib chiqib 3 ta umumta’lim fanidan test sinovlari o‘tkaziladi. 20. Test sinovi o‘tkaziladigan kuni o‘quvchilar test sinovlari o‘tkaziladigan bino hududiga soat 7:00 dan boshlab videotasvir orqali shaxsini tasdiqlovchi hujjati va akademik litsey tomonidan o‘quvchiga beriladigan ruxsatnoma bilan birga kiritiladi. O‘quvchi test sinovlari o‘tkaziladigan binoga soat 8:20 gacha kiritiladi. Test sinovlari boshlangandan keyin o‘quvchi binoga kiritilmaydi va belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan o‘quvchi uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi. 21.Test sinovlari soat 8:30 da boshlanadi. Soat 8:30 dan 9:00 gacha o‘quvchilar javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish tartibi bilan tanishadilar, javoblar varaqasining va savollar kitobi muqovasining belgilangan joyiga o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlarni (F.I.O. va ta’lim yo‘nalishi) yozadi va imzosi bilan tasdiqlaydi. Bu vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi. 22. Test boshlangandan keyin hech kim test sinovlari o‘tkazilayotgan binoga kiritilmaydi va test topshiriqlari bo‘yicha o‘quvchilar bilan savol-javob qilinmaydi. Test sinovi davomida test sinovlari o‘tkazilayotgan bino eshiklari ochiq holatda turadi. Komissiya a’zolari va kuzatuvchilar test o‘tkazilayotgan binodan chiqishi taqiqlanadi. 23. O‘quvchi javoblar varaqasi raqami bilan savollar kitobi raqamining bir-biriga mosligini va savollar kitobida fanlar bo‘yicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa nuqsonlar yo‘qligini tekshiradi. Agar test savollarida nuqson bo‘lganda soat 9.00 gacha bu haqda komissiya a’zolariga xabar beradi va 9:00 dan keyin e’tirozlar qabul qilinmaydi. Nuqsonlari aniqlangan savollar kitobi va javoblar varag‘i komissiya tomonidan boshqasiga almashtirilib beriladi. 24. O‘quvchiga test topshiriqlarini bajarish uchun har bir fandan 15 ta test savoli beriladi. Test savollarini yechish uchun o‘quvchilarga har bir fan uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Har bir test savoliga 4 tadan (A, V, S, D) javoblar varianti berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardan faqat bittasini savollar kitobchasida belgilashi (savollar kitobida belgilangan javoblarni o‘zgartirish mumkin), keyinchalik javoblar varaqasidagi mos doirachalarini belgilangan tartibda tegishli belgini (+) qo‘yishi kerak (javoblar varaqasida belgilangan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas). Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanishi shart. To‘ldirilgan javoblar varaqasi o‘quvchining bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi. 25. Javoblar varaqasi o‘quvchi tomonidan havorang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldiriladi. Javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun o‘quvchi shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasini to‘ldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me’yoriga qo‘shimcha 20 daqiqa ajratiladi. Javoblar varaqasi namunasi har bir akademik litsey tomonidan mustaqil ravishda belgilaniladi. 26. Test sinovlarini topshirish vaqtida o‘quvchining binodan chiqishi taqiqlanadi, binodan chiqqan o‘quvchi qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi, sog‘lig‘i yomonlashgan holatlarda test materiallarisiz komissiya a’zosi va tibbiy xizmat xodimi kuzatuvi ostida binodan chiqish hollari bundan mustasno. 27. Komissiya raisi tomonidan testni bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagani va savollar kitobida belgilangan javoblarni javoblar varaqasini to‘ldirish uchun qo‘shimcha vaqt boshlanganligi e’lon qilinganda o‘quvchi savollar kitobi bilan ishlashni to‘xtatib, savollar kitobida belgilangan javoblarni javoblar varaqasining mos doirachalariga tegishli belgi (+) qo‘yishni boshlashi, qo‘shimcha ajratilgan vaqt tugagani e’lon qilinganda javoblar varaqasi bilan ishlashni to‘xtatishi shart. 28. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin tugatgan yoki test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagach, o‘quvchilar test materiallarini topshiradi. 29. Komissiya a’zolari quyidagi holatlarda test sinovi jarayonidan chetlashtiriladi: bino va qavatga taqiqlangan vositalarni olib kirganda; o‘quvchiga taqiqlangan vositalardan foydalanish uchun sharoit yaratib berganda; bino va qavatda test sinovi jarayoniga boshqa shaxslarning aralashuviga, ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslarning kirishiga yo‘l qo‘yganda; yuklatilgan vazifalarini suiiste’mol qilganda; xatti-harakati test sinovini o‘tkazish tartibining buzilishiga olib kelganda; test sinovi vaqtida komissiya a’zosi va kuzatuvchi tomonidan auditoriya eshigi yopib qo‘yilishi yoki auditoriya eshigi oldida turib qavatdagi harakatlarni kuzatilishiga yo‘l qo‘yganda; test sinovi jarayonida bino va qavatda nazoratni qo‘ldan chiqarganda va tartibsizlik kelib chiqishiga sabab bo‘lganda; binoda test sinovi tartibini buzgan o‘quvchilarni chetlashtirish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilishiga qarshilik qilganda; test sinovi jarayonida yuklatilgan vazifalarni bajara olmayotganligi aniqlanganda va shu kabi boshqa holatlarda. 30. O‘quvchi tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi. Test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda o‘quvchi mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo‘lsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa o‘quvchiga uzatsa yoki yordam bersa, o‘quvchi test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u test sinovidan chetlashtiriladi. 31. O‘quvchiga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 32. Test sinovlari o‘tkazilayotgan vaqtda test sinovlari o‘tkazilayotgan binoda o‘quvchilar, komissiya a’zolari va kuzatuvchilardan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 33. Ixtisoslik xususiyatidan kelib chiqib ayrim ta’lim yo‘nalishlarida 3 ta umumta’lim fanidan ko‘p bo‘lmagan fanlardan ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. 34. Ijodiy imtihonlar og‘zaki, yozma ish, insho, bayon, diktant shaklida bo‘lishi mumkin. Bunda ijodiy imtihon o‘tkazish jarayonlari videotasvirga tushirilishi shart. 35. Ijodiy imtihonlar belgilangan kunda soat 8:30 da boshlanadi. 36. Ijodiy imtihonlarni o‘tkazish uchun o‘quvchilarga har bir fan uchun 45 daqiqa vaqt beriladi. 37. O‘quvchi tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi. Ijodiy imtihonlar o‘tkazilayotgan binoga kirishda o‘quvchi mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo‘lsa, ijodiy imtihonlar davomida boshqa o‘quvchiga yordam bersa, o‘quvchi ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u ijodiy imtihondan chetlashtiriladi. 38. O‘quvchiga ijodiy imtihonlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 39. Ijodiy imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtda ijodiy imtihon o‘tkazilayotgan binoda o‘quvchilar, komissiya a’zolari va kuzatuvchilardan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 40. Saralash imtihonlari 0 baldan 100 balgacha bo‘lgan oralig‘ida, yagona ko‘p balli tizim bo‘yicha baholanadi. Baholash mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, o‘quvchilarga qo‘yilgan talablarning xususiyatlari hisobga olingan holda, Ekspert guruh tomonidan belgilanadi. 41. Saralash imtihonlari ijodiy imtihon shaklida o‘tkazilganda, imtihon natijalari komissiya tomonidan baholanadi. Saralash imtihonlari test sinovlari shaklida o‘tkazilganda, imtihon natijalari Ekspert guruh tomonidan baholanadi. Komissiya va Ekspert guruh a’zolari tomonidan imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan xonaga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish taqiqlanadi. 42. Saralash imtihonlari natijalari bo‘yicha komissiya tomonidan qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnomada o‘quvchilarga qo‘yilgan ballar ko‘rsatiladi. Bunda to‘plangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi. Qaydnoma komissiya raisi, kotibi, a’zolari va tegishli ravishda Ekspert guruh a’zolari tomonidan imzolanadi. 43. Saralash imtihonlarining natijalari test sinovlari yoki ijodiy imtihonlar o‘tkazilgan kunning ertasiga tegishliligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi yoki akademik litseyning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda akademik litseyning e’lonlar taxtasiga ilib qo‘yiladi. 44. Saralash imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilar yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilari (vasiylar) saralash imtihonlari natijasi e’lon qilingandan keyin 2 kun davomida saralash imtihonlari o‘tkazilgan ta’lim muassasasida tegishli oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma murojaat etish huquqiga ega. Apellatsiya shikoyatiga o‘quvchi ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinadi. Apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida o‘quvchiga yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilariga (vasiylarga) xabarnoma beriladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibi komissiya (Ekspert guruh) faoliyatida ishtirok etmagan oliy ta’lim muassasasi hamda akademik litsey mas’ul xodimlari orasidan tuziladi. Apellatsiyani ko‘rib chiqishda o‘quvchi yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilari (vasiy) ishtirok etish huquqiga ega. Apellatsiya komissiyasi 24 soat ichida apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. Bunda apellatsiya komissiyasi tomonidan o‘quvchining saralash imtihonida topshirgan ishiga qo‘yilgan ballning to‘g‘riligiga baho beriladi va uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi. Qarorda o‘quvchining saralash imtihonlaridan o‘tgan yoki o‘tmaganligi ko‘rsatiladi. Qaror 24 soat ichida o‘quvchiga yetkazilishi lozim. 45. Akademik litseylarga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning saralash imtihonlari natijalari ularning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlariga tikib qo‘yiladi. O‘qishga qabul qilinmagan o‘quvchilarning saralash imtihonlari natijalari 6 oy davomida saqlanadi, belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. 46. O‘quvchilarni akademik litseylarga o‘qishga qabul qilishni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi. 47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
148
17,099
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tashriflari davomida yuklatilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublikamiz hududlariga tashriflari jarayonida har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarning ijobiy yechimini topishga qaratilgan aniq tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan o‘tgan ikki yil davomida: Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashriflar yakunlari bo‘yicha imzolangan bayonlarga muvofiq jami 212 ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash natijasida 131 ta ijtimoiy soha muassasalari, 616 ta muhandislik-kommunikatsiya sohasi obyektlari yangidan qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, 1362 ta oilaga mo‘ljallangan uy-joylar yangidan qurildi, 511 ta ko‘p qavatli uy-joylar holati yaxshilanib, atrof hududlari obod qilindi, yer maydonlarining meliorativ holati yaxshilanib, kanallar tozalandi. Misol uchun, 26,4 mlrd so‘m budjet mablag‘i hisobiga 101 km uzunlikda “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq” suv quvuri tortib kelindi va suv taqsimlash inshooti qurib foydalanishga topshirilishi hisobiga Mo‘ynoq tumani aholisi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlandi. Shuningdek, ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 7 ta tumanda 19,1 km suv tarmoqlari yangidan tortildi. O‘z navbatida, aholi bandligini ta’minlash orqali daromadlarini oshirish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida umumiy qiymati 574,7 mlrd so‘mlik jami 2 186 ta tadbirkorlik loyihalari ishga tushirilib, 11,3 mingta yangi ish o‘rni tashkil etildi. Xorazm viloyatiga tashriflar yakunlari bo‘yicha imzolangan bayonlarga muvofiq jami 222 ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash natijasida: “Urganch-Xiva” temir yo‘li qurib, foydalanishga topshirildi hamda Xiva shahrida temir yo‘l vokzali yangidan qurildi va vokzaloldi hududlari obodonlashtirildi; “Urganch” xalqaro aeroportida qo‘shimcha rekonstruksiya va qurilish ishlari to‘liq yakunlandi; Urganch tumanidagi “Turkmanlar” mahallasida ulkan bunyodkorlik ishlari bajarilib, hudud qiyofasida obodlik aks etdi; Urganch va Xiva tumanlarida turistik manzillar yangidan rekonstruksiya qilinib, yanada zamonaviy qiyofa aks ettirildi. Viloyatning barcha sohalariga so‘nggi ikki yil mobaynida barcha manbalar hisobidan umumiy qiymati 1 trln 600 mlrd so‘mlik investitsiya mablag‘lari jalb etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari bilan joylarda yuqorida sanab o‘tilgani kabi ulkan, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda, Vazirlar Mahkamasining kompleks rahbarlari, axborot-tahlil departamentlari mudirlari, mutaxassislari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari hamda hududlarning ayrim mutasaddi rahbarlarining o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganliklari oqibatida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Mazkur holatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan joriy yilning iyun oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan topshiriqlarning ijro holati, aholi turmush darajasini oshirish, munosib shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida yaqqol namoyon bo‘ldi. Xususan: Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida tashrif bayonlari bilan yuklatilgan jami 212 ta topshiriqdan 22 tasining ijrosi hanuzgacha ta’minlanmasdan qolayotganligi aniqlangan. Jumladan: Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M.X. Saliyev), Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi (A.A. Abduvaliyev), Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi (B.B. Kamolov), “O‘zbekneftgaz” AJ (U.X. Saidov), “O‘zbekcharmsanoat” uyushmasi (S.O‘. Umrzakov), “Asaka” banki (Q.K. Mullajonov) hissasiga 1 tadan; Qurilish vazirligi (A.X. To‘xtayev) hissasiga 2 ta; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev) hissasiga 3 ta to‘g‘ri kelmoqda. Misol uchun, Nukus shahrida 120 o‘rinli zamonaviy klinika qurish loyihasi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari yakuniga yetkazilmaganligi, pudratchi tashkilot (“Trest-12” AJ) tomonidan qurilish ishlari hajmiga o‘ta yuqori narx qo‘yilganligi oqibatida moliyalashtirish ochilmasdan, qurilish ishlari 2018-yil aprel oyida to‘xtab qolgan. O‘rganish davomida obyektning loyiha-smeta hujjatlariga hech qanday asoslarsiz mablag‘larni qo‘shib yozilganligi aniqlanib, mansabdor shaxslarga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv tergov harakatlari boshlangan. Xorazm viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida tashrif bayonlari bilan yuklatilgan jami 222 ta topshiriqdan 19 tasining ijrosi ta’minlanmaganligi ayon bo‘lgan. Jumladan: Madaniyat vazirligi (B.S. Sayfullayev), “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi (I.U. Xaydarov), “O‘zbekneftgaz” AJ (U.X. Saidov), “O‘zbekenergo” AJ (U.M. Mustafoyev), “O‘ztransgaz” AJ (Sh.A. Tursunov), Xalq banki (A.N. Abdullayev) hissasiga 1 tadan; Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B.T. Yusupov), Qurilish vazirligi (A.X. To‘xtayev), “O‘zeltexsanoat” AK (A.A. Abdullayev) va Xorazm viloyati hokimligi (F.U. Ermanov) hissasiga 2 tadan to‘g‘ri kelmoqda. Misol uchun, “O‘ztransgaz” AJ (Sh.A. Tursunov) tomonidan viloyatda maishiy gaz ballonlari saqlanadigan jami 11 ta suyultirilgan gaz servis markazlarini qurish ishlari yakuniga yetkazilmagan, qurilish ishlarini bajargan pudratchilarga 844 mln. so‘m hamda boshqa bajarilgan ishlar uchun 3 mlrd so‘m mablag‘ belgilangan tartibda to‘lab berilishi ta’minlanmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublikamiz hududlariga tashriflari davomida yuklatilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash, yuqorida qayd etib o‘tilgan mavjud qoloqliklarni bartaraf etish hamda kelgusida shu kabi kamchiliklarning takrorlamasligini oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Tashrif bayonlari ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘ygan qoloqliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan quyidagi rahbarlarga ogohlantirish e’lon qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: Qurilish vazirligi rahbarlari A.X. To‘xtayevga, K.N. Tulyaganovga Nukus shahridagi E. Olako‘z ko‘chasi bo‘ylab ipoteka krediti asosida quriladigan 50 ta ko‘p qavatli turar joylarning 30 tasini 2017-yilda va 20 tasini 2018-yilda tijorat banklari tomonidan moliyalashtirish taqsimoti bo‘yicha taklif kiritmaganligi uchun; Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayevga Urganch shahrida bugungi kunda foydalanilmayotgan sobiq FXDYo binosi negizida kelajakda “O‘lkashunoslik” muzeyini tashkil etish ishlari to‘liq bajarilmaganligi uchun; Qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupovga Qo‘shko‘pir, Xonqa, Xiva, Shovot va Yangiariq tumanlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqib, tasdiqlamaganligi uchun; Suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayevga “Bo‘ston kanalini qurish” obyekti qurilishi uchun 2018-yil yanvar oyidan moliyalashtirish ochilishini ta’minlamaganligi uchun; Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyevga 2018-yilda “Orol bo‘yi mintaqasini rivojlantirish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha ravishda qiymati 20,9 mlrd so‘m bo‘lgan 131 km suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirib, ushbu ishlarni amalga oshirish ishlarini kechiktirilganligi uchun; Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduvaliyevga Amudaryo tumanidagi davlat ahamiyatidagi 4r181 “Qipchoq — Mang‘it — Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 15 km qismini kapital ta’mirlash ishlarini 2018-yil to‘la ta’mirlash ishlari manzilli dasturiga kiritib, amalga oshirilishini ta’minlamaganligi uchun; Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi bosh direktori o‘rinbosari B.B. Kamolovga Qoraqalpog‘iston Respublikasida meva-sabzavotchilik va chorvachilik yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan umumiy qiymati 200 mln. dollariga teng bo‘lgan loyihalar tashabbuskorlarini aniqlab, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlamaganligi uchun; “O‘zeltexsanoat” AK raisi v.b. A.A. Abdullayevga “Urganch Eltexsanoat” MChJda maishiy elektrotexnika mahsulotlari (elektr choynak, dazmol, ventilyatorlar) ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar tarmoq reja-jadvalini tasdiqlab, bajarilishini ta’minlamaganligi uchun; “O‘zbekcharmsanoat” uyushmasi raisi S.O‘. Umrzakovga Nukus shahrida mahalliy charmdan yiliga 300 ming juft eksportga mo‘ljallangan bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona tashkil etish choralarini ko‘rmaganligi uchun; “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I.U. Xaydarovga Yangiariq tumanidagi Ostona hududida bo‘sh turgan bino-inshoot negizida yiliga 12 mln. metr mato ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 10 mln. dollarlik to‘qimachilik korxonasini ishga tushirish choralarini ko‘rmaganligi uchun; “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari U.X. Saidovga “Xazorasp” EIZ hududida joylashgan “Janubgazqurilish” AJga tegishli ishlab chiqarish hududini samarali ishlatish va loyihalarni joylashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va rejaga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlamaganligi uchun; “O‘zbekenergo” AJ raisi U.M. Mustafoyevga turistlar uchun Xiva shahrida kechki va yarim tunda qo‘shimcha marshrut tashkil etish maqsadida Samarqand viloyatidagi “Registon” majmuasiga o‘xshagan sveto shou o‘rnatish va hududni zamonaviy yoritish tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritmaganligi uchun; “O‘ztransgaz” AJ rahbarlari Sh.A. Tursunovga, O. Amanovga, M. Boshmanovga Xorazm viloyatning Xiva tumanida 3 ta, Urganch, Xonqa, Xazorasp, Shovot, Gurlan, Qo‘shko‘pir, Yangiariq, Bog‘ot tumanlarida 1 tadan maishiy gaz ballonlar saqlanadigan jami 11 ta suyultirilgan gaz servis markazlarini qurish ishlarini oxiriga yetkazmaganligi uchun; Xalq banki raisi A.N. Abdullayevga Yangiariq tumanida Xalq banki kredit mablag‘lari hisobiga qurilayotgan chorvachilik kompleksiga zamonaviy biogaz qurilmasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda yetkazib berishni ta’minlamaganligi uchun; “Asaka” banki raisi Q.K. Mullajonovga Chimboy tumanidagi “Chimboy tekstil” korxonasiga tumandagi “Eski paxta zavodi” binosi negizida to‘qimachilik korxonasini tashkil etish uchun 10 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratmaganligi uchun; O‘zmilliybank boshqaruvi raisi A. Mirsoatovga, O‘zsanoatqurilishbanki boshqaruvi raisi v.b. A. Voitovga, Aloqa bank boshqaruvi raisi K. Irisbekovaga, Agrobank boshqaruvi raisi v.v.b. R. Mamatqulovga, Turon bank boshqaruvi raisi Ch. Mirzayevga, Ipoteka-bank boshqaruvi raisi O. Musayevga, Mikrokreditbank boshqaruv raisi O. Almardonovga, Kapitalbank boshqaruvi raisi v.v.b. E. Nadjmitdinovga, “InFinBank” boshqaruvi raisi B. Burxanovga, Hamkorbank boshqaruvi raisi v.v.b. J. Xasanovga, Qishloq qurilish bank boshqaruvi raisi B. Mullaxanovga Nukus shahridagi E. Olako‘z ko‘chasi bo‘ylab ipoteka krediti asosida quriladigan 50 ta ko‘p qavatli turar-joylarning 30 tasini 2017-yilda va 20 tasini 2018-yilda moliyalashtirilishini tashkil etmaganliklari uchun; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyevga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi huzurida Qishloq hududlarida, ovullarda aholi uchun uy-joylar qurish bo‘yicha jamg‘arma tashkil qilish yuzasidan taklif kiritmaganligi hamda 2018-yilda davlat-xususiy sektor sherikchiligi asosida tashkil qilinadigan Nukus shahrida 20 ta va tumanlarda jami 150 ta maktabgacha ta’lim muassasasining manzilli dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritmaganligi, shuningdek, 2018-yilda “Orol bo‘yi mintaqasini rivojlantirish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha ravishda qiymati 20,9 mlrd so‘m bo‘lgan 131 km suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirib, ushbu ishlarni amalga oshirilishini ta’minlamaganligi uchun; Xorazm viloyati hokimi v.b. F.U. Ermanovga Xorazm viloyati xalq deputatlari kengashida Xorazm viloyati, shaharlar va tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, shuningdek hududda sanoatni rivojlantirish bilan shug‘ullanishi belgilangan barcha mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari eshitib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmaganligi uchun. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi topshiriqlar va boshqa dolzarb vazifalar ijrosiga mahalliy hokimlik mutasaddi rahbarlari tomonidan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari S. Nagmetovga, To‘rtko‘l tumani sektor rahbarlari (N. Xudoybergenov, U. Kudaybergenov, A. Ilyosov, N. Abdabov)ga, Mo‘ynoq tumani hokimi S. Dauletovga, Amudaryo tumani hokimi S. Yo‘ldoshevga, Amudaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i D. Ibragimovga, Amudaryo tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i B. Kamolovga, Qorao‘zak tumani hokimi D. Utemuratovga, Qorao‘zak tumani prokurori S. Davletmuratovga hamda Qorao‘zak tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i M. Toliboyevga; Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U. Masharipovga, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i O. Toirovga, Gurlan tumanidagi sektor rahbarlari (Q. Madraximov, J. Axmedov, F. Salayev, X. Jumaniyazov)ga, Urganch tumani hokimi O. Bekchonov va Xonqa tumani hokimi O. Jumanazarov va Xonqa tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S. Niyazovga intizomiy choralar ko‘rilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan qat’iy nazorat tizimini o‘rnatmaganliklari Vazirlar Mahkamasining kompleks rahbarlari, axborot-tahlil departamentlari mudirlari va mutaxassislariga ko‘rsatib o‘tilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan yig‘ilish bayonlarining bajarilmagan bandlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan yig‘ilish bayonlarining bajarilmagan bandlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mutasaddi rahbarlari: uch kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi bayonlari va alohida hujjatlari bilan yuklatilgan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda, sifatli va so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan tegishli hujjatni ishlab chiqib, kengaytirilgan majlisda keng muhokama etgan holda tasdiqlasin hamda ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rsin; mazkur qarorning 1, 2-ilovalari bilan tasdiqlangan “yo‘l xarita”larida yuklatilgan topshiriqlar bajarilishini samarali tashkil etsinlar hamda har bir topshiriq natijalari yuzasidan tegishli axborotlarni muntazam kiritib borilishini ta’minlasinlar. 6. Vazirlar Mahkamasining kompleks rahbarlari, axborot-tahlil departamentlari mudirlari va mutaxassislari: mazkur qarorning 5-bandida yuklatilgan vazifalarni mutasaddi idoralar tomonidan bajarilishini qat’iy nazoratga olinsin; qoloqlikka yo‘l qo‘yish holatlari aniqlangan taqdirda zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilsin; zarur hollarda mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosat majlisida muhokama etish uchun takliflarni kiritib borsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov mutasaddi vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari bilan birgalikda har haftada: Respublikaning bir hududiga chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi bayonlari bilan yuklatilgan topshiriqlarning amaliy ijrosini hamda natijadorligini joyida o‘rganib chiqsin, bajarilishi holatini tahlil qilsin, muammo va kamchiliklarni aniqlasin; o‘rganish natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli axborot kiritish va bir kunlik muddatda kamchilikka yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlar ishtirokida topshiriq ijrosini zudlik bilan ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan muhokama o‘tkazilishini, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga tushuntirish xati olinishini ta’minlasin; kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida “yo‘l xaritasi” loyihasini o‘rnatilgan tartibda kompleks rahbarlari bilan kelishilishini hamda bu asosda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini tasdiqlashi va ijroga qaratilishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashrifi bayonlari bilan yuklatilgan topshiriqlarning amaliy ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish tartibiga (3-ilova) muvofiq ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi bayonlari ijrosi yuzasidan samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashrif bayonlari bilan yuklatilgan tegishli topshiriqlarning ijro holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni: vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har haftaning to‘rtinchi kuniga qadar Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlariga; Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari mutasaddi idoralardan olingan axborotlarni yig‘ib, tahlil etib va umumlashtirgan holda har haftaning beshinchi kuniga qadar Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga; Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti respublikaning barcha hududlari bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirib, tahliliy materiallarni tayyorlagan holda har haftaning beshinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari (A.J. Ramatov)ga taqdim etsin. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari (A.J. Ramatov) tomonidan tashrif bayonlari ijrosi yuzasidan tayyorlangan materiallar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda har oy yakunidan so‘ng keyingi oyning 5-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashrifi bayonlari bilan yuklatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborotlarni shakllantirish hamda taqdim etish tartibiga (4-ilova) muvofiq amalga oshirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, D.A. Kuchkarov, A.S. Sultanov, A.A. Abduxakimov, S.R. Xolmuradov, Z.T. Mirzayev, N.S. Otajanov, T.K. Narbayeva kompleks tarkibiga kiruvchi mutasaddi vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari bilan birgalikda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi bayonlari bilan yuklatilgan topshiriqlarning amaliy ijrosini hamda natijadorligini o‘rganib chiqsin, bajarilishi holatini tahlil qilsin, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlasin; tahlillar natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli axborot kiritish va har haftada kamchilikka yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlar ishtirokida topshiriq ijrosini zudlik bilan ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazilishini, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga tushuntirish xati olinishini ta’minlasin; kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida “yo‘l xaritasi” loyihasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi o‘rinbosari (X.U. Xaitbayev), Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti (M.B. Jumaniyazov), Nazorat bo‘limi (A.R. Bazarov)ga taqdim etilishini ta’minlasin. 10. Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi o‘rinbosari (X.U. Xaitbayev), Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti (M.B. Jumaniyazov), Nazorat bo‘limi (A.R. Bazarov) tegishli komplekslar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida tegishli “yo‘l xarita” loyihasini Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisi muhokamasiga kiritilishini ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari (A.J. Ramatov, D.A. Kuchkarov, A.S. Sultanov, A.A. Abduxakimov, S.R. Xolmuradov, Z.T. Mirzayev, N.S. Otajanov, T.K. Narbayeva), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
193
21,041
Qonunchilik
Notarius хizmatlari uchun mobil telefon orqali haq toʻlash mumkin
Adliya vazirligi davlat boji va notariuslarning boshqa хizmatlari uchun onlayn-toʻlovlarni joriy etdi. Vazirlikning matbuot хizmati хabar berganidek, endi notarial idoralarga murojaat etgan fuqarolar ularning хizmatlari uchun mobil telefonlar vositasida toʻlov tizimlari orqali haq toʻlashlari mumkin. Shuningdek, QR-koddan foydalangan holda toʻlash imkoni ham mavjud. Hozirgi vaqtda UPAY servisi orqali toʻlovlar oʻtkazish imkoni bor. Shuningdek PayMe, Click va boshqa toʻlov tizimlarini ulash rejalashtirilayotir. Notarial хizmatlar uchun toʻlovlar miqdorlari servis tomonidan avtomatik ravishda hisoblanadi. Kvitansiyalarning yagona shakli joriy etilmoqda. Shuningdek bank kassalari orqali хizmatlar uchun haq toʻlash imkoniyati saqlab qolinadi. Barcha toʻlovlar «Notarius» aхborot tizimida onlayn rejimida aks etadi.
65
821
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Jahon bozorlari chuqur tahlil qilinishini, rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalari o‘rganilishini va shu asosda mahalliy iqtisodiyot aniq tarmoqlarining investitsiya faoliyati bo‘yicha mufassal tavsiyalar ishlab chiqilishini ta’minlash, shuningdek investitsiya loyihalarini shakllantirishda iqtisodiy va texnologik baholashlarni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi o‘rinlarda O‘zmilliybank deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar: Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazining xodimlarning cheklangan umumiy soni 7 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Idoralararo guruh (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtirish guruhi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq; Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Muvofiqlashtirish guruhiga zaruriyat bo‘lganda Markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Belgilansinki: Muvofiqlashtirish guruhi Markaz tahliliy faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini va mavzularini belgilaydi, o‘zining majlislarida Markazning hisobotlarini eshitadi; Markaz direktori Muvofiqlashtirish guruhi bilan kelishgan holda O‘zmilliybank Boshqaruvi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: rivojlangan mamlakatlardagi texnologik, eng ilg‘or yo‘nalishlarni chuqur tahlil qilish va shu asosda mahalliy iqtisodiyotning aniq tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mufassal tavsiyalar ishlab chiqish; ilg‘or kompaniyalar, tarmoqlar va bozorlarni, shuningdek ularning rivojlanish yo‘nalishlarini va investitsiya strategiyasini o‘rganish va tahlil qilish; xorijiy banklar bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar va qarzlarni jalb etish yuzasidan hamkorlikni faollashtirish; ilg‘or texnologiyalar, shuningdek yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha axborotlarni o‘rganish va ayirboshlash sohasida mahalliy hamda xorijiy tadqiqot, tahlil markazlari bilan hamkorlik qilish; yangi texnologiyalar sohasida hisobotlar va sharhlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari tomonidan ko‘rib chiqish uchun takliflar tayyorlash; har haftalik jahon va mahalliy moliya indekslarini hamda tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sharhlash. 5. Belgilansinki, Markaz faoliyatini moliyalashtirish O‘zmilliybankning boshqa tarkibiy bo‘linmalari uchun amaldagi tasdiqlangan xarajatlar smetasiga va mehnatga haq to‘lash fondiga muvofiq, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 6. O‘zmilliybank: Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari (bir nusxada) majburiy yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga; O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning statistika axborotini majburiy yuborish reyestriga kiritilsin. 7. O‘zmilliybank bir oy muddatda Markazni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar, zarur zamonaviy idora texnikasi va aloqa vositalari bilan ta’minlasin. 8. O‘zmilliybankning Markazni bankning Toshkent shahri, G‘. G‘ulom ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan binosiga joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi. 2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi o‘rinlarda O‘zmilliybank deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Idoralararo guruhga (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtirishi guruhi deb ataladi) hisobot beradi. 4. Muvofiqlashtirish guruhi Markaz tahliliy faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini va mavzularini belgilaydi, o‘z majlislarida Markazning hisobotlarini eshitadi. 5. Markaz faoliyatiga mutasaddilik qilish O‘zmilliybank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklanadi. 6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi: rivojlangan mamlakatlardagi texnologik, eng ilg‘or yo‘nalishlarni chuqur tahlil qilish va shu asosda mahalliy iqtisodiyotning aniq tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mufassal tavsiyalar ishlab chiqish; ilg‘or kompaniyalar, tarmoqlar va bozorlarni, shuningdek ularning rivojlanish yo‘nalishlarini va investitsiya strategiyasini o‘rganish va tahlil qilish; xorijiy banklar bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar va qarzlarni jalb etish yuzasidan hamkorlikni faollashtirish; ilg‘or texnologiyalar, shuningdek yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha axborotlarni o‘rganish va ayirboshlash sohasida mahalliy hamda xorijiy tadqiqot, tahlil markazlari bilan hamkorlik qilish; yangi texnologiyalar sohasida hisobotlar va sharhlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari tomonidan ko‘rib chiqish uchun takliflar tayyorlash; har haftalik jahon va mahalliy moliya indekslarini hamda tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sharhlash. 7. Markaz yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, kimyo va qazib olish tarmoqlarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yo‘l-transport infratuzilmasi, shuningdek agrosanoat ishlab chiqarishida va bog‘liq tarmoqlarda ilg‘or texnologiyalar sohalarida investitsiya loyihalari bo‘yicha tahliliy ma’ruzalar, hisobotlar va prognozlar tayyorlanishini ta’minlaydi; mahalliy va xorijiy tadqiqot, tahlil markazlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tahliliy ishlar o‘tkazilishida qatnashadi, keyinchalik ularning natijalari bo‘yicha tegishli hisobotlar tayyorlaydi; ilg‘or texnologiyalar va asbob-uskunalar jahon bozorining tizimli monitoringini olib borish, Markazga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun zarur bo‘lgan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shakllantiriladigan axborot-tahliliy ma’lumotlar bazasini yangilash va kengaytirish maqsadida ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etadi; xalqaro moliya institutlari va banklardan eng ilg‘or investitsiya loyihalarini investitsiyalash va kreditlash shartlari bo‘yicha tushadigan takliflar to‘g‘risidagi axborotni oladi va umumlashtiradi, iqtisodiyotning tanlangan tarmoqlarida yangi investitsiya loyihalarini investitsiyalash va kreditlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi. 8. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan xorijiy tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali xodimlarini tahlil jarayonida milliy ekspertlar sifatida shartnoma asosida jalb etish; tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan xalqaro va xorijiy tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda qo‘shma tahlillar o‘tkazish; investitsiya va kredit bozorlarini rivojlantirishning dolzarb muammolari, texnologiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy sharhlar va ma’ruzalar chop etish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari va boshqa tashkilotlardan Markazga yuklangan vazifalar doirasida (qonun bilan qo‘riqlanadigan bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) zarur normativ, statistik va tahliliy axborotni so‘rash va belgilangan tartibda olish; tahliliy va Markazga yuklangan vazifalar bajarilishi bilan bog‘liq boshqa xizmatlarni shartnomalar asosida ko‘rsatish. Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 9. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi. 10. Markazga Muvofiqlashtirish guruhi bilan kelishgan holda O‘zmilliybank Boshqaruvi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. 11. Markaz direktori: Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; lavozimi bo‘yicha O‘zmilliybank departamenti direktoriga tenglashtiriladi; mehnatga haq to‘lash fondi doirasida to‘lanadigan ustamalar va kompleks tahliliy ishlar o‘tkazilishining yuqori sifatini ta’minlaganligi uchun Markaz xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida O‘zmilliybank rahbariyatiga iltimosnoma taqdim qiladi, shuningdek yuklangan vazifalar bajarilishining natijadorligini hisobga olgan holda ularni qayta ko‘rib chiqadi. Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 12. Markazning xodimlari O‘zmilliybank Boshqaruvi raisining buyrug‘i bilan, belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 13. Markaz faoliyatini moliyalashtirish O‘zmilliybankning boshqa tarkibiy bo‘linmalari uchun amaldagi tasdiqlangan xarajatlar smetasi va mehnatga haq to‘lash fondiga muvofiq, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 14. Muvofiqlashtirish guruhi tomonidan tasdiqlangan tahliliy loyihalar loyihalarning ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi hamda ularga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan xorijiy tashkilotlarning ilmiy ish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan yuqori professional xodimlaridan tanlov asosida tayinlanadigan tegishli rahbarlar boshchilik qiladi. 15. Loyihalarning ijrochilari va rahbarlari bilan qonun hujjatlari talablariga muvofiq fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuziladi, ularda loyihalarning mavzusi, maqsadlari, asosiy bosqichlari va ularni amalga oshirish muddatlari aniq belgilanadi. 16. Loyihalar rahbarlarining hisobotlari Muvofiqlashtirishi guruhi majlislarida muntazam ravishda eshitib boriladi. Muvofiqlashtirish guruhi hisobotlar yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan tahlillarning natijasi va sifatini baholaydi, shuningdek tahliliy loyihani davom ettirish yoki uni yopish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
195
11,563
Qonunchilik
YO‘L HARAKATI QOIDALARINI BUZILIShIGA DOIR MA’MURIY IShLARNI KO‘RIB ChIQIShNI TAShKIL ETISh HAQIDAGI YO‘RIQNOMAGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2000-yil 23-apreldagi 87-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish haqidagi yo‘riqnoma”ga (2000-yil 9-iyun, ro‘yxat raqami 933 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-yil, 12-son) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgandan so‘ng uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 1. 3.3-band “135-moddasida” degan so‘zlardan keyin “1351-moddasida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. 3.4-band “135-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1351-moddasida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 3. 3.5-band “135-moddasi birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “1351-moddasida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 4. 3.7-bandda: birinchi xatboshisi “135” raqamidan keyin “1351” raqami bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin: “Izoh: kodeksning 1351-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda sug‘urta idoralarining huquqbuzarlik alomati bartaraf etilganligi haqidagi tegishli ma’lumoti taqdim etilgandan so‘ng transport vositasini qo‘yib yuborishga ruxsat berilishi mumkin”. 5. 3.23-bandning uchinchi xatboshisi “135-moddasida” degan so‘zlardan keyin “1351-moddasida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
148
1,863
Qonunchilik
“Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-400-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 3-avgustda kiritilgan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-400-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
170
687
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF–4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2007-yil 13-iyuldagi 01/16-712-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1708, 2007-yil 3-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 35-36-son, 366-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF–4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:”. 2. Nizomda: a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF–4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.”; b) 2-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 8-bandning birinchi xatboshisidagi, 10 va 13-bandlardagi “Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmasiga” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 11-bandda: birinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; e) 14-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; j) 15-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; z) 16-bandda: birinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmasiga” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; i) 17-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmasi” va “Davlat mulki qo‘mitasiga” degan so‘zlar tegishlicha “Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organi” va “Davlat raqobat qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; k) 19-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; l) 22-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; m) 23-bandda: birinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasi hududiy boshqarmalari” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “Davlat mulki qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; n) 25-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o) 1 va 3-ilovalardagi “Davlat mulki qo‘mitasi hududiy boshqarmasi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasining hududiy organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; p) 2-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; r) 4-ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan.
190
6,374
Qonunchilik
USTUVOR INVESTITSIYa LOYIHALARINI AMALGA OShIRISh UChUN XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB ETISh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ustuvor investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlarining hamda donor mamlakatlarning moliyaviy resurslarini va grantlarini jalb etish jarayonida respublika davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga: ustuvor investitsiya loyihalarini puxta ishlab chiqish va ularning portfelini shakllantirish, iqtisodiy rivojlantirish va tarkibiy o‘zgartirishlarning uzoq muddatli prognozlari va ustuvorliklari, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan Hukumat tomonidan belgilangan yo‘nalishlar asosida xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; xalqaro moliya tuzilmalari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki), xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan respublika uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ularni jalb etish yuzasidan istiqbolli va joriy dasturlarni o‘rganish, umumlashtirish va takliflar tayyorlash; investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, moliyalashtirish tashkilotlariga qo‘yiladigan standartlarga to‘liq muvofiq holda ularni belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish; investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalari portfelini yangilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish yuklansin. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda tijorat banklari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilishini ta’minlaydi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga qo‘shimcha vazifalar yuklanishi munosabati bilan markaziy apparat xodimlari sonini 4 kishiga ko‘paytirishga ruxsat berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq xodimlarning qo‘shimcha soni ta’minotiga Davlat budjeti hisobiga mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 22-yanvardagi 37-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 10-modda) 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandda “146” raqami “150” raqami bilan almashtirilsin. 2. 1a-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. 5-ilovada: a) 9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “respublika uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya dasturlarini amalga oshirishga xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlarni ishtirok etishga faol jalb etish maqsadida ular bilan hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish”; b) 10-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “ustuvor investitsiya loyihalarini puxta ishlab chiqadi va ularning portfelini shakllantiradi, uzoq muddatli prognozlar, rivojlantirish ustuvorliklari, tarkibiy o‘zgartirishlar, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlari asosida xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi; xalqaro moliya tuzilmalari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki), xorijiy moliya va sug‘urta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan respublika uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ularni jalb etish yuzasidan istiqbolli va joriy dasturlarni o‘rganadi, umumlashtiradi va takliflar tayyorlaydi; investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ishlab chiqilishini, ular moliyalashtirish tashkilotlariga qo‘yiladigan standartlarga to‘liq muvofiq holda zarurat bo‘lganda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazilishini muvofiqlashtiradi; investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va ularning samaradorligini baholash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, respublikadagi iqtisodiy va ijtimoiy qayta o‘zgartirishlar strategiyasidan kelib chiqib investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalari portfelini yangilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritadi”. v) 16-bandda: “bosh boshqarmalar” so‘zlaridan keyin “boshqarmalar” so‘zi qo‘shilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Boshqarma boshliqlari maqomiga ko‘ra bosh boshqarma boshlig‘iga, bo‘limlar boshliqlari — boshqarma boshlig‘iga, guruhlar rahbarlari esa — boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosariga tenglashtiriladi”; uchinchi xatboshida “Iqtisodiyot vazirligining” so‘zlaridan keyin “boshqarma” so‘zi qo‘shilsin.
134
5,508
Qonunchilik
RESPUBLIKA DORIXONA MUASSASALARIDA DORI-DARMONLAR VA TIBBIY BUYuMLAR SOTISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. 1. 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va vakolatli nazorat-tekshirish laboratoriyalarida sifat bo‘yicha nazoratdan o‘tmagan dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni sotish; dorixona muassasalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni qabul qilib olish taqiqlansin.”. 2. 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bemorlarga bepul retseptlar bo‘yicha dori-darmonlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, dorixona muassasalari tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga binoan ambulatoriyada davolashda dori-darmonlar bepul beriladigan kasalliklar va shaxslar ro‘yxatiga muvofiq beriladi”. 3. 12-banddagi “narkotik” so‘zi chiqarib tashlansin. 4. 13-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Davlat nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan narkotik vositalar, psixotrop moddalar shahar (shahar yoki qishloq tumani) doirasida faoliyatning tegishli turiga ruxsatnomasi bo‘lgan dorixonalar tomonidan ularning hududidagi davolash-profilaktika muassasalari retseptlari bo‘yicha beriladi”. 5. 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan dorilar uchun berilgan retseptlar — yozib berilgan kundan boshlab 7 kun mobaynida, zaharli moddalar bo‘lgan dorilar bo‘yicha 10 kun, barcha qolganlari bo‘yicha esa bir oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi”. 6. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Tibbiy etil spirti: ambulatoriyaga qatnab davolanadigan uzoq davom etadigan kasalga chalingan bemorlarga vrachning “Maxsus ko‘rsatma bo‘yicha” deb yozib qo‘yilgan, imzolangan va davolash-profilaktika muassasasining muhri qo‘yilgan retseptlari bo‘yicha, sof holda 100 grammgacha hamda “Kompress qilish uchun” deb yozib qo‘yilgan (aralashtirishi miqdori ko‘rsatilgan holda) yoki “Terini ishqalash uchun” deb yozib qo‘yilgan retseptlar bo‘yicha, ingrediyentlar aralashmasida 100 grammgacha; tibbiyot maqsadlari uchun tibbiyot muassasalari va tashkilotlariga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan normativlar bo‘yicha beriladi”. 7. 19-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Tarkibida narkotik vositalar, zaharli, psixotrop moddalar, etil spirti, uxlatadigan vositalar, steroid gormonlar, anabolik aktivlikka ega moddalar, tarkibida 8-oksixinol hosilasi bo‘lgan dorilar, shuningdek imtiyozli shartlarda yoki bepul beriladigan dorilar uchun berilgan retseptlar dorixonada qoldiriladi”. 8. 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Dorixona muassasalari va ularning xodimlari ushbu Qoidalar talablarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar”. 9. 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Respublika hududida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha dorixona muassasalarida ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklanadi”.
138
3,520
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-433-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 10-noyabrda kiritilgan “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Doing business” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-433-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
249
1,046
Qonunchilik
“Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 16-maydagi 2016-16, 33, 01-02/8-25-son “Qishloq qurilish invest” IK MChJ, pudrat va yordamchi pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish materiallari va uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2792, 2016-yil 26-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 21-son, 246-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror “Qishloq qurilish invest” IK MChJ bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
935
Qonunchilik
Havo kemalari parvozlari хavfsizligini oshirish uchun chora-tadbirlar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi a’zosi Polyante SVEShNIKOVning muhokama etilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi* boʻyicha sharhlari. Avvalambor, butun jahonda keng tarqalgan bir  muammoga e’tiboringizni jalb qilmoqchiman. Ayni paytda havo kemalariga lazer nurini yoʻnaltirish bilan bogʻlik bezorilik holatlari koʻpaygan va ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasiga ham ta’sirini koʻrsatayapti. Uchuvchilar kabinasiga yoʻnaltirilgan lazer nuri (qoʻnish va uchish jarayonida) uchuvchilarning vaqtinchalik oriyentatsiyasini yoʻqotish yoki koʻrish qobiliyatini yoʻqotish holatiga olib kelishi mumkin. Bunday harakatlar havo kemalarining parvozlar хavfsizligiga хavf soladi hamda ekipaj a’zolari va yoʻlovchilar hayotini хavf-хatarga qoʻyadi. Ayrim hollarda lazer nuri oʻzining kuchiga qarab ekipaj a’zolarining sogʻligʻiga juda katta zarar yetkazishi mumkin, ya’ni koʻrish qobiliyatining yoʻqotilishi va uni tiklab boʻlmasligi sababli uchish faoliyatini toʻхtatilishiga olib kelishi mumkin. Havo kemalariga lazer nurini yoʻnaltirish holatlari 90-yillardan boshlab qayd qilinmoqda va bular asosan bezorilik alomatlari bilan bogʻliqdir. Bunday holatlar asosan Shimoliy Amerika, Yevropa, Rossiya va Arab davlatlarida qayd qilinmoqda. Bir misol, faqatgina AQShning oʻzida yiliga 2 mingdan ortiq bunday bezoriliklar qayd qilinmoqda. Lazer nuri bilan bogʻliq bezoriliklar butun dunyo aviatashuvchilarining muammosiga aylanmoqda. Aytish joizki, Amerika Qoʻshma Shtatlarida lazer nurini qoʻllayotgan bezorilarga qarshi kurashishda qoʻllanilayotgan choralar keskin ravishda kuchaytirildi. Endilikda lazer nurini qoʻllagan bezorilarga kamida 11 ming AQSh dollari miqdorida jarima solinadi. Bundan tashqari kelajakda lazer nurini qoʻllagan bezorilarni havo kemasini olib qochgan shaхslar bilan tenglashtirish va ularga shunday qonunbuzarlik bilan bogʻliq jazo qoʻllanilishi koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyada ham lazer nuri qoʻllanishi bilan bogʻliq bezoriliklarga jazo choralarini qoʻllash nazarda tutilmoqda. Afsuski, bugungi kunga qadar uchuvchilarni lazer nuridan himoya qilishning samarali teхnik usullari ishlab chiqilgan emas. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida lazer nurli koʻrsatkichlarni qoʻllash bilan bogʻliq bezoriliklarga qarshi qoʻllaniladigan ma’muriy yoki jinoiy javobgarliklar mavjud emas. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda Hukumatimiz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi havo hududida parvozlar хavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013 yil 20 fevraldagi 50-son qarori qabul qilindi. Qarorda: - Oʻzbekiston hududida lazer nurli koʻrsatkichlar sifatida foydalaniladigan portativ lazerli nur tarqatgichlarni chetdan olib kirish va sotish taqiqlanishi; -lazerli koʻrsatkichlarning chetdan noqonuniy olib kirilishi, sotilishi hamda ulardan foydalanilishi holatlarini aniqlash va bartaraf etish, aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilishi; -uchuvchilarning kabinalari lazerli koʻrsatkichlar bilan nurlangan taqdirda havo kemalari ekipajlarining ishlash tartiblari hamda ekipaj a’zolarining sogʻliqlariga zarar yetishini oldini olish tadbirlari; -oʻquvchilar va yoshlar, ularning ota-onalari oʻrtasida lazerli koʻrsatkichlarni odamga va parvoz qilayotgan havo kemalariga qaratishning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlash belgilangan. Biroq Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan choralarga qaramay, lazer nurli koʻrsatkichlarni qoʻllash bilan bogʻliq bezoriliklar davom etmoqda: - 2014 yilda 10 (oʻnta) holat, shulardan 6 (oltitasi) Toshkentda, 2 (ikkitasi) Fargʻonada, bittadan Samarqand va Buхoroda sodir boʻlgan; - 2015 yilning sentyabr oyiga qadar 5 (beshta) holat qayd qilingan, shulardan 3 (uchtasi) Toshkentda va bittadan Samarqand va Buхoroda sodir boʻldi. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2015 yil 16 apreldagi 05/30-33-son topshirigʻiga asosan ishlab chiqildi. Qonun loyihasi Parvozlar хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK,  Mudofaa, Ichki ishlar, Iqtisodiyot, Moliya  va  Adliya vazirliklari,  Davlat soliq va  bojхona qoʻmitalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Milliy хavfsizlik хizmati bilan hamkorlikda ishlab chiqildi hamda belgilangan tartibda tegishli tashkilot va vazirliklar bilan kelishildi. Qonun loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish boʻyicha asosiy gʻoyasi –Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga havo kemalariga qarshi lazer nurli koʻrsatkichlarni qoʻllaganligi uchun jismoniy shaхslarning jinoiy va ma’muriy javobgarligi normalarini belgilash. Chunki, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013 yil 20 fevraldagi 50-son qarori vakolatli vazirlik va idoralar qonun buzuvchilarni javobgarlikka tortishini koʻzda tutmaydi. Vakolatli vazirlik va idoralar hujjatlarida gʻayriqonuniy harakat sub’yektlarini aniqlovchi va belgilovchi meхanizmning oʻrnatilishi qonun qabul qilingandan keyin amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Ishonamizki, qonunning qabul qilinishi havo kemalari parvozlari хavfsizligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi hamda milliy qonunchiligimizni ekipaj a’zolari va yoʻlovchilar hayotini хavf-хatarga qoʻyganligi uchun jismoniy shaхslarning jinoiy va ma’muriy javobgarligi bilan toʻldiradi. *“norma.uz”caytida  joylashtirilgan. Ma’ruf  USMANOV  suhbatlashdi va yozib oldi Mavzu boʻyicha materiallar: Qonun ijrosi deputatlar nazoratida Qonun muhokama jarayonida mukammallashadi Yoʻllardagi videokameralar qanday qonuniylashtiriladi “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan: Men yashab kelayotgan uyga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish va shaxsiy mulk sifatida ro‘yxatga olish uchun haqlimanmi? Mudofaa ishlari boʻlimi harbiy hisobda turish qoidalari buzilganligi uchun meni ma’muriy javobgarlikka tortdi. Mudofaa ishlari boʻlimi хodimlari haqlimi? Kechiktirib (oʻz vaqtida toʻlanmagan) toʻlanadigan oylik maoshlarini indeksatsiya qilish yoki penya qoʻshib hisoblash qonunchilikda koʻzda tutilganmi?
70
6,524
Qonunchilik
«FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASh TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 10 VA 11-MODDALARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi 265-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari jumlasiga o‘z mablag‘lari, jalb etilgan mablag‘lar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika, dorixona muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek xususiy farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar kiradi»; 2) 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Tibbiy faoliyat tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan, farmatsevtika faoliyati esa tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin». 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
132
1,242
Qonunchilik
AVTOMOBIL YoNILG‘ISI QUYISh ShOXOBChALARINING IShINI TAKOMILLAShTIRISh VA RESPUBLIKA ISTE’MOLChILARINI NEFT MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLAShNI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlash va ularni sotishda qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 4. Belgilab qo‘yilsinki: avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari uchun neft mahsulotlari faqat neft mahsulotlari yetkazib beruvchining maxsus avtotransportida yetkazib berilishi hisobga olingan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlar (avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobcha egalari) bilan neft bazalari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida, belgilangan tartibda beriladi; neft mahsulotlarini yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma AYoQS egalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa xavfsizligi davlat qo‘mitasi, “O‘zneftgazinspeksiya”, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy bo‘linmalarining AYoQS mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablari, yong‘inga qarshi talablar, neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish va tarqatish talablariga muvofiqligi, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjudligi to‘g‘risidagi tegishli xulosalari taqdim etilgan holda tuziladi; AYQSh xodimlari belgilangan tartibda texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malakasini oshirish, tayyorlash, qayta tayyorlash va bilimlarini tekshirishdan o‘tishlari lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatli davlat organlari bilan birgalikda AYQShlarni sanitariya, ekologiya, yong‘in xavfsizligi, shaharsozlik normalari va qoidalariga va savdo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qiladilar va to‘liq javob beradilar. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining, shuningdek xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar uyushmalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ish tartibi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish; xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalarining talab qilinadigan neft mahsulotlari hajmlari to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqish hamda ularni yetkazib berish yuzasidan “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bo‘linmalari bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha takliflar kiritish; xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalari manfaatlarini himoya qilish va ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida ifodalash; xorijiy investitsiyalarni hamda vatanimiz yuridik va jismoniy shaxslari mablag‘larini avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari tarmog‘ini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishga jalb etish. 6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika hamda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komplekslari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari bir oy muddatda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarining ta’sis konferensiyalarini tayyorlasinlar va o‘tkazsinlar, qonunchilikda belgilangan tartibda rahbar va ijro etuvchi organlarini saylashda ko‘maklashsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tizimining naqd pulga neft mahsulotlari sotuvchi ishlab turgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini 4-ilovaga* muvofiq 1998-yil oxirigacha va 1999-yilda xususiylashtirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali va tender asosida avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini, ular joylashgan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda va yer uchastkalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablag‘lar manbalari yuzasidan deklaratsiya talab qilmasdan, sotsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur tartibni hamda avtomobil yonilg‘isi kuyish shoxobchalarining mazkur qarorga 1-ilovada bayon qilingan talablarga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun ichki ishlar organlari va bo‘linmalarining mas’uliyatini oshirsin. 10. Hukumatning ayrim qarorlarga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarorining 1-bandidan, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomning 1-bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin. 11. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “Yonilg‘i-moylash materiallarini sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarining ishlash qoidalarining 8 va 20-bandlari; Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomga ilova; Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 433-fm farmoyishiga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin. Qarorning bajarilishi to‘g‘risida 1998-yil noyabrda va 1999-yil yanvarda axborot berilsin.
179
6,212
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-799-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 11-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-799-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
703
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga o‘zgartirishlar kiritilsin: 2. “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoni 9-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. “Rangli metallar parchalari va chiqindilari o‘g‘irlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-martdagi PF-2559-son Farmoni 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmoni 2-bandining oltinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
95
1,115
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “SOG‘LIQNI SAQLASh TIZIMINI ISLOH QILIShNI YaNADA ChUQURLAShTIRISh VA UNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT DASTUR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 53-modda): a) Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarining (1-ilova) 1-bandiga “Farmoniga” so‘zidan keyin “hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF–3923-son Farmoniga” so‘zlari qo‘shilsin; b) Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash tartibida (2-ilova): 1-bandiga quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Ushbu tartibning amal qilishi faqat: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Markazlarga; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga 2-ilovada keltirilgan, zamonaviy, yuqori texnologiyali tashxis va davolash asbob-anjomlari qo‘llanilgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslarga; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF–3923-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan markazlarga va ushbu Markazlar to‘g‘risidagi nizomlarda ko‘rsatilgan imtiyozli toifadagi shaxslarga tatbiq etiladi”; 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yilning har choragida mavjud o‘rinlar fondining, uning aylanishining va poliklinikalarning bemorlarni qabul qilish quvvatining quyidagi miqdorida imtiyozli bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga kvotalar belgilanadi: Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari uchun — 20 foizigacha; Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 20 foizigacha; Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 30 foizigacha; Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — katta yoshdagilar bo‘limlari bo‘yicha — 20 foizigacha va bolalar bo‘limlari bo‘yicha — 100 foizigacha; Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 100 foizigacha. Kvotalarni mintaqalar bo‘yicha taqsimlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarining buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi”; 16-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlar poliklinikalarning mavjud o‘rinlar fondi, uning aylanishi va bemorlarni qabul qilish quvvatining ushbu Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan tegishli hajmda bo‘lishi”; 18, 20 va 23-bandlarning ikkinchi xatboshidagi “20 foiziga qadar hajmda” so‘zlari “ushbu Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan hajmda” so‘zlari bilan almashtirilsin; 19-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “setkasi” so‘zidan keyin “(O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tarif setkasi)” so‘zlari qo‘shilsin; v) Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga yotqizish to‘g‘risidagi nizomda (3-ilova): 5-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin: “Endokrinologiya markazi bo‘yicha — 15 foiz; Akusherlik va ginekologiya markazi bo‘yicha — 10 foiz; Terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi bo‘yicha — 2 foiz”; oltinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin; Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga yotqizish to‘g‘risidagi nizomga ilovada: ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga shoshilinch yotqizilishi talab qilinadigan bemorlarning holatlari ro‘yxati”; quyidagi mazmundagi V, VI va VII bo‘limlar qo‘shilsin: 1. Gipertonik kriz, miokard infarkti, miyada qon aylanishining kuchli buzilishi bilan bog‘liq qandli diabet. 2. Qandli diabet asoratlari: koma, prekoma, ketoatsidoz, ketoz, surunkali buyrak yetishmovchiligi anuriya bilan, yiringli asoratlar. 3. Aralash-zaharli buqoqning og‘ir asorati, zaharli buqoqning, autoimmun tireoditning tugunli shakllari (tiretoksik yurak, oftalmopatiyaning og‘ir shakllari). 4. O‘ta og‘ir tireodit, murakkablashgan gipertireozning og‘ir shakli. 5. Og‘ir yiringli strumit. 6. Ko‘plab patologik siniqli giperparatireoz. 7. Gipertonik krizis holatli, insulinoma (og‘ir gipoglikemik holat) buyrak usti bezlari o‘smalari (feoxromatsitoma, Itsenko-Kushing sindromi). 8. Qandsiz diabet holatidagi og‘ir ahvol hamda gipopituitarizmning turli shakllari. 9. Buyrak usti bezlari pardasining surunkali yetishmovchiligi holatidagi og‘ir endokrin yetishmovchilik. 10. Gipotireoz og‘ir yurak-qon tomirlari buzilishlari bilan. 1. Gemorragik shok holatdagi jinsiy yo‘llardan qon ketishi. 2. Gemorragik shok holatdagi bachadondan tashqari homilaning to‘xtatilishi. 3. Ginekologiyadagi og‘ir qorin og‘rig‘i. 1. Murakkablashgan astmatik maqomdagi bronxial astma. 2. Nafas yetishmovchiligi aks etgan (II-III darajasi) og‘ir kuchayish davridagi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK). 3. O‘tkir pnevmoniya og‘ir kechish asoratlari bilan. 4. Yurak ishemik kasalligi: miokardning og‘ir infarkti, og‘ir koronar sindromi. 5. Gipertonik kriz. 6. Yurak faoliyati ritmining gemodinamik sezilarli va hayot uchun xavfli buzilishlari. 7. Og‘ir chap me’da yetishmovchiligi (yurak astmasi, o‘pka shishi)”; g) Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (4-ilova): 4-banddagi “Markazlarning 2008-yildan kechikmay” so‘zlari “Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi va kardiologiya markazlari 2007-yilda, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi 2008-yilda hamda Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi 2011-yilda” so‘zlari bilan almashtirilsin; 13-bandning ikkinchi xatboshidagi “20 foiziga qadar hajmda” so‘zlari “har bir Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan hajmlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentabrdagi 217-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 51-modda): a) Boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) qishloq muassasalarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (2-ilova) 10-bandidagi “belgilangan tartibda” so‘zlaridan keyin “tumanlar moliya organlariga va” so‘zlari qo‘shilsin; b) Boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) shahar eksperimental muassasalarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomda (3-ilova): 9-banddagi “ularga” so‘zi “tumanlar (shaharlar) moliya organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “12. BTSYo ShE muassasalarini moliyalashtirish Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari tegishli tumanlari (shaharlari) hamda Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq har oyda bitta summada (xarajatlar guruhlariga bo‘lmasdan) amalga oshiriladi. Sog‘liqni saqlash budjetini ajratishda mahalliy moliya organlari birinchi navbatda BTSYo muassasalari uchun moliyaviy mablag‘lar ajratilishini ta’minlashi lozim”. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlantirilishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
250
9,566
Qonunchilik
Buхgalter, kadrlar boʻyicha хodim yoki yuristni norma.uz saytidan topasiz
Buхgalteriya, kadrlar yoki yuridik хizmat хodimini izlayapsizmi? «Norma» sizga yordam beradi. Mazkur mutaхassislarni izlayotgan kompaniyalar uchun bepul vakansiyalar servisi yaratdik. E’lonni bir oyga qanday qilib joylashtirish mumkin: Barcha vakansiyalarni Telegram: https://t.me/jobnorma tarmogʻida ham e’lon qilamiz. «Norma» kompaniyasidan maslahat: buхgalter vakansiyasiga da’vogarning malakali ekanligiga ishonch hosil qilmoqchi boʻlsangiz, bir.uz servisidan foydalaning. Qoʻngʻiroq qiling – 200-00-45.
73
508
Qonunchilik
Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni hamda “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-maydagi PQ-263-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PQ-263-son qarorining 2-bandi “a” kichik bandiga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya berish, talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishining amaldagi tartibi saqlangan holda, “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi va rasmiylashtirib borilishi; Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga muvofiq litsenziyalash tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: advokatlik faoliyatini litsenziyalash uchun talabgorning xohishiga ko‘ra “Litsenziya” axborot tizimi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartibi; advokatlik faoliyatini litsenziyalashni fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish ixtisosliklari bo‘yicha amalga oshirish; talabgorning advokatlik litsenziyasini olishi uchun talablar va shartlarni belgilash; litsenziyalovchi organ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari) tomonidan o‘n ish kuni ichida “Litsenziya” AT orqali talabgorning arizasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish tartibi; talabgor yoki litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organ yoki uning mansabdor shaxsi qarorlari yoxud harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish hamda uni ko‘rib chiqish muddatlari, tartibi va shartlari; advokatga advokatlik guvohnomasini bergan tegishli adliya organi tomonidan advokatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini nazorat qilish tartibi; Advokatlik faoliyati uchun berilgan litsenziyalarning davlat reyestrini “Litsenziya” axborot tizimida elektron shaklda yuritish tartibi. 3. Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq advokatlik faoliyatini litsenziyalashni “Litsenziya” axborot tizimi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Ushbu qaror 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom advokatlik faoliyatini “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyalash, litsenziya talab va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish hamda ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: advokatlik faoliyati uchun litsenziya (keyingi o‘rinlarda — litsenziya) — shaxsning advokatlik faoliyatini amalga oshirishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, cheklanmagan muddatga beriladigan elektron hujjat; advokatlik faoliyatini litsenziyalash — litsenziya olish to‘g‘risidagi arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, litsenziyani berish, amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, shuningdek, litsenziyani tugatish, qayta rasmiylashtirish va o‘zgartirish jarayoni bilan bog‘liq tartib-taomillar majmui; talabgor — litsenziyani olish uchun murojaat qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; litsenziyalovchi organ — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari; litsenziat — advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) — litsenziyalash tartib-taomillari bilan bog‘liq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus elektron tizim; litsenziya talablari va shartlari — advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishda advokat tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Advokatlik faoliyatini litsenziyalash pasportida (keyingi o‘rinlarda — pasport) belgilangan talablar va shartlar majmui; litsenziyalar reyestri — berilgan, amal qilishi to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, o‘zgartirilgan va tugatilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi. 3. Advokatlik faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Advokatlik faoliyatini litsenziyalash: fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish; ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish ixtisosliklari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ixtisoslik faqat fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritishda advokatlar tomonidan malakali yuridik yordam ko‘rsatishda talab qilinadi. Advokat tanlangan ixtisoslik yo‘nalishlaridan qat’i nazar, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik hujjatlari yuzasidan og‘zaki va yozma ma’lumotnomalar berish, huquqiy tusdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzish, davlat organlarida (sud organlaridan tashqari), jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatish huquqiga ega. Har bir advokat tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo‘yicha belgilangan tartibda malaka imtihoni topshirish huquqiga ega. 5. Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi; yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yil ish stajiga ega bo‘lishi; advokatlik tuzilmasida kamida uch oy stajirovka o‘tagan bo‘lishi (davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar bundan mustasno); malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo‘lishi. 6. Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari pasportning 9-bandi bilan belgilanadi. 7. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan holatlarda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Talabgor litsenziya olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda yuboradi. Arizalar har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Bunda, arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda, navbatdagi ish kuni ariza litsenziyalovchi organga kelib tushgan va litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi. 9. Ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga yuboriladi. Talabgor litsenziya olish uchun taqdim qilgan arizasining ko‘rib chiqilish holatini “Litsenziya” AT orqali onlayn kuzatib borishi mumkin. 10. Tanlangan har bir ixtisoslik bo‘yicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun uch oy ichida tegishli litsenziyalovchi organga murojaat qilishi kerak. Bu muddatni o‘tkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun qayta malaka imtihonini topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin. 11. Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo‘yicha litsenziyalovchi organ tomonidan cheklanmagan muddatga beriladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi. 12. Talabgor o‘z elektron raqamli imzosidan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi hamda ixtisoslik turini tanlab, elektron shaklda ariza to‘ldiradi. Arizada quyidagilar aks ettiriladi: talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi; jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR); telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa); doimiy yashash joyi; talabgor amalga oshirmoqchi bo‘lgan ixtisoslik turi. Talabgorning malaka imtihonidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishlicha Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari tomonidan talabgorning malaka imtihonidan o‘tganidan so‘ng darhol “Litsenziya” ATga kiritiladi. 13. Talabgordan ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni va boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 14. Talabgor kelgusida o‘z faoliyatini advokatlik byurosini tashkil qilgan holda amalga oshirish istagini bildirsa, litsenziya olish uchun to‘ldiriladigan arizaga qo‘shimcha tarzda advokatlik byurosi ustavini ilova qilgan holda uni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘rovnomani ixtiyoriy ravishda to‘ldirishi mumkin. Bunda, talabgor advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lovlarni alohida amalga oshiradi. 15. Talabgor ariza berish vaqtida litsenziya talablari va shartlariga mosligini va ularga rioya etishini tasdiqlashi lozim. 16. Talabgor arizaga noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganligini aniqlagan taqdirda, ma’lumotlarni arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘imni to‘lashdan oldin o‘zgartirishga haqli. 17. Arizani ko‘rib chiqish uchun pasportning 6-bandida belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi. Yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining hisobvarag‘iga; 11,25 foizi — YIDXGT orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar — litsenziyalovchi organning hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi. 18. Arizaga kiritilgan ma’lumotlar “Litsenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud ma’lumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi. Ariza quyidagi hollarda avtomatik tarzda qabul qilinmaydi: noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar kiritilganligi “Litsenziya” AT orqali aniqlanganda; pasportning 6-bandida nazarda tutilgan yig‘im to‘lanmaganda; litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi tasdiqlanmaganda; litsenziya reyestrida talabgor tanlagan ixtisoslik (ixtisosliklar) bo‘yicha kiritilgan va amalda bo‘lgan litsenziyasi mavjud bo‘lgan taqdirda; talabgorning advokatlik faoliyati muayyan muddatga to‘xtatilganda; talabgorning tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishi sudning qaroriga asosan muayyan muddatga taqiqlanganda. Mazkur bandda ko‘rsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi. 19. Yig‘im to‘langanidan so‘ng ariza “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda talabgorning doimiy yashash joyidagi litsenziyalovchi organga yuboriladi. 20. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror pasportning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi. 21. Litsenziyalovchi organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga ko‘ra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni “Litsenziya” AT orqali mustaqil ravishda olishi, shuningdek, talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini belgilaydigan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin. 22. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali litsenziyalovchi organ rahbarining ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qiladi. Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. 23. Talabgorning advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha arizasi mavjud bo‘lganda, litsenziyalovchi organ arizaga ilova qilingan hujjatlarni litsenziya berish muddati ichida ko‘rib chiqadi. Arizaga ilova qilingan hujjatlar qonunchilikka muvofiq bo‘lganda, advokatlik byurosini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning axborot tizimi orqali o‘z axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va bu haqida tegishli davlat xizmatlari markaziga real vaqt rejimida avtomatik tarzda barcha tegishli ma’lumotlarni yuboradi. 24. Agar litsenziyalovchi organ pasportning 8-bandida belgilangan arizani ko‘rib chiqish muddati mobaynida talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, talabgor bu haqida litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda xabardor qiladi. Bunda, litsenziya “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi va talabgor ushbu Nizomning 29-30 va 32-bandlarida nazarda tutilgan tartibda davlat bojini to‘laganidan so‘ng advokatlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Talabgorning litsenziyani olishni kutishga roziligini bildirishi, uning keyinchalik litsenziyalovchi organni xabardor etish orqali faoliyatni amalga oshirish huquqini cheklamaydi. Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, talabgor belgilangan davlat boji to‘lovini amalga oshirgandan keyin “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. Bunda, talabgor advokatlik faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas va tegishli litsenziyalovchi organ yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi. 25. Talabgorda “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lsa yoki 31-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmasa yoxud beshinchi qismida nazarda tutilgan muddatda litsenziya olish uchun murojaat qilmasa litsenziya berish rad etiladi. Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 26. Talabgorning advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha so‘rovnomasi mavjud bo‘lganda litsenziya berish rad etilgan hollarda advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham rad etiladi. Bunda, talabgor litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatlarda bartaraf etgan holda advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha to‘lov to‘lmasadan qayta murojaat qilishi yoki amalga oshirilgan to‘lov asosida kelgusida Davlat xizmatlari markazida advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin. Talabgor tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan hollarda, advokatlik byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov uning murojaatiga asosan to‘lov taqsimlangan manbalar hisobidan qaytariladi. 27. Litsenziyani berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror talabgorga rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda, shu kunning o‘zida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi. Litsenziya berish rad etilgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. 28. Talabgor litsenziya berish rad etilganligi, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining litsenziyalash tartib-taomillari bilan bog‘liq harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega. 29. Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziyalovchi organ bu haqida shu kunning o‘zida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji to‘lash uchun hisobvaraq ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi. Xabarnoma yuborilganligi to‘g‘risida ma’lumot hamda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladigan boshqa ma’lumotlar talabgorning xohishiga ko‘ra mobil aloqa qurilmasiga SMS-xabar shaklida ham yuborilishi mumkin. 30. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatda davlat boji to‘lovini amalga oshiradi. Litsenziyani berish uchun davlat boji to‘lovi belgilangan muddatda amalga oshirilmasligi litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani berish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinganligi haqidagi ma’lumot “Litsenziya” AT orqali avtomatik tarzda talabgorga yuboriladi. Bunda, talabgor litsenziyani olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi. Davlat boji to‘lovi amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi. 31. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi: 68,25 foizi — budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasining hisobvarag‘iga; 11,25 foizi — YIDXP orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek 0,5 foizi yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; 20 foizi — Davlat budjetiga yo‘naltiriladi. 32. Davlat boji to‘langanidan so‘ng “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. 33. Berilgan litsenziyalar haqidagi ma’lumot “Litsenziya” ATda litsenziyalar reyestriga avtomatik ravishda kiritiladi. 34. Litsenziatning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda u besh ish kuni ichida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlarni va qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ariza yuborishi bilan murojaat qilish lozim. 35. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘imning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun davlat boji undirilmaydi. 36. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalovchi organga tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida litsenziya qayta rasmiylashtirib beriladi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasi asosida amalga oshiradi. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. 37. Litsenziatning arizasiga asosan advokatlik faoliyatini boshqa ixtisoslik turi bilan kengaytirishda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya o‘zgartirilishi mumkin. Litsenziyani o‘zgartirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi, bunda arizani ko‘rib chiqish uchun yigimning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. Ushbu bandda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishda “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida tegishli litsenziyani berganlik uchun to‘lanadigan summaning 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi va ushbu Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi. 38. Litsenziat bir ixtisoslik turi bo‘yicha amalga oshirayotgan advokatlik faoliyatini boshqa ixtisoslik turi bilan kengaytirish huquqiga ega, bunda advokat litsenziyani o‘zgartirish haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ariza taqdim etishi lozim. Bunda, litsenziyalovchi organ tomonidan advokatning avvalgi litsenziyasiga qo‘shimcha ixtisoslik turiga oid ma’lumotlar kiritilgan holda o‘zgartirishlar kiritiladi. 39. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Litsenziya” AT orqali amalga oshiriladi. 40. Adliya organi advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi. Adliya organi advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, advokatga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘ash haqida Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga taqdimnoma kiritadi. 41. Advokatga nisbatan intizomiy ishni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi yoki Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining qaroriga asosan, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan intizomiy choralar qo‘llanilishi mumkin. 42. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida, advokat litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda, adliya organiga aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar beriladi. 43. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror chiqqanda, litsenziyalovchi organ yoki advokatlik guvohnomasini bergan tegishli bu to‘g‘risida advokat maqomi to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan shaxsni, shuningdek Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasini va surishtiruv, dastlabki tergov organlari hamda sudni, shu jumladan “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali real vaqt rejimida uch kun muddat ichida xabardor qiladi. 44. Talabgor yoki litsenziat litsenziyalovchi organning qarorlari yoki mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. 45. Talabgor yoki litsenziat shikoyatni litsenziyalovchi organga nisbatan Adliya vazirligiga taqdim etadi. Talabgor yoki litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning qarori va uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga ham shikoyat qilishga haqli. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat boshqa vakolatli organlarga ham berilishi mumkin. 46. Shikoyat qaror to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan, talabgor yoki litsenziatga litsenziyalovchi organ qarori va uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin. Shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, shikoyatni ko‘rib chiquvchi organ tomonidan tiklanishi mumkin. 47. Shikoyat yozma, og‘zaki (shaxsiy qabul yoki ishonch telefoni orqali) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabinet, elektron pochta yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali) beriladi va unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: qarorni qabul qilgan yoki harakatni amalga oshirgan litsenziyalovchi organning nomi; shikoyat bergan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; shikoyat bergan shaxsning talablari; ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati (mavjud bo‘lgan taqdirda); shikoyat berilgan sana. Shikoyat yozma shaklda berilganda shikoyat qiluvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova qilinishi kerak. 48. Jismoniy shaxs og‘zaki shikoyat (shaxsiy qabul orqali) qilayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda talabgor yoki litsenziatning elektron manzili va yagona identifikatori (JShShIR) hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatilishi lozim. Shikoyatda elektron manzilning ko‘rsatilganligi talabgor yoki litsenziatning shikoyatini ko‘rib chiqish natijalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga bo‘lgan roziligini anglatadi. 49. Adliya vazirligi shikoyat berilayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) to‘g‘risidagi tegishli axborotni shikoyat olingan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida o‘rganish uchun so‘rab olishi lozim. 50. Talabgor yoki litsenziatning talabiga ko‘ra shikoyat uning ishtirokida ko‘rib chiqilishi mumkin. Bunda, Adliya vazirligi talabgor yoki litsenziatning xohishiga ko‘ra muhokamani videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda o‘tkazishni ta’minlashi shart. 51. Shikoyatni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha bayonnoma tuzilib, u adliya vaziri yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. 52. Adliya vazirligi shikoyat bo‘yicha o‘n besh kun ichida qaror qabul qilishi shart. 53. Shikoyat bergan talabgor yoki litsenziat shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olishga haqli. Shikoyatni chaqirib olish yozma yoki elektron shaklda (“Litsenziya” AT orqali) rasmiylashtiriladi. 54. Adliya vazirligi shikoyat bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli: qarorni o‘zgarishsiz qoldirish; qarorga o‘zgartirishlar kiritish; qarorni bekor qilish va zarur bo‘lgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish; litsenziyalovchi organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan shikoyat mohiyati bo‘yicha muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash. 55. Litsenziyalovchi organning qarori ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shikoyat Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran qarorning amal qilishi va ijro etilishi to‘xtatib turiladi, bundan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish hollari mustasno. 56. Litsenziyalar reyestri “Litsenziya” ATda elektron shaklda yuritiladi va undagi ma’lumot barcha uchun ochiq hisoblanadi. 57. Litsenziyalar reyestri avtomatik tarzda shakllantiriladi, uning doimiy yuritilishi va unga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish litsenziyalovchi organlar tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyalovchi organlar litsenziyalar reyestrini yuritishda ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilishi lozim. 58. Litsenziya olgan quyidagi ma’lumotlarni litsenziyalar reyestriga o‘z vaqtida kiritib borishga javob beradi: litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi, o‘zgartirilganligi; litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi; litsenziyaning amal qilishi qayta tiklanganligi; litsenziyaning amal qilishi tugatilganligi; litsenziya bekor qilinganligi. 59. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: litsenziatning reyestr tartib raqami, uning familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), ixtisosligi; litsenziyalovchi organ nomi; reyestrga kiritilgan sana; faoliyat olib borish manzili (hisob ro‘yxatiga olinganidan keyin); litsenziyaning holati (amalda, to‘xtatib turilgan, tugatilgan, bekor qilingan); litsenziya holati har bir o‘zgarishining asoslari va sanasi. 60. Litsenziatlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bazasi litsenziyalovchi organlar foydalanishi uchun shakllantiriladi va unda litsenziyalashda kiritiladigan ma’lumotlar saqlanadi. 61. Litsenziat litsenziya talab va shartlarining bajarilganligi yuzasidan litsenziyalovchi organga soxta, yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar berganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 62. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 1. Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 95-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarori)” 2017-yil 25-oktabrdagi 873-son qaroriga ilovaning 3-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni)” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-avgustdagi 675-son qarori 5-bandi, shuningdek unga 3-ilova. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 83-bandi. 7. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 8-bandi. 9. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga 4-ilovaning 8-bandi. 10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 4-bandi. 11. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.
114
32,655
Qonunchilik
Hududlar yangi tartib-taomil boʻyicha baholanadi
Prezidentning 1.05.2020 yildagi «Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi PQ–4702-son qarori qabul qilindi.   Eslatib oʻtamiz, 2012 yil 1 iyuldan Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlari tizimi boʻyicha har chorakda baholanishi lozim. 2018 yil 1 yanvardan esa ushbu hududlar rahbarlarining ishini baholash mezonlari joriy etilgan. Ushbu meхanizmlar oʻrniga hududlar, tumanlar va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini har yili reyting baholash tizimi joriy etilmoqda. Uning doirasida har bir hudud oʻrganiladi va ikki bosqichda baholanadi: I. Statistik koʻrsatkichlar sakkizta ustuvor yoʻnalish boʻyicha  baholanadi (umumiy eng yuqori ball – 50): II. Aholining ijtimoiy oʻzini his etishi va turmush sifati, tadbirkorlar va investorlar uchun ishbilarmonlik muhitining holati, jamiyatning islohotlarga ishonchi darajasi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat institutlarining sifatini aniqlash maqsadida alohida soʻrovlar oʻtkaziladi. Ushbu bosqichda hudud yana koʻpi bilan 50 ball toʻplashi mumkin. Soʻrovnoma oʻtkazish metodologiyasi ikki oy muddatda ishlab chiqiladi. 2020 yil 1 iyunga qadar mas’ul idoralar hududlar reytingini tuzish uchun ma’lumotlarni onlayn rejimda kiritadigan aхborot tizimi ishlab chiqiladi. Shu sababli 2019 yil yakunlari boʻyicha reyting baholash natijalari sinov rejimida oʻtkazilib, soʻng tizim takomillashtiriladi. Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi reyting baholash natijalarini umumlashtiradi, ishtirok etuvchi organlar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda muvofiqlashtiradi, shuningdek Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda reyting koʻrsatkichlari tizimi va ularni hisoblash usullariga (zarurat boʻlganda) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.05.2020 yildan kuchga kirgan. Oleg Zamanov.
48
2,104
Qonunchilik
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini yanada soddalashtirish maqsadida: 1. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Sh.M. G‘aniyev va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmonining 2-bandi beshinchi xatboshisidan “, natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadigan” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon ho‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarorida: a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi “oilalarga” so‘zidan keyin “hamda 2022-yil 1-mart sanasidan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) 6-bandning birinchi xatboshisi “tizimiga” so‘zidan keyin “va “E-auksion” elektron savdo platformasiga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi. 11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi. 13. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi. 14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi. 16. Ochiq elektron tanlov o‘tkazishda ishtirok etadigan boshqa idoralar va mansabdor shaxslar — zaruratga ko‘ra.
122
3,566
Qonunchilik
2021 — 2023-yillarda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini yanada oshirish hamda Toshkent viloyatining Piskent tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Toshkent viloyatida sanoat salohiyatini yanada oshirish, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda Toshkent viloyatining Piskent tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va ijtimoiy infratuzilmalarni yanada yaxshilash, aholining ish bilan bandligini ta’minlash, daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2021 — 2023-yillarda Toshkent viloyatida sanoat sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari hamda ularning manzilli ro‘yxati 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan sanoat sohasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarda Toshkent viloyatining Piskent tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur): 2021 — 2023-yillarda Toshkent viloyatining Piskent tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari 3-ilovaga muvofiq; 2021 — 2023-yillarda Toshkent viloyatining Piskent tumanida amalga oshiriladigan qishloq ho‘jaligi va xizmat ko‘rsatish loyihalarining manzilli ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq; 2021 — 2023-yillarda Toshkent viloyatining Piskent tumanida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat 5-ilovaga muvofiq; 2021 — 2023-yillarda Toshkent viloyatining Piskent tumanida ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat 6-ilovaga muvofiq; 2021 — 2023-yillarda Toshkent viloyatining Piskent tumanida ma’muriy binolar va ko‘p kvartirali uylar qurish bo‘yicha manzilli ro‘yxat 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini 2021 — 2023-yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining 2021-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshirsin hamda kelgusi yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olsin. 6. “O‘zsuvta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv bilan ta’minlash bo‘yicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga o‘z vaqtida ulanishini hamda ularga mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib talab etiladigan tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda: davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin; muammoli masalalarni muntazam ravishda o‘rganib borish hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar ko‘rsin; zarur hollarda belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, loyihalarning qiymati va ish o‘rinlari sonini saqlab qolgan holda Dasturda belgilangan loyihalarning manzilli ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish choralarini ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi buyurtmachi va loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazsin va qurilish-montaj ishlari bo‘yicha davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rnatilishini ta’minlasin. 9. Toshkent viloyati hokimligi: manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda manzilli parametrlarning so‘zsiz bajarilishini, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasin; har chorak yakuni bo‘yicha Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi holatini xalq deputatlari Toshkent viloyati va Piskent tumani Kengashlari yig‘ilishlarida muhokama qilib borish choralarini ko‘rsin; har chorak yakuniga ko‘ra Dasturdagi loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijadorligini yig‘ilishlarda muhokama qilib Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Toshkent viloyati hokimi D.A. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
195
6,263
Qonunchilik
Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida qator choralar ko‘rilmoqda. Hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning barqaror va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishiga, milliy hunarmandchilik yanada rivojlanishiga, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishiga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalari ro‘yobga chiqishiga hamda shu asosda aholining bandligi ta’minlanishiga zamin yaratilmoqda. Shu bilan birga, aholining mehnat orqali daromad topishga bo‘lgan qiziqishini keskin oshirish, ayniqsa muhtoj oilalarning hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatini, shuningdek, hududlarda foydalanilmayotgan binolarda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni, aholi tomorqalari va bo‘sh ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bog‘liq loyihalarni imtiyozli shartlarda moliyalashtirishni tizimli ravishda davom ettirishni taqozo etmoqda. Respublika hududlarida aholining daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishiga, oilaviy tadbirkorlik rivojlanishiga har tomonlama ko‘maklashish va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida: 1. Aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Markaziy banki, tijorat banklari va tegishli idoralar rahbarlaridan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlaridan iborat Respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida, viloyat, tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika bo‘linmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda “Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari” (keyingi o‘rinlarda — Markazlar); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati tarkibida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida bo‘linmalar; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzilmasida Aholi tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boshqarmasi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tarkibida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida tegishli sektorlar tashkil etilsin. 2. Ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirishda ishtirok etayotgan banklarga aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish va monitoring yuritishni tashkil etish bo‘yicha maxsus boshqarmalar va filiallarda maxsus bo‘limlar ochish hamda boshqarma (bo‘lim)lar faoliyatiga bevosita rahbarlikni rais o‘rinbosariga biriktirish tavsiya etilsin. 4. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida: nazarda tutilgan loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3 — 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi. Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi; tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi; xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etishga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Sh.A. Vafayev mas’ul etib belgilanadi. Kreditlar bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi xulosasi asosida beriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayev, moliya vazirining o‘rinbosari D.Sh. Sultanov, Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.A. Kamalovlar Dastur koordinatorlari etib belgilansin hamda ularga: viloyatlar va tuman (shahar)lar Markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish; viloyatlar va tuman (shahar)larda dastur ijrosini ta’minlashda ishtirok etadigan tijorat banklarini belgilash; ajratilayotgan resurslarni hududlarning salohiyati, mablag‘larni o‘zlashtirish darajasidan kelib chiqqan holda hududlar va banklar kesimida taqsimlash; haqiqiy ehtiyojdan hamda shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan resurslarni tijorat banklari hamda hududlar kesimida tezkor qayta taqsimlash vakolatlari berilsin. 61. Mazkur qarorga muvofiq tijorat banklariga taqsimlangan mablag‘lardan “Turonbank” ATBga kredit resursi sifatida qayta moliyalashtirilgan qismining 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq qismi O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yo‘naltirilsin. 7. Dastur koordinatorlari va tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga: tuman (shahar)lar ixtisoslashuvi hamda aholi ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun mahalliy hokimliklar bilan birgalikda qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash; qishloq va mahallalarda aholining oilaviy biznesni rivojlantirish borasidagi takliflari va xohish-istaklaridan kelib chiqib hamda dasturni amalga oshirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan viloyat Markazlariga ko‘rsatmalar berib borish; Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish vazifalari yuklansin. 8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son Farmoni, 2018-yil 7-iyundagi ““Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-son va 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3856-son qarorlari asosida imtiyozli kreditlar: viloyatlar yoki tuman (shahar)lar Markazlari tomonidan oilalarning xohish va istaklari, tadbirkorlik subyektlari va yoshlarning loyihalari, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlari mavjudligi chuqur o‘rganilib, har bir oila va tadbirkorlik subyektlarining taklif etayotgan loyihalariga kredit ajratish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida beriladigan xulosalar asosida; tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar ko‘rsatilgandan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan so‘ng ajratiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)ning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va uyushmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda barcha tuman (shahar)larda aholi va muhtoj oilalarni foydali mehnatga jalb etgan holda eksportbop, bozor talabiga to‘liq javob beradigan qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonini qamrab olgan klaster tizimini keng joriy etish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rsin. Bunda: mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash jarayonida aholining, birinchi navbatda, muhtoj oilalarning ishtirokini va moddiy manfaatdorligini oshirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida ulardan mahalliy sharoitlarda keng foydalanish, klaster tizimini joriy qilishda xorijiy mutaxassislarni va mazkur sohada yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish; serhosil meva-sabzavot ekinlarini ekish, naslli chorva mollarini yetishtirish, tayyor mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash jarayoniga zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratsin. 10. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi va Markazlar bilan birgalikda: tadbirkorlik sohasida muayyan tajriba va yutuqlarga erishgan tadbirkorni ularning soha va imkoniyatlarini o‘rgangan holda tajriba orttirish, ko‘nikma shakllantirish maqsadida “Ustoz-shogird” an’anasi asosida maslahatlarni berish bo‘yicha imtiyozli kreditlar olayotgan tashabbuskor, ayniqsa yosh tadbirkorlarga biriktirish; aholining, ayniqsa yoshlarning biznes g‘oya va startaplarini amaliyotga tatbiq etishga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda “biznes inkubatorlar”ni tashkil etish choralarini ko‘rsin. 11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va Markazlarga: hududlarning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olib, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida har bir mahallani aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashtirish, imtiyozli kreditlarni mavjud sharoit va oilalarning xohish-istaklari inobatga olingan holda ajratilishiga e’tibor qaratish; shahar va tumanlar markazlarida foydalanilmasdan turgan binolarni tadbirkorlik subyektlariga ularda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish sharti asosida doimiy yoki uzoq muddatga foydalanish huquqi bilan berish vazifalari yuklatilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3182-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan sektor rahbarlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan hududlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi ta’minlanishida va kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishiga mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin hamda bu borada tijorat banklariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklariga, xonadonlarga tashrif buyurgan holda imtiyozli kreditlardan foydalanish samarasi, natijadorligi va belgilangan muddatlarda qaytarilishini muntazam ravishda nazorat qilib borish vazifasi yuklatilsin. 14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
137
12,035
Qonunchilik
Termizda agroteхnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etiladi
Prezident tomonidan 28 oktyabr kuni “Termiz agroteхnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali (keyingi oʻrinlarda - Filial) negizida Termiz agroteхnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti (keyingi oʻrinlarda – Institut) tashkil etiladi. Institutning asosiy vazifalari: Institutning faoliyati Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Unga quyidagilar topshirildi: Filialning barcha talabalari Institutning mos ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklariga oʻtkaziladi. Joriy oʻquv yili bitiruvchilariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shuningdek, Institutda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kechki (smenali) ta’limni ochish, 2022 yildan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)ga qishloq хoʻjaligi iхtisosliklari boʻyicha qabulni boshlash rejalashtirilmoqda. Quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 29.10.2021 yilda e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
80
1,182
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va texnik ko‘mak vositalarini jalb etishni kengaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki (keyingi o‘rinlarda — YIB) o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida YIBning faoliyat olib borishi to‘g‘risida 2017-yil 13-oktabr kuni Vashington shahrida (AQSh) imzolangan Hadli bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yevropa investitsiya banki bilan o‘zaro hamkorlik qilish va mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirishda mas’ul organ etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa investitsiya banki o‘rtasidagi Hadli bitimning qonuniy kuchi xususida Yevropa investitsiya bankiga ularga maqbul bo‘lgan yuridik xulosa bersin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomoni mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur ichki davlat tartib-taomillarini bajarganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yuborsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar. 6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
42
1,569
Qonunchilik
PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirish, uning o‘quv-metodik va axborot ta’minotini mustahkamlash, respublika ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplom va ularning malakasini oshirish haqidagi sertifikatning davlat namunalari 2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi: manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi normativ hujjatlar va o‘quv-metodik hujjatlarni tasdiqlangan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiqlashtirsinlar; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ta’limning ushbu turiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasini va namunaviy shtatlarini, shuningdek, mablag‘larni rejalashtirish va sarflash tartibini qayta ko‘rib chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar; har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari o‘quv-metodik jarayoni sifati va ular pedagoglari kasb malakasi darajasining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat talablariga muvofiqligining tezkor diagnostikasini amalga oshirsinlar. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda 2006—2009-yillarda ta’limning maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar turlari uchun pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning maqsadli dasturini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. Qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi. Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan. Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” so‘zlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi. Diplom: — bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli; — yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar; — naqshli rastr; — har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish; — maxsus qog‘ozlar; — o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega. Malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi. Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan. Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi. Sertifikat: — bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli; — yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar; — naqshli rastr; — har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish; — maxsus qog‘ozlar; — o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan 2010-yilgacha bo‘lgan davrda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturida: 1) III bo‘limning ikkinchi kichik bo‘limida: beshinchi xatboshidagi “malakasi 3 yilda bir marta oshiriladi” so‘zlari “malakasini oshirish davriyligi ushbu muassasalar ehtiyojiga qarab belgilanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin; o‘n beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 2) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 6-bandining yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
112
5,876
Qonunchilik
Parlament nazorati davlat byudjeti ijrosi samaradorligini oshiradi
Har bir parlament nazorat funksiyalarining qonunchilikda mustahkamlangan zamonaviy shakllari va usullaridan faol foydalanish, shu jumladan mamlakatimizning eng muhim iqtisodiy hujjati – Davlat byudjetining shakllantirilishi va ijro etilishi ustidan qonun chiqaruvchi tizimning nazoratini amalga oshirishga intilmoqda. Alohida ta’kidlash joizki, Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilgan Davlat byudjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqishi, shu asosda tegishli davlat organlaridan qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin. Mazkur tartib-taomillarning huquqiy asoslari yaqinda qabul qilingan «Parlament nazorati toʻgʻrisida»gi Qonunning 7-moddasida mustahkamlab qoʻyilgan boʻlib, fraksiyalarga, deputatlar guruhlariga Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi borasida yana bir imkoniyat berilgan. 24 may kuni parlament quyi palatasidagi  OʻzLiDep Fraksiyasida, 26 may kunida esa  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2015 yildagi hamda 2016 yilning birinchi choragidagi ijrosi yakunlari (moliya vazirining oʻrinbosari Mubin Mirzayev taqdim etdi) koʻrib chiqildi. Ikkala tadbirda  nafakat deputatlar, balki tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari, mutaхassislar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. Qonunga muvofiq, Davlat byudjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qilish davomida deputatlar davlat byudjetining daromad qismi ijrosi хususida, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi holati toʻgʻrisida tegishli organlardan qoʻshimcha aхborotni, shuningdek, ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi ma’lumotni talab qilib olishi mumkin. Bu yanada samarali parlament nazoratini amalga oshirishga хizmat qiladi. 2015 yil yakunlariga koʻra, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8,0%ga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 8,0%ga, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish 6,8%ga, kapital qurilish 17,8%ga, chakana savdo aylanmasining 15%ga, pullik хizmatlar hajmining 11,4 %ga oʻsishiga erishildi. Byudjet kodeksi talablariga rioya etilishi natijasida Davlat byudjetining yil boshida belgilangan YaIMga nisbatan 1 foizli taqchillik oʻrniga YaIMga nisbatan 0,1% profitsit bilan ijro etilganini e’tirof etish joiz. Albatta bu holat mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi ta’minlanayotganidan dalolat beradi. Tadbirlarda mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida 2015 yilda Davlat byudjetining tasdiqlangan parametrlarga muvofiq amalga oshirilganligi hamda iqtisodiyotga soliq yuki kamaytirilgani holda yalpi ichki mahsulotga nisbatan profitsit bilan ijro etilganligi, inflyatsiya darajasi esa belgilangan prognoz koʻrsatkichlardan oshmaganligi ta’kidlandi. Davlat byudjeti va maqsadli davlat jamgʻarmalari byudjetlari ijrosini partiyamiz  elektoratining manfaatlari hamda saylovoldi Dasturida belgilangan vazifalarni roʻyobga chiqarish nuqtai nazaridan tahlil qilishga e’tibor qaratildi. Xususan, tadbirda ishbilarmonlik muhitini yaхshilash, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi chora-tadbirlar ijrosi tahlil qilindi. Koʻrilayotgan chora-tadbirlar tufayli yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va хususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 31%dan bugungi kunda 56,7%ga yetdi yoki 1,8 barobar oshdi. Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining 98%i ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholining 77%dan ortigʻi mazkur tarmoqda mehnat qilmoqda. Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida shu yilning birinchi choragida 8,4 mingdan ortiq yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 5,5%ga koʻp yangi kichik biznes sub’yekti tashkil qilindi. Yil boshidan kichik biznes sub’yektlariga 3,6 trillion soʻmlik yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 marta koʻp kredit ajratildi. Jahon bozorlarida talabning keskin qisqarishiga, mavhumlik va keskin raqobatning kuchayib borishiga qaramay, Oʻzbekistonda eksport qiluvchi korхonalarni ragʻbatlantirish  hamda ularga oʻz mahsulotlarini tashqi bozorlarda oʻtkazishi uchun zarur yordam koʻrsatish borasida qabul qilinayotgan samarali chora-tadbirlar tufayli eksport hajmlarining oʻsish tendensiyalari saqlanishi va tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta’minlayotganligi ta’kidlandi. 2015 yilda iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15,8 mlrd. AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va oʻzlashtirildi, bu esa 2014 yilga nisbatan 9,5%ga koʻp demakdir. Jahon bozorlarida talabning keskin qisqarishiga, kuchayib borayotgan noaniqlikka va qat’iy raqobatga qaramay, eksport qiluvchi korхonalarni ragʻbatlantirish va mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishini zarur tarzda qoʻllab-quvvatlash yuzasidan Oʻzbekistonda koʻrilayotgan samarali chora-tadbirlar eksport hajmlarining oʻsishi tendensiyalari va tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta’minlamoqda. Shu yil boshidan boshlab oldin oʻz mahsulotlarini eksport qilmagan 583 ta yangi korхona eksport faoliyatiga jalb etildi, shuningdek mahsulotlarning 95 ta yangi turini eksport qilish amalga oshirildi. Yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish loyiхalari faol amalga oshirilmoqda. Fargʻona vodiysi viloyatlarini respublikaning qolgan hududi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri temir yoʻl qatnovi bilan birlashtiradigan yangi elektrlashtirilgan Angren-Pop temir yoʻli qurilishi tugallandi.    Samarqand-Buхoro temir yoʻlini, yoʻlovchilar tashish poyezdlarining yuqori tezlikda harakatlanishini tashkil etgan holda elektrlashtirish loyihasi jadal sur’atlarda davom etmoqda. Zamonaviy teхnologiya boʻyicha keng polosali foydalanishning 500 kilometrdan ortiq optik-tolali tarmoqlarini qurish va zaхiraga qoʻyish amalga oshirildi. Soʻnggi yillarda mamlakatimiz qishloq хoʻjaligini isloh qilishga alohida e’tibor qaratilayotganligini va pirovard natijada qishloq хoʻjaligida bosqichma-bosqich tarkibiy oʻzgarishlar, ya’ni paхta ekiladigan yerlarni maqbullashtirib, boshoqli don ekinlari, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, uzumchilik uchun ajratilgan maydonlarni kengaytirish  ishlari olib  borilayotganligi    quyidagi koʻrsatkichlarda namoyon boʻladi: 2015 yil mobaynida iqtisodiyotga byudjet хarajatlari 2014 yilga nisbatan 13,6%ga ortib, 3 821,3 mlrd. soʻmni tashkil qildi, shundan mamlakatimiz qishloq va suv хoʻjaligini saqlash va qoʻllab-quvvatlashga – 2 662,3 mlrd. soʻm sarflandi. Hisobot davrida Davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari hisob-kitob Jamgʻarmasi tomonidan davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun 6,7 trln. soʻmga yaqin mablagʻ moliyalashtirilgan. Yigʻilish ishtirokchilari tomonidan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yanada yaхshilash dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimlarini rivojlantirishga markazlashgan investitsiyalar hisobidan 170,2 mlrd. soʻm moliyalashtirilganligi mamlakat aholsining salomatligini saqlash, farovonligini oshirishga хizmat qilishi alohida qayd etildi. Ta’lim хarajatlari ijtimoiy sohaga ajratilgan mablagʻlarning 57,1%ini tashkil etishi yurtimizda mazkur soha taraqqiyotiga berilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir.  Hisobotda keltirilishicha, 2015 yilda 384 ta umumta’lim ob’yektlarining moddiy-teхnik bazasini yanada rivojlantirish boʻyicha bir qator moliyaviy choralar koʻrilgan. 29 ta yangi umumta’lim maktablari barpo etildi. 219 ta maktab rekonstruksiya qilindi, 136 ta maktab kapital ta’mirlandi. Umumta’lim maktablariga ta’lim tizimiga ajratilgan mablagʻlarning 53,9%i, maktabgacha ta’lim muassasalariga 12%i yoʻnaltirildi. Iqtisodiyotga oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim tizimiga ajratilgan mablagʻlarning 21%dan ortigʻi yoʻnaltirildi.   Oʻzbekistonda ilm-fanni rivojlantirishga ustuvorlik belgilangan boʻlib, 2015 yilda sohani rivojlantirishga ajratilgan mablagʻlar 2014 yil bilan solishtirganda 15,9%ga oshganligini koʻrsatdi. Madaniyat va sport sohasini rivojlantirishga ajratilgan mablagʻlar 2014 yilga nisbatan 7,2%dan ortiqni tashkil etdi. Joriy yilning 1 choragida davlat byudjetining ijrosiga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarga alohida toʻхtalib, tadbirlarni moliyalashtirish barcha manbaalar umumlashtirilganda joriy yil birinchi choragida 1,3 trln soʻm miqdorida mablagʻ yoʻnaltirilganligi e’tirof etildi. Hisobot davrida ijtimoiy soha хarajatlarini moliyalashtirish jami хarajatlarning 58,8 %ini, YaIMga nisbatan bu хarajatlar 14,2%ni tashkil etganligi ta’kidlandi. Ta’lim tizimiga ijtimoiy soha хarajatlarining 59,5%i  yoʻnaltirildi. Majlislarda mazkur masalalar yuzasidan Davlat soliq (rais oʻrinbosari E.Gadoyev) va bojхona (rais oʻrinbosari M.Soliyev) qoʻmitalari vakillarining Davlat byudjeti daromad qismining ijrosi toʻgʻrisidagi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi vakillarining (rais oʻrinbosari B.Nizomov) aholini ish bilan ta’minlash dasturi amalga oshirilishining borishi haqidagi hamda iqtisodiyot asosiy tarmoqlaridagi boshqa хoʻjalik birlashmalarining hisobotlari eshitildi.   Muхtasar qilib aytganda, 2015 yilda va joriy yil birinchi choragida Davlat byudjetining ijrosi tasdiqlangan parametrlarga muvofiq ta’minlangan. Yigʻilish yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida Fraksiyamiz va Qoʻmitamizning tegishli qarorlari qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi  OʻzLiDeP fraksiyasi nomidan    Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining a’zosi Elbek ShUKUROV,  Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi a’zosi Polyante SVEShNIKOV Mavzu boʻyicha materiallar: Parlamentning asosiy vazifalaridan biri – davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish Asosiy moliyaviy hujjat mukammal boʻlishi lozim Parlament yuqori palatasining yalpi majlisi 2015 yil 3 dekabrda boʻlib oʻtadi “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar: Korхona ta’sischisi ulushi sifatida kiritilgan asosiy vosita ya’ni bino litsenziya olingandan keyin sotilsa kanday solik okibatlari yuzaga keladi? Yangi taхrirdagi «yuridik shaхslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»ga muvofik kassir hisoboti kanday rasmiylashtiriladi? Yakka tartibdagi tadbirkor bank хisob rakamidagi хorijiy valyutani valyutani nakd kurinishida bankdan olishga хaklimi?
68
10,974
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt hududidagi Shaxpaxta konini o‘zlashtirish bo‘yicha Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
2004-yil 14-aprelda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan “Zarubejneftegaz” yopik aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) va “Gaz Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan (Shveysariya) iborat tarkibdagi konsorsium o‘rtasida tuzilgan Shaxpaxta konini o‘zlashtirish bo‘yicha Mahsulot taqimotiga oid bitim (keyingi o‘rinlarda Bitim deb — yuritiladi) doirasida uglevodorod konlarini o‘zlashtirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investiiiyalarni jalb etishni davom ettirish maqsadida: 1. Quyidagilar: Bitimni amalga oshirish doirasida 2004 — 2017-yillarda 24,8 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etilganligi, 3,8 mlrd. kub m tabiiy gaz qazib olinganligi, O‘zbekiston Respublikasining daromadi 378,8 mln AQSh dollarini tashkil etganligi; Shaxpaxta konini o‘zlashtirayotgan “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Gaz Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan iborat tarkibdagi konsorsium (keyingi o‘rinlarda Konsorsium deb — yuritiladi) o‘zining Bitimni amal kilish muddatini uzaytirish bo‘yicha qarori to‘g‘risida “O‘zbekneftgaz” AJni xabardor qilganligi; “O‘zbekneftgaz” AJ va Konsorsium o‘rtasida Shaxpaxta konini o‘zlashtirish bo‘yicha amaldagi Bitimda nazarda tutilgan shartlar asosida Bitimning amal kilish muddatini 2024-yil 30-iyulgacha uzaytirish to‘g‘risida 2-qo‘shimcha bitim imzolanganligi; Bitimda tomonlarning huquq va majburiyatlari saqlangan holda “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati “Gazprom zarubejneftegaz” aksiyadorlik jamiyatiga (oldin — “Gazprom zarubejneftegaz” YoAJ) va “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” AJga qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. 2018-yil 25-mayda 22-Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiyot forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ bilan Konsorsium o‘rtasida Bitimga 2-qo‘shimcha imzolangan bitim ma’qullansin. 3. Bitimni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘ruvchi vakolatli kompaniya — “O‘zbekneftgaz” AJ Bitimga 2-qo‘shimcha bitim imzolangan sanadan boshlab uni amalga oshirish yuzasidan kompleks choralarni amalga oshirsin va Konsorsium tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Konsorsium nomidan ish yuritadigan va Bitim doirasida ish ko‘radigan “Gazprom zarubejneftegaz” AJga Bitimning amal qilish muddati o‘zgartirilgan davrda Shaxpaxta konida uglevodorod xomashyosini qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani qayta rasmiylashtirsin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
186
2,727
Qonunchilik
Daryo transportida yuk tashish qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-400-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 3(I)-son, 31-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2013-yil 26-apreldagi 76-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 2468, 2013-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 24-son, 320-modda) Daryo transportida yuk tashish qoidalarining 29-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “29. Bojxona nazoratidan o‘tkazish va bojxona rasmiylashtiruvi O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
76
1,019
Qonunchilik
Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Keyingi yillarda respublikada to‘qimachilik va tikuv-trikotaj majmualarini tashkil etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar hajmi va turlarini kengaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini shakllantirish, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy klaster shakllarini joriy qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, qishloq joylarda, mahallalarda va respublikamizning olis hududlarida ishga muhtoj aholi, ayniqsa ayollar bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitlari va daromadlarini oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali qo‘shimcha yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda — “O‘zpaxtasanoat” AJ deb yuritiladi) faoliyatini diversifikatsiya qilish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining: respublika hududlarida “O‘zpaxtasanoat” AJ va uning tizimiga kiruvchi korxonalar ishtirokida yengil konstruksiyali qurilish materiallaridan quriladigan yoki bo‘sh turgan bino va inshootlar negizida tashkil etiladigan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualarni (keyingi o‘rinlarda — majmua) yaratish; majmualar foydalanishga qabul qilingandan so‘ng ularni “O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish Loyiha ofisi tomonidan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan korxonalarga yoki tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan boshqa tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga, 2 foizdan ortiq bo‘lmagan stavka lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga berish haqidagi takliflari ma’qullansin. Belgilab qo‘yilsinki, majmualar qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali loyihalarning asosiy ko‘rsatkichlarini ta’minlash sharti bilan hamda mazkur qarorda belgilangan shartlarda taqdim etiladi. 2. 2019 — 2021-yillarda respublika hududlarida yengil konstruksiyali qurilish materiallaridan quriladigan yoki bo‘sh turgan bino va inshootlar negizida tashkil etiladigan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualarda amalga oshiriladigan loyihalarning (keyingi o‘rinlarda — loyihalar) asosiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2019-yilda ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq to‘lash maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 5 590,5 million so‘m subsidiya ajratilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 4. “O‘zpaxtasanoat” AJ “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda bir oy muddatda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, innovatsion texnologiyalarga asosan, arzon va mamlakatimizda ishlab chiqariladigan qurilish materiallaridan foydalangan holda majmualarni tashkil etish bo‘yicha yakka tartibdagi namunaviy loyihalarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazilishini hamda qurilish-montaj ishlarining bajarilishida shaharsozlik normalari va qoidalariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasin. 5. “O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga loyihalarni amalga oshirish doirasida istisno tariqasida: loyihalash va qurilish-montaj ishlarini hamda import qilinadigan texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga; tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualarini qisqa muddatlarda ishga tushirilishini ta’minlash maqsadida, loyiha va pudratchi tashkilotlarni tender (konkurs) savdolarini o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash va moliyalashtirishni loyihalash bilan parallel ravishda amalga oshirishga ruxsat berilsin. 6. Quyidagilar loyihalarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tijorat banklariga ochgan kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan 366 milliard so‘m; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 5 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan 6 foiz miqdordagi foiz stavkasi, shu jumladan tijorat bankining 2 foiz miqdordagi marjasi bilan tijorat banklarida kredit liniyasini ochish orqali ajratiladigan 50 milliard so‘m; “O‘zpaxtasanoat” AJ va uning tizimidagi korxonalarning taqsimlanmagan sof foydasi hamda o‘z mablag‘lari. 7. O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan hamkorlikda majmualarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun qisqa muddatli kreditlarni taqdim qilish amaliyotini kengaytirsin. 8. Belgilansinki, 2019 — 2021-yillarda loyihalarni amalga oshirishda va faoliyati davomida tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foizlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi: tijorat banki tomonidan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, lekin 5 foizli punktdan yuqori bo‘lmagan holda; asbob-uskunalarni sotib olish maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida. 9. Belgilab qo‘yilsinki, 2022-yil 1-yanvargacha “O‘zpaxtasanoat” AJ va uning tizimidagi korxonalar ishtirokida loyihalarni amalga oshirish doirasida: mavjud tayyor tikuv-trikotaj majmualarini lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga boshqa tadbirkorlik subyektlariga berilgan kunga qadar foyda va mol-mulk solig‘idan; respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qurilish materiallarini belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin. Ishlab chiqarilgan xomashyo (paxta tolasidan tashqari) va yarim tayyor mahsulotni tizim ichida sotish soliq solish obyekti hisoblanmaydi. Majmualarni lizing asosida sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i ularning balans qiymati va sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan hisoblanadi. 10. Ushbu qaror asosida tashkil etiladigan majmualarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 9-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari tatbiq etilsin. 11. “O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga, istisno tariqasida, birja savdolari orqali paxta tolasini, keyinchalik uni to‘qimachilik korxonalarida yarim tayyor mahsulotlar shaklida qaytarish asosida qayta ishlash sharti bilan, sotib olish huquqi berilsin. 12. 2019 — 2021-yillarda respublika hududlarida yengil konstruksiyali qurilish materiallaridan quriladigan yoki bo‘sh turgan bino va inshootlar negizida tashkil etiladigan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmualardagi loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Ishchi guruh (A.J. Ramatov)ning asosiy vazifalari etib belgilansin: loyihalarni sifatli va samarali amalga oshirishga, ularni ijro etish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga va hamkorligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarni bajarishda har tomonlama ko‘maklashish; loyihalar amalga oshirilishini tizimli tahlil qilish, loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, barcha kompleks masalalarni o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amaliy choralar ko‘rish. 13. “O‘zpaxtasanoat” AJ: “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda hududlarda loyihalarni joylashtirishning aniq manzilli ro‘yxatini shakllantirsin va Ishchi guruhga tasdiqlash uchun kiritsin; tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualarini xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash hamda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini oshirish maqsadida olti oy muddatda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan sobiq paxta tozalash korxonasi hamda Namangan shahrida joylashgan mintaqaviy paxta terminali negizida paxta tolasini qayta ishlash va keyinchalik undan yuqori sifatli matolar ishlab chiqarishni tashkil etsin. 14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi majmualarni tashkil etish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjud, birinchi navbatda, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarida yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun, istisno tariqasida, foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarining “nol” qiymatda berilishini ta’minlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, jumladan yengil sanoatga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan o‘quv kurslarini tashkil etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 17. “O‘zpaxtasanoat” AJ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
143
11,879
Qonunchilik
Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, intizomli soliq to‘lovchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, inson omilining ta’sirini cheklash orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq xavfi yuqori darajada bo‘lgan kontragentlar bilan operatsiyalarni (bitimlarni) amalga oshirishni cheklash bo‘yicha profilaktika choralarini ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 2021-yil 19-avgustdagi 529-son qaroriga muvofiq, soliq sirini tashkil etmaydigan ma’lumotlar va hisob ma’lumotlarni yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etish tizimi joriy etilishi belgilanganligi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son qaroriga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish huquqi paydo bo‘lishi uchun belgilangan tartibda soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tishi shartligi; qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza soliq organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etilganda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 219-moddasida belgilangan javobgarlik choralari qo‘llanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining quyidagilar: xavfga asoslangan yondashuvni qo‘llash amaliyotini qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytirish; intizomli soliq to‘lovchilarga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarishni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirish; intizomli soliq to‘lovchilarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantirish hamda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: a) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda: qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida arizalar yetti kun ichida ko‘rib chiqilishi; soliq organlari tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalari belgilangan muddatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchiga taqdim etilmaganda, unga maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma avtomatik ravishda berilishi nazarda tutiladi; b) 2023-yil 1-martdan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar va ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi: xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish (sotib olish (qurish), ishga tushirish, qayta baholash, tasarruf etish) hamda o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yaroqsizligi, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida yo‘q qilinganda va kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) sababli hisobdan chiqarilganda uch ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2023-yil 1-yanvarga qadar mazkur tartiblar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiyligini belgilash bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. v) 2022-yil 1-yanvardan boshlab: yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qo‘yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi; davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarida saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari sanoqdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilmaydi va soliq solish maqsadlarida soliq to‘lovchining omborida mavjud emas deb baholanadi. 4. Belgilansinki: Davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxslarni davlat kadastr ma’lumotlari bazasidan — ariza beruvchiga ko‘chmas mulk tegishliligi, shuningdek, soliq organlari ma’lumotlar bazasidan — ijara shartnomasi yoki tekin foydalanish shartnomasi mavjud bo‘lgan holdagina ro‘yxatdan o‘tkazish yoxud qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi hamda ushbu ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanish ta’minlanadi; ariza beruvchi Internet jahon axborot tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta o‘tkazishda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan joyini ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq va kadastr ma’lumotlar bazalaridan qat’iy foydalanadi; yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish bo‘yicha dastlabki shartnoma ma’lumotlari asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab o‘n kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishlari shart bo‘lib, mazkur shartni bajarmaslik yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan erida (pochta manzilida) yo‘q deb e’tirof etish uchun asos bo‘ladi. 5. Quyidagilar: a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq: qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha harakatlar ketma-ketligi va tartibi; O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga asosan majburiy tartibda maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ro‘yxati, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari; O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga asosan ixtiyoriy tartibda maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ro‘yxati, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani soliq organiga yuborish muddatlari; qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, shuningdek, axborot tahlili natijalariga ko‘ra soliq to‘lovchilarning xavf guruhlariga (soliq xavfining yuqori, o‘rta hamda past darajasi) kiritish tartibi; qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi asosida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishning tartibi va muddatlari; soliq to‘lovchiga soliq organi tomonidan beriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish, amal qilishini tugatish asoslari va tartibi; b) inson omili ishtirokini minimallashtirish bilan intizomli soliq to‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratish va ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi: a) bir oy muddatda: Davlat soliq qo‘mitasining boshqaruv xodimlari shtatining umumiy cheklangan soni doirasida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilishida soliq xavfini tahlil qiluvchi hamda soliq imtiyozlari hisobini yurituvchi alohida maxsus tarkibiy bo‘linmalar tashkil etsin; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) va tekin foydalanish shartnomalarini soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning reglamentini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; b) ikki oy muddatda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishni ta’minlaydigan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin; v) uch oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda aylanmadan olinadigan soliq hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotlari taqdim etilishini va soliqlarni to‘lash muddatlari unifikatsiya qilinishini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda yuridik shaxslar muassislari (ishtirokchilari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazsin. Bunda yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasiga shaxsiy identifikatsiya raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq kiritilishiga alohida e’tibor qaratilsin; soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish inson omili cheklangan (qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno) to‘liq avtomatlashtirilgan tizim asosida amalga oshirilishini ta’minlasin; g) 2021-yil 1-dekabrga qadar: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogiga asosan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda yetkazib beruvchida mahsulotlarning mavjudligini avtomatik ravishda aniqlash xizmatini amaliyotga joriy etsin. Bunda avtomatik ravishda yetkazib beruvchida mavjudligi aniqlanadigan mahsulotlarning ro‘yxati Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanishi va yetkazib beruvchida realizatsiya qilinadigan mahsulotlar mavjud emasligi aniqlanganda realizatsiya to‘g‘risida hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilishi imkoniyati cheklanishi nazarda tutilsin; mavjud soliq imtiyozlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va har bir soliq imtiyozi uchun alohida soliq imtiyozi unikal kodini (ID-raqamini) berish tartibini joriy etish hamda soliq imtiyozlari kodlari to‘g‘risidagi axborotlarni soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga yetkazib berish amaliyotini joriy etsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: ro‘yxatdan o‘tgan va o‘tadigan tadbirkorlik subyektlarining ta’sis hujjatlari hamda ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2022-yil 1-yanvardan boshlab elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga real vaqt rejimida taqdim etilishini; 2022-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimining ko‘chmas mulk va ijaraga olingan mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalari bilan avtomatlashtirilgan elektron almashuvini ta’minlasin. 8. Ushbu qaror bilan joriy qilinishi nazarda tutilgan avtomatlashtirilgan tizimlarning ishlab chiqilishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 10. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda — Yagona milliy mehnat tizimi) — ro‘yxatga olingan mehnat shartnomalari va ishlovchilarning mehnat staji to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladigan axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan yig‘indisi; bekor qilingan guvohnomalar — ushbu Nizomning 9-bobida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va tartibda bekor qilingan guvohnomalar; guvohnoma — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga soliq organi tomonidan beriladigan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va soliq qonunchiligi hujjatlarida belgilangan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish huquqini tasdiqlovchi elektron shakldagi hujjat; Markaziy ma’lumotlar bazasi — Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qarori talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) Markaziy ma’lumotlar bazasi; qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi — qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati yuklatilgan shaxs; qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilariga soliq xavfini tekshirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani berish yoki rad etish bo‘yicha harakatlar ketma-ketligi; tugatilgan guvohnomalar — ushbu Nizomning 9-bobida ko‘rsatilgan holatlarga asosan amal qilishi tugatilgan guvohnomalar; to‘xtatilgan Guvohnomalar — ushbu Nizomning 8-bobida ko‘rsatilgan holatlarga asosan amal qilishi to‘xtatib turilgan guvohnomalar; faol guvohnomalar — soliq to‘lovchilar maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi amal qilayotgan guvohnomalar. soliq qarzi — ushbu nizom talablari doirasida soliq to‘lovchi tomonidan ikki oydan ortiq vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha to‘lanmagan soliq qarzi. 3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda — maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish) davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ariza bilan murojaat etishi shart. 4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i faqatgina belgilangan tartibda soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tgan va faol guvohnomaga ega bo‘lgan yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida haqiqatda olingan tovar (xizmat)lar bo‘yicha hisobga olinishi mumkin. 5. Soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tmagan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari qo‘shilgan qiymat solig‘ini uni hisobga olish huquqisiz to‘laydi. Ushbu talab quyidagi muddatlardan tatbiq etiladi: davlat ro‘yxatiga olingan paytdan — ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni tanlagan yuridik shaxslar; majburiyat yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan — soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshgan shaxslar; majburiyat yuzaga kelgan paytdan — Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tatbiq etilmaydigan soliq to‘lovchilar. 6. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi harakatlar ketma-ketligini o‘z ichiga oladi: soliq to‘lovchi tomonidan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani soliq organiga taqdim etish; soliq xavflarini aniqlash; maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish yoxud buni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish; qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga individual ro‘yxat raqami berish (keyingi o‘rinlarda QQS-raqam); qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish yagona reyestriga kiritish; individual ro‘yxat raqami aks ettirilgan guvohnomani shakllantirish va uni qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga yuborish; ushbu Nizomda belgilangan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish. 7. Quyidagilar bilan bog‘liq barcha turdagi hujjatlarni rasmiylashtirish va foydalanish chog‘ida QQS-raqamini yozib ko‘rsatish majburiy hisoblanadi: tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilish va realizatsiya qilish chog‘idagi hisob-kitoblar, shu jumladan hisobvaraq-fakturalar va transport hujjatlari; qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va (yoki) uni hisobga olish va qaytarish; qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob va hisobot. 8. Soliq to‘lovchini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlariga taqdim etiladigan elektron ko‘rinishdagi arizasini ko‘rib chiqish natijalari asosida amalga oshiriladi. 9. Soliq kodeksi talablariga muvofiq quyidagi soliq to‘lovchilar majburiy tartibda maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilishi bo‘yicha ariza taqdim etishi kerak: Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tatbiq etilmaydigan soliq to‘lovchilar; O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston Respublikasi e’tirof etilsa; faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari. 10. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash majburiyati yuzaga kelgan kundan boshlab besh ish kuni ichida, biroq shaxs qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tishi majbur bo‘lgan oyning birinchi sanasidan kechiktirmasdan soliq organiga yuborilishi kerak. Ariza soliq organiga elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi va jo‘natilgan paytda soliq organi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi. 11. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi talablariga muvofiq quyidagilar ixtiyoriy ravishda maxsus ro‘yxatdan o‘tishga haqli: aylanmadan olinadigan soliq to‘lashni ixtiyoriy ravishda rad etgan yuridik shaxslar; soliq davrida tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar. 12. Ixtiyoriy ravishda maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan hollarda ariza soliq to‘lovchi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tadigan oy boshlanishiga qadar yetti ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etilishi kerak. Ariza soliq organiga elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi va jo‘natilgan paytda soliq organi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi. 13. Soliq organi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchining maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasi kelib tushgan paytdan e’tiboran yetti kun ichida soliq xavfi darajasini aniqlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga haqli: soliq to‘lovchining rahbari va ta’sischilari (ishtirokchilari) yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsini o‘rganadi, bunda quyidagilarga e’tibor beriladi: muqaddam bankrot deb e’lon qilingan tashkilotda rahbar yoki ta’sischi bo‘lganligi; muqaddam soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilganligi yoki yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan tashkilotda rahbarlik yoki ta’sischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganligi; rahbarning rasmiy oladigan daromadlari; arizada ko‘rsatilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimida mavjudligi; ta’sischi (ishtirokchi) to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organining ma’lumotlar bazasida mavjudligi; joyiga chiqqan holda soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda haqiqatda joylashganligini, shuningdek, ko‘rsatilgan manzilning manzil-ma’lumot byurosi ma’lumotlari bo‘yicha haqiqatda mavjudligini o‘rganadi; bank operatsiyalarini va hisobvaraq-fakturalarni soliq to‘lovchining faoliyat turiga hamda xususiyatlariga, shuningdek, xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mosligini o‘rganadi; tovarlar (xizmatlar) realizatsiya summalarini, soliq hisobotlari taqdim etilganligini va tovar-moddiy boyliklar qoldig‘ini tahlil qiladi; o‘z ko‘chmas mulki mavjud bo‘lmaganda, ijara shartnomasi mavjudligini hamda ushbu shartnoma soliq organida hisobga qo‘yilganligini tekshiradi; soliq to‘lovchi — yuridik shaxsda, shuningdek, uning ta’sischilari (ishtirokchilari) — yuridik shaxslarda soliq qarzi mavjudligini hamda amalda rahbar bo‘lib turgan shaxs tomonidan rahbarlik qilayotgan boshqa yuridik shaxsda soliq qarzi mavjudligi va soliq hisobotlari taqdim etilganligini tekshiradi; zarur ishlab chiqarish, savdo, ombor binolari va hududlari, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyat turidan kelib chiqqan holda boshqa zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligi ahvolini o‘rganadi; soliq to‘lovchining joylashgan joyi manzilini, ya’ni soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan bir nechta soliq to‘lovchilar ko‘rsatgan manzilda — nominal manzilda joylashishini o‘rganadi. Bunda mulk huquqi yoki ijara yoxud tekin foydalanish asosida bitta yuridik shaxsga o‘rtacha o‘n sakkiz kvadrat metrdan kam ma’muriy maqsadlarda foydalanayotgan maydon (ofis) to‘g‘ri kelsa nominal manzil deb e’tirof etiladi; soliq to‘lovchining tugatish jarayonida yoki soliq to‘lovchini qayta tashkil etishning boshqa jarayonlarida turganligi yoxud amalga oshirilganligi masalalarini tekshiradi; ustav fondi (ustav kapitali)ning shakllantirilishini o‘rganadi. Ushbu bandning uchinchi, oltinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bilan virtual ofis shartnomasini tuzgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga nisbatan tatbiq qilinmaydi. 14. Soliq to‘lovchining arizasini ko‘rib chiqish davomida Markaziy ma’lumotlar bazasi, soliq organlari, vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqa ma’lumotlar bazasi hamda soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilinadigan ma’lumotlar manbalari hisoblanadi. 15. Ma’lumotlarni tekshirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra soliq to‘lovchi quyidagi xavf guruhlaridan biriga kiritiladi: soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchi; soliq xavfining o‘rta darajasiga ega soliq to‘lovchi; soliq xavfining past darajasiga ega soliq to‘lovchi. 16. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga, ularda quyidagi belgilarning loaqal bittasi aniqlangan soliq to‘lovchilar kiradi: rahbarning, shuningdek rahbarlik yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsi aniqlanmagan, yoxud arizada ko‘rsatilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimida tasdiqlanmaganda; ta’sischi (ishtirokchisi) to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lmaganda; soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganda; o‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lmay turib ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulki bo‘lmaganda; soliq to‘lovchining manzili manzil-ma’lumot byurosi ma’lumotlari bazasida mavjud bo‘lmaganda; soliq to‘lovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan to‘g‘ri kelganda; amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) soliq to‘lovchining faoliyat turi va xususiyatlariga, shuningdek, hisobvaraq-fakturalar tahlili bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lganda; soliq hisobotlari taqdim etilmaganda; ariza taqdim etilgan paytda soliq to‘lovchining soliq qarzi mavjud bo‘lganda, shuningdek, ta’sischilarining (ishtirokchilari) ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan — yuridik shaxslarning soliq qarzi mavjud bo‘lganda. Bunda, istisno tariqasida, ushbu shaxslarga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi, shuningdek, ularni budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoxud bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash kechiktirilganligi to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasining xulosasi mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno; soliq to‘lovchiga soliq qarzi mavjud yoki soliq xavfi yuqori soliq to‘lovchi qo‘shilganda (birlashganda); murojaat etuvchi soliq to‘lovchining rahbari bir vaqtning o‘zida boshqa soliq to‘lovchida (yuridik shaxsda) rahbar bo‘lib, ushbu soliq to‘lovchida soliq qarzi mavjud bo‘lganda yoxud soliq hisobotlari taqdim etilmaganda. Bunda, mavjud soliq qarzdorligi ushbu shaxslar rahbarlik qilib turgan davrda hosil bo‘lmagan bo‘lsa ham yoki soliq hisobotlari o‘sha davrdan buyon topshirilmasdan kelinayotgan bo‘lsa ham inobatga olinadi; muqaddam bankrot deb e’lon qilingan tashkilotda rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) bo‘lgan va muqaddam soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) sifatida javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan rahbarlik yoki ta’sischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganda. Bunda, mazkur talab ta’sischi (ishtirokchi)ning ulushi 50 va undan ortiq foiz bo‘lgan hollardagina inobatga olinadi; yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan va soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) shaxs tomonidan rahbarlik yoki ta’sischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganda. Bunda, mazkur talab ta’sischi (ishtirokchi)ning ulushi 50 va undan ortiq foiz bo‘lgan hollardagina inobatga olinadi. Ushbu bandning to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bilan virtual ofis shartnomasini tuzgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga nisbatan tatbiq qilinmaydi. 17. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining o‘rta darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga, ularda quyidagi belgilarning loaqal bittasi aniqlangan soliq to‘lovchilar kiradi: oxirgi o‘n ikki oy ichida soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik holatlari mavjud bo‘lganda; xodimlari yoki yollanma ishchilari soni 4 kishidan kam bo‘lganda; soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq holda zarur ishlab chiqarish, savdo, ombor binolari va hududlari, shuningdek, boshqa zarur moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlanmaganda; arizani taqdim etish vaqtida 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshgan miqdorda tovar-moddiy boyliklar qoldig‘iga ega bo‘lganda. 18. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining yuqori va o‘rta darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga kiritiladigan belgilar aniqlanmagan soliq to‘lovchilar soliq xavfining past darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga kiradi. 19. Ariza beruvchining soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi to‘g‘risida xabarnoma tahlil yakunlangan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. 20. Soliq to‘lovchini soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi asosida soliq organi arizani ko‘rib chiqish va ulardagi ma’lumotlarni tekshirish va tahlil qilish yakunlangandan so‘ng ikki ish kuni ichida quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi: soliq xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar bo‘yicha — maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida; soliq xavfi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilar bo‘yicha — keyingi keladigan o‘n ikki oy ichida soliq nazoratining tekshiruv tadbirlarini o‘tkazish sharti bilan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida; soliq xavfi past bo‘lgan soliq to‘lovchilar bo‘yicha — maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida. 21. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan muddatlarda taqdim etilganda, shuningdek, tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish summalari Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshgan holda, soliq to‘lovchi ariza taqdim etilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilgan deb hisoblanadi. Bunda, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan muddatlarda taqdim etilganda, Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tatbiq etilmaydigan soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga kelgan kundan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilgan deb hisoblanadi. 22. Soliq xavfi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchiga nisbatan soliq organi maxsus ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq nazorati tadbirlarini (ko‘zdan kechirish, so‘rov, kameral va sayyor soliq tekshiruvlari, xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy soniga muvofiqligini nazorat qilish) amalga oshiradi. 23. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish yoki uni rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan qarorning bir nusxasi u qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. 24. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan soliq to‘lovchi maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda rad etishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgandan so‘ng yangidan ariza berishga yoxud rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. 25. Yuridik shaxsning nomi, yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish, qo‘shilgan qiymat solig‘i raqami o‘zgarishiga olib kelmaydi va soliq to‘lovchining o‘zi hamda uning kontragentlari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblab chiqarilishiga ta’sir qilmaydi. 26. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan ma’lumotlar asosida soliq organlari ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. 27. Maxsus ro‘yxatdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tgan soliq to‘lovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish summalari Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshmagan bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga kamida o‘n ikki oydan keyin qayta o‘tishga haqli; qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi — yuridik shaxs tugatilganda; qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati tugatilganda. 28. Maxsus ro‘yxatdan chiqarish soliq organining quyidagilar asosida qabul qilingan qaroriga muvofiq amalga oshiriladi: soliq organiga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim etilgan soliq to‘lovchining ixtiyoriy maxsus ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi arizasi; tadbirkorlik subyekti tugatilganligi munosabati bilan uning Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining tugatilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar. 29. Soliq to‘lovchi quyida ko‘rsatilgan kundan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisoblanmaydi: kalendar yil boshidan boshlab, yuridik shaxs aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tadigan kalendar yil boshlanishidan o‘n ish kunidan kechiktirmay soliq organiga taqdim etilgan xabarnoma asosida; tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarilgan kundan boshlab; yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati tugatilgan kundan boshlab. 30. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinadi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari reyestrida Guvohnoma maqomi tugatilgan holatga o‘tkaziladi. 31. Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin: soliq qarzi mavjud bo‘lganda, mazkur soliq qarzi soliq to‘lovchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra to‘lanmaganligi to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasining xulosasi mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Bunda bankrotlik ishi yoki sud sanatsiya ishlari doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash qoidalari saqlanib qolinadi; uch oydan ortiq vaqt davomida moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganda, mavsumiy faoliyat xususiyatiga ega bo‘lgan shaxslar bundan mustasno; mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan belgilar aniqlanganda (guvohnomani bekor qilish uchun asos bo‘ladigan holatlar bundan mustasno). 32. Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish avtomatik tarzda kunlik asosda amalga oshiriladi va soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga ushbu to‘g‘risida avtomatik xabarnoma yuborilishi ta’minlanadi. Bunda soliq organlarining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar kunlik asosda avtomatik tahlil qilinadi va ushbu bobda ko‘rsatilgan holatlar aniqlanganda, guvohnomaning amal qilishi avtomatik to‘xtatib turiladi. 33. Guvohnomasining amal qilishi to‘xtatib turilgan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. 34. Guvohnomasining amal qilishi to‘xtatib turilgan soliq to‘lovchi ushbu qaror (xabarnoma) ustidan Soliq kodeksining 231-moddasida belgilangan tartibda yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilgandan va ushbu o‘zgarishlar ma’lumotlar bazasida aks ettirilgandan so‘ng, soliq organi tomonidan bir kun ichida guvohnomani amal qilinishini tiklash avtomatik tarzda ta’minlanadi. Soliq organi tomonidan guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar haqiqatda olingan yoki olib kirilgan (import qilingan) tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalariga tuzatish kiritilmaydi. 35. Sud tomonidan belgilangan quyidagi holatlar bo‘yicha soliq organi tomonidan guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin: soliq to‘lovchi tomonidan haqiqiy bo‘lmagan, soxta hujjatlar taqdim etish asosida guvohnoma rasmiylashtirilganligi; soliq tekshiruvida bank operatsiyalarini xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turiga va xususiyatlariga, shuningdek, xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga aniq muvofiq emasligi; soliq tekshiruvida soliq to‘lovchi tomonidan bitim tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lamaslik yoxud boshqa shaxsga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini asossiz hisobga olish imkoniyatini berish, shuningdek, bitim (operatsiya) bo‘yicha majburiyat shartnomaning tarafi bo‘lmagan shaxs yoki bitimni (operatsiyani) bajarish majburiyati shartnoma yoki qonun bo‘yicha yuklatilmagan shaxs tomonidan bajarilganligi; soliq to‘lovchi soxta tadbirkorlik bilan shug‘ullangan deb topilganda. 36. Guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinadi. Bunda guvohnoma u berilgan sanadan boshlab bekor qilinadi. 37. Guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin: amal qilishi to‘xtatib turilgan guvohnoma soliq to‘lovchi tomonidan to‘qqiz oydan ortiq vaqt davomida qayta tiklanmaganda; ushbu Nizomning 7-bobida nazarda tutilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan chiqarilganda. 38. Guvohnomasi bekor qilingan yoki tugatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. 39. Guvohnomasi bekor qilingan yoki tugatilgan soliq to‘lovchi ushbu qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. 40. Davlat soliq qo‘mitasi maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha guvohnoma shakllantiradi. 41. Guvohnoma soliq to‘lovchini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan elektron ko‘rinishda shakllantiriladi. 42. Elektron ko‘rinishdagi guvohnoma maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ushbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan tartibida qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganda, qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilgan kunda elektron ko‘rinishdagi Guvohnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. 43. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish, guvohnoma berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish hamda bekor qilish mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 44. Maxsus ro‘yxatdan o‘tgan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarining yagona hisobi yuritilishini ta’minlash maqsadida avtomatlashtirilgan reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) shakllantiriladi. 45. Reyestrga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: identifikatsiyalashga oid: qo‘shilgan qiymat solig‘i raqami; yuridik shaxslar uchun — nomi; yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi; maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishga oid: qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ma’lumot beruvchi: maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatiladigan ma’lumotlar — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi joylashgan joyi (pochta manzili), qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi — yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. guvohnomaning maqomi: faol, to‘xtatib turilgan, amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan. 46. Reyestrni shakllantirish va yuritish Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi: Reyestrni yuritishga oid tashkiliy va metodologik tamoyillarni ishlab chiqadi; maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil qiladi; soliq to‘lovchilarga QQS-raqam biriktiriladi; Reyestrni yuritish texnologiyalari va dasturiy-texnik vositalarini ishlab chiqadi; Reyestr ma’lumotlar bazasining administratori vazifalarini bajaradi, xususan, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, ma’lumotlarning ishonchliligi va dolzarbligi ustidan nazorat, ularni saqlash, himoya qilish, foydalanish huquqi ustidan nazorat; Reyestr bazasi avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishini ta’minlaydi; berilgan Guvohnomalarni faol, to‘xtatilgan, bekor qilingan va amal qilishi tugatilgan tasniflarga ajratadi; Reyestr ma’lumotlarini yaratish, yuritish va ulardan foydalanishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; Reyestr ma’lumotlaridan erkin foydalanishni ta’minlaydi. Reyestrda guvohnomalarning tasnifi to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organlarining bazasidagi o‘zgarishlar asosida kunlik yangilanib borilishi ta’minlanadi. 47. Soliq organlarida, shu jumladan Markaziy ma’lumotlar bazasida soliq to‘lovchilar tomonidan maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish va tahlil qilish uchun axborotlar mavjud bo‘lgan hollarda, ularni tekshirish va tahlil qilish soliq to‘lovchi bilan bevosita aloqa qilmasdan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish va tahlil qilish uchun zarur axborotlar mavjud bo‘lmagan hollarda, soliq organlari mazkur axborotlarni soliq to‘lovchidan talab qilib olishga hamda mazkur axborotlar asosida tahlil o‘tkazishga haqli. Shuningdek, davlat maxsus ro‘yxatidan o‘tgan manzil bo‘yicha soliq to‘lovchi haqiqatda joylashganligini tekshirish yoki sayyor soliq tekshiruvi soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning faoliyati amalga oshiriladigan joyiga chiqqan holda o‘tkaziladi. 48. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ushbu Nizomda Guvohnomani taqdim etish, amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish hamda bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun tahlil qilinadigan soliq xavf belgilariga (holatlarga) o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish hamda ularning chegaraviy miqdori Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘i asosida belgilanishi mumkin. 49. Reyestr hamda mazkur Nizomning 16-bandi o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning ro‘yxati va nominal joylashgan joy manzillari Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. 50. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari maxsus ro‘yxatdan o‘tish tartibini buzganlik uchun javobgar bo‘lishadi. 51. Soliq organlari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarning mazkur Nizomga muvofiq o‘z vaqtida maxsus ro‘yxatdan o‘tishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 52. Soliq organlarining mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda: mazkur Nizomda nazarda tutilgan nazorat tadbirlarini o‘tkazishda o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoxud lozim darajada bajarmaganligi; mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmaganligi; g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida jismoniy hamda yuridik shaxslarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazilganligi; O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlarni qabul qilganligi uchun javobgarlikka tortiladi. 53. Davlat soliq qo‘mitasi doimiy asosda soliq organlari tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan majburiyatlarning sifatli bajarilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni olib boradi. 1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi mazmundagi 461-band bilan to‘ldirilsin: “461. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoida va tartiblariga rioya etmagan holda ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qo‘llangan holda, savdo qoidalarini buzish sifatida qaraladi”. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda): a) 1-ilovada: 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “21. Tovarlar uchun xaridorlar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Savdo obyekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa mashinalarida (virtual kassada) ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shart. Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qat’i nazar majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish xizmatlarini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan, ya’ni 2D skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart. Turg‘un savdo shoxobchalarida va ko‘chma savdo obyektlarida bank kartochkalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi ta’minlanishi kerak”; 189-bandning yigirma birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarorida nazarda tutilgan qoida va tartiblariga rioya etmagan holda mahsulotlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);”; b) 2-ilovada: 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “13. Iste’molchilar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalarini, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Umumiy ovqatlanish obyekti rahbari xodimni nazorat-kassa mashinalarini (virtual kassalarni) ishlatish qoidalari bilan tanishtirishi shart. Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qat’i nazar majburiy raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish xizmatlarini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan, ya’ni 2D skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart”; 25-bandda: quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartibiga va qoidalariga”; to‘qqizinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; 26-bandda: quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);” sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2017-y., 2-son, 5-modda): a) Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-ilovasidagi V bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin: b) 3-ilovaning 11-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari Tizim vositasida yuborilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan identifikatsiya qilishning maxsus tekshiruvidan o‘tkazilganidan so‘ng to‘liq qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma yuborilgach tugallangan hisoblanadi”. 4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarorida: a) 1-ilovaning 45-bandida: quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Qo‘mita tizimidagi tashkilotlarning ustav kapitali miqdorini aniqlash va tasdiqlash”; sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilari tegishlicha to‘qqizinchi-o‘ninchi xatboshilari deb hisoblansin; b) 3-ilovaning 44-bandida: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Qo‘mita raisi qarori asosida”; uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandida: ikkinchi xatboshidagi “xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda” so‘zlari “holatlar mavjud bo‘lganda” so‘zlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organidan tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyadan o‘tkazilishi munosabati bilan ma’lum bir muddatga rasmiylashtiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilish va yetkazish funksiyalarini vaqtincha to‘xtatib turish zaruriyati vujudga kelganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan bo‘lsa”. 6. Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarori bilan tasdiqlangan: a) 1-ilovaning 54-bandi “taklif kiritadi” so‘zlaridan keyin “hamda vakolatli organ uni davlat reyestridan chiqarish choralarini ko‘radi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) 3-ilovada: 25-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan ushbu tartib talablarining ikki va undan ortiq marotaba buzilganligi aniqlanganda”; quyidagi mazmundagi 61-bob bilan to‘ldirilsin: “61-bob. TXKM va uning hududiy filiali faoliyatini to‘xtatib turish 391. TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan ushbu tartib talablarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ushbu holatlarni o‘n kun ichida bartaraf etish haqida TXKMga ogohlantirish xati yuboriladi. 392. Ushbu tartib talablarining buzilishi bo‘yicha aniqlangan holatlar TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan vakolatli organning ogohlantirish xati yuborilgan sanadan boshlab o‘n kun ichida bartaraf etilmaganda ularning faoliyati vakolatli organ qarori asosida to‘xtatib turiladi”. 393. Ushbu tartib talablarining buzilishi bo‘yicha aniqlangan holatlar TXKM va (yoki) uning filiali tomonidan bartaraf etilgan hamda yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganidan so‘ng ularning faoliyati vakolatli organ qarori asosida qayta tiklanadi”. 7. Vazirlar Mahkamasining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarorida: a) 1-ilova quyidagi mazmundagi 321-band bilan to‘ldirilsin: “321. Ushbu Nizomning 32-bandida ko‘rsatib o‘tilgan soliq to‘lovchilar toifasidan tashqari intizomli soliq to‘lovchilarga ham soliq summasi o‘rnini qoplashning tezlashtirilgan tartibi qo‘llaniladi. Soliq to‘lovchilarni insofli soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlari (talablari) va ularning ro‘yxatini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi”; b) 2-ilovaning 63-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bunda haqiqatda amalga oshirilmagan xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalar tovarlar jo‘natilganligini yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinmaydi”. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qarori 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga “Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno)” hamda “Uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish va ko‘paytirish” faoliyat turlari kiritilsin”. 9. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalarida: a) 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “43. Raqamli markirovkalanishi (shu jumladan, ularga qo‘llaniladigan raqamli identifikatsiyalash vositalari to‘g‘risida) ma’lumotlarini markirovkalash axborot tizimiga taqdim etilmagan yoki ushbu Qoidalar bilan belgilangan talablarini buzgan holda ma’lumotlarni o‘tkazilgan mahsulotlar, raqamli markirovkalanmagan mahsulotlar deb hisoblanadi”; quyidagi mazmundagi 11 va 12-boblar bilan to‘ldirilsin: 93. Mazkur Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari va boshqa nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) mazkur Qoidalarga rioya etilishini tekshirish uchun tegishli ekspert va mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tekshiruvchi shaxslarga tekshiruv o‘tkazishda yordam berishlari, kamchilik va qonunbuzarliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari shart. 94. Mazkur Qoidalarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka olib keladi. 95. Quyidagilar qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi: raqamli identifikatsiya vositalarisiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish (import qilish), saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish; soxtalashtirilgan (kontrafakt) yoki ilgari ishlatilgan markirovka kodlari yordamida, shuningdek markirovka kodlarining qo‘llanilishi (ishlatilishi) haqida ma’lumotni Operatorga yubormagan holda yoxud noto‘g‘ri (yolg‘on yoki haqiqatga mos kelmaydigan) ma’lumotlarni yuborgan holda raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki olib kirish (import qilish); raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash talablarini buzish; nuqsonli (brak bo‘lgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muomaladan chiqarish yoxud markirovkalangan mahsulotlarni qayta markirovkalash talablarini buzish; realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan fiskal hujjatni va (yoki) elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish). 96. Quyidagilar savdo qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi: a) ulgurji sotuvchilar tomonidan: raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotib olish, tashish, saqlash yoki realizatsiya qilish (sotish); markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan fiskal hujjatni yoxud elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish); nuqsonli (brak bo‘lgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muomaladan chiqarish talablarini buzish; b) chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi korxonalari tomonidan: raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotib olish; markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek markirovka kodini muomaladan olib tashlash uchun elektron fiskal hujjatga har bir sotilgan tovar birligining markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritmasdan, mahsulotni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish (sotish); nuqsonli (brak bo‘lgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muomaladan chiqarish talablarini buzish; raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni saqlash, ishlatish va (yoki) mahsulot muomalasining boshqa subyektiga yoxud oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilish (sotish). 10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 57-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida qo‘shimcha soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish zarur bo‘lganda”; oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; b) 83-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Bank kartalari orqali nazorat xaridini amalga oshirishda jismoniy shaxsning bank kartasidan hamda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tijorat banklarida ochilgan korporativ bank kartalaridan foydalaniladi. Nazorat xaridini amalga oshirishda bank kartalaridan foydalanish tartibini Davlat soliq qo‘mitasi belgilaydi. Nazorat xaridi jarayonida bank kartalaridan foydalanilgan pul mablag‘larini qaytarib berish vazifasi nazorat xaridi o‘tkazilgan soliq to‘lovchi zimmasiga yuklanadi”. 11. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi to‘g‘risidagi nizomda 12-bandi “a” kichik bandida: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “mol-mulklarni ko‘chmas mulk jumlasiga (toifasiga) kirishi yuzasidan xulosa berish”; uchinchi — beshinchi xatboshilari tegishlicha to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari deb hisoblansin. 12. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarorining 4-bandi beshinchi xatboshisidagi “2021-yil” so‘zlari “2022-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi fiskal institut va soliq texnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 17-iyundagi 377-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik bandi bilan to‘ldirilsin: “v) Bunda Institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishning ikkinchi yilidan boshlab o‘qishga qabul qilish Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda amalga oshiriladi”.
165
60,372
Qonunchilik
2007-yil 31-dekabr dushanba ish kunini 2007-yil 29-dekabr shanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida
Yangi yil bayrami munosabati bilan hamda mehnatkashlarning dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida: 2007-yil 31-dekabr dushanba ish kuni 2007-yil 29-dekabr shanba kuniga ko‘chirilsin.
94
239
Qonunchilik
TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARI — FAQAT YuRIDIK ShAXSLAR TOMONIDAN QONUN HUJJATLARIDA BELGILANGAN TARTIBDA AMALGA OShIRILADIGAN FAOLIYATNING AYRIM TURLARI RO‘YXATIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 8-band qo‘shilsin: “8. Umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish (uy sharoitlarida yoki joylardagi davlat hokimiyati organlari qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda o‘tirish o‘rinlari tashkil etmasdan donali taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va sotish bo‘yicha xizmatlar bundan mustasno)”.
191
653
Qonunchilik
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-maydagi 112-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3235, 2020-yil 29-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3235/0698-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlarining matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq 2022-yil 15-martdan e’tiboran kuchga kiradi.
180
985
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisini chaqirish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 16-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi 2021-yil 5-fevral kuni chaqirilsin. Belgilansinki, pandemiya davrida mamlakatimizda karantin chora-tadbirlari amal qilayotganligini inobatga olib, yalpi majlis videokonferensaloqa rejimi orqali o‘tkaziladi. II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi muhokamasiga quyidagi masalalar kiritilsin: 1. “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 2. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 3. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 5. “Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida. 6. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2020-yildagi ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti haqida. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yildagi faoliyati va 2021-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari to‘g‘risida. 8. Boyovut, Bo‘ston, Olot, To‘raqo‘rg‘on, Qarshi tumanlarini va Kattaqo‘rg‘on shahrini 2020 — 2022-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturlarining ijrosini o‘rganish natijalari to‘g‘risida. 9. Ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun ko‘rilayotgan choralar holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari haqida. 10. Mamlakatimizda toshqinlar, sel oqimlari, ko‘chki xavfi mavjud tog‘ va tog‘oldi hududlarida joylashgan aholi punktlari hamda iqtisodiy obyektlar xavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari to‘g‘risida. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) saylash to‘g‘risida. 12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisini saylash to‘g‘risida. 13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida. 14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida. III. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirib borish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari Z. Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin. IV. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlisiga taklif etilganlarni ovqatlantirish (tushlik) xarajatlarini istisno tariqasida Prezident Administratsiyasi binosi oshxonasida faoliyat yuritib kelayotgan “TRUFFO GROUP” MChJ bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat berilsin.
99
3,681
Qonunchilik
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi QL-674-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 19-avgustda kiritilgan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi QL-674-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
93
631
Qonunchilik
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 12-oktabr kuni qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
185
686
Qonunchilik
QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN BIRJADAN TAShQARI BITIMLARNING HISOB REGISTRI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDAGI BUYRUQNI, ShUNINGDEK UNGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALARNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga va idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va ularni qabul qilish qoidalarining 84-bandiga (ro‘yxat raqami 979, 2000-yil 16-oktabr) muvofiq buyuraman: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2003-yil 26-maydagi 2003-08-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1258, 2003-yil 17-iyul — O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son); O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 3-iyundagi 2004-11-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1258-1, 2004-yil 30-iyun — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 26-son, 308-modda). 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. 3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” Agentligi bilan kelishilgan.
224
1,647
Qonunchilik
Bank sohasida ruхsat berish tartib-taomillariga tuzatishlar kiritildi
Vazirlar Mahkamasining 2.05.2016 yildagi 134-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyхatida1 aniqlashtirilishicha, Davlat raqobat qoʻmitasi birja faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi, bundan valyuta birjasi faoliyati mustasno. Uni Markaziy bank amalga oshiradi. Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash toʻgʻrisida nizomda2  litsenziya talabgori tomonidan topshiriladigan hujjatlar roʻyхatidan yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusхasi chiqarib tashlandi. Aniqlashtirilishicha,  litsenziya olish uchun hujjatlarni bevosita, olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda (ERI bilan) taqdim qilish zarur. Arizada elektron manzilni koʻrsatish qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnomani elektron shaklda olishga rozilikni bildiradi. Qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisobvaragʻi rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddatlari koʻrsatilgan holda yozma, elektron shaklda joʻnatiladi (beriladi). Bank faoliyati sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga3  qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnomani elektron shaklda olishga rozilikni bildiradigan arizada elektron manzilni koʻrsatishni koʻzda tutadigan norma kiritilgan. Markaziy bank ariza beruvchilarning ogʻzaki, yozma, elektron soʻrovlariga binoan bank faoliyati sohasida ruхsat berish tartib-taomillari masalalari boʻyicha bepul asosda toʻliq aхborot va maslahatlar taqdim qiladi. Ruхsat berish tusidagi hujjatlarni berishga rad etish toʻgʻrisida bildirishnoma elektron koʻrinishda joʻnatilishi mumkin. Dastlabki rozilikni olish uchun hujjatlar roʻyхatidan davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusхasi chiqarib tashlandi. Ruхsat berish tusidagi hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi aхborot OAV va Markaziy bankning rasmiy saytida e’lon qilinadi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA tayyorladi. ______________ 1 Vazirlar Mahkamasining 28.06.2002 yildagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan.   2 Vazirlar Mahkamasining 13.11.2003 yildagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan. 3 Vazirlar Mahkamasining 10.03.2014 yildagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan.
69
2,607
Qonunchilik
“INVESTITSIYa VOSITAChILARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risida”gi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 7-fevraldagi 2002-01-sonli “Investitsiya vositachilari to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (2002-yil 13-mart, ro‘yxat raqami 1108 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
130
1,119
Qonunchilik
TIFning nohalol ishtirokchilari roʻyхatiga kimlar kiritiladi
DSQ tomonidan QHTBT portalida Tashqi iqtisodiy faoliyatning nohalol ishtirokchilari roʻyхatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirildi. Muhokama 20 avgustga qadar davom etadi. Hujjat Vazirlar Mahkamasining 6.06.2019 yildagi «Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha toʻlov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 464-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlangan. Mazkur loyiha tashqi iqtisodiy faoliyatning nohalol ishtirokchilari roʻyхatini yuritish hamda valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va tijorat banklari tomonidan ularning faoliyatini alohida monitoring qilish tartibini belgilaydi. Nohalol tashqi savdo operatsiyalari ishtirokchilari reyestri (keyingi oʻrinlarda – Reyestr) tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida (keyingi oʻrinlarda – TSOYaEAT) eksport-import shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklari mavjud boʻlgan yoki import operatsiyalari boʻyicha soliq qarzi mavjud boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadigan elektron roʻyхatini ifodalaydi. DSQ, DBQ va MB oʻrtasida mazkur qarzdorliklar toʻgʻrisida TSOYaEAT orqali ma’lumotlar almashiladi. Tashqi savdo shartnomalari boʻyicha debitor qarzdorlik muddatlari valyutani tartibga solish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan, kreditor qarzdorliklar muddatlari esa Fuqarolik kodeksi talablariga binoan belgilanadi va  muddati oʻtgan qarz kreditor qarz sifatida e’tirof etiladi. DSQ va uning quyi tuzilmalari tomonidan muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklar TSOYaEAT ma’lumotlari asosida har bir shartnomalar kesimida tahlil qilinadi. Muddati oʻtgan debitor qarzdorlikka yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan hollarda, ushbu ma’lumotlar soliq organlarining «Tahlika-tahlil» dasturiy mahsuliga kiritiladi. Bunday хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan sud orqali jarima qoʻllanadi va ularning mansabdor shaхslariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi mahsulot (ish, хizmat)larni eksport-import qiluvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanadilar. Reyestr TSOYaEATga kiritilgan ma’lumotlar asosida real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadi. U хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar nomi, STIR, хizmat koʻrsatuvchi banki, shartnoma raqami, sanasi va identifikatsiya raqami, toʻlov muddati oʻtgan debitor, kreditor qarzdorliklar va soliq qarzi summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Reyestr YaIDXPga joylashtiriladi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, DBQ va DSQning veb-saytlari bilan integratsiya qilinadi. Reyestrga kirgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqi tovarlarga bojхona organlari tomonidan bojхona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirishni toʻхtatish yoʻli bilan cheklanadi. Loyihada хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni quyidagi asoslarda Reyestrdan chiqarish nazarda tutilgan: Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Anvar Irkaхodjayev.
60
3,160
Qonunchilik
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 39-son, 507-modda) muvofiq buyuraman: 1. Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qon va uning tarkibiy qismlarini tayyorlash va ularga qayta ishlov berish bilan bog‘liq kasblar. 2. Qon va uning tarkibiy qismlari, sperma va ko‘krak sutini qabul qilish bilan bog‘liq kasblar. 3. Gemotransfuziya bilan bog‘liq kasblar. 4. Quyidagi tibbiy muolajalar bilan bog‘liq kasblar: inyeksiyalar; dializ; veneseksiya; kateterizatsiya. 5. Kosmetik va plastik operatsiyalar bilan bog‘liq kasblar. 6. Stomotologik muolajalar bilan bog‘liq kasblar. 7. Tug‘ruq bilan bog‘liq kasblar. 8. Abort va boshqa ginekologik operatsiyalar bilan bog‘liq kasblar. 9. Soch va soqol olish, pirsing, manikyur, pedikyur hamda tatuaj bilan bog‘liq kasblar. 10. Mazkur Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
141
1,325
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 4-martdagi 63-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 16-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) shartlari to‘g‘risida” 2013-yil 13-apreldagi 106-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 4-son, 26-modda).
250
1,522
Qonunchilik
Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishda oshkoralik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida zamonaviy talablarga javob beradigan samarali xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish, order berish mexanizmini takomillashtirish va to‘liq raqamlashtirish maqsadida: 1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: a) 2021-yil 1-oktabrdan boshlab mazkur qarorga 1-ilovada ro‘yxati keltirilgan davlat tibbiyot muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan muassasalar) Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilinadi va moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) joriy etiladi. Belgilansinki, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga davolanishga yo‘llashda: kasallikning og‘irlik darajasidan kelib chiqib axborot tizimi orqali navbatda turishning shaffof mexanizmlari tatbiq etiladi; kam ta’minlangan oilalarga mansub shaxslar toifasiga kiruvchi fuqarolar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga muvofiq aniqlanadi; bemorlarga o‘zlarining so‘rovlari, murojaatlari hamda navbati haqidagi axborotni real vaqt rejimida olish imkoniyati ta’minlanadi; bemorlarga, ularning kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini ta’minlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati ko‘rsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega bo‘lgan yo‘llanma (keyingi o‘rinlarda — yo‘llanma) beriladi; yo‘llanma axborot tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi va davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiy xizmatlar olish huquqini beradi; bemor davolanganidan so‘ng Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi davolagan muassasaga bazaviy narxlar doirasida bemorga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarga muvofiq, sarflangan mablag‘ni Davlat budjeti hisobidan o‘tkazib beradi. Bunda, yo‘llanma asosida bemorlarni davolaydigan davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan barcha shaxslarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda qilingan haqiqiy xarajatlar ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarga muvofiq Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. b) quyidagilar: 2021-yil 1-noyabrdan boshlab ko‘z mikroxirurgiyasi va urologiya; 2022-yil 1-yanvardan kardiologiya, travmatologiya va ortopediya hamda akusherlik va ginekologiya; 2022-yil 1-iyuldan xirurgiya va neyroxirurgiya yo‘nalishlaridagi tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilishiga ruxsat berilsin. v) amaldagi order berish tartibiga asosan rasmiylashtirilgan orderlardan 2022-yilning 1-yanvariga qadar foydalanish mumkin; g) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq davlat tibbiyot muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib joriy etilgunga qadar ushbu davlat tibbiyot muassasalari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan taqsimotga muvofiq xarajatlar tasnifining bir satrida moliyalashtiriladi. Bunda, tibbiyot muassasalari tomonidan budjet mablag‘lari hisobidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga oylik hisobot taqdim etiladi. Belgilansinki, mazkur qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan davlat tibbiyot muassasalarining shoshilinch tibbiy yordam, gemodializ, tug‘ruq, bolalar va yuqumli kasalliklar bo‘linmalarini saqlash xarajatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xarajatlar smetasini ro‘yxatga olish asosida moliyalashtiriladi, qolgan barcha bo‘linmalarning imtiyozga ega bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bo‘yicha xarajatlari bazaviy narxlarda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali qoplab beriladi”; d) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar tibbiy xizmat ko‘rsatadigan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnomasi mavjud davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarini o‘z xohishiga ko‘ra erkin tanlash huquqiga ega bo‘ladi; e) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi; j) nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan tuziladigan shartnoma asosida bazaviy narxlardan kelib chiqib amalga oshiriladi; z) Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan davlat tibbiyot muassasalarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlaydi. 2. Belgilab qo‘yilsinki, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar sifatini baholash hamda ularning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini, ajratilgan mablag‘lar samaradorligi va natijadorligini nazorat qilish Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi. 3. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga qo‘shimcha 8 ta shtat birligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida”gi PQ-5053-son qaroriga muvofiq maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan ajratilsin. Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni hamda Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining 14 ta bosh mutaxassisi lavozimlari kiritilsin va ular sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlarida joylashtirilsin. Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A. Inoyatov rahbarligida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash va moliyalashtirish bilan bog‘liq huquqiy, moliyaviy va boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilsin va u mazkur yo‘nalishda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi faoliyatiga ko‘maklashib borsin. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Kuzatuv kengashiga (L. Tuychiyev), zarur hollarda, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 4. 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida bazaviy narxlarda moliyalashtirish mexanizmi joriy etilsin. Bunda, ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan tuziladigan shartnomaning namunaviy shakli, oldindan to‘lov miqdorlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi (F. Sharipov) bilan birgalikda 2021-yil 15-sentabrga qadar ixtisoslashtirilgan muassasalarni shartnoma asosida bazaviy narxlardan kelib chiqib moliyalashtirish tartibini tasdiqlasin. Moliya vazirligi (J. Abruyev) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘larining 2021-yil 1-oktabr holatiga qoldiq qismini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga o‘tkazib berilishini ta’minlasin. 5. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev): a) bir oy muddatda: Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishgan holda Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha tasdiqlangan standartlarga muvofiq tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlarini shakllantirsin va ularning yangilanib borilishini ta’minlasin; b) 2021-yil yakuniga qadar dalillarga asoslangan tibbiyotga muvofiq zamonaviy davolash-diagnostika uslub va texnologiyalarni kiritgan holda klinik protokollarni, diagnostika hamda kasalliklarni davolash standartlarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlanishini ta’minlasin. Bunda, diagnostika va davolash sifatiga oid standartlarni yangilash bo‘yicha reja-grafikni respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari kesimida tasdiqlasin va ushbu standartlar Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borilishini ta’minlasin. 6. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimiga integratsiya qilinadigan ma’lumotlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov) 2021-yil 1-oktabrga qadar: a) sog‘liqni saqlash sohasi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan axborot tizimini ishlab chiqsin; b) Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin. 7. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududida yangi bino-inshootlar kompleksi (keyingi o‘rinlarda — kompleks) barpo etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Belgilansinki: kompleksning quvvati kamida 650 ta statsionar va 100 ta kunduzgi statsionar o‘rinlardan iborat bo‘ladi va 2023-yilning 1-apreliga qadar foydalanishga topshiriladi; Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kompleks foydalanishga topshirilgandan keyin unga ushbu markazning Toshkent shahar va Toshkent viloyati filiallarini qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etiladi. Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Koreya Respublikasi tajribasini hamda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashni hisobga olgan holda kompleksni qurish va jihozlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, 2021-yilning yakuniga qadar qurilish ishlarini boshlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi PQ-5130-son qarori bilan tashkil etilgan Respublika gematologiya, onkologiya va radiologiya markazlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhi (B. Musayev)ga: a) belgilangan muddatlarda kompleksni foydalanishga topshirish, sohadagi ilg‘or xorijiy tibbiyot muassasalarining tajribasidan kelib chiqqan holda uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bu borada tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnik va boshqa masalalarni o‘z vaqtida hal qilish; b) Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun: 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy tibbiy ta’lim muassasalari magistraturasi va klinik ordinaturasida tor soha mutaxassislarini tayyorlash; Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi tomonidan o‘rta tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish; Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi (V. Fen) bilan birgalikda Koreya Respublikasining yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda onkologiya, gematologiya, radiologiya, klinik immunologiya, yuqori texnologik transfuziologiya, laboratoriya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkillashtirish vazifalari yuklatilsin. 9. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2021-yil 1-avgustdan boshlab onkologiya, onkogematologiya va gematologiya muassasalarining palliativ yordam ko‘rsatish bo‘limlari shifokorlari, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari lavozim maoshiga mehnatning sog‘liq uchun o‘ta xavfli sharoitlari uchun 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq to‘lash haqidagi taklifi ma’qullansin. 10. Sog‘liqni saqlash vazirligi (E. Basitxanova) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tug‘uruq bo‘limlari negizida 4-ilovaga muvofiq tumanlararo perinatal markazlarni amaldagi shtatlar doirasida tashkil etish; onalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalar uchun hududlarda samarali perinatal, neonatal va pediatrik xizmatlarni olish imkoniyatini yaratish; mintaqaviy perinatal markazlarni takomillashtirish va 3-darajali akusherlik muassasalarini belgilangan talablarga muvofiq jihozlash choralarini ko‘rsin. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar xalqaro moliya tashkilotlarining kredit mablag‘larini maqbullashtirish hisobiga respublikadagi tug‘uruqqa yordam beruvchi muassasalarni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash uchun xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazsin. 11. Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 12. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev): a) 2021-yil 1-sentabrga qadar: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlarida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga respublika miqyosida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish, ularning murojaatlarini qabul qilish, maslahat berish va axborot taqdim etishga mo‘ljallangan yagona qisqa raqamli bepul “tezkor aloqa”ni yo‘lga qo‘ysin; oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari binolarida, Sog‘liqni saqlash vazirligi va ixtisoslashtirilgan muassasalarning rasmiy veb-saytlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning hajmlari, ixtisoslashtirilgan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish hamda targ‘ibot materiallarini tarqatish choralarini ko‘rsin; b) 2021-yil 1-oktabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan muassasalarning rasmiy veb-saytlarida bo‘limlar kesimida mavjud o‘rinlar soni, shu jumladan bo‘sh o‘rinlar soni, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar turlari va narxlari joylashtirilishini va muntazam yangilanib borilishini ta’minlasin; v) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan muassasalarda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash bo‘yicha joriy etilayotgan mexanizmlarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-saytlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, press-klub muhokamalarini tashkil etish orqali tezkor yetkazilishi, tushuntirilishi va keng yoritilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 14. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, uning o‘rinbosarlari A.Sh. Inoyatov, A.A. Azizov, U.Y. Sobirov, E.I. Basitxanova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin. Qarorning o‘z vaqtida va natijali ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. To‘ychiyev zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin. 1. Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 2. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 3. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 4. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 5. Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 6. Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 7. Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 8. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 9. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 10. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 11. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 12. Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 13. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 14. Bolalar milliy tibbiyot markazi. 1. Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi. 2. Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi. 3. Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi. 4. Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi. 6. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi. 7. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi. 8. Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi. 9. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi. 10. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasi 11. Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi. 12. Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2838-son qaroriga 5-ilovaning 23-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3494-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnida 6-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4642-son qaroriga 1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovaning 17.1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4890-son qarori 10-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jamg‘armaga 4 ta xizmat avtotransporti, shu jumladan 3 ta shaxsan biriktirilgan yengil avtomobil va 1 ta navbatchi mikroavtobus sotib olish va saqlashga limit ajratsin.”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996-son qaroriga 2-ilovaning 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qaroriga 2-ilovaning 34-pozitsiyasi chiqarib tashlansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5124-son qarori 5-bandining “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-6221-son Farmoniga muvofiq ajratilayotgan shtat birliklarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar 2021-yil davlat budjeti parametrlarida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi, 2022-yildan boshlab esa davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutiladi;”. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5130-son qaroriga 4-ilovaning 35-pozitsiyasi chiqarib tashlansin. 10. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 133-son qaroriga 6-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ta’tillar vaqtiga haq to‘lash, ishdan bo‘shatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini to‘lash, shuningdek oliy ta’lim tizimida o‘qish, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun o‘rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarib kunidagi tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni o‘n ikkidan birga (olti oy to‘liq ishlaganlarga oltidan birga; yetti oy to‘liq ishlaganlarga yettidan birga va hokazolar), o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun hisoblash davrida tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani o‘ndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo‘shimcha ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ish haqiga qo‘shimcha haqlar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar hisoblanadigan boshqa to‘lovlar kiradi (koronavirus pandemiyasi davrida xodimlarga beriladigan barcha qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari, jumladan maxsus to‘lovlar, kunlik qo‘shimchalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar va zararligi uchun qo‘shimcha ustamalardan tashqari)”. 11. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 264-son qarorida: a) Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash tartibida: 16-bandning uchinchi xatboshisidagi “sarf-xarajatlarini” so‘zlari “ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarini” so‘zlariga, to‘rtinchi xatboshisidagi “xarajatlari” so‘zi “xizmatlarining to‘lovlari” so‘zlariga almashtirilsin; 17-banddagi “xarajatlarni” so‘zi “mablag‘larni” so‘ziga almashtirilsin; 18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarini” so‘zlari “ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarini” so‘zlariga almashtirilsin; V bo‘lim nomlanishidagi “xarajatlarini” so‘zi “tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni” so‘zlariga almashtirilsin; 20-bandda: ikkinchi, uchinchi xatboshilaridagi “xarajatlarini” so‘zi “xizmatlarini” so‘ziga almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bunda Markaz xizmatlari tarkibiga amalga oshirilgan xarajatlar bilan birgalikda, Markazning sof foydasi va qonunchilikda belgilangan soliqlar va majburiy to‘lovlar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Markaz tomonidan tasdiqlangan standartlar va tariflarga rioya qilmasdan asossiz ravishda so‘ralayotgan deb hisoblangan summani ushlab qolishi mumkin.”; b) Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga yotqizish to‘g‘risidagi nizomda: II bo‘lim nomlanishidagi “xarajatlarni” so‘zi “xizmatlarni” so‘ziga almashtirilsin; 7-banddagi “xarajatlari” so‘zi “xizmatlari” so‘ziga almashtirilsin; v) Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3, 13, 17-bandlaridagi “xarajatlarini”, “xarajatlarni” va “xarajatlar” so‘zlari tegishincha “xizmatlarini”, “xizmatlarni” va “xizmatlar” so‘zlariga almashtirilsin. 12. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovada: a) I bo‘lim 1.19-bandining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; b) III bo‘lim quyidagi mazmundagi 3.30-bandi bilan to‘ldirilsin: “3.30. Onkologiya, onkogematologiya va gematologiya muassasalarining palliativ yordam ko‘rsatish bo‘limlari vrachlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.”. 13. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisida “ko‘chirmalar” so‘zidan keyin “(mavjud bo‘lsa)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 14. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 583-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qo‘shimcha to‘lov o‘rniga har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari amalga oshiriladigan lavozimlar ro‘yxati 2a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”. 15. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi 193-son qarori bilan tasdiqlangan Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovada 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
134
27,013
Qonunchilik
Istiqbolli investitsiya takliflarini kelishish mexanizmini hamda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar va idoralarga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga potensial xorijiy investorlar va kreditorlarni qidirib topishda ko‘maklashish yo‘li bilan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonining samaradorligini va tezkorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki: 2014-yil 1-oktabrdan boshlab tashabbuskorlar tomonidan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etishni nazarda tutuvchi investitsiya takliflari va loyihalar pasportlarini davlat boshqaruvi vakolatli organlarida kelishish elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi” tizimi orqali amalga oshiriladi; loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar investitsiya takliflari va loyihalar pasportlarini sifatli to‘ldirish, ularning to‘liqligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qarori talablariga muvofiqligi uchun shaxsan javob beradilar. 2. Loyiha tashabbuskorlarining hamda davlat boshqaruvi vakolatli organlarining xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etishni nazarda tutuvchi investitsiya takliflari va istiqbolli loyihalar pasportlarini Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi tizimi orqali kelishish jarayoni doirasidagi o‘zaro hamkorligi sxemasi ilovaga muvofiq ma’qullansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Investitsiya takliflarini va istiqbolli loyihalar pasportlarini kiritish va ularni “Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi” tizimida kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 4. Loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar: har yili Davlat investitsiya dasturi va hududiy investitsiya dasturlari tegishli ravishda tasdiqlangandan keyin 30 kun mobaynida xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish talab qilinadigan investitsiya takliflari va loyihalar pasportlari ishlab chiqilishini va Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi tizimiga kiritilishini; muntazam ravishda investitsiya takliflari va loyihalar pasportlari parametrlari yangilanishini, keyinchalik ularning Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi tizimida davlat boshqaruvi vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda kelishilishini ta’minlasinlar. 5. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tizimli asosda: loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishtirokida Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi tizimidan foydalanishning ustunliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlarining olib borilishini; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qarori talablarini so‘zsiz bajarish uchun Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi tizimini, uni O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali bilan integratsiyalashtirgan holda elektron tarzda to‘ldirish mexanizmining amalda qo‘llanilishi, zarur darajada faoliyat ko‘rsatishi va takomillashtirilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlasin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
172
4,707
Qonunchilik
Coliq ta’tillari qanday beriladi
QHTBT portalida Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirilgan. Shuni eslatib oʻtamizki, Soliq kodeksining 54-moddasi 30.12.2017 yildagi OʻRQ-455-son Qonun tahririda yangicha bayon etilgan. Unda soliq toʻlovchilarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni ma’lum bir muddat davomida toʻlashni kechiktirish yoki qismlarga boʻlgan holda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etiladi. Toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash soliq ta’tillari tarzida yoхud soliq qarzini toʻlash muddatini keyinroq muddatga koʻchirish tarzida beriladi. Ilgari soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida «soliq ta’tillari» tushunchasi yoʻq edi – bunda soliq toʻlovchi soliq majburiyatini bajarish muddatini oʻzgartirish hisobiga toʻlashi lozim boʻlgan soliq toʻlovlarini muayyan muddat davomida kamaytirish va keyinchalik toʻlab berish huquqiga ega boʻladi.   Ta’tillar quyidagilarga berilishi mumkin: «Insofli» maqomi oхirgi 2 yil ichida soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarib kelgan soliq toʻlovchilarga beriladi. Insofli soliq toʻlovchilarga soliq ta’tillari, shuningdek soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash Hukumat yoki u vakolat bergan organ tomonidan beriladi. YaST toʻlovchilarga ta’tillar esa – soliq hisobiga olingan joydagi soliq inspeksiyasi tomonidan beriladi. Loyiha bilan nimalar tartibga solinadi? Tasdiqlash uchun kiritilgan Nizom bilan soliq ta’tillarini, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash huquqini berish tartibi va meхanizmini belgilash nazarda tutilgan. U soliq ta’tillari davrida soliq hisobotini taqdim etish, kechiktirilgan soliqlar va majburiy toʻlovlarni byudjetga toʻlash tartibini ham belgilaydi. Shuni qayd etib oʻtamizki, Nizom faqat insofli soliq toʻlovchilarga nisbatan qoʻllanadi. U yangi tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korхonalarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Umumiy shartlar qanday? Soliq ta’tillari vakolatli organning qarori asosida beriladi. Ta’tillar tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 24 oygacha boʻlgan muddatga berilishi mumkin. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash huquqiga faqat yuridik shaхslar ega boʻlishi mumkin. Jismoniy shaхslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga bunday huquq berilmagan. Soliq kodeksining 23-moddasida nazarda tutilgan soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq ta’tillari berilishi mumkin. Bunda u bojхona toʻlovlarini va davlat bojini toʻlashga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash bojхona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi. Soliq ta’tillarini kim beradi? Kechiktirilayotgan soliqlarning umumiy summasiga qarab, soliq ta’tillari quyidagilar tomonidan berilishi mumkin: Davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq ta’tillari Moliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi bilan kelishilgan holda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan beriladi. Toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash huquqini kim beradi? Miqdoridan qat’i nazar, soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan: Toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash soliq qarzining jamiga yoki bir qismiga nisbatan berilishi mumkin. Toʻlashni kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilish davrida kechiktirilgan soliq qarzi summasiga penya hisoblanmaydi. Soliq ta’tillarini qanday olish mumkin? Buning uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yekt (yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor) soliq hisobiga olingan joydagi DSIga belgilangan shaklda ariza taqdim etishi kerak. Arizada soliq toʻlovchi soliq ta’tillari davri va qanday soliq turi boʻyicha soʻralayotganini koʻrsatadi. Ariza hisobot choragi boshlanishidan kamida 15 kun oldin beriladi. DSI ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida ariza beruvchi «insofli soliq toʻlovchi» maqomiga muvofiq kelishini tekshiradi va soliq ta’tillari summasidan kelib chiqib, tegishli organga хulosa taqdim etadi. Vakolatli organ 10 kun ichida soliq ta’tili berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida soliq toʻlovchi 3 ish kunida yozma yoki uning shaхsiy kabinetiga yuborish yoʻli bilan elektron shaklda хabardor etiladi. Qanday hollarda soliq ta’tillarini berish rad etilishi mumkin? Quyidagi hollarda soliq ta’tillarini berish rad etilishi mumkin: Boshqa sabablar soliq ta’tili berishni rad etish uchun asos boʻlib хizmat qila olmaydi. Toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash huquqiga qanday ega boʻlish mumkin? Soliq toʻlovchi toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash huquqiga ega boʻlish uchun   soliq qarzi hosil boʻlgan joydagi DSIga ariza (belgilangan shaklda) taqdim etishi shart. Arizaga soliq toʻlovchining qarzni soʻndirish jadvali va u qanday manbalar hisobidan soʻndirilishi koʻrsatilgan kafolat хati ilova qilinadi. DSI 3 ish kunida belgilangan shakldagi хulosani tegishli soliq boshqarmasi orqali DSQga yuboradi. DSQ 10 kun muddatda Moliya vazirligi bilan (majburiy ajratmalar boʻyicha tegishli maqsadli jamgʻarmalar bilan) kelishgan holda toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida soliq toʻlovchi 3 ish kunida yozma yoki uning shaхsiy kabinetiga yuborish yoʻli bilan elektron shaklda хabardor etiladi. Vakolatli organ soliq qarzini soʻndirishning soliq toʻlovchi koʻrsatgan muddatlardan farq qiluvchi boshqa muddatlarini belgilashga haqli. Soliq toʻlovchi soliq qarzini ushbu tasdiqlangan muddatlarda soʻndirishga majbur boʻladi. Soliq ta’tillari davrida soliq hisoboti qanday topshiriladi? Soliq ta’tillari davrida soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha hisobotlar umumbelgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi. Ta’til berilgan soliq hisob-kitobida maхsus belgi – «Soliq ta’tili berilgan» qayd etiladi. Soliq ta’tili davrida soliq hisobotini taqdim etmagan yoki uni oʻz vaqtida taqdim etmagan soliq toʻlovchining rahbari va bosh buхgalteri belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Soliq ta’tillari muddati tugagandan keyin soliqlar qanday toʻlanadi? Soliq ta’tillari tugagandan keyin ushbu davr uchun muddati kechiktirilgan soliqlarning umumiy summasi 12 oy davomida toʻlanadi. Soliq muddati kechiktirilgan soliqlarning umumiy summasidan 1/12 miqdorida teng ulushlar bilan toʻlanadi. Ular soliq ta’tillari muddati tugashidan soʻng boshlanadigan oyning 1-kunidan boshlab, keyingi yil oʻsha oyining 1-kunigacha toʻlanadi. Bunda soliqlar har bir oyning 25-kuniga qadar toʻlanishi shart. Masalan, soliq ta’tillari muddati 2020 yil 20 aprelda tugadi. Bu holda toʻlash muddati kechiktirilgan soliqlar va majburiy toʻlovlar 2020 yil 1 maydan boshlab toʻlana boshlaydi. Soʻnggi toʻlovni toʻlash muddati – 2021 yilning 25 aprelidan kechiktirilmaydi. Soliq toʻlovchining хohishiga qarab muddati kechiktirilgan soliqlar summasi muddatidan avval soʻndirilishi mumkin. Mazkur Nizom 2018 yil 1 apreldan boshlab kuchga kirishi rejalashtirilmoqda.  Ma’lumot uchun. Hozir byudjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini berish, penya hisoblashni toʻхtatish, shuningdek penya va jarima sanksiyalarini hisobdan chiqarish tartibi bitta Nizom (AV tomonidan 14.01.2005 yilda 1442-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan tartibga solinadi. Loyihaga oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Ushbu normativ-huquqiy hujjatning ishlab chiquvchilari QHTBT portalida bayon etilgan sharhlar va takliflarni hisobga olishlari mumkin. Muzaffar Mirzagʻaniyev.
32
7,982
Qonunchilik
Ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi to‘g‘risi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek ko‘p kvartirali uylar qurish ko‘lamlarini kengaytirish hisobiga respublika shaharlarida yashayotgan aholining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son qarori bilan tasdiqlangan “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) doirasida shaharlarda ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan buyurtmachiga kreditlar berish tartibini, shuningdek ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni ustun darajada yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: bank — ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachilarga kreditlar berish, shuningdek ko‘p kvartirali uylarni sotib olish uchun qarz oluvchilarga ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish yo‘li bilan kvartiralarni sotish funksiyalari yuklangan holda “Ipoteka-bank” ATIB; buyurtmachi — arzon ko‘p kvartirali uylar massivlarini rekonstruksiya qilish va qurish, namunaviy loyihalar bo‘yicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan texnik nazoratni amalga oshirish, shuningdek mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi funksiyalari yuklangan holda “O‘zshahar qurilish invest” MChJ respublika ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasi; bosh pudratchi — kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilish bo‘yicha Idoralararo tender komissiyasi tomonidan, mazkur obyektlarni qurishda tajribaga va tegishli moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan pudrat tashkilotlari ishtirokida tender savdolari o‘tkazish yakunlari bo‘yicha aniqlanadigan bosh pudrat tashkiloti; qurilishlarning manzilli ro‘yxati — kapital qo‘yilmalarning ajratilgan limitlari doirasida har yili buyurtmachilar tomonidan tuziladigan obyektlar ro‘yxatini, shuningdek kapital qo‘yilmalardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar va xarajatlar hajmlarini o‘z ichiga oladigan moliyaviy hujjat; ko‘p kvartirali uyni rekonstruksiya qilish — ko‘p kvartirali uyning arxitektura-rejalashtirish yechimlarini o‘zgartirish, qisman buzgan, ma’nan eskirgan konstruksiyalar va muhandislik asbob-uskunalarini almashtirgan holda qo‘shimcha ustiga qurish, yoniga qurish (imoratlar qurish); maxsus maqsadli hisob raqamlari: ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarni sotishdan tushadigan hamda qarzlarni va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qaytarishga yo‘naltiriladigan tushumlar hisobiga jamlanadigan maqsadli mablag‘larni hisobga olish uchun buyurtmachiga ochiladigan 22626-hisob raqami; buyurtmachidan tushadigan hamda sotib olinadigan asbob-uskuna va qurilish materiallari, bajarilgan ishlar uchun subpudrat tashkilotlariga, kredit ajratilayotgan obyekt qurilishida band bo‘lgan ishlovchilarga ish haqi to‘lashga (shu jumladan jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish, yagona ijtimoiy to‘lov), avtotransport xizmatlari, mexanizmlardan foydalanilgan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun haq to‘lashga, shuningdek to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish xarajatlariga (yoqilg‘i-moylash materiallari, tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv va shu kabilar) va ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarga haq to‘lash uchun yo‘naltiriladigan jamlanadigan maqsadli mablag‘larni hisobga olish uchun pudratchiga ochiladigan 22626-hisob raqami; hududiy komissiya — ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslarga biriktirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya; yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslar — respublika shaharlarida yashaydigan yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotganlar va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalari; ko‘p kvartirali uylar — Dastur doirasida qo‘shimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan shaharlardagi 5, 7 va 9 qavatli arzon ko‘p kvartirali uylar; hududiy komissiyaning protokol qarori — hududiy komissiyaning protokol shaklida rasmiylashtirilgan hamda bank tomonidan kvartirani sotish va ipoteka krediti ajratish uchun asos hisoblanadigan belgilangan tartibda qabul qilingan qarori; qarz oluvchi — yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan, kredit shartnomasida belgilangan shartlarda ko‘p kvartirali uydan kvartira olish uchun ipoteka krediti olgan, ipoteka kreditini qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan jismoniy shaxs; birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchining eri (xotini), yaqin qarindoshlari, ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, bolalari) hamda ipoteka krediti va uning yuzasidan foizlar bo‘yicha har oylik to‘lovlarda qatnashuvchi, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha solidar javob beruvchi boshqa jismoniy shaxslar; dastlabki badal — qarz oluvchining bankda ochilgan maqsadli jamg‘arma omonat hisob raqamiga qo‘yilgan sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi pul mablag‘lari; qonun asosidagi ipoteka — ipoteka shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlarini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan, qonun asosida ipoteka hosil bo‘lishiga olib keladigan va qonun asosida ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadigan ipoteka turi; to‘lov layoqati — umumiy daromadlarni tahlil qilishdan kelib chiqib aniqlanadigan qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish layoqati. 3. Ko‘p kvartirali uyni qurish uchun O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida amalga oshiriladi. Ko‘p kvartirali uy foydalanishga topshirilgandan keyin buyurtmachi belgilangan tartibda mulk huquqini rasmiylashtiradi. 4. Quyidagilar ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: bank tomonidan ajratiladigan kreditlar; o‘zining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand xodimlari uchun ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishda ulush qo‘shib qatnashishga tayyorligini bildirgan nodavlat tashkilotlarining o‘z mablag‘lari; xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlarning buyurtmachiga kredit ajratish uchun berilgan kreditlari, shu jumladan grantlari va investitsiyalari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. 5. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun buyurtmachi bankning xizmat ko‘rsatadigan filialida “talab qilib olinadigan” asosiy depozit hisob raqamiga ega bo‘lishi kerak. 6. Buyurtmachining kreditlari bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash sifatida kvartiralar aholiga sotilguniga qadar ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni kelajakda sotishdan tushadigan mablag‘lar garovi qabul qilinadi. Kreditni ta’minlash summasi berilgan kredit, u bo‘yicha hisoblangan foizlar summasini to‘liq qoplashi kerak. 7. Pudratchilarga bank filiallarida buyurtmachi tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanish uchun maxsus maqsadli hisob raqamlari ochiladi. 8. Ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishda buyurtmachi tomonidan pul mablag‘lari uning ssuda hisob raqamlaridan pudratchilarning maxsus maqsadli hisob raqamlariga o‘tkaziladi. 9. Buyurmtachilarning ssuda va maxsus maqsadli hisob raqamlari sudlar, huquqni muhofaza qilish, soliq organlari va boshqa organlarning qarorlari, shuningdek ularning kelib chiqishidan qat’i nazar, boshqa talablar bo‘yicha xatlab qo‘yilmaydi. 10. Ushbu Nizomga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda namunaviy loyiha bo‘yicha kelishilgan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilingan holda “tayyor holda topshirish” shartlarida ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun bank qaytarish, to‘lash, ta’minlash, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlarida buyurtmachiga kreditlar beradi. 11. Ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun bank tomonidan buyurtmachiga ajratiladigan kredit miqdori “tayyor holda topshirish” shartlarida qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uy qiymatining 95 foizigacha miqdorda belgilanadi. 12. Kreditdan foydalanish muddati qurilish ishlarini yoki rekonstruksiya qilishni amalga oshirish muddatidan kelib chiqib, biroq ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga belgilanadi. Bunda qurilish muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga kreditni va u bo‘yicha foizni qaytarishga imtiyozli davr beriladi. 13. Ko‘p kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun kredit bo‘yicha buyurtmachiga foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida kredit shartnomasi bilan belgilanadi. 14. Kreditni olish uchun buyurtmachi tomonidan bankning xizmat ko‘rsatuvchi filialiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: kreditning maqsadlari, ta’minlash, muddati va summasi ko‘rsatilgan holda kredit olishga buyurtmanoma; qurilishlarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxati, qurilishlarning titul ro‘yxati hamda ishlab chiqarish va qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish jadvallari; ko‘p kvartirali uy qurish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasiga yoki rekonstruksiya qilinayotgan obyektga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjat; belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan berilgan davlat ekspertizasining xulosasi nusxasi; qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnomaning nusxasi; pudrat qurilish tashkilotining qurilish tavakkalchiliklari sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi; oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy hisobotlar; boshqa banklar oldidagi qarzdorlik va boshqa banklarda mablag‘lar borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar; qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uydagi qavatlar soni, har bir kvartiraning umumiy va turar joy maydoni hajmi, kvartira umumiy maydonining har 1 kv.m qiymati, shuningdek har bir kvartiraning qiymati ko‘rsatilgan ma’lumotnoma; buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida tuzilgan pudrat shartnomasi nusxasi; davlat ekologik ekspertizasi xulosasining nusxasi. 15. Bank ushbu Nizomning 14-bandida sanab o‘tilgan, buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘ldirilishining muvofiqligini o‘rganadi va ajratiladigan kredit miqdorini ular asosida belgilaydi. 16. Bank, kredit buyurtmanomasini va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqib, buyurtmanomani qondirish yoki uni asosli rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Kredit buyurtmanomasini ko‘rib chiqish muddati ushbu buyurtmanoma va mazkur Nizomning 14-bandida sanab o‘tilgan unga ilova qilingan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab uch bank kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 17. Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni kelgusida sotishdan tushgan barcha mablag‘lar ko‘p kvartirali uylar foydalanishga topshirilgandan keyin akseptsiz tartibda dastlab kredit uchun foizni undirishga, so‘ngra esa asosiy qarzni qaytarishga yo‘naltiriladi. Ushbu shart kredit shartnomasida va garov shartnomasida hisobga olinishi kerak. 18. Ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachiga kredit berish har bir ko‘p kvartirali uyning nomi va raqami ko‘rsatilgan holda, buyurtmachining nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 19. Buyurtmachiga kredit ajratish bosqichma-bosqich moliyalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarish jadvallari asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi: avans berish buyurtmachining ssuda hisob raqamidan to‘lov topshirig‘i asosida, pudrat shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda amalga oshiriladi; buyurtmachi tomonidan bajarilgan ishlarning tasdiqlangan dalolatnomasi taqdim etilgandan keyin oldin berilgan avanslar mutanosib tarzda ushlab qolinishi hisobga olingan holda to‘lovning navbatdagi summasi ajratiladi. 20. Amalda bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar — schyot-fakturalar buyurtmachi tomonidan bankka bir oyda ikki marta, har oyning 3 va 18-kunigacha taqdim etiladi. 21. Buyurtmachi ma’lumotnomalarda — schyot-fakturalarda ko‘rsatilgan amalda bajarilgan ishlar hajmlarining amalda bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarga va to‘lov topshiriqnomalariga qat’iy muvofiqligi uchun javob beradi. 22. Buyurtmachini ta’minlashga xarajatlar ssuda hisob raqamidan uning “talab qilib olinadigan” asosiy depozit hisob raqamiga amalga oshiriladi. 23. Buyurtmachiga amalda bajarilgan ishlar hajmlariga muvofiq bo‘lmagan, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilmagan ishlar hajmiga hujjatlarning to‘lov uchun taqdim etilishi taqiqlanadi. 24. Shaharlarda ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachini moliyalashtirish va unga kredit ajratish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 25. Ko‘p kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachiga berilgan kreditlarni va unga hisoblangan foizlarni qaytarish buyurtmachi tomonidan bank filiallarida maxsus maqsadli hisob raqamlari ochish yo‘li bilan kvartiralarni sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Bunda tushgan pul mablag‘lari birinchi navbatda kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni qaytarishga, so‘ngra esa kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarishga yo‘naltiriladi. 26. Buyurtmachi ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotishdan tushadigan mablag‘larni jamlash uchun har bir obyektga alohida uning uchun maxsus maqsadli hisob raqami ochish to‘g‘risida bank filialiga arizani taqdim etadi. 27. Bank buyurtmachining arizasi asosida har bir obyekt bo‘yicha alohida belgilangan tartibda maxsus maqsadli hisob raqami ochadi. 28. Ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachiga berilgan kreditlar bo‘yicha foizlarni o‘tkazish har kuni amalga oshiriladi va bankning krediti hisobiga qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uylarning kvartiralarini sotishdan tushayotgan mablag‘lar hisobiga kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda undiriladi. 29. Buyurtmachilarga kreditlar berish uchun bankda ochiladigan AT “Xalq banki”ning depozit hisob raqami bo‘yicha foizlarni o‘tkazish bankning krediti hisobiga qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uylarning kvartiralarini sotishdan tushayotgan mablag‘lar hisobiga ko‘p kvartirali uy foydalanishga topshirilgandan keyin haq to‘langan holda har kuni amalga oshiriladi. 30. Ko‘p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish davrida aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun buyurtmachiga va pudratchiga berilgan kreditlar va hisoblangan foizlar buyurtmachiga va pudratchiga ochilgan maxsus maqsadli hisob raqamlaridan to‘lanadi. 31. Ko‘p kvartirali uy qiymatining 5 foizi miqdoridagi summa bir qismining kafolat muddati (hokimning ko‘p kvartirali uyni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin 12 oy) tamom bo‘lgunga qadar 22626 — “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirishning maxsus depozit hisob raqamida saqlanadi. 32. Monitoring davomida berilgan kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlangan taqdirda, bank boshqa maqsadlarda foydalanilgan kreditlarni va hisoblangan penyalarni kredit shartnomasiga muvofiq muddatidan oldin undirish chora-tadbirlarini ko‘radi. 33. Kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalangan buyurtmachiga nisbatan bank tomonidan qo‘llaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilanishi kerak. 34. Asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmaganda bank kreditni qaytarishni ta’minlash choralari ko‘rilishini talab qiladi. 35. Agar kreditni o‘z vaqtida undirish yuzasidan ko‘rilgan choralar zarur natijani bermasa hamda kreditni buyurtmachi tomonidan o‘z vaqtida yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda qaytarilishi xavfi yuzaga kelsa, berilgan kredit va u bo‘yicha hisoblangan foizlar qonunchilikda belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi. 36. Ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va fuqarolarning boshqa toifalariga sotishda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslarni aniqlash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi. 37. Kvartiralarni jismoniy shaxslarga, ustun darajada yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va respublika shaharlarida yashaydigan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga biriktirish protokol qarorini rasmiylashtirish yo‘li bilan namunaviy tarkibi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan hududiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 38. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslarni biriktirish hududiy komissiya tomonidan quyidagi mezonlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi: a) o‘z uy-joyining yo‘qligi va ijara (arenda), bepul foydalanish shartlarida turar joyda yoki eskirgan uylarda yashash; b) bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashash; v) ko‘p bolali oila; g) ona (ota)ning to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalashi; d) ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi; e) oila tarkibida birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs mavjudligi; j) turar joy maydonining qonunchilikda nazarda tutilgan turar joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi. z) tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar. 39. Ko‘p kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxs hududiy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) ariza; b) qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar; v) uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxsning ushbu Nizomning 38-bandi talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar. Taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxs javob beradi. 40. Hujjatlar hududiy komissiya tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxsga tilxat bilan topshiriladi. Arizalar uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida kvartira berilishiga arizalarning alohida jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda elektron reyestrga kiritiladi. Arizalar jurnalga izchil ravishda, ular olinganligiga qarab kiritiladi. Arizani uni dastlab jurnalda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ko‘rib chiqish taqiqlanadi. Hududiy komissiya arizalarni ular tushishiga qarab va jurnalda ro‘yxatdan o‘tkazish navbatiga ko‘ra ko‘rib chiqishi shart. Hududiy komissiya uy-joy sharoitlarini yaxshilashga berilgan arizalarni haftada kamida bir marta ko‘rib chiqadi. Ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarni sotishda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslarni tanlash hududiy komissiya tomonidan shaffoflik prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi. 41. Hududiy komissiya ushbu Nizomning 39-bandiga muvofiq uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy shaxsning to‘lovga layoqatini (jismoniy shaxsning, uning oila a’zolarining va birgalikda qarz oluvchi boshqa jismoniy shaxslarning daromadlari manbalarini), shuningdek uning ushbu Nizomning 38-bandi talablariga muvofiqligini o‘rganadi va tekshiradi. O‘rganish natijalari bo‘yicha hududiy komissiya tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxsga ko‘p kvartirali uydagi kvartirani biriktirish yoxud rad etishning aniq va asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda rad etish to‘g‘risida protokol qarorini qabul qiladi. 42. Hududiy komissiyaning protokol qarorida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxsning to‘lovga layoqati, shuningdek unga biriktirilgan kvartiraning rekvizitlari (ko‘p kvartirali uyning manzili, raqami, kvartiraning raqami va xonalar soni) aks ettirilishi kerak. 43. Ushbu Nizomning 38-bandida keltirilgan asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda, shuningdek agar taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 39-bandi talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda kvartirani biriktirish rad etilishi mumkin. 44. Ushbu Nizomning 43-bandida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha kvartirani biriktirishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 45. Kvartirani biriktirish rad etilishi to‘g‘risida protokol qarori qabul qilingan taqdirda hududiy komissiyaning kotibi ikki ish kuni mobaynida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxsga rad etishning aniq sabablari va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxs ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan yozma bildirishnomani yuboradi (topshiradi), shuningdek hududiy komissiya protokol qarorining nusxasini bankning tegishli filialiga yuboradi. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxs kvartirani biriktirish rad etilishi sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat, kvartirani biriktirish rad etilishi to‘g‘risida yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas. 46. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan berilgan ariza rad etilishi to‘g‘risidagi yozma bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ko‘rib chiqilmaydi. 47. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan va kvartirani biriktirish rad etilgan hamda arizasi ushbu Nizomning 46-bandi asosida ko‘rib chiqilmagan jismoniy shaxs keyingi yilda ko‘p kvartirali uylardagi kvartirani biriktirish to‘g‘risida takroriy ariza berishga haqlidir. 48. Hududiy komissiya har yili: uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslarning joriy yil Dasturi doirasida qurilayotgan ko‘p kvartirali uylardagi barcha kvartiralarni biriktirishni 1-fevralgacha bo‘lgan muddatda tugallaydi; bo‘lajak yilda quriladigan ko‘p kvartirali uydagi barcha kvartiralarga potensial qarz oluvchilarning to‘liq ro‘yxati bilan birgalikda hududiy komissiyaning protokol qarorini 1-aprelgacha bankka taqdim etadi. 49. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxs dastlabki badal mablag‘larini unga kvartira biriktirilgandan keyin 60 kalendar kundan kechikmay 20406-son alohida jamg‘arma depozit hisob raqamiga to‘laydi. 50. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan muddatlarda kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal to‘lanmagan taqdirda hududiy komissiyaning kvartirani ushbu jismoniy shaxsga biriktirish haqidagi protokol qarori o‘z kuchini yo‘qotadi. Bunda ushbu jismoniy shaxs keyingi yilda hududiy komissiyaga kvartirani biriktirish bo‘yicha arizani takroran berishga haqlidir. 51. Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotish huquqi buyurtmachi tomonidan bankka beriladi. 52. Buyurtmachi ko‘p kvartirali uy foydalanishga topshirilgandan keyin barpo etilgan uyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtiradi va bankka topshiriq shartnomasi va bosh ishonchnoma asosida kvartiralarni sotish huquqini beradi. Bunda buyurtmachi bankni oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun barcha zarur hujjatlar, shu jumladan kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan ta’minlaydi. 53. Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar jismoniy shaxsning dastlabki badali mablag‘lari va ipoteka krediti hisobiga yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarni sotib olishga yuridik shaxs — ish beruvchidan olingan mablag‘lar hisobiga hududiy komissiyaning protokol qarori asosida kvartiralar ularga biriktirilgan jismoniy shaxslarga sotiladi. 54. Kvartiralarni sotish ko‘p kvartirali uyni qurish yoki rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlar hisobga olingan va ularni sotish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan holda har bir kvartiraning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar asosida buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi. 55. Kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasida rasmiylashtiriladi hamda belgilangan tartibda notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. 56. Kvartiraning notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasida bankning kreditlaridan foydalanib kvartirani sotish shartlari, shuningdek kvartira qarz oluvchining kvartiraga mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bankning garovida turishi kerak. Kvartiralar jismoniy shaxsning to‘liq o‘z mablag‘lari hisobiga yoki yuridik shaxs — ish beruvchining mablag‘lari hisobiga sotib olinganda kvartiraga mulk huquqi notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 57. Ko‘p qavatli uydagi kvartiraga qarz oluvchining mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi qonun asosida ayni bir vaqtda ipotekaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini rasmiylashtiradi. 58. Qonun asosida ipotekaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi alohida ariza berilmasdan va ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi to‘lanmasdan amalga oshiriladi. 59. Ko‘p kvartirali uydan kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslarga ko‘p kvartirali uy foydalanishga topshirilgandan keyin beriladi. 60. Ushbu Nizomga muvofiq ipoteka kreditlari bank tomonidan qaytarish, maqsadli foydalanish, to‘lash ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladi. 61. Bank tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori kredit resurslari manbaidan qat’i nazar, (xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlarning grantlari, investitsiyalari bundan mustasno) ko‘p kvartirali uydagi kvartiralar qiymatining ko‘pi bilan 75 foizni tashkil etadi. 62. Ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan jismoniy shaxslarga 20 yil muddatga, shuningdek tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar uchun 25 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan, dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi. Bunda oltinchi yildan boshlab foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit olish uchun jismoniy shaxs tomonidan ariza taqdim etilgan sanada amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqib belgilanadi va kredit shartnomasida qayd etiladi. 63. Ipoteka krediti hisobiga ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olayotgan jismoniy shaxs turar joy foydalanishga topshirilgandan keyin bank filialiga ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchi)ning pasporti; b) qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilar)ning moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar. 64. Quyidagilar qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar hisoblanadi: doimiy ish joyiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun — belgilangan shakl bo‘yicha ish beruvchi tomonidan berilgan oxirgi 12 oydagi daromadlar (12 oydan kam ishlangan taqdirda — ishlab berilgan davr uchun) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; qonunchilikda taqiqlanmagan daromadlarning boshqa manbalariga ega bo‘lgan fuqarolar uchun (shu jumladan dehqon-fermer xo‘jaliklari boshliqlari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun) — ular yashaydigan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oydagi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning nusxalari. 65. Ushbu Nizomning 63 va 64-bandlariga muvofiq ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish bank tomonidan uch ish kuni mobaynida kredit siyosati talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 66. Qarz oluvchi tomonidan bankka taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 63 va 64-bandlari talablariga muvofiq bo‘lmaganda bank ipoteka krediti berishni rad etish huquqiga ega. 67. Bank tomonidan ipoteka krediti berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bank bunday qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida bu haqda rad etishning asoslangan sabablarini ko‘rsatib qarz oluvchiga yozma shaklda xabar qiladi. 68. Bank tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan keyin: bank bir kun muddatda qabul qilingan qaror to‘g‘risida ariza beruvchiga xabar beradi, qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) bilan kredit shartnomasi tuzadi va kvartira qiymati kelishilganligi haqida dalolatnoma tuzadi; qarz oluvchi ko‘p kvartirali uydagi sotib olingan kvartirani yo‘qotish, shikastlanish va nobud bo‘lish xavfidan to‘liq qiymatda bank foydasiga sug‘urta qiladi; ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi notarial rasmiylashtiriladi va bir vaqtning o‘zida mulk huquqi rasmiylashtirilgan va qonun asosida ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan holda uning Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi amalga oshiriladi; kvartirani garovga qo‘yish er (xotin)ning roziligi bo‘lgan taqdirda notarial rasmiylashtiriladi. 69. Qarz oluvchi bankning filialiga shartnomalarni (oldi-sotdi shartnomasini va sug‘urta shartnomasini) taqdim etishi kerak. 70. Qarz oluvchining yozma topshirig‘i va kredit bo‘limining farmoyishi asosida dastlabki badal mablag‘lari va ipoteka krediti buyurtmachining maxsus maqsadli hisob raqamiga o‘tkaziladi. 71. Kvartiralar jismoniy shaxsning shaxsiy mablag‘lari hisobiga yoki yuridik shaxs — ish beruvchining mablag‘lari hisobiga to‘liq sotib olinganda pul mablag‘lari notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi asosida buyurtmachining maxsus maqsadli hisob raqamiga o‘tkaziladi. 72. Berilgan ipoteka kreditiga foizlar har kuni ipoteka krediti qoldig‘iga hisoblanadi va bir oyda bir marta undirib olinadi. 73. Asosiy qarzni qaytarish qarz oluvchi tomonidan imtiyozli davr tamom bo‘lgandan keyin ipoteka kreditining butun muddati mobaynida amalga oshiriladi. 74. Ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish va u bo‘yicha foizlar to‘lash tartibi kredit shartnomasida belgilanadi. Bunda hisoblangan foizlar va ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarz kredit shartnomasiga ilova qilinadigan to‘lovlar jadvaliga muvofiq undiriladi. 75. Asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda bankning mas’ul xodimi qarz oluvchi bilan shaxsan uchrashib majburiyatlar bajarilmasligi sababini aniqlaydi va muddati o‘tkazib yuborilgan kreditni qaytarishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rishni talab qiladi. 76. Agar kreditni o‘z vaqtida undirish yuzasidan ko‘rilgan choralar zarur natijalarni bermasa va kreditni o‘z vaqtida va to‘liq bo‘lmagan hajmda qaytarish xavfi vujudga kelsa, bank berilgan ipoteka kreditini va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undiradi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida alohida qayd etilishi kerak. 77. To‘lovlarni to‘lash muddatlari muntazam, ya’ni o‘n ikki oy mobaynida uch martadan ko‘p buzilgan taqdirda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda bank undiruvni qo‘yilgan mol-mulkka qaratish huquqiga ega. 78. Ipoteka krediti berilgandan keyin bir oy muddatda bank xodimi tomonidan kreditlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha dalolatnoma tuzilib monitoring amalga oshiriladi. 79. Bank ipoteka kreditidan foydalanishning butun davri mobaynida doimiy monitoring olib boradi. Monitoring olib borish jarayonida bank ipoteka kreditini va u bo‘yicha foizlarni qaytarishga, qo‘yilgan mol-mulkdan zarur tarzda foydalanish va saqlash bo‘yicha majburiyatlarga rioya qilinishi, ipoteka predmeti noqonuniy o‘zgaga berilishiga yo‘l qo‘yilmasligini nazorat qiladi. 80. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Komissiya raisi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahri tumanlari hokimlari. 2. Komissiya raisining o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahri tumanlari hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Yoshlar ittifoqi Kengashlari raislari. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahri tumanlarining ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlari boshliqlari. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahri tumanlarining bandlikka ko‘maklashish markazlari boshliqlari. 7. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari boshliqlari. 8. “Nuroniy” O‘zbekiston faxriylarining jamoat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘limlari raislari. 9. “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari. 10. “Ipoteka-bank” ATIB filiallarining rahbarlari.
250
34,563
Qonunchilik
MUDDATLI HARBIY, MUQOBIL XIZMATNING BELGILANGAN MUDDATLARINI O‘TAB BO‘LGAN FUQAROLARNI BO‘ShATISh HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARIGA NAVBATDAGI ChAQIRUV TO‘G‘RISIDA
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflaridan: muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolar — rezervga; muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolar — zaxiraga bo‘shatilsin. 2. 1977—1986-yillarda tug‘ilgan, chaqirilish muddatini uzaytirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2004-yilning aprel-may oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin. Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda, Qurolli Kuchlarning chaqiriluvchilar bilan sifatli butlanishini ta’minlash maqsadida, joylardagi chaqiruv komissiyalarining samarali ishlashini, shuningdek Qurolli Kuchlarga muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni qo‘shinlarga tantanali kuzatib qo‘yishni tashkil etsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (F.G‘. Nazirov) Mudofaa vazirligi (Q.G‘. G‘ulomov) bilan birgalikda chaqiruv uchastkalarini zarur tibbiyot asbob-anjomlari va buyumlari bilan ta’minlasin, chaqiriluvchilarning zarur laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilishini, ularning turli ixtisoslikdagi yuqori malakali vrachlar tomonidan sifatli va har tomonlama tibbiy tekshirib ko‘rilishini tashkil etsin. Chaqiriluvchilarni tibbiy tekshirishning xolisligi muqobil tibbiy komissiyalarning samarali ishlashini tashkil etish orqali ta’minlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Q.G‘. G‘ulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R.R. Inoyatov), harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonlari: muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni qo‘shilmalarga va qismlarga qabul qilishda yuksak uyushqoqlikni, harbiy intizomni, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini, muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy mutaxassisliklarga o‘qitish jarayonida xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya etilishini, harbiy xizmatchilarni milliy-ma’naviy qadriyatlar va zamonaviy harbiy an’analar asosida ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni; yangidan chaqirilgan shaxsiy tarkib uchun zarur uy-joy-maishiy shart-sharoitlar yaratilishi va jihozlanishini, ularning belgilangan talablarga va ta’minot normalariga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli moddiy ta’minlanishini; mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahalla qo‘mitalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tagan fuqarolarni tantanali kutib olish tashkil etilishini ta’minlasinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (O.O. Obidov) mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Qurolli Kuchlardan bo‘shatilgan fuqarolarni ularning egallagan harbiy va fuqarolik mutaxassisliklarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalariga ishga qabul qilishda mardlik va vatanparvarlik tarbiyasining armiya maktabini o‘tagan, harbiy tayyorgarlik ko‘rgan va hayotiy tajriba orttirgan, mamlakatning eng faol va tayyorgarlik ko‘rgan kadrlar zaxirasi hisoblangan shaxslar sifatida boshqa teng sharoitlarda (ta’lim, kasb malakasi va boshqalar) ustunlik huquqidan foydalanadilar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (S.S. G‘ulomov) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (B.M. Ismoilov), aloqador vazirliklar, idoralar bilan birgalikda: muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolardan bo‘lgan shaxslarni oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun sifatli tayyorlash maqsadida zarur shart-sharoitlar yaratsin; mamlakatning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkazishda muddatli harbiy xizmat davomida jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan hamda harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalarini olgan fuqarolar uchun eng yuqori to‘planadigan ballning 20 foizi miqdorida qo‘shimcha ballar tarzidagi qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni hisobga olsin.
179
4,629
Qonunchilik
VOYAGA YETMAGAN BOLALARNI FARZANDLIKKA VA BOLALARNI OILAGA TARBIYAGA OLISh (PATRONAT) TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ota-onalar qarovisiz qolgan voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) tartibotini takomillashtirish, ularning ijtimoiy himoya qilinganligini kuchaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi Nizomga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. 1. Birinchi bo‘limda: a) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “8. Farzandlikka olishni xohlovchi shaxs yashash joyidagi xalq ta’limi bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari bo‘lsa ularning soni va yoshi, farzandlikka olinadigan bolaning yoshi va jinsi ko‘rsatilgan ariza; shaxsini tasdiqlovchi hujjat; nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda bo‘lsa); oila a’zolari ko‘rsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma; ish joyidan ish haqi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma; ish joyidan yoki yashash joyidan tavsifnoma; farzandlikka oluvchi bo‘lishni xohlovchi shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi, psixiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma’lumotnomalari. Farzandlikka oluvchilar bo‘lish imkoniyati to‘g‘risida xulosa tayyorlash uchun xalq ta’limi bo‘limi bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzadi. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek bolani farzanlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganib chiqish dalolatnomasi asosida xalq ta’limi bo‘limi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvchilar bo‘lishi imkoniyati to‘g‘risidagi xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa ariza beruvchilarga beriladi va farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yish uchun asos hisoblanadi. Vasiylik va homiylik organi salbiy xulosa va unga asoslangan farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yishning rad etilishini xulosa imzolangan sanadan boshlab 5 kun muddatda ariza beruvchining e’tiboriga yetkazadi. Ayni bir vaqtda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi”; b) III bobning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: v) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “12. Xalq ta’limi bo‘limi fuqarolar farzandlikka oluvchi nomzodlar sifatida hisobga qo‘yilgandan keyin ularga farzandlikka olish mumkin bo‘lgan bola (bolalar) to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi va bola (bolalar) yashaydigan (turgan) joyda bolani (bolalarni) ko‘rish uchun yo‘llanma beradi. Agar farzandlikka olishga nomzodlar o‘z yashash joyida farzandlikka olish uchun bolani tanlay olmasa, ular farzandlikka olinadigan bola to‘g‘risida ma’lumot olish uchun o‘z xohishlariga ko‘ra boshqa xalq ta’limi bo‘limiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qilishlari mumkin”; g) quyidagi mazmundagi 121 va 122-bandlar qo‘shilsin: “121. Farzandlikka olishga nomzodlar quyidagi huquqlarga ega: bola to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni va uning qarindoshlari borligi haqidagi ma’lumotlarni olish; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda bola turgan muassasaning vakili ishtirokida bolani farzandlikka olishni mustaqil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tibbiyot muassasasiga murojaat qilish. 122. Farzandlikka olishga nomzodlar shaxsan: bola bilan tanishishga va u bilan aloqa o‘rnatishga; farzandlikka olinadigan bolaning hujjatlari bilan tanishishga; bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa bilan tanishganlikni yozma shaklda tasdiqlashga majbur”; d) 15-bandga quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi qo‘shilsin: “Farzandlikka olish uchun bola tanlangandan keyin farzandlikka oluvchiga nomzod bolaning yashash joyi (bola turgan joy)dagi xalq ta’limi bo‘limiga farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi va otasining ismi, yoshi va jinsini ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi. Ariza bilan birgalikda nomzodning farzandlikka oluvchi bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida tegishli xalq ta’limi bo‘limi tomonidan berilgan xulosa taqdim etiladi”; e) 28-bandda: ikkinchi bandning ikkinchi jumlasiga “asosiy sharti” so‘zlaridan keyin “farzandlikka olish masalasini ko‘rib chiqishda farzandlikka oluvchilarning shaxsan ishtirok etishi” so‘zlari qo‘shilsin; quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin: “Farzandlikka oluvchilar farzandlikka olingan bolalar balog‘atga yetgunlariga qadar har yili xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga bolaning psixik va jismoniy holati, uning yashash va tarbiyalanish sharoitlari to‘g‘risida axborot taqdim etadilar. Ushbu ma’lumotlar xorijiy davlatning maxsus vakolatli organi yoki bolalarni farzandlikka olish bo‘yicha tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kerak”; j) quyidagi mazmundagi X bob qo‘shilsin: 30. Farzandlikka olingan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida farzandlikka olingan bolaning yashash joyidagi xalq ta’limi bo‘limi uning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat qiladi. Hududida bola farzandlikka olingan xalq ta’limi bo‘limi farzandlikka olish to‘g‘risida tuman, shahar hokimining qarori chiqqandan keyin 7 kun muddatda farzandlikka oluvchi (lar)ning yashash joyidagi xalq ta’limi bo‘limiga farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tegishli axborotni yuborishi shart. Ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni berishda farzandlikka olish sir saqlanishi kerak. Uni oshkor qilishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 31. Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish xalq ta’limi bo‘limi vakillari tomonidan, farzandlikka olish belgilangandan dastlabki 3 yil mobaynida har yili o‘tkaziladi. 3 yil o‘tgandan keyin nazorat tartibida tekshirish o‘tkazish zarurligi xalq ta’limi bo‘limi tomonidan farzandlikka oluvchi (lar) oilasida shakllanayotgan aniq vaziyatga muvofiq yakka tartibda belgilanadi. Farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat tartibida tekshirish farzandlikka olish sir saqlangan holda o‘tkaziladi. 32. Nazorat tartibida tekshirish natijalari bo‘yicha oilani borib ko‘rgan xalq ta’limi bo‘limi vakili farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi to‘g‘risida hisobot tuzadi. Hisobotda bolaning sog‘lig‘i, o‘qishi, uning ruhiy va xulq-atvor jihatdan kamol topishi, o‘ziga o‘zi xizmat qilish ko‘nikmalari, tashqi ko‘rinishi va oiladagi o‘zaro munosabatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi kerak”. 2. Ikkinchi bo‘limda: a) 1-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “Farzandlikka olgan oila ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllaridan biri hisoblanadi. Ota-onalar qarovisiz qolgan bolani (bolalarni) tarbiya qilish uchun olishni istaydigan fuqarolar (er-xotin yoki alohida fuqarolar) tutingan ota-onalar deb ataladi, ushbu oila esa farzandlikka olgan oila hisoblanadi”; b) 2-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “Farzandlikka olgan oiladagi bolalarning umumiy soni, o‘z bolalari va farzandlikka olingan bolalar bilan birgalikda, qoidaga ko‘ra, 8 nafardan oshmasligi kerak”; v) II bobning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: g) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4.Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo‘lishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno: sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar; sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar; qonun bilan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar; o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki ularni lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lganliklari, shuningdek muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganliklari uchun farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, ilgari farzandlikka bola olgan shaxslar; qasddan qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar; sog‘lig‘ining yomonligi tufayli bola tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar. Qaysi kasallikka chalingan taqdirda bolani tarbiyaga olish taqiqlanadigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”; d) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. Bolani (bolalarni) farzandlikka olishni xohlovchi shaxslar o‘z yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga tutingan ota-onalar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi iltimos bildirilgan arizani beradilar. Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak: nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda bo‘lsa); oila a’zolari ko‘rsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma; ish joyidan ish haqi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma; ish joyidan yoki yashash joyidan tavsifnoma; farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy- maslahat komissiyasining xulosasi, psixiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma’lumotnomalari; sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lgan mulk huquqidagi, ijara (ijaraga olish) shartlaridagi yoki boshqa asoslardagi uy-joy mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat. Ariza berishda shaxsni tasdiqlaydigan hujjat ko‘rsatiladi. Vasiylik va homiylik organi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida oilaning turmush sharoitlarini, bolalarni tarbiyaga olishni istaganlarning moddiy ta’minlanganlik holatini tekshiradi, tekshirish dalolatnomasini tuzadi va tekshirish dalolatnomasi asosida ularni hisobga qo‘yadi. Hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilar e’tiboriga qaror qabul qilingan kunidan boshlab 5 kun muddatda yetkaziladi. Hisobga qo‘yish rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hisobda turgan shaxs vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda vasiylik va homiylik organlarida hisobda turgan va ota-onalar qarovisiz qolgan, shu jumladan tarbiyalash va davolash muassasalaridagi, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridagi voyaga yetmagan bolalarning dastlabki tanlab olinishini amalga oshiradi”; e) 7-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zaro qarindosh bo‘lgan bolalar, qoidaga ko‘ra, bitta oilaga beriladi, tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki boshqa sabablarga ko‘ra ular birga tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan hollar bundan mustasno”; j) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “8. Bolalarni farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash uchun berish bitim asosida amalga oshiriladi. Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risidagi bitim vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-onalar o‘rtasida tuziladi. Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risidagi namunaviy bitim O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”; z) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “11. Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyalash uchun berilgan bolalarni har yili bir marta kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlaydilar”; i) 15-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin: “Farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash (patronat) uchun berilgan bolalarga qonun hujjatlarida ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi”.
153
12,608
Qonunchilik
“ShARG‘UNKO‘MIR” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATINING BARQAROR MOLIYAVIY-IQTISODIY HOLATINI TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Ko‘mir tarmog‘i korxonalarini boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish, ularning barqaror, muvozanatli rivojlanishini ta’minlash, respublika iste’molchilarining ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: “Sharg‘unko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida uning “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi; “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorida “Sharg‘unko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ilgari xorijiy aksiyadorlarga tegishli bo‘lgan aksiyalari sotib olinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda “O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan “Sharg‘unko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining investitsiya loyihalarini Ko‘mir tarmog‘ini texnika bilan qayta jihozlash va modernizatsiyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, qaytarish asosida, moliyalashtirishga ruxsat etilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 21-iyundagi 290-son qaroriga 4-ilovadagi “Yerostigaz OAJ” hamda “* Davlatga tegishli aksiyalar paketi tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniyalarga berilgunga qadar” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
121
1,807
Qonunchilik
O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda xalqimizning salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatimizda alohida o‘rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish (seleksiya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol bo‘yicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini yaxshilash, o‘tkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish kabi masalalar dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonda futbolni aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qit’a birinchiliklarini o‘tkazish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining quyidagilarni O‘zbekiston Respublikasida professional futbolni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin: bolalar va o‘smirlarni futbol bilan shug‘ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, bu borada umumta’lim maktablari, boshqa ta’lim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo‘yicha musobaqalarni muntazam ravishda tashkil etish; yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish, ularni bosqichma-bosqich professional tayyorgarlikdan o‘tkazib borish orqali futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish; futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va ularni rag‘batlantirish, futbol sohasini bozor mexanizmlari asosida boshqarish, futbol klublarini xususiy sektorga o‘tkazish hamda ular orasida sog‘lom sport raqobati muhitini yaratish; futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo‘lga qo‘yish orqali “o‘zbek futboli” maktabini yaratish; futbol sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilg‘or ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish; futbol sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish. 2. Quyidagilar: O‘zbekistonda professional futbolni rivojlantirish sxemasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekistonda futbolni 2030-yilgacha rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekistonda futbolni 2030-yilgacha rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasini 2019-2020-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, vazirlik va idoralar rahbarlari “Yo‘l xarita”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarligi ko‘rsatib o‘tilsin. 3. O‘zbekistonda futbolni 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli ko‘rsatkichlar) tasdiqlansin va unda shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin: umumiy aholiga nisbatan futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini kamida 5 foizgacha yetkazish orqali respublikada futbolning ommaviyligini ta’minlash; Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasining milliy terma jamoalar reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasini kuchli 50 talikka kirishiga erishish; xususiy futbol maktablari va xususiy professional futbol maktablari sonini bosqichma-bosqich oshirish; O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tasnifiga kiruvchi chempionatlar va rasmiy xalqaro turnirlarni tashkil qilish va o‘tkazish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish, belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali bajarish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining: professional futbol klublari qoshidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar-o‘smirlar futbol maktablari negizida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari (keyingi o‘rinlarda — futbol mahorat maktablari) hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablarini tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda aholi sonidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha futbol mahorat maktablarini tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalarini futbol mahorat maktablari etib qayta tashkil etish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufiga o‘tkazish; ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlarini hamda ularga ajratilgan qabul kvotasi doirasida futbol bo‘limlarini tashkil etish va ularda futbol bo‘yicha mutaxassislarni (sportchilardan tashqari) tayyorlash; futbol mahorat maktablarining rahbarlari, trenerlari va boshqa xodimlariga olimpiya zaxiralari kollejlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlarini qo‘llash; futbol mahorat maktablarini tegishlicha hududiy professional futbol klublariga biriktirish; 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli ta’lim muassasalarida futbol klublari, sport ta’lim muassasalari uchun sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport diyetologi yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilish; zamonaviy ilmiy yutuqlar va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda trener, seleksioner (skaut), tahlilchi, hakam, marketolog va futbol menejeri yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish orqali O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazini tashkil etish; xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga muvofiq, 2021-yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish; xalqaro talablardan kelib chiqib, salohiyati yuqori futbolchilarni professional darajada tayyorlash, ularni xorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishini ta’minlash, shuningdek, futbolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida futbol bo‘yicha agentlar (vositachilar)ning faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish vakolatini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuklash; O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasining tuzilmasiga qo‘shimcha ikkita seleksioner shtat birligini kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari va sport ta’lim muassasalarida futbol bo‘yicha o‘quv, o‘quv-mashq, tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarni saralab olish (seleksiya) hamda ularda musobaqalarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilanadi va muvofiqlashtirib boriladi; futbol mahorat maktablari direktorlari va sport bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 6. 2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablarini tashkil etish, ularda qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish jadvali 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda 2020-yil va kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan futbol mahorat maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun markazlashgan kapital quyilmalar limitlari ajratilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi futbol mahorat maktablarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin. 7. Belgilab qo‘yilsinki: a) umumta’lim maktablari o‘rtasida: har bir tuman (shahar)da doimiy ravishda yiliga kamida ikki marotaba “Maktablar futbol ligasi” musobaqalari o‘tkazib boriladi; “Maktablar futbol ligasi” musobaqalari tuman (shahar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga hamda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi. Bunda “Maktablar futbol ligasi” musobaqalarini o‘tkazish natijalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar tuman (shahar) bolalar-o‘smirlar sport maktablarining futbol bo‘linmalari hamda xususiy futbol maktablariga saralab olinadi (seleksiya); b) tuman (shahar) bolalar-o‘smirlar sport maktablari futbol bo‘linmalari va xususiy futbol maktablari o‘rtasida: yosh toifasidan kelib chiqib belgilangan me’yorlar asosida tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda respublika miqyosida “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalari o‘tkazib boriladi; “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi. Bunda “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalarini o‘tkazish natijalari bo‘yicha futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalariga futbolchilar saralab olinadi (seleksiya); v) futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari o‘rtasida: yosh toifasidan kelib chiqib belgilangan me’yorlar asosida “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalari o‘tkazib boriladi; “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini o‘tkazish natijalari bo‘yicha hududiy professional futbol klublariga futbolchilar saralab olinadi (seleksiya); “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi. Bunda futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari futbolchilari respublika hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etadi; g) O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida futbol bo‘yicha turli yosh toifasidagi terma jamoalar tayyorgarlik ko‘radilar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat korxonalari va tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan professional futbol klublari ustav fondlaridagi davlat va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ulushlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish orqali xususiy investorlarga sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladigan professional futbol klublari ustav fondidagi davlat va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ulushlari ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Qayd etilsinki: professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ulushlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va xo‘jalik jamiyatlarining ulushlarini balans qiymatida kamaytirish hisobiga beriladi; mazkur Farmonning 6-ilovasida ko‘zda tutilgan professional futbol klublarining ustav fondidagi davlat ulushlari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining qaroriga asosan belgilangan tartibda sotiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi takliflari asosida professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish yoki boshqa tashkilot va idoralarga o‘tkazish huquqi berilsin. 10. Professional futbol klublariga davlat korxonalari va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan ajratilayotgan moliyaviy mablag‘larning samarali foydalanilishi ustidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan monitoring o‘tkazish amaliyoti joriy qilinsin. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi: monitoring natijalari yuzasidan davlat korxonalari va tashkilotlariga, shuningdek, yuqori turuvchi organlarga taklif va tavsiyalar kiritib borsin; professional futbol klublaridagi sportchi va boshqa mutaxassislarni rag‘batlantirish tizimi shaffofligini ta’minlash maqsadida ikki oy muddatda yagona tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha daromadlari hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2020-2021-yillarda: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Yangibozor qo‘rg‘oni hududida futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot markazini tashkil etish; O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida funksional diagnostika, sportchilarni sog‘lomlashtirish va reabilitatsiyasi uchun zamonaviy sport tibbiy markazini tashkil qilish va zarur tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining markazlashgan kapital quyilmalar limitlari doirasida futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot markazini qurish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi futbol mahorat maktablari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, ularni futboli rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash xarajatlari uchun zarur mablag‘larni 2020-yilda Davlat budjetining “Madaniyat va sport” sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida ajratsin va 2021-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin. 15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020-yil 1-fevralga qadar tegishli hududlarda stadion va futbol maydonlarini xatlovdan o‘tkazsin va xatlov natijasi bo‘yicha egasi noma’lum stadion va futbol maydonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda joylardagi tuman (shahar) bolalar-o‘smirlar sport maktablariga o‘tkazilishini ta’minlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin. O‘zbekistonda futbolni 2030-yilgacha rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) futbolni yanada ommaviylashtirish hamda mazkur sport turini tizimli rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Konsepsiya O‘zbekistonda futbol tizimini rivojlantirishning maqsadi, vazifasi, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda futbol sport turini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Futbol sohasida yillar davomida to‘planib qolgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish doirasida yangilanayotgan O‘zbekistonning sport hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, ayniqsa, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida kamol toptirish va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda “futbol omili”ni yanada rivojlantirish Konsepsiyaning tub mohiyatini belgilab beradi. So‘nggi yillarda xalqimizning salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o‘yini bo‘lgan va mamlakatimizda alohida o‘rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelindi. Bugungi kunda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 255 ta sport ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi, ulardan: 209 tasi bolalar-o‘smirlar sport maktablari; 14 tasi bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari; 15 tasi professional futbol klublari huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktablari; 17 tasi xususiy futbol maktablari. Respublika aholisi 33,6 million kishidan ziyod, shundan futbol bilan shug‘ullanuvchilar soni 327 291 (ayollar — 11 884) nafarni tashkil etadi. Shundan 297 ta sport ta’lim muassasalarida futbol bilan 7 — 18 yoshdagi shug‘ullanuvchilar soni 45 919 (shundan ayollar 610) nafar, professional futbolchilar 2 220 (ayollar 400) nafar. Aholining 0,14% muntazam ravishda futbol bilan shug‘ullanib kelmoqda. 2019-yil davomida tashkil etilgan ommaviy va havaskor futbol turnirlarida 7 — 18 yoshgacha 161 000 dan ortiq yoshlar va o‘smirlar ishtirok etdi, 18 yoshdan yuqori yoshlar o‘rtasida “Charm to‘p”, “Mustaqillik kubogi”, “Havaskorlar ligasi”, “Faxriylar chempionati” musobaqalarida 200 000 dan ziyod kishi futbol bahslarida ishtirok etdi. O‘zbekiston Professional futbol ligasida 37 ta professional futbol klublari ishtirokida uch toifadagi musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda: Superliga, A Pro-liga, B Pro-liga. O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilganda quyidagi natijalar qayd etilgan: tezkor kuch qobiliyati milliy terma jamoada 47%, olimpiya terma jamoasida 53%; start tezligi darajasi bo‘yicha milliy terma jamoada 8%, olimpiya terma jamoasida 17%; masofa tezligi darajasi milliy terma jamoada 61%, olimpiya terma jamoasida 68%; tezlik-chidamkorlik darajasi milliy terma jamoada 65%, olimpiya terma jamoasida 70%. Bugungi kunda O‘zbekistonda futbol bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar soni 1 750 nafarni tashkil etadi. Shundan Sirdaryo viloyatida 850 mingga yaqin aholi soniga nisbatan 78 ta (0,1%) trener, Qashqadaryo viloyatida 3,3 million aholi soniga nisbatan 77 ta (0,003%) trener, Samarqand viloyatida 3,8 million aholi soniga nisbatan 79 ta (0,002%) trener to‘g‘ri kelmoqda. Respublikada o‘quv-mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 380 ta futbol maydoni, 1 830 ta mini-futbol (sun’iy qoplamali) maydoni mavjud. 65 ta stadiondan 18 tasida xalqaro musobaqalarni o‘tkazish mumkin. Bu borada Navoiy viloyatida 913 ming aholi soniga nisbatan bir futbol maydoniga kuniga 9 318 nafar kishi, Samarqand viloyatida 3,8 million aholi soniga nisbatan bir futbol maydoniga kuniga 14 047 nafar kishi to‘g‘ri kelmoqda. Xalqaro futbol tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, Buyuk Britaniyada bolalar va o‘smirlar futbol maktablari hamda akademiyalari soni 39 812 tani tashkil qiladi, jami 65 million aholidan 11,5 million (20,9%) nafari futbol bilan muntazam shug‘ullanadi. Germaniyada 27 336 ta futbol maktab va akademiyalari faoliyat yuritib, 81 million aholidan 16,3 million (20%) nafari futbol bilan muntazam shug‘ullanadi. Rossiyada futbolga ixtisoslashtirilgan 2 245 ta maktab mavjud bo‘lib, 146 million aholidan 5,8 million (4,1%) nafari futbol bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasining 1994-yil Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabasi xalqaro darajada erishilgan eng katta muvaffaqiyat bo‘lib turibdi. Futbolning bugungi rivojlanish tendensiyasi har bir mamlakatda yaratilgan futbol infratuzilmasini yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni professional darajada tayyorlash hamda futbol sohasida yuqori malakali sport menejerlarini tayyorlash tizimiga moslashtirishni talab qilmoqda. Mamlakatda futbolni rivojlantirishga quyidagi tizimli muammolar to‘sqinlik qilmoqda: birinchidan, iqtidorli bolalar va o‘smirlarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimi zamon talablariga javob bermasligi, milliy terma jamoalarimizda sifatli sport zaxirasining mavjud emasligi; ikkinchidan, futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik holati past darajada bo‘lganligi va xalqaro talablarga javob bermasligi. Masalan, maxsus chidamlilik va tiklanish tezligini baholash bo‘yicha “YoYo” testidan milliy va olimpiya terma jamoasining birorta ham futbolchisi o‘ta olmagan; uchinchidan, futbolni rivojlantirish va boshqaruv tizimida marketing va zamonaviy boshqaruv mexanizmlaridan samarali foydalanish holati qoniqarsizligi; to‘rtinchidan, malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimida, zamonaviy futbol talablari asosida “futbol tahlilchisi”, “sport seleksioneri” (skaut), “sport menejeri”, “sport marketologi”, “sport shifokori”, “sport psixologi”, “sport farmakologi”, “sport diyetologi”, “sport huquqshunosi” kabi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud emasligi; beshinchidan, hududlarda bolalar va o‘smirlar futbol jamoalari o‘rtasida o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari va musobaqalar past saviyada tashkil etilayotganligi; oltinchidan, bolalar va o‘smirlar futbolidagi trenerlarning ijtimoiy mavqeyi va nufuzi pasayib ketganligi, ularning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tizimining bugungi kun talablariga javob bermasligi; yettinchidan, futbolni rivojlantirish, futbol bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish, yoshlarni futbolga jalb qilish, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish borasida hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyati sustligi; sakkizinchidan, futbol infratuzilmasining holati (futbol maydonlarining qoplamalari, yoritish tizimlari, multimedia anjomlari bilan ta’minlash darajasi, muxlislar uchun mo‘ljallangan tribunalar) bugungi kun talablariga javob bermasligi hamda o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazish uchun mo‘ljallangan sport inventarlari me’yorlari eskirganligi; to‘qqizinchidan, futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini va musobaqalarni markazlashtirilgan holda o‘tkazish imkoniyatini beruvchi yagona o‘quv-mashg‘ulot markazi mavjud emasligi; o‘ninchidan, futbolchilarning funksional diagnostikasi va reabilitatsiyasi markazlari, farmakologiya ta’minoti hamda ilmiy asoslantirilgan metodologiyasi tizimi mavjud emasligi; o‘n birinchidan, futbol klublarining huquqiy maqomi hamda milliy chempionatimizdagi futbol uchrashuvlarining shaffofligini ta’minlovchi mexanizmning belgilanmaganligi, kelishilgan o‘yinlar o‘tkazish kabi holatlarning mavjudligi; o‘n ikkinchidan, aksariyat professional futbol klublarining faoliyati Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va boshqa xalqaro talablarga javob bermasligi; o‘n uchinchidan, futbolni rivojlantirish uchun ajratilayotgan pul mablag‘lardan samarali foydalanilmasligi; o‘n to‘rtinchidan, xalqaro va milliy darajadagi futbol musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarning biologik yoshini sun’iy kichraytirish kabi salbiy holatlarning mavjudligi; o‘n beshinchidan, futbolda korrupsion sxemalar va kelishilgan o‘yinlar mavjudligi, faoliyat ustidan shaffof nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilmaganligi. O‘zbekistonda futbolni aholining eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qiladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil qilish, mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qit’a birinchiliklarini tashkil etish asosiy vazifa hisoblanadi. Zamonaviy futbolning bugungi rivojlanish tendensiyasi unga faqatgina ommalashgan sport turi sifatida emas, balki mamlakat aholisi, ayniqsa, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatuvchi, ruhiy-ma’naviy jihatdan ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantiruvchi noyob vosita, keng ko‘lamli islohotlar davrida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichini belgilovchi muhim omil sifatida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda. Futboli rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinganda, aksariyat hollarda, yoshlarni professional futbolchi sifatida tayyorlash orqali futbol klublarining biznes tuzilma sifatida shakllanganligini ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun, futbol rivojlanish istiqbollari jihatidan O‘zbekistonga yaqin bo‘lgan Xorvatiya so‘nggi o‘n yillikda futbol sohasida shiddatli o‘zgarishlarni amalga oshirib, Angliya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya kabi futboli yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlar bilan raqobatlashish darajasiga chiqdi. Xorvatiya futbol akademiyalarida tarbiyalangan mahoratli sportchilar aynan yuqorida nomlari keltirilgan futboli rivojlangan mamlakatlarning futbol klublari safini to‘ldirdi. Bu esa Xorvatiya tomonidan futbol akademiyalarini tubdan rivojlantirish orqali mahoratli futbolchilarni tarbiyalab, mamlakat daromadlarini oshirishga hamda futbolchilar va ularning oila a’zolari manfaatdorligi oshishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston sharoitida salohiyati yuqori, muayyan tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan futbolchilarni tayyorlash, ularni innovatsion yondashuvlar asosida ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash, futbolni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida quyidagi muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi: birinchidan, mamlakatimizda beshta muhim tashabbus hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar orqali yoshlarimizni jismoniy chiniqtirish va sportga faol jalb qilish, jumladan O‘zbekistonda futbolni umummilliy sport turiga aylantirish; ikkinchidan, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish; uchinchidan, iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni bosqichma-bosqich professional tayyorgarlikdan o‘tkazib borish orqali futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish; to‘rtinchidan, ayollar futboli, futzal (mini-futbol) va sohil futbolini ommaviylashtirish va rivojlantirish; beshinchidan, futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va ularni rag‘batlantirish; oltinchidan, futbol bo‘yicha hakamlik faoliyatida erishgan muvaffaqiyatli tajribani ommalashtirish, uni yangi pog‘onaga ko‘tarish orqali futbol sohasida O‘zbekiston trenerlik va hakamlik maktabini takomillashtirish; yettinchidan, salohiyati yuqori futbolchilarni professional darajada tayyorlash, ularni xorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishini ta’minlash, shuningdek, futbolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida “futbol bo‘yicha agentlar” (vositachilar) professional faoliyatini yo‘lga qo‘yish; sakkizinchidan, respublikaning har bir hududida faoliyat olib borayotgan futbol klublarini Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablari asosida faoliyat yuritishini ta’minlash, moliyalashtirish bo‘yicha samaradorlikka erishish maqsadida futbol sohasida monetizatsiya tamoyillarini yo‘lga qo‘yish; to‘qqizinchidan, professional futbol klublarining aksariyati davlat ulushi mavjud bo‘lgan yirik korxona va tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilishini qisqartirib borish va klublarda boqimondalik kayfiyatiga barham berish maqsadida futbol sohasini bozor mexanizmlari asosida boshqarish, futbol klublarini xususiy sektorga bosqichma bosqich o‘tkazish; o‘ninchidan, futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo‘lga qo‘yish orqali “o‘zbek futboli” maktabini yaratish; o‘n birinchidan, professional futbol klublarining zaxirasini tayyorlash va ularning samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablarini tegishlicha hududiy professional futbol klublariga biriktirish. Ushbu Konsepsiyaning maqsadi — O‘zbekistonda futbolni 2030-yilgacha yanada ommalashtirish hamda mazkur sport turini tizimli rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi: birinchisi, ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; ikkinchisi, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya), ularni professional darajada tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish; uchinchisi, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish; to‘rtinchisi, davlat ta’lim muassasalari, shu jumladan sport ta’lim muassasalarini futbol uchun zarur bo‘lgan anjomlar va jihozlar bilan ta’minlash, sport anjomlari va jihozlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish; beshinchisi, futbol sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga ilg‘or ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish; oltinchisi, futbol sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; yettinchisi, futbolni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish va tijoratlashuv mexanizmlarini joriy etish; sakkizinchisi, futbol bo‘yicha terma jamoalar va ularning zaxirasini shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar va qat’iy reglament talablarini joriy etish. Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish borasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: mahalla yoshlari o‘rtasida “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi”, “Charm to‘p” futbol musobaqalarini muntazam va yuqori saviyada o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yish; hududlar kesimida barcha korxona va tashkilotlar, davlat muassasalari xodimlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi” kabi tizim musobaqalarini keng qamrovda va muntazam tashkil etish; professional futbol klublari qoshidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar-o‘smirlar futbol maktablari negizida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari (keyingi o‘rinlarda — futbol mahorat maktablari) hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablarini tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda aholi sonidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha futbol mahorat maktablarini tashkil etish; futbol mahorat maktablarining rahbar, trenerlari va boshqa xodimlariga olimpiya zaxiralari kollejlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlarini qo‘llash; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarini futbolga qiziqtirish uchun futbol bo‘yicha o‘yin shaklida ko‘rgazmali darslarni tashkil etish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari o‘rtasida doimiy tarzda futbol bo‘yicha festivallar va qiziqarli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish; umumta’lim maktablari o‘rtasida har bir tuman (shahar)da doimiy ravishda yiliga kamida ikki marotaba “Maktablar futbol ligasi” musobaqalarini o‘tkazib borish; “Maktablar futbol ligasi” musobaqalarini tuman (shahar) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga hamda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirish; tuman (shahar) bolalar-o‘smirlar sport maktablari futbol bo‘linmalari va xususiy futbol maktablari o‘rtasida yosh toifasidan kelib chiqib, belgilangan me’yorlar asosida “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalarini o‘tkazib borish; futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalari o‘rtasida yosh toifasidan kelib chiqib, belgilangan me’yorlar asosida “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini o‘tkazib borish; “Sport maktablari futbol ligasi” va “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirish; professional futbol bilan shug‘ullanishni rag‘batlantirish va futbol nufuzini yanada oshirish, iqtidorli bolalar va o‘smirlar uchun professional futbolchilar bo‘lishlari uchun qulay sharoitlar yaratish; futbolga yetim bolalar, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni jalb etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni qabul qilish va amalga oshirish; xususiy futbol maktablari va xususiy professional futbol maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish va rag‘batlantirish, shu jumladan ularni taniqli futbolchilarning nomlari bilan atash; har yili futbolni ommalashtirishga oid qisqa metrajli videoroliklar yaratish, hujjatli va badiiy filmlarni suratga olish hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish; futbolni ommaviylashtirish va har tomonlama rivojlantirish maqsadida tuman (shahar) bolalar-o‘smirlar sport maktablarida ayollar futboli, futzal (mini-futbol) va sohil futboli guruhlarini tashkil qilish, ular o‘rtasida muntazam ravishda musobaqalarni o‘tkazish; tuman (shahar), viloyat va respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan musobaqalarda qatnashuvchi barcha futbolchilarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish; taniqli futbolchilar va trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun uchrashuv va master-klasslar o‘tkazib borish; futbol trenerlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish. Bunda trenerlarga qo‘shimcha pul mukofoti (oylikdan tashqari) miqdorini tarbiyalangan bolalar va o‘smirlarning milliy terma jamoasi va professional futbol klublariga a’zoligidan kelib chiqib belgilash mexanizmlarini joriy qilish; tuman (shahar)larni futbol sport turiga ixtisoslashtirish; O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarga barcha hududlardan fan-klub a’zolarini markazlashgan holda jalb etish choralarini ko‘rish hamda vatanparvarlik ruhidagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini muntazam olib borish. Professional futbol klublari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: barcha professional futbol klublari tarkiblarini belgilangan jismoniy tayyorgarlik talablarini bajargan sportchilardan shakllantirish; iqtidorli futbolchilarni tayyorlash orqali Markaziy Osiyo, Rossiya, Xitoy va boshqa futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish, xorijiy futbol bozorlarini egallash; professional futbol klublarini futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish faoliyatini rag‘batlantirish; davlat korxonalari va tashkilotlari tomonidan professional futbol klublari faoliyatiga ajratilayotgan moliyaviy mablag‘larning samarali foydalanilishi ustidan monitoring o‘tkazishni amalga oshirish; professional futbol klublarida sportchi va boshqa mutaxassislarni rag‘batlantiradigan tizimning shaffofligini ta’minlash; professional futbol klublari huzurida innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, shu jumladan, futbolchilarni jismoniy tayyorgarligini masofadan kuzatish qurilmalari va zamonaviy imitatsiya uskunalari bilan ta’minlash; futbol klublarining huquqiy maqomini belgilash va ularga qo‘llanadigan soliq va bojxona imtiyozlaridan samarali foydalanish mexanizmini ishlab chiqish. O‘zbekistonda istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya), ularni professional darajada tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish tizimi o‘z ichiga kompleks chora-tadbirlarni qamrab oladi. Tanlash va saralab olish (seleksiya) jarayonini shartli ravishda havaskor va professional darajalarga ajratish mumkin. Havaskor darajadagi tanlash va saralab olish (seleksiya) asosan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari ommaviy ravishda futbol bilan mashg‘ul bo‘lish masalalarini hal qiladi, xolos. Mazkur darajadagi tanlash va saralab olish (seleksiya) usuli va futbol guruhlarini shakllantirishni ifodalaydi, ishtirokchilar orasidan kelgusida professionallarni tayyorlash maqsadida qobiliyatli yoshlarni futbolga jalb qilish vazifasini bajaradi. Futbol bo‘yicha professional darajadagi sportchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: birinchi, “Maktablar futbol ligasi” musobaqalarini o‘tkazish natijalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar tuman (shahar) bolalar-o‘smirlar sport maktablarining futbol bo‘linmalari hamda xususiy futbol maktablariga saralab olinadi (seleksiya); ikkinchi, “Sport maktablari futbol ligasi” musobaqalarini o‘tkazish natijalari bo‘yicha futbol mahorat maktablari, xususiy professional futbol maktablari va professional futbol klublari huzuridagi futbol akademiyalariga futbolchilar saralab olinadi (seleksiya); uchinchi, “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini o‘tkazish natijalari bo‘yicha hududiy professional futbol klublariga futbolchilar saralab olinadi (seleksiya); to‘rtinchi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida futbol bo‘yicha turli yosh toifasidagi terma jamoalar tayyorgarlik ko‘radilar. O‘zbekistonda futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish borasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: futbol mahorat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, sport inshootlarini barpo etish; Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga javob beradigan zamonaviy futbol maydonlarini barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish; futbolchilarni tayyorlash va yoshlarni futbolga jalb qilish maqsadida respublikada futbol maydonlarini barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish. Bunda ushbu maydonlar qoplamalari tabiiy chimdan bo‘lishini ta’minlash va tabiiy chimni ishlab chiqaradigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash; futbol va mini-futbol maydonlarini barpo etish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida qurilishini nazarda tutuvchi “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi ijrosini ta’minlash. Futbol maydonlari va mini-futbol maydonchalarini barpo etishda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kredit liniyalarini Hukumat kafolati asosida jalb qilish; hududlarda futzal (mini-futbol) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljallangan zamonaviy sport zallari tarmog‘ini barpo etish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash; har bir hududda sohil futboli bilan shug‘ullanish uchun qumli maydonchalar barpo etilishini ta’minlash; futbol infratuzilma obyektlarini sifatli va yetarli darajada sport inventarlari bilan ta’minlash; professional futbol musobaqalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar, xususan VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish. Davlat ta’lim muassasalari, shu jumladan tuman (shahar) bolalar-o‘smirlar sport maktablari futbol bo‘linmalarini futbol uchun zarur bo‘lgan anjomlar va jihozlar bilan ta’minlash borasida quyidagilarni amalga oshirish zarur: davlat ta’lim muassasalari, shu jumladan tuman (shahar) bolalar-o‘smirlar sport maktablari futbol bo‘linmalarining futbol uchun zarur bo‘lgan anjom va jihozlar bilan ta’minlanganligini o‘rganish; umumta’lim maktablari va tuman (shahar) bolalar-o‘smirlar sport maktablari futbol bo‘linmalarini futbol bo‘yicha sport anjomlari hamda jihozlari bilan, shu jumladan futbol to‘plari bilan doimiy ravishda belgilangan me’yorlar doirasida ta’minlash; futbol to‘plarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va kamchiliklarini bartaraf qilishga ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida sport anjomlari va jihozlari bilan belgilangan me’yorlar doirasida muntazam ravishda ta’minlash bo‘yicha xarajatlar moddasini alohida ko‘rsatish. O‘zbekistonda futbol sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur: futbol bo‘yicha texnik direktor lavozimlariga mutaxassislarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish; Osiyo Futbol Konfederatsiyasi dasturlari bo‘yicha (ayollar futboli, futzal (mini futbol), sohil futboli, darvozabonlar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha trenerlar) xalqaro instruktorlarni jalb qilgan holda xalqaro trenerlik kurslarini o‘tkazish; Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari Birlashmasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi mutaxassislarini jalb qilgan holda trenerlik ta’limi bo‘yicha instruktorlarni tayyorlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish; futbolning turli yo‘nalishlari — ayollar futboli, futzal (mini futbol), sohil futboli bo‘yicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar uchun Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasining ixtisoslashtirilgan seminarlarini tashkil etish va o‘tkazish; futbol bo‘yicha trenerlarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini (stajirovkasini) tashkil etish; yuqori malakali trener va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish; futbolchilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda futbol bo‘yicha ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazib borish; Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari Birlashmasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasining trenerlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi xorijiy markazlarida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillarining stajirovkasini tashkil etish; futbol o‘yinlari davomida muxlislar bilan ishlash va lokal xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha “styuard muxlis” tizimini tashkil etish, ko‘ngilli yoshlar va fan-klublar a’zolari uchun ixtisoslashtirilgan seminarlarni tashkil etish; O‘zbekiston futbol mutaxassislarini xalqaro futbol tuzilmalarining boshqaruv bo‘g‘inlarida faoliyat yuritishlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish. Futbol musobaqalari televizion translatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur: har bir hududdagi xalqaro musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljallangan stadionlarni ND televizion studiyalar hamda zarur multimedia jihozlari bilan ta’minlash; futbol musobaqalari televizion translatsiyasi media huquqlarini o‘rta va uzoq muddatli shartlarda xususiy sektorga o‘tkazish; futbol sohasini bosqichma-bosqich tijoratlashtirish orqali “sponsorship” (titul homiylik, reklama distribyutsiyasi, axborot hamkorlik va boshqalar) tizimini rivojlantirish hamda uchrashuvlarning televizion translatsiyasini telekanallarga sotish mexanizmini yo‘lga qo‘yish; stadionlardan futbol musobaqalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyasini tashkil etish uchun optik tolali aloqa liniyalarini o‘tkazish; futbol stadionlaridan reportajlarni onlayn tarzda tayyorlash maqsadida yuqori tezlikdagi Internet tizimini tashkil etish. Me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur: professional futbol musobaqalari o‘tkazilishini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar bazasini xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlarini o‘rganib chiqqan holda yangi tahrirda ishlab chiqish; futbol sohasida ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda samarali boshqaruv tizimi (sport menejment)ini joriy qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; yosh futbolchilarni saralab olish, tanlash (seleksiya) va ularni professional darajada tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda professional futbol klublarida iqtidorli yoshlarning faoliyat yuritishini tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; sport ta’limi hamda futbolga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish mezonlarini takomillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; futbolga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining huquqiy maqomini aniq belgilash va ularning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasida futbol bo‘yicha trenerlik ta’limi va trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun attestatsiyadan o‘tish tartibi to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasida futbol bo‘yicha (shu jumladan terma jamoalar uchun) trenerlarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; hakamlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va joriy qilish; xalqaro standartlar asosida futbol sport turi bo‘yicha agentlar (vositachilar)ning faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash; “sport shifokori”, “sport psixologi”, “sport farmakologi”, “sport diyetologi”, “sport seleksioneri”, “futbol tahlilchisi”, “sport huquqshunosi”, “texnik direktor” va “futbol hakami” kabi zamonaviy kasblarni qonunchilik doirasida belgilovchi va faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Futbolni moliyalashtirish tizimini rivojlantirish va tijoratlashuv mexanizmlarini joriy etishda quyidagilarni amalga oshirish zarur: professional futbol klublari boshqaruv tizimini tijoratlashtirish, jumladan 2020-yildan boshlab har bir klubning aniq biznes strategiyasi ishlab chiqilishini ta’minlash; davlat ulushi mavjud bo‘lgan yirik korxona va tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazib borish; stadionlarga futbol muxlislarini keng jalb qilish maqsadida zamonaviy chipta tizimi (shu jumladan abonement sotuvi)ni joriy qilish, qolaversa, stadionlar infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari” (xostel, ovqatlanish, fitnes, sport maktablari va boshqalar)ni tashkil etish, klublar va stadion muzeylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish; futbol sohasi subyektlari faoliyatini tijoratlashtirish maqsadida “futbol merchandayzingi” (klublar atributikasi, suvenir va ekipirovkalar majmuini yaratish, turistik sayohat marshrutlari va boshqalar)ni joriy qilish; taniqli xorij klublari va futbolchilari ishtirokida sport festivallari hamda sport lotereyalari tashkil etish orqali stadionlarga muxlislarni jalb qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish. Futbol bo‘yicha terma jamoalar va ularning zaxirasini shakllantirishda quyidagilarni amalga oshirish zarur: futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot markazini tashkil etish; futbol bo‘yicha terma jamoalarga iqtidorli futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish; barcha turdagi milliy va olimpia terma jamoalari tarkiblarini belgilangan jismoniy tayyorgarlik talablarini bajargan sportchilaridan shakllantirish; terma jamoa futbolchilarini tiklanish vositalari bilan ta’minlash, ularning ovqatlanish va vitaminizatsiya tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirish; professional futbol klublarining rasmiy muxlislar fan-klublari a’zolari uchun milliy qadriyat va an’analar asosida “Muxlislik kodeksi” qoidalar majmuini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; futbol bo‘yicha O‘zbekistonning yagona madhiyasini yaratish. Mazkur Konsepsiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda: professional futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi kuchayadi va natijada o‘yinlar sifati oshadi; har bir professional futbol klubi “futbol tahlilchisi”, “sport shifokori”, “sport psixologi”, “sport farmakologi”, “sport seleksioneri”, “sport huquqshunosi”, “texnik direktor” kabi kasblar bo‘yicha malakali kadrlar bilan to‘liq ta’minlanishiga erishiladi; respublika bo‘yicha futbol bilan muntazam shug‘ullanayotgan barcha sportchilarning faoliyati va funksional diagnostika natijalarining yagona bazasi yaratiladi; 2030-yilga kelib respublikada futbolning ommaviyligini oshirish hisobiga futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar soni umumiy aholi soniga nisbatan 5%ga yetkaziladi; futbol sohasiga korrupsion sxemalarning salbiy ta’siri hamda faoliyat ustidan shaffof nazorat tizimi yo‘lga qo‘yiladi hamda futbol musobaqalarining adolat tamoyillari asosida o‘tkazilishiga erishiladi; terma jamoalarni nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtiroki etish imkoniyatlari yaratiladi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol ommaviyligini oshirish va professional rivojlantirish borasidagi faoliyati samaradorligi ta’minlanadi; professional futbol klublarini xususiy sektorga o‘tkazish hisobiga o‘zaro raqobatbardoshligi ortadi, futbol o‘yinlari tomoshabopligi ta’minlanadi; hududlarda futbol infratuzilmasining takomillashtirilishi natijasida xalqaro va mahalliy futbol tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish imkoniyati yaratiladi; futbol klublarining moliyaviy barqarorligi ortishini inobatga olib, ijtimoiy yuklamalar vositasida joylarda bolalar futbolini rivojlantirish, zarur infratuzilma (sport maydonlari, inventarlari va boshqa zarur jihozlar) bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi; iqtidorli futbolchilarni professional tayyorlab borish hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi klublariga transfer qilib borishning zamonaviy tizimi yaratiladi; zamonaviy marketing uslublari vositasida futbol muxlislari auditoriyasini kengaytirish orqali yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini qaror toptirish imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, o‘z navbatida ilgari surilgan vazifalarning to‘liq bajarilishiga hamda har bir mutasaddining o‘z mas’uliyatini anglash darajasiga bog‘liq. Vatanimiz futbolining zamonaviy qiyofasi jahon futbolida o‘zining munosib o‘rnini egallash uchun yaratib beriladigan sharoitlarga, islohotlarga va albatta qanday natijalarga erishishimizga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, ustuvor vazifalarning natijadorligini xalq, birinchi navbatda haqiqiy futbol ishqibozlari ulkan tajribasi bilan adolatli baholab beradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martidagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3610-son qarorida: a) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Belgilab qo‘yilsinki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar futbolni rivojlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi”; v) 11-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “futbol bo‘yicha mashg‘ulot va yig‘inlarni o‘tkazish vaqtida futbolchilar va boshqa mutaxassislar (hakam, instruktor, trener, texnik direktor, sport direktori, shifokor va massajchi, seleksioner, video-operator va fotograf), shu jumladan xorijiy mutaxassislarning sport oziq-ovqatlari bilan ovqatlanishini, shuningdek, ularni mukofotlash (rag‘batlantirish)ni tashkil etishga sarflanadigan mablag‘lar jismoniy shaxslarning daromadlari hisoblanmaydi”; g) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga ko‘ra xorijdan jalb etiladigan mutaxassislar, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari Birlashmasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi delegatsiyalari hamda xalqaro rasmiy va norasmiy uchrashuvlarga taklif etiluvchi hakamlarga kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin”; d) 15-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati quyidagi mazmundagi 302-band bilan to‘ldirilsin: “302. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari uchun elektron hisoblash uskunalari, o‘yinlar va o‘quv-mashq yig‘inlarini tahlil qilish dasturiy ta’minot va uskunalar, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi talablari bo‘yicha futbol to‘plari, sport kiyimlari va ekipirovkalar hamda futbol uchun oyoq kiyimlar”.
105
55,528
Qonunchilik
“Tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-9-son “Tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2418, 2013-yil 30-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 5-son, 63-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror 2016-yil 21-apreldan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qarorning muqaddimasidan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. Nizomda: a) muqaddimadan “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; b) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DBDning birinchi ustuni” degan so‘zlar “DBDning 1-grafasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. DBDni o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. DBD bekor qilinganidan so‘ng, yangi BYuD O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida belgilangan 15 kalendar kundan kechiktirmay taqdim etilishi shart. 11. DBDning elektron nusxasiga bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona ko‘rigi dalolatnomasi (44-grafa), yukni yetkazib berish nazorat kitobchasi (53-grafa) raqamlari, sanalari va tovarlar keltirilgan sana (S grafa) haqidagi ma’lumotlar kiritiladi va DBDning birinchi kichik bo‘limi 1-grafasidagi “PR” belgisi “IM” belgisi bilan almashtiriladi.”.
248
1,943
Qonunchilik
VINO-AROQ MAHSULOTLARINI ULGURJI VA ChAKANA SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Vino-aroq mahsulotlarining noqonuniy aylanishi va ular narxlarining sun’iy ravishda oshirilishi hollarining oldini olish, alkogolli mahsulotlar savdosini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Quyidagilar: ishlab chiqaruvchi korxonalarga va hududiy ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalariga vino-aroq mahsulotlari bilan chakana savdo qilish; vino-aroq mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqiga ega bo‘lgan savdo tashkilotlariga bu mahsulotlar bilan ulgurji va mayda savdo qilish taqiqlansin. 3. “O‘zsharobsanoat” AJ: bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida vino-aroq mahsulotlarining hududiy ixtisoslashtirilgan savdo bazalarini belgilangan tartibda tashkil etsin va ularni ro‘yxatdan o‘tkazsin hamda ularning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin; respublikaning barcha mintaqalarini zarur hajmda va turlardagi vino-aroq mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash maqsadida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muntazam marketingini ta’minlasin; ikki hafta muddatda o‘ziga qarashli barcha firma do‘konlarini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsin; xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda ulgurji savdo bazalari va firma do‘konlarini zarur aylanma mablag‘lar bilan ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy bank bilan birgalikda vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishdan tushgan tushumni hisobga olish va nazorat qilishning maxsus tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: “O‘zsharobsanoat” AJga hududiy ixtisoslashtirilgan savdo bazalarini tashkil etishda va ularning faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashsinlar; ikki hafta muddatda vino-aroq mahsulotlari bilan savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar, ulardan ulgurji va mayda ulgurji savdo qilish huquqini chiqarib tashlagan holda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasinlar; 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: ishlab chiqaruvchi korxonalarning ular hududidan tashqaridagi omborlaridan va ularning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan firma do‘konlari orqali vino-aroq mahsulotlarining sotilishini taqiqlasin; spirt va vino-aroq ishlab chiqaruvchi korxonalarga tayinlangan moliya inspektorlarini ularning kasb layoqatiga talabchanlikni kuchaytirgan holda, joriy yilning mart-aprel oylarida qayta attestatsiyadan o‘tkazsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi va Davlat soliq qo‘mitasi vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda, ularning aylanishida va sotilishida qonun buzishlar va suiiste’mollarning oldini olish maqsadida ta’sirchan va muntazam nazoratni ta’minlovchi zarur kompleks chora-tadbirlar ko‘rsinlar. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov, B.M. Olimjonov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
80
2,971
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarini jonli efirga uzatish natijadorligini yanada oshirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarini jonli efirga uzatish natijadorligini yanada oshirish to‘g‘risidagi axborotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini qaror toptirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalarga xalqimizning fikri, talab va istaklarini e’tiborga olgan holda yechim topilmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlarga hamohang tarzda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) faoliyatida ham ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bugungi kunda Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va parlament nazorati sohasidagi faoliyati ochiqlik hamda oshkoralik tamoyillari asosida keng yoritib borilmoqda. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda “Oliy Majlis Qonunchilik palatasi” nomli rasmiy sahifalar ochildi. Ushbu sahifalar orqali Qonunchilik palatasi majlislarini, “hukumat soati” tadbirlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Qonunchilik palatasining deputatlari ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan shaxsiy sahifalari orqali jamiyat hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik bilan faol muloqot qilmoqda. “Elektron parlament” tizimi loyihalari doirasida Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovchilar, murojaatchilar bilan masofadan, onlayn shaklda bevosita aloqasini ta’minlash hamda muloqotini muntazam yo‘lga qo‘yish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi deputatlar portali” (deputat.gov.uz) sinov rejimida ishga tushirildi. Qonunchilik palatasi faoliyati haqida to‘g‘ri va xolis axborot tarqatilishini ta’minlash maqsadida Parlament axborot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugungi media makonning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytining yangi versiyasini yaratish ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli Farmoni jamiyatda axborot olish erkinligini ta’minlash orqali jamoatchilik nazoratini takomillashtirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Xususan, 2021-yil dekabr oyidan boshlab, Qonunchilik palatasining majlislarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy tarzda jonli efirga uzatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ushbu amaliyot yo‘lga qo‘yilgandan buyon “O‘zbekiston” va “UzReport” telekanallari hamda Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali palataning jami 7 ta majlisi jonli efirga uzatildi. Ushbu majlislarda jami 65 ta masala ko‘rib chiqildi. Shundan 51 tasi qonun loyihalari muhokamasiga, 13 tasi parlament nazorati tadbirlari hamda 1 tasi tashkiliy masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Qonunchilik palatasi majlislari jonli efirga uzatilayotganligi keng jamoatchilikning qonun loyihalarining muhokamalari jarayoniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, majlislar to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilishi natijasida ommaviy axborot vositalari vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari va keng jamoatchilik tomonidan Qonunchilik palatasida ko‘rilayotgan masalalar yuzasidan ko‘plab fikr-mulohaza, munosabat hamda takliflar bildirilmoqda. Mazkur takliflar Qonunchilik palatasi qo‘mitalari, ishchi guruhlar va mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganib borilmoqda, asosli takliflar qonun loyihalarini maromiga yetkazishda inobatga olinmoqda. Bugungi kunda Qonunchilik palatasida qonun loyihalarini muhokama qilish jarayonida fuqarolarning fikrlarini inobatga olish yuzasidan mutlaqo yangi tizimni shakllantirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, quyi palata faoliyatiga muayyan muammoni hal etishda keng jamoatchilikning bilimi va tajribasidan foydalanish tizimi (“kraudsorsing”) faol joriy etilmoqda. Bu esa, har bir fuqaroga qonun loyihasi yuzasidan o‘z takliflari va fikr-mulohazalarini yuborish imkonini beradi. Majlislarni to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatishga doir ishlarning sifati va natijadorligini yanada oshirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. Mazkur so‘rovnoma bo‘yicha deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti xodimlari tomonidan muhim takliflar hamda fikr-mulohazalar bildirildi. So‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib hamda Qonunchilik palatasi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jonli efirlar sifati va natijadorligini oshirish borasida bir qator jihatlarga e’tiborni kuchaytirish talab etilmoqda. Xususan, Qonunchilik palatasi majlislarida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar haqida jamoatchilikni avvaldan xabardor qilish, majlislar yakunida to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efirda deputatlarning majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan o‘z fraksiyasi nuqtai nazarini bildirishini tashkil etish, birinchi o‘qishda qabul qilingan eng muhim qonun loyihalarini rasmiy veb-saytda jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Qonunchilik palatasi faoliyatining ochiq-oshkoraligini ta’minlash borasida izchil ishlar olib borilayotganligi, shu jumladan majlislarni to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi parlament faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taqozo etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarini jonli efirga uzatish natijadorligini yanada oshirish to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati (N. Rizayev) bilan birga Qonunchilik palatasi majlislari yakunida to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efir orqali deputatning majlisda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan o‘z fraksiyasi nuqtai nazarini bildirishini tashkil qilish tavsiya etilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari birinchi o‘qishda qabul qilingan eng muhim qonun loyihalari Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida muntazam ravishda joylashtirib borilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni (M. Miralimov) va Matbuot xizmati (N. Rizayev): Qonunchilik palatasi Kengashida tasdiqlangan kun tartibi loyihasini majlis o‘tkazilishidan kamida bir kun oldin palataning rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish; telekanallar mutasaddilari bilan birgalikda majlisda ko‘rib chiqilayotgan har bir masalaning nomi uning muhokamasi yakuniga qadar jonli efir titrida eslatma tariqasida ko‘rsatib borilishini ta’minlash; jonli efirga uzatiladigan Qonunchilik palatasi majlislari tafsilotlari to‘g‘risida videoroliklar tayyorlash; Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytining yangi versiyasini ishga tushirish bo‘yicha boshlangan ishlarni yakuniga yetkazish choralarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi (Dj. Shirinov) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni (B. Radjabov) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga palata faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashni kuchaytirish, majlislarni to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatishga doir ishlarning natijadorligini oshirishga qaratilgan tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan hujjat loyihasini ishlab chiqsin. 6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin. 7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
140
8,205