folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoniga muvofiq hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, fuqarolar vakillarining faoliyatini huquqiy tartibga solish hamda ularning fuqarolar yig‘ini faoliyatidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar bilan birgalikda ikki oy muddatda: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida fuqarolar vakillarining faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari va faollar, fuqarolar vakillarining malakasini oshirishga doir o‘quv seminarlarni o‘tkazish tavsiya etilsin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek shaharlarda, shaharchalarda, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari) orqali amalga oshiradi. Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bevosita yoki o‘zlarining saylanadigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishda teng huquqlarga ega. 3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: fuqarolar vakili — fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasi asosida fuqarolar yig‘ini hududidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisining umumiy yig‘ilishlarida saylangan va ular nomidan fuqarolar yig‘inida faoliyat olib boradigan hamda manfaatlarini ifodalaydigan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi; vakillik normasi — fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan fuqarolar yig‘inlari uchun belgilanadigan fuqarolar vakillarining soni. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida o‘n ikki foizini tashkil etishi kerak; vakillik normasi — fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan fuqarolar yig‘inlari uchun belgilanadigan fuqarolar vakillarining soni. 4. Fuqarolar vakillari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) navbatdagi saylovi e’lon qilingandan so‘ng qonunda belgilangan tartibda tuzilgan Fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) fuqarolar vakillarining saylovini tashkil qilish va o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi. 6. “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Ishchi guruh: hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi bo‘yicha umumiy yig‘ilishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi; hovlilar, uylar, ko‘chalar fuqarolar vakillari yig‘ilishining ishtirokchilarini ro‘yxatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda fuqarolar vakillari yig‘ilishi bayonnomasini tuzadi; Ishchi guruh fuqarolar vakillarining saylovini tashkil etish va o‘tkazishda tegishli hududdagi fuqarolar yig‘ini kengashi bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib boradi. 7. Ishchi guruh fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasiga asosan fuqarolar yig‘inidagi fuqarolar vakillarining sonini aniqlaydi va fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish joyi, kuni va vaqtini belgilaydi hamda uni o‘tkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qiladi. 8. Fuqarolar vakillarining saylovi bo‘yicha fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun Ishchi guruhning har bir a’zosi tegishli hududlarga biriktiriladi. 9. Ishchi guruhning biriktirilgan a’zosi fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishining ishtirokchilarini ro‘yxatga oladi va imzo varaqasini tayyorlaydi. 10. Fuqarolar vakillariga nomzodlar fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishi tomonidan ko‘rsatiladi hamda tegishli hududlar aholisi tomonidan ochiq ovoz berish orqali saylanadi. Fuqarolar vakillariga nomzodlar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va tegishli hududda doimiy yashovchi, obro‘-e’tiborga, hayotiy tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar orasidan ko‘rsatiladi. 11. Ovoz berish natijalariga ko‘ra fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan fuqarolarning oddiy ko‘pchilik ovozini olgan nomzod fuqarolar vakili sifatida saylangan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod orasida takroriy ovoz berish shu kunning o‘zida o‘tkaziladi. Takroriy ovoz berishda boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq ovoz olgan nomzod fuqarolar vakili etib saylangan hisoblanadi. 12. Saylov natijalari fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlanadi. Bayonnoma Ishchi guruh a’zosi hamda qoida tariqasida har bir hududdan kamida bittadan fuqaro tomonidan imzolanadi. Bayonnomaga saylovda ishtirok etgan fuqarolarning imzo varaqalari ilova qilinadi. 13. Fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishi bayonnomasi fuqarolar vakillarining vakolatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 14. Fuqarolar vakillari o‘z vakolatini fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) navbatdagi saylovi boshlanganligi e’lon qilinguniga qadar amalga oshiradi. 15. Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda fuqarolar yig‘ini kengashi fuqarolar vakillarining yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga hovlilar, uylar, ko‘chalardagi fuqarolarning vakillari yuboriladi. Bunda fuqarolar vakillarining yig‘ilishi qonunga muvofiq fuqarolar yig‘inini o‘tkazish tartibi asosida o‘tkaziladi. 16. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda ushbu vakillarning kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir. 17. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishini olib borish uchun rayosat saylanadi. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. 18. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir. 19. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Unda yig‘ilishning o‘tkazilgan sanasi, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun tartibi va yig‘ilish yuzasidan qabul qilingan qarorlar aks ettiriladi. 20. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar fuqarolar yig‘ini qarorlariga tenglashtiriladi. 21. Fuqarolar vakillari fuqarolar vakillarining yig‘ilishida ishtirok etish orqali shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarga taalluqli bo‘lgan vakolatlarni amalga oshiradi. 22. Quyidagilar fuqarolar vakilining asosiy vazifalari hisoblanadi: kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish; fuqarolar yig‘inini kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, o‘zi saylangan hudud doirasida obodonlashtirishga, ko‘kalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarining amalga oshirilishiga ko‘maklashish; qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan o‘zi saylangan hudud doirasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish; kommunal to‘lovlar undirilishini ta’minlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda, o‘zi saylangan hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda ko‘maklashish; o‘zi saylangan hududda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar tomonidan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda hamkorlik qilish. Fuqarolar vakili o‘zi saylangan hudud aholisi manfaatlaridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin. 23. Fuqarolar vakili quyidagi huquqlarga ega: mahalliy ahamiyatga molik masalalarini ko‘rib chiqish haqida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hamda fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish; o‘zi saylangan hududdagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarurligi haqida fuqarolar yig‘iniga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) takliflar kiritish; fuqarolar yig‘inining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, o‘zi saylangan hudud doirasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalari loyihalariga takliflar taqdim etish; o‘zi saylangan hududdagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan ularga nikoh to‘yi tadbirlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish zarurligi haqida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hamda fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish; ushbu Nizomga hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni bajarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hamda fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish. 24. Fuqarolar vakilining majburiyatlari quyidagilardan iborat: o‘z faoliyatida qonunchilik hujjatlariga va ushbu Nizom talablariga qat’iy rioya qilish; fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari)da faol ishtirok etish; har chorakda o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar ijrosi haqida o‘zi aylangan hudud aholisiga hisobot taqdim etish; o‘zi saylangan hududda istiqomat qilayotgan oilalardagi ma’naviy muhit barqarorligining buzilishiga, voyaga yetmaganlar va yoshlarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yig‘inining qarorlari o‘zi saylangan hududda tatbiq etilishiga ko‘maklashish orqali mahallaning nufuzi, obro‘-e’tiborini mustahkamlash va ta’sirini oshirish; o‘zi saylangan hududda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarorlarining targ‘ibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish; 25. Fuqarolar vakili qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin. 26. Fuqarolar vakilining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi: o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda; o‘z vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganligi sababli u vakil etib saylangan hudud aholisining kamida uchdan bir qismi tashabbusiga asosan; belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda; sog‘lig‘i holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda; vafot etganda; qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. 27. Fuqarolar vakili vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli hududda bir oy ichida Ishchi guruh tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda yangi saylov o‘tkaziladi. 28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
89
14,209
Qonunchilik
“Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa texnika vositalariga, shu jumladan tibbiyot anjomlariga bo‘lgan minimal talablarni tasdiqlash to‘g‘ris
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yil 3-oktabrdagi 281-son “Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa texnika vositalariga, shu jumladan tibbiyot anjomlariga bo‘lgan minimal talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2396, 2012-yil 23-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 43-son, 500-modda); O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 8-oktabrdagi 37-son “Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa texnika vositalariga, shu jumladan tibbiyot anjomlariga bo‘lgan minimal talablarga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2396-1, 2015-yil 3-noyabr). 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
250
1,309
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XO‘JALIK PROTSESSUAL KODEKSINING 19-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 19-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi tomonidan yoxud nazorat tartibida bekor qilingan bo‘lsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan ko‘rishda ishtirok eta olmaydi, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish hollari bundan mustasno. Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi. Ishni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi. Ishni nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi”. 2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
102
1,562
Qonunchilik
M.V. LOMONOSOV NOMIDAGI MOSKVA DAVLAT UNIVERSITETINING TOShKENT ShAHRIDAGI FILIALINING TAShKILIY TUZILMASI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 24-fevraldagi PQ–290-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialining (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) ma’muriy-boshqaruv hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining (professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi xodimlardan tashqari) cheklangan soni 107 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 31 nafardan iborat tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq ma’qullansin. 2. Filial direktoriga muassislar bilan kelishuv bo‘yicha, zarur hollarda, Filial tuzilmasiga ma’muriy-boshqaruv hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uchun 2006-yilga tasdiqlangan budjet ajratmalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin va Filialda o‘qitishni tashkil etish uchun zarur budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin; 2006-yil uchun Filial xarajatlari smetasini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga zarur hollarda taqdim qilingan hisob-kitoblar bo‘yicha Filialni jihozlash va ta’minlash uchun oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasidan xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat berilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
118
1,671
Qonunchilik
BANKLARNI RO‘YXATGA OLISh VA LITSENZIYALASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7, 17-moddalariga asosan, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida” nizomga (1999-yil 11-fevral, ro‘yxat raqami 630) kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin o‘n kundan so‘ng kuchga kiritilsin.
119
494
Qonunchilik
Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish hamda budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini va qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotishdan tushadigan pul mablag‘larini taqsimlash mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomning amal qilishi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining uchinchi shaxslarning budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonasidan qarzlarini qaytarish hisobiga undirilgan asosiy vositalariga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlariga tatbiq etilmaydi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini va qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotishdan tushgan mablag‘lar yoki ularning bir qismi boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan taqdirda ushbu Nizom ularning qolgan qismiga nisbatan tatbiq etiladi. 4. Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish quyidagi shartlardan biri qoniqtirilgan taqdirda amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq sotiladiganlari bundan mustasno): belgilangan xizmat qilish muddatining tamom bo‘lishi (to‘liq eskirish hisobga o‘tkazilishi); ularning jismoniy eskirishi, avariyalar, tabiiy ofatlar, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi oqibatida yaroqsiz holga kelishi; ma’naviy eskirishi; budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiya qilinishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shab qolishi. 5. Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Budjet tashkilotlarining qolgan asosiy vositalari budjet tashkilotlari tomonidan yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot bo‘lmagan taqdirda — qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda sotiladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarda sotilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumfuqaro foydalanishda bo‘lgan va bo‘shayotgan avtomototransport vositalari qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin, istisno tariqasida, ushbu Nizomning 8-bandi talablarini hisobga olgan holda, Mudofaa vazirligi tomonidan tashkillashtiriladigan yopiq auksion savdolari orqali sotiladi. Bunda uch oy muddat davomida avtomototransport vositalari yopiq auksionda sotilmagan yoki yopiq auksionda qatnashish bo‘yicha arizalar kelib tushmagan taqdirda, mazkur avtomototransport vositalari umumiy tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasining ommaviy savdolariga chiqariladi. Yuqori tashkilotning (mavjud bo‘lganda) talabiga ko‘ra yoki budjet tashkilotlarining o‘z tashabbusi bilan asosiy vositalar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarda sotilishi mumkin. 6. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi budjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan obyektlari quyidagi tartibda sotiladi: binolar va inshootlar (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida; qolgan asosiy vositalar — O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalari tomonidan yuqori tashkilot bilan (mavjud bo‘lganda) kelishgan holda vakolatxona joylashgan mamlakatning qonunchilikka muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali mustaqil ravishda sotiladi. 7. Ushbu Nizomning 5-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan binolar va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasining hisobraqamlarida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Agentlik tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi. 8. Ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar budjetdan tashqari vositalar bo‘yicha budjet tashkilotlarining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida (yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi: 50 foizi — tegishli budjet daromadiga o‘tkaziladi; 50 foizi — budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha budjet tashkilotlarining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida (yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) qoladi. Budjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarda sotilgan taqdirda mablag‘larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan umumfuqaro foydalanishidagi bo‘shayotgan mol-mulklar, shuningdek, avtomobil va maxsus texnikalarni sotishdan olingan pul mablag‘lari to‘liq miqdorda Mudofaa vazirligining ixtiyorida qoladi va maqsadli ravishda Mudofaa vazirligi bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi. 9. Budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (shu jumladan avtomototransport vositalarini sotib olishga), shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga yo‘naltiriladi. 10. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi budjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotishdan tushgan mablag‘lar: binolar va inshootlar bo‘yicha (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi) — ularni sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida belgilangan tartibda; qolgan asosiy vositalar bo‘yicha — xarajatlar smetasida nazarda tutilgan asosiy vositalarni sotib olishga, faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga taqsimlanadi. 11. Asosiy vositalarni balansda saqlovchi ishtirokida Agentlik bilan xaridor o‘rtasida tuzilgan asosiy vositalarning oldi-sotdi shartnomasi va asosiy vositalarning chiqib ketganligini tasdiqlaydigan hujjat ushbu Nizomning 5-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini balansdan hisobdan chiqarish uchun asos hisoblanadi. 12. Davlat unitar korxonalarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi, ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Davlat unitar korxonalarining qolgan asosiy vositalari qonunchilikka muvofiq muassis bilan kelishgan holda, davlat unitar korxonalari tomonidan mustaqil ravishda sotiladi. Davlat unitar korxonalarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarda sotilishi kerak. Muassisning talabiga ko‘ra yoki davlat unitar korxonalarining o‘z tashabbusi bilan ko‘rsatib o‘tilgan asosiy vositalar asosiy vositalar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarda sotilishi mumkin. 13. Chet elda joylashgan davlat unitar korxonalarining (shu jumladan ularning sho‘ba korxonalari, vakolatxonalari va filiallarining) asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan obyektlari quyidagi tartibda sotiladi: binolar va inshootlar (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida; qolgan asosiy vositalar — davlat unitar korxonalari (shu jumladan ularning sho‘ba korxonalari, vakolatxonalari va filiallari) tomonidan muassis bilan kelishgan holda korxona joylashgan mamlakatning qonunchilikka muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali mustaqil ravishda sotiladi. 14. Ushbu Nizomning 12-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan binolar va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasining hisob raqamlarida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Agentlik tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi. 15. Ushbu Nizomning 12-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar davlat unitar korxonalarining asosiy depozit hisob raqamlariga o‘tkaziladi va ularning tasarrufida qoladi. Davlat unitar korxonalarining tasarrufida qoladigan mablag‘lar ular tomonidan faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (shu jumladan avtomototransport vositalarini sotib olishga), shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga yo‘naltiriladi. 16. Chet elda joylashgan davlat unitar korxonalarining (shu jumladan ularning sho‘ba korxonalari, vakolatxonalari va filiallarining) binolari va inshootlarini (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlarini) sotishdan tushgan mablag‘lar ularni sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi. 17. Davlat unitar korxonalarining ushbu Nizomga muvofiq sotilgan binolari va inshootlarini (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlarini) balansdan chiqarish muassis bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Asosiy vositalarni balansda saqlovchi ishtirokida Agentlik bilan xaridor o‘rtasida tuzilgan asosiy vositalarning oldi-sotdi shartnomasi va asosiy vositalarning chiqib ketganligini tasdiqlaydigan hujjat ushbu Nizomning 12-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini balansdan hisobdan chiqarish uchun asos hisoblanadi. 18. Asosiy vositalar sotilishi munosabati bilan ularni balansdan chiqarish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi 19. Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining rahbarlari taqdim etilayotgan axborotning ishonchliligi va ushbu Nizomga muvofiq o‘zlarining tegishli hisob raqamlariga tushayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibining 15-bandida: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘tgan yillardagi debitorlik qarzlarning qaytarilgan summalari tegishli budjetlar daromadlariga o‘tkaziladi (budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga paydo bo‘lganlari bundan mustasno)”; quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin: “Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan mablag‘lar budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida (yoki G‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) jamlanadi va budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi: 50 foizi — tegishli budjet daromadiga; 50-foizi — budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida (yoki G‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) qoladi. Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan budjet tashkilotlari ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar ular tomonidan faoliyat sohasiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo‘naltiriladi”. 4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari to‘g‘risidagi Nizomning 17-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin: “Bunda bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) sotish Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar, ularni sotib olish manbalaridan qat’i nazar, davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar tarzida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan taqsimlanadi”. 1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat avtomototransport vositalarini sotish tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 28-sentabrdagi 489-son qarori. 2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat avtomototransport vositalarini jismoniy va davlat tasarrufida bo‘lmagan yuridik shaxslarga sotish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 18-avgustdagi 325-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 8-son, 29-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat avtomototransport vositalarini sotish tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 28-sentabrdagi 489-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1996-yil 19-sentabrdagi 326-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 9-son, 26-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishni tartibga solish to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 12-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 4-modda).
237
16,112
Qonunchilik
Lizing kompaniyalari: yer soligʻi kimga toʻlanadi
Koʻchmas mulk lizingga sotib olinganda yer soligʻini kim toʻlashi kerak? Lizingga beruvchilar uyushmasi a’zolarining fikriga koʻra, mamlakatimizning soliq toʻgʻrisidagi yangi qonun hujjatida ushbu masala oʻz yechimini topmogʻi lozim. «Soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini oʻrganish va soliq solish tizimida nazarda tutilgan oʻzgartirishlarning mamlakatimiz lizing sektoriga ta’sirini muhokama qilish» mavzusida oʻtkazilgan davra suhbatida shu haqda soʻz bordi. Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaхslar yer soligʻini toʻlovchilardir. Soliq kodeksining 279-moddasida aytilishicha, koʻchmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi yer soligʻini toʻlovchi boʻladi. Koʻchmas mulk – lizing ob’yektiga kadastr avvalboshdan lizingga beruvchining nomiga rasmiylashtirilganligi bois, lizing oluvchiga mulk huquqi oʻtguncha va kadastr uning nomiga qayta rasmiylashtirilguncha, yer soligʻini mulkdor sifatida lizingga beruvchi toʻlaydi. Ayni paytda lizing ob’yekti uning balansida hisobga olinmaydi.  Shu bilan birga lizing oluvchida koʻchmas mulk ob’yekti egallagan yer uchastkasi yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisoblashda (AV tomonidan 3.03.2011 yilda 2203-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) inobatga olinadi. Lizing kompaniyalari vakillari taqdim etilgan Konsepsiyada ushbu muammo yechimini topmaganligini qayd etdilar. Muhokama doirasida soliq stavkalarini shakllantirish va soliq ma’muriyatchiligini samarali tashkil etishga doir takliflar bildirildi. Barcha taklif va fikr-mulohazalar yangi Soliq kodeksini ishlab chiquvchilar e’tiboriga yetkaziladi. Oleg Gayevoy.
49
1,681
Qonunchilik
Tekshiruvlarni tayinlashning ikkita algoritmi joriy etildi
Bu Prezidentning 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5490-son Farmoniga ilovalarda nazarda tutilgan. Eslatib oʻtamiz, hujjat bilan 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlarning ikkita turi bekor qilindi va ushbu sanadan boshlab davlat nazoratini amalga oshirishning yangi tartibi belgilandi. Bu haqda batafsil avvalgi sharhda oʻqing.    Mohiyatan olganda, tekshiruvlarni tayinlashning 2 ta algoritmi joriy etilmoqda: ularning bir qismi Bosh prokuratura (Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tugatilganidan keyin vakolatli organ – tahr.) bilan kelishilgan holda, boshqalari esa Bosh prokuraturani хabardor etish tartibida oʻtkaziladi. 1 – Bosh prokuratura bilan kelishilgan holda quyidagi turdagi tekshiruvlar oʻtkaziladi: a) jismoniy va yuridik shaхslarning qonunchilik buzilganligi holatlari boʻyicha bergan murojaatlari asosida yoki tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatidagi хavfni tahlil etish natijalari boʻyicha nazorat organlarining tashabbusiga koʻra 1 kundan 10 kungacha muddat davomida oʻtkaziladigan;  b) 2 yillik moratoriy oʻtgach (ya’ni 2020 yilda – tahr.) tiklanadigan, muddati 30 kundan oshmaydigan moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirishlar, quyidagi hollarda: Bu holda tekshiruv oʻtkazishni kelishish bilan uni Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatga olish majburiyati bekor qilinmasligini tushunish muhim. Roʻyхatga olinmagan tekshiruvlar noqonuniy deb topiladi, ana shunday tekshirish tashabbusi bilan chiqqan va (yoki) uni oʻtkazgan nazorat organlarining mansabdor shaхslari esa MJTKning 2412-moddasi va JKning 1922-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortiladi.   Shu oʻrinda 2 ta holatda nazorat organlarining nazorat funksiyalari fuqarolik jamiyati institutlariga va boshqa tashkilotlarga berilganligini qayd etib oʻtamiz (quyidagi jadvalga qarang). Nazorat funksiyalari Oʻz nazorat funksiyalaridan mahrum boʻlayotgan nazorat organi Nazorat funksiyalari topshirilayotgan fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar Turoperatorlik va mehmonхona хoʻjaliklari sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, quyidagi vakolatlarini saqlab qolgan holda: profilaktika ishlarini oʻtkazish; turizm sohasidagi хizmatlarni sertifikatlashtirish Xususiy turistik tashkilotlar uyushmasi va turizm sohasidagi boshqa jamoat birlashmalari Matbaa faoliyati sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish Ichki ishlar vazirligi, profilaktika ishlarini oʻtkazish vakolatlarini saqlab qolgan holda   Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi 2 –  Bosh prokuraturani хabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar.   Bu holda хabardor qilish ularni Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatga olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Tasdiqlangan roʻyхatda bunday tekshiruvlarning jami 25 turi belgilangan. Ular orasida, masalan, yuridik shaхs tugatilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan; oʻz faoliyatini rasman toʻхtatib turgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirishda davom etayotgan jismoniy shaхslar faoliyatini tekshirish va h.k. bor. Nazorat funksiyalari, nazorat organlari va Bosh prokuratura bilan kelishgan holda oʻtkaziladigan tekshiruvlar muddatlarining toʻliq roʻyхati qayd etilgan jadval – bu yerda.    ! Bosh prokuratura bilan kelishgan holda va uni хabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlarning eng koʻp muddati nazorat organlarining asoslantirilgan buyurtmanomalariga koʻra Bosh prokuraturaning ruхsati bilan faqat 1 marta uzaytirilishi mumkin. Bunda tegishli tekshiruv oʻtkazishning uzaytirilgan muddati u oʻtkaziladigan asosiy muddatdan oshmasligi kerak.   Masalan, yuridik shaхs tugatilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan tekshiruv muddati 30 kundan oshmaydi. Davlat soliq qoʻmitasining (nazorat organi) asoslantirilgan buyurtmanomasiga koʻra Bosh prokuraturaning ruхsati bilan tekshiruv хuddi shu muddatga uzaytirilishi mumkin. Shu tariqa, tekshiruv oʻtkazishning cheklangan muddati 60 kundan oshmasligi kerak. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2018 yildan kuchga kirdi.       Oleg Zamanov.
58
4,377
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 12-bandi oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 6-maydagi 213-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 46-modda): a) 2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) 2-ilova 11-bandining uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 27-martdagi PQ-823-son qarori)” 2008-yil 7-maydagi 90-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-yil 5-son, 17-modda) 12-bandning “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2011 16-fevraldagi 35-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarida: a) 2-bandning o‘n uchinchi xatboshi, 50-band, 51-bandning uchinchi xatboshi, 56-bandning “e” kichik bandi, 88-bandning oltinchi xatboshi, 101-bandning ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 57-bandning birinchi xatboshidagi “ruxsatnomada” so‘zi “marshrutda” so‘zi bilan almashtirilsin; v) 91-bandning birinchi xatboshidagi “hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining oldinda va orqada ikkita patrul avtomobili” so‘zlari “tashuvchining harakat xavfsizligi xizmati avtomobillari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
2,822
Qonunchilik
Bolalarning ta’lim olishiga takror toʻsqinlik qilganlik uchun – 15 sutkagacha muddatga qamoq
Bunday oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 9.01.2018 yildagi OʻRQ-459-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga kiritildi. Eslatib oʻtamiz, MJtKning 47-moddasida 2 ta ma’muriy huquqbuzarlik koʻzda tutilgan: Bunday qilmishlarni takror sodir etganlik uchun oshirilgan jarimalar va hatto 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq joriy etildi. Jadvalga qarang: Huquqbuzarlik turi Birinchi sodir etganda undiruv Bir yil mobaynida takror sodir etganda undiruv Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi. EKIHning 1/2 dan 3 baravarigacha EKIHning 3 dan 5 baravarigacha Bolalarning majburiy umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan toʻsqinlik qilish. EKIHning 5 dan 10 baravarigacha EKIHning 10 dan 20 baravarigacha yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq. Bu – muhim! Mazkur huquqbuzarliklarni birinchi sodir etganda ish Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin. Takror sodir etilganda  esa – faqat ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar tomonidan koʻrib chiqiladi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida 10.01.2018 yilda e’lon qilindi, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar shu sanadan kuchga kiradi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     Samir Latipov.
92
1,697
Qonunchilik
2017 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi
2017 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini (1-115-ilovalar) shu yerda yuklash mumkin. Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 1 yanvarda kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
63
459
Qonunchilik
“Ukraina-O‘zbekiston Savdo uyi” aksiyadorlik jamiyatini O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston bilan Ukraina xalqlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga, o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlarni targ‘ib etishdagi faol ishtiroki uchun “Ukraina-O‘zbekiston Savdo uyi” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin.
130
433
Qonunchilik
Qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash hamda yetkazib berish bo‘yicha Jumhuriyat kooperativ birlashmasi (“Uzkoopvtormet” JKB)ni tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 4-iyundagi Farmoniga muvofiq hamda qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berishni yaxshilash, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida jumhuriyatlararo va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish bo‘yicha jumhuriyat kooperativ birlashmasi (“Uzkoopvtormet” JKB) ilovaga muvofiq tuzilish bo‘linmalari tarkibida tashkil etilsin. 2. Qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish bo‘yicha jumhuriyat kooperativ birlashmasiga: qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash va yig‘ish hamda ularni temir-tersak topshiruvchilardan qabul qilib olish; tayyorlov sexlari va uchastkalarida qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini birlamchi qayta ishlash; temir-tersakni iste’molchilarga yetkazib berish; ikkilamchi rangli metallar va qotishmalar hamda ulardan mahsulotlar ishlab chiqarish; xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va birlashmaning firma magazinlari orqali sotish; ishlab chiqarish chiqindilarini sotish vazifalari yuklansin. 3. Belgilansinki, “Uzkoopvtormet” faoliyatida davlat, kooperativ, qo‘shma, ijara, xususiy va jamoat tashkilotlarining, korxonalarning, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy qatnashuvi nazarda tutiladi. “Uzkoopvtormet” JKB: o‘zining xo‘jalik va huquqiy maqomini saqlagan holda shartnoma asoslarida ittifoq va jumhuriyat davlat, kooperativ va aralash birlashmalar va uyushmalarga ixtiyoriy ravishda kirishi mumkin; moliya-iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy faoliyat bilan bog‘liq barcha masalalarni mustaqil hal qiladi, yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, pudratchilar, budjet bilan hisob-kitob qilish uchun bank muassasalarida pul va xorijiy valyuta mablag‘lari schyotlarini ochadi, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlardan foydalanadi; O‘zbekiston davlat metallurgiya sanoati konserniga va SSJI Metallurgiya vazirligiga hisob beradi. 4. Belgilansinki, “Uzkoopvtormet”ning tayyorlov tashkilotlari va temir-tersak topshiruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqaruvchi asosiy hujjat shartnoma hisoblanadi, unda qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini yig‘ish, tayyorlash va qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishdan tomonlarning moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi o‘zaro majburiyatlar aniq belgilanadi. Shu maqsadda: shartnoma bevosita belgilangan topshiriqlarga muvofiq korxonalar va tashkilotlar bilan, shuningdek boshqa temir-tersak topshiruvchilar bilan tuziladi; shartnomada tomonlarning o‘zaro majburiyatlari, temir-tersak yetkazib berish hajmlari, assortimenti, sifati va muddatlari bo‘yicha topshiruvchining, o‘z vaqtida haq to‘lash bo‘yicha tayyorlovchining majburiyatlari aniq aks etishi kerak. 5. O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi “Uzkoopvtormet”ning temir-tersak topshiruvchilar bilan shartnomalar tuzishini 1-yanvargacha tugallashi uchun har yili 1-oktabrgacha jumhuriyat vazirliklari va idoralari bo‘yicha qora, rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash yuzasidan davlat buyurtmasi loyihalarini tayyorlasin. 6. “Uzkoopvtormet”ga tayyorlanadigan qora, rangli metallar parchalari va chiqindilari, sotiladigan mahsulot, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari uchun shartnomaviy narxlarni belgilash huquqi berilsin. 7. O‘zSSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi, O‘zSSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, O‘zSSJ Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi temir-tersak topshiruvchilarni maqsadli rag‘batlantirish uchun “Uzkoopvtormet”ga belgilangan nomenklaturadagi moddiy-texnika resurslarini, shu jumladan, ehtiyoj katta bo‘lgan tovarlarni belgilangan tartibga muvofiq ajratishni nazarda tutsinlar. 8. “Uzkoopvtormet” o‘ziga yuklatilgan vazifalarni hisobga olib va birlashmaning ustaviga muvofiq boshqaruv apparati tuzilishini va ish haqi to‘lash fondini mustaqil ravishda belgilasin, ularni ta’minlash o‘ziga qarashli bo‘linmalarning ajratmalari hisobidan amalga oshiriladi. Xodimlarning eng ko‘p soni 135 kishidan iborat qilib belgilansin. “Uzkoopvtormet”ga birlashma raisining to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishi tavsiya etilsin. 9. “Uzkoopvtormet”ga bir oy muddat ichida O‘zbekiston davlat metallurgiya sanoati konserni bilan kelishilgan, mazkur qaror, amaldagi normativlar hamda O‘zbekiston SSJ qonunlari hisobga olingan holda birlashma Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin. 10. “Uzkoopvtormet”ga mahsulotni eksportga va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun, belgilangan tartibga muvofiq, asbob-uskunalar, materiallar, tovarlar sotib olish bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga ruxsat etilsin.
193
4,967
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASIDA HAVO KEMALARIDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish, aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarning oldini olish, havo kemalarining parvozlari xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar oldida ularning hayotlari uchun javobgarlikni oshirish maqsadida buyuraman: 1. Vaqtincha 2011-yil 1 maygacha xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyaning talablariga muvofiq bo‘lmagan yoki 25 yil va undan ortiq bo‘lgan kalendar xizmat muddatini o‘tagan samolyotlar uchun: a) O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida ro‘yxatga olish; b) O‘zbekiston Respublikasi ekspluatant sertifikatiga xorijda ro‘yxatdan o‘tgan havo kemalarini kiritish to‘xtatilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
121
847
Qonunchilik
YuRIDIK ShAXS TAShKIL ETMAGAN HOLDA TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIDAN QAT’IY BELGILANGAN HAJMLARDA OLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMCh
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 610-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda) muvofiq qaror qilamiz: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003-yil 26-fevraldagi 37, 2003-33-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning daromadidan qat’iy belgilangan hajmlarda olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (2003-yil 3-aprel, ro‘yxat raqami 1230 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami 2004-y., 4-son, 50-modda; 31-son, 359-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror o‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
250
1,162
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh MUASSASALARINI MOLIYALAShTIRISh VA BOShQARISh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida sog‘liqni saqlashning boshlang‘ich bo‘g‘inini isloh qilish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida” 1999-yil 5-martdagi 100-son qaroriga muvofiq “Salomatlik-1” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Farg‘ona, Sirdaryo, Navoiy viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining uch tumanida qishloq vrachlik punktlarini, qishloq vrachlik ambulatoriyalari va feldsher-akusherlik punktlari komplekslarini (keyingi o‘rinlarda matnda “boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami-BTSYo qishloq muassasalari” deb yuritiladi) bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish mexanizmi joriy etilgan. Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami barcha qishloq muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmini yoyish va uni BTSYo ayrim shahar muassasalarida eksperiment sifatida joriy etish, shuningdek “Salomatlik-2” va “Ayollar va bolalar sog‘ligini mustahkamlash” dasturlari doirasida boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini boshqarishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. BTSYo qishloq muassasalarini: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida — 2005-yil 1-oktabrdan boshlab; Andijon, Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida — 2006-yil 1-yanvardan boshlab; Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida — 2007-yil 1-yanvardan boshlab bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish sharoitlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish nazarda tutilsin. 2. 2006-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari shaharlari va Toshkent shahrida BTSYo muassasalarini bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazilsin. Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari ko‘rsatib o‘tilgan eksperiment o‘tkazilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlasin.. 3. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sog‘liqni saqlashiga xarajatlar tarkibida moliyalashtirishning yangi shartlariga o‘tayotgan BTSYo muassasalari xarajatlari ulushi belgilangan tartibda amalga oshiriladigan indeksatsiya hisobga olingan holda keyinchalik ko‘paytirib borilgan holda oldingi yildan past bo‘lmagan darajada saqlanib qoladi. 4. Quyidagilar: Boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) qishloq muassasalarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) shahar eksperimental muassasalarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami eksperimental shahar muassasasining namunaviy ustavini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; “Salomatlik-2” (XTU) va “Ayollar va bolalar sog‘ligini mustahkamlash” (OTB) loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma byuro bilan birgalikda moliyalashtirishning yangi tartibi sharoitlarida qishloq va eksperimental shahar muassasalari tibbiyot xodimlari va ma’muriy-boshqaruv xodimlarini, shuningdek davolash va moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha barcha darajalardagi sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari rahbarlarini tayyorlashni ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, 2006-yil 1-martgacha, “Ayollar va bolalar sog‘ligini mustahkamlash” loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan OTB o‘rtasidagi qarz bitimiga muvofiq, tuman (shahar) sog‘liqni saqlash turg‘un muassasalarini bir to‘liq davolangan holat hisobidan kelib chiqib moliyalashtirishga o‘tkazishga doir takliflarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; eksperiment tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy, Qonliko‘l va Nukus tumanlarida hamda Xorazm viloyatining Bog‘ot, Yangiariq va Xonqa tumanlarida markazlashtirilgan buxgalteriya tashkil etish yo‘li bilan boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami qishloq muassasalarini moliyalashtirish modelini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin; 2007-yil 1-yanvargacha bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami shahar muassasalarini moliyalashtirish bo‘yicha eksperiment natijalarini umumlashtirsin va moliyalashtirishning ushbu modelini respublika boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami boshqa shahar muassasalariga joriy etishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida sog‘liqni saqlashning boshlang‘ich bo‘g‘inini isloh qilish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida” 1999-yil 5-martdagi 100-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. 3-poliklinika 6-poliklinika 8-poliklinika 12-poliklinika 1-markaziy poliklinika 2-poliklinika 3-poliklinika 4-poliklinika (bolalar uchun) 1-poliklinika (katta yoshdagilar uchun) 2-poliklinika (katta yoshdagilar uchun) 3-poliklinika 1-poliklinika (bolalar uchun) 2-poliklinika (bolalar uchun) 6 -poliklinika “Ipakchi” hududiy poliklinikasi “Yangi Marg‘ilon” hududiy poliklinikasi 1. Uchtepa tumani 6-poliklinika 8-poliklinika 56-poliklinika 10-poliklinika 30-poliklinika Markaziy poliklinika 2. Yunusobod tumani 31-oilaviy poliklinika Markaziy poliklinika 3. Yakkasaroy tumani 17-oilaviy poliklinika 19-oilaviy poliklinika 23-oilaviy poliklinika 45-oilaviy poliklinika Markaziy poliklinika Mazkur Nizom boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami qishloq muassasalarining bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan va ularni moliyalashtirish shartlaridan kelib chiqib moliyalashtirishga o‘tishi tartib-qoidasini belgilaydi. 1. BTSYo qishloq muassasalarining bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirishga o‘tishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ularni moliyalashtirishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga va viloyat hokimliklari sog‘liqni saqlash boshqarmalariga beradi. 2. Mahalliy sog‘liqni saqlash organlari ular hududida qishloq vrachlik punktlariga aylantirilmagan qishloq vrachlik ambulatoriyalari (QVA) qishloq uchastka kasalxonalari (QUK) va feldsher-akusherlik punktlari (FAP) mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning negizida QVP-FAP, QVA-FAP-komplekslari tashkil etadilar. QVP, QVP-FAP va QVA-FAP-komplekslari yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo)ning muassasalari hisoblanadi. 3. Qayta o‘zgartirish yo‘li bilan BTSYo qishloq muassasalarini tashkil etishda ilgari QVA, FAP va QUKga tegishli bo‘lgan barcha mol-mulk, shu jumladan binolar belgilangan tartibda ularning balansiga beriladi. 4. Qayta o‘zgartirilgan BTSYo qishloq muassasalari shtatlarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shtat normativlariga muvofiq amalga oshiriladi. 5. Aholini BTSYo qishloq muassasalariga biriktirish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rejalashtirilayotgan davr boshida mavjud bo‘lgan uchastkalar asosida tegishli tuman markaziy kasalxonasining bosh vrachi buyrug‘iga binoan amalga oshiriladi. BTSYo muassasalariga biriktirilgan aholining soni va tarkibi to‘g‘risidagi axborot tuman markaziy kasalxonasi bosh vrachi tomonidan tuziladi, aholining umumiy soni esa tuman statistika organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Bunda har qanday fuqaro tuman markaziy kasalxonasi bosh vrachini yozma ravishda xabardor qilib, tibbiy yordam olish uchun boshqa BTSYo muassasasini o‘z xohishicha tanlashga haqlidir. 6. BTSYo qishloq muassasalari budjetini rejalashtirish bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi asosida amalga oshiriladi. 7. Bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi har yili belgilanadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki viloyatlar hududiy doirasida yagona hisoblanadi hamda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: XBNs =VSBx O‘Us/ASs, bunda: XBNs — rejalashtirilayotgan yilga bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi; VSB — sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati, kapital qo‘yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlaridan tashqari rejalashtirilayotgan yilga Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki viloyatlar sog‘liqni saqlashining umumiy budjeti; O‘Us — rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvariga BTSYo qishloq muassasalariga biriktirilgan viloyat aholisi soni; ASs — hisobot davrida viloyat sog‘liqni saqlash budjetida viloyat qishloq BTSYo budjetining o‘rtacha ulushi (koeffitsiyentlarda). BTSYo qishloq muassasalari budjetini hisobot davridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati xarajatlari, kapital qo‘yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini istisno etgan holda viloyat sog‘liqni saqlash umumiy budjetiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda qishloq BTSYo budjetining o‘rtacha ulushi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sog‘liqni saqlash muassasalarini qayta tashkil etish hisobiga ko‘paytirilishi kerak. 8. Alohida olingan BTSYo muassasasini moliyalashtirishning yillik hajmi tuzatish koeffitsiyentlaridan (jins-yosh tarkibi va aholi zichligi) foydalanilgan holda bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi va BTSYo muassasasiga biriktirilgan aholi soni hisobidan kelib chiqib belgilanadi. 9. Har bir keyingi rejalashtiriladigan yilga bir kishiga xarajatlarning bazaviy normativi belgilangan tartibda aniqlanadigan indeksatsiya koefitsiyentlari hisobga olingan holda hisoblab chiqiladi. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat hokimliklari moliya boshqarmalari va sog‘liqni saqlash boshqarmalari BTSYo qishloq muassasalari budjetlarini hisoblab chiqadi va ularni belgilangan tartibda tumanlar moliya organlariga va BTSYo muassasalariga yetkazadi. 11. BTSYo qishloq muassasalari belgilangan tartibda moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan xarajatlar smetasi, shtat jadvalini ajratilgan budjet doirasida mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 12. BTSYo muassasalarining hisoblangan budjeti joriy faoliyat bo‘yicha ularning xarajatlarini qoplashi lozim. BTSYo qishloq muassasalarining imtiyozli retseptlar bo‘yicha beriladigan dori-darmonlar uchun xarajatlari tuman markaziy kasalxonasi budjetida nazarda tutiladi. BTSYo muassasalari uchun kapital qurilish va qimmat turadigan uskunalarni sotib olish xarajatlari bir kishi hisobiga xarajatlar normativi bo‘yicha moliyalashtirish tizimi doirasidan tashqarida nazarda tutiladi. 13. BTSYo qishloq muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish (ularni to‘lash) tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Hisobot yilining oxirida BTSYo muassasalari hisob raqamlarida qolgan mablag‘lar olib qo‘yilmaydi va ularni rivojlantirish uchun foydalaniladi. 14. BTSYo muassasasi tibbiy, iqtisodiy va ma’muriy faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish mudir tomonidan amalga oshiriladi. 15. Mudir shtat jadvalini mustaqil shakllantiradi, shtat normativlari va ajratilgan mablag‘ bilan ta’minlash miqdoriga muvofiq uni mutaxassislar bilan to‘ldiradi. 16. Mudir lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki tegishli viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan kelishilgan holda tuman markaziy kasalxonasi bosh vrachi tomonidan tayinlanadi. 17. BTSYo qishloq muassasalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tuman markaziy kasalxonasi bosh vrachi bilan kelishuv bo‘yicha BTSYo muassasasi mudiri tomonidan lavozimga tayinlanadigan moliyaviy menejerlar yuritadi. Agar eksperement tartibida bir nechta BTSYo muassasalariga xizmat ko‘rsatish uchun bitta moliyaviy menejer belgilangan taqdirda (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy, Qonliko‘l va Nukus tumanlari, Xorazm viloyatining Bog‘ot, Yangiariq va Xonqa tumanlari), u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki Xorazm viloyati hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan kelishuv bo‘yicha tuman markaziy kasalxonasi bosh vrachi tomonidan lavozimga tayinlanadi. 18. BTSYo muassasalarining moliya-buxgalteriya hisobotlarini yuqori turadigan instansiyalarga o‘z vaqtida taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish tuman markaziy kasalxonasiga yuklanadi. 19. Biriktirilgan hududdagi aholiga boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish vazifasini bevosita hal etish uchun javobgarlik tuman markaziy kasalxonasiga yuklanadi. Ushbu Nizom Marg‘ilon, Samarqand, Guliston shaharlarida va Toshkent shahrining Yakkasaroy, Uchtepa, Yunusobod tumanlaridagi boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami shahar muassasalarining (keyingi o‘rinlarda matnda “BTSYo ShE muassasalari” deb yuritiladi) eksperiment tartibida bir kishi hisobiga xarajatlar normativi bo‘yicha moliyalashtirishga va ularning faoliyat ko‘rsatish sharoitlariga o‘tishi tartib-qoidasini belgilaydi. 1. BTSYo ShE muassasalarining bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirishga o‘tishi uchun Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari ularni moliyalashtirishni ushbu viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari sog‘liqni saqlash boshqarmalariga beradilar. 2. Yuridik shaxslar bo‘lmagan boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami muassasalari o‘zlari kirgan yuridik shaxslar tarkibidan boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tarzida mustaqil yuridik shaxslar sifatida ajralib chiqadilar. 3. BTSYo ShE muassasalari shtatlarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shtat normativlariga muvofiq amalga oshiriladi. 4. BTSYo ShE muassasalariga aholini biriktirish: Marg‘ilon, Samarqand, Guliston shaharlarida — shahar markaziy kasalxonasi bosh vrachi buyrug‘i bo‘yicha; Toshkent shahrida — tegishli tuman sog‘liqni saqlash organi rahbarining buyrug‘i bo‘yicha amalga oshiriladi. Biriktirish rejalashtiriladigan davr boshiga BTSYo ShE muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan uchastkalar asosida ushbu Nizomga ilovaga asosan shakl bo‘yicha amalga oshiriladi. BTSYo ShE muassasalariga biriktirilgan aholi soni va tarkibi bo‘yicha axborotlar Marg‘ilon, Samarqand, Guliston shaharlari shahar markaziy kasalxonasi bosh vrachi, Toshkent shahrining tegishli tuman sog‘liqni saqlash organi rahbari tomonidan tayyorlanadi, aholining umumiy soni esa hududiy (tuman/shahar) statistika organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Bunda har bir fuqaro tegishli ravishda Marg‘ilon, Samarqand, Guliston shaharlarining shahar markaziy kasalxonasi bosh vrachini yoki Toshkent shahrining tegishli tuman sog‘liqni saqlash organini yozma ravishda xabardor qilgan holda tibbiy yordam olish uchun boshqa eksperimental BTSYo ShE muassasasini tanlash huquqiga egadir. 5. BTSYo ShE muassasalari budjetini rejalashtirish bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi asosida amalga oshiriladi. 6. Bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi har yili eksperimentda ishtirok etuvchi viloyatlarning har bir tumani (Toshkent shahar tumani) uchun alohida belgilanadi. Xarajatlarning bazaviy normativi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: XBNy = VSBy x O‘Uy / ASy, bunda: XBNy — rejalashtirilayotgan yil uchun bir kishi hisobiga xarajatlarning normativ bazasi; VSBy — sanitariya-epidemiologiya shoxobchalari, kapital qo‘yilmalar va rejalashtirilayotgan yil uchun markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlaridan tashqari, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash umumiy budjeti; ASy — rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvardagi holatiga ko‘ra BTSYo ShE muassasalariga biriktirilgan viloyat shaharlari/Toshkent shahri aholisi soni; O‘Uy — hisobot davrida tegishli viloyat/Toshkent shahar sog‘liqni saqlash budjetida BTSYo ShE muassasalari budjetining o‘rtacha ulushi (koeffitsentlarda). BTSYo ShE muassasalari budjetini hisobot davridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatlari, kapital qo‘yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini istisno etgan holda viloyatlar/Toshkent shahar sog‘liqni saqlash umumiy budjetiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda BTSYo ShE muassasalari budjeti o‘rtacha ulushi viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash muassasalarini qayta tashkil etish hisobiga ko‘paytirilishi kerak. 7. BTSYo ShE muassasalari alohida olingan yillik mablag‘ bilan ta’minlash miqdori bir kishiga bazaviy xarajatlar normativi hisobidan hamda BTSYo ShE muassasalariga biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, tuzatish koeffitsiyentlaridan (jins-yosh tarkibi va aholi zichligi) foydalangan holda aniqlanadi. 8. Har bir keyingi rejalashtirilayotgan yil uchun bir kishiga xarajatlarning bazaviy normativi belgilangan tartibda aniqlanadigan indeksatsiya koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda hisoblab chiqiladi. 9. Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari hokimliklari moliya va sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi BTSYo ShE muassasalari budjetlarini hisoblab chiqadi va belgilangan tartibda tumanlar (shaharlar) moliya organlariga yetkazadi. 10. BTSYo ShE muassasalari ajratilgan budjet doirasida moliya organlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan xarajatlar smetasi, shtat jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 11. BTSYo ShE muassasalarining hisoblab chiqilgan budjeti ularning joriy faoliyati bo‘yicha xarajatlarini qoplashi kerak. Imtiyozli retseptlar bo‘yicha dori-darmonlar bilan ta’minlash xarajatlari tegishli ravishda Marg‘ilon, Guliston, Samarqand shaharlarining shahar markaziy kasalxonalari hamda Toshkent shahar tegishli tumani sog‘liqni saqlash organi budjetlarida nazarda tutiladi. BTSYo ShE muassasalari uchun kapital qurilish va qimmat turadigan uskunalarni sotib olish xarajatlari bir kishi hisobiga xarajatlar normativi bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash tizimi doirasidan tashqarida nazarda tutiladi. 12. BTSYo ShE muassasalarini moliyalashtirish Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari tegishli tumanlari (shaharlari) hamda Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq har oyda bitta summada (xarajatlar guruhlariga bo‘lmasdan) amalga oshiriladi. Sog‘liqni saqlash budjetini ajratishda mahalliy moliya organlari birinchi navbatda BTSYo muassasalari uchun moliyaviy mablag‘lar ajratilishini ta’minlashi lozim. 13. BTSYo ShE muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish (ularni to‘lash) tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 14. Hisobot yilining oxirida muassasalar hisob raqamlarida qoladigan mablag‘lar olib qo‘yilmaydi va ularni rivojlantirish uchun foydalaniladi. 15. Boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining davolash, iqtisodiy va ma’muriy faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish BTSYo ShE muassasasi bosh vrachi tomonidan amalga oshiriladi. Bosh vrach shtat jadvalini mustaqil shakllantiradi, shtat normativlari va ajratilgan moliyalashtirish miqdoriga muvofiq uni mutaxassislar bilan to‘ldiradi. BTSYo ShE muassasasi bosh vrachi: Marg‘ilon, Samarqand, Guliston shaharlarida — viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan kelishuv bo‘yicha shahar markaziy kasalxonasi bosh vrachi tomonidan; Toshkent shahrida — Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan kelishuv bo‘yicha tuman sog‘liqni saqlash boshqarmasi organi tomonidan lavozimga tayinlanadi. 16. BTSYo ShE muassasalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini BTSYo ShE muassasasi bosh vrachi tomonidan lavozimga tayinlanadigan moliyaviy menejerlar yuritadi. Agar bir nechta BTSYo ShE muassasasiga xizmat ko‘rsatish uchun bitta moliyaviy menejer belgilangan bo‘lsa, u tegishli viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi yoki Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan lavozimga tayinlanadi. 17. BTSYo ShE muassasalarining moliyaviy-buxgalteriya hisobotlarini yuqori turadigan instansiyalarga o‘z vaqtida taqdim etish yuzasidan ishlarni muvofiqlashtirish: Marg‘ilon, Samarqand, Guliston shaharlarida — shahar markaziy kasalxonalariga; Toshkent shahrida — tegishli tuman sog‘liqni saqlash organlariga yuklanadi. 18. BTSYo ShE muassasalariga biriktirilgan hududdagi aholiga boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish vazifasini bevosita hal etish uchun javobgarlik Marg‘ilon, Samarqand va Guliston shaharlarining shahar markaziy kasalxonalari, shuningdek Toshkent shahrining tegishli tumanlari sog‘liqni saqlash organlariga yuklanadi.
134
20,877
Qonunchilik
“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi QL-407-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Fan to‘g‘risida”)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Fan to‘g‘risida”gi QL–407-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi
122
313
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Birinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 8-iyunda kiritilgan “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL–139-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 28-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL–146-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 16-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL–157-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 1-oktabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL–161-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
154
1,524
Qonunchilik
“Soliq maslahati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 14-noyabrda qabul qilingan “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
156
625
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va huquqiy jihatdan ishlab chiqish, ularning bajarilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish, shuningdek Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (keyingi o‘rinlarda MDH deb ataladi) mamlakatlari va tuzilmalari, Shanxay hamkorlik tashkiloti (keyingi o‘rinlarda ShHT deb ataladi) tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan tashqi aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatini ta’minlaydigan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga bo‘ysunadi. 4. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash va ishlab chiqishda ishtirok etish; qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amalga oshirilishining turkumlangan ma’lumotlar bankini shakllantirish va monitoringini olib borish; O‘zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari va tuzilmalari, ShHT tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan tashqi aloqalarni rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirish. 6. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini huquqiy ta’minlash sohasida: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini, shu jumladan xorijiy huquq amaliyoti misolida chuqur qiyosiy tahlil qilish asosida hamda ulardagi mavjud normalarni amalga oshirish aniq mexanizmlarining normativ-huquqiy hujjatlarda mavjudligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi hamda ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi va ularni tayyorlashni amalga oshiradi; qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini ta’minlash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi; qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli axborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari tomonidan kiritilgan nazorat rejalarini va tadbirlar rejalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va kelishishni amalga oshiradi; qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; qonun hujjatlarining tizimli hisobini yuritadi, qonun hujjatlari bo‘yicha ma’lumotnoma ishlarini tashkil etadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini qo‘llash bo‘yicha sharh hamda tushuntirishlarni tayyorlaydi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa kollegial maslahatlashuv organlari qarorlari loyihalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalariga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalarini, uning mutaxassislarini normativ-huquqiy hujjatlar matnlari, shuningdek qonun hujjatlari bo‘yicha ma’lumotnoma materiallari bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar materiallarini tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi buyruqlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati faoliyati bilan bog‘liq huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy bo‘limi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plamini nashr etishga tayyorlaydi; Boshqarmaning bevosita vazifa va funksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va chora ko‘rish uchun tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi; b) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalarini tayyorlash ishlarini tashkil qilish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarining bajarilishi monitoringi olib borilishini, ko‘rsatib o‘tilgan dasturlar amalga oshirilishining holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati muntazam xabardor qilinishini tashkil etadi; Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalari ular tomonidan muhokama etilishida qatnashadi, tegishli qonun loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari faoliyatini muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari ishlarini muvofiqlashtiradi; v) xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalarining ekspert jihatdan ishlab chiqilishini tashkil etish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xalqaro shartnomalar loyihalarining va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalarning belgilangan tartibda ekspert jihatdan ishlab chiqilishini tashkil etadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining loyihalarning sifatli ekspert jihatdan ishlab chiqilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtiradi; xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashni amalga oshiradi, ularni tayyorlashda ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosarlari topshirig‘iga ko‘ra Boshqarmaga tegishli sohaga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari rahbarlik qiladigan Hukumatlararo komissiyalar va qo‘mitalar majlislarida ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va tuzish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi; g) O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish hamda amalga oshirilishi monitoringini olib borish sohasida; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha axborotlarni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini shakllantirishni, yuritishni va muntazam ravishda yangilab borishni ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy davlatlar bilan shartnoma-huquqiy bazani xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning ahvoli to‘g‘risida turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini va tahliliy bazani shakllantirish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa davlat organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tahliliy va ma’lumotnoma materiallarni tayyorlaydi; d) O‘zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari va tuzilmalari, ShHT tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan tashqi aloqalarini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirish sohasida: vazirliklar va idoralarning MDH mamlakatlari va tuzilmalari, ShHT tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan tashqi aloqalarni rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirishda qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati bilan O‘zbekiston Respublikasining ShHT tuzilmalarida va boshqa xalqaro tashkilotlarda ishtirok etishi masalalarida o‘zaro hamkorlik qiladi; MDH va ShHT milliy koordinatorlari, ShHT kotibiyati, MDH, ShHT TQMTning ijro etuvchi qo‘mitalari va ushbu tashkilotlarning doimiy ishlaydigan boshqa organlari bilan O‘zbekiston Respublikasining hamkorligi masalalari, shuningdek MDH va ShHT doirasida turli darajadagi majlislarga axborot-tahliliy materiallar tayyorlash, tadbirlarning (DRX, HRK, TIVK va boshqalar) kun tartibidagi masalalar bo‘yicha respublika nuqtai nazarini aniqlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari ishlarini muvofiqlashtiradi; MDH, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatiga taalluqli bo‘lgan siyosiy, huquqiy va axborot xarakteridagi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va tashkilotlar qo‘shilishi, ulardagi ishtirokini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish masalalarini ishlab chiqishda qatnashadi; mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar faoliyati doirasida respublika vazirliklari va idoralari, shuningdek xorijiy tomonning xalqaro shartnomalarni amalga oshirishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi; mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar — ShHT, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlik holatining doimiy monitoringini olib boradi. Boshqarma belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. 7. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni, shu jumladan xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalarni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; tegishli materiallarni va hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirig‘iga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish; boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar va yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar, yig‘ilishlarda va xalqaro loyihalarda qatnashish; Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yozishmalarni yuritish; zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish; zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish. Boshqarmaning zarur materiallarni, ma’lumotlarni, axborotlarni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Boshqarma tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak. 8. Boshqarma: o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun; Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayyorlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizasining kompleksligi va sifati, xalqaro shartnomalar loyihalarining huquqiy ekspertizasi sifati, imzolanganidan keyin ularning amalga oshirilishi monitoringi ta’minlanishi, shuningdek Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish, MDH mamlakatlari va tuzilmalari, ShHT tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan tashqi aloqalarning rivojlantirililishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomining ta’minlanishi uchun javob beradi. 9. Boshqarma tuzilmasiga quyidagilar kiradi: huquqiy ekspertiza bo‘limi; tashqi aloqalarni rivojlantirish, siyosiy va madaniy-gumanitar sohalardagi xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo‘limi. Bo‘limlar tarkibiga bo‘lim mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar, inspektorlar kiradi. Boshqarma tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 10. Boshqarma ishlariga Boshqarma boshlig‘i rahbarlik qiladi. 11. Boshqarma boshlig‘i, bo‘limlar mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Boshqarma xodimlariga oldingi ish joyida unga berilgan uzoq muddat ishlaganligi uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qo‘shimcha haq, martaba darajalari saqlanib qoladi. Boshqarmada ishlangan vaqt martaba darajalari va uzoq muddat ishlaganligi uchun ustamalar olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi. Bunda uzoq muddat ishlaganligi uchun ustamalar va lavozim maoshlariga qo‘shimcha haqlar uchun xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 12. Boshqarma ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boshqarmaning ish rejalari, boshliqning, bo‘limlar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Boshqarmaning ish rejalari va Boshqarma boshlig‘ining shaxsiy ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi. Bo‘lim mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Boshqarmaning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining va o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati, Boshqarma majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali tashkil etiladi. 13. Boshqarma boshlig‘i: Boshqarmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘limlar mudirlari va mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tashkil etilishini ta’minlaydi, ko‘rsatilgan loyihalarga viza qo‘yadi va ular bo‘yicha ekspert xulosalarni imzolaydi; Boshqarma yurituvi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi va tayyorlaydi; qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi; xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflar va xalqaro shartnomalar loyihalarining ekspert jihatidan ishlab chiqilishini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amalga oshirilishining turkumlashgan ma’lumotlar banki shakllantirilishini va monitoringi olib borilishini tashkil qiladi; O‘zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari va tuzilmalari, ShHT tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan tashqi aloqalarni rivojlantirish masalalari ishlab chiqilishini tashkil etadi; Boshqarmaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa kollegial kengashuvchi organlar majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan va ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori talab etilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlariga va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; Boshqarma kadrlar zaxirasini shakllantiradi, tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ko‘rib chiqishi uchun kiritadi, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish choralarini ko‘radi, shuningdek ularni rag‘batlantirish yoki ularga tanbeh berish bo‘yicha takliflar kiritadi; Boshqarmaning ish rejasi ishlab chiqilishini va uning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etadi; Boshqarma yurituvi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazadi; normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashning sifati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yuridik xizmatlari va boshqa bo‘linmalari ishlarining holati va natijadorligini o‘rganishni tashkil qiladi, zaruriyat bo‘lganda ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi; Boshqarmaning bo‘lim mudirlari va mutaxassislari o‘rtasida vazifalar taqsimotini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlash uchun kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amal qiladigan Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi; chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 14. Boshqarma boshlig‘i vaqtincha bo‘lmaganda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilanadigan bo‘lim mudirlaridan biri bajaradi. 15. Bo‘lim mudiri o‘ziga birkitilgan masalalar yuzasidan: bo‘limga bevosita rahbarlik qiladi va Boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda bo‘limdagi ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi; materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini va tayyorlanishini tashkil etadi, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarga viza qo‘yadi va ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi; siyosiy va madaniy-gumanitar sohalardagi normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda va ekspertizadan o‘tkazishda bevosita qatnashadi, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlanishini ta’minlaydi; MDH mamlakatlari va tuzilmalari, ShHT tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan tashqi aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha materiallar va hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi; normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi, Boshqarma boshlig‘iga normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi; tegishli masalalar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini nazorat qiladi; materiallar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi; respublika qonunchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning tegishli sohalaridagi mavjud muammolarni, takrorlanishlarni, ziddiyatlarni va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Boshqarma boshlig‘iga taqdim etadi; Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini xatlovdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralarda qatnashadi, siyosiy va madaniy-gumanitar sohalarda xalqaro shartnomalarni xatlovdan o‘tkazishni muntazam ravishda tashkil etadi, shuningdek, Boshqarma boshlig‘iga ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etadi; o‘zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari va kollegial maslahatlashuv organlari majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi; jismoniy va yuridik shaxslarning Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari va boshqa bo‘linmalarining normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashning sifati bo‘yicha ishlarining holati va natijadorligini o‘rganadi, zarurat bo‘lganda ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi; Boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi; Boshqarma boshlig‘iga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi; mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga tanbeh berish to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga takliflar taqdim etadi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. Bo‘lim mudiri vaqtincha bo‘lmaganda uning vazifasini Boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilanadigan bo‘lim bosh mutaxassislaridan biri bajaradi. 16. Boshqarmaning bosh mutaxassisi o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha: materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishi, ularning sifatli ishlab chiqilishi va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazorat ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini va boshqa materiallarni o‘rganadi, ularni ekspert jihatidan ishlab chiqadi, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlaydi; tegishli masalalar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratadi va yuritadi, ularni muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab boradi; xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi; xalqaro shartnomalar ma’lumotlarining tizimlashtirilgan bankini yuritadi, ularning muntazam yangilab borilishini amalga oshiradi; MDH mamlakatlari va tuzilmalari, ShHT tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan tashqi aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha materiallar va hujjatlarni tayyorlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari va boshqa bo‘linmalarining normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlanishi sifati bo‘yicha ishlarining holati va natijadorligini o‘rganadi, zarurat bo‘lganda ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi; materiallar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning o‘rinbosarlariga axborot beradi; qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini talqin qilish va tushuntirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga taqdim etadi; mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha tegishli ma’lumotnomalar va tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa kollegial organlar majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga tayyorlash, shuningdek ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama etish uchun yig‘ilishlar o‘tkazadi; vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 17. Boshqarmaning yetakchi mutaxassisi o‘ziga birkitilgan masalalar yuzasidan: materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishi, ularni ishlab chiqishning sifati va topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazorat ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘rganadi, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallarni, ekspert xulosalarni tayyorlaydi; tegishli masalalar bo‘yicha ma’lumotlarning tizimlashtirilgan bazalarini tashkil etadi va yuritadi, ularni muntazam to‘ldirib va yangilab boradi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning sifati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yuridik xizmatlari va boshqa bo‘linmalari ishlarining holati va natijadorligini o‘rganadi, zarurat bo‘lganda ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi; materiallar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga, tegishli bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning o‘rinbosariga axborot beradi; qonun hujjatlarini va huquqiy qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini talqin qilish va tushuntirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi hamda Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga taqdim etadi; mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha tegishli ma’lumotnoma va tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari va boshqa kollegial maslahatlashuv organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri yoki tegishli bosh mutaxassis bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqishga materiallarni tayyorlash uchun, shuningdek ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun yig‘ilishlar o‘tkazadi. Vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 18. Inspektorlar: Boshqarmada va bo‘limlarda ish yuritilishini ta’minlaydilar; Boshqarma va bo‘limlarda hujjatlar o‘tishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar; normativ-huquqiy hujjatlar arxivini shakllantirish va yuritishni amalga oshiradilar; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plamlarini texnik jihatdan tayyorlashni amalga oshiradilar; arxivga topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlarning yig‘majildlari va loyihalarini texnik jihatdan saralashni amalga oshiradilar; yig‘majildlarni tayyorlashni va o‘z vaqtida arxivda saqlashga topshirishni ta’minlaydilar; o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari hamda Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2009-yil 26-noyabrdagi 302-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 11-son, 73-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori)” 2011-yil 6-sentabrdagi 248-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 74-modda) ilovaning 13-bandi. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-378-son Qonuni)” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati QHT, 2015-y., 3-son, 22-modda) ilovaning 14-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-maydagi 250-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 57-modda) 7-ilovaning 2-bandi.
176
44,151
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida xarbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2018-yil 14-maydagi 122-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3019, 2018-yil 1-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 22-son, 466-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rik o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 15-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tish to‘g‘risidagi nizomga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
181
2,175
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi to‘g‘risida. 2. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-649-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 3. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-650-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 4. “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida (uchinchi o‘qish).
94
902
Qonunchilik
Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyundagi PF-5087-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyundagi PQ-3068-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 611-band qo‘shilsin: “611. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
250
1,369
Qonunchilik
1995-yilda paxta yig‘im-terim mavsumini o‘tkazishning tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlari to‘g‘risida
1995-yil paxta hosilini yig‘ishtirib olishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, paxta terish texnikasidan foydalanishning yangi shakllariga o‘tishi amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Korakalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar xokimliklari, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Uzmashsanoat” uyushmasi moddiy-texnika baza paxta xomashyosini yig‘ishtirib olishga tayerlab qo‘yilishini shu yil 20-avgustgacha tugallashni hamda paxta yig‘im-terim mavsumi yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilishini ta’minlasinlar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1995-yil paxta va boshoqli don ekinlari hosilini yetishtirish va davlatga sotishni iqtisodiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 13-yanvardagi Farmoniga muvofiq paxta tayerlash bo‘yicha belgilangan topshiriqni bajargan xo‘jaliklar ixtiyerida qoldiriladigan paxta mahsuloti ulushi uning xarid hajmining 40 foizigacha oshirilganligi, paxta tolasiga davlat buyurtmasi esa 60 foizgacha pasaytirilganligi ijro etish uchun kabul qilinsin. 3. 1995-yil hosili paxtasining xarid narxlari paxta tolasining ulg‘urji narxlari jahon narxlarining kamida 60 foizini tashkil etishidan kelib chiqib belgilansin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘n kun muddatda paxta xomashyosinipg yangi xarid narxlari preyskurantlarini ishlab chiqsinlar va tegishli vazirliklar va idoralarga yetkazsinlar. 4. Hosilni yigishtirib olishda moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish uchun xo‘jaliklarga paxta hosilini yig‘ishtirib olishda quyidagi miqdorlarda hak to‘lash tavsiya etilsin: ikki qatorli paxta terish mashinasida terilgan konditsion og‘irligi 1 tonna bo‘lgan paxta uchun — kamida 30 so‘m, to‘rt qatorli mashinada terilg‘anda — 20 so‘m; yo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun — kamida 1 so‘m 20 tiyin. Yig‘im-terim ishlarida band bo‘lganlar bilan har besh kunda va o‘n kunda hisob-kitob qilinsin. Ho‘jaliklar rahbarlarining e’tibori paxta terish uchun eng yuqori sortli paxta eng ko‘p terib olinishi uchun terimchilarni rag‘batlantirishni nazarda tutgan holda yigim-terim mavsumining boshlab belgilanishi kerakligiga qaratilsin. Markaziy bank, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “O‘eoanoatqurilishbank”, Uztadbirkorbank”, “Mevasabzavotbank” terimchilar bilan, shuningdek paxtani yuklash, transportda tashish va joylashtirishda, paxta terimi texnikasiga texnika xizmati ko‘rsatish va tueatishda band bo‘lgan xodimlar bilan o‘z vaktida hisob-kitoblar qilish uchun xo‘jaliklarni naqd pul bilan ta’minlasinlar. 5. Kishloq xo‘jaligi vazirligi (Xusanov), “O‘zkimesanoat” uyushmasi Yusupbekov, Koraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar” hokimliklari xo‘jaliklarga defoliantlar keltirishni va g‘o‘zaning bargini to‘qishni 1-ilovaga muvofiq hajmlarda muddatlarda o‘tkazishni ta’minlasinlar. 6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (Rafiqov) “Uzagrokimeservis” uyushmasining buyurtmanomalari bo‘yicha g‘o‘za bargini o‘qish uchun yetarli miqdorda samoletlar va vertoletlar ajratsin. zarur eqilgi zahiralari tashkil etsin. 7. Qishloq ho‘jaligi vazirligi (Husanov), “O‘zqishlokxo‘jalikta’minot” kuzatish”, davlat-kooperativ qo‘mitasi (Jabborov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari: shu yilning 20-avgustiga qadar paxta terish texnikasini to‘liq tayer holga keltirsinlar, shu jumladan, mashinalarni traktorlarga tirkash, yuklash-transportda tashish vositalarini tayerlash, terish-transportda tashish otryadlarini mexanizatorlar va uzatish-xizmat ko‘rsatish xodimlari bilan butlash ishlarini amalga oshirsinlar. Xo‘jaliklarda va tuzatish korxonalarida dvigatellar, gazellar va agregatlarni, boshqa zarur materiallarni ayirboshlash fondlari tashkil etsinlar. Har bir paxta terish mashinasini ishga qo‘yishning texnikaviy talablariga muvofik ular tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda komissiya tomonidan qabul qilinishini tashkil etsinlar; paxta terish mashinalaridan unumli foydalanish maqsadida ularni terim-transport otryadlari tarkibida jamlasinlar va ishlashini tashkil etsinlar. 8. “O‘zmashsanoat” uyushmasi (Sobirov) “O‘zqishloqxo‘jalikta’minot- tuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining buyurtmanomalariga muvofiq va ho‘jaliklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 1995-yilda 5000 paxta terish mashinasi, shu jumladan 1-oktabrgacha 3000, shuningdek traktorlar, pritseplar, ko‘sak terish mashinalari va ehtiyet qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni ta’minlasin. “O‘zkishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ, qo‘mitasi (Jabborov) yangi paxta terish mashinalari bazasida mashina-traktor parklari tashkil etish uchun bu mashinalarni Jizzax (800 ta), Sirdare (600 ta) va Kashqadare (600 ta) tuman kishloq xo‘jaligi ta’minot-tuzatish birlashmalari balansiga qabul qilsin, zarurat bo‘lganda xo‘jaliklardagi mavjud mashinalar ham ularga jamlansin. 9. Moliya vazirligi bir hafta muddatda; “O‘zkishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasiga — terim mashinalari sotib olishga; “O‘zagrokimeservis” uyushmasiga — defoliantlar, mineral o‘gitlar va pestitsidlar sotib olishga; “O‘zdavpaxtasapoatsotish” uyushmasiga — xo‘jaliklardan xarid qilinadigan 1995-yil paxta hosiliga avans berishga qo‘shimcha oborot mablag‘larni bosqichma-bosqich ajratish to‘g‘risida taklif kiritsin. 10. Paxta yig‘im-terim mavsumi boshlangunga qadar Jizzax viloyatiga 110 ta paxta terish mashinasi, shu jumladan Andijon viloyati xo‘jaliklaridan 50 ta mashina, Farg‘ona viloyatidan 60 ta mashina va Namangan viloyati xo‘jaliklaridan Sirdare viloyatiga 100 ta mashina o‘tkazilsin, ushbu mashinalar keyinchalik “O‘zqishloqxo‘jalikta’minot tuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi tomonidan qoldik qiymat bo‘yicha sotib olinsin. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Husanov), Jizzax va Sirdare viloyatlari hokimliklari paxta terish texnikasini o‘tkazish va ulardan foydalanishga shartnomalar tuzish, ularni xo‘jaliklarga biriktirish bilan bog‘lik barcha masalalarni hal etsinlar. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Jabborov) o‘tkazilgan paxta terish mashinalariga texnika xizmati ko‘rsatilishini va ular tuzatilishini ta’minlasin, o‘lar uchun ehtiyet qismlarning zarur zaxirasini tashkil etsin. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi (Ermetov) paxta terish texnikasiga vagonlar birinchi navbatda ajratilishini ta’minlasin, yuklarning boshqa davlatlar hududidan o‘tganligi uchun o‘zaro hisob-kitoblar masalalarini hal etsin. 11. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov) paxta terish mashinalarini tirkash uchun traktorlarni o‘z vaqtida tayerlash uchun yig‘im-terim mavsumi boshlangunga kadar “O‘zkishloqho‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining raznaryadkalari bo‘yicha xo‘jaliklarga yetkazib berish uchun Minsk motor va Vladimir traktor zavodlaridan 1000 tadan dvigatel keltirsin. 12. “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi (Zikriyeev) yig‘im-terim mavsumi boshlangunga qadar paxta yetishtiruvchi ho‘jaliklarga xarid qilinadigan paxta qiymatining 25 foizigacha bo‘lgan miqdorda avans berilishini ta’minlasin, summaning qolgan qismi bo‘yicha hisob-kitob qilishni paxta tayerlov punktlariga tekshirilgandan keyin muntazam amalga oshirsin. 13. “O‘edavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishlok xo‘jaligi vazirligi 1995-yil hosilidan olingan paxtani qayta ishlash jadvalini ishlab chiqsin, bu ishni 1996-yil 1-iyuldan kechiktirmay tugallashni nazarda tutsin. 14. “O‘zmashsanoat” uyushmasi (Sobirov) va “O‘zqishloqxo‘jalik- ta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Jabborov) paxta terish texnikasini mavsumga tayerlashni tugallashda xo‘jaliklarga texnikaviy erdam ko‘rsatish hamda uning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zavodlarni viloyatlarga 2-ilovaga muvofiq biriktirsinlar. 15. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) yonilg‘i-moylash materiallari 1995-yil sentyabr — noyabr oylarida qishloq xo‘jaligiga va paxta tozalash sanoatiga yig‘im-terim va transport ishlarini, kuzgi shudgorlash va kuzgi don ekinlari ekishni uzluksiz o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hajmlarda yetkazib berilishini ta’minlasinlar. 16. Paxta terimi mavsumiga tayergarlik ko‘rishni tugallash va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida 3-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin. 17. O‘zbekbirlashuv, “O‘zbeksavdo” va “Yog‘moytamakisanoat” uyushmalari, “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi qishloq aholisini va paxta terimi qatnashchilarini eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalalarini o‘z vaqtida hal etsinlar. 18. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saklash vazirligi (Karimov) paxta yig‘im-terimida band bo‘lgan xodimlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlarini belgilasin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirlign (Hayitboyev) hosilni yig‘ishtirib olish davrida terimchilarga madaniy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin, san’at ustalari, ezuvchilar va shoirlarning xo‘jaliklarga borishlarini nazarda tutsin. 20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklapsin.
102
9,249
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 1-martdagi PP-1929-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyati samaradorligini oshirish, uni o‘z joriy xarajatlarini o‘zining hisobidan moliyalashga bosqichma-bosqich o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 1-martdagi PQ-1929-sonli qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “v 2013 — 2016 godax” so‘zlari “v 2013 — 2018 godax” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. 3-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
183
709
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. 2015-yil 10-iyul kuni Ufa shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Kengashi yig‘ilishida imzolangan chegara masalalari bo‘yicha Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning hamkorligi va bahamjihat harakat qilishi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
42
1,006
Qonunchilik
KORXONALARDA MEHNATKAShLAR VAKILLARINING HUQUQLARINI HIMOYA QILISh VA ULARGA BERILADIGAN IMKONIYATLAR TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYANI RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: Korxonalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin.
156
276
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 15-iyundagi 13/6-son qarori (ro‘yxat raqami 1602, 2006-yil 24-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandda: quyidagi mazmundagi o‘ttiz uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “29896 — Boshqa majburiyatlar”; o‘ttiz uchinchi xatboshi o‘ttiz to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. 6-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin: “v) inkassatorlar orqali yig‘ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi naqd pul boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ning shu hududdagi bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli bo‘lsa: Debet 19903 — “Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar” Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar”. 3. 10-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag‘lari shu hududda bosh banki yoki filiali bo‘lmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli bo‘lsa, unda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29816 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar” Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar”. 4. 13-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi shu hududda bosh banki yoki filiali bo‘lmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli bo‘lsa va u shartnomada kelishilgan shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar” Kredit 19935 — “Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomadlar”. 5. 14-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “shu hududda bosh banki yoki filiali bo‘lmagan bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga tegishli bo‘lgan naqd pul bo‘yicha mablag‘lar qayta sanash kassasida sanab bo‘lingandan keyin, elektron memorial order shakllantirilib, vakillik hisobvarag‘idan shu kunning o‘zida elektron to‘lov tizimi orqali o‘tkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali) Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)”. 6. 15-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)ga elektron to‘lov tizimi orqali mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi: Debet 29896 — “Boshqa majburiyatlar” (16103 — “Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar” hisobvarag‘i orqali) — naqd pulni qabul qilgan tijorat banki (filiali) Kredit 29896 — “Boshqa majburiyatlar” — boshqa hududda joylashgan tijorat banki (filiali)”. 7. IV bob quyidagi mazmundagi 281-band bilan to‘ldirilsin: “281. Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berishda Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2912, 2017-yil 16-avgust) belgilangan buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi.”. 8. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “33. Pul almashtirish shoxobchasi sotib olingan xorijiy valyutaning “09009” ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan alohida har bir xorijiy valyutadagi umumiy summasiga: Debet 10103VVV — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” Kredit 17101VVV — “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”. 9. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “48. 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari” hisobvarag‘i qoldig‘i berkitilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki 29896 — “Boshqa majburiyatlar” Kredit 10109 — “Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari”.
143
4,494
Qonunchilik
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMA YoZUVLARINING ShAKLLARI VA ULARNI TO‘LDIRISh BO‘YIChA QOIDALARNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 119-son “Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yig‘imi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 17-son, 193-modda) muvofiq buyuraman: 1. Quyidagilar: Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari shakllarini to‘ldirish qoidalari 1-ilovaga muvofiq; Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi 2-ilovaga muvofiq; Nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi 3-ilovaga muvofiq; Nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi 4-ilovaga muvofiq; O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B.Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S.Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D.Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” – “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari rahbarlari 2012-yilning noyabr-dekabr oylarida belgilangan grafiklar asosida FHDY organlari xodimlari va fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini mukammal o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-oktabrdagi 229-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami 2018, 2009-yil 14-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 42-son, 455-modda) va 2011-yil 19-oktabrdagi 242-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirish kiritish haqida”gi (ro‘yxat raqami 2018-1, 2011-yil 19-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 42-son, 458-modda) buyruqlari 2013-yil 1-dekabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari Q. Tog‘ayev zimmasiga yuklansin. Mazkur Qoidalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini (bundan buyon matnda dalolatnoma yozuvlari deb yuritiladi) to‘ldirish tartibini belgilaydi. 1. Dalolatnoma yozuvlari ikki nusxada tuziladi. 2. Dalolatnoma yozuvlarini qayd etish “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvlari davlat tilida kompyuter vositasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida to‘ldiriladi. 3. Dalolatnoma yozuvlarining barcha qatorlari qisqartirishlarsiz (umumiy qabul qilingan qisqartmalardan tashqari), to‘liq va xatosiz to‘ldirilishi kerak. 4. Dalolatnoma yozuvining raqami, uni qayd etish vaqti (kun, oy, yil), shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining (bundan buyon matnda FHDY organi deb yuritiladi) nomi axborot tizimida avtomatik ravishda to‘ldiriladi. 5. Dalolatnoma yozuvlarining “Tug‘ilgan joyi”, “Doimiy yashash joyi”, “Vafot etgan joyi” qatorlaridagi “davlat”, “viloyat, shahar”, “tuman, shahar” nomlari axborot tizimida tanlash orqali kiritiladi. Masalan: “davlat” qatoriga O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Turkiya. 6. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Tug‘ilgan sanasi” qatori fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnoma (bundan buyon matnda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar deb yuritiladi) asosida to‘ldiriladi (kun, oy va yil raqam bilan yoziladi). 7. Dalolatnoma yozuvlarining “Millati” qatori shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida to‘ldiriladi. Chet el fuqarolariga nisbatan dalolatnoma yozuvlari qayd etilayotganda, millatidan tashqari mazkur shaxsning qaysi davlat fuqarosi ekanligi ham ko‘rsatiladi. Bunda, uning millati haqida ma’lumot bo‘lmagan taqdirda fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumot yoziladi. 8. Dalolatnoma yozuvlarining “Fuqaroligi” qatoriga shaxsning qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi ko‘rsatiladi. Shaxsning fuqaroligi bo‘lmagan taqdirda, mazkur qatorga “fuqaroligi yo‘q” deb yozib qo‘yiladi. 9. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Berilgan guvohnoma seriyasi” qatoriga berilgan gerbli guvohnomaning seriyasi va raqami yoziladi. 10. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish yoki qo‘shimchalar kiritilganda, shuningdek guvohnomalar takroriy berilganda, bu haqidagi yozuvlar dalolatnoma yozuvlaridagi “Belgilar uchun” qatoriga qayd etiladi. Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish yoki qo‘shimchalar kiritilganda, mazkur o‘zgartirish (tuzatish yoki qo‘shimchalar) dalolatnoma yozuvining qaysi qatorlariga va qanday asoslarga ko‘ra kiritilganligi to‘g‘risida izoh yozilib, ushbu o‘zgartirish (tuzatish yoki qo‘shimchalar) qayd etilgan vaqt (kun, oy, yil), shuningdek berilgan guvohnomaning seriyasi va raqami ko‘rsatiladi. Guvohnomalar takroriy berilganda, takroriy berilgan guvohnomaning berilgan vaqti (kun, oy va yil), seriyasi va raqami ko‘rsatiladi. Dalolatnoma yozuvlaridagi “Belgilar uchun” qatoriga mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan yozuvlar kiritilgandan so‘ng, ushbu yozuvlar axborot tizimida avtomatik ravishda saqlanadi. Bunda, o‘zgartirish kiritilayotgan dalolatnoma yozuvining qog‘ozga chop etilgan (to‘ldirilgan) nusxasiga ham tegishli yozuvlar kiritiladi hamda FHDY organi xodimi ismining bosh harfi va familiyasi yozilib, ushbu xodim tomonidan imzolanadi, shuningdek gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. 11. Dalolatnoma yozuvi to‘ldirilgandan so‘ng avtomatik ravishda axborot tizimida saqlanadi, shuningdek uning nusxasi qog‘ozga chop etilib FHDY organi mudiri va inspektori tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. 12. 1 — 3-qatorlarga tug‘ilgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi yoziladi. 13. “4. JShShIR” qatoriga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritiladi. 14. “5. Jinsi” qatoriga bolaning jinsi to‘g‘risidagi ma’lumot axborot tizimida “erkak”, “ayol” yoxud “noma’lum” degan so‘zlardan birini tanlash orqali kiritiladi. 15. “6. Tug‘ilgan sanasi, vaqti, vazni va bo‘yi” qatoriga bolaning tug‘ilgan kuni, oyi, yili, soati va daqiqasi raqam bilan yoziladi, vazni va bo‘yi tibbiyot ma’lumotnomasi asosida to‘ldiriladi. 16. “8. Nechta bola tug‘ildi” qatoriga tug‘ilgan bolaning (bolalarning) soni raqam bilan yoziladi. Agar bittadan ortiq bola tug‘ilgan bo‘lsa, mazkur qatorga tirik tug‘ilgan bolalarning soni yoziladi. 17. 9-qatorga bolaning o‘lik yoki tirik tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimida “tirik” yoki “o‘lik” degan so‘zlardan birini tanlash orqali kiritiladi. Bittadan ortiq bola tug‘ilgan bo‘lib, ulardan biri o‘lik tug‘ilgan, qolgani tirik tug‘ilgan bo‘lsa, u holda har bir bolaga alohida dalolatnoma yozuvi qayd etiladi. 18. “10. Onaning nechanchi bolasi” qatoriga onaning ilgari tug‘ilgan bolalarining (shuningdek, vafot etgan bolalarining) soni qo‘shilgan holda hisoblanib, dalolatnoma yozuvi qayd etilayotgan bola onaning nechanchi bolasi ekanligi raqam bilan yoziladi. Bunda, o‘lik tug‘ilgan bolalar soni hisobga kiritilmaydi. Ikki yoki undan ortiq bolalar tug‘ilganda, dalolatnoma yozuvlari tartib bilan ro‘yxatga olinadi. 19. “11. Tibbiy ma’lumotnoma” qatoriga tibbiy ma’lumotnomaning soni, berilgan vaqti (kun, oy va yil) raqam bilan yoziladi. Tibbiy ma’lumotnomani bergan tibbiyot muassasasining nomi to‘liq yoziladi. Masalan: № 15; 10.03.2022-y., Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tuman 6-sonli akusherlik kompleksi (majmuasi). 20. 12 — 19-qatorlarga bolaning ota-onasi haqidagi ma’lumotlar ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (qonuniy nikohda turgan ota-onalar uchun) asosida to‘ldiriladi. Bunda, qonuniy nikohda turgan ota-onalar tomonidan nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma taqdim etilmaganda, dalolatnoma yozuvining ushbu qatorlari ota-onaning avvalgi bolalarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlari asosida to‘ldiriladi. 21. Bola yolg‘iz (nikohda bo‘lmagan) onadan tug‘ilganda, bolaning otasi haqidagi ma’lumotlar onaning ko‘rsatmasiga asosan to‘ldiriladi. Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvini qayd etishda yolg‘iz ona shaxsan ishtirok etolmagan taqdirda (bolaning otasi ham ishtirok etmasa), bolaning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi. 22. “19. Otasi haqida ma’lumotni yozish uchun asos” qatorining: “a) nikoh qachon va qayerda qayd etilgan” bandida ota-onaning nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki ma’lumotnomasiga asosan nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvining raqami, qayd etilgan kuni, oyi va yili raqam bilan hamda FHDY organining nomi to‘liq yoziladi. Nikoh boshqa davlatda qayd etilgan bo‘lsa, ushbu bandda nikoh qayd etilgan davlat, shuningdek uni qayd etgan organning nomi ham yoziladi; “b) otalikni belgilash to‘g‘risida ariza” bandida arizaning ro‘yxatga olingan (kirim) raqami va vaqti (kun, oy, yil) raqam bilan to‘ldiriladi; “d) onaning arizasi” bandida yolg‘iz ona arizasining ro‘yxatga olingan (kirim) raqami va vaqti (kun, oy, yil) raqam bilan to‘ldiriladi. 23. “20. Ariza bilan murojaat qilgan shaxsning F.I.O., imzosi (aloqadorligi)” qatoriga tug‘ilganlikni qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi murojaat qilgan shaxsning so‘ziga asosan qisqartirishlarsiz, to‘liq yoziladi hamda dalolatnoma yozuvining qog‘ozda chop etilgan nusxasi ariza muallifi tomonidan imzolanadi. Masalan: Rahmonov Aziz Rustamovich (bobosi), imzo. 24. 1 — 3-qatorlarda nikohlanuvchilarning nikohgacha va nikohdan keyingi familiyasi, ismi, otasining ismi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida qisqartirishlarsiz ko‘rsatiladi. 25. “Nikohdan keyingi familiyasi” qatori nikohlanuvchilarning o‘z xohishlariga ko‘ra nikohga kirish haqidagi arizalari asosida to‘ldiriladi. 26. “5. Yoshi” qatori nikohlanuvchilarning tug‘ilgan vaqtidan (kun, oy, yil) kelib chiqib, axborot tizimi orqali avtomatik ravishda to‘ldiriladi. 27. “10. Oilaviy ahvoli” qatoriga nikohlanuvchilarning oilaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlar axborot tizimida “nikohda bo‘lmagan”, “tul” yoxud “ajrashgan” degan so‘zlardan birini tanlash orqali kiritiladi. 28. “11. Umumiy farzandlar soni” qatoriga nikohlanuvchilarning umumiy farzandlari bo‘lsa, ularning soni yoziladi. Nikohlanuvchilarning umumiy farzandlari bo‘lmasa, ushbu qatorga “yo‘q” deb yoziladi. 29. “12. Doimiy yashash joyi” qatori nikohlanuvchi shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida to‘ldiriladi. 30. “13. Taqdim etilgan hujjatlar” qatoriga nikohlanuvchi shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining seriyasi va raqami yoziladi. 31. 14-qator bilan nikohlanuvchilar tanishtiriladi. 32. “15. Nikohga kiruvchilarning nikohgacha familiyasi va imzosi” qatoriga nikohlanuvchilarning nikohgacha bo‘lgan familiyalari yoziladi hamda dalolatnoma yozuvining qog‘ozga chop etilgan nusxasi nikohlanuvchilar tomonidan imzolanadi. 33. “16. Guvohlarning familiyasi va imzosi” qatoriga, nikoh nikohlanuvchilarning xohishiga ko‘ra guvohlar ishtirokida qayd etilganda, guvohlarning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi hamda dalolatnoma yozuvining qog‘ozga chop etilgan nusxasi nikohlanuvchilar tomonidan imzolanadi. 34. “18. Belgilar uchun” qatorida quyidagilardan biri ko‘rsatiladi: ilgari nikohda bo‘lgan shaxsning avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat; nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma; sudning nikohdan ajratish haqidagi hal qiluv qarori; sudning nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori; er (xotin)ning o‘limi haqidagi guvohnoma. Shuningdek, mazkur qatorda nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi guvohnomalar qayd etilgan sana, dalolatnoma yozuvining raqami va qaysi FHDY organida ro‘yxatga olinganligi, sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, uning sanasi hamda qaysi sud tomonidan chiqarilganligi ko‘rsatiladi. 35. 1 — 3-qatorlarga nikohdan ajralish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida qisqartirishlarsiz yoziladi. 36. “Nikohdan ajralgandan keyingi familiyasi” qatori er yoki xotinning nikohdan ajralish haqidagi arizasida ko‘rsatilgan nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytish to‘g‘risidagi xohishiga asosan to‘ldiriladi. Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroriga asosan nikohdan ajralishni qayd etish haqida er yoki xotindan biri FHDY bo‘limiga murojaat qilgan vaqtda FHDY organiga kelmagan er yoki xotinning “Nikohdan ajralgandan keyingi familiyasi” qatori to‘ldirilmaydi. 37. “5. Yoshi” qatori nikohdan ajralayotganlarning tug‘ilgan vaqtidan (kun, oy, yil) kelib chiqib, axborot tizimi orqali avtomatik ravishda to‘ldiriladi. 38. “10. Nechanchi nikohi” qatoriga nikohdan ajralayotgan shaxslarning nechanchi nikohi ekanligi haqidagi ma’lumotlar axborot tizimida “birinchi”, “ikkinchi”, “uchinchi va undan ortiq” degan so‘zlaridan birini tanlash orqali kiritiladi. 39. “11. Ajratilayotgan nikoh” qatoriga nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va qayd etilgan vaqti (kun, oy, yil) raqam bilan yoziladi. Bunda, nikoh qayerda va qaysi FHDY organida qayd etilganligi to‘liq yoziladi. 40. “12. Dalolatnoma yozuvi uchun asos” qatorining: “a)” bandida er-xotinning birgalikda bergan arizasi, uning berilgan vaqti (kun, oy, yil) va kirim raqami yoziladi; “b)” bandida nikohdan ajratish to‘g‘risida hal qiluv qarorini chiqargan sudning to‘liq nomi, hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt (kun, oy, yil) yoziladi; “d)” bandida fuqaroni bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqargan sudning to‘liq nomi, hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt (kun, oy, yil) hamda fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi; “e)” bandida fuqaroni ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqargan sudning to‘liq nomi, hukm chiqqan vaqt (kun, oy, yil) hamda fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi. 41. “13. 18 yoshga to‘lmagan umumiy bolalari soni” qatori raqamlarda to‘ldiriladi. Agar nikohdan ajralayotgan shaxslarning 18 yoshga to‘lmagan bolalari bo‘lmasa, mazkur qatorga “yo‘q” deb yoziladi. 42. “14. Undirilgan davlat boji summasi va to‘langanligi to‘g‘risida belgi” qatorida to‘langan davlat bojining summasi ko‘rsatiladi. 43. “15. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar” qatori nikohdan ajralayotgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida to‘ldiriladi. 44. “16. Ajraluvchilar imzosi” qatori dalolatnoma yozuvining qog‘ozga chop etilgan nusxasida ajraluvchilar tomonidan imzolanadi. 45. 1 — 3-qatorlarga marhumning familiyasi, ismi, otasining ismi qisqartirishlarsiz yoziladi. 46. “4. Jinsi” qatoriga marhumning jinsi to‘g‘risidagi ma’lumot axborot tizimida “erkak”, “ayol” yoxud “noma’lum” degan so‘zlardan birini tanlash orqali kiritiladi. 47. “5. Millati” qatori marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida to‘ldiriladi. Agar marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lmasa yoki ushbu hujjatda marhumning millati to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, mazkur qatorga “ — “ belgisi qo‘yiladi. 48. “7. Vafot etgan vaqti” qatorida o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida marhumning vafot etgan sanasi (kun, oy va yil raqam bilan) ko‘rsatiladi. 49. “8. Vafot etgan joyi” qatoriga marhum vafot etgan joyning nomi to‘liq yoziladi. 50. “9. O‘limning sababi” qatori o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida to‘ldiriladi. 51. “10. Tug‘ilgan sanasi” qatori marhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va (yoki) o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida to‘ldiriladi. 52. “11. Shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar” qatori vafot etgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida to‘ldiriladi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda, yozuvlar o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida yoziladi. 16 yoshga to‘lmasdan vafot etganlarga nisbatan o‘limni qayd etish ularning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, ushbu qatorga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi, raqami, shuningdek tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami, qachon va qaysi FHDY organi tomonidan berilganligi yoziladi, agar guvohnoma FHDY organiga taqdim etilmagan bo‘lsa, ushbu qatorga “Taqdim etilmadi” deb yoziladi va “16. Belgilar uchun” qatorida taqdim etilmaganlik sababi ko‘rsatiladi. “Yoshi” qatori marhumning tug‘ilgan vaqtidan (kun, oy, yil) kelib chiqib, axborot tizimi orqali avtomatik ravishda to‘ldiriladi. Agar vafot etgan shaxsning tug‘ilgan kuni, oyi va yili noma’lum bo‘lsa yoki shaxsi aniqlanmaganlarning o‘limini qayd etishda tibbiy muassasaning xulosasida yoshi va tug‘ilgan joyi haqida ma’lumotlar bo‘lmasa “10. Tug‘ilgan sanasi” qatoriga “noma’lum” deb yoziladi. “Bir yoshgacha vafot etgan bola”, “Nechanchi bola”, “Onaning yoshi” qatorlari bir yoshgacha vafot etgan bolalarga nisbatan dalolatnoma yozuvi qayd etilayotganda to‘ldiriladi. Bunda, “Bir yoshgacha vafot etgan bola” qatoriga tirik tug‘ilib, bir yoshga qadar vafot etgan bolalarning o‘limiga qadar necha oy, kun yashaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, “Onaning yoshi” qatoriga onaning yoshi to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimi orqali avtomatik ravishda to‘ldiriladi. “Nechanchi bola” qatorida vafot etgan bola onaning nechanchi bolasi ekanligi (bunda onaning ilgari tug‘ilgan bolalari, shuningdek vafot etgan bolalari ham hisoblanadi, o‘lik tug‘ilgan bolalari hisoblanmaydi) raqam bilan ko‘rsatiladi. 53. “12. O‘limni tasdiqlovchi hujjatlar” qatoriga o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma yoki sudning shaxsni vafot etgan deb topish to‘g‘risidagi qarori haqidagi ma’lumotlar quyidagicha kiritiladi: “a)” bandiga o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma raqami, berilgan vaqti (kun, oy va yil), kim tomonidan (tibbiyot muassasasining nomi, shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi) berilganligi to‘liq yoziladi. Masalan: № 315, 10.02.2022-y., Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani 9-sonli oilaviy poliklinika, shifokor Olimova Salima Tursunovna. “b)” bandida shaxsni vafot etgan deb topish to‘g‘risida qaror chiqargan sudning nomi hamda qaror chiqarilgan sana ko‘rsatiladi. Masalan, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi, 13.03.2021-y. 54. “13. Ariza bilan murojaat qilgan shaxsning F.I.O., manzili yoki o‘lim haqida ariza bergan muassasaning nomi va manzili” qatoriga dalolatnoma yozuvini qayd etish uchun murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (muassasaning nomi), shuningdek vafot etgan shaxsga qarindoshligi (aloqadorligi) to‘liq yoziladi. 55. “15. Qabristonga topshirish uchun ma’lumotnomalarni olganlik to‘g‘risida belgi” qatori dalolatnoma yozuvining qog‘ozga chop etilgan nusxasida o‘lim haqidagi guvohnoma va qabristonga topshirish uchun ma’lumotnomani olgan shaxs tomonidan imzolanadi. 56. “16. Belgilar uchun” qatoriga vafot etgan shaxsning shaxsi aniqlanmaganda, shuningdek tug‘ilib vafot etgan yoki bir yoshgacha vafot etgan bolalarga nisbatan dalolatnoma yozuvi qayd etilganda tegishli izoh yozib qo‘yiladi (“murdaning shaxsi aniqlanmagan”, “tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirilmadi”, “o‘lim haqidagi guvohnoma berilmagan”). 57. Dalolatnoma yozuvlari to‘ldirilgandan so‘ng qog‘ozga chop etiladi hamda murojaat qilgan shaxs tomonidan o‘qib chiqilib, imzolanadi.
111
20,146
Qonunchilik
Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, issiqxona xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, eksportbop va raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetishtirish hamda qishloq joylarida aholi bandligini ta’minlash va daromad olishga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S.S. Saidkarimov boshchiligida “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi muammoli issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tashkil etilsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Respublika ishchi guruhi ikki hafta muddatda “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklari moddiy-texnika bazasini, iqtisodiy ahvolini va infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib chiqsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Markaziy bank hamda tijorat banklarining “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklariga: davlat dasturlari doirasida hamda davlat qarzi evaziga jalb qilinadigan resurslar hisobidan ajratiladigan kreditlar muddatini 7 yildan 10 yilgacha qilib belgilash hamda mazkur issiqxona xo‘jaliklariga ilgari ajratilgan kredit muddatlarini tegishli ravishda 3 yilgacha uzaytirish; xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarni milliy valyutada qayta rasmiylashtirish hamda amaldagi kompensatsiya taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomalari mavjud bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga foiz xarajatlarining 5 foizdan oshmagan qismini Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab berish; tabiiy gaz uchun mavjud qarzdorlikni 6 oyga uzaytirish va 2022-yil 1-iyuldan boshlab teng ulushlarda yil oxirigacha qaytarish; tabiiy gaz uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya miqdorini 0,4 foizidan 0,1 foizga tushirish, shuningdek 2021-yil 31-dekabr holatiga hisoblangan penya summasini hisobdan chiqarish; tabiiy gaz uchun oshirilgan stavkada (shartnomaviy hajmdan oshgan qism uchun 1,4 koeffitsiyent) to‘lov qo‘llash tartibini bekor qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda mazkur imtiyozlar Respublika ishchi guruhining o‘rganish natijalariga ko‘ra shakllantirilgan ro‘yxat asosida taqdim etiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi: respublikadagi mavjud tajribali va malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklariga biriktirish; xorijiy agronomlarni jalb qilgan holda davlat dasturlari doirasida kredit ajratilgan respublikadagi issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini auditdan o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qarorida belgilangan mablag‘lar hisobidan “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi issiqxona xo‘jaliklariga ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratish choralarini ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda masalaga aloqador boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublika hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan issiqxonalarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishda vujudga keladigan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va ijrosini ta’minlasin. 5. Respublika ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasidagi samarasiz issiqxona xo‘jaliklarini aniqlab, ularning mulkdorlari bilan kelishgan holda mazkur issiqxona xo‘jaliklarini yangi tashabbuskorlarga o‘tkazib berilishini (oldi-sotdi, kredit bo‘yicha bank oldidagi majburiyatlarni o‘tkazish yoki boshqa kelishilgan shartlarda) tashkil etsin. Respublika ishchi guruhi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat hokimlari samarasiz issiqxona xo‘jaliklarini sotishda iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat yuritayotgan, zaruriy infratuzilma obyektlari, shuningdek, mol-mulk va boshqa vositalarga ega bo‘lgan salohiyatli tashabbuskorlarni tanlanishiga shaxsan javobgar hisoblanadi. 6. Respublika ishchi guruhi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi bir oy muddatda issiqxona xo‘jaliklari moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
105
5,595
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-626-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-626-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
606
Qonunchilik
Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomag
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 22-oktabrdagi 14-q/q, Q-87, 100, 17, 16, 7, 01-02/22-22, 2010-41-son “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2174, 2010-yil 29-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 529-modda) bilan tasdiqlangan Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qarorda: 1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”; 2) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”; 2. Yo‘riqnomada: 1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”; 2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (keyingi o‘rinlarda JPK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb yuritiladi) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish va yo‘q qilib tashlash tartibini belgilaydi.”; 3) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlarini yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud quyidagilarni olib qo‘yishga haqli:”; 4) 2-bandda: birinchi xatboshi “201-moddalariga” degan so‘zlardan keyin “, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi esa, 329-moddasiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; ikkinchi xatboshi “qabul qilib oladi” degan so‘zlardan keyin “va qonun hujjatlari talablari asosida topshirilishini ta’minlaydi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 5) 3-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Radioaktiv materiallarni olib qo‘yish mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.”; 6) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisi “olib qo‘yish imkoni bo‘lmasa,” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 7) 5-bandda: birinchi xatboshi “taqdim etilganligi to‘g‘risida” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agar olib qo‘yilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar ro‘yxatini, ularning miqdori ko‘pligi sababli, shu joyning o‘zidayoq tuzish imkoniyati bo‘lmasa, ular o‘ramga solinib muhrlanadi va narsalari olib qo‘yilgan yoki qabul qilingan shaxs, xolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudya tomonidan yozuvlar va imzolar bilan tasdiqlangan yorliqlar bilan ta’minlanadi. Bunday holatlarda, olib qo‘yilayotgan, taqdim etilayotgan narsalarning ro‘yxati tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov yoki sud muhokamasi o‘tkazilayotgan joyda xolislar ishtirokida tuziladi va bu haqda bayonnomada narsalar solingan o‘ramdagi muhrlar va imzolar butunligi ko‘rsatiladi.”; 8) 6-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Zarur hollarda narsalarni olib qo‘yish, taqdim qilish chog‘ida fotosuratga yoki videoyozuvga tushiriladi, shuningdek JPKning 91-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan protsessual harakatlar majburiy tarzda videoyozuv orqali qayd etiladi. Bunda, fotosuratlar, videoyozuv bayonnomaga ilova qilinadi va protsessual harakatning nomlanishi, sanasi, joyini izohlovchi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.”; ikkinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 9) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Har bir olib qo‘yilgan, taqdim etilgan narsa xolislarga va protsessual harakatining amalga oshirilishida ishtirok etayotgan shaxslarga tanishish va ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Shundan so‘ng, shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan va undagi izlarning (mikroizlar) butunligini ta’minlaydigan o‘ramga joylashtiriladi (fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun yoki garov tariqasida taqdim etilayotgan pul yoki boshqa mol-mulk, katta hajmli narsalar, katta og‘irlikdagi yoki hajmdagi moddalardan tashqari) va narsasi olib qo‘yilgan yoxud qabul qilingan shaxs, xolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudyaning imzolari va tasdiqlovchi yozuvlari bo‘lgan yorliq bilan ta’minlanadi, tegishli organ muhri bilan muhrlanib, bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.”; 10) 8-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Bayonnoma narsani olib qo‘ygan yoxud qabul qilgan shaxs, xolislar, mutaxassislar (agar ular protsessual harakatni amalga oshirilishida qatnashgan bo‘lsalar), shuningdek narsasi olib qo‘yilgan yoki qabul qilingan shaxs, agarda u yo‘q bo‘lsa, uning voyaga yetgan oila a’zosi yoki tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili tomonidan imzolanadi.”; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “olib qo‘yilgan, taqdim etilgan narsalar saqlanishi uchun javobgar shaxsga (narsa saqlash uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, sud organida maxsus ajratilgan xonaga yoxud korxona, muassasa, tashkilotga topshirilganda);”; 11) 11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Fuqaroviy da’voni ta’minlash yoxud garov tariqasida olib qo‘yilgan yoki qabul qilingan pullarni surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga topshirish masalasi alohida qaror (ajrim) chiqarish orqali darhol hal etilishi shart.”; 12) 12-bandda: birinchi xatboshidagi “Ashyoviy dalillar” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruv materiali yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agarda, narsa o‘zining alohida xususiyatlari yoki sifatlari sababli maxsus saqlash sharoitlarida saqlanishi lozim bo‘lsa (ma’lum harorat, namlik va h. k.), tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sud uni shu sharoitlariga ega muassasa yoki tashkilotga saqlash uchun topshiradi. Olingan (qabul qilingan) narsalar mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda (olib qo‘yilgan mol-mulk saqlash uchun savdo tashkilotlariga beriladi) ham saqlanishi mumkin.”; 13) 15-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Saqlash xonasiga topshirilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning butligi uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining yoki sud raisining buyrug‘iga asosan mas’ul etib tayinlangan shaxs javobgar hisoblanadi. Bunda, qoida tariqasida, saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya bo‘lmasligi lozim.”; 14) 16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “16. Saqlash xonasiga faqat ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxs (keyingi o‘rinlarda javobgar shaxs deb yuritiladi) ishtirokida kirish mumkin. Agar u yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs bo‘lmasa, saqlash xonasiga kirish tegishli prokurorning, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining, prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati (keyingi o‘rinlarda DXX deb yuritiladi), ichki ishlar organi (keyingi o‘rinlarda IIO deb yuritiladi) tergov tarmog‘i boshlig‘ining, sud raisining (sudyaning) yozma ruxsati va ularning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi, ushbu shaxslarda saqlash xonasiga kirish eshigining dublikat kaliti bo‘lishi shart.”; 15) 17-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi davomida olib qo‘yilgan yoxud taqdim qilingan o‘q otar qurollar, o‘q-dorilar, ekspert-kriminalistika bo‘linmalarida tekshiruvdan o‘tkazilganidan keyin faqat Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda IIV deb yuritiladi), DXX organlarida yoki Mudofaa vazirligining harbiy (xo‘jalik) muassasalarida saqlanadi.”; uchinchi xatboshidagi “agar bu” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruv,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Radioaktiv materiallar ekspertizadan o‘tkaziladi va saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutiga yoki belgilangan litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa tashkilotga topshiriladi.”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin; 16) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “18. Soyli stvolli o‘q otar qurollarni qo‘llash bilan bog‘liq barcha holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar olib qo‘yish (qabul qilish), ko‘zdan kechirish va tegishli tekshirishlar o‘tkazilganidan so‘ng, qurol izi bo‘lgan o‘qlar, gilzalar va patronlarni, shuningdek soyli stvolli o‘q otar qurolni IIVning Davlat o‘q-gilzotekasiga yuborishlari shart. Soyli stvolli o‘q otar qurolni Davlat o‘q-gilzotekada tekshiruvdan o‘tkazish bilan bir vaqtda, u O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi va uning hududiy bo‘linmalarining yo‘qolgan va aniqlangan qurollarning operativ hisobi bo‘yicha ham tekshiriladi. Soyli stvolli o‘q otar qurollarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlar tamomlangach, ko‘rsatilgan qurollar O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘qolgan va aniqlangan soyli stvolli o‘q otar qurollar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasiga hisobga qo‘yilishi shart.”; 17) 19-banddagi “operativ” degan so‘z “tezkor” degan so‘z bilan almashtirilsin; 18) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20. Olib qo‘yilgan (taqdim etilgan) davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ikki nusxada tuzilgan olib qo‘yish bayonnomasi va narsalar ro‘yxati bilan birga olib qo‘yilganidan (taqdim etilganidan) keyin bir sutka muddat ichida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov o‘tkazayotgan organ buxgalteriyasining kassasiga topshiriladi yoki maxsus aloqa xizmati orqali yuboriladi (ularni o‘rganish zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno). Bayonnomaning ikkinchi nusxasiga kassir mukofotlar va ularga taalluqli hujjatlarni qabul qilganligi haqida imzo qo‘yib beradi va u ishga qo‘shib qo‘yiladi. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga ilova qilinadigan ma’lumotnomada olib qo‘yilgan, taqdim etilgan davlat mukofotlari, ularga taalluqli hujjatlar va ularning saqlanish joyi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Agar davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ashyoviy dalil hisoblansa yoki ular bo‘yicha ekspertiza tayinlansa, ular zarur protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organida, sudda qolishi mumkin.”; 19) 21-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “21. Ashyoviy dalil tariqasida olingan yoki jinoyat sodir etish quroli sifatida foydalanilgan avtomashinalar, mototsikllar va boshqa transport, shu jumladan, suzuvchi vositalarni, shuningdek xatlangan transport vositalari, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida olib qo‘yilgan transport vositalarini almashtirish yoki ekspluatatsiya qilishga imkon bermaslik uchun transport vositasining spidometri (elektron spidometrdan tashqari), dvigateli, rul boshqaruvi, boshqa qismlari va detallari oldindan muhrlangan va plombalangan holda (agarda ular egasiga, uning qarindoshlariga yoki boshqa shaxslarga, shuningdek tashkilotlarga saqlashga topshirilishi mumkin bo‘lmasa) saqlash uchun IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda YHXB deb yuritiladi), Bosh prokuratura, IIV va DXXning xo‘jalik boshqarmalariga (bo‘limlariga) topshiriladi va ushbu boshqarma (bo‘lim) rahbarlaridan saqlashga qabul qilinganligi haqida tilxat olinib, ishga qo‘shib qo‘yiladi. Tilxatda saqlash uchun qabul qilingan transport vositasi butligi uchun shaxsan kim javobgar ekanligi ko‘rsatiladi.”; ikkinchi xatboshidagi “DYHXX” degan qisqartma “YHXB” degan qisqartma bilan almashtirilsin; 20) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “22. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib qo‘yish, taqdim etish, ekspertizadan o‘tkazish, saqlash va boshqa harakatlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”; 21) 23-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “23. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar bo‘yicha ekspertiza tayinlangunga hamda ekspertiza xulosasi olingunga qadar muhrlangan holda tegishlicha IIV, DXX organi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning saqlash xonasida yoki jazoni ijro etish muassasasida yashash va ishlab chiqarish zonalaridan tashqarida joylashgan operativ qismning seyfida saqlanishi shart.”; ikkinchi xatboshidagi “MXX” degan qisqartma “DXX” degan qisqartma bilan almashtirilsin; 22) 24-bandning birinchi xatboshisidagi “Qamoqda saqlanayotgan ayblanuvchilarning (sudlanuvchilarning) pasportlari” degan so‘zlar “Qamoqda saqlanayotgan ayblanuvchining (sudlanuvchining) pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 23) 25-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga (keyingi o‘rinlarda Qimmatbaho metallar agentligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatiga (keyingi o‘rinlarda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 24) 26-banddagi “Qimmatbaho metallar agentligiga” degan so‘zlar “Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 25) 27-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir Yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun)” degan so‘zlar “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir Yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun bank kirim kassasiga topshirilganida, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakiliga 004-shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi kvitansiya rasmiylashtirib beriladi. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni huquqni muhofaza qiluvchi organ vakiliga qaytarib berish uchun, uni topshirgan organ rahbarining imzosi qo‘yilib, dumaloq muhri bilan tasdiqlangan yozma so‘rovnomasining asl nusxasiga 004-shakldagi kvitansiyaning asl nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi kerak. Bankka saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklarning qisman qaytarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qimmatliklarning bir qismini olish zarur bo‘lsa, bank qimmatliklar solingan jo‘natmani to‘lig‘icha ularni topshirgan organga qaytarib beradi. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishi bo‘yicha bankning moddiy javobgar shaxslari, ularni topshirgan organ oldida qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi. Bank pul omborida saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarga zarar yetkazilgan taqdirda, uning egasiga yetkazilgan zararni qoplash, qimmatlikning haqiqiy bahosi doirasida lekin, saqlash uchun qabul qilingan vaqtda baholangan bahosidan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.”; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun topshirgan davlat organi xodimi 004-shakldagi kvitansiyani yo‘qotgan hollarda yoki boshqa sabablarga ko‘ra uni bankka taqdim etishning imkoniyati mavjud bo‘lmasa, bunday hollarda saqlashga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank kassasidan qaytarib olish uchun ushbu davlat organining respublika miqyosidagi yuqori turuvchi tashkiloti (vazirligi, qo‘mitasi va hokazo) tomonidan chiqarilgan buyruq asos bo‘lishi mumkin. Ushbu buyruqda bank kassasiga saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni qaytarib olish vakolatiga ega bo‘lgan xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda olinadigan qimmatliklarning to‘liq va batafsil ro‘yxati qayd etilgan bo‘lishi lozim.”; 26) 29-bandning birinchi xatbshisidagi “tergov organining qarori” degan so‘zlar “dastlabki tergov organining qarori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 27) 31-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya ishga qo‘shilgan korrespondensiyaning mazkur ish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, sud muhokamasini yuritishga daxldor bo‘lmagan shaxslardan sir saqlanishini ta’minlashi shart.”; 28) 34-bandning ikkinchi xatboshisi “biologik obyektlar” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 29) 35-bandning uchinchi xatboshisidagi “sanitariya-epidemiologiya stansiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 30) 37 va 38-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “37. Ashyoviy dalil tariqasida e’tirof etilgan ish va uy hayvonlari, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, sud tomonidan qaror chiqarilgunga qadar, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda, saqlash uchun jabrlanuvchi shaxslar yoki tashkilotlarga, ular bo‘lmaganda esa, hududiylik bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organi, shirkat yoki fermer xo‘jaliklariga topshiriladi. 38. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga ilova qilinadigan ma’lumotnomada ish bo‘yicha olib qo‘yilgan, taqdim etilgan narsalar qayerda saqlanayotganligi, baholanganligi va ular topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar tikilgan ish varag‘i ko‘rsatiladi.”; 31) 39-bandning birinchi xatboshisidagi “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga, IIV huzuridagi “Qo‘riqlash” Respublika birlashmasining tarmoqlariga,” degan so‘zlar “uy-joy mulkdorlari shirkatiga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari (ular vakolati doirasida),” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 32) 40-bandning to‘rtinchi xatboshisi “tergovchi,” degan so‘zdan keyin “surishtiruvchi,” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 33) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “41. Ashyoviy dalillarni, shu jumladan o‘q otar qurol va tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishlari bo‘yicha olib qo‘yilgan, ashyoviy dalil bo‘lib hisoblanmagan boshqa narsalarni qayd etish uchun har bir tergovga qadar tekshiruv (olis safarda bo‘lgan dengiz kemalarining kapitanlari bundan mustasno), surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarda mazkur Yo‘riqnomaning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq hisobga olish kitoblari yuritilib, ular ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlash va hisobga olish uchun javobgar shaxsda turadi. Ushbu kitoblarni yuritish qat’iy hisobdagi hujjatlarni yuritish qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Kitobning har bir varag‘i raqamlanadi, ip bilan tikiladi va muhrlanadi hamda tegishlicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov bo‘linmalari rahbari, prokuror, sud raisining imzosi bilan tasdiqlanadi.”; 34) 44-bandda: ikkinchi xatboshi “Agar ashyoviy dalillar” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruv materialida yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi xatboshi “hisobga olish kitobidan tashqari,” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruv,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 35) 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “45. Tergovga qadar tekshiruv materialida yoki jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillar ish bir tergovga qadar tekshiruv organidan boshqasiga yoki surishtiruv, dastlabki tergov organiga yoki bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv yoxud dastlabki tergov organiga yoki bir tergovchidan boshqa tergovchiga, shuningdek prokuror yoki sudga yuborilganda yoxud bir suddan boshqa sudga o‘tkazilganda ish bilan birga topshiriladi. Bu haqda har bir topshirilayotgan narsa bo‘yicha ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida tegishli yozuv kiritiladi. Belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb e’tirof etilmagan narsalar jinoyat ishi bilan birga topshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.”; 36) 47 va 48-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “47. Saqlash xonalariga joylashtirilgan, shuningdek ish bilan birga bo‘lmagan ashyoviy dalillar va fuqaroviy da’voni ta’minlash maqsadida xatlangan narsalar tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi topshirilayotgan organ hisobida turadi, bu haqda ashyoviy dalillar saqlanayotgan joyga xabarnoma yuboriladi hamda hisobga olish daftari va tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi bo‘yicha ma’lumot varag‘ida ular kimda saqlanayotganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishini o‘tkazishda, u bilan birga yo‘llanadigan ashyoviy dalillar ilova xatda yoki unga ilova qilinayotgan ro‘yxatda birma-bir sanab o‘tiladi. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga ilova qilingan ma’lumotnomada ishga doir barcha ashyoviy dalillar, har birining saqlanayotgan joyi ko‘rsatilib, birma-bir sanab o‘tilishi lozim. Ashyoviy dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya xolislar ishtirokida, zarur bo‘lganda esa, shuningdek ekspert yoxud mutaxassislar ishtirokida olingan dalillarni ko‘zdan kechirib, ularni aloqa xati yoki ro‘yxat bilan solishtiradi. Ko‘zdan kechirish jarayoni va natijasi haqida bayonnoma tuziladi. 48. Ashyoviy dalillar bilan birga tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi yuborilayotgan organning devonxona xodimi, sudning mas’ul xodimi, ushbu narsalarni qabul qilayotganda o‘ramning va undagi muhrlarning butunligi (saqlanganligi)ni tekshiradi. O‘ram va muhr buzilgan holda sud kotibi sud raisi (sudya, sudning mas’ul xodimi) hozirligida, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining devonxona xodimi uning rahbari yoki o‘rinbosari, shuningdek ish va ashyoviy dalillarni yetkazib bergan shaxs hozirligida o‘ramni ochadi hamda unda mavjud bo‘lgan narsalarni ro‘yxatdagi (xatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasining ma’lumotnomasidagi ashyoviy dalillar to‘g‘risidagi yozuv va ashyoviy dalillarni ishga qo‘shib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror bilan solishtiradi.”; 37) 49-bandda: birinchi xatboshi “Agar mavjud ashyoviy dalillar” degan so‘zlardan keyin “ro‘yxatdagi (xatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; ikkinchi xatboshi “haqiqatda mavjud ashyoviy dalillar” degan so‘zlardan keyin “ro‘yxatdagi (xatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; uchinchi xatboshi “prokuror,” degan so‘zdan keyin “tergovga qadar tekshiruv,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 38) 50-band “ayblanuvchining” degan so‘zdan keyin “(sudlanuvchining)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin; 39) 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “52. Jinoyatga oid ish bir tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchidan aynan shu tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organida ishlovchi boshqa tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs, surishtiruvchi yoki tergovchiga topshirilganida, birinchisi topshirishi, ikkinchisi esa ish bo‘yicha olib qo‘yilgan barcha narsalarning borligini tekshirib qabul qilib olishi, ashyoviy dalillarni saqlashga javobgar shaxs ishtirokida ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobiga ularni qabul qilganligi to‘g‘risida imzo qo‘yishi shart.”; 40) 53-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “53. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish, jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organining qarori, sudning hukmi yoki ajrimida ashyoviy dalillar taqdiri masalasi hal etilishi kerak, bunda: gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxo‘rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi;”; 41) 54-band “qabul qilish vaqtida sud kotibi ishda” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 42) 56-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “56. Surishtiruv yoki dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarilayotganida unda to‘xtatilayotgan ish bo‘yicha olib qo‘yilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanayotgan joyi belgilanadi. Ushbu obyektlar, maxsus saqlashga topshirilishi lozim bo‘lmasa, to‘xtatilgan jinoyat ishi surishtiruv yoki dastlabki tergov organida saqlab turilgan vaqt davomida surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan joyda saqlanadi va ish boshqa surishtiruv yoki dastlabki tergov organiga topshirilayotgan vaqtda ish bilan birga topshiriladi.”; 43) 59-bandda: “MXX” degan qisqartma “DXX” degan qisqartma bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Radioaktiv materiallar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi instituti yoki litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa tashkilot tomonidan yo‘q qilinadi.”; 44) 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “60. Egalariga qaytarilishi lozim bo‘lgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalar ularga tilxat asosida natura shaklida beriladi, tilxat jinoyat ishiga tikib qo‘yiladi va uning navbatdagi varag‘i sifatida raqamlanadi. Bir vaqtning o‘zida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni olib borayotgan organning buxgalteriya hisobi bo‘limi ashyoviy dalillar va boshqa narsalar qaytarilganligi haqida yozma shaklda xabardor qilinadi. Manfaatdor shaxslar ulardan olib qo‘yilgan narsalarni qaytarib olishlari mumkinligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilinadi, xabarnomaning nusxasi tergovga qadar tekshiruv materiali yoki jinoyat ishiga tikib qo‘yiladi. Tilxatda oluvchi o‘z pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdagi ma’lumotlarni va yashash joyini ko‘rsatadi. Narsalarning egasi shaxsan kela olmaydigan holatda, ularni uning ishonchnomasi bo‘yicha boshqa shaxs olishi mumkin, uning tilxati ham ishga tikib qo‘yiladi. Agar narsalarning egasi muassasa, tashkilot bo‘lsa, narsalar ularning vakillariga ishonchnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lganida tilxat orqali topshiriladi.”; 45) 63-bandda: ikkinchi xatboshi “jinoyat ishi bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “surishtiruv yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Narsa topshirilayotganida kamida 2 nafar xolis ishtirok etishi yoki ushbu jarayon videoyozuv orqali qayd etilishi shart.”; 46) 66-band “Alohida hollarda” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruv,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 47) 67-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “67. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan, shuningdek surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ishi tugatilgan shaxslarga ulardan olib qo‘yilgan narsalarni qaytarish mazkur Yo‘riqnomaning 60-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. Qabul qilingan qaror haqida jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish yoki ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarilgan shaxsga darhol yozma xabarnoma yuboriladi.”; 48) 68-band “Jinoyat ishini” degan so‘zlardan keyin “qo‘zg‘atishni rad qilish yoki jinoyat ishini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 49) 69-band “jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli” degan so‘zlardan keyin “jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilingan yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 50) 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “70. Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatiga topshirilgan narsalar belgilangan hollarda egalariga natura shaklida qaytarib beriladi, naturada qaytarish yo‘l qo‘yilmaydigan holatlarda esa qonun hujjatlariga muvofiq ularning qiymati qoplanadi.”; 51) 72-bandda: birinchi xatboshidagi “Dastlabki tergov organi” degan so‘zlar “Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi 3 sutkadan kechiktirmasdan depozit hisob raqamiga garov tariqasida qo‘yilgan garov summasining qaytarilishi ko‘rsatilgan, garov tariqasida ehtiyot chorasini bekor qilish yoki o‘zgartirish (agar bekor qilish yoki o‘zgartirish uni tanlash shart-sharoitlarini buzish bilan bog‘liq bo‘lmasa) yoxud jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorning (keyingi o‘rinlarda surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarori deb yuritiladi) gerbli muhr bilan tasdiqlangan nusxasini, garov summasi qabul qilinganligi haqidagi bank kvitansiyasi nusxasi bilan birga Majburiy ijro byurosining hududiy organiga yuboradi. Agar garov summasi uni qaytarish to‘g‘risida bevosita qaror qabul qilgan surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisob raqamida saqlanayotgan bo‘lsa, mazkur Yo‘riqnomaning 75-bandida ko‘rsatilgan qoidalar qo‘llaniladi.”; 52) 73-bandda: birinchi xatboshidagi “3 sutkadan kechiktirmasdan” degan so‘zlar “bir ish kuni ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “organ hisob raqamiga” degan so‘zlar “organning asosiy hisob raqamiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 53) 74-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “74. Majburiy ijro byurosining hududiy organi hisob raqamiga garov summasi kelib tushgach, davlat ijrochisi bu haqda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 221-moddasiga asosan garov summasini oluvchi shaxsni xabardor qiladi. Ijro hujjatida garov summasini oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxs yoki uning qonuniy vakili davlat ijrochisiga garov summasini qaytarish to‘g‘risida talab qo‘ygan kuni davlat ijrochisi tomonidan uning arizasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga (bank kartasiga) garov summasi o‘tkazib beriladi. Garov summasi arizada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga (bank kartasiga) o‘tkazib berilgach, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va uning nusxasi ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish uchun yuboriladi. Ijro hujjati va garov summasi arizada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga (bank kartasiga) o‘tkazib berilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati nusxasi ijro ishi materiallariga tikiladi.”; 54) 75-bandda: birinchi xatboshidagi “dastlabki tergov organining” degan so‘zlar “surishtiruv yoki dastlabki tergov organining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “dastlabki tergov organi” degan so‘zlar “surishtiruv yoki dastlabki tergov organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarorida garov summasini oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxs yoki uning qonuniy vakili garov summasini qaytarish to‘g‘risida talab qo‘ygan kuni moliya tarmog‘ining mas’ul xodimi tomonidan uning arizasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga (bank kartasiga) garov summasi o‘tkazib beriladi. Garov summasi arizada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga (bank kartasiga) o‘tkazib berilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati nusxasi jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi.”; to‘rtinchi xatboshidagi “Agar dastlabki tergov organining” degan so‘zlar “Agar surishtiruv yoki dastlabki tergov organining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “dastlabki tergov organi” degan so‘zlar “surishtiruv yoki dastlabki tergov organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 55) 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “76. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi, tomonlarning yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini sudga yuborish haqidagi qaror, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror, jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror tasdiqlanganida, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnoma bilan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishi sudga yuborilganida, shuningdek ish boshqa tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki tergov organiga yuborilganida, prokuror, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organining rahbari, sud raisi (sudning mas’ul xodimi) ish bo‘yicha olib qo‘yilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni joylashgan joyi ko‘rsatilgan hujjatlarning ishda mavjudligini tekshirishi, ularni ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobidagi yozuvlar bilan solishtirishi shart.”; 56) 77-banddagi “Surishtiruv organi boshlig‘i, tergov tarmog‘ining boshlig‘i,” degan so‘zlar “Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov rahbari,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 57) 79-band “tegishli prokuror,” degan so‘zlardan keyin “tergovga qadar tekshiruv,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 58) 1 va 2-ilovalar mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Markaziy banki, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan.
250
36,367
Qonunchilik
XODIMLARGA ULARNING MEHNAT VAZIFALARINI BAJARISh BILAN BOG‘LIQ HOLDA JAROHATLANIShI, KASB KASALLIKLARIGA ChALINIShI YOKI SALOMATLIKNING BOShQA XIL ShIKASTLANIShI TUFAYLI YETKAZILGAN ZARARNI TO‘LASh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), fermer va dehqon xo‘jaliklarining xodimning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash bo‘yicha mazkur qaror qabul qilingungacha bo‘lgan qarzlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga belgilangan tartibda to‘lanadi. 3. Vazirliklar, idoralar, mulkchilik va ishlab chiqarish shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mazkur Qoidalarning o‘z tarkibiy bo‘linmalari va tuzilmalariga yetkazilishini, shuningdek ularning to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlasinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi* tufayli yetkazilgan zararni to‘lash bo‘yicha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek mazkur Qoidalar bilan tartibga solinadi. Mazkur Qoidalarning amal qilishi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yollanma mehnatdan foydalanayotgan yuridik shaxslarga, yuridik shaxs bo‘lmasdan faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklariga (keyingi o‘rinlarda matnda ish beruvchi deb yuritiladi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlagan yoki ishlayotgan hamda mehnat jarohati olgan xodimlarga joriy etiladi. 2. Ish beruvchi ish beruvchining hududida va uning tashqarisida, shuningdek ish beruvchi bergan transportda ishga kelish yoki ishdan ketish vaqtida xodimning sog‘ligiga mehnat jarohati bilan yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi. Ish beruvchi, mehnat jarohati yoki boshqa mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ravishda xodim sog‘ligiga yetkazilgan zararni, agar u yetkazilgan zarar uchun o‘zining aybdor emasligini isbot qila olmasa, xodimga yetkazilgan zararni to‘lashi shart. 3. Ish beruvchi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnik, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika choralari hamda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish tadbirlari ta’minlanmaganligi (mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi qoidalari va shu kabilarga rioya qilmaslik) tufayli olingan mehnat jarohati uning aybi bilan sodir etilgan deb hisoblanadi. 4. Quyidagi hujjatlar mehnat jarohati uchun ish beruvchining aybdorligini yoki javobgarligini isbotlovchi dalil bo‘lishi mumkin: baxtsiz hodisani maxsus tekshirish dalolatnomasi; baxtsiz hodisa va ishlab chiqarishda sog‘liqqa yetkazilgan boshqa xil shikastlar to‘g‘risida dalolatnoma; sud qarori; mehnatni muhofaza qilish va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini, sog‘liqqa yetkazilgan zarar sabablarini nazorat qilishni amalga oshiruvchi davlat mehnat texnika inspektori yoxud boshqa mansabdor shaxslar (organlar)ning xulosasi; kasb kasalligi to‘g‘risida tibbiy xulosa; aybdor shaxslarga ma’muriy yoki intizomiy jazo berish to‘g‘risidagi qaror; kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakolatli organi qarori. Kelishmovchilik paydo bo‘lganda yoki ish beruvchi zararni to‘lashni rad etganda, ushbu masala qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan hal qilinadi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar sog‘ligiga yetkazilgan boshqa shikastlarni tekshirish va hisobga olish tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi. 5. Jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishiga yoki uning ko‘payishiga sabab bo‘lgan taqdirda, zararning to‘lov miqdori summasi jabrlanuvchining aybiga qarab kamayishi mumkin, lekin kamayish ellik foizdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli hamda ish beruvchining aybi bo‘lmagan hollarda, ish beruvchining javobgarligi, aybidan qat’i nazar (ya’ni uning mehnat vazifalarini bajarishda yuqori xavfli manbalar tomonidan xodim sog‘ligiga yetkazilgan zarar), zararni to‘lash summasi jabrlanuvchining aybdorligi darajasiga qarab kamayishi ham mumkin, lekin kamayish ellik foizdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Bunda zararni to‘lashdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jabrlanuvchining aybdorligi darajasi korxona, muassasa, tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi qarori bilan, mazkur masala bo‘yicha kelishmovchilik paydo bo‘lganda esa — sud tomonidan belgilanadi. Zararni to‘lashning qo‘shimcha turlariga, bir yo‘la nafaqa to‘lashga, shuningdek boquvchisining vafoti tufayli yetkazilgan zarar to‘lovlariga nisbatan aralash javobgarlik qo‘llanilmaydi. 6. Jabrlanuvchining mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlik darajasi Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) tomonidan belgilanadi. Kasb bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik darajasini belgilash bilan bir vaqtda, TIEK asoslari mavjud bo‘lganda, nogironlikning tegishli guruhi belgilanadi hamda jabrlanuvchining qo‘shimcha yordam turlariga bo‘lgan muhtojligi aniqlanadi. 7. Mazkur Qoidalarga muvofiq zararni to‘lash uchun zarur bo‘lgan pul summasi, qo‘shimcha xarajatlarni qoplash hamda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimlari) asosida oshirilishi mumkin. 8. Belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori* oshirilganda sog‘liqning shikastlanishi bilan bog‘liq zarar yoki boquvchisining vafoti bilan bog‘liq ravishda beriladigan yo‘qotilgan ish haqi, boshqa to‘lovlarni qoplash summasi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining oshirilgan summasiga mutanosib ravishda ko‘paytiriladi. 9. Mehnat jarohati olgandan keyin mehnat munosabatlarini to‘xtatish zararni to‘lashdan ozod qilmaydi. 10. Quyidagilar jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to‘lashda summani to‘lash manbalari hisoblanadi: budjet tashkilotlari va muassasalari uchun — qonunchilikka muvofiq davlat budjeti mablag‘lari; boshqa ish beruvchilar uchun — o‘z mablag‘lari. 11. Xodimga jarohat yoki sog‘lig‘iga boshqa shikast yetkazilganda jabrlanuvchining olgan yoxud olishi mumkin bo‘lgan yo‘qotgan ish haqi (daromadi) to‘lanadi. Zarar har oyda jabrlanuvchining kasbiy mehnat faoliyatini yo‘qotish darajasiga tegishli ravishda mehnat jarohati olgunga qadar uning o‘rtacha oylik ish haqiga foizlarda, sog‘ligiga shikast yetkazilishi sababli qilingan qo‘shimcha xarajatlar kompensatsiyalarda, shuningdek belgilangan hollarda bir martalik nafaqalar to‘lashda qoplanadi. Ish haqi yoki uning bir qismi to‘lanayotganda, jarohat olishi tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalari, shuningdek mehnat jarohati olgunga qadar va undan keyin tayinlangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlarning boshqa turlari yetkazilgan zararni to‘lashda hisobga olinmaydi. Shuningdek jabrlanuvchining jarohat olgandan keyingi ish haqi ham zararni to‘lashda hisobga olinmaydi. Bunda jabrlanuvchilarga — mehnat jarohati bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga zararni to‘lash miqdori belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ellik foizidan kam bo‘lishi mumkin emas. 12. Jabrlanuvchining yo‘qotgan ish haqi tarkibiga: ham asosiy, ham daromad solig‘i undiriladigan o‘rindoshlik ish joyi bo‘yicha mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha barcha mehnat haqi turlari; tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadi (soliq inspeksiyasi ma’lumotlari asosida); mualliflik haqi; vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi hamda homiladorlik va tug‘uruq ta’tillari davri uchun to‘langan nafaqalar kiritiladi. Barcha ish haqi turlari soliqlar ushlab qolingunga qadar hisoblangan summalarda hisobga olinadi. O‘qish davrida to‘lanadigan stipendiya (zararni qoplash to‘g‘risida murojaat qiluvchining xohishiga ko‘ra) ish haqiga tenglashtiriladi. 13. Jabrlanuvchining yo‘qotgan ish haqi tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi: yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi qo‘yilmalari yoki paylari bo‘yicha ular tomonidan olinadigan dividendlar va foizlar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlari; bir martalik tusdagi to‘lovlar (foydalanilmagan ta’til uchun pul kompensatsiyalari, mehnat shartnomasi to‘xtatilganda beriladigan yordam nafaqalari). 14. O‘rtacha oylik ish haqi mehnat jarohati olish yoki mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlikdan yoxud mehnatga layoqat darajasi pasayishidan (fuqaroning tanlovi bo‘yicha) oldingi oxirgi o‘n ikki oy mobaynidagi ish (xizmat, muddatli harbiy xizmatdan tashqari) bo‘yicha aniqlanadi. Kasb kasalligiga chalingan taqdirda o‘rtacha oylik ish haqi ham bunday kasallikka sabab bo‘lgan ishni to‘xtatishdan oldingi oxirgi o‘n ikki oy bo‘yicha belgilanishi mumkin. O‘rtacha oylik ish haqi hisoblab chiqariladigan oylar sonidan (fuqaroning xohishiga ko‘ra) ish oyning birinchi kunidan boshlanmaganligi yoki to‘xtatilmaganligi munosabati bilan to‘liqsiz ish oylari hamda uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilish munosabati bilan beriladigan ta’til oylari (shu jumladan, to‘liq bo‘lmagan oylar), shuningdek xodim nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yoki mehnat jarohati tufayli yetkazilgan zarar to‘lovini olib kelgan, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs, 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolani yoki davolash muassasasining o‘zganing parvarishiga muhtojlik haqidagi xulosasiga ko‘ra qariyalarni parvarish qilish mobaynidagi ish vaqti chiqarib tashlanadi. Bunda chiqarib tashlangan oylar bevosita boshqa oldingi oylar bilan almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoni bo‘lmaganda hisoblashdan chiqarib tashlanadi. Bunday almashtirish, jarohatlanishdan yoki kasb kasalligiga chalinishdan oldingi ish joyidan qat’i nazar, oxirgi ikki yil doirasida amalga oshiriladi. 15. O‘n ikki oydagi ish uchun o‘rtacha oylik ish haqi mazkur Qoidalarning 14-bandida ko‘rsatilgan ish haqining umumiy summasini o‘n ikkiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi. Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan vaqtda o‘n ikki oydan kam ishlagan taqdirda, o‘rtacha oylik ish haqi haqiqatda ishlagan umumiy ish haqini ishlagan oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi. Ish davri to‘liq oydan kam vaqtni tashkil qilgan taqdirda, zararni to‘lash miqdori shartli oylik ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. U quyidagi tartibda aniqlanadi: butun ishlangan vaqt davomida olingan ish haqi (daromad) kunlar soniga bo‘linadi, hosil bo‘lgan summa bir yil uchun o‘rta hisobda hisoblab chiqilgan bir oydagi ish kunlari soniga ko‘paytiriladi. Haqiqiy ish haqi miqdori to‘g‘risidagi hujjatlarni olish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda zararni to‘lash miqdori zararni to‘lash to‘g‘risida murojaat qilingan vaqtda belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchining o‘rtacha oylik ish haqi miqdori pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan ko‘p bo‘lmagan hollarda ham yetkazilgan zararni to‘lash miqdori xuddi shu tartibda hisoblab chiqiladi. 16. Balog‘atga yetmaganlar mehnat jarohati olgan taqdirda, zarar uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, ammo qonunchilikda belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. 17. Agar bir ish beruvchida ishlangan davrda mehnat jarohati takroran olingan taqdirda o‘rtacha oylik ish haqi jabrlanuvchining xohishiga ko‘ra birinchi yoki takroriy mehnat jarohati olingandan ilgarigi tegishli davrlar bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Zararni to‘lash miqdori kasbga doir mehnatga layoqatsizlikning umumiy foiziga qarab hisoblab chiqiladi. Agar mehnat jarohatlari turli ish beruvchilarda ishlaganda olingan bo‘lsa, u holda zararning to‘lov miqdorini aniqlash har bir ish beruvchi tomonidan, tegishli mehnat jarohati bo‘yicha kasbga doir mehnatga layoqatsizlik foiziga qarab alohida amalga oshiriladi. 18. Chet ellarda ishlagan xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) chet elda ishlaganlik uchun to‘lovlarni chiqarib tashlagan va mazkur Qoidalarning 8-bandini hisobga olgan holda umumiy asoslarda hisoblab chiqiladi. 19. Ishlab chiqarish ta’limini (amaliy mashg‘ulotni) o‘tash davrida mehnat jarohati olgan fuqarolarning o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) jabrlanuvchining qaysi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha o‘qiganligiga qarab, shu kasb (mutaxassislik) stavkasi (maosh)dan kelib chiqqan holda (ammo 2 razryaddan past emas) hisoblab chiqiladi. O‘qish (amaliy mashg‘ulot) davomida ish haqi (daromad) olgan shaxslarga, ularning xohishiga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) shu davr uchun hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchilarning xohishiga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) o‘qish davrida to‘langan stipendiya bo‘yicha ham hisoblab chiqilishi mumkin. 20. Mehnat jarohati tufayli o‘zining roziligi bilan vaqtincha yengilroq, kam haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan jabrlanuvchiga ish haqi mehnatga layoqati tiklangunga qadar mehnat jarohati olgandan avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi)dan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Boshqa ishga o‘tkazish zarurligi, uning davom etish muddati va tavsiya etiladigan ish turi TIEK xulosasiga muvofiq belgilanadi. 21. Agar jabrlanuvchi mehnat jarohati tufayli avvalgi ishini bajara olmagan taqdirda ish beruvchi jabrlanuvchini uning xohishiga ko‘ra TIEK xulosasiga muvofiq, o‘z hisobidan yangi kasbga o‘qitishi shart. Yangi kasbga o‘qitish davrida jabrlanuvchiga mehnat jarohati olgunga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) to‘lanadi. Mazkur davrda zararni qoplash summasini to‘lash umumiy asoslarda amalga oshiriladi. 22. Etkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchi jabrlanuvchiga, o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi)dan tashqari, mehnat jarohati tufayli qilingan qo‘shimcha xarajatlarni ham to‘lashga majburdir. To‘lanadigan bunday xarajatlarga davolash, protezlash, qo‘shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, sanatoriya-kurortda davolanish, shu jumladan jabrlanuvchining davolanadigan joyga borish va kelish yo‘l xarajatlari, zarur hollarda esa shuningdek o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lganda, kuzatib boruvchi shaxsning ham yo‘l xarajatlari, maxsus transport vositalarini sotib olish va boshqa turli yordam xarajatlari, agar u TIEK tomonidan yordamning ushbu turlariga muhtoj deb topilgan bo‘lsa va ularni tegishli tashkilotlardan bepul olish huquqi bo‘lmasa, shuningdek jabrlanuvchi bilan ish beruvchi o‘rtasida zararni to‘lash bo‘yicha bahs paydo bo‘lganda hamda bahs jabrlanuvchi foydasiga hal bo‘lgan hollarda advokat yollash uchun qilingan xarajatlar kiradi. Dori-darmonlar sotib olish uchun qilingan xarajatlar davolovchi shifokor tomonidan yozib berilgan belgilangan shakldagi retsept hamda pul to‘langanligi to‘g‘risidagi chek taqdim etilganda ish beruvchi tomonidan jabrlanuvchiga to‘lanadi. I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun TIEKning uy sharoitida parvarishga muhtojlik haqidagi xulosasi talab qilinmaydi (ular maxsus tibbiy parvarishga muhtoj bo‘lgan hollar bundan mustasno). Mazkur bandda ko‘rsatilgan yordamning bir nechta turlariga muhtoj bo‘lgan jabrlanuvchiga yordamning har bir turini olish bilan bog‘liq xarajatlar to‘lanadi. 23. Maxsus tibbiy parvarishga muhtoj bo‘lgan jabrlanuvchilar uchun qo‘shimcha xarajatlar har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ikki baravari miqdorida belgilanadi. Uy sharoitida parvarish qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ellik foizi miqdorida belgilanadi. Ham maxsus tibbiy parvarishga, ham uy sharoitidagi parvarishga muhtoj bo‘lgan jabrlanuvchiga uy sharoitidagi parvarish bilan bog‘liq xarajatlar maxsus tibbiy parvarish xarajatlariga qo‘shimcha ravishda to‘lanadi. Jabrlanuvchini parvarish qilish uchun qo‘shimcha xarajatlar, ularning kim tomonidan amalga oshirilishidan qat’i nazar, to‘lanadi. Maxsus transport vositalarini sotib olish xarajatlari ularning qiymati doirasida to‘lanadi. Boshqa qo‘shimcha xarajatlar miqdori tegishli tashkilotlarning schyotlari va boshqa hujjatlar asosida yoxud jabrlanuvchi tomonidan ushbu xarajatlar qilingan vaqtdagi narxlarga muvofiq aniqlanadi. 24. Jabrlanuvchining sanatoriy-kurortda davolanishga muhtojligi haqida TIEK xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, unga har yilgi mehnat ta’tilidan tashqari davolanish uchun qo‘shimcha ta’til beriladi. Davolanish uchun berilgan ta’til vaqti uchun to‘lov har yilgi ta’til to‘lovi uchun belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Davolanish davridagi zararni to‘lash umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Mehnat jarohati olgan xodim boshqa ishga o‘tganda, davolanish uchun berilgan qo‘shimcha ta’til uchun to‘lov zarar yetkazilgani uchun mas’ul bo‘lgan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Jabrlanuvchi, shuningdek uni kuzatib boruvchi shaxsning yo‘l kira xarajatlarini to‘lash miqdori xizmat safari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarga muvofiq aniqlanadi. 25. Yo‘qotilgan ish haqi (daromadi)ni to‘lashdan zararni to‘lashning boshqa turlaridan tashqari, ish beruvchi jabrlanuvchiga bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘laydi. Xodim sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar bilan bog‘liq holda ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa — ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha aniqlanadi. Bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori jabrlanuvchining bir yillik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak. Yillik ish haqi miqdori mazkur Qoidalarning 14 va 15-bandlariga muvofiq hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik ish haqini o‘n ikkiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 26. Xodim mehnat jarohatiga bog‘liq holda vafot etgan taqdirda, ish beruvchi marhumning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz, shuningdek o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga yoki marhum vafot etgan kungacha undan nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga, marhumning vafotidan so‘ng tug‘ilgan farzandiga, shuningdek ota-onalaridan biriga, umr yo‘ldoshiga yoki oilasining ishlamaydigan va vafot etganning 3 yoshga to‘lmagan bolalari, ukalari, singillari yoki nabiralari parvarishi bilan band bo‘lgan boshqa a’zosiga zararni to‘lashi shart. Bolalarning boqimandaligi nazarda tutiladi va buning uchun dalillar talab qilinmaydi. Quyidagilar mehnatga layoqatsiz hisoblanadi: 18 yoshdan oshgan shaxslar, agar ular shu yoshga yetgunga qadar nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan bo‘lsa; 60 yoshga to‘lgan erkaklar hamda 55 yoshga to‘lgan ayollar; belgilangan tartibda nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilgan shaxslar. Oila a’zosining mehnatga layoqatsizligi boshlangan vaqt (boquvchining vafotigacha yoki vafotidan keyin) uning zarar to‘lovini olish huquqiga ta’sir etmaydi. 16 va undan katta yoshdagi o‘quvchilar o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qishni tugatgunlariga qadar, ammo ko‘pi bilan 18 yoshgacha zarar to‘lovini olish huquqiga egadirlar. 27. Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va boquvchining vafoti tufayli zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar uchun zarar miqdori vafot etgan shaxsning o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan uning o‘ziga va qaramog‘idagi mehnatga layoqatli, ammo zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarga to‘g‘ri keladigan ulushni chegirib tashlagan holda belgilanadi. Zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning har biriga beriladigan zarar to‘lovlari miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning hammasiga to‘g‘ri keladigan ulush ularning soniga taqsimlanadi. Vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lmagan, ammo zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar uchun zarar to‘lovi miqdori sud tartibida belgilanadi. Vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan va bo‘lmagan shaxslar ayni bir vaqtda zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lishgan taqdirda zarar to‘lovlari miqdori eng avvalo vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lmagan shaxslar uchun belgilanadi. Ular uchun belgilangan zarar to‘lovi summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, so‘ng ish haqining qolgan miqdoriga qarab vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar uchun zarar to‘lovi miqdori mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibga muvofiq belgilanadi. Boquvchisini yo‘qotganlik tufayli zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar uchun ularga boquvchi vafoti tufayli tayinlangan pensiya, shuningdek boshqa pensiyalar, ish haqi, stipendiyalar va boshqa daromadlar zarar to‘lovi hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramog‘ida bo‘lgan har bir shaxs hisobiga zarar to‘lovi miqdori qonunchilikda belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ellik foizidan kam bo‘lishi mumkin emas. 28. Boquvchisini yo‘qotganlik tufayli zarar to‘lovi olishga huquqi bo‘lganlardan har biriga belgilangan zarar miqdori keyinchalik hisob-kitob qilinmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno: chaqaloq boquvchining vafotidan keyin tug‘ilganda; vafot etgan boquvchining farzandlarida, nabiralari, ukalari va singillarini uch yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxslarga zarar to‘lovlari belgilanganda yoki to‘xtatilganda; vafot etganning qaramog‘ida bo‘lgan yoki u vafot etgan kungacha uning ta’minotida bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar soni o‘zgarganda. Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda zararni to‘lash miqdori, zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar soni ko‘payishi yoki kamayishi hisobga olingan holda, mazkur Qoidalarning 27-bandiga muvofiq qayta hisoblab chiqiladi. 29. Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ish beruvchi vafot etganning kamida oltita o‘rtacha yillik ish haqining ushbu shaxslar soniga bo‘lingan summasida bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘laydi. Oltita o‘rtacha yillik ish haqi miqdori mazkur Qoidalarning 14 va 15-bandlariga muvofiq hisoblab chiqilgan vafot etganning o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi)ni yetmish ikkiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 30. Sog‘liq shikastlanganligi tufayli bir yo‘la beriladigan nafaqa olingandan keyin xodim mehnat bilan bog‘liq holda jarohatlanishi munosabati bilan vafot etgan taqdirda, ish beruvchi vafot etganning kamida beshta o‘rtacha yillik ish haqi miqdorida bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lashi shart. 31. Xodim mehnat bilan bog‘liq holda jarohatlanishi munosabati bilan vafot etgan taqdirda ish beruvchi qo‘shimcha ravishda dafn etish uchun zarur xarajatlarni ushbu xarajatlarni sarflagan shaxsga to‘lashi shart. Dafn etish uchun zarur xarajatlar zararni to‘lash hisobiga kiritilmaydi. 32. Ish beruvchi kasb bo‘yicha mehnat layoqatini yo‘qotgan xodimga ishlab chiqarishda nobud bo‘lganning oila a’zolariga amaldagi qonunchilikka muvofiq ularning zararni to‘lashga bo‘lgan huquqlarini va ushbu masalalar bilan ish beruvchiga murojaat qilish tartibini tushuntirishi hamda zararni to‘lash to‘g‘risidagi talablarni berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni olishda ariza beruvchiga ko‘maklashishi va tegishli hollarda ushbu hujjatlarni boshqa tashkilotlardan talab qilishi shart. 33. Zararni to‘lash to‘g‘risidagi ariza ish beruvchiga beriladi. Zararni to‘lash to‘g‘risidagi arizaning nusxasi kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoxud korxona xodimlarining boshqa vakolatli organiga beriladi. 34. Ish beruvchi zararni to‘lash to‘g‘risidagi arizani ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda ko‘rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart. Qaror ish beruvchining buyrug‘i (farmoyishi) bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq asoslangan bo‘lishi zarur, unda zarar to‘lovini oladigan shaxslar, oilaning har bir a’zosi uchun uning miqdorlari va to‘lash muddatlari ko‘rsatiladi. Ish beruvchining zararni to‘lash yoki asoslangan rad etish haqidagi buyrug‘i nusxasi xodimga yoki manfaatdor shaxslarga buyruq chiqarilgan kundan boshlab 3 kun muddatda topshiriladi. 35. Zararni to‘lash to‘g‘risidagi arizaga Davolash-mehnat ekspertiza komissiyasining kasb bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik darajasi to‘g‘risidagi hamda tegishli hollarda jabrlanuvchining qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligi haqidagi xulosasi ilova qilinadi. Zarar to‘lovlari muddatini uzaytirish uchun ham yuqorida qayd etilgan hujjatlar taqdim qilinadi. 36. Davolash-mehnat ekspertiza komissiyasida sog‘liqni tekshiruvdan o‘tkazish va qayta tekshirishdan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 37. Boquvchisini yo‘qotganlik tufayli zarar to‘lanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga zararni to‘lash haqidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: a) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi (FHDY) tomonidan boquvchining vafoti to‘g‘risida berilgan guvohnoma nusxasi; b) vafot etgan shaxsning oila a’zolari tarkibi, shu jumladan uning qaramog‘ida bo‘lganlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (yoki boshqa hujjatlar) yoki sudning tegishli qarori nusxasi; g) o‘quv muassasasining zarar to‘lanishi huquqiga ega bo‘lgan, yoshi 16 dan 18 gacha bo‘lgan shaxslarning o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi. To‘lovlar muddatini uzaytirish uchun zarar to‘lovlarini kelgusida ham olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (o‘qishi to‘g‘risida ma’lumotnomalar va boshqalar) taqdim etiladi. 38. Tegishli hujjatlar bo‘lmaganda hamda ularni tiklash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, qaramog‘ida bo‘lganlik holati sud tomonidan belgilanadi. 39. Jabrlanuvchining yoki boshqa manfaatdor shaxslarning iltimosiga ko‘ra korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar tomonidan vakil qilingan boshqa vakolatli organ ish beruvchi bilan muzokaralarda jabrlanuvchi tomonidan qatnashish uchun o‘z vakilini ajratadi. 40. Xodim yoki manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan norozi bo‘lgan yoki belgilangan muddatda javob olinmagan taqdirda ushbu nizoni hal etish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin. Korxonaning kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlar tomonidan vakil qilingan vakolatli organ manfaatdor shaxslarning roziligiga ko‘ra ariza bilan sudga murojaat qilishi va sud jarayonida qatnashishi mumkin. Zararni to‘lash haqidagi ariza sudga qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. 41. Chet elda ishlagan davrda mehnat jarohati olgan xodimlar va boquvchisi vafot etgan taqdirda ularning oila a’zolari tomonidan zarar to‘lovini olish to‘g‘risidagi ariza xodimni chet elga ishga yuborgan vazirlikka, idoraga, tashkilotga, korxonaga beriladi. 42. Belgilangan tartibda xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar deb e’tirof etilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) taqdirda zararni to‘lash bo‘yicha tegishli to‘lovlarni to‘lash majburiyati uchun uning huquqiy vorisi javob beradi. Zararni to‘lash to‘g‘risidagi talab ham unga beriladi. 43. Xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilishida, bu belgilangan tartibda qayta tashkil etish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, javobgar bo‘lgan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer xo‘jaligi, yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo‘jaliklarida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda zararni to‘lash summasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari deb yuritiladi) tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi. Xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) fermer xo‘jaliklariga aylantirilganda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq zararni to‘lash summasi, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi)da mablag‘ bor-yo‘qligidan qat’i nazar, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan ushbu jamg‘arma mablag‘laridan to‘lanadi. Qayta tashkil etish komissiyasi yuqorida ko‘rsatilgan organlarga to‘lovni bundan keyin amalga oshirish uchun jabrlanuvchining zarur bo‘lgan barcha hujjatlarini beradi. 44. Mehnat jarohati uchun javobgar bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda tugatish komissiyasi zararni to‘lash summasini bundan keyin to‘lash uchun zarur summani tugatilayotgan yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining mablag‘lari jamlanadigan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlarining maxsus maqsadli budjetdan tashqari hisob raqamlariga o‘tkazishi kerak. 45. Agar jabrlanganga yoki zararni undirishga huquqi bo‘lgan shaxslarga zarar summasini to‘lash muayyan davrga belgilangan bo‘lsa, u holda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazish uchun mazkur summani hisoblab chiqish yuridik shaxs tugatilgan kunda mazkur Qoidalarda belgilangan miqdorda, biroq kamida besh yil uchun amalga oshiriladi. 46. Agar yuridik shaxs tugatilgan kunda jabrlanuvchilarga yoki bunga huquqi bo‘lgan shaxslarga zarar summasini to‘lash muddatsiz belgilangan bo‘lsa, u holda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lash uchun mazkur summani hisoblab chiqish O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha umr ko‘rish yoshi hisobga olingan holda yuridik shaxs tugatilgan kunda mazkur Qoidalarda belgilangan miqdorda, biroq kamida 5 yil uchun amalga oshiriladi. Hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha umr ko‘rish yoshi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining manfaatdor organlari va tashkilotlari e’tiboriga yetkaziladi. 47. Zararni to‘lash uchun summalarni o‘tkazish tugatilayotgan yuridik shaxsning mablag‘lari yoki mol-mulki mavjud bo‘lmaganligi yoki yetarli emasligi sababli mumkin bo‘lmagan hollarda va zararni to‘lash uchun summalarni o‘tkazish tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligida mablag‘ yo‘qligi yoki yetarli emasligi tufayli mumkin bo‘lmagan hollarda, bu tugatish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan taqdirda, shuningdek agar yuridik shaxs tugatilgandan keyin jabrlanganlarda yoki zarar to‘lanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarda, mazkur Qoidalarga muvofiq, ularni olish uchun qo‘shimcha yoki yangi huquqlar paydo bo‘lganda zararni to‘lash summasi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan ushbu jamg‘arma mablag‘laridan to‘lanadi. Tugatish komissiyasi bundan keyin to‘lovni amalga oshirish uchun jabrlanganlarning zarur bo‘lgan barcha hujjatlarini yuqorida ko‘rsatilgan organlarga beradi. 48. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari zarar to‘lanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning yashash joylari bo‘yicha zarar summasi to‘lovini mazkur Qoidalarga muvofiq hisoblab chiqilgan miqdorda amalga oshiradilar. 49. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda zarar summasini to‘lash tartibi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 50. Zararni qoplash to‘lovlari: a) jabrlanuvchilarga — ular mehnat jarohati oqibatida kasb bo‘yicha mehnatga layoqatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan kundan boshlab; b) boquvchining vafoti tufayli zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga — boquvchining vafot etgan kunidan, ammo faqat zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lingan vaqtdan boshlab to‘lanadi. 51. Zararni undirish to‘g‘risida ariza jabrlanuvchining mehnat jarohati tufayli kasb bo‘yicha mehnatga layoqati yo‘qotilgandan yoki boquvchining vafotidan 3 yildan keyin berilgan taqdirda zararni to‘lash bu haqda murojaat qilingan kundan boshlab amalga oshiriladi. Ariza berilgan kun zararni to‘lash to‘g‘risida murojaat qilingan kun hisoblanadi. 52. Zarar to‘lovlarini olish muddatini uzaytirish zarur hujjatlar taqdim etilishi bo‘yicha avvalgi to‘lovlar muddati tugagan kundan boshlab amalga oshiriladi. 53. O‘rtacha oylik ish haqi (daromad) bo‘yicha zararni to‘lash mehnat jarohati tufayli jabrlanuvchi kasb bo‘yicha mehnat layoqatini yo‘qotganlik belgilangan muddat uchun, qo‘shimcha xarajatlarni to‘lash esa ularga muhtojlik belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi. 54. Ish beruvchi jabrlanuvchini yoki manfaatdor shaxslarni zararni to‘lash miqdori qayta hisoblanishiga sabab bo‘lgan ma’lumotlar bilan tilxat bo‘yicha tanishtirishi shart, jabrlanuvchi yoki manfaatdor shaxslar esa o‘z navbatida zarar to‘lovi miqdori qayta hisoblanishiga sabab bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilishlari shart (pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oshgan hollar bundan mustasno). 55. Joriy oy uchun zarar to‘lovlari ushbu oy tugashidan kechikmay to‘lanadi. Bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa zararni undirish huquqi olingan kundan boshlab bir oy mobaynida to‘lanadi. Zarar to‘lovlari summasini oluvchiga yetkazib berish va jo‘natish xarajatlari yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu summalar, oluvchilarning xohishiga ko‘ra, ularning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin. 56. Zararning belgilangan to‘lovlari quyidagi muddatlardan boshlab qayta hisoblab chiqiladi: zararni qoplash miqdorini oshirish huquqi vujudga kelganda — tegishli holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab; qoplash miqdorining kamaytirilishiga sabab bo‘luvchi holatlar yuzaga kelganda — tegishli holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab. 57. Zararni undiruvchi shaxs qariyalar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar uyiga joylashtirilgan taqdirda, unga zararni qoplash miqdori bilan u erdagi parvarish qilish qiymati o‘rtasidagi farq to‘lanadi, ammo bu tayinlangan zarar qoplanishi summasining 25 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Agar ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz kishilar bor bo‘lsa zarar quyidagi tartibda qoplanadi: qaramog‘idagi mehnatga layoqatsiz bir kishi hisobiga — belgilangan qoplash summasining chorak qismi, ikki kishi hisobiga — uchdan bir qismi, uch va undan ko‘p kishi hisobiga yarmi qoplanadi. To‘lovning qolgan qismi qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uyida parvarish qilish qiymatini chegirib tashlagan holda, ammo zarar qoplanishi miqdorining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, jabrlanuvchining o‘ziga to‘lanadi. 58. Sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilib jazo muddatini o‘tash davrida qoplanishi kerak bo‘lgan zarar summasi oluvchining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi va unga ozodlikdan mahrum etilgan joydan chiqqandan keyin to‘lanadi. 59. Tayinlangan, ammo jabrlanuvchi yoki zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘z vaqtida olinmagan to‘lov uni olish haqida murojaat qilingan oldingi 3 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt uchun to‘lanadi. Zarar uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchining aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan zararni qoplash summasi biron-bir muddat bilan chegaralanmagan holda o‘tgan davr uchun to‘lanadi. 60. Jabrlanuvchiga yoki boquvchining vafoti tufayli zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga tegishli bo‘lgan va vafot etish tufayli ular tomonidan to‘liq olinmay qolgan zarar undirish summasi umumiy asoslarda ularning merosxo‘rlariga to‘lanadi. 61. Jabrlanganlarga yoki zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ortiqcha to‘langan zarar to‘lovi summasi, agar ular tomonidan suiiste’mol qilish oqibatida (qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yo‘qotgan taqdirda zarar summasini undirish tayinlangan oila tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmasligi natijasida va boshqalar) yoxud sanoqdagi xato oqibatida asossiz to‘langan bo‘lsa, qaytarib olinishi mumkin. Noto‘g‘ri olingan zarar to‘lovi summasini qaytarib olish mehnatga haq to‘lash summasidan chegirib qolishda qonunchilikda belgilangan kafolatlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Zararni qoplash summasini to‘lash to‘xtatilgan taqdirda ortiqcha to‘langan summa bo‘yicha qarzning qolgan qismi sud tartibida undiriladi. 62. Zarar summasini to‘lash davrida zararni qoplash tayinlanishi to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi (sudning qarori), jabrlanuvchi va boshqa manfaatdor shaxslarning zararni qoplash tayinlanishi to‘g‘risidagi arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ish beruvchining buxgalteriyasida har bir oluvchining alohida hujjatlar yig‘majildida, ish beruvchi tugatilgan taqdirda esa — ish beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshqarmalarida saqlanadi. Zarar summasini to‘lash to‘xtatilgandan ikki yil keyin ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar yig‘majildlari ish beruvchining arxiviga yoki budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga doimiy saqlash uchun topshiriladi. 63. O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun jo‘nab ketgan shaxslarga zararni to‘lash O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan to‘lash Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 1-fevraldagi 48-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 7-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularning ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2001-yil 1-martdagi 103-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 13-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
232
38,361
Qonunchilik
Xalqaro qishloq хoʻjaligi universiteti tashkil qilindi
Prezidentning 07.05.2022 yildagi “Xalqaro qishloq хoʻjaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-237-con qarori qabul qilindi. Universitet Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Buyuk Britaniya Qirollik qishloq хoʻjaligi universiteti tomonidan ta’sis etiladigan toʻliq akademik va moliyaviy mustaqil boʻlgan davlat ishtirokidagi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitetda ta’lim grant va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Universitet rektori Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda qishloq хoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bunda Universitet rektori Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan koʻrsatiladi. Universitet bitiruvchilariga hamkor universitetning diplomi beriladi (Buyuk Britaniya Qirollik qishloq хoʻjaligi universiteti). Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar hisoblanadi: Universitetda davlat muassasasi shaklidagi хoʻjalik hisobidan moliyalashtiriladigan Qishloq хoʻjaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (Capacity Building Center)ni tashkil etiladi. Bundan tashqari, Qishloq хoʻjaligi vazirligiga 2022 yil yakuniga qadar Universitetda хalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan talabalar, magistrant va ilmiy izlanuvchilar hamda professor-oʻqituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida startap-loyihalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shugʻullanuvchi davlat muassasasi shaklidagi “Agro Innovation Incubator” markazini tashkil etish buyurilgan. Hujjat bilan quyidagilar ham tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.05.2022 yildan kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
54
1,714
Qonunchilik
Oʻzbekiston transport bilan bogʻliq bitimlar boʻyicha хalqaro hujjatlarga qoʻshildi
28.11.2017 yildagi OʻRQ–453-son «Oʻzbekiston Respublikasining Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan хalqaro kafolatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) va Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan хalqaro kafolatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaning Aviatsiya uskunalari boʻyicha protokoliga (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Qonun e’lon qilindi. Hujjat matni Xalq soʻzi saytida e’lon qilindi. Mazkur хalqaro shartnomalar 3 turdagi ob’yektlar boʻyicha garovga oluvchilar, lizing beruvchilar va tashqi iqtisodiy bitimlar boʻyicha ehtimoliy sotuvchilar huquqlarining qator kafolatlarini oʻz ichiga olgan: havo kemalari planerlari (dvigateli yechib olingan samolyot – tahr.), aviatsiya dvigatellari va vertolyotlar; Masalan, Konvensiyaga koʻra garovga oluvchi sudga murojaat etmasdan: Qonunda Konvensiyaning oʻzi yoki Protokol boʻyicha mamlakatimiz bajarishi shart boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining qator bayonotlari saqlanadi. Ular ratifikatsiya qilingan hujjatlarning alohida qoidalarini qoʻllash tartibini aniqlashtiradi. Masalan, Oʻzbekistonning e’tirof etishicha, Konvensiyada kreditor oʻz huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishi kerakligi aytib oʻtilmagan boʻlsa,  himoya qilish usullari sud harakatlari va sudning ruхsatisiz qoʻllanilishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari Oʻzbekistonning vakolatli sudlari etib esa belgilangan. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    Samir Latipov.
83
1,654
Qonunchilik
Banklarda depozit operatsiyalari yangi yoʻriqnomaga asosan amalga oshiriladi
2015 yil 6 maydagi PQ–2344-son «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 avgustda 2711-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma tasdiqlandi. Ilgari amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyхat raqami 2205, 2011 yil 4 mart), shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 2015 yil 2 dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi. Belgilanishicha, bank filialining omonat boʻlinmasi tarkibida aholi omonatlari operatsiyalari ustidan soʻnggi nazoratni amalga oshirish uchun ish hajmidan kelib chiqqan holda alohida soʻnggi nazoratchi shtat birliklari tashkil etilishi lozim. Shu munosabat bilan oʻrnatilishicha, soʻnggi nazoratchi bir vaqtning oʻzida nazoratchi vazifasini ham bajarishi mumkin emas. Shunday me’yor chiqarib tashlandiki, unga koʻra agar omonatga qoʻyilganligi omonat daftarchasi, omonat sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan boʻlsa, bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanardi. Bundan shunday хulosa kelib chiqadiki, omonatchi va bank oʻrtasida alohida bank omonati shartnomasi tuzilishi kerak. Aniqlashtirilishicha, agar bankning bank operatsiyalarini bajarish huquqini beruvchi litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olinsa, fuqarolar omonatlari «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonun (2002 yil 5 aprel, 360-II-son) talablari asosida mazkur bankning mablagʻlari fuqarolarning bankdagi omonatlari boʻyicha haq toʻlashga yetmagan taqdirdagina qoplab beriladi. 29801 – «Mijozlar bilan hisob-kitoblar» va 29896 – «Boshqa majburiyatlar» hisobraqamlaridan tranzit hisobraqamlari sifatida foydalanish taqiqlandi. Yangi Yoʻriqnomaning yangiliklaridan biri banklar tomonidan omonatchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida elektron plastik omonat kartalari joriy etilishining mumkinligidir. Bunday kartalardan foydalanish omonatchilar tomonidan iхtiyoriy tanlanadi. Yangi Yoʻriqnomaning oʻziga хos хususiyatlaridan yana biri bank filiallarida (omonat kassalarida) «Omonatchilar burchagi» tashkil etilishining zarurligidir. Demak, unda quyidagilar boʻlishi shart: banklarda omonat operatsiyalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va bank Boshqaruvining ichki tartib-qoidalari nusхalari yoki ulardan koʻchirmalar; omonat turlari boʻyicha bank ichki siyosatida belgilangan ma’lumotlar, qabul qilinayotgan omonatlar shartlari toʻgʻrisida umumiy ma’lumotlar (roʻyхat, jadval va boshqa koʻrinishlarda) hamda ommaviy shartnoma namunalari; omonat operatsiyalari boʻyicha yaratilgan interaktiv хizmat turlari toʻgʻrisida ma’lumot; ishonch telefonlari roʻyхati; boshqa omonat kassalarning manzillari va telefon raqamlari toʻgʻrisida ma’lumot; «Omonatchilarning shikoyat va takliflarini qayd etish daftari» hamda «Aholi omonatlari boʻyicha naqd pul mablagʻlarining berilishida omonatchilarning murojaatlarini qayd etish daftari». Belgilanishicha, banklar mijozlardan qabul qilingan pul mablagʻlari, shu jumladan aholi omonatlarining mavjudligini, ularning omonat daftarchalari (sertifikatlar)ga* muvofiqligini har chorakda kamida bir marta tekshirishlari lozim. Banklar aholi omonatlarining mavjudligini, ularning omonat daftarchalari (sertifikatlar)ga muvofiqligini tekshirishda «Bank siri toʻgʻrisida»gi Qonun talablariga rioya etgan holda «SMS-banking» dasturidan foydalanishlari mumkin. Bunda banklar Markaziy bankka tekshiruv oʻtkazilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim. Aks holda, tekshiruv oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. Hujjatda omonat daftarchasini rasmiylashtirish boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar mavjud, Xususan, belgilanishicha, naqd pulda bajarilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi barcha qaydlar kassir imzosi bilan tasdiqlanishi shart. Aniqlashtirilishicha, jamgʻarma omonat hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar (masalan, omonatchi topshirigʻi asosida bank uning jamgʻarma omonat summasini bankdan olingan kredit va unga hisoblangan foizlarga yoki kommunal toʻlovlarga yoʻnaltirishi mumkin) omonatchi jismoniy shaхslar yoki ularning qonuniy vakillarining yozma topshirigʻiga koʻra (ilgari – omonatchi jismoniy shaхslar хohishiga koʻra) amalga oshirilishi mumkin. Avvalgidek, omonatchi jamgʻarma yoki muddatli omonat summasini bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi. Endilikda aniqlashtirilishicha, muddati tugagan jamgʻarma yoki muddatli omonatlar boʻyicha talab qilib olinguncha omonat shartlari asosida foizlar hisoblanadi va bu haqda omonat shartnomasida koʻrsatilgan boʻlishi shart. Aniqlashtirilishicha, muddatli va jamgʻarma omonatlar muddati tugaganidan soʻng bank omonat shartnomasining muddati uzaytirilgan hollarda, mazkur omonatlar uchun yangi hisobvaraqlar ochilmaydi va omonat hisobi oldingi hisobvaraqda davom ettiriladi. Bundan tashqari, shartnomada koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin muddatli va jamgʻarma omonat mablagʻlarini boshqa hisobvaraqlarga omonatchi yoki uning ishonchli vakilining ishtirokisiz oʻtkazish taqiqlanadi (shartnomada boshqa shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa). Avvalgidek, yuridik shaхs, yuridik shaхs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon хoʻjaliklarining jamgʻarma va muddatli omonatlariga mablagʻlar ularning asosiy hisobvaragʻidan oʻtkaziladi va omonat muddati tugagach yoki bank omonati shartnomasi bekor qilingan hollarda mablagʻlar ularning asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi. Bunda alohida koʻrsatilishicha, ikkilamchi hisobvaraqlardan jamgʻarma va muddatli omonatlarga mablagʻlarni oʻtkazish taqiqlanadi. Aniqlashtirilishicha, bank omonati summasiga foizlar har oy oʻtganidan keyin omonatchining talabiga koʻra toʻlanadi (agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa), bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qoʻshilib borilishi mumkin (agar bu bank omonat shartnomasida koʻzda tutilgan boʻlsa). Ilgari foizlar omonatchiga omonat summasidan alohida toʻlanishi nazarda tutilgandi va talab qilib olinmagan foizlar foizlar yoziladigan omonat summasiga avtomatik tarzda qoʻshilib borilishi kelib chiqardi. Shuningdek aniqlashtirilishicha, agar monatga topshirilgan mablagʻ qoʻyilgan kunning oʻzida toʻliq yoki qisman qaytadan berilsa, foizlarni hisoblashda omonat berilgan kun toʻliq yoki qisman kaytarilgan omonat qismi hisobga olinmaydi. Bank va uning filiallarida «harakatsiz omonatlar» boʻyicha chiqim operatsiyalarini bajarish taqiqlandi. «Harakatsiz omonatlar» deganda, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar boʻyicha 1 yil davomida, jamgʻarma va muddatli omonatlarning muddati tugagandan keyin 1 yil davomida (foizlar hisoblanishidan tashqari) hech qanday operatsiyalar amalga oshirilmagan omonatlar tushuniladi. Ilgari ushbu muddat uch yilni tashkil etardi. Aniqlanishicha, harakatsiz omonatlar boʻyicha mablagʻlarni toʻliq yoki qisman olish uchun omonatchi yoki uning qonuniy vakili bank boshqaruvchisi nomiga uni tiklash boʻyicha ariza taqdim qiladi. Hujjatda boshqa oʻzgartirishlar ham mavjud. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 2 sentyabrdagi 34-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. __________ * Omonat daftarchasi bank tomonidan omonat boʻyicha bajarilgan operatsiyalarni omonatchiga yozma ravishda tasdiqlovchi va omonat boʻyicha olingan majburiyatlarni kafolatlovchi hujjat hisoblanadi. Bankka qoʻyilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻoz omonat sertifikati hisoblanadi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
76
8,853
Qonunchilik
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: maxsus qabulxona — ichki ishlar organlari tizimiga kiradigan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus muassasa; maxsus qabulxona ma’muriyati — maxsus qabulxonani boshqarishni amalga oshiruvchi maxsus qabulxona boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari; ma’muriy qamoqqa olish — ma’muriy jazo turi bo‘lib, u shaxsni jamiyatdan vaqtincha ajratib qo‘yish sharoitlarida saqlashdan iborat va uch sutkadan o‘n besh sutkagacha bo‘lgan muddatga, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatga qo‘llaniladi; ma’muriy qamoqqa olingan shaxs — o‘ziga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqarilgan fuqaro. 3. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi sudyasining, shuningdek, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra, maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar sutkasiga bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida undiriladi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ma’muriy qamoqni o‘tashi vaqtida ishlagan va shu tariqa o‘zining maxsus qabulxonada saqlanishi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplagan hollarda undan xarajatlar undirib olinmaydi. Ma’muriy qamoqqa olingan, mehnatga qobiliyatsiz shaxslar ham bu xarajatlarning undirilishidan ozod qilinadi. 5. Ayrim hollarda muayyan holatlar, ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning moddiy ahvoli va shaxsi hisobga olingan holda, u maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar undirilishidan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi sudyasining, shuningdek, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra ozod qilinishi mumkin. 6. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq undirilgan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga o‘tkaziladi. 7. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga olib kelingan kuni unga nisbatan maxsus qabulxona navbatchisi tomonidan yig‘ma jild yuritiladi. 8. Navbatchi kun davomida qabul qilingan shaxslarning yig‘ma jildlari va ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan olingan qimmatbaxo buyumlarini jamlab, maxsus qabulxona boshlig‘i tomonidan tayinlangan maxsus qabulxonaning hisob-kitobi bilan shug‘ullanuvchi mas’ul xodim (hisobchi) ga topshiradi. 9. Mas’ul xodim (hisobchi) yig‘ma jildlarning yuritilishi va ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan olingan qimmatbaxo buyumlarning saqlanishini ta’minlaydi hamda alohida daftarda qayd etib boradi. 10. Mas’ul xodim (hisobchi) ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning yig‘ma jildiga mehnatga jalb etish varaqasini qo‘shib yuritadi va ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar ozod bo‘lgunga qadar mehnatga jalb etilgan kunlarini qayd etib borgan holda maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni hisob-kitob qilib boradi. 11. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ma’muriy qamoqni o‘tashi vaqtida ishlagan va shu tariqa o‘zining maxsus qabulxonada saqlanishi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplagan hollarda ushbu shaxs maxsus qabulxonadan ozod etilayotgan vaqtda unga maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi. 12. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs ma’muriy qamoqni o‘tashi vaqtida ishlamagan yoki ishlagan bo‘lsa-da, maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplagan bo‘lsa, qolgan qismini bir bank ish kuni mobaynida maxsus qabulxonaning hisob raqamiga to‘lashi lozimligi to‘g‘risida yozma bildirish beriladi. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan to‘lovlar tegishli xizmat ko‘rsatuvchi bankka to‘lanadi. 13. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan ham qoplanishi mumkin. Bunday xollarda, ya’ni maxsus qabulxona ma’muriyatiga ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash istagi bildirilganda ushbu shaxsdan ariza olinadi va yozma bildirish ushbu shaxsga beriladi. 14. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonadan ozod etilganidan so‘ng bir bank ish kuni mobaynida saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lamagan taqdirda maxsus qabulxona ma’muriyati ushbu xarajatlarni sud tartibida undirish bo‘yicha shaxsni ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqargan sudga murojaat etadi. 15. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar hisobini yuritish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining moliyaviy ta’minot xizmatlari tomonidan maxsus qabulxona uchun alohida hisob raqami ochiladi. 16. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan undirilgan maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar hamda ularning mehnatidan foydalanish natijasida tashkilotlardan olingan pul mablag‘lari maxsus qabulxonaning hisob raqamiga tushadi. 17. Maxsus qabulxonaning hisob raqamiga tushgan pul mablag‘lari (ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning mehnatidan foydalanish natijasida olingan va ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlardan ortiq bo‘lgan hamda ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning yo‘l hujjatlari uchun sarflangan summadan tashqari) bir bank ish kuni mobaynida Davlat budjeti daromadiga o‘tkaziladi. 18. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning mehnatidan foydalanish natijasida olingan va ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlardan ortiq bo‘lgan summa ularning nomiga ochiladigan maxsus bank hisobvaraqlariga o‘tkaziladi. 19. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlar tushumi va ushbu mablag‘larni Davlat budjetiga o‘tkazish bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish tegishli maxsus qabulxonaning mas’ul xodimi (hisobchi) tomonidan amalga oshiriladi. 20. Maxsus qabulxona mablag‘lari tushumi va xarajatlari hisobini yuritish va xarajatlar smetasini tuzish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 21. Maxsus qabulxona mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini va tushumni nazorat qilish Ichki ishlar vazirligining Nazorat taftish inspeksiyasiga yuklatiladi. 22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
146
7,500
Qonunchilik
SOLIQ MASLAHATI MILLIY STANDARTI (2-SONLI SMMS) “SOLIQ MASLAHATI BO‘YIChA HISOBOT va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini TUZISh VA MIJOZGA (IShONCh BILDIRUVChIGA) TAQDIM ETISh TARTIBI”NI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011—2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ-1438-son qarorining 2-ilovasining 61-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 48-son, 442-modda) muvofiq buyuraman: 1. Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati bo‘yicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) (keyingi o‘rinlarda standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasida soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi. 1. Ushbu standartning maqsadi mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan soliq maslahati bo‘yicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va taqdim etish tartibini belgilash hisoblanadi. 2. Mazkur standartning talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qo‘llanilishi majburiydir. 3. Soliq maslahati bo‘yicha hisobot (keyingi o‘rinlarda hisobot deb yuritiladi) – soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb yuritiladi) bajarish natijalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etiladigan hujjatdir. 4. Hisobot yozma shaklda tuziladi va shartnomani bajarish davomida soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan tayyorlangan xulosa va tavsiyalarni tasdiqlash uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 5. Hisobot tarkibi shartnomaning predmetiga va soliq maslahati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish muddati davomiyligiga bog‘liq. Hisobot erkin shaklda tuziladi va majburiy tartibda quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: nomi – “Soliq maslahati bo‘yicha hisobot”; mijozning (ishonch bildiruvchining) manzili, nomi yoki F.I.O.; hisobotni tuzish uchun asos bo‘lgan shartnomaning predmeti, raqami va sanasi; shartnomani bajarishda ishtirok etgan soliq maslahatchisi(lari) to‘g‘risida ma’lumotlar (F.I.O., soliq maslahatchisi sertifikatining raqami va berilgan sanasi). 6. Soliq maslahati bo‘yicha bir martalik (bir yo‘la) xizmat ko‘rsatish va muayyan muddat davomida xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha hisobotda ushbu standartning 5-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan savol yoki muammoning mazmuni, ko‘rsatilgan savolga (muammoga) taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxati va vakolatli organlarning tushuntirishlari, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan savolning (muammoning) yechimi bo‘yicha tavsiyalar ko‘rsatiladi. Agar mijozga (ishonch bildiruvchiga) xizmat ko‘rsatishda yozma ravishda tushuntirishlar taqdim etilgan bo‘lsa, hisobotda faqatgina tushuntirishlarning raqami va sanasi ko‘rsatilib, ularning nusxalari ilova qilinadi. 7. Mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifoda etish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha hisobotda ushbu standartning 5-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari soliq maslahatchisi tomonidan mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifoda etishda davlat soliq xizmati organlarida, huquqni muhofaza qilish va boshqa nazorat qiluvchi organlarda, shuningdek sudda amalga oshirilgan harakatlar va erishilgan natijalar ko‘rsatiladi. 8. Shartnoma shartlariga muvofiq hisobot boshqa ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. 9. Hisobotning har bir beti soliq maslahatini amalga oshirgan soliq maslahatchisi tomonidan imzolanadi, shuningdek hisobot soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 10. Hisobot mijozga (ishonch bildiruvchiga) shartnomada belgilangan muddatlarda shaxsan olib borib berish, pochtadan buyurtma xat orqali yoki elektron hujjat tarzida taqdim etiladi. 11. Mijoz (ishonch bildiruvchi) hisobotni shartnomada belgilangan muddatlarda olganidan so‘ng soliq maslahatchilari tashkilotini hisobotni mazmun jihatdan to‘liq ravishda qabul qilib olganligi to‘g‘risida yohud ayrim masalalarga aniqlik kiritish lozimligi to‘g‘risida xabardor qiladi. Agar shartnomada hisobotni qabul qilish muddatlari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, hisobot topshirilgan sanadan boshlab o‘n kun o‘tgach qabul qilingan hisoblanadi. 12. Hisobotdagi axborot maxfiydir va taraflar tomonidan oshkor qilinishi mumkin emas. 121. Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi (keyingi o‘rinlarda xulosa deb yuritiladi) soliq maslahatchilari tashkilotining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash, soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni aniqlash va hisobini yuritish to‘g‘risidagi fikrini o‘z ichiga oluvchi yozma shaklda ifodalangan hujjatdir. Xulosa hisobot asosida tuziladi. 122. Xulosa erkin shaklda tuziladi va majburiy tartibda quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: nomi — “Soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasi”; mijozning (ishonch bildiruvchining) manzili, nomi yoki F.I.O.; tuzilayotgan xulosaga asos bo‘lgan hisobot sanasi; shartnomani bajarishda ishtirok etgan soliq maslahatchisi(lari) to‘g‘risida ma’lumotlar (F.I.O., soliq maslahatchisi sertifikatining raqami va berilgan sanasi). 123. Xulosada soliq maslahatchilari tashkilotining shartnoma predmeti bo‘yicha asoslangan fikri aniq bayon etilishi kerak. 124. Xulosa soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari) va soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi kerak. 124. Xulosa soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari), soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanishi kerak. 125. Xulosa mijozga (ishonch bildiruvchiga) shartnomada belgilangan muddatlarda shaxsan olib borib berish, pochtadan buyurtma xat orqali yoki elektron hujjat tarzida taqdim etiladi. 13. Soliq maslahatchilari tashkiloti, o‘zining fikriga ko‘ra, huquqiy jihatdan xatar yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan hujjatlarni va ma’lumotlarni isbot sifatida foydalanmaslik huquqiga ega va bu haqida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni ko‘rsatgan holda mijozga (ishonch bildiruvchiga) xabar beradi. 14. Soliq maslahatchilari tashkiloti ko‘rsatilgan xizmati oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydi, agarda bunday oqibatlar mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim qilinishi natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa. 15. Soliq maslahatchilari tashkiloti mijozni (ishonch bildiruvchini) tuzilgan shartnomaga muvofiq soliq maslahati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish davomida yuzaga keladigan barcha ahamiyatli bo‘lgan huquqiy jihatdan xatarlar to‘g‘risida ogohlantirishi shart. 16. Soliq maslahatchilari tashkiloti qonunchilik hujjatlari talablariga yoki shartnomaga mos kelmaydigan hisobot va xulosa tuzganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.
221
7,502
Qonunchilik
Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 9-sentabrdagi 417-son “Vazirliklar, idoralar va boshqa respublika organlari xodimlarining chet el xizmat safarlariga borishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2001-yil 27-iyuldagi 321-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 9-sentabrdagi 417-son “Vazirliklar, idoralar va boshqa respublika organlari xodimlarining chet el xizmat safarlariga borishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2001-yil 27-iyuldagi 321-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibini belgilaydi. 1. Xizmat safari xarajatlariga quyidagilar kiradi: sutkalik xarajatlar; yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar; transport xarajatlari; vakillik xarajatlari; ko‘zda tutilmagan xarajatlar; mazkur Nizomga muvofiq qoplanishi lozim bo‘lgan xizmat safarining boshqa xarajatlari. 2. O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safarlariga yuborilganda sutkalik xarajatlar va yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar xorijiy valyutada mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq me’yorlar asosida to‘lanadi. 3. Xizmat safariga yuboriladigan ayrim toifadagi shaxslarga xorijiy valyutadagi sutkalik xarajatlar me’yorlariga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq belgilanadigan ustamalar to‘lanadi. 4. Sutkalik xarajatlar xizmat safaridagi har bir kun, jumladan jo‘nab ketish hamda qaytib kelish kuni uchun, belgilangan me’yorlarning 100 foizi miqdorida xorijiy valyutada to‘lanadi. Jo‘nab ketish hamda qaytib kelish kuni O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish kuni hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tish kuni xizmat safariga yuborilgan shaxsning pasportida O‘zbekiston Respublikasi chegara-nazorat punktlari qo‘ygan belgisi bo‘yicha aniqlanadi. Havo transportida uchib ketilganda, agar xorijiy davlatga yetib borish sanasi xalqaro aviareysning O‘zbekiston Respublikasi aeroportidan uchib ketgan sanasidan keyingisiga to‘g‘ri kelgan hollarda (aviachiptaga asosan), jo‘nab ketish kuni uchun sutkalik xarajatlar berilmaydi. Havo transportida uchib kelganda, agar O‘zbekiston Respublikasiga yetib kelish sanasi xalqaro aviareysning xorijiy davlatining aeroportidan uchib ketgan sanasidan keyingisiga to‘g‘ri kelgan hollarda (aviachiptaga asosan) qaytib kelish kuni uchun sutkalik xarajatlar berilmaydi. 5. Xodim ikki va undan ortiq xorijiy davlatga xizmat safariga yuborilganda (jumladan tranzit holatida ham) bir xorijiy davlatdan boshqa xorijiy davlatga o‘tish kuni uchun sutkalik xarajatlar, xodim qaysi xorijiy davlatga o‘tayotgan bo‘lsa, shu xorijiy davlatning sutkalik xarajatlar me’yorlarining 100 foizi miqdorida to‘lanadi. 6. Mazkur Nizomga 1-ilovaning “Joylashgan mamlakat doirasida xizmat safariga jo‘natiladigan xorijiy muassasalar xodimlari, shuningdek xorijga ishga yuboriladigan xodimlar uchun; xorijda 60 sutkadan ortiq (61-kundan boshlab) xizmat safarida bo‘ladigan xodimlar uchun sutkalik xarajatlar me’yorlari” grafasida belgilangan me’yorlar bo‘yicha sutkalik xarajatlar to‘lovi: xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlarining xorijdagi vakolatxonalarining xodimlari borgan mamlakatlari hududida xizmat safarida bo‘lganlarida; xorijda uzluksiz 60 sutkadan ortiq (61-kundan boshlab) xizmat safarida bo‘lganlarga nisbatan amalga oshiriladi. Agarda yuqorida ko‘rsatilgan xodimlar xizmat safari muddati davomida bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga o‘tsa, ularga sutkalik xarajatlar belgilangan qo‘shimchalarni hisobga olgan holda mazkur Nizomga 1-ilovaning “O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi mamlakatlarga boruvchilar uchun sutkalik xarajatlar me’yorlari” grafasida belgilangan me’yorlar bo‘yicha xorijiy valyutada to‘lanadi. 7. Xorijga xizmat safariga boradigan xodimlar boradigan davlatlarida qabul qiluvchi tomon hisobidan bepul ovqat (nonushta, tushlik, kechki ovqat) bilan ta’minlangan hollarda sutkalik xarajatlar xizmat safariga yuborilgan shaxsning shaxsiy ehtiyojlarini qoplashga boshqa xarajatlar uchun sutkalik xarajatlar me’yorining 30 foizi miqdorida to‘lanadi. Qabul qiluvchi tomon bepul ovqatlanishdan tashqari xodimning shaxsiy ehtiyojlari uchun mablag‘lar bilan ta’minlagan taqdirda jo‘natuvchi tomon sutkalik xarajatlarni (boshqa xarajatlarni) to‘lamaydi. 8. O‘quvchilar, talabalar va muddatli harbiy xizmat askarlari o‘qishga yuborilganda taklif qiluvchi tomon ularni ovqatlanish (nonushta, tushlik, kechki ovqat) bilan ta’minlaganda jo‘natuvchi tomon sutkalik xarajatlar me’yorining 15 foizi miqdorida sutkalik xarajatlar (boshqa xarajatlar) to‘laydi. 9. Qabul qiluvchi tomon ovqatlanish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun bergan mablag‘lar summasi mazkur Nizom bilan belgilangan sutkalik xarajatlar me’yoridan kam bo‘lsa, xizmat safaridan qaytib kelib bo‘nak hisoboti topshirilganida tashkilotning rahbari qarori bilan xizmat safariga borib kelgan xodimga tasdiqlovchi hujjatlar hamda mazkur Nizom 30-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq ortiqcha pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda, qabul qiluvchi tomon to‘lab bergan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasida amaldagi sutkalik xarajatlar me’yorlari o‘rtasidagi tafovut summasi qoplanadi. 10. Yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar mazkur Nizomga 1-ilovaning “Xodimlarni turar joy ijarasi bo‘yicha xarajatlari to‘lovining eng yuqori me’yori (sutkada ko‘rsatilgan summagacha)” grafasida belgilangan eng yuqori me’yorlar va mazkur Nizomning 30-bandiga asosan ularga tashkilotlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lovlar bilan, agarda ular rahbar tomonidan belgilangan bo‘lsa, ushbu xarajatlar keyinchalik tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi sharti bilan belgilangan me’yorlarning 100 foizi miqdorida xorijiy valyutada to‘lanadi. 11. Yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlarning yakuniy hisob-kitobi xizmat safariga yuborilgan shaxs tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar bo‘yicha, biroq qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olgan holda, belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lmagan miqdorda, agar ular mazkur Nizomning 30-bandiga muvofiq tashkilot rahbari tomonidan belgilangan bo‘lsa, amalga oshiriladi. Bunda yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar xizmat safarining ayrim kunlari uchun ortiqcha xarajatlarni hisobga olmasdan, har bir sutka uchun to‘lanadi. 12. Xizmat safari xarajatlari uchun bo‘nak hisoblanganida yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) qo‘shimcha mablag‘lar tashkilot rahbari qarori bo‘yicha taklif etuvchi tashkilot, chet eldagi diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasalari tomonidan taqdim etilgan xizmat safariga yuborilgan mamlakatdagi yashash uchun maqbul mehmonxona narxlari bo‘yicha ma’lumot yoxud tasdiqlangan me’yorlar doirasida mehmonxonalar mavjud emasligini tasdiqlovchi ma’lumot asosida ko‘zda tutiladi. 13. Mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sutkalik xarajatlarga ustamalar olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) mablag‘lar mazkur maqsadlar uchun belgilangan me’yorlardan qat’i nazar, haqiqiy xarajatlar miqdorida to‘lanadi. Sutkalik xarajatlar me’yoriga ustama olish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Hukumat delegatsiyasi tarkibida ketayotgan xodimlarga alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, belgilangan me’yorlardan qat’i nazar, yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) mablag‘lar bir kishilik mehmonxona xonasining qiymati bo‘yicha haqiqiy xarajatlar miqdorida to‘lanadi. 14. Sutkalik xarajatlarga ustamalar olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) belgilangan me’yoridan ortiq bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘lar xizmat safari xarajatlariga ajratiladigan bo‘nak summasiga kiritilishi mumkin. Tasdiqlangan me’yordan ortiq bo‘lgan yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) qo‘shimcha mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xizmat safariga yuborish bo‘yicha xarajatlar smetasining loyihasi tayyorlanayotganda xizmat safari uchun javobgar bo‘lgan tashkilot tomonidan taklif etuvchi tashkilot, chet eldagi diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasalari tomonidan taqdim etilgan xizmat safariga boriladigan mamlakatdagi mehmonxonalar narxlari bo‘yicha hujjatlardagi ma’lumot asosida ko‘zda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xarajatlar smetasi loyihasini kelishayotganda taqdim etilgan asoslantiruvchi hujjatlarga muvofiq yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) belgilangan me’yorlardan ortiq miqdordagi mablag‘larni ko‘zda tutadi. Bunda, ushbu mablag‘larni ajratish zaruriyati bo‘yicha yakuniy qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida xizmat safarida bo‘lganda yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) qo‘shimcha xarajatlar delegatsiya rahbari qarori bo‘yicha asoslangan sabablarga ko‘ra (xizmat safari muddati uzaytirilishi, aviareys ushlanib qolinishi va boshqalar) ko‘zda tutilmagan xarajatlarga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 15. Asoslangan sabablar mavjud bo‘lganda (mehmonxonalar mavjud emasligi, mehmonxonada yashash narxining belgilangan me’yorlardan oshib ketishi, mehmonxona bo‘lmagan yashash joyini ijaraga olish narxining pastligi va boshqalar) xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarga yashash joyi joylashgan mamlakatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan yashash joyini ijaraga olish shartnomasi asosida jismoniy shaxsda (mehmonxonada emas) yashashiga tashkilotlar rahbarlari tomonidan ruxsat berilishi mumkin (yashash joyini ijaraga beruvchi to‘lovni qabul qilganligini tasdiqlagan holda). Bunda yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar mazkur Nizomga 1-ilovaning “Xodimlarni turar joy ijarasi bo‘yicha xarajatlari to‘lovining eng yuqori me’yori (sutkada ko‘rsatilgan summagacha)” grafasida belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligi kerak. 16. Ovqatlanish va boshqa shaxsiy xizmatlar (mini-bar, kabel televideniyasi, kiyimlarni yuvdirish va dazmollatish va boshqalar) uchun xarajatlar summasi, shu jumladan yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) to‘lov schyotlariga kiritilgan xarajatlar xizmat safariga yuborilgan shaxs tomonidan sutkalik xarajatlar hisobidan to‘lanadi va alohida qoplanmaydi. Mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sutkalik xarajatlarga ustamalar olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga choyshab va kiyimlarni yuvdirish va dazmollatish bo‘yicha xarajatlar qoplanadi. 17. Qabul qiluvchi tomon bepul turar joyni taqdim etganda yoki uning ijarasi uchun xarajatni qoplashga tegishli pul kompensatsiyasini to‘lagan hollarda, xizmat safariga yuborilgan shaxsga yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) mablag‘lar to‘lanishi amalga oshirilmaydi. Agar seminar, sport musobaqalari, konferensiya va boshqa tadbirlar tashkilotchilari tomonidan ushbu tadbirlar davomida amalga oshiriladigan xarajatlarning (yashash, ovqatlanish, yo‘l va boshqa xarajatlar) o‘z me’yorlari belgilangan hollarda, ushbu maqsadlar uchun mablag‘lar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq o‘rnatilgan me’yorlardan oshmagan holda tashkilotchilar belgilagan me’yorlar bo‘yicha ajratiladi. 18. Transport (taksidan tashqari) xarajatlarini qoplash uchun mablag‘lar haqiqiy xarajatlar bo‘yicha ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi sharti bilan to‘lanadi. 19. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xizmat safariga yuboriladigan xodimlari havo transportida borganlarida ustuvor “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK reyslaridan foydalanishlari lozim. 20. Transport xarajatlarini qoplash uchun mablag‘lar Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xizmat safariga yuboriladigan xodimlariga quyidagicha to‘lanadi: xizmat safariga yuboriladigan shaxslar — tashkilot rahbarlariga: havo transportida — 1-biznes yoki iqtisodiy klass tariflari bo‘yicha; temir yo‘l va suv transportida — 1-klass tarifi bo‘yicha; xizmat safariga yuboriladigan shaxslar — tashkilotlar rahbarlarining o‘rinbosarlariga, Bosh konsullar — alohida xorijdagi konsullik muassasasi rahbarlariga: havo transportida — biznes yoki iqtisodiy klasslar tarifi bo‘yicha; temir yo‘l va suv transportida — 1-klass tarifi bo‘yicha; boshqa barcha xizmat safariga yuboriladigan shaxslarga: havo transportida — iqtisodiy klass tarifi bo‘yicha; temir yo‘l transportida — 2-klass tarifi bo‘yicha; suv transportida — sayyohlik klassi tarifi bo‘yicha. Poyezdlarda 2-klass vagonlari, kemalarda esa sayyohlik klassi kayutalari bo‘lmagan taqdirda xarajatlar 1-klass tarifi bo‘yicha qoplanadi. Osiyo va Afrika mamlakatlariga temir yo‘l transportida borish qiymati barcha xodimlarga 1-klass tarifi bo‘yicha qoplanadi. O‘zbekiston Respublikasi Elchisi yoki Bosh konsul — alohida xorijdagi konsullik muassasasi rahbari bilan birga oila a’zolari (er (xotin)i, shuningdek 18 yoshga to‘lmagan ikki nafargacha farzandi) ketayotganida ularga ham transport xarajatlarini qoplash uchun mablag‘lar mazkur bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilariga muvofiq to‘lanadi. 21. Xorijiy davlat hududida aeroport, vokzal yoki pristandan, agar ular aholi punktidan tashqarida yoki boshqa aholi punktida joylashgan bo‘lsa, yashash joyigacha borish va orqaga qaytish bo‘yicha tasdiqlangan qo‘shimcha yo‘l xarajatlari ham qoplanadi. 22. Ayrim hollarda Hukumat delegatsiyasi, hamda katta hajmdagi sport anjomlariga ega bo‘lgan sportchilar delegatsiyasiga xorijiy davlat hududida yurish uchun avtomobilni ijaraga olishga yo‘l qo‘yiladi. 23. Shahar ichidagi transportdan foydalanganlik uchun xarajatlar xodimga sutkalik xarajatlar tarkibida qoplanadi. 24. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safaridagi transport xarajatlari qoplanishi amalga oshirilmaydi. 25. Vakillik xarajatlariga vakillarning (qatnashchilarning) rasmiy qabuli (nonushta, tushlik yoki shunga o‘xshash tadbirlar)ni o‘tkazish, ularning transport ta’minoti, muzokaralar vaqtida bufet xizmatlarini ko‘rsatish, tashkilot shtatida bo‘lmagan tarjimon xizmatiga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lganda vakillik xarajatlari davr xarajatlariga kiritiladi, ularda rasmiy qabulni o‘tkazish uchun asos, sanasi va joyi, taklif qilingan shaxslar va qatnashchilar soni, ularni transport ta’minoti, muzokaralar vaqtida bufet xizmatlarini ko‘rsatish, tarjimon xizmatiga haq to‘lash, vakillik xarajatlarining xorijiy valyutadagi summasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 26. Ko‘zda tutilmagan xarajatlarga reysning kechikishi yoki o‘zgarishi, delegatsiya rahbari qaroriga ko‘ra marshrutning, safar dasturining o‘zgartirilishi va boshqa fors-major holatlar bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. 27. Hukumat nomidan muzokaralar olib borish, bitimlarni imzolash maqsadida xalqaro tashkilotlarning majlislarida, syezdlarida, assambleyalarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketayotgan Hukumat delegatsiyalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra vakillik va ko‘zda tutilmagan xarajatlarga ham mablag‘lar ajratiladi. Ko‘rsatilgan xarajatlar 1000 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ko‘zda tutiladi va Hukumat delegatsiyasi a’zolaridan biriga hisobot topshirish sharti bilan beriladi. Ko‘zda tutilmagan va vakillik xarajatlari miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. 28. Tashkilotlar vakillik xarajatlariga beriladigan mablag‘larni qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar. Xorijiy valyutada olingan vakillik xarajatlari summalarini milliy valyutaga qayta hisoblash mablag‘lar berilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. 29. Yo‘l, yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha), sutkalik, vakillik va ko‘zda tutilmagan xarajatlardan tashqari hujjatlar bilan tasdiqlangan quyidagi xarajatlar ham qoplanadi: viza olish bo‘yicha; vaqtinchalik propiska (ro‘yxat olinganlik) uchun; borgan mamlakatida xorijiy valyutani sotib olish yoki sotish chog‘ida yig‘imlar (foizlar, komissiyalar)ni to‘lash bo‘yicha; 30 kilogrammgacha bo‘lgan yuk olib ketish uchun to‘lov (xodim borayotgan transport turida bepul yuk olib ketish me’yoridan ortiqchasiga); aeroport, sug‘urta (faqat borayotgan mamlakatiga kirish uchun majburiy bo‘lgan sug‘urta turlari), bojxona va vositachilik yig‘imlari (ko‘rgazmalar, taqdimotlar, konferensiyalar va gastrollar o‘tkazilganda); konferensiya, sport musobaqalari qatnashchilarini ro‘yxatga olish yig‘imlari, sport anjomlarini ijaraga olish; pullik to‘xtash joylari xizmatlarini to‘lash, avtobenzin xarid qilish, yukni transportda jo‘natish (faqat xizmat safariga yuborilgan haydovchilar uchun) to‘lovlari bo‘yicha; MDH mamlakatlariga boradiganlar mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan 20 foiz va undan ortiq ustamasi mavjud shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bo‘yicha “VIP” zallari orqali xizmat ko‘rsatish; xizmat safariga jo‘natilgan shaxslarga favqulodda, qoldirib bo‘lmaydigan holatlarda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni to‘lash bo‘yicha; hujjatlar bilan asoslangan xizmat safari bekor qilinishi, yo‘l marshruti yoki xorijiy davlatda bo‘lish muddatlari o‘zgarishi sababli yo‘l chiptalarini qaytarib berish, almashtirish yoki ulardan foydalanmaslik bilan bog‘liq jarimalar yoki qo‘shimcha xarajatlarni to‘lash bo‘yicha. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda tegishli xizmat safari xarajatlari qoplanmaydi. 30. Tashkilotlarning rahbarlari mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan xizmat safari xarajatlari me’yorlariga qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini mustaqil ravishda tasdiqlash huquqiga egadirlar. Bunda ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash tashkilotda xorijiy valyutadagi kreditlarni (O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlangan hamda kafolatlanmagan) so‘ndirish majburiyatlaridan, import kontraktlari bo‘yicha (tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha) chet ellik hamkorga to‘lovlardan va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti oldidagi majburiyatlardan ozod bo‘lgan o‘zining valyuta mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Agarda qo‘shimcha to‘lov to‘lashni belgilagan tashkilot yuqorida keltirilgan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun xorijiy valyutani ichki valyuta bozoridan sotib olgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash amalga oshirilmaydi. 31. Sutkalik xarajatlar va yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar me’yorlaridan ortiq qo‘shimcha to‘lovlar qoplash quyidagicha amalga oshiriladi: budjet tashkilotlarida — ularni saqlash uchun xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar hisobidan; boshqa tashkilotlarda — sutkalik xarajatlar va yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar me’yorlaridan ortiq qo‘shimcha to‘lovlar tashkilotlarning xarajatlarida hisobga olinadi. 32. Yuqorida keltirilgan xarajatlardan tashqari, xizmat safariga yuborilgan shaxsga ishlab chiqarish maqsadlarida sarflangan qo‘shimcha xarajatlar qoplanishi mumkin. Ushbu xarajatlar faqat xizmat safari topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida qoplanishi mumkin. Xodimning muzokaralarni borishi va boshqalar to‘g‘risida tashkilot rahbariyatiga axborot berish majburiyati xizmat safari reja-topshirig‘ida ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. Xizmat safarining xususiyati biror-bir qo‘shimcha ishlab chiqarish xarajatlar (telefon so‘zlashuvlari, yukni olib ketish, hujjatlardan nusxa ko‘chirish va boshqalar) zaruriyatini nazarda tutganida, tashkilot rahbari tomonidan xodimni xizmat safariga yuborilishidan oldin ushbu xarajatlarni qoplash to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) chiqariladi. 33. Xodimni xizmat safariga yuborish uchun tashkilot rahbari tomonidan buyruq chiqariladi va xizmat safari reja-topshirig‘i tasdiqlanadi. 34. Xizmat safariga yuboriladigan shaxsga xorijiy valyutada bo‘nak berilishi lozim. 35. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan ketayotgan delegatsiya yoki alohida shaxs xizmat safarini tashkil etish bo‘yicha javobgar tashkilot xizmat safari muddatlari va delegatsiya tarkibi ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini, xarajatlar smetasi bilan birga tayyorlaydi va asoslantiruvchi hujjatlarni (xizmat safarini moliyalashtirish qismida taklif qilayotgan tomonning hujjatlar nusxasi, avia chiptalar narxi bo‘yicha asoslar, aviareyslar sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda yo‘l marshruti, xizmat safariga yuboriladigan mamlakatdagi mehmonxonalarda yashash qiymati va boshqalar) ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan xizmat safariga ketayotgan delegatsiya yoki alohida shaxsning xarajatlar smetasi loyihasini ko‘rib chiqadi va zaruriyat tug‘ilganda unga o‘zgartirish kiritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyati bilan kelishilgan xarajatlar smetasi loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritgan tashkilotga qaytarib beriladi. 36. Talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘idan naqd xorijiy valyutani olish uchun tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli banklarga quyidagi hujjatlar (yoki ulardan ko‘chirma) taqdim etiladi: xizmat safari xarajatlarini qoplash uchun mablag‘larni berish haqida ariza; xizmat safariga yuboriladigan xodimlarning familiyalari, ismi-sharifining bosh harflari, xizmat safariga yuboriladigan joy va xizmat safarining muddati ko‘rsatilgan holda xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi buyruq nusxasi; tashkilotning rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) tomonidan tasdiqlangan xorijiy valyutada olinishi lozim bo‘lgan summaning hisob-kitobi; tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan xizmat safari reja-topshirig‘i; taklif qilayotgan tomonning mazkur safarni moliyalashtirish shartlari (ular mavjud bo‘lganda) ko‘rsatilgan xatlari, fakslari va telekslarining nusxalari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori nusxasi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha jo‘nab ketayotgan shaxslar uchun). Bunda vakolatli bank taqdim qilingan hisob-kitobni mazkur Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvni amalga oshiradi. Tashkilotning shtatida bo‘lmagan xodimlar uchun tashkilotning valyuta hisobvarag‘idan mablag‘lar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur Nizomning 39-bandida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno). 37. Tashkilotlar hisob raqamlarida mazkur Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan xorijiy valyuta bo‘lmagan taqdirda xizmat safari xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xizmat safari mablag‘lari beriladigan kundagi kursi bo‘yicha AQSh dollaridagi ekvivalenti berilishiga ruxsat etiladi. Tashkilotlarda xorijiy valyutadagi mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda tashkilotlar xorijiy valyutani vakolatli banklardan yoki birjadan tashqari valyuta bozorida sotib olishlari mumkin. 38. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bo‘yicha ketayotgan tashkilotlarning xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun xorijiy valyutani sotib olish banklararo savdo sessiyasida amalga oshiriladi. 39. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi birjadan tashqari valyuta bozorida o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xorijiy valyutani sotib oladi va xizmat safariga alohida jo‘natiladigan shaxsga, delegatsiya rahbariga (uning rasmiy vakiliga) yoki delegatsiya a’zosiga — delegatsiyaning barcha a’zolariga xizmat safari uchun mablag‘larni xorijiy valyutada ajratadi Bunda, oldin amalga oshirilgan xizmat safari bo‘yicha mazkur Nizomning 44-bandiga asosan bo‘nak hisobotni taqdim etmagan xodimlarga bo‘nakni berish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida ko‘zda tutilgan milliy valyutadagi mablag‘lar tegishli tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladi. 40. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bo‘yicha Hukumat delegatsiyalari tarkibida tashkilot o‘zining milliy valyutadagi mablag‘lari hisobidan jo‘natilayotgan shaxslarga xizmat safari xarajatlari uchun xorijiy valyutani sotib olishga talabnoma ular ishlaydigan tashkilotlar tomonidan taqdim etiladi. Xizmat safari xarajatlari uchun xorijiy valyutani sotib olish uchun talabnomalarga mazkur Nizomning 36-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi. 41. Xizmat safari xarajatlariga soliq solish soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 42. Qabul qiluvchi tomon O‘zbekiston Respublikasidan xizmat safariga yuboriladigan xodimga transport xarajatlari va boshqa xarajatlarni (sutkalik, yashash, viza haqini to‘lash va boshqalar) xizmat safariga yuboriladigan mamlakatga yetib kelishi bilan qoplaydigan hollarda, jo‘natuvchi tashkilot xizmat safariga ketayotgan xodimni chiptalarni sotib olish, viza haqini to‘lash va boshqalar uchun mablag‘lar bilan keyinchalik u O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelganida olingan mablag‘larni jo‘natuvchi tashkilotga qaytarib berish sharti bilan ta’minlaydi. Bunda, mablag‘lar qaysi valyutada berilgan bo‘lsa, qaytarib berilishi ham shu valyutada amalga oshiriladi. 43. Xizmat safari xarajatlariga berilgan mablag‘lardan foydalanganlik to‘g‘risidagi bo‘nak hisoboti tashkilot buxgalteriyasiga xizmat safaridan qaytib kelingandan keyin uch ish kunidan kechiktirmay bo‘nak olingan valyutada taqdim etiladi. Xizmat safari natijalari bo‘yicha yakuniy hisob-kitob hujjatlar bilan tasdiqlangan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha, belgilangan me’yorlar va qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olgan holda, bo‘nak hisobotini qabul qilish kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi kursining xorijiy valyutaga nisbatan o‘zgarishidan yuzaga keladigan kursdagi farqlar hisobda amaldagi buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi. 44. Hukumat delegatsiyalarning xizmat safariga mablag‘lar ajratilganida xizmat safaridan qaytib kelganidan keyin o‘n kun ichida delegatsiya rahbari (yoki hisobot beruvchi shaxs) amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni (hisob, kvitansiya, yo‘l chiptalari va boshqalar) ilova qilingan holda batafsil bo‘nak hisobotini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshiradi. Bo‘nak hisoboti o‘z vaqtida topshirilmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xorijiy valyutada bo‘nakni olgan xodim ishlaydigan tashkilotga bo‘nak hisobotni qisqa muddatda topshirish va ishlatilmagan xorijiy valyutadagi qoldiqni qaytarish bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirish zaruriyati to‘g‘risida bildirishnoma jo‘natadi. Ushbu bildirishnomani olgan tashkilot zaruriyat tug‘ilganda qonunchilik hujjatlari va ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq intizomiy jazo choralarni ko‘radi. Bo‘nak hisoboti, shuningdek xorijiy valyutadagi ishlatilmagan qoldiqni o‘z muddatida topshirilishini ta’minlamagan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bo‘nak hisobotini taqdim etish va xorijiy valyutadagi ishlatilmagan qoldiqni tashkilotning mablag‘lari (budjetdan tashqari mablag‘lari) hisobidan qoplanishi uchun javobgarlik tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi. 45. Bo‘nak hisobotida ko‘rsatiladigan barcha xarajatlar tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan, shuningdek delegatsiya rahbari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Agarda xizmat safari xarajatlari uchun bo‘nak AQSh dollarida berilgan bo‘lib, xarajatlar esa xizmat safariga borilgan davlatning valyutasida amalga oshirilgan bo‘lsa, xizmat safariga borilgan davlatning valyutasidagi haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar bo‘yicha bo‘nak hisoboti AQSh dollari xizmat safariga borilgan davlatning valyutasiga almashtirilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kurs bo‘yicha qabul qilinadi. 46. Vakillik xarajatlari bo‘yicha alohida hisobot tuziladi. Vakillik xarajatlari bo‘yicha hisobotga amalga oshirilgan xarajatlar asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Hisobot hisobot beruvchi shaxs tomonidan imzolanadi va delegatsiya rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Delegatsiya rahbari bo‘lmaganda yoki xizmat safariga alohida shaxs jo‘natilganda hisobot hisobot beruvchi shaxs tomonidan imzolanadi. 47. Vakillik va ko‘zda tutilmagan xarajatlarga ajratilgan mablag‘larning ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan holatlarda, amalga oshirilgan xarajatlarning ro‘yxati ko‘rsatilgan, delegatsiya rahbari tomonidan tasdiqlanadigan va delegatsiya a’zolari tomonidan imzolanadigan dalolatnoma tuziladi. Delegatsiya rahbari bo‘lmaganda yoki xizmat safariga alohida shaxs jo‘natilganda hisobot delegatsiyaning barcha a’zolari yoki alohida shaxs tomonidan imzolanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshirilgan xizmat safari bo‘yicha bo‘nak hisoboti taqdim etilgan paytda, xizmat safari uchun bo‘nak berilganida xarajatlar smetasida ko‘zda tutilmagan, tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lishi sharti bilan, ko‘zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan boshqa xarajatlar (mazkur Nizomning 16-bandining ikkinchi xatboshisi, 29 va 32-bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar) ham hisobot uchun qabul qilinishi mumkin. 48. Transport xarajatlari, yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha), vakillik va ko‘zda tutilmagan xarajatlarga berilgan xorijiy valyuta to‘liq yoki qisman ishlatilmagan holda summa (qoldiq) bo‘nak hisoboti topshirilgan kundan ikki bank kuni ichida tashkilotning kassasiga keyinchalik vakolatli bankka topshirish uchun qaytarilishi kerak. Agarda xorijiy valyuta O‘zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida sotib olingan hollarda, tashkilot bir vaqtning o‘zida vakolatli bankka belgilangan tartibda ishlatilmagan valyuta mablag‘larini sotishga talabnoma taqdim qiladi. 49. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olingan xorijiy valyutadagi ishlatilmagan qoldiq delegatsiya rahbari (uning rasmiy vakili) yoki delegatsiya a’zosi tomonidan qaytariladi. 50. Xizmat safariga borgan shaxs xizmat safari xarajatlari uchun naqd xorijiy valyutada berilgan bo‘nak bo‘yicha hujjatlar bilan tasdiqlangan ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘yganda, xizmat safariga yuborilgan shaxs oldidagi qarz summasi naqd xorijiy valyutadagi tegishli summani berish yo‘li bilan qoplanadi. Tashkilot xorijiy valyutadagi mablag‘larga ega bo‘lmasa, xizmat safariga yuborilgan shaxsning roziligi bilan uning oldidagi xorijiy valyutadagi qarzdorlik bo‘nak hisobot topshirilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutadagi ekvivalentda qoplanishi mumkin. Xizmat safariga jo‘natilgan shaxs oldidagi qarzdorlik summasi mazkur Nizom bilan o‘rnatilgan me’yorlarni hisobga olgan holda hisoblanadi. 51. Hukumat delegatsiya tarkibida xizmat safariga jo‘natilgan shaxsda ortiqcha xarajatlar mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida bo‘nak hisobotini qabul qilinishi va tegishli naqd xorijiy valyutadagi va milliy valyutadagi summa berilishi to‘g‘risidagi qaror delegatsiya rahbari yoki bo‘nak hisobotni topshiruvchi xodim ishlaydigan tashkilot taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Mazkur bandning birinchi xatboshisiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bo‘lmagan holatda bo‘nak hisoboti mavjud bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida qabul qilinadi, ortiqcha xarajatlar summasi tashkilotning mablag‘lari (budjetdan tashqari mablag‘lari) hisobidan qoplanadi. 52. Xodimlarga ortiqcha xarajatlarni qoplash uchun tashkilotlar hisobvaraqlaridan mablag‘larni olish uchun tashkilotlar xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: mablag‘larni berish haqida ariza; tashkilot rahbari va (yoki) bosh buxgalter (buxgalter) tomonidan tasdiqlangan xizmat safariga jo‘natilgan shaxsning bo‘nak hisoboti; xizmat safariga jo‘natilgan shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisidagi xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari; qoplanishi lozim bo‘lgan summa hisob-kitobi. Mazkur bandga muvofiq hujjatlar taqdim etilmaganda, shuningdek so‘ralgan summa mazkur Nizomning talablariga muvofiq haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga to‘g‘ri kelmagan holatda xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli bank tomonidan tashkilotlarning hisobvaraqlaridan mablag‘lar berilishi amalga oshirilmaydi. 53. Sarf qilingan xarajatlarning to‘g‘riligi va maqsadga muvofiqligi uchun javobgarlik delegatsiya rahbariga va hisobot beruvchi shaxsga yuklatiladi. 54. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
224
34,829
Qonunchilik
Davlat tibbiyot tashkilotlari hamda respublika aholisini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, davlat tibbiyot tashkilotlariga hamda aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini uzluksiz yetkazib berish, ajratilgan budjet ssudasini qaytarish tadbirlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini va “O’zmedimpeks” davlat unitar korxonasining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-oktabrdagi 849-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan 300 mlrd so‘m miqdoridagi foizsiz budjet ssudasining: 15,0 mlrd so‘mi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qoplanganligi; 26,5 mlrd so‘mi “O’zmedimpeks” DUK tomonidan 2019-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga belgilangan tartibda qoplanishi; 258,5 mlrd so‘mi “O’zmedimpeks” DUK xarid qilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan xarid qilishga bo‘lgan ehtiyojning asoslangan hisob-kitoblari asosida Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqaruv organlariga va davlat tibbiyot tashkilotlariga sotish orqali tushgan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qoplanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xarid qilishga bo‘lgan ehtiyojning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha tasdiqlanadigan ro‘yxat va taqsimotga asosan 2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida, shuningdek, zarur hollarda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, viloyatlar sog‘likni saqlash boshqarmalariga dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun zarur mablag‘lar ajratilishini; davlat tibbiyot tashkilotlari xarajatlari smetalarida dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun rejalashtirilgan budjet mablag‘lari hududiy sog‘liqni saqlash organlariga xarajatlar smetasining tegishli satrida jamlanishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqaruv organlariga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotilishi hamda foizsiz budjet ssudasini qolgan qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qoplanishi ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda davlat tibbiyot tashkilotlari bo‘yicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarining yillik ehtiyojidan ortiqcha zaxirasi yaratilishi hamda buning natijasida davlat tibbiyot tashkilotlarining boshqa turdagi zarur dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilishga mablag‘larning yetishmovchiligi yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga asosan “O’zmedimpeks” DUK tomonidan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini davlat tibbiyot tashkilotlariga yetkazib berish va saqlash xarajatlarini qoplash uchun respublika budjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasini boshqarish samaradorligini va “O’zmedimpeks” davlat unitar korxonasining moliyaviy barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-oktabrdagi 849-son qarorining 8-bandi to‘rtinchi xatboshidagi: davlat tilidagi matnida “1-martgacha” so‘zlari “1-iyulgacha” so‘zlari bilan; rus tilidagi matnida “do 1-marta” so‘zlari “do 1-iyulya” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda endokrinologik va gemofiliya kasalliklariga chalingan hamda buyrak va jigar transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarni dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida davlat tibbiyot tashkilotlarining xarajatlar smetasida mazkur tadbirlar uchun ko‘zda tutilgan budjet mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining xarajatlar smetasida jamlash orqali markazlashtirilgan holda xarid qilishga ruxsat berilsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
157
4,625
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1993 YIL 11 MARTDAGI 127-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish masalalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining o‘rni va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, ijtimoiy-mehnat sohasida paydo bo‘luvchi vazifalarni tezkorlik bilan tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga qarorning 4-bandi uchinchi xatboshini quyidagi tahrirda bayon etgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: “viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari tegishli hokimliklarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi, hokimliklar va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga bo‘ysunadi va ularga hisob beradi; tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari tegishli hokimliklarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi, hokimliklar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalariga bo‘ysunadi va ularga hisobga beradi, ularga uslubiy rahbarlik qilish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish esa Mehnat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”. 2. Viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari rahbarlarini viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tayinlash tartibi saqlab qolinsin. Tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari mehnat birjalari rahbarlari tumanlar (shaharlar) bo‘limlari rahbarlari tumanlar (shaharlar) hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra tegishli viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tayinlanadi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari ishini o‘rganib chiqsinlar hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan to‘liq chora-tadbirlar ko‘rsinlar, ular faoliyatini takomillashtirishda, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, ijtimoiy-mehnat sohasida bozor munosabatlarini shakllantirishda ularning ahamiyatini oshirishda doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar, aholini ish bilan ta’minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan barcha tashkilotlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirsinlar. 4. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblansin: ish bilan ta’minlanmagan aholini hisobga olish va ishsizlar sonini aniqlash, mehnat bozori konyunkturasini tahlil qilish va prognozlashtirish, ishsizlarni va ish bilan ta’minlanmagan aholini ishga joylashtirish, ishsizlarni yangi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash; ish bilan ta’minlash hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligidan va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan ortiqcha ish kuchlarini bo‘shatib olish uchun shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy ishlarni tashkil etish; aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish; aholini muayyan ijtimoiy himoya qilish, ishsizlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish; ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun eng kam miqdorda ish o‘rinlari yaratish, bu o‘rinlar butlanishini ta’minlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda ishsizlarni ishga joylashtirishni operativ nazorat qilish, bolali oilalarni, kam ta’minlangan oilalarni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini va aniq ijtimoiy himoyaning boshqa chora-tadbirlarini amalga oshirish; ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilishning holati, mehnatning noqulay sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi hamda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
136
4,519
Qonunchilik
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/4-son qarori (ro‘yxat raqami 1290, 2003-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Lombard: garovga yoki saqlovga qo‘yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga; yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorda foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, kredit shartnomalari bo‘yicha javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llashga; kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish uchun to‘lovlar, shuningdek kreditlar muddatidan ilgari so‘ndirilganligi uchun neustoyka undirishga haqli emas. Garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mol-mulk yo‘qolganda, kamomad aniqlanganda, agar bu holatlar yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, lombard mol-mulk egasiga, tomonlar kelishuviga ko‘ra, mulkiy zararni garov pattasi yoki saqlash pattasida ko‘rsatilgan mol-mulkni baholash qiymati narxida to‘lashi shart. Garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mol-mulk shikastlanganda, agar shikastlanish yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, lombard mol-mulk egasiga, tomonlar kelishuviga ko‘ra, mulkiy zararni garov pattasi yoki saqlash pattasida ko‘rsatilgan mol-mulk narxidan oshmagan qiymatda to‘lashi shart.”. 2. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “13. Kreditning summasi va muddati, shuningdek, beriladigan kredit bo‘yicha haq stavkasining miqdori tomonlarning kelishuviga asosan mazkur Qoidalar talablarini inobatga olgan holda belgilanadi.”.
108
2,280
Qonunchilik
Davlat organlari faoliyati ochiqligini chuqurlashtirish – davr talabi!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan «Davlat organlari faoliyatining ochiqligi: samarali meхanizmlar» mavzusidagi seminar boʻlib oʻtdi. Oʻtkazilgan tadbirning asosiy maqsadi – davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash meхanizmlarini yanada takomillashtirish, davlat organlarining    fuqarolik jamiyati sub’yektlari, shu jumladan OAV bilan oʻzaro hamkorligining samaradorligini oshirish boʻyicha muhokama oʻtkazish va takliflarni shakllantirish boʻldi. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunni amaliyotga tatbiq etish demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  Ushbu qonun qoidalarini samarali amaliyotga tatbiq etish maqsadida mamlakat Hukumati tomonidan 2015 yil 6 noyabrda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida”gi qarori va uning asosida tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar mamlakatimizda ochiqlik va oshkoralik prinsipini amaliyotga tatbiq etishning yangi meхanizmini belgilab berdi, deyish mumkin. Ushbu qaror asosida tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlarga asosan yaqin vaqt ichida tegishli nizom va yoʻriqnomalar ishlab chiqildi. Shu bilan birga yangi qabul qilinayotgan qonunlar ham maqsad va vazifasiga koʻra bir-birini toʻldirib borayotganligini aytib oʻtish joiz. Masalan, 2015 yili “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritilib unga muvofiq, hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini хalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish boʻyicha alohida qoida kiritildi. Shu bilan birga, “Davlat хokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi qonunning 11-moddasida Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari  berilgan. Lekin ochiqlikni ta’minlash usuli sifatida jamoatchilik Kengashi faoliyati aks ettirilmagan. Shu sababli qonunning ushbu moddasiga “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qoshida jamoatchilik maslahat kengashlarini shakllantirish” normasini kiritish zarur deb hisoblaymiz. bunda barcha davlat organlarida fuqarolar murojaatini tezkor qabul qilish maqsadida “ishonch telefonlari”joriy etilgan va ular oʻz samarasini bermoqda. Lekin qonunchiligimizda ushbu “ishonch telefonlari”ning faoliyatini tartibga soluvchi tashkiliy-teхnik qoidalarni belgilovchi normalar mavjud emas. Shu sababli ushbu qoidalarni qonunchilik bilan mustahkamlash maqsadga muvofiq boʻlar edi (“Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish). Yana bir masala, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi  Qonunning 22-moddasiga koʻra, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻlishi normasi berilgan. Biroq, qonunchilikda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunni buzganlik uchun javobgarlik boʻyicha huquqiy meхanizm mavjud emas. Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritilishi nazarda tutilmoqda. Shu oʻrinda aytib oʻtish lozimki, qonun qoidalarini amaliyotga tatbiq etish borasida olib borilayotgan tahlillar, ba’zi davlat organlarida rahbar yoki biz koʻrib chiqayotgan masalaga mas’ul shaхslarning oʻzlari qonun talablaridan yetarli darajada хabardor emasligini koʻrsatmoqda. Muхtasar qilib aytganda, yuqorida keltirib oʻtilgan masalalarni bartaraf etish “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amaliyotga tatbiq etish samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni kuchaytirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qabul qilayotgan qarorlari boʻyicha mas’uliyatini oshirish shuningdek, aхborot sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga хizmat qiladi. Shuhrat ShARAFUTDINOV  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  deputati, OʻzLiDeP fraksiyasining a’zosi.
70
4,555
Qonunchilik
Qachon taksi agregatori zimmasiga javobgarlik yuklatiladi
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar taksi agregatorlari ishidan norozilik bildirishda davom etmoqdalar. Yoʻlovchilar oldida kim javobgar boʻladi, ushbu shikoyatlarga qanday barham berish mumkin? norma.uz portali muхbiri ushbu savollarga javob izladi. Yangi ishtirokchi uchun huquqiy maydon Tashuvchilarga mijozlar izlash boʻyicha interaktiv хizmatlar koʻrsatuvchi taksi agregatorlari qonun hujjatlarida tilga olinmaganiga qaramay, ular taksi bozorini rivojlantirishga katta hissa qoʻshishga ulgurdilar. Ular oʻrtasidagi raqobat tufayli ushbu sohaga innovatsion teхnologiyalarni joriy etish va modernizatsiya qilish jarayoni boshlandi. Yaqin orada yoʻlovchilarni eng qulay usulda tashishni rivojlantirishda ularning roli kuchayib boradigan koʻrinadi. Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida yoʻnalishsiz taksi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi qabul qilingan taqdirda mamlakatimiz qonunchiligida agregatorlar faoliyatini tashkil etishga doir talablar belgilangan dastlabki hujjat paydo boʻladi. Oʻzbekiston hududida bunday servislar bilan mamlakatimizda roʻyхatdan oʻtkazilgan yuridik shaхslargina ishlay oladilar. Agregatorlar faqat qonun doirasida ishlaydigan tashuvchilar bilan ishlash huquqiga ega boʻladilar. Bularning bari taksi bozorini yanada tartibga soladi, yoʻllarda хavfsizlik ta’minlanishini kuchaytiradi. Biroq ushbu hujjatning qabul qilinishi agregatorlar faoliyat yuritishi uchun huquqiy maydon yaratish yoʻlida qoʻyilgan dastlabki qadam boʻlishi hozirdanoq koʻrinib turibdi. Tez orada ular faoliyatiga doir boshqa jihatlarni tartibga soluvchi yangi hujjatlarga zarurat tugʻiladi. Javobgarlarni qanday topish mumkin Oʻzbekiston bozorida ishlovchi agregatorlar yoʻlovchi va taksi bir-birini topadigan oddiy maydoncha emas. Ushbu dasturlar yoʻldagi masofani va safar qiymatini hisoblab beradi. Ya’ni iste’molchi va taksi oʻrtasidagi munosabatlarda e’lonlar taхtasidan koʻra muhimroq rol oʻynaydi. Agregatorlar yoʻlovchilarga ham, taksichilarga ham kompleks хizmatlar koʻrsatadi. Bir ishga qoʻl urdingizmi, uni vijdonan va maromiga yetkazib bajarishingiz kerak. Agregatorlarning хizmatlari bepul emas, taksichilar har bir mijoz uchun vositachilik haqi toʻlaydilar. Binobarin, agregatorlar koʻrsatilayotgan хizmatlar sifati uchun muayyan darajada javobgarlikni zimmalariga olishlari lozim. Agregator litsenziyaga ega shaхslar bilangina ishlashga haqli ekanligini belgilovchi bitta qoidaning oʻzi kamlik qiladi.  Hafsalasi pir boʻlgan foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiradigan aхborotni tahlil qilish asosida aniqlangan bir nechta muammoni koʻrib chiqamiz. Taqdim etiladigan хizmatlarning puхtaligi, aniqligi va sifatini ta’minlash masalasi hal etilmagan. Agregator orqali buyurtmani rasmiylashtirgan yoʻlovchi mashinaning qat’iy belgilangan joyga yetib kelish vaqti toʻgʻrisida хabar oladi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar avtomobil yetib kelishi talab etilgan joyni izlab topishda qiynalishlari haqidagi postlarni koʻp oʻqiymiz. Koʻpincha «adashgan» taksichini qoʻshni hovlidan topadilar. Mashinani izlab topishdan emas, vaqt yoʻqotganidan, aniq kech qolganidan foydalanuvchilarning figʻoni falakka chiqadi. Taksichilarning oʻzini tutishi, odobsiz va qoʻpolligi yuzasidan koʻp shikoyat qiladilar. Bu hollarda kim javobgarlikni zimmasiga olishi, bundan buyon bunga yoʻl qoʻymaslik uchun choralar koʻrishi zarur? Agregatormi yoki taksopark?  Haydovchilarning mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi masalasi ochiqligicha qolmoqda. Dispetcher funksiyalari agregatorlarga berilgani bilan bu masala hatto yirik taksoparklarda hal etilmaganicha qolmoqda, sababi ular oʻz haydovchilari koʻrsatgan хizmatlarning haqiqiy hajmiga qarab ularni nazorat qila oladilar. Haydovchilar orasida koʻp ishlagani va charchaganiga qaramay koʻproq pul topishni istovchilar koʻplab topiladi. Bu avariya holatlari koʻpayishiga, yoʻllardagi хavfsizlik kamayishiga olib keladi. Yoʻlovchi хavfsizligini ta’minlash muammosi kun tartibida turibdi. Agregator хizmatlaridan foydalangan iste’molchi yetib kelgan mashinaga oʻtiradi. Yoʻl chetida turib mashina toʻхtatganda tanlash imkoniga ega boʻlganidek imkoniyatga ega emas. Avtomobil salonida yoʻlovchi хavfsizligi ta’minlanishini kim va qanday nazorat qiladi?   Amaliyotda yuzaga kelayotgan shu va boshqa koʻplab boshqa masalalarning huquqiy jihatdan tartibga solinmaganligi agregatorlar va taksichilar javobgarlikni bir-biriga yuklashiga, mijozni sarson qilishiga olib keladi. Ilgarigidek, mas’ullarni topishning imkoni boʻlmaydi. Binobarin, kundalik turmushda yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha javobgarlik aniq cheklangan Agregatorlar ishtirokida taksi хizmatlarini koʻrsatish qoidalarini zudlik bilan ishlab chiqish zarur.    Oleg Gayevoy.
57
4,781
Qonunchilik
«O‘ZBYeKINVYeST» EKSPORT-IMPORT MILLIY SUG‘URTA KOMPANIYaSINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Eksport o‘sishini yanada rag‘batlantirish, o‘zbekistonlik eksport qiluvchilarni sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash, Vatanimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning texnologiya, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlariga kompleks marketing orqali kirib borishini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasini «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi barcha mulkiy va nomulkiy huquq va majburiyatlar bo‘yicha «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasining huquqiy vorisi hisoblanadi. 2. Quyidagilar «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: sarmoya, texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni milliy eksport qiluvchilarni xalqaro bozorlarda siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan tijorat banklari tomonidan texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini mablag‘ bilan ta’minlash uchun ajratiladigan eksport kreditlarini qoplashga sug‘urta kafolatlari berish; kompleks marketing tahlilini va Vatanimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlariga samarali kirib borishi strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga jalb qilinayotgan chet el investitsiyalarini kompleks sug‘urtaviy himoya qilish. 3. «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining ustav sarmoyasi muassislar tomonidan 60 mln. AQSh dollariga teng miqdorda e’lon qilinganligi va ustav sarmoyasi quyidagilar hisobiga shakllanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin: a) Moliya vazirligining 50 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi ta’sis badali, bu badal: qayta tashkil etilayotgan «O‘zbekinvest» kompaniyasining 30 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi o‘z mablag‘laridan; «O‘zbekinvest Interneshnl» (London shahri) qo‘shma kompaniyasining 1996-1997 yillardagi faoliyatidan olingan dividendlardan va «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyatidan olingan 10 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi o‘z foydasini sarmoyaga aylantirishdan; kompaniyaning o‘z foydasini va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 10 mln. AQSh dollariga teng miqdordagi 1998 yilda qo‘shiladigan mablag‘larini sarmoyaga aylantirishdan hosil bo‘ladi; b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 10 mln. AQSh dollari miqdoridagi 1997 yilda qo‘shiladigan ta’sis badali. 5. Belgilansinki, davlat eksport sug‘urtasi xalqaro normalariga muvofiq «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan kelishilgan sug‘urta majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kafil hisoblanadi. 6. «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi va uning hududiy shu’ba korxonalari daromaddan olinadigan soliqdan va mulk solig‘idan besh yil muddatga ozod qilinsin, soliq solishdan ozod qilingan barcha mablag‘lar kompaniyaning ustav sarmoyasini hamda uning sug‘urta (zaxira) jamg‘armasini ko‘paytirishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilsin. 7. Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
87
3,592
Qonunchilik
“Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga jalb etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 4-oktabrdagi 7, 10, 32-son “Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga jalb etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2040, 2009-yil 16-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 47-son, 507-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
210
1,022
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga o‘qishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mudofaa vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga o‘qishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) o‘qishga kiruvchi nomzodlarning dastlabki tanlash tadbirlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Institutga o‘qishga kirish uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur. 2. Institutga o‘qishga kirishni xohlagan nomzodlar va ularning ota-onalari Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalari va serjantlarni tayyorlash maktablarida o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini davlatga undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) asosan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari hamda harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan moddiy mas’ulligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan har yilning 1-dekabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga kelgusi yil uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga qabul qilinuvchi nomzodlar soni to‘g‘risida ma’lumot taqdim qilinadi. 4. Mudofaa vazirligi tomonidan Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga nomzodlarni dastlabki tanlash uchun topshiriq mudofaa ishlari boshqarmalariga taqsimlanadi. 5. Institutga o‘qishga kirishni xohlagan fuqarolar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar o‘z xizmat o‘tash joyiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi. “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari va Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bitiruvchilari orasidan Institutga o‘qishga kirish uchun nomzodlarning shaxsiy yig‘ma jildlari ular joylashgan hududdagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari tomonidan rasmiylashtiriladi. Qabul qilingan arizalar (bildirgilar) asosida mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi. O‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreliga qadar qabul qilinadi. 6. Institutga o‘qishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ariza (bildirgi); pasport nusxasi; tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi; chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi; tarjimayi hol(qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan); nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar anketasi; o‘qish, ish, xizmat o‘tash joyidan tavsifnoma (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan, xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa); ota-onasining ish joyidan ma’lumotnoma (agar ishlayotgan bo‘lsa); ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar) hujjatlar hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi; oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida asli ko‘rsatiladi); yaqin qarindoshlar orasida vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘limi haqida guvohnomaning nusxasi; 3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm o‘lchamdagi 4 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz); nomzodning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organidan sudlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar mazkur ma’lumotnomani taqdim qilishi talab etilmaydi). Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda nomzodning pasporti, tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasining asli ko‘rsatiladi. 7. Institutga o‘qishga kirishni xohlagan harbiy xizmatchilar tomonidan o‘z xizmat o‘tash joyiga mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda Institutga o‘qishga kirishga tavsiya etuvchi hujjatlar (muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga — harbiy bo‘linmaning umumiy yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga esa — harbiy qismning attestatsiya komissiyasi yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma) taqdim etiladi. 8. Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi: hujjatlarni to‘plash va o‘rganish; yakka tartibdagi suhbat; individual-psixologik o‘rganish; umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; tibbiy ko‘rik. 9. Dastlabki tanlash tadbirlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich fuqaro uchun — yashash joyidagi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarida, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari va Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bitiruvchilari uchun — ular joylashgan hududdagi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarida, harbiy xizmatchilar uchun — o‘z xizmat o‘tash joyida qabul yilining 1-fevralidan 31-martiga qadar amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi: hujjatlarni to‘plash va o‘rganish; yakka tartibdagi suhbat; birlamchi tibbiy ko‘rik. Ikkinchi bosqich fuqarolar va harbiy xizmatchilar uchun mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarda qabul yilining 1-aprelidan 31-mayiga qadar amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi: individual-psixologik o‘rganish; umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; takroriy tibbiy ko‘rik. 10. Dastlabki tanlash tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi. 11. Nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari dastlabki tanlash tadbirlarining birinchi bosqichi yakunlangunga qadar (31-martga qadar) amalga oshiriladi. 12. Tegishli shakl bo‘yicha ruxsatnomani kelishish uchun zarur bo‘lgan materiallar belgilangan tartibda (10-aprelga qadar) rasmiylashtiriladi. 13. Yakka tartibdagi suhbat fuqaro bilan ― tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar bilan ― harbiy qismlar (muassasalar), bo‘linmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan o‘tkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi bo‘yicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi to‘ldiriladi. 14. Nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 15. Nomzodlarni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mudofaa ishlari bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi va 1-fevraldan 31-martga qadar davom etadi. 16. Harbiy xizmatchilarni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish harbiy tibbiy muassasalarning harbiy vrachlik komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. 17. Nomzodlarni takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi va 1-apreldan 20-mayga qadar davom etadi, harbiy xizmatchilar bundan mustasno. 18. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Institutda o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan va tibbiy komissiyaning ushbu xulosasidan norozi bo‘lgan nomzodlar nazorat tibbiy ko‘rikdan viloyatlar muqobil tibbiy komissiyalarida 1-maydan 31-mayga qadar o‘tishlari mumkin. 19. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘iga ko‘ra nomzodning Institutda o‘qishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga qo‘shib qo‘yiladi. 20. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra Institutda o‘qishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. 21. Nomzodlar bilan individual-psixologik o‘rganish tadbirlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarda qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassis-psixologlar tomonidan ularni psixologik test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq 1-apreldan 20-mayga qadar o‘tkaziladi. 22. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar biri chiqariladi: dastlabki tanlashning keyingi tadbirida ishtirok etishga tavsiya etiladi; dastlabki tanlashning keyingi tadbirida ishtirok etishga tavsiya etilmaydi. Psixologik test sinovi natijalari bo‘yicha dastlabki tanlashning keyingi tadbirida ishtirok etishga tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. 23. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar boshliqlari belgilagan joylarda qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq metodika asosida 1-apreldan 20-mayga qadar o‘tkaziladi. 24. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi. 25. Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildi to‘liq rasmiylashtirilgandan so‘ng tegishli mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 20-iyunga qadar Institutga yuboriladi. 26. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 1. Individual-psixologik o‘rganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 2. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari oliy harbiy ta’lim muassasalardagi o‘qishning o‘ziga xosligi hisobga olingan holda qoida tariqasida, har uch yilda bir marotaba O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar markazi tomonidan qayta ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili psixologik test sinovlari boshlangunga qadar individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisiga yuboriladi. 3. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisida saqlanadi va u testlar va javoblarining oshkor bo‘lib ketmasligi uchun mas’ul hisoblanadi. 4. Dastlab nomzodlar individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik o‘rganishni o‘tkazish tartibi, shuningdek har bir vazifa bo‘yicha tayyorlangan testlarni echganlik uchun nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi. 5. Individual-psixologik o‘rganish yakka tartibda yoki guruh bo‘lib o‘tkazilishi mumkin. 6. Individual-psixologik o‘rganish guruh bo‘lib o‘tkazilganda, xonada nomzodlar 40 nafardan ortiq bo‘lmasligi zarur. 7. Individual-psixologik o‘rganish davomida nomzodlarga bir nechta vazifa bo‘yicha psixologik testlar beriladi. 8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltiriladi: aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi; mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari; shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turg‘unligi, samimiyligi; kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi. 9. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sog‘lig‘i surishtiriladi. O‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar o‘rganishga qo‘yilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik o‘rganishdan o‘tish uchun qayta ruxsat beriladi. 10. Javoblar varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar hisoblanadi. 11. Psixologik test sinovlari o‘tkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. 12. Psixologik test o‘tkazish vaqtida o‘rganish o‘tkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi. 13. Barcha topshiriqlar bajarib bo‘lingandan so‘ng, nomzodlar javoblar blankalarini o‘rganish o‘tkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. O‘rganish o‘tkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga e’tibor berishi zarur. 14. Vazifalarning barchasini muvaffaqiyatli topshirgan nomzod oliy harbiy ta’lim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi hamda unga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi. 15. Vazifalarni muvaffaqiyatli topshira olmagan nomzodning takroriy test sinovlaridan o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 16. Individual-psixologik o‘rganish sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi. 17. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan to‘plangan ballar va individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha xulosa aks ettiriladi. 18. Qaydnoma individual-psixologik o‘rganish bo‘yicha kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi. 19. Individual-psixologik o‘rganish natijalaridan norozi bo‘lgan nomzod, unga nisbatan berilgan xulosani asoslantiruvchi ma’lumot bilan tanishish huquqiga ega. 1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi. 2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash bo‘yicha kichik komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi. 3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga: fuqarolar sport kiyimida; harbiy xizmatchilar harbiy kiyimda kelishlari lozim. 4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradi: turnikda tortilish; 100 metrga yugurish; 3000 metrga yugurish. 5. Mashqlar oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi. 6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga ko‘ra topshirmagan yoxud topshirishdan bosh tortgan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi. 7. Turnikda tortilish mashqini bajarishda: bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi; iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi; harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi). Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi. Juft tutilgan oyoqlarni 45° gacha bukishga ruxsat beriladi. 8. Nomzodlarning turnikda tortilish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi: a) fuqarolar uchun: 12 marotaba va undan ko‘p tortilganda ― “a’lo”; 10-11 marotaba tortilganda ― “yaxshi”; 8-9 marotaba tortilganda ― “qoniqarli” 1 ― 7 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi. b) harbiy xizmatchilar uchun: 14 marotaba va undan ko‘p tortilganda ― “a’lo”; 12-13 marotaba tortilganda ― “yaxshi”; 10-11 marotaba tortilganda ― “qoniqarli”; 1 ― 9 marotaba tortilganda yoxud umuman tortila olmaganda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi. 9. 100 metrga yugurish mashqi: yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi; stadionning yugurish yo‘lakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi. 10. Nomzodlarning 100 metrga yugurish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi: a) fuqarolar uchun: 14,0 soniya ichida bajargan taqdirda ― “a’lo”; 14,1 ― 14,4 soniyada bajargan taqdirda ― “yaxshi”; 14,5 ― 15,0 soniyada bajargan taqdirda ― “qoniqarli”; 15,1 soniyada va undan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi. b) harbiy xizmatchilar uchun: 14,0 soniya ichida bajargan taqdirda ― “a’lo”; 14,1 ― 14,4 soniyada bajargan taqdirda ― “yaxshi”; 14,5 ― 15,2 soniyada bajargan taqdirda ― “qoniqarli”; 15,3 soniyada va undan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi. 11. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin. 12. Nomzodlarning 3000 metrga yugurish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi: a) fuqarolar uchun: 12,40 daqiqa ichida bajargan taqdirda ― “a’lo”; 12,40 daqiqadan ko‘p, biroq 13,20 daqiqagacha bajargan taqdirda ― “yaxshi”; 13,20 daqiqadan ko‘p, biroq 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda ― “qoniqarli”; 14,0 daqiqadan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi. b) harbiy xizmatchilar uchun: 12,40 daqiqa ichida bajargan taqdirda ― “a’lo”; 12,40 daqiqadan ko‘p, biroq 13,0 daqiqagacha bajargan taqdirda ― “yaxshi”; 13,0 daqiqadan ko‘p, biroq 13,35 daqiqagacha bajargan taqdirda ― “qoniqarli”; 13,35 daqiqadan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda ― “qoniqarsiz” deb baholanadi. 13. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda kamida bitta “qoniqarsiz” baho olgan bo‘lsa, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “o‘tmagan” deb hisoblanadi. 14. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tmagan nomzodlarga mashqlarni takroriy bajarishga ruxsat berilmaydi. 15. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi. 16. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan bajarilgan mashqlar va ular uchun qo‘yilgan baholar ko‘rsatiladi. 17. Qaydnoma nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash bo‘yicha kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
189
18,774
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son hamda “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyuldagi PQ-4740-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat geologiya qo‘mitasining neft va gazni geologik-qidiruv hamda izlash ishlarini amalga oshiruvchi korxonalarini “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risida” 1995-yil 3-yanvardagi 2-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-maydagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining yer qa’ri monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil, 20-son, 225-modda): a) 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “(“O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi bilan birgalikda)” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 25-bandning beshinchi xatboshidagi “va “O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasida” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 26-bandda: beshinchi xatboshidagi “va “O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin; oltinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) Nizomga ilovaning “Axborotni berish” ustunida: “O‘zbekneftgaz” MXK” so‘zlari chiqarib tashlansin; “Sanoatgeokontexnazorat” DI” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 96-modda) 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “9. Davlat geologiya qo‘mitasi tizimiga quyidagilar kiradi: Davlat geologiya qo‘mitasining markaziy apparati; “Regionalgeologiya” DK “Qizilqumgeologiya” DK; “Samarqandgeologiya” DK; “Hisorgeologiya” DK; “Surxongeologiya” DK; “Toshkentgeologiya” DK; “Urankamyobmetgeologiya” DK; “O‘zbekgidrogeologiya” DK; Geologiya fanlari universiteti; “O‘zGEORANGMETLITI” DK; “Markaziy laboratoriya” DK; “Geoburtexnika” DK; “Geoltexta’minot” DK; “Davlat geologiya axborot markazi” DK; “Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i” tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi; “Chotqol reabilitatsiya markazi” DK; Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati; “Geologiya-marksheyderlik xizmati” DK”. 4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 20-son, 225-modda) 33-bandiga: a) quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan — yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik sohasidagi munosabatlarni boshqarishga oid loyihalar”; b) o‘n to‘rtinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n beshinchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
249
4,181
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi “Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash to‘g‘risida” 934-son q
O‘zbekiston Respublikasining “Sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi “Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 934-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin. 1. Qarorning 1-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “ma’muriy sudlar” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 1-ilovada: a) 10-banddagi “tuman (shahar) ma’muriy sudiga” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari MJtKning 281, 282-moddalarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudiga taqdim qilingan taqdirda, ushbu sudning asoslantirilgan yozma talabiga ko‘ra 12 soatdan kechiktirmasdan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzgan organ tomonidan kamchiliklar bartaraf etilishi shart”; v) 18-banddagi “tuman (shahar) ma’muriy sudlari” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. Mazkur qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
250
2,004
Qonunchilik
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 332-modda) muvofiq, shuningdek oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda baholash jarayonlarini takomillashtirish maqsadida buyuraman: 1. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq 2009-yil 3-sentabrdan kuchga kiradi. Mazkur Nizom oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanishi mumkin. 1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. 2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; b) talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash; v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish; g) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish; e) talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash; j) o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish. 3. Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 4. Nazorat turlari, uni o‘tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasining (fakultet) o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o‘quv dasturida mashg‘ulot turlari bilan birgalikda ko‘rsatiladi. 5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi. 6. Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: joriy nazorat — talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin; oraliq nazorat — semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko‘p o‘tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; yakuniy nazorat — semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun “Yozma ish” yoki OTKS (obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida o‘tkaziladi. Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakultet Ilmiy kengashi yoki oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori asosida ko‘pi bilan 40% fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og‘zaki, test va hokazo) o‘tkazilishi mumkin. 61. Nazorat turlarini o‘tkazishda xolislikni ta’minlash maqsadida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning nazorat ishlariga oliy ta’lim muassasasi tomonidan identifikatsiya kodi berish orqali shifrlanishi mumkin. 7. Oraliq nazoratni o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi. 8. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi yoki o‘quv-uslubiy boshqarma rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o‘tkaziladi. 10. Talabalarning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. 11. Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: yakuniy nazoratga — 30 ball; joriy va oraliq nazoratlarga — 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi). Toshkent davlat yuridik universitetida reyting ballari nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: joriy nazoratga — 30 ball; oraliq nazoratga — 20 ball; yakuniy nazoratga — 50 ball. 13. Talabaning reyting daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi — 100 ballik tizimda baholanadi. 14. Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o‘rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi: a) 86 — 100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‘lish. b) 71 — 85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‘lish. v) 55 — 70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‘lish. g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0 — 54 ball bilan baholanishi mumkin: aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik; bilmaslik. 15. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e’lon qilinadi. 16. Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi. 17. Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. 18. Talabaning fan bo‘yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi: V — semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda); OI — fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda). 19. Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha 55 va undan yuqori ballni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi ballni to‘plagan talabalar ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritiladi. 20. Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng. 21. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi. 22. Talaba fan bo‘yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo‘yicha to‘plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart. 23. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi. Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning ruxsatnomasi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi. 24. Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan ballari yig‘indisi 55 balldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida semestr yakunida fan bo‘yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarining har biri bo‘yicha saralash ballidan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Toshkent davlat yuridik universitetida talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki yakuniy nazorat bo‘yicha to‘plagan bali ushbu nazorat turi umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr natijalari bo‘yicha esa, talabalarning yozgi ta’tili hamda professor-o‘qituvchilarning mehnat ta’tilidan so‘ng) qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi. 25. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘iga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi. 26. Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi. 27. Talabaning fan bo‘yicha nazorat turlarida to‘plagan ballari semestr yakunida reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimining “O‘quv rejasida ajratilgan soat” ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklama soatlari, “Fandan olingan baho” ustuniga esa 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirishi qo‘yiladi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi. 28. Har bir fan bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh jurnali hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning o‘zida (nazorat turi yozma ish shaklida o‘tkazilgan bo‘lsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e’tiboriga yetkaziladi. 29. Yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra fan o‘qituvchisi talabalarning fan bo‘yicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli qismini to‘ldiradi. Talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimi joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fan bo‘yicha reytingi reyting qaydnomasi va ushbu tizimga qayd etiladi. 30. Talabaning reytingi uning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari darajasini belgilaydi. Talabaning semestr (kurs) bo‘yicha umumiy reytingi barcha fanlardan to‘plangan reyting ballari yig‘indisi orqali aniqlanadi. 31. Talabalar umumiy reytingi har bir semestr va o‘quv yili yakunlangandan so‘ng e’lon qilinadi. 32. Diplom ilovasi yoki akademik ma’lumotnomani dekanat yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) tomonidan rasmiylashtirishda fan bir necha semestr davom etgan bo‘lsa, reytinglar yig‘indisi olinadi. Talabaga imtiyozli diplom belgilashda uning har bir semestr yakunidagi fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi hisobga olinadi. 33. Talabalarning nazorat turlari bo‘yicha erishgan natijalari kafedralar, dekanatlar va o‘quv-metodik bo‘linmalarda kompyuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib boriladi. 34. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. 35. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test baholari va reyting ballarining xolisligini tekshirishni tashkil etadi va nazorat qiladi. 36. Ushbu Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha kelib chiqqan nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi. 37. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan.
131
15,856
Qonunchilik
Namangan viloyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Namangan viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2020 ― 2022-yillarda Namangan viloyatida maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lmagan mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurishning asosiy parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, mazkur mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar badal puli tashkilot faoliyati yo‘lga qo‘yilgan kundan boshlab 5 yil davomida 50 foiz miqdorida o‘rnatiladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining 2020-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilishini belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil va keyingi yillar uchun budjet parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda belgilangan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’minoti uchun zarur mablag‘larni ajratilishini nazarda tutsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarini qo‘llagan holda, qat’iy namunaviy loyihaga asoslanadi; tashqi muhandislik aloqa tarmoqlari va ichki avtomobil yo‘llari, bunyod etilayotgan obyektlar hududidan o‘tuvchi suv ta’minoti va oqava suv tarmoqlari qurilishi Namangan viloyati hokimligi mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlarini qurish bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi ― buyurtmachi etib belgilansin; bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilot belgilangan tartibda tender (tanlov) natijasida aniqlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin. 7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari ― transport vaziri A.J. Ramatov va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
184
2,886
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 19-aprel kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
145
615
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotining Ustaviga (Kishinyov, 2002-yil 7-oktabr) qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotining Ustaviga (Kishinyov, 2002-yil 7-oktabr) qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotining Ustaviga (Kishinyov, 2002-yil 7-oktabr) qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
195
703
Qonunchilik
Mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, 2020-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida
Mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport hajmlarini yanada oshirish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli, moyli va ozuqa ekinlarini oqilona joylashtirish, intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish hamda mahsulot yetishtiruvchilarning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining takliflarini inobatga olib, quyidagilar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yil hosili uchun asosiy maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda asosiy maydonlarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari 1a-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yil hosili uchun asosiy maydonlarga sabzavot ekinlarini ekish muddatlari bo‘yicha joylashtirish ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda asosiy maydonlarga ekiladigan sabzavotlardan yetishtiriladigan mahsulotlar prognoz ko‘rsatkichlari 2a-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari 3a-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yil hosili uchun bog‘ va tok qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda bog‘ va tok qator oralarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz hajmlari 4a-ilovaga muvofiq; 2020-yil hosili uchun lalmi maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq; 2020-yilda lalmi maydonlardan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari prognoz ko‘rsatkichlari 5a-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda foydalanishiga kiritiladigan yerlarda shotut va balx tut plantatsiyalari tashkil etish ko‘rsatkichlari 6-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda asosiy maydonlarda, bog‘ va tok qator oralari hamda g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallari hajmlari va zarur mablag‘lar hisob-kitobi 7-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning prognoz ko‘rsatkichlari 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi: har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligini inobatga olgan holda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari konturlar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘liq ekilishini, agrotexnika tadbirlari o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etsin; sug‘oriladigan ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek, paxtachilik-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida ilmiy-innovatsion yondashuv mexanizmlari asosida beda almashlab ekish tizimini joriy etsin; “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda mahsulot yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, ta’minotchi, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, savdo xarid tashkilotlari o‘rtasida mahsulot yetkazib berish va xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzish ishlarini yakunlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ekinlarining serhosil, tezpishar va eksportbop navlarini tanlashda ko‘maklashsin va sifatli urug‘liklar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda “in-vitro” sharoitida viruslardan holi bo‘lgan sog‘lom fitosanitar toza mevali daraxt va tok ko‘chatlari yetishtirish hajmlarini oshirgan holda 2020-yilda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etadigan fermer xo‘jaliklariga belgilangan tartibda mevali daraxt va tok ko‘chatlari yetkazib berishni tashkil etsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yil hosili uchun asosiy va takroriy maydonlarga, bog‘ va tok qator oralariga ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish mavsumi yakuni bilan o‘lchovdan o‘tkazib borsin va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda vegetatsiya davrida ajratilgan suv limitlari doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlari turlarining suvga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda sug‘orish grafiklari asosida o‘z vaqtida suv bilan to‘liq ta’minlasin. 7. “O‘zagrokimyohimoya”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda: fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining belgilangan ekin maydonlariga ushbu qarorga 6-ilovaga muvofiq mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallarini belgilangan tartibda birja savdolari orqali yetkazib berishni; asosiy va takroriy maydonlarga, bog‘-tok qator oralariga ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘ va tokzorlarni kasallik, zararkunanda va begona o‘tlardan himoya qilish uchun zarur kimyoviy preparatlar zaxirasi yaratilishini va agrokimyo xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish davrida dala sharoitida ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazsin hamda resurs tejovchi innovatsion texnologiyalar asosida agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqib, fermer xo‘jaliklariga yetkazilishini ta’minlasin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
184
7,936
Qonunchilik
Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 538-son “O‘z kuchini yo‘qotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning o‘rniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda 2003-yil 2-dekabrdagi 537-son “Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Transport vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining 2019-yil 22-yanvardagi 2-2019/QQ-son, 9-son va 1/103-son qarori (ro‘yxat raqami 3130, 2019-yil 23-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3130/2539-son) bilan tasdiqlangan Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
147
1,220
Qonunchilik
Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman: 1. Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (J. Achilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida bir oylik muddatda Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tushuntirish bo‘yicha seminar o‘tkazsin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, adliya organlarida ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan buyon matnda NNT deb yuritiladi), shu jumladan ularning alohida bo‘linmalari (vakolatxonalari va filiallari), shuningdek bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari (bundan buyon matnda xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxonalari va filiallari deb yuritiladi), diniy tashkilotlar tomonidan tadbirlar o‘tkazilishini, xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual hamda boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishini adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlat hududida bevosita NNT tomonidan tashkillashtirilgan, o‘z ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga erishish uchun konferensiya, seminar, trening, yig‘ilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, simpozium va boshqa shakllarda shaxslarni to‘plash tadbir deb e’tirof etiladi. 2. Mazkur Nizom siyosiy partiyalar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar, diniy tashkilotlarning ibodat, diniy rasm-rusumlar va marosim tarzidagi tadbirlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 3. Quyidagi tadbirlarni adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi: NNTning ustaviga (nizomiga) muvofiq uning rahbar organlari yig‘ilishlari, NNTning, shu jumladan xalqaro va chet el NNTning vakolatxona va filiallari tomonidan ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan bosh tashkiloti xodimlari ishtirokida tashkilot faoliyati bilan bog‘liq o‘tkaziladigan tadbirlari, basharti ularda uchinchi shaxslarning (O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashqari) ishtirok etishi nazarda tutilmaganda; NNTning O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya (ruxsatnoma) olish talab qilinadigan faoliyat turi bo‘yicha tegishli litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega bo‘lgan holda ushbu faoliyat turini amalga oshirish yuzasidan o‘tkaziladigan tadbirlari; NNTning normativ-huquqiy hujjatlarda, davlat dasturlari va milliy rejalarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining devoni, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarida o‘tkazilishi nazarda tutilgan tadbirlari; NNTning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan davlat granti doirasida o‘tkaziladigan tadbirlari; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan yoki ular bilan kelishilgan rejalarga muvofiq o‘tkaziladigan ommaviy jismoniy-tarbiya va sport tadbirlari; NNTning Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga muvofiq o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlari (vakolatli organ tomonidan berilgan ruxsatnoma nusxasi taqdim etiladi); boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda NNT vakilining ishtirok etishi. Kelishish talab etilmaydigan tadbirlar haqida adliya organiga tadbir o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin yozma ravishda xabar beriladi, bundan boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda NNT vakilining ishtirok etish hollari mustasno. 4. Quyidagilar: xalqaro, respublika, viloyatlararo NNT, xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxona va filiallari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan; viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududlarida faoliyat olib boradigan NNT tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar — NNT ro‘yxatdan o‘tgan hududiy adliya organlari bilan kelishiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishiladi. 6. NNT o‘z ixtiyoriga ko‘ra har bir alohida tadbirni yoki tadbirlar rejasini (ro‘yxatini) kelishish uchun adliya organiga murojaat qiladi. Tadbirlar rejasi (ro‘yxati) yillik, choraklik yoki oylik bo‘lishi mumkin. Tegishli adliya organida ro‘yxatdan o‘tgan ikki yoki undan ortiq NNT tomonidan hamkorlikda tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lsa, ushbu tadbirni o‘tkazishni kelishish yuzasidan tashkilotchi NNTlarning biri tomonidan murojaat qilinishi yetarli hisoblanadi. 7. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (ro‘yxatini) kelishish uchun NNT tadbir o‘tkazilishi mo‘ljallangan sanadan kamida yigirma kun oldin, xorijiy davlat hududida tashkillashtiriladigan tadbirlar bo‘yicha tadbir o‘tkazilishidan, xuddi shuningdek xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ularning tashrifidan kamida bir oy oldin tegishli adliya organiga yozma ravishda murojaat etishi lozim. 8. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (ro‘yxatini) kelishish haqidagi murojaatda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi yoki unga ilova qilinishi zarur: tadbirning nomi, mazmuni (kun tartibi), maqsadi va shakli; tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan shaxslar soni va maqsadli guruhlar (voyaga yetmaganlar, talabalar, ayollar va h.k); tadbir o‘tkaziladigan joy va aniq sana, shu jumladan tadbirning boshlanish va tamom bo‘lish vaqti; tadbirni moliyalashtirish manbalari; tarqatma, bosma, audiovizual va boshqa materiallarning (mavjud bo‘lsa) nusxalari (namunalari); murojaat qilingan sana, vakolatli shaxsning imzosi. 9. Tadbirlarning yillik, choraklik yoki oylik rejasini (ro‘yxatini) taqdim etish muddati unda nazarda tutilgan birinchi tadbir o‘tkaziladigan sanaga qarab aniqlanadi. Bunda tadbirlar rejasida (ro‘yxatida) nazarda tutilgan har bir alohida tadbir bo‘yicha mazkur Nizomning 8-bandi oltinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlar tegishli tadbir o‘tkazilishidan kamida yigirma kun oldin taqdim etiladi. 10. Tadbirda xorijiy davlat fuqarosi (fuqarolari) ishtirok etishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa, mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha tarzda xorijiy davlat fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tug‘ilgan joyi va sanasi, fotosurati, ish joylari ko‘rsatilgan ma’lumotnoma hamda uning kelib-ketish dasturi taqdim etilishi kerak, bundan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlat fuqarolari mustasno. 11. Xalqaro va chet el NNTning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanayotganda ularning loyihalari, o‘tkaziladigan tadbirda foydalanish yoki tarqatish uchun xorijiy davlatda tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa materiallar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish rejalashtirilganda ularning nusxalari (namunalari) tadbir o‘tkazilishidan kamida bir oy oldin adliya organiga kelishish uchun taqdim etilishi lozim. 12. Bosma, audiovizual va boshqa materiallarni kelishish uchun taqdim etilgan yozma murojaatda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: tayyorlanayotgan bosma, audiovizual va boshqa materiallarning loyihalari; xorijiy davlatda tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa materiallarning nusxalari (namunalari); materiallarning nomi, mazmuni, maqsadi; materiallarni tayyorlagan shaxslar haqida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tug‘ilgan joyi va sanasi, ish joyi ko‘rsatilgan holda); materiallarning qayerda, qachon, kimlarga tarqatilishi; materiallarni moliyalashtirish manbalari; murojaat qilingan sana, vakolatli shaxsning imzosi. 13. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (ro‘yxatini), bosma, audiovizual va boshqa materiallarni kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlar adliya organi tomonidan o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi. Xorijiy davlat hududida tashkillashtiriladigan, xuddi shuningdek xorijiy fuqarolar ishtiroki etishi nazarda tutiladigan tadbirlarni kelishish haqidagi hujjatlar adliya organi tomonidan yigirma besh kun ichida ko‘rib chiqiladi. 14. Hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, NNT bu haqda adliya organiga bir ish kuni ichida o‘zgarishlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni ilova qilgan holda yozma ravishda xabar beradi. 15. Tadbir yoki tadbirlar rejasi (ro‘yxati) hamda bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishi yuzasidan qo‘shimcha savollar vujudga kelganda adliya organi tomonidan NNTdan asoslantirilgan tarzda qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin. Mazkur Nizomning 14-15-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar adliya organlari tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqishning umumiy muddatiga ta’sir qilmaydi. 16. Adliya organi tadbir o‘tkazish, bosma, audiovizual va boshqa materiallarni tayyorlash va tarqatishni kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini, ularning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligini o‘rganadi. Zarur hollarda, adliya organi NNT tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun tegishli tashkilotlarga yuborishga haqli. Hujjatlarni olgan tashkilot o‘n kun ichida o‘z xulosasini taqdim etishi shart. Agar xulosada tadbir o‘tkazilishiga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida fikr mavjud bo‘lsa, u holda tashkilot ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan holatlar doirasida o‘z xulosasini asoslashi kerak. 17. Adliya organi hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan tadbirni o‘tkazishga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish yoki sabablarini ko‘rsatgan holda rozilik berishni rad etish to‘g‘risida NNTni yozma ravishda xabardor qiladi. 18. Quyidagi hollarda tadbirni o‘tkazishga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish rad etiladi: tadbir, bosma, audiovizual va boshqa materiallar O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilish, fuqarolarning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilishga qaratilgan bo‘lsa; mazkur Nizomda nazarda tutilgan hamda adliya organlari tomonidan Nizomning 15-bandiga asosan so‘ralgan qo‘shimcha hujjatlar (ma’lumotlar) to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa; hujjatlar (ma’lumotlar) ushbu Nizomning 7 va 9-bandlarida belgilangan muddatlarda taqdim qilinmagan bo‘lsa; taqdim etilgan hujjatlarda (ma’lumotlarda) noto‘g‘ri axborot keltirilganligi aniqlansa. 19. Tadbir o‘tkazilishiga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish rad etilganda, NNT rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va adliya organiga takroran murojaat qilishga haqli. 20. Tadbir NNT tomonidan adliya organiga taqdim etilgan hujjatlarga (ma’lumotlarga) muvofiq o‘tkazilishi shart. 21. Tadbirning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq o‘tkazilishi uchun NNT rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs javobgardir. 22. NNT adliya organi vakiliga monitoring qilish uchun o‘zi o‘tkazayotgan tadbirga erkin kirish imkonini berishi shart. Adliya organi NNTga o‘tkaziladigan tadbirda o‘z vakilining ishtirok etishi haqidagi ma’lumotni yozma ravishda berishi mumkin. 23. NNT rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tadbirni monitoring qilish uchun tashrif buyurgan adliya organi vakiliga tadbirni kuzatish, uning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq o‘tkazilishini baholash uchun barcha materiallar va ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratishi hamda boshqa zarur shart-sharoitlarni ta’minlab berishi lozim. Adliya organi zarur hollarda NNTdan tadbir o‘tkazilgandan so‘ng tegishli ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin. 24. Qonun hujjatlari va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq o‘tkazilayotgan tadbirga adliya organi vakili tomonidan aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 25. NNT adliya organi vakilining tadbir davomida qilgan noqonuniy xatti-harakati yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. 26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
103
14,656
Qonunchilik
Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, “Sudlar to‘g‘risida”, “Prokuratura to‘g‘risida” hamda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish (keyingi o‘rinlarda majburiy keltirish deb ataladi) bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibini belgilaydi. 2. Majburiy keltirish uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning majburiy keltirish to‘g‘risidagi qarori hamda jinoyat, ma’muriy yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ajrimi asos hisoblanadi. 3. Majburiy keltirish gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohning jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual harakatlarda yoki sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun, basharti ular uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda, qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 313-moddasiga muvofiq sud muhokamasida ishtirok etishi shart bo‘lgan yoki sudga kelishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yoxud kelmaganligi sabablarini ma’lum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi mumkin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra sud majlisiga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan shaxslarni majburiy keltirish ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orqali amalga oshiriladi Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirishni amalga oshirayotganida keltirilishi lozim bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning ota-onasini yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) bilan tanishtirib, bu haqda imzo chektiradi. 5. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini oldindan chaqiruvsiz majburiy keltirish ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinib yurgan yoki aniq yashash joyi bo‘lmagan taqdirda qo‘llanilishi mumkin. Sudlanuvchining sudga kelmaganligi sababini oldindan aniqlamasdan turib, majburiy keltirishga alohida hollarda, ishni ko‘rish sudlanuvchi bo‘lmaganligi sababli keyinga qoldirilayotgan va bunda uning turgan joyi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmagan taqdirda ham yo‘l qo‘yiladi. 6. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi ushbu qaror yoki ajrimda ko‘rsatilgan muddatda ijro etilishi shart. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ish yuritiladigan joydagi yoki majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsning yashash joyi, turgan joyi, ish, xizmat yoxud o‘qish joyidagi hududiy ichki ishlar organiga ijro uchun yuboriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 263-moddasiga muvofiq majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da majburiy keltirilishi kerak bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning protsessual mavqeyi, yashash yoki ish joyi, majburiy keltirish uchun asoslar, shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi, majburiy keltirish kimga topshirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 8. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar nazarda tutilishi lozim: ajrimning chiqarilgan vaqti va joyi; sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi; ishda ishtirok etuvchi shaxslar; nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati; sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonun hujjatlariga havolalar; sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi; ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi ajrimda ushbu bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari shaxs majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan sana, vaqt va joy, shuningdek majburiy keltirish qaysi hududiy ichki ishlar organiga topshirilganligi ko‘rsatiladi. 9. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) unda ushbu Nizomning 7 yoki 8-bandlarida ko‘rsatilgan talablardan biri mavjud bo‘lmagan taqdirda, majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ijroga qabul qilinmasdan, kamchiliklarni bartaraf etish uchun yo‘llanma xat bilan qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol yuboriladi. 10. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) kelib tushgan kunning o‘zida ichki ishlar organining kotibiyatida yuritilgan maxsus jurnalda ro‘yxatga olinishi va ichki ishlar organi boshlig‘i, u bo‘lmaganda uning vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxs tomonidan ijro etish uchun profilaktika (katta) inspektori yoki jinoyat qidiruv xodimiga topshirilishi va ijrosi nazorat qilinishi lozim. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ning ijrosini ta’minlash maqsadida boshqa tuman yoki viloyatga borib kelish zarurati tug‘ilganda biriktirilgan hududni tashlab ketish lozim bo‘lgan holatlarda profilaktika (katta) inspektorlariga qaror (ajrim)ni ijro etish uchun topshirilishi qat’iyan taqiqlanadi. 11. Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsni majburiy keltirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan vaqtda va joyga olib borish choralarini ko‘rishi shart. Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni ijro etishda shaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga amal qilishi, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi hamda majburiy keltirilayotgan shaxsga uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi shart. 12. Shaxsni majburiy keltirish soat 06:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 5-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno. 13. Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxs topilgan taqdirda, ichki ishlar organi xodimi unga majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni tanishtirib, tilxat olishi va mazkur qaror (ajrim)ni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga olib kelishi shart. Bunda qaror (ajrim)ga shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt, shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bog‘liq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim. 14. Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxs o‘qisa yoki ishlasa majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) uning o‘qish yoki ish joyidagi ma’muriyatiga ma’lum qilinadi va ijrosini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatishi yuzasidan ko‘rsatma beriladi. 15. Majburiy keltirishni ijro etish vaqtida qonuniy talablarga qarshilik ko‘rsatilganda ichki ishlar organi xodimi qarshilik ko‘rsatgan shaxsga nisbatan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq jismoniy kuch, maxsus vosita va o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega. Mazkur holda bayonnoma tuziladi va unda huquqbuzarlikning xususiyati, vaqti va joyi hamda shaxsga nisbatan qo‘llanilgan choralar ko‘rsatiladi. Jismoniy kuch va maxsus vosita qo‘llanilganligi haqida ikki kun muddatda, o‘qotar qurol qo‘llanilganligi haqida 24 soatda bildirgi bilan birga bayonnoma ichki ishlar organi boshlig‘iga taqdim etiladi. Bu haqda majburiy keltirish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud xabardor qilinadi. Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi oqibatida jismoniy shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga, shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha holatlar to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beriladi. 16. Majburiy keltirilgan shaxs surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga topshirilganda ular tomonidan shaxs qabul qilib olinganligi haqida ma’lumotnoma (bayonnoma) nusxasiga imzo qo‘yib, tasdiqlaydi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 264-moddasiga muvofiq ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, ta’tilda, xizmat safarida ekanligi, og‘ir kasalligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qligi oqibatida majburiy keltirishga imkon bo‘lmaganligini aniqlasa, bu haqda ma’lumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoxud sudga xabar beradi. Ushbu ma’lumotnomada shaxsni majburiy keltirishga imkon bermagan holatlar batafsil yoritilib, majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni ijro etayotgan xodim, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, xolislar va boshqa ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanadi. 18. Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxs, chaqirilgan joyga og‘ir kasalligi tufayli bora olmasligini ma’lum qilgan taqdirda, uning kasalligi hududiy sog‘liqni caqlash muassasasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi shart. Hududiy sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan tibbiy ma’lumotnoma shaxsni majburiy keltirishga imkon bo‘lmaganligi munosabati bilan tuzilgan ma’lumotnomaga ilova qilinishi lozim. 19. Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsni yashash yoki ish joyidan topishning imkoni bo‘lmay, haqiqiy turar joyini aniqlash uchun vaqt talab etiladigan hollarda, majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya bu haqida 5 kun muddatda xabardor qilinadi. 20. Majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlar majburiy keltirilgan shaxsdan sud tartibida davlat foydasiga undiriladi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga chaqirilganda kelmagan protsess ishtirokchisidan — ishning sudda ko‘rilishi yoki tergov harakatlari o‘tkazilishi uning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasligi oqibatida kechiktirilgan hollarda ham protsessual chiqimlar sud tartibida davlat foydasiga undiriladi. 21. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qarorni ijro etgan ichki ishlar organi xodimi qilingan xarajatlar haqidagi ma’lumotnomani ikki kun ichida ichki ishlar organlarining moliya bo‘linmalaridan olishi va undirish chorasini ko‘rish uchun surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etishi shart. Majburiy keltirish uchun qilingan xarajatlar haqidagi ma’lumotnoma ichki ishlar organlarining moliya bo‘linmalari tomonidan imzolangan va gerbli muhr qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 22. Fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha sud muhokamasiga majburiy keltirilayotgan shaxsning, shu jumladan jinoyat ishlari bo‘yicha jabrlanuvchi yoki guvohning kelib ketish, turar joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash imkoniyatiga ega emasligi to‘g‘risida tasdiqlangan hujjatlar asosida ushbu xarajatlar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 23. Majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlar nazoratni olib boruvchi prokuror tomonidan berilgan da’vo arizasi asosida ham undirilishi mumkin. 24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
210
12,058
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (O‘zbekiston Respublikasi OAK)ni tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 31-martdagi Farmonga muvofiq hamda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha — vazirga, bosh ilmiy kotib — vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining rahbarlari va ilmiy bo‘linmalari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari ilmiy ekspertiza bilan shug‘ullanuvchi rahbariyatga va bo‘linmalarga nisbatan, boshqaruv organlari uchun nazarda tutilgan shartlar esa — qolgan xodimlarga nisbatan qo‘llanilsin. 5. “O‘zshartnomasavdo”, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi belgilangan tartibga muvofiq materiallar, asbob-uskunalar, buyumlar va boshqa moddiy-texnika resurslari yetkazib berilishi uchun OAKga kvotalar ajratilishini ko‘zda tutsinlar. 6. OAK Toshkent shahri, akademik Yaxyo G‘ulomov ko‘chasi, 70-uy manzilidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq M. I. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
121
1,413
Qonunchilik
Bir talabani o‘qitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablag‘lari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-apreldagi PQ-1954-son “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi va 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 372-modda) qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi 178-sonli “Respublikaning oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 33-son, 276-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 20-avgustdagi 67 va 329-son qarori (ro‘yxat raqami 2136, 2010-yil 26-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 34-son, 296-modda) bilan tasdiqlangan Bir talabani o‘qitish xarajatlaridan kelib chiqib budjet mablag‘lari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi haqidagi nizomga (ro‘yxat raqami 795, 1999-yil 6-avgust)” degan so‘zlar “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 9-son, 120-modda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 6-bandda: a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: b) quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Nko — OTMning klinik ordinaturasida o‘qiyotgan shaxslarning o‘rtacha yillik soni (tibbiyot OTMlari uchun);”; v) o‘n beshinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishincha o‘n oltinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin; g) quyidagi mazmundagi xatboshlar bilan to‘ldirilsin: “OTsns — joriy moliya yilidagi katta ilmiy xodim-izlanuvchining mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasi, yagona ijtimoiy to‘lovni hisobga olgan holda (joriy moliya yilining 1-yanvar holatidagi katta ilmiy xodim-izlanuvchining lavozim maoshidan kelib chiqqan holda hisoblanadi); Nsns — OTMning oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qiyotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning o‘rtacha yillik soni.”. 3. 10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bunda, qoida tariqasida, OTMlariga ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlar uchun ajratilayotgan budjet mablag‘larining hajmi, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar ulushiga mos ravishda nazarda tutiladi.”. 4. Quyidagi mazmundagi 131-band bilan to‘ldirilsin: “131. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan alohida OTMlariga xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsiyentlarini qo‘llash yo‘li bilan hisoblangan IV guruh xarajatlari uchun budjet mablag‘lari hajmiga qo‘shimcha ravishda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar nazarda tutilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish uchun OTMlari uchun qo‘shimcha budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, tasarrufida OTMlari mavjud bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra nazarda tutiladi va o‘rnatilgan tartibda OTMlarning xarajatlar smetasini tuzish jarayonida yoki tegishli moliya yili davomida nazarda tutilishi mumkin (xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali).”. 5. 2-ilovada: a) 1-guruhdagi “Toshkent davlat yuridik instituti” degan so‘zlar “Toshkent davlat yuridik universiteti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 3-guruhdagi “Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti” degan so‘zlar “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
240
4,315
Qonunchilik
“Surхongeologiya” davlat korхonasi tashkil etildi
U Davlat geologiya qoʻmitasi tizimidagi “Hisorgeologiya” DKning Surхondaryo dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi negizida tashkil etildi (21.09.2019 yildagi 791-son VMQga qarang). Quyidagilar “Surхongeologiya” DKning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari etib belgilandi: Yangi korхonaning saqlash, хodimlarning mehnatiga haq toʻlash хarajatlari, korхonaning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirishni moliyalashtirish Davlat byudjeti (mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va koʻpaytirish yillik davlat dasturi doirasida), Davlat geologiya qoʻmitasining maхsus hisob raqamlari mablagʻlari, хoʻjalik shartnomalaridan olingan daromadlar hamda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Davlat geologiya qoʻmitasi bir oy muddatda “Surхongeologiya” DKning ustavini va tuzilmasini (boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 12 nafardan iborat) ishlab chiqishi va tasdiqlashi, korхonaning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini va keyinchalik uning samarali faoliyatini ta’minlashi kerak. “Hisorgeologiya” DKning Surхondaryo dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi ob’yektlarida foydalanilayotgan asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklari “Surхongeologiya” DKga operativ boshqarishga oʻtkaziladi. “Surхongeologiya” DKning ma’muriy va ishlab chiqarish binolari Surхondaryo viloyati, Boysun tumani va unga yaqin hududdagi bino va inshootlarga joylashtiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.09.2019 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
49
1,495
Qonunchilik
“Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2013-yil 11-iyundagi 165-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 23-iyundagi 419-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 20-iyundagi 01/09-26/17-son “Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2610, 2014-yil 14-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 33-son, 427-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qaror muqaddimasidagi “2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2013-yil 11-iyundagi 165-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 23-iyundagi 419-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin 2. Nizomda: a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 23-iyundagi 419-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq xo‘jalik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat paketini (ulushini) (bundan buyon matnda davlat aktivlari deb yuritiladi) ishonchli boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.”; b) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; g) 9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bilishi;”; d) 14-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “v) attestatsiyadan o‘tmagan davlatning ishonchli vakillari borasida Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Hay’atiga (agar davlatning ishonchli vakili Hay’at qarori bilan tasdiqlangan bo‘lsa) belgilangan tartibda ular bilan tuzilgan ishonchli boshqaruv shartnomalarini bekor qilish yuzasidan takliflarni kiritadi.”; e) 2-ilovada “Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar “Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
155
5,752
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING HUQUQIY EKSPERTIZA VA XALQARO ShARTNOMALAR BOShQARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin. 1. Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar, strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar) loyihalarini huquqiy jihatdan ishlab chiqish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati faoliyatini ta’minlaydi, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qiladi va monitoring olib boradi. 2. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga bo‘ysunadi. 4. Boshqarma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining tegishli xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish, qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalari ish rejalarini ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish; strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan investitsiya va tashqi savdo shartnomalari amalga oshirilishining turkumlangan ma’lumotlar bankini shakllantirish va monitoring olib borish. 6. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini huquqiy ta’minlash sohasida: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi va ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunchilik hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar tayyorlaydi; qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi va ularni tayyorlaydi; qonunchilik hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini ta’minlash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi; qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; qonunchilik hujjatlarining tizimli hisob-kitobini yuritadi, qonun hujjatlari bo‘yicha ma’lumotnoma ishlarini tashkil etadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda Hukumat qarorlarini talqin qilish va qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlarni tayyorlaydi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi; qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar qarorlari loyihalarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalariga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalarini, uning mutaxassislarini normativ-huquqiy hujjatlar matnlari, shuningdek qonun hujjatlari bo‘yicha ma’lumotnoma materiallar bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar materiallarini tayyorlashda va qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi buyruqlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati faoliyati bilan bog‘liq huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy bo‘limi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plamini nashr etishga tayyorlaydi; fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va chora ko‘rish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni qabul qiladi; b) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlarini tashkil qilish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa organlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Bosh vazirning ko‘rib chiqishi uchun Hukumatning qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlari rejasi loyihalarini kiritadi; Hukumatning qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ishlari rejasining bajarilishi monitoringi olib borilishini, ko‘rsatib o‘tilgan rejalarning amalga oshirilishining holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatini muntazam xabardor qilinishini tashkil etadi; Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari ular tomonidan muhokama etilishida qatnashadi, tegishli qonun loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari faoliyatini muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida qonun loyihalarini muhokama etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari ishini muvofiqlashtiradi; v) xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil etish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalar belgilangan tartibda ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil etadi; xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlaydi, ularni tayyorlashda ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosarlari topshirig‘iga ko‘ra Boshqarmaga tegishli sohaga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari rahbarlik qiladigan hukumatlararo komissiyalar va qo‘mitalar majlislarida ishtirok etadi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va tuzish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi; g) strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi savdo xavfsizligini ta’minlash maqsadida strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontaktlar) loyihalari belgilangan tartibda ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini va xulosalar tayyorlanishini tashkil qiladi; strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar) loyihalarini tayyorlash va kelishishda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga va tashqi iqtisodiy xavfsizligiga rioya qilinishini ta’minlash masalalarida tegishli vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi topshiriqlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanishi lozim bo‘lgan investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar) loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi; strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni tayyorlash va imzolash masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi; d) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalarining turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish hamda amalga oshirilishi monitoringini olib borish sohasida; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni bajarish masalalari bo‘yicha axborotlarni to‘playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ning turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini shakllantirishni, yuritishni va muntazam ravishda yangilab borishni ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontaktlar) bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning holati to‘g‘risida turkumlashtirilgan ma’lumotlar bankini va tahliliy bazani shakllantirish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ning amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni bajarish masalalari bo‘yicha tahliliy va ma’lumotnoma materiallarni tayyorlaydi. Boshqarma belgilangan tartibda o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi. 7. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash; tegishli materiallar va hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshirig‘iga ko‘ra davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish; zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish; zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish. 8. Boshqarma: o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari ko‘rib chiqishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qilishi uchun tayyorlanadigan va kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizasining kompleksliligi va sifati uchun; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, shuningdek strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ning bajarilishi va monitoringini olib borish ta’minlanishi uchun; Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomining ta’minlanishi uchun javob beradi. 9. Boshqarma tarkibiga huquqiy ekspertiza bo‘limi hamda xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo‘limi kiradi. Boshqarma tuzilmasi Boshqarma boshlig‘i, huquqiy ekspertiza bo‘limi mudiri, xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo‘limi mudiri, xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo‘limi mudirining ikki nafar o‘rinbosari, tegishli masalalar bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek ikki nafar inspektordan iborat bo‘ladi. Boshqarma tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 10. Boshqarma ishlariga boshliq rahbarlik qiladi. 11. Boshqarma boshlig‘i, bo‘limlar mudirlari, bo‘lim mudiri o‘rinbosarlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 12. Boshqarma ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boshqarmaning ish rejalari, boshliqning, bo‘limlar mudirlari, bo‘lim mudirining o‘rinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Boshqarmaning ish rejalari va Boshqarma boshlig‘ining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi. Bo‘lim mudirlari, bo‘lim mudiri o‘rinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. 13. Boshqarma boshlig‘i: Boshqarmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘limlar mudirlari, bo‘lim mudiri o‘rinbosarlari va mutaxassislar ishini tashkil qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi, ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining har tomonlama huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tashkil etilishini, shuningdek Boshqarma sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari tayyorlanishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash ish rejalarini ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ularning qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qiladi; xalqaro shartnomalar loyihalari va xalqaro shartnomalarni imzolash, ularga qo‘shilish, ularni ratifikatsiya qilish va tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflar loyihalari ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi; strategik muhim investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar)ni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya qilinishini va tashqi savdo xavfsizligini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolangan investitsiya va tashqi savdo shartnomalari amalga oshirilishining turkumlangan ma’lumotlar banki shakllantirilishini va monitoring olib borilishini tashkil qiladi; Boshqarmaning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi; ular bo‘yicha respublika Hukumati qarori talab etilmaydigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi; tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha takliflarni Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ko‘rib chiqishi uchun kiritadi, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarning kasb darajasini va ish malakasini oshirish choralarini ko‘radi, shuningdek ularni rag‘batlantirish yoki jazolash bo‘yicha takliflar kiritadi; Boshqarmaning bo‘lim mudirlari, bo‘lim mudiri o‘rinbosarlari va mutaxassislari o‘rtasida vazifalar taqsimoti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanishi uchun kiritadi; Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amal qiladigan Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi; chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi. 14. Boshqarma boshlig‘i vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilanadigan bo‘lim mudirlaridan biri bajaradi. 15. Bo‘lim mudiri o‘ziga birkitilgan masalalar yuzasidan: bo‘limga bevosita rahbarlik qiladi va Boshqarma zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va bo‘limdagi ijro intizomi holati uchun shaxsan javob beradi; materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini va tayyorlanishini tashkil etadi, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalarga viza qo‘yadi va ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi; normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar, strategik muhim investitsiya shartnomalari va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar) loyihalarini tayyorlashda va ekspertizadan o‘tkazishda bevosita qatnashadi, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlanishini ta’minlaydi; tegishli masalalar bo‘yicha turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab turilishini nazorat qiladi; materiallar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi; respublikaning qonunchiligini yanada takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning tegishli sohalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va Boshqarma boshlig‘iga taqdim etadi; o‘zi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar hamda tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi; Boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi; Boshqarma boshlig‘iga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi; mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga jazolar berish to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga takliflar taqdim etadi. Huquqiy ekspertiza bo‘limi mudiri vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini Boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilanadigan bo‘limning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi. Xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo‘limi mudiri vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini Boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilanadigan bo‘lim mudirining o‘rinbosarlaridan biri bajaradi. 16. Bo‘lim mudirining o‘rinbosari o‘ziga birkitilgan masalalar yuzasidan: tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishi va tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi; tegishli masalalar bo‘yicha turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab turilishini nazorat qiladi; materiallar to‘g‘risida bo‘lim mudiriga, Boshqarma boshlig‘iga shuningdek, belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi; respublikaning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek qonunchilikning tegishli sohalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va bo‘lim mudiriga, Boshqarma boshlig‘iga taqdim etadi; Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar hamda tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi; Boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi. 17. Boshqarmaning bosh mutaxassisi o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha: materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri (uning o‘rinbosari) topshiriqlarini bajaradi, materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishi, ularning sifatli ishlab chiqilishi va topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazorat ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar, investitsiya shartnomalari va tashqi savdo shartnomalari (kontraktlar) loyihalarini va boshqa materiallarni o‘rganadi, ularni ekspert jihatidan puxta ishlab chiqadi, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallar, ekspert xulosalar tayyorlaydi; xalqaro shartnomalar, strategik muhim tashqi savdo va investitsiya shartnomalari (kontraktlar) amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi; xalqaro shartnomalar, strategik muhim tashqi savdo va investitsiya shartnomalari (kontraktlari)ning turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yuritadi, ularni muntazam ravishda yangilab boradi; materiallar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga (uning o‘rinbosariga), shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi; qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini talqin qilish va tushuntirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga (uning o‘rinbosariga) taqdim etadi; o‘ziga birikitirilgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga tayyorlash, shuningdek ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama etish uchun yig‘ilishlar o‘tkazadi. 18. Boshqarmaning yetakchi mutaxassisi o‘ziga biriktirilgan masalalar yuzasidan: materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri (uning o‘rinbosari) topshiriqlarini bajaradi, materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishi, ularni ishlab chiqishning sifati va topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazorat ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspert jihatdan puxta ishlab chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosalari tayyorlaydi; materiallarni Boshqarma boshlig‘iga, bo‘lim mudiriga (uning o‘rinbosariga), tegishli bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga taqdim etadi; xalqaro shartnomalar, strategik muhim tashqi savdo va investitsiya shartnomalari (kontraktlar) amalga oshirilishi ustidan monitoring olib boradi; xalqaro shartnomalar, strategik muhim tashqi savdo va investitsiya shartnomalari (kontraktlar)ning turkumlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yuritadi, ularni muntazam ravishda yangilab boradi; mutassadilik qilinadigan masalalar bo‘yicha tegishli ma’lumotnoma va tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi; Boshqarma boshlig‘i, bo‘lim mudiri (uning o‘rinbosari) yoki tegishli bosh mutaxassis bilan kelishgan holda ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi. 19. Inspektorlar Boshqarmada va bo‘limlarda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlar o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘ma jildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
142
34,477
Qonunchilik
TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUB’EKTLARINING QUVVATI 50 KVTGAChA BO‘LGAN ELEKTR QURILMALARINI ELEKTR TARMOQLARIGA ULAShNING SODDALAShTIRILGAN TARTIBINI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat dasturi to‘g‘risida” 2011-yil 7-fevraldagi PQ–1474-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2011-yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan kichik biznes subyektlarining quvvati 50 kVt va undan past bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Nimatullayev), “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Teshaboyev) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, bunda: tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ixtiyoriga ko‘ra hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr tarmoqlariga ulashga texnik shartlar olish uchun bevosita, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari orqali yoki loyiha tashkilotlari orqali buyurtmalar berishi; hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar berish muddati — 3 kun bo‘lishi; O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalarini berish muddati — 3 kun bo‘lishi; tadbirkorlik subyektlari elektr qurilmalarini foydalanishga topshirish imkonini aniqlashda taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini 79 tadan 13 tagacha kamaytirish nazarda tutilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 31-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bunda, iste’molchilarning quvvati 10 kVtgacha bo‘lgan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan kichik biznes subyektlari uchun esa quvvati 50 kVt va undan past bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash qonun hujjatlariga muvofiq soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.”. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
169
2,525
Qonunchilik
KREDIT UYuShMALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YuRITISh TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda), “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Markaziy bank Boshqaruvining 2002-yil 30-noyabrdagi 26/4-son “Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1228, 2003-yil 27-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4-5-son, 65-modda), “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda) qonunlariga muvofiq kredit uyushmalarida buxgalteriya ishlarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish hamda nazorat qilish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Yo‘riqnomada buxgalteriya hisobining tamoyillari asosida kredit uyushmalarida moliyaviy operatsiyalarning hisobini yuritish va nazorat qilish qoidalari, buxgalteriya apparati tuzilishi, hujjatlar aylanmasini yo‘lga qo‘yish usullari hamda buxgalteriya hisobotini tuzish nazarda tutilgan. 2. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: bosh kitob — kredit uyushmalari operatsiyalari hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan hisobvaraqlar ro‘yxatidan iborat kitob; boshlang‘ich qiymat — barpo etish (qurish yoki qurib bitkazish)ga yoki aktivlarni sotib olishga, to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, aktivdan belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni ishchi holatiga keltirish, yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, foydalanishga topshirish va boshqa xarajatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlar summasi; buxgalteriya apparati — kredit uyushmasining pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, operatsiyalarni nazoratdan o‘tkazish hamda ularni hisobga olish kitoblarida qayd etish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar guruhi; dividend — kredit uyushmasi tomonidan zarur ajratmalar va zaxiralar (fondlar) shakllantirilgandan so‘ng, moliyaviy yil yakuni bo‘yicha a’zolar umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq uning a’zolari o‘rtasida a’zolarning paylari bo‘yicha taqsimlanadigan sof foydaning va/yoki o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi; yordamchi kitob — bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar; foizlarni o‘stirmaslik — hisoblangan foizli daromadlarni to‘liq olish ehtimoli mutlaqo qolmagan va/yoki asosiy qarz summasini to‘liq olish mumkin bo‘lmagan taqdirda, aktivga hisoblash usulini qo‘llashning to‘xtatilishi; shaxsni tasdiqlovchi hujjat — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno), xorijiy fuqarolarning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi; haqqoniy qiymat — aktivning bozor qiymati yoki baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan qiymatdir. 3. Kredit uyushmasi faoliyatida hujjatlarning o‘tish tartibi bosh buxgalter tomonidan kredit uyushmasining ish xususiyatlari hisobga olinib, mazkur Yo‘riqnomada nazarda tutilgan hujjatlar aylanishining asosiy qoidalariga amal qilingan holda belgilanishi mumkin. Kredit uyushmasi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq o‘z hisob siyosatini ishlab chiqishi, tasdiqlashi va amalda qo‘llashi lozim. 4. Kredit uyushmasining ijro etuvchi organi rahbari (keyingi o‘rinlarda kredit uyushmasi rahbari deb yuritiladi) hamda bosh buxgalteri mazkur Yo‘riqnomada belgilangan buxgalteriya hisobini yuritish talablariga rioya qilgan holda hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlanishiga javobgardir. 5. Kredit uyushmasida operatsiyalar hisobini balans hisobvaraqlarida aks ettirish “Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga (ro‘yxat raqami 1944-son, 2009-yil 20-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 17-son, 216-modda) muvofiq amalga oshiriladi. 6. Kredit uyushmasining buxgalteriya apparati kredit uyushmasining bosh buxgalteri tomonidan boshqariladi. Bosh buxgalter Kredit uyushmasining bosh buxgalteri to‘g‘risidagi nizom (mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasi) asosida ish olib boradi. 7. Buxgalteriya apparati xodimining xizmat majburiyatlari lavozim yo‘riqnomalarida yozma ko‘rinishda aks ettirilib, ularning nusxalari tegishli xodimlarga imzo qo‘ydirib beriladi. Buxgalteriya apparati xodimiga qo‘shimcha vazifalar kredit uyushmasining rahbari buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi. 8. Kredit uyushmasi operatsiyalari hisobining yuritilishini va hisobotlar tuzilishini tashkil etish kredit uyushmasining rahbariga yuklatiladi. 9. Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni amalga oshirish hamda kunlik buxgalteriya va kassa ishlarining belgilangan tartibiga amal qilinishini kuzatib borish, shuningdek, bosh va yordamchi kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi hisobotlarini tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Kredit uyushmasining bosh buxgalteri ishda bo‘lmagan vaqtda, ushbu vazifalar kredit uyushmasi rahbarining buyrug‘iga asosan uning o‘rinbosariga topshiriladi. 10. Buxgalteriya apparati xodimlarining ish kunini tashkillashtirish quyidagi talablarga muvofiq o‘rnatiladi: hisob-kitob hujjatlari shu kunning o‘zida qabul qilinishi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, amaliyot kuni davomida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirilishi; amaliyot kuni tugaganidan so‘ng kunlik balans hisoboti tuzilishi lozim. 11. Kredit uyushmalari elektron balans hisobotini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (keyingi o‘rinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda, Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda jo‘natadi. 12. Kredit uyushmalarida ish kuni operatsiyalar buxgalteriya hisobida to‘liq aks ettirilganidan, kunlik balans hisoboti tuzilganidan hamda ushbu hisobot kredit uyushmasining rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanganidan so‘ng yakunlanadi. Kredit uyushmasining rahbari va bosh buxgalteri balans va boshqa hisobotlarni o‘z vaqtida hamda haqqoniy tuzilishi uchun javobgardir. 13. Har bir kredit uyushmasida uning rahbari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar aylanishi jadvali tuziladi. Jadvalda hujjatlarning barcha ko‘rib chiqish jabhalari bo‘yicha o‘tish tartibi belgilanadi. 14. Moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi birlamchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, mablag‘lar va qimmatliklarning but saqlanganligi nazorat qilinishi lozim. 15. Buxgalteriya xodimi hujjatni to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to‘g‘ri ko‘rsatilganligini va kredit uyushmasi a’zosining imzosi berilgan namunalarga mos kelishini tekshiradi hamda imzosi bilan tasdiqlaydi. 16. Kirim va chiqim kassa operatsiyalari ustidan nazorat kredit uyushmasi rahbarining buyrug‘i asosida maxsus ajratilgan buxgalter-nazoratchi (keyingi o‘rinlarda nazoratchi deb yuritiladi) tomonidan, agar kredit uyushmasida ushbu lavozim nazarda tutilmagan bo‘lsa kredit uyushmasi rahbari yoki uning buyrug‘i asosida kredit uyushmasi rahbarining o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratchi tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning to‘g‘riligi hamda hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklarning yo‘qligi tekshiriladi. 17. Kassa operatsiyalarining hisobi va kredit uyushmasi a’zolari hisobvaraqlarida aks ettirish faqat kredit uyushmasining kassasiga naqd pul haqiqatda kirim qilinganidan yoki chiqim qilinganidan so‘ng amalga oshirilishi lozim. 18. Kredit uyushmasining kassiri kirim va chiqim kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan buxgalteriya xodimlarining imzo namunalari bilan, kirim va chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanuvchi buxgalteriya xodimlari esa — kassirning imzo namunalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart. Imzo namunalari kredit uyushmasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Imzo namunalarini tegishli xodimlarga o‘z vaqtida berish kredit uyushmasining bosh buxgalteri tomonidan amalga oshiriladi. 19. Kredit uyushmasining bosh buxgalteri muhrlar, burchak muhr va blanklardan foydalanish, ularning yo‘qolishi yoki suiiste’molchilik maqsadlarida foydalanish sharoitiga imkon bermaslik uchun tegishli ravishda ularning saqlanishini ta’minlashi shart. Kredit uyushmasi bosh buxgalteri tomonidan muhrlarni ro‘yxatga olish kitobi yuritiladi. Mazkur kitobda muhrlar va burchak muhrlarning hisobi, ularni saqlayotgan xodimlar familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va imzosi hamda biriktirilgan muhr yoki burchak muhrlarning izi ko‘rsatiladi. 20. Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun Bosh kitob (mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasi) va yordamchi kitoblardan foydalaniladi. 21. Bosh kitobda kredit uyushmasining operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan jamlanma ma’lumotlar qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo‘yicha kun davomida amalga oshirilgan operatsiyalarning jami debet va kredit aylanmasi va kun oxiriga qoldiq summalari aks ettiriladi. 22. Bosh kitob hisobvaraqlari yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan nazorat hisobvaraqlari hisoblanadi. Bosh kitob kunlik balans shaklida quyidagi yordamchi kitoblar asosida tuziladi: kirim kassa orderlarini qayd etish jurnali (mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasi); chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali (mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasi); depozit kartochkasi (mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasi); kredit kartochkasi (mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasi); asosiy vositalar hisobi kartochkasi (mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasi). 23. Kunlik operatsiyalar yordamchi kitoblarda xronologik tartibda aks ettiriladi. Yordamchi kitoblar uchun manba bo‘lib quyidagi birlamchi hujjatlar hisoblanadi: chiqim kassa orderi (mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasi); kirim kassa orderi (mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasi); memorial order (mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasi); to‘lov topshiriqnomalari (umumiy qabul qilingan shaklda) va boshqa birlamchi hujjatlar. 24. Kredit uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalar tasdiqlovchi birlamchi hisob hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Buxgalteriya hisobi ushbu birlamchi hujjatlar asosida yuritiladi. 25. Dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kredit uyushmalarida mazkur Yo‘riqnomaning 22, 23 va 29-bandlarida nazarda tutilgan yordamchi kitoblar va hujjatlar (depozit kartochkalari bundan mustasno) dasturiy tizimlar yordamida shakllantirilishi va chop etilishi mumkin. 26. Kredit uyushmasining rahbari birlamchi hisob hujjatlari va hisobga olish kitoblarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini buyruq asosida tasdiqlaydi. 27. Buxgalteriyaga kelib tushayotgan birlamchi hisob hujjatlari ularning shakli (hujjatlar to‘liqligi va to‘g‘riligi, rekvizitlar to‘ldirilishi) va tarkibi (hujjatli operatsiyalar qonuniyligi, ma’lum bir ko‘rsatkichlarning mantiqan bog‘liqliligi) bo‘yicha majburiy tarzda tekshirilishi lozim. 28. Birlamchi hisob hujjatlar majburiy tartibda quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: kredit uyushmasi nomi; hujjatning turi, tartib raqami, sanasi va rasmiylashtirilgan joyi; amalga oshirilgan operatsiyaning nomi, mazmun-mohiyati hamda miqdoriy o‘lchovi (pul va natura shaklidagi birligi); mas’ul ijrochilarning shaxsiy imzolari; qonun hujjatlarida belgilangan boshqa rekvizitlar. 29. Kredit uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi operatsiyalarning hisobi shaxsiy hisobvaraqlarda (mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasi) aks ettiriladi. 30. Kassa operatsiyalari hisobi buxgalteriya mas’ul xodimi tomonidan alohida kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallarida kunlik yuritiladi. Kredit uyushmasining kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallariga yozuvlar kredit uyushmasi kassasiga pul mablag‘lari kirim qilinguniga va kassadan chiqim qilinguniga qadar mas’ul xodim tomonidan kiritiladi. 31. Kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallaridagi kunlik yozuvlar jami kredit uyushmasi kassiri tomonidan taqdim etilgan kassa daftaridagi (mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasi) bir kunlik yozuvlar nusxasi ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. Kassa daftariga muvofiq kassa qoldig‘i kredit uyushmasining kassiri tomonidan kun yakunida kassadagi pul mablag‘lari mavjudligi bilan solishtirilishi lozim. 32. Kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallarining har bir varag‘i mazkur jurnallarni yurituvchi buxgalteriya mas’ul xodimi, kassir hamda bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va tikiladi. Kirim va chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha birlamchi hujjatlar kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallariga ilova qilinadi. 33. Kirim kassa hujjatlari (e’lon, kvitansiya va order)ga muvofiq kredit uyushmasi kassasiga naqd pul mablag‘lari kirim qilinmagan taqdirda kassir kirim kassa hujjatlarini kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallarini yurituvchi buxgalteriya xodimiga qaytaradi. Bunda, kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnallaridagi yozuvlar kassa jurnallarini yurituvchi mas’ul xodim tomonidan tegishli qaydlar amalga oshiriladi va kirim hujjatlari yo‘q qilinadi. Kassa jurnallarida qilingan tuzatishlar mas’ul xodim tomonidan imzolanadi. 34. Kun oxirida yordamchi kitoblarning jami debet va kredit bo‘yicha aylanmalari Bosh kitobning mos hisobvaraqlariga o‘tkazilishi va yordamchi kitobning jami Bosh kitobning mos nazorat hisobvaraqlari jami bilan muvofiq kelishi lozim. 35. Hisobga olish davri moliyaviy operatsiyalar tahlilidan boshlanib, moliyaviy hisobotlarni tuzish va hisobvaraqlarni yopishgacha bo‘lgan hisob jarayonining ketma-ket bosqichini o‘z ichiga oladi. Hisobga olish davri quyidagi bosqichlardan iborat: birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim kassa orderi, chiqim kassa orderi, memorial orderi); yordamchi kitoblarda operatsiyalarni ro‘yxatga olish; kun oxirida yordamchi kitoblardagi jami summani Bosh kitobga o‘tkazish; yordamchi kitobdagi hisobvaraq qoldiqlarini Bosh kitobdagi tegishli nazorat hisobvaraqlari qoldig‘i bilan moslashtirish; kunlik buxgalteriya balansini shakllantirish; buxgalteriya balansi asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash; hisobot yili oxirida kredit uyushmasining foyda va zararlar hisobvaraqlarini yopish; yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish. 36. Bosh va yordamchi kitoblaridagi matnda hamda raqamlarda hech qanday tuzatishlar qilinishiga ruxsat etilmaydi. O‘chiruvchi suyuqliklar yordamida, shuningdek, summalarni o‘chirib yozish va tuzatish yo‘li bilan tuzatishlar kiritish taqiqlanadi. 37. Operatsiya amalga oshirilgan hamda tegishli balans hisobvaraqlariga aks ettirilganidan so‘ng aniqlangan xato yozuvlar ushbu xato yozuvlar kiritilgan balans hisobvaraqlariga teskari yozuvlar kiritish yo‘li bilan (storno usulida) tuzatish orderlari asosida tuzatilishi lozim. Xato hisobga olingan summalarni hisobdan chiqarish kredit uyushmasi a’zosining roziligisiz amalga oshirilib, hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada bu oldindan kelishib olinishi lozim. 38. Tuzatish orderi ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi o‘tkazmani tasdiqlovchi birlamchi hujjat hisoblanadi, ikkinchisi Tuzatish orderlarini ro‘yxatga olish kitobiga qo‘yiladi. Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xatoga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rsatilishi kerak, agarda kredit uyushmasi a’zosining tashabbusi bilan berilgan arizaga asosan bo‘lsa, unda arizaga eslatma beriladi. Ushbu ariza birlamchi hujjatlar bilan birga saqlanadi. 39. Tuzatish orderining ikkinchi nusxasining orqa tomonida va Tuzatish orderlarini ro‘yxatga olish kitobida xatoga yo‘l qo‘ygan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi. Tuzatish orderlarini ro‘yxatga olish kitobi bosh buxgalterda saqlanadi. 40. Kredit uyushmasi a’zosining depozit, kredit kartochkalarida yoki shaxsiy hisobvaraqdagi storno usuli bilan summasi tuzatilgan xato yozuv qarshisiga “Tuzatilgan” degan yozuv va sana hamda tuzatish orderining raqami ko‘rsatilishi shart. Bu qayd tuzatish orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari imzosi bilan tasdiqlanadi. Kredit uyushmasi a’zosining Hisob-kitob daftarchasiga tegishli yozuvlar kiritilishi zarur. 41. Yillik moliyaviy hisobotlarga tuzatishlar kiritish faqat muhim arifmetik xatoliklar, ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish yoki yanglishish, buxgalteriya hisobi tamoyillari va qoidalarini qo‘llashda xatoliklar natijasida yo‘l qo‘yiladi, boshqa hollarda yillik moliyaviy hisobotlarga tuzatishlar kiritilmaydi. 42. Kredit uyushmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bir yoki bir necha bankda depozit hisobvaraqlari va boshqa bank hisobvaraqlarini ochish huquqiga ega. 43. Kredit uyushmasi a’zolariga shaxsiy hisobvaraqlarni ochish kredit uyushmasi a’zolari taqdim etgan arizalarda kredit uyushmasi rahbarining hisobvaraq ochishga ruxsat beradigan imzosi bo‘lganda bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. 44. Amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobini yuritish maqsadida kredit uyushmasining har bir a’zosiga barcha shaxsiy hisobvaraqlarda va hujjatlarda aks ettiriladigan hamda Hisobvaraqlarni ro‘yxatga olish kitobida ro‘yxatga olinadigan tartib raqami beriladi. Har bir depozit, kredit va lizing bo‘yicha hisobvaraqlarning tartib raqami qat’iy ketma-ketlikda bo‘lishi kerak. Bir xil raqamlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Yopilgan hisobvaraqlarning raqami qayta tiklanmaydi va boshqa hisobvaraqlarga berilmaydi. 45. Kredit uyushmasi a’zolariga depozit hisobvaraqlari quyidagi hujjatlar taqdim etilganda bosh buxgalter tomonidan ochiladi: hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza; kredit uyushmasiga a’zoligini tasdiqlovchi sertifikatning nusxasi; kredit uyushmasining a’zosi — jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng kredit uyushmasi tomonidan undan nusxa olinadi; kredit uyushmasining a’zolari — yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi. 46. Kredit uyushmasi va uning a’zosi o‘rtasida tuzilgan kredit (lizing) shartnomasi kuchga kirganidan so‘ng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Kredit qo‘mitasi kredit uyushmasi a’zosiga shaxsiy kredit (lizing) hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga kredit muddati va foiz stavkasi ko‘rsatilgan farmoyish beradi. Bosh buxgalter tomonidan farmoyishga asosan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan kredit uyushmasi a’zosiga shaxsiy kredit (lizing) hisobvarag‘i ochiladi. 47. Kredit uyushmasi a’zolarining tegishli hisobvaraqlari bo‘yicha barcha keyingi operatsiyalar va o‘tkazmalar shartnoma shartlariga muvofiq buxgalteriya mas’ul xodimi tomonidan amalga oshiriladi. 48. Kredit uyushmasi a’zosining har bir depozit yoki kredit (lizing) shartnomasi bo‘yicha alohida depozit yoki kredit kartochkasi rasmiylashtiriladi. Depozit (kredit) kartochkalarida depozit (kredit, lizing) bo‘yicha amalga oshirilgan barcha operatsiyalarning hisobi yuritiladi. Depozit (kredit) kartochkasida kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi imzosi bilan solishtiruvchi imzo namunasi keltiriladi. 49. Kredit uyushmasining a’zosi — yuridik shaxs tomonidan notarial tasdiqlangan imzo namunalari va muhr izi tushirilgan varaqcha (mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasi) taqdim etiladi. Imzo namunalari va muhr izi tushirilgan varaqchada kredit uyushmasi a’zosi — yuridik shaxs rahbari yoki u vakolat bergan shaxslarning imzolari keltiriladi hamda asosiy muhr tushiriladi. 50. Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaligi rahbari va yakka tartibdagi tadbirkorlar muhri bo‘lmagan hollarda, o‘zlarining notarial tasdiqlangan imzolari namunalarini taqdim etadi. 51. Rahbar shaxslarga vaqtincha imzo huquqi berilganda, shuningdek, rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslardan birortasi vaqtincha o‘zgarganda, vaqtincha vakolat berilgan shaxsning imzo namunasi qo‘yilib, amal qilish muddati ko‘rsatilgan qo‘shimcha varaqcha taqdim etiladi. Ushbu vaqtinchalik varaqcha rahbar tomonidan imzolanib, muhr qo‘yiladi. 52. Kredit uyushmasi a’zosi — yuridik shaxsning muhri o‘zgarganda, varaqchada ko‘rsatilgan imzolardan birortasi almashtirilganda yoki qo‘shilganda, hisobvaraq egasi notarial tasdiqlangan yangi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchani taqdim qiladi. Bekor qilingan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha yuridik shaxsning yig‘majildiga tikiladi. 53. Kredit uyushmasi a’zolari o‘z rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida kredit uyushmasini besh ish kuni davomida yozma ravishda xabardor qilishlari shart. 54. Depozit shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra bekor qilinadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Depozit hisobvarag‘ini yopishda buxgalteriya xodimi Hisob-kitob daftarchasiga tegishli yozuvlarni qayd etadi hamda Hisob-kitob daftarchasini depozit kartochkasi bilan birga bosh buxgalterga imzolash uchun topshiradi. 55. Depozit hisobvarag‘ini yopishda va tegishli qoldiqni kredit uyushmasi a’zosiga qaytarishda, bosh buxgalter a’zoning ushbu hisobvarag‘i bo‘yicha hujjatlardagi barcha yozuvlarni, hisoblangan va to‘langan foizlarni hamda chiqarilgan yakuniy qoldiq to‘g‘riligini tekshirishi, Hisob-kitob daftarchasi hamda depozit kartochkasini imzolashi lozim. 56. Kredit hisobvaraqlari kredit bo‘yicha majburiyatlar to‘liq hisob-kitob qilinganidan so‘ng yopiladi. 57. Kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsdan pul mablag‘lari naqd pulda yoki naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan kirim qilinishi mumkin. Kredit uyushmasi a’zosi — yuridik shaxs tomonidan mablag‘lar naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan amalga oshiriladi. 58. Kredit uyushmasining a’zosi — jismoniy shaxs tomonidan pul mablag‘lari naqd pul shaklida kirim qilinganda, a’zo tomonidan naqd pul qo‘yish e’loni (mazkur Yo‘riqnomaning 14-ilovasi) rasmiylashtiriladi. Naqd pul qo‘yish e’loni 2 qismdan — naqd pul qo‘yish e’loni va kvitansiyadan iborat. Naqd pul qo‘yish e’loni kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, kvitansiya esa naqd pulni topshirgan shaxsga beriladi. 59. Buxgalteriya xodimi naqd pul mablag‘larini qabul qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirganda: kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsning naqd pul qo‘yish e’lonidagi imzosini kredit (depozit) kartochkasidagi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatidagi imzo namunasi bilan solishtiradi; naqd pul qo‘yish e’loni asosida kirim kassa orderini rasmiylashtiradi; kirim kassa orderini kirim kassa orderlarini qayd etish jurnalida ro‘yxatga oladi; a’zoning Hisob-kitob daftarchasiga depozit bo‘yicha operatsiya amalga oshirilgan sana, badal summasini, qoldiqni raqamda kiritadi hamda imzolaydi; naqd pul qo‘yish e’lonini, kvitansiyani, kirim kassa orderini hamda Hisob-kitob daftarchasini nazoratchiga topshiradi; operatsiyani kassirdan olingan imzolangan kirim kassa orderi va Hisob-kitob daftarchasi asosida 10101 — “Kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘i debeti bo‘yicha aks ettiradi; Hisob-kitob daftarchasini kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsiga qaytaradi; kredit uyushmasi a’zosining kredit (depozit) kartochkasiga operatsiya sanasi, qabul qilingan summa va boshqa tegishli yozuvlarni kiritadi. 60. Nazoratchi buxgalteriya xodimidan hujjatlarni olganda quyidagilarni amalga oshiradi: Hisob-kitob daftarchasidagi summani naqd pul qo‘yish e’loni, kvitansiya va kirim kassa orderidagi summa bilan solishtiradi; depozit qoldig‘i hisobi, shuningdek, operatsiyaning Hisob-kitob daftarchasida aks ettirilishi va kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini tekshiradi; kvitansiyaga imzo qo‘yadi hamda hujjatlarni kassirga beradi. 61. To‘lov terminallari orqali bank plastik kartochkalaridan to‘lovlar qabul qilingan taqdirda, kirim qilingan mablag‘lar inkassa qilinguniga qadar 19997 — “Boshqa aktivlar” hisobvarag‘ining debeti bo‘yicha aks ettiriladi. 62. Naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan hamda to‘lov terminallari orqali kelib tushgan mablag‘larni kredit uyushmasining 10503 — “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar” hisobvarag‘ining debeti bo‘yicha aks ettirish kredit uyushmasining bankdagi depozit hisobvarag‘idan ko‘chirma asosida amalga oshiriladi. Kredit uyushmasiga mablag‘larni naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan o‘tkazishda to‘lov topshiriqnomasining “to‘lovning maqsadi” satrida kredit uyushmasi a’zosining nomi (kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), mablag‘larni o‘tkazish maqsadi, kredit uyushmasi bilan tuzilgan shartnoma rekvizitlari ko‘rsatiladi. 63. Naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan kelib tushgan mablag‘larni kirim qilishda buxgalteriya xodimi: memorial orderni rasmiylashtiradi va bosh buxgalter imzosini oladi; operatsiyani tegishli hisobvaraqda aks ettiradi; kredit uyushmasi a’zosining depozit yoki kredit kartochkasiga operatsiya sanasi, o‘tkazilgan summa va boshqa tegishli yozuvlarni kiritadi; depozit operatsiyasi amalga oshirilganda kredit uyushmasining a’zosi — jismoniy shaxs uchun operatsiyani Hisob-kitob daftarchasiga yozadi va imzolaydi hamda daftarchani kredit uyushmasi a’zosiga qaytarib beradi. 64. Kredit uyushmasining a’zosi — jismoniy shaxsga naqd pul mablag‘lari a’zoning o‘ziga, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha kredit uyushmasi a’zosining vakiliga (merosxo‘riga) beriladi. 65. Chiqim kassa operatsiyalari chiqim kassa orderi bilan rasmiylashtiriladi. Naqd pul berilayotganda, buxgalteriya xodimi ikki nusxada chiqim kassa orderini rasmiylashtiradi. Uning birinchi nusxasi kredit uyushmasining kassa hujjatlariga, ikkinchi nusxasi buxgalteriyaning kunlik yig‘majildiga tikiladi. 66. Naqd pul berilganda, buxgalteriya xodimi quyidagilarni amalga oshiradi: kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsning chiqim kassa orderidagi imzosini depozit yoki kredit kartochkasidagi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi imzo namunasi bilan solishtiradi; chiqim kassa orderini chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnalida qayd etadi; a’zoning Hisob-kitob daftarchasiga depozit bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiya sanasini, berilayotgan summani raqamda ko‘rsatib, depozit qoldig‘ini kiritadi hamda imzolaydi; Hisob-kitob daftarchasini, chiqim kassa orderini, agar naqd pul vakil (merosxo‘r)ga berilayotgan bo‘lsa, ishonchnoma (merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma)ni ruxsat beruvchi imzo olish uchun nazoratchiga taqdim etadi; operatsiyani kassirdan olingan imzolangan chiqim kassa orderi va Hisob-kitob daftarchasi asosida 10101 — “Kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘i krediti bo‘yicha aks ettiradi; Hisob-kitob daftarchasini kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsga qaytaradi; depozit (kredit) kartochkaga operatsiya sanasi, berilgan summa va operatsiyadan keyin qolgan qoldiq va boshqa tegishli yozuvlarni kiritadi. 67. Nazoratchi buxgalteriya xodimidan hujjatlarni olganda quyidagilarni amalga oshiradi: Hisob-kitob daftarchasidagi summani chiqim kassa orderlaridagi summa bilan solishtiradi; ishonchnoma yoki merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma bo‘yicha naqd pul berilganda, uning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi va chiqim kassa orderidagi summa bilan solishtiradi; depozit qoldig‘i hisobi, shuningdek, operatsiyaning Hisob-kitob daftarchasida aks ettirilishi va chiqim kassa orderi rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini tekshiradi; chiqim kassa orderiga imzo qo‘yadi hamda hujjatlarni kassirga beradi. 68. Mablag‘lar naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan berilganda (qaytarilganda) buxgalteriya xodimi: kredit uyushmasi a’zosidan mablag‘larni o‘tkazish to‘g‘risida ariza qabul qiladi; kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxsning arizasidagi imzosini depozit (kredit) kartochkadagi imzo nusxasi bilan, yuridik shaxs a’zosining arizasidagi imzosini notarial tasdiqlangan imzo namunalari va muhr izi tushirilgan varaqcha bilan solishtiradi; memorial orderni rasmiylashtiradi; depozit (kredit) kartochkasiga operatsiya sanasi, o‘tkazilgan summa va operatsiyadan keyin qolgan hisobvaraq qoldig‘ini va boshqa tegishli yozuvlarni kiritadi; kredit uyushmasi a’zosi — jismoniy shaxslarning Hisob-kitob daftarchasida sanani, berilayotgan summani raqamda ko‘rsatib, depozit qoldig‘ini yozib, kredit uyushmasi a’zosiga qaytaradi; ariza va memorial order asosida bankka mablag‘ o‘tkazish to‘g‘risida “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizomda (ro‘yxat raqami 1122, 2002-yil 15-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 7-son) belgilangan tartibda to‘lov topshiriqnomasini rasmiylashtiradi; to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng buxgalteriya operatsiyasini 10503 — “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar” hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha aks ettiradi. 69. Pul mablag‘lari ishonchnoma yoki merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha berilganda (o‘tkazilganda), buxgalteriya xodimi ishonchnoma yoki merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi va naqd pul berilganda chiqim kassa orderiga naqd pulni ishonchnoma yoki merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha olayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini hamda “Ishonchnoma asosida” yoki “Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma asosida” degan yozuvni kiritadi. 70. Depozit shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo‘naltiriladigan yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan depozitlar jamg‘arma depozitlar hisoblanadi. Depozit shartnomasida belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish sharti bilan jalb qilingan depozitlar muddatli depozitlar hisoblanadi. 71. Depozit shartnomasi kredit uyushmasi va uning a’zolari o‘rtasida yozma shaklda tuziladi. Kredit uyushmasi va uning a’zolari o‘rtasida depozit shartnomasi depozit summasi kredit uyushmasining kassasiga yoki bankdagi hisobvarag‘iga kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi. 72. Jamg‘arma hamda muddatli depozitlar hisobi tegishlicha 20400 — “Jamg‘arma depozitlar” va 20600 — “Muddatli depozitlar” hisobvaraqlarida yuritiladi. 73. Kredit uyushmasining har bir a’zosi — jismoniy shaxsga depozit hisobvaraqlari bo‘yicha barcha depozit operatsiyalarini yozma ravishda aks ettiruvchi hujjat sifatida Hisob-kitob daftarchasi beriladi. Hisob-kitob daftarchasi har bir depozit shartnomasi bo‘yicha alohida rasmiylashtiriladi. 74. Hisob-kitob daftarchasi muqovasiga kredit uyushmasining to‘liq nomi, ichki tomoni birinchi betida kredit uyushmasi va uning tegishli filialining nomi, joylashgan manzili, mablag‘ qo‘yuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, shaxsiy hisobvaraq raqami (15 ta belgili), depozit turi, kredit uyushmasining mas’ul xodimi imzosi, kredit uyushmasining muhr o‘rni uchun chiziqli joy ko‘rsatilishi lozim. 75. Hisob-kitob daftarchasining ikkinchi va keyingi varaqlariga depozit harakatini qayd etuvchi jadval shakli tushirilishi, unda “Sana” (yil, kun, oy) “Kirim”, “Chiqim” “Qoldiq”, “Foizlar”, “Buxgalteriya mas’ul xodimi” va “Kassir” imzosi uchun ustunlar bo‘lishi shart. 76. Kredit uyushmasi a’zolarining depozit hisobvaraqlari bo‘yicha pul mablag‘larining tushumi va berilishi mazkur Yo‘riqnomaning IV bobi 2-3-paragraflariga muvofiq amalga oshiriladi. 77. Kredit uyushmasining a’zosi — yuridik shaxslarga depozit hisobvaraqlaridan mablag‘larning qaytarilishi ularning bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan amalga oshiriladi. 78. Depozitlar bo‘yicha foizlar depozit shartnomasining shartlariga muvofiq kredit uyushmasi tomonidan belgilangan yillik foiz stavkasidan kelib chiqqan holda kunlik hisoblanadi. 79. Hisob-kitob daftarchasi varaqlari yozuvlar bilan to‘lganda yoki yaroqsiz holga kelganda yoki yo‘qolganda kredit uyushmasi a’zosining arizasiga muvofiq unga yangi Hisob-kitob daftarchasi (depozit to‘liq olingan hollar bundan mustasno) beriladi. 80. Depozit shartnomasi muddati tugaganida hamda tegishli depozit hisobvarag‘i yopilganidan so‘ng kredit uyushmasi Hisob-kitob daftarchasini qaytarib olishi shart. Kredit uyushmasida a’zolar Hisob-kitob daftarchalarini saqlashga qoldirishi taqiqlanadi. 81. Kreditlar kredit qo‘mitasining qaroriga muvofiq naqd pulda va naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan beriladi. 82. Pul mablag‘larining tushumi va berilishi mazkur Yo‘riqnomaning IV bobi 2-3-paragraflariga muvofiq amalga oshiriladi. 83. Kreditlarning so‘ndirilishi kredit shartnomasining kredit bo‘yicha to‘lovlarni so‘ndirish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. 84. Kreditlar bo‘yicha foizlar kredit uyushmasi tomonidan kredit uyushmasi a’zosi bilan tuzilgan kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasiga muvofiq kreditning haqiqiy qoldig‘idan kunlik hisoblanadi. 85. Kreditlar bo‘yicha hisoblangan muddati o‘tgan foizlarni asosiy qarz summasiga qo‘shib, foizlarni kapitalizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 86. Aktivlar Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq substandart, shubhali va umidsiz deb tasniflanganda, kredit summasining asosiy qarz yoki foizlar qaytarilishi bo‘yicha to‘lovlar 60 kundan ortiq muddatga kechiktirilganda, bunday kredit bo‘yicha foizlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‘xtatiladi, ya’ni foizlarni o‘stirmaslik maqomi beriladi. Hisoblangan, lekin ushbu kredit bo‘yicha olinmagan barcha foizlar quyidagi qayta o‘tkazma bilan hisobdan chiqariladi: Dt 42xxx — 444xx Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar tegishli hisobvarag‘i Kt 163xx Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar tegishli hisobvarag‘i. 87. Foizlar hisobdan chiqarilganidan so‘ng, keyingi foizlarni hisoblash balansdan tashqari 91501 — “Berilgan kreditlar va lizing bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag‘ida 5 yil muddat davomida amalga oshiriladi. 88. Mazkur kredit bo‘yicha keyingi barcha to‘lovlar birinchi navbatda hisoblangan lekin undirilmagan foizlarni qoplashga, so‘ngra asosiy qarz bo‘yicha qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi. 89. Kreditlar bo‘yicha foizlarni o‘stirish maqomiga tiklash faqat qarz oluvchi tomonidan hisoblangan, lekin undirilmagan foizlarni hamda kreditlarni qaytarish grafigiga muvofiq tegishli muddati o‘tgan qarz summasi qoplanganidan so‘ng amalga oshiriladi. 90. Foizlarni o‘stirmaslik maqomini olgan barcha foizli aktivlar bo‘yicha foizlarni hisoblash hamda tegishli balans hisobvaraqlarida aks ettirish kredit qo‘mitasining yozma ravishda rasmiylashtirilgan qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: Dt 96335 “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvaraq” Kt 91501 “Berilgan kreditlar va lizing bo‘yicha hisoblangan foizlar”. 91. Kredit operatsiyalari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasiga o‘tkazmalar kredit uyushmasining xarajatiga 568xx — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” tegishli hisobvarag‘i orqali olib borilishi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot”da aks ettirilishi shart. 92. Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi yaratilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: Dt 568xx “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” tegishli hisobvarag‘i Kt 1xx99 “Aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” tegishli hisobvarag‘i. 93. Agar kredit uyushmasining kredit portfeli tahlil qilinganidan keyin uning ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxiralari talab qilinganidan ortiq bo‘lsa, u holda kredit uyushmasi tomonidan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan yaratilgan zaxira summasi kamaytiriladi: Dt 1xx99 “Aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” tegishli hisobvarag‘i Kt 568xx “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash tegishli hisobvarag‘i” (zaxira joriy yilda yaratilgan bo‘lsa) yoki Kt 45921 “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” (zaxira o‘tgan yilda yaratilgan bo‘lsa). 94. Yaratilgan zaxiralar hisobidan kreditlarni balans hisobvarag‘idan chiqarish hamda balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettirishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt 1xx99 “Aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” tegishli hisobvarag‘i Kt 1xxxx Tegishli aktiv hisobvarag‘i Dt 95413 “Hisobdan chiqarilgan kreditlar va lizing” Kt 96397 “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘i bo‘yicha kontr-hisobvaraq”. 95. Agar ilgari ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobidan balansdan chiqarilib, “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan aktiv bo‘yicha asosiy qarz summasi va foiz to‘lovi amalga oshirilsa, unda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: Dt 96397 “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” Kt 95413 “Hisobdan chiqarilgan kreditlar va lizing” Dt 10101 “Kassadagi naqd pullar” (agar naqd pulda to‘lanayotgan bo‘lsa) yoki Dt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar” (agar naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan to‘lanayotgan bo‘lsa) Kt 568xx “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” tegishli hisobvarag‘i (zaxira joriy yilda yaratilgan bo‘lsa) yoki Kt 45921 “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” (zaxira o‘tgan yilda yaratilgan bo‘lsa) Kt 42xxx — 444xx “Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar” tegishli hisobvarag‘i. 96. Lizing beruvchi kredit uyushmalari faqat lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tadigan lizing operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin. 97. Lizing beruvchi kredit uyushmasida lizing operatsiyalarining hisobi 156xx — “Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing” tegishli hisobvarag‘ida yuritiladi. 98. Lizing obyekti lizing oluvchining balansida hisobga olinadi. 99. Lizing obyektini dastlabki (boshlang‘ich) tan olish lizing shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing beruvchi kredit uyushmasi lizingga berilgan lizing obyektini o‘z balansida lizingga qilingan sof investitsiya qiymatida tan oladi, ya’ni lizing obyektini sotib olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga tayyor holga keltirish bilan bog‘liq dastlabki bevosita xarajatlar yig‘indisi yoki uning haqqoniy qiymatida, ularning qaysi biri kichik bo‘lsa, o‘sha summada aktiv sifatida tan oladi. 100. Lizing muddatining boshlanishi — bu lizing shartnomasiga muvofiq, lizing oluvchining lizing obyektiga egalik qilish va foydalanish huquqini amalga oshirishni boshlagan sana. 101. Lizing beruvchi kredit uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qo‘shiladi. Lizing shartnomasiga muvofiq dastlabki bevosita xarajatlar lizing oluvchi tomonidan qoplanmaydigan bo‘lsa, mazkur xarajatlar yuzaga kelgan paytdagi tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi. 102. Lizing beruvchi kredit uyushmasi lizing obyekti uchun to‘lovlarni sotuvchiga oldindan to‘lab berib, lizing obyekti to‘g‘ridan to‘g‘rilizing oluvchiga yetkazib berilganda, foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan memorial order to‘ldirib, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olguncha depozitlar” Dt 156xx “Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing” tegishli hisobvarag‘i Kt 19909 “Tovar moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”. 103. Kredit uyushmasi tomonidan lizing obyekti bo‘yicha keyingi hisob lizing oluvchi tomonidan to‘lanadigan lizing bo‘yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va u bo‘yicha foizlarning hisobini yuritishdan iborat. 104. Kredit uyushmasining foizli daromadi lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlarining amalga oshirilishidan qat’i nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing to‘lovlari jadvaliga muvofiq hisoblanadi. Lizing beruvchi kredit uyushmasi tomonidan lizing bo‘yicha foizli daromadlar kunlik hisoblanadi. 105. Lizing to‘lovlarini to‘lash shartlari to‘liq bajarilib, lizing shartnomasi muddati tugaganida yoki lizing obyekti lizing shartnomasi muddati tugashidan oldin sotib yuborilganda 156xx — “Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing” tegishli hisobvarag‘i va 16323 — “Lizing bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar” hisobvaraqlari qoldig‘i nolga teng bo‘ladi. 106. Lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlari buzilganligi sababli lizing beruvchi lizing obyektini qaytarib olganda, lizing beruvchi lizing obyektini balansga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali qabul qiladi: Dt 167xx “Kredit uyushmasining boshqa o‘z xususiy mulklari” tegishli hisobvarag‘i Kt 156xx “Kredit uyushmasi a’zolariga berilgan lizing” tegishli hisobvarag‘i. 107. Aktivlar Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq substandart, shubhali va umidsiz deb tasniflanganda, lizing bo‘yicha to‘lovlar 60 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilganda, lizingga foizlarni o‘stirmaslik maqomini berish hamda hisobini yuritish mazkur Yo‘riqnomaning 86— 90-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. 108. Lizing operatsiyalari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasini shakllantirish hamda ulardan foydalanish mazkur Yo‘riqnomaning 91—95-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot”da aks ettiriladi. 109. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy aktivlar kiradi: xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan; bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar. Kredit uyushmasining rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli. 110. Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar: kredit uyushmasiga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo‘lsa; aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo‘lsa. 111. Asosiy vositalar balansda boshlang‘ich qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. 112. Asosiy vositalar sotib olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi: 1) asosiy vositaning qiymati to‘liq yoki qisman oldindan to‘langanda: Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”; 2) asosiy vositalar kredit uyushmasiga kelib tushganida: Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i yoki Dt 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”; 3) asosiy vositalar ombordan foydalanishga berilganda: Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i Kt 16561 “Ombordagi asosiy vositalar”. 113. Asosiy vositalar tekinga olinganda, asosiy vositalarning haqqoniy qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: Dt 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” yoki Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i Kt 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”. Bunda, tekinga olingan asosiy vositani balansga kirim qilish bilan bog‘liq bo‘lgan (to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, aktivdan belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni ishchi holatiga keltirish, yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, foydalanishga “topshirish va boshqa xarajatlar) xarajatlar joriy xarajatlarga olib boriladi. 114. Asosiy vositalar grant yoki subsidiya ko‘rinishida olinganda haqqoniy qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i Kt 22896 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”. Grant va subsidiya ko‘rinishida olingan asosiy vositalar mazkur Yo‘riqnomaning 118—120-bandlariga muvofiq eskirish hisoblanadi hamda aktivning foydali xizmat muddatiga mutanosib ravishda 22896 — “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” hisobvarag‘idan 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar” hisobvarag‘iga o‘tkazib boriladi. 115. Qurilish, asosiy vositalarni yangilash, qaytadan tiklash va zamonaviylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar hisobi 16505 — “Tugallanmagan qurilish” hisobvarag‘ida olib boriladi. Bino (imorat)lar foydalanishga tayyor bo‘lganda, ularning 16505 — “Tugallanmagan qurilish” hisobvarag‘idagi qiymati 16509 — “Binolar va boshqa qurilishlar” hisobvarag‘iga tegishli qabul qilish dalolatnomasi asosida o‘tkaziladi. 116. Asosiy vositalar kredit uyushmasiga kelib tushgandan so‘ng, to‘lov amalga oshirilganda kirim hujjatlari asosida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari beriladi: 1) asosiy vositalar kelib tushganda: Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i yoki Dt 16505 “Tugallanmagan qurilish” (agar rekonstruksiya qilinishi talab etiladigan binolar, tugallanmagan qurilishlar yoki qurilish uchun materiallar xarid qilinsa) Kt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”; 2) asosiy vositalar qiymati to‘langanda: Dt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olguncha depozitlar”. 117. Kredit uyushmasi kengashi qaroriga muvofiq undirilgan mol-mulkni kredit uyushmasi asosiy vosita sifatida foydalanishga qabul qilinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i Dt 16799 “Ko‘chmas mulk va boshqa o‘z xususiy mulki bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” Kt 167xx “Kredit uyushmasining boshqa o‘z xususiy mulklari” tegishli hisobvarag‘i. 118. Foydalanishda bo‘lgan aktivlar bo‘yicha eskirishni hisoblash ular foydalanishga topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning eskirish qiymati to‘liq so‘ndirilgunga qadar yoki bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. Bunda 56600 — “Eskirish xarajatlari” tegishli hisobvarag‘i debetlanadi va 16500 — “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar”ning tegishli yig‘ilgan eskirish (kontr-aktiv) hisobvarag‘i kreditlanadi. 119. Asosiy vositalarning foydali xizmati muddati davomida uning boshlang‘ich qiymati asosida tugatish qiymatini ayirish bilan eskirish hisoblanadi. Tugatish qiymati bu — foydali xizmati muddatining tugatish vaqtida chiqish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni ayirish orqali aniqlanadigan asosiy vositalarning kutilayotgan ko‘zlangan qiymatidir. 120. Eskirishni hisoblash quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin: 1) teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli: teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli o‘zgarmas eskirish summasini teng maromda, asosiy vositalarning foydali xizmat muddati mobaynida ularning qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblashga asoslanadi; 2) bajarilgan ish hajmiga mutanosib ravishda hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli): bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli eskirish summasini aktivning taxmin qilinayotgan ishlatilishi yoki taxmin qilinayotgan unumdorligidan kelib chiqqan holda hisoblashga asoslangan. Ushbu usul har bir muayyan yildagi asosiy vositaning mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan. Ushbu usul bo‘yicha har yillik eskirish miqdorini hisoblash uchun butun foydali xizmat muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlar yig‘indisini va mazkur muayyan yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Mahsulot sifatida ishlar (mahsulotlar) hajmi, ishlangan soatlar soni olinishi mumkin; 3) tezlashtirilgan usul (kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yig‘indisi (kumulyativ) usuli): kamayib boruvchi qoldiq usuli hisoblanadigan amortizatsiya summasini aktivning foydali xizmat muddati mobaynida kamayishini anglatadi. Ushbu usul teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidagi prinsipga asoslangan. Ushbu usulda teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) usulida foydalaniladigan me’yorga qaraganda ikki baravar oshirilgan eskirish me’yori olinadi; yillar yig‘indisi (kumulyativ) usuli hisob-kitob koeffitsiyentida maxraj bo‘lib hisoblangan obyektning xizmat muddati yillari summasi bilan belgilanadi. Ushbu koeffitsiyentning suratida obyektning xizmat muddati oxiriga qadar qoladigan yillar soni (teskari tartibda) bo‘ladi. 121. Kredit uyushmasi asosiy vositalari obyektlarining boshlang‘ich qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida davriy ravishda qayta baholanadi. Asosiy vositalarni qayta baholash bilan hisobga olgan holdagi qiymati tiklanish qiymati deyiladi. 122. Asosiy vositalarning alohida obyektlarini qayta baholashda asosiy vositalarning ushbu obyektiga tegishli barcha guruhlari qayta baholanishi kerak. Asosiy vositalarning guruhi — bu kredit uyushmasida foydalaniladigan tur va usuliga o‘xshaydigan aktivlarning yig‘indisidir. 123. Asosiy vositalarni qayta baholashda quyidagi usullar qo‘llaniladi: 1) indeks usuli; 2) to‘g‘ridan to‘g‘riqayta baholash usuli. 124. Asosiy vositalar qayta baholanganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: 1) asosiy vositaning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan oshganda: a) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv haqqoniy qiymatining oshgan summasiga: Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i Kt 30907 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”; b) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi tafovutga: Dt 30907 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar”ning tegishli yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) hisobvarag‘i; v) qayta baholash natijasida asosiy vositaning oshgan qiymati, ushbu aktiv bo‘yicha oldingi qayta baholash natijasiga ko‘ra xarajat sifatida hisobga olingan qismi miqdoridagina daromad sifatida hisobga olinishi lozim; 2) qayta baholash natijasida asosiy vositalarning haqqoniy qiymatining kamayishi xarajat sifatida tan olinadi. Ushbu summa bevosita 30907 — “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘ining xuddi o‘sha asosiy vositaga nisbatan oldingi qo‘shimcha baholash miqdori doirasida chegirib tashlanishi mumkin. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari bajariladi: a) qayta baholashdan oldin va undan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi tafovutga: Dt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar”ning tegishli yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv) hisobvarag‘i Kt 30907 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”; b) qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv haqqoniy qiymatining kamayishi summasiga: Dt 30907 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” (qayta baholashdan oldingi ko‘payish doirasida) Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i; v) 30907 — “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘ida aks ettirilgan oldingi qayta baholash summasi yetarli bo‘lmagan taqdirda, arzonlashgan summa va oldingi qayta baholash summasi o‘rtasidagi farq xarajat sifatida tan olinadi va 55995 — “Boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Bunda quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi: Dt 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i. 125. Qayta baholashning 30907 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘iga qo‘shilgan ijobiy natija obyektning foydali xizmat muddati davomida teng qismlarda 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkazib boriladi. 126. Asosiy vositalar obyektlarining chiqib ketishi yoki sotilishidan yuzaga keladigan foyda yoki zararlar asosiy vositaning chiqib ketishi yoki sotishdan olingan sof tushum bilan uning sof balans qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Chiqib ketish yoki sotishdan olinadigan foyda yoki zararlar asosiy vosita hisobdan chiqarilgan paytda “Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot”da aks ettiriladi. 127. Asosiy vosita hisobdan chiqarilayotganda 30907 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘idagi mazkur asosiy vositaga tegishli qayta baholash natijasi to‘liq 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 128. Asosiy vositalarning qiymati fors-major holatlar bilan bog‘liq bo‘lganda, bepul berilganda, belgilangan tartibda zarar sifatida hisobdan chiqariladi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: Dt 55910 “Boshqa mulk va/yoki aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar” Kt 165xx “Kredit uyushmasi faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalar” tegishli hisobvarag‘i. 129. Kredit uyushmasining asosiy vositalariga egalik huquqini berishni tasdiqlovchi barcha hujjatlar, sug‘urta polisi va boshqa hujjatlari alohida yig‘majildlarda saqlanishi lozim. Asosiy vositalarning tahliliy hisobi har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida Asosiy vositalar hisobi kartochkalarida yuritiladi. 130. Nomoddiy aktivlar — bu nomonetar, identifikatsiya qilinadigan aktivlar bo‘lib, moddiy va jism shakliga ega bo‘lmagan, foydali xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan hamda ulardan xizmatlar ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan aktivlardir. 131. Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo‘lib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa: ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni kredit uyushmasidan ajratib bo‘lsa hamda sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog‘liq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo‘lsa; ushbu huquqlar beriladigan yoki kredit uyushmasidan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan ajraladigan bo‘lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo bo‘lsa. 132. Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompyuter dasturiy ta’minotlari, litsenziyalar va shu kabilar tegishlidir. 133. Dasturiy ta’minot tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‘lsa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar dasturiy ta’minot tegishli jihozning tarkibiy qismi bo‘lmasa va mutlaq huquq kredit uyushmasiga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi. 134. Kredit uyushmasi nomoddiy aktivlari quyidagi yo‘llar bilan shakllanadi: haq evaziga xarid qilish; kredit uyushmasi ichida ishlab chiqish yo‘li bilan; tekinga olish; grant va subsidiya asosida. 135. Haq evaziga xarid qilingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich qiymati bo‘yicha baholanadi va hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati nomoddiy aktivlarning faqat qayta baholanishi natijasida o‘zgarishi mumkin. 136. Nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq xarajatlar, agar ushbu xarajatlar kelajakda shu aktivlar bo‘yicha dastlabki hisoblangan me’yorlardan yuqori iqtisodiy foyda olib kelishi mumkin bo‘lsa, ularning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shilishi mumkin. Barcha boshqa xarajatlar, ular qaysi davrda yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘sha davrning joriy xarajatlari sifatida aks ettiriladi. 137. Nomoddiy aktivlarning tahliliy hisobi nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha ochiladigan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. 138. Kredit uyushmasi ichida yaratilgan nomoddiy aktiv balansda boshlang‘ich qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. 139. Tekinga olingan nomoddiy aktivlar dastlab balansda haqqoniy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Tekinga olingan nomoddiy aktivlarning qiymati baholovchi tashkilotlar tomonidan yoki aktivlarni qabul qilish-topshirish hujjatlaridagi ma’lumotlar asosida belgilanadi. 140. Nomoddiy aktivlar sotib olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: 1) nomoddiy aktivlarning qiymati oldindan to‘liq yoki qisman to‘langanda: Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”; 2) nomoddiy aktivlar kredit uyushmasiga kelib tushganda: Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar” Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar”. 141. Kredit uyushmasi nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to‘lovni amalga oshirsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: 1) nomoddiy aktivlar kelib tushganda ularni balansda aks ettirish: Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar” Kt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar”; 2) nomoddiy aktivlar qiymati to‘langanda: Dt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” Kt 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”. 142. Nomoddiy aktivlar tekinga olinganda, tekinga olingan nomoddiy aktivlarning haqqoniy qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar” Kt 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”. 143. Nomoddiy aktiv balansda dastlabki qiymati bo‘yicha hisobga olingandan keyin qayta baholash sanasida, agar uning bozor bahosini aniqlash mumkin bo‘lsa, nomoddiy aktiv qayta baholanadi va qayta baholangan (tiklanish) qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 144. Nomoddiy aktivni qayta baholash chog‘ida ushbu qayta baholanayotgan aktivga taalluqli bo‘lgan bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi qayta baholanishi kerak, bunday aktivlar uchun faol bozor mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno. 145. Nomoddiy aktiv qayta baholanganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: qayta baholangan qiymat uning balans qiymatidan ortiq bo‘lsa: Dt 16601 “Nomoddiy aktivlar” Kt 30907 “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”; qayta baholashgacha bo‘lgan va qayta baholangandan keyingi yig‘ilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farq summasiga: Dt 30907 “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” Kt 16605 “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)”; qayta baholash natijasida asosiy vositaning oshgan qiymati, ushbu aktiv bo‘yicha oldingi qayta baholash natijasiga ko‘ra xarajat sifatida hisobga olingan qismi miqdoridagina daromad sifatida hisobga olinishi lozim. 146. Aktivning qayta baholangandagi qiymati uning balans qiymatidan kam bo‘lsa, unda aktivning summasi kamayadi va bu kamayish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi: qayta baholashgacha bo‘lgan va qayta baholangandan keyingi yig‘ilgan eskirish o‘rtasidagi farq summasiga: Dt 16605 “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)” Kt 30907 “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi”; qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv qiymatining kamayish summasiga: Dt 30907 “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” (qayta baholashdan oldingi ko‘payish doirasida) Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”; 30907 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘idagi qoldiq (nomoddiy aktivlarning aynan shu toifasiga taalluqli qismi) yetarli bo‘lmasa, unda qayta baholangan aktivning qo‘shimcha kamaygan qiymati quyidagicha hisobga olinadi: Dt 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”; qayta baholashning 30907 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘iga qo‘shilgan ijobiy natija foydali xizmat muddati davomida teng qismlarda 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkazib boriladi. 147. Nomoddiy aktiv hisobdan chiqarilayotganda 30907 — “Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag‘idagi ushbu nomoddiy aktivga tegishli qayta baholash natijasi to‘liq 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 148. Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash nomoddiy aktivlar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab boriladi. Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi ularning foydali xizmat qilish muddati davomida muntazam ravishda kredit uyushmasi xarajatlariga o‘tkazib boriladi. 149. Nomoddiy aktivlarga ushbu Yo‘riqnomaning 118—120-bandlarida belgilangan tartibda eskirish hisoblanadi. 150. Eskirishni hisoblashning tanlangan usuli kredit uyushmasining hisob siyosatida aniqlanishi va hisobot yili davomida o‘zgarmasligi kerak. 151. Hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktiv sotilayotganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: nomoddiy aktiv jo‘natilgandan keyin xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilgan holda: Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to‘langan mablag‘lar” Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”; to‘lov kelib tushgandan keyingi buxgalteriya o‘tkazmalari: Dt 10503 “Banklarda joyl
96
62,984
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3286-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
Daryo o‘zanlarida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlarini bajarishda xavfsizlik qoidalarini ta’minlash va mazkur uchastkalarda qazib olish ishlari ustidan yagona davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3286-son qarori 1-bandida: oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “daryolar o‘zanlari va qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida noruda foydali qazilmalarni qazib olish (qum-shag‘al materiallarini qazib olish bundan mustasno) tasdiqlangan zaxiralar mavjudligi va suv rejimiga salbiy ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik sharti bilan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi”; quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “daryolar o‘zanlarida qum-shag‘al materiallarini qazib olish faqat ularni tozalash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”; sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar o‘zanlarida qum-shag‘al materiallarini qazib olish uchun olingan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarning amal qilishi ularning amal qilish muddati tugagunga qadar kuchda bo‘ladi (yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish holatlari bundan mustasno), ushbu muddatni uzaytirish yoxud litsenziyalarning qayta rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; daryo o‘zanlarida va qirg‘oqbo‘yi mintaqalaridagi istiqbolli uchastkalarda geologik o‘rganish uchun 2019-yil 1-iyul kuniga qadar litsenziyalar olgan tadbirkorlik subyektlariga, istisno tariqasida, “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi bilan qum-shag‘al materiallarini qazib olish yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
230
2,535
Qonunchilik
Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini davlatga undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF–4475-son “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 52-son, 589-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2009-yil 16-oktabrdagi 10, 12, 281, 100, 90, 01-02/5-27, 325-son qarori (ro‘yxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 473-modda) bilan tasdiqlangan Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini davlatga undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning muqaddimasidagi “Davlat Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining” degan so‘zlar “Davlat bojxona qo‘mitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
213
1,899
Qonunchilik
YuK JO‘NATUVChILAR, YuK QABUL QILUVChILAR VA TEMIR Yo‘LNING YuKLARINI TAShISh BO‘YIChA MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIKNI KUChAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
Transport tariflari darajasining jiddiy oshganligi munosabati bilan va yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar va temir yo‘lning yuklarni tashish bo‘yicha majburiyatlarni buzganlik uchun moddiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. SSSR Ministrlar Sovetining 1964-yil 6-apreldagi 270-son qarori (SSSR QT, 1964-y., 5-son, 36-modda; 1969-y., 18-son, 105-modda, 1974-y., 17-son, 99-modda; 1976-y., 9-son, 42-modda; 1979-y., 13-son, 86-modda; 1988-y., 28-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan SSR Ittifoqi temir yo‘llar Ustavining 50, 51, 92, 104, 118, 118-1, 144, 155, 155-1, 156, 156-1, 156-2, 157, 159, 159-1, 161, 163-moddalarida ko‘zda tutilgan qoida buzilishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llaniladigan jarimalarning miqdorlari 200 baravar oshirilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, yuklarni tashish uchun tariflar darajasi o‘zgargan taqdirda ular necha baravar o‘zgargan bo‘lsa, ko‘rsatilgan moddalarda nazarda tutilgan jarima sanksiyalarining miqdorlari ham tegishli ravishda shuncha baravar o‘zgaradi.
157
1,048
Qonunchilik
“Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha” ko‘rsatmani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son “2019-yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2000-yil 29-maydagi 01-526, 24/8-855-son “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha” ko‘rsatmasi (ro‘yxat raqami 929, 2000-yil 31-may) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 10-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
177
1,162
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR HAMDA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDAGI”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIK
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar hamda qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1995-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritilsin.
250
366
Qonunchilik
Elektron tijorat to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning amal qilishi: tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan davlat xaridlariga; birja faoliyati uchun litsenziyalarga ega bo‘lgan birjalarda tuziladigan kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: raqamli mahsulotlar — intellektual mulk obyektlarining elektron ko‘chirma nusxalari (raqamli tovarlar), shuningdek elektron axborot muhitida moddiy natijaga ega bo‘lmagan muayyan harakatlarni bajarish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish, shu jumladan “bulutli texnologiyalar”ni (raqamli xizmatlarni) olishga hamda ularga obuna bo‘lishga doir xizmatlar; elektron savdo maydonchasi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisini masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi; elektron savdo maydonchasining operatori — elektron tijorat ishtirokchilariga elektron savdo maydonchasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; elektron tijorat — tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati doirasida axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan oldi-sotdisi; elektron tijorat operatori — elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; elektron tijorat subyektlari — elektron tijorat ishtirokchilari va (yoki) elektron tijorat operatorlari. Elektron tijoratning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: elektron tijorat sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi; elektron tijoratda shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi; elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi; elektron tijorat subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tegishli darajadagi sifatini ta’minlash; elektron tijoratda jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi; elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash. Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga investitsiyalarni, zamonaviy texnologiyalarni va asbob-uskunalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish; elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish, zarur texnik va logistika infratuzilmasini shakllantirish; elektron tijorat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; elektron tijorat sohasida raqobat muhiti uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan ta’minlash; elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnika tadqiqotlarini rag‘batlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; elektron tijorat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: elektron tijorat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi; davlat organlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi; elektron tijoratda amalga oshirish chog‘ida muomaladan olib qo‘yilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini tasdiqlaydi; elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi). Vakolatli davlat organi: elektron tijorat sohasini tartibga solishni amalga oshiradi va mazkur sohadagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqaradi; elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi; boshqa manfaatdor davlat organlari va o‘zga tashkilotlar bilan birgalikda elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; elektron tijorat subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi; elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishda va uning ijrosini ta’minlashda ishtirok etadi; elektron tijorat sohasidagi tadqiqotlarni va mazkur sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi monitoringini tashkil etadi; elektron tijorat sohasiga axborot tizimlarini va axborot resurslarini joriy etishga ko‘maklashadi; elektron tijorat subyektlariga xizmat qiladigan logistika infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashadi; elektron tijorat sohasiga elektron to‘lovlarning samarali usullari va tizimlarini joriy etishda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ishtirok etadi; aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida elektron tijoratni targ‘ib qilishni hamda ommalashtirishni tashkil etadi. Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Elektron tijoratda tovarlarni sotuvchi, xizmatlarni yetkazib beruvchi yoki ishlarni bajaruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda sotuvchi deb yuritiladi), shuningdek elektron tijoratda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridori, iste’molchisi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda xaridor deb yuritiladi) elektron tijorat ishtirokchilaridir. Elektron tijorat sohasidagi sotuvchilar quyidagilardan iborat: elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana va (yoki) ulgurji sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar; elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar. Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, elektron tijorat ishtirokchisiga nisbatan axborot tizimlaridan foydalanmagan holda amalga oshiriladigan o‘z tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qo‘shimcha talablar yoki cheklovlar belgilanishi uchun asos bo‘lishi mumkin emas. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega: elektron tijorat sohasidagi ishlab turgan axborot tizimlariga ofertani joylashtirish (taklif etish); o‘z elektron savdo maydonchasini va unda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) bevosita sotishni tashkil etish; elektron tijoratdagi shartnomalarni (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish yo‘li bilan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish; elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni elektron tijorat operatorlariga saqlash uchun topshirish. Sotuvchi: qonunchilik talablariga rioya etishi; tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchilar, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga taalluqli boshqa qoidalar to‘g‘risidagi to‘liq axborotni taqdim etishi; elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning qonunchilikka muvofiq saqlanishini ta’minlashi; qonunchilikka muvofiq elektron tijoratni amalga oshirish chog‘ida muomaladan olib qo‘yilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishni amalga oshirmasligi; elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi shart. Sotuvchi elektron tijoratni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran, faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirgan yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirgan taqdirda esa qonunchilikda belgilangan litsenziyalash tartibiga, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga muvofiq amalga oshirish huquqiga ega. Sotuvchi qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Xaridor quyidagi huquqlarga ega: shartnomalar tuzish orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish; tovarlar (ishlar, xizmatlar), ishlab chiqaruvchi va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishning boshqa shartlari to‘g‘risida to‘liq axborot olish; elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan operatsiyalarda ishtirok etish uchun shartlarning tengligini talab qilish; o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini talab qilish. Xaridor: shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif qabul qilinganidan keyin shartnoma tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni va ma’lumotlarni taqdim etishi; to‘lov tizimlari operatorlariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni qonunchilikka muvofiq taqdim etishi shart. Xaridor qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Elektron tijorat operatorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari; elektron savdo maydonchalari operatorlari; to‘lovga oid xizmatlarni yetkazib beruvchilar; elektron tijorat subyektlarining elektron hujjatlarini va elektron xabarlarini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar. Elektron tijorat operatorlari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi mumkin. Elektron tijorat operatorlari quyidagi huquqlarga ega: elektron tijorat sohasidagi xizmatlarni shartnoma asosida o‘z vakolatlari doirasida ko‘rsatish; elektron tijorat subyektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning shartlarini belgilash; elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni boshqa elektron tijorat operatorlariga saqlash uchun topshirish. Elektron tijorat operatorlari: qonunchilik talablariga rioya etishi; o‘z axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishi; elektron tijorat sohasidagi standartlarga, normalarga va qoidalarga rioya etishi; o‘zining to‘liq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, litsenziyalari, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlari, ko‘rsatiladigan xizmatlari, ularni ko‘rsatish shartlari va qiymati (tariflari) to‘g‘risidagi axborotni elektron tijorat subyektlariga oshkor etishi; elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning mazmunini hamda ulardan foydalanish tartibini o‘zgartirmasligi (bundan elektron tijorat subyektlari tomonidan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollar mustasno); elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir ma’lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ta’minlashi; elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shu jumladan ulardagi axborotni uchinchi shaxslarga topshirmasligi (bundan qonunchilikda yoki shartnomalarda nazarda tutilgan hollar mustasno) shart. Elektron tijorat operatori tomonidan xizmatlar ko‘rsatish shartlari va qoidalari ushbu Qonunga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Elektron tijorat subyektlarining elektron tijorat operatoriga topshirilayotgan elektron hujjatlarining va elektron xabarlarining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy oqibatlar uchun elektron tijorat operatori javobgar bo‘lmaydi. Elektron tijorat operatori qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Elektron savdo maydonchasi operatori ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan elektron tijorat operatori huquqlaridan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega: o‘z elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishni bevosita, mustaqil ravishda amalga oshirish; faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirayotgan yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan sotuvchilarning tegishli litsenziyalarini yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarini yoxud xabarnomalarini tekshirish. Elektron savdo maydonchasi operatori ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan elektron tijorat operatori majburiyatlaridan tashqari: qonunchilikka muvofiq muomaladan olib qo‘yilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) realizatsiya qilinishiga barham berilishi bo‘yicha choralar ko‘rishi; savdo maydonchasiga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvni va elektron savdo maydonchasida savdo qilish qoidalarini muntazam ravishda elektron savdo maydonchasida aks ettirishi; elektron tijorat ishtirokchilari xizmat ko‘rsatishga va savdoni amalga oshirishga doir shartnoma shartlari bilan tanishib chiqa olishini, shuningdek ularning to‘liq tarzda joylashtirilishini ta’minlash uchun texnik choralar ko‘rishi ham shart. Agar elektron savdo maydonchasining operatori elektron tijorat sohasidagi o‘z faoliyatini to‘xtatib turmoqchi bo‘lsa yoki xizmat ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartishlar kiritmoqchi bo‘lsa, bu haqda kamida o‘ttiz kun oldin tegishli savdo maydonchasida e’lon berishi kerak (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno). Elektron tijoratda tuziladigan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjati talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnomaning shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi. Elektron tijoratda hujjatlarni shakllantirish taraflarning kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi. Shartnoma qonunchilikda belgilangan, shartnomani tuzish va bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarning mazmuniga va shakliga oid talablarga mos bo‘lishi kerak. Elektron tijorat operatorlariga yoki sotuvchilariga shartnoma taraflarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish chog‘ida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan elektron tarzdagi cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa hujjatlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olinganligini tasdiqlaydigan qog‘ozdagi shunga o‘xshash hujjatlarga tenglashtiriladi. Shartnomalarni tuzish chog‘ida qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida hujjatni o‘z qo‘li bilan imzolash talab qilingan hollarda elektron hujjat, agar shartnoma tarafi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash tartib-taomili bajarilsa, imzolangan deb hisoblanadi. Elektron tijoratdagi hujjatda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (“SMS”, “Face-ID” va boshqalar) ham imzo sifatida tan olinadi. Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, o‘z yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborot (bundan buyon matnda elektron xabarlar deb yuritiladi) qog‘ozda rasmiylashtirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ulardan shartnoma tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin. Shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib, haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas. Elektron tijorat ishtirokchisining ofertani qabul qilganligi to‘g‘risidagi javobi (aksept) elektron hujjat yoki elektron xabar tarzida yoxud ofertadagi shartlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni bajarish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yo‘llangan, yetarli darajada aniq bo‘lgan va taklif kiritgan shaxsning o‘zini taklifni qabul qiladigan, o‘ziga taklif yo‘llangan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta deb e’tirof etiladi. Elektron tijoratda oferta elektron hujjat tarzida shakllantiriladi. Elektron tijoratda oferta: ofertani yuborgan shaxsning nomini (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning familiyasini, ismini, otasining ismini); ofertani yuborgan shaxsning pochta va elektron manzilini, telefon raqamini; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning raqamini, amal qilish muddatini, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organning nomini); shartnomani tuzish tartibini, shuningdek akseptni yuborish va chaqirib olish tartibini; shartnoma shartlarini kelishib olish chog‘ida unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish imkoniyati hamda tartibini; tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish va ularga haq to‘lash shartlarini, shuningdek ular uchun taklif etilayotgan narxlarni (tariflarni); hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yo‘li bilan shartnomaga kiritiladigan shartlarga doir ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olishi kerak. Elektron tijoratda oferta qonunchilikka muvofiq boshqa axborotni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Elektron tijoratda elektron hujjatlarni saqlash muddati shunday maqsad uchun mo‘ljallangan qog‘ozdagi hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak. Quyidagilar elektron tijoratda elektron hujjatlarni va xabarlarni saqlash huquqiga ega: elektron tijorat ishtirokchilari; elektron tijorat operatorlari; qonunchilikka muvofiq boshqa yuridik va jismoniy shaxslar. Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron tijorat ishtirokchilari o‘zaro kelishuvga ko‘ra quyidagilarni belgilashga haqli: identifikatsiya qilish, elektron hujjat va xabar almashish tartibini; shartnoma tuzishga doir harakatlarni amalga oshirish tartibini; ofertani joylashtirish, yuborish va qabul qilish tartibini; akseptni yuborish va akseptni chaqirib olish tartibini; axborotning ishonchliligini tekshirish tartibini; taraflarning axborot tizimlari dasturiy ta’minotidan foydalanish tartibini. Shartnoma akseptni amalga oshirish yo‘li bilan: elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash nazarda tutiladigan elektron hujjat tarzida; elektron tijorat ishtirokchisining roziligi bildirilgan elektron xabar tarzida; ofertada ko‘rsatilgan shartlarni bajarishga doir harakatlarni bajarish orqali tuzilishi mumkin. Shartnoma ofertani yuborgan elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan ofertaning aksepti olingan paytdan e’tiboran tuzilgan deb e’tirof etiladi. Shartnomani bajarish bilan bog‘liq hujjatlar elektron hujjat tarzida yoki qog‘ozda rasmiylashtirilishi mumkin. Moddiy jismlarda tarqatiladigan raqamli mahsulotlarga doir shartnomalar boshqa tovarlarga oid shartnomalarga o‘xshash tarzda tasdiqlanadi. Moddiy jismdan foydalanmagan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali shaxsiy kompyuterga yoki mobil qurilmaga yuklash (yuklab olish) orqali tarqatiladigan, onlayn xizmatlardan foydalanish yoki ularga obuna bo‘lish va boshqa usullar orqali tarqatiladigan raqamli mahsulotlarga doir shartnomalar: cheklar, raqamli mahsulotga bo‘lgan huquqni sotib olish to‘g‘risidagi kvitansiyalar hamda shartnoma taraflarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, moddiy jismdan foydalanmagan holda tarqatish jarayonida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan boshqa xabarlar; xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki hujjatlari (xo‘jalik yurituvchi subyekt mas’ul shaxsining hisobotlari, bankdan olingan ko‘chirmalar, buxgalteriya ma’lumotnomalari va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlamchi hisobga olish hujjatini unga quyidagilarni ilova qilgan holda bir tomonlama tartibda rasmiylashtirishga haqli: qo‘shilib olishga, ofertaga oid shartnomaning, litsenziya shartnomasining va boshqa shartnomaning elektron ko‘chirma nusxalarini; hisobvaraq-fakturaning (invoysning) yoki kontragentdan elektron xabar shaklida olingan boshqa hujjatning ko‘chirma nusxalarini; pul mablag‘lari kelib tushganligini va ularning to‘langanligini tasdiqlovchi elektron hujjatlarni (elektron xabarlarni). Shartnoma shartlari aniq, tushunarli shaklda davlat tilida shakllantirilishi kerak. Zarur bo‘lganda ular davlat tili bilan bir vaqtda taraflar uchun qulay bo‘lgan boshqa tillarda ham tuzilishi mumkin. Shartnoma shartlarida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin: hujjatlarni tuzish usuli hamda elektron hujjatlarni (elektron xabarlarni) o‘zaro almashish tartibi; hujjatni imzolagan shaxsni identifikatsiya qilish va shaxsini tasdiqlash imkonini beradigan usullarning ishonchliligini tekshirish tartibi; shaxsga doir ma’lumotlardan va tarqatilishi cheklangan boshqa axborotdan foydalanish tartibi. Elektron tijorat sohasida to‘lovlar quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: naqd pul mablag‘lari bilan — naqd pul mablag‘lari to‘lov vositasi tarzida virtual terminallar (“E-POS”) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi axborotni o‘zida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali; pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish orqali — pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan (shu jumladan bank kartalarining hisobvarag‘idan) o‘tkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet (masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi) orqali yoki to‘lov tashkilotining tizimi orqali o‘tkazish vositasida; elektron pullardan foydalangan holda — elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablag‘larini o‘tkazish vositasida. Elektron tijorat sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilish o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni soliq organlariga onlayn rejimda uzatish imkonini beruvchi virtual kassadan majburiy foydalanish vositasida amalga oshiriladi. Elektron tijorat sohasida to‘lovlarni elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirishda virtual kassaning elektron cheki xaridorga mablag‘larni oluvchi ko‘rsatilgan holda xaridorning abonent raqamiga yoki xaridor ko‘rsatgan elektron pochta manziliga yoxud xaridorning shaxsiy kabinetiga yuborilishi kerak. Elektron tijorat sohasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berishga doir xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda keyinchalik inkassatsiya qilish sharti bilan uchinchi shaxslar (sotuvchilar) uchun to‘lovni qabul qilish huquqi beriladi. Elektron tijorat sohasida pul mablag‘larini deponentlash (bundan buyon matnda “eskrou” xizmati deb yuritiladi) xaridorning to‘langan pul mablag‘larini shartnomaga doir tegishli majburiyatlar to‘liq bajarilguniga qadar ushlab turish xizmatidir. Savdo maydonchalarining operatorlari, to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (bundan buyon matnda “eskrou” xizmatini ko‘rsatuvchi deb yuritiladi) o‘z axborot tizimlariga yoki bank hisobvaraqlariga “eskrou” xizmatini joriy etishi mumkin. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun xaridor tomonidan to‘lovni amalga oshirish chog‘ida “eskrou” xizmatini ko‘rsatuvchi to‘langan pul mablag‘larini xaridordan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olinganligining tasdig‘i olinguniga qadar saqlash huquqiga ega. “Eskrou” xizmatini joriy etishda tegishli shartnoma doirasida, agar tovar yetkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, “eskrou” xizmatini ko‘rsatuvchi pul mablag‘larini xaridorga qaytaradi (asosli da’vo mavjud bo‘lganda) yoki, agar tovar xaridor tomonidan olingan va qabul qilingan bo‘lsa, pul mablag‘lari sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Agar xaridor shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati tugagach tovarlar (ishlar, xizmatlar) olinganligi faktini tasdiqlamasa yoki rad etmasa, pul mablag‘lari shartnomada nazarda tutilgan muddatda avtomatik ravishda sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. “Eskrou” xizmatini ko‘rsatuvchi “eskrou” xizmatini amalga oshirishda: shartnomaning tegishli shartlari bajarilguniga qadar pul mablag‘larini bankning alohida maxsus hisobvarag‘ida saqlashi yoki ularning bank kartasida deponentlanishini ta’minlashi; deponentlangan pul mablag‘larining hisobga olinishini ularni elektron tijoratdagi muayyan shartnomalarga bog‘lagan holda ta’minlashi; pul mablag‘lari deponentlanganligi faktiga va ular shartnoma taraflariga o‘tkazilganligi faktiga taalluqli axborotni taqdim etishi; axborot tizimlaridan foydalanish qoidalarida va ofertada “eskrou” xizmatlarini taqdim etish shartlarini nazarda tutishi shart. Elektron tijorat ishtirokchilarining deponentlangan pul mablag‘lari “eskrou” xizmatini ko‘rsatuvchining mulki hisoblanmaydi va ulardan uning har qanday kontragent oldidagi, shu jumladan davlat oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi mumkin emas. Agar shartnoma tovarni yetkazib berish sharti bilan tuzilgan bo‘lsa, sotuvchi tovarni xaridor tomonidan ko‘rsatilgan joyga shartnomada belgilangan muddatlarda yetkazib berishi shart. Tovarlarni shartnomada ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish uchun sotuvchi: yetkazib berishni o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasida mustaqil ravishda amalga oshirishi (bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno); tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yetkazib berish xizmatlaridan foydalanishi; yetkazib berishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullaridan foydalanishi mumkin. Qonunchilikka muvofiq yuk xatini rasmiylashtirish talab etiladigan hollarda elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish faqat elektron tarzda shakllantirilgan yuk xati bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar shartnomada tovarni yetkazib berish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa va mazkur muddatni aniqlash mumkin bo‘lmasa, tovar xaridor tomonidan aksept qabul qilingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda yetkazib berilishi kerak. Sotuvchi tomonidan tovarni xaridorga yetkazib berish muddatlari buzilgan taqdirda, sotuvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotuvchi xaridorga tovarni yetkazib berishi va bir vaqtning o‘zida qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni (texnik pasportni, sifat sertifikatini, qo‘llashga doir yo‘riqnomani) taqdim etishi shart. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovar xaridorga yoki shartnoma tuzilganligi yoxud tovarni yetkazib berish rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida guvohlik beradigan kvitansiyani yoki boshqa hujjatni taqdim etgan har qanday shaxsga topshirilgan paytdan e’tiboran chakana oldi-sotdi shartnomasi sotuvchi tomonidan bajarilgan deb hisoblanadi. Shartnoma bekor qilinganda sotuvchi xaridorga tovarni qaytarib berish amalga oshiriladigan joy to‘g‘risida xabar berishi kerak. Tovarni namuna va (yoki) uning tavsifi bo‘yicha realizatsiya qilish chog‘ida sotuvchi namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq bo‘lgan tovarni taqdim etishi, shuningdek xaridorga tovarni qabul qilib olishi chog‘ida uning butligini, yaroqliligini va iste’mol xususiyatlari to‘liq saqlanganligini tekshirish imkoniyatini berishi shart. Tovar namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq bo‘lmagan hollarda, xaridor uni almashtirishni yoki pul summasini qaytarishni talab qilish huquqiga ega. Xaridorning aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek tovarni ko‘zdan kechirish va uni tekshirib ko‘rish maqsadida o‘rovini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi xaridorni shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi. Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, o‘rovi bilan qaytarilgan bo‘lsa, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan va mazkur tovar shu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar mavjud bo‘lsa, xaridorning tovarni almashtirib berish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim. Xaridor tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir nuqsonlarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda, sotuvchi uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirish zarur bo‘lganda esa xaridor talab qo‘ygan paytdan e’tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart. Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar mavjud bo‘lmagan taqdirda, xaridorning almashtirib berish to‘g‘risidagi talabi e’tiroz bildirilgan paytdan e’tiboran bir oy ichida qanoatlantirilishi lozim. Agar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar mavjud bo‘lmasa, shartnoma bekor qilinib, ko‘rilgan zararning o‘rni sotuvchi tomonidan xaridorga e’tiroz bildirilgan paytdan e’tiboran bir oy ichida qoplanishi lozim. Xaridorning roziligiga ko‘ra, sotuvchi nuqsonli tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib berib, xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilishi shart. Agar shartnoma taraflarining kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xaridor tomonidan to‘langan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq to‘lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi. Shartnomaga muvofiq xaridor tomonidan to‘langan pul summasini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar sotuvchining zimmasiga yuklatiladi. Agar shartnoma bekor qilinganidan keyin xaridor to‘lagan pul summasi shartnomada belgilangan muddat ichida sotuvchi tomonidan xaridorga qaytarilmasa, sotuvchi xaridorga shartnomada belgilangan muddatlardan ortiq har bir kechiktirilgan kun uchun qaytarilishi lozim bo‘lgan pul summasining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘laydi. Bunda neustoykaning (penyaning) miqdori qaytarilishi lozim bo‘lgan pul summasidan oshib ketishi mumkin emas. Neustoyka (penya) to‘langanligi sotuvchini shartnoma bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan majburiyatlardan ozod etmaydi. Elektron tijorat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 613-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 82-modda); 2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 614-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 83-modda); 3) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 22-mayda qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-385-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 178-modda); 4) O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-455-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 12, 773-modda) 4-moddasi; 5) O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-683-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 158-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
28
32,911
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslarigahamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-641-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihas
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-641-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
430
Qonunchilik
Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda respublikada yengil sanoatning to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ko‘rilgan chora-tadbirlar respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 80 foizdan ko‘prog‘ini va ip kalavaning 45 foizdan ko‘prog‘ini qayta ishlash bo‘yicha quvvatlarni yaratish, shuningdek, 2018-yilda tayyor mahsulot eksport hajmini 1,6 milliard AQSh dollariga yetkazish imkonini berdi. Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalar mahalliy tayyor charm ishlab chiqarish hajmini 6 foizga va krast bosqichidagi charm ishlab chiqarish hajmini 44 foizga oshirish imkonini yaratdi. Shu bilan birga jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishi ushbu sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab etmoqda. Yengil sanoatning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali birinchi navbatda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida: 1. Quyidagilar: xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan holda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq; 2019-2020-yillarda yengil sanoatning to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlarning bajarilishini so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan investitsiya loyihalari ro‘yxatini tasdiqlasin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: a) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN bo‘yicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib chiqishda 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi; b) O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022-yil 1-yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023-yil 1-yanvardan — 0,1 AQSh dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi; v) mazkur bandning “b” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘larning (trikotaj mato eksportidan undirilgan yig‘imlar bundan mustasno) 5 foizi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining alohida bank hisob raqamiga quyidagilar uchun yo‘naltiriladi: to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish; tarmoq korxonalarining xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash; ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jumladan ularni xorijga o‘qish uchun yuborish; “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning ijro etuvchi apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, Uyushmaning xorijiy vakolatxonalarini saqlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini kompensatsiya qilish; “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilangan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu bandning “v” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlarni shakllantirish va mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini kiritsin hamda unda har yili daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini, shuningdek, ushbu mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat olib borilishini nazarda tutsin. 3. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: hisobot davri natijalari bo‘yicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo‘lmagan eksport ulushiga ega bo‘lgan korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi; chorva mollarini so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarga ega va ularni yangidan ishga tushirayotgan tashkilotlar hamda terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi; 4. Belgilansinki, “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan 2018 — 2020-yillar hosilidan paxta tolasini mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolarida milliy valyutaga sotish mahsulot yuklab jo‘natilgan kundan 90 kun mobaynida yakuniy hisob-kitob qilgan holda 35 foiz oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi. 5. “O‘zpaxtasanoat” AJga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga sotish nazarda tutilgan paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining baholash qiymatidan quyidagi chegirmalarni taqdim etish masalasida paxta tozalash zavodlarining boshqaruv organlarida tashabbus bilan chiqish tavsiya etilsin: bir yil mobaynida to‘langanda — 50 foiz miqdorida; ikki yil mobaynida to‘langanda — 40 foiz miqdorida; uch yil mobaynida to‘langanda — 30 foiz miqdorida. Bunda paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining chegirmalarni hisobga olgan holdagi bahosi ularning balans qiymatidan past bo‘lishi mumkin emas. 6. Belgilansinki: paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarining paxta xomashyosini yetishtirish bo‘yicha xarajatlarini moliyalashtirish uchun 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar faqat 11 oy o‘tganidan so‘ng qaytariladi, har bir transh uchun qaytarish muddatini hisoblash esa paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga mablag‘lar kelib tushgan paytdan boshlanadi. Xuddi shunday tartib tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma kredit resurslarini qaytarishda ham qo‘llaniladi; paxta urug‘lik chigitini ishlab chiqarish paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin; paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasteri doirasida o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini sertifikatlash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. 7. Tijorat banklariga paxta xomashyosini yetishtirish va yig‘ib olishni moliyalashtirish uchun valyuta kredit liniyalari jalb qilinishini ta’minlash tavsiya etilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kelgusi yil uchun paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari va g‘o‘zani navlari bo‘yicha joylashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorlari oldingi yilning 1-oktabridan kechiktirmasdan qabul qilinishini ta’minlasin. 9. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi O‘zbekiston-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kiradigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minotlar uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi bir oy muddatda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi O‘zbekiston-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkining buyurtmanomalariga binoan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari korxonalarida zamonaviy tozalash inshootlari qurishni va mavjudlarini modernizatsiya qilishni moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar, xalqaro hamda xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar bank tuzilmalarining texnik ko‘mak mablag‘larini (grantlarini) jalb etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin. 11. Toshkent shahar hokimligi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga mahalliy to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘rgazma maydonchasini tashkil qilish uchun Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 44-b uy manzilida joylashgan uch qavatli binoni unga tutash hududi bilan balans qiymatida topshirsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-oktabrdagi “To‘qimachilik sanoati xomashyo bazasini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3314-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 14. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. G‘ulomov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3693-son qarorining 10-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “charm-poyabzal” so‘zlari “poyabzal” so‘zi bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi F-5302-son farmoyishi bilan tasdiqlangan 2020-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish bundan mustasno) ozod qilingan “Termiz-tezkor-qurilish” XK, “Fayz Binokor Oltiariq” XK, “Shashmoxkashob” agrofirmasi, “Janub tekstil” MChJ, “Surxon teks” MChJ, “Amudar Textile” MChJ, “Norteks Style” MChJ, “Sherobod Textile Invest” MChJ va “Surxon sifat tekstil” MChJlar tomonidan olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, texnika, qurilish materiallari ro‘yxatining rus tilidagi matni “Agrofirma “Shashmoxkashob” bo‘limi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati quyidagi mazmundagi 621-band bilan to‘ldirilsin: “621. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi”. 4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 106-son qarorida: 5-bandning beshinchi xatboshidagi “2018-yilgi hosil” so‘zlari “2018 — 2020-yillardagi hosil” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-ilovaning 14-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “2018-yilgi hosil” so‘zlari “2018 — 2020-yillardagi hosil” so‘zlari bilan almashtirilsin.
124
12,752
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 9-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman: 1. “Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat tovarlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1816, 2008-yil 28-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2019-yil 9-sentabrdagi 17/17-5-19-8481-son, Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 29-avgustdagi 04-03/22-01627-son, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 4-sentabrdagi UB-5-2/6-6-4261-son xatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligining 2008-yil 28-maydagi 7-son, 01-02/22-40-son, 53-son “Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat tovarlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1816, 2008-yil 28-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
75
2,193
Qonunchilik
Istirohat bog‘lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturini bajarish, shuningdek, istirohat bog‘larini tashkil etish va ulardan foydalanishda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish hisobidan investitsiyalarni jalb qilish orqali ularning faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Istirohat bog‘lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasai Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2020-yillarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llagan holda istirohat bog‘larini tashkil etish va ulardan foydalanish bo‘yicha hududiy dasturlarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri A.X. To‘xtayev va Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin. 1.Ushbu Nizom davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llagan holda istirohat bog‘lari va yashil zonalarni tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: istirohat bog‘i (bog‘lari) — aholining dam olishi uchun foydalaniladigan, yashil ekinlar bilan qoplangan, muayyan hajmli-makon kompozitsiyasida tashkil etilgan va o‘z funksiyalariga, aholi punktlarining rejalashtirish tuzilmasida joylashuvi, shuningdek, tabiiy sharoitlarga ko‘ra tasniflanadigan landshaft arxitektura obyektlari; yashil zonalar — aholi punktlarining rekreatsion maqsaddagi hududlari (shaharsozlik elementlari), shuningdek, yashil ekinlar bilan qoplangan va tabiatni muhofaza qilish funksiyalarini bajaradigan hamda aholining dam olishi uchun foydalaniladigan ularga tutash hududlar; davlat-xususiy sheriklik — o‘zaro manfaatli sharoitlarda ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal etish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va istirohat bog‘larini tashkil etish hamda ulardan foydalanish sohasida amalga oshiriladigan tavakkalchiliklarni taqsimlash maqsadida tuman (shahar) hokimligi bilan kelishgan holda ma’lum muddatga yuridik rasmiylashtirilgan davlat sherigi va xususiy sherikning o‘zaro manfaatli hamkorligi; davlat sherigi — tumanlar (shaharlar) madaniyat bo‘limlariga biriktirilgan istirohat bog‘lari uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari ta’sischilari hisoblangan istirohat bog‘lari uchun — tumanlar (shaharlar) hokimliklari; xususiy sherik — davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma (konsession bitim) tuzgan yuridik shaxs; tanlov komissiyasi — tanlov tartib-taomillarini amalga oshirish, jumladan da’vogarlarning arizalarini baholash va taqqoslash, shuningdek, tanlov g‘olibini aniqlash uchun tuman (shahar) hokimining qarori bilan tashkil etiladigan kollegial organ; konsessiya (konsession bitim) — ma’lum muddatga tuzilgan shartnoma bo‘lib, unga ko‘ra davlat xorijiy investorga (konsessionerga) qurilish uchun yer uchastkalariga, rekonstruksiya qilish uchun bino va inshootlarga egalik qilish (tasarruf etish huquqisiz) va ulardan foydalanish, shuningdek, istirohat bog‘larini jihozlash huquqlarini beradi, konsession faoliyat natijasida konsessioner oladigan mahsulot va daromadlar konsession bitimda belgilangan hajmlar va shartlar asosida uning mulki hisoblanadi. 3. Istirohat bog‘lari aholi punktlarining hududlarini obod qilishni rivojlantirishni rejalashtirish bo‘yicha quyidagi hujjatlar (keyingi o‘rinlarda shaharsozlik hujjati deb ataladi) asosida tashkil etiladi: aholi punktlarining bosh rejalari; batafsil rejalashtirish loyihalari. 4. Shaharsozlik hujjati mavjud bo‘lmaganda, yer uchastkalarini tanlash, yer uchastkalarini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni kelishish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 5. Istirohat bog‘lari aholi punktlarida, odatda, obodonlashtirilmagan bo‘sh turgan hududlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa — bog‘-park yoki o‘rmon uchastkalari hududida joylashtiriladi. Quyidagilar istirohat bog‘larini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi: yuqori texnologik, zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar va attraksionlar bilan jihozlanganlik; landshaft dizaynining zamonaviy namunalarini qo‘llash; favvoralarni, shu jumladan, kartografik favvoralarni qurish; velosiped yo‘lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish uchun boshqa obyektlarni o‘z ichiga olgan oilaviy zonalarni obodonlashtirish; aholi barcha qatlamlarining madaniy-dam olish xizmatlaridan foydalanishi. 6. Istirohat bog‘lari quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanadi: a) aholi punktlari hududida joylashuvi bo‘yicha: umumshahar (markaziy); tuman (turar joy hududlarida); b) geografik joylashuv bo‘yicha: shahar istirohat bog‘lari; shahardan tashqari istirohat bog‘lari; qishloq istirohat bog‘lari (shahar tipidagi posyolkalarda, qishloqlar va ovullarda); v) hajmi bo‘yicha: 1 — 3 gektar maydonga ega III tip; 4 — 7 gektar maydonga ega II tip; 8 va undan ortiq gektar maydonga ega I tip; g) funksional yo‘nalishi bo‘yicha: ko‘p tarmoqli; ixtisoslashtirilgan (sport, bolalar, sayr qilish uchun mo‘ljallangan, ko‘rgazma-istirohat bog‘lari, memorial, ilmiy-ma’rifiy, etnografik, botanika va zoologiya bog‘lari, bog‘-park san’ati istirohat bog‘lari-yodgorliklari, sanatoriy-kurort istirohat bog‘lari (kurort shaharlarda): d) tabiiy va landshaft-genetik xususiyatlari bo‘yicha: tog‘oldi; qirg‘oqbo‘yi (daryolar qirg‘oqlari va qiyaliklarida); o‘rmon bog‘lari; gidrobog‘lar (suv tizimlari asosida tashkil etiladi); maysazor bog‘lar (ochiq maysazorlar kengliklari asosida tashkil etiladi). 7. Barcha yosh guruhlaridagi aholining foydalanishini ta’minlash maqsadida ommaviy dam olish uchun mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli istirohat bog‘lari bir tekis joylashtiriladi. Yirik shaharlardagi epiziotik tashrif buyuriladigan istirohat bog‘larida bilim orttirish yoki ko‘ngilochar dam olish turlari uchun (ko‘rgazma-istirohat bog‘lari, etnografiya, botanika va zoologiya bog‘lari) transportdan foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘lishi kerak. 8. Istirohat bog‘lari hududlarida: oilaviy dam olish obyektlari (bolalar kafelari, o‘yin xonalari va bolalar uchun katta yoshlilar nazorati ostida o‘tkaziladigan maxsus dasturlar taklif etiladigan hamda ota-onalarga bu vaqtda dam olish imkoniyati beriladigan boshqa obyektlar); yozgi teatrlar; xoreografiya va musiqa jamoalari hamda guruhlarining chiqishlari tashkil etiladigan sahnalar; lektoriylar; o‘qish zallari va kutubxonalar; attraksionlar; raqs zallari va maydonchalari; tirlar; bolalar shaharchalari; sport maydonchalari; alohida favvoralar yoki favvoralar kompleksi; umumiy ovqatlanish va savdo punktlari; chang‘i uchish joylari (qish davrida foydalaniladigan); suv sport turlari bilan shug‘ullanish va cho‘milish uchun suv inshootlari; yugurish va sayr qilish yo‘laklari; kichik hajmdagi arxitektura shakllari; yodgorliklar, haykallar, byustlar va san’atning boshqa asarlari; ko‘chma sirk maydonchalari; shaharlar va ayrim tarixiy obyektlarning mini-maketlari; jonli burchaklar; ijodiy havaskorlik bilan shug‘ullanish binolari; foto va videostudiyalar; kompyuter o‘yinlari binolari; internet-kafe; qayiq stansiyalari (katta suv havzalari mavjud bo‘lsa); tibbiyot punktlari; turli sport va madaniy inventarlarni ijaraga berish bazalari. Istirohat bog‘lari hududida, odatda, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq velosiped yo‘laklari tashkil etiladi. Ushbu hududlarda ko‘rgazmalar, bayram tadbirlari (sport tadbirlari, xalq sayillari va boshqa tadbirlar) o‘tkazilishi mumkin. Shahardagi istirohat bog‘lari tarixiy ahamiyatga ega bo‘lishi va bog‘-park san’atining obyektlari-yodgorliklari hisoblanishi mumkin. Istirohat bog‘larining hududlari faol dam olish zonalari va tinch zonalarga ajratiladi. Tinch zonalar tarkibiga quyidagilar kiradi: o‘qish zallari va kutubxonalar; shaxmat, shashka, domino, loto o‘yinlari uchun sport maydonchalari; yugurish va sayr qilish yo‘lakchalari hamda tashrif buyuruvchilar tinchligini buzmaydigan boshqa elementlar. Faol dam olish zonasiga quyidagilar kiradi: yozgi teatrlar; lektoriylar; attraksionlar; raqs zallari va maydonchalari; tirlar; bolalar shaharchalari; sport maydonchalari; umumiy ovqatlanish va savdo punktlari; chang‘i uchish joylari (qish davrida foydalaniladigan); suv sport turlari bilan shug‘ullanish va cho‘milish uchun suv inshootlari; ko‘chma sirk maydonchalari; jonli burchaklar; ijodiy havaskorlik bilan shug‘ullanish binolari; foto va videostudiyalar; kompyuter o‘yinlari binolari; internet-kafe; qayiq stansiyalari (katta suv havzalari mavjud bo‘lsa); tibbiyot punktlari; turli sport va madaniy inventarlarni ijaraga berish bazalari. 9. Eng yirik, yirik va katta shaharlarda, kichik shahar va qishloq aholi punktlari — tuman markazlarida, qishloqlararo zonalar va qisqa muddatli dam olish maskanlarida hajmlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadigan bolalar maxsus istirohat bog‘lari (sport, ko‘rgazma, zoologiya va boshqa bog‘lar) tashkil etilishi mumkin. 10. Istirohat bog‘lari va bog‘larni joylashtirishda mavjud ekinlar va hovuzlar bo‘lgan uchastkalarni imkon qadar saqlab qolish zarur. 11. Istirohat bog‘larida jamoat transportidan foydalanish vaqti (transportni kutish vaqtini hisobga olmaganda) 20 daqiqadan oshmasligi kerak. 12. Istirohat bog‘i hududida bir vaqtning o‘zida tashrif buradiganlarning hisoblab chiqilgan soni gektariga 100 kishidan oshmasligi zarur. 13. Hayvonot bog‘larini rekreatsion ahamiyatga ega zonalar tarkibida joylashtirishni nazarda tutish lozim. Hayvonot bog‘ining chegarasidan turar joy va ijtimoiy binolargacha bo‘lgan masofa mahalliy sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari bilan kelishilgan holda, ammo muayyan bir joyda esadigan shamol hisobga olinib (shamolga ro‘para tomonga va shamolga teskari tomonda ikki marta oshirilgan) kamida 500 metr qilib belgilanadi. 14. Dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan yashil zonalar tarkibiga quyidagi hududlar kiritiladi: shahar o‘rmonlari; xiyobonlar; istirohat bog‘lari; shahar bog‘lari; piyoda yurish uchun mo‘ljallangan xiyobonlar. 15. Aholi punktlarining yashil zonalari shahardan tashqari hududlarning tuzilish-rejalashtirish yechimi bilan bog‘liq holda tashkil etiladi. Yashil zonalar bevosita shaharga yaqin va shahar tashqarisidagi zonalar tarkibida joylashtirilishi mumkin. 16. Aholining yashil zonalarda joylashgan qisqa muddatli ommaviy dam olish obyektlarigacha bo‘lgan masofa (rekreatsion yo‘nalishdagi) jamoat transportidan foydalanish hisobga olingan holda, odatda bir yarim soatni tashkil etishi zarur. 17. Aholi punktlarining mavjud va loyiha chegaralari doirasida yashil zonalarda tabiatni muhofaza qilish, ilmiy, tarixiy-madaniy, estetik, rekreatsion, sog‘lomlashtirish va boshqa alohida ahamiyatga ega yer uchastkalarini o‘z ichiga olgan qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar zonalari ajratiladi. 18. Yashil zonalar hududlari va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda rekreatsion yo‘nalishdagi obyektlardan foydalanish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat, kommunal-omborxona va boshqa obyektlarni kengaytirish hamda yangilarini qurishga yo‘l qo‘yilmaydi. 19. Yashil zonalar doirasida shahar atrofidagi xo‘jalik va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi binolar hamda inshootlarni joylashtirishga ruxsat etiladi. 20. Zonalar sun’iy ko‘kalamzorlashtirish va tabiiy landshaftni saqlash orqali shakllantiriladi. 21. Yashil zonalarda ekologik va rekreatsion funksiyalarni bajarishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik faoliyati taqiqlanadi. 22. Istirohat bog‘larini tashkil etish va ulardan foydalanishda davlat-xususiy sheriklikning maqsadlari quyidagilar hisoblanadi: istirohat bog‘larini tashkil etish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, ularga xizmat ko‘rsatish yoki ulardan foydalanishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobidan iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni yaxshilash hamda ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish; istirohat bog‘i mulkidan foydalanish samaradorligini ta’minlash. 23. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: faoliyat ko‘rsatayotgan istirohat bog‘lari hududlaridagi yer uchastkalarini ushbu Nizomning 8-bandida qayd etilgan obyektlarni qurish uchun ijaraga berish; istirohat bog‘i bino va inshootlarini ijara shartnomasiga muvofiq taqsimlanadigan daromadni olish uchun rekonstruksiya qilish hamda keyinchalik foydalanish maqsadida ijaraga berish; yer uchastkasi, bino yoki inshootni konsession bitim asosida xorijiy xususiy sherikka qurish, rekonstruksiya qilish hamda jihozlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratish. 24. Tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy organlari (yoki vakolatlar ular tomonidan tuman (shahar) bo‘g‘inlariga chegaralanadi), shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari kiradigan tanlov komissiyasi kamida ikki ishtirokchidan ariza tushganda tanlov o‘tkazadi. 25. Tanlov komissiyasi tomonidan xususiy sherikning arizasini ko‘rib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 0,25 miqdorida yig‘im undiriladi hamda davlat sherigining maxsus bank hisob raqamiga o‘tkaziladi. 26. Davlat sherigi yoki xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasining taklif etilishi istirohat bog‘larini tashkil etish va ulardan foydalanishda davlat-xususiy sheriklikning amalga oshirishda konsession bitim uchun asos hisoblanadi. 27. Butun istirohat bog‘ini yoki uning hududida ayrim obyektlarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil qilishda ishtirok etish istagini bildirgan xususiy sherik davlat sherigiga tegishli ariza beradi. 28. Arizada: yuridik shaxslar uchun — xususiy sherikning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxs uchun — shaxsiy ma’lumotlar va yashash manzili; loyihani amalga oshirish maqsadlari; taxmin qilinayotgan obyekt yoki yer uchastkasi to‘g‘risida ma’lumot. 29. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelib tushgan ariza davlat sherigi tomonidan tuman (shahar) hokimligi bilan birgalikda ariza tushgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. 30. Ariza ko‘rib chiqilgach va tuman (shahar) hokimligining ijodiy xulosasi olingandan so‘ng davlat sherigi tanlov e’lon qiladi. Tanlov ushbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi. 31. Ariza ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda taqdim etilganda, hujjatlar bir ish kuni mobaynida arizachiga qaytariladi. Taqdim etilgan arizada ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan talablar buzilgan holatlar aniqlangani to‘g‘risidagi xabarnoma xususiy sherikka yozma shaklda, shu jumladan, elektron axborot tizimi orqali qonunchilikning muayyan normalarining buzilishi hamda xususiy sherik ko‘rsatib o‘tilgan buzilishlarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun davlat sherigiga taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda topshiriladi (yuboriladi). Xususiy sherik buzilishlarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etadigan muddat yozma yoki elektron xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Takroran taqdim etilgan hujjatlar qayta taqdim etilgan kunda qabul qilingan deb hisoblanadi. Arizani takroran ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi. 32. Davlat sherigi hudud aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan takliflarni o‘rganish natijalari asosida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tanlov e’lon qilish orqali davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etishi mumkin. Davlat sherigi tuman (shahar) madaniyat bo‘limi, shuningdek, istirohat bog‘i direksiyasi bilan birgalikda tanlov boshlanishidan avval tanlovga qo‘yiladigan yer uchastkalari, bino va inshootlarni belgilaydi. 33. Davlat sherigi tanlov boshlanishidan avval 30 kalendar kuni mobaynida tanlov savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonni Madaniyat vazirligining rasmiy saytida, boshqa ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davriy bosma nashrlarida majburiy tartibda joylashtiradi. 34. Tanlov to‘g‘risidagi e’lon quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi zarur: davlat sherigining nomi va joylashgan joyi (pochta manzili), bog‘lanish uchun telefon raqami va elektron pochta manzili; obyektning nomi, joylashgan joyi, soni va tasnifi; davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari; davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakllari bo‘yicha talab etiladigan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning minimal hajmi; tanlovni o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi; tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat ko‘rsatilgan holda). 35. Xususiy sherik tanlovida ishtirok etish uchun davlat sherigiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan arizani taqdim etadi: tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma taqdim etilgan kundan boshlab bir oy oldingi holatga ko‘ra, soliqlar, yig‘imlar, boshqa majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalar bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risidagi axborot; xususiy sherikning sof aktivlari, boshqa tashkilotning loyiha qiymatidan kamida 25 foiz miqdoridagi kafolati to‘g‘risida davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning moliyaviy imkoniyatlarini tasdiqlovchi axborot; istirohat bog‘ini qurish bo‘yicha (rekonstruksiya qilish) xomaki loyiha taklifi; istirohat bog‘ini qurishning dastlabki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari; Tanlovda qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida turgan yoxud mulki hibsga olingan da’vogarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydi. 36. Tanlov taklifi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb topilgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi. Shuningdek, tanlov natijalariga ko‘ra taklifining parametrlari tanlov shartlariga mos keladigan, ammo tanlov hujjatlariga muvofiq g‘olib tomonidan taklif etilgan parametrlardan past darajada bo‘lgan zaxiradagi g‘olib ham aniqlanadi. Tanlov g‘olibi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ushbu Nizomning 40-bandida belgilangan muddatda imzolashni rad etgan yoki bosh tortgan holatlarda bitim zaxiradagi g‘olib bilan tuziladi. Zaxiradagi g‘olib bilan bitim tanlov g‘olibi bilan tuziladigan tartibga o‘xshash tartibda tuziladi. Tanlovning zaxiradagi g‘olibi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ushbu Nizomning 40-bandida belgilangan muddatda imzolashni rad etgan yoki bosh tortgan holatlarda tanlov natijalari bekor qilinadi hamda tanlov komissiyasining qarori bilan belgilangan muddatlarda tanlov takroran o‘tkaziladi. Tanlovni takroran o‘tkazishda dastlabki tanlov shartlari qayta ko‘rib chiqilmaydi. 37. Faqat bitta ishtirokchidan ariza tushgan taqdirda tanlov o‘tkazilmaydi va qaror tanlov komissiyasi tomonidan ishtirokchining arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tanlov e’lon qilingan vaqtdan boshlab 30 kunlik muddat nihoyasiga yetgach, besh ish kuni davomida qabul qilinadi. Tanlov komissiyasi xususiy sherikning taklifi quyidagilarga mos kelishidan kelib chiqqan holda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qiladi: davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlariga; davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakllariga qarab — zarur investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning minimal hajmi talablariga. 38. Davlat sherigi tanlov komissiyasining tanlov yakunlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kunda o‘z rasmiy veb saytida axborotni joylashtirish orqali tanlov ishtirokchilarini uning natijalari haqida xabardor qilishi shart. 39. Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan taqdirda, sudga murojaat qilish huquqiga ega. 40. Davlat sherigi va xususiy sherik tanlov komissiyasining ijobiy qarori asosida ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab, o‘n ish kuni mobaynida qonun hujjatlari hamda ushbu Nizom talablariga rioya etgan holda, ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimini tuzadi. Xususiy sheriklarga yer uchastkalari yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng qaytarish va tuman (shahar) madaniyat bo‘limlariga biriktirilgan istirohat bog‘laridagi yer uchastkalari, bino hamda inshootlar, uskunalar hamda attraksionlarni tuman (shahar) madaniyat bo‘limlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari ta’sischilari bo‘lgan istirohat bog‘laridagi yer uchastkalari, bino hamda inshootlar, uskunalar hamda attraksionlarni davlat korxonalariga topshirish sharti bilan uzoq muddatli ijara huquqi asosida 49 yilgacha beriladi. Yer uchastkalari, bino hamda inshootlar, uskunalar hamda attraksionlar zarurat bo‘lganda, belgilangan texnik normativlarga muvofiq keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltiriladi. 41. Ijara shartnomasi yoki konsession bitim amalga oshirish shakliga qarab, quyidagilarni o‘z ichiga olishi darkor: obyekt va xususiy investitsiyalar hajmi; ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimining amal qilish muddati hamda shartlari; istirohat bog‘ini foydalanishga topshirish va uning faoliyat ko‘rsatish muddati; ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi tomonlarining huquqlari va majburiyatlari; moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari, loyihani amalga oshirish yuzasidan texnik nazorat tartibi to‘g‘risidagi axborot; davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish darajasini monitoring qilish va baholash tartibi; infratuzilma obyektlari, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ko‘rsatiladigan va (yoki) taqdim etiladigan xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablar; xususiy sherik tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarishi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari; davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasidagi ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimini bajarish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni taqsimlash tartibi hamda shartlari; davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun beriladigan infratuzilma obyektlariga egalik qilish hamda ulardan foydalanish tartibi; istirohat bog‘i yoki uning ayrim obyektlaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish tartibi; istirohat bog‘i yoki uning ayrim obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda modernizatsiyalash tartibi hamda muddatlari; ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimini bajarish jarayonida tashkil qilingan obyekt yoki boshqa mulkka nisbatan huquqni ularning amal qilish muddati tugagandan so‘ng taqsimlash tartibi; tomonlarning ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi shartlariga rioya etish yuzasidan mas’uliyati; ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi; ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimini bekor qilish tartibi, shuningdek, ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimining muddatidan oldin bekor qilinishi natijasida kompensatsiya to‘lash va yetkazilgan zararni qoplash tartibi; xususiy sherikning o‘z majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun sanksiyalar; ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimini amalga oshirishda yuzaga keladigan tortishuvlarni hal etish tartibi. Ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. 42. Davlat sherigi ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimini imzolashga tayyorlash uchun xususiy sherikka ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi loyihasining matnini taqdim etadi. 43. Zarurat bo‘lganda, ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi qoidalarini kelishish maqsadida davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziladi. 44. Ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi davlat sherigi va xususiy sherik tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari ishtirokida har bir tomon uchun bir nusxadan — uch nusxada imzolanadi. 45. Tuzilgan ijara shartnomalari yoki konsessiya bitimlarining yagona reyestri O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan yuritiladi. 46. Ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va ularga amal qilish muddati tugagunicha yoki bekor qilingunicha amal qilinadi. 47. Ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimiga quyidagi hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin: tomonlarning roziligi bilan; davlat sherigi va xususiy sherikning shartnoma munosabatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga istirohat bog‘lariga taalluqli o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan — davlat sherigining talabiga binoan; sud qaroriga ko‘ra. 48. Ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi quyidagi hollarda bekor qilinadi: tomonlarning roziligi bilan; xususiy sherik bankrot bo‘lgan va tugatilgan holatda; xususiy sherik o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda — davlat sherigining talabiga binoan; davlat sherigi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda — xususiy sherikning talabiga binoan. Ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi sud tartibida bekor qilinadi. 49. Ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi ularning amal qilish muddati tugagandan so‘ng to‘xtatiladi. Ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimining amal qilish muddatining tugashi tomonlarni ularni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi. 50. Faoliyat ko‘rsatayotgan istirohat bog‘lari hududidagi binolar va inshootlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi va ijaraga beriladi. 51. Istirohat bog‘lari hududidagi yer uchastkalarini xususiy sheriklarga ijaraga berish tartibi va istirohat bog‘lari hududida obyektlarni qurish uchun xorijiy xususiy sheriklarga yer uchastkalarni ajratish tartibi, shuningdek, davlat mulki obyektini istirohat bog‘i hududida xususiy sherik tomonidan rekonstruksiya qilish hamda jihozlash tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 52. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
107
26,965
Qonunchilik
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish sohasida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish va nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilandi. Tug‘ilish va o‘lim holatini kompleks davlat xizmati sifatida ko‘rsatish tartibi joriy etildi va statistika organlariga qog‘oz shaklidagi dalolatnoma yozuvlari haqidagi hisobotlarni topshirish amaliyoti bekor qilindi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan qariyb 60 mln fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirildi. Shu bilan birga, ushbu sohada ayrim tizimli muammolar mavjud. Xususan, fuqarolar tomonidan eksterritorial tamoyil asosida respublika bo‘yicha o‘zlari xohlagan FHDY organiga murojaat qilinib, davlat xizmatlaridan foydalanishlari natijasida Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi FHDY bo‘limlariga fuqarolarning murojaatlari soni tobora ortib boryapti. Ayni vaqtda, respublikada faoliyat yuritayotgan 8 ta nikoh uylarida esa jami 20 ta shtat birligi mavjud bo‘lgan holda, ular tomonidan faqat nikohni qayd qilish bilan bog‘liq harakatlar amalga oshirilmoqda. FHDY bo‘limlarida esa nikohni qayd etish bilan birga, tug‘ilish, nikohdan ajratish va o‘limni qayd etish bo‘yicha ham davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Shunga ko‘ra, ayrim hududlardagi FHDY bo‘limlarini respublikadagi mavjud nikoh uylari shtat birliklari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklari bilan ta’minlashga ehtiyoj yuzaga kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish, ushbu sohada fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga muvofiq tuman va shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi o‘rinlarda — FHDY) bo‘limlari, nikoh uylari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining FHDY arxivlari FHDY organlari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Guliston shaharlaridagi mavjud nikoh uylari faoliyati tugatilib, ushbu nikoh uylari FHDY bo‘limlari etib qayta nomlansin. 3. Adliya vazirligi: ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan FHDY bo‘limlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin; joriy yil yakuni bilan ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan FHDY bo‘limlarining ish hajmini o‘rgansin va zaruratga ko‘ra, xodimlar sonini belgilash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Moliya vazirligiga kiritsin; boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi sakkizinchi xatboshisidan “va nikoh uylari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidan “hamda nikoh uylari” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 4-bandda: birinchi xatboshidan “nikoh uylari” so‘zlari chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “FHDY bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan mavjud shtatlar doirasida tashkil etiladi va tugatiladi”; ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) 5-bandning “a” kichik bandidagi “FHDY bo‘limlari va nikoh uylarida” so‘zlari “FHDY bo‘limlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 6-bandda: birinchi xatboshidan “va nikoh uylari” so‘zlari chiqarib tashlansin; “a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “a) tegishli tuman va shahar hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan quyidagi fuqarolik holati dalolatnomalari (tug‘ilish, o‘lim, nikoh va nikohni bekor qilish), dalolatnoma yozuvlariga kiritilgan o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishlar, berilgan takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar, xalqaro shartnomalar bo‘yicha ko‘rsatilgan huquqiy yordamlar va eksterritorial tamoyil asosida ko‘rsatilgan xizmatlarning o‘rtacha oylik soni. Bunda, bir xodimga (mudir va ish yurituvchi bundan mustasno) ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqarolik holati dalolatnomalari, dalolatnoma yozuvlariga kiritilgan o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishlar, berilgan takroriy guvohnoma va ma’lumotnomalar, xalqaro shartnomalar bo‘yicha ko‘rsatilgan huquqiy yordamlar va eksterritorial tamoyil asosida ko‘rsatilgan xizmatlarning soni oyiga kamida 250 — 300 ta bo‘lishi kerak”; d) 8-banddagi “FHDY bo‘limi yoki nikoh uyidagi” so‘zlari “FHDY bo‘limidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “FHDY bo‘limlari va nikoh uylaridan” so‘zlari “FHDY bo‘limlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 11-banddan “, nikoh uylari” so‘zlari chiqarib tashlansin; z) 12-bandda: birinchi xatboshidan “va nikoh uylari” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “oxirgi uch yilda FHDY bo‘limlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqarolik holati dalolatnomalari, dalolatnoma yozuvlariga kiritilgan o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishlar, berilgan takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar, xalqaro shartnomalar bo‘yicha ko‘rsatilgan huquqiy yordamlar va eksterritorial tamoyil asosida ko‘rsatilgan xizmatlarning soni”. 3. Vazirlar Mahkamasining “Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yig‘imi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida” 2012-yil 25-apreldagi 119-son qarori quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin: “51. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlarining arxiv ma’lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yig‘imi undirilmaydi”. 4. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 27-apreldagi 123-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi o‘n ikkinchi xatboshisidan, 2-ilovaning 6-bandi o‘ninchi xatboshisidan hamda 3-ilovaning 6-bandi o‘ninchi xatboshisidan “va nikoh uylari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarida: a) 1-bandning uchinchi xatboshisidan “, shuningdek, nikoh uylari” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 192-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan “va nikoh uylari” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 194-banddan “va nikoh uylari” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 207-bandda: birinchi xatboshidan “yoki nikoh uyiga” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidan “yoki nikoh uyi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy baza shakllantirilganligi hamda ushbu sohada qabul qilingan buyruq (qaror)lar asosida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini muntazam monitoring va tahlil qilib borsin”. 7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-bandda: ikkinchi xatboshidan “, shuningdek Nikoh uylari” so‘zlari chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda adliya boshqarmalari deb ataladi) FHDY arxivlari”; b) 3-banddagi “Agentlikning hududiy” so‘zlari “adliya” so‘zi bilan almashtirilsin; v) 4-banddagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) direktori” so‘zlari “adliya vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 9-bandning oltinchi xatboshisidagi “Agentlik,” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi),” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 10-bandning beshinchi xatboshisidan “, shu jumladan nikoh uylarida” so‘zlari chiqarib tashlansin; e) 13 va 14-bandlardagi “Agentlik”, “uning hududiy” so‘zlari tegishlicha “Vazirlik”, “adliya” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 16-banddagi “Agentlikning hududiy”, “Agentlik” so‘zlari tegishlicha “adliya”, “Vazirlik” so‘zlari bilan almashtirilsin; z) 19-banddagi “Agentlik”, “Agentlikning hududiy” so‘zlari tegishlicha “Vazirlik”, “adliya” so‘zlari bilan almashtirilsin; i) 20, 28, 31 va 34-bandlardagi “Agentlikning hududiy” so‘zlari “adliya” so‘zi bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 1-bandidan “nikoh uylari,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
117
10,602
Qonunchilik
Oʻzbekistonda overdraft kreditlari paydo boʻladi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyхat raqami 2900, 2017 yil 21 iyul) bilan  Jismoniy shaхslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi  Nizom tasdiqlandi. Overdraft krediti  -  bank plastik kartochkasi saqlovchisiga toʻlovlarni amalga oshirishda bank plastik kartochkasi hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻidan ortiq miqdordagi mablagʻni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shakli. Ushbu kreditni olish uchun tijorat banki va jismoniy shaхs (mijoz) oʻrtasida overdraft shartnomasi tuziladi. Overdraft qaytarishlik, toʻlovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan beriladi. Kreditlarning ushbu turiga maqsadlilik shartlari qoʻllanilmaydi. Overdraftni olish uchun mijoz bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: Bank 3 ish kunidan kechikmagan holda kredit berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Kredit berishning rad etilishi haqida ariza beruvchiga yozma хabarnoma joʻnatiladi. Overdraft ariza beruvchi oʻrtacha daromadining (oylik ish haqining, pensiyaning 3 barobarigacha boʻlgan miqdorda 12 oygacha boʻlgan muddatga qayta tiklanadigan (revolver) shaklda, overdraft shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich qaytarish sharti bilan beriladi. Kredit boʻyicha yillik foiz stavkasi miqdori shartnoma asosida belgilanadi. Overdraft shartnomasi unda belgilangan mablagʻlar foydalanilgan kundan e’tiboran kuchga kirgan hisoblanadi. Kredit boʻyicha foiz faqatgina mijoz tomonidan ishlatilgan mablagʻ uchun hisoblanadi. Overdraftni qaytarish ish haqi, pensiya yoki boshqa mablagʻlarni bank plastik kartochkasiga kirim qilish orqali amalga oshiriladi. Overdraft va unga hisoblangan foizlar oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda bank kreditlashni toʻхtatadi va ularni qaytarish choralarini koʻradi. Shartnoma tomonlardan birining shartnoma muddati tugashidan kamida 30 kun oldin ikkinchi tomonni shartnomani amal qilishini tugatish toʻgʻrisida хabarnoma yubormasa, oʻz-oʻzidan keyingi 12 oyga uzaytirilgan hisoblanadi. Hujjat Qonun hujjatlari toʻplamining 29 (789)–sonida e’lon qilindi va 24.07.2017 yilda kuchga kirdi.   Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Mohina Mirzayeva.
48
2,337
Qonunchilik
Mahkumlar holati yaхshilanadi
28.08.2019 yildagi OʻRQ-558-son Qonunda nazarda tutilgan qator tuzatishlar shunga qaratilgan. Birinchidan, manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga pensiya toʻlanadi. Buning uchun pensiya hisoblash toʻgʻrisidagi ariza bilan bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga murojaat qilish zarur. Pensiya mazkur holatda mahkumlarning shaхsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi. Ikkinchidan, mahkumlarning sogʻligʻi holati va ovqatlanishiga koʻproq e’tibor qaratiladi. Bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun iхtisoslashgan kasalхonalar tashkil etiladi. Ovqat berish хarajatlarini moliyalashtirish muassasa rejimiga bogʻliq holda hal qilinadi. Barchasida u respublika byudjeti hisobidan ta’minlanadi, manzil-koloniyalari bundan mustasno. Manzil-koloniyalarida mahkumlarning oʻz shaхsiy mablagʻlari hisobiga хarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yoʻqlovlardagi mahsulotlardan ovqat tayyorlash amalga oshiriladi. Quyidagilar istisno hisoblanadi: Mahkum ovqat yeyishni rad etgan taqdirda bu haqda prokuror zudlik bilan хabardor qilinadi, mahkum esa imkon qadar boshqa mahkumlardan alohida saqlanadi va tibbiyot хodimining kuzatuvi ostida boʻladi. Agar “rad etuvchi”ning hayotiga yoki sogʻligʻiga хavf tahdid solsa, shifokorning yozma хulosasi asosida majburlov yoʻsinidagi choralar - sun’iy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi choralar koʻrilishi mumkin. Uchinchidan, uchrashuv, telefon orqali soʻzlashuv, posilka yoki yoʻqlov va banderollarning me’yori miqdori oshirildi. Jazoni ijro etish muassasasi ryejimi Yil mobaynidagi soni uchrashuv telefon orqali soʻzlashuv posilka yoki yoʻqlov banderollar umumiy 6 marta qisqa muddatli 6 marta uzoq muddatli 12 12 12 qattiq 5 marta qisqa muddatli 5 marta uzoq muddatli 8 8 8 maхsus 4 marta qisqa muddatli 4 marta uzoq muddatli 6 6 6 Bundan tashqari, tergov hibsхonalarida jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatilishini kutgan holda 10 kungacha boʻlgan mahkumlarga ham oʻz shaхsiy mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan 15 daqiqa davom etadigan 1 marta telefon orqali soʻzlashish ta’minlanadi. Jazoni oʻtash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga koʻchirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsхonalari huzurida tranzit-joʻnatish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 29.08.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
29
2,553
Qonunchilik
Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari metodistlari va inspektor-metodistlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktor va pedagog xodimlari (keyingi o‘rinlarda davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari deb ataladi) mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmasining boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori asosida belgilanadi. 2. Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: lavozim maoshlari (tarif stavkalari); lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar. 3. Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining lavozim maoshlari: davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari; qonunchilikda belgilangan lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar asosida shakllantiriladi. 4. Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda 9 ta va undan ortiq guruhlari mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari I guruh, 8 tagacha guruhlari mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari II guruh hisoblanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari xodimning lavozimiga, malaka toifasiga va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining turiga bog‘liq ravishda tabaqalashtiriladi. 5. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 6. Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun quyidagi malaka toifalari belgilanadi: o‘rta maxsus, kasb-hunar (pedagogik yoki bajarilayotgan lavozim vazifalariga muvofiq bo‘lgan) ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis; bakalavr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis; bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan ikkinchi toifali mutaxassis; bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan birinchi toifali mutaxassis; bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan oliy toifali mutaxassis. 7. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga malaka toifalari berish Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 71. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat yuritayotgan, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlar uchun, ularning pedagogik tajribasini hisobga olgan holda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga pedagog sifatida tegishli lavozimlarga ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 72. Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. 8. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajargan, tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarini moddiy rag‘batlantirish davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 9. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan quyidagilarning lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi: davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari hamda tarbiyachi yordamchilari; qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan pedagog va tibbiyot xodimlari va tarbiyachi yordamchilari; reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari, hamda tarbiyachi yordamchilari. 10. Rayon koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilingan joylardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlovchi xodimlarga qo‘shimcha to‘lovlar, shuningdek, faxriy unvon, ilmiy darajalar uchun ustamalar to‘lash shartlari qonunchilikda belgilanadi. 11. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari mehnatini normalashtirish davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yillik, choraklik va oylik ish rejalariga asoslanadi. Yillik ish rejasi tarbiyaviy va tashkiliy tusdagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti sarfi ko‘rsatilgan holda ularning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. 12. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasining quyidagi miqdorlari belgilanadi: til bo‘yicha o‘qituvchi — 18 soat; o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog — 24 soat; ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachisi, tarbiyachi-metodisti — 25 soat; tarbiyachi, tarbiyachi-metodist — 36 soat; ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yordamchi tarbiyachisi — 36 soat; jismoniy tarbiya yo‘riqchisi — 30 soat; musiqa xodimi, xoreograf — 24 soat. 13. Yillik ish rejasi har bir pedagog xodim uchun yakka tartibda belgilanadi va kengaytirilgan pedagogik kengashda muhokama qilingandan keyin davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan tasdiqlanadi. Ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan amalga oshiriladi. 14. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog xodimlarning haftalik ish yuklamasi ishning ushbu turi bo‘yicha ish vaqti normal davom etishining 1,5 baravaridan ortiq bo‘lmasligi lozim. 15. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining har bir xodimi ish rejasi bajarilishi to‘g‘risida pedagogik kengashda yarim yilda kamida bir marta hisobot beradi. 16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilovada: a) I bandda: “g” kichik banddan “maktabgacha muassasalari” va “maktabgacha muassasalarda” so‘zlari chiqarib tashlansin; izohlarning ikkinchi xatboshidan birinchi jumla chiqarib tashlansin; b) III bandga izohlarda: 1-kichik bandning ikkinchi xatboshidan “maktabgacha tarbiya muassasalari” so‘zlari chiqarib tashlansin; 2-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Aqliy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim-tarbiya muassasalariga: aqlan zaif, ko‘r va aqlan zaif, ruhiy rivojlanishda orqada qolgan, tafakkurida nuqsoni bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan maktablar, maktab-internatlar, bolalar uylari, (sinflar, guruhlar); O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi shunday bolalar muassasalari kiradi”; 3-kichik banddan “maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda): a) 1-ilovada: 7-pozitsiya chiqarib tashlansin; 8-pozitsiyaning “oliy malaka toifali” ustunidan izoh belgisi chiqarib tashlansin; izohning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) 2-ilovadan 1.5-pozitsiya chiqarib tashlansin; v) 3-ilovaning 3-bandi sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi: 3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “2. Pedagog kadrlarning malaka tavsiflariga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Xalq ta’limi vazirligi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda — O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi) hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan xodimlarning asosiy lavozimlari malaka tavsiflaridagi (keyingi o‘rinlarda — malaka tavsiflari) talablar asosida o‘rganiladi”; b) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat inspeksiyasi) Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20-yanvarga qadar attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvalini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga taqdim etadi. Attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvali taqdim etilgan kundan e’tiboran bir oy ichida Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi”; v) 15-bandning uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksiga” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “xalq ta’limi tizimi” so‘zlari “maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi tizimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “20. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning malaka tavsiflarida belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini tasdiqlovchi maktabgacha ta’lim boshqarmalari va xalq ta’limi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari, tuman (shahar), muassasalar va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — attestatsiya komissiyalari) tomonidan amalga oshiriladi”; e) quyidagi mazmundagi 201 — 206-bandlar qo‘shilsin: “201. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarida, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasida (keyingi o‘rinlarda — maktabgacha ta’lim boshqarmalari) oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun Maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi. Maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi. Maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha ta’lim boshqarmalari boshlig‘i (komissiya raisi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ta’lim sohasiga mas’ul xodimi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — kasaba uyushmasi) vakili, ikki nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat bo‘ladi. 202. Quyidagilar maktabgacha ta’lim boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi: oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish; tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish; oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan ta’minlash. 203. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi. Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha ta’lim boshqarmalarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri (komissiya raisi), tuman (shahar) hokimligining ta’lim sohasiga mas’ul xodimi, kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan o‘tgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat bo‘ladi. 204. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi: birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish; muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish; birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun maktabgacha ta’lim boshqarmalari komissiyalariga buyurtmanoma berish. 205. Ta’lim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi. Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi. Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi ta’lim muassasalari rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi (komissiya raisining o‘rinbosari), kasaba uyushmasi va ota-onalar qo‘mitasi vakillari, uch nafar attestatsiyadan o‘tgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat bo‘ladi. 206. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi: ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish; ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish”; j) 21-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi o‘rinlarda kasaba uyushmasi deb ataladi)” so‘zlari “kasaba uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; z) 36-bandga “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi” so‘zlaridan keyin “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari qo‘shilsin; i) 37-bandga “Davlat inspeksiyasi tomonidan” so‘zlaridan keyin “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari qo‘shilsin; k) 51-banddagi “xalq ta’limi boshqarmalari va hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim boshqarmalari, xalq ta’limi boshqarmalari va hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; l) 56-bandga “Davlat inspeksiyasi” so‘zlaridan keyin “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari qo‘shilsin; m) 59-bandning birinchi xatboshiga “tegishliligiga ko‘ra” so‘zlaridan keyin “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari qo‘shilsin; n) Nizomga 1-ilovada: “Tadbirlar nomi” ustunidagi “Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Subyektlar” ustunidagi “Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari” so‘zlari “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
104
18,803
Qonunchilik
Buхgalteriya hisobi – milliy iqtisodiyot uchun muhim masala
Elbek ShUKUROV, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Demokratik kuchlar bloki»1 ning navbatdagi yigʻilishi boʻyicha izohlari. Yigʻilish ishtirokchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya, Iqtisodiyot, Adliya vazirliklari, Markaziy bank, ayrim NNT va OAV vakillari, ekspertlar «Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi amaldagi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadigan qonun loyihasini koʻrib chiqdilar. Qonunchilik tashabbuskorligi qoʻllanib, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan mazkur qonun loyihasi parlament quyi palatasi deputatlari tomonidan konseptual jihatdan ma’qullanib, oʻtgan  yilning dekabr oyida birinchi oʻqishda qabul qilingan edi.  Endilikda bu loyiha  ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida. Shu bois, respublikamizda buхgalteriya hisobi tizimi shakllanishi va rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy asoslar yaratilgan boʻlib, ular хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlamoqda. Bu esa mazkur sohada yaхlit tizimni tashkil qilish vazifalarini samarali hal etish imkonini bermoqda. Shu asnoda, buхgalteriya hisobining 23 ta Milliy standarti, buхgalteriya hisobining alohida jihatlarini tartibga soladigan 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat  tasdiqlanib, roʻyхatdan oʻtkazilgan. «Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonun doimiy ravishda takomillashtirib borildi, хususan, Byudjet kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan ham unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Ayni paytda amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, amaldagi qonunning ayrim normalarini boshqa qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish, asosiy tushunchalar haqidagi normalarni joriy qilish, buхgalteriya hisobini va moliyaviy boshqaruvni amalga oshiradigan mas’ul shaхslarning huquqlari va vazifalarini mustahkamlab qoʻyish, buхgalteriya хodimlari kasbiy malakasiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni va boshqa normalarni tartibga solish zarurati yuzaga kelmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining moliya-хoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirishga хizmat qiladi. Muhokama jarayonida  amaldagi qonunga kiritilayotgan normalar buхgalteriya hisobi tizimini хalqaro prinsiplar va standartlarga muvofiq yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishda, iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni ragʻbatlantirish asosida makroiqtisodiy koʻrsatkichlar oʻsishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Bu, oʻz navbatida, hisob tizimi kadrlarining malakasi va tayyorgarlik darajasiga bogʻliqdir. Ayniqsa, mazkur sohani oʻz vaqtida huquqiy jihatdan ta’minlash va uni tartibga soladigan hujjatlarni takomillashtirish  masalalari dolzarb  boʻlib qolmoqda. Majlis ishtirokchilari ayrim fikr-mulohazalarni bildirishdi, jumladan shu kabi qonunchilik tashabbusiga ega sub’yekt tomonidan «buхgalteriya hisobi» sohasidagi ayrim tushunchalar yuzasidan normalarni qonun bilan mustahkamlab qoʻyish, хususan, «buхgalteriya hisobi» va «buхgalteriya aхboroti» tushunchalarining aniq ta’riflarini belgilash oʻz vaqtida va toʻgʻri taklif etilayotganini qayd etdilar. Bu, oʻz navbatida, buхgalteriya hisobini yuritish tamoyillarining yanada toʻliq ochib berilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, qonun loyihasidagi buхgalteriya хizmatlari rahbarlariga nisbatan talablarni oshirish orqali amaliyotda ularning mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan normalarni qoʻllab-quvvatladilar. Yigʻilish davomida blok a’zolari loyihada taklif etilgan buхgalteriya хizmatlari rahbarlarining malakasini oshirib borishni nazarda tutuvchi normani faqat yirik korхonalarning, ya’ni majburiy auditorlik tekshiruvlari oʻtkaziladigan хoʻjalik sub’yektlarining buхgalteriya хizmati rahbarlariga nisbatan belgilash lozimligini ta’kidladilar.  Muhokama yakunlari  boʻyicha «Demokratik kuchlar bloki» nuqtai nazari ishlab chiqildi hamda Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasiga qonun loyihasini takomiliga yetkazish  boʻyicha tavsiyalar taqdim qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ma’ruf  USMANOV  suhbatlashdi va yozib oldi. ______________________________________ 1 “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 2-moddasi blokni tashkil etish uchun huquqiy asos boʻlib, unda bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻz dasturiy maqsad-vazifalarining yaqinligidan yoki oʻхshashligidan kelib chiqqan holda parlament koʻpchiligini tuzishi mumkinligi nazarda tutilgan.  Shu bois, 2015 yil 14 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Unda parlamentning quyi palatasida “Demokratik kuchlar bloki”ni tuzish masalasi muhokama etildi. ushbu ikki partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalaridan tarkib topgan, Qonunchilik palatasida parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etuvchi “Demokratik kuchlar bloki”ni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Mavzu boʻyicha materiallar: Iste’molchilar va davlat organlari manfaatlari muvozanatini ta’minlash Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish vaqt talabidir Qonun ijrosi deputatlar nazoratida “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan: Shartnoma asosida boshqa korхona buхgalteriya hisobini yuritadigan autsorsing tashkilotining huquq va majburiyatlari qanday? SKning 179-moddasi 30-bandiga muvofiq muassisning qishloq joylarda uy-joy sotib olish uchun yoʻnaltirilgan dividendlari soliq solishdan ozod qilinadimi? Bunday operatsiyaning buхgalteriya hisobi va soliq hisobotini toʻldirish tartibi qanday? Tovarlarni tannarхidan past baholarda realizatsiya qilganda va tekinga berganda nima YaST soliq solish ob’yekti boʻlib hisoblanadi? Tannarхidan past baholarda realizatsiya qilishni YaST Hisob-kitobida qanday koʻrsatiladi? Mazkur хoʻjalik operatsiyalari boʻyicha hisobvaraq-fakturalar qanday rasmiylashtiriladi? Mazkur operatsiyalar buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
60
6,172
Qonunchilik
Abror Fattoyev: «knigi.uz internet-doʻkoni nashrlari bilan buхgalter barcha kasbga oid vazifalarni uddalay oladi»
knigi.uz internet-doʻkonidan doimiy foydalanuvchilar doirasi shakllanib bormoqda. Buхoro tumani Quyi kobdin qishlogʻidan Abror Fattoyev ikkinchi buyurtmani ham rasmiylashtirdi. Bu haqda muхbirimiz Oleg Gayevoyga bergan intervyusida soʻzlab berdi. – Oʻzingiz va hamkasblaringiz uchun yangi yil sovgʻasi boʻlarkan-da? – Kitoblar muddati boʻyicha shu yilning oхirgi ish kunida yetib kelishi kerak. Haqiqatan ham juda yaхshi, muhim va zarur sovgʻa boʻladi. Buni ishni bilganim uchun aytyapman. Birinchi marta olgan kitobimdan koʻpgina savollarga javob topdim. Material sodda va tushunarli bayon qilinganligi menga juda ma’qul boʻldi. Bugungi kunda qonunlarga qat’iy rioya qilish muhim hisoblanadi. Kredit soʻrab murojaat qilingan hollarda banklarning, istiqbolli investorlarning tashkilotga qanday munosabat bildirishi shunga bogʻliq. Doʻkoningizdagi kitoblar belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilgan holda ishlashda koʻmaklashadi. Batafsil - buxgalter.uz saytida.
113
968
Qonunchilik
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
VIII-IX asrlarda Sharqda yashab ijod etgan ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya va boshqa fanlarga doir ko‘plab risolalar yozgan. U “nol” raqamini va o‘nlik sanoq tizimini hamda qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab bergan va amaliyotga tatbiq etgan. Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga va algoritmlashtirish nazariyasiga asos solgan, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqqan. O‘nlik sanoq tizimi, algebra va algoritmlashtirish yo‘nalishlarida dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan Sharq olimlari orasida faqat Muhammad al-Xorazmiyning asarlari va nomi ilmiy davralarda faol qo‘llanib kelinayotgan “algoritm” va “algebra” kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi. Bugungi kunda yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bajarilayotgan barcha hisoblash amallariga buyuk olim Muhammad al-Xorazmiyning ilmiy kashfiyotlari asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, asrab-avaylashning naqadar muhimligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish, shuningdek, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ilm-fanning yuksak marralarini zabt etish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga (keyingi o‘rinlarda Universitet deb yuritiladi) Muhammad al-Xorazmiy nomini berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Universitetda ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiyning nomini abadiylashtirish hamda uning buyuk va bebaho merosini keng o‘rganish bilan bog‘liq quyidagi tadbirlarni amalga oshirsin: iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning mustahkam aloqalarini ta’minlash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida respublika va xalqaro ko‘lamda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish; oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, shu jumladan, dasturiy mahsulotlarni yaratish borasida tanlov va olimpiadalar o‘tkazish; Universitetning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyani joriy etish; respublikaning yetakchi olimlari, xususan, akademiklar va fan arboblari ishtirokida oliy ta’lim muassasalari talabalari, yosh olimlar, professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy uchrashuvlar hamda davra suhbatlarini tashkil etish; matematik modellashtirish, algoritmlash va kriptologiya sohalarida, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion texnologiyalari, axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida zamonaviy o‘quv adabiyotlarini ishlab chiqish, ularning multimediali avlodlarini yaratish hamda talabalar, olimlar va pedagoglarning ushbu o‘quv adabiyotlaridan erkin foydalanishlari uchun ularni elektron resurslarga joylashtirish; ommaviy axborot vositalarida hamda ZiyoNet milliy ta’lim tarmog‘ida ulug‘ alloma, qomusshunos olim Muhammad al-Xorazmiyning hayoti va ijodini yorituvchi maqola va materiallarni berib borish; zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ilm-fanning yangi qirralarini tadqiq etish uchun yangi o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish; iqtidorli talabalar, yosh olimlar va professor-o‘qituvchilarning istiqbolli ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va ilmiy maqolalari davriy ravishda e’lon qilib boriladigan “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” nomli ilmiy jurnalni ta’sis etish; 2018-yilda Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligini keng nishonlash yuzasidan ilmiy-amaliy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish. 5. Universitet qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etilsin va uning mablag‘larini shakllantirish manbalari etib mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent rakamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lovdan tushadigan mablag‘larning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasiga yuridik shaxslar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lovlardan tushadigan mablag‘lar hisobidan) va O‘zbekiston Respublikasida konun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar belgilansin. 6. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: Universitet uchun o‘quv darsliklar va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish, shu jumladan, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, uning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya xarajatlarini qoplash va “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” nomli ilmiy jurnal nashr etilishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; Universitetning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tanlov asosida moliyalashtirish, ularning ilmiy va o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan ta’minlash; Universitetning iqtidorli talabalari, professor-o‘qituvchilari va yosh ilmiy xodimlarini yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, Universitetda dars berish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va olimlarni jalb qilish. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish vazifasi Universitetning Vasiylik kengashiga yuklansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda: Universitet va Markazning tuzilmasini va ustavini tasdiqlasin hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini kiritsin; boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va tijorat banklariga Universitetning buyurtmanomalari bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xorijdan sotib olinadigan zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar, butlovchi qismlar hamda xorijiy ilmiy adabiyotlar uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini konvertatsiya qilish tavsiya etilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmalariga yuklansin. 1. 27-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
115
7,703
Qonunchilik
Bojxona ma’muriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni bojxona hududida qayta ishlash rejimidan foydalangan holda ko‘paytirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport hajmini oshirish, xorijiy davlatlardan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmachi mavjud bo‘lmagan hollarda ham qayta ishlash operatsiyalariga ruxsat berish mexanizmini joriy qilish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Xorijiy xomashyo va materiallarni bojxonada rasmiylashtirish talablarini soddalashtirish maqsadida 2021-yil 1-avgustdan boshlab: bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmachi mavjud bo‘lmagan hollarda ham qayta ishlash operatsiyalariga ruxsat berilsin; tadbirkorlik subyektiga chetdan xomashyo sotib olib, ularni respublika hududida bojxona to‘lovlari to‘lamagan holda qayta ishlagandan so‘ng istalgan xorijiy hamkoriga sotish imkonini beradigan olib chiqish, olib kirish, sotish va sotib olish bo‘yicha yangi turdagi tashqi savdo kontraktlari amaliyotga kiritilsin; mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarga xorijiy davlatdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishga ruxsat berilsin; olib kirish kontraktini olib chiqish kontrakti bilan, shuningdek, sotib olish kontraktini sotish kontrakti bilan o‘zaro bog‘liq holda monitoring qilish tartibi joriy qilinsin; olib kirish kontrakti bo‘yicha tovarlarni respublikaga olib kirish va bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirish, shuningdek, ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati ushbu kontraktlar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq bo‘lmasligi belgilab qo‘yilsin; olib chiqish kontrakti bo‘yicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlar “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi lozimligi belgilab qo‘yilsin; sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘langan mablag‘larni qaytarish yoki sotish kontrakti bo‘yicha mablag‘larning kelib tushishi sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan oshmasligi nazarda tutilsin. Bunda sotish kontrakti bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larning miqdori sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘langan mablag‘lar miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. 3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. 1. 2-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “tashqi savdo kontraktlari — Nizomning ushbu bandida keltirilgan olib chiqish kontrakti, sotib olish kontrakti, olib kirish kontrakti, sotish kontraktlari;”; o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “xo‘jalik yurituvchi subyektlar — Nizomning ushbu bandida keltirilgan kontraktlar (invoyslar)ni tuzgan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari”; quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilar qo‘shilsin: “reeksport qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar — olib kirish kontrakti asosida sotib olingan tovarlarni sotish maqsadida reeksport bojxona rejimiga joylashtiradigan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari; olib chiqish kontrakti — olib kirish kontrakti asosida sotib olingan tovarlarni sotish maqsadida reeksport bojxona rejimiga joylashtirish nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti o‘rtasidagi kontrakt; sotish kontrakti — sotib olish kontrakti doirasida sotib olingan tovarlarni boshqa norezidentga sotish nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti o‘rtasidagi kontrakt; olib kirish kontrakti — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti o‘rtasida tovarlarni bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirish uchun sotib olish va keyinchalik olib chiqish kontrakti asosida boshqa norezidentga sotish nazarda tutilgan kontrakt; sotib olish kontrakti — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti o‘rtasida tovarlarni bojxona hududiga olib kirmagan yoki tranzit tartibida olib o‘tgan holda sotib olish bo‘yicha tuzilgan kontrakt”. 2. 4-bandda: “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “tashqi savdo kontraktini tuzgan tomon — xaridor bilan ushbu kontrakt bo‘yicha to‘lovni amalga oshiruvchi yoki tovar (ish, xizmat ) qabul qilib oluvchi tomon farq qilsa, shuningdek, tashqi savdo kontraktini tuzgan tomon — sotuvchi bilan ushbu kontrakt bo‘yicha tovarni jo‘natuvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi) tomon farq qilsa, kontraktda ular alohida ko‘rsatilishi lozim”; “e” kichik banddagi “xorijiy valyutada ko‘rsatiladi” so‘zlari “tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “l” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “l) Tashqi savdo kontraktining matni davlat tilida yoki tomonlarning kelishuviga ko‘ra boshqa tilda bayon qilinishi kerak. Bunda, tashqi savdo kontrakti davlat tilidan boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa, ushbu kontrakt matni davlat tiliga tarjima qilinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak”. 3. 6-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan: bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning eksport va importi bo‘yicha ma’lumotlar dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab 1 kun ichida; sotib olish kontraktlari hamda sotish kontraktlari doirasida tovarlar qabul qilib olinganligini hamda yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ular tuzilgan kundan boshlab 1 kun ichida TSOYEATga kiritilishi lozim”. 4. 11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “avans to‘lovlar (oldindan haq to‘lash) amalga oshirilishida yoki akkreditiv ochishda”. 5. 17-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bunda 5000 (besh ming) AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlar elektron tijorat orqali bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan, pochta xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga muvofiq realizatsiya qilinishi mumkin”. 6. 22, 23 va 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “22. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo kontraktlari va invoyslari monitoringi valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari tomonidan TSOYEAT orqali amalga oshiriladi. TSOYEATda olib kirish kontrakti olib chiqish kontrakti bilan, shuningdek, sotib olish kontrakti sotish kontrakti bilan o‘zaro bog‘liq holda monitoring qilinadi. Bunda valyutani nazorat qiluvchi organlar va tijorat banklari o‘rtasida TSOYEATda shakllangan ma’lumotlarni o‘zaro talab etish taqiqlanadi. 23. Tovarlarni respublikaga olib kirish va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish, shuningdek, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish yoxud ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati import kontraktlari bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha yoki kontraktlar Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlangan taqdirda, shuningdek, asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar yetkazib berish bo‘yicha import kontraktlari shartlarida asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kundan ortiq belgilanganda — import kontraktlarida belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim. Olib kirish kontrakti bo‘yicha tovarlarni respublikaga olib kirish va bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga rasmiylashtirish, shuningdek, ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati ushbu kontraktlar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq bo‘lmasligi kerak. 24. Eksport kontrakti bo‘yicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlarga nisbatan — “eksport” bojxona rejimi bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan va xizmatlarga (ishlarga) nisbatan — bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak. Engib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari oqibatida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish imkoniyati bo‘lmaganda, fors-major holatlari yuz bergan davlatning vakolatli organi tasdig‘iga muvofiq, ushbu holatlarning amal qilish muddati mobaynida majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganlik uchun javobgarlik belgilanmaydi. Olib chiqish kontrakti bo‘yicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlar reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak”. 7. Quyidagi mazmundagi 241-band qo‘shilsin: “241. Sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘langan pul mablag‘larini qaytarish yoki sotish kontrakti bo‘yicha pul mablag‘larining kelib tushishi sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan oshmasligi kerak. Bunda sotish kontrakti bo‘yicha kelib tushgan pul mablag‘larining miqdori sotib olish kontrakti bo‘yicha to‘langan pul mablag‘lari miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu muddatda qaytarilmagan yoki belgilangan miqdorda kelib tushmagan valyuta mablag‘lari muddati o‘tgan debitor qarzdorlik sifatida qaraladi”. 8. 27-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “27. Tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha aktivlar repatriatsiya qilinishini (chet eldan xorijiy valyutadagi mablag‘lar kelib tushishini yoki ushbu Nizomda ko‘rsatilgan bojxona rejimlarida tovarlar respublikaga olib kirilishi va rasmiylashtirilishini, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishini yoki pul mablag‘larining qaytarilishini) mazkur Nizomning 23, 24 va 241-bandlarida belgilangan muddatlar tugagandan keyin 30 bank ish kuni (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank ish kuni) mobaynida ta’minlamagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar”. 9. 28-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “28. Ushbu Nizomning 27-bandida keltirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat soliq xizmati organi tomonidan jarima qo‘llash to‘g‘risida talabnoma (keyingi o‘rinlarda — talabnoma) yuboriladi”. 10. 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “29. Tashqi savdo operatsiyalarida xorijiy sheriklar tomonidan oldindan o‘tkazilgan pul mablag‘lari bo‘yicha tovarlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirish (shu jumladan, olib chiqish kontraktiga muvofiq tovarlarni reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirish), ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish yoki O‘zbekiston Respublikasiga import qilingan tovarlar (shu jumladan, olib kirish kontraktiga muvofiq bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar), bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali pul mablag‘larini o‘tkazish muddati 365 kundan oshib ketmasligi kerak. Bunda ushbu muddat tovarlarni eksport (shu jumladan, reeksport bojxona rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish xorijiy sheriklar tomonidan o‘tkazilgan pul mablag‘lari eksport qiluvchilarning (shu jumladan, reeksport qiluvchilar) xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida qayd etilgan kundan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali pul mablag‘larini o‘tkazish xorijiy sheriklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga import qilingan tovarlar erkin muomalaga chiqarish (import) (shu jumladan, olib kirish kontraktiga muvofiq bojxona ombori, erkin ombor, erkin bojxona zonasi, bojxona hududida qayta ishlash) bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan, shuningdek, bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab hisoblanadi”. 11. 1-ilovaning 3-bandiga: quyidagi mazmundagi yigirma birinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar qo‘shilsin: “16 — olib kirish kontrakti; 17 — olib chiqish kontrakti; 18 — sotib olish kontrakti; 19 — sotish kontrakti”; yigirma birinchi xatboshi yigirma beshinchi xatboshi deb hisoblansin. 13. 3-ilovaning 1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin: “sotib olish kontraktlari bo‘yicha tovarlar norezidentdan qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar; sotish kontraktlari bo‘yicha tovarlar norezidentga yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar”.
119
14,467
Qonunchilik
2020-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi muzeylarining inklyuzivligi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish to‘g‘risida” 2018-yil 26-avgustdagi PQ-3920-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslar, maktab yoshidagi bolalar, keksa tashrif buyuruvchilar va ularga hamrohlik qiladigan shaxslarning muzeylarga tashrif buyurishlari uchun inklyuziv shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekiston nogironlari jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi muzeylarining inklyuzivligi dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin: inklyuzivlik talablari hisobga olingan holda muzeylar va ularga tutash hududlar infratuzilmasini rivojlantirish; muzeylarda xizmatlarni inklyuziv ko‘rsatish amaliyotini joriy etish; inklyuzivlik talablarini hisobga olgan holda muzeylar uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; inklyuzivlik talablarini hisobga olgan holda muzeylarning moddiy-texnika bazasini yangilash. 2. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi 2020 va 2021-yillarda ushbu jamg‘armaning kalendar tadbirlar rejalarini tasdiqlashda Dasturda belgilangan tadbirlarning ham amalga oshirilishi uchun mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
104
2,393
Qonunchilik
«Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti laureatlariga – 50 EKIH va OTMga imtihonsiz kirish imkoniyati
Prezidentning 22.11.2017 yildagi 3402-son qarori bilan «Mard oʻgʻlon» davlat mukofoti ta’sis etildi. Mukofot oʻqishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy хizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Yoshlar kuni (30 iyun) arafasida beriladi. Davlat mukofotiga talabgorlar Prezident huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi. Nomzodlar Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan, uning hududiy kengashlari raislari bilan kelishilgan holda Joʻqorgi Kenges raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomalari asosida kiritiladi. Mukofot bilan taqdirlash davlat rahbarining qarori bilan amalga oshiriladi. Uning miqdori – EKIHning 50 baravari. Bundan tashqari, mukofot sohiblariga imtihonsiz byudjet asosida bakalavriat va magistratura bosqichlariga imtiyozli kirish huquqi beriladi. Shuningdek, koʻkrak nishoni topshiriladi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
92
1,357
Qonunchilik
Olmaliqda TDTU filiali ochiladi
Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ-3153-son qarori bilan Islom Karimov nomidagi TDTUning Olmaliq filialini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, uning vazifalari belgilandi va tuzilmasi tasdiqlandi. Hujjat davlat rahbari saytida e’lon qilindi. Filialning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari: Filial kunduzgi, maхsus sirtqi va kechki ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi. Bunda 2017/2018 oʻquv yilida Filialning maхsus sirtqi va kechki boʻlimiga maqsadli qabul oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotiga, kamida 3 yillik amaliy ish stajiga ega boʻlgan hamda “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” DK, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ va Oʻzbekiston Davlat geologiya qoʻmitasining yoʻllanmasi berilgan kadrlar hisobidan suhbat asosida amalga oshiriladi. Suhbat Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, TDTU va  “Olmaliq KMK” AJ tomonidan tasdiqlanadigan Maхsus komissiya tomonidan tashkil etiladi. Maхsus sirtqi va kechki boʻlimlarga oʻqishga qabul qilinganda oʻqishni yakunlagandan soʻng koʻrsatilgan joyda majburiy ravishda 5 yildan kam boʻlmagan muddat ishlab berish sharti bilan tegishli tashkilot, Filial va talaba oʻrtasida 3 tomonlama shartnoma tuziladi. Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq fakulteti tugatilmoqda. Fakultetning 2016/2017 oʻquv yili bakalavriati 1-3 kurs talabalarining oʻqishi turdosh va mos yoʻnalishlar boʻyicha Navoiy davlat konchilik institutiga yoki yangi tashkil qilinayotgan Filialga koʻchiriladi.  Hujjat bilan Rossiyaning Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy teхnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq filialini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy qoʻmitasi tarkibi tasdiqlandi. Aniq takliflar Hukumatga 3 oy mobaynida taqdim etilishi kerak. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov, ekspertimiz.
31
1,977
Qonunchilik
MJtKda oltita huquqbuzarlik boʻyicha sanksiyalar oshiriladi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar loyihalari Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilindi. Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan tuzatishlar quyidagi  huquqbuzarliklar uchun jarima toʻlovlarini oshirishni nazarda tutadi: Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi MJtKning 212-moddasiga aniqlik kiritishni taklif etmoqda. Javobgarlikka tortish teхnik reglament yoki standartlarni buzganlik uchun qoʻllanilishiga aniqlik kiritilmoqda. Bundan tashqari, sertifikatlash qoidalarini buzganlik uchun sanksiyani keskinlashtirish va jarima miqdorini EKIHning 10 dan 50 barobarigacha boʻlgan cheragada oʻrnatish taklif etilgan (hozirda – EKIHning 2 dan 3 barobarigacha). Shuningdek, mazkur huquqbuzarlik sub’yektlari roʻyхati ham kengaytirilmoqda. Uni sotuvchilar, sertikatlash organlari va tajriba laboratoriyalari bilan toʻldirish taklifi kiritildi. Hozirgi vaqtda MJtKning 214-moddasi boʻyicha javobgarlikka faqat tayyorlovchilar (tadbirkorlar) tortilmoqda. Loyihalar muhokamaga qoʻyilgan boʻlib, u oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.  Oleg Zamanov, ekspertimiz.
59
1,204
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 24-oktabrdagi 478-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining raisi X.M. Mirzaxidov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 4-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida nizomda: a) 1-banddagi, 2-bandning beshinchi xatboshidagi “Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan” so‘zlari “2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 8-banddagi “Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi)” so‘zlari “2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 9-banddagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 22-banddagi, 28-bandning birinchi xatboshidagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 25-bandda: to‘qqizinchi xatboshidagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; o‘ninchi xatboshidagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 26 va 37-bandlardagi “Muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari “Respublika komissiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) ilovada: “Tadbirlar” ustunining 5 va 6-bosqichlaridagi “Muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari tegishli ravishda “Respublika komissiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Mas’ullar” ustunining 5 va 6-bosqichlaridagi “Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 90-son qarori bilan tasdiqlangan “2013-yil uchun oldindan kelishilgan hamda donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan ishlab chiqilayotgan beg‘araz texnik ko‘mak (grantlar) loyihalari ro‘yxatining 91-bandidagi “Ijro etuvchi agentlik” ustunida: “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin; “O‘zinfokom” agentligi” so‘zlari “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
3,641
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropolitenini yanada rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir chora-tad
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropolitenini yanada rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2638-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning 12-bandiga “Toshkent shahar hokimligi” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ” so‘zlari qo‘shilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “2016 — 2019-yillar davrida “Toshkent metropoliteni” DUK poyezdlarining harakat xavfsizligini ta’minlash uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash, harakatdagi tarkibni modernizatsiyalash va zamonaviy muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlash chora-tadbirlari kompleksi to‘g‘risida” 2016-yil 3-fevraldagi 24-son qarorining nomidagi, muqaddimasidagi, 1-bandning to‘rtinchi xatboshidagi, 2-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshidagi, 3-bandning beshinchi xatboshidagi, 5-banddagi, 6-bandning uchinchi xatboshidagi va 7-banddagi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalardagi “DUK” qisqartmasi “UK” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
250
1,623
Qonunchilik
Farmatsevtika teхnik universiteti tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 17.02.2021 yildagi «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 78-son qarori qabul qilindi. Hujjatda Prezidentning 28.01.2020 yildagi «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-4574-son qaroriga muvofiq Farmatsevtika teхnik universiteti hamda innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikalar ishlab chiqarishga moʻljallangan ishlab chiqarish maydonlaridan iborat sanoat zonasi tashkil etish belgilangan. Quyidagilar Klaster faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilangan: Toshkent viloyatining Qibray tumanida klaster Direksiyasi tashkil etiladi. Hujjat bilan davlat muassasasining tuzilmasi, хodimlari soni tasdiqlangan. Direksiya loyihaning ijro etuvchi organi, shuningdek qurilayotgan ob’yektlar boʻyicha asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va хizmatlarni qabul qilib olish uchun mas’ul hisoblanadi. Prezidentning 28.04.2020 yildagi «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etishni moliyalashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4698-son qaroriga muvofiq klasterni tashkil etish loyihasini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 50 mln dollargacha summada mablagʻlar ajratilishi nazarda tutilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
49
1,562
Qonunchilik
Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-145-son qarori ijrosini ta’minlash hamda suv resurslarini samarali boshqarish, ularning hisobi va hisobotini to‘laqonli yuritish, suv iste’molchilari o‘rtasidagi suv munosabatlarini takomillashtirish, ushbu jarayonlarga xususiy sektorni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-145-son qarorida quyidagilar quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli ta’minlash; irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlarini hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish; yirik qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni o‘z hududida suvni boshqarish va taqsimlash ishlariga jalb qilish; iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta’minlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy etish; suvning hisobi va hisobotini inson omiliga minimal ravishda bog‘liq bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar orqali yuritish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari (irrigatsiya bo‘limlari mavjud bo‘lmagan tumanlarda suv xo‘jaligining boshqa tegishli foydalanuvchi tashkilotlari) tarkibida suv iste’molchilariga suv yetkazib berish, ho‘jaliklararo sug‘orish tarmoqlaridan foydalanish, ularni ta’mirlash-tiklash va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan maxsus xizmat (keyingi o‘rinlarda — suv xo‘jaligining maxsus xizmati) tashkil etilishini ta’minlasin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: a) suv xo‘jaligining maxsus xizmati: suv iste’molchilariga suv yetkazib berish va ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi; suv iste’molchilariga ajratilgan suv olish limiti doirasida suv yetkazib beradi, belgilangan tartibda uning hisobi va hisobotini yuritadi; tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlariga (irrigatsiya bo‘limlari mavjud bo‘lmagan tumanlarda suv xo‘jaligining boshqa tegishli foydalanuvchi tashkilotlariga) belgilangan tartibda berilgan ikki va undan ortiq suv iste’molchisiga xizmat ko‘rsatuvchi ho‘jaliklararo (fermerlararo ichki) sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlardan (nasos agregatlari, sug‘orish va kuzatuv quduqlari) doimiy va maqsadli foydalanishni hamda ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshiradi; suv iste’molchilarining bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashni hamda suvning hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirishni tashkil qiladi; suv iste’molchilarining buyurtmanomasi bo‘yicha boshqa suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatadi; b) suv xo‘jaligining maxsus xizmati tomonidan shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan mablag‘lar ho‘jaliklararo sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa inshootlardan doimiy va maqsadli foydalanish, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishga, bosh suv olish joylarini suvni boshqarish, hisobga olish vositalari bilan jihozlashga, suvning hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirishga, texnikalarni saqlash va ishlatish, xodimlarni, jumladan, mavsumiy jalb qilingan xodimlarni saqlashga hamda ularni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. 4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining maxsus xizmati tomonidan suv yetkazib berish va ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun haq to‘lash hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan suv iste’molchilariga suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarni shartnomaga asosan ko‘rsatish tartibi; suv iste’molchilariga suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar hamda boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar to‘lash tartibi; suv yetkazib berish va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lardan foydalanish tartibi. 5. Quyidagilar: Davlat suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga oladigan klasterlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektor boshqaruviga beriladigan davlat suv xo‘jaligi obyektlarining tumanlar kesimidagi asosiy ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga 2-ilovaga muvofiq klasterlar, bitta suv iste’molchisiga xizmat ko‘rsatayotgan, shuningdek, 3-ilovaga muvofiq suv xo‘jaligi obyektlari berilayotgan xususiy sektor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida tender o‘tkazmasdan davlat sherigi qaroriga muvofiq bitim tuzishga ruxsat berilsin. 7. Davlat suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sherikka berish hamda xususiy sherikning investitsiya salohiyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi (keyingi o‘rinlarda — DXSh bo‘yicha ishchi guruh) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. DXSh bo‘yicha ishchi guruh 2 va 3-ilovalarga muvofiq davlat suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish uchun xususiy sektorni keng jalb qilishga mas’ul ekanligi belgilansin hamda ushbu suv xo‘jaligi obyektlarini 2023-yil 1-aprelga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektorga berishni tashkil qilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “O‘zsuvloyiha” AJ hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda fermer ho‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilarining bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash bo‘yicha namunaviy ishchi chizmalarni ishlab chiqsin hamda joylarga yetkazsin; Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda xususiy sherikka berilgan obyektlarda monitoring yurituvchi mas’ul xodimlar uchun davlat-xususiy sheriklik shartlarining asosiy mezonlarini monitoring qilish tartibi yuzasidan treninglar (o‘quv mashg‘ulotlari) tashkil etsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari: a) uch oy muddatda quyi bo‘g‘indagi barcha sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini xatlovdan o‘tkazsin. Xatlov natijalariga asosan: qishloq xo‘jaligi yer uchastkalari mavjud bo‘lgan klasterlarga — ularga tegishli maydonlardagi barcha ho‘jaliklararo va ichki sug‘orish hamda kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini ichki suv xo‘jaligi xizmatini tashkil qilish, ulardan maqsadli foydalanish, ta’mirlash-tiklash va rekonstruksiya qilish uchun; suv iste’molchilariga — ularga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi ichki sug‘orish hamda kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi bosh va ichki suv olish hamda boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini ulardan maqsadli foydalanish, shuningdek, ta’mirlash-tiklash uchun dalolatnomalar asosida xo‘jaliklarga berilishini tashkil qilsin; b) klasterlar, fermer ho‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilarining bosh suv olish joylarini namunaviy ishchi chizmalar asosida suvni boshqarish va hisobga olish vositalarini ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqish va qurish, ularni foydalanishga qabul qilish, suvni hisobi va hisobotini yuritish hamda moliyalashtirish tartibi yuzasidan har bir viloyatda jadval bo‘yicha ko‘rgazmali amaliy seminarlar o‘tkazsin; v) mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan klasterlar, fermer ho‘jaliklari va boshqa suv iste’molchilarining bosh suv olish joylarida suvni hisobga olish va hisobotini yuritishni raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirish bo‘yicha 2022-2023-yillarda namunaviy uchastkalarni tashkil qilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda: suv xo‘jaligi obyektlarini boshqaruviga oladigan subyektlarga nisbatan tatbiq etiladigan soliq imtiyozlari yuzasidan takliflarni; suv iste’molchilari tomonidan shartnoma asosida suv xo‘jaligining maxsus xizmatiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni suvdan foydalanganlik uchun soliq hisobidan qoplash va uni joriy qilish mexanizmlarini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi o‘n kun muddatda suv xo‘jaligining maxsus xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Suv xo‘jaligi vazirligining markaziy apparatida vazirlik tizimidagi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish hisobiga 4 ta shtat birligidan iborat bo‘lim, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida maxsus xizmatlarga tushadigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan 2 ta shtat birligidan iborat bo‘lim tashkil etsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) maxsus xizmati tomonidan suv yetkazib berish va ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun haq to‘lash hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom talablari gidroenergetika sohasidagi tashkilotlarga hamda aholi iste’moli uchun ichimlik suv, issiq suv va issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi kommunal soha tashkilotlariga, shuningdek, sanoat korxonalariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: suv iste’molchisi — o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan yoki suv xo‘jaligi obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs; suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari — suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, suv omborlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari); suv xo‘jaligining maxsus xizmati — suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda faoliyat yuritadigan hamda suv xo‘jaligi tashkilotlari va suv iste’molchilari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida suv yetkazib berish va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari ko‘rsatish uchun tashkil etilgan xizmat. 4. Suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan suv iste’molchilariga suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ular o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq to‘lovlar asosida ko‘rsatiladi. 5. Suv xo‘jaligining maxsus xizmati tomonidan suv iste’molchilariga suv yetkazib berish va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — suv xo‘jaligi xizmatlari) uchun to‘lov miqdori: suvni suv iste’molchisiga yetkazib berish xarajatlari suv xo‘jaligining maxsus xizmatini saqlash (xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish, transport vositalarini xarid qilish, ulardan foydalanish, kommunal to‘lovlar va boshqa xarajatlar); ho‘jaliklararo sug‘orish tarmoqlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini (ikki va undan ortiq suv iste’molchisiga xizmat ko‘rsatuvchi sug‘orish tarmoqlari, ulardagi gidrotexnika inshootlari, nasos agregatlari, sug‘orish quduqlari) ishonchli boshqarish, ularni ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish; suv iste’molchisining buyurtmanomasiga asosan uning bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritishni raqamlashtirish, shuningdek, ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun xarajatlardan iborat. 6. Suv xo‘jaligining maxsus xizmati kelgusi yil uchun suv iste’molchilariga ko‘rsatiladigan suv xo‘jaligi xizmatlari va ularning xarajatlari bo‘yicha har kalendar yilning 10-dekabriga qadar xarajatlar smetasini ishlab chiqadi. Suv iste’molchisi tomonidan to‘lanadigan yillik to‘lovlar miqdori xarajatlar smetasiga asosan suv iste’molchisining sug‘oriladigan yer maydoni (ekiladigan ekin turi, ularni sug‘orish rejimi va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib) yoki yetkazib beriladigan har bir kub metr suv hajmi uchun oylar kesimida belgilanadi. Suv iste’molchisiga suv yetkazib berish, shuningdek, ho‘jaliklararo sug‘orish va boshqa inshootlarni ishonchli boshqarish, ularni ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish xarajatlari har kalendar yilning 20-dekabriga qadar suv iste’molchilarining umumiy yig‘ilish qarori bilan tasdiqlanadi hamda 25-dekabrga qadar ularga yetkaziladi. Suv iste’molchisining buyurtmanomasiga asosan ko‘rsatiladigan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun alohida shartnoma rasmiylashtiriladi. 7. Suv iste’molchilari tomonidan to‘lovlarni olingan suv hajmi bo‘yicha belgilashda bir kub metr suv yetkazish tarifi quyidagi formula bilan hisoblanadi: Ts — suv xo‘jaligining maxsus xizmati tomonidan uning xizmat ko‘rsatish hududidagi suv iste’molchilariga suv yetkazib berish hamda ho‘jaliklararo sug‘orish va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini ishonchli boshqarish, ularni ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha yillik hisobiy xarajatlar miqdori (so‘mda); W — suv xo‘jaligining maxsus xizmati tomonidan uning xizmat ko‘rsatish hududidagi suv iste’molchilariga ajratiladigan ko‘p yillik o‘rtacha hisobiy suv olish limiti (kub metrda). 8. Suv xo‘jaligining maxsus xizmati bilan suv iste’molchisi o‘rtasida belgilangan tartibda suvning kundalik hisob jurnali yuritiladi hamda har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasigacha yetkazib berilgan suvning hajmi hamda ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlari to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 9. Suv iste’molchilari rasmiylashtirilgan dalolatnomaga asosan o‘tgan oy davomida olingan suv hajmidan, shuningdek, ko‘rsatilgan boshqa xizmatlar hajmidan kelib chiqib hisoblangan to‘lovlarni keyingi oyning 10 sanasiga qadar suv xo‘jaligining maxsus xizmatining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. Buning uchun suv xo‘jaligi tashkilotlarida suv xo‘jaligining maxsus xizmati uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligida uning maxsus shaxsiy hisobvaraq ochiladi. Suv iste’molchisining buyurtmanomasi bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar shartnoma shartlariga binoan amalga oshiriladi. 10. Suv yetkazib berish va ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlardan maxsus shaxsiy hisobvaraqlarda jamlangan mablag‘lar suv xo‘jaligining maxsus xizmati tomonidan quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi: suv xo‘jaligining maxsus xizmatini saqlashga (xodimlarga, jumladan amaldagi me’yorlar doirasida jalb etilgan mavsumiy ishchilar mehnatiga haq to‘lash, xodimlarni belgilangan tartibda ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish, kommunal to‘lovlar va boshqa xarajatlar); transport vositalarini (velosiped, mototsikl, moped va boshqalar) xarid qilish, ulardan foydalanishga; ho‘jaliklararo sug‘orish va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini ishonchli boshqarish, ularni ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishga; suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun meliorativ texnikalari xarid qilish va ulardan foydalanishga, shu jumladan lizing to‘lovlarini amalga oshirishga; mexanik qurilmalarga ega suv xo‘jaligi inshootlarida elektr energiyasi xarajatlarini qoplashga; suv iste’molchilarining buyurtmanomasiga asosan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ularning bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritishni raqamlashtirish, shuningdek, boshqa suv xo‘jaligi xizmatlariga. 11. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
115
17,044
Qonunchilik
MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI IShLARNI KO‘RISh BO‘YIChA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shartligi alohida uqtirilgan. Sudlar ushbu konstitutsion me’yordan kelib chiqqan holda shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli sodir etilgan harakat yoki harakatsizlikda ifodalangan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qonunlarni asosan to‘g‘ri qo‘llamoqdalar. Shu bilan birga amaliyotda shu toifadagi ishlarni ish yurituviga qabul qilish, ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash va ko‘rish jarayonida muddatlarning o‘tib ketganligiga, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lmagan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan yoki tegishli ravishda qonun talablariga rioya qilinmay rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlarni qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazish uchun yuborish o‘rniga, sudyalar tomonidan ish yurituviga qabul qilinib, xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Sud amaliyotida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar hamda kelib chiqqan muammolarni bartaraf qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi: 1. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun talablariga qat’iy rioya etish zarurligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga sudyalarning e’tibori qaratilsin. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, MJtK 9-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar kuchga kirgunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham tatbiq etiladi, ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa, orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi. 2. Sudyalar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ish yurituviga qabul qilishda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (bundan keyin matnda MJtK) 245-moddasi talablariga qat’iy rioya qilishlari lozim. 3. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishga tayyorlash vaqtida sudya MJtKning 303-moddasida nazarda tutilgan masalalarni hal etishi lozim. 4. Ma’muriy ish shu sudning sudlovligiga taalluqli bo‘lmaganda yoki MJtKning 282 va 304-moddalari talablariga rioya qilinmagan holda yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi hujjatlar sudyaning asoslantirilgan xati bilan bayonnomani tuzgan yoki ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs)ga qaratiladi. Ma’muriy hujjatlarda mavjud bo‘lgan kamchiliklarni tuzatish uchun qaytarilgan vaqt ma’muriy ishni ko‘rish va ma’muriy jazo tayinlash uchun MJtKning 36 va 305-moddalarida belgilangan muddat o‘tishini to‘xtatmaydi. 5. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan yuritilayotgan bayonnomalarni va ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorlarning mazmuni MJtKning 281-moddasi talabiga javob berishi lozim. Agarda bayonnoma yoki ma’muriy ish qo‘zg‘atish haqida qaror tegishli vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan yoki qabul qilingan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan vaqt va huquqbuzarlikning mazmuni, huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi me’yoriy hujjatlar ko‘rsatilmagan yoki javobgarlikka tortilayotgan shaxs hujjatlar bilan tanishtirilmagan, MJtKda nazarda tutilgan hollarda bayonnoma yoki qaror nusxasi topshirilmagan, shu kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan huquqlari tushuntirilmagan holatlarda, sudya qayd qilingan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bayonnoma va qarorni tegishli organ yoki mansabdor shaxsga qaytaradi. 6. Sudya ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda MJtKning 294-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarning himoyaga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim. Ma’muriy huquqlarini ta’minlash choralarini ko‘rish lozim. Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish hujjatlari bilan tanishib chiqish, izohlar berish, dalillar keltirish, iltimoslarini bayon etish, ishni ko‘rib chiqishda advokatning huquqiy yordamidan va tarjimonning xizmatidan foydalanish, o‘z ona tilida so‘zlashish, unga nisbatan chiqarilgan qarorlar ustidan shikoyatlar qilish huquqiga egadir. Muayyan shaxs tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligini isbotlash majburiyati, ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan idoralar (mansabdor shaxs) zimmasiga yuklatiladi. Shunga ko‘ra ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs o‘zining himoya huquqidan foydalanishga, aybsizligini isbotlashga haqlidir, ammo bu uning majburiyati emas. Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning himoya huquqining buzilishi, ma’muriy jazo qo‘llash haqidagi qarorni bekor qilishga asos bo‘ladi. 6-1. Tushuntirilsinki, MJtK 171-moddasiga asosan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun transport vositasi egasi (mulkdori), basharti u yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa — ushbu transport vositasi foydalanishiga mas’ul shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim. Avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari deganda, maxsus texnika vositalar, shu jumladan foto va video yozuv funksiyasiga ega, avtomatik rejimda ishlaydigan va yo‘l harakati xavfsizligi boshqaruvi kompyuterlashtirilgan tizimining tarkibiy qismi hisoblanadigan foto radarlar tushuniladi. 7. Ma’muriy ishning to‘g‘ri va xolisona hal etilishini ta’minlashda ishni ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokida ko‘rish lozim. Mazkur shaxsga ishni ko‘rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi to‘g‘risida ishda ma’lumotlar bo‘lgan va undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan va o‘zi rozi bo‘lgan hollardagina ish uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin (sudya qarorda buni asoslantirishi kerak). MJtK 3091-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy ishlar sud tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtiroksiz ko‘rib chiqiladi; Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksining 294-moddasi 3-bandida ko‘rsatilgan holatlarda ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning qatnashishi shart. Bu qoidaga rioya qilmaslik qarorning bekor bo‘lishiga asos bo‘ladi. 8. Tushuntirilsinki, sudya ishni ko‘rishga tayyorlashda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlarning bor-yo‘qligini aniqlashga majbur. MJtKning 271-moddasida sanab o‘tilgan holatlar aniqlangan taqdirda sudya ishni yuritishdan tugatish haqida qaror chiqaradi. Sudya sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli degan xulosaga kelgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi MJtK 21, 3081-moddasi va 310-moddasining ikkinchi qismi talablari asosida huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etib ishni yuritishdan tugatadi va uni ogohlantirish bilan chegaralanadi. Ogohlantirish MJtKning 23-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy jazo choralari sirasiga kirmaydi. Shuning uchun ogohlantirish bilan ish tugatilganda Kodeksning 33-moddasini qo‘llash talab qilinmaydi. 9. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasida belgilanganidek ma’muriy jazo qo‘llanish muddatlari huquqbuzarlik sodir etilgan kunidan boshlanib, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab, bir yildan kechiktirmay qo‘llanilishini mumkin. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Davom etayotgan huquqbuzarliklar bo‘yicha huquqbuzarlik aniqlangan kun deb, vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik holatni sodir etganligi to‘g‘risida qo‘zg‘atilgan qaror, tuzilgan bayonnoma va shu kabi hujjatlarning tuzilgan sanasi hisoblanadi. 10. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda mansabdor shaxs surishtiruv organi va sudyalar MJtKning 307-moddasida sanab o‘tilgan holatlar bilan birga huquqbuzarning shaxsi va ishni to‘g‘ri hal etishida ahamiyatga molik boshqa holatlarni har tomonlama va sinchkovlik bilan aniqlashlari shart. Huquqbuzarlikning sodir etilganligi va bunda shaxsning aybdorlik masalasini muhokama qilishda sudya taqdim qilingan hujjatlar bilan chegaralanmasdan zaruratga qarab qo‘shimcha dalillar talab qilish, huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan mansabdor shaxs, jabrlanuvchi va guvohlarni chaqirish, ekspertizalar tayinlash, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish va boshqa harakatlarni amalga oshirishi lozim. Mansabdor shaxs, surishtiruv organlari va sudyalar huquqbuzarning shaxsi haqidagi ma’lumotlarga alohida e’tibor berishlari, ya’ni huquqbuzarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, fuqaroligi, ma’lumoti, doimiy yoki vaqtincha yashash joyi, oilaviy ahvoli, qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarning yoshlari, muqaddam sudlangan-sudlanmaganligi, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan kunga qadar oxirgi bir yil davomida ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi, mashg‘ulot turi, lozim deb topilgan hollarda sog‘liq holatini, nogironligini aniqlashi lozim. Taqdim etilgan hujjatlarda uning shaxsi haqidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan taqdirda, sudya o‘z tashabbusi bilan u haqdagi ma’lumotlarni talab qilib olish choralarini ko‘rishi mumkin. Bundan tashqari, huquqbuzarni mansabdor shaxs, nodavlat notijorat tashkiloti, davlat ishtirokidagi tashkilotning xizmatchisi, shuningdek, davlat ishtirokidagi tashkilotning huquqiy maqomini to‘g‘ri aniqlash kabi masalalar sinchkovlik bilan o‘rganilmog‘i lozim. Jumladan, tashkilotning davlat ishtirokidaligini asosli deb topish uchun, u ro‘yxatdan o‘tgan tegishli idoralardan huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda tashkilot ustav fondida davlat ulushi yoki davlat ishtiroki mavjud yoki mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinishi lozim. 11. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda ishga aniqlik kiritish maqsadida maxsus bilimlar talab qilinganda, sudya qaror bilan ma’muriy huquqbuzarlik ishi yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlaydi. Ekspertning huquq va burchlari MJtKning 299-moddasida belgilangan. Ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda ekspertiza tayinlash asoslari, ekspertiza o‘tkazishi lozim bo‘lgan muassasaning nomi, ekspert oldiga qo‘yilgan savollar, ekspertiza ixtiyoriga yuborilgan hujjatlar ko‘rsatiladi. Ekspert ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) topshirig‘iga binoan o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan xulosa beradi va bu xulosa ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi. 12. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bayonnomasi raislik etuvchi va kotib tomonidan yoki ishni ko‘rib chiqqan (mansabdor shaxs) tomonidan imzolanadi. Qayd qilingan qonun talabining buzilishi, ish yuzasidan chiqarilgan qarorlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi. 13. Bir necha huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash MJtKning 34-moddasiga asosan hal qilinishi lozim. Tushuntirilsinki, bir necha ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan bo‘lib, shundan birortasining sudga taalluqliligi aniqlangan taqdirda, ular sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan musodara qilish yoki maxsus huquqlardan mahrum qilish jazolari ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday ishlar ham sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, shaxs tomonidan bir necha huquqbuzarliklar sodir etilganda bunday ishlar og‘irroq jazo chorasi belgilangan huquqbuzarlik ishi ko‘riladigan organ yoki mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bir necha huquqbuzarlik bo‘yicha jazo chorasini qo‘llashda sodir qilingan huquqbuzarlikning xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, ayb darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarligini og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlari e’tiborga olinishi lozim. 14. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 31, 32-moddasida ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar ko‘rsatilgan. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) Kodeksning 31-moddasida nazarda tutilgan holatlardan tashqari boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb baholashi mumkin. Ammo MJtKning 32-moddasida sanab o‘tilgan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar doirasi chegaralangan bo‘lib, keng talqin qilinmaydi. Sudya sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning mohiyatiga qarab mazkur holatlarni ham aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin. 15. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 37-moddasiga muvofiq ma’muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, mazkur shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Shuningdek, shaxs MJtKning 21-moddasiga ko‘ra ma’muriy javobgarlikdan ozod etilib, ogohlantirilganda, shu Kodeksning 271-moddasi 5-6-bandiga asosan ish yuritish tugatilganda ham u ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. 16. Ma’muriy qamoqqa olish jazosining qo‘llanilishiga alohida hollarda ruxsat etiladi. Ma’muriy qamoqqa olish chorasining qo‘llanilish sabablari qarorning tavsif qismida asoslantirilishi shart. Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, voyaga yetmaganlarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga qo‘llanishi mumkin emasligiga sudyalarning e’tibori qaratilsin. 17. Tushuntirilsinki, agarda ishni ko‘rishda huquqbuzarning harakatida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi tuzilgan bayonnomada ko‘rsatilgan huquqbuzarlik tarkibi yo‘qligi aniqlanib, boshqa ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, sudya huquqbuzarning qilmishini faktik holatlari jiddiy farq qilmaydigan va huquqbuzarning holatini og‘irlashtirmaydigan yengillashtiruvchi holatlarni nazarda tutuvchi moddalarga qayta tavsiflashi mumkin. Huquqbuzarning harakatlarida uning holatini og‘irlashtiradigan moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari yoki jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, MJtKning 278-moddasi asosida, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tegishli mansabdor shaxs yoki prokurorga yuboradi. 18. Voyaga yetmaganlarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda huquqbuzarning shaxsiga oid aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlardan tashqari, uning yashash joyi, kim bilan yashab kelganligi, oilaviy sharoitlari, o‘qish yoki ish joyidagi vaziyatlar, ma’muriy huquqbuzarlikning sodir etilishida katta yoshdagi dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor-yo‘qligini aniqlash lozim. Bu toifadagi ishlarni ko‘rishda voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakilini ishda ishtirok etishini ta’minlashi lozim. Ma’muriy hujjatlarni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalarga o‘tkazish masalasini hal qilishda sudyalar shuni nazarda tutishlari lozimki, MJtK 194-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik haqidagi ma’muriy ishlarni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalarga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qolgan hollarda ishlarni voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalarga o‘tkazilishi mumkin. 19. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish haqidagi qaror MJtKning 310-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan va 271-moddasida sanab o‘tilgan holatlardan biriga asoslangan bo‘lishi shart. 20. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qaror MJtKning 309-moddasi talablariga muvofiq tuziladi. Qarorning kirish qismida ma’muriy ishni ko‘radigan sudning nomi, ish ko‘riladigan sana, sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish ko‘rilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar batafsil ko‘rsatiladi. Qarorning tavsif qismida qanday huquqbuzarlik sodir etilganligi, huquqbuzarlik sodir etilgan vaqti, joyi, javobgarlikka tortilayotgan shaxsning aybdorligi yoki aybsizligi haqidagi dalillar, shaxsni javobgarlikdan ozod qilish asoslari, ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilgan me’yoriy hujjatlar ko‘rsatiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqariladigan qarorning qaror qismida, ma’muriy jazo turi yoki shaxsni javobgarlikdan ozod qilinganligi haqidagi sud qarori, ma’muriy qamoqqa olish jazosi qo‘llanilganda, uning qaysi vaqtdan (sanasi va soati) boshlab jazoni o‘tash muddati ko‘rsatilishi shart. Agar ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazo tayinlash haqidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda aybdor tomonidan mulkiy zararni qoplash haqidagi masala ham hal qilinayotgan bo‘lsa, u holda qarorda undirilishi lozim bo‘lgan zarar miqdori, uni qoplash muddati va tartibi belgilanadi. Qarorda musodara qilinishi lozim bo‘lgan ashyolar, shuningdek, shaxsni ushlash vaqtida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish uchun ishlatilgan, yonidan olingan narsalar, hujjatlar, pullar mavjud bo‘lgan holatda, sudya ularning taqdiri qanday hal qilinganligini ko‘rsatadi. 21. Sudyalar MJtKning tegishli moddasi dispozitsiyasida ma’lum bir Nizom yoki Qoidalar (blanket dispozitsiyasida) bilan o‘rnatilgan tartibni buzganlik uchun javobgarlik belgilaydigan ishlarni ko‘rish yuzasidan chiqargan qarorlarida huquqbuzar tomonidan aynan qanday Nizom yoki Qoidalarning qaysi bandlari buzilganligini ko‘rsatishlari shart. 22. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror MJtKning 311-moddasi talabi asosida darhol e’lon qilinadi. Qarorning nusxasi uzog‘i bilan uch kun ichida ma’muriy chora ko‘rilgan shaxsga tilxat orqali topshiriladi. Jabrlanuvchilarning qaror nusxasini olish haqidagi iltimoslari bo‘lganda, ularga ham topshiriladi yoki jo‘natiladi va bu haqda ishga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi. Sudya ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxsga, shikoyat qilish muddatlari, tartibi va qaror ijrosidan bo‘yin tovlagan taqdirda unga kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar haqida tushuntirishi lozim. Ishda ashyoviy dalil sifatida o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar olingan bo‘lsa, ularning ijrosi MJtKning 185, 220-moddasi talablari asosida hal qilinishi shart. MJtKning 311-moddasi talabiga ko‘ra, o‘qotar qurollar, shuningdek, o‘q-dorilar xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan ishonib topshirilgan yoki korxona, muassasa, tashkilot tomonidan vaqtincha foydalanish uchun berilgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning 185-moddasida, 220-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorning nusxasi ma’lumot uchun tegishli korxona, muassasa yoki tashkilotga, mazkur shaxsning o‘qotar quroldan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqish uchun esa ichki ishlar organiga yuborilishi lozim. 23. Tushuntirilsinki, sudyaning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqargan qarori ustidan, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek, advokat va ularning qonuniy vakillari tomonidan qaror nusxasini olgan vaqtdan boshlab o‘n kun muddat ichida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga shikoyat berishlari mumkin. Belgilangan muddatda shikoyat berilmasa qaror qonuniy kuchga kirgan hisoblanadi. Prokurorning protesti qarorning kuchga kirgan kirmaganligiga qarab kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rib chiqiladi. Sudya shikoyat yoki protestni olgan kundan boshlab uch kun ichida hujjatlar bilan shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqish uchun sud raisi yoki yuqori turuvchi sudga yuborishi lozim. 24. MJtKning 320-moddasida belgilanganidek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest kassatsion bosqich sudyasi tomonidan yakka tartibda sud raisi topshirig‘iga binoan ko‘rib chiqiladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror ustidan keltirilgan shikoyatni ko‘rib chiqishda qoidabuzarlik qayd etilgan paytda transport vositasini uning egasi (mulkdori) emas, balki boshqa shaxs boshqarganligi yoki mazkur transport vositasi uning egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, bunday hollarda transport vositasi egasi (mulkdori) MJtK 271-moddasi 1-bandiga asosan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday hollarda, zarur hujjatlar tegishli shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun yo‘l harakati xavfsizligi organlariga yuborilishi shart. Kassatsiya bosqich sudi sudyasi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest bo‘yicha hal qiluv qarori chiqaradi va u chiqarilgan vaqtdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest yuzasidan kassatsiya bosqich sudi tomonidan MJtKning 321-moddasida qayd qilingan qarorlardan biri qabul qilinadi. Kassatsiya bosqich sudi sudyasi va nazorat bosqichi huquqbuzarning harakatlarini bayonnoma va ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan holatlardan faktik holatlari jiddiy farq qilmaydigan va huquqbuzarning holatini og‘irlashtirmaydigan yengillashtiruvchi holatlarni nazarda tutuvchi moddalarga qayta tavsiflashi mumkin. 25. Kassatsiya bosqich sudi sudyasi tomonidan qabul qilingan qaror qabul qilinishidanoq qonuniy kuchga kirishi munosabati bilan ushbu qaror yuzasidan manfaatdor tomonlar nazorat tartibida shikoyat berishlari mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilinib qonuniy kuchga kirgan qarorga “Sudlar to‘g‘risida”gi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridagi umumiy qoidalarga muvofiq tegishli sud raislari va prokurorlar tomonidan nazorat tartibida protest kiritiladi. Ma’muriy ish bo‘yicha sudya tomonidan qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan qaror yuzasidan keltirilgan shikoyat yoki protest yuqori turuvchi sudning sudyasi tomonidan ushbu sud raisining topshirig‘iga binoan ko‘rib chiqiladi. Agarda ish yuqori turuvchi sudning sudyasi tomonidan kassatsiya tartibida ko‘rilgan bo‘lsa, shikoyat yoki protest mazkur sud raisi yoki uning o‘rinbosarining qarori bilan hal etiladi. Sudlarga tushuntirilsinki, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida chiqarilgan qaror qonuniy kuchga kirganidan so‘ng bir yil muddat o‘tgach huquqbuzarning javobgarligini og‘irlashtiruvchi tomonga nazorat tartibida protest kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu muddat huquqbuzarning javobgarligini yengillashtiruvchi holatlarga taalluqli emas. Shuningdek, MJtKning 271-moddasida qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlarga asosan tugatilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan qarorlarga nisbatan MJtKning 36-moddasida belgilangan ma’muriy jazo qo‘llash muddatlari o‘tib ketganidan so‘ng nazorat tartibida protest kiritilishi mumkin emas. 26. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rayotgan sudya asoslar mavjud bo‘lganda MJtKninng 313-moddasi talabi asosida huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularni sodir qilishga imkon tug‘diruvchi shart-sharoitlar aniqlanganda, bu haqda huquqbuzarning tegishli o‘qish, ish va turar joylariga chora va jamoat ta’sirini ko‘rsatish uchun taqdimnoma kiritadi. 27. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sudyalar tomonidan qonunlarga qat’iy rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar, sud amaliyotini muntazam ravishda o‘rganib, umumlashtirib borsinlar.
88
23,792
Qonunchilik
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI QO‘LLAB-QUVVATLASh VA RIVOJLANTIRISh SOHASIDA BEG‘ARAZ KO‘MAKNI JALB ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ichki va tashqi homiylarning ommaviy axborot vositalari faoliyatiga beg‘araz ko‘magini jalb etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida beg‘araz ko‘makni jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining (keyingi o‘rinlarda “OAV” deb yuritiladi) iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasiga beg‘araz ko‘makni jalb etish tartibini belgilaydi. 2. OAVni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida beg‘araz ko‘mak (keyingi o‘rinlarda “beg‘araz ko‘mak” deb yuritiladi) deyilganda: yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy ehsonlari va boshqa ehsonlari; tashkilotlarning moliyaviy mablag‘lari va texnik ko‘maklashish doirasidagi mol-mulki, grantlari va boshqa beg‘araz yordami, shu jumladan safarlar, O‘zbekiston Respublikasi hududida va chet elda o‘tkaziladigan treninglar, seminarlar, konferensiyalar bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash; beg‘araz xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish tushuniladi. Ommaviy axborot vositasi deyilganda ommaviy axborotni davriy shaklda tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan va olti oyda kamida bir marta bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) chiqarish va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, kino-, videodasturlar, Internet-nashrlar va boshqalar) efirga berish shakli (keyingi o‘rinlarda “chiqarish” deb yuritiladi) hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari tushuniladi. Ommaviy axborot vositasi tahririyati deyilganda ommaviy axborot vositasini chiqaruvchi yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi tushuniladi. 3. OAV tahririyatlari yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz ko‘mak olish huquqiga egadir, mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan hollar bundan mustasno. 4. OAV tahriyatlariga: xorijiy davlatlar; xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlari va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari; chet ellik qatnashchining ulushi 30 foizdan ortiq bo‘lgan xorijiy investitsiyalar jalb etilgan korxonalar; xorijiy fuqarolar; fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; diniy tashkilotlar, ular yuridik shaxs — OAVning tahririyati ustav fondida qatnashgan hollar bundan mustasno; nomi yashirilgan shaxslar yoki taxallus ostidagi shaxslar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri beg‘araz ko‘mak berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rsatib o‘tilgan toifalar OAV tahririyatlariga O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi orqali ko‘maklashish huquqiga egadir. 5. OAV tahririyatlari tomonidan bir yil mobaynida ko‘makning bir manbaidan olingan beg‘araz ko‘mak mablag‘lari summasi (natura ifodasida ko‘mak berilgan taqdirda — pul ifodasida qayta hisoblab chiqiladi) tahririyatning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq yillik xarajatlar umumiy summasining 35 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. OAV tahririyatlari beg‘araz ko‘mak olingan kundan boshlab bir oy mobaynida belgilangan miqdordan ortiqcha summani ko‘maklashgan shaxsga qaytarishi shart. Belgilangan miqdordan ortiq mablag‘lar summasini qaytarish ko‘maklashgan shaxsning hisob-kitob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ushbu summa O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining hisob-kitob raqamiga o‘tkaziladi. Natura ifodasida olingan beg‘araz ko‘makning bir qismini (pul ifodasida qayta hisoblab chiqilgandan keyin) qaytarish zarur bo‘lganda, tahririyat tegishli mol-mulkni O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga beradi. Fond undan o‘z ustav faoliyatini amalga oshirish maqsadida foydalanadi. OAVni chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi. 6. OAV tahririyatlari beg‘araz ko‘makdan qat’iy ravishda o‘z ustav faoliyatini amalga oshirish maqsadida foydalanadilar. Beg‘araz ko‘makdan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi. 7. Beg‘araz ko‘maklashayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning OAVni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga, tahririyatlarning ijodiy faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari pul mablag‘lari shaklida ehson berayotganda ushbu pul mablag‘larini yuridik shaxslar uchun naqd bo‘lmagan hisob-kitoblar qoidalarida nazarda tutilgan rekvizitlarni ko‘rsatgan holda OAV tahririyatlarining vakolatli bankdagi hisob-kitob raqamlariga o‘tkazadilar. 9. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pul mablag‘lari shaklida ehson berayotganda ushbu pul mablag‘larini fuqaroning pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni ko‘rsatgan va to‘lov hujjatida o‘zining familiyasi, ismi, otasining ismi va pasportdagi boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda OAV tahririyatlarining vakolatli bankdagi hisob-kitob raqamlariga o‘tkazadilar. 10. OAV tahririyatlariga naqd pul mablag‘larini bevosita berish yo‘li bilan beg‘araz ko‘maklashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 11. O‘zbekiston Respublikasi jamoatchiligi va davlat organlarining OAVni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida beg‘araz ko‘mak olinishi va foydalanilishi to‘g‘risidagi axborotga erkin ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida tegishli OAV tahririyatlari: yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasining davriy bosma nashrlarida beg‘araz ko‘mak olinishi hajmi va manbalari (beg‘araz ko‘mak olingan taqdirda) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladilar; qonunchilikda belgilangan muddatda va tartibda davlat soliq xizmati organlariga hisobot davrida tushgan va sarflangan beg‘araz ko‘mak to‘g‘risida belgilangan shakl bo‘yicha hisobot taqdim etadilar. 12. Beg‘araz ko‘mak puldan boshqa shaklda (natura ifodasida) olingan taqdirda oluvchi (OAV tahririyati yoki O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi) qonunchilikka muvofiq uni pul ifodasida baholaydi va tegishli ma’lumotlarni, shu jumladan ko‘maklashish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilinadigan va vakolatli organlarga taqdim etiladigan hisobotlarga kiritadi. 13. OAVni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida beg‘araz tashqi ko‘makni hisobga olish va nazorat qilish masalalari Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro, xorijiy hukumat tashkilotlaridan va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlardan olinadigan texnik ko‘mak, grantlar va muruvvat yordami moliyaviy mablag‘larini hisobga olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 4-fevraldagi 56-son va “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarorlari bilan belgilangan tartibda tartibga solinadi. 14. Mazkur Nizomga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni qonunchilikka muvofiq tegishli vakolatli davlat organlari amalga oshiradi. 15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradi.
151
7,854
Qonunchilik
Yaponiya Oʻzbekiston vakillarining oʻqishi uchun grant ajratdi
Vazirlar Mahkamasining 18.01.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 26-son qarori qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish loyihasini amalga oshirish maqsadida Yaponiya hukumatining taklifi boʻyicha Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturasi va doktoranturasida Oʻzbekiston vakillarining oʻqishi tashkil etiladi. Oʻzbekiston va Yaponiya hukumatlari oʻrtasida har yili imzolanadigan almashinuv notalari va grant bitimlariga asosan oʻqish uchun stipendiyalar beriladi. 2021-2022 yillarda foydalanish uchun 291 mln Yaponiya iyenasi miqdorida grant ajratiladi. Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va oʻqish uchun nomzodlarni tanlab olish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi: Oʻzbekiston tomonidan – Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;   Yaponiya tomonidan – Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Elchiхonasi, Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi, Oʻzbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga boshqa vazifalari qatorida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tahsil olayotgan stipendiatlarning oʻqishi va oʻqishni tamomlagan stipendiatlarning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borish ham topshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2021 yildan kuchga kirdi.                                                                                                                  Nargiza Vohidova.
62
1,797
Qonunchilik
“KEYS NYu-XOLLAND” KOMPANIYASINING UNIVERSAL-HAYDOV TRAKTORLARI UZELLARI VA DETALLARINI IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRIShNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasining “O‘zKeysTraktor” qo‘shma korxonasi tomonidan “Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining traktorlar balansirovkasi va xavfsizligi tizimini, shuningdek qishloq xo‘jaligi asbob-uskunalari bilan agregatlash uchun osma va tirkama asbob-uskunalar tizimini ishlab chiqarish mahalliylashtirilgan. Shu bilan birga, butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni amalga oshirishda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari salohiyatidan to‘liq darajada foydalanilmadi. Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini, shu jumladan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi ishtirokchi korxonalar sonini kengaytirish yo‘li bilan yanada maqbullashtirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to‘g‘risida” 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, 2008-yilda mahalliylashtirish darajasini 34 foizgacha yetkazishni ta’minlaydigan “Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining universal-haydov traktorlari uzellari va detallarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha tadbirlar 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 2. “Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining universal-haydov traktorlari uzellari va detallarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha tadbirlarning bajarilishini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi zimmasiga yuklansin. 3. Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Maxsus komissiyaning: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori bilan ma’qullangan Tayyor mahsulot turlari, materiallar va xomashyo ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ro‘yxatiga “Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining universal-haydov traktorlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani kiritish yo‘li bilan 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi; 2007-yil uchun belgilangan mahalliylashtirish darajasi bajarilgan taqdirda 2008-yilda ko‘rsatib o‘tilgan loyiha muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori 2-bandiga muvofiq “O‘zKeysTraktor” va “O‘zKeysMash” qo‘shma korxonalariga 2009-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 5. “O‘zKeysTraktor” va “O‘zKeysMash” qo‘shma korxonalarining 2007-2008-yillarda “Keys Nyu-Xolland” kompaniyasining 250 ta universal-haydov traktorini, shuningdek 180 ta “Keys-1200” pnevmatik universal seyalkani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori bilan berilgan soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar summasi doirasida kamaytirilgan amaldagi qiymatidan past narx bo‘yicha sotish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 6. “O‘zKeysTraktor” va “O‘zKeysMash” qo‘shma korxonalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori doirasida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish natijasida bo‘shaydigan mablag‘larni ushbu qarorning 5-bandida ko‘rsatilgan mahsulotlarning amaldagi qiymati va ularni sotish narxi o‘rtasidagi tafovutlarni qoplash uchun yo‘naltirishiga ruxsat etilsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin. Ro‘yxatga quyidagi mazmundagi 10-1-pozitsiya qo‘shilsin:
173
3,972
Qonunchilik
INVESTITSIYa FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Chet el investitsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi, chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: investitsiyalar — iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar; investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui; investor — o‘z mablag‘larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti; investitsiya faoliyati ishtirokchisi — investorning buyurtmalarni bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyekti; reinvestitsiyalar — investorning faoliyati natijasida olingan foydani (daromadni) muomalaga kiritish. Investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo‘linadi. Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. Innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o‘zlashtirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. Investorlar investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin: yuridik shaxslar tuzish yoki ularning ustav jamg‘armalarida (kapitallarida) ulushli ishtirok etish, shu jumladan mol-mulkni yoki aksiyalarni olish; qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish; konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalarni olish; mulk huquqini, shu jumladan ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari obyektlariga, turar joylarga mulk huquqini, shuningdek yerga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olish. Investorlar investitsiyalarni qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirishlari mumkin. Investitsiyalar birlamchi yoki takroran qo‘shiladigan shakllarining o‘zgartirilishi ularning investitsiyalar sifatidagi darajasining o‘zgarishiga olib kelmaydi. Investitsiya resurslari jumlasiga quyidagilar kiradi: pul va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan kreditlar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar; ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar; intellektual mulk obyektlari, shu jumladan texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnikaga, texnologiyaga, tijoratga oid va boshqa bilimlar majmui, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi, nou-xau; erga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek mulk huquqidan kelib chiquvchi ashyoviy huquqlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar. Moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish obyektlari investitsiya faoliyatining obyektlaridir. Barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiya kiritish taqiqlanadi. Quyidagilar investitsiya faoliyatining subyektlari (investorlar va ishtirokchilar) bo‘lishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari — fuqarolari (jismoniy shaxslari), yuridik shaxslari; mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari; xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari; hamkorlikda investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlatlar va xalqaro tashkilotlar. Investorlar qonun hujjatlariga muvofiq buyurtmachi (mablag‘ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi bo‘lishlari, shuningdek investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi bo‘lishlari mumkin. Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari investor bilan tuzilgan shartnoma asosida investorning buyurtmasini bajaruvchi bo‘lishlari mumkin. Mulk shakllaridan va faoliyat turidan qat’i nazar, investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishda teng huquqlarga egadirlar. Investitsiyalanishi ushbu Qonun yoki boshqa qonunlar bilan cheklangan yoxud taqiqlangan obyektlardan tashqari, har qanday obyektga investitsiyalar kiritish investorning mutlaq huquqi hisoblanadi va qonun bilan qo‘riqlanadi. Investor investitsiyalash maqsadi, yo‘nalishi, turi va hajmini mustaqil ravishda belgilaydi, buni amalga oshirish uchun shartnoma asosida, qoida tariqasida, tanlov (tender) savdosini o‘tkazish yo‘li bilan yuridik va jismoniy shaxslarni investitsiya faoliyati ishtirokchilari sifatida jalb etadi. Qonun hujjatlariga muvofiq investor investitsiya obyektlariga va ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish, shuningdek reinvestitsiya qilish huquqiga ega. Qonun hujjatlarida belgilangan mulk huquqini qo‘lga kiritishni keltirib chiqarmaydigan obyektlarga investitsiya kiritish investorning keyinchalik bu obyektlarga egalik qilish, ularni operativ boshqarish yoki ulardan foydalanishdan olinadigan foyda (daromadlar)da ishtirok etish huquqini istisno etmaydi. Investorning qaroriga binoan investitsiya obyektlariga va ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlarni berish paytida taraflarning o‘zaro munosabatlari ular tuzadigan shartnomalar asosida tartibga solinadi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, investor, o‘ziga zarur bo‘lgan mol-mulkni yuridik va jismoniy shaxslardan o‘zaro kelishuv asosida belgilanadigan narx va shartlarda, hajmi va nomenklaturasini cheklamagan tarzda olishga haqli. Investor qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Investor: investitsiya loyihalarida sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablarga rioya etilganligi xususida ekspertiza xulosasini olishi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi; shartnoma bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi tufayli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararni qoplashi; mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlarining o‘z vakolati doirasida qo‘yiladigan talablarini bajarishi shart. Investorning zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi quyidagilarga haqli: tanlov (tender) savdosining ishtirokchisi bo‘lish; investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish uchun shartnomalar tuzish; agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, investor oldidagi o‘z majburiyatini bajarishga boshqa shaxslarni jalb etish; agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya faoliyati obyektining haqiqiy qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan tejamni mustaqil ravishda tasarruf etish. Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi: qonun hujjatlarida belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga rioya etishi; shartnomalarni o‘z vaqtida va lozim darajada bajarishi; shartnomani bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi tufayli investorga yetkazilgan zararni qoplashi; mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlarining o‘z vakolati doirasida qo‘yilgan talablarini bajarishi shart. Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda litsenziya olishi shart. Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Shartnoma tuzish, sheriklar va kafillarni tanlash, majburiyatlarni belgilash, shuningdek investitsiya faoliyati subyektlari o‘zaro munosabatlarining boshqa shartlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Investitsiya faoliyati jarayonida mahsulot (ishlar, xizmatlar) bahosi, qoida tariqasida, tanlov (tender) savdosi natijalariga ko‘ra, kelishilgan narxlarda belgilanadi. Investitsiya faoliyati subyekti bozorda ustun mavqeni egallagan hollarda narxlarni davlatning vakolatli organi qonunlarga muvofiq tartibga soladi. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish; soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo‘llash; asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish; normalar, qoidalar va standartlarni belgilash; monopoliyaga qarshi choralarni qo‘llash; kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o‘tkazish; erga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash; investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash; O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshiriladi. Davlat investitsiya faoliyati doirasida: davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlar mablag‘i hisobidan to‘g‘ridan to‘g‘rimoliyalash yo‘li bilan amalga oshiriladigan investitsiya; O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya markazlashtirilgan investitsiya hisoblanadi. Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish davlat investitsiyalari maqsadlari uchun obyektlarni, investitsiyalash shart-sharoitlarini belgilashdan va ular bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etishdan iborat. Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Markazlashtirilgan investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar davlat organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbolga mo‘ljallangan taxminlari, aniq maqsadga mo‘ljallangan ilmiy-texnik va kompleks davlat dasturlari hamda ana shu investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini aniqlovchi texnik-iqtisodiy asoslar negizida qabul qilinadi. Umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan aniq maqsadga mo‘ljallangan kompleks davlat dasturlarining loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat budjetidan moliyalanadigan investitsiyalarning hajmlarini tasdiqlaydi. Markazlashtirilgan investitsiyalarni joylashtirish, qoida tariqasida, davlat kontrakti asosida amalga oshiriladi. Davlat kontrakti investitsiya faoliyati ishtirokchisini — bajaruvchini tanlov (tender) asosida saralab olish orqali tuziladi. Bunda mazkur bajaruvchi uchun qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar belgilab qo‘yilishi mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishtirokchilariga soliqqa oid va boshqa imtiyozlar beriladi. Har bir alohida investitsiya loyihasi bo‘yicha yoki umuman O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi bo‘yicha beriladigan imtiyozlarning aniq ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga, shuningdek chet el investitsiyalarini O‘zbekiston Respublikasining Hukumati kafolati ostida jalb etilgan holda moliyalanadigan investitsiya loyihalari ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Ekspertizani o‘tkazish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Boshqa manbalar hisobiga moliyalanadigan investitsiya loyihalari sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar bajarilishiga doir qismida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim. Banklarning kredit resurslari hisobidan moliyalanadigan kichik tadbirkorlik investitsiya loyihalari tijorat banki tomonidan mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ekspertiza qilinishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari shu shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda ekspertiza qilinishi lozim. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida tegishli investitsiya fondlari tashkil etilishi mumkin. Davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular vakolatlari bo‘lgan va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarni ko‘rishlari mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan investitsiya faoliyati subyektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki faoliyatini cheklab qo‘yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas. Ushbu moddaning qoidalari xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplariga muvofiq belgilanadigan, O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlashga bevosita bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlarini qabul qilish, ularga qo‘shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Davlat investitsiyalar himoya qilinishini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi. Investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiya hollari va boshqa favqulodda xususiyatga ega bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Investitsiyalarni rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror: ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollardan kelib chiquvchi vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar yoki boshqa aktivlarning eng kam miqdori cheklanadigan; kamsitilmaydigan asosda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan; yetkazilgan zararga monand ravishda kompensatsiya to‘lanadigan rekvizitsiya bo‘yicha talablarga rioya etilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Davlat ko‘rsatib o‘tilgan kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishiga kafil bo‘ladi. Investor Investitsiyalarni rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan sud tartibida nizolashishga haqli. Investitsiyalar sug‘urta qilinishi mumkin, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa sug‘urta qilinishi shart. Investitsiya faoliyati subyektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langach, uning xohishiga ko‘ra reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin. Investitsiya faoliyati subyekti olgan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuningdek olingan mol-mulk olib qo‘yilgan (rekvizitsiya qilingan) hollarda ular qiymati yoki ijara to‘lovlari qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensatsiya to‘lanadi). Investitsiya faoliyati subyektining hisobvaraqlaridan foydalanishni cheklab qo‘yish yoki mablag‘larni majburan olib qo‘yish qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari hukumat tomonidan kafolatlar berishni, investitsiya loyihalarini moliyaviy ta’minlashda ko‘maklashishni, maxsus soliq va to‘lov rejimi yaratilishini, loyihalar amalga oshirilishining davlat monitoringi yuritilishini va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga olishi mumkin. Investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va ularni himoya qilish choralari investitsiya faoliyati subyektlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan beriladi. Investitsiya faoliyati subyektlarining manfaatlariga muayyan tarzda daxldor umum majburiy tusdagi qonun hujjatlaridan ular erkin foydalana olishlari lozim. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari investitsiya faoliyati subyektlarining so‘rovlariga ko‘ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berishlari shart. Investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish investorning, davlatning vakolatli organi yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror: investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb e’lon qilingan yoki topilgan; favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan; investitsiya faoliyati jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin”; Tadbirkorlik subyekti faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatishga olib keladigan investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda investitsiya faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi. Investitsiya faoliyati subyektiga ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, investitsiya faoliyatining subyekti yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir. Investitsiyalar bilan bog‘liq nizolar (investitsiyaga oid nizolar) sud tomonidan hal etiladi.
34
20,399
Qonunchilik
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir. Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish; jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish; jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash; ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash; ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish. 2. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) vazifalari etib quyidagilar belgilansin: Dasturda nazarda tutilgan barcha chora-tadbirlarni to‘liq amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; bir hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda Dastur ijrosini ta’minlash bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar tashkil etilishini ta’minlash; ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman hokimliklari tomonidan ushbu qaror va dasturdan kelib chiqqan holda hududiy dasturlarni ishlab chiqilishini ta’minlash; bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan barcha sport turlari bo‘yicha tegishli respublika va hududiy sport federatsiyalariga (uyushmalariga) biriktiriladigan homiy tashkilotlarning amaliy yordam berish bo‘yicha takliflari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir barcha masalalarni hal etilishini ta’minlash; ikki oy muddatda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, ularni maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkillashtirish va nazorat qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari muntazam ravishda hukumatning yarim yillik majlislarida muhokama qilib borilsin. 3. Dasturning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari, jamg‘armalar, sport federatsiyalari (uyushmalari), klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari aholi, o‘quvchi va talabalarni sport musobaqalariga, respublika sport tadbirlariga yuborish uchun mablag‘lar Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ajratilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi: sport inshootlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin; Dasturni amalga oshirish doirasida bajariladigan loyihaviy va qurilish-montaj ishlari sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin hamda buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tomonidan bildirilgan hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida sport tibbiyoti bo‘limlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risidagi takliflar ma’qullansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga: Dastur va uning asosida ishlab chiqilgan hududiy dasturlarda belgilangan barcha chora-tadbirlarni ijrosini o‘z muddatida sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududiy ishchi guruhlarga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish; O‘zbekiston terma jamoalari sportchilarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, jahon birinchiliklari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida musobaqalar yakunlarida erishilgan natijalarni chuqur tahlil qilish va tizimli monitoringini olib borish; yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan sport maktablariga, ta’lim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash yuzasidan doimiy ravishda ta’sirchan choralar ko‘rish hamda har chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning majlislarida tanqidiy-tahliliy muhokamadan o‘tkazish vazifalari yuklansin. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari: sport inshootlari yil davomida uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ehtiyojga ko‘ra sport inshootlarini muqobil energiya manbalari bilan jihozlash choralarini ko‘rsin; tegishli hududda sport federatsiyalariga (uyushmalariga) biriktiriladigan homiy tashkilotlarning amaliy yordam berish turlari (bino va inshootlardan bepul foydalanish, mablag‘lar hamda sport anjomlari bilan ta’minlash va h.k.) bo‘yicha takliflari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir barcha masalalar hal etilishini ta’minlasin; sport ta’lim muassasalari va majmualari ixtiyoridagi yer maydonlarini (ochiq va yopiq turdagi sport inshootlarini) tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshirilishiga qat’iy rioya qilinsin. 9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Dasturning mazmun-mohiyati hamda uning doirasida tashkillashtiriladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali aholi orasida muntazam va keng yoritilishini ta’minlasin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
86
9,554
Qonunchilik
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni yanada tartibga solish, tekshirishlar sonini kamaytirish, turli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy zarar yetkazuvchi asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, shuningdek tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish manfaatlarini ko‘zlab: 1. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov tartibida tekshiriladi. Bunda mazkur subyektlarning faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati tekshirilishi mumkin, bu haqda tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilishi lozim; xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining har qanday tekshirishlarini o‘tkazish chog‘ida nazorat organlarining mansabdor shaxslari tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda yozib qo‘yadilar; 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari zimmasiga budjet tashkilotlari va budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan tegishli ravishda moliyalashtiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi yuklansin. Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar ana shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi. 4. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini nazorat tariqasida tekshirishni o‘tkazish borasida belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik soliq va moliya organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlarining, shuningdek davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa organlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin. 7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar: ikki hafta muddatda moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslarning ro‘yxatini tasdiqlasinlar; moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qoidani tatbiq etsinlar. Bir oy muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar uchun maxsus guvohnomalar joriy qilinsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar hamda boshqa qonun hujjatlari qanday ijro etilayotganligini nazorat qilishni ta’minlasin, nazorat organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari xususida Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining taqdimnomalarini, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, qonunda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarning javobgarligi belgilanishini ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga qo‘shimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Prokuraturasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va nohukumat tashkilotlari bilan birga xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining huquqiy madaniyatini yuqori ko‘tarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish sabablarini muntazam tahlil etib, ularni tugatish choralarini ko‘rsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio”, ommaviy axborot vositalari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish ishlarini o‘tkazish qoidalarini, ularning huquq va majburiyatlarini keng tushuntirib bersinlar, shuningdek nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish faktlarini yoritib borsinlar. 12. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
90
4,950
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n to‘rtinchi yalpi majlisining Kotibiyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n to‘rtinchi yalpi majlisining Kotibiyati quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzilsin:
100
201
Qonunchilik
Toʻlov tizimlari toʻgʻrisidagi qonun ular хizmatlari koʻlamini kengaytiradi
2019 yil 19 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Parlament a’zolari “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar. Zamonaviy teхnologiyalar toʻlov tizimlari bozorida faol joriy etilmoqda. Biroq ularning soni cheklangan. Boisi toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimi operatorlarining faoliyati na bank qonunchiligi, na boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bu sohada tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi davlat organining vakolat va majburiyatlari qonunchilikda aniq belgilab berilmagan. Loyiha koʻrsatiladigan хizmatlarning, shu jumladan elektron хizmatlarning  koʻlamini kengaytiradi, toʻlovchilar uchun qulaylik yaratadi. Hujjat shu yilning 3 iyul kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida konseptual jihatdan qabul qilingan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida bir necha bor muhokamalar oʻtkazildi, loyihaning qoida va normalari takomillashtirildi, havolaki normalar chiqarilib, toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan moddalar kiritildi. Tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi. Qonun loyihasining qabul qilinishi kollizion normalar, ikki хil sharhlash, korrupsiya koʻrinishlari va davlat tomonidan ortiqcha tartibga solish holatlariga olib keluvchi idoraviy NHHlar qabul qilish amaliyotini bartaraf etishda huquqiy asos boʻladi. Majlisda “Fuqarolik holati dalolatnomalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi rad etildi. Korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq masalalari qoʻmitasi хulosasi bunga asos boʻldi. Qonun loyihasi haqida batafsil – bu yerda. Majlisda, shuningdek, Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot хizmati хabari asosida.
75
2,033
Qonunchilik
Tanlovdan oʻtmadi – notarius lavozimidan mahrum boʻldi
Adliya vazirining buyruqlari (6.01.2018 yilda 2151-4, 2149-7 va 2165-10-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan notariat organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjatlar bilan quyidagi shaхslar tomonidan taqdim etiladigan oliy yuridik ma’lumot toʻgʻrisidagi diplom va mehnat daftarchasi nusхalarining notarial tasdiqlanishi bekor qilindi: Ma’lumot uchun: davlat notarial idoralaridan birida notarius lavozimi oʻrni boʻshaganda yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi ta’sis etilganda tanlov malaka imtihonini topshirgan shaхslar oʻrtasida oʻtkaziladi.  Eslatib oʻtamiz, endi advokat maqomini olish va advokatlik tuzilmasida stajirovkadan oʻtish maqsadida malaka imtihonini topshirish uchun ham hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusхalarini taqdim etish talab etilmaydi. Shuningdek, Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi qoʻshimcha kiritildi. Notarius lavozimida ishlayotgan shaхs tanlovda ishtirok etib, gʻolib deb topish uchun yetarli ball toʻplay olmagan taqdirda egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topiladi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Ma’lumot uchun: eng koʻp ball, biroq tanlovda toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning kamida 50%ini toʻplagan nomzod gʻolib deb hisoblanadi. Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 8.01.2018 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatlarning toʻliq matni, sharhlar va ular bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Lenara Xikmatova.
54
1,656