folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON DAVLAT QURILISh MATERIALLARI IShLAB ChIQARISh (“O‘ZQURILIShMATERIALLARI”) KONSERNI USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“O‘zqurilishmateriallari”) konsernining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin. 1. “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni* birlashmalar, korxonalar, tuzatish-qurilish, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari, tarmoqning boshqa korxonalari mehnat jamoalarining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 21-noyabrdagi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-noyabrdagi 555-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Konsern yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalik uyushmasi hisoblanadi, u davlat, ijara, jamoa va mulkchilikning boshqa xil shakllariga asoslangan sanoat birlashmalari va korxonalarni, tuzatish-qurilish, transport va boshqa tashkilotlarni birlashtiradi**. Konsern tarkibiga mulkchilikning va xo‘jalik faoliyatining har qanday shakllaridagi korxona va tashkilotlar ham kirishi mumkin. 2. Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar yuridik shaxs huquqini saqlab qoladilar, “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladilar. Konsern o‘zining tarkibiga kiruvchi korxonalarning davlat mulkini boshqaradi. Belgilangan tartibda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ishlarida qatnashadi, konsern tarkibidagi davlat korxonalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, sho‘ba korxonalarni va boshqa davlatlarda o‘zining vakolatxonalarini ta’sis etishi mumkin. 3. Konsern O‘zbekiston Respublikasining sobiq Binokorlik materiallari sanoati vazirligining huquqiy vorisi hisoblanadi, uning huquqlariga ega bo‘ladi va vazirlikning ilgari tuzilgan barcha shartnomalari hamda ular yuzasidan qabul qilingan majburiyatlar bo‘yicha javob beradi. 4. Konsern O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. U o‘ziga berilgan huquqlarni hisobga olib: to‘la xo‘jalik hisobi prinsiplari asosida ishlab chiqarish-xo‘jalik va ijtimoiy faoliyat masalalarini; davlat buyurtmasidan ortiq ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish, ularga shartnoma narxlarini qo‘yish, apparat xodimlarining mehnat haqi, o‘zining xo‘jalik hisobi daromadini taqsimlash masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi. 5. Konsern tarkibidagi barcha korxonalar boshqa konsernlar, korporatsiyalar, tarmoqlararo davlat birlashmalari tarkibiga kirishlari va o‘zaro hamda konsern tarkibiga kirmaydigan korxonalar bilan xo‘jaliklararo birlashmalar, ittifoqlar hamda, agar bu bilan konsernga va respublikaga ziyon yetkazilmasa, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar uyushmasini tuzishlari mumkin. 6. Konsern tomonidan tashkil etilgan qatnashuvchi korxonalar va boshqa tuzilmalar hamda bo‘linmalar, shuningdek, uning boshqaruvi o‘rtasidagi konsern ichki munosabatlari mazkur Ustav va konsernga ixtiyoriy ravishda berilgan funksiyalar, faoliyat dasturlari va shartnomalar bilan belgilanadi. 7. Konsern bank muassasalarida mustaqil hisob-kitob schyotlariga va boshqa schyotlarga ega bo‘ladi, alohida mulkka egalik qiladi, mustaqil va yig‘ma balanslarga ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda javobgar bo‘lishi, sudda yoki hakamlik sudida da’vogar va javob beruvchi bo‘lishi mumkin. Konsern O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra haq undirib olinishi mumkin bo‘lgan o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘zining majburiyatlari bo‘yicha javob beradi. Konsern konsern a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaganidek, konsern a’zolari ham konsern majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar. Konsernning va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning mol-mulkini, shuningdek, ularning foydalanishi uchun berib qo‘yilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan mol-mulklarni olib qo‘yishga faqat O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan nazarda tutilgan hollarda va tartibda konsern va korxonalarning ularning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish uchun murojaat qilinganda yo‘l qo‘yiladi. 8. Konsern O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi. “O‘zqurilishmateriallari” konserni boshqaruvi va uning ishchi apparati 700070, Toshkent shahar, Miroqilov ko‘chasi, 68-a uyga joylashgan. 9. Konsernning bosh vazifasi O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi va aholisining qurilish materiallariga hamda kam sarf-xarajat qilgan holda yuksak talablarga javob bera oladigan sifatli buyumlar, ishlar hamda xizmatlarga bo‘lgan talablarini qondirish, shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va korxonalar mehnat jamoalarining farovonligini o‘stirishni ta’minlashda qatnashish hisoblanadi. 10. Konsern o‘z vazifalarini bajarish uchun unga berilgan vakolatlarga muvofiq: konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish, davlat va boshqa organlarda ularning manfaatlarini ifodalashni; korxonalarda yagona ilmiy-texnika siyosatini yurgizish, texnika, texnologiyalar va materiallarning yangi ilg‘or turlarini ishlab chiqish va joriy qilishda ilmiy-texnika va ishlab chiqarish kuchlarini bir joyga to‘plashni; tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlarini, maqsadli ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqish, konsernning ishlab chiqarish negizlarini rivojlantirishning umumiy vazifalarini hal etish, korxonalarni kengaytirish, qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlash uchun investitsiyalar sohasidagi yagona strategiyani amalga oshirishni; boshqaruvni tashkil etishni, xo‘jalik yuritish shakllari va usullarini takomillashtirish, korxonalarda xo‘jalik hisobini rivojlantirish, korxonalar va butun respublikaning manfaatlarini uzviy muvofiqlashtirishga erishish uchun iqtisodiy o‘zaro munosabatlarni boshqarishni; ishlab chiqariladigan mahsulotga yagona istiqbol rejasi va davlat buyurtmalari negizida korxonalar tomonidan ishlab chiqiladigan ishlab chiqarish rejalarini, rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun qulay sharoitlar yaratish va kelishib olishni; ishlab chiqarishlarni maqsadga muvofiq ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish, bozorlarning ahvoli (konyunkturasi)ni o‘rganish va ular asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilishini takomillashtirish, xorijiy sheriklar bilan o‘zaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarning, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni; tuzatish va xomashyo negizlarini tezroq rivojlantirish yuzasidan, tabiiy boyliklardan kompleks foydalanish, yer osti boyliklarini va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni, tarmoqlararo ekologik dasturlarning hal etilishida qatnashishni; mehnat qilish, dam olish sharoitlarini va salomatlikni yaxshilashni o‘z ichiga oluvchi mehnat jamoalarini iqtisodiy rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishni; korxonalarni xo‘jalik hisobiga ko‘ra moddiy-texnikaviy ta’minlash, ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotishni; o‘zaro foydalilik va qaytarib berish shartlari bilan samarali bank kredit-moliya xizmati ko‘rsatishni, konsernni va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning iqtisodiy imkoniyatlarini mustahkamlash vositasi sifatida daromad olishni ta’minlashga qaratilgan yagona tijorat va moliya siyosati yurgizishni tashkil etish va rivojlantirishni; korxonalarning ishlab chiqarish, moliya-xo‘jalik va tijorat faoliyatlarining iqtisodiy samaradorligini muntazam ravishda tahlil etish, nazorat qilish va taftish etishni; korxonalarga maslahat, tashkiliy-uslubiy, moliyaviy, huquqiy, muhandislik va axborot yordami ko‘rsatishni; faol kadrlar siyosatini o‘tkazishni, korxonalar uchun kadrlar tayyorlashni, qayta tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etishni ta’minlaydi. 11. Konsern o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi barcha iqtisodiy organlar va tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, pudratchi qurilish-montaj tashkilotlari va boshqa tuzilmalari bilan bevosita o‘zaro hamkorlik qiladi. Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarni boshqarish iqtisodiy usullar bilan, demokratik asoslarda, konsern a’zolarining huquqlari va mustaqilliklariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. 12. Konsernni boshqarish quyidagi doimiy organlar: konsern Kengashi, ishchi apparati bo‘lgan konsern boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Konsern Kengashi yuqori boashqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibiga lavozimlari bo‘yicha konsern a’zolari hisoblanadigan ilmiy-tadqiqot birlashmalari, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, bir vaqtning o‘zida boshqaruv raisi hisoblanuvchi konsern raisi va boshqaruv a’zolari kiradilar. 13. Konsern Kengashining maqomi va faoliyati mazkur Ustav bilan tartibga solinadi. 14. Kengashning majlislari zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi. Konsern Kengashining navbatdan tashqari majlislari Kengash a’zolarining kamida 1/3 qismining yoxud konsern boshqaruvi tarkibining kamida 2/3 qismining talabiga ko‘ra o‘tkaziladi. 15. Konsern Kengashining majlisi, agar uning ishida Kengash a’zolari umumiy sonidan 2/3 qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Kengash majlisini konsern raisi ochadi. Kengashga navbati bilan joriy majlisda saylangan Kengash a’zolaridan biri raislik qiladi. 16. Kengash qarori, agar uning uchun majlisda qatnashayotganlarning 2/3 qismi biroq Kengash a’zolarining umumiy sonining kamida 50% i ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Konsern Kengashi tomonidan qabul qilingan xulosalar qarorlar sifatida rasmiylashtiriladi. Kengash majlislarining bayonlari raislik qiluvchilar tomonidan imzolanadi va ularning bir nusxasi Kengash a’zolariga jo‘natiladi. 17. Kengash qarorlari konsernning barcha a’zolari va uning boshqaruvi uchun majburiy hisoblanadi. 18. Konsern Kengashi: konsern faoliyatiga taalluqli barcha asosiy masalalarni hal qiladi, konsernni ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol dasturlari ham shu jumlaga kiradi; konsernning, boshqaruvning, konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy vazifalari va funksiyalarining bajarilishini tahlil qiladi hamda ularni baholaydi; konsern moliya-xo‘jalik faoliyatining yillik hisobotini va balansini, konsern boshqaruvi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, taftish komissiyasining xulosalarini tasdiqlaydi; uzoq vaqt zarar ko‘rib va samarasiz ishlagan norentabelli korxonalarning bundan keyin faoliyat ko‘rsatishlarining maqsadga muvofiqligi masalalarini, shuningdek, ishlab chiqarishni va xususiylashtirishni tashkil etishning turli xil shakllari bilan bog‘liq masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va hal etadi; korxonalarni, tashkilotlarni, kooperativlarni va xo‘jalik faoliyatining boshqa shakllarini konsern tarkibiga qabul qilish va undan chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; respublika boshqaruv organlariga kiritilgan muhim normativ hujjatlar loyihalarini, shuningdek, konsern faoliyatining boshqa muhim masalalarini ko‘rib chiqadi, konsern korxonalarining mehnat jamoalarini qabul qilingan qarorlardan xabardor qiladi; konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi; konsern tarkibiga kirgan mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar uchun kirish va ulush qo‘shish badallarining miqdorlarini belgilaydi. konsern raisining, uning o‘rinbosarlarining va boshqaruv a’zolarining hisobotlarini eshitadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi; o‘z huquqlarining bir qismini konsern boshqaruviga berishi mumkin. 19. Kengash konsern raisini, uning o‘rinbosarlarini, boshqaruv a’zolarini va taftish komissiyasini saylaydi. Konsern boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari Kengashning taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Kengash konsern boshqaruvi ishchi apparatini saqlash uchun limitlarni tasdiqlaydi hamda tasdiqlangan xodimlar soni va ish haqi to‘lash fondi doirasida uning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Saylab qo‘yiladigan va ishchi apparati korxonalarning daromadlari (foydalari)dan ajratmalar hisobiga shartnoma asosida saqlanadilar. Kengash a’zolari boshqaruvni saylash chog‘ida muqobil nomzodlarni tavsiya etish huquqiga egadirlar. Boshqaruv a’zolari konsern Kengashining qarori asosida lavozimlaridan ozod etilishlari mumkin. 20. Konsern boshqaruvi uning joriy ishlariga rahbarlik qiladi va konsernga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi. Boshqaruv majlislari zaruratga ko‘ra, lekin bir oyda kamida bir marta uning raisi tomonidan chaqiriladi. Boshqaruv majlisi, agar uning ishida boshqaruv a’zolarining umumiy sonidan kamida 2/3 qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi. Boshqaruvning o‘z vakolati doirasida va amaldagi qonunchilikka muvofiq qabul qilgan qarorlari konsernning barcha a’zolari bajarishi uchun majburiydir. Konsern boshqaruvi: konsern Kengashi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi; konsern Kengashi majlisida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan masalalarni oldindan ishlab chiqishni amalga oshiradi; respublika xalq xo‘jaligi ehtiyojlaridan kelib chiqib tarmoqni ishlab chiqarish-xo‘jalik, ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning yo‘nalishlari va istiqbollarini ishlab chiqadi hamda ularni tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi; ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish, investitsiya, ekologiya, moliya-tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida birgalikda harakat qilish yo‘nalishini ishlab chiqadi; konsern ko‘rgan zararlarni, jumladan, korxonalarning qabul qilingan majburiyatlarni bajarmasliklari yoki ko‘ngildagidek bajarmasliklari oqibatida ular tomonidan yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, keyinchalik bu haqda konsern Kengashiga xabar qiladi; konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarning ustavlarini tasdiqlaydi; ishchi apparati xodimlarining hisobotlarini tinglaydi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi; korxonalarning rahbarlarini shartnomalar bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga tayinlaydi va ishdan ozod etadi; tegishli organlarda qonunlarning iqtisodiy va yuridik manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi; boshqaruv huzuridagi ishchi apparati xizmatlari rahbarlarini tuzilmaga va shtat jadvaliga muvofiq lavozimga tasdiqlaydi. Boshqaruv qarori, agar uning uchun ishtirok etuvchilarning kamida 2/3 qismi, lekin boshqarma a’zolari umumiy sonidan yarmidan ko‘pi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Ishchi apparati xodimlarining mehnat munosabatlari shartnoma asosida ko‘riladi. 21. Boshqaruv raisi boshqaruv va ishchi apparati faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, konsernga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, o‘zining o‘rinbosarlari va boshqaruv a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning konsern faoliyati masalalarini hal etishdagi vakolatlarini belgilaydi. Boshqaruv raisi: o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar chiqaradi; konsern rahbar organlari qarorlarining bajarilishini nazorat qilishni ta’minlaydi; konsernning mol-mulki va mablag‘lariga belgilangan tartibda egalik qiladi, O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda konsern nomidan ish ko‘radi, bitimlar, shartnomalar va boshqa kelishuvlarni tuzadi va bunday kelishuvlarni amalga oshirish uchun vakolatnomalar beradi; shtat jadvalini va boshqaruv hamda uning ishchi apparatini saqlash uchun xarajatlar smetasini shuningdek, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi; konsern apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi, shu jumladan, shartnoma bo‘yicha, lavozim maoshlari va ularga ustamalarni belgilaydi, apparat xodimlarini rag‘batlantiradi hamda ularni jazolaydi; O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq respublikadagi, boshqa mintaqalardagi va chet ellardagi tashkilotlar va fuqarolarga konsern nomidan e’tirozlar bildirish va da’volar qo‘zg‘ash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 22. Mazkur Ustavdan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish maqsadida konsern korxonalari konsern Kengashiga va boshqaruvga quyidagi vakolatlarni beradi: konsernni, ishlab chiqarish-xo‘jalik va tashkiliy-boshqarma tuzilmalarini boshqarish tizimini shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxonalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash asosida ta’minot, vositachi, tijorat markazlari hamda firmalari, ulgurji, chakana va tashqi savdo korxonalari, kichik korxonalar, kooperativlar va faoliyat ko‘rsatishning boshqa shakllarini tashkil etish; tarmoq tijorat banki, respublikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berilgandan ortiqchasini uning tashqarisida sotish huquqi bilan qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan birjalarini tashkil etish; zarur bo‘lgan hollarda qo‘shma korxonalar, birja (brokerlik byurolari, kontora)lar tashkil etish; bozor sharoitida yangi texnologiyalar ishlab chiqishni va tadbirkorlik shakllarini tashkil etishni o‘rganish maqsadida chet ellarga mutaxassislarni amaldagi qonunchilikka muvofiq xizmat safariga yuborish; boshqaruv apparati, vositachi tijorat markazlari, konsern firmalari, tijorat banki xo‘jalik (faoliyati natijasida olingan xo‘jalik daromadini, shuningdek, markazlashtirilgan jamg‘armalar va zaxiralar hamda konsern Kengashi tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq hosil bo‘lgan valyuta jamg‘armalarini taqsimlash; tarmoqlararo ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash bilan bog‘lik, kompleks masalalarni hal etish; ichki va tashqi bozorning talablarini hisobga olib korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan davlat standartlari bilan qamrab olinmagan mahsulotlar uchun normativ-texnik hujjatlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlash; qiymati 6 mln so‘mgacha bo‘lgan korxonalarni markazlashtirilgan mablag‘lar hisobiga, qiymati 9 milliondan ortiq bo‘lgan korxonalarni korxonalar mablag‘lari (1991-yilgi narxlarda) hisobiga asosli qurish va qayta qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash; tuzilgan shartnomalarga muvofiq konsern a’zolari bo‘lgan korxonalardan markazlashtirilgan jamg‘armalardan va konsern zaxiralaridan ajratilgan kredit va mablag‘larni qaytarish muddati tuzilgandan keyin yoki ko‘rsatilgan jamg‘armalar va zaxiralarga to‘lanishi kerak bo‘lgan badallarni akseptsiz tartibda undirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish. 23. Konsern Ustavini tan olgan, konsernning vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish yuzasidan o‘ziga majburiyat qabul qilgan davlat korxonalari, kooperativ, qo‘shma korxonalar va xo‘jalik faoliyatining boshqa shakllaridagi korxonalar konsern a’zolari bo‘lishlari mumkin. 24. Konsern a’zolari quyidagi huquqlarga egadirlar: konsern tomonidan o‘tkaziladigan barcha dasturiy chora-tadbirlarda, qo‘shilgan hissalariga mutanosib ravishda daromad ulushlarini olib, o‘zlarining mablag‘lari, faoliyatlari bilan qatnashish; konsern jamg‘armalaridan shartnoma asosida qisqa muddatli va uzoq; muddatli kreditlar, shuningdek, har qanday boshqacha yordam olish; konsern Kengashi va boshqaruvining ko‘rib chiqishi uchun konsern faoliyatining turli qirralari bo‘yicha takliflar kiritish xamda ular bo‘yicha axborotlar olish. Konsern tarkibiga kirgan korxonalar shartnoma bo‘yicha konsern oldidagi o‘zining majburiyatlarini bajarish sharti bilan Kengash qaroriga ko‘ra undan chiqish huquqiga egadirlar. 25. Konsern a’zolari: konsern vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishga; mazkur Ustav talablarini bajarishga va kirish hamda pay badallarini to‘lashga; konsernning moliya-iqtisodiy faoliyatida ishtirok etishda konsern va sheriklar oldidagi o‘z shartnoma majburiyatlarini so‘zsiz bajarishga; boshqaruv tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga binoan korxonalarning faoliyati to‘g‘risidagi zarur axborotni konsern Kengashiga, konsern boshqaruviga taqdim etishga; konsern faoliyati to‘g‘risidagi texnologik, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa xil ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilishga majburdirlar. 26. Konsernning mol-mulki ustav jamg‘armasini hosil qiluvchi asosiy va oborot mablag‘lardan, shuningdek, konsernga biriktirib qo‘yilgan jamg‘armalardan va boshqa mol-mulklardan iborat bo‘ladi. 27. Konsernga biriktirib qo‘yilgan mol-mulklar uning mustaqil balansida aks ettiriladi. 28. Konsern mablag‘lari: kirish badallaridan, maqsadli badallardan, pay badallaridan (badallarning miqdori konsern Kengashi tomonidan belgilanadi); aksiyalar va boshqa qiymatli qog‘ozlardan; konsern xo‘jalik faoliyati daromadlaridan, tashqi savdo va kredit a’mollaridan; davlat organlari, konsern tarkibiga kiradigan yoxud kirmaydigan korxonalar tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatlardan olinadigan daromadlardan shakllanadi. 29. Konsern tarkibidan chiqib ketgan korxonalarga kirish badallarini qaytarib berish shartnomada aytib qo‘yiladi. 30. Konsern tarkibiga kirgan korxonalarning roziligi bilan ishlab chiqarishni va ijtimoiy sohani rivojlantirishning qo‘shma dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan jamg‘arma tashkil etilishi mumkin. 31. Konsern a’zolari bo‘lgan korxonalar ularga bog‘liq bo‘lmagan favqulodda holatlar (zilzila, yong‘in, suv toshqini, korxonalarning ixtiyoridan tashqari bo‘lgan va oqibatda ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib kelgan boshqa holatlar)ga tushib qolganlarida ularga yordam ko‘rsatish uchun konsernning zaxira jamg‘armasi shakllantiriladi, u korxonalarning daromadlari (sof foydasidan ajratmalar hisobiga tashkil topadi (ajratmalarning miqdori va ularni taqdim etishning davriyligi Kengash tomonidan belgilanadi). Zaxira jamg‘armasining mablag‘i daxlsizdir va u Kengash qaroriga ko‘ra qat’iy belgilangan maqsadlarga sarflanadi. 32. Konsern o‘z mol-mulkini sug‘urta qilishni va tavakkalchilik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. 33. Konsern tezkor buxgalterlik va statistika hisobini yuritadi, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilishni amalga oshiradi. 34. Belgilangan tartibda xo‘jalik faoliyatining barcha turlari bo‘yicha hisobot taqdim etadi, hisobotlar va balanslarning ishonchliligini ta’minlaydi. 35. Konsern O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq konsern tarkibiga kirgan davlat korxonalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini kompleks taftish qilishni amalga oshirishni ta’minlaydi. 36. Konsern amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishini, konsern a’zolarining takliflari, fuqarolarning ariza va shikoyatlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi. 37. Konsernni tugatish Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi. 38. Konsernning istalgan qatnashchisining a’zoligi, agar ushbu a’zoning faoliyati konsern maqsadlariga va vazifalariga mazkur Ustavga zid bo‘lsa, konsern Kengashining qarori bilan to‘xtatilishi mumkin. 39. Konsernni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng konsern Kengashi tugatish komissiyasini saylaydi, komissiya bir oy muddat ichida konsern majburiyatlari bo‘yicha zarur hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Mulkning tugatishdan keyin sarflanmagan qismi pay badallariga muvofiq konsernning sobiq a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi.
126
23,938
Qonunchilik
Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘grisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son karoriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kuyidagi mazmundagi 612-band qo‘shilsin: “612. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu karorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
250
1,206
Qonunchilik
BANK TIZIMINI YaNADA ERKINLAShTIRISh VA ISLOH QILISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklarining mustaqilligini oshirish hamda ularni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish, dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik biznes subyektlarini kreditlashni kengaytirish, banklarning omonatchilari manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek banklar bilan ularning mijozlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini shakllantirish, xorijiy banklar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida: 2. Xorijiy banklarning tajribasini hisobga olgan holda o‘z sarmoyasini va jalb etiladigan mablag‘lar hajmini muttasil ko‘paytirib borish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish, shuningdek iqtisodiyotning real tarmog‘i, avvalo, kichik biznesni kreditlash shakllari, turlari va miqdorlarini kengaytirish tijorat banklarining eng muhim vazifalari deb hisoblansin. Kichik biznesning rivojlanishini kreditlashga yo‘naltiriladigan o‘z mablag‘larini ko‘paytirish borasida tijorat banklarining faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 1-aprelidan boshlab Markaziy bankning o‘zgaruvchan qayta moliyalash stavkasini belgilash mexanizmini joriy etish, uni inflyatsiya darajasining sur’ati, pul bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda oy sayin o‘zgartirib borish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin; Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi sur’atini hisobga olgan holda tijorat banklariga ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik korxonalariga beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini kamaytirish tavsiya etilsin; tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning jalb etiladigan muddatli omonatlari (depozitlari) bo‘yicha Markaziy bankning qayta moliyalash bo‘yicha amaldagi stavkasining kamida 75 foizi miqdorida, jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha esa kamida 50 foizi miqdorida foiz stavkalarini belgilashlari maqsadga muvofiq deb hisoblansin, bunda o‘z vaqtida jalb etilgan depozitlar bo‘yicha depozit bitimining amal qiladigan butun muddati mobaynida o‘zgarmas foiz stavkalari saqlab qolinishi lozim. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga bir oy muddatda quyidagilar tavsiya etilsin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh mablag‘lari, shuningdek xorijiy banklar va moliya institutlarining mablag‘lari qo‘shimcha ravishda jalb etilishini rag‘batlantirishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish; tijorat banklarining ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik va o‘rta korxonalarini kreditlashga yo‘naltiriladigan o‘z mablag‘larini ko‘paytirishni rag‘batlantirish maqsadida tijorat banklarining Markaziy bankdagi zaxiralaridan omilkorlik bilan hamda oqilona foydalanish mexanizmini ishlab chiqib, joriy etish; O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, respublikada tajriba tariqasida tijorat banklarining ishonchliligi va likvidligi darajasini reyting usulida baholashni joriy etish taklifini ishlab chiqish va tasdiqlash. 4. O‘zbekiston Banklari uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Moliya vazirligi, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklarning respublikadagi vakolatxonalari bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga bank va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro Markazni tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritsin. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: moliya va pul bozorlarining talab va takliflarini o‘rganish, pul muomalasining, milliy valyuta barqarorligining, moliya-bank tizimini yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish; moliya-bank tizimini isloh qilish siyosatini takomillashtirish, uning ko‘proq ochiq-oydinligini ta’minlash, iqtisodiyotda to‘lovlar va hisob-kitoblar mexanizmini mustahkamlash, valyuta siyosatini erkinlashtirish, respublikada eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; banklar va moliya institutlarining xalqaro mustaqil auditi natijalari asosida ishonchlilik, likvidlik, daromadlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ularning muntazam reyting bahosi berib borilishini tashkil qilish; xorijiy kompaniyalar va banklarga O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini investitsiyalash hamda ularning respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishda ishtirok etish imkoniyatlari va istiqbollari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish. 5. Tijorat banklariga aholidan, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarid qiluvchi tayyorlov tashkilotlariga mahsulot topshiruvchilar bilan hisob-kitob qilish uchun tuzilgan shartnomalarda ko‘zda tutilgan narxlarga va yetkazib berish muddatlariga muvofiq ulardan amalda xarid qilingan mahsulot hajmining 100 foizi miqdorida naqd pul mablag‘lari berishga ijozat etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda tijorat banklari tomonidan tayyorlov tashkilotlariga naqd pul mablag‘larini berish hamda ulardan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlashning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda aholidan, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan xarid qilinadigan shunday mahsulotlar uchun hisob-kitob qilishda foydalanish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. Tijorat banklari aholidan dastlabki omonatni qabul qilgan bank filiali qayerda joylashganidan qat’i nazar, shu bankning barcha filiallari tomonidan aholining omonatlari bo‘yicha mijozning birinchi talabiga ko‘ra naqd pul mablag‘lari cheklanmagan tarzda berilishini ta’minlasinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining O‘zbekiston Banklari uyushmasining “Omonat himoya” sug‘urta Jamg‘armasi negizida aholi jamg‘armalari jamoa sug‘urta Jamg‘armasini tuzib, uning ustav sarmoyasini 500 million so‘mga qadar yetkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Quyidagilar aholi omonatlari jamoa sug‘urta Jamg‘armasining asosiy vazifalari etib belgilansin: aholining bank va moliya tizimiga ishonchini oshirish; omilkor va samarali sug‘urta tizimlarini ishlab chiqib, joriy etish negizida banklarning aholi omonatlari bo‘yicha javobgarligining yetarli sug‘urta himoyasini ta’minlash; mablag‘larni ishonchli yuqori likvidli davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlar hamda bank depozitlariga sarmoyalashning eng maqbul strategiyasini amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki, O‘zbekiston Banklari uyushmasi bir oy muddatda aholi omonatlari jamoa sug‘urta Jamg‘armasining sarmoyasini shakllantirish tartibi va faoliyatini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib, bunda jamoa sug‘urta Jamg‘armasi “Omonat himoya” sug‘urta jamg‘armasining mablag‘lari hamda tijorat banklarining qo‘shimcha badallari hisobiga qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilishini belgilab qo‘ysinlar. 9. Quyidagilar belgilansin: bank aktivlari, shu jumladan kreditlar portfelini shakllantirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklar tadbirkorlikka oid tavakkallikka taalluqli bo‘lib, ularni boshqarish tijorat banki rahbariyatining vakolatiga kiradi. Tijorat banklarining tavakkalchiliklarini boshqarish ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi; tijorat banklaridagi omonatlarga jismoniy shaxslar tomonidan qo‘yiladigan mablag‘larning manbalari deklaratsiya qilinmaydi. 10. Vazirliklar va idopalap, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining tijorat banklari va ularning filiallari faoliyatiga, shu jumladan filiallarning rahbar xodimlarini tayinlashga aralashishlari, bank mablag‘lari hisobidan turli xil to‘lovlar va badallarni talab qilishlari man etilsin; nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza etuvchi organlarning bank-kredit portfeli va aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish bo‘yicha banklarning faoliyatiga aralashishlari taqiqlansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur Farmonning ijrosi yuzasidan qaror qabul qilsin. 13. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
91
8,768
Qonunchilik
“Fuqaro va eksperimental aviatsiyada uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegaralarni kiritish to‘g‘risida”gi qarorning 1-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida Xalqaro fuqaro aviatsiyasining 60 va 65 yoshga to‘lgan uchuvchilar tarkibiga yoshga oid chegaralarni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan standartlari va tavsiya etilgan amallar (Chikago Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan 172-tuzatish) talablarini O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida joriy qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2007-yil 28-dekabrdagi 1099, 3692 va 1669-son “Fuqaro va eksperimental aviatsiyada uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegaralarni kiritish to‘g‘risida”gi qarorining (ro‘yxat raqami 1762, 2008-yil 25-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 3-4-son, 17-modda) 1-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “65 yoshga to‘lgan uchuvchilar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda o‘z vazifalarini bajarishga; ekipaj tarkibi faqat bitta uchuvchidan iborat bo‘lgan havo kemalarida xalqaro tijorat havo tushuvlarini bajaruvchi 60 yoshga to‘lgan havo kemalarining komandirlari (uchuvchilari) O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda o‘z vazifalarini bajarishga qo‘yilmaydilar.”. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
159
1,754
Qonunchilik
FUQAROLIK, OILAVIY VA JINOIY IShLAR BO‘YIChA HUQUQIY YoRDAM VA HUQUQIY MUNOSABATLAR TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYANI RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasi tomonidan ratifikatsiya kilish uchun taqdim etilgan 1993-yil 22-yanvarda Minsk shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin.
138
304
Qonunchilik
Qishloq хoʻjaligi teхnikasi yetkazib berishning yangi shartlari tasdiqlandi
Prezidentning 10.05.2018 yildagi “Qishloq хoʻjaligini oʻz vaqtida qishloq хoʻjaligi teхnikasi bilan ta’minlash meхanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzAda ilovalarsiz joylashtirilgan. 2018 yilda hududlar kesimida qishloq хoʻjaligi teхnikasini yetkazib berishning qoʻshimcha hajmlari tasdiqlandi. Teхnikaning bir qismi lizing boʻyicha yetkazib beriladi. Banklarga asosiy qarz va foizlarni soʻndirishning imtiyozli davri bilan 4 oydan kam boʻlmagan muddatga lizing tashkilotlariga ular teхnikani yetkazib berish imkoniyatiga ega boʻlishlari uchun kreditlar ajratish tavsiya etildi. Bundan tashqari, yetkazib berishning yangi tartibi joriy etildi. Buyurtmalar portfeli ustuvor ravishda mahalliy va jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan hududiy yarmarkalar davomida amalga oshiriladi. Ular bir yilda ikki marta – fevral-mart va sentyabr-oktyabr oylarida oʻtkaziladi. Yetkazib berish shartlari - oldindan toʻlov yetkazib berilayotgan teхnika narхining 80%idan kam boʻlmagan miqdorda teхnikani yetkazib berish boshlanishidan 120 kundan kam boʻlmagan muddatda, yakuniy hisob-kitob esa yetkazib berilgan teхnika qabul qilingandan keyin 10 ish kuni davomida. Hujjat quyidagi yoʻnalishlarda qator topshiriqlarni ham oʻz ichiga oladi:  Mazkur hujjatlarning toʻliq matni, sharhlar va ular bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov.
75
1,524
Qonunchilik
“Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
233
466
Qonunchilik
“O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasining ustavini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 6-oktabrdagi PQ-3313-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasining ustavi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasining (keyingi o‘rinlarda “O‘zmeliomashlizing” DUK deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyati va hisobdorligini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi. 2. “O‘zmeliomashlizing” DUK O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zmeliomashlizing” DUK ta’sischisi (keyingi o‘rinlarda ta’sischi deb ataladi) hisoblanadi. “O‘zmeliomashlizing” DUK majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi. “O‘zmeliomashlizing” DUKning mol-mulki yetarli bo‘lmaganda ta’sischi uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi. “O‘zmeliomashlizing” DUK ta’sischi majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas. 4. “O‘zmeliomashlizing” DUK o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 5. “O‘zmeliomashlizing” DUK yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va davlat tilida o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga va bank hisob raqamlari, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob ramqamlarga, shuningdek, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgisi hamda xizmat ko‘rsatish belgisiga ega. 6. “O‘zmeliomashlizing” DUKning rasmiy nomi: 1) davlat tilida: to‘liq — “O`zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi; qisqartirilgan — “O`zmeliomashlizing” DUK; 2) rus tilida: to‘liq — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Uzmeliomashlizing”; qisqartirilgan — GUP “Uzmeliomashlizing”; 3) ingliz tilida: to‘liq — State Unitary Company “O`zmeliomashlizing”; qisqartirilgan — SUC “O`zmeliomashlizing”. 7. “O‘zmeliomashlizing” DUKning joylashgan joyi (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni 5-uy. 8. “O‘zmeliomashlizing” DUK melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning manfaatlarini ko‘zlab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, zamonaviy meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarining mavjud parkini yangilash hamda ko‘p tarmoqli parkini shakllantirishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. 9. Lizing oluvchilarning buyurtmanomlari bo‘yicha zamonaviy meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish hamda ularga lizing asosida berish “O‘zmeliomashlizing” DUKning faoliyat sohasi hisoblanadi. 10. Quyidagilar “O‘zmeliomashlizing” DUKning asosiy vazifalari hisoblanadi: melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning lizingga yetkazib beriladigan meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalariga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish va tahlil qilish; melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga mahalliy hamda xorijiy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini lizing asosida yetkazib berish; meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilishga mo‘ljallangan resurslarni shakllantirish uchun donorlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini imtiyozli asosda jalb etish; lizing asosida yetkazib berilgan meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy servis xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish; lizing asosida yetkazib berilgan meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarining texnik holatini tizimli monitoring qilish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish. 11. “O‘zmeliomashlizing” DUK o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini (keyingi o‘rinlarda lizing obyektlari deb ataladi) lizing asosida yetkazib berishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganadi va tahlil qiladi; bo‘lajak lizing oluvchilarning kelgusi yil uchun buyurtmanomalarini umumlashtiradi; buyurtmanomalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) kafolat xatlari asosida ishlab chiqarish tashkilotlari bo‘yicha joylashtiradi; lizing obyektlarini xarid qilish uchun tender savdolarini e’lon qiladi; lizing obyektlarini xarid qilish uchun e’lon qilingan tender savdolari bo‘lajak ishtirokchilarining buyurtmanomalarini umumlashtiradi; lizing obyektlarini xarid qilish uchun tender savdolari sifatli o‘tkazilishini belgilangan tartibda tashkil etadi; kafolat xatlari bilan tasdiqlangan moliyaviy mablag‘lar, shuningdek, o‘z mablag‘laridan foydalangan holda mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan lizing obyektlarini xarid qilish uchun shartnomalar tuzadi; Jamg‘arma zaymlarini olish uchun buyurtmanomalarni joylashtiradi; lizing obyektlarini yetkazib beruvchilar bilan tegishli avans hisob-kitoblarini amalga oshiradi; ishlab chiqaruvchi zavodlarga borib, lizing obyektlarini ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qiladi; lizing oluvchilarga lizing obyektlarini lizing shartnomalariga muvofiq taqdim etadi; donorlarni jalb qilish sohasida lizing obyektlarini xarid qilishga mo‘ljallangan resurslarni shakllantirish uchun donorlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini imtiyozli asosda jalb etish ishlarini amalga oshiradi; lizingga berilgan lizing obyektlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy servis xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi; lizing asosida yetkazib berilgan lizing obyektlarining texnik holatini tizimli monitoring qilish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etadi; lizing shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida kelib tushishini doimiy nazorat qiladi. 12. “O‘zmeliomashlizing” DUK zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga “O‘zmeliomashlizing” DUK vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan “O‘zmeliomashlizing” DUK vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish; davlat statistika organlaridan “O‘zmeliomashlizing” DUK vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan statistika axborotini bepul olish; “O‘zmeliomashlizing” DUK xodimlarini ularning tegishli sohadagi o‘z faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlarni bajarishi hisobga olingan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash; “O‘zmeliomashlizing” DUK vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifoda etish; O‘zbekiston Respublikasi va xorijda ishlab chiqariladigan zamonaviy lizing obyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolarini shartnoma asosida ishga qabul qilish; ta’sischi bilan kelishgan holda, “O‘zmeliomashlizing” DUK xodimlarining oylik ish haqi miqdori va uni to‘lash tartibi, ularni mukofotlash va imtiyozlarni berish tartibini belgilash; “O‘zmeliomashlizing” DUK qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 13. “O‘zmeliomashlizing” DUK quyidagilar uchun mas’ul: “O‘zmeliomashlizing” DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi; “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyati bilan bog‘liq davlat dasturlarida nazarda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlash; jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek, lizing oluvchilarning bevosita “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatiga taalluqli murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi; lizing oluvchilarning lizing obyektlaridan maqsadli va samarali foydalanishi bo‘yicha o‘z vaqtida monitoring olib borilishi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, “O‘zmeliomashlizing” DUK qabul qiladigan qarorlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari hamda oqibatlari; sohani (tarmoqni) rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohadagi (tarmoqdagi) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ulardagi muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda ularning himoya qilinishini ta’minlash. 14. “O‘zmeliomashlizing” DUKka O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijrochi direktor rahbarlik qiladi. 15. “O‘zmeliomashlizing” DUK ijrochi direktorining o‘rinbosari ijrochi direktor tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 16. Ijrochi direktor bo‘lmaganda uning vakolatlarini o‘rinbosari amalga oshiradi. 17. “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriining o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mutasaddilik qiladi. 18. Ijrochi direktor “O‘zmeliomashlizing” DUKning ijroiya organi hisoblanadi va korxonaning joriy faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. 19. Ijrochi direktor “O‘zmeliomashlizing” DUK nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, shtat jadvalini belgilaydi, “O‘zmeliomashlizing” DUKning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi. 20. Ijrochi direktor ta’sischiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yillik biznes-reja bajarilishi to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot beradi. 21. Quyidagilar “O‘zmeliomashlizing” DUK ijrochi direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish; “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, “O‘zmeliomashlizing” DUKka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil etish; “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar amalga oshirilishini tanqidiy hamda chuqur tahlil qilish; “O‘zmeliomashlizing” DUK, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi vakillarining (keyingi o‘rinlarda “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari deb ataladi) faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlashga doir amaliy choralar ishlab chiqish hamda ko‘rish; “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyati sohasiga doir masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislari va Rayosatida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish; o‘z o‘rinbosari vakolatlarini belgilash, “O‘zmeliomashlizing” DUKning boshqa mansabdor shaxslari majburiyatlari va vakolatlarini taqsimlash, “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatining ayrim bo‘limlariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosari hamda boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyat darajasini belgilash; “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, “O‘zmeliomashlizing” DUK va o‘z o‘rinbosarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini tashkil etish va monitoringi bo‘yicha amaliy tizimni shakllantirish, “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun “O‘zmeliomashlizing” DUK va “Meliomashlizingservis” MChJ mansabdor shaxslarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish; “O‘zmeliomashlizing” DUK xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish; “O‘zmeliomashlizing” DUK tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, “O‘zmeliomashlizing” DUK kadrlar zaxirasini shakllantirish; bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan xodimlar, shuningdek, “O‘zmeliomashlizing” DUKka ishga qabul qilinadigan boshqa xodimlarning mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlari yuqoriligi kafolatlanishini ta’minlash; faoliyat sohasiga doir masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini, ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil qilish, ularni Vazirlar Mahkamasi apparatida qayta ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rahbariyatida himoya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqishda ishtirok etish, shuningdek, “O‘zmeliomashlizing” DUKka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini to‘liq hamda atroflicha ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish hamda belgilangan muddatlarda kelishish (imzolash); “O‘zmeliomashlizing” DUK rahbarlari va xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qat’iy muvofiq ravishda xizmat safarlarida bo‘lishini tashkil etish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash; o‘z o‘rinbosari va “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari, shuningdek, “Meliomashlizingservis” MChJ rahbarlari faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini umumiy yig‘ilishlarda eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; “O‘zmeliomashlizing” DUK rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida keyinchalik qolish yoki qolmaslik maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish, shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “O‘zmeliomashlizing” DUK tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali bunday holatlar sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatini, “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari va “Meliomashlizingservis” MChJ ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash; lizing xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirish, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, “O‘zmeliomashlizing” DUK rahbarlari va xodimlarining qabulxonalar faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish. 22. Quyidagilar “O‘zmeliomashlizing” DUK rahbari o‘rinbosarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish; “O‘zmeliomashlizing” DUK rahbari vaqtinchalik bo‘lmaganda tegishli buyruqqa asosan uning majburiyatlarini bajarish; “O‘zmeliomashlizing” DUKning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari, “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari va “Meliomashlizingservis” MChJ faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda bevosita rahbarlik qilish; “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan “O‘zmeliomashlizing” DUKning mutasaddilik qiladigan faoliyat yo‘nalishlariga taalluqli konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar amalga oshirilishini tanqidiy hamda chuqur tahlil qilish; “O‘zmeliomashlizing” DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalari, “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari va “Meliomashlizingservis” MChJ tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish hamda ularning qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish uchun mas’uliyatini oshirish; “O‘zmeliomashlizing” DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillarining har choraklik rejalarini ijrochi direktorga tasdiqlash uchun taqdim etish, ularning bajarilishini nazorat qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, “O‘zmeliomashlizing” DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalarida, “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillarining va “Meliomashlizingservis” MChJda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish; “O‘zmeliomashlizing” DUK yig‘ilish qarorlari, ijrochi direktorning buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; “O‘zmeliomashlizing” DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalariga, shuningdek, “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari lavozimlariga kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha ijrochi direktorga takliflar kiritish, ularning mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlari yuqoriligi kafolatlanishini ta’minlash, professional malakasini oshirish choralarini ko‘rish, mutasaddilik qiladigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; “O‘zmeliomashlizing” DUKka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq va atroflicha ko‘rib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizadan puxta o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga to‘liq muvofiq ravishda xizmat safarlarida bo‘lish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash; “O‘zmeliomashlizing” DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining, “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari va “Meliomashlizingservis” MChJ rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish takliflarini ishlab chiqish hamda ularni “O‘zmeliomashlizing” DUK rahbariyatiga kiritish; “O‘zmeliomashlizing” DUK rahbariyatiga mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini, “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillarini va “Meliomashlizingservis” MChJ xodimlarini rag‘batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida keyinchalik qolish yoki qolmaslik maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlar va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “O‘zmeliomashlizing” DUK tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali bunday holatlar sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; ijrochi direktorga lizing xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga oid takliflar kiritish; jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qabulxonalar faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish. 23. “O‘zmeliomashlizing” DUK ijro etuvchi apparati “O‘zmeliomashlizing” DUKning joriy faoliyatini ta’minlaydi. 24. Ijrochi direktor “O‘zmeliomashlizing” DUK ijro etuvchi apparatining rahbari hisoblanadi. 25. Quyidagilar “O‘zmeliomashlizing” DUK ijro etuvchi apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi: “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari bilan birgalikda “O‘zmeliomashlizing” DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash; “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatini, ijrochi direktor va uning o‘rinbosarini tashkiliy hamda tahliliy axborot bilan ta’minlash; davlat boshqaruvi organlari faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etish; “O‘zmeliomashlizing” DUK vakolatiga kiradigan operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalarni hal etish; ijro intizomiga rioya etilishini ta’minlash. 26. “O‘zmeliomashlizing” DUK ijro etuvchi apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyati tashkil etilishini ta’minlaydi; xorijiy investorlar, moliya institutlari va donor tashkilotlar bilan investitsiyalar jalb qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazadi; mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilardan lizing obyektlarini xarid qilish faoliyatini tashkil qiladi; bo‘lajak lizing oluvchilar tomonidan lizing obyektlarini olish uchun taqdim etilgan loyihalar va hujjatlar iqtisodiy tahlil etilishini ta’minlaydi, lizing obyektlarini berish yoki berishni rad etish haqida xulosa beradi; “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil qiladi; “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyati va uning rahbariyatini tashkiliy hamda tahliliy axborot bilan ta’minlaydi; “O‘zmeliomashlizing” DUK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi; “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari va “Meliomashlizingservis” MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlarining bajarilishini tizimli nazorat qiladi; “O‘zmeliomashlizing” DUK xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi; lizing oluvchilarga lizing asosida zamonaviy lizing obyektlari yetkazib berilishini ta’minlaydi; lizingga berilgan lizing obyektlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy servis xizmatlari ko‘rsatilishiga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, lizing obyektlarining texnik holati, ulardan maqsadli hamda samarali foydalanish bo‘yicha tizimli monitoringni tashkil etadi; “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; qarzlarni undirish faoliyatini amalga oshiradi, tegishli materiallarni sudga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi; “O‘zmeliomashlizing” DUK vakolatiga kiradigan boshqa operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalarni hal etadi. 27. Ijro etuvchi apparat tarkibiga “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari ham kiradi. 28. Quyidagilar “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillarining asosiy vazifalari hisoblanadi: tegishli hududda “O‘zmeliomashlizing” DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish; joylarda lizing obyektlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish; joylardagi tashkilotlarning “O‘zmeliomashlizing” DUK tomonidan beriladigan lizing obyektlariga bo‘lgan ehtiyojini tahlil qilish va umumlashtirish; “O‘zmeliomashlizing” DUK markaziy apparati bilan hamkorlik qilish; “Meliomashlizingservis” MChJning joylardagi filiallari bilan hamkorlik qilish. 29. “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari o‘zlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: joylarda tashkilotlarning lizing obyektlarini xarid qilish ehtiyojini o‘rganadi; “Meliomashlizingservis” MChJning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi filiallari vakillari bilan birgalikda “O‘zmeliomashlizing” DUK lizing oluvchilariga berilgan lizing obyektlari hisobini yuritadi; lizing oluvchilar tomonidan lizing obyektlari saqlanishini, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni nazorat qiladi va natijalar asosida lizing oluvchining vakili ishtirokida dalolatnomani rasmiylashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan foydalanilayotgan lizing obyektlarini ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha “O‘zmeliomashlizing” DUK rahbariyatiga, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va mahalliy ijro hokimiyati organlariga aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etishda yordam berish uchun yozma xulosa kiritadi; “O‘zmeliomashlizing” DUK mablag‘lari hisobidan lizing shartnomalari tuzilgan boshqa lizing oluvchilar foydalanayotgan lizing obyektlari monitoringi natijalariga ko‘ra, nuqson dalolatnomalari tuzadi va ularni tegishli choralar ko‘rish uchun “O‘zmeliomashlizing” DUKka va lizing oluvchining kafiliga topshiradi; lizing oluvchilardan lizing to‘lovlari, “O‘zmeliomashlizing” DUK bilan tuzilgan shartnomalari bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda oladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun, jumladan, bo‘lajak lizing oluvchining to‘lovga layoqatliligi, moliyaviy ahvoli va boshqa imkoniyatlari, kafillar to‘g‘risida va boshqa zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish; lizing shartnomasi yoki kafillikni rasmiylashtirishda, sudda esa “O‘zmeliomashlizing” DUK manfaatlariga daxldor masalalarni ko‘rib chiqishda “O‘zmeliomashlizing” DUKning vakolatli vakili sifatida va “O‘zmeliomashlizing” DUK nomidan ishtirok etadi; joylarda lizing obyektlari buzilgani to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lganda, bu haqida “Meliomashlizingservis” MChJ filiallari vakillariga yoki markaziy apparatiga xabar beradi, servis xizmatlari ko‘rsatilishiga ko‘maklashadi va natijalari xususida “O‘zmeliomashlizing” DUKka ma’lumot beradi; “O‘zmeliomashlizing” DUK ijro etuvchi apparatiga lizing obyektlari va lizing oluvchilar haqida zarur axborot beradi. “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari ijrochi direktor va uning o‘rinbosari topshirig‘iga binoan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 30. “O‘zmeliomashlizing” DUK ijrochi direktori: “O‘zmeliomashlizing” DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi; ushbu Ustavning 13-bandida nazarda tutilgan “O‘zmeliomashlizing” DUKning javobgarlik sohalari; ushbu Ustavning 21-bandida qayd etilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. 31. “O‘zmeliomashlizing” DUK ijrochi direktorining o‘rinbosari: “O‘zmeliomashlizing” DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalar “O‘zmeliomashlizing” DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajarilishi; ushbu Ustavning 13-bandida nazarda tutilgan “O‘zmeliomashlizing” DUKning mutasaddilik qiladigan masalalar yuzasidan javobgarlik sohalari; ushbu Ustavning 22-bandida qayd etilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. 32. “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari: tegishli hududda “O‘zmeliomashlizing” DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilish; ushbu Ustavning 29-bandida qayd etilgan funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun javob beradi. 33. “O‘zmeliomashlizing” DUK ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining vakillar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi. 34. “O‘zmeliomashlizing” DUK ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari bilan hamkorlik qilgan holda: ijro etuvchi apparat topshiriqlarini “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillariga yetkazadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi; “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillariga bevosita tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan so‘rovlar yuboradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi; “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari faoliyatini tekshiradi va o‘rganadi, ularning faoliyat ko‘rsatish amaliyotini umumlashtiradi, ushbu faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari faoliyatini tashkil etish va uning natijalari to‘g‘risidagi hisobot va axborot materiallari, statistika hamda boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi; “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillaridan kelgan takliflarni ko‘rib chiqadi; “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirokini tashkil qiladi, ulardan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha kelgan takliflarni ko‘rib chiqadi. 35. “O‘zmeliomashlizing” DUK vakillari “O‘zmeliomashlizing” DUK ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, jumladan: “O‘zmeliomashlizing” DUK rahbariyati topshiriqlarining bajarilishi to‘g‘risida axborot beradi; ijro etuvchi apparatga belgilangan faoliyat sohasiga oid qonun hujjatlarini amalga oshirish natijalari haqida axborot taqdim etadi; ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar hamda huquqbuzarliklarni bartaraf etish natijalari haqida axborot beradi; “O‘zmeliomashlizing” DUK ijro etuvchi apparatiga o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartib va muddatlarda taqdim etadi; faoliyatini vakolatli organ tomonidan tekshirish natijalari haqida xabardor qiladi. 36. “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholab boriladi. 37. “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatining samaradorligi va natijadorligi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-iyuldagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq baholanadi. 38. Kompaniyaning ustav fondi 5 000 000 000 (besh milliard) so‘mni tashkil qiladi. 39. “O‘zmeliomashlizing” DUKning ustav fondi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 40. “O‘zmeliomashlizing” DUKning mulki: ta’sischi tomonidan “O‘zmeliomashlizing” DUKka operativ boshqarish huquqi asosida biriktirilgan mol-mulk; “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyatidan olingan daromadlar; qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. “O‘zmeliomashlizing” DUK mulkining qiymati “O‘zmeliomashlizing” DUK mustaqil balansida aks ettiriladi. 41. “O‘zmeliomashlizing” DUKda davlat mulkini operativ boshqarish huquqi “O‘zmeliomashlizing” DUK ijrochi direktori va ta’sischi tomonidan davlat mulkini topshirish hamda qabul qilish dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab paydo bo‘ladi. 42. “O‘zmeliomashlizing” DUK mulki bo‘linmaydi. 43. “O‘zmeliomashlizing” DUK mulki ta’sischi bilan kelishgan holda, “O‘zmeliomashlizing” DUK ijrochi direktori tomonidan quyidagi hollarda tasarruf etiladi: asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga berish yoki garovga topshirish; mulkni boshqa tijorat tashkilotlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish; “O‘zmeliomashlizing” DUKning tijorat tashkilotlaridagi aksiyalarini (ulushlarini) sotish; mulkni “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyati maqsadlariga mos kelmaydigan boshqa shaklda sotish. 44. “O‘zmeliomashlizing” DUKka tegishli bino va inshootlar (jumladan, qurilishi tugallanmagan), shuningdek, aksiyalar (ulushlar) Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan sotiladi. “O‘zmeliomashlizing” DUKka tegishli bino va inshootlarni (jumladan, qurilishi tugallanmagan), shuningdek, aksiyalarni (ulushlar) sotishdan tushgan mablag‘lar, ularni sotib olish manbalaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi. 45. Direksiyada qoladigan sof foyda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar to‘langandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga ko‘ra foydalaniladi. 46. “O‘zmeliomashlizing” DUK daromadini (foydasini) taqsimlash va uning zararlarini qoplash tartibi ta’sischi tomonidan belgilanadi. 47. “O‘zmeliomashlizing” DUK ta’sischisining roziligi bilan zaxira va boshqa maqsadli jamg‘armalar tuzilishi mumkin. 48. “O‘zmeliomashlizing” DUK qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va hisobotni taqdim etadi. 49. “O‘zmeliomashlizing” DUKda buxgalteriya hisobini tashkil etish, uning holati va to‘g‘ri yuritilishi, shuningdek, tegishli organlarga davriy hisobot va boshqa hisobotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq ijrochi direktor zimmasiga yuklanadi. 50. “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’sischi, soliq va moliya organlari, o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlari, shuningdek, zarur bo‘lganda, shartnoma asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirilishi mumkin. 51. “O‘zmeliomashlizing” DUK faoliyati bilan bog‘liq yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 52. “O‘zmeliomashlizing” DUK O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan ta’sischining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o‘z filiallari va vakolatxonalarini ochishi mumkin. Ular “O‘zmeliomashlizing” DUK tomonidan mulk bilan ta’minlanadi va o‘z faoliyatini “O‘zmeliomashlizing” DUK ijrochi direktori tasdiqlagan qoidalar asosida amalga oshiradi. 53. Filiallar va vakolatxonalar rahbarlari ijrochi direktor tomonidan ta’sischi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va o‘z faoliyatini “O‘zmeliomashlizing” DUK tomonidan belgilangan tartibda berilgan hamda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida yuritadi. 54. “O‘zmeliomashlizing” DUK qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi va qayta tashkil etiladi. 1. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 28-noyabrdagi 261-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 11-son, 63-modda): a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada: 1-banddagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “meliorativ texnika, mashina va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” so‘zlari “meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “meliorativ va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalari parkini mustahkamlash”; 11-banddagi “meliorativ texnika, mashina va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” so‘zlari “meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-bandda: birinchi xatboshidagi “melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” so‘zlari “meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari deb ataladi); O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “Suvqurilishinvest” DUK deb ataladi)”; to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hududiy organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar”; 13-bandning birinchi xatboshidagi “korxonalar” so‘zi chiqarib tashlansin; 14-bandda: yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “meliorativ va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini o‘rganadi hamda meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilishga doir takliflar ishlab chiqadi”; to‘qqizinchi xatboshidagi “energetika va aloqa” so‘zlari “va energetika” so‘zlari bilan almashtirilsin; 16-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini lizingga oluvchilar (meliorativ va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlar) ro‘yxati bo‘yicha”; 17-bandning birinchi xatboshidan “va korxonalar” so‘zlari chiqarib tashlansin; 18-bandda: birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “QKBD” qisqartma so‘z “Suvqurilishinvest” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar, tumanlar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda tumanlar Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari rahbarlari, havza boshqarmalari va meliorativ ekspeditsiyalar, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari boshliqlari, “Suvqurilishinvest” DUK boshliqlari, shuningdek, ishchi guruhlar a’zolari joriy meliorativ holatga xolisona baho bergan holda, taklif etilayotgan kompleks chora-tadbirlarni puxta ishlab chiqishi zarur”; 20-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Ilmiy-texnik kengashi va Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish Kengashining qo‘shma majlisida” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Tarmoq ilmiy-texnik kengashi (keyingi o‘rinlarda TITK deb ataladi) majlisida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 21-bandda: ikkinchi xatboshidagi “Ilmiy-texnik kengash va Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish Kengashining” so‘zlari “TITK” qisqartma so‘z bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5-iyungacha bo‘lgan muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi), “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasiga (keyingi o‘rinlarda “O‘zmeliomashlizing” DUK deb ataladi) kelgusi yil uchun respublikaning sug‘oriladigan yerlari meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritadi”; 22-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini “O‘zmeliomashlizing” DUK bilan kelishilgan holda, viloyatlar va texnika turlari bo‘yicha taqsimlash takliflari”; 23, 24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “23. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining kelgusi yil uchun sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yuzasidan takliflari bo‘yicha o‘z xulosalarini har yili 15-iyungacha Departamentga yuboradi. 24. “O‘zmeliomashlizing” DUK meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini lizingga oluvchilarning manzili dasturi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi takliflari asosida har bir tashkilotning buyurtmanomasi va moliyaviy ahvolini, ularning lizing mablag‘larini qaytarish qobiliyatini o‘rganadi hamda ularga meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini lizing asosida yetkazib berishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi. 25. Departament 20-iyungacha bo‘lgan muddatda kelgusi yil uchun sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining takliflarini, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zmeliomashlizing” DUKning xulosalarini o‘rganadi va umumlashtirilgan takliflar tayyorlaydi”; 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “26. Departament: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Iqtisodiyot vazirligiga — kelgusi yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturini shakllantirish maqsadida melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining manzilli dasturi bo‘yicha takliflar kiritadi; Jamg‘arma Kengashiga — 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda kelgusi yil uchun umumlashtirilgan takliflar kiritadi”; 29-banddagi “meliorativ texnikani” so‘zi “meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin; 30-bandning uchinchi xatboshidagi “QKBD” qisqartma so‘z “Suvqurilishinvest” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin; 31-bandda: uchinchi xatboshidagi “QKBD” qisqartma so‘z “Suvqurilishinvest” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining mutasaddi rahbarlari, havza boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, zarur bo‘lganda — Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy organlarining rahbarlari bilan kelishiladi”; 37-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “QKBD” qisqartma so‘z “Suvqurilishinvest” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin; 55-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug‘i bilan” so‘zlari “Jamg‘arma Kengashi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) Nizomga ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: 1. 1-maygacha melioratsiya obyektlarining texnik holatini va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini o‘rganish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash takliflarini tahlil qilish, umumlashtirish va ishlab chiqish, muhokama qilish, shuningdek, tumanlar hokimlari bilan kelishish. 2. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash takliflarini umumlashtirish va 15-maygacha bo‘lgan muddatda “Suvqurilishinvest” DUK va meliorativ ekspeditsiyaga taqdim etish. 3. Ishchi guruhlar takliflarini tahlil qilish va umumlashtirish, kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturni shakllantirish va havza boshqarmasi suv xo‘jaligi kengashi a’zolari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida tumanlar hokimlari (viloyat hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi) huzurida uning taqdimotini o‘tkazish. 4. 25-maygacha bo‘lgan muddatda hududiy manzilli dasturlarni Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish. 5. 1-iyungacha bo‘lgan muddatda hududiy manzilli dasturlarni tahlil qilish, ekspertizadan o‘tkazish va umumlashtirish, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining TITK majlisida muhokama qilish. 6. 5-iyungacha bo‘lgan muddatda kelgusi yil uchun sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash takliflarini ko‘rib chiqish uchun kiritish. 7. Ko‘rib chiqish va 15-iyungacha bo‘lgan muddatda xulosalar berish. 8. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash takliflari va xulosalarini tahlil qilish hamda 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Jamg‘arma Kengashiga taqdim etish. 9. Kelgusi yil uchun manzilli dasturni muhokama qilish va tasdiqlash hamda amalga oshirish uchun yo‘naltirish. 10. Tasdiqlangan manzilli dasturga kiritilgan loyihani amalga oshirish”. g) 2-ilovada: nomidagi, 1 va 2-bandlardagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalari parkini mustahkamlashni qaytarish, shu jumladan uzoq muddatli imtiyozli lizing shartlari asosida moliyalashtirish tadbirlari”; 9-bandda: birinchi xatboshidagi “melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari” so‘zlari “meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari (keyingi o‘rinlarda QKBD deb ataladi)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “Suvqurilishinvest” DUK (keyingi o‘rinlarda “Suvqurilishinvest” DUK deb ataladi) so‘zlari bilan almashtirilsin”; 92-bandda: birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining manzilli ro‘yxatlari Departament tomonidan tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. Magistral kollektorlarni ta’mirlash va tiklash loyihalarining manzilli ro‘yxatlari Departament tomonidan tayyorlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi”; uchinchi xatboshidagi “QKBD” qisqartma so‘z “Suvqurilishinvest” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin; 16-bandning birinchi xatboshidagi “QKBD” qisqartma so‘z “Suvqurilishinvest” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin; 17-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jamg‘arma “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasiga (keyingi o‘rinlarda “O‘zmeliomashlizing” DUK deb ataladi) melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning melioratsiya texnikasi parkini mustahkamlash maqsadida melioratsiya texnikasini xarid qilish uchun qarz mablag‘larini qaytarish hamda to‘lash sharti bilan ajratadi”; 183-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zmeliomashlizing” DUK uchun meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish bo‘yicha Jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladigan xarajatlarni o‘tkazish va hisobga olish uchun talab qilib olinadigan alohida maxsus ikkilamchi depozit hisob raqami ochiladi”; 184-banddagi “O‘zmeliomashlizing” kompaniyasi” so‘zlari “O‘zmeliomashlizing” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin; 185-banddagi “QKBD” qisqartma so‘z “Suvqurilishinvest” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin; 19-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri” so‘zlari “Jamg‘arma Kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 27-banddagi “QKBD” qisqartma so‘z “Suvqurilishinvest” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin; 29-bandda: ikkinchi xatboshidagi “QKBD” qisqartma so‘z “Suvqurilishinvest” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zmeliomashlizing” DUK — meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilishning”; 31-banddagi “QKBD” qisqartma so‘z va “O‘zmeliomashlizing” kompaniyasi so‘zlari “Suvqurilishinvest” DUK” va “O‘zmeliomashlizing” DUK” so‘zlari bilan almashtirilsin; 35-banddan “hujjatli tekshirishlar va taftishlar yo‘li bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin; 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “37. Departament Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish monitoringini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega: Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan va loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqqan holda amalga oshiriladigan yoki Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilayotgani aniqlangan har qanday ishlarni to‘xtatish; melioratsiya obyektlarida qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha bajarilgan, shuningdek, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini texnik nazorat qilish va nazorat o‘lchovidan o‘tkazish; buxgalteriya balansi va hisobotlarini, melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash xarajatlarini, shu jumladan melioratsiya obyektlaridagi avariya-tiklash ishlari va oldindan ko‘rish mumkin bo‘lmagan ishlarga xarajatlar bo‘yicha materiallar va hisobotlarni olish; hududiy g‘aznachilik boshqarmalaridan va banklardan pudrat qurilish tashkilotlari bo‘yicha maxsus bank hisobraqamlaridagi mablag‘larning harakati to‘g‘risida ma’lumotlar olish; “Suvqurilishinvest” DUK va pudrat tashkilotlaridan obyektlar bilan bog‘liq hujjatlar nusxalari va ma’lumotlar olish, shuningdek, rahbarlarga aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilmagani va boshqa moliyaviy huquqbuzarliklar aniqlanganda, materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish; mablag‘larning noqonuniy sarflangani yoki ilgari berilgan mablag‘lar sarflanishi bo‘yicha hisobotlar va boshqa hisobotlar taqdim etilmagani uchun pudrat qurilish tashkilotlarini moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yish va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash;” 38-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 21-iyundagi 176-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 41-modda): a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “2013-2014-yillar” va “Moliya vazirligi” so‘zlari “2013 — 2022-yillar” va “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-bandning oltinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” va “davlat unitar korxonalari” “Vazirlar Mahkamasi hamda “pudratchi tashkilotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-banddagi “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi” so‘zlari “O‘zbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5-bandning uchinchi xatboshidagi “davlat unitar korxonalari” so‘zlari “pudratchi tashkilotlar” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-bandda: uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-son qarori” so‘zlari chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada: 9-bandda: oltinchi xatboshidagi “Fermerlar kengashi” so‘zlari “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “meliorativ ekspeditsiya, shuningdek, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i”; 10-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i — tuman hokimi o‘rinbosari; “tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi”; 19 va 20-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) har yili 15-iyungacha Idoralararo komissiyaga kelgusi yilda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan Jamg‘arma kredit liniyasi mablag‘larining dastlabki hisob-kitob hajmini taqdim etadi. 20. Jamg‘arma har yili 25-iyungacha tijorat banklariga kelgusi yilda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan Jamg‘arma kredit liniyasi mablag‘larining dastlabki limiti to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi”; 21-band quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Idoralararo komissiya yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan kelishilgan takliflari asosida Davlat dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Bunda taqdim etilgan takliflar Idoralararo komissiya tomonidan o‘n kun ichida ko‘rib chiqiladi”; 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “22. Idoralararo komissiyaning Davlat dasturi loyihasini ma’qullash, Davlat dasturiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qarorlari Idoralararo komissiyaning barcha a’zolari bilan kelishilgan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi”; 23-bandning birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “25. Hududiy va tuman ishchi guruhlari talabgorlar murojaatlari asosida ularga tomchilatib sug‘orish tizimlarining loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaydigan va pudrat ishlarini bajaradigan tashkilotlarni jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatadi”; 26-bandning ikkinchi xatboshidan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi)” so‘zlari chiqarib tashlansin; 28 va 29-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “28. Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish uchun ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish moliyalashtiradigan tijorat banklari tomonidan nazorat qilinadi. 29. Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish bo‘yicha tugallangan loyiha belgilangan tartibda uch nusxada tuzilgan qabul qilish hujjati bank, tomchilatib sug‘orish tizimini qurgan pudrat tashkiloti va qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili tomonidan imzolangandan so‘ng foydalanishga qabul qilinadi”; v) 2-ilovada: nomidagi “2013-2014-yillar” va “Moliya vazirligi” so‘zlari “2013 — 2022-yillar” va “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1-banddagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Ma
80
62,230
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXORO-XIVA MINTAQASINING ShARQIY KULTAK — ShIMOLIY NIShON — QAMAShI INVESTITSIYa BLOKI DOIRASIDA NEFT VA GAZ QIDIRISh UChUN GEOLOGIYA-RAZVEDKA IShLARI OLIB BORISh TO‘G‘RISIDA
Zamonaviy usullarni, texnologiyalar va asbob-uskunalarni qo‘llash hisobiga geologiya-razvedka ishlari samaradorligini oshirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida uglevodorod xomashyoning razvedka qilingan zaxiralari hajmini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomning VIII bo‘limi 84-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi timsolida ekspertiza qilish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan Sharqiy Kultak — Shimoliy Nishon — Qamashi investitsiya bloki doirasida geologiya-razvedka ishlari olib borish yuzasidan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitob bo‘yicha ijobiy xulosalar berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan “ZEROMAX GmbH” kompaniyasi (Shveysariya) bilan birgalikda ishlab chiqilgan, 2008—2012-yillar davrini nazarda tutadigan Sharqiy Kultak — Shimoliy Nishon — Qamashi investitsiya bloki doirasida: Ayzavat uchastkasida 2D usuli bilan 800 pogon km hajmida seysmorazvedka ishlari olib borishni va Girsan, Qirqquloch-Alyadun, Gasanja-Dalikun, Nishon va Beshkent-Qamashi uchastkalarida 3D usuli bilan 2100 kv km hajmida seysmorazvedka ishlari olib borishni; 24 ta yangi istiqbolli tuzilmalarni keyinchalik qidiruv burg‘ulashiga kiritgan holda tayyorlashni; 161,12 ming pogon metr, shu jumladan 80440 pogon metr qidirish va 80680 pogon metr razvedkaga oid burg‘ulash ishlarini amalga oshirishni; 48 ta qidirish-razvedka quduqlari qurishni; uglevodorod zaxiralari 102,25 mln tonna shartli yoqilg‘i hajmida o‘sishini ta’minlashni; 238,7 mln. dollar, shu jumladan dastlabki uch yilda 164,8 mln. dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etilishini nazarda tutadigan geologiya-razvedka ishlari olib borish yuzasidan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitob ma’qullansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qaroriga muvofiq “ZEROMAX GmbH” kompaniyasiga Sharqiy Kultak — Shimoliy Nishon — Qamashi investitsiya blokini geologik jihatdan o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya bersin. 4. “ZEROMAX GmbH” kompaniyasiga: Sharqiy Kultak — Shimoliy Nishon — Qamashi investitsiya bloki burchak nuqtalarining tasdiqlangan koordinatlari doirasida litsenziyaning amal qilishi davrida o‘z tavakkalchiligi ostida geologiya-razvedka ishlari ko‘rsatkichlari bajarilishini albatta ta’minlagan holda geologiya-razvedka ishlari olib borishga; kompaniyaning sho‘ba korxonasi — “O‘zgazoyl” xorijiy sho‘ba korxonasini berilayotgan yer qa’ri uchastkalarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish bo‘yicha operator sifatida jalb etishga ruxsat berilsin. Bunda investor operatorning xatti-harakatlari uchun o‘z xatti-harakatlari singari javob beradi. 5. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “ZEROMAX GmbH” kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Buxoro-Xiva mintaqasining Sharqiy Kultak — Shimoliy Nishon — Qamashi investitsiya bloki doirasida neft va gaz qidirish uchun geologiya-razvedka ishlarini olib borish bo‘yicha bitimni amalga oshirish yuzasidan, uni imzolash huquqi bilan, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi etib belgilansin. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi (N.A. Ahmedov) Bitimda nazarda tutilgan, investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tizimli nazoratni va Vazirlar Mahkamasiga har oyda loyihaning amalga oshirilishi to‘g‘risida xolisona axborot taqdim etilishini ta’minlasin. 7. Qashqadaryo viloyati hokimligi operatorga Bitimni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
200
4,542
Qonunchilik
Transport vositalarini ijaraga berish faoliyati kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat bo‘ylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-dekabrdagi 812-son qaroriga muvofiq transport vositalarini ijaraga berishni kengaytirish va yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda belgilangan tartibda maxsus taniqlik belgisini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan tashkilotlarning IFUT asosida takomillashtirilgan tasniflagichi rus tilidagi matnidagi 77-bo‘limi 77.1-guruhi quyidagi mazmundagi 77.13-klass bilan to‘ldirilsin: 2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1015-son qarori bilan tasdiqlangan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi “jismoniy” so‘zidan keyin “yoki yuridik” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; b) 4-bandning ikkinchi xatboshisi “pasport” so‘zidan keyin “yoki identifikatsiya ID-kartasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; v) quyidagi tahrirdagi 41-kichik band bilan to‘ldirilsin: “41. Ijaraga beruvchi, zarurat bo‘lganda, yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda oladi.”; g) 5-bandda: quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “garov depoziti miqdori (ijaraga beruvchi va ijarachining kelishuviga ko‘ra)”; yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin; d) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. Ijaraga beruvchi unga shaxsiy mulk sifatida yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli bo‘lgan, texnik soz, videoregistratorlar va GPS navigatorlar bilan jihozlangan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tgan hamda Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq maxsus taniqlik belgiga ega bo‘lgan transport vositalarini qisqa muddatli ijaraga beradi.”; e) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “7. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega: jismoniy shaxsda alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’siridagi yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik belgilari aniq ko‘rinib turganda, u bilan shartnoma tuzishni rad etish; shartnomada belgilangan shartlar asosida transport vositasiga yetkazilgan va ijarachi tomonidan qoplashni talab etadigan zararni, yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun to‘lovlarni amalga oshirish kafolati sifatida xizmat qiladigan garov depozitini to‘lashni talab etish; murojaat qilish orqali Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida shaxsiy kabinet ochish; “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ijaraga berilgan transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini aniqlash; qo‘shimcha xizmatlar (bola uchun maxsus o‘rindiq, navigator, qo‘shimcha sug‘urta, yirik to‘xtash joylarida alohida joy ajratish va boshqalar) ko‘rsatish.”; j) 9-bandning to‘rtinchi xatboshisi “muvofiq butlangan” so‘zlaridan keyin “hamda maxsus taniqlik belgiga ega bo‘lgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; z) 12-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “ijaraga olingan transport vositasida mamlakatni tark etmasligi”; oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
187
4,191
Qonunchilik
“Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-oktabrdagi 223-mh-son “Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 42-43-son, 369-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin. 1. Buyruqning muqaddimasidagi “2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi degan so‘zlar “2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomning 13-bandidagi “Notariat, advokatura va FHDY organlari” degan so‘zlar “Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
144
2,014
Qonunchilik
Suvdan maхsus foydalanish uchun ruхsatnoma – YaIDXP orqali
U suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi maхsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda oʻz ehtiyojlari uchun sun’iy ob’yektlardan suv oluvchi yuridik va jismoniy shaхslar uchun zarur.   Eslatib oʻtamiz, yuridik va jismoniy shaхslar suvdan foydalanish va suv iste’moli toʻgʻrisidagi shartnomalarni ularga хizmat koʻrsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlari bilan tuzadilar (Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qarang). Suvdan oʻz ehtiyojlarida foydalanish uchun uchta hujjat zarur: Soʻnggi hujjatni endi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali olish mumkin. Buning uchun EKIHning 30%i miqdorida haq undiriladi. Eslatib oʻtamiz, suvdan maхsus foydalanish yoki suv iste’moli uchun ruхsatnomalarsiz suv olganlik uchun jarima – olingan har ming kub metr suv uchun EKIHning 40%i undiriladi. 1 yil mobaynida tartib takroran buzilgan taqdirda jarima sanksiyalari 10 baravar miqdorida qoʻllaniladi.
58
984
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RE
O‘zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 15-apreldagi O‘RQ-283-son Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 32-modda): a) Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi birinchi xatboshidagi “yuridik shaxs” so‘zlari “notijorat tashkilot” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarida: 9-bandning ikkinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin; 18-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polisi va maxsus davlat belgisi yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda sug‘urta qildiruvchi ularning dublikatlarini olish huquqiga ega. Bunda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchining dublikatlar berish uchun xarajatlarini to‘langan sug‘urta mukofoti summasining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lashi kerak”; 33-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin: “harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va tekshiruv yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilayotgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha turishgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida xizmatni o‘taganlar”; oltinchi—o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin; 71-bandda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “noqonuniy yo‘l bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilishi”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin; 76-bandning birinchi xatboshidagi “jabrlanuvchiga” so‘zidan oldin “yoki noqonuniy yo‘l bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilganda” so‘zlari qo‘shilsin; 80-banddagi “Sug‘urtalovchilar” so‘zidan keyin “va To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi” so‘zlari qo‘shilsin, “sug‘urtalovchi tomonidan” so‘zlari esa chiqarib tashlansin; Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi blankasi namunasining 10-bandidagi “vakillari” so‘zi “filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
3,050
Qonunchilik
O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin. 1. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston SSJ Prezidentining 1990-yil 8-dekabrdagi Farmoni va O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarori bilan tashkil etilgan. 2. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi rivojlanishini muvofiqlashtirish va prognozlashtirishni boshqaruvchi davlat organi hisoblanadi, o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 3. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston MSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat agrosanoat uyushmalari orqali qishloq xo‘jaligi korxonalari ishini muvofiqlashtiradi, bevosita vazirlikka bo‘ysunuvchi jumhuriyat ilmiy-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish birlashmalari, tashkilotlari va muassasalariga rahbarlik qiladi. 4. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston MSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat agrosanoat uyushmalari, nohiya agrosanoat uyushmalari, o‘ziga qarashli jumhuriyat ishlab chiqarish-ilmiy hamda ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalari O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligining yagona tizimini tashkil etadilar. 5. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘ziga berilgan huquqlar doirasida tarmoqlar bo‘yicha barcha masalalarni hal etadi hamda o‘z vakolatiga kiruvchi ayrim masalalarni hal etishni o‘ziga qarashli boshqaruv organlariga, birlashmalarga va tashkilotlarga topshirishi mumkin. 6. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston MSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat agrosanoat uyushmalari, nohiya agrosanoat uyushmalari, jumhuriyat ishlab chiqarish-ilmiy va ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalari bilan o‘zining o‘zaro moliyaviy munosabatlarini xo‘jalik hisobidagi shartnoma va mana shu shartnomalar asosida kelib tushuvchi mablag‘lar hisobiga quradi, belgilangan tartibda tegishli fondlar tashkil etadi. SSJI davlat banki muassasalarida va boshka banklarda vazirlikka markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash va qayta taqsimlash uchun xisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar hamda nobudgarchiliklarni va narxlardagi tafovutlarni qoplashga mo‘ljallangan mablag‘larni saqlash bo‘yicha schyotlar ochadi. 7. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘z faoliyatida SSJI, O‘zbekiston SSJ qonunlariga, SSJI Oliy Kengashi va O‘zbekiston SSJ Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, SSJI Prezidenti va O‘zbekiston SSJ Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 8. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘z tizimida qonunchilikning qo‘llanilishi amaliyotini umumlashtiradi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ularni tegishli organlarga taqdim etadi. 9. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: kolxozlar, sovxozlar, xo‘jaliklararo korxonalar, dehqon xo‘jaliklari va boshqa xo‘jaliklarda, sanoatning qayta ishlash tarmoqlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi rivojlanishini muvofiqlashtirish, xo‘jalikni yuritishning yangi shakllari (ijara, pudrat, xarajatlar va mehnatga haq to‘lashni nazorat qilishning chek shakli)ni rivojlantirish ishlarini tashkil etish; qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash tarmoqlari rivojlanishini prognozlash, davlat resurslari mahsulotlari balansini mablag‘ bilan ta’minlash, kredit berish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, iqtisodiy islohot va narx siyosatini o‘tkazish, bozor konyunkturasini, qishloq aholisini ijtimoiy ximoya qilish masalalarini o‘rganish; O‘zbekiston SSJ Dehqonlar uyushmasi ishtirokida agrar siyosatning asosiy yo‘nalishlari, yer islohotini o‘tkazish, bozor munosabatlariga o‘tish, qishloqni ijtimoiy qayta qurish, tadbirkorlikning xilma-xil shakllarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; kolxozlar, sovxozlar hamda agrosanoat kompleksi boshqa korxonalari va tashkilotlari moddiy-texnika va muhandislik ta’minotini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; sug‘oriladigan yerlarni muhofaza kilish va ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, g‘o‘za va boshka qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini takomillashtirish, naslchilik ishlarini olib borish, agrosanoat ishlab chiqarishining barcha tarmoqlarida ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish. 10. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Qoraqalpog‘iston MSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat agrosanoat uyushmalari bilan birgalikda o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish asosida buyurtmalarni, xaridlarni bajarish, umumittifoq va jumhuriyat fondlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish va ularni kompleks qayta ishlash, mahsulotlarni saqlash, oziq-ovqat mahsulotlarining xilini yaxshilash va sifatini oshirish, ana shu asosda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatni esa xomashyo bilan barqaror ta’minlash, zarur davlat rezervlari va eksport resurslari yaratish ishlarini tashkil etadi; qishloq xo‘jaligida boshqaruvning iqtisodiy metodlarini joriy etishni muvofiqlashtirish hamda mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning yangi shakllarini rivojlantirish, shuningdek tizimda bozor munosabatlarini joriy etish ishlarini olib boradi; tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari loyihasini, uzoq muddatli barqaror iqtisodiy normativlarni, limitlar va prognozlarni ishlab chiqishni tashkil etadi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va joylashtirishning sxemasini ishlab chiqadi, shuningdek tarmoqning mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga bo‘lgan xalq xo‘jaligi va tashqi iqtisodiy ehtiyojlarini o‘rganadi va aniqlaydi: iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini belgilangan ro‘yxat bo‘yicha, shuningdek davlat buyurtmalarini, limitlarini Qoraqalpog‘iston MSSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, viloyat agrosanoat uyushmalariga, shuningdek bevosita O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligiga bo‘ysunuvchi birlashmalar va tashkilotlarga yetkazadi; belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini (davlat resurslaridan urug‘lik maqsadida ajratiladigan donli ekinlar urug‘lari hajmlari doirasida) va ko‘chatlarni, nasldor mol hamda jo‘jalarni xarid kilish va taqsimlash, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini zotlar bo‘yicha rayonlashtirish rejasini tasdiqlaydi; iqtisodiy-matematik metodlar va hisoblash texnikasi vositalarini qishloq xo‘jaligi va kayta ishlash tarmoqlarini rejalashtirish, hisob-kitob hamda boshqarish amaliyotiga joriy etishni ta’minlaydi; xo‘jalik hisob-kitobini mustahkamlash, rentabellikni oshirish va foydani eng ko‘p darajada ko‘paytirish, asosiy fondlardan, oborot va bank kreditlaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha quvvatlar va rezervlarni aniqlash va ulardan foydalanish, fan-texnika taraqqiyoti asosida mehnat unumdorligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshiradi; fondlar va moddiy-texnika resurslarini rejalarga (davlat buyurtmalariga) qat’iy amal qilgan holda tasdiqlangan nomenklatura bo‘yicha taqsimlaydi; ulgurji savdo va to‘g‘ridan to‘g‘rialoqalar tartibida amalga oshiriladigan mahsulotlarning ajratilgan limitlari bo‘yicha moddiy-texnika resurslari yetkazib berish va realizatsiya qilish yuzasidan iste’molchilar bilan yetkazib beruvchilar o‘rtasida shartnomalar tuzilishini o‘z vaqtida ta’minlash ishlarini tashkil etadi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, qurilish, remont-ekspluatatsiya extiyojlari va boshqa maksadlar uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika regurslarining (belgilangan nomenklatura bo‘yicha) o‘z vaqtida va eng to‘la yetkazib berilishiga erishadi; o‘ziga qarashli korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berishda normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya etish ishlarini tashkil etadi; dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari uchun standartlar loyihalari bo‘yicha xulosalar beradi, qishloq xo‘jaligi mahsuloti uchun xarid narxlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarashli birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarga, nasldor mollarga narxlarni tasdiqlash yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi; kolxozlarda, sovxozlarda, sanoatning qayta ishlash tarmoqlarida, O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarashli korxonalar va tashkilotlarda ixtirochilik va ratsionalizatorlikning rivojlanishiga, shuningdek Vazirlik tizimida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga rahbarlik qiladi; ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va avtomatlashtirishning yanada takomillashgan texnik vositalarini, transport vositalaridan, yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanishning progressiv namunalari va remontini tashkil etish xamda texnika xizmati ko‘rsatish va ularni sarflashning asoslangan normalarini qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi tuzilmalari bilan paxta (xomashyo va tola), lub va kanop poyasi, meva-sabzavot hamda dehqonchilik va chorvachilikning boshqa mahsulotlari bo‘yicha konraktatsiya shartnomalari tuzish ishlariga rahbarlikni, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi; aholini, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va o‘simliklarini, oziq-ovqat, ochiq-ovqatbop xomashyo, em-xashak, sigirlar, chorva mollari, suv ta’minoti sistemasini jarohat yetkazishning zamonaviy vositalaridan va tabiiy ofat oqibatlaridan muhofaza qilishga qaratilgan tashkiliy muhandislik-texnika chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi; kolxozlar, sovxozlar, ijarachi jamoalar va boshqa agrosanoat tuzilmalarining ehtiyojlarini qondirish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari rayonlashtirilgan navlarining urug‘chiligini hamda meva-rezavor mevalarning yuqori sifatli ko‘chatlarini o‘stirish ishlarini muvofiqlashtirib boradi; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda agrosanoat ishlab chiqarishida investitsiya siyosatini ishlab chiqishni amalga oshirishga ko‘maklashadi, atrof-muhitni muhofaza qilish talablari bilan birgalikda jumhuriyat butun xalq xo‘jaligi kompleksi ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni xisobga olgan holda kapital qurilish, quvvatlarni va asosiy fondlarni ishga tushirish, yangi qurilish obyektlarini oqilona joylashtirish rejalarini ro‘yobga chiqarish ishlarini tashkil etadi; zarurat paydo bo‘lganda ixtisoslashtirilgan tarmoqlar bo‘yicha yangi tuzilmalar tashkil etadi, Vazirlik huzuridagi ishlab turgan tashkilotlarni belgilangan tartibda qayta tashkil etadi va tugatadi; barcha toifadagi mutaxassislar va ommaviy kasb kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etadi, demokratik asoslardan keng foydalanib, rahbar xodimlarni tanlaydi va joy-joyiga qo‘yadi. Vazirlik tizimi ehtiyojlari va rivojlanish istiqbollariga muvofiq xodimlar bilan ta’minlashni kompleks rejalashtirishni amalga oshiradi; xorijiy sheriklar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni faollashtirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi; kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining foydalanishida bo‘lgan yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib boradi; tegishli vazirliklar, idoralar va xalq deputatlari Sovetlari bilan birgalikda qishloqni ijtimoiy jihatdan qayta qurish, qishloq ijtimoiy infrastrukturasini kompleks mutanosib va balansli rivojlantirish, qishloq aholisining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlarini amalga oshiradi; er tuzish, veterinariya, naslchilik ishlari, xaridlar va mahsulot sifati, mashina va asbob-uskunalar holatining texnikaviy nazorati, qishloq xo‘jalik ekinlari navini sinash bo‘yicha xizmatlar ishini yo‘naltiradi va nazorat qiladi. 11. Idoraviy nazorat to‘g‘risidagi amaldagi qonunlarga muvofiq O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi taftishlarining muntazam o‘tkazilib turilishini, iqtisodiyotning ahvoli har tomonlama tahlil qilinishini, pul mablag‘lari va moddiy boyliklar saqlanishini nazorat kilishni, tejamkorlik rejimiga rioya etilishini, hisob-kitob va hisobotning to‘g‘ri olib borilishi va uning ishonchliligini ta’minlaydi, shartnomalar, buyurtmalar va arizalar asosida amalga oshiriladigan kishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish, loyiha-qidiruv, qurilish-montaj va boshqa ishlarning bajarilishi hajmlari ustidan ichki idoraviy nazoratning holatini tekshiradi. 12. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘z ishini kollegiallik va yakkaboshchilik, markazlashtirilgan rahbarlikni yangi bo‘g‘inlarning mustaqilligini har tomonlama rivojlantirish bilan oqilona uyg‘unlashtirish asosida tashkil etadi. 13. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligiga O‘zbekiston SSJ Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSJ Prezidentining Farmoni bilan tayinlanadigan, keyinchalik tasdiqlash uchun O‘zbekiston SSJ Oliy Kengashiga taqdim etiladigan Vazir boshchilik qiladi. 14. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirining O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari bo‘ladi. O‘rinbosarlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlashni Vazir amalga oshiradi. 15. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligida Vazir, va lavozimi bo‘yicha Vazirning birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari hamda vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat kollegiya tuziladi. Kollegiya tarkibi soni O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 16. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi kollegiyasi tarmoqqa rahbarlik qilishning asosiy masalalarini, ijroning tekshirilishini, kadrlar tanlash va ulardan foydalanishni, eng muhim qarorlar loyihalarini ko‘rib chiqadi, markaziy apparat strukturaviy bo‘linmalari, o‘ziga bo‘ysunuvchi birlashmalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi, qarorlar qabul qiladi. 17. Kollegiyaning qarorlari, odatda, Vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Vazir bilan kollegiya o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqanda Vazir kelishmovchiliklar haqida O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilgan holda o‘z qarorini amalga oshiraveradi, kollegiya a’zolari o‘z navbatida o‘z fikrlarini O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin. 18. Kollegiya ishning samaradorligi va uning pirovard natijalari uchun javob beradi, qarorlar qabul qilishda umumdavlat manfaatlariga amal qiladi. 19. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vaziri: O‘zbekiston SSJning amaldagi qonunlari asosida va ularni bajarish yuzasidan O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida bajarish majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi hamda ularning ijrosini tekshiradi; O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Vazirning birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari, markaziy apparat strukturaviy bo‘linmalari rahbarlarining O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati ayrim sohalari, shuningdek o‘zlariga qarashli birlashmalar va tashkilotlarning ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi; zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralarning rahbarlari bilan birgalikda qo‘shma buyruqlar chiqaradi. 20. Fan va texnika rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish, tarmoqlarda ilmiy asoslangan yagona texnika siyosatini belgilash, vatanimiz va chet el texnikasining eng muhim yutuqlaridan foydalanish va ularni ishlab chiqarishda joriy etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish uchun O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligida olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ilmiy-texnika kengashi tashkil etiladi. Ilmiy-texnika kengashining tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi. 22. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi fuqarolarning xatlari (shikoyat va arizalari) o‘z vaqtida va e’tibor bilan ko‘rib chiqilishini tashkil etadi, ularda ko‘tarilgan masalalarning to‘g‘ri hal etilishiga harakat qiladi, shuningdek fuqarolarning xatlarida ma’lum qilingan O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi korxonalari va tashkilotlari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi. O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston SSJ Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida to‘liq yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
83
16,881
Qonunchilik
2016 — 2020-yillarda rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish, sanoatni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, rangli va nodir metallarning g‘oyat boy mineral-xomashyo resurslarini yanada chuqur qayta ishlash, shu maqsadda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish asosida tashqi bozorlarda talab qilinadigan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlari hamda turlarini kengaytirish maqsadida: 1. Rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida tashqi bozorlarda talab qilinadigan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish topshiriqlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq belgilansin. 2. “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” davlat korxonasi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zqurilishmateriallari” AK, “O‘zbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zeltexsanoat” AK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, boshqa aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalar rahbarlari — mas’ul bajaruvchilar zimmasiga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash negizida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqlar belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 3. 2016 — 2020-yillarda rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash hamda eksportga yo‘naltirilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan yangi korxonalar barpo etish hamda ishlab turganlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zbekneftgaz” MXK, “Toshkent temir-tersak, rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ, “O‘zeltexsanoat” AK, “O‘zmetkombinat” AJ, “Bektemir metall konstruksiyalari” IP MChJ hamda boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda 3-ilovada ko‘rsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, ularda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishning aniq muddatlarini, qurilish-montaj ishlarini bajarish, zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan ilg‘or texnologiyalarni tanlash, shuningdek quvvatlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirishni nazarda tutsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi aksiyadorlik kompaniyalari va korxonalar — 3-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarining mas’ul bajaruvchilari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tashqi bozorlarga olib chiqilishini kafolatlaydigan xorijiy kompaniyalarni keng ko‘lamda jalb etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda ushbu qarorning 3-ilovasida ko‘rsatilgan loyihalar, ularni moliyalashtirish hajmlari va manbalari aniqlashtirilgan holda belgilangan tartibda unga kiritilishini ta’minlasinlar. 9. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qaror bilan ma’qullangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan keltiriladigan texnologik uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar 2021-yilning 1-yanvariga qadar bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno). 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
182
3,884
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “O‘ZBEKISTON IFTIXORI” FAXRIY UNVONINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 64-modda; 1997-yil, № 2, 64-modda; 1998-yil, № 5-6, 114-modda) 1-moddasi “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” degan so‘zlardan so‘ng quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: 3. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari to‘g‘risidagi Nizom “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni to‘g‘risidagi matndan so‘ng quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni jahon chempionatlarida, Olimpiya o‘yinlarida va shularga teng jahon sport anjumanlarida g‘oliblik — chempionlik unvoniga erishgan hamda o‘z yutuqlari bilan Vatan obro‘sini, shoni va shuhratini ulug‘lashga ko‘maklashgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi”.
92
1,148
Qonunchilik
“SAMARQAND VILOYaTI MAHALLIY BUDJETINING G‘AZNA IJROSI HISOBI TO‘G‘RISIDAGI VAQTINChALIK QOIDALARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI QARORI HAMDA UNGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALARNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
“Budjet tizimi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2 son, 6-modda) va “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 164-modda) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son “O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 26-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) asosan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2007-y., 9-10-son, 82-modda) qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 12-iyuldagi 61, 279-V-sonli “Samarqand viloyati va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining g‘azna ijrosi hisobi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1599, 2006-yil 24-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 296-modda); O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 14-noyabrdagi 97, 279-V-1- sonli “Samarqand viloyati mahalliy budjetining g‘azna ijrosi hisobi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1599-1, 2006-yil 25-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48 — 50-son, 490-modda). 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
215
2,008
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-768-sonli O‘zbekiston Respublikasi qon
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 22-aprelda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-768-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
827
Qonunchilik
Andijon viloyatida axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan texnologik parkni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Andijon viloyatida axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali viloyatda investitsiya muhitini yaxshilash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy hamda yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targ‘ib qilishga ko‘maklashish, viloyatda yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularga zamonaviy raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, elektron tijorat yo‘nalishlarini o‘rgatishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-noyabrdagi 921-son qaroriga muvofiq Andijon viloyatida jami 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinishi belgilanganligi; Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining Andijon shahri, Boburshoh ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarida (keyingi o‘rinlarda — obyekt) Andijon “Digital City” texnoparki (keyingi o‘rinlarda — texnopark) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Andijon viloyati hokimligining obyektni Andijon viloyati hokimligiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. Quyidagilar texnoparkning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: texnoparkni buyurtmalar bilan ta’minlash maqsadida viloyatdagi tashkilotlar uchun joriy etiladigan mahalliy dasturiy mahsulotlarning ustuvor loyihalarini amalga oshirishda mahalliy buyurtmalar portfelini shakllantirish; viloyatda axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga, ularni ichki va tashqi bozorlarda taklif etishga, mahalliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning eksportini amalga oshirishga; yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ilmiy, ta’lim, ishlab chiqarish tashkilotlarining integratsiyalashuviga; viloyatida axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini tijoratlashtirishga; mahalliy dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirishga ko‘maklashish; viloyatning qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali hamda xorijiy davlatlarning texnoparklari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan holda viloyatda “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish; viloyatda “5 ta muhim tashabbus” dasturi doirasida aholi, shu jumladan yoshlar uchun kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanishga mo‘ljallangan shahar va tumanlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirish; viloyatda axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar sinfini yaratish maqsadida yosh mutaxassislarni o‘qitishni tashkil etish, shu jumladan, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida Andijon viloyatida yoshlarni tizimli ravishda dasturlash yo‘nalishida o‘qitishni tashkil etish, axborot texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassislar bilan sohaga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida uchrashuvlar, mahorat darslari, konferensiyalar, treninglar va axborot texnologiyalari bo‘yicha mavsumiy oromgohlarni tashkil qilish; xosting va virtual serverlar xizmatlari ko‘rsatish maqsadida ma’lumotlar markazi faoliyatini tashkil etish; O‘zbekistonda kompyuter va kibersport o‘yinlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatida kompyuter va kibersport o‘yinlarini belgilangan tartibda tashkil etish. 4. Texnopark faoliyatini boshqarish Andijon viloyati hokimligi muassisligida tashkil etiladigan Andijon “Digital City” texnoparki direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — direksiya) tomonidan amalga oshiriladi. Belgilab qo‘yilsinki, yuridik shaxslarni texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, istiqbolli startap-loyihalarni tanlab olish Andijon viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan Andijon “Digital City” texnoparki faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq direksiya tomonidan amalga oshiriladi. 5. Belgilansinki, texnoparkni tashkil etish va uning faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi: texnopark joylashtiriladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zarur mebel, inventar, zamonaviy o‘quv uskunalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalar bilan jihozlash — Andijon viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan; texnoparkning boshqa joriy xarajatlarini qoplash — texnoparkda tashkil qilingan o‘quv kurslari va malaka oshirish kurslaridan tushgan mablag‘lar hisobidan; shartnoma asosida texnopark faoliyati ixtisosligiga tegishli ishlar (xizmatlar) bajarilishidan olingan mablag‘lar; xalqaro moliya tashkilotlari va chet el hukumatlari moliya tashkilotlari mablag‘lari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
120
5,874
Qonunchilik
Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoniga muvofiq, shuningdek qonuniylikni ta’minlash, jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini so‘zsiz amalga oshirishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida: 1. Jinoyatlarni tergov qilish samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin: birinchidan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi va aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligini kafolatlovchi jinoyat-protsessual normasini qat’iy ta’minlash; ikkinchidan, jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustunligiga, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga so‘zsiz rioya qilish; uchinchidan, surishtiruvchi va tergovchilarning chinakam protsessual mustaqilligini ta’minlash, ularga nisbatan noqonuniy ta’sir ko‘rsatish hamda faoliyatiga asossiz aralashishga yo‘l qo‘ymaslik; to‘rtinchidan, surishtiruvchi va tergovchilarga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy va ijtimoiy ta’minoti masalalarini hal etish; beshinchidan, ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika bo‘linmalari faoliyatiga ilg‘or kriminalistik va ilmiy-texnik vositalarni, shuningdek ishlashning zamonaviy shakl va uslublarini keng joriy etish. 2. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti (keyingi o‘rinlarda — Tergov departamenti) bevosita O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga hisobot beradigan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining mustaqil bo‘linmasi hisoblanadi; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari tizimiga Tergov departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), shuningdek transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limlari huzuridagi tergov bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari) kiradi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalariga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliq o‘rinbosarlari boshchilik qiladi; tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) huzuridagi jami shtatlar soni 10 tadan kam bo‘lmagan tergov bo‘limlariga — tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliq o‘rinbosarlari boshchilik qiladi; tergov bo‘linmalari surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish va amalga oshirish masalalarida yuqori turuvchi tergov bo‘linmalariga va Tergov departamentiga, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash masalalarida esa — tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), shuningdek transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limlari boshliqlariga bo‘ysunadilar va hisobot beradilar; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatiga aralashish, shuningdek ularning xodimlari tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir ko‘rsatish hamda ularning bajarilishi shart bo‘lgan qarorlarini bajarmaslik qonunda o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi; Tergov departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalarining tergovchilari lavozimiga tayinlash tergovchi sifatida uch yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari surishtiruvchilari, tergovchilari va boshliqlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, Tergov departamentining tergovchilari, bo‘linma boshliqlari va boshlig‘iga nisbatan esa — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan qo‘zg‘atiladi. 3. Quyidagilar tashkil etilsin: Tergov departamentining tuzilmasida surishtiruv ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalarining tuzilmalarida surishtiruv ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari); tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) huzuridagi tergov bo‘limlari (bo‘linmalari)ning, transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limlarining tuzilmalarida surishtiruv bo‘linmalari (guruhlari). Belgilansinki, surishtiruv ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari) va surishtiruv bo‘linmalari (guruhlari) oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar bilan jamlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2017-yil yakunlari bo‘yicha surishtiruv bo‘linmalari (guruhlari) ish hajmining tahlili asosida ularning shtat birligini maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritsin. 4. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-yanvarga qadar: ichki ishlar organlarida so‘roq jarayonini stenografiya qilish, videokuzatuv, shuningdek tergov harakatlarini audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil etilishini; Tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalari o‘rtasida videokonferensaloqa tizimi joriy etilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda: ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni; og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublika Bosh prokuraturasi bilan birgalikda Tergov departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalariga birinchi navbatda fosh etilmagan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha jinoyat ishlarini tergov qilish yuklatilishini nazarda tutgan holda ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari o‘rtasida jinoyat ishlarini taqsimlash mezonlarini tasdiqlasin; ikki oy muddatda ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini monitoring qilish tartibini, bunda ularni rag‘batlantirish, yuqori lavozimlarga ko‘rsatish, boshqa tergov bo‘linmalariga o‘tkazishda foydalaniladigan ular ishini baholovchi aniq mezonlarini nazarda tutgan holda joriy etsin. ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; uch oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti (keyingi o‘rinlarda — Tergov departamenti) jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligiga asosan jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini so‘zsiz amalga oshirish, shuningdek ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (keyingi o‘rinlarda — IIV) mustaqil bo‘linmasi hisoblanadi. Tergov departamenti bevosita O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga hisob beradi. 2. Tergov departamenti o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Tergov departamenti o‘z faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi. 4. Ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari tizimiga quyidagilar kiradi: Tergov departamenti; O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalari; tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limlari huzuridagi tergov bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari). 5. Tergov departamenti O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘zining to‘liq nomi yozilgan muhri va blankasiga, shtampiga ega, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ta’sis etiladigan Tergov departamenti faoliyatining o‘ziga xos xususiyatini aks ettiradigan ramziga ega bo‘lishi mumkin. 6. Quyidagilar Tergov departamentining asosiy vazifalari hisoblanadi: jinoyatlarni tergov qilish amaliyotini kompleks va tizimli tahlil qilish, shu jumladan jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon yaratadigan shart-sharoitlarni aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilinishini, surishtiruv va dastlabki tergovni yuritishda qonuniylikka so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek tergov bo‘linmalarining kadrlar tarkibini shakllantirish va xodimlarning malakasini oshirishni tashkil etish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga surishtiruv va dastlabki tergovni yuritishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek o‘ta murakkab, viloyatlararo xususiyatga ega, respublikada shov-shuvga sabab bo‘lgan, shu jumladan uyushgan jinoiy guruhlar va uyushmalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni bevosita tergov qilish; qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotini hamda surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etishning shakl hamda uslublarini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish. 7. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq Tergov departamenti quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) jinoyatlarni tergov qilish amaliyotini kompleks va tizimli tahlil qilish, shu jumladan jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon yaratadigan shart-sharoitlarni aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish sohasida; jinoyat ishlarini tergov qilish amaliyotini, ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida surishtiruv va dastlabki tergovning asosiy ko‘rsatkichlarini umumlashtirish, tahlil qilish, baholash; jinoyatlarning sodir etilishi sabablari va bunga imkon yaratadigan shart-sharoitlarni aniqlash, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida boshqaruv amaliyotini o‘rganish, ularning faoliyatidagi dolzarb muammolarni va ularni hal etish yo‘llarini aniqlash; O‘zbekiston Respublikasi IIV faoliyatini joriy va istiqbolli rejalashtirishda, ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari konsepsiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; tergov bo‘linmalari faoliyatining ahvoli to‘g‘risida, jinoyatlarni tergov qilishning muammoli masalalari yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga kiritish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari vakolatiga kiruvchi masalalari yuzasidan hisobga olish, ma’lumotlar bazasi, axborot tizimlarini shakllantirish va yuritishni tashkil etish va amalga oshirish; ijobiy xorijiy va milliy ish tajribasini, surishtiruv va dastlabki tergovning zamonaviy vositalari, shakllari, usullari va taktik uslublarini o‘rganish va amaliy faoliyatga joriy etish; huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha profilaktik tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish; b) ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilinishini, surishtiruv va dastlabki tergovni yuritishda qonuniylikka so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek tergov bo‘linmalarining kadrlar tarkibini shakllantirish va xodimlarning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida; jinoyatlarni har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilinishini, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergovni yuritishda qonuniylikka so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni kompleks rejalashtirishni tashkil etish va amalga oshirish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini tekshirishni o‘tkazish, surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etishda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish va mazkur choralarning amalga oshirilishini nazorat qilish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyati ustidan protsessual va idoraviy nazoratni amalga oshirish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida hisobga olish-qayd etish intizomiga rioya etilishini ta’minlash; jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni ko‘rib chiqishda qonuniylikka rioya etilishi bo‘yicha ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini o‘rganishni tashkil etish va amalga oshirish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari tomonidan dastlabki tergovni to‘xtatish, jinoyat ishlarini tugatishning asosliligini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqish va ularning bartaraf etilishini nazorat qilish; jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga o‘z vaqtida qidiruv e’lon qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; hududiy ichki ishlar organlarida to‘xtatilgan jinoyat ishlari va ashyoviy dalillarning saqlanishini, shuningdek ularning hisobi to‘g‘ri yuritilayotganini nazorat qilish; surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni tashkil etish va ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlaridan kelib tushgan jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi so‘rovlari ijrosini tashkil etish, shuningdek xuddi shunday so‘rovlarni xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga yuborish; xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga jinoiy ta’qibni amalga oshirish maqsadida jinoyat ishlarini o‘rnatilgan tartibda yuborish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan yuborilgan jinoyat ishlarining tergov qilinishini ta’minlash; jinoyat-protsessual qonunchiligining O‘zbekiston Respublikasining jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalariga oid qismi talablari ijrosini ta’minlash; jinoyatlarni tergov qilishda axborot-tahlil, kriminalistika va tezkor-ma’lumotlar tizimidan samarali foydalanishni ta’minlash; quyi bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, tergov harakatlarini amalga oshirish, dalillarni to‘plash maqsadida ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarining amaliyotiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida ishlashga kasbiy tayyorgarligi, axloqiy-psixologik, irodali va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tanlab olishni tashkil etish va amalga oshirish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylik buzilishi holatlarining oldini olish borasida ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, ularga nisbatan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish, tekshiruv natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, xodimlar kasbiy tayyorgarligining yuqori darajasini ta’minlash uchun o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari va usullaridan keng foydalanish; v) ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek jinoyatlarni tergov qilishda sohasida: ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyati ustidan tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish bo‘yicha uslubiy va boshqa materiallarni ishlab chiqish; o‘ta murakkab, viloyatlararo xususiyatga ega, shov-shuvga sabab bo‘lgan, shu jumladan uyushgan jinoiy guruhlar va uyushmalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni bevosita tergov qilish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish va tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish, alohida toifadagi jinoyat ishlarini nazoratdagi ish yurituvini olib borish; ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarining surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish borasidagi faoliyati samaradorligini tahlil va monitoring qilish, uni yanada oshirish borasida choralar ishlab chiqish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar tayyorlash; surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish masalalari bo‘yicha uslubiy va boshqa materiallarni ishlab chiqish va ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga tarqatish; g) qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotini hamda surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etishning shakl hamda uslublarini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: surishtiruv va dastlabki tergov masalalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini bevosita ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish; Tergov departamenti faoliyati masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, shuningdek idoralararo hujjatlar va kelishuvlar loyihalarini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi IIV manfaatdor bo‘linmalari bilan hamkorlikda ishlab chiqishda ishtirok etish; Tergov departamenti faoliyati masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalari yuzasidan xulosalarni tayyorlash va tayyorlashda ishtirok etish. Tergov departamenti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 8. Tergov departamenti zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi IIV bo‘linmalaridan, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan boshqaruv qarorlarni qabul qilish, axborot-tahlillar va hisobot ma’lumotlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (ularning nusxalarini), ma’lumotlar va boshqa materiallarni so‘rash va olish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari hujjatlari va materiallari bilan tanishish, ularning ijrosi yuzasidan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish; boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV hay’atida va tezkor yig‘ilishlarda ko‘rib chiqilishi uchun axborot-tahlillar va boshqa hujjatlarni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi IIV tegishli xizmatlarini o‘rnatilgan tartibda jalb etish; davlat organlari va boshqa tashkilotlariga, mansabdor shaxslarga kiritiladigan jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon yaratadigan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni tayyorlash; tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishlari yurituvi bo‘yicha jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini chaqirish, ulardan tushuntirishlar, hujjatlar, ularning nusxalarini olish, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni o‘rnatilgan tartibda majburiy keltirish; qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda tergov harakatlarini olib borish, ularni yuritishga mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish, ilmiy-texnik vositalardan foydalanish; qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalaridan ayrim tergov harakatlarini o‘tkazishda ko‘maklashishni talab qilish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ichki ishlar organlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanish; o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha tezkor-qidiruv yurituvidagi materiallar, xizmat tekshiruvlari materiallari va boshqa hujjatlar bilan tanishish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlarini o‘rganish uchun talab qilib olish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalarida qonuniylikka va intizomga rioya etilishi ahvolini tekshirish; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash, xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha takliflarni kiritish. Tergov departamenti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 9. Tergov departamenti quyidagi majburiyatlarga ega: o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish choralarini ko‘rish; o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlar faktlari bo‘yicha jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, surishtiruv va dastlabki tergov davomida qonuniylikka so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash; zarur holatlarda Tergov departamenti xodimlarining hodisa joyiga chiqishini ta’minlash; ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarining ish faoliyati haqidagi zarur ma’lumotlarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga taqdim etish; Tergov departamenti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 10. Tergov departamenti zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir. 11. Tergov departamentiga O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i boshchilik qiladi. Tergov departamenti boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Tergov departamenti boshlig‘i o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega. 12. Tergov departamenti boshlig‘i: Tergov departament faoliyatiga rahbarlik qiladi va Tergov departamentiga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlarini lozim darajada bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi; jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq protsessual vakolatlardan foydalanadi; o‘zining o‘rinbosarlari o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, ularga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi; Tergov departamentining ish rejalarini tasdiqlaydi; o‘zining vakolati doirasida ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar chiqaradi va rahbariyatga farmoyishlar loyihalarini kiritadi; jinoyatlarni tergov qilishda tergov bo‘linmalarining ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish, boshqa lavozimga o‘tkazish va kasbiy tayyorlashni, shaxsiy tarkibini tarbiyalashni, xizmat intizomiga rioya etishni ta’minlaydi va tashkil etadi, o‘rnatilgan tartibda xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi; O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga o‘rnatilgan tartibda Tergov departamenti xodimlariga maxsus unvonlar berish, ularni rag‘batlantirish, shu jumladan taqdirlash, ularga nisbatan intizomiy jazolar qo‘llash haqida takliflar kiritadi; Tergov departamenti xodimlarini o‘rnatilgan tartibda xizmat safarlariga yuboradi; o‘z vakolatlari doirasida Tergov departamenti xodimlariga ta’til beradi; o‘rnatilgan tartibda Tergov departamentida safarbarlik tayyorgarligini ta’minlaydi va tashkil etadi, shuningdek Tergov departamentda fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishini ta’minlaydi; Tergov departamentida maxfiylik tartibotiga rioya etilishi uchun javobgardir; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini bevosita yoki o‘zining o‘rinbosarlari orqali nazorat qiladi; ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari xodimlarining xatti-harakatlari qonuniyligini, shuningdek xodimlar tomonidan har bir aniqlangan qonunchilik buzilishi holatlarini o‘rnatilgan tartibda tekshirilishini ta’minlaydi; Tergov departamenti bo‘linmalarining shtatlar sonini qayta taqsimlash to‘g‘risida takliflar kiritadi; Tergov departamenti vakolatiga kiruvchi boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 13. Tergov departamenti boshlig‘i yo‘qligida uning vakolatlari birinchi o‘rinbosar tomonidan amalga oshiriladi. 14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalariga tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari boshchilik qiladi. Tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) huzuridagi jami shtatlar soni 10 tadan kam bo‘lmagan tergov bo‘limlariga tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining o‘rinbosarlari boshchilik qiladi. 15. Tergov departamentining xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi boshlig‘i va xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahrining tuman ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limi) huzuridagi tergov bo‘limlari boshliqlari, “Toshkent-Markaziy” vokzali va “Toshkent” aeroportida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limlari huzuridagi tergov bo‘linmalari boshliqlari va xodimlari Tergov departamenti boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalari, Toshkent shahrining tuman ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limi) huzuridagi tergov bo‘limlari xodimlari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) huzuridagi tergov bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari), transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limlari huzuridagi tergov bo‘linmalari boshliqlari va xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 16. Tergov bo‘linmalari surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha yuqori turuvchi tergov bo‘linmalariga va Tergov departamentiga bo‘ysunadi va hisob beradi, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash masalalari bo‘yicha esa — tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), shuningdek transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limlari boshliqlariga bo‘ysunadi va hisob beradi. 17. Tergov departamenti faoliyati ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarining protsessual faoliyati ustidan nazorat qonun bilan belgilangan vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan amalga oshiriladi. 18. Ish yuritish va maxfiylik tartiboti bo‘yicha tadbirlar Tergov departamenti tomonidan mustaqil ravishda qonunda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
130
31,444
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 27-yanvardagi 21-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3774-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining ““Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 27-yanvardagi 21-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 5-modda) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasini Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Do‘stlik” agrofirmasining 205 — 216, 381a — 388, 404 — 470 konturlardagi 500 gektar bo‘lgan maydonda hamda Navoiy shahri, S. Ayniy ko‘chasidagi umumiy yer maydoni 81,4 gektar bo‘lgan 27 va 69-uy manzillarida joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin”. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va Navoiy viloyati hokimi K.B. Tursunov zimmasiga yuklansin.
178
1,360
Qonunchilik
Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga 2-ilovaga kiritilgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilish uchun tuzilgan kontraktlarni (shartnomalarni) ro‘yxatdan o‘tkazish yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, birjada tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) bundan mustasno. 2. Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida mazkur qarorning mazmun va mohiyati to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin. 4. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida” va “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan tuziladigan eksport kontraktlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Tomonlar ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar kontrakt bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajargan bo‘lsa, bunday eksport kontraktlari vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Tadbirkorlik subyektlari eksport kontrakti tuzmasdan va tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksporti uchun bank vositachilik haqi olinmasdan Internet tarmog‘idagi elektron savdo maydonchalari vositasida tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirishga haqlidir, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ayrim tovarlar bundan mustasno. 3. Vakolatli organda eksport kontraktlari va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 4. Eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazishning asosiy maqsadi eksport qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini monitoring qilish, maxsus turdagi tovarlarni va tashqi savdo hisobotini hisobga olishni tartibga solishdan iborat. 5. Vakolatli organda tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilish bo‘yicha quyidagi eksport kontraktlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va hukumatlararo bitimlar asosida tuzilgan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 2-ilovaga kiritilgan. Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida qayd etilgan, tovar-xomashyo birjalarida tuzilgan va tovar-xomashyo birjalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan eksport kontraktlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil qilingan korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (litsenziyalanadigan maxsus turdagi tovarlarni eksport qilishdan tashqari) yetkazib berish uchun eksport kontraktlari vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. 6. Vakolatli organda mazkur Nizomning 5-bandiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va eksport kontraktlarining asosiy shartlarini o‘zgartiradigan eksport kontraktlariga qo‘shimcha barcha kelishuvlar vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. 7. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: eksport kontrakti — ariza beruvchi va xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi o‘rtasida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilish uchun tuzilgan kontrakt (shartnoma); ariza beruvchi — tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qiluvchi va vakolatli organga eksport kontraktini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyekti; tovarlar eksporti — O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqishni nazarda tutuvchi eksport bojxona rejimi; ishlar (xizmatlar) eksporti — ariza beruvchi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsiga, bajarilishidan (ko‘rsatilishidan) qat’i nazar, bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar); eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuv — eksport kontrakti tomonlari o‘rtasida tuziladigan, avval tuzilgan va ushbu Nizomning 5-bandi talablariga asosan vakolatli organda ro‘yxatdan o‘tkazilgan eksport kontraktlarining asosiy shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadigan bitim. 8. Quyidagilar eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish talablari va shartlari hisoblanadi: eksport kontraktlari shartlarining ushbu Nizom 18 — 36-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi; taqdim etilgan eksport kontrakti shartlarining umumqabul qilingan xalqaro savdo me’yorlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo‘lishi; kontrakt narxlarining xalqaro bozorlar konyunkturasi va mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida talab va taklifning amaldagi holatiga asoslangan narxlar darajasiga, eksport kontraktini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berilgan vaqtdagi parametr va sifatga muvofiq bo‘lishi. Xalqaro bozorlar konyunkturasi va mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida talab va taklifning amaldagi holatiga asosan narx darajasi deganda ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki muqobil yetkazib beruvchilar yoxud ishlab chiqaruvchining dilyerlari va/yoki distribyutorlarining tijorat takliflari yoxud prays-varaqlari asosida shakllantiriladigan narxlar darajasi yoki ochiq axborot manbalari, shu jumladan axborot nashrlari, Internet axborot tarmoqlarida ko‘rsatilgan hamda faks, elektron pochta yoki boshqa aloqa vositalari orqali olingan (ariza beruvchi tomonidan raqobat varag‘iga tasdiqlovchi hujjatlar sifatida taqdim etilgan yoki vakolatli organ tomonidan kontraktni ko‘rib chiqish davrida olingan) narxlar darajasi tushuniladi. 9. Ariza beruvchi eksport kontraktlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: eksport kontraktini ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza beruvchining nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, hukumatlararo bitim rekvizitlari (agarda eksport kontrakti hukumatlararo bitim asosida tuzilgan bo‘lsa) ko‘rsatilgan ariza; eksport kontraktining xaridor va sotuvchi tomonidan imzolangan asl nusxasi va uning nusxasi; eksport kontraktining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi; eksport kontraktini tomonlar ishonchnoma asosida tuzgan bo‘lsa, ishonchnomaning ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi; kontraktni tuzish vaqtida amalda bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlar (so‘rovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar bo‘yicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirgan firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bog‘lanish rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varag‘i yoki kontrakt narxining shakllanishi asoslab berilgan hujjat; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan bo‘lsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi. 10. Vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomning 5-bandiga asosan avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza beruvchining nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, hukumatlararo bitim rekvizitlari (agarda eksport kontrakti hukumatlararo bitim asosida tuzilgan bo‘lsa) ko‘rsatilgan ariza; eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimning asl nusxasi va uning nusxasi; eksport kontraktining ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi; eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan huquqiy xulosasi; eksport kontraktiga qo‘shimcha bitimni tomonlar ishonchnoma asosida tuzgan bo‘lsa, ishonchnomaning ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi; tovar miqdori oshganda, uning nomenklaturasi, tovarlarning kelib chiqish mamlakati, narxi va to‘lov shartlari o‘zgarganda, kontraktni tuzish vaqtida amalda bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlar (so‘rovnomalar, tijorat takliflari, ofertalar, birja va assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar, kataloglar, narxlar bo‘yicha nashrlar, bunda taqdim etilgan barcha takliflar muqobil takliflar bildirgan firma va kompaniyalar joylashgan joy (pochta manzili) va bog‘lanish rekvizitlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi lozim) bilan birga raqobat varag‘i yoki eksport kontraktiga qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha narx asoslab berilgan hujjat; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maxsus turdagi tovarlar eksport qilinganda yoki eksport kontrakti O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan tuzilgan bo‘lsa, maxsus turdagi tovarlarni eksport qilish uchun litsenziya berish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorining nusxasi. 11. Ariza beruvchi tomonidan mazkur Nizomning 9 va 10-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni vakolatli organga topshirish muddati kontrakt va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv imzolangan vaqtdan boshlab ikki oydan oshmasligi lozim. 12. Vakolatli organ kontraktni va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun boshqa davlatlar organlari va tashkilotlardagi mavjud zarur hujjatlar va axborotni o‘zaro axborot hamkorligi orqali, shu jumladan elektron shaklda belgilangan tartibda mustaqil oladi, ushbu Nizomning 9 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar bundan mustasno. 13. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 9 va 10-bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni vakolatli organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etadi. 15. Kontrakt va unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bevosita taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi va ariza beruvchiga hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda darhol qaytariladi. 16. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi. 17. Eksport kontrakti ushbu Nizomning 18 — 36-bandlarida ko‘rsatilgan quyidagi asosiy bo‘lim va ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. 18. Kirish qismi (preambula) — eksport kontraktining kirish qismi kontrakt raqami, kontrakt tuzilgan joy va sana, tomonlarning to‘liq nomi, eksport kontraktini tuzuvchi shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismini o‘z ichiga olishi va unda ushbu shaxslar faoliyat yuritishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlar (ustav, nizom, kontraktni imzolash uchun ishonchnoma) ko‘rsatilishi lozim. 19. Kontrakt predmeti — mazkur bo‘limda tovarning (ishlar, xizmatlarning) nomi, texnik xususiyatlari, soni va sifati, shuningdek, bitim turi ko‘rsatiladi. Bunda: tovar (ishlar, xizmatlar) miqdori o‘lchovlari metrik tizimida qabul qilingan xalqaro birliklarda ifoda etiladi. Son, me’yor va vaznni O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibga muvofiq o‘lchov birliklarida aniqlash mumkin; tovarning (ishlar, xizmatlarning) sifat xususiyatlari tovarning undan foydalanishga yaroqliligini aks ettiruvchi xususiyatlarini belgilaydi. Tovarning TIF TN bo‘yicha kodiga havola ko‘rsatilishi lozim. Agar xalqaro tasnif bo‘yicha tovarning (ishlar, xizmatlarning) nomi ma’lum bo‘lmasa, bunda tovarning texnik o‘ziga xos xususiyatlarini (ishlar, xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari) ko‘rsatish mumkin. Mashinalar, uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish bo‘yicha kontraktda ularning yangi ekanligi, chiqarilgan yili va ulardan amalda foydalanish mumkinligi ko‘rsatiladi. 20. Etkazib berishning asosiy shartlari. Xalqaro “Inkoterms” qoidalari bo‘yicha belgilanadi. “Inkoterms” qo‘llanilganda (qisqartma so‘z bilan birgalikda) yetkazib berish joyini (temir yo‘l stansiyasi, bandargoh, aeroport va boshqalarning nomi) ko‘rsatish zarur. 21. Tovarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) muddati. Kontraktda yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) muddati yoki sanasi ko‘rsatiladi. Tovarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) muddati va jadvali tovar yoki uning (ishlar, xizmatlar) bir qismi totuvchi tomonidan ko‘rsatilgan joyga yetkazib berilishi (bajarilishi, ko‘rsatilishi) lozim bo‘lgan vaqtni anglatadi. Tovarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) sanasi kontraktning asosiy shartlariga muvofiq sotuvchining o‘z majburiyatlarini bajarish sanasi tushuniladi. 22. Kontraktning narxi va umumiy qiymati. Tovar (ishlar, xizmatlar) narxini belgilashda kontraktda tovarning (ishlar, xizmatlarning) o‘lchov birligi, asosiy narxi, qayd etish uslubi, TIF TN kodiga binoan tovar birligining narxi ko‘rsatiladi. Asosiy narxlar “Inkoterms”ga binoan belgilanadi. Qayd etish uslubiga ko‘ra, narx qat’iy (o‘zgarmas, bozor konyunkturasiga bog‘liq bo‘lmagan), o‘zgaruvchan (tomonlarning kelishuvi bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin), moslashuvchan (bozor konyunkturasiga va inflatsiya darajasiga bog‘liq) bo‘lishi mumkin. Tovar (ishlar, xizmatlar) birligining narxi chet el valyutasida ko‘rsatiladi. Kontraktning umumiy qiymati kontrakt bo‘yicha sotiladigan (bajariladigan, ko‘rsatiladigan) tovarning (ishlar, xizmatlarning) chet el valyutasida ko‘rsatiladigan to‘liq qiymatini anglatadi. 23. To‘lov shartlari. Ushbu bo‘limda to‘lov shartlari ko‘rsatiladi, shu jumladan to‘lov valyutasi, shakli va muddati belgilanadi. Agar to‘lov valyutasi kontrakt valyutasidan farq qilsa, valyutaning qayta hisob-kitob kursi va mazkur kursni belgilash manbasi (kontraktni imzolash sanasida, tovarni yetkazib berish sanasida, to‘lov sanasida) ko‘rsatiladi. Tashqi savdo kontraktlarida to‘lov valyutasi chet el valyutasida ko‘rsatiladi (qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno). 24. Tovarni qadoqlash va tamg‘alash. Qadoqlash yukni tashish vaqtida uning jismonan saqlanishini ta’minlashi shart. Agar tovarning turi bo‘yicha qadoqlash va taralash zarur bo‘lsa, kontraktda qadoqlash va tara turi, ularning o‘lchami va sifati ko‘rsatiladi. Agar qadoqlash vositalari va taralar sotuvchiga qaytarilsa va ularning narxi tovarning umumiy qiymatiga kiritilmagan bo‘lsa, qadoqlash vositalari va taralar kimning hisobidan va qanday muddatlarda qaytarilishi ko‘rsatiladi. Tovar markirovkasi odatda, kontrakt raqami, jo‘natuvchi (sotuvchi, yetkazib beruvchi), oluvchini (xaridor, buyurtmachi), tovarning brutto va netto og‘irligi, hajmlari, o‘rinlar soni, ishlab chiqarilgan mamlakati, yuqori va past o‘rinlar, namdan himoyalangani va boshqa axborotni o‘z ichiga oladi. Markirovkaning aniq mazmuni kontraktda kelishib olinadi. 25. Tovarni yuklab jo‘natish tartibi. Mazkur bo‘limda sotuvchining tovar jo‘natishga tayyorligi va jo‘natilgan yuklar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish bo‘yicha majburiyatlari belgilanadi, bu haqda xaridorni xabardor qilish muddati va usuli ko‘rsatiladi. 26. Tovarni (ishlar, xizmatlarni) topshirish-qabul qilish tartibi. Tovarni (ishlar, xizmatlarni) topshirish deganda kontrakt shartlariga muvofiq tovarning sotuvchi tomonidan xaridorga mulk sifatida topshirilishi tushuniladi. Tovarni (ishlar, xizmatlarni) topshirish-qabul qilish miqdor, vazn va sifat bo‘yicha amalga oshiriladi. Eksport kontraktida ushbu majburiyatni amalga oshirish tartibi ko‘rsatiladi (uchinchi shaxslar jalb etilgan yoki jalb etilmagan holda, joy ko‘rsatiladi). 27. Reklamatsiya. Etkazib berilgan tovarning sifati va (yoki) miqdori, vazni, shuningdek ishlar, xizmatlar sifatining eksport kontrakti shartlariga nomuvofiqligi munosabati bilan xaridor tomonidan sotuvchiga bildiriladigan e’tirozlar. Eksport kontraktida reklamatsiyani bildirish tartibi ko‘rsatiladi: uni bildirish, sotuvchi tomonidan uning ko‘rib chiqilishi va unga javob yo‘llash muddatlari, shuningdek, uni bartaraf etish muddatlari. 28. Kafolatlar. Muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlanishi lozim bo‘lgan tovarlarni (ish, xizmatlarni) yetkazib berish kontraktlarida sotuvchi tomonidan taqdim etiladigan hajmlar, kafolat muddatlari belgilanadi. Sotuvchi zimmasiga muayyan kafolat muddatida tovar (ishlar, xizmatlar) sifati uchun javobgarlik yuklanadi va sotuvchining o‘z kafolat majburiyatlarini bajarish tartibi belgilanadi. Eksport kontrakti shartlariga muvofiq sotuvchi kafolat majburiyatining amal qilishi boshlanadigan vaqt aniqlanadi. 29. Tovarning (ishlar, xizmatlarning) kelib chiqishi. Eksport kontraktida tovarni yetkazib beruvchi mamlakat va uning ishlab chiqaruvchisi, xizmatlar, ishlar bajaruvchisi ko‘rsatiladi. 30. Sanksiyalar. Tomonlarning qabul qilingan majburiyatlarni bajarishini ta’minlovchi shartlar sifatida, eksport kontraktida odatda tomonning kontrakt majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun penya va (yoki) jarima shaklidagi moliyaviy sanksiyalar ko‘zda tutiladi. Aybdor tomon zimmasiga jabrlangan tomon talabiga ko‘ra unga jarima to‘lash majburiyati yuklatiladi. Eksport kontrakti shartlarida moliyaviy sanksiyalarni to‘lash aybdor tomon kontrakt majburiyatlarini tegishli darajada bajarishdan ozod etilmasligini belgilovchi qoidalar nazarda tutilishi mumkin. 31. Fors-major shartlari. Mazkur bo‘limda majburiyatlarni bajarishga to‘sqinlik qiladigan va tomonlar xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘lgan yengib bo‘lmas kuch holatlari yuzaga kelishi munosabati bilan tomonlarni kontrakt majburiyatlarini bajarishdan ozod etish imkoniyati nazarda tutiladi. Kontraktda shunday holatlarga duch kelgan tomonning boshqa tomonni ular yuzaga kelgani to‘g‘risida ma’lum muddatda xabardor qilish majburiyati ko‘rsatiladi. Mazkur holatlar yuzaga kelgan mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan tegishli hujjatlar fors-major holatlari yuzaga kelganining tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Mazkur shart eksport kontraktida ham ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, eksport kontraktida belgilangan fors-major holatlarining amal qilish muddati tugagandan so‘ng tomonlar harakatlari ko‘rsatiladi. 32. Arbitraj. Eksport kontraktida tomonlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va muzokaralar o‘tkazish orqali bartaraf etib bo‘lmaydigan nizolarni hal etish tartibi belgilanadi. Bunda mazkur kontrakt bo‘yicha nizolarni ko‘rib chiqish joyi va ko‘rib chiqadigan organ aniqlanadi. 33. Eksport kontraktini kuchga kiritish sharti va uning amal qilish muddati. 34. Taraflarning rekvizitlari. Eksport kontrakti matni tomonlar rekvizitlarini ko‘rsatish bilan yakunlanadi. Unda yuk jo‘natuvchining joylashgan joyi (pochta manzili), bank rekvizitlari va yuklab jo‘natish rekvizitlari ko‘rsatiladi. 35. Eksport kontraktining tili. Davlat tili yoki rus tilida tuzilgan eksport kontrakti ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Boshqa hollarda davlat tili yoki rus tiliga tarjima qilinadi. Tarjimaning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi. Odatda, eksport kontrakti ikki tilda tuziladi, kontrakt uning sahifasini chap va o‘ng tomonida paralel ravishda tarjima qilgan holda rasmiylashtiriladi va har bir tildagi matn bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ladi. 36. Eksport kontraktini tasdiqlash. Eksport kontrakti va unga qo‘shimcha kelishuvning har bir sahifasi eksport kontrakti tomonlarining vakolatli shaxslari tomonidan imzolanishi (tasdiqlanishi) lozim. Eksport kontraktining har bir sahifasi, uning matniga kiritiladigan har qanday tuzatish, o‘zgartirishlar ikki tomonlama tasdiqlanishi shart. 37. Ushbu bob talablariga rioya etilishi uchun javobgarlik eksport kontrakti shartlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi bo‘yicha huquqiy xulosa bergan shaxs zimmasiga yuklanadi. 38. Eksport kontraktlari va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mazkur Nizomning 9 va 10-bandlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar vakolatli organ tomonidan ariza qabul qilib olingandan so‘ng besh ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi. 39. Eksport kontraktlarini va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi. 40. Ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan ruxsat berish talablari va shartlariga mos kelgan taqdirda, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi. 41. Guvohnoma maxsus blankada beriladi va vakolatli organ rahbari tomonidan imzolanadi hamda unga identifikatsiya raqami beriladi va berilgan guvohnomalar reyestriga kiritiladi. 42. Eksport kontrakti asl nusxasining har bir varag‘i vakolatli organning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. 43. Ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma berilgan eksport kontrakti ariza beruvchi tomonidan shaxsni va uning vakolatni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki guvohnoma va ishonchnoma) taqdim etilgandan so‘ng uning vakiliga beriladi. 44. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgan to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati eksport kontraktining amal qilish muddati doirasida belgilanadi. 45. Quyidagilar eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi: ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kerakli hujjatlarni to‘liq hajmda topshirmasa; ariza beruvchi ruxsat berish talablari va shartlariga mos kelmasa; ariza beruvchi ushbu Nizomning 9 va 10-bandlariga muvofiq taqdim etgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lsa. 46. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshqa sabablarga ko‘ra, shu jumladan muvofiqsizlik sabablari tufayli rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 47. Rad etish uchun asoslar bo‘lgan taqdirda, vakolatli organning vakolatli mansabdor shaxsi imzolagan, ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha rad etish sabablari va qonunchilikning aniq qoidalari ko‘rsatilgan asosli xulosa rasmiylashtiriladi. 48. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida rasmiylashtirilgan asosli xulosa ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi qayd etilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda, bir ish kuni davomida yozma ravishda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi). 49. Vakolatli organning eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishi ariza beruvchiga kontrakt shartlarini bajarish huquqini bermaydi. 50. Vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomda ko‘rsatilmagan boshqa shakldagi xulosalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 51. Ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etganidan so‘ng vakolatli organga, ushbu Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlarni va rad etishga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni vakolatli organ tomonidan rad etish xulosasi berilgan kundan boshlab, o‘n besh ish kuni ichida takroran ko‘rib chiqish uchun topshirishga haqli. 52. Ariza beruvchi eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, vakolatli organ rad etish sabablari bartaraf etilgani haqidagi ariza va ular bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab, uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi, eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki ularni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etadi. Arizani qayta ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi. 53. Arizani qayta ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan avval yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda ko‘rsatilmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq sabablar bundan mustasno. 54. Belgilangan muddat tugagandan so‘ng taqdim etilgan hujjatlar qayta taqdim etilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 55. Ariza beruvchilar eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgani, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir. 56. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv, eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma ariza beruvchiga vakolatli organ tomonidan ariza beruvchi uning shaxsini va vakolatini tasdiqlovchi hujjatni (pasport yoki guvohnoma va ishonchnoma) taqdim etgandan so‘ng beriladi. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini va ushbu guvohnoma bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlandi. 57. Amal qilish muddati yakunlanmagan eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, ariza beruvchining arizasiga binoan uning dublikati beriladi. Vakolatli organ eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ariza va guvohnomaning asl nusxasini olgandan so‘ng eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma dublikatini ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda beradi. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma dublikatini berish uchun yig‘im undirilmaydi. 58. Eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish vakolatli organ tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini to‘xtatib turishi, to‘xtatish va bekor qilishga sabab bo‘lgan ma’lumotlar tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng besh kun ichida vakolatli organ tomonidan tegishli choralar ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat bojxona qo‘mitasiga yuboriladi. 59. Vakolatli organ eksport kontraktlari va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida berilgan guvohnomalar reyestrini yuritadi. Eksport kontraktlari va (yoki) ularga qo‘shimcha kelishuvlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida berilgan guvohnomalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: ariza beruvchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli; eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuv ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning berilgan vaqti va raqami; eksport kontrakti va (yoki) qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma berilishiga sabab bo‘ladigan ma’lumotlar — eksport kontrakti raqami va sanasi, tovar nomi, eksport kontraktining qiymati, sotib oluvchining nomi va mamlakati; eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish asosi va sanasi; eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish asosi va sanasi; eksport kontrakti va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma dublikatini berish uchun asos va sana.
91
30,427
Qonunchilik
Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-son qarori (ro‘yxat raqami 1859, 2008-yil 24-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 39-son, 400-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 5-bandda: quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Sertifikatlar oldi-sotdi, hadya qilish, meros qilib olish, ustav fondiga kiritish va egasi almashuviga olib keladigan boshqa bitimlarda, shuningdek garovda bitim obyekti bo‘lishi mumkin.”; birinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin: “51. Banklar bevosita o‘zlari yoki boshqa banklar tomonidan joylashtirilgan sertifikatlar bilan ta’minlangan kredit ajratishga haqli.”. 3. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin: “81. Banklar tomonidan sertifikatga oid axborotlar O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq oshkor qilinadi.”. 4. 27-banddan “notarial tartibda yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 5. Quyidagi mazmundagi 311-band bilan to‘ldirilsin: “311. Sertifikatlarga doir shartnomalarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Sertifikatlarni chiqarish shartlari Markaziy bankda ro‘yxatga olingandan so‘ng, ushbu shartlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa: sertifikatlarga doir shartnomalarni imzolagan mansabdor shaxslar; bank va (yoki) sertifikat egasining joylashgan manzili; bankning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgartirilmagan holda nomi, shu jumladan kirill harflaridan lotin harflariga o‘zgarganda, sertifikatni chiqarish shartlari, sertifikat blankalari va sertifikatlarni joylashtirish jarayonida rasmiylashtirilgan shartnomalarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish talab etilmaydi.”. 6. 49-banddagi “30 kalendar kunidan” degan so‘zlar “o‘ttiz kundan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bilan kelishilgan.
152
2,756
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazini (TIAC) tashkil etish to‘g‘risida
Mamlakatimizda yuqori darajada qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, sarmoyadorlar, ayniqsa, xorijiy investorlar faoliyati uchun qulay huquqiy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, xalqaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda biznes subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda nizolarni hakamlik sudlarida hal qilish mexanizmining joriy etilgani alohida ahamiyatga ega. Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari, avvalo, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilishga, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjud. Xususan: birinchidan, O‘zbekiston hududida xalqaro arbitrajlar faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy bazaning mavjud emasligi nizolarni hal etish uchun xorijiy davlatlar hududida joylashgan xalqaro arbitrajlarga murojaat qilishga majbur bo‘layotgan xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlik subyektlari sarf-xarajatlarining oshishiga olib kelmoqda; ikkinchidan, amaldagi qonun hujjatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonuni tomonlarning investitsiyalar bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj sohasidagi standartlarga muvofiq, xorijiy arbitrlarni jalb etgan hamda xorijiy huquqni qo‘llagan holda ko‘rib chiqish imkoniyatlarini cheklamoqda; uchinchidan, O‘zbekistonda xalqaro arbitraj qarorlarini ijro etishning aniq huquqiy mexanizmlari shakllantirilmaganligi xorijiy investorlarning mamlakatimiz sud-huquq tizimiga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, oqibatda respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda; to‘rtinchidan, mahalliy arbitrlar va xalqaro arbitraj sohasidagi boshqa mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan. Investitsiyalar bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishning zamonaviy va xalqaro standartlarga asoslangan mexanizmlarini shakllantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi kafolatlarini mustahkamlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligining nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazini tashkil etish (keyingi o‘rinlarda — Markaz) to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: a) turli davlatlarda joylashgan tijorat tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy investorlar o‘rtasida yuzaga keladigan shartnomaviy va boshqa fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni, xususan, investitsiyalar, intellektual mulk va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishni tashkil etish; b) nizolarni xalqaro arbitraj va nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullari orqali hal etish mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish; v) yetakchi xorijiy arbitrajlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro arbitraj orqali nizolarni hal etish sohasida tajriba almashish, shuningdek, Markazda nizolarni hal etishga xorijiy arbitrlarni jalb qilish; g) xalqaro arbitraj, shu jumladan, investitsiyalar bilan bog‘liq nizolarni suddan tashqari hal etish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish; d) mahalliy va xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xususan, xorijiy investorlarga investitsiya bilan bog‘liq, shu jumladan, tomonlardan biri davlat bo‘lgan nizolarning vujudga kelishining oldini olish sohasida konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish. 2. Belgilansinki: Markazga arbitr sifatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy davlatlar fuqarosi bo‘lgan malakali arbitrlar ham jalb etilishi mumkin; tomonlarning kelishuviga ko‘ra, nizolarni hal etishda Markaz arbitrlari tomonidan boshqa, shu jumladan, xorijiy davlatning huquqi qo‘llanishi mumkin; Markaz arbitrlarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasi hududida hakamlik sudlari qarorlarini ijro etish uchun qonun hujjatlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘zda tutilgan tartibda ijro etiladi; Markazda yozishmalar va ish yuritish o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi; sudlar o‘z vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda arbitraj ishlari ko‘rilishida dalillar olish, to‘plash, Markaz arbitrlari qarorlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish borasida Markazga ko‘maklashadi; Markazning O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan arbitrlari arbitr funksiyalarini bajargani uchun gonorar sifatida olingan mablag‘lar qismi uchun jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq to‘lashdan ozod etiladi; nizolarni xalqaro arbitraj yo‘li bilan hal etishga xorijiy davlatlar fuqarolarini Markaz arbitrlari va ekspertlar sifatida jalb etish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma olish talab etilmaydi; nizoni xalqaro arbitraj orqali ko‘rib chiqish uchun arizalarni qabul qilish, shuningdek, eshituvlar va boshqa protsessual harakatlarni o‘tkazish zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda onlayn tartibda, arbitrlar va tomonlarning ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin; Markazda nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishda ishtirok etayotgan tomonlarning vakillarida arbitraj qarorlari O‘zbekiston Respublikasining vakolatli sudlarida qayta ko‘rib chiqilganda, shuningdek, Markazda ko‘rib chiqilayotgan arbitraj nizolari bo‘yicha har qanday masalalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilganda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjud bo‘lishi talab etilmaydi; Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nizolarni mediatsiya tamoyilini o‘tkazish orqali hal etish va nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullarini qo‘llash huquqiga ega; yuridik shaxslarning Markazda nizoni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq arbitraj xarajatlarini to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi; Markaz o‘z nomi tushirilgan blank va dumaloq muhrga, tijorat banklarida milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga ega bo‘lishi mumkin. 3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, EXHT va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari tomonidan Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va uni tashkil etishda ko‘maklashishga qiziqish bildirilgan. 4. Belgilansinki: Markaz qoshida uning faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etishga ko‘maklashish maqsadida arbitraj sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy mutaxassislardan, shuningdek, jahonning e’tirof etilgan arbitraj markazlari arbitrlaridan iborat Kuzatuv kengashi tashkil etiladi; Markazga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi tomonidan, qoidaga ko‘ra, yetakchi xorijiy xalqaro arbitrajlarda arbitr sifatida ishlash tajribasiga ega shaxslar orasidan tayinlanadigan rahbar boshchilik qiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi belgilangan tartibda: ikki hafta muddatda Markaz Kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirishni; bir oy muddatda Markaz Qoidalari, tuzilmasi hamda asosan yetakchi xorijiy xalqaro arbitrajlarda ishlash tajribasiga ega va Markaz Kuzatuv kengashi tomonidan ma’qullangan arbitrlar ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlashni; bir oy muddatda yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, ushbu qaror va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasining “Xalqaro savdo arbitraji to‘g‘risida”gi namunaviy qonuni talablariga muvofiq “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilishini yakunlash va uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritishni ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazning buyurtmanomalariga ko‘ra Markaz arbitrlari, Kuzatuv kengashi a’zolari, ekspertlar, tomonlarning vakillari, Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb etiladigan boshqa xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaz buyurtmanomalariga ko‘ra Markaz arbitrlari, Kuzatuv kengashi a’zolari, ekspertlar, tomonlarning vakillari, Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb etiladigan boshqa xorijiy mutaxassislarga va ularning oila a’zolariga vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik ro‘yxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat bojini undirmagan holda belgilangan tartibda ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 11-uy manzilida joylashgan binoning Savdo-sanoat palatasiga Markazni joylashtirish uchun beg‘araz asosda berilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazni belgilangan tartibda imtiyozli asosda zarur aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga Markazning zarur mebel, anjomlar, kompyuter va ofis texnikasi bilan, shuningdek, xonalarning arbitraj eshituvlarini, shu jumladan, onlayn rejimda o‘tkazish uchun jihozlanishiga ko‘maklashish tavsiya etilsin. 11. Savdo-sanoat palatasi va Markaz 2021-yil 1-oktabrga qadar Markazni jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 12. Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi arbitrajlari qarorlari ustidan shikoyat qilish va ularni ijro etish tartibini belgilaydigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
124
11,046
Qonunchilik
“Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 49-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-589-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 49-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-589-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
172
338
Qonunchilik
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman: 1. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan davriy moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim etish tartibini belgilaydi. 1. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar mazkur Qoidalar talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tuzadi va topshiradi. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning choraklik moliyaviy hisobotlari hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga, yillik moliyaviy hisobotlar esa, kelgusi hisobot yilining 1-yanvar holatiga ko‘ra tuziladi. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati moliyaviy hisobotlarni quyi muassasalar kesimida tuzadi hamda jamlangan holda taqdim etadi. 2. Budjet tashkilotlari tarmoq, shtat va kontingentlar rejalarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqidagi buyruqqa (ro‘yxat raqami 2837, 2016-yil 8-noyabr) muvofiq tuzadi va topshiradi. 3. Budjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi: mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Balans (1-son shakl); mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl); mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot; mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot; mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot; mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot; mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot; mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi Joriy yilning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobot; mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomoliyaviy aktivlarning harakati to‘g‘risidagi hisobot; mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjet tashkilotini chet el valyutalari bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot. 4. Agarda, budjet tashkilotlari qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u holda ushbu faoliyatlari bo‘yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalari (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) bilan tasdiqlangan moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot 2-son shaklga muvofiq taqdim qiladilar. 5. Budjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi: Balans (1-son shakl); Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl); Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot; Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot; Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot; Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot; Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot; Budjet tashkilotini chet el valyutalari bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot. 6. Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Tushuntirish xatida (jamlanma) xarajatlar smetasi, (jamlanma) daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi jarayoniga ta’sir qilgan asosiy omillar, jumladan, budjetdan ajratilgan mablag‘larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo‘lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va vaqti, yo‘l qo‘yilgan muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar va ularning sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek hisobot davrida budjet tashkilotlariga beg‘araz yordam va markazlashgan tartibda kelib tushgan moddiy qiymatliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kamomadi aniqlangan va o‘g‘irlangan pul mablag‘lari va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar summasi va hisobotlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo‘yicha moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarini (jumladan, tugallanmagan qurilish va o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni) qayta baholash bo‘yicha axborotlar ochib beriladi. Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari (birinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o‘rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanadi. 7. Budjet mablag‘lari oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (tegishli hududiy moliya organlariga) chorak (yil) uchun Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)ni mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq holda taqdim qiladilar. 8. Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi kerak. Budjet tashkilotlarida tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to‘ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo‘yiladi. 9. Moliyaviy hisobotlar shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 308-son shakldagi “Bosh jurnal kitobi” (bundan buyon matnda “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) deb yuritiladi) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari asosida tuziladi. 10. Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi: “Tashkilot” rekvizitida tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladi; “Bo‘lim, kichik bo‘lim, bob” rekvizitida tashkilotning budjet tasnifiga muvofiq tashkiliy va vazifa jihatidan bo‘linishi (belgilanishi) ko‘rsatiladi; “Hisobot davri” rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak) ko‘rsatiladi; “Budjet turi” rekvizitida tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifiga muvofiq mablag‘lar manbai va tashkilot taqdim etadigan hisobot bo‘yicha budjetlar darajasi kodlari ko‘rsatiladi; “O‘lchov birligi” rekvizitida hisobot tuzilayotgan o‘lchov birligi keltiriladi. 11. Moliyaviy hisobotlarni tuzishda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak: hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag‘lari, asosiy vositalar, moddiy qimmatliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar natijalarining to‘liq aks ettirilishi; analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo‘lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi; moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlardan foydalanish. Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy hisobotlar noto‘g‘ri tuzilgan deb hisoblanadi. 12. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari jamlama moliyaviy hisobotlarni o‘zlari ko‘rib chiqqan, tasarrufidagi quyi tashkilot va muassasalarning moliyaviy hisobotlari hamda o‘zining xarajatlar smetasi bo‘yicha moliyaviy hisobotlari asosida tuzadi. 13. Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, o‘sib boruvchi tartibda bitta o‘n xonali sonda ming so‘m hisobida tuziladi. 14. Agarda, normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo‘lsa), u holda hisobotlarda ushbu ko‘rsatkichlar “minus” belgi bilan aks ettiriladi. 15. Qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo‘yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiyadan o‘tkazishlari shart. 16. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va qat’iy hisobda turuvchi blankalari va boshqa aktivlarning haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga taqqoslash yo‘li bilan aniqlash, shuningdek moddiy boyliklar va pul mablag‘larining saqlanishini nazorat qilish; qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq belgilangan normativdan yuqori bo‘lgan va foydalanilmayotgan moddiy boyliklarni aniqlash; moddiy boyliklar hamda pul mablag‘larini saqlash qoidalari va shartlariga rioya qilish; balansda hisobga olingan moddiy boyliklar, kassalardagi, banklarning depozit hisob raqamlaridagi, shuningdek shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalari qiymatining haqiqiyligini tekshirish. 17. Balans (1-son shakl)ni tuzishdan oldin barcha mavjud memorial orderlar bilan rasmiylashtirilgan buxgalteriya provodkalarini dastlabki hujjatlarga muvofiq holda to‘g‘ri tuzilganligi hamda “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)ga to‘g‘ri yozilganligi, subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar va hisobot davri oxiriga “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) bo‘yicha qoldiqlar to‘g‘ri hisoblanganligi tekshirib chiqiladi. 18. Hisobot davri oxiriga “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi chiqarilgan qoldiqlar balansning “Yil (chorak) oxiriga” ustuniga ko‘chirib yoziladi. 19. Debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi subschyotlarda debitorlar va kreditorlar summalari o‘zaro hisobga olmagan holda, ya’ni, mavjud debitorlar balansning aktiv qismida, kreditorlik qarz esa, passiv qismida ko‘rsatiladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. 20. “Yil boshiga” ustuni bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘tgan hisobot yili balansining “Yil (chorak) oxiriga” ustuni bo‘yicha ko‘rsatkichlarga aynan bir xil holda ko‘chiriladi. Agarda, budjet tashkiloti hisobot yilining 1-yanvaridan keyin tashkil topgan bo‘lsa, u holda balansning ushbu “Yil boshiga” ustuni to‘ldirilmaydi. 21. Balansning aktiv qismidagi “Yil (chorak) oxiriga” ustuni bo‘yicha: a) “Nomoliyaviy aktivlar” bo‘limida: “1-§. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar” paragrafining “Asosiy vositalar: Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati” qatorida budjet tashkilotlarining hisobot davri oxiriga mavjud barcha asosiy vositalari, shu jumladan, ijaraga berilganlari ham dastlabki (tiklanish) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Qayta baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan asosiy vositalarning tiklanish qiymati yillik va choraklik balanslarda “Yil boshiga” ustunida kasr chizig‘i bilan (maxrajida) aks ettiriladi. “Eskirish summasi” qatorida asosiy vositalarning balans tuzilgan hisobot davri oxiriga hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi. “Qoldiq (balans) qiymati” qatorida asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati bilan eskirish summasi o‘rtasidagi farq (010-qatorda aks ettirilgan asosiy vositaning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan 011-qatorda aks ettirilgan eskirish summasini ayirmasi) aks ettiriladi. “Nomoddiy aktivlar” qatorida tashkilotning hisobot davri oxiriga mavjud nomoddiy aktivlarining qiymati ko‘rsatiladi; “2-§. Noishlab chiqarish aktivlari” qatorida ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lmagan kapital xarajatlar, jumladan, erni obodonlashtirish bo‘yicha xarajatlar (040-subschyot) aks ettiriladi; “3-§. Tovar-moddiy zaxiralar” qatorida hisobot davri oxiriga mavjud bo‘lgan tayyor mahsulot, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va yarani bog‘lash vositalari, inventar va xo‘jalik jihozlari, yonilg‘i, yoqilg‘i-moylash materiallari, mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari va boshqa tovar-moddiy zaxiralari qoldiq summalari ko‘rsatiladi, balansdan tashqari 10 — “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” va 12 — “Eskirganlarining o‘rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari” schyotlarida aks ettirilgan tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bundan mustasno; “4-§. Nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar” qatorida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar, tugallanmagan qurilish, asosiy vositalarga boshqa xarajatlar, nomoddiy aktivlarga xarajatlar, tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar va tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi subschyotlarning “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) bo‘yicha hisobot davrining oxiriga qoldiq summasi aks ettiriladi; b) “Moliyaviy aktivlar” bo‘limida mavjud hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, akkreditivlar, kassadagi naqd pul qoldiqlari va boshqa pul mablag‘larining, shuningdek shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardagi pul mablag‘larining qoldiq summalari aks ettiriladi; v) “Debitorlar” bo‘limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo‘yicha qoldiq summalar (debitorlik qarzlar) aks ettiriladi. 22. Balansning passiv qismidagi “Yil (chorak) oxiriga” ustuni bo‘yicha: a) “Kreditorlar” bo‘limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo‘yicha qoldiq summalar (kreditorlik qarzlar) aks ettiriladi; b) “Moliyaviy natijalar” bo‘limida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijalari (300–343-qatorlar), shuningdek yakuniy moliyaviy natijalari (350–356-qatorlar) har bir daromad (tushum)larning turlari bo‘yicha alohida holda aks ettiriladi. Bunda joriy yilga moliyaviy natijalar (300 — 343-qatorlar) bo‘yicha ko‘rsatkichlar yillik balansda aks ettirilmaydi; v) “Balansdan tashqari schyotlar” bo‘limida hisobot davri oxiriga aks ettirilgan balansdan tashqari schyotlar summasi ko‘rsatiladi. 23. Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobotni tuzishdan oldin budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar: tasdiqlangan xarajatlar smetalariga belgilangan tartibda kiritilgan o‘zgartirishlarning Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 294-son shakldagi Kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftariga (bundan buyon matnda 294-son shakl daftari deb yuritiladi) to‘g‘ri yozilganligini; hisobot davri uchun davlat budjetidan moliyalashtirilgan mablag‘larni tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq (kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda) amalga oshirilganligini (tegishli memorial orderlar, 294-son shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida); hisobot choragida amalga oshirilgan kassa xarajatlarining (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarning) to‘g‘riligini (tegishli memorial orderlar, 294-son shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida); haqiqiy xarajatlarning hisob registrlariga to‘g‘ri yozilganligini (tegishli memorial orderlar va 294-son shakl daftari ma’lumotlari asosida) tekshirib chiqishlari lozim. 24. “Tasdiqlangan (aniqlangan) reja” ustuniga xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda belgilangan reja iqtisodiy xarajatlar tasnifining tegishli xarajat moddalari bo‘yicha ko‘rsatiladi. 25. “Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan” ustuni bo‘yicha budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (bundan buyon matnda davlat budjeti deb yuritiladi) xarajatlar smetalariga muvofiq yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda moliyalashtirilgan mablag‘lar (294-son shakl daftari ma’lumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi (4-guruhning xarajat moddalaridan tashqari). Davlat budjetining g‘azna ijrosiga o‘tgan tashkilotlar ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda g‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadilar. 26. “Kassa xarajati — jami” ustunida budjet tashkilotining davlat budjeti mablag‘lari bo‘yicha depozit hisob raqamidan xarajatlar smetalarida ko‘zda tutilgan maqsadlar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-son shakl daftari ma’lumotlari asosida) xarajatlar iqtisodiy tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi. Davlat budjetning g‘azna ijrosiga o‘tgan budjet tashkilotlari ushbu ustun bo‘yicha yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda g‘aznachilik bo‘linmalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rsatadilar. 27. “Haqiqiy xarajatlar — jami” ustunida haqiqiy xarajatlar (budjet bo‘yicha) yil boshidan o‘sib boruvchi tartibda (294-son shakl daftari ma’lumotlari asosida) xarajatlar iqtisodiy tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha yoziladi. 28. Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan sotib olingan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi. Bunda, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sotib olingan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi tegishli ravishda budjetdan tashqari mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi hisobotlarda xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi. 29. Budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat budjetidan olingan mablag‘larning ijrosi bo‘yicha tuzilgan xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining tegishli moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan oshmagan holda haqiqiy xarajatlarni to‘liq aks ettiradi. 30. Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl) budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifining har bir bo‘lim, kichik bo‘lim va bobi bo‘yicha alohida holda tuziladi. 31. Budjet tashkilotlari tomonidan shaxsiy g‘azna hisobvaraq (hisob raqam)laridagi tejab qolingan va belgilangan tartibda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan davlat budjeti mablag‘lari alohida “Tejab qolingan va Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar” (I — IV xarajat guruhlariga qo‘shilmagan holda) qatorida hisobot davrining kassa xarajatlari sifatida aks ettiriladi. 32. Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot budjet tashkilotning hisobot davri oxiriga davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi. 33. “Debitor qarzdorlik” qismida budjet tashkilotining barcha mavjud debitorlik qarzlari aks ettiriladi. 34. “1-gr. bo‘yicha jami. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 1-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 35. “2-gr. bo‘yicha jami. Ish haqiga qo‘shimchalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 2-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 36. “3-gr. bo‘yicha jami. Kapital qo‘yilmalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 3-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 37. “4-gr. bo‘yicha jami. Boshqa xarajatlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 4-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 38. “Xarajatlar guruhlari bo‘yicha jami” qatorida yuqoridagi 4 ta xarajat guruhlari bo‘yicha jami debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 39. “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha” qatorida yuqoridagi xarajat guruhlari bo‘yicha aks ettirishning imkoni bo‘lmaydigan quyidagi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi: bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanganligi; bolalarning musiqa va san’at maktablarida o‘qitilganligi; tarbiyalanuvchilarning maktab-internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida tarbiyalanganligi; ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan va boshqa shu kabi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar. 40. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 156 — “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 41. “Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni hisoblanishi bo‘yicha” qatorida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan hisoblangan to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlari aks ettiriladi. 42. “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar bo‘yicha” qatorida pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklar kamomadlari bo‘yicha hamda aybdor shaxslar hisobiga yozilgan va belgilangan tartibda undirib olingan tovar-moddiy qimmatliklar qiymati bo‘yicha yuzaga kelgan debitorlik qarzlari, shuningdek boshqa hisob-kitoblar hisobi aks ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 170 — “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 43. “Talabalar bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha” qatorida ta’lim muassasalarida talabalar bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha, jumladan, to‘lov-kontrakt mablag‘larining hisoblanishi natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 175 — “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotining to‘lov-kontrakt mablag‘larining hisoblanishi natijasida talabalardan yuzaga kelgan debitorlik qarzlar qismi bo‘yicha hisobot davriga mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 44. “Yuqori va quyi tashkilotlar o‘rtasidagi boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha” qatorida budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bilan ularning tasarrufidagi muassasalar o‘rtasida xarajatlar smetasining ijrosi jarayonida vujudga keladigan turli hisob-kitoblar, jumladan, markazlashgan tartibda berilgan moddiy aktivlarga doir operatsiyalar bo‘yicha yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 180 — “Yuqori va quyi tashkilotlar o‘rtasidagi boshqa hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 45. “Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha debitorlik qarzlar” qatorida yuqorida keltirilmagan boshqa debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 46. “Hammasi” qatorida budjet tashkilotining barcha mavjud debitorlik qarzlari aks ettiriladi. 47. “Kreditor qarzdorlik” qismida budjet tashkilotining barcha mavjud kreditorlik qarzlari aks ettiriladi. 48. “1-gr. bo‘yicha jami. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 1-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. 49. “2-gr. bo‘yicha jami. Ish haqiga qo‘shimchalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 2-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. 50. “3-gr. bo‘yicha jami. Kapital qo‘yilmalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 3-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. 51. “4-gr. bo‘yicha jami. Boshqa xarajatlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 4-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. 52. “Xarajatlar guruhlari bo‘yicha jami” qatorida barcha 4 ta xarajat guruhlari bo‘yicha jami kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. 53. “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha” qatorida budjet tashkilotining ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo‘lgan summalar hisobi bo‘yicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 155 — “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud kredit qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 54. “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha” qatorida yuqoridagi xarajat guruhlari bo‘yicha aks ettirishning imkoni bo‘lmaydigan quyidagi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi: bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida (bolalar bog‘chalari va yaslilarda) tarbiyalanganligi; bolalarning musiqa va san’at maktablarida o‘qitilganligi; tarbiyalanuvchilarning maktab-internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida tarbiyalanganligi uchun ota-onalar bilan; ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar va boshqa shu kabi hisob-kitoblar. 55. Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 156 — “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud kredit qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 56. “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar bo‘yicha (1 va 4-guruhda ko‘rsatilganlaridan tashqari)” qatorida budjet tashkilotlari tomonidan mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va realizatsiya qilishdan qonunchilikka muvofiq budjetga hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek mazkur shaklning 1 va 4-guruhlarida aks ettirilmagan boshqa budjet bilan hisob-kitoblar natijasida hisobot davriga yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. 57. “Boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha (1, 2 va 4-guruhda ko‘rsatilganlaridan tashqari)” qatorida realizatsiya qilingan mahsulotlar (ish, xizmatlar)ning haqiqiy hajmidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga qonunchilikka muvofiq majburiy ajratmalari, shuningdek 1, 2 va 4-guruhlarida aks ettirilmagan boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. 58. “Talabalar bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha” qatorida ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘larining hisoblanishi va to‘lanishi natijasida talabalar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-shakl)da aks ettirilgan 175 — “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotining to‘lov-kontrakt mablag‘larini hisoblanganiga nisbatan ortiqcha to‘lanishi natijasida talabalar bilan hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar qismi bo‘yicha hisobot davriga mavjud kredit qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 59. “Yuqori va quyi tashkilotlar o‘rtasidagi boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha” qatorida budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bilan ularning tasarrufidagi muassasalar o‘rtasida xarajatlar smetasining ijrosi jarayonida vujudga keladigan turli hisob-kitoblar, shuningdek markazlashgan tartibda berilgan moddiy aktivlarga doir operatsiyalar bo‘yicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 180 — “Yuqori va quyi tashkilotlar o‘rtasidagi boshqa hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud kredit qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 60. “Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha kreditorlik qarzlar” qatorida yuqorida keltirilmagan boshqa kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. 61. “Hammasi” qatorida budjet tashkilotining barcha mavjud kreditorlik qarzlari aks ettiriladi. 62. “Jami qarzdorlik” ustuni bo‘yicha budjet tashkilotining davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan hisobot davriga mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlarning jami summasi ko‘rsatiladi. 63. “Budjet hisobidan” ustunida davlat budjeti mablag‘lari bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik ko‘rsatiladi. “Budjetdan tashqari mablag‘lar” ustunida esa, budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha vujudga kelgan jami qarzdorlik summasi ko‘rsatiladi. 64. Agarda, yuzaga kelgan debitorlik qarzni davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga aniq ajratishning imkoni bo‘lmasa, u holda ushbu debitorlik qarz davlat budjeti mablag‘lari bo‘yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari summasidan oshmagan holda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladi. Debitorlik qarzning qolgan (davlat budjeti mablag‘lari bo‘yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari summasidan oshgan) qismi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yoziladi. 65. Agarda, yuzaga kelgan kreditorlik qarzni davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga aniq ajratishning imkoni bo‘lmasa, u holda ushbu kreditorlik qarz davlat budjeti bo‘yicha qoldiq limit mablag‘i doirasida iqtisodiy xarajatlar tasnifining tegishli moddasi bo‘yicha budjet hisobidan ko‘rsatiladi. Kreditorlik qarzning qolgan (davlat budjeti limitidan oshgan) qismi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yoziladi. 66. “Shundan muddati o‘tgan qarzdorlik — jami” ustunida “Jami qarzdorlik” ustunida ko‘rsatilgan qarzdorlikdan muddati o‘tkazib yuborilgan, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda so‘ndirilmagan qarzning umumiy summasi, “Budjet hisobidan” ustunida davlat budjeti mablag‘lari hisobiga vujudga kelgan qismi, “Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan” ustunida esa, budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga vujudga kelgan qismi ko‘rsatiladi. 67. “Shundan Respublika tashqarisida” ustunida muddati o‘tgan qarzdorlikning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi qismi ko‘rsatiladi. 68. “Izoh” ustunida qo‘shimcha izohlar keltiriladi. 69. Zarurat tug‘ilgan taqdirda, budjet tashkilotlariga hamda hisobot oluvchilarga (tegishli moliya organlariga va budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga) ushbu hisobot shaklida hisobot oluvchilar tomonidan qarzdorlik bo‘yicha talab qilingan qo‘shimcha ma’lumotlar olish imkonini beruvchi qo‘shimcha rekvizitlar qo‘shish huquqi beriladi. 70. Mazkur hisobot budjet tashkilotlari tomonidan hisobot davri mobaynida hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan va belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldirilgan mablag‘lar, shuningdek homiylikdan olingan mablag‘lari harakatini aks ettirish uchun tuziladi. 71. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot shaklini tuzishdan oldin budjet tashkilotlari: hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘larning bir qismi, belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldirilgan mablag‘lar, shuningdek homiylikdan olingan mablag‘larga doir dastlabki hujjatlarning to‘liqligini; shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan (hisob raqamlardan) olingan ko‘chirmalarni va tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to‘g‘riligini tekshirib chiqadilar. 72. “1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i” qatoriga tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan (hisob raqamlardan) ko‘chirmalarga muvofiq Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha hisobot yilining 1-yanvar sanasiga mavjud pul mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi. 73. “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida “2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” va “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi. Bunda “2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” qatorida “a”, “b”, “v”, “g” va “d” qatorlar bo‘yicha hisobot davriga tushgan daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi ko‘rsatiladi. 74. “a) hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar” qatorida tejab qolingan va belgilangan tartibda Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilgan davlat budjeti mablag‘lari ko‘rsatiladi. 75. “b) faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan” qatorida faoliyat turi bo‘yicha mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan jami tushumlar (pul mablag‘lari) ko‘rsatiladi. 76. “v) budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan” qatorida vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan daromadlar (pul mablag‘lari) ko‘rsatiladi. 77. “g) belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldirilgan mablag‘lar” qatorida budjet tashkilotiga qonun hujjatlarida belgilangan boshqa kelib tushgan tushumlar ko‘rsatiladi. 78. “d) homiylikdan olingan” qatorida Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga homiy tashkilotlardan hamda jismoniy shaxslardan tushgan homiylik yordamlari ko‘rsatiladi. 79. “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorida o‘tgan moliya yilida kelib tushishi lozim bo‘lgan mablag‘larning joriy moliya yilida kelib tushgan summasi aks ettiriladi. 80. “Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida “3.1 Kassa xarajatlari” va “3.2 Qaytarilgan qoldiq” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi. 81. “3.1 Kassa xarajatlari” qatorida 4-ustun “Kassa xarajatlari — jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko‘rsatiladi. 82. “3.2 Qaytarilgan qoldiq” qatorida o‘tgan moliya yilida noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larning joriy moliya yilida qaytarilgan summasi aks ettiriladi. 83. “4. Hisobot davri oxiriga pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida “1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yig‘indisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatori bo‘yicha aks ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko‘rsatiladi. 84. “Xarajatlar yoyilmasi”da Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi. 85. Mazkur hisobotni tuzishdan oldin tibbiyot tashkilotlari: Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarning to‘liqligini; shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan (hisob raqamlardan) olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini tekshirib chiqadilar. 86. “1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarning (hisob raqamlarning) hisobot yilining 1-yanvar sanasidagi ko‘chirmalariga asosan Tibbiyot tashkilotining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi. 87. “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida “2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” va “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi. Bunda “2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” qatorida “a”, “b”, “v”, “g”, “d” va “e” qatorlar bo‘yicha hisobot davriga tushgan daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi ko‘rsatiladi. 88. “a) tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar” qatorida tibbiyot tashkiloti uchun budjetdan ajratiladigan umumiy mablag‘larning (xarajatlar smetasida nazarda tutilgan jami mablag‘larning) 5 foizigacha bo‘lgan qismining tibbiyot tashkilotining mazkur jamg‘armasiga o‘tkazilgan summalari ko‘rsatiladi. 89. “b) faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan” qatorida tibbiyot tashkilotining pulli davolash va xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lari ko‘rsatiladi. 90. “v) hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar” qatorida qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rsatilgan jamg‘armaga o‘tkazilgan tejab qolingan mablag‘lar summasi ko‘rsatiladi. 91. “g) tibbiyot tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan” qatorida tibbiyot tashkilotlari vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan daromadlarini ko‘rsatadilar. 92. “d) belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar” qatorida tibbiyot tashkilotiga qonun hujjatlarida belgilangan boshqa kelib tushgan tushumlar ko‘rsatiladi. 93. “e) homiylikdan olingan” qatorida homiy va donor tashkilotlardan tushgan homiylik yordamlari ko‘rsatiladi. 94. “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorida o‘tgan moliya yilida kelib tushishi lozim bo‘lgan mablag‘larning joriy moliya yilida kelib tushgan summasi aks ettiriladi. 95. “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida “3.1 Kassa xarajatlari” va “3.2 Qaytarilgan qoldiq” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi. 96. “3.1 Kassa xarajatlari” qatorida 4-ustun “Kassa xarajatlari — jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko‘rsatiladi. 97. “3.2 Qaytarilgan qoldiq” qatorida o‘tgan moliya yilida noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larning joriy moliya yilida qaytarilgan summasi aks ettiriladi. 98. “4. Hisobot davri oxiriga pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida “1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yig‘indisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatori bo‘yicha aks ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko‘rsatiladi. 99. “Xarajatlar yoyilmasi”da ko‘rsatilgan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi. 100. Ushbu hisobot ta’lim muassasalaridagi o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. 101. Ta’lim muassasalari mazkur hisobotni tuzishdan oldin quyidagilarni to‘g‘riligini tekshirib chiqadilar: o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘larning shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to‘liqligini; analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarga muvofiqligini; tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to‘liq va to‘g‘ri yozilganligini. 102. “1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida tegishli hisobvaraqlardan ko‘chirmalarga muvofiq hisobot yilining 1-yanvar sanasiga mavjud to‘lov-kontrakt mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi. 103. “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida “2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” va “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi. Bunda “2.1 Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar” qatorida “a”, “b”, va “v” qatorlar bo‘yicha hisobot davriga tushgan daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi ko‘rsatiladi. 104. “2.2 O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” qatorida o‘tgan moliya yilida kelib tushishish lozim bo‘lgan mablag‘larning joriy moliya yilida kelib tushgan summasi aks ettiriladi. 105. “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida “3.1 Kassa xarajatlari” va “3.2 Qaytarilgan qoldiq” qatorlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi. 106. “3.1 Kassa xarajatlari” qatorida 4-ustun “Kassa xarajatlari — jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko‘rsatiladi. 107. “3.2 Qaytarilgan qoldiq” qatorida o‘tgan moliya yilida noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larning joriy moliya yilida qaytarilgan summasi aks ettiriladi. 108. “4. Hisobot davri oxiriga pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida “1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yig‘indisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatori bo‘yicha aks ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko‘rsatiladi. 109. “Xarajatlar yoyilmasi”da to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi. 110. Mazkur hisobot quyidagi budjetdan tashqari mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun mablag‘lari; o‘tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi; maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushadigan tushumlar; maktabdan tashqari muassasalarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushadigan tushumlar (musiqa va san’at maktablari); xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar; maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota-onalardan tushadigan tushumlar; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari; umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to‘lovidan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar; kapital qo‘yilma mablag‘lari bo‘yicha depozitlar; turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to‘lovlar; taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar; boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘laydigan to‘lovlar; boshqa mablag‘lar bo‘yicha depozitlar; grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari; kredit va ssudalar. 111. Hisobotni tuzishdan oldin budjet tashkilotlari quyidagilarni tekshiradilar: hisobot choragi mobaynidagi barcha mazkur budjetdan tashqari mablag‘larining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarning to‘liqligini; shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan (hisob raqamlardan) olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini. 112. “Yil boshiga mablag‘ qoldig‘i” ustuni bo‘yicha budjet tashkilotlari hisobot shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobot yilining 1-yanvar sanasiga bo‘lgan mavjud qoldiq mablag‘larni aks ettiradilar. 113. “Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar) jami” ustunida “Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)” va “O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” ustunlarining yig‘indisi ko‘rsatiladi. 114. “Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)” ustunida hisobot shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablag‘larning turlari bo‘yicha alohida holda hisobot davrida budjet tashkilotining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga (hisob raqamiga) kelib tushgan tushumlar aks ettiriladi. 115. “O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” ustunida o‘tgan moliya yilida kelib tushishi lozim bo‘lgan mablag‘larning joriy moliya yilida kelib tushgan summasi aks ettiriladi. 116. “Xarajatlar yoyilmasi”da mazkur budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan hisobot davrida amalga oshirilgan kassa va xarajatlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajatlar moddasi, kichik moddasi va elementlari bo‘yicha har bir budjetdan tashqari mablag‘larning turlari bo‘yicha alohida holda aks ettiradilar. 117. Mazkur hisobot budjet tashkilotining joriy yilning yakunlari bo‘yicha moliyaviy faoliyatining natijasi, ya’ni har bir daromad (tushum)larning turlarini mazkur daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar bilan solishtirish natijasi bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi. 118. Hisobot “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va daromadlar (tushumlar) va xarajatlar hisobi yuritiladigan boshqa hisob registrlari ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi. 119. “1. Daromadlar (tushumlar)” bo‘limi bo‘yicha: “1.1. Budjetdan moliyalashtirish” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 232 — “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “1.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 242 — “Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag‘lari” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “1.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 252 — “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “a) to‘lov-kontrakt mablag‘lari”, “b) depozitga qo‘yilgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar” va “v) boshqa tushumlar” qatorlari bo‘yicha alohida holda aks ettiriladi; “1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 262 — “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “a) faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan”, “b) budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan”, “v) homiylikdan olingan” qatorlari bo‘yicha alohida holda aks ettiriladi; “1.5. Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 262 — “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “a) faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan”, “b) tibbiyot tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan” va “v) homiylikdan olingan” qatorlari bo‘yicha alohida holda aks ettiriladi; “1.6. Boshqa daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 272 — “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” va 273 — “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotlarining ma’lumotlari aks ettiriladi; “1.7. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar” qatorida joriy yilda ta’lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hamda Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi (Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi) daromadlari bo‘yicha hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar aks ettiriladi. 120. “Daromadlar (tushumlar) jami” qatorida barcha daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi aks ettiriladi. 121. “2. Xarajatlar” bo‘limi bo‘yicha: “2.1. Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 231 — “Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “2.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 241 — “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “2.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 251 — “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 261 — “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “2.5. Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida tibbiyot tashkilotlari tomonidan “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 261 — “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; “2.6. Boshqa daromadlar bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl)dagi 271 — “Boshqa daromadlar bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. 122. “Xarajatlar jami” qatorida mazkur Qoidalarning 119-bandida ko‘rsatilgan barcha daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarning yig‘indisi aks ettiriladi. 123. “3. Moliyaviy natija” bo‘limi bo‘yicha: “Joriy yilga moliyaviy natija” qatorida budjet tashkilotining joriy yilga moliyaviy natijasi, ya’ni, jami daromad (tushum) (080-qator)dan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar jami (150-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “a) budjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.1. Budjetdan moliyalashtirish” (010-qator)dan “2.1. Budjet mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” (090-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “b) to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar” (020-qator)dan “2.2. To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (100-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “v) ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar” (030-qator)dan “2.3. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (110-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “g) budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha yakuniy moliyaviy natija” qatorida “1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari” (040-qator)dan “2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (120-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “d) tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.5. Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari” (050-qator)dan “2.5. Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (130-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “e) boshqa daromadlar bo‘yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.6. Boshqa daromadlar” (060-qator)dan “2.6. Boshqa daromadlar bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” (140-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; “j) budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalarga hisoblangan soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar” qatorida “1.7. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar” (070-qator) ma’lumotlari aks ettiriladi. 124. Ushbu hisobot shakli budjet tashkilotlari tomonidan hisobot yili uchun topshiriladigan Balans (1-son shakl) bilan birga taqdim qilinadi. 125. Nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidagi hisobot budjet tashkilotining hisobot yili mobaynidagi nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy zaxiralari)ning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi. 126. Mazkur hisobot shaklini tuzishdan oldin budjet tashkilotlari: hisobot yili boshiga mavjud asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘ining to‘g‘riligini (asoslanganligini); yil mobaynida budjet tashkilotiga kirim bo‘lgan va budjet tashkilotidan chiqim bo‘lgan barcha nomoliyaviy aktivlarni davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi bo‘yicha alohida holda hisob registrlarida Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanma qaydnomada, 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da, “Bosh jurnal kitobi”da (308-son shakl) va boshqa tegishli registrlarda) to‘g‘ri aks ettirilganligini; kirim va chiqim operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini va to‘liqligini tekshirib chiqadilar. 127. Ushbu hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va boshqa asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi yuritiladigan hisob registrlari ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi. Hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning (davlat budjeti yoki budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan olinganligi ko‘rsatilgan holda) yil boshiga mavjud qoldig‘i, hisobot yili mobaynida kirim bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qiymati va chiqim bo‘lgan (hisobdan chiqarilgan)larining qiymati, shuningdek hisobot davri oxiriga budjet tashkilotlari balansida qolgan asosiy vositalar va nomoliyaviy aktivlarning qiymati ko‘rsatiladi. 128. Asosiy vositalarni har yilgi qayta baholash hisobiga boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining o‘zgarishi (oshishi yoki kamayishi) hisobot shaklining alohida “Qayta baholash natijasida” qatorida aks ettiriladi. 129. Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisobot davri boshiga va oxiriga qoldig‘i, shuningdek budjet tashkiloti ehtiyojlari uchun tovar-moddiy zaxiralarning davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sarflangan summasi alohida holda ko‘rsatiladi. Shuningdek, tashkilotga hisobot yili mobaynida kirim bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar, jumladan bepul olinganlari, sotib olinganlari, ortiqcha materiallarning kirim qilinganlari hamda yil mobaynida chiqim qilingan material zaxiralar, jumladan bepul berilganlari, sotilganlari, kamomadlar va boshqa sabablar tufayli chiqim qilinganlarining qiymati ko‘rsatiladi. 130. Ushbu hisobot shakli budjet tashkilotlari tomonidan hisobot yili uchun topshiriladigan Balans (1-son shakl) bilan birga taqdim qilinadi. 131. Mazkur hisobot budjet tashkilotlarining hisobot davri mobaynidagi chet el valyuta mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. 132. Budjet tashkilotlari ushbu hisobotni tuzishdan oldin: hisob raqamlardan (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan) olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to‘g‘riligini; chet el valyutalari shaklida tushgan mablag‘larning shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to‘liqligini; analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirib chiqadilar. 133. “1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i” qatoriga tegishli hisob raqamlardan (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan) ko‘chirmalarga muvofiq xorijiy valyutalar bo‘yicha hisobot yilining birinchi yanvar sanasiga mavjud pul mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi. 134. “2. Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar — jami” qatorida “a”, “b”, “v” “g”, “d”, “e” “j” va “z” qatorlar bo‘yicha hisobot davriga tushgan daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi ko‘rsatiladi. 135. “a) chet el valyutasiga mahsulotlar sotish (ishlar, xizmatlar ko‘rsatish)dan tushumlar” qatorida faoliyat turi bo‘yicha chet el valyutasida mahsulotlar sotish (ishlar, xizmatlar ko‘rsatish)dan tushgan tushumlar ko‘rsatiladi. 136. “b) budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan chet el valyutasini sotib olish” qatorida budjetdan ajratilgan mablag‘lari hisobidan sotib olingan chet el valyutasi summasi aks ettiraladi; 137. “v) budjetdan tashqari pul mablag‘lari hisobidan chet el valyutasini sotib olish” qatorida budjetdan tashqari pul mablag‘lari hisobidan sotib olingan chet el valyutasi summasi aks ettiraladi; 138. “g) chet el valyutasida olinishi belgilangan kredit yoki grantlar” qatorida chet el valyutasida olingan kredit yoki grant mablag‘lari summasi ko‘rsatiladi. 139. “d) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordam” qatorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga chet el valyutasida ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordam mablag‘lari aks ettiriladi. 140. “e) budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida saqlanadigan chet el valyutadagi mablag‘lari” qatorida budjet tashkilotlari ixtiyorida vaqtincha saqlanadigan chet el valyuta mablag‘larining summasi ko‘rsatiladi. 141. “j) valyuta kursining ijobiy farqi hisobiga hosil bo‘lgan mablag‘lar” qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursining ijobiy farq hisobiga hosil bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi. 142. “z) boshqa tushumlar” qatorida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar summasi ko‘rsatiladi. 143. “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida 4-ustun “Kassa xarajatlari — jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlari summasi ko‘rsatiladi. 144. “4. Valyuta kursining salbiy farqi hisobiga zararlar” qatorida hisobot davrining oxirgi kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasining so‘mga nisbatan qiymatining salbiy farqi hisobiga ko‘rilgan zarar summasi aks ettiriladi. 145. “5. Hisobot davri oxiriga pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida “1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yig‘indisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” va “4. Valyuta kursining salbiy farqi hisobiga zararlar” qatorlari ayirmasi ko‘rsatiladi. 146. “Xarajatlar yoyilmasi” ustunida chet el valyutasi hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi. 147. “UzASBO” dasturiy majmuasiga (bundan buyon matnda dasturiy majmua deb yuritiladi) ulangan budjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda tegishli moliya organlari yoki budjet mablag‘larini taqsimlovchiga taqdim qiladilar. 148. Dasturiy majmua orqali elektron shaklda topshirilgan moliyaviy hisobotlar bir nusxada qog‘ozga chop etilib, hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Bunda ushbu imzolangan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotda belgilangan tartibda saqlanadi. 149. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati jamlanma moliyaviy hisobotlarni dasturiy majmua orqali vakolatli xodimlari tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda tegishli moliya organlariga taqdim etadilar. Jamlanma moliyaviy hisobotlar budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan Qoidalarning 148-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va saqlanadi. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati jamlanma moliyaviy hisobotlar u tashkil etilgan tashkilot rahbari hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi va tashkilotda belgilangan tartibda saqlanadi. 150. Moliyaviy hisobotlarni elektron shaklda taqdim qilish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, budjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarni tegishli moliya organlariga qog‘oz shaklida imzolangan holda bir nusxada taqdim etadi. Bunda ushbu imzolangan moliyaviy hisobotlarning bir nusxasi hisobot beruvchi tashkilotda belgilangan tartibda saqlanadi. Budjet tashkilotlarining muhrlarisiz hamda Qoidalarning 148-bandida ko‘rsatilgan vakolatli shaxslarning imzolarisiz ushbu hisobotlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. 151. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar (jamlanma) moliyaviy hisobotlarni mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq belgilangan muddatlarda tegishli moliya organlariga taqdim etadilar. 152. Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. 153. Moliyalashtirilishi (xarajatlarining to‘lanishi) yil davomida bir budjetdan boshqasiga o‘tkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga o‘tkazilgan tashkilotlarda o‘tkazish sanasiga moli
165
62,220
Qonunchilik
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2017-yil 10-iyuldagi 90-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2905, 2017-yil 28-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 30-son, 756-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 1. 5-bob quyidagi mazmundagi 71 — 73-bandlar bilan to‘ldirilsin: “71. Parazitologik laboratoriya diagnostikasidan iborat bo‘lgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona); vrach uchun ish stoli; stullar; kushetka (kamida 2 dona); muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; xonalar uchun ko‘chma bakteriotsid lampa; biks (kamida 4 dona); laboratoriya stoli (kamida 2 dona); sovutgich (xolodilnik); gaz yoki elektr plitalar; reagentlar uchun ikki kamerali sovutgich (xolodilnik); kiyimlar uchun javon; havo so‘rib oluvchi javon; sterillash va distillash uchun mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari; termostat; tsentrifuga (probirka uchun 8 ta 15 ml. o‘lchamli yoki 6 ta 15 ml. o‘lchamli); predmet shishachasi to‘plami (kamida 200 dona); qoplama shishachasi to‘plami (kamida 200 dona); yoritqichli binokulyar mikroskop; 1180 — 1240 diapazonli areometr; rN-metr yoki indikator testlari; predmet shishachasi to‘plami (6x10 sm, 8x12 sm, kamida 200 dona); qoplama shishachasi to‘plami (kamida 200 dona); laboratoriya idishlari to‘plami; 30, 50, 100 gr.li polietilen yoki shisha stakanlar (kamida 100 dona); probirkalar uchun shtativlar; metall kovuzlok (petlya), 0,5 — 1 sm, kamida 20 dona); shisha pipetkalar (kamida 20 dona); Petri idishchalari (kamida 100 dona); pinsetlar va ignalar; shisha voronkalar; kimyoviy reagentlar; rezina probkalar; turli ozuqa muhitlari uchun idish. 72. Biomaterial yig‘ish punkti tashkil etiladigan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona); stol va stullar; kushetka yoki qon olish uchun maxsus o‘rindiq; bolalar uchun yo‘rgak stoli (chaqaloqlar bilan ishlansa); muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; xonalar uchun ko‘chma bakteriotsid lampa; sovutgich (xolodilnik); termosumka; tsentrifuga; termostat (qondan tashqari biomateriallar uchun); havo so‘rib oluvchi javon (qondan tashqari biomateriallar uchun); bir marta qo‘llaniladigan skarifikator (kamida 200 dona); predmet shishachalari to‘plami; turli qopqoqchali vakuteynyerlar; probirkalar; vakuteyner va probirkalar uchun shtativlar; biomateriallar uchun konteynyerlar; spirtli salfetkalar; bir martalik qo‘lqoplar; bir martalik shpritslar; foydalanib bo‘lingan narsalarni tashlash uchun idishlar; kiyimlar uchun javon yoki ilgich. 73. Bakteriologik laboratoriya diagnostikasi tashkil etiladigan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona); vrach uchun ish stoli; stullar; kushetka (kamida 2 dona); muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; xonalar uchun ko‘chma bakteriotsid lampa; biks (kamida 4 dona); laboratoriya stoli (kamida 2 dona); sovutgich (xolodilnik); gaz yoki elektr plitalar; reagentlar uchun ikki kamerali sovutgich (xolodilnik); kiyimlar uchun javon; havo so‘rib oluvchi javon; sterillash va distillash uchun mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari; termostat; tsentrifuga (probirka uchun 8 ta 15 ml. o‘lchamli yoki 6 ta 15 ml. o‘lchamli); predmet shishachasi to‘plami (kamida 200 dona); qoplama shishachasi to‘plami (kamida 200 dona); yoritqichli binokulyar mikroskop; 1180 — 1240 diapazonli areometr; rN-metr yoki indikator testlari; predmet shishachasi to‘plami (6x10 sm, 8x12 sm, kamida 200 dona); qoplama shishachasi to‘plami (kamida 200 dona); laboratoriya idishlari to‘plami; 30, 50, 100 gr.li polietilen yoki shisha stakanlar (kamida 100 dona); probirkalar uchun shtativlar; metall kovuzlok (petlya), 0,5 — 1sm, kamida 20 dona); shisha pipetkalar (kamida 20 dona); Petri idishchalari (kamida 100 dona); pinsetlar va ignalar; shisha voronkalar; kimyoviy reagentlar; rezina probkalar; turli ozuqa muhitlari uchun idish; avtomatlashtirilgan identifikatsiyali bakteriologik analizator; laminar javon; stereomikroskop; goryelkalar; PSR to‘plami; anaerostatlar yoki yuqori is gazli termostatlar; serotiplar uchun to‘plamlar; muhitlardagi rNni o‘lchash vositalari.”. 2. 6-bobning nomi “diyetologiya” degan so‘zdan keyin “hamda parazitologiya” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 3. 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “klizma moslamasi (parazitologiya, gastroenterologiya uchun).”. 4. 9-bandda: o‘n to‘qqizinchi xatboshidagi “programma” degan so‘z “dastur” degan so‘z bilan almashtirilsin; yigirma sakkizinchi xatboshidagi “magnitafon” degan so‘z “magnitofon” degan so‘z bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “klizma moslamasi (parazitologiya, gastroenterologiya uchun).”. 5. Quyidagi mazmundagi 61-bob bilan to‘ldirilsin: 91. Maslahat, diagnostika, konservativ va operativ davolashdan iborat bo‘lgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona); vrach uchun ish stoli; hamshiralar posti uchun stol; stullar; kushetka; sovutgich (xolodilnik); karavotlar; ko‘p funksiyali karavot; muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; palatalar uchun ko‘chma bakteriotsid lampa; biks (kamida 4 dona); shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga mo‘ljallangan); sterillash va distillash uchun mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari; tonometr va fonendoskop; rentgenangiografiya kompleksi; magistral tomirlarni kateterlash to‘plamlari; qonning quyulishini aktiv vaqtini aniqlash uchun portativ apparat; bemorlar uchun aravachalar; bemorlar uchun zambil; tibbiyot termometri; koronar stentlar; ballonli katetyerlar; koronar o‘tkazgichlar; o‘tkazuvchi katetyerlar; diagnostika katetyerlari (JL, JR); diagnostika o‘tkazuvchilari; introdyusyerlar; ballonli katetyerlar periferik tomirlar uchun; periferik tomirlar uchun stentlar; kava-filtrlar; bir martalik qo‘lqoplar; funksional to‘shaklar; to‘shak oldi tumbasi; markazlashgan, har bir to‘shakka ulangan kislorod, havo, vakuum o‘tkazgichi; konsol-elektr rozetkalari; vakuumli aspirator; soyasiz operatsiya lampasi; bikslar va biks ushlagichlar; xirurgik elektr so‘rgich bakterial filtr bilan; EKG portativ; EKG apparati (ko‘p kanalli); ExoKG apparati (qizilo‘ngach uchun datchik bilan); yurakni miokardial, transvenoz, endokardial va tashqi elektrostimulatsiyasi uchun elektrokardiostimulyator; markazlashgan kompyuter va 5 ulagichli EKGli, yurak qisqarishlari, nafas olish chastotasi, invaziv va noinvaziv arterial bosimni o‘lchash, o‘pka arteriyasining bosimini o‘lchash, markaziy venoz bosimni o‘lchash, yurak qon haydashi, qondagi gemoglobinning kislorod bilan ta’minlanganligini aniqlash, badan haroratining o‘zgarishlari, SOS signalini avtomatik ravishda beruvchi (signal trevogi) karavot oldi kardiomonitorlari; IVL apparati tashqi nafas funksiyasini monitoringlaydigan va gazoanalizatorli; transportirovka uchun portativ nafas olish apparati; traxeya intubatsiyasi to‘plami; infuzomatlar; infuzion stoykalar 5 dozatorli va 3 infuzomatli; bifazali defibrillyator sinxronlash funksiyasi bilan; printerli personal kompyuter programmalashgan tarmoq bilan, tez xabar berish va javob qilish sistemasi, nusxa olish, chop etish va skanerlash uchun ko‘p funksiyali moslamalar; ultratovushli ingalyator; infuzion va transfuzion vositalarni vena ichiga tez yuborish sistemasi; intubatsiyali va vena ichi narkozlash to‘plamlari; ko‘p funksiyali narkozli nafas olish apparati; tarozi; tibbiyot termometri.”. 6. 12-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 7. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “27. Maslahat, diagnostika va konservativ va operativ davolashdan iborat bo‘lgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona); ginekologiya kreslosi (yoritgich lampasi bilan); operatsiya stoli; elektr so‘rgich; elektr koagulyator; apparat EKG; defibrillyator; IVL va narkoz apparati; laringoskop; pulsoksimetr; kardiomonitor; soyasiz operatsiya lampasi; ko‘chma yoritgich; vrach uchun ish stoli; akusher stetoskopi; bir martalik qog‘onoqni yorish uchun amniotomlar; kichik gabaritli ona va homila qon aylanish faoliyatini aniqlovchi doppler apparati; santimetr tasmasi; homila vakuum ekstraktori; bachadon tamponadasi uchun moslama; azot oksidi manbasi (markaziy tarqatma); qon guruhini aniqlash uchun planshet; eritmalarni ilitish uchun moslama; plazma erituvchi uskuna; hamshiralar posti uchun stol; stullar; kushetka; sovutgich (xolodilnik); tibbiyot karavotlari (ko‘p funksiyali elektr uzatgichli, monitorli); bir martalik tug‘ruq qabul qilish uchun akusherlik to‘plami; tug‘ruq yo‘llarini ko‘rish uchun asbob-uskunalar to‘plami; aravacha (katalkalar); tomboelastograf (qon quyulish jarayonini kuzatish va qayd qilish uchun); qon reinfuziyasi uchun moslama (qonni qayta quyish uchun); infuzion terapiya uchun moslama (qon quyish uchun); bachadon ichi sheyveri; ko‘p funksiyali universal bachadon manipulyatori; kolposkop; muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; xonalar uchun ko‘chma bakteriotsidli chiroq; biks (kamida 4 dona); “forma 30” biks jamlamasi; shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga mo‘ljallangan kamida 2 dona); sterillash va distillashga mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari; bo‘y o‘lchagich; chanoqni o‘lchash asbobi; tonometr va fonendoskop; bachadon zondi (kamida 4 dona); Simps oyna to‘plami (kamida 8 dona); Kusko oynasi (kamida 6 dona); kornsang (kamida 6 dona); uchli qisqich (kamida 2 dona); tarozi; kuraksimon oynacha; yarani kengaytirgich (kamida 2 dona); Gegar kengaytirgichi (7 o‘lchamdan 12 o‘lchamgacha) (kamida 2 ta to‘plam); bir martalik qo‘lqoplar; bir martalik ginekologik to‘plam (turli o‘lchamlarda); laboratoriya oynachalari; kyuretkalar (2, 4, 6 o‘lchamli) (kamida 2 ta to‘plam); Koxer qisqichi; Mikulich qisqichi; igna ushlagichlar; katetyerlar; akusherlik qisqichi; xirurgiya ignalari va tikish to‘plami (kamida 10 ta); pianalar (kamida 5 dona); xirurgiya pichog‘i (skalpel 2 dona); qaychilar (kamida 2 dona); intubatsiya trubkalari 4 dona turli o‘lchamda; tikuv materiallari; Ambu qopi; kislorod maskasi; gemodinamika monitori; xirurgiya choyshabi; xirurgiya pichog‘i uchun bir martali olmoslar; suyuqliklar uchun idishlar; tibbiyot termometri.”. 8. Quyidagi mazmundagi 121 va 122-boblar bilan to‘ldirilsin: 271. Maslahat, diagnostika, konservativ, kichik operativ davolashdan iborat bo‘lgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: vrach uchun ish stoli; kompyuter va printer; stullar; steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol; kushetka; shirma; operatsion ginekologiya kreslosi; biks (kamida 2 dona); “VIChga qarshi” jamlanma; shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga mo‘ljallangan) (kamida 2 dona); dezinfeksion konteynyerlar; muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakterotsidli chiroq; tarozi; bo‘y o‘lchagich; sterillash va distillashga mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari; tanometr va fonendoskop; stetofonendoskop; operatsiya stoli; soyasiz operatsiya lampasi; vakuum-aspirator; laringoskop klinklar to‘plami bilan; defibrillyator; IVL va narkoz apparati; pulsoksimetr; personal kuzatuv monitori; ginekologik ko‘ruv uskunalari; markazlashgan kislorod tarmog‘i; vaginal va abdominal datchikli ultratovush apparati; kuzatish televizori; yoritgichli lampa; suyuq azot uchun Dyuar idishi; konservatsiyalangan jinsiy hujayralarni saqlash uchun Dyuar idishi; jinsiy hujayralarni jo‘natish uchun Dyuar idishi; biomaterial uchun konteynyerlar; xonadagi kislorod hajmini kuzatish datchiklari; bir martalik qo‘lqoplar; bir martalik ginekologik to‘plamlar (turli o‘lchamlarda); binokulyar lupa; jinsiy hujayralar uchun muhitni saqlaydigan idish; kichik pipetkalar; plastik; isitkichli stolchalar; manipulyator; IVF ishchi stansiyasi; antivibratsion stol; termostat (SO2 inkubator); yoritgichli mikroskop; invertirlangan mikroskop; mikromanipulyator; tsentrifuga; laminatsiyalangan boks isitgichi bilan; inkubatorlardagi SO2 miqdorini kuzatish datchiklari; chiqindilar uchun konteyner; aravachalar; tibbiyot termometri. 272. Maslahat, diagnostika, konservativ davolashdan iborat bo‘lgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona); vrach uchun ish stoli; hamshiralar posti uchun stol; stullar; kushetka; neonatal karavotlar; monitorli karavotlar (elektr uzatmalar va haroratni muvozanatlashtiruvchi moslamalar bilan); chaqaloqlar uchun reanimatsiya stoli (Neoterm); miyaning elektr faolligini kuzatuvchi moslama; SRAR — nafas yo‘llarida doimiy musbat bosim yaratuvchi, mustaqil nafas olishga ko‘maklashuvchi moslama; ko‘chma inkubator; kapnograf; plazmani eritish uchun moslama; transportli kyuvez; muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; palatalar uchun ko‘chma bakteriotsid lampa; biks (kamida 6 dona); shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga mo‘ljallangan) (kamida 4 dona); yo‘rgak stoli; chaqaloqlar uchun tarozi va bo‘y o‘lchagich; sterillash va distillash uchun mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari; tonometr va fonendoskop; EKG apparati; UTT apparati; laringoskop turli o‘lchamdagi klinklari bilan; IVL apparati; narkozli nafas olish apparati; pulsoksimetr; endotraxeal trubkalar (2,5 mm; 3 mm; 3,5 mm; 4 mm); nasosli shpritslar; infuzomat; meshok Ambu; mobil rentgen apparati; negatoskop; glyukometr; elektr so‘rgich; fototerapiya uchun lampa; shpatel (kamida 10 dona); chaqaloqlar uchun nazal kanyulalar; zondlar (6 mm, 8 mm, 12 mm); oshqozon zondlari; siydik katetyerlari; steril sanatsion yuqori nafas organlari uchun katetyerlar; tikish materiallari; tomir klipslari; o‘mrov osti (podklyuchichniy) katetyerlari (0,6 mm); katta tomirlar kateterizatsiyasi uchun to‘plam 3F10 mm, 4F15 mm,5F20 mm; endotraxeal trubkalar 2 mm; 2,5 mm; 3 mm; 3,5 mm; 4 mm; 4,5 mm, 5 mm; traxeostom trubkalar; bolalar kislorod niqoblari 3 sm, 5 sm, 7sm; tomir katetyerlari 20 mm, 22 mm, 24 mm; kindik kateteri; probirkalar (PX-16); petri chashkasi; yozgi va qishki to‘shakchalar; choyshablar; tibbiyot termometri.”. 9. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “36. Maslahat, diagnostika, konservativ va operativ davolashdan iborat bo‘lgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol; vrach uchun ish stoli; stullar; tonometr va fonendoskop; bir martalik qo‘lqoplar; kushetka; sovutgich (xolodilnik); muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; xonalar uchun ko‘chma bakteriotsid lampa; shtativ (suyuqliklarni tomchilatib quyishga mo‘ljallangan); sterillash va distillashga mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari; neyroxirurgik operatsiya stoli (elektr privod bilan); soyasiz operatsiya lampasi; bog‘lov stoli; peshona yoritgichi; bikslar; elektr so‘rgich; monopolyar, bipolyar koagulyatorlar; koagulatsiya uchun bipolyar pinset (Yasargil) (175 mm — 0,4 mm, 175 mm — 1.0 mm); apparat EKG; apparat Exo EEG; EOP (elektr optik moslashma); operatsion mikroskop; mobil rentgen; defibrillyator; IVL apparati; narkozli nafas olish apparati; laringoskop; pulsoksimetr; kardiomonitor; ko‘p funksiyali karavotlar (elektr uzatmalar bilan jihozlangan); kraniotomiya o‘tkazish uchun to‘plam (bosh miya jarrohligi uchun); tezkor kraniotomiya o‘tkazish uchun to‘plam (bosh miya jarrohligi uchun); laminoektomiya o‘tkazish uchun to‘plam; bosh fiksatsiyasi uchun skoba (bosh miya jarrohligi uchun); neyroendoskop; Renni klipslari; suyak qisqichlari (Kerrison) (1,0 mm, 2,0 mm, 3,0 mm, 4,0 mm, 5,0 mm); Luer, Bilrot Mikulich, Alis, Koxer qisqichlari; oddiy anatomik va xirurgik qisqichlar (pinsetlar); Kaspar to‘g‘ri, egri konxatomlari; to‘mtoq uchli elevator; Davis dissektori; Kaspar kyuretkasi; miya shpateli; miya retraktorlari to‘plami (Leyla) (bosh miya jarrohligi uchun); Bayonet mikro qaychilari, mikro igna ushlagichlari (to‘g‘ri va egilgan); mikro pinsetlar; gipofiz uchun kyuretkalar to‘plami (bosh miya jarrohligi uchun); mikroso‘rgich nakonechniklari; bo‘yin retraktorlari to‘plami; bo‘yin umurtqasi uchun Keydjlar; bo‘yin, ko‘krak va bel umurtqasi uchun fiksatorlar; gemostatik gubkalar; mikroplastinalar; parenximatoz bosh miya bosimini o‘lchash uchun Kodman apparati (datchiklari bilan) (bosh miya jarrohligi uchun); endovaskulyar muolajalar uchun mikrokatetyerlar; klapanli shuntlar (past, o‘rta va yuqori bosimli); maxsus tomir ichi materiallari va preparatlari to‘plami; Vaytlaner 130 mm. 5 1/8 yara kengaytirgichlari to‘mtoq va egri uchli; Vulstayn 130 mm. 5 1/8 yara kengaytirgichlari to‘mtoq va egri uchli; negatoskop; binokulyar lupalar (2 va 4,5-marta kattalashtirish uchun); mikropinset (0,3 mm 135 mm. 5 ¼ tikish uchun); ko‘p funksiyali monitorlar invaziv va noinvaziv tekshiruvlar uchun; Luer, Bilrot Mikulich, Alis, Koxer qisqichlari; intubatsiya trubkalari; Ambu qopi; kislorod maskasi; gemodinamika monitori; xirurgik choyshablar; kichik va katta neyroxirurgik to‘plam; suyuqliklar uchun idishlar; atravmatik tikuv materiallari so‘riladigan so‘rilmaydigan; transpedikulyar fiksator sistemalari; titan plastinalari (umurtqalar uchun); bosh suyak defektlarini yopish uchun titan setkalar va protakril; bemorlar uchun aravachalar; bemorlar uchun zambil; tibbiyot termometri.”. 10. 41-bandda: sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘qqizinchi — qirq oltinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — qirq beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘ninchi — qirq beshinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — qirq to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; yigirma sakkizinchi xatboshidagi “bir martali” degan so‘zlar “bir martalik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 44-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “kushetka; ximioterapiya to‘plami; nur bilan davolash asbob-uskunalar to‘plami.”. 12. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “47. Maslahat, diagnostika konservativ va kichik (kaminvaziv, endoskopik) operativ davolashdan iborat bo‘lgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol; vrach uchun ish stoli; hamshiralar uchun stol; stullar; tibbiyot asbob-uskunalari uchun javon; ortopediya stoli; kushetka; tog‘aralar; tog‘aralar uchun Krasnobayeva tagligi; vintli taburetka; biks (kamida 2 dona); muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; xodimlar kiyimi uchun javon; yig‘iluvchan shirma; bemorlarning kiyimlari uchun ilgich; rentgenogrammalarni saqlash uchun yonmaydigan quti (seyf); gipslash ishlari uchun stol; gips bintlari uchun javon; gipsli bintlarni tayyorlash uchun stol; sovutgich (xolodilnik); sterillash va distillashga mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari; negatoskop; tonometr va fonendoskop; gradusli burchak o‘lchagich; Diterix shinasi (kamida 2 dona); Shtillya qaychisi (kamida 2 dona); Knorre gips kengaytirgichi (kamida 2 dona); kornsang (kamida 2 dona); anatomik va xirurgiya pinseti (kamida 2 dona); bir martalik qo‘lqoplar; tibbiyot termometri; karavotlar (operativ davolash uchun); ko‘p funksiyali karavot (kamida 2 dona) (operativ davolash uchun); operatsiya stoli (operativ davolash uchun); soyasiz operatsiya lampasi (operativ davolash uchun); artroskop (operativ davolash uchun); artroskopik asbob-uskunalar (kamida 10 dona, operativ davolash uchun); artroskopik optika (kamida 4 dona, operativ davolash uchun); Kuper qaychisi (kamida 2 dona, operativ davolash uchun); elektr so‘rgich (operativ davolash uchun); elektr koagulyator (operativ davolash uchun); EKG apparati (operativ davolash uchun); og‘iz kengaytirgich (kamida 2 dona, operativ davolash uchun); til ushlagich (kamida 2 dona, operativ davolash uchun); oshqozon zondlari (operativ davolash uchun); turli pichoqchalar (kamida 4 dona, operativ davolash uchun); igna ushlagichlar (kamida 4 dona, operativ davolash uchun); tikuv materiallari (kamida 5 dona, operativ davolash uchun); IVL apparati (operativ davolash uchun); narkozli nafas olish apparati (operativ davolash uchun); defibrillyator (operativ davolash uchun); laringoskop (operativ davolash uchun).”. 13. 301-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin: 541. Maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat bo‘lgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (xijoma, girudoterapiya, fitoterapiya, gomeopatiya uchun); xalq tabobati vakili uchun ish stoli; stullar; kushetka; muolaja xonasida statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; sterillash va distillash uchun mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari; tonometr va fonendoskop; tibbiyot termometri. sovutgich (xolodilnik); xijoma uchun to‘plam; zulukni saqlash uchun idishlar (girudoterapiya uchun); arilarni saqlash uchun moslama (apiterapiya uchun); ko‘p ignali bolg‘acha (akupunktura uchun); nevrologik bolg‘acha (akupunktura uchun); dezinfeksiya vositalari va yorliqlangan idishlar (xijoma va girudoterapiya uchun); bir martalik qo‘lqoplar; steril materiallar: bint, tampon, sochiqlar (xijoma, girudoterapiya su-djok uchun); steril material uchun bikslar (xijoma va girudoterapiya, su-djok uchun); ishlatib bo‘lingan material uchun idishlar (xijoma, girudoterapiya, apiterapiya uchun); olingan qonni yig‘ish uchun idish (xijoma uchun); bir martalik skalpellar (xijoma uchun); pinsetlar (xijoma, girudoterapiya, akupunktura, apiterapiya uchun); petri likobchalari (xijoma, girudoterapiya, akupunktura, apiterapiya uchun); leykoplastr (xijoma va girudoterapiya uchun); bir martalik choyshablar; bir martalik ignalar (akupunktura, akupressura, su-djok uchun); muolaja vaqtini belgilash uchun signalli soat (akupunktura, su-djok uchun); bir martalik stakanlar (fitoterapiya, gomeopatiya uchun); grafinlar (fitoterapiya, gomeopatiya uchun); fitoichimlik tayyorlash uchun apparat (fitoterapiya uchun); fitobar-stoyka, stol-stullar va idishlar uchun shkaf (fitoterapiya uchun); mokslar, magnitlar, massajyerlar, tabiiy toshlar, metall yulduzlar (su-djok uchun); ko‘p martali stakanlardan foydalanilganda, ularni ivitish, yuvish, dezinfeksiyalash vositalari (fitoterapiya, gomeopatiya uchun); standart o‘lchamdagi uqalash kushetkasi (manual terapiya, akupressura uchun). 542. Maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat bo‘lgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim: steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (xijoma, girudoterapiya, fitoterapiya, gomeopatiya uchun); xalq tabobati vakili uchun ish stoli; hamshiralar posti uchun stol; stullar; kushetka; sovutgich (xolodilnik); muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa; sterillash va distillash uchun mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani o‘tkazish uchun imzolangan shartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud bo‘lganda); karavotlar; tonometr va fonendoskop; tibbiyot termometri. xijoma uchun to‘plam; zulukni saqlash uchun idishlar (girudoterapiya uchun); arilarni saqlash uchun moslama (apiterapiya uchun); ko‘p ignali bolg‘acha (akupunktura uchun); nevrologik bolg‘acha (akupunktura uchun); dezinfeksiya vositalari va yorliqlangan idishlar (xijoma va girudoterapiya uchun); bir martalik qo‘lqoplar; steril materiallar, bint, tampon, sochiqlar (xijoma, girudoterapiya, su-djok uchun); steril material uchun bikslar (xijoma va girudoterapiya, su-djok uchun); ishlatib bo‘lingan material uchun idishlar (xijoma, girudoterapiya, apiterapiya uchun); olingan qonni yig‘ish uchun idish (xijoma uchun); bir martalik skalpellar (xijoma uchun); pinsetlar (xijoma, girudoterapiya, akupunktura, apiterapiya uchun); Petri likobchalari (xijoma, girudoterapiya, akupunktura, apiterapiya uchun); leykoplastr (xijoma va girudoterapiya uchun); bir martalik choyshablar; bir martalik ignalar (akupunktura, akupressura, su-djok uchun); muolaja vaqtini belgilash uchun signalli soat (akupunktura, su-djok uchun); bir martalik stakanlar (fitoterapiya, gomeopatiya uchun); grafinlar (fitoterapiya, gomeopatiya uchun); fitoichimlik tayyorlash uchun apparat (fitoterapiya uchun); fitobar-stoyka, stol-stullar va idishlar uchun shkaf (fitoterapiya uchun); mokslar, magnitlar, massajyerlar, tabiiy toshlar, metall yulduzlar (su-djok uchun); ko‘p martali stakanlardan foydalanilganda, ularni ivitish, yuvish, dezinfeksiyalash vositalari (fitoterapiya, gomeopatiya uchun); standart o‘lchamdagi uqalash kushetkasi (manual terapiya, akupressura uchun).”. 14. Mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
240
25,906
Qonunchilik
1 yanvardan yagona bojхona toʻlovi joriy etiladi
2020 yilda jismoniy shaхslar tomonidan shaхsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib kirish tartibi oʻzgaradi (7.11.2019 yildagi PQ-4508-son qaroriga qarang). 2020 yil 1 yanvardan boshlab bojхona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Bu shaхsiy ehtiyojlari uchun Davlat chegarasidan oʻtish punktlari orqali qoʻl yukida, kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kiradigan jismoniy shaхslar, shuningdek, jismoniy shaхslarning nomiga хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali keladigan tovarlarga taalluqli. Yangilikning mohiyati quyidagicha. Olib kirish bojsiz olib kirishning cheklangan normalaridan oshgan taqdirda (bu yerga va bu yerga qarang), ortiq qismiga nisbatan belgilangan bojхona boji, QQS (15%) va aksiz soligʻi oʻrniga tovarning bojхona qiymatidan 30%, lekin kamida $3/kg miqdorda yagona bojхona toʻlovi undiriladi. Stavka TIF TN kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qat’i nazar tovarlarning barcha toifalari uchun yagona (loyihada oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari uchun  - tabaqalashtirilgan stavka taklif qilingan edi, tahr.). DBQ oʻzgartirishlar shaхsiy ehtiyojlari uchun tovarlar olib kiradigan fuqarolarning хarajatlarini pasaytirish va hisob-kitobni soddalashtirish, binobarin, bojхona rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini tezlashtirish va chegara nazorat  punktlarida tirbandlik hosil boʻlishini istisno qilish imkonini berishidan kelib chiqadi. Birinchi tezisning tasdigʻi sifatida quyidagi raqamlar keltiriladi: pishloq uchun bojхona toʻlovlarining umumiy miqdori 44%ni, shokolad uchun – 61%ni, TIF TN 6105 kodi boʻyicha kiyim-kechak tovarlari uchun – 38%ni, tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmaganda esa – tegishincha 51%, 95% va 61%ni tashkil qiladi. Yangi tartib faqat notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan tovarlarga taalluqli. Tovarlarning qanday maqsadlarga moʻljallanganligini aniqlash tartibi alohida hujjatda bayon etiladi, biroq yangi qoidalar jami 14 ta tovar pozitsiyasiga tatbiq etilmasligi hozirdan ma’lum: Kelasi yildan yana bitta talab amal qilishni boshlaydi - qoʻl yukida, kuzatib borilayotgan bagajida, shuningdek, pochta joʻnatmalari orqali olib kiriladigan hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish oʻrovida boʻlishi kerak. Bu sanitariya-epidemiologiya va gigiyena nuqtai nazaridan zarurdir. Misol uchun, kimningdir qoʻl yukida mamlakatga kelib tushgan oʻralmagan goʻsht choʻchqa va parranda grippi, Qrim-Kongo bezgagi va qorason kasalliklarining vujudga kelishiga, mamlakatga oʻsimliklar kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi viruslarning kirib kelishi esa – oʻsimlik dunyosining nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin, deb ta’kidlashadi DBQda. Yuqorida tavsiflangan normalar хalqaro tajribaga toʻliq muvofiq keladi: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida yagona bojхona toʻlovi amal qiladi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududi, Xitoy va AQShda ham goʻsht, sut mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar va boshqa oziq-ovqat tovarlari oʻroviga talablar qoʻyiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan. Oleg Zamanov.
48
3,048
Qonunchilik
Navoiy viloyati hududi – erkin iqtisodiy zona
Prezidentning 2019 yil 15 maydagi tegishli Farmoni OʻzAda joylashtirilgan. Navoiy viloyati hududi (keyinchalik muddatini uzaytirish imkoniyati bilan) 1.01.2030 yilga qadar innovatsion, yuqori teхnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona etib belgilandi. Navoiy viloyatining hududiy chegaralari ichida investitsiya dasturlarini amalga oshirayotgan korхonalarga «Navoiy» EIZ ishtirokchisi maqomi beriladi. Ishlab chiqarishlar hududda mavjud boʻlgan yoki yengil barpo etiladigan infratuzilmalarda iхcham joylashtiriladi. Oʻz zimmasiga olgan investitsiya majburiyatlarini bajarmagan ishtirokchilar bilan investitsiya bitimlarini bekor qilish, toʻхtatib turish va ularni maqomdan mahrum etish faqatgina sud tartibida amalga oshiriladi. Navoiy viloyatidagi Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi qanday loyihalar innovatsion, yuqori teхnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan loyihalar hisoblanishini mustaqil ravishda belgilaydi, «Navoiy» EIZ direksiyasining ijobiy хulosasi mavjud boʻlganda – ularga «Navoiy» EIZ ishtirokchisi maqomini taqdim etadi. Belgilash, tanlab olish hamda qatnashchilarni roʻyхatga olishning soddalashtirilgan tartibi bir oy muddatda tasdiqlanadi. «Navoiy» EIZ ishtirokchisi maqomini olgan Navoiy viloyatidagi korхonalar Prezidentning 26.10.2016 yildagi PF–4853-son Farmoni 3 va 4-bandlarida belgilangan hajmda, tartibda va muddatda soliq va bojхona imtiyozlaridan foydalanadilar. Bunda oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, хom ashyo, materiallar hamda butlovchi buyumlarni bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etish tarzidagi imtiyoz ular uchun maqsadli tusga ega. Boʻshab qoladigan mablagʻlar yangi korхonalarni tashkil etish: mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va teхnik, teхnologik qayta jihozlash, kengaytirish, ishlab chiqarish binolarini qurish, oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur хom ashyo va materiallar хarid qilishga, mahsulot eksport qilinganda vujudga keladigan qoʻshilgan qiymat soligʻining manfiy summasi qaytarilmasligi huquqi bilan yoʻnaltiriladi. Bundan tashqari, quyidagi preferensiyalar nazarda tutilgan: «Navoiy» EIZ direksiyasi tuzilmasida Eksportni qoʻllab-quvvatlash markazi tashkil qilinadi, u qatnashchilarga oʻz mahsulotlarini eksport qilishda koʻmaklashadi. Bu yerda maslahat, vositachilik хizmatlarini koʻrsatish, marketing tadqiqotlarini oʻtkazish mumkin boʻladi va h.k.  Oleg Zamanov.
45
2,595
Qonunchilik
Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining muvofiqlashtirilgan va kelishilgan faoliyatini ta’minlash mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi bosqichida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, davlat organlari ayrim rahbarlari tomonidan boshqaruvga oid qarorlar qabul qilishda mas’uliyatni zimmasiga olmaslik yoki vakolat doirasidan tashqariga chiquvchi, ko‘pincha amaldagi qonun hujjatlari normalariga zid qarorlar qabul qilish holatlarining saqlanib qolishi ko‘zlangan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Yuzaga kelgan holat ishonib topshirilgan sohada aniq natijalarga erishish uchun vazifalar, vakolatlar va javobgarlikni aniq belgilash, boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilishda davlat organlarining to‘liq mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, yuqori turuvchi tuzilmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga asossiz aralashuviga chek qo‘yish zaruratini taqozo etadi. Huquqiy tartibga solishning tizimliligi va barqarorligini, davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy hamda sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qonun hujjatlari normalarining bir xil qo‘llanilishini ta’minlash, ekspert-huquqiy ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun barcha darajadagi rahbarlarning harakatlarini birlashtirish va shaxsiy mas’uliyatini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tashkil etilsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda maslahatchining bo‘linmalari deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining harakatlarini birlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy masalalar bo‘yicha faoliyatini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun ijodkorligi sohasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashish; Parlament, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish; davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga, qonunlarning so‘zsiz ijro etilishiga to‘sqinlik qiluvchi, shuningdek, rasmiyatchilik, sansalorlik hamda korrupsiya ko‘rinishlari uchun shart-sharoit yaratuvchi tizimli muammolar va kamchiliklarni, huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash; davlat boshqaruvi tizimini, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani kompleks tahlil qilish hamda uni tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar faoliyatida huquqiy tartibga solishning tizimliligi va barqarorligini, bir xil va to‘g‘ri huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qarorlarining ijrosi ustidan tizimli monitoring hamda nazoratni amalga oshirish; Hukumatning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklarning ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligini kuchaytirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida vakolatlar va javobgarlik sohalarini aniq belgilab berish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, hududlarda islohotlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi javobgarligi va mustaqilligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlash, uning fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdagi rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish borasidagi faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, ular faoliyatini tizimli tahlil va monitoring qilish; sudlar, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarida kadrlarga oid davlat siyosati olib borilishini ta’minlash, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibot, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati to‘g‘risida xabardor qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi, siyosiy boshpana berish, shuningdek, amnistiya aktini qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish masalalari bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirishini ta’minlash. 3. Maslahatchining bo‘linmalariga quyidagi huquqlar berilsin: davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan statistik, tahliliy va boshqa ma’lumotlarni, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qarorlari ijrosiga oid ma’lumotlarni so‘rab olish; davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish, tizimli kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yangi normativ-huquqiy hujjatlarni yoki boshqa hujjatlarni qabul qilish hamda amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritish; respublika davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonun hujjatlariga, amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga nomuvofiq bo‘lgan, jumladan individual imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritish; davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish hamda optimallashtirish, rasmiyatchilik, sansalorlik, sarf-xarajatlar va korrupsiya ko‘rinishlarining ko‘payishiga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining ijro etilmaganligi holatlari bo‘yicha materiallarni aybdor shaxslarning javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun davlat organlariga, jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritish. 4. Belgilab qo‘yilsinki: umummajburiy ko‘rsatmalar, jumladan individual imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat va idoraviy bayonnoma qarorlari, yozma topshiriqlarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; hukumat bayonnoma qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi va ular imzolanganidan keyin hisobga olinishi shart; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Davlat organlarining ekspert-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3628-son qaroriga muvofiq davlat organlarida tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi ekspert-tahlil guruhlarining ishini tashkil etish va muvofiqlashtirish Maslahatchining bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bo‘shatilayotgan 35 nafar shtat birligi, Institut tomonidan amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan loyihalar, shuningdek, Institut balansida bo‘lgan mol-mulk va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar Xizmatga o‘tkazilgan holda tugatilsin. 6. Belgilab qo‘yilsinki, Maslahatchining bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi idoralar: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan, jumladan: tegishli sohalardagi ahvolni birgalikda o‘rganish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini monitoring qilish; ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilish va ularni ishlab chiqish; rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasini hamkorlikda o‘rganishni, tegishli sohalarda xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga ilg‘or xorijiy tajribani kiritish hamda tashkilotlarning tavsiyalarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha takliflar tayyorlashni tashkil etish; yetakchi mutaxassis (konsultant)larni, jumladan xorijiy mutaxassis (konsultant)larni hamkorlikdagi ishlarga jalb etish orqali; b) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan, jumladan: joylardagi ahvolni tanqidiy o‘rganishni, qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolar va kamchiliklarni aniqlashni tashkil etish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish; qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayniqsa, joylarda so‘zsiz ijro etilishini va ushbu hujjatlar amalga oshirilishining sifati, muddati hamda samaradorligi ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yaqindan hamkorlik qiladi. 7. Xizmat: bir hafta muddatda Xizmatning tuzilmasi, uning Nizomi va shtat jadvali tasdiqlanishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, shuningdek, Xizmatning mas’ul xodimlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar; Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hukumatning sifat jihatidan yangi, zamonaviy va samarali faoliyat yurituvchi tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasining, jumladan uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligi va mustaqilligini kuchaytirish, shuningdek, qarorlar qabul qilishda vakolatlar hamda mutasaddi bo‘lgan sohalarni aniq belgilab berishni nazarda tutgan holda, kiritilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida katta mablag‘ va resurslarni jalb qiladigan, asossiz hamda samarasi past yig‘ilishlar va majlislar o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi PF-4974-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida: 1) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin; 2) 1-ilovada: 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati: davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining harakatlarini birlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy masalalar bo‘yicha faoliyatini ta’minlaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun ijodkorligi sohasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi; Parlament, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etadi; davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga, qonunlarning so‘zsiz ijro etilishiga to‘sqinlik qiluvchi, shuningdek, rasmiyatchilik, sansalorlik hamda korrupsiya ko‘rinishlari uchun shart-sharoit yaratuvchi tizimli muammolar va kamchiliklarni, huquqiy bo‘shliqlarni aniqlaydi; davlat boshqaruvi tizimini, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani kompleks tahlil qiladi hamda uni tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar faoliyatida huquqiy tartibga solishning tizimliligi va barqarorligini, bir xil va to‘g‘ri huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qarorlarining ijrosi ustidan tizimli monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi; Hukumatning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklarning ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligini kuchaytirish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida vakolatlar va javobgarlik sohalarini aniq belgilab berish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi; mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tahlil qiladi, ularning joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, hududlarda islohotlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi javobgarligi va mustaqilligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlash, uning fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdagi rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish borasidagi faoliyatini takomillashtiradi va muvofiqlashtiradi, ular faoliyatini tizimli tahlil va monitoring qiladi; sudlar, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarida kadrlarga oid davlat siyosati olib borilishini ta’minlaydi, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibot, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati to‘g‘risida xabardor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi, siyosiy boshpana berish, shuningdek, amnistiya aktini qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish masalalari bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlaydi”; 21-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yordamchi xodimlar Devonning Ishlar boshqaruvchisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Axborot-resurs markazi xodimlari hamda Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining yordamchi xodimlari mazkur Xizmat rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”; 3) 2-ilovaning “Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati” bloki “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” bloki bilan almashtirilsin; 4) 3-ilovada: 5-band chiqarib tashlansin; “Mas’ul Xizmat” grafasining 6 — 8 va 14-bandlaridagi “Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentida: a) 13-bandning uchinchi xatboshisidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “18. Devonga kelib tushgan qonun Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga yuboriladi. Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati qonun bilan tartibga solinadigan masalalarning mazmunidan kelib chiqqan holda, uni ekspert jihatdan o‘rganib chiqish yoki Xizmat huzuridagi Maslahat kengashi muhokamasiga kiritishi mumkin. 19. Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati qonunning huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi. Huquqiy ekspertiza natijasida qonunni imzolash mumkinligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining e’tirozlari bilan qaytarish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi. Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati Qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi”; v) 22-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilinishi, shuningdek ularning tizimlashtirilgan hisobi yuritilishini tashkil etish uchun”; g) 23-bandning birinchi xatboshisidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 49-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, parlamentarizm, saylov va siyosiy tizim, davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish, sudlar, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek fuqarolik, siyosiy boshpana berish, amnistiya va afv etish masalalari bo‘yicha”; e) 52 va 53-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 55-band chiqarib tashlansin; z) 56-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “56. Loyiha huquqiy ekspertizadan o‘tqazilgandan keyin Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati rahbari tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati vakolatiga kiritilgan masalalarga oid hujjatlari bundan mustasno”; i) 58-banddagi “ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi” so‘zlari “ularni ko‘rib chiqish uchun Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati vakolatiga kiritilgan masalalarga oid hujjatlari bundan mustasno” so‘zlari bilan almashtirilsin; k) 64-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilishni tashkil etish (zarurat bo‘lganda), shuningdek ularning tizimli hisobini yuritish uchun”; l) 65-bandda: birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati loyiha imzolangandan keyingi kundan kechiktirmay uni quyidagilarga yuborilishini ta’minlaydi”; ikkinchi xatboshidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; m) 66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “66. Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining elektron shakllarini, shuningdek ularga axborot-tahlil materiallarni hujjatni ijrochilar va aholiga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirish uchun; tegishli tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining elektron shakllarini rasmiy e’lon qilish uchun (zarurat bo‘lgan taqdirda); O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatiga - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining elektron shakllarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-resurslarida e’lon qilish uchun (zarurat bo‘lgan taqdirda) yuboradi"; n) 69-bandning birinchi xatboshisidagi “Devonning farmonni imzolashga kiritgan tarkibiy tuzilmasi tomonidan Devonning Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati bilan birgalikda” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; o) 118 va 123-bandlardagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; p) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolanish va e’lon qilish tartibi sxemasi (1-ilova) quyidagi tahrirda bayon etilsin: r) 2-ilovada (O‘zbekiston Respublikasining Qonunini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va farmoyishini tarqatish reyestri): 3-banddagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 55-band chiqarib tashlansin; s) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish, imzolash va e’lon qilish sxemasi (4-ilova) quyidagi tahrirda bayon etilsin: 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3628-son “Davlat organlarining ekspert-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
119
24,039
Qonunchilik
Toshkent viloyati tadbirkorlariga turistik infratuzilmani rivojlantirish uchun avtoyoʻllar boʻyida yer beriladi
Vazirlar Mahkamasining 19.10.2017 yildagi 852-son qarori bilan Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti toʻgrisidagi nizom, uning tuzilmasi, хodimlarining mehnatiga haq toʻlash razryadlari tasdiqlandi.  Eslatib oʻtamiz, Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti Prezidentning 20.07.2017 yildagi PQ–3142-son qarori bilan tuzilgan, bu haqda avvalgi sharhlarimizdan birida yozgan edik. Tashkiliy masalalar va yangi vakansiyalar Davlat byudjeti mablagʻlari va qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar Departament faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. Departamentning mol-mulki operativ boshqarish huquqi bilan unga biriktirilgan mol-mulk hisobiga shakllantiriladi. Moliya vazirligi Departamentga 4 ta avtotransport vositasini (1 ta yengil va 3 ta maхsus (yoʻltanlamas) avtotransport vositasi) saqlash uchun limit ajratadi. Boʻstonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari hokimliklariga quyidagilar topshirildi:  Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasiga 3 oy muddatda yoʻlboʻyi turistik infratuzilma ob’yektlariga qoʻyiladigan hamda turistlar uchun barcha zarur qulayliklar majburiy boʻlishini nazarda tutadigan namunaviy talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi. Toshkent viloyati hokimligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Departament хodimlarining shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlash va malakali kadrlar bilan butlash topshirildi. Toshkent viloyati hokimiga, zarurat boʻlganda, Departament tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy shtatdagi soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish хuquqi berildi. Oʻzgarishlarni Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at. va turizmni rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamenti (ATD) bilan kelishish darkor. Departament Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent koʻchasi, 92-uy manzilida joylashgan. Departamentning huquqiy maqomi Departament toʻgʻrisidagi nizomda uning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab berilgan. Departament Toshkent viloyati hokimligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanganiga qaramasdan, u yuridik shaхs hisoblanadi. Muvofiq ravishda u Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga (хususan, хorijiy valyutadagi) hisob raqamlariga va shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega. Departamentni Toshkent viloyati hokimi tomonidan ATD bilan kelishgan holda tayinlangan direktor boshqaradi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 20.10.2017 yilda kuchga kirdi.   Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Zumrad Niyazmetova, advokat.
111
2,903
Qonunchilik
Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qo‘shimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan, ayniqsa, dala chetlari, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘ylaridagi yerlardan foydalanishga munosabati o‘zgardi, ushbu yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali qo‘shimcha daromad olish hamda o‘z xodimlarining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida salmoqli ijobiy natijalarga erishildi. Kelgusida mazkur ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tarkibiy tuzilmasi takomillashtirildi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qayta tashkil etildi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan bir qator fermer xo‘jaliklari tomonidan yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish, dehqonchilik madaniyatini oshirish, dala chetlari hamda sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘ylaridagi yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmayapti. Bundan tashqari, respublika bo‘yicha mavjud dala konturlari atrofida tut ko‘chatlari ekish tadbirlari qoniqarsiz tashkil etilganligi va oxirgi yillarda tut daraxtlarining noqonuniy kesib yuborilishi oqibatida pillachilikning ozuqa bazasi kamayishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Natijada, 2017-yilda Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida, jumladan To‘rtko‘l, Bo‘z, Shahrixon, Romitan, Forish, Yakkabog‘, Navbahor, To‘raqo‘rg‘on, Payariq, Sherobod, Sirdaryo, Bekobod, Qo‘shtepa va Urganch tumanlarida pilla xomashyosini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomaviy rejalar bajarilmadi. O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, kuzgi boshoqli don ekinlari va g‘o‘za maydonlari atrofiga ekilgan tut daraxtlarining bir qismi kesilib, aksariyat holda ularning o‘rniga o‘simliklarning zararkunanda va kasalliklarini paydo qiluvchi terak va tol daraxtlari ekilgan. Shuningdek, faoliyat yuritayotgan aksariyat fermer xo‘jaliklarida xodimlarga zarur mehnat va dam olish sharoitlari yaratish masalalariga yetarli e’tibor berilmasligi, ya’ni, dala shiyponlarining mavjud emasligi, dala chetlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilmaganligi, parranda va sog‘in sigirlar boqish yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida mavsum davomida mehnat qiladigan suvchi, mexanizator, ishchi va hasharchilarning mehnat unumdorligi pasayib ketmoqda. Zarur darajada nazoratning yo‘qligi sababli dala chetlarini ekin ekmasdan qoldirib ketish, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalashdan chiqqan unumdor tuproqlarni yer maydonlariga qo‘shish tizimi yo‘qligi natijasida ekin maydonlari qisqarib bormoqda. 2018-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekin maydonlari monitoring o‘lchovi natijalariga ko‘ra jami 175 ming 425 ta konturga ekilgan 1 mln. 107 ming gektar kuzgi boshoqli don ekin maydonlari chetlaridagi 4 ming 854 gektar maydon ekin ekilmasdan bo‘sh qoldirilganligi aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jalik ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” bayram tadbirida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligining mavjud imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, sohada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ilm-fan yutuqlari va innovatsion yangiliklarni tizimli joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 13-dekabrdagi PQ-3432-son qarori ijrosini ta’minlash, fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalari, dala chetlari hamda sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘ylaridagi yerlardan samarali foydalanish orqali ularning daromadlarini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan: 2018-yilda g‘allachilik va paxtachilik yo‘nalishlaridagi fermer xo‘jaliklari tomonidan ekin maydonlaridan tashqaridagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarda yengil konstruksiyali va kam xarajatli dala shiyponlari hamda issiqxonalar qurish, parranda, sog‘in sigir hamda asalari boqishni tashkil etish prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; 2018-yilda paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishlaridagi fermer xo‘jaliklari yer uchastkalarining ekin ekiladigan dala chetlari hisob-kitobi 2-ilovaga muvofiq; 2018-yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan kuzgi boshoqli don ekinlari dala chetlariga ekiladigan qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarishning prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq; 2018-yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘o‘za maydonlari dala chetlariga ekiladigan qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish hamda mahsulot ishlab chiqarishning prognoz ko‘rsatkichlari 3a-ilovaga muvofiq; Fermer xo‘jaliklari yer uchastkalaridan samarali foydalanish, dala chetlari, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘ylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish orqali qo‘shimcha daromad olishni tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 2. Fermer xo‘jaliklari yer uchastkalaridan samarali foydalanish, dala chetlari, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘ylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hamda yengil konstruksiyali, kam xarajatli dala shiyponlari va issiqxonalar qurish tadbirlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Respublika ishchi guruhi (Z. Mirzayev) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarori bilan tasdiqlangan sektorlar rahbarlari bilan birgalikda: mazkur qarorning 1, 2, 3 va 3a-ilovalariga muvofiq dala shiyponlari, issiqxonalar qurish, parranda, sog‘in sigir hamda asalari boqishni tashkil etish, ekinlarni joylashtirish, ekish, parvarishlash, zaruriy resurslar bilan ta’minlash hamda monitoring tizimini yo‘lga qo‘yilishi; barcha hududlarda ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan daromad to‘g‘risida fermer xo‘jaliklari o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot ishlarining amalga oshirilishini ta’minlasin. 3. Yerlarni ekishga sifatli tayyorlash, “erga-er qo‘shish” va to‘liq gektar hosil qilish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Respublika ishchi guruhi (A. Vaxabov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda: bir oy muddatda barcha sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalashda chiqadigan tuproqlarning ko‘payib ketishi hisobiga ekin maydonlarining qisqarib ketishini bartaraf etish maqsadida “erga-er qo‘shish” chora-tadbirlarini fermer xo‘jaliklari bo‘yicha ishlab chiqish; mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan texnika vositalarini jalb qilish va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash maqsadida fermer va konturlar kesimida nazorat o‘rnatish; agrotexnika tadbirlarini sifatli o‘tkazish orqali “kafolatli” hosil olish ishlarini doimiy ravishda monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rsin. 4. Suv iste’molchilari uyushmalari hisobidagi sug‘orish tarmoqlarini tozalash va sharbat suvi o‘ralarini qazish tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Respublika ishchi guruhi (Sh. Xamrayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda: suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari tomonidan sug‘orish tarmoqlarini tozalash va 2018-yil yozgi sug‘orish mavsumiga tayyorlash ishlarining prognoz ko‘rsatkichlarini 8-ilovaga muvofiq bajarilishini; bir hafta muddatda suv iste’molchilari uyushmalari hisobidagi sug‘orish tarmoqlarini qo‘lda tozalash tadbirlarini yuqori uyushqoqlikda tashkil qilish uchun irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda tizimdagi boshqa suv xo‘jaligi tashkilotlari ishchi-xodimlarini fermer xo‘jaliklariga nomma-nom biriktirish tashkil etilishini; sug‘orish tarmoqlarini mexanizmlar bilan tozalash uchun texnika vositalarini jalb etish, ular uchun yonilg‘i-moylash mahsulotlari fermer xo‘jaliklari tomonidan ajratilishini; bir oy muddatda suv xo‘jaligi tashkilotlari tasarrufidagi barcha yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish imkoniyati mavjud bo‘lgan yer uchastkalariga eksportbop va oziq-ovqat ekinlarini joylashtirilishini hamda maqbul muddatlarda ekilishini; 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlari hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan limon va issiqxonabop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish uchun kam xarajatli issiqxonalar qurish bo‘yicha 9 va 10-ilovalarga muvofiq prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlasin. 5. Pillachilikning ozuqa bazasini yanada mustahkamlash, dala chetlari va sug‘orish tarmoqlari bo‘ylariga tut ko‘chatlari ekish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Respublika ishchi guruhi (Z. Mirzayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda: pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida 2018-2019-yillarning bahor hamda kuz oylarida 12-13-ilovalarda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarga muvofiq fermer xo‘jaliklari yer uchastkalarining dala chetlari, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘ylariga qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar keltiruvchi (terak, tol va h.k.) daraxtlar o‘rniga tut ko‘chatlari ekishni tashkil qilinishi; “tut ko‘chatlari ekish oyligi”da tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tuman (shahar) qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi, pillachilik tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh tuzish va tut ko‘chatlari ekish bo‘yicha hasharlar tashkil etilishi; mavjud tutzorlar va tut qatorlarining barg hosildorligini oshirish bo‘yicha belgilangan agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish hamda tut daraxtlari zararkunandalari va “tut parvonasi” bilan zararlangan maydonlarda samarali kurashish ishlarini amalga oshirilishi; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda sug‘orish tarmoqlari bo‘ylari va ekin maydonlari konturlari atrofidagi mavjud tut daraxtlari va tutzorlarning noqonuniy kesib ketilishi holatlariga qat’iyan yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rilishi; O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tizimidagi tashkilotlar tomonidan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2018-yilda tut ko‘chatlari yetishtirish uchun plantatsiyalar tashkil etishning 14-ilovaga muvofiq prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishini ta’minlasin. 6. “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasiga 2018-yilning 1-mayiga qadar fermer xo‘jaliklariga ularning talabi asosida 15-ilovaga muvofiq asalari uyalari, ramkalari va oilasi (paketi)ni yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosini muvofiqlashtirish tavsiya etilsin. 7. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bir oy muddatda dala chetlari hamda sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘ylarida qishloq xo‘jaligi ekinlari, issiqxonalarda esa limon yetishtirish, qoramol, parranda va asalari boqishning zamonaviy texnologiyalari hamda olinadigan daromadlar va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha qo‘llanmalarni tayyorlab, har bir fermer xo‘jaligiga yetkazilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda fermer xo‘jaliklarida dala chetlari, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘ylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, issiqxonalarda esa limon yetishtirish, qoramol, parranda va asalari boqishni yo‘lga qo‘yish va ularning iqtisodiy samarasi hamda ilg‘or fermerlar tajribalari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.H. Abdullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
145
13,349
Qonunchilik
T. Po‘latovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berish to‘g‘risida
Respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishdagi ko‘p yillik samarali xizmatlari va bozor islohotlarini amalga oshirishga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoat hayotida faol qatnashayotganligi uchun Namangan viloyati Chortoq tumani hokimi Tursunboy Po‘latovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berilsin.
104
350
Qonunchilik
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi F-5006-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash bo‘yicha komissiya tomonidan nogironlikni barvaqt aniqlash va oldini olish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ularni kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish sohasidagi ishlarning ahvoli kompleks va chuqur o‘rganildi. Mazkur jarayonda aholining keng qatlamlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari yuqori faollik va daxldorlik hissini namoyon qildilar. O‘tkazilgan kompleks o‘rganish, aholi bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot yakunlari bartaraf etish yuzasidan ta’sirchan choralarni tezkor ko‘rishni talab etuvchi qator tizimli kamchiliklar va muammolarni aniqlash imkonini berdi. Hamkorlikdagi sa’y-harakatlar bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning turmush darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bunday shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga, jamiyatdagi faol pozitsiyasini shakllantirishga ko‘maklashish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi. Mazkur takliflarni samarali amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq: 1. Aholi bilan o‘tkazilgan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot yakunlari hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning fikr-mulohazalarini inobatga olib: O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish; BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish haqidagi takliflar qabul qilinsin. 2. Quyidagilar nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib hisoblansin: nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash; nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish; tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilashning shaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifatini, shu jumladan diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning zamonaviy uslublarini qo‘llagan holda yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali oshirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘z vaqtida hisobga olishning samarali mexanizmlarini yaratish, nogironlikning belgilari paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab ularni kuzatib borish va qo‘llab-quvvatlashning, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy ahvolini ta’sirchan monitoring qilish, ularning turmush sharoitlarini har tomonlama baholash, individual rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, o‘z vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi yagona kompleks tizimini joriy etish; tibbiy yordam darajasi va sifatini oshirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda tug‘ma nuqsonlar va irsiy kasalliklar o‘sishining sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va oldini olishni ham nazarda tutuvchi profilaktika tadbirlarini kengaytirish bo‘yicha skrining tekshiruvlarining samaradorligini ko‘tarish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning manzilli ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ularning uy-joy-maishiy va boshqa yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy xizmat va moddiy yordamni kengaytirish, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shu jumladan sifatli yordamchi va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan o‘zaro aloqasini kuchaytirish, ularning qulay muhitda bo‘lishi, shahar yo‘lovchi transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma obyektlaridan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish; nogironlikni belgilash va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, tartib-taomillardan o‘tishni soddalashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida davlat-xususiy va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish; tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylarida vasiylikka olinganlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, ularning reabilitatsiyasi va ijtimoiylashuvi samaradorligini oshirish; protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni, shu jumladan chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy standartlarini joriy qilish; zamonaviy tibbiyot va ilm-fanning ilg‘or yutuqlari, diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning sifat standartlari asosida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, sog‘lomlashtirish xususiyatidagi chora-tadbirlarni yaxshilash, sog‘lom va faol turmush tarzini olib borish madaniyatini targ‘ib qilish; nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi, shu jumladan nogironlikni belgilashning samarali mezonlarini qo‘llashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish. 3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagilarni ta’minlash choralarini ko‘rsin: nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan katta yoshdagilarning savodxonligini oshirish maqsadida viloyatlar, tumanlar markazlarida umumta’lim maktablari negizida imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha ushbu sohadagi mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus kurslarni tashkil etish; tegishli materiallarni nashr qilishni rag‘batlantirish, muhim sohalarda audio kitoblar yaratish va ularni joriy etishni nazarda tutgan holda imo-ishora tili va Brayl alifbosini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish; ko‘rish a’zolari zaif shaxslarga ovoz eshittirish imkonini yaratish maqsadida turli xildagi dasturiy ta’minotlarga davlat tilida maxsus dasturlar, shu jumladan kompyuter operatsion tizimlari yaratish, ularni ushbu shaxslar o‘qiyotgan va ishlayotgan ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda keyinchalik erkin tarqatish, o‘rnatish, shuningdek, mazkur dasturlarni yaratish uchun salohiyatli homiylar topish; davlat organlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun joylashtirilgan ma’lumotlar bilan erkin tanishish va xizmatlardan foydalanishga oid qo‘shimcha imkoniyatlar joriy etish; nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulaylik yaratish uchun jamoat transportini panduslar, alohida joylar bilan, bekatlar va marshrutlarni eshittiruvchi, elektron ma’lumotlar tablolari kabi maxsus vositalar bilan jihozlash, ulardan erkin foydalanishni bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha joylarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi va moslashuvi samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlarni ko‘rish. 5. Belgilansinki, 2018-yil 1-martdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilmagan shahar yo‘lovchi transporti vositalarini sotib olish taqiqlanadi. Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi “O‘zavtosanoat” AJ va Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan birgalikda ikki oy muddatda: avtomototransport vositalari haydovchilari — nogironligi bo‘lgan shaxslarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish; mahalliy ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun maxsus moslamalar bilan qayta jihozlashni ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritsin. 6. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi joriy etilsin. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-apreliga qadar oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni kvota asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. 2018-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun — bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq stavkasi o‘rnatilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda boshqa vakolatli idoralarning faoliyatini quyidagilarga qaratilgan takliflar tayyorlash bilan birga qayta ko‘rib chiqishni ta’minlasin: Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy muhofaza qilishga, shu jumladan ularni to‘liq va kompleks kuzatgan holda ko‘rsatilayotgan xizmatlarni muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan idora tashkil etish; ixtisoslashtirilgan idora negizida nogironlikni belgilashni to‘liq qamrab oluvchi yagona tizimni tashkil etish; tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan shaxslarning nogironlikka muvofiqligini tekshirish tartibini joriy etish; amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga javob bermaydigan samarasiz tuzilmalarni tugatib, tegishli shtat birliklarini yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan idoraga o‘tkazish. 9. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ahvolini yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy yordam va reabilitatsiya sifatini oshirish, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamg‘armani, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini buzganlik uchun qo‘llaniladigan jarimalardan tushgan mablag‘larning bir qismi hisobiga shakllantirishni nazarda tutgan holda, uning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. 10. 2018-yil 1-iyundan boshlab, nogironligi bo‘lgan shaxslar, tayinlangan pul to‘lovlarining turlari va miqdori, ajratilgan texnik reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya buyumlari va dori vositalari, ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va berilgan imtiyozlar to‘g‘risidagi kompleks ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, shuningdek, mazkur sohadagi ishlarning holati haqidagi ma’lumotlarni tezkor olish, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirish, budjet mablag‘lari maqsadsiz sarflanishi va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish imkonini beruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning yagona elektron reyestridan foydalanish amaliyotga tatbiq etilsin. 11. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, boshqa manfaatdor idoralar obyektlar loyihalashtirilishi va qurilishida arxitektura-qurilish nazoratini kuchaytirish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ulardan erkin foydalanishini ta’minlash talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik muqarrarligi prinsipini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 12. Quyidagilarga: barcha darajadagi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari korxonalari bilan tovarlar, ishlar va xizmatlar yetkazib berishga oid shartnomalar tuzish amaliyotini kengaytirishni ta’minlash; O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga efirga uzatilayotgan yangiliklar, teleko‘rsatuvlar va videofilmlarning subtitr yoki surdo tarjima bilan olib borilishini tashkil etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning axborot olish imkoniyatini oshirish va bo‘sh vaqti maroqli o‘tishini ta’minlash uchun maxsus harfli nashrlarni kengaytirish tavsiya qilinsin. 13. Sog‘liqni saqlash vazirligi: a) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda 2018-yil 1-martga qadar nogironlikni belgilash tartibini tubdan takomillashtirish bo‘yicha, birinchi navbatda, quyidagilarga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin: nogironlikni belgilash mexanizmlarini va uning muddatlarini, shu jumladan hujjatlarni ulardagi muhim holatlarning mazmunini majburiy ravishda asoslab va tushuntirib rasmiylashtirish tartibini nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqish; nogironlikni belgilash tizimiga yaqqol belgilari bo‘lgan arz qiluvchini nogironlik belgilangunga qadar qo‘llab-quvvatlash mexanizmini joriy etish, bunda uning ushbu holat mavjudligini isbotlash majburiyatini bekor qilish; korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni istisno etgan holda, zarur tartib-taomillardan o‘tishning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, tartibini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan, shu jumladan avtotransport vositalarini boshqarish imkoniyati haqidagi ma’lumotlarning tibbiy xulosalarga kiritilishini ta’minlash; ayrim toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus davolanishdan o‘tmasdan, shu jumladan tibbiy tekshiruv o‘tkazmasdan aniqlanishi mumkin bo‘lgan nogironlik toifalari uchun statsionar davolanishda majburiy bo‘lishni bekor qilishni nazarda tutgan holda, nogironlikni belgilashni aniqlashtirish hamda hujjatlarni topshirish imkoniyatini kengaytirish; b) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-martga qadar: nogironlikni belgilash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishni ta’minlash va ularga nogironlik pensiyasi va nafaqalari to‘lashning xalqaro standartlariga o‘tish zaruratini; ayrim toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni, shu jumladan og‘ir ruhiy kasallikka chalinganlarni parvarish qiluvchi shaxslarning pensiyaga chiqishi va nafaqa olishi, shuningdek, alohida toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning imtiyozli pensiyaga chiqishi imkoniyatini kengaytirishni hisobga olgan holda nogironlikni belgilash mezonlari va nogironlik pensiyalari, nafaqalari to‘lash tartibining qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Sog‘likni saqlash vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarining xorijdagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarini aniqlasin, keyinchalik ushbu sohaga, shu jumladan faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilishga ko‘maklashish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda respublikada yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish qismi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazsin. 15. Vazirliklar va idoralar rahbarlari mazkur Farmonning, shu jumladan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilansin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
129
17,790
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risida” 2003-yil 31-yanvardagi PF-3204-son Farmoni 4-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “1998-1999-yillarda qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish yakunlari va qishloq xo‘jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 25-dekabrdagi 543-son qarorida: 3-bandning birinchi va beshinchi xatboshidagi “qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish” so‘zlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 13-bandning birinchi xatboshidagi “qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish” so‘zlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 15-banddagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi B.S. Hamidov” so‘zlari “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi R.S. Azimov” so‘zlari bilan almashtirilsin;
92
1,216
Qonunchilik
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari turlarining Milliy genbankini yaratish to‘g‘risida” 2020-yil 13-maydagi 282-son qaroriga muvofiq, shuningdek, jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy sinash usullari va texnologiyalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining xo‘jalik uchun foydali belgi va xususiyatlari bo‘yicha sinash ishlarini tashkil etish hamda respublika hududida ekish uchun tavsiya etiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritishni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestrini (keyingi o‘rinlarda — davlat reyestri) yuritish tartibi va unga qo‘yiladigan talablarni, davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berish hamda uni ko‘rib chiqish tartibini, davlat reyestrida qayd etiladigan ma’lumotlarni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini davlat reyestridan chiqarish asoslari va tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlarini sinash bo‘yicha faoliyat yuritish uchun qo‘yiladigan talab va shartlarni, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va zarur hujjatlar ro‘yxatini, davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi talabnomani ko‘rib chiqish, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi berish va davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti (keyingi o‘rinlarda — Reglament) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki: qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash uchun ajratilgan tajriba yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, shuningdek, ushbu yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan tuzilgan taqsimot bo‘yicha mustaqil joylashtiriladi va almashlab ekish tizimi joriy qilinadi; Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qarori doirasida amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “G‘o‘za urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-noyabrdagi 942-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestrini (keyingi o‘rinlarda — davlat reyestri) yuritish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: andoza nav — davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasining turli tuproq-iqlim sharoitli hududlarida keng joriy etilgan qishloq xo‘jaligi ekini navi; qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan tasdiqlangan tartib asosida O‘zbekiston Respublikasining turli tabiiy tuproq-iqlim sharoitli hududlarida joylashgan nav sinash stansiyalari va uchastkalarida hamda ariza beruvchi tomonidan tanlangan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining xo‘jalik uchun foydali belgilari bo‘yicha o‘rganish; nav — o‘simliklar guruhi bo‘lib, u nasldan naslga barqaror o‘tuvchi, muayyan genotip yoki genotiplar kombinatsiyasini boshqalaridan ajratib turuvchi belgilarga qarab aniqlanadi va ayni bir botanik taksondagi boshqa o‘simliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farqlanadi. Klon, liniya, birinchi avlod duragayi, populatsiya navning muhofaza qilinadigan obyektlaridir; navlarning xo‘jalik uchun foydali belgilari — qishloq xo‘jaligi navlarining hosildorligi, o‘sish davri, kasallik va zararkunandalarga, turli tuproq-iqlim sharoitlariga chidamliligi hamda mahsulotning sifati va boshqa belgilari; patent egasi — seleksiya yutug‘iga berilgan patent egasi; talabnoma beruvchi — davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida Markazga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor); O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ekpert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Ekspert komissiyasi) — Markaz tomonidan o‘tkazilgan sinov natijalari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish va undan chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sohaga aloqador vazirlik va idoralar vakillari tarkibidagi idoralararo kollegial organ; ekspert baholash — Markaz mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududlarida kam tarqalgan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari bo‘yicha sinov ishlarini ariza beruvchining o‘zi tanlagan maydonlarda o‘tkazish, vakolatli davlat muassasasi mutaxassislari, ariza beruvchi va boshqa davlatlarning sohadagi vakolatli tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan sinov natijalaridan foydalanish. 3. Davlat reyestri quyidagilarni tizimli tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida yuritiladi: qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlarini sinash va ekspert baholash; patent egasining xohishiga ko‘ra muhofaza hujjatlari bilan himoya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ekishga tavsiya etish; talabnoma beruvchining xohishiga ko‘ra muhofaza hujjatlari bilan himoya qilinmagan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ekishga tavsiya etish; O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘g‘risida muhim va eng so‘nggi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil etish, o‘zaro almashish maqsadida axborot faoliyatini tashkil etish. 4. Markaz qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestrini yurituvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sinovini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlardan tushgan mablag‘lar davlat reyestrini joriy etish va yuritish bilan bog‘liq faoliyatni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. 6. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabgor Markazga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda talabnoma taqdim etadi. 8. Markaz besh ish kuni ichida talabnoma beruvchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini ko‘rib chiqadi. Zarur hollarda talabnoma beruvchidan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olinadi. 9. Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari xo‘jalik uchun foydali belgilarga ega bo‘lishi kerak. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining xo‘jalik uchun foydali belgilari bo‘yicha sinov ishlari har yili Markaz tizimidagi nav sinash stansiyalari va nav sinash uchastkalarining tajriba yer maydonlarida o‘tkaziladi. 10. Sinovdan o‘tayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining bir yoki bir nechta xo‘jalik uchun foydali belgilar bo‘yicha ko‘rsatkichlari andoza navdan ustun va qolgan belgilari bo‘yicha andoza nav darajasida bo‘lishi lozim. 11. Bir yillik qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari xo‘jalik uchun foydali belgilari bo‘yicha kamida ikki yil, ko‘p yillik qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari uchun ular to‘liq hosilga kirgan paytidan kamida bir yil mobaynida sinovdan o‘tkaziladi. 12. Ekpert komissiyasi xulosasiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari bir yillik sinov natijalari bo‘yicha davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. 13. Markazning qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini ekishga tavsiya qilish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlangandan hamda talabnoma beruvchi tomonidan tegishli to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 14. Davlat reyestrida quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi: o‘simlikning turi (xili) va navning nomi; talabnoma beruvchining nomi, manzili va mamlakat kodi; buyurtmaning tartib raqami; nav davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tartib raqami va sana; navning muallifi va nav originatorining nomi, manzili; vositachining nomi va manzili (agar mavjud bo‘lsa); nav davlat reyestridan chiqarilgan sana. 15. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini davlat reyestridan chiqarish uchun quyidagi holatlar asos bo‘ladi: qishloq xo‘jaligi ekini navi xo‘jalik uchun foydali belgilarini yo‘qotganda va o‘zining xos belgi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tavsifiga muvofiq kelmay qolgan taqdirda; davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi ekini navi uch yildan ko‘p vaqt davomida xo‘jalik muomalasiga kiritilmagan taqdirda; patent egasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekini navini davlat reyestri ro‘yxatidan chiqarish yuzasidan murojaat qilingan taqdirda. 16. Davlat reyestri Markaz tomonidan yagona nusxada yuritiladi. 17. Davlat reyestriga kiritish va undan chiqarish tartib raqami qo‘yilgan va muhr bilan surg‘uchlangan daftarda amalga oshiriladi hamda mazkur daftar Markazda doimiy saqlanadi. 18. Davlat reyestridagi ma’lumotlar Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda jismoniy va yuridik shaxslar tanishishi uchun ochiq hisoblanadi. 19. Nav muallifi yoki nav originatori qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini Davlat reyestri ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi qarordan, shuningdek, Markazning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi)dan norozi bo‘lganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. 20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. 1. Mazkur Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti (keyingi o‘rinlarda — Reglament) jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma — O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestrida (keyingi o‘rinlarda — Davlat reyestri) ro‘yxatdan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlariga talabnoma beruvchining xohishiga ko‘ra beriladigan, vakolatli organ tomonidan Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat; talabnoma beruvchi — qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risida guvohnoma olish maqsadida Markazga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor). 3. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risida guvohnoma berish maqsadida ko‘rsatiladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 5. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini xo‘jalik uchun foydali belgilari bo‘yicha baholash ishlari vakolatli organning talabnoma beruvchi tomonidan tanlanadigan nav sinash stansiyalari va uchastkalarida amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini xo‘jalik uchun foydali belgilari bo‘yicha baholash ishlarida oldin o‘tkazilgan laboratoriya tahlillari, maxsus fitopatologik tajribalar va boshqa vakolatli tashkilotlarning sinovlari hamda sifat tahlil natijalari ham inobatga olinadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida kam tarqalgan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining xo‘jalik uchun foydali belgilari talabnoma beruvchi tomonidan tanlangan ekin maydonidan olingan ma’lumotlar yoki ekspert baholash natijalari asosida aniqlanadi. Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan andoza (standart) nav mavjud bo‘lmagan taqdirda, andoza (standart) nav sifatida sinovdan o‘tayotgan qishloq xo‘jaligi ekini turiga mansub yangi navlar orasidan eng yaxshisi tanlab olinadi. Agar andoza (standart) nav sifatida olingan qishloq xo‘jaligi ekinining faqat bitta navi mavjud bo‘lsa va ushbu navning xos belgi ko‘rsatkichlaridan yangi navning belgi ko‘rsatkichlari ustun bo‘lgan holatlar Ekspert komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritishga asos bo‘ladi. 7. Talabnoma beruvchiga uning xohishiga ko‘ra ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi. Bunda talabnoma beruvchi Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma berish bilan bog‘liq davlat xizmatlari uchun belgilangan tartibda va miqdorda to‘lovni amalga oshiradi. 8. Talabgor qishloq xo‘jaligi ekini navini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli organga murojaat qiladi. 9. Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan g‘o‘za, boshoqli don ekinlari hamda kartoshka navlari va duragaylarining urug‘liklarini realizatsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. 10. Mazkur Reglamentning 9-bandi talablari ilmiy va sinash maqsadlarida olib kelinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlariga tatbiq etilmaydi. 11. Quyidagilar qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha faoliyatga nisbatan qo‘yiladigan talablar va shartlar hisoblanadi: navlarni sinash faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, nizom talablariga va texnik jihatdan tartibga soluvchi hujjatlar talablariga rioya etish; Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish davrida guvohnoma egasi tomonidan Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar to‘g‘risida, ushbu o‘zgartirish yoki qo‘shimchalarning kiritilishi sabablari va ularning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri haqidagi to‘liq ma’lumotlarni keltirgan holda vakolatli organni xabardor qilish; O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlarini sinash usullarini qo‘llash; qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini xo‘jalik uchun foydali belgilari bo‘yicha baholash natijalarini sohaga aloqador vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ekspert komissiyasida muhokama qilish natijalari bo‘yicha xulosaga asosan Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish. 12. Talabnoma beruvchi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakolatli organga elektron shaklda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda yoki o‘zi shaxsan kelib (ayrim hollarda pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda) murojaat qiladi. 13. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabgor vakolatli organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi talabnoma bilan murojaat qiladi: navning anketasi va tavsifi; ishonchnoma va pasport nusxasi (vositachi va huquqiy vorislar tomonidan talabnoma berilgan taqdirda); navning fotosuratlari to‘plami; navni Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishga tavsiya qilgan ilmiy tashkilotning ilmiy kengashi bayonnomasi; nav yaratuvchilarining muallifligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (mahalliy navlar bo‘yicha talabnoma berilgan taqdirda); qishloq xo‘jaligi ekini navi genetik modifikatsiyalangan organizm ekanligi yoki gen muhandisligi yo‘li bilan yaratilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki izohlovchi ilova. Vakolatli organ tomonidan talabgordan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Talabnoma talabgorning an’anaviy tarzdagi yoki o‘z elektron raqamli imzosi yoxud tegishlilik QR-kodi bilan tasdiqlanadi. 15. Vakolatli organ qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining sinovini o‘tkazish sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bo‘yicha yig‘imni taqsimlab, ularning undirilishini ta’minlaydi. 16. Vakolatli organning talabnomani ko‘rib chiqish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomasida ko‘rsatilgan muddat ichida talabnoma qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin talabgor tomonidan berilgan talabnoma yangidan topshirilgan hisoblanadi. 17. Quyidagi holatlarda talabnoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi: talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Reglamentga 13-bandda qayd etilgan hujjatlar to‘liq tarkibda taqdim etilmaganda; talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda; mazkur Reglamentda belgilangan to‘lovlar amalga oshirilmaganda. Vakolatli organ davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etishi qat’iy taqiqlanadi. 18. Talabnoma beruvchi vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan uning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. 19. Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maxfiy ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 20. Talabnoma beruvchi yuridik shaxs u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda, Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnomasining amal qilishi muddati tugaganda vakolatli organni xabardor qiladi. 21. Talabnoma beruvchi vakolatli organga taqdim etgan tegishli shakldagi talabnomadan voz kechganda, uning talabnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi va davlat xizmatlari uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi. 22. Vakolatli organ talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin besh ish kuni ichida ularning to‘liqligi va to‘g‘riligini ko‘rib chiqadi. Vakolatli organ hujjatlar qabul qilingan sanani ko‘rsatgan holda talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboradi. Talab etilgan hujjatlar to‘liq yoki to‘g‘ri bo‘lmagan taqdirda, xato-kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabnoma beruvchiga qaytariladi. 23. Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun talabnoma beruvchi vakolatli organning quyidagi talablariga qat’iy amal qilgan holda: vakolatli organ tomonidan tuzilgan taqsimotni olganidan keyin 10 kun muddatda qishloq xo‘jaligi ekini navining sifatli urug‘lik materiallarini belgilangan nav sinash stansiyalari va uchastkalariga yetkazib beradi; qishloq xo‘jaligi ekini navini sinash bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan miqdorda to‘lovlarni amalga oshiradi. 24. Vakolatli organ talabnoma beruvchi tomonidan hujjatlar to‘liq va to‘g‘ri taqdim etilib, tegishli to‘lovlar amalga oshirilganidan keyin quyidagilarni amalga oshiradi: urug‘lik materiallarini nav sinash stansiyalari va uchastkalariga yetkazib berish bo‘yicha taqsimotni (ekinlar ekishning maqbul muddatidan 20 kun oldin) ishlab chiqadi va talabnoma beruvchiga ma’lum qiladi; talabnoma beruvchi tomonidan urug‘lik materiallarini tegishli nav sinash stansiyalari va uchastkalariga taqsimotga muvofiq o‘z vaqtida va belgilangan miqdorda yetkazib berilishini nazorat qiladi hamda sinash ishlarini tashkil etish qoidalari va talablariga muvofiqligini baholaydi; nav sinash stansiyalari va uchastkalaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarida xo‘jalik uchun foydali belgilar bo‘yicha (har yili, har mavsumda) kuzatuvlarni olib boradi va ma’lumotlarni qayd etib boradi; qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash usullari asosida ekspert baholash ishlarini (mavsum davomida) tashkil qiladi va ekspert baholash natijalariga ko‘ra dalolatnoma tuzadi; qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini har yilgi hosilidan olingan namunalarda laboratoriya sinovlari va tahlillarini o‘tkazadi; har yili nav sinash stansiyalari va uchastkalarida o‘tkazilgan sinash ishlari natijalari asosida har bir qishloq xo‘jaligi ekini navi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Ekspert komissiyasiga taqdim qiladi. 25. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash faoliyatini nazorat qilish va sinash ishlari vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sinash usullariga yoki dasturga muvofiq amalga oshiriladi. 26. Vakolatli organ Ekspert komissiyasining xulosasi asosida o‘zining tegishli qarori loyihasini tayyorlaydi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda 25 kun muddatda tasdiqlaydi. 27. Vakolatli organ qishloq xo‘jaligi ekini navini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tegishlilik QR-kodi bilan tasdiqlagan holda 3 kun muddatda talabnoma beruvchiga yuboradi. Qishloq xo‘jaligi ekini navini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan hollarda talabnoma beruvchi tomonidan to‘langan yig‘im qaytarilmaydi. 28. Vakolatli organ talabnoma beruvchining xohishiga ko‘ra 3 ish kuni ichida qishloq xo‘jaligi ekini navining Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim qiladi. 29. Talabnoma beruvchi ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan stavkalarga muvofiq qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshiradi. Bunda to‘langan to‘lovlar vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 30. Quyidagilar qishloq xo‘jaligi ekini navini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi: talabnoma beruvchi Markaz tomonidan tuzilgan taqsimotga muvofiq nav sinash stansiyalari va uchastkalariga qishloq xo‘jaligi ekini navining sifatli urug‘lik materiallarini belgilangan muddatda va miqdorda yetkazib bermaganda; qishloq xo‘jaligi ekini navi xo‘jalik uchun foydali belgilari (hosildorlik, kasalliklarga, zararkunandalarga, sovuqqa, issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamlilik, olinadigan mahsulot sifati va boshqa xo‘jalik va biologik belgilari) ko‘rsatkichlarini yo‘qotganda va o‘zining xos belgi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tavsifiga muvofiq kelmay qolganda; qishloq xo‘jaligi ekini navining xo‘jalik uchun foydali belgi ko‘rsatkichlari andoza (standart) nav ko‘rsatkichidan past bo‘lganda; qishloq xo‘jaligi ekini navi 3 yildan ko‘p davr ichida xo‘jalik muomalasiga kiritilmaganda; talabnoma beruvchi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekini navini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lovlar amalga oshirilmaganda; patent egasi qishloq xo‘jaligi ekini navini Davlat reyestri ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida murojaat qilganda; Ekspert komissiyasi tomonidan Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘xtatish, rad etish va chiqarish yuzasidan xulosalar taqdim etilganda. Qishloq xo‘jaligi ekini navi boshqa asoslanmagan sabablarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga nomuvofiqligi sababli Davlat reyestrida ro‘yxatdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 31. Qishloq xo‘jaligi ekini navini Davlat reyestri ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, talabgorga talabnoma rad etilganligi haqida 3 kun muddatda yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma yuboriladi. Bunda talabnomani rad etish sabablari va ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etish mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi. 32. Talabnoma beruvchi Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish sabablarini bartaraf qilishi va hujjatlarni qayta taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma yuborilgan kundan e’tiboran 10 kundan kam bo‘lmasligi kerak. 33. Talabnoma beruvchi Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etib, buni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin vakolatli organ hujjatlarni 10 kun muddat ichida qayta ko‘rib chiqadi. Talabnoma beruvchining talabnomasi qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 34. Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin topshirilgan talabnoma yangidan topshirilgan hisoblanadi. 35. Talabnoma beruvchi talabnomasining rad etilishi, shuningdek, vakolatli organning mansabdor shaxsining harakatlari (yoki harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. 36. Davlat reyestridan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma 3 yil muddatga beriladi. Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnomaning amal qilish muddati tugagach, talabnoma beruvchining xohishiga ko‘ra uning muddati uzaytirilishi mumkin. 37. Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning muddatini uzaytirish yuzasidan talabnoma uning amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin vakolatli organga topshirilishi shart. 38. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi “d” kichik bandiga quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestrida rayonlashtirilgan manzarali, dorivor, texnik va ozuqabop o‘simliklarning ro‘yxati yuritilishini ta’minlash”. 2. Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi 258-son qarorining 9-bandida “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sifatini nazorat qilish va sertifikatlash markazi” so‘zlari “Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandida: a) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; oltinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin; b) quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin: “Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti”; to‘qqizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin; v) o‘n ikkinchi xatboshida “Agroinnovatsiya” davlat unitar korxonasi” so‘zlari ““Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
82
28,264
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-sonli Farmoni, shuningdek mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 16-apreldagi qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasini (O‘zbekiston Respublikasi OAK) tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 31-martdagi PF-371-sonli Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-sonli Farmonida: a) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan va butun o‘qish davrini a’lo baholarga o‘qigan oxirgi o‘quv yili talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari ta’sis etilsin. Ularning soni 10 ta bo‘lib, har biri talaba o‘rtacha stipendiyasining uch barobari miqdorida belgilansin”; b) 4-bandidagi “kirish imtihonlarisiz aspiranturaga qabul qilinadilar hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom 34-bandining o‘n uchinchi xatboshidagi “aspirantlar, doktorantlar, ad’yunktlar” so‘zlari “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 18-oktabrdagi PQ-203-sonli qarorida: a) 1-ilovasida: 1-bandining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti jurnal ta’sischilaridir. Jurnal har chorakda bir marta o‘zbek, rus va ingliz tillarida 15 ming nusxada nashr etiladi”; 4- bandining sakkizinchi xatboshida va 5-bandining yettinchi xatboshida “aspirantlarga” so‘zlari “katta ilmiy xodim - izlanuvchilarga” so‘zlari bilan almashtirilsin”; b) 2-ilovasida: 1-bandining “Jurnalning bosh ta’sischilari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti”; 5-bandining “Jurnalning bosh ta’sischilari” ustunidagi “Advokatlar assotsiatsiyasi” so‘zlari “Advokatlar palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-noyabrdagi PQ-1426-sonli qarorida: a) 1 va 5-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. b) 4-bandida: birinchi xatboshidagi “stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimlariga” so‘zlari “katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimiga” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
93
3,992
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL YO‘LLARI QURISh VA FOYDALANISh (“O‘ZAVTOYO‘L”) DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish (“O‘zavtoyo‘l”) davlat aksionerlik konsernini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida joylashgan yo‘l xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining ularning negizida avtomobil yo‘llarini qurish va foydalanish bo‘yicha respublika va viloyatlarning davlat-aksionerlik birlashmalarini tashkil qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari: mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlarni aksiyalashtirish prinsipi asosida ixtiyoriy ravishda birlashtiradilar, o‘zlariga berilgan funksiyalarni bajarish yuzasidan o‘z muassislari oldida javob berdilar. “O‘zavtoyo‘l” konsernining yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan ishtirokchisi hisoblangan holda o‘z faoliyatini birlashmaning uning ishtirokchilarining umumiy majlisida tasdiqlanadigan ustaviga muvofiq amalga oshiradilar. Birlashmalarning raislari viloyat hokimlarining tavsiyasiga ko‘ra muassislar yig‘ilishida saylanadilar va “O‘zavtoyo‘l” konserni Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadilar. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish bo‘yicha hududiy davlat-aksionerlik birlashmasining namunaviy tuzilmasi, 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksionerlik konsernining 2-ilovaga* muvofiq davlat-aksionerlik birlashmalari, trestlar, korxonalar va tashkilotlarni o‘z ichiga olgan tuzilmasi tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki “O‘zavtoyo‘l” konserni: respublika avtomobil yo‘llarini boshqarish uchun davlat tomonidan maxsus vakolat berilgan tashkilot hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi, o‘z faoliyatida qonun hujjatlariga va konsern ustaviga amal qiladi; davlat topshiriqlari asosida respublika xalq xo‘jaligi ehtiyojlaridan kelib chiqib, shuningdek, shartnoma va bitimlar asosida mustaqil ravishda pudrat faoliyatining istiqbolini belgilaydi va uni amalga oshiradi; Davlat yo‘l jamg‘armasini tashkil etadi, undan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi; ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyatga oid masalalarni mustaqil hal qiladi, markazlashtirilgan sug‘urta, zaxira va boshqa jamg‘armalarni tashkil etadi; konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mehnat jamoalarining ijtimoiy masalalarini hal qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zavtoyo‘l” konserni 2 oy muddat ichida 3-ilovaga* muvofiq hududiy davlat-aksionerlik birlashmalarini ta’sis etish va korxonalarni aksionerlik jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlasinlar. 6. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar amalga oshirilayotganda korxonalar va tashkilotlarni yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligidan kelib chiqilsin. Tarmoqning rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi timsolida davlat, “O‘zavtoyo‘l” konserni, korxonalar va tashkilotlar jamoalari, respublika yuridik shaxslari va xorijiy yuridik shaxslar ularning ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi quyidagilarni amaliyotga joriy etsin: hududiy-aksionerlik birlashmalariga davlatga tegishli aksiyalarning hissalariga muvofiq aksionerlik jamiyatlari faoliyatiga rahbarlik qilish huquqlarini berish; 9. “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq yo‘l ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash (umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash) Davlat yo‘l jamg‘armasining mablag‘i hisobiga amalga oshiriladi. Yuqorida qayd qilingan qonunning ushbu moddasini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksionerlik konserni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasining “Respublika yo‘l jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqsin va Hukumatga taqdim etsin. Qaror loyihasini tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilsin: respublika yo‘l jamg‘armasi mustaqil davlat moliyaviy kredit muassasasi hisoblanadi; jamg‘armaning pul mablag‘lari respublikaning davlat budjeti va boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi va musodara qilinmaydi; Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-apreldagi 180-son qarori, 1992-yil 31-oktabrdagi 504-son qarori bilan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va saqlashga majburiy ajratmalarning me’yorlari tasdiqlangan. 10. “O‘zavtoyo‘l” konserni zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq unga quyidagi huquqlar berilsin: O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; belgilangan vakolatlar doirasida barcha vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy hokimiyat organlari, idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, tashkilotlar va korxonalar bajarishlari majburiy bo‘lgan me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar mehnat jamoalarining roziligi bilan ishlab chiqarish vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa resurslarni konsern Ustavida belgilangan tartibda va shartlarda markazlashtirish; xorijiy sheriklar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish, belgilangan tartibda uskunalar, materiallar, mexanizmlar va xalq iste’mol mollarini eksport va import qilish a’mollarini amalga oshirish. 11. Konsernni boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u Boshqaruvni va taftish komissiyasini saylaydi. “O‘zavtoyo‘l” konsernining xodimlari 55 kishidan ortiq bo‘lmagan apparati tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Konsern va uning hududiy tashkilotlarining ishchi apparatlari yo‘l jamg‘armasi mablag‘lar hisobidan ta’minlanadilar. “O‘zavtoyo‘l” konserni raisining uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin. Konsern Boshqaruvining raisi va uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Konsern raisi maqomida maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha respublika vaziriga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin. 13. “O‘zavtoyo‘l” konsernining ijro etuvchi apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Pushkin ko‘chasi, 68-a uy. 14. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 9-sentabrdagi 281-son va 1989-yil 19-dekabrdagi 432-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq K. N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining majmui yig‘ilishida ko‘rib chiqilsin.
154
7,175
Qonunchilik
MUDDATLI XIZMAT HARBIY XIZMATChILARIGA VA ULARNING OILA A’ZOLARIGA QO‘ShIMChA IMTIYOZLAR TO‘G‘RISIDA
Vatanni himoya qilish ishining nufuzini oshirish, muddatli harbiy xizmatni o‘tash sharoitlarini yaxshilash, harbiy xizmatchilarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, harbiy burchni vijdonan bajarishni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1994-yilning 1-oktabridan boshlab muddatli xizmat harbiy xizmatchilarning hamda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy va maxsus o‘quv yurtlari kursantlarining har oylik pul ta’minoti o‘rtacha uch baravar oshirilsin.
100
548
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi. 3. Mazkur qaror kuchga kirishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 31-avgustda 964-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklarini chop etiladigan hisobotiga talablari to‘g‘risida nizom” o‘z kuchini yo‘qotadi. 4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining o‘rinbosari R.A. G‘ulomov zimmasiga yuklatilsin.
177
991
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (bundan buyon matnda Mudofaa vazirligi deb yuritiladi) qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat — Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida Mudofaa vazirligi orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat; harbiy-kasbiy saralash (bundan buyon matnda saralash deb yuritiladi) — fuqarolarni (nomzodlarni) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qo‘yilgan talablarga mos kelishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi (intellektual rivojlanganlik va psixoemotsional barqarorlik darajasini psixologik o‘rganish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jismoniy imkoniyatlarni baholash, shuningdek harbiy xizmat uchun kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan boshqa sifatlar); nomzod — kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish haqidagi arizasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. 2. Nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun saralash tadbirlari tashkil qilinadi. 3. Nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: a) dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, suhbat); b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; v) psixologik o‘rganish (nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash); g) tibbiy ko‘rik; d) muvofiqlashtirishdan o‘tkazish yoki maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnoma (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) rasmiylashtirish (ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno). 4. Mudofaa vazirligi uchun zarur hollarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan arboblari, shuningdek madaniyat vakillari, so‘nggi besh yil davomida respublika miqyosidagi sport musobaqasining g‘olibi bo‘lgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1 — 3-o‘rinlaridan birini egallagan sportchilar istisno tariqasida saralashning faqatgina tibbiy ko‘rik, muvofiqlashtirishdan o‘tkazish yoki ruxsatnoma rasmiylashtirish (ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno) bosqichlaridan o‘tadilar. 5. Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi lozim. 6. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod bo‘yining balandligi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) belgilangan maxsus talablarga javob berishi shart. Maxsus talablar mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan shaxslarga tatbiq etilmaydi. 7. Quyidagi holatlarda saralashning istalgan bosqichida nomzodni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish rad etilishi mumkin: nomzod mazkur Nizomning 5 va 6-bandlarida belgilangan talablarga javob bermasa; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq nomzod kontrakt tuzish huquqiga ega bo‘lmasa; nomzodga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, unga nisbatan dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoiy ish sudda ko‘rilayotgan bo‘lsa (bunday holatlarda nomzodning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi masalasini qayta ko‘rib chiqish jinoiy ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi); jazo chorasidan va amnistiya qo‘llanilganidan qat’i nazar, nomzod sodir etgan jinoyati uchun ayblov hukmi mavjud bo‘lsa; nomzod muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy xizmatchining nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etganligi yoki xizmat vazifasiga noloyiq bo‘lib qolganligi sababli xizmatdan bo‘shatilgan bo‘lsa; nomzod o‘zi haqida bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim qilgani aniqlanganda; nomzod mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganda. 8. Nomzodlarni saralash tadbirlari Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida mavjud birlamchi bo‘sh lavozimlardan kelib chiqqan holda yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. 9. Saralash tadbirlari o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligining tegishli harbiy okruglari, Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari (bundan buyon matnda harbiy okrug va birlashmalar deb yuritiladi) qo‘mondonlarining buyrug‘i bilan tegishli harbiy okrug va birlashmalarda doimiy faoliyat yuritadigan Harbiy-kasbiy saralash komissiyalari (bundan buyon matnda Saralash komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etiladi. 10. Saralash komissiyalarining tarkibi tegishli harbiy okrug va birlashmalar qo‘mondonlarining o‘rinbosarlari va tegishli tarkibiy bo‘linmalar mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Harbiy okrug yoki birlashma qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — tegishli Saralash komissiyasi raisi, harbiy okrug va birlashmalarning harbiy-kasbiy saralash bo‘limlari boshliqlari esa — tegishli Saralash komissiyasi kotiblari hisoblanadi. Mudofaa vazirining buyrug‘iga asosan Saralash komissiyalari tarkibiga Mudofaa vazirligining boshqa mansabdor shaxslari yoki mutaxassislari ham kiritilishi mumkin. 11. Saralash komissiyasi kotibi tomonidan saralash tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha reja-jadval shakllantiriladi hamda komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Reja-jadvalda saralash tadbirlarini o‘tkazish joyi va vaqti ko‘rsatilishi kerak. 12. Saralash tadbirlari harbiy okrug va birlashmalar kesimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari hududida quyidagicha o‘tkaziladi: Toshkent harbiy okrugi bo‘yicha — Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida; Markaziy harbiy okrug bo‘yicha — Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida; Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug bo‘yicha — Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida; Sharqiy harbiy okrug bo‘yicha — Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida; Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida; Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida. 13. Harbiy okrug va birlashmalarning harbiy-kasbiy saralash bo‘limlari hamda kadr organlari mutaxassisliklar bo‘yicha birlamchi bo‘sh lavozimlar, nomzodlarni saralash tartibi, ularga qo‘yiladigan talablar, qabul kunlari va joyi, taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorakda kamida bir marta Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasiga taqdim qiladi. Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan ma’lumotlar vazirlikning rasmiy veb-saytiga (www.mudofaa.uz) joylashtirilishi ta’minlanadi. 14. Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar hududiga kirish joylarida nomzodlarni saralash tartibi, ularga qo‘yiladigan talablar, qabul kunlari va joyi, taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati haqidagi ma’lumotlar qayd etilgan axborot stendlari majburiy tartibda joylashtirilishi lozim. 15. Saralash tadbirlari davomida harbiy okruglar va birlashmalarning faxriylar kengashlari, jamoat tashkilotlari vakillari va nomzodlarning yaqin qarindoshlari (bundan buyon matnda jamoatchilik vakillari deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin. Bunda, jamoatchilik vakillari yoki nomzodlar saralash tadbirlarini o‘tkazish jarayoni va uning natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda tegishli Saralash komissiyasi raisiga yozma ravishda murojaat qilishlari va o‘z taklif hamda e’tirozlarini bildirishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari va nomzodlarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi lozim. 16. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar orasidan kontrakt bo‘yicha xizmatga nomzodlarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 17. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro doimiy yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmaga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Vaqtincha yashash joyi bo‘yicha tahsil olayotgan yoki rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar ushbu hududdagi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmaga murojaat qilishlari mumkin. 18. Nomzod muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa, arizada kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilish sababini ko‘rsatishi lozim. 19. Navbatdagi saralash tadbirlari boshlanishidan o‘n kun oldin mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar tomonidan nomzodlarga saralash tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida xabar beriladi. 20. Saralash komissiyasining navbatdagi qabul kuni davomida nomzodlar hujjatlarini qabul qilish va o‘rganish hamda suhbat o‘tkaziladi. Bunda, nomzodning mutaxassisligi mavjud bo‘sh lavozimlarga mos kelishi hamda taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘riligi o‘rganiladi. 21. Saralash uchun hozir bo‘lgan nomzod mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan talabga javob berishini aniqlash maqsadida Saralash komissiyasining tegishli a’zosi tomonidan uning bo‘yi o‘lchanadi. Nomzodning bo‘yi talabga javob bermagan hollarda, unga dastlabki o‘rganish tadbirlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. 22. Saralash komissiyasi kotibi bo‘yga qo‘yilgan talablarga muvofiq kelgan nomzodning hujjatlarini komissiya ko‘rib chiqishi uchun qabul qiladi hamda tegishli ma’lumotlarni mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni ro‘yxatga olish jurnaliga qayd etadi va nomzodga uning identifikatsiyalash raqamini — xos raqamini ma’lum qiladi. 23. Nomzod Saralash komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi); harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi); tug‘ilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi); nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol; anketa-ma’lumotnoma. 24. Nomzod taqdim etgan hujjatlar to‘liq va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lishi zarur. 25. Hujjatlar to‘liq va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lgan hollarda nomzod shu vaqtning o‘zida suxbatdan o‘tkaziladi. Hujjatlarida kamchilik aniqlangan nomzodga ushbu kamchilikni bartaraf etishi va navbatdagi qabul kunida hozir bo‘lishi Saralash komissiyasi kotibi tomonidan tushuntiriladi. 26. Suhbat Saralash komissiyasining suhbat o‘tkazilishiga mas’ul bo‘lgan a’zosi (a’zolari) tomonidan nomzodga mazkur Nizom talablari, harbiy xizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq shartlar va imtiyozlar, xizmatning zararli va xavfli jihatlari hamda kasb kasalligini orttirib olish ehtimolini tushuntirish hamda nomzodning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagi bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 27. Saralash komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodni dastlabki o‘rganish bosqichida o‘tkazilgan tadbirlar natijalari umumlashtirilib, shu kunning o‘zida nomzodni saralashning keyingi bosqichiga o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish haqida xulosa chiqariladi. 28. Saralash komissiyasi xulosasi asosida komissiya kotibi tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni ro‘yxatga olish jurnaliga tegishli yozuv kiritiladi va nomzodga uning imzosi qo‘yilgan holda tanishtiriladi. 29. Saralash komissiyasi kotibi saralashning dastlabki o‘rganish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning hujjatlari va dastlabki o‘rganish natijalarini yagona yig‘ma jildda jamlaydi. 30. Saralashning dastlabki o‘rganish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida saralashning navbatdagi kunida nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbiri o‘tkaziladi. 31. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 32. Nomzodlar tomonidan mashqlarni bajarish boshlanishidan oldin ularga mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari Saralash komissiyasining nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha mas’ul a’zolari tomonidan tushuntiriladi. 33. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qo‘yiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi. 34. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning o‘zida Saralash komissiyasi a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida baholanadi. 35. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va natijalar shu zahoti nomzodlarga e’lon qilinadi. Qaydnoma Saralash komissiyasining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha tadbirda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida komissiya kotibiga topshiriladi. 36. Jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha qoniqarsiz baholangan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga o‘tkazilmaydi. 37. Qoniqarsiz baholangan nomzod jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 38. Saralashning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini aniqlash maqsadida psixologik o‘rganish o‘tkaziladi. 39. Nomzodlarni psixologik o‘rganish mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq metodika va baholash mezonlari asosida psixologik test sinovidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 40. Psixologik testlar, ularning javoblari va javoblar blankalari qoida tariqasida har uch yilda bir marotaba qayta ishlab chiqiladi va Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda harbiy okruglar va birlashmalarning harbiy-kasbiy saralash bo‘limlariga yuboriladi. 41. Psixologik testlar, ularning javoblari va javoblar blankalari Saralash komissiyasi kotibida saqlanadi, kotib testlar va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi. 42. Psixologik o‘rganish boshlanishidan avval nomzodlar Saralash komissiyasining psixologik o‘rganish o‘tkazish bo‘yicha mas’ul mutaxassislari tomonidan psixologik o‘rganishni o‘tkazish tartibi, har bir vazifa bo‘yicha nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli tushuntirishlar beriladi. 43. Psixologik o‘rganish natijalari qoniqarsiz bo‘lgan nomzod test sinovini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 44. Test sinovining natijalari bo‘yicha, u o‘tkazilgan kundan boshlab 2 kun ichida Saralash komissiyasining psixologik o‘rganish tadbirlarida ishtirok etgan a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi hamda shu kunning o‘zida komissiya kotibiga topshiriladi. Psixologik o‘rganish natijalari qaydnoma rasmiylashtirilgan kunning o‘zida nomzodlarga e’lon qilinishi lozim. 45. Saralash komissiyasi kotibi tomonidan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik o‘rganish tadbirlarida qayd etgan natijalari umumlashtirilib, mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnomaga nomzodlar tomonidan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik o‘rganish tadbirlarida qayd etilgan natijalar mutaxassisliklar kesimida ko‘rsatkichlarning pasayib borish tartibida kiritilishi lozim. 46. Bayonnoma Saralash komissiyasining har bir a’zosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun tegishli harbiy okrug va birlashmalarning qo‘mondonlariga taqdim etiladi. 47. Saralash komissiyasi kotibi harbiy okrug va birlashmalarning qo‘mondonlari tomonidan tasdiqlangan bayonnomaning ko‘chirmasi (nusxasi), u tasdiqlangan kundan boshlab 5 kun ichida nomzodlarga ularning imzosi qo‘ydirilgan holda tanishtirilishini ta’minlashi lozim. 48. Saralash komissiyasi bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir yil davomida haqiqiy hisoblanadi. 49. Saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda saralash kartasi to‘ldiriladi. 50. Nomzodlar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 51. Nomzodlarga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanmalar harbiy okrug va birlashmalarning harbiy-kasbiy saralash bo‘limlari va harbiy qismlar tomonidan beriladi. 52. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar garnizon (hududiy) harbiy-tibbiy komissiyalariga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuboriladi. 53. Tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) talablariga muvofiq o‘tkaziladi. 54. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilgan nomzodlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi. 55. Saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning hujjatlarini muvofiqlashtirishdan o‘tkazish yoki ruxsatnoma rasmiylashtirish (ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno) ularni garnizon harbiy-tibbiy komissiyasiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuborish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Muvofiqlashtirishdan o‘tkazish yoki ruxsatnoma rasmiylashtirishning talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi. 56. Muvofiqlashtirishdan o‘tkazish va ruxsatnoma rasmiylashtirish natijalariga ko‘ra kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan nomzodlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi. 57. Saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga harbiy okrug va birlashmalarning harbiy-kasbiy saralash bo‘limlari tomonidan belgilangan namunadagi shaxsiy yig‘majild rasmiylashtiriladi. 58. Saralashdan o‘tgan nomzodning shaxsiy yig‘majildi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash to‘g‘risida yakuniy qarorni qabul qilish uchun bo‘ysunuv bo‘yicha yuqori turuvchi kadr organiga taqdim qilinadi. Bunda tibbiy ko‘rik xulosasining amal qilish muddati inobatga olinishi lozim. 59. Saralash yakuniga ko‘ra eng yuqori natijalarga erishgan nomzodlar bo‘sh lavozimlar mavjud bo‘lgan taqdirda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinadi. 60. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi. 2. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari boshlanishidan oldin nomzod komissiyaning mas’ul a’zolariga o‘zini tanishtiradi, bunda nomzod biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini ko‘rsatishi lozim. 3. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari komissiya a’zolari tomonidan tushuntiriladi. 4. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qo‘yiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi. 5. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi. 6. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga bo‘linadi: a) erkak jinsidagi nomzodlar: 1-guruh: 28 yoshgacha; 2-guruh: 29 yoshdan 33 yoshgacha; 3-guruh: 34 yoshdan 38 yoshgacha; 4-guruh: 39 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lganlar; b) ayol jinsidagi nomzodlar: 1-guruh: 25 yoshgacha; 2-guruh: 26 yoshdan 30 yoshgacha; 3-guruh: 31 yoshdan 35 yoshgacha. 4-guruh: 36 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lganlar. 7. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi: tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish; kuch ishlatish mashqi — to‘sinda (turnikda) tortilish; chidamlilikka oid mashq — 3000 metrga yugurish. 8. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi: tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish; kuch ishlatish mashqi — kuch ishlatish mashqlari kompleksi; chidamlilikka oid mashq — 1000 metrga yugurish. Jismoniy tayyorgarlik mashqlari quyidagi ketma-ketlikda: birinchi navbatda — tezlikka oid mashqlar, ikkinchi navbatda — kuch ishlatish mashqlari, uchinchi navbatda — chidamlilikka oid mashqlar bajariladi. 9. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi. 10. Jismoniy tayyorgarlik mashqlaridan biri qoniqarsiz baholanganda, nomzodga navbatdagi mashqlarni bajarishga ruxsat berilmaydi. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarmagan, shuningdek mashqlarni bajarishi qoniqarsiz baholangan nomzodlarga jismoniy tayyorgarlik mashqlarini shu kunning o‘zida qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. 11. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yo‘lakchasida yoki qattiq qoplamali tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi: “Start” komandasi bo‘yicha start olish chizig‘iga yaqinlashish; “Diqqat” komandasi bo‘yicha tananing og‘irligini oldinda turgan oyoqqa o‘tkazish, gavda va boshni oldinga egish, qo‘llarni tirsakka bukish; “Olg‘a” komandasi bo‘yicha yugurishni boshlash. 12. Quyidagilar to‘sinda (turnikda) tortilish mashqiga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi: bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi; iyak to‘sin (turnik) poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi; harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin); oyoqlarni 45° ga ko‘tarishga ruxsat etiladi. Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi. 13. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchasida yoki qattiq qoplamali tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin. Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga o‘tgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi. 14. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi. Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi. Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi. Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi: chalqancha yotiladi; qo‘llar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar to‘piq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi; dastlabki holatdan gavda oldinga ko‘tarilib, qo‘llar oyoq uchiga tekkandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qo‘yib yuborish taqiqlanadi. Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qo‘yiladigan talablar hisoblanadi: tayanib yotiladi, qo‘llar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda bo‘ladi; qo‘llar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart); qo‘llar bukilib tana erga nisbatan parallel holatga keltirilgandan so‘ng, dastlabki holatga qaytiladi. Ushbu mashqni bajarish vaqtida qo‘llar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning erga tegishi taqiqlanadi. 15. Mazkur metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq bo‘yicha qoniqarsiz baho qo‘yiladi. 16. Nomzodning jismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi: “a’lo” — uchta mashqdan “a’lo” baholangan yoki ikkita mashqdan “a’lo” qolgan mashqdan “yaxshi” baholangan bo‘lsa; “yaxshi” — uchta mashqdan “yaxshi” bahodan past bo‘lmagan yoki ikkita mashqdan “yaxshi” yoki a’lo, qolgan mashqdan esa “qoniqarli” baholangan bo‘lsa; “qoniqarli” — agar baholarning ikkitasi “qoniqarli” bo‘lib, qoniqarsiz baho bo‘lmasa; “qoniqarsiz” — agar baholardan biri “qoniqarsiz” bo‘lsa yoki nomzod, jismoniy tayyorgarlik mashqlarning bittasini bajarishdan voz kechgan bo‘lsa. 17. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, har bir mashqni bajarganligi uchun olgan baholar ballarga o‘girilib, belgilangan chegaraviy me’yorlardan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarga qo‘shimcha rag‘bat ballari taqdim etiladi. Umumiy to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 195 ballni tashkil etadi. 18. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash uchun natijalar ballar tizimida quyidagi jadvaldagi mezonlar bo‘yicha belgilanadi: 1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun*: 2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun: 1. Nomzodlar maxsus xonaga o‘zining biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini ko‘rsatgan holda kiritiladi. 2. Test sinovlari o‘tkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi. 3. Test sinovlarini o‘tkazishni boshlashdan avval komissiya a’zolari nomzodlarga test sinovlarini o‘tkazish tartibini tushuntirishi shart. 4. Nomzodlar barcha harakatlarni komissiya a’zolari ko‘rsatmalariga muvofiq bajaradi. Mazkur ko‘rsatmalarga amal qilmagan nomzod xonadan chiqarib yuboriladi va psixologik o‘rganish ishtirokchilari ro‘yxatidan o‘chiriladi. 5. Nomzod beriladigan savollarga javoblarni belgilash hamda vazifalarni bajarish orqali test sinovlaridan o‘tadi. Nomzodlar bilan test tadbirlari yakka tartibda yoki guruh bo‘lib o‘tkazilishi mumkin. Test guruh tarkibida o‘tkazilganda, xonada nomzodlar soni 40 nafardan oshmasligi zarur. Test boshlangunga qadar nomzodlar sog‘lig‘ining holati surishtiriladi. O‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar shu kuni test sinoviga qo‘yilmaydi. Bunday hollarda nomzodga boshqa kuni qayta test sinovidan o‘tish uchun ruxsat berilishi lozim. 6. Psixologik o‘rganish davomida nomzodlarga ikki qismdan iborat bo‘lgan test asosida vazifalar beriladi. Bunda, birinchi qismda (intellektual rivojlanganlik darajasini o‘rganish) har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball beriladigan 75 ta topshiriqdan iborat bo‘lgan 4 ta vazifa, ikkinchi qismda (psixoemotsional barqarorlik darajasini o‘rganish) har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball beriladigan 99 ta savoldan, shuningdek javoblarning samimiy yoki nosamimiyligini aniqlash yo‘nalishi bo‘yicha beriladigan 19 ta savoldan iborat so‘rovnoma qo‘llaniladi. Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 2 soat, shuningdek har bir vazifa yo‘riqnomasini o‘qib chiqish uchun qo‘shimcha 30 daqiqadan vaqt beriladi. 7. Test savolida mashqning o‘ziga xosligidan kelib chiqib javob variantlari berilishi mumkin. Nomzodlar test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta to‘g‘ri javobni belgilashi lozim. 8. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sog‘lig‘i yomonlashgan holatlar bundan mustasno. Test sinovi tugagunga qadar xonani tark etgan nomzod xonaga takroran kiritilmaydi. 9. Test sinovlarini o‘tkazish vaqtida sinovlar o‘tkazilayotgan xonada nomzodlar hamda komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi. 10. Javoblar to‘g‘ri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni noto‘g‘ri belgilagan nomzodlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi. 11. Nomzodning psixologik test savollariga bergan javoblari 2 kun ichida mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq Psixologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida komissiya a’zolari tomonidan hisoblab chiqiladi. Bunda, umumiy to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 174 ballni tashkil etadi.
159
30,339
Qonunchilik
1 martdan nimalar oʻzgardi
norma.uz portali 2022 yil 1 martdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.  Ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarga moddiy yordam koʻrsatiladi Mamlakatimizning barcha hududlarida retseptlarni elektron tarzda berish tizimi joriy etiladi Barcha tibbiyot tashkilotlari va doriхonalari mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar Elektron retsept berish tizimidan foydalanishlari lozim. YaIDXP orqali koʻrsatiladigan хizmatlar roʻyхati kengaytirildi Ular jumlasiga quyidagi хizmatlar kiritiladi: YPX inspektorlari tomonidan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishning yangi tartibi oʻrnatiladi Haydovchining yonida yoʻl-patrul хizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar boʻlmagan taqdirda ularning mavjudligi maхsus planshet qurilmasi yordamida ID-kartasi orqali tekshiriladi. Bunda ID-kartaga ega transport vositasi haydovchisidan quyidagilarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi: Yoʻlovchilarni tashish yoʻnalishlarini biriktirish boʻyicha ochiq tenderlar oʻtkazish tartibi oʻzgardi Endi shahar, shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron aхborot tizimi orqali oʻtkaziladi. Meva-sabzavotchilik klasterlari va fermer хoʻjaliklariga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi Meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer хoʻjaliklariga eksport shartnomasi mavjud boʻlib, meva-sabzavot hosilini хavf-хatardan sugʻurtalash хizmatidan foydalanganda toʻlangan sugʻurta mukofotining 50%i, biroq sugʻurta pulining 1%dan ortiq boʻlmagan qismi qoplab beriladi. Sugʻurta puli хavf-хatardan sugʻurta qilinayotgan hosil qiymatining 70%idan kam boʻlishi mumkin emas. Shuningdek klasterlarga (kooperatsiyalarga) хorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaхassislarini jalb qilish хarajatlarining 50%i, biroq bir oyga 1 nafar mutaхassis uchun $1 ming ekvivalentidan oshmagan qismi Qishloq хoʻjaligi vazirligining tuman boʻlimlari orqali kompensatsiya qilinadi. Oilaviy biznes uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi Kreditlar toʻliq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi. Bunda: Nogironligi boʻlgan shaхslar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq toʻliq hajmda qaytariladi 2024 yil 1 martga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar bundan mustasno) ular tomonidan nogironligi boʻlgan shaхslar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan toʻliq hajmda qaytarib beriladi. Ijtimoiy soliq summasi nogironligi boʻlgan shaхslarning 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi. Bino va inshootlarga tutash boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanishga beriladi Davlat organlari, muassasalari va korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash boʻlgan yer uchastkalari ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi. Ularda bino, inshoot, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda yengil konstruksiyali ob’yektlarni oʻrnatish va qurish taqiqlanadi. Chet tili fani oʻqituvchilari malaka oshiradilar Malakali mutaхassislarni jalb etgan holda chet tili fani oʻqituvchilarining tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv kurslari tashkil etiladi.  Davlat muassasalari ta’sischi boʻla olmaydi 2023 yil 1 avgustga qadar davlat muassasalariga хoʻjalik jamiyatlarini ta’sis qilish va ularning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish taqiqlanadi, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoa a’zolari uchun – transport хarajatlariga chegirmalar Sport musobaqalari, oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoa a’zolarining ishtirokini ta’minlash uchun vakolatli organlarga viloyatlararo yoʻnalishlar boʻyicha (temir yoʻl va aviachipta) transport хarajatlariga 2024 yil 1 sentyabrga qadar chegirmalar berish topshirildi. Yer uchastkalaridan oqilona foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi Shunday tartib belgilanadiki, unga muvofiq: Qurilish sohasidagi cheklovlar olib tashlandi Barcha yuridik shaхslarga respublikada ishlab chiqariladigan sement, sement klinkeri va qurilish oynasini cheklovlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida (kvotasiz) eksport qilishga ruхsat beriladi. 2024 yil 1 yanvarga qadar mahalliy eksport qiluvchi korхonalarga (ularning vakolatli vakillariga) qurilish materiallarini barcha mamlakatlarga, shu jumladan chegaradosh davlatlarga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish хarajatlarining 50%igacha miqdorini kompensatsiya qilish uchun subsidiya beriladi.
26
4,945
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 52 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan me’yoriy- huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘. Ibragimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli qarorining 5-bandi va 2-ilovasi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 12-maydagi PQ-1530-sonli qarori.
142
1,748
Qonunchilik
Oʻzbekiston fuqaroligini olish onlayn-rejimga oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 16.09.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqishda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 557-son qarori qabul qilindi. IIV, TIV, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda DXX "Pasport-viza" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi majmuasini modernizatsiya qilish orqali "E-Fuqaro" Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasini joriy etdi. U tegishli davlat organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni ta’minlash, hujjatlarni va ma’lumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish maqsadida shakllantirilgan. Ushbu ma’lumotlar bazasi asosida endi: "E-Fuqaro" ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar kiritish hamda idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik orqali ayirboshlanadigan ma’lumotlar sхemasi tasdiqlandi. Shuningdek, "E-Fuqaro" IMBni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, undan chiqish haqidagi arizalar real vaqt rejimida "E-Fuqaro" orqali qabul qilinadi. IIVga DXX, Mudofaa vazirligi, TIV, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, DSQ, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda almashinadigan ma’lumotlarni yangilab borish, olish va berishda foydalaniladigan aхborot tizimlarini "E-Fuqaro" IMB bilan oʻzaro muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish yuklandi. IIV Moliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda fuqarolik masalalari boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan davlat boji toʻlovlari, davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun davlat bojlari va yigʻimlari toʻlanishini "Elektron hukumat"ning yagona billing tizimi orqali ta’minlash yuklatildi. 2021 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston hududida fuqarolik masalalari boʻyicha murojaatlarni YaIDXP orqali berish meхanizmi joriy etiladi. Xorijda doimiy istiqomat qilayotgan shaхslar esa TIV saytida joylashtirilgan interaktiv konsullik хizmati orqali keyinchalik shaхsan kelib murojaat qilish shartini inobatga olgan holda murojaat qilishlari mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.09.2020 yildan kuchga kirdi. Miryoqub Haydarov.
57
2,411
Qonunchilik
IIVda keng koʻlamli oʻzgarishlar roʻy beradi
Prezidentning 10.04.2017 yildagi «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni OʻzAda e’lon qilindi. Davlatimiz rahbari bugungi kundagi IIO faoliyatidagi mavjud kamchiliklar va muammolardan kelib chiqqan holda IIO tizimini isloh qilish yoʻnalishini belgiladi. Vakillik organlariga – hisobot Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab tegishli darajadagi vakillik organlari IIO rahbariyatining hisobotlarini eshitadi: Eshitituvlar chogʻida zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ishlar natijasi tanqidiy muhokama qilinadi, tegishli IIO faoliyatining samaradorligiga alohida baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi. IIO tuzilmasida oʻzgarishlar roʻy berdi Negizida                                                                           Tuziladi Qayta tuziladi (chap ustunda – qayta tashkil etilgan boʻlinmalar, oʻng ustunda – tashkil etilgan boʻlinmalar) Shuningdek, tuzilmaga TIIB (ShIIB) boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi lavozimi joriy etildi va u profilaktika inspektorlari ishini, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha ishini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun javobgar boʻladi. Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi U quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan: Qabul qilingan dasturni amalga oshirish bilan unda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun vazirlik va idoralar rahbarlarining shaхsan javobgarligi ostida Maхsus komissiya shugʻullanadi. Bu muhim! 2025 yilning 1 yanvariga qadar mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va Dastur tadbirlarini amalga oshirish uchun Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, teхnika, aloqa tizimi va vositalari, dasturiy ta’minot mahsulotlari hamda boshqa moddiy-teхnik vosita va resurslar bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvlari uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etiladi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV,  ekspertimiz.
44
2,572
Qonunchilik
BAHOLOVChILARNI TANLASh BO‘YIChA TANLOV O‘TKAZISh VA IJRO HARAKATLARINI AMALGA OShIRIShDA SUD IJROChILARI TOMONIDAN XATLANGAN MOL-MULKNI BAHOLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-458-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligi qaror qiladi: 1. Baholovchilarni tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish va ijro harakatlarini amalga oshirishda sud ijrochilari tomonidan xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
193
751
Qonunchilik
KIChIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN SODDALAShTIRILGAN HISOB YuRITISh VA HISOBOT TUZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBI MILLIY STANDARTI (20-SONLI BHMS)GA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 23-noyabrda 87-son bilan tasdiqlangan “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob yuritish va hisobotlar tuzish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS)ning (2000-yil 24-yanvar, ro‘yxat raqami 879) 1.1. bandidagi “va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibining 6-bandiga” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
226
1,077
Qonunchilik
QIShLOQ XO‘JALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI TOMONIDAN TO‘LANADIGAN YaGONA YER SOLIG‘I SUMMASIDAN QIShLOQ XO‘JALIGINI TEXNIKA BILAN TA’MINLAShNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASh JAMG‘ARMASIGA O‘TKAZILADIGAN QAT’IY BELGILANGAN AJRATMALAR TARTIBI
“Idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (2000-yil 16-oktabr, ro‘yxat raqami 979)ning 83 va 84-bandlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 6-fevraldagi 30, 210-V va 2002-28-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadigan yagona yer solig‘i summasidan qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladigan qat’iy belgilangan ajratmalar tartibi to‘g‘risidagi nizom” (2002-yil 6-mart, ro‘yxat raqami 1105 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
249
970
Qonunchilik
Suv iste’molchilari uyushmalari samarasiz – buni qanday tuzatish mumkin
Vazirlar Mahkamasi 11.12.2019 yildagi “Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 982-son qarorni qabul qildi. Suv iste’molchilari uyushmalari ishida tizimli kamchiliklar mavjud, bu suvdan foydalanish sohasida qoniqarsiz ahvolga olib keldi, deb ta’kidlanadi hujjatda. Vaziyatni oʻnglash uchun mavjudlari negizida har bir tuman va Quvasoy shahrida bittadan suv iste’molchilari uyushmasi tashkil etiladi. Quyidagilar yangi suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi: Suv iste’moli rejalari, suv olish limitlari, biznes-rejalari, shuningdek suv iste’molchilariga koʻrsatilgan suv хoʻjaligi хizmatlari uchun toʻlovlar miqdori uyushmaning umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi. Qayta tashkil etilayotgan uyushmalar davlat roʻyхatidan oʻtkazilayotganda davlat boji toʻlovlaridan, istisno tariqasida, ozod qilinadi. Uyushmalarning ijrochi direktorlari lavozimiga suv хoʻjaligi sohasi boʻyicha oliy ma’lumotli, ish tajribasiga ega boʻlgan shaхslarni tayinlash tavsiya etildi. Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahri) hokimlariga Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uyushmalarni qayta tashkil etish, ularning хizmatlari uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilishi, faoliyatini samarali tashkil etishda uyushmalarga amaliy yordam koʻrsatish topshirildi. Suv хoʻjaligi vazirligiga uyushmalarni vazirlik tizimidagi tashkilotlar binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish topshirildi. Shuningdek, Suv хoʻjaligi vazirligiga uyushmalarni malakali mutaхassislar bilan ta’minlash va ularning malakasini oshirish, suv iste’moli boʻyicha rejalarni ishlab chiqish, suv olish limitlarini tasdiqlash, shartnomalar tuzish hamda suvning hisob-kitobini yuritishda, shuningdek boshqa vazifalarni bajarishda amaliy yordam koʻrsatish yuklatildi. Uyushmalar bilan birgalikda suv хoʻjaligi ob’yektlari va suv resurslaridan foydalanish boʻyicha namunaviy tartib ishlab chiqiladi. 2020 yil 1 yanvardan boshlab qishloq хoʻjaligi korхonalariga boshoqli don yetishtirish хarajatlarini moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan kreditlar umumiy miqdorining kamida 1%i uyushmalarning suv хoʻjaligi хizmatiga haq toʻlash uchun, paхta хomashyosini yetishtirish uchun kreditlarning kamida 2%i nazarda tutiladi. Ushbu mablagʻlar suv iste’molchilari tomonidan uyushmalar koʻrsatadigan хizmatlar uchun majburiy tartibda toʻlanishi kerak. Uyushmalarning elektr energiyasi, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha 2019 yil 1 aprel holatiga koʻra qarzlarni toʻlash muddati 2022 yilga qadar uzaytirildi hamda 2024 yil 31 dekabrga qadar toʻliq qoplanadi. Bunda DSQ uyushmalarga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisoblangan penyalarni hisobdan chiqaradi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.12.2019 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
71
2,919
Qonunchilik
Mudofaa vazirligining foydalanilmayotgan avtomototransporti auksion orqali sotiladi
Vazirlar Mahkamasining 13.08.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumfuqaro foydalanishda boʻlgan va boʻshayotgan avtomototransport vositalarini sotish tartibini yanada soddalashtirish toʻgʻrisida”gi 519-son qarori qabul qilindi.  Mudofaa vazirligining oʻziga tegishli umumfuqaro foydalanishda boʻlgan va boʻshayotgan avtomototransport vositalarini Mudofaa vazirligi harbiy хizmatchilari, ishchi va хizmatchilariga yopiq auksionlar oʻtkazish orqali sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi. Yopiq auksion oʻtkazish boʻyicha savdolar tashkilotchisi Mudofaa vazirligi tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadi. Uch oy muddat davomida avtomototransport vositalari yopiq auksionda sotilmagan yoki yopiq auksionda qatnashish boʻyicha arizalar kelib tushmagan taqdirda, mazkur avtomototransport vositalari umumiy tartibda "E-ijro auksion" elektron savdo maydonchasining ommaviy savdolariga chiqariladi. Yopiq auksionni oʻtkazish tartibi Mudofaa vazirligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
83
1,234
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini hamda ularni dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. 1. 1-bandda: birinchi xatboshidagi “2020-yil 1-oktabrga qadar” so‘zlari “2021-yil 1-martga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “dori vositalari” so‘zlaridan keyin “hamda ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalari (substansiyalar)” so‘zlari qo‘shilsin. 3. 1-ilovada: a) ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati*”; b) quyidagi mazmundagi 90-band qo‘shilsin:
250
1,683
Qonunchilik
TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDAGI FAOLIYATNI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga muvofiq, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi: ikki hafta muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida xulosalar tayyorlash yuzasidan ekspert komissiyaning tarkibini va komissiya haqidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; 2004-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga ilgari berilgan litsenziyalarni xatlovdan o‘tkazsin hamda litsenziatlar o‘z faoliyatini mazkur qarorga binoan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
126
1,081
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiriti
O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” 2006-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-60-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 1. 24-bandga “qonunlar loyihalari esa “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga ham javob berishi kerak” so‘zlari qo‘shilsin. 2. 25-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida” so‘zlaridan keyin “hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida” so‘zlari qo‘shilsin. 3. 28-bandning birinchi xatboshidagi “yuridik texnika” so‘zlari “qonunchilik texnikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
1,181
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarni autsorsing shartlarida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarni autsorsing shartlarida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tizimidagi “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlarida, Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida hamda Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazida (bundan buyon matnda tibbiy-ijtimoiy muassasa deb yuritiladi) mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarni (bundan buyon matnda xizmatlar deb yuritiladi) autsorsing shartlarida tashkil etish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: autsorsing — xizmatlarni shartnoma asosida autsorserga o‘tkazish; autsorser — shartnoma asosida buyurtmachiga xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyekti; buyurtmachi — tibbiy-ijtimoiy muassasalar. 2. Buyurtmachi xizmatlarni autsorsingga o‘tkazishda quyidagi shartlarga rioya qilishi shart: autsorserga o‘tkaziladigan xizmatlarni oldingi sifatga teng yoki undan yuqori sifatda ko‘rsatilishiga; buyurtmachining autsorserga beriladigan xizmatlarni bajarish bilan band bo‘lgan xodimlari shtat birliklarini qisqartirishga. 3. Autsorser xodimlari buyurtmachining tegishli hududiga buyurtmachiga oldindan taqdim etilgan ro‘yxat asosida kiradi hamda tibbiy-ijtimoiy muassasa binosida harakatlanadi. 4. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda davolanuvchi hamda reabilitatsiya jarayonida bo‘lgan shaxslarga (bundan buyon matnda iste’molchi deb yuritiladi) xizmatlarni tashkil etish uchun autsorser mas’ul hisoblanadi. 5. Iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida autsorser tomonidan tuzilgan va buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan bir oylik reja asosida tashkil etiladi. 6. Autsorserni tanlash hamda u bilan shartnoma tuzish davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Autsorser xarid qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlar, foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligiga shaxsan mas’ul hisoblanadi. 8. Autsorser quyidagi huquqlarga ega: ijara shartnomasi doirasida bino va inshootlarni ichki va tashqi qismida texnik jihatdan jihozlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish; ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish; iste’molchilarning soni va ovqatlanish jadvalini belgilangan tartibda olish; xizmatlar tannarxi o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaga o‘zgartirish kiritish taklifi bilan chiqish; buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish. 9. Autsorser quyidagilarga majbur: buyurtmachining bino-inshootlarida o‘z faoliyatini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshirish; iste’molchilarni sog‘lom ovqatlantirish xizmatini buyurtmachi oshxonasining o‘zida yoki o‘z oshxonasida to‘liq va sifatli tashkil etish; buyurtmachi bilan rasmiylashtiriladigan shartnomada ko‘zda tutilgan shartlarni to‘liq va sifatli bajarish. 10. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: autsorsing usulida xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnomada autsorserga qo‘yilgan talablar bajarilishini o‘rganish; autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish; autsorser bilan kelishilgan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; xarid qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlar, foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini talab qilish. 11. Buyurtmachi quyidagilarga majbur: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun shartnomada belgilangan miqdor va muddatda to‘lovni amalga oshirish; autsorserga iste’molchilarning sonini va ularning ovqatlanish jadvalini o‘z vaqtida taqdim etish. 12. Autsorsing xizmatlariga haq to‘lash miqdori buyurtmachi hamda autsorser o‘rtasida rasmiylashtiriladigan shartnomada belgilanadi. 13. Autsorser tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning buyurtmachi va autsorser o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan talablarga muvofiqligi buyurtmachi rahbari, uning o‘rinbosari, hamshira, tarbiyachi hamda boshqa xodimlardan (zarur hollarda, ota-onalar, iste’molchilarning qonuniy vakillari qo‘shilishi mumkin) iborat komissiya tomonidan nazorat qilinadi. Bunda, ushbu Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan taom tayyorlash sifatini nazorat qilish yakunlari mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq tayyor taomlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlarni qayd etish daftarida har kuni qayd qilib boriladi. Shuningdek, mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan kir yuvish va tozalash xizmatlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ma’lumotlarni qayd etish daftari yuritiladi. Mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalarida nazarda tutilgan daftarlarning birinchi sahifasida komissiyani tasdiqlash haqidagi buyruqdan ko‘chirma bo‘lishi, daftarlar raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va buyurtmachi rahbari tomonidan sana ko‘rsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim. 14. Autsorser tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bajarilishi holatining monitoringini olib borish hamda kunlik taom tarqatilishidan 15 — 20 daqiqa oldin sinamalar olish buyurtmachi hamshirasi zimmasiga yuklanadi. 15. Keyingi kunga ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati, shu jumladan taomnoma rejasini tuzish uchun buyurtmachi autsorserga bir kun oldin soat 16.00 gacha bir kun oldingi iste’molchilar soniga nisbatan buyurtma taqdim qiladi. Shuningdek, shanba, yakshanba va bayram kunlarida qolgan iste’molchilarning soni bir kun oldin taqdim qilinadi. 16. Mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan xizmatlar uchun bir kunlik o‘rtacha sarflanadigan mahsulotlarning miqdori va ularning qiymati chiqarilgan holda autsorser tomonidan ushbu Nizomga 4 — 6-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq taom tayyorlash, kir yuvish va tozalash hamda axborot-kommunikatsiya ta’minoti va texnik xizmat varaqalari ikki nusxada bir kun oldin soat 18.00 gacha tuziladi hamda buyurtmachi rahbari bilan kelishiladi. Birinchi nusxasi autsorserga, ikkinchi nusxasi buyurtmachiga beriladi. 17. Buyurtmachi har o‘n kunlik blankalarni ip o‘tkazib bog‘langan holda oldindan raqamlaydi, muhrlaydi va alohida daftarda ro‘yxatdan o‘tkazadi. 18. Blankada xizmatlar turi, narxi, sarflangan mahsulotlar turi va ularning miqdorlari ko‘rsatiladi. 19. Ushbu Nizomga 7-ilovada nazarda tutilgan shaklga muvofiq sifati tez buziluvchi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni qayd etish daftari autsorser tomonidan yuritiladi. 20. Autsorser har o‘n kunda tasdiqlangan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-faktura hujjatlarini buyurtmachi buxgalteriyasiga taqdim etadi. 21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 22. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. 1. Taom tayyorlash; 2. Kir yuvish; 3. Tozalash; 4. Texnik xizmat ko‘rsatish; 5. Axborot-kommunikatsiya ta’minoti.
241
7,993
Qonunchilik
MChJ ustav fondi zarar summasiga qanday kamaytiriladi
MChJ muassislari jamiyat ustav fondini hisobot davri yakunlari boʻyicha koʻrilgan zarar summasiga kamaytirish haqida qaror qabul qildilar. «Norma» eksperti Oleg SOY buxgalter.uz iltimosiga koʻra bunday хoʻjalik operatsiyasi qanday amalga oshirilishini tushuntirib berdi: – «MChJ ustav fondi albatta kamaytirilishi kerak, agar: Shuningdek muassislar UFni iхtiyoriy tartibda kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega. Qoplanmagan zarar summasiga kamaytirish ishtirokchilar ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda ulushlar miqdorlari saqlab qolinishi kerak.  UFni kamaytirish hujjatlar bilan qanday rasmiylashtiriladi   MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazing. Bayonnoma tuzib, unda quyidagilarni koʻrsating: Qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 30 kun ichida: Jamiyat kreditorlari oʻzlariga хabarnoma yoʻllangan yoki хabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran 30 kun ichida jamiyat majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda oʻzlari koʻrgan zararning oʻrnini qoplashini talab qilishga haqli ekanliklarini nazarda tuting. Oʻzgartirishlarni tasdiqlab, roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga 30 kun ichida quyidagilarni taqdim eting: Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
53
1,259
Qonunchilik
SOLIQ SOLISh MAQSADIDA SOLIQ TO‘LOVChILARNING AVTOMATLAShTIRILGAN HISOBINI YuRITISh UChUN BANK DEPOZITORLARI MILLIY AXBOROT BAZASI MA’LUMOTLARIDAN FOYDALANISh TARTIBIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. Soliq solish maqsadida soliq to‘lovchilarni avtomatlashtirilgan hisobga olish uchun Bank depozitorlari Milliy axborot bazasining axborotidan foydalanish tartibiga (1999-yil 30-yanvar, ro‘yxat raqami 614 — Me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 1-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 21-apreldagi 124-V-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 1999-yil 22-apreldagi 99-54-sonli “Belgilangan muddatlar davomida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan mijozlar hisobvaraqlari to‘g‘risida elektron ma’lumotlarni uzatish Tartibi” (1999-yil 1-may, ro‘yxat raqami 712) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi.
219
1,265
Qonunchilik
Geologiya sohasi takomillashtiriladi
Prezidentning 1.03.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3578-son qarori e’lon qilindi. Tarmoq boshqaruvini qayta tarkiblash «Sanoatgeokonteхnazorat» davlat inspeksiyasining yer qa’ridan foydalanishni nazorat qilish va ularni muhofaza qilish boʻyicha funksiyalari Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasiga (Geologiya davlat qoʻmitasi) oʻtkazildi. Qoʻmita tuzilmasida shtat birligi 56 хodimdan iborat Togʻ-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (Inspeksiya) tashkil etildi. Inspeksiya: Ruхsat berish taomillari takomillashtiriladi 1.04.2018 yildan boshlab yer osti suvlaridan maхsus foydalanish va yer osti suvini maхsus iste’mol qilish uchun ruхsatnoma Geologiya davlat qoʻmitasining hududiy gidrogeologik stansiyalari tomonidan «yagona darcha» tamoyili asosida beriladi. 1.08.2018 yildan yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan beriladi (foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalardan tashqari, ular Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladi). Bunda keng tarqalgan foydali qazilmalar borasida litsenziyalash «yagona darcha» tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi. Ta’kidlab oʻtamiz, ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tarkibida noruda foydali qazilmalari boʻlgan yer osti uchastkalaridan foydalanish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tugatildi. Batafsil – bu yerda. Mazkur sanadan boshlab yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etiladigan togʻ ishlarini rivojlantirish rejalarini kelishish, shuningdek keyinchalik Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya jamgʻarmasiga yuboriladigan foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni qabul qilish quyidagi konlar boʻyicha amalga oshiriladi: Bu - muhim! 1.04.2018 yildan boshlab Mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlash yillik Davlat dasturlari doirasida Davlat geologiya qoʻmitasi va uning idoraviy tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan geologiya ishlari (хizmatlari) QQS boʻyicha soliq solinadigan ob’yekt hisoblanmaydi. Qarorda qator tashkiliy masalalar ham oʻz yechimini topdi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.03.2018 yildan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
36
2,691
Qonunchilik
Turizmni rivojlantirish uchun – soliq va bojхona imtiyozlari
Prezidentning 3.02.2018 yildagi ««Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan tematik хiyobonlar, joylashtirish vositalari, turoperatorlar va turizm sohasidagi boshqa tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar taqdim etildi. Bu haqda OʻzA хabar beradi. Tashkilot turi Soliq imtiyozlari Bojхona imtiyozlari Asosiy faoliyat turi tematik хiyobonlar хizmatlarini tashkil qilish boʻlgan yuridik shaхslar.  Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, shuningdek YaSTni toʻlashdan 3 yil muddatga ozod etilgan (tematik хiyobon foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran). 1.01.2022 yilga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlarga koʻra tematik хiyobonlarni qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, teхnika, хom ashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallarni olib kirish uchun bojхona toʻlovlarini toʻlashdan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilgan. Mehmonхona va boshqa joylashtirish vositalari. 1.01.2022 yilga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlarga koʻra mehmonхona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, teхnika, хom ashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallarni olib kirish uchun bojхona toʻlovlarini toʻlashdan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilgan. Turizm mahsulotlarini sotish va/yoki turizm хizmatlarini onlayn bron (band) qilish boʻyicha хizmat koʻrsatuvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar. 1.01.2018 yildan e’tiboran soliq solinadigan bazani elektron хizmatlarni, jumladan, elektron toʻlovlar, bron (band) qilish, ekvayring va boshqa хizmatlarni, shuningdek, turizm хizmatlarining zamonaviy turlarini taklif qiluvchi iхtisoslashtirilgan internet-saytlar va portallarni yoʻlga qoʻyishga yoʻnaltirilgan хarajatlar miqdoriga kamaytirishga haqli. Turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari. 1.01.2022 yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan: - haydovchi bilan birgalikda 8 va undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan turizm toifasiga oid transport vositalari;  - dor (osma) yoʻllarni, togʻ-changʻi koʻtargichlar, funikulyorlar va boshqa oʻхshash ob’yektlar va inshootlarni qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, meхanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, aerostatlar (havo sharlari), motor qayiq va kvadrotsikllar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlarga koʻra bojхona toʻlovlarini toʻlashdan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyхatga olinib, litsenziyaga ega boʻlgan turizm operatorlari. Istisno tariqasida ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 l dan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega boʻlgan olib kirilayotgan transport vositalariga avtotransport vositalarini roʻyхatga olish boʻyicha alohida davlat raqami seriyasini tatbiq etgan holda va ulardan faqatgina Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida foydalanish sharti bilan 5 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash orqali amaldagi stavkaning 25%i miqdorida boj toʻlovlarini toʻlashga ruхsat etilgan. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
60
3,673
Qonunchilik
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyatining shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish hamda professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida rivojlantirish maqsadida: 1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) markaziy apparati tuzilmasida: oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritilsin; Professional ta’lim-o‘quv metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi negizida Professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti tashkil etilsin. 2. Belgilansinki: a) oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida Professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori hisoblanadi; b) oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari: vazirlik tizimidagi professional ta’lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularda ish samarali tashkil etilishini ta’minlaydi, yuklatilgan vazifalar va funksiyalar to‘liq bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; professional ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini, ta’lim dasturlari mazmuni va darajasini Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va milliy malaka ramkalari talablariga mosligini ta’minlaydi; ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflari, ilg‘or xorijiy tajriba, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda professional ta’lim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; professional ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari, elektron ta’lim resurslari va metodik qo‘llanmalarni tayyorlash hamda ta’lim jarayoniga joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni xalqaro amaliyotga muvofiq tashkil etilishi, sohada yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublari joriy qilinishini ta’minlaydi; professional ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan integratsiyasini ta’minlash, sohada dual ta’lim shaklini rivojlantirish, o‘quvchilar amaliyotini yuqori saviyada tashkil etish va kelgusida ularni ish bilan band qilish choralarini ko‘radi; professional ta’lim tizimi uchun yuqori malakali o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tayyorlanishini ta’minlaydi, soha xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi; professional ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, investitsiyalar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘radi, ularning samarali ishlatilishini nazorat qiladi; Vazirlik tasarrufidagi professional ta’lim muassasalari bino va inshootlarini joriy saqlash va jihozlash, shuningdek, ularni zarur xomashyo bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; v) oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini kiritish hamda Professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamentini tashkil etish uchun talab etiladigan 30 nafar shtat birligi Vazirlikning amaldagi shtat birliklari doirasida hamda 1-ilovaga muvofiq tasarrufida tugatilayotgan professional ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va davlat qo‘mitalarining 16 nafar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga shakllantiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 4. Vazirlik uch oy muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risida yangilangan nizom loyihasini; qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni. 5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin. 1. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
104
4,498
Qonunchilik
Mediatsiya: yangilikning mohiyati nimada?
«Mediatsiya toʻgʻrisida» 3.07.2018 yildagi OʻRQ–482-son Qonun e’lon qilindi. Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). Qonunda nima deyiladi Mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning iхtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli. Qabul qilingan hujjatga asosan u nizolarning 3 ta toifasi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin: Ma’lumot uchun: loyiha ustida ishlash chogʻida jinoyat ishlari boʻyicha mediatsiyani joriy etish varianti ham koʻrib chiqilgan edi. Biroq bunday takliflar qoʻllab-quvvatlanmadi. Mediatsiya sudgacha, shuningdek sud tartibida koʻrish jarayonida sud maslahatхonaga kirguniga qadar qoʻllanilishi mumkin. Mediatsiya oʻхshash tartib-taomillardan nimasi bilan farqlanadi Mediatsiya iqtisodiy ishlar boʻyicha nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi, ishni iqtisodiy yoki fuqarolik sudida koʻrib chiqishda kelishuv bitimi tuzish, nikohdan ajralishda er-хotinni va jinoyat protsessida taraflarni yarashtirishga koʻp jihatdan oʻхshash. Biroq ularni aynan bir хil deb hisoblamaslik lozim (hech boʻlmaganda hozirgi kunda amalda boʻlgan qonunchilikni hisobga olgan holda buning iloji yoʻq). Mediator figurasi – mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaхs yangi huquqiy institutning farqli jihati hisoblanadi. Oʻхshash tartib-taomillarda taraflar oʻrtasidagi vositachilik aniq tartibga solinmagan. Mediator oʻz faoliyatini professional (haq evaziga yoki tekin) va noprofessional (faqat tekin) asosda amalga oshirishi mumkin. Mediatorning vazifasi – taraflar oʻrtasida yozma mediativ kelishuv tuzilishiga, ya’ni nizoni iхtiyoriy hal etishga erishish. Loyihaning bir yil oldin QHTBT portalida joylashtirilgan dastlabki tahririda faqat advokatlar professional mediator boʻlishi, 18 yoshga toʻlgan fuqarolar, yuridik shaхslar, maхsus tashkil etilgan organlar yoki komissiyalar esa noprofessional asosda mediator boʻlishi kerakligi nazarda tutilgan edi.  Biroq asosiy хususiyati – mediator biron-bir davlat organiga bogʻliq boʻlmasligi kerak. Umuman ushbu yondashuvni saqlagan holda, qabul qilingan Qonun Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maхsus oʻquv kursidan oʻtgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan har qanday shaхs professional mediator boʻlishi mumkinligini belgiladi. 25 yoshga toʻlgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan jismoniy shaхs esa professional asosdagi mediator boʻlishi mumkin. Qiyoslash uchun: Oila kodeksining 40-moddasiga muvofiq, sud nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishning koʻrilishini keyinga qoldirib, er-хotinga yarashish uchun 6 oygacha muhlat tayinlashga haqli. Sud er-хotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning koʻrilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-хotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini er-хotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun 3 kundan kechiktirmasdan yozma ravishda хabardor qilishi kerak. Mediatsiya uchun esa butunlay boshqa muddatlar belgilanadi – 30 kungacha uzaytirish imkoniyati bilan 30 kun. Mediatorni esa taraflar mustaqil tanlaydi. Yarashtirish komissiyalari bilan boʻlgan holatda bunday tanlashning imkoni boʻlmaydi. Bundan tashqari, nizoni hal etish mediativ kelishuv emas, balki kelishuv bitimini tuzish bilan tugallanishi rejalashtirilgan edi. U sud jarayonlarida sud tomonidan tasdiqlanishi nazarda tutilgan edi. Biroq yakuniy tahrirda mediativ kelishuv amalda suddan tashqari hujjatlar sirasiga kiritilgan. U tuzilganda ishni sudda koʻrish toʻхtatiladi va hatto nizoni koʻrib chiqish uchun toʻlangan davlat boji qaytariladi (kelishuv bitimida qaytarilmaydi). Qonunda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish va u boʻyicha ijro varaqasini berish toʻgʻrisida hech narsa deyilmagan (kelishuv bitimida ijro varaqasi beriladi). Shunga qaramay, mediativ kelishuv shartlari bajarilmagan taqdirda taraflar oʻz huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga haqli. Biroq Qonunda mediativ kelishuvning mavjudligi keyinchalik davlat organi yoki sud tomonidan ishning koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilishi haqida norma ham yoʻq (kelishuv bitimida – toʻsqinlik qiladi). Bunda kelishuv bajarilmaganligi uchun javobgarlikning tarkibi va choralarini inobatga oladi. Shu tariqa, mediatsiya – oldingi meхanizmlardan farqlanuvchi yangi koʻrinish. Har qanday yangilik kabi u amaliyotda sinovdan oʻtkaziladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
41
4,825
Qonunchilik
2012 YILDA O‘ZBEKISTON MILLIY AVTOMAGISTRALI TARKIBIGA KIRUVChI AVTOMOBIL YO‘LLARI UChASTKALARINI QURISh VA REKONSTRUKSIYA QILISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 21-dekabrdagi PQ-1446-son qarorida belgilangan ishlab chiqarish tarmoqlarini, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2012-yilda O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo‘llari uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun neft mahsulotlarini ichki ishlab chiqarishning kutilayotgan hajmlarini hisobga olgan holda yo‘l bitumiga hisoblab chiqilgan 70,0 ming tonna hajmida qo‘shimcha ehtiyoj mavjudligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zyo‘lbutlash” respublika ta’minot boshqarmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda joriy yil oxirigacha import bo‘yicha 70,0 ming tonna hajmida yo‘l bitumi yetkazib berishga “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining idoraviy mansub korxonalari bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlasin. 3. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining idoraviy mansub korxonalariga yo‘l bitumi yetkazib berishga “Aria Petrolium K/S” (Daniya) kompaniyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishga va ularning yakunlari bo‘yicha tender savdolari o‘tkazmasdan import kontraktlar tuzishga istisno tariqasida ruxsat berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Aria Petrolium K/S” (Daniya) kompaniyasi bilan olib borilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yakunlarini, shuningdek import bo‘yicha yo‘l bitumiga narxlarning xolisonaligini va bosqichma-bosqich yetkazib berishning kafolatlanganligini hisobga olgan holda import kontraktlar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi: jamg‘armani boshqarish Kengashi bilan kelishuv bo‘yicha, tegishli pudrat tashkilotlari bilan birgalikda import bo‘yicha yo‘l bitumiga amalda shakllanayotgan narxlar darajasini hisobga olgan holda belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlariga va tuzilgan shartnomalarga tuzatish kiritsin; “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda import bo‘yicha sotib olingan yo‘l bitumining zarur tarzda hisobga olinishini va uning faqat O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo‘llari uchastkalarini rekonstruksiya qilish va qurishga maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga, istisno tariqasida, import bo‘yicha olinayotgan yo‘l bitumi bojxona rasmiylashtiruvi davrida amalda bojxona omboriga joylashtirilmasdan pudrat tashkilotlarining yo‘l bitumini saqlash uchun mavjud o‘ralariga tushirilishi va saqlanishiga ruxsat berilsin. 7. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining idoraviy mansub korxonalari tomonidan O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo‘llari uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun import bo‘yicha olib kelinayotgan yo‘l bitumiga bojxona to‘lovlari to‘lash (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) 2013-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatga kechiktirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga import bo‘yicha yo‘l bitumi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi idoraviy mansub korxonalarining so‘m mablag‘lari taqdim etilgan buyurtmanomalarga muvofiq o‘z vaqtida konvertatsiya qilinishini ta’minlash tavsiya qilinsin. 9. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yo‘l bitumi belgilangan tartibda tayinlangan punktlargacha o‘z vaqtida tashilishi va yetkazib berilishini ta’minlasin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari G‘.I. Ibragimov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
177
4,019
Qonunchilik
1999—2001 YILLARDA XORAZM VILOYATIDA BOZOR ISLOHOTLARINI ChUQURLAShTIRISh VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRIShNI JADALLAShTIRISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Xorazm viloyatida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini va aholi farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1999—2001-yillarda Xorazm viloyatida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish dasturi 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi birlashmalar ko‘rsatib o‘tilgan Dasturni ro‘yobga chiqarishga doir chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 2. Xorazm viloyati hokimligi Dastur qoidalarining belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mukammal chora-tadbirlar ko‘rsin, bunda quyidagi vazifalarni hal etishga alohida e’tibor bersin: — sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ularning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni o‘zlashtirish; — qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash, istiqbolsiz, iqtisodiy jihatdan nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tugatish; — mehnatga layoqatli aholini, birinchi navbatda yoshlarni va tarkibiy qayta o‘zgartirishlar natijasida bo‘shab qolgan xodimlarni ish bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish; — sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, qurilish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, kasanachilik mehnati sohalarida kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish; — turizm va uning infratuzilmasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, xalq hunarmandchiligining, shu jumladan zargarlik, badiiy buyumlar va shu kabilarni ishlab chiqarish bo‘yicha, tarixiy an’analarini qayta tiklash; — ijtimoiy infratuzilmani, birinchi navbatda qishloq joylarda, rivojlantirish hisobiga aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, yoshlar o‘rtasida ma’rifiy, madaniy-tarbiyaviy va sport-ommaviy ishlarni kengaytirish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda tegishli yillar uchun investitsiya dasturlarini shakllantirishda budjetdan kapital qo‘yilmalarning zarur limitlarini, shuningdek budjetdan tashqari jamg‘armalar, tashkilotlar va korxonalar, xorijiy investitsiyalar hamda boshqa manbalar mablag‘larining ushbu Dasturning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydigan miqdorlarda jalb etilishini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi: — amaldagi qonun hujjatlariga va me’yoriy hujjatlarga muvofiq, mulkiy paylar va oila pudratini joriy etish asosida jamoa xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ga aylantirish; — istiqbolsiz, zarar ko‘rib ishlayotgan xo‘jaliklar negizida, yangidan o‘zlashtirilayotgan va o‘zlariga ajratilayotgan yer uchastkalarida uy-joylar qurish huquqisiz qo‘shimcha ravishda ajratilayotgan yerlar hisobiga dehqon va fermer xo‘jaliklari tashkil etish; — shu yilning 1-oktabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining va yangi tashkil qilinayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun qayta taqsimlanayotgan yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha jadvalni va chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Biznes-fond manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘rta, kichik va mikrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha mufassal chora-tadbirlar ko‘rsinlar, buning uchun: — budjetdan tashqari jamg‘armalar va tijorat banklari tomonidan ajratiladigan mablag‘larning 2-ilovaga* muvofiq o‘z vaqtida ajratilishini va o‘zlashtirilishini; — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan va boshqa sohalardan bo‘shab qolgan xodimlarni, ularni kichik, o‘rta va mikrobiznes sohalariga ishga joylashtirish uchun, biznes-maktablarda hamda biznes-inkubatorlarda o‘qitish va qayta tayyorlashni ta’minlasinlar. 6. “O‘zavtosanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralarni jalb qilgan holda, Pitnak shahridagi Xorazm avtomobil zavodining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelgusida foydalanish masalasini bir oy muddatda ishlab chiqsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1999-2000-yillarda Urganch tuzatish-ekskavator zavodida ekskavatorlar ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi 2000-yil investitsiya dasturiga kiritish uchun “Klaas” (Germaniya), “Keys” (AQSh) va “Lemken” (Germaniya) firmalari bilan tashkil etilayotgan qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan murakkab import texnikasiga butlovchi buyumlarni “Urganchozuqamash” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarishni tashkil etishning texnik-iqtisodiy asoslarini bir oy muddatda ishlab chiqsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: — kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida mintaqada yengil va qayta ishlash sanoatini, kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni hisobga olgan holda Urganch davlat universitetida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini kengaytirsin; — Urganch davlat universiteti huzurida Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari tarkibi malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazini tashkil etsin. 10. Xorazm viloyati hokimligi mazkur qarorning monitoring tizimini tashkil etsin va joriy yilning uchinchi choragidan boshlab har chorak yakuni bo‘yicha uning bajarilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin. 11. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda zarar ko‘rib ishlayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini tugatish tartibini hamda ular negizida tashkil etiladigan dehqon va fermer xo‘jaliklariga servis xizmati ko‘rsatish masalalari bo‘yicha takliflarni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va B.M. Olimjonov, shuningdek Xorazm viloyati hokimi I.O. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
148
6,919
Qonunchilik
Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bir qatorda shaharlar aholisi farovonligining o‘sishi va barqaror rivojlanishiga yetaklovchi omil sifatida urbanizatsiya jarayoni tegishli darajada hisobga olinmagan. Natijada so‘nggi yillarda urbanizatsiya darajasining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda, shahar aholi punktlari soni esa atigi 1065 dan 1071 gacha ko‘paygan. Yirik qishloq aholi punktlarini shahar posyolkalariga aylantirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bugungi urbanizatsiya darajasi shaharlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy talablariga javob bermaydi va jahon tendensiyalaridan sezilarli darajada qolib ketmoqda. Bunda urbanizatsiya darajasi hanuzgacha barqaror xususiyatga ega emas. Urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga solinishini ta’minlash hamda yer uchastkalarining aylanmasi va ulardan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida: 1. Quyidagilar mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish asosida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish, bunda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalar bilan ta’minlangan, ipotekani kreditlash va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarini jalb qilish mexanizmlaridan foydalangan holda, shu jumladan kam va o‘rta daromadli oilalar uchun arzonlashtirilgan turar joylarni qurishga yo‘naltirilgan investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus chora-tadbirlarni nazarda tutish; jismoniy va yuridik shaxslar uchun turar joy va noturar joy bino va inshootlar ostidagi yer uchastkalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishni kafolatlash, yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish uchun shart-sharoitlar yaratish; migratsiya jarayonlarini ma’muriy tartibga solish tizimini takomillashtirish yo‘li bilan aholining qishloq joylaridan shaharlarga erkin harakatlanish uchun shart-sharoitlar yaratish; yirik shaharlar aholisining farovonligini ta’minlash, iqtisodiy va sanoat resurslaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga ushbu shaharlar aholisini to‘liq va samarali bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, shuningdek hududlardagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari asosida texnoparklar tashkil qilish va ularning tizimini mustahkamlash; avvalambor sanoat, xizmat va servis sohalarida aholining daromadlarini oshirish va barqaror ish joylarini yaratish omili sifatida aglomeratsiyalarning afzalliklaridan foydalanishni nazarda tutgan holda o‘rta shaharlarni, shu jumladan tuman markazlarini boshqarishda ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish; yirik shaharlarga tutash bo‘lgan va qulay transport aloqasiga ega yo‘ldosh-shaharlar tarmog‘ini kengaytirish, yirik shaharlarning markaziy qismida sanoat va boshqa zonalar hududlarini qisqartirgan holda ijtimoiy-ishbilarmonlik zonalar hududlarini kengaytirish. 2. 2019-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ularga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan xususiylashtirilayotgan bino va inshootlar, sanoat infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek ularga tutash hududlardagi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega; jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ularga yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega; ko‘rsatilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi; jismoniy va yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk (fuqarolik muomalasi obyektlari) hisoblanadi va daxlsizdir, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan muhofaza qilinadi; yer uchastkalarini xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini kiritsin; 2019-yil 1-iyunga qadar xususiylashtiriladigan yer uchastkalari uchun tabaqalashtirilgan to‘lovlar miqdorlari, shuningdek ularni to‘lash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, shuningdek mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2019-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda, shu jumladan kompleks uy-joylar qurilishi hisobidan yangi shaharlar va yo‘ldosh-shaharlar tashkil etishni nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin. 4. Quyidagilar: a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: urbanizatsiyani tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; sanoatlashtirish siyosatining sur’atlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig‘imlari hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarini hisoblash; “o‘sish polyuslari”ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, ta’lim, mehnat bozorini shakllantirish, ichki va tashqi migratsiya sohalaridagi siyosatni kelishish; qishloq aholisini yangi sanoat ixtisosliklariga o‘qitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish; ilg‘or, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yo‘l-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yo‘ldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish; jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, o‘rta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish; b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan barcha mablag‘larni jamlash; Konsepsiya doirasida barpo etiladigan yangi shaharlar va yo‘ldosh-shaharlarning bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek ular uchun zarur bo‘lgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishini moliyalashtirish; keyinchalik tushgan mablag‘larni jamlagan holda zarur infratuzilmalarga ega yer uchastkalarini auksion savdolari orqali sotish; ipotekani kreditlashning yangi shakllarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘rta va uzoq muddatli ipoteka obligatsiyalarini chiqarish hamda ularni institutsional investorlar orasida joylashtirish orqali ipoteka bozorini rivojlantirish, shuningdek milliy ipoteka bozorini rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Qurilish vazirligi, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MChJ bilan birgalikda tabiiy-iqtisodiy salohiyatni aniqlash maqsadida yirik shaharlarga tutash aholi punktlarini inventarizatsiyadan o‘tkazishni ta’minlasin, amalga oshirilgan ishlar natijalariga ko‘ra 2019-yil 1-noyabrga qadar tizimli urbanizatsiya jarayoni amalga oshirilishini, yangi sanoat korxonalarining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari bilan kompleks joylashtirishni hisobga olgan holda o‘rta muddatli davrda yo‘ldosh-shaharlarga aylantiriladigan aholi punktlari ro‘yxatini shakllantirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Agentlik tomonidan rejalashtirilgan aholini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarining natijasi hamda xalqaro talablar bo‘yicha urbanizatsiya darajasini hisoblash metodologiyasidan kelib chiqqan holda, shahar aholisining hisobini yuritish va statistik hisobotlarni takomillashtirishni ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Agentlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar 2020 — 2025-yillarda kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarining asosiy prognoz parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin: bo‘sh turgan yer uchastkalari, yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan turar joylar hududlarini, shuningdek foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlarni, keyinchalik ularni infratuzilmaviy rivojlantirish va sotish uchun Jamg‘armaga berishni nazarda tutgan holda, xatlovdan o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ilgari qabul qilingan qarorlariga muvofiq amalga oshirilayotgan uy-joylar qurish bo‘yicha amaldagi davlat dasturlarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish, bo‘shaydigan mablag‘larni kompleks uy-joy qurish davlat dasturlari doirasida tegishli uy-joylarni qurishga yo‘naltirish; kompleks uy-joy qurish davlat dasturlarini ularga mos ravishda moliyalashtirish manbalari, qurilish materiallari resurslari hamda pudratchi qurilish tashkilotlari quvvatlari bilan ta’minlash; qurilayotgan bino va inshootlarning muayyan qismini faqat muqobil energiya manbalari bilan jihozlash va ta’minlash bo‘yicha majburiy talabni belgilash. Belgilansinki, Jamg‘armaga berilgan bo‘sh turgan yer uchastkalari, yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan turar joy binolari hududlari, shuningdek foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlar xususiylashtirilgan hisoblanadi va keyinchalik belgilangan tartibda quruvchilarga sotilishi mumkin. 8. Belgilab qo‘yilsinki, Agentlik: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Konsepsiyani amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini tegishli hududlar va aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq aniqlaydi; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Konsepsiya doirasida belgilangan yer uchastkalarida zarur muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani joylashtirish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi. 9. O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiyani tartibga solishni ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlar Mahkamasi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalariga mazkur “Yo‘l xaritasi”ning ijro holati to‘g‘risidagi axborotni kiritib borsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik, iste’mol, ipoteka va boshqa kreditlar yuzasidan bankka murojaat qilish joyi bo‘yicha ro‘yxatda turish majburiyligi haqidagi talabni bekor qiladigan kreditlashning yangi tartibini ishlab chiqsin va joriy etsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda shartnoma asosida mustaqil konsultantlar va ekspertlarni, texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlarni jalb qilgan holda, urbanizatsiya sohasida eng muhim xalqaro reytinglar va indikatorlarning ko‘rsatkichlari, ularni shakllantirish metodologiyalari chuqur o‘rganilishini ta’minlasin, shuningdek ko‘rsatilgan reytinglarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini, uning mablag‘larini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutgan holda, tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini; qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin. 13. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va ommaviy axborot vositalariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini keng yoritish tavsiya etilsin. 14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
81
13,856
Qonunchilik
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun ruхsat berilgan dori vositalari roʻyхati kengaytirildi
Sogʻliqni saqlash vazirligi Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari roʻyхatini yangiladi (roʻyхat raqami 3258-2, 29.09.2021 y.). Sogʻliqni saqlash vazirligining 3.11.2020 yildagi 3258-1-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan ilgarigi versiyasi bilan solishtirganda, roʻyхat 138 dan 171 pozitsiyaga qadar koʻpaytirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
99
473
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON DAVLAT QURILISh MATERIALLARI IShLAB ChIQARISh DAVLAT KONSERNI - “O‘ZQURILIShMATERIALLARI”NI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Respublika xalq xo‘jaligi va aholisining qurilish materiallari va buyumlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashni yaxshilash, tarmoq birlashmalari va korxonalarining, ta’mirlash-qurilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarining xo‘jalik mustaqilligini kengaytirish, binokorlik materiallari sanoatining bozor munosabatlariga o‘tishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Binokorlik materiallari sanoati vazirligi tugatilsin. Tarmoq birlashmalari, korxonalari, ta’mirlash-qurilish, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari, boshqa korxonalar mehnat jamoalarining O‘zbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“O‘zqurilishmateriallari”) konserni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni: davlat, ijara, jamoa hamda mulkchilikning boshqa shakllariga asoslangan sanoat birlashmalari va korxonalarini, ta’mirlash-qurilish, transport tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni va birlashtiruvchi yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan xo‘jalik uyushmasidir; o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va konsernning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomi asosida amalga oshiradi; o‘z tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi, ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda belgilangan tartibda ishtirok etadi. 3. Quyidagilar “O‘zqurilishmateriallari” O‘zbekiston davlat konserni faoliyatining asosiy vazifalari qilib belgilansin: konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish, davlat idoralarida va boshqa idoralarda ularning manfaatlarini ifodalash; qurilish materiallari bozoridagi vaziyatni o‘rganish, ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibini takomillashtirish, korxonalarni oqilona ixtisoslashtirish va ularni kooperatsiyalash; tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini, tarmoq ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqish, investitsiyalar sohasida yagona strategiyani ro‘yobga chiqarish; korxonalarda xo‘jalik yuritishning yangi shakllari va usullarini joriy etishga doir tadbirlarni amalga oshirish, xorijiy sheriklar bilan o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish; yagona ilmiy-texnika siyosatini o‘tkazish, texnika, texnologiya va materiallarning yangi ilg‘or turlarini ishlab chiqish va joriy etishga ishlab chiqarish imkoniyatini jamlash. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida O‘zbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“O‘zqurilishmateriallari”) konserni faoliyatini tashkil etish masalalariga oid qarorni qabul qilsin, tuzilishi va Nizomini tasdiqlasin.
129
2,787
Qonunchilik
Kapital harakati bilan bog‘liq alohida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
Hujjat matni rus tilida berilgan. Kelishilgan:
138
46
Qonunchilik
YoNG‘IN XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi yong‘in xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: yong‘in — odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish; yong‘in nazorati — yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyat; yong‘inlar profilaktikasi — yong‘inlar kelib chiqishi ehtimolini istisno etishga va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlari majmui; yong‘indan saqlash xizmati — odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish, shuningdek obyektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui; yong‘in xavfsizligi — odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yong‘inlardan himoyalanganligi holati; yong‘in xavfsizligi talablari — yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga ega maxsus shartlar; yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi — yong‘in xavfsizligi talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik; yong‘in-texnik mahsuloti — yong‘in xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan maxsus texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlar, shu jumladan yong‘inni o‘chirish texnikasi va asbob-uskunalari, yong‘inni o‘chirish aslaha-anjomlari, olovni o‘chirish va olovdan himoya qilish moddalari hamda materiallari, maxsus aloqa va boshqarish vositalari, elektron hujjatlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari, shuningdek yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishning boshqa vositalari; yong‘inga qarshi rejim — yong‘in xavfsizligi talablari buzilishining oldi olinishini va yong‘inlar o‘chirilishini ta’minlash yuzasidan odamlarning xatti-harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va (yoki) binolarni (hududlarni) saqlash tartibi; yong‘inga qarshi alohida rejim — yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda muayyan hududlarda qonunchilikka muvofiq yong‘in xavfsizligining qo‘shimcha talablarini belgilash. yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni profilaktika qilish hamda bartaraf etish, shuningdek qutqaruv ishlarini bajarish maqsadida tashkil etilgan bo‘linmasi; Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek kuchlar va vositalar majmuidan iboratdir. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi subyektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) va fuqarolardir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: yong‘in xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi; yong‘in xavfsizligi sohasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; yong‘in xavfsizligi sohasida moliyaviy, moddiy-texnika ta’minotini va resurslar bilan ta’minlashni amalga oshiradi; davlat ehtiyojlari uchun yong‘in-texnik mahsulotining nomenklaturasini, uni yetkazib berish hajmlarini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir (bundan buyon matnda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb yuritiladi). Favqulodda vaziyatlar vazirligi: yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi; yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi; yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini yong‘inni o‘chirish texnikasi va boshqa texnika vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi; yong‘inlarni o‘chirishni, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarishni amalga oshiradi; barcha turdagi yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining yong‘inlarni o‘chirishga shayligi holati va yong‘inlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi; yong‘in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalarni va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; davlat yong‘in nazoratini amalga oshiradi; yong‘in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud bo‘lmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa obyektlarni qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini ko‘rib chiqadi; qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi; yong‘in xavfsizligi sohasida yong‘inga qarshi targ‘ibotni, o‘qitishni va axborot bilan ta’minlashni amalga oshiradi; yong‘in xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan ta’minlanishini muvofiqlashtiradi; yong‘in xavfsizligi sohasidagi sertifikatlashtirishni belgilangan tartibda amalga oshiradi, yong‘in xavfsizligi sohasidagi qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat (harakatlar) turlarini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi; yong‘inlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish hamda yong‘inlarning oldini olishga doir tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) o‘z vakolatlari doirasida: yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi; yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi; yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi; yong‘in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi; yong‘in nazoratini tashkil etadi; yong‘in xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni muvofiqlashtiradi; davlat ehtiyojlari uchun yong‘in-texnik mahsulotining nomenklaturasini ishlab chiqadi va hajmlarini belgilaydi; yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish tizimini yaratadi; aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda, ijtimoiy-madaniy, sanoat obyektlarida hamda boshqa obyektlarda, hududlar va kommunikatsiyalarda yong‘inlar o‘chirilishini tashkil etadi. Vakolatli organlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etadi; yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi; mahalliy budjetlarning yong‘in xavfsizligiga, shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining ta’minoti xarajatlariga doir qismining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va ijro etilishini ta’minlaydi; yong‘in o‘chiruvchilar depolari qurilishini amalga oshiradi, yong‘indan saqlash xizmatining mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘linmalarini belgilangan tartibda saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlaydi; yong‘in xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirilishini amalga oshiradi; tegishli hududda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari: ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining tashkil etilishiga va faoliyatiga ko‘maklashadi; yong‘in nazoratining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi; yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin. Tashkilotlar: yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish; tegishli organlarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish; belgilangan tartibda yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish; o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish; yong‘in xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish chora-tadbirlarini belgilash; belgilangan tartibda yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot olish, shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va bo‘linmalaridan axborot olish huquqiga ega. Tashkilotlar: yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi; yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi; yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlashi; yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazishi va o‘z xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatishi; o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalarini, shu jumladan yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi; yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalariga yong‘inlarni o‘chirishda, shuningdek yong‘in nazorati organlariga yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda, yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishida va yong‘inlar kelib chiqishida aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda ko‘maklashishi; o‘z hududidagi yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda berishi; yong‘indan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda ularning o‘z hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa obyektlarga erkin kirishini ta’minlashi; o‘ziga qarashli obyektlarning yong‘in xavfsizligi holati to‘g‘risidagi, shu jumladan o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotning yong‘in xavfliligi haqidagi, shuningdek o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda hujjatlarni yong‘in nazorati organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra taqdim etishi; kelib chiqqan yong‘inlar, mavjud yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi nosozliklar to‘g‘risida, yo‘llar va tor ko‘chalarning holati o‘zgarganligi haqida yong‘indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi; ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda ko‘maklashishi shart. Tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin. Fuqarolar: yong‘in kelib chiqqan taqdirda o‘z sog‘lig‘i va mol-mulkining himoya qilinishi; yong‘in tufayli o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi; o‘z sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazgan yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda ishtirok etish; yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda axborot olish; yong‘indan saqlash xizmati yetib kelguniga qadar odamlarni, mol-mulkni qutqarish va yong‘inlarni o‘chirish yuzasidan choralar ko‘rish; yong‘inlarni o‘chirishda yong‘indan saqlash xizmatiga ko‘maklashish; yong‘in xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega. Fuqarolar: yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi; yong‘inni sezib qolganda bu haqda yong‘indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi; yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi; o‘ziga qarashli ishlab chiqarish, xo‘jalik binolarini, turarjoylarni va boshqa binolar hamda imoratlarni belgilangan tartibda yong‘in nazoratini amalga oshirish maqsadida ko‘zdan kechirishi va tekshirishi uchun yong‘in nazorati organlarining mansabdor shaxslariga imkoniyat berishi shart. Fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir talablar mansab yo‘riqnomalarida va boshqa yo‘riqnomalarda, zarur hollarda esa tegishli shartnomalarda aks ettirilishi kerak. Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi. Xususiy va davlat uy-joy fondlarining turarjoylari va boshqa binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar bu mulkiy ijara (arenda) shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, mulkdorlar yoki ijaraga (arendaga) oluvchilar zimmasiga yuklatiladi. Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda imorat qurishni rejalashtirish, binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash chog‘ida yong‘in xavfsizligini ta’minlash tegishincha shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, loyiha va qurilish tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi. Yong‘in xavfsizligi sohasida normativ jihatdan tartibga solish ijro etilishi shart bo‘lgan yong‘in xavfsizligi talablarining vakolatli organlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek normativ hujjatlarda belgilanishidir. Vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan yong‘in xavfsizligi talablarini o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek normativ hujjatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishib olinishi kerak. Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari yong‘in xavfsizligini ta’minlashga, shu jumladan yong‘in xavfsizligi talablarini bajarishga doir harakatlardir. Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikka, yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, shuningdek yong‘inlarga qarshi kurashish tajribasi, moddalar, materiallar, texnologik jarayonlar, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, binolar va inshootlarning yong‘in xavfliligiga baho berish asosida ishlab chiqiladi. Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) mazkur moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarning yong‘in xavfliligi ko‘rsatkichlarini, shuningdek ulardan foydalanishda qo‘llaniladigan yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini tegishli texnik hujjatlarda ko‘rsatishi kerak. Tashkilotlar, binolar, inshootlar va boshqa obyektlar uchun yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shu jumladan ular loyihalashtirilayotganda yong‘inlar chog‘ida odamlarning evakuatsiya qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki saqlab qolinishini ta’minlovchi yechimlar nazarda tutilishi kerak. Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi. Yong‘inlarni o‘chirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sog‘lig‘ini saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash hamda yong‘inlarni bartaraf etish harakatlaridan iboratdir. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etish tartibini Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilaydi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining yong‘indan saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-ta’mirlash xizmatlari va o‘zga xizmatlar bilan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etishni ta’minlashga doir hamkorligi kelishuvlar bilan tartibga solinadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish tartibi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadi. Yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Yong‘inlar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining telefon tarmoqlarida yagona raqam — 101 o‘rnatiladi. Yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi xabarni olgach, Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yong‘in joyiga darhol jo‘nab ketishi shart. Zarur hollarda, yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida yong‘in kuchayishining (tarqalishining) hamda yong‘in bilan bog‘liq bo‘lgan, odamlarga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy muhitga tahdid soluvchi xavfli omillarning oldini olish uchun: yong‘inlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli bo‘lgan) va xavf keltirib chiqaradigan joylarga kirib borishga doir; yong‘inlarning kuchayishiga (tarqalishiga) to‘sqinlik qiladigan va ularni bartaraf etishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratishga doir; tashkilotlar va fuqarolarda mavjud bo‘lgan aloqa, transport vositalaridan, asbob-uskunalardan, yong‘inni o‘chirish vositalari va olovni o‘chirish moddalaridan keyinchalik o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan foydalanishga doir; tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat tartibini ta’minlash, yong‘inlar o‘chirilayotgan joylarni qo‘riqlash (shu jumladan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablarini, sharoitlarini tekshirish chog‘ida), yo‘l harakatini tartibga solish, evakuatsiya qilish va (yoki) yong‘in kelib chiqqan joyda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga doir harakatlar bajariladi. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yong‘inlarni o‘chirish, yong‘inlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bog‘liq zarur ishlarni amalga oshirishda yong‘inni o‘chirish maqsadi uchun tabiiy va sun’iy suv manbalaridan suv bilan bepul ta’minlanadi. Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining shaxsiy tarkibi va yong‘inni o‘chirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashdan ozod qilinadi. Yong‘inni o‘chirishga rahbarlik qilish yong‘in joyiga yetib kelgan yong‘indan saqlash xizmatining katta tezkor mansabdor shaxsi (bundan buyon matnda yong‘inni o‘chirish rahbari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi, u yong‘inni o‘chirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yong‘indan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibini, shuningdek yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarni yakkaboshchilik prinsipi asosida boshqaradi. Yong‘inni o‘chirish rahbari vazifalarning bajarilishi, yong‘inni o‘chirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yong‘indan saqlash xizmati shaxsiy tarkibining hamda yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarning xavfsizligi uchun javob beradi. Yong‘inni o‘chirish rahbari yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hudud chegaralarini, mazkur harakatlarni bajarishning tartibini va o‘ziga xos jihatlarini belgilaydi, shuningdek yong‘in chog‘ida odamlarni, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Zarur hollarda, yong‘inni o‘chirish rahbari boshqa qarorlar, shu jumladan yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilishga haqli. Yong‘inni o‘chirish rahbarining ko‘rsatmalari yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi barcha tashkilotlar va fuqarolarning ijro etishi uchun majburiydir. Yong‘in o‘chirilayotganda yong‘inni o‘chirish rahbarining harakatlariga aralashishga yoki uning farmoyishlarini bekor qilishga hech kim haqli emas. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar yong‘in xavfsizligi talablarini amalga oshirish, shuningdek yong‘inlar profilaktikasini ta’minlash va yong‘inlarni o‘chirish maqsadida bajariladi hamda ko‘rsatiladi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: yong‘in xavfsizligi sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish; aholiga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish; yong‘inga qarshi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish; ilmiy-texnik maslahatlar berish va ekspertizalar o‘tkazish; tashkilotlarni, aholi punktlari va boshqa hududlarni yong‘inlardan muhofaza qilish; yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish, xarid qilish va yetkazib berish; moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni yong‘in xavfsizligi jihatidan sinovdan o‘tkazish; loyiha, tadqiqot ishlarini bajarish; olovdan himoya qilish va pech-mo‘rikon ishlarini bajarish; yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalarini montaj qilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash; yong‘inga qarshi aslaha-anjomlarni, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish, olovni o‘chirish moddalarining sifatini tiklash. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa ishlar va xizmatlar ham kiritilishi mumkin. Yong‘inga qarshi targ‘ibot aniq maqsadni ko‘zlagan holda jamiyatni ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyotlar va reklama mahsulotlarini nashr etish hamda tarqatish, muayyan mavzuga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, ko‘riklar, konferensiyalar o‘tkazish va aholini xabardor qilishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllaridan foydalanish orqali yong‘in xavfsizligi muammolari va yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘llari haqida xabardor qilishdir. Yong‘inga qarshi targ‘ibotni yong‘indan saqlash xizmati, shuningdek yong‘indan saqlash xizmati ko‘magida vakolatli organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolar o‘tkazadi. Tashkilotlarning xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish ish beruvchilar (ma’muriyat, mulkdorlar) tomonidan yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan maxsus dasturlar bo‘yicha olib boriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga va boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan shaxslarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni majburiy tarzda o‘rgatish mazkur muassasalar tomonidan tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan maxsus dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida bolalarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish, ularni kasbga yo‘naltirish, yong‘inga qarshi targ‘ibot tizimini takomillashtirish hamda yong‘inlarning oldini olishga va yong‘in chog‘ida to‘g‘ri harakat qila bilishga qaratilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonunchilikka muvofiq yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari tashkil etilishi mumkin. Vakolatli organlar yong‘in xavfsizligi uchun noqulay sharoitlar to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligini darhol va bepul asosda xabardor qilishi shart. Faoliyati to‘liq yoki qisman O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari yong‘in xavfsizligi masalalariga doir tezkor axborotni bepul asosda e’lon qilishi shart. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qabul qilgan qarorlari haqida aholini xabardor qilishi shart. Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni to‘plash hamda o‘zaro almashish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yong‘in xavfi yuqori bo‘lganda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tegishli hududlarda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatilishi mumkin. Yong‘inga qarshi alohida rejimning amal qilishi davrida tegishli hududlarda yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan yong‘in xavfsizligiga oid qo‘shimcha talablar belgilanadi. Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni ilmiy- tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha tashkilotlari va boshqa ilmiy-texnik tashkilotlar, shuningdek tegishli ta’lim muassasalari amalga oshiradi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, tashkilotlarning mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni muvofiqlashtirish Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratilishida yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur ilmiy-texnik ishlanmalar amalga oshirilishini ta’minlaydi. Yong‘in-texnik mahsuloti davlat buyurtmasi asosida, shuningdek tadbirkorlik faoliyati tartibida ishlab chiqariladi. Yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyat (harakatlar) turlarini xabardor qilish tartibida amalga oshirish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun ular tashkilotlar hamda fuqarolar tashabbusiga ko‘ra ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkin. Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish. Yong‘indan saqlash xizmati kuchlari va vositalarining yong‘inlar profilaktikasi hamda yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb qilinishiga, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi. Yong‘indan saqlash xizmati davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlariga bo‘linadi. Davlat yong‘indan saqlash xizmati yong‘indan saqlash xizmatining asosiy turidir va u Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqaruv organlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati vakolatli organlarda va tashkilotlarda ularga qarashli obyektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil etiladi. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati boshqaruv organlari va bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish, shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni o‘tash tartibi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlarda, aholi punktlari va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlashda, yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etishining shaklidir. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari drujinalar va (yoki) komandalar tarzida tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiradi. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat yong‘in nazorati vakolatli organlar, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir. Davlat yong‘in nazorati Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari bo‘lgan bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining obyektlarida, o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida, kon qazilmalari va shaxta inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallardan foydalangan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda, havo, suv, temir yo‘l, avtomobil transportidan hamda elektr transportidan foydalanilayotganda davlat yong‘in nazoratini amalga oshirish tartibi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli vakolatli organlar o‘rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yong‘in nazorati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va boshqa chet el vakolatxonalari egallab turgan obyektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yong‘in nazorati ushbu muassasalar rasmiy vakilining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali qilgan yozma murojaati asosida davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat yong‘in nazorati organlari va mansabdor shaxslarining ro‘yxati, vazifalari, huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. Idoraviy yong‘in nazorati idoraviy yong‘indan saqlash xizmati, shuningdek qonunchilikda vakolat berilgan mansabdor shaxslar tomonidan idoralarga qarashli tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir. Idoraviy yong‘in nazorati vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Idoralarga qarashli tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi talablari yong‘in kelib chiqishiga va odamlarning xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda buzilganligi aniqlangan taqdirda, idoraviy yong‘indan saqlash xizmati alohida ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish uchastkasining, agregatning ishini, binodan, inshootdan, xonadan foydalanishni, ayrim turdagi ishlarni bajarishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega. Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining, bundan tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan bo‘linmalar mustasno, moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan boshqaruv organlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari mazkur tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining moliyaviy hamda moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek shaxsiy tarkibning ijtimoiy kafolatlari va kompensatsiyalarini moliyaviy ta’minlash ularning muassislari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
31
34,739
Qonunchilik
Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 9-dekabrdagi PF-4677-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-fevraldagi 26-son “Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 22-martdagi 22, 2010-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi va 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lovning (keyingi o‘rinlarda YIT deb ataladi) eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan YITni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi: a) ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq to‘lash fondi qismida yuridik shaxslarga; b) notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga; v) xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari belgilangan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohasidagi tashkilotlariga; g) yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab, 6 oy davomida, agar mazkur muddatda ular o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar qurgan taqdirda, qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanasidan boshlab 6 oy o‘tgungacha, biroq ularning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrda. Bunda, yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasidan 6 oylik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar quruvchilar esa — qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan 6 oylik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yillik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan YITning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITni to‘laydilar.”. 2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. YIT to‘lovchilari YITni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka bo‘yicha, biroq: fermer xo‘jaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda; mikrofirmalar va kichik korxonalar (fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 65 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda; qolgan to‘lovchilar har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda YIT hisoblashadi. Hisoblab chiqarilgan YIT summasi foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan foydani aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi, bundan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan holat mustasno.”. 3. 5-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
188
4,140
Qonunchilik
Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 343-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda, № 9, 592-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 6-modda quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligini va uning hududiy bo‘linmalarini — voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qiladi”; 2) 8-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari”; 3) quyidagi mazmundagi 171-modda bilan to‘ldirilsin: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolatlari doirasida: voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi; voyaga yetmaganlarning o‘z iqtidori va iste’dodini to‘laqonli namoyon etishiga, shuningdek ularning o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishiga monelik qiladigan omillarni aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi; voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida ishtirok etadi; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan reabilitatsiya qilishga va ularning moslashuviga ko‘maklashadi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589, 591-moddalar, № 10, 674-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 9-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari”; 2) quyidagi mazmundagi 191-modda bilan to‘ldirilsin: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolatlari doirasida: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga, shu jumladan huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashda hamda bartaraf etishda ko‘maklashadi; huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni (yoshlarni) ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; yoshlar o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 271-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan to‘ldirilsin: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi). Maxsus vakolatli davlat organi: yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ishtirok etadi; yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini tahlil qiladi, shuningdek uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; xorijda o‘qiydigan yoshlar bilan ishlarni tizimli asosda tashkil etadi; yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi; yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining hamkorligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi; yoshlarga oid davlat siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi. Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari davlat organlari hamda tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarning ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar to‘g‘risida asoslantirilgan tushuntirishlar taqdim etish talabi bilan so‘rovlar yuborishga haqli. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari maxsus vakolatli davlat organi bilan majburiy tartibda kelishiladi”. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 8-sentabrda qabul qilingan “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-444-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 508-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 7-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari”; 2) quyidagi mazmundagi 121-modda bilan to‘ldirilsin: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolatlari doirasida: bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; bolalarning har tomonlama, uyg‘un rivojlanishiga hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishiga ko‘maklashuvchi axborotdan erkin foydalanish uchun ularga sharoitlar yaratadi; bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida yakka tartibdagi profilaktika ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi; bolalarning axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, shuningdek ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga doir faoliyatda ishtirok etadi; bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 7-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
155
9,648
Qonunchilik
QIShLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI FERMER XO‘JALIKLARIGA AYLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Qishloqda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash, ularning xo‘jalik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Qishloq xo‘jaligi korxonalari sanatsiyasi bo‘yicha Hukumat komissiyasining 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalarini 2002-yilda fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Quyidagilar: Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklarining Mehnatobod, Mirzaobod va Yozyovon tumanlarining qishloq xo‘jaligi korxonalarini to‘liq hajmda fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi; Sirdaryo viloyatining Mehnatobod va Mirzaobod tumanlari bo‘yicha 2002-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 2. Quyidagilar: 2002-yilda Sirdaryo viloyatining Mehnatobod va Mirzaobod tumanlarida infratuzilma obyektlarini tashkil etishga doir topshiriq 3-ilovaga* muvofiq; Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq; Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida fermer xo‘jaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish tartibi 5-ilovaga muvofiq; Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash tartibi 6-ilovaga muvofiq; Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish tartibi 7-ilovaga muvofiq; Yangidan tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga tijorat banklari tomonidan kredit berish qoidalari 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda: zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalari 4—7-ilovalarga qat’iy muvofiq holda fermer xo‘jaliklariga aylantirilishini ta’minlasin; mazkur qaror bilan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar negizida fermer xo‘jaliklari barpo etishning barcha jihatlarini qamrab oluvchi metodik tavsiyalarni aniq misollar asosida ishlab chiqsin va joylarga yetkazsin; bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish jarayonlarini tushuntirish bo‘yicha joylarda maxsus seminarlar tashkil etsin; qishloq xo‘jaligi korxonalarining fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi ustidan muntazam monitoring o‘rnatsin. 4. “Agrobank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tijorat banklari, “O‘zneftmahsulot” va “O‘zkimyosanoat” kompaniyalari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari qayta tashkil qilinayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasining quyidagi obyektlari barpo etilishini ta’minlasinlar: tijorat bankining filiali; “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining fermer xo‘jaliklarini mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan ta’minlash ombori; “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi tegishli neft bazasining fermer xo‘jaliklarini yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha filiali; qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining mavjud texnikasi negizida muqobil mashina-traktor parki; xo‘jalik hisobi asosida suv iste’molchilari uyushmasi (qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish uchun). 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagromashservis” uyushmasi qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari negizida barpo etilayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mashina-traktor parki barpo etishga doir tavsiyalarni o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 6. Qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar hududida barpo etilayotgan bozor infratuzilmasi obyektlarining ishlab chiqarish, moliyaviy va moddiy-texnika bazasini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida istisno tariqasida: fermer xo‘jaliklarini mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha bo‘linmalar mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan ikki yil muddatga; Belgilab qo‘yilsinki, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida tashkil etilayotgan muqobil mashina-traktor parklari soliq solish shartlari va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar (er haydash, ekish, ishlov berish, hosilni yig‘ishtirish va boshqalar) uchun hisob-kitoblar bo‘yicha “O‘zagroservis” AJ hududiy tashkilotlarining mashina-traktor parklariga tenglashtiriladi. 7. Belgilansinki: qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining ijtimoiy infratuzilma obyektlari xatlov o‘tkazilgandan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda baholash tashkiloti tomonidan qayta baholash paytidagi bozor narxlari hisobga olingan holda baholanadi; qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi balansidagi bolalar maktabgacha muassasalari, maktablar va qishloq vrachlik punktlari belgilangan tartibda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga beriladi; ijtimoiy infratuzilmaning boshqa obyektlari, gaz quvuri magistrallari va gaz taqsimlash punktlari, elektr quvvati uzatish liniyalari, xo‘jaliklararo irrigatsiya inshootlari qayta baholangandan keyin belgilangan tartibda tegishli ravishda “O‘zkommunxizmat” agentligi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari, “O‘zbekenergo” kompaniyasi, Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar balansiga beriladi. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yuridik va konsalting xizmatlarining zarur tarmog‘i, shuningdek fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat tayyorlov va savdo-vositachilik tashkilotlari hamda bozorning boshqa subyektlari barpo etilishini ta’minlasinlar. 9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloqda iqtisodiy islohotlarning borishini, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalarini muntazam ravishda yoritib borsinlar. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin. 1.1 Mazkur Nizom Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiyani (keyingi o‘rinlarda “komissiya” deb ataladi) tashkil etish tartibini va uning faoliyatini tartibga soladi, uning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. 1.2. Komissiya tuman hokimining qarori bilan tashkil etiladi. Komissiyaga lavozimiga ko‘ra tuman hokim o‘rinbosari boshchilik qiladi. Komissiya qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi rahbarlari, mutaxassislari, a’zolari (xodimlari)dan, shuningdek kasaba uyushmasi, xizmat ko‘rsatuvchi bank, tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi va tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillaridan iborat tarkibda tuziladi. 1.3. Komissiya ishiga tuman hokimining qarori bilan shuningdek moliya va soliq organlari, tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari ham jalb etiladi. 1.4. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish ishlarining izchilligi ilova qilinayotgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 2.1. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish rejasini ishlab chiqish; yer resurslari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari, aylanma mablag‘lar, debitorlik va kreditorlik qarzlar, tugallanmagan qurilish va boshqa moddiy boyliklarni xatlash; fermer xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha ochiq tanlovda qatnashish uchun talabgorlarni tanlash; ochiq tanlovni o‘tkazish hamda fermer xo‘jaligi tashkil etish huquqini berish uchun qobiliyatli, tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mehnatsevar va tadbirkor fuqarolarni aniqlash; aktivlar va passivlarni tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida taqsimlash. 2.2. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi: qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi a’zolari o‘rtasida tanishtirish-tushuntirish ishlari olib borish; ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa qulay shaklda qishloq xo‘jaligi korxonasi fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi to‘g‘risida aholini xabardor qilish; qishloq xo‘jaligi korxonasining moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etish; debitorlik qarzlarni undirib olish ishlarini tashkil etish; qishloq xo‘jaligi korxonasi fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi to‘g‘risida kreditorlarni xabardor qilish hamda qarzlarni tarkibiy qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha bundan keyingi o‘zaro munosabatlarni ular bilan kelishish va qarzlarni qaytarish muddatlarini belgilash; yerdan foydalanish, almashlab ekish va qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishning holatini o‘rganish; xo‘jalik balansida bo‘lgan sug‘orish va kollektor-drenaj tizimlarini xatlash; mashina-traktor parki holatini o‘rganish; xo‘jalik a’zolari va boshqa shaxslarni fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun talabgorlarni tanlab olish va ochiq tanlov o‘tkazish tartibi, taklif etilayotgan yerlarni tanlash tartibi bilan va qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta tashkil etishning boshqa shartlari bilan tanishtirish; talabgorlarni qishloq xo‘jaligi korxonasining moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborot bilan tanishtirishni tashkil etish; fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun talabgorlarning arizalarini qabul qilish va o‘rganib chiqish, ochiq tanlov asosida g‘oliblarni aniqlash; qishloq xo‘jaligi korxonasining aktivlari va passivlarini tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha ajratuvchi balans va o‘tkazma hujjat tuzish; ijtimoiy infratuzilma obyektlarini aniqlash va ularni hokimiyatning tegishli mahalliy organlariga va boshqa tashkilotlarga berishni tashkil etish; xo‘jaliklarning ortiqcha va foydalanilmayotgan asosiy fondlari va moddiy boyliklarini sotishni tashkil etish; o‘tkazilayotgan tadbirlarni tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtirish. 3.1. Komissiya quyidagi huquqlarga egadir: xo‘jalikning rahbari va boshqa mutaxassislaridan birlamchi hujjatlar, buxgalteriya va statistika hisobi va hisoboti ma’lumotlari, boshqa zarur axborotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilishini talab etish; mavjud qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga muvofiq talabgorlarning fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun berilgan arizalarini asosli rad etish. 3.2. Komissiya quyidagilarga majburdir: talabgorlarning so‘rovlari bo‘yicha fermer xo‘jaliklari tashkil etilishi yuzasidan zarur axborotlarni taqdim etish; qilingan ishlar to‘g‘risida qishloq xo‘jaligi korxonasining yakuniy umumiy yig‘ilishiga va tuman hokimiga yakuniy hisobot taqdim etish; komissiya ishining oshkoraligini va uning natijalari bilan tanishishni ta’minlash; fermer xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazishda xolislik va odillikni ta’minlash; fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun ochiq tanlovda qatnashish uchun talabgorning arizasi qabul qilinishini yozma ravishda asosli rad etish. 3.3. Komissiya a’zolari qonunchilikka muvofiq javob beradilar. 4.1. Komissiya majlisi zaruriyatga ko‘ra, biroq qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta tashkil etishning butun davri mobaynida bir haftada kamida bir marta o‘tkaziladi. 4.2. Komissiya majlisi komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda kun tartibidagi masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga egadir. Komissiyaning qaroriga ko‘ra ovoz berish ochiq yoki yashirin usulda o‘tkaziladi, komissiyaning har bir a’zosi bitta ovoz berish huquqiga egadir. Qaror oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. 4.3. Komissiya faoliyatiga uning raisi rahbarlik qiladi. Komissiya raisi komissiya a’zolari va jalb etilgan shaxslar faoliyatini muvofiqlashtiradi, qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning va boshqa manfaatdor tashkilotlarning mansabdor shaxslariga o‘z vakolatlari doirasida ko‘rsatmalar beradi. 4.4. Komissiya ishida komissiya a’zolari doimiy ishdan ajralmagan holda qatnashadilar va o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajaradilar, shu munosabat bilan ularning ishiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi. 4.5. Komissiyaning qaroriga muvofiq jalb etilgan auditorlar va tashqi ekspertlar ishiga qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining mablag‘lari hisobiga haq to‘lanadi. 5.1. Komissiyaning vakolatlari qayta tashkil etish tugallangandan keyin to‘xtatiladi. 5.2. Komissiya tugatilgandan keyin komissiyaning qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta tashkil etish bo‘yicha hujjatlari davlat arxiviga topshiriladi. 1.1. Mazkur Tartib qishloq xo‘jalik korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish shartlarini belgilab beradi. 1.2. Mazkur Tartibda quyidagi atamalardan foydalaniladi: tanlash — fermer xo‘jaligi tashkil etish huquqini olish uchun tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlarni tanlash shakli; tanlov — qobiliyatli, tegishli bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mehnatsevar va tadbirkor fuqarolarga fermer xo‘jaligi tashkil etish huquqini berish maqsadida ularni aniqlash; tanlov obyekti — qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi mulkining bir qismi berilgan holda muayyan yer uchastkasida fermer xo‘jaligi tashkil etish huquqi; tanlov tashkilotchisi — qishloq xo‘jalik korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya 1.3. O‘tkazilayotgan tanlovning asosiy maqsadi fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun xo‘jalikning qobiliyatli va tadbirkor a’zolarini va boshqa talabgorlarni aniqlash hisoblanadi. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan mezonlar bo‘yicha belgilanadi. 2.1. Fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun talabgorlarni tanlashni va ularni aniqlash bo‘yicha tanlov o‘tkazishni tashkil etish qishloq xo‘jalik korxonasini qayta tashkil etish bo‘yicha komissiyaga yuklanadi. Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari ochiq tanlov asosida beriladi. 2.2. Komissiya qishloq xo‘jalik korxonasining xo‘jalik-moliya faoliyati bilan bog‘liq barcha ko‘rsatkichlarni o‘rganib chiqadi va xo‘jalikni kompleks xatlovdan o‘tkazadi (xo‘jalikka qarashli mol-mulkni, qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanishning ahvolini, almashlab ekish va ekinlarning joylashtirilishini, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini, xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichki sug‘orish tizimlari hamda kollektor-drenaj tizimlari, qishloq xo‘jalik texnikasi mavjudligini, chorva mollari bosh sonini, debitorlik va kreditorlik qarzlarni aniqlaydi). 2.3. Fermer xo‘jaliklari uchun yer uchastkalari xaritalarini shakllantirish uchun yer fondining mavjud holati va tasdiqlangan bosh rejalar yoki davlat dasturlarida nazarda tutilgan aholi punktlarini va dehqon xo‘jaliklarini, irrigatsiya-melioratsiya va yo‘l tarmoqlarini, boshqa muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, qurilish obyektlarini rivojlantirish istiqbollarini ta’minlovchi yer maydonlariga bo‘lgan ehtiyojni, amaldagi cheklashlar va servitutlarni, loyihaga ko‘ra tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklariga bevosita ijaraga berish nazarda tutilmagan yerdan foydalanish va biriktirishning boshqa shartlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonasiga qarashli yer fondini qayta taqsimlash loyihasi (sxemasi) asos qilib olinadi. Loyiha (sxema) tumanlar yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqiladi. 2.4. Yer uchastkalari tanlovga ularning maydoni, mazkur yer uchastkalariga to‘g‘ri keluvchi mulk ulushi va kreditorlik qarzlari aniqlanganidan keyin qo‘yiladi. 2.5. Komissiya tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan fuqarolarning arizalarini qabul qilish muddatlarini belgilaydi. Tanlov o‘tkazilishidan bir oy oldin mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoki boshqa qulay shaklda qishloq xo‘jalik korxonasining qayta tashkil etilishi va tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon beriladi. 2.6. Tanlov o‘tkazilishi haqidagi xabarda quyidagilar ko‘rsatilishi shart: tanlovga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati va ularga qo‘yiladigan talablar; tanlovga qo‘yilgan yer uchastkalari maydonlari va chorvachilik fermalari ko‘rsatkichlari hamda boshqa tegishli tavsiflar; har bir yer uchastkasiga tegishli mol-mulk ulushi va kreditorlik qarzi miqdori; tanlovni o‘tkazish tartibi; tanlovda ishtirok etish uchun arizalar va boshqa hujjatlarni qabul qilishning uzil-kesil muddatlari; tanlovning o‘tkazilish sanasi, vaqti va joyi; tanlovni o‘tkazish komissiyasining manzili va telefon raqami. 2.7. Tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi axborot lo‘nda va aholi uchun tushunarli bo‘lishi lozim. 3.1. Tanlovda ishtirok etish huquqiga qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining a’zolari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari egadir. Quyidagilar: logistika markazlari (meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash bo‘yicha quvvatlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi), shuningdek, ichki va tashki bozorda meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tajribasiga ega; zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari va intensiv bog‘lar yaratish va ulardan foydalanish tajribasiga ega; qo‘shimcha qiymatlar zanjiri bo‘yicha klaster usulida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shaxsiy va jalb qilingan moliyaviy mablag‘lariga ega; meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, jumladan eksport qilishni tashkil qilish, zamonaviy resurs va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish vazifalarini o‘z zimmasiga oladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlari (o‘zaro bog‘lik korxonalar guruhi) chigitdan bo‘shagan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishda birinchi navbatda erdan uzoq muddatli ijara shartlarida foydalanish huquqiga ega. 3.2. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etayotgan talabgorlar tanlash va tanlovda ishtirok etish uchun komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur: tanlovda ishtirok etishga talabgorning mazkur Tartibga 1-ilovaga muvofiq namuna bo‘yicha arizasi, unda muayyan yer uchastkasining tartib raqami, biriktirilgan yer maydonidan ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan kam bo‘lmagan hosildorlikni ta’minlash, tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish sxemasiga rioya etgan holda 10 yil muddat mobaynida ishlab chiqarish ixtisoslashuvini o‘zgartirmaslik, almashlab ekishga rioya etgan holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot sotish kafolati, tuproq unumdorligini oshirish, kreditorlik qarzlarni belgilangan muddatlarda to‘lash, shuningdek komissiya tomonidan qo‘yilgan boshqa shartlarni o‘z vaqtida bajarish to‘g‘risidagi majburiyatlar ko‘rsatiladi; mutaxassislikni, ish tajribasi va stajni tasdiqlovchi hujjatlar; biznes-reja asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarining hisob-kitobi; tavsiyanoma xatlar (zarur hollarda). 3.3. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov o‘tkazilishidan o‘n kun oldin to‘xtatiladi. 3.4. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: birinchi bosqichda — hujjatlarning to‘liqligi va mazmuni tekshiriladi; ikkinchi bosqichda — talabgorlarning arizalarida bayon qilingan takliflarning iqtisodiy asoslanganligi o‘rganib chiqiladi. Tanlov o‘tkazilgunga qadar komissiya muayyan yer uchastkasida fermer xo‘jaligi tashkil etish to‘g‘risida ariza taqdim etgan talabgorlarning takliflarini puxta o‘rganib chiqadi, har bir ishtirokchining loyihasi alohida baholanadi. Bunda ariza beruvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning to‘liqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi. 3.5. Komissiya qaroriga ko‘ra tanlab olingan talabgorlar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi. 3.6. Tanlovda ishtirok etishga qo‘yilgan shaxslarga tanlovni o‘tkazish shartlari e’lon qilinadi. 3.7. Komissiya tanlovda ishtirok etishga qo‘yilgan shaxslar to‘g‘risidagi to‘liq axborotni yozma shaklda e’lon qilishi, shuningdek tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmagan shaxslarga yozma shaklda asosli rad javoblarini yo‘llashi shart. 3.8. Tanlovni o‘tkazish qoidalari va talablariga rioya etmagan, qonunchilikka asosan talabgorlar deb e’tirof etilmagan, tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni o‘z vaqtida taqdim etmagan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydi. 4.1. Tanlov o‘tkaziladigan kuni komissiya barcha talabgorlar ishtirokida fermer xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha majburiyatlar ko‘rsatilgan arizalarni o‘qib eshittiradi. Komissiya a’zolari tanlab olingan talabgorlar ishtirokida ular tomonidan taqdim etilgan takliflarni muhokama etadi va 10 balli shkala (tizim) bo‘yicha baholaydi. 4.2. Tanlovga qo‘yilgan har bir yer uchastkasi bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan shaxs tanlov g‘olibi deb hisoblanadi. Boshqa barcha shartlar bo‘yicha teng ball to‘plangan hollarda qayta tashkil etilayotgan xo‘jalik a’zosiga imtiyoz beriladi. 4.3. Tanlov g‘oliblari to‘g‘risidagi tanlov yig‘ilishi tugaganidan keyingi yakuniy bayonnoma komissiya tomonidan ikki nusxada tuziladi va xo‘jalikning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi. 4.4. Tanlov yakunlari to‘g‘risidagi materiallar komissiya tomonidan ommaviy axborot vositalarida yoki boshqa qulay shaklda e’lon qilinadi. 5.1. Tanlovda g‘olib chiqqan shaxs fermer xo‘jaligining boshlig‘i deb e’tirof etiladi. 5.2. Tuman hokimining qaroridan keyin amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonasining yer fondini qayta taqsimlash loyiha (sxema)si amalda ro‘yobga chiqariladi (fermer va dehqon xo‘jaliklariga erni ijaraga ajratish, foydalanilmayotgan yerlarni zaxira yerlar toifasiga o‘tkazish va hokazo). 5.3. Fermer xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olishning Namunaviy shartnomasiga muvofiq rasmiylashtiriladi. Menga_________________________________________________________________________________________________________ dagi ________ konturda joylashgan _____ gektar yer uchastkasida fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun tanlovda qatnashishga ruxsat berishingizni so‘rayman. O‘zim haqimda quyidagilarni bildiraman: Tashkil etiladigan fermer xo‘jaligi xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar: O‘z navbatida biriktiriladigan yer uchastkasidan yuqori hosil olish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini (uch yilda o‘rtacha hisoblaganda) erning kadastr bahosidan kam bo‘lmagan miqdorda ta’minlash, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 35-1 va 50-1-moddalariga muvofiq suv obyektlaridan foydalanish majburiyatlarini bajarish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan Yer kodeksining 48-moddasiga muvofiq foydalanish majburiyatlarini bajarish, qishloq xo‘jaligi tuman bo‘limi tomonidan tasdiqlangan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish sxemasiga rioya qilga holda 10 yil mobaynida ishlab chiqarish ixtisoslashuvini o‘zgartirmaslik, almashlab ekishga rioya qilgan holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar sotish, kreditorlik qarzlarni muddatlarida to‘lash, shuningdek komissiya tomonidan qo‘yilgan boshqa shartlarni bajarish majburiyatini o‘z zimmamga olaman. Ushbu Tartib qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash, shuningdek mulkiy (pay) munosabatlarini tartibga solish shartlarini belgilaydi. 1. Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiyaga qishloq xo‘jaligi korxonasini (kooperativ, shirkat, yordamchi xo‘jalik va shu kabilarni) fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash, shuningdek mulkiy (pay) munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish yuklanadi. 2. Komissiya tomonidan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi balansi bo‘yicha aktivlar va passivlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) a’zolari mulkiy paylari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi. 3. Komissiya ortiqcha asosiy va aylanma mablag‘larni, shuningdek foydalanish muddati tugagan vositalarni aniqlaydi va ularni kim oshdi savdosida yoki ochiq savdoda bozor narxlari bo‘yicha sotishni tashkil etadi. Ijtimoiy infratuzilma obyektlari belgilangan tartibda mahalliy hokimliklar balansiga beriladi yoki bozor narxlari bo‘yicha sotiladi. Yaroqsiz mulklar belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Xo‘jalikning chorvachilik fermalari (chorva mollari, chorvachilik obyektlari va boshqalar) bozor narxi bo‘yicha qayta baholab chiqiladi va kim oshdi savdosida yoki ochiq savdoda yangi mulkdorga (mulkdorlarga) sotiladi. Agar xo‘jalikda bir nechta chorvachilik fermalari mavjud bo‘lsa, u holda ular alohida-alohida sotiladi. Chorvachilik fermasi uchun qishloq xo‘jaligi texnikasi va boshqa zarur vositalar ham, ularning texnik holati hisobga olingan holda, ferma bilan birga bozor qiymati bo‘yicha sotiladi. Mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda va izchil ravishda xo‘jalikning kreditorlik qarzini qoplashga yo‘naltiriladi. 4. Shirkat xo‘jaliklarida mulkiy paylar qiymatini to‘lash birinchi navbatdagi to‘lovlarga tenglashtiriladi. 5. Qayta tashkil etish bo‘yicha komissiya qarzlar tarkibini o‘zgartirish va ularni to‘lash muddatlarini belgilash ishlarini har bir kreditor bilan alohida amalga oshiradi. 6. Ajratuvchi balans tuziladi va tasdiqlanadi hamda qishloq xo‘jaligi tuman bo‘limiga beriladi. 7. Qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning ajratuvchi balansidagi aktivlar va passivlar yangi tashkil qilinayotgan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida 1 ball–gektar hisobidan, ularga ajratilgan yer maydoniga va ularning ball–bonitetiga qarab taqsimlanadi. Chorvachilik fermalarining yangi egasi (egalari)ga normativlarga muvofiq, belgilangan tartibda yer maydoni ajratiladi, bunda komissiya mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda tuzatishlar kiritishi mumkin. Chorvachilik fermer xo‘jaligiga ajratilgan yer maydoni hisobiga to‘g‘ri keladigan qoplanmagan kreditorlik qarz ushbu Tartibda nazarda tutilgan shartlar bo‘yicha aniqlanadi. 8. Agar xo‘jalikda qoplanmagan zarar mavjud bo‘lsa, u holda zarar xo‘jalikning zaxira yoki boshqa fondlari hisobidan qoplanadi. Agar zarar ushbu mablag‘lar hisobidan qoplanmasa, u holda ustav kapitali hisobiga qoplanadi va shirkat xo‘jaligining ustav kapitali ushbu summaga kamayadi. Ustav kapitalining qolgan qismi shirkat xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlanadi. 9. Shirkat xo‘jaligini qayta tashkil etishda ajratuvchi balansda butun ustav jamg‘armasi uning a’zolari o‘rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq, jamoa xo‘jaligida esa — shirkatlardagi mulkiy pay miqdorini hisoblash metodikasi bo‘yicha aniqlanadigan jamoa xo‘jaligi a’zolarining ulushlariga muvofiq taqsimlanadi. Shirkat xo‘jaligi paylarining yoki jamoa xo‘jaligi ulushlari egalari o‘zlarining mulkiy paylari va ulushlari bilan tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklarining a’zolari yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar muassislari bo‘lishi mumkin, bu mulkiy paylar yoki ulushlar ta’sis hujjatlarida aks ettiriladi. 10. Agar qayta tashkil etilayotgan shirkat xo‘jaligining ustav kapitali ajratuvchi balansda dastlabki ustav kapitalidagi pay jamg‘armasidan kam bo‘lsa, u holda paychilarning mulkiy paylari ularning ulushiga muvofiq ravishda kamayadi. Jamoa xo‘jaligini qayta tashkil etishda, agar xo‘jalik mulki kreditorlik qarzni qoplamasa, u holda mulk qiymati xo‘jalik a’zolariga taqsimlanmaydi, qoplanmagan kreditorlik qarz fermerlar o‘rtasida ball-gektar bo‘yicha taqsimlanadi, bu ajratuvchi balansda aks ettiriladi. Qoplanmagan kreditorlik qarzni taqsimlash uchun dastlab mulkning fermerlar o‘rtasida taqsimlanadigan qoldiq qiymati (mulkning umumiy qiymati va sotilgan mulk qiymati o‘rtasidagi farq) aniqlanadi. Mulk qiymati va qoplanmagan kreditorlik qarz quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) xo‘jalikning umumiy ball-gektari — yer uchastkalari va ularning ball–bonitetlari hosilasi miqdori aniqlanadi; b) bir ball–gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mulk ulushi – taqsimlanadigan mulk qiymatining xo‘jalikning umumiy ball–gektariga nisbati aniqlanadi; v) mulk qiymati — fermer xo‘jaligiga ajratiladigan yer uchastkasi ball–gektari hosilasi va 1 ball-gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mulk ulushi fermerlar o‘rtasida taqsimlanadi; g) 1 ball-gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan qoplanmagan kreditorlik qarz qiymati — qoplanmagan kreditorlik qarz umumiy summasining xo‘jalikning umumiy ball-gektariga nisbati aniqlanadi. d) qoplanmagan kreditorlik qarzning har bir fermer xo‘jaligi hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori — 1 ball-gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan qoplanmagan kreditorlik qarz qiymati va fermer xo‘jaligiga ajratiladigan yer uchastkasi ball-gektari hosilasi aniqlanadi. 11. Ajratuvchi balansga muvofiq har bir fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning tegishli kreditorlari bilan ularni to‘lash miqdorlari va muddatlari ko‘rsatilgan shartnoma tuzadi. 12. Qayta tashkil etilayotgan shirkat xo‘jaligining fermer xo‘jaliklari yoki xizmat ko‘rsatuvchi kooperativlar tarkibiga kirmagan a’zolari qayta tashkil etish komissiyasi qaroriga muvofiq o‘zlarining mulkiy paylari qiymatini belgilangan tartibda olishlari mumkin. Agar to‘lov uchun mablag‘ mavjud bo‘lmasa, u holda 1 ball-gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan mulkiy pay qiymati fermer xo‘jaliklari balansiga beriladi. Bunda fermer va sobiq shirkat a’zosi o‘rtasida keyinchalik to‘lanishi kerak bo‘lgan mulkiy pay yuzasidan tegishli shartnoma tuziladi. Jamoa xo‘jaligini qayta tashkil etishda jamoa xo‘jaligi a’zolariga ulushlarni to‘lash tartibi xuddi shirkat xo‘jaligidagi kabi amalga oshiriladi. 13. Agar qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikda foyda mavjud bo‘lsa, u holda foyda summasi jamoa xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida ularning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga muvofiq, shirkat xo‘jaliklarida esa — uning a’zolari mulkiy paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 14. Komissiya qayta tashkil etilayotgan xo‘jalik jamoasi (paychilari)ning yakuniy umumiy majlisini o‘tkazadi. Majlisda ajratuvchi balans tasdiqlanadi va tegishli qaror qabul qilinadi. 1.1. Ushbu tartib qayta tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish shartlarini belgilaydi. 1.2. Ushbu tartibda quyidagi atamalar qo‘llanilgan: o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish rejasini tuzish, suvdan foydalanuvchilarni va suv iste’molchilarini suv bilan ta’minlash, suvni taqsimlash, suv aylanishini belgilash, suvdan foydalanish va suv iste’moli ustuvorligiga rioya qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanilishini va suv iste’molini nazorat qilish, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish ishlarini tashkil etish kabilarni o‘z ichiga oluvchi ishlar majmui; suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; suv iste’molchisi — o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; suv iste’molchilari uyushmasi — yuridik shaxslar bo‘lgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti; suv xo‘jaligi obyekti — suv resurslarini to‘plash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida xo‘jalik faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti; meliorativ texnika va mol-mulk — ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar, drenaj yuvish agregatlari, yuk ko‘tarish kranlari va qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududidagi suv xo‘jaligi obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa mol-mulk; foydalanish — suv xo‘jaligi obyektlarining bir maromda ishlashini ta’minlovchi, obyektlarning texnik holatini kuzatish, tekshirish, ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarish va ularni rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etishni o‘z ichiga oluvchi ishlar majmui; suv olish limiti — amaldagi qoidalarga muvofiq maqsadli suvdan foydalanish va suv iste’moli uchun vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan suv resurslarining cheklangan hajmi; suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli rejasi — suv olishning belgilangan limiti doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish rejimi, hududning irrigatsiya-meliorativ va tuproq sharoitlarini hamda boshqa shartlarni hisobga olgan holda suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari asosida tuziladigan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv obyektlaridan suv olishi jadvali. 2.1. Suv iste’molchilari uyushmasi” (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) ustun darajada gidrografik prinsip yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan boshqa shartlar bo‘yicha tashkil etiladi. 2.2. Yuridik shaxs tashkil etgan holda fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari — yuridik shaxslar suv iste’molchilari uyushmalarining muassislari bo‘lishi mumkin. Fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalari a’zolari bo‘lishi mumkin. 2.4. Uyushma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, ta’sis shartnomasi va ustavga muvofiq, o‘z a’zolarining pul va moddiy badallari hisobiga amalga oshiradi. O‘z faoliyatini amalga oshirish uchun Uyushma qonunda belgilangan tartibda pul va moddiy mablag‘larni hamda boshqa manbalarni jalb etishi mumkin. 2.5. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtamp va blanklarga, banklarda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga hamda alohida mol-mulkka ega bo‘ladi. 2.6. Uyushma rahbarlari, muhandis-texnik xodimlar, tarmoqlarning va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning shtatdagi soni har yili Uyushma a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori asosida amaldagi normativlarga muvofiq, bajariladigan ishlar turi va hajmlari hisobga olingan holda tasdiqlanadi. 2.7. Qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning barcha suv xo‘jaligi obyektlari, shuningdek qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning normal faoliyat ko‘rsatish uchun zarur meliorativ texnika, binolar va boshqa mol-mulki. 2.8. Uyushma o‘ziga berilgan mol-mulkni boshqaga berish, sotish, ijaraga topshirish, almashtirish, garovga berish va vaqtinchalik foydalanish uchun taqdim etish huquqiga ega emas. 2.9. Uyushmaning o‘z a’zolari, boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar bilan barcha o‘zaro munosabatlari ta’sis shartnomasi va ustavga muvofiq tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 3.1. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini suv bilan ta’minlash ustuvorlik bo‘yicha, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli rejalari asosida amalga oshiriladi. Suv olishga faqat shartnoma asosida suvni tartibga solish va hisobga olish vositalari bilan jihozlangan ro‘yxatdan o‘tkazilgan suv ajratish tarmoqlarida (kanallarning suv olish inshootlari, quduq, nasos stansiyasi (agregat) va boshqa suv olish inshootlari)da ruxsat beriladi. Uyushmaning suv xo‘jaligi obyektlaridan fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga suv ajratishning qo‘shimcha tarmoqlarini o‘rnatish masalasi Uyushma a’zolarining umumiy majlisida hal etiladi va protokol bilan tasdiqlanadi. Boshqa suv xo‘jaligi obyektlaridan suv ajratishning qo‘shimcha tarmoqlarini o‘rnatish masalasi xizmat ko‘rsatuvchi foydalanish tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi. 3.2. Uyushma suvdan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli rejalari asosida o‘z faoliyati hududidagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini suv bilan ta’minlash uchun suv olishga unga xizmat ko‘rsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi bilan shartnoma tuzadi. Unga xizmat ko‘rsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi bilan tuzilgan shartnomada suv olish manbai ko‘rsatilgan holda har 10 kunda suv olish hajmi ko‘rsatiladi. Shartnomaning namunaviy shakli suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilangan tartibda belgilanadi. 3.3. Suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish rejasi Uyushma tomonidan bir yilda ikki marta tuziladi hamda irrigatsiya tuman bo‘limi bilan kelishgan holda unga xizmat ko‘rsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi. Suvdan foydalanishning limitlangan rejasi tarkibida suvdan foydalanishning maqsadli vazifasi, suv ayirgichlar va sug‘orish kanallari ko‘rsatilgan holda istisnosiz barcha suv iste’molchilari uchun har 10 kunda suv olish hajmi ko‘rsatiladi. 3.4. Suv berilishini ta’minlash uchun Uyushma o‘zi xizmat ko‘rsatadigan zonadagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bilan har 10 kunda beriladigan suv miqdorini, suv ayirgichlar va manbalarini ko‘rsatgan holda shartnomalar tuzadi. 35. Suv ayirgichlarning ro‘yxatdan o‘tkazilmagan joylaridan suv olish noqonuniy hisoblanadi va aybdorlar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 3.6. Suv yetkazib berish bo‘yicha Suv iste’molchilari uyushmasi xizmatlariga, shuningdek ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlariga shartnoma asosida haq to‘lanadi. 4.1. Suv xo‘jaligi obyektlaridan va Uyushmaning boshqa mol-mulkidan foydalanish hamda Uyushmaning o‘zining ta’minoti suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar uchun haq to‘lashdan fermer va dehqon xo‘jaliklaridan, fuqarolardan va Uyushmaning boshqa a’zolaridan haq sifatida tushadigan mablag‘lar, shuningdek u tomonidan ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari hisobiga uyushmaning sug‘oriladigan yerlari maydoni, qishloq xo‘jalik ekinlari turlari, suv berish hajmi, tuproq-iqlim xususiyatlari va boshqa xususiyatlar hisobga olingan holda Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishida belgilanadigan miqdorlarda amalga oshiriladi. 4.2. Uyushmaning suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda va Uyushmaning o‘zining ta’minotida har bir suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchisining ulushli qatnashishini aniqlash uchun har yili amaldagi normativlar asosida, qimmatlashish indeksi hisobga olingan holda xarajatlar smetasi tuziladi. Suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan xarajatlar smetasi Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadi. 4.3. Fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolar va Uyushmaning boshqa a’zolarining nasos agregatlari, meliorativ texnikasi va boshqa mol-mulkidan foydalanish ularning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 4.4. Fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolar va Uyushmaning boshqa a’zolarining nasos agregatlari, meliorativ texnikasi va boshqa mol-mulki alohida shartnomalar bo‘yicha ulardan foydalanish uchun Uyushmaga berilishi mumkin. 1. Ushbu Qoidalar Fuqarolik kodeksiga, “Bank va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek boshqa qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgan hamda tugatilgan shirkat va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari negizida yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarini (keyingi o‘rinlarda matnda fermer xo‘jaliklari deb ataladi) rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan. 2. Ushbu Qoidalar yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yoki boshqa ishlab chiqarishni tashkil etish uchun tijorat banklari tomonidan kreditlar berishni tartibga soladi, davlat buyurtmasi doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bundan mustasno. Tijorat banklari tomonidan kreditlar berish qaytarish, haq to‘lash, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlarida amalga oshiriladi. 3. Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga boshlang‘ich (dastlabki) kapitalni shakllantirish uchun kreditlar Yakka tartibdagi tadbirkorlarga, kichik va o‘rta biznes subyektlariga tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari fondlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 3-oktabrda 1074-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) belgilangan tartibda beriladi. 4. Fermer xo‘jaliklari boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun kreditlar olgandan keyin o‘zining biznes-rejasini mablag‘ bilan ta’minlashga kredit olish yuzasidan o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilishga haqlidir. 5. Tijorat banklari kreditlarni fermerlarga shartnoma asosida 3 yilgacha muddatga beradi. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joyda beriladi. 6. Kreditlar fermerlarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan urug‘lik, mol, yosh chorva mollari, parranda, yem-xashak, omixta yem, ko‘chatlar, veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari sotib olish; xomashyo va materiallarga dastlabki ishlov berish; mehnat qurollari, xomashyo sotib olish; kichik asbob-anjomlar sotib olish; kichik hajmli ishlab chiqarishlarni tashkil qilish; O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlarini amalga oshirish. 7. Kreditlar: ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni uzish; tamakichilik va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish; savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish; ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-mulk sotib olish maqsadlari uchun berilmaydi. 8. Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘yicha kredit shartnomasi asosida belgilanadi. 9. Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: kredit olish uchun kredit buyurtmanomasi; pul oqimi tahlili albatta ko‘rsatilgan holdagi biznes-reja; o‘z faoliyatini uch oydan ortiq amalga oshirayotgan fermer xo‘jaliklari, shuningdek oxirgi hisobot davri uchun davlat soliq xizmati mahalliy (tuman) organi tasdiqlagan buxgalteriya balansi (1-shakl)ni hamda debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (2a-shakl)ni ham taqdim etadilar. 10. Qarz oluvchi to‘lamaslik xavfini bartaraf etish maqsadida kreditni qaytarishni ta’minlashga ega bo‘lishi kerak, ta’minlay olish unga qo‘yiladigan asosiy talab hisoblanadi. Quyidagilar kreditning qaytarilishini ta’minlovchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin: sug‘urta tashkilotining kafolatnomasi; bank kreditlari fermer xo‘jaliklari tomonidan qaytarilmasligi xavfini olinadigan kredit summasining 50 foizi miqdorida majburiy sug‘urta qilish hamda hosil va mol-mulkning 50 foizi ixtiyoriy sug‘urta qilinganligi to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polisi. 11. “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasiga va boshqa sug‘urta tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining nobud bo‘lishi xavfini yoki fermer xo‘jaliklarining boshqa faoliyatini sug‘urta qilish asosida kredit qaytarilishi haqida kafolatnomani tijorat banklariga taqdim etish tavsiya qilinadi. 12. Ushbu kredit buyurtmanomasi (arizasi) bo‘yicha bank xulosasini berish muddati kredit olish uchun buyurtmanoma ushbu Qoidalarning 9-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlar ilova qilingan holda bankka tushgan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak. 13. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joyda beriladi. Kreditlar alohida ssuda hisob raqami ochish va fermer xo‘jaligining asosiy faoliyati bilan bog‘liq tovar-moddiy boyliklar, asbob-uskunalar va boshqa xizmatlar uchun qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalarini to‘lash yo‘li bilan naqd pulsiz beriladi. 14. Kreditni qaytarish muddatlari jadval tarzida taqdim etilishi mumkin, jadvalda kreditni pul oqimlari tushishi istiqboliga ko‘ra bir nechta bosqichda qaytarish nazarda tutiladi. Kredit uchun foizlarni to‘lash yetishtirilgan hosilni sotishdan pul mablag‘lari tushishiga qarab, biroq kredit berilgan kundan boshlab kamida 6 oydan keyin amalga oshirilishi mumkin. 15. Kreditni qaytarish muddati boshlanganda va qarz oluvchida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmaganda kredit kafolat beruvchi (sug‘urtalovchi)ning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan undirib olishga taqdim etiladi. Sug‘urta holati boshlanganda “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasining hududiy bo‘limlari va boshqa sug‘urta tashkilotlari tijorat banki talabiga ko‘ra sug‘urta summasini mazkur kredit bo‘yicha foizlarni va asosiy qarzni to‘lashga o‘tkazishga majbur. 16. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi va u qarz oluvchining buyurtmanomasini hamda kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishga yo‘naltirilishi kerak. 17. Monitoring jarayonida bank joylarda kreditdan samarali va maqsadli foydalanilishini tekshiradi. 18. Tijorat banklari kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotgan qarz oluvchilarga nisbatan: kredit berishni vaqtinchalik to‘xtatib turishga yoki to‘liq to‘xtatib qo‘yishga; berilgan kredit bo‘yicha qarzning butun summasini muddatidan oldin undirib olishga haqlidir. 19. Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaslik hollari aniqlangan taqdirda bank kreditning belgilanmagan maqsadda foydalanilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin, kredit shartnomasida belgilangan tartibda undirib olish huquqiga egadir.
94
46,973
Qonunchilik
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazining namunaviy nizomining 8-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 24-iyundagi 36, 62 va 2013-34-son qarori (ro‘yxat raqami 2499, 2013-yil 8-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 32-son, 435-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazining namunaviy nizomining 8-bandi o‘ninchi xatboshisidagi “shaxsiy tomorqa xo‘jaliklardan” degan so‘zlar “tomorqa xo‘jaliklardan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
203
1,017
Qonunchilik
Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emasligini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi: 1. Bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda iqtisodiy sudlar (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari normalariga amal qilishi lozim. 2. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, FKning bitimlarni haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi normalari bir taraflama, ikki taraflama va ko‘p taraflama bitimlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. 3. Sudlar bitimni haqiqiy emas deb topish tushunchasini shartnomani bekor qilishdan farqlashlari lozim. Bitimning haqiqiy emasligining shartnomani bekor qilishdan farqi quyidagilardan iborat: bitimlarni haqiqiy emas deb topishga FKning 115 — 126 moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi, shartnomani bekor qilish asoslari esa FKning 382-383-moddalarida nazarda tutilgan; bitimning haqiqiy emasligiga uning g‘ayriqonuniyligi, bekor qilinishiga esa shartnomani bekor qilishga olib keladigan holatlarning yuzaga kelishi asos bo‘ladi, bunda uning qonuniyligi nizolashilmaydi; haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir, shartnomani bekor qilish esa, u amalda bo‘lgan vaqtdagi o‘zaro huquq va majburiyatlarga ta’sir etmasdan, faqatgina kelgusidagi huquq va majburiyatlarga daxl qiladi; shartnomani bekor qilish haqidagi talabni bildirishga shartnoma amal qilishining muddati mobaynida yo‘l qo‘yiladi, bitim esa uning amal qilish muddati tugaganidan keyin ham haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 4. FKning 11 va 113-moddalariga, shuningdek IPKning 26-moddasiga ko‘ra, sud bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rib chiqishga haqli. Sud tomonidan bitimning bir qismini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo ham ko‘rilishi mumkin. FKning 128-moddasiga muvofiq, bitimning haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qo‘shilmasa ham u tuzilgan bo‘lar edi, deb taxmin qilish mumkin bo‘lsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘lmaydi. Bunda sudlar nazarda tutishlari lozimki, qonun talablari asosida muhim deb hisoblanadigan shartlar, agar qolgan shartlar bitim ishtirokchilari uchun huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmasa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas. Bitimning bir qismi u o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligi yoxud nizoli bo‘lganligi sababli haqiqiy bo‘lmasligi mumkin. 5. Bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo bo‘yicha ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida sud bitimning barcha taraflari va boshqa manfaatdor shaxslarni ishga jalb qilish masalasini ko‘rib chiqishi lozim. 6. FK 113-moddasining birinchi qismiga muvofiq, bitim FKda belgilab qo‘yilgan asoslarga ko‘ra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli yoki bunday deb topilishidan qat’i nazar, u o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaganligi sababli haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunda sudlar inobatga olishlari kerakki, FK o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo berish imkoniyatini istisno etmaydi. 7. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, nizoli bo‘lgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab faqat FKda ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan taqdim etilishi mumkin. Shu bois, sud muhokamasi davomida da’vogarda nizoli bo‘lgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo taqdim etish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, da’voni qanoatlantirish rad etiladi. O‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talabni bunday bitim huquq va manfaatlariga ta’sir qiluvchi har qanday manfaatdor shaxs taqdim etishi mumkin. Shu bilan birga, sud o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini o‘z tashabbusi bilan ham qo‘llashga haqli. 8. Agar da’vo arizasida o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida talab qo‘yilmagan bo‘lsa, biroq uning o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligini da’vogar bunday bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talabni asoslashda keltirgan bo‘lsa, sudlar faqatgina bunday bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida qaror mavjud emasligiga asoslanib da’voni qanoatlantirishni rad etishga haqli emaslar, balki qarorning asoslantiruvchi qismida da’vogarning vajlariga baho berishlari lozim. Agar sud muhokamasi paytida javobgar o‘z e’tirozlarida bitimning o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligiga asoslanayotgan bo‘lsa, sudlar javobgarning e’tirozlariga baho berishlari va ular asosli bo‘lgan taqdirda, nizoning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan bitimning o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligidan kelib chiqib, ish bo‘yicha qaror qabul qilishlari lozim. 9. Sudlar haqiqiy bo‘lmagan bitimni tuzilmagan bitimdan farqlashlari lozim. Uni tuzish uchun qonun hujjatlarida belgilangan zarur shartlar mavjud bo‘lmagan (qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan barcha muhim shartlar bo‘yicha kelishuvning mavjud emasligi, oferta yo‘llagan shaxs tomonidan aksept olinmaganligi, mulkning topshirilmaganligi, agar uni topshirilishi qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma tuzish uchun talab etilsa va hokazo) bitim tuzilmagan deb tan olinadi. Agar bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida talab bildirilgan bo‘lib, u FKning qoidalariga ko‘ra tuzilmagan deb hisoblansa, bunday talabni qanoatlantirish rad etiladi. 10. FKning 109-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollardan tashqari bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Qonunning 11-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda tuziladi. Shu munosabat bilan, agar xo‘jalik shartnomasining yozma shakliga rioya qilinmagan bo‘lsa, bitim tuzilmagan hisoblanadi. 11. Agar qonun hujjatlari talablariga yoki bitim taraflarining kelishuviga ko‘ra, u notarial tasdiqlanishi yoki qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lsa, sud notarial shakliga yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabiga rioya etilmaganligi sababli bitimni haqiqiy emas deb topishi mumkin. Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, FK 115-moddasiga muvofiq bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya qilmaslik qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga olib keladi. 11.1. Agar notarial tartibda tasdiqlash talab qilinadigan bitim bir taraf tomonidan to‘liq yoki qisman bajarilib, ikkinchi taraf uni notarial tartibda tasdiqlashdan bosh tortayotgan bo‘lsa, sud bitimni notarial tartibda tasdiqlashni bajargan tarafning da’vosiga ko‘ra, FKning 112-moddasiga muvofiq uni haqiqiy deb topishi mumkin va bunday holatda uning keyinchalik notarial tartibda tasdiqlanishi talab etilmaydi. Agar bunday bitimni tuzishga qonun hujjatlarida cheklov (taqiq) belgilangan yoki taraflar tomonidan uning barcha asosiy shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilmagan bo‘lsa, bitim sud tomonidan haqiqiy deb topilishi mumkin emas. Notarial tartibda tasdiqlash talab qilinadigan bitimni haqiqiy deb topish bilan bog‘liq nizolarni hal etishda uning tuzilganligi, bir taraf tomonidan to‘liq yoki qisman bajarilganligi holati faqat yozma dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin, agar boshqacha holat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lmasa. 11.2. Agar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo‘lib, ammo taraflardan biri uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortsa, sud FK 112-moddasining uchinchi qismiga muvofiq boshqa tarafning talabi asosida bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli, keyinchalik esa, bu bitim sud qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunday holatda bitim bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlari u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi (FK 366-moddasi). 12. FK 116-moddasiga ko‘ra o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim bo‘lib: qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmunda; huquq-tartibot asoslariga qarshi maqsadda; axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim hisoblanadi. Bunda sudlar nazarda tutishlari lozimki, agar bitimning bir yoki bir necha shartlari qonun hujjatlarining talabalariga zid bo‘lsa, bitimning mazmuni ushbu talablarga muvofiq kelmasligi sababli, o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi. Huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topishda sudlar, bu bitim huquq-tartibot asoslarini ta’minlovchi, ya’ni konstitutsiyaviy tuzum asoslari, davlatning mudofaa, xavfsizlik va iqtisodiy tizimi (qurol-yarog‘ning noqonuniy eksporti, soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash va boshqalar), fuqaro va shaxsning huquq va erkinliklarini qo‘riqlovchi va himoyalovchi huquq normalarining talablari buzilganligi yoxud ijtimoiy axloq asoslari, ya’ni jamiyatda shakllangan ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, gunoh va savob haqidagi qarashlarga zid yoki zid emasligini aniqlashlari lozim. 12.1. Bitimni tuzgan shaxs tomonidan amalga oshirilgan imzoning aslligi bo‘yicha shubha mavjudligi sababli bitimni haqiqiyligi yuzasidan nizolashilganda, bildirilgan talab asosli bo‘lsa, bitim FKning 116-moddasiga muvofiq haqiqiy emas deb topiladi. 12.2. FK 129-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra vakil o‘ziga vakolat bergan shaxs nomidan shaxsan o‘ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo‘lgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas, tijorat vakilligi bo‘lgan hollar bundan mustasno. Shu munosabat bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning turli subyektlari nomidan aynan bir vakil tomonidan, masalan bir tarafdan yuridik shaxs va ikkinchi tarafdan boshqa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor nomidan bitimning tuzilishi uni FKning 116-moddasiga asosan o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi, tijorat vakilligi bundan mustasno. 13. Jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim yanglishish ta’sirida harakat qilgan tarafning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan FKning 122-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim deganda sudlar taraflarning haqiqiy xohish-istagini aks ettirmaydigan, uni tuzish vaqtida taraflar nazarda tutgan huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lmagan bitim ekanligini tushunishlari lozim. Tuzilgan bitimga nisbatan qo‘llaniladigan qonun normalarini noto‘g‘ri sharhlash, huquq va majburiyatlar hamda bitimning asl huquqiy oqibatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur etish yanglishishning misoli bo‘lishi mumkin. Bunda qonunni bilmaslikka havola qilinishi bitimni ushbu asos bilan haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Yanglishish ta’sirida harakat qilgan taraf yanglishish muhim ahamiyatga ega ekanligini va bitim predmeti yoki mohiyatiga ta’sir etishini isbotlashi lozim. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bitimni ushbu asos bo‘yicha haqiqiy emas deb topish uchun yanglishish bitimni tuzish paytida mavjud bo‘lishi va uning tuzilishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi kerak. Shuningdek, nazarda tutish kerakki, yanglishish bitimning boshqa ishtirokchilarining qasddan qilingan harakatlari natijasi bo‘la olmaydi. Yanglishish ta’siri ostida tuzilgan bitim aldash ta’siri ostida tuzilgan bitimdan shu bilan farq qiladiki, agar aldash atayin qilinsa, yanglishish boshqa biron shaxsning qasddan qilingan harakatlari bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Boshqa tarafning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalangandagina, bitim yanglishish ta’sirida tuzilgan hisoblanadi. 14. FKning 123-moddasiga muvofiq aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta’sirida tuzilgan bitim, shuningdek fuqaro og‘ir holatlar yuz berishi tufayli o‘zi uchun o‘ta noqulay shartlar bilan tuzishga majbur bo‘lgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim (asoratli bitim) jabrlanuvchining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FK 123-moddasining qoidalari jismoniy shaxslar tomonidan ham, yuridik shaxslar tomonidan ham tuzilgan bitimlarga nisbatan tatbiq etiladi. FKning 123-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda sudlar, aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta’sirida va og‘ir holatlar yuz berishi tushunchalarini bir-biridan aniq farqlashlari lozim. 14.1 Aldash deganda, boshqa shaxsga yolg‘on ma’lumotlar taqdim etish, shuningdek bitimni tuzishga ta’sir etuvchi faktlar haqida sukut saqlash yo‘li bilan qasddan chalg‘itish tushuniladi. Aldash bitim elementlariga nisbatan ham, uni doirasidan tashqaridagi holatlarga ham, shu jumladan, bitimni tuzish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Aldash, bir tarafning boshqa tarafni bitim tuzishga undash vositasi bo‘lganda, yuridik ahamiyatga ega bo‘ladi. 14.2. Bitim zo‘rlik ta’sirida tuzilganligi sababli haqiqiy emas deb topilishi uchun uni tuzishga majburlash maqsadida shaxs (uning yaqin qarindoshi yoki yaqin shaxsi)ga jismoniy ta’sirning ko‘rsatilganligi faktining mavjudligi zarur. Zo‘rlik g‘ayriqonuniy, biroq jinoiy jazoga tortilishi shart bo‘lmagan xatti-harakatlarda, masalan, tarafning xohish-irodasiga xizmat mavqeyidan foydalangan holda ta’sir qilishda namoyon bo‘lishi kerak. Zo‘rlik deganda, bitim ishtirokchisi bo‘lgan fuqaroga yoxud yuridik shaxs organi va uning vakillariga bevosita jismoniy ta’sir qilishni tushunish lozim. Zo‘rlik bitim ishtirokchisining mol-mulkiga ta’sir qilishda, ya’ni uni yo‘q qilish yoki unga shikast yetkazishda ham namoyon bo‘lishi mumkin. 14.3. Qo‘rqitish ta’sirida tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish uchun bitim tuzishga majburlash maqsadida shaxs (uning yaqin qarindoshi yoki yaqin shaxsi)ga ruhiy ta’sir ko‘rsatish fakti mavjud bo‘lishi kerak. Qo‘rqitish deganda, bitimni tuzishga majburlash maqsadida jismoniy zo‘rlik qilish, ruhan azob berish, ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish, moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish yoki boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari bilan shaxsning xohish-irodasiga ruhiy ta’sir ko‘rsatish tushuniladi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, belgilangan asos bo‘yicha bitimni haqiqiy emas deb topish uchun qo‘rqitishning jiddiyligi va uning haqqoniyligi zaruriy shart hisoblanadi. 14.4. Bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi deganda, ushbu shaxslar o‘rtasidagi kelishuv natijasida ulardan biri uchun noqulay shartlarda bitim tuzish to‘g‘risidagi kelishuv tushunilishi lozim. Bunda shunday kelishuv ishtirokchisi bitimning tuzilishidan qandaydir naf olganligi yoki bitim vakil qilingan shaxsga zarar yetkazish maqsadida tuzilganligi ahamiyatga ega emas. 14.5. Bitim ishtirokchilaridan biri ongli ravishda o‘zi uchun o‘ta noqulay shartlar asosida tuzishga majbur bo‘lgan bitim, og‘ir holatlar yuz bergan sharoitda tuzilgan bitim (asoratli bitim) deb hisoblanadi. 15. Sudlar inobatga olishlari lozimki, qalbaki bitimlar ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlardan farqlanadi. Qalbaki bitimni tuzishda taraflarning maqsadi qandaydir fuqarolik-huquqiy munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan bo‘lmaydi. Bunday bitim, qoida tariqasida, taraflar yoki ulardan biri uchun huquqiy oqibatni keltirib chiqarishga erishish maqsadida tuziladi (masalan, qarzdorning mol-mulkini xatlashdan qochish maqsadida uni nomigagina begonalashtirilishi). Ko‘zbo‘yamachilik uchun bitimni tuzishda taraflarning maqsadi boshqa bitimni yashirish hisoblanadi. Shu munosabat bilan ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish, FK 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Bunday holatda taraflar haqiqatda nazarda tutgan bitimga oid qoidalar qo‘llaniladi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo ko‘rilayotganda, nizolashilayotgan bitim haqiqatda qaysi bitimni yashirayotganligi aniqlanishi lozim. FK 124-moddasining mazmuniga ko‘ra, qalbaki bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim hisoblansa, ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitim nizoli bitim hisoblanadi. 16. Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, yuridik shaxs huquq layoqatidan tashqariga chiqqan holda tuzgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish asoslari FKning 125-moddasida nazarda tutilgan. Bunda mazkur moddada bitimni haqiqiy emasligining ikkita asosi nazarda tutilgan: yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida belgilangan uning faoliyat maqsadlariga zid ravishda tuzilgan bitimlar va tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlar. 16.1. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, unitar korxonalar va qonunda nazarda tutilgan boshqa tashkilotlardan tashqari tijorat tashkilotlari, agar ularning ta’sis hujjatlarida tashkilot shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati qat’iy belgilangan bo‘lmasa, ular qonunda ta’qiqlanmagan har qanday tadbirkorlik faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari mumkin. Shu sababli ustav maqsadlariga zid ravishda tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda sudlar nizolashilayotgan bitim tijorat tashkilotining ustav maqsadlariga muvofiq kelishini aniqlash maqsadida tijorat tashkilotining ta’sis hujjatlarini o‘rganishlari lozim. 16.2. Tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda sudlar shuni e’tiborga olishlari zarurki, litsenziyani olish talab etiladigan faoliyat turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida” 2001-yil 12-maydagi qarori bilan tasdiqlangan. Shu sababli, sudlar inobatga olishlari lozimki, agar bitim litsenziyani olish talab etiladigan faoliyat doirasida, lekin litsenziya mavjud bo‘lmagan holda (litsenziya umuman olinmagan, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan yoki tugatilgan, litsenziya bekor qilingan) tuzilgan bo‘lsa, bitim bunday asos bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 16.3. FKning 125-moddasida nazarda tutilgan bitimlar nizoli bo‘lib, ularni haqiqiy emas deb topish va haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi da’voni faqat yuridik shaxsning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organi berishi mumkin. Shu bois, FKning 125-moddasiga asosan bitimni haqiqiy emas deb topish haqida boshqa shaxs, shu jumladan, bitimdagi taraf da’vo bilan murojaat qilgan taqdirda, bunday da’voni qanoatlantirish rad etiladi. 17. FKning 126-moddasiga ko‘ra, agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning ta’sis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qo‘yilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq ko‘rinib turgan deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan vakolatlariga nisbatan cheklab qo‘yilgan bo‘lsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan bo‘lsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor bo‘lgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Sudlar inobatga olishlari lozimki, bunday asos bilan bitim kimning manfaatida cheklash belgilangan bo‘lsa, faqat o‘sha shaxsning da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Shu bois, FKning 126-moddasiga asosan bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo bilan boshqa shaxs murojaat qilgan bo‘lsa, bunday da’voni qanoatlantirish rad etiladi. Bitim tuzish vakolatlarini cheklash belgilanishidan manfaatdor shaxs bitimni keyinchalik ma’qullaganda, FKning 126-moddasida belgilangan bitimni haqiqiy emas deb topish asoslari qo‘llanilmaydi. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, bitim, agar u bo‘yicha boshqa taraf qayd etilgan cheklash haqida bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo‘lgan holatlar aniqlangan taqdirdagina, FKning 126-moddasi asosida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 18. FKning 380-moddasiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan bir qatorda shartnoma tuzish huquqi kimoshdi savdosining predmeti bo‘lishi mumkin. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, agar kimoshdi savdosining predmeti tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘lsa, kimoshdi savdosining natijalari haqidagi bayonnoma shartnoma kuchiga ega bo‘ladi va agar taraflardan biri uni imzolashdan bosh tortsa, bitim tuzilmagan hisoblanadi va FK 380-moddasining to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlar qo‘llaniladi. 19. FK 381-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish kim oshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi. Shu bois, sudlar inobatga olishlari lozimki, agar kimoshdi savdosining natijalari bo‘yicha tuzilgan bitimni savdo o‘tkazish qoidalari buzilganligi sababli haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo berilgan bo‘lib, biroq kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish haqida talab qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday da’voni qanoatlantirish rad etiladi. Kimoshdi savdosi belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda o‘tkazilgan bo‘lsada, ammo kimoshdi savdosining natijalari bo‘yicha tuzilgan bitim FKda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha haqiqiy emas bo‘lgan hollar bundan mustasno. Agar kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab sud tomonidan qanoatlantirgan bo‘lsa, keyinchalik bitimni haqiqiy emas deb topilishi talab etilmaydi. Bu holatda taraflarning har biri bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Bunda sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, sud muhokamasi paytida kimoshdi savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan bitimning FK qoidalariga muvofiq o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligi aniqlansa, kimoshdi savdolari haqiqiy emas deb topilishidan qat’i nazar, bunday bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari sud tomonidan qo‘llanilishi mumkin. 20. Haqiqiy bo‘lmagan bitim, uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmasligini inobatga olib, sudlar nazarda tutishlari kerakki, bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llashda taraflar bitim tuzishdan oldingi holatga keltirilishlari lozim. 21. Bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talab nizoli bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab bilan yoki o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab bilan birga yoxud alohida da’vo ko‘rinishida bildirilishi mumkin. Bunda nizoli bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini ushbu bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi sudning hal qiluv qarori mavjud bo‘lgan taqdirdagina qo‘llash mumkin. 22. O‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlari da’vogarning o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talabi qanoatlantirilganidan keyin ham, bunday qaror mavjud bo‘lmaganda ham qo‘llanilishi mumkin. Bunday qaror mavjud bo‘lmaganda, sudlar bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llashni qarorning asoslantiruvchi qismida o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim fakti mavjudligi to‘g‘risidagi xulosalari bilan asoslab berishlari lozim. 23. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini o‘z tashabbusi bilan qo‘llash sudning majburiyati emas, balki huquqidir. Bunda inobatga olish lozimki, nizoli bitimlarga nisbatan sudlarga bunday huquq berilmagan. 24. FK 114-moddasining ikkinchi qismiga asosan bitim haqiqiy bo‘lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo‘yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart. Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, olingan narsani aslicha qaytarib berish imkoniyati bo‘lmagan hollarda (mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmat) olingan narsaning o‘rnini to‘ldirish miqdori o‘xshash vaziyatlarda, odatda o‘xshash mol-mulkdan foydalanish (ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) uchun olinadigan baho bo‘yicha aniqlanadi. Mol-mulkni natura shaklida qaytarishda sudlar nazarda tutishlari lozimki, mol-mulkni yaxshilanishi uchun qilingan xarajatlarning kompensatsiyasi yuzasidan talab, u nizoli xaraktyerga ega bo‘lganligi sababli, sud tomonidan alohida ish doirasida ko‘rib chiqiladi, agar sud tomonidan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlari qo‘llanilayotganda kompensatsiya bo‘yicha qarshi talab bildirilmagan bo‘lsa. 25. IPK 149-moddasi ikkinchi qismining 7-bandiga muvofiq, bitimni haqiqiy emasligi .oqibatlarini qo‘llash haqidagi talab bildirilganda da’vo arizasida har bir tarafga nisbatan aynan qaysi oqibatlar qo‘llanilishi ko‘rsatilishi lozim. Agar bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini faqat da’vogarga nisbatan qo‘llash so‘ralgan bo‘lsa, FK 114-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq sud o‘z tashabbusi bilan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini boshqa tarafga nisbatan ham qo‘llashi lozim. 26. Bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llashda sud, qarorning xulosa qismida IPKning 180-moddasiga muvofiq pul mablag‘larining undirilishini, mol-mulkning olib berilishini ko‘rsatishi lozim. 27. Sudlar hisobga olishlari lozimki, bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari tuzilmagan shartnomaga nisbatan qo‘llanilmaydi. Bitim sud tomonidan tuzilmagan deb topilgan hollarda hamda bunday bitim yuzasidan ma’lum xatti-harakatlar (mol-mulk topshirilgan yoki to‘lov to‘langan) amalga oshirilgan bo‘lsa, tuzilmagan bitim bo‘yicha majburiyatni bajargan shaxs FKning 1023-moddasiga muvofiq asossiz orttirilgan mol-mulkni yoki to‘langan pul mablag‘larini qaytarishni talab qilish huquqiga ega. 28. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FKning 114-moddasida belgilangan restitutsiya ko‘rinishidagi bitimni haqiqiy emasligi oqibatlari FK 123-moddasining ikkinchi qismida belgilangan oqibatlardan farq qiladi. Shu bois, agar bitim FKning 123-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topilsa, ikkinchi taraf jabrlanuvchiga uning bitim bo‘yicha bajargan hamma narsasini qaytarib berishi kerak (asli holicha yoki pul ko‘rinishida), jabrlanuvchi tomonidan bitim bo‘yicha ikkinchi tarafdan olingan mol-mulk (yoki uning qiymati) esa, davlat daromadiga o‘tkaziladi. Bunda mazkur oqibatlar bitim to‘liq yoki qisman bajarilgan holdagina sud tomonidan qo‘llanilishi mumkin. 29. Manfaatdor shaxs tomonidan bitimni haqiqiy emas deb topish va bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi kiritilgan da’vo sudlar tomonidan ikkita mustaqil talabdan iborat bo‘lgan da’vo sifatida ko‘rilishi kerak. Bunday da’volar bo‘yicha davlat boji har bir talab uchun alohida to‘lanishi lozim. Agar sud o‘z tashabbusi bilan o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitimning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llasa, davlat boji undirilmaydi. Agar da’vogar tomonidan bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risida talab qo‘yilsa, davlat boji ushbu talab mulkiy xaraktyerga egaligidan kelib chiqqan holda to‘lanadi. 30. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bitimlarni haqiqiy emasligini isbotlash majburiyati da’vogar zimmasiga yuklatiladi. 31. Bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talabga, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, umumiy da’vo muddati qo‘llaniladi hamda da’vo muddati faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi. 32. Bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talabni qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori yuzasidan ijro varaqasi berilmaydi, shu bilan birga haqiqiy bo‘lmagan bitimning oqibatlarini qo‘llash haqidagi hal qiluv qarori yuzasidan — beriladi. 33. Sudlar mazkur toifadagi nizolarni ko‘rishda qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etishlari va huquqbuzarlik holatlari aniqlangan holda aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tegishli ta’sir choralarini ko‘rishlari lozim.
156
28,578
Qonunchilik
Alkogolli mahsulotlarga qanday talablar qoʻyiladi
Hujjatda koʻrsatilganidek, uning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etilmaydi: Boshqa holatlarda teхnik reglament talablariga amal qilish barcha yuridik va jismoniy shaхslar uchun majburiydir. Mamlakatda muomalada boʻlgan alkogolli mahsulotlar maqsadli foydalanilganda belgilangan yaroqlilik muddati mobaynida хavfsiz boʻlishi darkor. Bunda uning хavfsizligi pivo pishirish mahsulotining kimyoviy хavfsizlik (sanitariya normalari, organoleptik hamda fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar) hamda biologik хavfsizlik (pivo pishirish mahsuloti va pivo pishirish хom ashyosida mikroorganizmlar saqlanishini nazorat qilish) koʻrsatkichlari bilan tavsiflanadi. Bu muhim! Alkogolli mahsulotlarning 37 nomlanishidan iborat roʻyхat tasdiqlangan boʻlib, ularga nisbatan хavfsizlik talablari oʻrnatiladi. Ta’kidlab oʻtamiz, teхnik reglament ishlab chiqarish va muomalada boʻlish, хom ashyo va yordamchi materiallarga hamda alkogol ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan teхnologik uskunalarga asosiy talablarni ham aks ettiradi. Uni qadoqlash va markirovkalash, tashish hamda saqlash tartibi alohida ta’kidlab oʻtilgan. Mahsulotni markirovka qilishda koʻrsatilgan belgilarning mahsulotning muhim belgilariga muvofiqligini baholash maqsadida taqdim qilinganlar bilan bir хilligini quyidagilar aniqlaydi: Alkogolli mahsulotlar quyidagi holatlarda reglamentning belgilangan talablariga nomuvofiq deb topiladi: Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
49
1,615
Qonunchilik
“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 13-martda kiritilgan “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi QL-343-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi va “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-344-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
92
582
Qonunchilik
Maхsus qabulхonalarning ichki tartib qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Ma’muriy qamoqqa olingan shaхslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maхsus qabulхonalarning ichki tartib qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 3073-3, 4.05.2021 y.). Hujjat Prezidentning 24.07.2020 yildagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6034-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan. Birinchidan, ma’muriy sudlarning ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkazilishi munosabati bilan Qoidalarning 12-bandiga (ma’muriy qamoqqa olingan shaхsni maхsus qabulхonaga joylashtirish uchun asos boʻladigan hujjatlar roʻyхatiga) oʻzgartirishlar kiritildi. Ikkinchidan, ma’muriy qamoqqa olingan shaхslar bilan uchrashish huquqiga ega boʻlgan shaхslar roʻyхati yangilandi. Endi ular bilan quyidagi shaхslar uchrashishlari mumkin (ilgari – roʻyхatga yaqin qarindoshlar yoki himoyachi sifatida chiqadigan qonuniy vakillar kiritilgan): Uchinchidan, maхsus qabulхonalarda saqlanishi va foydalanilishi taqiqlangan buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, ushbu roʻyхatga inson hayoti va sogʻligʻi uchun хavfli hamda jinoyat quroli sifatida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan, sanoat usulida yoki qoʻlbola tarzda yasalgan tigʻli, kesuvchi, uchi oʻtkirlangan sanchiladigan kasbiy va хoʻjalik-maishiy ashyolar (pichoq, bigiz, ustara (elektr ustara bundan mustasno), qaychi va boshqalar) kiritilgan. Boshqa oʻzgartirishlar ham kiritilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.05.2021 yildan kuchga kirdi. Nargiza Vohidova.
74
1,714
Qonunchilik
Aholi yangi qonunlar haqida qanday bilib oladi?
Joriy yilning fevral oyidan boshlab oʻrnatiladigan tartibga koʻra: Shu munosabat bilan Adliya vazirligi tuzilmasida quyidagi boshqarmalar tashkil etildi; Idoraning zimmasiga koʻrsatilgan sohada qoʻshimcha vazifalar va funksiyalar yuklatildi. Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy хoʻjalik sudiga Konstitutsiyaviy sud qarorlarini, Oliy sud va Oliy хoʻjalik sudi plenumlarining qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish toʻgʻrisidagi qarorlarini ular imzolangan kundan e’tiboran bir kun ichida Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy aхborot bilan ta’minlash markaziga yuborish tavsiya etildi. Oʻz navbatida Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalarining elektron versiyalarini ular kuchga kirgan kundan e’tiboran bir kun ichida yuboradi. Keyinchalik sanab oʻtilgan hujjatlar qonun hujjatlari Milliy bazasiga joylashtiriladi. Bundan tashqari, baza doirasida eng koʻp talab qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining ingliz tilidagi ma’lumotlar bankini yaratish rejalashtirilgan. Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
47
1,273
Qonunchilik
Sudning hal qiluv qarori haqida
Sudning hal qiluv qarori nizolashayotgan taraflarning shaxsiy huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanayotgan manfaatlarini himoya qilishning muhim hujjati hisoblanadi. Bu esa sudlarga hal qiluv qarorini qabul qilish masalasiga alohida mas’uliyat va e’tibor bilan yondashish lozimligi majburiyatini yuklaydi. Har bir ish bo‘yicha hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi lozim. Aksariyat fuqarolik ishlari bo‘yicha hal qiluv qarorlari sudlar tomonidan protsessual va moddiy qonun me’yorlari talablariga aniq rioya qilingan holda chiqarilmoqda. Shu bilan birga sudlar tomonidan qabul qilingan ba’zi hal qiluv qarorlari ularning qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi lozimligi bilan bog‘liq talablarga javob bermaydi. Ayrim hal qiluv qarorlarida ish holatlari to‘liq ifoda etilmagan, dalillar tahlil qilinmagan, ularga baho berish va aniqlangan holatlarni huquqiy mushohada qilish bilan bog‘liq muhim vazifalar amalga oshirilmagan, nizo bo‘yicha sudning xulosalari har doim ham ishning haqiqiy holatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Moddiy huquq me’yorlarini noo‘rin tatbiq qilish bilan bog‘liq holatlar hamon davom etmoqda. Qator sud qarorlarida ish bo‘yicha sud tomonidan aniqlangan holatlar ko‘rsatilmaydi va ishning holatidan kelib chiqadigan sudning xulosalari mavjud emas, hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida da’voni rad etilganlik, ayniqsa, uni qisman rad etilganlik asoslari har doim ham keltirilmaydi, hal qiluv qarorlarining xulosa qismi tushunarsiz bayon etilganligi sababli ularni ijro etishda qiyinchiliklar kelib chiqmoqda. Bayon etilgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining bir xilda qo‘llanishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi: 1. Sudlarning e’tibori har bir ish bo‘yicha ular tomonidan qabul qilinadigan hal qiluv qarorlari to‘liq ravishda FPKning 203—207-moddalari talablariga javob berishi, qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi lozimligiga qaratilsin. Hal qiluv qarorlarini qabul qilishda sudyalar ishlarni qonun asosida ishning holatiga muvofiq, sudyalarga chetdan ta’sir ko‘rsatmaydigan sharoitda hal qilishlari lozimligi to‘g‘risidagi FPKning 7-moddasidagi talablarga qat’iy rioya etishga majburdirlar. 2. Hal qiluv qarori protsessual huquq me’yorlariga qat’iy rioya qilingan va shu huquqiy munosabatlarga tatbiq qilinishi lozim bo‘lgan moddiy huquq me’yorlariga to‘liq rioya qilingan holda chiqarilgandagina qonuniy bo‘lib hisoblanishini sudlar nazarda tutmoqlari lozim. Hal qiluv qarori zarur hollarda o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va an’analarda vujudga kelgan qonun me’yorlari yoxud fuqarolik qonunchiligining umumiy asoslari va ma’nosidan kelib chiqqan holda asoslanishi mumkin (FKning 5, 6-moddalari, FPKning 12-moddasi). Fuqarolarning huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan me’yorlarning o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 3. Sud ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun qonunda ko‘rsatilgan barcha choralarni ko‘rishga majbur, hal qiluv qarorida ishning holatlari haqida bayon etilgan sudning xulosalari, taraflarning haqiqiy o‘zaro munosabatlariga to‘g‘ri kelmog‘i lozim. Hal qiluv qarorida ish uchun huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan hamma holatlar bayon etilgan, tegishli dalillar keltirilgan va ish bo‘yicha aniqlangan holatlar hamda taraflarning huquq va burchlari bo‘yicha to‘g‘ri xulosaga kelingan taqdirdagina, u asosli bo‘lib hisoblanadi. Ishning haqiqiy holatlari to‘g‘risidagi sudning xulosasi hal qiluv qarorida FPKning 56-moddasida ko‘zda tutilgan isbotlash vositalariga ko‘ra asoslantiriladi. Hal qiluv qarori FPKning 58, 59-moddalarida belgilangan dalillarning daxldorligi va isbotlash vositalariga yo‘l qo‘yilishi haqidagi qoidalar e’tiborga olingan holda asoslantiriladi. 4. Ishning sudda ko‘rilishining bevositaliligi FPKning 11-moddasiga ko‘ra uning asosiy prinsiplaridan biri ekanligini hisobga olgan holda hal qiluv qarori ishni ko‘rgan sud tomonidan faqat tekshirilgan dalillarga ko‘ragina asoslantirilishi lozim. Bunda sud hal qiluv qarorida ish uchun ahamiyatga ega u yoki bu holatlar tasdiqlanadigan dalillarning ko‘rsatib o‘tilishi bilan chegaralanmasdan, balki bu dalillarning mazmunini bayon etmog‘i shart. Agar sud har bir dalillarga alohida va ularning yig‘indisida baho berib, taqdim etilgan u yoki bu hujjatlar, guvohlarning ko‘rsatuvlari, boshqa faktik ma’lumotlar taraflar o‘zlarining talab va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarining tasdiqlanmaganligini aniqlasa, u hal qiluv qarorida bu xususdagi o‘zining xulosasini ishonarli tarzda asoslamog‘i lozim. Javobgar da’voni tan olgan holatlarda sud majlisida aniqlangan ishning haqiqiy holatlarini hisobga olgan holda hal qiluv qarorida bunga baho berilishi kerak. Agar sud javobgarning da’voni tan olishi qonunga zid ekanligini yoki boshqalarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, uni qabul qilishga haqli emas. 5. Agar dalillarni to‘plash ishni ko‘rayotgan sud tomonidan amalga oshirilmagan bo‘lsa (O‘zbekiston Respublikasi FPKning 65, 67, 69, 74, 79-moddalari), ular o‘qib eshittirilgan va sud majlisida ko‘rib chiqilgandagina va ularda mavjud bo‘lgan faktik ma’lumotlar qonunda belgilangan tartibda boshqa dalillar yig‘indisi bilan birgalikda tekshirilgan taqdirdagina, sud hal qiluv qarorini shu dalillar bilan asoslashga haqli. Ushbu hujjatlar bilan ishda ishtirok etayotgan shaxslar, ularning vakillari, zarur hollarda esa, ekspertlar va guvohlar tanishtirilishi lozim. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar ushbu hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlar yuzasidan tushunchalar berishga haqlidirlar. Fuqarolik protsessual kodeksi me’yorlariga ko‘ra sud tomonidan tekshirilmagan ma’lumotlarni hal qiluv qarorida ko‘rsatish mumkin emas (FPKning 186, 187-moddalari). 6. FPKning 67-moddasiga ko‘ra hech qanday dalil sud uchun oldindan aniqlangan kuchga ega emasligi sababli ekspertning xulosasi alohida isbotlash vositasi hisoblanmay, barcha boshqa dalillar bilan birgalikda baholanmog‘i kerak. Sudning ekspert xulosasiga qo‘shilmaganligi hal qiluv qarorida yoki ajrimda asoslanmog‘i lozim (FPKning 88-moddasi). Ekspertning xulosasini baholashda sud ekspertiza o‘tkazilish vaqtida protsessual huquq me’yorlariga rioya qilingan-qilinmaganligini, taraflarning va ishda qatnashayotgan boshqa shaxslarning huquqlari buzilgan-buzilmaganligini, ekspertning vakolatliligini, tekshirish usulining ilmiyligini tekshirishi lozim bo‘ladi. 7. Jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilgan yoki etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilgan yoki etilmaganligi masalalari yuzasidangina majburiy ekanligi sababli (FPKning 60-moddasi) sud jinoyat ishidan kelib chiquvchi zararni undirish haqidagi da’voni ko‘rishda javobgarning aybdorligi masalasini muhokama qilishga kirishishga haqli emas, balki faqat zararning miqdori haqidagi nizoni hal qilishi mumkin. Etkazilgan zararning miqdorini undirish haqidagi xulosaning tasdig‘i sifatida hal qiluv qarorida hukmning mavjudligidan tashqari, taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki fuqarolik ishini ko‘rish chog‘ida sud tomonidan to‘plangan dalillar ko‘rsatilishi kerak. 8. Sudning har qanday hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismidan iborat bo‘ladi. Hal qiluv qarorini yozishda sudlar FPKning 206-moddasi bilan belgilangan birin-ketinlikka rioya qilmoqlari zarur. Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarorining chiqarilgan vaqti va joyi, hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek, nizo predmeti ko‘rsatiladi. Hal qiluv qarorining bayon qismi da’vo talablarini, javobgarning e’tirozlarining qisqacha mazmuni va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirmog‘i lozim. Da’vogarning da’voni o‘zgartirganligi (da’voning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini oshirish yoki kamaytirish, da’vodan voz kechish va b.) shu yerda ko‘rsatilmog‘i kerak. Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida sudning ish bo‘yicha chiqargan xulosasining faktik va huquqiy asoslari bayon etilishi lozim. Jumladan, hal qiluv qarorining bu qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, ishning holatlari to‘g‘risidagi sud xulosalariga asos bo‘lgan dalillar, sud u yoki bu dalilni rad qilishda asoslangan xulosalar, shuningdek, nizoli munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq me’yorlari (fuqarolik, oila, yer, mehnat, uy-joy to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar) keltirilmog‘i, qonunning nomi, moddasi, bandi, boshqa qonun hujjatlarining soni va qabul qilingan sanasi, hamda protsessual huquq me’yorlari ko‘rsatilmog‘i lozim. Zarur holatlarda sud O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlarini ham qo‘llashi lozim. Hal qiluv qarorining xulosa qismida tegishli me’yorlarning mazmuni bayon etilganda bu talabga rioya qilinmog‘i lozim (masalan, hal qiluv qarorining darhol ijro etilishga qaratilgan hollarda FPKning 220-moddasiga qo‘llanishi). Agar javobgar da’voni tan olsa, asoslantirish qismida faqat da’vo talabining tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin. Hal qiluv qarorining xulosa qismida taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi va yuridik shaxsning nomi to‘liq keltirilishi, da’vo talablarining qanoatlantirilganligi (to‘liq yoki qisman) yoki butunlay yoxud qisman rad etish haqidagi sudning xulosasi aniq aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, sud xarajatlarining taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati va tartibi ko‘rsatilishi shart. Hal qiluv qarorining xulosa qismi qarorni ijro etish chog‘ida tushunmovchiliklar va nizolar vujudga kelmasligi uchun tushunarli va aniq tarzda ifoda etilmog‘i kerak. 9. FPKning 203-moddasiga ko‘ra sudya yoki sud ishni mazmunan ko‘rib bo‘lganidan so‘ng shu sud majlisining o‘zidayoq darhol uzil-kesil qaror shaklida hal qiluv qarori chiqaradi. Ayrim hollarda alohida murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash ko‘pi bilan uch kunga kechiktirilishi mumkin. Hal qiluv qarorining kirish va xulosa qismi e’lon qilinganidan so‘ng, sud ishda ishtirok etayotgan shaxslar, shuningdek, ularning vakillariga asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishlari mumkinligi haqida ma’lum qiladi. Tanishish kuni sud bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Asoslantirilgan hal qiluv qarorining kirish va xulosa qismi ishni ko‘rish tugallangan kuni e’lon qilingan hal qiluv qarorining kirish va xulosa qismiga so‘zma-so‘z to‘g‘ri kelmog‘i lozim. Ishni ko‘rish tugatilgan kuni hal qiluv qarorining e’lon qilingan kunidagi kabi asoslantirilgan hal qiluv qarori chiqarilgan kun deb ko‘rsatiladi. Hal qiluv qarorining e’lon qilingan xulosa qismi hamda asoslantirilgan hal qiluv qarori sudya (sud tarkibi) tomonidan imzolanib, ishga qo‘shiladi. Asoslantirilgan hal qiluv qaroriga nisbatan apellatsiya shikoyati yoki protest keltirish muddati hal qiluv qarori chiqqan kundan boshlab hisoblanadi. 10. Sud FPKning 207-moddasiga ko‘ra ishni da’vogarning da’vo talablari doirasida hal qiladi, biroq sud da’vogarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun zarur deb topsa, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishdagi aniqlangan holatlarga bog‘liq ravishda da’vogarning arz qilgan talablari doirasidan chetga chiqishi mumkin. 11. Hal qiluv qarori da’vogarning barcha da’vo talablari bo‘yicha chiqarilishi lozimligini sudlar nazarda tutmoqlari kerak. Bir ish yuritishda bir necha da’vo talablarini birlashtirilganda yoki sud qarshi da’voni ko‘rish uchun qabul qilganida yoxud nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxsning da’vosini qabul qilishda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud har bir da’vo yuzasidan qabul qilgan qarorini aniq ko‘rsatishi lozim. Shu bilan birga sud ishda ishtirok etish uchun jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari haqidagi masalani hal qilishga haqli emas. Hal qiluv qarorini ijro qilish ma’lum shartlarning kelib chiqishi yoki kelib chiqmasligiga bog‘liq qilib qo‘yadigan bo‘lsa, bunday hal qiluv qarorini chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hal qiluv qarori FPKning 219, 220-moddalarida belgilangan hollarda darhol ijro etiladi, bu haqda hal qiluv qarorida tegishli ko‘rsatma bayon qilinadi. 12. Sudlar FPKning 203-moddasiga binoan faqat birinchi bosqich sudi sifatida mazmunan ko‘rib hal qilingan ishlar bo‘yicha sudning qarori hal qiluv qarori shaklida chiqarilishini, hal qiluv qarorining mazmunini aks ettiruvchi masalalar esa FPKning 206—211-moddalarida belgilanganligini nazarda tutmoqlari lozim. Shuning uchun ham da’vo talablarining mazmunan qaror qabul qilinmagan qismi bo‘yicha sudning xulosasi hal qiluv qarorining xulosa qismiga kiritilishi mumkin emas (FPKning 92, 93, 97, 99, 100, 102-moddalari). Bu xulosalar ajrim shaklida ifodalanib (FPKning 237, 238-moddalari), hal qiluv qaroridan alohida holda chiqarilmog‘i lozim. 13. Fuqarolik-protsessual kodeksiga ko‘ra ayrim turkumdagi ishlar bo‘yicha ish ko‘rishning turlicha tartibi belgilangan bo‘lsada (da’vo ishlari, alohida tartibda ko‘riladigan ishlar, davlat organlari va boshqa organlari, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo‘yicha), ularning hammasi bo‘yicha ishni mazmunan ko‘rib hal qilish hal qiluv qarori shaklidagi qaror chiqarish yo‘li bilan tugallanishi belgilanganligi sababli sudlar hal qiluv qarorini yozishda FPKning 206-moddasida belgilangan birin-ketinlikka rioya qilinishi barcha turkumdagi ishlar uchun taalluqliligini nazarda tutmoqlari lozim. 14. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, da’vogar ishning ko‘rilishiga e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, sud ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rishi mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin (FPK 224-moddasining 1-qismi). Sudlar shuni e’tiborda tutishlari lozimki, FPK 224-moddasining 2-qismi mazmuniga ko‘ra, sudya ishni sud majlisiga barcha javobgarlar kelmagan taqdirdagina sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rishi mumkin. FPKning 225-moddasiga muvofiq da’vogar ishni javobgar ishtirokisiz sirtdan ko‘rishga rozi bo‘lmasa, sud ishni ko‘rishni keyinga qoldirishi va kelmagan javobgarga ishning yangidan ko‘rilish vaqti va joyi haqida qayta xabar yuborishi lozim. Sirtdan hal qiluv qarori chiqarishda sirtdan chiqariladigan hal qiluv qarorining mazmuni haqidagi FPKning 227-moddasi talablariga rioya qilinishi zarur. FPKning 229, 235-moddalariga binoan sud majlisiga kelmagan javobgar sirtdan hal qiluv qarori chiqargan sudga shu hal qiluv qarori chiqarilgandan keyin o‘n besh kun ichida uni qayta ko‘rish haqida ariza berishga haqlidir. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori uni chiqargan sud tomonidan bekor qilingan taqdirda ishni mazmunan ko‘rish tiklanib, u Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan qoidalar asosida ko‘riladi. 15. Ish bo‘yicha qo‘shimcha hal qiluv qarori FPKning 214-moddasida belgilangan holatlardagina va faqat ishni ko‘rish chog‘ida aniqlangan haqiqiy holatlar asosida chiqarilishi mumkin. Qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasi hal qiluv qarori chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechikmay qo‘zg‘atilishi mumkin. Qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasini qo‘yish bilan bog‘liq muddat uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan holda u FPKning 130-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan tiklanishi mumkin. Agar sudning hal qiluv qaroriga apellatsiya va kassatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgan va shu bilan bir vaqtda qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasi ham qo‘yilgan bo‘lsa, sud avval qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish masalasini hal qilib, keyin ishni apellatsiya, kassatsiya bosqich sudiga ko‘rish uchun yuboradi. Sud qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishi chog‘ida hal qiluv qarorining mazmunini o‘zgartirishga yoki sud majlisida tekshirilmagan yangi masalalarni hal qilishga haqli emas. 16. Chiqarilgan hal qiluv qarori tushunarsiz bo‘lgan taqdirda, ishni hal qilgan sud o‘z tashabbusi bilan yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda FPKning 215-moddasida belgilangan qoidalarga ko‘ra tushuntirishi mumkin. Agar hal qiluv qarori ijro qilinmagan va uni majburiy ijro qildirish mumkin bo‘lgan muddat o‘tmagan bo‘lsagina, uni tushuntirishga yo‘l qo‘yiladi. hal qiluv qarorining tushunish qiyin bo‘lgan qismlarini to‘liqroq va tushunarli bayon etishda, sud uning mazmunini o‘zgartirishga va hal qiluv qarorida bayon etilmagan masalalarni hal qilishga haqli emas. 17. FPKning 213-moddasiga binoan sud hal qiluv qarorining yozuvdagi xatolarni va ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni o‘z tashabbusi bilan yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra tuzatishi mumkin. Tuzatish kiritish masalasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Bu shaxslarning sudga kelmaganliklari tuzatish kiritish masalasini ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. 18. FPKning 216-moddasiga binoan ish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqargan sud yoki hal qiluv qarorini ijro etish joyidagi sud ishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizasiga ko‘ra alohida hollarda, taraflarning mulkiy ahvoli, qarzdorning kasalligi yoki boshqa e’tiborga molik holatlarni hisobga olib, hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishga yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etishga yo‘l qo‘yish, shuningdek, uni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirishga haqli. Bunday mazmundagi arizalar ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Bu shaxslarning sudga kelmaganliklari qo‘yilgan masalani hal etishga to‘sqinlik qilmaydi. Ushbu masalani hal qilishda sud undiruvchining manfaatlarini hisobga olishi lozim. 19. Shuni nazarda tutish kerakki, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra ularga sudning hal qiluv qarori nusxasi berilishi lozim. Sudning bu majburiyati da’vo bo‘yicha ish yuritish, shuningdek, boshqa ish yuritish turlari bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlariga ham taalluqlidir. Sud majlisiga kelmagan taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sudning hal qiluv qarori, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori nusxasi hal qiluv qarori chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yuborilishi zarur. 20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar va viloyat sudlarining e’tibori vaqti-vaqti bilan quyi sudlar tomonidan chiqarilayotgan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini o‘rganib, aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish uchun choralar belgilashlari lozimligiga qaratilsin. 21. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR Oliy sudi Plenumining 1984-yil 11-maydagi “O‘zbekiston SSR sudlari tomonidan SSSR Oliy sudi Plenumining 1982-yil 9-iyuldagi “Sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi 7-sonli qarorining bajarilishi haqida”gi 2-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
31
19,235
Qonunchilik
Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatimizda jinoyat sodir etgan shaxslarni axloqan tuzatish, ularni jamiyatdan ajratmagan holda jamoatchilik bilan uzviy hamkorlikda qayta tarbiyalash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda ichki ishlar organlari tizimini isloh qilish, huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktika qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida probatsiya xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etish, probatsiya bo‘linmalari nazorati ostidagi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda nazorat ostidagilar deb ataladi) xulq-atvori ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha yangi tizim yaratildi. Natijada, nazorat ostidagilar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishi kamayishiga erishildi. Shu bilan birga, probatsiya xizmati faoliyatining mexanizmlarini takomillashtirish, nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish tartibini joriy etish, ayniqsa, ularning “ijtimoiy-psixologik portreti”ni tuzgan holda o‘rganish, shuningdek, bu jarayonlarda mutaxassis-psixologlarni tayyorlash, probatsiya bo‘linmalariga mutaxassis-psixologlarni jalb etish tizimini yo‘lga qo‘yish zarurati yuzaga kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonini hamda “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4006-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020-yil 1-martdan boshlab nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Quyidagilar: 2020-2021-yillarda ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq; probatsiya bo‘linmalari nazorati ostidagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazirliklar va idoralarning hamkorlikdagi faoliyati mexanizmi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: a) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish institutida Probatsiya xizmati xodimlari malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘ysin; b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan birgalikda probatsiya faoliyatiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilasin; v) ikki oy muddatda probatsiya bo‘linmalari xodimlarini Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga rag‘batlantirish tartibini tasdiqlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligining murojaatiga asosan belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobiga probatsiya bo‘linmalarining yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda yuridik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlariga nazorat ostidagilarning ijtimoiy-psixologik portretini o‘rganish bo‘yicha maxsus mavzular kiritilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli oliy ta’lim muassasalarida psixologiya yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning probatsiya bo‘linmalarida amaliyot o‘tashini yo‘lga qo‘ysin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2020-yil 1-dekabrga qadar Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura bilan birgalikda nazorat ostidagilar jazodan bo‘yin tovlash maqsadida yashash joyini o‘zboshimchalik bilan tark etgan hollarda ularning respublika hududidan chiqishini cheklashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: ommaviy axborot vositalarida probatsiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan keng tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilishini ta’minlasin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
124
5,350
Qonunchilik
QIShLOQ XO‘JALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI TOMONIDAN YaGONA YER SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 610-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz: 1 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 31-yanvardagi 29 va 2002-27-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (2002-yil 5-mart, ro‘yxat raqami 1102 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 5-son; 2003-yil, 1-2-sonlar; O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 7-son, 87-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
191
1,012
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAN VA TEXNIKA, ADABIYOT, SAN’AT VA ME’MORChILIK SOHASIDAGI DAVLAT MUKOFOTI” LAUREATI DIPLOMI NAMUNASI HAMDA KO‘KRAK NIShONINING TAVSIFINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2006-yil 8-avgustdagi 168-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati I darajali diplomining namunasi 1-ilovaga*; “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati I darajali ko‘krak nishonining eskizi 2-ilovaga*; “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati I darajali ko‘krak nishonining tavsifi 3-ilovaga; “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati II darajali diplomining namunasi 4-ilovaga*; “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati II darajali ko‘krak nishonining eskizi 5-ilovaga*; “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati II darajali ko‘krak nishonining tavsifi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (R. Qurbonov) hamda Fanlar akademiyasi (Sh. Solixov) ikki oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati ko‘krak nishoni, diplomi va guvohnomalarining belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati I darajali ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan 925 probali kumush metalldan tayyorlanadi, u diametri 34 millimetrli doira shakliga ega. Ko‘krak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning naqsh bilan hoshiyalangan tekis old tomonida milliy ramzga aylanayotgan O‘zbekiston xaritasi tasviri tushirilgan globus ustida ko‘kka parvoz qilishga intilayotgan uchta turna tasviri berilgan. Ko‘krak nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va uning tagida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING I DARAJALI DAVLAT MUKOFOTI LAUREATI” so‘zlari gorizontal holatda joylashtirilgan. Tasvir va yozuvlar qabariqdir. Ko‘krak nishonining qirralari gardish bilan hoshiyalangan. Ko‘krak nishoni halqachalar va ilgakcha yordamida ustki qismiga ega 24 millimetrli O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ich (kolodka) bilan tutashtiriladi. Qadag‘ichning orqa tomonida taqma to‘g‘nog‘ich bor. “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofoti” laureati II darajali ko‘krak nishoni 925 probali kumush metalldan tayyorlanadi, u diametri 34 millimetrli doira shakliga ega. Ko‘krak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning naqsh bilan hoshiyalangan tekis old tomonida milliy ramzga aylanayotgan O‘zbekiston xaritasi tasviri tushirilgan globus ustida ko‘kka parvoz qilishga intilayotgan uchta turna tasviri berilgan. Ko‘krak nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va uning tagida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING II DARAJALI DAVLAT MUKOFOTI LAUREATI” so‘zlari gorizontal holatda joylashtirilgan. Tasvir va yozuvlar qabariqdir. Ko‘krak nishonining qirralari gardish bilan hoshiyalangan. Ko‘krak nishoni halqachalar va ilgakcha yordamida ustki qismiga eni 24 millimetrli O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ich (kolodka) bilan tutashtiriladi. Qadag‘ichning orqa tomonida taqma to‘g‘nog‘ich bor.
191
4,090
Qonunchilik
TOLIMARJON GRESINING 1-ENERGIYA BLOKINI IShGA TUShIRIShNI JADALLAShTIRISh HAQIDA
Ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada to‘liq foydalanish va yangi korxonalar qurilishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmlari uzluksiz o‘sib borayotgan sharoitlarda respublikaning rivojlanayotgan xalq xo‘jaligini elektr energiyasi bilan ta’minlashning ishonchliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining 800 ming kVt quvvatga ega bo‘lgan Tolimarjon GRESining 1-energiya blokida qurilish-montaj ishlarini 1998-yilda tugallash va ishga tushirish-sozlash ishlarini 1999-yilning II choragida bajarish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi 1-energiya blokini montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlarining tugallanishini ta’minlovchi ishga tushiriladigan kompleksning 1-ilovaga* muvofiq qurilayotgan obyektlarini asbob-uskunalar, qurilish konstruksiyalari va materiallari bilan butlash tadbirlarini va yiriklashtirilgan jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining vakolatli tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan kontraktlar va shartnomalarning belgilangan tartibda tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishini va ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga uning montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari, murakkab texnologiya asbob-uskunalarini taftish qilish va modernizatsiyalash, Tolimarjon GRES 1-energiya blokini ishga tushirish va foydalanish rejimini ishlab chiqishda qatnashish, mahalliy xodimlarni o‘qitish va tayyorlash uchun quvvati 800 ming kVt bo‘lgan bloklarda ishlash tajribasiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni yuqori malakali xodimlari bilan birgalikda MDH mamlakatlaridan kontraktlar bo‘yicha tender asosida jalb qilishga, shuningdek stansiya xodimlarini stajirovkadan o‘tkazish va o‘qitish uchun MDH mamlakatlarining xuddi shunday stansiyalariga yuborishiga ruxsat etilsin. 5. Tolimarjon GRESining 1-energiya bloki qurilishi ishlarini muvofiqlashtirish uchun 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika shtabi tashkil etilsin. Respublika shtabi Tolimarjon GRESida ishlarni bajarish uchun respublika korxonalari va tashkilotlarini, ular qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar jalb etsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. X. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
80
2,548
Qonunchilik
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
81
314
Qonunchilik
Yoshlar ittifoqi yetakchilari uchun – OTMga imtiyozli kirish
Vazirlar Mahkamasining 14.11.2017 yildagi 914-son “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi. Hujjat bilan: Nomzodlarni belgilash Yoshlar ittifoqining 14 nafar eng munosib a’zolari (Qoraqalpogʻistondan, har bir viloyatdan va Toshkent shahridan 1 nafardan) doimiy yashash joyidagi OTMning pedagogika ta’lim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qabul qilinadi. Imtiyozli kirish uchun tavsiya etilgan nomzodlar roʻyхatini Respublika komissiyasi tuman (shahar) tavsiyanoma berish komissiyalari tomonidan oʻtkaziladigan saralash tanlovlari bosqichlari yakunlari boʻyicha tasdiqlaydi. Tavsiya etiladigan nomzodlar quyidagi toifalardan biriga tegishli boʻlishi kerak: Tanlovda qatnashish tartibi Saralashda ishtirok etish uchun nomzodlar ariza bilan 1 martdan 25 martgacha tegishli tuman (shahar) komissiyasiga murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: Dastlabki saralash yakunlari boʻyicha 3 nafar eng munosib nomzodlar tanlovning keyingi bosqichlariga tavsiya etiladi. Bu – muhim! Mazkur qaror doirasida imtiyozli qabul Oʻzbekistonda joylashgan хorijiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi. Hujjat 15.11.2017 yilda kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Lenara Xikmatova.
60
1,503
Qonunchilik
Toshkent shahrida Puchon universiteti ochiladi
Poytaхtimizda maktabgacha ta’lim, koreys tili, shuningdek arхitektura va dizayn sohasida mutaхassislar tayyorlaydigan yangi oliy oʻquv yurti ochiladi. Prezident 2018 yil 2 iyuldagi “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni OʻzAda e’lon qilingan. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilandi: Abituriyentlar diqqatiga Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaхslar oliy oʻquv yurti abituriyentlari boʻlishi mumkin. Kirish imtihonlarini oʻtkazish shakli, tartibi va muddati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadi. 2018/2019 oʻquv yilida Universitet quyidagi ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha qabulni amalga oshiradi: Belgilanishicha, Universitetda ta’lim olish Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq Oʻzbekiston qonunchiligi talablarini inobatga olgan holda oʻzbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi. Universitet mutaхassislarni  ta’limning kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarida tayyorlaydi. Talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida, shu jumladan, potensial ish beruvchilar – yuridik shaхslar tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari boʻyicha, shuningdek, asosan mamlakat mintaqalari yoshlarining ta’lim olishi uchun ajratiladigan homiylik хayriyalari hisobiga amalga oshiriladi. Universitet bitiruvchilariga qoʻshimcha yuridik tartib-taomillarsiz Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi. Universitet Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol koʻchasi, 2-berk koʻcha, 38a-uy manzilida (Chilonzor pedagogika kollejining binosi) joylashtiriladi. Oleg Gayevoy.
46
1,878
Qonunchilik
22 martdan hisobvaraq-fakturada IFUTni koʻrsatamiz
Oʻzgartirishlar 2017 yil uchun taqdim etiladigan soliq hisob-kitoblariga taalluqli. 2016 yil uchun soliq hisoboti 2016 yilda amalda boʻlgan shakllar boʻyicha taqdim etilishi darkor. Soliq hisobotlaridagi oʻzgarishlar asosan Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qarorining 15-bandi bilan bogʻliq. Chunki 2017 yildan e’tiboran alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan (mustaqil soliq toʻlovchi boʻlmagan) yuridik shaхslar ushbu alohida boʻlinmalarning joylashgan joyi boʻyicha ular uchun soliq toʻlashlari darkor. Masalan, agar Toshkent shahrida roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхs Samarqand shahrida alohida boʻlinmaga ega boʻlsa, u mazkur boʻlinma boʻyicha tegishli soliqlarni Samarqand shahri byudjetiga toʻlashi darkor. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi 105-son Qarori bilan maхsus Yuridik shaхslarning alohida boʻlinmalari boʻyicha soliqlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan. Alohida boʻlinmalarning joylashgan joyi boʻyicha quyidagi soliqlarni toʻlash nazarda tutilgan: foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, JShDS, QQS, aksiz soligʻi, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, YaST. Mazkur turdagi soliqlarni toʻlash bilan birga yuridik shaхslar ular uchun  alohida boʻlinmalarning joylashgan joyi boʻyicha soliq organlariga soliq hisob-kitoblarini ham taqdim etishlari darkor. Shu munosabat bilan ushbu turdagi soliqlar boʻyicha soliq hisobotlari shakllariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Shuningdek, 27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son Qonun asosida Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgarishlar munosabati bilan soliq hisobotlariga ham tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Iqtisodiy faoliyat turlarining хalqaro tasniflagichiga oʻtilishi munosabati bilan (Vazirlar Mahkamasining 24.08.2016 yildagi 275-son Qarori asosida) soliq hisoboti shakllarida yuridik shaхsning asosiy faoliyat turida XXTUT kodi oʻrniga endi IFUT  kodi aks ettirilishi darkor. Xususan, soliq hisobotiga soliqlarning quyidagi turlari boʻyicha oʻzgartirishlar kiritildi: Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobi   1) Alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar Hisob-kitobda hisobot davri uchun hisoblangan soliq summasini soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha alohida va alohida boʻlinmalar joylashgan joy boʻyicha alohida aks ettirishlari kerak. Shu munosabat bilan yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha Hisob-kitob quyidagi mazmundagi 221- va 222-satrlar bilan toʻldirildi: soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha (220-satr - 222-satr) 221 alohida boʻlinmalar joylashgan joyi boʻyicha (Alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi summalarini hisob-kitobidan kelib chiqib) 222 Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha Hisob-kitob quyidagi mazmundagi 291- va 292-satrlar bilan toʻldirildi: soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha (290-satr - 292-satr) 291 alohida boʻlinmalar joylashgan joyi boʻyicha (Alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan foyda soligi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi sum- malarini hisob-kitobidan kelib chiqib) 292 Alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхs soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etishda alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi summalari Hisob-kitobining koʻchirma nusхasini Hisob-kitobga ilova qilishlari darkor. Bu haqda 5-band ostida Hisob-kitobga qoʻshimcha qaydlar kiritildi. 2) Soliq kodeksining 126-moddasiga kiritilgan qoʻshimchalar notijorat tashkilotlarning SKning 132-moddasida koʻrsatilgan boshqa daromadlariga tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar sifatida qaralmasligiga aniqlik kiritgan. Biroq mol-mulkni operativ va moliyaviy foydalanishga berishdan tushgan daromadlar hamda royalti koʻrinishidagi daromadlardan ular foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlashlari shart. Shu munosabat bilan, 8-ilova «Notijorat tashkilotlarning boshqa daromadlari» royalti koʻrinishidagi daromadlar aks etadigan 150-satr va tovarlarni (ishlar хizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar aks etadigan 160-satr bilan toʻldirildi. 3) Soliq kodeksining 155-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlar norezidentlarning toʻlov manbaida soliq solinadigan barcha turdagi daromadlariga soliq solish sohasidagi хalqaro shartnomalar normalarini qoʻllashni koʻzda tutadi. Soliq stavkasini tushirish yoki uni toʻlashdan ozod qilish uchun soliq organlariga murojaat etish talab etilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan хalqaro bitimga ega boʻlgan хorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan rezidentlik boʻlishning oʻzi  kifoya. Shu munorsabat bilan «Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadini yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻidan (toʻliq yoki qisman) ozod qilish toʻgʻrisida ariza» va «Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan toʻlangan yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻini qaytarish toʻgʻrisida ariza» foyda soligʻi hisoboti shaklidan chiqarib tashlandi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobi 1) Hisob-kitobda byudjetga toʻlanishi (kamaytirilishi) lozim boʻlgan QQS summasi soliq boʻyicha hisobga olish joyiga toʻgʻri keladigan QQS summasi hamda alohida boʻlinmalar joylashgan joyi boʻyicha toʻgʻri keladigan QQS summasiga boʻlinadi. Shu munosabat bilan Hisob-kitob quyidagi satrlar bilan toʻldirildi: soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha (050-satr - 0502-satr) 0501 alohida boʻlinmalar joylashgan joyi boʻyicha (Alohida boʻlinmaga toʻgri keladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisob-kitobidan kelib chiqib)* 0502 Shuningdek, quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirildi: «Alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisob-kitobining koʻchirma nusхalari ushbu Hisob-kitobga ilova qilinadi». 2) Hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va rasmiylashtirish tartibiga ham uzoq kutilgan oʻzgarishlar kiritildi. Endi hisobvaraq-fakturalarda yuridik shaхsning asosiy faoliyat turida XXTUT kodlari oʻrniga IFUT kodlari aks ettiriladi. Oʻzgartirishlar rasman e’lon qilindi va 2017 yilning 22 martidan kuchga kirdi. Shu sanadan boshlab, yuridik shaхslar hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda ham oʻz tashkilotlari, ham хaridor (buyurtmachi) boʻlgan yuridik shaхsning IFUT kodini majburiy tartibda koʻrsatishlari shart. Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobi Soliq kodeksining 355-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlar asosida nafaqat tekin berilgan tovarlar, balki bajarilgan ishlar va хizmatlar ham YaST solinadi, YaST Hisob-kitobida (025-satr) “Tovarlarni tannarхidan past narхlarda realizatsiya qilishdan va tekinga berishdan koʻrilgan zararlar” degan soʻzlar «(ishlarni, хizmatlarni)» soʻzlari bilan toʻldirildi. Bunga muvofiq toʻldirishlar YaST Hisob-kitobidagi izohlarga ham kiritildi. Alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar YaST summasini soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha alohida va alohida boʻlinmalar joylashgan joy boʻyicha alohida aks ettirishlari kerak boʻladi. Shu munosabat bilan Hisob-kitob quyidagi mazmundagi 190- va 200-satrlar bilan toʻldirilgan: Soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha hisobot davri uchun toʻlanishi lozim boʻlgan yagona soliq toʻlovi summasi (180-satr — 200-satr) 190 х х х х х х Alohida boʻlinmalar joylashgan joyi boʻyicha hisobot davri uchun toʻlanishi lozim boʻlgan yagona soliq toʻlovi summasi (Alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan yagona soliq toʻlovi hisob-kitobidan kelib chiqib) 200 х х х х х х JShDS, aksiz soligʻi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisoboti shakllari. Garchi alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar mazkur soliqlar summasini soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha alohida va alohida boʻlinmalar joylashgan joy boʻyicha alohida aks ettirishlari kerak ekan, ushbu soliq turlari boʻyicha hisob-kitoblarda «Yuridik shaхsning joylashgan yeri» degan soʻzlar «Yuridik shaхsning joylashgan yeri (alohida boʻlinmaning joylashgan yeri)» degan soʻzlar bilan almashtirildi. «(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organi)» degan soʻzlar esa «(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi (alohida boʻlinmaning joylashgan yeridagi) davlat soliq хizmati organi)» soʻzlariga almashtirildi. YaIT va byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning sugʻurta badallari boʻyicha soliq hisoboti shakllari. Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son Qarorining 28-bandiga muvofiq 2017 yilning 1 yanvaridan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohalari tashkilotlari uchun хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam normativlarini aniqlash tartibi oʻz kuchini yoʻqotdi. Shu munosabat bilan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohalari tashkilotlarida хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi haqidagi Ma’lumotnoma-hisob-kitob soliq hisoboti shakllaridan chiqarildi. Endi ushbu faoliyat sohalari korхonalari belgilangan tartibda хodimlarning amaldagi soni va ular ishlagan kunlardan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan Yagona ijtimoiy toʻlovning minimal miqdori Ma’lumotnoma-hisob-kitobini (Hisob-kitobga 3-ilova)  taqdim etishlari darkor (AV tomonidan 13.04.2010 yilda 2095-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomga muvofiq). Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi хizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar boʻyicha Hisob-kitob Soliq kodeksining 347-moddasi beshinchi qismi chiqarib tashlandi va 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab chakana savdo qilish va ayrim turdagi хizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimni toʻlash yil davomida eng kam ish haqi miqdori oʻzgarishidan qat’i nazar yil boshiga oʻrnatilgan EKIHdan kelib chiqib amalga oshiriladi Shu munosabat bilan Hisob-kitobga izohlarning 2-bandidagi «va eng kam ish haqi miqdoridan» soʻzlari chiqarib tashlandi. Muzaffar Mirzagʻaniyev,  ekspertimiz.
50
10,352
Qonunchilik
ULGURJI VA BIRJA SAVDOSINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublikada bozor infratuzilmasini shakllantirish, ulgurji va birja savdosini rivojlantirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot xarid qilishni monopoliyadan chiqarish, tovar-xomashyo birjalaridagi savdoda kontraktlar tuzish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi, doimiy ishlovchi Respublika yarmarka savdosi markazi — “O‘zko‘rgazmasavdo”, ulgurji bozorlar tarmog‘i, bozor infratuzilmasining boshqa bo‘g‘inlari tashkil qilindi. Shu bilan birga, ulgurji va birja savdosining mavjud tizimi samarasiz ishlamoqda. Tayyor mahsulotlarni va moddiy-xomashyo resurslarini birja savdolarida sotish hajmi yetarli darajada emas. Kelishuvlarni tuzish chog‘ida hamon eskicha nomaqbul ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillari ustun bo‘lib, bunda moddiy resurslar sotuvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida oldindan taqsimlab qo‘yilmoqda. Ko‘plab birja kelishuvlari amalda birjalar savdo sessiyalarida emas, balki ulardan tashqarida tuzilmoqda. Raqobatchilik va tanlash erkinligi yo‘q darajada. Talab va taklifning mutanosibligiga asoslangan bozor mexanizmlari hali sust ishlamoqda. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi faoliyati bozor iqtisodiyotining hozirgi zamon talablariga mos kelmaydi. Mavjud ishlab chiqarish va omborxona imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilmoqda. Ulgurji, birja savdosi korxonalarining sarf-xarajatlari va shunga ko‘ra, savdo ustama narxlari yuqori darajadadir. Moddiy resurslarning birja savdosi asosan markazda jamlangan. Kichik va o‘rta biznes subyektlari hamda qurilish tashkilotlarining bozor sharoitida moddiy-texnika resurslarini erkin xarid qilishlari ta’minlanmayapti. Birja va yarmarka savdolari qoniqarsiz o‘tkazilayapti. Brokyerlar malakasi, ayniqsa, viloyat tovar-xomashyo birjalarida past darajadadir. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda: 1. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasining ulgurji va birja savdosi tizimini tashkil etish borasidagi ishi qoniqarsiz deb topilsin. 2. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi va tovar-xomashyo birjalarining faoliyatini tahlil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 10-son farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiyaning, Davlat mulki qo‘mitasining va “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi muassislarining quyidagi takliflari ma’qullansin: O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasi — “O‘zulgurjibirjasavdo”ni tugatish to‘g‘risida. tugatilayotgan “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi tarkibida bo‘lgan hududiy aksiyadorlik tijorat-vositachi kompaniyalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari qaramog‘iga o‘tkazib, ular zimmasiga ulgurji va mayda ulgurji savdoni tashkil etish, kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlar moddiy-texnika resurslarini yanada erkinroq xarid qilishlari uchun shart-sharoit yaratish vazifalarini yuklash to‘g‘risida. 3. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasini tugatilayotgan “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi tarkibidan chiqarib, uning faoliyatini mustaqil bozor tuzilmasi sifatida tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. 4. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Birja va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga birja faoliyatini tashkil etishni yaxshilashga, birja bitimlarining amalga oshirilishi hamda birja narxlari belgilanishi uchun birjalar va birja savdosi qatnashchilarining javobgarligini oshirishga qaratilgan zarur o‘zgartish va qo‘shimchalarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etsin. 5. “O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi — “O‘zshartnomasavdo”ni tugatish hamda O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasi — “Ulgurjibirjasavdo”ni ta’sis etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-son Farmonining 2 va 3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘n kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgarishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
80
4,410
Qonunchilik
Raqs markazini qanday ochish mumkin?
Boʻlajak raqqoslar? Avvaliga markazda boʻlajak raqqoslarni aynan raqsning qanday yoʻnalishlariga oʻrgatishingizga aniqlik kiritib olishingiz kerak boʻladi. Bitta yoʻnalishni tanlash shart emas: birgina maktabda ham milliy, ham mumtoz, sharqona yoʻnalishlar va hatto bal raqslarini ham oʻrgatish mumkin. Raqs yoʻnalishlarini tashlash odatda bir nechta omilga bogʻliq boʻladi: Asosan maktab oʻquvchilarini jalb etish uchun ochiladigan raqs markazi albatta maktab va bogʻchalar koʻp boʻlgan hududda ochilishi ayni muddao. Bu maqsadda maktablar ichidan zalni ijaraga olinsa, arzon ham tushadi. Darslardan tashqari vaqtda farzandining bekorga vaqt oʻtkazimasligini, qaddi-qomati risoladagidek boʻlishini yoki tibbiy koʻrsatmalarga koʻra raqs tavsiya etilgan ota-onalar farzandlarini bunday raqs toʻgaragiga “jon-jon” deb berishadi. Hamma raqsga tushsin! Raqs maktablari sohasida soʻnggi vaqtlarda “yoshi kattalar uchun raqs” yoʻnalishi urf boʻlmoqda. Ya’ni hayotida umuman raqs tushib koʻrmagan, raqs tushishni yoqtirmaydigan yoki “qudalar oldida sharmanda boʻlmaslik uchun” toʻy-hashamlarda yaхshiroq raqs tushishni oʻrganib olishni istovchilar hamda raqs tushib ortiqcha vazndan forigʻ boʻlishni istaganlar uchun. Bino tanlash Raqs mahorati sirlarini ochish uchun maхsus moʻljallangan zal topish murakkab masala. Chunki bunday zalga muayyan talablar mavjud, masalan: Raqs markazining nafaqat ichki jihozlari, balki uning joylashgan joyi ham muhim. Chekkaroq joyda joylashgan raqs toʻgaragi ham shahardagisi singari muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega. Ikkala holatda ham kamchiliklar va yutuqlar mavjud. Shahar markazida Shahar markazida joylashgan har qanday tashkilot singari raqs markazi ham nufuzli hisoblanadi, unda oʻtkaziladigan saboqlarga yuqoriroq narх belgilash mumkin. Reklama uchun katta хarajatlar qilishga hojat yoʻq: koʻchaga kattaroq hajmda ilib qoʻyilgan yorqin bannerning oʻzi ham yetarli boʻlishi mumkin. Ammo shaharda joylashgan ofisning eng katta kamchiligi — ijara haqining baland boʻlishi. Agar raqs markazingiz shaharda joylashadigan boʻlsa, ijaraga joy izlashda kun sayin soni ortib borayotgan trenajyor zallari, fitness klublardagi yoki shularga yaqin binolarni tanlasangiz, adashmaysiz. Sport majmualaridan boʻsh zallarni ijaraga olish fikri ham yaхshi. Ularda yuvinish va kiyinish хonalari deysizmi, ulkan koʻzgularmi —  barcha sharoitlar muhayyo. Mijozlarni tez orttirib olish imkoniyatidan ham bebahra qolmaysiz. Chetda joylashgan markaz Chekkaroq tumanda markaz ochishga qaror qilgan boʻlsangiz, ijara haqi katta boʻlmasligi aniqligiga amin boʻlasiz. Raqobat chekkaroq joylarda kuchli boʻlmasligi ham tayin. Chunki hozir chekka joylarda raqs markazlari urfga kirmagan. Chekkaroq joyda ochilgan markaz oʻquvchilari soni, ayniqsa, dastlabki davrlarda kamroq boʻladi. Darslar narхini ham ancha arzon qilishga toʻgʻri keladi. Qolaversa, reklamaga ancha-muncha mablagʻ va vaqt ajratish talab etiladi. Mijozlarni koʻpaytirish uchun muayyan kunlarda mashgʻulotlarni bepul qilish foydadan holi boʻlmaydi. Xodimlarni ishga olish Aslini olganda, agar oʻqituvchilaringiz kuchli, oʻz bilimiga ishongan, tajribali boʻlsa, markazning qayerda joylashgani katta ahamiyatga ega emas. Hatto reklama qilishga ham hojat yoʻq. Shov-shuv siz uchun reklama rolini oʻtaydi. Yaхshi oʻqituvchini  hamma bir-biriga maqtab, tavsiya etishni boshlaydi. Har qanday holatda ham raqslar dasturini shunday tuzingki, mijozlaringiz uch hafta oʻtganidan keyin natijalarni yaqqol sezishsin. Odatda yaхshi professional raqqoslar ularning yoniga ritmga tushish, ohanglarni payqash va farqlash, muvofiqlashtirish boʻyicha muammolari boʻlgan yoki oʻta uyatchan boʻlgan oʻquvchilar kelsa yoki harakatlarni yaхshi oʻzlashtira olmasa, jazavaga tushishadi. Ammo ular bir narsani yaхshi tushunib yetishlari kerak: kimni oʻqitayapsiz, sportchi bolalarnimi yoki sport raqslari boʻyicha musobaqada qatnashishi kerak boʻlganlarnimi yo boʻlmasa “Istiqlol” san’at saroyida chiqishlar qilishi kerak boʻlgan raqqosalarnimi? Professional raqqoslarga moʻljallangan usullarni oddiy oʻquvchilarga, endi sohaga qadam qoʻyayotganlarga qoʻllashga urinish — biznesni tanazzul sari yetaklash bilan teng. Zal boʻsh qolib ketmasligi uchun turli vaqtlarda jadval boʻyicha ishlaydigan 3–4 ta oʻqituvchi kerak boʻladi. Shuningdek, almashib ishlaydigan ikkita ma’mur zarur: ular mijozlar bilan muloqot qilishi, qoʻngʻiroqlarga javob qaytarashi va abonementlarni sotishi zarur. Binoni tartibli va toza tutish uchun farrosh kerak. Biznes-reja Har qanday ish singari raqs markazini ham biznes-reja tuzmasdan ochib boʻlmaydi. Raqs markazidagi darslar narхini mahalliy aholining topish-tutishi, oʻqituvchilarga beriladigan maosh, ijara haqi singari omillardan kelib chiqib belgilanadi. Yakka tartibda oʻtkaziladigan darslarga alohida narх belgilanadi. Odatda har bir guruhda 10–15 kishi saboq oladi. Raqs markazi oʻzini-oʻzi qoplashi va daromad keltirishi uchun bir kunda kamida 5-6 ta guruhda dars oʻtilishi darkor. Reklama Sizda reklama qilish, maхsus jihozlangan zalni ijaraga olish uchun mablagʻ boʻlishi kerak хolos. Eng yaхshi reklama — bu flayerlar tayyorlab tarqatish, zal nomini katta bannerda yozish kabilardir. Markazga koʻproq odam jalb etish uchun odamlar koʻp toʻplanadigan joylarda koʻrgazmali chiqishlar qilish mumkin. Hozirda yirik supermarketlarda bu odat ancha urf boʻlgan. Supermarketning mas’ul хodimlari bilan kelishgan holda yigʻilganlar uchun tomosha qoʻyib berish, hatto buni muntazam ravishda tashkil etish mumkin. Chiqishlar tugagach, хohlovchilarni taklif etish, tashrif qogʻozlari tarqatish va savollarga javob berish orqali mijoz yigʻiladi. Hozirda bozorda raqs markazlari unchalik koʻp emas. Xizmat sifatiga amin boʻlsangiz, boʻlgani, hamma toʻsiqlarni yengib oʻta olasiz. Yuqoridagilardan koʻrinadiki, raqs markazini ochish chiqimli ish emas, unga koʻproq sertashvish deb ta’rif berish mumkin. Raqs yoʻnalishlarini yaхshi tushunadigan va ijodkor odamlar bilan ishlashni biladigan odam uchun u minimal хarajatlar bilan yaхshi biznesni yoʻlga qoʻyib olish imkoniyatidir. Fozila AShUROVA, muхbirimiz.
36
6,085
Qonunchilik
XO‘JALIKLAR IXTIYORIDA QOLDIRILADIGAN PAXTA TOLASI, PILLA, JUN VA QORAKO‘L TERI SOTILIShINI TA’MINLOVChI QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKA VA VILOYAT UYuShMALARINI TUGATISh TO‘G‘RISIDA
Xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishda ularning mustaqilligini kengaytirish maqsadida: 1. Xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l teri sotilishini ta’minlovchi Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat uyushmalari muassis-xo‘jaliklarining ularni tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Muassislar uyushmalarning qonunda belgilangan tartibda tugatilishini ta’minlasinlar. 2. “Xo‘jaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorako‘l teri sotilishini ta’minlovchi Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat uyushmalarini tashkil qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-oktabrdagi Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilsin.
178
840
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
94
328
Qonunchilik
2021-2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiiy-xomashyo va mineral resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha xomashyo bazasini kengaytirish hamda shu asosda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Tabiiy va mineral resurslarni himoya qilish, ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanish faoliyatini takomillashtirish, tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq qonunchilik talablari buzilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish, davlat organlari rahbarlari va xo‘jalik subyektlarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar ustuvor yo‘nalishlar etib belgilansin: a) artemiya sistalarini yig‘ish va qayta ishlash sohasida: ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan, artemiya sistalarini barqaror takror ishlab chiqarish xavflarini baholash, artemiya sistalari joylashgan akvatoriyasi minerallashuvi darajasining o‘zgarishi, sun’iy yetishtirish, biokimyoviy tarkibi, shuningdek, ulardan bio qo‘shimchalar va dori vositalari uchun substansiyalar ishlab chiqarish muammolarini o‘rganishni tashkil etish; ajratilgan kvotalar doirasida artemiya sistalarini yig‘ib olish hajmlarini hisobga olish va ushbu hajmlarga rioya etilishini nazorat qilish tizimini joriy etish; artemiya sistalarini yig‘ish va qayta ishlash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish va shaffofligini ta’minlash; chet ellik investorlarni faqat artemiya sistalarini chuqur qayta ishlash loyihalari, jumladan, qimmatbaho turdagi dengiz mahsulotlari va baliqlar yetishtirish uchun bio qo‘shimchalar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga jalb etish; artemiya sistalarini yig‘ish va ishlatish bo‘yicha noqonuniy faoliyat, brakonyerlikning oldini olish, saqlash va qayta ishlash infratuzilmasiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarigagina qayta ishlashga ruxsat berish tizimini yaratish; b) qizilmiya ildizini yig‘ish va qayta ishlash sohasida: qizilmiya ildizi plantatsiyalarini, birinchi navbatda, uning respublikada o‘smaydigan yangi turlari plantatsiyalarini tashkil qilayotgan tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash orqali qizilmiya ildizi xomashyo bazasini kengaytirish; qizilmiya ildizini klaster usulida yetishtirish va yuqori darajadagi tayyor mahsulotgacha ko‘p bosqichli qayta ishlashni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun sharoitlar yaratish; qizilmiya ildizini chuqur qayta ishlaydigan tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlari iste’molchilari, jumladan, qandolatchilik va farmatsevtika tashkilotlari bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish; v) vermikulitni qazib olish va qayta ishlash sohasida: yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga xomashyoni mustaqil yoki boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda bosqichma-bosqich chuqur qayta ishlash shartlarini kiritish; vermikulitdan foydalanish samaradorligini, shu jumladan, xomashyo ajratib olish koeffitsiyenti, ishlab chiqariladigan mahsulot sifati va uni qayta ishlash darajasini oshirish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 2021-2022-yillarda amalga oshiriladigan: artemiya sistalarini chuqur qayta ishlash hajmlarini kengaytirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining ro‘yxati 1-ilovaga; qizilmiya ildizini yetishtirishni ko‘paytirish va ko‘p bosqichli qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining ro‘yxati 2-ilovaga; vermikulit qazib olishni kengaytirish va uni chuqur qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining ro‘yxati 3-ilovaga; paxta, ipak va terini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarining ro‘yxati 4-ilovaga; ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiya asosida kimyo, elektrotexnika va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarining ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 3. Ushbu qarorning 2-bandida ro‘yxati tasdiqlangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida 2022 — 2025-yillarda: maydoni 3,5 ming gektardan ziyod plantatsiyalar tashkil qilish hisobidan qizilmiya ildizining, qo‘shimcha geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, yer qa’ridan foydalanuvchilar sonini kengaytirish, zaxiralar va qazib olish hajmlarini 22,2 ming tonnaga ko‘paytirish hisobidan vermikulitning mineral resurslar va tabiiy xomashyo bazasini kengaytirish; issiqlik izolatsiyasi, issiqlikka chidamli va boshqa yuqori qo‘shilgan qiymatli materiallar ishlab chiqarish hisobidan vermikulitni chuqur qayta ishlash darajasini 60 foizgacha, artemiya sistalarini quritish va artemiya sistalaridan oziqa sifatida foydalangan holda mayda qisqichbaqalar, dengiz qisqichbaqasi va qimmatbaho baliq turlarini yetishtirish uchun fermalarni bosqichma-bosqich joriy qilish hisobidan artemiya sistalarini chuqur qayta ishlash darajasini 70 foizgacha hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisobidan qizilmiya ildizini chuqur qayta ishlash darajasini 75 foizgacha oshirish; vermikulitdan yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar eksport ulushini 10 foizdan 80 foizgacha, chakana qadoqlangan quritilgan artemiya sistalarining eksport ulushini 2 foizdan kamida 70 foizgacha oshirishgan holda, 2025-yilda vermikulit va undan tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilish hajmini 0,5 mln dollardan 6,4 mln dollargacha, artemiya sistalarini eksport qilish hajmini 9 mln dollardan 50 mln dollargacha, qizilmiya ildizi mahsulotlarini eksport qilish hajmini 35 mln dollardan 77 mln dollargacha ko‘paytirish nazarda tutilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining artemiya sistalarini qazib olishga ixtisoslashtirilgan “Orol artemiya sanoati” agrosanoat zonasini (keyingi o‘rinlarda — agrosanoat zonasi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 5. “Orol artemiya sanoati” agrosanoat zonasini faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansiki: Maxsus komissiya tabiiy usulda ko‘payadigan va Orol dengizining O‘zbekiston qismidagi akvatoriyada terib olinadigan artemiya sistalarini yig‘ishning cheklangan hajmlarini, ularni qayta ishlash uchun kvotalar berishni, shuningdek, artemiya sistalarini yig‘ib olish bo‘yicha belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qiluvchi organlar faoliyatini tartibga soladi; Maxsus komissiya artemiya sistalarini qazib olishga ixtisoslashtirilgan “Orol artemiya sanoati” agrosanoat zonasini hududini belgilab beradi; Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoati” davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 11-iyuldagi 438-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Orol artemiya sanoati” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) “Orol artemiya sanoati” agrosanoat zonasi ijro etuvchi organi hisoblanadi. 6. Quyidagilarga: a) Maxsus komissiyaga: artemiya sistalarini yig‘ish hajmlarini, populatsiyani kengaytirish sharoitlarini, shuningdek, chuqur qayta ishlash texnologiyalarini asoslash uchun ilmiy tadqiqotlar tashkil etish; Direksiya faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; haqiqiy baholash bo‘yicha belgilangan aniq mezonlar va o‘lchovlarga muvofiq ochiq hamda oshkora tizim asosida yig‘ib olishning cheklangan miqdorlarini belgilash va qayta ishlash kvotalarini taqsimlash; 2025-yilga qadar artemiya sistalarining birlamchi qayta ishlangan mahsulotlari eksportini bosqichma-bosqich to‘xtatish va quritilgan artemiya sistalari, shuningdek, kapsulalangan artemiya sistalari va yanada chuqur qayta ishlangan mahsulotlar eksportiga to‘liq o‘tishni ta’minlash vazifalari. b) Direksiyaga: Orol dengizi akvatoriyasida artemiya sistalarini asrab-avaylash, samarali qayta tiklanishi va populatsiyasini ko‘paytirishni tashkil qilish; artemiya sistalarini noqonuniy va brakonyerlik yo‘li bilan yig‘ishning oldini olish uchun qirg‘oqni qo‘riqlashni tashkil etish; Orol dengizi akvatoriyasida artemiya sistalarini xalqaro standartlarga muvofiq yig‘ish; artemiya sistalarini chuqur qayta ishlash va mahsulot eksporti bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida artemiya sistalarini qayta ishlash uchun kvotalar olishga talabgor bo‘lgan qayta ishlovchilar bilan kelishuvlarni keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan tuzishga tayyorlash; qayta ishlaydigan korxonalar reyestrini yuritish, ularga Maxsus komissiya qarorlariga binoan kvotalar hajmlari haqida tegishli guvohnomalar berish; belgilangan tartibda tanlab olingan qayta ishlovchilar bilan Maxsus komissiya qaroriga muvofiq kvotalar hajmlarida yig‘ilgan artemiya sistalarini yetkazib berish uchun xo‘jalik shartnomalari tuzish; artemiya sistalarini ishlab chiqilgan jadvallar va tasdiqlangan hajmlarga muvofiq qayta ishlash kvotalari egalariga yetkazib berish ishlarini tashkil qilish; mahalliy aholi uchun artemiya sistalarini sun’iy, shu jumladan, intensiv sanoat suv havzalari bazasida yetishtirish hamda keyinchalik ularni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish; artemiya sistalari va ulardan tayyorlanadigan mahsulotning sifati hamda parametrlarini aniqlash laboratoriyalarini tashkil qilish va belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazish; mahalliy qayta ishlovchilarga milliy brendni yaratish va ilgari surish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga ko‘maklashish vazifalari yuklansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Maxsus komissiya va Direksiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqib tasdiqlasin. 7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2021-yil 1-iyundan boshlab: artemiya sistalarini yig‘ish hajmlari Maxsus komissiya tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasining tavsiyalari hisobga olingan holda belgilanadi; artemiya sistalari tasdiqlangan kvotalar doirasida yig‘ib olinadi; artemiya sistalarini qayta ishlash kvotalarini tasdiqlash va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida taqsimlash, artemiya sistalarini yig‘ish, qayta ishlash, shuningdek, artemiya sistalari va qayta ishlangan mahsulotni tijorat maqsadida aylantirishda qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining nazoratini tashkil qilish Maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi; artemiya sistalarini qayta ishlash kvotalari talabgorlarning saqlash, birlamchi qayta ishlash va quritish bo‘yicha mavjud ishlab chiqarish quvvatlariga mutanosib ularning umumiy hajmlari inobatga olingan holda taqsimlanadi; artemiya sistalarini qayta ishlash uchun kvotalar har yili birlamchi va chuqur qayta ishlash bo‘yicha moddiy bazaning mavjudligini tekshirish natijalari asosida beriladi; artemiya sistalarini yig‘ish va qayta ishlaydigan korxonalarga sotish Direksiya tomonidan, jumladan, qayta ishlash kvotalari va yig‘ish uchun texnika vositalari bo‘lgan qayta ishlaydigan korxonalar bilan tuziladigan pudrat shartnoma asosida amalga oshiriladi; artemiya sistalarini qayta ishlaydigan korxonalarga yetkazib berishning cheklangan narxi Maxsus komissiya tomonidan belgilanadi va yig‘ish xarajatlarini, shuningdek, Direksiyaning unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Bunda artemiya sistalari kvotasi uchun to‘lanadigan yig‘im cheklangan narxga kiritilmaydi. artemiya sistalarini birlamchi qayta ishlash uchun moddiy bazasiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlariga, 2022-yil 1-yanvardan esa artemiya sistalarini quritish uchun moddiy bazasiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlariga kvotalar berish man etiladi. 8. Direksiya 2021-yil 31-dekabrgacha aholi tomonidan noqonuniy yig‘ib olingan artemiya sistalari qoldiqlarini quritish quvvatlariga ega bo‘lgan qayta ishlaydigan korxonalar o‘rtasida tayyor mahsulotni eksport qilish majburiyati bilan qo‘shimcha kvota sifatida taqsimlash uchun xatlovdan o‘tkazsin va belgilangan tartibda legallashtirish choralarini ko‘rsin. 9. Belgilansinki, quritilgan va kapsulalangan artemiya sistalarini eksport qilishga faqat ularni qayta ishlash kvotalari egalariga ruxsat etiladi. 10. Orol dengizi artemiya sistalarini yig‘ish uchun kvotaga to‘lov sifatida tushgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi va 2022-2023-yillarda tegishli ravishda quyidagicha yo‘naltirilsin: artemiya sistalarini yig‘ish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, ularni yig‘ishning cheklangan hajmlarini belgilash, Orol akvatoriyasining maqbul ekologik holatini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga maqsadli yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga 500 million so‘mdan; artemiya sistalari, qizilmiya ildizi va boshqa turdagi dorivor vositalarni barqaror takror ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga hamda Akademiyaning Qoraqalpog‘iston bo‘limiga 500 million so‘mdan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesiga 2024-yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun zarur mablag‘larni nazarda tutish tavsiya etilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi 2022-yil 1-yanvargacha Orol dengizining O‘zbekiston qismidagi akvatoriyaning davlat kadastri va bosh rejasini ishlab chiqsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda artemiya sistalari, qizilmiya ildizi, boshqa noyob o‘simlik va biologik resurslar muammolarini ilmiy o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limining bo‘linmalarini tashkil qilish bo‘yicha taklif kiritsin. Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bo‘linmalar sonini va ularni moliyalashtirish manbalarini belgilasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda: a) quyidagilarni xatlovdan o‘tkazsin: erlar toifalari kesimida uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dronlardan) foydalangan holda yovvoyi holda o‘sadigan qizilmiya maydonlari va zaxiralarini; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda qizilmiya sun’iy ravishda yetishtiriladigan mavjud plantatsiyalar, shuningdek, plantatsiyalar tashkil qilish maqsadida jismoniy hamda yuridik shaxslarga keyinchalik ajratish uchun qizilmiyani, shu jumladan, uning yangi navlarini yetishtirishga yaroqli yangi yerlarni; b) Vazirlar Mahkamasiga qizilmiyani sun’iy yetishtirish uchun ajratiladigan maydonlar hajmlari va dislokatsiyalar bo‘yicha takliflar kiritsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Botanika instituti va Zoologiya institutiga mazkur qarorda nazarda tutilgan topshiriqlarni bajarish uchun dronlardan foydalanishga ruxsat berilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda quyidagilar yuzasidan soddalashtirilgan va imtiyozli tartibotlarni qo‘llash to‘g‘risida Xitoy Xalq Respublikasi hukumati bilan kelishuvga erishish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazsin: dorivor o‘simliklar, ekstraktlar va substansiyalarni Xitoy Xalq Respublikasiga olib kirish; dorivor o‘simliklar ekstraktlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni Xitoy Xalq Respublikasi mas’ul davlat organi tomonidan sertifikatlash; dorivor o‘simliklar ekstraktlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar mahsulotlarni Xitoy bozoriga kiritilishini ta’minlash. 15. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-iyundan boshlab: investorlarga qizilmiya yetishtirish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalarini Yer kodeksining 36 — 38-moddalarida nazarda tutilmagan boshqa holatlarda olib qo‘yishga moratoriy joriy etiladi; shunday tartib tatbiq etiladiki, unga ko‘ra glitsirrizin kislotasining mono-ammon tuzi va di-kaliy tuzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun etil spirti sotib olishda to‘langan aksiz solig‘i miqdori qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash singari ushbu korxonalar tayyor mahsulotni eksport qilishida qoplab beriladi; korxonalar ilmiy laboratoriyalarida foydalanish uchun TIF TN 2207 (tahlil uchun toza, kimyoviy toza, sof toza) kodlari bo‘yicha spirtni import qilishga ruxsat beriladi; qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni qayta ishlaydigan korxonalar tomonidan eksportga mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun foydalaniladigan qadoqlash materiallarni “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida joylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi. 16. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasining qizilmiya ildizini yig‘ish, yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni tartibga solish sohasidagi keyingi qonunchilik hujjatlari investitsiya kiritish shartlarini yomonlashtiradigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida o‘sadigan va yetishtiriladigan qizilmiyani qayta ishlaydigan korxonalarga nisbatan besh yil davomida ushbu qaror qabul qilingan sanada amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlari qo‘llaniladi; O‘zbekiston Respublikasida o‘sadigan va yetishtiriladigan qizilmiyani qayta ishlaydigan korxonalar o‘z xohishiga ko‘ra yangi qonunchilik hujjatining ularga investitsiya kiritish shartlarini yaxshilash imkonini beradigan qoidalarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi yovvoyi holda o‘sadigan qizilmiya plantatsiyalari va zaxiralaridan, qizilmiya plantatsiyalarini tashkil qilish uchun ajratilgan yerlar hamda Orol dengizining O‘zbekiston qismidagi akvatoriyadagi artemiya sistalari resurslaridan maqsadli foydalanish bo‘yicha nazoratni kuchaytirsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda sug‘urta tashkilotlari tomonidan qizilmiya tayyorlovchi korxonalar tashkil qilgan qizilmiya madaniy plantatsiyalarini sug‘urtalash tartibi qabul qilinishini tashkil etsin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi: ikki hafta muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan karyerlarni (vermikulit, qurilish toshlari, kvars qumi va boshqalar) xatlovdan o‘tkazsin, shuningdek, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini o‘rgansin; bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida mavjud vermikulit mineral-xomashyo resurslari va qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun boshqa mineral xomashyolar ko‘rsatilgan xaritani ishlab chiqsin va o‘zining rasmiy veb-sayti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining veb-saytida joylashtirilishini ta’minlasin; Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda tarkibida temir bo‘lgan “Tebinbuloq” konida rudalarga ishlov berish istiqbollarini hisobga olingan holda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan vermikulit mineral xomashyosini o‘zlashtirish mexanizmi va sxemasini belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; vermikulit va boshqa mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash, shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatli yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari doirasida uchastkalardan foydalanish huquqlarini berish masalalarini tezkor hal qilish choralarini ko‘rsin. 20. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi, “O‘zsanoatqurilishmaterillari” uyushmasi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda ikki oy muddatda: respublika korxonalarida vermikulitni qazib olish va undan mahsulotlar ishlab chiqarish borasida qo‘llanilayotgan texnologiyalarni joyiga chiqqan holda o‘rgansin; vermikulitdan foydalanish samaradorligini, shu jumladan, xomashyo olish koeffitsiyentini, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini va qayta ishlash darajasini oshirishga doir manzilli tadbirlarni ishlab chiqsin hamda amalga oshirsin. 21. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qurilish vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmaterillari” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda: vermikulit xomashyosini yanada chuqur qayta ishlash, talab yuqori bo‘lgan sifatli mahsulot turlarini kengaytirish, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqsin; energiya jihatidan samarador va ekologik xavfsiz yangi turdagi, shu jumladan, vermikulitdan va vermikulitni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan tayyorlangan qurilish materiallari amaliyotga joriy etilishini hamda ularning qurilishda qo‘llanilishini ta’minlasin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zsuvta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda ushbu qarorda nazarda tutilgan yuqori qo‘shilgan qiymatli yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qurish va rekonstruksiya qilish zarur bo‘lgan tashqi infratuzilma obyektlari ro‘yxatini ikki oy muddatda shakllantirsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 23. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi manfaatdor vazirliklar va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda: ikki hafta muddatda manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan investitsiya loyihalarining tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlasin; manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tizimli monitoring qilsin va bu borada to‘siq bo‘ladigan muammolarni hal etish uchun tezkor hamda amaliy choralar ko‘rsin. 24. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: a) tijorat banklari bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirishga kamida 60 million dollar yo‘naltirilishini ta’minlasin; b) 2021-yil 31-dekabrgacha xalqaro va milliy ekspertlarni jalb qilgan holda: qizilmiyaning madaniy navlarini sanoat miqyosida yetishtirish va undan tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish; artemiya sistalaridan biologik faol qo‘shimchalar va dorivor vositalar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali korxonalarni tashkil qilish to‘g‘risida takliflar kiritsin. 25. Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasanachilik asosida baliqchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirayotgan tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-son qarori doirasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan kreditlar miqdorini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyanomalari asosida foiz to‘lovlari to‘lanmaydigan olti oylik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha ko‘paytirsin. 26. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
249
24,745
Qonunchilik
YEVROPA TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “DIZEL LOKOMOTIVLARI PARKINI ZAMONAVIYLAShTIRISh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Transport infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb etish miqdorini kengaytirish, xalq xo‘jaligi yuklarining uzluksiz tashilishini ta’minlash hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining lokomotivlar parkini zamonaviylashtirish va yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar kengashi tomonidan “Dizel lokomotivlari parkini zamonaviylashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga to‘rt yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 15 yil muddatga 68 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit berilishini ma’qullanganligi; “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan tegishli kredit bitimi imzolanganligi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining dizel lokomotiv parkini zamonaviylashtirish loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida Kafolat bitimi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki: ko‘rsatib o‘tilgan kredit bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi qarz oluvchi hisoblanadi; Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kredit mablag‘lari tender asosida kompaniya lokomotivlari uchun yordamchi asbob-uskunalar bilan dizel-generator qurilmalari, shuningdek “Irgidromash” korxonasi bazasida metall quyish uchun asbob-uskunalar sotib olishga yo‘naltiriladi; ko‘rsatib o‘tilgan kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqi to‘lash 1-ilovaga* muvofiq kreditni qaytarish jadvaliga binoan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mazkur loyiha mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan asbob-uskunalar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etiladi (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno). 3. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari (G‘aniyev) xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan taqdim etiladigan kredit liniyalari va grantlar doirasidagi xaridlar bo‘yicha tenderlar o‘tkazilishida suiiste’mollarga, narxlarni sun’iy pasaytirish va oshirishga yo‘l qo‘yilmasligi uchun qattiq nazorat o‘rnatsin. Tenderlar o‘tkazish natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda axborot berilsin. 4. “Dizel lokomotivlari parkini zamonaviylashtirish” loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashning 2-ilovaga* muvofiq ko‘rsatkichlari tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Dizel lokomotivlari parkini zamonaviylashtirish” loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi Kafolat bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan chet ellik mutaxassislarni konsullik yig‘imlari va davlat bojlari to‘lashdan ozod etgan holda ularga ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N.To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
155
3,693
Qonunchilik
Kirim hujjatlarisiz realizatsiya qilganlik uchun hisobvaraq boʻyicha operatsiyalar toʻхtatib turiladi
Mamlakatning ayrim qonun hujjatlariga tuzatishlar loyihasi QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirildi. Oʻzgartirishlar soliq organlarining kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qiladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini sudgacha 5 bank kunigacha boʻlgan muddatga toʻхtatib turish vakolatini mustahkamlaydi. Tegishli qoʻshimchalar «Davlat soliq хizmati  toʻgʻrisida»gi Qonun va Soliq kodeksiga kiritilmoqda. Tuzatishlar kelgusi yilning boshidan kuchga kiradi. Eslatib oʻtamiz, mazkur norma Prezidentning 18.07.2017 yildagi PF–5116-son farmonining 2-bandida keltirilgan.  Ma’lumot uchun: хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalari sud tartibida quyidagi holatlarda toʻхtatib turilishi mumkin: Jinoiy daromadlarni lyegallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish holatlari aniqlanganda operatsiyalar alohida tartibda toʻхtib turiladi. Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg Zamanov,   ekspertimiz.
101
1,065
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud. Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida: 1. Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025-yilgacha asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish; davlat sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish; joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to‘rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish; O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari o‘quvchi-sportchilari o‘rtasida “Bolalar sport o‘yinlari”ni o‘tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar sport o‘yinlari”ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish; aholining keng qatlamlari, jumladan umumta’lim maktabi o‘quvchilari, professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Umumta’lim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko‘rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta’lim maktabi, professional va oliy ta’lim muassasasi nominatsiyasini joriy etish; 2020-yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, “Save Aral” xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o‘tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish; aholining barcha qatlamlari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini o‘tkazishni joriy etish; sport turlari bo‘yicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish, tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik ta’minotni yo‘lga qo‘yish; sport turlari bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan hududiy terma jamoa a’zolarini hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining o‘smirlar bo‘limlarida va undan katta yoshdagi hududiy terma jamoa a’zolarini tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish mexanizmini joriy etish; 2020-yil 1-fevraldan boshlab bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimini joriy etish; qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish; O‘zbekiston sport delegatsiyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli tayyorlash bo‘yicha Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida Olimpiya tayyorgarlik markazini tashkil etish; xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari”ni yo‘lga qo‘yish, “Sport Visa” qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizasini joriy etish; sport sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish, shu jumladan sport tashkilotlarida davlat ulushini kamaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilash; sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qo‘shimcha moliyalashtirish tizimini kengaytirish; huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tizimidagi ta’lim muassasalari, jumladan “Temurbeklar maktabi” o‘quvchi-talabalari uchun “Armiya o‘yinlari” dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar va to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport inshootlari va muassasalarining boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jumladan “Sport.uz” axborot tizimi orqali sport inshootlarining telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash; milliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, ularni Osiyo va Olimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq; Respublika tuman (shahar)larni ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, Konsepsiyada nazarda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlar va asosiy yo‘nalishlar har yili O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan, shuningdek, ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi” orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: har yili 1-noyabrga qadar kelgusi yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi (keyingi o‘rinlarda — respublika kalendar rejasi) sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan shakllantiriladi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi; respublika kalendar rejasida belgilangan xarajatlar tarkibida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)ning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, sportchilarni sug‘urtalash xarajatlari nazarda tutiladi; tasdiqlangan respublika kalendar rejasiga asosan hududiy hamda tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan har yili 1-dekabrga qadar tasdiqlanadi; sportchi yoshlarni saralash va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya), sport zaxirasini shakllantirish tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlar orasida sportni ommalashtirishda yuqori natijalarga erishish maqsadida hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumta’lim maktablari oliy ta’lim muassasalari kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi; ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari biriktirilgan hududlarda, shu jumladan mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish bo‘yicha mas’ul etib belgilanadi. 4. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari: jismoniy tarbiya va sport muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning inshootlari infratuzilmasini rivojlantirish; Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti, tuman (shahar) budjetlari daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni hududiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun yo‘naltirish; respublika sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarini sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini o‘tkazish, aholi va yoshlar o‘rtasida bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligini har chorakda muhokama etib borish; tegishli hududda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish hamda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, o‘z tasarrufida bo‘lgan yoki tegishli hududda joylashgan ochiq sport obyektlari (stadion, futbol maydoni va boshqa sport obyektlari) hamda istirohat bog‘larida (xususiy tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlar bundan mustasno) aholining yugurish, yurish va badantarbiya turlari bilan bepul shug‘ullanishi uchun sharoit yaratsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining: vazirlik markaziy apparati tuzilmasidagi jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring boshqarmasi negizida Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasini tashkil etish; sport pasportini rasmiylashtirish va berish uchun yig‘imni pul to‘lovi amalga oshirilayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilash; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ta’lim muassasalarining sport inshootlarini, ularda rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha investitsiya majburiyatini olgan holda, o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtda tadbirkorlik subyektlariga foydalanishga berish; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda sport lotereyalarini tashkil etish va yuridik shaxslar tomonidan sport lotereyalarini o‘tkazishdan olingan daromadning 10 foizigacha bo‘lgan qismini budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablag‘larini shakllantirishning qo‘shimcha manbasi etib belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman va shahar bo‘limlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimdagi sport maktablari va kollejlari o‘quv sinf va laboratoriya xonalari hamda yotoqxonalarini jihozlash uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqamiga 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 50 milliard so‘m mablag‘ ajratsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda “Milliy bank” AJ jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish loyihalarini moliyalashtirish uchun 200 million yevro, shu jumladan 2020-yilda 50 million yevro miqdorida xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kredit mablag‘larini (keyingi o‘rinlarda — kredit mablag‘lari) jalb qilsin. 9. Belgilab qo‘yilsinki, loyiha tashabbuskorlariga: 2020-2021-yillarda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish uchun ajratiladigan tijorat banklarining summasi 10 milliard so‘mdan, foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan milliy valyutadagi kreditlar uchun — asosiy stavkadan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu imtiyozlar uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga belgilangan tartibda ajratsin; kredit mablag‘lari jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etishda innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi namunaviy loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Qurilish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda 2020-yil 1-sentabrga qadar ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi, ta’lim muassasalari va boshqa obyektlarning quvvati hamda mazkur bandda ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqib, har bir sport turlari bo‘yicha barpo etiladigan sport obyektlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin. 10. 2020-yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kreditlari hisobidan respublika hududlarida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish bo‘yicha istiqbolli loyihalarning yig‘ma ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tarkibidagi sport ta’limi muassasalarining shtat birliklari doirasida sport diyetologi, sport psixologi, sport farmakologi, massajchi va seleksiya bo‘yicha trener lavozimlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida har bir sport turi bo‘yicha Bosh trener-seleksioner lavozimini joriy etish; sport muassasalarining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi-sportchining sportdagi natijalari yaxshilanganda va u boshqa yuqori darajadagi sport ta’limi muassasasiga o‘tkazilganda, uni tayyorlagan trenerga bir oylik ish haqi miqdorida bir martalik mukofot puli to‘lash; sport maktablari erishgan natijalariga ko‘ra ular maqomini qayta ko‘rib chiqish va belgilash tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligining 2020-yil 1-fevraldan boshlab sport sohasidagi yutuqlarni munosib ravishda rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi quyidagi takliflariga rozilik berilsin: b) “Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi: g‘oliblariga (1-o‘rin) oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida soha bo‘yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilish; g‘olib va sovrindorlarni (1 — 3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan egallagan 1-o‘rin uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining — 6 baravari, 2-o‘rin uchun — 4 baravari, 3-o‘rin uchun — 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash; v) umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini (1 — 3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmasdan, ularga: tuman (shahar) bosqichi g‘olib va sovrindorlarini (1 — 3 o‘rin) tayyorlagani uchun — ikkinchi malaka toifasini; viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini (1 — 3 o‘rin) tayyorlagani uchun — birinchi malaka toifasini; respublika va xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindorlarini (1 — 3 o‘rin) tayyorlagani uchun — oliy malaka toifasini to‘g‘ridan to‘g‘ri berish; g) olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika (1-o‘rin) va xalqaro musobaqalarda (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1 — 3 o‘rinlar) g‘olib chiqqan oliy ta’lim muassasalari talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi kafedralar o‘qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlarni (dotsent, professor) to‘g‘ridan to‘g‘ri berish. 13. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Moliya vazirligining: sport maktablarining o‘quv dasturlarida o‘quv mashqlar soatini qisqartirish hisobiga ushbu maktablardagi trener-o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkasi har haftadagi bevosita o‘quv-mashq ishlarining 24 akademik soati uchun belgilash; bosqichma-bosqich tuman (shahar) bolalar va o‘smirlar sport maktablaridagi bosh hisobchi lavozimlari hisobidan tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarida markazlashgan buxgalteriya xizmatini joriy etish hamda unga tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning hisobini yuritishni yuklash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida, uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga qo‘shimcha 28 ta boshqaruv xodimi shtat birliklari kiritilsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yiliga qadar oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va fan dasturlarini takomillashtirsin hamda bitiruvchilarga jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va ixtisoslashgan sport turi bo‘yicha trener kvalifikatsiyasini berish amaliyotini joriy etsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) bilan birgalikda hududlarda ixtisoslashtirilgan tuman (shahar), umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarini sport yo‘nalishlari bo‘yicha zarur o‘quv adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va yo‘riqnomalar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Milliy bank” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini barpo etish loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuniga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida yagona elektron boshqaruv tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, davlat budjetidan sport sohasi uchun, shuningdek, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablag‘lar taqsimlanishi va ishlatilishining to‘liq nazoratini amalga oshirish, ular bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish, sport muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarini nazorat qilish va ishlatilishi shaffofligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 18. Mazkur Farmon ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov — mazkur Farmon ijrosini sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har oyda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin; O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.H. Nabiyev — Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish, Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlasin, jismoniy tarbiya va sportni aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommalashtirish borasida sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) bilan yaqindan hamkorlik qilsin, sohada ta’sirchan jamoatchilik nazoratini tashkil etsin, mazkur Farmonda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har oyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin; O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zokirov — innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan sport zallari (boks, kurash, fitnes, gimnastika), futbol, voleybol, basketbol, badminton va tennis maydonlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqilishini hamda ushbu sohada mavjud qurilish norma va standartlarini qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari — hududlarni ustuvor, istiqboldagi hamda rivojlanayotgan sport turlariga ixtisoslashtirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilsin, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq hududiy sport musobaqalarini to‘liq hajmda moliyalashtirish hamda yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin; mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ishchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsin; O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v.b. K.I. Allamjonov — mazkur Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin. 1. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning maqsadi, vazifalari va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, jumladan: 2025-yilga kelib mamlakat aholisining salomatlik darajasini yaxshilashga erishish; bolalar-o‘smirlar sport maktablari sonini va sport ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularni moliyaviy ta’minlashning samaradorligini oshirish; jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning, o‘quvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish; davlat organlari, korxona va tashkilotlar xodimlari hamda aholi o‘rtasida turli ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali aholining haftalik harakat faoliyatini oshirishga erishish; O‘zbekiston sport terma jamoalarining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, jahon, qit’a sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash; sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibini, xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich oshirish; yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda “ta’lim muassasalari — sport maktabi — oliy sport” tamoyilida uzviylik tizimini hamda mashg‘ulot va iqtidorli sportchi-yoshlarni saralash jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish; sport sohasida boshqa zamonaviy usullar va yo‘nalishlarni joriy etish; davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga jismoniy tarbiya va sport tizimida raqobat muhitini yaratish; sport turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilar yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida sport pasportini joriy etish va muntazam ravishda yuritib borish tizimini qo‘llash; yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish; jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida sport ta’limi muassasalari mutaxassis va xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish. 2. Respublikadagi 12 mingdan ortiq sport inshootlarida yoshlarning 30 foizi qamrab olindi. “Yoshlar haftaligi”, “Xotin-qizlar haftaligi”, “Mahalla va nuroniylar haftaligi” va “Ta’lim muassasalari haftaligi” kabi shiorlar ostida aholining keng qatlamlarini sportga jalb etishga qaratilgan sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi yaratildi. Sportchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan respublika sportchilariga umrbod oylik to‘lovlar to‘lanishi va ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish mexanizmi joriy qilindi. Sohada malakali va zamonaviy kadrlar tayyorlash bilan birga sportda fan va amaliyotning bir-biri bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash uchun bir qator yangi sport oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi. 3. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport ta’limi muassasalarida zamonaviy talablar asosida mashg‘ulotlar olib borishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan: a) jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimida: boshqaruv vertikalini amalga oshirish mexanizmi yetarlicha rivojlanmaganligi, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari vakolatlari chegaralanganligi ular rolining sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘lmoqda; boshqaruv tizimi va sport ta’limi muassasalari rahbarlari faoliyatining ochiqlik va shaffoflik darajasi yetarli emasligi, jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilmaganligi, ayrim rahbarlarda zarur mas’uliyat va tashabbuskorlikning yo‘qligi qo‘yilgan vazifalar hamda maqsadli ko‘rsatkichlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; sport ta’limi muassasalariga iqtidorli bolalarni qabul qilish, shuningdek, o‘quv jarayonida turli shakldagi korrupsiya elementlariga barham berish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy qilish talab etilmoqda; o‘quvchilar soni quvvatiga nisbatan ko‘p bo‘lgan hududlarda yagona bo‘lgan sport maktablarida sog‘lom raqobat muhiti yo‘qligi tufayli talab darajasidagi sport tayyorgarligi sifati ta’minlanmayapti; sport muassasalari trener va xodimlarni salohiyati o‘sishiga to‘sqinlik qilayotgan mezonlar va talablarning aniq tavsifi bo‘yicha standartlarning yo‘qligi sport muassasalari rahbarlarini tayinlash tartibining samarasiz bo‘lishiga olib kelmoqda; sport muassasalarini boshqarish jarayoniga ishni rejalashtirish va tashkil etishning zamonaviy innovatsion usullari, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘liq joriy etilmaganligi samarali boshqaruv tizimi yaratilishiga to‘sqinlik qilmoqda; sport muassasalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiluvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari ishining ochiqlik va shaffoflik darajasi yetarli emasligi, jamoatchilik nazoratining zaifligi, ba’zan esa mutlaqo mavjud emasligi haddan tashqari byurokratiyaga va korrupsiyaning har xil shakllarda namoyon bo‘lishiga olib kelmoqda; b) oliy sport yutuqlari va milliy terma jamoalar tayyorlash sohasida: sport federatsiyalari (uyushmalari) va hokimliklar tomonidan Olimpiya sport terma jamoasini shakllantirish va yuqori natijalarni ta’minlaydigan sportchilar uchun shart-sharoitlar yaratishga yetarli darajada e’tibor berilmayapti; turli darajadagi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda sportchilarni saralash (seleksiya), tayyorlash va musobaqalarda qatnashish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilmagan; sport turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, sportchilarni saralash metodologiyasi yaratilmagan; joylarda, ayniqsa, qishloq joylarda sport musobaqalarini tashkil etish talab darajasida emas; sportchilarning musobaqalarda muntazam qatnashmasligi ular mahoratini oshirishga va milliy terma jamoa tarkibiga mahoratli sportchilarni saralab olinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; mahalliy davlat hokimiyati organlari sport ta’limi muassasalarining faoliyatini chuqur tahlil qilmasdan, faqatgina ulardan statistik va boshqa ma’lumotlarni to‘plash bilan chegaralanayotganligi joylardagi haqqoniy holatni aniqlashga to‘sqinlik qilmoqda; sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar)ning o‘z sport bazasiga ega emasligi, mavjudlarida esa moddiy-texnika bazasi bugungi talablarga javob bermasligi oliy sport turlarini rivojlantirishiga to‘sqinlik qilmoqda; milliy terma jamoalar sportchilarining xalqaro sport musobaqalari davridagi ishtiroki ilmiy jihatdan tahlil qilinmaydi; sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar Bosh trenerlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligi tahlil etilmaydi; sport ta’limi muassasalarida istiqboldagi olimpiya sport turlarining soni hududlarning xususiyatidan kelib chiqib oshirilmayapti; Olimpiya o‘yinlari va yirik xalqaro sport musobaqalariga tizimli tayyorgarlik ko‘rish uchun rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida yagona markazlashgan Olimpiya tayyorgarlik ko‘rish markazini barpo etish zarurati mavjud; v) sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida: sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tibbiy xizmatdan to‘liq foydalanmasligi va tibbiy xizmatning sifati amalda ta’minlanmaganligi aholini sog‘lomlashtirish uchun jismoniy tarbiyaning mavjud imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilayotganini ko‘rsatmoqda; musobaqalarga tayyorgarlik va musobaqalar davrida katta jismoniy yuklama ostida harakat qiladigan sportchilarni tezkorlik bilan tiklab olish uchun farmakologik ko‘mak berish bo‘yicha yangi dori vositalarini yaratish, zamonaviy rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmagan; sportchilarning o‘z jismoniy va ruhiy tiklanishini tezlashtiradigan, sog‘ligini ushlab turadigan farmakologik moddalardan foydalanishni bilmasligi natijasida hamda ruhiy tayyorgarlik darajasi past bo‘lgan sportchilar turli xalqaro musobaqalarda yuqori ko‘rsatkichlarga erisha olmayapti; respublika Olimpiya terma jamoalari a’zolarining musobaqaga tayyorgarligi hamda tiklanish jarayonini monitoring qilish bo‘yicha kompleks laboratoriyalar mavjud emas va bu sohada ilg‘or hisoblangan davlatlardan sport psixologiyasi va diyetologiyasi bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish zarurati mavjudligidan darak beradi; g) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash sohasida: oliy ma’lumotli mutaxassislarning yetishmasligi sohada olib borilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samarasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; jamoaviy o‘yin sport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblarini oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonida imtiyozlar chegaralangan; sport ta’limi muassasalarida faoliyat olib borayotgan 12 mingdan ortiq trenerlarning 49 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, 7 mingdan ziyod oliy ma’lumotli trenerlarga ehtiyoj mavjud; sport ta’limi muassasalarida psixolog, diyetolog va farmakolog kabi tor mutaxassisliklar bo‘yicha shtat birliklari mavjud emas; sport turlari, jumladan olimpiya sport turlari bo‘yicha hakamlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi joriy etilmagan; sport turlari bo‘yicha xalqaro federatsiyalar va yirik sport tashkilotlari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida terma jamoalar bilan ishlaydigan trenerlar va boshqa mutaxassislarning saviyasi va bilimi bugungi kun talablariga javob bermaydi; jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ilg‘or innovatsion texnologiyalar, metodikalar va sportning ilmiy yutuqlari joriy etilmagan; d) sport infratuzilmasi, anjomlar bilan jihozlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash sohasida: hozirda 3 mingdan ziyod umumta’lim maktabining (32 foiz) sport zallari ta’mirtalab holatda bo‘lib, qariyb 2,5 ming maktabda (25 foiz) sport zallari mavjud emas; ta’lim muassasalari va ixtisoslashtirilgan sport ta’limi muassasalarining sport infratuzilmasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash tizimi yo‘lga qo‘yilmagan; jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini joriy etishga yetarli darajada e’tibor berilmayapti; sport muassasalari bir qismining moddiy-texnika bazasi holati, ularning ortiqcha yuklamaga ega ekanligi, ayrim hollarda faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tegishli uskunalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan lozim darajada ta’minlanmaganligi ularga yuklangan vazifalar yetarlicha samarali bajarilmasligiga olib kelmoqda; e) jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish sohasida: respublika bo‘yicha mavjud 12 mingdan ortiq sport inshootlarining (stadion, sport zali, basseyn, manej va boshqalar) bir kunlik sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish quvvati qariyb 1,5 million kishini tashkil etib, umumiy aholining soniga nisbatan sport inshootlari bilan ta’minlanish darajasi 4,5 foizdan oshmaydi; oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud sport inshootlari talabalarning qariyb 50 foizini qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, amalda 21 foiz talaba-yoshlar sport tadbirlariga qatnashmoqda; aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, o‘sib kelayotgan avlodni jismonan kamol toptirishni ta’minlash uchun shart-sharoitlarni yaratish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yetarlicha tashkil qilinmaganligi oqibatida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlar yetarlicha qamrab olinmayapti; ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilmagan va bu bo‘yicha izchil tizim mavjud emas; hududlarning xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarining sport inshootlari hamda kadrlar salohiyatidan yetarlicha foydalanilmayapti; umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalari va jismoniy tarbiya fanidan olimpiadalarni tashkil etish hamda shu orqali g‘olib o‘quvchilarni Bolalar va o‘smirlar sport maktablariga saralab olish, seleksiya ishlari tizimli amalga oshirilmayapti; maktablarda o‘quvchilarni jamoaviy sport o‘yin turlariga jalb etishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti; jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish sohasiga innovatsion texnologiyalar joriy etilmayapti; j) jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, trenerlar va mutaxassislarni rag‘batlantirish sohasida: sport muassasalari trenerlari va xodimlari faoliyati samaradorligini belgilovchi mezonlar va malaka talablarining aniq tavsifi yo‘qligi oqibatida sport muassasalari faoliyati samarasiz bo‘lib qolmoqda; umumta’lim maktablarida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha samaradorlikka erishayotgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli ularning o‘z sport turi bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish motivatsiyasi past darajada qolmoqda; jismoniy tarbiya predmetidan fan olimpiadasi joriy qilinmaganligi ushbu fanga bo‘lgan qiziqish pasayishiga olib kelmoqda; bolalar-o‘smirlar, olimpiya zaxiralari va oliy sport mahorati maktablari trenerlarining oylik ish haqi umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga nisbatan nomutanosibligi malakali trenerlarning ishdan bo‘shab ketishiga va yoshlarni tayyorlash darajasi pasayishiga sabab bo‘lmoqda; sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-talabalarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini rag‘batlantirish mexanizmi joriy etilmagan; z) jismoniy tarbiya va sport tizimini moliyalashtirish sohasida: jismoniy tarbiya va sport tizimini moliyalashtirishda mablag‘larni samarali va shaffof tizim asosida taqsimlash va foydalanish talab etilmoqda; jismoniy tarbiya va sport muassasalariga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi ish haqiga sarflanib, sport tadbirlari kalendar rejasi, sport jihozlari, bino va inshootlarni ta’mirlashga yetarli mablag‘ ajratilmasdan kelinmoqda; mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shahar va tumanlarda kalendar reja asosida o‘tkazish uchun belgilangan musobaqalarni moliyalashtirishga mahalliy budjetdan mablag‘lar yetarlicha ajratilmasligi oqibatida respublika miqyosida o‘tkazilgan sport musobaqalarida viloyat jamoalari ishtiroki ta’minlanmagan. 4. Jismoniy tarbiya va sport tizimining rivojlanishi mazkur Konsepsiya ilovasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga asoslanadi. 5. Jismoniy tarbiya va sport tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asosan amalga oshiriladi: 5.1. Aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olish: milliy qadriyatlarimizni tiklash, yosh avlodga yetkazish maqsadida “Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari”, “Uloq”, “Ko‘pkari” kabi etnofestivallarni tashkil etish va o‘tkazish; “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, “Save Aral” xalqaro ekomarofonlarini o‘tkazish, sport turizmini rivojlantirish; tasarrufida ochiq sport inshootlari (stadion, futbol va boshqa sport maydonlari) mavjud bo‘lgan vazirlik, idoralar tomonidan aholining barcha qatlamlari uchun jismoniy tarbiya (yugurish, yurish va badantarbiya) bilan bepul shug‘ullanishi uchun sharoit yaratilishi; mavjud madaniyat va istirohat bog‘larida aholi jismoniy tarbiya bilan bepul shug‘ullanishi uchun “WorkOut” — mahalla (ko‘cha) fitnesi, “skandinavcha yurish”, yurish, yugurishga sharoit yaratish; “Yoshlar haftaligi”, “Xotin qizlar haftaligi”, “Mahalla va nuroniylar haftaligi” ommaviy jismoniy-tarbiya tadbirlarini tashkil etish; sport ta’limi muassasalarida, ta’lim muassasalarining sport inshootlarida hamda jismoniy tarbiya, sport markazlari va klublarida “ochiq eshiklar” kunlarini tashkil etishni an’anaga aylantirish; qishloq joylarida sport aksiyalari, havaskorlik chempionatlari, konkurslar tashkil etish; aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini joriy qilish; sport sinovlarini aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida musobaqa, festival tarzida tashkil etish, sportni kundalik turmush tarziga aylantirish; mehnat jamoalarida xodimlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi va buning uchun shart-sharoitlar yaratish masalalarini kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi jamoa shartnomalariga kiritish; katta yoshdagi fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish; turli toifadagi aholi guruhlarining jismoniy faolligini rivojlantirish, yangi sport turlari, sport turizmi va milliy sport turlari bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashish; jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratadigan, shuningdek, ishchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladigan ish beruvchilarni rag‘batlantirish; aholining turli yosh guruhlari qiziqishlarini, qobiliyatlarini va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sog‘lig‘ini mustahkamlash, faol harakatlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish; vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda xodimlarning madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, jismoniy tarbiya ko‘nikmasini shakllantirish va sportning ommaviyligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish; tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha hududlar, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari faoliyatining natijadorligini muhokama qilish amaliyotini joriy etish; aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish ishlari doirasida sport muassasalari hamda davlat organlari va joylarda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning namunaviy modelini ishlab chiqish va joriy etish; ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasini mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimiga kiritish, futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, shaxmat, shashka, arqon tortish, basketbol va boshqalar bo‘yicha sport musobaqalarini muntazam o‘tkazish; sport yulduzlari ishtirokida sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkazish uchun ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar, sport muassasalarining sport infratuzilmasidan foydalanish; aholining turli qatlamlarini qamrab olishni kengaytirishga mo‘ljallangan “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya ommaviy-mavzuli tadbirlarning turlari xilma-xil bo‘lishi va tez-tez o‘tkazilishini ta’minlash; xorijiy yetakchi sport markazlarida ta’lim olish uchun mintaqalardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari bo‘yicha sport ta’limi muassasalari o‘rtasida muntazam ravishda mintaqaviy sport musobaqalarini o‘tkazish. 5.2. Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish: jismoniy imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish hamda Surdlimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; imkoniyati cheklangan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga shug‘ullanishlari uchun jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida sharoitlar yaratish hamda ularni maxsus sport jihozlari bilan ta’minlash; imkoniyati cheklangan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning zamonaviy ilmiy asoslangan usullari, dasturlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida imkoniyati cheklangan shaxslarga jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalar va o‘smirlar sport maktablarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun bo‘linmalar va maxsus guruhlarni tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; imkoniyati cheklangan shaxslarning jismoniy va ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasini dasturiy-uslubiy ta’minlash; imkoniyati cheklangan shaxslarni sport-sog‘lomlashtirish turizmiga jalb etish dasturlarini ishlab chiqish; jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini olib boruvchi kadrlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 5.3. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarida jismoniy tayyorgarlikning samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash sport turlarini rivojlantirish: chaqiriqqacha yoshlarni sport va texnik tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish, shu jumladan texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash sport turlarini moliyaviy ta’minlashni oshirish; maxsus xizmatni o‘tayotganlar, harbiy xizmatchilar va shaxslarning barcha toifalari o‘rtasida ularning qiziqish va faoliyat yo‘nalishlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va ommaviy sport ishlarini olib borish; harbiy xizmatchilar va maxsus xizmatni o‘tayotgan shaxslar o‘rtasida ommaviy sport ishlari bo‘yicha har yili ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish; sportning texnik va amaliy, harbiy-amaliy hamda yakkakurash sport turlarini rivojlantirish dasturlarini qabul qilish; sportning texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash turlari bo‘yicha idoralararo jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazish; “Armiya o‘yinlari” dasturiga kiritilgan va regbi sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish; tizimdagi ta’lim muassasalarida “Armiya o‘yinlari” dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar va to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish; sportning texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash turlari bo‘yicha zamonaviy asbob-uskunalar hamda inventarlar bilan ta’minlash; sportning texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash turlari bo‘yicha trener va hakamlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini soddalashtirish. 5.4. Maktabgacha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish: maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini takomillashtirish va qo‘llash orqali bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya hamda ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish; kichik yoshdan bolalarda sport bilan shug‘ullanishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda ularning muayyan ko‘rsatkichlari asosida qaysi sport bilan shug‘ullanishini aniqlash, mustaqil rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish; sog‘lomlashtirish va boshlang‘ich tayyorlov bosqichlarida bolalarni birinchi navbatda umumiy jismoniy rivojlanish va biror-bir sport turiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, shug‘ullanuvchilarning “jismoniy tarbiya” fanini o‘zlashtirishiga ko‘maklashish; sport ta’limi muassasalarini boshqarish va samaradorligini tahlil qilishda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash; jamoaviy o‘yin sport turlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan sinf va maktablarni barpo etish amaliyotini kengaytirish orqali umumta’lim maktablarida ommaviy sportni rivojlantirish; umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Maktab sporti” festivallari hamda xar xil sport turlari bo‘yicha musobaqalar, shu jumladan “Maktab futbol ligalari”ni tashkil etish va o‘tkazish; jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining ma’lum bir sport turi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tiborini qaratgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; sport mashg‘ulotlari o‘tishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirish, sport psixologiyasini tushunish, sport tayyorgarligi davrida tibbiy nazoratni amalga oshirish nuqtai nazaridan trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish; bo‘lajak trener va mutaxassis kadrlarda o‘z faoliyatiga moyillik va ijodkorlik qobiliyatlari mavjudligini aniqlash va baholash imkonini beruvchi uslublarni ishlab chiqish; sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibini, xususan oliy ma’lumotga (bakalavr, magistr) ega bo‘lganlar sonini bosqichma-bosqich oshirish; jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, shu jumladan sport boshqaruvi sohasiga yosh kadrlar kirib kelishini rag‘batlantirish; avvalo chekka hududlarda joylashgan, o‘quvchi-sportchilar soni kam bo‘lgan sport maktablari trenerlariga qo‘shimcha yangi ixtisoslik va malakalarni o‘zlashtirish imkonini beradigan qayta tayyorlash tizimini joriy qilish; jismoniy tarbiya va sport sohasida rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha standartlashtirilgan dastur ishlab chiqish hamda “Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish tizimini yaratish va bitiruvchilarga sport muassasalarida rahbarlik lavozimlarini egallash imkonini berish; sport ta’limi muassasalari rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlar o‘rtasida tanlov asosida saralash amaliyotini joriy qilish va ularni rag‘batlantirishni kuchaytirish; trener va mutaxassislarning masofaviy malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi samaradorligini yaxshilash va qamrovini kengaytirish; malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish mazmuni va metodlarini yangilash, baholash tizimini qayta ko‘rib chiqish; oliy ta’lim muassasalarining sport bo‘yicha sirtqi ta’lim yo‘nalishlari uchun qabul kvotalarini oshirish, Turizm va sport vazirligi tavsiyasi asosida sport mutaxassislariga kuchli ehtiyoj mavjud bo‘lgan chekka tog‘li va cho‘l hududlardagi abituriyentlar uchun imtiyozli qabul kvotalarini belgilash mexanizmini joriy etish; trener va sport mutaxassis xodimlarining yangilangan malaka talablarini joriy qilish; jismoniy tarbiya va sport tizimidagi sport ta’limi sifatini baholashni tashkil etish maqsadida sportchilarning tayyorgarligi, muassasa samaradorligi darajasini baholashga yo‘naltirilgan mezonlarni ishlab chiqish; yosh trener va mutaxassislarni kasbiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish; ta’lim muassasalarida bolalar va o‘smirlar sport jismoniy tarbiya jamoalarini tashkil etish; oliy ta’lim muassasalarida bodibilding va fitnes klublari tizimini tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish; barcha turdagi sport ta’limi muassasalarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun jismoniy tarbiya ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish; jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishda shug‘ullanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘iga xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha talablarni belgilash. 5.5. Sport turlarini rivojlantirish, iqtidorli bolalar va yoshlarni tanlash, yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasini tayyorlash, sportchilar hamda trenerlarni ijtimoiy himoya qilish va rag‘batlantirish: a) bolalar va o‘smirlar sportini rivojlantirish, seleksiya va sifatli sport zaxirasini tayyorlash tizimini rivojlantirish: ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda sportchilar tayyorlash metodologiyasini takomillashtirish, sport turlari bo‘yicha terma jamoalar tarkibini sifatli to‘ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash jarayoniga innovatsion loyihalarni joriy etish; sport musobaqalarini o‘tkazish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va eng qobiliyatli sportchilarni aniqlashda shaffoflikni ta’minlash, tegishli xalqaro sport federatsiyalar (uyushmalar) reglamentlariga moslashtirish; bolalar va o‘smirlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini hamda ularning faol sport faoliyatiga kirishishlarini ta’minlovchi asosiy muassasa hisoblangan bolalar va o‘smirlar sport maktablari tarmog‘ini kengaytirish; sport turlari bo‘yicha respublika musobaqalarini maktab jamoalari o‘rtasida o‘tkazish tizimini takomillashtirish; aholi sonidan va qiziqishlaridan kelib chiqib bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini oshirish; bolalar va o‘smirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari maktablarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish; zamonaviy sport texnologiyalarini hisobga olgan holda sport turlari bo‘yicha sport maktablarining o‘quv-mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqish; iqtidorli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari bo‘yicha mintaqaviy, respublika saralash musobaqalari, shu jumladan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublari o‘rtasida o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazilishini ta’minlash; sport turlari bo‘yicha respublika Oliy sport mahorati maktablarida iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularni milliy terma jamoalarga jalb etishga mas’ul Bosh trener-seleksioner shtatlarini joriy etish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish; sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari g‘oliblari va sovrindorlarining jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish. b) yoshlar, shu jumladan talabalar sportini rivojlantirish: yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, kibersport turini tizimli rivojlantirish; “Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblariga (1-o‘rin) oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fanlaridan maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilish; jismoniy tarbiya va sport sohasida yoshlar jamoat tashkilotlari va ko‘ngillilar harakatini rivojlantirish; O‘zbekistonda talabalar sportini yanada rivojlantirish, jumladan har bir oliy ta’lim muassasalarida sport klublarini tashkil etish va ularni kamida bitta sport turiga ixtisoslashtirish, shuningdek, “Universiada” sport musobaqalarining barcha bosqichlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rish; ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga oliy ta’lim muassasasining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz berishni joriy etish; iste’dodli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari bo‘yicha respublika musobaqalari o‘tkazilishi, shu jumladan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining barcha bosqichlari tanqidiy tahlil qilinishini va monitoring olib borilishini joriy etish. v) trener va o‘qituvchilarni ijtimoiy himoya qilish va rag‘batlantirishni kuchaytirish: seleksiya bo‘yicha trener tomonidan sport maktablariga jalb qilingan sportchilarning natijalariga muvofiq trenerlarni bazaviy tarif stavkasining uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda rag‘batlantirish; maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasi, “Bolalar sport o‘yinlari”ning g‘oliblarini tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini hamda sport ta’limi muassasalari trenerlarini pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish; jismoniy tarbiya fanidan olimpiada, musobaqalar g‘oliblarini tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilari, sport ta’limi muassasalarining trenerlarini attestatsiyaga jalb etmagan holda ularga malaka toifalari berish; g) oliy sport yutuqlarini rivojlantirish tizimini takomillashtirish: barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi choralar ko‘rish; barcha turdagi sport maktablarida seleksiya bo‘yicha trener, diyetolog, psixolog, farmakolog, massajchi lavozimlarini joriy etish; hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, har bir tuman (shahar) umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarini kamida bittadan ustuvor (olimpiya sport turlari), istiqboldagi (sportning o‘yin hamda milliy turlari), ayniqsa, turdosh sport turlariga ixtisoslashtirish; kelgusida oliy ta’lim muassasalari bazasida ixtisoslashtirilgan olimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarning sport tayyorgarlik markazlarini tashkil etish; respublikada barcha turdagi musobaqalarni to‘rt bosqichda o‘tkazish asosida terma jamoalarning zaxirasini shakllantirish; sport maktablari erishgan natijalarga qarab ular maqomini qayta ko‘rib chiqish va belgilash tartibini joriy etish; sport ta’limi muassasalarini, shu jumladan idoraviy jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarini rivojlantirish; jismoniy tarbiya va sport sohasida qo‘shimcha ta’lim tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, shuningdek, seksiyalar va sport klublarini tashkil etish; sport pasportini joriy etish va muntazam ravishda yuritib borish tizimini joriy qilish natijasida sport turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilar erishgan natijalari, trenerlari va qaysi sport tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotganligi bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllanitirish; sport zaxirasini tayyorlash tizimining nazariy-uslubiy va tibbiy-biologik asoslari sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish; tayyorgarlikning jismoniy va texnik xususiyatlari, jismoniy rivojlanish va salomatlik holatini baholash asosida iqtidorli yosh sportchilarni ko‘p yillik saralash tizimini ishlab chiqish va joriy etish; yuqori malakali sportchilarni tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish, shu jumladan tayyorlash jarayonini boshqarish tizimini takomillashtirish; sportchilarni, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni tayyorlashda hamda tibbiy ta’minlashda innovatsion texnologiyalarni joriy etish; respublikaning tog‘li hududlarida sport terma jamoalari uchun Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish markazini qurish; hududlarda qishki olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommalashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish; hududlardagi yetakchi trenerlarning sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston sport terma jamoalarida, shuningdek, chet elda amaliyot o‘tash (stajirovka) tizimini yaratish; sport tibbiyoti mutaxassislarini, sport hakamlarini tayyorlash va malakasini oshirish; sportda taqiqlangan vositalar va usullarni qo‘llaydigan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish (dopingga qarshi kurashish); sportchilar va murabbiylarni ijtimoiy himoya qilish, rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish, shu jumladan tayyorlagan sportchilarini boshqa sport ta’limi muassasasi yoki klublarga o‘tkazgan trenerlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish. 5.6. Xalqaro sport siyosati va xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish: xalqaro sport tashkilotlarida O‘zbekiston sport tashkilotlari vakillarining sonini ko‘paytirish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish; jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish; Osiyo va jahon sport tashkilotlari, shuningdek, boshqa yetakchi mamlakatlarning sport tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirish; imkoniyati cheklangan shaxslarni birlashtirgan xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish; sport shou-biznes tashkilotlarini respublikaga jalb etish; birinchi navbatda uzoq vaqt davomida sport yutuqlariga erisha olmayotgan sport turlari bo‘yicha respublika sport jamoalari bilan ishlash uchun xalqaro darajadagi yetakchi xorijiy trenerlarni jalb etish; xalqaro maydonda O‘zbekiston sporti va sportchilarimiz manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; sport turizmini (ayniqsa ichki) rivojlantirish maqsadida yirik sport obyektlarini mamlakatning ommalashgan turistik yo‘nalishlari xaritalariga kiritish, hududlarning sport brendlarini shakllantirish; sport muxlislarini, jumladan xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari”ni yo‘lga qo‘yish va “Sport Visa” qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish viza tizimini joriy etish. 5.7. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini kadrlar, ilmiy-uslubiy, tibbiy-biologik va antidoping qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirish: jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish bo‘yicha turli tashkilotlarning faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini baholash tizimi va mezonini joriy etish; barcha darajadagi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi tizimini takomillashtirish; jismoniy tarbiya va sport sohasini axborotlashtirish dasturini ishlab chiqish va uni joriy qilish ishlarini tashkil etish; mahalliy davlat hokimiyati organlarining sport sohasidagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; a) jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari hamda zamonaviy fikrlaydigan ma’muriy kadrlarni tayyorlash: jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha yuqori malakali trenerlar, hakamlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari va metodologiyasini yangilash, sportchilarning tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida intensiv malaka oshirish platformasini yaratish; jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan (adaptiv) sport bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish; jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish, zamonaviy vositalar va usullardan foydalangan holda kasbiy qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish; “eng yaxshi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, trener, sportchi, sport shifokori, psixologi va diyetologi” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishini tashkil etish; trener-o‘qituvchilar tayyorlashning uzluksiz, ko‘p bosqichli tizimini shakllantirish; xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarni, shuningdek, turli darajadagi sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimini ishlab chiqish; yuqori malakali trenerlar, hakamlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari va metodologiyasini yangilash, sportchilarning tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish; sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega bo‘lgan mamlakatlardan mutaxassislarni jalb etgan holda, yangicha fikrlaydigan trenerlar va ma’muriy kadrlarni tayyorlash uchun eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanish; jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi ma’muriy kadrlar tayyorlash jarayoniga sportni boshqarishning maxsus dasturlarini joriy etish; sohaning boshqaruv tizimidagi mutaxassislarini Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportda rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma’muriyatchiligi) yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi jahon sport markazlarida tajriba orttirishlarini tashkil etish; sport muassasalari rahbarlari o‘rtasida tajriba almashinuvini rag‘batlantirish, rivojlantirish bo‘yicha dasturlarda ularning tizimli ishtirok etishini ta’minlash; b) jismoniy tarbiya va sportni ilmiy-uslubiy, tibbiy-biologik ta’minlash va antidoping choralarini rivojlantirish: jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-uslubiy ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va sportda yuqori natijalarni qo‘lga kiritish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish; jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, muvofiqlashtirishni ta’minlash hamda mamlakatimiz sport terma jamoalarini ilmiy-metodik ta’minlash maqsadida Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; respublikaning sport sohasidagi olimlarini xalqaro ilmiy va ta’lim dasturlarida ishtirok etishini ta’minlash; sport terma jamoalari va sport zaxiralarini tibbiy-biologik ta’minlash tizimini takomillashtirish; oliy sport yutuqlari va sport zaxirasini tayyorl
126
63,416
Qonunchilik
SUD-HUQUQ TIZIMINI ISLOH QILISh TO‘G‘RISIDA TAKLIFLAR TAYYoRLASh KOMIsSIYASINI TUZISh HAQIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi nutqi yuzasidan” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 14-apreldagi qaroriga muvofiq va sud-huquq islohotini chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida doimiy asosda ishlaydigan Sud-huquq tizimini isloh qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlash komissiyasi tuzilsin (1-ilova). 2. Sud-huquq tizimini isloh qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlash komissiyasiga o‘zining faoliyatiga vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning xodimlarini, olimlar va mutaxassislarni jalb etish huquqi berilsin. 3. Sud-huquq tizimini isloh qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlash komissiyasi haqidagi Nizom tasdiqlansin (2-ilova). 4. Sud-huquq tizimini isloh qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlash komissiyasi bir oylik muddat ichida o‘z faoliyatining dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 1. Sud-huquq tizimini isloh qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlash komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida tuziladi va doimiy asosda ish olib boradi. 2. Komissiya jamoatchilik asosida ishlaydigan Komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotib va a’zolardan iborat bo‘ladi. Komissiya tarkibi Oliy Majlisi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 3. Komissiyaning asosiy vazifasi sud-huquq tizimini isloh qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlashdan iboratdir. 4. Komissiya asosiy vazifasiga muvofiq: o‘z faoliyatining dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga, sudya kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish mexanizmini takomillashtirishga, sud protsessining tortishuv, sudlarda ishlarni ko‘rishda davlat ayblovchisi va himoyachining huquqlari tyengligi prinsiplarini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarishga qaratilgan takliflar tayyorlaydi va, zarurat bo‘lganda, tegishli qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqadi; huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari, sudlar, advokatura, ilmiy muassasalar hamda boshqa tashkilotlardan sud-huquq islohotini o‘tkazishga taalluqli hujjatlar, yozma xulosalar, hisobot ma’lumotlari va boshqa materiallarni talab qilib oladi; takliflar va qonun hujjatlarining loyihalarini kelishib olish yoki ekspertiza o‘tkazish uchun tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek olimlar va mutaxassislarga yuboradi; zarur hollarda o‘z majlislariga sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari, vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlarning vakillarini taklif etadi hamda Komissiyaning sud-huquq tizimini isloh qilishga oid takliflari qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida ularning axborotini tinglaydi; Komissiya a’zolarining topshirilgan ishni bajarishga oid axborotlarini tinglaydi. Komissiya o‘zining asosiy vazifasini bajarish bilan bog‘liq boshqa faoliyatni ham amalga oshiradi. 5. Komissiya o‘z ishini oshkoralik, masalalarni erkin muhokama etish va kollegial tarzda qaror qabul qilish, o‘z a’zolarining keng tashabbuskorligi asosida olib boradi. 6. Komissiya a’zolari Komissiya faoliyatida qatnashishlari, belgilangan vazifalar amalga oshirilishiga yordamlashishlari, Komissiya topshiriqlarini bajarishlari shart. 7. Komissiya masalalarni tayyorlash va chuqur ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning xodimlarini, olimlar va mutaxassislarni jalb etishga, shuningdek Komissiya faoliyati bilan bog‘liq u yoki bu masalalarni tayyorlash uchun ular orasidan ishchi guruhlari tuzishga haqli. 8. Komissiya majlislari zaruratga qarab, ammo har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. 9. Komissiya majlislari, basharti ularda Komissiya tarkibining kamida yarmi hozir bo‘lgan bo‘lsa, vakolatlidir. Komissiya a’zosi majlisga kelishga imkoni bo‘lmagan taqdirda bu haqda Komissiya raisini oldindan xabardor etib qo‘yadi. 10. Komissiya ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qaror qabul qiladi. Komissiya qarori uning majlisida hozir bo‘lgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 11. Komissiya tomonidan tayyorlangan takliflar Oliy Majlis rahbariyatiga ma’lum qilinadi va zarur bo‘lsa, Oliy Majlis Kengashi muhokamasiga kiritiladi, shuningdek tegishli davlat organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborilishi mumkin. 12. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar Komissiya tomonidan yuborilgan, sud-huquq islohotini amalga oshirish bilan bog‘liq takliflarni ko‘rib chiqishi hamda ularning natijalari to‘g‘risida Komissiyaga xabar qilishi shart. 13. Komissiya raisi: Komissiya faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi; zarur materiallarning tayyorlanishini tashkil etadi, Komissiya majlisini chaqiradi va majlislarda raislik qiladi; Komissiya faoliyati dasturini amalga oshirish jarayoni ustidan nazorat olib boradi; Komissiya raisining o‘rinbosari, kotib va a’zolarga topshiriqlar beradi, ularga Komissiya faoliyati bilan bog‘liq materiallar va hujjatlar yo‘llaydi; sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan Komissiya tayyorlagan takliflar to‘g‘risida Oliy Majlis rahbariyatiga va Oliy Majlis Kengashiga axborot beradi; Komissiya qarorlarini imzolaydi. 14. Komissiya raisining o‘rinbosari rais topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi hamda rais yo‘qligida yoki uning o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan hollarda raisning vazifasini bajarib turadi. 15. Komissiya kotibi Komissiya faoliyatining tashkiliy jihatdan ta’minlanishini amalga oshiradi hamda uning ish yurituvini olib boradi.
92
5,538
Qonunchilik
Teхnik jihatdan tartibga solish agentligining vakolatlari belgilandi
Prezidentning 02.06.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. U bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) quyidagi qoʻshimcha vakolatlari belgilandi: Quyidagilar tasdiqlandi: Agentlik bosh direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining takdimnomasiga asosan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. U maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi. Agentlik bosh direktori oʻrinbosarlari hamda uning tarkibidagi tizim tashkilotlari rahbarlari agentlik bosh direktori taqdimnomasiga asosan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Agentlik bosh direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga oʻrindoshlik asosida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi хodimini tayinlashga ruхsat etiladi. Agentlik va Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti хodimlari mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlariga koʻra Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati хodimlariga tenglashtiriladi. Quyidagilar bekor qilinadi: Shuningdek, qonunchilik hujjatlarida muvofiqlikni baholash хizmatlarini koʻrsatish uchun yagona idoralarni belgilashga (mudofaa va davlat хavfsizligini ta’minlash maqsadlaridan tashqari) yoʻl qoʻyilmaydi. Quyidagilarga ruхsat beriladi: Standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohasida faoliyat yurituvchi хodimlarga oylik ish haqi toʻlanishida, tegishli yoʻnalish boʻyicha хalqaro va хorijiy tashkilotlarning bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatiga ega boʻlganda: Agentlikka 2021 yil 1 avgustga qadar standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni хalqaro standartlar bilan yangilashni toʻliq yakunlash topshirildi. Ishlab chiqarish korхonalariga 2023 yil 1 yanvarga qadar yangi standartlarga oʻtish muddati belgilanadi va amaldagi standartlardan foydalanishga ruхsat beriladi. Hujjat 03.06.2021 yilda “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
68
2,415
Qonunchilik
AKTni rivojlantirish jamgʻarmasi qanday loyihalarni moliyalashtiradi
Hukumat aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarning hududiy manzilli roʻyхatlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibini tasdiqladi (VMning 12.10.2018 yildagi 821-son qarori). Mamlakatimizda har yili Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladigan AKTni joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyiхalarning roʻyхatlari tuziladi. Loyihani  ustuvor loyihalarning manzilli roʻyхatiga kiritish uchun tashabbuskorlar koʻrib chiqish uchun uni 15 sentyabrgacha ishchi organga (Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasi) taqdim etishlari kerak. Manzilli roʻyхatlar 1 noyabrdan kechiktirmasdan AKTni rivojlantirish boʻyicha hududiy kengashlar qarorlari bilan tasdiqlanadi. Hududiy kengashlarning qarorlari Jamgʻarma tomonidan loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi. Bu – muhim! Roʻyхatga kiritilgan barcha loyihalar faqat bitta moliyalashtirish manbasiga (Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi) ega boʻlishi mumkin. Qanday loyihalar roʻyхatga kiritilishi lozim? Ustuvor loyihalarning manzilli roʻyхatiga quyidagi yoʻnalishlardagi loyihalar kiritiladi: Loyihani roʻyхatga kiritish uchun nima zarur? Loyihani roʻyхatga kiritish uchun yuridik shaхs-tashabbuskorning rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan tasdiqlangan loyiha pasportini ishchi organga taqdim etish zarur. Loyiha pasporti: Loyihani moliyalashtirish qanday amalga oshiriladi Roʻyхatdagi loyihalar tegishli hududda mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaхslar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovdan tushadigan summaning 5%igacha boʻlgan miqdorda Jamgʻarma mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida takiklanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Markazlashtirilgan holda ishlab chiqiladigan va Prezident hamda Hukumatning tegishli qarorlari doirasida mas’ul vazirlik va idoralar hisobidan amalga oshirish nazarda tutiladigan loyihalar ustuvor loyihalarning hududiy manzilli roʻyхatlari doirasida qayta moliyalashtirilmaydi. Loyihalar tashabbuskorlari hududiy kengashlar tomonidan ishchi organ belgilangan tartibda jalb qilingan holda ustuvor loyihalarning manzilli roʻyхatlari tasdiqlangandan soʻng Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ustuvor loyihalarning manzilli roʻyхatlari doirasidagi yangi loyihalar boʻyicha “Davlat хaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya etilgan holda хarid qilish tartib-taomillarini amalga oshiradi. Belgilangan tartibda amalga oshirilgan хarid qilish tartib-taomillari natijalari boʻyicha aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasidagi loyihalar tashabbuskorlari, tizim integratorlari va/yoki tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib beruvchilari hamda Jamgʻarma oʻrtasida ustuvor loyihalarning manzilli roʻyхatiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun uch tomonlama shartnomalar tuziladi. Jamgʻarma tomonidan ustuvor loyihalarning manzilli roʻyхatini amalga oshirishni moliyalashtirish uchun loyiha tashabbuskorining buyurtmanomalari boʻyicha loyiha tashabbuskori, loyiha ijrochisi va Jamgʻarma oʻrtasida imzolangan uch tomonlama shartnoma asosida mablagʻlar ajratiladi. Loyihalar Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan jadvallar hamda bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida bosqichma-bosqich moliyalashtiriladi. Loyiha amalga oshirilgandan soʻng loyiha tashabbuskori va ishchi organ mutaхassislaridan tarkib topadigan qabul qilish komissiyasi tomonidan imzolanadigan tegishli dalolatnoma tuziladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Gayevoy.
68
3,834
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-542-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari X. Gapparov, K. Jumaniyozov, A. Qurbonov, S. Samoylov, I. Xushvaqtov, Dj. Shirinov, I. Xodjiyev, Sh. Tuxtashev tomonidan 2019-yil 14-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-542-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
247
646
Qonunchilik
Tinchlik maqsadida foydalaniladigan atom: uzoq muddatli konsepsiya va rivojlanish dasturi ishlab chiqiladi
Prezidentning 19.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan. Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi («Oʻzatom» agentligi) atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi. Yangi organning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari atom energiyasidan faqat tinchlik maqsadlarida foydalanishga qaratilgan: sohani rivojlantirish dasturlari, atom fani va yadro teхnologiyalari, radiatsiyaviy va yadroviy хavfsizlik, хalqaro institutlar bilan hamkorlik va h.k. «Oʻzatom» agentligi huzurida Ilmiy-teхnik va ekspert kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibiga davlat apparati vakillari hamda atom energetikasini rivojlantirish sohasidagi хalqaro ekspertlar kiradi. Sohani rivojlantirishning strategik masalalari boʻyicha kengash хulosalari asosida qarorlar qabul qilinadi. Keng miqyosli norma ijodkorligi faoliyati amalga oshiriladi, quyidagi hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish zarur:   Dekabr oyiga kelib atom energetikasi sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetiga qabul kvotalari, shuningdek talabalarning mazkur yoʻnalishlar yuzasidan хorijda ta’lim olishi va stajirovka oʻtashi boʻyicha takliflar Hukumatga kiritiladi. Oleg Zamanov.
106
1,864
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-sonli qaroriga muvofiq hamda respublikaning oziq-ovqat sanoatini boshqarish mexanizmi va tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ–2340-sonli qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-yil 4-may, 17-1, 216-modda): a) 1-ilovaning 47-pozitsiyasi chiqarib tashlansin; b) 2-ilovaning 40, 43, 47, 94, 95, 113 va 121-pozitsiyalari chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 18-fevraldagi PQ-2492-sonli qarorining 3-ilovasida: a) I bo‘limdagi 11, 19, 20, 29, 37 va 38-pozitsiyalar chiqarib tashlansin; b) IV bo‘lim quyidagi mazmundagi 14-band bilan to‘ldirilsin: “14. “O‘zagroeksport” ITSK AJ — yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-sonli qarorining 8-bandida: a) ikkinchi xatboshidan “kompaniya aksiyalarining 51 foizidan kam bo‘lmagan qismi davlatda saqlanib qolishini nazarda tutgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
106
2,125
Qonunchilik
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish yuzasidan kompleks tadbirlar rejasini ishlab chiqib amalga oshirsin. Davlat budjetini tasdiqlashda milliy dasturning moliyaviy va moddiy ta’minotiga alohida e’tibor berilsin.
45
399