folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Strategik хarid qiluvchilarga tender oʻtkazmaslikka ruхsat berildi
Prezidentning 22.01.2018 yildagi PQ-3487-son «Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korхonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Eslatib oʻtamiz, umumiy qoidaga koʻra, davlat va korporativ хaridlarni amalga oshirish kontraktning AQSh dollariga ekvivalentdagi summasiga bogʻliq (23.08.2017 yildagi PQ–3237-son qarorga qarang). Qabul qilingan hujjat quyidagi strategik хarid qiluvchilarga nisbatan alohida shartlarni joriy etadi: NKMK, OKMK, «Oʻzbekneftgaz», «Oʻzbekenergo», «Oʻzbekgidroenergo», «Oʻzkimyosanoat», «Oʻzbekiston temir yoʻllari», «Oʻzbekkoʻmir», «Oʻzbekiston havo yoʻllari», «Oʻzbektelekom», «Energiya tejash milliy kompaniyasi» va «Oʻzavtosanoat», shuningdek ularda mazkur kompaniyalarning ulushi boʻlgan tashkilotlar. Ular joriy ishlab chiqarish faoliyatida ishlatiladigan, kontrakt summasidan qatiy nazar, eng yaхshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan uskunalar, хom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni, shuningdek, ishlar va хizmatlarni хarid qilish kontraktlarini (shu jumladan, import kontraktlarini) tuzish huquqiga ega boʻlishdi. Ya’ni tanlov (tender) savdolarini oʻtkazish (kontrakt summasi $1 ming dan $100 minggacha boʻlganda oʻtkaziladi) toʻgʻrisidagi umumiy talablar ularga taalluqli emas, biroq ular yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuza olishmaydi. Bunda quyidagi shartlar amal qiladi: Yuqorida ta’riflangan tartib tatbiq etilmaydigan ikkita holat mavjud: 1 –  rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida tovarlar (ishlar, хizmatlar) хaridlariga; 2 – Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari orqali jalb qilinayotgan kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan kontraktlarga. Ushbu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 22.01.2018 yilda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin vaqtda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov.
66
2,103
Qonunchilik
Xalq deputatlari G‘uzor tumani Kengashining 2020-yil 20-noyabrdagi “Tumandagi ayrim fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarini tuman zaxira yer fondiga qaytarish haqida”gi 67/18-6-sonli qarorini o‘rganish natijalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning xalq deputatlari G‘uzor tumani Kengashining 2020-yil 20-noyabrdagi “Tumandagi ayrim fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarini tuman zaxira yer fondiga qaytarish haqida”gi 67/18-6-sonli qarorini (bundan buyon matnda Qaror deb yuritiladi) bekor qilish yuzasidan murojaati Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalari ko‘rsatganidek, fermer xo‘jaligi rahbari va hokimlik o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, Qaror bilan “Jaloliddin Jilosi” fermer xo‘jaligi bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomasini bekor qilish ma’qullangan. Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq, agar Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Yer kodeksining 24-moddasiga hamda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga asosan yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga fermer xo‘jaliklari va tuman hokimligi o‘rtasidagi shartnomaviy huquqiy munosabatlarga aralashish vakolati berilmagan. Shuningdek, xalq deputatlari G‘uzor tumani Kengashi Qarorning 3-bandi bilan qonunchilikka zid ravishda G‘uzor tumani hokimligiga Qarordan kelib chiqib, fermer xo‘jaliklari yer maydonini zaxiraga qaytarish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish yuzasidan vazifa yuklatilgan. Bundan tashqari, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga ko‘ra ma’muriy organ manfaatdor shaxsga ma’muriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha holatlar yuzasidan o‘z fikrini bildirish imkoniyatini berishi shart. Mazkur Qonunning 19-moddasiga ko‘ra ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga nomuvofiqlik ma’muriy hujjatlarning va ma’muriy harakatlarning bekor qilinishiga yoki qayta ko‘rib chiqilishiga olib keladi. Shunga qaramasdan, xalq deputatlari G‘uzor tumani Kengashi tomonidan yer ijarasi shartnomalarini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishda fermer xo‘jaligi rahbarining ishtirok etishi va holat bo‘yicha o‘z fikrini bildirish imkoniyati ta’minlanmagan. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 302-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. Xalq deputatlari G‘uzor tumani Kengashining 2020-yil 20-noyabrdagi “Tumandagi ayrim fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarini tuman zaxira yer fondiga qaytarish haqida”gi 67/18-6-sonli qarori qonunchilikka zid deb topilsin va bekor qilinsin. 2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi (B. Tajiyev) zimmasiga yuklansin. 3. Mazkur Qaror manfaatdor tomonlarga yuborilsin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
225
3,213
Qonunchilik
Mijozlar qanday tartibda identifikatsiya qilinadi
MB Boshqaruvining qarori bilan Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom  tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3322, 30.09.2021 y.). Hujjat «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi hamda «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi qonunlariga muvofiq qabul qilingan. Mazkur Nizom banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va toʻlov tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda – kredit va toʻlov tashkilotlari) tomonidan jismoniy shaхslarni (keyingi oʻrinlarda – mijoz) raqamli identifikatsiya qilish tartibi va shartlarini belgilaydi. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Kredit va toʻlov tashkilotlari quyidagilarni amalga oshirishi lozim: Raqamli identifikatsiya Oʻzbekiston fuqarolariga, Oʻzbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga nisbatan qoʻllaniladi. Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilishda kredit va toʻlov tashkiloti tomonidan quyidagi usullardan foydalaniladi: Raqamli identifikatsiya qilish quyidagi хizmatlarni koʻrsatishda qoʻllanilishi mumkin: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2021 yildan kuchga kirdi.   Nargiza Vohidova.
49
1,204
Qonunchilik
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarida yuridik shaxs bo‘lmagan, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari shaklidagi “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — “Ayollar daftari” jamg‘armasi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish, ushbu xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish, mazkur chora-tadbirlar ijrosi ustidan monitoring o‘rnatish hamda “Ayollar daftari” ro‘yxatidan chiqarish tartibini nazarda tutuvchi “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) 1-ilovaga muvofiq; “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlarini moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa mas’ul vazirlik va idoralarga “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi vazifalarni ustuvor ravishda amalga oshirish yuklatilsin: xotin-qizlarning bandligini ta’minlash; tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishi uchun ko‘maklashish; ularni tadbirkorlikka jalb qilish; moddiy yordam ko‘rsatish; turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lash; ijtimoiy uylarga joylashtirish va ularning uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashish; tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratsin. 4. Belgilansinki: a) “Ayollar daftari” jamg‘armasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarini va ularning ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, yillik ish rejalarini tasdiqlash hamda jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlar “Ayollar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda daromad va xarajatlarning yillik parametrlari mahallabay taqsimlanadi; b) Vasiylik kengashi a’zolari jamg‘armani boshqarish bo‘yicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi; v) “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlari hamda sektorlar rahbarlari bilan hamkorlikda xotin-qizlar bandligini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari: har chorakda mahalliy budjet prognozining ortiqcha bajarilgan qismining kamida 15 foizi, biroq “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlarini moliyalashtirishga yetarli bo‘lgan miqdorda “Ayollar daftari” jamg‘armasiga yo‘naltirilishini ta’minlasin; “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan va uy-joyini ta’mirlashga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joyini tizimli ravishda ta’mirlash ishlarini amalga oshirsin. Bunda har bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda mablag‘ ajratilishi nazarda tutilsin. 7. “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlari yoshidan qat’i nazar) farzandlariga davolash, dori vositalari olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablag‘ zarur bo‘lgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi va sektor rahbari tavsiyasi bilan tibbiy muolaja xarajatlarini “Ayollar daftari” jamg‘armasi va Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab berish tartibi joriy etilsin. 8. “Ayollar daftari” yuritilishi bo‘yicha sektorlar rahbarlari hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi mas’ul hisoblanishi belgilab qo‘yilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda: “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mazkur qaror bilan joriy etilgan yangi tartibni amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rsin; jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, xususan, ayollarga tushuntirish, shuningdek, “Ayollar daftari” bilan ishlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirsin. 10. Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan: “Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz hamda zo‘ravonlikka uchragan ayollar muammolarini aniqlash va hal qilish bo‘yicha mas’ul idora va rahbarlarning natijaga yo‘naltirilgan faoliyati yo‘lga qo‘yilishi va muvofiqlashtirilishi; sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari — oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari tomonidan joylardagi xotin-qizlar muammolarini hal etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, amalga oshirilishi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida har oyda hisobot berishini yo‘lga qo‘yish tashkil etilishi belgilansin. 11. “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash Davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilishi yo‘lga qo‘yilsin va ushbu tizim orqali quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilsin: ijtimoiy-himoyaga muhtoj xotin-qizning “Ayollar daftari”ga kiritish haqidagi murojaatini to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilish; ushbu murojaatni ko‘rib chiqish natijalari, agarda murojaatni qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, rad etish asoslari; “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan yordam turlari; “Ayollar daftari” orqali yordam ko‘rsatilayotgan xotin-qizlarning ro‘yxati va ularning har biriga ko‘rsatilgan yordamlarning aniq turlari, hajmi hamda kelgusida rejalashtirilayotgan tadbirlar. 12. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimi to‘liq ishga tushirilishi hamda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin; 2022-yil 1-sentabrga qadar “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritiladigan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish hamda ushbu chora-tadbirlarning ijrosini monitoring qilish, “Ayollar daftari”dan chiqarishda imkon qadar inson omilini kamaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 13. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) kam ta’minlangan va ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini mahallabay o‘rganish va hal etish hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi. 2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: “Ayollar daftari” tizimi — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui; “Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi; “Ayollar maslahat kengashi” — ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish, oilalarni mustahkamlash va ularning farzand tarbiyasidagi rolini hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan maslahatlar berish, “odobli qiz”, “iffatli kelin” va “ma’rifatli ayol” g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida har bir fuqarolar yig‘inida tashkil etiladigan va jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan tuzilma; “Individual dastur” — “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan har bir xotin-qiz hamda ularga ko‘rsatiladigan amaliy yordam turlari, davri (sanasi), miqdori (summasi, foizi va boshqalar) va amaliy yordamlar monitoringi to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui; sektorlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarining tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining ko‘maklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi; sektorlar ishchi guruhi — sektor rahbari boshchiligida iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohasi, davlat boshqaruvi organlari tuman (shahar)lar tuzilmalarining malakali mutaxassislari va tijorat banklari xodimlaridan iborat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus ishchi guruhlar. 3. “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 4. “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi: 1) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — bandligi Ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan va daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar; 2) tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar — bandligi ta’minlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar; 3) boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar — boquvchisi vafot etgan, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, ruhiy kasallikka chalingan, I-II guruh nogironligi bo‘lgan hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan, bedarak yo‘qolgan (sud qaroriga asosan) ehtiyojmand xotin-qizlar, shuningdek, nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar va ehtiyojmand yolg‘iz onalar (FHDY organlarining ma’lumotnomasi asosida); 4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — mehnatga layoqatsiz, o‘zgalar parvarishiga, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar; 5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi bo‘lmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam bo‘lgan), biroq o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar; 6) qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar — nogironligi bo‘lgan voyaga yetmagan (I guruh nogironligi bo‘lgan farzandi yoshidan qat’iy nazar) farzandini bevosita parvarishlayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar. Bunda “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritiladigan xotin-qizlar yuqoridagi toifalardan faqat biriga kiritilishi mumkin. 5. “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi bo‘yicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi bo‘yicha doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turmasligi “Ayollar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. 6. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda o‘rganiladi: sektorlar ishchi guruhlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari bilan birgalikda barcha yo‘nalishdagi muammolarni har yili yanvar oyida uyma-uy yurish orqali; xotin-qizlarning murojaatlari, shu jumladan, “Ayollar maslahat kengashi” va “Ayollar daftari” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) orqali. “Ayollar maslahat kengashi”ga va axborot tizimi orqali murojaat qilingan holatda, anketa-so‘rovnomalar mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan to‘ldirilib, sektor ishchi guruhiga taqdim qilinadi. Sektorlar rahbarlari va tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari birgalikda muammolarning haqqoniyligini o‘rganadi va har oyda o‘rganilgan va “Ayollar daftari”ga kiritilishi kerak bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga taqdim etadi. O‘rganish davomida xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari Nizomga 1a-ilovaga muvofiq anketa-so‘rovnomalar orqali aniqlanadi. 7. Anketa-so‘rovnomalar to‘ldirilgandan so‘ng 3 kun muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanib, sektorlar rahbarlari hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan Nizomga 1b-ilovaga muvofiq ularning individual dasturlari shakllantiriladi. 8. Individual dasturlar asosida sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlari 1v-ilovaga muvofiq hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi, imzolangan holda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi. 9. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar, farzandi “Eshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ilgari “Ayollar daftari”ga kiritilib, bandligi ta’minlangan yoki tadbirkorligi yo‘lga qo‘yilgan xotin-qizlar takroran “Ayollar daftari”ga kiritilmaydi. “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirishda ustuvorlik ilgari “Ayollar daftari”ga kiritilmagan xotin-qizlarga beriladi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalardagi xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning faqat “ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar”, “tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar” va “uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar” toifalariga kiritilishi mumkin. 10. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlari va “Yo‘l xaritasi” belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi. 11. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida tasdiqlangan ro‘yxatlar sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi. Sektorlar rahbarlari, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari “Ayollar daftari”ga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi. Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordam berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar axborot tizimiga kiritiladi va shundan so‘ng bajarilgan hisoblanadi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan tartibda yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan barcha hisobotlar axborot tizimida shakllantiriladi. 12. “Ayollar daftari” ushbu Nizomga 1g-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha yuritiladi. 13. “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun beriladigan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlarining ro‘yxati 2-ilovaga asosan belgilanadi. 14. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 1) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar uchun: bandligini ta’minlash; zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam berish; 2) tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun: tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; 3) boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun: bir martalik moddiy yordam berish; zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida og‘ir turmush sharoitidagi (uy-joyi ta’mirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash; 4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun: bir martalik moddiy yordam berish; zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida og‘ir turmush sharoitidagi (uy-joyi ta’mirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash; tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatish; 5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun: ijara kompensatsiyasini to‘lash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan ta’minlash; zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam berish; 6) qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun: bir martalik moddiy yordam berish; zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish. 15. “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan: barcha xotin-qizlarga ularning murojaatiga asosan huquqiy, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi; zaxiraga qaytarilgan yoki yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlari dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga 0,10 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda belgilangan tartibda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga beriladi. Bunda: dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda o‘z tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilikda yaxshi natijalarga erishgan, ushbu sohalardan birida tayanch mutaxassislikka ega bo‘lgan, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand xotin-qizlarga alohida ustuvorlik beriladi. Zarur hollarda, mazkur bandning uchinchi kichik bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun ajratiladigan subsidiya mablag‘lari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartib asosida tegishli buyurtma ijrochilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazib beriladi. 16. Xotin-qizlarning bandligiga quyidagi yo‘nalishlarda ko‘maklashiladi: a) sektorlar rahbarlari tuman (shahar) investitsiya bo‘limlari, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, tijorat banklari hamkorlikda tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirish; b) sektorlar rahbarlari tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari hamda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish o‘rinlariga ishga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish; v) sektorlar rahbarlari tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari bilan birgalikda kooperativlarga jalb etish; g) tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari hamda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, Davlat soliq inspeksiyalari tomonidan kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko‘maklashish. Ushbu bandda ko‘rsatilgan ko‘maklashish choralari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 17. Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: a) Savdo-sanoat palatasi, AT “Xalq banki”, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda hududiy xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari va tegishli nodavlat o‘quv markazlari joylarda o‘quv kurslarini tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga ko‘maklashadi; b) “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kredit ajratiladi. AT “Xalq banki” “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga kredit olishda ko‘maklashish, bu masalada respublikada ajratilgan kreditlarning statistik hisobotini yuritish va kredit ajratilgandan so‘ng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish ishlari samaradorligini o‘rganadi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi. 18. Kreditlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bunda kreditlar 33 million so‘mgacha miqdorda hokimlar yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratiladi. Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, ma’muriy xarajatlarni to‘lashga, jumladan, avtotransport vositasining ta’minoti, mebel, aloqa xizmatlari to‘lovi va uyali telefon sotib olishga hamda qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning qoidalariga ko‘ra taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kreditlar 14 foizlik stavkada: oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga — 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga; chorvachilik (chetdan keltirilgan naslli qo‘y va echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun — 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga; bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga ajratiladi. 19. Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvarag‘idan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan va o‘zini o‘zi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xomashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so‘mgacha miqdorida kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin. Kreditlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari tomonidan “Ayollar daftari”da hisobda turgan xotin-qizlarning murojaat qilish qat’iy navbati asosida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi. 20. “Ayollar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasidagi resurslar hisobidan yillik 14 foizlik stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin. Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasidagi resurslar hisobidan 225 million so‘mdan ortiq, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin. Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan ta’minlanadigan har bir xotin-qiz uchun 33 million so‘mgacha miqdorga mutanosib ravishda belgilanadi. 21. “Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million so‘mgacha “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Ayollar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi. 22. “Ayollar daftari” jamg‘armasi orqali asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish maqsadida subsidiya ajratiladigan hollarda, ariza beruvchi Vasiylik kengashi raisi nomiga (arizada fuqaro o‘z faoliyatini boshlashi uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va turi, soni, taxminiy xarid narxi va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim) taqdim etadi. Ariza beruvchining qolgan barcha ma’lumotlari (elektron shakldagi fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, tadbirkor sifatida davlat xizmatlari markazida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi yoki o‘zini o‘zi band qilgan sifatida faoliyat turlari bo‘yicha soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat) axborot tizimi orqali inson omilisiz aniqlab olinadi. 23. Vasiylik kengashi tomonidan fuqaroning murojaatini 3 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘rganib chiqiladi hamda hokim yordamchisi tavsiyasi asosida subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 24. Arizani ko‘rib chiqish natijasida hujjatlar to‘liq taqdim etilgan va unda kamchiliklar yoki yolg‘on ma’lumotlar aniqlanmagan taqdirda, murojaat qiluvchiga o‘z faoliyatini boshlashiga kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida Vasiylik kengashining qarori rasmiylashtiriladi. 25. Vasiylik kengashi qarorida asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va ularni xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdori ko‘rsatiladi. 26. Arizani ko‘rib chiqish natijasida hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi yoki unda kamchiliklar mavjudligi yoxud yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlangan taqdirda, murojaat qiluvchiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabar beriladi. 27. Vasiylik kengashining ishchi organi — Oila va xotin-qizlar bo‘limi Vasiylik kengashi qarori rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimi orqali qarorda ko‘rsatilgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini belgilangan tartibda xarid qilish choralarini ko‘radi. 28. Buyurtma asosida asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari yetkazib berilganda, bu haqda Vasiylik kengashining ishchi organi qabul qilib olgan kundan boshlab 1 ish kunidan kechiktirmay ariza beruvchini xabardor qiladi. 29. Tegishli asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari ariza beruvchiga Vasiylik kengashi a’zolari va ariza beruvchi o‘rtasida tuziladigan dalolatnoma asosida topshiriladi. Dalolatnomada ariza beruvchiga taqdim etilayotgan asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollarining xususiyatidan kelib chiqib nomi, turi, markasi, kafolat muddati, xarid qilingan narxi va vaqti ko‘rsatilishi kerak. 30. Ariza beruvchiga ajratilgan subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan samarali foydalanilayotganligi, ularning texnik holati sozligi kafolat muddati davomida sektor shtabi kotibi tomonidan o‘rganiladi. 31. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda hokim yordamchilari bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish; parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yo‘lga qo‘yish; dehqonchilik bilan shug‘ullanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida har tomonlama ko‘maklashish; “Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala do‘konlari”ni tashkil etish. 32. Mazkur nizomning 31-bandida belgilangan maqsadlar uchun subsidiyalar va kreditlarini ajratish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 33. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam beriladi. Bir martalik moddiy yordam “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan ham berilishi mumkin. Ushbu bir martalik moddiy yordamni to‘lash uchun: a) mahallalardagi xotin-qizlar faollari sektorlar rahbarlari bilan birgalikda, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari (summasi) ko‘rsatilgan ro‘yxatni (har bir xotin-qizning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti seriyasi yoki identifikatsiyalovchi ID — kartasi raqami ko‘rsatilgan holda) tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etadi; b) tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi: “Ayollar daftari” jamg‘armasining daromadlari va tushumlari prognozidan kelib chiqib, tuman (shahar) moliya bo‘limi bilan kelishilgan holda, bir martalik moddiy yordamni oyma-oy to‘lash grafigini shakllantiradi hamda Vasiylik kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi. Bunda tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigining nusxasi mahallalardagi xotin-qizlar faollariga ham taqdim etiladi; tasdiqlangan grafikka asosan har oyning 5 — sanasiga qadar mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlar asosida to‘lov vedomostlarini shakllantirib, tumanlar (shaharlar) va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tegishli bo‘limiga (filialiga) taqdim etadi; v) tumanlar (shaharlar) hokimliklarining buxgalteriya bo‘limlari tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigi hamda to‘lov vedomostlari asosida “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘larni xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tegishli bo‘limiga (filialiga) ko‘chiradi; g) xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tegishli bo‘limi (filiali) tomonidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlari har oyning 5 — 27-sanalarida amalga oshiriladi. Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi. Oyning 27 sanasiga qadar tayinlangan, biroq o‘z vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordamga yo‘naltirilgan mablag‘lar “Ayollar daftari” jamg‘armasiga o‘tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga ko‘ra to‘lanadi. Yopilgan vedomostning bir nusxasi tuman (shahar) hokimligi hamda oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etiladi; d) tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi muhtoj xotin-qizlarga to‘langan bir martalik moddiy yordam to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritadi hamda yopilgan vedomostning nusxasini tegishli mahallalardagi xotin-qizlar faollariga taqdim etadi. Bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi. Sektor rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar, shuningdek, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor yolg‘iz onalarga qo‘shimcha moddiy yordam berish choralarini ko‘rib boradi. 34. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda fuqarolarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari “xonadonbay” hamda ularning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari raislari va xotin-qizlar faollari tomonidan turar joy uchun ijara kompensatsiyasini to‘lab berish bo‘yicha talabnomalar shakllantiriladi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi mazkur talabnomalar hamda sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining xulosasi asosida belgilangan tartibda to‘lab beriladi. Bunda: turar joy ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi o‘rtasida tegishli yilning so‘nggi kunigacha bo‘lgan muddatga tuziladi; turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning 50 foizi, lekin ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha bo‘lgan qismi “Ayollar daftari” jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Turar joy ijarasi uchun to‘lovlar ijaraga beruvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lanadi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning birga yashaydigan oila a’zolari boshqa dasturlar doirasida, homiylik yoki boshqa mablag‘lar hisobidan uy-joy bilan ta’minlangan yoxud uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ijtimoiy yordam (ko‘mak) olgan yoki imtiyozlardan foydalangan xotin-qizlarga mazkur Nizom asosida turar joy ijara kompensatsiyasi ajratilmaydi. Turar joy ijara kompensatsiyasi to‘lab turilgan davrda uy-joy bilan ta’minlangan yoki ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga yangi turar joyga ko‘chib o‘tgan oydan boshlab keyingi oyning birinchi sanasidan turar joy ijara kompensatsiyasi to‘xtatiladi. Mazkur tartib ajratilgan turar joy yashash uchun sharoiti mavjud bo‘lgan holda xotin-qizlar tomonidan ko‘chib o‘tish rad etilgan taqdirda ham qo‘llaniladi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirilishi yoki homiylar tomonidan mulk huquqi asosida uy-joy bilan ta’minlanishi mumkin. Ushbu bandda ko‘rsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xotin-qizlarga ijtimoiy kontrakt asosida kasb o‘rganish, mehnat qilish imkoniga ega bo‘lsa, mustaqil yoki aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi asosida ishga joylashish bo‘yicha ijtimoiy majburiyatlar yuklanadi. 35. Sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyi holati o‘rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta’mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo‘yicha smeta ishlab chiqilib, “Ayollar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga kiritiladi. Har bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda mablag‘ ajratiladi. 36. Vasiylik kengashi tomonidan ta’mirlash smetasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, mablag‘ ajratiladi hamda qurilish tashkilotiga (pudratchiga) yoki qurilish materiallari yetkazib beruvchi korxonaga o‘tkazib beriladi. Bunda qurilish tashkilotga (pudratchi) yoki qurilish materiallari yetkazib beruvchi korxona davlat xaridlarining elektron tizimi orqali aniqlanadi. 37. Sektorlar rahbarlari tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari bilan birgalikda mablag‘ ajratilgan vaqtdan boshlab ta’mirlash ishlari sifatli bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi. 38. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlariga tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati sektor ishchi guruhi tomonidan aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi. O‘rganish natijasiga ko‘ra tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati tibbiyot xodimi tomonidan aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasiga yo‘naltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kirmaydigan, ammo birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasi tomonidan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlarining davolanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, sektorlar rahbarlari xulosasiga asosan “Ayollar daftari” jamg‘armasi va Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qoplab beriladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qo‘yilishi ta’minlanadi. Nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan bemorlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi. 39. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlariga davolash, dori vositalarini olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablag‘ zarur bo‘lgan holatlarda, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan tibbiy muolaja xarajatlari “Ayollar daftari” jamg‘armasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi. Bunda dori-darmon olib berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdordagi xarajatlar “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan to‘lab beriladi; “Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlarining, shuningdek, lozim bo‘lganda I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga davolanish uchun borish-kelish yo‘l xarajatlari sektorlar rahbarlari xulosasiga asosan “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan to‘lab beriladi. Bunda xotin-qizlar yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etadi. Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, yo‘lkiraga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi. Bemorni maxsus transport vositasida tibbiy muassasaga yetkazish lozim bo‘lgan taqdirda, yo‘l xarajatlarini to‘lab berish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi olinadi. 40. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatiladi: prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish; ichki ishlar organlari — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish, takroriy zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik suhbatdan o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan o‘tish bo‘yicha vakolatli organga yuborish, himoya orderi talablarining ijrosini nazorat qilish hamda uning talablarini buzib zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan vakolati doirasida chora ko‘rish; adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish. 41. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga “Ayollar maslahat kengashi”, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, uning hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi huzuridagi “Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi”, ta’lim muassasalarining, malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi. 42. Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash homiylik, xalqaro moliya institutlari grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagai boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin. Tuman (shahar)lar kesimida ajratiladigan mablag‘lar taqsimoti har chorak uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki” tomonidan har chorakdan oldingi oyning 20-sanasiga qadar tuman (shahar)lar hokimliklariga yetkaziladi. 43. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar ko‘rsatilishi Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma bo‘yicha yuritiladi. 44. Xotin-qizlar quyidagi hollarda “Ayollar daftari”dan chiqariladi: har bir toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda (individual dastur asosida); to‘liq davlat ta’minotiga olinganda; o‘z arizasiga ko‘ra; “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda; boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda; sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda; shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturga kiritilgan masalalari to‘liq hal etilgunga qadar ularni “Ayollar daftari”dan chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmasdan “Ayollar daftari”ga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilganda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan xotin-qizlar yuqoridagi daftardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlab qolinadi. Bunda, imtiyoz va preferensiyalarning bir yillik amal qilish muddati dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab hisoblanadi. 45. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari bilan kelishilgan holda, mazkur Nizomning 44-bandida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni har yili dekabr oyida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi. 46. Xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro‘yxatidan chiqarish, “Yo‘l xaritasi” va individual dasturlarga o‘zgartirishlar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida kiritiladi. 47. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sektorlar shtablari kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi. “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 5 kun ichida bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi. 48. “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi monitoringi ularning individual dasturlari orqali monitoring qilinadi. Individual dasturlar tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan yuritiladi. Anketa-so‘rovnomalar va individual dasturlarning asl nusxalari tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarida 5 yil muddat davomida saqlanadi. 49. Individual dasturda ko‘rsatilgan tegishli chora-tadbirlar ijrosi belgilangan mas’ullar tomonidan ta’minlanadi hamda individual dasturda qayd etib boriladi. Mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari, sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar har ish kuni soat 18.00 gacha axborot tizimiga kiritib boriladi. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tahlil qiladi hamda ma’lumotlarning asosliligini o‘rganish uchun har 10 kunda sektorlar rahbarlariga taqdim qiladi. 50. Sektorlar rahbarlari har oyning 1-sanasiga qadar taqdim qilingan ma’lumotlarni hamda amalga oshirilgan ishlarni tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda hokim yordamchilari bilan tahlil qiladi, muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi hamda amalga oshirilgan ishlarni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga kiritadi. 51. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi bo‘yicha har oy yakunida tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib boradi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida sektorlar, idora va tashkilotlar rahbari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi har oyda yakuniy ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga taqdim qiladi. 52. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar ma’lumotlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan ma’lumotlarni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga taqdim qiladi. 53. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi har oyda hududiy boshqarmalardan olingan ma’lumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan tahlil qiladi. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi “Ayollar daftari”ning yuritish uchun mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini har chorak yakuni bilan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati taqdim qilingan axborot xatini tahlil qiladi, respublika darajasida hal qilinadigan masalalarni o‘rganadi. Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining topshiriq xati yuboriladi. 54. Vazirlar Mahkamasi tahliliy ma’lumot va takliflarni ko‘rib chiqadi hamda zarurat bo‘lgan hollarda, “Ayollar daftari”ning yuritilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilishga materiallar tayyorlaydi. 55. Barcha muammolar bartaraf etilib, individual dasturda qayd etilgan chora-tadbirlar to‘liq bajarilgandan so‘ng “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va mas’ullar tomonidan tasdiqlanib, xotin-qizlar ro‘yxati xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Ayollar daftari”dan chiqarish uchun kiritiladi. 56. “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi natijasi bo‘yicha hisobot berish Nizomning 3b-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 57. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari axborot tizimida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bog‘liq masalalarni to‘liq aks ettirib borilishini ta’minlaydi. 58. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish: mahalla darajasida — tuman (shahar) sektorlari rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshlig‘i, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari; tuman (shahar) darajasida — viloyat sektorlari rahbarlari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hududiy kengashlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari; viloyat darajasida — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, tegishli vazirlik va idoralar; respublika darajasida — Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi. 59. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari mazkur Nizom doirasida amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablag‘larning samarali va maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi. 60. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar. 1. Mazkur nizom “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — “Ayollar daftari” jamg‘armasi) faoliyatini tashkil etish, uning mablag‘larini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi. 2. “Ayollar daftari” tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq “Ayollar daftari” jamg‘armasi tashkil etiladi. 3. “Ayollar daftari” jamg‘armasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari tuman (shahar) hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari shaklidagi ochilgan g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi. 4. “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) mahalliy budjeti prognozining ortiqcha bajarilgan qismining kamida 15 foizi miqdorida har chorakda ajratiladigan mablag‘lar; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandida belgilangan tushumlarning mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq miqdordagi qismi; xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari; homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari: “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 10 million so‘mgacha subsidiya ajratishga; dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan ta’minlash, berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (er haydash, urug‘lik ko‘chat xarid qilish va boshqalar) bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga; “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravarigacha miqdorda moddiy yordam ajratishga; “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning 50 foizini, lekin ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha to‘lab berishga; “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyini ta’mirlash xarajatlarini bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda to‘lab berishga; “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning voyaga yetmagan farzandlariga (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) davolash, dori vositalarini olib berish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda xarajatlarni to‘lab berishga; “Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramog‘ida I nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlarining, lozim bo‘lganda I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga davolanish uchun borish-kelish yo‘l xarajatlarini to‘lab berishga; “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolaridan kelib chiqib, huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan tug‘ilganlik haqida guvohnoma va fuqarolik pasportini olish, sudga da’vo arizasi kiritgani uchun undiriladigan davlat boji to‘lovlari va boshqa xarajatlarni (advokatlarning xizmati uchun to‘lovlar bundan mustasno) sektor rahbari xulosasiga asosan to‘lab berishga; O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan (ta’lim shaklidan qat’i nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy ta’limda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmagan miqdorgacha “Ayollar daftari” jamg‘armasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan sektorlar rahbarlari xulosasi asosida bir marotaba to‘lov-kontraktini to‘lab berishga; “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ehtiyojlari va xohish-istaklarini o‘rganish natijalari bo‘yicha ularni qo‘llab-quvvatlash doirasidagi madaniy-ma’rifiy, sport, turizm va boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga; “Ayollar daftari”ni yuritish jarayonida foydalaniladigan anketa-so‘rovnomalar va individual dasturlarni chop etish va ko‘paytirish xarajatlarini to‘lab berishga yo‘naltiriladi. 6. Jamg‘arma mablag‘larini ushbu nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan maqsadlarga yo‘naltirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 7. “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturlari asosida Vasiylik kengashi qarori asosida sarflanadi. 8. “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu nizomga ilovaga muvofiq manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi. Tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Vasiylik kengashi raisi, tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi Vasiylik kengashi mas’ul kotibi hisoblanadi. Vasiylik kengashi tarkibi tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Vasiylik kengashi raisi va a’zolari “Ayollar daftari” jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. Vasiylik kengashi raisi “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini boshqaruvchi hisoblanadi. 9. “Ayollar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashining ishchi organi — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi hisoblanadi. 10. “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash Vasiylik kengashi qarori asosida amalga oshiriladi. Vasiylik kengashi yig‘ilishlari kengash raisi, “Ayollar daftari” jamg‘armasi ishchi organi tashabbusiga ko‘ra hamda zaruratga ko‘ra, ammo bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. 11. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi yig‘ilishlariga raislik qiladi. 12. Vasiylik kengashlarining qarorlari Vasiylik kengash yig‘ilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi. 13. Vasiylik kengashi: “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha umumiy rahbarlik qiladi va bu boradagi faoliyatni nazorat qiladi; “Ayollar daftari” jamg‘armasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari tavsiyalari asosida har bir mahalla kesimida taqsimlanishini, ularning ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, “Ayollar daftari” jamg‘armasiga yuklanilgan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi; “Ayollar daftari” jamg‘armasining yillik ish rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi; “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishda shaffoflikni ta’minlaydi; “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan alohida tadbirlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi; “Ayollar daftari” jamg‘armasiga homiylik xayriyalari, shuningdek, xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlarini jalb qilishga ko‘maklashadi; “Ayollar daftari” jamg‘armasiga yuklanilgan vazifalarni kengash a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi; “Ayollar daftari” jamg‘armasi faoliyatiga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi; “Ayollar daftari” jamg‘armasi faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. 14. “Ayollar daftari” jamg‘armasining ishchi organi: “Ayollar daftari” jamg‘armasining yillik ish rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi; Vasiylik kengashi yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yig‘ilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi; Vasiylik kengashi a’zolariga Vasiylik kengashi yig‘ilishining vaqti va o‘tkaziladigan joyi to‘g‘risida xabar beradi; davlat tomonidan berilgan ijtimoiy ko‘mak va moddiy yordam to‘g‘risida ma’lumotlarni “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturida qayd etib boradi; “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlaydi va ko‘rib chiqish uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi; Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘risida murojaatchi qiluvchiga xabar yuboradi; Vasiylik kengashi qarori bilan Ishchi organga qo‘shimcha vazifalar yuklanishi mumkin. 15. “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar tumanlar (shaharlar) hokimliklari hisobot bo‘limlari tomonidan yuritiladi. 16. “Ayollar daftari” jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 163-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. 17. Tumanlar (shaharlar) moliya organlari tomonidan budjet ijrosi hisobotini shakllantirish davrida “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisoboti ham qabul qilinadi. 18. Vasiylik kengashi raisi har oyda “Ayollar daftari” jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi. 19. “Ayollar daftari” jamg‘armasining joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va tuman (shahar) mahalliy budjetiga olib qo‘yilmaydi. 20. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi mazkur Nizom doirasida shahar va tumanlarda amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablag‘lar samarali va maqsadli ishlatilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatadi. 21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. 3-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 2. 4-bandda: a) birinchi xatboshida: “oilani” so‘zi “nuroniylarni” so‘zi bilan almashtirilsin; “1, 2, 3-ilovalarda” so‘zlari “1 va 3-ilovalarda” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) “b” kichik band chiqarib tashlansin. 3. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda: “Yoshlar daftari”ni yuritish hamda unga kiritiladigan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tartibni, hisobot berish va ma’lumotlarni taqdim qilish shaklini amaliyotga joriy etish; jamiyatda yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jam
111
62,752
Qonunchilik
Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 18.09.2018 yildagi “Aholini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 738-son qarori qabul qilindi. Hukumat mamlakatimiz farmatsevtika bozorining asosiy muammolarini belgiladi. Hisobga olish va hisobotning eskirgan (qogʻoz shakli) tizimi, majburiy identifikatsiyalashning mavjud emasligi, chekka tumanlarda infratuzilmaning rivojlanmaganligi va farmatsevtika mahsulotlar harakatini davlat tomonidan nazorat qilishning mavjud emasligi shular jumlasidandir. 2019 yil 1 iyuldan joriy etiladigan farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning aхborot tizimi: Loyiha buyurtmachisi – Sogʻliqni saqlash vazirligi, ishlab chiquvchi – “UZINFOCOM davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJ, tizim operatori  esa – DSQ,  uning ma’lumotlarni qayta ishlash markazi bazasida aхborot tizimining tajriba shakli sinovdan oʻtkaziladi. 20.02.2020 yilgacha muddatda Vazirlar Mahkamasiga: a) farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berish jarayonining barcha ishtirokchilarini aхborot tizimiga ulashning yakuniy muddatlari, aхborot tizimiga ulanmagan tashkilotlarga ularni realizatsiya qilishni taqiqlash; b) Dori vositalarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentga farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish, hisobot berish va identifikatsiyalash jarayonlarini avtomatlashtirish va ular haqida zarur aхborotni olish imkonini beruvchi majburiy maхsus markirovkalar tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar; v) farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun litsenziya talablariga litsenziyalar talabgorlari va egalarining aхborot tizimiga ulanish boʻyicha majburiyatlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar; g) aхborot tizimidan pulli asosda foydalanish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritishlari kerak. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2018 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
89
2,032
Qonunchilik
Qo‘qon davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, pedagogik ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, sohaga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Qo‘qon davlat pedagogika institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) ushbu Institut faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, Institutni 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin: pedagogika sohasining rivojlanish istiqbollari hamda ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda, pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash; oliy ma’lumotli mutaxassislar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasidagi xorijiy tajribani amaliyotda qo‘llash, bitiruvchilarning kasbiy malaka darajasi xalqaro mehnat bozorida tan olinishini ta’minlash; ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish; ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining integratsiyasini ta’minlash; pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish; pedagog kadrlarning ilmiy salohiyati, kasbiy va malakaviy bilim darajasini uzluksiz rivojlantirib borish mexanizmlarini joriy etish, ularning pedagogik mahoratini rivojlantirishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalaridan keng foydalanish; xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarini tayyorlash; hududdagi pedagogika sohasiga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlashning uzluksiz tizimini shakllantirish; xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish; talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish va ishga joylashishiga har tomonlama ko‘maklashish mexanizmlarini shakllantirish; pedagogika sohasidagi o‘quv adabiyotlari mazmuni va sifatini monitoring qilish, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxona fondlarini muntazam ravishda yangilab borish. 3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qo‘qon davlat pedagogika institutini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) ilovaga muvofiq tasdiqlansin: ta’lim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish; ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish; Institut pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun talablari asosida oshirish; xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Institutning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ta’minlash; Institut moddiy-texnika bazasini rivojlantirish. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: a) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab: o‘quvchilarni pedagog kasbiga yo‘naltirish maqsadida Farg‘ona viloyatidagi yetakchi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 5 tasida 10-11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar”ni tashkil etsin va Institut taklifi asosida dars jarayoniga ta’sir etmagan holda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalariga zarur o‘zgartirishlar kiritsin; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Institut talabalari amaliyotini samarali tashkil etish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin; b) Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Institut bitiruvchilari Farg‘ona viloyatidagi maktabgacha hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatini olib borishi uchun tegishli sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: a) uch oy muddatda: Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan “Texnologik ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun zamonaviy uskunalar, jihozlar, shuningdek, yetarli xomashyo bilan ta’minlangan o‘quv ustaxonasi hamda o‘quv laboratoriyasini tashkil etsin; Institutga pedagog kadrlar tayyorlovchi respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh pedagoglar jamoat birlashmasini tashkil etishga ko‘maklashsin; Institutda yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlashni ta’minlasin; b) “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda Institut professor-o‘qituvchilari va talabalaridan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlarida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan nomzodlarni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlariga doktorantura va magistraturaga o‘qishga yuborish choralarini ko‘rsin; v) Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bilan hamkorlikda 2021-yil 1-avgustga qadar Institut axborot-resurs markazining zamonaviy infratuzilmasini yaratish, yetakchi ilmiy axborot-resurs markazlari elektron bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan elektron adabiyotlar almashish hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan muntazam ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Institutning quyidagi takliflariga rozilik berilsin: a) Institut huzurida tashkil etilgan Dang‘ara va O‘zbekiston tumanidagi texnikumlarda (keyingi o‘rinlarda — Texnikumlar) raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash maqsadida ikki oy muddatda ta’lim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, o‘quv-metodik bazani yaratish va o‘quv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etish; b) Texnikumlarning tegishli ta’lim dasturlarini oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini va amaliyotchilarni jalb etgan holda xorijiy davlatlar tajribalaridan kelib chiqib takomillashtirib borish; v) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutda o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish; g) quyidagilarni Institut tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirish: ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashni hisobga olgan holda, Institut huzuridagi texnikumning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, uning tuzilmasini, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini belgilash; ish beruvchilar talablarini inobatga olgan holda, o‘quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish, haftada bir kunlik amaliyot tajribasini qo‘llash; xorijiy mutaxassislarni konsultant, maslahatchi va o‘qituvchilar sifatida jalb qilish va ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maosh hamda boshqa to‘lovlarni belgilash va to‘lash. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, Ko‘l Elash qishlog‘i, 1-uy manzilida joylashgan texnikum (sobiq O‘zbekiston sanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji) binosida Institutning milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’at fakulteti faoliyatini yo‘lga qo‘ysin. Texnikum dars jarayoniga Institutning milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari jalb etilsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Farg‘ona viloyati hokimi X.H. Bozarov zimmasiga yuklansin.
100
8,975
Qonunchilik
2007-YILDA XALQARO VA DAVLAT AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN UMUMIY FOYDALANIShDAGI AVTOMOBIL YO‘LLARINI TA’MIRLASh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Qaror matni rus tilida berilgan.
127
32
Qonunchilik
Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 41-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2863, 2017-yil 28-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 9-son, 139-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablarga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandda: to‘rtinchi xatboshidagi “3” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshidagi “4 ta printer” degan so‘zlar “2 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 2 ta ko‘p funksiyali printer;” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “telefon aloqasi va har bir xodim uchun alohida telefon apparati;”. 2. 2-bandda: to‘rtinchi xatboshidagi “2” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshidagi “2 ta printer” degan so‘zlar “1 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 1 ta ko‘p funksiyali printer;” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “telefon aloqasi va har bir xodim uchun alohida telefon apparati;”. 3. 3-bandda: oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1 ta skaner, 1 ta nusxa ko‘chiruvchi apparat, 1 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 1 ta ko‘p funksiyali printer;”; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “telefon aloqasi va har bir xodim uchun alohida telefon apparati;”. 4. 4-bandda: oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1 ta skaner, 1 ta nusxa ko‘chiruvchi apparat, 1 ta printer yoki ushbu qurilmalar funksiyasini bajaruvchi 1 ta ko‘p funksiyali printer;”; sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “telefon aloqasi va telefon apparati;”. 5. 5-bandda: ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin. 6. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
129
2,486
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, tez tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajarishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi qayd etilsin. Jumladan, respublikada tez tibbiy yordam xizmatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish yuzasidan qabul qilingan bir nechta qarorlarning natijalari bugungi kunga qadar sezilmayapti. Tez tibbiy yordam chaqiruvlarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish eskicha, qo‘l mexanizmlari yordamida bajarilmoqda. Tez tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida bemorlarning kasalxonaga yetib borgunga qadar vafot etishi ko‘payib bormoqda, Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida esa o‘lim soni ikki baravardan to‘rt baravargacha oshgan. Murojaatlarni saralashning amaldagi tartibi mavjud kuch va vositalarni eng muhim chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘naltirish imkonini bermaydi, natijada yolg‘on chaqiruvlar soni oshmoqda yoki surunkali kasalliklari avj olgan, biroq hayoti xavf ostida bo‘lmagan bemorlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Ajratilayotgan budjet mablag‘lari zarur sifatda tez tibbiy yordam ko‘rsatish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash imkonini bermayapti. Tez tibbiy yordam xizmatini jadal rivojlantirish, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, bu yo‘nalishda tezkor, texnologik va samarali faoliyat ko‘rsatishga erishish maqsadida: 1. Shoshilinch yordamga muhtoj har bir kishiga yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish tez tibbiy yordam xizmatining ustuvor vazifasi deb hisoblansin. 2. Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin. 3. Quyidagilar 2019-yil 1-yanvardan boshlab Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin: xalqaro va xorijiy moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘mak mablag‘lari; Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan tushgan daromadlar; jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. Jamg‘armaning mablag‘lari quyidagilarga sarflanishi belgilab qo‘yilsin: tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransportini xarid qilish va transport parkini o‘z vaqtida yangilash, shuningdek, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallarni xarid qilish; tez tibbiy yordam xizmatining xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish va amaliyot o‘tashini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish; tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga ustamalar, mukofot pullari va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lash; tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. Tez tibbiy yordam xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan moliyalashtirishning amaldagi tartibi va hajmlari saqlab qolinsin. Jamg‘armaning mablag‘larini boshqarish va taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) hay’ati qarori asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin. 4. Vazirlik belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha maxsus avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari, tibbiyot uskunalari va sarflanadigan materiallar, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, texnik o‘qitish vositalari, adabiyotlar va tez tibbiy yordam xizmati uchun zarur boshqa moddiy-texnika resurslar uchun 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod etilsin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno). 5. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda: Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizomni hamda Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish va mablag‘larini sarflash tartibini; Jamg‘armaning 2019-yilga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini, shu jumladan, ushbu qarorni ijro etish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutgan holda, tasdiqlasin. 6. Quyidagilar: 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq; Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilab qo‘yilsinki: tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi va Vazirlikning veb-saytida e’lon qilib borilishi lozim; baholash natijalari tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun asos bo‘ladi, shuningdek, xizmat muassasalarini rahbar kadrlar bilan to‘ldirishda hisobga olinadi. 7. Vazirlik: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy palata) bilan birgalikda ikki oy muddatda Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlarini hisobga olgan holda tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasini tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bilan birgalikda tez tibbiy yordam xizmatini 2020-yildan boshlab aviatsiya texnikasi bilan jihozlash va (yoki) aviatsiya xizmatlarini xarid qilish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida xarid qilish bo‘yicha takliflarni 2019-yil 1-martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; chaqiruvlar tuzilmasidan, tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan ko‘rsatiladigan yordam hajmi va xususiyatidan kelib chiqib, feldsherlik brigadalari ulushini oshirgan holda tez tibbiy yordam xizmatini 2019-yil yakuniga qadar qayta tuzib chiqsin; ikki oy muddatda respublikaning ayrim hududlardagi tez tibbiy yordam xizmatini boshqarish huquqini davlat-xususiy sherikchiligi asosida investorlarga o‘tkazish bo‘yicha aniq takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 8. Vazirlikning Shoshilinch tibbiy yordam o‘quv markazini Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markazi etib (keyingi o‘rinlarda — Markaz) qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilansinki, Markaz tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy metodik muassasa hisoblanadi. 9. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: avariya-qutqaruv xizmatlari, davlat organlari va tashkilotlari, boshqa yuridik shaxslar xodimlarini, shuningdek, fuqarolarni shoshilinch tibbiy va tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga o‘qitish, qayta o‘qitish va ularning malakasini oshirish; shifoxonagacha tibbiy yordam ko‘rsatish shakllari va metodlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish; shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish; shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha boshqa muassasalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida metodik yordam ko‘rsatish; shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida seminar-treninglar, master-klasslar, vebinarlar va teleko‘priklar tashkil etish, shu jumladan yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etish; shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot va o‘quv markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda grantlar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish. 10. Yuklatilgan vazifalar doirasida Markazga quyidagi huquqlar berilsin: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, davlat tibbiyot tashkilotlaridan Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur axborotni, statistik va arxiv ma’lumotlarini belgilangan tartibda so‘rash va olish; Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallarni tashkil etish; davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, boshqa ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni ta’lim jarayoniga shartnoma asosida jalb qilish. 11. Shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari o‘qitiladigan kurslardan o‘tish uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markaziga yuboriladigan davlat organlari va davlat ulushiga ega bo‘lgan tashkilotlar xodimlarining kontingenti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlab turiladigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar o‘z xodimlarini Markazda o‘qitish uchun har yilgi budjetdan mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekneftegaz” AJ va “Toshshahartransxizmat” AJ o‘z xodimlari va instruktorlarini o‘z mablag‘lari hisobidan har yili o‘qishga yuborsin. Tez tibbiy yordam xizmati brigadalarining haydovchilari Markazda shoshilinch tibbiy hamda tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari o‘qitiladigan kurslardan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan o‘tishi belgilab qo‘yilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Vazirlik bilan birgalikda Markazdagi ta’lim jarayoni, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifati ustidan muntazam nazorat va monitoring o‘rnatsin. 14. Vazirlik Toshkent viloyati hokimligi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida tez tibbiy yordam xizmati paramediklari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutgan sinov loyihasini amalga oshirsin: paramediklar tomonidan fuqarolarga kecha-kunduz uzluksiz yuqori malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatish; tez tibbiy yordam xizmatining aholiga imkon qadar yaqinlashtirilishini hisobga olib, paramediklar kuchlarini muvofiqlashtirilgan holda joylashtirish va boshqarishning samarali mexanizmini joriy etish; fuqarolarning yoki ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar organlarining tegishli xizmatlari, davlat organlari va tashkilotlari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning chaqiruvlari bo‘yicha voqea joyiga tez yetib kelishni ta’minlash; tez tibbiy yordam xizmatining boshqa brigadalari bilan operativ hamkorlik qilish mexanizmini joriy etgan holda fuqarolar va turistlar to‘planadigan joylarda paramediklar patrullik qatnovlarni yo‘lga qo‘yish. 15. Vazirlik: 2019-yil 1-fevralga qadar paramediklar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; 2019-yil 1-aprelga qadar Markazda zarur miqdordagi feldsherlarni paramediklar ixtisosligiga o‘qitishni, shu jumladan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sohasidagi yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘qitishni ta’minlasin; 2019-yil yakuni bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmatida paramediklar faoliyatini kengaytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 16. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda: a) 2019-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahrida, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida tez tibbiy yordam boshqarmasining quyidagi imkoniyatlarga ega avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi o‘rinlarda — avtomatlashtirilgan tizim) yaratsin va foydalanishga topshirsin: aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ro‘yxatga olish, ustunlik tartibida xizmat ko‘rsatish lozim bo‘lgan chaqiruvlarni avtomatik belgilash; maxsus avtotransport harakatini boshqarish, shu jumladan GPS-navigatsiyadan foydalangan holda, keyinchalik bosqichma-bosqich raqamli radioaloqaga o‘tish orqali avtotransport harakatini monitoring qilish; tez tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslar joylashgan joyni telefon (mobil) aloqasi orqali avtomatik aniqlash; tez tibbiy yordam yordam brigadalarini mobil ilovalar yordamida, shu jumladan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun chaqirish; foydalaniladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini hisobga olish; vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarni shoshilinch xizmatlarining axborot tizimlari bilan birlashtirish; fuqarolar tomonidan tez tibbiy yordam stansiyalari faoliyati samaradorligini baholash va ularning reytingini yuritish. b) Tez tibbiy yordam xizmati stansiyalarining Sall-markazlarini normativlarga muvofiq to‘liq jihozlash uchun 2018-yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar budjetlari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha telefon liniyalari (raqamlari) ajratilishini ta’minlasin. Belgilab qo‘yilsinki: avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqish va unga xizmat ko‘rsatish, texnik qo‘llab-quvvatlash va keyinchalik modernizatsiyalash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalari Vazirlikka yuklatiladi; avtomatlashtirilgan tizimning texnik va loyihaoldi hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tayyorlanadi; ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qarorida belgilangan hajmlar va manbalarda moliyalashtiriladi. Vazirlik Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan avtomatlashtirilgan tizimni foydalanishga topshirish nazarda tutilgan muddatlarda ichki lokal-hisoblash tarmoqlari yaratilishini hamda tez tibbiy yordam xizmati bo‘linmalarini zarur uskunalar va anjomlar, shu jumladan GPS-navigatorlar va aloqa vositalari bilan jihozlanishini ta’minlasin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda (yoki) uning hududiy bo‘linmalari buyurtmanomalari bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmati stansiyalarining Sall-markazlarini telefon liniyalari (raqamlari) bilan ta’minlash uchun mahalliy budjetdan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 17. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov — tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, maxsus avtotransport xarid qilish va transport parkini o‘z vaqtida yangilash, shuningdek zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash uchun; O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov — avtomatlashtirilgan tizimning texnik va loyihaoldi hujjatlarini sifatli va o‘z vaqtida tayyorlash, ushbu tizimni yaratish va foydalanishga topshirish, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun telefon liniyalari (raqamlari) ajratish uchun; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.A. Abduhakimov — vazirlik va idoralarni ular zimmasiga yuklangan vazifalarni lozim darajada bajarishi uchun samarali muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu qarorni amalga oshirish jarayonini muntazam ravishda ko‘rib borish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. 18. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: a) ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ikki oy muddatda: tez tibbiy yordam brigadalari uchun feldsherlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini; tez tibbiy yordam chaqiruvlarining shoshilinchliligiga qarab joylashtirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; b) 2019-yil 1-yanvarga qadar: 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab respublikaning tibbiy kasb-hunar kollejlarida tez tibbiy yordam brigadalari uchun feldsherlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarini joriy etish choralarini ko‘rsin; sanitar aviatsiya shaklida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini tasdiqlasin; v) qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
101
17,256
Qonunchilik
E.Q.Hayitboyevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni berish to‘g‘risida
Ko‘p yillik samarali xizmatlari, respublikada madaniyatni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va jamoat hayotida faol ishtirok etayotgani uchun O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri Erkin Qahhorovich Hayitboyevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni berilsin.
113
310
Qonunchilik
Farg‘ona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Farg‘ona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va hududning sanoat salohiyatini rivojlantirish, bu borada mahalliy hokimliklar, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan sektorlar (keyingi o‘rinlarda sektorlar deb ataladi) rahbarlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-7-may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga muvofiq: 2019-yilning may oyidan 2020-yil may oyiga qadar Farg‘ona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha “zarbdor yillik” deb e’lon qilingani; Farg‘ona viloyatida har haftaning chorshanba kuni “investitsiya loyihalarini amalga oshirish va sanoatni rivojlantirish kuni” etib belgilangani; Farg‘ona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va sanoatni rivojlantirish masalalari Farg‘ona viloyati hokimining birinchi navbatdagi vazifasi etib belgilangani; Farg‘ona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va sanoat salohiyatini rivojlantirish uchun Farg‘ona viloyati va tumanlari (shaharlari) hokimliklari, sektorlar, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: 2019-2020-yillarda Farg‘ona viloyati sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; Farg‘ona viloyatida 2019 ― 2021-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Farg‘ona viloyati hokimligi: manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda 2019-2020-yillarda Farg‘ona viloyati sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari va investitsiya loyihalarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin, bunda investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishi hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratsin; investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar ko‘rgan holda, loyihalar bajarilishining tizimli monitoringini yuritsin; har haftaning chorshanba kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish va sanoatni rivojlantirish masalalarini tadbirkorlar ishtirokida muhokama qilib, ularning viloyat va respublika darajasidagi mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha har oy yakuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin; bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda viloyat hokimligi delegatsiyasini xorijiy safarlarga yuborish bo‘yicha reja-jadvalini ishlab chiqsin hamda xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini amalga oshirgan holda, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun investorlarni aniqlash, ular bilan muzokaralar olib borish, hamkorlik shartnomalarini tuzish va boshqa tashkiliy masalalarni hal etib borsin. 4. Farg‘ona viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxatiga, zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Energetika vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun talab etiladigan tashqi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va ularning ta’minotini yo‘lga qo‘yish hamda eng maqbul texnik shartlarni taqdim etish, ruxsat beruvchi hujjatlarni qisqa muddatda rasmiylashtirish choralarini ko‘rsin. 6. Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligining: viloyatning investitsiya salohiyati, mavjud imtiyozlar va imkoniyatlar, istiqbolli investitsiya loyihalari, xomashyo resurslari hamda xorijiy va mahalliy hamkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tadbirkorlarga yetkazish maqsadida Farg‘ona viloyati hokimligi huzurida investitsiya markazini tashkil etish; investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha Farg‘ona viloyati hokimligi huzurida xorijiy investorlar kengashini tuzish; investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash va yuzaga keladigan xatarlarning oldini olishga qaratilgan samarali ishlarni tashkil etish, viloyat delegatsiyasining xorijiy davlatlarga safarlari xarajatlarini qoplash uchun eksperiment sifatida Farg‘ona viloyati hokimligi huzurida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 7. Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda: ikki oy muddatda investitsiya markazi va xorijiy investorlar kengashini tashkil etish choralarini ko‘rsin; bir oy muddatda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish uchun viloyat mahalliy budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan bir million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida mablag‘ ajratsin. 8. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda viloyat mahalliy budjeti qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlarida yoki topshiriqlarida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirishga hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda boshqa maqsadlarga sarflanadi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Farg‘ona viloyatidagi mavjud sanoat tashkilotlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning faoliyati va mavjud quvvatlardan foydalanish samaradorligini tahlil qilgan holda ularni rivojlantirish, quvvatlardan foydalanish darajasini oshirish, yangi sanoat tashkilotlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda: viloyatdagi mavjud mineral resurslar, noruda qazilma boyliklari konlarini sanoat usulida foydalanishga jalb qilib, tayyor qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin; salohiyatli tashabbuskorlar bilan investitsiya loyihalarini ishlab chiqqan holda, o‘zlashtirilmagan konlardan foydalanishni tashkil qilish, ayniqsa, xorijiy investorlarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy texnologiyalarni olib kirish va yuqori sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarishni joriy qilish choralarini ko‘rsin. 11. Farg‘ona viloyati hokimligi, tegishli sektorlarning rahbarlari Farg‘ona viloyatida investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va tuman faollari yig‘ilishlarida har oy yakuni bilan muhokama qilinishini ta’minlasin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
135
8,434
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovaga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) quyidagi mazmundagi 32-band qo‘shilsin: 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
243
769
Qonunchilik
“Transfer-agent faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 36-son, 477-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2008-yil 28-oktabrdagi 2008-29-son “Transfer-agent faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1872, 2008-yil 21-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 47-son, 469-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddimadagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: a) muqaddimadagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 1-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
114
2,282
Qonunchilik
“Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 7-avgustdagi 5-mh-son “Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2923, 2017-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 939-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qaror muqaddimasidagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: a) muqaddimadan “O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-son “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; b) 2-banddagi “Turizm va sport vazirligi” degan so‘zlar “Sportni rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 10-bandning “d” kichik bandi oltinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligiga” degan so‘zlar “Sportni rivojlantirish vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
230
1,972
Qonunchilik
INVESTITSIYa LOYIHALARINI TANLAB OLISh VA “ANGREN” MAXSUS INDUSTRIAL ZONASI QATNAShChILARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Vazirlar Mahkamasining “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 29-maydagi 146-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Investitsiya loyihalarini tanlab olish va “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Angren” maxsus industrial zonasida (keyingi o‘rinlarda “Angren” MIZ deb ataladi) joylashtirish uchun investorlarni tanlab olish va “Angren” MIZ hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun uning qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. “Angren” MIZda amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal etish “Angren” MIZning Ma’muriy kengashi ishchi organiga va Direksiyasiga (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) yuklanadi. 3. “Angren” MIZda amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha ikki bosqichda amalga oshiriladi. 4. Tanlab olishning birinchi bosqichida investor Direksiyaga “Angren” MIZ hududida ishlab chiqarishni joylashtirish yuzasidan, Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha to‘ldirilgan investitsiya buyurtmanomasini (keyingi o‘rinlarda investitsiya buyurtmanomasi deb ataladi) taqdim etadi, unga quyidagilar ilova qilinadi: yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha savdo reyestridan xorijiy muassis to‘g‘risidagi ko‘chirma yoki ushbu yuridik shaxsning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat; tavsiya qilinayotgan loyihaning biznes-rejasi; yuridik shaxsning tegishli sohadagi, shuningdek tegishli sohada amalga oshirilgan shunga o‘xshash loyihalar to‘g‘risidagi ish tajribasi mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumot; oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlar bo‘yicha auditorlik tashkilotining xulosasi; investor vakolatli shaxslarining imzolari namunalarini tasdiqlovchi hujjat. Barcha hujjatlar investorlar tomonidan Direksiyaga davlat tili yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilingan, belgilangan tartibda tasdiqlangan holda taqdim etiladi. Investor taqdim etilayotgan ma’lumotlar va hujjatlarning ishonchliligi yuzasidan javob beradi. 5. Direksiyaga taqdim etilayotgan biznes-rejada quyidagi asosiy qoidalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak: ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, hajmlari va turi; ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mo‘ljallanayotgan narxlari va sotish bozorlari, eksportga mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish hajmlari; tavsiya etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma va muhandislik inshootlari; ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun “Angren” MIZ hududidagi uchastkaning mo‘ljallanayotgan o‘lchamlari; xomashyo bazasining mavjudligi hamda loyihaning amalga oshirilish davrida xomashyo va materiallar bilan ta’minlanishning kafolatlangan imkoniyati; mo‘ljallanayotgan ishlab chiqarish texnologiyasining ekologik talablar hisobga olingan holdagi tavsifi; foydalanilishi mo‘ljallanayotgan savdo markasi to‘g‘risidagi ma’lumot; iqtisodiy samaradorlikning hisob-kitoblari, shuningdek loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimi; mo‘ljallanayotgan investitsiyalarning hajmi va turi, moliyalashtirish manbalari va qarz mablag‘lari jalb etilgan taqdirda mo‘ljallanayotgan garov ta’minoti; ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi, dastlabki 4 ta belgilar darajasida boshlang‘ich xomashyoga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tashqi faoliyat tovar nomenklaturasi kodi bo‘yicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining o‘zgarishi; ishlab chiqarishda foydalanilishi mo‘ljallanayotgan texnologik asbob-uskunalarning xarakteri, ularning zamonaviy sifat standartlariga muvofiqligi, loyihada xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimining mavjudligi; tashkil etiladigan ish o‘rinlarining soni; tashkil etiladigan korxonaning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 95 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan to‘ldirish, ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan o‘tish imkoniyatini berish. 6. Direksiya taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi. Alohida hollarda tanlab olishda qatnashish uchun investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqishda loyiha bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va (yoki) hujjatlar so‘rab olinishi mumkin. Bu holda taqdim etilgan hujjatlar qo‘shimcha ravishda so‘rab olingan va (yoki) hujjat taqdim etilgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni mobaynida Direksiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. 7. Ushbu Nizomning 4-bandi buzilgan holda taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari ko‘rib chiqilmasdan investorga qaytariladi. 8. Investor tomonidan taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomalari va hujjatlar Direksiya tomonidan Ma’muriy kengashning ishchi organiga beriladi, ularga biznes-rejaning ushbu Nizomning 5-bandi talablariga muvofiqligi yuzasidan Direksiya direktori tomonidan imzolangan tegishli xulosa ilova qilinadi. 9. Ikkinchi bosqichda ishchi organ investitsiya buyurtmanomalarini Ma’muriy kengashga ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi. 10. “Angren” MIZ hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihasini tanlab olish to‘g‘risida qaror qabul qilishda Ma’muriy kengash quyidagilarni ko‘rib chiqadi: tabiiy xomashyo resurslarini qazib olish va dastlabki qayta ishlash bo‘yicha korxonalarni qo‘shmagan holda, faoliyat sohasining “Angren” MIZning asosiy vazifalariga muvofiqligi; investorning zamonaviy ishlab chiqarishlar tashkil etish yoki yuqori texnologiyali uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlagan holda ishlayotgan ishlab chiqarishlarni chuqur modernizatsiyalash bo‘yicha majburiyatlari; talab katta bo‘lgan import o‘rnini bosadigan va eksportga mo‘ljallangan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik izchillikni bosqichma-bosqich shakllantirish; muassislarning o‘z mablag‘lari va ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi kafolatisiz jalb etilgan kreditlar hisobiga investitsiyalarning amalga oshirilishi; imtiyozlarning amal qilish muddati mobaynida ularni qo‘llanishdan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonaga qayta investitsiyalash bo‘yicha majburiyatlarning investor tomonidan qabul qilinishi; investorning moliyaviy va texnologik quvvatga egaligi; loyihaning umumiy iqtisodiy samaradorligi va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi (ishlab chiqarish quvvatlarining maqbul joylashtirilishi, tashkil etiladigan ish o‘rinlari, tarmoqdagi tarkibiy qayta o‘zgartirishlarga ta’siri, ishlayotgan quvvatlardan foydalanilishi, zarur xomashyo, materiallar va infratuzilmaning mavjudligi); tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorda sotish imkoniyati va istiqbollari; ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi, dastlabki 4 ta belgilar darajasida boshlang‘ich xomashyoga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tashqi faoliyat tovar nomenklaturasi kodi bo‘yicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining o‘zgarishi; texnologik uskunalarning zamonaviy sifat standartlariga muvofiqligi, loyihada xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimining mavjudligi; tashkil etiladigan korxonaning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 95 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan to‘ldirish, ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan o‘tish imkoniyatini berish; investitsiyalarning hajmi va turi; Ma’muriy kengash qarori bilan belgilanadigan boshqa omillar. Investitsiya buyurtmanomalarini ko‘rib chiqishda “Angren” MIZ hududida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda xomashyo va yarim tayyor fabrikatlarni izchil texnologik qayta ishlashda o‘zaro hamkorlik qiladigan korxonalar tashkil etish orqali talab katta bo‘lgan, import o‘rnini bosadigan va eksportga mo‘ljallangan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishning to‘liq sikli ta’minlanishini nazarda tutadigan loyihalarga ustunlik beriladi. 11. Ma’muriy kengash investitsiya buyurtmanomalarini 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va: “Angren” MIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishning mumkinligi; aniq va asoslangan mulohazalar va kamchiliklarni ko‘rsatgan holda, taqdim etilgan hujjatlarni puxtalashtirishning zarurligi; “Angren” MIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 12. Agar investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqish jarayonida Ma’muriy kengash tomonidan investorning o‘zi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganligidan dalolat beruvchi faktlar aniqlansa, uning investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqish to‘xtatiladi va investorga asoslangan xulosa yuboriladi. Ma’muriy kengash a’zolari, ishchi organ va Direksiya investor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotning maxfiyligini oshkor qilganligi uchun qonun hujjatlariga javob beradilar. 13. Ushbu Nizomning 11-bandi uchinchi xatboshiga muvofiq puxtalashtirilgan investitsiya buyurtmanomalari bevosita Ma’muriy kengashga ko‘rib chiqish uchun takroran kiritiladi. 14. Ma’muriy kengashning investitsiya buyurtmanomasi bo‘yicha ijobiy qarori Ma’muriy kengash majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi hamda Direksiya va investor o‘rtasida “Angren” MIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimni (keyingi o‘rinlarda investitsiyalash to‘g‘risida bitim deb ataladi) tuzish uchun asos hisoblanadi. 15. Ma’muriy kengash majlisi protokolining nusxasi protokol Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ishchi organ tomonidan investorga yoki uning vakolatli shaxsiga yuboriladi. 16. Investitsiya loyihalarini tanlab olish natijalari bo‘yicha “Angren” MIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi: I bosqich — tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; II bosqich — “Angren” MIZ qatnashchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish. 17. Investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim Direksiya va investor (investorlar) o‘rtasida tuziladi va unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: investitsiyalarning obyekti, hajmi va turi, “Angren” MIZ hududida amalga oshiriladigan faoliyat turlari; investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatlari va shartlari; investorning huquqlari va majburiyatlari; Direksiyaning huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan loyihani amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasi amalga oshirilishi yuzasidan texnik nazorat to‘g‘risidagi axborotni olish tartibi; investor tomonidan uning majburiyatlari bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari; taraflarning investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim shartlariga rioya etilmaganligi yuzasidan javobgarligi; investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi; investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimni to‘xtatish tartibi; investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimdan kelib chiqadigan bahslarni hal etish tartibi va ko‘rib chiqish joyi. 18. Investorning investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladigan huquqlari, burchi va majburiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mo‘ljallanayotgan investitsiyalarning hajmi va turi, moliyalashtirish manbalari va qarz mablag‘lari jalb etilgan taqdirda mo‘ljallanayotgan garov ta’minoti; mo‘ljallanayotgan ishlab chiqarish texnologiyasining ekologik talablar hisobga olingan holdagi tavsifi; foydalanilishi mo‘ljallanayotgan savdo markasi to‘g‘risidagi ma’lumot; ishlab chiqarishda foydalanilishi mo‘ljallanayotgan texnologik uskunalarning xarakteri, ularning zamonaviy sifat standartlariga muvofiqligi. Loyihada xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimining mavjudligi; ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, hajmlari va turi; tavsiya etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma va muhandislik inshootlari; ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun “Angren” MIZ hududidagi uchastkaning mo‘ljallanayotgan o‘lchamlari; xomashyo bazasining mavjudligi hamda loyihaning amalga oshirilish davrida xomashyo va materiallar bilan ta’minlanishning kafolatlangan imkoniyati; ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi va dastlabki 4 ta belgilar darajasida boshlang‘ich xomashyoga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tashqi faoliyat tovar nomenklaturasi kodi bo‘yicha yakuniy mahsulot tovar pozitsiyasining o‘zgarishi; tashkil etiladigan ish o‘rinlarining soni; tashkil etiladigan korxonaning shtatdagi xodimlarini jalb etilgan xodimlar umumiy sonining kamida 95 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan to‘ldirish, ularga tajriba orttirishdan va malaka oshirishdan o‘tish imkoniyatini berish. 19. Investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimda investitsiya loyihasining xususiyatiga ko‘ra boshqa shartlar ham mavjud bo‘lishi mumkin. 20. Investor tomonidan taqdim etilgan investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim loyihasi u olingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida Direksiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Unga investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim loyihasini ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘ladigan boshqa hujjatlar, asoslashlar, materiallar ilova qilinishi mumkin. Zarurat bo‘lganda, Direksiya investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimning alohida qoidalari bo‘yicha vakolatli davlat organlari xulosalarini so‘rab olishi mumkin. Bunda investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim loyihasini ko‘rib chiqishning umumiy muddati ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi kerak. 21. Zarurat bo‘lganda, investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim qoidalarini kelishish maqsadida Direksiya va investor (investorlar) o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi mumkin. 22. Investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim “Angren” MIZning faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshmaydigan muddatga tuziladi. 23. Investor va Direksiya o‘rtasidagi investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim ushbu Nizomning 29-bandiga muvofiq investor tomonidan “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab kuchga kiradi. 24. Investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimning amal qilishi: investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim tuzilgan muddati tugaganda; shaxs “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan mahrum bo‘lganda; “Angren” MIZ muddatidan oldin tugatilganda; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda to‘xtatiladi. 25. Agar investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, u imzolangan kundan boshlab 10 ish kunidan kechikmay investor ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi yuridik shaxs sifatida tashkil etgan tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni taqdim etadi. 26. “Angren” MIZ hududida joylashtirish uchun investor tomonidan yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 27. Tadbirkorlik subyektini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash investorning so‘roviga ko‘ra, shartnoma asosida Direksiya tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 28. Tadbirkorlik subyektini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amalga oshirilgandan keyin investor tomonidan Direksiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza; yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Ma’muriy kengash tomonidan belgilanadigan miqdorda to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar; er uchastkasi ajratish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlar. 29. Direksiya ushbu Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar olingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyektini “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi va ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha “Angren” MIZ qatnashchisi guvohnomasini beradi. 30. Direksiya tadbirkorlik subyekti “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab bir kun mobaynida tadbirkorlik subyekti joylashgan joy bo‘yicha davlat soliq va bojxona organlarini xabardor qiladi. 31. Direksiya tadbirkorlik subyekti “Angren” MIZ qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab bir kun mobaynida barcha zarur hujjatlarni yer uchastkasi ajratish uchun Toshkent viloyati hokimligiga beradi. 32. “Angren” MIZ qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. 33. Investorga “Angren” MIZ hududida yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Direksiyaga, keyinchalik investorga taqdim etish uchun yuboriladi. 34. Tadbirkorlik subyektini “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan mahrum qilishga ixtiyoriy yoki sud tartibida yo‘l qo‘yiladi va bu investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimning amal qilishi to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi. Tadbirkorlik subyektini “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan ixtiyoriy tartibda mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror tadbirkorlik subyektining uni bunday maqomdan mahrum qilish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra yoxud u O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tugatilgan taqdirda Ma’muriy kengash tomonidan qabul qilinishi mumkin. Tadbirkorlik subyektini “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan sud tartibida mahrum qilish “Angren” MIZ qatnashchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va (yoki) investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim buzilgan taqdirda Ma’muriy kengash qarori asosida, Direksiya arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Direksiya “Angren” MIZ qatnashchilari reyestriga tadbirkorlik subyektining qatnashchi maqomidan mahrum etilganligi to‘g‘risidagi sud qarori kuchga kirgan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyektining “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilganligi to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi. 35. Direksiya “Angren” MIZ qatnashchilari reyestriga tegishli yozuv kiritilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida davlat soliq va bojxona xizmati organlarini tadbirkorlik subyektining “Angren” MIZ qatnashchisi maqomidan mahrum etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor qiladi.
161
18,434
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON TARIXI DAVLAT MUZEYINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixini xolisona va har tomonlama aks ettirish, xalqimizning jahon madaniyati rivojidagi boy madaniy hamda intellektual merosini keng targ‘ib etish va o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘z o‘lkasidan faxrlanish, Vataniga cheksiz mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga katta ahamiyat berib, yuksak insoniy va ma’naviy ideallarni qaror toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Fanlar akademiyasining O‘zbekiston tarixi muzeyiga Davlat muzeyi maqomi berilsin. 2. O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi mavzu-ekspozitsiya rejasining asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish hamda uning mazmunini uzluksiz boyitib borish uchun taniqli olimlar, jamoat va davlat arboblaridan iborat ilovaga* muvofiq tarkibda doimiy ishlovchi Ekspert kengashi tashkil etilsin. 3. Fanlar akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddatda O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini va mavzu ekspozitsiya rejasini ishlab chiqsin hamda Ekspert kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etsin. 4. Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi bir hafta muddatda Muzey to‘g‘risidagi Nizomni va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikki yilligini nishonlash arafasida muzey ochilishiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarni yangilash bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fanlar akademiyasiga Vazirlar Mahkamasining rezerv fondidan O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyini rekonstruksiya qilish, mukammal tuzatish va badiiy bezash uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq maqsadli qo‘shimcha mablag‘lar ajratsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan bo‘limiga yuklansin.
60
1,876
Qonunchilik
“Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi Shartnomani (Semipalatinsk, 2006-yil 8-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 26-yanvarda qabul qilingan “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi Shartnomani (Semipalatinsk, 2006-yil 8-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi Shartnomani (Semipalatinsk, 2006-yil 8-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
180
673
Qonunchilik
“Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi QL-882-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 18-fevralda kiritilgan “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi QL-882-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini uch oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
138
680
Qonunchilik
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud qoʻrqitish natijasida qilmish sodir etish – jinoyat emas
9.01.2018 yildagi OʻRQ–459-son Qonun bilan Jinoyat kodeksining umumiy qismiga va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ikkala kodeksga kiritilgan tuzatishlar amalda bir-birini takrorlashi sababli ularni Jinoyat kodeksi misolida koʻrib chiqamiz. Ma’lumot uchun: jinoyatga oid qonunchilikda aqli raso kishi qilmishining jinoyatni istisno qiluvchi 7 ta holati ilgari nazarda tutilgan edi (ushbu asoslarga koʻra ijtimoiy хavfli harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi, ular boʻyicha ayblov hukmi chiqarilmaydi, sudlash va jazoga tortish choralari qoʻllanilmaydi): Bunda jismoniy yoki ruhiy majburlash natijasida ijtimoiy хavfli qilmish sodir etganlikka oхirgi zarurat turi sifatida qaralgan (JKning 38-moddasiga qarang). Shuni qayd etib oʻtamizki, oхirgi zarurat nuqtai nazaridan harakat yoki harakatsizlikni jinoiy deb baholashda uning chegarasidan chetga chiqmaslik muhim jihat hisoblanadi. Ya’ni keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketmasligi kerak. Shuningdek boshqa vositalar orqali хavfning oldini olish mumkin boʻlmasligi kerak. Faqat shundagina oхirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmish jinoiy deb topilmaydi. Agar oхirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilgan boʻlsa – u jazoni yengillashtiruvchi holatlarda sodir etilgan jinoyat deb topiladi.   Ushbu normalar jismoniy yoki ruhiy majburlash holatlariga ham tatbiq etilgan. Endi jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida ijtimoiy хavfli qilmishning sodir etilishi jinoyatni istisno qiluvchi mustaqil holat deb topildi. Demak, endi uni qoʻllashning oʻz qoidalari bor. 1-son muhim qoida. Agar majburlash yoхud qoʻrqitish oqibatida shaхs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, ushbu asosga koʻra qilmish jinoiy deb topilmaydi. Shaхs oʻz harakatlarini boshqara olgan yoki boshqara olmaganligi qanday aniqlanadi, degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Ayni paytda ushbu masala yuzasidan Oliy sud tegishli tushuntirish bermagan. Fikrimizcha, oʻz harakatlarini boshqarish imkoniyatining yoʻqligini aqli norasolikdagi bunday imkoniyatning yoʻqligi bilan adashtirib boʻlmaydi. Aqli noraso kishi surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli oʻz harakatlarini boshqara olmaydi. Jinoyatga jismoniy yoki ruhiy majburlashda aqliy faoliyat buzilmagan boʻladi, jinoyat majburan sodir etilgan boʻlsa ham, ongli harakat hisoblanadi. Ushbu holatda jismoniy yoki ruhiy majburlash (qoʻrqitish) хususiyati, darajasi va holatlari muayyan sharoitdagi joy va vaqtda harakatlarni tanlash imkonini qoldirmasligi haqida soʻz boradi. Eng oddiy misol: shaхs boshqa fuqaroni oʻldirmasa, unga shu zahoti ogʻir tan jarohati yetkazilishi bilan poʻpisa qilinadi. Eski qoidalarga koʻra bunday qotillik oхirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topilgan boʻlar edi. Yangi qoidalarda bunga oʻz harakatlarini boshqarish imkonini yoʻqotish sifatida qaralmoqda. Endi ularni boshqa kishi boshqarmoqda. Bunda «oʻz salomatligidan birovning hayoti qardliroq» degan ma’naviy prinsip hisobga olinmaydi. Endi qonun  irodasizlikni jazolamaydi.  Agar amaliyotda «jismoniy majburlash» atamasi (bunda tan jarohati yetkazish, qiynash, urish, ogʻriq yetkazish va h.k. tushuniladi) talqinida muammolar yuzaga kelmasa, ruhiy majburlashda buni aniqlash mushkulroq. Fikrimizcha, ruhiy majburlash ana shu jismoniy kuchni ishlatishda, biroq jinoyat sodir etishga majburlamoqchi boʻlgan shaхsga nisbatan emas, balki boshqa shaхslar, shu jumladan yaqin qarindoshlariga nisbatan ishlatishda ifodalanadi. Shu sababli, masalan, moddiy vositalar oʻgʻirlanganligini yashirish maqsadida boshliq qoʻl ostidagi хodim vositalar hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi qalbaki hujjatni imzolamasa, unga ishdan boʻshatish bilan tahdid qilsa, bu ruhiy majburlash deb hisoblanmasligi kerak.  2-son muhim qoida. Shaхs oʻz harakatini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlagan boʻlsa, uning qilmishi oхirgi zarurat toʻgʻrisidagi qoidalarga koʻra baholanadi (yuqoriga qarang). Shu tariqa, agar oхirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, qilmish jinoiy deb topilmaydi. Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida 10.01.2018 yilda e’lon qilingan, tuzatishlar shu sanadan boshlab kuchga kirgan. Mazkur hujjatlarning toʻliq matni, sharhlar va ular bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
93
4,525
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi QL-389-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 13-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi QL-389-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
161
417
Qonunchilik
Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
Sudlar qasddan odam o‘ldirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qonunlarni asosan to‘g‘ri qo‘llamoqdalar. Shu bilan birgalikda ularning faoliyatida ish holatlarini va aybdorning shaxsini ta’rif-tavsiflovchi ma’lumotlarni yuzaki tekshirish faktlari, sodir etilgan jinoiy harakatlarni tavsiflashda va qilingan jinoyat uchun jazo tayinlashda xatoga yo‘l qo‘yish hollari uchramoqda. Jinoyatning subyektiv tomonlarini to‘g‘ri aniqlamaslik, ayrim hollarda, sudlarning jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan og‘ir shikast yetkazishni yoki ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirishni qasddan odam o‘ldirishdan, shuningdek qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilishni boshqa jinoyat tarkibidan farqlay olmasligiga sababchi bo‘lmoqda. Ko‘pincha bezorilik orqasida odam o‘ldirishga, juda raxmsizlik bilan odam o‘ldirishga, jabrlanuvchining xizmat va fuqarolik burchini bajarishi bilan o‘ldirishga, ikki yoki bir necha kishini o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha aybdorning harakatlarini tavsiflashda xatoga yo‘l qo‘yiladi. G‘araz niyat odam o‘ldirgandan so‘ng yuzaga kelgan yoki bunday maqsad bo‘lmagan hollarda odam o‘ldirish harakatlari, ba’zan g‘arazlik bilan odam o‘ldirish deb noto‘g‘ri tavsif qilinadi. Bir necha kishi ishtirokida odam o‘ldirish to‘g‘risidagi ishlarni sudlar tomonidan ko‘rishda ham aybdorning harakatlarini tavsif qilishdagi xatolar uchrab turadi. Sudlar har doim ham har bir sudlanuvchining jinoyatni sodir etishdagi xatti-harakatlari na tutgan o‘rnini aniqlamaydilar va ayrim hollarda jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishda bevosita qatnashmagan shaxslarni, shuningdek, jabrlanuvchini o‘ldirish maqsadi bo‘lmagan va jinoyatning boshqa ishtirokchilarida bunday niyat bo‘lganligini bilmagan shaxslarni asossiz ravishda odam o‘ldirish jinoyatining birgalikda bajaruvchilari deb topadilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qildi: 1. Sudlarning e’tibori har bir jinoyat ishini ko‘rishda majburiy hisoblangan sodir etilgan jinoyatning barcha holatlarini har tomonlama, to‘la va xolis ravishda tekshirish to‘g‘risidagi qonun talabi, ayniqsa, odam o‘ldirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha inobatga olinishi kerakligiga qaratilsin, chunki qonun aybni og‘irlashtiradigan holatlarda bu jinoyatni sodir etgan aybdorga o‘lim jazosini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Dastlabki tergovning to‘la o‘tkazilmaganligi va bir tomonlama yurgizilganligi natijasida ishni to‘g‘ri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan odam o‘ldirish jinoyatining barcha holatlari aniqlanmagan hollarda va bu kamchiliklarni sud majlisi vaqtida to‘ldirish mumkin bo‘lmasa ish qo‘shimcha tergovga yuborilishi lozim. 2. Sodir etilgan harakatni to‘g‘ri baholash va jazo tayinlashi uchun odam o‘ldirishning sabablari, maqsadi va usuli muhim ahamiyatga ega ekanligini nazarga olib, sudlar, barcha hollarda, bu holatlarni aniqlashlari zarurdir. Shuning bilan birgalikda hukmda sudlar tomonidan qilingan xulosalarni asoslovchi aniq dalillar keltirilishi kerak. 3. Sudlar qasddan odam o‘ldirish uchun jazo tayinlashda aybdorning ijobiy yoki salbiy tomondan ta’rif-tavsiflovchi ma’lumotlarni aniqlash jiddiy ahamiyatga ega ekanligini nazardan chetda qoldirmasliklari lozim. Shu barobar jabrlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlarni, uning aybdor bilan o‘zaro munosabatini, shuningdek, voqea sodir bo‘lgan vaqtdagi xatti-harakatini ham tekshirish kerak. Sudlanuvchining ruhiy tomondan sog‘lomligiga shubha bo‘lgan taqdirda sud ruhshunoslik ekspertizasi o‘tkazish, zaruriyat tug‘ilganda esa shaxsni tegishli tibbiyot muassasasiga yotqizib tekshirtirish to‘g‘risida ekspertiza tayinlash lozim. 4. Bir necha shaxs javobgarlikka tortilayotgan qasddan odam o‘ldirish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sudlar har bir sudlanuvchining jinoyatda ishtiroki xarakteri va darajasini tekshirishlari lozim. Shuning bilan birgalikda odam o‘ldirish maqsadi bilan birgalikda harakat qilgan va jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishga bevosita qatnashgan shaxslar jinoyatning bajaruvchilari deb tanilishi kerak. Ishtirokchilar tomonidan birgalikda jinoyat sodir etilganda sudlar xavfli retsidivist, alohida xavfli retsidivist yoki ilgari qasddan odam o‘ldirgan shaxslar tomonidan odam o‘ldirishni ko‘rsatuvi alomatlar faqat shunday holatlar tegishli bo‘lgan jinoyat ishtirokchilarining harakatlarini tavsiflashda e’tiborga olinishini ko‘zda tutmoqlari darkor. 5. Sudlar qasddan odam o‘ldirishni qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan hollardan farqlashlari shart. Qasddan odam o‘ldirishda, aybdor o‘ldirish niyati bilan harakat qiladi, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish o‘limga sabab bo‘lgan hollarda esa yuzaga kelgan o‘limga nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik formasida bo‘ladi. Aybdorning qasdi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda sudlar sodir etilgan jinoyat holatlarini barcha tomonlari yig‘indisini inobatga olishlari va jumladan, jinoyat usuli va qurolini, jarohatlarning sonini, xarakterini, joylashishini va boshqa yetkazilgan shikastlarni, jinoiy harakatlarning to‘xtash sabablarini va h.k., shuningdek, aybdor va jabrlanuvchining voqeagacha bo‘lgan fe’l-atvorini, ularning o‘zaro munosabatini, aybdorning jinoyat sodir etilgandan keyingi harakatlari xarakterini e’tiborga olishlari lozim. 6. Agarda aybdor ikki yoki bir necha kishini o‘ldirish yagona maqsadi bilan ikki yoki bir necha kishini o‘ldirsa — bunday odam o‘ldirish harakatlari 97-modda 2-qismining “a” bandi bilan tavsif qilinishi kerak. Bir odam o‘ldirilib ikkinchisining hayotiga suiqasd qilinganda, ikki yoki bir necha kishi o‘ldirish jinoyatini oxiriga yetkazilgan deb baholab bo‘lmaydi, chunki bu vaziyatda ikki yoki bir necha kishini o‘ldirish to‘g‘risidagi jinoiy maqsad aybdorning erkiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelishi natijasida oxiriga yetkazilmaydi. Bunday hollarda jinoiy qilmishni ish holatlaridan kelib chiqib, 97-moddaning tegishli bandlari bilan yoki shu moddaning 1-qismi va 25-modda orqali 97-modda 2-qismining “a” bandi bilan tavsiflanishi kerak. 7. Jinoyat kodeksi 97-modda 2-qismining “b” bandi o‘ldirilgan ayolning homiladorlik muddati va homilaning kelajakda yashash qobiliyatidan qat’iy nazar qo‘llaniladi. Bunday holda javobgarlik jabrlanuvchining homilador ekanligini aybdor bilgan taqdirdagina yuzaga keladi. 8. Aybdorning harakatlarini “v” bandi bo‘yicha tavsif qilganda jabrlanuvchining ojiz ahvoli deb uning jismoniy yoki ruhiy holati (jismoniy kamchiligi, balog‘at yoshdaligi, ruhiy jihatdan nosog‘lomligi, kasal yoki hushsiz ahvoldaligi va h.k.) tufayli unga nisbatan sodir etilayotgan harakatlarning mohiyati va mazmunini anglab yetmagan yoki o‘zining xatti-harakatlarini boshqara olmagan holatda bo‘lishi va aybdor jabrlanuvchining shu ahvolda ekanligini bilishligi lozim. Jabrlanuvchi o‘zining atrofidagi vaziyatni anglab yetmaydigan darajadagi alkogoldan yoki giyohvandlikdan mastligi uni ojiz ahvolda bo‘lgan deb tan olinishi mumkin, bunda jabrlanuvchini kim bu ahvolga duchor etgani ahamiyatga ega emas. 9. Jabrlanuvchining xizmat yoki fuqarolik burchini amalga oshirishdagi qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish maqsadida, shuningdek bunday faoliyatini bajarishi munosabati bilan o‘ch olish niyatida sodir etilgan odam o‘ldirish harakatlari “g” bandi bilan tavsif qilinishi kerak. Xizmat burchini bajarish deganda har qanday shaxsning unga xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan yuklatilgan barcha faoliyat fuqarolik burchini bajarish deganda esa fuqarolar tomonidan ularga maxsus topshirilgan jamoat majburiyatlari, shuningdek, jamoat yoki ayrim shaxslarning manfaati uchun qilingan boshqa harakatlar (qonun buzilishining oldini olish, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat to‘g‘risida hokimiyat organlariga xabar berish va h.k.) tushunilmog‘i lozim. 10. Qasddan odam o‘ldirishni boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usullar bilan qilingan deb tavsif qilish uchun aybdorning, muayyan shaxsni o‘ldirish maqsadini amalga oshirishda, yagona odam uchungina emas, balki boshqalarga nisbatan ham xavfli bo‘lgan odam o‘ldirish usulini qo‘llaganligini anglaganligi aniqlanishi shart. Boshqa shaxslarga tan jarohatlari yetkazilgan taqdirda aybdorning harakatlari “d” bandidan tashqari Jinoyat kodeksining qasddan badanga shikast yetkazishni ko‘zda tutuvchi moddalari bilan ham tavsif qilinishi darkor. 11. Aybdorning boshqa millatga, irqqa, dinga mansub shaxsni muayyan millat va irqqa mansubligi, diniy e’tiqodi yoki boshqa millat, irq va dinga mansub shaxslar tomonidan o‘z millati va irqining urf-odatlarini, diniy e’tiqodini amalga oshirgani uchun qasddan o‘ldirish harakatlari, shuningdek, ommaviy tartibsizliklar jarayonida sodir etgan qasddan odam o‘ldirish harakatlari “k”, “m”, “e” bandlari bilan tavsif qilinishi kerak. Ommaviy tartibsizliklar jarayonida aybdor tomonidan qasddan odam o‘ldirishdan tashqari qirg‘in solish, vayron qilish, o‘t qo‘yish va shu kabi boshqa jinoyatlar ham sodir etilsa, uning harakatlari jinoyatlar yig‘indisi bilan tavsif qilinmog‘i kerak. 12. Qasddan odam o‘ldirishni 97-modda 2-qismining “j” bandi bilan tavsif qilishda qonun juda ham rahmsizlikni odam o‘ldirishning usuli bilangina emas, balki aybdorning juda raxmsizligini namoyon etuvchi boshqa holatlar bilan ham bog‘lashligini e’tiborga olish kerak. Juda raxmsizlikning belgilari, jumladan: jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishdan oldin yoki odam o‘ldirish jarayonida qo‘llanilgan qiynash, azoblash yoki o‘likni taxqirlash hollarida, shuningdek, odam o‘ldirish aybdor tomonidan ataylab jabrlanuvchini qattiq azoblash usuli bilan sodir etilganda (juda ko‘p miqdorda jarohat yetkazish, azoblaydigan zaxar berish, insonni tirikligicha yoqib yuborish, uzoq muddat oziq-ovqat, suv bermaslik va h.k.) namoyon bo‘ladi. Shuningdek, aybdor o‘zining harakatlari bilan ularga azob-uqubat berayotganini anglagan holda jabrlanuvchini juda yaqin kishilarining ko‘z oldida o‘ldirganida juda raxmsizlik alomatlari ifoda bo‘lishi mumkin. Jinoyatni yashirish maqsadida o‘likni yo‘q qilish yoki bo‘laklarga bo‘lish odam o‘ldirishni juda rahmsizlik bilan tavsif qilish uchun asos bo‘ladigan holatlar sifatida qaralishi mumkin emas. Sudlar, ko‘p miqdorda tan jarohatlari yetkazish, shuningdek, jabrlanuvchini juda yaqin kishilarining ko‘z oldida o‘ldirishdek juda raxmsizlikning alomatlari mavjud bo‘lsa, jabrlanuvchi tomonidan qilingan noqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish yoki zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib sodir etilgan odam o‘ldirishni Jinoyat kodeksining 98 yoki 100-moddasi bilan tavsif qilinishi kerakligini e’tiborga olishlari lozim. 13. Nosumga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan qasddan odam o‘ldirish deb nomusga tegish yoki zo‘rlik ishlatib jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish yoki uni yashirish jarayonida, shuningdek, masalan bu jarayonda ko‘rsatilgan qarshilik uchun o‘ch olish maqsadida sodir etilgan qotillik tushuniladi. Bunday hollarda bir-biridan alohida bo‘lgan ikkita jinoyat sodir etilishini nazarda olib, sodir etilgan harakatlarni Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “z” bandi va 118-moddasi bilan tavsif qilish lozim. 14. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “i” bandi bilan o‘zi va boshqa shaxsning qanday bo‘lmasin moddiy manfaatdor bo‘lishiga (pul, buyum, mulk, mulkiy huquq, uy-joyga egalik qilish huquqi) yoki moddiy javobgarlikdan qutulishiga (qarz, nafaqa to‘lash va h.k.), shuningdek, boshqa g‘araz maqsadlarga erishish istagi bilan sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish harakatlari tavsif qilinishi kerak. Agarda bosqinchilik jarayonida qasddan odam o‘ldirilsa, sodir etilgan jinoiy harakatni qayd etilgan jinoyatlar yig‘indisi bilan tavsif qilmoq darkor, chunki 97-modda 2-qismining “i” bandi bosqinchilikni o‘z ichiga qamrab olmaydi. Aybdorning harakatlarini “i” bandi bilan tavsif qilishda sudlar, odam o‘ldirish jinoyati faqat qanday bo‘lmasin moddiy manfaatga ega bo‘lish niyati aybdorda jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishdan oldin yuzaga kelgan hollardagina g‘araz maqsadda sodir etilgan deb tanilishini e’tiborga olishlari kerak. Agarda bunday niyat odam o‘ldirilgandan so‘ng paydo bo‘lgan bo‘lsa, uning harakatlarini tegishlicha odam o‘ldirish va o‘g‘irlik deb tavsif qilish lozim bo‘ladi. 15. Aybdorning atrofdagilarga o‘zini qarshi qo‘yish, ularga iltifotsizligini namoyish etish istagi bilan jamoat tartibini oshkora mensimagan holda jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilish, jamoat tartibini va axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzish orqasida qasddan odam o‘ldirish harakatlarini “l” bandi bilan tavsif qilish kerak. Tashqaridan qaraganda bezorilik tuyg‘ulari bilan odam o‘ldirish ko‘pincha sababsiz yoki odam o‘ldirishga arzimas bahonani sabab qilib sodir etiladi. Rashk orqali, o‘ch olish maqsadida va boshqa shaxsiy munosabatlar zamirida yuzaga kelgan qasddan odam o‘ldirish, ularning qayerda sodir etilishidan qat’iy nazar “l” bandi bilan tavsif qilinmasligi kerak. 16. Boshqa biror jinoyatni yashirish yoki sodir etilishini osonlashtirish maqsadida odam o‘ldirish alohida jinoyat sifatida tavsif qilinishi lozim. Masalan, bosqinchilik jinoyatini sodir etishni osonlashtirish yoki yashirish maqsadida sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “o” bandi va 164-moddasi bilan tavsiflanishi lozim. 17. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “p” bandi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan uyushgan guruh deb uning barqarorligini, unda tashkilotchining bo‘lishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini, jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligini, har bir ishtirokchi o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligini, texnika bilan ta’minlanganligini, jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligini, umumiy intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat qilinishi va h.k. tushunmoq lozim. 18. Xavfli retsidivist deb shaxs tergov organi tomonidan u ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risida qarorda tanilishi tushuntirilsin. Bunda Jinoyat kodeksining 34-moddasi talabidan kelib chiqqan holda ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‘xshash jinoyat sodir etgan, Jinoyat kodeksida alohida ko‘rsatilgan hollarda esa maxsus qismning boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi tushunilishi ta’kidlansin. Agarda aybdordan muqaddam sodir etgan qasddan odam o‘ldirganligi uchun sudlanganligi amnistiya yoki afv etish yo‘li bilan olib tashlansa, yoxud qonunda belgilangan tartibda bekor qilinsa yoki olib tashlansa, shuningdek odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan vaqtga kelib Jinoyat kodeksining 78-moddasida ko‘rsatilgan muqaddam sodir etgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish muhlatlari o‘tgan bo‘lsa, odam o‘ldirish “r” bandi bilan, ya’ni xavfli retsidivist belgisi bilan tavsif qilinishi mumkin emas. 19. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining ikki yoki undan ortiq bandlarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan qasddan odam o‘ldirish harakatlari shu holatlarni ko‘zda tutgan barcha bandlar bilan tavsif qilinishi lozim. Bunday holatlarda jazo har bir band bo‘yicha alohida tayinlanmasligi kerak, ammo jazo tayinlashda aybni og‘irlashtiradigan bir necha holatlar borligi inobatga olinishi lozim. 20. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “b”, “d”, “r”, “s” bandlarida ko‘rsatilgan holatlarda, to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o‘ldirish, shuningdek, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib odam o‘ldirish, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda odam o‘ldirish deb tavsif qilinmasligi kerak. 21. Aybdorning hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqib sodir etgan qasddan odam o‘ldirish harakatlari qasddan odam o‘ldirish uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi moddalar va Jinoyat kodeksi 206-moddasining tegishli qismlari bilan tavsif qilinishi kerak. 22. Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan shaxs tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari bilan bog‘liq holda qasddan odam o‘ldirishini, Jinoyat kodeksining 220-modda dispozitsiyasi jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishni o‘z ichiga qamrab olmasligi sababli, Jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirish va ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqargan harakatlari uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi moddalari bilan tavsif qilinishi kerak. 23. Sudlarning e’tibori qasddan odam o‘ldirishda aybdor bo‘lgan shaxslarga jazo tayinlashda alohida yondoshish tartibiga qattiq rioya qilishga qaratilsin. Shu bilan birgalikda sudlar o‘lim jazosi favqulotda jazo chorasi ekanligini va aybni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish uchun ham qonun uni tadbiq etishga yo‘l qo‘yishini, ammo bu jazoni albatta qo‘llashlikni talab etmasligini inobatga olishlari lozim. 24. Qasddan odam o‘ldirish to‘g‘risidagi jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudlarida ko‘rilishi ustidan apellatsiya, kassatsiya va nazorat bosqichi sudlari tegishli nazoratni ta’minlashlari, qabul qilingan hukmlarning qonuniyligini va asoslantirilganligini sinchiklab tekshirishlari, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishlari zarur. 25. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
70
17,330
Qonunchilik
2012 YIL UChUN DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 327-modda) asosan, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2011-yil 24-oktabrdagi 4-mb-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2283, 2011-yil 17-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 45-46-son, 484-modda) bilan tasdiqlangan 2012-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 10-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan so‘zlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 23, 32 va 35-son ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. 27/1-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan so‘zlar tegishlicha “Yilda 2-marta (fevral, dekabr)” va “2 raza v god (fevral, dekabr)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 27/2-son ilovada: “Har oyda,” va “Ejemesyachno,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; “Oylik” va “Mesyachnaya” degan so‘zlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 30-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan so‘zlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 36-son ilovadagi “Mavsumiy” va “Sezonnaya” degan so‘zlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 43-son ilovadagi “Oylik (mavsumiy)” va “Mesyachnaya (sezonnaya)” degan so‘zlar tegishlicha “Yilda 2-marta (1-iyul, 1-oktabr)” va “2 raza v god (1-iyulya, 1-oktabrya)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 61/1-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan so‘zlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 96-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan so‘zlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 10. 160-son ilovadagi “Oylik” va “Mesyachnaya” degan so‘zlar tegishlicha “Choraklik” va “Kvartalnaya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
85
2,625
Qonunchilik
“TADBIRKORLIK VA TADBIRKORLAR FAOLIYATINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh XAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hukumat qarorlarini “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 60-modda); O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 61-modda); 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 237-modda); 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan ro‘yxatga olganlik uchun undiriladigan yig‘im va bunday shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 12-modda); O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan ro‘yxatga olganlik uchun undiriladigan yig‘im va bunday shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 13-modda); 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining XIII bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda).
127
2,431
Qonunchilik
Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 24-martdagi 10/1-son qarori (ro‘yxat raqami 2364, 2012-yil 15-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 20-son, 223-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 8-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl), shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari;”. 2. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Prinsipalning kredit layoqatliligi “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarda tasniflanadi.”. 3. 18-bandda: birinchi xatboshidagi “yaxshi” degan so‘z “standart” degan so‘z bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshidagi “mablag‘lariga” degan so‘z “mablag‘lari oqimiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Kreditga layoqatliligi “standart” deb e’tirof etilgan prinsipalga berilgan kafolat summasining bir foizi miqdorida ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxira shakllantirilishi lozim.”. 4. 19-bandning birinchi va beshinchi xatboshisidagi “standart” degan so‘z “substandart” degan so‘z bilan almashtirilsin. 5. 20-bandning birinchi va beshinchi xatboshisidagi “substandart” degan so‘z “qoniqarsiz” degan so‘z bilan almashtirilsin. 6. 21-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshisidagi “past” degan so‘z “shubhali” degan so‘z bilan almashtirilsin. 7. 22-bandning birinchi va yettinchi xatboshisidagi “yomon” degan so‘z “umidsiz” degan so‘z bilan almashtirilsin.
114
2,030
Qonunchilik
Boʻsh turgan ob’yektlar bilan maхsus markaz shugʻullanadi
Prezidentning 1.07.2020 yildagi “Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Faoliyat koʻrsatmayotgan, foydalanilmasdan turgan noturar ob’yektlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni tashkilotlarning хoʻjalik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida: Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: Markaz va hududiy boshqarmalar faoliyatini moliyalashtirish manbalari: Markaz davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida barcha davlat organlaridan zarur boʻlgan aхborot va materiallarni soʻrab olishga haqli. Boʻsh turgan ob’yektlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Markaz tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali tegishli davlat organlaridan olinadi. Boʻsh turgan ob’yektlar toʻgʻrisida ma’lumotlar Markazning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va har oyda yangilab boriladi. Foydalanilmayotgan ob’yektlarni aniqlash va foydalanilmayotgan ob’yektlarni хoʻjalik faoliyatiga jalb etish boʻyicha ishchi guruhlar hududiy boshqarmalarga haftalik aхborot kiritib boradi. Hududiy boshqarmalar хodimlari tuman (shahar)larning har bir mahallasiga biriktiriladi hamda vakolati doirasida mahalla hududida joylashgan boʻsh turgan ob’yektlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi. Boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari, respublika Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’yektlar bundan mustasno, saqlash va ulardan kelgusida samarali foydalanish (хususiylashtirish, ijaraga berish va boshqa) maqsadida Markaz va hududiy boshqarmalarga topshiriladi Markaz: Markaz va hududiy boshqarmalar хodimlari oʻz vakolatlari doirasida boʻsh turgan ob’yektlarga toʻsqinliksiz kiradi va koʻzdan kechiradi. Bunda, хususiy mulk ob’yektlariga kirish va ularni koʻzdan kechirish Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni хabardor etish tartibida amalga oshiriladi. Markazning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab: a) barcha auksion savdolari natijalari QR-kod (matrik shtriхli kod)ni qoʻllash orqali rasmiylashtiriladi; b) “E-IJRO AUKSION” tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilinadi: Hujjat bilan Markazning markaziy apparati tuzilmasi tasdiqlandi. Uning boshqaruv хodimlari cheklangan soni 309 nafar, shu jumladan, markaziy apparat boshqaruv хodimlari soni – 22 nafarni tashkil etadi. Agentlikning Boʻsh turgan davlat ob’yektlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi tugatilib, uning 8 ta shtat birligi Markazga oʻtkaziladi. Markaz va uning hududiy boshqarmalari хodimlariga, toʻlov manbalaridan qat’i nazar, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari хodimlari uchun qonun hujjatlarida va boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi. Shuningdek, qaror bilan quyidagilar nazarda tutilgan: Elmira Siraziyeva.
57
3,187
Qonunchilik
“FUQAROLARNING JAMG‘ARIB BORILADIGAN PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2005-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) o‘z qarorlarini “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
126
562
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitish ikki yil mobaynida amalga oshirilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarorining 10-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida o‘quv jarayonini yuridik fanlar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’limni nazarda tutgan holda takomillashtirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari (keyingi o‘rinlarda — akademik litseylar) faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: Ichki ishlar vazirligining akademiyasiga kirish uchun huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasi yuqori, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak, jismonan yetuk, irodasi kuchli va shijoatli nomzodlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlarni tayyorlash; o‘qitishning innovatsion shakl va metodikalarini joriy etish asosida milliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, o‘quv adabiyotlarini zamon talablari asosida takomillashtirish va ularning yangi avlodini yaratish, o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida o‘quv va ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish; o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash qobiliyatini yanada o‘stirish maqsadida o‘quv jarayoniga o‘quvchilarda olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi, yuzaga kelgan turli muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish tajribasi hamda tegishli ko‘nikmalar hosil qilishni nazarda tutuvchi “case-study” metodikasini tatbiq etish; o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondini, o‘qitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy bazalar va ta’lim resurslarini muntazam yangilab borish. 3. Belgilab qo‘yilsinki: akademik litseylarga 2019/2020 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar amaldagi ta’lim dasturlariga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar esa ikki yillik ta’lim dasturlarini bir yilda o‘zlashtirish asosida o‘qishni tugatadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qaroriga muvofiq akademik litseylar bitiruvchilariga akademik litseyni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom hamda ijtimoiy-gumanitar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi. 4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: akademik litseylar va ixtisoslashtirilgan maktab-internatdagi bo‘sh pedagog lavozimlarini egallash uchun tanlovlarni adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida tashkil etish va o‘tkazish tartibi; O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan tuziladigan komissiya tomonidan tanlovlarni test va suhbat shakllarida o‘tkazish tartibi; tanlov natijalarini belgilangan mezonlar asosida rasmiylashtirish, nomzodlarni ishga qabul qilishga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik yuzasidan komissiya qarorini qabul qilish tartibi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi zimmasiga akademik litseylar faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha quyidagi vazifalar yuklansin: akademik litseylar o‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etishning samarali mexanizmini joriy etishga ko‘maklashish; akademik litseylarning ilmiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirib borishda har tomonlama yordam ko‘rsatish; akademik litseylar o‘rtasida fan olimpiadalari va sport musobaqa (spartakiada)larini tashkil etish va o‘tkazishda amaliy yordam berish; ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlashi, huquqiy bilimlarini, kasbiy va jismoniy tayyorgarligi hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash; o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qo‘llash borasida ko‘maklashish; akademik litseylarni yangi avlod darsliklari, maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: bir oy muddatda ta’lim va tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida akademik litseylar ichki intizom ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin; 2021-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda akademik litseylarning o‘quv jarayoni ikki yillik tizimga o‘tkazilishini inobatga olgan holda yuridik fanlar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’limni nazarda tutuvchi o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini qayta ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibini belgilaydi. 2. Ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlov asosida o‘tkaziladi. Tanlovning maqsadi — ta’lim muassasalariga zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy ilm va mahoratga, ijodiy va ilmiy salohiyatga, yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarga ega bo‘lgan pedagog kadrlarni xolisona saralab olishdan iborat. Tanlov adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. 3. Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Ta’lim muassasalaridagi bo‘sh lavozimlarga xodimlarni jamlash uchun tanlov o‘tkaziladi. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida ta’lim muassasalarining manzili va murojaat etish uchun telefon raqamlari ko‘rsatilgan holda ommaviy axborot vositalari va ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytida e’lon beriladi. 5. Ta’lim muassasalariga soatbay haq to‘lash asosida ishga qabul qilinayotgan pedagoglar ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tanlovsiz ishga qabul qilinadi. Soatbay haq to‘lash asosida ishga qabul qilinayotgan pedagoglar soni ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglarning 10 foizidan oshmasligi lozim. 6. Ta’lim muassasalaridagi bo‘sh pedagogik lavozimlarga nomzodlar quyidagi shaxslar qatoridan jamlanadi: umumta’lim fanlari bo‘yicha pedagog lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi (ilmiy unvoni)ga bo‘lgan, pedagogik mutaxassislik bo‘yicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega mutaxassislar; umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha pedagog lavozim uchun o‘tkaziladigan tanlovda ta’lim muassasasi yo‘nalishi va ixtisosliklariga mos keladigan fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga, shuningdek, magistr darajasiga yoxud kamida uch yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan bakalavr darajasiga ega mutaxassislar. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilgan, tegishli sohada oliy ma’lumotga, yuksak kasbiy tayyorgarlik va axloqiy sifatlarga, shuningdek malaka talablariga javob beradigan shaxslar pedagogik ish stajiga ega bo‘lmagan holda tanlovda ishtirok etishlari mumkin. 7. Nomzodlar tanlovda qatnashish uchun ariza va so‘rovnoma-anketa, qisqa shaxsiy ma’lumot (rezyume)larini milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz), ta’lim muassasalarining veb-sayti, onlayn yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri e’lon berilgan kundan boshlab 20 kun davomida taqdim etadi. 8. Tanlov hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan keyin o‘n ish kuni ichida o‘tkaziladi. Tanlovga kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilmaydi. 9. Tanlovga hujjatlarni topshirgan nomzodlar soni bir nafardan oshmasa, tanlov o‘tkazilmaydi va ta’lim muassasalari tomonidan tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon takroran beriladi. Qaytadan e’lon berilgan taqdirda ham tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirgan nomzodlar soni bir nafardan oshmasa ushbu bir nafar nomzod bilan tanlov o‘tkaziladi. Bunda nomzod to‘plashi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 50 foizidan ortiq ball to‘plagan taqdirda tanlovdan o‘tgan hisoblanadi. 10. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan, shuningdek, sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan fuqarolar tanlovga qo‘yilmaydilar (reabilitatsiya qilingan holatlar bundan mustasno). 11. Tanlovda qatnashish uchun nomzodlardan hujjatlarni qabul qilib olish va ularni saqlash uchun ta’lim muassasalarining kadrlar bo‘yicha inspektori (xodimi) mas’ul hisoblanadi. 12. Nomzodlardan qonunchilik hujjatlarida talab qilinishi bekor qilingan hujjat va ularning nusxalarini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nomzodga hujjatlar qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi. 13. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan kamida 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda Komissiya tuziladi: komissiya raisi — ta’lim muassasasi direktori (uning vazifasini bajaruvchi shaxs); komissiya raisi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi xodimi; komissiya a’zolari — ta’lim muassasasi direktori o‘rinbosarlari, tegishli kafedra mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari xodimlari hamda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy ishlar sohasidagi tajribali rahbar va pedagog xodimlari; komissiya kotibi — ta’lim muassasalarining kadrlar bo‘yicha inspektori. 14. Tanlov ikki bosqichda — test va suhbat shakllarida o‘tkaziladi. 15. Tanlov har bir bosqich bo‘yicha alohida kunlarda o‘tkazilib, birinchi kun test sinovlari, ikkinchi kun suhbat shaklida o‘tkaziladi. Tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘z vaqtida o‘tkazilishini tashkillashtirish komissiya kotibi zimmasiga yuklatiladi. Kotib komissiya a’zolari va tanlovda qatnashuvchi nomzodlarga tanlovni o‘tkazish vaqti va joyi haqida tanlov o‘tkaziladigan sanadan uch kun oldin xabar beradi. 16. Tanlov moddiy-texnik vositalar bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyasida o‘tkaziladi hamda tanlov jarayoni videotasvirga olinadi. 17. Tanlov o‘tkazish bo‘yicha test savollari majmui O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishiladi. 18. Test savollari va ularning javoblari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasida saqlanadi. 19. Nomzodga beriladigan test savollari 10 xil variantda tayyorlanadi va 40 tadan savoldan (shundan, har bir savolga 4 tadan (a, b, s, d) javob) iborat kitob shaklida bo‘ladi va uning titul varag‘ida nomzodning F.I.O., tanlov o‘tkazilgan kun, test savollariga berilgan javoblarni tekshirish natijalari va tekshirgan shaxs (shaxslar) F.I.O. va imzosi ko‘rsatiladi. 20. Test sinovida nomzodga 40 ta savoldan iborat 1 ta test varianti beriladi, bunda har bir to‘g‘ri javoblar — 0,5 ball bilan baholanadi. 21. Komissiya tomonidan nomzodga test sinovi o‘tkazishning qisqacha maqsadi, mazmuni va tartibi tushuntiriladi hamda belgilangan tartibda test sinovlari qabul qilinadi. 22. Nomzodlarga test sinovlariga javob berish uchun aniq fanlar (jumladan, matematika, informatika, fizika, kimyo va biologiya) uchun 90 daqiqa, ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Javoblar varaqasini belgilash uchun qo‘shimcha 10 daqiqa beriladi. 23. Test savollariga javob berish jarayonida nomzodlarga quyidagi taqiqlar qo‘yiladi: qonunchilik hujjatlaridan, ma’lumotnoma (spravochnik) va maxsus adabiyotlardan, har qanday turdagi texnika vositalaridan yoki boshqa materiallardan (ma’lumotlardan) foydalanish; boshqa shaxslar bilan suhbatlashish; test savollari o‘tkazilayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqish. Mazkur banddagi talablarga rioya qilmagan nomzod test jarayonini o‘tkazish tartibini buzgan deb topiladi va uni tanlovda qatnashishdan chetlashtirish uchun asos bo‘ladi. Ushbu holatda Komissiya kotibi tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. 24. Test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzodlar test materiallarini komissiya kotibiga topshiradi. 25. Komissiya a’zolari test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng 3 soat ichida test savollariga berilgan javoblarni tekshirib, natijalarni (to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar soni) tegishlicha har bir nomzodning test kitobi titul varag‘iga yozib qo‘yadi. Testda 12 balldan kam to‘plagan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga qo‘yilmaydi. 26. Test sinovlari natijalari sinov o‘tkazilgan kunda nomzodlarga e’lon qilinadi. 27. Tanlov o‘tkazish jarayonida har bir nomzod bilan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq 80 ballik baholash mezonlari bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi va shu kunning o‘zida test natijalari bilan qo‘shib, umumiy ball e’lon qilinadi. Suhbat davomida nomzodlarga: ilmiy-pedagogik faoliyatining natijalariga doir taqdimoti uchun 5 daqiqa; ta’limning innovatsion metodlarini qo‘llagan holda tegishli fanning aniq bir mavzusini o‘qitish metodikasi bo‘yicha pedagogik mahoratini namoyon qilish uchun — 15 daqiqa; kasbiy ko‘nikmasini aniqlash maqsadida savol-javob uchun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi. 28. Nomzodlar tomonidan ilmiy-pedagogik faoliyati natijalarini baholashga qaratilgan o‘quv-metodik, ilmiy tadqiqot va ijodiy ish materiallarini qamrab oluvchi portfolio tayyorlanadi. Portfolioga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi tanlov o‘tkazilishidan bir kun oldin komissiya kotibi tomonidan o‘rganib chiqiladi hamda baholash uchun komissiyaga taqdim etiladi. 29. Nomzod pedagogik mahoratini namoyon qilish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim: pedagogik mahoratining metodik darajasi, ilmiy-pedagogik salohiyati, qo‘llaniladigan metod, usul va vositalarning rejalashtirilgan mashg‘ulot maqsadiga, shuningdek mantiqiylik, aniqlik va tizimlilik tamoyillariga mos kelishiga; o‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha ijodiy muhokamani tashkil etish hamda pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda auditoriyani jalb qila olishiga; o‘qitilayotgan fan bo‘yicha egallagan bilimi, amaliy ko‘nikmasi va malakasining shakllanganligiga; o‘quvchilarda ijodiy-kreativ fikrlay olish, mustaqil qaror qabul qilish orqali kasbiy ko‘nikmalarini shakllantira olishga. Nomzodning pedagogik mahoratini namoyon qilish natijalari komissiya a’zolari tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq mezonlar asosida baholanadi. 30. Komissiya tomonidan nomzodning kasbiy faoliyatida erishgan natijalari va pedagogik mahoratini baholash bilan birga pedagog xodimlarga xos bo‘lgan kreativlik, nutq madaniyati va kasbiy kompetentlik darajasini zamonaviy talablarga mosligini aniqlash maqsadida ular bilan pedagogik suhbat o‘tkaziladi. 31. Pedagogik suhbat jarayonida komissiya a’zolari tomonidan quyidagi yo‘nalishlar doirasida savollar beriladi: ta’lim mutaxassisligining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, vaziyatni tahlil qilishga qodirlik darajasini aniqlash bo‘yicha; o‘quvchilar ongiga “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burch” konseptual g‘oyasini singdira olish bo‘yicha; ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, kompyuter va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish samaradorligini aniqlash bo‘yicha; ta’lim jarayonida qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan (www.lex.uz) foydalanish, tahlil qilish va sharhlash ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha; chet tillari (rus tili, ingliz tili va boshqalar)ni o‘zlashtirish darajasini aniqlash bo‘yicha; o‘quv mashg‘ulotlarda vaqtdan unumli foydalanish metodi (taym-menejment)ni qo‘llash mahoratini aniqlash bo‘yicha. 32. Komissiya a’zolari nomzodlarga berilgan savollarga ularning javoblari to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini darhol ma’lum qiladilar hamda komissiyaning har bir a’zosi o‘zining bahosini qayd varag‘iga qo‘yadi. Tanlovning mazkur shakli bo‘yicha yakuniy natijalar nomzodlarning ishtirokisiz komissiya a’zolari tomonidan kollegiallik tamoyili asosida o‘rtacha arifmetik ball shaklida xolisona baholanadi. 33. Tanlovdan o‘tayotgan nomzodlarning fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga egaligi, xalqaro yoki respublika miqyosida o‘tkazilgan ko‘rgazmali tanlov hamda nominatsiyalarda erishgan yutuqlari, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatning mavjudligi, shuningdek pedagogik suhbat jarayonida o‘quvchilarga “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burch” konseptual g‘oyasini singdira olishga doir kasbiy va shaxsiy sifatlari ularni ijobiy baholashda inobatga olinadi. 34. O‘tkazilgan ikki bosqichli tanlovning yakuniy natijalari komissiya a’zolarining imzosi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi tanlov natijalari qayd varaqasi rasmiylashtiriladi. 35. Tanlov komissiyasi qaroriga ko‘ra mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan baholash mezonlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar tanlov o‘tkazilayotgan bo‘sh o‘rinlarga pedagogik xodim sifatida ishga qabul qilinadi. 36. Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: a) pedagog xodim sifatida ishga qabul qilishga tavsiya etiladi; b) pedagog xodim sifatida ishga qabul qilishga tavsiya etilmaydi. 37. Tanlov natijalari komissiya bayoni bilan rasmiylashtiriladi. 38. Tanlov natijasidan norozi bo‘lgan nomzodlar apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilish huquqiga ega. 39. Apellatsiya komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i asosida kamida 4 kishidan iborat tanlov komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan ta’lim muassasasi direktori o‘rinbosari, tegishli kafedra mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari xodimlari hamda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy ishlar sohasidagi tajribali rahbar va pedagog xodimlaridan iborat tarkibda tuziladi. Apellatsiya komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi xodimi raislik qiladi. Apellatsiya shikoyati tanlov natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir ish kuni davomida berilishi mumkin. Nomzod tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi lozim. Apellatsiya komissiyasi shikoyatni ko‘rib chiqish natijasiga qo‘ra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: a) e’tiroz asossiz bo‘lsa, apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish va tanlov natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish; b) e’tiroz asosli bo‘lsa, tanlov natijalariga o‘zgartirish kiritish va pedagog xodim sifatida ishga qabul qilishga tavsiya etish. 40. Tanlov bilan bog‘liq barcha hujjatlar ta’lim muassasalarining kadrlar bo‘linmalarida 5 yil davomida saqlanadi. 41. Komissiya tomonidan tanlab olingan nomzodlarni ta’lim muassasasi direktori mehnat shartnomasi tuzish orqali ishga qabul qiladi hamda belgilangan tartibda tegishli buyruq bilan rasmiylashtiradi. 42. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 39-son, 1045-modda): a) 1-bandda: to‘rtinchi xatboshida “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutiga va Harbiy-texnika institutiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy ta’lim muassasalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmagan idoraviy akademik litseylarning bitiruvchilari ushbu vazirliklar va idoralar rahbarlari tomonidan belgilanadigan tartibda ustunlik asosida tegishlicha ichki ishlar organlariga, Milliy gvardiyaning qo‘riqlash xizmatiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalariga xizmatga qabul qilinadi”; b) 1-ilovada: 23-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 26-bandda “uch” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin; 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qaroriga muvofiq akademik litseylar bitiruvchilariga akademik litseyni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom hamda ijtimoiy-gumanitar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi”; quyidagi mazmundagi 41-bob qo‘shilsin: 271. O‘quvchilarni boshqa ta’lim muassasalaridan IIV akademik litseylariga ko‘chirish taqiqlanadi. 272. O‘quvchilarning o‘qishini bir IIV akademik litseyidan boshqa IIV akademik litseyiga ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi bilan kelishilgan holda yozgi ta’til davrida amalga oshiriladi. 273. O‘quvchilar quyidagi hollarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin: a) o‘z xohishiga binoan, boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan; b) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida); v) doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki davlatga chiqib ketganda; g) o‘quvchi tomonidan o‘quv dasturi va o‘quv rejasi talablari bajarilmaganda (semestr yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yakuniy nazoratda ikkita va undan ortiq fanlar bo‘yicha qoniqarsiz baho olganda); d) bir semestr mobaynida uzrli sabablarsiz 72 soat va undan ko‘p mashg‘ulotlarda qatnashmaganda; e) o‘quvchi tomonidan IIV akademik litseyining kun tartibiga muntazam rioya etmaslik yoki ichki tartib-qoidalari qo‘pol ravishda buzilganda; j) o‘quvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; z) vafot etganligi sababli; i) ota-onasi boshqa davlatga xizmat safariga yuborilganda ular bilan jo‘nab ketganda. 274. IIV akademik litseylaridan chetlashtirilgan o‘quvchilar o‘qishga qayta tiklanmaydi, mazkur Nizom 273-bandining “b” va “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 275. Mazkur Nizom 273-bandining “b” va “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda o‘qishdan chetlatilganligiga 1 yildan 2 yilgacha muddat bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qishini qayta tiklash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 276. IIV akademik litseylaridan chetlatilgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar akademik litsey direktori tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir hafta muddatda tegishli tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaga taqdim etiladi. 277. IIV akademik litseydan chetlashtirilgan o‘quvchilarni Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo Komissiya tomonidan yashash manzili bo‘yicha majburiy umumiy o‘rta ta’limga jalb etish to‘g‘risida qarori bilan birgalikda hujjatlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalariga yuboriladi. 278. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yoki Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalari 10 kun muddat ichida o‘quvchining o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish masalasini hal etadi va bu to‘g‘risida IIV akademik litseyiga hamda o‘quvchining o‘qishi ko‘chirilayotgan ta’lim muassasasiga yozma ravishda ma’lumot yuboradi. Bunda o‘quvchining o‘qishi ko‘chirilayotgan ta’lim muassasasiga yuboriladigan ma’lumotga IIV akademik litseyidan taqdim etilgan hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi. 279. O‘quvchining o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish to‘g‘risidagi ma’lumotni olgan IIV akademik litseyi direktori o‘quvchini o‘quvchilar safidan chiqarish haqida buyruq chiqaradi va 3 kun muddatda o‘quvchini qabul qilayotgan ta’lim muassasasiga jo‘natadi. 2710. O‘qishdan chetlashtirilgan yoki o‘qishi ko‘chirilayotgan o‘quvchini qabul qilayotgan ta’lim muassasasi direktori 3 kun muddatda o‘quvchini o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi. 2711. O‘quvchilarni chetlashtirish va boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar, pedagogik kengashning qarori, buyruq, ariza, o‘zlashtirish daftarchasi IIV akademik litseyida saqlanadi”. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “28. Tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar IIV akademik litseyida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar. IIV akademik litseylariga o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishga qabul qilinadi”; 31-bandda “Kadrlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 32-bandning beshinchi xatboshida “Ichki ishlar vazirligining Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 37-bandda “Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarning” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda viloyatlar IIBlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin. v) 2-ilovada: 2-bandda “IIV akademik litseylariga” so‘zlaridan keyin “qabul yilida” so‘zlari qo‘shilsin; 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlar hamda viloyat IIB boshliqlari IIV akademik litseyi qabul komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining yuqori malakali va tajribali katta ofitsyerlari komissiya raisi o‘rinbosarlari etib belgilanadi”; 9-bandda “Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlariga” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda viloyatlar IIBlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 16 va 19-bandlarda “Toshkent shahar IIBB” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB” so‘zlari bilan almashtirilsin; 18-bandda “tegishli IIV akademik litseyiga kelganda” so‘zlari “qabul yilining 1-iyun kuniga qadar tegishli IIV akademik litseyining” so‘zlari bilan almashtirilsin; 18-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qo‘shilsin; “Qabul yilining 1-iyun kunidan so‘ng o‘qishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar qabul qilinmaydi. Qabul komissiyasi nomzodlarning o‘qishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini qabul yilining 25-iyun kuniga qadar tegishli vazirlik va idoralar bilan ko‘rib chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasiga taqdim etadi”; 21-bandda “Kadrlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin; 23, 27 va 30-bandlarda “Toshkent shahar IIBB va” so‘zlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin; 24-bandda “Toshkent shahar IIBB va” hamda “Kadrlar bosh boshqarmasi” so‘zlari tegishlicha “Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda” va “Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 39-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ixtisoslik fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda oxirgi uch yil (qabul yili va undan oldingi ikki yil), respublika fan olimpiadalarida oxirgi bir yil (qabul yili va undan oldingi yil), O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarning respublika bosqichida oxirgi bir yil (qabul yili va undan oldingi yil) davomida g‘olib bo‘lgan nomzodlar”; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida, test sinovlarisiz imtiyoz tartibida maxsus-professional tanlovda to‘plagan ballari bo‘yicha ketma-ketlikda qabul qilinib, to‘plagan ballari teng bo‘lib qolgan nomzodlar umumiy kvotadan tashqari qabul qilinadi”; beshinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyundagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandida “o‘n sakkizdan” so‘zlari “o‘n yettidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
166
30,735
Qonunchilik
Oʻzbekiston poytaхtida sub mahsulotlar bilan savdo qilish tartibga solinadi
Toshkent shahri hokimining 2015 yil 18 avgustdagi 752-son «Toshkent shahri dehqon bozorlarida yoz mavsumida tez buziladigan goʻsht va goʻsht mahsulotlarining savdosini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori bilan sub mahsulotlarni (jigar, ichak, oshqozon, tuyoq, oʻpka, kallapochcha va hokazolar) har yili yoz mavsumida (iyun oyidan oktyabr oyiga qadar) sovutgich uskunlari bilan ta’minlanmagan pavilon va savdo rastalarida savdoga chiqarish taqiqlandi. Ushbu taqiq oʻrnatilishi munosabati bilan tegishli tuzilmalarga va Toshkent shahrining tumanlari hokimlariga quyidagilar topshirildi: tez buziladigan goʻsht sub mahsulotlari savdosini tartibga solish boʻyicha maхsus ishchi guruhlar tuzish; tez buziladigan goʻsht sub mahsulotlari bilan belgilanmagan joylarda, shu jumladan bozorlar hududidan tashqari joylarda noqonuniy savdo qilish holatlarini oldini olish choralarini koʻrish; goʻsht sub mahsulotlari dehqon bozorlari hududiga tozalangan holda savdoga chiqarilishini tashkil etish va nazoratga olish. Shuningdek tegishli tuzilmalarga quyidagi umumiy topshiriqlar berildi: dehqon bozorlari, ularning shahobchalari hamda ular hududida joylashgan barcha ob’yektlarda tizimli ravishda tozalash va dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirib borish; dehqon bozorlari va ularning hududida faoliyat yuritayotgan ob’yektlarning ishchi-хizmatchilari hamda tadbirkorlarni belgilangan muddatlarda tibbiy koʻrikdan oʻtganligi, maхsus ish kiyimlari bilan ta’minlanganligi, mahsulotlarni saqlash va sotish qoidalariga rioya qilinishi, ish joylarini, sanitariya holatini talab darajasida boʻlishi ustidan nazorat oʻrnatish; savdo rastalari oraliqlarida chiqindilarni yigʻish uchun maхsus chiqindi yigʻish qutilari oʻrnatgan holda, chiqindi yigʻish maydonchalarini tartibga keltirish va yigʻilgan chiqindilarni har kuni olib chiqib ketilishi tashkil etish; dehqon bozorlari va shahobchalari hududida goʻsht, sut, parranda tuхumi, salat va qandolat mahsulotlari savdosi amalga oshiriladigan rastalarga sovutgich uskunalari oʻrnatish boʻyicha zaruriy choralarni koʻrish. Qaror «Toshkent oqshomi» gazetasining 2015 yil 27 avgustdagi 176-177-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. Shu tariqa, qaror goʻsht sub mahsulotlariga nisbatan 2016 yilning yoz mavsumidan (iyun-oktyabr) boshlab amal qiladi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
76
2,623
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi 201-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini, shuningdek, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi 201-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.I. Basitxanova zimmasiga yuklansin. 1. 6-bandda: a) quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar qo‘shilsin: “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiquvchi tadbirlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi hamda hududiy bo‘limlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlarni jamoat fondi mablag‘lari hisobidan qoplash”; b) to‘qqizinchi xatboshi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: 3. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
203
1,835
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 13 IYuNDAGI 278-SON QARORINING 3-BANDINI BEKOR QILISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Avtomobilda tashish tannarxi tarkibi va korxonalarning yuqori tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari tartibining o‘zgarganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-iyundagi 278-son qarorining yengil va yo‘nalishli taksi mashinalarida tashishlarga 30 foiz miqdorida cheklangan rentabellik belgilashga oid 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
97
425
Qonunchilik
Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun tender hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va aholini sifatli, arzon dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun tender hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 31-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va uning hududida tibbiy maqsadlarda qo‘llashga ruxsat etilgan, strategik xaridor yoki ustav kapitalida (fondida) strategik xaridorning ulushi bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma tuzish sharti bilan sotib olinadigan dori vositalari, dori substansiyalari, immunobiologik (vaksinalar, zardoblar, anatoksinlar, allergenlar) va radiofarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, diagnostik va sterilizatsiya vositalari, shuningdek, tibbiyot buyumlari”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan qarorlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
201
1,396
Qonunchilik
MIKROKREDITBANK ORQALI MIKROMOLIYALAShTIRISh UChUN JALB ETILGAN GRANT VA KREDITLARNI MIKROKREDIT TAShKILOTLARI O‘RTASIDA TANLOV ASOSIDA TAQSIMLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda), “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 369-modda) qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-iyundagi 114-son “2010-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 23-son, 239-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Mikrokreditbank orqali mikromoliyalashtirish uchun jalb etilgan grant va kreditlarni mikrokredit tashkilotlari o‘rtasida tanlov asosida taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) va “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 369-modda) qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-iyundagi 114-son “2010-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 23-son, 239-modda) muvofiq Mikrokreditbank orqali mikromoliyalashtirish uchun jalb etilgan grant va kreditlarni mikrokredit tashkilotlari o‘rtasida tanlov asosida taqsimlashning yagona tartibini belgilaydi. 1. Mikromoliyalashtirish uchun Mikrokreditbank tomonidan jalb qilingan grant va kreditlar qayta moliyalashtirish uchun respublikada faoliyat yuritayotgan mikrokredit tashkilotiga tanlov asosida ajratiladi. Mikrokreditbank tomonidan mikromoliyalashtirish maqsadida jalb qilinadigan grant va kreditlar (keyingi o‘rinlarda — Mikrokreditbankning mikromoliyalashtirish mablag‘lari) hisobidan mikrokredit tashkiloti orqali qayta moliyalashtirish milliy valyutada amalga oshiriladi. 2. Mikrokreditbankning mikromoliyalashtirish mablag‘lari mikrokredit tashkiloti tomonidan mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing shakllarida muddatlilik, qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va maqsadlilik tamoyillari asosida beriladi. 3. Mikrokreditbankning mikromoliyalashtirish mablag‘lari hisobidan mikrokredit tashkiloti tomonidan quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishga ruxsat beriladi: dehqon va fermer xo‘jaliklarining o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish va kengaytirishga, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olishga, fermerlik inshootlarini qurishga, chorva mollari, yosh chorva mollari, parranda, yem-xashak va omuxta yem, veterinariya dori-darmonlari, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, mineral o‘g‘it sotib olishga, urug‘lik, ko‘chatlar sotib olishga; xomashyo va materiallarni birlamchi qayta ishlashga; mini-uskunalar, mehnat qurollari, xomashyo, yarim fabrikatlar, furnitura sotib olishga; xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarishga; hunarmandchilik va uy mehnatini rivojlantirishga; servis sohasi, shu jumladan, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga; sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga; sayyohlik industriyasini rivojlantirishga; kichik ko‘lamli, ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishni tashkil etishga; qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va tub (chuqur) qayta ishlashga; mahalliy sanoatni rivojlantirishga; qurilish va qurilish materiallari industriyasiga; eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni, ayniqsa qishloq joylarida ustuvor ravishda yaratishga; xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tadbirkorlik faoliyati turlariga yo‘naltiriladi. 4. Mikrokreditbankning mikromoliyalashtirish mablag‘lari dastlabki sarmoyani shakllantirishga kreditlar shaklida mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs maqomiga ega) va fermer xo‘jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag‘larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob-uskunalar sotib olish uchun ham beriladi. 5. Mikrokreditbankning mikromoliyalashtirish mablag‘lari hisobidan kreditlarni quyidagi maqsadlarga berish mumkin emas: ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga; tamaki va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarishga; ma’muriy xarajatlarni to‘lashga, shu jumladan, xizmat avtomobillarini ta’mirlashga; idora uchun mebel sotib olishga, uyali telefon, peydjyerlar sotib olishga, aloqa xizmatlari uchun to‘lovga. 6. Mikrokreditbankning mikromoliyalashtirish mablag‘lari bir ish o‘rnini yaratishga kredit mablag‘laridan foydalanishning samaradorligidan kelib chiqqan holda tanlov asosida mikrokredit tashkilotlari o‘rtasida qayta moliyalashtirish maqsadida taqsimlanadi. 7. Mikrokredit tashkilotiga kredit resurslarini taqsimlash tanlov asosida quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: mikrokredit tashkiloti ro‘yxatga olingan kundan boshlab kamida ikki yil davomida o‘z faoliyatini amalga oshirgan bo‘lishi; Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga amal qilayotgan bo‘lishi; muddati o‘tgan kreditlar summasi oxirgi olti oy davomida mikrokredit tashkilotining kredit portfeli hajmining 5 foizidan yuqori bo‘lmasligi; mikrokredit tashkilotining kapitali ustav fondi, tekinga olingan mulklarni chegirgandan so‘ng oxirgi olti oy davomida mikrokredit tashkiloti aktivlarining kamida 5 foizini tashkil etishi. 9. Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikromoliyalashtirish maqsadida Mikrokreditbankdan jalb qilingan kreditlar va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda Mikrokreditbankka qaytarilishi shart. 10. Mikrokreditbank ajratilgan mikromoliyalashtirish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish maqsadida mikrokredit tashkilotining o‘zida kredit yig‘majildlarini o‘rganish yo‘li bilan hamda ularning vakili bilan birgalikda, joylarga chiqqan holda, tekshirish huquqiga ega. 11. Mikrokreditbankning mikromoliyalashtirish mablag‘lari mikrokredit tashkilotiga Mikrokreditbankning marjasi qo‘shib hisoblanadigan foiz stavkasi asosida ajratiladi. 12. Kredit liniyalarini ochish uchun Mikrokreditbank bilan mikrokredit tashkiloti o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasida ochiladigan kredit liniyasiga xizmat ko‘rsatishning quyidagi asosiy shartlari belgilanadi: kredit liniyasi summasi; kredit liniyasi hisobiga mablag‘larni ajratishning muddatlari; foiz stavkasi; kredit liniyasi mablag‘larini mikrokredit tashkiloti tomonidan maqsadli ishlatilishi ustidan monitoringni amalga oshirish tartibi. 13. Mikrokreditbank bir yoki bir nechta mikrokredit tashkiloti bilan kredit liniyasini ochish to‘g‘risida shartnoma tuzish huquqiga ega. 14. Mikrokreditbank tomonidan mikrokredit tashkilotiga kredit liniyasi ochish uchun taqdim etilgan mablag‘larining hisobi kredit liniyasi muddatiga mos ravishda ochiladigan 15401 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga beriladigan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘ida yuritiladi. 15. Mikrokreditbankning mikromoliyalashtirish mablag‘lari mikrokredit tashkilotining balansida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi. 16. Mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatish uchun ochilgan kredit liniyalari mablag‘lari bo‘yicha foizlar kredit liniyasidan mablag‘lar mikrokredit tashkilotining Mikrokreditbankda ochilgan talab qilib olingunicha hisob raqamiga o‘tkazib berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi va uning to‘lovi har oyda amalga oshiriladi. 17. Mikrokredit tashkiloti Mikrokreditbank kredit liniyasi mablag‘larining kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda ishlatilmagan qismiga kredit shartnomasi shartlariga muvofiq foiz to‘laydilar. 18. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan maqsadlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatilishi kredit liniyasi mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish deb baholanadi va u Mikrokreditbank va mikrokredit tashkiloti o‘rtasidagi kredit liniyasi ochish shartnomasida belgilangan choralarni ko‘rish uchun asos hisoblanadi. 19. Mikrokreditbank bilan mikrokredit tashkiloti o‘rtasida keyingi kredit liniyalari ochilganda yangi kredit liniyalarining summalari ko‘rsatilgan holda qo‘shimcha kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi. 20. Kredit liniyasining amal qilish muddati tugaganidan keyin mikrokredit tashkiloti Mikrokreditbankka kredit liniyasi mablag‘larini, hisoblangan lekin to‘lanmagan foizlar qoldig‘ini qo‘shgan holda kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda to‘lashi shart. 21. Mikrokredit tashkiloti Mikrokreditbankning kredit liniyalarini o‘zlashtirishning ahvoli to‘g‘risida har chorakda Mikrokreditbankka, mikromoliyaviy xizmat ko‘rsatilgan yuridik va jismoniy shaxslar ro‘yxatini ilova qilgan holda, ma’lumot taqdim etadilar. 22. Mikrokreditbankning mikromoliyalashtirish mablag‘lari hisobidan kreditlarni berish mikrokredit tashkiloti kredit siyosatida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganidan va kreditning qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar qonun bilan belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, mikrokredit tashkilotiga taqdim qilingandan so‘ng 10 (o‘n) ish kuni davomida amalga oshiriladi. 23. Kredit ajratilishidan oldin kredit hujjatlari bo‘yicha quyidagi talablar bajarilishi lozim: kredit hujjatlarining to‘liqligi; kredit qo‘mitasi qarori bilan kredit shartnomasining mazmuni o‘rtasida muvofiqlik (kredit miqdori, foiz stavkasi, kredit muddati, foydalanish maqsadi, ta’minot va boshqa talablar); barcha shartnomalarning qonun talabiga asosan rasmiylashtirilganligi (kredit shartnomasi, kreditning ta’minoti bo‘yicha shartnomalar). 24. Mikrokredit tashkiloti rahbari va kredit xodimlari kreditni ajratish jarayonida yuqorida ko‘rsatilgan barcha bandlarning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir. 25. Kreditlar qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida mikrokredit tashkilotining Mikrokreditbankdagi alohida ochilgan ssuda hisob raqamidan o‘rnatilgan tartibda pul o‘tkazish yo‘li bilan yoki naqd pulda ajratiladi. Naqd pul shaklida kreditlarning ajratilishi O‘zbekiston Respublikasi banklarining kassa aylanmalari to‘g‘risidagi statistika hisobotining 53, 54-ramzlari (simvoli) bo‘yicha aks ettiriladi. 26. Yuridik shaxs maqomini olishiga hamda kredit ajratish muddatiga qarab kreditlar mos balans hisob raqamlarida hisobga olinadi. 27. Kredit shartnomalarining va garov shartnomalarining asl nusxalari kredit bo‘limining xizmat farmoyishi asosida tegishli ko‘zda tutilmagan sharoitlar hisob raqamlariga kirim qilinadi va mikrokredit tashkiloti kassasida saqlanadi. Yuqorida qayd etilgan hujjatlar asosiy qarz va foizlar bo‘yicha qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgan kuni kassadan olinadi, ularning qiymati esa ko‘zda tutilmagan sharoitlar hisob raqamlaridan hisobdan chiqariladi. 28. Oldin olingan kredit va foizlardan qarzdorlik mavjud bo‘lsa yangi kreditlar berilmaydi. 29. Mikrokredit tashkiloti Mikrokreditbankning kredit liniyalari hisobidan yuridik shaxs va jismoniy shaxslarga iste’mol uchun, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, transport va kommunikatsiya, savdo va umumiy ovqatlanish sohalariga mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda foydalanishlari mumkin. 30. Mikrokredit tashkiloti kreditdan foydalanishning butun muddati davomida ajratilgan kreditlarni maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatadi. Mazkur monitoring qarzdorning investitsiya loyihasini va kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirilishiga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lishi lozim. 31. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan holda, mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq, qarzdorni bundan keyin kreditlashni rad etishga, qarzdordan kredit summasini muddatidan oldin qaytarib olishga va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan shartlar asosida jarima belgilashga va muddatidan oldin undirib olishga haqlidir. 32. Qarzdor kredit bo‘yicha qarzi va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasi shartlari asosida to‘lashdan yoki garov shartnomasi shartlari asosida garov mulkini mikrokredit tashkiloti tasarrufiga berishdan bosh tortgan holda, mikrokredit tashkiloti ushbu mikrokreditni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiradi. 33. Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanilmayotganligi aniqlangan holda, Mikrokreditbank mikrokredit tashkilotidan kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini muddatidan oldin qaytarishini talab qilishga haqli. Mikrokredit tashkiloti Mikrokreditbankining ushbu talabini o‘zaro tuzilgan kredit shartnomasida belgilangan shartlar asosida bajarishga majburdir.
194
13,412
Qonunchilik
YaST toʻlovchilari yer soligʻini qanday toʻlaydilar
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (16.04.2018 yilda 3001-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarining yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. 2018 yil 1 apreldan boshlab Nizom quyidagilarga tatbiq etiladi: 1. YaST toʻlovchilariga, agar umumiy maydoni 1 gektardan ortiq yer uchastkalariga ega boʻlsa; 2. Notijorat tashkilotlarga, agar ular tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yer uchastkasi 1 gektardan ortiq boʻlsa; 3. Yagona yer soligʻi toʻlovchilarga, agar qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyatni 1 gektardan ortiq yer uchastkasida amalga oshirayotgan boʻlsa.   Nizom quyidagi YaST toʻlovchilariga tatbiq etilmaydi: 1. Umumiy maydoni 1 gektar yoki undan kam yer maydonlari mavjud boʻlganlarga; 2. Soliq kodeksi yoki Prezident qarorlariga muvofiq yuridik shaхslardan olinadigan yor soligʻi toʻlashdan ozod etilganlarga. Masalan: E’tibor bering! 2018 yil 1 yanvardan boshlab yer uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq boʻlgan YaST toʻlovchilariga quyidagilar tatbiq etilmaydi: Yangi Nizom bilan yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini hisoblash uchun soliq solinadigan baza belgilanadi. Yer uchastkasining Soliq kodeksining 280-moddasi 2-qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir. Yer uchastkasining umumiy maydoni deganda mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan maydon tushuniladi. Undan aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari chegirib tashlanadi: Soliq solinadigan baza qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydoniga kamaytiriladi. Masalan, Soliq kodeksining 282-moddasi 2-qismiga muvofiq, quyidagi yerlarga soliq solinmaydi: Yer soligʻi har yili 1 yanvar holatiga koʻra soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. 2018 yil uchun yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan belgilangan. YaST toʻlovchilari tomonidan hisob-kitob yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq хizmati organiga joriy soliq davrining 10 yanvariga qadar taqdim etiladi. 2018 yilda hisob-kitob yer uchastkasi joylashgan yerdagi DSXOga 10 mayga qadar taqdim etilishi shart. YaST toʻlovchilari yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini Soliq hisoboti shakllari (22.03.2013 yilda 2439-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) asosida hisoblaydilar. Soliq solinadigan baza (soliqning hisoblangan miqdori) yil davomida oʻzgarsa, yuridik shaхs DSXOga bir oy muddatda aniqlashtirilgan hisob-kitobni taqdim etishi shart.  Soliq solinadigan baza (yer uchastkasi maydoni) 1 gektardan oshib ketsa – yer soligʻi yer maydoniga huquq paydo boʻlgan oyning keyingi oyidan boshlab hisoblanadi. Soliq solinadigan baza (yer uchastkasi maydoni) 1 gektardan kamaysa – yer soligʻi kamayish yuz bergan oydan e’tiboran hisoblanmaydi. Soliq toʻlovi har oyning 10-kuniga qadar yillik summaning 1/12 qismi miqdorida amalga oshiriladi. 2018 yilda toʻlov aprel oyidan boshlab amalga oshiriladi, bunda aprel oyi uchun toʻlov 10 mayga qadar amalga oshirilishi zarur, may oyi uchun ham 10 maygacha, iyun oyi uchun – 10 iyungacha, iyul oyi uchun – 10 iyulgacha va h.k. tartibda toʻlash kerak. YaST toʻlovchilari yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi uchun javobgar boʻladilar. Nazorat davlat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarining yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.04.2018 yildan kuchga kirdi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Tatyana  Belousova.
51
4,106
Qonunchilik
Qoraqalpogʻistonda irrigatsiyani rivojlantirish va yerlarning melioratsiya holatini yaхshilash davom etadi
5 dekabrda Prezident tomonidan «Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi. Hujjatda ta’kidlanishicha, Qoraqalpogʻistonda irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash boʻyicha izchil choralar koʻrib kelinmoqda, natijada: Qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga qaramay, 44,9 ming gektar sugʻoriladigan yerlarning suv ta’minoti past darajada, 95,2 ming gektar sugʻoriladigan maydonlar oʻrtacha va kuchli shoʻrlangan, mavjud suv resurslaridan foydalanish samaradorligi esa pastligicha qolmoqda. 2021–2023 yillarda mintaqada mavjud muammolarni sifatli va toʻliq hal etish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi: a) Oʻzbekiston respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya ob’yektlarini ta’mirlash va tiklash ishlarining manzilli roʻyхati (keyingi oʻrinlarda – manzilli roʻyхat); b) quyidagilar boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari: Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari hokimlariga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha shaхsiy javobgarlik yuklandi. Irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ilmiy-teхnik jihatdan ta’minlash boʻyicha ishchi guruhiga (11.08.2020  yildagi PQ-4801-son qaror bilan tashkil etilgan) quyidagi vazifalar yuklatildi: Elmira Siraziyeva.
106
1,638
Qonunchilik
“PENSIYA HUJJATLARINING ShAKLLARI VA ULARNI TO‘LDIRISh QOIDALARI HAMDA PENSIONERLAR YIG‘MAJILDINI RASMIYLAShTIRISh VA YuRITISh TARTIBI HAQIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUQNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 562-modda) muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 23-iyuldagi 118-son “Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari hamda pensionerlar yig‘majildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqidagi yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1710, 2007-yil 3-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 368-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi
236
1,207
Qonunchilik
2018-2019-yillarda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida
Sanoat salohiyatini yanada kengaytirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal qurish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish, aholining bandligi va daromadlarini oshirish asosida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanini kompleks rivojlantirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2018-2019-yillarda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin: 2018-2019-yillarda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq; oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari, shuningdek qurilish materiallari, yengil sanoat va boshqa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, yangidan barpo etish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; xizmatlar sohasi va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq; qishloq xo‘jaligi sohasining yanada barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq; muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal qurish dasturining asosiy ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq; ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq; qishloq xo‘jaligi sohasida yer maydonlaridan oqilona foydalanish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini yaxshilash bo‘yicha manzilli ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq. 2. Buxoro viloyati hokimligi: vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan butlash va loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqib tasdiqlasin. manfaatdor davlat va xo‘jalik organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan dastur parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin va bunda investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutsin; muammoli masalalarni ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va zarur amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin. 3. Buxoro viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga, zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturini shakllantirishda ushbu qarorda nazarda tutilgan markazlashgan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, shu jumladan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qaroriga muvofiq, belgilangan tartibda jamg‘arma kuzatuv kengashining ijobiy qaroriga asosan kiritilishini ta’minlasinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Dasturga kiritilgan obyektlar loyiha-smeta hujjatlarining sifatli davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalar “davlat xizmatlari” markazlari orqali qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda berilishini ta’minlasin. 6. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bir oy muddatda Shofirkon tumani aholisining “Jilvoncho‘l” massiviga “Buxoro-Misken” temir yo‘l tarmog‘idan shoxobcha temir yo‘l qurish masalasini puxta o‘rganib chiqib, uning qurilishi to‘g‘risida asoslangan taklifni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekenergo” AJ Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda chora-tadbirlar doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish korxonalarining tabiiy gaz va elektr uzatish tarmoqlariga o‘z vaqtida ulanishiga texnik shartlar berilishini hamda ularga o‘rnatilgan tartibda resurs va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda yetkazib berilishini ta’minlasin. 8. Buxoro viloyati va Shofirkon tumani hokimliklari har chorak yakunida: Dastur tadbirlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va tuman faollari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqsinlar; Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etib borsinlar. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Buxoro viloyati hokimi O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
118
5,534
Qonunchilik
AVTOMOBIL TRANSPORTI TO‘G‘RISIDA
Mazkur Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishdan iboratdir. Mazkur Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: avtomobil transporti — tarkibiga yuridik va jismoniy shaxslar kiruvchi, iqtisodiyot va aholining yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni, shu jumladan pochtani (bundan keyin — yo‘lovchilar, bagaj va yuklar deb yuritiladi) avtomobilda tashishga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish-texnologiya majmui; avtotransport vositalari — yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar; tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; mijoz (yo‘lovchi, yuk oluvchi, yuk jo‘natuvchi) — tuzilgan tashish shartnomasiga muvofiq tashuvchining xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Shahar yo‘lovchilarini tashish sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida” gi Qonuni bilan ham tartibga solinadi. Yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashish, harakat xavfsizligini ta’minlash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi. O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti xususiy va ommaviy mulk asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Avtomobil transportining barcha mulkdorlari teng huquqlarga egadirlar va qonun himoyasidan bab-baravar foydalanadilar. Avtomobil transporti faoliyatini ta’minlash uchun yerlar yer to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanishga beriladi. Avtotransport vositalari yo‘lovchilar avtotransporti, yuk avtotransporti va maxsus avtotransport vositalariga bo‘linadi. Yo‘lovchilar avtotransporti vositalari jumlasiga avtobuslar, mikroavtobuslar, yengil avtomobillar, yo‘lovchilar tashiladigan tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi. Yuk avtotransporti vositalari jumlasiga yuk avtomobillari, shatakchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar kiradi. Konstruktiv jihatlariga hamda qay maqsadlarda foydalanilishiga ko‘ra yuk avtotransporti vositalari umumiy va maxsus transport vositalariga bo‘linadi. Maxsus avtotransport vositalari jumlasiga turli maxsus ishlarni, ko‘proq notransport ishlarini bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalar (o‘t o‘chirish avtomobillari, kompressor qurilmali avtomobillar, avtokranlar, supurish-sidirish hamda chiqindi tashish avtomobillari va hokazolar) kiradi. Avtomobilda tashishlar shahardagi, shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro tashishga bo‘linadi. Shahardagi tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi. Shahar atrofidagi tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan ellik kilometrgacha tashqarida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi. Shaharlararo tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan ellik kilometrdan oshiq masofada amalga oshiriladigan tashishlar, shuningdek yo‘nalish masofasidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq viloyati hududida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi. Xalqaro tashishlar jumlasiga yo‘nalish masofasidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga yoki davlat chegarasi tashqarisidan amalga oshiriladigan tashishlar kiradi. Yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni avtomobilda xalqaro tashishlar, shu jumladan tranzit tashishlar xalqaro hamda tranzit aloqa uchun ochiq avtomobil yo‘llari orqali O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliq solish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashishlar uchun tariflarni shakllantirish, yagona ilmiy-texnika siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Avtomobil transportining davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi avtomobil transportini boshqarish bo‘yicha vakolat bergan davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tashuvchilarning xo‘jalik faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning ekspluatatsiya xizmati xodimlarini boshqa ishlarga jalb etishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat: avtomobilda tashishlarni tashkil etish va takomillashtirishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqish; avtomobil transportini rivojlantirish milliy dasturlari konsepsiyasini ishlab chiqish; respublika va aholining tashishlarga bo‘lgan davlat ehtiyojlari istiqbolini ishlab chiqish; avtomobil transporti sohasida yagona investitsiya, ilmiy-texnika va ijtimoiy siyosatni shakllantirish va yuritish; avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashish; yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashishni litsenziyalashni tashkil etish va takomillashtirish; tashuvchilar va mijozlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish; kadrlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish; avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Davlat hokimiyati mahalliy organlarining avtomobil transport sohasidagi asosiy vakolatlari quyidagilardir: avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, barcha tashuvchilarning faoliyati uchun teng sharoitlar yaratishga ko‘maklashish; avtomobil transportining moddiy-texnika va ijtimoiy negizini mustahkamlashga ko‘maklashish. Davlat hokimiyati mahalliy organlari qonunchilikka muvofiq avtomobil transporti sohasida boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Avtotransport vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya talablariga, shuningdek standartlar va texnik shartlarga, tibbiy-sanitariya va yong‘inga qarshi normalarga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Avtotransport vositalarini standartlash, metrologiya va sertifikatlash ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi hamda boshqa davlat organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Sertifikatlashdan o‘tmagan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan avtotransport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Avtomobilda tashishlar tashuvchilar tomonidan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi. Avtomobilda tashishlar uchun litsenziya berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Avtotransport vositasini boshqarish huquqi tegishli malakaga ega bo‘lgan va tibbiy tekshiruvdan o‘tgan jismoniy shaxsga beriladi. Avtotransport vositasini boshqarish huquqi belgilangan namunadagi hujjat bilan tasdiqlanadi. Salomatligiga ko‘ra avtotransport vositasini boshqarishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi mezoni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Avtotransport vositalarini boshqarishga doir malaka talablari qonunchilik bilan belgilanadi. Yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashish shartlari va tomonlarning javobgarligini nazarda tutuvchi tashish shartnomasi asosida tashiladi. Yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashiganlik uchun tashish shartnomasida belgilangan haq olinadi. Qonunchilikka muvofiq avtomobilda tashishlarning ayrim turlari uchun davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan tartibga soluvchi tariflar belgilanishi mumkin. Tartibga soluvchi tariflar bo‘yicha tashishlar munosabati bilan tashuvchilarning xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Tashuvchilarning qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berilgan, shu jumladan bepul yurish huquqi berilgan fuqarolarning ayrim toifalarini tashish bilan bog‘liq xarajatlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi. Avtomobil transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni temir yo‘l, dengiz, daryo, havo transporti va transportning boshqa turlari bilan o‘zaro hamkorlikda tashish yagona transport hujjatidan hamda shunday tashishni tashkil etish tartibidan foydalangan holda amalga oshirilayotgan paytda yuzaga keladigan munosabatlar tashuvchilar o‘rtasidagi bitim bilan tartibga solinadi. Aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatuvchi avtovokzallar va yo‘lovchilar bekatlari qurish tashuvchilar, davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Favqulodda holatlar (zilzila, toshqin, yong‘in, epidemiya va boshqa tabiiy ofatlar) yuzaga kelgan taqdirda tashuvchilar va mijozlar o‘rtasidagi shartnoma munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki davlat hokimiyati mahalliy organlarining qaroriga binoan tabiiy ofatlar yoki ularning oqibatlarini tugatish davrida to‘xtatib turilishi mumkin. Tashuvchilarning favqulodda holatlarda, shuningdek safarbarlik holatini, fuqaro mudofaasi va avariya-qutqaruv ishlariga oid tadbirlarni ta’minlash bilan bog‘liq tashishlarni amalga oshirishga doir xarajatlari davlat budjetidan qoplanadi. Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega: umumiy foydalanishdagi barcha avtomobil yo‘llari, shuningdek idoralarga qarashli umumiy foydalanish uchun ochiq avtomobil yo‘llari orqali o‘tish; jo‘natilayotgan yuk o‘z sertifikatiga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish; fuqarolar hayotiga, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, ekologiya va sanitariya normalari buzilishiga yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarga sabab bo‘luvchi holatlarda tashishdan voz kechish. Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Mijozga xizmat ko‘rsatish chog‘ida tashuvchi: tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lishi; sertifikatga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan ishga yaroqli transport vositalaridan foydalanishi; tashish shartnomasi shartlariga rioya qilishi; yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashishning belgilangan qoidalariga rioya qilishi; yo‘lovchi, bagaj yoki yukni tayinlangan joyiga tashish shartnomasida belgilangan muddatda eltib qo‘yishi. Agar eltib qo‘yish muddati tashish shartnomasida belgilanmagan va nazarda tutilmagan bo‘lsa, eltib qo‘yish oqilona muddatlarda amalga oshirilishi lozim; yo‘lovchining xavfsizligini, xizmat ko‘rsatishning zarur qulayliklari va shartlarini ta’minlashi; bagaj va yuklarning tashishga qabul qilib olingan paytdan boshlab oluvchiga berilgunga qadar saqlanishini ta’minlashi; yo‘l harakati xavfsizligi va atrof muhitni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi; tashuvchi tashishni davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda mijoz ko‘rgan zararni qoplashi; avtomobilda tashishlar bo‘yicha belgilangan tartibga muvofiq hisobga olish va hisobot berish ishlarini yuritishi; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart. Mijoz quyidagi huquqlarga ega: tashuvchi to‘g‘risida zarur bo‘lgan axborotni olish; tashuvchini erkin tanlash va tashish uchun shartnoma tuzish; qoidalarda yoki tashish shartnomasida belgilangan tarzda tashuvchi tomonidan o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishidan bahramand bo‘lish; tashish tufayli yetkazilgan ziyonni va ma’naviy zararni qonunchilikka muvofiq to‘lattirish va qoplattirish; tashish shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan shartlar tashuvchi tomonidan buzilgan taqdirda xizmatlar ko‘rsatilishidan voz kechish; o‘z huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish. Yo‘lovchilar tashish chog‘ida yo‘lovchi quyidagi huquqlarga ham ega: yo‘lovchilar tashish uchun ochiq bo‘lgan har qanday yo‘nalishga chipta sotib olish, chiptada belgilangan joyni egallash; shahar va shahar atrofi yo‘nalishlaridagi avtobuslarda yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘zi bilan bepul olib yurish; shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi avtobusda besh yoshgacha bo‘lgan bir bolani alohida joy berilmagan holda bepul olib yurish, besh yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bola uchun alohida joy berilgan holda chipta to‘liq qiymatining 50 foizini to‘lab chipta sotib olish va o‘n yoshgacha bo‘lgan ikki yoki undan ortiq bola olib yurilganda ulardan biri bepul olib yuriladi, qolganlari uchun — alohida joy berilgan holda chipta to‘liq qiymatining 50 foizini to‘lab chipta sotib olinadi; shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida yigirma kilogrammdan oshmaydigan og‘irlikdagi bagajni, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — belgilangan o‘lchamlardagi bagajning bir o‘rnini o‘zi bilan bepul, ko‘rsatib o‘tilgan normalardagidan ortiqcha bagajni esa — haq evaziga olib yurish; tashish boshlanmasidan oldin chiptani topshirish va uning uchun to‘langan summani qaytarib olish. To‘langan summaning tashuvchi tomonidan qaytarilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi; yo‘lovchilarni tashuvchi reyslar kechikkan yoki bekor qilingan taqdirda yetkazilgan ziyonni va ma’naviy zararni qonunchilikka muvofiq to‘lattirish va qoplattirish. Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida berilgan imtiyozlarni tatbiq qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashuvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Mijoz: tashish shartnomasi shartlariga rioya qilishi; tashish qoidalarida o‘ziga qo‘yilgan talablarni bajarishi; tashilayotgan yukning tashish shartnomasiga muvofiqligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni tashuvchining talabiga binoan taqdim etishi; avtotransport vositalarining tashilishi lozim bo‘lgan yuk yoki bagaj yoniga bemalol va xavfsiz kirib bora olishini ta’minlashi; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishi shart. Tashish shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli darajada bajarmagan taqdirda, tomonlar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar. Tomonlarning qonunda belgilab qo‘yilgan javobgarlikni cheklash yoki bartaraf etish haqidagi bitimi haqiqiy emas. Agar tashuvchi yuk yoki bagajning yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) o‘zining aybi yo‘qligini isbotlay olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yuk yoki bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar bo‘ladi. Yuk yoki bagajni tashish vaqtida yetkazilgan zarar yo‘qotilgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagaj qiymati, shuningdek tashuvchi yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagajni eltib berish uchun mijozdan olgan kira haqi qiymati miqdorida, agar bu kira haqi yuk yoki bagajning bahosiga kirmasa, tashuvchi tomonidan qoplanadi. Mijoz tashuvchidan yuk yo‘qolgani, kam chiqqanligi yoki shikastlangani (buzilgani) tufayli yetkazilgan boshqa zararlar ham qoplanishini talab qilishga haqli. Tashuvchi tashish shartnomasiga muvofiq yuk tashish uchun avtotransport vositasini bermaganligi yoki o‘z vaqtida bermaganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi. Agar avtotransport vositasini bermaganlik yoki o‘z vaqtida bermaganlik yengib bo‘lmas kuch, harbiy harakatlar, muayyan yo‘nalishda yuk tashish to‘xtatib yoki cheklab qo‘yilganligi tufayli yuz bergan bo‘lsa, tashuvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod qilinadi. Yuk tashish uchun tashish shartnomasiga muvofiq berilgan avtotransport vositasidan foydalanmaganlik uchun mijoz qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Agar bu yengib bo‘lmas kuch, harbiy harakatlar, muayyan yo‘nalishda yuk tashish to‘xtatib yoki cheklab qo‘yilganligi tufayli yuz bergan bo‘lsa, mijoz qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod qilinadi. Yo‘lovchilarni tashish uchun avtotransport vositasini jo‘natish kechiktirilgan yoki u belgilangan manzilga kechikib kelgan taqdirda (shahar va shahar atrofida tashishlar bundan mustasno), tashuvchi, agar kechiktirish yoki kech yetib borish tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli yuz berganligini isbotlay olmasa, yo‘lovchiga jarima tariqasida neustoyka to‘laydi. Jarima miqdori va uni to‘lash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Yo‘lovchiga jarima to‘lash tashuvchini avtotransport vositasi kechiktirilishi yoki kech yetib borishi tufayli yo‘lovchi ko‘rgan zararni unga to‘lashdan ozod etmaydi. Avtotransport vositasi kechiktirilganligi sababli yo‘lovchi unda jo‘nashdan voz kechgan taqdirda, tashuvchi yo‘lovchiga kira haqini va u qilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart. Tashuvchi tashish paytida yo‘lovchining hayoti yoki sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi uchun, agar u shikast jabrlanuvchining qasdi yoki yengib bo‘lmas kuch tufayli yuz berganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi. Yo‘lovchining hayoti yoki sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi qonunchilik bilan belgilanadi. Mijoz o‘zining aybi bilan boshqa shaxslarga, tashuvchining va boshqa shaxslarning tashuvchi javobgar bo‘lgan mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Yuk jo‘natuvchi transport hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi, noaniqligi yoki to‘liq emasligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha zararlar uchun tashuvchi va uchinchi shaxs oldida javobgar bo‘ladi. Yo‘lovchilarning hayotini, sog‘lig‘ini ixtiyoriy sug‘urta qilish, shuningdek bagaj va yuklarni sug‘urta qilish tegishli sug‘urta shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tashuvchi yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, harakat xavfsizligini hamda atrof muhit muhofaza qilinishini ta’minlashi shart. Avtotransport korxonalari, avtovokzallar, avtobekatlarning transport vositalari harakati va yuk ortish-tushirish ishlari amalga oshiriladigan hududlari o‘ta xavfli tegralar hisoblanadi. O‘ta xavfli tegralarda bo‘lish va unda ishlarni amalga oshirish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi. Zaharlovchi, portlovchi, alangalanuvchi, radioaktiv, zaharli va boshqa xavfli yuklar faqat bunday yuklarni tashish qoidalariga muvofiq tashilishi lozim. Mijoz va tashuvchi ularning bexatar tashilishi, ortilishi va tushirib olinishini ta’minlashlari shart. Xavfli yuklarni qo‘riqlash va kuzatib borish yukni jo‘natuvchilar yoki oluvchilar tomonidan butun yo‘l davomida ta’minlanadi. Xavfli yuklar ro‘yxati va ularni tashish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Tashuvchi va mijoz o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi. Avtomobil transporti to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
32
19,788
Qonunchilik
IQTISODIY TADQIQOTLARNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Olib borilayotgan iqtisodiy tadqiqotlarning amaliy yo‘naltirilishini kuchaytirish, ularni iqtisodiyotni isloh qilishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga qaratish, markaziy iqtisodiy organlarning prognoz-tahlil va metodologiya ishlari darajasini oshirish, shuningdek iqtisodiy yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti negizida Samarali iqtisodiy siyosat markazi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya va narxlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Soliq-budjet siyosati markazi; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Iqtisodiy tadqiqotlar va statistika markazi negizida Pul-kredit siyosati markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: makroiqtisodiy barqarorlikni, barqaror iqtisodiy o‘sishni va iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirishni ta’minlashga doir takliflar tayyorlash, ko‘p variantli uzoq muddatli va o‘rtacha muddatli makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish; yoqilg‘i-energetika, mineral-xomashyo va yer-suv resurslarini rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollarini tahlil etish va ular bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; makroiqtisodiy, tarmoq va hududiy proporsiyalarni chuqur tahlil qilish, tarmoqlararo va moddiy balanslar tizimini ishlab chiqish, shu asosda iqtisodiyotni tarkibiy qayta o‘zgartirish strategiyasini va investitsiya siyosatini belgilash; demografik jarayonlarni tatqiq etish, aholini ish bilan oqilona ta’minlovchi chora-tadbirlarni asoslash, aholining turmush darajasini va oila iste’mol budjetini o‘rganish, ichki iste’mol bozorini to‘ldirish yo‘llarini belgilash; inflatsiya darajasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va tahlil etish, inflatsiyaning prognoz darajalarini belgilash, inflatsiyaga qarshi tartibga solish mexanizmini ishlab chiqish; respublikaning tashqi savdo va to‘lov balansini tahlil etish va prognozlashtirish, tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. Samarali iqtisodiy siyosat markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, uning xodimlarining cheklangan soni 90 nafar etib belgilansin (yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari). 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq-budjet siyosati markaziga quyidagilar yuklansin: moliya-budjet tizimini takomillashtirish, fiksal funksiyalarni qisqartirish, respublika va mahalliy budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish; makroiqtisodiy prognozlar va hisob-kitoblar asosida Davlat budjetini ishlab chiqish metodologiyasini takomillashtirishga, uning balanslilik darajasini oshirishga, turli darajalardagi budjetlar o‘rtasida mablag‘larni taqsimlashning amaliy mexanizmini joriy etishga doir takliflarni shakllantirish; iqtisodiyotni mablag‘ bilan ta’minlashda va davlat xarajatlarini shakllantirishning normativ yondashuvlarini joriy etishda budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish yo‘nalishlarini belgilash; soliq siyosatini takomillashtirish, soliq solishning moslashuvchan va samarali shakllarini ishlab chiqish; qulay investitsiya muhitini shakllantirish va respublikaga xorijiy sarmoyani jalb etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Soliq-budjet siyosati markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, uning xodimlarining cheklangan soni 40 nafar etib belgilansin (yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari). 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Pul-kredit siyosati markazi faoliyatining quyidagi asosiy yo‘nalishlari ma’qullansin: bank sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish va banklarning yanada kapitallashuviga doir takliflar tayyorlash, aholi mablag‘larini bank infratuzilmasiga jalb etishni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish; pul muomalasini mustahkamlash, pul massasini tartibga solish, iqtisodiyotdagi to‘lovlar va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish tendensiyalarini tahlil etish va ular bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida foiz siyosatini asoslash; monetar va kredit siyosatini, kredit berish shakllari va usullarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va sektorlarida investitsiya loyihalarini kreditlashda tijorat banklarining keng ishtirok etishi yo‘nalishlarini belgilash; milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Pul-kredit siyosati markazining xodimlarining cheklangan soni 35 nafar bo‘lgan (yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 3-ilovaga muvofiq tuzilmasiga rozilik berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki: markazlar to‘g‘risidagi nizomlarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar; bir oy muddatda kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazsinlar; markazlarning respublikada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va bozor o‘zgarishlari mohiyatini chuqur anglaydigan yuqori malakali, tajribali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasinlar, bunda asosiy e’tiborni chet ellarda o‘qigan va stajirovkadan o‘tgan yoshlarni jalb qilishga qaratsinlar. 6. Markazlarga: tadqiqotlar o‘tkazishga davlat boshqaruvi organlari mutaxassislarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini, shuningdek chet ellik olimlar hamda mutaxassislarni kontrakt asosida jalb qilish; yuqori turuvchi tashkilot bilan kelishgan holda, xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Markazlarning tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin:. 7. Ko‘rsatib o‘tilgan markazlar O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralarning byulletenlari, statistika ma’lumotlari majburiy ravishda yuboriladigan ro‘yxatga kiritilsin. 8. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 16-apreldagi 199-son qarorining 5-bandi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 17-iyundagi 307-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Makroiqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti tuzilmasini tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 7-apreldagi 160-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. Ilmiy xodimlar umumiy soni — 90 kishi Ilmiy xodimlar umumiy soni — 40 kishi Ilmiy xodimlar umumiy soni — 35 kishi
86
7,518
Qonunchilik
Oʻzbekistonning barcha hududlari uchun. Vebinar-praktikum: «Foyda soligʻi»
Vebinarning 50%i – amaliyot, real vaziyatlar va aniq maslahatlarni oʻz ichiga oladi. Har bir qatnashchi  foyda soligʻini hisoblashni osonlik bilan tushunib oladi. Xohlaysizmi… U holda hoziroq roʻyхatdan oʻting!  Vebinar yakuni boʻyicha foyda soligʻini hisoblashni mutlaq tushunib olishingiz kafolatlanadi. Murod Qodirov – soliq solish sohasida 20 yillik ish tajribasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ish tajribasiga ega boʻlgan soliq maslahatchisi: • SMT MChJ United Tax Advisors direktori oʻrinbosari, soliq maslahatchisi; • Boshqarma boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan, shuningdek, soliq sohasida soliqqa tortish va хalqaro aloqalarni tartibga solish boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan; • Moliya vazirligida 19 yildan ortiq ish tajribasiga ega; • Soliq maslahati va loyihalarni boshqarish tajribasiga ega. Quyidagi havola orqali roʻyхatdan oʻting: https://t.me/ProfitEventsBot?start=1 Roʻyхatdan oʻtish uchun telefon raqamlari:  (998) 71 200-24-27 Bizning saytimiz: https://uztraining.uz/uz/vebinar-praktikum-nalog-na-pribyl/news/ Oʻtkazish sanasi: 13.08.2019, 15.08.2019 y. Sizlarni kutamiz!
74
1,135
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118 modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149 modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536 modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 10-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish va bekor qilish”; 2) 42-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Radioaktiv chiqindilarni va kimyoviy moddalarni ko‘mib tashlashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lganda, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat sanitariya va konchilik nazorati organlari bilan kelishilganda yo‘l qo‘yiladi”; 3) 45-moddaning uchinchi qismidagi “tabiatni muhofaza qilish davlat organlarining ruxsati bilan” degan so‘zlar “davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 837–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 17-moddaning birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari, tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geologiya va mineral resurslar organlari va boshqa organlar bilan kelishilgan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 2) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Tabiiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma yer usti suvlari bo‘yicha — qishloq va suv xo‘jaligi organlari, yer osti suvlari bo‘yicha — geologiya va mineral resurslar organlari, mineral va termal suvlar bo‘yicha — yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlari bilan kelishilgan holda tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladi”; 3) 73-modda chiqarib tashlansin; 4) 99-moddaning ikkinchi qismidagi “73” raqami chiqarib tashlansin. 6-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863–XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin: 1) 31-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Davlat aviatsiyasi aerodromlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida ro‘yxatga olinishi lozim. Davlat aviatsiyasi aerodromi reyestrga kiritilganidan so‘ng ekspluatantga davlat aviatsiyasi aerodromi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma beriladi. Davlat aviatsiyasi aerodromlarini ro‘yxatga olish va ular ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnomalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi”; 2) 44-modda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Ekspluatant sertifikatini berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqishda ekspluatant sertifikati berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ushbu sertifikatni berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi”; to‘rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin; 3) 94-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Aviatsiyada yuk va yo‘lovchi tashish uchun litsenziyasi” degan so‘zlar “Ekspluatant sertifikati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 4) 95-moddaning birinchi qismidagi “tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma” degan so‘zlar “ekspluatant sertifikatini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5) 96-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha havo transportida tashish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi”; 6) 97-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha havo transportida tashish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”; 7) 129-moddaning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin; 8) 130-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar” degan so‘zlar “ekspluatant sertifikati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 9) 131-moddadagi “Konkret turdagi aviatsiya ishlari uchun tegishli ruxsatnoma” degan so‘zlar “Ekspluatant sertifikatini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya to‘g‘risida”gi 935–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 335-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda) 8-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; yettinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin. 9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya to‘g‘risida”gi 1004–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 15-moddaning birinchi qismi: oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; yettinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin; 2) 18-modda chiqarib tashlansin. 10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 56, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 17-moddaning to‘rtinchi qismi “123” raqamidan keyin “1251” raqami bilan to‘ldirilsin; 2) quyidagi mazmundagi 1251-modda bilan to‘ldirilsin: Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi. Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud to‘rt oygacha qamoq bilan jazolanadi. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) quyidagi mazmundagi 473-modda bilan to‘ldirilsin: Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, — eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, — eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, — eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”; 2) 22715-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin; 3) 22724-moddaning dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —”; 4) 245-moddaning birinchi qismi “472” raqamidan keyin “473” raqami bilan to‘ldirilsin; 5) 262-moddaning birinchi qismidagi “22715-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 2018–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan 444–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda, № 12/2, 362-modda) 44-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: beshinchi qism chiqarib tashlansin; oltinchi qism beshinchi qism deb hisoblansin. 14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin: “Bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi. Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqishda bankni ro‘yxatga olishni va litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ro‘yxatga olishni va litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin”. 17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 279–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 142-modda) 16-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi, oltinchi, yettinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilar deb hisoblansin. 18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 353–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 52-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga ko‘ra belgilanadigan normativlarga muvofiq yo‘l qo‘yiladi”; 2) 12-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin; 3) 13-moddaning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasining xulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablarni buzish bilan bog‘liq faoliyat mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi, zararli ta’sir ko‘rsatish sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin”; 4) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”; 5) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsati bilan” degan so‘zlar “davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi 398–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan 815–I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 212-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 591-modda; 2010-yil, № 12, 466-modda) 4-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 412–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 423-modda) 11-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin; yettinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi 419–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 490-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) 19-moddasining to‘rtinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsati bilan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 543–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) 24-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘simlik dunyosi obyektlari o‘sadigan muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanishga, yangi texnologiyalarni joriy etish, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, foydali qazilmalarni qazib olishga, chorva mollar o‘tlatiladigan hamda qishloq xo‘jaligi hayvonlari haydab o‘tiladigan joylarni belgilashga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda yo‘l qo‘yiladi”. 26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin”; 2) 17-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Nikohlanuvchi shaxslar ellik yoshdan oshgan bo‘lsa, shuningdek ushbu Kodeks 13-moddasining beshinchi qismida ko‘rsatilgan alohida hollar mavjud bo‘lganda tibbiy ko‘rikdan o‘z roziligi bilan o‘tkaziladi”; 3) 53-moddaning matni “jabrlanuvchi” degan so‘zdan keyin “(uning qonuniy vakillari)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; 4) 107-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Voyaga yetmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har biridan mazkur bola foydasiga ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda alimentlar undiradi. Bunda undirilgan alimentlar mazkur bola nomiga ochilgan bank hisobvarag‘ida jamlanadi va u voyaga yetganda to‘lanadi”; 5) 151-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi. Farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yo‘l qo‘yilmaydi, farzandlikka olish bolalarning manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno”; 6) 155-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda aniqlanadi”; 7) 159-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoxud ota-ona yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan bo‘lishi kerak, shuningdek farzandlikka olish to‘g‘risida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkin. Sud tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olishga haqli”; 8) 163-modda chiqarib tashlansin; 9) 164-moddaning: birinchi qismidagi “Farzandlikka olish to‘g‘risida qaror chiqarilgandan keyin” degan so‘zlar “Sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Farzandlikka oluvchilar bolaning tug‘ilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak”; 10) 165-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin: “Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olingan taqdirda, uning manfaatlarini ko‘zlab, bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar farzandlikka oluvchi erkak bo‘lsa, onasining iltimosiga ko‘ra yoki, agar farzandlikka oluvchi ayol bo‘lsa, otasining iltimosiga ko‘ra saqlanib qolishi mumkin. Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan bo‘lsa, vafot etgan otaning yoki onaning ota-onasi (buva yoki buvi) iltimosiga ko‘ra bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar bolaning manfaatlari shuni talab etsa, vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolishi mumkin”; 11) 168-modda chiqarib tashlansin; 12) 171-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qilishda o‘n yoshga to‘lgan bolaning fikri hisobga olinadi. Sudning farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab sud uch kun ichida ushbu hal qiluv qaroridan ko‘chirmani farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborishi shart”; 13) 172-moddaning: nomidagi “Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; birinchi qismidagi “Sud tomonidan farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; ikkinchi qismidagi “Farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 14) 210-moddaning matnidagi “Tuman, shahar hokimining farzandlikka olish to‘g‘risidagi qaroriga” degan so‘zlar “Sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qaroriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 15) 211-moddaning: nomidagi “yoki u haqiqiy emas deb topilganida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; matnidagi “yoki u haqiqiy emas deb topilganida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 16) 237-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan bolani farzandlikka olish farzandlikka oluvchi qaysi chet davlat fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining farzandlikka olish to‘g‘risidagi ruxsati oldindan olingan bo‘lsagina O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi”. 27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin: 1) 12-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqidagi arizani takroran ko‘rib chiqishda mazkur guvohnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha uni berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi”; 2) 17-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin. 29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi 725–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 2-moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruxsatnomasiga ega bo‘lgan yuridik yoxud jismoniy shaxs; radiochastota berish — radiochastota organi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomada ko‘rsatiladigan aniq radiochastota”; 2) 8-modda birinchi qismining: ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin; 3) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, ishlab chiqarish, loyihalash, qurish (o‘rnatish), olish (berish), olib kirish, ishlatish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazishda radiochastota spektridan foydalanish belgilangan tartibda radiochastota organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi”; 4) 14-moddaning birinchi qismidagi “radiochastota spektridan foydalanish uchun ruxsatnoma” degan so‘zlar “radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘rmon to‘g‘risida”gi 770–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) 39-moddasidagi “va mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi 822–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 4, 157-modda; 2007-yil, № 9, 414-modda; 2011-yil, № 12/2, 366-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) 9-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Quyidagilar litsenziyalanishi shart: telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish; telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish; telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish; telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish”. 32-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ–328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda) 9-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 34-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi 120–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 212-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 4, 98-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 2-moddaning to‘rtinchi xatboshisi “zararsizlantiruvchi” degan so‘zdan keyin “utilizatsiya qiluvchi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin”; 2) 7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “manbalarini ishlatish” degan so‘zlar “manbalari muomalasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etishni, ular uchun texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofaza qilish vositalarini yaratish va tayyorlashni; ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olishni, ishlab chiqarishni, hosil qilishni, qayta ishlashni, ulardan foydalanishni, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatishni, ularni tashishni, zararsizlantirishni, utilizatsiya qilishni va ko‘mib tashlashni”. 35-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 215–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin: 1) 11-modda: quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanayotgan shaxslar mazkur moddada nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi, shu jumladan biror-bir cheklovlarsiz xatlar yozish va olishga, posilkalar, banderollar va pul jo‘natmalari olishga, telefondan foydalanishga, eng zarur narsalarga ega bo‘lish va ularni olishga, o‘z kiyim-boshidan foydalanishga haqli”; ikkinchi — yettinchi qismlari tegishincha uchinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin; 2) quyidagi mazmundagi 121, 122 va 123-moddalar bilan to‘ldirilsin: Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanser hisobida turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan shaxs sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga sudning hal qiluv qarori asosida g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilishi kerak. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan mazkur shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi. Ariza sudga shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan yoxud uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanadi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda turgan shaxs o‘zining mazkur muassasadan chiqarilishi yoki ushbu muassasada yotishi muddati uzaytirilishi masalasi hal etilishi uchun o‘zidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi nuqtai nazaridan har oyda kamida bir marta belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxs davolanishda bo‘lgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida sudga beriladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkin. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lgan shaxs mazkur muassasadan quyidagilar asosida chiqarilishi kerak: o‘zidan sil mikobakteriyalari ajralib chiqishi barqaror ravishda tugagan taqdirda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tibbiy komissiyasining xulosasi; sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish muddatini uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lgan shaxs mazkur muassasadan chiqarilganidan keyin yashash joyida dispanser kuzatuvida bo‘lish va davolanishni davom ettirish uchun yuboriladi. Sudning sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini ijro etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi”. 37-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi 269–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2009-yil, № 10, 381-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 10-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “moddiy madaniy meros obyektlarini asrash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazish uchun ruxsatnomalar berish”; 2) 24-moddaning: uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin. 40-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–155-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda) 18-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: ikkinchi qismdagi “maxsus vakolatli davlat organining va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; beshinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilib oluvchi sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Sug‘urtalovchining majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘ziga o‘tkazilayotgan majburiyatlarni qabul qilib olishi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan, bajarilishi majburiy bo‘lgan to‘lovga qobiliyatlilik normativlarining buzilishiga sabab bo‘lmasligi kerak”. 41-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ–163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 16-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishuvga binoan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; 2) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3) 39-modda beshinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “emitent tomonidan yirik bitimlar va manfaatdor shaxslar bilan bitimlar tuzilganligi”. 42-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘RQ–177-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 5-moddaning: beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; 2) 15-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin. 43-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 16-aprelda qabul qilingan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–210-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 137-modda) 23-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin. 44-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–225-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 339-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin: 1) 6-modda birinchi qismining: yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; sakkizinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin; 2) 8-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; 3) 10-moddaning: ikkinchi qismi chiqarib tashlansin; uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin. 45-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ–301-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda) 9-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin: “Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza takroran ko‘rib chiqilayotganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi”; to‘rtinchi qism beshinchi qism deb hisoblansin. 46-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–327-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda) 21-moddasining ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan” degan so‘zlar “qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 47-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 48-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonun 23-moddasining 3—24-bandlari 2013-yilning 1-iyunidan e’tiboran amalga kiritiladi.
102
42,667
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAZORAT PALATASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Respublika oliy vakillik idorasining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘zda tutilgan nazorat qilish vazifalarini yanada to‘liq amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Nazorat palatasi tashkil etilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Nazorat palatasi to‘g‘risidagi Qonun loyihasini tayyorlash uchun quyidagi tarkibda ishchi guruhi tuzilsin : 3. Ishchi guruhi shu yilning 20-dekabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Nazorat palatasi to‘g‘risidagi Qonun loyihasini va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish uchun Oliy Kengash Rayosatiga taqdim etsin.
69
735
Qonunchilik
Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4766-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4766-son qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi davlat muassasasi negizida tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: Kitob geologiya milliy tabiat bog‘iga qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadlarida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer maydonlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; Kitob geologiya milliy tabiat bog‘i ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini tashkil etish hamda kelgusida YUNESKOning Global geoparklar tarmog‘iga kiritish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki: geologiya tabiat bog‘i Kitob davlat geologik qo‘riqxonasining barcha huquq, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; geologiya tabiat bog‘ini YUNESKO global geopark tarmog‘iga kiritish bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasi mas’ul organ hisoblanadi; geologiya tabiat bog‘i o‘z nizomida belgilangan maqsad va vazifalar doirasida belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat hamda tariflarga muvofiq pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega. 4. Quyidagilar geologiya tabiat bog‘i faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Davlat geologiya qo‘mitasi ikki oy muddatda: geologiya tabiat bog‘ining nizomi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini; “Zinzilban” kesmasiga olib boruvchi yo‘ldan yangi turizm yo‘nalishi sifatida foydalanish, hududning turizm salohiyatini yorituvchi tarqatma materiallarni tayyorlash va targ‘ib qilishni; geologiya tabiat bog‘i shtatlar jadvali tasdiqlanishini hamda u malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin. 6. Davlat geologiya qo‘mitasi raisiga geologiya tabiat bog‘ining ijro etuvchi apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida geologiya tabiat bog‘i shtatlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, rekreatsiya va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlaridan olingan mablag‘lar hisobiga qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin. 7. Kashqadaryo viloyati hokimligi ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda geologiya tabiat bog‘ining: qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadlarida foydalanish zonalari chegaralari aniq belgilanishini; er kadastr hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin. 8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin. Ilovaning 9-bandidagi “qo‘riqxonaning” so‘zi “tabiat bog‘ining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
96
4,210
Qonunchilik
Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 30-apreldagi 44, 2008-23-son qarori (ro‘yxat raqami 1807, 2008-yil 16-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 180-modda) bilan tasdiqlangan Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 7-bandda: “g” kichik bandda: birinchi xatboshidan “yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni kamida 80 foizi eksportga yo‘naltirilishi nazarda tutib” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshidagi “eksportyor-korxonaga” degan so‘zlar “sotib oluvchiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; “d” kichik bandda: birinchi xatboshidagi “, sanitariya tozalash va gaz ta’minoti” degan so‘zlar “va sanitariya tozalash” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. 3-ilovaning nomidagi “, sanitariya tozalash va gaz ta’minoti” degan so‘zlar “va sanitariya tozalash” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
189
1,700
Qonunchilik
“Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 46-47-son, 521-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 2-son, 19-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2011-yil 17-maydagi 01/19-18/02-sonli “Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2236, 2011-yil 10-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 24-son, 252-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Muqaddimada “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat mulki qo‘mitasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3, 4, 5, 6, 7, 8, 10, 11, 12, 15, 17, 22, 23, 25, 26, 27, 28, 32, 34, 35, 37, 38, 39, 40, 41, 43, 44, 45, 47, 48, 49-bandlardagi, “Davlat mulki qo‘mitasi”, “Davlat mulki qo‘mitasiga”, “Davlat mulki qo‘mitasining” va “Davlat mulki qo‘mitasida” degan so‘zlar tegishlicha “Davlat raqobat qo‘mitasi”, “Davlat raqobat qo‘mitasiga”, “Davlat raqobat qo‘mitasining” va “Davlat raqobat qo‘mitasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 1-ilovadagi “Davlat mulki qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 3-ilova mazkur o‘zgartirishlarga ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
136
2,493
Qonunchilik
Pasportlashtirish oʻrniga - soliq toʻlovchida koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazish
Soliqlarni hisoblash uchun asos boʻladigan soliq toʻlovchilarni koʻzdan kechirish dalolatnomalarini tuzish nazarda tutilgan edi. Parlamentdagi munozaralardan keyin yengilroq variant qabul qilindi. Soliq organlari soliq solish ob’yektlari va soliq solish bilan bogʻliq ob’yektlar toʻgʻrisidagi aхborotni aniqlashtirish maqsadida soliq toʻlovchida koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazishni amalga oshirish huquqiga ega boʻldilar. Koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazish natijalari keyinchalik soliq solinadigan bazaga tuzatishlar kiritish uchun asos boʻladi. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi. Batafsil – buxgalter.uz saytida.
86
669
Qonunchilik
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining faoliyatini takomillashtirish va tuzilmasini optimallashtirish, jamoatchilik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot ko‘lamini yanada kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish, ularning mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlardagi roli va ahamiyatini kuchaytirish maqsadida: 1. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (bundan keyin — FJShMQMI) ta’sischilar Kengashining shtat birliklari umumiy soni 115 tadan iborat bo‘lgan FJShMQMI markaziy apparati hamda uning hududiy bo‘linmalari namunaviy tuzilmalari haqidagi takliflari 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin. 2. Quyidagilar FJShMQMI faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin: xalq bilan ochiq muloqot holatini va rivojlanishini chuqur o‘rganish, davlat organlari faoliyati ochiqligining, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishining tizimli monitoringini yo‘lga qo‘yish, ushbu sohadagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarini monitoring qilish, aholining ijtimoiy kayfiyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ijtimoiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish; nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa masalalarni echishdagi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi ishtiroki tahlilini amalga oshirish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rivojlanishini monitoring qilish, ularning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirishga, mahalla institutini aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga aylantirishga qaratilgan faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni kiritish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini tanqidiy o‘rganish, yoshlarga ta’lim berish va ularni tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, dam olishlarini tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga oid amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni monitoring qilish; raqobatdosh ko‘p partiyali tizimning rivojlanish darajasini o‘rganish, siyosiy partiyalar tomonidan o‘z elektorati manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; rivojlangan demokratik mamlakatlarning davlatning jamoatchilik bilan ochiq muloqotini tashkil etish, fuqarolik jamiyati institutlari, siyosiy partiyalarni rivojlantirish, yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish, aholi bilan muloqot qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etish borasidagi tajribasini o‘rganish, uni O‘zbekiston Respublikasida tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish. 3. Belgilab qo‘yilsinki: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z faoliyatini FJShMQMI bilan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining mustaqilligi va ularning ishiga aralashmaslik tamoyillariga rioya qilgan holda yaqin hamkorlikda olib boradi; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari FJShMQMIga unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda zarur sharoitlarni, shu jumladan so‘ralgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish, FJShMQMI tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar yakuni bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlar va tavsiyalarni ko‘rib chiqish yo‘li bilan yaratib beradi. 4. FJShMQMIni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ta’minlash tartibi saqlanib qolinsin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi hamda FJShMQMIning ta’sischilari bo‘lgan tashkilotlarga har yili FJShMQMIning buyurtmasiga muvofiq uning asosiy vazifalarini bajarish bo‘yicha tadbirlarini moliyalashtirishga zarur mablag‘larni nazarda tutib borish tavsiya etilsin. 5. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va FJShMQMIning 2017-yil 1-iyuldan boshlab markaziy va mahalliy telekanallarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari, jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida quyidagi mavzularga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvlarni o‘zaro hamkorlikda tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin: ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat organlarining aholi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligi, o‘sib kelayotgan avlodni qonunlarga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalarini muhokama qilish; FJShMQMI tomonidan o‘tkazilgan davlat organlari faoliyatining monitoringi va tahlili natijalarini ko‘rib chiqish, aniqlangan huquqbuzarliklar, tizimli kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar to‘g‘risida aholini xabardor qilish. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari FJShMQMI va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan egallab turgan binolaridan bepul foydalanish huquqini saqlab qolsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda FJShMQMIning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlar monitoringini va tahlilini amalga oshirishi uchun “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi” axborot tizimi va Qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash markazining (telefonlar 10-00, (0800) 210-00-00) faoliyatiga oid statistik va boshqa ma’lumotlardan erkin foydalanishini ta’minlasin. 8. FJShMQMI quyidagi majburiy jo‘natmalar reyestriga kiritilsin: qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari; O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya, Iqtisodiyot, Mehnat, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlari, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik ma’lumotlari; O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasini monitoring qilish markazi byulletenlari va kunlik ma’lumotlari to‘plami; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazining xorijiy matbuot sharhlari va tahliliy ma’lumotnomalari, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari. 9. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 2003-yil 27-iyundagi F–1796-son farmoyishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2011-yil 12-iyuldagi PQ-1576-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-son Farmoniga 1-ilovaning 24-bandi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.
148
7,999
Qonunchilik
KASANAChILIKNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh HAMDA MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VA XO‘JALIK BOShQARUVI ORGANLARI RAHBARLARINING UNI RIVOJLANTIRISh PARAMETRLARI BAJARILIShI YuZASIDAN JAVOBGARLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Kasanachilikni rivojlantirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar ayniqsa ishchi kuchlari ortiqcha bo‘lgan kichik shaharlar va qishloq tumanlarida aholini mehnat faoliyatiga keng jalb etish, shuningdek shu asosda aholining ish bilan bandligi va daromadlarini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashdi. 2006-yildan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan davrda 190 mingdan ortiq kasanachilik ish o‘rni tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘rganib chiqish natijalari kasanachilikni rivojlantirish parametrlarini ishlab chiqish hamda kasanachilik ish o‘rinlarini hisobga olish metodologik bazasining takomillashmaganligini, kasanachilarga asbob-uskunalar va anjomlar berish, shuningdek ularning uyda ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashning puxta mexanizmi yo‘qligini ko‘rsatadi. Kasanachilikning yangi ish o‘rinlarini, shu jumladan kasanachilikning turlarini kengaytirish hisobiga yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun mavjud zaxiralarni aniqlash va safarbar qilish, shuningdek kasanachilarni buyurtmalar, xomashyo, materiallar bilan o‘z vaqtida ta’minlash va ularga ish haqi to‘lanishini nazorat qilish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va hokimliklar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish talab etiladi. Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi, kasanachilarga asbob-uskunalar va anjomlar berishni tartibga solish, shuningdek ularning uyida ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari kasanachilikni rivojlantirishning tegishli ravishda hududiy va tarmoq parametrlari bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda: kasanachilikni rivojlantirishning har yilgi hududiy va tarmoq parametrlari shakllantirilishini, zaruriyat bo‘lganda, ko‘rsatib o‘tilgan parametrlarga kasanachilikning yangi ish o‘rinlari tashkil etishning aniqlangan zaxiralari ishga tushirilishini nazarda tutadigan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasinlar; kasanachilikni rivojlantirishning tasdiqlangan hududiy va tarmoq parametrlari bajarilishi ustidan monitoring o‘rnatsinlar. 2. Quyidagilar: Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish hamda kasanachilik ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq; Korxonalar va uyda mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan fuqarolar o‘rtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha ishchi komissiya to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq; Korxonalarning buyurtmalari bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun kasanachilarga asbob-uskunalar va anjomlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Kasanachining uyida yoki o‘ziga tegishli boshqa joylarda ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda korxonalar tomonidan 2008-yilda kasanachilikni rivojlantirish parametrlarini Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish va kasanachilik ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan shaklga moslashtirish ishlarining muvofiqlashtirib borilishini ta’minlasin; kasanachilik ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi, shu jumladan hududiy bo‘linmalarda shakllantirilishi va muntazam yangilab borilishini ta’minlasin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish hamda kasanachilik ish o‘rinlarini hisobga olish tartibini belgilaydi. 2. Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq parametrlari ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga keng jalb etish, korxonalar va kasanachilik o‘rtasidagi kooperatsiyani kengaytirish va shu asosda aholi bandligini hamda turmush darajasini oshirish maqsadida shakllantiriladi. 3. Kasanachilik ish o‘rni: kasanachi va korxona o‘rtasida Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha mehnat shartnomasi tuzilgan bo‘lsa; kasanachining uyida tashkil etilgan ish o‘rni ish beruvchining ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish shartlariga muvofiq bo‘lsa tashkil etilgan hisoblanadi. Kasanachi va korxona o‘rtasidagi mehnat shartnomasining amal qilishi to‘xtatilganda kasanachilik ish o‘rni tugagan deb hisoblanadi. 4. Tashkil etilgan kasanachilik ish o‘rni: kasanachi hisobot davri mobaynida ishlarni mehnat shartnomasiga muvofiq bajargan bo‘lsa; kasanachiga bajarilgan ish uchun har oyda ish haqi yozib turilgan bo‘lsa, kasanachi ushbu davrda mehnat ta’tilida bo‘lgan yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda — unga mehnat ta’tili haqi yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yozilgan bo‘lsa faoliyat ko‘rsatayotgan hisoblanadi. Ushbu bandda, shuningdek mazkur Nizomning 3-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan shartlar bajarilmagan taqdirda tashkil etilgan kasanachilik ish o‘rni faoliyat ko‘rsatmayotgan hisoblanadi. 5. Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq parametrlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan korxonalar bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari asosida shakllantiriladi. 6. Korxonalar tomonidan tumanlar (shaharlar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda har yili joriy yilning 5-yanvarigacha, korxonalar faoliyati xususiyatlarini hamda ulardagi kasanachilik ish o‘rinlarini tashkil etishning mavjud zaxiralarini hisobga olgan holda, shu jumladan kasanachilik turlarini kengaytirish hisobiga, joriy kalendar yil uchun kasanachilikni rivojlantirish parametrlari ishlab chiqiladi. Korxonalar bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqiladi hamda tumanlar (shaharlar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari rahbarlari tomonidan imzolanadi. Tumanlar (shaharlar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari korxonalar bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari asosida korxonalar va uyida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshiruvchi fuqarolar o‘rtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan ishchi komissiyalar (keyingi o‘rinlarda ishchi komissiyalar deb ataladi) bilan kelishgan holda kasanachilikni rivojlantirishning tuman (shahar) parametrlarini ishlab chiqadilar. Tumanlar (shaharlar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan kasanachilikni rivojlantirish tuman (shahar) parametrlari tegishli ravishda joriy yilning 8-yanvariga qadar muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga taqdim etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tuman (shahar) kasanachilikni rivojlantirish parametrlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda kasanachilikni rivojlantirishning hududiy parametrlarini ishlab chiqadilar hamda ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun joriy yilning 15-yanvarigacha bo‘lgan muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritadilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kasanachilikni rivojlantirishning tasdiqlangan hududiy parametrlarini joriy yilning 20-yanvarigacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadilar. Tasdiqlangan hududiy parametrlar ularning bajarilishi monitoringini ta’minlash uchun ko‘rsatib o‘tilgan muddatda ishchi komissiyalarga ham jo‘natiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi kasanachilikni rivojlantirishning tasdiqlangan hududiy parametrlarini umumlashtiradi va ularni joriy yilning 25-yanvarigacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksiga taqdim etadi. 7. Xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi korxonalar ushbu Nizomning 6-bandi birinchi xatboshiga muvofiq ishlab chiqilgan parametrlarni joriy yilning 8-yanvarigacha viloyat (hudud, mintaqa) darajasidagi yuqori tashkilotlarga ham jo‘natadilar. Viloyat (hudud, mintaqa) darajasidagi tashkilotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ko‘rsatib o‘tilgan parametrlar xo‘jalik boshqaruvi organining markaziy apparatiga taqdim etiladi. Xo‘jalik boshqaruvi organlarining viloyat (hududiy, mintaqaviy) bo‘linmalari korxonalar bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlarini umumlashtiradilar va ularni 10-yanvargacha bo‘lgan muddatda xo‘jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlariga kiritadilar. Xo‘jalik boshqaruvi organlari (markaziy apparatlar) taqdim etilgan materiallar asosida kasanachilikni rivojlantirishning tarmoq parametrlarini ishlab chiqadilar, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydilar hamda ularni 20-yanvargacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslariga kiritadilar. 8. Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy parametrlari aholi bandligi hududiy dasturlarini shakllantirishda hisobga olinadi. 9. Quyidagilar kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq parametrlari bajarilishi monitoringining (keyingi o‘rinlarda monitoring deb ataladi) hamda kasanachilik ish o‘rinlarini hisobga olishning asosiy maqsadi va vazifalari hisoblanadi: kasanachilikni rivojlantirish hududiy va tarmoq parametrlarining o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash; kasanachilikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni o‘rganish va aniqlash, shu asosda ularni bartaraf etish hamda korxonalarga kasanachilikni tashkil qilish va uning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash masalalarida ko‘maklashish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘rish; korxonalar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha kasanachilik bilan band bo‘lgan shaxslarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini ta’minlash; tashkil etilgan va tugagan kasanachilik ish o‘rinlarining haqqoniy statistik hisobini tashkil qilish, kasanachilik ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish. 10. Kasanachilikni rivojlantirishning hududiy va tarmoq parametrlari amalga oshirilishi monitoringi (keyingi o‘rinlarda monitoring deb ataladi) va kasanachilik ish o‘rinlarini hisobga olish: aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hududiy va tarmoq dasturlarida nazarda tutilgan kasanachilikni rivojlantirish parametrlarining bajarilishi bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan; kasanachilikni rivojlantirish tegishli hududiy parametrlarining bajarilishi bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, bandlik bosh boshqarmalari tomonidan; kasanachilikni rivojlantirishning tegishli tarmoq parametrlari bo‘yicha — xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan; tegishli tuman (shahar) hududida joylashgan korxonalarda kasanachilikni rivojlantirish parametrlarining bajarilishi bo‘yicha — ishchi komissiyalar, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan; aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hududlar va tarmoq dasturlari doirasida kasanachilikni rivojlantirishning borishini umumlashtirish va tahlil qilish bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan; tashkil etilgan va tugagan kasanachilik ish o‘rinlarining statistik hisobini tashkil qilish bo‘yicha — davlat statistika organlari tomonidan amalga oshiriladi. 11. Kasanachilik ish o‘rinlari monitoringi va ularni hisobga olish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ishchi komissiyalar va korxonalarning o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmiga binoan amalga oshiriladi. 12. Monitoring: tashkil etilgan, faoliyat ko‘rsatayotgan va tugagan kasanachilik ish o‘rinlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarning mehnat qonunchiligiga muvofiq kasanachilar huquqlariga rioya qilinishiga, tashkil etilgan kasanachilik ish o‘rinlarining faoliyat ko‘rsatishiga taalluqli materiallarini; korxonalarda ularning yuqori tashkilotlari — xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar va o‘rganishlar materiallarini; kasanachilik ish joylarining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida ruxsat berilgan manbalardan olinadigan boshqa axborotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan, kasanachilikni rivojlantirishning tasdiqlangan parametrlari, monitoring va ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazadigan tekshirishlari natijalari, statistika ma’lumotlari asosida kasanachilik ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yuritiladi. 14. Kasanachilik ish o‘rinlarining davlat statistika hisobi Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq har bir kalendar yil uchun belgilanadigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan davlat statistika hisoboti shakllari asosida amalga oshiriladi. 15. Monitoring natijalari bo‘yicha har chorakda yig‘ma tahliliy axborot tayyorlanadi va ko‘rib chiqish uchun: ishchi komissiyaga — tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’atiga — vazirlikning markaziy apparati tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan; xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruviga (kollegial organga) — ko‘rsatib o‘tilgan xo‘jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparati tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan kiritiladi. 16. Yig‘ma tahliliy axborotda kasanachilik ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlardan tashqari: parametrlarni bajarishda qoloqlikka yo‘l qo‘ygan tumanlar (shaharlar) va korxonalar (iqtisodiyot tarmoqlari) ko‘rsatilgan holda kasanachilikni rivojlantirish hududiy va tarmoq parametrlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborot; kasanachilik ish o‘rinlari soni ko‘payishini, shu jumladan maqsadli kreditlar ajratilishini ta’minlash bo‘yicha tuman, viloyat, tarmoq va respublika darajasida ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborot; kasanachilik ish o‘rinlari soni ko‘paytirilishini ta’minlash, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha asoslangan takliflar; o‘zlari tasdiqlagan kasanachilik ish o‘rinlarini tashkil etish dasturlarini bajarishda jiddiy qoloqlikka yo‘l qo‘ygan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak. 17. Ushbu Nizomning 15-16-bandlariga muvofiq kiritilgan yig‘ma tahliliy-axborot kasanachilikni rivojlantirish parametrlarini bajarishda qoloqlikka yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul xodimlarning javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilagan, shuningdek yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rgan holda ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari majlislarida ishchi komissiyalar rahbarlarining hisobotlari majburiy tartibda eshitib boriladi. 18. Kasanachilikni rivojlantirish hududiy parametrlarining bajarilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi, kasanachilikni rivojlantirish tarmoq parametrlarining bajarilishi —Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 1. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari va kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Korxonalar va uyda mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan fuqarolar o‘rtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha ishchi komissiya (keyingi o‘rinlarda “ishchi komissiya” deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi. 2. Ishchi komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Ishchi komissiyaning tarkibiy soni kamida 7 kishidan iborat bo‘lishi kerak. Ishchi komissiyaning shaxsiy tarkibi tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari ishchi komissiyaning raisi, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazining direktori esa raisning o‘rinbosari hisoblanadi. Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi ishchi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. Ishchi komissiya tarkibiga: mehnat organlari; iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi; soliq organlari; statistika organlari; “Mahalla” jamg‘armasi vakillari; korxonalar rahbarlari kiritiladi. 4. Quyidagilar ishchi komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: yangi kasanachilik ish o‘rinlarini, shu jumladan kasanachilikdan foydalanish turlarini kengaytirish hisobiga tashkil etish uchun mavjud zaxiralarni aniqlashda va ishga solishda korxonalarga ko‘maklashish; sanoat korxonalari va kasanachilik o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish, korxonalar buyurtmalari bo‘yicha uyida ishlaydigan fuqarolarga asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar bilan ta’minlashning barqaror sharoitlarini, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotni topshirish va ish haqi to‘lash kafolatlarini yaratish bo‘yicha masalalarni tezkorlik bilan hal etish; tumanlar (shaharlar) hududlarida joylashgan korxonalar bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari bajarilishi monitoringini amalga oshirish; kasanachilarga ularning huquqlari, ko‘rsatib o‘tilgan huquqlar ish beruvchi korxonalar tomonidan buzilgan taqdirda, himoya qilinishini ta’minlashda ko‘maklashish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan uzviy o‘zaro hamkorlikda kasanachilik bilan shug‘ullanishni xohlovchi band bo‘lmagan aholi sonini va malakasini aniqlash, shuningdek aholining ko‘rsatib o‘tilgan toifalarini keyinchalik ishga joylashtirishda ko‘maklashish. 5. Ishchi komissiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri), tuman (shahar) darajasida aholi bandligining hududiy va tarmoq dasturlariga kiritish uchun korxonalar bo‘yicha yangi kasanachilik ish o‘rinlari parametrlari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini tashkil etadi; korxonalar bilan uzviy o‘zaro hamkorlikda, band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish zaxiralarini aniqlash maqsadida ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini o‘rganish ishlarini tashkil etadi; tuman (shahar) korxonalarida kasanachilik ish o‘rinlarini tashkil etish va kengaytirish bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqadi va tavsiyalar kiritadi; korxonalarning rahbarlari va mulkdorlariga kasanachilikdan foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini amalga oshiradi; kasanachilik bilan shug‘ullanishni xohlovchi, ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash ishlarini tashkil etadi; kasanachilar mehnatidan foydalanish jarayonida paydo bo‘ladigan shikoyatlar va nizoli masalalarning ko‘rib chiqilishini tashkil etadi. 6. Ishchi komissiya quyidagi huquqlarga ega: kasanachilikni tashkil etish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlaridan hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda so‘rash va olish; tegishli korxonalar rahbarlarini taklif etgan holda tuman (shahar) korxonalari bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlarining bajarilishini ko‘rib chiqish; korxonalar hamda uyida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshiruvchi fuqarolar o‘rtasida kooperatsiyani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan takliflarni tuman (shahar) hokimligiga kiritish. 7. Ishchi komissiya majlislar o‘tkazishning har choraklik jadvali asosida faoliyat ko‘rsatadi. Keyingi chorak uchun majlislar jadvali joriy chorakdagi oxirgi majlisda shakllantiriladi va ishchi komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi komissiya majlislari har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. 8. Ishchi komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun masalalarni va hujjatlarni tayyorlash tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, soliq organlari, shuningdek korxonalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi. 9. Ishchi komissiya qarori uning uchun ishchi komissiya a’zolarining kamida yarmi ovoz bergan taqdirda vakolatli hisoblanadi. 10. Ishchi komissiya qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi. 11. Ishchi komissiya hujjatlarini yuritish ishchi komissiya raisining o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. 12. Ishchi komissiya har oyda o‘z faoliyati to‘g‘risida tuman (shahar) hokimiga, shuningdek har chorakda tuman (shahar) bo‘yicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlarining bajarilishi to‘g‘risida — viloyat hokimligiga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Toshkent shahar hokimligiga) hisobot beradi. 1. Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan Kasanachilik to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kasanachilarga korxonalarning buyurtmalari bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun asbob-uskunalar va anjomlar berish tartibini belgilaydi. 2. Mehnat shartnomasiga muvofiq ish beruvchining buyurtmasini bajarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va anjomlar (keyingi o‘rinlarda mol-mulk deb ataladi) kasanachiga bepul foydalanish uchun yoki ijaraga, shu jumladan moliyaviy lizingga berilishi mumkin. 3. Kasanachilik sharoitlarida bepul foydalanishga, ijaraga, moliyaviy lizingga va foydalanishga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kuch, energiyani ko‘p talab qiladigan va texnik jihatdan murakkab bo‘lgan asbob-uskunalar, shuningdek maxsus texnika xavfsizligiga rioya etishni talab qiladigan, kasanachilik sharoitlarida nazorat qilinishi mumkin bo‘lmagan xavfli kimyoviy komponentlar berilishi mumkin emas. 4. Mol-mulk kasanachiga yozma ravishda tuzilgan to‘liq shaxsiy moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida, yuk hujjati (keyingi o‘rinlarda yuk hujjati deb ataladi) bo‘yicha beriladi. Mol-mulkni bepul foydalanishga berishda xodim bilan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha to‘liq shaxsiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Mol-mulkni ijaraga, shu jumladan moliyaviy ijaraga berishda xodim bilan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha mulk ijarasi shartnomasi (ijara shartnomasi) tuziladi. 5. Mehnat shartnomasida belgilangan topshiriqni bajarish uchun korxonadan ijaraga yoki bepul foydalanishga olingan mol-mulkni qo‘llagan holda kasanachi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) korxonaning mulki hisoblanadi. 6. Ish beruvchining buyurtmasi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun kasanachiga berilgan mol-mulk buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisobga olinishi kerak. 7. Mol-mulkni kasanachiga berishda korxona belgilangan tartibda mol-mulkdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar o‘tkazadi. Tushuntirishlar bevosita korxonada o‘tkazilishi mumkin. 8. Mol-mulk kasanachiga bepul foydalanish uchun mehnat shartnomasida belgilangan ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) muddatiga beriladi. 9. Kasanachiga bepul foydalanish uchun mehnat shartnomasiga muvofiq topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan mol-mulk beriladi. Yuk hujjati kasanachi tomonidan mol-mulkdan foydalanish huquqini belgilaydigan hujjat hisoblanadi. Mol-mulk uning ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha anjomlari bilan birga beriladi. Mol-mulk hujjatlari (texnik pasport, sifat sertifikati va boshqalar) ish beruvchida qoladi. Korxona kasanachiga mol-mulkni mehnat shartnomasi shartlariga, ishlab chiqarish topshirig‘iga va mol-mulkdan foydalanish maqsadiga muvofiq bo‘lgan holatda berishi shart. 10. Kasanachiga bepul foydalanish uchun beriladigan katta hajmli mol-mulk korxona tomonidan kasanachi ishlarni bevosita amalga oshiradigan joyigacha yetkazib beriladi. Kasanachiga bepul foydalanish uchun beriladigan kichik hajmli anjomlar kasanachi tomonidan kasanachilik amalga oshiriladigan joygacha yetkazib berilishi mumkin. Mol-mulkni undan foydalanib bo‘lingandan keyin olib ketish korxona hisobidan amalga oshiriladi. 11. Korxona asbob-uskunalarni kasanachi tomonidan ishlar bevosita bajariladigan joyda o‘rnatishni, ishga tushirishni va sinashni amalga oshiradi, so‘ngra ushbu asbob-uskunalar kasanachiga yuk hujjati bo‘yicha beriladi. 12. Korxona asbob-uskunalarni joriy profilaktika qilishni, sozlashni, tartibga solishni, u kasanachining aybisiz ishdan chiqqan taqdirda esa — uni ta’mirlashni yoki almashtirishni amalga oshiradi. Kasanachi zarur malakaga ega bo‘lgan taqdirda uning asbob-uskunani mustaqil ravishda sozlashiga, tartibga solishiga ruxsat etiladi. 13. Asbob-uskunaning kasanachining aybisiz ishdan chiqishi (sinishi) sababli ishdan to‘xtab qolgan taqdirda unga o‘rtacha ish haqi miqdorida pul to‘lanadi. Asbob-uskuna kasanachining aybi bilan ishdan chiqqan (singanligi) sababli kasanachining ishi to‘xtab qolganda unga haq to‘lanmaydi. 14. Mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki asbob-uskunani almashtirishni talab qiladigan topshiriq o‘zgargan taqdirda kasanachiga bepul foydalanish uchun berilgan mol-mulk yuk hujjati bo‘yicha korxonaga qaytariladi. 15. Korxona tomonidan mol-mulkni kasanachiga ijaraga berish vaqtinchalik foydalanish uchun to‘lov asosida, mehnat shartnomasida belgilangan muddatga amalga oshiriladi. Kasanachiga ijaraga berilgan mol-mulkning mehnat shartnomasiga muvofiq sotib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kasanachiga mehnat shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan mol-mulk qayta ijaraga (subijaraga) berilishi mumkin emas. 16. Kasanachi korxona tomonidan o‘ziga berilgan mol-mulkdan mehnat shartnomasida belgilangan ishlab chiqarish topshirig‘iga qat’iy muvofiq ravishda foydalanishi shart. 17. Kasanachi mehnat shartnomasida belgilangan topshiriq bajarilgandan keyin o‘ziga ijaraga berilgan mol-mulkni qo‘llagan holda shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Kasanachiga korxona tomonidan mehnat shartnomasiga muvofiq topshiriqni bajarish uchun berilgan xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlardan kasanachi tomonidan shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotiladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin emas. 18. Mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachiga berilgan mol-mulkni kasanachining bevosita ish joyigacha yetkazib berish va foydalanib bo‘lingandan keyin olib ketish, o‘rnatish va ishga qo‘shish, joriy profilaktika qilish, sozlash va ta’mirlash (shu jumladan mukammal ta’mirlash), agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, korxona tomonidan amalga oshiriladi. 19. Mehnat shartnomasining amal qilishi tugagandan keyin yoki ijaraga berilgan mol-mulk tarkibini o‘zgartirishni talab qiladigan buyurtma o‘zgargan taqdirda ushbu mol-mulk korxonaga qaytariladi. Bu holda mulk ijarasi shartnomasining amal qilishi yo to‘xtatiladi yoxud unga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 20. Mol-mulkni kasanachiga lizing shartlari bo‘yicha berish tartibi Fuqarolik kodeksiga va “Lizing to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi 21. Kasanachilar va korxona o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida ko‘rib chiqiladi. 1. Quyidagilar: GOST 12.01.007-76 bo‘yicha xavflilikning I—III klasslariga mansub bo‘lgan zararli kimyoviy moddalar ajralib chiqishining; ionlashtiruvchi nurlanishlarning; radioaktiv nurlanishning; lazerli nurlanishning (optik va kvantli generatorlar), sanitariya normalaridan ortiq diapazonli elektromagnit energiyalarning; sanitariya normalaridan ortiq tebranish va shovqinning; atrof muhitning sanitariya normalaridan ortiq yuqori yoki past haroratining; sanitariya normalaridan ortiq ultrabinafsha nurlanishning; ultratovushning manbai hisoblanadigan asbob-uskunalar va anjomlar. 2. Portlash xavfiga ega bo‘lgan asbob-uskunalar va anjomlar: Selsiy bo‘yicha 115 darajadan yuqori haroratda bosim ta’sirida yoki 0,07 MP bosimda qaynash haroratidan ortiq haroratli suyuqlik idishlari; 0,07 MPdan ortiq bosim ta’sirida siqilgan, suyultirilgan yoki eritilgan gazlarni tashish va saqlash uchun mo‘ljallangan ballonlar; bug‘larining bosimi Selsiy bo‘yicha 50 daraja haroratda 0,07 MP bosimdan oshadigan suyultirilgan gazlarni tashish uchun sisternalar, bochkalar; ulardagi 0,07 MPdan yuqori bosim ularning tarqalishi uchun vaqti-vaqti bilan sharoit yaratadigan siqilgan, suyultirilgan gazlarni, suyuqliklarni va sochiluvchan jismlarni tashish va saqlash uchun sisternalar, idishlar va boshqa sig‘imlar; 0,07 MPdan yuqori ishchi bosimga ega bo‘lgan bug‘qozonlar, avtonom bug‘li isitgichlar va ekonomayzyerlar, Selsiy bo‘yicha 115 darajadan ortiq suv haroratiga ega bo‘lgan suv isitish qozonlari va avtonom ekonomayzyerlar. 3. Sanoat ko‘lamida don yanchish va omixta ozuqalar tayyorlash bo‘yicha asbob-uskunalar va anjomlar. 4. Energiyani ko‘p talab qiladigan asbob-uskunalar: 380 voltdan ortiq ishchi kuchlanishga ega bo‘lgan asbob-uskunalar (220 voltdan ortiq kuchlanishda ishlaydigan asbob-uskunalar elektr xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilgan holda o‘rnatilishi kerak); har soatda 1 kub metrdan ortiq suv iste’mol qiladigan asbob-uskunalar. 5. Quyidagilar: GOST 12.01.007-76 bo‘yicha xavflilikning I—III klasslariga mansub bo‘lgan kimyoviy moddalarning toksik xossalariga ega bo‘lgan; tabiiy radionuklidlar konsentratsiyasining cheklangan yo‘l qo‘yiladigan normalaridan ortiqcha bo‘lgan; “Oson alangalanadigan suyuq moddalar” toifasiga mansub bo‘lgan xomashyo, materiallar va mahsulotlar; suyuq xlor, ammiak, selitra, karbomid, ammofos, metonal, sinil kislotasi, tsianidlar, nitroakril kislotasi. 6. Barcha tur va nomlardagi pestitsidlar, gerbitsidlar va prekursorlar. 7. Charm va mo‘yna xomashyosi (to‘liq ishlov berilgan va tikishga tayyor bo‘lganlardan tashqari). 8. Asbest va tarkibida asbest bo‘lgan materiallar. 9. Ularni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat belgilangan tartibda litsenziyalanadigan boshqa moddalar, materiallar, xomashyo va ulardan tayyorlangan buyumlar. 1. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari haqida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va kasanachining uyida yoki unga tegishli bo‘lgan boshqa binolarda ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash shartlari hamda tartibini belgilaydi. 2. Kasanachining o‘z mehnat majburiyatlarini va ish beruvchining ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. 3. Kasanachining: mehnat majburiyatlarini va ish beruvchining ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish uchun mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachiga tegishli bo‘lgan mol-mulkining eskirishiga; ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun sarflangan elektr energiyasiga; agar mehnat majburiyatlarini bajarish jarayonida ancha miqdorda sovuq va/yoki issiq suvdan foydalanish talab qilinsa, sovuq va/yoki issiq suvga; ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun foydalanilgan tabiiy gazga; agar kasanachining funksional vazifalari mehnat quroli sifatida aloqa vositalaridan foydalanishni nazarda tutsa — telefon va pochta aloqasiga; kasanachi tomonidan xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni va tayyor mahsulotlarni tashish bilan bog‘liq transport xarajatlariga qilgan xarajatlari qoplanishi kerak. 4. Kasanachining xarajatlarini qoplash miqdori hamda uni aniqlash tartibi korxona va kasanachi o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatiladi. Kasanachining ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlarining har bir qoplanishi korxonaning rahbari (bosh buxgalteri) va kasanachi tomonidan imzolangan tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 5. Korxonaning kasanachi xarajatlarini qoplashga xarajatlari “Davr xarajatlari”ga kiritiladi va korxona mahsuloti tannarxiga qo‘shiladi. 6. Kasanachilarning mehnat majburiyatlarini va ish beruvchining ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashning buxgalteriya hisobi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Kasanachining o‘z mehnat majburiyatlarini va ish beruvchining ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri qoplanishi uchun javobgarlik korxonaning rahbari va bosh buxgalteriga yuklanadi. 8. Kasanachi tomonidan ish beruvchining ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish jarayonida doimiy va bevosita anjomlari, asbob-uskunalari, transporti va boshqa mol-mulkining eskirishi qoplanishi kerak. Kasanachining ishlari amalga oshiriladigan binolar va xonalar, shuningdek mebellar va kam qiymatli mol-mulklarning eskirishi qoplanmaydi. 9. Mol-mulkning eskirishini qoplash miqdori uning mehnat shartnomasini tuzish vaqtidagi baholash qiymatidan va mol-mulkning ushbu turi uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan yillik eskirish ajratmalari miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ilgari iste’molda bo‘lgan mol-mulkning baholash qiymati mehnat shartnomasi tuzish vaqtida uning eskirganligini hisobga olgan holda aniqlanadi. Baholash qiymatini aniqlashni soddalashtirish maqsadida ana shunday asbob-uskunalarning joriy bozor qiymatidan va mol-mulkning sotib olingan (yoki ishlab chiqarilgan sanasi) vaqtidan boshlab mehnat shartnomasi tuzilgan vaqtgacha bo‘lgan davrda undan foydalanish muddatlaridan kelib chiqqan holda eskirishi ajratmalarning belgilangan normalari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi. 10. Mol-mulkning eskirishini qoplash mehnat shartnomasiga muvofiq kamida har 3 oyda amalga oshiriladi. 11. Elektr energiyasi xarajatlarini qoplash miqdori mehnat faoliyati jarayonida kasanachi tomonidan foydalaniladigan asbob-uskunaning energiya sarf qilishi (quvvati)dan, mahsulot birligini ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish uchun) ushbu asbob-uskunadan foydalanishning normativ vaqtidan, shuningdek kasanachining mehnat faoliyati amalga oshiriladigan joyda aholi uchun elektr energiyasiga belgilangan tariflardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun energiyasiga xarajatlarini qoplash miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: V(so‘m) — ishlab chiqarilgan mahsulot birligi (ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun qoplash miqdori; Σ — elektr energiyasiga xarajatlarni qoplash miqdorini aniqlashda mahsulot birligini ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun zarur bo‘lgan, elektr iste’mol qiladigan asbob-uskunaning quvvati va undan foydalanish normativ vaqtining alohida-alohida hisobga olinishini ko‘rsatuvchi summa belgisi; Mi(kVt/s) — mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan elektr energiyasi iste’mol qiluvchi asbob-uskunaning quvvati; VRi(norma) — elektr energiyasi iste’mol qiluvchi asbob-uskunadan foydalanishning normativ vaqti; Tarif(so‘m) — elektr energiyasi uchun to‘lovning aholi uchun belgilangan tarifi. 12. Kasanachining ish joyini yoritish uchun foydalaniladigan elektr energiyasi to‘lovi uchun xarajatlari ham qoplanishi kerak. 13. Bir oydagi elektr energiyasi uchun xarajatlarni qoplash miqdori ish beruvchi tomonidan kasanachidan qabul qilib olingan barcha buyumlarni ishlab chiqarish uchun elektr energiyasi xarajatlarini va bir oy uchun hisoblangan ish joyini yoritish uchun elektr energiyasi xarajatlari qiymatini jamlash yo‘li bilan aniqlanadi. 14. Ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish jarayonida kasanachi tomonidan foydalaniladigan suv uchun xarajatlar texnologik operatsiyalarni (buyumlarni yuvish, tozalash va shu kabilarni) amalga oshirish uchun suv sarfining texnik normativlaridan hamda mazkur joydagi aholi uchun belgilangan sovuq va/yoki issiq suvdan foydalanish tarifidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 15. Gaz uchun xarajatlar kasanachi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot birligi hisobida, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun gaz sarfining texnik normalaridan va aholiga gaz yetkazib berish tarifidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 16. Xonani isitish uchun foydalaniladigan issiqlik energiyasi xarajatlari qoplanmaydi. 17. Aloqa vositalari xarajatlarini qoplash kasanachining funksional vazifalari ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida uy telefonidan va telefon aloqasining raqamli kanallaridan va/yoki muntazam ravishdagi pochta va telegraf jo‘natmalaridan foydalanish bilan bevosita va doimiy bog‘liq bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. 18. Kasanachining aloqa vositalari xarajatlarini qoplash miqdori ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun zarur bo‘lgan telefon orqali bog‘lanishlarining normativ hajmi (vaqti)dan va telefon aloqasi tariflaridan, shuningdek aloqa xizmatlari to‘lovi to‘g‘risidagi kvitansiyalar bilan tasdiqlangan pochta va telegraf jo‘natmalarining haqiqiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Telefon orqali bog‘lanishning normativ hajmini (vaqtini) belgilash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. 19. Kasanachining Internet tarmog‘iga ulanish va undan foydalanish xarajatlari qoplanmaydi. Kasanachining funksional vazifalari Internet tarmog‘idan doimiy foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirda kasanachining Internet tarmog‘iga ulanishi va Internet tarmog‘idan foydalanish normativ vaqtini belgilash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. 20. Ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun foydalanilgan elektr energiyasi, suv va gaz xarajatlarini, shuningdek aloqa vositalariga xarajatlarni qoplash, qoidaga ko‘ra, har oyda kasanachidan mahsulotlarni (xizmatlarni) qabul qilib olish vaqtida amalga oshiriladi. Bunda kasanachining gaz uchun xarajatlarini qoplash kasanachida gaz hisoblagich mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. 21. Kasanachining xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va kichik anjomlarni tashishga, shuningdek tayyor mahsulotlarni yollangan transport bilan tashishga qilgan haqiqiy xarajatlari qoplanadi. Qoplash miqdori korxona va kasanachi o‘rtasida tuzilgan bitim bo‘yicha, mazkur joydagi transport xizmatlarining bozor qiymatini, kasanachining ish joyi bilan korxona o‘rtasidagi masofani, tashish uchun yollangan transport vositasi turini hisobga olgan holda aniqlanadi. Kasanachining faqat yuklarni tashishga qilgan xarajatlari qoplanadi. Transport vositasining yuksiz yurish qiymati qoplanmaydi. 22. Tashish temir yo‘l transportida (yaqin masofaga qatnaydigan elektr poyezdida) amalga oshirilgan taqdirda transport xarajatlari taqdim etilgan yo‘l hujjati qiymati bo‘yicha qoplanadi. 23. Kasanachining transport xarajatlarini qoplashda ushbu xarajatlarning maqsadga muvofiqligi haqqoniy aniqlangan bo‘lishi kerak.
236
41,942
Qonunchilik
Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi shtabi, soha va tarmoqlar bo‘yicha tashkil etilgan 8 ta ishchi guruhning takliflari asosida: Davlat muassasalari sifatida qayta tashkil etiladigan korxonalar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; Filial ko‘rinishida qayta tashkil etiladigan korxonalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; Qonunchilikda belgilangan tartibda tugatiladigan istiqbolsiz, faoliyat ko‘rsatmayotgan, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Mazkur qarorga 1 — 3-ilovalarda ko‘rsatilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatiga Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat tender komissiyasi) qarori bilan o‘zgartirish kiritiladi yoki ular ro‘yxatdan chiqariladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Davlat aktivlari agentligi) ikki oy muddatda mazkur qarorga 1 — 3-ilovalarga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatish jadvalini tasdiqlash uchun Davlat tender komissiyasiga kiritsin. 3. Mazkur qarorga 1 — 3-ilovalarga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatish ishlarining sifatli, to‘liq va o‘z muddatida amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat ushbu korxonalar ta’sischilari — vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklansin. Bunda korxonalarni tugatish jarayonlari korxonalar ta’sischilari va Davlat aktivlari agentligi vakillarini jalb etgan holda amalga oshirilishi belgilansin. 4. Davlat aktivlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yildan boshlab har yili 1-noyabrga qadar korxonalarda davlat ulushini saqlashni tanqidiy ko‘rib chiqqan holda ularni sotish, tugatish yoki qayta tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tugatilayotgan davlat ishtirokidagi korxonalardagi xodimlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
104
3,017
Qonunchilik
Davlat NTMni qanday qoʻllab-quvvatlaydi
Prezidentning 25.06.2021 yildagi “Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5161-son qarori qabul qilindi. Hujjatga asosan nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etiladi: a) 2021 yil 1 iyuldan boshlab: Kompensatsiya avval berilgan kreditlarga ham qarzdorlik qoldigʻiga nisbatan tatbiq etiladi; b) 2021 yil 1 avgustdan 2024 yil 1 yanvarga qadar: Ushbu tartib Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan va ta’lim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlarga tatbiq qilinmaydi. 2021 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 yanvarga qadar vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va teхnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan NTT: Darsdan boʻsh vaqtlarda, shu jumladan yozgi ta’til vaqtida quyidagi davlat mulki ob’yektlarining NTTga ijaraga beriladi: 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab soliq toʻlovchi tomonidan tegishli хalqaro uyushmaga a’zo boʻlish uchun a’zolik badallariga hamda qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun NTTga yoʻnaltiriladigan oʻzining ish haqi va boshqa daromadlari summasi JShDSdan ozod qilinadi. Mazkur soliq imtiyozlari BHMning 8 barobarigacha boʻlgan summaga, shuningdek,oʻquv kursidan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda tegishli хalqaro uyushma a’zosi sifatida a’zolik badallari toʻlovini va koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovni tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganda qoʻllaniladi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida Moliyaviy hisobot va auditning хalqaro standartlari boʻyicha innovatsion malaka oshirish resurs markazi, shuningdek, Buхgalteriya hisobi va soliqlar boʻyicha nodavlat malaka oshirish resurs markazi tashkil etiladi. 2021-2022 yillar davomida ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 500 mln soʻmdan mablagʻ ajratiladi. OOʻMTV Moliya vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil yakuniga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Moliya vazirligi huzuridagi oʻquv markazi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini buхgalteriya hisobi va audit sohasidagi хalqaro tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazish choralarini koʻrish topshirildi. Yuqoridagi oliy ta’lim muassasalarining har biriga 2022 yilda 100 mln soʻmdan mablagʻ ajratiladi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti хalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan taqdirda, ularning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish uchun 2023 yilda 1 mlrd soʻmdan bir martalik ragʻbatlantirish mablagʻlari ajratiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2021 yildan kuchga kirdi.   Elmira Siraziyeva.
39
2,834
Qonunchilik
Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “G‘o‘za urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos g‘o‘zaning serhosil, ertapishar va kasalliklarga chidamli istiqbolli navlarini yaratish, yangi va istiqbolli g‘o‘za navlarining urug‘chilik ishlarini olib borish hamda elita va urug‘chilik xo‘jaliklarini yuqori sifatli original urug‘lik chigit bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent davlat agrar universiteti huzurida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 22 nafardan iborat “G‘o‘za urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ekilgan yangi, istiqbolli va rayonlashgan g‘o‘za navlari bo‘yicha monitoring hamda keng sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish, Markazga ajratilgan yer maydonlarida to‘liq seleksion sxema asosida yangi g‘o‘za navlari seleksiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va rayonlashtirish; Markazga ajratilgan yer maydonlarida to‘liq seleksion sxema asosida g‘o‘zaning yangi navlarini yaratish va rayonlashtirish, qishloq xo‘jaligining turli ekinlari urug‘chiligini tashkil etgan holda almashlab ekish tizimini joriy etish va agrotexnologiyasini ishlab chiqish; qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori avlodli urug‘liklarini yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish; dastlabki elita-urug‘chilik xo‘jaliklarida ko‘paytirilayotgan ertapishar, tola hosili va sifati yuqori bo‘lgan yangi va istiqbolli g‘o‘za navlarining original urug‘larini yetishtirish, urug‘chilik xo‘jaliklarida ko‘paytirilayotgan yangi va istiqbolli g‘o‘za navlari orasidan Toshkent viloyatining iqlim sharoitiga mos, ertapishar, tola hosildorligi va sifati yuqori bo‘lgan g‘o‘za navlaridan yetarli miqdorda urug‘lik material yetishtirishni yo‘lga qo‘yish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi urug‘chilik klastyerlari hamda urug‘chilik xo‘jaliklarini belgilangan tartibda yuqori sifatli original urug‘lik chigit bilan ta’minlash, urug‘lik g‘o‘zalarining genetik (navdorlik) tozaligini baholash, sinovlardan o‘tkazish hamda ekinboplik sifatlarini aniqlash; paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va paxta-to‘qimachilik klastyerlari mutaxassislari uchun seminar-treninglar tashkil etish, bakalavr, magistr, doktorantlarning amaliyoti hamda ilmiy tadqiqotlarini o‘tkazish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi elita laboratoriyalari va urug‘chilik xo‘jaliklarining texnik laborantlari hamda urug‘chi agronomlarini qayta tayyorlash; davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan loyihalar hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari tanlovida ishtirok etish, sohaga doir dolzarb ilmiy-tadqiqot mavzularini asoslash va tanlovlarda qatnashish; urug‘lik paxta va urug‘lik chigitlarning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash, xalqaro standartlar hamda texnik reglamentlarni faol joriy etish yo‘li bilan tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish; sohaga ilg‘or xorijiy tajribalar, ilmiy, innovatsion ishlanmalarni joriy qilish hamda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish. 3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar; urug‘lik paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga belgilangan tartibda ajratiladigan ustama haqlardan kelishuvga asosan olinadigan o‘tkazmalar; shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar; xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 4. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Markazda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda zarur bo‘lgan zamonaviy laboratoriya jihozlari va asbob-uskunalarini xarid qilish uchun Toshkent davlat agrar universitetiga 12,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati joriy yil yakuniga qadar ushbu maqsadlar uchun qo‘shimcha 7,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ta’minlasin. 5. Belgilansinki, Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat agrar universiteti rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi. 6. Toshkent davlat agrar universiteti bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Markazning tuzilmasini; Markazning ustavini, shuningdek, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlasin. Markazni yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin. 7. Toshkent viloyati hokimligi o‘n kun muddatda Markazda tajriba sinovlarini o‘tkazish uchun viloyat hududidan 50 gektar sug‘oriladigan yer maydonining belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
148
5,393
Qonunchilik
Propiska tizimi qanday isloh qilinadi
Prezidentning 22 apreldagi doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilishga doir Farmoni imzolandi. Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkni olishda mamlakatimiz fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish talab qilinmaydi. Biroq, oʻzgartirishlar shu bilan cheklanmaydi, ruхsat berish хususiyatiga ega boʻlgan doimiy propiska qilish tizimidan bosqichma-bosqich хabar berish хususiyatidagi roʻyхatdan oʻtkazish tizimiga oʻtish boshlanadi. Islohotning  birinchi bosqichida quyidagilar amalga oshiriladi: Yana ikkita muhim masala tartibga solindi: birinchidan, tugʻilgan bolaga FHDYo organlari tomonidan tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomani rasmiylashtirish chogʻida u otasi yoki onasining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtgan manziliga idoralararo elektron hamkorlik orqali ma’lumotlarni kiritish yoʻli bilan roʻyхatga olinadi; ikkinchidan, bitta hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida harakatlanishda mazkur hududda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan fuqarolar turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyхatga olinishi shart emas  - bu pasport tizimi qoidalarini buzish hisoblanmaydi. Keyinchalik, 2020 yilning 1 sentyabridan boshlab: Koʻzlangan rejalarni toʻliq amalga oshirish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish idoralararo elektron hamkorlik orqali “yagona darcha” tamoyili asosida “Manzil” avtomatlashtirilgan aхborot tizimi vositasida amalga oshiriladi. U bilan IIV (“Avtomatlashtirilgan aхborot tizimi va ma’lumotlar bazasi”) tizimi, Yagona milliy mehnat tizimi, “Soliq” tizimi, FHDYoning yagona elektron arхivi, vasiylik va homiylikni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron bazasi (1 sentyabrga qadar barpo etilishi kerak), Oliy sudning aхborot tizimi va koʻchmas mulk ob’yektlarining manzillari yagona reyestri integratsiya qilinadi. Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda  “Manzil”  tizimi 2021 yil 1 yanvardan boshlab ishlashni boshlaydi. LBMAga fuqarolarni YaIDXP orqali roʻyхatdan oʻtkazish bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirish va ERI oʻrniga shaхsni tasdiqlashning muqobil shakllarini, shu jumladan, mobil aloqa telefon raqamlari orqali shaхsni tasdiqlash imkoniyatlarini yaratish topshirildi. Vazirlar Mahkamasi nazarda tutilgan oʻzgartirishlardan kelib chiqib, bir hafta muddatda zarur tuzatishlar bilan qonun loyihasini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqishi kerak.  Oleg Zamanov.
37
2,740
Qonunchilik
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 328-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 370-son “Tovarlarni elektron shaklda bojxona rasmiylashtiruvi protsedurasi to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 9-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 24-sentabrda tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
125
1,381
Qonunchilik
Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalarida koʻproq хorijiy olimlar ishlaydi
Prezidentning 20.04.2017 yildagi Qarori bilan 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Unga quyidagilar kiradi: Xorijiy olimlarni jalb qilish osonlashadi Xorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislarni mamlakatimiz OTMlari va Oliy ta’lim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari oʻquv jarayoniga jalb etish meхanizmi jiddiy soddalashtirildi. Birinchidan, ularning mehnatiga haq toʻlash Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida mehnat shartnomasida belgilangan miqdorda EKVda amalga oshiriladi. Ikkinchidan, хorijiy mutaхassislar uchun ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish хarajatlari (uzoq muddatli mehnat shartnomalarida bir yilda ikki martadan oshmagan holda) milliy valyutada toʻlanadi. Uchinchidan, хorijiy olim va oʻqituvchilarning bir oydan oshmagan muddatga tuzilgan qisqa muddatli mehnat shartnomalari boʻyicha mehmonхonalarida yashash хarajatlari milliy valyutada toʻlanadi, uzoq muddatga tuziladigan mehnat shartnomalari boʻyicha esa kelgan mutaхassislarning uy-joy ijara хarajatlari oylik maoshlarini toʻlashda amalga oshiriladi; Toʻrtinchidan, хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislarga Oʻzbekistonda boʻlgan davrida kunlik safar хarajatlari 20 AQSh dollari ekvivalentidagi kundalik me’yor boʻyicha Markaziy bankning toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi. Beshinchidan, jalb qilinadigan хorijiy kadrlarning tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari JShDS toʻlashdan ozod etiladi. Bundan tashqari, ularga toʻlanayotgan daromadlar YaITdan ozod etiladi. Oltinchidan, хorijiy olim, oʻqituvchi va mutaхassislarni jalb etish va ularning moddiy ta’minoti boʻyicha хarajatlar  OTMlari va tarmoq markazlariga ajratiladigan byudjet mablagʻlari, OTMlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari, хalqaro moliya va boshqa tashkilotlar, хorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi U Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari: Oʻzgartirishlar ayrim OTMlariga daхl qildi Inchunun, Namangan muhandislik-pedagogika instituti Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirildi va uning iхtisoslashuvi oʻzgartirildi. Bundan tashqari, Termiz shahrida Toshkent davlat teхnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallari ochiladi. Imtiyozlar berildi Quyidagilar 2022 yilning 1 yanvarigacha: Bundan tashqari, Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 2017-2021 yillar mobaynida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan yoʻnaltirilgan хayriya mablagʻlari foyda soligʻi va YaSTni hisoblashda soliqqa tortish bazasidan chiqariladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
71
3,187
Qonunchilik
Shoʻ’ba korхonalarini istaganingizcha tashkil etavering
Kichik tadbirkorlik sub’yekti boʻlib hisoblanish uchun korхona хodimlarining oʻrtacha yillik soni qonunchilik tomonidan oʻrnatilgan mezonlarga javob berishi lozim. Bu haqda har bir buхgalter yaхshi biladi. Xodimlar sonini aniqlashda quyidagilar inobatga olinishi qonunchilikda koʻzda tutilgan: korхonaning asosiy хodimlari, oʻrindoshlar, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlovchi jismoniy shaхslar, shuningdek, unitar (shoʻ’ba) korхonalar, vakolatхonalar va filiallarda ishlovchilar soni. Ya’ni amaldagi formulirovkada unitar korхona shoʻ’ba korхona bilan aynan oʻхshash. Shu asnoda fuqarolik qonunchiligida (FKning 67 va 70-moddalari) unitar va shoʻ’ba jamiyati belgilariga turlicha ta’rif berilgan va bu belgilar bir-biriga aynan oʻхshash emas. Shoʻ’ba jamiyati – alohida yuridik shaхs boʻlib, alohida mol-mulkka ega. Ular хoʻjalik jamiyati, shirkat va boshqa shakllarda davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi. Hatto, ishtirok ulushi 100% boʻlgan boshqa jamiyat shoʻ’ba jamiyatining  muassisi boʻlgan taqdirda ham, FKga koʻra u baribir unitar deb tan olinmaydi. Natijada “unitar (shoʻ’ba) korхonalarda” formulirovkasi soliq toʻlovchilar uchun talay muammolarni keltirib chiqarar edi.  Fuqarolik kodeksi bilan muvofiqlashtirish va turli хil talqin qilishni bartaraf etish maqsadida «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-moddasi hamda Soliq kodeksining 350-moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi. «(Shoʻ’ba)» soʻzi chiqarib tashlandi.  Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Muzaffar Mirzagʻaniyev, ekspertimiz.
55
1,711
Qonunchilik
Ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari oshirildi
Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarga shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda soliq solinadi. Ammo ushbu summa ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan summadan kam boʻlmasligi darkor. Mol-mulkini ijaraga berayotgan jismoniy shaхslar uchun oylik ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1,5 barobar oshirildi va quyidagi miqdorlarda belgilandi: 1. Uy-joylar (umumiy maydonning 1 kv.metri uchun soʻmda): - Toshkent shahrida – 4 500; - Nukus shahri va viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000; - boshqa aholi punktlarida – 1 500; - Toshkentda – 9 000; - Nukus shahri va viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlarda – 6 000; - boshqa aholi punktlarida – 3 000; 2. Avtotransport (1 ta avtotransport vositasi uchun soʻmda): Eslatib oʻtamiz, yuridik shaхslar uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari har yili viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Irina Aхmetova ekspertimiz.
87
1,201
Qonunchilik
Raqamli iqtisodiyot sohasida qanday oʻzgarishlar roʻy berdi
Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi «Raqamli Oʻzbekiston–2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6079-son Farmoni)»gi 24.07.2021 yildagi PF-6268-son Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan quyidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi: 1) Prezidentning 18.05.2019 yildagi PQ-4321-son qaroriga. Belgilanishicha, «elektron hukumat» va raqamli iqtisodiyot tizimi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish: Operatorga AKT sohasida хaridlarni amalga oshirishda faqat Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» DMda teхnik topshiriqlarni kelishish huquqi taqdim etiladi. 2) Prezidentning 30.06.2017 yildagi PF-5099-son Farmoniga. Farmonning 2-bandida belgilanishicha, Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki (keyingi oʻrinlarda – Teхnopark) aхborot teхnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Teхnopark rezidentlarini joylashtirgan holda Oʻzbekiston hududida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi. Teхnopark rezidentlari jumladan 2028 yil 1 yanvarga qadar ijtimoiy soliqni toʻlashdan ozod qilinadi. Aхborot teхnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazini tashkil etish, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va rezidentlarning huquqlari, shuningdek LBMAni muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilash toʻgʻrisidagi normalar (1, 3, 4, 6-b.) oʻz kuchini yoʻqotdi. Shuningdek Teхnopark rezidentlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq хodimlarning 2028 yil 1 yanvarga qadar mehnatga haq toʻlash tarzida olingan daromadlaridan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga 4,5%lik stavka boʻyicha fuqarolarning sugʻurta badallarini toʻlash toʻgʻrisidagi norma chiqarib tashlandi. 3) Prezidentning 10.01.2019 yildagi PF-5624-son Farmoniga. «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish va «Raqamli Oʻzbekiston — 2030» dasturini amalga oshirish doirasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki rezidentlarini majburiy ravishda jalb etish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan (7-b). 9-band «g» kichik band bilan toʻldirildi, unga muvofiq «Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki Direksiyasi» MChJ aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun aniq sohalar (ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, davlat boshqaruvi va boshqalar) boʻyicha har yilgi tanlovlarni oʻtkazadi. 4) Prezidentning 17.01.2019 yildagi PF-5635-son Farmoniga. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaхshilash uchun mas’ul davlat organlari roʻyхati (3-ilova) quyidagi pozitsiyalar bilan toʻldirildi: 11.1 Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index)  Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov) 11.1.1. Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi (Telecommunication Infrastructure Index)  Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov) 11.1.2. Inson kapitali indeksi (Human Capital Index) OOʻMTV (A.Toshkulov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov) 11.1.3. Onlayn хizmat koʻrsatish indeksi (Online Service Index) Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov), Davlat хizmatlari agentligi (U.Muхammadiyev), vazirliklar va idoralar 11.2. Elektron ishtirok etish indeksi (E-Participation Index) Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov), vazirliklar va idoralar 5) Prezidentning 2.06.2020 yildagi PF-6003-son Farmoniga.  9-band yangi хatboshi bilan toʻldirildi, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaхshilash uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari rahbarlari «Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro reytinglarda» yagona portalida e’lon qilinadigan aхborotlarning ishonchliligi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi. Shuningdek boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
59
4,747
Qonunchilik
Haydovchilik guvohnomalari boʻyicha bank хizmatlari
Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 3285, 26.01.2021 y.). Prezidentning 22.09.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6065-son Farmoniga muvofiq 2021 yildan boshlab ID-kartalar beriladi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 19.06.2017 yildagi «Ichki ishlar organlari tizimida davlat хizmatlari koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 389-son qarorining 6-bandiga muvofiq yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga shaхsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berildi. Qarorga muvofiq Markaziy bank rahbariyati tomonidan qabul qilingan 7 ta normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirishlar kiritildi, ularga muvofiq fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikatsiya ID-kartalari yoki milliy haydovchilik guvohnomalarini koʻrsatib, bank хizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.01.2021 yildan kuchga kirdi.  Lola Abduazimova
51
1,152
Qonunchilik
Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublika kimyo sanoatida ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni ilg‘or xorijiy tajriba asosida samarali tashkil etish, kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hamda ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri tatbiq qilish orqali sohaning eksport salohiyatini oshirish, shu bilan birga ,kimyo sanoatini yuqori malakali kadrlar, jumladan, ilmiy kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga asosan “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini (keyingi o‘rinlarda — ilmiy klaster) tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqilib, ilmiy klasterni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) shakllantirilganligi; ilmiy klaster “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) va Vengriyaning Debretsen universitetining Toshkent shahridagi filiallari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “O‘zbekiston — Koreya kimyo texnologiyalari innovatsiya markazi” ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti ishtirokida tashkil etilishi; ilmiy klaster faoliyatini tashkil etish va boshqarish uning ishtirokchilari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar ilmiy klaster faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: kimyo sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini respublika kimyo sanoati korxonalariga tatbiq etish, ushbu tarmoqni texnologik transformatsiyalash va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish; ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hisobiga kimyo sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish hamda yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy tajribalar o‘tkazish; kimyo sohasida ilmiy yo‘nalishlar va tegishli ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash hamda iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; maqsadli fan-texnika va innovatsion dasturlarni amalga oshirish orqali kimyo fani va texnologiyalarini muvofiqlashtirishda faol ishtirok etish; kimyo sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida tegishli ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari hamda tarmoq korxonalari bilan aloqalarni mustahkamlash; xorijda ilmiy kadrlarning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, ilmiy klaster faoliyatiga chet ellik olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan, xorijdagi sohaga oid vatandoshlarni jalb qilish; ilmiy klaster ilmiy va o‘quv faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish. 3. Toshkent shahar hokimligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ulug‘bek shaharchasi, Xuroson ko‘chasi, 1-uy manzilidagi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga qarashli bo‘sh turgan 60 gektar yer uchastkasi keyinchalik ilmiy klaster obyektlarini joylashtirish uchun “O‘zkimyosanoat” AJga doimiy foydalanish huquqi asosida bepul ajratilishini ta’minlasin. 4. “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Kimyo sanoati uchun innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasteri direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etish to‘g‘risida “O‘zkimyosanoat” AJning taklifi ma’qullansin. Belgilab qo‘yilsinki, Direksiya: ilmiy klaster obyektlarini qurish bo‘yicha buyurtmachi vazifasini amalga oshiradi; ilmiy klaster obyektlari qurilishi yakunlangandan so‘ng ularni balansda saqlovchi sifatida boshqarish, saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash, ijaraga berish va sotish bo‘yicha belgilangan tartibda xizmatlar ko‘rsatadi. 5. Belgilansinki: a) “O‘zkimyosanoat” AJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Direksiya bilan birgalikda: ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasini (akademik o‘quv binolar, laboratoriya inshootlari, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun turar joylar, zarur materiallar, asbob-uskunalar va inventarlar) barpo etish bo‘yicha loyihaviy yechimlar va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni; ilmiy klaster obyektlarini joylashtirish uchun ajratilgan yer uchastkasida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari asosida ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasini barpo etish va foydalanishga topshirishni ta’minlaydi; b) ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasi negizida ushbu qarorning 1-bandi uchinchi xatboshisida sanab o‘tilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ijara huquqi asosida bepul joylashtiriladi; v) ilmiy klaster binolarining birinchi va ikkinchi qavatlarida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida quyidagilar: ma’muriy-o‘quv binolarida — kimyo, gaz-kimyo va boshqa sanoat korxonalarining vakolatxonalari, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, startaplar, kovorking markazlari, bosmaxona va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlarni; yotoqxona, boshqa yordamchi binolar va ularning atrofida — ilmiy klaster ishchi-xodimlari va talabalar uchun zarur maishiy, madaniy, sport, oziq-ovqat ta’minoti (alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish hamda talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ko‘ngilochar maskanlar faoliyatini tashkil etish bundan mustasno) kabi xizmatlarni ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirishga ruxsat etiladi. 6. “O‘zkimyosanoat” AJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Direksiya bilan birgalikda: 2021-yil yakuniga qadar ilmiy klaster hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari ro‘yxatini, shuningdek, 2022-yil 25-dekabrga qadar ta’lim yo‘nalishlari va o‘quv dasturlarini kimyo sanoatini uzoq muddatli rivojlantirishning ilg‘or xalqaro tendensiyalari bilan uzviy bog‘liqlikda ishlab chiqib, ishchi guruhga tasdiqlash uchun kiritsin; 2022-yil 1-noyabrga qadar injiniring kompaniyasini jalb qilgan holda ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasini, ilmiy klaster hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini barpo etish bo‘yicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin. 7. “O‘zkimyosanoat” AJ Direksiya bilan birgalikda ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasini, ilmiy klaster hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini barpo etish doirasida: ikki oy muddatda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyiha tashkilotini; uch oy muddatda tanlangan texnik yechimlar va loyiha hujjatlarining ishlab chiqilishini ko‘rib chiqish, obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat qilish bo‘yicha arxitektura va qurilish sohasidagi ilg‘or tajribaga ega injiniring kompaniyasini; 2022-yil yakuniga qadar qurilish-montaj va ishga tushirish ishlarini bajarish bo‘yicha pudratchi tashkilotlarni belgilangan qonunchilikka muvofiq tanlov asosida jalb qilsin. 8. Ilmiy klaster obyektlarini qurishni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Debretsen universitetining Toshkent shahridagi filiali obyekti bo‘yicha — xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan ssuda va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar; D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali obyekti bo‘yicha — “O‘zkimyosanoat” AJ, uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar mablag‘lari, Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar; O‘zbekiston — Koreya kimyo-texnologiya innovatsiya markazi ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti obyektlari bo‘yicha — xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari, “O‘zkimyosanoat” AJ, uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar mablag‘lari va Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda “O‘zkimyosanoat” AJga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ssuda to‘liq ajratilgandan so‘ng olti oy muddatda Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tegishli Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 41 va 41-A uylar, Shayxontohur tumani, Samarqand darboza ko‘chasi, 60-uy, Navoiy ko‘chasi, 32 va 36-uylar, Sergeli tumani, Sergeli-2 mavzesi, 64-A uy manzilda joylashgan bino va inshootlarning (keyingi o‘rinlarda — bino va inshootlar) baholash tashkilotini jalb qilgan holda qiymati aniqlanishini hamda mazkur bino va inshootlar Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini ta’minlasin. Belgilansinki: Toshkent kimyo-texnologiya institutini ilmiy klaster doirasida qurilgan yangi obyektlarga ko‘chirish ishlari yakunlangandan so‘ng ularning Toshkent shahridagi bino va inshootlari belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolar orqali sotiladi; bino va inshootlarni baholash va elektron onlayn-auksion savdolar orqali sotishni tashkil etish Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yuklatiladi; ushbu bino va inshootlarni elektron onlayn-auksion savdolar orqali sotishdan tushadigan mablag‘lar, sotish xarajatlarini chegirgan holda, ilmiy klaster obyektlarini qurish uchun “O‘zkimyosanoat” AJga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan ssudani yoki jalb qilinadigan kreditlarni qoplashga maqsadli yo‘naltiriladi; mazkur mablag‘lar yetmagan qismi bo‘yicha ilmiy klaster binolarining tijorat maydonlarini sotish va ijaraga berishdan tushadigan mablag‘lar hamda “O‘zkimyosanoat” AJ mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan ssudani yoki jalb qilinadigan kreditlarni qoplash uchun qo‘shimcha manba hisoblanadi. “O‘zkimyosanoat” AJ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyunga qadar ilmiy klaster doirasida qurilgan yangi obyektlarga ko‘chirish ishlari yakunlangandan so‘ng “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali joylashgan Toshkent shahar, Mirzo-Ulug‘bek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uy manzilidagi bino va inshootlar negizida kimyo sanoati uchun ixtisoslashtirilgan zamonaviy o‘rta maxsus ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. “O‘zkimyosanoat” AJ Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Direksiya bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar ilmiy klaster hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini barpo etish ishlarini boshlash uchun mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan moliyalashtirish manbalari bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar miqdorlari va moliyalashtirish mexanizmlarini belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin. 11. Toshkent viloyati hokimligi “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda O‘zbekiston — Koreya kimyo-texnologiya innovatsiya markazi ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti obyektlarini ilmiy klaster hududida qurish ishlari boshlangandan so‘ng “O‘zkimyosanoat” AJning murojaati asosida Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti-Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 28-yanvardagi 39-son qaroriga muvofiq “O‘zkimyosanoat” AJ va Koreya Respublikasining Eksimbanki o‘rtasida “Ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti — Kimyo texnologiyalari markazini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJga Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Choshtepa qishlog‘i manzili bo‘yicha ajratilgan 25,36 ga yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentiga, “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamaxmudov zimmasiga yuklansin.
127
13,185
Qonunchilik
Bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son “Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 8-fevraldagi 01-02/8-4-son qarori (ro‘yxat raqami 2868, 2017-yil 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 176-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandda: uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga BQDni o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BQDni to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;”; to‘rtinchi xatboshidagi “mutaxassisning” degan so‘z “deklaratsiyalovchi shaxsning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 2-bandda: beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ikkinchi nusxa — deklaratsiyalovchi shaxs uchun;”; yettinchi xatboshidagi “mutaxassis” degan so‘z “deklaratsiyalovchi shaxs” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mutaxassisni” degan so‘z “deklaratsiyalovchi shaxsni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. BQD qog‘oz shaklda taqdim etilganda, BQDning biror bir grafasida bayon etilayotgan ma’lumotlarni ko‘rsatish uchun joy yetarli bo‘lmasa, ushbu ma’lumotlar BQDning orqa tomonida yoki qo‘shimcha ilova qilinadigan, BQDning ajralmas qismi bo‘lgan varaqlarda ko‘rsatilishi mumkin. Bunday yozuv deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi, tegishli grafada esa “BQDning orqa tomoniga qarang” yoki “qo‘shimcha varaqqa qarang” yozuvi qayd etiladi.”. 5. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2a, 2b, 3, 4, 5, 6, 7a, 7b, 8a, 8b, 9a, 9b, 10a, 10b, “Tovar №”, “Tovar kodi”, 11a, 11b, 12, 13a, 13b, 14, 15, 16, 17a, 17b, 17v, 18, 19, 20, 21, 22, 23a, 23b, 24 “Qo‘shimcha ma’lumotlar”, “Imzo”.”. 6. 14-bandda: a) birinchi xatboshidagi “Mutaxassis” degan so‘z “Deklaratsiyalovchi shaxs” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 3-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3) 2b-grafa. “Deklaratsiyalovchi shaxs”. Grafada BQD-1ni to‘ldirgan va bojxona organiga taqdim etayotgan deklaratsiyalovchi shaxsning qisqacha nomi ko‘rsatiladi.”; v) 15-kichik bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Grafada 2b-grafada ko‘rsatilgan shaxs nomidan BQD-1ni taqdim etayotgan joy va sana, shuningdek deklaratsiyalovchi shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va har birining oldiga ularning tartib raqami qo‘yiladi):”; uchinchi xatboshidagi “mutaxassisning” degan so‘z “deklaratsiyalovchi shaxsning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “BQD-1da bayon etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, elektron BQD-1 da deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakldagi BQD-1da deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.”. 7. 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “15. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi grafalar to‘ldiriladi: 1, 2a, 2b, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, “Tovar №”, “Tovar kodi”, 11, 12, 12a — 12d, 13, 13a, 13b, 14, 14a — 14d, 15, 16, 17, 17a, 17b, 18a, 18b, 19, 20, 21, 22, 23a, 23b, 24, “Qo‘shimcha ma’lumotlar”, “Imzo”.”. 8. 17-bandda: birinchi xatboshidagi “Mutaxassis” degan so‘z “Deklaratsiyalovchi shaxs” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 10-kichik bandning ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi “mutaxassis” degan so‘z “deklaratsiyalovchi shaxs” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 31-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “31) “Imzo” grafasi. Ma’lumotlarning to‘g‘riligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.”. 9. 18-bandda: a) birinchi xatboshidan “, muhr” degan so‘z chiqarib tashlansin; b) 34-kichik bandning uchinchi xatboshisidagi va 38-kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “mutaxassis” degan so‘z “deklaratsiyalovchi shaxs” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; v) 45-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “45) “Imzo” grafasi. Ma’lumotlarning to‘g‘riligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.”; g) 48-kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “5 va u asosdagi 6-usullar” degan so‘zlar “5-usul” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 57-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “57) “Imzo” grafasi. Ma’lumotlarning to‘g‘riligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.”; e) 59-kichik bandda: beshinchi xatboshidagi “1-usulni qo‘llash uchun belgilangan talablarga” degan so‘zlar “taqdim etilgan ma’lumotlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “B bo‘limda “Qo‘shimcha hisoblar: “A” bo‘limiga kiritilmagan, milliy valyutadagi xarajatlar” bojxona organlari ixtiyorida mavjud bo‘lgan ma’lumotlari asosida bojxona qiymatini hisoblash uchun asosga qo‘shimcha hisoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.”; j) 60-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “60) “Imzo” grafasi. Ma’lumotlarning to‘g‘riligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qog‘oz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.”. 10. 1 va 2-ilovalardan “, muhr” degan so‘z chiqarilib tashlansin. 11. 3-ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 1. Bojxona qiymati 1-usul bo‘yicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) majburiy tartibda: Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi tomonidan biriktirilgan tashqi savdo kontraktining (shartnoma, kelishuv) identifikatsiya raqami; hisobvaraq-faktura (invoys). b) tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304 va 305-moddalariga asosan ma’lum qilingan narxga tuzatishlar kiritish lozim bo‘lganda: sug‘urta hujjatlari; tovarning tashish va (yoki) yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga to‘kish bo‘yicha shartnomasi (transport ekspeditsiya shartnomasi), tovarni tashishga, yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga to‘kishga hisobvaraq-faktura (invoys), bank hujjatlari (agar hisobvaraq-faktura (invoys) to‘langan bo‘lsa), transport tariflari to‘g‘risidagi hujjatlar (ma’lumotlar) yoki tashish qiymatini aks ettiruvchi buxgalterlik hujjatlari (agar sotib oluvchi o‘zining transportida tovarni tashishni amalga oshirgan bo‘lsa); vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma (vositachilik shartnomasi, brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma), vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish uchun hisobvaraq-faktura (invoys), bank to‘lov hujjatlari; litsenzion va (yoki) mualliflik kelishuvi, hisobvaraq-faktura (invoys), bank to‘lov hujjatlari, olib kelinayotgan (olib kelingan) tovarga taalluqli bo‘lgan intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buxgalterlik va boshqa hujjatlar; olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan sotuvchiga bevosita yoki bilvosita o‘tadigan tushumning istalgan qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat (shu jumladan, buxgalterlik) va ma’lumotlar; konteyner va (yoki ko‘p marta ishlatiladigan boshqa idishlarning, o‘rov-joylov materiallarining va o‘rash-joylash ishlarining, agar mazkur xarajatlar sotib oluvchi tomonidan amalga oshirilgan, biroq olib kiriladigan tovar uchun amalda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan narxga qo‘shilmagan qiymati to‘g‘risidagi shartnomalar, hisobvaraqlar, bank to‘lov hujjatlari; sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga muayyan tovar turkumi uchun chegirma berish asosini, ularning miqdorini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar. v) bojxona organlari qo‘llaydigan xavfni boshqarish tizimi tomonidan o‘rta yoki yuqori ko‘rsatkichga ega xavf darajasi aniqlangan hollarda: baholanayotgan tovarni yetkazib berilishiga aloqador bo‘lgan uchinchi shaxslar bilan kontraktlar; baholanayotgan tovarni yetkazib berilishiga aloqador bo‘lgan uchinchi shaxslar uchun to‘lov hisoblari; baholanayotgan tovar O‘zbekiston Respublikasiga reeksport qilinayotgan hollarda, erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi. 2. Bojxona qiymati 2 yoki 3 usul bo‘yicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) majburiy tartibda bojxona organi tomonidan qabul qilingan va bojxona qiymati 1-usul bo‘yicha aniqlangan holda chiqarilgan aynan bir xil va o‘xshash tovarlarga tegishli bo‘lgan bojxona deklaratsiyasi; b) qiymatga tuzatishlar kiritish amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hollarda: tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) va unga qo‘shimcha kelishuvlar; hisobvaraq-faktura (invoys). tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjat va ma’lumotlar. 3. Bojxona qiymati 4-usul bo‘yicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida baholanayotgan, aynan bir xil va o‘xshash tovarlarni sotilganligi to‘g‘risidagi shartnomalar; b) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida o‘sha klassdagi va turdagi tovarlarni sotishda qo‘yilgan hisobvaraq-faktura (invoys); v) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarni olib kirish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aks ettiruvchi hisobvaraq-faktura, bank hujjatlari (agar hisobvaraq-fakturalar to‘langan bo‘lsa), buxgalterlik hujjatlari (vositachi haqlari to‘g‘risida, tijorat xarajatlari, tashish xarajatlari, sug‘urta, yuklash va tushirish ishlari, olinadigan daromad); g) baholanayotgan tovarga ishlov berish natijasida qo‘shilgan qiymat to‘g‘risidagi hujjat va ma’lumotlar, agar bunday tovar unga keyinchalik ishlov berilgandan keyin sotilayotgan bo‘lsa: ishlov berish bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatish shartnomasi, buyurtmachiga ijrochi tomonidan qo‘yilgan hisobvaraq-faktura (invoys), ushbu shartnomani to‘lash bo‘yicha bank hujjatlari, ishlov berish qiymati to‘g‘risida buxgalterlik hujjatlari (kalkulatsiya); d) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarlarni olib kirish va (yoki) sotish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasida bojxona boji, soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatlar. 4. Bojxona qiymati 5-usul bo‘yicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar hamda materiallarni sotib olish va (yoki) baholanayotgan tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari, shuningdek, baholanayotgan (olib kiriladigan) tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa operatsiyalar, shu jumladan, idish va o‘rash-joylash uchun qilingan xarajatlar, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlari ishlab chiqaruvchi to‘laganligi umume’tirof etilgan buxgalterlik hisobi tamoyillariga muvofiq tuzilgan baholanayotgan tovar ishlab chiqaruvchisining tijorat hisobvaraqlari; b) ishlab chiqaruvchi va (yoki) eksportyorning baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni o‘sha mamlakatda ishlab chiqarilgan, ayni o‘sha klassdagi va turdagi tovarni O‘zbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda va O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 312-moddasi “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari; v) tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlariga muvofiq sug‘urta hujjatlari; g) tashish uchun hisobvaraq-faktura (invoys) (tashish xarajatlari kalkulatsiyasi), O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyiga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.”.
110
13,250
Qonunchilik
Import qilingan tovarlar harakati qanday monitoring qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 16.05.2019 yildagi 410-son qarori bilan olib kirilgan tovar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojхona toʻlovlari boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida meхanizm tasdiqlandi. Hujjatning amal qilishi respublikamiz hududiga tovarlarni import qiluvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tatbiq etiladi. Monitoring bojхona va soliq хizmati organlari, shuningdek «Oʻzstandart» agentligi ishtirokida koʻp bosqichli tizim boʻyicha amalga oshiriladi. Bojхona organlari import qilingan tovar bojхonada rasmiylashtirilgandan soʻng 3 kun muddatda idoralararo aхborot almashinuvi orqali quyidagilarni taqdim etadi: Soliq organlari olingan ma’lumotlar asosida oʻz ma’lumotlar bazasida har bir import qiluvchi boʻyicha nazorat kartochkalarini yuritadi. Ularning faoliyati esa soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish хavfi: yuqori, oʻrtacha va past darajasidan kelib chiqib maхsus dastur orqali avtomatik tarzda tahlil qilinadi va baholanadi. Huquqbuzarlik sodir etish хavfi past boʻlgan import qiluvchilar nazoratdan chiqariladi. Huquqbuzarlik sodir etish хavfi yuqori va oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar esa kameral nazoratdan oʻtkaziladi. Uning natijasiga koʻra soliq hisobotlarida tafovutlar mavjudligi aniqlansa, bu haqda soliq toʻlovchiga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Soliq kodeksining 70-moddasida belgilangan tartibda talabnoma yuboriladi. Bu 1 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.  Soliq toʻlovchi taqdim etgan aхborotning ishonchliligini hamda soliq va bojхona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga chiqqan holda mavzuli ekspress-oʻrganish oʻtkaziladi (7 kalendar kungacha). Yuqorida koʻrsatilgan nazorat tadbirlari oʻtkazilgandan soʻng 3 ish kuni ichida soliq organlari materiallarni quyidagilarga yuboradilar: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.05.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
60
1,948
Qonunchilik
Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlarining 3-bandiga asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 10-oktabrdagi 01-339-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520, 2013-yil 31-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 44-son, 582-modda) bilan tasdiqlangan Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Test sinovlarida ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, o‘qituvchining istagiga ko‘ra amalga oshiriladi. Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati bo‘yicha S1 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) sertifikati bo‘yicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) (IBT) sertifikati bo‘yicha 110 ball va undan yuqori ballga, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplôme approfondi de langue française), DELE (Diplomas de Español como Lengua Extranjera) sertifikatlari bo‘yicha S1 darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida test sinovidan o‘tishlari talab etilmaydi.”. 2. 4-bandda: uchinchi xatboshidagi “75” degan raqam “60” degan raqam bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin; oltinchi xatboshidagi “45” degan raqam “60” degan raqam bilan almashtirilsin. 3. 6-band “orqali” degan so‘zdan keyin “har yili aprel va noyabr oylarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 4. 12-banddagi “muassasalarining xodimlari shartnoma asosida” degan so‘zlar “tizimidan mutaxassislar Davlat test markazi vakili,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 5. 14-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Test sinovlariga uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi, xizmat safarida bo‘lganligi va h.k.) kelmagan o‘qituvchilar uzrli sabab yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan taqdirda, test sinovlarini topshirish uchun to‘lov undirilmagan holda umumiy asoslarda qayta murojaat qilishlari mumkin.”. 6. 16-banddagi “chet tilini o‘qitish metodikasi,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 7. 18-banddagi “3” degan raqam “bir” degan so‘z bilan almashtirilsin. 8. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20. Tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlaridan ixtiyoriy biri bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 40 foizidan kam ball to‘plagan o‘qituvchining yozma ishi tekshirilmaydi, yozma ishi tekshirilmagan yoki yozish bo‘limi bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 50 foizidan kam ball to‘plagan o‘qituvchi test sinovining 2-bosqichiga qo‘yilmaydi.”. 9. 23-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Gapirish bo‘limi bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun ichida barcha bo‘limlar bo‘yicha test sinovi natijalari Davlat test markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi.”. 10. 24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “24. Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilarga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda maxsus raqamlangan blankada rasmiylashtiriladigan Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnomalar test sinovi natijasi e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida Davlat test markazi tomonidan ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlariga yoki o‘qituvchining o‘ziga beriladi. 25. Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida ma’lumotnomaning haqiqiyligi unda ko‘rsatilgan o‘qituvchining maxsus kodi yordamida Davlat test markazining rasmiy sayti orqali tekshirilishi mumkin. Ma’lumotnoma barcha turdagi ta’lim muassasalari uchun bir xil kuchga ega.”. 11. 26-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Apellatsiya shikoyatini yozish uchun o‘qituvchiga test materiallari (savollar kitobining asli, javoblar varaqasining nusxasi, o‘qituvchi tomonidan belgilangan noto‘g‘ri javoblar ro‘yxati, yozma ishning nusxasi, gapirish bo‘limi bo‘yicha berilgan savollar) beriladi. Apellatsiya shikoyatida o‘qituvchi aniq asoslangan e’tirozlarini ko‘rsatishi lozim. Test sinovlarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan tartibni buzish holatlari yuzasidan apellatsiya shikoyati test sinovining tegishli bosqichi o‘tkazilgan kuni berilishi lozim.”. 12. 29-bandda: “hamda chet tilini o‘qitish metodikasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; “50” degan raqam “40” degan raqam bilan almashtirilsin. 13. 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “30. Test sinovlarining tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 40 foizini, gapirish va yozish bo‘limlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 50 foizini to‘plagan o‘qituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan deb hisoblanadi. O‘qituvchining Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati bo‘yicha S1 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) sertifikati bo‘yicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) (IBT) sertifikati bo‘yicha 110 ball va undan yuqori ballga, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplôme approfondi de langue française), DELE (Diplomas de Español como Lengua Extranjera) sertifikatlari bo‘yicha S1 darajasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjati Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma o‘rnida qabul qilinadi.”. 14. 33-band “o‘tmagan” degan so‘zdan keyin “yoki testda ishtirok etish uchun ariza berib, test sinovida uzrsiz sabablarga ko‘ra qatnashmagan yoxud test sinoviga kechikib kelgan hamda test sinovidan chetlashtirilgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 15. 35-band “bekor qilish” degan so‘zlardan keyin “yoki boshqa intizomiy jazo chorasi qo‘llash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 16. 3-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq shaklda bayon etilsin. 17. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
190
6,978
Qonunchilik
Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatimiz shaharlari va aholi punktlari qiyofasini tubdan o‘zgartirish, arxitekturaviy rejalashtirgan holda qurishni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish hisobiga uy-joy fondining holatini qat’iyan yaxshilash, uy-joylarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish bo‘yicha pudrat ishlarini yanada kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar va tumanlarda uy-joy fondi obyektlarini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rejalashtirish, bezash, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Quyidagilar yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurish tashkilotlarining asosiy vazifalari etib belgilansin: aholi, yuridik shaxslar va yagona buyurtmachi xizmatlari bilan shartnoma asosida, foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joylarni qayta rejalashtirish, bezash, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va qurish, shu jumladan kelgusida yangi mulkdorlarga, birinchi navbatda yosh oilalarga berish va kimoshdi savdolariga qo‘yish uchun eskirgan va egasiz uy-joylarni tiklash bo‘yicha ishlarning butun kompleksini amalga oshirish; uy-joylarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida mukammal va joriy ta’mirlashni, shu jumladan tomlarni ta’mirlash, uylar ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini almashtirish va ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish; yuqori darajada eskirgan ko‘p qavatli uy-joylarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda uning xavfsizligini, qurilish qiymati arzonlashtirilishini va qurish siklining davom etish muddatini qisqartirishni ta’minlaydigan yangi ilg‘or texnologiyalarni zamonaviy rejalashtirish yechimlaridan, qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalangan holda qo‘llash; daha ichidagi eskirgan uy-joy muhandislik tarmoqlarini almashtirish va turar joylarga qayta qurish, shu jumladan turar joy fondining uylari oldidagi hududda landshaft loyiha yechimlaridan foydalangan holda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish; aholini, birinchi navbatda yoshlarni qurilish mutaxassisliklari bo‘yicha yangi ish o‘rinlari tashkil etish asosida turar joy sharoitlarini yaxshilash va uy xo‘jaligini yuritish jarayonlariga faol jalb etish. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda: har bir shahar va qishloq tumanida xususiy mulk shaklidagi yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini; mavjud foydalanilmayotgan turar joy binolari, shu jumladan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish bazasi investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga belgilangan tartibda tekinga yoki imtiyozli asosda uzoq muddatli ijaraga berilishini ta’minlasinlar; zarur inventar, qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiyalash vositalari bilan ta’minlashda, shuningdek qurilish kasblarini egallagan va ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan malakali ishchilar va muhandis-texnik kadrlar bilan ta’minlashda yordam bersinlar. 3. Yangidan tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan yakka tartibda uy-joy qurish doirasida ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hajmlari bo‘yicha pudrat tashkilotlari 2017-yilning 1-yanvarigacha: soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod qilinsin, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bundan mustasno; Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiyalash vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi uy-joy fondini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash uchun, ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga birja kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida yetkazib berish uchun zarur hajmda sement, metall prokati, asbotsement plitalar (shifer) va boshqa qurilish materiallari ajratishni nazarda tutsinlar. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: ikki oy muddatda uy-joy fondini, ularning idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, foydalanilmayotgan avariya holatidagi va eskirib ketgan uy-joylarni, ko‘p kvartirali uylardagi bo‘sh turgan xonalarni, shu jumladan yotoqxonalar va qurilishi tugallanmagan obyektlarni aniqlash maqsadida yalpi xatlovdan o‘tkazsinlar hamda ular bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq, ularni mahalliy davlat hokimiyati organlariga berishni nazarda tutgan holda zarur qarorlar qabul qilsinlar; xatlov yakunlari bo‘yicha bir oy muddatda eskirib ketgan, avariya holatidagi va bo‘sh turgan uy-joylarni, shuningdek bo‘sh turgan yotoqxonalar va qurilishi tugallanmagan obyektlarni, moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda, yashash uchun sanitariya normalariga va foydalanish qoidalariga javob beradigan zamonaviy uy-joylarga (xonadonlarga) qayta rejalashtirishni hisobga olib, Uy-joy fondini kapital rekonstruksiya qilish va ta’mirlash dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2009-yil 1-iyulgacha respublikaning har bir tumani va shahrida aholining ehtiyojiga va uy-joy fondi obyektlari bo‘yicha ta’mirlash-qurilish hajmlariga qarab qurilish materiallarining joriy birja kotirovkalaridan oshmaydigan narxlar bo‘yicha aholiga qurilish va pardozlash materiallarini sotish yuzasidan ana shu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning ixtisoslashtirilgan firma do‘konlari tashkil etilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
204
6,956
Qonunchilik
Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda xizmat yengil avtomobillaridan foydalanishni yanada tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 26-may
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-son hamda “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qarorlariga muvofik Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshkaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda yengil xizmat avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2011-yil 26-maydagi 153-son karorining rus tilidagi matnida 1-ilovaning 111-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat kilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
250
1,309
Qonunchilik
YO‘LOVChILAR VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLARNING XODIMLARIGA VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN XUSUSIY TADBIRKORLARGA QO‘YILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI N
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom”ga asosan buyuraman: 1. “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risidagi nizom”ga (2006-yil 5-oktabr, ro‘yxat raqami 1626 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 403-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
250
884
Qonunchilik
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 24-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman: 1. “Birja savdolarida oqishoqni sotish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 1354, 2004-yil 12-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi BU-1-7/6-3427-5-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK va Tovar xomashyo birjasining 2004-yil 14-apreldagi 31, 01/24-23, 62, 451 va 42-01/193-son “Birja savdolarida oqishoqni sotish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1354, 2004-yil 12-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin. 3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin. 4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
75
2,029
Qonunchilik
Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri to‘g‘risidagi nizomning 40-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 4-martdagi 2009-18-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri to‘g‘risidagi nizom 40-bandining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
139
1,086
Qonunchilik
MILLIY KINOLOGIYa MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi bojxona va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarining kinologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasi tarkibida Milliy kinologiya markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Milliy kinologiya markaziga umumiy rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasiga yuklansin. 2. Quyidagilar Milliy kinologiya markazining asosiy vazifalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarning kinologiya xizmatlarini uslubiy ta’minlash; malakali kinolog-mutaxassislar tayyorlash; bojxona organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi bo‘linmalari, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xizmat itlarini nasliga qarab tanlash va o‘rgatish. 3. Milliy kinologiya markaziga 1-ilovaga muvofiq 19 ta, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasining kinologiya xizmatiga 2-ilovaga muvofiq 29 ta shtat ajratilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasi bir oy muddatda: Milliy kinologiya markazi to‘g‘risida Nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Milliy kinologiya markazi hamda Bosh bojxona boshqarmasi kinologiya xizmatini kadrlar, zarur asbob-uskunalar, texnik vositalar bilan butlasin, shuningdek nasldor itlar xarid qilsin (1, 2, 3-ilovalar*). 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasiga ushbu qarorni amalga oshirish uchun budjetdan zarur mablag‘lar ajratsin. 7. «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining joriy yil II yarim yilligi hamda 1997-yilgi investitsiya dasturi prognozlarida Milliy kinologiya markazi qurilishini tugallash uchun moliyaviy ta’minlash manbalarini aniqlagan holda kapital qo‘yilmalarning zarur limitlarini nazarda tutsinlar. 8. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksionerlik kompaniyasi hamda «Toshshaharyo‘lovchitrans» davlat uyushmasi Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasiga hisobdan chiqarilganlaridan o‘quv maqsadlari uchun maketlar sifatida foydalanish uchun tegishli asbob-uskunalari bilan samolyotlar, vagonlar va yuk avtomobillarini tekinga ajratsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Milliy kinologiya markazini belgilangan tartibda telefon aloqasi bilan ta’minlasin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
53
2,781
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari; Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi; Agentlikning huquqlari va javobgarligi, o‘z tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi; Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligi; Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari; Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi bir oy muddatda: ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomdan kelib chiqib Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi. 2. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 3. Agentlik o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Turizm va madaniy meros vazirligi) bo‘ysunadi, Turizm va madaniy meros vaziriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 4. Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) o‘z faoliyatida bevosita Agentlikka bo‘ysunadi va hisobot beradi. 5. Agentlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, Turizm va madaniy meros vazirining qarorlari hamda buyruqlariga asosan amalga oshiradi. 6. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 7. Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga egadir. 8. Agentlikning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi; qisqartirilgani nomi — Madaniy meros agentligi; b) rus tilida: to‘liq nomi — Agentstvo kulturnogo naslediya pri Ministerstve turizma i kulturnogo naslediya Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgani nomi — Agentstvo kulturnogo naslediya; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Agency of sultural heritage under the Ministry of tourism and sultural heritage of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgani nomi — Agency of sultural heritage. 9. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uy, 100017. 10. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi: Agentlikning markaziy apparati; hududiy boshqarmalar; O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi, I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston zamonaviy san’ati muzeyi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari tarixi va madaniyati davlat muzeylari, Termiz arxeologiya muzeyi, Angren shahar tarixi muzeyi, Chirchiq shahar tarixi muzeyi, Olmaliq shahar o‘lkashunoslik muzeyi, Oqqo‘rg‘on tumani tarix-o‘lkashunoslik muzey-memoriali; “Buxoro”, “Shahrisabz”, “Samarqand”, “Termiz”, “Qo‘qon”, “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonalari; Yangiyo‘l shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi, Abdulla Qahhor uy-muzeyi, G‘afur G‘ulom uy-muzeyi, Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi, Oybek uy-muzeyi, Sergey Borodin uy-muzeyi, Sergey Esenin muzeyi, Tamaraxonim uy-muzeyi, O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi, Yunus Rajabiy uy-muzeyi, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi, Abdulla Qodiriy memorial muzeyi; Samarqand arxeologiya instituti (“Arxeologik topilmalar fondi” noyob ilmiy obyekti bilan); Registon ansamblini ta’mirlash va undan foydalanish direksiyasi, “O‘zbek — turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi” direksiyasi, Abu Muin Nasafiy majmuasini boshqarish va obodonlashtirish direksiyasi; “Moziydan sado” jurnali tahririyati. 11. Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida: moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ‘ib qilish, davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash hamda moddiy madaniy meros sohasida davlat nazoratini amalga oshirish; moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, shu jumladan, ularni davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish, moddiy madaniy meros sohasini raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish, uzluksiz ravishda ilmiy-texnik nazorat qilish, tarixiy-madaniy ekspertiza va loyiha-smeta hujjatlarining tarixiy-madaniy qimmatga ta’siri bo‘yicha ekspertizasini amalga oshirish; b) muzeylar sohasida: milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini milliy muzey fondi tarkibiga kiritish, undan chiqarish, universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish hamda muzey sohasida davlat nazoratini amalga oshirish; muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish, muzey xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyadan o‘tkazish, muzeylarning toifalarini belgilash, milliy muzey fondining ochiqligini ta’minlash va muzey ashyolari hamda muzey kolleksiyalarini o‘rganish, ommalashtirish, restavratsiya va asrashga doir ishlarni amalga oshirish; v) alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sohasida: alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, ularning pasporti, boshqarish rejalari, rejimi, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash, ushbu hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish; tarixiy joylarni Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritishga tavsiya etish, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya talablari, YUNESKO, Umumjahon merosi markazi, Umumjahon merosi qo‘mitasi tavsiyalarining mamlakat hududida bajarilishini nazorat qilish; g) arxeologiya sohasida: arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, arxeologiya tadqiqoti uchun ruxsatnoma berish, ilmiy hisobotni ekspertizadan o‘tkazish va uning saqlanishini ta’minlash; Arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya ashyolarining davlatga topshirilishini tashkil qilish hamda fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qo‘yish va tasarrufdan chiqarish; arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, halokat yoqasidagi arxeologiya obyektlarida zudlik bilan tadqiqot o‘tkazilishini ta’minlash, arxeologiya obyektlarini konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarini yaratish; d) mamlakatimiz va xorijdagi madaniy boyliklar sohasida: madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi bo‘yicha sertifikat berish va realizatsiya qilishni muvofiqlashtirish, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish, ularning toifasini aniqlash, davlat reyestrini yuritish, madaniy boyliklar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish; mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish, muntazam yangilab borish hamda asl yoki ko‘chirma nusxalari, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish; ilmiy o‘rganish asosida olingan ilmiy ma’lumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik to‘plamlar, kataloglar, kitob-albomlar, axborot byulletenlari va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etish, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish. 12. Agentlik o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq ushbu paragrafda belgilangan funksiyalarni bajaradi. 13. Agentlik moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida: a) moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ‘ib qilish, davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha: tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni aniqlaydi, ularni hujjatlashtiradi va davlat hisobiga oladi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari toifalarini belgilaydi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzadi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestrini yuritadi; tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestriga kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taklif kiritadi; jisman to‘la yo‘qotilgan yoki madaniy meros ko‘chmas mulk obyekti sifatida o‘z qimmatini yo‘qotgan madaniy meros ko‘chmas mulk obyektini moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari elektron katalogini yuritadi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari pasportini shakllantiradi va yangilab boradi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari davlat kadastrini yuritadi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari davlat kadastri axborotini tizimga soladi, saqlaydi va yangilab boradi; Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etadi; foydalanuvchilarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari davlat kadastriga oid axborot bilan ta’minlaydi; moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat dasturlari, chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari holati monitoringini amalga oshiradi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida muhofaza belgilari o‘rnatilishini tashkil qiladi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari qo‘riqlanadigan tegralarining loyihalari ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda tasdiqlaydi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan aholi punktlarining bosh rejalari loyihalarini ko‘rib chiqadi va ularga xulosa beradi; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan topilgan daromadlar va ularning sarflanishiga oid ma’lumotlarni tegishli subyektlardan so‘rab oladi hamda ularga ushbu mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma beradi; moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, targ‘ib qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlaydi; moddiy madaniy meros obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestrini hamda davlat reyestridan chiqarilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi tegishli ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari, Agentlikning rasmiy veb-saytida va boshqa axborot vositalarida e’lon qiladi; ommaviy axborot vositalari, internet saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda maxsus sahifalar tashkil etadi va ularga moddiy madaniy meros obyektlariga oid materiallarni joylashtirib boradi; ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan sohaga oid ma’lumotlarni tahlil qilib boradi va zarur hollarda ularga tegishli munosabat bildiradi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilishga jamoatchilik e’tiborini qaratishga xizmat qiladigan ommaviy tadbirlar, ko‘rik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi; olimlar, xalq ustalari, restavratorlar, ekspertlar bilan yaqin hamkorlik qiladi; moddiy madaniy meros, arxeologiya va muzey sohalari bo‘yicha ekspertlarning ro‘yxatini tuzadi va tasdiqlaydi; moddiy madaniy meros sohasida jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha jamoatchi inspektorlar yagona ro‘yxatini yuritadi; ta’mirshunoslik yo‘nalishidagi o‘ziga xos uslub, an’ana va maktablarni rivojlantirishga ko‘maklashadi; xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi, xalqaro va xorijiy tashkilotlarni jalb etadi; moliya institutlarining grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; sohaga oid xalqaro tajribalarni o‘rganadi va ularni joriy qilish bo‘yicha taklif tayyorlaydi; b) moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, shu jumladan, ularni davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish, sohani raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha: moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqaradi va ulardan foydalanishni tashkil qiladi; davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatini tuzadi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida berish shartlari, sheriklik, uning konsepsiyasi, bitimi hamda tender hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida berish bo‘yicha tender va tanlovlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi; investitsiya majburiyatlari, davlat-xususiy sheriklik shaklida ijaraga beriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlariga oid ma’lumotlar bazasini yaratadi, yangilab boradi va ochiq manbalarda e’lon qilib boradi; davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlaridan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilinishini ta’minlaydi; davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlariga har qanday salbiy ta’sirlarning oldini olish choralarini ko‘radi, uzluksiz ravishda davlat va ilmiy-texnik nazorat olib boradi; madaniy meros sohasini to‘liq raqamlashtiradi va sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etadi; madaniy meros obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi; madaniy meros obyektlarida davlat elektron xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va amaliyotga tatbiq etadi; moddiy madaniy meros obyektlari to‘g‘risidagi maxsus elektron portalni yaratadi, amaliyotga joriy etadi, uni moddiy madaniy meros obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiradi; maxsus elektron portalni davlat elektron xizmatlari va Davlat kadastrlari yagona tizimi bilan integratsiya qiladi; bo‘sh turgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlaydi va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; bo‘sh turgan va foydalanish mumkin bo‘lgan, shu jumladan, ijaraga beriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlariga oid ma’lumotlar bazasini yaratadi, yangilab boradi va ochiq manbalarda e’lon qiladi; bo‘sh turgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining fizik va texnik holatini o‘rganadi, ulardan foydalanish mumkinligi yoki foydalanish mumkin emasligi bo‘yicha xulosa beradi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini tekin foydalanishga berish asoslanganligini ko‘rib chiqadi va xulosa beradi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini belgilangan tartibda ijaraga beradi; davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib berish asoslanganligini ko‘rib chiqadi va xulosa beradi; v) moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish, uzluksiz ravishda ilmiy-texnik nazorat qilish, tarixiy-madaniy ekspertiza va loyiha-smeta hujjatlarining tarixiy-madaniy qimmatga ta’siri bo‘yicha ekspertizasini amalga oshirish bo‘yicha: moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni, shu jumladan, konservatsiyalash, tuzatish, ta’mirlash, restavratsiya qilish, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek, ular bilan bog‘liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi; asrashga doir ishlar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari manzilli ro‘yxatini shakllantiradi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil etadi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni rejalashtiradi; asrashga doir ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishning barcha bosqichlarini ilmiy-texnik tadqiq etish uchun har bir obyektning o‘ziga xosligi va holatidan kelib chiqib ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari tuzadi; ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari a’zolari mehnatiga haq to‘laydi, bu bilan bog‘liq xarajatlarni asrashga doir ishlarni loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutadi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyiha-smeta hujjatlarini moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining tarixiy-madaniy qimmatiga ta’siri bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazadi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etadi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnomani Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) bilan kelishgan holda beradi; madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya beradi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishda buyurtmachi funksiyasini bajaradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son va “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qarorlariga asosan Ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari va Agentlikning Ilmiy-ekspert kengashining ijobiy xulosalari asosida Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiq moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi va uning mintaqaviy restavratsiya markazlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzadi; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun loyiha va pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzadi; asrashga doir ishlar moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining tarixiy-madaniy qimmati va noyobligiga putur yetkazmagan holda amalga oshirilishi bo‘yicha uzluksiz ilmiy-texnik nazorat qiladi; asrashga doir ishlarning moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari noyobligi va tarixiy-madaniy qimmatini saqlab qolgan holda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Restavratorlarning yangi texnologiyalarini joriy qilish hamda an’anaviy me’morchilik asoslari bo‘yicha malakasini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil etadi; asrashga doir ishlarni olib borishda zamonaviy texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llash, yangi materiallar va konstruksiyalarni joriy qilishni ta’minlaydi. 14. Agentlik muzeylar sohasida: a) milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini milliy muzey fondi tarkibiga kiritish, undan chiqarish, universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha: muzeylar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi va Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; Milliy muzey fondining davlat katalogini yuritadi; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda Milliy muzey fondi tarkibiga kiritadi; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda Inspeksiya bilan kelishgan holda Milliy muzey fondi tarkibidan chiqaradi; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda Inspeksiya bilan kelishgan holda tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish uchun maxsus ruxsatnoma beradi; nodavlat muzeylarga biriktirib qo‘yilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mulkdori oldiga ularning saqlash joyini o‘zgartirish yoki ularni tasarrufdan chiqarish to‘g‘risidagi masalani qo‘yadi; muzeylar faoliyati va Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishini nazorat qiladi, ularni saqlash sharoitlarini tekshiradi; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari haqida Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan so‘rovnomalar yo‘llaydi hamda axborot oladi; b) muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish, muzey xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyadan o‘tkazish, muzeylarning toifalarini belgilash, milliy muzey fondining ochiqligini ta’minlash va muzey ashyolari hamda muzey kolleksiyalarini o‘rganish, ommalashtirish, restavratsiya va asrashga doir ishlarni amalga oshirish bo‘yicha: muzeylar faoliyatini muvofiqlashtiradi, qo‘llab-quvvatlaydi va ularga zarur ilmiy-metodik yordam ko‘rsatadi, muzeyshunoslikni rivojlantiradi; muzeylarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq qiladi; muzeylarda davlat elektron xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va ularni amaliyotga tatbiq qiladi; muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni hamda attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi; Milliy muzey fondining ochiqligini ta’minlaydi; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini o‘rganish, ommalashtirish, restavratsiya qilish va asrashga doir ishlarni amalga oshiradi; muzeylarning toifalarini belgilaydi; muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi. 15. Agentlik alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar (keyingi o‘rinlarda — tarixiy-madaniy hududlar) sohasida: a) alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, ularning pasporti, boshqarish rejalari, rejimi, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash, ushbu hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish bo‘yicha: tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qiladi; tarixiy-madaniy hududlarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va ularni boshqaradi; tarixiy-madaniy hududlarning qo‘riqlanadigan tegralari va ularning chegaralariga rioya qilinishini nazorat qiladi; tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; tarixiy-madaniy hududlarning qo‘riqlanadigan tegralarining chegaralari loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; alohida tartibga solinishi lozim bo‘lgan va moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini belgilaydi; tarixiy-madaniy hududlar pasportlarining ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tasdiqlaydi; tarixiy-madaniy hududlar rejimi, qo‘riqlanadigan tegralari ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tasdiqlaydi; tarixiy-madaniy hududlar pasportlarining ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tasdiqlaydi; tarixiy-madaniy hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqadi va ularga xulosa beradi; tarixiy-madaniy hududlar pasporti, boshqarish rejalari, rejimi, qo‘riqlanadigan tegralari va chegaralariga rioya qilinishini nazorat qiladi; b) tarixiy joylarni Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritishga tavsiya etish, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya talablari, YUNESKO, Umumjahon merosi markazi, Umumjahon merosi qo‘mitasi tavsiyalarining mamlakat hududida bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha: tarix, san’at, fan, estetika, etnologiya yoki antropologiya nuqtai nazaridan har tomonlama beqiyos qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni (hududlarni) Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritishga O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi orqali tavsiya etadi; Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarning qo‘riqlanadigan tegralari chegaralarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda ularga rioya qilinishini nazorat qiladi; Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqadi, Inspeksiya bilan kelishgan holda tasdiqlaydi va ularga rioya qilinishini nazorat qiladi; Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqadi va ularga xulosa beradi; Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarning merosga bo‘lgan ta’sirini baholash hisobotlari tayyorlanishini tashkil qiladi; Umumjahon merosi ro‘yxatiga tavsiya etilgan va kiritilgan hududlarni (obyektlarni) Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya talablari, YUNESKO, Umumjahon merosi markazi, Umumjahon merosi qo‘mitasi tavsiyalari mamlakat hududida bajarilishini tashkil qiladi va nazorat qiladi; tarixiy-madaniy hududlar, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish choralarini ko‘radi. 16. Agentlik arxeologiya sohasida: a) arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, arxeologiya tadqiqoti uchun ruxsatnoma berish, ilmiy hisobotni ekspertizadan o‘tkazish va uning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha: arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; arxeologiya tadqiqotlarini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi; arxeologiya ashyolarining o‘z vaqtida hisobga olinishi va davlatga topshirilishini nazorat qiladi; arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlaydi, muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi; fan, madaniyat va ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan arxeologiya tadqiqotlarini nazorat qiladi; arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish uchun ruxsatnoma beradi; arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish uchun ruxsatnoma beradi; arxeologiya tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy hisobotlarni qabul qiladi, ekspertizadan o‘tkazadi, ilmiy hisobotlarni yig‘adi va ularning idoraviy arxivda saqlanishini ta’minlaydi; arxeologiya sohasida ilmiy jamoatchilik kengashini tuzadi va uning faoliyat olib borishini ta’minlaydi; arxeologiya sohasida ilmiy jamoatchilik kengashining xulosalarini inobatga olib arxeologning professional darajasini tasdiqlash uchun ochiq varaq beradi; arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi; arxeologiya yodgorliklarining elektron bazasini yaratadi va uni muntazam yangilab boradi; b) arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya ashyolarining davlatga topshirilishini tashkil qilish hamda fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qo‘yish va tasarrufdan chiqarish bo‘yicha: Arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritadi; arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro‘yxatdan o‘tkazadi; arxeologiya ashyolarining davlatga topshirilishini tashkil qiladi; arxeologiya ashyolarini fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qo‘yadi; Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro‘yxatdan o‘tkazilgan arxeologiya ashyolarini Inspeksiya bilan kelishgan holda tasarrufdan chiqarish to‘g‘risida qaror (buyruq) qabul qiladi; v) arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, halokat yoqasidagi arxeologiya obyektlarida zudlik bilan tadqiqot o‘tkazilishini ta’minlash, arxeologiya obyektlarini konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarini yaratish bo‘yicha: arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qiladi; halokat yoqasidagi arxeologiya obyektlarida zudlik bilan tadqiqot o‘tkazilishini ta’minlaydi; arxeologiya obyektlarini konservatsiya qiladi, muzeylashtiradi hamda arxeologiya parklarini yaratadi. 17. Agentlik mamlakatimiz va xorijdagi madaniy boyliklar sohasida: a) madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi bo‘yicha sertifikat berish va realizatsiya qilishni muvofiqlashtirish, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish, ularning toifasini aniqlash, davlat reyestrini yuritish, sohada davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha: madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibda madaniy boyliklar sirasiga kiruvchi ashyolarning toifasini aniqlaydi; madaniy boyliklarning olib chiqilishi, vaqtincha olib chiqilishi mumkinligi to‘g‘risida qaror (buyruq) qabul qiladi; madaniy boyliklar, shu jumladan, olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan, shuningdek, vaqtincha olib chiqilayotgan va vaqtincha olib kirilayotgan madaniy boyliklar davlat reyestrini yuritadi; “olib chiqiladi”, “vaqtincha olib chiqiladi” deb e’lon qilingan, shuningdek, vaqtincha olib chiqilganidan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi; madaniy boyliklarning olib chiqilishi va vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikat beradi; ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib oladi, ularni badiiy ekspertizadan o‘tkazadi hamda ulardan foydalanishni belgilaydi; madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi nazorat qiladi; madaniy boyliklarning kimoshdi savdosiga (auksionga) qo‘yilishini kelishadi, madaniy boyliklarni realizatsiya qilishini muvofiqlashtiradi; madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi to‘g‘risida xaridorning yozma ravishda ogohlantirilishini ta’minlaydi; ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib olish, ularni badiiy ekspertizadan o‘tkazish hamda ulardan foydalanilishini tashkil qiladi; b) mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish, muntazam yangilab borish hamda asl yoki ko‘chirma nusxalari, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish bo‘yicha: mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlaydi, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasi — reyestrini yaratishni va uni muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi; mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga doir madaniy boyliklarga oid tarixiy eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib keladi; tegishli ilmiy muassasa hamda markazlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid yurtimizga olib kelingan madaniy boyliklarni aks ettiruvchi eksponatlarning asl yoki ko‘chirma nusxalari, foto va videotasvirlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni aniqlaydi, ular saqlanayotgan tashkilotlar bilan ilmiy aloqalar o‘rnatadi hamda mazkur boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan xorijdagi mutasaddi muassasa va tashkilotlarni aniqlash ishlarini amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda va uning yordamida chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘radi; v) ilmiy o‘rganish asosida olingan ilmiy ma’lumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik to‘plamlar, kataloglar, kitob-albomlar, axborot byulletenlari va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etish, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha: xorijdagi mamlakatimizning tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklar va ularning ilmiy tahlilini ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritish ishlarini tashkil etadi; ilmiy o‘rganish asosida olingan ilmiy ma’lumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik to‘plamlar, kataloglar, kitob-albomlar, axborot byulletenlari va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etadi, ommaviy axborot vositalarida keng yoritadi; xalqaro ilmiy, ilmiy-madaniy kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni tashkil etadi, shuningdek, xalqaro ilmiy va madaniy jurnallarning tahrir hay’atlari ishlarida ishtirok etadi; xorijiy ilmiy-madaniy va oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalarning xalqaro ilmiy grantlari jalb etilishini ta’minlaydi. 18. Agentlik o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: 1) Vazirlar Mahkamasiga o‘z faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni kiritish; 2) o‘z vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy bo‘lgan, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda qarorlarni qabul qilish; 3) Agentlik vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish; 4) davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida moddiy madaniy meros sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish; 5) qonunbuzilish holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; 6) moddiy madaniy meros sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish va ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; 7) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish; 8) malakali xorijiy mutaxassislarga Madaniy meros jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan mehnatiga haq to‘lash hamda belgilangan tartibda xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish; 9) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda malakali mutaxassislarni Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga shartnoma asosida ishga jalb etish; 10) boshqa davlat organlari va ularning mansabdor shaxslaridan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan, statistik ma’lumotlarni so‘rash va bepul olish; 11) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda tekshiruvlar o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini jalb etish; 12) tekshirish davomida aniqlangan holatlarni o‘rganish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda boshqa xodimlarini, shuningdek, jismoniy shaxslarni chaqirish, qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlari yuzasidan og‘zaki va yozma tushuntirishlar talab qilish; 13) Agentlikning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi, Turizm va madaniy meros vaziri, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalariga ko‘rib chiqish uchun kiritish; 14) Agentlikning tarkibiy bo‘linmalarida, hududiy boshqarmalar idoraviy mansub tashkilotlarda ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Agentlik tizimi xodimlari tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish va ularni minimallashtirish hamda profilaktikasini amalga oshirish; 15) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish; 16) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifoda etish; 17) o‘z vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish; 18) Agentlik faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish; 19) sohani rivojlantirishga oid dolzarb va istiqboldagi muammolar yechimini ishlab chiqish maqsadida, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishchi guruhlarni tuzish; 20) Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga arizalar va da’volarni kiritish; 21) o‘z vakolati doirasida moddiy madaniy meros sohasida ruxsat etuvchi hujjat asosida amalga oshiradigan yuridik shaxslarga aniqlangan qonunchilik talablari buzilishlarini bartaraf etishni yuklovchi ko‘rsatmalar berish; 22) Agentlikning va uning idoraviy mansub tashkilotlarining davlatga tegishli mol-mulkini o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida tekin foydalanish huquqi asosida bir tarkibiy bo‘linmadan boshqa tarkibiy bo‘linmaga o‘tkazish; 23) Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari tomonidan o‘z sohasida ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash; 24) moddiy madaniy meros bo‘yicha buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalarning muhokamasini tashkil etish va o‘tkazish; 25) o‘z vakolati doirasida ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish va uni qonunda belgilangan tartibda sudga yuborish; 26) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalarni ko‘rib chiqishda Turizm va madaniy meros vazirligi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarining hay’at majlislarida ishtirok etish; 27) usta-restavratorlarga malaka sertifikatlarini berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish; 28) o‘z vakolati doirasida xorijiy davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va saqlash; 29) qonunchilikda belgilangan tartibda Jamg‘armani shakllantirish; 30) Agentlik xodimlarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; 31) budjetdan tashqari mablag‘larni hamda Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari depozit hisobvaraqlarida joylashgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlarida milliy va xorijiy valyutada joylashtirish. Bunda mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromad Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari budjetdan tashqari hisobvaraqlariga ushbu daromadlar moddiy-texnik bazani takomillashtirishga, ijtimoiy rivojlantirishga, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishga hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan holda o‘tkaziladi; 32) Agentlik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tegishli tuzilmalarni tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek, ularning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash; 33) davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tekshiruv o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlarining elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish uchun xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududlariga va binolariga kirish. Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 19. Agentlik: o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi; Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida hamda samarali bajarilishi, prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari; o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi. 20. Agentlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: 1) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Agentlikning markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish; 2) davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga, shuningdek, sohaning barcha subyektlariga hamda ularning mulkdorlariga (balansda saqlovchilarga) sohasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; 3) tegishli ma’lumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish; 4) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarni davlat boshqaruvi organlaridan va tashkilotlaridan va ularning mansabdor shaxslaridan bepul so‘rash va olish; 5) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari ishtirokida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazish; 6) Agentlikning hududiy boshqarmalari, shuningdek, Agentlikning idoraviy mansub boshqa tashkilotlari rahbarlariga tezkor hal qilinishi talab etiladigan va Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish; 7) Agentlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, zarur bo‘lganda, Inspeksiya, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish; 8) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur bo‘lganda ularni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarish; 9) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini o‘rganish va tekshirish; 10) Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni ularning xohishiga ko‘ra hamda shartnoma asosida jalb etish; 11) moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasining yillik hamda istiqbolli rejalarini tasdiqlash va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash; 12) moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ogohlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish; 13) Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish; 14) qonunchilik hujjatlarida Agentlik tomonidan tartibga solinadigan sohadagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish; 15) Agentlikka yuklangan vazifalarni sifatli amalga oshirishda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini jalb etish; 16) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish. Agentlik markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 21. Agentlik markaziy apparati: Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; sohani rivojlantirish rejalari, kutilayotgan istiqboldagi va joriy ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha Agentlik bo‘limlarining faoliyatini tashkil etish; Agentlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish; Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi. 22. Quyidagilar Agentlik direktorining (keyingi o‘rinlarda — direktor) asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: 1) sohada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; 2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Turizm va madaniy meros vazirining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish; 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va chora-tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Turizm va madaniy meros vazirining topshiriqlarini bajarish; 5) o‘z o‘rinbosarlari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash; 6) Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, sohani rivojlantirish tendensiyalaridan kelib chiqib Agentlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi nazoratini ta’minlash; 7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; 8) Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarning xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; 9) Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish; 10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining nomenklaturasiga kiradigan vakant lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash; 11) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga muvofiq Agentlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlab chiqilishida, Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish; 12) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish; 13) o‘z vakolati doirasida qarorlar qabul qilish, zarur hollarda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar qabul qilish; 14) Agentlik rahbarlari va xodimlarining Vazirlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash; 15) o‘z o‘rinbosarlarining faoliyati natijadorligi va samaradorligini tizimli ravishda tanqidiy o‘rganish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, hisobotlar yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; 16) Agentlikning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; 17) Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; 18) Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash; 19) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish; 20) Agentlik ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash; 21) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish; 22) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalaridan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash; 23) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; 24) Agentlik tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni, lavozim yo‘riqnomalari, hududiy boshqarmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning nizom va ustavlarini hamda Agentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash; 25) Agentlik markaziy apparati xodimlarini (direktor o‘rinbosarlaridan tashqari) tayinlash, hududiy boshqarmalar boshliqlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarini turizm va madaniy meros vaziri bilan kelishgan holda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish; 26) Agentlik va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslari va xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish; 27) xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining shtatlar jadvalini, daromad va xarajatlar smetasini, shuningdek, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar va muassasalarning shtatlar jadvalini, daromad va xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash; 28) Agentlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari, shuningdek, Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlarning tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni Inspeksiya bilan kelishilgan holda Turizm va madaniy meros vaziriga kiritish; 29) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikka ishga jalb etish; 30) Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan buyruqlari va qarorlarini (ko‘rsatmalarini) bekor qilish; 31) alohida o‘zini ko‘rsatgan xodimlarni ularga davlat mukofotlari berish uchun ularning nomzodlarini belgilangan tartibda taqdim etish; 32) Agentlik faoliyatiga oid sohalarda xalqaro va hukumatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda ishtirok etish; 33) zarurat bo‘lganda, turizm va madaniy meros vazirining buyrug‘i asosida Agentlik va uning hududiy boshqarmalari balansida bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanilishini ta’minlash uchun qorovullar shtatlarini kiritish; Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalariga ham ega bo‘lishi mumkin. 23. Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi: a) Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari: milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini milliy muzey fondi tarkibiga kiritish, undan chiqarish, universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish; muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish, muzey xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyadan o‘tkazish, muzeylarning toifalarini belgilash, milliy muzey fondining ochiqligini ta’minlash va muzey ashyolari hamda muzey kolleksiyalarini o‘rganish, ommalashtirish, restavratsiya va asrashga doir ishlarni amalga oshirish; madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi bo‘yicha sertifikat berish va realizatsiya qilishni muvofiqlashtirish, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish, ularning toifasini aniqlash, davlat reyestrini yuritish, sohada davlat nazoratini amalga oshirish; b) Agentlik direktori o‘rinbosari — bosh me’mor: uzluksiz ravishda ilmiy-texnik nazorat qilish, tarixiy-madaniy ekspertiza va loyiha-smeta hujjatlarining tarixiy-madaniy qimmatga ta’siri bo‘yicha ekspertizasini amalga oshirish; alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, ularning pasporti, boshqarish rejalarini, rejimi, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash, ushbu hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish; tarixiy joylarni Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritishga tavsiya etish, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya talablari, YUNESKO, Umumjahon merosi markazi, Umumjahon merosi qo‘mitasi tavsiyalarining mamlakat hududida bajarilishini nazorat qilish; v) Agentlik direktori o‘rinbosari: moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ‘ib qilish, Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish; moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, shu jumladan, ularni davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish, sohani raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish; moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish; g) umumiy funksional vazifalari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish; direktor vaqtincha bo‘lmaganda direktorning buyrug‘i asosida uning vazifalarini bajarish; Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va chora-tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish; mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishish
133
63,940
Qonunchilik
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integratsiyani ta’minlaydigan yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini ko‘rsatmoqda. Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qo‘llash maqsadida: 4. Agentlik va Jamg‘arma yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ikki oy muddatda samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni joriy etish uchun zarur texnik bazani yaratish bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 —2021-yillarda “Universal Mobile Systems” MChJni rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) ishlab chiqsin va tasdiqlasin: operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan, mobil xizmatlar ko‘rsatish sohasida yetarli tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish orqali innovatsion menejmentni joriy etish; ichki kuch va mablag‘larni safarbar etish, telekommunikatsiya uskunalarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash; O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash; barcha davlat xizmatlarining faqatgina operatorning ma’lumotlarga ishlov berish markazlari orqali ko‘rsatilishini ta’minlash. 7. Operatorga: faqat o‘z tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va provayderlarga ovozli telefoniya va internet trafigi xalqaro kanallarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqisiz xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz uzatish tarmoqlariga), shu jumladan, “IP-telefoniya” texnologiyasidan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish huquqi berilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yo‘nalishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga nisbatan qo‘llanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xaraktyerga ega. 9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Li zimmasiga yuklansin.
127
3,085
Qonunchilik
Madaniy meros agentligi nimalar bilan shugʻullanadi
Prezidentning 19.06.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5150-son Farmoni qabul qilindi. Hujjatda Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligining (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) asosiy vazifalari belgilandi. Agentlik moddiy madaniy meros, muzeylar, arхeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maхsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Quyidagilar Agentlik bilan kelishilishi majburiy hisoblanadi: Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining davlat reyestri Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Moddiy madaniy meros ob’yektiga yetkazilayotgan zarar haqidagi holat boʻyicha хabardor boʻlgan paytdan boshlab davlat nazoratining dastlabki natijalari 24 soat ichida Agentlik rasmiy sayti orqali jamoatchilikka ma’lum qilinishi shart. Moddiy madaniy meros ob’yektlari va muzeylar sohasidagi davlat хizmatlari 2023 yil 1 yanvardan boshlab elektron shaklda koʻrsatiladi. Bunda davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali yoki arizachining oʻzi bevosita Agentlikning tegishli tuzilmasiga murojaat qilish tartibi joriy etiladi. Agentlik mas’ul хodimlari va FHSh asosida jalb etilgan mutaхassislar, ekspertlar tomonidan tegishli koʻchmas mulk va koʻchar ashyolar shaхsan ekspertizadan oʻtkaziladi. Davlat хizmatini koʻrsatish natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod qoʻyish orqali beriladi. Moddiy madaniy meros ob’yektlari, muzey, sport majmualari va boshqa namoyish ob’yektlari (keyingi oʻrinlarda – namoyish ob’yektlari) roʻyхati Prezidentning 6.04.2021 yildagi PF–6199-son Farmoni bilan tuzilgan Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va хizmatlar sohalarida DXSh hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi. Roʻyхatga kiritilgan namoyish ob’yektlariga kirish-chiqish joylarida 2021 yil 1 oktyabrga qadar elektron turniketlar yoki tashrif buyuruvchilarni avtomatik hisobga olishga moʻljallangan boshqa moslamalar «Raqamlashtirish va avtomatlashtirish markazi» DUK tomonidan oʻrnatilishi hamda ular tegishli yagona elektron tizimga integratsiya qilinishi shart. 2022 yil 1 yanvardan boshlab namoyish ob’yektlari roʻyхatiga kiritilgan namoyish ob’yektlarida chiptalar savdosini tegishli yagona elektron tizimga integratsiya qilmagan holda amalga oshirish NKM va hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzish deb baholanadi. Quyidagilar tasdiqlandi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2021 yildan kuchga kirdi. Elmira Siraziyeva.
51
2,952
Qonunchilik
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 10-martdagi 2008-16-son, 300-V-son qarori (ro‘yxat raqami 1788, 2008-yil 9-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 14-15-son, 112-modda) bilan tasdiqlangan “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 19-bandidagi “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida naqd xorijiy valyuta muomalasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazorat qilish, qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish bo‘yicha bo‘limiga (sho‘basiga)” degan so‘zlar “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
119
1,204
Qonunchilik
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, aholining bandligi va daromadlarini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, “Tinchlik” mahallasi hududidagi tuman hokimligi tasarrufidagi zaxirada turgan, foydalanilmayotgan, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqsiz axvolga kelib qolgan 36,0 gektar sug‘oriladigan yer maydonida kichik sanoat zonasini (keyingi o‘rinlarda — kichik sanoat zonasi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Toshkent viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bir oy muddatda kichik sanoat zonasi tashkil etish uchun ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan yer maydoni ajratilishini ta’minlasin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, kichik sanoat zonasini tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishi bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi. 3. Toshkent viloyati maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi bir oy muddatda kichik sanoat zonasini samarali boshqarish uchun alohida direksiya tashkil etish choralarini ko‘rsin. 4. Toshkent viloyati hokimligi: a) ikki oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda viloyat mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan kichik sanoat zonasining arxitektura-rejalashtirish hujjatlari ishlab chiqilishini; b) bir oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda kichik sanoat zonasida loyihalarni joylashtirish mezonlari ishlab chiqilishini; v) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va “O‘zbektelekom” AK bilan birgalikda: bir hafta muddatda — muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini tashkil etish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini; kichik sanoat zonasida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq, Toshkent viloyatining mahalliy budjeti, shuningdek, xizmatlarni yetkazib beruvchilar mablag‘lari hisobidan kichik sanoat zonasining bo‘linish chegarasiga qadar zarur muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish ishlari bajarilishini; g) sug‘oriladigan yer maydonlari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida loyiha uchun ajratilayotgan sug‘oriladigan yer maydoniga teng miqdorda yangi yerlar o‘zlashtirilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi kichik sanoat zonasi hududidagi obyektlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat-arxitektura qurilish nazorati o‘rnatilishini ta’minlasin. 6. Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda: ikki oy muddatda — kichik sanoat zonasi hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar (kabel, keramika va plastik mahsulotlar, metall konstruksiyalar) turlarini ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini joylashtirish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; kichik sanoat zonasi hududida o‘zlashtirish uchun taklif qilinayotgan import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini ta’minlasin; kichik sanoat zonasi hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlarni olib borish, shuningdek, kichik sanoat zonasi hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqsin; kichik sanoat zonasi hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Toshkent viloyati hokimi R.Q. Xolmatov zimmasiga yuklansin.
106
5,002
Qonunchilik
2022 — 2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, Qashqadaryo viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan yangi tartib asosida Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur o‘rganilgan holda, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Qashqadaryo viloyatida 2022 — 2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,5 baravar, sanoat mahsulotlari hajmini 1,5 baravarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,2 baravar, xizmatlar hajmini 2,9 baravar hamda qurilish ishlari hajmini 1,2 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda: 2022-yil uchun tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlariga erishish uchun aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin; har yili 1-noyabrga qadar kelgusi yillar maqsadli parametrlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni va ularni amalga oshirish “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin. 3. Hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Qashqadaryo viloyati hokimligi, vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlariga “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri (J. Qo‘chqorov) Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”ni 3-ilovaga muvofiq belgilash hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlarini 4-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) Qashqadaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlasin hamda loyihalarni amalga oshirish ishlarini har oyda muhokama qilib borsin. 5. 2022-yilda Qashqadaryo viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi ushbu qaror doirasida respublika budjetidan mablag‘lar o‘z vaqtida ajratib borilishini ta’minlasin. Qashqadaryo viloyati hokimligi mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni belgilangan muddatlarda moliyalashtirsin. 6. Qashqadaryo viloyati hokimligining takliflariga asosan viloyatning shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi joriy yilda 7-ilovaga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘larni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kelgusi yilgi loyiha-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirsin hamda 2023-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin. 7. Qashqadaryo viloyatida 2022-yilda xalqaro moliya institutlarining 108,5 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan ijtimoiy infratuzilma obyektlari va muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarning manzilli ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq; Qashqadaryo viloyatida xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan Qashqadaryo viloyatning shahar va tumanlarida ijtimoiy infratuzilma obyektlari va muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati 8a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik subyektlari bilan birgalikda 2022-yilda xalqaro moliya institutlarining 108,5 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘lari o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlasin. 8. Qashqadaryo viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorda nazarda tutilayotgan loyihalarni (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin. 9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Jahon banki va Osiyo infratuzilma investitsiyalar banklari tomonidan “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish 2-bosqich” loyihasi uchun ajratilgan 200,0 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘laridan 100,0 mln AQSh dollarini Qashqadaryo viloyatining o‘rta va kichik shaharlari infratuzilmasini hamda xizmat ko‘rsatish sohasini kompleks rivojlantirish ishlariga yo‘naltirsin. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga loyihani amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida mahalliy kengashlar tomonidan tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatlarga kiritiladigan ichimlik suv, yo‘l va boshqa infratuzilma obyektlarini loyiha-smeta hujjatlari asosida moliyalashtirishga ruxsat berilsin. Qashqadaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ta’mirlanadigan va quriladigan infratuzilma obyektlarining manzilli ro‘yxatini taqdim etsin. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga uch oy muddatda xalqaro moliya institutlari ma’qullagan loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, qurilish ishlari boshlanishini ta’minlasin. 10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Suv xo‘jaligi vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJning xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalardan iqtisod qilinadigan mablag‘larning kamida 30,0 mln AQSh dollarini Qashqadaryo viloyatning infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin. 12. Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga zarur hollarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilangan tartibda asoslantirilgan va kelishilgan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan taqdirda, Dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin. 13. Qurilish vazirligi Dastur doirasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin. 14. Shunday nazorat tartibi o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: har oyda shahar va tumanlar sektor rahbarlari xalq deputatlari Kengashlarida Dastur ijrosi yuzasidan hisobot berib boradi; har oy yakuni bilan Qashqadaryo viloyati hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashida Dastur parametrlari va ko‘rsatkichlari ijrosi hamda erishilgan natijalarni muhokama qiladi; har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari ishtirokida joyiga chiqqan holda, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Dasturdagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazadi va zarur tadbirlarni belgilaydi; har chorak yakuni bilan Dastur ijrosi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladi; amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib boriladi. 15. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va Qashqadaryo viloyati hokimligi o‘n kun muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq harakatlar rejalarini puxta ishlab chiqib, kollegial organlar va xalq deputatlari viloyat Kengashi majlislarida tasdiqlanishini ta’minlasinlar. Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari mazkur harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarning so‘zsiz va har tomonlama to‘liq amalga oshirilishi bo‘yicha samarali nazorat o‘rnatsin. 16. Quyidagilarga: Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga — iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi, kambag‘allik qisqartirilishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, tadbirkorlik rivojlantirilishi, ipoteka kreditlarini muvofiqlashtirish, soliq va budjet tushumlari oshirilishi yuzasidan; Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanilishi, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarning o‘zlashtirilishi, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rivojlantirilishi yuzasidan; Qashqadaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga — muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash tadbirlarini hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini va renovatsiya dasturlarining o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi yuzasidan; Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘iga — investitsiya muhiti yaxshilanishi, investorlar hamda investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar keng jalb etilishi hamda eksport salohiyati oshirilishi, kichik sanoat zonalari rivojlantirilishi yuzasidan; Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga — ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishi, yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tkazilishi, hududlardagi yoshlar yetakchilari bilan tizimli ishlar tashkil etilishi yuzasidan; Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘iga — xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalari oshirilishi, ularning munosib kasb tanlashiga sharoit yaratilishi, gender tenglik ta’minlanishi, xotin-qizlarning turmush va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash ishlarining tashkil etilishi yuzasidan; Qashqadaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga — turizm jadal rivojlantirilishi, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanilishi, turizm infratuzilmasi yaxshilanishi, ichki va ziyorat turizmi rivojlantirilishi, yangi turizm mahsulotlari yaratilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, S.U. Umurzakov, Sh.M. G‘aniyev, A.A. Abduxakimov, Z.B. Mahkamova hamda Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
188
12,924
Qonunchilik
“Aqlli shahar” bilan yirik хalqaro IT-kompaniyalari shugʻullanadi
Mamlakatimizdagi IT-teхnologiyalarning yirik ishlab chiqaruvchilari loyiha doirasida oʻz gʻoyalari va innovatsion ishlanmalari bilan hamkorlik qilish istagini bildirishmoqda. Jumladan, Germaniyaning Siemens konserni bu boradagi oʻz tajribasi va loyihalari bilan oʻrtoqlashdi. Bu haqda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi sayti хabar berdi. Korхona vakillari «Xavfsiz shahar» loyihasini rivojlantirish konsepsiyasini, transport, intellektual elektr tarmoqlari boʻyicha oʻz yechimlarini taqdim etishdi. Yoʻl harakatini boshqarish va parking tizimlari, “aqlli elektr tarmoqlari” (Smart Grid), binolarni intellektual boshqarish tizimlari hamda evakuatsiya boʻyicha innovatsion yechimlar – bularning barchasi loyiha taqdimoti doirasida qamrab olindi. Berlin, Dubay, London hamda Lyutsern shaharlarida amalga oshirilgan loyihalar misolida samarali investitsiyalar aholi uchun хavfsiz va ishonchli muhit yaratish bilan birga mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar taraqqiyoti uchun omil boʻla olishi namoyish etildi. «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida hozirda mamlakatimiz hududlarida qator loyihalar amaga oshirilmoqda. Buхoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlaridagi «Xavfsiz turizm» loyihasi shular jumlasidan. Uning doirasida madaniy meros ob’yektlari infratuzilmalari sinchkovlik bilan oʻrganilmoqda, obidalar tevarak-atrofida foto va video tasvirga tushirish vositalarini oʻrnatish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu tizimning huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligi sezilarli darajada oshadi va ushbu sohada tezkorlikka erishilishi kutilmoqda. «Xavfsiz shahar» Toshkent shahrida 2019 yilda foydalanishga topshirilishi kerak. U avvaliga besh yoʻnalish boʻyicha loyihalarni oʻz ichiga oladi, bular – jamoat хavfsizligi, yoʻl harakati хavfsizligi qoidalariga rioya qilish monitoringi, yongʻin хavfsizligi, tez tibbiy yordam, favqulodda hodisalar. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
65
1,951
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMONLARINING AYRIM QOIDALARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-sonli Farmoniga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining ayrim qoidalari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi Farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-sonli Farmoni ilovasining 3-bandi.
116
558
Qonunchilik
Davlat byudjeti – 2021: asosiylari haqida qisqacha
25.12.2020 yildagi “2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida” OʻRQ-657-son Qonun e’lon qilindi. Hujjat bilan, хususan, quyidagilar tasdiqlandi: a) 2021 yil uchun Konsolidatsiyalashgan byudjetning jamlanma parametrlari: b) kelasi yil uchun davlatni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi: Shuningdek, 2022-2023 yillar uchun tegishli byudjet va maqsadli moʻljallar, 2021 yil uchun byudjet tizimi byudjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kesimida daromadlar va хarajatlar prognozi keltirilgan. Vazirlar Mahkamasining zaхira jamgʻarmasi hajmi 903,4 mlrd soʻmni tashkil etadi (2020 yilda – 731 mlrd soʻm),  barcha darajadagi byudjetlarning zaхira jamgʻarmalari esa umumiy хarajatlarning 1%idan kam boʻlmagan miqdorlarda shakllantiriladi (2020 yilda – 1,5%). Byudjet tizimi barqarorligini ta’minlashning joriy yildagi kabi meхanizmlari amal qiladi. Davlat nomidan yoki davlat kafolati ostida jalb qilinadigan davlat qarzi summasi YaIMning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60%dan oshmasligi kerak. Ichki va tashqi qarzni jalb etish boʻyicha imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi - 5,5 mlrd AQSh dollari, shundan: 2021 yil uchun mamlakatimizning konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori YaIMning 5,4%i miqdorida belgilandi. Bundan tashqari, biz ilgari yozganimizdek, qonun bilan mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari, alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun yigʻimlar va avtotransport yigʻimlari tasdiqlandi. Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kiradi. Oleg Zamanov.
50
1,737
Qonunchilik
Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1024-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz: 1. Ilova qilinayotgan Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-fevraldagi 15 va 2008-11-son bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2008-yil 5-mart, ro‘yxat raqami 1776 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 10-11-son, 67-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq tabiiy gazga qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha tabiiy gazni realizatsiya hajmlariga tatbiq etilmaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishdan olingan sof tushum — qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar chegirilib tashlangan holda eksportga tabiiy gazning realizatsiya qilishdan olingan tushum; O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar — qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirilib tashlangan xoldagi tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishdan olingan tushumning “qirqish bahosidan” oshgan qismi; hisob-kitob bahosi va “qirqish bahosi” — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan har yili kelgusi yil uchun tasdiqlanadigan tabiiy gazning baholar darajasi; qo‘shimcha foyda — tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan hisob-kitob bahosi o‘rtasidagi ijobiy farq; sof qo‘shimcha foyda — qo‘shimcha foyda qismiga to‘g‘ri keladigan, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq chegirib tashlangan, hisobot davridagi qo‘shimcha foyda summasidir. 3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqishda sof qo‘shimcha foyda summasi soliq solinadigan bazaga qo‘shilmaydi. 4. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo bo‘ladigan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tabiiy gazni eksportga realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi. 5. Qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan obyekt hisobot davrida har bir kontrakt bo‘yicha aniqlanadigan soliq to‘lovchining qo‘shimcha foydasi hisoblanadi. 6. Soliq solinadigan baza hisobot davrida har bir kontrakt bo‘yicha sof qo‘shimcha foyda hisoblanadi. 7. Qo‘shimcha foyda solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka bo‘yicha to‘lanadi. 8. Soliq davri — bir oy. 9. Hisobot davri oydir. 10. Qo‘shimcha foyda solig‘i summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblanadi. 11. Qo‘shimcha foyda solig‘i respublika budjetiga milliy valyuta — so‘mda o‘tkaziladi. 12. Qo‘shimcha foyda solig‘ining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha ilovaga binoan shaklda taqdim etiladi. 13. Soliq to‘lovchilar qo‘shimcha foyda solig‘ini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay to‘laydilar. 14. Soliq to‘lovchining ixtiyorida qoladigan mablag‘ soliq solinadigan baza va qo‘shimcha foyda solig‘i o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqariladi. 15. Soliq to‘lovchi tasarrufida qoladigan mablag‘lar qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lash uchun belgilangan muddatlarda tabiiy gaz uchun maxsus ochiladigan investitsiya hisob raqamiga to‘liq hajmda o‘tkaziladi. Mazkur investitsiya hisob raqamidan mablag‘lar faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, realizatsiya qilish uchun belgilangan tartibda ma’qullangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga, investitsiya loyihalarini realizatsiya qilish, shuningdek asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash uchun jalb qilingan kreditlarga xizmat ko‘rsatishga sarf qilinadi. 16. Mablag‘lar soliq to‘lovchining xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkazilmaganda yoki maxsus hisob raqamda jamlangan mablag‘lar maqsadsiz sarflanganda ushbu mablag‘lar qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy jarimalar qo‘llangan holda to‘liqligicha davlat budjetiga o‘tkaziladi. 17. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, ro‘yxat raqami 1181 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash bilan bog‘liq operatsiyalar va qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lagandan keyin soliq to‘lovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablag‘lar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: a) qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblashda: soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qo‘shimcha ochiladigan 9811 “Qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlari” hisobvaraqning debetida; 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisobvaraqning krediti; b) soliq summasini budjetga o‘tkazishda: 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” hisobvaraqning debeti; pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti; v) soliq to‘lovchi tasarrufida qoladigan mablag‘lar keyinchalik maqsadli foydalanishda: soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qo‘shimcha ochiladigan 9830 “Qo‘shimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar bo‘yicha xarajatlar” hisobvaraqning debeti; 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” hisobvarag‘ining krediti; g) soliq to‘lovchi tasarrufida qoladigan mablag‘larni maxsus hisobvaraqqa o‘tkazishda: bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqning debeti (5500); pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraq krediti. 18. Qo‘shimcha foyda solig‘ini va soliq to‘lovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablag‘larni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha hisob-kitob asos bo‘ladi. 19. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qo‘shimcha foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlari” hisobvarag‘ida hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblangan qo‘shimcha foyda solig‘i summasi qo‘shimcha ochiladigan “Qo‘shimcha foyda solig‘i” 251-satrda, 9830 “Qo‘shimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar bo‘yicha xarajatlar” hisobvarag‘ida hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblangan soliq to‘lovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablag‘lar summasi esa qo‘shimcha ochiladigan “Qo‘shimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar” 252-satrda ko‘rsatiladi. 20. O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga hisoblanadigan va o‘tkaziladigan mablag‘lar bilan bog‘liq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: a) tabiiy gazni realizatsiya qilish bahosining (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirilib tashlangan holdagi) tabiiy gaz uchun “qirqish bahosi”dan oshishi hisobiga yuzaga kelgan summalar O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga hisoblanganda: 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” hisobvarag‘ining debeti; sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqda (6500) qo‘shimcha ochiladigan “O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga to‘lovlar” hisobvarag‘ining krediti; b) tabiiy gazni realizatsiya qilish bahosining (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirilib tashlangan holdagi) tabiiy gaz uchun “qirqish bahosi”dan oshishi hisobiga yuzaga kelgan summalar O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazilganda: sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqda (6500) qo‘shimcha ochiladigan “O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga to‘lovlar” hisobvarag‘ining debeti; pul mablag‘lari hisobini yurituvchi hisobvaraqning krediti 21. Soliq to‘lovchilar qo‘shimcha foyda solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi, shuningdek soliq to‘lovchining xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi maxsus hisob raqamiga mablag‘larni o‘tkazilishi va maxsus hisob raqamdagi mablag‘larni maqsadli ishlatilishi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 22. Qo‘shimcha foyda solig‘ining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
126
10,105
Qonunchilik
Normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizasi: 2022 yilda qaysi sohalar tekshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 26.03.2022 yildagi «2022 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 140-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezidentning “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021 yil 22 oktyabrdagi PQ-5263-son qaroriga muvofiq qabul qilindi. Qaror bilan quyidagi sohalardagi qonunchilikni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejasi tasdiqlandi: Mas’ul davlat organlari va tashkilotlariga normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish jarayonida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ekspertlar va keng jamoatchilikni faol jalb qilish choralarini koʻrib borish topshirilgan. Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish jarayoniga keng jamoatchilikni jalb qilish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish choralari topshirilgan. Qaror bilan 2021 yilda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha “yoʻl хaritasi” ham tasdiqlangan. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.03.2022 yildan kuchga kirdi. Saodat Usmanova.
100
1,398
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2018-yil 29-avgustda qabul qilingan “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 1933-III-sonli Qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
134
502
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING OLIY MAJLIS XIV SESSIYASIDAGI MA’RUZASI ASOSIY QOIDALARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish, XXI asrning dastlabki yillarida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarishni, siyosiy va iqtisodiy sohalarda keng erkinlashtirishni, davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirishni ta’minlash uchun zarur qonuniy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash strategiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” ma’ruzasida belgilab berilgan quyidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarining amalga oshirilishini ta’minlash respublika Hukumatining, davlat organlari va jamoat tashkilotlarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin: a) mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish; b) jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish; v) yuqori malakali kadrlar tayyorlash; g) xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish; d) iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlar; e) jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, mamlakat sarhadlari daxlsizligini va hududiy yaxlitligini ta’minlash. 2. Quyidagilar: XXI asr dastlabki yillarida islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish dasturlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq; xalqaro tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 3. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hukumatga qarashli bo‘lmagan hamda jamoat tashkilotlarini keng jalb etgan holda, 1—3-ilovalarda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarga qat’iy muvofiq ravishda ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlasinlar. Amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsinlar. Dasturlarda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javobgarlik Hukumatdagi, vazirliklar, idoralar va tegishli tuzilmalardagi birinchi shaxslar zimmasiga yuklansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha ushbu qaror bilan belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishini har yili ikki marta (yarim yillik va yillik yakunlar bo‘yicha) mufassal ko‘rib chiqishdan iborat tartib belgilab qo‘yilsin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi rahbarlari, Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga belgilangan dasturiy chora-tadbirlarning bajarilishini muhokama qilishni Oliy Majlis Kengashi, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar majlislari kun tartibiga har yili ikki marta kiritish, ularning so‘zsiz bajarilishi yuzasidan zarur talabchanlikni va tashkiliy ishlarni ta’minlash yuklansin. Belgilangan dasturiy chora-tadbirlarning bajarilishi yakunlarini ko‘rib chiqishda Prezident Apparati, Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va jamoat tashkilotlari xodimlaridan maxsus tuziladigan komissiyalar tomonidan tekshirishlar o‘tkazilsin. Tekshirishlar va Oliy Majlis Kengashi, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar majlislarida ko‘rib chiqish natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilsin. 5. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari XXI asr bo‘sag‘asida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning ustuvor yo‘nalishlari mazmuni keng tushuntirilishini ta’minlasinlar, qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi ijobiy tajribani va mavjud kamchilikni televideniye va radio orqali, gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam yoritib borsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
143
4,462
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA IMPORT QILINADIGAN TOVARLARGA NISBATAN QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2002-yil 23-yanvarda 27 va 02/8-2-son qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2002-yil 15-aprel, ro‘yxat raqami 1124-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 7, 14-son; 2003-y., 4-son) ilovaga* binoan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
211
871
Qonunchilik
Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari uchun imtiyozli kreditlar
Vazirlar Mahkamasining 7.06.2018 yildagi 433-son qarori bilan Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (bundan keyin – Jamgʻarma) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi. Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB).  Jamgʻarma Vasiylik kengashining tarkibi tasdiqlandi. Unga Bosh vazirning oʻrinbosari – Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga qayta ishlov berish masalalari boʻyicha kompleks rahbari boshchilik qildi. Bundan tashqari, Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi va u toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Xususan, AT «Mikrokreditbank», AT «Agrobank» va Xalq banki Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga kreditlar berishi tartibi belgilandi. Kreditlashning asosiy shartlari quyidagicha belgilangan: Kredit oluvchi Berishdan maqsad Eng yuqori miqdori Stavkasi Muddati va imtiyozli davri Ta’minoti Hujjatlar paketi Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Belgilanmagan Belgilanmagan 7% 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha Belgilanmagan Belgilanmagan «Tomorqa хizmati» MChJ, qishloq хoʻjaligi sohasidagi boshqa ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta’minlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalari Moddiy-teхnik bazani mustahkamlash, qishloq хoʻjaligi teхnikasi va transport sotib olish, fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining issiqхonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar хarid qilish Belgilanmagan 2%lik bank marjasi + MBning qayta moliyalashtirish stavkasi Belgilanmagan Belgilanmagan Belgilanmagan Izoh: Nizomda belgilanmagan kreditlash shartlari Jamgʻarma bilan banklar oʻrtasida tuziladigan, tegishli mablagʻlar ajratilishiga asos boʻladigan bosh kelishuvlarda belgilansa kerak.   Bu – muhim! Koʻrsatilgan kreditlar hududiy fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda yoki ularning tavsiyanomasiga asosan beriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
63
2,224
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarida tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, perinatal o‘lim va o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2010-yil 27-fevraldagi 56-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2089, 2010-yil 23-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarida tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, perinatal o‘lim va o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq 2014-yilning 1-iyul kunidan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma tug‘ruq sodir bo‘lgan tibbiy muassasalar tomonidan barcha tirik tug‘ilish hollarida beriladi. Tirik tug‘ilganlik mezonlaridan (nafas, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyoriy qisqarishi) biri mavjud bo‘lsa ham bola tirik tug‘ilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo‘yi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lishi lozim. Tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma ushbu tibbiy muassasa shifokori, bir nafar shifokor ishlaydigan yoki tibbiy muassasada shifokor bo‘lmagan (mehnat ta’tili, kasallik tufayli va boshqa sabablar) hollarda tug‘ruqni qabul qilgan feldsher yoki akusher tomonidan beriladi.”. 2. 16-band quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan to‘ldirilsin: “Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning bo‘yi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lib, mazkur Yo‘riqnomaning 9-bandida nazarda tutilgan tirik tug‘ilganlik mezonlaridan hech biri mavjud bo‘lmasa, bola o‘lik tug‘ilgan hisoblanadi.”. 3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan.
241
2,002
Qonunchilik
MILITSIYA XODIMLARINI IJTIMOIY VA HUQUQIY JIHATDAN HIMOYa QILIShNI KUChAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
Jumhuriyatning yetilgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal etish fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirishni, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash yuzasidan kechiktirmay chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini taqozo etadi. Bunday sharoitlarda militsiya xodimlari xavfsizligini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Militsiya xodimlarini o‘ldirish, qurolini olib qo‘yish maqsadida ularga hujum qilish, ularning xizmat faoliyatiga aralashish hollari oz emas. Bu esa mehnatkashlarning adolatli noroziligini keltirib chiqarmoqda. Militsiya xodimlarining huquqiy va ijtimoiy himoyalanganligini kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: I. 1. Militsiya xodimlari davlat hokimiyatining vakili ekanligi, davlatning alohida himoyasida bo‘lishi belgilab qo‘yilsin. Militsiya xodimining qonuniy talablarini barcha fuqarolar va mansabdor shaxslar bajarishga majburdirlar. Militsiya xodimi qonuniy talabini bajarmaslik, shuningdek, uni haqoratlash, unga qarshilik ko‘rsatish, do‘q-po‘pisa qilish, zo‘rlik ishlatish va uning hayotiga tajovuz qilish, shuningdek, militsiya xodimining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa xatti-harakatlarni qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi. 2. Militsiya xodimining ko‘rsatmalari fuqarolarning, u huquqbuzar, jabrlanuvchi yoki guvoh bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘rsatmalari bilan teng ravishda daliliy ahamiyatga egadir. Zarur mudofaa, o‘ta zarurat bo‘lgan holatda yoki kasbiga ko‘ra o‘rinli tavakkalchilik qilish holatda militsiya xodimi tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar garchand O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan jinoiy harakatlar ko‘rinishida bo‘lsa ham, jinoyat deb hisoblanmaydi. 3. Militsiya xodimi turar-joy maydoni taqsimlashda, uyga telefon o‘rnatishda, maktabgacha bolalar tarbiya muassasalaridan o‘rin berishda imtiyozlardan, transportning barcha turlariga navbatsiz bilet sotib olish, mehmonxonaga joylashish huquqidan foydalanadi, shuningdek, ijtimoiy-maishiy ta’minotning boshqa masalalarini hal etishda xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlarida ko‘zda tutilgan tartibda imtiyozlardan foydalanadi. Militsiya xodimining hayoti tegishli budjet mablag‘lari hisobidan davlat ijtimoiy sug‘urtasidan albatta o‘tkazilishi kerak. Militsiya xodimi o‘z xizmat vazifasini yoki ijtimoiy burchini bajarayotganligi munosabati bilan uning mulkiga yetkazilgan zarar tegishli budjet mablag‘lari hisobidan to‘la hajmda to‘lanadi, so‘ngra sud orqali bu zarar aybdordan undirib olinadi. 4. Militsiya xodimi tartibni saqlash va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganida qasddan o‘ldirilganda uning oilasiga tegishli budjet mablag‘lari hisobidan uning ellik oylik daromadi miqdorida bir yo‘la nafaqa berilib, so‘ngra bu pul aybdorlardan undirib olinishi belgilab qo‘yilsin. O‘z boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan halok bo‘lganning oilasiga qonunda ko‘rsatilganiga muvofiq pensiya belgilansin. Militsiya xodimiga u o‘zining professional faoliyati bilan shug‘ullana olmaydigan darajada og‘ir tan jarohatlari yetkazilganda tegishli budjet mablag‘laridan 25 oylik daromadi miqdorida pul to‘lanib, so‘ngra bu pul aybdorlardan undirib olinishi, shuningdek, uning mansab okladi bilan pensiyasi o‘rtasidagi farq to‘lanishi belgilab qo‘yilsin. Yengilroq tan jarohatlari yetkazilganda tegishli budjet mablag‘lari hisobidan 5 oylik daromadi miqdorida pul to‘lanib, so‘ngra bu pul aybdorlardan undirib olinishi belgilansin.
91
3,639
Qonunchilik
“O‘ZDAVPAXTASANOATSOTISh” UYuShMASI TIZIMI ORQALI XARID QILINADIGAN PAXTA TOLASI HISOB-KITOB NARXLARI TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1994-yil hosilidan boshlab ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun paxta tolasini “O‘zdavpaxtasanoatsotish” tizimi orqali xarid qiladigan respublika korxonalari va tashkilotlari uchun paxta tolasining qayd qilingan kurs bo‘yicha (1 AQSh dollari — 10 so‘m) so‘mda qayta hisoblab chiqilgan jahon narxlaridan kelib chiqib aniqlanadigan hisob-kitob narxlari joriy qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, korxonalar va tashkilotlar ishlab chiqarish xarajatlariga paxta tolasini ko‘rsatib o‘tilgan hisob-kitob narxlari bo‘yicha hisobdan chiqaradilar. 2. Paxta tolasi iste’molchilarning “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi bilan amaldagi hisob-kitobi tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘mda qayta hisoblab chiqilgan jahon narxlaridan kelib chiqqan holda, saqlab qolinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda paxta tolasi narxlaridagi farqni narxni tartibga solish fondi mablag‘lari hisobiga qoplashning Vaqtinchalik tartibini ishlab chiqsin va manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
113
1,213
Qonunchilik
«NOTARIAT TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. «Notariat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1997-yil 1-martdan e’tiboran amalga kiritilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu Qonun kabul qilingan kunda notarius bo‘lgan shaxslarga notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnoma malaka imtihonlari topshirilmay beriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini «Notariat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: 1974-yil 7-avgustda qabul qilingan «Davlat notariati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1974-yil, № 22, 251-modda); 1974-yil 7-avgustda qabul qilingan «Davlat notariati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1974-yil, № 22, 252-modda); 1974-yil 28-noyabrda qabul qilingan «Davlat notariati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1974-yil, № 33, 406-modda); 1979-yil 26-aprelda qabul qilingan «Davlat notariati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1979-yil, № 13, 173-modda); 1979-yil 24-iyulda qabul qilingan «Davlat notariati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Farmonini tasdiqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1979-yil, № 21, 278-modda).
93
2,090
Qonunchilik
“Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” QL-636-sonli O‘
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-636-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
596
Qonunchilik
Mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun maхsus Jamgʻarma tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 118-son qarori bilan Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Jamgʻarma Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasida (bundan keyin – Qoʻmita) yuridik shaхsni tashkil etmagan holda tuzilmoqda. Uning barcha mablagʻlari Qoʻmitaning MB boʻlinmalarida ochiladigan bank hisobraqamlarida jamlanadi. Jamgʻarma mablagʻlari: Jamgʻarmaning Qoʻmita raisi rahbarlik qiladigan Kengashi mablagʻlardan foydalanish uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi. U Moliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazish uchun Jamgʻarma daromadlari va хarajatlari smetasini ham tasdiqlaydi. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: 1 – Davlat byudjetining mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirishga ajratiladigan mablagʻlari; 2 – Qoʻmitaga toʻlanadigan vositachilik haqi, jumladan: a) tuzilgan import kontrakt (vositachilik shartnomasi) qiymatining 1%i: b) boʻshaydigan harbiy-teхnik mulkni tashqi bozorga sotish boʻyicha tuzilgan kontrakt qiymatining 30%i; 3 – Qoʻmita tomonidan tegishli faoliyat sohalarini litsenziyalashdan tushadigan mablagʻlarning 100%i, shu jumladan qayd etilgan maqsadlar uchun vazirlik va idoralarning хarajatlar smetalarida nazarda tutilgan byudjet mablagʻlari; 4 – Qoʻmita tarkibiga kiradigan tashkilotlarning ajratmalari; 5 – shartnoma (kontrakt) majburiyatlarini buzganligi uchun yuridik shaхslardan ma’muriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar miqdorining 100%i; 6 – Jamgʻarma boʻsh mablagʻlarini likvidli moliya vositalarida (depozitlar, qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va boshqalar) vaqtincha joylashtirishdan olinadigan daromadlar; 7 – taqiqlanmagan boshqa manbalar. Bunda Jamgʻarmaning 25%dan ortiq boʻlmagan mablagʻlari Qoʻmita va uning idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.02.2018 yildan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Lenara Xikmatova.
70
2,231
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi hududiga 2019-nCoV koronavirusi (keyingi o‘rinlarda — koronavirus)ning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, qulay sanitariya-epidemiologik muhitni ta’minlash va aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi (keyingi o‘rinda — Respublika komissiyasi) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 2. Quyidagilar Respublika komissiyasining (A.N. Aripov) asosiy vazifalar etib belgilansin: umumjahon, mintaqaviy va mamlakat ichidagi epidemiologik vaziyatni doimiy tahlil va monitoring qilish, mamlakatda koronavirusning tarqalishi va epidemiologik vaziyatning yomonlashishi tendensiyalarini prognoz qilish; koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish va ularga tuzatishlar kiritish maqsadida XXR va boshqa manfaatdor davlatlarning davlat tuzilmalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan zarur hamkorlikni va ma’lumot almashishni tashkil etish; koronavirus muammolari bo‘yicha tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, ushbu kasallikni profilaktika qilish, diagnostika va davolashning zamonaviy va samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish; zaxirani shakllantirish va sohaga aloqador sog‘liqni saqlash muassasalarini hamda aholini diagnostika vositalari, virusga qarshi preparatlar va shaxsiy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida zarur hajmda ta’minlash; ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida mamlakat hududida koronavirusga o‘z vaqtida diagnostika va kompleks profilaktika qilish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni tashkil etish, shuningdek. epidemiologik noqulay davlatlarda vaqtincha yashayotgan va koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori zonalarga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatish; koronavirus bo‘yicha epidemiologik vaziyatning yomonlashishi ehtimoli belgilarini o‘z vaqtida aniqlash va kasallanish xavfini kamaytirish hamda bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan profilaktik va epidemiologiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; zamonaviy ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, Internet, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa operatorlari va boshqalar)ni jalb qilgan holda aholi o‘rtasida koronavirusning tarqalishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni tushuntirish, shuningdek, uni profilaktika qilish usullari bo‘yicha sanitariya-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish; koronavirus bo‘yicha epidemiologik vaziyat murakkablashgan holatda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritish. 3. Respublika komissiyasi manfaatdor vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohaga aloqador tashkilotlarni jalb qilgan holda uch kun muddatda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar dasturi)ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar dasturidagi tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 4. Belgilansinki, klinik-epidemiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha koronavirus bilan kasallangani gumon qilingan, gripp va boshqa o‘tkir respirator kasalliklarning og‘ir shakliga chalingan bemorlar ko‘rsatilgan virus turiga majburiy tartibda diagnostikadan o‘tkaziladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining hisob-kitoblari bo‘yicha 2020-yil 5-fevralga qadar Davlat chegaralarining kesib o‘tish joylardagi sanitariya-karantin punktlarini statsionar va portativ teplovizorlar bilan jihozlash hamda koronavirusning yangi turini aniqlash uchun diagnostika vositalari va boshqa maxsus himoya vositalarini xarid qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur moliyaviy mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: koronavirus bo‘yicha epidemiologik osoyishtalikkacha bo‘lgan davrda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralarini yaratsin, og‘ir respirator infeksiyalarga chalingan bemorlarni davolash uchun sohaga aloqador statsionarlarning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarini zarur dori va dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan jihozlanishini ta’minlasin; Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Uzbekistan airports” AJ, “Uzbekistan airways” AJ hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududiga koronavirusning kirib kelishini nazorat qilsin va oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda mamlakatimizning ta’lim muassasalarida koronavirusning tarqalishini profilaktika qilish va oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin; Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi samarali virusga qarshi preparatlar hamda shaxsiy himoya vositalarining mahalliy ishlab chiqarilishini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tizimli axborot-ma’rifiy ishlarni tashkil etsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davolash-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarini ehtiyojga muvofiq koronavirus va boshqa yuqumli kasalliklarni samarali profilaktika qilish, diagnostika va davolash uchun zarur bo‘lgan shaxsiy himoyaning samarali vositalari, diagnostikumlar, virusga qarshi, simptomatik preparatlar, boshqa vositalar va uskunalar bilan ta’minlasin. 9. Mazkur farmoyishning ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
212
7,193
Qonunchilik
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDA MASLAHAT BERISh FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDAGI BUYRUG‘IGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi Bosh direktori tomonidan 2005-yil 15-iyunda 2005-06-son bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlar bozorida maslahat berish faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (2005-yil 15-iyul, ro‘yxat raqami 1495 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 213-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
157
1,117
Qonunchilik
1 apreldan yana 6 ta ruхsat berish tartib-taomili bekor qilinadi
Prezidentning 15.02.2019 yildagi «Davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda e’lon qilingan. Davlat хizmatlari markazlari davlat хizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatish (yetkazib berish) boʻyicha pullik ekspress-хizmatlar koʻrsata boshlaydi. Tariflarni Adliya vazirligi tasdiqlaydi. Nogironligi boʻlgan shaхslar va borish qiyin boʻlgan tumanlar aholisiga ekspress-хizmatlar tekin koʻrsatiladi. Bir oy muddatda davlat хizmatlarini tezlashtirilgan tartibda oshirilgan tariflar boʻyicha koʻrsatish tartibi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi. Bundan tashqari, keyinchalik amalga oshiriladigan qator choralar belgilandi. Birinchidan, 2019 yil 1 apreldan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi quyidagi ruхsat berish tartib-taomillari bekor qilinadi: Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 iyunda biznesdagi ruхsat berish tartib-taomillarining ayrim turlari, shu jumladan, ularning ba’zi turlarini birlashtirish yoʻli bilan bekor qilingan edi (11.04.2018 yildagi PF–5409-son Farmonga 1 va 2-ilovalar, shuningdek amaldagi Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar roʻyхatiga qarang). Ikkinchidan, 2019 yil 1 iyundan: Uchinchidan, 2019 yil 1 avgustdan boshlab davlat хizmatlari koʻrsatishda jismoniy shaхslardan jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalari, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnomalar, soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida guvohnomalar, toʻlangan daromadlar va jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisida ma’lumotnomalar talab qilish taqiqlanadi. Davlat хizmatlari koʻrsatuvchi organlar mazkur aхborotni soliq organlari, ATB «Xalq banki», Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan elektron oʻzaro hamkorlik orqali oladilar.   Oleg Zamanov.
64
1,946
Qonunchilik
Nobank tashkilotlarining moliyaviy hisobotiga oʻzgartirishlar kiritildi
Markaziy bank tomonidan «Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida»gi qaror qabul qilindi (roʻyхat raqami 2994-2, 26.10.2020 y.). «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi, «Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida»gi qonunlarga hamda Markaziy bank Boshqaruvining «Nobank kredit tashkilotlarida buхgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq qoʻshimchalar kiritildi. Tasdiqlangan moliyaviy hisobot shakllari endi barcha nobank tashkilotlar – mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani moliyalashtirish tashkilotlari uchun birхillashtirildi.   Ilovalarda quyidagi shakllar keltirilgan: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.10.2020 yildan kuchga kirdi.  Lola Abduazimova.
71
971
Qonunchilik
Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Yusufning byusti o‘rnatilgan xiyobonni tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbek she’riyatining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan nodir iste’dod sohibi, Vatan kuychisi, badiiy teran, falsafiy she’rlari bilan xalqimiz ko‘nglidan chuqur joy olgan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish hamda ularning iste’dodlarini keng namoyon qilishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey hududida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktab deb ataladi) va Muhammad Yusufning byusti (keyingi o‘rinlarda byust deb ataladi) o‘rnatilgan xiyobonni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, 2017-2018 o‘quv yilida ixtisoslashtirilgan maktabning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga ixtisoslashtirilgan maktabning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojidan kelib chiqqan holda, keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Andijon viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrgacha: Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey binosining 1-qavatida 150 o‘rinli o‘quv binosini ixtisoslashtirilgan maktabga moslashtirish bo‘yicha ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va uni foydalanishga topshirish; byustning ijodiy va texnik parametrlarini ishlab chiqish hamda uni sifatli yaratish; Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey hududida byust o‘rnatilgan xiyobonni tashkil etish choralarini ko‘rsin. 4. Andijon viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining va O‘zbekiston Badiiy akademiyasining ixtisoslashtirilgan maktabda ta’mirlash hamda byust o‘rnatilgan xiyobonni tashkil etish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha: buyurtmachi etib — Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini; bosh loyihachi tashkilot etib — “Andijonfuqaroloyiha” MChJni belgilash; pudratchi tashkilotni, istisno tariqasida, tanlov savdolari o‘tkazilmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 5. Belgilab qo‘yilsinki, ixtisoslashtirilgan maktabda ta’mirlash ishlari, byust yaratish hamda byust o‘rnatiladigan xiyobonni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar Andijon viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazsin va qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini tizimli ravishda amalga oshirsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan maktabning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida uni o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik majmualar, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan maktabga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik diagnostika o‘tkazsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Ta’lim” sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan maktabning ta’minoti uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov va Andijon viloyatining hokimi Sh.K. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
200
4,438
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA TEXNIKA DAVLAT KOMITETIDA OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIMIY TAYYORGARLIKNI (ASPIRANTURA VA DOKTORANTURA) AMALGA OShIRADIGAN MUASSASALARNING ATTESTATSIYA IShLARINI KIRITISh VA KO‘RIB ChIQISh HAMDA ULARNI DAVLAT AKKREDITAT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 31-32-son, 311-modda) muvofiq buyuraman: 1. Fan va texnika davlat qo‘mitasining 1995-yil 30-maydagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komitetida oliy ta’limdan keyingi ta’limiy tayyorgarlikni (aspirantura va doktorantura) amalga oshiradigan muassasalarning attestatsiya ishlarini kiritish va ko‘rib chiqish hamda ularni davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (1995-yil 7-iyun, ro‘yxat raqami 152) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
250
910
Qonunchilik
Davlat simfonik orkestrini O‘zbekiston milliy simfonik orkestriga aylantirish to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston simfonik muzikasini yanada rivojlantirish va targ‘ib qilish maqsadida O‘zSSJ Madaniyat vazirligining Davlat simfonik orkestrini O‘zbekiston Milliy simfonik orkestriga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
89
262
Qonunchilik
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMLARINI ANIQ YO‘NALTIRILGAN TARZDA QO‘LLAB-QUVVATLAShNING 2002-2003 YILLARGA MO‘LJALLANGAN DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Oliy Majlisning 2001-yil 6-dekabrdagi 306-II-son qarorida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida” 2002-yil 25-yanvardagi PF-3017-son Farmonida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 2002-yil 1-sentabrdan boshlab kam ta’minlangan oilalarga mansub boshlang‘ich sinflarning o‘quvchilari bilan bir qatorda, shuningdek yuqori sinflarning kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilari ham bepul qishki kiyim-bosh to‘plami bilan ta’minlanadi. 2. Umumta’lim maktablarining kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarini kutubxona fondidan darsliklar to‘plami bilan har yili bepul ta’minlash joriy etilsin, bunda 2002-yil 1-sentabrdan boshlab kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarning kamida 75 foizini, 2003-yil 1-sentabrdan boshlab esa — kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarning 100 foizini darsliklar bilan ta’minlash nazarda tutilsin. 3. Yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan to‘liq davlat ta’minotidagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish: ular barcha turdagi umumta’lim maktablarini bitirib chiqayotganda va ishga joylashayotganda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun to‘lanadigan nafaqalar miqdorini 2002-yilda — eng kam oylik ish haqi miqdorining 80 baravarigacha, 2003-yilda — 100 baravarigacha, shuningdek pul nafaqasini 2002-yilda eng kam oylik ish haqi miqdorining 3 baravarigacha va 2003-yilda 5 baravarigacha miqdorda oshirish; o‘quv muassasasi yashash joyidan uzoq masofada joylashgan hollarda budjet mablag‘lari hisobiga imtiyozli transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash yo‘li bilan kuchaytirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. Belgilansinki, bolani o‘z tarbiyasiga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga olingan har bir bola uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida har oylik nafaqa beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan bir yo‘la ta’minlashning bolalarning yoshiga qarab kiyim-bosh va poyabzal berish normasi va ro‘yxatini belgilaydigan tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Belgilab qo‘yilsinki: tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan bir yo‘la ta’minlash xarajatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan, mahalliy hokimiyat organlarining tegishli qarorlari asosida, mahalliy budjetlarning zaxira jamg‘armalaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi; mablag‘ bilan ta’minlanadigan xarajatlar miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar asosida, tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda belgilanadi; to‘lov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xalq ta’limi boshqarmalari orqali amalga oshiriladi. 5. Qishloq joylarda ishlaydigan o‘qituvchilarning axborot bilan ta’minlanganligini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi 2002-yil 1-yanvardan boshlab (qishloq joylardagi) umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining kutubxona fondi o‘ntagacha turdagi gazeta va jurnallarga, asosan respublika ommaviy axborot vositalariga mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga majburiy obuna qilinishini ta’minlasinlar. 6. “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishlamayotgan onalarga oilaning mazkur nafaqaga muhtojligidan kelib chiqqan holda bolani ikki yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilish bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Mazkur nafaqani tayinlashda ijtimoiy adolat, ochiq-oydinlik va oshkoralik prinsiplariga rioya qilinishi ta’minlansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Xalq banki bilan birgalikda onalarga oilalarning mazkur nafaqaga muhtojligini hisobga olgan holda bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; ish staji bo‘yicha cheklashning olib tashlanishi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan pensiyalar miqdorini ikki hafta muddatda qayta hisob-kitob qilib chiqsin; Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni mablag‘ bilan ta’minlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda ularga tijorat banklari orqali, shu jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa moliyaviy barqaror nodavlat notijorat tashkilotlari kafilligi ostida garovsiz asosda mikrokreditlar berilishini nazarda tutsin. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari hamda “Mahalla” jamg‘armasining mintaqaviy bo‘limlari bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlash, oilalarga nafaqalar belgilashda ijtimoiy adolatni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirishida har tomonlama amaliy va metodik yordam ko‘rsatishni tashkil etsinlar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. IV. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son 29-modda) 4-bandida: 1) birinchi xatboshidan “har bir kishiga eng kam ish haqining 16 baravari miqdori hisobidan” so‘zlari chiqarib tashlansin, “eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida” so‘zlari “Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2) ikkinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining 16 baravari miqdorida” so‘zlari “Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin. V. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Birinchi sinf o‘quvchilarini o‘quv qurollari to‘plami bilan tekin ta’minlash tartibida: 1) 3-bandda “tanlov asosida” so‘zlari “bir kontrakt bo‘yicha mahsulot yetkazib berishning so‘mdagi ekvivalenti 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan hollarda belgilangan tartibda tender asosida hamda boshqa barcha hollarda tanlov asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2) 12-band “moliya organlari” so‘zlaridan keyin “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bo‘linmalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. VI. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qishki kiyim-bosh to‘plami bilan ta’minlash tartibida: 1) 1-banddagi “I—IV sinflar” so‘zlari “I—IX sinflar” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2) 3-banddagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin; 3) 5-bandda “tanlov asosida” so‘zlari “bir kontrakt bo‘yicha mahsulot yetkazib berishning so‘mdagi ekvivalenti 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan xollarda belgilangan tartibda tender asosida hamda boshqa barcha hollarda tanlov asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
185
8,756
Qonunchilik
2008—2012 YILLAR DAVRIDA IShLAB ChIQARISh QUVVATLARINI MODERNIZATSIYA QILISh ASOSIDA SIFATLI SPORT ANJOMLARI, INVENTARLARI VA ASBOB-USKUNALARI IShLAB ChIQARIShNI KENGAYTIRISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ommaviy bolalar sportini yanada rivojlantirish, bolalar sport komplekslarini sifatli sport inventarlari bilan ta’minlash, ixtisoslashtirilgan korxonalarni zamonaviy texnologiya asbob-uskunalari bilan jihozlash va shu asosda yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-dekabrdagi 625-f-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Mamlakat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sport inventarlari va asbob-uskunalarini o‘rganish bo‘yicha ekspert komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2008—2012-yillar davrida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi (keyingi o‘rinlarda matnda Dastur deb yuritiladi) ma’qullansin, Dastur: 1-ilovaga* muvofiq sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar ro‘yxatini, ular ishlab chiqaradigan mahsulot turlari bilan; 2-ilovaga* muvofiq 2008—2012-yillar davrida sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiyalar loyihalari ro‘yxatini; 3-ilovaga* muvofiq 2008—2012-yillarda sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalariga bo‘lgan ehtiyojning prognoz parametrlarini; 4-ilovaga* muvofiq 2008—2012-yillar davrida ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlarini; 5-ilovaga* muvofiq 2008—2012-yillar davrida ishlab chiqariladigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining sifatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Ishchi komissiya tarkibi (keyingi o‘rinlarda Ishchi komissiya deb yuritiladi) 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, unga sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish funksiyasi yuklansin. 2. Sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar uch oy muddatda: ishlab chiqariladigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarini standartlashtirish (shu jumladan, mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga texnik topshiriq) bo‘yicha amaldagi va yangidan ishlab chiqiladigan normativ hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqariladigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining har bir turini standartlashtirish (shu jumladan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga texnik topshiriqlar) bo‘yicha normativ hujjatlarni “O‘zstandart” agentligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsinlar; sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining o‘zlashtiriladigan turlarini mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalar pasportini, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori bilan ma’qullangan, 2006 — 2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga kiritish uchun ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda taqdim etsinlar. 3. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda mo‘ljallangan tarmoq kooperatsiyasi yarmarkalari doirasida ommaviy sport bilan shug‘ullanish uchun mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan sport kiyimlarining ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi o‘tkazilishini tashkil etsinlar. “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘tkazilgan ko‘rgazma natijalariga ko‘ra bir oy muddatda, sport kiyimlari turlari bo‘yicha aniqlangan talabni hisobga olgan holda, sifatli sport kiyimlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 4. Ishchi komissiyaga tasdiqlangan Dastur parametrlariga, shu jumladan yangi loyihalar va korxonalarni kiritish bilan bog‘liq tuzatishlar kiritish huquqi berilsin. 5. Ishchi komissiya Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot taqdim etgan holda Dasturda nazarda tutilgan loyihalar va chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi negizida sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining ixtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasini tashkil etish va uni jihozlash yuzasidan taklif kiritsin. 7. Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiya, belgilangan tartibda, sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarish korxonalarining loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori bilan ma’qullangan, 2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga kiritsin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Qosimov va Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
194
6,356
Qonunchilik
“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 15-sentabr kuni qabul qilingan “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 24-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining mazkur Qonun bo‘yicha xulosasida bayon etilgan asoslarga ko‘ra rad etilsin. 2. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
96
875
Qonunchilik
ELEKTR ENERGIYASI UChUN OLDINDAN HAQ TO‘LASh TIZIMIGA EGA BO‘LGAN ELEKTR ENERGIYASI ELEKTRON HISOBLAGIChLAR IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni yaxshilash, elektron elektr hisoblagichlarni respublikada ishlab chiqarishni tashkil etish, elektr energiyasi uchun oldindan haq to‘lash tizimini joriy etish, shuningdek, respublikaning eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarga: “O‘zeltexsanoat” uyushmasining Isroilning “MRK Family LTD”, “NISCO” va “Balshin” kompaniyalari bilan elektr energiyasi uchun oldindan haq to‘lash tizimiga ega bo‘lgan elektron elektr hisoblagichlar ishlab chiqarish, montaj qilish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi; O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasining Toshkent shahrida elektr energiyasi uchun oldindan haq to‘lash tizimiga ega bo‘lgan 100 ta elektron elektr hisoblagichlarni o‘rnatish va foydalanish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi elektr energiyasi uchun oldindan haq to‘lash tizimiga ega bo‘lgan elektron elektr hisoblagichlar va ularga dastur tuzuvchi qurilmalar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining texnika-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni va valyuta bilan o‘z xarajatini o‘zi ta’minlashni nazarda tutgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ekspertizaga taqdim etsin. 3. Tashkil etilayotgan O‘zbekiston — Isroil qo‘shma korxonasi dastlabki ustav jamg‘armasining miqdori 2 mln AQSh dollarini tashkil etishi va quyidagi tartibda taqsimlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin: uning 70 foizini yoki 1,4 mln AQSh dollarini Isroil “MRK Family LTD”, “NISCO” va “Balshin” kompaniyalarining pul mablag‘lari, elektron elektr hisoblagichlar, dastur tuzuvchi qurilmalar, nazorat-sinash uskunasi va 100 ta elektron elektr hisoblagichlar tarzidagi badali tashkil etadi; uning 30 foizini yoki 0,6 mln AQSh dollarini “O‘zeltexsanoat” uyushmasining asosiy va aylanma mablag‘lar tarzidagi badali tashkil etadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi Toshkent shahar hokimligi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda Toshkent shahrida yilning yoz va qish davri sharoitlarida elektron elektr hisoblagichlar va elektr energiyasi uchun oldindan haq to‘lash tizimidan foydalanish bo‘yicha eksperiment o‘tkazilishini ta’minlasin. 5. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishgan holda texnika-iqtisodiy asoslar loyihasi tasdiqlangandan so‘ng uch oy muddatda 2001—2005-yillarda respublika korxonalarida butlovchi qismlarning kamida 60 foizini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning mukammal dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. “O‘zstandart” agentligi “MRK Family LTD” “NISCO” va “Balshin” kompaniyalari tomonidan keltiriladigan asbob-uskunalar va butlovchi qismlar belgilangan tartibda sertifikatsiyalanishni ta’minlasin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.Y. Atayev zimmasiga yuklansin.
169
3,137
Qonunchilik
Agar хodima haq toʻlanadigan dekret ta’tilini toʻхtatsa, ish haqi toʻliq hajmda toʻlanadimi
“Xodima homiladorlik muddatining 30-haftasida mehnatga layoqatsizlik varaqasini taqdim etgan holda dekretga chiqdi. Ish beruvchi unga haq toʻladi. Biroq bola tugʻish chogʻida nobud boʻldi, ayol dekret tugashidan oldin ishga chiqish istagini bildirdi. Bunday vaziyatda ish beruvchi qanday yoʻl tutishi lozim? U хodimaga “kasallik varaqasi” uchun toʻliq miqdorda haq toʻladi, endi esa ish haqi toʻlashi kerak, sababi хodima oʻz mehnat vazifalarini bajarishga kirishdi”. Mazkur vaziyat yuzasidan buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA va «Profi Training» biznes-murabbiyi, moliyaviy direktori Yuliya PAKIDIShEVA (ACCA DipIFR, CAP) oʻz fikri bilan oʻrtoqlashishdi: Ish beruvchini “kasallik varaqasi” mavjud boʻlgan taqdirda ishga qoʻyganligi uchun jazolashlari mumkin Lenara XIKMATOVA:  – “Kasallik varaqasi” shu bois ham mehnatga layoqatsizlik varaqasi deyiladi, sababi хodim muayyan vaqt sogʻligʻining holati boʻyicha ishlolmaydi (mazkur holda – yaqinda boʻlgan tugʻruq munosabati bilan) va tegishincha – ish haqi ololmaydi. Nafaqa esa aynan bunday davrda хodimani moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan. Buning ustiga ish beruvchi shuni nazarda tutishi joizki, ayolning tugʻruqdan keyin darhol mehnatga layoqatsizlik varaqasida belgilangan tiklash davrisiz ishda boʻlishi, uning sogʻligʻining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shu bois oʻylaymanki, ish beruvchi хodimaning homiladorlik va tugʻish ta’tilidan ishga muddatidan oldin chiqish toʻgʻrisidagi iltimosini qanoatlantirmasligi va hatto u tegishli ariza taqdim etgan taqdirda ham “kasallik ta’tili” tugagunga qadar ishga  qoʻymasligi kerak”. E’tibor bering! Mehnatga layoqatsizlik varaqasi mavjud boʻlgan taqdirda ishga qoʻyganlik uchun kompaniya rahbarini mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish uchun MJTKning 49-moddasiga binoan mamuriy javobgarlikka tortishlari mumkin. Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.
91
1,978