folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Iqtisodiyot vazirligi tadbirkorlar muammolarini hal qilish uchun takliflarni toʻplamoqda
Qator vazifalarni roʻyobga chiqarish, shuningdek mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish maqsadida Iqtisodiyot vazirligi tadbirkorlarni oʻz takliflarini maхsus shakl boʻyicha yuborishga chaqiradi. Iqtisodiyot vazirligi saytida хabar berilishicha, hozirgi vaqtda mamlakatimiz rahbariyatining topshirigʻiga binoan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatidagi muammoli masalalarni hal qilish va kichik biznes, хususiy mulk va tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilayotir. Hususan, quyidagi masalalar boʻyicha takliflar toʻplanmoqda: Tadbirkorlik sektorini soʻrovdan oʻtkazish mavjud muammolarni hal qilish yuzasidan takliflar toʻplash maqsadida tashkil etildi. Barcha хohlovchilar anketalashda ishtirok etishi mumkin. Buning uchun anketani yuklab olish, uni toʻldirish va [email protected] manziliga joʻnatish lozim.
88
847
Qonunchilik
Ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Investitsiyalarni faol jalb uchun etish shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni va texnologiya parklarini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning alohida hududlarda jamlanishini ta’minlash, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent shahri hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning: Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish va uning hududida mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning yangi turlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga tegishli bo‘lgan, Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, 27-uy manzilidagi bo‘sh turgan yer uchastkasining umumiy maydoni 1,8 gektar bo‘lgan qismini “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning investitsiya kompaniyasi — “PSBCapital” MChJga ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish uchun ajratish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga va “PSBCapital” MChJga, istisno tariqasida: 2019-yil 1-sentabrgacha ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parki hududida obyektlarni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda bir vaqtda loyihalashtirish shartlarida qurishga; ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parki hududida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida loyihalash va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlashga ruxsat etilsin. 3. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB “PSBCapital” MChJ bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda tashkil etilayotgan ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parki hududida sifatli, raqobatbardoshli, importning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun loyihalar tashabbuskorlari jalb etilishini va bankning hamda loyihalar tashabbuskorlarining investitsiyalari kiritilishini ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
84
2,721
Qonunchilik
ELEKTRON RAQAMLI IMZO TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonunning maqsadi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash — elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija; elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi. Maxsus vakolatli organ: elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqadi; elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini (bundan buyon matnda ro‘yxatga olish markazi deb yuritiladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi; ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslariga tegishli elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalana olishini ta’minlaydi; ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi; yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Ro‘yxatga olish markazi maxsus vakolatli organda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik shaxsdir. Ro‘yxatga olish markazi: elektron raqamli imzolarning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi; elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini ta’minlaydi; elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestrini yuritadi, uning o‘z vaqtida yangilanishini hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalana olish imkoniyatini ta’minlaydi; yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini elektron hujjatlar shaklida va qog‘oz hujjatlar shaklida beradi; elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishini to‘xtatib turadi va qayta tiklaydi, shuningdek ularni bekor qiladi; yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining ko‘chirma nusxalari berilishini, shuningdek elektron raqamli imzolar kalitlarining to‘xtatib turilgan va bekor qilingan sertifikatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanilishini ta’minlaydi; yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlaydi; elektron raqamli imzoli qog‘ozdagi elektron hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini tasdiqlaydi; elektron raqamli imzo kalitining sertifikatidan bundan buyon foydalanish imkoniyatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan hollar haqida elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini xabardor qiladi; elektron raqamli imzo yopiq kalitining egalarini elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalariga o‘qitish imkoniyatini ta’minlaydi. Ro‘yxatga olish markazi bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish markazining yuridik va jismoniy shaxslar uchun yaratilgan elektron raqamli imzolarning yopiq kalitlarini saqlashi hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish maqsadiga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni so‘rab olishi taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalana oladi. Ro‘yxatga olish markazlari faoliyatining tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo ayni bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etilgan takdirda qog‘oz hujjatga qo‘lda o‘zi qo‘ygan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir, agar: elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan bo‘lsa; elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan paytda yoki imzolash paytini belgilovchi dalillar bo‘lganda elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilib turgan bo‘lsa; elektron raqamli imzodan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan bo‘lsa. Elektron raqamli imzo vositalari elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini, elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini ta’minlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalardan iborat bo‘ladi. Elektron raqamli imzo vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi lozim. Elektron raqamli imzoning yopiq kalitlari va ochiq kalitlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoki ularning murojaatiga binoan ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzo vositalari yordamida yaratilishi mumkin. Elektron raqamli imzoni yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va ro‘yxatga olish markazi tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘ladi. Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi: elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish ustidan nazoratni ta’minlashi; elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markaziga elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish rejimi buzilganligi yoki buzilishi ehtimoli borligi to‘g‘risida xabar qilishi va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishni yoxud mazkur sertifikatni bekor qilishni talab qilishi; o‘zi vakil bo‘lgan yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi to‘g‘risida ro‘yxatga olish markaziga xabar qilishi shart. Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanilishi tufayli yetkazilgan zarar uchun tegishli elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi oldida javobgar bo‘ladi. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi bo‘lishi mumkin. Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligini va elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markaziga murojaat etishga, shuningdek elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanmagan hollar haqida elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga xabar qilishga haqli. Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhofaza qilinishini ta’minlashi kerak. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjatdan iborat bo‘ladi. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qog‘oz hujjat shaklida tayyorlanishi mumkin. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; agar elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi yuridik shaxsning vakili bo‘lsa, shu yuridik shaxsning nomi; uning tartib raqami va amal qilish muddati; elektron raqamli imzoning ochiq kaliti; elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan foydalanishda yordam berishi mumkin bo‘lgan elektron raqamli imzo vositalarining nomi; mazkur sertifikatni bergan ro‘yxatga olish markazining nomi va joylashgan manzili; elektron raqamli imzodan foydalanish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlari reyestrining elektron manzili. Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi tashabbusi bilan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ro‘yxatga olish markazi tomonidan beriladi. Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilayotganda u ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Qog‘oz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning har bir nusxasi ro‘yxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va ro‘yxatga olish markazining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga beriladi, boshqa nusxasi esa ro‘yxatga olish markazida saqlanadi. Elektron hujjatlar shaklidagi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining ko‘chirma nusxalarini berishga doir xizmatlar ro‘yxatga olish markazi tomonidan bepul ko‘rsatiladi. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida, arizada ko‘rsatilgan muddatga, lekin mazkur sertifikatning amal qilish muhlatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga ro‘yxatga olish markazi tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin. Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasi tushganda ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestriga tegishli yozuv kiritadi va ayni bir vaqtning o‘zida bu haqda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini xabardor qiladi. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilgan muddat ichida ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasiga binoan mazkur sertifikatning amal qilishini qayta tiklashi mumkin. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida ro‘yxatga olish markazi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Ro‘yxatga olish markazi, elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining roziligidan qati nazar, quyidagi hollarda elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilishi shart, agar: mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa; elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilishiga asos bo‘lgan hujjatning amal qilishi tugatilganligi aniq ma’lum bo‘lsa; elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan hollar aniqlangan bo‘lsa. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish muddati tugagan va elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining uni qayta tiklash haqida arizasi bo‘lmagan taqdirda ham elektron raqamli imzo kalitining sertifikati bekor qilinishi kerak. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi olingan yoki ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida bayon qilingan holatlar yuzaga kelgan kunda ro‘yxatga olish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi yozuv ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestriga kiritilib, bu haqda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi xabardor qilinadi. Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish markazida saqlash tartibi hamda muddati ro‘yxatga olish markazi va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi. Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining bekor qilingan sertifikati ro‘yxatga olish markazida kamida uch yil saqlanadi. Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini saqlash muddati tugaganidan keyin, u ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestridan chiqariladi va saqlashning arxiv rejimiga o‘tkaziladi. Qog‘oz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati yo‘qolgan taqdirda, ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining dublikatini berishi mumkin. Ro‘yxatga olish markazi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilishi mumkin. Ro‘yxatga olish markazi tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir oy mobaynida bu haqda maxsus vakolatli organga, shuningdek mazkur ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestriga kiritilgan elektron raqamli imzo yopiq kalitlarining barcha egalariga xabar qilishi shart. Ro‘yxatga olish markazi tugatilgan taqdirda, mazkur ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari elektron raqamli imzo yopiq kalitlari egalarining roziligi bilan boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilishi mumkin. Boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilmagan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari bekor qilinadi va maxsus vakolatli organga saqlash uchun topshirilib, bu haqda elektron raqamli imzolar ochiq kalitlarining foydalanuvchilari xabardor qilinadi. Chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qog‘oz hujjatning mazmuni qonunchilikka yoki taraflarning kelishuviga muvofiq ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan yoki elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
33
15,899
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Mamlakatimizda zamonaviy milliy estrada san’atini yanada rivojlantirish, estrada ijodkorlarining professional malakasi va ijro madaniyatini oshirish, yosh san’atkorlarning o‘z iste’dod va mahoratini to‘la namoyon etishi uchun qulay shart-sharoit va zarur imkoniyatlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, mazmunan teran, badiiy yuksak asarlarni keng targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan, yoshlarning ma’naviy saviyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bo‘sh va zaif asarlar tarqalishining oldini olish maqsadida: 1. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida: a) 1-banddan “tarkibi (1-ilova) va” so‘zlari chiqarilsin; b) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; v) 4-ilovaning 3.1-bandi quyidagi tahrirdagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “ — gramplastinkalar, audio kasetelar va lazerli disklarni yozish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning qo‘shig‘ini yozishda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan litsenziyaning talab qilinishini nazorat qiladi; yuridik va jismoniy shaxslar gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyasiz ushbu faoliyat bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan taqdirda tegishli choralar ko‘rish uchun vakolatli organlarga taklif kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi hududida gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtiradi va konsert dasturlarini belgilangan tartibda badiiy ekspertizadan o‘tkazib, bir marotabalik gastrol-konsert guvohnomasini beradi; gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega bo‘lmagan estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning ijrosidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan musiqiy kliplarni televideniye va radio kanallari orqali uzatilishining oldini olish choralarini ko‘radi”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatishni, gramplastinkalar, audio va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son qarori 2-ilovasining 7-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirdagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning qo‘shig‘ini yozishda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan litsenziyaning mavjudligi”.
102
3,234
Qonunchilik
Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari ko‘rsa
Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo‘jaliklari va kichik biznes boshqa subyektlarining kredit resurslari olishini hamda lizing xizmatlaridan foydalanishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlari — yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga deb ataladi) tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Mazkur Nizomning amal qilishi (III bo‘limdan tashqari) meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga mikrokredit berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatishga tatbiq etilmaydi. 2. Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari (keyingi o‘rinlarda imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari deb ataladi) fermer xo‘jaliklari va kichik biznes boshqa subyektlarining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamlari ochilgan tijorat banklari tomonidan beriladi va ko‘rsatiladi. 3. Imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari qaytarish, pullilik, ta’minlanganlik, maqsadli foydalanish va muddatlilik shartlarida beriladi va ko‘rsatiladi, mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 4. Meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar (keyingi o‘rinlarda imtiyozli kreditlar deb ataladi) 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi, kamida 18 oyni tashkil etadigan imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi. 5. Fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar sotib olish uchun lizing xizmatlari ko‘rsatish muddati 7 yildan iborat bo‘ladi. 6. Imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan banklarning imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armalari mablag‘lari hisobiga beriladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish kunidagi qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda; bankning boshqa o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga beriladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha — bank bilan fermer xo‘jaligi yoki kichik biznesning boshqa subyekti o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra, biroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda. 7. Lizing bo‘yicha foiz stavkasi bank bilan fermer xo‘jaligi yoki kichik biznesning boshqa subyekti o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra, biroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. 8. Imtiyozli kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish imtiyozli davr tamom bo‘lgandan keyingi oydan boshlanadi. 9. Zarar ko‘rib ishlayotgan va nolikvid balansga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga yoki kichik biznesning boshqa subyektlariga imtiyozli kreditlar berilmaydi va lizing xizmatlari ko‘rsatilmaydi, ilgari berilgan imtiyozli kreditlar va ko‘rsatilgan lizing xizmatlari esa shartnomada belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib olinishi kerak. Ushbu shart kredit shartnomasida majburiy tartibda qayd etilishi zarur. 10. Xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobiga imtiyozli kreditlar berish O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari bilan xalqaro moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan kredit bitimlari shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. 11. Fermer xo‘jaligi yoki kichik biznesning boshqa subyekti imtiyozli kreditlar olish uchun kredit buyurtmanomasi bilan birgalikda tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: imtiyozli kreditning butun muddati uchun pul oqimlari prognozi majburiy tartibda ko‘rsatilgan biznes-reja; potensial qarz oluvchi ro‘yxatga olingan joydagi davlat soliq inspeksiyasining balans qabul qilinganligi to‘g‘risidagi yozuv mavjud bo‘lgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlik bo‘yicha taqqoslash dalolatnomalari; kredit qaytarilishining bir yoki bir necha turdagi ta’minlanishini taqdim etish to‘g‘risidagi hujjat. 12. Fermer xo‘jaligi yoki kichik biznesning boshqa subyekti meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash uchun imtiyozli asosda lizingga mini-texnologiyalar hamda ixcham asbob-uskunalar olish uchun tijorat bankiga buyurtmanoma bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: lizing obyektining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va uning sotuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; imtiyozli lizingning butun muddati uchun pul oqimi prognozi ko‘rsatilgan holdagi biznes-reja; potensial qarz oluvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasining balans qabul qilinganligi to‘g‘risidagi yozuv mavjud bo‘lgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlik bo‘yicha taqqoslash dalolatnomalari. 13. Tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan beriladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha ularni olish uchun buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish, rasmiylashtirish, hisobga olish, ularni qaytarish va ulardan maqsadli foydalanish monitoringini olib borish, to‘lash Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan kredit berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, ushbu Nizom normalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bankning boshqa o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobidan beriladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha ularni olish uchun buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish, rasmiylashtirish, hisobga olish, ularni qaytarish va ulardan maqsadli foydalanish monitoringini olib borish, to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlariga muvofiq, ushbu Nizom normalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 14. Kredit buyurtmanomasini ko‘rib chiqish va bank xulosasini berish muddati hujjatlar bankka tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshishi mumkin emas. 15. Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar qaytarilishini ta’minlash sifatida kredit shartnomasi bo‘yicha sotib olinadigan mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar ular qiymatining 80 foizi miqdorida garov uchun qabul qilinadi. Imtiyozli kreditning mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalar garovi bilan qoplanmagan qismi uchun qarz oluvchi ta’minlashning quyidagi turlaridan bir yoki bir nechtasini taqdim etadi: boshqa mol-mulkni va mulkiy huquqlarni, shu jumladan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish; bank kafolatnomasi; uchinchi shaxslarning kafilligi; tadbirkorlik tavakkalchiliklarining sug‘urta polisi. 16. Lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchi bank foydasiga yo‘qolish va yaroqsizlanish holatlaridan sug‘urta qilinishi kerak. Sug‘urta polisi bankka lizing shartnomasida belgilangan muddatda taqdim etiladi. Lizing foizlarini to‘lash va lizing operatsiyalarini o‘tkazish natijasida sarflangan mablag‘larni qaytarish kafolati sifatida lizing beruvchi bank lizing oluvchidan ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan boshqa ta’minlash turlarini talab qilishi mumkin. 17. Tijorat banklari o‘zlari bilan doimiy aloqada bo‘lgan, bank hisob raqamida muntazam pul oqimiga, ijobiy nufuzga va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga va boshqa kichik biznes subyektlariga, ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan qaytarish ta’minlovisiz, ishonchga asoslangan kreditlar berishga haqlidir. 18. Har qanday mol-mulk, shu jumladan “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq garov predmeti bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar) garov predmeti bo‘lishi mumkin (muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari). Qarz oluvchi o‘z hisobiga garov predmetining yo‘qolishi va yaroqsizlanishi holatlari yuzasidan sug‘urta shartnomasi tuzadi. Sug‘urta polisi bankka kredit shartnomasida belgilangan muddatda taqdim etiladi. 19. Kafolatnoma qonun hujjatlariga muvofiq garantning yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi. 20. Kafillik kafil bo‘luvchi bilan qarz oluvchi o‘rtasida yozma shaklda uch nusxada bank foydasiga tuziladigan kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu shartnomaning oxirgi betida, kafil bo‘luvchi va qarz oluvchi imzolaridan keyin mazkur kafillikning bank tomonidan qabul qilingani qayd etiladi, u bank filiali boshqaruvchisining imzosi va bank filialining dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi. 21. Sug‘urta kompaniyalari fermer xo‘jaliklari va boshqa sug‘urta bozori qatnashchilari murojaatlariga ko‘ra ularning tadbirkorlik tavakkalchiliklarini, shuningdek lizing obyekti yo‘qolishi va yaroqsizlanishidan sug‘urtalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha har yilgi sug‘urta mukofoti summasi, belgilangan sug‘urta tariflari miqdorlaridan qat’i nazar, sug‘urta to‘lovi summasining bir foizidan oshishi mumkin emas.
250
10,610
Qonunchilik
“TABIATNI MUHOFAZA QILISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar ularning ushbu Qonunga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanilaveradi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga oid takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi uch oylik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatiga taqdim etsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin; O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, konsernlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: — 1959-yil 19-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida tabiatni qo‘riqlash haqida”gi Qonun (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 12, 6-modda); — “O‘zbekiston Respublikasida tabiatni qo‘riqlash haqidagi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1972-yil 26-oktabrdagi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1972-yil, № 30, 316-modda); — “O‘zbekiston Respublikasida tabiatni qo‘riqlash haqidagi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Farmonini tasdiqlash haqida” O‘zbekiston Respublikasining 1972-yil 27-dekabr Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1972-yil, № 36, 370-modda); — “O‘zbekiston Respublikasida tabiatni qo‘riqlash haqidagi Qonun”ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1984-yil 1-mart Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 7, 110-modda); — “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi bir qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida” 1984-yil 28-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining “O‘zbekiston Respublikasida Tabiatni qo‘riqlash haqidagi Qonun”ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1984-yil 1-mart Farmonini tasdiqlashga doir qismi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984, № 19, 281-modda).
105
2,915
Qonunchilik
Shisha idishlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shisha idishlarning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Shisha idishlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oydan keyin amalga kiritilsin. 2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi bilan ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llashning ixtiyoriyligiga ega bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. “O‘zstandart” agentligi vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab shisha idishlarni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik tusini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash choralarini ko‘rsin. 4. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida keng xabardor qilinishini ta’minlasinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
89
1,744
Qonunchilik
Sportchilar va trenerlar bazaga kiritiladi
«Jismoniy tarbiya va sport» yagona aхborot tizimi yaratilmoqda (VMning 3.06.2019 yildagi 454-son qarori). U sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (yoʻriqchilari) haqidagi ma’lumotlar, ta’lim tashkilotlari oʻqituvchilari va talabalarining sport fanlari boʻyicha sinov imtihonlarining tizimlashtirilgan natijalari, shuningdek respublikadagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Quyidagilar Yagona tizimning asosiy vazifalari etib belgilandi: 2019 yil 1 sentyabrgacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan Yagona tizim idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek maktabdan tashqari sport ta’limi tashkilotlarida joriy etiladi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ma’lumotlar kiritilishi va dolzarbligi ta’minlanishi monitoringini amalga oshiradigan davlat organi etib belgilandi. Tizim «Elektron hukumat» foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish aхborot tizimi, jismoniy va yuridik shaхslarning, tegishli vazirlik va idoralar ta’lim tashkilotlarining ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashtiriladi. «Uzinfocom» MChJning Davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator server maydonida bir oy muddatda www.sport.uz portali ish boshlaydi. U sport maktablari oʻquvchi-sportchilarining bevosita trener-oʻqituvchilariga qonunchilikda belgilangan tartibda ustamalar belgilash huquqini beradigan sportdagi natijalarini hisobga olish va ular bilan tanishish imkoniyatini ta’minlaydi. Vazirliklar, idoralar, ta’lim tashkilotlarining ma’lumotlarni Yagona tizimga kiritishga mas’ul boʻlgan mutaхassislari uchun u bilan ishlash boʻyicha seminarlar tashkil etiladi. Konstantin Mosin.
42
1,825
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qo‘shma qarorini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 9-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/515-I-sonli Qo‘shma qarorining 3-ilovasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi 908-II/KQ-128-II-sonli Qo‘shma qarori tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
172
682
Qonunchilik
“Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni bilan “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq; “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari tegishlicha 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 3. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyurtmasiga asosan “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin. 4. “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi inobatga olinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi. 2. Ko‘krak nishoni bilan jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun taqdirlanadilar. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. 3. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Davlat organlari va tashkilotlar har yili 1-oktabrga qadar o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda hududiy adliya organlari deb ataladi) taqdim etadi. Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlar har yili 1-oktabrga qadar o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb ataladi) taqdim etadi. Nomzod bo‘yicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzodning obyektivka-ma’lumotnomasi, so‘nggi uch yil davomida u tomonidan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlar taqdim etiladi. 5. Hududiy adliya organlari tomonidan nomzodlar bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqiladi va nomzodlar yuzasidan xulosalar har yili 20-oktabrga qadar vazirlikka taqdim etiladi. Hududiy adliya organlari rahbarlari mazkur Nizomning 4-bandi birinchi xatboshisida belgilangan holatlarni istisno qilgan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra ham nomzodlar to‘g‘risida har yili 20-oktabrga qadar vazirlikka taklif kiritishi mumkin. 6. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya yig‘ilishida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 20-noyabrga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi. 7. Komissiya tomonidan nomzodlarni ko‘krak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi: nomzodning aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari soni; huquqiy madaniyatni targ‘ib qilishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan videoroliklarning tayyorlanganligi; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni targ‘ib qilish bo‘yicha turli innovatsion samarali uslublarning ishlab chiqilganligi. 8. O‘zbekiston Respublikasining adliya vaziri (keyingi o‘rinlarda adliya vaziri deb ataladi) o‘z tashabbusi bilan ham davlat organlari va tashkilotlar xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlashi mumkin. 9. Komissiya xulosasi asosida adliya vazirining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 1-dekabrga qadar chiqariladi. 10. Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi har yili 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni bayrami arafasida adliya vaziri (yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi. 11. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida va boshqa axborot vositalarida e’lon qilinadi. 12. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi. Biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan topshiriladi. 13. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi. 14. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi. 15. Vazirlik ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir. 16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Ko‘krak nishonining old tomoni markaz qismida odam shaklidagi tilla rangda adolat ramzi bo‘lgan tarozi tasvirlangan. Tarozi adolat, odillik va qonuniylikni anglatadi. Tarozining pastki qismida beshta chiziqdan iborat yo‘l tasvirlangan bo‘lib, ular adolat va haqiqatga eltuvchi yo‘llarni bildiradi. Ko‘krak nishonining aylanasi bo‘ylab zarhal hoshiya bilan o‘ralgan sariq rangdagi doira ichida “NUQUQIY TARG‘IBOT ISNLARI A’LOCNISI” so‘zlari tilla rangda yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida faxr-iftixor va sharaf ma’nolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari tasvirlangan. Ko‘krak nishonining orqa tomoni markazida olti qatorda harflarning balandligi 2 millimetr bo‘lgan “Nuquqiy madaniyatni yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun” so‘zlari yozilgan. Ko‘krak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir. Ko‘krak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan o‘ralgan. Ko‘krak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ichning eni — 26 millimetr, bo‘yi — 17 millimetrdan iborat. Qadag‘ich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan bo‘lib, lentaning markazidan eni 6 millimetrli ko‘k yo‘l o‘tgan. Uning har ikki tarafidan eni 1 millimetrli ko‘k, eni 2 millimetrli yashil va eni 5 millimetr bo‘lgan oq rangdagi yo‘llar tushirilgan. Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan. “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi. Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) yashil rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan. Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida bo‘lgan to‘q yashil rangli hoshiya bilan o‘ralgan. Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oralig‘i 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “NUQUQIY TARG‘IBOT”, ikkinchi satrda “ISNLARI A’LOCNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), uchinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) so‘zi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan. Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan. Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan. “GUVONNOMA” so‘zidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan. Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oralig‘i 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Adliya vazirining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-son buyrug‘iga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 5 millimetr pastda, markazda, oralig‘i 3 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi catrda “NUQUQIY TARG‘IBOT ISNLARI A’LOCNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), ikkinchi satrda “ko‘krak nishoni bilan mukofotlanadi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zlari yozilgan. So‘nggi so‘zlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Vazir” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) so‘zi yozilgan.
93
10,332
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Eron Islom Respublikasi Parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhini tashkil etish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Eron Islom Respublikasi Parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tashkil etilsin: 2. Ushbu Qo‘shma qaror tegishli davlat organlariga ma’lumot uchun yuborilsin. 3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
152
738
Qonunchilik
Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qayd etib o‘tilsinki, ko‘rilayotgan choralarga qaramay, joylarda nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallari ishlatilmayotganligi sababli chakana savdodan va xizmatlar ko‘rsatish sohasidan tijorat banklarining kassalariga naqd pul mablag‘lari tushishi darajasi hamon pastligicha qolmoqda. Natijada naqd pul tushumining kattagina qismi bankdan tashqari aylanmaga chiqib ketmoqda. Chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish sohasida naqdsiz hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, naqd pul mablag‘lari to‘liq hisobga olinishi va bank aylanmasiga jalb etilishini, iste’molchilarning huquq va manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash maqsadida: 1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2017-yilning 1-martidan boshlab chakana savdo va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar aholidan to‘lovlar plastik kartochkalar yordamida qabul qilinishini ta’minlaydigan, o‘rnatish majburiy bo‘lgan hisob-kitob terminallarini o‘rnatmagan taqdirda o‘z faoliyatlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmaydilar. Tovar va xizmatlarni elektron tijorat, shu jumladan internet-do‘kon va elektron savdo maydonchalari orqali realizatsiya qiluvchi elektron tijorat subyektlari o‘z faoliyatlarini elektron chek yoki haq olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat yuborishni ta’minlaydigan virtual terminallarni (E-POS) ko‘llagan holda amalga oshirish huquqiga egadirlar; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tijorat banklari, O‘zbekiston Banklar uyushmasi va Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan birgalikda: o‘n kun muddatda chakana savdo va pullik xizmatlar ko‘rsatish obyektlarini hisob-kitob terminallari mavjudligi bo‘yicha inventarizatsiyadan o‘tkazsin; inventarizatsiya yakunlariga ko‘ra, juda qisqa muddatlarda zarur miqdordagi hisob-kitob terminallari o‘rnatilishini, zarur hollarda, ular uzluksiz elektr ta’minotining texnik vositalari bilan jihozlanishini ta’minlasin; tadbirkorlik subyektidan buyurtmanoma tushgan kundan boshlab uzog‘i bilan uch kun ichida yangi o‘rnatilayotgan hisob-kitob terminallari ro‘yxatga olinishini ta’minlasin. Shu bilan birga, doimiy savdo joylariga ega bo‘lmagan va vaqtinchalik joylarda savdo qiluvchi hunarmandlar tomonidan kassa apparatlari va savdo terminallaridan foydalanish, shuningdek savdodan tushgan naqd pul tushumini tijorat banklariga inkassatsiya qilish ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi. 2. Belgilansinki: chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari sotilayotgan tovarlar narxini hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lash shakliga qarab ularni sun’iy ravishda oshirgan yoki pasaytirgan taqdirda, bunday xatti-harakatlar plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilishda hisob-kitob terminallaridan foydalanish borasida o‘rnatilgan tartibni buzish hisoblanadi va ularga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida jarima solinadi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa mashinalarini, hisob-kitob terminallarini ishlatish, shuningdek o‘rnatilgan tartibda talon va cheklar berish, naqd tushumni inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) masalalari yuzasidan, belgilangan tartibga muvofiq, birinchi navbatda savdo komplekslarida, chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish tashkilotlarida doimiy asosda tekshiruvlarni o‘tkazib tursin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari bir oy muddatda: hisob-kitob terminallari bilan jihozlash va ulardan amalda foydalanishni kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutgan holda hisob-kitob terminallarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish va ularga mulk sifatida sotish mexanizmini qayta ko‘rib chiqsin; tadbirkorlik subyektlarining iste’mol ehtiyoji va ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantirish, shuningdek naqdsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish maqsadida plastik kartochkalardan foydalangan holda aholini iste’mol sohasida qisqa muddatli kreditlashning xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan zamonaviy mexanizmlarini kengaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 4. Tijorat banklariga, istisno tariqasida, 2017-2018-yillar mobaynida Protsessing markazlarining texnik tavsifnomalariga muvofiq, hisob-kitob to‘lov terminallari, infokiosklar, bankomatlar va boshqa tegishli uskunalarga tender-tanlov savdolarini o‘tkazmasdan shartnomalar tuzish huquqi berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zbekenergo” AJ bilan birgalikda respublikaning tog‘li va olis hududlariga alohida e’tibor bergan holda, to‘lovlarni plastik kartochkalar yordamida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari bilan jihozlangan chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish obyektlarini sifatli va uzluksiz aloqa bilan ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga yuridik va jismoniy shaxslardan banklardagi hisobvaraqlardan naqd mablag‘larni berishda va plastik kartochkalardan foydalanib, to‘lovlarni amalga oshirishda qoidabuzarlik faktlari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirsin; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda, murojaatlarda ko‘rsatilgan faktlar tasdiqlangan hollarda, uch kun muddatda ularni bartaraf etish va aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortish yuzasidan aniq choralar ko‘rsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi muntazam asosda tadbirkorlik subyektlari orasida nazorat-kassa mashinalarisiz hamda to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarisiz faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsin. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tovarlarni sotish va xizmatlar haqini to‘lashning ushbu qarordan kelib chiqadigan normalari va qoidalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda bevosita aholiga tushuntirish jadvallarini ishlab chiqsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
152
7,395
Qonunchilik
Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur Nizom 2019-yil 1-yanvaridan kuchga kiritilib, 2024-yil 1-yanvarga qadar 2-ilovada qayd qilingan sanoat va energetika tashkilotlariga yetkazib berilgan texnik suv uchun xizmat haqini hisoblashda, istisno tariqasida, 0,1 koeffitsiyenti qo‘llaniladi. Energetik qurilmalarni sovutish uchun ishlatiladigan texnik suv o‘z manbasiga qaytarilishi hamda tabiiy oqim va gidroelektrostansiyalar kanallaridagi suv ishlatilishini inobatga olgan holda “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonasi, “Toshkent issiqlik elektr markazi” unitar korxonasi hamda “Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lanmaydi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi: manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda texnik suv yetkazib beriladigan sanoat va energetika tashkilotlarini bir oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin hamda ular bilan belgilangan tartibda texnik suv yetkazib berish xizmati to‘g‘risida shartnomalarni rasmiylashtirsin; Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019 — 2023-yillar tajribasidan kelib chiqib suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibini takomillashtirish yuzasidan 2023-yilning 1-noyabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyat boshqaruv raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibini hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib tushgan mablag‘larni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom talablari gidroenergetika sohasidagi tashkilotlarga hamda aholi iste’moli uchun ichimlik suvi, issiq suv va issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi kommunal soha tashkilotlariga suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: texnik suv — sanoat, energetika va boshqa sohalarning texnik ehtiyojlari uchun yetkazib berilgan yoki ishlatiladigan suv; suv xo‘jaligi tashkilotlari — Vazirlik tizimidagi suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi hamda sanoat va energetika korxonalariga texnik suv yetkazib berish xizmatlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar; sanoat va energetika tashkilotlari — sanoat mahsulotlari va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun texnik suvdan foydalanadigan tashkilotlar. 4. Suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ular o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq to‘lovlar asosida amalga oshiriladi. 5. Vazirlik tizimidagi suv xo‘jaligi tashkilotlarining bir birlik (1 kub m) hajmdagi texnik suv yetkazib berish xarajatlari mazkur tashkilotlarni saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar va yetkazib beriladigan suv miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. 6. Bir birlik hajmdagi suvni yetkazib berish tarifi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi: bunda: Xts — bir kub m suvni yetkazib berish xarajati, so‘m; Pxm — tasdiqlangan budjet parametrlarida kalendar yilda suv xo‘jaligi tashkilotlarini rivojlantirish va saqlash uchun Vazirlikka ajratilgan xarajatlar miqdori, so‘m; Hsr — kalendar yilda suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga yetkazib beriladigan jami suv resursi miqdori, kub m. Ushbu tarif har kalendar yilning 1-fevraligacha Vazirlik tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. 7. Sanoat va energetika tashkilotlari har oy davomida yetkazib berilgan texnik suv uchun to‘lovlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar suv xo‘jaligi tashkilotlarining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazib beradi. 8. Sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish xizmatidan kelib tushgan mablag‘lar suv xo‘jaligi tashkiloti tomonidan quyidagicha taqsimlanadi: 90 foizi — besh ish kuni mobaynida Vazirlik huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi; 10 foizi — suv xo‘jaligi tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladi. 9. Vazirlik huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga texnik suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan kelib tushgan mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga sarflanadi. 10. Ushbu Nizom 8-bandining uchinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan suv xo‘jaligi tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar quyidagi maqsadlarga sarflanadi: suv xo‘jaligi obyektlarida favqulodda holatlar yuz berishining oldini olish va tabiiy ofatlar yuz bergan hollarda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga; xodimlarni belgilangan tartibda ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirishga; suv xo‘jaligi tashkilotlari tasarrufidagi irrigatsiya tizimini ta’mirlash va tiklash hamda suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashga, tashkilotlarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, jumladan lizing to‘lovlarini amalga oshirish hamda kadrlar malakasini oshirishga yo‘naltiriladi. 11. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. 1. “Angren issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati 2. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati 3. “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati 4. “Taxiatash issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati 8. “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlar zavodi” unitar korxonasi 9. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi (o‘z ehtiyoji uchun). 10. “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonasi.
199
6,785
Qonunchilik
Birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi: 1. Birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq birja a’zolari (fond birjalarining birja a’zolari va boshqa birjalarning fond bo‘limlari bundan mustasno) tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llangan: benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega bo‘ladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yo‘lida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani amalga oshirayotgan yuridik shaxs; birja — oldindan tayinlangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida ommaviy va oshkora birja savdolarini tashkil etish va o‘tkazish orqali birja tovarlari savdosi uchun shart-sharoit yaratadigan, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (bundan buyon matnda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi deb yuritiladi) tomonidan berilgan birja faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan, yuridik shaxslarga birja bitimlarida ishtirok etish huquqini taqdim etadigan va birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni to‘xtatish, tugatish, birja a’zolarining majburiyatlari va mulkiy javobgarligini belgilaydigan yuridik shaxs; ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha birja a’zolarining faoliyati; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar; identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, u topshirgan hujjatlar asosida birja a’zolari tomonidan mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash; mijoz — birja bozorida birja a’zosi xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs; nazoratchi — mazkur Qoidalar va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ichki nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan birja a’zosining mansabdor shaxsi; mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini o‘rganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish; xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — ichki nazoratni o‘tkazish davomida birja a’zolari tomonidan shubhali deb topilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan operatsiyalar; shubhali operatsiya — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, ichki nazorat qoidalarini amalga oshirishda birja a’zosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya; tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi; maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti; birja a’zosi — birja tomonidan belgilangan tartibda ushbu birjadan brokerlik joyini xarid qilgan yoki olgan yuridik shaxs. yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarni bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslar, shuningdek xorijiy davlat korxonalarining rahbarlari, xorijiy taniqli siyosatchilar va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq); yuqori mansabdor shaxslarga yaqin bo‘lgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bog‘liq bo‘lgan jismoniy shaxslar; operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish; terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs; ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs; Ro‘yxat — terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati; pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish — pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni o‘tkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud ko‘chirishni taqiqlash; yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va o‘z ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini ko‘zlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari); uchinchi tomon — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasida ko‘rsatilgan tashkilotlar. 2. Quyidagilarda ichki nazorat amalga oshiriladi: ushbu Qoidalarning 32-bandida sanab o‘tilgan shaxslar taraflardan biri bo‘lgan birja operatsiyalari; birja tovarlarini oldi-sotdisi bo‘yicha va muddatli birja instrumentlari bilan bog‘liq birja operatsiyalari (“fyuchers”, “opsion” va boshqa derivativlar). 3. Ichki nazoratning maqsadlari quyidagilardan iborat: jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish; birja a’zolarining qasddan yoki qasddan bo‘lmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish; birja a’zolari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda birjaning ichki hujjatlarga og‘ishmay rioya qilinishini ta’minlash. 4. Ichki nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat: qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va birjaning ichki hujjatlarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish; benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini tekshirish va ko‘chmas mulk oldi-sotdisi faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkning kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar qo‘llash; mazkur Qoidalarning 30-bandida va birjaning ichki hujjatlarida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash; ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotlarni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etish; Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabardor qilmasdan to‘xtatib turish, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning shaxsiy hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, va to‘xtatib turilgan kunning o‘zida bunday operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash; pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini ta’minlash; birja a’zolari rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda ta’minlab borish; shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bog‘liq shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro ayirboshlash; so‘rovnomalar bo‘yicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarni aniqlash; birja a’zolarining faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish; yuqori mansabdor shaxslar ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish; Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash; maxsus vakolatli davlat organining pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida ijro etish. 41. Birjalar birja a’zolariga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni mustaqil ravishda to‘xtatib turish, bunda yuridik yoki jismoniy shaxsning shaxsiy hisobiga tushadigan mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berish va to‘xtatib turilgan operatsiyalarni tiklash imkoniyati yaratib berishi shart. 5. Ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va tegishli birjalar tomonidan belgilanadigan birja savdosi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 6. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish maqsadida birjalar tomonidan tasdiqlanadigan birja qoidalari quyidagilarni nazarda tutishi kerak: birja a’zolari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi va amalga oshirilishini; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablarini bajarishni; mijozlar va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini tekshirish va identifikatsiyalash bo‘yicha choralarni; maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlarini; birja a’zolarining faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni, shuningdek ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va baholashni; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik talablarini bajarmayotgan birja a’zolariga nisbatan mutanosib ravishda sanksiyalarni qo‘llash; shubhali operatsiyalarni hujjatli aks ettirish va ular to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishni; birja a’zosi xodimlariga ichki nazorat jarayonlari va mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralarini o‘rgatishni; ichki nazoratni amalga oshirishda olinadigan axborot va hujjatlarni saqlash bo‘yicha talablarni; birja tomonidan monitoring va nazoratni amalga oshirish maqsadida birja a’zosining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan birjaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha zarur hujjatlar va ma’lumotni talab qilish huquqini; birja a’zosi faoliyatining xususiyatlarini inobatga oluvchi boshqa jarayonlarni. 7. Ichki nazorat tizimi birja a’zolari faoliyatining xususiyatlari, asosiy yo‘nalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bog‘liq tavakkalchilik xavflari darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi. 71. Birja a’zolarining chet eldagi sho‘ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim. Agarda birja a’zolarining chet eldagi sho‘ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari joylashgan mamlakatning qonunchilik bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi yengilroq ichki nazorat chora-tadbirlari nazarda tutilgan bulsa, ular mazkur Qoidalarga amal qilishlari kerak. 72. Birja a’zosi o‘zining chet eldagi sho‘ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi sababli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni rioya qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, birja a’zosining bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. O‘z navbatida birja a’zosining bosh ofisi bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart. 8. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlarida birja a’zolari tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxs (keyingi o‘rinlarda mas’ul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi. Mas’ul shaxslar ishini muvofiqlashtirish uchun birjada birjaning vakolatli xodimi tayinlanadi. 81. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida birjaning vakolatli xodimi birja a’zolarining rahbarlarini, benefitsiar mulkdorlarini va affilingan shaxslarini (agar mavjud bo‘lsa) identifikatsiyalashi va ularni Ro‘yxat bilan solishtirishi kerak. Birjaning vakolatli xodimi birja a’zolarining raxbarlari, benefitsiar mulkdorlari yoki affillangan shaxslari (agar mavjud bo‘lsa) Ro‘yxat bilan to‘liq mos kelgan taqdirda, bu haqida darhol maxsus vakolatli davlat organiga, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga hamda birja rahbariga xabar berishi shart. 9. Mas’ul shaxs birja a’zosi ijro etuvchi organi rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi. Tayinlangan mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar birjaning vakolatli xodimiga taqdim etiladi. 91. Mas’ul shaxs lavozimiga tayinlanayotgan shaxs jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini hamda birja savdosi qoidalarini bilishi kerak. 10. Birjalar har yili 15-yanvargacha maxsus vakolatli davlat organiga va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga mas’ul shaxslar ro‘yxatlarini taqdim etadilar va ushbu ro‘yxatlarga kiritilgan o‘zgarishlar haqida bu haqda ma’lum bo‘lgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida xabar berishni ta’minlaydilar. 11. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida mas’ul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi: mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi; birja a’zosi faoliyatining o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritadi; mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari to‘g‘risidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining qo‘shimcha axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarining bajarilishini ta’minlaydi; ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, maxsus vakolatli davlat organining vakolatli vakillari, shuningdek tashkilotning ichki audit xizmati xodimlari va tashqi auditorlar tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida birja a’zosi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi; mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini ta’minlaydi; qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi. 12. Mas’ul shaxs quyidagilarga haqli: o‘z tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish; ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa ko‘chirish, tashkilotning elektron ma’lumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanayotgan fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish; xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida o‘tkazilayotgan operatsiyani to‘xtatish bo‘yicha). Mas’ul shaxs qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 13. Mas’ul shaxs quyidagilarga majburdir: mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish; benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash va ularning shaxsini tekshirish bo‘yicha mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarini ko‘rish; mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va ko‘zlangan xususiyati, shuningdek zarur hollarda pul mablag‘larining kelib chiqish manbai to‘g‘risida so‘rash; mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish; identifikatsiyalashni yakunlash imkoni bo‘lmaganda yoki mijozni tegishli tarzda tekshirish natijalariga ko‘ra, u bilan ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda mijoz bilan bitim tuzishni rad etish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish; shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga axborot berish uchun birja a’zosi rahbariyatini xabardor qilish; olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya qilish; ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini ta’minlash. maxsus vakolatli davlat organining pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv tadbirlarida ishtirok etish va o‘quv tadbirlarida olingan ma’lumotlarni birja faoliyatida ishtirok etuvchi birja a’zosi xodimlarga yetkazish. Mas’ul shaxs zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 131. Operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarurat tug‘ilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim. 14. Xodimlarning so‘nggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida birja a’zolarining mas’ul shaxslarini o‘qitish va malakasini oshirish maxsus vakolatli davlat organi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘qitish muntazam ravishda, yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi. 15. Mas’ul shaxs birjaning vakolatli xodimiga kamida bir yilda bir marta o‘z faoliyati natijalari haqida hisobotlar tayyorlaydi va taqdim etadi. Birjalar mas’ul shaxsning faoliyatlari haqidagi hisobotlarni kamida bir yilda bir marta maxsus vakolatli davlat organiga va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuboradilar. 16. Birja a’zolari: ish munosabatlarini o‘rnatishda; bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda; olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha mavjud bo‘lganda; identifikatsiyalash uchun avval olingan ma’lumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubhalar mavjud bo‘lganda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radilar. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lganda birja a’zolari mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarni ko‘rishlari lozim. 161. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi: mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olishi mumkin bo‘lgan ma’lumot va boshqalar) olish va foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor bo‘yicha ma’lumotlarni yanada tezroq yangilab borish; mijozdan uning pul mablag‘lari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida ma’lumot olish; rejalashtirilgan yoki o‘tkazilgan operatsiyalarning sabablari to‘g‘risida ma’lumotlar olish; qo‘shimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yo‘li bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish. 162. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: tegishli hujjatlar asosida mijozning va mijoz nomidan ish yurituvchi shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish; mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash; mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazish. Agar mijozning benefitsiar mulkdorini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, birja a’zolari mijozning rahbarini identifikatsiyalashlari kerak. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan choralarni ko‘rish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar va ularning oila a’zolari yoki benefitsiar egasi bo‘lgan yuqori mansabdor shaxslarning yaqin shaxslariga nisbatan birja a’zolarining xodimlari: yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha oqilona choralarni ko‘rishi; yuqori mansabdor shaxs, uning oila a’zolari yoki yuqori mansabdor shaxsga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina birja a’zosining rahbariyati ruxsati bilan kirishishi (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish); amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishi lozim. 163. Birja a’zolari mazkur Qoidalarning 162-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha so‘nggi javobgarlik birja a’zosining zimmasida qoladi. Bunda birja a’zosi: mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxalarini so‘rov asosida darhol olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga; uchinchi tomon mazkur Qoidalar asosida ishlashiga ishonch hosil qilishi kerak. Mazkur bandning yuqorida ko‘rsatilgan talablaridan biriga rioya qilinmagan taqdirda, birja a’zolari mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishlari kerak. 17. Mijozlarni lozim darajada tekshirish birja bozorida ko‘rsatiladigan xizmatlarning barcha yo‘nalishlari va bosqichlarida, shu jumladan mavjud bo‘lgan mijozlarga nisbatan ham olib borilishi lozim. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdori identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida ko‘zda tutilgan ma’lumotlar, shuningdek operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ular tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga bo‘lgan vakolatlari tekshirilishi shart. 171. Birjaning a’zosi, agar mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llash imkoni bo‘lmasa, mijoz bilan ish munosabatlariga kirishni rad etishi va (yoki) mavjudlarini to‘xtatishi, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborishi shart. 18. Mijoz birja bozorida operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risida topshiriq bilan bir yoki bir necha marta murojaat qilganda, birja a’zolari quyidagilarga majburdirlar: qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq operatsiya o‘tkazishda mijoz yoki manfaatdor shaxslarni identifikatsiyalash; ushbu mijozning avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, o‘rganib chiqish; operatsiya turini hamda uning mijoz — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida belgilangan maqsad va faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash; operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mijoz-jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash. 19. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, shuningdek, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi ham o‘rganilishi lozim. 20. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda birja a’zolari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili, rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tekshirishlari lozim. 21. Mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsilroq o‘rganish maqsadida: mijozning ta’sis hujjatlari (ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan) va mijozning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga; mijozning boshqaruv organlarining tuzilishi va ularning vakolatlariga; mijozning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga alohida e’tibor berilishi lozim. 22. Birja a’zosi mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni: davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz to‘g‘risida olingan ma’lumotlardan foydalanish; mijozning birjaning boshqa a’zolari bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish; mijozning ishchanlik obro‘si to‘g‘risidagi axborotni to‘plash orqali tekshirishga majburdir. 23. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash bo‘yicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini o‘rganish yo‘li bilan, asoslangan va zarur chora-tadbirlarni qo‘llanishi lozim. Mijozlarni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz ma’lumotlarida o‘zgarishlar bo‘lganda, biroq birja a’zosi tomonidan tavakkalchilik yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim. 231. Agar, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud bo‘lganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yo‘l qo‘yiladi. 24. Birja a’zosi mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad etadi. 25. Birja a’zosi mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (bundan buyon matnda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart. Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli ma’lumotlarni hisobga olgan holda mas’ul xodim tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi. Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda maxsus vakolatli davlat organi yoki Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga taqdim etilishi lozim. 251. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birjalar bilan birgalikda yiliga kamida bir marta, shuningdek birja savdolaridagi yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik o‘zgarishi munosabati bilan birja a’zolari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasini o‘rganadi. 26. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga birja a’zosi avvaldan quyidagi mezonlarga ega bo‘lgan mijozlarni tegishli deb topishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tiborni qaratishi lozim: Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoxud Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar yoki Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda (hududda) yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar; offshor zonada hisob raqamlariga ega bo‘lgan rezidentlar va norezidentlar; haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar; faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar; benefitsiar mulkdori ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslar bo‘lgan tashkilotlar; muntazam ravishda (ketma-ket uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar. yuqori mansabdor shaxslar ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar. 27. Tavakkalchilik xavfining yuqori darajasini belgilashda birja a’zosi mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini ko‘rishi va doimiy ravishda ular tomonidan sodir etilayotgan operatsiyalarning monitoringini amalga oshirishi shart. 28. Agar mijozlar bilan hamkorlik yuqori darajadagi tavakkalchilik xavfi bilan bog‘liq bo‘lmasa, u holda bunday mijozlar past darajadagi tavakkalchilik xavfi toifasiga kiritiladi. 29. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, birja a’zosi zarur hollarda u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik xavfi darajasini qayta ko‘rib borishi lozim. Birja a’zolari barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirishning g‘ayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishlari kerak. 291. Birja a’zolari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarni ko‘rishlari kerak. Bu maqsadlarda birja a’zolari: xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi; yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholashlari lozim. Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval o‘tkazilishi lozim. Birja a’zolari bunday tavakkalchiliklarni monitoring qilish va ularni kamaytirish uchun tegishli choralarni ko‘rishlari zarur. 30. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya quyidagi hollarda shubhali deb topilishi mumkin: mijoz tomonidan zarurat tufayli so‘ralayotgan, shu jumladan, ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa) haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishni sababsiz rad etilishi; mijozning xizmat ko‘rsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘lishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar ko‘rsatishdagi oddiy to‘lovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi; birja operatsiyasi bo‘yicha oddiy amaliyotdan farq qiladigan ushbu mijoz tomonidan qo‘llanadigan yoki oddiy birja amaliyotidagi hisob-kitoblarni olib borish tartibi bo‘yicha nostandart yoki murakkab qoidalarning mavjud bo‘lishi; mijozning bekor qilingan birja bitimlari bo‘yicha o‘z mablag‘larini uchinchi shaxslarga yoki norezident-banklardagi hisob raqamlariga qaytarishni taklif qilishi; mijoz tomonidan hujjatlar va axborotni taqdim etilishining uzrsiz kechiktirilishi yoki mijoz tomonidan tekshirib bo‘lmaydigan axborotning taqdim etilishi, yoxud ushbu tekshiruv juda ham qimmat bo‘lsa; mijozning birjada sodir etilayotgan bitimning maxfiyligi masalalariga nisbatan ortiqcha tashvishlanishi; birjada mijoz talab qilayotgan muayyan operatsiyani o‘tkazishdagi asossiz shoshma-shosharlik; agarda mijoz tomonidan naqd shaklda qo‘yilgan summa bir yoki o‘ttiz kun mobaynida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobariga teng miqdoridan oshib ketsa; mijozlar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobari miqdoridan ortiq bo‘lgan bir martalik oldi-sotdi bo‘yicha operatsiyalarning naqd pul mablag‘larida to‘lash orqali sodir etilishi; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari o‘rtasida birjalarning hisob-kitob-kliring palatalaridagi Foydalanuvchilarning shaxsiy raqamlarida (bundan keyingi o‘rinlarda FShR deb yuritiladi) jamlangan pul mablag‘laridan boshqaning foydasiga voz kechish bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng miqdoridagi summadan oshgan operatsiyalarning o‘tkazilishi, bir martalik o‘tkazilgan operatsiyalar kabi uch oy mobaynida o‘tkazilgan bir nechta operatsiyalar ham; offshor hududlarda va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar uchun FShR ochishga topshiriqnoma berilishi; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet el tashkilotlarining ishonchnomalari bo‘yicha FShR ochishga topshiriqnoma berilishi; bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobari miqdoridan yuqori bo‘lgan summada xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlar bajarish bo‘yicha birja bitimlarining tuzilishi; identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, foydalanuvchi bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi; pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk egalari o‘zgarmaydigan, biroq birja savdolarining mazkur ishtirokchilari faolligi to‘g‘risida tasavvur hosil qiladigan bitimlarni tuzish; birja savdolari qoidalarida belgilangan narxlar bilan birja savdolarida manipulatsiya qilish hollarining mavjudligi; 30 kun davomida bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan summaga tovarlarni sotib olish bo‘yicha birja bitimlarini tuzish; faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmaydigan mijoz tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan summaga tovarlarni sotib olish bo‘yicha birja bitimlarini tuzish; boshqa mintaqada joylashgan mijoz tomonidan birja operatsiyasini amalga oshirishga topshiriq berilishi; operatsiya mijozning faoliyati xususiyatiga va turiga muvofiq kelmasligi; amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud bo‘lgan barcha holatlarda. 301. Birja a’zolari Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladigan shubhali operatsiyani erta aniqlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni tatbiq etishlari mumkin. 31. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan o‘rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obro‘si, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani to‘g‘ri aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. 32. Birja a’zolari operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya ma’lumotlarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari shart. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan to‘xtatilishi va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni solmay to‘xtatib qo‘yilishi lozim, agarda: mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelsa; operatsiya qatnashchilaridan biri Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa; operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa; operatsiya qatnashchisi bo‘lgan yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa. Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi to‘xtatib turilganda va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yilganda birja a’zolari maxsus vakolatli davlat organiga bu haqida xabar yuborishi lozim. Birja a’zolari to‘xtatilgan operatsiyani o‘tkazishni tiklashni va ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berishni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 321. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiya maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak. 33. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilganda birja a’zosi mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan: shubhali operatsiyalar to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish haqida; mijoz bilan operatsiya o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish haqida; qonunchilik hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni to‘xtatish haqida. 34. Shubhali operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar birja a’zosi tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaklda beriladi. Shubhali operatsiyaga taalluqli har bir axborot haqida mas’ul shaxs tomonidan qog‘oz va (yoki) elektron ko‘rinishda yuritiladigan maxsus jurnalda qayd etiladi. 35. Birja a’zosi, shuningdek, tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki shubhani olib tashlovchi har qanday ma’lumot to‘g‘risida darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi zarur. 36. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi: operatsiyaning turi va uni amalga oshirish asosi; operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi; operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar; operatsiyaning topshirig‘i bo‘yicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar; ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakili) identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar; pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha oluvchini va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar. 361. Mas’ul xodimning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va maxsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalar, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qog‘ozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qog‘ozdagi va elektron anketalari, jurnallar va h. k.)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu xodim tomonidan saqlanishi lozim. 362. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qo‘yilishi hamda mas’ul xodim tomonidan ularning ro‘yxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur. 37. Birja a’zolari pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar haqidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash materiallarini va ma’lumotlarini shu jumladan ish yozishmalarini va har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilganidan keyin besh yildan kam bo‘lmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq mijoz so‘rovnomasida qayd etiladi. 371. Birjalar oshkor qilmaslik va saqlash muddatlari bo‘yicha talablarga rioya etgan holda barcha hujjatlarning elektron nusxalarini saqlashlari mumkin. 38. Birja a’zolari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga ma’lumot berilganligi to‘g‘risida axborot berishga haqli emaslar. 381. Mijozning lozim darajada tekshirilganligi haqida, shu jumladan, mijozning so‘rovnomasidan ma’lumot uchinchi tomonlarga ularning so‘roviga binoan berilishi mumkin. 39. Birja a’zolari xodimlarining ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni o‘z xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanmasligini) ta’minlaydilar. 391. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa hujjatlar birja a’zolari va birjaning barcha xodimlariga yetkazilishi lozim. 40. Birjalarning mazkur Qoidalar talablariga rioya etishlari ustidan monitoring va nazorat Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Birja a’zolarining mazkur Qoidalar talablariga rioya etishlari ustidan monitoring va nazorat qilinishi birjalar va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Birjalar, o‘z vakolatlari doirasida, mazkur Qoidalar talablarini buzgan birja a’zolariga nisbatan choralarni belgilaydi va qo‘llaydi. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga ham mazkur Qoidalar bilan belgilangan talablar qo‘llaniladi. 401. Birja a’zosining ichki audit xizmati mavjud bo‘lganda, ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilish ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 41. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 42. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi tovar xomashyo birjasi, Respublika universal agrosanoat birjasi, Respublika ko‘chmas mulk birjasi, Toshkent shahar munitsipal birja markazi bilan kelishilgan. 1. Familiyasi, ismi va otasining ismi. 2. Tug‘ilgan sanasi va joyi. 3. Fuqaroligi haqida ma’lumotlar. 4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami. 5. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi. 6. Fuqaro pasporti yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat (hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi). 7. Mobil telefoni raqami (agar mavjud bo‘lsa). 1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar: a) to‘liq, shuningdek, agar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qisqartirilgan nomi; b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot: sana, raqam, ro‘yxatga oluvchi organ nomi; v) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; g) joylashgan joyi (pochta manzili), shuningdek ro‘yxatdan o‘tgan ofisining manzili va bosh ofisining manzili, agar u birinchisidan farq qilsa; d) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar; e) litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan litsenziyalar to‘g‘risida ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati; j) imzo huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxs nomidan ish ko‘ruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyalash to‘g‘risida ma’lumotlar; z) yuridik shaxs ta’sischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda mijozning ustav fondi (kapitali)dagi ularning ulushlari to‘g‘risida ma’lumotlar; i) ro‘yxatga olingan va to‘langan ustav fondi (kapitali) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar; k) yuridik shaxsning boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; l) telefon raqamlari. 2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar: a) Mazkur qoidalarning 1-ilovasida ko‘zda tutilgan ma’lumotlar; b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot: sana, raqam, ro‘yxatga oluvchi organ nomi; v) faoliyat amalga oshiriladigan joy; g) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati; d) telefon raqamlari; e) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar. 1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarning 1, 2-ilovalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar. 2. Mijozning benefitsiar mulkdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 3. Mijozning yuqori mansabdor shaxs (uning oila a’zosi yoki unga yaqin shaxs) ekanligi to‘g‘risida belgi. 4. Tavakkalchilik darajasi haqida ma’lumot, shu jumladan, tavakkalchilikni baholash asoslari. 5. Birja a’zosi tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar natijalari. 6. Mijoz bilan munosabatlar o‘rnatilgan sana. 7. Mijoz anketasi to‘ldirilgan va o‘zgartirish kiritilgan sana. 8. Mijoz bilan ishlashga mas’ul xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi. 9. Qog‘oz shaklidagi mijoz anketasini to‘ldirgan xodim imzosi (familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatilgan holda) yoki elektron ko‘rinishdagi mijoz anketasini (birja a’zosining elektron raqamli imzosidan foydalangan holda) to‘ldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi. 10. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa ma’lumotlar.
239
55,936
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-oktabrdagi “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4761-son Farmoniga muvofiq hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini yanada maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, bir-birini takrorlashni bartaraf etish maqsadida: 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari aksiyadorlarining qarorlarini hisobga olgan holda: “O‘zmarkazimpeks” AJ va “O‘zinterimpeks” AJ tashqi savdo kompaniyalarini qayta tashkil etish, ularning negizida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga ularning mahsulotlarini eksport qilishda yordam ko‘rsatish funksiyasini zimmasiga yuklagan holda “O‘ztadbirkoreksport” AJ tuzish to‘g‘risidagi; “O‘ztadbirkoreksport” ITSK MChJni tugatish to‘g‘risidagi; “O‘zsanoatmashimpeks” AJ, “Markazsanoateksport” AJni qayta tashkil etish va ularning negizida mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoati korxonalari, qurilish materiallari sanoati va boshqa sanoat tuzilmalariga ularning mahsulotlarini eksport qilishda yordam ko‘rsatish funksiyasini zimmasiga yuklagan holda “O‘zsanoateksport” AJ tuzish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda qayta tashkil etilayotgan “O‘ztadbirkoreksport” AJ va “O‘zsanoateksport” AJlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilagan holda, ustavlarini ishlab chiqsin va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin, ustav kapitallarini shakllantirsin va ularning davlat ro‘yxatidan o‘tishini ta’minlasin. 3. Belgilansinki: “O‘ztreyd” va “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlari o‘zini o‘zi to‘liq moliyalashtirish tamoyillari asosida ustavlariga muvofiq mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi; “O‘ztreyd” AJ tugatilayotgan “O‘zmarkazimpeks” AJ va “O‘zintreimpeks” AJlarning huquqlari, shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; “O‘zsanoateksport” AJ qayta tashkil etilayotgan “O‘zsanoatmashimpeks” va “Markazsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlarining huquqlari, shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 5. “O‘zsanoateksport” AJ davlat aksiyalari paketi bo‘yicha aksiyador funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘ztadbirkoreksport” AJ, “O‘zsanoateksport” AJ belgilangan tartibda “O‘zmarkazimpeks” AJ, “O‘zinterimpeks” AJ, “O‘zsanoatmashimpeks” AJ, “Markazsanoateksport” AJ va “O‘ztadbirkoreksport” ITSK MChJ mulklarini baholashni, shuningdek, ularning qo‘shgan ulushlariga muvofiq aksiyadorlar o‘rtasida ulushlariga proporsional ravishda taqsimlash sharti bilan yangi aksiyalar chiqarishni amalga oshirsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-136-son qarorining to‘rtinchi xatboshi va 5-ilovasi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-yanvardagi “Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-554-son qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 23-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-962-son qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1236-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi va qarorning 2-ilovasi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 368-son qarorining 6-bandi.
189
5,066
Qonunchilik
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyaga (Rim, 1951-yil 6-dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyaga (Rim, 1951-yil 6-dekabr) qo‘shilinsin.
141
102
Qonunchilik
“O‘ZBEKENERGO” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI VA UNING TARKIBIY KORXONALARINING 2006 YILDAGI MOLIYAVIY-XO‘JALIK FAOLIYATI NATIJALARI BO‘YIChA HISOBLANGAN DIVIDENDLARNING BIR QISMINI USTAV SARMOYASIGA KAPITALLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalarini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari hisobiga generatsiya qiluvchi quvvatlarni va elektr tarmoqlarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalarining 2006-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga ko‘ra oddiy aksiyalar bo‘yicha 42175,3 mln. so‘m, shu jumladan davlat ulushi bo‘yicha 28404,1 mln. so‘m dividendlar hisoblanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2006-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga ko‘ra hisoblangan dividendlarning oddiy aksiyalar bo‘yicha 31385,5 mln. so‘m, shu jumladan davlat ulushi bo‘yicha 23192,9 mln. so‘m miqdoridagi qismini “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalarining ustav sarmoyasiga kapitallashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda belgilangan tartibda: oddiy aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarning bir qismini kapitallashtirish hisobiga “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalarining ustav sarmoyasini ilovaga muvofiq ko‘paytirsin; “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalari aksiyalari emissiyasi prospektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
230
1,856
Qonunchilik
BANKROT DEB E’LON QILINGAN KORXONANI MOL-MULK MAJMUASI SIFATIDA OLDI-SOTDI QILIShDA MULK HUQUQINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan “Bankrot deb e’lon qilingan korxonani mol-mulk majmuasi sifatida oldi-sotdi qilishda mulk huquqini rasmiylashtirish tartibi” o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin (ro‘yxat raqami 493, 1998-yil 29-sentabr). 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi va Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishilgan.
164
1,022
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992 YIL 24 AVGUSTDAGI 394-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN «PYeDAGOG XODIMLAR BILAN MYeHNAT ShARTNOMALARI TUZIShNING KONTRAKT ShAKLI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM»NING KONSTITUSIYaVIYLIGINI TYeKShIRISh HAQIDAGI ISh BO‘YIChA
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, sudyalar O. Ernazarov, G‘. Abdumajidov, G. Pirjanovlardan iborat tarkibda, Vazirlar Mahkamasining taraf sifatidagi manfaatlarini ifodalovchi L. Krutsova, ekspert, dotsent M. Gasanov ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi 1-bandiga va «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasiga amal qilgan holda, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 24 avgustdagi 394-son qarori bilan tasdiqlangan «Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakli to‘g‘risidagi Nizom»ning Konstitutsiyaga muvofiqligi haqidagi ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi. Ishni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasi birinchi qismi, Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi Qonunning 19-moddasi asosida Konstitutsiyaviy sud tashabbusi bilan qo‘zg‘atildi. Vazirlar Mahkamasining pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakli shartlarini tartibga soluvchi normativ hujjati tekshirilishi lozim edi. Sudya G. Pirjanovning axborotini, ekspert M. Gasanovning fikrini eshitib, ish materiallarini o‘rganib chiqib, Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi: Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 24 avgustdagi 394-son qarori bilan «Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakli to‘g‘risidagi Nizom» tasdiqlangan. Mazkur Nizomga muvofiq davlat oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, umumta’lim maktablarining pedagog xodimlari bilan mehnat shartnomasi kontrakt asosida 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi. Vazirlar Mahkamasining vakilini, ekspertning xulosasini eshitib, ish materiallarini o‘rganib chiqib, Konstitutsiya, Mehnat kodeksi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun normalarini tahlil etib, Konstitutsiyaviy sud Vazirlar Mahkamasining yuqorida aytib o‘tilgan Nizomi Konstitutsiyaga muvofiq emas hamda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, umumiy ta’lim maktablari professor-o‘qituvchilari tarkibining mehnat huquqlarini cheklab qo‘yadi degan xulosaga keldi. Birinchidan. Konstitutsiyaning 14-moddasida deyilganki, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 18-moddasida belgilab qo‘yilganki, barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar. Konstitutsiyaning 37-moddasi barcha fuqarolarga mehnat qilish va adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqini kafolatlaydi. Ikkinchidan. Har kimga ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish shart-sharoitlarida teng imkoniyatlar yaratib berilishi Mehnat kodeksining 58-moddasida ham nazarda tutilgan. Mehnat kodeksining 76-moddasiga binoan muddatli mehnat shartnomalari bajarilajak ishning xususiyatlari, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan holda, muayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo‘lmagan, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollardagina tuziladi. Muddatli mehnat shartnomasini faqat aniq belgilangan hollarda tuzish mumkinligi to‘g‘risidagi Mehnat kodeksida mustahkamlab qo‘yilgan norma umumiy xususiyatga ega bo‘lib, barcha xodimlarga, shu jumladan pedagoglarga nisbatan tatbiq etiladi. Boshqa hollarda pedagog xodimlar bilan muddatli mehnat shartnomalari tuzish Mehnat kodeksining 76-moddasi talablariga muvofiq emas, demak Konstitutsiyaning Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ustunligi mustahkamlab qo‘yilgan 15-moddasiga ham muvofiq emas. Shu tariqa, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 24 avgustdagi 394-son qarori va u bilan tasdiqlangan Davlat oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy ta’lim maktablarining pedagog xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakli to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14, 15, 18 va 37-moddalariga ziddir. Bayon qilinganlar asosida va «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 19, 25, 26 va 27-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 24 avgustda qabul qilingan «Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishning kontrakt shakliga o‘tish to‘g‘risida»gi 394-son qarori O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topilsin. 2. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin. 3. Qaror matbuotda e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi, qat’iy, uning ustidan shikoyatga o‘rin yo‘q.
234
4,588
Qonunchilik
“O‘ZKEYSMASh” O‘ZBEKISTON—AMERIKA QO‘ShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Qishloq xo‘jaligini zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikasi, shu jumladan paxta terish mashinalari, don xederlari bilan ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan “Keys Korporeyshn” kompaniyasi (AQSh) o‘rtasidagi Bitimni amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi va “Toshqish-loqmash” aksiyadorlik jamiyatining Amerikaning “Keys Ekvipment Xoldinge Limited” (AQSh) firmasi bilan birgalikda ikki qatorli gorizontal shpindelli “Keys-2022 Kotton Ekspress” paxta terish kombayni va “Keys-1010” don xederi ishlab chiqaruvchi ustav jamg‘armasi 1-ilovaga muvofiq 15 mln. AQSh dollari miqdorida bo‘lgan “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. “Toshqishloqmash” aksionerlik jamiyati “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasi mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni boshlab yuborish uchun ishlab chiqarish va texnologiya imkoniyatlari barpo etish maqsadida 1,5 mln. AQSh dollariga asbob-uskunalar sotib olishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi: “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi ulushi sifatida qo‘shma korxona ustav jamg‘armasiga binolar va boshqa mol-mulk berilishini ikki hafta muddatda rasmiylashtirsin; bir oy muddatda “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin; “Keys Korporeyshn” kompaniyasining paxta terish kombaynlari va don xederlarini respublikada ishlab chiqarish dasturini, shuningdek respublikada ishlab chiqarishning ishlab chiqarish va texnologik imkoniyatlarini barpo etish maqsadida “Toshqishloqmash” aksionerlik jamiyatini texnika bilan jihozlash dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin hamda ularni mablag‘ bilan ta’minlashga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasini O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin. 4. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi mashina-traktor parklarini 2-ilovaga muvofiq “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalari va xederlar bilan butlasin. 7. “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasi korxona ustav jamg‘armasiga ulush hisoblangan hamda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan chetdan keltiriladigan moddiy-texnika resurslariga, asbob-uskunalar, transport vositalariga O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan soliqlarning barcha turlaridan, boj poshlinalari va aksizlardan mahsulot ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab 5 yilga ozod qilinsin. 8. “O‘zKeysmash” qo‘shma korxonasi loyihasi bo‘yicha ishlash uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarga vizalarni rasmiylashtirish yoki uzaytirish, yashash hamda respublika hududida transportning barcha turlarida yurganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lash huquqi berilsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
79
3,222
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘y
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarorini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xo‘jayev va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida: a) 5-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yig‘imlarni undirish milliy valyuta “so‘m”da bevosita bojxona postlarida tijorat banklari tomonidan to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha amalga oshirilib, olingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining hisob raqamlariga jamg‘arma daromadlarining tranzit hisob raqamlari orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi”; to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin; b) 6-ilovaga quyidagi mazmundagi 9-band qo‘shilsin: “9. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan to‘lovlarni undirish milliy valyuta “so‘m”da bevosita bojxona postlarida tijorat banklari tomonidan to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha amalga oshiriladi”. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy xizmatlari uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 2-oktabrdagi 417-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “5000 AQSh dollari” so‘zlari “eng kam oylik ish haqining 260 baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “Afg‘oniston hududiga tijorat yuklarini transportda tashishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 31-yanvardagi 41-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 6-modda) 4-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Afg‘onistonga borayotgan avtotransport vositalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va tranzit uchun to‘lov undirilishi bojxona postlarida joylashgan tijorat banklari tomonidan to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyuta “so‘m”da mablag‘larni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazgan holda amalga oshiriladi”. 11. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 153-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 13-son, 153-modda) bilan tasdiqlangan Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomda: a) ilovaning 1.2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: b) 2-ilovaning uchinchi xatboshidan va 3-ilovaning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardan “ming AQSh dollari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 12. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarining 20-bandidan “yoki to‘lov kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha erkin muomaladagi valyutada” so‘zlari chiqarib tashlansin; 14. Vazirlar Mahkamasining “Madrid Bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlarning stavkalarini belgilash to‘g‘risida” 2006-yil 21-dekabrdagi 263-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 51-52-son, 515-modda): a) 2-bandning birinchi xatboshidan “valyuta” so‘zi chiqarib tashlansin; b) ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin: 15. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 26-27-son, 251-modda): a) 1-banddagi “3 ming AQSh dollari ekvivalentiga teng” so‘zlari “12 mln so‘m” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 4-ilovaning 26-bandidan “va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilgan kundagi kursi bo‘yicha belgilanadi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 17. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 18. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-iyundagi 178-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar va geologiya-qidiruv ishlari olib borish to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishda tanlovlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomda: a) 10-banddagi “yigirma besh ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lgan” so‘zlari “100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 11-bandining birinchi xatboshidagi “yigirma besh ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan, biroq yuz ming AQSh dollaridan” so‘zlari “100 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan, lekin 400 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 16-banddagi “yuz ming AQSh dollaridan” so‘zlari “400 mln so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirilsin; g) 67-bandda: “a” kichik banddagi “yuz ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lgan, lekin o‘n besh million AQSh dollaridan” so‘zlari “60 mlrd so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirilsin; “b” kichik banddagi “o‘n besh million AQSh dollaridan” so‘zlari “60 mlrd so‘mdan “ so‘zlari bilan almashtirilsin; d) 74-banddagi “o‘n besh million AQSh dollaridan” so‘zlari “60 mlrd so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirilsin; e) 81-bandda: “a” kichik banddagi “yuz ming AQSh dollaridan” so‘zlari “400 mln so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirilsin; “b” kichik banddagi “yuz ming AQSh dollaridan” so‘zlari “400 mln so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirilsin; j) 82-bandda: “a” kichik banddagi “yuz ming AQSh dollaridan” so‘zlari “400 mln so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirilsin; “b” kichik banddagi “yuz ming AQSh dollaridan oshsa, lekin bir million AQSh dollaridan” so‘zlari “400 mln so‘mdan oshsa, lekin 4 mlrd so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirilsin; z) 83-banddagi “bir million AQSh dollaridan” so‘zlari “4 mlrd so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 20. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va video tasvirga olish tartibi to‘g‘risida nizomning 20-bandidagi “200 AQSh dollariga teng summada (to‘lov kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha)” so‘zlari “800 ming so‘m miqdorida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 21. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomda: a) 1-ilovaning “Xalqaro sport musobaqalari va o‘quv-trenirovka yig‘inlari” ustunidan “AQSh doll.” kichik ustuni chiqarib tashlansin; b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 22. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyuldagi 217-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun har yillik shartnoma kampaniyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 26. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 10-martdagi 57-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda): a) 1-ilovaning 6-bandi ikkinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining o‘n baravari, shuningdek 50 AQSh dollari” so‘zlari “eng kam oylik ish haqining 12,5 baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovaning 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqining ikki baravari, shuningdek 25 AQSh dollari miqdorida” so‘zlar “eng kam oylik ish haqining uch baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 3-ilovaning 3-bandidagi “100 AQSh dollari” so‘zlari “eng kam oylik ish haqining besh baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 28. Vazirlar Mahkamasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 82-modda): a) 1-bandda: birinchi xatboshidagi “11 ming AQSh dollari ekvivalentiga teng” so‘zlari “44 mln. so‘m” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “10 ming AQSh dollari” so‘zlari “40 mln. so‘mi” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi “1 ming AQSh dollari” degan so‘zlar “4 mln. so‘mi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada: 42-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “yo‘lovchining yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikast yetkazilgan (buzilgan) mol-mulki qiymatini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda — yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikast yetkazilgan (buzilgan) mol-mulk vaznining har bir kilogrami uchun 100 ming so‘m miqdorida”; Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga ilovadan “1 AQSh dollari kursi = _________ so‘m” qatori chiqarib tashlansin. 29. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 11-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazishga ruxsatnoma olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandi birinchi xatboshisining rus tilidagi matnida “v svobodno konvertiruyemoy valyute v razmere, ekvivalentnom pyatikratnoy summe” so‘zlari “v pyatikratnom razmere” so‘zlari bilan almashtirilsin. 30. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 1-martdagi 61-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida sotib olingan yoki yangi tashkil etilgan mol-mulkni xorijiy investorga berish tartibi to‘g‘risida nizomning 11-bandi birinchi xatboshidagi “500 ming AQSh dollaridan” so‘zlari “2 mlrd. so‘mdan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 32. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomda: a) 2-ilovaning “Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda bojlar va yig‘imlar miqdorlari*” ustunining 21-bandidagi “Eng kam oylik ish haqining 5 baravari va 500 AQSh dollari miqdorida” va “Eng kam oylik ish haqining 2,5 baravari va 250 AQSh dollari miqdorida” so‘zlari tegishli ravishda “eng kam oylik ish haqining 32 barovari” va “eng kam oylik ish haqining 16 barovari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 11-ilovaning “Ustav fondining eng kam miqdori” ustunida: 1-bandda “400 000 AQSh dollari**” so‘zlari “1 600 mln. so‘m” so‘zlari bilan almashtirilsin; 14-bandda “150 000 AQSh dollari**” so‘zlari “600 mln. so‘m” so‘zlari bilan almashtirilsin; 34. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 243-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 52-bandida: a) birinchi xatboshidagi “100 ming AQSh dollariga” so‘zlari “400 mln.so‘mga” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) ikkinchi xatboshidagi “300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollariga” so‘zlari “4 mln. so‘mdan 400 mln. so‘mga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 35. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi sakkizinchi xatboshidan “chet el valyutasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha milliy valyutada” so‘zlari chiqarib tashlansin. 37. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoni)” 2017-yil 7-iyuldagi 472-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (O‘zbekiston Respublikasi QXT, 2017-y., 28-son, 649-modda). 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 28-iyundagi, 235-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 35-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 8-yanvardagi 7-son qarori ilovasining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 2-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “Aviatashuv xizmatlarini amalga oshirishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 1-avgustdagi 224-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 68-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qarori 1-ilovasining 113-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda). 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aviatashuv xizmatlarini amalga oshirishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 1-avgustdagi 224-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2012-yil 19-dekabrdagi 357-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 88-modda). 6. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Aviatashuv xizmatlarini amalga oshirishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 1-avgustdagi 224-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 10-apreldagi 102-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 4-son, 25-modda). 7. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro aviatashuv xizmatlari ko‘rsatilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 28-iyundagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 28-son, 358-modda). 8. Vazirlar Mahkamasining “Aviatashuv xizmatlarini amalga oshirish tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2014-yil 20-martdagi 67-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 27-modda). 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qarori 1-ilovasining 109-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda).
250
17,776
Qonunchilik
Sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitim ma’qullandi
Prezidentning 17.06.2016 yildagi PQ-2550-son qarori bilan ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida 15.06.2011 yilda Ostona shahrida imzolangan Bitim tasdiqlandi. Bitim sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilish yoʻnalishlari va shakllarini belgilaydi. Taraflar hujjatni amalga oshirish borasida olingan intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan huquq muhofazasini oʻz davlatlarining qonun hujjatlariga hamda ular ishtirokchisi boʻlgan хalqaro shartnomalarga muvofiq ta’minlaydilar. Bitim boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq хarajatlar, agar boshqa kelishuvlar mavjud boʻlmasa, davlatlar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA tayyorladi.
73
1,153
Qonunchilik
Paхta terimchilarga ustama haq toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 02.11.2021 yildagi “2021 yil paхta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 666-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan 2021 yil hosili uchun yetishtirilayotgan paхta хom ashyosini yigʻib-terib olishga talab etiladigan mablagʻlar va ularning manbalari viloyatlar kesimida tasdiqlandi. Moliya vazirligiga klasterlarga paхta хom ashyosini terib olish uchun yillik 14% stavkada (shundan 1% bank marjasi) kredit ajratish maqsadida 6 oy muddatda qaytarish sharti bilan "Agrobank" ATB depozitiga 1,6 trln soʻmgacha mablagʻlar joylashtirish topshirildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Qishloq хoʻjaligi vazirligining taklifiga binoan paхta-toʻqimachilik klasterlari va fermer хoʻjaliklari bilan ishsiz hamda vaqtinchalik band boʻlmagan aholidan iborat terim otryadlari rahbarlari oʻrtasida mavsumiy ishga qabul qilish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnomalari tuziladi. Terim otryadlari rahbarlariga paхta yigʻim-terimi yakuniga qadar 2 mln soʻm miqdorida mehnat haqini toʻlash uchun qilingan хarajatlar paхta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan joriy yil 1 dekabrga qadar taqdim etilgan aniq hisob-kitoblar va buyurtmalarga asosan qoplab beriladi. 2021-2023 yillarda Jizzaх, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida tavsiya etilgan хizmat tariflaridan kelib chiqqan holda paхta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paхta хom ashyosini yigʻib-terib olish хizmat bahosining 30%i respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Tegishli roʻyхat boʻyicha хorijdan olib kelinadigan qishloq хoʻjaligi teхnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari 3 yil muddatga bojхona toʻlovlaridan (QQS va bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi hamda "erkin muomalaga chiqarish" bojхona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQSni 270 kungacha boʻlgan muddatga kechiktirib toʻlashga ruхsat beriladi. Quyidagi hududlarda paхta хom ashyosi yigʻim-terimiga terimchilarni qoʻshimcha jalb qilish maqsadida qoʻlda terilgan har bir kilogramm paхta хom ashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 230 soʻmdan ustama haq toʻlanadi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.11.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
40
2,363
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-yanvardagi 10-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 3-4-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risidagi nizomning I bo‘limi “Asarlar turi” ustunining 23-pozitsiyasidagi hamda III bo‘limi 1-bandidagi “madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 26-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari 9-ilovasining “Kasbiy tavakkalchilik klasslari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari (kichik tarmoqlar)” ustuni 29-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Buxoro viloyati Olot tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi 313-son qarorida: a) 1a-ilovaning “Tadbirlar nomi” ustuni 14-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 9-ilovaning V bo‘limida: “Yangi qurilish” kichik bo‘limi “Chora-tadbirlar nomi” ustunining 1-3-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazi” so‘zlari tegishli kelishikda “madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Jihozlash” kichik bo‘limi “Chora-tadbirlar nomi” ustunining 1 — 3-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazi” so‘zlari tegishli kelishikda “madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyuldagi 556-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2019-yillarda Buxoro shahrida muhandislik-kommunikatsiya tizimini takomillashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturining moliyalashtirish manbalari “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 11.7-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 6. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Andijon viloyatining Xonobod shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 28-iyuldagi 557-son qarorida: 1a-ilovaning “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 16-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-ilovaning “Tadbirlar nomi” ustuni V bo‘limi 1-pozitsiyasidagi “madaniyat va aholi dam olish markazini” so‘zlari “madaniyat markazini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Namangan viloyatining Namangan shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi 685-son qarorida: 1a-ilovaning “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni V bo‘limi 5-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 7-ilovaning “Tadbirlar nomi” ustuni V bo‘limi 2–6-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazini” so‘zlari “madaniyat markazini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati Zangiota tumanini 2017 — 2019-yillarda kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 16-oktabrdagi 827-son qarorida: 1a-ilovaning “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 15-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-ilovaning “Tadbir nomi” ustuni 75, 78 va 79-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazi” so‘zlari “madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyati Toshkent tumanini 2017 — 2019-yillarda kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 16-oktabrdagi 828-son qarorida: 1a-ilovaning “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 15-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-ilovaning “Tadbir nomi” ustuni 78-pozitsiyasidagi “Madaniyat saroyi” so‘zlari “Madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 16-oktabrdagi 835-son qarorida: 1a-ilovaning “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 16-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 8-ilova V bo‘limining “Tadbirlar nomi” ustuni 1, 2 va 3-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazi” so‘zlari “madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida aholiga yashash uchun qulay shart-sharoitlar va kafolatlangan ish o‘rinlari yaratishga doir chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 19-oktabrdagi 854-son qarori 2-ilovasining “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 17-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Jizzax viloyatining Zomin tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 11-noyabrdagi 902-son qarori 9-ilovasining “Tadbirlar nomi” ustuni 22, 23 va 24-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazi” so‘zlari “madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Jizzax viloyatining “Zarbdor tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 11-noyabrdagi 903-son qarorida: 1a-ilovaning “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 8-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-ilovaning “Tadbirlar nomi” ustuni 18 va 21-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazi” so‘zlari “madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarorida: 9-bandning birinchi xatboshidagi “madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 1-ilovaning “Chora-tadbirlar mazmuni” ustuni 20-pozitsiyasidagi “madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish bo‘yicha 2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ning “Chora tadbirlar” ustuni 4-pozitsiyasidagi “madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 25-son, 500-modda) bilan tasdiqlangan Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 851-son qarori bilan tasdiqlangan 2018-2019-yillarda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining moliyalashtirish manbalarining “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 10-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 18. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 852-son qarori bilan tasdiqlangan 2018-2019-yillarda Jizzax viloyatining Zafarobod tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi moliyalashtirish manbalarining “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 9-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 19. Vazirlar Mahkamasining “2018-2019-yillarda Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 23-oktabrdagi 853-son qarorida: 1-ilovaning “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 9-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-ilovaning “Tadbirlar nomi” ustuni 10 va 11-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazi” so‘zlari “madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 21. Vazirlar Mahkamasining “2018-2019-yillarda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 29-oktabrdagi 882-son qarorida: 1-ilovaning “Tadbirlar nomi” ustuni 12-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-ilovaning “Chora-tadbirlar nomi” ustuni 21 — 24-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazi” so‘zlari “madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 22. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 883-son qarori bilan tasdiqlangan 2018-2019-yillarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining moliyalashtirish manbalari “Tadbirlar nomi” ustuni 14-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 23. Vazirlar Mahkamasining “2018-2019-yillarda Buxoro viloyatining Jondor tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 30-oktabrdagi 888-son qarorida: 1-ilovaning “Tadbirlar nomi” ustuni 6-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-ilova VI bo‘limining “Chora-tadbirlar nomi” ustuni 2 va 22-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazi” so‘zlari tegishli son va kelishikda “madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 24. Vazirlar Mahkamasining “2018-2019-yillarda Buxoro viloyatining Peshku tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 30-oktabrdagi 889-son qarorida: 1-ilovaning “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 5-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-ilovaning “Chora-tadbirlar nomi” ustuni 18 va 19-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazi” so‘zlari “madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 25. Vazirlar Mahkamasining “2018-2019-yillarda Buxoro viloyatining Romitan tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 30-oktabrdagi 890-son qarorida: 1-ilovaning “Tadbirlar nomi” ustuni 13-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-ilovaning “Chora-tadbirlar nomi” ustuni 16 va 17-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazini” so‘zlari “madaniyat markazini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 26. Vazirlar Mahkamasining “2018-2019-yillarda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 30-oktabrdagi 891-son qarorida: 1-ilovaning “Tadbirlar nomi” ustuni 5-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 6-ilovaning “Chora-tadbirlar nomi” ustuni 13-pozitsiyasidagi “madaniyat va aholi dam olish markazlariga” so‘zlari “madaniyat markazlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 27. Vazirlar Mahkamasining “2018-2019-yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 13-noyabrdagi 927-son qarorida: 1-ilova “Ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha loyihalar” bo‘limining “Yo‘nalishlar bo‘yicha” ustuni 5-pozitsiyasidagi “Madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “Madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-ilovaning “Tadbirlar” ustuni 38-40-pozitsiyalaridagi “madaniyat va aholi dam olish markazi” so‘zlari tegishli kelishikda “madaniyat markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 28. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 999-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik bepul tayyorlash tajriba guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizomning 5-bandidagi “madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
13,506
Qonunchilik
Instagram'dan biznes yoʻlida foydalanish: asosiy talablar
Mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasining “Internet jahon aхborot tarmogʻida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilinganidan keyin ham davlat idoralari, ham хususiy sektor oʻz saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatiga e’tiborni kuchaytirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda biznesni targʻib etish usullari haqida avval yozgan edik. Aynan Instagram’da buni qanday qilib toʻgʻri amalga oshirish хususida esa bugun suhbatlashamiz. Yirik brend uchun Instagram’da profil boʻlishining oʻzi kamlik qiladi, albatta. Ammo kichikroq biznes, masalan, goʻzallik saloni, liboslar, poyabzal, pardoz-andoz mahsulotlari yoki oʻyinchoqlar doʻkoni sohibi boʻlsangiz, Instagram’da targʻibot olib borish ayni muddao boʻladi: bir nechta tarmoqlarda ma’lumotlar berish uchun kuch va vaqtingizni sarflab oʻtirishingizga hojat qolmaydi. Ayniqsa, oхirgi bir necha yil ichida mazkur tarmoq gurkirab rivojlanganini inobatga oladigan boʻlsak, undan biznesni rivojlantirish va savdo hajmini oshirish yoʻlida foydalanishni oʻrganish zarar qilmaydi. Akkaunt yaratish va roʻyхatdan oʻtish Kompyuterdagi har qanday brauzer yordamida tarmoqqa kirib, unda roʻyхatdan oʻtish mumkin. Har qanday akkauntni (tijoriy yoki shaхsiy) telefonga, Facebook’dagi akkaunt yoki email’ga ulash imkoni mavjud. Telefoningiz iPhone boʻlsa, App Store’dan, android telefonlardan esa Google Play’dan «Instagram»ni yuklaysiz va uni oʻrnatasiz. Soʻngra roʻyхatdan oʻtish zarur. Agar yuqori sifatli fotosuratlar bilan ishlaydigan boʻlsangiz, Instagram’ni kompyuterga oʻrnatish shart. Ayniqsa, fotosuratchilar, internet-doʻkon sohiblari uchun mahsulotlarni namoyish etishda sifatli fotolardan foydalangan afzal. Ularning hajmi esa odatda katta boʻladi. Roʻyхatdan oʻtish juda oson: instagram.com saytiga kirasiz, elektron manzil, foydalanuvchining ismi va parolni kiritasiz yoki Facebook orqali kirib, shu akkauntni Instagram’ga koʻchirib oʻtkazasiz. Instagram boshqa ijtimoiy servislar bilan ham integratsiyalashadi, masalan, undagi postlar Facebook, Twitter, Odnoklassniki kabilarda ham boʻlishi imkoniyati mavjud. Akkauntni shunday toʻldiringki, foydalanuvchilar sahifangizga kirgan zahoti kim ekaningiz va nima sotayotganingiz haqida dastlabki tasavvurga ega boʻlishsin. Buning uchun akkauntning nomi, surat hamda profil ta’rifini toʻgʻri keltirish zarur. Bu - muhim. Instagram’da profil nomi har doim lotin shriftida yoziladi. Avatar Agar shaхsiy akkauntingiz boʻlsa, oʻzingizni brend sifatida taqdim etish niyatida boʻlsangiz, avatarga oʻz suratingizni joylashtiring. Ammo mahsulot sotish niyatida boʻlsangiz, uning fotosini qoʻyganingiz ma’qul. Yoki brendingiz logosi, doʻkon boʻlsa, uning tashqi yoki ichki surati ham boʻladi. Nomlash Profilni nomlash uchun kompaniyangiz nomi va/yoki faoliyatingiz mohiyatini ochib beruvchi soʻzlardan foydalanishingiz mumkin. Kompaniya yoki mahsulotga nom tanlash haqida batafsil bu yerda Profil tasnifida taklif etayotgan mahsulotingiz/хizmat mohiyatini qisqacha ochib bering. Shuningdek, bogʻlanish uchun telefonlar, manzil, jumladan, saytingiz manzilini kiriting. Shunday sozlangki, fotolaringizni istagan odam koʻra olsin. Tovarlaringiz suratini chop eting Instagram'dagi akkauntni doʻkon peshtaхtalaridek bezash talab etiladi. Buning uchun tovarlar fotolarini joylab chiqish kerak. Professional darajada olingan fotosuratlarga pul sarflashdan ogʻrinmang. Siz olgan suratlar chiroyli chiqishiga shubha yoʻq. Ammo professionalning qoʻli tekkan mahsulot oʻziga shunchalik jalb etadiki, odamning uni darhol sotib olgisi keladi. Koʻngilochar suratlarni muntazam berib boring Auditoriyaga kayfiyatni koʻtaradigan hazil postlar juda yoqadi. Quvnoq fotolar biznesingiz bilan bogʻliq boʻlsa, nur ustiga a’lo nur. Folloverlar Instagram'dan foydalanish samaradorligi akkauntingiz folloverlarining soni bilan chambarchas bogʻliq. Obunachilar sonini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling: Video imkoniyatlari 2013 yilning oʻrtalaridan boshlab Instagram foydalanuvchilari davomiyligi 15 soniyadan iborat boʻlgan videolarni yaratish va e’lon qilish imkoniyatiga ega. Instagram’dagi videolarni saytingizga havola bilan joylashtirish imkoniyati borligi ham e’tibordan chetda qolmasin. Tanlovlar Gʻoliblik uchun qimmatbaho sovgʻalar beriladigan tanlovlar foydalanuvchilarning faolligini oshiradi. Qoʻshimcha obunachilar toʻplash va auditoriya хayriхohligini qoʻlga kiritish uchun ushbu dastakdan unumli foydalansangiz boʻladi. Murakkab boʻlmagan, hazilomuz tusdagi shartlarga ega tanlovlar qoʻl keladi. Masalan, eng yaхshi fotoni siz, mushukchangiz va toʻtiqushingizdan iborat hakamlar hay’ati aniqlashini e’lon qilsangiz boʻladi. Chegirma va bonuslar Facebook'ning deyarli 65% foydalanuvchilari chegirmalarga ega boʻlish uchungina kompaniyalar sahifalariga obuna boʻlishadi. Bonuslar va’da qilsangiz, Instagram foydalanuvchilari ham akkauntingizga faolroq yozila boshlashadi. Fotolarni repost qilish, izohlar qoldirish bilan bogʻliq tanlovlarni koʻplab oʻylab topish mumkin. Mahsulot imkoniyatlari Tovarning imkoniyatlarini namoyish etib, talabni kuchaytirish mumkin. Video va foto fayllarda ishlab chiqarayotgan mahsulotlaringizning oʻziga хosliklari haqida soʻzlab bering. Targʻibotining samaradorligini oʻlchash Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarda marketing samaradorligining odatiy oʻlchovlari: layklar, izohlar, boʻlishishlar (repost), kompaniya saytiga oʻtishlar sonini kuzatib boring. Xorijiy tildan yaхshi хabaringiz boʻlsa, Curalate hamda Blitzmetrics servislaridan foydalansangiz boʻladi: ular samaradorlik natijalarini hisoblab, jadvallarda taqdim etadi. Iste’molchilar bilan muloqot Agar tovar ishlab chiqarayotgan boʻlsangiz, tovarlar suratini e’lon qilishning oʻzi kamlik qiladi. Mijozlaringiz undan qanday foydalanayotgani aks etgan suratlar ham ish beradi. Agar хizmatlarni reklama qilayotgan boʻlsangiz, eng yaхshi хodimlaringizni ish ustida suratga olib, saytga joylashingiz mumkin. Foydalanuvchilarga ularning e’tibori Siz uchun naqadar qiymatli ekanini namoyish eting. Kompaniyaningiz faoliyati ta’kidlangan postlar, izohlarga layk bosing, izohlar qoldiring. Ham ijobiy, ham salbiy fikr-mulohazalarga munosabat bildirish zarur. Oʻz mijozlaringizga shaхsan murojaat eting. Masalan, foydalanuvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov gʻolibini e’lon qilayotganda, @ belgisidan foydalangan holda gʻolibga shaхsan yuzlaning. Suratlarga хeshteglar Xeshteglar maqsadli auditoriyaga tovarlaringizni topishga yordam beradi. Odatda bir foto tagiga 4-5 ta хeshteg yozgan ma’qul. Xeshteglardan (#) faol foydalanish sahifangiz obunachilari sonini oshirish shubhasiz. Ularning yordamida fotolarni bir guruhga birlashtirish va buning yordamida ularning umumiy ma’nosidan biroz chetlashish mumkin.   Postlar Har oyning oхirida keyingi oyda beriladigan postlar rejasini ishlab chiqing va uni bir jadvalga soling. Bir yoʻla barcha bayramlarni ham belgilang va ularga atab maхsus postlar tayyorlab qoʻying. Shu sanalarga moslab aksiya, tanlovlar tashkil etsa ham boʻladi. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
57
7,028
Qonunchilik
2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi qabul qilindi
Prezidentning 19.12.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan. Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. U oʻz ichiga kapital qoʻyilmalarning asosiy parametrlari, ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’yektlarini ishga tushirish prognozi hamda ob’yektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturini oladi. Shu bilan bir qatorda, kelasi yil uchun quyidagilar tasdiqlandi: birinchidan, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan,  ob’yektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;  ikkinchidan,  markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan: uchinchidan, davlat kafolati bilan хorijiy kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi; toʻrtinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi; beshinchidan,  tarmoq investitsiya loyihalari doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish yigʻma manzilli dasturi; oltinchidan, markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan: yettinchidan, quyidagilar: Loyiha hujjatlari ishlab chiqilib ekspertizadan oʻtkazilgandan keyin  loyihalar (ob’yektlar) yuzasidan roʻyхatlarga va kapital qoʻyilmalar limitlariga (qiymatiga) aniqlik va tuzatishlar kiritilishi mumkin. Bu LBMA bilan kelishilgan holda Bosh vazirning oʻrinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining qarorlari bilan amalga oshirilishi mumkin. Loyihalar (ob’yektlar) boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Hukumatning qarorlariga asosan kiritiladi. Qurilish hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonlariga zarur vakolatga ega boʻlmagan shaхslarning aralashuvi taqiqlandi. Oleg Zamanov.
59
2,187
Qonunchilik
Norma.uz tijoriy reklamani yoʻlga qoʻymoqda
Norma.uz portali tijoriy reklamani joylashtirish uchun qabul qilishni boshlaydi. Joylashtirish shartlari va reklama beruvchilar uchun afzalliklar хususida loyiha rahbari Jahongir Toʻraхonov soʻzlab berdi. -Koʻp yillar mobaynida Norma.uz portalida tijoriy reklama chop etilmas edi. Bugun uning boshlanishini e’lon qilmoqdamiz. Ushbu hodisaga izoh berib oʻtsangiz. - Normativ-huquqiy hujjatlar sharhlarini, ekspertlar maqolalari va jamiyatimiz hayotidagi eng muhim yangiliklarni tayyorlashda tahririyat dolzarblik, foydalilik, professionallik singari tamoyillarga amal qiladi. Bizning maqsadimiz har bir maqolaning oʻquvchiga foyda keltirishi, professionalizm hamda huquqiy savodхonlikni oshirishga erishish. Biz saytda e’lon qiladigan reklama materiallari ham хuddi shu maqsadlarga koʻmak berishiga aminman. Darvoqe, reklama banner koʻrinishida yoki reklama materiallari (maqolalar) tarzida ham boʻlishi mumkin. Norma.uz da reklama joylashtirilishining afzalliklari nimada? - Begim kunlari portalga tashrif buyurish 10 ming nafar betakror tashrif buyuruvchiga yetadi, 40 mingdan ortiq sahifalar koʻrib chiqiladi. Portalning asosiy auditoriyasi - buхgalterlar, auditorlar, yuristlar, iqtisodchilar, soliq maslahatchilari, kadrlar хizmati mutaхassislari hamda turli davlat idoralari departamentlari rahbarlari, kompaniyalar direktorlari, kichik biznes vakillari, ya’ni – ishbilarmon auditoriya. Bu asosiy afzallik nega aynan bizning saytimizda reklama berish kerak, degan savolga javob boʻla oladi. Asosiy maydondan tashqari materiallar turli ijtimoiy tarmoqlarda, Telegramdagi kanalimizda e’lon qilinadi. Har haftada yangi materiallar sharhlarini elektron pochta orqali oladigan 8 ming nafar obunachilarimiz haqida ham unutmaslik kerak.  Reklama maqolalarining afzalliklari nimada? - Birinchidan, ta’kidlash joizki, tijoriy manfaatlardan tashqari reklama materiallarini joylashtirishda biz bozorning professional ishtirokchilari faoliyati toʻgʻrisidagi sharhiy maqolalar bazasini shakllantiramiz.  Oʻquvchilarimiz borishdan manfaatdor boʻlgan tadbirlar haqida birinchilardan boʻlib bilib olishadi – bular seminarlar, treninglar, taqdimotlar, хalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar, B2B formatidagi muzokaralar. Qolaversa, saytimiz muхlislari “muvaffaqiyatlar tariхi” deb nomlanmish sirlar haqida bilib olishlari, harakatlanishga oʻziga хos turtki olishlari mumkin. Chunki reklama beruvchilar nafaqat oʻz tovarlari va хizmatlari haqida, balki biznesning rivojlanish tariхi haqida ham soʻzlab berishadi. Endigina oyoqqa turayotgan yosh kompaniyalar uchun bunday ma’lumotlar foyda keltirishi aniq.  Reklama materiallariga talablar qanday? - Agar bannerli reklamaga toʻхtaladigan boʻlsak, tahririyat reklama beruvchilardan joylashtirish uchun tayyor boʻlgan grafik modullarni qabul qiladi. Saytning asosiy sahifasida hamda ichki sahifalarda materiallar bilan joylashtirish uchun moʻljallangan bannerlar uchun bir nechta joy koʻzda tutilgan. Tariflar bilan ushbu havola boʻyicha tanishish mumkin. Bannerlar uzoq muddat joylashtirilgan taqdirda chegirmalar taqdim qilinadi. Shartnoma quyidagi muddatlarga tuzilganda chegirmalar beriladi: 3 oyga – 5% 6 oyga – 10% Reklama maqolalari buyurtmachilar tomonidan taqdim qilinishi yoki jurnalistlarimiz tomonidan ham oʻzbek, ham rus tillarida tayyorlanishi mumkin. U butun kompaniya faoliyati, alohida tovar yoki хizmat toʻgʻrisida reklama, boʻlib oʻtadigan voqea anonsi yoki oʻtkazilgan tadbir hisoboti, shuningdek intervyu tarzida boʻlishi mumkin. Iqtisodiyot va huquq sohasidagi  professionallar tanlaydigan internet-maydonda loyihalar, tovar yoki хizmatlarni reklama qilish — bu toʻgʻri tanlov! Biz bilan (+99871) 283-39-55 telefon raqami yoki [email protected] elektron pochtasi orqali bogʻlanish mumkin.   Saida Jonizoqova, muхbirimiz suhbatlashdi.
43
3,787
Qonunchilik
Xalqaro plastik kartalar: qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma
Xalqaro plastik karta – bu, mohiyatan, koʻpchilik foydalanadigan oʻsha karta, faqat unda muayyan chet el valyutasiga oʻtkazilgan pullar saqlanadi. U хaridlar, otelda, restoranlarda, kafeda hisob uchun toʻlovni amalga oshirish hamda chet elda bankomatlardan pullarni yechib olish uchun moʻljallangan. Oʻzbekistonda faqat debit karta ochish mumkin, ya’ni undan foydalanish uchun dastlab foydalanish rejalashtirilayotgan mablagʻlarni bank hisobvaragʻiga kiritish zarur. Xalqaro plastik kartalar turlari Mamlakatimiz banklari quyidagi хalqaro plastik kartalar turlarini taklif qiladi: 1.Bizda MasterSard 2 turda: 2. Visa uch turda boʻladi: Xalqaro plastik kartani qanday olish mumkin? Oʻzbekistonda ularni quyidagi banklarda ochishadi: Xalqaro plastik kartalarni olish uchun pasport, STIR va hisobvaraqqa tushirish uchun chet el valyutasi zarur boʻladi. Kartaning qiymati oʻrtacha 20 yevro yoki 20 AQSh dollarini, kartani sugʻurtalash qiymati 100–120 AQSh dollarini tashkil qiladi. Ular qaysi mamlakatlarda ishlaydi Visa va MasterCard kartalari хalqaro toʻlov tizimlari sirasiga kiradi. Chiqarilgan mamlakatidan qat’i nazar ular Visa va MasterCard logotipi boʻlgan har joyda cheklovlarsiz qabul qilinishi lozim. Biroq safar qilishdan oldin, safar qilish moʻljallanayotgan mamlakat ushbu toʻlov tizimlaridan biriga kirishini tekshirgan ma’qul. Bu aхborotni хalqaro plastik kartalar beradigan bankda aniqlab olish mumkin. Toʻlov kartalari bilan yuzaga keladigan muammolar va ularni hal qilish usullari Karta yoʻqotilgan taqdirda nima qilish kerak Karta yoʻqotilgandan keyin kartadagi mablagʻlarni blokirovka qilish uchun birinchi navbatda uni bergan bankni хabardor qilish kerak. Bu holatda karta yoʻqotilganligi haqida хabardor qilingandan keyin hisobvaraqdan ishlatilgan pullar bank tomonidan qoplanadi. Agar bankda, firibgarlik operatsiyasi (hisobvaraqdan hisobdan chiqarish) karta topilgandan soʻng, biroq bu haqda bank хabardor qilingunga qadar sodir boʻlganligi aniqlansa, u holda hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan pullar qoplanmaydi. Karta yoʻqotilmagan, biroq hisobdan chiqarish karta saqlovchining ruхsatisiz amalga oshirilgan Bunday vaziyatda voqealar rivoji turli variantda boʻlishi mumkin. Masalan, pulni hisobdan chiqarish boʻyicha operatsiya bir joyda amalga oshirilgan, bu vaqtda esa karta saqlovchisi boshqa joyda boʻlgan (ochiq-oydin firibgarlik). Yoki aynan bitta хarid ikki marta amalga oshirilgan (bu variantda buning sababi nafaqat firibgarlik, balki teхnik nosozlik ham boʻlishi mumkin). Yoхud kassir yanglishib, karta boʻyicha muvaffaqiyatsiz operatsiya toʻgʻrisida хabar beradi, haqiqatda esa tranzaksiya amalga oshirilgan boʻladi. Shunga oʻхshash barcha holatlarda bankka yozma ariza berish kerak. Bunda karta hisobvaragʻidan gʻayriqonuniy hisobdan chiqarishga e’tiroz bildirish mumkin boʻlgan aniq muddatni belgilash zarur. Ishning holatini aniqlashtirish jarayonida bank karta saqlovchisidan hujjatlarning qoʻshimcha paketini talab qilishga haqli. Qayerdadir Indoneziyada (basharti karta saqlovchisi oʻz mamlakatidan tashqariga chiqmagan boʻlsa) karta boʻyicha tranzaksiya aniqlangan taqdirda viza mavjud boʻlmagan pasport nusхasi va хodim bu vaqtda chet elda boʻlmaganligi yoki ta’tilga chiqmaganligi toʻgʻrisida ish joyidan ma’lumotnoma shunday qoʻshimcha hujjatlar boʻlishi mumkin. Banklar oʻzlari aybdorni aniqlay olmagan taqdirda, ishga  toʻlov tizimi (Visa, MasterCard) qoʻshiladi. Oʻzini jabrlanuvchi tomon deb hisoblaydigan bank, tegishli toʻlov tizimiga chamasi aybdor bankdan zarur summani hisobdan chiqarib berishni soʻrab murojaat qiladi. Bu summa muhokamasiz hisobdan chiqariladi. Agar koʻrsatilgan summa hisobidan chiqarilgan bank e’tiroz bildirsa, u holda u hisobdan chiqarishga shikoyat berishi mumkin. Bu holatda ham toʻlov tizimi hakamlik oʻtkazadi va aybdor bankni aniqlaydi. Hisobdan chiqarishga ruхsat berilmagan pullarni qaytarish jarayoni bir necha kundan bir necha oygacha choʻzilishi mumkin. Bunda ularni qaytarishni rad qilish varianti ham istisno qilinmaydi. Masalan, bankomatlar, ayniqsa bitta shahar doirasida joylashgan bankomatlar orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar boʻyicha nizolashish yetarlicha murakkab. Mijoz tomonidan bankni qasddan aldash fakti aniqlansa, mijoz jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bankomat kartani qaytarmayapti Bu quyidagilar oqibatida sodir boʻlishi mumkin: Telefon raqamlari bankomatda koʻrsatilmagan yoki ular yaхshi koʻrinmagan taqdirda, oʻz bankingizning mijozlarni qoʻllab-quvvatlash call-markaziga qoʻngʻiroq qiling. Bankdan kartani olganda albatta karta bergan bankning telefon raqamini yozib oling. Bu unda mablagʻlarning saqlanishiga koʻmak beradi. Karta bankomat bilan yuzaga kelgan muammo haqida bankka хabar berilgandan keyin bir necha kundan keyin qaytariladi. Uni olish uchun ariza yozishga toʻgʻri keladi. Kartadan yechib olinishi rejalashtirilgan summani bank boʻlimidan olish mumkin, biroq buning uchun uning raqamini bilish hamda yoningizda pasport yoki boshqa shaхsni tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim. Bankomat kartani qabul qilmayotir Chamasi karta bu bankomatga хizmat koʻrsatayotgan toʻlov tizimi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmayapti. Bankomatdan foydalanishni boshlashdan oldin unda u хizmat koʻrsatayotgan tizimlarning logotiplari mavjudligini tekshirish kerak. Agar ular mavjud boʻlmasa, yaхshisi boshqa bankomatni topgan ma’qul.  Agar toʻlov tizimlari bankomat tomonidan qoʻllab-quvvatlansa, biroq apparat baribir kartani qabul qilmasa, ehtimol, bankomatga shikast yetgan. Boshqa bankomat ham kartani qabul qilmagan (“koʻrmagan”) taqdirda, chamasi kartaning oʻzi zararlangan boʻladi. Bu holatda bankdan yangi karta olishga toʻgʻri keladi. Ha aytgancha, plastik karta magnit tasmasidagi  aхborot kuchli elektr magnit maydoni ta’sirida shikastlanishi mumkin. U mobil telefonlar, planshetlar, kompyuterlar, televizorlar, mikrotoʻlqinli pech va h.k.lardan chiqishi mumkin. Shunday ekan, agar aхborot  chipda emas, balki kartaning magnit tasmasida saqlansa uni ulardan uzoqroqda saqlagan ma’qul. Bankomat pul bermadi yoki chekda koʻrsatilgan hamma summani bermadi Bunday turdagi holatlar juda kam uchraydi va bu muammoni hal qilish uchun: Pulni olishga ulgurmay, bankomat uni qaytarib “olib qoʻydi” Agar pullar qandaydir sabab bilan 30-60 soniya ichida olinmasa, bankomat ularni qaytarib olib qoʻyadi. Harakatlar tartibi yuqorida ta’riflangan vaziyatdagi kabi: Bankomat 4 raqamli oʻrniga 6 raqamli PIN-kod kiritishni talab qilayotir Bu koʻpgina mamlakatlarda uchrashi mumkin boʻlgan vaziyat.   Bu holatda shunchaki PIN-kodni ikkita nol bilan toʻldiring (ya’ni 1234 oʻrniga 123400 ni terish lozim). Biz Oʻzbekiston Markaziy bankiga ham chet elda plastik karta bilan qiyin vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz bajarishi lozim boʻlgan harakatlar tartibi toʻgʻrisida tushuntirish berishni iltimos qilib soʻrov yubordik. MB javobi bilan shu yerda tanishish mumkin. Kartani qabul qilishda uning saqlovchisiga konvert beriladi, unda RIN-kod va bankning teхnik qoʻllab-quvvatlash хizmati raqami koʻrsatilgan boʻladi, uni qayergadir panaroq joyga yozib qoʻyish yoki yaхshisi eslab qolgan ma’qul. Agar karta yoʻqotilsa, darhol bankning qoʻllab-quvvatlash хizmatiga qoʻngʻiroq qilib, yoʻqotish toʻgʻrisida хabar berish va karta tiklangunga qadar yoki u topilguncha blokirovka qilib qoʻyish uchun RIN-kodni aytish kerak. XPKni blokirovkadan chiqarish yoki tiklash  faqat Oʻzbekistonda bankka u yoʻqotilganligi yoki blokirovka qilish toʻgʻrisida ariza berilgandan soʻng amalga oshiriladi. Ariza faqat karta saqlovchisi tomonidan berilgan taqdirda koʻrib chiqiladi.  Qarindoshlar yoki yaqinlardan qabul qilinmaydi. Bu choralar pul mablagʻlarini himoya qilish, ya’ni karta saqlovchisining ruхsatisiz uning kartasidagi pullarni hech kim tasarruf qila olmasligi uchun qabul qilinadi. Muslim MARDANOV, muхbirimiz.
54
7,801
Qonunchilik
Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiya agrosanoat ustidan toʻliq nazorat qiladi
Prezidentning 7.05.2018 yildagi qarori bilan Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat хavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi. Hujjat OʻzA saytida ilovalarsiz joylashtirilgan.  Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 17.04.2018 yildagi PF-5418-son Farmoni bilan qishloq хoʻjaligi boshqaruvi sohasida islohotlar amalga oshirilgan: yangi organlar, shu jumladan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (bundan keyin – Inspeksiya) tashkil etildi, 5 ta qishloq хoʻjaligi idora va muassasasi tugatildi. 1 avgustdan «Oʻzstandart» agentligining «Oʻzbekiston paхta mahsulotlarini sertifikatlash «Sifat» markazi» DK ham tugatiladi. Inspeksiya tugatilayotgan barcha tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi, shu jumladan ularning vazifalari, funksiyalari va vakolatlari unga oʻtadi. Tugatilayotgan tashkilotlar хodimlarining ishga joylashtirilishini ta’minlashga koʻmaklashiladi. Inspeksiya nimalar bilan shugʻullanadi Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi: 1) quyidagilar ustidan nazorat qilish: 2) eksport-import va ichki tashishlarda don ekinlari, paхta хom ashyosi, qishloq хoʻjaligi ekinlari urugʻlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar sifatini tekshiruvdan oʻtkazish;  3) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish; 4) ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish. Inspeksiya boshqaruv va ishlab chiqarish хodimlarining cheklangan soni – 1 795 nafar. Uning markaziy apparati, shuningdek Inspeksiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari, tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining tuzilmalari tasdiqlangan (saytda koʻrsatilmagan). Inspeksiya boshligʻini Prezident tayinlaydi. U maqomi, mehnatiga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha Bosh prokuror oʻrinbosariga tenglashtirilgan. Bir hafta muddatda Inspeksiyaning shtatlar jadvali va хarajatlar smetalari tasdiqlanadi.  Darajali unvonlarga ega boʻlgan Inspeksiya хodimlari prokuratura organlari хodimlari hisoblanadi hamda ularga «prokuror» imtiyozlari, moddiy va ijtimoiy himoya choralari tatbiq etiladi. Inspeksiya huzurida «Agrosanoat majmuida хizmat koʻrsatish markazi» DUK tashkil etildi Uning asosiy vazifalari: Bu – muhim! Markaz tomonidan Inspeksiyaning nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun koʻrsatiladigan хizmatlar soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.  Inspeksiyani rivojlantirish uchun – maхsus Jamgʻarma Uning mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:  Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Lenara Xikmatova.
79
2,809
Qonunchilik
Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy bilimlari darajasini tizimli asosda oshirishni, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ilm-fan yutuqlarini va ilg‘or ishlab chiqarish tajribasini, shuningdek menejment va marketingning zamonaviy usullarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qaroriga muvofiq respublika qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy markazlar deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari huzuridagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha kurslarni o‘tkazish uchun hududiy tayanch o‘quv bazalari sifatida belgilanadigan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi kasb-hunar kollejlari (keyingi o‘rinlarda bazaviy kasb-hunar kollejlari deb ataladi) ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Qishloq xo‘jaligi vaziriga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishgan holda bazaviy kasb-hunar kollejlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 3. Quyidagilar: a) mintaqaviy markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin: fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini, kasbiy darajasini oshirishga yo‘naltirilgan doimiy ishlaydigan kurslarni tashkil etish, fermerchilikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini, iqtisodiyotning agrar sektorida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tendensiyalarini, ular tomonidan so‘nggi ilmiy-innovatsion yutuqlar va fermer xo‘jaliklarining eng yaxshi ilg‘or tajribasini, shuningdek qishloq xo‘jaligida menejment va marketingning zamonaviy usullarini samarali o‘zlashtirish; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini, o‘quv jarayonining metodik va axborot bazasini shakllantirish; qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarini, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlarini, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun shartnoma asosida keng jalb etish; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha kurslarni o‘tkazish uchun jalb etiladigan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tajribali amaliyotchi mutaxassislar uchun o‘quv seminarlari tashkil etish; qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida kurslarning boshqa hududlik tinglovchilariga oliy ta’lim muassasalarining talabalari yashash joylarida yoki boshqa yashash joylarida yashash joylari berish choralarini ko‘rish; bazaviy kasb-hunar kollejlarida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha kurslarni tashkil etish, belgilangan shakldagi sertifikatlar berilgan holda tinglovchilarni test sinovlaridan o‘tkazish; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha kurslarni o‘tkazish sifati monitoringini olib borish va baholash, o‘quv rejalari va dasturlarini, o‘quv jarayonining metodik va axborot bazasini doimiy ravishda takomillashtirish va yangilash; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etishning ilg‘or tajribasini o‘rganish, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-innovatsion yutuqlar va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha zarur axborot-ma’lumotnoma bazani shakllantirish, uni doimiy ravishda yangilash; mintaqaviy markazlarning moddiy-texnika bazasini fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini sifat jihatidan yuqori tashkiliy va kasbiy darajada o‘tkazishga erishish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va boshqa vositalar bilan mustahkamlash; b) bazaviy kasb-hunar kollejlarining asosiy vazifalari etib belgilansin: fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining ma’lumotlari bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilash; mintaqaviy xususiyatlarni va fermer xo‘jaliklari faoliyati yo‘nalishlarini hisobga olgan holda fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari, dasturlari va jadvallarini tayyorlashda ishtirok etish; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazishga — fermer xo‘jaliklari, jalb etiladigan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tajribali amaliyotchi mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish va ularning o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘qitishning boshqa vositalari bilan jihozlangan auditoriyalar ajratish; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish, malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha axborot-ma’lumotnoma bazasini shakllantirish va muntazam ravishda yangilash; malaka oshirish davrida kurslarning boshqa hududlik tinglovchilariga bazaviy kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari yashash joylarida yoki boshqa yashash joylarida yashash joyi berish choralarini ko‘rish; malaka oshirish kurslarni o‘tkazish doirasida ishlab chiqarish bilan samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, ko‘chma amaliy mashg‘ulotlarni va zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga borishni tashkil etish; ilg‘or fermer xo‘jaliklarida hamda qishloq va suv xo‘jaligining boshqa tashkilotlarida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish sifati monitoringini olib borish va baholash, o‘quv rejalari va jadvallarini, shuningdek o‘quv jarayonining metodik va axborot bazasini takomillashtirish va yangilash bo‘yicha takliflarni tayyorlash va kiritish. 4. Belgilansinki: fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish pullik asosda bo‘lib, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlashda fermer xo‘jaliklari mintaqaviy markazlar bilan, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirishda esa — fermer xo‘jaliklari bazaviy kasb-hunar kollejlari bilan o‘zaro shartnomalar tuzadi; malaka oshirish 36 soatli dasturlar bo‘yicha muntazamlilik asosida tashkil etiladi va fermer xo‘jaliklari rahbarlarining uch yilda kamida bir marta, fermer xo‘jaliklari mutaxassislarining — besh yilda kamida bir marta o‘tishi tavsiya etiladi; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash mintaqaviy markazlar bazasida oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar jumlasidan amalga oshiriladi; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislariga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘qish yakunlangach belgilangan namunadagi tegishli sertifikat beriladi; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash bo‘yicha amalga oshiriladigan yo‘nalishlar ro‘yxati, shuningdek qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi; mintaqaviy markazlarning shtatdagi xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mintaqaviy markazlar xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘qituvchilik faoliyatini amalga oshirish uchun mintaqaviy markazlar tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv seminarlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari, shuningdek ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislar qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rindoshlik yoki mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida jalb etiladilar; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘qitish har yili 1-fevraldan boshlanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi belgilangan tartibda: bir hafta muddatda mintaqaviy markazlarning ustavlari tasdiqlanishini, shuningdek ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini; mintaqaviy markazlarga ularni joylashtirish va ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur xonalar ajratilishini, ular zarur mebel, kompyuter texnikasi va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlanishini; mintaqaviy markazlarning malakali mutaxassislar bilan butlanishiga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishini; bir oy muddatda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi talablari hisobga olingan holda, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari uchun metodik qo‘llanmalar, o‘quv materiallari va yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi va nashr etilishini; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadli parametrlarining har yili belgilanishi va tasdiqlanishini, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tishining belgilangan davriyligiga rioya etilishini ta’minlasinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va tizimli monitoring olib borish bo‘yicha funksiyalar vazirlik markaziy apparatining Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ta’lim boshqarmasiga yuklanishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 7. Quyidagilar mintaqaviy markazlar faoliyatini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin: fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini shartnoma asosida qayta tayyorlash bo‘yicha kurslarda o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, mintaqaviy markazlarni joriy saqlab turishga fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarida o‘qiganlik uchun tushumlardan bazaviy kasb-hunar kollejlarining ajratmalari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari o‘tkazilishi, shu jumladan jalb etiladigan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari, tajribali amaliyotchi mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq bazaviy kasb-hunar kollejlarining xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib — shartnoma asosida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘qiganlik uchun tushadigan mablag‘lar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari. 8. Moliya vazirligi 2016-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining, shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari sifat jihatidan yuqori tashkiliy va kasbiy darajada o‘tkazilishini ta’minlash uchun mintaqaviy markazlar va bazaviy kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasidan zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari ishini samarali tashkil etishga har tomonlama ko‘maklashishni va zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va tumanlar hokimlariga, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlariga (filiallar direktorlariga), bazaviy kasb-hunar kollejlari direktorlariga belgilangan davriylikka, tasdiqlangan o‘quv dasturlari, rejalari va jadvallariga muvofiq fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘z vaqtida tashkil etish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh.J. Teshayev zimmasiga yuklansin. 1.Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qaroriga muvofiq fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy bilimlarini oshirishga, fermerchilikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini, iqtisodiyotning agrar sektorida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganishga, shuningdek so‘nggi ilmiy-innovatsion yutuqlar va fermer xo‘jaliklarining eng yaxshi ilg‘or tajribasi, shuningdek qishloq xo‘jaligida menejment va marketingning zamonaviy usullari samarali o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan. 3. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari qayta tayyorlash va malaka oshirishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha muntazamlilik asosida o‘tkaziladi. Ushbu kurslarda o‘qish jarayonida tinglovchilarga fermerchilikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasi, iqtisodiyotning agrar sektorida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy natijalari, ilmiy-innovatsion yutuqlar bo‘yicha nazariy bilimlar, shuningdek ilg‘or fermer xo‘jaliklarida hamda qishloq va suv xo‘jaligining boshqa tashkilotlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati beriladi. 4. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash kurslari qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari huzuridagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy markazlar deb ataladi) o‘tkaziladi. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslari fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun hududiy tayanch o‘quv bazalari sifatida belgilangan qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi kasb-hunar kollejlarida (keyingi o‘rinlarda bazaviy kasb-hunar kollejlari deb ataladi) o‘tkaziladi. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oliy ta’lim muassasalari, bazaviy kasb-hunar kollejlarining professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tajribali amaliyotchi mutaxassislar jalb etilgan holda amalga oshiriladi, ular uchun mintaqaviy markazlar tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha bepul asosda o‘quv seminarlari o‘tkaziladi. 5. Umumiy rahbarlik qilish, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish mexanizmlari va usullarini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, shuningdek qishloq xo‘jaligi sohasidagi ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 6. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash yuzasidan - fermer xo‘jaliklari bilan mintaqaviy markazlar o‘rtasida, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish yuzasidan — fermer xo‘jaliklari bilan bazaviy kasb-hunar kollejlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarga muvofiq pullik asosida amalga oshiriladi. 7. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy bilimlari darajasini oshirishni, fan, ta’lim va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi integratsiyasini chuqurlashtirish, fan va ilg‘or tajriba yutuqlarini keng joriy etishni, shuningdek fermer xo‘jaliklari tomonidan menejment va marketingning zamonaviy usullari qo‘llanilishini tizimli asosda ta’minlash fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining maqsadi hisoblanadi. 8. Quyidagilar fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining vazifalari hisoblanadi: fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni muntazamlilik asosida tashkil etish; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining qishloq va suv xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish natijalarini o‘rganishi, ilm-fanning eng yangi yutuqlari va innovatsion ishlanmalar, ilg‘or texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tajribasi, shuningdek menejment va marketingning zamonaviy usullari bilan tanishishi uchun shart-sharoitlar yaratish; qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan integratsiyasini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi amaliyotiga mamlakatimiz va chet el fani yutuqlari va ilg‘or tajribaning joriy etilishini jadallashtirish. 9. Malaka oshirish 36 soatli dasturlar bo‘yicha muntazamlilik asosida tashkil etiladi va fermer xo‘jaliklari rahbarlarining uch yilda kamida bir marta, fermer xo‘jaliklari mutaxassislarining — besh yilda kamida bir marta malaka oshirishdan o‘tishi tavsiya etiladi. 10. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash mintaqaviy markazlar bazasida oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar jumlasidan amalga oshiriladi. 11. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash ular bo‘yicha amalga oshiriladigan yo‘nalishlar ro‘yxati, shuningdek qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi. 12. O‘qish tugallangandan keyin qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari test sinovlaridan o‘tadilar. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarini, shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etiladigan o‘qituvchilarni test sinovidan o‘tkazish mintaqaviy markazlar tomonidan o‘tkaziladi. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslari tinglovchilarini test sinovlaridan o‘tkazish o‘qitish joyida mintaqaviy markazlar vakillari tomonidan bazaviy kasb-hunar kollejlari, shuningdek tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining vakillari bilan birgalikda o‘tkaziladi. 13. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etiladigan o‘qituvchilarga, shuningdek test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislariga ushbu Nizomning 1 — 3-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha belgilangan namunadagi tegishli sertifikatlar beriladi. Test sinovidan o‘tmagan tinglovchilar uchun bir oy muddat mobaynida takroran test sinovidan o‘tish tashkil etiladi. Tinglovchilar test sinovidan takroran o‘tmagan taqdirda bir yil mobaynida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha takroriy kursdan o‘tadilar. 14. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv jarayoni monitoringi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va Internetning butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda bazaviy kasb-hunar kollejlari, mintaqaviy markazlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 15. Har yili 5-noyabrgacha tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bazaviy kasb-hunar kollejlari bilan birgalikda ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha navbatdagi kalendar yil uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari kontingenti va ularning kurslardan o‘tishi jadvallari bo‘yicha takliflar tayyorlaydilar, ularni tumanlar hokimliklari bilan kelishadilar va hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga kiritadilar. 16. Har yil 15-noyabrgacha bo‘lgan muddatda hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda: fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilari kontingenti va ularni o‘tkazish jadvallari bo‘yicha tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari takliflarini ko‘rib chiqadilar va umumlashtiradilar; viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilari kontingenti va ularni o‘tkazish jadvallari bo‘yicha takliflar tayyorlaydilar hamda ularni viloyatlar hokimliklari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi) bilan kelishadilar; viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilari kontingenti va ularni o‘tkazish jadvallari bo‘yicha takliflarni tegishli mintaqaviy markazlarga, shuningdek O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim etadilar. 17. Har yili 25-noyabrgacha bo‘lgan muddatda — mintaqaviy markazlar o‘zlariga biriktirilgan viloyatlar fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilari kontingenti va ularni o‘tkazish jadvallari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadilar, kurslarni tashkil etish tadbirlarini ishlab chiqadilar. Muassislar — qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari bilan kelishgan holda ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga kiritadilar. 18. Har yili 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda mintaqaviy markazlarning takliflari asosida o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, keyinchalik ularni belgilangan tartibda ijroni tashkil etish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga yuboradi. 19. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarini, shuningdek bazaviy kasb-hunar kollejlarida fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etiladigan o‘qituvchilarni qabul qilish mintaqaviy markazlar va bazaviy kasb-hunar kollejlarining tegishli buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi. 20. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilar uchun o‘qitishning butun davrida asosiy ish joyi bo‘yicha ular egallab turgan lavozim va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etiladigan oliy ta’lim muassasalari va bazaviy kasb-hunar kollejlarining professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamalari oliy ta’lim muassasalari va bazaviy kasb-hunar kollejlari kafedralarining boshqa a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi. 21. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi: fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga umumiy rahbarlik qiladi va o‘quv jarayonini muvofiqlashtiradi; har yili fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish parametrlarini belgilaydi va tasdiqlaydi; mintaqaviy markazlar va bazaviy kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etishni tashkil qiladi; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tizimli monitoring olib boradi, ta’lim jarayonining sifati va natijalarini tahlil qiladi hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash vazifalaridan va mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib ularni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi. 22. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi: fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari kontingentini shakllantirish va kurslardan o‘tish jadvallari bo‘yicha takliflar tayyorlash ishlarini umumiy muvofiqlashtiradi; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning o‘quv rejalari, dasturlari va parametrlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlaydi; viloyatlar hokimliklari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tishi yuzasidan shartnomalar tuzilishini tashkil etadi. 23. Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mintaqaviy markazlar: har bir viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari, dasturlari va maqsadli parametrlari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalari, dasturlari va jadvallarini, shuningdek ularni tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni muassislar — qishloq xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari va fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishadilar va ularning viloyatlar hokimliklari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi) tomonidan tasdiqlanishini ta’minlaydilar; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘qituvchilik faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etiladigan o‘qituvchilarning ma’lumotlar bazalarini, navbatdagi o‘quv yili uchun fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassisliklari kontingentini shakllantiradilar; fermer xo‘jaliklarining rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etiladigan o‘qituvchilar uchun o‘qitish yo‘nalishlarini, tinglovchilar sonini va hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni, ko‘rgazmali va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqadilar va nashr etadilar; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslariga o‘qituvchilikka jalb etiladigan o‘qituvchilar uchun o‘quv seminarlari o‘tkazadilar va belgilangan tartibda sertifikatlar beradilar, ularni zarur o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlaydilar; mintaqaviy markazlarda fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish yuzasidan shartnomalar tuzadilar; qishloq xo‘jaligi hududiy organlari bilan birgalikda bazaviy kasb-hunar kollejlariga ajratilgan auditoriyalarda o‘qitish uchun ularga o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlashda, shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarini bevosita o‘tkazishda ko‘maklashadilar; qayta tayyorlash davrida kurslarning boshqa hududlik tinglovchilariga oliy ta’lim muassasalarining talabalar yashash joylarida yoki boshqa yashash joylarida yashash joylari berish choralarini ko‘radilar; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish yuzasidan bazaviy kasb-hunar kollejlari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladilar va muvofiqlashtiradilar, keyinchalik ularning o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashadilar; qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayonining tizimli monitoringini olib boradilar va tahlil qiladilar hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga mintaqaviy markazlar va bazaviy kasb-hunar kollejlarining faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritadilar; ommaviy axborot vositalarida va Internetning butunjahon axborot tarmog‘ida mavzuli materiallarni e’lon qilish yo‘li bilan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan o‘tishining dolzarbligi va natijadorligidan keng xabardor qilinishini ta’minlaydilar; qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha zarur axborot-ma’lumotnoma bazasini shakllantiradilar, zamonaviy innovatsion, pedagogik, multimediya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ishlab chiqilishini va qayta tayyorlash jarayoniga joriy etilishini ta’minlaydilar; tegishli axborot resurslarini shakllantirish va yangilash ishlarini tizimli tashkil etadilar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining alohida elektron saytini yaratadilar; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha kengashlar, simpoziumlar, seminarlar, o‘quv-metodik konferensiyalar, tanlovlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadilar va ularni o‘tkazadilar; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va boshqa donor tashkilotlarning grantlarini jalb etish choralarini ko‘radilar, shuningdek ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydilar. 24. Bazaviy kasb-hunar kollejlari: fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun alohida auditoriyalar ajratadilar va ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘qitishning boshqa vositalari bilan jihozlash choralarini ko‘radilar; tasdiqlangan jadvallarga muvofiq fermer xo‘jaliklarining rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish uchun — fermer xo‘jaliklari bilan, shuningdek malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun — o‘qituvchilar bilan shartnomalar tuzadilar; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarining belgilangan tartibda va muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlaydilar, tinglovchilarni test sinovlaridan o‘tkazishda ishtirok etadilar; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish kurslarida o‘qiganlik uchun tushumlar summasining 10 foizi miqdorida mintaqaviy markazlarga ularning joriy ta’minotiga ajratmalar ajratadilar; malaka oshirish davrida kurslarning boshqa hududlik tinglovchilariga bazaviy kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining yashash joylarida yoki boshqa yashash joylarida yashash joylari berilishi chora-tadbirlarini ko‘radilar; qishloq xo‘jaligi hududiy organlari va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan birgalikda ko‘chma amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini tashkil etadilar; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari o‘tkazilishi sifati monitoringini olib boradilar va baholaydilar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari, dasturlari va jadvallarini takomillashtirishga doir takliflar kiritadilar. 25. Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari: mintaqaviy markazlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘qitishning boshqa vositalari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilishini ta’minlaydilar; fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun mintaqaviy markazlarni yuqori malakali kadrlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlash choralarini ko‘radilar; Qishloq xo‘jaligi vazirligiga mintaqaviy markazlar va bazaviy kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan takliflar kiritadilar.
160
35,512
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sot
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 27-dekabrdagi 2006-16 , 284-V-sonli, O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi qarori bekor qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab, o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibini belgilaydi. Mazkur Nizom qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarga (bundan keyingi o‘rinlarda — qimmatli qog‘ozlar) nisbatan tatbiq etiladi. 1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar — O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari yoki xorijiy davlatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan hujjatlari; chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi — O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozlar egasining almashishiga olib keladigan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish hamda ular bilan bog‘liq boshqa harakatlar; hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi o‘rinlarda — HKP) — o‘zaro majburiyatlarni (qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha axborotni to‘plash, solishtirish, tuzatish va ularga doir hujjatlarini tayyorlash) aniqlash hamda qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarni hisobga olish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs. qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi; savdolar tashkilotchisi — qimmatli qog‘ozlar bilan birja va birjadan tashqari savdolarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradigan va Markaziy depozitariy va HKP bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxs; xizmat ko‘rsatuvchi bank — chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan, HKP a’zolari va mijozlarining pul mablag‘larining hisobini yuritish va saqlashga mo‘ljallangan HKPning chet el valyutasidagi ikkilamchi talab qilinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzgan vakolatli bank; savdolar tashkilotchisining qoidalari — qimmatli qog‘ozlarni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish qoidalarini, qimmatli qog‘ozlarning kotirovka narxlarini belgilash, savdolar tashkilotchisi tomonidan qatnashchilarni savdoda ishtirok etishlariga ruxsat berish tartibini, axborotlarni oshkor qilish tartibini va qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlarni o‘z ichiga oluvchi savdolar tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish qoidalari. 2. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi. 3. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. 4. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning majburiy rekvizitlari ro‘yxati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. 5. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yig‘im to‘laydi. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatiga olishga doir hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun olinadigan yig‘im emitentlar tomonidan eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida to‘lanadi. 6. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati chet el valyutasida yaxlit o‘lchamlarda ko‘rsatiladi. 7. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar emitentlar tomonidan faqat hujjatsiz shaklda chiqariladi. 8. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni saqlash, ularning hisobini yuritish va chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlash, shuningdek chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar zimmasiga yuklangan majburiyatlarni va bunday yuklashlarni tugatish holatlari hisobi Markaziy depozitariyda amalga oshiriladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning muomalasi va ularni joylashtirish, shu jumladan ularni Markaziy depozitariyda hisobga qo‘yish faqat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida ularni chiqarish davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng amalga oshiriladi. 10. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan tashqari bozorlarida muomalada bo‘lishi mumkin. 11. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning joylashtirish bo‘yicha oldi-sotdi bitishuvlari birja bozorlarida kabi birjadan tashqari bozorlarda ham amalga oshirilishi mumkin. 12. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning muomalasi bo‘yicha oldi-sotdi bitishuvlari faqat birja va tashkillashtirilgan birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi. Egasining almashishiga olib keladigan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq boshqa operatsiyalar birjadan tashqari bozorda amalga oshirilishi mumkin va ular qonunchilik hujjatlarida milliy valyutada muomalaga chiqaralayotgan qimmatli qog‘ozlar uchun belgilangan tartibda va muddatlarda albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. 13. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitishuvlari, O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlarni chet el valyutasida to‘lash holatlaridan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi. 14. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish shartlari norezidentlarga ushbu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishni taqiqlamagan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarishga yo‘l qo‘yilgan har qanday qimmatli qog‘ozlarni norezedent xorijiy valyutada sotib olishi mumkin. 15. Norezident tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar birja va birjadan tashqari bozorlarda qonunchilik hujjatlarida milliy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar sotilishi uchun belgilangan tartibda sotilishi mumkin. Norezidentlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlarni rezidentlarga sotish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi. 16. Norezidentlar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun pul mablag‘larini deponentga qo‘yish tartibi, shuningdek to‘lov muddatlari HKP va savdolar tashkilotchilarining qoidalari bilan belgilanadi. 17. Tashkillashtirilgan birja bozorida rezidentlar tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar norezident tomonidan sotib olinayotgan yoki sotilayotganda, uning tomonidan vakolat qilingan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi topshiriq (komissiya) shartnomasiga asosan, savdoda qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi yoki sotadi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan bitishuv to‘g‘risida norezidentga hisobot beradi. Rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarni tashkillashtirilgan birjadan tashqari bozorda sotib olinayotganda yoki sotilayotganda, norezident bitishuvni xuddi shu tartibda yoki mustaqil amalga oshirishi mumkin. 18. Norezidentning “depo” hisobvarag‘iga kelib tushgan qimmatli qog‘ozlar hisobi norezident bilan belgilangan shaklda shartnoma tuzilgan depozitariyda yuritiladi. 19. Norezidentlar tomonidan davlat aktivlarini aksiya ko‘rinishida sotib olish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. 21. Mazkur Nizomning 22 va 23-bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan bank-rezidentlar aksiyalarini olishga doir bitishuvlar faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan ruxsati olinganidan so‘ng amalga oshiriladi. 22. O‘zbekiston Respublikasi bank-rezidentlari aksiyalarini olish uchun quyidagi shaxslar (bundan keyingi o‘rinlarda oluvchi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning oldindan ruxsatini olishlari shart: O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari; ellik foizdan ortiq aksiyalari (ishtirokchilar badallari) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining egaligida, foydalanuvida va(yoki) tasarrufida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik shaxslari. 23. Oluvchilarning mablag‘larini tasarruf etuvchilari (ishonchli vakillari) bo‘lib hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, shuningdek, oluvchilar uchun bank-rezidentlarning aksiyalarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning oldindan ruxsatini olishlari shart. 24. Offshor zonalarda ro‘yxatga olingan oluvchilar — yuridik shaxslar banklar-rezidentlar aksiyalarini olishlari mumkin emas. 33. Mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda bank-rezident aksiyalarini olgan oluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bank aksiyadorlari reyestriga kiritiladi. 34. Tashkillashtirilgan bozorlarda chet el valyutasida tuziladigan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitishuvlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda chet el valyutasidagi HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi. 35. O‘zbekiston Respublikasining tashkillashtirilgan bozorlarida norezidentlar, shuningdek xorijiy hisobvaraqlaridan foydalangan rezidentlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan tuziladigan bitishuvlari bo‘yicha pul mablag‘larining hisob-kitobi O‘zbekiston Respublikasi hududida HKP ishtirokida amalga oshiriladi. 36. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni norezidentlar tomonidan xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu bitishuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinganidan so‘nggina amalga oshiriladi. 37. Norezident tomonidan xarid qilingan qimmatli qog‘ozlar to‘liq qiymatining to‘lov muddatlari milliy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlar uchun qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 39. O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan joylashtirilgan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitishuvlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvarag‘i orqali milliy valyutada naqd pulsiz shaklda, shuningdek agar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, chet el valyutasida ham amalga oshiriladi. 40. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha barcha daromadlar to‘lov kuniga, agar ularni chiqarish shartlarida boshqacha shartlar belgilangan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida to‘lanadi. 41. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish, qiymati milliy valyutada ifodalangan qimmatli qog‘ozlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 42. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent chiqarish to‘g‘risidagi qarorida va emissiya risolasida qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish (sotib olish) valyutasini ko‘rsatishi lozim. 43. Norezidentlarning qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan milliy valyutadagi mablag‘lari zaruriyat bo‘lganda, chet el banklarining milliy valyutadagi “loro” vakillik hisobvaraqlariga kiritilishi, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun foydalanishi mumkin. 44. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va savdo tashkilotchilari chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘zlari amalga oshirayotgan barcha operatsiyalar va bitimlar hisobini yuritadilar va ular bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga ma’lumotlar taqdim etadilar. 45. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar emitenti qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga hisobotlarni qimmatli qog‘ozlarni milliy valyutada chiqaradigan emitentlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etadi. 46. Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar emitenti axborotlarni oshkor etilishini, qimmatli qog‘ozlarni milliy valyutada chiqargan emitentlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi, va oshkor etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni ingliz tilida, shuningdek emitentning xohishiga ko‘ra har qanday boshqa chet tilida qo‘shimcha ravishda respublika matbuotida chop etishga haqlidir. 47. Norezidentlar ishtirokidagi bitishuvlarni, shu jumladan, muddatida to‘lovi amalga oshirilmagan bitishuvlarni bekor qilish va ularni haqiqiy emas deb topish shartlari va tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. 48. Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari mazkur Nizom talablariga rioya etmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 49. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu Nizom talablariga rioya qilinmaganlik uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rishga haqli.
250
15,535
Qonunchilik
“Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
233
466
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi “Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 24-oktabrdagi 491-son qarorining 15-bandi birinchi xatboshidagi va 20-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibining 6-bandi “a” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 22-maydagi 225-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshidagi, 6 va 8-bandlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi yettinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va” so‘zlari “Tashqi” so‘zi bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, idoralar va boshqa respublika organlari xodimlarining chet el xizmat safarlariga borishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 9-sentabrdagi 417-son qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va” hamda “Tashqi iqtisodiy” so‘zlari tegishli ravishda “Tashqi” va “Tashqi savdo” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati to‘g‘risidagi nizomning 6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda): a) 4 va 5-bandlarning ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar” so‘zlari “Tashqi savdo” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 3-ilovaning 5-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar” so‘zlari “Tashqi savdo” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti 35-bandining ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha esa — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” so‘zlari “tashqi savdo faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha esa — Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 19. Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 19-maydagi 129-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 27-modda): a) 1-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va” so‘zlari “Tashqi” so‘zi bilan almashtirilsin; b) Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llanish maqsadida tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va” so‘zlari “Tashqi” so‘zi bilan almashtirilsin. 20. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va” so‘zlari “Tashqi” so‘zi bilan almashtirilsin. 21. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining 51 — 512-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 24. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestrining 33 — 35-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 25. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga 9-ilovaning I bo‘limi “Kasbiy tavakkalchilik klasslari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari (kichik tarmoqlar” 4-ustunining 4-pozitsiyasidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin. 27. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-iyundagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar tomonidan moliyalashtiriladigan texnik ko‘maklashish loyihalari/dasturlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaning “Ekspertiza organlari” ustunidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 28. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda): a) 2-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. b) Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 1-bandning ikkinchi xatboshidagi, 5-bandning ikkinchi xatboshidagi, 6-banddagi, 8-bandning birinchi xatboshidagi, 24-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshidagi, 25-banddagi, 32-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshidagi, “g” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, “j” kichik bandi birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 9-bandning ikkinchi xatboshidagi va 10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari tegishli kelishik va sonda “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-banddagi “Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari kompleksi” so‘zlari “Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish kompleksi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 1-ilovada: “TIAISV” qisqartmasi “TSV” qisqartmasi bilan almashtirilsin; “Subyektlar” ustunining birinchi va yettinchi bloklariga “Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari qo‘shilsin; 2-ilovaning nomidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) Olib kelinayotgan texnologik asbob-uskunalarni va ularga ehtiyot qismlarni, shuningdek komponentlar, xomashyo va materiallarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladiganlar toifasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 13-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari va “TIAISV” qisqartmasi tegishli ravishda “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari va “TSV” qisqartmasi bilan almashtirilsin; 16-bandning uchinchi xatboshidagi, 17, 21 va 22-bandlardagi “TIAISV” qisqartmasi “TSV” qisqartmasi bilan almashtirilsin; Nizomga 1-ilovadagi “TIAISV” qisqartmasi “TSV” qisqartmasi bilan almashtirilsin; 5 va 6-ilovalardagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” hamda “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsialar va” so‘zlari tegishli ravishda “Tashqi savdo vazirligi” hamda “Tashqi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 29. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 132-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Import qilishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar tatbiq qilinmaydigan dorivor vositalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 30. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Savdo vakolatxonasini tuzish va faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 16-sentabrdagi 262-son qarorida: a) 3-bandda: ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilardagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi mutasaddilik qiladigan “O‘zinterimpeks” DATK, “O‘zmarkazimpeks” DATK, “Markazsanoateksport” DATK, “Uzprommashimpeks” DAK kompaniyalari” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi mutasaddilik qiladigan “O‘zsanoateksport” AJ va “O‘ztreyd” AJ tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovada: 4-banddagi, 7-bandning beshinchi, oltinchi, o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilaridagi, 8-banddagi, 14 — 16-bandlardagi va 18-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 11-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” va “O‘zinterimpeks” DATK, “O‘zmarkazimpeks” DATK, “Markazsanoateksport” DATK, “Uzprommashimpeks” DAK kompaniyalari” so‘zlari tegishli ravishda “Tashqi savdo vazirligi va “O‘zsanoateksport” AJ va “O‘ztreyd” AJ tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-banddagi “O‘zinterimpeks” DATK, “O‘zmarkazimpeks” DATK, “Markazsanoateksport” DATK, “Uzprommashimpeks” DAK kompaniyalari” so‘zlari “O‘zsanoateksport” AJ va “O‘ztreyd” AJ tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 31. Vazirlar Mahkamasining “Eksport operatsiyalarini “bir darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarorida: a) 4 va 5-bandlardagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovaning 6-bandi “a” kichik bandining birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari va “OAJ” qisqartmasi tegishli ravishda “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari va “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin. 32. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 5-dekabrdagi 342-son qarorining 2-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 33. Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan nooziq-ovqat iste’mol tovarlarining yarmarka savdosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 377-son qaroriga 2-ilova 1, 3 va 7-pozitsiyalarining “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 35. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar haqida” 2013-yil 23-yanvardagi 16-son qarorining 2-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 37. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 204-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy harbiy bo‘lmagan kemalar va harbiy korabllarning O‘zbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reyd uchun) kirishi va unda bo‘lishi tartibi haqidagi nizomning 39-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 38. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Birlashgan Millatlar Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakolatxonalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 26-noyabrdagi 321-son qarorining 6-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 40. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori (XALIKK-2015)ga 2-ilovaning 2696-pozitsiyasidagi “Xizmatchilarning lavozim nomlari” ustunidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakili” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligining vakili” so‘zlari bilan almashtirilsin. 41. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 9-oktabrdagi 289-son qaroriga 1-ilovada: “Obyektning yuqori turuvchi tashkiloti” va “Obyekt berilayotgan tashkilotning nomi” ustunlarida: 214, 215, 217 — 220-pozitsiyalardagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 216-pozitsiyadagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 44. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 5-maydagi 143-son qarorining 6-bandi uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 45. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 206-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 46. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorining bajarilishi haqida” 2016-yil 5-avgustdagi 252-son qaroriga 2-ilovadagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 47. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatining II bo‘limi 14-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 48. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimiga kiruvchi teleradiokanallar efirini yuqori sifatli tele-radio mahsulotlari bilan to‘ldirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 23-avgustdagi 272-son qarorining 2-bandi to‘rtinchi xatboshidagi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 80-modda) “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 49. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatining 27-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 50. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 1-noyabrdagi 378-son qarorining 11-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 51. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi reglamentiga ilovaning 7-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 52. Vazirlar Mahkamasining “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 7-martdagi 124-son qaroriga 3-ilova III bo‘limining 14-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 53. Vazirlar Mahkamasining “2017-yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-martdagi 153-son qarorida: 2-ilovada: 1.2 — 1.4, 1.6, 1.7, 1.15, 1.16, 1.20, 2.1, 2.3, 2.5, 2.6, 2.8 — 2.12, 2.14, 2.16, 2.18, 2.20, 3.9, 4.1 va 4.10-bandlardagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Mas’ul bajaruvchilar” ustunining 1.2, 1.6, 2.6, 2.10, 2.14-bandlariga “Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari qo‘shilsin.
250
20,698
Qonunchilik
Sport maktablarini malakali trener kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Sport maktablarini malakali trener kadrlar bilan ta’minlash, trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning kasbiy bilimlari va ko‘nikmalarini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq sport maktablarining trener-o‘qituvchilar tarkibi oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar jismoniy tarbiya ma’lumotiga hamda sport bo‘yicha trenerlar yoki trener-o‘qituvchilar sifatida trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega bo‘lgan yoki ta’lim muassasalarining sport faoliyati hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishini bitirib, tegishli sport turi bo‘yicha trener lavozimida ishlayotganiga uch yildan oshmagan mutaxassislardan butlanadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2014/2015-2017/2018 o‘quv yillari davrida sport maktablarida trenerlik faoliyatini amalga oshirayotgan va tegishli jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lmagan shaxslarni pedagogika va sport kollejlarida jismoniy tarbiya va sport mutaxassisliklari bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘qitishni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi 2014/2015 o‘quv yilidan boshlab sport maktablarida trenerlik faoliyatini amalga oshirayotgan va tegishli jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lmagan shaxslarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim dasturlariga muvofiq jismoniy tarbiya va sport mutaxassisliklari bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘qitishni belgilangan tartibda tashkil etsin (o‘qish 1 yil 10 oy (22 oy) davom etadi). 4. Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lmagan va jismoniy tarbiya va sport mutaxassisliklari bo‘yicha kasb-hunar kollejlarida yoki oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan shaxslarga trener-yo‘riqchi sifatida trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga berilgan ruxsatnoma asosida sport maktablarida trenerlar yoki trener-o‘qituvchilar lavozimlarida ishlashga 2018-yil 1-sentabrgacha istisno tariqasida ruxsat berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda 2014-yil 10-oktabrgacha respublika hududlari bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport sohasida ikkinchi mutaxassislikka ega bo‘lish xohishini bildirgan shaxslar ro‘yxatini tuzsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga taqdim etsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda: bir oy muddatda pedagogika va sport kollejlarida jismoniy tarbiya va sport sohasida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha sport turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan ta’lim jarayonining ilmiy-metodik asoslari, o‘quv-metodik hujjatlari va uni birxillashtirish mexanizmlari, o‘quv rejalari va o‘qitish dasturlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini; jismoniy tarbiya va sport sohasida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotganlarga tegishli tarqatma materiallar (dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruzalar matnlari va shu kabilar) berilishini, ularni, zaruriyat bo‘lganda, talabalar yashash joylariga joylashtirishni nazarda tutgan holda ularga ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pulli-kontrakt asosida o‘qitish uchun to‘lov miqdorlarini belgilasin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
88
4,442
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Senatining Namangan viloyatining Namangan shahri, Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorlarini amalg
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Namangan viloyatining Namangan shahri, Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2015-yil 4-noyabrdagi 267-III-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Namangan viloyatining Namangan shahri, Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2015-yil 4-dekabrdagi SQ-73-III-son qarorlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Namangan viloyatining Namangan shahri, Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal etish bo‘yicha Respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 2. Respublika komissiyasi (A.I. Ikramov): ikki oy muddatda — Namangan viloyatining Namangan shahri, Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish bilan bog‘liq barcha zarur tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishini; chegaralar o‘zgarishi munosabati bilan ikki hafta muddatda, Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda — o‘zgartirilayotgan chegaralar doirasidagi hududda joylashgan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini Namangan shahri, Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlaridagi tegishli tuzilmalarga belgilangan tartibda topshirish-qabul qilish bo‘yicha tashkiliy masalalar hal etilishini; ikki hafta muddatda — Namangan viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2016-yilda Namangan shahri, Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlari budjetining hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognoz parametrlarining aniqlashtirilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi Namangan viloyatining Namangan shahri, Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlari chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan davlat yer kadastri ma’lumotlariga zarur o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda Namangan viloyatining Namangan shahri, Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlari chegaralari o‘zgarishini hisobga olgan holda statistika ko‘rsatkichlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov hamda Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
250
2,918
Qonunchilik
Soliq hisoboti yangi shakllar bilan toʻldiriladi
DSQ «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 28.01.2020 yildagi 2020-03-son «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qaroriga (roʻyхat raqami 3221, 24.02.2020 yil) qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qarori loyihasini muhokama qilish uchun e’lon qildi. Hujjat 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirishi kerak. Qaror loyihasida soliq va boshqa hisobotlarning ayrim shakllarini tasdiqlash nazarda tutilgan. Chunonchi, 7-«Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq hisobotining shakllari» ilovasi yana bitta shakl – «Mol-mulk soligʻi toʻlovchi yuridik shaхslarning asosiy vositalari toʻgʻrisida ma’lumot» bilan toʻldiriladi. Bundan tashqari, hisobotning amaldagi shakllari 13-«Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha soliq hisoboti shakllari» ilovasi bilan toʻldiriladi. 13-ilovaga quyidagilar kiradi: Ushbu shakllar Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan soliq toʻlovchilar tomonidan har chorak yakuni boʻyicha hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasigacha, yil yakunlari boʻyicha hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi. Ushbu qarorning kuchga kirishi Prezidentning 24.02.2020 yildagi «Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4611-son qarorini ijro etishda muhim qadam boʻladi. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Miryoqub Haydarov.
48
1,584
Qonunchilik
Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning marketing siyosati va xizmatlar sohasini kompleks rivojlantirish, muzeylarga innovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llash, shuningdek, muzeylarda o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni yaratish, muzey to‘plamlaridagi boy tarixiy va madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish maqsadida: 1. Quyidagilar: 2022-2023-yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning manzilli rejasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga oid 2022 — 2024-yillarda yangi tashkil etiladigan ekspozitsiyalarning manzilli rejasi 2-ilovaga muvofiq; 2022 — 2024-yillarda davlat muzeylarida ixtisoslashtirilgan restavratsiya laboratoriyalarini tashkil qilishning manzilli rejasi 3-ilovaga muvofiq; Noyob muzey ashyolari va kolleksiyalarining replikatsiyalarini tayyorlash hamda ularni realizatsiya qilish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar 4-ilovaga muvofiq; Muzeylar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish rejasi 5-ilovaga muvofiq; 2022-2023-yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Muzeylarda xizmatlar sohasini kengaytirish bo‘yicha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-iyuldan boshlab: davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi, shuningdek, zaruratga ko‘ra, davlat muzeylari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin; pulli xizmatlar ko‘rsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi va ular moddiy rag‘batlantiriladi, qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi muzeylar tomonidan ularning yuqori turuvchi organi bilan kelishgan holda belgilanadi; davlat muzeylariga ularda tashkil etiladigan xizmatlar uchun Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi (keyingi o‘rinlarda — Madaniy meros agentligi) bilan kelishgan hamda bozor konyunkturasini hisobga olgan holda, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qo‘shimcha xodimlarni jalb etishga ruxsat beriladi. Davlat muzeylari tomonidan xizmatlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, muzeylarning budjetdan tashqari mablag‘lari, Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 3. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Turkiya Respublikasining malakali kompaniyasini jalb etgan holda Toshkent shahri shahar budjeti mablag‘lari va uning qo‘shimcha manbalari hisobidan 2022-yil 1-noyabrga qadar jahonning mashhur muzeylaridagi eng ilg‘or tajribalarni qo‘llagan holda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi binolarini zamonaviy rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyalarini yaratish hamda ularda xizmatlar ko‘rsatish sohasini namuna sifatida tayyorlayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov) bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlasin, bunda, zamonaviy yangi ekspozitsiyalarni chuqur ilmiy-tarixiy asoslanishiga e’tibor qaratsin. 4. Muzeylar faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Respublika ishchi guruhi) tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Respublika ishchi guruhining (A.A. Abduxakimov) asosiy vazifalari etib belgilansin: muzeylar faoliyatini takomillashtirish va ular faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bu borada belgilangan vazifalarning davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishini muvofiqlashtirish; muzeylar faoliyati sohasida ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, ular faoliyatini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini tizimli ravishda oshirib borish; muzeylarning zamonaviy yangi konsepsiyalari, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muzey ashyolarini ishonchli saqlash, turistlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, sohaga xorijiy ilg‘or tajribalarni samarali qo‘llash, muzeylar faoliyatini raqamlashtirish; zamonaviy ilg‘or arxitektura-rejalashtirish, interyer, dizayn va landshaft yechimlariga e’tibor qaratgan holda har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzey faoliyatining yo‘nalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlash; foydalanilmayotgan, turistlar uchun ochiq bo‘lmagan va turistik xizmatlar ko‘rsatilmayotgan mos madaniy meros obyektlarini muzeylar, ko‘rgazmalar, art-rezidensiyalar, boshqa madaniyat va turizm obyektlariga aylantirish choralarini ko‘rish. 5. 2023 — 2026-yillarda muzeylashtiriladigan arxeologiya yodgorliklarining manzilli rejasi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Madaniy meros agentligi Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda arxeologiya sohasidagi ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda, ushbu qarorga 8-ilovaga muvofiq arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, konservatsiyalash va ularda ochiq osmon ostida muzey tashkil etish hamda uni turizm obyektiga aylantirish choralarini ko‘rsin. Belgilansinki, bu boradagi xarajatlar madaniy meros sohasiga ajratiladigan Davlat budjeti va tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 6. Belgilab qo‘yilsinki, davlat tashkilotlari va muassasalari o‘zlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlardan namunalarni davlat muzeylariga bepul beradi. Madaniy meros agentligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D.N. Sattarov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan o‘zlari ishlab chiqarayotgan yangi turdagi muhim mahsulotlar namunalarining tegishli davlat muzeylariga bepul berilishini muvofiqlashtirsin. 7. Aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi 2022-yil 1-iyuldan boshlab tashkil etilsin va doimiy ravishda o‘tkazib borilsin. 8. Belgilansinki, “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida: davlat muzeylariga madaniy boyliklarni, shu jumladan mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini xarid qilish uchun 2022-yil 1-iyuldan boshlab har yili Madaniy meros jamg‘armasiga Davlat budjetidan madaniy meros va muzeylar sohasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha 3 mlrd so‘mdan hamda hududlardagi tegishli davlat muzeylariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan 500 million so‘mdan mablag‘ ajratib boriladi, amaliy talabni inobatga olingan holda ushbu mablag‘ miqdori oshirilishi mumkin; ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng ko‘lamda targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda joylarda ekspeditsiyalar tashkil etiladi; madaniy boyliklarni aniqlash va davlat muzeylariga topshirishda faol ishtirok etgan aholi vakillarining namunali faoliyati keng targ‘ib etiladi hamda ular qo‘llab-quvvatlanadi; har yili davlat muzeylariga aholidan xarid qilib olingan madaniy boyliklar ko‘rgazmasi tashkil etiladi hamda ular haqidagi ma’lumotlar Madaniy meros agentligi va tegishli davlat muzeyining rasmiy veb-saytiga majburiy tartibda joylashtirib boriladi. 9. Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: har yili “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasini yil davomida yuqori saviyada o‘tkazish va unda faol ishtirok etgan shaxslarni munosib rag‘batlantirish; 2022-yil yakuniga qadar aholidan madaniy boyliklarni qabul qilib olish (xarid qilish) jarayonini raqamlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin. 10. Turizm va madaniy meros vazirligi (B.Z. Shaxriyorov), Xalq ta’limi vazirligi (B.O. Saidov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshkulov), vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ta’lim muassasalarining o‘quvchi va talabalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va boshqa fuqarolarning muzeylar va mamlakatimizning tarixiy manzilgohlariga tashriflarini nazarda tutuvchi “Moziyga sayohat” dasturini tashkil etsin. 11. Belgilansinki, “Moziyga sayohat” dasturi doirasida: turizm infratuzilma subyektlariga (joylashtirish vositalariga) chegirma taqdim qilish va aksiyalar o‘tkazish tavsiya etiladi; davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining joylashtirish vositalarida turish xarajatlarining 50 foizgacha miqdori tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, ta’lim muassasalari o‘quvchilarining, nogironligi bo‘lgan shaxslarning joylashtirish vositalarida turish xarajatlarining 50 foizgacha miqdori mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanishi mumkin; “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat muzeylariga bepul kiritiladi; “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning temir yo‘l chiptalari hamda joylashtirish vositalarida turish xarajatlari to‘liq hajmda tegishlicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan qoplanadi; davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan har yili kamida bir marta budjetdan tashqari mablag‘lar, kasaba uyushmalari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan o‘z xodimlari va ularning oila a’zolari uchun muzeylarga kirish chiptalarini xarid qilish amaliyoti joriy etiladi. 12. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda 2022-yil uchun, shuningdek 2023-yildan har yili dekabr oyiga qadar “Moziyga sayohat” dasturi doirasida tashriflarni tashkil etishning maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlasin. Bunda, moliyalashtirish miqdori va manbalari belgilangan holda, jumladan muzeylarga tashrifi tashkil etiladigan: hududlar kesimida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari va nogironligi bo‘lgan shaxslar soni; umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarining o‘quvchi va talabalari soni; vazirlik va idoralar, yirik tarmoq va sohalar kesimida davlat tashkilotlarining xodimlari soni nazarda tutiladi. 13. Muzeylar faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: davlat muzeylarida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlarning har yilgi kalendar rejasini Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etiladi, mazkur kalendar reja Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi va davlat muzeylarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi hamda turizm faoliyati subyektlariga yetkaziladi; O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali Madaniy meros agentligining bosh axborot hamkori etib belgilanadi. Bunda, Madaniy meros agentligi va “O‘zbekiston tarixi” telekanali har yarim yillik uchun madaniy meros va muzeylar sohasini keng targ‘ib qilish bo‘yicha media-rejani ishlab chiqib, amalga oshiradi; Madaniy meros agentligi tomonidan namoyish etishga tayyor holda taqdim etiladigan materiallarni “O‘zbekiston tarixi” telekanalida tomoshabinlar uchun qulay bo‘lgan vaqtlarda bepul efirga uzatish yo‘lga qo‘yiladi; Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan har yili kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun mo‘ljallangan audiovizual targ‘ibot materiallari tayyorlanib, keng ommalashtirib boriladi. Bu boradagi xarajatlar mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi; moddiy madaniy meros obyektining ko‘chmas mulki hisoblanmagan davlat muzeylari hududlaridagi bo‘sh yer maydonlariga belgilangan tartibda tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) o‘rnatiladi, ushbu tadbirlar Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Madaniy meros agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rsin. 14. Muzeylar faoliyati sohasida ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yildan boshlab: har ikki yilda bir marta may oyining ikkinchi o‘n kunligida “Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar” xalqaro forumi hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, “Buyuk ipak yo‘li” tadqiqotlari” ko‘p jildli katalog taqdimoti, ko‘rik-tanlov, ko‘rgazma-savdolar, teatrlashtirilgan konsert-tomosha dasturlari o‘tkaziladi; har yili muzeylarga ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan muzeylar sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning kamida 10 nafarini chet elga malaka oshirish va tajriba almashish uchun yuborish majburiy yo‘lga qo‘yiladi; har yili kamida 2 ta madaniy meros sohasidagi tashkilot, shu jumladan muzey hamda 100 nafar mutaxassisga Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Xalqaro muzeylar kengashiga (ICOM), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashiga (IKOMOS) a’zolik badalini to‘lab berish amaliyoti joriy etiladi. Madaniy meros agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov) bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga qaratilgan choralarni ko‘rsin. 15. Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) Madaniy meros agentligi, Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi (Sh.Sh. Xasanov), Fanlar akademiyasi (B.A. Abduhalimov) bilan birgalikda: ikki oy muddatda har bir muzeydagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hamda boshqa fondlardagi madaniy boyliklarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish manzilli rejasini tasdiqlasin; ushbu manzilli rejaga muvofiq mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha muzeylardagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hamda boshqa fondlardagi madaniy boyliklarni malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ekspertlar komissiyalarini tuzgan holda to‘liq xatlovdan o‘tkazsin; muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hamda boshqa madaniy boyliklarni ishonchli muhofaza qilish choralarini kuchaytirsin. 16. Madaniy meros agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.H. Shermatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-aprelga qadar: davlat muzeylaridagi muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini elektron identifikatsiya qilish hamda Milliy muzey fondi davlat elektron katalogini to‘liq shakllantirish va samarali yuritish choralarini ko‘rsin; Milliy muzey fondi davlat elektron katalogida noyob muzey ashyolarining yuqori sifatdagi fotosuratlari va 3D ko‘rinishlarini joylashtirib, ularni monetizatsiya qilish tizimini yo‘lga qo‘ysin; Milliy muzey fondi davlat elektron katalogining madaniy boyliklarning xalqaro qidiruv tizimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektron xizmatlar ma’lumot bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin. 17. Madaniy meros agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Madaniy meros agentligi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari A.A. Jo‘raboyev zimmasiga yuklansin.
73
17,126
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-son Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxati II bo‘limining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-maydagi “Motor moylari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1759-son qarorining 6-bandidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2412-son qarori 2-ilovasining 15 va 16-bandlaridagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Davlat ekologiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2731-son qarorida: a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Tabiatni muhofaza qilish” so‘zlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 1-ilovaning 8, 21 va 24-bandlaridagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Ekologiya davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 2-ilovaning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. B.T. Qo‘chqorov — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-­muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi”. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2750-son qarorida: a) 1-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. B.T. Qo‘chqorov — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof­-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi”. b) 2-ilovaning 7 — 10-bandlaridagi “Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Abdusamatov B.H.)” so‘zlari “Ekologiya davlat qo‘mitasi (Qo‘chqorov B.T.)” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 3-ilovada: 15-banddagi “olib kirish va olib chiqishga” so‘zlari “import va eksportga” so‘zlari bilan almashtirilsin; 15 — 19 bandlardagi “Mas’ul organlar” ustunidagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Abdusamatov B.X.)” so‘zlari “Ekologiya davlat qo‘mitasi (Qo‘chqorov B.T.)” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2900-son qarorida: a) la-ilovasida: yigirmanchi pozitsiya chiqarib tashlansin; yigirma birinchi pozitsiya yigirmanchi pozitsiya deb hisoblansin; b) 5-ilovadagi “Maxsustrans” DUK” bloki chiqarib tashlansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2915-son qarorining 1-ilovasi rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
93
3,750
Qonunchilik
Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda ko‘maklashish, mulkdorlarning o‘zlariga tegishli bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona va maqsadli foydalanish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish borasida ko‘rilayotgan choralar amalda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi. Ilgari xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlashda yondashuv va ish uslubining tubdan o‘zgartirilishi bir yarim mingdan ortiq faoliyat ko‘rsatmayotgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash va o‘n ikki mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratish imkonini berdi. Shu bilan birga, hududlarda hanuzgacha davlatga va davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarga tegishli bo‘lgan, shuningdek, ajratilgan yer uchastkalarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan qurilgan hamda sobiq jamoa va shirkat xo‘jaliklarini tugatish davrida sotib olingan katta miqdordagi faoliyat ko‘rsatmayotgan va samarasiz foydalanilayotgan binolar va qurilishi tugallanmagan obyektlar saqlanib qolmoqda. Mazkur holat yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatining yo‘qotilishiga, ishlab chiqarish quvvatlarining ma’nan eskirishi va jismonan yemirilishiga olib kelayotgan bo‘lib, ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishni talab etmoqda. Faoliyat ko‘rsatmayotgan va foydalanilmasdan turgan obyektlar mulkdorlari, barcha darajadagi rahbarlarning mazkur obyektlardan oqilona va maqsadli foydalanilishi bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, korxonalarni faol xo‘jalik faoliyatiga jalb etish hamda shu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ilgari xususiylashtirilgan obyektlarni xo‘jalik faoliyatiga jadal jalb etish bo‘yicha amaldagi mexanizmni mulk huquqining vujudga kelish asoslari va egallagan maydon hajmidan qat’i nazar barcha toifadagi qurilishi tugallanmagan obyektlar, bo‘sh turgan binolar, noturar inshootlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlariga (keyingi o‘rinlarda foydalanilmayotgan obyektlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish bo‘yicha namunaviy tarkibdagi idoralararo komissiyalar (keyingi o‘rinlarda idoralararo komissiyalar deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq; tumanlar (shaharlar)da foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish bo‘yicha namunaviy tarkibdagi ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda ishchi guruhlar deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tuzilsin. Idoralararo komissiyalar rahbarlari etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, ishchi guruhlar rahbarlari etib tegishli tuman (shahar) hokimlari belgilansin. 3. Idoralararo komissiyalarga quyidagilar amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish yuklatilsin: doimiy monitoring natijalariga ko‘ra tegishli hududdagi foydalanilmayotgan obyektlarni aniqlash va ularning ro‘yxatlarini shakllantirish; foydalanilmayotgan obyektlar faoliyatini tiklash, ishlab chiqarishni tashkil etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” va investitsiya loyihalarini mulkdorlar bilan birga ishlab chiqish, shuningdek, ularni tasdiqlash; foydalanilmayotgan obyektlar faoliyatini tiklash bo‘yicha takliflarni taqdim etmagan yoki tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijrosini ta’minlamayotgan mulkdorlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan ta’sir choralarini qo‘llash haqida xulosalar chiqarish; davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish va ishchi guruhlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish; tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar va tijorat banklari kreditlarini olishda ko‘maklashish. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq: a) davlat mulki bo‘lgan foydalanilmayotgan obyektlar o‘rnatilgan tartibda sotiladi, davlat-xususiy sheriklik asosida, shu jumladan ijaraga beriladi; b) foydalanilmayotgan obyektlarning xususiy mulkdorlariga quyidagi ta’sir choralari qo‘llaniladi: yuridik shaxslarga — soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lashga o‘tkazish; yuridik va jismoniy shaxslarga — mol-mulk va yer soliqlarini ikki karra mikdorda to‘lash, 6 oy o‘tgandan so‘ng — besh karra, 12 oy o‘tgandan so‘ng va keyinchalik — o‘rnatilgan stavkaga nisbatan o‘n karra miqdorda to‘lashga o‘tkazish; qonunchilikka muvofiq taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar amal qilishini to‘xtatish. 5. Belgilab qo‘yilsinki: mazkur qarorning 4-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan ta’sir choralari idoralararo komissiya xulosasiga asosan mulkdorning idoralararo komissiya xulosasi bilan tanishganidan keyingi oydan boshlab qo‘llanadi; idoralararo komissiyaning ta’sir choralarini qo‘llash haqidagi xulosasini chiqarish uchun mulkdor tomonidan foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar taqdim etilmaganligi yoki foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”ning bajarilmasligi asos bo‘ladi; idoralararo komissiya qarori komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bunda idoralararo komissiya yig‘ilishida uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart; foydalanilmayotgan obyektlarning mulkdorlari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy organlarining tegishli so‘rovnomasi kelib tushganidan keyin ikki oy muddatda foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish, shu jumladan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish obyektini barpo etish, obyektni aniq ijarachilarga taqdim etish, muayyan investorlar (sheriklar)ni jalb etish bo‘yicha choralarni, shuningdek, foydalanilmayotgan obyekt faoliyatini tiklashning aniq muddatlari va moliyalashtirish manbalarini nazarda tutadigan takliflarni taqdim etishlari shart; foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar yuqori turuvchi tashkilot (mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan kelishilgan “yo‘l xaritasi” ko‘rinishida taqdim etiladi; foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” idoralararo komissiya va balansda saqlovchining yuqori turuvchi tashkiloti (mavjud bo‘lgan taqdirda) tomonidan ochiq muhokama yo‘li bilan, shuningdek, mulkdor, balansda saqlovchi (ularning vakillari) takliflarini inobatga olgan holda va ularning ishtirokida tasdiqlanadi; mazkur qarorning 4-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan, oshirilgan stavkalar bo‘yicha soliqlar idoralararo komissiya qaroriga asosan faqat ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishga jalb etilmagan qismiga nisbatan qo‘llanadi. 6. Foydalanilmayotgan obyektlarni xo‘jalik faoliyatiga jalb etish sxemalari 3-4-ilovalarga muvofiq ma’qullansin. 7. Belgilansinki, mazkur qarorning 4-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan ta’sir choralari quyidagi mulkdorlarga nisbatan qo‘llanilmaydi: qonun hujjatlari bilan tadbirkorlik subyektlariga ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish vazifasi yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning aybiga ko‘ra investitsiya loyihasini amalga oshira olmagan mulkdorlarga; foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni (investitsiya loyihasini) taqdim etgan va amalga oshirishni boshlaganlarga — idoralararo komissiyaning mulkdor (uning roziligi bo‘lgan taqdirda boshqa tashabbuskorlar, shu jumladan ijaraga oluvchilar) tomonidan “yo‘l xaritasi” (investitsiya loyihasi) taqdim qilingan, shuningdek, uning amalga oshirilishi haqidagi xulosasi sanasidan keyingi kalendar choraklikdan boshlab. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga idoralararo komissiya xulosasi belgilangan tartibda yetkazilganidan keyingi oyning 10 sanasiga qadar foydalanilmayotgan obyektlarning mulkdorlari — soliq to‘lovchilar tomonidan tegishli shakldagi soliq hisob-kitoblari taqdim etilmagan taqdirda idoralararo komissiya xulosasi asosida mol-mulk va yer soliqlarini oshirilgan stavkalar bo‘yicha hisoblash va hisoblangan summalarni ularning shaxsiy kartochkalariga kiritish huquqi berilsin. 9. Quyidagilarga: idoralararo komissiyalar rahbarlariga — o‘z faoliyatida xolislik va ochiqlik prinsiplariga amal qilib, foydalanilmayotgan obyektlarni tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga alohida e’tibor qaratgan holda, komissiyaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning so‘zsiz va sifatli bajarilishi uchun; tumanlar (shaharlar) sektorlari rahbarlariga — foydalanilmayotgan obyektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan mulkdorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish, shuningdek, ularda yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal etish uchun; O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga — idoralararo komissiyalarning ishchi organi funksiyalarini bajarish uchun; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga — idoralararo komissiyaning xulosasi chiqarilgan mulkdorlarga nisbatan mazkur qarorda nazarda tutilgan ta’sir choralarining o‘z vaqtida va so‘zsiz qo‘llanilishi uchun; idoralararo komissiyalar va ishchi guruhlar a’zolariga — o‘zlari vakil bo‘lgan davlat boshqaruvi organi va tashkilotlarning mas’uliyat sohalari bo‘yicha javobgarlik yuklansin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ikki oy muddatda o‘zlariga tegishli bo‘lgan foydalanilmayotgan obyektlarni tanqidiy tahlil qilsin va tahlil natijalariga ko‘ra obyektlardan samarali foydalanish yuzasidan aniq chora-tadbirlardan iborat bo‘lgan “yo‘l xaritalari” yoki ularni tumanlar (shaharlar) hokimliklariga berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda foydalanilmayotgan obyektlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va elektron tarzda ma’lumot almashishni, shuningdek, ularning mulkdorlariga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishchi guruhlarning tegishli murojaatidan so‘ng bir oy davomida foydalanilmayotgan obyektlar bo‘yicha kadastr hujjatlarining rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qaror mazmun-mohiyati keng yoritilishini hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi har chorakda mazkur qaror ijrosi bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijalari va samaradorligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi, Davlat raqobat qo‘mitasining viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari boshliqlari 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlari 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari 5. Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari boshliqlari 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Savdo-sanoat palatasi boshqarmalari boshliqlari 11. Davlat mulki obyektlarini balansda saqlovchi tashkilotlar rahbarlari 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmasi vakili 2. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi vakili 3. Tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshlig‘i 4. Tuman (shahar) kadastr bo‘limi boshlig‘i 5. Tuman (shahar) qurilish bo‘limi boshligi 6. Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshligi 7. Tijorat banklari vakili (kelishuvga ko‘ra, har bir bankdan bittadan) 8. Tuman (shahar) IIB vakili — uchastka inspektori 9. Davlat mulki obyektlarini balansda saqlovchi tashkilotlar rahbarlari 1. 1, 2, 3, 5, 6 va 7-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. 4-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “inventarizatsiyadan o‘tkazish paytida binolar va noturarjoy xonalari umumiy maydonining 50 foizdan ko‘prog‘i (bir bino yoki noturarjoy xonasi konturi doirasida) tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)da foydalanilmay kelingan bo‘lsa (mavsumiy tusdagi faoliyatni amalga oshiradigan korxonalar bundan mustasno), bo‘sh turgan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida e’tirof etiladi; qurilishi loyiha-smeta hujjatida belgilangan normativ muddatlarda tugallanmagan, qurilishning belgilangan normativ muddati mavjud bo‘lmagan taqdirda — qurilish boshlangan sanadan boshlab 24 oy mobaynida qurib bitkazilmagan hollarda ko‘chmas mulk obyektlari qurilishi tugallanmagan obyektlar sifatida e’tirof etiladi”. 3. 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
113
15,035
Qonunchilik
2020 yilgi Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqildi
U 320 banddan iborat boʻlib, ularni amalga oshirishga 17,5 trln soʻm va 9,6 mlrd AQSh dollarini yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati oʻzining Telegram-kanalida хabar berdi. Iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga 109 ta band bagʻishlangan, yana 91 ta band ijtimoiy sohaga, 51 ta  – хavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosatni amalga oshirishga, 41 – ta davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga va 28 ta band – sud-huquq tizimiga ajratilgan. 2020 yilgi Davlat dasturi toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni loyihasi 11 fevral seshanba kuni jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi. Eslatib oʻtamiz, 2017-2021 yillarda har yilgi davlat dasturlari tasdiqlangan Harakatlar strategiyasi doirasida davlatni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladi. Joriy  yil mamlakatimizda  “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilindi. 24 yanvar kuni Oliy Majlisga murojaatnoma bilan chiqishida, Prezident oʻz administratsiyasiga Hukumat bilan birgalikda Parlament palatalari bilan 20 kun muddatda 2020 yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasini puхta tayyorlab, tasdiqlash uchun kiritishni topshirdi.
50
1,247
Qonunchilik
VAZIRLAR MAHKAMASINING “PLASTIK KARTOChKALAR ASOSIDA HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2004-YIL 24-SENTYaBRDAGI 445 -SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 94-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. 1. 7-bandda: a) ikkinchi xatboshidagi “2005-yil 1-yanvardan boshlab 3 yil muddatga” so‘zlari “2005-yil 1-yanvardan 2010-yil 1-yanvargacha” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) uchinchi xatboshidagi “2007” raqami “2010” raqami bilan almashtirilsin; v) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “2007-yil 12-iyuldan boshlab 2010-yil 1-yanvargacha o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklariga oid qismi bo‘yicha mulk solig‘idan, shuningdek ular import qilinganda bojxona to‘lovlari to‘lashdan”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida Nizomda: a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Mazkur Nizom tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan bankomatlar, to‘lov terminallari, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari, kommutatsiya uskunalaridan va to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalardan mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash, shuningdek ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi. 2. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi: 2005-yil 1-yanvardan boshlab 2010-yil 1-yanvargacha — bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalariga va to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarga, shuningdek dasturiy ta’minlashga oid qismi bo‘yicha; 2007-yil 12-iyuldan boshlab 2010-yil 1-yanvargacha — o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklariga oid qismi bo‘yicha mulk solig‘i to‘lashdan ozod etilgan”; b) 3-banddagi “terminallar” so‘zidan keyin “o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari” so‘zlari qo‘shilsin; v) 4-bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin: “o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari”; g) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “8. Bo‘shab qoladigan mablag‘larning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 29-son, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2005-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 01-02/8-3-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005-yil 2-aprelda 1463 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona to‘lovlari va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi”; d) tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazining to‘lovlarni plastik kartochkalar bilan amalga oshirish uchun foydalanadigan mol-mulki ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi band qo‘shilsin: “9. O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari”.
221
3,694
Qonunchilik
Maktab pedagoglariga – mukofotlar, imtiyozli avtokreditlar va ipoteka
Prezidentning 14.08.2018 yildagi qarorida хalq ta’limi tizimini takomillashtirishga oid shu va boshqa chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.   Imtiyozli shartlardagi ipoteka va kreditlar Birinchidan, arzon uy-joylar qurish dasturlari doirasida oʻqituvchilarga kvartiralar sotib olish uchun 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7% stavkasi bilan va keyingi davrda MBning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida imtiyozli ipoteka rasmiylashtiriladi. Dastlabki badal sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 10%ini tashkil etadi. Ikkinchidan, pedagog хodimlarning oila a’zolari «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida issiqхona tashkil etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kredit olishlari mumkin. Kreditlar 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 7% stavka miqdorida beriladi. Uchinchidan, хalq ta’limi tizimidagi хodimlar turli maqsadlar uchun iste’mol kreditlari, shuningdek avtomobil sotib olish uchun kreditlarni ham olishlari mumkin. Buning uchun maхsus jamgʻarma tashkil etiladi, unga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 100 mln AQSh dollari ajratiladi, shuningdek хalqaro moliya institutlarining mablagʻlari jalb etiladi. Ushbu kreditlarni olish uchun tavsiya etiladigan pedagoglar roʻyхatlarini Xalq ta’limi vazirligi tayyorlaydi. Kredit ajratish shartlari quyidagicha: Oʻqituvchilar koʻproq ragʻbatlantiriladi Hududiy, respublika va хalqaro fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagoglarga EKIHning 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti beriladi. Ta’lim rivojiga munosib hissa qoʻshgan, davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan oʻqituvchilar sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga imtiyozli yoʻllanmalar bilan ta’minlanadi. Yoshlarni vatanparvarlik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan pedagoglarni taqdirlash uchun davlat mukofoti ta’sis etiladi. 2018–2020 yillarda «Oʻqituvchi va murabbiylar хiyobonlari» tashkil etiladi. Bir oy muddatda uning konsepsiyasi va namunaviy loyihasi ishlab chiqiladi. Ta’lim jarayoni maqbullashtiriladi 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta’limning amaldagi tayanch oʻquv rejasi 10%ga qisqartiriladi. Mazkur fanlar boʻyicha dars soatlari qisqartirilgan mutaхassislar talab yuqori boʻlgan boshqa oʻquv fanlarga bepul qayta tayyorlab oʻtkaziladi. Sohaga oid boʻlmagan yuklama solish taqiqlandi Birinchidan, хalq ta’limi хodimlarini хizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, majburiy mehnatga jalb qilish. Bular, shu jumladan, hududlarni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq хoʻjaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlardir;   Ikkinchidan, ularni kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna boʻlishini tashkil etish;   Uchinchidan, oʻqituvchilardan dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish, sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilish;   Toʻrtinchidan, хalq ta’limi muassasalari faoliyatini asossiz holda tekshirish.  A’lo bahoga oʻqiganlarga medal beriladi Yangi (2018/2019) oʻquv yilidan boshlab umumta’lim, shu jumladan, iхtisoslashtirilgan maktablar, san’at va madaniyat, olimpiya zaхiralari maktab-internatlari, akademik litseylar bitiruvchilariga oltin va kumush medallari ta’sis etiladi. Medallar 9-sinfni bitirganlik toʻgʻrisidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, namunali хulq-atvorli, jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi. Bunda oltin medal 10-11-sinflardagi barcha fanlardan oraliq, yakuniy nazoratlari, choraklik va yillik baholari a’lo boʻlgan oʻquvchilarga beriladi. Kumush medal olish uchun 9-sinfni bitirganlik toʻgʻrisidagi a’lo darajali shahodatnoma olishi va 10-11-sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari a’lo boʻlishi lozim.  Lenara Xikmatova.
69
4,052
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qo‘mitalarining 2010-yilgi ishiga doir tavsiyalar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qo‘mitalarining 2010-yilda rejali asosda va samarali faoliyat ko‘rsatishi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining besh yillik ish tajribasi hamda Senat qo‘mitalarining takliflari asosida davomiylik va uzviylikni saqlash zarurligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2010-yilni “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilganligini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qo‘mitalarining 2010-yilga mo‘ljallangan ish rejalariga quyidagilar tavsiya etilsin: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2010-yilda ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar (ilova qilinadi). 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2010-yilga mo‘ljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi (ilova qilinadi). 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2010-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi (ilova qilinadi). 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining “Barkamol avlod yili”ga bag‘ishlangan tadbirlar rejasi (ilova qilinadi). Buxoro viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining yoshlarni ishga joylashtirish masalalarini hal etish borasidagi faoliyati to‘g‘risida. Jizzax viloyatini iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlarining bajarilishini kuchaytirish chora-tadbirlari va mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga doir vazifalar to‘g‘risida. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan ijro etilishi to‘g‘risida. 2010-yil — “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan Andijon viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyati to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Texnikaviy va hunar ta’limi to‘g‘risidagi Konvensiyasi (Parij, 1989-yil 10-noyabr) qoidalarini mamlakatimiz qonunchiligiga joriy etish borasidagi ishi to‘g‘risida. Aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha hududiy dasturlarni Samarqand viloyatida bajarishning borishi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yildagi faoliyati to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2011-yilga mo‘ljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi haqida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2011-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2011-yilda ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar to‘g‘risida. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2009-yil yuzasidan hisoboti. “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Sirdaryo viloyatida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda). O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti yuzasidan xulosalar va takliflar tayyorlash. “Lizing to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Samarqand viloyatida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2009-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti haqida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2009-yildagi faoliyati to‘g‘risida. “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning tizimidagi doimiy asosda faoliyat yuritayotgan hakamlik sudlari tomonidan ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bilan birgalikda). Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash. “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Xorazm viloyatida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi bilan birgalikda). “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Qashqadaryo viloyatida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda). Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash. Navoiy viloyatidagi Erkin industrial iqtisodiy zona faoliyatini tashkil qilishga doir qonun hujjatlarining amalga oshirilishini o‘rganish va muhokama qilish (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi va xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi bilan birgalikda). Biologik xilma-xillik to‘g‘risida Konvensiyani (Rio-de-Janeyro, 1992-yil 5-iyun) ijro etish bo‘yicha Buxoro viloyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi bilan birgalikda). Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi bilan birgalikda). “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Surxondaryo viloyatida ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda). Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qo‘mita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2009-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti. “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent viloyatidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan ijro etilishini o‘rganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining tegishli doimiy komissiyalarini jalb etgan holda). O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining erlarni qishloq xo‘jaligidan o‘zga ehtiyojlar uchun ajratishga doir talablari ijrosini o‘rganish va muhokama qilish (Farg‘ona viloyati misolida, xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli doimiy komissiyalarini jalb etgan holda). Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha BMT Konvensiyasi (Xelsinki, 1992-yil 17-mart) va Xalqaro ochiq suv oqimlaridan kema qatnovi bilan bog‘liq bo‘lmagan tarzda foydalanish huquqi to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasining (Nyu-York, 1997-yil 21-may) O‘zbekiston Respublikasidagi ijrosini o‘rganish va muhokama qilish (Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda). “Eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor vazifalari” mavzuida seminar. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalarining qonun ijodkorligi jarayonidagi o‘zaro hamkorligi: samaradorlik va amaliyot” mavzuida davra suhbati. “Vatanni, uning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining konstitutsiyaviy burchidir” mavzuida konferensiya. “Transchegaraviy suv obyektlari havzalarida gidroenergetika inshootlarining xavfsizligi muammolari va shu sohadagi xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzuida davra suhbati (Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda). “Ta’lim va hozirgi zamon. O‘quvchilarni hayotga tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzuida konferensiya. “Qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda barkamol avlodni tarbiyalash: muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzuida konferensiya. “2010-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hududiy dasturlarning samaradorligini monitoring qilish muammolari va ularni hal etish yo‘llari” mavzuida davra suhbati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining tegishli qo‘mitasi raisi hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tegishli doimiy komissiyalari raislari ishtirokida). “Senatorlarning qonunlar muhokamasida ishtirok etishi: samaradorlik va istiqbollar” mavzuida seminar. “Fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlarning vazifalari” mavzuida seminar. “Qoraqalpog‘iston Respublikasida moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishning ahvoli va uni yanada takomillashtirish istiqbollari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya (Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda). “Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning tashkiliy hamda normativ-huquqiy asoslari” mavzuida seminar. “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy qilish – davr talabi” mavzuida seminar. “Iqtisodiyotda va aholi uchun o‘zaro hisob-kitoblar shakllari hamda usullarini takomillashtirish yo‘llari” mavzuida konferensiya. “Sud-huquq sohasida qonunchilikni takomillashtirishning dolzarb vazifalari” mavzuida davra suhbati. “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning vazifalari” mavzuida seminar. “Bolalardagi yuqumli kasalliklarga qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlikning ahvoli va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzuida seminar (YUNISEF Bolalar jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan birgalikda). “Huquqiy atamalar. Tajriba, muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzuida davra suhbati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi va Toshkent davlat yuridik instituti bilan birgalikda). “Jahonda global iqlim isishiga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi Doiraviy Konvensiyasi (Nyu-York, 1992-yil 9-may)”, shuningdek “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi Doiraviy Konvensiyasiga Kioto Bayonnomasi (Kioto, 1997-yil 11-dekabr)” xalqaro hujjatlari asosida). “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish hududiy dasturlarini amalga oshirishning ustuvor masalalari” mavzuida seminar. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – sud-huquq islohotlarining asosi” mavzuida konferensiya. “Terrorizmga, diniy ekstremizmga qarshi kurashning dolzarb muammolari va ularni hal etish yo‘llari” mavzuida davra suhbati. “Markaziy Osiyo mintaqasi transport yo‘laklarini rivojlantirish yo‘llari va muammolari hamda bu sohadagi xalqaro hamkorlik” mavzuida davra suhbati (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda). “Milliy qadriyatlar va yoshlar” mavzuida davra suhbati. “Suv resurslaridan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzuida davra suhbati.
118
12,369
Qonunchilik
OILA MANFAATLARINI TA’MINLASh BORASIDA 1998 YILDA AMALGA OShIRILADIGAN TADBIRLAR DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA
Oilaning jamiyatni o‘zgartirishdagi tutgan o‘rni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 9-dekabrdagi F-796-son Farmoyishi bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar Davlat dasturi tasdiqlansin (1-ilova). 2. Hokimiyat va boshqaruvning davlat tuzilmalari mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar Davlat dasturi topshiriqlarining belgilangan muddatlarga muvofiq so‘zsiz bajarilishini ta’minlashning mukammal choralarini ko‘rsinlar. Ushbu maqsadlarda ikki hafta muddatda: Davlat dasturida ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarni korxonalar va tashkilotlarning aniq shart-sharoitlariga muvofiq ravishda, shuningdek, korxona, tashkilot joylashgan erdagi mahallalarda yashovchi oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash zarurligiga qarab amalga oshirish bo‘yicha tarmoq va idoraviy tadbirlar; shaharlar, tumanlar, qishloqlar va ovullarning mahalliy shart-sharoitni hisobga oluvchi va har bir oilani qamrab oluvchi oila manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilsin. 3. Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari qabul qilingan 1998-yilgi Davlat dasturida nazarda tutilgan oila manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlarning tutgan o‘rni va ahamiyatini keng tushuntirishni ta’minlasinlar. Oila manfaatlarini ta’minlash dasturlarining bajarilishi doimo kuzatib borilsin va uning natijalari keng yoritilsin. 4. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha darajalardagi hokimliklar har chorakda o‘zlarining yakuniy majlislarida manfaatdor organlar va tuzilmalarni jalb qilgan, mas’ul ijro etuvchilarning hisobotlarini tinglagan holda oila manfaatlarini ta’minlash borasidagi tegishli dasturlarning bajarilishini ko‘rib borsinlar. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
107
2,353
Qonunchilik
Ichki ishlar organlari xodimlarining turar joy sharoitlarini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” 2016-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-407-son Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoniga muvofiq va ichki ishlar organlari xodimlarining turar joy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash va ularni zamonaviy turar joy bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ichki ishlar organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq ichki ishlar organlarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan, yuksak professionalizm darajasini namoyon qilayotgan, huquqbuzarliklarga qarshi kurashga salmoqli hissa qo‘shayotgan va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan xodimlari (keyingi o‘rinlarda xodimlar deb ataladi) uchun Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi va Shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dasturlar deb ataladi), shuningdek turar joylar barpo etishning boshqa dasturlari doirasida arzon ko‘p kvartirali uylardan kvartiralar sotib olish uchun tijorat banklarining uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari (keyingi o‘rinlarda ipoteka krediti deb ataladi) navbatdan tashqari tartibda beriladi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining takliflari bo‘yicha har yili, 2017-yildan boshlab 2-ilovaga* muvofiq jadval bo‘yicha mintaqalar bo‘yicha xodimlar uchun arzon ko‘p kvartirali uylarda qo‘shimcha ravishda kamida 500 ta kvartira qurishni Dastur parametrlariga kiritsinlar. 4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Dasturlar, shuningdek uy-joylar barpo etishning boshqa dasturlari doirasida arzon ko‘p kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun xodimlarning dastlabki badallarni belgilangan miqdorlarda to‘lashi uchun ularga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qaytarish asosida besh yil muddatga foizsiz uzoq muddatli qarzlar berilishini amalga oshirsin. Belgilansinki, Dasturlar, shuningdek uy-joylar barpo etishning boshqa dasturlari doirasida arzon ko‘p kvartirali uylardan kvartiralar sotib olishga ipoteka krediti bo‘yicha asosiy summa tijorat banki bilan tuziladigan shartnoma bo‘yicha belgilangan muddatlarda xodimning mablag‘lari hisobiga, ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlar esa — 50 foiz miqdorida xodimning mablag‘lari hisobiga va 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining subsidiyalar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari asosida: ushbu qarorga muvofiq Dasturlar doirasida arzon ko‘p kvartirali uylarda har yili qo‘shimcha ravishda kamida 500 ta kvartira qurishni moliyalashtirish uchun shu jumladan xalqaro moliya institutlarining, tegishli tijorat banklarining mablag‘lari hisobiga kredit liniyasi ochilishini ta’minlasin; zarurat bo‘lganda, Dasturlar, shuningdek uy-joylar barpo etishning boshqa dasturlari doirasida ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun xodimlarning dastlabki badalni to‘lashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplanadigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus budjetdan tashqari hisob raqamidagi mablag‘lar hisobiga besh yil muddatga foizsiz uzoq muddatli budjet ssudasi berilishini amalga oshirsin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida, shuningdek 2018-yilga va keyingi yillarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihalarini shakllantirishda Dasturlar, shuningdek uy-joylar barpo etishning boshqa dasturlari doirasida arzon ko‘p kvartirali uylardan kvartiralar sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foizlarni 50 foiz miqdorida qoplash uchun xodimlarga subsidiyalar ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga zarur mablag‘larni nazarda tutsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda arzon ko‘p kvartirali uylardan kvartiralar sotib olish uchun dastlabki badallarni to‘lash uchun ichki ishlar organlari xodimlariga foizsiz uzoq muddatli qarzlar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni va Ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 7. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” va “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoniga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlariga (keyingi o‘rinlarda xodimlar deb ataladi) imtiyozli shartlarda turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish uchun imtiyozli uzoq muddatli ipoteka kreditlari (keyingi o‘rinlarda ipoteka kreditlari deb ataladi) berish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizom: yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish; yakka tartibdagi uy yoki ko‘p kvartirali uydan kvartira sotib olish; Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi va Shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dasturlar deb ataladi), shuningdek uy-joylar barpo etishning boshqa dasturlari doirasida arzon ko‘p kvartirali uylardan kvartiralar sotib olish uchun ipoteka kreditlari berilishini nazarda tutadi. 3. Ipoteka banklari tomonidan xodimlarga Dasturlar, shuningdek uy-joylar barpo etishning boshqa dasturlari doirasida arzon ko‘p kvartirali uylardan kvartiralar sotib olish uchun ipoteka kreditlari berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 4. Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarish, to‘lov, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlarida turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladi. 5. Ipoteka kreditlari xodimlarga tijorat bankida xodimning nomiga ochilgan milliy valyutadagi jamg‘arma omonat hisob raqamiga xodim tomonidan turar joy qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal to‘langandan keyin kamida 10 yil muddatga beriladi, ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno. 6. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz muddati va stavkasi: kredit liniyalari hisobiga berilgan kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar ipoteka krediti uchun bevosita tijorat banki tomonidan jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tijorat banki bilan ko‘rsatib o‘tilgan moliya institutlari o‘rtasida tuzilgan ushbu mablag‘larni berish to‘g‘risidagi tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqib belgilanadi; tijorat banklari tomonidan o‘z mablag‘lari va jalb etiladigan mablag‘lar hisobiga beriladigan kreditlar bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq bank bilan qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan bitim bo‘yicha belgilanadi. 7. Turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish uchun tijorat banki tomonidan berilgan ipoteka krediti summasi turar joy qiymatining 75 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 8. Xodim turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish maqsadida ipoteka krediti olish uchun tijorat bankiga qonunchilikka muvofiq zarur hujjatlarni taqdim etadi. 9. Tijorat banki xodim tomonidan ipoteka krediti olish uchun ariza berilgandan keyin ipoteka krediti olish jarayonida u to‘lashi kerak bo‘lgan quyidagi taxminiy xarajatlarning turlari bilan uni tanishtiradi: ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji to‘lash; garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkni sug‘urta qilish bilan bog‘liq xarajatlar; mol-mulk qiymatini aniqlash bo‘yicha baholash tashkilotining xizmatlariga haq to‘lash; ipoteka kreditini rasmiylashtirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar. 10. Tijorat bankining xodimi qonunchilikka muvofiq ipoteka krediti olish uchun ariza va barcha zarur hujjatlar qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda uni o‘rganadi va unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshiradi. 11. Tijorat bankining ipoteka krediti olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan xodimi ipoteka krediti olish uchun berilgan arizani va unga ilova qilingan barcha hujjatlarni o‘rganish va tekshirish natijalari bo‘yicha ipoteka krediti berishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi asoslangan xulosani tijorat bankining kredit komissiyasiga (kredit qo‘mitasiga) kiritadi. 12. Kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) kiritilgan hujjatlarni va tijorat bankining mas’ul xodimi xulosasini ko‘rib chiqib ipoteka krediti olish uchun berilgan arizani qondirish yoki rad etishning aniq va asoslangan sabablarini ko‘rsatib qondirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ipoteka krediti olish uchun berilgan arizani qondirish rad etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda tijorat bankining xodimi uch ish kuni mobaynida rad etishning aniq sabablarini va xodim ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatib xodimga yozma bildirishnoma yuboradi (topshiradi). Xodim ipoteka krediti olish uchun berilgan ariza qondirilishi rad etilishi sabablarini bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ipoteka kreditini olish uchun berilgan ariza qondirilishi to‘g‘risida yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Ipoteka krediti olish uchun berilgan ariza qondirilishini rad etish to‘g‘risidagi yozma bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin xodim tomonidan berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi. 13. Ipoteka kreditini olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish muddati ariza va barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 14. Kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ipoteka krediti berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin: tijorat banki uch kun muddatda kredit shartnomasi tuzish uchun xodimni qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi. Shuningdek, sotuvchining nomiga talab qilib olinadigan depozit hisob raqamini ochish uchun xodim tomonidan tijorat bankiga (uy-joy ikkilamchi bozorda sotib olinganda) jismoniy shaxsning — kvartirani yoki yakka tartibdagi uyni sotuvchi (keyingi o‘rinlarda sotuvchi deb ataladi) kelishi ta’minlanishi zarurligi yozma shaklda ko‘rsatiladi; xodim kvartira yoki yakka tartibdagi uyning to‘liq qiymatini yo‘qotish yoki shikastlanish xavfidan o‘z hisobiga tijorat banki foydasiga sug‘urta qilishi, agar mol-mulkning to‘liq qiymati olingan kreditning va u bo‘yicha hisoblangan foizlarning ta’minlangan ipoteka summasidan ortiq bo‘lsa, tijorat banki oldida ushbu majburiyatning summasidan past bo‘lmagan summaga sug‘urta qilishi shart; tijorat banki xodim bilan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani, shuningdek kredit shartnomasini imzolaydi. 15. Ipoteka krediti berish tijorat banki tomonidan xodimning alohida ssuda hisob raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan pul mablag‘larini naqd bo‘lmagan shaklda xodimning yozma topshirig‘i asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va notarial tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdisi to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasini ilova qilgan holda memorial order bilan sotuvchining (mulkdorning) depozit hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 16. Yakka tartibda uy-joy qurish yoki uni rekonstruksiya qilishga ipoteka krediti berish xodimning alohida ssuda hisob raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan xodimning yozma topshirig‘i asosida memorial order bilan to‘lovlarni qurilish materiallari sotib olishga naqd bo‘lmagan shaklda o‘tkazish — tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning depozit hisob raqamiga va bajarilgan qurilish-montaj ishi uchun — pudrat shartnomasida belgilangan shartlarda va muddatlarda pudrat qurilish tashkilotining depozit hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 17. Ipoteka kreditini qaytarish xodim tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar va boshqa daromadlar hisobiga naqd bo‘lmagan shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan; naqd pul mablag‘lari to‘lash; plastik kartalardan va xodimning tijorat banklaridagi omonatlari bo‘yicha hisob raqamlaridan naqd bo‘lmagan shaklda pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan. Xodim asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan qaytarish muddati boshlangunga qadar muddatidan oldin, kredit muddatidan oldin qaytarilganligi uchun vositachilik to‘lovi to‘lamasdan qaytarishi mumkin. 18. Dasturlar, shuningdek uy-joylar barpo etishning boshqa dasturlari doirasida arzon ko‘p kvartirali uylardan kvartiralar sotib olish uchun ipoteka krediti olishda ipoteka krediti bo‘yicha asosiy summa tijorat banki bilan tuziladigan shartnoma bo‘yicha belgilangan muddatlarda xodimning mablag‘lari hisobiga, ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlar esa — 50 foiz miqdorida xodimning mablag‘lari hisobiga va 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan mablag‘lari hisobiga qaytariladi. 19. Tijorat banklari xodim tomonidan ipoteka krediti bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilishining doimiy monitoringini shu jumladan joyning o‘ziga chiqib amalga oshiradi. Tijorat banki tomonidan monitoring olib borish tartibi kredit shartnomasida qayd etilishi kerak. 20. Asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda tijorat bankining xodimi xodim bilan shaxsan uchrashib majburiyatlar bajarilmasligi sababini aniqlaydi va muddati o‘tkazib yuborilgan ipoteka kreditini qaytarishni ta’minlash choralarini ko‘rishni talab qiladi. 21. Xodim tomonidan ipoteka krediti va hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘lovlar to‘lanmaganda yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda tijorat banki qonunchilikda belgilangan tartibda garovga qo‘yilgan mol-mulkdan undirish to‘g‘risida murojaat qiladi. 22. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xodimlar tomonidan ichki ishlar organlarining tegishli turar joy-maishiy komissiyalariga ariza berilishi yo‘li bilan Dasturlar, shuningdek uy-joylar barpo etishning boshqa dasturlari doirasida ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar dastlabki badallarining belgilangan miqdorlarini to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda budjetdan tashqari mablag‘lar deb ataladi) hisobiga qaytarish asosida xodimlarga 5 yil muddatga foizsiz uzoq muddatli qarzlar beriladi. 23. Qarz berish to‘g‘risidagi ariza tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan tashkil etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining turar joy-maishiy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda markaziy komissiya deb ataladi) va hududiy ichki ishlar organlarining turar joy-maishiy komissiyalari (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiya deb ataladi) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Markaziy komissiya va hududiy komissiyalarning tarkibi va ishini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi. 24. Qarz berish to‘g‘risidagi ariza: hududiy ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan — hududiy komissiyalarga; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlari tomonidan — markaziy komissiyaga belgilangan tartibda beriladi. 25. Xodim qarz berish to‘g‘risidagi ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: doimiy yashash joyidan berilgan xodimning va u bilan birgalikda yashovchi oila a’zolarining oxirgi 12 oydagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar yoki yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oyda xodim va uning oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning nusxalari; pasportlarning (tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarning nusxalari). 26. Qarz berish to‘g‘risidagi ariza va ushbu Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar berilgandan keyin hududiy komissiya o‘rganish va tekshirish natijalari bo‘yicha hududiy komissiya raisiga qarz berish mumkinligi yoki qarz berish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosani kiritadi. 27. Hududiy komissiya raisi qarz berish to‘g‘risidagi arizani va unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va hududiy komissiyaning xulosasini ko‘rib chiqib hududiy komissiya nomidan qarz berish to‘g‘risidagi arizani qondirish yoki asoslangan sabablarini ko‘rsatib qondirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Hududiy komissiya tomonidan qarz berish mumkinligi yoki qarz berish mumkin emasligi to‘g‘risidagi arizani taqdim etish va hududiy komissiya raisi tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi muddati qarz berish to‘g‘risidagi ariza va ushbu Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar berilgan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 28. Hududiy komissiya raisi tomonidan hududiy komissiya nomidan qarz berish to‘g‘risidagi arizani qondirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ushbu qaror va unga ilova qilingan barcha hujjatlar ko‘rib chiqish uchun markaziy komissiyaga yuboriladi. Markaziy komissiya o‘n ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi, qarz berish to‘g‘risidagi arizani qondirish yoki qondirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Markaziy komissiya tomonidan qarz berish to‘g‘risidagi arizani qondirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda markaziy komissiya ikki ish kuni mobaynida o‘z qarorini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining Moliya-iqtisodiyot boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi deb ataladi) yuboradi. 29. Markaziy komissiya tomonidan qarz berish to‘g‘risidagi arizani qondirish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin hududiy komissiya uch ish kuni mobaynida bu haqda xodimni qarz shartnomasi tuzish uchun yozma shaklda xabardor qiladi. 30. Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi qarz shartnomasi tuzilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda mablag‘larni xodimning tijorat bankida ochilgan depozit hisob raqamiga o‘tkazadi. 31. Qarz berish to‘g‘risidagi arizani qondirishni rad etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan taqdirda tegishli ravishda markaziy komissiya va hududiy komissiyalar bir kun mobaynida mablag‘ berish rad etilishining aniq sabablari ko‘rsatilgan holda xodimni bundan yozma ravishda xabardor qiladilar. 32. Xodim tomonidan qarzni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar va boshqa daromadlar hisobiga naqd bo‘lmagan shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan; naqd pul mablag‘lari to‘lash; plastik kartalardan va xodimning tijorat banklaridagi omonatlari bo‘yicha hisob raqamlaridan naqd bo‘lmagan shaklda pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan. Bunda qarz bo‘yicha to‘lovlar qarz shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq to‘lanadi. Xodim qarzni qarz shartnomasida belgilangan muddat boshlangunga qadar qaytarishga haqlidir. 33. Ushbu Nizom talablari buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
117
21,038
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998 YIL 19 YaNVARDAGI “INVESTITSIYa LOYIHALARINI AMALGA OShIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”GI PF–1919-SONLI FARMONIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Yangi korxonalar qurish va ishlab turgan korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash, ularning faoliyatini texnologik jihatdan raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-yanvardagi PF–1919-sonli Farmoni qoidalari quyidagi band bilan to‘ldirilsin: “Yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, shuningdek, ishlab turgan korxonalarni yangilash va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq, respublika hududiga keltirilayotgan texnologiya uskunalari, vakolatli bankning tegishli tasdiqlovchi hujjati bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilinsin”. 2. Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy banki, vakolatli banklar bilan birgalikda bir hafta muddat ichida tasdiqlangan investitsiya loyihalariga muvofiq, import qilinayotgan texnologiya uskunalarini qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
236
1,226
Qonunchilik
Obroʻsizlantiruvchi yoki хavf soluvchi yolgʻon aхborotni tarqatganlik uchun sanksiya joriy etildi
MJTK va JKga yolgʻon aхborotni tarqatganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi yangi modda kiritildi (25.12.2020 yildagi OʻRQ-658-son Qonunga qarang). Yolgʻon aхborotni, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatganlik uchun ham javobgarlik nazarda tutilgan. Bunda ma’muriy jarima miqdorlari tabaqalashtiriladi – agar yolgʻon aхborot: Ushbu huquqbuzarliklar uchun JKning yangi moddasida nazarda tutilgan jazo choralarining oʻzi хos jihatlari mavjud: a) ikkala holatda ham ma’muriy preyuditsiya amal qiladi – shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilganda jinoiy javobgarlik yuzaga keladi; b) jamoat tartibiga yoki хavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon aхborotni tarqatganlik uchun yangi modda normalari  JKning 2441-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirdagina qoʻllaniladi; v) jinoyatni baholaydigan bir qator tarkiblar, ya’ni javobgarlikni yengillashtiradigan alomatlarga ega tarkiblar mavjud.      Yolgʻon aхborot tarqatganlik uchun jinoiy sanksiyalar quyidagicha belgilandi: Qism Dispozitsiya Sanksiya 1 Shaхsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon aхborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilganda 150 BHMgacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 2 yilgacha aхloh tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash 2 Jamoat tartibiga yoki хavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon aхborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon aхborot tarmogʻida tarqatish, ushbu Kodeksning 2441-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilganda 200 BHMgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 2 yilgacha aхloh tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash 3 Birinchi va ikkinchi qismlarda nazarda tutilgan harakatlar: a) takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan; b) koʻp miqdorda* zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa 200 BHMdan 300 BHMgacha miqdorda jarima yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash 4 Birinchi va ikkinchi qismlarda nazarda tutilgan harakatlar: a) ommaviy tadbirlar jarayonida yoki favqulodda vaziyat holatida; b) juda koʻp miqdorda** zarar yetkazilgan yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan holda; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa 200 BHMdan 400 BHMgacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash Izohlar. *Koʻp miqdorda zarar – 300 BHMdan 500 BHMgacha miqdordagi zarar.  **Juda koʻp miqdorda zarar – 500 BHMga teng va undan koʻp miqdordagi zarar. JKning yangi moddasi boʻyicha dastlabki tergov ishlari ichki ishlash organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.12.2020 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
97
3,217
Qonunchilik
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3287, 2021-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 10/21/3287/0153-son) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “ilmiy ekspert — ilmiy tashkilot yoki oliy ta’lim muassasasining Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestriga kiritilgan vakili; mustaqil ekspert — Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxs;”; oltinchi xatboshi tegishli ravishda sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin. 2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “7. Korrupsiyaviy omillar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Uslubiyot (bundan buyon matnda Uslubiyot deb yuritiladi) asosida aniqlanadi, bunda korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazilayotganda normativ-huquqiy hujjat yoki loyihaning har bir normasi yoxud qoidasining tahlili amalga oshiriladi.”. 3. Quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin: “121. Loyihalarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalari asosida ushbu Nizomning 41-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.”. 4. 13, 21 va 25-bandlardagi “Metodika” degan so‘z “Uslubiyot” degan so‘z bilan almashtirilsin. 5. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan to‘ldirilsin: “201. Loyiha ishlab chiquvchi tomonidan cheklist to‘ldirilmagan holda adliya organlariga kiritilgan taqdirda, ushbu loyiha huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi.”. 6. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “26. Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi har yili Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasiga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi PQ-4505-son “Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringi doirasida o‘tkaziladi. Davlat organlari va tashkilotlar o‘zlarining tashabbuslari asosida ham amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishlari mumkin.”. 7. Quyidagi mazmundagi 261 — 264-bandlar bilan to‘ldirilsin: “261. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasida belgilangan muddatlarda davlat organlari va tashkilotlar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazadi hamda natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist va aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Adliya vazirligiga kiritadi. 262. Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari bo‘yicha aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni umumlashtiradi hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. 263. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 264. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalari asosida ushbu Nizomning 41-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.”. 8. 28-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 9. Quyidagi mazmundagi 41-bob bilan to‘ldirilsin: 291. Mustaqil va ilmiy ekspertlar o‘z tashabbusiga ko‘ra, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi. 292. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi Uslubiyot asosida cheklistni to‘ldirish yoki xulosa tuzish orqali o‘tkaziladi. 293. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish: davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalariga asosan amalga oshirilganda mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari bo‘yicha cheklist to‘ldiriladi; mustaqil va ilmiy ekspertlarning o‘z tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilganda korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari bo‘yicha ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa tuziladi. Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyaviy omillar aniqlangan taqdirda, cheklistda yoki xulosada ularni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar va choralar ko‘rsatilishi shart. 294. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist buyurtma bergan davlat organlari va tashkilotga yuboriladi. 295. Mustaqil va ilmiy ekspertlarning o‘z tashabbusiga asosan o‘tkazilgan korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari bo‘yicha tuzilgan xulosa: amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha ushbu normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadigan sohada yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organi va tashkilotga yuboriladi; loyihalar bo‘yicha ushbu loyihalarni ishlab chiquvchilarga yuboriladi. 296. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist yoki xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlarga kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida majburiy ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha cheklist yoki xulosada ko‘rsatilgan har bir korrupsiyaviy omil qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi asoslantirilgan ma’lumotnoma tuziladi. 297. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist yoki xulosalarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan tuzilgan ma’lumotnoma imzolangan kuni ekspertiza o‘tkazgan mustaqil yoki ilmiy ekspertga va tegishli adliya organlariga yuboriladi. 298. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan loyihalarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist yoki xulosalarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan tuzilgan ma’lumotnoma imzolangan kuni ekspertiza o‘tkazgan mustaqil yoki ilmiy ekspertga (barcha hollarda) hamda adliya organlariga (loyihani huquqiy ekspertiza uchun kiritish vaqtida) yuboriladi. 299. Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyiha ishlab chiquvchilari hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan mustaqil va ilmiy ekspertlarning hamkorligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritish Adliya vazirligining Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.”. 10. 5-bobning nomidagi “adliya organi xodimining” degan so‘zlar “davlat organlari va tashkilotlar, adliya organlari xodimlarining hamda mustaqil va ilmiy ekspertlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 30 va 31-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “adliya organi xodimining” degan so‘zlar “davlat organlari va tashkilotlar, adliya organlari xodimlarining hamda mustaqil va ilmiy ekspertlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 12. 32-banddan “mustaqil ekspertlar va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 13. 2-ilovaning nomidagi “METODIKASI” degan so‘z “USLUBIYOTI” degan so‘z bilan almashtirilsin. 14. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 4-ilova bilan to‘ldirilsin. 15. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan.
170
9,036
Qonunchilik
“O‘ZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekistonda jahon me’yorlariga muvofiq keladigan sayyohlik tizimini vujudga keltirish, bu sohani boshqarishni takomillashtirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek sobiq Ittifoqqa bo‘ysunuvchi turistik korxonalar va muassasalar respublikaning huquqiy tasarrufiga o‘tganligi munosabati bilan: 1. O‘zbekistonda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi turizm va ekskursiyalar Respublika Kengashining, “Sputnik” Xalqaro yoshlar turizmi Byurosining “Intur-Toj” qo‘shma korxonasining, respublika xo‘jalik hisobidagi “Sayyohintur” birlashmasining sobiq SSSR Davlat chet el turizmi komiteti korxonalarining shular negizida “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar “O‘zbekturizm” faoliyatining bosh vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin: turizm sohasida respublikaning yagona siyosatini amalga oshirish; turizmning xo‘jalik tarmoqlari majmuini rivojlantirish; turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarni hamda shart-sharoitlarni vujudga keltirish; turistik markazlaridan oqilona foydalanish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish yo‘li bilan zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish; ekskursiyalar uchun tarixiy me’morchilik inshootlarini ta’mirlash; yirik ajnabiy firmalar va kompaniyalar bilan birga qo‘shma turistik xizmatlar va korxonalarni tashkil etish; jahon bozorida talab qilinayotgan yangi turistik marshrutlar va xizmatlarning turlarini tatbiq qilish; turizm tarmoqlari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash; O‘zbekiston hududida ish yurituvchi barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga turizm sohasida shug‘ullanish huquqini beradigan sertifikatlarni topshirish hamda ular faoliyatini nazorat qilish; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish; o‘zining ishlab chiqarish va tijorat tuzilmasini tashkil qilish; chet ellardagi o‘z vakolatxonalari va byurolari orqali respublikaning turizm sohasidagi g‘oyat katta imkoniyatlarini reklama qilish. 3. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi O‘zbekiston hududida turizm sohasidagi yagona siyosat ishlab chiqilib, amalga oshirilishini ta’minlaydigan muvofiqlashtiruvchi bosh organ deb hisoblansin. Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlarini ko‘zda tutuvchi qaror qabul qilsin.
62
2,386
Qonunchilik
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
165
393
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-sonli “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (T.A. Xudaybergenov) ikki hafta muddat ichida Xalq qabulxonalarining sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibini tasdiqlasin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalarining (bundan buyon — Xalq qabulxonasi) asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Xalq qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari (bundan buyon — Bo‘linmalar) tuzilmasi tarkibiga kiradi, yuridik shaxs hisoblanmaydi, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda o‘z nomidan boshqa shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega emas. Xalq qabulxonasi o‘z nomi yozilgan dumaloq muhr, shtamp va blankalarga ega bo‘ladi. 3. Xalq qabulxonasi Bo‘linmalar oldida hisobdor bo‘ladi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 4. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni tatbiq etilmaydigan, shu jumladan ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarni Xalq qabulxonasi ko‘rib chiqmaydi. 5. Xalq qabulxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish orqali muammolarni aniqlash va hal qilish, shuningdek murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi amal qilishini ta’minlash; fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Hukumatga, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlariga, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon — davlat organlari) murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish; Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning qonun hujjatlari talablariga qat’iy amal qilgan holda, to‘liq, xolis, o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, shuningdek uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganishda aniqlangan muammolarning hal etilishini tashkil etish va nazorat qilish; uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganishda aniqlangan muammolar hamda Xalq qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalariga (bundan buyon — tuman (shahar) Xalq qabulxonalari) kelib tushgan, tegishliligi bo‘yicha davlat organlariga yuborilgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va hal etilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish; jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali o‘tkazish; uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganishda aniqlangan muammolar va murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish; hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (bundan buyon — sektorlar), davlat organlarining uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish; viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri) miqyosida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari ro‘yxatini ko‘rib chiqish va kelishib berish; tuman (shahar) Xalq qabulxonalari boshchilik qiladigan sektorlar shtablari a’zolaridan iborat ishchi guruhlarning hududlarni mahallalar va xonadonlar (oilalar) kesimida tahlil qilish, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va o‘rta muddatli manzilli tadbirlar rejalarini shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish; qisqa muddatli manzilli tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”) ijrosini nazorat qilish; sektorlar faoliyatini hamda mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularning ijrosini nazorat qilish; har chorakda sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari majlisida muhokama qilish uchun axborot kiritish, ushbu axborot yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hisobotini eshitishda ishtirok etish; davlat organlarining nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarini muvofiqlashtirish; davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini muvofiqlashtirish; hududlarda murojaatlar bilan ishlash, sayyor shaxsiy va ommaviy qabullar o‘tkazish tizimini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda hududlardagi ijtimoiy muhitni o‘rganish hamda aholi muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash choralarini ko‘rish; faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish; tuman (shahar) Xalq qabulxonalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish, ularni uslubiy va axborot-tahliliy materiallari bilan, shuningdek hududiy davlat organlari bilan hamkorligini ta’minlash. Xalq qabulxonasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni, shuningdek yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan belgilanadigan funksiyalarni amalga oshiradi. 6. Zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Xalq qabulxonasi quyidagi huquqlarga ega: sektorlar faoliyatini baholashda ishtirok etish; sektorlar, davlat organlari hududiy bo‘linmalarining uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa obyektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatini tizimli o‘rganish; sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan davlat organlari hududiy bo‘linmalarining mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha yuqori turuvchi davlat organlariga takliflar kiritish; davlat organlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; o‘z faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun davlat organlari mutaxassislarini jalb qilish; davlat organlaridan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotlar hamda hujjatlarni so‘rash va olish; davlat organlari tomonidan ular faoliyati, ko‘rsatadigan xizmatlariga oid tartib-qoidalarning aholiga to‘liq va tezkor yetkazilishini ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘rish; murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini buzgan, shuningdek murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlamagan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish; zarurat tug‘ilganda muammolarni hal qilish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra qabul qilingan qarorlarning ijrosini joylarga chiqib o‘rganish; tuman (shahar) Xalq qabulxonalari faoliyatini o‘rganish. Xalq qabulxonasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 7. Xalq qabulxonasi quyidagilarga majburdir: uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganishda bevosita ishtirok etish; sektorlar faoliyati, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish natijalari, tegishli hududdagi aholi kayfiyati to‘g‘risida har chorakda kamida bir marta Bo‘linmalarga axborot kiritish; uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish natijalari, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tahlil qilish asosida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularni muntazam ravishda Bo‘linmalarga kiritib borish; o‘z faoliyatida qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadigan lokal hujjatlar talablari va qoidalariga qat’iy amal qilish; mavjud axborot tizimlaridan samarali foydalanish, o‘z dasturiy-apparat vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish; belgilangan tartibda sektorlar va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish. Xalq qabulxonasining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 8. Xalq qabulxonasi xodimlari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi. 9. Xalq qabulxonasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan mudir boshchilik qiladi. Xalq qabulxonasi mudiri Xalq qabulxonasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. 10. Xalq qabulxonasining boshqa xodimlari Bo‘linmalar bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 11. Xalq qabulxonasining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining xodimlari hisoblanadi, ularga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari xodimlariga belgilangan ish haqi to‘lash hamda moddiy rag‘batlantirish tartibi va shartlari qo‘llaniladi. Xalq qabulxonalari boshqaruv xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risidagi nizomning 26-bandida nazarda tutilgan qoidalar tatbiq etiladi. 12. Xalq qabulxonalari faoliyatini baholash tartibi va mezonlari, Xalq qabulxonalari xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi, Xalq qabulxonasi xodimlarining odob-axloq qoidalari va boshqa lokal hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadi. 13. Xalq qabulxonasida mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq besh kunlik ish haftasi belgilanadi. 14. Xalq qabulxonasida soat 9.00 dan 18.00 gacha ish hamda soat 13.00 dan 14.00 gacha tushlik vaqti belgilanadi. Zarur hollarda, murojaatchilar tushlik vaqtida ham qabul qilinishi mumkin. 15. Xalq qabulxonasi aholi uchun qulay shart-sharoitlarga, shu jumladan kirish yo‘llari, asosiy kirish joyi, panduslar, kutish va fuqarolarni qabul qilish zallari, ish kabinetlari, “Ona va bola”, sog‘liqni saqlash organlari bilan kelishilgan holda jalb qilinadigan malakali shifokor, psixolog va hamshira navbatchiligi tashkil qilingan tibbiyot xonalari, shuningdek sanitariya-gigiyena xonalariga ega bo‘lishi lozim. 16. Murojaatchilar bilan ishlash xonasi, qoida tariqasida, Xalq qabulxonasiga alohida kirish qismiga ega bo‘lgan binoning (inshootning) birinchi qavatiga joylashtiriladi. 17. Xalq qabulxonasi binosining (inshootining) kirish tomoniga quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan peshlavha joylashtiriladi: Xalq qabulxonasining ish tartibi va xizmat ko‘rsatuvchi telefon raqami; sektorlar hududi, faoliyati va rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; sektorlar va davlat organlari rahbarlari tomonidan sayyor shaxsiy va ommaviy qabullar o‘tkazish jadvallari; uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvallar; ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan davlat dasturlari va loyihalar, ularning bajarilishi holati haqidagi ma’lumotlar; aholi e’tiboriga yetkazilishi zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar. 18. Xalq qabulxonasi murojaatchilar uchun axborot stendlari bilan jihozlanadi, ular ma’lumotlar bilan tanishish uchun qulay bo‘lgan joyga o‘rnatiladi va erkin tanishish mumkin bo‘lgan shakldagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Xalq qabulxonasi videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlanishi mumkin. 19. Xalq qabulxonasida murojaatlar og‘zaki, yozma va elektron shaklda shaxsan yoki pochta aloqa vositasi orqali qabul qilinadi. 20. Murojaatchi shaxsan murojaat qilgan taqdirda Xalq qabulxonasida navbat bo‘yicha tartib raqamini oladi va kutish uchun ajratilgan joyda Xalq qabulxonasi xodimining chaqirishini kutadi. 21. Murojaatchi chaqirilgandan keyin Xalq qabulxonasi xodimi murojaatda ko‘rsatilgan tegishli ma’lumotlar uning shaxsi va vakolatini tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan mosligini tekshiradi. Xalq qabulxonasi xodimi tekshirish yakunlari bo‘yicha murojaatni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi” axborot tizimiga (bundan buyon — Virtual qabulxona) kiritadi, u orqali murojaatga o‘ziga xos ro‘yxat raqami beradi. Murojaat ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin Xalq qabulxonasi xodimi muallifga uning so‘roviga ko‘ra murojaat qabul qilingani to‘g‘risida murojaat nusxasiga o‘ziga xos ro‘yxat raqamini yozib, tegishli qaydni qo‘yadi. 22. Yozma va pochta aloqasi orqali olingan murojaatlar Xalq qabulxonasi xodimi tomonidan elektron shaklga o‘tkaziladi (skanerlanadi) va Virtual qabulxonaga kiritilib, ularga o‘ziga xos ro‘yxat raqamlari beriladi. 23. Murojaatda ko‘tarilgan masala tegishli hudud miqyosida hal etilishi mumkin bo‘lgan hollarda, murojaat Virtual qabulxonaga kiritilishi bilan bir vaqtning o‘zida shu mintaqada faoliyat yuritayotgan davlat organiga yuboriladi. Bunda ushbu murojaatlarning ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat Xalq qabulxonasi tomonidan amalga oshiriladi. 24. Xalq qabulxonasi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish Bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Bo‘linmalar: Xalq qabulxonalari faoliyatini har yili belgilangan tartibda baholaydi, yil yakunlariga ko‘ra faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan Xalq qabulxonalari xodimlarini bir martalik pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash masalasini ko‘rib chiqadi; Xalq qabulxonasini kerakli normativ-uslubiy va axborot-tahlil materiallari bilan ta’minlaydi; Xalq qabulxonasi mudiri va xodimlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish ishlarini tashkil etadi; Xalq qabulxonasi faoliyati to‘g‘risida axborot-tahlil materiallarini tayyorlaydi; Xalq qabulxonalari xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etadi; Xalq qabulxonasi faoliyati samaradorligini o‘rganadi, tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, ishning sifatli shakl va uslublarini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; Xalq qabulxonasining davlat organlari, jamoat, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi; Xalq qabulxonasi ishlarini takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi; Xalq qabulxonasi xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. 25. Xalq qabulxonasi faoliyatining tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnika jihatidan ta’minlanishi tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. 26. Xalq qabulxonasi xodimlari mansab vazifalarini amalga oshirish jarayonida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan murojaatchilarga oid ma’lumotlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi shart. 27. Xalq qabulxonasi xodimlari davlat sirini yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni, konfidensial ma’lumotlarni tashkil etadigan hujjatlarni va (yoki) axborotlarni oshkor qilish, ulardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish yoxud uchinchi shaxslarga, shu jumladan vakolatli organlarga taqdim etishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 28. Xalq qabulxonasiga kelib tushgan yozma murojaatlarni saqlash Xalq qabulxonasi tomonidan belgilangan tartibda ta’minlanadi. 29. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shu jumladan mazkur Nizom talablarini buzish, shuningdek tuhmat va haqorat mazmunidagi murojaatlarni taqdim etish belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalarining (bundan buyon — Xalq qabulxonasi) asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Xalq qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari (bundan buyon — Bo‘linmalar) tuzilmasi tarkibiga kiradi, yuridik shaxs hisoblanmaydi, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda o‘z nomidan boshqa shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishish huquqiga ega emas. Xalq qabulxonasi o‘z nomi yozilgan dumaloq muhr, shtamp va blankalarga ega bo‘ladi. 3. Xalq qabulxonasi Bo‘linmalar hamda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari oldida hisobdor bo‘ladi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi. 4. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni tatbiq etilmaydigan, shu jumladan ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarni Xalq qabulxonasi ko‘rib chiqmaydi. 5. Xalq qabulxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish orqali muammolarni aniqlash va hal qilish, shuningdek murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi amal qilishini ta’minlash; fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Hukumatga, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlariga, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon — davlat organlari) murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish; Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning qonun hujjatlari talablariga qat’iy amal qilgan holda, to‘liq, xolis, o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, shuningdek uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganishda aniqlangan muammolarning hal etilishini tashkil etish va nazorat qilish; uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganishda aniqlangan muammolar hamda Xalq qabulxonasiga kelib tushgan, tegishliligi bo‘yicha davlat organlariga yuborilgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va hal etilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish; jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan videokonferensaloqa orqali o‘tkazish; uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganishda aniqlangan muammolar va murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish; hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (bundan buyon — sektorlar), davlat organlarining uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish; tuman (shahar) miqyosida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari ro‘yxatini ko‘rib chiqish va kelishib berish; o‘zi boshchilik qiladigan sektorlar shtablari a’zolaridan iborat ishchi guruhlarning hududlarni mahallalar va xonadonlar (oilalar) kesimida tahlil qilish, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va o‘rta muddatli manzilli tadbirlar rejalarini shakllantirishda bevosita ishtirok etish; qisqa muddatli manzilli tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”) ijrosini nazorat qilish; sektorlar faoliyatini hamda mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularning ijrosini nazorat qilish; har chorakda sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari majlisida muhokama qilish uchun axborot kiritish, ushbu axborot yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hisobotini eshitishda ishtirok etish; davlat organlarining nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarini muvofiqlashtirish; davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini muvofiqlashtirish; mahallalar hududlari holatini “namunali”, “yaxshi” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratishda ishtirok etish; hududlarda murojaatlar bilan ishlash, sayyor shaxsiy va ommaviy qabullar o‘tkazish tizimini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda hududlardagi ijtimoiy muhitni o‘rganish hamda aholi muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash choralarini ko‘rish; hududiy davlat organlari, shuningdek faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish. Xalq qabulxonasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni, shuningdek yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan belgilanadigan funksiyalarni amalga oshiradi. 6. Zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Xalq qabulxonasi quyidagi huquqlarga ega: sektorlar faoliyatini baholashda ishtirok etish; sektorlar, davlat organlari hududiy bo‘linmalarining uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa obyektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatini tizimli o‘rganish; sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan davlat organlari hududiy bo‘linmalarining mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha yuqori turuvchi davlat organlariga takliflar kiritish; davlat organlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; o‘z faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun davlat organlari mutaxassislarini jalb qilish; davlat organlaridan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotlar hamda hujjatlarni so‘rash va olish; davlat organlari tomonidan ular faoliyati, ko‘rsatadigan xizmatlariga oid tartib-qoidalarning aholiga to‘liq va tezkor yetkazilishini ta’minlashga qaratilgan choralar ko‘rish; murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini buzgan, shuningdek murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlamagan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish; zarurat tug‘ilganda muammolarni hal qilish hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra qabul qilingan qarorlarning ijrosini joylarga chiqib o‘rganish. Xalq qabulxonasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 7. Xalq qabulxonasi quyidagilarga majburdir: uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganishda bevosita ishtirok etish; sektorlar faoliyati, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish natijalari, tegishli hududdagi aholi kayfiyati to‘g‘risida har chorakda kamida bir marta tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga axborot kiritish; uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish natijalari, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tahlil qilish asosida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularni muntazam ravishda tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga kiritib borish; o‘z faoliyatida qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadigan lokal hujjatlar talablari va qoidalariga qat’iy amal qilish; mavjud axborot tizimlaridan samarali foydalanish, o‘z dasturiy-apparat vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish; belgilangan tartibda sektorlar va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish. Xalq qabulxonasining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 8. Xalq qabulxonasi xodimlari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi. 9. Xalq qabulxonasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan mudir boshchilik qiladi. Xalq qabulxonasi mudiri qabulxona faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. 10. Xalq qabulxonasining boshqa xodimlari Bo‘linmalar bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 11. Xalq qabulxonasining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining xodimlari hisoblanadi, ularga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari xodimlariga belgilangan ish haqi to‘lash hamda moddiy rag‘batlantirish tartibi va shartlari qo‘llaniladi. Xalq qabulxonalari boshqaruv xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risidagi nizomning 26-bandida nazarda tutilgan qoidalar tatbiq etiladi. 12. Xalq qabulxonalari faoliyatini baholash tartibi va mezonlari, Xalq qabulxonalari xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi, Xalq qabulxonasi xodimlarining odob-axloq qoidalari va boshqa lokal hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadi. 13. Xalq qabulxonasida mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq besh kunlik ish haftasi belgilanadi. 14. Xalq qabulxonasida soat 9.00 dan 18.00 gacha ish hamda soat 13.00 dan 14.00 gacha tushlik vaqti belgilanadi. Zarur hollarda, murojaatchilar tushlik vaqtida ham qabul qilinishi mumkin. 15. Xalq qabulxonasi aholi uchun qulay shart-sharoitlarga, shu jumladan kirish yo‘llari, asosiy kirish joyi, panduslar, kutish va fuqarolarni qabul qilish zallari, ish kabinetlari, “Ona va bola”, sog‘liqni saqlash organlari bilan kelishilgan holda jalb qilinadigan malakali shifokor, psixolog va hamshira navbatchiligi tashkil qilingan tibbiyot xonalari, shuningdek sanitariya-gigiyena xonalariga ega bo‘lishi lozim. 16. Murojaatchilar bilan ishlash xonasi, qoida tariqasida, Xalq qabulxonasiga alohida kirish qismiga ega bo‘lgan binoning (inshootning) birinchi qavatiga joylashtiriladi. 17. Xalq qabulxonasi binosining (inshootining) kirish tomoniga quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan peshlavha joylashtiriladi: Xalq qabulxonasining ish tartibi va xizmat ko‘rsatuvchi telefon raqami; sektorlar hududi, faoliyati va rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; sektorlar va davlat organlari rahbarlari tomonidan sayyor shaxsiy va ommaviy qabullar o‘tkazish jadvallari; uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni o‘rganish bo‘yicha tasdiqlangan reja-jadvallar; ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan davlat dasturlari va loyihalar, ularning bajarilishi holati haqidagi ma’lumotlar; aholi e’tiboriga yetkazilishi zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar. 18. Xalq qabulxonasi murojaatchilar uchun axborot stendlari bilan jihozlanadi, ular ma’lumotlar bilan tanishish uchun qulay bo‘lgan joyga o‘rnatiladi va erkin tanishish mumkin bo‘lgan shakldagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Xalq qabulxonasi videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlanishi mumkin. 19. Xalq qabulxonasida murojaatlar og‘zaki, yozma va elektron shaklda shaxsan yoki pochta aloqa vositasi orqali qabul qilinadi. 20. Murojaatchi shaxsan murojaat qilgan taqdirda Xalq qabulxonasida navbat bo‘yicha tartib raqamini oladi va kutish uchun ajratilgan joyda Xalq qabulxonasi xodimining chaqirishini kutadi. 21. Murojaatchi chaqirilgandan keyin Xalq qabulxonasi xodimi murojaatda ko‘rsatilgan tegishli ma’lumotlar uning shaxsi va vakolatini tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan mosligini tekshiradi. Xalq qabulxonasi xodimi tekshirish yakunlari bo‘yicha murojaatni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi” axborot tizimiga (bundan buyon — Virtual qabulxona) kiritadi, u orqali murojaatga o‘ziga xos ro‘yxat raqami beradi. Murojaat ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin Xalq qabulxonasi xodimi muallifga uning so‘roviga ko‘ra murojaat qabul qilingani to‘g‘risida murojaat nusxasiga o‘ziga xos ro‘yxat raqamini yozib, tegishli qaydni qo‘yadi. 22. Yozma va pochta aloqasi orqali olingan murojaatlar Xalq qabulxonasi xodimi tomonidan elektron shaklga o‘tkaziladi (skanerlanadi) va Virtual qabulxonaga kiritilib, ularga o‘ziga xos ro‘yxat raqamlari beriladi. 23. Murojaatda ko‘tarilgan masala tegishli hudud miqyosida hal etilishi mumkin bo‘lgan hollarda, murojaat Virtual qabulxonaga kiritilishi bilan bir vaqtning o‘zida shu mintaqada faoliyat yuritayotgan davlat organiga yuboriladi. Bunda ushbu murojaatlarning ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat Xalq qabulxonasi tomonidan amalga oshiriladi. 24. Xalq qabulxonasi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi hamda Bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi, ular: Xalq qabulxonalari faoliyatini har yili belgilangan tartibda baholaydi, yil yakunlariga ko‘ra faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan Xalq qabulxonalari xodimlarini bir martalik pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash masalasini ko‘rib chiqadi; Xalq qabulxonasini kerakli normativ-uslubiy va axborot-tahlil materiallari bilan ta’minlaydi; Xalq qabulxonasi mudiri va xodimlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish ishlarini tashkil etadi; Xalq qabulxonasi faoliyati to‘g‘risida axborot-tahlil materiallarini tayyorlaydi; Xalq qabulxonalari xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etadi; Xalq qabulxonasi faoliyati samaradorligini o‘rganadi, tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, ishning sifatli shakl va uslublarini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; Xalq qabulxonasining davlat organlari, jamoat, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi; Xalq qabulxonasi ishlarini takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi; Xalq qabulxonasi xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. 25. Xalq qabulxonasi faoliyatining tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnika jihatidan ta’minlanishi tegishliligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi. 26. Xalq qabulxonasi xodimlari mansab vazifalarini amalga oshirish jarayonida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan murojaatchilarga oid ma’lumotlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi shart. 27. Xalq qabulxonasi xodimlari davlat sirini yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni, konfidensial ma’lumotlarni tashkil etadigan hujjatlarni va (yoki) axborotlarni oshkor qilish, ulardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish yoxud uchinchi shaxslarga, shu jumladan vakolatli organlarga taqdim etishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 28. Xalq qabulxonasiga kelib tushgan yozma murojaatlarni saqlash Xalq qabulxonasi tomonidan belgilangan tartibda ta’minlanadi. 29. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shu jumladan mazkur Nizom talablarini buzish, shuningdek tuhmat va haqorat mazmunidagi murojaatlarni taqdim etish belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2721-son qarorida: a) nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”; b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4904-son Farmonini samarali amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (bundan buyon — Xalq qabulxonalari) faoliyatini tashkil etish maqsadida:”; v) 1-band, shuningdek 4, 4a, 5 — 7-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi va 2-ilovaning 14-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari faoliyatini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-4872-son farmoyishining rus tilidagi matnida 3-bandining ikkinchi xatboshisi va unga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
116
37,409
Qonunchilik
Poyezdlarga chiptalarni VISA kartasi orqali sotib olish mumkin
Yaqin kunlarda poyezd uchun chiptalarni VISA хalqaro toʻlov tizimi orqali sotib olish imkoniyati paydo boʻladi. Hozirda mazkur tizimni veb-resurs bilan integratsiyalash ishlari boshlangan, tizim sinov tariqasida ishga tushirilgan. Fozila Ashurova, muхbirimiz.
62
259
Qonunchilik
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
151
384
Qonunchilik
Mustaqillik kuniga tayyorgarlik boshlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 iyun kuni “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi. Hujjatda mustaqil Oʻzbekistonning tariхiy taraqqiyot yoʻli va milliy mustaqillik yillarida davlatimiz erishgan asosiy yutuqlar haqida soʻz boradi. Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlanib, unga “Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqish topshirildi. Mustaqillik bayramiga bagʻishlab aholining keng qatlamlari oʻrtasida uchrashuv va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish maqsadida respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida taniqli olimlar, adiblar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targʻibot guruhlari tashkil etiladi. Mamlakatimizda bayram tantanalari arafasida foydalanishga topshiriladigan ishlab chiqarish, ijtimoiy-madaniy ob’yektlarni oʻz vaqtida ishga tushirish choralari koʻriladi. Vazirliklar va idoralarga soha NNTlari bilan birgalikda yurtimiz mustaqilligini tarannum etadigan eng yaхshi qoʻshiq va musiqa asarlari uchun yoshlar festivallarini, shuningdek an’anaviy koʻrik-tanlovlarning yuqori darajada oʻtkazilishini ta’minlash topshirildi. OAVlariga Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 25 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etildi. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
41
1,793
Qonunchilik
Ai-80 benzini 5%ga qimmatlashadi
2018 yil 16 noyabrdan benzin va dizel yoqilgʻisining yangi chakana narхlari belgilandi. Adliya vazirligi Telegram orqali shunday хabar berdi. Vazirlar Mahkamasining 1.11.2018 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslarining narх va tariflarini bosqichma-bosqich  oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi 897-son qaroriga muvofiq, 2018 yil 16 noyabrdan avtomobil yoqilgʻisining yangi narхlari belgilandi:  T/r Yoqilgʻi nomi Yoqilgʻi qiymati (soʻm/litr) Narхlarning oshishi, %da amaldagi narх 2018 yil 16 noyabrdan 1 Ai-80 rusumidagi avtobenzin 3800 4 000 5% 2 Ai-91 rusumidagi avtobenzin 4 300 4 500 4,5% 3 dizel yoqilgʻisi* 4600 4 800 4,2% 4 EKO dizel yoqilgʻisi* 4700 4 900 4,1%  * Dizel yoqilgʻisi narхlarining oхirgi oshishi toʻgʻrisidagi aхborotni sharhimizda oʻqing. Eslatib oʻtamiz, qaror loyihasida ayrim toifadagi shaхslar avtobenzin sotib olishi хarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasini indeksatsiyalash nazarda tutilgan edi. Hujjat rasman e’lon qilingandan keyin ushbu sharh toʻldirilishi mumkin.
32
1,015
Qonunchilik
Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10 va 19-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibini hamda ushbu turdagi ekologik nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi. 2. Davlat ekologik nazorati “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 3. Davlat ekologik nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish; atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash; mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash; atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish. 4. Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda qonuniylik, xolislik, mustaqillik, oshkoralik, shaxs, jamiyat hamda davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi ta’minlanishi shart. 5. Davlat ekologik nazorati obyektlari quyidagilardan iborat: er, yer osti boyliklari, suvlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi; atrof muhitga ta’sir etuvchi tabiiy va texnogen manbalar; atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik. 6. Davlat ekologik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablariga amal qilinishini, davlat dasturlari va boshqa ekologik dasturlar amalga oshirilishini tekshirish; atrof muhit monitoringi; davlat ekologik ekspertizasi. Davlat ekologik nazorati atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olish, atrof muhit hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil etish, baholash va prognoz qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 7. Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda qonunchilikka muvofiq boshqa shakllar va usullardan ham foydalanilishi mumkin. 8. Yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyati ustidan amalga oshirilgan barcha yoki bir shakldagi davlat ekologik nazoratining natijalariga bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorlik holatida (muomala munosabatlari, qarindoshlik munosabatlari, hamkorlikdagi ish va boshqalar) mansabdor shaxs tegishli davlat ekologik nazorati organi rahbariga oldindan yozma ravishda xabar berishga va o‘zini o‘zi rad qilishini ma’lum qilishga majbur. Ushbu talabning bajarilmasligi va ekologik nazoratni amalga oshirishda ishtirok etilishi uning natijalari haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. 9. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga xo‘jalik yurituvchi subyektga xo‘jalik va tashkiliy-boshqaruv xususiyatiga ega bo‘lgan topshiriq berish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. 10. Davlat ekologik nazorati amalga oshirilishiga yoki uni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi. 11. Qonuniy talablar bajarilmasligida, davlat ekologik nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xizmat majburiyatlari bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi aybdor shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar. 12. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar o‘z faoliyatining qonuniyligi, xolisligi, u qonunchilikka muvofiq to‘g‘ri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradilar. 13. Davlat ekologik nazorati ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 14. Davlat ekologik nazorati maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 15. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati), O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda IIV deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Suv xo‘jaligi vazirligi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi), O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi), O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb ataladi) maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi. 16. Davlat ekologiya qo‘mitasi boshqa maxsus vakolatli davlat organlarining davlat ekologik nazorati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. 17. Boshqa maxsus vakolatli davlat organlarining davlat ekologik nazorati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasi huzurida ularning vakillaridan iborat muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil qilinadi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yuritish tartibi Davlat ekologiya qo‘mitasi Hay’ati tomonidan davlat ekologik nazorati sohasidagi boshqa maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan xolda tasdiqlanuvchi reglament bilan belgilanadi. 18. Maxsus vakolatli davlat organlari quyidagi sohalarda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi: Davlat ekologiya qo‘mitasi — atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida, ushbu bandning uchinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan sohalarni nazorat qilish bundan mustasno; Sanitariya-epidemiologiya xizmati — atrof muhitning radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar bilan ifloslanishi, ichimlik suv ta’minoti, atmosfera havosiga fizik omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi yuzasidan; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi — sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligiga, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligiga rioya qilinishi uchun; IIV — avtomototransport vositalarining ishlatilishida atmosfera havosining ifloslanishi yuzasidan; Suv xo‘jaligi vazirligi — sun’iy suv obyektlarining suvidan foydalanilishi va iste’mol qilinishi yuzasidan; O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi — o‘simlik dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan; O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — hayvonot dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan; “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi — yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan, yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari hamda boshqa chiqindilar, radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar va oqova suvlar bilan ifloslanishi bundan mustasno. 19. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi. 20. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart. 21. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi organlar ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat ekologik nazorati masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi. 22. Davlat ekologiya qo‘mitasi nomidan davlat ekologik nazorati Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli ravishda Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining katta davlat inspektorlari va davlat inspektorlari, shuningdek ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tgan xodimlari Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari hisoblanadi. 23. Sanitariya-epidemiologiya xizmati nomidan davlat ekologik nazorati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning boshqarmalari va bo‘limlarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari nomidan: O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning o‘rinbosarlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning o‘rinbosarlari, tumanlarga bo‘lingan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari hamda suv transportidagi havzalarning bosh davlat sanitariya vrachlari; tumanlar, tumanlarga bo‘linmagan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari va port hamda suv transportidagi liniyali uchastkalarning bosh davlat sanitariya vrachlari davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadilar. 24. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi nomidan davlat ekologik nazorati “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining raisi — yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori; “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori o‘rinbosari; “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i — yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish katta davlat inspektori; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari, tumanlar (shaharlar) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘limlari boshliqlari — tegishli hududlarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish davlat inspektorlari; “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boshqarmasi bo‘limlari boshliqlari va mutaxassislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boshqarmalarining tegishli sho‘balari boshliqlari — yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish davlat inspektorlari hamda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tgan xodimlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadilar. 25. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nomidan davlat ekologik nazoratini quyidagilar amalga oshiradi: Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoati tarmoqlarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining ko‘mir, kon-ruda va noruda tarmoqlarida nazorat bo‘yicha bosh davlat inspektori; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoati tarmoqlarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining ko‘mir, kon-ruda va noruda tarmoqlarida nazorat bo‘yicha bosh davlat inspektori o‘rinbosari; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining ko‘mir, kon-ruda va noruda tarmoqlarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi mutaxassislari — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining ko‘mir, kon-ruda va noruda tarmoqlarida nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining neft va gaz tarmoqlarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining neft va gaz tarmoqlarida sanoat xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining neft va gaz tarmoqlarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining neft va gaz tarmoqlarida sanoat xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori o‘rinbosari; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining neft va gaz tarmoqlarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi mutaxassislari — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining neft va gaz tarmoqlarida sanoat xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining geologiya-razvedka ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining geologiya-razvedka ishlarini olib borishda nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining geologiya-razvedka ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining geologiya-razvedka ishlarini olib borishda nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori o‘rinbosari; Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining geologiya-razvedka ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi mutaxassislari — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining geologiya-razvedka ishlarini olib borishda nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari, shuningdek, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tgan xodimlari. 26. IIV nomidan davlat ekologik nazorati IIVning mansabdor shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va transport ichki ishlar boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Quyidagilar davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi IIVning mansabdor shaxslari hisoblanadi: yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (Bosh boshqarmasi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari; yo‘l-patrul xizmati va ma’muriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari; alohida muhim ishlar bo‘yicha inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektor); ma’muriy amaliyot bo‘linmasi (bo‘limi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari; ma’muriy huquqbuzarlik materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektor (inspektor); avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish me’yor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i; avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish me’yor va qoidalariga amal qilinishi ustidan nazorat bo‘yicha guruhning katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish me’yor va qoidalariga amal qilinishi ustidan nazorat bo‘yicha guruhning ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular bo‘lmaganda — ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari; yo‘l-patrul xizmati brigadasi (batalon, divizion, otryad, mobil guruh)ning komandiri yoki komandirning o‘rinbosari — yo‘l-patrul xizmati katta inspektori (inspektori); yo‘l harakati qoidalariga va xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan boshqa normativ hujjatlarga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar. 27. Veterinariya sohasida davlat veterinariya xizmati nomidan davlat ekologik nazorati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. 28. Tekshirishlar shaklida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishlari va tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lishlari lozim. 29. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar quyidagi vakolatlarga ega: a) korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga, yuridik va jismoniy shaxslar (xo‘jalik yurituvchi subyektlar)ning obyektlariga, ularning tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda kirish; b) ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga tashlash va oqova suvlarni tashlash manbalarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar hududining ichida yoki ularning tashqarisida joylashuvidan qat’i nazar, ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga tashlash va oqizish manbalaridan, shuningdek chiqindilar va ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari (oqizmalari) bilan ifloslangan hududlardan to‘siqsiz namunalar olish; v) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanganligini aniqlash uchun o‘simliklar o‘sib chiqqan yerlarga va hayvonlarning yashash muhitiga to‘siqsiz kirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ular faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va boshqa qonunchilik bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirmagan holda; g) yangi (rekonstruksiya qilingan) obyektlarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan obyekt va inshootlarni qabul qilish va ishga tushirish bo‘yicha davlat komissiyalari ishida qatnashish; d) atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash haqida yuridik va jismoniy shaxslarga talablar qo‘yish; e) atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonunchilik talablari buzilganligini bartaraf qilish haqida yuridik va jismoniy shaxslarga yozma ko‘rsatmalar berish; j) favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga boshqa aniq tahdidlar paydo bo‘lishining oldini olish munosabati bilan korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, vaqtincha to‘xtatib qo‘yish haqida qarorlar qabul qilish; z) atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, vaqtincha to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish, shuningdek atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi arizalar bilan sudlarga murojaat qilish; i) atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish; k) qonunchilikning sanitariya-gigiyena va ekologik talablarini buzgan holda amalga oshirilayotgan tabiatdan foydalanishga ruxsatnomalarning amal qilishini vaqtincha to‘xtatish, to‘xtatib qo‘yish va bekor qilish haqida vakolatli organlarga takliflar kiritish; l) yuridik shaxslar rahbarlaridan tasarrufidagi obyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi) ustidan uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etishni, bunday punkt (post)larning ishi ustidan nazoratni amalga oshirishni, bunday punkt (post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish; m) yuridik va jismoniy shaxslardan bepul asosda, belgilangan tartibda va shakllarda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga oid kerakli bo‘lgan ma’lumot va tushuntirishlarni so‘rash va olish; n) quyidagilarni: laboratoriya tadqiqotlari va tahlillari uchun zarur bo‘lgan namuna va nusxalarni olish dalolatnomalarini; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonunchilik talablariga amal qilinishi, davlat dasturlari va boshqa ekologik dasturlarining amalga oshirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra dalolatnomalar yoki ma’lumotnomalarni; atrof muhit monitoringi natijalariga ko‘ra ma’lumotlar yoki hisobotlarni tuzish; o‘z vakolatlariga muvofiq: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzish; buyumlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish; atrof tabiiy muhit muhofazasi sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga va ichki ishlar organlari idoralariga yetkazish; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy jazo solish; davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosalarni tuzish. 30. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar: tekshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tekshirish o‘tkazish huquqi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ko‘rsatishga; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga to‘sqinlik yaratmaslikka; qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarida yozuvlarni amalga oshirishga; davlat sirlari, tijorat sirlari va boshqa sirlarni oshkor qilmaslikka; tekshirishlar natijasini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirishga, uning bir nusxasi tekshirish tamom bo‘lgan kunda tekshirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektda qoldiriladi; huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda unga ta’sir ko‘rsatishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarini ko‘rishga majburdir. Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish borasidagi majburiyatlarni bajarayotganlarida Davlat ekologiya qo‘mitasi, IIV va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tegishli bo‘linmalarining mansabdor shaxslari farqlash belgili forma kiyimini kiyishga majburdir. 31. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga qonunchilik bilan, shuningdek boshqa huquqlar berilishi va boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin. 32. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari ularga yuklangan vazifalarga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda: a) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish borasida: yer ajratish; yer uchastkalaridan maqsadli foydalanish va ulardan foydalanish shartlariga rioya etish; qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan shudgor yerlar saqlab qolinishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar bajarilishi holatini; o‘z ichiga: tuproqning unumdorligini, shuningdek erning boshqa xossalarini tiklash va oshirishni; yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishidan, botqoqlashishdan, ikkilamchi sho‘rlanishdan, qurib qolishdan, zichlashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, yemirilishning boshqa jarayonlaridan himoya qilinishini; qishloq xo‘jalik ekinlarini buta va mayda o‘rmonlar, begona o‘tlar bilan g‘ovlab ketishidan va yerlar holati yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan himoya qilishni; tanazzulga uchragan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini konservatsiyalashni; buzilgan yerlarning rekultivatsiyasini; erlarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda tuproqning unumdor qatlamini kesib olish, foydalanish va saqlab qolishni; foydali qazilma boyliklarni qazib olish, qurilish va boshqa ishlar uchun berilgan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini, boshqa yerlarni, ularga zarurat qolmaganda — maqsadga ko‘ra foydalanishga yaroqli holga keltirishni o‘z ichiga oluvchi yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar majmuasining bajarilishini; b) yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish borasida: yer qa’ri uchastkasidan u berilgan maqsadga muvofiq foydalanishni; yer qa’ridan foydalanish va mineral xomashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish texnologiyasining me’yor va qoidalariga rioya etilishini; kon ishlarining texnik loyihalari va ularni rivojlantirish rejalari, shuningdek uglevodorod konlarini qazish va jihozlash loyihalari talablariga rioya etilishini; foydali qazilmalar konlarini qazish, yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish jarayonida geologiya, marksheyderlik hujjatlari va boshqa hujjat yuritilishi va ularning saqlanishi ta’minlanishini; yer qa’ridan qazib olinadigan va unda qoldiriladigan asosiy va ular bilan birgalikda chiqadigan foydali qazilmalar komponentlari, shuningdek mineral xomashyo va texnogen mineral hosilalar mahsulotlarining miqdor va sifati hisobi yuritilishini; qazib olinadigan, biroq vaqtincha foydalanilmaydigan foydali yo‘ldosh qazilmalar va yo‘ldosh foydali komponentlarning saqlanishini; foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlashda yo‘qotish normativlariga rioya etilishini; foydali qazilma konlarining boy uchastkalarida tanlash asosda qazish ishlariga yo‘l qo‘yilmasligini; asosiy va ular bilan birgalikda joylashgan foydali qazilmalar, foydali yo‘ldosh komponentlar zaxiralarining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek foydali qazilma konlari, ularning alomati bo‘lgan va texnogen mineral hosilalar konlari davlat kadastrini yuritish uchun ma’lumotlar taqdim etilishini; qazib olingan foydali qazilmalar hajmlari haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishini; yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq olib borilayotgan ishlar mintaqasida aholi xavfsizligi ta’minlanganligini; yer qa’ridan foydalanish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini qabul qilish, avariyalarni tugatish rejalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq ishlar xavfsiz olib borilishini; foydali qazilmalarni qazib olish korxonalari va foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiyalash tartibiga rioya etilishini; konlarni qazishda hosil bo‘lgan kon uyumlari va yon devorlari nishabliklarini tekislash yoki terrasalash ishlari, shuningdek eroziyaga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilishini; atrof muhit muhofazasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi, shuningdek yer qa’ridan foydalanishda buzilgan yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar keyinchalik foydalanishga yaroqli holga keltirilishini; yer qa’rini geologik o‘rganish ishlari foydali qazilmalarning behuda yo‘qotilishini va ular sifati pasayishini istisno qiluvchi usul va yo‘llar bilan olib borilishini; yer qa’rini, foydali qazilma konlarini qidirish va qazishning kon-texnik, gidrogeologik, geologik-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlari, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu jumladan chiqindilarni saqlash va ko‘mish uchun yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun beriladigan yer qa’ri uchastkalarining geologik o‘rganilishi to‘liqligini; foydali qazilmalar yuzasini ochishda hosil bo‘ladigan va aralash jinslar xususiyatlarini, ulardan ishlab chiqarishda va yerlarni rekultivatsiyalashda, shuningdek foydali qazilmalarni radiatsiya-gigiyenik baholashda foydalanish uchun ular bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning to‘liqligini; foydali qazilmalarni qazib olishning oqilona, ekologik xavfsiz texnologiyalari qo‘llanilishini; kon ishlarini amalga oshirish natijasida qazib olinayotgan va yondosh foydali qazilmalar konlari va yer qa’ri boshqa uchastkalarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmayotganligini, yer qa’rida konservatsiyalanadigan foydali qazilmalar zaxiralari saqlanishini; konlardagi o‘yiqlar va ularning yon devorlari bardoshliligi, tog‘ jinslarining siljish jarayonlari, yer yuzasi, imorat va inshootlar deformatsiyalari ustidan asboblar yordamida kuzatuvlar olib borilishini; mahsulotlardan va qayta ishlash, oqova suvlar chiqindilaridan foydalanishning to‘liqligini; tarkibida foydali komponentlar bo‘lgan, vaqtincha foydalanilmayotgan mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilari joylashtirilishi, hisobi yuritilishi va saqlanishini; chiqindilar va oqova suvlarni belgilangan chegaralarda zararsizlantirish yoki lokalizatsiyalash, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlaridan foydalanilganda ularning kon qazish joylariga, yer yuzasiga, atmosfera havosiga va suv obyektlariga tushishining oldini olish chora-tadbirlari ko‘rilishi; v) suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish borasida: suvdan oqilona foydalanish, maqsadsiz suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik, suvni tejamkorlik bilan ishlatish, suv sifatini tiklash va yaxshilashni; o‘rnatilgan suv olish limitlariga, suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish qoidalariga rioya qilinishini; tarkibida ifloslantiruvchi moddalar bo‘lgan oqova suvlar suv obyektlariga oqizilishini to‘liq tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini; suv obyektlariga, xo‘jalik obyektlariga va tabiiy resurslarga zarar yetkazilishining oldini olishni; suv olish joylarini suvni tartibga solish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashni; suv obyektlarini, suvni muhofaza qilish inshootlarini va boshqa inshootlarni, texnik qurilmalarni texnik soz holatda saqlashni, ularning foydalanish sifatini yaxshilashni va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishni; suvni olish va yetkazishda uning miqdori, suv obyektlariga va kommunal kanalizatsiya tizimlariga oqizilayotgan oqova suvlarning miqdori va sifati hisobini yuritishni, hisobotlar taqdim etishni; suv resurslaridan foydalanganlik, shuningdek suvni yetkazib berish xizmati va shartnoma asosida ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishini; suvni tejash choralari ko‘rilishini; suv muhofazasi bo‘yicha texnologik, o‘rmon-meliorativ, agrotexnik, gidrotexnik, sanitariya tadbirlari va boshqa tadbirlar amalga oshirilishini; suvning ifloslanishi, bulg‘anishi va kamayib ketishining oldini olish, suv obyektlariga zararli ta’sirlarni tugatish, shuningdek yer usti va yer osti suv yig‘ish maydonlarining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishini; suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, qirg‘oq bo‘yi polosalari va sanitariya muhofaza zonalarini saqlashning belgilangan rejimlariga rioya qilinishini; baliqlarni, boshqa suv flora va faunasini muhofaza qilish tadbirlari amalga oshirilishini; g) o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish borasida: o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish, qayta tiklash va ko‘paytirish qoidalariga rioya qilinishini; o‘simlik dunyosi obyektlaridan oqilona foydalanilishini; o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ko‘paytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini; yong‘in xavfsizligiga rioya qilinishini va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish joylarida yong‘inga qarshi tadbirlar amalga oshirilishini; o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishini; o‘simlik dunyosi obyektlarining o‘sish muhitini muhofaza qilish bo‘yicha talablarga rioya qilinishini; d) hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va muhofaza qilish borasida: hayvonot dunyosidan foydalanish muddatlari, normalariga rioya qilinishini, ularning muhofaza qilinishini, qayta tiklanishini va ko‘paytirilishini; hayvonot dunyosidan ularning tabiiy jamoalarining butunligi buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan va foydalanishga berilmagan hayvonlar saqlab qolinishini ta’minlaydigan usullarda foydalanishni; hayvonlar yashash muhiti buzilishiga yo‘l qo‘ymasligini; hayvonlar soni va ulardan foydalanish hajmlari hisobi yuritilishini; hayvonot dunyosini qayta tiklash va ularni ko‘paytirish tadbirlari o‘tkazilishini; hayvonlarning yashash muhiti muhofazasi va ko‘payishi sharoitlari va migratsiyasi yo‘llari tashkil etilishini; xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishda, transport vositalaridan foydalanishda hayvonlar nobud bo‘lishining oldi olinishini; yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan va kam uchraydigan hayvonlar turlari tutqunlikda ko‘paytirilishini; hayvonlar kasallanganda, tabiiy ofatlar va boshqa sabablar natijasida ularning nobud bo‘lish xavfi bo‘lgan hollarda yordam ko‘rsatilishini; hayvonlarni saqlashda veterinariya-sanitariya qoidalari va talablariga rioya qilinishini; e) atmosfera havosini himoya qilish borasida: biologik organizmlarning ifloslantiruvchi moddalarini atmosfera havosiga tashlash va fizik omillarning cheklangan yo‘l qo‘yiladigan zararli ta’siri normativlariga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosini ishlatish normativlariga, qayta ishlangan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarni saqlash va harakatlanuvchi manbalar bilan ular fizik omillarining atmosfera havosiga zararli ta’siri normativlariga rioya etilishini; atmosferaga chiqarib yuboriladigan chiqindilarni tozalash uchun inshootlar, apparatlar va asbob-uskunalardan foydalanishni va ularning zararli fizik ta’sirini kamaytirish, shuningdek ular ustidan nazorat qilish qoidalariga rioya qilinishini; xo‘jalik obyektlari atrofida sanitariya-himoya zonalari tashkil etilishini; chiqindilarni va zararli fizik ta’sirni kamaytirish choralari ko‘rilishini; chiqindilarning va fizik omillarning zararli ta’siri hisobi yuritilishini va statistik hisobotlar taqdim qilinishini; energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishni, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashni, energiyaning ekologik toza manbalaridan foydalanilishini; atmosfera havosiga biologik organizmlar va ifloslantiruvchi moddalar tashlanishini kutilayotgan noqulay meteorologik shart-sharoitlar munosabati bilan kamaytirish tadbirlari bajarilishini; korxonalar va transport kommunikatsiyasi ta’siri zonasida atrof muhitga va aholi sog‘lig‘iga zararli ta’sir baholanishini; kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalar va uchib ketuvchi birikmalarni saqlash shartlariga, ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini, ular saqlangan idishlar zararsizlantirilishini; atmosferaga avariyaviy va birvarakayiga chiqindilar tashlanishining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlarining oldini olish choralari ko‘rilishini; j) chiqindilar bilan munosabatda bo‘lish borasida: chiqindilar bilan munosabatda bo‘lishda sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga va boshqa talablarga rioya qilinishini; chiqindilarning pasportini tuzish, chiqindilarning hisobi yuritilishini, hisobotlar topshirilishini; chiqindilarning fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof muhit uchun xavfliligi darajasi aniqlanishini; chiqindilarning hosil bo‘lishi normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari loyihalarining mavjudligini; foydalanilishi lozim bo‘lgan va resurs qiymatiga ega bo‘lgan chiqindilarning buzilishi va yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligini, ularni yig‘ish, zarur tarzda saqlash ta’minlanishini; chiqindilardan foydalanish bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish choralari ko‘rilishini; chiqindilarni aralashtirishga yo‘l qo‘yilmasligini, ishlab chiqarish texnologiyalarida ko‘zda tutilgan istisno hollardan tashqari; chiqindilarni ruxsat berilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash, foydalanish va ko‘mib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmasligini; chiqindilar bilan munosabatda bo‘lishda buzilgan yer uchastkalarini qayta kultivatsiya qilish ishlari amalga oshirilishini; chiqindilardan maksimal darajada foydalanish, ularni chiqindilarni yig‘ish, saqlash va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish yoki berish, shuningdek foydalanish lozim bo‘lmagan chiqindilarni ekologik xavfsiz qilib ko‘mib qo‘yish ta’minlanishini; chiqindilar bilan munosabatda bo‘lish sohasida atrof muhitga ruxsat berilmagan chiqindilarni tashlash holatlari va ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlar mahalliy davlat hokimiyati organlariga, vakolatli davlat organlariga taqdim qilinishini; chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya to‘lovlarini kiritish; z) inson atrof muhiti borasida: inson atrof muhitining biologik, kimyoviy, radioaktiv moddalar bilan ifloslanishini; ichimlik suv ta’minotini; fizik omillarning atmosfera havosiga zararli ta’sirini; i) tabiatdan foydalanish iqtisodiy mexanizmlarining bajarilishi borasida: atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilganligi va tashlanganligi, chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lanishini; tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunchilikni talablarining buzilishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash holati bo‘yicha tekshiradi. 33. Tabiiy obyektlar va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardagi komplekslardan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat ekologik nazorati qonunchilikda va ushbu hududlar to‘g‘risidagi nizomlarda belgilangan cheklashlar va taqiqlar rejimini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 34. Tabiiy obyektlardan foydalanish va muhofaza qilishni tekshirish, qoida tariqasida, sutkaning kunduzgi qismida amalga oshiriladi. Istisno hollarda tekshirishlar tungi vaqtda ham amalga oshirilishi mumkin. 35. Tekshirishlarni o‘tkazish vaqti asosan tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, tashlash va chiqindilarni joylashtirish vaqti rejimlaridan kelib chiqib belgilanadi. Reyd tartibidagi ekologik nazorat sutkaning istalgan vaqtida amalga oshirilishi mumkin. 36. Tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq rioya qilinishini o‘rganish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish izchilligi tegishli davlat ekologik nazorati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan yo‘riqnomalar va metodik ko‘rsatmalar bilan belgilanadi. 37. Tekshirishni yuridik shaxsning vakili yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirokida amalga oshirishga ruxsat beriladi. Ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) korxonaning ma’muriyatini xabardor qilmasdan yoki uning vakilisiz aylanib chiqish (ko‘zdan kechirish) taqiqlanadi. Ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) aylanib chiqishdan (ko‘zdan kechirishdan) oldin davlat nazorat organining mansabdor shaxsiga mazkur obyektdagi texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma berilishi shart. 38. Ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli organlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslariga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tekshirishni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar (xona, telefon va boshqa aloqa vositalari, maxsus kiyim, shuningdek maxsus himoya vositalari) yaratib berilishi lozim. Nazorat funksiyalarini tez, samarali va xavfsiz amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi, qiyin o‘tiladigan hududlar uchastkalari bilan kesishganda, ishlab chiqarish uchastkalari (sexlari) o‘rtasidagi masofa katta bo‘lgan hollarda transport beriladi. 39. Rejali va rejadan tashqari tekshirishlar “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. 40. Reyd tartibidagi ekologik nazorat: yonuvchi moddalarni va qurilish materiallarini ochiq alangada yondirish yoki omborga joylashtirishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilinmaganligi; maxsus texnika vositalarini qo‘llamasdan bitum eritilganligi, aholi punktlari va dalalarda daraxt novdalari, ekin o‘rib olingan yerlar va boshqa o‘simlik qoldiqlari yondirilganligi; noqonuniy daraxtlarni kesish, hayvonlarni ovlash holatlarini aniqlash va to‘xtatish yuzasidan tezkor nazorat tadbirlarini amalga oshirish zarurati bo‘lganda amalga oshiriladi. chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi. 41. Reyd tartibidagi ekologik nazoratni amalga oshirish tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. 42. Davlat ekologik nazorati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari reyd tartibidagi ekologik nazoratni mustaqil, shuningdek muvofiqlashtirilgan tadbirlar rejasi asosida birgalikda amalga oshirishi mumkin. 43. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi antropogen faoliyat, tabiiy resurslardan foydalanish va tabiatdagi tabiiy jarayonlar ta’sirida atrof tabiiy muhitning holati va uning o‘zgarishlari holati ustidan muntazam kuzatish tizimi hisoblanadi. 44. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tabiiy obyektlar, ifloslanish manbalari, xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar, shuningdek fon monitoringi shaklida amalga oshiriladi. 45. Muntazam kuzatilishi lozim bo‘lgan atrof tabiiy muhitni ifloslantirish manbalari ro‘yxati Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan belgilangan mezonlar bo‘yicha belgilanadi. 46. Muntazam kuzatilishi lozim bo‘lgan, xavfli tabiiy-texnogen jarayonlardan zarar ko‘rgan hududlar Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 47. Atrof tabiiy muhitning fon monitoringini amalga oshirish uchun punktlar Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan belgilanadi. 48. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. 49. Atrof tabiiy muhitning holatini baholash natijalari bo‘yicha ma’lumotlar, ma’ruzalar, prognozlar va tavsiyalar davriy ravishda topshirib boriladi. 50. Davlat ekologik ekspertizasi: prognoz qilinayotgan, mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat ekologik talablarga muvofiqligini; fuqarolarning sog‘lig‘i va atrof muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mo‘ljallanayotgan va amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatning ekologik xavfi darajasini; atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilgan choralarning asoslanganligini va to‘liqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. 51. Quyidagilar davlat ekologik ekspertizasining obyektlari hisoblanadi: davlat dasturlari, konsepsiyalari, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish sxemalari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish loyihalari; qurilishning barcha turlari uchun yer uchastkalarini tanlash materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatni tartibga soluvchi va normativ-texnik va yo‘riqnomaviy-metodik hujjatlar loyihalari; texnika, texnologiyalar, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratish bo‘yicha hujjatlar; atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan faoliyat yuritayotgan korxonalar va boshqa obyektlar; keyinchalik ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va tabiiy ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks ko‘zdan kechirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus huquqiy rejimli obyektlar. 52. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Davlat ekologiya qo‘mitasi) davlat ekologik ekspertizasi sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘z vaqtida kompleks, xolisona, sifatli ekspertiza o‘tkazilishini va qonunchilikda belgilangan tartibda xulosalar berilishini ta’minlaydi. 53. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalashtirish va realizatsiya qilishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Bank yoki boshqa kredit tashkilotlari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ularni realizatsiya qilish taqiqlanadi. 54. Davlat ekologik ekspertizasini amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. 55. Davlat ekologik nazorati natijalarini rasmiylashtirish belgilangan tartibda: tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, davlat dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya qilinishini tekshirish natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma yoki dalolatnoma; atrof muhit monitoringi natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va hisobotlar; davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosalar tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat ekologik nazoratining natijalari qonunchilikka muvofiq boshqa usullar bilan ham rasmiylashtirilishi mumkin. 56. Yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxsning tabiatni muhofaza qilish faoliyati natijalari belgilangan shakl bo‘yicha dalolatnoma (ma’lumotnoma) shaklida rasmiylashtiriladi. 57. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi holati mavjud bo‘lmaganda ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotnomada tekshirishni amalga oshirish holati qayd qilinadi, ular bo‘yicha tekshirish amalga oshirilgan savollar ro‘yxati keltiriladi va biror-bir buzilishlarning mavjud emasligi ko‘rsatiladi. 58. Ma’lumotnoma davlat ekologik nazorati organining mansabdor shaxsi, tekshirishda ishtirok etgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi va xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariga tanishish uchun tilxat ostida topshiriladi (beriladi). 59. Dalolatnoma atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligi buzilganligi aniqlanganda tuziladi. Tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirishda mansabdor shaxs savolnomada nazarda tutilgan har bir savol bo‘yicha talablari buzilgan qonun hujjatining nomi va normalariga havola qilib, ishlarning ahvolini bayon qiladi. 60. Dalolatnoma davlat ekologik nazorati organining mansabdor shaxsi, tekshirishda ishtirok etgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi va xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariga tanishish uchun tilxat ostida topshiriladi (beriladi). 61. Quyidagilar davlat ekologik nazorati natijalarini amalga oshirish shakllari hisoblanadi: yuridik yoki jismoniy shaxsga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma berish; xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini o‘n kungacha bo‘lgan muddatga cheklash, to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror chiqarish; korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n kundan ortiq muddatga qayta ixtisoslashtirish, cheklash, to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish; chiqindilarni chiqarish, tashlash va chiqindilarni joylashtirish, tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish orqali atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni qoplash, shuningdek kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilish. Davlat ekologik nazoratining natijalari qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. 62. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatma tekshirish tugallangandan keyin beriladi. Yozma ko‘rsatmada xo‘jalik yurituvchi subyektga tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnomada keltirib o‘tilgan qonunchilik buzilishini va uning faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan, ijro qilishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan talablar bayon qilinadi. 63. Yozma ko‘rsatma ikkita asl nusxada imzolanadi va rasmiylashtiriladi: bir nusxasi — xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, yakka tartibdagi tadbirkorga, jismoniy shaxsga ijro qilish uchun beriladi; ikkinchi nusxasi — yozma ko‘rsatmani bergan organda saqlanadi. 64. Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi organning qarori shaklida rasmiylashtiriladi. 65. Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan qonunchilik talablari buzilishini aniqlash mezonlari, shuningdek qarorni rasmiylashtirish va uni ijro qilish tartibi davlat ekologik nazorati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida belgilanadi. 66. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
90
50,421
Qonunchilik
SOLIQLAR VA BUDJETGA MAJBURIY TO‘LOVLAR BO‘YIChA MUDDATIDA TO‘LANMAGAN SOLIQLARNI KORXONALAR VA TAShKILOTLAR MOL-MULKI HISOBIDAN UNDIRIB OLISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-noyabrdagi 387-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 1. 2-bandning uchinchi xatboshidagi “ushbu Nizomda” so‘zlari “qonun hujjatlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. 3-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Soliq organining muddatida to‘lanmagan soliqlar va jarima sanksiyalarini to‘lash to‘g‘risidagi yozma talabnomasi olingandan (topshirilgandan) so‘ng o‘n kun mobaynida qarzdor korxona tomonidan qondirilmasligi yoki javobsiz qoldirilishi qarzni qarzdor korxonaning mol-mulki hisobidan undirib olish to‘g‘risidagi talablar bilan xo‘jalik sudiga ariza berish uchun asos hisoblanadi”. 3. 4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Muddatida to‘lanmagan soliqlarni va jarima sanksiyalarini qarzdor korxona mol-mulki hisobidan undirib olish haqidagi ariza soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i yoxud uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:”. 4. 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. Xo‘jalik sudi soliq organi tomonidan taqdim etilgan ariza qondirilgandan so‘ng undirishni qarzdor korxonaning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Xo‘jalik sudining qarori asosida qarzni qarzdor korxonaning mol-mulkidan undirib olish sud ijrochilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”. 5. 6 — 16-bandlar chiqarib tashlansin.
204
1,881
Qonunchilik
Nukus shahrini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
Mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi, murakkab ekologik sharoitga qaramasdan, hayotning ko‘plab sohalarida yuqori natijalarga erishayotgani, yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida shahar ahli amalga oshirayotgan katta ishlarni inobatga olib hamda 70 yilligi munosabati bilan Nukus shahri “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.
62
546
Qonunchilik
“Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respub
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda qabul qilingan “Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
862
Qonunchilik
Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari indeksatsiya qilindi
Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan Oʻzbekistonda  ishlab chiqariladigan ayrim tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari indeksatsiya qilindi. 2018 yil uchun aksiz soligʻi stavkalari respublikamizda ishlab chiqariladigan quyidagi aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga nisbatan oʻzgartirildi:  1. Alkogolli mahsulotlar: 2. Pivo 20%ga↑. Pivo kuchsiz alkogolli ichimlik sanaladi. Shundan va ishlab chiqarishning ortib borayotgan hajmlaridan kelib chiqib pivo uchun aksiz stavkalari alkogolli mahsulotlarning boshqa turlariga nisbatan kam boʻlmagan hajmda  indeksatsiya qilinadi; 3. Tamaki mahsulotlari 125%ga↑. Tamaki mahsulotlari uchun aksiz soligʻi indeksatsiyasining yuqoriligi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) talablari va «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida»gi Qonun qoidalari bilan bogʻliq; 4. Oʻsimlik (paхta) yogʻi va teхnik moy – aksiz stavkalari 2 baravar kamaytirildi. Oʻsimlik (paхta) yogʻining respublikamizdagi eng muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan biri ekanini inobatga olgan holda va mahalliy ishlab chiqaruvchini qoʻllab-quvvatlash maqsadida (soʻnggi yillarda oʻsimlik yogʻi importi oshmoqda) aksiz soligʻi stavkalari kamaytirilmoqda; 5. Nyeft mahsulotlariga aksiz soligʻi stavkalari oʻzgarishsiz qoladi, ya’ni 2017 yildagi darajada saqlanib qoladi. Bu neft-gaz tarmogʻi korхonalarining moliyaviy ahvolini qoʻllab-quvvatlash zarurati bilan bogʻliq; 6. «Jyeneral Motors Oʻzbekiston» AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksizning foiz stavkasi 5,4 marotaba kamaytirildi↓. Bu «Jeneral Motors Oʻzbekiston» AJ mahsulotlariga respublikamiz ichki bozorida narхlarni optimallashtirishga imkonini beradi hamda narхlarni shakllantirish meхanizmini yanada takomillashtirishga yordam beradi. Jadvalda (PQ–3454-son qarorga 12-1-ilova) respublikamizda alohida ishlab chiqariladigan aksiz soligʻi solinadigan tovarlar boʻyicha 2018 yil uchun aksiz soligʻini indeksatsiya qilish 2017 yilga nisbatan koʻrsatilgan: Tovarning nomi Soliq stavkasi aksiz soligʻi va QQSni hisobga olmagan holda bir oʻlchov birligiga soʻmda  yoki sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda 2018 yilda 2017 yilga nisbatan oʻsish/kamayish, %da 2017  yil uchun 2018  yil uchun 1. Etil spirti (1 dal uchun) 6 275 7 844 +25% 2. Vinolar (1 dal tayyor mahsulot uchun) tabiiy ravishda achitilgan natural vinolar (etil spirti qoʻshilmagan holda) 6 358 6 994 +10% boshqa vinolar 10 000 12 000 +20% 3. Konyak (1 dal tayyor mahsulot uchun) 58265 73 997* +27% 4. Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun) 54 057 67 571** +25% 5. Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun) 6 416 7 699 +20% 6. Oʻsimlik (paхta) yogʻi (1 tonnasi uchun): oziq-ovqat 919 448 459 724 –50% teхnik moy (oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qoʻshishga yaroqsiz boʻlgan) 505 773 252 887 –50% 7. Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar (1 ming dona uchun) 37 432 84 222 +125% 8. «Jeneral Motors Oʻzbekiston» AJ ishlab chiqargan avtomobillar 2 29%, 1.06.2017 yildan – 27% 5% –81% 9. Neft mahsulotlari, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, zargarlik buyumlari, kumushdan ishlangan oshхona anjomlariga stavkalar oʻzgarmadi Izohlar: 1. Qat’iy miqdorlarda belgilangan aksiz soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narхlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilish hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta koʻrib chiqilishi mumkin. 2. "Jeneral Motors Oʻzbekiston" AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gaz, qimmatbaho metallarga aksiz soligʻini toʻlovchilar va uni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 3. Neft mahsulotlari boʻyicha aksiz soligʻi summasi mablagʻlarni uglevodorod хom ashyosi importini moliyalashtirish va ushbu maqsadlarga jalb etilgan kreditlarga хizmat koʻrsatish, shuningdek milliy valyutani ayirboshlash kursi oʻzgarishi munosabati bilan yuzaga keladigan salbiy kurs farqini qoplashga maqsadli yoʻnaltirgan holda "Oʻzneftmahsulot" AJning neftni qayta ishlash zavodlari tasarrufida qoladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.      Irina Aхmetova. *) Hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan konyakka aksiz soligʻi stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 121 928 soʻm miqdorida belgilanadi. **) Hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz soligʻi stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 111 339 soʻm miqdorida belgilanadi.
92
4,647
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari hamda “Shahidlar xotirasi” jamoat fondini qo‘llab-quvvatla
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ularning xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 8-oktabrdagi F-5598-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda oliy ta’lim muassasalari tuzilmalaridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari (keyingi o‘rinlarda — hududiy muzeylar) faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda: soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzgan holda, hududiy muzeylar faoliyati hamda moddiy-texnik bazasi tanqidiy va tahliliy o‘rganilishi; zarur hollarda, hududiy muzeylarning yetarli sharoit mavjud bo‘lgan binolarga joylashtirilishi, ularga ekspozitsiya zallari, muzey fondi va xodimlar faoliyati uchun xonalar, mebel jihozlari, zamonaviy texnik asbob-uskunalar, shuningdek, belgilangan tartibda texnik va xizmat ko‘rsatuvchi (farrosh, elektrik va boshqa) xodimlar ajratilishi; hududiy muzey rahbarlarining so‘rovlari asosida ularning xizmat safarlariga (hududdagi tuman va shaharlarga) borishlari uchun oliy ta’lim muassasasidagi mavjud navbatchi yengil avtotranspot vositalaridan (yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda) foydalanishlari nazarda tutilsin. 2. “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi hisobvarag‘i barcha jismoniy va yuridik shaxslar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar tomonidan homiylik xayriyalarini ixtiyoriy tarzda tushirish uchun ochiq ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: 2021-yilning 15-iyuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tayyorlangan ko‘p jildlik “Qatag‘on qurbonlari” xotira kitoblarini nashr etish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi talabnomasiga ko‘ra zarur mablag‘larni “Shahidlar xotirasi” xayriya fondiga ajratsin; 2021-yilning 1-iyuliga qadar “Shahidlar xotirasi” xayriya fondining bo‘limlari faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi davlat arxivlarida saqlanayotgan qatag‘on siyosati aks ettirilgan arxiv hujjatlarining elektron nusxalari doimiy ravishda hududiy muzeylarga bepul taqdim etilishini ta’minlasin. 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshqulov zimmasiga yuklansin. 1. 7-bandda: a) oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Muzey hamda oliy ta’lim muassasalari tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari rahbar va ilmiy xodimlarining ish haqlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtiriladi. Muzey direktori o‘rinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi Muzey direktorining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirilgan holda belgilanadi”; b) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin: “Muzey tuzilmasidagi boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik va mutaxassis xodimlarning ish haqlari Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining boshqaruv va yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdorlariga, boshqa xodimlarning lavozim maoshlari esa davlat muzeylari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtirilsin”; v) yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. 1 va 3-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
250
4,484
Qonunchilik
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15 hamda 18-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 2-noyabrda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15 hamda 18-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15 hamda 18-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
185
682
Qonunchilik
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ KODEKSINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING 1997 YIL 24 APRELDAGI 397- I-SON QARORIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1997-yil 24-aprelda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi 397-I-sonli qarorning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash tizimi 2003-yilda olingan daromadlardan boshlab joriy etilsin”.
194
406
Qonunchilik
Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan buyuraman: 1. Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2011-yil 23-dekabrdagi 1165-sonli “Sport hakamlari va sport hakami toifalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2324, 2012-yil 6-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 6-son, 66-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, sport hakamlarining vazifalarini, huquq va majburiyatlarini, sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibini hamda malaka toifalarini berish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan talablarni belgilaydi. 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari; sport hakami — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs; sport turi — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi bo‘lib, u insonning sport musobaqalariga o‘ziga xos tarzda tayyorgarlik ko‘rishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini o‘tkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega bo‘ladi; sport hakami malaka toifasi (bundan buyon matnda malaka toifasi deb yuritiladi) — sport turi bo‘yicha sport hakamining malakaviy darajasi. 2. Sport hakamlariga qonun hujjatlariga asosan ilgari berilgan malaka toifalari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq: “Xalqaro toifali sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi — “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasiga; “Milliy toifali sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi — “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasiga; “Oliy toifali sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi — “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga; “I toifali sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi — “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga; “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi — “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga tenglashtiriladi. 3. Sport hakami maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan bo‘lishi lozim. 4. Sport hakami hakamlik faoliyatini jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, (sport-texnika tashkilotlari, jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, sport klublari, sport tayyorgarligi markazlari), sport federatsiyalari (uyushmalari) (jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari), sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarida yoki xalqaro sport tashkilotlarida amalga oshirishi mumkin. 5. Quyidagilar sport hakamining vazifalari hisoblanadi: sport musobaqalarini xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) muvofiq yuqori darajada tashkillashtirish va ularda hakamlik qilish; sport musobaqalarida xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash; aholini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish; sport turi bo‘yicha sport hakami kasbiga yosh mutaxassislarni jalb qilish va ularning bu boradagi malakasini oshirishda qatnashish. 6. Quyidagilar sport hakamining huquqlari hisoblanadi: sport musobaqalarida hakamlik qilish; sport hakami malaka toifasiga ega bo‘lish; sport hakami malaka toifasini oshirib borish. Sport hakami qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 7. Sport musobaqalarida faol ishtirok etganligi va xolisona hakamlik qilganligi uchun sport hakamlari: sport musobaqalari tashkilotchisi tomonidan sertifikatlar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi; vakolatli organ tomonidan yilning eng yaxshi sport hakami sifatida tan olinishi; faoliyat yuritayotgan tashkiloti tomonidan sport hakami malaka toifasini (navbatdagi sport hakami malaka toifasini) olishga tavsiya etilishi mumkin. 8. Quyidagilar sport hakamining majburiyatlari hisoblanadi: tegishli sport turi bo‘yicha xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalar, sport turi qoidalari hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomlarni (reglamentlarni) bilish va ularning talablariga qat’iy rioya etish; sport musobaqalarini yuqori darajada o‘tkazishga ko‘maklashish va sport musobaqasini o‘tkazish davrida yuzaga kelgan masalalarga xolisona yondashish hamda ularga o‘z vaqtida baho berish va yechimini topish; yuqori madaniyatni va hamjihatlikni namuna qilib ko‘rsatish, shuningdek qo‘pollik, tartibsizlik, ishtirokchilar (sportchilar, trenyerlar, vakillar, tomoshabinlar) tomonidan sport turlari qoidalari va umume’tirof etilgan axloq etikasi qoidalari buzilishining oldini olish. Sport turi bo‘yicha sport hakamiga qonun hujjatlarida boshqa majburiyatlar ham belgilanishi mumkin. 9. Sport hakami o‘z vazifalarini va majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganda yoki umuman bajarmaganda unga nisbatan quyidagi ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin: sport musobaqasi hakamligidan chetlashtirish (sport musobaqalari tashkilotchisi tomonidan); sport hakami malaka toifasini pasaytirish yoki undan mahrum etish haqida ogohlantirish (vakolatli organ tomonidan); sport hakami malaka toifasini pasaytirish (vakolatli organ tomonidan); sport hakami malaka toifasidan mahrum etish (vakolatli organ tomonidan). Sport hakamiga nisbatan qo‘llanilgan ta’sir choralari sport hakami kitobchasida qayd etib boriladi. 10. Sport hakami o‘z vazifalari va majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganda yoki umuman bajarmaganda tegishli tashkilotlar (sport musobaqalari tashkilotchisi, sport hakami faoliyat yuritayotgan tashkilot) taqdimnomasiga asosan uning harakatlari sport hakamlari hay’atlarida yoki sport federatsiyalari (uyushmalari)da ko‘rib chiqiladi. 11. Sport hakamiga sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha quyidagi malaka toifalari beriladi: “Xalqaro toifali sport hakami”; “Milliy toifali sport hakami”; “Birinchi toifali sport hakami”; “Ikkinchi toifali sport hakami”; “Uchinchi toifali sport hakami”; “Sport bo‘yicha hakam”. 12. “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasi sport turi bo‘yicha tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi. 13. “Milliy toifali sport hakami” va “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladi. Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha “Milliy toifali sport hakami” va “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifalari O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan beriladi. 14. “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami” va “Sport bo‘yicha hakami” malaka toifalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan beriladi. Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami” va “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifalari O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan beriladi. 15. Malaka toifasi “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasidan boshlab beriladi. 16. “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasiga ega bo‘lgan shaxsga navbatdagi malaka toifasi beriladi. Bunda “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasini berish taqiqlanadi. 17. “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. 18. “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi berilganiga kamida 1 yil o‘tgan bo‘lishi lozim. 19. “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim. 20. “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan rasmiy sport musobaqalarida (O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi maqomiga va nomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida) hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim. 21. “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan rasmiy sport musobaqalarida (O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi maqomiga va nomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida) hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 3 yil o‘tgan bo‘lishi lozim. 22. Malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan talablar (normalar) talabgor tomonidan bajarilgan bo‘lishi lozim. 23. Malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) olish istagini bildirgan shaxslar (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) tegishli vakolatli organga faoliyat yuritayotgan tashkiloti orqali murojaat etishga haqli. Bunda talabgor faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan tegishli vakolatli organga talabgorga malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) berish bo‘yicha taqdimnoma yuboriladi. “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasini berish bo‘yicha taqdimnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: talabgorning fuqarolik pasporti nusxasi; talabgorning 3 x 4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati (4 dona); talabgorga nisbatan tavsifnoma (talabgor faoliyat yuritayotgan tashkilot rahbari tomonidan imzolangan holda); talabgor tomonidan “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan talablar (normalar) bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar. Navbatdagi malaka toifasini berish bo‘yicha taqdimnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: talabgorning fuqarolik pasporti nusxasi; talabgorning 3 x 4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati (4 dona); talabgorga nisbatan tavsifnoma (talabgor faoliyat yuritayotgan tashkilot rahbari tomonidan imzolangan holda); sport hakami kitobchasining (har bir betidan) nusxasi (talabgor faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan tasdiqlangan holda) (agar avval berilgan bo‘lsa); talabgor tomonidan tegishli malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan talablar (normalar) bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar unga avval sport hakami kitobchasi berilmagan bo‘lsa); sport hakami guvohnomasi (agar avval berilgan bo‘lsa) nusxasi yoxud sport hakami malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi. 24. Malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) berish bo‘yicha taqdimnoma vakolatli organ tomonidan tuzilgan Malaka toifalarini berish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) majlislarida 3 kun ichida ko‘rib chiqiladi va natijasi bo‘yicha talabgorga malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) berish yoki berishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinadi. 25. Komissiya tegishli vakolatli organning qarori bilan bir yilga tuziladi. Komissiya kamida 7 nafar a’zodan iborat bo‘ladi va uning tarkibiga vakolatli organning rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi), vakolatli organning tegishli tarkibiy tuzilmasi mas’ul xodimi (komissiya kotibi), shuningdek tegishli sport turi bo‘yicha sport federatsiyalari (uyushmalari), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalari hamda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlarining sport sohasidagi mutaxassislari kelishuv asosida kiritiladi. Zarur hollarda, komissiya ish faoliyatiga boshqa tashkilotlarning mutaxassislari kelishuv asosida taklif etilishi mumkin. 26. Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash, komissiya majlisini tashkillashtirish va majlisda komissiya a’zolarining hozir bo‘lishini ta’minlash komissiya kotibiga yuklatiladi. Taqdimnomaga ilova qilingan hujjatlarda kamchilik aniqlangan taqdirda, komissiya kotibi talabgorni bu haqda xabardor qilib, ishchi tartibda kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishi lozim. 27. Komissiyasining majlislari har chorakda bir marta o‘tkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari majlislari zarurat bo‘lgan taqdirda, komissiya raisi tomonidan chaqiriladi. 28. Komissiya majlisi unda komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan komissiya raisi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarorlari uning a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish ochiq usulda o‘tkaziladi. Komissiyaning har bir a’zosi bitta ovozga ega bo‘ladi. Ovozlar teng bo‘lganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 29. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi hamda a’zolari tomonidan imzolanadi. Komissiya qaroriga rozi bo‘lmagan komissiya a’zosi o‘z mulohazasini yozma ravishda bayon qilib komissiya qaroriga ilova qilishi mumkin. Komissiya qarori imzolangan kuni u vakolatli organning tegishli tarkibiy tuzilmasiga yuboriladi. 30. Vakolatli organ komissiya qaroriga asosan talabgorga malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) beradi yoki berish rad etilganligi haqida xabardor qiladi. “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi berilganda talabgorga malaka toifasiga xos sport hakami guvohnomasi hamda sport hakami kitobchasi rasmiylashtirib beriladi. Navbatdagi malaka toifasi berilganda talabgorga malaka toifasiga xos sport hakami guvohnomasi beriladi. Agar talabgorda sport hakami malaka toifasi bo‘la turib sport hakami kitobchasi bo‘lmasa (avval berilmagan bo‘lsa), unga bir yo‘la sport hakami kitobchasi ham rasmiylashtirib beriladi. Vakolatli organ talabgorga sport hakami guvohnomasini (sport hakami kitobchasini) komissiya qarori chiqarilgan kundan boshlab 5 kun ichida rasmiylashtirib berishi shart. Komissiya qarorida talabgorga malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) berish rad etilgan taqdirda, vakolatli organ bu haqda talabgorni komissiya qarori chiqarilgan kundan boshlab 3 kun ichida xabardor qilishi lozim. 31. Sport hakami guvohnomasi sport hakamining tegishli malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 32. Sport hakami guvohnomasida: guvohnomani bergan tashkilot nomi; guvohnomaning seriyasi va tartib raqami; sport hakamining F.I.O.; sport hakamining fotosurati; sport turi; sport hakamiga berilgan malaka toifasi; malaka toifasi berilgan sana; malaka toifasini berish uchun asos bo‘lgan hujjatning qabul qilingan sanasi va soni ko‘rsatilishi lozim. Guvohnoma vakolatli organ rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan, imzo esa, vakolatli organ muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 33. Sport hakami kitobchasi sport hakami haqida, shuningdek uning hakamlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari va erishgan yutuqlari haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish uchun beriladigan hujjat hisoblanadi. 34. Sport hakami kitobchasida: kitobchani bergan tashkilot nomi; sport hakamining F.I.O.; sport hakamining fotosurati; kitobcha berilgan sana; sport hakamiga berilgan malaka toifalari (malaka toifasini berish uchun asos bo‘lgan hujjatning qabul qilingan sanasi va soni); sport hakamining hakam sifatida qatnashgan musobaqalari haqida ma’lumot; sport hakami tomonidan malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasini) olish uchun bajarishi zarur bo‘lgan talablar (normalar)ni bajarganligi haqida ma’lumot; sport hakamiga nisbatan qo‘llanilgan ta’sir choralari haqida ma’lumot ko‘rsatilishi lozim. 35. Malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan talablar (normalar) tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha Olimpiya (paralimpiya, surdlimpiya) o‘yinlari o‘tkazilish davriyligini inobatga olgan holda 4 yilga tuziladi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga taqdim etiladi. Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan talablar (normalar) O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan tuziladi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. 36. Malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan talablar (normalar)da belgilangan tartibda sport turlari reyestriga kiritilgan har bir sport turi (sport turi guruhi) bo‘yicha alohida-alohida va beriladigan malaka toifalari bo‘yicha alohida-alohida tuziladi. 37. Malaka toifasini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan talablar (normalar) mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim. 38. Sport hakami o‘z vazifalari va majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganda yoki umuman bajarmaganda va uning harakatlari sport hakamlari hay’atlarida yoki sport federatsiyalari (uyushmalari)da ko‘rib chiqilishi natijasida uning malaka toifasini pasaytirish yoxud uni malaka toifasidan mahrum etish bo‘yicha qaror qabul qilinganda, sport hakamlari hay’atlari yoki sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan vakolatli organga sport hakamining malaka toifasini pasaytirish yoxud uni malaka toifasidan mahrum etish bo‘yicha taqdimnoma kiritiladi. Taqdimnomada sport hakamining harakatlari to‘liq va asosli bayon etilishi lozim. 39. Taqdimnoma komissiyaning navbatdagi majlisida mazmunan ko‘rib chiqiladi va natijasi bo‘yicha komissiya tomonidan: sport hakamining malaka toifasini pasaytirish; sport hakamini malaka toifasidan mahrum etish; sport hakamining malaka toifasini pasaytirish yoki uni malaka toifasidan mahrum etish haqida ogohlantirish; taqdimnomani rad etish haqida qaror qilinadi. 40. Vakolatli organ komissiya qarori chiqarilgan kundan boshlab 3 kun ichida sport hakamini va taqdimnomani yuborgan tashkilotni bu haqda xabardor qiladi. Bunda komissiya tomonidan taqdimnoma rad etilgan taqdirda faqat uni yuborgan tashkilot xabardor qilinadi. Malaka toifasi pasaytirilgan (malaka toifasidan mahrum etilgan) sport hakami unga avval berilgan sport hakami guvohnomasini vakolatli organga topshirishi shart. Malaka toifasi pasaytirilgan sport hakamiga tegishli malaka toifasiga xos sport hakami guvohnomasi beriladi. 41. Sport hakami malaka toifasidan mahrum etilganda yoki uning malaka toifasi pasaytirilganda u mazkur Nizomda belgilangan tartibda malaka toifasini (navbatdagi malaka toifasi) qayta olish huquqiga ega. 42. Malaka toifasiga ega bo‘lgan sport hakamlari tegishlicha vakolatli organlar tomonidan ularda yuritiladigan sport hakamlarini hisobga olish jurnalida hisobga olib borilishi shart. 43. Sport hakamlarini hisobga olish jurnalida sport hakami haqidagi quyidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim: sport hakamining F.I.O.; sport hakamining yashash joyi va telefon raqami; sport hakamiga berilgan malaka toifalari (malaka toifasi berilganligini tasdiqlovchi hujjatning sanasi va raqami); sport hakamiga berilgan guvohnoma raqami; sport hakamiga rasmiylashtirilgan jildning tartib raqami. 44. Vakolatli organ tomonidan har bir sport hakami bo‘yicha alohida jild yuritiladi. Ushbu jildda sport hakamiga oid barcha hujjatlar jamlab boriladi. 45. Komissiya qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi vakolatli organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli. 46. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 47. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
112
21,828
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
“Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 23-dekabrdagi PF–3367-son Farmoniga muvofiq: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF–2107-son Farmoni 13-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Biznes-fond” va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
95
568
Qonunchilik
Davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlarning ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki, davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari tahririyat tomonidan belgilangan umumiy tiraj hisobidan yuboriladi. 3. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi: davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlarning ro‘yxatini tahririyat va matbaa korxonalariga yetkazsin hamda muassasa va tashkilotlarga davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuborilishini nazoratga olsin; o‘zi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
121
992
Qonunchilik
“O‘ZDEUAVTO” AJ mahsulotlarining narxlarini kelishib olish bo‘yicha doimiy ishlovchi komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
Qaror matni rus tilida berilgan.
127
32
Qonunchilik
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 1-maydagi 180-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013, 2018-yil 14-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 20-son, 427-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi), xarid komissiyasining, uning a’zolarining, maxsus axborot portali operatorining” degan so‘zlar “xarid komissiyasining, uning a’zolarining, davlat xaridlari elektron tizimi operatorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 2-banddagi “qonun” degan so‘z “qonunchilik” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3. 3-banddagi “qonun” degan so‘z “qonunchilik” degan so‘z bilan almashtirilsin. 4. 4-bandda: uchinchi xatboshidagi “to‘g‘risidagi hujjatlar” degan so‘zlar “sohasidagi hujjatlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; oltinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin. 5. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tuziladi, uning tarkibi tegishli davlat organlari, Operatorlar va jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.”. 6. 6-banddagi “Operator” degan so‘z “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 7-bandda: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Komissiya raisining o‘rinbosari;”; uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin. 8. 8-bandda: oltinchi xatboshidagi “Vakolatli organga taqdim etadi” degan so‘zlar “maxsus axborot portalida e’lon qiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshidagi “qonun” degan so‘z “qonunchilik” degan so‘z bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Komissiya raisi yo‘qligida uning vazifalarini o‘rinbosari bajaradi.”. 9. 9-bandda: birinchi xatboshi “Komissiya” degan so‘zdan keyin “raisining o‘rinbosari va Komissiya” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; to‘rtinchi xatboshidan “ko‘ra” degan so‘z chiqarib tashlansin; beshinchi xatboshidagi “Operatordan” degan so‘z “Operatorlardan” degan so‘z bilan almashtirilsin. 10. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “12. Komissiya kun tartibiga kiritilgan masalani ko‘rib chiqish jarayonida Komissiya raisi, uning o‘rinbosari yoki Komissiya a’zosi o‘zlarida manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorlik yuzaga kelgan holatda, Komissiya raisi, uning o‘rinbosari yoki Komissiya a’zosi yig‘ilish boshlanishidan oldin bu haqda ma’lum qilishga majbur. Bu holatda manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorligi yuzaga kelgan Komissiya raisi, uning o‘rinbosari yoki Komissiya a’zosi ko‘rsatilgan masalani ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi.”. 11. 14-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “shikoyatni Komissiya a’zolarining shaxsiy kabinetlariga yuboradi;”. 12. 16-bandning birinchi xatboshisidan “Davlat xaridlarini nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning shikoyatlari Operator sayti orqali ham yuborilishi mumkin.” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 13. 17-bandda: ikkinchi xatboshidan “vakolatli organning,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin; sakkizinchi xatboshidagi “qonun” degan so‘z “qonunchilik” degan so‘z bilan almashtirilsin. 14. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “18. Komissiya shikoyatni ko‘rib chiqishda ishtirok etadigan shaxslarni (bundan buyon matnda taraflar deb yuritiladi) maxsus axborot portali orqali yig‘ilish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qiladi. Komissiya shikoyatni buyurtmachi va ishtirokchining ishtirokida ko‘rib chiqadi, bundan ishtirokchi shikoyatni uning ishtirokisiz ko‘rib chiqishga rozilik bildirgan yoki uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan hollar mustasno.”. 15. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan to‘ldirilsin: “191. Komissiyaning majlislari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda masofadan o‘tkazilishi mumkin.”. 16. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20. Komissiya shikoyatni qabul qilib olganda shikoyat kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida shikoyat haqida buyurtmachini xabardor qiladi hamda xarid qilish tartib-taomilini o‘n ish kunigacha bo‘lgan umumiy muddatga to‘xtatib turadi.”. 17. 21-bandning birinchi xatboshisidagi “Arizachi” degan so‘z “Arizachining” degan so‘z bilan almashtirilsin. 18. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan to‘ldirilsin: “221. Komissiya shikoyatlarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish jarayonida maxsus axborot portalida yuritiladigan ishtirokchilarning reytingidan foydalanishi mumkin.”. 19. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “23. Komissiya shikoyat olinganidan keyin yetti ish kuni ichida u bo‘yicha qaror chiqarishi va bu haqdagi axborotni maxsus axborot portalida joylashtirishi kerak.”. 20. 27-banddagi “kun” degan so‘z “ish kuni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 21. 28-banddagi “qonun” degan so‘z “qonunchilik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
132
5,403
Qonunchilik
Bank хabarlari: yangi toʻlov tizimi va omonatlar, valyuta operatsiyalari
Oʻtgan hafta mobaynida mamlakatimiz banklari faoliyatida bir vaqtning oʻzida bir necha qiziqarli voqealar sodir boʻldi. Xalq banki va Agrobank yangi toʻlov tizimini ishga tushirdi, «Hamkorbank» valyuta operatsiyalari tiklanganligini e’lon qildi, «Turonbank» va «Asaka» bank esa omonatlarning yangi turlarini e’lon qilishdi. Bizning sharhimizda - ularning har biri toʻgʻrisida qisqacha. «PayMe» yangi toʻlov tizimini ishga tushirish Deyarli bir vaqtning oʻzida AT «Xalq banki», keyinchalik esa «Agrobank» ATB ham  «PayMe» yangi toʻlov tizimini ishga tushirdi, uning yordamida bank mijozlari oʻz kartalarini oson boshqarishlari mumkin. Aynan: milliy valyutada mablagʻlarni bir kartadan boshqasiga oʻtkazish (R2R» хizmati),  yoʻqotilgan  Uzcard kartasini masofadan bevosita ilovadan blokirovka qilish, «Toʻlovlar monitoringi» yangilangan servisi tufayli oʻz daromad va хarajatlarini kuzatib borish (har qanday chekka toifa qoʻshish va grafiklar va diagrammalar koʻrinishida koʻrgazmali hisobotlar shakllantirish), «Joylarda toʻlovni amalga oshirish» servisi yordamida restoranlar va savdo nuqtalarida  hisoblarni toʻlash, shuningdek хizmatlar uchun internet-toʻlovlarni amalga oshirish. Bundan tashqari, «Agrobank» ATB «PayMe» tizimini ishga tushirgani bois, oʻz kartalari saqlovchilariga kreditlar va ularning foizini soʻndirish imkoniyati kabi хizmatlar, shuningdek S2V tizimidan foydalanish -  jismoniy, yuridik  shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun shaхsiy kabinet orqali onlayn-toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini e’lon qildi. «Hamkorbank» ATBdan yangi omonatlar «Hamkorbank» matbuot хizmatining хabar berishicha,  bank mijozlarining plastik kartadagi boʻsh pul mablagʻlari qoʻshimcha daromad keltirishi mumkin. «Hamkorbank» aholi uchun omonatlarning yangi  “Jamgʻarma karta” va “Real karta” turlarini taqdim etdi. Meхanizm shunday: omonatga mablagʻlar faqat plastik karta orqali qabul qilinadi, hisoblangan foizlar ham har oyda omonatchining plastik kartasiga oʻtkaziladi. Mijozlar uchun yaratilgan qulayliklar omonatchiga jismoniy shaхslar uchun «Hamkor Mobile» mobil banking tizimi orqali omonatlar boʻyicha qoldiq yoki hisoblangan foizlarni koʻrib chiqish imkonini beradi. Bundan tashqari, «Hamkorbank» ATB oʻz hamkorlariga хabar qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2.06.2016 yildagi 611-son qaroriga muvofiq avval toʻхtatib turilgan barcha valyuta operatsiyalari tiklangan. «Asaka» bank yangi omonat turini taklif qiladi «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki kirib kelayotgan Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan oʻz mijozlariga milliy valyutada ramziy nom ostidagi “Mustaqillik-25” yangi muddatli omonatni taklif qiladi.  Omonatni saqlash muddati – 7 oy, hisoblangan foizlar har oyda yoki saqlash muddati tugashi bilan beriladi. Shuningdek,  «Asaka» bank manfaatli shartlarda milliy valyutada 28 omonat turini va chet el valyutasida 14 omonat turini taklif qiladi. Omonatlarni bankning istalgan filialida rasmiylashtirish mumkin.   Omonatning yangi turi ishlab chiqildi Turonbank oʻzining yangi omonat turini boshqa voqeaga bagʻishladi. Oʻzbekistonda qabul qilingan “Sogʻlom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida ATB jismoniy shaхslar uchun “Sogʻlom ona va bola” yangi omonat turini joriy qildi. Omonat shartlariga koʻra, omonatchilarga cheklanmagan miqdorda qoʻshimcha badallar kiritishga ruхsat etiladi. Shuningdek depozit muddati tugaganda, agar omonatchi omonat summasini talab qilmasa, depozit yangi muddatga avtomat ravishda prolongatsiya qilinadi. Omonat muddati 3 oyni tashkil qiladi. Badalning eng kam va eng koʻp summasi  cheklanmagan. Qoʻshimcha badallarning eng kam summasi 100 ming soʻmni tashkil qiladi. Izoh. “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning bajarilishini ta’minlash maqsadida “Turonbank” ATBda barcha omonat operatsiyalari barmoq izlari boʻyicha jismoniy shaхslarni biometrik identifikatsiyalash tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.   Mavzuga doir materiallar: Bank хabarlari: kartalar dizayni va valyuta  operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya Bank хabarlari: saytning yangi versiyasi, firibgarlar va soliq toʻlovlari Bank хabarlari: kartadan kartaga oʻtkazmalar va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya
72
4,270
Qonunchilik
Davlat standartlarini 5 yil mobaynida qayta koʻrib chiqish rejalashtirilmoqda
«Standarlashtirish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish хaqida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyiha bilan «Standarlashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririni tasdiqlash nazarda tutilgan. Amaldagi Oʻzbekiston standartlari va O’zDSt abbreviaturasi bilan qabul qilingan hujjatlar 5 yil mobaynida qayta koʻrib chiqilishi lozim. «Standarlashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririning maqsadi - Oʻzbekistonda milliy standartlashtirishning asosiy maqsadlari va prinsiplarini belgilash. U rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 12 oy oʻtgach kuchga kiradi. Standartlashtirishning asosiy prinsiplari: Quyidagilar standartlashtirishning asosiy vazifalari etib belgilandi: Loyihada Vazirlar Mahkamasi, Standartlashtirish boʻyicha Milliy organning vakolatlari, shuningdek standartlashtirish sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat tashkilotlar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning vakolatlari va boshqa masalalar bayon etilgan. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Bahodir Buхoriy.
77
1,105
Qonunchilik
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan: birinchidan, ayniqsa, joylarda jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining samarali yaxlit tizimi mavjud emasligi ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirishni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va targ‘ib qilishni ta’minlamayapti; ikkinchidan, mamlakatimizda ham ommaviy sport, ham oliy sport yutuqlari sohasida aniq vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilagan holda, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmagan; uchinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida sportning zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaratish bo‘yicha nodavlat sektor bilan o‘zaro munosabatlarning past darajada ekanligi ushbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayapti; to‘rtinchidan, joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimi mavjud emasligi terma jamoalar tarkibini sifatli to‘ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashni ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda; beshinchidan, sport kadrlarini, ayniqsa boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi sohasida malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkonini bermayapti; oltinchidan, jismoniy tarbiya va sport sohasini qo‘llab-quvvatlashning faqat alohida sport turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, nooqilona tizimi boshqa ommaviy olimpiya sport turlarini, eng avvalo, sport o‘yinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilmasligiga olib kelgan; yettinchidan, sportchilarni tayyorlash va ular tibbiy ta’minotining innovatsion tadqiqotlari va uslubiy ishlanmalari, zamonaviy talablarga javob beradigan standartlarining mavjud emasligi sifatli o‘quv-mashq jarayonining yo‘lga qo‘yilishini ta’minlamayapti; sakkizinchidan, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘lar sarflanishining asosliligi va haqqoniyligi ustidan nazoratning, eng avvalo, ichki nazoratning moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan va ushbu sohada suiiste’molchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmi shakllantirilmagan; to‘qqizinchidan, xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahalliy sport asbob-uskunalari va inventarlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan mexanizmi nazarda tutilmagan. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi), Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Vazirlik tasarrufiga berish, uni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy manzilda joylashtirish, Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida uning filiallarini tashkil qilish; O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etish; jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda sport kiyimi, anjomlari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar faoliyatini tashkil etish uchun poytaxt mintaqasida “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish; jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirishda, mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oshirishda alohida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari hamda boshqa shaxslarni taqdirlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 3. Belgilansinki: Universitet jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy va o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, shuningdek, soha mutaxassislarini o‘qitish hamda tayyorlashning ilg‘or usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha respublikaning bazaviy oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot xamda ilmiy-uslubiy muassasasi hisoblanadi; Markaz maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktorlari), kafedra mudirlari, ta’lim muassasalari va sport tashkilotlari trenerlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni amalga oshiradi. 4. Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni saralash (seleksiya) sohasida ta’lim muassasalarining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida — boshlang‘ich gimnastika va harakatli o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish orqali jismoniy rivojlantirish hamda salomatlikni mustahkamlash uchun tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga qiziqishni shakllantirish; umumta’lim maktablarida — o‘quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jalb qilgan holda iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sinfdan tashqari sport to‘garaklari va seksiyalari mashg‘ulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 4 soatdan); o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida — o‘quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turi bo‘yicha trenerlarni jalb qilgan holda iste’dodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy hamda respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha sinfdan tashqari sport to‘garaklari hamda seksiyalari mashg‘ulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 6 soatdan); oliy ta’lim muassasalarida — iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalari hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etish. 5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi (instruktori) hamda oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va kafedra mudiri lavozimlariga xalqaro darajadagi sport musobaqalari g‘oliblari tayinlanishi mumkin; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktorlari) tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari bilan kelishgan holda tegishli ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (kafedra mudirlari) oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan Vazirlik vakili ishtirokida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov natijalariga ko‘ra lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; jismoniy tarbiya o‘qituvchisi (instruktor va kafedra mudirlari)ning ish faoliyati samaradorligini baholash o‘quvchi (talaba)larni jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda ular orasidan iqtidorli sportchilarni tanlash (seleksiya)da, eng avvalo, erishilgan aniq natijalarni hisobga olgan reyting tizimi asosida amalga oshiriladi; jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktor va kafedra mudirlari)ni moddiy rag‘batlantirish ular faoliyatining shaxsiy ko‘rsatkichlarini reyting tizimida baholashga asosan amalga oshiriladi; tuman (shahar) sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining yagona kalendar rejalari tegishli tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi; umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan ta’minlashni moliyalashtirish tegishliligi bo‘yicha “Yoshlik”, “Barkamol avlod” va “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hisobidan amalga oshiriladi. 6. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Vazirlik bilan hamkorlikda yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni olimpiya tayyorlash markazlari, sport federatsiya (uyushma)lari va boshqa sport tashkilotlarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga keng jalb qilinishini ta’minlaydi. 7. Quyidagilar tashkil etilsin: Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o‘tkazish markazi; Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Aziya-Chimgan” mehmonxonasi negizida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazi; Jizzax viloyati Zomin tumanida “Aloqachi” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida gimnastika sport turi bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi; Namangan viloyati Chortoq tumanida serjantlar tayyorlash maktabi negizida sport o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi; Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Gulnora” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida sport yakkakurashlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilayotgan markazlar tasarrufida bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu obyektlarni barcha bino va inshoot majmualari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi tasarrufiga beg‘araz o‘tkazilishini ta’minlasin. 8. Belgilab qo‘yilsinki, sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga, avval shug‘ullangan professional faoliyat turidan qat’i nazar, oliy ma’lumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi mumkin. 9. Olimpiya sport turlarini 2018 — 2021-yillarda keyinchalik rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturi ilovaga* muvofiq ma’qullansin. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirish uchun vazirlik, muassasa va boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilansin. 10. Vazirlik: ikki oy muddatda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; 2018-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni uzoq muddatli istiqbolga rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqsin va kiritsin; uch oy muddatda bolalar va o‘smirlar sport maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktablarning ishlash tartibini tashkil etish tizimini tanqidiy jihatdan o‘rganib chiqish va natijasi bo‘yicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy-shtat tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish hamda ularni moliyalashtirish tizimini tartibga solish yuzasidan hukumat qarori loyihasini kiritsin; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda uch oy muddatda sportchilar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, yo‘riqchilari haqidagi ma’lumotlarni hamda ta’lim muassasalarida sport turlari bo‘yicha imtihon qilish tizimi tahlillari natijalarini o‘z ichiga olgan Yagona axborot tizimi yaratilishini ta’minlasin; uch oy muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar va o‘quv tayyorgarlik mashqlari davomida sportchilarni tibbiy ta’minlashni tashkil etish va kuzatib borish tartibini, shu jumladan sport tibbiyot muassasalari tarmoqlarini yaratishni o‘z ichiga olgan holda, tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin; uch oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalari qoshida sport klublarini tashkil etish, faoliyat olib borishi hamda moliyalashtirilishi tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin; uch oy muddatda respublika hududida jismoniy tayyorgarlikni tashkil etishning yagona talablarini belgilashni ta’minlovchi, olimpiya sport turlari bo‘yicha tayyorgarlikning yagona me’yorlarini sport ta’limi muassasalari faoliyatiga tatbiq etishni ta’minlasin; O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2018-yil 1-iyunga qadar sportning qishki va o‘yin turlarining rivojlanishi va ommalashishining amaldagi holatini har tomonlama va tanqidiy tahlilini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida sportning qishki va o‘yin turlarini yanada rivojlanishi yuzasidan takliflar tayyorlasin; O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qoshida olimpiya zaxiralari markazlarini tashkil etish taklifini kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin; bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; bir oy muddatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinsin; ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi nizomini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kontingentini to‘liq qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkoniyatini qamrab olgan holda ularning tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlasin; ikki oy muddatda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi barcha turdagi ta’lim muassasalarida ta’lim standartlari qayta ko‘rib chiqilsin, ta’limning har bir bosqichida umumiy ta’lim yuklamasidan oshmagan holda, dars soatlarini oshirish yordamida, sport tarmoqlari bo‘yicha baholash tizimini joriy qilish, natijalarni tizimli tahlil qilish ishlari olib borilsin; ikki oy muddatda qurilish-montaj ishlari, zamonaviy sport jihozlari, texnikasi va inventarlar bilan ta’minlash, uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot jarayoni va sportchilar, trener hamda boshqa mutaxassis va ishchilar yashashi uchun sharoit yaratishni inobatga olgan holda olimpiya tayyorgarlik markazlari faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilinsin; uch oy muddatda olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qabul kvotalarini sport turlari bo‘yicha eng kam miqdorini hisobga olgan holda kerakli bo‘lgan samarali ta’lim tizimi tashkil etilsin; uch oy muddatda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tish va ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirishga yo‘naltirilgan hukumat qarori qabul qilinsin. 12. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning sport infratuzilmasini tashkil etish va tizimli tarzda ishchilarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish amaliyotini joriy etish choralarini ko‘rsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ikki oy muddatda Mudofaa vazirligining sport klubi, “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish va kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya va sport jamiyatini tiklash, shuningdek, idoraviy sport bazalarini modernizatsiya qilish, ular qoshida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish uchun barchaning shug‘ullanishiga imkoni bo‘lgan seksiya va to‘garaklar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilasin. 14. Vazirlik hamda Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4956-son Farmoni birinchi bandi uchinchi xatboshisi va uchinchi bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
115
17,988
Qonunchilik
O‘QITUVChILAR VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN MAMLAKATIMIZ TA’LIM-TARBIYA TIZIMIDA ALOHIDA O‘RNAK KO‘RSATGAN XODIMLARDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASh TO‘G‘RISIDA
Vatanimizning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, yosh avlodni ona-yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida har tomonlama sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga fan asoslarini hamda zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatishdagi jonkuyarligi, ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin: Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini zamonaviy asosda takomillashtirish, xalqimizning madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy g‘oyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan katta hissasi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi ibratli faoliyati, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va xalq ta’limi tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: Yosh avlodni ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom qilib kamol toptirish ishiga qo‘shgan ulkan hissasi, ularga bilim va tarbiya berish yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: Yurtimizda tinchlik va totuvlik, millatlararo do‘stlik, hamjihatlikni mustahkamlash, jamiyatda mehr-oqibat va bag‘rikenglik g‘oyalarini qaror toptirish, iqtidorli yoshlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularni xalqimizning munosib farzandlari, har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash yo‘lidagi namunali xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: Yosh avlodni Vatanimiz va xalqimizga muhabbat, milliy g‘oyaga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida tarbiyalash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
162
1,989
Qonunchilik
Sirdaryo va Namangan viloyatlarida kichik sanoat zonalari kengaytiriladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi 524-son qarorida nazarda tutilgan. Ma’lumot uchun: 2017 yil avgust oyida Sirdaryo viloyatida 2 ta KSZ (VMning 4.08.2017 yildagi 589-son qaroriga qarang), oʻtgan yilning iyul oyida esa Namangan viloyatida 6 ta KSZ (2.07.2018 yildagi PQ-3826-son qarorga qarang) tashkil etilgan. Hukumat Namangan viloyatidagi 5 ta KSZ va Sirdaryo viloyatidagi 1 ta KSZ tarkibiga roʻyхat boʻyicha foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarini  kiritish toʻgʻrisidagi taklifni qabul qildi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va «Oʻztransgaz» AJ boshqaruv organlari 2 oy muddatda roʻyхatga kiritilgan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalarini  koʻrsatilgan viloyatlar hokimliklariga topshiradi. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi KSZlari tarkibi oʻzgarganligini inobatga olgan holda ularning chegaralarini aniqlashtiradi. Shuningdek, yaqin vaqtda KSZlari hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — «yoʻl хaritalari»ni ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari lozim. Mazkur ma’lumotlar tadbirkorlik sub’yektlariga yetkaziladi, ularga KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda koʻmaklashadilar. Bundan tashqari, KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli roʻyхati tasdiqlandi, bu ishlarni bajarish jadvali esa  tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birganlikda tasdiqlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2019 yildan kuchga kirdi. Anvar Irkaхodjayev.
72
1,883
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin: “V. Y. Otayevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — yoqilg‘i-energetika kompleksining rahbari vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida” 2002-yil 23-sentabrda chiqargan Farmoni; “B. T. Qurbonovni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri etib tayinlash to‘g‘risida” 2002-yil 2-oktabrda chiqargan Farmoni; “X. Jo‘rayevni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida” 2002-yil 2-oktabrda chiqargan Farmoni; “Tashqi iqtisodiy aloqalar sahasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 21-oktabrda chiqargan Farmoni (1-band); “E. M. G‘aniyevni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi etib tayinlash to‘g‘risida” 2002-yil 23-oktabrda chiqargan Farmoni; “E. M. G‘aniyevni O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida” 2002-yil 23-oktabrda chiqargan Farmoni; “R. H. Haydarovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida” 2002-yil 2-dekabrda chiqargan Farmoni; “B. R. Parpiyevni O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida” 2002-yil 2-dekabrda chiqargan Farmoni; “B. R. Parpiyevni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi etib tayinlash to‘g‘risida” 2002-yil 2-dekabrda chiqargan Farmoni.
81
1,617
Qonunchilik
Mol-mulkdan mahrum boʻlmay, davlat bojidan ozod boʻlish
DSQ Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilishini nazarda tutuvchi, soliq qarzini suddan tashqari undirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi mohiyatini tushuntirdi. Qonun loyihasida (sharhi – bu yerda) tan olingan soliq qarzi soliq toʻlovchi tomonidan bu haqda talab olgan kunidan boshlab 30 kun ichida soʻndirilmagan taqdirda davlat soliq хizmati organining qarori asosida soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratilishi nazarda tutilgan. Tan olingan (yozma shaklda) soliq qarzini tadbirkorlik faoliyati qismida soliq toʻlovchi – yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida qaror qabul qilishni soliq хizmati organining vakolatlariga kiritish taklif etilmoqda. Bu undiruvni jismoniy shaхslarning mol-mulkiga qaratish masalalariga hech ham daхl qilmaydi. Hozir soliq qarzi tan olinganda ham soliq organlari sud buyrugʻini berish toʻgʻrisida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishlari kerak. U qanoatlantirilganda undiriladigan summaning 2%i miqdorida davlat boji hisoblanadi. Koʻpincha uning miqdori salmoqli boʻlib chiqadi. Masalan, 1 mlrd soʻm miqdorida tan olingan soliq qarzi undirilgan taqdirda soliq toʻlovchi uchun davlat boji summasi 20 mln soʻmni tashkil etadi. Soliq organlarining qarori asosida undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish tartibi boj va pochta хarajatlari singari moliyaviy хarajatlarni istisno etadi. Qonun loyihasi tan olingan soliq qarzini tezkor undirish va uning tartibini soddalashtirish, nizosiz ishlarni iqtisodiy sudlar yurituvidan chiqarishga yoʻnaltirilgan. IPKning 135-moddasi 1-bandida soliq qarzini undirishni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida bildirilgan talab asosida sud buyrugʻini berish tartibi belgilangan. Ushbu normaning bekor qilinishi yuqorida koʻrsatilgan soddalashtirilgan tartibni joriy etish va sud buyrugʻi asosida undirish tartibini bekor qilish imkonini beradi. Shu tariqa, soliq toʻlovchilar soliq qarzini tan olgan taqdirda majburiy undiruv – soliq organlarining qaroriga koʻra, tan olinmaganda esa da’vo berish tartibida sud qarori asosida amalga oshiriladi.  Soliq toʻlovchiga soliq qarzini soʻndirish toʻgʻrisida talab olgan kunidan boshlab 30 kun oʻtgach, loyihada koʻrsatilgan soliq хizmati organi qarorining kuchga kirish muddati (10 kun) beriladi. Soliq хizmati organining qarori kuchga kirganidan keyin uch ish kuni ichida davlat ijrochilariga majburiy ijro etish uchun yoʻllanadi. Ular tomonidan undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.   Shu tariqa, yangi qonun loyihasida taklif etilayotgan tartib soliq qarzini tan olgan soliq toʻlovchiga davlat bojini toʻlashdan ozod boʻlish imkonini berishi bilan amaldagisidan farqlanadi.
55
2,727
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirishga yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandidagi “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (mahalla qo‘mitasi) vakilidan” so‘zlari “masjid imom xatibi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalari 21-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Simobli lampalarning ishlatilib bo‘lgan resurslarini to‘plash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 21-sentabrdagi 266-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 79-modda) 8-bandi uchinchi xatboshisidagi “va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 30-dekabrdagi 422-son qarorining 5-bandi oltinchi xatboshidagi “fuqarolar yig‘inlari raislari ichki ishlar organlari va davlat soliq inspeksiyalari bilan birgalikda” so‘zlari “ichki ishlar organlari va davlat soliq inspeksiyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 141-bandning ikkinchi xatboshidagi “profilaktika inspektori” so‘zlari chiqarib tashlansin; ikkinchi xatboshidagi “Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari” so‘zlari “fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, fuqarolar yig‘ini raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin. b) 37-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori” so‘zlari chiqarib tashlansin. 6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 623-modda) bilan tasdiqlangan O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida: a) birinchi xatboshidagi “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) beshinchi xatboshidagi “va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 681-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 8-son, 190-modda) bilan tasdiqlangan “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsorsium” MChJ tomonidan zayom berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 29-bandidagi “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimi ishtirokida” so‘zlari chiqarib tashlansin. 8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda: a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “profilaktika inspektori” so‘zlari chiqarib tashlansin; b) 11-bandning birinchi xatboshidagi “har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Kengashga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ma’lumot taqdim etadi” so‘zlari “ma’lumotlarni umumlashtirib, mahalla pasportiga kiritadi va har olti oyda ushbu ma’lumotlarni yangilab boradi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Profilaktika inspektori guruh rahbari hisoblanadi” so‘zlari chiqarib tashlansin. 11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 228-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 20120 y., 4-son, 85-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandiga quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar qo‘shilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish; Vazirlikning ekspert-tahlil guruhi faoliyatini tashkil etish, ekspert-tahlil guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislarga shartnoma asosida haq to‘lash, mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida jalb qilish; Vazirlikning aholi muammolarining masofadan tezkor qabul qilishning va ko‘rib chiqilishini muvofiqlashtirib boruvchi Sall-markazi xodimlari mehnatiga shartnoma asosida haq to‘lash”. 12. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 14-avgustdagi 485-son qarorida: a) 3-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “yil yakuni natijalari bo‘yicha “namunali” deb topilgan fuqarolar yig‘inlari xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaxslarga respublika hududidagi sanatoriylardan birida sog‘lig‘ini tiklash uchun bir marotabalik bepul yo‘llanma berish amaliyoti saqlab qolinadi hamda tegishli talablarga javob beruvchi fuqarolar yig‘inlari xodimlari rag‘batlantirish tariqasida davlat organlari va tashkilotlariga kadrlar zaxirasiga kiritish bo‘yicha tavsiya etiladi”; b) ilovaga quyidagi tahrirdagi 231-band qo‘shilsin: “231. “Namunali” deb topilgan va tegishli talablarga javob beruvchi fuqarolar yig‘inlari xodimlarini yil yakuni natijalari bo‘yicha rag‘batlantirish tariqasida ular belgilangan tartibga muvofiq davlat organlari va tashkilotlariga kadrlar zaxirasiga kiritish bo‘yicha tavsiya etilishi mumkin”.
249
7,539
Qonunchilik
FUQAROLARNI MUDDATLI HARBIY VA MUQOBIL XIZMATLARGA ChAQIRISh, SAFARBARLIK ChAQIRUVI REZERVIDAGI XIZMATGA QABUL QILISh BO‘YIChA ChAQIRUV KOMISSIYALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha chaqiruv komissiyalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mudofaa vazirligi (Q. Berdiyev), Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Ikromov), Davlat test markazi (B. Ismailov) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli jamoatchilik tashkilotlari bilan birgalikda yuqoridagi Nizom talablaridan kelib chiqqan holda fuqarolarning muddatli harbiy, muqobil xizmatga chaqirilishini va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilinishini tashkil etishga va o‘tkazishga shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin. 3. Mudofaa vazirligi (Q. Berdiyev), Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi (A. Kosyanenko) mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda idoraviy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha chaqiruv komissiyalari (keyingi o‘rinlarda chaqiruv komissiyalari deb yuritiladi) tarkibini, faoliyat tartibini, vazifalarini hamda uning raisi va a’zolarining majburiyatlarini belgilaydi. 2. Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarda chaqiruv komissiyalari tuziladi. 3. Chaqiruv komissiyalari faoliyatining boshlanishi va tugatilishi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruvni o‘tkazish va muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi qarori bilan belgilanadi. 4. Chaqiruv komissiyalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari tegishli ravishda hududiy chaqiruv komissiyalarining raislari etib tayinlanadilar. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari raislarining o‘rinbosarlari etib mudofaa ishlari boshqarmasi (bo‘limi) boshliqlari tayinlanadilar. Chaqiruv komissiyalari tarkibiga quyidagi mansabdor shaxslar va tashkilotlar vakillari kiritiladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, viloyatlar, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari va tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari; Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘limlari (bo‘linmalari) vakillari; O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘limlari (bo‘linmalari) vakillari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar va tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari vakillari; O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman bo‘limi vakillari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha vakili (Toshkent viloyati va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori buyrug‘i bilan mas’ul xodim belgilanadi); chaqiruv komissiyasi katta shifokori. 7. Chaqiruv komissiyalarining shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. 8. Quyidagilar tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish; muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni yig‘ish tadbirlarini uyushtirib, harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarning yashash joylarida tantanali ravishda kutib olinishini ta’minlash borasida tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish; chaqiruv komissiyalarining chaqiruv punktlarida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar, jumladan aloqa vositalari, dori-darmonlar, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini tashkil etish; ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish tadbirlarining keng targ‘ib qilinishini ta’minlash; chaqiruvning oshkoraligini ta’minlash, chaqiruv komissiyalari faoliyati yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; fuqarolarning chaqiruv masalalariga oid murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi: chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod qilishning to‘g‘riligini tekshirish; chaqiriluvchilarni harbiy kasblarga tayinlashda ularning jismoniy va umumiy tayyorgarligi, tajribasi, qobiliyati, qiziqishi va boshqa fazilatlarini hisobga olishning asoslanganligini nazorat qilish; shahar va tuman chaqiruv komissiyalari a’zolarining uslubiy tayyorgarligini tashkil etish; chaqiruv komissiyalarining yig‘in punktlarida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar, jumladan aloqa vositalari, dori-darmonlar, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarni amalga oshirish; muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni yig‘ish tadbirlarini uyushtirib, harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarning yashash joylarida tantanali vaziyatda kutib olinishini ta’minlash borasida tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish; fuqarolarning tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari qarorlari yuzasidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish. 10. Chaqiruv komissiyasining yig‘ilishlari komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi. 11. Chaqiruv komissiyasi o‘z ishini dastavval chaqiriluvchilarning shaxsiy yig‘ma jildlarini o‘rganishdan boshlaydi. 12. Chaqiriluvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, uning ma’naviy va kasbiy fazilatlarini, shuningdek, oila a’zolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini o‘rganish natijalariga muvofiq tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: harbiy xizmatga yaroqliligi va qo‘shin turini belgilagan holda harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risida; harbiy xizmatga yaroqliligi va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga tayinlash to‘g‘risida; harbiy xizmatga yaroqliligi va muqobil xizmatga chaqirish to‘g‘risida; salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi to‘g‘risida; harbiy xizmatga chaqirilish muddatini belgilangan tartibda kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod qilish to‘g‘risida; salomatligiga ko‘ra tinchlik davridagi harbiy xizmatga yaroqsizligi, urush davrida harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqliligi va zaxiraga o‘tkazish to‘g‘risida; harbiy xizmatga yaroqsiz deb topib, harbiy hisobdan chiqarish to‘g‘risida. Chaqiruv komissiyasi o‘z qarorlarini bayonnomalar kitobida rasmiylashtirib boradi. Bayonnomalar hamda chaqiriluvchilarning yig‘ma jildlaridagi hisobga olish kartasi chaqiruv komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyasi chaqiruv tadbirlari tugagandan so‘ng 5 kun muddatda fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish, muqobil xizmatga chaqirish, chaqiruv muddatini kechiktirish, chaqiruvdan ozod etish, muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni tantanali vaziyatda kutib olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yakunlari to‘g‘risida axborot tayyorlab, tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, ular esa o‘z navbatida ushbu axborotni 10 kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar. 14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari raislarining majburiyatlari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruvni o‘tkazish va muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilingandan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklarining tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlashga kiritish; tegishli ravishda yig‘in va chaqiruv punktlarini chaqiruv tadbirlarini o‘tkazishga tayyorlash; chaqiruv komissiyalari a’zolarining uslubiy tayyorgarligini tashkil etish, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va tasdiqlash; chaqiruv komissiyasi faoliyatini boshqarish va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etish; chaqiruv komissiyasining muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish va O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylarida tantanali vaziyatda kutib olish bo‘yicha faoliyatini tashkil etish; fuqarolarning murojaatlari, ariza va shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish. 15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyasi raislari tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari raislarining faoliyatini muvofiqlashtiradilar. 16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari raislarining o‘rinbosarlari — mudofaa ishlari boshqarmasi (bo‘limi) boshliqlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha vakillari bilan hamkorlikda mudofaa ishlari boshqarmasida chaqiriluvchilar tanlovini tashkil etish; chaqiruv komissiyasi ishida va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etish; tegishli ravishda yig‘in va chaqiruv punktlari ishini tashkil etish, chaqiruv komissiyasi a’zolariga amaliy yordam ko‘rsatish; muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni joylarda kutib olish tadbirlari ijrosini nazorat qilish; chaqiriluvchilarning yig‘in va chaqiruv punktlariga o‘z vaqtida yetib kelishlarini nazorat qilish, shuningdek, ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari organlariga olib borish chora-tadbirlarini ko‘rish; harbiy xizmatchilarning salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan qaytarilgan har bir holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy organlari bilan hamkorlikda xizmat tekshiruvi o‘tkazish; muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilingan, muddatli va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida tushuntirish ishlarini tashkil etish; chaqiruv yoshiga yetgan har bir shaxsning, u haqiqatan ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini, oilasidagi moddiy ahvolini, salomatligini, sudlangan-sudlanmaganligini, shu jumladan ichki ishlar organlari tomonidan yuritiladigan profilaktik hisobga kiritilgan-kiritilmaganligini aniqlash ishlarini tashkil etish; amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) hokimliklari rahbariyatiga belgilangan tartibda axborot berib borish; muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni joylarda tantanali vaziyatda kutib olish, ularni ishga joylashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotnoma tayyorlash. 17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari raislarining o‘rinbosarlari tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari raislari o‘rinbosarlarining ish faoliyatini muvofiqlashtiradilar. 18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, viloyatlar, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari va tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari — chaqiruv komissiyasi a’zolarining majburiyatlari quyidagilardan iborat: har bir chaqiriluvchi va chaqiruv yoshiga yetgan har bir shaxsni, u haqiqatan ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini, sudlangan-sudlanmaganligini, ichki ishlar organlari tomonidan yuritiladigan profilaktik hisobga kiritilgan-kiritilmaganligini aniqlash; muqaddam sudlangan, ichki ishlar organlari tomonidan yuritiladigan profilaktik hisobga kiritilgan, tergovga qadar tekshiruv surishtiruv va dastlabki tergov olib borilayotgan ishga daxldor chaqiriluvchilar ro‘yxatini mudofaa ishlari organlariga taqdim etish; chaqiruv komissiyasi ishida va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etish; umumiy harbiy majburiyatdan bo‘yin tovlayotgan chaqiriluvchilarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari organlariga olib borishni ta’minlash; tegishli ravishda yig‘in va chaqiruv punktlarida, shu jumladan muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga jo‘natish joylarida (temir yo‘l stansiyalari, vokzallar va aeroportlarda) jamoat tartibi saqlanishini ta’minlash; yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga jo‘natish joylariga (temir yo‘l stansiyalari, vokzallar va aeroportlarga) olib boradigan yo‘nalishlarni oldindan aniqlashni, ajratilgan avtotransport vositalarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazishni, haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya etish borasida yo‘l-yo‘riq berishni, texnik jihatdan nosoz avtotransport vositalaridan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishni va chaqiriluvchilar tashilayotgan avtomobillarning patrul xizmati avtomobillari kuzatuvida harakatlanishini ta’minlash; muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatishni, O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni joylarda tantanali vaziyatda kutib olishni tashkil etishga ko‘maklashish. 19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, viloyatlar, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari o‘rinbosarlarining ish faoliyatini muvofiqlashtiradilar. 20. Respublika “Mahalla” xayriya, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman bo‘limlari (bo‘linmalari), xotin-qizlar qo‘mitalari vakillari — chaqiruv komissiyasi a’zolari: fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirishdan ozod etish ishlarining oshkoralik va xolislik asosida o‘tkazilishi yuzasidan samarali jamoat nazoratini ta’minlaydilar; chaqiruv komissiyasi ishida va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etadilar; chaqiriluvchilarning chaqiruv komissiyalariga o‘z vaqtida yetib kelishlarini ta’minlash ishlariga ko‘maklashadilar; chaqiriluvchilarning urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlarini tashkil etadilar va o‘tkazadilar; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilinayotgan chaqiriluvchilarning oilaviy va moddiy ahvolini o‘rganish, ushbu ishlar natijalarini mudofaa ishlari bo‘limiga taqdim etish va chaqiriluvchilarga mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan xolisona tavsifnoma berish ishlarini tashkil etadilar; muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan muddatli harbiy xizmatchilarni joylarda tantanali vaziyatda kutib olish tadbirlarida ishtirok etadilar. 21. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘limi vakillari — chaqiruv komissiyasi a’zolari: fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirishdan ozod etish ishlarining oshkoralik va xolislik asosida o‘tkazilishi yuzasidan samarali jamoat nazoratini ta’minlaydilar; chaqiruv komissiyasi ishida va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etadilar; muddatli harbiy xizmatni namunali o‘tagan harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan beriladigan tavsiyanomalar va boshqa imtiyozlar to‘g‘risida chaqiriluvchilar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradilar; mudofaa ishlari bo‘limi hamda chaqiruv punktini chaqiriluvchilarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish hamda vatanparvarlik, mamlakat taqdiri uchun mas’ullik hissini oshirishga yo‘naltirilgan ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari bilan ta’minlashga yordam beradilar; harbiy-sport musobaqalarining viloyat va respublika bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan chaqiriluvchilarga o‘zlari istagan qo‘shin turida xizmatni o‘tashi uchun (ularning ijtimoiy-siyosiy va jismoniy tayyorgarliklari ushbu qo‘shin turi uchun belgilangan talablarga javob berishi sharti bilan) yuborilishiga tavsiyanoma beradilar; muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilarni tantanali vaziyatda kuzatish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan muddatli harbiy xizmatchilarni joylarda tantanali vaziyatda kutib olish tadbirlarida ishtirok etadilar. 22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha vakillari — chaqiruv komissiyasi a’zolarining vazifalari quyidagilardan iborat: chaqiruv komissiyasini chaqiriluvchilarning bilim saviyasini aniqlash bo‘yicha test materiallari bilan ta’minlash; chaqiriluvchilarning bilim saviyasini aniqlash bo‘yicha test sinovlarini belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish, natijalarini chaqiruv komissiyalariga o‘z vaqtida yetkazish; chaqiruv komissiyasi ishida va komissiya tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishida shaxsan ishtirok etish. 23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining katta shifokorlari — chaqiruv komissiyasi a’zolarining vazifalari quyidagilardan iborat: chaqiruv komissiyasi faoliyati boshlangunga qadar shifokorlar xonalarini sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini, ularda zarur tibbiy asbob-uskuna, anjom va dori-darmonlar mavjudligini va ularning yaroqliligini tekshirish; chaqiruv komissiyasiga chaqiriluvchilarning tibbiy hujjatlarini, jumladan, ruhiy-asab, sil kasalliklari, narkologik va teri-tanosil kasalliklar dispansyerlari, OITS markazlari, sanitariya-epidemiologiya stansiyalari va shu kabi boshqa davolash muassasalari hisobida turgan chaqiruv yoshidagi shaxslarning ro‘yxati, kasallik tarixidan ko‘chirmalarini o‘z vaqtida taqdim etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ–4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan sifatli o‘tkazish; chaqiriluvchilarning hisob kartochkalarida shifokor-mutaxassislar tomonidan qayd etilgan yozuv va xulosalarning to‘g‘riligini tekshirish, chaqiriluvchining harbiy xizmatga, xususan, muayyan qo‘shin turidagi harbiy xizmatga yaroqliligi, davolanish uchun chaqiruv muddatini kechiktirish yoki qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish zarurligi yuzasidan qaror qabul qilish; chaqiruv komissiyasi raisining o‘rinbosari bilan birgalikda chaqiriluvchilarni o‘z vaqtida qo‘shimcha tibbiy ko‘rik va davolanishga jo‘natish, ularning qo‘shimcha tibbiy ko‘rik va davolanishdan so‘ng kechikmasdan qaytib kelishini nazorat qilish; chaqiruv komissiyasi raisiga chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarida aniqlangan barcha kamchiliklar haqida axborot berish, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish; tibbiy ko‘rikning talab darajasida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ilgari o‘tkazilgan chaqiruv tadbirlari jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar tahlili asosida tibbiy komissiyaning shifokor-mutaxassislari bilan o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkazish; harbiy xizmatchilarning salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan qaytarilgan har bir holat yuzasidan mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda xolisona xizmat tekshiruvi o‘tkazish; chaqiriluvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va chaqiruv komissiyasiga taqdim etish; chaqiruv komissiyasi faoliyati yakuni bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash, tegishli ravishda kiritish, umumlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, Mudofaa vazirliklariga taqdim etish. 24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalarining katta shifokorlari tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining katta shifokorlari faoliyatini muvofiqlashtiradilar. 25. Chaqiruv komissiyalari kotiblarining vazifalari quyidagilardan iborat: tibbiy tekshiruv va kasalliklar tashxisi hamda chaqiriluvchilarning sog‘lig‘i bo‘yicha shikoyatlari asosida shifokor-mutaxassislarning xulosalarini chaqiruv komissiyasining bayonnomalari kitobiga kiritish; chaqiruv komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni chaqiruv komissiyasining bayonnomalari kitobida o‘z vaqtida, to‘g‘ri rasmiylashtirib borish; kasalliklar tashxisi tasdiqlanmagan, shuningdek boshqa sabablarga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar yig‘in punktidan tuman mudofaa ishlari bo‘limiga qaytarilgan chaqiriluvchilarning hisobini yuritish; chaqiruv komissiyasining bayonnomalari kitobida komissiyaning kundalik ish faoliyatiga yakun yasab, olib borilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlash. 26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalarining kotiblari tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari kotiblari faoliyatini muvofiqlashtiradilar. 27. Chaqiruv tadbirlariga jalb etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari a’zolarining doimiy ish joyi lavozimi va o‘rtacha ish haqi ular mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni bajarayotgan butun davr mobaynida saqlanib qoladi. 28. Mazkur Nizom talablarini buzgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 29. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlari yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
189
25,043
Qonunchilik
Oʻzbekiston uchta хalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi
Bular XMTning 144-sonli Konvensiyasi, MDH ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya va Havo hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston–Rossiya hukumatlararo bitimidir.  1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya (Minsk, 26.05.1995 y.) – 4.03.2019 yildagi OʻRQ–523-son Qonun bilan ratifikatsiya qilindi. Parlamentlararo Assambleya MDH ishtirokchi davlatlarining parlament delegatsiyalaridan tarkib topgan. Uning tuzilmasida Assambleya Kengashi va uning Kotibiyati, doimiy va muvaqqat komissiyalar hamda boshqa yordamchi organlar faoliyat yuritadi. Ushbu organning asosiy vazifalari – davlatlararo hamkorlik masalalarini muhokama qilish, huquqiy aхborot ayirboshlashda koʻmaklashish, namunaviy (modelli) qonun hujjatlarini qabul qilish va ishtirokchi mamlakatlarning milliy qonunchiligini хalqaro hujjatlarga muvofiqlashtirish. Qoʻshimcha shartga binoan, mamlakatimiz Parlamentlararo Assambleya faoliyatini moliyalashtirish uchun unda oʻz vakillarini ta’minlash uchun zarur boʻlgan hajmlarda mablagʻ ajratadi. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi havo hududidan foydalanishi toʻgʻrisidagi Bitim (Toshkent, 12.10.2018 y.) – 4.03.2019 yildagi OʻRQ–524-son Qonun bilan ratifikatsiya qilindi. Hujjatda yoʻllovchi davlatning harbiy havo kemalari qoʻnmay turib parvoz qilganda, ya’ni qabul qiluvchi davlat hududidan tashqarida boshlanadigan va tugaydigan, uning hududida qoʻnmay turib havo hududida uchganda qabul qiluvchi davlatning havo hududidan foydalanish tartibi belgilangan. 3. Xalqaro mehnat tashkilotining хalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 21.06.1976 y.) – 4.03.2019 yildagi OʻRQ–525-son Qonun bilan ratifikatsiya qilindi.  Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan tartib-taomillardan maqsad – quyidagilar yuzasidan konsultatsiyalar oʻtkazish: Sanab oʻtilgan masalalar muayyan vaqt oraligʻidan soʻng, yilida kamida 1 marta muhokama qilinishi kerak. Qonunlar «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 5.03.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
57
2,332
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 24-modda) 6-bandining birinchi xatboshidagi “Soliqqa oid jinoyatlarga” so‘zlari “Bosh prokuratura huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshidagi va 8-bandidagi “Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga” so‘zlari “Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalashni bekor qilish hamda iste’mol tovarlarini olib kelish va O‘zbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi 295-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 47-modda, 12-son, 75-modda) 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “Prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga” so‘zlari “Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
92
1,533
Qonunchilik
“Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
224
451
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 11-apreldagi PF–1096-sonli Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 11-apreldagi PF-1096-sonli Farmonining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin. “4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarga eksport kontraktlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim”. 2. Mazkur Farmon 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi. 3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
221
1,112
Qonunchilik
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI JO‘QORG‘I KENGESINING QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING BO‘ZATOV TUMAN MA’MURIY-HUDUDIY TUZILMASINI TUGATISh TO‘G‘RISIDAGI TAKLIFI HAQIDA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tuman ma’muriy-hududiy tuzilmasini tugatish to‘g‘risidagi taklifini ko‘rib chiqib va “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi: 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanini alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatib, mazkur tuman egallab kelgan hududlarning Chimboy va Kegeyli tumanlari tarkibiga qo‘shib yuborilishiga rozilik berilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi muhokamasiga kiritilsin.
167
825
Qonunchilik
Koʻchma doriхonalar soni koʻpaymoqda
Sogʻliqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga koʻra, bugungi kunga qadar maхsus jihozlangan 14 ta “ISUZU” modelidagi izotermik avtofurgonlarda va 100 ta DAMAS” avtomobillarida koʻchma doriхonalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi. Ular ishining samaradorligi tahlilining koʻrsatishicha, 2016 yilda aholiga jami 7,6 milliard soʻmlik savdo хizmatlari koʻrsatilgan. Uzoq hududlardagi aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida koʻchma doriхonalarning sonini yanada oshirish maqsadga muvofiq deb topildi.
36
498
Qonunchilik
Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida aholining sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan odamning immunitet tanqisligi virusi (keyingi o‘rinlarda OIV-infeksiyasi deb yuritiladi) keltirib chiqaradigan kasallik profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash sohasida ijobiy natijalarga erishildi. Mazkur yo‘nalishda kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi epidemik vaziyatning barqarorlashishiga ko‘maklashdi. Shu bilan birga, o‘rganishlar OIV-infeksiyasi tarqalishiga samarali qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilishga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda, xususan: birinchidan, shifoxona ichki infeksiyalari bilan kasallanish pasayganligiga qaramay, davolash-profilaktika muassasalarida qon orqali yuqadigan infeksiyalarning profilaktikasida kamchiliklar mavjud; ikkinchidan, davolash-profilaktika muassasalarini, ayniqsa, sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inini tibbiy asboblar va sarflash materiallari bilan o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash borasida zarur choralar ko‘rilmayapti; uchinchidan, joylarda, ayniqsa, uzoq tumanlarda tibbiyot muassasalarini elektr energiyasi va toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlashda muammolar saqlanib qolmoqda, bu esa tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish sifatiga va amalga oshiriladigan davolash-profilaktika muolajalarining xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda; to‘rtinchidan, davolash-profilaktika muassasalari sterilizatsiya bo‘linmalarining zarur uskuna va inventarlar bilan jihozlanganlik darajasi talabga javob bermaydi, sterilizatsiya tadbirlarini tashkil etish uslublariga zamonaviy yondashuv mavjud emas; beshinchidan, respublika mintaqalarida OIVni yuqtirib olgan shaxslar statsionar davolash bilan yetarli darajada qamrab olinmasdan qolmoqda, OITSga qarshi kurashish mintaqaviy markazlari va OIV-infeksiyasi diagnostikasi bo‘yicha tumanlararo laboratoriyalarning zaif moddiy-texnika bazasi amalga oshirilayotgan ishlar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. OIV-infeksiyasini o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, ularni statsionarda davolash ko‘lamini kengaytirish, shifoxona ichki infeksiyalari bilan kasallanish holatlarini kamaytirish maqsadida: 1. Quyidagilar OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada takomillashtirish va kengaytirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: qon orqali yuqadigan infeksiyalarni profilaktika qilish sohasidagi davolash-profilaktika muassasalarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; epidemiologik nazoratni, respublikada OIV-infeksiyasi tarqalishi va shifoxona ichki infeksiyalarining profilaktikasi nazorat qilinishini kuchaytirish; tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish funksiyalarini xususiy tuzilmalarga berish orqali davlat tibbiyot muassasalarida davlat-xususiy sheriklikni bosqichma-bosqich joriy etish; davolash-profilaktika muassasalarini test-tizimlar va retrovirusga qarshi preparatlar bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek, respublikada OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini bosqichma-bosqich ko‘paytirish; OIV-infeksiyasini davolash va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilishda fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan innovatsion yondashuvlarni keng qo‘llash; OIVni yuqtirib olgan shaxslarni kompleks tibbiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish; OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bo‘yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy bilimlari darajasini oshirish; davlat tibbiyot muassasalarining OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bilan shug‘ullanuvchi tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish; OITSga qarshi kurashish markazlari va OIV-infeksiyasi diagnostikasi bo‘yicha tumanlararo laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash; xorijiy sohaviy muassasalar bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni yanada rivojlantirish. 2. OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks qo‘shimcha chora-tadbirlar (keyingi o‘rinlarda — Kompleks chora-tadbirlar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha vazirliklar, idoralar, hokimliklar va boshqa tashkilotlarning faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini hamda ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlasin hamda bajarilgan ishlar to‘g‘risida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin. 3. Belgilansinki, Kompleks chora-tadbirlarda ko‘rsatilgan muassasalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: a) Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda dastlabki bosqichda sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida tajriba loyihalarini joriy etishni, keyinchalik ijobiy tajribani respublikaning barcha mintaqalariga tarqatishni nazarda tutgan holda, tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish sohasida davlat-xususiy sheriklikni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; b) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda davolash-profilaktika muassasalari, jumladan sterilizatsiya bo‘linmalari va operatsiya bloklarining suv, gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanganligi holatini o‘rganib chiqsin hamda rivojlanish davlat dasturlariga birinchi navbatda ularni kiritish yuzasidan har bir hudud kesimida takliflar tayyorlasin; v) Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika hududlarida OIVni yuqtirib olgan shaxslarning statsionar davolash bilan qamrab olinishini kengaytirishga hamda davolash-profilaktika muassasalarini ko‘p marta va bir marta ishlatiladigan tibbiy asboblar, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rsin; g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tegishli hududda va umuman respublika bo‘yicha OIV-infeksiyasi va shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishi profilaktikasining holatini doimiy ravishda kompleks baholashni ta’minlasin, ularning holati yomonlashishiga munosabat bildirish yuzasidan aniq tadbirlarni ishlab chiqsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda jazoni ijro etish muassasalarida, shuningdek, ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida epidemiologik nazorat hamda OIV-infeksiyasi va shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishi ustidan nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda OIVni yuqtirib olgan shaxslarni ijtimoiy, huquqiy, ma’naviy va tibbiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida, ayniqsa, OIV-infeksiyasi tarqalishi masalalari bo‘yicha keng tushuntirish va tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish, jamiyatda oila va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash ishlarini kuchaytirsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mavzuga oid maqolalar, turkum teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tashkil etish orqali aholi o‘rtasida OIV-infeksiyasiga qarshi kurashishning dolzarb masalalari muntazam va keng yoritilishini ta’minlasin. 8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
200
9,698
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiya
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan qoidalarni amalga oshirish yuzasidan 2011-yilga va keyingi yillarga mo‘ljallangan harakat dasturi” tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. Ushbu Dastur bajarilishi borishining monitoringini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 30-noyabrdagi 220-II-sonli qarori bilan tashkil etilgan ishchi guruhi zimmasiga yuklatilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Dasturning maqsadi O‘zbekistonning milliy davlatchiligini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beruvchi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ni amalga oshirish yuzasidan qonunchilik, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasi O‘zbekistonning milliy davlatchiligini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradi. Konsepsiyada davlat hokimiyati asoslari, mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy jihatdan qayta qurish sohasidagi keng ko‘lamli va tub islohotlar ilgari surilgan hamda har tomonlama asoslab berilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish jamiyat, davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasidagi asosiy maqsadlarimizga erishishga – O‘zbekistonning jahondagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishiga, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishi lozim. Dastur Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlarini hisobga olgan holda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan demokratik o‘zgarishlarni, liberal islohotlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining muayyan ijtimoiy qatlamlari manfaatlarini ifodalovchi har bir partiyaning dasturiy g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi. Dasturda demokratik va huquqiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilanadi. I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Konstitutsiyaga davlat tuzilishi va boshqaruvi tizimini yaratishga qaratilgan, davlat hokimiyatining uchta subyekti: Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o‘rtasida vakolatlarni taqsimlashning prinsipial jihatdan yangi, eng oliy demokratik prinsiplarga mos keladigan huquqiy mexanizmiga asoslangan bir qator jiddiy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutiladi. Asosiy Qonunimiz 98-moddasining yangi tahririda mustahkamlab qo‘yilishi bilan konstitutsiyaviy tartibga muvofiq Bosh vazir nomzodi parlament saylovida g‘alaba qozongan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha partiya tomonidan ko‘rsatilishi natijasida ijro etuvchi hokimiyatni shakllantirish va uning faoliyat ko‘rsatish tizimi prinsipial jihatdan o‘zgaradi. Bu o‘rinda fuqarolik jamiyatining eng muhim instituti bo‘lgan siyosiy partiyalar hal qiluvchi rol o‘ynay boshlaydi, Konstitutsiyada nazarda tutilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xalq hokimiyatining konstitutsiyaviy mexanizmlari ro‘yobga chiqadi. Oliy Majlis tomonidan Bosh vazirga ishonchsizlik votumi bildirish parlament institutining joriy etilishi, hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan parlament oldida muntazam hisobot berishi (Konstitutsiyaning 78-moddasiga o‘zgartish), shuningdek Prezidentning Hisob palatasi Raisini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash huquqi (Konstitutsiyaning 93-moddasi) parlamentning davlat hokimiyatini tashkil etish tizimidagi roli va o‘rnini ma’lum darajada kuchaytiradi, qonun chiqaruvchi hokimiyatning vakolatlari va nazorat qilish sohasidagi vazifalari kengayadi, mamlakatimiz oliy qonunchilik organi amalga oshiradigan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlarining sifatiga nisbatan talab oshadi. Davlat boshlig‘ining mana shu va bir qator boshqa konstitutsiyaviy tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish huquqiy davlatning juda muhim prinsipi sifatida hokimiyatlarni taqsimlash konstitutsiyaviy prinsipini izchil amalga oshirish, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini takomillashtirish, parlament palatalari faoliyatining va ular yangi demokratik sharoitlarda ijro etuvchi hokimiyat bilan o‘zaro hamkorlikda harakat qilishining samarali mexanizmlarini yaratish maqsadini ko‘zlaydi. II. Sud-huquq tizimini isloh etish. Inson huquqlari va manfaatlarini sud orqali himoya qilishni va sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda. Xususan, jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga kiritish taklif etilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarga muvofiq jinoiy ishlarni sudga qadar yurituv bosqichida dastlabki tergov organlarining faoliyati ustidan sud nazorati kuchaytiriladi. Lavozimdan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralari uchun sanksiyalar berish vakolatlari prokuraturadan olinib, qo‘shimcha ravishda sudga o‘tkaziladi. Jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish huquqini sud vakolatlaridan chiqarish va birinchi instansiya sudida ish bo‘yicha ayblov xulosasini o‘qib eshittirish majburiyatini faqat prokuror zimmasiga yuklash sudning mustaqilligini mustahkamlashga, jinoyat ishlarining ko‘rib chiqilishi vaqtida xolislik, beg‘arazlik va adolatni, jinoyat protsessida tortishuv prinsipini ta’minlashga qaratilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning inson huquqlari va erkinliklarini qo‘llab-quvvatlash hamda himoya qilishga, jinoyatchilikka qarshi kurashga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatida qonun ustuvorligini, qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qonunchilikka doir chora-tadbirlar qabul qilinadi. Bu o‘rinda “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish haqidagi taklif juda muhim ahamiyat kasb etadi, u inson huquqlarini himoya qilishning yuridik kafolatlarini kuchaytirishga, jinoyatlarga qarshi kurash, ularning oldini olish va bartaraf etish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi. Xuddi mana shu maqsadlarda Konsepsiyadan davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan prokuratura organlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda, qonun ustuvorligini ta’minlashda Adliya vazirligining rolini kuchaytirishga qaratilgan takliflar o‘rin olgan. Mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturini yaratish to‘g‘risidagi taklif juda muhim ahamiyatga egadir. Konsepsiyaning sud-huquq tizimini isloh qilishga doir qismidagi takliflarni ro‘yobga chiqarish huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini saqlashning yuridik mexanizmlarini yaratishga, davlat hokimiyati organlari ustidan keng jamoatchilik va fuqarolar nazoratini ta’minlashga qaratilgan. III. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash. Ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirishga, so‘z erkinligini, o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiq-oydinligini ta’minlashga qaratilgan to‘rtta yangi qonun qabul qilish va amal qilib turgan bir qator qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritilmoqda. Fuqarolarning ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati bilan bog‘liq axborotlardan keng xabardor bo‘lishini ta’minlovchi samarali huquqiy mexanizmlar yaratishga qaratilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”gi va “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi katta ahamiyatga molikdir. Konsepsiyaga muvofiq axborot sohasida nodavlat sektorini rivojlantirish bo‘yicha tizimli va bosqichma-bosqich faoliyat davom ettiriladi. Ko‘rilayotgan qonunchilikka doir chora-tadbirlar media bozorida, xususan, radiochastota spektriga kirish, media mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularni tarqatish bo‘yicha davlat buyurtmalari olish sohalarida halol raqobatni rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratib beradi. OAV sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish, OAVning iqtisodiy mustaqilligini, boshqaruv va o‘zini o‘zi tashkil etishining demokratik shakllarini ta’minlash jamiyatni o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli tarzda xabardor qilishning zarur sharti sifatida ommaviy axborot vositalari mustaqil faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishining asosiga aylanadi, O‘zbekiston Respublikasi jahondagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishi uchun axborot-kommunikatsiya negizini yaratadi, mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati izchil ravishda shakllantirilishiga ko‘maklashadi. IV. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish. Davlat tuzilishi sohasida demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish vazifasi partiyalar o‘rtasidagi kurash va raqobatni, eng avvalo, mamlakat parlamentiga saylovlar, hokimiyat vakillik organlarini shakllantirish vaqtidagi kurash va raqobatni ancha kuchaytirishni taqozo qiladi. Bundan tashqari, avvalgi saylovlarni o‘tkazish vaqtida to‘plangan tajriba saylov tizimini yanada demokratlashtirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini talab etadi. Shu munosabat bilan saylov jarayonining juda muhim bosqichi – saylovoldi tashviqotini tashkil etishning huquqiy mexanizmlarini yanada demokratlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslari alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday mexanizmlarni ro‘yobga chiqarish bu sohadagi turli suiiste’molliklar va qoidabuzarliklarning oldini olish imkonini beradi va saylovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish chog‘ida demokratik muhit yaratilishiga, fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish kabi o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini moneliksiz amalga oshirishlariga, mamlakatda xalq hokimiyatini mustahkamlashga ko‘maklashadi. V. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish. Nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davlat tuzilmalari o‘zaro hamkorlikda harakat qilishining samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratishga, davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonunlarni, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning juda muhim dasturlarini so‘zsiz ijro etish bo‘yicha faoliyati ustidan fuqarolik institutlari nazorati, jamoatchilik nazorati tizimini yaratishga qaratilgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi nazarda tutilgan. Davlat boshlig‘ining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarni takomillashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini yangi tahrirda qabul qilishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarida fuqarolarning ijtimoiy faolligini ta’minlashda mahallaning rolini yanada oshirish, mahallani aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning markaziga aylantirish, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab beriladi, bu sohadagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslar javobgarligining yuzaga kelishi shartlari nazarda tutiladi. Mana shu takliflarning amalga oshirilishi, shuningdek jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga, aholining siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan Inson huquqlari sohasidagi milliy harakat dasturining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yuzasidan oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishishning, O‘zbekiston jahondagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin olishining hal qiluvchi omiliga aylanadi. VI. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish. Iqtisodiyotda demokratik bozor islohotlarini va liberallashtirishni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-qoidalari to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Raqobat to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish nazarda tutilmoqda. Bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilishga, qonun asoslarini shakllantirish vositasida xususiy banklar hamda xususiy mulkka asoslangan lizing, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliya tashkilotlari kabi moliya institutlarini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Ko‘rsatib o‘tilgan asosiy qonunlarni bundan buyon ham takomillashtirib borish maqsadida erkin bozor iqtisodiyoti yo‘lidan yanada ilgarilashga ko‘maklashadigan “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to‘g‘risida”gi, “Garov reyestri to‘g‘risida”gi, “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi, “Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor o‘zgarishlarining mantiqi va sur’atlari taqozo etayotgan boshqa yangi qonunlar qabul qilish taklif qilinmoqda. Umuman olganda, Konsepsiyada taklif etilgan davlat hokimiyatini tashkil etish, ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan isloh etish mustaqillikka erishilgan kundan boshlab O‘zbekistonda amalga oshirib kelinayotgan demokratik o‘zgarishlarning va milliy davlatni barpo etish negizidagi juda muhim, bazaviy prinsip — bosqichma-bosqich tadrijiy rivojlanish prinsipining mantiqiy davomidir. Mazkur prinsip Konsepsiyada bayon etilgan islohotlarning barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi.
250
14,631
Qonunchilik
NHHlar loyihalari lingvistik ekspertizadan qanday oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 28.10.2021 yildagi 662-son qarori bilan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. NNH loyihasining lingvistik ekspertizasi uni ishlab chiquvchi yoki jalb qilingan ekspertlar tomonidan matnning davlat tili qoidalariga muvofiqligini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi. Nizom quyidagilarni nazarda tutadi: 2023 yil 1 yanvardan boshlab normativ huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik, idoralar bilan kelishishdan oldin lingvistik ekspertizadan oʻtkazilishi lozim. Lingvistik ekspertiza loyihani ishlab chiquvchi tashkilot rahbarining maslahatchisi tomonidan quyidagi talablar asosida oʻtkaziladi: Ekspertizaga jalb qilingan maslahatchi 3 kun yoki shartnomada belgilangan muddat davomida lingvistik ekspertizadan oʻtkazish natijasi boʻyicha loyiha matnida aniqlangan хato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiyalarni koʻrsatgan holda хulosa beradi va loyihani ishlab chiquvchiga taqdim etadi. NHH loyihasida quyidagilarni qoʻllashga  yoʻl qoʻyilmaydi: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.10.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
61
1,177
Qonunchilik
DAVLAT BOJI STAVKALARIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga quyidagi qo‘shimcha kiritilsin: 7-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
56
290
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihalari muhokamasi jarayonining shaffofligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5505-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining 20-bandini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihalari muhokamasi jarayonining shaffofligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari B. Alixanov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining rahbari M. Miralimov zimmasiga yuklatilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
185
953
Qonunchilik
Notariuslar uchun ustamalar miqdori cheklanmagan
Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining “Davlat notarial idoralari va notarial arхivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyхat raqami 2168-2, 2017 yil 3 iyul) qabul qilindi. Kiritilgan oʻzgartirishlarga binoan notarial idoralar tomonidan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar koʻrsatilganligi uchun tushgan mablagʻlar quyidagi хarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi: Ustamalarni tayinlash uchun talablarga tuzatishlar kiritildi. Xodimlarning lavozim maoshlariga har oylik shaхsiy ustama quyidagi mezonlarning biri mavjud boʻlganda belgilanadi: a) notariuslar uchun : b) boshqa хodimlar uchun: Lavozim maoshlariga har oylik ustamalar uchun huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar koʻrsatilganligi uchun tushgan mablagʻlarning 40%i ajratiladi. Ilgari – koʻpi bilan 80%. Eslatib oʻtamiz, tuzatishlar kiritilgunga qadar stajyorga rahbarlik qilishi, хodimga nisbatan tushgan shikoyatlarning soni, qonun hujjatlari buzilishi holatlarining aniqlangan soni ham hisobga olinardi. Ajratilgan mablagʻlarni notarius va unga biriktirilgan хodimlar oʻrtasida taqsimlash notariusning taklifiga koʻra, ish haqiga nisbatan eng yuqori miqdorni oʻrnatmagan holda amalga oshiriladi. Notarial arхivlar хodimlarining lavozim maoshlariga esa ularning lavozim maoshining 75%i miqdorida har oylik shaхsiy ustamalar belgilanadi. Ilgari notariusga eng yuqori 100%li ustama va boshqa хodimlarga 50%li ustamalar toʻgʻrisidagi norma amal qilgan. Lavozim maoshlariga har oylik shaхsiy ustamalar hududiy adliya organlari rahbarlari buyruqlariga muvofiq hisobot oyi yakunlari boʻyicha belgilanadi (ilgari 6 oy yoki 1 yilga belgilanar edi). Xodimlarga har oylik shaхsiy ustamalar quyidagi hollarda belgilanmaydi: Endilikda  хodimlarni, jumladan sobiq хodimlarni  bir martalik mukofotlash va qimmatbaho sovgʻalar bilan  ragʻbatlantirish, shuningdek korrupsiya huquqbuzarliklari faktlari haqidagi хabar uchun ham 1 lavozim maoshi miqdorida amalga oshiriladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Mohina Mirzayeva.
48
2,286
Qonunchilik
Pensiya va nafaqalar haqida SMS orqali хabar beriladi
Xizmatdan foydalanish uchun 10711 raqamiga pensiya guvohnomasida koʻrsatilgan  pensioner yoki ijtimoiy nafaqa oluvchining shaхsiy hisobvaragʻi raqamini (yetti belgili raqam) saqlaydigan SMS-soʻrov  joʻnatish zarur. Pensiya jamgʻarmasi хabarida qayd qilinishicha, mazkur yangilik Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan “Pensiya” avtomatlashtirilgan dasturiy majmuidan foydalanish yoʻli bilan joriy qilindi. Hozirgi vaqtda “Pensiya” DT  Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat pensiyalari, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlari va boshqa toʻlovlarni tayinlash va toʻlash boʻyicha barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Pensiya jamgʻarmasi vakilining qoʻshimcha хabar berishicha – хizmat bepul koʻrsatiladi.
53
796
Qonunchilik
Qattiq maishiy chiqindilar poligonlari yoʻriqnoma boʻyicha quriladi
Hujjatda qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini qurish uchun maydonlarni tanlash, poligonlarning qismlari – kirish yoʻli, qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni, хoʻjalik hududi, sanitariya-muhofaza zonasini loyihalashtirish masalalari batafsil aks ettirilgan. Belgilanishicha, poligon yopilgan va koʻkalamzorlashtirilgandan keyin uning maydonini rekultivatsiya qilishga quyidagi muddatlar oʻtgandan keyin yoʻl qoʻyiladi: koʻp yillik oʻtlar ekilgan, haydalma yerlar, pichanzor, maysazorlar barpo etilganda – kamida 1 yil; daraхtlar, butalar, urugʻidan koʻkartiriladigan koʻchatlar ekilganda – kamida 2 yil. Yoʻriqnoma radioaktiv chiqindilar, biologik chiqindilar, davolash-profilaktika muassasalari chiqindilari, zararli moddalarni atrof-muhitga (atmosferaga) chiqarib tashlash va zararli moddalarni suv ob’yektlariga oqizib yuborish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Hujjat davlat tilida qabul qilingan. Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 18 iyuldagi 28-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
67
1,376
Qonunchilik
“BUXOROTEKS” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATINI YANADA MODERNIZATSIYA QILISh VA TEXNIK QAYTA JIHOZLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
“Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash jarayoniga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida: 1. “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyati kreditorlari yig‘ilishining “S.I.S. Sayilgan Iplik Tekstil Turizm Insaat San. ve Tic A.S.” kompaniyasining Buxoro shahridagi “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyati kompleksi qolgan mulkiy qismini, 1-ilovaga muvofiq, uning negizida paxta tolasini kompleks qayta ishlash bo‘yicha xorijiy korxona barpo etish bilan “SAYILGAN HOLDING” A.S. (Turkiya) Xolding kompaniyasining sho‘ba korxonasiga sotish to‘g‘risidagi qaroriga rozilik berilsin. 2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “SAYILGAN HOLDING” A.S. Xolding kompaniyasi o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oldi: “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mazkur mulkiy kompleksini 10 yil mobaynida umumiy hajmi 16,2 mlrd. so‘m miqdorida 2-ilovadagi jadvalga muvofiq sotib olinishini ta’minlash; 6 yil mobaynida, 3-ilovadagi jadvalga muvofiq, mazkur mulk kompleksi negizida, zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan, yiliga ishlab chiqarish quvvati 32 ming tonna paxta tolasi, 26 ming tonna yigirilgan ip, 12 mln.p.m tayyor mato va 1,2 mln. dona tayyor tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxonani barpo etish orqali 141 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni kiritish; ishlab chiqarilgan mahsulotning 90 foizidan kam bo‘lmaganini eksportga yetkazib berishni amalga oshirish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatini tugatish boshqaruvchisiga “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulk kompleksining qolgan qismini sotishda, xorijiy investorning majburiyatlari va ularni bajarish jadvalini aniq ko‘rsatadigan shartnomani tuzishda ko‘maklashsin; xorijiy investor tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy majburiyatlarni tegishli ravishda bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin. 4. Belgilansinki, “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining mulkiy kompleksini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-fevraldagi PQ-798-sonli Qaroriga muvofiq “DEU Interneyshnl” (Koreya Respublikasi) kompaniyasiga hamda “S.I.S. Sayilgan Iplik Tekstil Turizm Insaat San. ve Tic A.S.” kompaniyasi — “SAYILGAN HOLDING” A.S. (Turkiya) Xolding kompaniyasining sho‘ba korxonasiga sotishdan tushgan mablag‘lar “Buxoroteks” ochiq aksiyadorlik jamiyatining kreditorlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda navbatdagi o‘zaro hisob-kitobni amalga oshirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining maxsus alohida hisob raqamiga o‘tkaziladi. 6. “S.I.S. Sayilgan Iplik Tekstil Turizm Insaat San. ve Tic A.S.” kompaniyasi tomonidan “Buxoroteks” OAJ mulkiy kompleksining qolgan qismi negizida tashkil etiladigan yangi xorijiy korxonaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-3594-sonli Farmoni 1-bandidagi birinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin. 7. “Buxoroteks” OAJ mulkiy kompleksining qolgan qismi negizida yangitdan tashkil etilayotgan xorijiy korxona o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun keltiradigan texnologik uskuna, ehtiyot qismlar, texnik jihoz, butlovchi buyumlar, materiallar, jumladan qurilish va boshqa moddiy resurslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
126
3,786
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yildagi faoliyati “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 11-maydagi SQ-80-IV-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining koronavirus pandemiyasi va uning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha bank tizimiga yuklatilgan vazifalarga oid farmon va qarorlari hamda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida bank tizimi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan. Pul-kredit siyosati inflatsiyaga monetar omillar ta’sirini pasaytirish, bank tizimi likvidligini samarali tartibga solish orqali iqtisodiyotdagi inflatsiya jarayonlari hamda prognozlarning belgilangan me’yorlar darajasida bo‘lishiga yo‘naltirilgan. Narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maqsadlar doirasidan chiqmagan holda Markaziy bank asosiy stavkasining yillik 16 foizdan 14 foizgacha pasaytirilganligi iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlovchi omillardan biri bo‘lgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida inflatsiyaga monetar omillar ta’sirini kamaytirishga hamda inflatsiya darajasini 2019-yildagi 15,2 foizdan 2020-yil yakuni bo‘yicha 11,1 foizgacha pasaytirishga erishilgan. Banklarda kredit va likvidlik xatarlari ortishining oldini olish hamda pandemiyaning aholi va tadbirkorlik subyektlariga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida 26,6 trln so‘mlik kreditlar to‘lov muddatining 2020-yilning 1-oktabriga qadar uzaytirilishi bank tizimi barqarorlik ko‘rsatkichlarini maqbul darajada saqlab qolishga zamin yaratgan. Mazkur kreditlar bo‘yicha to‘lovlar muddati kechiktirib to‘langanda jarima sanksiyalarini (penya) qo‘llamaslik hamda kredit qarzdorligini ta’minotga qaratmaslik, ushbu kreditlar tasnifini yomonroq toifaga o‘zgartirmaslik va ular bo‘yicha qo‘shimcha zaxira shakllantirmaslik yuzasidan zarur shart-sharoitlar yaratilgan. 2020-yilning 1-oktabridan keyin esa, faoliyatini to‘liq tiklab ulgurmagan tadbirkorlik subyektlarining 9,5 trln so‘mlik kredit to‘lovlari muddati yana 3 — 6 oygacha uzaytirilgan. Banklarni transformatsiya qilish doirasida korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, raqamli xizmat turlarini kengaytirish hamda biznes jarayonlarini raqamlashtirish borasida to‘lov tizimining uzluksiz hamda barqaror ishlashini ta’minlash, chakana to‘lov infratuzilmasini yanada rivojlantirishda Markaziy bankning Tezkor to‘lovlar tizimi, to‘lovlarning kontaktsiz amalga oshirishning “QR-online” axborot va NFC tizimlari joriy etilgan. Shu bilan birga, 2021-yilda Markaziy bank oldida o‘z yechimini kutayotgan va alohida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan ayrim vazifalar ham mavjud. Bulardan, nomonetar omillarning, xususan, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari importi konsentratsiyasining yuqoriligi va jahon bozori konyunkturasining o‘zgaruvchanligi, logistika va saqlash infratuzilmasi hamda ichki raqobat muhitining sust rivojlanganligi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishining umumiy inflatsiya darajasidan sezilarli darajada yuqori shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotni faol kreditlashning davom ettirilishi kelgusida banklar tomonidan kapital buferi imkoniyatlaridan ortiqcha kreditlar berilishiga, natijada banklarning moliyaviy mustahkamligi susayishiga olib kelishi mumkin. Banklarda kreditlash manbaini shakllantirishda asosan tashqi manbalarga tayanish bank tizimida dollarlashuv darajasini oshirish bilan bir qatorda ularning tashqi omillarga ta’sirchanligi xavfini ham oshirmoqda. Bank xizmatlari iste’molchilarining bank xizmatlaridan foydalanishlari jarayonida sug‘urta tashkilotini erkin tanlash huquqining tijorat banklari tomonidan ta’minlanmayotganligi holatlari mavjud. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (M. Nurmuratov): Narxlar barqarorligini ta’minlash, narx-navo o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik va pul-kredit siyosati instrumentlarini ushbu maqsadlarga yo‘naltirishda: inflatsiyaga nomonetar omillar ta’sirini pasaytirish va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun har bir omilning yuzaga kelishi sabablarini chuqur tahlil etgan holda ularni bartaraf etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni hukumat, tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borsin; iqtisodiyotga ajratilayotgan kredit qo‘yilmalari o‘sish sur’atining yalpi ichki mahsulot nominal hajmining o‘sish sur’atlari bilan muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rsin; inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish hamda 2023-yilda inflatsiya darajasini 5 foizga tushirish borasidagi ishlarning izchil davom ettirilishini ta’minlasin. Bank tizimi moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida: banklarning xorijiy valyutaga bog‘liqlik darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish maqsadida xorijiy valyutada mablag‘lar jalb qilishda tijorat banklarining ehtiyotkor siyosat yuritishi bo‘yicha choralar ko‘rib borsin; loyihalarni moliyalashtirishda tashabbuskorlarning kamida 30 foiz o‘z mablag‘i bilan ishtirok etishi shartligi to‘g‘risidagi talabga qat’iy rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirsin; kreditlash hajmi banklarning moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda bank kengashlari tomonidan belgilangan yillik biznes-reja parametrlari doirasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida makroprudensial choralarni ko‘rib borsin; banklar tomonidan mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishlari uchun hamda iqtisodiyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarga banklar bardoshliligini oshirish maqsadida ularda bosqichma-bosqich barqaror resurs zaxiralarini shakllantirish ishlarini muntazam nazorat qilsin; banklarning 2020-yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasini banklar kapitalini oshirishga yo‘naltirish orqali ularning kapital buferini maqbul darajada saqlab qolish choralarini ko‘rib borsin. Bank tizimini isloh qilish, banklar faoliyatini bozor tamoyillari asosida tashkil etishni yanada kengaytirish maqsadida: korporativ boshqaruv va risk-menejment tizimini yanada takomillashtirish, banklarning tashkiliy tuzilmasi va biznes modellarini optimallashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirib, natijadorligi, xususan, davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat banklari faoliyat samaradorligi bo‘yicha Senatga axborot kiritib borsin; bank xizmatlari iste’molchilarining bank xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta tashkilotini erkin tanlash huquqining tijorat banklari tomonidan ta’minlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin; tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini davom ettirish orqali “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asakabank” AJ, “Ipoteka-bank” ATIB, AT “Aloqabank”, “Turonbank” ATB va “Qishloq qurilish bank” ATBni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni jadallashtirsin hamda yil davomida kamida bitta yirik bank davlat ulushini to‘liq strategik investorlarga sotish choralarini ko‘rsin; kredit tashkilotlarini litsenziyalash, tartibga solish va prudensial nazorat qilish bo‘yicha xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘mak missiyasini jalb qilgan holda xalqaro tajribani tatbiq etish, Markaziy bankning hisobot tizimini baholash va ilg‘or nazorat qilish mexanizmlarini (SupTech) amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, amalga oshirib borsin; banklar faoliyatini nazorat qilishning prudensial tizimini yanada takomillashtirish hamda bank nazoratida Bazel III (xalqaro) tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish va bunda tavakkalchilikka asoslangan nazorat tizimini qo‘llashni yanada kuchaytirsin. To‘lov tizimining barqarorligini ta’minlash va rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni bank tizimiga keng tatbiq etish maqsadida: xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini 2021-yil 1-sentabrga qadar ishlab chiqsin; to‘lovlarni kontaktsiz amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini QR-kod va NFC texnologiyalari bilan qamrab olishni yil yakuniga qadar 40 foizga yetkazish choralarini ko‘rsin; banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida mijozlarni masofaviy biometrik identifikatsiya qilish tizimini 2021-yil 1-oktabrga qadar amaliyotga joriy etsin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va tijorat banklari bilan hamkorlikda hisob-kitoblar uchun qulay bo‘lgan kontaktsiz to‘lov vositalarining afzalliklari to‘g‘risida aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish hamda to‘lov terminallarining uzluksiz ishlashini monitoring qilib borish orqali ushbu to‘lov vositalarining bozordagi ulushini oshirishning ta’sirchan choralarini ko‘rsin; Qarorning ushbu bandi ijrosi yuzasidan 2022-yil 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga batafsil axborot taqdim etsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: narxlar barqarorligini ta’minlash va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga qaratilgan o‘zaro muvofiqlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritilishiga erishishda tegishli vazirlik va idoralar faoliyatini tizimli muvofiqlashtirib borish; bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun oziq-ovqat xavfsizligi va ta’minoti uzluksizligiga erishish maqsadida zarur choralarni ko‘rish; investitsiya muhitini yaxshilash, raqobatni rivojlantirish va tarkibiy islohotlarni jadallashtirish orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmini oshirish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga har yarim yillik natijalari bilan axborot kiritib borsin. 4. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
157
10,165
Qonunchilik
Sh.Sh. Hamraqulovga O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi diplomatik martabasini berish to‘g‘risida
Shavkat Shodiyevich Hamraqulovga O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda Muxtor Elchisi diplomatik martabasi berilsin.
119
118
Qonunchilik
BUDJET TIZIMI TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun: O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini; O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini; Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini; Davlat budjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini; Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni; Davlat budjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi. Budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: aylanma kassa mablag‘i me’yori — moliya yilida respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdori; budjet jarayoni — Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni; budjet dotatsiyasi — o‘z daromadlari va budjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar yetishmagan taqdirda quyi budjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari; budjetdan mablag‘ ajratish — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat budjetidan budjet tashkilotlariga hamda boshqa budjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari; budjet profitsiti — muayyan davrda budjet daromadlarining budjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi; budjet ssudasi — yuqori budjetdan quyi budjetga yoxud respublika budjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘; budjet subvensiyasi — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari; budjet so‘rovi — budjet tasnifi bo‘yicha tushumlarni shakllantirish va budjetdan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi so‘rov; budjet tashkiloti — zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkiloti; budjet taqchilligi — muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi; budjet transferti — budjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari; Davlat budjeti — davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi; davlat ichki qarzlari — davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi; davlat maqsadli jamg‘armalari — Davlat budjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg‘armalar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag‘ tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi; davlat tashqi qarzi — davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi; davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish — aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi; davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish — aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi; davlat qarzi — davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi; mahalliy budjet — Davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi; moliya yili — birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr; respublika budjeti — Davlat budjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti — Davlat budjetining Qoraqalpog‘iston Respublikasi pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, budjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Budjet tizimi turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, budjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek budjetlar hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. Moliya yiliga mo‘ljallangan barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi. Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi; budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi; turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bog‘liqligi; Davlat budjeti balansliligi; davlat daromadlarini aniq manbalar bo‘yicha va xarajatlarini yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish; Davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘lar doirasida va xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshirish; barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Davlat budjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi; Davlat budjetining ijrosini tashkil etadi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat budjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi; Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig‘iga kiritadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari: tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qiladi, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi; qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar miqdorlarini belgilaydi, mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyozlar beradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etadi hamda ularning ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzadi; budjetga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda budjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi; Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi; respublika budjeti xarajatlarini amalga oshiradi; budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazadi; budjet mablag‘lari oluvchilarning Davlat budjeti mablag‘laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Davlat budjeti: respublika budjetini; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Tumanlarga bo‘linadigan shaharning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti tuman budjetini va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir. Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi. Budjet tasnifi: Davlat budjeti daromadlarining tasnifini; Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifini; Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq ularni turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi. Budjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjeti daromadlari: 1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar; 2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi: 1) budjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida; 2) joriy budjet transfertlari shaklida; 3) kapital xarajatlar shaklida: asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga; chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga; davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga; davlat zaxiralarini vujudga keltirishga; 4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida; 5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida; 6) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida; 7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida; 8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. Davlat budjeti tuzilmasiga kiradigan budjetlar o‘rtasida qaysi budjetlardan yo‘naltirilayotgan bo‘lsa, ular uchun xarajat hisoblanadigan, ayni bir vaqtda qaysi budjetlarga borib tushayotgan bo‘lsa, ular uchun daromad hisoblanadigan mablag‘lar quyidagi shaklda taqsimlanishi mumkin: budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari (tasdiqlangan miqdorlar doirasida); budjet ssudalari va ularning qaytarilishi; ushbu Qonunga va tegishli yil uchun qabul qilingan Davlat budjetiga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa o‘zaro hisob-kitoblar. Davlat budjeti taqchilligi: davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘larni jalb qilish; respublika budjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari; qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Respublika budjeti daromadlari: 1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar; 2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo‘yicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. Respublika budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi: 1) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘i oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida; 2) joriy budjet transfertlari shaklida; 3) kapital xarajatlar shaklida: asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga; chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga; davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga; davlat zaxiralarini vujudga keltirishga; 4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida; 5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari shaklida; 6) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida; 7) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida; 8) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida; 9) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. Respublika budjeti taqchilligi: davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘larni jalb qilish; respublika budjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari; qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari: 1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar; 2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar; 3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; 4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 5) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari; 6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘lar ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi: 1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida; 2) joriy budjet transfertlari shaklida; 3) kapital xarajatlar shaklida: asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga; davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga; 4) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. Davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i; Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi. Davlat maqsadli jamg‘armalarini tuzish, jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat budjeti mablag‘lari turli darajadagi budjetlar o‘rtasida quyidagi yo‘llar bilan qayta taqsimlanadi: yuqori budjetlardan quyi budjetlarga budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari berish; budjet ijrosi jarayonida paydo bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni yuqori budjetdan quyi budjetga, shuningdek quyi budjetdan yuqori budjetga yo‘naltirish; budjet ssudalari ajratish. Respublika budjetidan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga qabul qilingan Davlat budjeti doirasida ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari tumanlar va shaharlar budjetlariga tegishli qabul qilingan budjetlar doirasida ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan vaqtinchalik uzilish aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga, yuqori budjetlardan beriladigan budjet ssudalari, foydalanilmagan budjet mablag‘lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi budjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika budjetiga o‘tkazishi mumkin. Respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo‘ysunadigan budjet tashkilotlari bo‘yicha); 2) ijtimoiy ta’minot; 3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash; 4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash; 5) davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash; 6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish; 7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash; 8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo‘ysunadigan budjet tashkilotlarini saqlash; 9) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; 10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish; 11) qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash; 12) gidrometeorologiya, do‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari; 13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi: 1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha); 2) ijtimoiy ta’minot; 3) aholini ijtimoiy himoya qilish; 4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash; 5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjet tashkilotlarini saqlash; 6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; 7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga ega bo‘lishi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar taqchilligiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va ijro etishda: 1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg‘armalar tashkil etishga; 2) mablag‘ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno); 3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘dan ortiqroq mablag‘ sarflashga (ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno); 4) budjet mablag‘lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga; 5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga ta’mirlash-tiklash ishlari uchun budjet ssudalarini berish hollari bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga: tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga; budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga buyurtmalar tuzish uchun — respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilarga budjet so‘rovi yuboradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari budjet so‘rovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli budjetlar loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida: tegishli budjetlar loyihalarini tayyorlashi uchun — tuman va shahar hokimlariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan budjet mablag‘lari olishga buyurtmalar tuzish uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilarga budjet so‘rovlari yuboradi. Viloyatga bo‘ysunadigan shaharlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hamda shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hokimlari budjet so‘rovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli budjetlar loyihalarini tuzish, bu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Tuman va shahar hokimliklarining moliya organlari ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tumanlar va shaharlarning budjetlaridan budjet mablag‘lari olish uchun asoslangan buyurtmalar tuzish uchun — shu tuman va shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilarga budjet so‘rovlari yuboradi. Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar olish uchun beriladigan buyurtma shakli va uni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Kelgusi moliya yiliga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar olishga buyurtmalar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan — joriy yilning birinchi iyunidan kechiktirmay tegishli moliya organlariga; respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan — joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Kelgusi moliya yiliga tegishli budjetlar loyihalari: tumanlar va shaharlar hokimliklari moliya organlari tomonidan — mahalliy hokimiyat vakillik organlari belgilagan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning yigirma beshinchi iyunidan kechiktirmay yuqori moliya organlariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi, uni joriy yilning o‘n beshinchi sentyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi hamda Davlat budjeti loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga joriy yilning birinchi oktyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti loyihasini budjet mablag‘lari oluvchilar taqdim etgan buyurtmalarga va Davlat budjetining tuzilmasiga kiruvchi budjetlar loyihalariga muvofiq tayyorlaydi. Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasi: 1) budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladigan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini; 2) umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga ajratmalar normativlari, shuningdek mazkur budjetlarning daromadlari, shu jumladan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari hamda xarajatlari miqdorlarini; 3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining aylanma kassa mablag‘i me’yori miqdorlarini; 4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari zaxira jamg‘armalarining nazarda tutilmagan xarajatlarni qoplashga tegishli budjet mablag‘lari yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan doiradagi miqdorlarini; 5) Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni moliyalashtirish manbalarini; 6) davlat ichki va tashqi qarzlarining, davlat tomonidan beriladigan kreditlar hamda kafolatli jamg‘armaning eng yuqori miqdorlarini o‘z ichiga oladi. Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni o‘z ichiga olgan budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi: 1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi; 2) o‘tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi; 3) kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda asos bo‘lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari; 4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlari loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan; 5) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlariga sharhlar; 6) davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo‘yicha xarajatlar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 7) kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan. Budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning o‘n beshinchi oktyabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi. Davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi. Davlat budjetiga muvofiq: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar budjetlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar budjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan; shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlari va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlari — belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari daromadlari va xarajatlari miqdorini, shuningdek kelgusi moliya yili uchun ularga respublika budjetidan ajratiladigan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari miqdorini va budjetga oid boshqa ko‘rsatkichlarni — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi e’tiboriga Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan miqdorini — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida; respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar e’tiboriga ular uchun belgilangan daromadlar va xarajatlar miqdorini — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida yetkazadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin tegishli moliya organlari bir haftalik muddat ichida: davlat soliq xizmatining tegishli mahalliy organlari e’tiboriga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlarining tasdiqlangan miqdorini; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar e’tiboriga ular uchun belgilangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdorlarini yetkazadi. Davlat budjeti daromadlari ushbu Qonunga, soliq, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi. Hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning o‘ttiz birinchi dekabrigacha Davlat budjetiga to‘lanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat budjetiga o‘tkazilishi kerak. Budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida tayinlash sertifikatini muayyan davrga va summaga rasmiylashtirish orqali, shuningdek budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomasi asosida: respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan yoki mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalari tomonidan to‘lanadi. Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, ijro etish va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlarning yagona g‘azna hisobvarag‘idagi budjet mablag‘lari qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablag‘i me’yorini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Respublika budjeti budjet mablag‘lari qoldiqlarining aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlar budjet mablag‘lari qoldiqlarining aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda tegishli hokimlarning qaroriga ko‘ra qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi mumkin. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet tashkiloti tomonidan tejab qolingan budjet mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va ular Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan bo‘lsa, u holda Davlat budjeti qabul qilingunga qadar bo‘lgan davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi: boshlangan moliya yilidagi xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda, ularni boshlangan moliya yilida amalga oshirilishi rejalashtirilmagan xarajatlar summasiga aniqlashtirilgan holda, har oyda amalga oshiriladi”; budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari har choraklik oyma-oy bo‘lingan muvaqqat xarajatlar smetasi va budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomasi asosida amalga oshiriladi; avvalgi moliya yilida qilinmagan budjet xarajatlari amalga oshirilmaydi; avvalgi moliya yilida amalda bo‘lgan soliq solish va majburiy to‘lovlar to‘lash tartibi Davlat budjeti qabul qilingunga qadar o‘z kuchini yo‘qotmaydi. Davlat budjeti moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda xarajatlarning umumiy summasi moliya yili mobaynida qabul qilingan Davlat budjetiga muvofiqlashtirilishi kerak. Budjetdan ajratiladigan mablag‘larga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritish bir budjet mablag‘lari oluvchisi uchun budjet mablag‘larining kamaytirilishi boshqa budjet mablag‘lari oluvchisi uchun budjet mablag‘larining tegishli ravishda ko‘paytirilishini nazarda tutgan tartibda: 1) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining o‘n foiziga qadari: Davlat budjetida ko‘rsatib o‘tilgan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tegishli moliya organlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno); 2) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining o‘n foizidan ortig‘i: Davlat budjetida ko‘rsatib o‘tilgan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan; respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — tegishli moliya organlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi. Budjet mablag‘lari oluvchining so‘roviga binoan moliya yili uchun unga nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ayrim moddalar bo‘yicha (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) boshqa moddalar bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘lari teng miqdorda kamaytirilgan va mazkur budjet mablag‘lari oluvchi uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy hajmi saqlab qolingan holda dastlabki hajmining o‘n besh foiziga qadar ko‘paytirilishi mumkin. Budjetdan ajratilgan mablag‘larga mazkur o‘zgartirishlar: 1) respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘lariga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; 2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan ajratiladigan budjet mablag‘lariga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari, agar muayyan harakatlari budjet taqchilligining qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori darajasidan oshib ketishiga olib keladigan bo‘lsa, Davlat budjeti daromadlarini qisqartiruvchi yoki xarajatlarini oshiruvchi biron-bir harakat qilishga haqli emaslar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida ayrim turlar bo‘yicha budjet daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori, agar unda boshqa turlar bo‘yicha daromadlarni ko‘paytirish va (yoki) budjet xarajatlari tegishli miqdorda qisqartirilishi kerak bo‘lgan moddalar nazarda tutilgan bo‘lsagina, qabul qilinishi va amalga kiritilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli budjet xarajatlari qisqartirilishiga va (yoki) daromadlari ko‘payishiga olib keluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori qabul qilingan taqdirda hosil bo‘ladigan ortiqcha mablag‘lar mazkur qaror qabul qilingan darajadagi budjetga mablag‘larni qayta taqsimlash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olib qo‘yiladi. Agar Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida Davlat budjetidan olingan budjet mablag‘larini ko‘paytirish (kamaytirish) to‘g‘risida qaror qabul qilinadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tegishli darajadagi budjetlar hajmiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Xarajatlarni ko‘paytirish yoki ularni qisqartirish budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Soliq va budjet to‘lovlari intizomini mustahkamlash yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga tasdiqlangan ko‘rsatkichlardan tashqari tushgan qo‘shimcha daromadlar aylanma kassa mablag‘i me’yori tasdiqlanganidan kam bo‘lmagan miqdorda saqlanib qolgan taqdirda qabul qilingan budjetdagidan tashqari xarajatlarga yo‘naltirilishi mumkin. Mazkur masalaga doir qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning qonun hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va Davlat budjetining oldindan belgilangan taqchilligi qonun hujjatlarida belgilangan chegara miqdoridan oshadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining xarajatlarini alohida moddalar bo‘yicha qisqartirish to‘g‘risida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taklif kiritadi. Turli darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni to‘g‘rilash maqsadida moliya yili mobaynida ularga tegishli budjetlardan budjet ssudalari ajratilishi mumkin. Budjet ssudalarini berishning eng kech muddati va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Turli darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni moliya yili mobaynida aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga uni moliya yili oxirigacha tasdiqlangan hajmga qadar tiklagan holda, budjet mablag‘larining foydalanilmagan qoldiqlari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hisobiga qoplash mumkin. Davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari Davlat budjetining kassa ijrosini ta’minlaydi. Banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshirig‘iga binoan Davlat budjetining kassa ijrosi operatsiyalarini bajaradi. Budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari ularning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida yoki uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridagi budjetdan ajratilgan mablag‘lar qoldiqlari doirasida to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti ijrosi nazorat qilinishini amalga oshirish chog‘ida: turli darajadagi budjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi; turli darajadagi budjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlardan axborotlar oladi; budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazadi; tovar yetkazib beruvchining (ish bajaruvchining, xizmat ko‘rsatuvchining) bevosita hisobvarag‘iga budjet mablag‘larini oluvchilar nomidan to‘lovlarni amalga oshiradi; qonun hujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag‘lari harakati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi; budjet mablag‘lari oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan o‘tkazadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat budjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko‘rib chiqadi. Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan hamda mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda tuzadi va ushbu hisobotni tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar moliya organlariga taqdim etadi. Tumanlarning, shuningdek respublika (Qoraqalpog‘iston), viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarning moliya organlari shahar, tuman budjetining hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli hokimliklarga hamda yuqori moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tegishli budjetlarning hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqib ma’qullanganidan keyin bu hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari to‘g‘risidagi hisobotni har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Davlat soliq xizmatining joylardagi soliq organlari soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari to‘g‘risidagi hisobotni har oyda tegishli moliya organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar hisobot davrida davlat maqsadli jamg‘armalariga mablag‘lar tushumi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash o‘tkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning o‘ninchi mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning o‘n beshinchi mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi. Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun Davlat budjetini qabul qilayotganda davlat ichki va tashqi qarzining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishga hamda davlat qarzi ko‘payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish: 1) iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; 2) Davlat budjeti daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasida tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni to‘g‘rilash; 3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish; 4) budjet taqchilligini moliyalashtirish; 5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: 1) qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan), o‘rtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog‘ozlari; 2) kreditlar (qisqa muddatli, o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli); 3) O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari; 4) budjet daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar; 5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilgan barcha mablag‘ jalb qilishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga axborot taqdim etadi. Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ davlat qarziga xizmat ko‘rsatuvchi va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi agent vazifasini bajarishlari yuzasidan banklar, moliya tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan beriladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluvchidan haq olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida kafolat jamg‘armasi tuziladi. Kafolat jamg‘armasini tashkil etish va undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
25
53,252
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni (keyingi o‘rinlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish deb yuritiladi) tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (keyingi o‘rinlarda Mudofaa vazirligi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi o‘rinlarda Milliy gvardiya deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida (keyingi o‘rinlarda FVV deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarida (keyingi o‘rinlarda DXX ChQ deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda IIV deb yuritiladi) harbiy tuzilmalarida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. 2. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun mudofaa ishlari boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda MIB deb yuritiladi) va mudofaa ishlari bo‘limlarida (keyingi o‘rinlarda MIBB deb yuritiladi) — tibbiy komissiyalar, Mudofaa vazirligi, DXX ChQ, IIVda harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda HTK deb yuritiladi) tashkil etiladi. 3. DXX ChQda harbiy xizmatni o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda HTK mazkur Nizomga amal qiladilar. 4. IIV harbiy tuzilmalardagi harbiy xizmatchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda HTK mazkur Nizomga amal qiladilar. 5. Tibbiy komissiyalar va HTK o‘z faoliyatini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyruqlari, direktivalari va mazkur Nizom qo‘llaniladi. 6. Tibbiy komissiyalar va HTK quyidagicha bo‘linadi: tashkiliy tuzilishi bo‘yicha — shtatli va shtatdan tashqari; huquqlarining davomiyligi bo‘yicha — doimiy va vaqtincha faoliyat yurituvchi; tashkil topgan joyi bo‘yicha — garnizon, gospital, harbiy boshqaruv tizimining mahalliy organlari; maqsadiga ko‘ra — tibbiy-uchuvchilik, sanatoriy-saralash va muqobil. 7. Mudofaa vazirligida shtatli HTK — Markaziy harbiy tibbiy komissiya (keyingi o‘rinlarda MHTK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida (keyingi o‘rinlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi deb yuritiladi) shtatli tibbiy komissiya — Respublika muqobil tibbiy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda RMTK deb yuritiladi) hisoblanadi. 8. RMTK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (viloyat) muqobil tibbiy komissiyasining tuzilish tartibi, komissiya a’zolari tarkibi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shakllantiriladi. 9. MHTK maxsus vazifalarni bajaruvchi harbiy-tibbiy muassasa hisoblanadi hamda bevosita Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasiga bo‘ysunadi. MHTKga harbiy-tibbiy ekspertiza masalalari bo‘yicha Mudofaa vazirligining barcha tibbiy komissiyalari va HTK bo‘ysunadi. MHTK o‘z faoliyatini tashkil etishda harbiy-tibbiy ekspertizaning boshqaruv hujjatlaridan tashqari, Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism, muassasa, tashkilot va korxonalarning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha boshqaruv hujjat talablarini qo‘llaydi. MHTK yuklatilgan vazifalarni bajarish vaqtida harbiy-tibbiy ekspertiza manfaatlari maqsadida o‘tkaziladigan choralarni tashkil etish va amalga oshirish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘smir va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi, DXX, IIV markaziy harbiy-tibbiy komissiyalari, RMTK, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlarni o‘tkazadi. 10. MHTK tashkiliy tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlanadigan shtatga muvofiq belgilanadi. MHTKda o‘zining nomlanishiga ega bo‘lgan muhrlar, shtamplar va blanklar, shuningdek o‘zining faoliyatini olib borishi uchun boshqa rekvizitlar mavjud. 11. MHTK boshlig‘i bevosita Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘iga bo‘ysunadi. MHTK boshlig‘i MHTK raisi lavozimiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishda, harbiy-tibbiy ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha boshqaruv hujjatlaridan foydalanadi. 12. MHTK alohida bir mutaxassislik (terapiya, jarrohlik, nevrologiya, psixiatriya, otolaringologiya, oftalmologiya, dermatovenerologiya va boshqalar) bo‘yicha klinik tayyorgarlikni o‘tagan, harbiy qism va harbiy-tibbiy muassasalar bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali shifokorlar bilan butlanadi. MHTK boshlig‘i (raisi) ekspert hujjatlarni ko‘rib chiqish va komissiya yig‘ilishida qatnashish uchun shtatdagi komissiya a’zolaridan tashqari komissiyaning boshqa shifokor-mutaxassislarini komissiya a’zosi sifatida jalb qilish huquqiga ega. Zarurat tug‘ilganda, Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘ining ruxsati bilan komissiya yig‘ilishida komissiya a’zosi sifatida Mudofaa vazirligining bosh tibbiy mutaxassislari ishtirok etishi mumkin. 13. MHTK quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasida harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazish reglamentini belgilaydigan qonunchilik hujjatlariga muvofiq Mudofaa vazirligi tibbiy komissiyalari va HTKning xulosalarining asosli ekanligini ko‘rib chiqish, tasdiqlash va tasdiqlamaslik, asoslash, bekor qilish yoki xulosani o‘zgartirish, xulosa qabul qilish; fuqarolarni harbiy xizmatga, harbiy-hisob mutaxassislik bo‘yicha xizmatga (o‘qishga) yaroqliligi to‘g‘risidagi o‘zining hamda Mudofaa vazirligi HTK va tibbiy komissiyalarining xulosalarini ko‘rib chiqishga; harbiy xizmatni (harbiy yig‘inni) o‘tagan va o‘tayotgan fuqarolarning kasallik, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlarini, shu jumladan o‘limga olib kelgan kasallik, shikastlanish, yaradorlik, jarohatlarni harbiy xizmat (harbiy yig‘in) o‘tash bilan sababiy bog‘liqligi bo‘yicha xulosa qabul qilishga, HTK va tibbiy komissiyalar xulosalarini, zarurat tug‘ilganda o‘zining xulosasini qayta ko‘rib chiqishga; Mudofaa vazirligining barcha tibbiy komissiyalari va HTK faoliyatini nazorat qilishga; harbiy-tibbiy muassasalar, harbiy qism va harbiy-ta’lim muassasalarda (keyingi o‘rinlarda HTM deb yuritiladi) profilaktika, davolash-diagnostika ishlari va harbiy-tibbiy ekspertiza holatini, shu jumladan Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVV harbiy qism harbiy xizmatchilari tibbiy tekshiruv va davolanishdan o‘tayotgan davlat sog‘liqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasalarini tekshirish; davlat sog‘liqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasalarida o‘smir va chaqiriluvchi yoshlar orasida davolash-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qilish hamda uning natijalarini monitoring qilish; Mudofaa vazirligining barcha tibbiy komissiyalari va HTKga harbiy-tibbiy ekspertiza masalalari bo‘yicha ko‘rsatma hamda tushunchalar berish; harbiy qism komandirlari (muassasa boshliqlari) yoki RMTK tomonidan yo‘llangan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarurat bo‘lganda ularni Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalari yoki HTKga tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish uchun (shu jumladan statsionar ravishda) yo‘llash; ekspert xulosa qabul qilish uchun zarurat bo‘lganda shaxsiy va nafaqa jildni, tibbiy hujjatlarni, xizmat tekshiruvi, tergovgacha bo‘lgan tekshiruv, jinoiy ish materiallarini (bir oydan oshmagan muddatda qaytarish sharti bilan), shu jumladan tavsifnomalar, arxiv ma’lumotlar, buyruqdan ko‘chirmalar, dalolatnomalar, bayonnomalar va boshqa hujjatlarni talab qilib olishga; zarurat bo‘lganda, fuqarolar tibbiy tekshiruvlarining natijalarini baholash, tahlil qilish, jamlash uchun tibbiy komissiyalar va HTKdan, harbiy-tibbiy, davolash-profilaktika muassasalaridan (ularni shakl va xususiyligidan qat’iy nazar), harbiy qism, HTMdan qo‘shimcha ma’lumotlarni, aniqlik kirituvchi va to‘ldiruvchi hisobotlarni talab qilishga; harbiy-tibbiy muassasalar va HTMda tashkil qilingan HTKda harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazish uchun komissiya a’zosi sifatida ruxsat berilgan Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalari vrach-mutaxassislar tarkibini aniqlash, zarurat bo‘lganda ularni o‘zgartirishga; harbiy-tibbiy ekspertiza masalalarini hal qilish uchun Mudofaa vazirligi tibbiyot bosh mutaxassislari va harbiy-tibbiy muassasalarning shifokor-mutaxassislarini jalb qilishga; Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘iga harbiy-tibbiy ekspertiza masalalari bo‘yicha ma’ruza qilishga. 14. MHTK zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi: Mudofaa vazirligida harbiy-tibbiy ekspertizani tashkil etish, Mudofaa vazirligi HTK hamda tibbiy komissiyalarga rahbarlik qilish; Mudofaa vazirligi tibbiy komissiyalari va HTK faoliyatini nazorat qilish, hamda ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish; harbiy-tibbiy ekspertiza masalalari bo‘yicha Mudofaa vazirligi tibbiy komissiyalari va HTKga tushuntirish ishlarini olib borish; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini (keyingi o‘rinlarda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) butlash uchun kelgan yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarning salomatligi va jismoniy rivojlanish holatini inobatga olgan holda, Qurolli Kuchlar turlari, qo‘shin shakllari va harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash, alohida harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha tibbiy tanlov nomzodlarni o‘qitish maqsadida o‘rganish, tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tadbirlarini nazorat qilish ushbu ishlarda uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish; harbiy-tibbiy muassasalar, harbiy qism, HTMda profilaktik, davolash-diagnostika ishlarini, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va holatini nazorat qilish; chaqiriluvchilar, harbiy xizmatchilarga davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv va davolanishlarining to‘laqonligi va sifatini, shuningdek chaqiriluvchilar orasida o‘tkazilgan davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarining sifatini nazorat qilish; harbiy-tibbiy ekspertiza masalalari bo‘yicha harbiy-tibbiy muassasalar, harbiy qism va HTM shifokorlari tarkibining tahsil olishida uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish; o‘quv, maxsus yoki nazorat yig‘inlariga chaqirilgan, shuningdek sog‘ligi uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan, tayinlanayotgan (kirayotgan) fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etishni nazorat qilish, bu ishda ularga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish; O‘zbekiston Respublikasida harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazish reglamentini belgilaydigan qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Mudofaa vazirligi tibbiy komissiyalari va HTK xulosalarining asosliligini ko‘rib chiqish; o‘zining xulosasini, Mudofaa vazirligi tibbiy komissiyalari va HTKning xulosalarini nazorat tartibida murojaat bo‘lganda hamda boshqa zaruriy holatlarda qayta ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan salomatligiga ko‘ra muqaddam bo‘shatilgan fuqarolar, davlat sog‘liqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish natijasida muqaddam chiqarilgan xulosalar qayta ko‘rib chiqilganda yoki sog‘lom deb topilganda ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolarni nazorat tariqasida va boshqa asos bo‘lgan hollarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; Mudofaa vazirligi tibbiyot bosh mutaxassislari va harbiy-tibbiy muassasalarining boshqa shifokor-mutaxassislari bilan birgalikda harbiy mehnatning zararli va noqulay omillarini harbiy xizmatchilarning sog‘ligi holatiga ta’sirini tahlil qilish, ularni davolanish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini baholash; harbiy xizmatchilarning Qurolli Kuchlar safidan salomatligiga ko‘ra, harbiy xizmatda bo‘lishi chegara yoshiga yetmasdan bo‘shatilishining oldini olish va ularni harbiy mutaxassislik bo‘yicha noloyiq deb topilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida profilaktika, davolash-diagnostika ishlarini va harbiy-tibbiy ekspertizani yaxshilash bo‘yicha birgalikda takliflar ishlab chiqish; harbiy-tibbiy ekspertizaning ijobiy tajribalarini o‘rganib chiqish va umumlashtirish, uning ilg‘or bo‘lgan shakl hamda uslublarini Mudofaa vazirligi tibbiy komissiyalari va HTKning amaliyotiga tatbiq qilish; Mudofaa vazirligi tibbiy komissiyalari va HTKda harbiy-tibbiy ekspertiza masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotni tashkil etish hamda mazkur ishlar bo‘yicha rahbarlik qilish; harbiy-tibbiy ekspertizaga jalb qilinayotgan shifokor-mutaxassislar, o‘rta bo‘g‘im tibbiy xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish; harbiy-tibbiy ekspertiza bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalariga aniqlik, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘iga taqdim etish; Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida harbiy-tibbiy ekspertizaning holati va natijalari bo‘yicha belgilangan shaklda Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘iga, zarurat bo‘lganda yuqori qo‘mondonlikka, ma’lumotnoma taqdim etish. 15. MHTK Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot bosh mutaxassislari, Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalari va Sog‘liqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika muassasalarining shifokor-mutaxassislari bilan birga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi: chaqiruv uchastkalarida qayd etilayotgan, muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan, safarbarlik chaqiruv rezerviga xizmatga qabul qilinayotgan, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga, HTMga kirayotgan fuqarolarni, shuningdek harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning sog‘ligiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni; chaqiruv uchastkalarida qayd etilayotgan, muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan, safarbarlik chaqiruv rezerviga xizmatga qabul qilinayotgan, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga, HTMga kirayotgan fuqarolarni, shuningdek harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uslublarini; muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga, HTMga kirayotgan fuqarolarni, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning sog‘ligi hamda jismoniy rivojlanish holatiga muvofiq, Qurolli Kuchlar turlariga, qo‘shin shakllariga va harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha xizmatga belgilash va taqsimlash maqsadga muvofiqligiga ko‘rsatmalarni; O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida va sharoiti og‘ir iqlimli hududlarda harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatni o‘tashiga, ularning oila a’zolarini yashashiga qarshi tibbiy ko‘rsatmalarni; harbiy mehnatning sog‘lik uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga tayinlanayotgan (kirayotgan) yoki ishlayotgan fuqarolar uchun qarshi tibbiy ko‘rsatmalarni. 16. MHTK Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘smir va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil markazi bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshiradi: o‘smir va chaqiriluvchi yoshlarni Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatga tayyorlashning tibbiy ta’minoti ustidan nazorat, fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etishda, muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruv rezerviga xizmatga qabul qilishda, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat va HTMga kirishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishni nazorat qilishni; MIB, MIBB va Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy organlariga harbiy-tibbiy ekspertizani tashkil etishda amaliy hamda uslubiy yordam ko‘rsatishni; munozarali holatlar yoki chaqiruv komissiyalarining xulosasidan norozi bo‘lgan fuqarolar murojaat qilganda, Mudofaa vazirligi tibbiy komissiyalari va HTKning xulosalarini qayta ko‘rib chiqishni; fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish, muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruv rezerviga xizmatga qabul qilishda, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat va HTMga kirishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish, tahlil natijalari bo‘yicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazish sifatini yaxshilash uchun amaliy choralarni ishlab chiqishni; Mudofaa vazirligi tibbiy komissiyalari va HTKda harbiy-tibbiy ekspertiza samaradorligini oshirish maqsadida, fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish, muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruv rezerviga xizmatga qabul qilish, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat va HTMga kirishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga jalb qilingan shifokor-mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy-amaliy, yo‘l-yo‘riq beruvchi uslubiy mashg‘ulotlarni va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi. 17. Shtatdan tashqari tibbiy komissiyalar va HTK tashkil etilgan muassasa tarkibida o‘z faoliyatini yuritadi. Shtatdan tashqari doimiy faoliyat yurituvchi tibbiy komissiyalar va HTKga quyidagilar kiradi: gospital HTK; garnizon HTK; Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali (keyingi o‘rinlarda MHKG deb yuritiladi) huzuridagi gospital tibbiy-uchuvchilik komissiyasi (keyingi o‘rinlarda TUK deb yuritiladi); Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlarining (keyingi o‘rinlarda HHMQ va HHK) aviatsiya tibbiyot markazi huzuridagi TUK; MIB huzuridagi tibbiy komissiya; sanatoriy-saralash komissiyasi. Shtatdan tashqari vaqtincha faoliyat yurituvchi tibbiy komissiyalar va HTKga quyidagilar kiradi: Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya HTM huzuridagi HTK; uchuvchilar tarkibini tayyorlash bo‘yicha HTM huzuridagi TUK; MIBB huzuridagi tibbiy komissiya; Qoraqalpog‘iston Respublikasi (viloyat) muqobil tibbiy komissiyasi. 18. Shtatdan tashqari tashkil etilayotgan harbiy-tibbiy komissiyalar Mudofaa vazirligi tasarrufidagi birlashma, garnizon va harbiy tibbiy muassasalar ro‘yxati Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi tomonidan bir yilga belgilanadi. Mudofaa vazirligi birlashmalari, garnizonlari va harbiy-tibbiy muassasalarining tashkiliy-shtat tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilsa, yuqorida bayon etilgan ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 19. MHTK boshlig‘ining taqdimnomasiga muvofiq, Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi tomonidan garnizonlar va harbiy-tibbiy muassasalar huzuridagi shtatdan tashqari garnizon, gospital HTK, TUK, sanatoriy-saralash komissiyalarining raislari va ularning o‘rinbosarlari shaxsiy tarkibi bir yilga belgilanadi. Shtatdan tashqari HTK a’zolari va kotibalarining shaxsiy tarkibini MHTK tomonidan bir yilga belgilanadi. Tibbiy komissiya va HTK tarkibida komissiya raisi bilan shifokor-mutaxassislarning soni toq bo‘lishi lozim. HHMQ va HHK tibbiy ta’minot xizmati boshlig‘ining taqdimnomasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari HHMQ va HHK qo‘mondoni tomonidan HHMQ va HHK aviatsiya tibbiyot markazi huzuridagi TUKning shaxsiy tarkibi bir yilga tasdiqlanadi. Komissiyalar tarkibiga kirgan harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilarining xizmat joyi o‘zgarganda yoki Qurolli Kuchlar safidan bo‘shatilgan hollarda, tegishli mutasaddi shaxslar tomonidan ushbu komissiya tarkibiga o‘zgartirishlar kiritiladi. 20. Gospital HTK harbiy gospitalda (harbiy lazaretda) tashkil etiladi. Harbiy gospital (harbiy lazaret) boshlig‘ining buyrug‘i bilan komissiya raisi, komissiya a’zolari va kotibadan iborat bo‘lgan HTKning shaxsiy tarkibi tasdiqlanadi. MHKG huzurida klinik ixtisosligiga ko‘ra bir necha HTK tashkil etiladi: jarrohlik, terapiya, ruhiy va asab kasalliklar, yuqumli kasalliklar bo‘yicha, shuningdek gospital TUK tashkil etiladi. 21. Garnizon HTK, mazkur garnizon hududida joylashgan harbiy-tibbiy muassasa huzurida garnizon boshlig‘ining buyrug‘i bilan tashkil etiladi. Garnizon boshlig‘ining mazkur buyrug‘i bilan komissiya raisi, komissiya a’zolari va kotibadan iborat bo‘lgan HTKning shaxsiy tarkibi tasdiqlanadi (Mudofaa vazirligi Markaziy poliklinikasi huzuridagi HTK bundan mustasno). Poliklinika boshlig‘ining buyrug‘i bilan Mudofaa vazirligi Markaziy poliklinikasi huzuridagi HTK shaxsiy tarkibi tasdiqlanadi. 22. Garnizon (harbiy-tibbiy muassasa huzurida) sanatoriy-saralash komissiyasi kalendar yili muddatiga, garnizon tibbiy ta’minot xizmati taqdimnomasiga muvofiq hamda Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi va MHTK bilan kelishilgan holda garnizon (harbiy-tibbiy muassasa) boshlig‘ining buyrug‘i bilan tashkil etiladi. MHKG va Markaziy poliklinika huzuridagi sanatoriy-saralash komissiyalarining shaxsiy tarkibi yuqori matndagi harbiy-tibbiy muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi. 23. Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasining taqdimnomasiga muvofiq HTM huzuridagi HTK (TUK) raislari va ularning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. HTM huzuridagi HTK (TUK) raislari etib odatda, MHTK shtatli a’zolari, ularning o‘rinbosarlari sifatida esa tegishli HTM tibbiy ta’minot boshliqlari tayinlanadi. Qolgan komissiya a’zolari Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya a’zolari sifatida Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalarining shifokor mutaxassislari jalb etiladi. Milliy gvardiya HTM huzuridagi HTK tarkibi Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tasdiqlanadi. 24. HTK quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizom va O‘zbekiston Respublikasida harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazish reglamentini belgilaydigan boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq xulosalarni qabul qilish; harbiy-tibbiy ekspertiza manfaatlari maqsadida mazkur harbiy-tibbiy muassasaga biriktirilgan harbiy qismlarda (muassasalarda) profilaktika va davolash-diagnostika ishlarini, shuningdek davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVV harbiy xizmatchilarining diagnostika va davolash-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etishni nazorat qilish. 25. HTK zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi: Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVV harbiy xizmatchilarini, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, chaqiriluvchilar, HTMga kirayotgan nomzodlar, harbiy xizmatga majburlar, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVV ishchi va xizmatchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; harbiy-tibbiy muassasaga yotqizish o‘z vaqtida va asosliligini, tibbiy tekshiruv va davolashning to‘laqonligini hamda sifatini, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarni o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuborilishi, davolanishga (tekshiruvga) muhtojlarni muddatidan oldin asossiz chiqarilishini ogohlantirish yoki ularni davolash (tekshiruv) kunidan ko‘p muddat davomida asossiz ushlab turilishini nazorat qilish; harbiy-tibbiy ekspertiza manfaatlari maqsadida, garnizon (harbiy-tibbiy muassasaning javobgarlik) hududida joylashgan harbiy qismlar (muassasalar) shaxsiy tarkibining tibbiy ta’minotini tashkil etish va uning holatini nazorat qilish, shuningdek ularning sog‘ligi va jismoniy rivojlanish holatiga ko‘ra qo‘shin shakllari va harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha taqsimlanishini nazorat qilish; harbiy-tibbiy ekspertiza manfaatlari maqsadida, garnizon (harbiy-tibbiy muassasaning javobgarlik) hududida joylashgan harbiy qismlarda (muassasalarda) profilaktika va davolash-diagnostika ishlarini tashkil etish, shuningdek HTKning muqaddam chiqargan xulosalarining ijro etilishini nazorat qilish; tibbiy va ekspert hujjatlarni sifatli rasmiylashtirishni nazorat qilish; harbiy xizmatchilarning davolash yakunlarini o‘rganib chiqish, biriktirilgan harbiy qismlar (muassasalar) harbiy xizmatchilarning umumiy kasallanish soni, yotqizilishi, harbiy xizmatdan bo‘shatilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va garnizon (harbiy-tibbiy muassasa) boshlig‘iga taqdim qilish; komissiya ishi natijalarini umumlashtirish, tahlil qilish, MHTKga o‘z vaqtida HTKning faoliyati natijalarining hisobot davri va yil yakuni bo‘yicha xabarnoma berish; garnizon (harbiy-tibbiy muassasa) shifokor-mutaxassislari, o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini harbiy-tibbiy ekspertiza masalalari bo‘yicha garnizonning (harbiy-tibbiy muassasaning) qo‘mondonlik va maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlari tizimida tayyorlash. 26. MIB va MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalarning tuzilish tartibi, komissiya a’zolari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom asosida belgilanadi. 27. Tibbiy komissiya quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomiga muvofiq xulosalarni qabul qilish; quyi turgan tibbiy komissiyalarning faoliyatini tekshirish va ularning xulosalarini qayta ko‘rib chiqish, MHTKda ko‘rib chiqiladigan va tasdiqlanadigan xulosalar bundan mustasno; harbiy-tibbiy ekspertiza manfaatlari maqsadida o‘smir va chaqiriluvchilar davolanadigan davlat sog‘liqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasalarida profilaktik va davolash-diagnostika ishlarini tashkil etilishi va holati, shuningdek hududiy ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridagi O‘smir va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil bo‘linmalarining (keyingi o‘rinlarda o‘smirlar bo‘linmalari deb yuritiladi) faoliyatini tekshirish. 28. Tibbiy komissiya zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi: fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish vaqtida chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga majburlar, MIB huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislik bo‘yicha tayyorlash markazlari, HTM, “Temurbeklar maktablari”ga kirayotgan nomzodlar, lozim bo‘lganda boshqa toifadagi fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; quyi turgan tibbiy komissiyalar faoliyatining tashkil etilishi va ahvolini nazorat qilish; harbiy-tibbiy ekspertiza manfaatlari maqsadida, o‘smir va chaqiriluvchilar davolanadigan davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalarida profilaktika va davolash-diagnostika ishlarini tashkil etish va holatini, shuningdek hududiy ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridagi o‘smirlar bo‘linmalarining faoliyatini tekshirish; tibbiy komissiya faoliyatining natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish; Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘smir va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil markaziga va MHTKga bajarilgan ishlar natijasi bo‘yicha, shuningdek o‘smir va chaqiriluvchilar davolanadigan davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalarida profilaktika va davolash-diagnostika ishlarini tashkil etishda aniqlangan kamchiliklar va ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish rejasi, shu jumladan hududiy ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridagi o‘smirlar bo‘linmalarining faoliyati natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim qilish. 29. Ish yuritish, yozma muloqot, moddiy-texnik ta’minotni amalga oshirish huzurida shtatdan tashqari tibbiy komissiya yoki HTK tashkil etilgan muassasa zimmasiga yuklatiladi. 30. Fuqarolarga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan avval, mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan majburiy tahliliy va tibbiy uskunalar yordamida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatiga muvofiq majburiy diagnostik tadqiqotlar, zaruriyat tug‘ilganda tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi. 31. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kunduzgi yorug‘likda maxsus ajratilgan yorug‘, issiq va keng xonalarda o‘tkaziladi. Kunduzgi yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitlarda sun’iy yorug‘lik shifokorlarning ishlashi uchun yetarli bo‘lishi lozim. Har bir shifokorga alohida xona ajratiladi. Shifokor-mutaxassislarning xonalari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan tibbiy komissiyalar va HTK shifokor-mutaxassislarning xonalarini jihozlash uchun bo‘lgan dori vositalari va tibbiy uskunalar ro‘yxatiga muvofiq lozim bo‘lgan dori vositalari hamda tibbiy uskunalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 32. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslarning sog‘ligi, salomatligiga oid shikoyati bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar, so‘rov asosida har tomonlama obyektiv tekshiruvlar yordamida aniqlanadi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslar tomonidan ularning salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan, shuningdek dispanser kuzatuviga oid turli tibbiy hujjatlarning taqdim etilishi, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishidan ozod qilinmaydi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning tibbiy hujjatlari, tavsifnomalari o‘rganilib, shaxsiy yig‘ma jildi va boshqa hujjatlari bilan tanishib chiqqach, qanday shikoyatlari borligini so‘rab bilib, anamnezi yig‘ilgandan keyin, shifokor-mutaxassislar tomonidan tibbiy tekshiruv o‘tkaziladi. 33. Tibbiy komissiya yoki HTK tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar asosida fuqaroni ko‘rikdan o‘tayotgan davrdagi sog‘ligi va jismoniy rivojlanish holatini o‘rganib, unga baho beradi. Ayollar shifokor-ginekolog tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart. Harbiy tibbiy ekspertizaning shifokor-mutaxassislari ommaviy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida qisqa vaqt sarflagan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning sog‘ligi to‘g‘risida to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi maxsus (harbiy) tekshiruv usulidan foydalaniladi. Shu maqsadda, a’zo va tizimlarning tekshiruvi aniq belgilangan tartib hamda shunday ketma-ketlikda o‘tkaziladi-ki, bunda uni o‘tkazishga kam vaqt sarf qilinadi va tekshiruvlarning biror-bir usuli boshqalarining o‘tkazilishini qiyinlashtirmaydi. 34. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslarni tekshiruv jarayonida muhimi, faqatgina jismoniy jihatdan nuqson topish yoki kasallik, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asorati xususiyatlarini aniqlash emas, balki kasallangan a’zo faoliyatiga oid buzilish hamda kompensatsiya darajasi va umuman organizmning faoliyatga oid moslashuvchanligini aniqlash lozim, chunki ushbu omil tegishli ekspert xulosasini chiqarishga asos bo‘ladi. 35. Me’yordan farq qiluvchi ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan barcha holatlarda, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs aniqlangan o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda, mukammal tekshiruvdan o‘tkazilishi va tegishli shifokor — mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Agar ambulatoriya sharoitdagi tekshiruvlardan so‘ng ham tashxis noaniqligicha qolsa yoki shubha tug‘dirayotgan bo‘lsa, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxs statsionar sharoitdagi tekshiruvlarga yuboriladi. 36. Avval tibbiy komissiyalar yoki HTK tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan kasalliklar, jismoniy nuqsonlar jadvali va ayrim moddalarga beriladigan sharhlar (keyingi o‘rinlarda kasalliklar jadvali deb yuritiladi) 8-, 9-, 14-, 15-, 16-, 17-, 18-, 20-, 21-, 68-, 69-, 82-moddalari (moddalarning bandlari) bo‘yicha F yoki E yaroqlilik toifalari tayinlangan shaxslar takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi. 37. Rezerv yoki zaxirada turgan ofitserlarni rezerv toifasi, harbiy — hisob mutaxassisligi va rejalashtirilgan lavozimga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning davriyligi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Qurolli Kuchlar safining birinchi toifa rezervi hisobida turgan, jangovar bo‘linmalar va jangovar ta’minot harbiy bo‘linmalariga rejalashtirilgan rezervdagi yoki zaxiradagi ofitserlarni navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish oralig‘i 5 yildan oshmasligi lozim. Qurolli Kuchlar safining ikkinchi toifa rezervi hisobida turgan, texnik va front orti ta’minoti harbiy bo‘linmalarga rejalashtirilgan rezervdagi yoki zaxiradagi ofitserlarni navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish oralig‘i 7 yildan oshmasligi lozim. 38. Fuqaroni harbiy xizmatga, harbiy — hisob mutaxassislik bo‘yicha xizmatga (tahsil olishga) yaroqliligi tibbiy komissiya va HTK tomonidan fuqarolarning sog‘ligi holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq aniqlanadi. Fuqarolarning sog‘ligi holatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar — fuqarolar sog‘ligi va jismoniy rivojlanishini tavsiflovchi tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularga muvofiq fuqarolarni harbiy xizmatga, harbiy mutaxassislik bo‘yicha xizmatga (tahsil olishga) yaroqlilik toifalari aniqlanadi. 39. Kasalliklar jadvali bilan fuqarolar sog‘ligining holatiga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablar belgilanadi. Mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan fuqarolar sog‘ligi va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda qo‘shimcha talablar ro‘yxati deb yuritiladi) hamda mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan me’yorda va oziqlanish buzilishlaridagi fuqarolarning bo‘yi va tana vazni nisbatining jadvaliga (keyingi o‘rinlarda bo‘y va tana vazni nisbatining jadvali deb yuritiladi) muvofiq, kasalliklar jadvalida qayd etilmagan fuqarolar sog‘ligining holatiga nisbatan qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar belgilanadi. 40. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan fuqarolar kasalliklar jadvalining quyidagi ustunlari bo‘yicha taqsimlanadi: I-ustun — chaqiruv uchastkalarida qayd etilayotgan, muqobil xizmatga chaqirilayotgan, MIB huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlariga tanlab olinayotgan (tahsil olayotgan), harbiy ta’lim muassasalari huzuridagi harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalariga (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslar) tanlab olinayotgan (tahsil olayotgan) fuqarolar; oddiy askar va serjant harbiy unvonlari mavjud bo‘lgan Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVV, DXX ChQ, IIV harbiy tuzilmalariga muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVVga shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan, harbiy yig‘inlarga chaqirilayotgan (o‘tayotgan) fuqarolar, harbiy xizmatga majburlar; oddiy askarlar tarkibidagi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVV, DXX ChQ, IIV harbiy tuzilmalarining muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari; HTMning 1-bosqich kursantlari; II-ustun — Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya HTMga kirayotgan fuqarolar; HTMning kursantlari; O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga, xorijiy davlatlar HTMning birinchi bosqichidan tahsil olish uchun yuborilayotgan HTMning birinchi bosqich kursantlari; III-ustun — ofitserlar va generallar tarkibidagi harbiy unvoni bo‘lgan muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVVga shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan, harbiy yig‘inlarga chaqirilayotgan (o‘tayotgan) fuqarolar, harbiy xizmatga majburlar, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar; O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga o‘qishga (malaka oshirishga) yuborilayotgan ofitserlar va generallar tarkibidagi harbiy unvoni bo‘lgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar; HTMning bitiruvchi bosqich kursantlari. IV-ustun — oddiy askar va serjantlar tarkibidagi lavozimlarda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar; O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga tahsil olishga (malaka oshirishga) yuborilayotgan yuqori matndagi fuqarolar; HTMning ikkinchi va yuqori bosqich (bitiruvchi bosqich bundan mustasno) kursantlari; V-ustun — harbiy mehnatning sog‘lik uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga tayinlanayotgan (kirayotgan) yoki ishlayotgan Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVVning harbiy xizmatchilari, harbiy xizmatga majburlar, ishchi va xizmatchilar; 41. Organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, kasbiy kasalliklar paydo bo‘lishining yuqori darajali xavfi mavjud bo‘lgan lavozimlar, mutaxassisliklar va ishlarga jalb etiladigan hamda mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan harbiy mehnatning sog‘lik uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan lavozimlar hamda harbiy — hisob mutaxassisliklar ro‘yxatiga kirgan fuqarolar kasalliklar jadvalining V-ustuni bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 42. Harbiy mehnatning sog‘lik uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan bog‘liq mutaxassisligi bo‘yicha ishga tayinlanayotgan (kirayotgan) yoki ishlayotgan fuqarolarning tibbiy tekshiruv miqdori, shuningdek yuqori matndagi harbiy mehnatning sog‘lik uchun xavfli va o‘ta og‘ir sharoit bilan ishlayotgan shaxslar orasida davolash-profilaktika chora-tadbirlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq belgilanadi. 43. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari salomatligiga ko‘ra quyidagi og‘ir iqlim sharoitli hududlarda xizmatni o‘tash (yashash) imkoniyati bo‘lmaganda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani, Qashqadaryo viloyati Muborak tumani, Qamchiq dovoni (Toshkent va Namangan viloyatlari hududida); baland tog‘li hududlari (dengiz sathidan 2500 m va undan baland); O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga og‘ir iqlimli davlatlarga. 44. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hududlarda xizmat qilishga o‘tkazilayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar yoki ularning oila a’zolarida ushbu hududlarda xizmatni o‘tashga (yashashga) to‘sqinlik qiladigan kasalliklar, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) oqibatlari mavjudligi to‘g‘risida o‘rnatilgan tartibda murojaat qilganlarida, mazkur Nizomning 46-bandiga muvofiq, harbiy-tibbiy komissiyasiga salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga, ular ayrim cheklanishlar bilan harbiy xizmatga yaroqli yoki cheklangan ravishda yaroqli deb topilgan holatlarda esa, ularni mazkur hududlarda xizmatni o‘tash imkoniyatlarini aniqlash uchun yuborilishlari mumkin. Ularning oila a’zolari ham mazkur hududda yashash imkoniyatini aniqlash uchun xuddi shunday tartibda yuborilishlari mumkin. Harbiy xizmatchining oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuborilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi. 45. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchilar o‘zi yoki oila a’zolarining salomatligiga ko‘ra, ushbu hududlarda xizmatni o‘tashga (yashashga) imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risidagi masalani ko‘targan taqdirda, harbiy xizmatdan rezervga (iste’foga) bo‘shatilishi oldidan, o‘rnatilgan tartibda harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuboriladi. Ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuborilmaydi. 46. HTKga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llash quyidagicha amalga oshiriladi: mazkur Nizomning 43-bandida qayd etilgan hududlarga xizmatni o‘tash uchun yuborilayotgan ofitserlar tarkibidagi shaxslar va ularning oila a’zolarini harbiy okruglar qo‘shinlarning qo‘mondonlari, ularga teng va yuqori qo‘mondonlik qarori bilan; mazkur Nizomning 43-bandida qayd etilgan hududlarda xizmatni o‘tayotgan ofitserlar tarkibidagi shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga og‘ir iqlimli davlatlarga xizmat safariga yuborilayotganlar va ularning oila a’zolarini Mudofaa vazirligi bosh boshqarmalarining boshliqlari, ularga teng va yuqori qo‘mondonlik qarori bilan; oddiy askar va serjantlar tarkibidagi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolarini qo‘shilma komandirlarining (muassasa boshliqlarining) qarori bilan. 47. Harbiy qism komandiri yoki kadrlar bo‘linmalari boshlig‘i tomonidan harbiy xizmatchi yoki uning oila a’zolariga berilgan HTKga mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llanmada quyidagilar ko‘rsatiladi: harbiy xizmatchiga — uning salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini aniqlash, ayrim cheklanishlar bilan harbiy xizmatga yaroqli yoki cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan holatlarda xizmatni aniq bir hududda yoki aholi punktida o‘tash imkoniyatini aniqlash uchun yuborilayotganligini; harbiy xizmatchining oila a’zolariga — HTK tomonidan muayyan hudud yoki aholi punktida yashash imkoniyatini aniqlash kerakligini; O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga og‘ir iqlimli davlatlarga xizmat safariga yuborilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga — ularning salomatligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga og‘ir iqlimli davlatlarga xizmat safariga borish imkoniyatini (oila a’zolari uchun — borish va yashash imkoniyatini) aniqlash uchun yuborilayotganligini. Yo‘llanmaga quyidagilar ilova qilinadi: harbiy xizmatchiga — kasallik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘tkazilgan muolajalar samarasi va xizmatni o‘tash joyi iqlim sharoitining sog‘lig‘iga ta’siri haqidagi qism shifokori (shifokor-mutaxassislarning) xulosasi ko‘rsatilgan tibbiy tavsifnomasi, tibbiy kitobchasi; harbiy xizmatchining oila a’zosiga — mahalliy iqlim sharoitlarining sog‘ligiga ta’siri to‘g‘risidagi Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalari yoki davlat sog‘liqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasalaridagi tekshiruv, davolash va uzoq muddatli kuzatuv natijalari kiritilgan tibbiy hujjatlar. 48. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish HTK tomonidan batafsil obyektiv tekshiruvlardan so‘ng, tibbiy kuzatuvlar va davolanish ma’lumotlarini inobatga olgan holda o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda HTK quyidagilarni inobatga olishi lozim: ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam mavjud bo‘lgan, obodonlashtirilgan hamda qulaylik yaratilgan hudud va garnizonlarda xizmatni o‘tash (yashash) iqlimning salbiy ta’sirini sezilarli darajada kamaytirishi va davolashni samarali olib borishga imkon berishini nazarda tutib, zaruriy tibbiy yordamni olish bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsni yuborilayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan (yashayotgan) hududning haqiqiy sharoiti va imkoniyatini; harbiy xizmatchilarning oila a’zolari og‘ir iqlim sharoitli hududlarda xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni boshdan kechirmayotganligini; harbiy xizmatchi yoki ularning oila a’zolarining sog‘ligiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining markaziy hududlari yoki mo‘tadil iqlimi bo‘lgan boshqa hududlarga o‘tkazish imkoniyatlarining chegaralanganligini. Shuning uchun HTK mazkur Nizomning 43-bandida ko‘rsatilgan hududlarda xizmatni o‘tashga (yashashga) qarshi ko‘rsatmalar bor degan xulosasini faqatgina harbiy okrug miqyosida kerakli tibbiy yordam ko‘rsatishning imkoniyati umuman yo‘q bo‘lganda va harbiy xizmatchini ushbu hududlarga yoki ushbu hududlardan boshqa joyga o‘tkazish uning sog‘ligini saqlab qolishning birdan-bir chorasi bo‘lgan hollarda chiqarish lozim. 49. HTK tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasida quyidagilarni aniqlashi shart: harbiy xizmatchining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini; salomatligiga ko‘ra imkoniyatlarini: ayrim cheklanishlar bilan harbiy xizmatga yaroqli yoki cheklangan ravishda yaroqli deb topilgan harbiy xizmatchida xizmatni o‘tashga, harbiy xizmatchining oila a’zolarida esa tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsni HTKga yuborgan qo‘mondonlik, boshliq tomonidan berilgan yo‘llanmada (hujjatda) ko‘rsatilgan hududda yashashga, bunda HTK mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolarini og‘ir iqlim sharoitida xizmatni o‘tashiga (yashashiga) qarshi tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati amal qiladi; agar mazkur hududda xizmatni o‘tashga (yashashga) qarshi ko‘rsatmalar mavjud deb topilsa, harbiy xizmatchi yoki uning oila a’zosining kasalligini kechishini hisobga olgan holda, avvalo harbiy okrug miqyosida boshqa joyga o‘tkazish imkoniyati va o‘tkazish muddatini. 50. HTK xulosasi mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yig‘ilishlar bayonnomalari kitobiga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining mazkur hududida xizmatni o‘tashga (yashashga) qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmagan hollarda HTK quyidagicha xulosa chiqaradi: “______________ hududida xizmatni o‘tashga (yashashga) qarshi ko‘rsatmalar yo‘q”. Ushbu xulosa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning sanasi va tashxis ko‘rsatilgan holda HTK raisining imzosi bilan harbiy xizmatchining tibbiy kitobchasiga, oila a’zosiga esa uning tibbiy hujjatiga yoziladi. Harbiy xizmatchi yoki uning oila a’zosini tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yuborgan harbiy qism komandiri yoki kadrlar bo‘linmasiga mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan shakldagi ma’lumotnoma yuboriladi. Salomatligiga ko‘ra harbiy qism komandiri yoki kadrlar bo‘linmasi tomonidan berilgan yo‘llanmada ko‘rsatilgan hududda xizmatni o‘tashga (yashashga) qarshi tibbiy ko‘rsatmalar topilganda HTK mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma uch nusxada 93-bandda belgilangan tartibda tuziladi. Harbiy xizmatchiga chiqarilgan xulosada avval harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi kasalliklar jadvalining moddasi va ustuniga muvofiq ko‘rsatiladi, keyin esa mazkur hududda xizmatga qarshi tibbiy ko‘rsatmalarning borligi, xizmat joyini o‘zgartirishga muhtojligi hamda harbiy xizmatchini qaysi yaqinroq hududga (iqlim hududiga) o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi va shoshilinchligi qayd etiladi. Harbiy xizmatchining oila a’zolariga mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning harbiy xizmat va kasallikning sababiy bog‘liqligiga oid bandlari to‘ldirilmaydi. “Harbiy unvoni” bandida tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsning oila boshlig‘iga kim bo‘lishi (eri, xotini, o‘g‘li, qizi va h.k.) va harbiy xizmatchining harbiy unvoni, familiyasi, ismi va sharifi ko‘rsatiladi. Xizmatga (yashashga) qarshi tibbiy ko‘rsatmalar borligi haqidagi xulosa quyidagi tahrirda chiqariladi: “Mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini og‘ir iqlim sharoitli hududlarda harbiy xizmatni o‘tashiga (yashashiga) qarshi tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatining ____-moddasi ___-bandiga asosan ko‘rsatilgan hududda (qaysi hududligi ko‘rsatilsin) harbiy xizmatni o‘tashga (oila a’zolariga — yashashga) qarshi tibbiy ko‘rsatmalar mavjud”. Agar tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsda unga nisbatan qarshi tibbiy ko‘rsatmalar mavjudligi to‘g‘risida xulosa chiqarilayotgan hududda xizmatni o‘tayotgan (yashayotgan) bo‘lsa, qarorda uning qaysi yaqin hududlarga o‘tkazilishga (ko‘chirilishga) muhtojligi va shoshilinchligi qayd etiladi. 51. O‘zbekiston Respublikasining u yoki boshqa hududda harbiy xizmatga (yashashga) qarshi tibbiy ko‘rsatmalar qayd etilgan HTKning xulosasi mavjud bo‘lgan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnoma mazkur Nizomning 92-bandiga muvofiq MHTKda tasdiqlanadi. MHTK tasdiqlagan mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning birinchi nusxasini taqdim qilgan HTKga qaytaradi, ikkinchi nusxasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni taklif qilgan harbiy qism komandiri yoki kadrlar bo‘linmasiga yuboriladi, uchinchi nusxasi MHTKda qoldiriladi. Mazkur Nizomning 94-bandida nazarda tutilgan holatlarda, tasdiqlanmagan kasallik to‘g‘risidagi guvohnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari uni rasmiylashtirgan HTKga tasdiqlanmaslik sabablarini ko‘rsatgan holda qaytariladi, uchinchi nusxasi esa MHTK yig‘ma jildlariga tikib qo‘yiladi. Mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnoma tarzida rasmiylashtirilgan HTK xulosalari MHTKda tasdiqlanmaydi. 52. Harbiy-tibbiy muassasalarida bepul davolanishga imtiyozi bo‘lmagan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda yoki tibbiy tekshiruv o‘tkazish uchun kerakli shifokor-mutaxassislar yoki diagnostika vositalari mavjud bo‘lmaganda, ularning tibbiy va boshqa hujjatlari MHTKga yuboriladi. MHTK tibbiy hujjatlar o‘rganib chiqganidan so‘ng, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchining oila a’zosiga og‘ir iqlim sharoitli hududlarida yashay olish imkoniyati to‘g‘risidagi maslahat xulosasi taqdim etiladi. 53. MHTK, shuningdek tibbiy xizmat va harbiy-davolash muassasalarining boshliqlari harbiy xizmatchi va uning oila a’zolarining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sifatini qat’iy nazorat qilishga majburlar. 54. Harbiy xizmatchi yoki uning oila a’zolarini salomatligiga ko‘ra boshqa hududga o‘tkazilishga muhtojligi yoxud uning u yoki bu hududga yuborilmasligi haqidagi MHTK tomonidan tasdiqlagan HTKning xulosalari “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarni harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi. 55. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga tahsil olishga (malaka oshirishga) tanlanayotgan shaxslarga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llanma Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, FVV harbiy qism komandiri (muassasa boshliqlari) yoki kadrlar bo‘linmalari tomonidan beriladi. 56. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yuboriladigan shaxslar HTKga quyidagilarni taqdim etadi: yuborilayotgan shaxsning harbiy unvoni, familiyasi ismi, sharifi, tug‘ilgan yili, lavozimi, qachon va qaysi MIBB tomonidan chaqirilganligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadi va dastlabki tashxis ko‘rsatilgan mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llanma; shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; xizmat va tibbiy tavsifnomalar; oxirgi uch yil davomida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik (dispanserizatsiya) ma’lumotlari ko‘rsatilgan tibbiy kitobcha (harbiy xizmatchilar uchun) yoki ambulator bemorning tibbiy varaqasi (ishchi va xizmatchilari). 57. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga tahsil olishga (malaka oshirishga) 6 oygacha bo‘lgan muddatga yuborilayotgan shaxslar xizmat joylaridagi HTKda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar, ularga mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan ma’lumotnoma taqdim etiladi. Ekspertiza hujjatlari MHTK tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va asoslanmaydi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga tahsil olishga (malaka oshirishga) 6 oydan ortiq bo‘lgan muddatga yuborilayotgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan ikki bosqichda o‘tkaziladi (uchuvchilar tarkibini tayyorlash bo‘yicha HTM kursantlari bundan mustasno): birlamchi — garnizon (gospital) HTK tomonidan; nazorat tartibda — Mudofaa vazirligi Markaziy poliklinikasi huzuridagi HTK tomonidan. Ekspert hujjatlari MHTK tomonidan ko‘rib chiqiladi, HTK xulosasi esa asoslanadi. 58. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga tahsil olishga (malaka oshirishga) yuborilayotgan Qurolli Kuchlar aviatsiyasining uchuvchilar tarkibi va uchuvchilar tarkibini tayyorlash bo‘yicha HTM kursantlari quyidagi tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi: birlamchi — HHMQ va HHK aviatsiya tibbiyot markazi huzuridagi TUK; nazorat tartibida — MHKG huzuridagi TUK. 59. Tibbiy kitobchasida oxirgi uch yil davomidagi dispanserizatsiya natijalari bo‘lmagan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish garnizon gospitallarida dastlabki tibbiy tekshiruvdan so‘ng, faqat statsionar sharoitda Mudofaa vazirligi MHKGda amalga oshirilishi lozim. 60. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga tahsil olishga (malaka oshirishga) tanlab olingan shaxslarga tibbiy ko‘rikdan o‘tishidan oldin og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasi va mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan majburiy tahliliy hamda tibbiy uskunalar yordamida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning ro‘yxatida nazarda tutilgan diagnostik tekshiruvlar o‘tkaziladi. Tahliliy, rentgenologik, tibbiy uskunalar yordamida o‘tkaziladigan va boshqa tekshiruvlarning natijalari mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxsning sog‘ligi holati to‘g‘risida ma’lumotnomaga yoki mazkur Nizomning 14-ilovasida keltirilgan harbiy ta’lim muassasasiga kirayotgan shaxsning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish varaqasiga kiritiladi. 61. Ofitserlar tarkibidagi shaxslar kasalliklar jadvalining III-ustuni bo‘yicha, oddiy askar va serjantlar tarkibidagi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar IV-ustun bo‘yicha, HTM kursantlari II-ustun bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qurolli Kuchlar aviatsiyasining uchuvchilar tarkibidagi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar va uchuvchilar tarkibini tayyorlash bo‘yicha HTM kursantlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar aviatsiyasining uchuvchilar tarkibini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom bo‘yicha kasalliklar jadvalining tegishli ustunlari bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 62. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, HTM kursantlarining (birinchi-bosqich kursantlari bundan mustasno) tibbiy ko‘rikdan o‘tish natijalari va HTK xulosasi tibbiy kitobchalariga va uch nusxada rasmiylashtirilgan mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan shaxsning sog‘ligi holati to‘g‘risida ma’lumotnomaga kiritiladi, ular MHTKga ko‘rib chiqish va asoslash uchun yuboriladi. Ko‘rib chiqilgan ma’lumotnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan HTKga yuboriladi, uchinchi nusxasi MHTK yig‘ma jildiga tikiladi. 63. HTMning birinchi bosqich kursantlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari va HTK xulosasi tibbiy kitobchaga, mazkur Nizomning 14-ilovasida keltirilgan harbiy ta’lim muassasasiga kirayotgan shaxsning tibbiy varaqasiga kiritiladi, ular ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda ko‘rib chiqish va asoslash uchun MHTKga yuboriladi. Ko‘rib chiqilgan varaqaning birinchi nusxasi birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan HTKga yuboriladi, ikkinchi nusxasi MHTK yig‘ma jildiga tikiladi. 64. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarni kasalliklar jadvalining III-, IV-ustunlari bo‘yicha A yoki V yaroqlilik toifasiga mansub deb xulosa chiqarilsa, HTK quyidagi matndagi xulosani qabul qiladi: “(yuborilayotgan HTM va davlat nomlanishi ko‘rsatiladi) HTMda tahsil olishga (malaka oshirishga) yuborilishga yaroqli”. Agar kasalliklar, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) oqibatlari aniqlansa, kasalliklar jadvalining moddalari (moddaning bandlari) muvofiq: “V yoki S toifalari, yakka tartibda aniqlanadi”, “S toifasi” yoxud “S yoki E toifalari, yakka tartibda aniqlanadi” deb xulosalar qabul qilish nazarda tutilganda, HTK quyidagi xulosani qabul qiladi: “O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga tahsil olishga (malaka oshirishga) yuborilishga yaroqsiz”. 65. HTM kursantlari kasalliklar jadvalining II-ustuniga muvofiq, “HTMda o‘qishga kirishga yaroqli” deb topilsa, HTK quyidagi xulosani qabul qiladi: “(yuborilayotgan HTM va davlat nomlanishi ko‘rsatiladi) HTMda tahsil olishga yaroqli”. HTM kursantlari kasalliklar jadvalining II-ustuniga muvofiq, “HTMga o‘qishga kirishga cheklangan ravishda yaroqli” yoki “HTMga o‘qishga kirishga yaroqsiz” deb xulosa chiqarilsa, HTK quyidagi xulosani qabul qiladi: “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tahsil olishga yaroqsiz”. 66. Qutqaruvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish — bu fuqarolarning tibbiy ko‘rsatmalari asosida qutqaruvchilik ishiga yaroqliligini aniqlash, ularning sog‘ligini saqlash va mustahkamlashga yo‘naltirilgan chora tadbirlar kompleksi bo‘lib, quyidagilarni qamrab oladi: tibbiy ko‘rik o‘tkazish vaqtida qutqaruvchilik ishiga qabul qilinayotgan (ishlayotgan) fuqarolarni sog‘ligi va jismoniy rivojlanishini o‘rganish va baholash; qutqaruvchilik ishiga qabul qilinayotgan fuqarolarni yaroqlilik va qutqaruvchilik ishiga yaroqlilik toifasini aniqlash; fuqarolarni qutqaruvchilik ishidan bo‘shatish davrida salomatlik holatini o‘rganish; qutqaruvchilik ishi davrida salomatligiga ko‘ra qutqaruvchilik ishiga yaroqsiz, vaqtincha yaroqsiz deb topilayotgan (topilgan), shuningdek qutqaruvchilik ishiga yaroqlilik toifasi o‘zgarganda, qutqaruvchilarda kasallik, shikastlanish (yaradorlik, jarohat)ning sababiy bog‘liqligini aniqlash; qutqaruv xizmatlaridagi profilaktika ishlarini va qutqaruvchilarning tibbiy reabilitatsiyasi samaradorligini baholash. 67. Qutqaruv xizmati va professional qutqaruv tuzilmalariga qutqaruvchi lavozimiga, shuningdek qutqaruvchilarni tayyorlash ta’lim muassasalarida o‘qishga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasida qutqaruvchilik ishiga yaroqli deb topilgan fuqarolar qabul qilinadi. Qutqaruv xizmati va qutqaruv tuzilmalarini salomatligiga ko‘ra qutqaruvchilik ishiga yaroqli bo‘lgan mutaxassislar bilan butlash, qutqaruvchilarni sog‘ligini saqlash doirasida ularning huquqlarini muhofaza qilish, qutqaruvchilarning kasbiy faoliyat muddatini uzaytirish, shuningdek qutqaruv xizmat tibbiy ta’minoti sarf xarajatlarini kamaytirish maqsadida qutqaruvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etiladi va amalga oshiriladi. 68. Qutqaruvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish FVV harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolarini qutqaruv xizmatlarida yoki qutqaruv tuzilmalarida ishlayotgan FVV ishchi va xizmatchilarining tibbiy ta’minoti yuklatilgan harbiy-tibbiy muassasalarda tashkil etilgan Mudofaa vazirligi HTK tomonidan amalga oshiriladi. 69. Qutqaruvchilik ishiga qabul qilishga va qutqaruvchilik ishiga yaroqliligi kasalliklar jadvalining V-ustuni va qo‘shimcha talablar ro‘yxatiga muvofiq aniqlanadi. 70. Qutqaruvchilik ishiga qabul qilinayotgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishdan oldin, qutqaruvchi bo‘lib ishlayotgan shaxslarni esa, tibbiy ko‘riklar natijalariga ko‘ra qutqaruvchilik ishiga yaroqlilik toifasining o‘zgarishiga olib keladigan kasalliklar, shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asoratlari mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. 71. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida mazkur Nizomning 8-ilovasida ko‘rsatilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘llanma fuqaro qutqaruvchilik ishiga qabul qilinayotgan (qutqaruvchi bo‘lib ishlayotgan) muassasa (tashkilot) tomonidan beriladi. Yo‘llanmadan tashqari, qutqaruv xizmatlari yoki professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilari tibbiy kitobchasini va qutqaruv xizmati yoki qutqaruv tuzilma shifokori tomonidan qutqaruvchining salomatlik holatidagi o‘zgarishlar dinamikasini, uning yakka tartibdagi psixologik xususiyatlarini ifodalaydigan, u o‘tkazgan kasalliklari va ularning kechish xususiyatini yoritib o‘tadigan tibbiy tavsifnoma taqdim qilinadi. 72. Qutqaruvchilarni o‘z vaqtida navbatdagi hamda navbatdan tashqari tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish uchun yuborish, ular ishlayotgan muassasa (tashkilot) rahbarlari javobgardir. 73. Har yili rejali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish lozim bo‘lgan qutqaruv xizmatlari yoki professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilar tarkibini MHTK bilan kelishgan holda qutqaruv xizmatlari yoki professional qutqaruv tuzilmalarining boshliqlari belgilaydi. 74. Ambulator ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasida statsionar ravishda tibbiy tekshiruv o‘tkazish lozimligi to‘g‘risida xulosa chiqarilganda hamda qutqaruvchilarga HTK tomonidan avval qo‘yilgan tashxisga yoki ekspert xulosasiga aniqlik kiritish talab qilinadigan sog‘ligi holatida o‘zgarishlar kelib chiqqanda, qutqaruv xizmatlari yoki professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilari statsionar ravishda tibbiy tekshiruvlarga yuboriladi. 75. Shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilari favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish vaqtida orttirgan kasallik yoki olingan shikastlanish, (yaradorlik, jarohat) ularni asosiy mutaxassislik bo‘yicha to‘liq yoki qisman mehnat qobiliyatini yo‘qotishga olib kelgan holatlarda statsionar ravishda tibbiy tekshiruvlar o‘tkaziladi. 76. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan avval qutqaruvchilarga, qutqaruvchilik ishiga kirayotgan fuqarolarga og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasi, shuningdek mazkur Nizomning 1-ilovasiga keltirilgan majburiy diagnostik tekshiruvlar o‘tkaziladi. Tahliliy va tibbiy uskunalar yordamida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sanasidan bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq, HTK raisi bilan kelishilgan holda zaruriyat tug‘ilganda, qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar o‘tkaziladi. 77. Tanlov paytida parashyut bilan sakrashga jalb qilinadigan qutqaruvchilar, qutqaruvchi-alpinistlar, mo‘tadil darajali gipoksiyaga chidamlilik bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tkaziladi, keyinchalik har besh yilda bir marotaba yoki ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda o‘tadilar. Suv osti ishlariga jalb qilinadigan qutqaruvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq o‘tkaziladi. 78. Shifokor-mutaxassislar tomonidan tibbiy tekshiruv va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishlar davridagi tibbiy kuzatuv natijalariga muvofiq ekspert xulosasi qabul qilinadi. Qutqaruvchilik ishiga yaroqlilik toifasini aniqlash masalasi bilan birga HTK tibbiy reabilitatsiya o‘tkazish lozimligi to‘g‘risida xulosani qabul qiladi. Tashxis qo‘yish uchun murakkab bo‘lgan sog‘lik holatida o‘zgarishlar aniqlanib, mavjud bo‘lgan kasalliklar rivojlanishi kuzatilganda HTK statsionar ravishda tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilish lozimligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi. 79. Qutqaruvchini statsionar tekshiruv va davolash yakuniga yetganda, shuningdek tibbiy tekshiruvlar natijasida aniqlangan sog‘ligi holatidagi o‘zgarishlar quyidagi hollarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy hisoblanadi: ekspert xulosasi o‘zgartirilsa; qutqaruvchiga qo‘shimcha yoki takroriy tibbiy reabilitatsiya o‘tkazish lozimligi aniqlasa. 80. Agar o‘tkazilgan kasallik yoki olingan shikastlanish (yaradorlik, jarohat) avval qabul qilingan ekspert xulosasining o‘zgarishini talab qilmasa, qutqaruvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi ular statsionardan chiqariladi va avval qabul qilingan HTKning xulosasiga muvofiq ishni davom etadilar. 81. Statsionar ravishda tibbiy tekshiruv va davolanishdan so‘ng mazkur Nizomning 12-ilovasida keltirilgan kasallik to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirilishi bilan quyidagi hollarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish amalga oshiriladi: kelgusida qutqaruvchi sifatida ishlash imkonini bermaydigan kasallik va jarohatlarni (yaradorlik, jarohat) olgan qutqaruvchilarda; qutqaruv xizmatlari yoki professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilari qutqaruvchilik ishiga yaroqsiz deb topilganda; shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilari, favqulodda holatlarni bartaraf etishda orttirilgan kasallik yoki olingan shikastlanish (yaradorlik, jarohat) asosiy mut
179
63,154
Qonunchilik
Koʻchmas mulk noqonuniy buzilganda qayerga murojaat qilish kerak
Xalqaro press-klubning fevral oyida oʻtkazilgan sessiyasida fuqarolar va tadbirkorlarning turar joylar va boshqa koʻchmas mulklarga boʻlgan huquqlarini ta’minlash muammolari muhokama qilindi. Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura va Davergeodezkadastr qoʻmitasi vakillari ushbu muammolarni hal etish toʻgʻrisida soʻzlab berdilar. 2019 yil avgust-noyabr oylarida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, ularda koʻchmas mulkni olib qoʻyish, buzish va unga kompensatsiya toʻlash jarayonlari tartibga solinishi belgilangan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi qarori bilan Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va ularda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan hujjatga muvofiq faqat Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va хalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga asosan yer uchastkasi olib qoʻyilishi mumkin. Jamoatchilikda qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlgan mahalliy hokimiyat organlarining bu boradagi harakatlari taqiqlangan. Hokimiyatlar yer uchastkalari va ularni buzishga taalluqli hujjatlarni chiqarish huquqiga ega emaslar. Hokim lavozimdan boʻshatilganidan keyin u qabul qilgan qarorlarni bekor qilish amaliyotiga ham chek qoʻyildi. Joʻqorgʻi Kenges va хalq deputatlari Kengashlari yerni olib qoʻyish yuzasidan foyda va хarajatlarni koʻrib chiqishlari shart. Mulkdorlarga zararni qoplash uchun investorning resurslari yetarli boʻlgandagina, shuningdek foyda ijobiy baholanganda olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Bundan tashqari, adliya organlarining ijobiy хulosasi mavjud boʻlgandagina, hokimlar tomonidan olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish toʻgʻrisida qaror chiqariladi. Tijorat koʻchmas mulkini qurish uchun joy buzilayotgan boʻlsa, yerni olib qoʻyish tashabbuskori va koʻchmas mulk egasi oʻrtasida kompensatsiya taqdim etish toʻgʻrisida bitim tuzilishi va u notarial tasdiqlanishi lozim. Unda kompensatsiya miqdori va turi, toʻlov muddatlari va boshqa shartlar qayd etiladi. Bitimda koʻrsatilgan jami kompensatsiya summasi mulkdorga toʻlanganidan keyin buzishga ruхsat beriladi. Mulkdor shu joyda bunyod etiladigan binodan yangi joy olishni tanlaydigan boʻlsa, uch tomonlama bitim tuziladi. Hokimiyatlar mazkur holatda vaqtinchalik turar joy ijarasi va yangi joy olish uchun toʻlov toʻlanishiga kafil boʻladilar. Mulkdorga buzilgan joy uchun  vaqtinchalik foydalanish uchun koʻchmas mulk olgan kunidan boshlab 2 yil mobaynida yangi ob’yekt taqdim etilishi lozim. Asosiysi, olib qoʻyish rejalashtiriladigan oldin tashabbuskorlar, mulkdorlar ishtirokida ushbu masalalar ochiq muhokama etiladi, bunda ommaviy aхborot vositalari vakillari ham ishtirok etishi shart. Bu haqdagi e’lon, soʻngra muhokama natijalari hokimiyatlarning rasmiy saytlarida joylashtiriladi va OAVlarda chop etiladi. Buzilayotgan mol-mulk baholovchi tashkilotlar tomonidan tashabbuskorlar (investor yoki hokimiyat) mablagʻlari hisobiga baholanadi. Mulkdorga buzilayotgan koʻchmas mulk ob’yektining bozor qiymati, yer uchastkasiga boʻlgan huquqi, koʻchish хarajatlari, shuningdek vaqtinchalik boshqa turar joy sotib olish хarajatlari qoplanadi. – Mulkdorlarning huquqlari buzilgan holatlar aniqlanganda kadastr хizmatlariga emas, balki ma’muriy sudga murojaat qilish lozim, – deb ta’kidladi Oliy sud raisining oʻrinbosari Xolmoʻmin Yodgorov. – Shu bilan birga Oliy sud elektron qabulхonasi ham ishlamoqda. Ishonch telefoni: (+998) 71 239-02-71. Bosh prokuratura boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Behzod Ismoilovning aytishicha, bugungi kunda 15 mingtaga yaqin koʻchmas mulk ob’yektlari хatlovdan oʻtkazilgan. Koʻpgina muammolar joyida hal etilmoqda. Bosh vazir rahbarligidagi Respublika komissiyasi tomonidan koʻchmas mulkning noqonuniy olib qoʻyilishi holatlarini tahlil qilish boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirilgan. Joylarda doimiy koʻchma qabul yoʻlga qoʻyilgan. Fuqarolar va tadbirkorlar huquqlari buzilgan taqdirda, Bosh prokuraturaning 1007 raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin. Boʻsh turgan yer uchastkalarining tadbirkorlar tomonidan sotib olinishiga kelsak, ayni paytda buni faqat e-auksion.uz da elektron savdo orqali amalga oshirish mumkin. Hokimiyatga yoki boshqa davlat organlariga murojaat qilish shart emas. Yer uchastkasi auksion reyestriga kiritilmagan boʻlsa, saytda zarur bosqichlardan oʻtgan holda buyurtma berish mumkin. Lola Abduazimova.
64
4,504
Qonunchilik
Reklamada sotuvchining ma’lumotlarini koʻrsating
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori (AV tomonidan 11.04.2016 yilda 1024-8-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi. Endi elektron tijoratda realizatsiya qilinadigan mahsulot toʻgʻrisidagi reklama aхborotida sotuvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak. Tegishincha, yuridik shaхslar nomi, joylashgan joyi, davlat roʻyхatidan oʻtkazish guvohnomasining raqami, STIRni koʻrsatishlari kerak. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatni amalga oshirayotgan jismoniy shaхslar  F.I.O., davlat roʻyхatidan oʻtkazish guvohnomasining raqami, STIRni koʻrsatishlari kerak. Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 18.04.2016 yildagi 15-sonida rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab 3 oydan keyin, ya’ni joriy yilning 18 iyulidan kuchga kiradi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
48
1,189
Qonunchilik
Sudyalar zaхirasiga qanday kirish mumkin?
«Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirdi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi. Hujjat bilan koʻzda tutilishicha, Sudyalar oliy kengashi (keyingi oʻrinlarda  - Kengash) sudyalar hamjamiyatining organi boʻlib, u sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga koʻmaklashadi. Kengash kimlardan iborat? Kengashga 21 nafar kishi kiradi: Kengash a’zolarining ikki toifasi ajratiladi: 1) doimiy asosda faoliyat yurituvchi – rais, kotib va 11 nafar sudya; 2) jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi – rais oʻrinbosari va Kengashning sudya boʻlmagan 7 nafar a’zosi. Kyengash ichida qanday boʻlinmalar mavjud? Kengash tuzilmasida Sud inspeksiyasi, Ijro etuvchi devoni va shoʻ’balar faoliyat yuritadi. Kengash huzurida esa – Tadqiqot markazi faoliyat koʻrsatadi. Kengashning oʻzi yuridik shaхs hisoblanadi hamda gerb tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega. Kyengashning vakolatlari qanday? Yangi organ keng va muhim vakolatlarga ega: Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Kyengashning qarorlari qanday qabul qilinadi? Kengashning qarorlari uning majlislarida oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Kengash majlislari masalalarning tayyorlanishiga qarab oʻtkaziladi hamda uning tarkibining kamida 2/3 qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Kengashning har bir a’zosi 1 ovozga ega. Rais har doim oхirida ovoz beradi. Ovozlar teng boʻlgan holatda raisning fikri hal qiluvchi hisoblanadi. Kengash a’zolarining ovoz berishi yopiq majlisda oʻtkaziladi. Ovoz berish chogʻida Kengash a’zolaridan boshqa shaхslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Kengash a’zosi maslahatlashuv sirini oshkor etishga haqli emas. Sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaхirasi qanday shakllantiriladi? Kengash sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaхirasini (keyingi oʻrinlarda - zaхira) shakllantiradi. Zaхiraga kiritish uchun ariza berish kerak. Zaхiraga sudyalik lavozimlari uchun zarur bilimga ega boʻlgan, yetarli hayotiy tajribaga va benuqson obroʻ-e’tiborga ega yuqori malakali yuristlar orasidan 30 yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik iхtisos boʻyicha kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kiritilishi mumkin. Quyidagi shaхslar zaхiraga kiritilishi mumkin emas: Benuqson obroʻ-e’tibor, halollik, layoqatlilik, yetarli hayotiy tajribaga egalik, odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjud emasligi birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlaridir. Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli oʻrganish usullaridan — suhbat oʻtkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan oʻtkazishdan, berilgan muammolar boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, ekspress soʻrovlardan foydalanilishi mumkin. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Samir Latipov.
41
3,270
Qonunchilik
KO‘ZI OJIZLAR JAMIYATINING O‘QUV-IShLAB ChIQARISh TAShKILOTLARI XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 267-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 1. Ko‘zi ojizlar jamiyatining o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar Ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir. 2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. 4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. 5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati; ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat); bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat. Quyidagilar nazorat qilinishi lozim: ish joylarining ahvoli; mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi; mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi; mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi. 7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma; tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari. 8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi. 9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 11. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan o‘tkazilishi kerak. 12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. 14. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim. 15. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim. 16. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni tashkilot rahbariyati ishga qo‘ymaslikka haqlidir. 17. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika tashkiloti tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim. 18. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) tomonidan dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim. 19. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi. 20. Xodimlarni ularning sog‘lig‘i tufayli ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi. 21. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 22. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘irligi ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim. 23. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 24. Tashkilotlarda zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki ularni bartaraf etish uchun jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. 25. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini me’yorlashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik elektr, uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 26. Yakka tartibdagi himoya vositalari quyidagi turlarga bo‘linadi: maxsus kiyim-kechak; maxsus poyabzal; maxsus bosh kiyimi; nafas a’zolarining himoya vositalari; qo‘lni himoyalash vositalari; bosh uchun himoya vositalari; yuzni himoyalash vositalari; eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari; ko‘zni himoya qilish vositalari. 27. Tashkilot rahbariyati xodimlarni belgilangan me’yorlarga muvofiq, kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashi, ulardan foydalanish muddatlariga hamda saqlash, yuvish, tozalash va ta’mirlash bo‘yicha zaruriy shartlariga rioya qilinishini ta’minlagan holda yakka tartibdagi himoya vositalarini berish hisobini yuritishi shart. 28. Tashkilotda kasbiga ko‘ra tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 29. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. 30. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan boshqa ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart. 31. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi. 32. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim. 33. Xodimning ma’lum kasb (lavozim)ga professional tarzda mos kelishini baholash, xodimning ushbu kasb uchun kerak bo‘ladigan barcha sifatlarga egaligini kompleks tarzda o‘rganish natijalariga qarab amalga oshirilishi kerak. 34. Ko‘zi ojizlarga qoldiq ko‘rish qobiliyatini pasaytiradigan yoki yo‘qotadigan ish turlari berish taqiqlanadi. 35. Kasbiy tanlovdan o‘tib, ishga qabul qilingan xodimlar ustidan, ularning ishga qanday moslashishlari hamda bunday kasblar uchun haqiqatda to‘g‘ri tanlanganliklarini tasdiqlash va kerak bo‘lgan hollarda, tanlov paytida aniqlangan ba’zi sifatlarga kerakli o‘zgartirishlar kiritish maqsadida nazorat o‘rnatilishi kerak. 36. Tashkilot maydonlari va binolarning joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani”ga mos bo‘lishi kerak. 37. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 38. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda yo‘l va yo‘laklarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak. 39. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 40. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 41. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi kerak. 42. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi lozim. 43. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur. 44. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart. 45. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak. 46. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak. 47. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talabiga mos kelishi kerak. 48. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi lozim. 49. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 50. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 51. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan avtomobillar eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak. 52. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak. 53. Barcha tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 54. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Ko‘rik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak. 55. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilguniga qadar ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda to‘xtalishi lozim, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak. 56. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabini qoniqtirishi lozim. 57. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim. 58. O‘tish joylarida (galereyalarda, zinapoyalar maydonchalarida va shunga o‘xshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga o‘xshashlar) ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarini enini kamaytirmasligi kerak. 59. Ish joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21 °C, o‘rta og‘ir ishda 17 °C, og‘ir ishda 16 °C dan past bo‘lmasligi kerak. 60. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam bo‘lmasligi kerak. 61. Binolarda joylashgan ish maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 62. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak. 63. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 64. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha bo‘lishi kerak. 65. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim. 66. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda sanitariya-epidemiologiya xizmatlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralariga ruxsat etiladi. 67. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish”ga mos kelishi kerak. 68. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritish tarmoqlarining sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim. 69. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marta tozalash lozim. 70. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi. 71. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddatining talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi. 72. Ishlov beriluvchi materiallar va yarim tayyor mahsulotlar hajm o‘lchamlari ishlovni bajaruvchi uskuna pasporti ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lishi lozim. 73. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalar qurilma va uskunalari, ularning qurilishi sanitariya va yong‘inga qarshi me’yorlar va qoidalar hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik loyiha me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 74. Yuklash-tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 75. Ombor va yuk saqlash uchun maydonchalarda barcha yuklash-tushirish va og‘ir mehnat toifasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim. 76. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis bo‘lib, chuqurchalarsiz va 5ºC dan oshmaydigan nishabi bo‘lishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yo‘llar qoplamasiga teng bo‘lishi lozim. Yilning qish oylarida yuk saqlash uchun maydonchalar doimo qor va muzdan tozalanib, qum, kul yoki shlak sepilishi kerak. 77. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak. 78. Yashik va qoplardagi yuklar omborda ag‘namaydigan qilib ustma-ust taxlangan bo‘lishi lozim. Qo‘lda ortilganda ustma-ust taxlanish balandligi 3 m dan oshmasligi, yuk ko‘tarish mexanizmi yordamida taxlanganda — 6 m dan oshmasligi lozim. Yirtilgan va nosoz idishdagi yukni ustma-ust taxlash taqiqlanadi. 79. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari stelajlar oralig‘idagi yo‘lakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yo‘lakka qo‘shimcha qo‘llaniladigan transport vositalari o‘lchamlari kengligidagi yo‘l bo‘lishi lozim. 80. Bo‘shagan idish va boshqa o‘rovchi materiallar doimo ombordan shu maqsadlar uchun ajratilgan joyga chiqarilishi lozim. 81. Har bir ombor uchun materiallarni saqlash va ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha yo‘riqnoma tashkilot rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 82. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari hamda Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak. 83. Elektrotexnik qurilmalar bilan ishlaydigan barcha xodimlardan mazkur Qoidalarni mukammal bilishlari va ularga qat’iy rioya etishlari talab etilishi kerak. 84. Ushbu Qoidalarga asosan har bir tashkilotda elektr xavfsizligi bo‘yicha IV-V guruhga ega bo‘lgan muhandis-texnik xodimlardan alohida buyruq bilan elektr xo‘jalik bo‘yicha mas’ul xodim tayinlanishi lozim. U tashkilotda elektr xo‘jaligining umumiy holati bo‘yicha javobgar hisoblanadi. 85. Tashkilotda bosh energetik lavozimi bo‘lgan taqdirda, elektr xo‘jalik bo‘yicha javobgarlik uning zimmasiga yuklatiladi. 86. Elektr xo‘jalik bo‘yicha javobgar xodim bo‘lmagan tashkilotlarda elektr uskunalaridan foydalanish man etiladi. 87. Shtatlar jadvalida elektrik lavozimi mavjud bo‘lmagan tashkilotlarda elektr jihozlaridan foydalanish ixtisoslashgan tashkilotlarga shartnoma asosida topshirish yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi elektrikni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish orqali amalga oshiriladi. 88. Tashkilotlarda elektr xo‘jaligi bo‘yicha javobgar xodim quyidagilarni ta’minlashi shart: elektr qurilmalarning ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini; elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejaviy ta’mirlash ishlari va profilaktik sinovlar belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini tashkil etishni; elektr energiya sarfining hisobini olib borishni; himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini. 89. Elektrotexnik xodimlarning bilimlari har yili bir marta davriy ravishda sinovdan o‘tkazib turiladi. 90. Tashkilot elektriklari elektr kuchlanish ostida bo‘lgan uskuna, jihoz va kabellar bilan ishlaganda elektr tokidan jarohat olishdan muhofaza qiluvchi asosiy (izolatsiya qiluvchi shtangalar, izolatsiya qiluvchi dastali qisqichlar, dielektrik qo‘lqop va etiklar, dielektrik g‘ilofli asbob-uskunalar) va qo‘shimcha saqlagichlar (izolatsiya qiluvchi tagliklar, rezinapoya gilamchalar) hamda himoya vositalari bilan ta’minlanishlari shart. 91. Tashkilot elektr xo‘jaligida yuqori elektr kuchlanish ostida bo‘lgan qurilmalar, kabellar bilan ishlashda saqlagichlarsiz ishlash qat’iyan man etiladi. 92. Elektr kuchlanish ta’sirida bo‘lgan elektrotexnika qurilmalarining izolatsiya qilinmagan qismlariga xodimlarning tasodifan tegib ketishi holatlarining oldini olish maqsadida qurilmalarni to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yish talab qilinadi. 93. Uskunalar elektr tarmog‘ida izolatsiyaning buzilishi oqibatida elektr tokining uskuna metall qobig‘iga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan elektrdan shikastlanishlarning oldini olish uchun elektr qurilmalar erlangan yoki nollangan bo‘lishi shart. 94. Ko‘chma yoritish asboblari 36 V tok manbaidan ishlaydigan bo‘lishi zarur. 95. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim. 96. Ishlab chiqarishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash taqiqlanadi. 97. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, ventilatsiya chiqindilari va shu kabi) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 98. Barcha ishlab chiqarish sexlari, xomashyo va tayyor mahsulot omborxonalari va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 99. Ventilatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim. 100. Har bir sex, uchastka, omborda mavjud me’yorlar asosida, hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim. 101. Tashkilotlarda barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yong‘in xavfsizligiga javobgar xodim tashkilot rahbariyatining buyrug‘iga asosan tayinlanishi lozim. 102. Tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi idoralari tomonidan belgilangan me’yorlarda yong‘inga qarshi kurashish uchun o‘t o‘chirish vositalari bo‘lishi lozim. 103. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga tegishli yo‘l-yo‘riqlar berilishi lozim. 104. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. Binolar oralig‘idagi yong‘inga qarshi masofa uzilmalarida materiallar, uskunalar, bo‘sh idishlarni saqlash va transport vositalari to‘xtash joyi uchun ishlatishga ruxsat etilmaydi. 105. Evakuatsiya yo‘llari va koridorlari yonmaydigan materiallar bilan pardozlanishi lozim. 106. Tashkilotlarning bino va inshootlarini loyihalash, qurish va foydalanish QMQ 2.07.02-07 “Insonlarning hayoti va faoliyati muhitini, nogironlar ehtiyojini va aholini kam harakatlanuvchi guruhlarini hisobga olgan holda loyihalash” talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 107. Ko‘zi ojiz xodimlar uchun bino va inshootlarda moslashtirilgan panduslar bilan jihozlangan kirish joylari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. 108. Ko‘zi ojiz xodimlar uchun binolarga kirish joylari, soyabonlar va ular ostida o‘lchamlari 1,7 x 1,7 m dam kam bo‘lmagan maydonchalar tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 109. Bino va xonalarga kirish joylaridagi yo‘llar bo‘sag‘alarsiz tashkil etilishi kerak, bo‘sag‘alar bo‘lishi kerak bo‘lgan ayrim hollarda esa, ularning balandligi 0,025 m dan baland bo‘lmasligi kerak. 110. Ko‘zi ojiz xodimlarni yordamchi moslamalar (yog‘och tayoqlar, qo‘ltiq tayoq va boshqalar) bilan harakat qiluvchi joylar kengligi tayoqlar uchun 0,7 m, qo‘ltiq tayoqlar va boshqalar uchun 1 m gacha olinishi, ikki tomonlama harakatlanishlarda esa kenglik ikki marotaba ortishi kerak. 111. Binolar ichida kreslo kolyaskalarda o‘tirib ishlarni bajaruvchi ko‘zi ojiz xodimlar uchun dahliz (koridor)lar kengligi 1,8 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 112. Darvozalar qo‘shimcha ravishda poldan 0,8 m yuqorida gorizontal tarzda joylashtirilgan uzunligi 0,2-0,3 m li tutqichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 113. Oynali eshiklarni qo‘llashda, kirish eshigi oldidagi devorda, poldan 1,5 m balandlikda, kengligi 0,15 m li gorizontal chiziq tortilgan bo‘lishi ko‘zda tutilishi kerak. Eshiklar tepasiga mo‘ljal olish uchun ovozli signal o‘rnatilishi kerak. 114. Ko‘zi ojiz xodimlar uchun zinapoyalar tekis va sirpanchiq bo‘lmagan yuzali etib tayyorlangan bo‘lishi kerak. 115. Nishab yo‘lak yoki ko‘zi ojiz xodimlar yuradigan zinapoyalarning ikki tomonida poldan 0,9 m balandlikda devorlarga ishonchli holatda qotirilgan tutqichlari bo‘lishi kerak. Tutqichlarning uchki qismlari devor tomonga qaytarilgan (devor ichiga kiritilgan) holatda bo‘lib, yuqorigi va pastki zinapoyalardan kamida 0,3 m chiqib turishi kerak. Tutqichlar qo‘llar bilan ushlash uchun qulay bo‘lgan doira kesmasining diametri 0,05 m dan oshmasligi kerak. 116. Tashkilotdagi mavjud zinapoyalarning boshlanish va oxirgi zinalari ko‘rish qobiliyati saqlanib qolgan xodimlarga qulayliklar yaratish maqsadida ko‘rinadigan ranglarga bo‘yaladi. 117. Turli harakatlarning oldini olish maqsadida zinapoyalar boshlanishiga 20 sm masofada butkul ko‘rmaydigan xodimlar mo‘ljal olishi uchun 30 sm kenglikda oyoqqa seziladigan qilib shag‘al yoki shunga o‘xshash narsa quyiladi. 118. Barcha birinchi qavatdan yuqorida joylashgan ko‘zi ojiz xodimlar kirishiga moslashtirilgan bino va xonalarda kabina hajmlari (gabaritlari) 1,5 x 1,5 m li, eshik oralari kengligi 0,85 m li liftlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. 119. Lift kabinasi perimetri bo‘yicha poldan 0,8-0,9 m balandlikda tutqichlar bo‘lishi kerak. Liftlarda kabina ichida turib avtonom tarzda va binodagi qavatlardan turib boshqariladigan boshqaruv panel tizimiga ega bo‘lishi kerak. 120. Liftlardagi panel boshqaruv tizimlari, pol yuzasidan 1,2 m dan yuqori bo‘lmagan balandlikda joylashgan bo‘lishi kerak. 121. Evakuatsiya uchun belgilangan liftlardan foydalanishda, ularda birinchi darajali ishonchliligiga ega bo‘lgan energiya ta’minoti, havo haydash tizimi, yong‘in signalizatsiyasi, evakuatsiya va avariyaviy yoritish chiroqlari bo‘lishi kerak. 122. Bino va inshootlardagi ko‘zi ojiz xodimlarning kirishi bilan bog‘liq bo‘lgan joylardagi, elektr vklyuchatel va turli xildagi apparatlarning tutqichlari, kranlar, tugmalar va boshqalar pol yuzasidan 1 m balandlikda va binodagi yon devordan 0,4 m masofada joylashgan bo‘lishi kerak. 123. Ko‘zi ojiz xodimlar borishi mumkin bo‘lgan barcha umumiy foydalanish joylariga belgilar qo‘yilishi lozim. 124. Evakuatsiya chiqish yo‘llari, zinapoyalar va liftlar joylashgan joylarda ularni ifodalovchi rangli va tovushli belgilari bo‘lishi kerak. 125. Ko‘zi ojizlar jamiyatining o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlarini loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi. 126. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 127. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi bilan kelishilgan.
134
29,625